logo

MUSTAQILLIK YILLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIDA

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.5693359375 KB
MUSTAQILLIK YILLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIDA
AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR.
REJA:
1. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li.
2. Mahalliy o’zini o’zi boshqarishning tashkil etilishi.
3. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar.
  1.Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li
Mamlakatimiz   bundan   19   yil   oldin   o‘z   mustaqilligini   e’lon   qilib,   tarixiy
taraqqiyotning   yangi   bosqichiga   qadam   qo‘ydi.   O‘tgan   davr   mobaynida   bosib
o‘tgan   murakkab,   ayni   paytda   sharafli     yo‘limizga   nazar   tashlar   ekanmiz,
Vatanimiz   ozodligi   naqadar   mashaqqatli   va   tinimsiz   kurashlar,   xalqimizning
qanday   og’ir   va   fidokorona   mehnati   evaziga   qo‘lga   kiritilgani,   mustaqil
taraqqiyotimiz   davomida   amalga   oshirgan   ishlarimiz,   erishgan   natijalarimiz
beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi.
Bu   haqda   gapirganda,   avvalambor   mustaqillikning   dastlabki   yillarida   yurtimizda
qanday   og’ir   vaziyat   hukm   surganini   yodda   tutish   va   tasavvur   etishga   to‘g’ri
keladi.
Ma’lumki,   sobiq   sovet   tizimi   qat’iy   markazlashtirilgan   holda   rejalashtirish   va
taqsimlash   usuliga   asoslangan   edi.   Ana   shu   tizimga   xos   bo‘lgan   illatlar   bilan   bir
qatorda   respublikamiz   iqtisodiyotining   biryoqlama   rivojlanib,   xomashyo
tayyorlashga   yo‘naltirilgani,   iqtisodiyotga,   ekologiya   va   aholi   genofondiga
halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligining misli ko‘rilmagan darajaga
yetgani o‘sha paytda yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. 
G’oyat ulkan tabiiy, mineral-xomashyo va mehnat resurslariga, insoniy salohiyatga
ega   bo‘lishiga   qaramay,   respublikamiz   sobiq   SSSRda   aholi   turmush   darajasi,
ijtimoiy   va   gumanitar   sohalar   rivoji   bo‘yicha   oxirgi   o‘rinlardan   birida   turar   edi.
Bunday   sharoitda   iqtisodiyotning   halokatli   ravishda   inqirozga   yuz   tutishi   va
inflyatsiyaning   o‘ta   keskin   darajada   o‘sib   ketishiga   chek   qo‘yish,   shakllangan
xo‘jalik,   ishlab   chiqarish   va   moliyaviy   aloqalarning   butunlay   izdan   chiqishiga
barham   berish,   ishsizlikning   yanada   ortib   ketishiga   yo‘l   qo‘ymaslik   favqulodda
muhim ahamiyat kasb etar edi.
Prezidentimiz   Islom   Karimov   tomonidan   ana   shu   holatlarning   barchasi   e’tiborga
olinib,   mustaqillikning   ilk   kunlaridan   boshlab   dunyo   tajribasini   har   tomonlama
o‘rganish   asosida   mamlakatimizda   ijtimoiy   yo‘naltirilgan   bozor   iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish dasturi ishlab chiqildi. Unda milliy
urf-odat   va   an’analarimizni   asrab-avaylash   va   yanada   mustahkamlash,
umumbashariy   qadriyatlarga   hurmat   bilan   munosabatda   bo‘lish   orqali
O‘zbekistonning   jahon   hamjamiyati   bilan   uyg’un   va   hamohang   rivojlanishiga
alohida e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari «O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li» risolasida
xalqimiz   bosib   o‘tgan   milliy   taraqqiyot   yo‘lini   chuqur   tahlil   etib,   bu   borada   ikki
tarixiy   davr   muhim   o‘rin   tutganini   har   tomonlama   asoslab   bergan   edi.   Avvalo,
o‘tish   davri   va   milliy   davlatchilik   asoslarini   shakllantirish   bilan   bog’liq   birinchi
galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991 yildan
2000 yilgacha bo‘lgan davr mamlakatimiz va xalqimiz hayotida beqiyos va ulkan,
tom ma’noda tarixiy iz qoldirgan davr bo‘ldi.
Shu   bilan   birga,   mamlakatimizni   faol   demokratik   yangilash,   isloh   etish   va
modernizatsiya qilish davri – 2001 yildan bugungi kungacha bo‘lgan muddatni o‘z
ichiga   olgan   navbatdagi   bosqich   esa   iqtisodiyotimizni   barqaror   rivojlantirish,
siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni
izchil   isloh   qilish,   aholi   hayot   darajasining   muttasil   o‘sib   borishini   ta’minlash
borasida yanada muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu   xususda   so‘z   borganda,   mustaqillik   yillarida   erishilgan   barcha   yutuq   va
marralar – avvalambor, mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va
modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish bo‘yicha o‘z
vaqtida   boshlangan,   har   tomonlama   puxta   o‘ylangan,   uzoq   istiqbolga
mo‘ljallangan siyosatning natijasi ekaniga takror-takror ishonch hosil qilamiz. 
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, dunyoda o‘zbek modeli
sifatida tan olingan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, uning afzalliklari
haqida   jahondagi   nufuzli   siyosatchi   va   iqtisodchilar,   ekspert   va   tahlilchilar
tomonidan   ko‘plab   haqqoniy   fikrlar,   yuksak   baholar   bildirilgan.   Asosiy   negizini
iqtisodiyotning   mafkuradan   xoliligi,   siyosatdan   ustunligini   nazarda   tutadigan pragmatik iqtisodiy siyosat; davlatning bosh islohotchilik vazifasini o‘z zimmasiga
olishi;   qonun   ustuvorligini   ta’minlash;   kuchli   ijtimoiy   siyosat   olib   borish;
islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyil tashkil
etadigan ushbu taraqqiyot modeli ayniqsa 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi sharoitida o‘zining naqadar to‘g’ri ekanini yana bir bor isbotladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakatimizning chetdan tiqishtirilgan, “shok
terapeyasi”   deb   atalgan   usullardan,   “bozor   iqtisodiyoti   o‘zini   o‘zi   boshqaradi”
qabilidagi   soxta   qarashlardan   avvalboshdanoq   voz   kechib,   boshqaruvning
ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishda inqilobiy emas,
balki   tadrijiy   rivojlanish   yo‘lini   tanlagani   bugun   o‘zining   ijobiy   natijasini
bermoqda.   Ayniqsa,   “Yangi   uy   qurmay   turib,   eskisini   buzmang”,   “Islohotlar   –
islohot   uchun   emas,   avvalo   inson   uchun”   degan,   bugun   ko‘pchilikka   yod   bo‘lib
ketgan   hayotiy   shiorlar   negizida   yangi   davlat,   yangi   jamiyat   poydevorini   barpo
etish   yo‘lida   qanday   yutuqlarga   erishayotganimizni   bugun   har   qadamda   ko‘rish
mumkin. 
Yurtimizda   o‘tgan   yillar   davomida   davlat   hokimiyatining   qonun   chiqaruvchi   va
boshqa   institutsional   tizimlari   aynan   ana   shu   tamoyillar   negizida   shakllanib,
faoliyat   olib   bordi,   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishning   ustuvor   dastur   va   rejalari,
jumladan,   Inqirozga   qarshi   choralar   dasturi   ham   shu   asosda   ishlab   chiqilib,
bosqichma-bosqich  amalga oshirildi. Shuning hisobidan  biz bugungi  kunda sobiq
sovet   tuzumidan   qolgan   og’ir   illatlarning   xatarli   tahdidlarini   yengib   o‘tish,   jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan saqlanish uchun ishonchli  to‘siq
va   mustahkam   poydevor   yaratish   bilan   birga,   milliy   iqtisodiyotimizning   barqaror
va   jadal   rivojlanishini,   aholimizning   hayot   darajasi   va   farovonligi   uzluksiz   oshib
borishini ta’minlashga erishmoqdamiz.
Faqat mustaqil taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy tizimdagi chuqur o‘zgarish va islohotlar
tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining ana shunday jadal va barqaror rivojlanishini
ta’minlash   imkoniyati   paydo   bo‘lganini   bugun   har   qaysi   yurtdoshimiz   o‘z   hayoti
misolida ko‘rmoqda.  Istiqlolimizning eng buyuk yutuqlaridan biri – yurtimizda tarixan qisqa muddatda
milliy   davlatchiligimiz   poydevori   yaratilgani   bilan   bugun   har   qancha   faxrlansak
arziydi.   Milliy   davlatchiligimizning   eng   muhim   qadriyatlarini   belgilab   beradigan
Asosiy   qonunimiz   –   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasida   mamlakatimizda
davlat   va   jamiyat   qurilishining   asosiy   tamoyillari   o‘zining   aniq   ifodasini   topgan
bo‘lib,   ular   orasida   davlat   hokimiyatining   qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi   va   sud
tarmoqlariga bo‘linishi hal qiluvchi qoida sifatida muhrlab qo‘yilgan.
Ana shunday huquqiy poydevor  asosida  mamlakatimizda tub ma’muriy islohotlar
amalga   oshirildi,   davlat   va   xo‘jalik   boshqaruvining   tarkibiy   tuzilishi
modernizatsiya   qilindi   va   yangilandi,   joylarda   hokimlik   instituti   joriy   etilib,
mahalliy hokimiyat organlari qayta tashkil qilindi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish
organlari tizimi – mahalla instituti rivojlandi va mustahkamlandi.
Yana   bir   tarixiy   yutug’imiz   –   diyorimizda   bozor   iqtisodiyoti   asoslari   yaratilib,
yangicha   iqtisodiy   munosabatlar   mexanizmlari   joriy   etildi,   tegishli   infratuzilma
institutlari tashkil etildi, bugungi talablarga javob beradigan mutlaqo yangi moliya
va   ikki   bosqichli   zamonaviy   bank   tizimlari   shakllantirilib,   iqtisodiyotimizning
barcha soha va tarmoqlarida chuqur islohotlar amalga oshirildi. 
Mustaqillik   yillarida   yurtimizda   mulkiy   munosabatlar   sohasida   ham   tub
o‘zgarishlar   ro‘y   berdi.   Mamlakatimizda   amalda   ko‘p   ukladli   iqtisodiyot
shakllanib,   uning   tarkibida   xususiy   mulk   ustuvor   rivojlanish   imkoniyatiga   ega
bo‘ldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizda nafaqat hal qiluvchi
o‘rin   egalladi,   balki   bozorlarimizni   zarur   tovar   va   xizmatlar   bilan   to‘ldirish,
odamlarning   daromadi   va   farovonligini   yuksaltirishning   asosiy   manbai,   aholi
bandligini oshirishning eng muhim omiliga aylandi.
Yurtimizda   yoqilg’i-energetika   va   g’alla   mustaqilligiga   erishishdek   muhim
strategik maqsadga erishildi. Mamlakatimizning boy mineral-xomashyo va qishloq
xo‘jaligi   resurslarini   chuqur   qayta   ishlashga   qaratilgan   eng   zamonaviy
texnologiyalarni   jalb   etgan   holda,   korxonalarni   modernizatsiya   qilish,   texnik   va texnologik   yangilash   bo‘yicha   keng   ko‘lamli   dasturlarni   izchil   amalga   oshirish,
energetika,   neftgaz-kimyo,   rangli   metallurgiya,   ximiya   va   to‘qimachilik   sanoati,
mashinasozlik   va   avtomobilsozlik,   farmatsevtika   va   mikrobiologiya   kabi   yuksak
texnologiyalar   asosida   ishlaydigan,   iqtisodiy   taraqqiyotning   lokomotivi
hisoblangan tarmoqlarning jadal rivojlanishi ta’minlanmoqda. Shuningdek, qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli va chuqur qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab
chiqarishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Iqtisodiyotimizni   tarkibiy   o‘zgartirish   va   diversifikatsiya   qilishda   uning   real
sektoriga   investitsiyalarning   keng   jalb   etilayotgani,   yurtimizda   eksport   salohiyati
va   eksport   mahsulotlari   hajmi   ortayotgani,   tashqi   savdo   aylanmasida   ijobiy
sal ь doning   oshayotgani,   tashqi   qarzlar   hajmining   ko‘payib   ketishiga   yo‘l
qo‘ymagan   holda,   oltin-valyuta   zaxiralarining   barqaror   o‘sib   borishi
ta’minlanayotgani muhim omil bo‘lmoqda.
O‘zgalarning   havasini   uyg’otayotgan   bunday   iqtisodiy   o‘sish   sur’atlarini
ta’minlash,   iqtisodiyotni   yangilash,   demokratik   o‘zgarishlarni   amalga   oshirish   va
butun   mamlakatimizni   modernizatsiya   qilishda   jahonda   o‘xshashi   bo‘lmagan
Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   va   Maktab   ta’limini   rivojlantirish   davlat
umummilliy   dasturining   joriy   etilishi,   mamlakatimizda   jismoniy   sog’lom,
ma’naviy   barkamol   avlodni   tarbiyalashga   davlat   tomonidan   katta   e’tibor
berilayotgani   ulkan   tarixiy   ahamiyatga   ega   bo‘lib,   ijobiy   ma’nodagi   portlash
effektiga olib keldi.
Bugun   hech   kimdan   kam   bo‘lmay,   zamonaviy   bilim   va   kasb-hunar   asoslarini
egallab   voyaga   yetayotgan   yigit-qizlarimizning   ta’lim,   ilm-fan,   madaniyat,   san’at
va   sport   sohalarida   erishayotgan   dastlabki   umidbaxsh   yutuqlari   buni   yaqqol
tasdiqlab turibdi.
Shu bilan birga, sog’liqni saqlash sohasini isloh etishga qaratilgan davlat dasturlari
va   chora-tadbirlar   tizimi   amalga   oshirilgani   va   aholini   himoya   qilish   bo‘yicha kuchli   ijtimoiy   siyosat   yuritilgani   ham   biz   uchun   oliy   qadriyat   bo‘lmish   inson
manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidlash joiz.
Albatta, kichik bir maqolada o‘tgan yillar davomida yurtimizda amalga oshirilgan
keng ko‘lamli, tom ma’noda tarixiy ishlarning barchasini sanab o‘tish imkonsizdir.
Lekin,   shu   davrda   amalga   oshirilgan   o‘zgarishlar,   bunyodkorlik   ishlarining,   eng
muhim   va   salmoqli   natijalari   haqida   gapirganda,   avvalo   Sho‘rtan   gaz-kimyo
majmuasi,   Buxoro   neftni   qayta   ishlash   zavodi,   Asaka   va   Samarqand   avtomobil ь
zavodlari,   Qo‘ng’irot   soda   zavodi,   Dehqonobod   kaliyli   o‘g’itlar   zavodi   kabi
strategik   sanoat   ob’ektlarini,   o‘nlab   to‘qimachilik   majmualari,   muhandislik-
kommunikatsiya   infratuzilmalari   sohasidagi   yuzlab   yangi   korxonalar   va
ob’ektlarni faxr bilan tilga olishimiz tabiiydir. 
Shular   qatorida   mamlakatimizning   barcha   hudud   va   mintaqalarini   bog’lab
turadigan yagona transport kommunikatsiya tizimi yaratilgani, transmilliy transport
yo‘laklari   va   jahon   bozorlariga   chiqish   imkonini   beradigan   694   kilometrlik
Navoiy-Uchquduq-Sulton   Uvaystog’   hamda   223   kilometrlik   Toshguzar-Boysun-
Qumqo‘rg’on   temir   yo‘l   liniyalari,   zamonaviy   avtomobil ь   yo‘llari,   “Navoiy
aeroporti”   va   “Angren”   xalqaro   logistika   markazlari   ham   mustaqillik   davridagi
bunyodkorlik ishlarimizning alohida yorqin sahifasini tashkil etadi. 
Bugungi  kunda  O‘zbekistonning   iqtisodiyotni   isloh  qilish,  barqaror  va  mutanosib
iqtisodiy   o‘sishni   ta’minlash,   Inqirozga   qarshi   choralar   dasturini   amalga   oshirish
borasida   erishgan   yutuqlari   nufuzli   xalqaro   moliya   va   iqtisodiy   institutlar,
jumladan,   Xalqaro   valyuta   jamg’armasi,   Jahon   banki,   Osiyo   taraqqiyot   banki   va
dunyodagi   boshqa   bir   qator   yetakchi   moliyaviy   tashkilotlar   tomonidan   haqli
ravishda e’tirof etilayotgani, hech shubhasiz, barchamizni quvontiradi.
Mustaqil   taraqqiyotimizning   o‘tgan   davrida   amalga   oshirgan   ana   shunday   g’oyat
keng   ko‘lamli   ishlarimiz   haqida   fikr   yuritar   ekanmiz,   mamlakatimiz   oldida
iqtisodiyotimizni   modernizatsiya   qilish   va   erkinlashtirish,   butun   jamiyatimizni yangilash   bo‘yicha   yanada   ulug’vor   vazifalar   turganini   ham   o‘zimizga   yaxshi
tasavvur qilamiz.
Bizning   pirovard   maqsadimiz   –   dunyoning   taraqqiy   topgan   demokratik
mamlakatlari   qatoridan   mustahkam   joy   egallash,   xalqimiz   uchun   munosib   hayot
darajasini   ta’minlashdan   iborat   ekan,   erishgan   barcha   yutuq   va   marralarimizni
mustahkamlab,   bu   yo‘lda   belni   yanada   qattiqroq   bog’lab   mehnat   qilishimiz   talab
etilishi tabiiydir.
O‘zining   19   yillik   mustaqil   taraqqiyoti   davomida   qanchadan-qancha   sinov   va
mashaqqatlardan   yorug’   yuz   bilan   o‘tgan,   beqiyos   bunyodkorlik   salohiyati   bilan
o‘z yurtini obod va farovon etib kelayotgan mard va mehnatkash xalqimiz bunga
har tomonlama qodir ekani barchamizga kuch-g’ayrat va g’urur, ertangi kunimizga
mustahkam ishonch bag’ishlaydi.
2.Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi
Mustaqillik   yillarida   davlat   boshqaruv   hokimiyati   tubdan   isloh   qilindi.   Avvalo,
sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O’zbekiston davlat hokimiyatining ijro
qiluvchi   va   boshqaruvchi   oliy   organi   -   Ministrlar   Sovetining   maqomi   tub¬dan
o’zgartirildi.   1990-   yil   24-   martda   O’zbekistonda   prezidentlik   lavozimi   ta’sis
etilgandan   keyin   hayotning   o’zi   ijro   etuvchi   hokimiyat   maqomini   o’zgartirishni
talab qildi. 1990-  yil 15- noyabrda O’zbekiston Prezidentining "O’zbekiston  SSR
Prezi¬denti   huzuridagi   Vazirlar   Mahkamasining   tarkibini   tasdiqlash   to’g’risida"
farmoni   chiqdi.   Unga   muvofiq   O’zbekiston   Prezi¬denti   huzurida   Vazirlar
Mahkamasi   tuzildi,   Prezident   uning   Raisi   bo’ldi.   Respublikada   Vitse-   Prezident
lavozimi   ta’sis  etilib,  uning  zimmasiga   Vazirlar  Mahkamasiga   rahbarlik  qilish  va
uning   ishini   uyushtirish   vazifasi   yuklandi.   1992-   yil   4-   yanvarda   Vitse-Prezident
lavozimi   tugatildi   va   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   Bosh
vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik
qilish,   uning   ishini   tashkil   etish   vazifasi   yuklandi.   O’zbekistonda   davlat   Ijroiya
hokimiyatini   takomillashtirishda   O’zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi muhim   omil   bo’ldi.   Konstitutsiyaning   98-   moddasiga   muvofiq   Vazirlar
Mahkamasining   tarkibi   O’zbekiston   Respublikasining   Prezi¬denti   tomonidan
shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga
bin оа n   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   pala¬talari   tomonidan   ko’rib
chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning
o’rinbosarlari,   vazirlar,   davlat   qo’mitalari   raislari   va   Qoraqalpog’iston   Respub-
likasi   Vazirlar   Kengashining   raisi   kiradi.   Vazirlar   Mahkamasi   O’zbekiston
Respublikasining hukumati bo’lib, Ijro etuvchi hokimiyatdir. Uning vazifalari:
.   davlat   budjetini   ishlab   chiqadi   va   Oliy   Majlisga   taqdim   etadi   hamda   uning
bajarilishini   ta’minlaydi;   .   Oliy   Majlisga   davlat   budjetining   bajarilishi   haqida
hisobot beradi;
. yagona moliya, kredit va  р ul siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
.   madaniyat,   f а n,   maorif,   ijtimoiy   ta’minot,   ekologiya   sohasidagi   yagona   davlat
siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
.   mamlakatni   mudofaa   qilish,   davlat   xavfsizligi,   tashqi   siyo¬satni   amalga
oshirishni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
.   qonuniylik,   fuqarolarning   huquqlari   va   erkinliklarini   ta’¬minlash,   xususiy   mulk
va jamoat tartibini muhofaza qilish, jino¬yatchilikka qarshi kurash bo’yicha chora-
tadbirlarni amalga oshiradi;
.   iqtisodiyotning,   ijtimoiy   va   ma’nayiy   sohalarning   samarali   faoliyatiga   rahbarlik
qiladi;
.   O’zbekiston   Respublikasi   qonunlari,   Oliy   Majlis   qarorlari   Prezident   farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
.   barcha   organlar,   korxonalar,   muassasalar,   tashkilotlar,   mansabdor   shaxslar   va
fuqarolar   tomonidan   bajarilishi   maj¬buriy   bo’lgan   qarorlar   va   farmoyishlar
chiqaradi. Islohotlar   jarayonida   Vazirlar   Mahkamasining   tarkibi   tobora   takomillashib,
qisqartirib   borildi.   Agar   1990-   yil   30-   martda   Respublika   ijroiya   hokimiyati   41
kishidan   iborat   etib   tuzilgan   bo’lsa,   1995-   yil   5-   mayda   Vazirlar   Mahkamasi   35
kishidan   iborat   etib   tuzildi.   2000-   yil   11-   fevralda   bo’lgan   Ikkinchi   chaqir¬iq
O’zbekiston   Respublikasining   Oliy   Majlisi   Prezident   tavsiya¬siga   ko’ra   Vazirlar
Mahkamasi tarkibini 34 kishidan - Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi o’rinbosari,
8   nafar   Bosh   vazir   o’rinbosarlari,   15   nafar   vazir   va   9   nafar   davlat   qo’mitalari
rais¬laridan   iborat   etib   tasdiqladi.   2003-   yil   24-25-   ар r е l   kunlari   bo’lib   o’tgan
O’zbekiston   Re¬spublikasi   Oliy   Majlisining   Х I   sessiyasida   qabul   qilingan
"O’zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasiga   o’zgartishlar"   va   qo’shimchalar
kiritish   to’g’risida"gi   Qonunga   muvofiq   Vazirlar   Mahkamasining   tarkibi,   uni
tuzish va tasdiqlash tartibi o’zgar¬tirildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
89-   moddasining   "O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   ayni   vaqtda   Vazirlar
Mahkamasining   Raisi   hisoblanadi"   deyilgan   qismi   olib   tashlandi.   Vazirlar
mahkamasi   tarkibida   Rais   lavozimi   bo’lmaydi.   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   taqdimiga   bin оа n   O’zbekiston   Respublikasining   Bosh   vaziri
nomzodini   а vv а l   Qonunchilik   palatasida,   so’ngra   Senatda   ko’rib   chiqiladi   va
tas¬diqlanadi.   Vazirlar   Mahkamasining   boshqa   a’zolari   esa   Bosh   vazirning
taqdimiga bin оа n O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.  В u
holat   mamlakatimizda   amalga   oshirila¬yotgan   demokratik   jarayonlarni   yanada
chuqurlashtirishga   ko’maklashadi.   Bosh   vazirning,   hukumat   va   butun   hukumat
tiz¬imlarining vakolatlari oshadi, mas’uliyati kuchayadi. O’zbekistonda boshqaruv
tizimi   tubdan   isloh   qilindi.   Bozor   iqtisodiyotiga   o’tishni   ta’minlovchi,   bozor
munosabatlarining   faoliyati   uchun   imkon   beruvchi   yangi   boshqaruv   tuzilmasi
yaratildi.   Markazlashtirilgan   tartibda   qayta   taqsimlash   mexanizmidan   bozor
mexanizmiga,   qattiq   mahkamachilik   va   m а ’muriy-buyruqb о zlikd а n   huquqiy
boshqaruvga,   iqtisodiy   о mill а r   orqali   o’zini-o’zi   idora   etishga   o’tildi.   Ma’muriy-
buyruqbozlik,   to’rachilik   tizimining   o’zagini   tashkil   etgan   bir   qator   davlat
qo’mitalari,   vazirliklar,   ularning   ma’muriy   apparatlari   tugatildi.   Davlat   reja qo’mitasi o’rniga Makroiqtisodiyot vazirligi tuzildi.  В u vazirlik iqtisodiyotni isloh
qilish   qoidalari   va   ustuvorliklari,   ularni   amalga   oshirish   mexanizmlari   asosida
islohotlarni   tahlil   etish,   baho   berish,   takliflar   ishlab   chiqish,   O’zbekistonning
iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini belgilash ishlari bilan shug’ullanmoqda.
Taqsimot   bo’yicha   yakkahokim   bo’lib   olgan   Davlat   ta’minot   qo’mitasi   tugatilib,
Respublika   ulgurji   va   birja   savdosi   aksiyadorlik   uyushmasi   tuzildi.   Uyushma
tarkibiga   respublika   aksiyadorlik   to¬var-xomashyo   birjasi,   aksiyadorlik   birja
banki, hududiy aksiya-dorlik tijoratchi vositachi kompaniyalar kiradi. 
Uyushma   tovar   ishlab   chiqaruvchilar,   iste’molchilar   va   tadbirkorlar   uchun   tov а r
resurslari bozorida erkin ishtirok etishga teng imkoniyatlar yaratish, ularga tijorat-
vositachilik,   savdo   va   marketing   xizmat¬lar   ko’rsatish   ishlari   bilan
shug’ullanmoqda.   Davlat   n а r х   qo’mitasi   tugatilib,   Moliya   vazirligi   tarkibida
narxlarni   nazorat   qilish,   narxlarni   belgilashda   yakkahokimlikka   y о ’l   qo’ymaslik,
raqobatchilik muhitini shakllantirish ishlariga ko’maklashuvchi maxsus boshqarma
tuzildi.   Respublikada   moliya   va   bank   tizimi   tubdan   o’zgardi.   Moliya   vazirligi
respublika budjetini shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya
siyosatini  belgilamoqda, valuta ish¬larini boshqarmoqda. Bank tizimi  isloh etildi.
Davlat   banki   va   un¬ing   bo’linmalari   tugatildi.   Markaziy   bank,   Tashqi   iqtisodiy
faoliy¬at   milliy   banki,   Ixtisoslashtirilgan   aksiyadorlik-tijorat   banklari¬
"O’zsanoatqurilishbank",   "Paxtabank",   "O’zjamg’armabank",   "G’allabank",
"Tadbirkorbank",   "Savdogarbank",   xususiy   banklar   va   boshqa   banklar   tuzildi.
Banklarning mustaqilligi va  р ul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligi oshirildi.
Davlat   nazorati   tizimi   tartibga   solindi.   Davlat   soliq   qo’mitasi,   Bojxona   qo’mitasi
tuzildi. Davlat  nazorati  qo’mitasi,  uning joy¬lardagi  organlari  tugatildi, Prezident
devonida   nazorat   inspek¬siyasi,   hokimiyatlarda   tegishli   nazorat   inspeksiyalari
tuzildi. Davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar - Tashqi ishlar vazirligi,
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy attestatsiya
komissiyasi   va   boshqa   huku¬mat   organlari   tashkil   etildi.   Islohotlarni
chuqurlashtirish   va   muvofiqlashtirish   maqsadida   Prezident   huzurida   Iqtisodiy
islohot, tadbirkorlik va chet  е l investitsiyalari bo’yicha idoralararo Kengash tuzildi. Davlat   mulkini   boshqarish   va   t а dbirk о rlikni   qo’llab-quvvatlash   davlat   qo’mitasi
tashkil etildi.   В u qo’mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
dasturlarini   ishlab   chiqishda,   ko’p   ukladli   iqtisodiyotni   shakllantirishda   muhim
tadbirlarni   amalga   oshirdi.   Qo’mita   investitsiya   fondlari,   fond   birjalari,   ko’chmas
mulk   birjalari,   auditorlik   xizmatlari   va   boshqa   bozor   strukturasi   tuzilmalarini
tashkil   etmoqda.   O’zbekistonning   xorijiy   mamlakatlar   bilan   aloqasini   yo’lga
qo’yish   maqsadida   respublika   tarixida   birinchi   marta   Tashqi   iqti¬sodiy   aloqalar
vazirligi tuzildi, Vazirlik tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorini tahlil qilish, tashqi
iqtisodiy   faoliyat   sohasidagi   strategiyani   ishlab   chiqish,   eksport-import   bo’yicha
markazlashgan   tartibda   mahsulotlar   yetkazib   berish   ishlarini   tashkil   etmoqda.
Vazirliklar,   idoralar,   korxonalarda   tashqi   iqtisodiy   faoliyat   bilan   shug’ullanuvchi
bo’limlar,   tashkilotlar,   firmalar   tuzildi.   Respub¬likada   tashqi   aloqalarni
ta’minlaydigan yaxlit tizim tarkib topdi.
O’zbekistonning   ishlab   chiqarish,   transport   bo’yicha   tarmoq   vazirliklari   tugatilib,
ular   o’z-o’zini   mablag’   bilan   ta’minlaydi¬gan   uyushmalarga,   konsernlarga,
korporatsiyalarga   va   boshqa   xo’jalik   birlashmalariga   aylantirildi.   Avtomobil
transportida,   qurilishda   boshqaruv   tizimi   qayta   tuzildi.   O’zbekiston   Respublikasi
Oliy   va   o’rta   maxsus   ta’lim   vazirli¬gi,   Xalq   ta’limi   vazirligi,   Sog’liqni   saqlash
vazirligi,   Madaniyat   ishlari   vazirligining   strukturasi,   faoliyati   va   ish   yuritish
usullari   tubdan   o’zgardi.   Umummilliy   ahamiyatga   molik   bo’lgan   tarmoqlarda,
masalan   sayyohlik,   transport,   madaniyat,   kino,   televideniye   va   radio   tizimi   va
boshqalarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi.
Shunday   qilib,   mustaqillik   qo’lga   kiritilgandan   beri   o’tgan   qisqa   tarixiy   davrda
huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari  barpo etildi, ixcham, ochiq
rivojlanishga   ega   bo’lgan   ijtimoiy-siyosiy   tizim   yaratildi.   Mahalliy   davlat
hokimiyati   tubdan   isloh   qilindi.   Islohotlar   O’zbekiston   Respublikasining
Konstitutsiyasi,   " Ма h а lliydavlat   hokimiyati   to’g’risida"   gi   qonun   (1993-   yil   2-
sentabr),   "Xalq   deputatlari   viloyat,   tuman,   shahar   Kengashlariga   saylovlar
to’g’risida" gi Qonun (1994- yil 5- m а y) asosida amalga oshirildi.   Konstitutsiyaning   99-   moddasida   viloyatlar,   tumanlar   va   shaharlarda   (tumanga
bo’ysunadigan   shaharlar,   shuningdek,   shahar   tarkibiga   kiruvchi   tumanlardan
tashqari)   hokimlar   boshchilik   qiladigan   xalq   deputatlari   Kengashlari
hokimiyatning vakillik organlari bo’lib, ular davlat va fuqarolarning manfaat-larini
ko’zlab   o’z   vakolatlariga   taalluqli   masalalarni   hal   etadilar,   deb   belgilab   qo’yildi.
Konstitutsiyada   mahalliy   hokimiyatning   ikki   mustaqil   organga   -   vakillik   va   ijro
hokimiyat   organlariga   bo’linishi   belgilandi.   " Ма h а lliy   davlat   hokimiyati
to’g’risida"   gi   Qonunning   1-mod¬dasida   "Viloyatlar,   tumanlar   va   shaharlarda
(tumanga   b о ‘ysunadigan   shaharlardan,   shuningdek   shaharlar   tarkibiga   kiruvchi
tumanlardan  tashqari)  xalq  deputatlari  Kengashlari  davlat  hokimiyatining vakillik
organlaridir”, deb aniq belgilab qo’yildi. Shahar  tarkibiga kiruvchi  tumanlarda va
tumanga
bo’ysunuvchi   shaharlarda  vakillik  organlari  tuzilmaydi.  "Xalq   deputatlari  viloyat,
tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida" gi Qonunda vakillik organlariga
21   yoshga   to’lgan   fuqarolar   saylanadi.   Saylovlar   ko’ppartiyaviylik,   muqobillik
asosida o’tadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan
ko’p   bo’lmagan,   tuman   va   shahar   K е ngashlariga   esa   30   tadan   ko’p   bolmag а n
deputatlar   5   yil   muddatga   saylanadi.   М ustaqillik   yillarida   ikki   marta   -   1994-   yil
dekabrda   v а   1999-   yil   dekabr   oyida   xalq   d ер ut а tl а ri   viloyat,   tuman,   va   shahar
Kengashlariga   ko’ppartiyaviylik,   muqobillik   asosida   saylovlar   bo’lib   o’tdi,   1999-
yilgi saylovda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar
deputat   saylandi.   O’zbekiston   Respublikasida   mahalliy   ijroiya   hokimiyati   organi
qayta   tashkil   etildi.   В u   borada   milliy   davlatchilik   tarixi   tajribasidan   ijodiy
foydalanildi.   Jumladan,   Amir   T е mur   davridagi   davlatchilikka   nazar   tashlasak,
o’sha   zamonlarda   viloyat¬lar,   shaharlar   hokimlar   tomonidan   yakkaboshchilik
asosida   boshqarilganiga   guvoh   bo’lamiz.   1992-   yil   4-   yanvarda   "O’zbekiston
Respublikasining   m а h а lliy   hokimiyat   idoralarini   qayta   tashkil   etish   to’g’risida"
Qonun   qabul   qilindi.   Mazkur   qonunga   muvofiq   respublikaning   hamma   hududida
mahalliy   ijro   hokimiyati   organi   sifatida   hokim   lavozimi   ta’sis   etildi.   Hokimlar
faqatgina   ijro   hokimiyati   о rg а nl а rig а gina   emas   shuningdek,   mahalliy   vakillik organlariga   ham   rahbarlik   qiladigan   organ   sifatida   mustahkamlandi.   Hokimning
vakolat   muddati   5   yil   bo’lib,   u   tegishli   hududda   vakillik   organiga   ham,   ijro
hokimiyatiga   ham   boshchilik   qiladigan   mansabdor   shaxs   hisoblanadi.   Ijro
organlarida   bog’liqlikni   ta’minlash   maqsadida,   viloyat   hokimlari   O’zbekiston
Prezidenti   tomonidan,   tuman   va   shahar   hokimlari   viloyat   hokimi   tomonidan
lavozimiga tayinlanadi  v а   lavozimidan  ozod  qilinadi   hamda  bu masalalar  tegishli
xalq   deputatlari   Kengashlari   tomonidan   tasdiqlanadi.   Vakillik   organ¬lari
tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga bo’ysunuvchi shaharlarda
ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ul а r¬ning apparati - hokimiyat tashkil etildi. Viloyat
hokimlari v а   Toshkent shahar hokimi O’zbekiston Prezidentining shu joy¬lardagi
vakili   hisoblanadi.   Toshkent   shahar   tumanlari   hokimlari   esa   Toshkent   shahar
hokimining vakillari hisoblanadi. 1992- yilda Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda,
159 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar
tayinlandi   va   tasdiqlandi,   ularning   apparati   -   hoki¬miyatlar   tuzildi.   Mahalliy
hokimiyat organlari vakolatiga kiradigan masalalar  va vazifalar  Konstitutsiyaning
100- va 101- moddalarida aniq belgilab qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat:
. qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
. hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
.   mahalliy   budjetni   shakllantirish   va   uni   ijro   etish,   mahalliy   soliqlar,   yig’imlarni
belgilash, budjetdan tashqari jam¬g’armalarni hosil qilish;
. mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;
. atrof-muhitni muhofaza qilish;
. fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
.   normativ   hujjatlarni   qabul   qilish   hamda   O’zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasiga   va   O’zbekiston   Respublikasi   qonun¬lariga   zid   kelmaydigan
boshqa vakolatlarni amalga oshirish; .   O’zbekiston   Pespublikasi   qonunlari,   Prezident   farmonlari,   davlat   hokimiyati
yuqori organlarining qarorlarini amalga oshirish;
.   xalq   deputatlari   quyi   Kengashlari   faoliyatiga   rahbarlik   qi¬lish,   respublika   va
mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashish.
Mustaqillik   yillarida   mahalliy   hokimiyatni   shakllantirish   bo’yicha   amalga
oshirilgan islohotlar natijasida ijro hokimiyati bil а n vakillik hokimiyati bir-biridan
rasman   ajratildi.   Hokimlar   xalq   deputatlari   Kengashlariga   bo’ysunmaydi,   а mm о
Kengash   oldida   hisob   berib   turadi.   Shu   bilan   birga   hokimlarni   joylarda   ham
vakillik,   ham   ijro   hokimiyati   organlariga   boshchilik   qilish   holati¬ni   vakillik
organlari   hokimlarga   bo’ysunadi,   deb   tushunmaslik   kerak.   Vakillik   organlari
hokimlarga   bo’ysunmaydi,   vakillik   org а nl а ri   ishini   tashkil   qilishga   hokimlar
boshchilik   qiladilar.   Hokim   mahalliy   ahamiyatga   molik   barcha   masalalarni
fuq а r о ¬larning   manfaatiga   mos   ravishda   hal   qilish   bil а n   shug’ullanadi.   Shu
maqsadda   barcha   korxonalar,   muassasalar,   tashkilotlar,   birlashmalar,   mansabdor
shaxslar va fuqarolar tomonidan b а jarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi.
Hokimlar   o’zlari   rahbarlik   qilayotgan   organlarning   qarorlari   va   faoliyati   uchun
shaxsan javobgardir. O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot tarixi guvohlik beradiki,
ayrim   hokimlar   o’z   faoliyatida   jiddiy   xatolarga   y о ’l   qo’ymoqdalar.   O’zlariga
yuklatilgan   mas’uliyatli   v а zif а l а rni   b а j а rishni   uddalay   olmagan,   o’z   lavozimini
suiiste’mol   qiluvchi   hokimlar   ham   uchrab   turadi.   Bunday   hollarda   ul а r   vakolat
muddatidan   oldin   hokimlik   lavozimidan   chetlashtirilmoqda.   Shunday   qilib,
Mustaqillik   yillarida   markaziy,   viloyat,   sha¬har   va   tumanlar   darajasidagi   davlat
hokimiyati   va   boshqaruv   tartiblari   tubdan   yangi   shaklda   b а r ро   etildi.   Mahalliy
davlat   hokimiyatini   shakllantirishda   o’zbek   milliy   davlatchiligining   tari¬xiy
an’analari,   rivojlangan   davlatlarning   zamonaviy   tajribalari   inobatga   olindi.
Demokratik davlat qurilishida sud ho¬kimiyatini shakllantirish muhim ahamiyatga
ega.   Sud   hokimiyati   demokratik   davlatda   uchinchi,   mustaqil   hokimiyat
hisoblanadi.   O’zbekiston   Respublikasida   sud   hokimiyati   qonun   chiqaruv¬chi   va
ijro   etuvchi   hokimiyatlardan,   siyosiy   partiyalardan,   boshqa   jamoat birlashmalaridan   mustaqil   holda   ish   yuritadi.   (O’zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasining   106-   moddasi).   O’zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi
va 1993- yil 2- sentabrda qabul qilingan "Sudlar to‘g’risida" gi qonun asosida sud
islohotlari o’tkazildi. O’zbekiston tarixida birinchi marta O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy   sudi,   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Konstitutsiyaviy   nazorat
qo’mitasi   tuzildi.   Konstitutsiyaviy   sud   siyosat   va   huquq   sohasidagi
mutaxassislardan tuziladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi:
. qonunlarning, Prezident   farmonlarining,  hukumat  va  davlat   hokimiyati   mahalliy
organlari   qarorlarining,   O’zbekiston   Respublikasi   davlatlararo   shartnomalarining
va   boshqa   majburi¬yatlarning   O’zbekiston   Pespublikasi   Konstitutsiyasiga
mosligini aniqlaydi;
.   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   O’zbe¬kiston   Respublikasi
Konstitutsiyasiga,   Qoraqalpog’iston   Res¬publikasi   qonunlarining   O’zbekiston
Respublikasi qonunlariga muvofiqligi to’g’risida xulosa beradi;
. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharx beradi;
. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bil а n berilgan vakolat
doirasida boshqa ishlarni ham ko’rib chiqadi.
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi sud tizimining boshqa
tarmoqlari tashkil etildi (12- chizma).
O’zbekiston   Respublikasi   sud  hokimiyati   2000-   yil  14-  deka¬brda  qabul  qilingan
yangi   tahrirdagi   "Sudlar   to’g’risida"   va   2001-   yil   29-   avgustda   qabul   qilingan
"Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining
jinoyat,   jinoyat-protsessual   kodekslari   hamda   ma’muriy   javobgarlik   to’g’risidagi
kodeksiga   o’zgartirishlar   va   qo’shimchalar   kiritish   haqida"   gi   qonunlar   asosida
yanada takomillashib bormoqda. Sud ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon
qilinuvchi,   ayblanuvchi,   sudlanuvchining   sud   himoyasi   huquqi   bilan
ta’minlanishiga,   fu¬qarolar   huquq   va   erkinliklarining   himoyalanishiga   e’tibor
tobora   yaxshilanib   bormoqda.   Sud   hokimiyati   qonunning   ustunligini,   barcha fuqarolarning   qonun   oldida   tengligini   ta’minlash   yo’lida   faoliyat   ko’rsatmoqda.
Muxtasar   aytganda,   O’zbekiston   Respublikasida   prezident¬lik-respublika
boshqaruv   tizimi   qaror   topdi.   Qonun   chiqaruv¬chi,   ijro   etuvchi   va   sud
hokimiyatlari bir-biriga daxlsiz holda faoliyat yuritmoqda.
Mahalliy o’zini o’zi boshqarishning tashkil etilishi
O’zbekiston   taraqqiyotining   bosh   y о ’li   jamiyatni   demokratlashtirish,   adolatli,
ochiq   fuqarolik   jamiyati   qurishdan   iboratdir.   Demokratik   jamiyat   qurish   bobida
hamma davlat uchun tayyor qolip va andazalar yo’q. Islom Karimov dunyoda bir-
biriga   o’xshagan   ikkita   inson   bo’lmaganidek,   bir-biriga   а yn а n   o’xshagan   ikki
davlat   ham   yo’q   deganida   haqlidir.   To’g’ri,   demo¬kratik   jamiyatning   xalqaro
miqyosda   e’tirof   etilgan   tamoyillari   bor:   insonning   o’z   xohish-irodasini   erkin
bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi; davlat v а
jamiyat   boshqaruvida   qonun   ustuvorligi;   davlat   hokimiyat   organlarining   saylab
qo’yilishi  va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O’zbekiston
demokratik   jamiyat   qu¬rishda   а n а   shu   tamoyillarga,   umumjahon   sivilizatsiyasiga
asoslandi.   Shuningdek,   xalqimizning   necha   ming   yillik   tarixiy   v а   ma’naviy
taraqqiyotining hosilini, milliy davlatchiligimiz negiz-larini, buyuk madaniyatimiz
tomirlarini,   ma’naviy   merosimiz   ildizlarini,   milliy   xususiyatlarimiz   va   b о y
an’analarimizni   yangi   jamiyat   qurilishiga   tatbiq   etish   yo’lidan   bormoqda.
Demokratik   jarayonning   individualizm   falsafasiga   tayanuvchi,   inqilobiy
o’zgarishlarga   moyil   g’arb   namunasi   O’zbekistonga   un-chalik   to’g’ri
kelavermaydi.   Sharq   falsafasi   va   islom   dini   ta’limot¬larini   aks   ettiruvchi
hamjihatlik   g’oyasi   va   jamoatchilik   fikrining   ustuvorligiga   tayanuvchi   sharqona
demokratik   qadriyatlar   O’zbekiston   uchun   asos   qilib   olindi.   O’zbekistonda
shoshma-shosharlikka   y о ’l   qo’yilmasdan,   odamlarning   tafakkuri   va   ijtimoiy
saviyasi   bilan   demokratik   o’zgarishlar   darajasi   va   sur’atlari   bir-biriga   qanchalik
mutanosib ekanligi hisobga olinmoqda. O’zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat
va   haqiqat   g’oyasiga     asoslanmoqda.   Respublikamizda   odamlar   o’z   qobiliyati   va
ehti¬yojlarini   to’la   n а m о y о n   qilish   va   amalga   oshirishlari   uchun   zarur   bo’lgan dastlabki   teng   imkoniyatlarni,   shu   jarayonni   vujudga   keltiradigan   huquqiy
mexanizmni   yaratishga   katta   e’tibor   berildi.   Negaki,   busiz   adolatli   jamiyat   qurib
bo’lmaydi.   An а   shunday   imkoniyatlar   yaratilgandan   keyingina,   har   bir   insonning
taqdiri, turmushi, jamiyatdagi o’rni uning o’ziga, salohiyatiga, mehnat qilish istagi,
oqil-u   uddaburonligiga   bog’liq   bo’ladi.   Fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish
masalalari   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirishning   ajralmas   qismidir.   Vatanimiz
tarixi   guvohlik   beradiki,   O’zbek   jamiyatida   jamoa   bo’lib   yashashning   sinalgan
shakli   mahalladir.   "Mahalla"   so’zi   arabcha   "Mahallun"   so’zidan   kelib   chiqqan
bo’lib,   aholi   yashaydigan   joy,   guzar,   uy-joy   mavzelari   degan   ma’noni   anglatadi.
Mahalla   shaharlar   ichidagi   kichik   hududiy   birlik   bo’lib,   o’tmishdan   meros   bo’lib
kelmoqda.   Ma’lum   bir   mahallada   istiqomat   qiluvchi   odamlar   faqat   q о ’ni-
q о ’shnichilik  rishtalari   bilangina   emas,   balki   ichki   tartib-qoida,   ma’naviy-axloqiy
normalar,   urf-odatlar,   an’analar,   umumiy   manfaatlar   va   majburiyatlar   bilan   ham
bog’liqdir.   Agar   Y е vro ра   mamla¬katlaridagi   shaharlarda   odamlar   ijtimoiy   kelib
chiqishiga   qarab   “aslzodalar   kvartali”,   “kambag’allar   kvartali”   va   hokazolarga
bo’linib   yashasa,   bizning   Vatanimizdagi   mahallalarda   aholining   turli   ijtimoiy
tabaqalari y о nm а -y о n yashab kelmoqda. Mahalla hayotining jamoa bo’lib yashash
tarzi   jamoatchilik   asosida   faoliyat   yuritadigan   o’zini   o’zi   boshqarish   tizimini
kel¬tirib chiqardi.Mahallaga uning hududida yashaydigan aholi tomonidan saylab
qo’yiladigan   oqsoqol   boshchilik   qilgan.   El   ishonchiga   sazovor   bo’lgan   oqsoqol
katta-yu   kichikning   boshini   qovushtirib,   mahalladoshlarning   og’irini   yengillash-
tirish   ishlari   bilan   shug’ullanardi.   Mahalla   oqsoqoli,   uning   maslahatchilari
mahalladoshlarining to’ylari, ma’rakalari, rasm-rusumlarining boshida turar, ularni
kerakli   ro’zg’or   ashyolari-idish-tovoq,   samovar-choynak,   stol-stul,   ko’rpa¬cha-yu
dasturxon   bilan   ta’minlardi.   Shuningdek,   oilaviy   nizolarni   bartaraf   qilish,   bir-biri
bilan   kelisholmay   qolgan   kelin   va   qaynonaning   orasiga   tushish,   qo’ni-qo’shni
o’rtasidagi   kelishmovchiliklarga   hakamlik   qilish,   beboshroq   yoshlarni   tartibga
chaqirish   singari   vazifalarni   ham   bajarardi.   Xalqimizning   turmush   tarzi,   ruhiy-
ma’naviy   ehtiyojidan   kelib   chiqqan   bunday   jamoatchilik   boshqaruvi   -   mahalla
qo’mitalari   davlat   ishlariga   aralashmasa-da,   sovet   tuzumi   "mahalla"   so’zini mahalliychilik   o’zagi   deb   bilar,   faoliyatini   cheklashga   urinardi.   Biroq   aholining
noroziligiga   sababchi   bo’lmaslik   uchun   mahallalarni   taqiqlay   olmadi,   lekin   uni
ja¬miyatni   boshqarish   tizimiga   kiritmadi.   Mahalla   qo’mitalari   o’zining
hayotchanligi tufayli mazkur davrda ham o’zini saqlab qololdi. Toshkent shahrida
va   respublikaning   boshqa   yirik   shaharlarida   o’nlab,   yuzlab   mahalla   qo’mitalari
faoliyat   yuritardi.   Ular   aholiga   yashash   joyi,   oila   tarkibi   to’g’risida
ma’lu¬motnomalar ham berardi. Mahalla oqsoqoliga davlat tomonidan maosh ham
berilmasdi.   Shuni   ham   ta’kidlash   joizki,   yirik   shaharlarda   qad   ko’targan   ko’p
qavatli   binolar,   gavjum   bo’lgan   turar   joy   mavzelari,   kvartal¬lari   mahalla
maqomiga   ega   emasdi,   ularda   mahalla   qo’mitalari   ham   tuzilmasdi.   Nihoyat
mustaqillik   sharofati   bilan   1992-   yil   boshlaridan   boshlab   bunday   mavze
(kvartal)larga   ham   mahalla   maqomi   berilib,   ularning   har   biriga   joylashgan
hududining   tarixiy   atalishiga   mos   keladigan   nomlar   qo’yildi.   Yangi   mahallalarda
fuqarolar   yig’ini   o’tkazilib,   mahalla   oqsoqoli   va   mas’ul   kotiblar   saylandi.   Sobiq
Ittifoq   davrida   O’zbekiston   qishloq   va   posyolka   (shaharcha)larida   vakillik
boshqaruv organlari tuzilgan b о ’lib, ular qishloq sovetlari yoki posyolka sovetlari
deb   atalardi   v а   faoliyat   yuritardi.   Mazkur   sovetlar   mustaqil   hokimiyat   organi
bo’lmay,   xalq   deputatlari   tuman   yoki   shahar   kengashlari,   ularning   ijroiya
qo’mitalariga   bo’ysunar   edi.   O’zbekiston   davlat   mustaqilligi   qo’lga   kiritg ас h,
mahallaga   munosabat   tubdan   о ’zgardi,   m а h а lliy   o’zini   o’zi   boshqarish   tizimi
tubdan   isloh   qilindi.   В u   borada   fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlari
tizimini   davlat   hokimiyati   tizimidan   ajratish   tomon   yo’l   tutildi.   Biz   fuqarolik
jamiyatini   qurishga   intilmoqdamiz.   Buning   ma’nosi   shuki,   d а vl а t с hiligimiz
rivojlana   borgan   sari   boshqaruvning   turli   х il   vazifalarini   bevosita   xalqqa
topshirish, ya’ni o’zini o’zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir.
O’zbekiston Respublikasining  Konstitutsiyasida o’zini o’zi boshqarish organlarini
shakllantirishning   huquqiy   asoslari   o’z   ifodasini   topdi.   O’zbekiston
Konstitutsiyasining   105-   moddasida   "Sha¬harcha,   qishloq   va   ovullarda,
shuningdek   ular   tarkibidagi   mahallalarda   hamda   shaharlardagi   mahallalarda
fuqaro¬larning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga   raisni   (oqsoqolni)   va   uning   maslahatchilarini   saylaydi",   deb   belgilab
qo’yildi.   1993-   yil   2-   sentabrda   "Fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlari
to’g’risida"   O’zbekiston   Respublikasining   Qonuni   qabul   qilindi.   Unga   binoan,
qishloq,   posyolka   (shaharcha)larda   davlat   hokimiyati   vakillik   organlari   -   qishloq,
posyolka   sovetlari   tuzilmaydigan   bo’ldi,   ularning   o’rniga   o’zini   o’zi   boshqarish
organlari   -   mahalla   qo’mitalari   tuzildi.   Shunday   qilib,   fuqarolarning   o’zini   o’zi
boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi.   В iroq ular bir-biridan
mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko’rsatmaydi, ularning bog’liq tomonlari mavjud.
Ular   o’rtasidagi   munosabatlarning   huquqiy   asoslari   " Ма h а lliy   davlat   hokimiyati
to’g’risida" gi qonunda belgilab qo’yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga
molik   masalalarni   hal   qiladi.   Xalq   deputatlari   viloyat,   tuman,   shahar   kengashlari
fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarishni   rivojlantirishga   ko’maklashadi,   o’zini   o’zi
boshqarish   organlari   faoliyatini   yo’naltirib   turadi.   Fuqarolarning   о ’zini   o’zi
boshqarish   о rg а nl а rini   sh а kll а ntirishg а   davlat   homiylik   qilmoqda.   В u   borada
O’zbekiston   Prezidentining   Respublika   " Ма h а ll а "   xayriya   jamg’armasini   tuzish
to’g’risida   1992-   yil   12-   sentabrdagi   hamda   "Mahalla"   xayriya   jamg’armasiga
mablag’   ajratish   to’g’risida   1992-   yil   8-   oktabrdagi   farmonlari   katta   ijtimoiy
ahamiyatga   ega   bo’ldi.   Davlat   homiyligida   Respublika   "Mahalla"   jamg’armasi,
viloyat,   shahar,   tuman   "Mahalla"   jamg’armalari   tashkil   etildi.   Mahallalar
faoliyatini   yurituvchi   "Mahalla"   gazetasi   (1994-   yil)   ta’sis   etildi.   Davlatning
"Mahalla"  jamg’armalari  orqali  ko’rsatayotgan  homiyligi  mahalla qo’mitalarining
o’z   hududlarida   istiqomat   qiluvchi   kam   ta’min¬langan   oilalarga,   nogironlarga,
yolg’iz   keksalarga   moddiy   yordam   berish,   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish
borasidagi ishlariga katta ko’mak bo’lmoqda. Hukumat mahallalarga dastlab davlat
budjeti   hisobidan   25   mil¬lion   so’m   mablag’   ajratdi.   Viloyat,   tuman,   shahar
hokimliklari   to¬monidan   mahallalar   rolini   oshirish,   ular   faoliyatini
takomillashtirish   uchun   qulay   imkoniyatlar   yaratildi.   Fuqarolarning   o’zini   o’zi
boshqarish organlarining faoliyatini yo’lga qo’yish uchun tegishli binolar ajratildi,
ularni   jihozlashga   ko’maklashdi.   Mahalla   oqsoqoli   va   kotiblariga   oylik   ish   haqi
belgilandi.   В u maqsadlar uchun hokimiyatlar mahalliy budjetdan zarur mablag’lar ajratdilar.   1994-   yilgi   ma’lumotlar   shuni   ko’rsatadiki,   butun   respublika   hududida
12   mingdan   ortiq   mahalla   shakllantirildi.   1994-   yilda   barcha   mahallalarda
fuqarolar   yig’ini   bo’lib,   mahalla   oqsoqollari   va   mas’ul   kotiblar   saylandilar.
Fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlarining   vakolatlari,   vazifalari
O’zbekiston   Respublikasining   "Fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlari
to’g’risida"   gi   qonunda   aniq   belgilab   qo’yilgan.   Fuqarolarning   o’zini   o’zi
boshqarish organlarining vazifalari:
. fuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini amalga
oshirishda ko’maklashish;
.   o’z   hududlarida   ijtimoiy   va   xo’jalik   vazifalarini   h а l   qilish,   ommaviy-madaniy
tadbirlarni o’tkazish;
. davlat hokimiyati organlariga O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident va
hukumat   hujjatlarini,   xalq   deputatlari   kengashlari   va   hokimliklarning   qarorlarini
bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtirish.
Fuqarolar yig’ini kollegial organ bo’lib, uni rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari
Kengashi  yoki   hokim   bil а n kelishgan  holda,  zaruratga qarab  chaqiradi. Fuqarolar
yig’ini, barcha aho¬lini  yig’ishning iloji bo’lmagan hollarda, belgilangan vakillik
me’yorlari   asosida   o’tkaziladi.   Rais   (oqsoqol),   uning   masla-hatchilari   fuqarolar
yig’inida   saylanadi.   Fuqarolar   yig’ini   raisi   (oqsoqol)   doimiy   ishlovchi   bo’g’in.
Rais   o’z   mahkamasiga   ega   b о ’lib,   uning   miqdori   rais   o’z   vazifasini   bajarishga
imkoniyat   yaratadigan   darajada   tuziladi.   O’zbekistonda   fuqarolarning   o’zini   o’zi
boshqarish   organ¬larini   takomillashtirish,   zarur   holatlarda   yiriklashtirish
tadbir¬lari ko’rilmoqda. Agar 1994- yilda 12 mingdan ortiq o’zini o’zi boshqarish
organlari   shakllantirilgan  bo’lsa,   ularning   soni   2001-   yilda  7847   tani   tashkil   etdi.
1999-   yil   14-   aprelda   qabul   qilingan   "Fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish
organlari   to’g’¬risida"gi   yangi   tahrirdagi   qonunda   ularning   vakolatlari   va   huquqi
kengaytirildi.   Fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlariga,   shuningdek,
mahalla   fuqarolar   yig’iniga:   aholi   manfaatlarini   ifodalash   va   uning   nomidan qarorlar   qabul   qilish;   qonun   hujjatlarining,   shuningdek   o’z   qarorlarining   ijro
etilishi bo’yicha ja¬moatchilik nazoratini amalga oshirish; atrof-muhitni muhofaza
qilish   va   obodonlashtirish   yuzasidan   o’z   hududida   joylashgan   korxona,   muassasa
va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish huquqlari berildi. Fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlariga saylovlar aholining ijtimoiy faolligi, siyosiy ongi
tobora   yuksalib   borayotganligidan   guvohlik   beradi.   1998-   yil   noyabr-dekabr
oylarida   b о ’lib   o’tgan   saylovlar   bil а n   bog’liq   bo’lgan   fuqarolar   yig’inlarida   8,4
mln.   kishi   yoki   Respublikadagi   katta   yoshdagi   aholining   70   foizi   ishtirok   etdi.
Fuq а r о l а rning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlariga   7574   nafar   rais   va   71034   nafar
masla¬hatchi   saylandi.   O’zini   o’zi   boshqarish   organlari   rahbarlarining   ma’lumot
darajasi   ham   oshib   bormoqda.   1998-   yilda   saylangan   rais   (oqsoqol)larning   65,5
foizi oliy ma’lumotli mutaxassislar ekanligi buning guvohidir. 2001- yil iyun-iyul
oylarida   Samarqand   viloyatidagi   1042   ta   fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish
organlariga   bo’lgan   saylov¬larga   1   mln.   120   mingdan   ortiq   fuqaro   vakillari
ishtirok   etdi.   1042   nafar   rais   (oqsoqol)   saylandi,   ularning   68   nafari   xotin   -
qiz¬lardir. 2001- yilda respublikamizda 6289 ta mahalla fuqarolar yig’ ini, 108 ta
shaharcha,   1320   ta   qishloq   va   131   ta   о vul   fuqarolar   yig’ini,   ular   tomonidan
saylangan  o’zini  o’zi  boshqarish  or¬ganlari  faoliyat  ko’rsatdi. Ular  qonunchilikni
ta’minlash, Pre¬zident farmonlarini, hukumatning, hokimiyat vakillik organlari va
hokimlarning   qarorlarini   ijro   etish   borasida   davlat   hokimiyati   va   boshqaruv
organlariga   ko’maklashmoqda.   Hududlarni   obodonlashtirish,   kichik   korxonalar,
fermer   va   dehqon   xo’jaliklarini   tashkil   etish,   tomorqa   uchastkalaridan   sa¬marali
foydalanish   masalalarini   hal   qilish   o’zini   o’zi   boshqarish   organlarining   diqqat
markazida   turibdi.   В u   organlar   barqa¬rorlikni   saqlab   turish,   diniy   mutaassiblik
kayfiyatidagi   ko’ri¬nishlarning   oldini   olish,   " о ‘zingni,   о ‘z   oilangni   о ‘zing   asra"
shiori ostida odamlarni ogohlikka chaqirish, mahalla posbonlarini shakllantirish va
ularning   faoliyatini   yo’naltirish,   oilaviy   tan¬tanalar   va   marosimlarni   o’tkazishda
dabdababozlik   va   m а nm а n¬likka   y о ’l   qo’ymaslik   ishlari   bil а n   shug’ullanmoqda.
Fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlari   O’zbekiston   Prezidentining   1999-
yil   13-   yanvarda   chiqqan   "Aholini   aniq   yo’naltirilgan   ijtimoiy   madad   bilan ta’minlashda   fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlari   rolini   oshirish
to’g’risida"gi   farmoni   hamda   Vazirlar   Mahkamasining   2002-   yil   25-   yanvardagi
"Aholining   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   qatlamlarini   aniq   yo’naltirilgan   tarzda
qo’llab-quvvatlashning   2002-2003-   yillarga   mo’ljallangan   dasturini   amalga
oshirish   с h о r а -tadbirlari   to’g’risida"   gi   Qarori   talablarini   amalga   oshirmoqdalar.
K а m   ta’minlangan   oilalarga   yordam   ko’rsatish,   ko’p   bolali   muhtoj   oilalarga
nafaqalar   tayinlash   bo’yicha   ajratilgan   m а b¬lag’lardan   o’z   o’rnida   samarali
foydalanishni   ta’minlamoqdalar.   Faqat   2000-   yilning   o’zida   aholining   kam
ta’minlangan   qismiga   fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlari   orqali   54,2
mlrd so’m miqdorida nafaqa, ko’mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. O’zini
o’zi   boshqarish   organlari   tarbiyaga   oid   masalalar   yuzasidan   ta’lim   muassasalari
bilan   hamkorlik   qilish,   voyaga   yetmagan   yoshlar   bilan   ishlash,   ularning
huquqlarini himoya qilish, qariyalarga shafelik qilish, aholini ish bilan ta’minlash
kabi   ishlarga   bosh-qosh   bo’lmoqdalar.   Prezidentimiz   Islom   Karimov   tashabbusi
bilan   2003-   yil   "Obod   mahalla   yili"   deb   e’lon   qilindi   va   "Obod   mahalla   yili"
dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha respublika komissiyasi tuzildi.
Mazkur   komissiya   yil   davomida   amalga   oshi¬rilishi   zarur   bo’lgan   tadbirlarning
dasturini   ishlab   chiqdi.   2003-   yil   7-   fevralda   О ’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahka¬masining   "Obod   mahalla   yili"   dasturi   to’g’risida   qarori   e’lon   qilindi.
Mazkur   dastur   quyidagi   muhim   maqsad   va   vazifalarni   hayotda   r о ‘yobga
chiqarishga qaratilgan:
.   mahallaning   davlat   va   jamiyat   boshqaruvidagi,   jamiyatning   ijtimoiy-siyosiy   va
iqtisodiy hayotidagi roli va maqomini mus¬tahkamlash;
.   m а h а ll а   faoliyatining   amaldagi   me’yoriy-huquqiy   bazasini   takomillashtirish,
uning   vakolatlarini   kengaytirish   va   fuqarolik   jamiyati   instituti   sifatidagi
mas’uliyatini oshirish;
.   mahalla   faoliyatining   moddiy   bazasini   mustahkamlash,   m а h а ll а   hududida
tadbirkorlikni,   xizmatlar   ko’rsatish   va   savdo   sohalarini   rivojlantirish,   shular
hisobiga yangi ish o’rinlari b а r¬ ро  etish; .   mahallaning   ijtimoiy-infratuzilmasini   rivojlantirish,   uning   hududlarini
obodonlashtirish, kommunal tarmoqlarni rivoj¬lantirish;
. mahalla tomonidan kam ta’minlangan oilalarga aniq yo’nalishli moddiy yordamni
va yosh oilalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish;
. keksa avlodga e’tibor va g’amxo’rlikni kuchaytirish;
.   m а h а ll а   aholisiga   tibbiy   va   sanatoriy-kurort   xizmati   ko’rsatilishini   yaxshilash,
bolalar sportini rivojlantirish;
. mahallaning aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi, ijtimoiy adolat, o’zaro mehr-
oqibat   va   ma’naviy-axloqiy   tarbiya   bilan   bog’liq   milliy   qadriyat   va   urf-
odatlarimizni keng targ’ib qilish,
ularni asrab-avaylash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish.
“Obod   mahalla   yili"   dasturini   bajarilishini   ta’minlash   maqsadida   fuqarolarning
o’zini   o’zi   boshqarish   organlarini   rivojlantirish   bo’yicha   maxsus   jamg’armalar
tashkil   etildi.   Mahallalarda   kichik   va   o’rta   biznes,   shuningdek   xususiy
tadbirkorlikni   rivojlantirish,   shular   hisobiga   yangi   ish   o’rinlarini   yaratish,   aholini
tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi tarmoqlar qurish, uy-joy fondini
va   yo’llarni   ta’mirlash,   mahallalarni   obodonlashtirish,   zamonaviy   m а h а ll а
guzarlarini   va   bolalar   sport   inshootlarini   b а r ро   etish   borasidagi   ishlar   hajmi   aniq
belgilandi.   "Obod   mahalla   yili"   dasturini   to’la   amalga   oshirish   u с hun   davlat
budjeti,   budjetdan   tashqari   jamg’armalar,   nodavlat   tashkilotlari,   xalqaro
tashkilotlar   grantlari   va   kredit   mablag’lari   hisobiga   375,9   milliard   so’m   jalb
etili¬shi   nazarda   tutilgan.   Mahallalarimizni   yanada   obod   qilish   maqsadida
obodonlash¬tirish   ishlari   amalga   oshirildi.   1,7   mlrd   so’m   miqdorida   mablag’
sarflanib 310 ta mahalla guzari bunyod qilindi. Ming kilometrlik suv tarmog’i va 1
ming   322   kilometrlik   gaz   tarmog’i   ishga   tu¬shirildi.   Mahallalarda   36,2   mlrd
so’mlik   kredit   mablag’lari   hiso¬biga   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik
korxonalari tashkil etilib qariyib 155 mingta yangi ish o’rinlari yaratildi. 1,2 mlrd
so’mlik   xayriya   yordami   berildi.   Shunday   qilib,   mahalla   O’zbekistonda   tarixda birinchi   marta   fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqaradigan   tashkilotga   aylandi.
Ма ¬halla   yig’ini   raisi   (oqsoqol),   mas’ul   kotibi   lavozimi   qonuniy   asosda   ta’sis
etildi.   Mahalla   yig’ini   raisi   (oqsoqoli)   va   mas’ul   kotiblariga   oylik   maosh
beriladigan  bo’ldi. Fuqarolarning  o’zini   o’zi   boshqarish  organlarining  mustaqillik
yillaridagi   faoliyatiga   b а h о   berib,   ishonch   bilan   aytish   mumkinki,   ular   jamiyatni
boshqarishning   sharqona   va   milliy   qadriyatlar   bilan   uyg’unlashgan   fuqarolik
jamiyatining negizi, demokratik institut sifatida  о ’zini to’la oqladi.

MUSTAQILLIK YILLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR. REJA: 1. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li. 2. Mahalliy o’zini o’zi boshqarishning tashkil etilishi. 3. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar.

1.Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li Mamlakatimiz bundan 19 yil oldin o‘z mustaqilligini e’lon qilib, tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. O‘tgan davr mobaynida bosib o‘tgan murakkab, ayni paytda sharafli yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, Vatanimiz ozodligi naqadar mashaqqatli va tinimsiz kurashlar, xalqimizning qanday og’ir va fidokorona mehnati evaziga qo‘lga kiritilgani, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi. Bu haqda gapirganda, avvalambor mustaqillikning dastlabki yillarida yurtimizda qanday og’ir vaziyat hukm surganini yodda tutish va tasavvur etishga to‘g’ri keladi. Ma’lumki, sobiq sovet tizimi qat’iy markazlashtirilgan holda rejalashtirish va taqsimlash usuliga asoslangan edi. Ana shu tizimga xos bo‘lgan illatlar bilan bir qatorda respublikamiz iqtisodiyotining biryoqlama rivojlanib, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligining misli ko‘rilmagan darajaga yetgani o‘sha paytda yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. G’oyat ulkan tabiiy, mineral-xomashyo va mehnat resurslariga, insoniy salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi. Bunday sharoitda iqtisodiyotning halokatli ravishda inqirozga yuz tutishi va inflyatsiyaning o‘ta keskin darajada o‘sib ketishiga chek qo‘yish, shakllangan xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay izdan chiqishiga barham berish, ishsizlikning yanada ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik favqulodda muhim ahamiyat kasb etar edi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ana shu holatlarning barchasi e’tiborga olinib, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab dunyo tajribasini har tomonlama o‘rganish asosida mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga

asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish dasturi ishlab chiqildi. Unda milliy urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish orqali O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan uyg’un va hamohang rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari «O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li» risolasida xalqimiz bosib o‘tgan milliy taraqqiyot yo‘lini chuqur tahlil etib, bu borada ikki tarixiy davr muhim o‘rin tutganini har tomonlama asoslab bergan edi. Avvalo, o‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog’liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davr mamlakatimiz va xalqimiz hayotida beqiyos va ulkan, tom ma’noda tarixiy iz qoldirgan davr bo‘ldi. Shu bilan birga, mamlakatimizni faol demokratik yangilash, isloh etish va modernizatsiya qilish davri – 2001 yildan bugungi kungacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan navbatdagi bosqich esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilish, aholi hayot darajasining muttasil o‘sib borishini ta’minlash borasida yanada muhim ahamiyat kasb etdi. Bu xususda so‘z borganda, mustaqillik yillarida erishilgan barcha yutuq va marralar – avvalambor, mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish bo‘yicha o‘z vaqtida boshlangan, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoq istiqbolga mo‘ljallangan siyosatning natijasi ekaniga takror-takror ishonch hosil qilamiz. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olingan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, uning afzalliklari haqida jahondagi nufuzli siyosatchi va iqtisodchilar, ekspert va tahlilchilar tomonidan ko‘plab haqqoniy fikrlar, yuksak baholar bildirilgan. Asosiy negizini iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligini nazarda tutadigan

pragmatik iqtisodiy siyosat; davlatning bosh islohotchilik vazifasini o‘z zimmasiga olishi; qonun ustuvorligini ta’minlash; kuchli ijtimoiy siyosat olib borish; islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyil tashkil etadigan ushbu taraqqiyot modeli ayniqsa 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi sharoitida o‘zining naqadar to‘g’ri ekanini yana bir bor isbotladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakatimizning chetdan tiqishtirilgan, “shok terapeyasi” deb atalgan usullardan, “bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi boshqaradi” qabilidagi soxta qarashlardan avvalboshdanoq voz kechib, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishda inqilobiy emas, balki tadrijiy rivojlanish yo‘lini tanlagani bugun o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Ayniqsa, “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang”, “Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan, bugun ko‘pchilikka yod bo‘lib ketgan hayotiy shiorlar negizida yangi davlat, yangi jamiyat poydevorini barpo etish yo‘lida qanday yutuqlarga erishayotganimizni bugun har qadamda ko‘rish mumkin. Yurtimizda o‘tgan yillar davomida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi va boshqa institutsional tizimlari aynan ana shu tamoyillar negizida shakllanib, faoliyat olib bordi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor dastur va rejalari, jumladan, Inqirozga qarshi choralar dasturi ham shu asosda ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Shuning hisobidan biz bugungi kunda sobiq sovet tuzumidan qolgan og’ir illatlarning xatarli tahdidlarini yengib o‘tish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan saqlanish uchun ishonchli to‘siq va mustahkam poydevor yaratish bilan birga, milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishini, aholimizning hayot darajasi va farovonligi uzluksiz oshib borishini ta’minlashga erishmoqdamiz. Faqat mustaqil taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy tizimdagi chuqur o‘zgarish va islohotlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining ana shunday jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lganini bugun har qaysi yurtdoshimiz o‘z hayoti misolida ko‘rmoqda.

Istiqlolimizning eng buyuk yutuqlaridan biri – yurtimizda tarixan qisqa muddatda milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgani bilan bugun har qancha faxrlansak arziydi. Milliy davlatchiligimizning eng muhim qadriyatlarini belgilab beradigan Asosiy qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari o‘zining aniq ifodasini topgan bo‘lib, ular orasida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi hal qiluvchi qoida sifatida muhrlab qo‘yilgan. Ana shunday huquqiy poydevor asosida mamlakatimizda tub ma’muriy islohotlar amalga oshirildi, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tarkibiy tuzilishi modernizatsiya qilindi va yangilandi, joylarda hokimlik instituti joriy etilib, mahalliy hokimiyat organlari qayta tashkil qilindi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi – mahalla instituti rivojlandi va mustahkamlandi. Yana bir tarixiy yutug’imiz – diyorimizda bozor iqtisodiyoti asoslari yaratilib, yangicha iqtisodiy munosabatlar mexanizmlari joriy etildi, tegishli infratuzilma institutlari tashkil etildi, bugungi talablarga javob beradigan mutlaqo yangi moliya va ikki bosqichli zamonaviy bank tizimlari shakllantirilib, iqtisodiyotimizning barcha soha va tarmoqlarida chuqur islohotlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida yurtimizda mulkiy munosabatlar sohasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mamlakatimizda amalda ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizda nafaqat hal qiluvchi o‘rin egalladi, balki bozorlarimizni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, odamlarning daromadi va farovonligini yuksaltirishning asosiy manbai, aholi bandligini oshirishning eng muhim omiliga aylandi. Yurtimizda yoqilg’i-energetika va g’alla mustaqilligiga erishishdek muhim strategik maqsadga erishildi. Mamlakatimizning boy mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va