logo

Mustaqillik yillarida davlat mulklarini xususiylashtirish

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

258.5 KB
Mustaqillik yillarida davlat mulklarini xususiylashtirish
M U N D A R I J A:
KIRISh ..................................................................................................................... 3
I   BOB.   MUSTAQILLIK   YILLARI   IQTISODIYOTIDA   MULKCHILIK
MUNOSABATLARI HUQUQIY ASOSLARINING YARATILISHI
1.1  O‘zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari
1.2.  O‘zbekistonda mulkchilik tizimi shakllanishining bosqichlari va xususiyatlari
II   BOB .   XUSUSIYLASHTIRISH   JARAYONINING   MAMLAKAT
IQTISODIY HAYOTIDA TUTGAN O’RNI
2.1.  Davlat mulkini xususiylashtirish tamoyillari va zaruriyati
2.2 .   Xususiylashtirishning  huquqiy negizlari
III BOB.   YANGI   O‘ZBEKISTONDA   XUSUSIYLASHTIRISHNING
YANGI BOSQICHI
3.1. Xususiylashtirishning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati
3.2.   2017-2023   yillarda   davlat   iqtisodiy   rivojlanish   dasturlari   va   unda
xususiylashtirish natijalari
XULOSA ....................................................................................................................
FOYDALANILGAN   MANBALAR   VA   ADABIYOTLAR
RO‘YXATI ..................................................................................................................
ILOVALAR .........................................................................................................
1 KIRISH
Magistrlik   dissertatsiyasining   asoslanishi   va   uning   dolzarbligi.
Mustaqillik   yillarida   mamlakatimizda   amalga   oshirilgan   iqtisodiy   islohotlar
bugungi kunda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida
mulkchilik munosabatlari  takomillashtirilishi, chuqur tarkibiy o‘zgarishlar  amalga
oshirilishi,   qulay   investitsiya   muhitini   shakllantirish,   kichik   biznes   va   xususiy
tadbirkorlik   rivojlantirilishi,   ishlab   chiqarishni   yangi   texnika   va   texnologiyalar
asosida   qayta   jihozlash   aholi   daromadlari   o‘sishini   ta’minlash   hamda   boshqa
ko‘plab   sohalarda   bunyodkorlik   ishlari   amalga   oshirilishi   natijasida   mustaqillik
yillari mobaynida sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritildi.  
Bugungi   globallashuv sharoitida jahon mamlakatlari xo‘jalik tizimida milliy
iqtisodiyotga   xorijiy   sarmoyalarni   kiritish   va   shu   asosda   rivojlanish   istiqbollarini
belgilash   zamonaviy   bozor   munosabatlari   shakllanishining   ajralmas   muhim
jihatlaridan   sanaladi.   Bir   tomondan,   u   mamlakat   iqtisodiy   taraqqiyotini
takomillashtirishda   innovatsion   qarorlarni   qabul   qilish,   ishlab   chiqarishni
modernizatsiya   va   diversifikatsiya   qilish,   texnik   va   texnologik   jihatdan   qayta
qurollantirish   dasturlarini   amalga   oshirishga   ko‘maklashadi.   Boshqa   jihati,
mamlakat iqtisodiyoti bozor   munosabatlariga asoslangan davlatlarda kichik biznes
va xususiy  mulkchilik ning shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi
Zamonaviy   globallashuv   tizimlarida   xorijiy   investitsiyalar   va   ularning
mamlakat   iqtisodiyotidagi   o‘rni   masalasida   ilmiy   izlanishlar   olib   borilmoqda.
Mazkur   tadqiqotlarda   jahonning   yetakchi   hamda   rivojlanayotgan   davlatlarida
iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq islohotlar va ularning
natijalariga,   shuningdek,   xususiylashtirish   masalalariga   alohida   e’tibor
qaratilmoqda. Mazkur masalaning dolzarbligi uning mamlakatda sodir bo‘layotgan
ijtimoiy-iqtisodiy   o‘zgarishlardagi   ishtiroki   hamda   istiqbolini   belgilab   berishdagi
ahamiyati bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan xorijiy investitsiyaga asoslangan
kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikning   tarixiy   roli   va   o‘rnini   aniqlash,
2 shuningdek   mazkur   sohaning   keyingi   rivojiga   xizmat   qiluvchi   nazariy   hamda
amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi.
Yangi   O‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan   iqtisodiy   islohotlarning   asosiy
negizini mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtirish tashkil etadi.
Respublikada   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirishga
yondashuvning   muhim   xususiyati   –   uni   dasturlar   asosida   bosqichmabosqich
amalga   oshirishdan   iboratligi   hisoblanadi .   Mamlakatimizda   izchil   davom
yetayotgan   islohotlarda   xususiy   mulk   institutini   huquqiy   jihatdan   mustahkamlash
bilan   birga   davlat   mulkini   boshqarishning   aniq   yo’naltirilgan   huquqiy   asosini
yaratish ham muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022   yil   28   yanvardagi   PF-60   son
“2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning
mamlakat   iqtisodiy   taraqqiyotiga   bag‘ishlangan   ustuvor   yo‘nalishi   va   uning
maqsadlarida   m amlakatimizda   kapital   harakatini   bosqichma-bosqich
erkinlashtirish   hamda   yirik   korxonalarni   va   ulardagi   ulushlarni   (aksiyalarni),   shu
jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish  jarayoni yangi bosqichga ko‘tarildi 1
.
Tadqiqot   obyekti   va   predmeti.   Mustaqillik   yillarida   davlat   mulkini
xususiylashtirish   jarayonlari   va   uning   natijalari   tadqiqot   obyekti   sifatida   belgilab
olingan. 
Xususiylashtirish   jarayonining   iqtisodiyotdagi   real   holati   va   uning
ahamiyatini ochib berish  tadqiqotning predmetini tashkil etadi. 
Tadqiqotning   maqsad   va   vazifalari.   Tadqiqotdan   ko‘zlangan   asosiy
maqsad   maxsus   adabiyotlar   va   ilmiy   asarlar   asosida   mustaqillik   yillarida
O‘zbekistonda   davlat   mulklarini   xususiylashtirish   sohasiga   amalga   oshirilgan
islohotlarning   tarixiy   rolini   ochib   berishdan   iborat.   Mazkur   maqsadni   amalga
oshirishda quyidagilar asosiy vazifa sifatida belgilab olingan: 
 -  O‘zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslarini ko‘rib
chiqish:
1
  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022   yil   28   yanvardagi   PF-60   son   “2022-2026-yillarga   mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”  farmoni
3  - O‘zbekistonda mulkchilik tizimi shakllanishining bosqichlari va xususiyatlarini 
tahlil qilish:
- Davlat mulkini xususiylashtirish tamoyillari va zaruriyatini asoslash,
-  Xususiylashtirishning  huquqiy negizlari ko‘rsatib berish, 
- Xususiylashtirishning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish, 
-   2017-2023   yillarda   davlat   iqtisodiy   rivojlanish   dasturlari   va   unda
xususiylashtirish natijalarini tahlil qilish
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi
quyidagilarda aks etadi:
-   mustaqillik   yillarida   mustaqil   O‘zbekistonda   sharoitida   davlat   mulkini
xususiylashtirishning   tarixiy   shart-sharoitlaari   va   uning   mahalliy   xususiyatlari
ilmiy adabiyotlar  tahlili asosida ko‘rib chiqilgan:
- O‘zbekiston sharoitida xususiylashtirishning asosiy bosqichlari va uning natijalari
mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi holati tahlil qilingan:
- davlat mulkini xususiylashtirishning negizlari va tamoyillarining ishlab chiqilishi
hamda uning amalga oshrilishidagi asosiy bosqich va mezonlar ko‘rib chiqilggan:
-   2017-2022   yillarda   amalga   oshirilgan   islohotlarning   xususiylashtirish
jarayonlariga ta’siri va uning natijadorligi qiyosiy tarixiy tahlil qilingan.
Tadqiqot   mavzusi   bo‘yicha   adabiyotlar   sharhi   (tahlili):   Mazkur   mavzu
yuzasidan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan iqtisodchi olimlar, tarixchi va
sotsiologlaar tomonidan bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganligini e’tirof
etish   o‘rinliddir.   Jahonning   qator   davlatlari   bilan   O‘zbekiston   Respublikasining
tashqi   siyosiy,   savdo-iqtisodiy   hamda   sarmoyaviy   sohalardagi   hamkorligi,
shuningdek, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi
masalalari   faol   ilmiy   izlanish   olib   borayotgan   tarixchi,   siyosatshunos,   iqtisodiyot
va   huquq   fani   olimlari   tadqiqot   ob’ekti   sanaladi.   Shu   bilan   birga   jahon
mamlakatlarining iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o‘zaro aloqadorligi masalasi
ko‘plab xorijiy olimlar diqqat markazidan o‘rin olgan.
4 Iqtisodiyot   yo‘nalishida   tadqiqot   olib   borgan   olimlar   qatoriga   N.N.Sodiqov,
N.Sirojiddinov,   N.Yusupova,   O.Mirzabekova,   E.Maxmudov,   U.Inoyatov,
S.Chepel, O.Aripov kabi mualliflar asarlarini kiritish mumkin 1
.
Huquqiy   bilimlar   borasida   N.Xolbekov,   B.Samarxo‘jaev,   D.Qoraxo‘jaeva,
Z.Qudratov va boshqalarning ilmiy izlanishlari alohida qiziqish uyg‘otadi 2
.
Mazkur   ilmiy   izlanishlarda   xususiylashtirishning   shakllanishi   va   rivojlanishi
masalalari   tadqiq   etilgan.   Mustaqillikka   erishgandan   keyingi   davrdagi
O‘zbekistonning  iqtisodiy salohiyati  tahlil  qilingan. O‘zbekiston sharoitida kichik
biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   shakllanishi   va   rivojlanishining   huquqiy   asoslari
yoritib berilgan.
Mamlakatimizda   bozor   iqtisodiyoti   munosabatlarini   shakllantirish   va
rivojlantirishga   e’tibor   kuchaytirilgan   hozirgi   paytda   xalqimizning   o‘tmishda
bozorga   bo‘lgan     munosabatlari,   jahonning   ilg‘or   tajribalari,     milliy   an’analar   va
udumlar   asosida   mamlakatimizning   ijtimoiy-iqtisodiyot   hayotida   xo‘jalik
yuritishning   turli   tashkiliy,   huquqiy   asoslari     yaratilmoqda.   Hozirgi   paytda
hayotimizga   ko‘p   tarmoqli   xo‘jalik   yuritish   tizimlari,   mulkka   munosabatdagi
o‘zgarishlar  kirib  kela  boshladi.   Bugungi   kunda  hunarmandchilik,  tadbirkorlik  va
savdo-sotiq bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekistonda tadbirkorlik, mulkni davlat
tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish,   mulkiy   o‘zgarishlarning   ko‘rinishi
tahlil   qilingan   asarlar   yuzaga   keldi.   Bugungi   kunda   tadqiq   etilayotgan   mavzuga
1
  Садыков   Н.Н.   Узбекистан   и   международные   экономические   организации   //   Мировая   экономика   и
международные   отношения,   1996,   №7;   Сиражиддинов   Н.   Иностранные   инвестиции   в   экономике
Узбекистана   //   Экономическое   обозрение,   1998,   №3;   Юсупова   Н.,   Мирзабекова   О.   Проблемы
инвестиционной активности в независимом Узбекистане // Общество и экономика, 1998, №3; Чепель С. Рост
за  годы  независимости:   факторы,   проблемы   и  перспективы   //  Материал  опубликован   на  сайте:   http://www .
review.uz;   Махмудов   Э.А.   Прямые   иностранные   инвестиции   в   экономику   Узбекистана:   достижения,
проблемы   и   перспективы.   –   Ташкент:   2007;   Иноятов   У.У.   Механизм   развития   предпринимательских
структур   в   условиях   модернизации   экономических   реформ   Узбекистана   //   Бюллетень   науки   и   практики   -
Bulletin of Science and Practice, 2017, №12. и др.
2
  Холбеков   Н.   Иностранные   инвестиции:   правовое   формирование   //   Рынок,   деньги   и   кредит,   1999,   №10;
Самарходжаев   Б.   Инвестиции   в   Республике   Узбекистан   (международно-частноправовой   аспект).   Ташкент:
Академия, 2003; Караходжаева Д. Совершенствуются правовые основы // Учитель Узбекистана, 18 февраля
2011   г.,   №7   (2142);   Кудратов   З.Г.,   Султанов   З.Т.   Особенности   государственной   поддержки   и   развития
малого   бизнеса   в   Узбекистане   //   Молодой   ученый,   2013,   №4;   Курбанова   Д.М.   Состояние   нормативно-
правовой   базы   и   ее   влияние   на   развитие   малого   бизнеса   в   Республике   Узбекистан   //   Вестник   Томского
государственного университета, Серия: Экономика, 2016, №2 (34).
5 doir keng ko‘lamdagi tarixiy,siyosiy, iqtisodiy hamda huquqiy sohalarga oid ko‘p
sonli ilmiy tadqiqot ishlari to‘plandi 1
.
Yaqin o‘tmishda faoliyat ko‘rsatgan tadbirkorlar, hunarmandlar va savdo-sotiq
tarmoqlarining   tajribalarini   o‘rganish   muhim   ahamiyatga   egadir.Ish   iqtisodiy
islohotlar davrida ishlab chiqilgan xususiylashtirish bilan bog‘liq qonun-qoidalarni,
mazkur   soha   bilan   bog‘liq   davlat   huquqiy   hujjatlarini   tahlil   qilgan   holda
xususiylashtirish   sohasida   to‘plangan   tajribalar   qator   xorijiy   adabiyotlarda   ham
tahlil   qilingan.   Tadqiq   etilayotgan   muammo   doirasida   A.Akimov,   O.Reznikova,
M.Laumulin, T.Kireev, T.Fink, L.Semina va boshqa iqtisodchilarning tadqiqotlari
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Bu   kabi   ilmiy   tadqiqot   ishlarida   mualliflar   iqtisodiy
integratsiyalashuv   sharoitida   jahon   hamjamiyatiga   a’zo   davlatlarda   kichik   biznes
va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratadilar 2
.
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi:   Tadqiqot   davomida
ijtimoiy   voqelikni   bilish   va   o‘rganishning   qiyosiy   tahlil,   uning   ilmiylik,   xolislik,
tarixiylik   rivojlanish   tamoyillariga   tayanildi.   Shu   bilan   birga   asosiy   e’tibor   yuz
bergan voqealarning o‘zaro dialektik aloqadorligiga qaratildi. Tadqiqot jarayonida
1
  Халлиев   А.Г.   Экономические,   научно-технические   и   культурные   связи   независимого   Узбекистана   с
Великобританией   и   США:   Автореф.   дисс.   ...   канд.   ист.   наук.   –   Ташкент,   1998;   Зиямов   Н.Ш.   Роль
Узбекистана   в   развитии   межгосударственного,   экономического   и   культурного   сотрудничества   стран
Центральной   Азии   (1991–2001   гг.):   Автореф.   дисс.   ...   канд.   ист.   наук.   –   Ташкент,   2002;   Шарапова   С.Ш.
Многостороння   дипломатия.   Узбекистан:   участие   в   универсальных,   региональных   и   субрегиональных
организациях,   межгосударственных   объединениях:   Автореф.   дисс.   ...   д-ра   полит.   наук.   –   Ташкент,   2006;
Сайфуллаев   Д.Б.   Формирование   и   развитие   дипломатии   Узбекистана   в   период   независимости:   Автореф.
дис   ...   д-ра   филос.   (PhD)   по   ист.   наукам.   –   Ташкент,   2017.;   Каримов   Н.Г.   Иностранные   инвестиции   в
экономику   Республики   Узбе-кистан   и   их   финансовое   обеспечение.   Автореф.   дисс.   ...   канд.   экон.   наук.   –
Ташкент, 1998; Томас Марк. Инвестиционная политика и углубление международных экономических связей
Республики Узбекистан (на примере узбекско-германских отношений). Автореф. дисс. ... канд. экон. наук. –
Ташкент,   2000;   Файзуллаев   Дж.А.   Современные   тенденции   привлечения   и   использования   иностранных
инвестиций в Республике Узбекистан. Дисс. канд. экон. наук. – М.: РГБ, 2003.
2
  Акимов   А.   Россия   и   Центральная   Азия:   перспективы   экономической   интеграции   //   Восток,   1994,   №4;
Жуков С.В., Резникова О.Б. Центральная Азия в социально-экономических структурах современного мира.
Научные   доклады,   №134.   М:   Московский   общественный   научный   фонд,   2001;   Морозов   В.А.   Зарубежный
пыт   поддержки  малого  предпринимательства  //  Российское  предпринимательство,  2002, №8;   Лаумулин   М.
Центральная   Азия   в   зарубежной   политологии   и   мировой   геополитике.   Т.   I.   –   Алматы:   2005;   Киреев   Т.Д.
Внешня   политика   Турецкой   Республики   на   современном   этапе.   М.:   2009;   Семина   Л.А.   Инвестиционная
привлекательность:   теоретический   аспект   //   Вестник   Челябинского   государственного   университета,   2010,
№14   (195),   Серия:   Экономика,   Вып.   27;   Майоров   А.А.   Мировой   опыт   финансирования   инновационного
малого   бизнеса   //   Известия   Оренбургского   аграрного   университета.   Серия:   Экономика   и   экономические
науки, 2011; Финк Т.А. Малый и средний бизнес: зарубежный опыт развития // Молодой ученый, 2012, №4
ва б.
6 mavzuga   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlar,   davlatimizning   ta’lim   sohasida
amalga   oshrayotgan   siyosatining   asosiy   ustuvor   yo‘nalishlaridan   kelib   chiqqan
holda   yondashildi.   Tarixiy   voqelikka   baho   berishning   uch   meyoriy   o‘lchovi:
o‘tmish,   bugun   va   istiqbol   tamoyillari   o‘rtasidagi   bog‘liqlik   prinsiplariga   amal
qilindi.
Tadqiqotning   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati:   Magistrlik
dissertatsiyada  O‘zbekistonning mustaqillik  davri  tarixini  tadqiq etishda va  o‘quv
jarayonida foydalanish mumkin bo‘ladigan kichik va xususiy tadbirkorlik sohasiga
jalb   etilgan   xorijiy   sarmoyalarning   roli   va   ahamiyati   tarixiy   va   nazariy   jihatdan
asoslab berilgan nazariy-metodologik yondashuvlar ishlab chiqilgan. 
O‘zbekiston   iqtisodiyotida   xususiylashtirish   tarixiga   oid   uslubiy
yondashuvlar   va   nazariy   xulosalarni   mukammallashtiradi   hamda   globallashuv
sharoitida   aholi   bandligining   davlat   ichki   xavfsizligi   va   iqtisodiy   barqarorligi
uchun muhim jihat ekanligi asoslab berilgan.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi:   Magistrlik dissertasiya ishi kirish,
uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilova qismlaridan iborat. 
7 I   BOB.   MUSTAQILLIK   YILLARI   IQTISODIYOTIDA   MULKCHILIK
MUNOSABATLARI HUQUQIY ASOSLARINING YARATILISHI
1.1  O‘zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari
Har  qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi  mulkchilikdan boshlanadi. Hamisha
avlodlar   mehnati   yaratgan   va   tabiat   in’om   etgan   boyliklar   mulk   bo’lib   kelgan.
Mulk   egasi   bo’lish   yoki   bo’lmaslikka   qarab,   kishilarning   jamiyatdagi   mavqei,
aniqrog’i   ularning   sotsial   maqomi   yuzaga   keladi.   Mulkiy   munosabatlarga
asoslanmagan iqtisodiyot bo’lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish resurslari bironta
mulk bo’lib harakatga keladi.
Mulk   egasi,   ya’ni   mulkdor   mulkiy   munosabatlarning   faol   tomoni   bo’lib,
mulkni   egallash   uchun   xuquq   va   imkoniyatlarga   ega   bo’ladi.   Mulk   ob’ekti
tabiatdagi   narsalar,   energiya,   aqliy   qobiliyat,   buyumlar   subyektiga   to’la   yoki
qisman   tegishli   bo’lib,   mulkiy   munosabatlarning   passiv   tomoni   xisoblanadi.
Mulkiy munosabat, mulkning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatini qamrab oladi, ya’ni
mulkiy   ob’ektning   sub’ektiv   munosabatlarini   ifodalaydi.   Bu   munosabatlar
iqtisodiy   mazmunga   ega   bo’lib,   mulkdorlar   o’rtasida   mahsulotlar,   daromadlar,
boyliklar taqsimlanishini belgilab turadi 1
.
Jamiyat   rivojining   hozirgi   bosqichida   mulkchilikning   xar   xil   turlari   mavjud.
Shuning   uchun   ham   hozirda   bozor   iqtisodiyotini   ko’p   ukladli   iqtisodiyot   deb
atashadi.   Bugungi   kunda   mulkchilik   davlat   mulkidan   tashqari,   ishlab   chiqarish,
xizmat   ko’rsatish   va   matbuot   sohalaridagi   jamoa   mulkining   xilma-xil   turlarini,
ijtimoiy   tashkilotlar   mulkini,   mehnatkashlarning   uy   xo’jaligi   hamda   shaxslarning
yakka   tartibdagi   mehnat   faoliyati   bilan   bog’liq   bo’lgan   shaxsiy   mulkni,   tashqi
iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk, xususiy mulk va boshqa shakllarni
o’z ichiga oladi. 
Davlat  mulkini xususiylashtirish   davlatning o‘z ixtiyoridagi ishlab chiqarish.
vositalari,   mol- mulk   obyektlarini,   korxonalar,   uy-joy,   transport   vositalari,   tabiat
resurslari   va   boshqalarni   davlat   tasarrufidan   chiqarishi   va   fuqarolar,   jamoalar,
1
 Зиядуллаев С. Экономичекие реформы в Узбекистане в действии. Т., 1994. С.10.
8 shuningdek,   davlatga   tegishli   bo‘lmagan   yuridik   shaxslarga   berishi   yoki   sotishi;
davlat mulki  asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qo‘shma, aralash, korporativ)
mulk shakllarini vujudga keltirish. Davlat mulkini xususiylashtirish davlat mulkini
kelgusida   shu   mulk   negizida   xo‘jali k   faoliyati   yurituvchi   va   uning   natijalari
bo‘yicha to‘liq mulkiy mas’uliyatni zimmasiga oluvchi iqtisodiy subyektlarga turli
shartlarda berish yoki sotish orqali amalga oshiriladi va mulk egasini o‘zgartirishni
nazarda   tutadi.   Davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   mulkni   bepul
berish,   korxonani   imtiyozli   shartlarda   sotish,   aksiyalarni   sotish,   korxonalarni
ijaraga berish, mayda korxonalarni kim-oshdi savdosida sotish va b oshqa  usullarda
amalga oshiriladi. Tarixan Davlat mulkini xususiylashtirishning o‘z tabiatiga  ko‘ra
tamomila farq qiladigan  bir   qator   ko ‘ rinishlari   shakllandi 1
. 
Mulchilik   o’zlashtirish   borasidagi   munosabat   bo’lar   ekan,   u   egalik   qilish,
foydalanish   va   tasarruf   etishning   yaxlitligini   taqozo   etadi.   Mana   shu   uch   jihat
mulchilikning ajralmas unsurlaridir.
Egalik qilish — mulkdorlik huduqini    mulk egasi qo’lida saqlanib turishidir.
Egalik   sharoitida   mulk   bo’lgan   boylik   qisman   o’zlashtirilada.   Mulkka   egalik
saqlangan   holda,   uni   amalda   ishlatish   o’zga   qo’lida   bo’ladi.   Buning   oqibatida
mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni
amalda   ishlatuvchi   o’zlashtiradi.   Masalan,   bino   ijaraga   berilganda   egalik   qilish
mulkdor   qo’lida   qoladi   va   u   mulkdan   kelgan   nafning   faqat   bir   qismini   ijara   haki
shaklida   o’zlashtiradi,   Boshqa   qismni   esa   ijarachi   o’zlashtiradi.   Xullas,   egalik
qilish qisman, cheklangan o’zlashtirishni bildiradi.
Foydalanish,   ishlatish   —   mulk   bo’lgan   boylikni   iqtisodiy   faoliyatda  qo’llab,
xo’jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Foydalanish yuz berganda boylik
daromad   topish   yoki   shaxsiy   ehtiyojni   so’ndirish   uchun   ishlatiladi.   Mulkdor   o’z
mulkini   o’zi   ishlatganda   egalik   qilish   va   foydalanish   bir   qo’lda   bo’ladi,   olingan
natijani   mulkdor   tanho   o’zi,   boshqa   bilan   baham   ko’rmagan   holda   o’zlashtiradi.
1
  Ўзбекистонниинг   энг   янги   тарихи   //   масъул   муҳаррир   т . ф . н .,   доц .   З . А .   Саидбобоев ,   т . ф . н .,   кат . и . х .   Ш . М .
Рахматуллаев . – Тошкент. – В 64. 
9 Eglalik   qilish   va   fovdalanish   ajralganda   mulk   keltirgan   naf   ham   taqsimlangan
holda o’zlashtiriladi.
Tasarruf etish - mulk bo’lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish, ya’ni mulkni
sotib   yuborish,   ijaraga   berish,   merosga   qoldirish,   asrab-avaylab   ko’paytirish   yoki
uni   yo’qotib   yuborishdan   iborat   xatti-harakatlarni   amalga   oshira   bilishdir.
Mulkchilik   munosabatga   ega   albatta,   uning   ob’ekti   va   sub’ekti   bo’lishi   shart.
Mulkchilik   xo’jalik   va   tadbirkorlik   faoliyatining   turli   shakllari   orqali   iqtisodiy
jihatdan ro’yobga chiqariladi.
Fuqarolik   huquqlari   obyektlari   (FHO)   o’zlarining   xossalari   bilan   bog’liq
funksiyalarini   mulkiy   munosabatlarda   to’liq   bajarishida   va   uni   bir   mulkiy   huquq
subyektidan   boshqasiga   qonuniy   ra vishda   shaffof   o’tishida   optimal   proporsiyali
tuzilmaga   ega   mulk chilik   shakllariga   asoslangan   samarali   mulkchilik   tizimining
modeli muhim ahamiyatga ega. Bunda mulkchilik tizimning tarkibiy qismlari bo’lgan
mulkdorlik   institutlari,   ularning   mulkiy   munosabatlari   uchun   mulk   turlari   bilan
bog’liq   professional   xizmatlar   bozori   va   mulk   narxi   shakllanuvchi   mulk   bozori
faoliyatlari samaradorligiga hamda davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish
dunyoning   barcha   mamlakatlari   ijtimoiy-iqisodiy   rivojlanishida   muhim   aha-   miyat
kasb   etadi.   Demak,   mulkiy   munosabatlar   samarali   bo’lishi   uchun   davlat   mulkiy
huquq   subyektlari   (MHS)   uchun   samarali   bo’lgan   mulkchilik   tizimini,   ayniqsa,
hususiy mulkchilik tizimini, shakllantirishi zarur. Zero, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
siyosati- ning samaradorUgi mulkchilik tizimining samaradorligiga to’g’ridan to’g’ri
bog’liq, bunda hususiy mulkchilik tizimi esa xalq farovonligini va biznes samaras ini
belgilaydi 1
.  
1
  Зиямов   Н.Ш.   Роль   Узбекистана   в   развитии   межгосударственного,   экономического   и   культурного
сотрудничества стран Центральной Азии   (1991–2001 гг.): Автореф. дисс. ... канд. ист. наук. Ташкент, 2002
10 1-rasm. Mulkchilik tizimining namunaviy tuzilmaviy funksional modeli 1
Mulkchilik   tizimining   namunaviy   funksional   tuzilmasini   1-   rasmda
ko’rsatilganidek tasvirlash mumkin. Unga ko’ra, o’zaro uzviy bog’langan 
M - mulk bozorlari (mulk turlari bo’yicha tasniflanuvchi),
V   -   mulk   turlari   bilan   bog’liq   professional   xizmatlar   (qiymatini   baholash,
riyeltorlik, kadastr, ekspertiza, brokerlik, dilerlik va shular kabi boshqa ifratuzilmaviy
xizmatlar) bozorlari, 
S   -   mulkiy   huquq   subyektlari,   ulaming   barchasi   faoliyatini   tartibga   solib
turuvchi,
R   -   regulyator   kabi   ushbu   tuzilma   tarkibiy   qismlari   fuqarolik   huquqlari
obyektlari   (FHO)   bilan   bog’liq   ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy
munosabatlami amalga oshiradi.
Bu modelda M, V, S, R elementlar orasidagi o’zaro bog’lanish chiziqlari ulami
mulkiy munosabatlarda bo’lishini ko’rsatadi. Bunda mulkch ili k tizimi undagi  barcha
M,   V,   S,   R   elementlaming   FHO   bilan   bog’liq   ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-
huquqiy munosabatlami amalga oshirish faoliyati bilan harakatga keltiriladi.
Mulkchilik tizimining samaradorligi mulkdorlaming huquq va majburiyatlari,
mas’uliyat   va   manfaatlarini   samarali   amalga   oshirilishi   uchun   mulkiy
munosabatlar   uchun   davlat   tomonidan   yaratilgan   qulay   shart-sharoitlar   va
1
 Shoha’zamiy SH.SH. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari.-T.:Iqtisod-moliya, 2015. – 460b
11R
V
MS      mulkdorlik institutlari  faolligi  bilan belgilanadi. Bunda  yaratilgan shart-sharoitlar
sifatini   risklar   hamda   siyosiy,   iqtisodiy,   ijtimoiy,   huquqiy   va   boshqa   omillaming
kompleks   ta’siri   belgilaydi.   Umuman   olganda,   bu   shart-sharoitlar   mulkdoming
huquqiy havfsizligi   va mulkchilik  tizimi   modelining samaradorligi   kabi  xossalari
birikmasidan iborat integral (kompleks) tushuncha bo ’
lib, FHOlarga va ular bilan
bog’liq   xizmatlarga   bo’lgan   talab   va   taklifni   obyektiv   shakllantirilishiga   xizmat
qiladi.
Mulkchilik   tizimiga   oid   yuqorida   aytilgan   fikr-mulohazalaming   ma’noga
egaligi Ernando De Soto 1
 tomonidan ham tasdiqlangan.
Mulkdoming   ijtimoiy   va   iqtisodiy   manfaati     uning   mulk   egasi   sifatidagi
hayotiy ehtiyoji bo’lib, uni risklar sharoitida qondirish bilan bog’liq xatti-harakati
va fe’l-atvorining ijtimoiy-iqtisodiy  motivatsiyasini  yuzaga  chiqaradi. Bunda risk
—   mulkiy   munosa batlar   jarayonida   real   mavjud   bo’lgan   noaniq   va   tasodifiy
hollarning vujudga kelishi  ehtimolini sifatiy-miqdoriy usullar yordamida ifodalab
baholash shaklidir.
Yuqorida   aytilganlar   asosida   quyidagi   ta’rif   o’rinli:   mulkchilik   tizimi   —
jamiyatda o’rnatilgan mulkchilik shakllariga mos  instru mental  (FHO ma’nosida),
institutsional   va   funksional   tuzilmalarni   va   ular   bilan   bog’liq   ijtimoiy-iqtisodiy-
informatsion-huquqiy   mu nosabatlar   mexanizmini   birlashtiruvchi   yaxlit   tizimli
majmua.   Uning   faoliyati   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   bo’yicha
davlat   siyosati   kontekstida   MHSlari   tomonidan   harakatga   keltiriladi   Bunda
davlatning   siyosati   mulkchilik   tizimining   sama radorligiga   qulay   mulkchilik
munosabatlari muhitini yaratish asosida erishilishiga qaratiladi.
Shunday qilib, mamlakatda barqaror iqtisodiy o’sish va xalq farovonligi faqat
samarali mulkchilik tizimi shart-sharoitlarida erishiladi.
Dunyoning   har   bir   mamlakatida,   jumladan,   O’zbekistonda   ham,   mulkchilik
tizimining   faoliyati   qonunlar   bilan   belgilanib   tartibga   solinadi.   Bunda   ta’kidlash
1
  Эрнандо   Де   Сото.   Загадка   капитала.   Почему   капитализм   торжествует   на   Западе   и   терпит   поражение   во
всем остальном мире.   /Пер. с англ. М.: ЗАО Ол и мп-Бизнес, 2001.272 с.
12
C zarurki, barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi mulkiy munosabatlar
modeli ulardagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos ravishda shakllangan.
Ko’rilgan   mavzu   doirasida   umumiy   xulosa   tariqasida   aytish   mumkinki,
zamonaviy mulk ko’p atributli (ko’p turli, ko’p qirrali, ko’p xossali, ko’p bozorli,
ko’p   tabiatli)   va   turli   omillarga   ta’sir-   chan   bo’lganligi   sababli,   uni   fuqarolik
huquqkrining   obyektlari   sifatida   qabul   qilish   mumkin.   Shu   munosabat   bilan,
bunday mulkni va uning tushunchasini tizimli tadqiqot obyekti sifatida murakkab
fenomen deb qarash mumkin. 1
Mulk - bu ham manfaat, ham mas’uliyatdir.   Mulkchilik - bu mas’uliyat bilan
manfaatning uzviy birligi hisoblanadi. Mulkchilik real bo’lishi uchun mulkdorning
iqtisodiy   manfaati   amalga   oshishi   shart.   Miqdorning   iqtisodiy   manfaati-uning
boylik egasi  sifatidagi  hayotiy ehtiyoji  bo’lib, xatti-harakat, fe’l-atvorni, iqtisodiy
faoliyat motivatsiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi.
Ijtimoiy manfaat mulkning jamiyat subektlari uchun naflilik va qimmatlilik
kategoriyalariga asoslangan subektiv sifatiy xulosa bilan ifodalanadi.
Bunda   shaxslarni   mulk   egasi   bo’lish   yoki   bo’lmasligiga   qarab,   ularning
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-yuridik mavqeyi, maqomi (statusi) vujudga keladi.
Mulkiy   munosabatlar   -   turli   mulkchilik   shakllariga   asoslangan   mulkchilik
tizimida   mulkiy   huquq   subektlari   tomonidan   amalga   oshiriluvchi   ijtimoiy,
iqtisodiy, huquqiy, informatsion aloqa(munosabat)lar majmuasi.
Mulkiy   tizim   munosabatlar   mulkdorlar   va   mulkdor   bo’lmagan   shaxslarning
o’zaro   manfaatli   aloqalari   mazmun-mohiyati   va   shakllarini   ifodalaydi,   ijtimoiy
ishlab  chiqarishning  turini   va  shaklini,  mulkchilik  tizimidagi   faoliyat   xarakterini,
mamlakatning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   modelini   hamda   bu   shaxslaming
ishlab   chiqarish   vositalari   bilan   bog’lanish,   ishlab   chiqarish   omillari   va
mahsul(natija)laridan foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi.
Mulkiy munosabatlarsiz  ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni  va bozor  faoliyati
mazmunga   ega   bo’lmaydi.   Zero,   yuqoridagi     fikrga   qo’shimcha   sifatida   aytilsa,
1
  Shoha ’ zamiy   SH . SH .  Mulk ,  qiymat   va   narxning   nazariy   asoslari .- T .: Iqtisod - moliya ,2015. 460 b , (38-40  b )
13 mulkiy   munosabatlar   -   bu   jamiyatdagi   boyliklarni   bozor   muomalasi   va
o’zlashtirish   bilan   bog’liq   ijtimoiy-   iqtisodiy-informatsion-huquqiy   munosabatlar
bo’lib,   ularni   amalga   oshirilishi   jarayonida   huquq   va   majburiyat,   mas’uliyat   va
javobgarlik, manfaat kategoriyalarining uzviy birligi muhim ahamiyatga ega. 
Ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy tizimni (IIHT) tizimli tadqiq etish va uning tizimli
masalalari   kompleks   yechimi   maqsadiga   yo’naltirilgan   ijtimoiy-iqtisodiy
siste’mologiya   (IIS)   qoidalari   mazkur   IIHT   tarkibiga   kiruvchi,   keltirilgan
zamonaviy mulkchilik tizimini (uning atributlari - zamonaviy mulk, ne’mat, boylik
va ular bilan bog’liq huquqlar sifatidagi fuqarolik huquqlarining obyektlari, uning
qiymati,   qimmati,   narxi,   nafligi,   foydaligi,   mulkiy   huquq   subyektlari,   mulk
bozorlari,   mulk   qiymatini   baholash   xizmatlari   bozori,   mulkiy   munosabatlar   va
bularning   barchasi   bilan   bog’liq   boshqa   unsur   va   jihatlar   -   bilan   birga)   tizimli
o’rganishning   ilmiy-metodologik   bazisi   bo’lib   xizmat   qilishi   mumkin   degan
xulosa   o’rinli.   Zero,   bunday   xulosa   tizimli   yondashuvni   qo’llovchi   IlSning   keng
imkoniyatlari   uni   obyekti   bo’lmish   IIHT   mulkchilik   tizimini   ham   qamrab   olishi
bilan   bog’liq.   Bunda   IIS   qoidalariga   ko’ra,   zamonaviy   mulkchilik   tizimi
o’rganilishi maqsadida ushbu tizim atributlari mazmum-mohiyatiga mos ravishda
turli   fanlaming   intellektual   ishlanmalarini   samarali   garmonizatsiya   (integratsiya)
qilish   bilan   bog’liq   IIS   hosilasi   sifatidagi   g’oya   nazarda   tutiladi.   Mazkur
kontekstga   mos   ravishda   aytish   mumkinki,   ushbu   g’oya   IIS   mazmuniga   mos
ravishda zamonaviy mulk va u bilan bog’liq mulkchilik tizimi (qisqacha aytilsa —
mulk)   to’g’risidagi   multifan   nazariyasini   ma’noga   ega   ekanligi   fikrini   keltirib
chiqaradi
Shu   bilan   birga   aytish   mumkinki,   bunday   g’oyaning   ma’noga   egaligi   fikrini
mulk,   ne’mat,   boylik,   uning   qiymati,   narxi   va   qimmatliligi,   naf,   foydalilik
kategoriyalari   to’g’risidagi   qadimgi   dunyo   va   o’tgan   asrlar   Yevropasi   iqtisodiyot
fani   namoyondalari   qarashlarining   tahlili     ham   ko’rsatadi.   Zero,   bu
namoyondalaming   atomistik   (o’sha   davrlardagi   sharoitlar   bilan   chegaralgan)
qarashlari iqtosodiyot nazariyasi tarixiy rivojlanishining ilmiy bazisi va zamonaviy
14 mulkni   tizimli   o’rganish   metodologiyasining   boshlang’ich   manbayi   bo’lib   xizmat
qiladi.   Lekin   bunday   qarashlaming   alohida   qo’llanilishga   aoslangan   yo’l
zamonaviy   mulkni   tizimli   tadqiq   etish   va   tizimli   masalalarini   kompleks   yechish
uchun universal ilmiy-nazariy bazis bo’la olmaydi.
Shunday   qilib   aytish   mumkinki,   zamonaviy   mulkchilik   tizimi   kompleks
o’rganilishi   maqsadida   ushbu   tizim   atributlari   mazmun   mohiyatiga   mos   ravishda
turli   fanlarning   intellektual   ishlanmalarini   tizimli   yondashuvni   qo’llovchi   IIS
qoidalari   doirasida   samarali   garmonizatsiya   (integratsiya)   qilishga   asoslangan
zamonaviy   (turli   xil   va   shakllardagi,   xilma-xil   jihat,   qirra,   xossa,   ko’rsatkich,
bozorlar   va   funksiyalariga   hamda   qo’sh   tabiatga   ega   ne’mat,   boylik   sifatidagi)
mulk to £
g £
risidagi multifan g’oyasi ma’noga ega.
Yuqorida aytilganlar quyidagi argumentlar bilan ham izohlanishi mumkin.
Birinchidan:   tarixiy   retrospektiv   tahlil   asosida   aytish   mumkinki,   iqtisodiyot
fani doirasida mulk (mulkchilik tizimi va uning atributlari) to’g’risidagi har qanday
nazariyaning amal qilish davri iqtisodiy amaliyotning uzluksiz rivojlanishi ta’sirida
bo’lganligi sabab chegarlangan bo’ladi. Masalan, mulk (mulkchilik tizimi va uning
atributlari)  to’g’risidagi   XIX  asrdagi   qarashlar   hozirgi  davrdagi  mulkchilik  tizimi
va   munosabatlari   mazmun   mohiyatiga   to’liq   mos   kelavermaydi.   Huddi   shunday,
hozirdagi  nazariy  xulosalar  uzoq  kelajakda  sodir  bo’lishi   mumkin bo’lgan hodisa
va   jarayonlar   uchun   o’ta   cheklangan   yoki   tarixiy-retrospektiv   ahamiyatga   ega
bo’ladi   Vaholanki,   zamonaviy   nazariyalar   ham   vaqt   o’tishi   bilan   turli   rivojlanish
omillari ta’sirida takomillashib boradi. Demak, ertami yoki kechmi mavjud qarash
va nazariyalar o’rnini takomillashganroq g’oya va nazariyalar egallashi ehtimoldan
holi emas.
Ikkinchidan:   XXI   asr   boshlarida   zamonaviy   mulk   va   uning   atributlarini
kompleks   ravishda   tizimli   tadqiq   etish   hamda   qiymatni   baholash   va   boshqarish
bilan   bog’liq   muammolar   borasida   iqtisodiyot   fanining   navbatdagi   inqirozi
muqarrarligi   to’g’risidagi   hozirgi   zamon   nufuzli   iqtisodchi   olimlarining   fikri   o’z
tasdig’ini   topdi.   Zero,   bu   inqiroz   2008   yilda   kuchaygan   va   asorati   hozirgacha
15 davom   etayotgan   jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi   (JMII)   sabab   va   saboqlari
sharoitlarida ayniqsa, alohida namoyon bo’ldi. Aynan shu sharoitlarda zamonaviy
iqtisodiyot   nazariyasining   liberalizm   va   uzluksiz   ravishda   mulk   bozor   qiymati
(narxi)   o’sishini   nima   bo’lsa   ham   ta’minlash   postulatlari   zaif   ekanligi   yaqqol
ko’rindi.   Chunki,   aynan   shu   postulatlar   asosida   jahon   moliya   bozorining   barcha
segmentlarida “domino” effektiga o’hshab vujudga kelgan turli real mulk(aktiv)lar
bo’yicha   “puffaklar”   fenomeni   JMIIning   bosh   sababchilaridan   biriga   aylandi.
Afsuski,   hozirda   ham   bu   fenomen   muammosini   bartaraf   etish   o’z   yechimini
topmagani ertami yoki kechmi navbatdagi global inqirozning davriy sodir bo’lishi
havfi mavjudligini bildiradi.
Uchinchidan: jamiyat, huquq, siyosat va iqtisodiyot sohalari amaliyotlarining
o’zaro uyg £
unlikda tez sur’atlar bilan takomil lashib borishi mulk (mulk huquqlari),
ne’mat   (boylik)   nazariyasini   hamda   u   bilan   bog’liq   qiymat,   narx,   qimmat,   naf
nazariyalarini   ham   mos   ravishda   o’zaro   bog’liqlikda   takomillashib   borishini,
umuman   olgan,   zamonaviy   mulkiy   munosabatlarda   bu   kategoriyalar   mazmun-
mohiyatini   bir   birga   bog’liqlikda   kompleks   ravishda   ochib   berish   imkonini
beruvchi   yangicha   qarashni,   taqozo   etadi.   Bunda   inson   sivilizatsiyasining   ushbu
sohalar uyg’unlashuvi doirasidagi mulkiy munosabatlar tajribasini yillar davomida
boyishi, bunda mulkdorlaming qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari,
ehtiyojlari   ortib,   manfaatlari   tobora   o’sib,   ularning   xaq-huquqlari   borgan   sari
mustahkamlanib va ta’minlanib borishi muhim omillar sifatida qaraladi.
To’rtinchidan: zamonaviy mulkchilik tizimi turli xil va shakllardagi, xilma-xil
jihat, qirra, xossa, ko’rsatkich, bozorlar va funksiyalarga hamda qo’sh tabiatga ega
zamonaviy   mulkning   mazmun   mohiyatiga   mos   ravishda   shakllangan.   Zamonaviy
mulk   hozirda   o’z   mulkdori   (NM)   uchun   iqtisodiy   ta’minlangan,   yuridik
konstruksiyaga   ega   nafli   ne’mat   (N)   sifatida   namoyon   bo’lgan   va   o’zida   turli
axborotni mujassamlashtiruvchi murakkab substansiya mazmunida qabul qilingan.
Bunda mulkdor (NM) instinktiv nafs omili yetakchiligida sotsiumda ongli ravishda
nafli   (o’zi   uchun   manfaatli,   foydali)   faoliyat   hisobiga   hayot   ko’radi   va   mulkiy
16 munosabatlar   subyekti   hisoblanadi.   Zero,   falsafiy   nuqtayi   nazardan,   yorug’
dunyoda maqsadli  orzu-havassiz, nafli ne’mat xohish-istagisiz mulkdor insonning
o’zi   bo’lmagan!   Chunki,   bu   dunyoning   jonli   va   jonsiz   materiyasi   benafs
yaratilmagan,   ularning   nafsi   bir-biriga   bog’liq   yaratilgan!   Inson   nafsi   nazariga
vaqtinchalik  tushmagan   yoki   undan   yiroq   ne’mat   mulkdor   nafi   uchun   mazmunga
ega   bo’lmagan   hech   qanday   qimmatga   ega   bo’lmagan   materiyaligicha   qoladi.
Bunday   materiya   faqat   inson   nafsiga   asoslangan   nafli   (qiymat,   narx,   qimmat
kategoriyalariga   asoslangandgina)   mulkiy   munosabatlar   mavjud   bo’lganidagina
ma’noga   ega   bo’ladi.   Demak,   mulkdor   o’zining   nafsiga   va   manfaatiga   mos
qiymatli va narxli ne’matga ega (mulkdor) bo’ladi degan prinsip (tamoyil) o’rinli.
Bu tamoyil negizida o’z-o’zidan mulkdorning manfaatli nafsi va unga mos manfaat
beruvchi boylik sifatidagi ne’mat(mulkiy huquq)ni o’zaro ekvivalent kategoriyalar
deb qabul qilishimiz mumkin bo’ladi. Zero, bunda boylikning qimmati, qiymati va
narxisiz   manfaatni   o’lchab   bo’lmaydi.   Ushbu   hayotiy-falsaliy   aksiomaga   ko’ra,
ne’mat (qimmat, qiymat va narxga ega mulkiy huquqlar sifatidagi boylik), huquqiy
va   iqtisodiy   ta’minoti   vujudga   kelishining   umumiy   manbayi   NM   bo’lsada,   lekin
bulaming   barchasini   umumiy   sababchisi   nafs   va   unga   mos   manfaatlami   hajmini
ifodalovchi   qiymat,   narx   va   qimmat   kategoriyalaridir.   Shu   munosabat   bilan,
zamonaviy   mulk     fuqarolik   huquqlar   obyektlari   (FHO)   sifatida   mulkiy
munosabatlarni   ta’minlovchi   mulkchilik   tizimining   mulk   qiymatini   baholash
xizmatlari bozori (MQBXB) va mulk bozori (MB) obyektlari bo’ladi.   Boshqacha
qilib   aytilsa,   zamonaviy   mulk   kapital,   tovar   va   ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-
huquqiy munosabatlar vositasi sifatida namoyon bo’luvchi turli xil va shakllardagi,
xilma-xil   jihat,   qirra,   xossa
s   ko’rsatkich,   bozorlar   va   funksiyalarga   hamda   qo’sh
tabiatga ega murakkab dinamik substansiya.
Beshinchidan:   jahondagi   zamonaviy   mulkchilik   tizimi   modellari   uning
tarkibiy   qismlarining   o’zaro   o’zviy   bog’liqlikda   yaxlit   murakkab   dinamik   tizim
sifatida   yuqori   darajada   tashkillashgan   faoliyatini   taqozo   etmoqda.   Bunda
mulkchilik   tizimning   tarkibiy   qismlari   bo’lgan   mulkdorlik   institutlari,   ularning
17 mulkiy   (kompleks   ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy)   munosabatlari   uchun
mulk   turlari   bilan   bog’liq   professional   xizmatlar   bozori   va   mulk   narxi
shakllanuvchi mulk bozori faoliyatlari samaradorligiga hamda davlatning samarali
regulyativ   siyosatiga   erishish   dunyoning   barcha   mamlakatlari   ijtimoiy-iqisodiy
rivojlanishida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Zero,   davlatning   ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatining samaradorligi mulkchilik tizimining samaradorligiga to’g’ridan to’g’ri
bog’liq, bunda xususiy mulkchilik tizimi esa biznes faolligi samarasini belgilaydi.
Bulaming   barchasi   Ernando   De   Soto 1
  xulosalarida   o’z   aksini   topgan.   Shunday
qilib,   mamlakatda   barqaror   iqtisodiy   o’sish   va   xalq   farovonligi   faqat   ijtimoiy,
iqtisodiy,   huquqiy,   siyosiy   sohalari   uyg’unligi   (integratsiyasi)ni   samarali
mujassamlashtiruvchi mulkchilik tizimi shart sharoitlarida erishiladi.
Zamonaviy mulkchilik tizimining kompleks o’rganilishi maqsadida turli xil va
shakllardagi   xilma-xil   jihat,   qirra,   xossa,   ko’rsatkich,   bozorlar   va   funksiyalaiga
hamda qo’sh tabiatga ega zamonaviy mulkni va u bilan bog’liq ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy, informatsion mulkiy munosabatlarni kompleks tarzda tizimli tadqiq etish
imkonini   beruvchi   ko’p   o’lchamli   fanlararo   fazoviy   yangi   shaklga   o’tishning
zaruriy   muhimligi   to’liq   idrok   etilishi   tabiiydir.   Bunday   shaklning   hozirgi
zamondagi  asoslari   yetarlicha  ishlab  chiqilgan,  kelajak   uchun  oqibatlari   ijobiy  va
samarali deb baholanishi mumkin. Zero, bunday yangi shakl, IIS qoidalariga ko’ra,
zamonaviy   mulk   (mulkchilik   tizimi)   mazmun-mohiyatiga   mos   fanlaming   yaxlit
ijtimoiy-iqtisodiy-   informatsion-huquqiy   fazosi   bo’lib,   bundagi   fanlar   ularga   mos
sohalarga   xos   bo’lgan   omillar,   munosabatlar,   hodisalar,   jarayonlami   va   ularning
o’zaro   bog’liqliklarini   tizimli   o’rganadi.     Bunday   fazo   ushbu   tizim   atributlari
mazmun   mohiyatiga   mos   ravishda   turli   fanlaming   intellektual   ishlanmalarini
tizimli   yondashuvni   qo’llovchi   IIS   qoidalari   doirasida   samarali   garmonizatsiya
(integratsiya) qilish g’oyasiga asoslanuvchi zamonaviy mulk to’g’risidagi multifan
nazariyasini   maqsadga   muvofiqligini   bildiradi.   Ushbu   nazariya   IIS   qoidalariga
asoslangan   holda   zamonaviy   mulkning   tabiatiga   mos   ravishda   keng   ma’noda
1
  Эрнандо   Де   Сото.   Загадка   капитала.   Почему   капитализм   торжествует   на   Западе   и   терпит   поражение   во
всем остальном мире./Пер. с англ.- М .:  ЗАО   Олимп - Бизнес  2001 - 272  с .
18 garmonizatsiyalashtirilgan   ijtimoiy   yo’nalgan   jamiyat,   iqtisodiyot   va   huquq)
fanlarga,   tabiiy   va   texnik   fanlarning   tegishli   bo’limlariga   ayniqsa,   matematik
apparatni va statistikaga asoslanadi.
1.2.  O‘zbekistonda mulkchilik tizimi shakllanishining bosqichlari va xususiyatlari
Bizga ma’lumki, jamiyatda istalgan tizimni faoliyat mexanizmini belgilovchi
meyoriy-huquqiy   bazasi   mavjuddir.   Huddi   shunday   mulkchilik   tizimining   ham
faoliyat   muxanizmini   belgilovchi   va     tartibga   solib   turuvchi     me’yoriy-huquqiy
bazasi mavjud.
O’zbekiston Respublikasida mulkchilik tizimi va undagi munosabatlar, bozor
infratuzilmasi,   baholash   va   rieltorlik   faoliyatlari   rivojiga   ham   katta   ahamiyat
berilgan.   Masalan   “O’zbekiston   Respublikasi   2009-2015-yillar   davrida   baholash
faoliyatini   rivojlantirishning   asosiy   yo’nalishlari”   nomli   dastur   choralari   hamda
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2008-yil   24   apreldagi   “Baholovchi
tashkilotlar   faoliyatini   yanada   takomillashtirish   va   ko’rsatilayotgan   xizmatlar
sifatini   va     ularning   mas’uliyatini   oshirish   to’g’risida”gi   №   843-sonli   Qarori
talablariga mos ravishda ishlab chiqilib amalga oshiriliyotgani fikrimizning yaqqol
isboti desak mubolag’a bo’lmaydi.
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini
o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog’liq va
bir-birini   taqozo   qiladi,   shu   sababli   mulkchilik   bir   vaqtda   ham   iqtisodiy,   ham
huquqiy   kategoriya   hisoblanadi.   Bu   birlikda,   yuqorida   ko’rsatilganidek,   hal
qiluvchi   ro’lni   mulkchilikning   iqtisodiy   tomoni   egallaydi.   Agar   mulk   iqtisodiy
jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk
egasiga daromad keltirmasa, bunda u “huquqiy” kategoriya sifatida qoladi.
Mulkchilik   xo’jalik   va   tadbirkorlik   faoliyatining   turli   shakllari   orqali
iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqariladi.
Boshqa   tomondan,   mulkchilikning   huquqiy   jihati   uning   iqtisodiy   tomoniga
nisbatan   faqat   bo’ysunuvchi   rol   o’ynamaydi.   Bu   shunda   ko’rinadiki,   ishlab
19 chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish
jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan
mahsulotdan   foydalana   olmaydi.   Shu   sababli   mulkchilikning   huquqiy   normalari
egalik   qilish,   tasarruf   etish,   foydalanish   huquqi   iqtisodiy   munosabatlarning
aniqlashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi.
Huquqiy   normalar,   bir   tomondan,   aynan   mulkchilik   munosabatlarini
muhofaza   qilish   zarurati   bilan   bog’liq   holda   vujudga   kelsa,   boshqa   tomondan   u
tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g’oyat
muhim   rol   o’ynaydi.   Bu   rol   shunda   ko’rinadiki,   tovar   xo’jaligi   sharoitida   ayrim
ijtimoiy   qatlamlar   ishlab   chiqarish   jarayonida   qatnashmasdan,   ayirboshlash
munosabatlarida   ishtirok   etib   (masalan,   savdo   vositachilari)   mulkdorga   aylanish
imkoniyati paydo bo’ladi.
Shunday   qilib,   mulkchilikning   huquqiy   normalari,   birinchidan,   ishlab
chiqarish   vositalari   va   yaratilgan   moddiy   ne’matlarning   muayyan   shaxslarga
(huquqiy   yoki   jismoniy)   tegishli   ekanligini,   ikkinchidan,   mulk   egalarining   qonun
bilan   qo’riqlanadigan   vakolatlarini   va   nihoyat,   uchinchidan   mol-mulkni   himoya
qilish usullarini belgilab beradi.
Bozor   munosabatlariga   o’tishning   asosiy   sharti   ko’p   ukladli   iqtisodiyotni   va
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan
iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli O’zbekiston
Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   I.A.   Karimov   mulkchilik   masalasini   hal
qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal
toshi bo’lib xizmat qiladi» deb alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uzoq yillar mobaynida
respublikamiz   iqtisodiyotida   umumxalq   mulki   deb   atalgan,   aslida   esa,
davlatlashtirilgan   mulk   to’liq   hukmronlik   qilib   keldi.   Nazariya   va   amaliyotda
umumxalq   mulki   deb   hisoblangan   mulk   sub’yekti   sifatida   davlatning   chiqishi
jamiyat   a’zolari   o’rtasida   bu   mulkka   «hech   kimniki»,   «davlatniki»,   «birovning
mulki», deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.
20 Bozor   iqtisodiyotini   vujudga   keltirish   vazifasi   o’tish   davrida   mulkchilikda
davlat   sektorining   salmog’i   ancha   yuqori   bo’lgan   mamlakatlarda   bu   mulkning
ma’lum  qismini davlat  tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni  taqozo qiladi.
Shunga   ko’ra,   O’zbekistonda   ham   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat
tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   to’g’risida»gi   Qonunida   (1991   yil   19
noyabr) quyidagicha ta’rif berildi:
Davlat   tasarrufidan   chiqarish   -   davlat   korxonalarini   hamda   tashkilotlarini
jamoa,   ijara   korxonalariga,   aksiyali   jamiyatlarga,   mas’uliyati   cheklangan
jamiyatlarga,   davlatga   qarashli   mulk   bo’lmaydigan   boshqa   korxonalar   va
tashkilotlarga aylantirildi.
Xususiylashtirish   fuqarolarning   va   davlatga   taalluqli   bo’lmagan   yuridik
shaxslarning   davlat   mulki   ob’yektlarini   yoki   davlat   aksiyali   jamiyatlarining
aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.
Bundan   ko’rinadiki,   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   xususiylashtirishga
qaraganda ancha keng tushuncha.
Xususiylashtirish   -   davlat   mulkiga   egalik   huquqining   davlatdan   xususiy
shaxslarga   o’tishidir.   Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   xususiylashiirishdan
tashqari,   bu   mulk   hisobidan   boshqa   nodavlat   mulk   shakllarining   vujudga
keltirishni   ham   ko’zda   tutadi.   U   bir   qator   yo’llar   bilan   amalga   oshiriladi:   davlat
korxonalarini   hissadorlik   jamiyatiga   aylantirish,   davlat   korxonasini   sotib,   uni
jamoa   mulkiga   aylantirish;   mulkni   qiymatga   qarab   chiqarilgan   cheklar   (vaucher)
bo’yicha   fuqarolarga   bepul   berish;   mulkni   ayrim   tadbirkor   va   ish
boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga
sotish   yoki   qarz   hisobiga   berish;   davlat   mol-mulkini   auksionlarda   kim   oshdi
savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning   usullari   ham   turli-tuman   bo’lib,   ularni   3   guruhga
ajratish mumkin: 
1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 
21 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
3)   davlat   mulkini   bepul   bo’lib   berish   hamda   sotishni   uyg’unlashtirish   orqali
xususiylashtirish.
  Bu   sanab   o’tilgan   usullarni   amalga   oshirishning   aniq   shakllarini   3-rasm
orqali   ifodalash   mumkin.   Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirishning   ko’rsatib   o’tilgan   yo’llari   hamda   usullaridan   qaysi   birini
tanlash   undan   kutilgan   maqsadga   bog’liq.   Masalan,   Rossiyada   davlat   mulkini
vaucher   orqali   bepul   taqsimlash   usuli   qo’llanildi.   Bundan   ommaviy
xususiylashtirishdan ko’zlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy
etish   hisobiga   mulkdorlarning   g’oyat   keng   qatlamini   vujudga   keltirishdan   iborat
edi.   Agar   tadbirkorlikni   rag’batlantirish   ko’zda   tutilsa,   xususiylashtirish   tanlab
olingan   ozchilik   o’rtasida   o’tkaziladi.   Agar   xususiylashtirish   chetdan   kapitalning
kirib   kelishiga,   yo’l   ochishi   zarur   bo’lsa,   davlat   mulkini   xorijiy   tadbirkorlarga
berish   shaklida   amalga   oshiriladi.   Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarishda   ayrim
usullarga   ustuvorlik   berish   boshqa   usullarni   qo’llashni   rad   etmaydi,   aksincha,
ularni ham qo’llash zarurligini bildirdi. 
Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish,
bu aksiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining
ishtirok etishi ham bo’lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga
qarab   pulli,   pulsiz   yoki   imtiyozli   tarzda   o’tkazildi.   O’z   shakli   va   usulidan   qat’i
nazar   bu   tadbir   xilma-xil   mulkchilikni   vujudga   keltirishni   ta’minlaydi,   chunki
davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlandi.
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   mulkchilikning
rivojlanishiga   to’sqinlik   qilayotgan   davlatning   monopol   hukmronligiga   chek
qo’yib, jamiyatda faollik ko’rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusaga keng yo’l
va   imkoniyatlar   ochib   berishdan   iborat.   Aslida   xususiylashtirish   iqtisodiyotning
davlat   zimmasidan   soqit   qilish   yo’llaridan   biri   bo’lib,   davlat   mulkini   ma’lum
darajada   haqiqiy   egalari   -   fuqarolarga   berish   demakdir.   Ko’pincha
xususiylashtirish   -   bu   davlat   mulkini   ishlovchilarga   berish,   deb   talqin   qilinadi.
22 Aslida   mamlakatning   barcha   aholisiga   davlat   mulkini   bo’lib   berib   bo’lmaydi,
bunda  aholining   hammasi   mulkka  ega   bo’lib,  ishlab   chiqarishni   tashkil   etish,   uni
boshqarish   ishlab   chiqarish   hamda   mahsulotni   ayirboshlash   kabi   mashaqqatli
ishlarni o’z zimmasiga olavermaydi.
Xususiylashtirish   natijasida   aholi   orasida   ijtimoiy   jihatdan   tabaqalanish   yuz
beradi   va   kishilarning   bajargan   ishiga   qarab   oladigan   haqi   turlicha   bo’lib,
aholining   daromadlarida   ham   tabaqalanish   yuz   beradi.   Kishilar   turli   sohalarda,
masalan,   biznesda   turli   shakllardagi   mulkka   ega   bo’lib,   aksiua   sotib   olish   va
korxona   mulkida   o’z   hissalarini   oshirib   borishga   harakat   qiladilar.
Xususiylashtirishni   amalga   oshirish   uchun   davlat   mulkini   xususiylashtirishning
keng ko’lami dasturini ishlab chiqarish zarur.
23 3-rasm. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari 1
Davlat   mulkini   uning   tasarrufidan   chiqansh   jarayonida,   avvalombor,
xususiylashtirish   yo’li   bilan   yaxshi   iqtisodiy   natijalarga   erishgan   mamlakatlar
tajribasidan   to’laroq   foydalanish   va   ular   yo’l   qo’ygan   xatolar   takrorlanmasligi
kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlashi mumkin.
1
 T.Jo’rayev, D.Tojiboyeva “Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent “Iqtisod-Moliya” 2012yil
24 Huquqiy   jihatdan   xususiylashtirilgan   barcha   korxonalarga   erkin   iqtisodiy
xo’jalik   yuritish   huquqi   berilishi   va   davlat   sektori   bilan   teng   imkoniyatlarga   ega
bo’lishi   kerak.   Davlat   sektoriga   nisbatan   bu   korxonalarga   soliqlarni   birmuncha
kamaytirish va ayrimlarini ma’lum muddatga soliqdan ozod qilish zarur.
Xususiylashtirish   orqali   korxonalar   davlat   tasarrufidan   chiqarilib,   ma’lum
jamoa va shaxslarga  sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat
qonunlari   asosida   tashkil   etdi.   Bozor   korxonalarining   yashovchanligini   va   ularni
doimo raqobat kurashida o’z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo
korxona   raqobat   kurashiga   dosh   berolmay   sinsa,   oldingi   davrdagidek   davlat
byudjetidan   mablag’   hisobiga   uni   saqlab   qolish   hollariga   xususiylashtirish   orqali
barham berildi.
Xususiylashtirish   mulkning   bir   shaklidan   ikkinchi   shakliga   o’tishni   aks
ettirmasligi   kerak,   balki   xususiylashtirish   oldiga   qo’yilgan   vazifa   katta   bo’lib,
ya’ni  xususiylashtirish  orqali  avvalo barcha sohani  o’z qaramog’ida turli uslublar
orqali   birlashtirib   turgan   davlat   hukmronligini   iqtisoddan   ajralish   uchun   bir
qanchatadbirlarni ishlab chiqish kerak bo’ldi.
Davlat   korxonalarini   xususiylashtirish   bu   mulkchilikning   rivojlanishiga,
uning yangi bosqichiga o’tishiga bo’lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir.
Xususiylashtirishning   rivojlanishini   ta’minlaydigan   muhim   omillardan   biri   –   bu
ishlab   chiqaruvchilar   hamda   tadbirkorlarning   tashabbusi,   ularning   ishlab
chiqarishdagi   faolligi   hamda   ishbilarmonligidir.   Davlat   mulkini   xususiylaslitirish
natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilamionlar, aholining
faol   qismi   jalb   etiladi   va   mulkiy   munosabatlarni   rivojlantirishdan   hamda   mulk
shakllarini   takomillashtirishdan   aholining   shu   qismi   manfaatdorgina   bo’lib
qolmay,   balki   o’rta   va   quyi   ijtimoiy   qatlamni   ham   mulkiy   munosabatlarni
takomillashtirishdan   manfaatdor   qiladi.   Davlat   mulkini   xususiylaslitirish   siyosati
mamlakatning   o’ziga   xos   xususiyatlarini,   mahalliy   va   milliy   sharoitlarni,   urf-
odatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko’zda tutdi.
25 Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo’nalishlari bu ijara munosabatlarini
rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma’lum
tadbirlarga   rioya   qilingan   holda   olib   borilishi   lozim,   bu   avvalo,   ixtiyoriylik
asosida,  oshkoralik hamda jamoatchilikning umum  ishtirokida amalga oshirilib, u
mehnat   jamoalarining   iqtisodiy   manfaatiga,   davlat   manfaatlariga   putur
yetkazmasligi,   shu   bilan   birga   iste’molchilar   manfaatlariga   ham   zid   bo’lmasligi
zarur.     Bu   holda   mahsulot   hajmi,   sifati   va   mehnat   unumdorligini   oshirish,   ishlab
chiqarishni   boshqarishni   yaxshi   tashkil   etish,   mavjud   moddiy   texnika,   moliyaviy
va   mehnat   resurslaridan,   fan   va   texnika   yutuqlari,   yangi   texnologiyadan   samarali
foydalanish,   tovar   ishlab   chiqarishni   ko’paytirish   hisobiga   bozorda   narxlarning
pasayishiga erishish yo’li bilan aholining moddiy farovonligning oshishiga erishish
talab etildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiyiashtirish  jarayonining o’ziga xos
jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning
hamma shakllari  teng huquqli ekanligi  konstitutsion tarzda e’tirof etildi  va davlat
mulki   monopolizmini   tugatish   hamda   bu   mulkni   xususiyiashtirish   hisobiga   ko’p
ukladli   iqtisodiyotni   real   shakllantirish   vazifasi   qo’yildi.   Avvalo,   mulkchilikning
turli   xil   shakllari   qaror   topishi   uchun   teng   huquqiy   normalar   va   amal   qilish
mexanizmlari yaratildi.
O’zbekistonda   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirishga
yondashuvning   muhim   xususiyati   –   uni   dasturlar   asosida   bosqichma-bosqich
amalga   oshirishdan   iborat.   1992-1993   yillar   xususiylashtirishning   birinchi
bosqichini   o’z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy
fondini,   savdo,   mahalliy   sanoat,   xizmat   ko’rsatish   korxonalarini   hamda   qishloq
xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. 
Yengil,   mahalliy   sanoatga,   transport   va   qurilishga,   boshqa   tarmoqlarga
qarashli   ayrim   o’rta   va   yirik   korxonalar   keyinchalik   sotib   olinish   huquqi   bilan
ko’proq   ijra   korxonalariga,   jamoa   korxonalariga,   yopiq   turdagi   aksionerlik
26 jamiyatlariga   aylantirildi.   Aksiyalarning   nazorat   paketi   davlat   ixtiyorida   saqlab
qolindi.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo’jaligining iqtisodiy
jihatdan   samarasiz   bo’lgan,   biroq   butun   mamlakatning   iqtisodiy   taraqqiyotida
muhim   rol   o’ynaydigan   ayrim   sektotlarini,   ayrim   korxonalarni   saqlab   turishni   va
mablag’ bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi.
Iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirishning   birinchi   bosqichi   natijasida   kichik
xususiylashtirish   amalda   tugallandi,   davlat   mulkini   boshqarish   va   uni
mulkchilikning   boshqa   shakllariga   aylantirish   uchun   kerak   bo’lgan   muassasalar
tizimi vujudga keltirildi.
Savdo,   aholiga   maishiy   xizmat   ko’rsatish,   mahalliy   sanoat   korxonalari
xususiy   va   jamoa   mulki   qilib   berildi.   Natijada   1997   yilda   savdo-sotiq   hajmi   va
umumiy   ovqatlanish   yalpi   mahsulotining   95   foizdan   ortiqrog’i   davlatga   qarashli
bo’lmagan   sektorga   to’g’ri   keldi.   Uy-joylarni   xususiylashtirish   jarayonida   ilgari
davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining
95 foizdan ortiqrog’i fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi.
Davlat   ijtimoiy   dasturida   belgilab   berilgan   ikkinchi   bosqich   1994-1995
yillarga   to’g’ri   keldi.   Bu   bosqichda   ko’plab   o’rta   va   yirik   korxonalar   hissadorlik
jamiyatlariga   aylantirildi   hamda   ularning   aksiyalari   respublika   qimmatbaho
qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi
bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg’in tashkil qilindi.
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarishning   va   xususiylashtirishning   bu
bosqichda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini
tanlov   asosida   hamda   kim   oshdi   savdosida   sotish   amaliyotga   joriy   qilindi.
Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi.
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirishdan   keladigan
samara   ikki   yoqlama   tavsifga   ega.   Bir   tomondan,   u   aholining   bo’sh   turgan
mablag’larini   o’ziga   jalb   qilib,   ularning   bozorga   taziqini   pasaytiradi.   Ikkinchi
tomondan,   yangi   mablag’larni   ishlab   chiqarishga   jalb   etish   va   tovar   ishlab
27 chiqaruvchilar   o’rtasida   raqobatni   yuzaga   keltirish   uchun   sharoit   yaratadi.   Bu
yerda shuni  ta’kidlash lozimki, xususiylashtirish  iqtisodiyotning davlatga qarashli
bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida
yakka   tartibdagi   xususiy   mulkchilikka   asoslangan,   shuningdek,   turli   xil
kooperativlar,   shirkatlar,   ma’suliyati   cheklangan   jamiyatlar   ko’rinishidagi   kichik
va o’rta korxonalarni tashkil qilish - ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika   iqtisodiyoti   1996   yildan   boshlab   mulkni   davlat   tasarrufidan
chiqarish   va   xususiylashtirishning   uchinchi   bosqichiga   kirdi.   Bu   bosqich   davrida
(1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’yektlar ro’yxatiga kirmagan barcha
ob’yekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.
Xususiyiashtirish   jarayonlarining   to’rtinchi   bosqichi   (1998-2002   yillar)   ning
asosiy   vazifalari   sifatida   davlat   byudjetiga   xususiylashtirishdan   tushgan
mablag’larni   yo’naltirish,   xususiylashtirilgan   korxonalarga   xorijiy   investisiyalarni
jalb   etish,   boshqaruv   samaradorligini   oshirish   va   mulkchilikning   yangi
munosabatlarini   to’laqonli   amal   qilishi   uchun   sharoitlar   yaratish   tadbirlarini
amalga oshirish belgilandi.
O’zbekistonda   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiyiashtirish
jarayonlarining   so’nggi- beshinchi   bosqichi   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2003   yil   24   yanvardagi   «O’zbekiston   iqtisodiyotida   xususiy
sektorning   ulushi   va   ahamiyatini   tubdan   oshirish   chora-tadbirlari   to’g’risida»gi
Farmoni   bilan   bog’liq.   Iqtisodiy   nochor   davlat   korxonalarini   davlat   tasarrufidan
chiqarish   va   xususiyiashtirish   jarayonini   jadallashtirish,   shuningdek,   mazkur
korxonalarni modernizasiyalash  va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri
investisiyalarni   jalb   etish   maqsadida   xususiylashtirilgan   ob’yektlarga   narx
belgilashning   samarali   mexanizmi   joriy   etildi.   Xususan,   xususiylashtirilgan
korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish
hamda   davlat,   iqtisodiy   nochor   korxonalarni   va   past   likvidli   ob’yektlarni   nol
darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investisiya majburiyatlarini qabul
qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.
28 Keyingi   yillarda   mamlakatimizdagi   xususiylashtirish   jarayonlarida   xorijiy
investorlarning   ishtirokiga   katta   e’tibor   qaratilmoqda.   Jumladan,   2005   yilning   11
aprelida   qabul   qilingan   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «To’g’ridan-
to’g’ri   xususiy   xorijiy   investisiyalarni   jalb   etishni   rag’batlantirish   borasidagi
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni buning yaqqol dalilidir. Mazkur
Farmonga   binoan,   2005   yilning   1   iyulidan   boshlab   to’g’ridan-to’g’ri   xususiy
xorijiy   investisiyalarni   jalb   etadigan   korxonalar   quyidagi   soliq   va   majburiy
ajratmalarni to’lashdan ozod etildi:
-asosiy faoliyati bo’yicha daromad (foyda) solig’i;
-mulk solig’i;
-obodonlashtirish solig’i;
- ekologiya solig’i;
- mikrofirma  va  kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq;
- Respublika yo’l jamg’armasiga ajratma.
Xorijiy   investisiyalar   uchun   bunday   imtiyozlarning   belgilanishi,   shubhasiz,
yaqin   yillar   davomida   mamlakatimizdagi   mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish
hamda   xususiyiashtirish   jarayonlarida   ular   ishtirokining   yanada   kengayishi   va
buning natijasida, mazkur jarayonlar samaradorligining sezilarli darajada oshishiga
olib keldi.
Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi
xususiyatidir.   Bu   aholining   barcha   qatlamlariga   mazkur   jarayonda   aniqroq   va
natijaliroq   qatnashishi   imkonini   berdi.   Xususiylashtirishning   adresli
yo’naltirilganligi   uy-joylarning   o’z   egalariga   imtiyozli   yoki   bepul   berilishida,
aholining   ko’proq   muhtoj   va   zaif   qatlamlarini   qo’llab-quvvatlashning   turli   xil
dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi
xo’jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalandi.
O’zbekistonda   xususiylashtirishning   to’lovliligi   uning   navbatdagi   muhim
xususiyatidir.   Pulni   to’lash   orqali   davlat   tasarrufidagi   korxona   va   ob’yektlarni
xususiylashtirishda   mulkni   bepul   taqsimlash   bilan   bog’liq   salbiy   holatlar   bartaraf
29 etilishi   bilan   birga   qator   muammolarni   hal   qilish   imkoniyati   yaratiladi.   Bulardan
asosiysi, avvalo, tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlashning   moliyaviy   manbalari   paydo   bo’ladi,   bozor
infrastrukturasini   barpo   etish   uchun   resurslar   vujudga   keladi   va   aholini   ijtimoiy
muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlandi.
Davlat   mol-mulkini   yangi   mulkdorlarga   sotish   yo’li   orqali   ularning
mulkchilikning   boshqa   shakllariga   aylantirilishi   bilan   birga   xususiylashtirishdan
olinadigan   mablag’lar   shu   korxonaning   o’zini   qo’llab-quvvatlashga,   yangi
raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflandi.
Navbatdagi   muhim   xususiyat   -   respublikada   mulkni   davlat   tasarrufidan
chiqarish chog’ida aholi  uchun kuchli  ijtimoiy kafolatlar  yaratildi  va ta’minlandi.
Ijtimoiy   kafolatlar   bir   butun   imtiyozlar   tizimi   orqali   yaratildi.   Bular
xususiylashtirilayotgan   korxona   mehnat   jamoasiga   aksiyalarni   imtiyozli   shartlar
bilan   sotish,   yangi   mulkdorga   eskirgan   asosiy   fondlar   hamda   ijtimoiy
infrastruktura   ob’yektlarini   bepul   topshirish,   davlat   korxonalarining   mol-mulki,
fermalar,   bog’lar   va   shu   kabilarni   imtiyozli   shartlar   asosida   xususiyiashtirish,
hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
Ijtimoiy kafolatlar iste’mol savatining eng kam miqdorini kuzatib borish, eng
kam ish haqini, daromad solig’ini tartibga solish kabilarni ham o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy   muhofazalash   davlatning   barcha   mulkdorlar   hissadorlar,
xususiylashtirilgan   uy-joylaming,   sotib   olingan   texnika,   avtotransport
vositalarining,   yer   maydonlari,   xususiylashtirilgan   fermalar   va   boshqa
vositalarning egalarining huquqlarini himoya qilishda o’z ifodasini topdi.
30 II   BOB .   XUSUSIYLASHTIRISH   JARAYONINING   MAMLAKAT
IQTISODIY HAYOTIDA TUTGAN O’RNI
2.1.  Davlat mulkini xususiylashtirish tamoyillari va zaruriyati
O’zbеkistоn   Rеspublikаsining   Dаvlаt   mulk   vа   tаdbirkоrlikni   qo’llаb-
quvvаtlаsh   qo’mitаsi   mаmlаkаtimiz   хukumаti   bilаn   birgаlikdа
хususiylаshtirishning   strаtеgiyasi   vа   tаktikаsini   bеlgilb   chiqdi.
Хususiylаshtirishning   iqtisоdiy   mоhiyati   mulkkа   еgаlik   хuquqiy   dаvlаtdаn
yangitdаn   tiklаnаyotgаn   turli   mulkchilik   shаkllаridаn   kоrхоnаlаr,   muаssаsаlаr   vа
аyrim   shахslаrgа   еgаlik   qilish   huquqini   bеlgilаnishini,   hаmdа   dаvlаt   tоmоnidаn
хususiy   sеktоrlаrgа   dаvlаtning   хizmаt   ko’rsаtishini   chеklаnishi   yoki   хususiy
tаshаbbuskоrliklаri uchun kеng–kеng imkоniyatlаr bеrilishi, ijtimоiy хimоyalаshni
kаfоlаtlаshni   kuchаytirish   vа     bоshqаlаr,     umumаn,   dаvlаtgа   tеgishli   bo’lmаgаn
nоdаvlаt   sеktоrlаrning   mеhnаt   fаоliyatlаridа   qаtnshuvini   qisqаrtirish,   ilgаri
dаvlаtgа   qаrаshli   bo’lmаgаn,   хususiy   sеktоrlаrni,   tаdbirkоrlik   fаоliyatlаrini
rivоjlаntirishdа   suniy   rаvishdа   chеklаb   kеlgаn   yuridik   vа   tаshkiliy   to’siqlаrning
qаtьiy   qisqаrtirilishi   vа   bоshqаlаr   bilаn   izоhlаsh   mumkin.   H оzirgi   dаvrgаchа
dаvlаtgа   tеgishli   bo’lmаgаn   nоdаvlаt   sеktоrlаrini   bаrpо   еtish   ko’prоq   dаvlаt
mulkini uning tаsаrrufidаn chiqаrish vа хususiylаshtirish хisоbigа аmаlgа оshirilib
kеlinmоqdа.   «Dаvlаt   –   Хususiylаshtiruvchi   -   Dаvlаt   tаshkilоtlаri»   uchligigа
birlаshuvchi   sеktоrlаr   I   blоkni   tаshkil   еtаdi.   Ushbu   blоk   хususiylаshtirish
jаrаyonimuhitining bоzоr ishlаb chiqаrish аspеktini ifоdа еtаdi.
Оdаmlаrning   аsrlаr   mоbаynidа   misqоllаb   tеrib   to’plаgаn   mоddiy   vа
mа’nаviy   bоyliklаrini   bir   to’pоlоn   bilаn   dаvlаt   mulkigа,   оdаmlаrni   еsа   mеhnаt
vоsitаsigа,   ishlаb   chiqаruvchi   kuchlаrgа   аylаntirib   qo’ydi.   Hаr   bir   kishining   o’z
yarаtuvchilik   qоbiliyatini   ko’rsаtа   оlish,   tаdbirkоrlik   vа   хususiy   mulkni
rivоjlаntirish   аsоsidа   mеhnаtgа   munоsаbаtini   tubdаn   o’zgаrtirish,   kishilаr   оngidа
o’rnаshib   qоlgаn   bоqimаndаlik   illаtlаrigа   bаrhаm   bеrish   аnchа   vаqt   tаlаb
еtmоqdа 1
.
1
. Ўзбекистоннинг янги тарихи. 3-китоб. Миллий истиқлол даври. Т.Шарқ., 2000. 329-б.
31 Mаnа   еndi   insоn   hаq-huquqlаri   to’lа   tiklаngаn   vа   hаr   tоmоnlаmа
kаfоlаtlаngаn   jаmiyat   qurаyotgаn   bir   pаytimizdа   yaqin   o’tmishimiz   аsоrаtlаridаn
qutilish   bаrоbаridа   mаmlаkаtimiz   iqtisоdiyotidа   yangichа   аmаliyotlаr   hаyotgа
tаdbiq   еtib   bоrilmоqdа.   Dаvlаtimiz   o’z   mustаqilligigа   еrishgаch   bоzоr
iqtisоdiyotigа   аsоslаngаn   huquqiy   dаvlаt,   dеmоkrаtik,   аdоlаtli   jаmiyat   qurishgа
kirishdi.   O’zbеkistоn   Rеspublikаsining   Birinchi   Prеzidеnti   I.А.Kаrimоv   o’zining
“O’zbеkistоn iqtisоdiy islоhоtlаrni chuqurlаshtirish yo’lidа” nоmli kitоbidа kеltirib
o’tgаnidеk,   “Mulkchilik   mаsаlаsini   hаl   qilish   bоzоrni   vujudgа   kеltirishgа
qаrаtilgаn   butun   tаdbirlаr   tizimining   tаmаl   tоshi   bo’lib   хizmаt   qilаdi.   Хuddi   shu
mаsаlаni hаl qilish bilаn yangi jаmiyat, yangi iqtisоdiy munоsаbаtlаr pоydеvоrigа
birinchi g’isht qo’yildi.” 1
Dаrhаqiqаt,   kеyingi   yillаr   dаvоmidа   аmаlgа   оshirilgаn   ishlаrni   tаhlil   qilib,
shuni   аytish   mumkinki,   O’zbеkistоndа   mulkchilik   huquqi   iqtisоdiy
o’zgаrishlаrning аsоsini tаshkil qilаdi. Shuning uchun hаm O’zbеkistоndа mulkdоr
huquqi   qоnun   bilаn   tаn   оlindi   vа   himоya   qilinmоqdа.   O’zbеkistоndа   bоzоr
munоsаbаtlаrini   rivоjlаntirishgа   qаrаtilgаn   iqtisоdiyotning   аsоsini   turli
shаkllаrdаgi   mulkchilik   tаshkil   еtishi   O’zbеkistоn   Rеspublikаsi   Kоnstituцiyasidа
аniq bеlgilаb bеrilgаn. 2
   
Yuqоridа kеltirilgаn misоllаrdаn mа’lumki, хususiylаshtirish jаrаyoni tаbiiy
rаvishdа   jаmiyatdа   mulkdоrlаr   sinfini   shаkllаntirigа   оlib   kеldi.   Bu   bоrаdа   kichik
vа   хususiy   tаdbirkоrlikni   rivоjlаntirish   mulkdоrlаrni   vujudgа   kеltirishdа   muhim
аhаmiyat kаsb еtаdi. Rivоjlаngаn mаmlаkаtlаr tаjribаsi shuni ko’rsаtаdiki, mulkkа
еgаlik   vа   хususiy   mulkning   chеgаrаsi   bo’lmаsligi   kеrаk.   Ya’ni   shахsiy   bоylikni
ko’pаytirish qаndаydir qоlip yoki miqdоrdа bo’lishini dаvlаt bеlgilаb qo’ymаsligi,
аksinchа,   u   mаmlаkаtdа   hаmmаning   hаr   qаndаy   vаziyatdа   bоy   bo’lishini
tа’minlаsh   аsоsidа   аlоhidа   ijtimоiy   muhоfаzаgа   muhtоj   оdаmlаr   turmush
dаrаjаsini   оshirish   yo’lidаn   bоrmоg’i   lоzim.   Bungа   аyrim   siyosаtshunоslаr
dunyoning   turli   mаmlаkаtlаridа   o’z   kоrхоnаsi   filliаllаrini   qurib,   jаhоn   bоzоrini
1
. Каримов  И.А.  Ўзбекистон  иқтисодий  ислоҳотларни  чукурлаштириш йўлида. -Т.: Ўзбекистон,1995. 58-б.
2
. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T.:“O’zbekiston”. 2014.   
32 еgаllаb   оlgаn   yirik   kоrpоrаtsiya   vа   firmаlаr   rаhbаrlаri   fаоliyatini   vа   kаttа
miqdоrdаgi jаmg’аrmаlаrini misоl qilib ko’rsаtishаdi. 
Birоq,   O’zbеkistоn   hukumаti   butunlаy   yangi   tipdаgi   jаmiyatni
shаkllаntirishdа   hаr   qаndаy   tаyyor   аndоzаlаrgа   sig’inmаydi.   Jаhоn   tаjribаlаri   vа
milliy   еhtiyojlаrni   uyg’unlаshtirgаn   hоldа   mаvjud   hоdisаlаrgа   o’zigа   хоs
yondоshаdi. Jumlаdаn, mulkchilikkа munоsаbаtdа hаm uning o’zigа хоs usuli bоr.
Mаsаlаn,  O’zbеkistоn  Rеspublikаsining  Birinchi  Prеzidеnti  I.А.Kаrimоv:  “Dаvlаt
jаmiyatning   kеskin   tаbаqаlаnishigа   –оshib-tоshib   kеtgаn   bоylаri-u   kаmbаg’аl-
qаshshоqlаrgа   bo’linib   kеtishigа   yo’l   qo’ymаsligi   kеrаk”.-dеgаn 1
  vа   mаzkur
yondоshuvning mаzmun mоhiyatini tushuntirib bеrgаn еdi. 
Аlbаttа,   O’zbеkistоn   strаtеgiya   jihаtdаn   jаhоn   tаjribаlаri   еng   ilg’оr
nаmunаlаrdаn   kеng   fоydаlаndi.   Birоq   uni   o’z   milliy   хususiyatlаri   vа   turmush
tаrzigа   mоs   tаrzdа   аmаlgа   оshirdi.   Bu,   аyniqsа   mаmlаkаtdа   tub   iqtisоdiy
islоhоtlаrni,   jumlаdаn,   еrkin   bоzоr   siyosаtini   аmаlgа   оshirishdа   ko’zgа   yaqqоl
tаshlаndi. Nаtijаdа dаvlаt mulkini хususiylаshtirish vа yangi iqtisоdiy tizimni jоriy
еtish   bоrаsidаgi   O’zbеkistоn   yo’li   jаhоn   jаmоаtchiligi   tоmоnidаn   kеng   qo’llаb-
quvvаtlаndi. Buni  quyidаgilаrdа ko’rishimiz mumkin:   Birinchidаn,   uzоq yillаrgа
mo’ljаllаngаn, dаsturiy аhаmiyatgа mоlik mаqsаdlаr dаvlаt strаtеgiyasi dаrаjаsigа
ko’tаrilgаni bilаn, kundаlik tаlаblаr, hаyot еhtiyojlаri yoki vаqtinchаlik hоlаtlаrdа
tаktikаning   o’zgаrib   turishi   tаbiiy   hоl.   Mаmlаkаtimizdа   аmаlgа   оshirilаyotgаn
iqtisоdiy   islоhоtlаr,   mаvjud   siyosiy,   huquqiy,   mа’nаviy-ахlоqiy   nuqtаi   nаzаridаn
hаyotiydir.   Chunki,   o’tish   dаvridа   qоnunchiligimizning   hаli   to’lа
shаkllаnmаgаnligi,   аyrim   hоllаrdа   еsа   mаvjud   qоnunlаrgа   hаm   hаli   bo’ysunib
yashаshgа   оdаtlаnmаgаnimiz,   bа’zаn   хudbinlik   vа   mаnfааtpаrаstlikning   аvj   оlib
kеtishi   nаtijаsidа   turli   хildаgi   suiistе’mоlliklаr   yuz   bеrdi.   Nаtijаdа   fоydаni
yashirish,   sоliqdаn   qоchish   vа   bоshqа   ko’zbo’yamаchiliklаr,   nаyrаnglаr   tufаyli
kimlаrdir   оrtiqchа   bоyib   kеtib,   kimlаrdir   qаshshоqlаshib   qоlishi   mumkin   bo’ldi.
1
  Каримов   И.А.   Каримов     И.А.     Ўзбекистон     иқтисодий     ислоҳотларни     чукурлаштириш   йўлида.   -Т.:
Ўзбекистон,1995. 61-б.
33 Аnа   shundаy   pаytdа   Dаvlаt   qоnun   ustuvоrligini   tа’minlаshdа,   аhоli   turli
tаbаqаsining turmush tаrzidа muvоzаnаtni sаqlаb turishdа muhim rоl o’ynаydi. 
Ikkinchidаn,   dаvlаt   аdоlаt   g’оyasigа   qаttiq   suyanаdi   vа   insоn   hаq   huquqlаrin
butun chоrаlаr bilаn himоya qilish yo’lidаn sоbitqаdаmlik bilаn bоrmоqdа. Аhоlini
turli   bo’hrоnlаrdаn   аsrаb   qоlish,   uni   ijtimоiy   muhоfаzаlаsh,   tаbаqаlаrgа
bo’linmаsligi,   yashаsh   huquqi   kаbi   Оliy   qоidаni   muqаddаs   tutish-uning
insоnpаrvаrlik siyosаtining  bоsh mаzmuni.
Uchinchidаn,   O’zbеkistоn   yo’li   оldin   dunyo   minbаrlаridаn   turib   е’lоn   qilingаn,
jаhоn   jаmоаtchiligi   tоmоnidаn   tаn   оlingаn   mаmlаkаtimiz   uchun   хоs   tub
islоhоtlаrning   mаshhur   bеsh   tаmоyilidаn   biri-o’tish   dаvridа   dаvlаtning   bоsh
islоhоtchi   bo’lib   turishi   kеrаkligi   kаbi   qоidа   hаyot   tаlаbigа   аynаn   mоs
kеlgаnligidir 1
.
Bir   qаrаshdа   bizgа   хususiylаshtirish   jаrаyoni   sоf   iqtisоdiy   hоdisа   bo’lib
ko’rinаdi.   Хususiylаshtirish   dеgаndа   ko’nglimizdа   mоddiy   nе’mаt,   mоddiy
mаnfааtdоrlik, mulkkа еgаlik qilish хоhish-istаgi  pаydо bo’lаdi. Ko’z o’ngimizdа
u   yoki   bu   tаrzdаgi,   ko’p   yo   оz   miqdоrdаgi   mulk   gаvdаlаnаdi.   O’zbеkistоndа
хususiylаshtirish   hukumаt   rаhnаmоligidа   nаfаqаt   iqtisоdiy,   bаlki   huquqiy   vа
mа’nаviy   hоdisаgа   аylаntirildi.   Аyni   pаytdа   u   оngimiz   vа   tаfаkkurimizdа   yuz
bеrаyotgаn   jiddiy   o’zgаrish   sifаtidа   tаn   оlindi.   Chunki   u   bizning   fikrlаrimiz   vа
оngimizdа   o’zgаrish   yasаdi.   Insоn   hаq-huquqlаrini   tоbоrа   chuqurlаshtirdi,   uning
turmush tаrzigа yangi mаzmun оlib kirdi. Nаtijаdа jаmiyat hаm, оdаmlаr hаm sifаt
jihаtdаn tubdаn o’zgаrdi, uning mа’nаviy qiyofаsi аnchа tiniqlаshdi. 
Tub islоhоtlаr O’zbеkistоndа tаbiаtigа ko’rа sоf siyosiy, huquqiy yoki iqtisоdiy
mоhiyatini   yo’qоtmаgаn   hоldа   mа’nаviy,   ruhiy-ахlоqiy   qаdriyat   dаrаjаsigа
ko’tаrilgаnligi   sаbаbli   mаmlаkаtning   hаm,   bаrchа   fuqаrоlаrning   hаm   hаyotidа
mukаmmаl, еtuk hоdisа sifаtidа iz qоldirmоqdа. Iqtisоdiy islоhоtlаrning mа’nаviy
mаzmuni tоbоrа chuqurlаshmоqdа.  
1
 Ўзбекистоннинг янги тарихи. 3-китоб. Миллий истиқлол даври. Т.Шарқ., 2000. 330-б.
34 Mustаqillik yillаridа iqtisоdiy islоhоtlаr hаqidа gаpirаr еkаnmiz, yuz bеrgаn
instituцiоnаl o’zgаrishlаr hаqidа hаm qisqvchv to’хtаsh o’rinlidir. 1991-1996 yillаr
mоbаynidа   iqtisоdiy   islоhоtlаrning   bаrchа   yo’nаlishlаridа   sаlmоqli   instituцiоnаl
o’zgаrishlаr   sоdir   bo’ldi.   Хususаn   turаrjоylаr,   sаvdо,   хizmаt   ko’rsаtish   sоhаsi,
mаtlubоt   jаmiyati   оb’еktlаri   vа   turli   tаrmоqlаrning   mаydа   kоrхоnаlаrini
хususiylаshtirish аmаldа tugаllаndi. O’rtа vа yirik kоrхоnаlаrni dаvlаt tаsаrrufidаn
chiqаrish vа хususiylаshtirish jаrаyoni fаоl bоshlаb yubоrildi. 
1996   yil   12   mаrtdа   tаdbirkоrlikni   rivоjlаntirish,   qo’llаb-quvvаtlаsh
mаqsаdidа, shu jumlаdаn, individuаl mеhnаt fаоliyati bilаn bаnd bo’lgаn jismоniy
shахslаrni hаm hisоbgа оlib bоrish, ulаrning mаnfааtlаrini himоya qilish, ishlаrini
tаshkil   еtishdа   yordаm   ko’rsаtish   vаzifаsini   o’z   zimmаsigа   оlgаn   tоvаr   ishlаb
chiqаruvchilаr   vа   tаdbirkоrlаrning   Rеspublikа   Pаlаtаsi   tаshkil   qilindi.   Jismоniy
shахslаrning   o’z   sаrmоyasi   nеgizidа   85   mingdаn   ko’prоq   хususiy   vа   kichik
kоrхоnаlаr   tаshkil   еtildi.   Ulаrgа   umumiy   sаhni   793,5   ming   kvаdrаt-mеtr   bo’lgаn
3768   tа   fоydаlаnilmаyotgаn   vа   kаm   fоydаlаnilаyotgаn   хоnаlаr   ijаrаgа   bеrildi;
umumiy   sаhni   104,5   kvаdrаt-mеtr   bo’lgаn   282   хоnаni   ulаr   kimоshdi   sаvdоlаridа
sоtib   оldilаr.   Ulаrni   mоddiy-tехnikа   rеsurslаri   bilаn   tа’minlаsh   uchun   1469   tа
mаydа   ulgurji   bоzоri   vа   tuzilmаlаr,   shu   jumlаdаn   1256   tа   tijоrаt   mаrkаzlаri   vа
sаvdо   uylаri   tаshkil   еtildi.   Хоmаshyo   vа   tаyyor   mоllаrni   sоtish   bo’yichа   1128
yarmаrkа   vа   sаvdоlаr   o’tkаzildi.   Tаdbirkоrlаr   tоmоnidаn   512   tа   qurilishi
tugаllаnmаgаn оb’еkt sоtib оlindi. 1
              Xususiylashtirish,   xususiy   mulkni   mustahkamlash,   kichik   korxonalar,
mikrofirmalar,   fermer   xo’jaliklari   tashkil   etish   va   tadbirkorlikni   rag’batlantirish
hisobidan mamlakatimizda demokratik jamiyatning asosi va tayanchi sifatida o’rta
sinf amalda shakllan di .
Mamlakatning ijtimoiy taraqqiyotini, yuksak bosqichga ko’tarish uchun 2011
yilni   “Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   yili”   deb   e’lon   qilingan   edi.   Hozirgi
kunda   mamlakatimizdagi   ish   bilan   band   aholining   74   foizidan   ko’pi   shu   sohada
1
 Жўраев Н. Мустақил Ўзбекистон тарихи. Т., 388-б.
35 mehnat qilmoqda. 2010 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
hisobidan 480 mingta yangi ish o’rni ochildi 1
.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturida quyidagi ustuvor
yo’nalishlarga e’tibor qaratildi:
1.   Mamlakatimizda   va   uning   hududlarida   yanada   qulay   biznes   –   muhit
yaratish,   xususiy   mulkchilikning   ustuvorligini   mustahkamlashga   tso’naltirilgan
qonun   hujjatlarini   takomillashtirish,   ishonchli   kafolatlarni   ta’minlash,
tadbirkorlikka ko’proq e’tibor berish, davlatning boshqaruv funktsiyalari va ruxsat
beruvchi   normalarni   qisqartirish,   byurokratik   to’siq   va   g’oyalarni   olib   tashlash,
kichik biznes sub’ektlarining moliya-kredit va xom ashyo resurslaridan, ular ishlab
chiqaradigan   mahsulotlarga   davlat   buyurtmalari   berilishidan   keng   foydalanishni
ta’minlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tadqiq etish 2
.
2.   Davlat   va   nodavlat   organlarning   tadbirkorlik   sub’ektlari   moliya-xo’jalik
faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish.
3. Kichik korxonalar tashkil qilish hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni
ro’yxatdan   o’tkazish   tartib-qoidalarini   yanada   soddalashtirish,   kichik   biznes
sub’ektlarini   qurish   va   ularni   muhandislik-kommunikatsiya   tarmoqlarga   ulash,
noturar joy xonalari va zarur yer uchastkalarini ajratib berish masalalarini hal qilish
bo’yicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilish.
4.   Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   sohasi   uchun   soliq   va   boshqa
to’lovlar   bo’yicha   yanada   qulay   shart-sharoitlar   yaratish,   imtiyoz   proferentsiyalar
berish,   hisobotlar   tizimi   hamda   moliya,   soliq   va   statistika   organlariga   hisoblar
topshirish mexanizmini takomillashtirish va unifikatsiyalash.
5.   Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   sub’ektlariga   kreditlar   berish
mexanizmini   yanada   takomillashtirish   va   ularning   hajmini   oshirish,   birinchi
navbatda,   investitsiya   maqsadlariga,   boshlang’ich   sarmoyani   shakllantirishga
1
  Karimov   I.A.   Mamlakatimizni   modernizatsiya   qilish   yo’lini   izchil   davom   ettirish   –   taraqqiyotimizning   muhim
omilidir// Xalq so’zi, 2010 yil 8 dekabrь, № 236 (5151).
2
 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi to’g’risida”gi
Qarori// Xalq so’zi, 2011 yil, 10 fevralь, № 29 (5196). 
36 kreditlar   ajratish,   ishlab   chiqarishni   mexanizatsiya   qilish   hamda   texnologik
yangilash uchun o’rta va uzoq muddatli kreditlar berish.
6.   Kichik   biznesni   rivojlantirishga   xorijiy   investitsiyalarni,   xalqaro   moliya
institutlarining kreditlarini keng jalb qilish va yo’naltirish.
7. Sanoat   tarmoqlarida  kichik biznes  va  xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirish,
yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish uchun
keng imkoniyatlar yaratish, ana shu ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar
joriy etilishini rag’batlantirish.
8.   Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   sub’ektlarining   tashqi   iqtisodiy
faoliyatdagi   ishtirokini   kengaytirish,   eksport   salohiyatini   oshirish,   eksportga
mo’ljallangan   mahsulotni   jahon   va   mintaqaviy   bozorlarga   olib   chiqishga
ko’maklashish.
9.   Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   sub’ektlarini   axborot   bilan
ta’minlash,   shuningdek,   kadrlar   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   va   malakasini
oshirish   masalalarida   ularga   konsulьtativ   ko’mak   berish   tizimini   yanada
rag’batlantirish.
“...Dunyoning   barcha   rivojlangan   davlatlarida   bo’lgani   kabi,   O’zbekistonda
ham shakllanib kelayotgan o’rta sinf bo’lmish mulkdorlar sinfining muhim tarkibiy
qismi,   mamlakatimiz   ijtimoiy-siyosiy   tayanchi   va   suyanchi   hisoblanadi” 1
  Aynan
ana   shu   odamlar   jamiyatimizning   tayanchi   bo’lib,   uning   ijtimoiy   asosini   tashkil
etadi.   Chunki   ular   demokratik   va   bozor   islohotlarini   davom   ettirish   va
chuqurlashtirishdan,   mamlakatni   barqaror   va   izchil   rivojlantirishdan   ko’proq
manfaatdordir.
           Shu boisdan ham ana shu muammolarning oldini olish maqsadida “keng
ko’lamli   ishlab   chiqarishni   mahalliylashtirish   dasturi   doirasida   o’tgan   yili   (2009)
840   dan   ortiq   loyiha   amalga   oshirildi   va   bu   mahalliylashtirilgan   mahsulot   ishlab
chiqarish hajmini 2008 yilga nisbatan 2,3 barobar oshirishni ta’minladi... 
1  
Karimov I.A. O’zbekiston Konstitutsiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot yo’lida va fuqarolik jamiyatini barpo
etishda mustahkam poydevordir. – T.: O’zbekiston, 2009. – 27-b.
37 Mustaqillik   yillarida   jamiyatimiz   hayotining   barcha   sohalarida   amalga
oshirilayotgan   islohotlar   milliy-ma’naviy   tiklanish   jarayoniga   ta’sir   etmasligining
iloji   yo’q,   bunday   islohotlar   milliy-ma’naviy   tiklanishning   mezoni   bo’lib   xizmat
etadi. Insoniyat tarixida shu narsalar isbotlab berildiki, o’z umrini yashab bo’lgan
eski   tuzum   qonun-qoidalarini   yangicha   asoslarda   o’zgartirish   tarixiy   zaruriyatga
aylandi   va   bunday   o’zgarishlar   barcha   sohalarda   keng   ko’lamli   islohotlar   orqali
amalga   oshirildi.   Amalga   oshiriladigan   islohotlar   jamiyatning   ma’naviy   hayotini
ham   o’z   ichiga   qamrab   olib,   u   jamiyat,   millat   hayot-mamotini   hal   etib   beradigan
kuch sifatida maydonga chiqdi.
Davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirishni   a m alga   oshirishni
huquqiy- m e’yoriy   ji hatdan   ta’ m inlash   m aqsadida   «O‘zbekiston   Respublikasida
m ulkchilik  to‘g‘risida»   (1990),  «Davlat  ta sarrufidan  chiqarish   va  xususiylashtrish
to‘g‘risida»gi(1991) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Ma h ka m asining
«Mahalliy   sanoat,   aholiga   m aishiy   xiz m at   ko‘rsatish,   davlat   savdo   va   u m u m iy
ovqatlanish   korxona   va   tashkilotlarini   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirishni   tashkil   etishning   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi   qarori   va
boshqa   qonunosti   hujjatlari   qabul   qilindi.   «Tovar   bozorlarida   m onopolistik
faoliyatni   cheklash   va   raqobat   to‘g‘risida» 1
  (1996),   «Iste’ m olchilar   huquqlarini
hi m oya   qilish   to‘g‘risida»   (1996),   «Tabiiy   m onopoliyalar   to‘g‘risida»gi   (1997)
qonunlar   m a m lakati m izda raqobat  m uhitini ri vojlantirish, bozorlarda  m onopolistik
holatlarning oldini olishda huquqiy asos bo‘lib xiz m at qilayotir.
Tadbirkorlik   faoliyatining   qonuniy   asoslarini   yaratish   va   takomillashtirish
maqsadida   1995   yilda   «Kichik   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirishni
rag‘batlantirish   to‘g‘risida»gi   qonun   qabul   qilindi 2
.   1997-1999   yillarda   esa
«Xo‘jalik   yurituvchi   subyektlarni   davlat   tomoni dan   nazorat   qilish   to‘g‘risida»,
1
  Ў збекистон   Республикаси   Олий   Мажлисининг   Ахборотномаси,   1997   й.,   2-сон,   55-модда)   Мазкур   Қарор
Ўзбекистон   Республикасининг   2012   йил   6   январдаги   ЎРҚ-319-сонли   «Рақобат
тўғрисида»ги   Қонунига   асосан ўз кучини йўқотган.
2
Ў збекистон   Республикаси   Олий   Мажлисининг   Ахборотномаси,   1995   й.,   12-сон,   252-модда   1998   й.,   9-сон,
181-модда; 1999 й., 5-сон, 124-модда)   М азкур Қонун Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 2000 йил
25   майдаги   70-II-сонли   «Тадбиркорлик   фаолияти   эркинлигининг   кафолатлари   тўғрисида»ги   Ўзбекистон
Республикаси   Қонунини   амалга   киритиш   ҳақида»ги   қарорининг   3-банди   биринчи   хатбошисига   мувофиқ   ўз
кучини йўқотган.
38 «Tovar  ishlab   chiqaruvchilar  va  tadbirkorlar  palatalari  to‘g‘risi da»,  «Tadbirkorlik
va   tadbirkorlar   faoliyatini   kafolatlash   to‘g‘risida»gi   qonunlar   qabul   qilindi.   2000
yilda   «Tadbirkorlik   faoliyati   erkinligining   kafolatlari   to‘g‘risida»gi   qonunning
qabul   qilinishi   ham   tadbirkorlik   faoliyatining   yanada   kengayishi   va
mustahkamlanishida   muhim   ahamiyat   kasb   etdi.   Qonun  ustuvor   bo‘l m agan   joyda
korrupsiya   va   boqi m andalik,   o‘g‘irlik   yulg‘ichlik   g‘aznani   talash,   tayyorga
ayyorlik kabi ja m iyat   m e’yoriy holatiga zid illatlar to m ir otadi. S h ular orasida bir
qarashda oddiy, beozor tuyuladigan boqi m andalikning ha m  xavfi juda katta.
  Shu   ma’noda   olganda,   mamlakatimizda   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiy lashtirish   albatta   tabiiy,   ijtimoiy   va   iqtisodiy   omillarga   asoslangan   holda
amalga  oshirildi.  Har  bir  kishining  mulkdor   bo‘lish  his-tuyg‘usi   shakllanib  bordi,
sababi   bozor   iqtisodiyotiga   o‘tish   har   bir   kishining   tadbirkor,   ijodkor   hamda
mulkdor bo‘lish manfaati, shunga o‘xshash turli ehtiyojlari endilikda mulkni butun
davlat   qo‘lida   markazlashtirmay,   bir   qismini   davlat   tasar rufidan   chiqarib   boshqa
shakllarga   o‘tkazish,   ular   teng   mavqega   ega   bo‘lishi   va   ko‘paytirilishi   zarur
ekanligini   ko‘rsatadi.   Bu   holatlarning   hammasi   mulkka   nisbatan   bo‘lgan
munosabatlarni   boshqa   shakli   uchun   o‘zgartirishni   taqozo   etadi.   Shu   maqsadda
davlat   o‘z   mulkining   bir   qismini   o‘z   tasarrufidan   chiqarib,   xususiy lashtirishga
e’tibor   qaratdi.   Bozor   munosabatlari   sharoitida   tadbirkorlik   faoliyati   sub’ektlari
uchun keng imkoniyatlar yaratilib, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini har
tomonlama   himoya   qilishga   alohida   e’tibor   qaratib   kelinmoqda.   Shu   ma’noda
O‘zbekistonda   bozor   islohotlarini   amalga   oshirish   va   bunda   xususiy   mulkni
huquqiy   jihatdan   muhofazalash,   tadbirkorlik   faoliyatining   huquqiy   asoslarini
yaratish   va   takomillashtirish   borasida   ko‘plab   ishlar   amalga   oshirildi.   Davlat
tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   ko‘pgina   bozor   iqtisodiyotiga
asoslangan   mamlakatlarda,   shu   jumladan,   O‘zbekiston   Respublikasida
o‘tkazilayotgan   jarayonlardan   biridir.   Mustaqillik   yillarida   keng   ko‘lamda
xususiylashtirish jarayoni amalga oshirildi, ya’ni davlat mulki jismoniy va yuridik
shaxslarning   xususiy   mulkiga   o‘ta   boshladi.   Buning   natijasida   ishlab   chiqarish
39 vositalari   ishlab   chiqaruvchilar   bilan   uyg‘unlashib   mulk   bozor   munosabatlarida
o‘zining haqiqiy mazmunini kasb eta boshladi.  
Har qanday islohotning kafolatli amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri
ularning   huquqiy   negizini   yaratishdan   boshlanadi.   Iqtisodiy   islohotlar   qonun
hujjatlari   asosida   amalga   oshirilgandagina   ular   muayyan   natija   beradi   va   orqaga
chekinish ham yuz bermaydi. SHuning uchun ham islohotlarning huquqiy negizini
yaratish   bir   qancha   muhim   yo‘nalishlar   bo‘yicha   amalga   oshirildi.   Mazkur
yo‘nalishlardan   biri   mulkdorlikka   asos   soladigan   qonunlar   majmuini   yaratishga
qaratilgan   edi.   SHu   bilan   birga,   insonlarni   mulkka   bo‘lgan   munosabatlarini
o‘zgartirmasdan turib ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasligi ham ayon edi. 
Sobiq sotsialistik tuzum uchun xususiy mulk tushunchasi yot edi. Faqatgina
mulkning shaxsiy,  davlat  hamda kolxoz-kooperativ shakllari  mavjud edi. Shaxsiy
mulkdan   foydalanib,   daromad   olish   qonunga   zid   faoliyat   hisoblanardi.   Davlat
mulki umumxalq mulki deb atalgani bilan ob’ektiv reallikda xalq mazkur mulkdan
yiroqda   edi.   Natijada   ushbu   mulk   xalq   tomonidan   emas,   balki   mavhum   bo‘lgan
sub’ekt – davlat tomonidan, yanada aniqrog‘i, uning byuroktik apparati tomonidan
boshqarilar   edi.   SHuning   uchun   ham   xalqda   ham   davlatda   ham   mazkur   mulkka
nisbatan mulkdorlik hissi  mavjud emas edi. Bu uning talon-taroj bo‘lishiga sabab
bo‘lardi.   Kolxoz-kooperativ   mulki   ham   rasmiy   jihatdan   jamoaniki   deb   e’tirof
etilgani   bilan   amalda   butunlay   davlat   ixtiyorida   edi.   Mulkka   nisbatan   bunday
tartibning   o‘rnatilganligi   odamlarning   mulkdan   begonalashuviga   sababchi   bo‘lib
qoldi. Chunki, barcha ishlab chiqarish vositalari tanho davlatning mulki edi. Ishlab
chiqarishda   ishtirok   etayotgan   odamlarning   ishlab   chiqarish   hamda   vositalaridan
mahrum   bo‘lishi   hamda   iqtisodiy   manfaatdorligi   mavjud   emasligi   ularda   mulka
nisbatan   egalik   hissining   yo‘qolishiga   olib   kelgan   edi.   Istiqlolimizning   dastlabki
yillaridayoq,   mazkur   munosabat larga   barham   berish   maqsadida   iqtisodiy
islohotlarning   ko‘lami   kengaya   bordi.   Davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirish bozor munosabatlariga o‘tishning zaruriy sharti hisoblandi. 1991
yil 19 noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
40 to‘g‘risida”gi   qonuniga   muvofiq   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirishga   quyidagicha   ta’rif   berildi:   Davlat   tasarrufidan   chiqarish
deganda,   davlat   korxona larini   va   tashkilotlarini   xo‘jalik   shirkatlari   va
jamiyatlariga,   davlatga   qarashli   mulk   bo‘lmaydigan   boshqa   korxonalar   va   tashki -
lotlarga aylantirish tushuniladi.
Xususiylashtirish   jismoniy   shaxslarning   va   dav latga   taalluqli   bo‘lmagan
yuridik   shaxslarning   ommaviy   mulk   ob’ektlarini   yoki   davlat   aksiyadorlik
jamiyatlarining   aksiyalarini   davlatdan   sotib   olish   demakdir.   O‘zbekiston
Respublikasining   Birinchi     Prezidenti   Islom  Karimov ta’kid laganidek,  2016 yilga
kelib yalpi ichki mahsulotning 80 foizdan ortig‘ini nodavlat sektor ta’minladi. Tan
olishi miz   kerakki,   1991   yilda   qabul   qilingan   “Davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirish   to‘g‘risida”gi   Qonun 1
,   o‘tgan   davr   mo baynida   80   tadan   ortiq
qonunosti   hujjati   unga   uyg‘unlashtiril ganiga   qaramasdan,   bugun   qayta   ko‘rib
chiqishni   va   yangi   tahrirda   qabul   qilishni   talab   etmoqda.   Mamlakatimizning
strategik   muhim   tarmoqlari   va   korxonalarida   aksiyalarning   nazorat   paketi,   ta’bir
joiz   bo‘lsa,   “oltin”aksiyalarni   davlat   ixtiyorida   saqlab   qolgan   holda,
iqtisodiyotning eng muhim etakchi tarmoqlariga xususiy investorlarni jalb qilish va
ularda   nodavlat   sektor   ulushini   yanada   kengaytirish   zarur.   Bunda   bo‘lajak
investorlarning barcha toifalariga xususiylashtirish jarayonlarida teng sharoit yara -
tishni   ta’minlash,   ularda   xususiy   sektor   ishtirokini   kengayti rish,   xususiylashtirish
bitimlarining ochiqligi va oshkoraligini ko‘zda tutish lozim 2
.
Jahon   amaliyoti   shuni   ko‘rsatadiki,   xususiylashtirish-bu   iqtisodiy
islohotlarning   tamal   toshidir.   Boshqa   yosh   mustaqil   davlatlardan   farqli   o‘laroq
O‘zbekistonda   o‘tish   davrida   xususiylashtirishni   vauchersiz   amalga   oshirishga
qaror   qilindi.   Xususiylashtirish   jarayonini   tashkil   etish   va   unga   rahbarlik   qilish
1
  Ў збекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1992 й., 1-сон, 43-модда; 1993 й., 5-сон, 236-
модда; 1994 й., 11-12-сон, 285-модда; Ўзбекистон  Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1995
й.,   9-сон,   193-модда;   1998   й.,   3-сон,   38-модда;   2003   й.,   1-сон,   8-модда;   Ўзбекистон   Республикаси   қонун
ҳужжатлари тўплами, 2006 й., 14-сон, 109-модда; 2010 й., 37-сон, 315-модда; 2011 й., 15-сон, 147-модда;
2013 й., 1-сон, 1-модда; 2014 й., 4-сон, 45-модда; 2016 й., 52-сон, 597-модда)
2
.  Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини
ривожлантириш Концепцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2010. -52-53 б.  
41 uchun   1992   yil   fevralida   Davlat   mulkini   boshqarish   va   xususiylashtirish   Davlat
qo‘mitasi   ta’sis   etildi.   1994   yilda   uning   vazifalari   o‘zgartirilib,   u   Davlat   mulkini
boshqarish   va   tadbirkorlikni   qo‘llab-quvvatlash   Davlat   Qo‘mitasi   deb   atala
boshlandi. Ushbu Davlat Qo‘mitasi maqomining o‘zgarishi muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi,   zero   u   xususiylashtirishning   O‘zbekiston   uchun   xos   bo‘lgan   ikkita   g‘oyat
muhim vazifasini bajarar edi. O‘zbekistonning   vaucher   tizimidan   voz   kechgani
uchungina   emas,   balki   xususiylashtirishdan   tushgan   barcha   mablag‘lar
tadbirkorlikni   qo‘llab-quvvatlash   uchun   berilishi   jihatdan   ham   o‘ziga   xos,   o‘z
yo‘liga   ega   bo‘lgan   davlat   sifatida   ko‘zga   tashlandi.   Yana   shuni   aytish   lozimki,
tadbirkorlikni   rivojlantirishning   huquqiy   asosini   vujudga   keltirish   qonunlar
majmuini yaratishni tashkil qilishni uyushtirish uchun Oliy Majlis tarkibida yangi
iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo‘mitasi tuzildi. Davlat mulkini
xususiylashtirishning O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan
ishlab   chiqilgan   tamoyillari   eng   avvalo   o‘zining   mahalliy   xususiylashtirish   va
talablarini   hisobga  olganligi, tag-zaminli   va asosliligi,  ayni  paytda  hozirgi   zamon
ilg‘or   tajribalariga   mos   kelishi   bilan   alohida   ajralib   turadi.   Birinchidan,
xususiylashtirish  qandaydir  kishilar  yoki  ma’lum  mafkura manfaati  uchun xizmat
qilmasligi   lozim.   Chunki,   xususiylashtirish   eng   avvalo,   mamlakat   miqyosida
amalga   oshirilayotgan   islohotlar   mantig‘iga   mos   bo‘lmog‘i   lozim   edi.
“O‘zbekistonda   davlat   bosh   islohotchi”   vazifasini   amalga   oshirar   ekan,   uning
xususiylashtirishni   o‘zi   boshqarib   borishi   ko‘zda   tutildi.   Shuning   uchun
O‘zbekistonda   chek   vositasi   bilan   xususiylashtirish   g‘oyasidan   voz   kechildi.   Bu
boradagi   muhim   xulosa   shundan   iborat   bo‘ldiki,   davlat   mol-mulki   faqat   yangi
mulkdorga   sotish   yo‘li   bilangina   mulkchilikning   boshqa   shakliga   aylantirila
boshlandi.   Ikkinchidan,   xususiylashtirishga   dasturiy   yondoshuvni   ta’minlash   va
uni   boqichma-bosqich   amalga   oshirish   lozim   edi.   Shuning   uchun   1991   yil   18
noyabrda   O‘zbekiston   Respublikasi     Oliy   Kengashining   VIII   sessiyasida   mulkni
“Davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   to‘g‘risida”   gi   Qonun   qabul
qilindi. Unga ko‘ra mulkchilik shakllarini o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika
42 hamda   hududiy   maqsadga   bosqichma-bosqich   ishlab   chiqiladigan   va
tasdiqlanadigan   maxsus   dasturlar   asosida   amalga   oshirilishi   qat’iy   belgilab
qo‘yildi.   1994   yil   21   yanvarda   qabul   qilingan   “Iqtisodiy   islohotlarni
chuqurlashtirish   chora   tadbirlari   to‘g‘risida”   gi   va   1994   yil   16   martda   qabul
qilingan   “Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   jarayonini
yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1
gi Prezident Farmonlari
xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog‘onaga ko‘tarish, uni sifat jihatidan
yaxshilash   imkonini   berdi.   Qabul   qilingan   qarorlarga   muvofiq   xususiylashtirish
jarayonida   korxonalarni  ochiq  turdagi   hissadorlik  jamiyatlariga  aylantirish,  ushbu
jarayonga   aholini   va   chet   ellik   investorlarni   kengroq   jalb   qilish   jarayonini   avj
oldirish   vazifasi   qo‘yildi.   Qimmatli   qog‘ozlar   va   ko‘chmas   mulk   bozorini   tashkil
etish uchun imkon yaratildi. Davlat mulkini sotish bo‘yicha kimoshdi savdolari va
tanlovlari o‘tkaziladigan bo‘ldi. Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va
muntazam olib borila boshlandi. 2016 yilga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat Dasturi
qabul   qilindi.  Iqtisodiyotning  davlat  sektori  negizida   mingdan  ortiq  ochiq  turdagi
aksiyadorlik   jamiyatlari,   2011   yilga   kelib,   6000   xususiy   va   oilaviy   korxonalar
vujudga   keldi.   Xususiylashtirish   borasida   O‘zbekistonda   amalga   oshirilgan
ishlarning   yana   bir   o‘ziga   xos   tomoni   shundaki,   mulkni   davlat   tasarrufidan
chiqarish   chog‘ida   aholi   uchun   kuchli   ijtimoiy   kafolat   choralari   ko‘rildi.   Mazkur
jarayonning   o‘ziga   xos   tomoni   shundan   iborat   bo‘ldiki,   aholining   ijtimoiy
himoyasi avvalo shunda ko‘rinadiki, xususiylashtirish chog‘ida bir butun imtiyozli
tizim   yaratildi.   Masalan,   xususiylashtirilayotgan   korxona   xodimlariga   imtiyozli
aksiyalar berildi. Shuningdek, davlat xo‘jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar
va uzumzorlar imtiyozli shartlarda xususiylashtirila boshlandi.
1
  "Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   «Ўзбекистон   Республикасида   мулкни   давлат   тасарруфидан
чиқариш   ва   Хусусийлаштириш   жараёнини   янада   ривожлантиришнинг   устувор   йўналишлари   тўғрисида»
1994 йил 15 мартдаги фармонини бажариш чора-тадбирлари тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар
Маҳкамасининг   қарори   "   №171,   29.03.1994   -   ҳужжатига   нисбатан   корреспондент   ҳужжатлар   рўйхати
09.05.2017 сана ҳолатига .
43 O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1996   yil   25   iyul   kuni
bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida xususiylashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirishga
e’tibor berilar  ekan “Xususiylashtirish  jarayoni chuqurlashdi  va kengaydi. U sifat
jihatdan yangicha ahamiyat kasb etganini ham qayd etish lozim” 1
, -deb ta’kidlandi.
Darhaqiqat,   mustaqillikning   dastlabki   yillarida   asosiy   e’tibor   masalaning   miqdor
ko‘rsatkichlariga,   ya’ni   qancha   korxona   mulk   shaklini   o‘zgartirganiga   qaratilgan
bo‘lsa,   bugungi   kunda   xususiylashtirishning   sifat   ko‘rsatkichlari   asosiy   mezon
bo‘lib   qoldi.   Xususiylashtirishning   yurtimizga   xos   xususiyatlarini   ko‘rib   chiqish
jarayonida   e’tibor   qaratishimiz   mumkinki,   xususiy   sektor,   kichik   biznes   iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlanishning faol harakatlantiruvchi kuchiga aylanganicha yo‘q. Shu
bois   yaqin   yillar   ichida   mulkchilik   munosabatlarini   yanada   chuqurlashtirish,
mulkdor   huquqlarini   amalga   oshirish   va   himoyalash   uchun   yanada   kuchliroq
kafolatlarni   yaratish   bo‘yicha   keng   ko‘lamli   dasturni   amalga   oshirish   kerak
bo‘ladi.   Bir   so‘z   bilan   aytganda-kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   bugunki
kunda   aholi   bandligini   ta’minlaydigan   va   uning   asosiy   daromad   manbai   bo‘lgan
muhim bo‘g‘inga aylandi. Ayni paytda u iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng
muhim   omili,   jamiyatimiz   ijtimoiy-siyosiy   barqarorligining   kafolati,
mamlakatimizni   taraqqiyot   yo‘lidan   olg‘a   etaklaydigan   faol   harakatlantiruvchi
kuch sifatida namoyon bo‘ldi.
Mamlakatimiz   iqtisodiyotini   tarkibiy   o`zgartirish,   tarmoqlarni   modernizatsiya
qilish,   texnik   va   texnologik   yangilashga   doir   loyihalarni   amalga   oshirish   uchun
investitsiyalarni   jalb   qilish   muhim   ahamiyat   kasb   etishi   shubhasiz   haqiqatdir.
Rivojlanayotgan va o`tish iqtisodiyotidagi  mamlakatlar  qatori O`zbekistonda ham
xorijiy investisiyalarni iqtisodiyotga jalb etish zaruriyatining mavjudligi, iqtisodiy
islohotlarning   samarali   amalga   oshirilishida   muhim   unsurlardan   hisoblanadi.
Xususan,   O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O`zbekiston   Respublikasida
investitsion va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha
1
. Жўраев Н. Мустақил Ўзбекистон тарихи. Т., 382-б.
44 chora-tadbirlar  to`g‘risida” 1
  2014-yil  7-aprelda qabul  qilingan Farmonida nazarda
tutilgan   qo`shimcha   dasturiy   chora-tadbirlarni   amalda   bajarish,   shu   jumladan,
yangi   imtiyozlar   va   preferensiyalarning   keng   doirasi,   har   xil   litsenziya   va   ruxsat
beruvchi   tartib-taomillarning   muddatlarini   tubdan   qisqartirish,   soddalashtirish   va
arzonlashtirish xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznesni yuritish, iqtisodiyotga
mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun shart-sharoitlarni yanada
yaxshilash   borasida   keng   ishlar   amalga   oshirilishi,   mamlakatimizda   iqtisodiy-
islohotlarning to`g’ri yo`nalishda olib borilayotganligidan dalolatdir.
1
Ў збекистон   Республикасида   инвестиция   иқлими   ва   ишбилармонлик   муҳитини   янада   такомиллаштиришга
доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида   (Ўзбекистон  Республикаси  қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й.,
15-сон, 163-модда, 50-сон, 589-модда; 2017 й., 2-сон, 25-модда)
45

Mustaqillik yillarida davlat mulklarini xususiylashtirish M U N D A R I J A: KIRISh ..................................................................................................................... 3 I BOB. MUSTAQILLIK YILLARI IQTISODIYOTIDA MULKCHILIK MUNOSABATLARI HUQUQIY ASOSLARINING YARATILISHI 1.1 O‘zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari 1.2. O‘zbekistonda mulkchilik tizimi shakllanishining bosqichlari va xususiyatlari II BOB . XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONINING MAMLAKAT IQTISODIY HAYOTIDA TUTGAN O’RNI 2.1. Davlat mulkini xususiylashtirish tamoyillari va zaruriyati 2.2 . Xususiylashtirishning huquqiy negizlari III BOB. YANGI O‘ZBEKISTONDA XUSUSIYLASHTIRISHNING YANGI BOSQICHI 3.1. Xususiylashtirishning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati 3.2. 2017-2023 yillarda davlat iqtisodiy rivojlanish dasturlari va unda xususiylashtirish natijalari XULOSA .................................................................................................................... FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI .................................................................................................................. ILOVALAR ......................................................................................................... 1

KIRISH Magistrlik dissertatsiyasining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar bugungi kunda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida mulkchilik munosabatlari takomillashtirilishi, chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilishi, qulay investitsiya muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlantirilishi, ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyalar asosida qayta jihozlash aholi daromadlari o‘sishini ta’minlash hamda boshqa ko‘plab sohalarda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi natijasida mustaqillik yillari mobaynida sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bugungi globallashuv sharoitida jahon mamlakatlari xo‘jalik tizimida milliy iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni kiritish va shu asosda rivojlanish istiqbollarini belgilash zamonaviy bozor munosabatlari shakllanishining ajralmas muhim jihatlaridan sanaladi. Bir tomondan, u mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini takomillashtirishda innovatsion qarorlarni qabul qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi. Boshqa jihati, mamlakat iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan davlatlarda kichik biznes va xususiy mulkchilik ning shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi Zamonaviy globallashuv tizimlarida xorijiy investitsiyalar va ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni masalasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda jahonning yetakchi hamda rivojlanayotgan davlatlarida iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq islohotlar va ularning natijalariga, shuningdek, xususiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur masalaning dolzarbligi uning mamlakatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlardagi ishtiroki hamda istiqbolini belgilab berishdagi ahamiyati bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan xorijiy investitsiyaga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tarixiy roli va o‘rnini aniqlash, 2

shuningdek mazkur sohaning keyingi rivojiga xizmat qiluvchi nazariy hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy negizini mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtirish tashkil etadi. Respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichmabosqich amalga oshirishdan iboratligi hisoblanadi . Mamlakatimizda izchil davom yetayotgan islohotlarda xususiy mulk institutini huquqiy jihatdan mustahkamlash bilan birga davlat mulkini boshqarishning aniq yo’naltirilgan huquqiy asosini yaratish ham muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga bag‘ishlangan ustuvor yo‘nalishi va uning maqsadlarida m amlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish jarayoni yangi bosqichga ko‘tarildi 1 . Tadqiqot obyekti va predmeti. Mustaqillik yillarida davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari va uning natijalari tadqiqot obyekti sifatida belgilab olingan. Xususiylashtirish jarayonining iqtisodiyotdagi real holati va uning ahamiyatini ochib berish tadqiqotning predmetini tashkil etadi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad maxsus adabiyotlar va ilmiy asarlar asosida mustaqillik yillarida O‘zbekistonda davlat mulklarini xususiylashtirish sohasiga amalga oshirilgan islohotlarning tarixiy rolini ochib berishdan iborat. Mazkur maqsadni amalga oshirishda quyidagilar asosiy vazifa sifatida belgilab olingan: - O‘zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslarini ko‘rib chiqish: 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” farmoni 3

- O‘zbekistonda mulkchilik tizimi shakllanishining bosqichlari va xususiyatlarini tahlil qilish: - Davlat mulkini xususiylashtirish tamoyillari va zaruriyatini asoslash, - Xususiylashtirishning huquqiy negizlari ko‘rsatib berish, - Xususiylashtirishning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish, - 2017-2023 yillarda davlat iqtisodiy rivojlanish dasturlari va unda xususiylashtirish natijalarini tahlil qilish Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi quyidagilarda aks etadi: - mustaqillik yillarida mustaqil O‘zbekistonda sharoitida davlat mulkini xususiylashtirishning tarixiy shart-sharoitlaari va uning mahalliy xususiyatlari ilmiy adabiyotlar tahlili asosida ko‘rib chiqilgan: - O‘zbekiston sharoitida xususiylashtirishning asosiy bosqichlari va uning natijalari mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi holati tahlil qilingan: - davlat mulkini xususiylashtirishning negizlari va tamoyillarining ishlab chiqilishi hamda uning amalga oshrilishidagi asosiy bosqich va mezonlar ko‘rib chiqilggan: - 2017-2022 yillarda amalga oshirilgan islohotlarning xususiylashtirish jarayonlariga ta’siri va uning natijadorligi qiyosiy tarixiy tahlil qilingan. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Mazkur mavzu yuzasidan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan iqtisodchi olimlar, tarixchi va sotsiologlaar tomonidan bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganligini e’tirof etish o‘rinliddir. Jahonning qator davlatlari bilan O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy sohalardagi hamkorligi, shuningdek, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi masalalari faol ilmiy izlanish olib borayotgan tarixchi, siyosatshunos, iqtisodiyot va huquq fani olimlari tadqiqot ob’ekti sanaladi. Shu bilan birga jahon mamlakatlarining iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o‘zaro aloqadorligi masalasi ko‘plab xorijiy olimlar diqqat markazidan o‘rin olgan. 4

Iqtisodiyot yo‘nalishida tadqiqot olib borgan olimlar qatoriga N.N.Sodiqov, N.Sirojiddinov, N.Yusupova, O.Mirzabekova, E.Maxmudov, U.Inoyatov, S.Chepel, O.Aripov kabi mualliflar asarlarini kiritish mumkin 1 . Huquqiy bilimlar borasida N.Xolbekov, B.Samarxo‘jaev, D.Qoraxo‘jaeva, Z.Qudratov va boshqalarning ilmiy izlanishlari alohida qiziqish uyg‘otadi 2 . Mazkur ilmiy izlanishlarda xususiylashtirishning shakllanishi va rivojlanishi masalalari tadqiq etilgan. Mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati tahlil qilingan. O‘zbekiston sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllanishi va rivojlanishining huquqiy asoslari yoritib berilgan. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga e’tibor kuchaytirilgan hozirgi paytda xalqimizning o‘tmishda bozorga bo‘lgan munosabatlari, jahonning ilg‘or tajribalari, milliy an’analar va udumlar asosida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiyot hayotida xo‘jalik yuritishning turli tashkiliy, huquqiy asoslari yaratilmoqda. Hozirgi paytda hayotimizga ko‘p tarmoqli xo‘jalik yuritish tizimlari, mulkka munosabatdagi o‘zgarishlar kirib kela boshladi. Bugungi kunda hunarmandchilik, tadbirkorlik va savdo-sotiq bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekistonda tadbirkorlik, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulkiy o‘zgarishlarning ko‘rinishi tahlil qilingan asarlar yuzaga keldi. Bugungi kunda tadqiq etilayotgan mavzuga 1 Садыков Н.Н. Узбекистан и международные экономические организации // Мировая экономика и международные отношения, 1996, №7; Сиражиддинов Н. Иностранные инвестиции в экономике Узбекистана // Экономическое обозрение, 1998, №3; Юсупова Н., Мирзабекова О. Проблемы инвестиционной активности в независимом Узбекистане // Общество и экономика, 1998, №3; Чепель С. Рост за годы независимости: факторы, проблемы и перспективы // Материал опубликован на сайте: http://www . review.uz; Махмудов Э.А. Прямые иностранные инвестиции в экономику Узбекистана: достижения, проблемы и перспективы. – Ташкент: 2007; Иноятов У.У. Механизм развития предпринимательских структур в условиях модернизации экономических реформ Узбекистана // Бюллетень науки и практики - Bulletin of Science and Practice, 2017, №12. и др. 2 Холбеков Н. Иностранные инвестиции: правовое формирование // Рынок, деньги и кредит, 1999, №10; Самарходжаев Б. Инвестиции в Республике Узбекистан (международно-частноправовой аспект). Ташкент: Академия, 2003; Караходжаева Д. Совершенствуются правовые основы // Учитель Узбекистана, 18 февраля 2011 г., №7 (2142); Кудратов З.Г., Султанов З.Т. Особенности государственной поддержки и развития малого бизнеса в Узбекистане // Молодой ученый, 2013, №4; Курбанова Д.М. Состояние нормативно- правовой базы и ее влияние на развитие малого бизнеса в Республике Узбекистан // Вестник Томского государственного университета, Серия: Экономика, 2016, №2 (34). 5