logo

Samarqand Davlat Universiteti mustaqillik yillarida faoliyati

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

670.322265625 KB
Mavzu: Samarqand Davlat Universiteti mustaqillik yillarida faoliyati
Reja:
Kirish
I bob Samarqand Davlat Universitetining shakllanish tarixi va 
universitet tuzilmasi.
1. Universiteti tarixiy ildizlarining shakllanish tarixi.
2. Universiteti rahbariyati, fakultetlar va kafedralar faoliyati. 
II bob Samarqand Davlat Universiteti mustaqillik yillarida faoliyati
1. Universitetining mustaqillik yillarida ilmiy va madaniy – ma’rifiy 
faoliyati.
2. Universitetining mustaqillik yillarida xalqaro munosabatlari va ilmiy 
loyihalarning yaratilishi Kirish
Samarqand   ilm-fani   va   madaniyati   jahonga   tanilishida   Samarqand   davlat
universitetining   o’rni   beqiyosdir.   Bugungi   kunda   SamDU   Markaziy   Osiyodagi   eng
qadimgi   va   yirik   oliy   talim   muassasalaridan   biri   bo’lib,   u   hozirgi   ko’rinishda   rasmiy
ravishda XX asrning boshlaridan faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsada, uning tarixiy ildizlari
Mirzo   Ulug’bek   davriga   borib   taqaladi   (XV   asr).   Ilmu-fan,   ma’naviyat   va   ma’rifat
targ’ibotchilari   bo’lgan   temuriylar   xukmronligi   davrida   Movarounnahr   hududida,
xususan, Samarqand shahrida fan va ta’lim taraqqiyoti uchun to’liq asos yaratildi.
Sohibqiron   Amir   Temur,   uning   farzandlari   va   nabiralari   tomonidan   bunyod
etilgan   qator   madrasalar   diniy   va   dunyoviy   bilimlar   beruvchi   ziyo   maskanlari   edi.
Ayniqsa   o’zbek   ilmining   faxri   bo’lgan   Muxammad   Tarag’ay   Ulug’bekning   yaratgan
ilmiy   maktabi,   uning   salohiyati   buyukligi   bugungi   kunlarda   jahon   ilm   axli   tomonidan
e’tirof etilgan.
Registon   maydonidagi   Mirzo   Ulug'bek   madrasai   oliyasi,   shak-shubhasiz,
Samarqand dorilfununining «beshigi», uning tashkiliy asosi va negizidir. Ushbu «Alma-
mater»da   Abdurahmon   Jomiy,   Alisher   Navoiy,   Ali   Qo’shchi,   Mavlono   Nafis
Samarqandiy. Badaxshiy kabi mavlonolar tahsil olishgan va keyinchalik tolibi ilmlarga
saboq   berishgan.   Mirzo   Ulug’bek   astronomik   maktabining   vakillari   G’iyosiddin
Koshiy,   Jamshid   ibn   Ma’sud,   Qozizoda   Rumiy,   Ali   Qushchi   Muxammad   Xavofiylar
madrasa   dorilfununda   matematika,   astronomiya,   hisoblash   asoslari,   geografiya   kabi
dunyoviy   fanlardan   dars   berganlar.   Shunday   qilib,   Samarqand   Davlat   universitetining
ildizlari   Mirzo   Ulug’bek   davriga   borib   taqaladi.   Buning   isboti   sifatida   nufuzli
adabiyotchi   olimimiz,   akademik   Boturxon   Valixujayevning   «Mirzo   Ulug’bek   davri
madrasalari»   risolasida   Samarqand   davlat   universiteti   Mirzo   Ulug’bek   madrasasi
oliyasining   bevosita   vorisi   bo’lib,   uning   ta’sis   etilish   tarixi   ham   Mirzo   Ulug’bek
madrasai oliyasining ta’sis etilish tarixiga (1420 milodiy yil) borib taqaladi degan ilmiy
xulosasini keltirish joizdir.
Temuriylar   davridagi   oliy   ta’lim   an’analari   keyingi   asrlarda   o’z   davomini
madrasalar   bag’rida   topdi   va   bolsheviklar   davrigacha   uzluksiz   ta’lim   olish   dargoxi
sifatida   xizmat   kildi.   1918-yili   Toshkentda   tashkil   toptan   dorulfununning   o’ziga   xos
ta’lim jabxalari Samarqandda ham yuzaga kela boshladi va nihoyat 1927-yil 3-yanvarda Samarqand   oliy   pedagogika   institutini   ta’sis   etilishi   to’g’risida   qaror   e’lon   qilindi.
Dastlabki   yillarda   bu   oliy   dargohda   ijtimoiy-siyosiy   fanlar   fizika,   texnika,
tabiatshunoslik, filologiya bo’limlari mavjud edi.
Oliy   ta’lim   muassasasi   o’zining   faoliyati   davomida   bir   necha   yuz   minglab.   yuqori
malakali mutaxassislarni yetkazib berdi. Binobarin Ibrohim Mo’minov. Sulton Umarov,
Ubay  Oripov,  Yaxyo G’ulomov, Alovuddin  Baxovuddinov,  Vohid Abdullayev,  Akbar
Otaxo’jayev,   Akobr   Adhamov,   Toshpo’lat   Shirinqulov,   Boturxon   Valixo’jayev,   Sayid
Shermuhammedov,   Shavkat   Vohidov,   Tolib   Mo’minov,   Muxsin   Ashurov   kabi
akademik olimlar shular jumlasidandir.
Hamid   Olimjon,   Uyg’un,   Mirtemir,   Usmon   Nosir,   Habib   Yusufiy,   Sharof
Rashidov,   Asqad   Muxtor   kabi   o’nlab   ijodkorlar   hamda   davlat,   madaniyat   va   fan
arboblari   mana   shu   universitetda   voyaga   yetganlar.   Universitet   bag’ridan
Samarqanddagi qishloq ho’jaligi, tibbiyot, kooperativ, chet tillar institutlari o’sib chiqib
mustaqil oliy uquv yurtlariga aylandilar. I bob Samarqand Davlat Universitetining shakllanish tarixi va universitet
tuzilmasi.
3. Universiteti tarixiy ildizlarining shakllanish tarixi.
Samarqand   davlat   universiteti   nafaqat   O’zbekistonda,   jahonning   ko’plab
mamlakatlarida ham mashxur qadimiy va mumtoz oliy ta’lim muassasasidir. Oliy ta’lim
muassasamizning rasman tashkil topishi 1927 yil bilan belgilansada, uning shakllanishi
va oliy ta’lim maqomiga ega bo’lishi ilm-fan va ta’lim, san’at va madaniyat durdonalari,
arxitektura-qurilish   inshootlari   bilan   jahonga   mashhur   bo’lgan   Temuriylar   davri,
xususan, Ulug’bek akademiyasining boy tarixi va yutuqlari bilan uzviy bog’liq.
Samarqand universitetining tarixiy ildizi Temuriylar davriga borib taqaladi. Ilmu-
fan,   ma'naviyat   va   ma'rifat   targ'ibotchilari   bo'lgan   Temuriylar   hukumronligi   davrida
Samarqand   mintaqasida   va   umuman   Movarounnahr   hududida,   fan,   ta'lim   taraqqiyoti
uchun   to'liq   ma'nodagi   zaminu-asos   yaratildi.   Sohibqiron   Amir   Temur   va   uning
davomchilari   tomonidan   bunyod   etilgan   qator   madrasa-maktablar,   nafaqat   diniy   ta'lim
maskani   bo'lib   qolmasdan,   ular   dunyoviy   bilimlar   beruvchi   makon   ham   edi.   Ushbu
madrasalardagi   saboqlarning   70%   dan   ortig'ini   dunyoviy   predmetlar   tashkil   qilgan.
Aslida   Abu   Ali   ibn   Sino,   Al-Xorazmiy,   Zamaxshariy,   Mahmud   Qoshg ariy   kabiʻ
allomalarni voyaga etkazgan yurtda ta'lim tizimini yanada taraqqiy qildirish, ilmu-fanni
yuksaltirish   uchun   barcha   imkoniyatlar   mavjud   bo'lganligi   hech   qanday   bahsni   talab
qilmaydi.
Mirzo   Ulug’bek,   Qozizoda   Rumiy,   Ali   Qushchi,   G’iyosiddin   Koshiy,   Alisher
Navoiy,   Abduraxmon   Jomiy   kabi   buyuk   avlodlarimiz   Samarqandda   ma’rifat   va
madaniyatni   yuksaltirgan   va   jahon   tamadduni   tamal   toshlari   qo’yganliklari,   ularning
boy   meroslari   asosida   bugungi   oliy   ta’lim   muassasalari   tashkil   topganidan
g’ururlanamiz.   Ana   shunday   oliy   ta’lim   muassasalaridan   biri   -   Samarqand   davlat
universiteta   o’zining   uzoq   yillik   faoliyati   davrida   O’zbekistonimiz   xalq   xo’jaligiga
minglab mutaxassislar va oliy malakali kadrlar tayyorlab berdi.
Samarqand davlat universiteti 1927 yil 22 yanvarda O’zbekiston Hukumati qarori
bilan   Oliy   pedagogika   instituti   nomi   bilan   tashkil   qilingan   (1927-1933),   1930   yili
O’zbekiston   davlat   pedagogika   akademiyasiga   (1930-   1933)   va   1933   yilda   esa
O’zbekiston   davlat   univereitetiga   (1933-1941)   aylantirilgan,   1941-1944   yillarda ikkinchi   jahon   urushi   munosabati   bilan   O’zbekiston   davlat   universiteti   O’rta   Osiyo
universiteti   tarkibiga   kiritilgan   (xozirgi   O’zbekiston   Milliy   universiteti),   1944   yilda
O’zbekiston   davlat   universiteti   qayta   tiklandi   (1944-   1960),   1960   yildan   boshlab
O’zbekiston davlat universiteti Samarqand davlat universiteti deb atalib kelmoqda.
Bugungi   kunda   Samarqand   davlat   universitetining   14   ta   fakultet   va   63   ta
kafedralarida 34 ta ta’lim yunalishi va 40 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 13000
ga   yaqin   talabalar   tahsil   olmoqda.   Ularga   800   dan   ortiq   professor-o’qituvchilar,
jumladan,   3   nafar   O’zFA   akademiklari,   81   nafar   fan   doktorlari   va   311   nafar   fan
nomzodlari   ta’lim   berishmoqda.  40 dan  ortiq  mutaxassisliklar  bo’yicha  falsafa  doktori
(Phd) va fan doktorligi (DSc) doktoranturalari, ularni ximoyasini o’tkazuvchi 9 ta ilmiy
kengashlar faoliyat yuritmoqda.
Universiteti tarkibida 3 mln. dan ortik ilmiy va o’quv adabiyotlari, jumladan, 15
000ga yaqin nodir kitob va sharq qo’lyozmalari mavjud bo’lgan kutubxona hamda 3 ta
akademik lisey, 4 ta muzey, 1ta oranjereya, 2ta noyob qurilma faoliyat yuritmokda.
Ta’lim-tarbiya jarayonini muntazam ishlashini ta’minlash maqsadida “Samarqand
Davlat   universiteti   ilmiy   axborotnomasi”   ilmiy-uslubiy   jurnali   va   “Samarqand
universiteti”   gazetasi   davriy   ravishda   chop   etilmoqda,   o’quv   va   ilmiy   adabiyotlarni
taxrir va nashr qiluvchi bosmaxona ishlab turibdi.
Mustaqillik yillarida universitet talabalaridan 19 nafari O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti  nomidagi  davlat   stipediyalari,  98  nafari  esa   atoqli   shaxslar   nomidagi   davlat
stipendiyalarini, 9 nafar talaba esa “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti olishga sazovor
bo’lishgan. 7 nafar talabalarimiz jahon chempioni, 57 nafar talabalar Osiyo chempioni,
170   nafardan   ortiq   talabalar   O’zbekiston   chempioni,   300   nafardan   ortiq   talabalar
universiada chempioni va sovrindorlari bo’lishgan.
Universitet   professor-o’qituvchilardan   1   nafari   “Buyuk   xizmatlari   uchun”,   5
nafari   “El   -yurt   xurmati”,   5   nafari   “Mexnat   shuxrati”   ordenlari,   3   nafari   “Shuxrat”
medali bilan taqdirlangan, 3 nafari “O’zbekiston Fan arbobi” va 6 nafari “O’zbekistonda
xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi” unvonlarini olishgan.
Samarqand   davlat   universiteti   O’zbekistonda   ta’lim   va   ilm-fan   soxalarida   olib
borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi, ta’lim-tarbiya jarayonini uyg’unlashtirish,
tayyorlanadigan mutaxassis kadrlarning raqobatbardoshligini oshirish, ilg’or pedagogik texnologiyalarni   joriy   qilish,   ilmiy   tadqiqotlarni   ustivorligi   va   dolzarbligini   ta’minlash
ishlarida tashabbuskorlik ko’rsatayotgan maskandir.
Oliy   ta’lim   muassasamizning   bugungi   kundagi   rivoji   va   tarixi   turli   vaqtlarda
rektorlik   qilgan   N.Merkulovich,   K.Abdullayev,   A.Valiyev,   H.Fayzullayev,
M.Mo’mipov,   R.Olimjonov,   K.Zokirov,   A.To’laganov,   V.Abdullayev,   Yo.To’raqulov,
A.Otaxo’jayev,   Sh.Alimov,   M.Jo’raqulov,   T.Mo’minov,   J.Sattorov,   T.Shirinov,
O.Xalmuxamedov va R.Xalmuradovlarning faoliyatlari bilan bevosita bog’liqdir.
1991   yil   31   avgust   -   halqimizning   asriy   va   millatimiz   tarixida   unutilmas   sana   bo’lib
qoldi. Mana shu muqaddas kundan e’tiboran millat va Vatan hayotida tub burilish, o’z
taqdirini   o’zi   belgilash,   mustaqillik   davri   boshlandi.   Bu   tarixiy   burilish   Samarqand
universiteti zimmasiga katta mas’uliyat va butunlay yangi vazifalar yukladi.
Mustaqillik  yillarida  SamDUning  o'quv, ilmiy  va ma’naviy-ma’rifiy  sohalardagi
faoliyati shaklan va mazmunan yangilandi. Hozirgi paytda SamDU tarkibida o’n to'rtta
fakultet, pedagogik kadrlarni  qayta tayyorlash va malakasini  oshirish markazi, halqaro
aloqalar   markazi,   akademik   liseylar,   o’quv   va   muammoviy   ilmiy   tadqiqot
laboratoriyalari, zamonaviy kompyuter sinflari, qator muzeylar, oranjeriya va botanika
bog’i,   ilmiy   kutubxona,   yotoqxonalar,   dam   olish   va   davolanish   maskanlari,   sport
majmualari   mavjud.   Universitetimiz   talabalari   jahon   va   respublika   miqyosidaga   sport
musobaqalarida ham faol ishtirok etishmoqda. Keyingi o’n yil ichida universitetda ikki
nafar   jahon   Chempionlari,   o’nga   yaqin   jahon   chempionati   sovrindorlari,   halqaro
olimpiada   o’yinlari   ishtirokchilari,   o’ndan   ortiq   Osiyo   chempionlari,   saksondan   ortiq
O’zbekiston   chempionlari,   Respublika   talabalar   universiadasi   chempionlari,   o’ndan
ortiq halqaro toifadagi sport ustalari yetishib chiqdi.
Universitetda   35   dan   ortiq   ta’lim   yo’nalishlarida   bakalavriat   va   40   dan   ortiq
yo’nalishlarda   magistrlik   mutaxassisliklari   bo’yicha   jami   13000   nafardan   ortiq   talaba
tahsil   olmoqda.   Ularga   80   dan   ortiq   fan   doktorlari   va   professorlar,   300   dan   ortiq   fan
nomzodlari   va   dosentlar,   jami   800   dan   ziyod   professor-o’qituvchilar   saboq
bermoqdalar.
Universitetda   1930   yildan   "Ilmiy   asarlar"   to plami   (1998   yildan   "Samarqandʻ
Davlat   Universiteti   ilmiy   tadqiqotlar   axborotnomasi"),   1957   yildan   "Samarqand
universiteta" gaz. nashr etiladi   O zbekiston   hukumatining   buyrug i   bilanʻ ʻ   1927-yilning   22-
yanvar   kuni   Samarqand
shahrida   O zbek   Pedagogik   Instituti	
ʻ   tashkil   etildi.   1930-yili   universitet   nomi   O zbek	ʻ
Davlat Pedagogik Akademiyasi ga almashtirildi.
1933-yilda   Pedagogik   Akademiya   va   O zbek   Davlat   tibbiyot   instituti	
ʻ
huzurida   O zbek Davlat Universiteti	
ʻ   tashkil etildi.
1941-yilda   ushbu   universitetga   Pedagogika   va   o qituvchilar   instituti   qo shildi.	
ʻ ʻ
O sha yili universitetga	
ʻ   Alisher Navoiy   nomi berildi.
1961-yili   O zbek   Davlat   Universiteti,	
ʻ   Samarqand   Davlat   Universiteti   deb
nomlandi.
Ushbu universitetni tugatgan mashhur insonlar
Abdullo G ani - Tojik shoiri va doktoramaturgi (1932-yil).	
ʻ
Alisher Xo jayev - O zbekiston milliy telaradiokompaniyasi Raisi.
ʻ ʻ
Universitetning turli tillarda nomlanishi
Uzbekistan Samarqand Davlat Universiteti
Tajikistan  Университетй Давлатий Самарқанд
Russia  Самаркандский Государственный Университет
UK   Samarkand   State   University
Samarqand davlat universiteti olimlari TASIS, TEMPUS, YEVROOSIYO 
xalqaro dasturlari asosida hamkorlikda fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy 
tadqiqot hamda rivojlangan mamlakatlarning (Fransiya, Germaniya, Italiya, AQSH, 
Yaponiya, Isroil, va h.k.) ilmiy va madaniy markazlari bilan mustahkam munosabatlar 
o‘rnatish, intellektual aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘yish bo‘yicha samarali ishlar olib 
borilmoqa. 4. Universiteti rahbariyati, fakultetlar va kafedralar faoliyati.
Samarqand Davlat universiteti mustqalikkidan keyin faoliyati yana ham kengayib 
ko’plab yangiliklar va yangidan - yangi o’quv yo’nalishari, hamda talabalar soni ham 
ortib bormoqda. Bunday katta faoliyatni boshqarib turish uchun rahbariyat hamham 
kerak albatta.  
Rahbariyat
Universitet rektori  Samarqand davlat universisteti rektori professor
Xalmuradov Rustam Ibragimovich
1949 yilda Samarqand shahrida tug'ilgan;
1967 - 1972-yillar. - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti talabasi;
1973 - 1977-yillar. - Kiyev avtomobil yullar instituti ilmiy izlanuvchisi, aspiranti;
1977 - 1978-yillar. - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti temirbeton va tosh 
qurilmalari kafedrasi assistenti, katta o'qituvchisi;
1978 - 1986-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti metal, yog'och 
plastmassa qurilmalari kafedrasi mudiri;
1986 - 1988-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti qurilish fakulteti 
dekani;
1988 - 1989-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ilmiy ishlar bo'yicha 
prorektori;
1989 - 1997-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti rektori;
1997 - 1999-yillar - O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 
birinchi o'rinbosari;
1999 - 2003-yillar - Samarqand davlat universiteti rektori;
2003 - 2004-yillar - Samarqand viloyati hokimi;
2004 - 2004-yillar. - Samarqand davlat universiteti rektori;
2016 yil sentyabrdan Samarqand davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, 
professor.
O'quv ishlari bo'yicha prorektor
Soleyev Axmadjon
1951 yil 1 iyunda Samarqand shahrida tug'ilgan;
1973 -1977 yillar Moskva davlat universiteti aspiranti; 1977 -1985 yillar Samarqand davlat universiteti oliy algebra kafedrasi assistenti;
1985 -1991 yillar Samarqand davlat universiteti oliy algebra kafedrasi dotsenti;
1991 -1994 yillar Rossiya Fanlar akademiyasi amaliy matematika instituti doktoranti;
1994 -1998 yillar Samarqand davlat universiteti, algebra va geometriya kafedrasi 
professori, kafedra mudiri;
1998 -2012 yillar Samarqand davlat universiteti o'quv ishlari prorektori;
2012 -2015 yillar Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti dekani;
2015 -2017 yillar Samarqand davlat universiteti, algebra va geometriya kafedrasi 
professori;
2017 yildan Samarqand davlat universiteti o'quv ishlari prorektori.
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor
Eshtayev Alisher Abdug’aniyevich
1972 yil Samarqand viloyati, Qo’shrobot tumanida tug'ilgan;
1989 - 1994 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi ;
1994 - 1995 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti buxgalteriya hisobi va tashqi 
iqtisodiy faoliyat kafedrasi assistenti;
1995 - 1997 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro iqtisodiy rivojlanish 
kafedrasi izlanuvchi-tadqiqotchisi;
1997 - 1999 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti aspiranti;
2000 - 2003 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jaxon iqtisodiyoti va xalqaro 
iqticodiy munosabatlar kafedrasi katta o'qituvchisi;
2003 - 2005 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jaxon iqtisodiyoti va xalqaro 
iqticodiy munosabatlar kafedrasi dotsenti;
2005 - 2006 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti buxgalteriya hisobi va audit 
fakulteti dekani muovini;
2006 - 2015 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro turizm fakulteti 
dekani;
2015 yil 8 iyundan  Samarqand davlat universiteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 
prorektori. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
Xushvaqtov Hakim Abdulhaqovich
1972 yil Samarqand viloyati Urgut tumanida to'g'ilgan;
1990-1992 yillar Harbiy xizmatda;
1993-1998 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
1998-1999 yillar Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotchisi;
1999-2002 yillar Samarqand davlat universiteti aspiranti;
2002-2004 yillar Samarqand davlat universiteti informatsion texnologiyalar markazi 
muhandisi;
2004-2005 yillar Samarqand davlat universiteti informatsion texnologiyalar markazi 
boshlig‘i o‘rinbosari;
2005-2011 yillar Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar majmuasi direktori; 
2011-2014 yillar Samarqand davlat universiteti rektor yordamchisi;
2014-2017 yillar Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i;
2017-2018 yillar Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekani.
2018 yildan Samarqand davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha 
prorektor
Moliya va iqtisod ishlari bo`yicha prorektor
Raxmanov Ismayil Usmonovich
1967 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan;
1992 - 1993 - yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti kichik ilmiy 
xodim;
1993 - 1994 - yillarda Samarqand shahri "Sanjar" kichik korxonasi ish yurituvchi;
1994 - 2001 - yillarda Samarqand davlat universiteti quruvchi;
2001 - 2011 - yillarda Samarqand davlat universiteti qurilish-ta’mirlash bo’limi 
boshlig’i;
2011 - 2014 - yillarda Samarqand davlat universiteti texnik-foydalanish va xo’jalik 
bo’limi 1-toifali muxandisi;
2014 - 2017 - yillarda Samarqand davlat universiteti, bosh muhandis;
2017 yill  Samarqand davlat universiteti moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor.
Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Nasirov Muxtor Gaffarovich
1960 -yili Samarqand shahrida tug‘ilgan;
1977 - 1978 - yillarda Samarqand shaxri shoyi tukish fabrikasi elektro injener; 
1978 - 1983 - yillarda Samarqand davlat universiteti talabasi;
1983 - 1993 - yillarda O‘zbekiston Paxtachilik instituti ilmiy xodimi; 
1993 - 1996 - yillarda Samarqand davlat universiteti O‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi 
assistenti; 
1996 - 1999 - yillarda Samarqand davlat universiteti rektor yordamchisi; 
1999 - 2005 - yillarda Samarqand davlat universiteti O‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi 
dotsenti;
2005 - 2009 - yillarda Samarqand davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i;
2009 - 2012 - yillarda Samarqand davlat universiteti O‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi 
dotsenti; 
2012 - 2016 - yillarda Samarqand davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani; 
2017 - 2018 - yillarda Samarqand davlat universiteti Xalqaro aloqlar bo‘limi boshlig‘i;
2018 yildan Samarqand davlat universiteti Xalqaro aloqlar bo‘yicha prorektori.
Fakultet va kafedralar haqidaa ma’lumot.
Bugungi   kunda   Samarqand   davlat   universitetining   16   ta   fakultet   va   63   ta
kafedralarida 34 ta ta’lim yunalishi va 40 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 13000
ga   yaqin   talabalar   tahsil   olmoqda.   Ularga   800   dan   ortiq   professor-o’qituvchilar,
jumladan,   3   nafar   O’zFA   akademiklari,   81   nafar   fan   doktorlari   va   311   nafar   fan
nomzodlari   ta’lim   berishmoqda.  40 dan  ortiq  mutaxassisliklar  bo’yicha  falsafa  doktori
(Phd) va fan doktorligi (DSc) doktoranturalari, ularni ximoyasini o’tkazuvchi 9 ta ilmiy
kengashlar faoliyat yuritmoqda.
FAKULTETLAR
1. Amaliy matematika va informatika 
fakulteti
2. Biologiya fakulteti
3. Iqtisodiyot va biznes fakulteti
4. Maktabgacha ta’lim fakulteti
5. Filologiya fakulteti 6. Fizika fakulteti
7. Tarix fakulteti
8. Pedagogika fakulteti
9. Mexanika-matematika fakulteti
10. Rus filologiyasi fakulteti
11. Jismoniy madaniyat fakulteti
12. Geografiya va ekologiya fakulteti 13. Kimyo fakulteti
14. Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti 15. Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti
16. San’atshunoslik fakulteti
Universitetda mana shu fakultetlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Endi esa ayrim 
fakultetlarning tarixi bilan tanishamiz.
Tarix fakulteti haqida
Fakultetda   5120300-“Tarix-(jahon   mamlakatlari   bo‘yicha)”,
5120400-“Arxeologiya”,   yo’nalishlari   bo‘yicha   bakalavr,   5A   120401-Arxeologiya,   5A
120301-O‘zbekiston   tarixi,   5A   120302-Tarix   (yo‘nalishlar   va   mamlakatlar   bo‘yicha),
5A   120304-Tarixshunoslik,   manbashunoslik   tarixi   tadqiqotlar   metodlari,   5A   150204-
Muzeyshunoslik: konservasiya va badiiy boyliklarni saqlash mutaxassisliklari bo‘yicha
magistrantlar   hamda   4   ta   ixtisoslik   bo‘yicha   O‘zbekiston   tarixi,   Jahon   tarixi,
Tarixshunoslik va manba shunoslik, Arxeologiya kafedralarida tayanch doktorantura va
doktorantura ixtisosliklari bo‘yicha oily malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Bugungi   kunda   fakultetda   O‘zbekiston   tarixi,   Arxeologiya,   Jahon   tarixi,
Tarixshunoslik   va   manbashunoslik   kafedralari   mavjud   bo‘lib,   ularda   5   ta   fan   doktori,
professor,   18   ta   fan   nomzodi,   dosent,   30   ta   katta   o‘qituvchi   va   assistentlardan   iborat
bo‘lgan tajribali professor  o‘qituvchilar  jamoasi  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Fakultetda 701
nafar   bakalavr-1   kursda-153   nafar,   2-kursda-150   nafar,   3-kursda-203nafar,   4-kursda-
195 nafar talaba, 1 va 2-bosqichda 58 nafar magstr tahsil oladi va 29 ta akademik guruh
mavjud.   2016-2017   o‘quv   yilida   162   ta   bakalavr   o‘qishni   tugatib,   ulardan   105   nafari
xalq ta’limida, 12 nafari KHK da, 3 nafari litseyda, 5 nafari fermer xo‘jaligida, 9 nafari
xizmat   ko‘rsatish   sohasida,   3   nafari   ishlab   chiqarish   yo‘nalishida,   1   nafari   mahalla
fuqoralar   yig‘inida,   2   nafari   ijro   boshqaruv   tashkilotlarida,   2   nafari   Viloyat   IIB   da
ishlamoqda   ,   15   nafari   magistratura   ta’limida   tahsil   olmaqda,   5   nafari   onalik   ta’tilida
hisoblanadi.
Fakultetda   iqtidorli   talabalardan   Hamroqulova   Shoxista   -   O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va 10 nafar talabalar Alisher Navoiy, Amir Temur
davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishgan.
Professor   M.M.Abramov   -   “Do‘stlik”   davlat   ordeni,   professor   M.J.Jo‘raqulov
«O‘zbekiston   Respublikasida   xizmat   ko‘rsatgan   yoshlar   murabbiysi»   unvoni,
«O‘zbekiston   Respublikasida   xizmat   ko‘rsatgan   xalq   ta’lim   xodimi»   unvoni,   dotsent M.S.Madrimova   «O‘zbekiston   Respublikasida   xizmat   ko‘rsatgan   yoshlar   murabbiysi»
unvoni, assistant Hamroqulova Shoxista “Shuxrat” medali    sohibi hisoblanadi.
Tarix   fakulteti   Fransiyaning   Sorbonna   universiteti,   Italiyaning   Bolonya,
Rossiyaning   Moskva   Davlat   universiteti,   Sankt-Peterburg,   Novosibirsk   universitetlari,
Polshaning Varshava universiteti, AQShning Indiana universiteti bilan ilmiy xamkorlik
aloqalarini o’rnatgan.
Fakultetda Falsafa fanlari bo’yicha fan doktori, falsafa doktori ilmiy darajalarini
berish   bo‘yicha   DK.2776062017S09.02   raqamli   ixtisoslashgan   ilmiy   kengash   faoliyat
ko‘rsatmoqda.
2017-yili   fakultetimizning   “Ulug‘bek   vorislari”   jamoasi   tafakkur   sinovlari
respublika tanlovining mintaqaviy g’olibi bo‘lishdi.  
Fakultet dekani Djurakulova Dilfuza Mavlonovna Filologiya fakulteti haqida
Filologiya   fakulteti   universitet   bilan   tengdosh   -   u   1927   yilda   tashkil   etilgan.  
Fakultetning   ilm-fan   va   ta’lim   maskani   sifatida   shakllanishida   Abdurauf   Fitrat,
Abdurahmon Sa’diy, G’ozi Olim Yunusov, Sadriddin Ayniy, Vohid Abdullayev, Ulug’
Tursunov,   Yevgeniy   Polivanov,     Abdulla   Sulaymonov,   Orif   Ikromov,   Xudoyberdi
Doniyorov,   G’ani   Abdurahmonov,   Botirxon   Valixo’jayev,   Rahmatulla   Qo’ng’urov,  
Nuriddin   Shukurov,   Rahmonqul   Orzibekov,   Nazar   Rajabov     kabi   taniqli   olimlarning
xizmatlari   kattadir.   Bugungi   kungacha   fakultet   «filologlar   beshigi»   sifatida  
mamlakatimiz   va   Markaziy   Osiyo   respublikalari   ta’lim   tizimiga   o’n   minglab     yuqori
malakali filolog-mutaxassislar tayyorlab berdi. Ular orasida atoqli davlat, jamoat va fan
arboblari,    120 dan ziyod fan doktorlari,    500 ga yaqin fan nomzodlari yetishib chiqdi.
Hozirgi   paytda   fakultetda   5120100   –  filologiya   va   tillarni   o’qitish   (o’zbek   tili),  
5120100   –   filologiya   va   tillarni   o’qitish   (tojik   tili)   yo’nalishlari   bo’yicha   bakalavriat;
5A120101   –   Adabiyotshunoslik   (o’zbek   adabiyoti),   5A120102   –   Lingvistika     (o’zbek
tili),   5A120101   –   Adabiyotshunoslik   (tojik   adabiyoti),   5A120102   –   Lingvistika     (tojik
tili)  mutaxassisliklari  bo’yicha magistratura ta’limi  berilmoqda. 10.00.01 - O’zbek tili.
10.00.02   -   O’zbek   adabiyoti,   10.00.06   –   Qiyosiy   adabiyotshunoslik,   chog’ishtirma
tilshunoslik   va   tarjimashunoslik,   10.00.05   –   Osiyo   va   Afrika   xalqlari   tillari   va
adabiyotlari   bo’yicha   tayanch   doktorantura   (PhD)   va   doktorantura   (DSc)   ixtisosliklari
bo’yicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Hozirgi paytda fakultetda 12 nafar fan doktori, professor, 25 nafar fan nomzodi,
dosentlar   faoliyat   olib   bormoqdalar.   Ulardan   ikki   nafari   (M.Muhiddinov,   H.Umurov)
“O’zbekistonda   xizmat   ko’rsatgan   yoshlar   murabbiyi”     faxriy   unvoniga   sazovor
bo’lgan.   10   nafar   professor-o’qituvchi   davlatimizning   orden   va   medallari   bilan
taqdirlangan.
Fakultetdagi   5   ta   kafedrada   ishlayotgan   65   nafar   professor-o’qituvchilar   o’zbek
tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, adabiyotshunoslik va tilshunoslik yo’nalishlarida
samarali tadqiqotlar olib borishmoqda.
Fakultetda   5120100   –   filologiya   va   tillarni   o’qitish   (o’zbek   tili),     5120100   –
filologiya   va   tillarni   o’qitish   (tojik   tili)   yo’nalishlari   bo’yicha   bakalavriatda   611   nafar
talaba,   5A120101   –   Adabiyotshunoslik   (o’zbek   adabiyoti),   5A120102   –   Lingvistika   (o’zbek tili), 5A120101 – Adabiyotshunoslik (tojik adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika    
(tojik   tili)   mutaxassisliklari   bo’yicha   36   nafar   yosh   tadqiqotchi   magistraturada   ta’lim
olmoqda.   Shuningdek,   talaba-yoshlar   uchun   «Shalola»   she’riyat   klubi,   «Yosh
tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh notiq» kabi ilmiy-ijodiy to’garaklar mavjud
bo’lib, ular fakultetdagi hamda fakultet jamoasi hamkorlik qilayotgan akademik lisey va
kasb-hunar kollejlaridagi ijodkor yoshlarni o’z saflariga birlashtirgan.
  Fakultet dekani   Eltazarov Juliboy Danaboyevich Fizika fakulteti haqida
1927-yilda   O‘zbek   davlat   universiteti   (hozirgi   SamDU)   tashkil   etilgan   vaqtdan
boshlab,   fizika-matematika   fakulteti   ham   faoliyatini   boshlagan   edi.   Birinchi   marta
Samarqandda   fiziklar   tayyorlash   ishiga   Rossiyadan   taklif   etilgan   olim   prof.A.M.Titov
rahbarlik qilib, 1933 yilda A.Yu.Pedder va N.P.Kuznesovlar bilan birgalikda «Umumiy
fizika», 1935-yilda «Optika va nazariy fizika» kafedralarni tashkil etgan edi.
1933-yilda   prof.A.M.Titov   rahbarligida   birinchi   marta   Quyosh   energiyasidan
foydalanish (Geliofizika) bo’yicha ilmiy ishlar olib borishdi va uning rahbarligida 1935-
yilda   K.T.Abdirashidov,   A.G.Kochnevlar,   1936-yilda   A.N.Tekuchyov,   S.U.Sultonov,
Muso Mo’minovlar nomzodlik dissertasiyasini himoya qildilar.
Fizika   fanining   rivojida   prof.   Muso   Mo‘minovning   xizmatlarini   alohida   e’tirof
etish   kerak.   U   1944-yilda   O‘zbek   Davlat   universitetiga   rektorlik   qilish   bilan   birga
«Nazariy   fizika»   kafedrasi   mudiri   lavozimini   ham   bajardi   va   «Umumiy   fizika»,
«Optika»   kafedralarini   tashkil   etdi.   1951-yilda   M.Mo‘minov,   H.Haydarov   bilan   birga
birinchi   marta   o‘zbek   tilida   «Molekulyar   fizikadan»   laboratoriya   va   o‘quv
qo‘llanmalarini yaratdi.  1961-yil avgustda fizika-matematika fakulteti tarkibidan fizika
fakulteti alohida ajralib chiqdi va fizika fani rivojida yangi davr boshlangan edi. 1959-
yilda A.Q.Otaxo‘jayev (keyinchalik O‘zFA akademigi) Optika kafedrasiga mudir bo‘lib
tayinlanishi, SamDUda Optiklar maktabining shakllanishiga olib keldi.
Fakultetda   uzoq   yillar   davomida   olib   borilgan   ilmiy-tadqiqot   ishlari   natijalari
asosida hozirgi kunda 4 ta ilmiy maktab yaratildi. 1.Optika (Asoschisi va ilmiy rahbari
akademik   A.Q.Otaxo’jayev),   2.   Yadro   fizikasi   (Asoschisi   prof.   Muso   Mo‘minov),   3.
Magnetizm   (Asoschisi   va   ilmiy   rahbari   prof.O.Quvondiqov),   4.   Kosmos   fizikasi   va
astrofizika (Asoschisi va ilmiy rahbari prof.B.Maxmudov).
Bundan   tashqari,   Optiklar   ilmiy   maktabi   tarkibida   2   ta   alohida   yo‘nalish   ajralib
chiqdi   va   rivojlantirildi.   Nochiziqli   optika   yo’nalishi   (Ilmiy   rahbari   prof.L.M.Sobirov)
va Molekulyar lyuminesensiya yo‘nalishi (Ilmiy rahbari prof.N.Nizomov).
Hozirda   fizika   fakultetida   6   ta   mutaxassislik   kafedralari   faoliyat   ko‘rsatmoqda:
Optika   (kafedra   mudiri   prof.A.Jumaboyev),   Umumiy   fizika   (kafedra   mudiri
dots.R.Rajabov),   Nazariy   fizika   va   kvant   elektronika   (kafedra   mudiri
prof.N.Eshqobilov),   Astronomiya   (kafedra   mudiri   prof.M.Qodirov),   Qattiq   jismlar fizikasi   (kafedra   mudiri   dots.E.Arziqulov),   Yadro   fizikasi   (kafedra   mudiri
dots.R.M.Eshbo‘riyev).
Fakultetda   3   ta’lim   yo‘nalishi   (fizika,   astronomiya,   elektronika   va   asbobsozlik)
bo’yicha   600   dan   ko’proq   talabalar   va   6   magistratura   mutaxassisliklari   (Fizika
(yo‘nalishlar bo‘yicha), Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish, Astronomiya,
Kondensatsiyalangan   holatlar   fizikasi   va   materialshunoslik,   Nazariy   fizika,   Atom
yadrosi   va   elementar   zarralar   fizikasi,   tezlashtiruvchi   texnika)   bo’yicha   70   nafardan
ortiq malakali magistr mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Fakultetda   ilmiy   salohiyat   bugingi   kunda   70%ni   tashkil   qilgan,   kafedralarda   2
nafar   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   akademiklari,   17   nafar   fan
doktorlari,   professorlar,   35   nafar   fan   nomzodlari,   dosentlar   hamda   18   nafar   katta
o‘qituvchi, assistentlar yoshlarga tahsil berishmoqda.
Fakultet dekani  Absanov Axmad Abdusattarovich
II bob Samarqand Davlat Universiteti mustaqillik yillarida faoliyati
1.Universitetining mustaqillik yillarida ilmiy va madaniy – ma’rifiy faoliyati.
UNIVERSITET KENGASHI
Universitet   kengashi   O‘zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”   va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining 2011-yil 3 dekabrdagn 487-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy
o‘quv   yurtining   Ilmiy   kengashi   to‘g‘risidagi   namunaviy   nizom”,   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2019-yil   28-fevraldagi   “O‘zbekiston
Respublikasi   Hukumatining   ayrim   qarorlariga   o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar   kiritish
to‘g‘risida”gi   181-son   qarori   2-bandi   hamda   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta
maxsus   ta’lim   vazirligining   2019-yil   2-martdagi   “O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   2019   yil   28-fevraldagi   181-son   qarori   ijrosi   to‘g‘risida”gi   214-son   va
2019-yil   1-apreldagi   “Vazirlikning   ayrim   buyruqlariga   qo‘shimcha   va   o‘zgartirishlar
kiritish to‘g‘risida”gi 296-son buyruqlariga muvofiq kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq
tayyorlangan nizom asosida tashkil etiladi. 
Kengash   tarkibiga   universitet   rektori,   prorektorlar,   kengash   ilmiy   kotibi,
fakultetlar   dekanlari,   universitet   tarkibiga   kiruvchi   mustaqil   tashkilot   va   tarmoqlar rahbarlari, mutaxassis chiqaruvchi ayrim kafedralar mudirlari, harbiy kafedra boshlig‘i,
universitetning   ayrim   bo‘lim   boshliqlari,   jamoat   tashkilotlari   rahbarlari,   universitet
huuzuridagi   malaka   oshirish   va   qayta   tayyorlash   mintaqaviy   markazi   boshlig‘i,
universitet   qoshidagi   akademik   litsey   direktori   va   universitet   katta   yuriskonsulti   o‘z
xizmat   lavozimlari   bo‘yicha   kiritiladi.   Bundan   tashqari,   kengashning   boshqa   a’zolari
fakultetlarning   umumiy   majlislarida   yashirin   ovoz   berish   yo‘li   bilan   saylanadilar.
Universitet   kengashining   vakolat   muddati   5   yil.   Kengashning   maqsadi   universitet
jamoasining   intellektual   salohiyati,   ilmiy,   pedagogik   va   boshqa   imkoniyatlarini
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   oliy   ta’lim   tizimini   rivojlantirish
haqidagi   Qarorlari,   farmonlari,   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
tegishli   qarorlari,   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligining
buyruqlari   va   ko‘rsatmalarida   belgilangan   vazifalarning   bajarilishini   ta’minlash,   oliy
ta’limning   davlat   ta’lim   standarti   talablari   darajasida   mukammal   bilim,   malaka,
ko‘nikmalarga   ega   bo‘lgan   professional   mutaxassislar   tayyorlashga   yo‘naltirishdan
iborat.   Kengash   majlislari   reja   asosida   o‘tkaziladi   va   bayonnoma   bilan
rasmiylashtiriladi.   Bayonnomalar   kengash   raisi   va   kengash   ilmiy   kotibi   tomonidan
imzolanadi.   Kengash   qarorlari   universitet   rektori   tomonidan   tasdiqlanganidan   so‘ng
kuchga kiradi. 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING ILMIY MAKTABLARI
O‘zbek adabiyotshunosligi ilmiy maktabi - XX asrning 20-30-yillarida Abdurauf
Fitrat,   Abdurahmon   Sa’diy,   Sadriddin   Ayniylar   tomonidan   asos   solingan   bo‘lib,
akademiklar   Vohid   Abdullayev   va   Boturxon   Valixo‘jayev,   professor   Orif   Ikromovlar
uni   shon   -   shuhratini   dunyoga   tanitdilar.   Hozirda   ilmiy   maktab   vakillari   professorlar
M.Muhiddinov,   H.Umurov,   A.Soliyev,   D.Salohiy,   Sh.Hasanovlar,   filologiya   fanlari
nomzodlari   A.Nosirov,   U.   Qobilov,   M.Boboxonov,   S.Tohirov,   B.Muhiddinovalar
tarixiy an’analarni sobitqadamlik bilan davom ettirishmoqda.
O‘zbek   tilshunosligi   ilmiy   maktabi   -   Samarqand   tilshunoslik   maktabining
poydevorini   XX   asrning   20-30-yillarida   Abdurauf   Fitrat,   G‘ozi   Olim   Yunusov,
Ye.D.Polivanovlar   qo‘yishgan.   Ularning   ishlarini   1930-yillarda   Sayid   Rizo   Alizoda,
1940-yillarda   esa   Ulug‘   Tursunovlar   davom   ettirdilar,   professorlar   X.Doniyorov   va R.Qo‘ng‘urovlar   yangi   bosqichga   ko‘tardilar.   Bugungi   kunda   ilmiy   maktab   yaratgan
merosni I.Mirzayev, S.Karimov, J.Eltazarov, S.Boymirzayeva, A.Pardayev kabi olimlar
yangi tadqiqotlar bilan yuksaltirishmoqda.
Tarixchilar   ilmiy   maktabiga   -   Markaziy   Osiyo   xalqlari   tarixining   bilimdoni
professor   Po‘lat   Soliyev   va   XIV-XV   asr   Temuriylar   davri   manbashunosligining
mutaxassisi  professor  I.Umnyakovlar   asos   solishgan.   Mustaqillik   yillarida  professorlar
I.Saidov,   F.Nabiyev,   dotsentlar   M.Nasrullayev,   B.Ergashev,   R.Xoliqulovlar,   yosh
olimlar   M.Hoshimova,   B.G‘oyibov,   G.Normurodovalar   tomonidan   ilmiy   maktabning
yutuqlari izchillik bilan boyitilmoqda. 
Arxeologiya maktabi  - SamDUda arxeologiya bo‘yicha ilmiy yo‘nalishga 1944-
1945   yillarda   akademik   Yahyo   G‘ulomov   va   professor   D.Levlar   asos   solishgan.
Bugungi   kunda   professor   M.Jo‘raqulov,   dotsentlar   N.Avanesova,   N.Xolmatov,
D.Jo‘raqulovalar   urbanizmgacha   bo‘lgan   madaniyatning   genezisi   va   rivojlanish
dinamikasi   taraqqiyoti,   O‘zbekiston   ma’naviy   madaniyati   va   uning   Markaziy   Osiyo
xalqlari, xususan Zarafshon vohasi madaniyatida tutgan o‘rni muammolari yo‘nalishida
tadqiqotlar olib borishmoqda. 
Falsafa   maktabi   -   Samarqand   falsafa   maktabi   1930-1940   yillarda   akademik   Ibrohim
Mo‘minov rahbarligida shakllantirilgan. Ushbu maktabning bugungi kundagi yutuqlari
professorlar   J.Yaxshilikov,   Sh.Qo‘shoqov,   B.To‘rayev   nomlari   bilan   bog‘liqdir.   Yosh
olim,   fan   doktori   O.G‘aybullayev   hamda   o‘nlab   fan   nomzodlari   (B.Xurramova,
Sh.Negmatova, A.Samadov va h.k.) istiqlol mafkurasiga yo‘g‘rilgan falsafiy izlanishlar
ustida ishlashmoqda. 
Yadro va kosmik nurlar fizikasi ilmiy maktabi  - 1940-yillarda professor Musa
Mo‘minov tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, hozirda ilmiy tadqiqotlar akademik Tolib
Mo‘minov,   professorlar   B.Mahmudov,   R.Ibodov,   U.Salixbayevlar   tomonidan   olib
borilmoqda. Bugungi kunda ushbu maktab tarbiyalanuvchilari fizika-matematika fanlari
nomzodlari   A.Safarov,   Sh.Xushmurodov   va   bir   qator   iqtidorli   yoshlar   fan   doktorligi
dissertatsiyalari bo‘yicha ishlashmoqda. 
Molekulyar   optika   ilmiy   maktabi   -   Sankt-Peterburg   davlat   universiteti
professori M.Vuks va akademik Akbar Otaxo‘jayev tomonidan 1960-yillarda yaratilgan.
Maktabning ayni paytdagi vakillari (A.Jumaboyev, N.Nizomov, L.Sobirov) molekulyar spektroskopiyaning 3 yo‘nalishida faol ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Professorlar
A.Jumaboyev,   U.Tashkenbayev   va   fan   nomzodlari   H.Xushvaqtov,   A.Absanov,
B.Xudoyberdiyevlar   yorug‘likning   kombinatsion   sochilishi   sohasidagi   ilmiy
izlanishlarni respublika va chet ellik olimlar bilan hamkorlikda bajarishmoqda. 
Lazer   fizikasi   va   nochiziqli   optika   ilmiy   maktabi   -   professor   L.Sobirov
boshchiligidagi nochiziqli optik jarayonlar va akustooptika sohalarida ilmiy tadqiqotlar
olib   borilmoqda.   Ushbu   yo‘nalishlarda   fan   doktorlari   N.Eshqobilov,   M.Qodirov,
D.Semyonov,   P.Redkinlar   bilan   bir   qatorda   fan   nomzodlari   X.Haydarov,
A.Xalmanovlar nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishmoqda. 
Molekulyar lyuminessensiya ilmiy maktabi   - professor N.Nizomov shogirdlari
bilan organik bo‘yoqlar va plyonkalarning fizikaviy va ximiyaviy xossalarini o‘rganish
va ulardan  amaliyotga (lazerli  moddalar   olish,  tibbiyot   sohasiga)   foydalanish  bo‘yicha
fundamental   va   amaliy   tadqiqotlar   o‘tkazmoqda.   Mustaqillik   yillarida   S.Astanov
doktorlik   hamda   Sh.Nizomov,   E.Kurtaliyev,   A.Xolovlar   fan   nomzodligi
dissertatsiyasini   himoya   qilishgan,   iqtidorli   yosh   olim   E.Kurtaliyev   esa   doktorlik
dissertatsiyasini yoqlash arafasida turibdi.
Magnit   hodisalari   fizikasi   ilmiy   maktabi   -   professor   O.Quvondiqovning   say’i
harakatlari   bilan   1970   yillarda   shakllangan.   Istiqlol   yillarida   1   nafar   doktorlik
(D.Sayfullayeva)   va   4   nafar   nomzodlik   (N.Hamrayev,   R.Rajabov,   M.Salaxidinova,
Z.Shodiyev)   dissertatsiyalari   himoya   qilindi,   dotsentlar   X.Shakarov   va
I.Subhonqulovlar esa faollik bilan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishmoqda.
Differensial   tenglamalar   va   matematik   fizika   ilmiy   maktabi   -   1950-1960
yillarda professorlar I.Kukles, M.Yevgrafov tomonidan asos solingan. Maktab vakillari
professorlar A.Haydarov, T.Eshonqulov, A.Hotamov, S.Laqayev, I.Ikromov va ularning
shogirdlari fizika-matematika fanlari nomzodlari E.Jabborov, Z.Mo‘minov, T.Mamatov
va   bir   necha   katta   ilmiy   xodim-izlanuvchilar   ushbu   yo‘nalishda   ilmiy   izlanishlar   olib
bormoqda. 
Algebra va sonlar nazariyasi ilmiy maktabi  - professor N.Romanov va dotsent
R.Iskandarovlar   tomonidan   1940-1950-yillarda   asos   solingan   bo‘lib,   algebra   va   sonlar
nazariyasi   muammolari   bilan   shug‘ullangan.   Bugungi   kunda   professor   A.Soleyev   va
uning   shogirdlari   fan   nomzodlari   H.Ro‘zimurodov,   A.Baratovlar   tomonidan robototexnikada yuzaga keladigan algebraik egri chiziqlarni lokal tahlil qilish masalalari
ustida izlanishlar olib borilmoqda. 
Axborot   texnologiyalari   yo‘nalishi   -   texnika   fanlari   doktori,   professor
I.Jumanov   tashabbusi   va   akademik   Vosil   Qobilovning   amaliy  yordamlari   tufayli   1990
yillarda   tashkil   topdi.   Texnika   fanlari   doktori   A.Axatov,   fan   nomzodlari   O.Jumanov,
I.To‘raqulov,   I.Aminov,   F.Nomozovlar   axborot   texnologiyalari   va   ulardan   o‘quv
jarayonida foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarmoqdalar.
Kimyo   maktabi   -   dots.   N.Zokirov,   prof.Yu.Kurbatovlar   tomonidan   1950-1960
yillarda   shakllantirilgan.   Bugungi   kunda   maktab   namoyandalari   professorlar
A.Nasimov,   E.Abdurahmonov,   N.Muhamadiyev,   N.   Fayzullayevlar,   dotsentlar
Z.Normurodov,   U.Norqulov,   S.Tillayev,   Sh.Saidqulovlar   ustozlarning   ilmiy   ishlarini
davom ettirmoqdalar.
Tabiiy geografiya va geoekologiya maktabi  - 1960-yillarda shakllana boshlagan
bo‘lib,   uning   bugungi   kundagi   yutuqlari   professorlar   A.Abulqosimov,   L.Alibekov,
Sh.Xoliqulov   va   S.Abbosovlarning   xizmatlari   bilan   bog‘liq.   Bugungi   kunda   ushbu
maktab   vakillaridan   O.Rahmatullayev,   M.Usmonovlar   doktorlik,   Q.Yarashev,
R.Mamajonovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoyaga olib chiqishmoqda.
Iqtisodiy   nazariya   maktabi   -   1970-yillarda   shakllana   boshlagan   bo‘lib,   uning
rivojlanishiga   professorlar   Yu.Dunayev,   K.Saidov,   L.Krivoruchko,   E.Aliqulov,
E.Xo‘jayev,   U.Rashidovlar   katta   hissa   qo‘shishgan.   Hozirgi   kunda   fan   doktorlari
B.To‘rayev, R.Seytmuratov, B.Safarovlar, fan nomzodlaridan B.Boboqulov, N.Arabov,
A.Taniyev,   D.Usmonova,   D.Nasimovlar   ularning   ishlarini   muvaffaqiyatli   davom
ettirmoqdalar.
SAMDU ILMIY TADQIQOT MAJMUASI FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
«Ilmiy   tadqiqot   majmuasi»   tashkilot   va   muassasalar,   jismoniy   shaxslar   bilan
bajariladigan   xo‘jalik   shartnomalari,   pullik   ilmiy-konsultatsion   kurslar   va   xizmatlar,
davlat buyurtmalari  asosidagi  ilmiy tadqiqotlar hamda chet  el  fondlari  va homiylardan
keladigan   mablag‘lar   asosida   faoliyat   ko‘rsatadi   va   o‘z   faoliyatini   O‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»,
amaldagi qonunlar va Nizom asosida olib boradi. SamDU «Ilmiy – tadqiqot majmuasi»
faoliyatining asosiy vazifalari quydagilardan iboratdir:  •   amaliy   va   fundamental   xarakterdagi   ilmiy-tadqiqotlarni,   yangi   texnika   va
texnologiyalar yaratishni qo‘llab-quvatlash; 
•   ilmiy-tadqiqot,   tajriba-konstruktorlik   ishlari   olib   borish,   yangi   texnologiya,
ilmiy ishlanmalarni yaratish va ularni xalq xo‘jaligiga joriy etish; 
•universitet   professor-o‘qituvchi   va   ilmiy   xodimlarini   turli   konkurslarga
qatnashishi   uchun   uslubiy   yordam   berish,   ilmiy-texnik   axborotga,   patent-litsenzion   va
kutubxona, tahrir-nashriyot va bosmaxona xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash; 
•universitet   laboratoriyalarini   o‘quv-ilmiy   asboblar,   jihozlar   va   boshqa   moddiy-
ashyolar bilan ta’minlashni tashkillashtirish;
Yosh olimlar kengashi
O’zbekiston     Respublikasi     Prezidentining     2017-yil     16-fevraldagi   “Oliy   o’quv
yurtidan   keyingi   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   to’g’risida”gi   4958-sonli
Farmoni,     2017-yil   20-apreldagi   “Oliy   ta’lim   tizimini   yanada   rivojlantirish   chora-
tadbirlari   to’g’risida”   PQ-2909   sonli   Farmoni,   2017-yil   27-iyuldagi   “Oliy   ma’lumotli
mutaxassislar   tayyorlash   sifatini   oshirishda   iqtisodiyot   sohalari   va   tarmoqlarining
ishtirokini   yanada   kengaytirish   chora-tadbirlari   to’g’risida”gi   PQ-3151-son   Qarori
ijrosining   bajarilishi,   yosh   olim   va   mutaxassislarning   ilmiy-texnikaviy,   madaniy-
ma’rifiy   va   ijtimoiy-siyosiy   faoliyatlarini   yanada   faollashtirish,   samaraliroq   olib
borilishini   ta’minlash   maqsadida   universitetda   «Yosh   olimlar»   kengashi   tashkil
qilingan.  
SAMARQAND   DAVLAT   UNIVERSITETIDA   DAVLAT   ILMIY   TEXNIKA
DASTURLARI   DOIRASIDA   BAJARILAYoTGAN   FUNDAMENTAL   VA
INNOVATsION ILMIY LOYIHALAR
Samarqand   Davlat   universitetida   ilmiy-tadqiqot   ishlarini   tashkil   qilishda   ularni
davlat ilmiy-texnika dasturlariga mos kelishiga hamda ularning natijalari xalq xo‘jaligi,
o‘quv jarayoniga qo‘llanilishiga asosiy  e’tibor  qaratilgan. Hozirgi vaqtda davlat  ilmiy-
texnika   davlat   dasturlari   doirasida   Respublika   fan   va   texnologiyalarni   rivojlanishning
ustivor   yo‘nalishlari   bo‘yicha   universitet   olimlari   tomonidan   17   ta   fundamental,   2   ta
amaliy va 1 ta innovatsion ilmiy loyihalari bajarilmoqda. YADRO FIZIKA LABORATORIYASI
Laboratoriyada   Markaziy   Osiyoda   yagona   bo‘lgan   MT-22S   rusumli   elektronlar   tezlatkichi
o‘rnatilgan, uzunligi 300 metr bo‘lgan yer osti kanali noyob va o‘ta murakkab tajribalarni o‘tkazishga
imkon   beradi.   Eksperimental   yadro   fizikasi,   qattiq   jismlar   radiatsion   fizikasi,   radiatsion
materialshunoslik,   radiobiologiya   va   radioekologiya   yo‘nalishlari   bo‘yicha   O‘zRFA   ITIlari,   xususan
YaFI bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi va oliy malakali kadrlar tayyorlanadi. ZOOLOGIYA MUZEY-LABORATORIYASI
Muzey  1934 yilda  tashkil  topgan. 5000 dan  ortiq umurtqali  hayvonlar,  10000 tur hasharotlar,
jami   100   dan   ortiq   hasharotlar   entomologik   kolleksiyasi   mavjud.   Osteologik   kolleksiya   tarkibida
qushlar, sut emizuvchilar, umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suv va quruqlikda yashovchilar va sudralib
yuruvchilar sinflariga mansub eksponatlar mavjud. Bu laboratoriyada talaba va magistrantlar BMI va
MDlarini   bajarishadi.   Zoologiya   muzeyida   Janubiy   va   Shimoliy   Amerika,   Yevropa,   Afrika,   Osiyo,
Avstraliya   qit’alarida   yashaydigan   hayvon   eksponatlaridan   iboratdir.   Muzeyning   diqqatga   sazovor
eksponatlaridan   yana  bir  guruhi  bu O‘zbekiston  va  Halqaro  Tabiatni  Muhofaza  Qilish  Ittifoqi   «Qizil
kitobi»ga kiritilgan hayvonlar hisoblanadi.
ALISHER NAVOIY MUZEYI
Alisher Navoiy muzeyi bazasida 2014 yilda A.Navoiy nomidagi SamDU ilmiy-amaliy muzey-
laboratoriyasi   tashkil   qilindi.   Muzey-laboratoriya   ekspozitsiyasi   5   bo‘limdan   iborat   bo‘lib,   uning
markaziy   qismida   Alisher   Navoiy   hayoti   va   ijodiy   faoliyatiga   bag‘ishlangan   ekspozitsiyalar
joylashgan.   Muzey-laboratoriya   tarix   va   filologiya   ta’lim   yo‘nalishlarida   tahsil   olayotgan   talaba   va
magistrant uchun ilmiy-tadqiqot, o‘quv-amaliy va madaniy-tarbiyaviy baza sifatida faoliyat ko‘rsatadi. ARXEOLOGIYA MUZEY-LABORATORIYASI
Muzey vatanimiz qadimgi tarixining keyingi 150 ming yildan ziyod davrini o‘z ichiga olgan 40
mingdan   ziyod   noyob   ashyolar   zahirasi   mavjud.   Ulardan   ilmiy   to‘plam,   monografiya,   qator   o‘quv-
uslubiy   qo‘llanmalar   chop   etishda,   shuningdek,   magistrlik,   doktorlik   dissertatsiyalari   tayyorlashda
keng foydalanib kelinmoqda.
GEOLOGIYA MUZEY-LABORATORIYASI
Muzeyda   qadimgi,   ya’ni   bundan   400-600   mln.   yil   avval   yashagan   hayvonlar   va   o‘sgan
o‘simliklardan   to   hozirgacha   mavjud   bo‘lgan   organizmlar   haqida   materiallar   to‘plangan.   Bu   noyob
kolleksiyalar   Yer   sharining   turli   hududlari¬dagi   suv   havzalaridan   keltirilgan.   Kolleksiya¬larda
paleozoy,   mezozoy,   kaynozoy   eralariga   oid   eksponatlar   o‘rin   olgan.   Muzeyda   tog‘   jinslari   va
minerallarning mingdan ortiq turi mavjud. Muzey O‘rta Osiyoda yagona hisoblanadi, chunki bu yerda
poleontologiyaga oid eksponatlar, tog‘ jinslari minerallar bilan birga joylashtirilgan. ASTRONOMIYA O‘QUV-ILMIY MARKAZI
Markaz   optik   ko‘zgusi   diametri   48   sm   bo‘lgan   Grubb   Parsons   teleskopi,
“Zaryadli   aloqa   qurilmasi   va   internet   tizimiga   ulangan   zamonaviy   kompterlar   bilan
jihozlangan.  Markaz  (observatoriya)da talabalar   osmon  jismlarini  kuzatishadi,  BMI  va
MD ishlarini bajarishadi. O‘zFA AI bilan hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkaziladi. 2.Universitetining mustaqillik yillarida xalqaro munosabatlari va ilmiy
loyihalarning yaratilishi
XORIJDA MALAKA OSHIRISH VA TA’LIM OLISH
Hozirgi   kunda   Samarqand   Davlat   universiteti   Rossiya,   AQSh,   Fransiya,
Germaniya, Ruminiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Chexiya, Hindiston, Xitoy, Ispaniya,
Turkiya, Islandiya kabi Davlatlarning universitetlari bilan 70 ga yaqin ikki tomonlama
hamkorlik   shartnomalari   imzoladi   va   shartnoma   doirasida   qo’plab   xorijiy   professor-
o’qituvchilar, mutaxassislar va olimlar universitetga jalb qilinmoqda.
2018-2019   o’quv   yilida   6   nafar   talabalarimiz   yetakchi   chet   el   oliy   ta’lim
muassasalarida   (Turkiya,   Rossiya)   doktoranturada   o’qish   imkoniyatiga   ega   bo’ldilar.
Shu   o’quv   yilining   sentyabr-dekabr   oylarida   2   nafar   magistrantlar,   3   nafar   aspirantlar
hamda   13   nafar   professor-o’qituvchilar   Rossiya,   Janubiy   Koreya,   Germaniya,
Hindiston,   Xitoy   va   boshqa   davlatlarning   ta’lim   muassasalarida   malaka   oshirib,   xorij
tajribasini o’rganib qaytishdilar.
Ta’lim   sohasidagi   xalqaro   hamkorlikni   rivojlantirish   maqsadida,   2018-2019
o’quv   yili   xisobidan   SamDUning   3   nafar   talabalari   Rossiyaning   Qozon   Federal
universiteti   (Naberejniye   Chelni   filiali)ga,   14   nafar   talabalari   V.I.   Ulyanov   nomidagi
Sankt-Peterburg   elektrotexnika   davlat   universteti   (LETI)ga,   3   nafar   bitiruvchilari
Shimoliy Kavkaz Federal universitetiga, 2 nafari Xitoyning Xian Jiaotong universitetga,
2   nafar   talabasi   Xitoyning   Sanya   mehmondo’stlik   institutiga   va   4   nafar   talabalari   esa
Turkiya   Respublikasining   Afyon   Kojatepa   universitetining   Tabiiy   fanlar   institutiga
magistraturaga   grant   asosida   o’qishga   qabul   qilindi.   Bundan   tashqari,   SamDUning   4
nafar   magistr   va   assistent   o’qituvchilari   Turkiyaning   Mugla   Sitki   Kochman
Universitetiga   va   1   nafar   Kimyo   fakulteti   o’qituvchisi   Moskvaning   Qozon   milliy
tadqiqot texnologik universitetida aspirantura (Ph.D) bosqichida taxsil olmoqdalar.
Universitetda bajarilayotgan xorijiy grantlar va investisiyalar to’g’risida
SamDUda xalqaro jamg’armalar, tashkilotlar tomonidan e’lon qilinayotgan yakka
tartibdagi hamda qo’shma loyihalarni amalga oshirish borasida muayan ishlarni amalga
oshirilmoqda.   Universitetda   2018-yilda,   4   ta   chet   el   granti   va   5   ta   yakka   tartibdagi
grantlar bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borildi. 2018-2019   -   o’quv   yillarida   Erazmus+   va   “SAERI”   loyihalari   asosida
Yevropaning   turli   OTMlariga   universitet   xodimlari   stajirovkaga   jo’natilmoqda.
Erasmus+   loyihaci   doirasida   universitetning   moddiy   va   texnik   bazasi   yangilandi,
zamonaviy jihozlar olib kelinib o’rnatildi va amaliyotda qo’llanilib kelinmoqda.
Samarqand davlat universiteti quyidagi xalqaro loyihalarida ishtirok etmoqda:
ERASMUS+   "Enhancing   competencies   of   central   Asian   universities   in
agricultural   policy   focused   on   environmental   protection   land   management"   (Markaziy
Osiyo   universitetlarining   atrof-muhitni   muhofaza   qilishga   qaratilgan   qishloq   xo'jaligi
siyosatidagi vakolatlarini oshirish)
Erasmus+   dasturining   “International   Credit   Mobility”   loyihasi   doirasida   Evropa
(Europa   Union)   universitetlari   bilan   pedagog-xodimlar,   magistrantlar   va   talabalar
almashinuvi va malakasini oshirish bo’yicha.
Nursilin   dasturining   561742-EPP-2015-1-PT-EPPKA2-CBHE-SP   bo’yicha
malaka oshirishni rivojlantirish va tanishish bo'yicha loyihasi.
Bugungi   kunda   Samarqand   Davlat   Universiteti   yer   yuzidagi   eng   mashhur   oliy
o’quv   yurtlari   bilan   aloqalar   o’rnatib,   ular   bilan   diomo   aloqa   almashinib   turibdi.
Xususan   chet   el   oliy   o’quv   yurtlari   bilan   Samarqand   Davlat   Universitetining   aloqa
o’rnatgan fakultetlari quyidagilar. 
1. Dongguk universiteti. Janubiy Koreya. Maktabgacha ta’lim fakulteti.
2. Gachon universiteti. Janubiy Koreya. Maktabgacha ta’lim fakulteti.
3. Woosuk Universiteti. Janubiy Koreya. Fizika fakulteti.
4. Handong Universiteti. Janubiy Koreya. Fizika fakulteti
5. Moskva davlat mintaqaviy universiteti. Rossiya Federatsiyasi Moskva -Pedagogika 
fakulteti -Rus filologiyasi fakulteti -Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
6. Shimoliy-Kavkaz Federal universiteti. Rossiya Federatsiyasi Stavropol. Geografiya 
va ekologiya fakulteti
7.V.I. Ulyanov nomidagi Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti. Rossiya 
Federatsiyasi. Sankt-Peterburg. Fizika fakulteti
8. N.G. Chernishevskiy nomidagi Saratov Milliy tadqiqotlar davlat universiteti. Rossiya
Federatsiyasi. Saratov. Kimyo fakulteti 9. Y.A. Gagarin nomidagi Saratov Davlat Texnika Universiteti. Rossiya Federatsiyasi. 
Saratov.  “Amaliy matematika va informatika” fakultetlari
10. Samara davlat madaniyat institute. Rossiya Federatsiyasi. Samara. Psixologiya va 
ijtimoiy fanlar fakulteti
11. Ural Davlat Iqtisodiyot Universiteti. Rossiya Federatsiyasi. Ekaterinburg. 
Iqtisodiyot va biznes fakulteti
12. Qozon Federal Davlat Universiteti. Rossiya Federatsiyasi. Kazan. Kimyo fakulteti
13. Rossiya davlat turizm va servis universiteti.Rossiya Federatsiyasi. Moskva. 
Iqtisodiyot va biznes fakulteti
14. Bashkir davlat universiteti. Rossiya Federatsiyasi. Ufa. Rus filologiyasi fakulteti
15. A.N. Severtsov nomidagi Rossiya Fanlar akademiyasining Ekologiya va evolyutsiya
muammolari institute. Rossiya Federatsiyasi. Moskva. Geografiya va ekologiya 
fakulteti
16. Penza davlat universiteti. Rossiya Federatsiyasi. Penza. Rus filologiyasi fakulteti
17. Gjel davlat universiteti. Rossiya Federatsiyasi. Moskva viloyati. Maktabgacha ta’lim
fakulteti
18. A.S. Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti. Rossiya Federatsiyasi. Sankt-
Peterburg. Rus filologiyasi fakulteti
19. Sibir Federal universiteti. Rossiya Federatsiyasi. Krasnoyarsk. Biologiya fakulteti
20. Sankt-Peterburg Davlat Universiteti. Rossiya Federatsiyasi. Sankt-Peterburg. Fizika 
fakulteti
21. Akademik M.F.Reshetnev nomidagi Sibir fan va texnologiyalar davlat universiteti. 
Rossiya Federatsiyasi. Krasnoyarskiy kray. Kimyo fakulteti
22. Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti B.N. Yeltsin nomidagi Ural federal 
universiteti. Rossiya Federatsiyasi. Yekanerinburg -Tarix fakulteti -Iqtisodiyot va 
biznes fakulteti
23. Rossiya Fanlar Akademiyasi V.L.Komarov nomidagi Botanika institute. Rossiya 
Federatsiyasi. Sankt-Peterburg. Tabiiy fanlar fakultetlari
24. M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti. Rossiya Federatsiyasi.Moskva 
-Kimyo fakulteti 25. Moskva davlat tilshunoslik universiteti. Rossiya Federatsiyasi. Moskva. Rus 
filologiyasi fakulteti
26. Tomsk davlat ilmiy tadqiqot institute. Rossiya Federatsiyasi. Tomsk. Mexanika-
matematika fakulteti
27. A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti. Rossiya Federatsiyasi. Moskva. Rus 
filologiyasi fakulteti
28. Kabardino-Balkariya davlat universiteti. Rossiya Federatsiyasi. Nalchik. Rus 
filologiyasi fakulteti
29. Adigey davlat universiteti. Rossiya Federatsiyasi. Maykop. Geografiya va ekologiya
fakulteti
30. Xolon Texnologiya Instituti. Izroil. Amaliy matematika va informatika fakulteti
31. Germaniya Arxeologiya instituti. Germaniya. Berlin. Tarix fakulteti
32. Xi’an Jiaotong Universiteti. Xitoy. “Mexanika-matematika” va “Amaliy matematika
va informatika” fakultetlari
33. Shensi pedagogika universiteti. -Shensi Pedagogika Universiteti (Ijtmoiy fanlar) 
Shensi Pedagogika Universiteti (O'qituvchilarni tayyorlash)  -Shensi Pedagogika 
Universiteti (Bibloteka, tipografiya va arxiv bo'yicha). Xitoy -Psixologiya va ijtimoiy 
fanlar fakulteti -Pedagogika fakulteti -Axborot-resurs markazi -Tayyorlov markazi
34. Nagoya universiteti. Yaponiya. Tarix fakulteti
35. Aichi san’at university. Yaponiya. Maktabgacha ta’lim fakulteti
36. Osaka universiteti qoshidagi Til va madaniyat oliy maktabi. Yaponiya. Filologiya 
fakulteti
37. Chexiya agrotexnika universiteti. Chexiya. Tabiiy fanlar fakultetlari
38. Granada Universiteti. Ispaniya Granada. Geografiya va ekologiya fakulteti
39. Santyago de Kompostela universiteti. Ispaniya. Biologiya fakulteti
40. L’Aquila universiteti. Italiya. Biologiya fakulteti
41. Pisa universiteti. Italiya Luca ghini. Biologiya fakulteti
42. Venesiya universiteti. Italiya Venetsiya. Maktabgacha ta’lim fakulteti
43. Ho’jand davlat universiteti. Tojikiston Ho’jand. Filologiya fakulteti
44. Tojikiston pedagogika institute. Tojikiston Panjikent. Pedagogika fakulteti
45. Tojikiston milliy universiteti. Tojikiston. Filologiya fakulteti 46. Ayni adabiyotshunoslik fondi. Tojikiston Dushanbe. SamDU laboratoriya muzeyi 
va fondi
47. Dehli universiteti. Hindiston Dehli. Biologiya fakulteti. Kimyo fakulteti
48. Bambey texnologiyalar instituti. Hindiston Bambey. “Fizika” va “Amaliy 
matematika va informatika” fakultetlari
49.Chandigarh Universiteti. Hindiston Chandigarh. Kiymo, “Fizika”, “Amaliy 
matematika va informatika” fakultetlari
50. Kadi Sarva Vishwavidyalaya. Hindiston Gujarat. Tarix fakulteti
51. Lublin texnika universiteti. Polsha. Kiymo, “Fizika”, “Amaliy matematika va 
informatika” fakultetlari
52. Lodz universiteti. Polsha. Amaliy matematika va informatika
53. Mug’la sitki kochman universiteti. Turkiya Mug’la. Filologiya fakulteti
54. Kavkas Universiteti. Turkiya Kars. Kimyo fakulteti
55. Alexandru Ioan Cuza Universiteti.  Ruminiya. Geografiya va ekologiya fakulteti
56. Polots davlat universiteti. Belarusiya Novopolotskiy. Jismoniy madaniyat fakulteti
57. Belarusiya davlat universiteti. Belarusiya. Amaliy matematika va informatika 
fakulteti
58. Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti. Belarusiya. Jismoniy madaniyat
fakulteti
59. Latviya universiteti. Latviya. Jismoniy madaniyat fakulteti
60. Leiden Universiteti. Niderlandiya. Tarix fakulteti
61. “n+i” Muhandislik instituti. Fransiya. “Fizika”, “Amaliy matematika va 
informatika” fakultetlari
62. Poitiers Universiteti. Fransiya. Mexanika-matematika fakulteti.
Xulosa
Xulosa   o’rnida   shuni   aytish   mumkinki   Samarqand   davlat   universiteti
Samarqand   ilm-fani   va   madaniyati   jahonga   tanilishida   Samarqand   davlat
universitetining   o’rni   beqiyosdir.   Bugungi   kunda   SamDU   Markaziy
Osiyodagi   eng   qadimgi   va   yirik   oliy   talim   muassasalaridan   biri   bo’lib,   u
hozirgi   ko’rinishda   rasmiy   ravishda   XX   asrning   boshlaridan   faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsada, uning tarixiy ildizlari Mirzo Ulug’bek davriga borib
taqaladi  (XV  asr).  Ilmu-fan,  ma’naviyat  va  ma’rifat  targ’ibotchilari   bo’lgan
temuriylar   xukmronligi   davrida   Movarounnahr   hududida,   xususan,
Samarqand   shahrida   fan   va   ta’lim   taraqqiyoti   uchun   to’liq   asos   yaratildi.
Universitetda   bugungi   kunda   ilimga   chanqoq   minglab   talabalar   ta’lim   olib,
o’z   bilimlar   bilan   ko’plab   yangiliklar,   kashfiyotlar,   yaratishib   davlatimiz
xalqimiz uchun kerakli inson bo’lib, shakllanib kelishmoqda. 
Universitet   shakllangandan   to   bugungi   kunga   qadar   elimiz
yurtimiz   uchun   ming   –   minglab   fidoiy   yoshlarni,   hamda   mashhur   davlat
arboblari,   yozuvchi-yu,   shoirlarni   yetkazib   berishdan   to’xtamay   faoliyat
ko’rastib kelmoqda.
Bundan   tashqari   universitetning   ham   moddiy,   ham   ilmiy
texnika   bazasi   yildan   yilga   tajomilashib   boyitib   borilmoqda.   Buni   amalga
oshirishda   esa   universitet     talabalari   hamda   fidoiy   pedagog   kadrlari
xizmatlari   beqiyos   hisoblanadi.   Universitet   dunyoning   eng   yetakchi   oliy
o’quv   yurtlari   bilan   aloqa   o’rnatib,   ular   bilan   doimo   ma’lumot   almashib,
hamda   kadrlarni   ham   yangiliklardan   boxabar   qilish   maqsadida   talabalarni
chetga yuborish ham amalga oshirilib kelinmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Ibodulla Mirzayev.   O zMEʻ . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. Internet ma’lumotlari.
3. www.samdu.uz
4. WWW.Wikipedia.org 5. Kun.uz

Mavzu: Samarqand Davlat Universiteti mustaqillik yillarida faoliyati Reja: Kirish I bob Samarqand Davlat Universitetining shakllanish tarixi va universitet tuzilmasi. 1. Universiteti tarixiy ildizlarining shakllanish tarixi. 2. Universiteti rahbariyati, fakultetlar va kafedralar faoliyati. II bob Samarqand Davlat Universiteti mustaqillik yillarida faoliyati 1. Universitetining mustaqillik yillarida ilmiy va madaniy – ma’rifiy faoliyati. 2. Universitetining mustaqillik yillarida xalqaro munosabatlari va ilmiy loyihalarning yaratilishi

Kirish Samarqand ilm-fani va madaniyati jahonga tanilishida Samarqand davlat universitetining o’rni beqiyosdir. Bugungi kunda SamDU Markaziy Osiyodagi eng qadimgi va yirik oliy talim muassasalaridan biri bo’lib, u hozirgi ko’rinishda rasmiy ravishda XX asrning boshlaridan faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsada, uning tarixiy ildizlari Mirzo Ulug’bek davriga borib taqaladi (XV asr). Ilmu-fan, ma’naviyat va ma’rifat targ’ibotchilari bo’lgan temuriylar xukmronligi davrida Movarounnahr hududida, xususan, Samarqand shahrida fan va ta’lim taraqqiyoti uchun to’liq asos yaratildi. Sohibqiron Amir Temur, uning farzandlari va nabiralari tomonidan bunyod etilgan qator madrasalar diniy va dunyoviy bilimlar beruvchi ziyo maskanlari edi. Ayniqsa o’zbek ilmining faxri bo’lgan Muxammad Tarag’ay Ulug’bekning yaratgan ilmiy maktabi, uning salohiyati buyukligi bugungi kunlarda jahon ilm axli tomonidan e’tirof etilgan. Registon maydonidagi Mirzo Ulug'bek madrasai oliyasi, shak-shubhasiz, Samarqand dorilfununining «beshigi», uning tashkiliy asosi va negizidir. Ushbu «Alma- mater»da Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Ali Qo’shchi, Mavlono Nafis Samarqandiy. Badaxshiy kabi mavlonolar tahsil olishgan va keyinchalik tolibi ilmlarga saboq berishgan. Mirzo Ulug’bek astronomik maktabining vakillari G’iyosiddin Koshiy, Jamshid ibn Ma’sud, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi Muxammad Xavofiylar madrasa dorilfununda matematika, astronomiya, hisoblash asoslari, geografiya kabi dunyoviy fanlardan dars berganlar. Shunday qilib, Samarqand Davlat universitetining ildizlari Mirzo Ulug’bek davriga borib taqaladi. Buning isboti sifatida nufuzli adabiyotchi olimimiz, akademik Boturxon Valixujayevning «Mirzo Ulug’bek davri madrasalari» risolasida Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulug’bek madrasasi oliyasining bevosita vorisi bo’lib, uning ta’sis etilish tarixi ham Mirzo Ulug’bek madrasai oliyasining ta’sis etilish tarixiga (1420 milodiy yil) borib taqaladi degan ilmiy xulosasini keltirish joizdir. Temuriylar davridagi oliy ta’lim an’analari keyingi asrlarda o’z davomini madrasalar bag’rida topdi va bolsheviklar davrigacha uzluksiz ta’lim olish dargoxi sifatida xizmat kildi. 1918-yili Toshkentda tashkil toptan dorulfununning o’ziga xos ta’lim jabxalari Samarqandda ham yuzaga kela boshladi va nihoyat 1927-yil 3-yanvarda

Samarqand oliy pedagogika institutini ta’sis etilishi to’g’risida qaror e’lon qilindi. Dastlabki yillarda bu oliy dargohda ijtimoiy-siyosiy fanlar fizika, texnika, tabiatshunoslik, filologiya bo’limlari mavjud edi. Oliy ta’lim muassasasi o’zining faoliyati davomida bir necha yuz minglab. yuqori malakali mutaxassislarni yetkazib berdi. Binobarin Ibrohim Mo’minov. Sulton Umarov, Ubay Oripov, Yaxyo G’ulomov, Alovuddin Baxovuddinov, Vohid Abdullayev, Akbar Otaxo’jayev, Akobr Adhamov, Toshpo’lat Shirinqulov, Boturxon Valixo’jayev, Sayid Shermuhammedov, Shavkat Vohidov, Tolib Mo’minov, Muxsin Ashurov kabi akademik olimlar shular jumlasidandir. Hamid Olimjon, Uyg’un, Mirtemir, Usmon Nosir, Habib Yusufiy, Sharof Rashidov, Asqad Muxtor kabi o’nlab ijodkorlar hamda davlat, madaniyat va fan arboblari mana shu universitetda voyaga yetganlar. Universitet bag’ridan Samarqanddagi qishloq ho’jaligi, tibbiyot, kooperativ, chet tillar institutlari o’sib chiqib mustaqil oliy uquv yurtlariga aylandilar.

I bob Samarqand Davlat Universitetining shakllanish tarixi va universitet tuzilmasi. 3. Universiteti tarixiy ildizlarining shakllanish tarixi. Samarqand davlat universiteti nafaqat O’zbekistonda, jahonning ko’plab mamlakatlarida ham mashxur qadimiy va mumtoz oliy ta’lim muassasasidir. Oliy ta’lim muassasamizning rasman tashkil topishi 1927 yil bilan belgilansada, uning shakllanishi va oliy ta’lim maqomiga ega bo’lishi ilm-fan va ta’lim, san’at va madaniyat durdonalari, arxitektura-qurilish inshootlari bilan jahonga mashhur bo’lgan Temuriylar davri, xususan, Ulug’bek akademiyasining boy tarixi va yutuqlari bilan uzviy bog’liq. Samarqand universitetining tarixiy ildizi Temuriylar davriga borib taqaladi. Ilmu- fan, ma'naviyat va ma'rifat targ'ibotchilari bo'lgan Temuriylar hukumronligi davrida Samarqand mintaqasida va umuman Movarounnahr hududida, fan, ta'lim taraqqiyoti uchun to'liq ma'nodagi zaminu-asos yaratildi. Sohibqiron Amir Temur va uning davomchilari tomonidan bunyod etilgan qator madrasa-maktablar, nafaqat diniy ta'lim maskani bo'lib qolmasdan, ular dunyoviy bilimlar beruvchi makon ham edi. Ushbu madrasalardagi saboqlarning 70% dan ortig'ini dunyoviy predmetlar tashkil qilgan. Aslida Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg ariy kabiʻ allomalarni voyaga etkazgan yurtda ta'lim tizimini yanada taraqqiy qildirish, ilmu-fanni yuksaltirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo'lganligi hech qanday bahsni talab qilmaydi. Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, G’iyosiddin Koshiy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy kabi buyuk avlodlarimiz Samarqandda ma’rifat va madaniyatni yuksaltirgan va jahon tamadduni tamal toshlari qo’yganliklari, ularning boy meroslari asosida bugungi oliy ta’lim muassasalari tashkil topganidan g’ururlanamiz. Ana shunday oliy ta’lim muassasalaridan biri - Samarqand davlat universiteta o’zining uzoq yillik faoliyati davrida O’zbekistonimiz xalq xo’jaligiga minglab mutaxassislar va oliy malakali kadrlar tayyorlab berdi. Samarqand davlat universiteti 1927 yil 22 yanvarda O’zbekiston Hukumati qarori bilan Oliy pedagogika instituti nomi bilan tashkil qilingan (1927-1933), 1930 yili O’zbekiston davlat pedagogika akademiyasiga (1930- 1933) va 1933 yilda esa O’zbekiston davlat univereitetiga (1933-1941) aylantirilgan, 1941-1944 yillarda

ikkinchi jahon urushi munosabati bilan O’zbekiston davlat universiteti O’rta Osiyo universiteti tarkibiga kiritilgan (xozirgi O’zbekiston Milliy universiteti), 1944 yilda O’zbekiston davlat universiteti qayta tiklandi (1944- 1960), 1960 yildan boshlab O’zbekiston davlat universiteti Samarqand davlat universiteti deb atalib kelmoqda. Bugungi kunda Samarqand davlat universitetining 14 ta fakultet va 63 ta kafedralarida 34 ta ta’lim yunalishi va 40 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 13000 ga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Ularga 800 dan ortiq professor-o’qituvchilar, jumladan, 3 nafar O’zFA akademiklari, 81 nafar fan doktorlari va 311 nafar fan nomzodlari ta’lim berishmoqda. 40 dan ortiq mutaxassisliklar bo’yicha falsafa doktori (Phd) va fan doktorligi (DSc) doktoranturalari, ularni ximoyasini o’tkazuvchi 9 ta ilmiy kengashlar faoliyat yuritmoqda. Universiteti tarkibida 3 mln. dan ortik ilmiy va o’quv adabiyotlari, jumladan, 15 000ga yaqin nodir kitob va sharq qo’lyozmalari mavjud bo’lgan kutubxona hamda 3 ta akademik lisey, 4 ta muzey, 1ta oranjereya, 2ta noyob qurilma faoliyat yuritmokda. Ta’lim-tarbiya jarayonini muntazam ishlashini ta’minlash maqsadida “Samarqand Davlat universiteti ilmiy axborotnomasi” ilmiy-uslubiy jurnali va “Samarqand universiteti” gazetasi davriy ravishda chop etilmoqda, o’quv va ilmiy adabiyotlarni taxrir va nashr qiluvchi bosmaxona ishlab turibdi. Mustaqillik yillarida universitet talabalaridan 19 nafari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi davlat stipediyalari, 98 nafari esa atoqli shaxslar nomidagi davlat stipendiyalarini, 9 nafar talaba esa “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti olishga sazovor bo’lishgan. 7 nafar talabalarimiz jahon chempioni, 57 nafar talabalar Osiyo chempioni, 170 nafardan ortiq talabalar O’zbekiston chempioni, 300 nafardan ortiq talabalar universiada chempioni va sovrindorlari bo’lishgan. Universitet professor-o’qituvchilardan 1 nafari “Buyuk xizmatlari uchun”, 5 nafari “El -yurt xurmati”, 5 nafari “Mexnat shuxrati” ordenlari, 3 nafari “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan, 3 nafari “O’zbekiston Fan arbobi” va 6 nafari “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi” unvonlarini olishgan. Samarqand davlat universiteti O’zbekistonda ta’lim va ilm-fan soxalarida olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi, ta’lim-tarbiya jarayonini uyg’unlashtirish, tayyorlanadigan mutaxassis kadrlarning raqobatbardoshligini oshirish, ilg’or pedagogik