logo

ADABIY-TARIXIY ASARLARDA ADABIYOTSHUNOSLIK MUAMMOLARI

Yuklangan vaqt:

09.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.9990234375 KB
MUNDARIJA
I   BOB.   ADABIY-TARIXIY   ASARLARDA   ADABIYOTSHUNOSLIK
MUAMMOLARI
1.1  “ Boburnoma” asarining   o’rganilishi……………………………
1.2  Roviylik va adabiy uslub ifodasi………………………
Birinchi bob yuzasidan xulosalar……………………………
II  BOB.  BOBURNING ADABIY-ESTETIK QARAS H LARI
2.1. Bobur  adabiy muhit i  va adabiy tanqid in’ikosi...........................
2.2. “Boburnoma” asarida adabiy janr va shakl talqinlari xususida .........
Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar……………………………………
III BOB. «BOBURNOMA»DA TAZKIRACHILIK UNSURLARI
 3.1. Ijodkor  va hukmdor  tarixiy shaxslar adabiy portretlari…………...
 3.2. Mutasavvuf adiblar va irfoniy munosabatlarning aks etishi……………………
 Uchinchi bob yuzasidan xulosalar……………………………………
Xulosa ……………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………
Ilovalar ……………………………………………………………………… KIRISH
Dissertasiya   mavzusining   dolzarbligi   va   zarurati.   Jahon
adabiyotshunosligida   mumtoz   turkiy   adabiyot   qiziqish   bilan   o’rganilib   kelinadi.
Mumtoz   adabiyotda   badiiyat   masalasi,   adabiy   muhit   va   adabiy   tanqidning   o’rni
haqidagi tekshirishlarni amalga oshirish dolzarb vazifalarni keltirib chiqarishi bilan
birga tadqiqotlarning ko’lamini kengaytirish zaruratini ham ko’rsatmoqda.
Dunyo adabiyotshunosligida «Boburnoma»ning AQSh, Yevropa mamlakatlari,
Yaponiya,   Turkiya   va   Markaziy   Osiyo   davlatlari   olimlari   tomonidan   tarjima   va
tabdili   bilan   bog’liq  nashr  ishlarini  qizg’in  davom   ettirayotganlari  hamda  filologik
tadqiqotlarni   amalga   oshirayotganlari   tadqiqotning   dolzarbligini   bildiradi.
«Boburnoma»   asarini   adabiyotshunoslik   aspektida   alohida   o’rganilishi   dunyo
adabiyotshunosligida keyingi tadqiqotlar rivojiga turtki beradi.
Mamlakatimizda   ilm-fan   sohasida   istiqlol   yillarida   amalga   oshirilayotgan
islohotlar   zamirida   «o’zbek   mumtoz   va   zamonaviy   adabiyotini   xalqaro   miqyosda
o’rganish   va   targ’ib   qilish,   ko’p   qirrali   bu   mavzuni   bugungi   kunda   dunyo   adabiy
makonida   yuz   berayotgan   eng   muhim   jarayonlar   bilan   uzviy   bog’liq   holda   tahlil
etib, zarur  ilmiy-amaliy xulosalar   chiqarish  katta ahamiyatga  ega» 1
  bo’lib, mazkur
ilmiy   jarayonlar   natijasida   «Boburnoma»   asarida   badiiy   ijod   masalalarini
monografik planda o’rganish adabiyotshunosligimizni yangi tahlil va qarashlar bilan
boyitishga   xizmat   qiladi.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022-   yil   13-
maydagi PF-4797-son «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti
universitetini   tashkil   etish   to’g’risida»gi,   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   2023   yil   16   -   fevraldagi   124-F-sonli   «O’zbek   mumtoz   va   zamonaviy
adabiyotini   xalqaro   miqyosda   o’rganish   va   targ’ib   qilishning   dolzarb   masalalari»
mavzusidagi   xalqaro  konferensiyani   o’tkazish  to’g’risida»gi   farmoyishi   hamda   boshqa
1
Shavkat Mirziyoyev: «Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi»  //
https://xabar.uz/uz/madaniyat/shavkat-mirziyoyev-adabiyot-san’ at. me’yoriy-huquqiy   hujjatlarda   belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishda   ushbu
dissertasiya tadqiqoti ma’lum darajada xizmat qiladi. 
M uammo ning   o’rganil ganlik   darajasi.   “Boburnoma”ni   fransuz   tiliga
tarjima   va   tadqiq   qilishga   sharqshunos   Anri   Jyul   Klaprot   (1783-1835)
birinchilardan   bolib   harakatni   boshlaydi.   1824-yil   A.Klaprotning,   “Sulton   Bobur
yohud   “Boburnoma”   tarixiga   oid   kuzatishlar”   nomli   maqolasi   omma   e’tiboriga
havola   etadi.   Markaziy   Osiyo   va   Sibirda   yashagan   xalqlar   tarixi,   madaniyati   va
adabiyotini   yaxshi   bilgan   Klaprot   Yevropa   sharqshunosligida   “Boburnoma”
xususida   ilk   bor   tolaqonli   fikr   yuritgan   edi.   Shundan   song   1854-yili   Parijda
“Hozirda   va   qadimda   yashagan   tarixiy   shaxslar   hayoti”   nomli   katta   kitob   chop
qilinadi.   Mazkur   kitobdan   sharqshunos   M.Langle   (1763-1824)   ning   “Zahiriddin
Bobur   hayoti   va   ijodi”   nomli   maqolasi   ham   o ` rin   olgan   edi.   O’zbek
adabiyotshunosligida   «Boburnoma»   asarining   o’rganilish   darajasi   asosan   XX
asrning   ikkinchi   yarmidagi   tadqiqotlarda   chuqurlashib   bordi.   Zahiriddin
Muhammad   Boburning   adabiy-ilmiy   merosiga   bo’lgan   munosabat   tubdan
o’zgarganligi bois uning asarlarini, jumladan, «Boburnoma»ning tanqidiy matnini
yaratish   bilan   bog’liq   izlanishlarni   ham   ushbu   sohaning   yutuqlari   sirasidan
baholash   kerak   bo’ladi.   Shuningdek,   «Boburnoma»   yuzasidan   bajarilgan
dissertasiyalar,   o’zbek   davriy   matbuotida   e’lon   qilingan   bir   qator   ilmiy   va
publisistik   maqolalar   va   ilmiy   to’plamlarda 2
  ushbu   mavzuga   doir   kuzatishlar   o’z
aksini topgan. 
2
Жамолов С. Бобурноманинг бадиий хусусиятлари. – Т.: Фан 1960.210 б; Қудратуллаев Ҳ.   «Бобурноманинг
тарихий-адабий   ва   услубий   таҳлили   (Навоий,   Бобур,   Хондамир   ва   Восифий   насрининг   қиёсий   таҳлили
асосида)» филол. фан. док... дисс. – Т., 1998. – 348 б; Қудратуллаев Ҳ. Бобирнинг адабий-эстетик қарашлари.
– Т.: Фан. 1983. – 62 б; Қудратуллаев Ҳ. Бобурнинг адабий эстетик олами. – Т.: Маънавият, 2018. – 271 б;
Абдуллаева   M.   Тарихий   насрий   асарлар   бадииятининг   қиёсий   таҳлили   («Бобурнома»   ва   «Шажараи   турк»
мисолида)»   фил.   фан.   номз...   дисс.   –   Т.,   2008.   –   155   б;   Собиров   М.   «Бобурнома»нинг   инглизча
таржималарида   муаллиф   услуби   ва   бадииятини   қайта   тиклаш   муаммолари   (Лейден   Эрскин,   Бевериж   ва
Текстон таржималарининг қиёсий таҳлили асосида-168 Tadqiqotning maqsadi   «Boburnoma»  asarida  adabiyotshunoslik  masalalari,
adabiy   uslub,   adabiy   muhit,   adabiy   tanqid   va   tazkiralarga   xos   xususiyatlarni
o ‘rganish hisoblanadi.
Tadqiqotning vazifalari .  Tadqiqot oldiga qo’yilgan vazifalar quyidagilardan
iborat:
«Boburnoma» asarida  muallifning  uslubini tadqiq etish va  tahlilga tortish; 
«Boburnoma»da   tasvirlangan   adabiy   muhit   va   adabiy   tanqidga     xos
xususiyatlarni  tekshirish;  
Ushbu   asar   tarkibidagi   ijodkor   tarixiy   shaxslarning   adabiy   portretlarini
o’rganish vositasida shoirlar tazkirasiga xos belgilarni aniqlash;
Asarda tasviri berilgan hukmdorlar shaxsiyatini aniqlash, ularga muallifning
munosabati masalasini belgilash.  
Mutasavvuf   adiblar   siymosiga   nisbatan   Boburning   irfoniy   munosabatlar ini
o’rganish orqali valiylar tazkirasiga xos jihatlarni   tadqiq etish. 
Tadqiqot   obyekti   sifatida   Zahiriddin   Muhammad   Boburning   “ Boburnoma ”
asari olingan.
Tadqiqotning  predmeti.  “ Boburnoma”  asarida   aks  etgan  adabiyotshunoslik
masalalari,   adabiy   muhit   va   tanqid   munosabati,   ijodkor   shaxs   va   mutasavvuf
adiblar   haqidagi   muallifning   qarashlarini   o‘rganish   dissertasiyaning   predmetini
tashkil etadi. 
Tadqiqotning   usullari.   I sh da   tadqiq   etishda   t arixiy-qiyosiy,   b iog ra fik -
psixologik usullardan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat:  
        «Boburnoma» asarida  muallifning  uslubi tadqiq etildi hamda muallif obrazi
bajargan vazifalar tasniflan gan ;
“Boburnoma”   asari da tasvirlangan adabiy muhitga   xos xususiyatlar, ularning
asardagi ahamiyati , mumtoz adabiy tanqidchilikning belgilari ochib berilgan; Boburning   mutasavv u f   adiblar   siymosiga   bo’lgan   munosabati   tadqiq   etilgan
hamda   ushbu   asardagi   valiylar   tazkirasiga   xos   bo’lgan   jihatlarning   mavjudligi
dalillangan. 
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati .   Ushbu   tadqiqot   oliy
ta’lim   muassasalarining   o’zbek   filologiyasi   fakultetlarida   o’tiladigan   «Mumtoz
o’zbek   adabiyoti   tarixi»,   «Adabiyot   nazariyasi»,   «Adabiy   tanqidchilik   va   adabiy
jarayon» kabi fanlarning nazariy dastur va o’quv reja, o’quv majmualarini tuzishda
adabiy   manba   vazifasini   o ‘taydi.   Boburning   adabiy   qarashlari   va   ilmiy
mulohazalari,   uning   adabiyotshunos   sifatidagi   qiyofasi   ilk   bora   chuqurroq
tekshirilgani   bois   ishning   xulosalari   ilmiy-nazariy   manbalarni   muayyan   darajada
to’ldirish vazifasini bajarishi mumkin.
Tarixan shakllangan adabiyotshunoslik janrlarining ushbu yirik asar tarkibida
o’ziga   xos   tarzda   namoyon   bo’lishi   asoslangan   bo’lib,   bu   kuzatish   natijalaridan
o’zbek   adabiy   tanqidchiligi   tarixi   fanining   o’quv   darsliklari   va   qo’llanmalarini
yaratishda ham foydalanish mumkin.
XV-XVI asr adabiy muhiti, undagi badiiyat va uslub muammosi, roviylik va
adabiy   maslak,   tazkirachilikning   taraqqiyoti   kabi   masalalarni   yorituvchi   ilmiy
fundamental tadqiqotlar uchun qo’shimcha manba bo’lib xizmat qilishi ham ko’zda
tutilgan.
Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi.  Kirish  va uch asosiy  bob, xulosa hamda
foydalanilgan   ad a biyotlar   ro’yxatidan   iborat.   U mumiy   hajmi   86   sahifani   tashkil
etadi .

MUNDARIJA I BOB. ADABIY-TARIXIY ASARLARDA ADABIYOTSHUNOSLIK MUAMMOLARI 1.1 “ Boburnoma” asarining o’rganilishi…………………………… 1.2 Roviylik va adabiy uslub ifodasi……………………… Birinchi bob yuzasidan xulosalar…………………………… II BOB. BOBURNING ADABIY-ESTETIK QARAS H LARI 2.1. Bobur adabiy muhit i va adabiy tanqid in’ikosi........................... 2.2. “Boburnoma” asarida adabiy janr va shakl talqinlari xususida ......... Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar…………………………………… III BOB. «BOBURNOMA»DA TAZKIRACHILIK UNSURLARI 3.1. Ijodkor va hukmdor tarixiy shaxslar adabiy portretlari…………... 3.2. Mutasavvuf adiblar va irfoniy munosabatlarning aks etishi…………………… Uchinchi bob yuzasidan xulosalar…………………………………… Xulosa …………………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ………………………………… Ilovalar ………………………………………………………………………

KIRISH Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon adabiyotshunosligida mumtoz turkiy adabiyot qiziqish bilan o’rganilib kelinadi. Mumtoz adabiyotda badiiyat masalasi, adabiy muhit va adabiy tanqidning o’rni haqidagi tekshirishlarni amalga oshirish dolzarb vazifalarni keltirib chiqarishi bilan birga tadqiqotlarning ko’lamini kengaytirish zaruratini ham ko’rsatmoqda. Dunyo adabiyotshunosligida «Boburnoma»ning AQSh, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari olimlari tomonidan tarjima va tabdili bilan bog’liq nashr ishlarini qizg’in davom ettirayotganlari hamda filologik tadqiqotlarni amalga oshirayotganlari tadqiqotning dolzarbligini bildiradi. «Boburnoma» asarini adabiyotshunoslik aspektida alohida o’rganilishi dunyo adabiyotshunosligida keyingi tadqiqotlar rivojiga turtki beradi. Mamlakatimizda ilm-fan sohasida istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida «o’zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o’rganish va targ’ib qilish, ko’p qirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog’liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish katta ahamiyatga ega» 1 bo’lib, mazkur ilmiy jarayonlar natijasida «Boburnoma» asarida badiiy ijod masalalarini monografik planda o’rganish adabiyotshunosligimizni yangi tahlil va qarashlar bilan boyitishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 13- maydagi PF-4797-son «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to’g’risida»gi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 16 - fevraldagi 124-F-sonli «O’zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o’rganish va targ’ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyani o’tkazish to’g’risida»gi farmoyishi hamda boshqa 1 Shavkat Mirziyoyev: «Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi» // https://xabar.uz/uz/madaniyat/shavkat-mirziyoyev-adabiyot-san’ at.

me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertasiya tadqiqoti ma’lum darajada xizmat qiladi. M uammo ning o’rganil ganlik darajasi. “Boburnoma”ni fransuz tiliga tarjima va tadqiq qilishga sharqshunos Anri Jyul Klaprot (1783-1835) birinchilardan bolib harakatni boshlaydi. 1824-yil A.Klaprotning, “Sulton Bobur yohud “Boburnoma” tarixiga oid kuzatishlar” nomli maqolasi omma e’tiboriga havola etadi. Markaziy Osiyo va Sibirda yashagan xalqlar tarixi, madaniyati va adabiyotini yaxshi bilgan Klaprot Yevropa sharqshunosligida “Boburnoma” xususida ilk bor tolaqonli fikr yuritgan edi. Shundan song 1854-yili Parijda “Hozirda va qadimda yashagan tarixiy shaxslar hayoti” nomli katta kitob chop qilinadi. Mazkur kitobdan sharqshunos M.Langle (1763-1824) ning “Zahiriddin Bobur hayoti va ijodi” nomli maqolasi ham o ` rin olgan edi. O’zbek adabiyotshunosligida «Boburnoma» asarining o’rganilish darajasi asosan XX asrning ikkinchi yarmidagi tadqiqotlarda chuqurlashib bordi. Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy-ilmiy merosiga bo’lgan munosabat tubdan o’zgarganligi bois uning asarlarini, jumladan, «Boburnoma»ning tanqidiy matnini yaratish bilan bog’liq izlanishlarni ham ushbu sohaning yutuqlari sirasidan baholash kerak bo’ladi. Shuningdek, «Boburnoma» yuzasidan bajarilgan dissertasiyalar, o’zbek davriy matbuotida e’lon qilingan bir qator ilmiy va publisistik maqolalar va ilmiy to’plamlarda 2 ushbu mavzuga doir kuzatishlar o’z aksini topgan. 2 Жамолов С. Бобурноманинг бадиий хусусиятлари. – Т.: Фан 1960.210 б; Қудратуллаев Ҳ. «Бобурноманинг тарихий-адабий ва услубий таҳлили (Навоий, Бобур, Хондамир ва Восифий насрининг қиёсий таҳлили асосида)» филол. фан. док... дисс. – Т., 1998. – 348 б; Қудратуллаев Ҳ. Бобирнинг адабий-эстетик қарашлари. – Т.: Фан. 1983. – 62 б; Қудратуллаев Ҳ. Бобурнинг адабий эстетик олами. – Т.: Маънавият, 2018. – 271 б; Абдуллаева M. Тарихий насрий асарлар бадииятининг қиёсий таҳлили («Бобурнома» ва «Шажараи турк» мисолида)» фил. фан. номз... дисс. – Т., 2008. – 155 б; Собиров М. «Бобурнома»нинг инглизча таржималарида муаллиф услуби ва бадииятини қайта тиклаш муаммолари (Лейден Эрскин, Бевериж ва Текстон таржималарининг қиёсий таҳлили асосида-168

Tadqiqotning maqsadi «Boburnoma» asarida adabiyotshunoslik masalalari, adabiy uslub, adabiy muhit, adabiy tanqid va tazkiralarga xos xususiyatlarni o ‘rganish hisoblanadi. Tadqiqotning vazifalari . Tadqiqot oldiga qo’yilgan vazifalar quyidagilardan iborat: «Boburnoma» asarida muallifning uslubini tadqiq etish va tahlilga tortish; «Boburnoma»da tasvirlangan adabiy muhit va adabiy tanqidga xos xususiyatlarni tekshirish; Ushbu asar tarkibidagi ijodkor tarixiy shaxslarning adabiy portretlarini o’rganish vositasida shoirlar tazkirasiga xos belgilarni aniqlash; Asarda tasviri berilgan hukmdorlar shaxsiyatini aniqlash, ularga muallifning munosabati masalasini belgilash. Mutasavvuf adiblar siymosiga nisbatan Boburning irfoniy munosabatlar ini o’rganish orqali valiylar tazkirasiga xos jihatlarni tadqiq etish. Tadqiqot obyekti sifatida Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma ” asari olingan. Tadqiqotning predmeti. “ Boburnoma” asarida aks etgan adabiyotshunoslik masalalari, adabiy muhit va tanqid munosabati, ijodkor shaxs va mutasavvuf adiblar haqidagi muallifning qarashlarini o‘rganish dissertasiyaning predmetini tashkil etadi. Tadqiqotning usullari. I sh da tadqiq etishda t arixiy-qiyosiy, b iog ra fik - psixologik usullardan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: «Boburnoma» asarida muallifning uslubi tadqiq etildi hamda muallif obrazi bajargan vazifalar tasniflan gan ; “Boburnoma” asari da tasvirlangan adabiy muhitga xos xususiyatlar, ularning asardagi ahamiyati , mumtoz adabiy tanqidchilikning belgilari ochib berilgan;

Boburning mutasavv u f adiblar siymosiga bo’lgan munosabati tadqiq etilgan hamda ushbu asardagi valiylar tazkirasiga xos bo’lgan jihatlarning mavjudligi dalillangan. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati . Ushbu tadqiqot oliy ta’lim muassasalarining o’zbek filologiyasi fakultetlarida o’tiladigan «Mumtoz o’zbek adabiyoti tarixi», «Adabiyot nazariyasi», «Adabiy tanqidchilik va adabiy jarayon» kabi fanlarning nazariy dastur va o’quv reja, o’quv majmualarini tuzishda adabiy manba vazifasini o ‘taydi. Boburning adabiy qarashlari va ilmiy mulohazalari, uning adabiyotshunos sifatidagi qiyofasi ilk bora chuqurroq tekshirilgani bois ishning xulosalari ilmiy-nazariy manbalarni muayyan darajada to’ldirish vazifasini bajarishi mumkin. Tarixan shakllangan adabiyotshunoslik janrlarining ushbu yirik asar tarkibida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lishi asoslangan bo’lib, bu kuzatish natijalaridan o’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi fanining o’quv darsliklari va qo’llanmalarini yaratishda ham foydalanish mumkin. XV-XVI asr adabiy muhiti, undagi badiiyat va uslub muammosi, roviylik va adabiy maslak, tazkirachilikning taraqqiyoti kabi masalalarni yorituvchi ilmiy fundamental tadqiqotlar uchun qo’shimcha manba bo’lib xizmat qilishi ham ko’zda tutilgan. Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi. Kirish va uch asosiy bob, xulosa hamda foydalanilgan ad a biyotlar ro’yxatidan iborat. U mumiy hajmi 86 sahifani tashkil etadi .