GAP BO‘LAKLARINI INTERFAOL O‘QITISH
GAP BO‘LAKLARINI INTERFAOL O‘QITISH MUNDARIJA Kiris h......................................................................................... 3 I BOB. GAP VA UNING TARKIBIY QISMLARI HAQIDA NAZARIY QARASHLAR 1.1. Gap va uning tarkibiy qismlari o’rganilish tarixi……………………………………………………… 10 1.2. T i lshunoslikda gap bo’laklari yuzasidan nazariy qarashlar tahlili…………. ......................................................................... 19 Bob bo yichaʻ xulosa………………………………………….. 28 II BOB. GAP BO’LAKLARI IFODALANISHINING NAZARIY AMALIY MASALALARI 2.1. Kesim va uning ifodalanishi.................................................... 29 2.2. Ega va uning ifodalanishi…. 44 Bob bo yicha ʻ xulosa………………………………………….. 63 III BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARI ONA TILI DARSLARIDA GAP BO’LAKLARINI O’QITISH MASALALARI …………………………………… 3.1. Gap bo’laklarini o’qitishda interfaol metodlarning o’rni va ahamiyati 64 3.2. Gap bo‘laklarini o’qitish jarayonida interfaol metodlarni qo’llash masalasi…………… 66 Bob bo yicha ʻ xulosa………………………………………….. 80 Umumiy xulosalar…………………………………………….. 85 Foydalangan adabiyotlar ro yxati…………………………….. ʻ 88 Ilovalar 2
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi . Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ilm-fan barcha sohalarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadal olib borish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ishlar prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning 2017- yil 22-dekabrda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ham o‘zining yaqqol ifodasini topdi. O‘zbekistonning 2017-2021 -yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”da ham IV bo‘lim “Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar”da qayd etilganidek : ” Biz yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasida ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qildik”. 1 Zero, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” nomli asarida ta’kidlaganlaridek, “Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan , mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi”. 2 Tom ma’noda to‘g‘ri aytilgan yuqoridagi fikrlarning isboti o‘laroq, mamlakatimizda til ta’limiga ham katta e’tibor berilmoqda. 2017-yildan boshlangan ta’limni tubdan isloh qilish, amaldagi darsliklar sifatini qaytadan ko‘rib chiqqan holda jahon standartlari talablariga moslashtirish borasidagi harakatlar natijasi sifatida umumiy o‘rta ta’limda eski davlat ta’lim standarti o‘rnini bosadigan va ta’limga o‘zgartirish kirita oladigan Umumiy Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqilmoqda. Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi o‘z ichiga 1 Sh.M.Mirziyoyev.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.-Toshkent:”O‘zbekiston”N.M.I.U, 2018.-B72 2 Sh.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.Toshkent:”O‘zbekiston” N.M.I.U, 2017.-B.485 3
fanlarning o‘quv reja va dasturlarini, o‘qitish metodologiyasi va baholashni qamrab oladi. Bu dastur bo‘yicha yaratilayotgan yangi darsliklar , o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar, mavzularning mustahkam egallanishi uchun yaratilayotgan mashq daftarlari , o‘quv-uslubiy materiallar ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Milliy o‘quv dasturini amalga joriy qilish bo‘yicha Xalq ta’limi huzuridagi Respublika ta’lim markazi shug‘ullanadi. Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 31-martdagi “Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida xalqaro talablarga javob beruvchi umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqish boshlangan. 3 Shu yo‘nalishda xalqaro tajriba va andozalarga javob beradigan yangi o‘quv darsliklari joriy qilindi. Bu mazmundagi darsliklar xalqaro ta’lim sifatini nazorat qilish me’yorlari: Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqiyot Tashkiloti (OECD)ning 15yoshli o‘quvchilarda ona tili matematika, tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik darajasini baholaydigan PISA- o‘quvchilar yutuqlarini baholash dasturi, Ta’limiy Yutuqlarni Baholash Xalqaro Uyushmasi(IEA)ning TIMSS-xalqaro dasturlari , o‘quv fanlarini STEAM yo‘nalishida o‘qitish kabi me’yorlar asosida ish ko‘radi.Mazkur dissertatsiyada gap bo‘laklarini o‘qitish mavzusi tanlanganligi, unda gap bo‘laklari , ularning tasnifi, ularga xos bo‘lgan mazmuniy va sintaktik qonuniyatlar yoritilishi; yangilanishi lozim bo‘lgan darsliklar qatorida umumta’lim maktablarining 8-sinflari uchun mo‘ljallangan amaldagi darslik ham mavjudligi va ushbu dissertatsiyada shu mavzuga mos yangi yo‘nalishdagi mashq va metodlar tavsiya etilganligi dissertatsiya muvzusining dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot obyekti va predmeti . Sintaksisga oid darsliklar va amaldagi umumta’lim maktab darsliklari etib belgilandi. O’zbek tilida gap bo’laklarini o’qitish jarayonini takomillashtirish maqsadida interfaol metodlarni ishlab chiqish tadqiqot predmetini belgilab beradi. Tadqiqot ishining maqsad va vazifalari. 3 Zamonaviy darsliklar qanday bo‘lishi kerak?-\\Elektron manbaa.O‘zbekiston milliy axborot agentligi sayti:https:|| uza.uz||posts|208815 4
O’zbek tilshunosligidagi gap bo’laklariga oid ilmiy-nazariy qarashlarni tadqiq etish va yangi avlod darsliklari qatorida qayta nashr etishi mo‘ljallangan 8- sinf ona tili darsligidagi gap bo‘laklari mavzusini o‘qitishga oid metodik yordam sifatida interfaol metodlar va topshiriqlar ishlab chiqish maqsad qilib belgilandi. Ushbu maqsad asosida quyidagi vazifalar belgilab olindi : 1.Mavzu yuzasidan ilmiy-nazariy manbalarni o‘rganish va tahlil qilish, umumlashtirish. 2. Ona tili ta’limi jarayonida gap bo‘laklarini o‘qitishning ahamiyatlilik darajasini yoritish. 3. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida gap bo‘laklariga oid nazariy va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda oson o‘rganiladigan usullarni ishlab chiqish. 4. Yangi avlod darsliklari talablariga javob beradigan, Milliy o‘quv dasturi talablariga mos mashq, topshiriqlar yaratish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Mazkur ishning ilmiy yangiligi shundan iboratki, 1.Mavzu yuzasidan ilmiy-nazariy manbalar o‘rganildi va tahlil qilindi, umumlashtirildi 2. Ona tili ta’limi jarayonida gap bo‘laklarini o‘qitishning ahamiyatlilik darajasini yoritildi 3. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida gap bo‘laklariga oid nazariy va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda oson o‘rganiladigan intrfaol usullarni ishlab chiqildi. 4. Yangi avlod darsliklari talablariga javob beradigan, Milliy o‘quv dasturi talablariga mos mashq, topshiriqlar yaratildi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Ma’lumki, ko‘pgina tillarda gapga ta’rif berishda, avvalo, kommunikatsion vosita ekanligiga ta’kid beriladi. Uzluksiz ta’lim bo‘g‘inlarida o‘qitib kelinayotgan gapga berilgan milliy tavsifda o‘zbek nutqida uchraydigan son-sanoqsiz gaplarning barchasini 5
umumlashtiradigan belgi-hukm anglatish va kesimlik belgisiga qat’iy urg‘u beriladi. Gap bo’laklarini tadqiq etish va uni ta’lim jarayonida o’quvchilarga tez va samarali yetkazish uchun bu boradagi ishlar bilan yaqindan tanishish va olingan xulosalarni interfaol metodlar vositasida o’quvchilarga yetkazish muhim vazifalardan hisoblanadi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). O‘zbek tili sintaktik birliklarini ilmiy asosda atroflicha o‘rganish XX asarning 40-yillaridan boshlandi. Sintaktik sathning nazariy va amaliy masalalarini yevropa tilshunoslgidagi yutuqlar bilan bog‘lagan holda tadqiq etishni A.G`ulomov boshlab berdi. U «O‘zbek tilida aniqlovchilar” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi va bu dissertatsiya asosida yaratilgan xuddi shu nomdagi risolasi ( Т ., 1942), “O‘zbek tilida so‘z tartibi” ( Т ., 1947),“Sodda gap” ( Т ., 1948- 1955) singari qo‘llanmalari bilan o‘zbek ilmiy sintaksisining tamal toshini qo‘ydi. Sodda gap sintaksisi to‘g‘risidagi nazariyalarning takomilida A.Komilovaning “Gapda so‘zlarning bog`lanishi” ( Т ., 1955), G`.Abdurahmonovning “Gapning ajratilgan ikkinchi darajali bo‘laklari” ( Т ., 1956), H.Boltaboyevaning shu nomdagi qo‘llanmalari (Farg`ona, 1957), D.Ashurovaning “Gapning uyushgan bo‘laklari” ( Т ., 1962), A.Sayfullayevning undalmalarga, kirish va kiritmalarga bag`ishlangan tadqiqotlari, F.Ubayevaning “Hol” monografiyasi, A.Ahmedovning “So‘roq gaplar” (1965), A.Safayevning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar, I.Rasulovning bir tarkibli gaplar, B.O‘rinboyevning atov gaplar, so‘zlashuv nutqi sintaksisi tadqiqiga bag‘ishlangan tadqiqotlari muhim rol o‘ynadi.I.Rasulovning 1974-yilda “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bir sostavli gaplar” nomli monografiyasi nashr etildi. “Gap haqida sintaktik nazariyalar” kitobining nashr etilishi ( Т ., 1988), gapda ikki qutbli (ikkita bosh bo‘lakni e’tirof etuvchilar) nazariyaning kelib chiqish ildizlari, gapni bo‘laklarga ajratish tamoyillari va unda ko‘zga tashlanadigan ba’zi xatoliklarni yoritib berishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.Mazkur ishning ilmiy yangiligi shundan iboratki, 6