Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini maktab darsliklarida o‘qitilishi
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini maktab darsliklarida o‘qitilishi Mundarija : KIRISH. I BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAYOTI VA IJODINING O‘RGANILISH TARIXI 1.1. Boburshunoslik tarixiga bir nazar 1.2. Bobur lirikasi va “Boburnoma”ning o‘rganilishi 1-bob bo‘yicha xulosa II BOB. BOBUR IJODINING O‘QITILISH MASALALARI 2.1. Bobur ruboiylarini sharhlab o‘rgatish 2.2 “Boburnoma” da potret yaratish mahorati 2-bob bo‘yicha xulosa III BOB ADIB IJODINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK METODLAR VOSITASIDA O‘RGANISH 3.1 Shoir lirikasini “Konseptual jadval” asosida o‘rganish 3.2. “Boburnoma”ni “Klaster” metodi vositasida o‘rganish 3-bob bo‘yicha xulosa Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, faoliyati va ijodi insoniyat uchun o‘ziga xos ibrat maktabi tarbiya vositasi, so‘ngsiz zavq manbai ekanligi barchaga birdek ayon. Ta’lim bosqichlarida bu betakror shaxs faoliyatiga keng o‘rin berilgani ham bejiz emas. Hozirgi kunda boshlang‘ich ta’limdan oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan bosqichlarda Bobur hayoti, ijodi muayyan qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda o‘rganilmoqda. Ta’lim tizimida bu davlat arbobi, mutaffakir ijodi va faoliyatiga tarix, etnografiya, geografiya, til, adabiyot, adabiyotshunoslik va boshqa fanlar nuqtai nazaridan yondashiladi, o‘qitiladi. Mustaqillikdan so‘ng adabiyotshunoslik, metodika fanlaridagi yangilanishlar natijasi o‘laroq har bir adib ijodiga tarixiy haqiqat mezonlari, sof estetik tamoyillar asosida yondashuv yuzaga keldi. Jumladan Bobur ijodi yangicha qarashlar, adabiyot ilmining so‘nggi yutuqlari asosida o‘rganila boshladi. Shunisi diqqatga sazovorki, tajribalar natijasi o‘laroq Bobur lirikasidagi qaysi namunalar, “Boburnoma”dagi qaysi parchalar qay sinflarda qanday o‘rganilishi belgilab olindi. Ana endi biz ushbu mumtoz adabiyotimiz namunalarini o‘quvchilarga “qanday” o‘rgatishimiz zarur. Ushbu savol bugun dolzarb masalalardandir. Endi ushbu mavzularni o‘quvchilarga yangicha yondashuvlar asosida, ularni mavzuga qiziqishlarini oshirish, mavzuni oson yo‘l bilan xotiralarida yaxshi saqlanishini ta’minlash bizning asosiy vazifalarimizdandir. Va bugun biz ishimizda shu jihatlariga e‘tibor qaratishga harakat qildik. Agar amaldagi darslik va qo‘llanmalar o‘zgarsa ham dissertatsiyamizdagi bayon etayotgan metodik tavsiyalarimiz butunlay ahamiyatini yo‘qotmaydi deb o‘ylaymiz. Faqat sharoitga qarab ularni biroz yengillatish yoki, aksincha, chuqurlashtirish va kengaytirish mumkin. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ma’lumki, jahon adabiyotshunosligi va tarixshunosligida tarixiy shaxslar, xususan, Bobur hayotini o‘rganish yuzasidan U.Erskin, P.Sharma, A.Stil, A.Beverej singari xorij olimlarining ishlari keng miqyosda o‘rganilgan. Bu ishlarda ko‘proq Bobur
biografiyasi va uning xotirnomasi « Boburnoma» asari tadqiq etilgan 1 . Rus sharqshunosligida N.Ilminskiy, A.Samoylovich, G.Blagovalarning ilmiy izlanishlari bu mavzu bo‘yicha fundamental ishlar hisoblanadi. O‘zbek adabiyotshunosligi va tarixshunosligida S.Azimjonova, H.Hasanov, Sh.Bobojonova, O.Husanboev, V.Abdullaev, B.Valixo‘jaev, V.Zohidov, V.Rahmonov, L.Qayumov, S.Hasanov R.Vohidov, G‘.Murodov singari olimlarning ishlarida Bobur, uning hayoti hamda u tuzgan saltanat tarixi yoritilgan 2 . Shu bilan birga N.Rasulzoda, S.Jamolov, G‘.Salomov, S.Xasanov, H.Boltaboev, X.Nazarova, H.Qudratullaev, N.Otajonov, L.Xodjaeva, S.Shukurullaeva, F.Salimova, N.Jiyanova, A.Ibrohimov, M.Sobirov, R.Karimov, T.Yuldashev, Z.Xolmanova, M.Abdullaeva, D.Hoshimova, I.Sulaymonov kabi olimlarning tadqiqotlarida Boburning « Boburnoma» asari, uning tili, uslubi, tarjimalari o‘rganilgan Tadqiqot ob’ekti: Bobur ijodini o‘qitish masalalari, Bobur lirikasi va “Boburnoma” Tadqiqot predmeti: Bobur ijodi: lirikasi va “Boburnoma”ni o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnolagiyalar. Tadqiqot ishining maqsadi: Bobur hayoti va ijodini maktab darsliklarida o‘qitilishida qanday metodlardan foydalansa, yaxshi natija berishini, samaraliroq va o‘rganish qulayroq bo‘lishini ko‘rsatish dissertatsiyaning bosh maqsadi sanaladi Tadqiqot vazifalari: 1 Эрскин У. Бобур Ҳиндистонда . – T.: Чўлпон . 1995. –Б. 112 . Шарма Л. Бобурийлар салтанати. –T.: Маънавият, 1998. –Б.21. Stil A. S. King-Errant. New York F. A. Stokes company publishers, 1912. 187 p. Beveridge, Annette Susannah (ed.). The Babur-nama in English (Memoirs of Babur) —London . 1922. – 880 p. The History of Humayun by Gulbadanbegam. Translation by A.S. Beveridge., London, 1902. – 144 p. 2 Азимджанова С.А. Государство Бабура в Кабуле и в Индии (социально-экономическая политика Бабура в первой трети XVI Века). Автореферат дисс... д-ра инс. наук. – T.: 1969. 60 с. Ҳасанов Ҳ. З.М.Бобир ва унинг географик мероси. Номзодлик диссертацияси. – T.: Бобожонова Ш.Ш. Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг ижтимоий-аҳлокий қарашлари. Фалсафа фанлари номзоди...дисс. //ЎзФА И.М.Мўминов номидаги фалсафа ва ҳуқуқ институти. – T.: 2002. 165 б. (Библиогр. Б 172. Ҳусанбоев О.О Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг сиёсий ва ҳуқуқий қарашлари. Юридик фан. номзоди...дисс. // ЎзР Адлия вазирлиги, Тошкент Давлат юридик институти. – T.:, 2006. 132 б. Абдуллаев В. Бобур ва унинг замондошлари ижодини ўрганиш масалалари. СамДУ, Самарқанд. 1983. Валихўжаев Б. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Т.: Фан. 1978. Зоҳидов В. Бобурнинг фаолияти ва ижодий мероси. Т.: Шарқ юлдузи. 1968. Раҳмонов В. Заҳириддин Муҳаммад исми ҳақида. Т.: Тил ва адабиёт таълими, 6-сон. 2000. Қаюмов Л. Бобур. Т.: Шарқ юлдузи. 3-4 сонлар, 1983 Ҳасанов С. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Т.: Шарқ. 2002. Воҳидов Р. Биз билган ва билмаган Бобур. Т.: Маънаият. 1999. Муродов Ғ. « Юлдузли тунлар » романида бадиий кодлар // БухДУ илмий ахборотлари.– Бухоро, 2000. – 1-сон. – Б. 23-27.
- Adabiyotimizning mumtoz namunalarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida o‘qitish yo‘llarini ko‘rsatish; - Bobur ruboiylarini o‘qitishda sharhlab o‘qitish usulinining samaradorligini asoslash; - “Boburnoma”da kelgan ijodkorlar, tarixiy shaxslarning adabiy portretlarini tahlil qilish; - Bobur lirikasini “Konseptual jadval” asosida o‘qitish afzalliklarini misollar orqali dalillash; - “Boburnoma” asarini “Klaster metodi” vositasida o‘rganish qulayliklarini tushuntirish Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tipologik, germenevtik, analitik, psixologik va kompleks tahlil kabi metodlar qo’llanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Bobur ijodi avval turli jihatdan tadqiq etilgan. Biz shu tadqiqotlarga tayangan holda ishimizni metodik jihatdan yoritishga harakat qildik. Ishimizning yangiligi Bobur hayoti va ijodini o’quvchilarga yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’rgatishga qaratilgan bo’lib, biz bunda Bobur lirikasini “Konseptual jadval” asosida o’rganish, “Boburnoma”ni “Klaster” metodi vositasida o’qitishni tavsiya qildik va namunalar ko’rsatdik. Bunday usullarni qo’llashning afzal jihatlari, qulayligi, zarurati, ahamiyati bayon qilindi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, Maktab adabiyot darslari va oliy ta’limda “ Adabiyot tarixi ” fanining “Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi ” mavzular ini o‘qitishga oid yangi variantlarni beradi. Dars mashg‘ulotlar jarayonida klaster metodidan, konseptual jadval va sharlab o‘qitish kabi usullardan foydalanish talaba va o‘quvchilarga mavzuni chuqur va atroflicha o‘zlashtirishlari, bu sohada yuqori saviyadagi mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga yordam beradi. Ishda qo‘llangan metodlar va ish turlaridan boshqa fan o‘qituvchilar ham foydalanishlari mumkin. Tavsiyalar berilishi ushbu fanni o‘qitishda innovatsion ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarni amaliyotda qo‘llanish darajasini tahlil qilish
hamda unga baho berishga imkon yaratadi. Tadqiqot natijalari nafaqat ushbu mavzu uchun , balki boshqa adabiyot darslari uchun ham foydalidir. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat bo’lib, jami _______ sahifani tashkil etadi.