Somoniylar davlatida huquqiy munosabatlar
Mavzu : Somoniylar davlatida huquqiy munosabatlar Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. 1.Somoniylar davlatining huquqiy tizimi 2.Samoniylar davlatida islom dinining ravnaqi 3.Somoniylar davlatida pul siyosati III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. I.KIRISH. Yurtimiz tarixida ajralmas sahifa sifatida e'tirof etiladigan Somoniylar davri shunisi
bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada tinchlik siyosati hukmron bo‘lgan va ilm-fan, madaniyat gullab yashnagan. Ushbu davrda o‘lkamizdan mashhur mutafakkir olim Ibn Sino, islom ilmlarida katta shuhrat qozongan ilohiyotchi olim Abu Mansur Moturidiy kabi o‘nlab allomalar yashab ijod qilgan. Shuningdek, ushbu davrda o‘lkamizda islomiy ilmlar taraqqiy etgan va ko‘plab ilm markazlari, jumladan “Dor al-juzjoniya”, “Dor al-iyodiya”, “Buxoro fiqh maktabi” kabi maktablar faoliyat olib borgan. Ushbu davr yana shunisi bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada millatlararo o‘zaro totuvlik, e'tiqodiy xurlik va diniy bag‘rikenglik barqaror bo‘lgan. Mazkur bitiruv malakaviy ishida qariyb bir yarim asr davomida Movarounnahrda mustahkam imperiya sifatida hukmronlik qilgan somoniylar davridagi shu barqarorlik tarixi haqida ma'lumot berishni maqsad qildik. I.A.Karimov.Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.
T.”Sharq”.1998. II.Asosiy qism 1)Somoniylar davlatining huquqiy tizimi Ulkan va qudratli Somoniylar davlati o'ziga xos huquqiy tizimga ega bo'lgan. U o'zidan oldingi, jumladan, islomga qadar mavjud bo'lgan huquqiy normalar va institutlarni qabul qilib olgan. Jumladan, «Avesto»ning Ico'pgina qonun va qoidalarini ham Somoniylar davlatida harakatda bo'lganligini ko'rish mumkin. Shuningdek, bu davrda Sosoniylar qonunnomasi, Bobil Talmudi va Ishoboxta qonunnomasi normalari ham harakat qilgan. Bu huquqiy yodgorliklar zardushtiylik, iudaizm va xristianlik diniy jamoalariga tegishli edi. Mazkur diniy jamoalar o'z huquqiy tizim-laridan
foydalanganlar va yurisdiksiya sohasida mustaqil bo'lganlar. Biroq, Somoniylar davlatida islom davlat dini sifatida tan olinib, islom huquqi huquqiy tizimda hukmron mavqeni egallagan. Shunday qilib, Somoniylar davlati huquqiy tizimining shakllanishi va rivojlanishida quyidagilar manba bo'lib xizmat qilgan: Markaziy Osiyoning islomga qadar huquqiy normalari va institutlari; Somoniy tomonidan bosib olingan turli mintaqalarda mavjud bo'lgan huquqiy normalar va institutlar; Markaziy Osiyo xalqlarining hamda ushbu imperiyaga ko'chib kelib o'rnashgan boshqa xalqlarning o'zaro odatlari va an'analari; mazkur xalqlarning bir-biridan juda farq qiluvchi diniy normalari; yuqoridagi xalqlar va davlatlarning siyosiy an'analari; islom huquqi; Somoniylar davlati hukmdorlarining ulamolar, shuningdek mahalliy hokimlar, raislar va boshqa ma'muriy-huquqiy
birliklarning mansabdor shaxslari bilan birgalikdagi huquq ijodkorlik faoliyati; sud- boshqaruv amaliyoti va boshqalar. Yuqorida aytib o'tilganidek, islom huquqi Somoniylar davlati huquqiy tizimida hukmron bo'lganligi uchun fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi va sud ishlarini yuritilishi, umuman olganda shariatga asoslangan edi. Shariat bo'yicha fuqarolik huquqi munosabatlari (muomalot) batafsil tartibga solinadi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarining subyekti jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin. Shariat yuridik shaxslarning huquqiy holatini alohida tarzda ko'rib chiqmaydi. Jismoniy shaxslar tomonidan qilingan fuqarolik-huquqiy harakat qonuniy (halol) va yo'l qo'yilgan (joiz) yoki qonunsiz, yoi qo'yilmagan (harom) bo'lishi mumkin. Harakat, shuning dek, shariat nuqtayi nazaridan maqtovga loyiq (mustahib) va tanbehli (makruh), majburiy