ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDA HUKMDOR SHAXSLAR OBRAZI TASVIRI VA TALQINI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDA HUKMDOR SHAXSLAR OBRAZI TASVIRI VA TALQINI MUNDARIJA KIRISH (ISHNING UMUMIY TAVSIFI) …………………………………….. 6 I. BOB. «BOBURNOMA»DA BOBUR XARAKTERI VA HUKMDOR SHAXSLAR OBRAZI TASVIRI …………………………………………….. 11 1.1. “Boburnoma” asarining o‘rganilishi ...................................................... 11 1.2. Hukmdor shaxs va uning xarakteri masalasi ………………………….. 21 I I . BOB. BOBUR HUKMDOR S H AXSNING TIPIK VAKILI VA UNING O‘ZIGA XOS XARAKTERI ………………………………………... 35 2.1. Temuriylar davrida davlatchilik va yurt boshchiligi mavqei …………. 35 2.2. Shohlik maslagi va Bobur xarakterining shakllanishi ……...…………. 45 III. BOB. HUKMDOR SHAXS VA IRFONIY G‘OYA …………………..… 61 3.1. Hukmdorlik va irfoniy g‘oya ……………………...………………….. 61 3.2. Ijtimoiy voqea va hissiy kechinma …………………….……………… 68 XULOSA ……………………………………………...………………………… 80 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………...…… 83 1
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA”ASARIDA HUKMDOR SHAXSLAR OBRAZI TASVIRI VA TALQINI MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYA ANNOTATSIYASI Ushbu magistrlik dissertatsiyasida XV-XVI asrlarda yashagan o zbekʻ mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste dodli ʼ sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda, o z davrining buyuk ʻ shaxslaridan biri Zahiriddin Muhammad Boburning Movarounnahr, Xuroson va Hindiston o‘lkalari haqida batafsil va qimmatli ma’lumot beradigan qomusiy asari “Boburnoma” asarida keltirilgan hukmdor shaxslar, xususan, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Xisravshoh, Sulton Ahmad va boshqa hukmdorlarga bergan ob’ektiv bahosi misolida ularning xarakteri ochib beriladi. “Boburnoma” misolida Boburning har bir temuriyzoda va hukmdor shaxslarga bergan bahosi tahlil qilinadi. 2
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR'S MASTER'S DISSERTATION ON THE DESCRIPTION AND INTERPRETATION OF THE IMAGE OF RULING PERSONS IN "BOBURNOMA" ANNOTATION In this master's dissertation, Zahiriddin Muhammad Babur, a great representative of Uzbek classical literature of the XV-XVI centuries, poet, historian, geographer, statesman, talented commander, founder of the Baburid dynasty, one of the great figures of his time, wrote about Movarounnahr, Khorasan and India. Their character is revealed in the example of an objective assessment of the rulers, in particular, Hussein Boykaro, Shaibanikhan, Khisravshah, Sultan Ahmad and other rulers, mentioned in the encyclopedic work "Boburnoma", which provides detailed and valuable information. The example of "Boburnoma" analyzes Bobur's assessment of each Temurid and the ruler. 3
KIRISH (ISHNING UMUMIY TAVSIFI) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon adabiyotshunosligida mumtoz turkiy adabiyot qiziqish bilan o‘rganilib kelinadi. Mumtoz adabiyotda badiiyat masalasi, adabiy muhit va adabiy tanqidning o‘rni haqidagi tekshirishlarni amalga oshirish dolzarb vazifalarni keltirib chiqarishi bilan birga tadqiqotlarning ko‘lamini kengaytirish zaruratini ham ko‘rsatmoqda. Dunyo adabiyotshunosligida «Boburnoma» asarining AQS H , Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari olimlari tomonidan tarjima va tabdili bilan bog‘liq nashr ishlarini qizg‘in davom ettirayotganlari hamda filologik tadqiqotlarni amalga oshirayotganlari tadqiqotning dolzarbligini bildiradi. “Boburnoma” asarini adabiyotshunoslik aspektida alohida o‘rganilishi dunyo adabiyotshunosligida keyingi tadqiqotlar rivojiga turtki beradi. Mamlakatimizda ilm-fan sohasida istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida “o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘p qirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish katta ahamiyatga ega” 1 bo‘lib, mazkur ilmiy jarayonlar natijasida “Boburnoma” asarida badiiy ijod masalalarini monografik planda o‘rganish adabiyotshunosligimizni yangi tahlil va qarashlar bilan boyitishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 - yil 13 - maydagi PF 4797-son “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 16 - fevraldagi 124-F sonli “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi hamda boshqa 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг «Ўзбек мумтоз ва замонавий адабиётини халқаро миқёсда ўрганиш ва тарғиб қилишнинг долзарб масалалари» мавзусидаги халқаро конференция иштирокчиларига йўллаган табриги // Халқ сўзи. 2018 йил 8 август. 4
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti ma’lum darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining “ Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari ” ustuvor yo‘nalishida ko‘rsatilgan vazifalarga muvofiq keladi. M uammo ning o‘rganil ganlik darajasi. O‘zbek adabiyotshunosligida “Boburnoma” asarining o‘rganilish darajasi asosan XX asrning ikkinchi yarmidagi tadqiqotlarda chuqurlashib bordi. Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy-ilmiy merosiga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarganligi bois uning asarlarini, jumladan, “Boburnoma”ning tanqidiy matnini yaratish bilan bog‘liq izlanishlarni ham ushbu sohaning yutuqlari sirasidan baholash kerak bo‘ladi. Shuningdek, “Boburnoma” yuzasidan bajarilgan dissertatsiyalar, o‘zbek davriy matbuotida e’lon qilingan bir 5