logo

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllantirish

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

518.162109375 KB
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllan t i ri sh
Kirish
   1-bob. “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili fuqarolik 
jamiyati shakllanishining muhim sharti
  1.Fuqarolik   jamiyati     va   uni   shakllanishi   jarayonida       ma’naviyatga   ehtiyojni
ortib borishi.
2.Fuqarolik jamiyati va uni nazoratini shakllantirishga qaratilgan siyosiy 
islohotlar mazmun mohiyati.
3.Davlat xizmatlari samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining o‘rni
       2 –bob.Fuqarolik jamiyatini shakllanishida siyosiy-huquqiy madaniyatning 
o‘rni.
1.Fuqarolik jamiyatini  va demokratik  siyosiy tartibotning  o‘zaro  bog‘liqligi.
2.Fuqarolik jamiyatining nazorat funksiyasi    va uni amalga oshirishda siyosiy –
huquqiy madaniyatning o‘rni.
3.Korrupsiyaga qarshi kurashda nazorat tizimining va jamoatchilik nazoratining
o‘rni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
                                                           
                                                     
                                                  
                                                               Kirish
Mazkur   tadqiqotning   ob’ekti   bo‘lgan   mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda
jamoatchilik nazoratini  shakllanishi  mavzusi  zamonamiz mohiyati  bo‘lgan “Kuchli
1 davlatdan   -   kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari”   tamoyilidan   kelib   chiqadi   va   bu   o‘z
navbatida mavzuni dolzarbligini belgilab beradi. Jahon hamjamiyati ijtimoiy tartibni
barqarorligini o‘rnatishning eng maqbul  yo‘li sifatida demokratik siyosiy tartibotni
e’tirof etishmoqda. Xuddi shunday suveren O‘zbekiston mamlakati ham  dunyoning
rivojlangan   mamlakatlari   bilan   hamnafas   bo‘lgan   holda   demokratik   taraqqiyot
yo‘lini   tanladi   va   bu   yo‘ldan   og‘ishmay   rivojlanib   bormoqda.     Mamlakatimiz
yuqorida qayd qilingan “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili
asosida     dunyoda   o‘zini   munosib   o‘rniga   ega   bo‘lmoqda.   O‘zbekiston   erishgan
yutuqlar   asosida   O‘zbekiston   Respublikasi   birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov
tomonidan   ishlab   chiqilgan   besh   tamoyildan   tashkil   topgan   “o‘zbek   modeli”   deb
nom olgan taraqqiyot strategiyasi va bugungi kunda O‘Zbekiston taraqqiyotini yangi
bosqichga   ko‘targan     muhtaram   Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoev   tomonidan   ishlab
chiqilgan   “2017-2021-yillarda   O‘zbekistonni   besh   ustuvor   yo‘nalish   bo‘yicha
rivojlantirishning Harakatlar strategyasi” yotibdi. 
O‘zbekiston   respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoev   tomonidan   ishlab
chiqilgan   “O‘zbekistonni   2017-2021-yillarda   besh   ustuvor   yo‘nalish   bo‘yicha
rivojlantirish   Harakatlar   strategiyasi”   tanlangan   demokratik   taraqqiyot   yo‘lidan
og‘ishmay   dadil   qadamlar   bilan   rivojlanib   borishga   undaydigan   strategiya   bo‘lib
hisoblanadi.   Chunki   uning   birinchi   ustuvor   yo‘nalishida     “Fuqarolik   jamiyatini
rivojlantirish,   ularning   ijtimoiy   va   siyosiy   faolligini   oshirish” 1
    masalalari   alohida
ustuvor   yo‘nalish   sifatida   belgilab   berilgan.   Umuman   Harakatlar   strategiyasi
O‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan   demokratik   islohotlarni   davom   ettirib
fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishga   asosida   xalqimiz   hayotini   baxtli   qilishga
qaratilganligi   bilan   ajralib   turadi   va   bu   baxtli     hayot   inson   zotining   azaliy   orzusi
bo‘lib hisoblanadi
Shuning   uchun   biz   ushbu   Harakatlar   strategiyasi     talablaridan   kelib   chiqib
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllanishi     mavzuida
ilmiy izlanish olib birishni maqsad qilib qo‘ydik. Chunki bugungi kunda   fuqarolik
jamiyati nazoratini kuchli qilishda muammolar mavjud bo‘lib ular   ma’naviyatning
sayyozligi oqibatida kelib chiqayotgan siyosiy-huquqiy madaniyatning demokratiya
talablari   darajasidan   ozroq   orqada   qolayotganligi   bilan   bog‘liq     bo‘lmoqda.
O‘zbekistonning   mustaqillik   davrida   siyosiy   sohada   erishgan   yutuqlari   asosan
demokratiyani   siyosiy   va   huquqiy   asoslarni   shakllantirish   bilan   xarakterlanadi.
1
  Mirziyoev Sh.M. O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirish Harakatlar 
strategiyasi. Toshkent 2017 -yil 2-bet
2 Endigi   asosiy   vazifa   ana   shu   asoslarga   tayangan   holda   demokratiya   sharoitida
yashashga   qodir   bo‘lgan   avlodni   tarbiyalashdan   iborat.   Bu   esa   faqat   evolyusion
tarzda amalga oshiriladigan ta’lim va tarbiya jarayonlarida bilim va ma’naviyatning
uyg‘unligini ta’minlash   bilan bog‘liq, chunki insonning dunyoqarshini o‘zgartirish
ma’lum bir vaqtni talab qiladigan jarayondir. 
Mavzuning   dolzarbligi .     Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   jamoatchilik
nazoratini   shakllanishi   mavzusiga   doir   tadqiqotning   dolzarbligi   jamiyat
taraqqiyotining   muxim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibning   o‘rnatilishi   fuqarolik
jamiyati   nazorat i   faoliyatiga   bog‘liqligi   bilan   belgilanadi.   Ijtimoiy   tartib   nafaqat
jamiyat   taraqqiyotining,   balkim   jamiyat   mavjud   bo‘lishining   ham   muhim   sharti
ekanligi   nazorat   faoliyati   masalalariga   bag‘ishlangan   tadqiqotning   dolzarbligini
ko‘rsatadi.   O‘zbekiston   tanlagan   demokratik   taraqqiyot   yo‘li   ham   mavzuning
dolzarbligini ko‘rsatib turibdi, chunki demokratiya faqat hokimiyat xalq tomonidan
shakllantirilishigina emas, balki nazorat qilinishini ham bildiradi. 
Zamonamiz   mohiyati   bo‘lgan   “ Kuchli   davlatdan   –   kuchli   fuqarolik   jamiyati
sari ” tamoyili   mavzuning dolzarbligini  ko‘rsatib  turibdi. Chunki  ushbu  tamoyildan
maqsad   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish   va   uning   nazoratini   ya’ni   jamoatchilik
nazoratini   takomillashtirishdan   iboratdir.   Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti
bo‘lgan ijtimoiy tartibning o‘rnatilishini faqat yuqoridan amalga oshiriladigan davlat
nazorati   bilan   to‘liq   ta’minlab   bo‘lmaydi,   buning   uchun   quyidan   amalga
oshiriladigan   jamiyat   nazorati   h am   kerak   bo‘ladi.   Davlat   va   jamiyat   nazoratidan
iborat   b o‘ lgan   nazorat   tizimini   ijtimoiy   nazorat   degan   tushuncha   bilan   ifodalash
mumkin   va   bunda   fuqarolik   jamiyati   nazorati   ushbu   nazorat   tizimining   tarkibiy
qismi   bo‘lib   xizmat   qiladi .   Shuning   uchun   Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda
jamoatchilik nazoratini shakllanishi mavzus i bugunning   eng dolzarb m uammo si deb
aytishimiz mumkin.
Tadqiqot   ob’ekti .   Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   jamoatchilik
nazoratini   shakllanishi   muammosi   mazkur   tadqiqotning   ob’ekti   bo‘lib   hisoblanadi.
Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish
jamoatchilik   nazoratiga,   jamoatchilik   nazorati   esa   fuqarolik   jamiyati ga,   fuqarolik
jamiyati esa demokratiyaga, demokratiya esa  ma’naviyatga   bog‘liq.     Demokratiya
va fuqarolik jamiyati tushunchalari bir biriga bog‘liq bo‘lgan nazorat tizimini tashkil
3 qiladi.   Shuning   uchun   nazorat   tizimining   tarkibiy   qismi   bo‘lgan   jamoatchilik
nazorati    tadqiqotning ob’ekti deb aytish mumkin.
Tadqiqot   predmeti.     Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   jamoatchilik
nazoratini   shakllanishi   muammosini   tarixiylik   tamoyili   asosida   o‘rganish   va   tahlil
qilish   tadqiqotning   predmeti   bo‘lib   hisoblanadi.   Insoniyat   jamiyatida   nazorat
faoliyatining   o‘rnini   o‘rganish   va   nazoratning   maqsadi   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatilishi   fuqarolik   jamiyati   nazoratiga   bog‘liqligini ,   fuqarolik   jamiyatini
demokratiyaga   bog‘liqligi   hamda   ma’naviyatni   o‘rnini     ochib   berish   masalalarini
tahlil qilishni taqozo etadi.
Mavzuning   o‘rganilganlik   darajasi.   Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda
jamoatchilik   nazoratini   shakllanishi   mavzusi   uzoq   yillar   davomida   jamiyatshunos
olimlarning   e’tiboridan   chetda   qolib   kelgan   va   faqat   mustaqillik   sharofati   bilan
ilmiy   tadqiqot   ob’ekti   bo‘lib   qolgan   mavzulardan   hisoblanadi.   Chunki     sho‘rolar
zamonida   fuqarolik   jamiyati   o‘zining   iqtisodiy,   siyosiy   va   ma’naviy   asoslaridan
mahrum   qilingan   edi   va   faqat   o‘sha   totalitar   tuzum   inqirozga   kira   boshlagan
vaqtlarda  fuqarolik  jamiyat i va demokratiya    hamda jamoatchilik nazorati  to‘g‘risida
gapira boshlashdi. Lekin ,  o‘sha tuzumga xos bo‘lgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi
fuqarolik   jamiyati   nazorati   va   demokratiya     muammosini   chuqur   ilmiy   tadqiq
qilishga yo‘l qo‘ymaydi va umuman ularda ilmiy tadqiqotlarni natijasini amaliyotga
tadbiq qilish tajribasi ham yetarli emas edi.  Sh o‘rolar mamlakatini barbod bo‘lishiga
olib kelgan sabablar ichida ilm fan yutuqlarini, jumladan , fuqarolik jamiyati   nazorat
faoliyatiga doir ilmiy tavsiyalarni amaliyotga tadbiq qilish to‘liq ta’minlanmaganligi
ham bor. 
Faqat   mustaqillik   yillarida   tanlangan   demokratik   taraqqiyot   yo‘li   va
fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish     masalalarini   keng   ilmiy   tadqiq   qilishga   sharoit
yaratdi. Zamonamiz mohiyati bo‘lgan «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati
sari» tamoyili fuqarolik jamiyati shakllanishi va kuchli qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
muammolarni   ilmiy   tadqiq   qilishni   boshlab   berdi.   Shuning   uchun   mazkur   mavzu
faqat mutaqillik yillarida boshlangan tadqiqot mavzusi deb aytish mumkin. Yanada
aniqroq aytganda   fuqarolik jamiyatini  kuchli qilish muammosini     o‘rganish  asosan
4 2010-yil   12-noyabrda   O‘ zbekiston   Respublikasi   birinchi   Prezidenti   I.Karimov
tomonidan   «Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va
fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish»   konsepsiyasi   bayon   qilinishidan   keyin   yanada
kuchaydi.   Hozircha   ushbu   mavzu   doirasida   sanoqli   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borilgan
bo‘lib   ularni   ichida   SamDU   professori   F.X.Nabiev   tomonidan   201 6 -yilda   nashr
qilingan «Ijtimoiy nazorat» nomli  monografiya   demokratik siyosiy  tartibot  asosida
fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   va   nazorat   faoliyatini   tadqiq   qilish   jarayonida
salmoqli xissa bo‘lib hisoblanadi.
Maqsad   va   vazifasi.   Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   jamoatchilik
nazoratini shakllanishi va uni   ahamiyatini ochib berish tadqiqotning maqsadi bo‘lib
hisoblanadi.   Jamoatchilik nazoratidan tashkil topgan fuqarolik jamiyati shakllanishi
uchun faq a t  siyosiy-huquqiy bilim  yetarli  emas   buning uchun  ma’naviyat  negizida
shakllanadigan   befarqlikni   jilovlab  yashash   kerakligini   asoslab   berish   tadqiqotning
asosiy   vazifasi   hisoblanadi.   Bundan   tashqari   jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti
bo‘lgan   i jtimoiy   tartib   barqarorligi   faqat   yuqoridan   amalga   oshiriladigan   davlat
nazorati   bilan   ta’minlab   bo‘lmasligini   va   buning   uchun   quyidan   amalga
oshiriladigan   jamiyat   nazorati   ham   kerakligini   asoslab   berish   ham   tadqiqiotning
vazifalaridan biri  bo‘lib hisoblanadi .  Jamiyat nazoratini amalga oshirilishi fuqarolik
jamiyatini   kuchliligiga,   uning   kuchliligi   esa,   demokratik   siyosiy   tartibotga,
demokratik   siyosiy   tartibot   esa   fuqarolik   madaniyatiga,   fuqarolik   madaniyati
siyosiy-huquqiy   madaniyatga,   fuqarolik   pozitsiyasiga,   bularning   barchasi   esa
ma’naviyatga   bog‘liq   ekanligini   ochib   berish   tadqiqotning   maqsadidan   kelib
chiqadigan  muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Mavzuning   yangiligi.   F uqarolik   jamiyati ,   demokratiya,   jamoatchilik
nazorati   va   ijtimoiy   nazorat     tushunchalari   zamonamiz   mohiyati   bo‘lgan   «Kuchli
davlatdan  – kuchli   fuqarolik jamiyati   sari» tamoyili   talablaridan  kelib  chiqayotgan
yangi   tushuncha   bo‘lib   hisoblanadi.   Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda
jamoatchilik   nazoratini   shakllanishi   masalasini     o‘rganish   bugungi   kunga   qadar
jamiyatshunos   olimlar   tomonidan   ye tarlicha   o‘rganilmagan   yangi   mavzu   bo‘lib
5 hisoblanadi.   Umuman   O‘zbekiston   tanlagan   demokratik   taraqqiyot   yo‘li   va
fuqarolik jamiyati nazoratini shaklllantirish jarayonining o‘zi   yangiligi bilan ajralib
turadi .   F uqarolik   jamiyati   ham ,   demokratik   siyosiy   tartibot   ham     endigina
shakllanmoqda va shuning uchun ham u endigina ilmiy tadqiqot ob’ekti bo‘lmoqda.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllanishi ni o‘rganish
masalasi   bugungi   kunda   tarixchi   olimlar   oldida   turgan ,   hali   yetarli   darajada
o‘rganilmagan yangi va dolzarb muammo  hisoblanadi.
Ilmiy   faraz.   Fuqarolik   jamiyatining   tarkibiy   qismi   bo‘lgan   jamoatchilik
nazoratini  shakllantirish va kuchli  qilishda  ma’naviy yuksaklik  muhim  ahamiyatga
ega   ekanligi   tadqiqotning   ilmiy   farazi   bo‘lib   hisoblanadi.   Fuqarollik   jamiyati   va
demokratiya   tushunchalari   bir   biriga   bog‘liq   bo‘lgan   tushunchalar   bo‘lib
hisoblanadi.   Fuqarolik   jamiyatini   shakllanishi   demokratiya   sharoitida   yashashga
qodir   bo‘lgan   fuqarolarni   mavjudligiga   bog‘liq.   Demokratiya   odamlarda   siyosiy
hayotda   ishtirok   etish   ehtiyojining   shakllanganligini   taqozo   etadi.   Siyosiy   hayotda
ishtirok   etish   ehtiyoji   nafaqat   demokratik   siyosiy   tartibotning   balki   faqarolik
jamiyatini   shakllanishining   ham   muhim   sharti   bo‘lib   hisoblanadi.   Fuqarolik
jamiyatini kuchli qilishda siyosiy hayotda ishtirok etish ehtiyoji   muhim ahamiyatga
ega, bunday ehtiyojni shakllanishida esa ma’naviyat muhim ahamiyatga ega    degan
xulosa ham tadqmqotning ilmiy farazi hisoblanadi. 
Insoniyat taraqqiyotining bugun g i kunida ijtimoiy tartibni o‘rnatishning eng
maqbul   yo‘li   sifatida   demokratik   taraqqiyot   yo‘li   tan   olingan.   Demokratik   tartibot
demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lgan siyosiy-huquqiy madaniyati yuksak
jamiyatni   taqozo   etadi.   Jamiyatning   huquqiy   madaniyatini   oshirish   borasida
mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasida   quyidagi   fikrlar   bildirilgan:
“Jamiyatning   demokratiya   yo‘lidan   jadal   rivojlanishi   va   bu   borada   amalga
oshirilayotgan   islohotlarning   muvaffaqiyati,   ko‘p   jihatdan,   odamlarning   huquqiy
ongi   va   huquqiy   madaniyat   darajasiga   bog‘liqdir.   Yuksak   huquqiy   madaniyat   –
demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir” . 2
  Har
2
1. Karimov I.A. Mamlakatimzda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi.  –  Toshkent,  “O‘zbekiston”,  2010- yil, 27 -bet.
6 qanday   madaniyatni   shakllanishi   jumladan   siyosiy-huquqiy   madaniyatning
shakllanishida ma’naviyat hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy funksiyasi nazorat hisoblanadi va jamoatchilik
nazorati shaklida amalga oshiriladi. Xuddi shunday demokratiya ham nazorat bilan
bog‘liq,   chunki   d emokratiya   deganda   nafaqat   hokimiyat   xalq   tomonidan
shakllantirilishini, balki nazorat qilinishini ham  tushunil adi. Demak, ijtimoiy tartibni
o‘rnatishga xizmat qiladigan nazorat tizimini takomillashtirish  fuqarolik jamiyati va
demokratik  tartibotning  mustahkamligiga  bog‘liq.  Ijtimoiy  tartibni  o‘rnatish   huquq
va   axloq   normalariga   rioya   qilish,   eng   avvalo,   qonunga   rioya   qilish   orqali
ta’minlanadi.   Huquq   va   axloq   normalariga   rioya   qilinishi   esa   nazorat   tizimiga   va
uning   tarkibiy   qismi   bo‘lgan   jamiyat   nazoratiga   bog‘liqdir.   Shuning   uchun
O‘zbekison Respublikasi   birinchi   Prezidenti Islom Karimov ushbu xususda gapirib,
jumladan, shunday degan edi: “Oilada, maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib
borilayotgan   axloqiy   tarbiya,   jamoatchilik   fikrining   kuchi,   ommaviy   axborot
vositalari,   ruhoniylarning   obro‘-e’tibori   –   hamma-hammasi   odamlarimizda   qonun
buzilishi   bilan   bog‘liq   har   qanday   xatti-harakatlarga   nisbatan   barqaror   qarshilikni
shakllantirishga qaratilmog‘i lozim”. 3
   Buning uchun esa yuksak ma’naviyat asosida
befarqlik kayfiyati jilovlanib daxldorlik hissi shakllangan bo‘lishi lozim. Daxldorlik
hissi  shakllangan  shaxslar   fuqarolik jamiyatini   kuchli  qilishga  va  uning barabarida
jamoatchilik nazoratini kuchli qilishga qodir bo‘ladi.
1-bob.Fuqarolik  jamiyatini shakllantirishda “Kuchli davlatdan -kukchli 
fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining o‘rni
  1.1.Fuqarolik   jamiyati   tushunchasi   va   uni   shakllanishi   jarayonida       ma’naviyatga
ehtiyojni ortib borishi.
            Zamonamiz mohiyati bo‘lgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati
sari”   tamoyili   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   va   uni   kuchli   qilishda   muhim
ahamiyatga   ega.   Fuqarolik  jamiyatining   shakllanishi   uzoq   davom   etadigan  jarayon
3
2.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 
– Toshkent, “O‘zbekiston”, 1997- yil, 94 -bet
7 bo‘lib,   bu   maqsadga   erishish   odamlarning   ongu   tafakkuriga   demokratik   va   liberal
qadriyatlarning   singdirilishi,   eng   avvalo   xalqimizning   ma’naviy   yuksalishiga
bog‘liqdir.   Fuqarolik   jamiyati   deganda   fuqarolar   birlashmasining   majmui
tushuniladi va ularning birlashishi natijasida ularning huquqlari ortib boradi. Ammo
shu   bilan     birga   fuqarolik   jamiyatining   shakllanish   sharoitida   ma’naviyatning
sayozlashuvi   okibatida   insoniyatning   keyingi   mavjud   bo’lishini   gumon   qilib
qo’ygan   global   muammolar   yuzaga   kelmokda.   Ularga   yadro   qirg‘in   quroli   xavfi,
terrorizm, ekologik muammo va oilaning global inqirozi singari muammolar kiradi. 
Ularni barchasiga fukarolik jamiyati shakllanishi jarayonida axloqiy tarbiyaga
yetarli   darajada   e’tibor   qilmaslik   oqibatida   ma’naviyatning   qashshoqlashuvi   sabab
bo’lmoqda.   Insoniyat   jamiyatida   ma’naviyat   va   ijtimoiy   axloqning   o‘rni   tug‘risida
gapirib,   O‘zbekiston   Respublikasi   birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   shunday   deydi:
«Hozirgi   kunda   axloqsizlikni   madaniyat   deb   bilish   va   aksincha,   asl   ma’naviy
qadriyatlarni mensimasdan eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi
taraqqiyotga,   inson   hayoti,   oila   muqaddasligi   va   yoshlar   tarbiyasiga   katta   xavf
solmoqda   va   ko‘pchilik   butun   jahonda   bamisoli   balo-qazodek   tarqalib   borayotgan
bunday   xurujlarga   qarshi   kurashish   naqadar   muxim   ekanini   anglab   olmoqda» 4
Birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimovning   ushbu   so‘zlari     fuqarolik   jamiyatining
shakllanish jarayonida ijtimoiy axloqni himoya   qilish va ma’naviyatni yuksaltirish
muammolarini tahlil qilish dolzarbligini belgilab beradi. 
Insonda   ijtimoiy   ong   shakllangandan   boshlab,   u   o‘zining   xilma-xil
ehtiyojlarini   qondirishni   ta’minlaydigan   farovon   jamiyatni   orzu   qilib   kelmoqda.
Hozirgi kunda ham ozod va obod farovon jamiyatni orzu qilib kelyapmiz va bunday
jamiyatni qurish «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish» konsepsiyasi
bilan amalga oshirilmoqda. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi jarayonida huquq va
erkinliklarning oshishi  oqibatida insoniylik jamiyatida to‘g‘ri yo‘ldan ayrim og‘ish
holatlari   kelib   chiqmoqda.   Buni   biz,   fuqarolik   jamiyati   rivojlangan   AQSh   va
G‘arbiy   Yevropa   mamlakatlarida   yaqqol   namoyon   bo‘layotgan   oilaning   global
inqirozida   ko‘rishimiz   mumkin.   Ularning   axloqi   nikoxsiz   turmushni,   oiladagi
ajralishlarni,  ota-onalarning biridan  iborat  oilalarni, «gey»   va «lesbiyanka»larning
bir jinsli nikohini normal holat deb qabul qilmoqda. 
G‘arb   mamlakatlarida   yaqqol   namoyon   bo‘layotgan   oila   global   inqirozining
bizning   mamlakatimizga   kirib   kelish   tahdidi   mavjud   va   buni   o‘z   vaqtida   anglab
olish   o‘ta   muxim.   Shu   o‘rinda   birinchi   prezidentimiz   I.A.Karimovning   quyidagi
fikrlarini eslash lozim: «Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar
shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha bu voqea bizdan juda olisda
4
 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.  Toshkent «Ma’naviyat» 2008, 117-bet
8 yuz beribdi, uning bizga aloqasi  yo’q, deb beparvo qarab bo’lmaydi. Ana shunday
kayfiyatga   berilgan   xalq   yoki   millat   taraqqiyotdan   yuz   yillab   orqaga   qolib   ketishi
hech   gap   emas» 5
.   Hayot   mazmuniga   zid   bo‘lgan   bunday   holatga   e’tibor   qilmaslik
ertami-kechmi   insoniyatni   halokat   yoqasiga   olib   keladi.   Buning   oldini   olish   esa
fuqarolik   jamiyatining   mazmun-mohiyatini   chuqur   anglab   olishni   talab   etadi.
Fuqarolik jamiyati to‘g‘risida gapirishdan oldin uning aniq bir ilmiy ta’rifini berish
zarur.   Aks   holda   fikrlar   tarqoqligi   va   ayrim   tushunmovchiliklar   kelib   chiqishi
mumkin. 
Fuqarolik jamiyati - insonning hayot faoliyati sharoitini ta’minlaydigan, shaxs
va   ijtimoiy   guruhlarning   xilma-xil   ehtiyoj   hamda   manfaatlarini   qondiradigan,
amalga   oshiradigan   ijtimoiy   munosabatlar,   rasmiy   va   norasmiy   birlashmalar
majmuasidir.   Fuqarolik jamiyatining mohiyatini anglab olish uchun uni sotsiologik
asoslarini   bilish   lozim.   Buning   uchun   insonning   harakati   ostida   nima   yotganligi,
inson nima uchun ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishining sababini aniqlab olish
kerak.   Odamlar   faoliyati   asosan   umumahamiyatli   ehtiyojlarni   qondirish   bilan
bog‘liq  va aynan  shuning  uchun  ular   ijtimoiy-siyosiy  hayotda  ishtirok etadilar   deb
aytish   xato   bo‘lar   edi.   Chunki   odamlarning   aksariyati   xilma-xil   manfaat   va
ehtiyojlarni, jumladan, individual manfaatlarni qondirish bilan band bo‘lishadi. Ular
bu   ehtiyojlarni   kundalik   hayot   sohasida   qondirishga   harakat   qilishadi.   Kundalik
hayotda   individlarning   harakati   ularning   avtonomlikka   intilishini   va   jamiyat
hayotidan mustaqil bo‘lishga urinishini aks ettiradi. Individlarning kundalik hayoti,
uning   birlamchi   shakllari   fuqarolik   jamiyatini   tashkil   etadi.   Ammo   kundalik
ehtiyojlar   va   ularni   qondirishning   birlamchi   shakllarining   xilma-xilligi   individ   va
ijtimoiy   guruhlar   intilishlarining   muvofiqligi   hamda   integratsiyasini   talab   qiladi.
Chunki   muvofiqlik   va   integratsiya   bo‘lgan   taqdirdagina   jamiyatning   yaxlitligi   va
taraqqiyotini ta’minlash mumkin.
  Ijtimoiy,   guruhiy   va   individual   manfaatlarning   muvozanatini,   o‘zaro
aloqasini davlat o‘zining boshqaruvchilik funksiyasi orqali amalga oshiradi. Demak,
global   jamiyat,   ya’ni   keng   qamrovli   insoniylik   jamiyati   fuqarolik   jamiyati   va
davlatdan   iborat   buladi.   Fuqarolik   jamiyati   va   davlat,   jamiyat   hayotining   turli
tomonlari va holatlarini aks ettiradigan ijtimoiy universallik  hisoblanadi. Davlat va
fuqarolik jamiyatining o‘zaro munosabatini tushuntirish uchun ularning mazmunini,
faoliyatini   amalga   oshirishning     vositalari   va   asoslarini   aniqlab   olish   maqsadga
muvofiqdir. Davlatning  mazmuni ijtimoiy guruh, sinf, xalqlarning umumahamiyatli
ehtiyojlarini   qondirish   sohasi   bo‘lsa,   fuqarolik   jamiyati   individning   kundalik
ehtiyojlarini   qondirish   sohasidir.   Davlat   faoliyatini   amalga   oshirishning     vositalari
konstitutsiya,   hokimiyat,   huquqiy   majburlov   bulsa,   fuqarolik   jamiyati   vositalarini
5
 O‘sha yerda.  112- bet
9 ishonch,   e’tiqod,   imon,   axloqiy   normalar,   an’ana   va   urf-odatlar   tashkil   qiladi.
Shuning   uchun   fuqarolik   jamiyati   shakllanishi   jarayonida   ijtimoiy   axloqning
mavqei ortib borishi lozim.
 Qadimgi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy insoniiy jamiyatda odamlar o‘rtasidagi
munosabatlarni   tartibga   soladigan   tushunchalar,   ya’ni   huquq   va   axloq   to‘g‘risida
gapirib,   jamiyatdagi   barqarorlikni   ta’minlashda   axloqning   roli   yuqori   ekanligini
quyidagicha   ko‘rsatgan   edi:   «Agar   jamiyat   qonunlar   yordamida   boshqarilsa   va
tartibot jazolashlar vositasida amalga oshirilsa, odamlar jazolashlardan o‘zlarini olib
qochishga   intiladi,   lekin   ular   o‘zlarida   or-nomusni   his   qilmay   qo‘yadilar;   agar
jamiyat axloq vositasida boshqarilsa, tartibot  axloqiy qadriyatlar bilan ta’minlansa,
odamlar   or-nomusni   his   qiladilar,   halol   va   sofdil   bo‘ladilar» 6
.   Konfutsiyning
maqsadi   odamlar   uchun   ideal   farovon  jamiyat   yaratish   bo‘lganligini   hisobga   olsak
va shunday jamiyatni biz fuqarolik jamiyati deb bilsak, demak, fuqarolik jamiyatini
qurish   jarayonida   ijtimoiy   axloqning   ahamiyati   ortib,   ma’naviyat   yuksalib   borishi
kerakligini tushunish mumkin.
Davlat   asosini   siyosiy   institutlar,   qonun   chiqaruvchi,   ijro   etuvchi   va   sud
hokimiyati, yo‘lboshchilar, elita tashkil qilsa, fuqarolik jamiyatining asosini daxlsiz
huquqlarga   ega   bo‘lgan   va   shu   huquqlarni   amalga   oshirishga   yordam   beradigan
nosiyosiy  tashkilotlari   bo‘lgan  erkin  individ tashkil  etadi.  Bu  esa  fuqarolar  siyosiy
madaniyatining yuqori bo‘lishini taqozo qiladi. Davlatga ham, fuqarolik jamiyatiga
ham   daxldor   bo‘lgan   kuchlar     -   bu   siyosiy   partiyalar,   harakatlar,   fuqarolarning
manfaatini   ifodalaydigan   guruhlardir.   Alohida   shaxslarni   bir-biriga   nisbatan
munosabatda   mutlaqo   erkin   bo‘lgan   sohani     fuqarolik   jamiyati   tashkil   qiladi.
Fuqarolik   jamiyati   ko‘plab   shaxslararo   munosabatlardan   va   jamiyat   aholisini
birlashtiradigan ijtimoiy kuchlardan tashkil topadi. Fuqarolik jamiyati har  bir  kishi
o‘z   ixtiyori   bilan   shaxsiy   manfaatlarini   qondiradigan,   erkin   shaxslar   o‘zaro
munosabatda bo‘ladigan ijtimoiy va madaniy makon bo‘lib hisoblanadi. Davlat esa,
siyosat   sub’ektlarini     -   davlat   strukturalari,   siyosiy   partiyalar,   bosim   guruhi   va
boshqalarining   faoliyati   to‘la   qat’iy   belgilangan   makon   hisoblanadi.   Fuqarolik
jamiyati   va   davlat   bir-birini   to‘ldiradi.   Yetuk   fuqarolik   jamiyatisiz   huquqiy
demokratik   jamiyat   qurish   mumkin   emas.   Chunki   erkin   ongli   fuqarolargina
insoniylik jamiyatini oqilona uyushtirishlari mumkin.
Fuqarolik   jamiyati   erkin   individ   bilan   markazlashgan   davlat   hokimiyati
o‘rtasida   bog‘lovchi   mustahkam     halqa   bo‘lsa,   davlat     avtonom   shaxsni   huquq   va
erkinliklarini   amalga   oshirishga   sharoit   yaratib   tarqoqlikka,   tartibsizlik,   inqiroz   va
tushkunlikka   qarshi   turishga   xizmat   qiladi.   Fuqarolik   jamiyatining     shakllanib
6
 История политических и правовых учений. Древний мир. М.: Наука, 1985. с.170.
10 borishi jarayonida odamlarning huquqlari ham  oshib boradi. Huquqning oshishi esa
odamlar   xatti-harakatida   erkinlik   chegaralarini   kengaytiradi.   Erkinlikning   o‘sishi
odamlar   xulqida   ayrim   deviant   (og‘ishlarni)   o‘zgarishlarni   keltirib   chiqaradi.
Bunday o‘zgarishlarni o‘z vaqtida   tuzatmaslik   oxir oqibatda insoniiy jamiyatning
halok   bo‘lish   darajasigacha   buzilishiga,   axloqsizlashuviga   olib   kelishi   mumkin.
Bunday bo‘lmasligi uchun fuqarolik jamiyati shakllanib borishi jarayonida ijtimoiy
axloq   muhofazalanib,   ma’naviyat   yuksalib     borishi   zarur.   Fukarolik   jamiyatining
shakllanish   jarayonida   ijtimoiy   axlokning   axamiyati   to‘g‘risida   buyuk   mutafakkir
Abu   Nasr   Forobiy   shunday   degan:   «Insoniyat   faqatgina   ilm   va   yuksak   axloqiylik
asosida   yaxlit   fozil   jamoaga   birlasha   olishi   mumkin» 7
.   Uning   ta’limoti   markazida
yuksak ma’naviyatli va axloqli komil insonni shakllantirish g‘oyasi yotibdi.
Odamlar   orzu   qilayotgan   farovon   jamiyat   qurish   taraqqiyotga,   jamiyat
taraqqiyoti   esa   jipslikka,   jipslik   esa,   odamlar   o‘rtasidagi   munosabatning   tartibga
solinishiga bog‘liq. Shu maqsadda insoniyat ikkita regulyatorni     huquq va axloqni
o‘ylab   chiqqan.   Huquq   majburiylikka,   axloq   esa,   ixtiyoriylikka   asoslangan.
O‘zbekistonda   olib   borilayotgan   islohotlarning   mohiyati   liberallashtirish   ekan,
demak,   ikkinchi   ijtimoiy   tushuncha   bo‘lgan   axloqning   roli   albatta     ortib   borishi
kerak. Chunki axloq yuqorida aytilganidek ixtiyoriylikka asoslanadi. Bu esa axloqiy
tarbiya   kuchayib,   ma’naviyatning   yuksalishini   taqozo   etadi.   Fuqarolik   jamiyati
shakllanishi   jarayonida   esa   birinchi   ijtimoiy   tushuncha   bo‘lgan   huquqning   mavqei
nisbatan pasayadi, chunki fuqarolarning huquqi ortib boradi. Huquqlari ortib borishi
oqibatida ular o‘zlarini erkinroq his qila boshlaydilar. Erkinlik to‘g‘ri yo‘ldan og‘ish
holatlarini   keltirib   chiqarishi   mumkin,   ayniqsa   ijtimoiy   axloq   kuchaymagan
holatlarda. 
Shuning   uchun   fuqarolik   jamiyati   shakllanishi   sharoitida   ijtimoiy   axloq
kuchayib,   ma’naviyat   yuksalib   borishi   kerak.   Ana   shunda   ikkinchi   ijtimoiy   tartib
me’yori bo‘lgan axloq jamiyat jipsligini ta’minlab, taraqqiyotni belgilab beradi. Aks
holda   jamiyatda   to‘g‘ri   yo‘ldan   og‘ish   holatlari,   buzuqlik,   axloqsizlik   kuchayib
ketishi mumkin. Hozirgi kunda oilaning global inqirozi bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Bularga   e’tibor   bermaslik     insoniyatni   qirg‘in   qilish   xavfini   keltirib   chiqarishi
mumkin. Payg‘ambar Nux davrida insoniyat qirilishining  asosiy sababi axloqsizlik,
buzuqlikning   kuchayib   ketishi   edi.   Bunday   ayanchli   holat   takrorlanmasligi   uchun
ijtimoiy   axloq   kuchayib,   ma’naviyat   yuksalishi   lozim.   Bu   borada   birinchi
Prezidentimiz   Islom   Karimovning   «Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch»
asarining ahamiyati benihoyat kattadir.
7
 Farobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shaxri.T.1993-y. 186-b.
11  Kitobning yozilishi muallifning nafaqat bir mamlakat, bir millat miqyosidagi,
balki   global   miqyosdagi   yetakchi   ekanligini   yaqqol   ko‘rsatib   berdi.   Asosiy   vazifa
endi   kitobdagi   g‘oyalarni   odamlarning   ongi   va   qalbiga   singdirishdan   iborat.   Bu
g‘oyalarni   odamlar   ongi   va   qalbiga   singdirish   esa,   shu   sohada   ishlaydigan
odamlarning   bilimi,   malakasi,   tajribasiga   va   mas’uliyatiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Biroq
adolat   yuzasidan   shuni   e’tirof   etish   kerakki,   o‘z   navbatida   ular   mahorati   va
mas’uliyatining   yuksalishi   jamiyatda   ma’naviyatning   qadr   topishi   bilan   bog‘liq.
Ma’naviyatning qadr topishi esa, shu sohada ishlayotgan odamlarning qadri, mavqei
va   maoshi   yuqori   bo‘lishiga   bog‘liq.   Ma’naviyatning   qadrlanishi   ma’naviyatning
yuksalishini   ta’minlaydi.   O‘zbekistonda   ma’naviyatni   yuksaltirish   uchun   barcha
shart-sharoitlar   mavjud.   Ana   shu   sharoitlarga   tayangan   holda,   axloqiy   tarbiyani
kuchaytirib,   ma’naviyat   yuksaltirilsa,   albatta,   farovon   jamiyat   qurish   imkoniyati
kengayadi.  
Jamiyat   taraqqiyotini   ta’minlashda   qonunga   rioya   qilish   hamda   tartib-
intizomni   o‘rnatish   muhim   rol   o‘ynaydi.   Qonunga   rioya   qilish,   adolatni   qaror
toptirish   odamlarda   daxldorlik   xissi   bo‘lishini   talab   qiladi.   Agar   odamlarda
loqaydlik   kayfiyati   kuchli   bo‘lsa,   qonunga   rioya   qilishni   ta’minlash
murakkablashadi.   Odamlardagi   befarqlik   hissini   bartaraf   qilish   ma’naviyatning
yuksalishi   bilan   bog‘liq.   Ma’naviyati   yuksak   odamning   irodasi   kuchli   bo‘lib,   u
adolatsizlikka   befarq   qarab   to‘ra   olmaydi.   U   jamiyatda   dahldorlik   hissi   bilan
yashaydi.   Shuning   uchun   jamiyat   taraqqiyotiga   to‘siq   bo‘ladigan   adolatsizlikni
bartaraf   qilish   odamlardagi   befarqlik   kayfiyatini   yo‘qotish   demak.   Odamlar
o‘zlaridagi   befarqlikdan   halos   bo‘lib,   daxldorlik   xissi   bilan   yashashlari   uchun
ma’naviyat yuksalishi lozim. Chunki ma’naviyat inson irodasini mustahkamlaydi. 
Demak, ma’naviyatning yuksalishi jamiyatda ma’naviyatning qadr topishiga,
ma’naviyatning   qadr   topishi   esa,   shu   sohada   ishlayotgan   odamlarning   qadr   topishi
va   mavqeining   yuksalishi   bilan,   ma’naviyat   namoyandalarining   bilimi,   malakasi,
mas’uliyati   va   jamiyatda   qonun   ustivorligining   ta’minlanishi,   hamda,   jamiyatda
mavjud   bo‘lgan   ijtimoiy   muammolarni   o‘z   vaqtida   hal   qilinishi   bilan   belgilanadi.
«Qorni   och   odamning   qulog‘iga   gap   yoqmaydi»,   deganday   kambag‘al,   qashshoq
odamlarga   ma’naviyatni   singdirish   ancha   murakkab   masala.   Agar   jamiyatda
yuqorida   keltirilgan   omillar   mavjud   bo‘lsa,   ma’naviyatni   yuksaltirish   mumkin
bo‘ladi.   Yana   shuni   aytish   kerakki,   tarbiya   jarayoni   va   odamning   qalbiga   ezgu
g‘oyalarni singdirish ancha erta boshlanishi kerak. Olimlarning fikricha, inson butun
hayoti   davomida   oladigan   ma’lumotlarining   70%   ini   besh   yoshgacha   olar   ekan.
Buyuk hadisshunos olim Imom Al Buxoriy   yetti yoshligida yuz minglab hidislarni
yoddan bilganliklari ushbu fikrni tasdiqlaydi. 
12 Kelajagimiz   bo‘lgan   yoshlarimizni   barkamol   qilib   tarbiyalash   uchun   bolalar
bog‘chasida   axloqiy   tarbiya   bilan   shug‘ullanadigan   tarbiyachilarning   malakasi   va
mas’uliyati bilan ham jiddiy shug‘ullanish kerak.  Har bir ishni uzini mutaxassisi va
ustasi bajarsa, ish samarali va sifatli bo‘ladi. Tarbiya bilan  mahoratli va mas’uliyatli
tarbiyachilar   shug‘ullanishi   kerak,   albatta.   Ma’naviyatning   yuksalishi   ichki
nazoratning   kuchayishi   bilan   belgilanadi.   Inson   o‘zini-o‘zi   nazorat   qilib   borishi
zarur.   Buning   uchun   odamlar   qalbida   ma’lum   bir   axloqiy   o‘zini   nazorat   qilishni
ta’minlaydigan   tamoyillar   mavjud   bo‘lishi   kerak.   Ana   shunda   adolatni   qaror
toptiradigan   hamda   farovon   jamiyat   quradigan   nazorat   tizimi   shakllanadi.
O‘zbekistonda   ana   shunday   tizimni   shakllantirish   uchun   barcha   imkoniyatlar
mavjud. Mana shu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalana bilish kerak xolos.
 Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino o‘zining « Yurak dorilari»  risolasida: «ulug‘
Tangri   inson   yuragida   ikkita   bo‘shliq   yaratdi   va   shundan   chap   bo‘shlig‘ini     ruhga
o‘rin qilib yaratdi 8
», deb yozadi. Yurakning o‘ng bo‘shlig‘i esa, inson qalbiga o‘rin
hisoblanadi.   Ruh   bilan   qalb   bir-biriga   yaqin   va   bir-biriga   uzviy   bog‘liqdir.   Inson
ma’naviyati   qalbda   shakllansa,   ma’rifati   inson   ongida   shakllanadi   va   ular
uyg‘unlikda   bo‘lishi   kerak.   Biri   ikkinchisidan   o‘zib   ketsa   ham     salbiy   oqibatlarga
olib kelishi mumkin.   Shu bois insonga ta’lim berish bilan birga tarbiya ham berish
shart. Ma’naviyat insonning qalbida shakllanar ekan,  inson qalbiga ezgu g‘oyalarni
singib borishi, unda  yuksak ma’naviyatni shakllanishiga olib keladi. 
Ma’naviyat   deganda   inson   ongidagi   shunday   bir   xususiyat   tushuniladiki,   bu
xususiyat   moddiy   ehtiyojlardan   ma’naviy   ehtiyojlarni   ustunligini   bildiradi.   Ruhiy,
axloqiy   va   aqliy   manfaatlarning   moddiy   manfaatlardan   ustunligi   inson
ma’naviyatining   mohiyatini   anglatadi.   Bunday   ma’naviyatga   ega   bo‘lgan   inson
albatta,   baxtli   bo‘ladi.   Chunki   baxt   deganda   inson   moddiy   va   ma’naviy
ehtiyojlarining   qondirilganlik   holatini   tushunamiz.   Insonning   ma’naviyati   yuksak
bo‘lsa,   demak   u   o‘z   ehtiyojlarini   jilovlay   oladi.   O‘z   ehtiyojlarini   jilovlay   oladigan
odamning   baxtli   bo‘lishi   esa   ancha   oson.   Inson   baxtni   o‘ziga   yaqinlashtirishi   va
o‘zidan   uzoqlashtirishi   ham   mumkin.   Ma’naviyati   yuksak   bo‘lgan   odamlar   o‘z
ehtiyojlarini jilovlash orqali o‘zlariga baxtni yaqinlashtiradilar. Inson ma’naviyatini
yuksaltirish uning qalbiga ezgu g‘oyalarni singdirish bilan bog‘liq. 
M a’naviyat   bir   millatga,   mamlakatga   emas,   bu   butun   insoniyatga   daxldor
masaladir.   M a’naviyatning sayozlashib  ketishi  chegara bilmaydigan muammolarni,
insoniyatning   qirilishi,   falokat   yoqasiga   borib   qolishi   xavfini   keltirib   chiqarishi
mumkin. Bunday xavfni oldini olish global insoniyat jamiyatida tartib urnatilishini
takozo   etadi.   Buning   uchun   davlat   xam,   fukarolik   jamiyati   xam   asosiy   e’tiborni
8
 Abu Ali Ibn Sino. Tibbiy risolalar. T. 1987 -y. 103 -bet.
13 jamiyatda   tartib   urnatishga   karatib   nazorat   tizimini   takomillashtirib   borishi   lozim.
Ular   urtasidagi   ijtimoiy   xamkorlik   asosan   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishda
urnatilishi   maksadga   muvofikdir.   Jamiyatda   qonun   ustuvorligini   ta’minlash   qonun
buzilgan   vaqtda   jazoning   muqarrarligini   kafolatlaydigan   tizimning   shakllanishiga
bog‘liq. Agar biror  shaxs qonunni  buzsa, uning jazosini  yuqori  lavozimda o‘tirgan
mansabdor   shaxs   emas,   balki   tizim   berish   kerak.   Bunday   tizimning   shakllanishi
ma’naviyatning yuksalishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Chunki ma’naviyat inson iymonini
baquvvat   va   vijdonini   pok   qilib,   daxldorlik   hissini   va   unda   ichki   nazoratni
shakllantiradi.   Shunda   jamiyatda   qonun   ustuvorligini   va   jazoning   muqarrarligini
ta’minlaydigan   nazorat   tartibi   shakllanishi   mumkin.   Jamiyatda   tartib   intizom
bo‘lishi   uchun   nazorat   mexanizmi   ishlab   turish i   kerak.   Nazorat   ikki   xil :   ichki   va
tashqi ga  bo‘linadi. Tashqi nazoratni qonun amalga oshirsa, ichki nazorat ma’naviyat
asosida   amalga   oshiriladi.   Ichki   nazorat   shakllanishi   uchun   axloqiy   tarbiya
kuchayib ,   ma’naviyat   yuksalib   borishi   kerak.   Ana   shunda   har   bir   odam   o‘z   x atti-
harakatini o‘zi nazorat qila boshlaydi. 
Fuqarolik   jamiyati   shakllanishi   jarayonida   huquqiy   ta’sir   nisbatan   pasayib
borishi   sababli   axloqiy   tarbiya   kuchayib,   ma’naviyat   yuksalib   borishi   kerak.   Ana
shunda   qonun   ustuvorligini   ta’minlaydigan   ichki   nazorat   kuchayadi.   Bundan
tashkari nazorat yukoridan va kuyidan bulishi mumkin. Yukoridan nazoratni davlat
amalga   oshirsa,   kuyidan   fukarolik   jamiyati   amalga   oshiradi.   Bizda   xozirgi   kunda
nazorat asosan yukoridan amalga oshirilmokda. Kuyidan nazoratni amalga oshirish
mexanizmi   esa   yetarli   darajada   takomillashgan   emas.   Ichki   va   kuyidan   nazoratni
samarali   kilish   ma’naviyatni   yuksaklik   darajasiga   boglik   buladi.   Qonun
ustuvorligini   ta’minlash   faqat   huquq   tartibot   organlarigagina   emas,   balki   shu
jamiyatda yashayotgan barcha fuqarolarga bog‘liq. Odamlar qonunga rioya qilishga
befarq bo‘lmasa, ana shunda qonun ustuvorligi amalda ta’minlanadi. Qonunga rioya
qilishni   ta’minlaydigan   ichki   nazorat   eng   avvalo   huquq   -     tartibot   organlarida,
ayniqsa,   sud   hokimiyatida   shakllanishi   zarur.   Ayrim   odamlar   zamon   konunlari
beradigan   jazodan   kochib   kutulishlari   mumkin   albatta.   Lekin   oxiratdan   kurkish
uchun  odamda diniy kadriyatlar asosida ma’naviyat yuksak bulishi lozim. 
  Jamiyatda qonun ustuvorligini va jazoning muqarrarligini ta’minlash hozirgi
kunimizni farovon qiluvchi asosiy omildir. Biz ko‘pincha boy o‘tmishimiz va yorqin
kelajagimiz bilan faxrlanib kelayapmiz. Lekin inson baxtli bo‘lishi uchun u nafaqat
o‘tmish va kelajak, balki hozirgi kun bilan ham g‘ururlanib yashashi kerak. Buning
uchun   konun   ustivorligi   va   jazoning   mukarrarligi   amalda   ta’minlangan   bulishi
lozim. Ana shunda xar bir fukaro uzini erkin xis kilib kurkuvsiz yashashi mumkin.
Insonning   baxtliligi   nafakat   moddiy   va   ma’naviy   extiyojlarini   kondirilgan   xolati
bilan   balki   unda   kurkuvni   yukligi   va   erkin   yashashligi   bilan   belgilanadi.   Inson
14 moddiy   jixatdan   kanchalik   boy   bulmasin   agar   unda   erkinlik   bulmasa   va   kurkuv
kuchli   bulsa   bunday   inson   xech   kachon   baxtli   bulaolmaydi.   Insonning   kurkuvsiz
erkin   yashashi   konun   ustivorligi   va   jazoning   mukarrarligi   amalda
ta’minlanganligiga   boglikdir.       Bu   esa   ma’naviyatning   yuksalishini   taqozo   etadi.
Shuning   uchun   birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimovning   «Yuksak   ma’naviyat   –
yengilmas   kuch»   asaridagi   g‘oyalarni   eng   avvalo   huquq   -     tartibot   organlariga   va
ayniqsa, sud hokimiyatiga singdirish lozim.     
Tadqiqotimiz   ob’ekti   bo‘lgan   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati
zamonamizning   mohiyatini   tashkil   qiladi.   Hozirgi   kunda   biror-bir   davlat   o‘z
taraqqiyotini   demokratik   tamoyillarsiz   tasavvur   eta   olmaydi.   Fuqarolik   jamiyati
shakllanishi   uchun   demokratik   tamoyillar   mavjud   bo‘lishi   shart.   O‘z   navbatida
demokratiya   mavjud   bo‘lishi   uchun   esa   yetuk   fuqarolik   madaniyati   shakllanishi
lozim. Demokratiya va fuqarolik jamiyati bir-birini taqozo qiladi.   Fuqarolik jamiyati
insoniyat   tamadduni   muhim   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Hozirgi   kunda   fuqarolik
jamiyatisiz   ijtimoiy   taraqqiyotni   ta’minlash,   shaxs   va   jamiyat   o‘rtasida   mutanosib
munosabatni   shakllantirish   ham   mumkin   emas.   Fuqarolik   jamiyatining   ijtimoiy
mohiyati   jamiyatda   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish,   davlat   tomonidan
majburlovni cheklash va inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir.
Ammo   fuqarolik   jamiyati   shakllanishi   va   shaxs   manfaatiga   xizmat   qilishi   uchun
odamlar   ongiga   demokratik   g‘oyalar   singdirilishi   hamda   fuqarolik   munosabati
o‘rnatilib,   siyosiy   befarqlik   tugatilishi   lozim.   Qachonki   bir   fuqaro   ikkinchi   bir
fuqaroning   taqdiriga   befarq   bo‘lmasa,   ana   shunda   fuqarolik   jamiyati   shakllangan
bo‘ladi.     Fuqarolik   jamiyatining   ma’naviy   asosi   bir   mafkura   va   dunyoqarash
yakkahukmronligining   yo‘qligi,   vijdon   erkinligi   va   ma’naviy-axloqiy   yuksak
madaniyat   hisoblanadi.   Fuqarolik   jamiyatining   shakllanishida   ma’naviy   asoslar
alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ma’naviyat inson tarbiyasi bilan shug‘ullanib,
uning   axloqini   va   ma’naviyatini   shakllantiradi.   Fuqarolik   jamiyatida   esa   axloq
asosiy   nazoratchi   hisoblanadi.   Hech   bir   jamiyat   ma’naviy   imkoniyatlarni,   odamlar
ongida   ma’naviy   va   axloqiy   qadriyatlarni   rivojlantirmay,   mustahkamlamay   turib,
o‘z istiqbolini ta’minlay olmaydi.
Jamiyatda   demokratik   qadriyatlarning   o‘rnatilishi   va   fuqarolik   jamiyatining
shakllanishi   aholi   ma’naviyati   va   bilimdonligiga   bog‘liq.   Faqat   bilimli   va
ma’naviyatli   jamiyatgina   demokratik   taraqqiyotning   barcha   afzalliklarini   qadrlay
olishi   mumkin   va   aksincha,   bilimsiz,   ma’naviyatsiz   jamiyat   esa   avtoritarizm   va
totalitarizm   tamoyillarini   ma’qul   ko‘radi.   Respublikamizda   aholi   bilimi   va
ma’naviyatini   oshirish   maqsadida   ta’lim-tarbiya   jarayoniga   alohida   e’tibor
qaratilmoqda.   Keng   aholi   qatlamlarini   ham   mumtoz,   ham   zamonaviy   milliy
madaniyatning   eng   yaxshi   namunalaridan   bahra   olishiga   sharoit   yaratilgan.   Milliy
15 va   jahon   madaniyatining   durdonalarini   keng   targ‘ib   qilish   hamda   ommalashtirish
hozirgi   yoshlarimizni,   kelajak   avlodni   ma’naviy   tarbiyalashning   asosi   bo‘lmog‘i
lozim.   Fuqarolik   jamiyati   shakllanishi   jarayonida   ma’naviy   tarbiyaning   ahamiyati
ortib, asosiy e’tibor fuqarolar o‘rtasidagi befarqlik kayfiyatini yo‘qotishga qaratilishi
zarur,   chunki   fuqarolik   jamiyatining   mohiyati   fuqarolar   o‘rtasidagi   jipslik,
birdamlikdan   iborat,   ya’ni   bir   fuqaroning   ikkinchi   bir   fuqaroni   taqdiriga   befarq
bo‘lmasligidan   iboratdir.   Boshqacha   qilib   aytganda,   odamlarda   fuqarolik
ma’naviyati   shakllangan   taqdirdagina   fuqarolik   jamiyatini   qurish   mumkin   bo‘ladi.
Aks holda fuqarolik jamiyati faqat qonunlarda, qog‘ozlarda qoladi. Zero bir fuqaro
boshqa   bir   fuqaroga   uning   taqdiriga   nisbatan   befarq   bo‘lsa,   har   qanday   yaxshi
qonunlar ham ishlamaydi. 
1.2.Fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan siyosiy islohotlar mazmun 
mohiyati.
Fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   to‘g‘risida   gapirishdan   oldin   umuman
insoniyat   jamiyatining   mazmuni   to‘g‘risida   gapirish   kerak.   Insoniyat   jamiyati
mavjud   bo‘lishi   uchun   u   faoliyat   olib   borishi   kerak,   jamiyat   faoliyati   xilma-xil
ehtiyojlarini qondirishga intilayotgan odamlarning harakati orqali amalga oshiriladi.
Jamiyat   manfaatini   ifodalashda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev   tomonidan   2017-yilning     7-fevralida     ishlab   chiqilgan
“O‘zbekistonni   2017-2021   yillarda   besh   ustuvor   yo‘nalish   bo‘yicha   rivojlantirish
Harakatlar strategiyasi” muhim ahamiyatga ega. Chunki Harakatlar strategiyasi besh
bosqichda amalga oshirildi va uning birinchi bosqichi “Halq bilan muloqot va inson
manfaatlari”   9
  deb   nomlangan   edi.   Harakatlar   strategiyasini   birinchi   bosqichida
asosiy  e’tibor  odamlarning ehtiyojlarini  aniqlab  olish  va larni  manfaatini   ifodalash
ustuvor vazifa bo‘lib hisoblandi.
Odamlar   o‘zlarini   ehtiyojlarini   qondirish   uchun   ijtimoiy   munosabatlarda
ishtirok   etishadi.   Masalan,   asosiy   ehtiyoj   bo‘lgan   oziq-ovqat,   kiyim-kechak   va
boshpanaga   bo‘lgan   ehtiyojni   qondirish   uchun   odamlar   iqtisodiy   munosabatlarda
ishtirok   etishadi.   Inson   naslini   davom   ettirish   ehtiyojini   qondirish   uchun   ijtimoiy-
madaniy   munosabatlarda   ishtirok   etadi.   Ijtimoiy   tartibga   (xavfsizlikka)   bo‘lgan
9
 Mirziyoev Sh.M. O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda besh ustuvor rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. 
Toshkent 2017- yil 2-bet
16 ehtiyojini   qondirish   uchun   esa   siyosiy   munosabatlarda   ishtirok   etadi.   Insonning
ushbu   ehtiyojlarining   qondirilganlik   darajasi   siyosiy   munosabatlarda   ishtirok   etish
darajasiga   bog‘liq   bo‘lmoqda.   Bugungi   kunda   aynan   ana   shu   siyosiy   jarayonlarda
ishtirok   etish   darajasi   demokratiya   talablaridan   orqada   qolmoqda.     Insonning
xavfsizligini muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibga bo‘lgan ehtiyojini qondirilganlik
darajasi uning siyosiy hayotda ishtirok etishiga bog‘liq.  
Ijtimoiy   tartibga   bo‘lgan   ehtiyoj   siyosiy   hayotda   ishtirok   etish   ehtiyojini
anglatadi, chunki ijtimoiy tartibni o‘rnatilishi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq. Ijtimoiy
tartib   insonning   boshqa   barcha   ehtiyojlarini   qondirilishini   va   umuman   uning
baxtliligini  muhim sharti  bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi  nafaqat
davlatning   balkim   jamiyatning   ham   ijtimoiy-siyosiy   faolligi   orqali   ta’minlanishi
mumkin.   Inson   siyosiy   faoliyatda   ishtirok   etishi   uchun   unda   ushbu   faoliyatga   doir
bilim   kerak   ya’ni   siyosiy   madaniyat   kerak.   Siyosiy   madaniyat   siyosiy   hayotda
ishtirok   etish   ehtiyojini   keltirib   chiqaradi   va   ijtimoiy-siyosiy   faollikni   ta’minlaydi.
Bunday   faollik   esa   siyosiy   hayotda   ishtirok   etish   ehtiyojini   kuchliligiga   bog‘liq
bo‘ladi. Siyosiy hayotda ishtirok etish ehtiyojini shakllanishi oliy darajadagi ehtiyoj
bo‘lib   uni   shakllanishi   siyosiy-huquqiy   madaniyatni   yuksakligini   taqozo   etadi.
Bugungi   kunda   dunyoning   turli   burchaklarida   ro‘y   berayotgan   ijtimoiy
tartibsizliklarning   sababi   ham     aynan   ana   shu   siyosiy   hayotda   ishtirok   etish
ehtiyojining   pastiligi   bilan   bog‘liqdir.   Barcha   vaqtlarda   davlat   rahbarlari   jamiyat
taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatish masalasida yuzasida
fikr yuritib qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi ? degan savolni javobini topishga
harakat qilishgan. 
Bugungi   kunda   ham   ijtimoiy   tartib   barqarorligini   ta’minlash   masalasi   o‘z
dolzarbligini saqlab qolmoqda, chunki dunyoning biror bir mamlakatida hali hanuz
ijtimoiy   tartibning   barqarorligi   to‘liq   ta’minlanishiga   erishilgani   yo‘q.   Jahon
hamjamiyati ijtimoiy tartibni barqarorligini  o‘rnatishning eng maqbul  yo‘li sifatida
demokratik   siyosiy   tartibotni   e’tirof   etishmoqda.   Xuddi   shunday   suveren
O‘zbekiston   mamlakati   ham     dunyoning   rivojlangan   mamlakatlari   bilan   hamnafas
17 bo‘lgan   holda   demokratik   taraqqiyot   yo‘lini   tanladi   va   bu   yo‘ldan   og‘ishmay
rivojlanib bormoqda.   Mamlakatimiz “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati
sari” tamoyili asosida  demokratik taraqqiyot  yo‘lida ma’lum bir  yutuqlarga erishib
dunyoda o‘zini munosib o‘rniga ega bo‘lmoqda.
O‘zbekiston  erishgan yutuqlar  asosida  birinchi prezidentimiz Islom Karimov
tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyildan tashkil topgan o‘zbek modeli deb nom
olgan   taraqqiyot   strategiyasi   yotibdi.   O‘zbekiston   respublikasi   birinchi   Prezidenti
Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu istiqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat
qilish   –   eng   oliy   saodatdir”   nomli   asari   tanlangan   demokratik   taraqqiyot   yo‘lidan
og‘ishmay dadil qadamlar bilan rivojlanib borishga undaydigan g‘oya va fikrlardan
tashkil topgan.   Shuning uchun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik
islohotlarni yanada takomillashtirishda mazkur asar  muhim ilmiy-nazariy ahamiyat
kasb   etadi.   Kitobda   davlat   rahbarining   mamlakatimiz   ijtimoiy   hayotining   barcha
sohalariga,   jumladan   siyosiy   sohaga     doir   qarashlari   har   tomonlama   puxta
asoslangan   holda   bayon   qilingan   bo‘lib   undagi   bosh   g‘oya   quyidagi   so‘zlarda
mujassam   bo‘lgan:   “Biz   o‘tgan   davrda   amalga   oshirilgan   ishlarimizga   baho   berar
ekanmiz,   “Kecha   kim   edigu   bugun   kim   bo‘ldik?”   degan   savol   asosida   ularning
mohiyati va ahamiyatini o‘zimizga chuqur tasavvur etamiz. 
Ayni   vaqtda   “Ertaga   kim   bo‘lishimiz,   qanday   yangi   marralarni   egallashimiz
kerak?”   degan savol ustida o‘ylashimiz, nafaqat o‘ylashimiz, balki amaliy ishlarimiz
bilan   bunga   javob   berishimiz   lozim”. 10
  Kitobdagi   bosh   g‘oyaga   munosib   bo‘lish
uchun   erishgan   yutuqlarimiz   asosida   yotgan   demokratik   taraqqiyot   yo‘lidan
og‘ishmay faol harakat qilishimiz kerak. Buning uchun befarqlik kayfiyati jilovlanib
daxldorlik   hissi   bilan   yashashga   harakat   qilishimiz   kerak.   Aholini   ayrim   qismida
siyosiy hayotga nisbatan befarqlik kayfiyati   bo‘lganligi sababli  demokratlashtirish
jarayoni qiyin kechmoqda. Chunki befarqlik kayfiyati siyosiy hayotda ishtirok etish
ehtiyoji   yetarli   emasligini   natijasida   kelib   chiqadi.   Siyosiy   hayotda   ishtirok   etish
ehtiyoji  pastligi  sababli  aholini  demokratlshatirish    jarayonida  ishtiroki  ixtiyoriylik
10
 Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu istiqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. Toshkent 
“O‘zbekiston”-2015.7-8 bet
18 asosida   emas,   balkim   ayrim   hollarda   majburiylik   asosida   amalga   oshirilmoqda.
Vaholanki odamlar demokratlashtirish jarayonida ixtiyoriy ravishda qiziqib harakat
qilishlari   kerak,   chunki   demokratiyada   ishtirok   etib   inson   o‘zini   hayotini   farovon
qilishga sharoit yaratadi. 
Lekin   siyosiy   hayotda   ishtirok   etish   ehtiyoji   to‘liq   shakllanmaganligi   uchun
bugungi   kunda   siyosiy   hayotimizda   ayrim   muammolar   uchrab   turibdi.   Masalan,
siyosiy   partiyalarning   markaziy   apparati   kuchli,   lekin   boshlang‘ich   partiya
tashkilotlari   esa   nisbatan   kuchsiz.   Vaholanki   boshlang‘ich  partiya   tashkiloti   kuchli
bo‘lishi   demokratiya   talabi   bo‘lib   hisoblanadi,   nega   deganda   demokratiya   quyida
namoyon   bo‘ladi.   Boshlang‘ich   partiya   tashkilotlarini   tuzish   va   partiya   a’zoligiga
qabul   qilish   asosan   yuqori   tashkilotlarning   ko‘magida   amalga   oshirilmoqda,
vaholanki   ushbu   jarayonda   boshlang‘ich   partiya   tashkilotlari   tashabbuskor
bo‘lishlari kerak .  Boshlang‘ich partiya tashkilotlarining kuchsizligini sababi siyosiy-
huquqiy   madaniyatning   pastligi   bilan   bog‘liq   ekanligini   anglab   olish   qiyin   emas.
Aholini   siyosiy   partiyaga   kirishga   jalb   qilinganda   fuqaro   tomonidan   beriladigan
“Siyosiy   partiya   menga   nima   beradi   ?”   degan   savol   ham   siyosiy   hayotda   ishtirok
etish   ehtiyoji   yetarli   emasligini   ko‘rsatib   turibdi.   Chunki   siyosiy-huquqiy
madaniyati   rivojlangan   odam   siyosiy   partiya   menga   nima   beradi?   degan   savolni
javobini   biladi.   Hozircha   partiyaga   qabul   qilinganda   u   yoki   bu   korxona   raxbarini
partiyaga   qabul   qilish   orqali   o‘sha   korxonani   boshqa   xodimlarini   ham   partiyaga
qabul qilish amaliyoti qo‘llanilmoqda.  
Aholini   ijtimoiy-siyosiy   gazeta   va   jurnallarga   obuna   qilishdagi   bugungi
kundagi buzuq amaliyot ya’ni korxona va tashkilotlar orqali ommaviy tarzda obuna
qilish ham demokratlashtirish jarayonidagi muammolardan biri deb aytish mumkin .
Siyosiy-huquqiy   madaniyati   kuchli   odam   o‘zi   qiziqib   ixtiyoriy   ravishda   gazeta   va
jurnallarga   obuna   bo‘ladi.   Chunki   demokratiya   sharoitida   yashash   uchun   odamga
axborot   kerak,   siyosiy   jarayonlardan   bexabar   odam   siyosiy   hayotda   to‘laqonli
ishtirok   eta   olmaydi.   Demokratlashtirish   jarayonidagi   muammolardan   yana   biri   bu
deputat   bilan   elektorat   o‘rtasidagi   aloqani   yetarli   darajada   emasligi.   Elektorat
19 depututga murojaat qilib turishi demokratiya talabi bo‘lib hisoblanadi, lekin buning
uchun   unda   siyosiy-huquqiy   madaniyat   rivojlangan   bo‘lishi   kerak.     Hozircha
elektorat     o‘z   deputatini   kimligini   bilmaydigan   holat   va   ayni   paytda   deputat   o‘z
elektoratini   unutib   qo‘yadigan   holat   ro‘y   berib   turibdi.   Demokratiyaning   tarkibiy
qismi   bo‘lgan   nazorat   faoliyatini   amalga   oshirishda   ham   siyosiy-huquqiy
madaniyatning yetarli emasligi ayrim muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bugungi
kunda   mamlakatimizda     shakllanib   borayotgan   va   quyidan   nazoratni   amalga
oshiradigan uchta asosiy vosita ya’ni depututlar korpusi, siyosiy partiya va mahalla
instituti o‘z nazorat funksiyasini  to‘liq amalga oshira olmayapdi. Masalan, mahalla
instituti   nazoratini   amalga   oshirish   uchun   tashkiliy-huquqiy   asoslar   yaratilgan
bo‘lishiga   qaramasdan   fuqarolarni   o‘zini   o‘zi   boshqarish   instituti   nazorati   yaxshi
yo‘lga  qo‘yilmaganligi   hech  kimga  sir  emas.   Nazorat  borasidagi  bunday  holatning
sababi   siyosiy   hayotda   ishtirok   etish   ehtiyojining   pastligidir.   Buning   sababi   esa
yuqorida   bir   necha   marotaba   takrorlaganimizdek   siyosiy-huquqiy   madaniyatning
demokratiya talabi darajasidan orqada qolayotganligi bilan bog‘liq. 
Aholini   ijtimoiy   –   siyosiy   faolligi   siyosiy-huquqiy   madaniyatning
yuksakligiga   bog‘liq   bo‘lganligi   uchun     zamon     talabidan   kelib   chiqib   fuqarolik
jamiyatini va uning muhim elementi bo‘lgan jamoatchilik nazoratini kuchli qilishda
ma’naviyatning   o‘rni   mavzuida   ilmiy   izlanish   olib   borish   muhim   ahamiyat   kasb
etadi. Chunki bugungi kunda demokratik jarayonlarni  yanada rivojlantirishda aynan
ana   shu   siyosiy-huquqiy   madaniyatning   demokratiya   talablari   darajasidan   ozroq
orqada   qolayotganligi   sabab   bo‘lmoqda.   O‘zbekistonni   mustaqillik   davrida   siyosiy
sohada   erishgan   yutuqlari   asosan   demokratiyani   siyosiy   va   huquqiy   asoslarni
shakllantirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Endigi asosiy vazifa ana shu asoslarga tayangan
holda demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lgan avlodni tarbiyalashdan iborat.
Boshqacha   qilib   aytganda   bugungi   kunda   bizlarda   demokratiyaning   shakli
o‘rnatilgan bo‘lib uning mazmuni endigina shakllanib bormoqda. Demokratiyaning
mazmuni  faqat evolyusion tarzda amalga oshiriladigan ta’lim va tarbiya jarayonlari
bilan bog‘liq, chunki  insonning dunyoqarshini  o‘zgartirish ma’lum bir vaqtni  talab
20 qiladigan jarayondir. Bu esa o‘z navbati O‘zbekiston tanlagan evolyusion taraqqiyot
yo‘li   naqadar   puxta   o‘ylangan   yo‘l   ekanligini   yaqqol   ko‘rsatib   turibdi.
Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik
jamiyatini   rivojlantirish   to‘g‘risida   gapirganda   mamlakatimizda   amalga
oshirilayotgan   siyosiy   islohotlar   mohiyatini   anglash,   demokratiyaga   bo‘lgan
ehtiyojni   shakllantirishda,   saylov   tizimini   liberallashtirishda   va   nazorat   tizimini
takomillashtirishda siyosiy-huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalarini o‘rganish
lozim.   Chunki   demokratiya   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyatining
yuksakligini taqozo etadi.
  Agar   siyosiy-huquqiy   madaniyat   demokratiya   talablari   darajasidan   orqada
qolsa   demokratiya   oxlokratiyaga   aylanib   ketadi.   Shuning   uchun   Aristotel   o‘zining
“Siyosat”   nomli   asarida   demokratiyaga   salbiy   baho   berib   demokratiya
boshqaruvning   yomon   shakli   deb   uni   oxlokratiyadan   farqini   ko‘rmagan.   Bugungi
kunda  ham  agar   siyosiy-huquqiy  madaniyat   past  bo‘lsa  demokratiya  oxlokratiyaga
aylanib   ketishi   mumkin.   Buning   oqibatida   esa   bugungi   kunda   dunyoning   turli
mamlakatlarida   ro‘y   bergan   baxmal   inqiloblar   kelib   chiqib   ijtimoiy   tartibga   putur
yetishi   mumkin .   Bu   esa   har   qanday   jamiyat   uchun   halokatli   oqibatlarni   keltirib
chiqarishi   mumkin.   Shuning   uchun   bugungi   kunda   jamiyatning   siyosiy–huquqiy
madaniyatini   oshirish   masalasi   eng   muhim   va   eng   dolzarb   muammo   deb   aytishga
barcha asos bor.
Fuqarolik   jamiyati   va   demokratlashtirish   jarayonini   yanada   takomillashtirish
to‘g‘risida   gapirganda   odamlarni   harakatga   undaydigan   ehtiyojlardan   kelib   chiqib
fikrlash lozim. Insoniyat  jamiyatida odamlar  o‘zlarining zarur  hayotiy ehtiyojlarini
qondirish   uchun   ma’lum   bir   harakatlarni   amalga   oshirishadi.   Odamlarning
harakatini   ostida   biror-bir   ehtiyojni   qondirish   yotadi,   ya’ni   insonni
harakatlantiradigan   narsa   ehtiyoj.   Yuqorida   ta’kidlaganimizdek   odamlarning
ehtiyojlari   xilma-xil   bo‘lib   ularni   jamiyatshunos   olimlar   asosan   uch   guruhga
bo‘lishadi. Odamlar asosiy ehtiyoj bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpanaga
bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etishadi. Inson
21 zotini   naslini   davom   ettirish   ehtiyojini   qondirish   uchun   ijtimoiy-madaniy
munosabatlarda   ishtirok   etadi.   Ijtimoiy   tartibga,   xavfsizlikka   bo‘lgan   ehtiyojini
qondirish   uchun   esa   siyosiy   munosabatlarda   ishtirok   etadi.   Ushbu   ehtiyojlardan
birinchisi   va   ikkinchisini   shakllanishi   ancha   oson,   lekin,   uchinchi   ehtiyojni
shakllanishi   qiyinroq   kechadi,   chunki   siyosiy   hayotda   ishtirok   etish   ehtiyojini
shakllanishi siyosiy-huquqiy madaniyatni yuqoriligini talab qiladi. 
Buning uchun   demokratik jarayonlarda va umuman siyosiy hayotda ishtirok
etish ehtiyojini shakllantirish omillari to‘g‘risida fikr yuritish kerak bo‘ladi. Bugun
dunyo demokratik taraqqiyot yo‘lini tanladi, chunki jamiyat taraqqiyotining muhim
sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning   eng   maqbul   yo‘li   deb   demokratiya
e’tirof   etilmoqda.   O‘zbekiston   ham   jahon   hamjamiyati   bilan   uyg‘unlikda
demokratik   taraqqiyot   yo‘lidan   rivojlanib   bormoqda.   O‘zbekiston   tanlagan
evolyusion   taraqqiyot   yo‘li   siyosiy-huquqiy   madaniyat   negizida   shakllanadigan
demokratiyaga   bo‘lgan   ehtiyojni   talab   qiladi.     Demokratiyani   sun’iy   ravishda
tezlashtirish   va   eksport   qilish   orqali   emas   balkim   unga   bo‘lgan   ehtiyojni
shakllantirish orqali  joriy qilish lozim. Demokratiyaga bo‘lgan ehtiyoj shakllanishi
uchun   jamiyatning   siyosiy-huquqiy   madaniyati   rivojlangan   bo‘lishi   lozim.
Boshqacha   qilib   aytganda   demokratiya     bo‘lishi   uchun   demokratiya   sharoitida
yashashga   qodir   bo‘lgan   odamlar   bo‘lishi   kerak,   ya’ni   demokratiya   oldin
odamlarning ongida shakllanishi lozim. 
Odamlarning ongi va dunyoqarashini o‘zgartirish faqat evolyusion tarzdagina
amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi. Odamlarni
demokratiya sharoitida yashashga tayyorlamasdan demokratiya jarayonlariga tortish
demokratiyani   oxlokratiyaga   aylanish   holatlarini   keltirib   chiqarishi   mumkin.
Shuning   uchun   bo‘lsa   kerak   yuqorida   ta’kidlaganimizdek   Aristotel   o‘zining
“Siyosat”   nomli   asarida   demokratiyaga   salbiy   baho   berib   demokratiya
boshqaruvning   yomon   shakli   deb   yozgan.   Demokratiyani   oxlokratiya   (olomon
hokimiyati)ga   aylanishi   bugungi   kunda   dunyoning   turli   burchaklarida   ro‘y
berayotgan   baxmal   inqiloblarni   keltirib   chiqaradi.   Har   qanday   inqilob   zo‘ravonlik
22 bilan   bog‘liq   bo‘lib     demokratiyani     diktaturaga   aylanishiga   olib   keladi.   Shuning
uchun   O‘zbekiston   tanlagan   demokratik   taraqqiyot   yo‘lidan   og‘ishmasdan
rivojlanishi  uchun asosiy e’tiborni demokratiyaga bo‘lgan ehtiyojni shaklantirishga
xizmat   qiladigan   siyosiy-huquqiy   madaniyatni   oshirishga   qaratishi   lozim.   Siyosiy-
huquqiy   madaniyat   fuqarolik   pozitsiyasini   shakllantirib   fuqarolik   jamiyatini   kuchli
qilishni   ta’minlaydi.   Siyosiy-huquqiy   madaniyat   va   fuqarolik   pozitsiyasini     qisqa
qilib   ifodalaganda   fuqarolik   madaniyati   deb   aytish   mumkin.   Fuqarolik   madaniyati
fuqarolik   jamiyatini   shakllanishi   va   kuchli   bo‘lishini   muhim   sharti   bo‘lib
hisoblanadi.  Fuqarolik jamiyatini shakllanishi va rivojlanishi demokratiya sharoitida
yashashga   qodir   bo‘lgan   odamlarni   bo‘lishini   taqozo   etadi.   Fuqarolik   jamiyati   va
demokratiya tushunchalari bir biriga bog‘liq va bir birini taqozo etadi. 
Boshqacha   qilib   aytganda   demokratiya   bo‘lishi   uchun   fuqarolik   pozitsiyasi
shakllangan bo‘lishi  va xuddi shunday fuqarolik pozitsiyasi  bo‘lishi  demokratiyani
mavjudligiga bog‘liq.  Demokratiya deganda hokimiyat xalq tomonidan shakllanishi
va   xalq   tomonidan   nazorat   qilinishi   tushuniladi.   Boshqacha   qilib   aytganda
demokratiya   ikki   jarayonda   ya’ni   birinchidan,   hokimiyat   xalq   tomonidan
shakllantirilishida,   ikkinchidan,   hokimiyat   xalq   tomonidan   nazorat   qilinishida
namoyon   bo‘ladi.   Xalq   demokratik   jarayonlarda   ishtirok   etishi   uchun   siyosiy   va
huquqiy madaniyati demokratiya talablari darajasida bo‘lishi lozim. Agar jamiyatni
siyosiy-huquqiy   madaniyati   demokratiya   talabi   darajasida   bo‘lmasa,       fuqarolik
jamiyatini   shakllantirish   muammo   bo‘lib   qoladi   va   demokratiya   oxlokratiyaga
aylanib ketishi mumkin. 
F uqarolik jamiyatini shakllanishi va rivojlanishining muhim sharti bu siyosiy
va   huquqiy   madaniyatning   demokratiya   talablari   darajasida   bo‘lishida   ya’ni
fukarolik   madaniyatidir.   Demokratiyaga   bo‘lgan   ehtiyoj   bu   eng   avvalo   siyosiy
hayotda   ishtirok   etish   ehtiyojidir   va   bu   ehtiyoj   oliy   darajadagi   ehtiyoj   bo‘lib   uni
shakllanishi   uchun   siyosiy-huquqiy   madaniyat   ancha   rivojlangan   bo‘lishi   lozim.
Bugungi   kunda   mamlakatimizdagi   demokratik   jarayonlarni   yanada
chuqurlashtirishda aynan ana shu siyosiy hayotda ishtirok etish ehtiyojining yetarli
23 emasligi   muammo   bo‘lmoqda.   O‘tgan   qisqa   tarixiy   davrda   mustaqil
mamlakatimizda   demokratik   tartibotning   siyosiy   va   huquqiy   asoslari   yaratildi.
O‘zbekiston   Respublikasi   birinchi   Prezidenti   I.A.Karimovning   2010   yilning   12
noyabrda   parlamentning   qo‘shma   majlisida   bayon   qilgan   “Mamlakatimizda
demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini
rivojlantirish   konsepsiyasida”     demokratiyani   yanada   kuchaytirishga   qaratilgan
vazifalar belgilab berildi. Ushbu konsepsiyada asosiy e’tibor jamiyatning siyosiy va
huquqiy madaniyatini oshirish masalalariga qaratilgan. 
Chunki   demokratiya   o‘rnatilishi   uchun   demokratiya   sharoitida   yashashga
qodir bo‘lgan ya’ni siyosiy-huquqiy madaniyati yuqori bo‘lgan odamlar kerak. Agar
jamiyat   demokratiya   sharoitida   yashashga   tayyor   bo‘lmasa   yuqorida
ta’kidlaganimizdek   demokratiya   oxlokratiya   aylanib   ketadi   va   buning   natijasida
bugungi   kunda   dunyoning   turli   burchaklarida   ro‘y   berayotgan   baxmal   inqiloblar
ijtimoiy tartibsizlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bugungi kunda jamiyatning
siyosiy-huquqiy   madaniyatini   shakllantirishni   muhim   sharti   bo‘lgan   ma’naviyatni
oshirish eng muhim va dolzarb masala deb aytish mumkin. 
Siyosiy-huquqiy madaniyati  yuqori  bo‘lgan odamda siyosiy  hayotda ishtirok
etish   ehtiyoji   shakllangan   bo‘ladi   va   u   ixtiyoriy   ravishda   siyosiy   jarayonlarda
ishtirok   etadi.   Bugungi   kunda   demokratlashtirish   jarayonidagi   asosiy   to‘siqlardan
biri   bo‘lgan   befarqlik   kayfiyati   ham   siyosiy-huquqiy   madaniyatni   demokratiya
talablaridan   orqada   qolishi   bilan   bog‘liq.   Demokratiyani   sun’iy   ravishda
tezlashtirish   va   eksport   qilish   ijtimoiy   tartibning   barqarorligiga   putur   yetkazishi
mumkin.   Ayrim   postsovet   mamlakatlaridagi   ijtimoiy   tartibsizliklar   fikrimizni
yaqqol   tasdiqlaydi.   Bunday   ayanchli   holat   bo‘lmasligi   uchun   demokratiyani
evolyusion   tarzda   ya’ni   siyosiy-huquqiy   madaniyatni   oshirish   asosida   odamlarni
dunyoqarashini   o‘zgartirib   asta-sekinlik   bilan   joriy   qilib   borish   lozim.   Odamlarni
dunyoqarashini o‘zgartirish eng avvalo ta’lim va tarbiya tizimiga bog‘liq bo‘lganligi
uchun ushbu tizimda siyosiy-huquqiy madaniyatni oshirish boasida kompleks chora-
tadbirlar   ishlab   chiqish   lozim.   Ma’lumki   siyosiy   –   huquqiy   madaniyat   siyosiy-
24 huquqiy   ong   va   siyosiy-huquqiy   jarayonlarda   ishtirok   etish   tajribasidan   tashkil
topadi. 
Jamiyatning   siyosiy-huquqiy   madaniyatini   oshirish   vazifalari   yuqorida   qayd
qilingan     konsepsiyada   belgilab   berilgan.   Ushbu   konsepsiya   talablaridan   kelib
chiqib   2012-   yilda   Samarqand   davlat   universitetida   talaba   yoshlarning   siyosiy-
huquqiy   ongini   rivojlantirishga   xizmat   qiladigan   “Ijtimoiy   nazorat”   nomli   o‘quv
kursi   joriy   qilindi.   Ushbu   o‘quv   kursi   yoshlarni   ham   siyosiy,   ham   huquqiy   ongini
rivojlantirishda   muhim   rol   o‘ynaydi.   Chunki   nazorat   faoliyati   siyosiy   soha   bilan
bog‘liq   bo‘lsa,   nazoratning   ob’ekti   bo‘lgan   qonun   huquqiy   soha   bilan   bog‘liq.
Shuning   uchun   ijtimoiy   nazoratga   doir   bilim   yoshlarni   siyosiy-huquqiy
madaniyatini uyg‘unlikda rivojlanishi ta’minlaydi deb aytishimiz mumkin. Siyosiy-
huquqiy   ong   ta’lim   tizimida     shakllanadigan   bilimga   asoslansa,   siyosiy-huquqiy
jarayonda   ishtirok   etish   tajribasi   tarbiya   tizimida   shakllanadigan   ma’naviyatga
asoslanadi. 
Siyosiy-huquqiy   jarayonda   ishtirok   etish   uchun   odamda   befarqlik   kayfiyati
jilovlangan bo‘lib daxldorlik xissi shakllangan bo‘lishi lozim. Biz yoshlarimizni oliy
ta’lim  tizimida olayotgan bilimlarini  amalga tadbiq qilishlarida muhim ahamiyatga
ega   bo‘lgan   axloqiy   tarbiya   negizida   shakllanadigan   ma’naviyatlarini   yuksaltirish
masalalariga   ham   alohida   e’tibor   berishimiz     kerak.   Chunki   yoshlarimizga
berilayotgan   bilimlar   amaliyotda   qo‘llanilishi   uchun   ularda   befarqlik   kayfiyati
jilovlanib daxldorlik xissi shakllangan bo‘lishi lozim. 
1.3.Davlat xizmatlari samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining 
o‘rni
O‘zbekiston   tanlagan   demokratik   taraqqiyot   yo‘li   va   fuqarolik   jamiyatini
shakllantirish   jarayoni   davlat   xizmatlari   faoliyati   ustidan   jamoatchilik   nazoratini
amalga oshirish masalasini dolzarbligini belgilab beradi. Chunki demokratiya ham,
fuqarolik jamiyati ham nazorat faoliyati bilan, jumladan, jamoatchilik nazorati bilan
bevosita   bog‘liq.   Ushbu   xususda   gapirib   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev   jumladan   shunday   dedi:   “Yangi   O‘zbekiston   –   “Xalq   davlat
idoralariga   emas,   davlat   idoralari   xalqqa   xizmat   qilishi   kerak”   degan   hal   qiluvchi
25 tamoyil   amalda   o‘z   tasdig‘ini   topayotgan   mamlakat”. 11
  Demokratiya   talabi   ko‘ra
davlat xizmati jamiyat nazorati ostida bo‘lishi lozim, aks holda davlat xizmat emas,
hukmronlik   qila   boshlaydi.   Ushbu   xususda   gapirib   Nobel   mukofotining   laureati
Milton   Fridman   shunday   deydi:   “Hukumat   xalqqa   hukmronlik   emas,   balki   doimo
xizmat   qiladigan   jamiyatni   yaratish,   faqat   bizni   demokratlashtirishda   ishtirok
etishimizga  bog‘liq. Biz jamiyatga qanday munosabda bo‘lsak, jamiyat ham shunga
munosib   bo‘ladi   ya’ni   jamiyatni   qandayligi   bizning   o‘zimizga   bog‘liq” 12
.   Shuning
uchun   biz   quyida   davlat   xizmatlari   samaradorligini   ta’minlashda   jamoatchilik
nazoratining o‘rni masalasini tahlil qilishni maqsad qilib qo‘ydik.
O‘zbekistonda   mustaqillik   yillarida   tub   sotsial-iqtisodiy,   ijtimoiy-   siyosiy,
jumladan,   ma’muriy   islohotlar   o‘tkazilishi   natijasida   zamon   talabiga   ya’ni
demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   talablariga   javob   beradigan   davlat   boshqaruv
tizimi shakllanib bormoqda. Davlat boshqaruvi tizimi hokimiyatni tarmoqlarga ya’ni
qonun,   ijro   va   sud   hokimiyatiga   bo‘linishini   konstitutsion   tamoyiliga,   ularni
o‘rtasida   o‘zaro  tiyib  turish   va  manfaatlar   qarama-qarshi   turishiga,   shu   bilan   birga
qonun   va   ijroiya   hokimiyatini   markazda   va   joylarda   nazorat   funksiyalarini
kuchaytirishga   asoslangan.   Shular   qatorida   nazorat   borasida   davlat   va   jamiyat
o‘rtasida hamkorlik va sheriklikni o‘rnatish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Chunki faqat yuqoridan bo‘lgan davlat nazorati bilan xalq manfaatini ifodalaydigan
ma’muriy   boshqaruv   tizimini   shakllantirish   muammo   bo‘lib   qoladi.   Bunday   holat
bo‘lmasligi   uchun   davlat   va   jamiyat   nazorat   vositalaridan   iborat   bo‘lgan   nazorat
tizimi   shakllangan   va   jamoatchilik   nazorati   uni   harakatga   keltiradigan     muhim
elementi bo‘lishi lozim. 
Xalq manfaatiga xizmat qiladigan ma’muriy boshqaruv tizimini shakllantirish
borasidagi muammolardan biri buzuq byurokratiya va korrupsiya illati hisoblanadi.
Chunki   korrupsiya   sharoitida   adolat   tamoyiliga   rioya   qilib   bo‘lmaydi.   Adolat
tamoyili   buzilgan   joyda   razolat   hukmronlik   qila   boshlaydi.   Razolat   hukmronlik
qilgan   joyda   inson   huquq   va   erkinliklari   paymol   qilinib   halq   manfaatini   ifodalash
muammo   bo‘lib   qoladi.   Bunday   muammoning   kelib   chiqishining   sababi   ijroiya
hokimiyat organlari faoliyatini ochiqligi va oshkoraligi to‘liq ta’minlanmaganligi va
jamoatchilik   nazoratini   zaifligidir.   Bizning   nazarimizda   bu   ikkita   sababni   bartaraf
qilish uchun professional davlat xizmatini samarali tizimini shakllantirish va ijroiya
hokimiyat   organlari   tizimida   korrupsiyaga   qarshi   ta’sirchan   nazorat   mexanizmini
shakllantirish   kerak   bo‘ladi.   Bu   esa,     davlat   xizmatini   ma’muriy   boshqaruv
sohasidagi demokratik islohotlar asosida  takomillashtirishni talab qiladi. 
11
 Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021., 27-bet.
12
 Muxaev R.T. Politologiya. Moskva. 2007 -g. Str.5.
26 Buning   uchun,   eng   avvalo,   ma’muriy   boshqaruv   tizimini   demokratlashtirish
nima   ekanligini   anglab   olish   kerak   bo‘ladi.     Ma’muriy   boshqaruv   tizimini
demokratlashtirish   deganda   ikkita   jarayon   tushuniladi,   chunki   demokratlshatirish
jarayoni   ikki   elementdan   iborat.   Birinchisi   hokimiyatni   shakllantirishda   xalqni
ishtirokini kengaytirish bo‘lsa, ikkinchisi hokimiyatni xalq tomonidan nazorat qilish
imkoniyatini   kengaytirish.   Demokratiyaning   nazorat   funksiyasi   davlat   hokimiyati
organlari   faoliyatini   ularni   qonunan   belgilangan   kompetensiyasiga   mutanosibligini
ta’minlashdan   iborat.  Demokratiyaning  nazorat  funksiyasi   ikkita  yo‘l   bilan amalga
oshiriladi:   birinchisi,   ularni   ichki   idoraviy   nazorati   bo‘lsa,   ikkinchisi,   jamiyat
nazoratini   ta’sirchan   mexanizmi   orqali.   Demak,   ma’muriy   boshqaruv   tizimini
demokratlashtirish   deganda   ijroiya   hokimiyat   organlarini   shakllantirishda   xalqni
ishtirokini   kengaytirish   bo‘lsa,   ikkinchisi   ijroiya   hokimiyat   organlari   faoliyati
ustidan xalq nazoratini kuchaytirishni tushunish lozimdir.
Ma’muriy   boshqaruv   sohasida   islohotlarni   amalga   oshirish   borasidagi
muammolardan biri  iqtisodda davlat  boshqaruvining yuqoriligi, yana biri  iqtisodda
davlat ulushining yuqoriligi bo‘lsa, yana biri davlat xizmatlari tizimidagi korrupsiya
illatidir. Ushbu muammolarni yechimi iqtisodni monopoliyadan  va davlat mulkidan
chiqarish   hamda   kadrlar   tanlash   tizimida   nazorat   tizimini   takomillashtirish   bilan
bog‘liqdir. Buning uchun ijroiya hokimiyati faoliyatini optimallashtirish, ma’muriy
islohotlarni   demokratlashtirish   va   davlat   boshqaruvida   menejmentni   zamonaviy
usullarini   joriy   etish   kerak   bo‘ladi.   Bundan   tashqari   demokratiya   va   fuqarolik
jamiyati   talabidan   kelib   chiqib   ijroiya   hokimiyat   organlari   faoliyati   ustidan
jamoatchilik  nazoratini   ta’sirchan   mexanizmini   shakllantirish  talab  qilinadi.  Bunda
ijroiya   hokimiyatning   davlat   xizmatlari   tizimi   ustidan   jamoatchilik   nazoratini
amalga   oshirish   muhim   ahamiyatga   ega.   Davlat   xizmatlari   tizimi   ustidan
jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishi ular faoliyatini samarali qilishga xizmat qiladi.
Davlat   xizmatlari   samaradorligini   ta’minlashda   jamoatchilik   nazoratini   o‘rni
to‘g‘risida   gapirishdan   oldin   asosiy   qadriyat   bo‘lgan   davlat   va   jamiyat
tushunchalarining mazmun-mohiyatini anglab olish lozim. Jamiyat - evolyusion yo‘l
bilan   va   tabiiy   ravishda   shakllangan   odamlarning   majmuidir.   Davlat   -   tabiiy
ravishda   shakllangan   jamiyatda   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   va
sun’iy   ravishda   shakllangan   siyosiy   tuzulmadir.   Shuning   uchun   jamiyat   mavjud
bo‘lishi   va   rivojlanishining   muhim   sharti   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatilganlik   holatidir
deb aytish mumkin. Ana shunday ijtimoiy tartibni o‘rnatish ehtiyojidan kelib chiqib
davlat vujudga kelayapdi. Ijtimoiy tartib deganda ijtimoiy regulyator bo‘lgan huquq
va   axloq   normalariga   rioya   qilish   ta’minlanganlik   holati   tushuniladi.   Jamiyatni
mavjud   bo‘lishini   ta’minlashga   xizmat   qiladigan   normalarga   rioya   etilishi   nazorat
27 faoliyati   orqali   ta’minlanadi.   Demak   davlatning   asosiy   vazifasi   huquq   va   axloq
normalariga rioya qilishni ta’minlashga qaratilgan nazorat funksiyasidir.
Davlat   va   jamiyat   tushunchalariga     ta’rif   berilgandek   davlat   xizmati,   davlat
xizmatchisi va jamoatchilik nazorati tushunchalariga ham aniqlik kiritish lozim. Aks
holda   fikrlarning   tarqoqligi   va   ayrim   tushunmovchiliklar   kelib   chiqishi   mumkin.
Davlat  xizmati  – davlat  boshqaruvi  apparatida ishlovchi  xodimlarning professional
faoliyati. Davlat xizmatchisi – davlat xizmatida egallab turgan lavozimiga muvofiq
u   yoki   bu   majburiyatlarni   amalga   oshiruvchi   xodim.   Jamoatchilik   nazorati   –
fuqarolik   jamiyati   institutlari   tomonidan   amalga   oshiriladigan   nazorat   faoliyati.
Yuqorida   ta’kilaganimizdek   davlatning   asosiy   vazifasi   nazorat   faoliyati   orqali
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   ekan.   Demak   davlat   xizmatlarini   ham   asosiy   vazifasi
aynan   ana   shu   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   bilan   bog‘liqdir.     Xuddi   shunday
jamoatchilik   nazorati   ham   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   qaratilgan   quyidan   amalga
oshiriladigan faoliyat hisoblanadi. Yuqoridan davlat va quyidan jamiyat tomonidan
birgalikda amalga oshiriladigan nazoratni ijtimoiy yoki ommaviy nazorat deb aytish
mumkin 13
.
Har   qanday   faoliyatni   samaradorligini   ta’minlashda   o‘sha   faoliyatga   doir
bilim   muhim   ahamitga   ega.   Jumladan   davlat   xizmatlari   faoliyatini   amalga
oshirishda   ham   ushbu   xizmatga   doir   bilim   kerak   bo‘ladi.   Davlat   xizmati   faoliyati
uchun   qanday   bilim   kerakligini   aniqlash   uchun   ushbu   faoliyat   maqsadidan   kelib
chiqib fikrlash kerak. Davlat xizmatining maqsadi umuman davlatning maqsadidan
kelib   chiqadi   chunki   davlat   o‘z   funksiyasini   amalga   oshirishi   uchun   ma’lum   bir
xizmatlarni amalga oshiradi. Davlat ana shu xizmatlarni amalga oshirish orqali ya’ni
ma’lum   bir   vazifalarni   bajarish   bilan   o‘zining   maqsadiga   erishadi.   Buning   uchun
davlat   xizmatchisida   uni   oldida   turgan   maqsadga   erishishi   uchun   kerak   bo‘lgan
bilim bo‘lishi lozim. Demak davlat xizmatchilirida qanaqa bilim bo‘lishi kerakligini
aniqlash   uchun   oldin   maqsadni   aniqlab   olishimiz   kerak   ekan.   Xo‘sh   davlatning
asosiy   maqsadi   nima?   Ma’lumki   davlatning   asosiy   maqsadi   insoniyat   jamiyatida
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   hisoblanadi.   Davlatning   paydo   bo‘lishini   o‘zi   ijtimoiy
tartibni o‘rnatishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq.
Ijtimoiy tartibga bo‘lgan ehtiyojni tushunish uchun, eng avvalo, ijtimoiy tartib
o‘zi  nima ekanligini  bilish kerak. Ijtimoiy tartib huquq va axloq normalariga rioya
qilish   ta’minlanganlik   holatidir.   Insoniyat   jamiyati   mavjud   bo‘lishi   uchun   unda
muayyan tartib o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Shuning uchun tartib o‘rnatishga xizmat
qiladigan   ijtimoiy   regulyatorlar   ya’ni   huquq   va   axloq   o‘ylab   chiqilgan.   Ijtimoiy
regulyator   bo‘lgan   huquq   va   axloq   normalariga   rioya   qilinganlik   holati   ijtimoiy
13
 Nabiev F.X. Ijtimoiy nazorat.Samarqand. 2020 -yil. 6-bet.
28 tartib degan tushuncha bilan ifodalanadi. Odamlar huquq va axloq normalariga rioya
qilib   yashashlari   uchun   ularni   kimdir   nazorat   qilib   turishi   kerak.   Ana   shunday
nazoratni   davlat   o‘zining   nazorat   organlari   orqali   amalga   oshiradi   va   shu   bilan
davlat   xizmatlarini   ko‘rsatadi.   Buning   uchun   davlat   insoniyat   jamiyatida   odamlar
o‘rtasidagi   munosabat   jarayonida   tabiiy   ravishda   kelib   chiqadigan   qarama-
qarshilikni   kelishtirib   murosaga   solib   turishi   kerak   bo‘ladi.   Insoniyat   jamiyatida
murosa   qilib   kelishib     yashashga   ehtiyoj   bo‘lsa-yu,   lekin   bu   ehtiyoj   o‘z   o‘zidan
qondirilmasa   ana   o‘sha   vaqtda   davlat   paydo   bo‘ladi.   Agar   bu   qarama-qarshiliklar
o‘z   vaqtida   murosaga     solinmasa   ular   keskinlashib   kuchayib   boradi   va   natijada
insoniyat jamiyati son sanoqsiz urushlardan iborat bo‘lib qoladi va   bu esa, ertami-
kechmi insoniyat jamiyati halokatini keltirib chiqaradi.
Insoniyat jamiyatida tartibni o‘rnatish ehtiyojidan kelib chiqib davlat vujudga
kelayapdi.   Lekin   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   davlat   hokimiyati   asta-
sekinlik bilan xizmat emas, balki hukmronlik qilishga o‘ta boshlaydi. Ana shunday
holat   kelib   chiqmasligi   uchun   jamiyat   tomonidan   xalqqa   xizmat   qilish   uchun
yaratilgan  davlat   hokimiyati  jamiyat   tomonidan  nazorat  qilinishi  kerak bo‘lmoqda.
Agar jamiyat davlat hokimiyatini nazorat qilmasa byurokratiya kuchayib korrupsiya
illati   kelib   chiqadi.   Bunday   holat   kelib   chiqmasligi   uchun   davlat   hokimiyati
boshqaruvi   organlari   jamiyat   nazorati   ostida   bo‘lishlari   lozim.   Bunday   nazorat
demokratiya   va   fuqarolik  jamiyati   talabi   hisoblanadi,   chunki   demokratiya  deganda
nafaqat   hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllantirilishi,   balki   nazorat   qilinishi   ham
tushuniladi.   Fuqarolik   jamiyatini   asosiy   funksiyasi   ijroiya   hokimiyat   ustidan
nazoratni   amalga   oshirishdan   iborat.   Buning   uchun   davlat   hokimiyati   faoliyati
ochiqligi   va   oshkoraligi   ta’minlangan   bo‘lishi   lozim.   Bu   esa,   demokratiya   va
fuqarolik jamiyati talabi hisoblanadi, chunki ochiqlik va oshkoraliksiz demokratiya
ham,   fuqarolik   jamiyati   ham   bo‘lmaydi.   Jamiyat   o‘z   nazoratini   amalga   oshirishi
uchun davlat hokimiyati faoliyatidan xabardor bo‘lishi lozim va bu  ochiqlik hamda
oshkoralik orqali ta’minlanadi.
Davlat   xizmati   samaradorligini   ta’minlashda   kadrlarni   tanlash   va   joy-joyiga
qo‘yish   jarayonida   jamoatchilik   nazorati   muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki   davlat
xizmati   samaradorligi   ushbu   sohada   faoliyat   olib   borayotgan   kadrlarni   sifatiga
bog‘liq.   Kadrlarni   sifati   yuqori   bo‘lishi   uchun   ularni   shakllantirish   jarayonida
ma’lum   bir   me’zonlarga   rioya   etilishi   lozim.   Buning   uchun,   eng   avvalo,   kadrlarni
sifatini     belgilaydigan   me’zonlar   ishlab   chiqilgan   bo‘lishi   lozim.   Bu   borada
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoevning     2019   yil   3   oktyabrdagi
kadrlarni tanlash meritokratiya tamoyili asosida ochiqlik va oshkoralik bilan amalga
29 oshirilishi   kerakligi   to‘g‘risidaga   farmoni   huquqiy   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi 14
.
Meritokratiya tomoyiliga asoslanish uchun qanday me’zonlarga rioya etilishi lozim?
Buning   uchun   davlat   hokimiyati   faoliyati   mohiyatidan   kelib   chiqib   fikrlash   lozim
bo‘ladi. Davlat  hokimiyati, eng avvalo, siyosiy  faoliyat  hisoblanadi  shuning uchun
asosiy mezon siyosiy madaniyat darajasi bo‘lishi to‘g‘ri bo‘ladi. Davlatning asosiy
vazifasi   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   bo‘lganligi   va   bu   qonunga   rioya   etilishi   bilan
bog‘liqligi   uchun   ikkinchi   me’zon   huquqiy   madaniyat   darajasi   bo‘lishi   kerak.
Davlat   funksiyalaridan   asosiysi   boshqaruv   hisoblanadi   shuning   uchun   kadrlarga
qo‘yiladigan   talablardan   biri   o‘zini   boshqara   olishga   qodirligidir.   Chunki   inson
birovni  boshqara olishi  uchun oldin o‘zini boshqara olishi  lozim  va bu ma’naviyat
orqali ta’minlanadi.
  Shuning   uchun   kadrlarni   tanlash   jarayonidagi   asosiy   me’zonlardan   biri
ma’naviyatning   yuksaklik   darajasi   bo‘lishi   lozim.   Ushbu   me’zon   asosiy   me’zon
bo‘lishi   to‘g‘ri,   chunki,   bilimi   kuchli-yu,   lekin   ma’naviyati   qashshoq   odam   o‘zini
boshqara   olmaydi.   O‘zini   boshqara   omagan   odam   o‘z   ichki   dunyosida   tartibni
o‘rnata   olmaydi,   chunki,   u   adolatga   emas,   balki   razolatga   xizmat   qiladi.   Natijada
adolat   bilan   razolat   o‘rtasidagi   kurashda   razolat   g‘alaba   qozonadi   va   ijtimoiy
tartibsizlik   kelib   chiqadi.   Shuning   uchun   ma’naviyati   qashshoq   davlat   xizmatida
buzuq   byurokratiya   shakllanib   korrupsiya   kelib   chiqadi.   Korrupsiya   muhitida   esa,
adolat   oyoq   osti   qilinib   yuqorida   ta’kidlaganimizdek   ijtimoiy   tartibsizlik   kelib
chiqadi.     Shuning   uchun   kadrlarni   tanlash   jarayonida   asosiy   me’zon     nomzod
ma’naviyatining   yuksaklik   darajasi   bo‘lishi   lozim.   Kadrlarni   tanlash   jarayonida
ushbu   me’zonlarga   rioya   etilishi   jamoatchilik   tomonidan   nazorat   qilinishi
meritokratiya tamoyili asosida davlat xizmatini shakllantirishni ta’minlaydi.
Davlat   xizmatchisiga   qo‘yilgan   ushbu   me’zonlardan   eng   muhimi   yuqorida
ta’kidlaganimizdek   uning   ma’naviy   yuksaklik   darajasidir.   Chunki   ma’naviyat
insonga o‘z ustidan bo‘lgan hokimiyatni shakllantirib o‘z ustidan bo‘lgan nazoratni
ta’minlaydi.   O‘zini nazorat qilishga qodir bo‘lgan odam o‘z ichki dunyosida tartib
o‘rnata   oladi   va   korrupsiya   illatiga   chalinmaydi.   Shuning   uchun   davlat
xizmatchilarga qo‘yilgan talablar ichida eng muhimi uning ma’naviy yuksakligi deb
aytish   mumkin.   Chunki   ma’naviy   qashshoqlik   natijasida   kelib   chiqadigan
korrupsiya   sharoitida   davlat   xizmatlari   samarali   bo‘la   olmaydi.   Davlat   xizmatida
kadrlar   tarkibini   shakllantirish   siyosiy   madaniyat,   huquqiy  madaniyat   va   ma’naviy
yuksaklik   me’zonlariga   rioya   qilingan   holda   amalga   oshirilishi   lozim.   Bunda
ma’naviy  yuksaklikni   aniqlash  masalasi   muammoli  bo‘lishi  mumkin,  chunki  inson
14
Mirziyoev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat 
fuqarolik xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida” Toshkent,2019 yil 3 
oktyabrdagi PF-5843-son farmoni. 
30 ma’naviyatini   yuksaklik   darajasini   belgilovchi   xujjat   yo‘q.   Shuning   uchun   davlat
xizmatiga   nomzodning   ma’naviyatini   qanday   qilib   aniqlash   mumkin   degan   savol
kelib   chiqadi.   Bizning   nazarimizda   inson   ma’naviyatini   yuksaklik   darajasini   o‘sha
odamning  oilasidagi muhitni sog‘lomlik darajasiga  qarab belgilash mumkin. Agar
nomzodning   oilasidagi   muhit   sog‘lom   bo‘lsa,   bu   uning   ma’naviyatining
yuksakligini   belgisi   va   aksincha,   agar   oilada   muhit   nosog‘lom   bo‘lsa,   bu   uning
ma’naviyatining qashshoqligini  belgisi  bo‘ladi. Chunki  o‘z oilasida tartibni o‘rnata
olgan odam   o‘z    ustidan  hokimiyatga  ega  bo‘lgan bo‘ladi  va  bu ma’naviyat   orqali
ta’minlanadi.
Davlat   xizmati   samaradorligini   ta’minlashda   nafaqat   kadrlarni   shakllantirish
jarayonida   balki   ular   faoliyati   ustidan   jamoatchilik   nazoratini   amalga   oshirish
muhim ahamiyatga ega. Chunki har qanday yaxshi kadr davlat xizmatiga o‘tgandan
keyin keyin nazoratsizlik oqibatida o‘zining egoistik manfaatlarining quliga aylanib
qoladi. Bunday holat bo‘lmasligi uchun davlat xizmati ustidan jamoatchilik nazorati
amalga oshirilishi lozim. Nazoratsizlik oqibatida davlat idoralari xalqqa emas, balki
xalq davlat idoralariga xizmat qila boshlaydi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti  Sh.M.Mirziyoevning “Xalq davlat  idoalariga emas  balki  davlat  idoralari
xalqqa xizmat qilishi kerak” degan dono so‘zlarini eslash o‘rinli bo‘ladi.
Davlat   xizmatchilari   ustidan   jamoatchilik   nazoratini   amalga   oshirish
demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   talabi   hisoblanadi.   Chunki   demokratiya   ham,
fuqarolik jamiyati ham nazorat faoliyati bilan bog‘liq. Demokratiya deganda nafaqat
hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllantirilishi   balki   nazorat   qilinishi   tushuniladi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy funksiyasi ijroiya hokimiyat ustidan nazoratni amalga
oshirish   hisoblanadi.   Davlat   xizmati   samaradorligi   jamoatchilik   nazoratiga   bog‘liq
ekan asosiy e’tiborni nazorat faoliyatini kuchli qilishga qaratish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.   Nazorat   faoliyatini   samaradorligi   va   umuman   har   qanday   faoliyatning
samaradorligi o‘sha faoliyatga doir bilimga bog‘liqdir. Jamoatchilik nazorati kuchli
bo‘lishi   uchun   fuqarolik   jamiyati   institutlarini   nazorat   faoliyatiga   doir   bilim   bilan
qurollantirish   choralarini   ko‘rish   kerak   bo‘ladi.   Umuman   jamiyatni   nazorat
faoliyatiga  doir  bilim  bilan  qurollantirish  uchun ta’lim  tizimida  nazorat  faoliyatiga
doir bilimni beradigan fan joriy qilinishi lozim. Nazorat faoliyatiga doir bilim bilan
qurollangan   jamiyat   davlat   xizmati   ustidan   o‘z   nazoratini   amalga   oshirishga   qodir
bo‘ladi.
Nazorat  faoliyati  samarali  bo‘lishi  uchun davlat  va jamiyat  o‘rtasida  nazorat
borasida   hamkorlik   va   sheriklik   o‘rnatilishi   lozim.   Davlat   va   jamiyatning
birgalikdagi   nazoratini   ijtimoiy   nazorat   yoki   ommaviy   nazorat   degan   tushuncha
bilan   ifodalash   mumkin.     Bunday   nazoratni   shakllanishi   zamon   talabi   hisoblanadi
31 chunki   zamon   mohiyati   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirishdan
iborat. Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining kuchliligi ijtimoiy nazoratni va
uning muhim elementi bo‘lgan jamoatchilik nazoratining muhim sharti hisoblanadi.
Davlat   xizmati   samaradorligini   ta’minlashga   qodir   bo‘lgan   nazorat   faoliyatini
ta’minlash     nazorat   mexanizmini   shakllanganligiga   bog‘liq.   Nazorat   mexanizmini
bir   nechta   elementlardan   iborat   bo‘ladi   va   uning   elementlaridan   biri   jamoatchilik
nazorati hisoblanadi.
Davlat xizmatining samaradorligi barqaror ishlab turgan nazorat mexanizmiga
bog‘liq   va   bunday   mexinizmni   harakatga   keltiradigan   qismi   jamoatchilik   nazorati
bo‘lishi  lozim.  Chunki  nazorat   natijasida  erishiladigan  ijtimoiy  tartib,   eng  avvalo,
quyida yashayotgan odamlarga kerak. Shuning uchun quyida yashayotgan odamlar
fuqarolik   jamiyati   institutlariga   birlashgan   holda   o‘z   nazoratlarini   amalga   oshirib
nazorat   mexanizmini   harkatga   keltirishlari   lozim.   Nazorat   mexanizmini   boshqa
qismlari   harakatga   kelishlari   uchun   jamoatchilik   ularga   turtki   berishlari   kerak
bo‘ladi.   Agar   jamoatchilik   nazorati   ishlamasa   nazorat   mexanizmi   ham   harakatga
kelmaydi,   chunki   har   qanday   mexanizmni   harakatga   keltiruvchi   qismi   bo‘ladi.
Jamoatchilik   nazorati   nazorat   mexanizmini   harakatga   keltiruvchi   muhim   elementi
hisoblanadi.   Bir   biriga   vertikal   va   gorizontal   tomonlardan   bog‘langan   tuqqizta
vositadan   iborat   nazorat   tizimini   tasavvur   qilib   ko‘ring.   Bulardan   uchtasi   davlat
nazorat   vositalari,   yana   uchtasi   jamiyat   nazorat   vositalari   va   qolgan   uchtasi   ularni
bog‘lab turadigan ham davlatga, ham jamiyatga daxldor bo‘lgan nazorat vositalari.
Ana   shunday   tizim   harakatga   kelib   mexanizmga   aylanishi   uchun   jamoatchilik
nazorati kuchli bo‘lishi va harakatni boshlab berishi lozim.
Nazorat   mexanizmida   davlat   tomonidan   nazoratni   qonunchilik   hokimiyati,
ijro hokimiyati va sud hokimiyati amalga oshiradi. Jamiyat tomonidan esa, nazoratni
elektorat,   boshlag‘ich   partiya   tashkilotlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlari   amalga
oshiradi.   Davlat   va   jamiyat   nazorat   vositalarini   bog‘lab   turadigan   nazorat
vositalariga   deputatlar   korpusi,   siyosiy   partiyalar   va   ommaviy   axborot   vositalari
kiradi.   Ushbu   nazorat   mexanizmini   harakatga   keltiradigan   qismi   quyidan   amalga
oshiriladigan   jamoatchilik   nazorati   bo‘lishi   lozim.   Chunki   nazorat   natijasida
o‘rnatiladgan ijtimoiy tartib, eng avvalo, quyida yashayotgan odamlar uchun kerak.
Bugungi   kunda mamlakatimizda  shakllanib  borayotgan nazorat   tizimi  strukturasini
jamiyat siyosiy hayotining hozirgi manzarasidan kelib chiqib, quyidagicha tasavvur
qilish mumkin. 15
15
  Nabiev F.X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand 2020- yil. 135-bet.
32 Jamoatchilik   nazoratining   kuchliligi   esa,   demokratiya   va   fuqarolik
jamiyatining   kuchliligiga   bog‘liqdir.   Shuning   uchun   davlat   xizmatlarini
samaradorligi   oxir-oqibatda   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatining   kuchliligiga
bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun jamiyatga demokratiya va fuqarolik jamiyatini kuchli
qilishga   xizmat   qiladigan   bilimlarni   berish   kerak   bo‘ladi.     Demokratiya   ham,
fuqarolik jamiyati ham nazorat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun jamiyatga,
eng   avvalo,   nazorat   faoliyatiga   doir   bilim   berish   kerak   bo‘ladi.   Har   qanday   bilim
ta’lim   tizimida   shakllanganligi   kabi   nazorat   faoliyatiga   doir   bilim   ham   ta’lim
tizimida shakllanadi. Shuning uchun ta’lim tizimiga nazorat faoliyatiga doir bilimni
beradigan fanni joriy etish zamon talabi hisoblanadi deb aytish mumkin.
Xulosa   qilib   aytganda   davlat   xizmatlarini   samaradorligi   jamoatchilik
nazoratiga,   jamoatchilik   nazorati   esa,   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini
kuchliligiga   bog‘liq.   Shuning   uchun   asosiy   e’tibor   demokratiya   va   fuqarolik
jamiyatini   kuchli   qilishga   qaratilishi   lozim.   Demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati
nazorat  faoliyati  bilan bog‘liq bo‘lganligi  uchun jamiyatga  nazorat  faoliyatiga doir
bilimni   berish   choralarini   ko‘rish   lozim.   Bunda   oliy   ta’lim   tizimida   nazorat
faoliyatiga   doir   bilimni   beradigan   fanni   joriy   etish   va   yoshlarni   ongiga   singdirish
muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   dolzarb   vazifa   hisoblanadi.   Bugun   jamiyatga
demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishga   xizmat   qiladigan   nazorat
faoliyatiga  doir  bilimni  berish,  ertaga  kuchli  jamoatchilik nazoratini  shakllantiradi.
Kuchli   jamoatchilik   nazorati   esa,   nazorat   mexanizmini   harakatga   keltirib   o‘z
navbatida davlat xizmatlarini samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
33  2 –bob.Fuqarolik jamiyati nazoratini shakllanishida siyosiy-huquqiy 
madaniyatning o‘rni.
2.1.Fuqarolik jamiyatini  va demokratik  siyosiy tartibotning  o‘zaro  bog‘liqligi.
      Bugun dunyo fuqarolik jamiyatini shakllantirish  va demokratik taraqqiyot 
yo‘lini tanladi chunki bugun ijtimoiy taraqqiyotni muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy 
tartibni o‘rnatishning eng maqbul yo‘li deb demokratiya e’tirof etilmoqda. Fuqarolik
jamiyati va demokratiya siyosiy tartibotning oliy shakli sifatida jamiyat siyosiy-
huquqiy madaniyatini yuksak bo‘lishini taqozo etadi. Bugungi kunda 
mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va demokratiyaning siyosiy-huquqiy asoslari 
yaratilgan bo‘lib endi asosiy e’tiborni siyosiy-huquiy madaniyatni oshirishga 
qaratish lozim. Ushbu xususda gapirib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoev “Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda 
huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va 
xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, 
obod va farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib 
o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda” 16
 deb 
ta’kidlaganlar.
  Shuning   uchun   mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   siyosiy   islohotlarda
siyosiy-huquqiy   madaniyatni   oshirish   masalasiga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.
Siyosiy-huquiy   madaniyati   yuksak   bo‘lgan   odam   demokratiya   jarayonlarida   erkin
ishtirok   etish   imkoniyatiga   ega   bo‘ladi.   Jamiyatimiz   hayotini   barcha   sohalaridagi
ya’ni   iqtisodiy,   ijtimoiy,   ma’naviy   va   siyosiy   sohalardagi   islohotlar   mohiyati
liberallashtirishdan iborat. Liberallashtirish insonni  ixtiyoriylikka asoslangan holda
qiziqib erkin harakat qilishni anglatadi. 
Inson kim bo‘lishidan va qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar erkin harakat
qilishi   liberallashtirishni   anglatadi.   Boshqacha   qilib   aytganda   insonni   ikkita   narsa
harkatga   undaydi   majburiylikka   asoslangan   qo‘rquv   va   ixtiyoriylikka   asoslangan
16
 Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining 
garovi. Toshkent - “O‘zbekiston” -2017- yil,6-bet
34 obro‘-e’tiborni   hurmat   qilish,   qadrlash,   sevish.   Nima   uchun   kim   kimgadir   itoat
qiladi   deganda,   ikkita   motiv   qo‘rquv   va   sevgi   itoat   qildiradi   deb   aytish   mumkin.
Qo‘rqqan odam ham sevgan odam ham itoat qiladi. Liberallashtirish qo‘rqib emas,
ko‘proq sevib, hurmat qilib, ishonib itoat qilishni anglatadi. Bu esa jamiyatda adolat
qaror topshiini talab etadi. Ulug‘ bobomiz A.Temurning «Kuch adolatda» tamoyilini
mazmun-mohiyati shu bilan belgilanadi.  O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach
siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda jiddiy tartibsizliklarga duch kelmagan kamdan-
kam   mamlakatlardan   hisoblanadi.   Buni   shu   bilan   izohlash   mumkinki,   avvalo,
O‘zbekistonda   boshdanoq   bozor   munosabatlariga,   demokratiyani   jahonda
umume’tirof   etilgan  standartlariga   o‘tishda   bosqichma-bosqich   o‘tish   uslubi   tanlab
olindi,   jamoatchilik   fikri   inobatga   olindi,   islohotlar   amaliyotidan   radikal   va   qaltis
harakatlar soqit qilindi.
 Mustaqillikni dastlabki kunlaridanoq islohotlarning maqsad va vazifalari aniq
va   ravshan   belgilab   olindi.   Siyosiy   islohotlar   strategiyasi   islohotlar   mohiyatini,
tamoyil va metodlarini, kelajakdagi siyosiy o‘zgarishlarning strategik manzaralarini
oldindan   ko‘rgan   holda   qurilgan   edi.   Islohotlarning   maqsad   va   tamoyillari,
avvalambor, mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan bo‘lib, bular
mamlakat   suvereniteti,   xalq   hokimiyati,   qonun   ustuvorligi,   tashqi   siyosat,   inson
erkinligi va uning asosiy huquqlari, iqtisodiyot, jamoat tashkilotlari, oila, ommaviy
axborot  vositalari,  davlat  hokimiyatini  tashkillashtirish  va hokazolarda  ifodalangan
edi.   Konstitutsiyaviy   maqsad   –   niyatlar   islohotlardan   ko‘zda   tutilgan   maqsadlarga
aylanmog‘i uchun islohotlar strategiyasini ishlab chiqish zarur edi, buning uchun esa
quyidagi savollarga javob topish kerak edi, ya’ni islohotlarni kim o‘tkazadi va kim
boshlaydi,   rejaga   muvofiq  tadbirlarni   ishlab   chiqishni   kim   tashkil   etadi   va  nihoyat
islohotni o‘tkazishda jamiyat oldida mas’uliyatni kim o‘zini gardaniga oladi? 
Konstitutsiyada ushbu savollarga ham javob tayin etilgan edi – javobgarlikni
xalq   nomidan   ish   qurish   uchun   konstitutsiyaviy   huquqqa   ega   bo‘lgan   davlat
organlari   o‘z   zimmasiga   olishi   lozim.   Shunday   qilib,   siyosiy   islohot   boshdanoq
huquqiy   metodlar   asosida   amalga   oshirila   boshlandi   va   amalga   oshirilmoqda   shu
35 barobarda esa yangi normativlar tizimi (yangi me’yoriy tizim) yaratilibgina qolmay,
jamoatchilikning   ham   huquqiy   ongi   va   psixologiyasi   shakllantirilmoqda.   Siyosiy
islohotlar   modeli   quyidagi   besh   tamoyil   asosida   shakllantirilgan:   bosqichma-
bosqichlik, iqtisodni siyosatdan ustivorligi, davlat islohotchi, kuchli ijtimoiy siyosat,
qonun   ustivorligi.   Ushbu   tamoyillar   esa   o‘z   navbatida   quyidagi   konstitutsiyaviy
talablarga   tayanadi.   Bular:   mustaqillik   g‘oyalariga   va   inson   huquqlariga   sodiqlik,
hozirgi   va   kelajak   avlodlar   oldidagi   mas’uliyat,   o‘zbek   davlati   taraqqiyotidagi
tarixiy   tajribalarga   tayanish,   demokratiya   va   ijtimoiy   adolat   g‘oyalariga   sadoqat,
xalqaro huquq normalariga rioya etish. 
Siyosiy   taraqqiyot   tamoyillari   hokimiyatlar   taqsimlangan   tizimda,   siyosiy
dasturlar,   mafkuralar   va   fikrlar   rang-barangligi   sharoitida   mafkuraviy   yakka
hokimlik   mann   qilingan   sharoitlarda   gullab-yashnaydi.   Demokratiya   inson,   uni
hayoti,   erkinligi,   or-nomusi,   g‘ururi,   sha’ni   va   boshqa   ajralmas   huquqlari   eng   oliy
qadriyat hisoblangan umuminsoniy tamoyillarga asoslanadi. Davlat inson va jamiyat
faravonligini ko‘zlaydigan adolat va qonuniylik tamoyillaridan kelib chiqib faoliyat
yuritadi,   jamoat   birlashmalarini   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlari   saqlanishini
ta’minlaydi. Ularda ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar
yaratib   beradi.   Islohotlarni   dastslabki   tajribalarini   yo‘llari   va   usularini   tafakkur
chig‘irig‘idan   o‘tkazib   olgan   mamlakat   rahbariyati   asosiy   tamoyillarni   shu   tariqa
shakllantirib   oldi,   keyinchalik   esa,   bu   taraqqiyotning   besh   tamoyili   yoki
islohotlarning   o‘zbek   modeli   deb   nomlandi.   Birinchi   galda   bu   islohotlarning
bosqichma-bosqichlik   tamoyilidir.   Undan   keyin   yangi   davlatchilik   yaratilishidagi
muhim   vazifa   –   iqtisodiy   muammolarni   hal   qilish,   iqtisodiyotni   mafkuradan   holi
qilish, uni bozor tamoyillari yo‘liga yo‘naltirishdan iborat edi. 
Shuning   uchun   ham   islohotlarda   iqtisodiyotning   siyosatdan   ustunligi
tushunchasi   paydo   bo‘ldi.   Boshqaruvni   reja-taqsimlov   vazifalari   olib   tashlanib,
davlat   boshqaruviga   iqtisodiy   siyosatda   muvofiqlashtiruvchilik   va
tartiblashtiruvchilik vazifalari yuklandi. O‘tishning bu xil murakkab davrida o‘zbek
jamiyatidagi   barcha   ijtimoiy-siyosiy,   huquqiy,   tashkiliy   va   iqtisodiy   resurslar,
36 shularga   qo‘shimcha   kadrlar,   moliya,   mulk,   hokimiyat   kuchi,   tabiiy   boyliklar,
siyosiy-huquqiy   institutlar,   qisman   esa   avvalgi   sobiq   davrdan   meros   bo‘lib   o‘tgan
hukmronlik   va   ta’sir   o‘tqazish   qudrati   faqat   davlatningina   zimmasida   edi,   shuning
uchun davlat islohotchi tamoyili kelib chiqdi. 
Ma’muriy buyruqbozlik tizimini yo‘q qilish – davlat munosabatlarining yangi
tizimini   barpo   etish   zaruratidan   kelib   chiqdi.   Huquqiy   davlat   nazariyasi
konstitutsional   asos   sifatida   qabul   qilindi.   Ushbu   nazariyaga   muvofiq,   davlat
tizimining   maqsadi   –   fuqarolar   jamiyati   ehtiyojlariga   xizmat   qilish,   huquq   va
qonunlarning   ustuvorligini   ta’minlash   va   xokazolardan   iborat   bo‘lishi   kerak.
Muhtaram   Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoev   ushbu   xususda   gapirib   “O‘tgan   davr
mobaynida   Konstitutsiyamizda   muhrlab   qo‘yilgan   tamoyil   va   qoidalar   negizida
yurtimizda   milliy   qonunchilik   tizimi   barpo   etildi” 17
  deb   ta’kidladi.   Bu   qonun
ustuvorligi   tamoyilini   keltirib   chiqardi.   Qonunga   so‘zsiz   itoat   huquqiy   davlat
qurishning asosiy poydevoridir, kuchli ijtimoiy siyosat, aholini ijtimoiy himoyasini
ta’minlash   beshinchi   tamoyil   deb   e’lon   qilindi.   Mustaqilikni   dastlabki   yillarida
makroiqtisodiy   vaziyatning   yomonlashuvi   ijtimoiy   maqsadlarda   ichki   resurslarni
izlab topish imkoniyatlarini cheklab qo‘ygan, iqtisodiyotda tub islohotlarni  amalga
oshirish   uchun,   umuman   ijtimoiy   hayotda   bu   xil   resurslarga   ehtiyoj   oshib
borayotgan   edi.  Vaziyat  esa,   qo‘shimcha  vositalarni  izlab  topishnigina   emas,   balki
ularni   ijtimoiy   sektorda   taqsimlash   tuzilmalarni   ham   o‘zgartirishni   talab   qilar   edi,
negaki inflyatsiya tufayli kelib chiqqan daromadning ushlanib qolishi, ishchizlik va
hokazo   vaziyatlar   sababidan   ijtimoiy   himoya   tadbirlarini   amalga   oshirish
murakkablashib qolgan edi.
Bu   tamoyilga   muvofiq   1991-1994-   yillarda   narx-navoni   erkinlashtirilishi   va
inflyatsiya   darajasini   o‘sishi   bilan   bog‘liq   aholi   daromadlarini   qo‘llab-quvvatlash
chora-tadbirlari amalga oshirildi. Ushbu bosqichda aholi keng qatlamlarini oldindan
ijtimoiy   himoyalashga   kirishildi.   Keyinchalik   ommaviy   ijtimoiy   himoyadan   asta-
17
 Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining 
garovi. Toshkent - “O‘zbekiston” -2017- yil,6-bet
37 sekin   uzoqlashib,   aholini   bir   muncha   nochor   qatlamlarini   ishonchli   ijtimoiy
kafolatlash   va   ijtimoiy   qo‘llab-quvvatlash   tizimiga   o‘tildi.   Ushbu   bosqichda   eng
muhim   vazifalardan   biri   jamiyatda   birovlarni   o‘ta   boyib,   ba’zilarning   esa   o‘ta
qashshoqlashib   ketishiga   yo‘l   qo‘ymaslik   edi.   Bugungi   kunda   O‘zbekistonda   kam
ta’minlangan   oilalarga   ijtimoiy   yordam   ko‘rsatish   tizimida   zamonaviy   boshqaruv
texnologiyalarining   xalq   mentalitetiga   moslashuvi   bo‘yicha   anchagina   boy   tajriba
to‘planib   bo‘lib,   bu   tajribalarga   endilikda   ko‘plab   mamlakatlar   va   xalqaro
tashkilotlar vakillari ham qiziqish bilan qaramoqda. Shunday qilib siyosiy sohadagi
islohotlar   falsafasi   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   ijtimoiy   munosabatlarning   barcha
sohalaridagi   o‘zgarishlar,   maqsad   va   vazifalarning   umumiy,   jamul-jam   holda   aks
etishidir. Siyosiy  modernizatsiyani  amalga  oshirish  uchun shunga  mos va muvofiq
keladigan tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharot mavjud bo‘lmog‘i zarur. 
Sobiq totalitar mamlakatlaridagi chuqur iqtisodiy tanazzulni bu mamlakatning
halokatini boshidan kechirgan odamlarning hokimiyatga ishonchini qayta qozonish,
ularning   ijtimoiy   ahvolini   yaxshilashning   muhim   vazifa   ekanligini   hisobga   olib,
yangi hokimiyat ijtimoiy bunyodkor ruhni ko‘tarish, qonunchilikni va unga bo‘lgan
hurmatni yuksaltirish, aholi faravonligini mustahkamlash uchun g‘ayrat bilan ishga
kirishdi. Mamlakat  o‘zini siyosiy  rahbari  timsolida davlat  islohotlarini mafkuradan
holi   deb   e’lon   qildi.   Bu   jarayonlar   alohida   boshqacha   bir   jamiyat   qurish   modelini
o‘z   ichiga   olgan   bo‘lib,   unda   fikrlarning   xilma-xilligi,   haqiqiy   siyosiy   plyuralizm,
yot nuqtai-nazarlarga hurmat-izzatli munosabat ham mavjud. O‘zbekistonda siyosiy
modernizatsiyaning   o‘ziga   xosligi   mamlakat   aholisining   ko‘p   mingyillik   falsafasi,
siyosiy   madaniyati,   milliy   maqomi   va   bu   yerdagi   demografik   vaziyatdan   kelib
chiqadigan   yangi   tamoyillarning   qaror   topishi   va   ularning   amalga   oshishi   bilan
bog‘liq.   Siyosiy   islohotlarni   amalga   oshirishda   milliy   mentalitetni   inobatga   olish
zarurligi   to‘g‘risida   gapirib   birinchi   prezidentimiz   Islom   Karimov   shunday   deydi:
“Demokratiyani qandaydir  qotib qolgan yagona bir mezonga aylantirish, uni boshqa
38 davlatlarga, ularning milliy sharoiti va o‘ziga xosligini hisobga olmasdan, umumiy
qoida sifatida tiqishtirish – mutlaqo noto‘g‘ri ” 18
Ushbu tamoyillar ichida – oddiylikdan murakkablikka, bosqichma-bosqichlik
va   tizimlilik   tamoyillariga   amal   qilinayotganligi   juda   muhim.   Mana   shunday
hayotbaxsh   yondashuvlar   tufayli   jamiyatda   ijtimoiy   talotumlardan,   tanglik   va
g‘alayonlardan   chetlab   o‘tildi,   bozor   munosabatlariga   o‘tishning   demokratik
yangilanishlarning oqibatlari aytarli darajada yumshoqroq kechdi. 
Hozirgi kunda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozini respublikamizda nisbatan
yumshoqroq   kechayotganligining   sababi   ham   taraqqiyotning   o‘zbek   modeli   va
siyosiy islohotlar  ilmiy jihatdan asoslanganligi  bo‘lib hisoblanadi. Boshqacha  qilib
aytganda   O‘zbekiston   jamiyatni   ilmiy   asosda   boshqarib   kelmoqda,   ilm   esa
voqealarni oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini beradi. Ilm-fan davlat tomonidan talab
qilingan   bo‘lib   va   bu   davlat   jamiyat   hayotini   faravon   qilishga   qodirdir.   Fukarolik
jamiyati   shakllanishining   muxim   sharti   –   fukarolik   pozitsiyasidir.   Fukarolik
pozitsiyasi   deganda   fukarolikni   anglash   va   ushanga   munosib   xarakat   kilish
tushuniladi.   Fukarolik   jamiyati   fukarolarning   birlashmalarining   majmuidan   tashkil
topadi.   Fukarolarning   birlashishga   intilishi   ularning   fukarolik   madaniyatiga   boglik
buladi.   Shuning   uchun   asosiy   e’tibor   fukarolik   madaniyatini   shakllantirishga
karatilishi   lozim.   Fukarolik   madaniyatini   shakllantirishda   davlat   va   jamiyatning
ishtimoiy sherikligi muxim axamiyatga ega.
                      Mamlakatimizda   fukarolik   jamiyatini   shakllantirish   va   kuchli   kilishga
karatilgan     demokratik   islohotlarning   muvaffaqiyati   jamiyat   madaniyatining
yuksaklik   darajasi   bilan   belgilanadi.   Jamiyat   madaniyati   bilim   va   ma’naviyatning
uyg‘unlikda   rivojlanishi   asosida   shakllanadi.   Ta’lim   jarayonida   shakllangan
siyosiy-huquqiy   bilim   siyosiy   jarayonlarda   ishtirok   etishga   ilmiy   sharoit   yaratadi
xolos.   Siyosiy   jarayonda   ishtirok   etish   uchun   fakat   bilimning   uzi   yetarli   emas,
buning   uchun   ma’naviyat   xam   kerak   buladi.   Chunki   ma’naviyat   befarklik
18
 Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu istiqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. Toshkent 
“O‘zbekiston”-2015.17- bet
39 kayfiyatini   jilovlab   daxldorlik   xissini   shakllantiradi.   Daxldorlik   xissi   insonda
siyosiy xayotda ishtirok etish extiyojini keltirib chikaradi. Bunday insonni fukarolik
pozitsiyasi shakllangan odam  deb aytish mumkin. Fukarolik pozitsiyasi shakllangan
inson uzini siyosiy-xukukiy bilimini amaliyotga qo‘llash orkali o‘zini madaniyatini
namoyon kiladi. Agar inson o‘z bilimini amaliyotda qo‘llamasa madaniyat namoyon
bulmaydi.
Siyosiy   ong   va   siyosiy   jarayonlarda   ishtirok   etish   tajribasidan   siyosiy
madaniyat   щakllanadi.   Xukukiy   ong   va   xukuk   soxasida   ishtirok   etish   tajribasidan
xukukiy   madaniyat   shakllanadi.   Siyosiy   madaniyat   va   xukukiy   madaniyatni
ikkalasini birgalikda ifodalaganda fukarolik madaniyati deb aytish mumkin. Chunki
fukarolik   madaniyati   siyosiy   madaniyat,   xukukiy   madaniyat   va   fukarolik
pozitsiyasidan   tashkil   topadi.     Demak   fukarolik   madaniyati   fukarolik   jamiyatini
shakllantirish   va   kuchli   kilishning   muxim   sharti   bulib   xisoblanadi.   Shunday   ekan
fukarolik   madaniyatini   shakllantirish     bugungi   kunimizning   eng   dolzarb
vazifalaridan   biri   deb   aytishimiz   mumkin.   Fukarolik   madaniyatini   shakllantirish
borasida   kompleks   chora-tadbirlar   ishlab   chikish   maksadga   muvofikdir.   Shunday
tadbi rlardan   biri   ommaviy   axborot   vositalarini   eng   ta’sirli   vositasi   bulgan
televidenieda  «Fukarolik madaniyati» mavzuida telekursatuvni tashkil kilish bulishi
kerak.   Muhtaram   prezidentimiz   Mirziyoev   Sh.M.   siyosiy   –   huquqiy   madaniyatni
shakllantirish   to‘g‘risida   gapirib   “Qonunlarni   mazmun   –   mohiyatini   xalqimizga
yetkazishda   O‘zbekiston   Milliy   teleradiokompaniyasi,     O‘bekiston   Milliy   axborot
agantligi va boshqa ommaviy axborot vositalarida bitta ikkita maqola yoki ko‘rsatuv
bilan cheklanish mumkin emas”  19
deb aytganlar.
                  Fuqarolik   madaniyati   jamiyat   mavjud   bo‘lishi   va   rivojlanishi   uchun   kerak
bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki,     fuqarolik
madaniyati “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari konsepsiyasi” asosida
jamiyatni   kuchli   qilishga   xizmat   qiladi.   Tarix   shundan   guvohlik   bermoqdaki   faqat
kuchli   davlatning   o‘zigina   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   uchun   yetarli   emas   ekan,
buning uchun jamiyat ham kuchli bo‘lishi kerak ekan. Shuning uchun kuchli jamiyat
19
 Mirziyoev Sh.M.Qonun ustuvoligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining 
garovi. Toshkent – “O‘Zbekiston” – 2017-yil, 9-10 bet
40 ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning   muhim   sharti   bo‘lib   hisoblanadi.     Demak,
islohotlarning   muvaffaqiyati   va   umuman   jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti
bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatilishi   fuqarolik madaniyatning rivojlanish darajasiga
bog‘liq.   Fuqarolik madaniyati siyosiy-huquqiy ong, yuksak ma’naviyat va siyosiy-
huquqiy munosabatlarda ishtirok etish tajribasidan shakllanadi.  
              Fuqarolik   jamiyatini   shakllanishi   va   rivojlanishi   demokratiya   sharoitida
yashashga   qodir   bo‘lgan   odamlarni   bo‘lishini   taqozo   etadi.   Fuqarolik   jamiyati   va
demokratiya   tushunchalari   bir   biriga   bog‘liq   va   bir   birini   taqozo   etadi.   Boshqacha
qilib aytganda demokratiya bo‘lishi uchun fuqarolik pozitsiyasi shakllangan bo‘lishi
va xuddi shunday fuqarolik pozitsiyasi bo‘lishi demokratiyani mavjudligiga bog‘liq.
Demokratiya   deganda   hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllanishi   va   xalq   tomonidan
nazorat qilinishi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda demokratiya ikki jarayonda
ya’ni   birinchidan,   hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllantirilishida,   ikkinchidan,
hokimiyat   xalq   tomonidan   nazorat   qilinishida   namoyon   bo‘ladi.   Agar   xalq
hokimiyatni   shakllantirishda   ishtirok   etsayu,   lekin   nazoaratda   ishtirok   etmasa,
demokratiya   asta-sekinlik   bilan   diktaturaga   aylanib   boradi.   Xalq   demokratik
jarayonlarda   ishtirok   etishi   uchun   siyosiy   va   huquqiy   madaniyati   demokratiya
talablari   darajasida   bo‘lishi   lozim.   Agar   jamiyatni   siyosiy-huquqiy   madaniyati
demokratiya   talabi   darajasida   bo‘lmasa,       fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish
muammo   bo‘lib   qoladi   va   demokratiya   oxlokratiyaga   aylanib   ketishi   mumkin.
Demak fuqarolik jamiyatini shakllanishi va rivojlanishining muhim sharti bu siyosiy
va   huquqiy   madaniyatning   demokratiya   talablari   darajasida   bo‘lishida   ya’ni
fukarolik madaniyatidir. 
Fukarolik madaniyatini asosi  bo’lgan siyosiy va huquqiy ongni rivojlantirish
nafaqat oliy ta’lim bosqichida, balki uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida
amalga   oshirilmoqda.   O‘zbekiston   Respublikasi     Konstitutsiyasi     va   barcha   qonun
xujjatlarida   yosh   avlodni   ijtimoiylashuvi     va   kamol   topishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
huquqiy   manfaatlarni   kafolatlash   uchun   shart-sharoit   yaratish   davlat   faoliyatining
ustuvor   yo‘nalish   ekanligi   belgilab   quyilgan.   Jamiyatni   huquqiy   madaniyatini
yuksaltirish   ishida   ishtirok   etish   davlat   va   jamiyat   organlari   faoliyatining   asosiy
41 yo‘nalishlaridan     biri   sifatida   ko‘rsatib   o‘tilgan.   Shuning   uchun   keng       aholi
qatlamlari   o‘rtasida   huquqiy   madaniyatni   oshirishga   qaratilgan   tadbirlarni   o‘tkazib
kelmoqda.   Bunday   tadbirlar   nafaqat   siyosiy   partiya   faollari,   balki   aholini   boshqa
qatlamlari, jumladan, yoshlar o‘rtasida xam amalga oshirilmoqda.  
                   Fuqarolik madaniyati  siyosiy-huquqiy ong, yuksak ma’naviyat  va siyosiy-
huquqiy   munosabatlarda   ishtirok   etish   tajribasidan   tashkil   topishini   inobatga   olib
aholini,   jumladan,   yoshlarni   ma’naviy   yuksalishini   ta’minlash   masalasiga   xam
alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki, siyosiy-huquqiy munosabatlarda ishtirok etish
uchun befarqlik kayfiyati jilovlanib daxldorlik hissi bilan yashash lozim va u yuksak
ma’naviyat   negizida   shakllanadi.   Faqat   bilim   va   ma’naviyati   yuksak   avlodgina
jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   qodir
bo‘ladi.   Shuning   uchun   davlat   va   jamiyat   organlari   o‘rtasida     siyosiy-huquqiy
madaniyatni   oshirish   va   ma’naviyatni   yuksaltirish   borasida   xamkorlik   va   sheriklik
o‘rnatilishi lozim. Ushbu jarayondagi sheriklik fukarolik madaniyatini shakllantirish
borasidagi ishlarimizni yanada samarali kilishga xizmat kiladi.
Fuqarolik   madaniyati   shakllangan   muhitda   odamlarda   siyosiy   hayotda
ishtirok   etish   ehtiyoji   paydo   bo‘ladi.   Ushbu   ehtiyojni   qondirish   uchun   odamlar
ma’lum   bir   harakatlarni   amalga   oshirishadi     va   aynan   ana   shu   harakatlarga   qarab
siyosiy-huquqiy madaniyatni rivojlanish darajasiga baho berish mumkin.  Fuqarolar
o‘zlarini   siyosiy   hayotda   ishtirok   etish   ehtiyojlarini   qondirish   uchun   fuqarolik
jamiyati   institutlariga   birlasha   boshlaydilar.     Shuning   uchun   fuqarolik   jamiyati
institutlarini   son   va   sifat   jihatdan   rivojlanish   darajasi     fuqarolikni   madaniyatini
baholaydigan muhim  ko‘rsatich  bo‘lib hisoblanadi.  Fuqarolik madaniyati  kuchayib
borgan   sari   odamlar   siyosiy   jihatdan   faol   bo‘lib   borib   siyosiy   partiyalarga   a’zo
bo‘lish tendensiyasi kuchaya boshlaydi. Demak, siyosiy partiyalar a’zolarining soni
va   sifatini   oshib   borishi   darajasi   ham   fukarolik   madaniyatini   ko‘rsatuvchi   me’zon
bo‘lib   hisoblanadi.   Siyosiy   hayotda   ishtirok   etish   ehtiyoji   albatta   elektoratni
depututga   murojaat   qilishini   keltirib   chiqaradi.   Shuning   uchun   elektoratni
deputatlarga   murojaatini   o‘sib   borish   tendensiyasi   ham   fukarolik   madaniyatini
ko‘rsatgichlaridan biri bo‘lishi mumkin.
42           2.2.Fuqarolik   jamiyatining   nazorat   funksiyasi     va   uni   amalga   oshirishda
siyosiy – huquqiy madaniyatning o‘rni.
Fuqarolik jamiyatining asosiy funksiyasi nazoratni amalga oshirishdan iborat
va   demokratiya   ham     nafaqat   hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllanishi   balki
hokimiyat   xalq   tomonidan   nazorat   qilinishi   hamdir.   Aynan   ana   shu   fuqarolik
jamiyatini   va   demokratiyaning   muhim   tarkibiy   qismi   bo‘lgan   nazorat   faoliyati
e’tiborimizdan   chetda   qolib   kelmoqda.   Bu   esa   o‘z   navbatida   demokratlashtirish
jarayonida   ma’lum   bir   muammolarni   keltirib   chiqarmoqda.   Fuqarolik   jamiyatining
kuchliligi va demokratiyaning mukammalligi ijtimoiy tartibni o‘rnatishning muhim
sharti  bo‘lib hisoblanadi.    Bosh  maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod jamiyat  qurish,
eng   avvalo,   jamiyatda   tartib   o‘rnatishga   bog‘liq.   Shuning   uchun   barcha   vaqtlarda
donishmandlar   qanday   qilsak   jamiyatda   tartib   o‘rnatiladi   degan   savolni   javobini
topishga   harakat   qilishgan.   Jamiyatda   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatib   xalqimiz   hayotini
baxtli   qilish   maqsadida   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoev
“O‘zbekistonni   2017-2021   -yillarda   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar
strategiyasini”   ishlab   chiqdi.   Harakatlar   o‘z   mazmun   mohiyatiga   ko‘ra   davlat   va
jamiyatning   hamkorlikdagi   nazorat   faoliyatini   ya’ni   ijtimoiy   nazoratni   anglatadi.
Buni   Harakatlar   strategiyasida   “Jamoatchilik   nazoratini   zamonaviy   shakllarini
rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikni samaradorligini oshirish” 20
  ustuvor vazifa sifatida
belgilab berilganligida ko‘rish mumkin.
Buyuk   donishmandlar   ya’ni   Platon,   Aristotel,   Farobiy   va   boshqalar   o‘z
asarlarida   qanday   qilsak   jamiyatda   tartib   bo‘ladi   degan   savolga   javob   olishga
intilishgan.   Aytaylik,   Platon   o‘zining   «Davlat»   nomli   asarida   jamiyatda   tartib
o‘rnatish uchun jamiyatni intellektual elita boshqarishi kerak deb yozadi. Boshqacha
qilib aytganda jamiyatni bilim boshqarishi kerak. Agar jamiyatni bilim boshqarmasa
o‘z-o‘zidan   jamiyatni   pul   boshqara   boshlaydi.   Pul   boshqargan   jamiyatda   tartib
bo‘lmaydi   va   bunday   jamiyat   oxir-oqibatda   barbod   bo‘ladi.   Xo‘sh,   nima   uchun
jamiyatda   tartib   bo‘lishi   uchun   jamiyatni   bilim   boshqarishi   kerak?   Chunki   bilim
20
 Mirziyoev Sh.M. O‘Zbekistonni 2017-2021 yillarda besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirish Harakatlar 
strategiyasi. Toshkent 2017- yil 3-bet
43 insonga   oldindan   ko‘ra   bilish   imkoniyatini   beradi.   Oldindan   ko‘ra   bilgan   odam
xatodan o‘zini asraydi. 
Shuning  uchun  mashhur   faylasuf   O.Kont:   «bilishdan  maqsad   oldindan  ko‘ra
bilish, oldindan ko‘ra bilish esa harakat qilish» 21
  uchun deb yozib qoldirgan. Bilim
insonga jamiyatda tartib o‘rnatish uchun ikkita ijtimoiy regulyatorni, ya’ni huquq va
axloqni   o‘ylab   chiqish   imkonini   berdi.   Ular   odamlar   o‘rtasidagi   munosabatni
murosaga   solish   va   kelishtirish   orqali   jamiyatda   tartib   o‘rnatadi.   Agar   odamlar
o‘rtasidagi munosabat huquq va axloq vositasida murosaga solinmasa, jamiyat son-
sanoqsiz   ziddiyat   va   qarama-qarshiliklar   va   urushlardan   iborat   bo‘lib   bunday
jamiyat   oxir-oqibatda   xalok   bo‘ladi.   Chunki,   odamlarning   manfaatlari,   qiziqishlari
xilma-xil   bo‘lib,   ularni   qondirish   jarayonida   tabiiy   ravishda   ziddiyatlar   kelib
chiqadi. 
Insoniyat   bilim   asosida   jamiyatda   tartib   o‘rnatadigan   ijtimoiy   regulyatorlar,
ya’ni   huquq   va   axloqni   o‘ylab   chiqqan   ekan,   asosiy   e’tibor   ana   shu   ijtimoiy
regulyatorni   ishlab   turishi   va   unga   rioya   qilishni   amalda   ta’minlashga   qaratilishi
kerak bo‘ladi. Jamiyatni ilm boshqargan taqdirdagina huquq va axloqqa rioya qilish
ta’minlanishi   mumkin.   Chunki,   unga   rioya   qilish   uchun   mukammal   nazorat   tizimi
shakllangan  bo‘lishi  kerak. Bunday  nazorat  tizimini  shakllanishi  ham  ilmiy asosda
ta’minlanishi   mumkin.   Jamiyatda   shunday   nazorat   tizimi   shakllanishi   kerakki,   u
huquq va axloqqa rioya qilishni amalda ta’minlashga qodir bo‘lsin.
O‘zbekiston   birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   yangi   shakllangan   Oliy
Majlisning   qo‘shma   majlisida   (2010-   yil   26-   yanvar)   «Mamlakatni   modernizatsiya
qilish   va   kuchli   fuqarolik   jamiyatini   barpo   etish   –   ustuvor   maqsadimiz»   mavzuida
ma’ruza   qilib   asosiy   e’tiborni   ijroiya   hokimiyat   ustidan   nazorat   tizimini
takomillashtirishga   qaratib   «Parlamentimiz   va   mahalliy   vakillik   organlari   –
Kengashlar   oldida   turgan   ikkinchi   g‘oyat   muhim   vazifa   –   bu   qabul   qilingan
qonunlarning ijro etuvchi hokimiyat, ya’ni hukumat tomonidan markazda, hokimlar
tomonidan   esa   joylarda   qanday   bajarayotgani   ustidan   qat’iy   parlament   nazoratini,
21
 Muxaev R.T. Politologiya. Moskva. 1997 -y., 393-bet.
44 deputatlik   nazoratini   o‘rnatishdan   iboratdir» 22
  deb   ta’kidladilar.   Bu   esa   o‘z
navbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti jamiyatni ilmiy asosda boshqarishga
intilayotganligidan   dalolat   beradi.   Shu   o‘rinda   jahon   moliyaviy   inqirozini
O‘zbekistonda   nisbatan   yumshoqroq   o‘tayotganligini   sababi   davlat   boshlg‘ininig
ilmiy salohiyatining natijasi ekanligini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Birinchi
Prezidentimizni   jahon   moliyaviy   inqiroziga   bag‘ishlangan   asarlarini   birinchi   qismi
«Jahon   moliyaviy   inqirozini   O‘zbekiston   iqtisodiyotiga   ta’siri   hamda   uni
oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar» deb nomlanishi ham
muallifni   ilmiy   salohiyatini   darajasini   yaqqol   ko‘rsatib   turibdi.   Boshqacha   qilib
aytganda   asar   muallifi   iqtisodiy-moliyaviy   hayotga   ilmiy   asosda   yondashganligi
tufayli oldindan ko‘ra bilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. 
Ijtimoiy hayotni barcha sohalarini ilmiy asosda boshqarish jamiyatdagi voqea-
hodisalarni oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini  berib xato qilmasdan  to‘g‘ri  harakat
qilishni   ta’minlaydi.   Eng   muhimi   jamiyatda   tartib   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan
nazorat tizimini samarali ishlashini ta’minlaydi. Chunki, ilm jamiyat taraqqiyotining
muhim sharti tartib ekanligini va tartib o‘rnatish uchun esa nazorat tizimi uzilishsiz
ishlab turishi kerakligini anglab olish imkoniyatini beradi. Ilmi bor odam nazoratsiz
jamiyatda   tartib   o‘rnatib   bo‘lmasligi   biladi.     Xo‘sh,   nazorat   o‘zi   nima?   Nazorat
deganda   jamiyatda   tartib   o‘rnatadigan   mexanizm   faoliyati   tushuniladi.   Bu
mexanizm jamiyatda huquq va axloq asosida qabul qilingan cheklovlarga, shartlarga
rioya   qilishni   ta’minlashga   xizmat   qiladi.   Bunday   shartlarga,   cheklovlarga   rioya
qilishni buzulishi ijtimoiy tizimni faoliyat olib borishiga zarar yetkazadi. 
Ijtimoiy   nazoratni   asosiy   ob’ektlari   huquq   va   axloq   bo‘lib   hisoblanadi.
Nazorat   tizimini   takomillashtirish   nazorat   va   nazorat   tizimi   degan   tushunchalarni
chuqurroq   anglab   olishni   talab   etadi.   Nazorat   mazmuniga   ko‘ra   ichki   va   tashqi,
shakliga   ko‘ra   esa   yuqoridan   va   quyidan   bo‘ladi.   Ichki   nazorat   deganda   har   bir
odam   o‘zini   xulqini   o‘zi   nazorat   qilishni   anglatadi   va   bu   ma’naviyat   orqali
ta’minlanadi. Ma’naviyati yuksak odamda ichki nazorat kuchli bo‘ladi. Shu o‘rinda
22
 Xalq so‘zi. 2010 -yil 27-yanvar, 3-bet.
45 yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ekanligini anglab olish mumkin. Buning uchun
oldin boshqa bir savolni javobini berish kerak. Ya’ni, qanday hokimiyat eng kuchli
hokimiyat? degan  savolni.  Eng kuchli   hokimiyat   bu insonning  o‘z  ustidan  bo‘lgan
hokimiyatidir.   Hokimiyat   bu   kuch.   Kuch   esa   ma’naviyat   orqali   shakllanadi.
Ma’naviyat   inson   irodasini   kuchli   qilib     ichki   nazoratni   mustahkamlaydi.
Ma’naviyati yuksak odamda o‘zini nazorat qilish imkoniyati kuchli bo‘ladi. 
Shuning uchun ham ma’naviyat – yengilmas kuch deb ta’rif berilgan. Nazorat
tizimi   deganda   o‘zaro  bog‘liq   bo‘lgan   bir   qancha   nazorat   vositalarning  yaxlitligini
tushunish lozim. Agar shu tizimdagi biror-bir element yoki mexanizm ishlamasa bu
tizimni buzulishiga yoki ishlamasligiga olib keladi. Hozirgi kunda respublikamizda
uchta   asosiy   nazorat   vositasi   shakllanmoqda.   Bular   deputatlar   korpusi,   siyosiy
partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlari, mahallalardir.   Ular bir-biri bilan bog‘liq
bo‘lgan yaxlit tizimni tashkil qiladi.  Ushbu nazorat vositalarini ishlashi eng avvalo
quyida   nazoratning   mavjudligi   bilan   belgilanadi.   Agar   quyida,   ya’ni   boshlang‘ich
partiya   tashkilotlarida,   mahallalarda   nazorat   funksiyasi   amalga   oshirilmasa   boshqa
bo‘g‘inlarda   ham   nazorat   zaiflasha   boradi.   Bu   boradagi   asosiy   muammo
odamlardagi   befarqlik   kayfiyatidir.   Demak,   odamlarda   daxldorlik   hissini
shakllanishi nazorat tizimini takomillashuvining muhim sharti bo‘lib hisoblanadi. 
Buning   uchun   respublikamizda   barcha   huquqiy   asoslar   yaratilgan.   Aytaylik
2008-   yilning   1-yanvaridan   kuchga   kirgan   «Davlat   boshqaruvini   yangilash   va
yanada   demokratlashtirish   hamda   mamlakatni   modernizatsiya   qilishda   siyosiy
partiyalarni   rolini   kuchaytirish   to‘g‘risida»   gi   Konstitutsiyaviy   Qonunning   kuchga
kirishi   siyosiy   partiyalarni   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishda   huquqiy   asos
bo‘lib   hisoblanadi.   Nazorat   asosiy   e’tiborni   qonunga   va   axloqqa   rioya   qilishga
qaratishi lozim. Qayerda qonun buzilishi, axloq buzilishi holatlari namoyon bo‘lsa,
deputatlar,   siyosiy   partiyalar   va   mahallalar   o‘z   munosabatlarini   bildirishlari   lozim.
Qonunchilik   palatasidagi   deputatlar   fraksiyasi   ijroiya   hokimiyatni   qonunga   rioya
qilishini va mahall i y kengashdagi deputatlar guruhi esa joylardagi ijro hokimiyatini
qonunga rioya qilishini qat’iy nazorat qilib borishlari lozim.
46 Fuqarolik   jamiyati   va   d emokratik   siyosiy   tartibot da   nazorat   tizimini
ahamiyatini   demokratiya   mohiyatidan   kelib   chiqib   anglash   lozim.   Demokratiya
asosan   ikki   elementni   yaxlitligidan   iborat.   Birinchisi,   hokimiyat   xalq   tomonidan
shakllanishi, ikkinchisi, hokimiyat xalq tomonidan nazorat qilinishidir. Demokratiya
–   bu   hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllantirilishini   va   nazorat   qilinishini   anglatadi.
Agar xalq hokimiyatini shakllantirishda ishtirok etsayu nazoratda ishtirok etmasa bu
oxlokratiya yoki oligarxiyaga aylanib ketadi. Agar xalq nazorat funksiyasini amalga
oshirishda   ishtirok   etmasa,   bu   uni   siyosiy   madaniyatini   pastligidan   dalolat   beradi.
Jamiyatda   demokratiya   sharoitida   yashay   oladigan,   fuqarolik   pozitsiyasi
shakllangan   va   siyosiy   madaniyati   yuksak   shaxslar   bo‘lgan   taqdirdagina
demokratiya  amal  q i ladi. Aks holda demokratiya namoyon bo‘lmaydi. 
Shuning   uchun   mashhur   Aristotel   o‘zini   «Siyosat»   nomli   asarida
demokratiyaga   salbiy   baho   berib,   uni   boshqaruvni   yomon   shakli   deb   yozib
qoldirgan.   Chunki   Aristotel   zamonida   ya’ni   bundan   qariyib   2,4   ming   yil   oldin
odamlarni   siyosiy   madaniyati   past   bo‘lgan.   Lekin   Aristotelning   so‘zlari   hozirgi
kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Demak, hozirgi kunda asosiy e’tiborni
aholining   siyosiy   madaniyatini   oshirishga   qaratish   lozim.   Siyosiy   madaniyatni
yuksaltirish fan va ta’limda siyosiy bilimlarni o‘rganish va targ‘ib qilish bilan birga
siyosiy   partiyalarning   o‘z   elektoratini   siyosiy   madaniyatini   oshirishga   qaratilgan
siyosiy   o‘quv   tadbirlari   bilan   ham   belgilanadi.   Bu   borada   tadbirkorlar   va
ishbilarmonlar harakati O‘zL i D e Pni siyosiy ta’lim markazi faoliyatini namuna qilib
ko‘rsatish   mumkin.   Ushbu   partiyaning   siyoiy   ta’lim   markazi   faoliyatini   boshqa
partiyalar   o‘z   elektrorati   o‘rtasida   ham   amalga   oshirishlari   lozim.   Ana   shunda
aholini siyosiy madaniyatini oshirish jarayoni ancha jadallashadi. Albatta, odamlarni
siyosiy madaniyatini oshirish ma’lum bir vaqtni taqozo etadigan evolyusion jarayon
bo‘lib   hisoblanadi.   Bu   borada   shoshma - shosharlikka   yo‘l   qo‘yib   bo‘lmaydi.
Shuning   uchun   O‘zbekiston   taraqqiyotni   evolyusion   rivojlanish   yo‘lini   tanlab
demokrati yani   umumjahon   e’tirof   etgan   tamoyillarini   milliy   qadriyatlar   bilan
uyg‘unlashtirgan holda  halq hokimiyatini  qaror toptirib bormoqda. 
47 Demokratiyada   nazoratni   muhimligi   shundaki   xalq   o‘zini   nazorati   orqali
demokratiyani amalga oshiradi. Inson tabiatan nazoratga muhtoj ayniqsa, jamiyatni
boshqarayotgan   mansabdor   shaxslar,   deputatlar   va   barcha   darajadagi   rahbarlar
xalqni nazorati ostida bo‘lishlari kerak. Bu demokratiyani muhim talabidir. Chunki
barcha odamlarda tabiatan eg o izm bor va nazoratsizlik oqibatida odam faqat o‘zini
manfaatlarini quliga aylanib qolishi mumkin. Xalqni orasidan ya’ni pastdan chiqqan
rahbar   yoki   deputat   xoxlaydimi,   xoxlamaydimi   u   xalqdan   ajralib   qoladi.   Shuning
uchun   uni   xalq   pastdan   nazorat   qilib   turishi   kerak   bo‘ladi.   Demokratiya   quyida
namoyon   bo‘ladi.   Yuqoriga   chiqqan   sari   demokratiya   pasayib   oligarxiya   kuchayib
boradi.   Mamlakatda  davlat boshlig‘i ya’ni Prezidentdan tashqari barcha darajadagi
rahbarlar   nazorat   va   tanqid   ostida   bo‘lishlari   lozim.   Nima   uchun   davlat   boshlig‘i
nazoratdan   mustasno   bo‘lishi   kerak?   Chunki,   nazoratdan   maqsad   jamiyatda   tartib
o‘rnatish bo‘lib hisoblanadi. Jamiyatda tartib o‘rnatishdan eng manfaatdor shaxs bu
Prezidentdir.   Shuning   uchun   Prezidentni   nazoratga   qilishga   zarurat   yo‘q.   Ushbu
fikrni   oila   misolida   ko‘rganda   hech   bir   oila   boshlig‘i   o‘z   oilasida   tartibsizlikni
xohlamasligini   va   oilada   tartib   o‘rnatishdan   eng   manfaatdor   bo‘lib,   oila   boshlig‘i
hisoblanishini   anglab   olish   mumkin.   Mamlakatni   katta   kengaygan   oila   deb   olsak,
uni   boshlig‘i   tartib   o‘rnatishdan   eng   manfaatdor   inson   ekanligini   tushunib   olish
mumkin.
Nazorat   tizimini   eng   muhim   elementi   bu   quyidagi   boshlang‘ich   partiya
tashkilotlarini va umuman boshlang‘ich tashkilotlarning nazoratidir. Agar shu yerda
nazorat bo‘lmasa nazorat tizimining yuqori bosqichlari nazorat bo‘lmaydi yoki zaif
bo‘ladi.   Bu   esa   o‘z   navbatida   fuqarolik   jamiyati   institutlarini   boshlang‘ich
tashkilotlarini   kuchliligi   va   faolligini   taqozo   etadi.   Zamonamiz   mohiyati   bo‘lgan
«Kuchli   davlatdan-kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari»   tamoyilining   mazmun-mohiyati
ham shuni anglatadi. Shu munosabat bilan ushbu tamoyilni mohiyatini anglab olish
lozim. Barcha sivilizatsiyalashgan mamlakatlar xalqning boyligi, eng avvalo, har bir
oilaning   to‘kinchiligi   va   boyligidan   tashkil   topshini,   xalqni   erkinligi   esa   har   bir
odamni   erkinligidan   tashkil   topshini   tushunib   yetishgan.   Sobiq   sovetlar   zamonida
48 davlat   xususiy   mulkni   bekor   qilishda   chegaradan   chiqib   ketdi.   Oldin   ular   xususiy
mulkni pomeshik va kapitalistlardan olishdi. Bu o‘sha zamonda hukmronlik qilgan
kommunistik mafkuraga asosan to‘g‘ri edi. Lekin keyinchalik ular xususiy mulkni,
ya’ni   yerni   dehqondan,   zavodlarni   ishchilardan,   intellektual   mulkni   ziyolilardan
tortib   olishdi.   Bu   esa   katta   xato   edi.   Chunki   bu   odamni   har   taraflama   ya’ni   total
tarzda davlatdan tobe bo‘lishiga olib keldi. 
Barcha   narsani   davlat   belgilab   beradigan   bo‘ldi,   ya’ni   kim   qaerda   ishlashi
kerak, kim qancha ish haqqi olishi kerak, qaerda va hatto kim bilan yashashi kerak,
barchasini   davlat   belgilab   berardi.   Natijada   inson   totalitar   tuzum   rahbarlari   orzu
qilganidek   gigant   davlat   mexanizmini   murvatchasiga   aylanib   borar   edi.   Xatto
adolatsiz majburlov va davlat ekspluatatsiyasining ob’ektiga aylana boshladi. Lekin
inson   ongli   mavjudot   sifatida   vintcha   bo‘lishni   xoxlamas   edi.   U   ongli,   erkin
fikrlaydigan   jonli   mavjudot   bo‘lishni   xoxlar   edi   va   bu   odam   turli   shakllarda
davlatdan   o‘ch   ola   boshlaydi.   Ya’ni,   o‘zini   bexafsala,   beg‘am   mehnati,
ichklikbozligi,   o‘g‘riligi,   ijtimoiy   befarqligi   bilan   o‘ch   olar   edi.   Jamiyatni   barbod
bo‘lishiga olib kelgan turg‘unlik va inqirozning sabablari ana shularda edi. 
Bunday holat kuchli davlat va kuchsiz fuqarolik jamiyatini anglatadi va bunda
fuqarolik   jamiyati   davlatni   nazorat   qila   olmaydi.   Vaholangki,   fuqarolik   jamiyatini
asosiy   vazifalaridan   biri   bu   davlat   ustidan   nazoratni   amalga   oshirib   hokimiyatni
hukmronlikka   aylanib   ketishini   oldini   olishdan   iborat.   Sobiq   sovetlar   zamonida
fuqarolik jamiyati o‘zini iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy asoslaridan mahrum bo‘lgan
edi. Xususiy mulkni bekor qilinishi bilan fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asosi yo‘q
qilingan   edi.   Kommunistik   mafkura   esa   ham   siyosiy,   ham   ma’naviy   sohada   o‘z
hukmronligini   o‘rnatib,   siyosiy   va   ma’naviy   erkinlikni   bo‘g‘ib   qo‘ygan   edi.   Faqat
mustaqillik sharofati bilan fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun iqtisodiy, siyosiy
va   ma’naviy   asos   shakllana   boshlandi.   Fuqarolik   jamiyati   odamga   erkin   fikrlash,
boshqacha   qilib   aytganda   qo‘rquvni   bartaraf   qilib,   erkin   fikrlash   imkonini   beradi.
Erkin   fikrlagan   odamda   yangi   g‘oyalar   paydo   bo‘ladi.   Sobiq   sovetlar   zamonida
49 erkin   fikrlash   uchun   sharoit   bo‘lmaganligi   sababli   yangi   progressiv   g‘oyalar   va
umuman ilmiy kashfiyotlar deyarli bo‘lmagan. 
Kuchli   davlatdan   kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari   tamoyili   siyosiy   hayotda
partiyalar   faoliyatini   va   ayniqsa   boshlang‘ich   partiya   tashkilotlari   faolligini   taqozo
etadi.   Chunki,   demokratiya   pastda   namoyon   bo‘ladi.   Yuqoriga   chiqqan   sari
demokratiya   pasayib   oligarxiya   kuchayib   boradi.   Demak,   demokratiya   quyi
tashkilotlarni   faolligini   talab   qiladi.   Boshlang‘ich   partiya   tashkilotlarining   o‘rni   va
roli   fuqarolik   jamiyatini   rivojlanish   darajasi   bilan   belgilanadi.   Kuchli   fuqarolik
jamiyatlarida   boshlang‘ich   partiya   tashkilotlari   kuchli   bo‘ladi.   Siyosiy   partiyalar
ham davlatga, ham fuqarolik jamiyatiga dahldor bo‘lgan institut bo‘lib hisoblanadi.
Siyosiy   partiyalar   elitasining   kuchliligi   davlatning   kuchligigining   alomati   bo‘lsa,
boshlang‘ich   partiya   tashkilotlarining   kuchliligi   fuqarolik   jamiyatining
kuchliligining belgisidir. Demokratiya quyi yuqorini nazorat qilinishini taqozo etadi ,
ch unki yuqoriga chiqish bilan odam pastdan ajralib qola boshlaydi. 
Shuning   uchun   quyi   doimo   yuqorini   nazorat   qilib   borishi   kuchli   davlatdan
kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyilining mohiyatini tashkil qiladi. Jamiyatda hech
bir   inson   nazorat   tizimini   ishlashidan   chetda   qolmasligi   kerak   va   hech   bir   inson
ushbu   tizimni   ishlamasligidan   yoki   uni   uzilishidan   manfaatdor   bo‘lmasligi   kerak.
Xatto   manfaatdor   bo‘la   olmaydi   deb   aytish   to‘g‘riroqdir.   Chunki   nazorat   tizimi
ishlamaydigan joyda xech kim baxtli bo‘la olmaydi. Baxtlilikning eng muhim sharti
bu   insonda   qo‘rquvsiz   erkin   yashash   hissidir.   Bunday   hissiyot   faqat   tartib
o‘rnatilgan   jamiyatda   ya’ni   qonunga   rioya   qilish   amalda   ta’minlangan   jamiyatda
bo‘lishi mumkin. Bu esa kuchli nazorat tizimi orqali ta’minlanishi mumkin. Nazorat
tizimini   samarali   ishlashi   uchun   unga   aniqlik   kiritish   lozim.   Boshqacha   qilib
aytganda  nima nazorat   qilinishi  kerakligini  aniq  bilish  kerak.  Qonunga  va  axloqqa
rioya   qilish   nazorat   qilinishi   kerak.   Qonun   va   axloq   ijtimoiy   hayotni   barcha
sohalarida   amal   qiladi.   Qaysi   sohada   yoki   qaysi   jarayondagi   qonunga   rioya   qilish
nazorat qilinishi kerak. Albatta, barcha jarayonlarda qonunga va axloqqa rioya qilish
nazorat qilinishi kerak. 
50 Lekin   eng   muhimi   kadrlarni   tanlash   va   joy-joyiga   qo‘yish   jarayonida   qonun
va   axloqqa   rioya   qilish   qat’iy   nazorat   ostiga   olinishi   lozim.   Ushbu   jarayondagi
qonun   buzilishi   holatlari   boshqa   ko‘plab   ijtimoiy   muammolarni   sababi   bo‘lib
hisoblanadi.   Mashhur   Ibn   Sino   o‘zining   asarlarida   kasallikni   emas,   sababini
davolash   kerak   deb   yozib   qoldirgan.   Sabab   bartaraf   qilinmasa,   oqibat   bartaraf
qilinmasligi allaqachonlar   isbotlangan haqiqatdir. Barcha sohada kadrlarni tanlash,
joy-joyiga   qo‘yishda   bilim   va   mas’uliyat   asosiy   mezon   bo‘lishini   nazorat   qilish
kerak.   Agar   kadrlarni   tanlash   tanish-bilishchilik,   oshna-og‘aynigarchilik   va
poraxo‘rlik   asosida   amalga   oshirilsa,   bunday   jamiyatda   nazorat   tizimi   samarali
ishlamaydi. 
Nazorat   tizimi   jamiyatda   tartib   o‘rnatishning   muhim   sharti   ekan,   siyosiy
partiyalar   va   ularning   deputatlar   guruhlari   asosiy   e’tiborni   nazorat   tizimini
takomillashtirishga  qaratishlari  lozim.  Siyosiy  partiyalar   o‘rtasidagi  kurash   nazorat
tizimining   mukammal   loyihalarini   ishlab   chiqarish   borasida   bo‘lishi   kerak.   Bu
borada   «Adolat»   sotsial   demokratiya   partiyasi   boshqalarga   namuna   bo‘lishi   kerak.
Chunki,   partiyaning   asosiy   maqsadi   jamiyatda   qonun   ustuvorligi   va   jazoni
muqarrarligini amalda ta’minlab, adolatni qaror toptirishdan iborat. Demak, jamiyat
taraqqiyotini   muhim   sharti   bo‘lgan   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   qonun
ustuvorligini   ta’minlashda   «Adolat»   sotsial   - demokratik   partiyasi   hal   qiluvchi   rol
o‘ynashi   lozim.   Partiyaviy   nashrlar   nazorat   tizimini     takomillashtirish   masalalarini
qizg‘in muhokama qiladigan minbarga aylanishi lozim. Umuman ommaviy axborot
vositalari   asosiy   e’tiborni   nazorat   tizimini   takomillashtiruvchi   masalaga   qaratish
kerak.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, jamiyat taraqqiyotini muhim sharti bo‘lgan
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatilishi   fuqarolik   jamiyatining   kuchliligiga   va   demokratik
siyosiy   tartibotga   hamda   ular   o‘rtasida     kuchli   nazorat   tizimini   shakllanishiga
bog‘liq.   Kuchli   nazorat   tizimini   shakllanishi   esa   jamiyatni   siyosiy   madaniyatiga,
odamlardagi   dahldorlik   hissiga,   kuchli   fuqarolik   jamiyati   institutlari   va   fuqarolik
pozitsiyasi   shakllangan   kuchli   shaxslarni   mavjudligiga   bog‘liq.   Siyosiy-huquqiy
madaniyati   yuksak   avlod   demokratiya   sharoitida   yashashga   va   o‘zini   nazorat
funksiyasini oshirishga qodir bo‘ladi.  Ana shunday avlod  respublikamizda jamiyat
51 taraqqiyotini ta’minlaydigan asosiy omil, ya’ni ijtimoiy tartib barqarorligi o‘rnatadi,
tartib   esa   jamiyat   taraqqiyotini   ta’minlab   faravon   jamiyat   tomon   yetaklaydi.
Fuqarolik   jamiyati   va   demokratik   davlat   o‘rtasidagi   nazorat   borasidagi   ijtimoiy
sheriklik ijtimoiy tartib va ijtimoiy taraqqiyotning muhim sharti hisoblanadi.
   3.Korrupsiyaga qarshi kupashda nazorat tizimining va 
jamoatchilik nazoratining o‘rni
       Bugungi kunda O‘zbekiston mamlakatini taraqqiyotiga asosiy to‘siq  korrupsiya
illati hisoblanadi. Korrupsiyani kelib chiqishini  asosiy sababi nazorat tizimi 
faoliyatining zaifligi bilan bog‘liq. Qachon va qaerda nazorat faoliyati zaif bo‘ldimi 
ertami kechmi o‘sha vaqtda va o‘sha joyda albatta korrupsiya illati kelib chiqadi. 
Korrupsiya muhitida adolatli ijtimoiy tartibga putur yetadi va ijtimoiy tartibsizlik 
kelib chiqadi. Ijtimoiy tartibsizlik nafaqat jamiyat taraqqiyotiga to‘siq balki 
jamiyatni mavjud bo‘lishini ham gumon qilib qo‘yadigan o‘ta jiddiy muammo 
hisoblanadi. Shuning uchun adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatish masalasi hech qanday
mubolag‘asiz bugungi kunning eng dolzarb muammosi hisoblanadi. Korrupsiya 
illatini bartaraf qilib adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatilishi nazorat tizimini 
kuchliligiga va samarali ishlashiga bog‘liq ekan asosiy e’tibor nazorat faoliyatini 
samarali qilish yo‘llarini topishga qaratilishi lozim. Buning uchun, eng avvalo, bu 
borada mavjud bo‘lgan muammolarni ilmiy yondashuv asosida aniqlab olish kerak 
bo‘ladi.
Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   adolatli   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishga   qodir   bo‘lgan   nazorat   tizimini   shakllatirish   uchun   bu   borada   mavjud
bo‘lgan   to‘siqlar   nimalardan   iborat.   Bugungi   kunda   O‘zbekistonda   shakllanib
borayotgan   nazorat   faoliyatini   samarali   ishlashiga   nimalar   to‘siq   bo‘lmoqda   degan
savolga   javob   berish   uchun   nazorat   faoliyatining   maqsad   va   vazifalaridan   hamda
ularni   amalga   oshirish   mexanizmidan   kelib   chiqib   fikrlash   kerak.   Nazorat
faoliyatining maqsadi huquq va axloq normalariga rioya etilishini ta’minlash orqali
adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishdir.   Ushbu   maqsadga   erishish   uchun   ijtimoiy
hayotning   barcha   sohalarida     huquq   va   axloq   normalariga   rioya   etilishini   nazorat
qilish   mexanizmini   shakllantirish   va   uni   samarali   ishlab   turishini   ta’minlash   kerak
bo‘ladi.   Chunki   nazorat   mexanizmi   ishlab   turgan   holda   jazoning   muqarrarligi
amalda   ta’minlangan   bo‘ladi   va   bunday   holda   odamlar   qonunni   buzish   ehtimoli
paydo   bo‘lganda   qo‘rquvni   his   qilib   normalarni   buzishdan   o‘zlarini   tiyib
yashaydilar. Demak, huquq va axloq normalariga rioya qilib yashash ta’minlanishi
uchun odamlar qo‘rquvni his qilib yashashlari kerak ekan.
52 Boshqacha qilib aytganda huquq va axloq normalarini buzish ehtimoli paydo
bo‘lganda  qo‘rquv kelib chiqishi  kerak. Aniqroq qilib aytganda  huquq normalarini
buzish   ehtimoli   paydo   bo‘lganda   davlatdan   bo‘lgan   qo‘quv   kelib   chiqishi   lozim.
Axloq normalarini buzish ehtimoli paydo bo‘lganda esa yaratgandan ya’ni Ollohdan
bo‘lgan   qo‘rquv   kelib   chiqishi   lozim.   Bu   yerda   Ollohdan   bo‘lgan   muhim
ahamiyatga ega, chunki yaratgandan bo‘lgan qo‘rquv nafaqat axloq normalari balki
huquq   normalari   buzilishi   ehtimoli   paydo   bo‘lganda   ham   kelib   chiqadi.   Demak
nazorat   tizimini   samarali   ishlashini   ta’minlash   uchun   odamlarda   qo‘rquvni   keltirib
chiqaruvchi   sharoitni   yaratish   kerak   ekan.   Bunday   sharoit   qachon   kelib   chiqadi?
Davlatdan   bo‘lgan   qo‘rquvni   kelib   chiqishi   uchun   jazoni   muqarrarligi   amalda
ta’minlangan   bo‘lishi   lozim.   Ollohdan   bo‘lgan   qo‘rquvni   kelib   chiqishi   uchun
insonda ma’naviy yuksaklik asosida u dunyoga bo‘lgan ishonch shakllangan bo‘lishi
lozim.   Endi   ana   shu   ikki   xil   qo‘rquvning   biri   bo‘lgan   ya’ni   davlatdan   bo‘lgan
qo‘rquvni   keltirib   chiqaradigan   jazoning   muqarrarligini   ta’minlash   nimaga   bog‘liq
ekanligini   aniqlab   olishga   harakat   qilamiz.   Bunday   qo‘rquvni     shakllantirishning
eng maqbul yo‘li smarali ishlab turgan nazorat tizimini shakllantirish bilan bog‘liq.
Bunday   nazorat   tizimini   shakllanishi   esa     demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini
kuchlilik darajasiga bog‘liqdir.
Buning   uchun   esa   jamiyat   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   sharoitida
yashashga   qodir   bo‘lishi   kerak,   chunki   demokratiya   ham,   fuqarolik   jamiyati   ham
nazorat faoliyati bilan bog‘liq. Hozircha bizda demokratiyaning shakli bor va faqat
shakl   bilan   nazorat   faoliyatini   samarali   amalga   oshirib   bo‘lmaydi.   Nazorat
faoliyatini   samarali   amalga   oshirish   uchun   demokratiyaning   mazmunini   ham
yaratish   kerak.   Demokratiyaning   mazmuni   deganda   demokratiya   sharoitida
yashashga   qodir   bo‘lgan   jamiyatning   mavjudligi   tushunilayapdi.   Jamiyat
demokratiyaga tayyor bo‘lishi uchun uning siyosiy madaniyati, huquqiy madaniyati
va   fuqarolik   pozitsiyasi   shakllangan   bo‘lishi   lozim.   Bu   uchta   tushunchani
umumlashtirib   fuqarolik   madaniyati   degan   tushuncha   bilan   ifodalash   mumkin.
Bugungi   kunda   nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   asosiy   to‘siq   aynan   ana   shu
demokratiyaning   mazmuni   yetarli   emasligi   sabab   bo‘lmoqda.   Boshqacha   qilib
aytganda   bizlarda   bugun   nominal   demokratiya   bor,   biz   uni   real   demokratiyaga
aylantirishimiz   kerak.   Shunday   qilib   bugun   nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga
to‘siq fuqarolik madaniyatini to‘liq shakllanmaganligi deb aytish mumkin.
Nazorat faoliyatini samarali ishlashiga to‘siq bo‘lgan yana bir sabab bu ushbu
faoliyatga   doir   bilimning   yetarli   emasligidir.   Chunki   har   qanday   faoliyatning
samaradorligi   o‘sha   faoliyatga   doir   bilimga   bog‘liq   bo‘ladi.   Hozirgi   kunda
mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida va umuman ta’lim tizimida jamiyatga nazorat
faoliyatiga doir bilimni beradigan biror bir fan o‘qitilmaydi. Vaholanki, har qanday
53 bilim, eng  avvalo, ta’lim  tizimida shakllanadi.  Shuning uchun ham  bugungi  kunda
jamiyatda   nazorat   faoliyatini   oshirish   uchun   kerak   bo‘lgan   bilim   yetarli
bo‘lmayapdi. To‘g‘ri ayrim ijtimoiy-gumanitar fanlar, jumladan,  tarix, politologiya,
sotsiologiya   va   huquqshunoslik   fanlar   nazorat   faoliyatiga   doir   tadqiqotlar   olib
borishadi.   Lekin   ushbu   fanlar   olib   boradigan   tadqiqotlar   natijasida   shakllangan
bilimlar   umumlashtirilib   talabalarga   o‘qitiladigan   qilib   kompleks   tarzda
shakllanmagan. Shuning uchun bugungi kunda mamlakatimizda nazorat faoliyatiga
doir   bilim   yoshlarga   o‘qitilmayapdi   va   shuning   uchun   ham   jamiyatning   nazorat
faoliyatiga   doir   bilimi   yetarli   bo‘lmayapdi.   Demak   bugungi   kunda   nazorat
faoliyatini   samarali   qilishga   to‘siq   bo‘lgan   sabablardan   biri   bu   nazorat   faoliyatiga
doir bilimning yetarli emasligi deb aytish mumkin.
Bugungi   kunda   mamlakatimizdagi   nazorat   faoliyatini   samarali   qilishga
bo‘lgan   to‘siqlardan   yana   biri   bu   aholining   ayrim   qismidagi   befarqlik   kayfiyati
hisoblanadi.   Befarqlik   kayfiyatini   jilovlab   daxldorlik   hissini   shakllantirmasdan
nazorat tizimini samarali ishlashini  ta’minlay olmaymiz. Chunki befarqlik shunday
yomon illatki uni muhtaram Prezidentmiz Shavkat Mirziyoev 2017- yil 7- fevralda
Harakatlar   strategiyasida   dushmanlik   deb   aytdilar.   Shuning   uchun   befarqlik,
loqaydlik   va   beparvolik   kafiyatini   bartaraf   qilib   daxldorlik   hissini   shakllantirish
bugungi   kundagi   eng   dolzarb   muammolardan   biri   hisoblanadi.     Agar   biz   bugun
jamiyatga   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimni   bersak,     lekin   jamiyat   befarq   bo‘lsa
nazorat   tizimi   samarali   ishlamaydi.   Bunda   odamlardagi   nazorat   faoliyatiga   doir
bilim   keraksiz   faktlar   bo‘lib   odamlarning   miyasida   foydasiz   yotaveradi.   Shuning
uchun   bugungi   kunda   nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   to‘siq   bo‘lgan
sabablardan biri befarqlik kayfiyati hisoblanadi.
Nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   to‘siqlardan   yana   biri   bu   korrupsiya
illatidir.   Chunki   korrupsiya   nazorat   tizimini   samarali   qilishdan   manfaatdor   emas,
shuning   uchun   turli   xil   yo‘llar   bilan   uni   samarali   qilishga   to‘siq   bo‘ladi.   Chunki
korrupsiyaning   sharoiti   qonunni   buzish   imkoniyatiga   ega   bo‘lgan   buzuq
byurokratiyaning   mavjudligi   hisoblanadi.   Bunday   imkoniyat   nazorat   faoliyati   zaif
bo‘lgan   holdagina   kelib   chiqadi   va   shuning   uchun   korrupsiya   nazorat   faoliyatini
samarali   qilishga   qarshi   bo‘ladi.   Bugungi   kunda   jahon   tajribasi   korrupsiyani
to‘xtatish   demokratiyaning   va   fuqarolik   jamiyatining   kuchlilik   darajasiga   bog‘liq
ekanligini   ko‘rsatib   turibdi.   Hozircha   bizlarda   yuqorida   ta’kidlaganimizdek
demokratiya   yetarli   darajada   kuchli   emas     va   shuning   uchun   ham   korrupsiyani
to‘xtatish   muammo   bo‘lmoqda.   Korrupsiya   muhitida   nazorat   tizimining   vositalari
ishlashi va nazorat mexanizmini harakat keltirish to‘siqqa uchraydi. Shuning uchun
bugungi   kunda   O‘zbekistonda   nazorat   tizimini   samrali   ishlashiga   to‘siqlardan   biri
korrupsiya illati deb aytish mumkin.
54 Nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   to‘siq   bo‘lgan   sabablardan   yana   biri   bu
fuqarolik   jamiyati   institutlarining   kuchsizligidir.   Bugun   O‘zbekistonda   quyidan
nazoratni amalga oshiradigan uchta asosiy nazorat vositasi ya’ni deputatlar korpusi,
siyosiy   partiyalar   va   mahalla   nazorati   shakllanib   bormoqda.   Lekin   muammo
shundaki bu nazorat vositalari o‘z nazorat funksiyalarini amalga oshirishlari uchun
yetarli   darajada   kuchli   emas.   Umuman   bugungi   kunda   bizlarda   kuchli   davlat   va
nisbatan   kuchsiz   jamiyat   mavjud   va   shuning   uchun   ham   nazorat   vositalari   nazorat
funksiyalarini   amalga   oshirishga   yetarli   darajada   qodir   emas.   Hatto   daxlsizlik
immunitetiga   va   katta   vakolatga   ega   bo‘lgan   deputatlar   korpusi   ham   o‘z   nazorat
funksiyalarini talab darajasida amalga oshirishga qodir emas. Xuddi shunday siyosiy
partiyalar  nazorati, eng avvalo boshlang‘ich partiya tashkilatlarining nazorati   ham
demokratiya   talablari   darajasidan   ancha   orqada   qolmoqda.   Fuqarolik   jamiyatining
eng   muhim   instituti   bo‘lgan   mahalla   institutining   nazorati   ham   yaxshi   yo‘lga
qo‘yilmagan  va  eng yomoni   shundaki   mahalla o‘ziga  xos  bo‘lmagan  funksiyalarni
bajarishga jalb qilingan. Oqibatda mahallla va xuddi shunday fuqarolik jamiyatining
boshqa   institutlari   o‘zlarini   nazorat   funksiyalarini   amalga   oshirish   yetarli   darajada
e’tibor   qaratolmayapdilar.   Shunday   qilib   nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga
bo‘lgan to‘siqlardan yana biri fuqarolik jamiyati institutlarining kuchsizligi ekan.
Nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   bo‘lgan   to‘siqlardan   yana   biri   bu
ishtimoiy   sheriklik   amaliyotini   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilmaganligidir.   Vaholanki
O‘zbekistonda   2014 -   yilda   “Ijtimoiy   sheriklik   to‘g‘risida”gi   qonun   qabul   qilingan.
Bundan tashqari xuddi shu yili davlat hokimiyati faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi
qonun   ham   qabul   qilingan   edi.   Eng   muhimi   2018-   yilda   “Jamoatchilik   nazorati
to‘g‘risida”gi   qonun   ham   qabul   qilingan   bo‘lishiga   qaramasdan   nazorat   borasidagi
ijtimoiy   sheriklik   amaliyoti   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilmagan.   Yuqorida   qayd   qilingan
qonunlar nazorat borasida ijtimoiy sheriklik amaliyotini joriy qilishda huquqiy asos
bo‘lib xizmat qiladi. Lekin shunday huquqiy asos yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan
bugungi   kunda   O‘zbekistonda   nazorat   borasida   ijtimoiy   sheriklik   tamoyiliga   rioya
etish to‘liq ta’minlanmagan. Bugungi kunda insoniyat jamiyatida ijtimoiy sheriklik
mavjud muammolarni  hal  qilishning eng maqbul svilizatsiyalashgan  shakli  sifatida
tan   olingan.   Jumladan,   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning   ham   eng   maqbul
svilizatsiyalashgan   shakli   nazorat   faoliyatidagi   ijtimoiy   sheriklikdir.   Ijtimoiy
sheriklik   keng   ma’noda   davlat   va   jamiyat   o‘rtasidagi   sheriklikni   anglatsa,   tor
ma’noda   davlat   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlari   o‘rtasidagi   sheriklik
tushuniladi.   Nazorat   borasida   ijtimoiy   sheriklikni   joriy   etish   nazorat   tizimini
samarali   qilishda   muhim   ahamiyatga   ega.   Shuning   uchun   bugungi   kunda   nazorat
tizimini   samarali   qilishga   bo‘lgan   to‘siqlardan   yana   biri   ijtimoiy   sheriklik
amaliyotini yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligidir.
55 Nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   to‘siq   bo‘lgan   sabablar   aniqlab
olingandan so‘ng endi ularni bartaraf qilish yo‘llarini topishga harakat qilish kerak.
Yuqorida   qayd   qilingan   muammolarni   yana   bir   bor   umumlashtirgan   holda   aytib
o‘tamiz.   Bugungi   kunda   nazorat   tizimini   samarali   qilishga   asosiy   to‘siq
demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatining   kuchsizligidir .   Bundan   tashqari
fuqarolik   madaniyatining   darajasi   demokratiya   talablari   darajasidan   orqada
qolayotganligi   ham   nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   to‘siq   hisoblanadi.
Jamiyatning   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimining   pastligi   ham   nazorat   tizimini
samarali   ishlashiga   jiddiy   to‘siqdir.   Jamiyatda   aholining   ayrim   qismida   mavjud
bo‘lgan   befarqlik   kayfiyati   ham   nazorat   tizimini   samarali   qilishga   kuchli   to‘siq
hisoblanadi.   Nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   bo‘lgan   to‘siqlardan   biri   nazorat
borasida  ijtimoiy sheriklik amaliyotini yo‘lga qo‘yilmaganligidir.  Bugungi kunda
mavjud   bo‘lgan   korrupsiya   illati   ham   nazorat   tizimini   samarali   qilishga   to‘siq
bo‘lmoqda. 
Nazorat   tizimini   samarali   qiluvchi   omillarni   topish   uchun   yuqorida   qayd
qilingan to‘siqlarni sababini topish va ularni bartaraf qilish kerak bo‘ladi. Ularning
bartaraf qilinishi nazorat tizimini samarali qiluvchi omil bo‘lib hisoblanadi, chunki
sabab   bartaraf   qilinsa   oqibat   o‘z   o‘zidan   bartaraf   bo‘ladi.   Shuning   uchun   tabobat
ilmining   sultoni   buyuk   Ibn   Sino   kasallikni   emas   sababini   davolash   kerak   deb
aytgan.   Shunday   qilib   yuqorida   qayd   qilingan   to‘siqlarning   sabablarini   topish   va
ularni   bartaraf   qilish   nazorat   tizimini   samarali   qiluvchi   omil   bo‘lib   xizmat   qiladi.
Xo‘sh   birinchi   to‘siq   sifatida   ko‘rsatilgan   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatining
kuchsizligini sababi nimada? 
O‘zbekiston mamlakatida demokratiya va fuqarolik jamiyatining kuchsizligini
sabablaridan yana bir sho‘rolar zamoniga borib taqaladi. Chunki sho‘rolar zamonida
totalitar siyosiy tartib asosida kuchli davlat va nisbatan kuchsiz jamiyat shakllangan
edi. Sho‘rolar  zamonida hamma narsani  davlat  o‘z qo‘lida ushlab turgan va bunda
odamlar gigant davlat apparatining bir murvatchasiga aylanib qolgan. Murvatchaga
aylanib   qolgan   odam   mustaqil   fikrlashi   kerak   emas   balki   yuqoridan   bo‘lgan
topshiriqni   ijrochisi   bo‘lishi   kerak   edi.   Shuning   uchun   o‘sha   vaqtda   siyosatga
aralashma   degan   fikr   kelib   chiqqan   edi   va   bu   fikr   hozirgacha   o‘z   ta’sirini   saqlab
qolmoqda. Qariyib 70 yil davom etgan totalitar siyosiy tartibot asosratlaridan xalos
bo‘lish   uchun   ma’lum   bir   vaqt   kerak   bo‘ladi.   Bunda   shoshma   shosharlikka   yo‘l
qo‘yib   bo‘lmaydi   chunki   demokratiya   bo‘lishi   uchun   demokratiya   sharoitida
yashashga   qodir   bo‘lgan   avlod   shakllanishi   kerak.   Bu   esa   faqat   evolyusion   tarzda
amalga   oshirilishi   mumkin   bo‘lgan   jarayon   hisoblanadi.   Bu   jarayonda   shoshma
shosharlik   qilish   yoki   demokratiyani   eksport   qilish   milliy   xavfsizlikka     tahdid
keltirib   chiqaradi.   Agar   jamiyat   demokratiyaga   tayyor   bo‘lmasa   demokratiya
56 oxlokratiyaga   aylanib   qoladi   va   ijtimoiy   tartibsizlik   kelib   chiqadi.   Unday   bo‘lsa
demokratiyani   kuuchli   qilish   uchun   nima   qilish   kerak?   Ushbu   savolga   javob
berishdan   oldin   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatining   funksiyasidan   kelib   chiqib
fikrlash kerak bo‘ladi. 
Demokratiya   insoniyat   jamiyatida   mavjud   bo‘lgan   uchta   siyosiy   tartibotdan
ya’ni totalitar, avtoritar va demokratik tartibotdan biri hisoblanadi. Boshqacha qilib
aytganda   demokratiya   hokimiyatni   xalq   tomonidan   shakllantirish   va   nazorat   qilish
orqali   jamiyatda   tartib   o‘rnatishning   siyosiy   usuli   hisoblanadi.   Demokratiya
namoyon bo‘lishi uchun eng muhim shart jamiyat demokratiya sharoitida yashashga
qodir   bo‘lishi   kerak.   Buning   uchun   esa   jamiyatning   siyosiy   madaniyati,   huquqiy
madaniyati va fuqarolik pozitsiyasi demokratiya talablari darajasida bo‘lishi lozim.
Bu   uchta   tushunchani   ya’ni   siyosiy   madaniyat,   siyosiy   madaniyat   va   fuqarolik
pozitsiyasini   bitta   qilib   fuqarolik   madaniyati   deb   aytish   mumkin.   Demak
demokratiyaning   kuchlilik   darajasi   jamiyatni   fuqarolik   madaniyatining   yuksaklik
darajasiga bog‘liq ekan.
Endi fuqarolik jamiyatining kuchsizligi to‘g‘risida gapirsak bunda ham sabab
fuqarolik   madaniyatini   pastligi   bilan   bog‘liqligini   ko‘rish   mumkin.   Bu   tushunarli
bo‘lishi   uchun   fuqarolik   jamiyatining   mohiyati   va   funksiyasidan   kelib   chiqib
fikrlash   kerak.   Fuqarolik   jamiyati   fuqarolarning   birlashganlik   holati   bo‘lib   uning
asosiy   funksiyasi   ijroiya   hokimiyat   ustidan   nazorat   amalga   oshirish   hisoblanadi.
Fuqarolik   jamiyati   o‘zini   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishga   qodir   bo‘lishi
uchun   uning   fuqarolik   madaniyati   yuqori   bo‘lishi   lozimligi   oddiy   haqiqatdir.
Fuqarolik jamiyatini kuchli qilish ham,   demokratiyani kuchli qilish ham fuqarolik
madaniyatining   kuchliligiga   bog‘liqligining   sababi   ularning   funksiyasining
umumiyligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari demokratiya va fuqarolik jamiyati bir
biriga bog‘liq tushuncha bo‘lib hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda demokratiya
bo‘lishi   uchun   fuqarolik   jamiyati   bo‘lishi   kerak,   xuddi   shunday   fuqarolik   jamiyati
bo‘lishi uchun demokratiya bo‘lishi kerak. Shuning uchun nazorat tizimini samarali
qilishga   to‘siq   bo‘lgan   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchsizligini   bartaraf
qilish   uchun   fuqarolik   madaniyatini   yuksaltirish   kerak   bo‘ladi.   Demak   nazorat
tizimini   samarali   qiluvchi   omillardan   biri   fuqarolik   madaniyatining   yuksakligi   deb
aytishga barcha asos bor.
Nazorat tizimini samarali qiluvchi omil bo‘lgan fuqarolik madaniyatini kuchli
qilish uchun nima qilish kerak? Buning uchun eng avvalo fuqarolik madaniyati nima
ekanligini   anglab   olish     va   u   nimadan   tashkil   topishini   aniqlash   kerak   bo‘ladi.
Fuqarolik   madaniyati   deganda   fuqarolarni   o‘zaro   munosabat   jarayonida   o‘zlarini
tiyib   yashashga   qodir   ekanliklari   tushuniladi.   Umuman   insoniyat   jamiyatida
57 madaniy   hayotni   shakllanishi   odamlarni   o‘zlarini   tiyib   yashash   shakligi   o‘tishlari
bilan bog‘liq. Fuqarolik madaniyati shakllanishi uchun faqat siyosiy bilim, huquqiy
bilim     yetarli   emas   buning   fuqarolik   pozitsiyasi   ham   shakllangan   bo‘lishi   kerak.
Fuqarolik   pozitsiyasi   deganda   bir   fuqaro   ikkinchi   bir   fuqaroning   taqdiriga   befarq
emasligi   tushuniladi.   Buning   uchun   esa   fuqarolar   o‘zlaridagi   befarqlik   kayfiyatini
jilovlab daxldorlik hissi bilan yashashlari kerak. 
Inson o‘zida befarqlikni jilovlab daxldorlik hissini shakllantirishi uchun unda
ma’naviyat yuksak bo‘lishi lozim. Demak fuqarolik madaniyatini yuksaltirish uchun
jamiyatning nafaqat siyosiy-huquqiy bilimi balki ma’naviyati ham yuksalishi lozim.
Ana   shunda   nazorat   tizimini   samarali   qiluvchi   omil   bo‘lgan   fuqarolik   madaniyati
shakllanadi.   Demak,   fuqarolik   madaniyati   bilim   va   ma’naviyat   negizida   ya’ni
siyosiy-huquqiy bilim va ma’naviyat negizida shakllanar ekan. Bunda asosiy e’tibor
ma’naviyatni   yuksaltirishga   qaratilishi   to‘g‘ri   chunki   bilim   bo‘lsayu   lekin
ma’naviyat   bo‘lmasa   madaniyat   shakllanmaydi.   Shunday   qilib   fuqarolik
madaniyatini   shakllanishida   axloqiy   tarbiya   negizida   ma’naviyatni   yuksaltirish
muhim ahamiyat kasb etadi deb aytish mumkin.
Nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   to‘siq   bo‘lgan   sabablardan   biri   nazorat
faoliyatiga   doir   bilimning   yetarli   emasligi.   Har   qanday   faoliyatni   samarali   amalga
oshirish o‘sha faoliyatga doir bilimga bog‘liq bo‘lganligi kabi nazorat faoliyatining
ham   samaradorligi   ushbu   faoliyatga   doir   bilimga   bog‘liqdir.   Bu   to‘siqni   bartaraf
qilib   nazorat   faoliyatini   samarali   qilish   uchun   jamiyatni   nazorat   faoliyatiga   doir
bilimini   oshirish   kerak   bo‘ladi.   Buning   uchun,   eng   avvalo,   ta’lim   tizimida   nazorat
faoliyatiga doir bilimni beradigan fanni joriy qilish talab qilinadi, chunki har qanday
bilim ta’lim tizimida shakllanadi. Muammo shundaki bugungi kunda O‘zbekistonda
ta’lim tizimida biror bir fan yoshlarga nazoratga doir bilimni bermaydi. Bu borada
faqat   Samarqand   Davlat   universitetida   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimni   beradigan
Ijtimoiy nazorat fani ishlab chiqilgan va ayrim yo‘nalishlarda talabalarga o‘qitilinib
kelmoqda. Buning uchun ilmiy tadqiqotlar olib borilib 2016- yilda Ijtimoiy nazorat
monografiyasi va 2020- yilda darsligi ishlab chiqilgan. Endigi muammo ushbu fanni
oliy   ta’lim   tizimining   barcha   yo‘nalishlariga   joriy   qilish   bilan   bog‘liq   bo‘lmoqda.
Chunki   O‘zbekistonda   ilmiy   g‘oyalarni   amaliyotga   joriy   etish   mexanizmi   yaxshi
yo‘lga   qo‘yilmagan.   Agar   bugun   jamiyatga   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimni
beradigan   fan   ta’lim   tizimiga   joriy   etilsa   ma’lum   bir   vaqt   o‘tib     O‘zbekistonda
nazorat   faoliyatiga   doir   bilim   bilan   qurollangan   avlod   shakllanadi.   Ana   shu   avlod
nazorat   faoliyatini   samarali   ishlashini   ta’minlashga   va   adolatli   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishga qodir bo‘ladi.
                                                       Xulosa
58 Mamlakatimizda   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirishda   va   amalga
oshirilayotgan   demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirishda     biz   tanlagan
“Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllanishi“ mavzuida
ilmiy tardqiqot olib borish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki mazkur
mavzudagi   ilmiy   tadqiqot   natijasida   ishlab   chiqilgan   taklif   va   tavsiyalarni
amaliyotga tadbiq etish fuqarolik jamiyati nazoratini, jumladan, uning tarkibiy qismi
bo‘lgan   jamoatchilik   nazoratini     kuchli     qilishga   yordam   beradi.       O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “O‘zbekistonni 2017-2021- yillarda
besh   ustuvor   yo‘nalish   bo‘yicha   rivojlantirish   Harakatlar   strategiyasi”da
mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni   yanada   rivojlantirish   borasidagi   g‘oya   va
qarashlari talablaridan kelib chiqib quyidagi taklif va tavsiyalarni berish mumkin. 
O‘zbekistonda   fuqarolik   jamiyatini   shakllanishi   va   tanlagan   evolyusion
taraqqiyot   yo‘li   naqadar   puxta   o‘ylangan   yo‘l   ekanligini   bugungi   kunda   dunyoda
ro‘y berib turgan baxmal  inqiloblar  yaqqol  ko‘rsatib  turibdi. Fuqarolik jamiyati  va
demokratiyani   sun’iy   ravishda   tezlashtirish     yoki   uni   eksport   qilish   milliy
xavfsizlikka   to‘siq   bo‘lib   hisoblanadi.   Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda
jamoatchilik   nazoratini   shakllanishi     masalasiga   qaratilgan     tadqiqot   olib   borishda
mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   siyosiy   islohotlar   mohiyatini   anglash,
demokratiyaga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirishda, saylov tizimini liberallashtirishda
va   nazorat   tizimini   takomillashtirishda   siyosiy-huquqiy   madaniyatni   yuksaltirish
masalalarini   o‘rganish   lozim.   Chunki   fuqarolik   jamiyati   va   demokratiya     bilim   va
ma’naviyat negizida shakllanadigan jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyatining
yuksakligini taqozo etadi. 
Agar   ma’naviyatga   e’tiborsizlik   oqibatida   siyosiy-huquqiy   madaniyat
demokratiya   talablari   darajasidan   orqada   qolsa   demokratiya   oxlokratiyaga   aylanib
ketadi.   Shuning   uchun   Aristotel   o‘zining   “Siyosat”   nomli   asarida   demokratiyaga
salbiy baho berib demokratiya boshqaruvning yomon shakli deb uni oxlokratiyadan
farqini ko‘rmagan. Bugungi kunda ham agar siyosiy-huquqiy madaniyat past bo‘lsa
demokratiya   oxlokratiyaga   aylanib   ketishi   mumkin.   Buning   oqibatida   esa   bugungi
kunda   dunyoning   turli   mamlakatlarida   ro‘y   bergan   baxmal   inqiloblar   kelib   chiqib
ijtimoiy tartibga putur yetishi mumkin. Bu esa, har qanday jamiyat uchun halokatli
oqibatlarni   keltirib   chiqarishi   mumkin.   Shuning   uchun   bugungi   kunda   fuqarolik
jamiyatini   asosida   yotgan   jamiyatning   siyosiy-huquqiy   madaniyatini   oshirish   va
fuqarolik   pozitsiyasini   shakllantirishda   ma’naviyatni   yuksaltirish     masalasi   eng
muhim va eng dolzarb muammo deb aytishga barcha asos bor.
O‘zbekistonda   jamoatchilik   nazoratini   shakllanishi   masalasini   tahlil   qilish
jarayonida   demokratik   islohotlarni   samarali   amalga   oshirish   jamiyatning   siyosiy-
59 huquqiy   madaniyatiga   bog‘liqligi   asoslab   berildi.   Siyosiy-huquqiy   madaniyatni
yuksaltirish     siyosiy-huquqiy   ong   va   ma’naviyat   negizida   shakllanadigan   jarayon
bo‘lib   hisoblanadi.   Fuqarolik   jamiyatini   shakllanishining   muhim   sharti   bo‘lgan
siyosiy-huquqiy   madaniyat   va   fuqarolik   pozitsiyasini   umumlashtirib   fuqarolik
madaniyati   deb   aytish   mumkin.   Fuqarolik   madaniyatini   shakllantirishda   axloqiy
tarbiya negizida shakllanadigan ma’naviy yuksalish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Chunki   fuqarolik   madaniyatining   muhim   xususiyati   bo‘lgan   daxldorlik   xissining
kuchlilik   darajasi   aynan   ana   shu   ma’naviy   yuksaklikga   bog‘liqdir.   Shuning   uchun
jamiyat   ma’naviyatini   yuksaltirish   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   va   kuchli
qilish   hamda  demokratik  islohotlarni   yanada   chuqurlashtirishga   harakat   qilayotgan
mamlakatimiz uchun eng dolzarb muammo bo‘lib hisoblanadi.  Jamiyatda fuqarolik
jamiyati nazoratini va uning muhim vositasi bo‘lgan jamoatchilik nazoratini  kuchli
qilishga   xizmat   qiladigan   demokratiyani   yanada   chuqurlashtirishda   ma’naviyatni
rolini  oshirish uchun kuyidagi tavsiyalarni berish mumkin:
-Jamiyatni   bilim   va   ma’naviyat   boshkargandagina   tartib,   tarakkiyot   va
farovonlikni   ta’minlash   mumkin.   Ma’naviyat   jamiyat   tarakkiyotini   asosiy   sharti
bulgan   tartibni   o‘rnatishda   qodir   bo‘lgan   demokratik   siyosiy   tartibotni   o‘rnatishda
muxim axamiyatga ega.
-Jamiyatda   ma’naviyatni   kadr   topishi   xokimiyat   tizimida   ma’naviyatni
yuksalishiga   bog‘lik.   Xokimiyatni   ma’naviy   yuksalishi   esa   saylov   jarayonida
ma’naviy saloxiyat  asosiy  mezonlardan biri bulishiga boglik. Chunki  ma’naviyatni
kadrlash uchun usha odamning uzida ma’naviyat yuksak bulishi lozim.
-Jamiyatda   ma’naviy   yuksalish   Uzbekiston   Respublikasi   birinchi   Prezidenti
I.A.Karimovning   «Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch»   asarlaridagi   g‘oyalarni
odamlar   ongi   va   kalbiga   singdirilishiga   bog‘lik.   Bu   borada   davlat   va   fukarolik
jamiyati urtasida ijtimoiy xamkorlik aloxida axamiyatga ega.
Inson   kim   bo‘lishi   va   qaerda   ishlashidan   qat’i y   nazar   nazorat   tizimi
faoliyatida   ishtirok   etishi   lozim,   chunki   bu   demokratiya   talabi   hisoblanadi.
Mustaqillik g acha   bo‘lgan   uzoq   yillar   davomida   demokratiyaning   tarkibiy   qismi
bo‘lgan   nazorat   faoliyatiga   doir   ilmiy   tadqiqotlar   asosan   yuqoridan   amalga
oshiriladigan   davlat   nazorati   masalalariga   bag‘ishlangan.   Quyidan   amalga
oshiriladigan   fuqarolik   jamiyat i   nazorati   va   uning   muhim   vositasi   bo‘lgan
jamoatchilik nazorati   mavzusidagi  ilmiy tadqiqotlar  deyarli   olib  borilmagan.  Faqat
totalitar   tuzum   inqiroz   davriga   kira   boshlagandan   so‘ng   umuman   jamiyat   nazorati
60 jumladan jamoatchilik nazorati  to‘g‘risida fikrlay boshlashgan.   Jamiyat nazoratining
huquqiy   asosini   tashkil   qilish   bo‘yicha   1979-   yilda   «Xalq   nazorati   to‘g‘risida»gi
qonunning   qabul   qilinishi   fuqarolik   jamiyati   nazorat i   mavzusida   ilmiy   tadqiqotlar
olib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
 Lekin mustabid tuzum davlat raxbarlari bunday zaruriyatni ko‘ra bilmadilar
va   o‘sha   zamonga   xos   bo‘lgan   ma’muriy   buyruqbozlik   asosida   ya’ni   demokratik
siyosiy   tartibotga   asoslanmagan   holda   fuqarolik   jamiyat i   nazoratini   tashkil
qilmoqchi bo‘lishdi. Oqibatda yuqorida qayd etilgan qonun asosida tashkil qilingan
xalq   nazorati   komitetlari   ularga   yuklatilgan   jamiyat   nazoratini   tashkil   qilish
vazifasini bajara olmay, bir yilga borib – bormasdan   yuqoridan bo‘lgan nazoratning
yana   bir   vositasiga   aylanib   qolishdi.   Mustabid   tuzumning   barbod   bo‘lishiga   olib
kelgan sabablar  ichida jamiyat nazoratini tashkil qila olmaganliklari   bo‘ldi. O‘sha
zamonda   boshqacha   bo‘lishi   mumkin   ham   emas   edi,   chunki   jamiyat   nazoratini
tashkil   qilish   uchun   jamiyat   kuchli   bo‘lishi   kerak,   vaholanki   mustabid   tuzum
davrida   davlat   kuchli,   jamiyat   esa   mutlaqo   kuchsiz   edi.     Chunki,   jamiyatni   kuchli
qilishda   totalitar   siyosiy   tartibotga   emas,   balki   demokratik   siyosiy   tartibotga
asoslanish kerak edi. 
Bugungi   kunda   mustaqillik   yaratgan   sharoit   va   tanlangan   demokratik
taraqqiyot   yo‘li   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarini,   jumladan   fuqarolik   jamiyati
nazorat i   faoliyatini   ilmiy   asosda   tashkil   qilishga   keng   imkoniyatlar   bermoqda.
O‘tgan   shu   qisqa   tarixiy   davrda   respublikamiz   jamiyatshunos   olimlari   tomonidan
demokratik   siyosiy   trtibotga   asoslangan   fuqarolik   jamiyati     faoliyatiga   doir,   eng
avvalo,   jamiyat   nazoratiga   doir   bir   qator   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borildi.   Natijada
ko‘plab   ilmiy   maqolalar,   risolalar   va   monografiyalar   yaratildi.   Ushbu   ilmiy
tadqiqotlarga asoslangan holda zamon talablaridan kelib chiqib,  mustaqillik yillarida
O‘zbekistonda   jamoatchilik   nazoratini   shakllanishi   mavzuida     ilmiy   tadqiqot   ishi
olib borildi. Mazkur tadqiqot mamlakatimizda shakllanayotgan   fuqarolik jamiyatini
kuchli   qilish   va   demokratik   tamoyillarni   mustahkamlash   asosida   jamoatchilik
nazoratini shakllantirishda  ilmiy asos yaratishga    xizmat qiladi deb o‘ylaymiz .
61 Fukarolik   jamiyatini   shakllanish   jarayonida   odamlarning   xukuklari   ortishi
okibatida   xulkni   erkinligi   kengayishi   va   u   esa   uz   navbatida   tugri   yuldan   ogish
xolatlarini keltirib chikarishi ushbu jarayonda ijtimoiy axlok negizida ma’naviyatni
yuksalishini   takozo   etadi.   Bizning   mamlakatimizda   fuqarolik   jamiyatini
shakllantirish   jarayonida   ma’naviyatni   yuksaltirishga   qodir,   yetuk   ma’naviy
salohiyatga   ega  bo‘lgan   xalq  va  lider  mavjuddir.  Utmishga  sadokat,  xozirgi   kunga
kadr   va   kelajakka   umid   bilan   karash   xalkimiz   ma’naviyatini   yengilmas   kuchga
aylanishini muxim omilidir.   
Jamoatchilik   nazorati   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   va   kuchli   qilishga
bog‘liqligi,   fuqarolik   jamiyatini   esa     demokratiyaga   bog‘liqligi,   demokratiya   esa,
eng   avvalo   siyosiy   –   huquqiy   madaniyatga,   siyosiy-huquqiy   madaniyat   esa
ma’naviyat     negizida   shakllanadigan   demokratiyaga   bo‘lgan   ehtiyoj   bilan
bog‘liqligidan kelib chiqib siyosiy hayotda ishtirok etish ehtiyojini shakllantirishga
xizmat qiladigan quyidagi  takliflarni berish mumkin:
1.Siyosiy-huquqiy   madaniyatni   oshirishga   xizmat   qiladigan     nazoratga   doir
bilimni beradigan Ijtimoiy nazorat fanini oliy ta’lim tizimi o‘quv dasturiga  kiritish.
2.Siyosiy-huquqiy   madaniyatni   muhim   elementi   bo‘lgan   ma’naviyatni
yuksaltirishga qaratilgan Ma’naviyat mohiyati nomli teleko‘rsatuvni  tashkil qilish.
3.Siyosiy   hayotda   ishtirok   etish   ehtiyojini   shakllantirishni   muhim   sharti
bo‘lgan befarqlikni jilovlab daxldorlik xissini kuchaytirish mexanizmini topish.
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki   fuqarolik   jamiyati   nazoratini   va   uning
muhim   vositasi   bo‘lgan   jamoatchilik   nazoratini     shakllanishi   va   kuchli   qilishning
eng   maqbul   yo‘li   bo‘lgan     demokratik   siyosiy   tartibot   jamiyatning   ma’naviy
yuksakligi   va   siyosiy-huquqiy   madaniyatining   yuksaklik   darajasiga   bog‘liq.
Ma’naviy   yuksalish   va   siyosiy–huquqiy   madaniyatni   shakllantirishda   ijtimoiy
gumanitar   fanlar   beradigan   bilimlar,   jumladan   “Ijtimoiy   nazorat”   fani   beradigan
bilimlar   muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki,   “Ijtimoiy   nazorat”   fani   beradigan   bilim
jamiyatning ham siyosiy, ham huquqiy madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Fuqarolik   jamiyani   kuchli   qilish   masalasi   ham,   demokratik   siyosiy   tartibotni
mustahkamlash   masalasi   ham   ijtimoiy   nazorat   fani   beradigan   bilimlarga   bog‘liq.
Chunki  fuqarolik jamiyatining asosiy  funksiyasi  huquq va axloq normalariga rioya
etishni   nazorat   qilish,   demokratiya   ham   faqat   hokimiyatni   xalq   tomonidan
shakllantirilishigina   emas   balki   hokimiyatni   xalq   tomonidan   nazorat   qilinishi
hamdir.   Shuning   uchun   ijtimoiy   nazoratga   doir   bilim   fuqarolik   jamiyatini   kuchli
qilishda   va   demokratik   siyosiy   tartibotni   yanada   mustahkamlashda   muhim
ahamiyatga   ega   deb   aytishga   barcha   asoslar   bor.   Chunki   nazorat   faoliyati   nafaqat
bilimga balki ma’naviyat negizida shakllanadigan daxldorlik hissiga ham bog‘liqdir.
62 Mazkur   tadqiqot   natijasida   ishlab   chiqilgan   taklif   va   tavsiyalar   mamlakatimizda
shakllanayotgan jamoatchilik nazoratini yanada kuchli qilishga xizmat qiladi.
                                      Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasi.- Toshkent. 2008.
2. Mirziyoev   Sh.M.   Yangi   O‘zbekiston   strategiyasi.   Toshkent
“O‘zbekiston ” nashriyoti, 2021- yil. – 464 b.
3. Mirziyoev   Sh.M.O‘zbekistonni   2017-2021   yillarda   besh   ustuvor
yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi. Toshkent 2017-yil
4. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi.Toshkent 2017- yil
5. Karimov   I.A.   O‘zbekiston   XXI   asr   bo‘sag‘asida:   xavfsizlikka   tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –Toshkent: “O‘zbekiston”, 1997.
6. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat-yengilmas   kuch.   Toshkent:
“Ma’naviyat”, 2008.
7. Karimov I.A. Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan qurib
bo‘lmaydi.   2005-   yil   8   -fevralda   Vazirlar   Mahkamasidagi   yig‘ilishdagi   ma’ruza.
Xalq so‘zi. 2005- yil, 9 -fevral.
8. Karimov   I.A.   Mamlakatni   modernizatsiya   qilish   va   kuchli   fuqarolik
jamiyatinibarpo   etish   –   ustuvor   maqsadimiz.   2010-   yil   27-   yanvar.   Parlamentning
qo‘shma majlisidagi ma’ruza. Xalq so‘zi. 2010- yil 28- yanvar.
9. Karimov   I.A.   Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni   yanada
chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi.   Xalq   so‘zi.
2010- yil 13- noyabr.
10. Karimov   I.A.   Asosiy   vazifamiz   –   Vatanimiz   taraqqiyoti   va   xalqimiz
faravonligini yanada yuksaltirishdir // Toshkent: “O‘zbekiston”, 2010.
11. Karimov   I.A.   Matbuot   va   ommaviy   axborot   vositalari   xodimlariga.
2010- yil 25 -iyun // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining tveb-
sayti –  WWW.press-servic . Uz.
12. O‘zbekiston   Respublikasining   «Fuqarolarning   o‘zini-o‘zi   boshqarish
organlarito‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahriri) //  www.lex.uz
13. ”Davlat   boshqaruvini   yangilash   va   yanada   demokratlashtirish   hamda
mamlakatni   modernizatsiyalashda   siyosiy   partiyalarning   rolini   oshirish
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun. 2008 -yil 1- yanvar.
14. Nabiev   F.X.   O‘zbekiston   siyosiy   partiyalarning   dasturiy   hujjatlarda
jamoatchilik nazoratini ta’minlash va takomillashtirish. // Fuqarolik jamiyati. 2010--
yil, 3-son.
15. Nabiev F.X. Siyosiy faollik.// «Zarafshon». 2008 -yil, 18 -mart.
16. Nabiev F.X. Yuksak axloqiylik.// «Zarafshon». 2008 -yil, 8- avgust.
17. Nabiev F.X. Siyosiy madaniyat.// «Zarafshon». 2008- yil, 25- dekabr.
63 18. Nabiev   F.X.Fuqarolik   jamiyatini   qurishda   ma’naviyatning   o‘rni.//
«Zarafshon». 2009 yil, 26 fevral.
19. Nabiev   F.X.Demokratiya   va   barqarorlik   saylov   tizimi   xarakteri   bilan
belgilanadi. //«Zarafshon». 2009- yil, 20 -iyun.
20. Nabiev F.X. Siyosiy saboq. //«Zarafshon». 2009- yil, 8-sentyabr.
21. Nabiev F.X. Demokratiya va oshkoralik sharti. //«Zarafshon». 2009 yil,
24 sentyabr.
22. Nabiev   F.X.   Jamoatchilik   va   parlament   nazorati   hamda   deputatlik
korpusi ishini takomillashtirish.// «Zarafshon». 2009 -yil, 12-dekabr.
23. Nabiev   F.X.Deputatlik   mavsumiy   ish   emas.   //«Adolat».   2010-   yil,   5   -
fevral.
24. Nabiev   F.X.   Yuksak   ma’naviyat   va   yetuk   siyosiy
madaniyat. //«Mahalla», 2010- yil, 29-- aprel.
25. Nabiev F.X. Demokratiya va tartib intizom qat’iy nazoratni talab qiladi.
//«Zarafshon». 2010- yil, 27 may.
26. Nabiev   F.X.   Demokratik   tamoyillar   mezoni   yoxud   siyosiy   partiyalar
dasturiy   hujjatlarida   jamoatchilik   nazorati   masalalari.   //«Zarafshon».   2010-   yil,   31
iyul.
27. Nabiev   F.X.   Siyosiy   partiyalar   o‘rtasidagi   kurash   nazorat   borasida
bo‘lish lozim. //«Adolat». 2010 -yil, 20- avgust.
28. Nabiev   F.X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo
kontrolya   v   programmnыx   dokumentax   politicheskix   partiy   Uzbekistana.
//Fuqarolik jamiyati. Toshkent. 2010 -y. 66-70 betlar.
29. Nabiev   F.X.   Farzandlarimizning   zamonaviy   turmush   tarzi,   uni
shakllantirishning   asosiy   yunalishlari.//   Inson   manfaatlari,   huquq   va   erkinliklari   –
fuqarolik   jamiyatining   oliy   qadriyati   hamda   demokratik   islohotlarning   asosiy
maqsadi.   Umumnazariy,   ijtimoiy-siyosiy,   huquqiy   maqolalar   to‘plami.-   Toshkent.
2014- yil .
30. Nabiev   F.X.   Taraqqiyotga   otilgan   tosh.   Samarqand   gazetasi.   13   -may
2015 -yil.
31. Nabiev F.X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016-yil.
32. Nabiev F.X. Ijtimoiy nazorat. Darslik. Samarqan. 2020 -yil.
                  Sharof   Rashidov   nomidagi   SamDU   Tarix     fakulteti     bitiruvchisi   Norqulov
Azizbekning   “Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   jamoatchilik   nazoratini
shakllanishi”     nomli   malakaviy   bitiruv   ishiga   ilmiy   rahbar   professor   F.X.Nabiev
tomonidan berilgan
Mulohaza
64   O‘zbekistonda   fuqarolik   jamiyatini   shakllanish   jarayoni   va     tanlagan
demokratik   taraqqiyot   yo‘li   ushbu     mavzuning   dolzarbligini   belgilab   beradi.
Mamlakatimizda   fuqarolik   jamiyati   nazorati     va   uning   tarkibiy   qismi   bo‘lgan
jamoatchilik   nazoratini   shakllantirish   jarayonini   rivojlantirish   masalasi   ushbu
muammoga   ilmiy   yondashish   zaruriyatini   keltirib   chiqaradi.   Mazkur   “Mustaqillik
yillarida   O‘zbekistonda   jamoatchilik   nazoratini   shakllanishi”   nomli   tadqiqot
yuqorida qayd qilingan zaruriyat talablaridan kelib chiqadigan muhim ilmiy-amaliy
ahamiyatga   ega   bo‘lgan   dolzarb   izlanish   hisoblanadi.   Mamlakatimizda   fuqarolik
jamiyatini   kuchli   qilishga   qaratilgan   “O‘zbekistonni   2017-2021   -yillarda   besh
ustuvor yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirish Harakatlar strategiyasi”   va uning birinchi
bosqichi   bo‘lgan     2017-   yilni   “Xalq   bilan   muloqot   va   inson   manfaatlari   yili”,
ikkinchi   bosqichi   bo‘lgan   “Faol   tadbirkorlik,   innovatsion   g‘oyalar   va
texnologiyalarni   qo‘llab-quvvatlash”   yili   deb   e’lon   qilinishi   ham   mazkur
tadqiqotning dolzarbligini belgilab beradi.
Malakaviy bitiruv ishi kirish, ikki bob, olti paragraf, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar   iborat bo‘lib siyosiy madaniyat, huquqiy madaniyat va axloqiy tarbiya
negizida ma’naviyatni yuksaltirish orqali fuqarolik jamiyati nazoratini va jumladan
jamoatchilik   nazoratini   kuchli   qilishga   qaratilgan.   Buning   uchun   tadqiqotchi
siyosiy-huquqiy   madaniyat   va   ma’naviyatni     fuqarolik   jamiyati   nazoratini       kuchli
qilishdagi   ahamiyatini   tahlil   qilishga   harakat   qilgan.   Fuqarolik   madaniyatini
yuksaltirish asosida   fuqarolik jamiyati nazoratini kuchli qilish masalasini        tahlili
muammoni aniqlash, tushunish va anglab olishdan boshlangan.    Fuqarolik jamiyati
nazorati   va   jamoatchilik   nazorati   demokratiyaga,   demokratik   siyosiy   tartibot
odamlardagi   siyosiy   hayotda   ishtirok   etish   ehtiyojiga,   bunday   ehtiyojning
shakllanishi   esa   fuqarolik   madaniyatiga     bog‘liqligi   asoslab   berilgan.   Tadqiqotchi
odamlarda   siyosiy   hayotda   ishtirok   etish   ehtiyojining   shakllanishi   ularning
ma’naviyatiga   va   uning   natijasida   shakllanadigan   siyosiy-huquqiy   madaniyatiga
bog‘liqligini ochib bergan. Ishda mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyati nazorati va
uning   tarkibiy   qismi   bo‘lgan   jamoatchilik   nazoratini   shakllanishi   jarayonida
fuqarolik madaniyatini  yuksalishiga ehtiyoj ortib borishi batafsil yoritilgan.  Buning
uchun   tadqiqotchi   mavzuga   doir   nashr   qilingan   ko‘plab   ilmiy   ishlarni   o‘rganib
ularni   yutuq   va   kamchiliklarini   ochib   berib   fuqarolik   madaniyatini   yuksaltirish   va
demokratiyani   kuchaytirish   orqali   fuqarolik   jamiyati   nazoratini   va   jamoatchilik
nazoratini  takomillashtirish borasida  taklif va tavsiyalar ishlab chiqgan.
Buning uchun bitiruvchi tadqiqotning kirish qismida mavzuning dolzarbligini
belgilab   bergan   va   unga   bo‘lgan   ehtiyojni   keltirib   chiqaradigan   sabablarni
aniqlagan. Tadqiqotchi izlanish ob’ekti va predmeti bo‘lgan jamoatchilik nazoratini
65 shakllanishi     masalasini         tahlil   qilish   maqsad   va   vazifalari   belgilab   bergan.   Shu
bilan   birgalikda   tadqiqot   natijalarini   amaliyotga   tadbiq   etishni   ilmiy-amaliy
ahamiyatini   ochib   bergan.  Diplomant       tadqiqotning  birinchi   bobida   ya’ni   “Kuchli
davlatdan-kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari”   tamoyili   fuqarolik   jamiyati
shakllanishining muhim sharti  nomli bobda Fuqarolik jamiyati   va uni shakllanishi
jarayonida       ma’naviyatga   ehtiyojni   ortib   borishi,   Fuqarolik   jamiyati   va   uni
nazoratini shakllantirishga qaratilgan siyosiy islohotlar mazmun mohiyati va Davlat
xizmatlari samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining o‘rni   masalalarini
tizimli   ravishda   tahlil   qilgan.   Malakaviy   bitiruv   ishining     Fuqarolik   jamiyatini
shakllanishida siyosiy-huquqiy madaniyatning o‘rni nomli ikkinchi bobda Fuqarolik
jamiyatini     va   demokratik     siyosiy   tartibotning     o‘zaro     bog‘liqligi,   Fuqarolik
jamiyatining   nazorat   funksiyasi     va   uni   amalga   oshirishda   siyosiy   –   huquqiy
madaniyatning   o‘rni   va   Korrupsiyaga   qarshi   kurashda   nazorat   tizimining   va   uning
tarkibiy   qismi   bo‘lgan   jamoatchilik   nazoratining   o‘rni   masalalari   tahlil   qilingan.
Tadqiqotning xulosa qismida jamoatchilik nazoratini kuchli fuqarolik madaniyatini
rolini   oshirish   borasida       taklif   va   tavsiyalar   ishlab   chiqilgan   bo‘lib   ular   fuqarolik
jamiyati   nazoratini       mustahkamlashga     qaratilgan.   O‘ylaymizki   ushbu   taklif   va
tavsiyalarni   amaliyotga   tadbiq   etish   fuqarolik   madaniyatini   yuksaltirish   asosida
jamoatchilik   nazoratini   va   umuman   fuqarolik   jamiyati   nazoratini     kuchli   qilishga
xizmat qiladi. 
Albatta   bir   tadqiqot   jarayonida   jamoatchilik   nazoratini   shakllanishi   va
unda   fukqarolik   madaniyatini   rolini     to‘liq   ko‘rsatib   berish   imkoni   yo‘q.   Shuning
uchun  tadqiqotni bakalavr darajasida yakunlangan ilmiy tadqiqot deb aytish   va uni
keyingi magistratura bosqichida davom ettirishni tavsiya etish mumkin.
Ilmiy     rahbar   Sharof   rashidov   nomidagi   SamDU   Tarix   fakulteti
“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori  F.X.Nabiev
Sharof   Rashidov   nomidagi   SamDU   Tarix     fakulteti     bitiruvchisi   Norqulov
Azizbekning   “Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   jamoatchilik   nazoratini
shakllanishi”  nomli malakaviy bitiruv ishiga 
66 Taqriz
O‘zbekistonda   fuqarolik   jamiyati   nazoratini   va   uning   tarkibiy   qismi   bo‘lgan
jamoatchilik nazoratini    shaklllantirish va kuchli  qilish jarayonini  takomillashtirish
davlat   siyosatining   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘lib   hisoblanadi.   Shuning   uchun
mamlakatimizda   kuchli   davlatdan   kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari   tamoyili   asosida
fuqarolik   jamiyati   institutlari   rivojlanib   bormoqda     va   demokratik   taraqqiyot   tizim
takomillashib   bomoqda.  Ayniqsa,     jamoatchilik  nazoratini   shakllanishida   fuqarolik
madaniyatining   o‘rni     masalasiga   ilmiy   yondashish   ehtiyoji   kelib   chiqadi.   Ushbu
“Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   jamoatchilik   nazoratini   shakllanishi”
nomli tadqiqot yuqorida qayd qilingan ehtiyoj talablaridan kelib chiqadigan muhim
ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb izlanish hisoblanadi. Mamlakatimizda
fuqarolik jamiyati   va  demokratiyaga     bo‘lgan   e’tibor,      va  2017 yilni  “Xalq  bilan
muloqot   va   inson   manfaatlari   yili”     deb   e’lon   qilinishi   ham   mazkur   tadqiqotning
dolzarbligini   yaqqol   ko‘rsatib   turibdi.   Chunki   xalq   bilan   muloqot   qilish
demokratiyaning muhim talabi bo‘lib hisoblanadi va ma’naviy yuksaklikka bog‘liq
bo‘ladi.
Malakaviy bitiruv ishi kirish, ikki bob, olti paragraf, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar     iborat   bo‘lib   mamlakatimizda   olib   borilayotgan   ma’naviy   va   ma’rifiy
islohotlarni   yanada   takomillashtirish   asosida     jamoatchilik   nazorati   va   umuman
fuqarolik   jamiyati   nazoratini   kuchli   qilish     masalalarini   tahlil   qilishga     qaratilgan.
Buning   uchun   tadqiqotchi       fuqarolik   jamiyatini   demokratik   siyosiy   tartibotga,
demokratik   siyosiy   tartibotni   esa     jamiyatning   siyosiy   –huquqiy   madaniyatiga,
siyosiy-huquqiy   madaniyat   esa   ma’naviyatga     bog‘liq   ekanligini   ko‘rsatishga
harakat   qilgan.   Fuqarolik   jamiyatining   kuchlilik   darajasi   ma’naviy   yuksaklik
darajasiga   bog‘liqligi   ochib   berilgan.   Tadqiqotchi   mavzuga   doir   nashr   qilingan
ko‘plab ilmiy ishlarni o‘rganib   fuqarolik madaniyatini yuksaltirish orqali fuqarolik
jamiyati   institutlarini   jumladan   jamoatchilik   naazoratini   kuchli   qilish   borasida
takliflar ishlab chiqgan.
Barcha   ilmiy   tadqiqotlarda   bo‘lgani   kabi   ushbu   ish   ham   ayrim
kamchiliklardan   xoli   emas.   Agar   tadqiqotchi     jamoatchilik   nazoratini
shakllantirishda fuqarolik madaniyatini  ahamiyatini  kengroq va   batafsilroq yoritib
berganda ishning ilmiy – amaliy ahamiyati  yanada oshgan bo‘lar edi. Lekin ushbu
kamchilik   ishning   umumiy   ahamiyatini   pasaytirmaydi   shuning   uchun   mlakaviy
bitiruv   ishi   Oliy   ta’lim   tizimi   talablariga   javob   beradi   va   ishni   ijobiy   baholash
mumkin deb hisoblayman.
Sharof rashidov nomidagi SamDU   “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, tarix
fanlari nomzodi  R.K.Yusupov  
67                    Sharof Rashidov  nomidagi SamDU Tarix   fakulteti   bitiruvchisi  Norqulov
Azizbekning   “Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   jamoatchilik   nazoratini
shakllanishi”  nomli malakaviy bitiruv ishiga 
Taqriz
                  Kuchli   davlatdan   kuchli   fuqarolik   jamiyatiga   o‘tib   borayotgan
mamlakatimizda   fuqarolik   jamiyati   va   demokratiya   masalalariga,     jumladan,
jamoatchilik   nazorati   masalariga   bag‘ishlangan   tadqiqot   o‘zining   dolzarbligi   bilan
ajralib   turadi.   Fuqarolik   jamiyati   nazoratini     va   uning   tarkibiy   qismi   bo‘lgan
jamoatchilik   nazoratini   shakllantirish   va   uni   kuchli   qilish   mavzui   uzoq   yillar
davomida   jamiyatshunos   olimlarning   e’tiboridan   chetda   qolib   kelgan   va   faqat
mustaqillik   sharofati   bilan   ilmiy   tadqiqot   ob’ekti   bo‘lib   qolgan   mavzulardan
hisoblanadi.   Sh o‘rolar   zamonida   fuqarolik   jamiyati   o‘zning   iqtisodiy,   siyosiy   va
mafkuraviy   asoslaridlan   mahrum   qilingan   edi   va   faqat   o‘sha   totalitar   tuzum
inqirozga   kira   boshlagan   vaqtlarda   fuqarolik   jamiyat i   va   demokratiya     to‘g‘risida
jumladan   jamoatchilik   nazorati   to‘g‘risida   gapira   boshlashdi.   Faqat   mustaqillik
yillarida tanlangan demokratik taraqqiyot yo‘li  va fuqarolik jamiyatini shakllantirish
jarayoni ushbu    jamoatchilik nazorati   masalalarni keng ilmiy tadqiq qilishga sharoit
yaratdi. 
O‘zbekistonda   mustaqillik   yillarida   jamoatchilik   nazoratini   shakllanishi   va
unda fuqarolik madaniyati muhim rol o‘ynashini ochib berish   tadqiqotning maqsadi
bo‘lib   hisoblanadi.   Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartib
barqarorligi   faqat   yuqoridan   amalga   oshiriladigan   davlat   nazorati   bilan   ta’minlab
bo‘lmasligini   va   buning   uchun   quyidan   amalga   oshiriladigan   fuqarolik   jamiyat i
nazorati   ya’ni   jamoatchilik   nazorati   ham   kerakligini   asoslab   berilgan.   Fuqarolik
jamiyati nazor a tini   va uning tarkibiy qismi bo‘lgan   jamoatchilik nazoratini   amalga
oshirishda   fuqarolik   madaniyati   muhim   ahamiyatga   ega   ekanligi   batafsil   ochib
berilgan.   Umuman   demokratiya   bo‘lishi   uchun   jamiyat   demokratiya   sharoitida
yashashga   qodir   bo‘lishi   kerak   buning     uchun   u   eng   avvalo   siyosiy-huquqiy
madaniyatga ega     bo‘lishi lozim. Shuning uchun    fuqarolik madaniyati tushunchasi
bilan   ifodalanadigan   siyosiy,   huquqiy   madaniyat   va   ma’naviy   yuksaklik   asosida
jamoatchilik nazoratini shakllantirish masalasini  o‘rganish     muhim ahamiyatga ega
bo‘lib tadqiqotni ahamiyatini yanada oshiradi.
  Agar   tadqiqotchi   f u qarolik   jamiyati   nazoratini,   jumladan   jamoatchilik
nazoratini     kuchli   qilishga   xizmat   qiladigan   demokratlashtirish   jarayonini   yanada
takomillashtirishda   ma’naviyatga   bo‘lgan   ehtiyojini   shakllantirish   masalasini
kengroq tahlil qilganda edi  ishning ahamiyati yanada oshgan bo‘lar edi. Lekin ushbu
kamchilik bitiruv ishini ilmiy amaliy ahamiyatini hech ham pasaytirmaydi. Shuning
68 uchun   ushbu   ilmiy   tadqiqotni   bqori   baholab   uni   bakalavr   darajasidagi   malakaviy
bitiruv ishi sifatida himoyaga tavsiya etaman.
Toshkent   davlat   iqtisodiyot   universiteti   Samarqand   filiali   Ijtimoiy   fanlar
kafedrasi mudiri t.f.n. dotsent O‘ktam Xudoyqulov
69

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllan t i ri sh Kirish 1-bob. “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim sharti 1.Fuqarolik jamiyati va uni shakllanishi jarayonida ma’naviyatga ehtiyojni ortib borishi. 2.Fuqarolik jamiyati va uni nazoratini shakllantirishga qaratilgan siyosiy islohotlar mazmun mohiyati. 3.Davlat xizmatlari samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining o‘rni 2 –bob.Fuqarolik jamiyatini shakllanishida siyosiy-huquqiy madaniyatning o‘rni. 1.Fuqarolik jamiyatini va demokratik siyosiy tartibotning o‘zaro bog‘liqligi. 2.Fuqarolik jamiyatining nazorat funksiyasi va uni amalga oshirishda siyosiy – huquqiy madaniyatning o‘rni. 3.Korrupsiyaga qarshi kurashda nazorat tizimining va jamoatchilik nazoratining o‘rni Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mazkur tadqiqotning ob’ekti bo‘lgan mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllanishi mavzusi zamonamiz mohiyati bo‘lgan “Kuchli 1

davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilidan kelib chiqadi va bu o‘z navbatida mavzuni dolzarbligini belgilab beradi. Jahon hamjamiyati ijtimoiy tartibni barqarorligini o‘rnatishning eng maqbul yo‘li sifatida demokratik siyosiy tartibotni e’tirof etishmoqda. Xuddi shunday suveren O‘zbekiston mamlakati ham dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan hamnafas bo‘lgan holda demokratik taraqqiyot yo‘lini tanladi va bu yo‘ldan og‘ishmay rivojlanib bormoqda. Mamlakatimiz yuqorida qayd qilingan “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida dunyoda o‘zini munosib o‘rniga ega bo‘lmoqda. O‘zbekiston erishgan yutuqlar asosida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyildan tashkil topgan “o‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot strategiyasi va bugungi kunda O‘Zbekiston taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘targan muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan “2017-2021-yillarda O‘zbekistonni besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirishning Harakatlar strategyasi” yotibdi. O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekistonni 2017-2021-yillarda besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirish Harakatlar strategiyasi” tanlangan demokratik taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmay dadil qadamlar bilan rivojlanib borishga undaydigan strategiya bo‘lib hisoblanadi. Chunki uning birinchi ustuvor yo‘nalishida “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish” 1 masalalari alohida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab berilgan. Umuman Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni davom ettirib fuqarolik jamiyatini kuchli qilishga asosida xalqimiz hayotini baxtli qilishga qaratilganligi bilan ajralib turadi va bu baxtli hayot inson zotining azaliy orzusi bo‘lib hisoblanadi Shuning uchun biz ushbu Harakatlar strategiyasi talablaridan kelib chiqib Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllanishi mavzuida ilmiy izlanish olib birishni maqsad qilib qo‘ydik. Chunki bugungi kunda fuqarolik jamiyati nazoratini kuchli qilishda muammolar mavjud bo‘lib ular ma’naviyatning sayyozligi oqibatida kelib chiqayotgan siyosiy-huquqiy madaniyatning demokratiya talablari darajasidan ozroq orqada qolayotganligi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. O‘zbekistonning mustaqillik davrida siyosiy sohada erishgan yutuqlari asosan demokratiyani siyosiy va huquqiy asoslarni shakllantirish bilan xarakterlanadi. 1 Mirziyoev Sh.M. O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirish Harakatlar strategiyasi. Toshkent 2017 -yil 2-bet 2

Endigi asosiy vazifa ana shu asoslarga tayangan holda demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lgan avlodni tarbiyalashdan iborat. Bu esa faqat evolyusion tarzda amalga oshiriladigan ta’lim va tarbiya jarayonlarida bilim va ma’naviyatning uyg‘unligini ta’minlash bilan bog‘liq, chunki insonning dunyoqarshini o‘zgartirish ma’lum bir vaqtni talab qiladigan jarayondir. Mavzuning dolzarbligi . Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllanishi mavzusiga doir tadqiqotning dolzarbligi jamiyat taraqqiyotining muxim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi fuqarolik jamiyati nazorat i faoliyatiga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy tartib nafaqat jamiyat taraqqiyotining, balkim jamiyat mavjud bo‘lishining ham muhim sharti ekanligi nazorat faoliyati masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotning dolzarbligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li ham mavzuning dolzarbligini ko‘rsatib turibdi, chunki demokratiya faqat hokimiyat xalq tomonidan shakllantirilishigina emas, balki nazorat qilinishini ham bildiradi. Zamonamiz mohiyati bo‘lgan “ Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili mavzuning dolzarbligini ko‘rsatib turibdi. Chunki ushbu tamoyildan maqsad fuqarolik jamiyatini kuchli qilish va uning nazoratini ya’ni jamoatchilik nazoratini takomillashtirishdan iboratdir. Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibning o‘rnatilishini faqat yuqoridan amalga oshiriladigan davlat nazorati bilan to‘liq ta’minlab bo‘lmaydi, buning uchun quyidan amalga oshiriladigan jamiyat nazorati h am kerak bo‘ladi. Davlat va jamiyat nazoratidan iborat b o‘ lgan nazorat tizimini ijtimoiy nazorat degan tushuncha bilan ifodalash mumkin va bunda fuqarolik jamiyati nazorati ushbu nazorat tizimining tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi . Shuning uchun Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllanishi mavzus i bugunning eng dolzarb m uammo si deb aytishimiz mumkin. Tadqiqot ob’ekti . Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllanishi muammosi mazkur tadqiqotning ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatish jamoatchilik nazoratiga, jamoatchilik nazorati esa fuqarolik jamiyati ga, fuqarolik jamiyati esa demokratiyaga, demokratiya esa ma’naviyatga bog‘liq. Demokratiya va fuqarolik jamiyati tushunchalari bir biriga bog‘liq bo‘lgan nazorat tizimini tashkil 3

qiladi. Shuning uchun nazorat tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan jamoatchilik nazorati tadqiqotning ob’ekti deb aytish mumkin. Tadqiqot predmeti. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllanishi muammosini tarixiylik tamoyili asosida o‘rganish va tahlil qilish tadqiqotning predmeti bo‘lib hisoblanadi. Insoniyat jamiyatida nazorat faoliyatining o‘rnini o‘rganish va nazoratning maqsadi bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatilishi fuqarolik jamiyati nazoratiga bog‘liqligini , fuqarolik jamiyatini demokratiyaga bog‘liqligi hamda ma’naviyatni o‘rnini ochib berish masalalarini tahlil qilishni taqozo etadi. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllanishi mavzusi uzoq yillar davomida jamiyatshunos olimlarning e’tiboridan chetda qolib kelgan va faqat mustaqillik sharofati bilan ilmiy tadqiqot ob’ekti bo‘lib qolgan mavzulardan hisoblanadi. Chunki sho‘rolar zamonida fuqarolik jamiyati o‘zining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy asoslaridan mahrum qilingan edi va faqat o‘sha totalitar tuzum inqirozga kira boshlagan vaqtlarda fuqarolik jamiyat i va demokratiya hamda jamoatchilik nazorati to‘g‘risida gapira boshlashdi. Lekin , o‘sha tuzumga xos bo‘lgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi fuqarolik jamiyati nazorati va demokratiya muammosini chuqur ilmiy tadqiq qilishga yo‘l qo‘ymaydi va umuman ularda ilmiy tadqiqotlarni natijasini amaliyotga tadbiq qilish tajribasi ham yetarli emas edi. Sh o‘rolar mamlakatini barbod bo‘lishiga olib kelgan sabablar ichida ilm fan yutuqlarini, jumladan , fuqarolik jamiyati nazorat faoliyatiga doir ilmiy tavsiyalarni amaliyotga tadbiq qilish to‘liq ta’minlanmaganligi ham bor. Faqat mustaqillik yillarida tanlangan demokratik taraqqiyot yo‘li va fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalarini keng ilmiy tadqiq qilishga sharoit yaratdi. Zamonamiz mohiyati bo‘lgan «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili fuqarolik jamiyati shakllanishi va kuchli qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni ilmiy tadqiq qilishni boshlab berdi. Shuning uchun mazkur mavzu faqat mutaqillik yillarida boshlangan tadqiqot mavzusi deb aytish mumkin. Yanada aniqroq aytganda fuqarolik jamiyatini kuchli qilish muammosini o‘rganish asosan 4

2010-yil 12-noyabrda O‘ zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish» konsepsiyasi bayon qilinishidan keyin yanada kuchaydi. Hozircha ushbu mavzu doirasida sanoqli ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib ularni ichida SamDU professori F.X.Nabiev tomonidan 201 6 -yilda nashr qilingan «Ijtimoiy nazorat» nomli monografiya demokratik siyosiy tartibot asosida fuqarolik jamiyatini shakllantirish va nazorat faoliyatini tadqiq qilish jarayonida salmoqli xissa bo‘lib hisoblanadi. Maqsad va vazifasi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllanishi va uni ahamiyatini ochib berish tadqiqotning maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Jamoatchilik nazoratidan tashkil topgan fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun faq a t siyosiy-huquqiy bilim yetarli emas buning uchun ma’naviyat negizida shakllanadigan befarqlikni jilovlab yashash kerakligini asoslab berish tadqiqotning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bundan tashqari jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan i jtimoiy tartib barqarorligi faqat yuqoridan amalga oshiriladigan davlat nazorati bilan ta’minlab bo‘lmasligini va buning uchun quyidan amalga oshiriladigan jamiyat nazorati ham kerakligini asoslab berish ham tadqiqiotning vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi . Jamiyat nazoratini amalga oshirilishi fuqarolik jamiyatini kuchliligiga, uning kuchliligi esa, demokratik siyosiy tartibotga, demokratik siyosiy tartibot esa fuqarolik madaniyatiga, fuqarolik madaniyati siyosiy-huquqiy madaniyatga, fuqarolik pozitsiyasiga, bularning barchasi esa ma’naviyatga bog‘liq ekanligini ochib berish tadqiqotning maqsadidan kelib chiqadigan muhim vazifalar sirasiga kiradi. Mavzuning yangiligi. F uqarolik jamiyati , demokratiya, jamoatchilik nazorati va ijtimoiy nazorat tushunchalari zamonamiz mohiyati bo‘lgan «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili talablaridan kelib chiqayotgan yangi tushuncha bo‘lib hisoblanadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini shakllanishi masalasini o‘rganish bugungi kunga qadar jamiyatshunos olimlar tomonidan ye tarlicha o‘rganilmagan yangi mavzu bo‘lib 5