BOBUR IJODINI O’RGANISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
BOBUR IJODINI O’RGANISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH Mundarija: Kirish. Ilmiy ishning umumiy tavsifi …………………………………….3-5 1- BOB. Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodining o‘rganilishi 1.1. Umumta‘lim maktablari darsliklarida Bobur hayoti va ijodining o‘rganilishi……………………………………………6-16 1.2. Bobur hayoti va ijodining akademik litsey darsligida o‘rganilishi 17-23 2- BOB. Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o‘rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish 2.1. Bobur she’riyatini o‘rganishda interaktiv metodlardan foydalanish 24-38 2.2. “Bobu r n o ma” asar i ni o‘q i t i s h da z a m o n a viy pedagogik t exn o lo gi y alar 3 8 - 48 2.3. “ Bobu r n o m a” asar i ni b os hqa a s a r lar b il a n qi y o s iy o‘ r g a n i s h ………. 3- BOB. Ishning amaliyotga tatbiqi 3.1. Tajriba –sinov natijalari…………………………………………49-56 3.2. Ochiq dars ishlanmasi……………………………………………57-68 Xulosa .............. ………………………………………………………………….. 69-72 Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘ yxati… ……………………………….. 74-77
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston davlatining mustaqillik davridagi taraqqiyoti ijtimoiy-siyosiy hayotimizning barcha qirralarida bo‘lgani singari madaniy-ma’rifiy sohalarda ham tarixiy o‘zarishlarni yuzaga keltirmoqda. Qadimiy merosimiz ildizlarini ko‘rsatish, o‘tmishdagi boy an’analarni, milliy qadriyat va ma’naviy boyliklarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish bugungi hayotimizning bosh vazifalaridan biriga aylandi. Mavzuning o‘rganilish darajasi: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati haqida ko‘plab izlanish va tadqiqotlar olib borilgan. Ammo B.Valixo‘jayev haqli ta’kidlaganidek: “…bu qutlug‘ ishni Boburning o‘zi“ Bob u r n o m a” d a bo s h lab be r gan e di. S hun d a n so‘ n g M o v ar o u n n a h r, A f g‘ o n i s to n va Hindistonda yozilgan tazkira va tarixiy asarlarda Bobur haqida ma’lumot berish kuzatiladi” 1 . Darhaqiqat, Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi eng no y ob i s h o n c hl i m a n ba u ni ng “ Bob u r n o m a” a s a r i d ir. S h un i ngd e k , G u l b a da n b e g i m ning “ H u m o y un n o m a”, M u h a mm ad H a y dar n i n g “ T ar i x i Ra sh i d i y ” asarlarini ham aytish mumkin. Rus sharqshunoslaridan N.I.Ilminskiy, N.I.Pantusov, S.I.Polyakov, N.I.Veselovskiy, V.V.Vyatkin, A.Samoylovich, V.Bartold; afg‘on olimlaridan Ahmad Ali Kohzod, Abdulhay Habibiy, Gulchin Maoniy; hind olimlaridan Zokir Husayn, Nurul Hasan, S.A.Sharmi, R.P.Tripatxi, P.Saron, Kanunga; turk olimlaridan Fuod Kupruluzoda, Rashid Rahmati Arad kabilar ham Bobur faoliyati va merosi bilan shug‘ullandilar. Boburning hayoti, faoliyati, ilmiy, badiiy merosini o‘rganish, asarlarini nashr etish borasida o‘zbek olimlari ham muayyan ishlarni amalga oshirdilar. Umuman, boburshunoslik ravnaqida Yahyo G‘ulomov, Vohid Zohidov, Homil Yoqubov, Porso Shamsiyev, Sabohat Azimjonova, Aziz Qayumov, Hamid Sulaymon, Said Aliyev, Botirxon Valixo‘jayev, Hasan Qudratillayev kabilarning 1 Валихўжаев Б. Мумтоз сиймолар. – Т.:А. Қодирий номидаги «Халқ мероси» нашриёти. 2002 йил, 247 бет.
ilmiy tadqiqotlari muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. Ammo shunga qaramasdan, metodika sohasida yetarli ishlar amalga oshirilmagan. Shu bois, mazkur ilmiy ish Bobur hayoti va ijodini o‘qitish va o‘rganishning ilmiy-nazariy jihatlarini tadqiq qilishni nazarda tutadi. Tadqiqotning maqsadi: Asarni o‘rganishda belgilab olingan maqsadlar quyidagilar: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatini darsliklarda berilishi, o‘rganilishi; Umumta‘lim maktablari va akademik litseylarda o‘rgatilishini tahlil etish Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasini o‘rganishda interaktiv metodlardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish; Ishning yangiligi: Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Bobur hayoti va ijodi o‘zbek adabiyoti va metodika sohalarida o‘rganilgan bo‘lsa-da, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, interaktiv metodlardan foydalangan holda o‘qitilishi nisbatan kamroq o‘rganilgan edi. Biz o‘z ilmiy ishimizda mana shu jihatga e’tibor qaratdik. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Ish amalga oshirilish jarayonida maktab va akademik litsey darsliklarida o‘quvchilarning o‘quv, bilim faoliyatini izchil shakllantirishga yo‘naltirilgan nazariy yondashuvlar bilan boyitildi. Shuningdek, umumta’lim maktablari va akademik litseylarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, interaktiv metodlardan foydalangan holda o‘qitilishi va Bobur hayoti va ijodini o‘rganish bo‘yicha tegishli interaktiv metodlar, ko‘rsatma va tavsiyalar beriladi. Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqotning obyekti umumta’lim maktablari va akademik litsey adabiyot darsliklari va unga kiritilgan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid materiallarni tashkil qiladi. Bundan
tashqari Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan monografiyalar va tadqiqotlardan ham foydalanildi. Tadqiqot metodlari. Innovatsion ta’lim metodlari, hamkorlikda o‘qitish, loyihalash, muammoli ta’lim, o‘yin texnologiyalaridan hamda ular tarkibida qo‘llaniladigan interaktiv metodlardan foydalanildi. Tadqiqotning tuzilishi: Mazkur ilm iy ish kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
I BOB. Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodining o‘rganilishi 1.1. Umumta’lim maktab darsliklarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodining o‘rganilishi “…B u y uk d a v l at, bu y uk ke l a j a g i m iz g a er i s h i s h uc hu n oq il, m a ’r i f a t l i, a y ni paytda o‘zining o‘tmishi, ulug‘ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak’’ 2 ligini har bir murabbiy chin yurakdan his qilmog‘i lozim. Buni o‘quvchi-yoshlarga tez va oson yetib borishini ta’minlashda esa, bizga adabiyot fani yordamga keladi. Chunki, adabiyotning bosh vazifasi ham tarbiyalashdir. O‘z shaxsiyati va asarlari bilan insonlarga ibrat bo‘la oladigan, ularga ma’rifat nuri ulashadigan buyuk siymolarning hayoti va faoliyatini o‘rganishimizning ham asl mohiyati shunda. “ Y oz u v c h i ni ng h a y o t i va i jod iy fa o li y at in i o‘r g a n i sh u ni ng d u n y oqar a s hi ni aniqlashga yordam beradi. Bu esa unga to‘g‘ri baho berish uchun zamin hozirlaydi”. Ba’zan yozuvchi va shoirlarning hayotini o‘rganish shart emas, degan qarashlarga ham duch kelamiz. Holbuki, adib-u shoirlar hayotiga oid faktlarni to‘ p la s h i l m ning c h i n a kam qora i s h i s i fa t ida b a h o l a ni s h i k e ra k . S a b a b i, b u xi l ishlar konkret ijodkorning shaxs va san’atkor sifatidagi tadrijini kuzatish yoki konkret asarning ijodiy tarixini to‘g‘ri talqin qilish uchungina emas, ijod psixologiyasi, ijodkor va jamiyat munosabati kabi qator umumestetik muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Adib hayotiga oid ma’lumotlar o‘zi yozib qoldirgan tarjimayi hollardan, adib haqida aytilgan zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish-bilishlari va muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma holida yetib kelgan manbalardan olinishi mumkin. 2 Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. – Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси. 1999, 55 бет