logo

ABDUQAYUM YO‘LDOSHEV QISSALARIDA SHAXS KONSEPSIYASI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

635 KB
ABDUQAYUM YO‘LDOSHEV QISSALARIDA SHAXS
KONSEPSIYASI
MUNDARIJA:
KIRISH...................................................................................................................3
I  BOB .  BADIIY ADABIYOTDA SHAXS KONSEPSIYASI TALQINI………..12
1.1.Abduqayum Yo‘ldoshev qissalarida davr ruhi va xarakter talqini....................12
1.2. Y o zuvchi nuqtai nazari va qahramon tabiati.............................. .... .. . .............. .. 30
II. BOB. XARAKTERLAR IFODASI VA RUHIYAT TASVIRI… …. …………47
2.1. Adib qissalarida badiiy  xarakterlar talqini.................................... ........ ..........47
2.2. Xarakter va ijtimoiy muhit talqini.............................................. ... ...................59
III. BOB. ADIB QISSALARIDA BADIIY KONFLIKT.………… . …………….74
3.1. Yozuvchi qissalarida ong va ongosti munosabati…..……… … ……………..74
3.2.  Konflikt ifodasi va ijodkor mahorati.......................... ……… .. ………………87
XULOSA................................................................................ . ..............................115
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI..........................................119
1 KIRISH 
Dissertatsiya   mavzusining   dolzarbligi   va   zarurati.   Istiqlol   yillarida
mamlakatimizda badiiy adabiyotni ijodiy individual uslub nuqtai nazaridan tadqiq
etish   borasida   jiddiy   yutuqlarga   erishildi.   Davr   va   inson   konseptini   badiiy   obraz
yaratish mahorati bilan uzviy aloqada tadqiq etish adabiyotshunoslik oldida turgan
dolzarb   vazifalardan   sanaladi.   Hozirgi   o‘zbek   adabiyotshunosligida   badiiy   asarni
tahlil qilish, ijokorning poetik mahoratini yoritishda jahon adabiyotshunosligining
turli   tadqiqot   metodlari   asosida   yondashuv   sezilmoqda.   Zero,   «... adabiyot   va
san’atga, madaniyatga e’tibor – bu avvalo xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor
ekanini,   buyuk   shoirimiz   Cho‘lpon   aytganidek,   adabiyot,   madaniyat   yashasa,
millat  yashashi  mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo‘q» 1
. Shubhasiz,
milliy   adabiyotimizning   jahonga   yuz   tutishi   badiiy   tafakkur   rivojida,   yosh   avlod
kamolotida,   badiiy   barkamollik   va   etukligini   ta’minlashda   badiiy   asar   tahlili
muhim ahamiyatga ega. 
Shu   ma’noda,   qissalar   poetikasi   muammolari   negizida   o‘zbek   qissachiligi
rivoji   va   poetik   talqin   ifodasining   boyishiga   sezilarli   ulush   qo‘shgan   ijodkor   –
Shoyim   Bo‘taevning   badiiy   asar   poetik   strukturasi   va   individualligini   tizimli
asosda   tadqiq   etish,   davr   va   shaxs   konsepsiyasining   ifodasi   bo‘yicha   muayyan
nazariy   umumlashmalar   chiqarish   dissertatsion   tadqiqot   mavzusining   zaruratini
belgilaydi. 
Jahon   adabiyotshunosligi   ilmida   badiiy   nasr,   ayniqsa   zamonaviy   milliy
roman yaratish nazariyasi, badiy xronotop ifodasidagi kompozitsion yaxlitlik, janr
kompozitsiyasi   va   syujet   mutanosibligi,   obrazlar   mohiyatini   belgilash,   ularni
tasniflash   va   tizimlashtirish,   yozuvchi   poetik   individualligi,   badiiy   mahoratini
aniqlash,   ijodkor   estetik   ideali   va   real   voqelikni   kompozitsiyaga   aylantirish
jarayonlarini   baholash   muhim   masalalar   sirasiga   kiradi.   Har   qanday   milliy
1
Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш авкат   Мирзиёевнинг   « Адабиёт   ва   санъат,   маданиятни
ривожлантириш   –   халқимиз   маънавий   оламини   юксалтиришнинг   мустаҳкам   пойдеворидир »   мавзусида
Ўзбекистон ижодкор зиёлилари вакиллари билан учрашувдаги маърузаси  // Халқ сўзи. 2017 йил, 4 август.
2 adabiyot   jahon   xalqlari   badiiy   tafakkuri   bilan   o‘zaro   ta’sir,   adabiy   aloqalar
yordamida rivojlanishi, dunyo yagona adabiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy maydonga
aylangan   globallashuv   sharoitida   bu   jarayonlar   o‘zbek   adabiyotshunosligi   uchun
ham bevosita dahldor ekani oydinlashadi.
Mustaqillik   yillarida   o‘zbek   adabiyotshunosligida   azaldan   mavjud   ilmiy
an’analar   bilan   bir   qatorda,   dunyo   adabiyotshunosligidagi   yangicha   uslub
yondashuvlarni   ijodiy   o‘zlashtirish   va   tadqiqotlarda   faol   qo‘llash   tamoyili
shakllandi.   Chunki,   badiiy   adabiyot,   xususan,   milliy   qissalarda   ikki   qutbli   dunyo
haqidagi qarashlar yangilandi. Zamonaviy qissalarda kompozitsiyaning vazifasi va
prinsiplari,   poetik   uslub,   ijod   psixologiyasi,   adibning   individual   ijodiy
dunyoqarashi   va   ijodiy   jarayon,   janriy   kompozitsion   yaxlitlik   sintezlashuvi,
an’ana,   adabiy   aloqalar,   ijodiy   individuallik,   badiiy   asar   hayoti   va   ijtimoiy
mavjudligini   belgilash   yo‘sinlari   kabi   muammolarning   xolis   yechimiga   daxldor
nazariy umumlashmalar chiqarish ustuvorlik qilmoqda. 
Zamonaviy o‘zbek qissachiligida ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlari, roman
janrida  badiiy  uslub, syujet  va  kompozitsion  yaxlitlikning sintezlashuv   jarayonini
xalqimizga   ajoyib   romanlar   taqdim   etayotgan   yozuvchilar   ijodi   misolida   tadqiq
etish adabiy jarayonda kechayotgan uslubiy, janriy va kompozitsion yangilanishlar,
badiiy   ijod   jarayoni,   konkret   ijodkor   va   adabiy   jarayon   bilan   bog‘liq   kategoriya
ekanini   tasdiqlashga   xizmat   qiladi.   Shuningdek,   kompozitsiyaning   shakl
komponentlari badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda
uyushtirishga   qaratilgan   amal,   shu   vazifani   amalga   oshirish   prinsiplari   ekanini
ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Mavzuning   o‘rganilish   darajasi.   Abduqayum   Yo‘ldoshev   ijodi   keyingi
yillarda   adabiyotshunoslar,   tanqidchilar   va   tilshunoslar   tomonidan   keng
o‘rganilayotgani   adib   ijodining   o‘zbek   adabiyotida   alohida   mavqega   ega
ekanligidan   darak   beradi.   Adib   ilk   ijod   namunalari   bilanoq   ilmiy   va   adabiy
jamoatchilik   e’tiboriga   tushdi.   Uning   ilk   ijodiga   U.Normatov,   Q.Yo‘ldoshev,
H.Karimov, B.Karim, R.Otaevlar 2
  munosabat bildirganlar.   Adib ijodiga e’tibor va
2
Норматов У. Кичик мўъжизалар // ЎзАС, 1982 йил, 14 май; Q.Yo’ldoshev. Yonoq so’z. – Toshkent, 2006.. 196-
202-betlar;   Karimov   H.   Kechagi   o‘zbek   nasrida   hayot   haqiqati   va   inson   konsepsiyasi.   Monografiya.   –Toshkent,
3 qiziqish,   ayniqsa,   mustaqillik   yillarida   tobora   ortib   bordi.   Xususan,   adib   ijodi
haqidagi   A.Rasulov,   S.To‘laganova,   M.Qo‘chqorova   U.Rasulovalarning
tadqiqotlarini alohida tilga olib o‘tish lozim 3
.  
Abduqayum   Yo‘ldoshev   nasrining   rang-barangligi,   qahramon   xarakteri,
badiiy-estetik   tabiati,   obrazlar   tili   va   maishiy   hayot   tasviri,   qahramon   va   davr
konsepsiyasi   masalalari,   biografik   metod   tamoyillari,   jahon   adabiyoti   namunalari
bilan qiyosiy-tipologik, umumiylik va o‘ziga xoslik kabilar bilan bog‘liq bir qator
masalalarning umumlashtirilgan holda maxsus tadqiq etilmaganligi ushbu mavzuni
monografik planda o‘rganishni taqozo etadi. 
Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-
tadqiqot   ishlari   rejalari   bilan   bog‘liqligi.   Kafedraning   “Adabiy   tur   va   janrlar
poetikasi” mavzusi doirasida bajarilganligi asoslanadi.
Tadqiqotning maqsadi.  Abduqayum Yo‘ldoshev   badiiy olami, asarlarining
badiiy-estetik   tabiati,   qahramon   va   davr   konsepsiyasi   masalalari,   xususan,
qahramonlar vositasida adib ko‘tarib chiqqan muhit va xarakter, sharoit va shaxs,
davr va inson konsepsiyasini  o‘rganish, unga ilmiy-nazariy baho berish va   badiiy
o‘ziga xosligini asoslashdan iborat.  
Tadqiqotning vazifalari:
-   xarakter   qiyofasida   yozuvchi   nuqtai   nazari   va   dunyoqarashining   ta’sirini
tayin etish;
-   qahramonlar   ruhiyatini   tasvirlashda   yozuvchining   badiiy,   tafakkur
imkoniyatlaridan foydalanish mahoratini ochib berish;
- nasr taraqqiyotida adib ijodining o‘rni;
- shaxs konsepsiyasining qo‘yilish sabablari asoslanadi;
- nasriy asarlarda ijtimoiy muhitning badiiy xarakterga ta’siri;
- badiiy konflikt va ruhiyat talqini;
2018. 272-305-betlar; Отаев Р. Дилрабо қўшиқлар айтилаверсин // Шарқ юлдузи, 1984 йил № 2. – Б.162-163;
Болтабоев   Ҳ.   Ўз   сўзини   излаб   //   ЎзАС,   1982   йил,   20   август;   Karim   Bahodir.   Badiiy   talqin   jozibasi.   Qarang:
Ruhiyat alifbosi. Adabiy-ilmiy maqolalar. – Toshkent, 2016. 6-30-betlar. 
3
Расулов   А.   Жасур   қалам   соҳиби   //   Шарқ   юлдузи.   –   2010.   -   №5.   –   Б.   68-75;   Тўлаганова   С.   Янгиланаётган
қаҳрамон талқини // Ўзбек тили ва адабиёти, 2012 йил, 4-сон. – Б. 95-99; Қўчқорова М. Янгиланган реализм:
киноя,   байтбарак,   прототип   масаласига   доир   /   Ўзбек   адабиётшунослигининг   долзарб   муаммолари.   –
Тошкент: Фан, 2018. – Б. 174-183; U.Rasulova XX asr o‘zbek qissachiligi. – Toshkent, 2020.320 bet. 
4 -  asardagi obrazlar olamining badiiy talqini, uning yaratish yo‘llari, badiiy
mahoratning bu jarayondagi o‘rni kabi masalalarga e’tibor qaratiladi.
Tadqiqot   ob ‘ ekti:   Abduqayum   Yo‘ldoshevning   “Sunbulaning   ilk
shanbasi”, “Yulduzning shafqatsiz to‘lovi”, “Shoirning muhabbati”, “Ishq sadolari
va   gadolari”,   “Begona   shaharning   namozshomlari”   kabi   qissalari   ob‘ekt   sifatida
tanlangan.
Tadqiqotning   usullari.   Tadqiqot   mavzusini   yoritishda   qiyosiy-tarixiy,
madaniy-tarixiy,   qiyosiy-tipologik,   biografik,   psixologik,   psixoanalitik,   struktural
tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat:
- badiiy adabiyotda shaxs konsepsiyasining ifodasi;
- badiiy qahramon yaratish jarayonida yozuvchi mahorati;
- muhit va xarakter talqini va uzviy birligi;
- xarakterlararo ziddiyat va badiiy konflikt masalasi tahlil qilinadi;
-   badiiy   asar   matnida   ruhiyat   talqini   masalasi,   psixologik   vositalar   haqida
so‘z yuritiladi va nazariy xulosalar chiqariladi.
Disssertatsiyaning amaliy natijalari  quyidagilardan iborat :
- mavzuning   yoritilishi   va   undan   kelib   chiqadigan   vazifalar   tahlilga
tortiladi, amaliy ahamiyati ko‘rsatiladi.
Tadqiqot natijalarining ishonchligi.   Tadqiqot davomida jahon va o‘zbek
adabiyotshunosligidagi adabiy-tanqidiy qarashlarga tayaniladi. 
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati.   D issertatsiyasining
ilmiy-amaliy ahamiyati asosli ko‘rsatiladi.
Tadqiqot   natijalarining   joriy   qilinishi.   Mavzu   yuzasidan   natijalarning
ahamiyati asoslanadi. 
Tadqiqot   natijalarining   aprobatsiyasi.   Mavzuning   yoritilishi   davomida
bir qator konferensyalarda, ilmiy s e m i narlarda mavzu tahlil qilib boriladi.
Tadqiqot   natijalarining   e’lon   qilinganligi.   Mavzu   yuzasidan   respublika
va xorijiy vaqtli matbuotida maqolalar chop etiladi.
5 Dissertatsiyaning   tuzilishi   va   hajmi.   D issertatsiya   kirish,   uch   bob,   olti
fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
6 I BOB
BADIIY ADABIYOTDA SHAXS KONSEPSIYASI TALQINI
1.1.   Abduqayum   Yo‘ldoshev   qissalarida   davr   ruhi   va   xarakter   talqini
Davr   va   inson   muammosi   hamisha   adabiyotda   markaziy   o‘rin   egallab   kelgan   va
shunday bo‘lib qolmoqda. Davr inson xarakteriga muayyan o‘zgartirishlar kiritadi,
biroq   uning   tub   mohiyatini   butunlay   o‘zgartira   olmaydi.   Zaif   va   muloyim
xarakterlar   o‘tkinchi   muhit   ta’siriga   tez   beriladilar,   ammo,   barqaror   xarakterlarda
davr,   muhit   ta’siriga   nisbatan   qarshilik   ko‘rsatish   kuchli   bo‘ladi.   Shu   jihatdan
Abduqayum   Yo‘ldoshev   asarlarini   tadqiq   etish,   ayniqsa,   xarakterlidir.   Boisi   –
yozuvchi   aksariyat   asarlarida   konflikt   va   syujet   qurilishini   ayni   davr   va   inson
munosabati asosida tiklaydi. Bu uning nasriy, kinossenariy asarlarining barchasiga
xos xususiyat. 
Shuningdek,   Abduqayum   Yo‘ldoshev   qahramonlari     turfa   xil   xarakterlarni
o‘zida mujassamlashtirgan obrazlar olamini o‘z tarkibiga oladi.  Har xil mavzudagi
bu   asarlarning   asosiy   g‘oyasi   insondagi   insoniylikni   tadqiq   etish,   inson
mo‘jizasining   turfa   manzaralaridan   hayratlanishdan   iborat.   Ularni   birlashtirib
turadigan   yana   bir   jihat   –   zamonaviylik,   ayni   chog‘da   o‘tkinchi   “ob-havo”lardan
xolilikdir. 
Adib   qissalaridagi   badiiy   qahramonlarning   xarakter   xususiyatiga   nazar
tashlar ekanmiz, ulardagi insoniylik, ba’zan noinsoniylik tamoyillarining ifodasida
shaxs   konsepsiyasining   qo‘yilishini   kuzatamiz.   Asardagi   v oqelik   talqinida   goho
hayotga   o‘ta   talabchan   yondashuv   tamoyili   ustunlik   qilayotgandek   ko‘rinsa-da,
qissalarning barchasi betakror bir samimiyati bilan kishini maftun eta di.
Adibning   “Sunbulaning   ilk   shanbasi”,   “Yulduzlik”ning   shafqatsiz   to‘lovi”,
“Shoirning   muhabbati”,   “Ishq   sadolari   va   gadolari”   kabi   qissalarga   nazar   tashlar
ekanmiz,   insonning   ruhiy-ma’naviy   olamining   badiiy   kashfini   kuzatamiz.
Bularning   barchasida   inson   konsepsiyasidan   kelib   chiqib,   fikr   yuritish,   obrazlar
olamini badiiy talqin etish kabi tushunchalar etakchilik qilishini kuzatish mumkin. 
Adabiyotshunos olim Damin To‘rayev qayd qilib o‘tganidek: “Jahon klassik
adabiyoti   tarixidan   ma’lumki,   ijodkor   asarida   tasvirlangan   badiiy   g‘oya   muayyan
7 zamon   va   makonda   yashagan,   yashayotgan   insonlarning   taqdirlari   vositasida,
voqeada   ko‘rinadigan   xarakterlari   orqali   jamiyatga   estetik   ta’sir   ko‘rsatadi.   Ba’zi
asarlarda   voqea,   ba’zilarida   qahramon   xarakteri,   ba’zilarida   ijtimoiy   masala,
muammoning o‘zi asar syujetini harakatlantiradi”. 4
Ko‘rinayabdiki,   badiiy   talqinlar   zamiridagi   xarakterlar   insonni   harakatga
keltiradi.   Uning   turfa   olami,   ruhiy   istiroblari,   kechinmalari   ularning   ma’nan
yuksalishini   ta’minlashga   xizmat   qiladi.   Shuning   uchun,   adibning   “Shoirning
muhabbati”   qissasidagi   Shokir   aka,   Olya   opa   obrazlarining   o‘ziga   xos   talqinlari.
Insonni   o‘zligini   anglashga   intilishi,   uning   kechinmalari   esa   ijodkorning
jamiyatdagi illatlardan darak berishiga hamohangdek tushuniladi: “-  Kuyunmang,
opoqi. Mana ko‘rasiz, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi, haqiqat qaror topadi. Oldinda
o‘tirgan erkakning ham elkalari titray boshladi. Yomg‘ir kuchaydi”. 5
Talqinlarga   nazar   tashlar   ekanmiz,   ularning   qalbida   kechayotgan   istiroblar,
insonnlar   o‘rtasidagi   muomilalar,   barchasi   kishini   diqqatini   o‘ziga   tortadi.   Asar
voqealari   “Sunbulaning   ilk   shanbasi”dagi   kabi   hikoyachi-roviy   tilidan   bayon   etib
boriladi. Ammo qissadagi xarakterlarning o‘ziga xosliklari yaqqol namoyon bo‘lib
turadi.   Damas   mashinasiga   to‘rtinchi   yo‘lovchi   keladi.   Bu   chamasi   o‘ttiz
yoshlardagi   yigit   bo‘lib,   jingalak   sochlari   yomg‘irda   ho‘l   bo‘lgan,   qora   charm
kurtkali,   qoshlari   quyuq,   oqish   yuzli,   ich-ichiga   botgan   ko‘zlarida   chayirlik
alomatlari   shundoqqina   ko‘rinib   turar   edi.   Yigit   sal   chayqalib,   shoshilmasdan,
go‘yo yomg‘irni sezmaganday alfozda keldi va ochiq eshikdan boshini suqib, - joy
bormi,   -   deb   so‘radi.   Bu   qo‘rs   bolaning   qarashlariga   shofiyor   ham   bardosh
berolmadi,   uning   qalbidagi   istiroblar   aralash,   yana   nimalardir,   uning   tushkun
kayfiyatini   anglatar   edi.   “-   Yo‘l   haqi   qancha?   –   savolga   savol   bilan   javob   berdi
yigit   haydovchiga   diqqat   bilan,   ko‘z   uzmay   tikilgan   kuyi.   Haydovchi   og‘ringan
holda to‘ng‘illadi: - Guliston, to‘rt, Zomin besh, Jizzax olti. Siz qayerga? - Bo‘ladi.
Yigit entikib-entikib qo‘yayotgan Shokir akaning yoniga o‘tirdi… - Eshitmadim, -
4
To‘rayev D. Ma’naviy olam talqinlari. Ilmiy-ommabop maqolalar. – Toshkent, Akademnashr, 2020. 67-
bet.
5
Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019.77-bet.
8 dedi  haydovchi  qulog‘ini  yigit  tamonga to‘g‘irlab. – Kerak payti  eshitasiz,  -  dedi
yigit yana haydovchiga chaqchayib qarab”. 6
 
Qissada yigitning o‘ziga xos xarakterini, uning turli xususiyatlarini, anglash
juda   mushkul.   Uning   o‘zligini   namoyon   qiluvchi   xarakteri   voqealar   rivojida
yoritiladi.   Bularning   barchasida   inson   kashfi   va   uning   davrga   hamohang
shakllanish jarayonlarini anglash mumkin. Shofiyor odamlar jamul-jam bo‘lganini
his etib, mashinani o‘t oldirdi. Shunda oldinda o‘tirgan otaxon ikki qo‘lini fotihaga
ochib “- Omin, eson-omon yetib boraylik”, - dedi. Bir-ikki kishi otaxonga ergashib
qo‘llarini   yuzlariga   siypashdi,   ular   orasida   yangi   erkak   yo‘lovchi   ham   bor   edi.
Buni   ko‘rgan   juvon   ajablanib   hamrohiga   tikildi,   bunga   javoban   erkak   xursand
holda   ko‘z   qisib   qo‘yarkan:   -   Potom   ob’yasnu,   -   dedi.   Bularning   gapini
anglamagan qizcha hayron bo‘lib qarab qoldi. 
Zamonaviy   o‘zbekning   badiiy   qiyofasini   aks   ettirar   ekan,   uning   ma’naviy
hayotidagi bo‘shliqlarni juda mahorat bilan tasvirlab bergan. Chunki shofiyorning
ham   kim   bilan   gaplashgisi   keldimi,   haytovur,   unga   qarata   boya   inglizcha
gaplashdizmi,   dedi.   Bu   savolni   o‘ziga   tegishli   ekanligini   anglab   juda   xursand
bo‘lib unga qarata:  “Olti oy inostranniy fakultetda o‘qiganman”. Keyin yoqmagan,
tashlab ketganman. O‘shanda tashlab ketmasam, kim biladi, hozir biron chet elda
tarjimon bo‘lib ishlab yurgan bo‘larmidim. Yosh bebosh bo‘lganmizda. - O‘zingiz
tashlab ketganmisiz yoki  haydab yuborishganmi? – bu savoldan dahshatga  tushib
qoldi.   Qafasdagi   qush   kabi   qalbining   bir   chetidan   nimadir   yuz   berdi,   ammo
atrofdagilarga   bildirmaslikka   harakat   qildi.   Lekin   uning   qiyofasida   o‘zgachalik
alomati sezilardi, shundanmi, yigitni gapirtirmaslikka harakat qilardi. 
Qissada Nizomning xarakteri juda teran talqin etilgan, uning ruhiy-ma’naviy
olamini   ochishda,   atrofdagilar   bilan   bir   qatorda,   inson   qalb   dialektikasi
yoritilishiga   asos   bo‘lganligini   anglash   mumkin:   “Shu   so‘zlarni   aytarkan,   Nizom
o‘qday nigohini haydovchi tomon qaratdi. Garchand Tolibjon yo‘ldan ko‘z uzmay
ketayotgan   bo‘lsa-da,   bu   sovuq   nigohni   his   etdi   va   yelkasiga   sovuq   ilon
6
Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019.78-bet.
9 o‘rmalaganday beixtiyor eti junjikib ketarkan: “Bu ne balo bo‘ldi?” degan xavotirli
o‘yga bordi. Buning ne balo ekanligi esa manzilga yetganlarida ayon bo‘ldi…”. 7
Yillar   shamoli   inson   umrining   turfa   ohanglarga   solishi,   tabiiy.   Shuning
uchunmi,   Nozim   asliddinning   gap   sotoshlarini,   o‘zini   oqlash   uchun   qilgan
harakatlarini ham butunlay unitib qo‘ygan va o‘z ahvoli bilan band edi. Nimagadir,
qalbining   yarasi   yana   uni   azoblashni   boshladi,   bundan   qutilishning   yo‘lini   topish
imkonini izlardi, ammo qalb yarasiga darmon yo‘qligini anglab yetadi.
Adabiyotshunos Hotam Umurov qayd qilib o‘tganidek: “Yozuvchi yaratgan
qahramonlar o‘zligini topib, mustaqil, ob’ektiv yashar ekan, ular hayoti davomida
qanday   ishlar   qilmasin,   qanday   azobu,   zavqu-shavqlarga   berilmasin,   bu   o‘sha
hayotning,   o‘sha   qahramonlar   xarakteri   mantiqining   ishidir.   Bunga   yozuvchining
hech qanday daxli yo‘q, u bu harakatlarni oqlovchi yoki qoralovchi prokuror ham
emas,   balki,   bo‘layotgan   voqea-hodisalarning   xolis   yaratuvchisi
(tasvirlovchisi)dir”. 8
Milliy qadriyatlarni, uning turfa xil olamini insoniyat  tarixi va taqdiri bilan
uzviylashtirish, albatta, ijodkordan dunyoni anglashni, badiiy xarakterlarning turfa
olamini   talqin   etishni   ham   talab   etadi.   Shuning   uchun   ham   insonni   anglashning
murakkabligi   shunda   ko‘nadiki,   ijodkorning   dunyoqarashi   qanchalik   keng   bo‘lsa,
asardagi obrazlar olami ham shu qadar o‘ziga xos talqinda namoyon bo‘ladi. 
Adibning   qahramonlaridan   Asliddin   va   Nozim   qanchalik   o‘ziga   xos
xarakterga ega bo‘lmasin, ularning zamirida inson va insoniylik mujassamlashgan,
bundan uzoqlashgan holatlarni kuzatamiz. Asliddinning xarakterida ur f-odat lar   va
qadriyatlarning kushandasi, zavoli sifatida qarashi   ham bejiz emas. Oliya opaning
xarakterida  esa  yillar  davomida  o‘qituvchilikdan  istirob chekkan,  uning  quvonchi
va mashaqqatini tatigan inson sifatidagi qiyofasini ko‘z o‘ngimizda jonlantiramiz.
Har   ikki   qahramonning   xarakteridagi   insoniy   tushunchalar   o‘rnini,   shafqatsizlik,
noinsoniylik   alomatlari   egallay   boshlaydi.   Bu   tushunchalarda   har   ikkisining   ham
o‘z   dardi,   alamli   hayoti   borligidan   dalolat   beradi.   Ularning   mulohazalaridan   shu
7
  Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019.78-bet.
8
 Umurov H.   Adabiyot nazariyasi. Darslik. – Toshkent, “Sharq”, 2002. 99-100-betlar.
10 narsa   anglashiladiki,   uning   qalbidagi   istiroblar   manguga   tatiydigan,   ammo
Asliddinda   esa   lahzalik   holatlar   yetakchilik   qilishini   ham   unitmasligimiz   kerak.
Garchi bu ikki xarakter turfa hayotiy maqsadlar bilan yashayotgan bo‘lsa-da, ular
ana   shu   nuqtada   mushtaraklik   kasb   etadi.   Chunki   insoniylikdan   yovuzlik,
shafqatsizlik hissining ustun kelishi bilan izohlash mumkin.
“Yozuvchi   g‘oyaviy-badiiy   niyatining   ifodasi   voqeaning   qahramon
tevaragida   izchil   uyushtirilishi,   holatning   muxtasarligi,   tasvirning   realligida
namoyon   bo‘ladi.   Qissachiligimizda   mehnatkash,   ziyoli,   ishbilarmon,   mansabdor
obrazlari   talaygina,   ularning   har   biri   o‘ziga   xos.   Inson   ma’naviy   qiyofasi,
jamiyatdagi   mavqei,   sa’yi-harakati   badiiy   talqiniga   doir   kuzatish   asarlar
poetikasidagi o‘zgarishni aks ettiradi”. 9
Abduqayum Yo‘ldoshev qissalarining zamirida ham turli obrazlar galeriyasi
mavjudligini   alohida   ta’kidlagan   holda,   uning   qahamonlarining   turli   xarakterdagi
shaxslar   sifatida   qarash   mumkin.   Ko‘p   yillar   o‘qituvchilik   qilgan   Olya   opa   nima
uchundir, mashinaga minganda, Nozimni unchalik yoqtirmagan bo‘lsa, endi uning
qiyofasidagi   o‘zgarishni   ma’lum   darajada   his   eta   oldi.   Nozimni   unchalik
yoqtirmadi-yu, ammo unga dalda bo‘lmoqchi edi, lekin uning tunda o‘tirishi, qahr
bilan   oldinga,   shofyorga   qarab   qolishidan   xijolat   chekib   hech   narsa   demadi.
Otaxon   esa   ko‘zlarini   chirt   yumib   olgancha,   o‘zini   uxlaganga   solib   o‘tirgan   edi.
Shokir   aka   esa   tubsiz-adoqsiz   g‘amgin   o‘ylar   og‘ushida   boshini   xam   qilib   olgan,
ayni   damda   bu   ota   uchun   og‘ir   bir   sinov   davri   edi,   unga   bir   og‘iz   shirin   so‘z
“nonday aziz” ekanligini xotinidan boshqa hech kim to‘lasincha his qila olmas edi.
Nozim esa miq etmas, aftidan, u o‘zining qandaydir alamli-istirobli hayotini ko‘z
o‘ngida   jonlantirishga   harakat   qilar,   ammo   borgan   sari   uning   qalbini   mahzunlik
cho’lg‘ab   olar   edi.   Buning   sababini   kitobxon   voqealar   rivojidan   anglab   oldi.
Shuning   uchun   keyingi   yillar   qissachiligiga   nazar   tashlar   ekanmiz,   insonning
o‘ziga   xos   xarakter   qirralarini   badiiy   talqin   etish,   davr   muammolariga   hamohang
obrazlarning ruhiy istiroblari talqini yetakchilik qilishini anglay boshlaymiz.
9
  Rasulova   U.   XX   asr   o‘zbek   qissachiligi.   Poetik   izlanishlar   va   taraqqiyot   tamoyillari.   Monografiya.   –
Toshkent, “Qamar media” nashriyoti, 2020. 32-33-betlar. 
11 Adabiyotshunos   Dilmurod   Quronov   qayd   qilib   o‘tganidek:   “Narsa-
hodisaning bilish shaxs ongida uning yaxlit obrazini yaratishdan boshlanadi. Inson
tafakkuri   voqelikdagi   real   narsa-hodisaning   xayoliy   modelini   yaratish   imkonini
beradi.  Modelni  yaratish  esa  predmetni   muayyan  tarkibiy  tuzulishga  ega   unsurlar
majmuyi   mohiyat   va   konkret   muhitda   yashayotgan   yaxlit   sistema   mavjudlik
sifatida tushunish demakdir”. 10
Nazariy   yondoshuvlarimiz   shundan   dalolat   beradiki,   insonni   anglash,   uni
badiiy   obraz   darajasiga   ko‘tarish,   ijodkordan   mantiqiylikni,   izchillikni,
tafakkurning kengligini, badiiy qahramonlarning hayotiyligini, ularning o‘ziga xos
xarakter   xususiyatilarini   juda   teran   talqini   uchun   imkon   yaratishini   ham   unitib
bo‘lmaydi.   Hayotiy   mantiq   izlanar   ekan,   buning   zamirida   inson   tafakkuridagi
evrilishlar,   azoblar,   istiroblar   mavjudligini   ham   unitib   bo‘lmaydi.   Inson   turli   xil
voqealar   silsilasida   ulg’ayib,   shakllanib   boradi.   Ammo   hayot   ziddiyatlari   inson
ma’naviyatini, uning xarakterini yanada teranlashtiradi. Xarakterdagi salbiy illatlar
esa, insonni tanazzul sari yetaklaydi. 
Hayotiy   sharoit   tufayli   inson   xarakterida   salbiy   jihatlar   shakllanib   boradi,
ammo muhitning sezilarli  ta’siri  insonning turfa olamini anglashga imkon beradi.
Qissada   Nozimning   muhabbatini   chilparchin   qilgan   insonlar   jazosini   olishi   kerak
edi. Shu jihatdan, shafyorni do‘ppaslashi, unga juda qo‘pol munosabatda bo‘lishida
ham, adolatsizlik, hayotning shafqatsizligi mujassam edi.
Adabiyotshunos   olim   H.Umurov   qayd   qilganidek:   ”Asardagi   xarakterlar
mantig‘idan   voqealar   mantig’i,   voqealar   mantig‘idan   xarakterlar   mantig‘i   kelib
chiqadigan   universal   qonuniyatga   bo‘ysinadi.   Xarakter   va   voqea   o‘rtasidagi
uyg‘unlik,   hamkorlik   shu   darajada   bo‘lishi   lozimki,   voqea   xarakterni   yaqqol
ko‘rsatishga,   xarakter   o‘z   navbatida   voqeaning   tipik   sharoitining   mohiyatini
tushunishga   kalit   bo‘lishi   lozim.   Pirovardida   shu   kalit   g‘oyaning   tirikligini,
yuquvchanligini   ochishi   shart.   Shu  nuqtai-nazardan   qaraganda,   birinchidan   syujet
xarakterlar   mantig‘ini   namoyon   qiladigan   voqealar   silsilasidir...   Ikkinchidan   har
qanday xarakter o‘z harakatlardagi kuch-quvvatni tarixiy oqimdan oladilar, tarixiy
10
  Quronov   D.   Mutolaa   va   idrok   mashqlari.   Adabiy-tanqidiy   maqola   va   risolalar.   –   Toshkent,
“akademnashr”, 2013. 164-165-betlar. 
12 – konkret sharoit ularni yurguzib – turg‘uzadi” 11
. Ana shu sharoit tufayli, jirkanch
muhitning   zarbasini   olgan,   ammo   uning   qalbidagi   istirobni   hech   narsa   bosa
olmasligi, tabiiy edi.
Badiiy   asarlarni   yaratish   jarayonida   hayotga   va   voqellikka   bo ‘ lgan
munosabati   obrazlar   tizimi   orqali   namoyon   bo ‘ ladi.   “San’atkor   badiiy   obraz
vositasida   dunyoni   anglaydi,   o ‘ zi   anglagan   mohiyatni   va   o ‘ zining   anglanayotgan
narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma’noda obraz adabiyot va san’atning
fikrlash   shakli,   usuli   sanaladi;   obrazlar   vositasida   fikrlagani   uchun   ham   adabiyot
va   san’atga   xos   fikrlash   tarzi   “obrazli   tafakkur”   deb   yuritiladi” 12
.   Badiiy   obraz
borliqning   badiiy   asardagi   inikosidir.   Biroq   badiiy   obraz   o ‘ sha   borliqning
oddiygina   aksi   emas,   san’atkor   ko ‘ zi   bilan   qaralgan   va   badiiy   talqin   etilgan
shaklidir.
Bu   shakl,   ijodkorhing   hayotni,   biz   anglamagan   achchiq   haqiqatlarini
anglagan, his olami bilan uzviy birlikdadir.
U. Normatovning quyidagi fikrlarini yodga oldik: “Bugungi adabiyotimizda,
jumladan   nasrimizda   xilma   –   xil   falsafiy   zaminga   asoslangan   adabiy   –   ijtimoiy
tamoyillar   amal   qilayapti.   Ular   orasida   endigina   shakllanib   kelayotgani   ham   bor.
Ularni   ko ‘ z   qorachig’iday   asrab   –   ardoqlashimiz,   ayni   paytda   ularning   birini
ikkinchisiga   qarama   –   qarshi   qo ‘ yish,   birini   ulug’lab,   ikkinchisini   kamsitishdan
tiyilmog ‘ imiz darkor, deb o ‘ ylayman” 13
.
Milliy   zamindan   oziq   olgan,   ammo   muhitning   salbiy   xislatlarini   o ‘z
xarakteriga singdirgan insonlargina, shu muhitga salbiy ta’sir etadiki, bu insonning
dardli,   alamli   hayotiy   zarbasi   sifatida   shakllanib,   uning   ruhiy-ma’naviy   olamini
tanazzul   sari   eltadi.   Axir,   Nozimning   sof   muhabbatini,   yer   bilan   yakson   qilgan,
uning butun orzularini yakson qilgan bir guruh insonlar, yoshlar bor ediki, ularning
salbiy qadamlari tufayli, unda shunday xarakter, o‘ch olish imkonini bergan edi.
Muhammad   Ali   qayd   qilganidek:   “Hozir   har   bir   yozuvchi   o‘z   qarashi,
adabiy   tushunchasi,   imkoniyatlarni   tahlildan   o‘tkazmoqda.   Oqsoqol
11
?
 Ҳ. Умуров. Адабиёт назаряси. –Тошкент, «Шарқ», 2002. 131-бет.
12
 D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. –Toshkent, “Fan”, 2007. 63-bet.
13
 U. Normatov. Umidbaxsh tamoyillar. – Toshkent, “Ma’naviyat” nashriyoti, 2000. 24-bet.  
13 yozuvchilardan tortib to endigina ilk kitobi chiqqan qalamkashgacha bu jarayonni
boshdan   kechirmoqda,   xulosalar   chiqarmoqda.   Buning   ilk   alomatlari   oshkoralik
davrida   namoyon   bo’la   boshlagan   edi.   Oshkoralik   jarayoni   bu   ma’noda   ijobiy
ahamiyat   kasb   etdi,   ijodkorlarni   haqiqatni   dadil   aytishga,   insoniylikka   qarshi
illatlarni   ochib   tashlashga   chorladi.   Istiqlol   bunga   yangicha   mazmun   va   shiddat
bag‘ishladi,   adabiyotda,   ta’bir   joyiz   bo‘lsa,   tabiiy   qo‘llanish   yoki   tozarish
boshlandi” 14
.
Tozarishning   zamirida   inson   xarakteri,   uning   butun   borlig‘i   mavjud   ediki,
ana   shu   tozarish,   inson   xarakeridagi   salbiy   illatlarni,   muhitdagi   bir   yoqlama
qarashlashni ochib tashlash imkonini bermoqda.
Adabiyotshunos   Ozod   Sharafiddinov   qayd   qilganidek:   “Adabiyotning
boshqa   sohalarida   esa   insonning   ruhiy   olami,   inson   hayotining   mohiyati,
uning   izlanishlari,   birinchi   navbatda,   o ‘ zi   bilan,   nafsi   bilan   olib   borayotgan
kurashi,   shu   kurashdagi   qiyin   g ‘ alabalari,   shu   jumladan,   o ‘ zi   ustidan
qozongan   g ‘ alabalari,   yashash   san’atining   sirlari   ifodalanishi,   tahlil   qilinishi
kerak   va   shu   asnoda   chiqarilgan   yoki   kitobxon   o ‘ zi   chiqarib   oladigan
xulosalar uchun buyuk saboq, ibrat manbayi bo ‘ lib xizmat etmog ‘ i kerak. Bir
so ‘ z   bilan   aytganda,   qahramon   ongi   va   takkuridagi   o ‘ zgarishlar   va   bu
yangilanishlar   uning   faoliyatida   qay   tariqa   aks   etishini   ko’rsatib   bermog’i
lozim”. 15
  Tahliliy   qarashlar   shundan   dalolat   beradiki,   inson   o ‘z   xatolarini,
anglab   borar   ekan,   buning   ustidan   xatolarni   takrorlamaslik,   hayotda   o‘z   o‘rnini
topish,   topganda   ham,   qalbi   pok,   insoniy   tuyg‘ular   yetakchilik   qiladigan   tarzda
namoyon bo‘lish jarayoni  kuzatiladi. Adib qissalaridagi  talinga tortilgan ijtimoiy-
maishiy   hayotning   bir   yoqlama   emas,   insonni   tanazullga   tortish   sabablari   teran
talqinlarda namoyon bo‘lgan.
Adabiyotning   yuqorida   keltirilgan   bu   tamoyillari   va   maqsadlari     esa
badiiy   adabiyotdagi   shaxs   konsepsiyasida   o ‘ zini   namoyon   etadi.     Badiiy
14
  Muhammad   Ali .  Tozarish   yillari .  Mustaqillik   davri   adabiyoti .  Adabiy - tanqidiy   maqolalar ,  badialar . – T .,
G ’ afur   G ’ ulom   nomidagi   nashriyot - matbaa   ijodi   uyi . 2006. 127- bet .
15
 O.Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti. –Taohkent, “Sharq”.  2004, 194-195-betlar.  
14 adabiyotda   shaxs   konsepsiyasi,   birinchi   navbatda,   muallif,   ya’ni   ijodkor
dunyoqarashi   mahsuli   bo ‘ lib,   inson   hayotiga   jamiyat   psixologiyasining
ta’siri, shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhitning beqiyos o ‘ rni, davr ruhi,
ijtimoiy aloqalarning shaxs taqdirida topajak aksini o ‘ zida namoyon etadi va
bu orqali badiiy asarning g ‘ oyaviy maqsadini ham ifoda etadi. Shu bilan bir
qatorda hayot voqeligining obrazli tarzda aks ettirish va inson  tafakkuridagi
ziddiyatlarni haqqoniy yoritib berish bilan bir qatorda, uning ruhiy olamidagi
quvonch   va   iztiroblarni   badiiyat   mezonlariga   asoslangan   holda   talqin   etadi.
Bu esa ijodkordan katta mas’uliyat va badiiy mahorat talab etadi . 
Adabiyotshunos   H.Karimov   ta’kidlaganidek:   “Har   bir   davr   o ‘ z
muammosi,   konsepsiyasi,   pozitsiyasi   va   qiyofasiga   ega   bo ‘ ladi.   Bu   hol
nafaqat   odam,   balki   jamiyat   faoliyatiga   ham   ta’sir   qilib,   uning   yo ‘ nalishini
ham   belgilaydi…   Bu   jarayondagi   yutuq   va   kamchilikllarni,   siyosiy-ma’rifiy
va   ma’naviy   qarashlarni   inson   qalb   tug ‘ yonisiz,   iztirobisiz,   ma’naviy
dunyosisiz tasavvur qilish mumkin emas. Inson tafakkuridagi o ‘ zgarish davr
va   jamiyatdagi   o ‘ zgarish   ta’sirida   bo’lishi   tabiiy   hol,   o ‘ z   navbatida,
jamiyatning   to ‘ g ‘ ri   yo ‘ nalishini   belgilash   birga,   o ‘ zning   hayotdagi   o ‘ rni   va
mavqeini   ham   namoyon   qiladi…   Demak,   ularda   voqea-hodisalar   emas,
insonning   o ‘ zi,   uning   o ‘ y-fikrlari,   alamlari,   iztiroblari,   ruhiyati,   ruhiy   olami
yetakchilik   qilayapdi,   tasvirlanayapdi,   ochib   berilayapdi”. 16
  Adib
qissalaridagi   hayotiylik,   insonning   his-tuyg ‘ularini   anglashga,   uning
istiroblarini   qurbiniga   aylanmaslikka,   bu   esa   davr   muhiti   va   inson   xarakterining
shakllanishiga ta’sir etishi kuzatilmoqda.
Keyingi yillar badiiy adabiyotida shaxs  va jamiyat o ‘ rtasidagi qarama-
qarshiliklar, buning natijasida inson tafakkuridagi ziddiyatlarning maydonga
kelishi   haqqoniy   tasvirlanmoqda.   Bu   o ‘ rinda   badiiy   xarakterning
shakllanishida   ijtimoiy   muhitning   o ‘ rni,   davr   muammolarining   insoniyatga
16
 H.Karimov. Istiqlol davri adabiyoti. Darslik. –Toshkent, “Yangi nashr” nashriyoti, 2010. 224-bet.
15 ta’siri,   muhit   ramzi   asosida   talqin   etilib,   uning   ta’sir   doirasi   beqiyos
ekanligini alohida qayd qilib o ‘ tmoq zarur. 
Adabiyotshunos   olim   H.Umurov   qayd   qilganidek:   “Realizm
adabiyotida   tipik   sharoit   va   tipik   xarakterning   o ‘ zaro   aloqasini   tasvirlash
prinsipi   hukmronlik   qiladi.   Chunki   inson   o ‘ z   hayoti   davomida   murakkab,
poyonsiz   dunyo   bilan   to ‘ qnashar   ekan,   uning   shaxsida   ham   shu   dunyo   kabi
murakkabliklar,   cheksiz   kechinmalar   yuz   berishi   va   bular   uning   psixikasida
voqe   bo ‘ lishi   tabiiydir.   Tipik   sharoitning   –   voqelik   va   muhitning   inson
xarakteriga,   uning   psixikasiga   ta’siri   va   aksincha,   qahramon   xarakterining
voqelik   rivojiga   ma’lum   yo ‘ nalish   berishini,   ular   o ‘ rtasidagi   dialektik
aloqaning   mavjudligini   tekshirish   –   turli   metoddagi   adabiyotlarning   insonni
tasvirlashdagi o ‘ ziga xos xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi”. 17
 
Badiiy adabiyotda sharoit o’ziga xos o’ringa ega bo’lib, u odamlarning
ongiga bog’liq bo’lmagan holda, obektiv qonuniyatlarga ko’ra konkret tarixiy
vaziyatning voqealar rivojidagi o’rniga qarab shakllanib boradi.
Muhitning   shaxs   xarakteriga   qay   darajada   ta’sir   etganligiga,   yoxud
muhitga   nisbatan   shaxsning   munosabati     qanday   ekanligiga   ko ‘ ra,     asosan
konfliktning   bir   turi   namoyon   bo ‘ ladi.   Ruhiy,   ijtimoiy   yoxud   shaxslararo
konfliktning   ta’siri   natijasida   shaxs   xarakteri   shakllana   boradi.   Kishi
hayotdan   o ‘ ziga   olgan   ta’siriga   ko ‘ ra,   o ‘ zida   shunga   nisbatan   javob
reaksiyasi,   y’ani   aks   ta’sir   ko ‘ rsatar   ekan,   bu   uning   xarakter   xususiyatida
o ‘ zini   namoyon   etadi,   ko ‘ rsatadi.   Aynan   mana   shu   jarayonda   har   bir
kishining   shaxsiy   falsafasi   ham   shakllanadi.   Xarakteridagi   xususiyatlar   esa
shaxs   ruhiyatida   namoyon   bo ‘ ladi.   Ya’ni   xarakter   kishi   ruhiyatini
tarbiyalaydi, uni ma’lum bir yo ‘ nalishga yo ‘ llaydi.
17
  H.Umurov. Saylanma. Birinchi jild. Risolalar. –Toshkent, “Fan”, 2007. 40-41-betlar.
16                                Badiiy xarakterlar qay holda shakllanishidan qat’iy nazar, davr muhiti
unga   sezilarli   ta’sirini   ko‘rsatadi.   Buning   sababi   esa   adib   qissalarida   juda   go‘zal
talqinlarda mujassamlashgan.
Abduqayum   Yo‘ldoshev   an’anaviy   tasvirlar   bilan   birga   davr   va   inson
konsepsiyasini badiiy tadqiq etishda shartli ramziy tasvir hamda  epizodlardan ham
samarali   foydalanadi.   “Sunbulaning   ilk   shanbasi”   qissasida   insonning   muhabbati,
uning   fojialari   talqin   etilsa,   “Yulduzlikning   shafqatsiz   to‘lovi”da   esa   hayotdagi
insonlar   qismati,   yulduzlik   sari   intilish,   insoniylikni   unitish   sabablari   badiiy
konfliktlar asosida talqin etiladi. Yozuvchi bu obraz orqali bugungi davr va inson
omilini   teran   va   aniqroq   kuzatishda   foydalanadi,   bugungi   kunga   noodatiy
rakursdan   qarash   shu   jihati   bilan   xarakterli   sanaladi.   Insonning   ma’lum   bir
nuqta da gi   xatoligi   uning   yillar   davomida   istirob   chekishiga   ta’sir   qiladi.   Shuning
uchun ham adabiyotshunos Bahodir Karimning qissa haqidagi qarashlariga diqqat
qilaylik:   “Abduqayum   Yo‘ldoshevning   qahramoni   ham   aynan   ishq   dardi   bilan
xastalangan   yigit.   Bu   “Sunbulaning   ilk   shanbasi”   qissasidagi   dardi-dunyosi
istiroblarga   to‘la   qalb   sohibidir.   Qissa   shubhasiz,   muhabbat   majorosi,   oshiq
qalbidagi   ismsiz   tug‘yonlar   bilan   aloqadorligi   bois   hayajonli   epizodlarga   boy.
17 Yigitning   g‘ayritabiiy   qiliqlari,   sabr-toqatsizligi,   oshiqligi,   yoshligida   qilgan
gunohi evaziga orttirgan bezovtaligi – barcha-barchasini bayon etar ekan, yozuvchi
ba’zan hayot mantig‘idan chekinib, asosiy yukni badiiy mantiq ustiga tashlaydi”. 18
Nimalarga   erishdig-u     nimalarni   yo‘qotdik,   topganlarimiz   yo‘qotganlarimiz
o‘rnini   bosadimi   kabi   savollar   yozuvchining   aksariyat   asarlarini   bog‘lab   turuvchi
og‘riqli   savollardir.   Har   bir   asar   qahramoni   bu   savollarga   o‘zicha   javob   izlaydi,
turlicha mulohaza-o‘ylarga boradi, voqelikdan mazmun va mantiq izlaydi. Natijada
davr   shamollariga   dosh   bera   oladigan   va   ololmaydigan,   o‘tkinchi   hoyu   havaslar
bilan   umrguzaronlik   qilayotgan,   sobit   va   beqaror,   rang-barang   xarakterlar   ko‘z
oldimizda namoyon bo‘ladi.
  Abduqayum   Yo‘ldoshev   ushbu   qissasida   o‘ndan   ortiq   riyokor,
iblisshevalarning   obrazini   yaratadi.   Davr   va   zamon   o‘zgarishi   bilan   bu   obrazlar
ham   turlanib,   tuslanib   ketaveradi.   Olomon   deganda   shunaqalar   nazarda   tutilsa
kerak. Asarda ana shu olomonga qarshi tura oladigan birgina shaxs bor – bu   yo sh
shoir obrazidir. Davru davronlar o‘zgarsada, bu shaxsning fikri o‘zgarishi mumkin,
e’tiqodi  emas.  Yozuvchi  achchiq bir  haqiqatni  tasvirlay olgan:  shoir, olim, davlat
arbobi   va   hokazolar   ko‘p,   lekin   chin   ma’nodagi   shaxs   –   boshiga   qilich   kelsada
o‘zligiga,   e’tiqodiga   xiyonat   qilmaydiganlar   kam,   sanoqli.   Bu   holatni   qayd
qilingan   qissada,   qilgan   gunohlari   uchun   uning   jabrini   tortishi,   ammo   bu   holatni
juda   kech   anglab   yetishi,   birgina   gunoh   uchun   alamli   hayot   kechirishga   majbur
bo‘lganligini kitobxon anglay boshlaydiki, uning qalbini ham larsaga soladi.
Abduqayum   Yo‘ldoshev   yaratgan   xarakterlarni   tushunish   uchun   uning
birgina asarini o‘qib chiqish kifoya qilmaydi, chunki, bir asarida yaratgan xarakter
boshqa bir asarida yaratilgan xarakterning mantiqiy davomidek tuyuladi. 
Tasvirlardan   ko’rinadiki,   inson   xarakteridagi   salbiy   illatlar   ijtimoiy
muhit zamirida shakllanib borishini kuzatamiz.  Adabiy tanqidchi A.Rasulov
qayd   qilganidek:   “Odam   o’zini   qurshagan   olam   bilan   aloqaga   kirishish
e’htiyoji-la   tug ‘ iladi.   Harakat   –   odam   va   olam   aro   uzluksiz   bog ‘ liqdir.
18
Karim   Bahodir.   Ruhiyat   alifbosi.   Adabiy-ilmiy   maqolalar.   –   Toshkent,   G‘afur   G‘ulom   nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2016. 25-bet.
18 Mohiyatan   olganda   esa   odamning   o ‘ zi   ham   tugala   bir   olam.   Faqat   katta
olamga   nisbatan   kichik   olam,   xolos.   U   mana   shu   olami   kabiriga   qo’shilib,
singigani   sayin   mukammallashib   boradi.   Boshqacha   aytganda,   odam
g ‘ ayrishuuriy   holda,   qalb   ko ‘ zi   bilan   yangiliklarni   allaqachon   bilgan,   hatto
ularni qay bir usulda belgilab ham qo ‘ ygan bo ‘ ladi”. 19
 
Davr   va   inson   konsepsiyasini   belgilashda   “Sunbulaning   ilk   shanbasi”
qissasidagi   obrazlar   alohida   o‘rin   tutadi.   Voqelikni   ob’ektiv   munosabati,   hayotga
falsafiy   nigohi,   inson   umrining   mazmun-mohiyati   borasidagi   ushbu   obrazning
talqini   Abduqayum   Yo‘ldoshev   ijodida   yangi   bosqichga   ko‘tarilish   bo‘ldi   desak,
xato bo‘lmaydi. 
Shu jihatdan Hakimjon Karimov qayd qilganidek: “Hayotdagi har bir  v oqea-
hodisa   katta   yoki   kichikligidan   qat’iy   nazar,   inson   xarakteriga   o‘z   ta’sirini
o‘tkazadi,   ma’naviy   dunyosida   ma’lum   iz   qoldiradi,   shaxsning   shakllanishiga
imkon   yaratadi.   Insonning   individual   xarakteri   shaxsiyatini   betakror,   alohida
alomatlar, xosiyatlar bilan ta’min etadi. To‘g‘ri, hayotda xarakteri kamol topmagan
odamlar,   shuningdek,   adabiy   qahramonlar   ham   bo‘lishi   mumkin,   bo‘lishi   tabiiy
hamdir”. 20
  Ko‘rinayabdiki,   insonni   anglash   juda   murakkab,   ammo   uning
xarakterini   shakllanishi,   ruhiy   istiroblarda   hayot   kechirishi,   buning   zamiridagi
ziddiyatlarning   barchasiga   bevosita   o‘zi   sababchi   bo‘layotganligini,   davr
muhitidan   oziqlangan   xarakterlarda   turfa   xususiyatlarning   shakllanishi   ham   bejiz
emasligini anglash kerak bo‘ladi.
Ta’kidlanganidek,   inson   xarakterining   turfa   xil   xususiyatlari,   davr   va
zamonga,   insoniyatga,   muhitga   hamohang   tarzda   shakllanib   boradi.   Buning
zamiridagi achchiq haqiqatni ba’zan anglashga intilamiz, ba’zan unitib qo‘yamiz.
“Lekin,   odam   bolasi  borki,  mavridi  kelib  bir   kun  muqarrar   kechagi  kunini,
buguniyu   ertasini   bir   sidra   taroziga   solib   ko‘radi,   shundan   munosib   xulosalar
chiqaradi. Binobarin, bu dunyoda har kim o‘zicha faylasuf, har kimning o‘z a’mol,
19  
A.Rasulov.   Badiiylik   –   bezavol   yangilik.   Ilmiy-adabiy   maqolalar,   talqinlar,   etyudlar.   –Toshkent,
“Sharq” 2007. 112-113-betlar.  
20
 Karimov H. Kechagi o‘zbek nasrida hayot haqiqati va inson konsepsiyasi (70-80-yillar). Monografiya.
– Toshkent, Yangi nashr, 2018. 5-bet.
19 o‘z   aqidasi   bor,   birovniki   birovga   andoza   bo‘lolmaydi.   Qayerdadir   eshitgan   edi:
ana  shuni   anglab etish  uchun  odamzod  umrida  loaqal  bir  marta  jiddiyroq  sinovni
boshdan   kechirmog‘i,   qattiq   bir   larzaga   tushib   ko‘rmog‘i   shart   ekan.   Toki,   ko‘zi
yarq   ochilib   ketsin!   Bo‘lmasa,   dunyodan   diydasi   yumuqligicha,   gumroh   holda
o‘tib ketaveradi.” 21
Hayot   va   adabiyot   qonuniyatlariga   muvofiq   har   qanday   itoatkor   va   mute
kishi   ham   umrida   hech   bo‘lmaganda   bir   marta   isyon   ko‘taradi.   Yillar   davomida
qalbida, ko‘nglining eng qorong‘u tublarida yig‘ilgan dard-alamlar sirtiga toshadi,
“portlaydi”.   Adabiyotda   eng   itoatkor,   mute   obraz   bo‘lgan   Chingiz   Aytmatovning
“Oq kema” asaridagi Mo‘min chol ham O‘rozqulga bir bora isyon ko‘taradi. Uning
o‘sha   isyon   paytidagi   vajohati,   yurish-turishi   atrofdagilarni   lol   qoldiradi,   chunki
uni   bunday   muvozanat   holatidan   chiqqanligini   hech   kim   ko‘rmagandi.   Garchi
“Sunbulaning   ilk   shanbasi”da   itoatkor,   mute   sanalmasada,   biroq   u   ham   hayot
oqimiga   bo‘ysunib,   boriga   qanoat   qilib,   yozuvchi   aytganidek,   bu   dunyodan   ko‘zi
yumuqligicha,   gumrohligicha   o‘tib   ketayotgan   bir   kishi.   Yozuvchi   xarakterning
psixologiyasida,   ruhiy   dunyosida   kechayotgan   o‘zgarishlarni   qadam   baqadam
tahlil   qilib   boradi,   sarhisob   qilinayotgan   umr   yo‘llarini,   uning   past-balandini,
keskin burilishlarini sinchiklab kuzatadi. Bu asarlardagi obrazlarni qiyoslashimizga
sabab ham, insonning botinidagi ziddiyat sabablari bir kuni “vulqon” kabi otilishi,
uni   jilovlab   qolish   imkoni   yo‘qligini   ta’kidlamoqchimiz.   Yozuvchining   Nozim
obrazida ham aynan shu xususiyatni his etamiz. Axir bolaligini, hayotini zindonga
aylantirgan   ba’zi   kishilar   bir   kuni   shunday   jazolanishini   bilmagan,   his   qilmagan
edi.
Adabiyotshunos B. Sarimsoqov shunday  yozadi:  “Epik kechinma  lirik
yoki   drammatik   kechinmadek   shiddatli   va   bevosita   namoyon   bo’luvchi
xarakterga   ega   emas.   U   bir   maromda   uzoq   davom   etuvchi,   ya’ni   asarninig
boshidan   oxirigacha   uzluksiz   bardavom   kechinmadir.   Qo ‘ polroq   qilib
21
  Yo‘ldoshev A .  Qaydasan mo‘jiza. Qissa va hikoyalar.  – T.:  G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi , 20 19 . 290-bet.
20 aytganda,   epik   kechinma   sekin   –   asta   portlashga   olib   boradigan   minaga
o ‘ xshaydi”. 22
Shu jihatdan adibning qahramonlariga nazar tashlaylik: “Ana shunda…
ana   shunda   Nozim   sekin   qaddini   rostladi,   engashib   yuzini   haydovchining
yuziga yaqin olib bordi va so ‘zlarini dond-dond qilib, tishlari orasidan pichirladi:
-   Ha,   erkakcha   aytadigan   bo‘lsam,   qasdim   bor!   Nima   qasdim   borligini   bilging
kelayotgan   bo‘lsa,   ozroq   shoshmay   tur,   hali   ikkimiz   yakkama-yakka   qolib
gaplashamiz! O‘shanda bilib olasan qasdimni! ” 23
Nozimning   yillar   davomidagi   qalb   nidolari   otilib   chiqadi,
haydovchining   rangi   oqara   boshlaydi,   ammo   uning   sabablarini   anglab
etmagan   edi.   Nozimning   ruhiyatidagi   o‘zgarishni   ko‘rar   ekan,   avval   jahli
chiqadi, ammo uning sababini hayotidagi bir katta xatoliq ekanligini tushunib
etmaydi.   Yoki   ikkinchi   qissadagi   ijodkor   obrazini   olib   qaraydigan   bo‘lsak,
uning   istirobi   zamirida   ham,   hayotiy   xatoliq   uchun   azob   chekishi,
muhabbatning qadrini, kuchini anglab etmaslik sabablari ham mavjud.
Adibning   “Sunbulaning   ilk   shanbasi”dagi   badiiy   qahramon   sevdi,   sevildi,
ko‘p   qatori   ishga   borib,   ishdan   qaytardi.   Kamtarin,   kamsuqum   bu   odam   to‘y-
ma’rakalarda   tayyor   dastyor,   beminnat   xizmat   qiladi,   hayot   oqimi   bir   zaylda
kechaveradi. Boshiga jiddiy sinov tushgach, ya’ni gaz suv mashmashasidan so‘ng
kaltaklangach,   o‘z   hayotini,   yaxshi-yomon   kunlarini   sarhisob   qiladi,   o‘ziga,
atrofdagilarga boshqacha qaray boshlaydi. Uning anglab etgani shu bo‘ldiki, oddiy
tirikchilik g‘ami deb umrini o‘tkazibdi.
Adabiyotshunos   A.   G’ofurov   bu   haqida   shunday   yozadi:   ”Badiiy   adabiyot
jonli   odamlar   xarakterini   yaratishi   bilan   muhim,   zarurdir.   Har   bir   zamon,   millat
adabiyoti insonni qanday nuqtai nazardan tasvirlashi bilan bir – biridan farq qiladi.
Eng   qisqa   she’rlarda   ham   xarakterning   nozik   bir   nuqtasi   aks   etganidek,   epik
asarlarda   inson   ruhiyati,   maqsadlari   butunligicha   tasvirlanadi.   Har   bir   janr,   tur
22
 Sarimsoqov  B . Badiiylik asoslari va mezonlari. – Toshkent, “Fan”, 2004. 82-bet.
23
  Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019.97-bet.
21 xarakterni   tasvirlashdagi   bichim,   shaklidir.   Hozirgi   ilg ‘ or   jahon   adabiyotida
insonni   barcha   tomonlarini   qamragan   holda,   buz   –   butun   aks   ettirish   yo ‘ llari
izlanmoqda.   Xullas,   badiiy   adabiyot   xarakter   yaratish   muammosini   har
qachongidan jadal, izchil hal qilib berishga intilmoqda. Barkamol xarakter yaratish
yo ‘ lidagi ijodiy, ilmiy izlanishlar davom etmoqda” 24
.
Darhaqiqat,   badiiy   adabiyotda   eng   xarakterli   xususiyatlari   bilan   alohida
ajralib turuvchi ma’lum bir obrazlar mavjudki, ularning o ‘ z dunyoqarashi, o ‘ zining
tafakkur tarzi, odam va olamga bo ‘ lgan munosabat shakli mavjudligi uchun badiiy
xarakter degan tushunchaga ega bo’lgan.
Abduqayum   Yo‘ldoshev   nasrida   dialoglar   boshqa   nasriy   asarlar   dialogidan
farq   qilib,   dramaning,   tragediyaning   dialoglariga   o‘xshab   ketadi:   savol-javob,
javob-savol.   Bu   savol-javoblar   qilichboz lik   jangiga   ham   o‘xshab   ketadi:   hujum-
himoya, himoya-hujum. Adib nasrining dramatik turga yaqinligi ana shu o‘rinlarda
aniq ko‘zga tashlanadi. Adibning keyinchalik kin o , teatr san’ati bilan yaqinlashuvi
bizningcha, nasridagi dramatik holatlarning ifodasi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. 
Yozuvchi sharqona muhitda o‘sgan Bakirni na sharqona, na ovro‘pacha hayot
tarziga   to‘g‘ri   keladigan,   yengil   –   yelpi   umrguzaronlik   qilayotgan   oila   muhitiga
olib   kiradi.   Bu   oilada   har   kuni   bayram,   tug‘ilgan   kun,   to‘y,   tantana…   muallif
ta’biri bilan aytganda: “go‘yoki ular tug‘ilgan kunlarini nishonlash uchun dunyoga
kelgandek”.   Nozim   adibning   davr   va   inson   omili   borasidagi   qarashlarini   o‘zida
mujassamlashtiradigan obraz. 
Umuman   olganda,   80-yillarning   ikkinchi   yarmiga   kelib   badiiy   adabiyotda
inson konsepsiyasiga yangicha yondoshish an’anasi  yangilanib borganligini Erkin
A’zam,     Tog‘ay   Murod,   Shoyim   Bo‘tayev,   Nazar   Eshonqul,   Sobir   O‘nar,
Abduqayum Yo‘ldoshev kabi bir qator ijodkorlarning asarlarida kuzatish mumkin.
Chunki,   insoniyat   tarixidan   ma’lumki,   davrning,   hayotning   eng   qaltis
damlarida   xarakter   o‘zining   butun   qarama-qarshiligi,   murakkabliklari   bilan   yarq
etib   namoyon   bo‘ladi,   inson   ruhiyatida   kechayotgan   ziddiyatlar   ko‘pincha
dramatik holatlarni ro‘yobga chiqaradi.
24
Rasulov A. Badiiylik – bezovol yangilik.  – Toshkent, “Sharq”, 2007. 27-bet.
22 Adib   qissalaridagi   badiiy   obrazlar   hayotning   turfa   xil   maishiy   hayotidan
olinsa-da,   ularning   qalbidagi   istiroblar   zamirida   davr   va   muhit   tushunchasining
ta’siri sezilib turadi. Shuning uchun ularning o ‘ ziga xos xarakter xususiyatni  eng,
avvalo, davr va inson talqini bilan uzviylikda tahlil qilish imkonini beradi.
1.2. Y o zuvchi   nuqtai   nazari   va   qahramon   tabiati .   Muhit   o‘ziga   xos
uyushgan, xatti-harakatlar, intilishlar ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan tuzilma. Bu
sifatlar,   ayniqsa,   oila   muhitida   aniq-ravshan   ko‘zga   tashlanadi.   Oila   muhitini
boshqarish   turli   xohishlarning  mentalitetiga   ko‘ra   har   xil   bo‘lishi   mumkin.   Bizda
asosan oila muhitini ota boshqaradi. Ba’zan ota yoki onaning liderlik sifatlari ham
bu   o‘rinda   rol   o‘yna y di.   Bir   tuzumdan   ikkinchi   tuzumga   o‘tish   kabi   davr
bo‘htonlari   oila   muhiti   o‘rtasidagi   munosabatlarga   darz   yetkazishi   ham   mumkin.
O‘zbek   adabiyotining   taraqqiyotiga   sezilarli   hissa   qo‘shib   kelayotgan
ijodkorlardan biri Abduqayum Yo‘ldoshevdir.  
Adibning   bir   qator   nasriy   asarlari   kitobxonlar   tomonidan   iliq   kutib
olinganligini   qayd   qilib   o‘tish   lozim.   Uning   hikoya   va   qissalarida   inson   taqdiri,
ruhiy istiroblari, kechinma va tuyg‘ulari, qishloq hayoti teran badiiy talqin etilgan.
Keyingi   yillarda   yozuvchining   “Puankare”   hikoyasi   ilmiy   jamoatchilikda   ham
katta   qiziqish   uyg‘otganligini   alohida   qayd   etish   lozim.   Bu   haqida   so‘z   yuritgan
adabiyotshunos olim Damin To‘rayev shunday yozadi: “Yozuvchining “Puankare”
nomli   hikoyasi   2012-yilda   “Jahon   adabiyoti”   jurnalida   e’lon   qilingach,   mazkur
asar   adabiy   jamoatchilik   tomonidan   iliq   kutib   olinib,   unda   ilm-fan   sohasida
faoliyat   olib   boruvchi   zamondoshimiz   xarakterining   o‘ziga   xos   betakror   milliy
talqini, xalqimiz turmushida uchrayotgan muammolarning milliy qobiq doirasidan
chiqib,   umumbashariy   miqyosdagi   ijtimoiy   muammo   darajasiga   ko‘tarilgan
holatda tasvirlanganligi katta e’tirofga sazavor bo‘lgan edi”. 25
Darhaqiqat, asosli qayd qilib o‘tilganidek, ijtimoiy muammolar tufayli inson
qalbidagi   istiroblarning   yuzaga   chiqishini   juda   go‘zal   talqin   qilish   bilan   bir
qatorda,   insonning   ma’naviy   olamdagi   ziddiyatlar   talqining   ifodasi   juda   hayotiy
chiqqanligini ko‘rish mumkin. Hikoyada inson qismati, uning oilaviy muhit bilan
25
  To‘raev D. Ma’naviy olam talqinlari. –Toshkent, “Akademnashr”, 2020. 152-bet.
23 chambarchas   bog‘liqligini   ham   his  eta  boshlaymiz.  Murakkab  hayotning  turfa  xil
so‘qmoqlaridan qadam tashlar ekansiz, o‘zingiz anglamagan holda asar qahramoni
bilan istirob chekasiz, dardiga dardman bo‘lib borasiz. Shu xususiyatning o‘ziyoq,
adib asarlarining kitobxon qalbidan o‘rin olishi bilan izohlanadi.
Abduqayum   Yo‘ldoshevning   “Sunbulaning   ilk   shanbasi”,   “Shoirning
muhabbati”, “Ishq sadolari va gadolari”, “Begona shaharning namozshomlari” kabi
qissalarida ham inson qismati, uning dardu istiroblari go‘zal satrlarda talqin etilishi
bilan   bir   qatorda,   insonni   o‘zligini   anglashga   intilayotganligini   kuzatamiz.   Adib
qissalarida   xarakterli   xususiyatlardan   biri   ham   hayotga   teran   nazar   solishga
intilayotgan   badiiy   xarakterlar   talqinini   “Sunbulaning   ilk   shanbasi”da   kuzatamiz.
Asardagi   voqealar  rivoji  shundan  dalolat   beradiki, hayotning  murakkabliklari  biri
bilan   birgalikda,   insonni   tushunish,   uni   anglash,   his   etish   naqadar   murakkab
ekanligini asardagi obrazlar olami bilan asoslash mumkin. Qissadagi voqealar ikki
talaba   yigitning   bir   xonada   hayot   kechirishi,ularning   turfa   olam   xarakterlarining
mavjudligi,   ammo   ular   ma’lum   bir   nuqtadagina   o‘zaro   birikishi,   ya’ni   fikrlari,
tushunchalarining ba’zan-ba’zan hamohang kelishi kabi talqinlar bilan boshlanadi.
Shunday bo‘lsa-da, inson xarakter xususiyatlari ham, qalb kechinmalari ham turfa
xilligiga   alohida   urg‘u   beradi.   Hikoyachi   nutqi   orqali   voqealar   rivojlanib   borar
ekan,   uning   zamirida   har   ikki   qahramonning   xarakter   qirralari   ochib   beriladi.
Buning   zamirida   ularning   butunlay   o‘zga-o‘zga   olam   ekanligini   his   eta
boshlaymiz.   Adib   asrlaridagi   turfa   olamlarning   badiiy   talqinida   inson   qismati,
uning ruhiy-ma’naviy olamining talqini yetakchilik qilganligi sezilib turadi.
Adabiyotshunos   H.Umurov   shunday   yozadi:   “Xarakterni   uni
psixikasisiz   tasavvur   qilish   mumkin   emas,   chunki   qahramon   ruhiyatining
tahlili   –   xarakterning   yaxlitligi   va   to ‘ laqonliligini   ta’minlaydi,   uni
reallashtiradi, ta’sirchanligini oshiradi. Shu sabab, agar analogik fikrlaydigan
bo’lsak,   xarakter   va   uning   psixikasi   o ‘ rtasidagi   munosabatni   mazmun   va
forma o ‘ rtasidagi murakkab dialektik aloqaga o ‘ xshatmoq to ‘ g ‘ ridir”. 26
26
 H. Umurov. Saylanma. Birinchi jild. Risolalar. – Toshkent, “Fan”, 2007. 23-bet.
24 Badiiy   xarakterlar   ijodkor   fantaziyasining   mahsuli   bo ‘ lsa-da,   davrning
murakkab   qirralarini   o ‘ zida   mujassamlashtiradi.   Yozuvchi   talqin   qilganidek:   “Bir
amallab:   “Ha,   jo‘ra,   zo‘r,   juda   zo‘r”,   deyman.   O‘z   fikrining   tasdig‘ini   eshitib
yanada   to‘lqinlanib   ketgan,   yuz-ko‘zlari   battarroq   lovullab   yona   boshlagan
hamxonam   yana   qog‘ozlarni   ko‘tarib   chiqib   ketar-ketmas   (haynohoy,   u   quyulib
kelgan   ko‘z   yoshlarini   yashirish   uchun   shunday   yo‘l   tutardi),   qarshimda   endi
bemalol   yalpayib   o‘tirib   olaganbetbet   muallifning   “Qo‘shningiz   anaqaroqmi
deyman-a?”   deya   shahodat   barmog‘ini   chekkasiga   nuqtab   aylantirishini
ko‘rmaslik?   O‘zining   shunday   emasligidan   mamnunlik,   huzur   tuyg‘ulari   mana
men   deb   sezilib   turgan   palag‘da   ovozni   eshitmaslik   uchunoq,   hech   gapdah   hech
gap   yo‘q,   stolimning   barcha   tortmalarini   birin-ketin   qarsillatib   ochib-yopishga
tushaman”. 27
  
Ijodkor   insonning   borlig‘ini   anglashga   harakat   etar   ekan,   uning   turfa   xil
xarakterlar   yaratishiga   ham   o‘ziga   xos   badiiy   mahorati   sabab   bo‘ladi.   Yuqorida
qayd qilingan tasvirlarga nazar tashlar ekanmiz, albatta, bu tushunchaning zamirida
ham   haqiqat   mujassamlashganligini   ko‘ramiz.   Axir,   “bir   kam   dunyo”   bo‘lgani
kabi, insonning ham turfa xil kechinmalari mavjud, ba’zan uning ma’lum qirrasini
anglaymiz,   ba’zan   esa,   umuman,   anglay   olmaymiz.   Shuning   uchun   ham   insonni
murakkab   xilqat   ekanligi   qayta-qayta   ta’kidlanishi   ham   bejiz   emasligini   his   eta
boshlaymiz.   Asar   qahramonining   o‘z   qarashlari,   tushunchalari   mavjud   bo‘lib,
hamxonasining   yoki   kelgan   qiziquvchan   ijodkorning   qarashlari,   uning   ruhiyatiga
sezilarli ta’sir qiladi. Shuning uchun ham, uning qalb istiroblarini faqat hamxonasi
ilg‘ay   olishi   mumkin.   Insonning   botinidagi   ziddiyatlar,   uning   qalbiga   ozor   bera
boshlaydi,   shunday   holda   o‘z   jahlini   bosish   uchun,   nafratni   ham   botiniga
singdirishga   harakat   qiladi:   “Alhol   kutilgan   shanba   yaqinlashib   qolar,   men   buni
hamxonamning hamma narsani butkul unutib, o‘zini tamoman jununlik ixtiyoriga
tashlaganidan   taxminlardim.   Hamxonam   orziqib   kutulgan   kun   arafasida   mening
gaplarimni   eshitmay   qolar,   eshitsa-da,   anglamas,   biron   ishga   qo‘l   urolmas,   qo‘l
urgan   taqdirda   ham   boshlashga   boshlar-u,   shu   zahoti   tashlab   qo‘yar,   besaranjom
27
  Yo‘ldoshev A. Ishq afsunlari.  Qissalar. –Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2019.7-bet.
25 ahvolda   xonaga   kirib   chiqaverar,   go‘yoki   bosib   kelayotgan   tutqonoqning
belgilarini   oldindan   sezayotgan   bemor   yanglig‘,   juda   bezovta,   shu   bilan   birga
nedandir hayiqqan, cho‘chigan, bir nimaga hoh ishonib, goh ishonmay qolayotgan
odam   singari   garangsib   yurardi”. 28
  Talqinlarga   nazar   tashlar   ekanmiz,   insoniy
qiyofalar,   ammo   uning   ruhiyatidagi   o‘zgarishning   o‘ziga   xos   sabablari
mavjudligini kitobxon voqealar rivojidangina anglab oladi. 
Ko‘rinayabdiki,   janr   tarkibidagi   takomillashuv,   inson   kechinmalari   va   o‘y-
fikrlarini   mahorat   bilan   yuzaga   chiqarish   an’anasi   namoyon   bo’lmoqda.   Shu
jihatdan,   adib   qissalarida   hayotiy   hodisalar   talqini   kengayishi   bilan   bir   qatorda,
badiiy   konfliktning   chuqurlashuvi,   shaxs   botinidagi   ziddiyatlarga   e’tibor
qaratilishi,   qahramonning   jamiyat   bilan   o‘zaro   munosabatiga   qiziqishning   ortishi,
ma’naviy-ruhiy   tahlilga   bo‘lgan   moyillikning   sezilarli   darajada   yetakchilik
qilayotganligini   ham   alohida   ta’kidlash   lozim.   Muallif   o‘z   qahramonining   oddiy
inson   ekanligini,   qalbida   qandaydir   dardning   borligini   bo‘rttirib   ko‘rsatar   ekan,
voqealar rivojigina uning, ruhiyati haqida tushuncha beradi.
Ma’lumki, “Har qanday madaniyat milliy ekan, uning milliy xarakteri tilida,
dunyoni qanday anglashida o‘z ifodasini topadi. Tilda har bir xalqning o‘zigagina
xos   ichki   shakl   mavjud”ligini   anglamoq   zarurdir. 29
  Bunday   qarashlarning   ilgari
surilishiga asosiy sabab ham, roviy nutqining o‘ziga xosligi bilan izohlanadi. Agar
asar qahramonlariga nazar tashlasak, alohida ajralib turuvchi xarakter egasi emas,
faqat   o‘ziga   xos   xislatlar   egasi   ekanligini,   uning   ruhiy   istiroblari   sabab   ham,   shu
holatga   tushushini   anglay   boshlaymiz.   Badiiy   qahramon   atrof   muhiti   va   hayot
haqida   fikr   bildirar   ekan,   uning   o‘ziga   xos   xislatlari   yanada   teranlashadi.   Buning
zamirida esa, qalb kechinmalari talqini kuchayib boradi. 
Adibning   adabiy   mahoratini   shunda   ko‘rish   mumkinki,   u   tarixiy   davr
voqeligini ng  ijtimoiy hayotga ta’sirini birgina oila muhiti fonida ko‘rsatib berishga
erishdi.   Asar   tilining   jozibadorligi,   serqatlamligi,   xarakterlar   qiyofasining
ranginligi,   dunyoqarashlar   va   hayotiy   intilishlar   turli-tumanligini   ta’kidlab   keldi.
Xonim   o‘zbekcha-ruscha   qurama   tilda,   Boy   ota   afg‘on   shevasida,   sharqshunos
28
  Yo‘ldoshev A. Ishq afsunlari. Qissalar. –Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2019. 9-b.
29
  Maslova V.A. Lingvokulturologiya. – Moskva, Academia, 2004. 13-bet.
26 Klara   forsiyda,   Luiza   o‘zbekchani   chet   elliklarga   xos   talaffuz   etishi   har   bir
xarakterning   individualligini,   asar   kompozitsiyasida   mutanosib   joylashganini
ko‘rsatadi.   Davriy   o‘zgarishlar   insonning   ichki   mohiyatiga   u ,   bu   darajada   ta’sir
qiladi,   lekin,   uning   tub   mohiyatini   butunlay   o‘zgartirolmaydi.   Masalan,   Domla
hayotida   ko‘p   bor   adashdi,   biroq   insonlik   sha’nini   saqlab   qoldi.   Nasriy   asarda
obraz   insonning   muayyan   darajadagi   tasviri   bo‘lib,   u   hayotdagi   odamning
shunchaki  nusxasi  emas, balki yozuvchining ma’lum davr va sharoitda yashovchi
inson   haqidagi   tasavvurining   badiiy   aksidir.   Unda   ma’lum   davr   va   muhit
kishisining eng muhim va xarakterli xususiyatlari jamlanganligini yuqorida ko‘rib
o‘tilgan asarlar tahlili tasdiqlaydi. Shular asosida yozuvchi ijodiga biografik metod
tamoyillariga   muvofiq   yondashish   ushbu   tadqiqotimizga   boy   material   bera   oladi.
“Biografik metod ijodkor tarjimai holining oddiy xronologik tavsif va tasnifi emas,
-   deb   yozadi   adabiyotshunos   Bahodir   Karimov.   –   Yozuvchining     tug‘ilgan   vaqti,
yashagan joyi yoki muhiti, asarlarining yozilgan yili va nihoyat, ijodkorning vafot
etgan yili – bularning bari biografik ma’lumotlar hisoblanadi. Biografik metod esa
yozuvchi   va   badiiy   asar   juf t ligiga   asoslanadi.” 30
  Chindan   ham,   “biografik   metod
adabiyotni shunday o‘rganish usuliki, bunda yozuvchi biografiyasi va shaxsiyatiga
badiiy ijodning asosiy belgilovchi momenti tarzida qaraladi”. 31
Professor   Abdug‘afur   Rasulov   “Hol   tarjimasidagi   saktalik   va   soxtaliklar”
maqolasida   yozuvchi   biografiyasi   bilan   uning   asari   orasidagi   uzviy   bog‘lanish,
ruhiy   yaqinlik   ahamiyatiga   alohida   e’tibor   qaratadi:   “Yozuvchi   holati   va   ijodi
orasida   uzviy   bog‘liqlik   bor…   Har   qanday   asarda   yozuvchi   ruhi,   holi,   qalbi   aks
etadi.   Asarlari   sinchiklab   o‘rganilsa,   ular   yozuvchi   holati,   ruhiyati   haqida   ko‘p
narsalar so‘zlab beradi”. 32
 Voqelikka, u yoki bu masalaning mohiyatiga boshqacha
qarash, aqidaga aylangan qarashlarga qarshi fikr, jamiyat uchun mezonga aylangan
rusumlarga   kinoya   bilan   qarashning   zamiridagi   achchiq   haqiqatlar   mavjudligini
qayd etadi.
30
 Каримов Б.А. Адабиётшунослик методологияси. T.: “Muharrir”, 2011. – Б.18.
31
 Литеритурный энциклопедический словар. М.: 1987,  стр.54 
32
 Расулов А .  Илми ғарибани қўмсаб .  - T .:  Ma ’ naviyat . 1998 . – Б . 27 .
27 Hamidulla Boltaboev adibning ilk ijodi haqidagi kuzatishlarini shunday ifoda
etadi:   “ Adib   ijodini   e’tibor   bilan   kuzatsak,   uning   bolalik   taassurotlariga   boy
ta’sirchan   qahramoni   asardan   asarga   ulg‘ayib,   barkamollashib   borayotganiga
guvoh   bo‘lamiz.   Bu   rivojlanish   qahramonning   hatti-xarakatida   yoki   tuyg‘ular
dunyosi boyib borayotganidagina emas, balki xarakter sifatida shakllanishida ham
o‘zligini ko‘rsatmoqda” 33
.
O‘tgan   asrning   70-80-yillariga   kelib   badiiy   adabiyotda   turfa   xil   ohanglar,
talqinlar   namoyon   bo‘la   boshladiki,   buning   zamirida   hayotga,   borliqqa   teranroq
nazar solish an’anasi,  insonni  anglashga bo‘lgan intilish kabi  uslubiy o‘zgarishlar
yuzaga   chiqa   boshladi.   Ayniqsa,   istiqlol   yillariga   kelib   badiiylikning   asosidagi
uslubiy   izlanishlar   taraqqiyoti,   nasrda   ham   o‘zinng   badiiy   funksiyasini   namoyon
qildi.   Nasr   taraqqiyotiga   sezilarli   hissa   qovshayotgan   bir   qator,   ijodkorlarning
badiiy asarlarida bu holat yana-da, badiiy mukammallik kasb eta boshladi. 
Badiiy   uslub   haqida   so’z   yuritgan   adabiyotshunos   olima   M.Davronova
shunday   yozadi:   “Individual   uslub   har   bir   ijodkorning   muayyan   xususiyatlarini
ko‘rsatish   bilan   birga,   davr   va   o‘sha   davrda   shakllangan   yo‘nalishlarni   ko‘rsatish
bilan muhimdir”. 34
   
O‘zbek   adabiyotining   taraqqiyotiga   sezilarli   hissa   qo‘shib   kelayotgan
ijodkorlardan   biri   Abduqayum   Yo‘ldoshevdir.   Adibning   bir   qator   nasriy   asarlari
kitobxonlar   tomonidan   iliq   kutib   olinganligini   qayd   qilib   o‘tish   lozim.   Uning
hikoya   va   qissalarida   inson   taqdiri,   ruhiy   istiroblari,   kechinma   va   tuyg‘ulari,
qishloq   hayoti   teran   badiiy   talqin   etilgan.   Keyingi   yillarda   yozuvchining
“Puankare”   hikoyasi   ilmiy   jamoatchilikda   ham   katta   qiziqish   uyg‘otganligini
alohida   qayd   etish   lozim.   Bu   haqida   so‘z   yuritgan   adabiyotshunos   olim   Damin
To‘rayev   shunday   yozadi:   “Yozuvchining   “Puankare”   nomli   hikoyasi   2012-yilda
“Jahon   adabiyoti”   jurnalida   e’lon   qilingach,   mazkur   asar   adabiy   jamoatchilik
tomonidan   iliq   kutib   olinib,   unda   ilm-fan   sohasida   faoliyat   olib   boruvchi
zamondoshimiz   xarakterining   o‘ziga   xos   betakror   milliy   talqini,   xalqimiz
33
 Болтабоев Ҳ. Ўз сўзини излаб...//   ЎзАС. - 1982 йил 20 август.
34
  Davronova M. Hozirgi adabiy jarayonda uslub poetikasi.   Monografiya. – Toshkent, “Navro‘z”, 2019.
33-bet.
28 turmushida   uchrayotgan   muammolarning   milliy   qobiq   doirasidan   chiqib,
umumbashariy   miqyosdagi   ijtimoiy   muammo   darajasiga   ko‘tarilgan   holatda
tasvirlanganligi katta e’tirofga sazavor bo‘lgan edi”.
Darhaqiqat, asosli qayd qilib o‘tilganidek, ijtimoiy muammolar tufayli inson
qalbidagi   istiroblarning   yuzaga   chiqishini   juda   go‘zal   talqin   qilish   bilan   bir
qatorda, insonning ma’naviy olamdagi ziddiyatlar talqinining ifodasi juda hayotiy
chiqqanligini ko‘rish mumkin. Hikoyada inson qismati, uning oilaviy muhit bilan
chambarchas   bog‘liqligini   ham   his  eta  boshlaymiz.  Murakkab  hayotning  turfa  xil
so‘qmoqlaridan qadam tashlar ekansiz, o‘zingiz anglamagan holda asar qahramoni
bilan istirob chekasiz, dardiga dardman bo‘lib borasiz. Shu xususiyatning o‘ziyoq,
adib asarlarining kitobxon qalbidan o‘rin olishi bilan izohlanadi.
Abduqayum   Yo‘ldoshevning   “Sunbulaning   ilk   shanbasi”,   “Shoirning
muhabbati”   kabi   qissalarida   ham   inson   qismati,   uning   dardu   istiroblari   go‘zal
satrlarda   talqin   etilishi   bilan   bir   qatorda,   insonni   o‘zligini   anglashga
intilayotganligini   kuzatamiz.   Adib   qissalarida   xarakterli   xususiyatlardan   biri   ham
hayotga teran nazar solishga intilayotgan badiiy xarakterlar talqinini “Sunbulaning
ilk   shanbasi”da   kuzatamiz.   Asardagi   voqealar   rivoji   shundan   dalolat   beradiki,
hayotning murakkablaklari biri bilan birgalikda, insonni tushunish, uni anglash, his
etish naqadar murakkab ekanligini asardagi obrazlar olami bilan asoslash mumkin.
Qissadagi voqealar ikki talaba yigitning bir xonada hayot kechirishi, ularning turfa
olam   xarakterlarining   mavjudligi,   ammo   ular   ma’lum   bir   nuqtadagina   o‘zaro
birikishi,   ya’ni   fikrlari,   tushunchalarining   ba’zan-ba’zan   hamohang   kelishi   kabi
talqinlar   bilan   boshlanadi.   Shunday   bo‘lsa-da,   inson   xarakter   xususiyatlari   ham,
qalb kechinmalari ham turfa xilligiga alohida urg‘u beradi. Hikoyachi nutqi orqali
voqealar   rivojlanib   borar   ekan,   uning   zamirida   har   ikki   qahramonning   xarakter
qirralari   ochib   beriladi.   Buning   zamirida   ularning   butunlay   o‘z g a-o‘zga   olam
ekanligini his eta boshlaymiz.
Yozuvchi   talqin   qilganidek:   “Bir   amallab:   “Ha,   jo‘ra,   zo‘r,   juda   zo‘r”,
deyman.   O‘z   fikrining   tasdig‘ini   eshitib   yanada   to‘lqinlanib   ketgan,   yuz-ko‘zlari
battarroq   lovullab   yona   boshlagan   hamxonam   yana   qog‘ozlarni   ko‘tarib   chiqib
29 ketar-ketmas (haynohoy, u quyulib kelgan ko‘z yoshlarini yashirish uchun shunday
yo‘l   tutardi),   qarshimda   endi   bemalol   yalpayib   o‘tirib   olgan   betbet   muallifning
“Qo‘shningiz   anaqaroqmi   deyman-a?”   deya   shahodat   barmog‘ini   chekkasiga
nuqtab, aylantirishini ko‘rmaslik? o‘zining shunday emasligidan mamnunlik, huzur
tuyg‘ulari mana men deb sezilib turgan palag‘da ovozni eshitmaslik uchunoq, hech
gapdan hech gap yo‘q, stolimning barcha tortmalarini birin-ketin qarsillatib ochib-
yopishga tushaman”. 35
 
Ijodkor   insonning   borlig‘ini   anglashga   harakat   etar   ekan,   uning   turfa   xil
xarakterlar   yaratishiga   ham   o‘ziga   xos   badiiy   mahorati   sabab   bo‘ladi.   Yuqorida
qayd qilingan tasvirlarga nazar tashlar ekanmiz, albatta, bu tushunchaning zamirida
ham   haqiqat   mujassamlashganligini   ko‘ramiz.   Axir,   “bir   kam   dunyo”   bo‘lgani
kabi, insonning ham turfa xil kechinmalari mavjud, ba’zan uning ma’lum qirrasini
anglaymiz,   ba’zan   esa,   umuman,   anglay   olmaymiz.   Shuning   uchun   ham   insonni
murakkab   xilqat   ekanligi   qayta-qayta   ta’kidlanishi   ham   bejiz   emasligini   his   eta
boshlaymiz.   Asar   qahramonining   o‘z   qarashlari,   tushunchalari   mavjud   bo‘lib,
hamxonasining   yoki   kelgan   qiziquvchan   ijodkorning   qarashlari,   uning   ruhiyatiga
sezilarli ta’sir qiladi. Shuning uchun ham, uning qalb istiroblarini faqat hamxonasi
ilg‘ay   olishi   mumkin.   Insonning   botinidagi   ziddiyatlar,   uning   qalbiga   ozor   bera
boshlaydi,   shunday   holda   o‘z   jahlini   bosish   uchun,   nafratni   ham   botiniga
singdirishga   harakat   qiladi:   “Alhol   kutilgan   shanba   yaqinlashib   qolar,   men   buni
hamxonamning hamma narsani butkul unutib, o‘zini tamoman jununlik ixtiyoriga
tashlaganidan   taxminlardim.   Hamxonam   orziqib   kutulgan   kun   arafasida   mening
gaplarimni   eshitmay   qolar,   eshitsa-da,   anglamas,   biron   ishga   qo‘l   urolmas,   qo‘l
urgan   taqdirda   ham   boshlashga   boshlar-u,   shu   zahoti   tashlab   qo‘yar,   besaranjom
ahvolda   xonaga   kirib   chiqaverar,   go‘yoki   bosib   kelayotgan   tutqonoqning
belgilarini   oldindan   sezayotgan   bemor   yanglig‘,   juda   bezovta,   shu   bilan   birga
nedandir hayiqqan, cho‘chigan, bir nimaga hoh ishonib, goh ishonmay qolayotgan
odam   singari   garangsib   yurardi”. 36
  Talqinlarga   nazar   tashlar   ekanmiz,   insoniy
35
  Yo‘ldoshev A. Ishq afsunlari. Qissalar. –Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2019. 10-bet.
36
  Yo‘ldoshev A. Ishq afsunlari. Qissalar. –Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2019. 12-bet.
30 qiyofalar,   ammo   uning   ruhiyatidagi   o‘zgarishning   o‘ziga   xos   sabablari
mavjudligini kitobxon voqealar rivojidangina anglab oladi. 
Ko‘rinayabdiki,   janr   tarkibidagi   takomillashuv,   inson   kechinmalari   va   o‘y-
fikrlarini   mahorat   bilan   yuzaga   chiqarish   an’anasi   namoyon   bo’lmoqda.   Shu
jihatdan,   adib   qissalarida   hayotiy   hodisalar   talqini   kengayishi   bilan   bir   qatorda,
badiiy   konfliktning   chuqurlashuvi,   shaxs   botinidagi   ziddiyatlarga   e’tibor
qaratilishi,   qahramonning   jamiyat   bilan   o‘zaro   munosabatiga   qiziqishning   ortishi,
ma’naviy-ruhiy   tahlilga   bo‘lgan   moyillikning   sezilari   darajada   etakchilik
qilayotganligini   ham   alohida   ta’kidlash   lozim.   Muallif   o‘z   qahramonining   oddiy
inson   ekanligini,   qalbida   qandaydir   dardning   borligini   bo‘rttirib   ko‘rsatar   ekan,
voqealar rivojigina uning, ruhiyati haqida tushuncha beradi. Tahlillar natijasi shuni
ko‘rsatadiki,   ijodkor   badiiy   obraz   yaratar   ekan,   o‘ziga   xos   uslubda   uning   turfa
olam qirralarini badiiy talqin etadi. Bunday qarashlarning ilgari surilishiga asosiy
sabab   ham,   roviy   nutqining   o‘ziga   xosligi   bilan   izohlanadi.   Agar   asar
qahramonlariga nazar tashlasak, alohida ajralib turuvchi xarakter egasi emas, faqat
o‘ziga xos xislatlar egasi ekanligini, uning ruhiy istiroblari sabab ham, shu holatga
tushushini anglay boshlaymiz. 
Xullas,   individual   badiiy   uslub   asosida   ijodkorning   poetik   mahorati,   uning
hayotni   anglashdagi   ijoidiy   fantaziyasi,   turfa   xil   ohanglarda   o‘zining   badiiy
mukammaligini namoyon etadi.
Yozuvchining   bu   iqrornomasi   “Bayramdan   boshqa   kunlar”dagi   bosh
qahramon   Bakirni,   uning   xarakterini,   xayol   dunyosida   kelajakda   o‘zgacha   holat
orzusidagi   yashash   tarzini   esga   soladi.   Bakir   Bargidaga   uylangach   ancha   payt
xayolot dunyosida yashaydi, iztirobli o‘ylar iskanjasida o‘zi va o‘zgalardan, tushib
qolgan   muhitidan   norozi   bo‘lib   umrguzaronlik   qildi,   o‘zligiga   qaytish   juda   qiyin
kechadi. Agar  yozuvchiga xayol  dunyosida yashash,  o‘zgacha hayotni orzu qilish
tolei bitmaganda, agar yozuvchi  tabiatan real hayot bilan chiqishib ketganida edi,
Bakirga   qissa   syujetidagi   qismat   nasib   etmagan   bo‘lardi,   uning   hayoti   syujetning
boshqacharoq bir o‘zanida oqardi.
31 Personajlar   tilida   uchraydigan   kinoya,   piching,   kesatiq,   sarkazm   kabi
kinoyaviylik ko‘rinishlari ham qahramonlariga yozuvchining tabiiy “tortig‘i”dir.
Adabiyotshunoslikda   biografik   metod   tamoyillarini   joriy   etgan   fransuz
tanqidchisi   Sharl   Ogyusten   Sent-Byov   (1804-1869)   adabiy-tanqidiy   maqolalarida
adabiy   asarga   yozuvchining   hayoti   orqali   munosabat   bildiradi.   “Meni   har   doim
xatlar,   suhbatlar,   fikrlar,   xarakterlarning   o‘ziga   xos   fazilatlari   ma’naviy-ruhiy
qiyofasi,   bir   so‘z   bilan   aytganda   –   mashhur   yozuvchilarning   biografiyasini
o‘rganish o‘ziga jalb etib keldi” – deb yozadi. Shu jihatdan qaraganda, Abduqayum
Yo‘ldoshev   qissalarida   davr,   qahramon   muammosiga   jiddiy   yondoshish   holati
kuzatiladi.
“…   adabiyot   –   hayot   haqidagi   fan,   u   hayotga   asoslanishi   kerak.   Uning
bevosita ko‘zgusi emas, shu bilan birga, hayotga asoslanadigan san’at... Men o‘zim
qatnashgan, o‘zim ko‘rgan, guvohi bo‘lgan, o‘zim bilgan narsalarni yozganman, -
deya   e’tirof   etadi   Erkin   A’zam.   –   Voqea   birinchi   shaxs   –   “men”   tilidan   hikoya
qilinadi. Ba’zilar mana shunday asarlarimdagi qahramonlarni men deb o‘ylashadi.
Bu   mutlaqo   xato.   Qahramon   bajargan   biron-bir   ezgu   ishni   men   qilgandirman,
do‘stimga   tegishlidir   yoki   boshqa   bir   yomonlikni   men   emas,   boshqasi   qilgandir.
Axir,   qahramon   umumlashma   bo‘ladi-ku.   Lekin   yoshmi-qari,   kattami-kichik   –
qanday qahramon bo‘lmasin, barida o‘zimdan, tabiatimdan nimadir bor”.
Ushbu iqror shunisi  bilan e’tiborliki, birinchidan, qahramon – hayot –muallif
uchligi munosabatini oydinlashtiradi, ikkinchidan, yozuvchining ijod olamiga, ijod
laboratoriyasiga olib kiradi. Badiiy asar – badiiy asar-da, ramziyatga o‘ralgan, sir-
asrorli,   tagma’noli,   polifonik   xususiyatli.   Talqinlar   ham   shunga   yarasha   turlicha
bo‘lishi   mumkin.   Biroq   yozuvchining   adabiy   suhbatda   bildirgan   yuqoridagi   fikri
ilmiy-nazariy qarashlarimizni to‘g‘ri o‘zanda olib borishimizga ko‘mak beradi.
Nuqtai   nazar   insonni   voqelikni   o‘rganishi,   tahlil   qilishi   natijasida   unda
tug‘iladigan   qat’iy   qarash,   xulosadir.   Y o zuvchining   nuqtai   nazari   qahramon
xarakterining   mantig‘ini   belgilaydi.   Xarakterlar   mantig‘i   esa   o‘z  navbatida   syujet
tuzilishini   tayin   etadi.   Yozuvchi   syujetni   o‘zi   xohlagandek   tartibda   tuzolmaydi,
chunki   syujet,   undagi   voqea-hodisalar   zanjiri,   har   bir   epizod   qahramon   xarakteri
32 xususiyatlarini ochib bera olishi kerak, aks holda asarning obrazliligi, ta’sirdorligi,
originalligi   kabi   qator   xususiyatlariga   putur   etadi,   yozuvchining   nuqtai   nazari
yetarlicha   ifodasini   topa   olmaydi.   Erkin   A’zam   “Yozuvchi”   hikoyasini
yaratguncha   unda   “mardikor”   yozuvchi   haqida   nuqtai   nazar   shakllangan   edi.
“Domla”   xarakteri   ana   shu   nuqtai   nazarga   binoan   yaratildi.   Mazkur   nuqtai   nazar
yozuvchida   ancha   ilgari   shakllanib,   publitsistik   chiqishlarida   aks   etgan   edi.
“O‘zingiz   ham   o‘qiganmisiz?”   publitsistik   iqrasida   “Yozuvchi”   hikoyasining
xomaki chizgilari mavjud. U umrining oxirida Ittifoqning “bosh adibi”ga aylangan
Brejnev   haqidagi   latifa   bilan   boshlanadi.   Unda   ustozi   nomidan   maqola,
monografiyalar yozadigan shogirdlar haqida, soxtakorliklar to‘g‘risida mulohazalar
yuritiladi. “Bunday asarning “ustida” ko‘pincha butun boshli brigada mehnat qiladi
– hashar. Ustoz uchun, ustozning shon-shuhrati yo‘lida. Ustozning o‘zi esa qo‘liga
qalam olib biror nima yozishiga ham shubha qilasiz. Undan keyin, ana, nashriyotu
tahririyatlarda   y eng   shimarib   adabiy   negrlar,   mardikorlar   o‘tiribdi...”.   Biz   bu
o‘rinda   adibning   “Yozuvchi”   hikoyasini   eslaganimiz   sababi,   Abduqayum
Yo‘ldoshev   “Puankare”   hikoyasida   adabiy   oziqlanish,   ijodiy   jarayondan
ta’sirlanishi   tufayli,   shunday   xarakterdagi   obrazlar   olamiga   murojaat   etganligini
ta’kidlamoqchimiz.
Abduqayum   Yo‘ldoshev   qissalarining   turfa   ohanglardagi   ifodasida   inson
qismati,   uning   taqdiri,   hayotiy   ziddiyatlar   zamirida   yuksalib   borishini,   badiiy
qahramonlarning o‘ziga xos xarakter qirralarini namoyon bo‘lishini kuzatamiz.
Bobdan kelib chiqadigan xulosalar:
Adib   qissalarining   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   biri,   insonni   anglashga
bo‘lgan   ehtiyojning   mavjudligi,   eng   asosiysi   uning   turfa   xil   xarakter   dunyosini,
ijtimoiy-ma’naviy ziddiyatlar zamirida talqin etadiki, bu esa ijodkorning individual
uslubidan dalolat beradi.
  Badiiy   qahramonlarning   taqinida   davr,   shxs,   inson   nuqtaiy   nazaridan
yondoshadi   va   shu   jihatdan   obrazlar   olamining   qiyofasini   yaratadi.   Har   bir
obrazning betakror qarashlari, ruhiy dunyosi, xarakter xususiyati mavjudligi uchun
ham, uning talqinida inson konsepsiyasining asosli qo‘yilishi nazariy tahlil qilindi.
33 Badiiylik funksiyasiga ko‘ra inson konsepsiyasi davr, muhit, ijtimoiy sharoit
nuqtaiy nazaridan ham tahlillar qilindiki, bu esa adib qahramonlarining o‘ziga xos
xarakter qirralarini yoritish imkonini berganligi asoslandi.
Ijodkor fantasiyasining mahsuli sifatida badiiy obraz e’tirof etilar ekan, shu
jihatdan muallif g‘oyasidan kelib chiqadigan umumiylik tushunchasiga ham e’tibor
qaratildiki, bu esa ijodiy mantiq va inson konsepsiyasiga hamohangligi asoslandi.
II BOB
XARAKTERLAR IFODASI VA RUHIYAT TASVIRI
2.1.   Adib   qissalarida   badiiy     xarakterlar   talqini.   O‘zbek     qissachiligi
adabiyotimizning   yetakchi   janrlaridan   biri   hisoblanib   kelmoqda.   Buninmg   asosiy
sababi,   yillar   davomida   shakllangan   janr   taraqqiyotidagi   o‘ziga   xos   talqin
xususiyati bilan izohlash mumkin. Bu janrning vujudga kelishi va shakllanishining
o‘ziga xos tarixi mavjudligini ham alohida ta’kidlash lozim. O‘tgan asr boshlarida
yuksala boshlagan janr taraqqiyotida XX asr adabiyoti o‘ziga xos o‘rinni egallaydi.
Abdulla   Qodiriy,   G’afur   G’ulom,   Oybek,   Abdulla   Qahhor   kabi   adiblar   janr
tarkibidagi   o‘ziga   xos   yangilanish   jarayonini   boshlab   bergan   bo‘lsa,   Asqad
Muxtor,   Saida   Zunnunova,   Odil   Yoqubov,   Pirimqul   Qodirov,   Shuhrat,   Sayid
Ahmad, Shukur Xolmirzayev, O’tkir Hoshimov singari yozuvchilar qissa janrining
adabiyotimizda to‘la shakllanib, badiiy-estetik jihatdan takomillashishiga va uning
taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shganligini alohida qayd qilib o‘tish lozim. 
O‘tgan   asrning   70-90-yillariga   kelib   adabiyotda   yangi   bir   to‘lqin   vujudga
keldiki, bu davr  ijodkorlari  turfa xil ohanglardagi  qissalari  bilan bu janr tarkibida
34 badiiy-poetik   talqin   xususiyatlarini   yana-da,   yangilashga,   shakliy   va   mazmuniy
o‘zgarishlarni   singdirishga   harakat   qilganligini   kuzatamiz.   Bu   davr   yozuvchilari
ijodida   mumtoz   adabiyot   an’analariga   va   milliylikka   intilish   kuchaya   bordi,
yangicha   adabiy   tafakkur   shakllanib,   badiiy   obrazlar   silsilasida   inson   tafakkurini,
uning   qarashlarini   o‘zgartirishga   da’vat   etuvchi   zamonaviy   qahramonlar
galeriyasini yuzaga chiqarishga intilganligini kuzatish mumkin.
Adabiyotshunos   Dilmurod   Quronov   badiiy   asar   haqida   shunday   yozadi:
“Badiiy adabiyot taraqqiyotining ichki omillari mavjudligi va ularning ahamiyatini
zarracha inkor etmagan holda, biz har bir davr adabiyotining g’oyaviy – mazmuniy
hamda poetik xususiyatlari, avvalo, o’sha davrning ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari
bilan belgilanadi”. 37
  
Muallif  asardagi qahramonlar shaxsi konsepsiyasini yaratar ekan, albatta, bu
o‘rinlarga   alohida   e’tibor   qaratadi.   Muallif   o‘z   qahramonlari   orqali   o‘zini
taqdirning   “achchiq”   va   “nohaq”   hukmiga   duchor   bo‘lgan,   shu   sababli   qalbida
odamlarga   va   atrofini   zabt   etgan   borliqqa   nisbatan   anglab   bo‘lmas   nafrat,   qasos
hissini   tuyib,   umrini   bu   his   olovini   bir   muncha   bo‘lsa-da   so‘ndirishga   baxshida
etgan, o‘zini hayotning “begunoh jabirdiydasi” deb hisoblovchi, lekin bu dunyoda
ezgulik,   haqiqat,   mehr-shafqat,   vijdon   kabi   qadriyatlarning   borligini-da   unutgan
shaxslar yaratadi.
O ‘ zbek   qissachiligida   Murod   Muhammad   Do’st,   Tog’ay   Murod,   Erkin
A’zam, Xayriddin Sultonov, G’affor Hotamov, Xurshid Do’stmuhammad kabi bir
qator   ijodkorlardan   keyingi   yangi   bir   avlod   bu   janrni   yanada   yuksaltirishga
mohiyatan   o‘zgartirishga   inlishini   kuzatamiz.   Sobir   O‘nar,   Abduqayum
Yo‘ldoshev,   Ulug‘bek   Hamdam,   Isajon   Sulton,   Zulfiya   Qurolboy   qizi,   Uyg‘un
Ro‘ziyev kabi ijodkorlarning asarlarini ham  alohida ta’kidlash lozimdir. Ularning
asarlarida   milliy   o‘zlikni     saqlab   qolishni   burch   deb   bilgan   badiiy   qahramon
siymolari  y etakchilik qiladi. Bu qahramonlar ko‘ngilga yaqinligi, o‘zida hayotning
ziddiyatli haqiqatlarini teran badiiy aks ettirganligi bilan kitobxon qalbini zabt eta
boshladi. 
37
Quronov D .  Cho‘lpon   nasri   poetikasi . Monografiya. – Toshkent ,  Sharq , 2004. 8- bet . 
35 Adabiyotshunos   U.Normatov   qayd   qilib   o‘tganidek:   “Bugungi
qissachiligimizga   nazar   tashlaganda   birinchi   galda   undagi   mavzu   muammo,
shakliy,   uslubiy   jihatdan   rang-baranglik   e’tiborni   tortadi;   ular   orasida   tarixiy,
zamonaviy, ijtimoiy-siyosiy,  oilaviy-maishiy, ishqiy mavzulardagi  ham  an’anaviy
romantik,   realistik,   ham   modernistik,   ham   jiddiy,   ham   yumoristik,   sarguzasht
didektiv   yo‘nalishdagi   asarlarni   ko‘rish   mumkin”ligini   alohida   ta’kidlaydi. 38
Qissachilik   taraqqiyotidagi   bunday   o‘zgarishlarning   zamirida   ham   milliy   o‘zlikni
anglashga   bo‘lgan   intilishni,   badiiy   qahramonning   turfa   xil   rakurslardagi   talqini
bilan   izohlash   mumkin.     Uzoq   tarixga   ega   bo‘lgan   qissachilik   taraqqiyoti   ham
insonni   anglash   yo‘lidagi   urinishlar,   izlanishlar   samarasi   sifatida   baholanishi
mumkin.   Keyingi   yillarda   yaratilgan   qissalarda   nasrimiz   taraqqiyotining
tamoyillarini o‘zida namoyon etmoqda. 
60-70-yillar   qissachiligi   haqida   mulohaza   yuritilganda   yozuvchi   Pirimqul
Qodirovning     «Meros»,   “Qadrim”   va   “Erk”   nomli   qissalaridagi   davr   va   inson,
shaxs   va   muhit   talqinlarini   qayd   etish   zarur.   Davr   hayotini   butun   murakkabligi
bilan   aks   ettirishga   intilganligini   o‘ziyoq,   realistik   tasvir   asosida   murakkab
hayotning   ma’lum   bir   qirrasini   talqin   etadi.   60-70-   yillar   o’zbek   adabiyotining
barcha   janrlarida   yaratilgan   asarlarda   ijtimoiy   hayotning,   adabiy   muhitning,   davr
adabiy   an’analarining   ta’siri   mavjud   bo‘lsa-da,   o‘ziga   xos   talqin   usulida   shaxs
konsepsiyasini yaratadi. 
Ba’zi shaxslarda o‘zgacha ruhiyat, o‘zgacha dunyoqarash shakllandi; yashab
qolishning   yovuzona   qonunlari   yaratildi.   Shu   o‘ rinda   m uallifning   quyidagi
fikrlarini   keltirib   o‘ tishni   joiz   deb   bilamiz:   “Men   jamiyatning   jinoyatchilarsiz
ravnaq topishini orzu qilaman. Hech kimning bolasi jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi.
Hech   qaysi   ota-ona   farzandi   tug‘ilganda   “O‘g‘lim   (yoki   qizim)   o’g‘ri   bo‘lsin,
giyohvand   bo‘lsin”,   deb   orzu   qilmaydi,   lekin   afsuski,   ma’lum   yoshga   yetganda
ayrimlar   jinoyat   ko‘chasiga   burilib,   shaytanat   olamiga   kirib   ketganlarini   o‘zlari
ham bilmay qoladilar.” 39
 
38
  Норматов У. Умидбахш тамойиллар. –Т., “Маънавият”, 2000.  47-bet.
39
Қурбон   Ш.   Тоҳир   Малик   сабоқлари:   Адиб   шахсияти   ҳақида   ўйлар.   –   Тошкент:   DAVR   PRESS,
2008. – 56-бет.
36 “Mavzu   –   deb  yozadi,   -   adabitotshunos   To‘xta   Boboey,   -   badiiy  asar   bilan
hayotni bir – biriga bog‘lovchi vosita. Shunga ko‘ra, badiiy asarning tematik tahlili
jarayonida   san’atning   voqelikka   estetik   munosabati   haqida   fikr   yuritiladi”. 40
  So‘z
sanatkori badiiy asar yaratishdan oldin ma’lum bir voqelikka munosabat bildiradi,
shu voqelikni ma’lum bir qismini badiiy asar uchun asos qilib olishga intiladi. Bu
o‘rinda   badiiy   asar   mavzusi   hayot   voqeligi   bilan   chambarchas   bog’liqligi,   ammo
yozuvchi, ijodkor  uni  qayta  sintezlashi,  har  qanday hayot  voqeligini  emas,  undan
saralab,   eng   xarakterli   jihatlarinigina   kiritish   mumkinligiga   urg’u   berilmoqda.
Badiiy asarda mavzu va g’oya qay darajada chambarchas bog’liq bo‘lsa, shakl va
mazmun   ham   shu   darajada   bog‘liqdir.   Biri   ikkinchisini   to‘ldiradi,   izohlaydi,
uzviylikni   ta’minlaydi.   “Yozuvchi   asar   yozishdan   avval   niyat   tug‘iladi,   bu   niyat
hayot   ta’sirida   paydo   bo‘ladi.   Yozuvchi   shu   asosda   mavzu   tanlaydi,   estetik   niyat
g‘oyaga aylanadi”. 41
  
Yozuvchi   badiiy   g‘oyani   talqin   etishda,   faqatgina   ularning   yovuzliklarini,
qilmishlari  va jinoyatlarini  tasvirlash orqaligina yuzaga chiqarmaydi, shuningdek,
bu   qahramonlarning   qilmishlariga   yarasha   olgan   javoblarini,   aytish   joiz   bo‘lsa,
jazolarini   ham   ko‘rsatib   beradi.   Zero,   asarning   bosh   g‘oyalaridan   har   kim   o‘z
gunohiga   yarasha   javob   berishi   lozimligi,   yuqorida   ta’kidlanganidek,   “jinoyat
olamiga kirganlarning kafansiz ketishi aniqroq” ekanligidan ogoh etishdir.   
Biz   “Shoirning   muhabbati”   qissasidan   o‘rin   olgan   obrazlar   tizimiga   nazar
tashlar   ekanmiz,   barchasining   o‘z   tashvishlari,   dunyoqarashlari   mavjud.   Ammo
Nozim   xarakteridagi   o‘ziga   xoslik   alohida  ajralib  turadi.   Bu  holatni   shafyor   yigit
Tolibjonning   qarashlaridan   ham   anglash   mumkin;   “bir   narsa   aniq   edi:   haydovchi
vaziyatni   yumshatishga,   janjalni   bas   qilishga   urinardi.   Kim   biladi,   yuragi
botirlardan emasdir, balki  ortiqcha to‘polonga  hushi  yo‘qdir, har  qalay, bir  necha
marta   bir   tomonga   chiroyli   zarhal   harfkarda   “Chust”   deb   yozilgan   pichog‘ini
ushlab qo‘ygan bo‘lsa-da, Nozimning hurpayib o‘tirishidan cho‘chiganmi, ishqilib,
suluh   tomonga   yuz   tutishni   istayotganini   bildirib   qo‘ydi.   Mana   shu   yuragi
40
  T .  Boboyev .  Adabiyotshunoslik   asoslari . – Toshkent , “ O ‘ zbekiston ”, 2002. 100- bet .
41
  U .  To ‘ ychiev .  O ‘ zbek   adabiyotida   badiiylik   mezonlari   va   ularning   maromlari . 
37 po‘killab   turishi   asnosida   Tolibjon   beixtiyor   birodarlarcha,   hurmat   bilan,   hatto
aytish mumkinki, sirdoshlarcha gapirishga urinib, ko‘z ham qisib qo‘ydi”. 42
Bu   qarashlar,   iltifotlar   samarasiz   ketishini   Tolibjon   hali   bilmas   edi.   Nima
uchundir,   Tolibjon   o‘z   mulohazalarini   ishonch   bilan   gapirardiki,   balki   yo‘l
tarbiyasini   olganligi   uchundir,   ammo   barchaning   ko‘nglida   qandaydir   xavotir
o‘tgani   aniq   edi.   Balki   yolg‘on   gapirgan   bo‘lsa   gunohi   o‘ziga   deb   Shokir   aka
o‘tirgandir.   Har   birining   ichki   dunyosida   o‘ziga   bir   qarash   ruhi   shakllandiki,
birovga ishonish naqadar murakkab ekanligini yana bir sezgandek bo‘ldi. Shunday
bo‘lsa-da, ularning o‘z qarashlari mulohazalari mavjud ediki, shuni bayon qilishga
majbur   bo‘ladi.  Shundagina  bir   oz yengil   tortgandek,  qilinmagan gunohlar   uchun
bir lahza tin olingandek bo‘ladi. Oliya opa haqidagi gaplarga e’tiroz bildirar ekan,
Tolibjonning   fikrlaridan   ikkilanib   qoldi   va   yana   ranjigan   holda:   “Og‘zingizga
qarab gapiring! – deya jerkib berdi Tolibjonni Nozim. – Birovga tuhmat qilmang!
- Demak, bilmagansiz, - dedi haydovchi battar jo‘shib. – Mayli, men tuhmat
qilayotgan   bo‘lay,   ammo   agar   Toshkentda   vaqtingiz   bo‘lib   qolsa,   kechqurunlari
“mashhur”   ko‘chani   bir   aylaning.   Anovi   kafening   oldida,   qorong‘iroq   bir   joyda
opa turgan bo‘ladi ming qo‘yli boyday gerdayib”. Uning mulohazalaridan ikkilanib
bo‘lsa-da, bunday bo‘lishi mumkin emas, - der edi. 
“– To‘g‘ri-da, – dedi tobora jo‘shib, xursandligi  ichiga sig‘may borayotgan
haydovchi,   –   sizga   nima?   O‘zlari   kelishib   olishadi.   Mehmon   qizning   pasportini
olib   qo‘yishsa   bas,   bir   pasda   mulla   mingan   eshakday   muloyim   bo‘ladi-qoladi.   –
Lekin siz… – bangoh yigitning ko‘zlari nafrat zo‘ridan chaqnab ketdi, – lekin siz
bu   sohada…   katta   tajribaga   egasiz…   –   U   haydovchiga   murojaat   qilmoqda   edi.   –
Birovlarni   qo‘shib   qo‘yish   bo‘lsa.   Shundan   kelib   chiqib,   hammani   o‘zingizning
qarichingiz bilan o‘lchaysiz”. 43
Nozimning   gaplarida   qandaydir   juda   achchiq   tushuncha   bor   ediki,   buning
mag‘zini hatto shofyor yigit ham anglamadi, lekin nima uchundur undan qo‘rqqani
shundoq sezilib turardi. Shofiyor yigitning qarashlarida tushunchalarning zamirida
42
  Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019.100-bet.
43
  Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019.100-bet.
38 hayotiylik   bilan   bir   qatorda,   davrning   muammosi   mujassam   edi.   Nozim   shuning
uchun ham, nimanidir  anglaganligi, his etganligi uchun ham Tolibjonni  qiynoqqa
olar,   ammo   u   javob   berishga   ojizlik   qilib   qolardi.   Bularning   zamirida   o‘ch   olish
istagini avj olishini kuzatish mumkin edi. Shuning uchun shofyor yigit, bir imkon
qilsa-yu, undan tezroq qutila qolsa, buning ham aksi bo‘lib chiqadi.
Adabiyotshunos   Q ozoqboy   Yo ‘ ldoshev   qayd   qilganidek:   “Aslida   esa,
chinakam   badiiy   asar   maishiy   turmushni   yaxshilash   yo ‘ llarini   ko ‘ rsatish   uchun
emas,   balki   kishini   uning   adoqsiz   muammolaridan   chalg ‘ itish,   odamni,   bir   zum
bo ‘ lsa-da,   ovutish   uchun   yaratiladi.   Yana   bir   jihati   shuki,   adabiyot,   obyektiv
ravishda,   odam   hayotini   yengillatishga   emas,   balki   murakkablashtirishga   xizmat
qiladi. Usiz ham turmush tashvishlariga ko‘milib yotgan odam adabiy asarlardagi
o‘ziga daxli yo‘q kishilar taqdiri bilan tanishadi va ularni deb iztirob chekadi”. 44
 
Qaysidir ma’noda, olim ilgari surgan tushunchalarda hayotiylik va badiiylik
uyg‘unlashib   ketgan.   Talqinlarga   nazar   tashlar   ekanmiz,   adib   bu   izlanishlari
natijasida   o‘z  aytar   so‘zi,  maqsadi,   aniq   va   ravon   bahstalab   maqola   va   suhbatlari
ila   e’tiborga   tushdi   desak,   mubolag‘a   qilmagan   bo‘lamiz.   Hayotiy   illatlarning
sababchisi   ham   sizu   bizga   hamnafas   shaxslar   ekanligini   inkor   qilib   bo‘lmaydi.
Yozuvchi voqelikni jonlantirar ekan, inson fojialarini, o‘zlikni yo‘qotish illatlarini
badiiy talqin etagan.
Chunki badiiy asarning izchil  axloqiyligi va kitobxon ongiga ta’sir etishi esa
mohiyatan   boshqa   hodisa   bo‘lib,   muayyan   yuqori   saviyadagi   badiiy   asargina
insoniy   fazilatlarni,   yetuk   axloqiy   qadriyatlarni,   badiiy   tasvir   orqali   targ‘ib   etadi.
Bu   esa   obrazlar   vositasida   yuzaga   chiqariladi.   Shuning   uchun   sof   axloqiy   ideal,
sohibi   bo‘lgan   ijodkorgina   badiiy   ta’sirchan   asarlarni   yaratadi.   Shunday   ekan,
shaxsning   ma’naviy   hayoti   uning   namoyon   bo‘lishi,   badiiy   asar   syujetida   o‘z
aksini   topadi.   Badiiy   asar   esa   muayyan   shaxs   yoki   shaxslarning   xatti-harakatlari,
tasviridan tashkil topadi. Syujet ham xatti-harakatlar majmui, muayyan maqsadga
yo‘naltirilgan,   ma’naviy-axloqiy-madaniy   qarashlarni   o‘zida   mujassamlashtiradi.
Adabiyotshunos A.Rasulov qayd qilganidek: «Inson o’sadi, o’zgaradi, shakllanadi,
44
Yo‘ldoshev   Q.   Anglashning   uzun   yo‘li.   Qarang:   Mustaqillik   davri   adabiyoti.   Adabiy-tanqidiy
maqolalar.  –  Toshkent, G‘afur G‘ulom nimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006. 226-bet.
39 ruhan –ma’nan boyib boradi, lekin inson tamoman o‘zgarib, ikkinchi «men» kasb
etmaydi,   o‘zligini   yo‘qotmaydi,   ya’ni   ijtimoiy   munosabatlar   majmui,   inson
mohiyati,   fitrati,   mehvarida   ro‘y   beradi.   Aniqroq   aytsak,   fitrat   mavjudki,   inson
o‘zgaradi, moslashadi, tuslanadi, turlanadi». 45
 
Haqli tarzda ta’kidlanganidek, adabiyot insonni ezgulikka, yaxshilikka harakat
qildiradi. Buning zamirida hayotdagi  g‘aliz, murt, tafakkursiz insonlarning badiiy
siymosin   ham   talqin   etib   boradiki,   bu   esa   o‘quvchidan   xulosalar   chiqarishni,
hayotiy   ziddiyatlarni   teran   anglashni   talab   etadi.   Bu   holatni   inkor   etib
bo‘lmaganidek, Nozim xarakterida mujassamlashgan  haqsizlikka qarshi  kurashish
hissi   borga   sari   avj   olardi.   Mashinada   ikki   kishigina   qolgan   edi.   Haydovchi
Tolibjon nima uchundir bezovtalanar va tuyqusdan qaerga tashlab kelay uka, - deb
murojaat   qiladi.   –   To‘g‘riga   yurishni   taklif   qilgan   Nozim.   Shu   lahzada   yana
haydovchi hisob kitob qilib qo‘ysangiz, - dedi. 
“– Ha, – dedi negadir o‘ylanib qolgan yo‘lovchi oynadan tashqariga, qop-qora
zulmatga termulib. – Ha, hisob-kitob vaqti keldi… Gap ohangidagi botiniy po‘pisa
ta’sir   qildimi,   sergak   tortgan   haydovchi   har   ehtimolga   qarshi   pichoqni   olib,   yon
cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Ammo aftidan, buni Nozim ilg‘amadi ham shekilli. – Shu
erga   to‘xtating   deb,   -   deb   qoldi   nozim.   Haydovchi   hayron   bo‘ldi:   hali   shaharga
kirganimiz yo‘q. Bu atrofda hech nima yo‘q-ku. – Siz to‘xtayvering-chi… Ammo
haydovchi   tezlikni   pasaytirishni   xayoliga   ham   keltirmasdi.   –  Yana   bir   oz   yursak,
GAI   posti   bor.   O‘sha   erga   tashlab   keta   qolay,   -   dedi   tobora   tezlikni   oshirib
borayotgan   haydovchi…   Uning   niyati   bir   amallab   GAI   etib   olish   ekaligini
anglagan   Nozim   o‘rnidan   otilib   turdi-yu,   rulga   yopishdi.   Damas   keskin   burilib,
beton   yo‘ldan   chiqib   ketishiga,   paxta   dalasi   bo‘yiga   ekilgan   daraxtlarga   borib
urilishiga bir baxiya qoldi”. 46
  
Bu   zulmat   dunyoning   zulmlaridan   bezgan   Nozim   shofiyorni   xumoridan
chiqquncha   kaltakladi,   kitobxon   buning   sababini   anglashi   uchun   qissani   to‘liq
o‘qishi,   sabablarni,   istiroblarni   anglash   imkonini   beradi.   Yillar   o‘tsa-da,
45
 Rasulov A. Badiiylik – bezovol yangilik. – Toshkent, “Sharq”, 2007. 9-bet.
46
  Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019.110-bet.
40 Nozimning qalbidagi istirob unitilmadi, aksincha isyon bo‘lib, ko‘kka bo‘y cho‘za
boshladiki,   bu   esa   taqdirning   jazosidan   qochib   qutulib   bo‘lmagani   kabi,   uning
qalbidagi isyon Tolibni ko‘rdi-yu, battar alanga oldi.
Ma’naviy   qadriyat   aynan   ko‘zga   ko‘rinmasligi,   qo‘l   bilan   tutib   bo‘lmasligi
bilan   moddiy   narsalardan   farq   qiladi.   Insoniyat   o‘zining   uzoq   asrlik   madaniy
taraqqiyoti davomida, to‘plangan ma’naviy qadriyatlarni badiiy asarlarda teranroq
talqin etadi. Shuning uchun adabiyot “insonshunoslik” deb baholanar ekan, buning
zamirida u insoniylik va ezgulikka yo‘g‘irilgan ma’naviy bir soha, degan ulug‘ bir
fikr yotadi.  
Adabiyotshunos olim Hotam Umurov alohida ta’kidlaganidek: “Adabiyotning
asli yaratilishidan bosh maqsadi ham odamlarni kufr zulmatlaridan iymon nuriga –
Alloh   yo‘liga   olib   chiqishidir.   Shu   yo‘lda   qalbni   badiiylik   qudrati   ila   poklash,
tozartirish, uyg‘otish, harakatga solishdir. Ko‘rinadiki, talant va ma’naviyat o‘zaro
uzviy bog‘liqlikda o‘zlikni va dunyoni kashf etish quroliga aylanadi, adabiyotdagi
inson   tasviri   tarixi   ham   milliy   ham   umumbashariy   mohiyatga   ega   bo‘lgan,
odamzotga   xos   barkamollikni   mujassam   etgan,   uni   uzluksiz   harakatini   o‘ziga
ohanrabodek tortuvchi komil inson g‘oyasi tarixidir, degan xulosaga asos beradi”. 47
Haqli   ta’kidlanganidek,   insonning   yuksak   ma’naviy   olamini,   uning   quyofasi
emas,   qalb   qo‘ridagi   qarashlari   bilan   izohlanishi   bejiz   emas.   Ammo   bizning
qahramonimiz bo‘lgan Nozim qalbidagi isyonni bostirish imkoni bo‘lmagan. Yillar
bu   holatni   qayta   alanga   olishiga   sabab   bo‘lib   qolaverdi.   Abib   talqinlaridan   o‘rin
olgan   falsafiy   muammolari   kitobxonni   bir   dam   bo‘lsa   aslo   zeriktirmaydi,
o‘quvchini turfa hayotiy hodisalar tomon olib kiradi.
“   –   E,   anovimi?   –   nimanidir   eslaganday   bo‘ldi   haydovchi.   –   bunga   necha
yillar   bo‘lib   ket-yu.   Esimdan   ham   chiqib   ketibdi.   –   Lekin   mening   esimdan
chiqqani   yo‘q!   bu   gapda   hadsiz-adoqsiz   nafrat,   jonidan   to‘ygan,   qarshisidagi
odamni   tiriklayin   so‘yib   tashlashga   tayyor   insonning   alami   borday   edi.   Buni
Tolibjon   ham   his   qildi.   Ammo   u   hali   bir   narsani   anglab   ulgurmasdan   Nozim:   -
47
 Umurov H. Adabiyot nazariyasi. Darslik. – Toshkent, “Sharq”, 2002. 92-bet.
41 Mening   esimdan   chiqmagan!   –   deb   takrorladi-yu,   kutilmaganda   yerda   xor-zabun
bo‘lib yotgan haydovchining yuziga tepib yubordi”. 48
Hayot   shfqatsiz,   insonning   ma’naviy   olamini   borlig‘icha   namoyon   qilib
boradi.   Shuning   uchun   ham   Nozim   qalbidagi   isyon   bosilmadi,   aksincha   alanga
olishiga   sabab   bo‘ldi.   U   ham   insonlar   kabi   o‘z   muhabbatini   topgan   edi,   ammo
uzoqqa   bormadi,   achchiq   qismat   uning   taqdirini,   hayotini   chil-parchin   qilib
yubordi. 
Ana   shu   o‘rinlarda   adolatsizlikning   qurboniga   aylangan   shaxs   iztiroblari
teranroq aks etgan. Hayotda shunday holatlar bo‘ladiki, inson tashlagan noo‘rin bir
qadam   uni   shafqatsizlarcha   jazolashga   mahkum   etadi.   Ammo   adolat,   haqiqat,
ma’naviyat   targ‘ibotchisi   bo‘lgan   oddiy   bir   inson   istiroblari   o‘quvchi   qalbini
larzaga   soladi.   Bunday   shafqatsizlikka   chiday   olmasligi,   tabiiy   edi.   Chunki,
ezgulik   uchun   kurashuvchi   bir   shaxsga   nohaqlik   etilishi   uni   ayanchli   holga   solib
qo‘yadi. To‘g‘ri, har qanday davrda yovuzlik va adolat mavjud bo‘lsa-da, o‘zligini
anglagan ma’naviy yetuk shaxsga nisbatan qilingan haqsizlik inson qalbini larzaga
soladi.   Yozuvchi   bu   orqali   hayotdagi   haq   va   haqsizliknigina   emas,   balki   inson
ruhiy olamidagi ziddiyatlarni tahlil etish jarayonida uning ma’naviy qiyofasini juda
go‘zal tasvirlarda talqin etadi. 
Nozim haydovchini uzoq vaqt tepkiladi. U go‘yo bu odamga qo‘l tekkizishga
hazar   qilayotganday   faqat   tepar,   telbavor   qiyofaga   kirgan,   hansirab-ixrab   ketma-
ket   tepki   tushurar,  shafqat,  achinish   nimaligini  bilmagan  vahshiy,   quturgan   odam
qiyofasiga   kirganday   edi.   Nima   uchun   buncha   vahshiylik   zamirida   juda   achchiq
hayotiy   haqiqat   mujassam   edi.   Tolibjonnning   yillar   davomidagi   xatoliqlarining
javobi   edi,   bu   holat.   Nozimjon   alamdan   o‘kirib   yubordi   va   yo‘l-yo‘lakay
mehmonxonani   topib   bordi,   uning   qalbidagi   istiroblari   bisyor   edi,   bir   kishilik
xonaga   joylashdi-yu,   yuragini   sanchig‘i   tutib   qoldi,   bir   ammallab   kuritkasining
kissasidagi   dorini   oldi-yu,   tili   tagiga   tashladi.   Bir   oz   vaqt   o‘tib   yurak   sanchig‘I
qo‘yib   yubordi:   “ko‘zlarini   bir   amallab   ochgan   Nozim   terlab   ketgan   peshonasini
kafti   bilan   artdi   va   chayqalib   ketib,   devorga   qapishib   turgan   divanga   o‘tirishga
48
  Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019.113-bet.
42 urinish asosida ingradi va beixtiyor eng yaqin, eng aziz kishisining ismini pichirlab
aytib yubordi, Oltinoy”. 49
  Uning  qalbidan otilib  chiqan nidoda,  yillar   davomidagi
sog‘inch, alam va istiroblar jamuljam edi. 
Balki,   shuning   uchun   ham,   qalbidagi   isyonning   bostirishni   ilinji   shofyorni
jazolashga   qaratilgandir,   ammo   undan   huzur   halovatni   tuymadi.   Shafqatsizlik
qilgandir,   lekin   ular   bir   vaqtlar   insoniyligini   yo‘qotgan   shaxslar   sifatida   qalbidan
o‘rin olib ulgurgan edi.
Adabiyot   bilan   axloq   o‘zaro   chambarchas   bog‘liq   bo‘lib,   asrlar   davomida
mumtoz   asarlarimizda   axloqiy   qadriyatlar   tasvir   etilgan   bo’lib,   keyingi   yillar
nasrida esa, axloqiy qadriyatlar, insoniy fazilatlar, badiiy asar zamiriga singdirilgan
bo‘lib,   bu   holat   estetik   ideal   darajasiga   ko‘tarilayotganligi   bilan   belgilanadi.
Asarda insonning jamiyatdagi o‘rni, qadr-qimmati asosiy o‘ringa qo‘yilib, axloqiy-
ma’naviy   muammolar,   asar   sujetiga   singdiriladi.   Bu   jarayon   shiddatli   voqealar
tasvirida qahramon xarakterini shakllanishiga asos bo‘ladi. Badiiy asar, qaysi davr,
qanday ijtimoiy-adabiy sharoitda qat’iy nazar, muallif nigohi orqali umuminsoniy
ma’naviy-axloqiy-madaniy   muammolarni   badiiy   asar   syujetiga   singdirilishi   va
o‘quvchi qalbini larzaga solishi yozuvchining badiiy mahoratidan dalolat beradi.
Talqinlardagi   Nozimning   ma’naviy   olamiga   nazar   tashlar   ekanmiz,   uning
xarakterida insoniylik, yetuk fazilat mujassam edi, ammo davr muhiti uning qalbini
istirobga   soldi.   Bundan   xo‘rlangan   badiiy   qahramon   ruhiyatida   insonga   nisbatan
shafqatsizlik hisi uyg‘onganligini alohida qayd qilish lozim.
Shu   o‘rinda   yozuvchining   fikrlariga   ham   diqqat   qilaylik:   “Atrofga   qarang.
Biz   qanchalar   yozg‘irmaylik,   qanchalar   shikva-shikoyatlar   qilmaylik,
zamonamizning   o‘z   Laylilari,   Majnunlari,   Farhodu   Shirinlari   bor,   ular   oramizda,
sizu   biz   bilan   birga   yashab   yurishibdi.   Ularni   ko‘rmaganimiz   esa   o‘zimizning
aybimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, so‘qirligimiz oqibati, xolos. Bu sevgi qissasini yozmoq
men uchun azob, ammo, ishoning, yozmaslik bundan ham azob”. 50
 
49
  Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019.117-bet.
50
  Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019.118-bet.
43 Darhaqiqat, inson tug‘iladi, tafakkur qilib olamni, insonni anglashga intiladi,
ammo davr, muhit bunga ba’zan imkon beradi, ba’zan esa o‘z olami sari singdirib
yuboradi.   Insondagi   xarakter   xususiyat   shuning   uchun   ham   muhitdan   oziq   oladi.
Muhit uni ma’lum darajada tarbiyalaydi, lekin irodali insongina o‘z yo‘lini topadi,
uning   ziddiyatlariga   qarshi   kurashadi.   Bularning   barchasi   inson   shaxsini   kamol
topib   borishi   bilan   belgilanadi.   Ana   shu   ziddiyatlardan   oziqlangan   qahramonimiz
xarakterini ruhiy istiroblarini adib mahorat bilan talqin etishga intiladi.
Asar   syujetiga   singdirilgan   bu   tasvirlar   insonning   o‘ziga   xos   xarakter
xususiyatlarini, ruhiy ma’naviy olamini teran ilg‘ashga, teranroq anglashga xizmat
qiladi. Tasavvuf tarixida har xil silsila va toifalar almashib turgan bo‘lsa-da, inson
ma’naviyati   masalasi   hech   qachon   tariqat   ahli   diqqat-e’tiboridan   chetga
chiqmagan.   Komil   inson   obrazini   talqini   yetakchilik   qilib   kelgan.   Insonning
botiniy   olami,   ichki   ziddiyatlari,   ruh   va   jism   orasidagi   kurash   har   qanday   davrda
o‘ziga   xos   xususiyatga   ega   bo‘lgan   va   uning   xarakterini   shakllanishiga   imkon
yaratgan.   Chunki   inson   qismatidagi   azaliy   qarama-qarshi   kuch   rahmoniy   va
shaytoniy   quvvatlar   borligini   inson   Ollohning   bandasi   sifatida   shayton   qurquvini
yengib, rahmoniy fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. 
Ammo   Nozimning   xarakterida   ham   biz   ta’kidlagan   insoniy   fazilatlar
mujassamlashgan   edi,   shafqatsiz   hayotning   turli   qirralari   uni   shu   kuyga   solgan.
Ba’zan   o‘zining   qilmishlaridan   oh   chekar,   unga   esa   da’vo   yo‘qligini   ham   anglab
ulgurgan   edi.   Asardagi   qahramonlar   qalban   bir-biridan   yiroq   kishilar.   Yozuvchi
ularning   ayanchli   qismatini   zimdan   kuzatadi.   Har   bir   adib   o ‘ z   g ‘ oyasiga   mos
voqealar va kishilarni tanlaydi.   
Adabiyotshunos   Qozoqboy   Yo‘ldoshev   ta’kidlaganidek:   “Bizning
zamondoshlarimiz   teranlashib,   o‘ziga   ko‘proq   e’tibor   qaratayotir.   Shu   bois
bugungi   adabiyotdan   ommaviylik   kutish   o‘rinsiz.   Hozirgi   adabiyot   individual
adabiyot   bo‘lishga   mahkum.   Chunki   bugun   odamning   o‘zi   –   alohida   shaxs.
Kechagina   u   biror   ijtimoiy   tabaqaning   vakili   sanalardi.   Bugun   u   –   o‘z
shaxsiyatining elchisi, o‘z “men”ining vakili xolos” 51
. 
51
  Yo‘ldoshev    Q. Yoniq so‘z. – T oshkent,  “Yangi asr avlodi”, 2006.  152-153-betlar.
44 Asosli   ta’kidlanganidek,   bugungi   qahramon,   ma’lum   bir   tabaqaga   emas,   u
o‘z   qalbining   mahsuli   bo‘lgan   tushunchalar   egasidir.   Uning   insonioyligini
namoyon qiluvchi fazilatlari, qarashlari, dunyoqarashiga ega bo‘lgan erkin va ozod
insondir.   Shu   jihaydan   keyingi   yillar   qissachiligida   o‘ziga   xos   talqin   usuli
yetakchilik   qilmoqda.   Ular   uslubiy   yo’nalishlari,   asarlarining   g‘oyaviy-badiiy
o‘ziga   xosliklari   bilan   bir-birlaridan   ajralib   turar,   bu   janrning     shu   davrdagi
ijtimoiy-badiiy   faolligini   yuksalishiga,   taraqqiyotiga   asos   bo‘lgan.   Ularda   badiiy
xarakter   yaratishning   qissaga   xos   chizgilarini   ko‘rsatish   bilan   bir   qatorda,   jahon
adabiyotining an’analaridan ijodiy oziqlanish deb baholash ham mumkin. 
Xullas, badiiy asarda yaratiladigan xarakterlar tasodifiy xususiyatlarga emas,
balki qonuniy asoslarga ega bo‘lib, unda yozuvchining nuqtai nazari muhim omil
bo‘lib  xizmat  qiladi.  Yuqorida  biz  ko‘rib  o‘tgan  Abduqayum   Yo’ldoshev  asarlari
tahlili shundan dalolat beradi.
Adabiyot so‘z san’ati sifatida rangin voqelikni konkret shaxslar hayoti, o‘y-
kechinmalari,   orzu   va   armonlari,   xullas,   qahramonlar   taqdiri   orqali   aks   ettiradi.
Davrning   o‘zgaruvchan   qiyofasi,   tub   mohiyati,   muammo   va   vazifalari
qahramonning   taqdir   yo‘llarida,   ongu   shuurida,   xatti-harakatida,   yurish-turishida,
fe’l-atvori   va   dunyoqarashida   moddiylashadi.   Shunisi   muhimki,   zamona   zayli,
davr voqeligi, kundalik turmush vazifalari, shakllari o‘zgarishi yangi qahramonlar,
yangi xarakterlarga ehtiyoj paydo qiladi. 
2.2.   Xarakter   va   ijtimoiy   muhit   talqini .   Abduqayum   Yo‘ldoshevning
avlodiga   qadar   yaratilgan   adabiyotda   xarakter   qiyofasida   o‘ziga   xos   talqinlar,
obrazlar olami kuzatilar edi.  Yuksak darajada yaratilgan san’at asarlarida   syujet va
kompozitsion birlik mukammal darajada bo‘ladi. “Syujet qahramon obrazi tarixini
ko‘rsatsa,   badiiy   til   uni   jonli   ifodalab   beradi.   Kompozitsiya   esa   buni   qiziqarli   va
anglashilarli, izchillik orqali batartib ko‘rsatishga qobildir”. 52
 
Syujetda   g‘oyadan   tashqari   bevosita   mazmun   ham   mavjud   bo‘ladi.   Yirik
epik   asarlarda   syujet   ko‘p   tarmoqli   bo‘ladi.   Badiiy   asar   syujeti   asosida   badiiy
konflikt   turadi,   iҳshuning   uchun   u   tez   rivojlanadi   va   shakllanib   boradi.   Syujet-
52
  To‘ychiyev U. O‘zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning maromlari. – Toshkent, ”Yangi asr
avlodi”, 2011.  335-bet.  
45 xarakter   tarixi,   xarakterni   shakllantiradi,   sujetning   voqealari   esa   xarakter   yaratish
vositasidir. 
    Badiiy   asar   syujeti   bir   necha   tarkibiy     qismlardan   iborat   va   ular   o‘zaro
bog‘liq;   qismlar   qatoriga   ekspozitsiya,   tugun,   voqealar   rivoji,   kulminatsiya   va
yechim kiradi. Ba’zi asarlarda syujetning prolog (muqaddima) va epilog (xotima)
kabi   qismlari   ham   bo‘ladi.   Asarning   o‘zida   syujetning   barcha   qismlari   bo‘lishi
shart emas. Ammo tugun va kulminatsiya bo‘lishi zarur.
Badiiy asar syujeti xarakterlarni shakllantiradi. Epik va dramatik asar syujeti
haqida quyidagi ta’rif ilgari surilgan: “Asardagi odamlarning o‘zaro aloqalari, ular
o‘rtasidagi   qarama-qarshiliklar,   simpatiya   va   antipatiyalar,   umuman   kishilar
o‘rtasidagi   munosabatlar-u   yoki   bu   xarakterning,   tipning   tarixiy   rivojlanishi,
tashkil topib borishidir”. 53
  Xususan, bu keltirilgan ta’rifdan qahramonlarning o‘zaro prolog va epilogi
kam   uchraydi.   Syujet   qismlarining   har   biri   badiiy   asar   mazmunini   ochishda
muayyan   vazifani   bajaradi.   Shunga   ko‘ra   ularning   har   birini   alohida   –   alohida
ko‘rib   o‘tish   va   aniq   mushohada   qilish   zarur.   Syujet   qismlari   va   qahramon
xarakteri rivojini birga tahlil etmay asar mazmunini shunchaki hikoya qilib berish
quruq bayonchilikdir. Chunki syujet xarakter tarixidir.  Har qanday badiiy asarning
asar   bo‘lib   yaratilishida,   uning     g‘oyaviy   maqsadini   yuzaga   chiqarishda   syujet
unsurlari   alohida  o‘rin tutadi.  Lirik asarlarni   syujetsiz  tasavvur   qilish  mumkindir,
lekin nasriy asarlarda bu muhim bo‘lak hisoblanadi. 
Bir   qator   asarlarda   yozuvchilar   syujetlardagi   voqealar   boshlangunga   qadar
ishtirok   etuvchi   shaxslarning   qanday   yashaganliklari,   o‘sib-ulg‘ayishlari,   xarakter
xususiyatlarining   shakllanishi   haqida   hikoya   qiladilar.   Bu   hikoya   asar   ziddiyati
boshlangandan keyin sodir bo‘ladigan qahramonlar  xatti-harakatlarini  asoslash  va
shu yo‘l bilan kitobxonni ularga tayyorlash va ishontirish uchun qilingan dastlabki
zaruriyatdir. “Ziddiyat yuzaga kelgunga qadar qiyofasini shakllantirgan sharoitning
va   unda   qaror   topgan   xarakter   xususiyatlarining   tasviri   ekspozitsiya,   deb   ataladi.
Ekspozitsiya  asarda  ishtirok etuvchi  shaxslarning  badiiy his qilinayotgan ziddiyat
53
 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. Darslik. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2002. 108-109-betlar. 
46 davomidagi   xatti-harakatlarini   dalillash   vazifasini   o‘taydi;   hayotlari,   o‘sish,
ulg‘ayishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar turli o‘rinlarda beriladi”. 54
Yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   syujet   unsurlari   turli   o‘rinlarda
qo‘llanilganligi bois biz ekspozitsiyaga asar boshlanmasidan tashqari uning boshqa
o‘rinlarida  ham   ko‘plab  duch  kelamiz. Bu  ekspozitsiyalar   sochma  ekspozitsiyalar
bo‘lib,   ularning   ko‘pchiligi   asarning   bosh   qahramonlaridan   hisoblangan
Nozimning xarakteri haqida tasavvurlarimizni boyitishga xizmat qiladi.  Bu o‘rinda
Tohir   Malik   tugun   vositasida   asarda   tub   burilishlar,   kutilmagan   ziddiyatlarni
yuzaga keltirib, qahramonlari taqdirini-da o‘zgartirib yuboradi. 
Voqealar   rivojidagi   eng   keskin   cho‘qqi,   ya’ni   kulminatsiya   asardagi   o‘ta
hayajonli   o‘rinlar   hisoblanadi.   Agar   e’tibor   berilsa,   Nozimning   numa   uchun
shofyorga   bu   darajada   qo‘rslik   qilishining   sababini   hech   kim   anglab   yetmaydi.
Shuning uchun hatto Oliya xola uzoq yillik tajribaga ega bo‘lsada, undan kechirim
so‘ramoqchi bo‘ladi. Hatto shofyorning menda qasding bormi, degan savoliga, - ha
deb javob berganida ham hech narsani anglamaydi.
O‘tgan   tuzumdan   mustaqillik   zamoniga   o‘tishning   azobu
yetishmovchiliklari,   bozor   iqtisodiyotiga   o‘tish   jarayonlarining     og‘ir   sinovli
kunlari   har   kim   o‘z-o‘ziga   andarmon   bo‘lib,   yagona   maqsad   “non   topish”
muammosi   bo‘lib   qolganligi   barchaga   ayon.   Bunday   paytlarda   kimdir   ishini
o‘zgartirgan,   kimdir   iymonini   sotgan,   kimlardir   oilasidan   voz   kechgan,   yana
kimdir   o‘zligidan   yiroqlashgan.   Davrning   shunday   og‘ir   tomonlarini,
badiiylashtirar ekan, inson har sharoitda ham o‘zligini saqlab qolish mumkinligini
isbotlashga   intilganligi   kuzatiladi:   “Biz,   ikkovlon   ota-onamiz   qirib-qirtishlab,   ne
bir   azoblar   ila   yig‘ayotgan   o‘sha   ulkan   miqdordagi   pulning   hech   bo‘lmasa   bir
qismini   o‘zimiz   topaylik   degan   maqsadda   o‘qishdan   chiqasola   ishga   yugurar,
shanba-yakshanba   kunlarini   esa   mardikor   bozorida   sarg‘ayib   o‘tkazardik;   ish
topilib qolsa, boshimiz osmonga etardi, ish topolmasak suvga tushgan mushukday
shumshayib yotoqxonaga qaytardik”. 55
 
54
  Xudoyberdiyev E. Adabiyotshunoslikka kirish. Darslik. – Toshkent, “Sharq”, 2008. 75-bet.
55
  Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019.121-bet.
47 Albatta, hayotiy achchiq haqiqat, ammo shunday sharoitda ham, ilm olishni
asosiy   maqsad   qilganlar   oz   emas   edi.   Kimlardir   esa   turli   bahonalar   bilan   butun
sharoit mavjud bo‘lsa-da, ta’lim olishni emas, qing‘ir yo‘llarni tanlar edi. Shuning
uchun   asardagi   voqealar   silsilasiga   nazar   tashlansa,   insonning   ma’naviy   olamini
yanada   aniq   tasvirlarda   ifodalanganligini   kuzatish   mumkin.   Adib   qissada
voqelikdan   uzoqlashmagan   holda,   inson   xarakterining   o‘ziga   xosliklarini   rangin
tasvirlarga singdirishga harakat qilganligi, uning mahoratidan dalolatdir. 
Hayotning   murakkab   tomonlari   asosida   inson   xarakterining   turfa   olamini
badiiy   talqin   etar   ekan,   uning   zamirida   insonni   tushunish   murakkabligi   bilan
namoyon   bo‘ladi.   Ana   shu   murakkab   jarayonni   o‘ziga   xosligini   asar
qahramonlarining badiiy ifodasida kuzamiz. Boshqacha aytganda, inson jamiyat va
tabiat   mahsuli.   Bir   qadami   jamiyat   atalmish   zamindan   suv   ichsa,   ikkinchisi
bevosita tabiat bag‘riga qadalganida ko‘rinadi. Negaki, zamonlar o‘tadi, qarashlar
o‘zgaradi,   millat   tafakkurida   mislsiz   evrilishlar   yuzaga   keladi,   baribir   insoniyat
hamisha   insonlik   sha’ni   uchun   abadul   abad   kurashib   keladi.   Ko‘rinadiki,   har
qanday badiiy tafakkur mantiqida inson shaxsi va uning orzu umidi, ilmi, diyonati,
insoniy   fazilati,   yurish-turishidan,   hatto   kiyinish   madaniyatiyu   muomala
madaniyati ham qatma-qat singdirilgan bo‘ladi. 
Birgina   kishining   jamiyat   va   uning   o‘zagida   muqim   yashash,   baxtli   kun
kechirish   a’moli   emas,   balki   kelajak   sari   talpinayotgan   odamlarning   ma’naviyati
xususida jiddiy bosh qotirishni, yanada teranroq o‘ylashni  asoslash  uchun yuzaga
kelgan.   Millat   ruhiyati   doim   olg‘a,   ya’ni   oldinga   intiladi.   Shu   bilan   mavjud
sharoitni   yaxshilashni   maqsad   qilib   oladi.   Tajovuzkor   kuchlar   birlashib,   millat
sha’niga   dog‘   tushirishi,   ruhiyatini   bo‘g‘ib   qo‘yishni   o‘ylaydi.   Doimo   shunday
bo‘lib kelgan. Insonning ongli tafakkuri bunga chek qo‘yishni, doim nazorat nigohi
ila   qarab   turishni   taqazolaydi.   Axir   inson   dunyoga   ezgulik   sari   qadam   tashlab
keladi, ammo yillar shamoli, ba’zan bu tushunchalarni unitilishiga sababchi bo‘lib
qoladi.   Aslida   esa   insonning   o‘zi   sababchi   ekanligini   unitadi.   Hayotning   yaxshi
fazilatlari,  talabalikning  oltin  davrini   o‘qish,   o‘rganish  bilan  birgalikda  murakkab
tomonlarini ham qalbiga joylagn insonlarning turmush tarzi, istiroblari bilan uzviy
48 birlikda   talqin   qiladi:   “Shunday   qilib   do‘stimning   dunyodagi   eng   baxtli   insonga
aylantirgan,   uni   sarmast   etib,   masrurlikning   yetti   qavat   osmonida   sayr   ettirgan,
hattoki vaqtidan burun ajal domiga ro‘baru yetishgacha olib brogan “Oltinoy” ismi
hayotimizga   kirib   kelgan   kun   yodimda   bir   umrga   muhirlanib   qoldi.   So‘ngroq,
oradan   yillar   o‘tib,   Nozim   jo‘ram   qirchillama   o‘ttiz   ikki   yoshida   vafot   etib
ketganida.   Men   avvoliga   bu   xabarga   also   ishinmadim.   Kimningdir   qo‘pol   hazili
deb o‘yladim. Ishinganimda esa, do‘stimni sovuq qabrga qo‘yib bo‘lishgandi”. 56
 
Talqinga   nazar   tashlar   ekanmiz,   o‘tkinchi   hayotning   butun   azoblarini
boshdan kechirgan, ammo bu jahonga sig‘magan shoirni, uning beorom tunlarini,
hayotning   shafqatsizliklarini   ko‘z   oldimizda   jonlantiramiz.   Axir,   o‘sha   mudhish
muhit shuni istirobga solmadimi, atrofdagilarning beporvaligi uni yurak xastaligiga
mubtalo   qilmadimi   kabi   savollar   yog‘ilar   ekan,   bunga   ham   javob   topgandek
bo‘lamiz.   Asardagi   qahramonlarning   turmushning   og‘irligidan,   uning
tashvishlaridan,   pul,   mansab,   yaxshi   yashash   ilinjidagi   yelib   yugurishlardan   bir
lahzaga   to‘xtadigu,   beixtiyor,   olamga   kelib   nima   qila   olgan,   nimaga   ulgurmay
o‘ttiz ikki yoshida yurak xastaligidan vafot yetganligini hazm qila olmaymiz. Shu
lahzadagina inson umrining nechog‘lik, qisqaligiyu, kapalak umriga qiyos qilinishi
bejiz emasligiga ishonch hosil qilamiz. 
“Mana,   Nozim   jo‘ram   olamdan   o‘tdi.   O‘ttiz   ikki   yoshida.   Mendan   olisda.
G‘arib bir shifoxonada.  Men na undan xabar oldim, na “Holing ne?” deb bir enlik
maktub  yo‘lladim.  Voholangki...  voholangki,  bunga  imkonim,  hattoki  vaqtim   bor
edi. Ammo  bu ishni  qilmadim.   Juda  esimga  kelganda  esa  ”Ertaga... indinga”  deb
o‘zimni   o‘zim   aldadim.   Loqaydni   ertasi   tugarmidi,   ey   dunyoyi   qo‘tir!”   Bu
istiroblarni xayolan jonlantirar ekan insonning insoniyligi, uning bir-biriga bo‘lgan
mehr tushunchasidan uzoqlash boshlagan inson qismati ko‘z o‘ngimizda jonlanadi.
Inson   juda   kech   ko‘p   narsani   anglaydi,   juda   kech,   ammo   shunda   ham
falsafiy   hayotning  qonuniyatlariga  bosh   egishni  istamaydi.   Insonning   jamiyatdagi
o‘rni, qadr-qimmati markaziy o‘ringa qo‘yilib, axloqiy-ma’naviy muammo badiiy
yo‘sinda   hal   etiladi.   Sevgi   ushbu   jarayonda   voqea   va   qahramon   xarakterini
56
  Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019.130-131-betlar.
49 harakatga   keltiruvchi   kuch,   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Do‘stining   istirobli   oniy
lahzalarida inson qismatining murakkab qirralari badiiy talqinda o‘z ifodasini topib
boradi. Qayd qilinganidek, inson qismati, uning hayoti juda murakkab jarayon, uni
badiiy   talqin   etish   esa,   undan   ham   murakkab   jarayon   ekanligini   his   etamiz.
Nozimning   qalbidagi   ilk   muhabbat,   hayotga,   yashashga   undagan   bo‘lsa,
keyinchalik uning umriga zamin bo‘lganligini his etamiz. 
Lekin inson dunyosi, o‘zining yolg‘izligi, orzu istak va iroda-bardoshi bilan
alohida-alohida   bir   olam   sifatida   talqin   etiladi.   Shaxs   individ.   Shaxs   yakka.   Shu
bilan   ham   inson   tafakkuri   insoniyat   tafakkurning   bir   parchasi,   xolos.   Bu   abadiy
haqiqat asrlar davomida e’zozlanib kelinmoqda. Ma’naviy barkamollik to‘g‘risida
gap   borar   ekan,   ilmi   tuzuk,   qati’yatli,   o‘z   aytar   so‘ziga   ega   insongina   shu   kabi
savolga javob beradi. Ammo Nozimning hayotini ostun-ustun qilgan muhabbatni,
uning   jazosini   keyinchalik   kimlarningdir   tafakkurini,   hayotini   parchlaganligini
ko‘ramiz, ammo vaqt oliy hakamligini bajarib ulgurgan edi. Qissa qatidagi falsafiy
qarashlar   ham   shu   xildagi   mangu   savollarga   javob   berishiga   ishongan   kitobxon
tafakkurida ham ma’naviy huzur-halovat bo‘y ko’rsata boradi. 
Qissaning syujetida inson xarakterining o‘ziga xos talqinlari  olam  va odam
munosabatlarini   teranroq   anglashga   imkon   tug‘diradi.   U nda   adolatsizlik   va
haqsizlik qurboniga aylangan shaxs fojeasi bilan bir qatorda inson ichki olamidagi
ziddiyatlar hayot haqiqatidan kelib chiqib tasvirlanganligini kuzatishimiz mumkin.
Ijodkor   hayotning   turli   xil   hodisalarini,   voqealarini   inson   xarakteriga   o‘ziga   xos
ta’sirini ifodalaydi.
“Xarakter   yaratish   –   sirli   jarayon,   hatto   aytish   mumkinki,   ehtimol,   bu
jarayon   xarakteri   yaratilayotgan   mute   yoki   o‘jar   ob’ektlardan   ko‘ra   xarakter
yaratayotgan   odamning   o‘zi   uchun   sirliroqdir.   Bu   jarayonga   ish   ochilmagan,   u
hujjatlar   bilan   tasdiqlanmagan   va   unga   aniq   bir   ta’rif   berish   amri   mahol.   Har
qanday ijod – u adabiyot bo‘ladimi yoki hayotdagi ijod bo‘ladimi, baribir, birday
sirli   va   bilib   bo‘lmaydigan   hodisa   va   u   to‘g‘rida   ko‘ngilga   kelgan   narsani
gapiraverishga birday rag‘batlantiradi”. 57
  Yozuvchi  bu sujetida   muhit va qahramon ,
57
  Jon   Golsuorsu.   Adabiyotda   xarakter   yaratish.   Qarang:   Jahon   adiblari   adabiyot   haqida.   Ozod
Sharafiddinov tarjimalari. – Toshkent, “Ma’naviyat”, 2010. 81-bet.
50 ya’ni   shaxs   va   jamiyat   o ‘ rtasidagi,   shaxs   va   shaxslar   o ‘ rtasidagi,   shaxs   va   muhit
ziddiyatlarini   talqin   etgan.   Q ahramon   ruhiy   olamidagi   konfliktlardan
foydalanadiki,   bu   esa   xarakter   va   konfliktning   uzviyligidan   dalolat   beradi.   Agar
qissadagi   Nozim   ruhiy   olamidagi   konfliktlar   uni   olamga   teranroq   nazar   solish,
idrok   yetish   zarurligini   anglashga   xizmat   qilsa,   muhit   ziddiyatlari   esa   uni   shaxs
sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
Agar   Abduqayum   Yo‘ldoshevning   “Shiorning   muhabbati”   bilan
“Sunbulaning   ilk   shanbasi”dagi   obrazlarga   nazar   tashlasak,   Nozimning   fojiali
hayoti,   shoirning   murakkab   taqdiri   va   xatoliqlari   istiroblar   iskanjasidagi   hayotini
ko‘z   o‘ngimizda   jonlantiramiz.   Ularning   qalbidagi   alamli   qarashlarning   zamirida
muhitning   ta’sirini   kuzatamiz.   Inson   hayotining   bunday   qarama-qarshiliklari   har
ikki   qahramonning   ruhiy-ma’naviy   olamini   o‘ziga   xosliklarini   ko‘ramiz.   Shu
jihatdan   Erkin   A’zamning   badiiy   qahramonlaridagi   o‘ziga   xosliklarning
mavjudligini ham alohida ta’kidlash lozim.
Ko‘rinib   turibdiki,   turli   davrlarda   yashab   o‘tgan   ijodkorlarning   yaratgan
obrazlari   o‘rtasidagi   yaqinlik   jihatlari,   ulardagi   tipologik   o‘xshashlik,   o‘zaro
mushtaraklik belgilari adabiyot ilmida ko‘p tadqiq etiladigan masalalardan.   Biroq ,
E rkin   A’zam   yaratgan   bir   qator   asarlardagi   o‘xshashlik   jihatlari   muayyan
ijodkorlar   asarlaridagi   “adabiy   egachi”,   “adabiy   qiyofadosh”   obrazlarga   ham
alohida  e’tibor qaratish zarurligini taqozo etadi. 
Shu   jihatdan   “Javob”   qissasidagi   Nuriddin   E lchiev   va   “Bayramdan   boshqa
kunlar”dagi   Bakir   obrazlaridagi   xarakter   jihatdan   nihoyatda   yaqinlik   diqqatni
tortadi. Go‘yoki Bakir ulg‘aysa,   Nuriddin   E lchievga aylanadigandek ,   yoki charxi
davron  ortga  qaytsa,   Nuriddin   E lchiev   B akirga   evriladigandek   tuyuladi.   Nuriddin
E lchievdagi kamtarinu kamsuqumlik va Bakir tabiatidagi bo‘sh-bayovlik, soddalik
shunday qiyoslashimizga yo‘l ochadi. 
Bir   necha   o‘n   yilliklar   davomida   adabiyotga,   eng   avvalo,   ijtimoy   salmoq
ustuvor   bo‘lishi   zarur   degan   aqida   ko‘nikmaga   aylangan   edi.   Qahramonning
kurashchanlik   pozitsiyasi   ham   shundan   kelib   chiqadigan   hosila   edi.   Shu   bois
51 qahramonning   maishiy   hayot   ikir-chikirlariga   o‘ralashib   qolishi   ko‘pchilik
adabiyot ahliga g‘alati tuyulardi.
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar:
Ijodkor   sifatida   Abduqayum   Yo‘ldoshev   ustozlar   izmidan   borib   bu
an’analarni   yangilashga   badiiy   xarakterlarning   turfa   xil   xususiyatini   namoyon
qilishga harakat qilganligini kuzatamiz.
Ijtimoiy   muhitning   inson   xarakteriga,   uning   ruhiy   olamiga,   xarakter
shakllnaishiga   sezilarli   ta’sir   etsihini,   adib   qissalari   misolida   tahlil   qilish   orqali,
muhit va inson xarakterining oniy lahzalarini o‘ziga xos talqinlarda yuzaga chiqara
olganligi asoslandi.
Tahlillar   shuni   ko‘rsatadiki,   adib   qissalaridagi   badiiy   xarakterlar   bir-birini
izchillikda   to‘ldirib   borish   jarayoni   ham   alohida   qayd   etildi.   Bu   jarayonda   adib
qissalarining   badiiy   poetik   xususiyatlari   orqali   nisonni   anglash,   uning   muhit
ta’siridagi xarakter qirralari ham yoritildi.
Adib   hayotning   ijtimoiy-maishiq   qirralarini   badiiy   talqin   qilsa-da,   ularning
ma’naviy   olamiga   muhitning   ta’siri,   natijada   inson   xarakterining   o‘ziga   xos
tamoyillari asosida talqin etish, badiiy mukammalik kasb etgani ham isbotlandi.
III   BOB
ADIB QISSALARIDA BADIIY KONFLIKT
3.1.Yozuvchi qissalarida ong va ongosti ifodasi.  Yozuvchi qissalarida ong
va   ongosti   munosabatining   turfa   shakllarda   ifodalanganligini   kuz a tish   mumkin.
Ma’lumki,   ong   va   ongosti   munosabatlari   falsafiy   tushuncha   bo‘lib,
adabiyotshunoslik   atamalari   safidan   joy   olganiga   hali   ko‘p   vaqt   o‘tmadi.   Ong
52 ifodasi   deganda,   eng   avvalo   ijtimoiy   munosabatlar,   muomala,   yurish-turish
madaniyati, xullas jamiyat uchun asosiy me’yor holiga kelgan axloqiy, etik-estetik
tushunchalar   majmuini   anglaymiz.   Bu   me’yor   azaldan   Sharq   adabiyotining   ham
diqqat-e’tiborida   bo‘lib   kelgan.   S h u   bilan   birga   ongosti   qatlamiga   ham   bot-bot
murojaat   qilingan.   Shunisi   e’tiborliki,   bugungi   adabiyotda   har   ikkala   tafakkur
tarzining nisbati tenglik kasb etmoqda. Ba’zi bir asarlar syujeti to‘laligicha ongosti
tasviri prinsiplariga muvofiq qurilmoqda.
Ongda   kechayotgan   jarayonlar   ifodasini   yorug‘   va     charog‘on     xonaga
qiyoslaydigan   bo‘lsak,   ongosti   qatlamlarida   kechayotgan   jarayonni   qorong‘i   va
sizni   u   yerda   nimalar   kutayotgani   noayon   yerto‘laga   qiyoslash   mumkin.   Hozirgi
o‘zbek   nasrida   yaqqol   ko‘zga   tashlanayotgan   ushbu   xususiyatga   jahon   adabiyoti
tajribalarini   o‘rganish,   xususan,   modern   va   postmodern   adabiyotlarning
hayotbaxsh   an’analarini   o‘zlashtirish   bilan   bog‘liq   hosila   sifatida   qarash   o‘rinli
bo‘lar edi. 
Avvalo,   qissaga   hayotda   bo‘lib   o‘tgan   real   voqea-hodisalarning   badiiy
ifodasi   sifatida   qarash   o‘rinli   bo‘lar   edi.   Chunonchi,   “Sunbulaning   ilk   shanbasi”
qissasidagi   syujetining   asosiy   tarmog‘ini   egallagan .   Shoir   obrazi   bilan   bog‘liq
kechmish, hayot  yo‘li  fojealariga  tutashib  ketishi, xatoliqlarning hayoti  davomida
azob istirobda o‘tishiga sababchi bo‘lganligini inson ruhiy-ma’naviy, botiniy olami
orqali juda teran talqin qilgan holatlar bilan izohlash mumkin.
  Yozuvchining   mahorati   shundaki,   u   personajlariga   batafsil   xarakteristika
bermaydi,   personajlar   aytayotgan   gaplari,   ruhiy   holatlari,   ongostida   kechayotgan
o‘y-xayollari   bilan   o‘z-o‘zlariga   tavsifnoma   berishadi.   Adib   qissa   syujetiga
voqelikning   eng   dramatik,   qaltis   nuqtalarini   asos   qilib   olganligi   bois
xarakterlarning   qiyofasi   yarq   etib   namoyon   bo‘ladi.   Yuqorida   eslab   o‘tilgan
obrazlarning   barchasi   go‘yoki   yuzlariga   niqob   tutishgan.   Ongosti   kechinmalarida
esa yuzlaridagi niqob yo‘qoladi, asl mohiyatlari ko‘rinadi.
Shu   jihatdan   adibning   “Shoirning   muhabbati”   qissasiga   nazar   tashlaylik.
Bunda   Nozimning   badiiy   xarakteridagi   o‘ziga   xoslik   shundaki,   tafakkurda,   ong
ostida,   xayollarida   voqealarga   munosabat   bildiradi:   “Ana   shunda…   ana   shunda
53 men insonning, aniqrog‘i, o‘zimning o‘tmishimga nisbatan shunchalar be’tibor va
loqaydligimni   aniqladim”.   Bu   tushunchalar   zamirida   hayotni,   insonni   anglash
naqadar murakkabligi-yu, uning turfa olamlar iskanjasidagi hayoti insonni o‘zligini
anglashga   xizmat   qiladi.   Barcha-barchasi   o‘tkinchi   hayotning   irmoqlari   oldida
hech narsaga arzimasligini his eta boshlaysiz. 
Roviy   tilidan   bayon   etilgan   mulohazalarda   juda   asosli   tushunchalar
mujassamlashganligini   kuzatamiz:   “O‘,   jo‘ramning   yoniq   ko‘zlariga,   hayajonu
entikishidan   goh   qizarib,   goh   oqarayotgan   yuziga,   hech   qursa   titrayotgan
barmoqlariga   bir   boqsangiz   edi,   sevgining   qudratini,   bemisl   tilsimi   oldida   hayrat
ila   tiz   cho‘kmoq   lozimligini   tuygan   bo‘lardiz”. 58
  N utqni   ong   boshqaradi ,   o ngosti
jarayonlarida   kechayotgan   tug‘yonlar   hamisha   nutqda   ifodasini   topavermaydi.
Inson ruhiyatida qalb kechinmalarida o‘z ifodasini topib boraveradi. 
Adabiyotshunos   va  yozuvchi  Ulug’bek  Hamdam  “Turfa  ranglar   uyg‘unigi”
maqolasida   shunday   fikrlarni   qayd   qilib   o‘tgan:   “Asar   xoh   u   realistik,   xoh   u
modernistik va hatto u xoh fantastik ruhda bo‘lsin o‘z botinida shunday bir tuynuk
yashirgan   bo‘lishi   kerakki,   shu   tuynuk   orqali   biz   o‘z   qiyofamizga,   qismatimizga
nigoh tashlab olaylik.   Aks holda u qaysi “izm”ga tegishliligidan qat’iy nazar hech
narsaga arzimaydi. Demak, ayni tuynuk bizni real dunyo bilan bog ‘ laydi” 59
. 
Ko ‘ rinayaptiki, asar syujetidan o ‘ rin olgan obrazalar tizimi, voqealar talqini
zamin bilan, undagi  real  hayot  bilan bog ‘ langanligi  bilan izhlanadi. Shu jihatdan,
asar   tarkibidagi   obrazlar   o ‘ z   olami   bilan   kurashadi,   ziddiyatlar   to ‘ lqini   orqali
ularning xarakteri yorqin aks etgan. 
Yozuchi ramziy obrazlarga shu darajada o ‘ ziga xos uslub ma’no yuklaydiki,
ularning ichki ma’nolari, xotira shaklidagi tushunchalari orqali tushunchalarimizni
boyitamiz va nimalarnidir izohlashga harakat qilamiz. Inson nima uchun dunyoga
keladi,   bu   sinov   dunyosidagi   maqsad,   vazifalarni   o ‘ zlik   yo ‘ lidagi   izlanisharni
teranroq   his   etamiz   va   anglay   boshlaymiz.   Yozuvchi   talqinlarida   xuddi   shu
tushunchalar   mujassamlashgandek   tassurotni   uyg ‘ otadi:   “Oradan   yillar   o ‘ tadi   va
58
  Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019.141-bet.
59
  Hamdamov   Ulug’bek.   Turfa   ranglar   uyg’unligi.   O’zbekiston   adabiyoti   va   san’ati   gazetasi.   2000.   29-
sentabr.
54 mana   shu   o ‘ zbekning   soddasi,   bir   kunda   qarib,   beli   bukchayib   qolgan   Keldiyor
ota… chapon kiyib, bel bog ‘ lagan ota meni mahkam quchoqlab olgancha o ‘ kirib-
o ‘ kirib   yig ‘ laydi,   “Ulimning   jo ‘ rasi!   Ulimning   jo ‘ rasi!   Ulimning   isi   kelayabti”
deya aytib-aytib bo ‘ zlaydi”. 60
Farzand   dog ‘ ida   istirob   chekayotgan   otaning   nolalari   rovi   ichki   monologi
ostida talqinga tortilgan. Otaning alamli dardiga sherik bo ‘ lish, uning qarashlariga
bardosh berish juda og ‘ ir bir damda uning xayolidan “E, falak, ne savdolar solasan
inson boshiga”, - deya nola chekishi, bu alamli hayqiriqlarning barchasi ko ‘ ngildan
o ‘ tganligini   his   qilish,   ong   osti   oqimining   bir   ko ‘ rinishi   bo ‘ lgan   monologda   o ‘ z
ifodasini   topganligidan   dalolat   beradi.   Inson   tafakkuridagi   evrilishlarning
barchasida   uning   ruhiy   istiroblari   yetakchilik   qiladi,   shuning   uchun   inson
ruhiyatidagi kechinmalar ong oqimini shakllanishiga asos bo ‘ ladi. 
Nozimning   vafoti   otaning   qanchalik   istrob   chekishi,   muallif   tomonidan
emas, do ‘ stining kechinmalri asosida talqinga tortiladi. Otaning bir lahzada qarib,
keksarib   qolishini   ham,   do ‘ stining   xayolida   kechadigan   voqealar   zamirida
talqinlarga   singdirib   yuboradi.   Otaning   qalb   istiroblari   zamirida   farzandiga
achinich,   uning   yoshligi,   o ‘ tgan   davrlaridagi   qarashlarining   barchasi   do ‘ sti
xayolidagi kechinmalarga singdiriladi.
”Ong   oqimi   mavjud   psixologik   hodisa,   u   zarurat   tug ‘ ilganda   ikki   asnoda
og ‘ zaki   va   yozma   nutq   shaklida   moddiylashadi   va   shu   yozma   shakli   badiiy   ong
oqimini tashlkil etadi. Badiiylashgan ong oqimi ma’lum badiiy zamonda yuz berib
turgan   jarayon   bo ‘ lishi   ham,   ya’ni   qahramonning   ma’lum   sinxron   kesimdagi   ong
oqimi, yoki xotiraviy bo ‘ lishi ham mumkin. Holbuki, ong oqimi ularning ayqash-
uyqash bo ‘ lishini ham inkor etrmaydi”. 61
Shuning   uchun   ham,   ong   oqimi   hozirda   yuz   berib   turgan   jarayon   hamda
xotiradan tashqari xayol, orzu, fantaziya, faraz singari ongga neki aloqador bo ‘ lsa,
barchasini   o ‘ z   ichiga   oladi.   Ong   oqimi   sifatida   ularning   hammasi   badiiy   matnga
60
  Yo‘ldoshev   A.   Shoirning     muhabbati.   Qarang:   Ishq   afsunlari.   Qissalar.–   Toshkent,   Yangi   asr   avlodi,
2019. 151-betlar.
61
 Jo‘rayev T. Ong oqimi modern. – Forg‘ona, Farg‘ona nashri, 2009. 68-bet.
55 singdiriladi, bu jarayonda esa, ular ichki nutq shakllari monolog va dialog shaklda
namoyon bo ‘ lib boradi.
Adabiyotshunos   No’monjon   Rahimjonov   yozganidek:   “San’atda   aks
ettirilgan   barcha   narsa   va   har   qanday   asar   ham   boqiylikka   ega   emas.   Asl   san’at
oddiy   va   kundalik   ashyolarga   shunday   ma’no   yuklay   oladiki,   natijada   o’sha
tasvirlanayotgan hayotiy mazmun tarixiy mohiyat kasb etadi. San’atning betakror
salohiyati ham shundaki, u ayni shu davrdagi odamlar ongi, shuurini, hayon nafasi
va jamiyat ehtiyojlarini tasvirlayotgan mazmunga singdirib yuboradi” 62
.
Haqiqatdan   ham,   san’at   asari   badiiy   adabiyot   insonni   turfa   xil   qirralarini
asrlar   davomida   kashf   etib   kelmoqda.   Insonning   o ‘ zi   o ‘ tkinchi   bo ‘ lsa-da,   uning
ma’naviy   olami   go ‘ zalliklar   yaratishga   intiladi,   ba’zan   esa,   yovuzlik   ustunlik
qiladi, chunki inson hayoti davomida o ‘ zi bilan   o ‘ zi kurashib yashaydi. Adabiyot
–so ‘ z san’ati. U inson  ruhining inkosi, insonni  tasvirlash, insonligini  ko ‘ rsatishga
xizmat qiladi. 
Inson   tafakkuridagi   kechinmalarning   zamirida   uning   hayoti,   faoliyati,
jamiyatdagi   o ‘ rni   o ‘ z   ifodasini   topib   boradi,   ammo   uning   qalb   kechinmalarini
badiiy   talqin   etish,   tafakkurdagi   evrilishlari   tasvir   jarayoniga   olib   chiqish,
ijodkordan   badiiy   mahoratni   talab   etadi.   Bu   esa   uning   ruhiy-ma’naviy   borlig ‘ ini
talqin   etish,   istiroblar   iskanjasidagi   insonni   anglanmagan   qirralarini   xotira,
monologga   singdirilishi   bilan   izohlanadi:   “Odam   bolasi   shu   qadar   aziz   va
mukarram,   ulug ‘ u   muhtaram   qilib   yaratilgan-ki,   o ‘ n   sakkiz   olamdagi   hatsiz-
hisobsiz   farishtalar   unga   muttasil   takbiru   tahsin,   olqishu   ofarin   aytadi.   Tasavvur
qilayapsizmi,   Olloh   taolo   hazrati   Odamni   naqadar   ulug ‘ vor   o ‘ zligiga   mos   va
muvofiq cheksiz qudratiga yarashadigan mo ‘ jizaviy xilqat qilib yaratgan”. 63
 
Darhaqiqat,   bu   tushunchalar   zamirida   hayot   haqiqati   yotadi,   chunki   Olloh
insonni   ongli   mavjudot   qilib   yaratdi.   Boshqa   mahluqotlarga   ravo   ko`rilmagan
cheksiz imkoniyat tafakkur baxti, fikrlash saodatini inom etgan. Shu bilan qatorda
insonga xotira iroda, idrok va yuksak insoniy tuyg`ular hadya qilgan. Unga odam
va olamni evish, do`stlik sadoqat, mehr, shavqat, insof, qadr-qimmat kabi his etish
62
 Rahimjonov M. Istiqlol va bugungi adabiyot. – Toshkent, “O’qituvchi”, 2012. 27-bet.
63
 Otauli. Ruhiy qadriyat. Mustaq illik davri adabiyoti. –Toshkent, 2006. 172-bet.
56 tuyg`ularini hadya etganki, buning o`ziyoq insonni  oliy hilqat ekanligidan dalolat
beradi.   Keyingi   davr   adabiyotiga   xos   bo`lgan   bunday   tushuncha   ramziylik
zamirida   turfa   xil   ma’nolarni   anglatmoqda.   “Bu   davr   adabiyotining   qahramonlari
o`ta   ma’naviyatli   va   o`ta   mulohazakor   shaxslar.   Olam   va   odam   haqida   keng   fikr
yuritadi,   hayot,   jamiyat   illatlaridan,   yangi   tom   ma’nodagi   marifatsizlikdan,
adolatsizlikdan,   nohaqlikdan,   yolg`onchilikdan   eng   muhimi   iymon   va
e`tiqodsizlikdan   qayg`urishadi,   iztirobga   tushushadi”. 64
  Bugungi   davr
adabiyotidagi har qanday qahramon iymon va e’tiqod haqida so`z yuritadi. Barcha
illatlarning   sababi   ham   e’tiqodsizlik   natijasi   deb   qaraladi.   Hayot   va   jamiyatning
tanazzuli odamlarning unga munosabatida namoyon bo`lmoqda.
Adabiyotshnos   O.   Sharafiddinov   ta’kidlaganidek:   “Insonning   ruhiy   olami,
inson   hayotining   mohiyati,   uning   izlanishlari,   birinchi   navbatda   o`zi   bilan,   nafsi
bilan olib borayotgan kurashi, shu kurashdagi qiyin g`alabalari, shu jumladan, o`zi
ustidan qozongan g`alabalari yashash san’atining sirlari ifodalanishi, tahlil qilinishi
kerak   va   shu   asnoda   chiqarilgan   va   kitobxon   o`zi   chiqarib   oladigan   xulosalar
uchun   buyuk   saboq,   ibrat   manbai   bo`lib   xizmat   etmog`i   kerak”. 65
  Qayd
qilinganidek,   bugungi   asar   qahramonlari   o`z   olami   bilan   qattiq   kurashadi.   Bu
kurashlar zamirida o`zligini anglashga intilish seziladi.
Keyingi davr adabiyotida insonni falsafiy mushohada yuritish an’anasi keng
shakllandi.   “Adabiyotimiz   sur’atdan   siyratga,   jamiyatdan   insonga,   tashqaridan
ichkariga   qaytayotgandek,   irmoqdan   dengizga   ulanayotgandek…   o’z   asarlarini
davrning ijtimoiy – siyosiy  muammolari  bilan bezashni  o’zlariga yeb ko’rmagan,
badiiy   adabiyotni   ramzlar   tili,   ezgulik   va   qaboxatning   mangu   jangohi,   inson
qalbidagi   cheksiz   istiroblar   chizgisi   ekanligini   his   etayotgan   ysh   iqtidor   egalari,
imkoni boricha, insonlarning botiniga, his tuyg’ulari to’lqiniga, orzu – armonlariga
diqqatni qaratayotgandek taasurot beradi”. 66
 
Istiqlol   yillarida   yaratilgan   turfa   xil   janrlardagi   asarlarda   badiiy   estetik
tushuncha   yetakchilik   qila   boshladi.   Bu   esa   badiiy   adabiyotni   shakli   va   mazmun
64
 Karimov H. Istiqlol davri adabiyoti. –Toshkent, “Yangi nashr” nashriyoti, 2010. 276-bet.
65
 Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. –Toshkent. “Sharq” 2004. 195-bet.
66
  Karim Bahodir. Mohiyatning namoyon bo’lishi. Mustaqillik davr adabiyoti. –Toshkent, 2006. 262-bet.
57 jihatdan   o’zgarishini   yuzaga   chiqardi.   Badiiy   tasvirlash   jarayonida   rang   –   barang
ramzlar,   majoziy   obrazlar,   biri   ikkinchisini   takrorlamaydigan   falsafiy   qarashlar
mohiyat kasb etmoqda.
3.2.   Konflikt   ifodasi   va   ijodkor   mahorati.   Badiiy   asar   tili   umumxalq   tili
taraqqiyoti   qonuniyatlariga   bo‘ysunishi   barobarida   jonli   tilga   ham,   kitob   va
matbuot   tiliga   ham   asoslanadi.   Adabiy   asarlarning   mazmunini   ro‘yobga
chiqaruvchi   vosita   bu   badiiy   asar   tilidir.   M.Gorkiy   ta’kidlaganidek:   “So‘z   barcha
faktlar, barcha fikrlar libosidir. Ammo har bir fakt zamirida ijtimoiy ma’no bor, har
bir   ma’no   zamirida   esa   bir   yoki   ikkinchi   fikr   nega   bunday-u,   nega   unday   emas,
degan   sabab   bor…   Klassiklar   yuz   yillar   davomida   asta-sekin   ishlangan   ana
shunday tilda yozganlar. Haqiqiy adabiy til shu!” 67
Darhaqiqat,   hayot   ziddiyatlaridan   iborat   ekan.   U   insonga,   o’sha   ruhiy
olamiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Adabiyotshunos Tilavoldi Jo’rayev o’zining “Ong
oqimi modern” nomli monografiyasida shunday yozadi: “jamiyat hamisha kurashib
keladigan   barcha   insoniy   illatlar   inson   ruhiy   dunyosining   o’ta   murakkab   va
serqirraligini   ko’rsatadi.   Insonning     tutuni   kechmishlari   barchasi   oxir   oqibatda
uning   ruhiy   dunyosiga   hayotiy     pozitsiyasiga   bog’liqdir”.   Inson   ruhiy   olamidagi
konflikt   romanda   mahorat   bilan   talqin   etilgan.   Shuning   uchun   ham   konflikt   asar
pesonajlarining syujetda badiiy ifodasini topadigan o’zaro to’qnashuv va kurashlari
qahramon bilan muhit orasida yoki uning ruhiyatida kechuvchi ziddiyatlar qarama-
qarshiliklar tarzida o’z ifodasini topgan. Asarda tasvirlangan har bir konfliktli holat
turlicha   hal   etilishi   bilan   bir   qatorda   voqealar   rivojini   yuzaga   chiqarishga   imkon
beradi.
Shuningdek,   badiiy   asarning   tasviriyligi   va   ta’sirdorligini   ta’minlashda
muallif   shaxsining   so‘z   boyligi   muhim   ahamiyatga   ega.   Agar   asarda   avtor   tili
jozibali   bo‘lsa,   shubhasiz   u   asarda   personajlarning   nutqi   ham   pala-partish   va
bachkana   bo‘lmaydi.   Boshqacha   aytganda,   muayyan   asarda   personajlar   nutqi
yaxshi bo‘lib, muallif nutqi g‘arib bo‘lmaydi. Chunki ,  badiiy asardagi barcha nutq
qatlamlari   yozuvchi   nazoratida   bo‘ladi.   Yozuvchi   til   orqali   doimo   odamlarning
67
  Горький М. Адабиёт ҳақида. – Т.:  Ўздаврнашр, 1962. – Б. 240
58 dilidagi  istak va intilishni, fikr  va  tuyg‘uni, amalga oshgan  yo oshmagan  niyatni,
harakatni   ko‘rsatishga   intiladi.   Badiiy   til   asardagi   obrazlar,   xarakterlar,   mavzu,
g‘oya,   syujet,   kompozitsiya   va   boshqa   komponentlar   tarkibiga   singib,   ajralmas
birbutunlikka   jipslashadi.   Jumladan ,   makon   va   zamon   kategoriyasini
aniqlashtirishda   ham   badiiy   til   muhim   vosita   hisoblanadi.   Chunki ,   muayyan   bir
makonning   o‘ziga   xos   tili,   shevasi,   lahjasi   va   hokazolari   mavjud.   Shuningdek,
zamon   nuqtai   nazaridan   X I X   asr   bilan   XX   asrni   qiyoslaganda   ham   umumxalq
tilida,   ham   badiiy   asar   tilida   juda   katta   tafovut   mavjud.   Romantizm,   realizm,
modernizm,   postmodernizm,   globallashuv   davri   tafakkur   tarzidagi   o‘zgarishlar
tabiiyki, badiiy asar tilini o‘rganishda makon va zamon kategoriyasiga ham alohida
e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatdi.
Yozuvchi   o’ziga   xos   uslubi   orqali   ramziy   vositalar   asosida   turfa   xil
ohanglarni   badiiy   asar   syujetiga   singdiradi.   “Endi   o’zbekning   adabiyoti   faqat
o’zbekninggina   tuyg’ularini   emas,   ayni   vaqtda,   jahondagi   o’zga   kishilarning
sezimlarini   ham   ifodalashi   va   milliy   adabiyotimiz,   tabiiy   ravishda,   dunyo
adabiyotiga   ham   aylanish   kerak.   Bu   hol   dunyo   adabiyotidagi   eng   yaxshi   jihatlar
o’zbek   adabiyotida   namoyon   bo’lgani   kabi   jahon   estetik   tafakkuri   rivojiga
o’zbekcha  oqimlar  ham kirib borishi zarurligini taqozo etadi”. 68
   Keyingi yillarda
yaratilayotgan har bir nasriy asar g’arb va sharq adabiyotidagi ko’plab an’analarni
o’zida   mujassamlashtirganligi   bilan   zamonaviy   o’zbek   romanchiligini   yuksak
darajaga ko’tarmoqda.
Personajlarning   nutqi   qissada   shakl   vazifasini   bajargan,   asosiy   mazmun
mohiyat   esa   xarakterlarning   botiniy   olamida   kechadi.   Syujetning   bu   tarzda   tartib
berilishi   uslub   va   kompozitsiya   qismining   o‘ziga   xos   qurilishini   taqozo   etgan.
Chunonchi,   muallif   asardagi   yagona   hikoyachi   emas.   Ma’lumki,   nutqni   ong
boshqaradi.   Ongosti   jarayonlarida   kechayotgan   tug‘yonlar   hamisha   nutqda
ifodasini topavermaydi. Kamdan kam hollar bundan mustasno. 
Agar   asarda   avtor   tili   jozibali   bo‘lsa,   shubhasiz   u   asarda   personajlarning
nutqi   ham   pala-partish   va   bachkana   bo‘lmaydi.   Boshqacha   aytganda,   muayyan
68
 Yo’ldoshev Q. Yoniq so’z. –Toshkent, 2006.  109 – bet.
59 asarda   personajlar   nutqi   yaxshi   bo‘lib,   muallif   nutqi   g‘arib   bo‘lmaydi.   Chunki
badiiy   asardagi   barcha   nutq   qatlamlari   yozuvchi   nazoratida   bo‘ladi.   Monologik
nutq   ko‘p   hollarda   hayotning   juda   muhim   masalalarini,   qahramonlarning
e’tiqodini,   ko‘ngil   asrorlarini   hamda   kuchli   kechinmalarini   hayajonli   ifodalash
uchun   ishlatiladi.   Shu   sababli   dialogik   nutq   ko‘pincha   monologik   nutqqa   aylanib
ketadi. 
Abduqayum   Yo‘ldoshevning   “Begona   shaharning   namozshomlari”
qissasida ham inson qismati, uning dardu istiroblari go‘zal satrlarda talqin etilishi
bilan   bir   qatorda,   insonni   o‘zligini   anglashga   intilayotganligini   kuzatamiz.   Adib
qissalarida   xarakterli   xususiyatlardan   biri   ham   hayotga   teran   nazar   solishga
intilayotgan   badiiy   xarakterlar   talqinini   “Sunbulaning   ilk   shanbasi”da   kuzatamiz.
Asardagi voqealar rivoji shundan dalolat beradiki, hayotning murakkablaklari biri
bilan   birgalikda,   insonni   tushunish,   uni   anglash,   his   etish   naqadar   murakkab
ekanligini asardagi obrazlar olami bilan asoslash mumkin. Qissadagi voqealar ikki
talaba   yigitning   bir   xonada   hayot   kechirishi,   ularning   turfa   olam   xarakterlarining
mavjudligi,   ammo   ular   ma’lum   bir   nuqtadagina   o‘zaro   birikishi,   ya’ni   fikrlari,
tushunchalarining ba’zan-ba’zan hamohang kelishi kabi talqinlar bilan boshlanadi.
Shunday bo‘lsa-da, inson xarakter xususiyatlari ham, qalb kechinmalari ham turfa
xilligiga   alohida   urg‘u   beradi.   Hikoyachi   nutqi   orqali   voqealar   rivojlanib   borar
ekan,   uning   zamirida   har   ikki   qahramonning   xarakter   qirralari   ochib   beriladi.
Buning   zamirida   ularning   butunlay   o‘zga-o‘zga   olam   ekanligini   his   eta
boshlaymiz.
Ijodkor   insonning   borlig‘ini   anglashga   harakat   etar   ekan,   uning   turfa   xil
xarakterlar   yaratishiga   ham   o‘ziga   xos   badiiy   mahorati   sabab   bo‘ladi.   Yuqorida
qayd qilingan tasvirlarga nazar tashlar ekanmiz, albatta, bu tushunchaning zamirida
ham   haqiqat   mujassamlashganligini   ko‘ramiz.   Axir,   “bir   kam   dunyo”   bo‘lgani
kabi, insonning ham turfa xil kechinmalari mavjud, ba’zan uning ma’lum qirrasini
anglaymiz,   ba’zan   esa,   umuman,   anglay   olmaymiz.   Shuning   uchun   ham   insonni
murakkab   xilqat   ekanligi   qayta-qayta   ta’kidlanishi   ham   bejiz   emasligini   his   eta
boshlaymiz.   Asar   qahramoning   o‘z   qarashlari,   tushunchalari   mavjud   bo‘lib,
60 hamxonasining   yoki   kelgan   qiziquvchan   ijodkorning   qarashlari,   uning   ruhiyatiga
sezilarli ta’sir qiladi. Shuning uchun ham, uning qalb istiroblarini faqat hamxonasi
ilg‘ay   olishi   mumkin.   Insonning   botinidagi   ziddiyatlar,   uning   qalbiga   ozor   bera
boshlaydi,   shunday   holda   o‘z   jahlini   bosish   uchun,   nafratni   ham   botiniga
singdirishga   harakat   qiladi:   “Alhol   kutilgan   shanba   yaqinlashib   qolar,   men   buni
hamxonamning hamma narsani butkul unutib, o‘zini tamoman jununlik ixtiyoriga
tashlaganidan   taxminlardim.   Hamxonam   orziqib   kutulgan   kun   arafasida   mening
gaplarimni   eshitmay   qolar,   eshitsa-da,   anglamas,   biron   ishga   qo‘l   urolmas,   qo‘l
urgan   taqdirda   ham   boshlashga   boshlar-u,   shu   zahoti   tashlab   qo‘yar,   besaranjom
ahvolda   xonaga   kirib   chiqaverar,   go‘yoki   bosib   kelayotgan   tutqonoqning
belgilarini   oldindan   sezayotgan   bemor   yanglig‘,   juda   bezovta,   shu   bilan   birga
nedandir hayiqqan, cho‘chigan, bir nimaga hoh ishonib, goh ishonmay qolayotgan
odam   singari   garangsib   yurardi”.   Talqinlarga   nazar   tashlar   ekanmiz,   insoniy
qiyofalar,   ammo   uning   ruhiyatidagi   o‘zgarishning   o‘ziga   xos   sabablari
mavjudligini kitobxon voqealar rivojidangina anglab oladi. 
Ko‘rinayabdiki,   janr   tarkibidagi   takomillashuv,   inson   kechinmalari   va   o‘y-
fikrlarini   mahorat   bilan   yuzaga   chiqarish   an/anasi   namoyon   bovlmoqda.   Shu
jihatdan,   adib   qissalarida   hayotiy   hodisalar   talqini   kengayishi   bilan   bir   qatorda,
badiiy   konfliktning   chuqurlashuvi,   shaxs   botinidagi   ziddiyatlarga   e’tibor
qaratilishi,   qahramonning   jamiyat   bilan   o‘zaro   munosabatiga   qiziqishning   ortishi,
ma’naviy-ruhiy   tahlilga   bo‘lgan   moyillikning   sezilari   darajada   etakchilik
qilayotganligini   ham   alohida   ta’kidlash   lozim.   Muallif   o‘z   qahramonining   oddiy
inson   ekanligini,   qalbida   qandaydir   dardning   borligini   bo‘rttirib   ko‘rsatar   ekan,
voqealar rivojigina uning, ruhiyati haqida tushuncha beradi.
Tahlillar natijasi shuni ko‘rsatadiki, ijodkor badiiy obraz yaratar ekan, o‘ziga
xos uslubda uning turfa olam qirralarini badiiy talqin etadi. Bunday qarashlarning
ilgari surilishiga asosiy sabab ham, roviy nutqining o‘ziga xosligi bilan izohlanadi.
Agar   asar   qahramonlariga   nazar   tashlasak,   alohida   ajralib   turuvchi   xarakter   egasi
emas, faqat o‘ziga xos xislatlar egasi ekanligini, uning ruhiy istiroblari sabab ham,
shu holatga tushushini anglay boshlaymiz. 
61 Badiiy adabiyotning xarakterli jihati insonni anglash, anglatishdan iboratdir.
“San’atda  ham   tajriba   –  xuddi  ilm  fandagidek  juda  zarur   narsa  u  oldinga  harakat
qilishga yordam beradi va ba’zan yaxshi samaralar keltiradi. Ammo ayon ko’rinib
turgan   bitta   narsani   esdan   chiqarish   yaramaydi:   yozuvchidan   mavzuning   o’zi
tajriba   qilishni   qat’iy   talab   etgan   taqdirdagina   umurboqiy   asar   yaratishi   mumkin.
Adabiyot   –   qimmatbaho   toshlardan   tarkib   topgan   marjon   shodasiga   o’xshagan
narsa,   bu   toshlarning   hech   qaysisi   bir   –   biriga   o’xshamaydi”. 69
  Biz   shunday
shiddatli   asrda   yashayapmizki,   barcha   sohada   bo’lgani   kabi   adabiyot   maydonida
ham   o’ziga   xos   tajribalar   kuzatilmoqda.   Ularning   qay   biri   shiddatli   davr
to’fonlariga bardosh bera oladi, qay biri yashovchanligini  ko’rsata oladi buni oliy
vaqt hakami hal qiladi.
Bob bo ‘ yicha xulosalar:
Adib   qissalarida   ong   osti   sizimlarining   badiiy   talqini   orqali,   inson
tafakkuridagi   evrilishlarni,   uning   o ‘ ziga   xos   jihatlarini   badiiy   talqin   etish   asosida
uning   ruhiy   dunyosini   yoritishga,   davr   va   inson   konsepsiyasining   turfa   xil
xususiyatlari,   sharoit   mantig ‘ i   zamirida   badiiy  talqin  etgan.   Ong   osti   sizimlari   va
uning   turli   shakllarini   ruhiy   kechinmalar,   tafakkurdagi   evrilishlarga   bog ‘ laydiki,
busa adib mahoratining yoritishga imkon berganligi yoritildi.
Talqinlar asosida badiiy konfliktning ifasini juda orinli ko ‘ rsatganligi, bu esa
sizu bizga zamondosh bo ‘ lgan inson taqdiri, qismatini yorishga zamin bo ‘ lganligi
nazariy qarashlar bilan asoslandi.
Adib   qissalarida   badiiy   qahramonlarning   muhit   va   sharoit,   inson   va   muhit
tushunchalari   asnosida   badiiy   talqin   etish   sabablari   tahlilga   tortildi   va
umumnazariy   tushunchalarni   yuzaga   chiqarish   imkonini   berganligi   ko ‘ rsatib
berildi.
Adib   qissalarining   badiiy   funksiyasi   zamirida   insonni   anglash,   uning   turfa
xil   xarakter   qirralarini   yoritishga   asos   bo ‘ lganligi   isbotlandi.   Badiiy   konfliktning
turli   ko ‘ rinishlari   asar   voqealarining   rivojiga,   inson   konsepsiyasining   asosli
ifodalanishga zamin bo ‘ lganligi isbotlandi.
69
   Голсуорси   Ж .  Адабиёт   ва   ҳаёт  //  Жаҳон   адиблари   адабиёти   ҳақида .-  Тошкент :  Маънавият , 2010. 
72-73-  бетлар . 
62 XULOSA
Iste’dodli adib Abduqayum Yo ‘ldoshevning badiiy barkamol qissalarida davr
va   inson,   inson   va   shxsiyat   tushunchalarining   omuxta   tarzda   badiiy   talqin   etilish
janr taraqqiyotining bugungi kundagi rivojidan dala l olat beradi. Adib izlanishlarida
asosan   muhabbat   mavzusi   tanlangan   bo‘lsa-da,   bu   jarayonda   inson   qismatining
turli   rakurslardagi   badiiy   talqini   inson   konsepsiyasi   uchun   asos   bo‘lganligi   tahlil
qilindi.   Tadqiqotimiz   ob’ekti   bo‘lgan   nasrida   davr   va   inson   konsepsiyasi
masalalarini aniqlashtirish maqsadida olib borgan kuzatishlarimiz va tadqiqotimiz
natijalarini   quyidagicha   umumlashtirishni,   nazriy   qarashlarning   ifodasi   asosida
tahliliy yondoshuvni yuzga chiqarish imkonini berdi.
1.   Abduqayum   Yo‘ldoshev   yaratgan   xarakterlarni   tushinish   uchun   uning
birgina asarini o‘qib chiqish kifoya qilmaydi, chunki, bir asarida yaratgan xarakter
boshqa bir asarida yaratilgan xarakterning mantiqiy izchilligini  kuzatish  imkonini
berdi. 
2. Davr va inson konsepsiyasini  belgilashda adib qissalarining mavzu rang-
barangligi,   uning   zamiridagi   inson   ruhiy-ma’naviy   olamining   badiiy   talqinlariga
ijodiy yondoshish imkonini berganligi isbotlandi.
63 3. Obraz insonning muayyan darajadagi tasviri bo‘lib, u hayotdagi odamning
shunchaki   nusxasi   emas,   balki   yozuvchining   ma’lum   davr   va   sharoitda   inson
haqidagi   tasavvurining  badiiy  aksi   ekanligi   ko ‘ rsatib  berildi .  Unda  ma’lum   davr
va   muhit   kishisining   eng   muhim   va   xarakterli   xususiyatlari   jamlanganligi
isbotlandi..
4. Abduqayum Yo‘ldoshev qissalarida inson konsepsiyasining tag zaminida
shaxs,   jamiyat   va   ma’naviyat   tushunchalari   yetakchilik   qilishi   qator   qissalari
misolida tahlil etildi.
  5.Yozuvchining aksariyat badiiy asarlarida insonni anglash, uning turfa xil
badiiy   olamini   talqin   etish   jarayoni   etakchilik   qiladi.   Inson   ruhiyatidagi
o‘zgarishlar,   evrilishlar   tarixiy   taraqqiyotning   keskin   burulish,   bir   tizimdan
boshqa   tizimga   o‘tish   jarayonidagi   kechinmalarini   yuzaga   chiqarish   imkonini
berganligi   isbotlandi.   Bayon   etilgan   voqea,   hodisa,   fakt,   nuqtai   nazar   kabilar
saralanib,   sayqallanib,   turlicha   ijodiy   kombinatsiyalarga     uchrab   badiiy   shaklga
kiradiki, bu yuqorida eslaganimizdek yozuvchining badiiy mahorati bilan bog‘iq
ijodiy jarayon mahsulidir.
6.   Ma’lumki,   nutqni   ong   boshqaradi.   Ongosti   jarayonlarida   kechayotgan
tug‘yonlar   hamisha   nutqda   ifodasini   topavermaydi.   Kamdan   kam   hollar   bundan
mustasno.   Adib   nasri   xususida   turli   bahs-munozaralar   bo‘layotganligining   sababi
shundaki,   yozuvchi   yaratayotgan   qahramonlarning   nutqida   ongosti   qatlamlarida
kechayotgan   o‘y-mulohazalar   tez-tez   namoyon   bo‘lib   turishi,   odam   va   olamni
anglashdagi izchilliklari mahorat bilan yoritilganligini sababi ekanligi asoslandi.
7.   Adib   qahramonlari   o‘ylab   topilgan   yoki   muallifning   imlosiga   mahtal
qo‘lbola   robotlar   emas,   balki   kechagi,   bugungi   kunimizning   odamlari.  Ular   jonli,
tirik   organizmlar   bo‘lish   barobarida   ba’zan   ongning,   ba’zan   savqi   tabiiyning
doiralari   bo‘ylab   harakat   qilayotgan,   o‘y-orzulari,   hayotiy   maqsadlari   yo‘lida
o‘zligini  topib, ba’zan yo‘qotayotgan, gohida o‘zligidan  ham, dunyodan ham  voz
kechish arafasida yashayotgan kishilar, taqdir egalari ekanligi ko‘rsatib berildi.
8.   Zamon   o‘zgarishlarini   kuzatish,   undagi   jarayonlar   qonuniyatiga   nazar
solish   yozuvchi   uchun   qahramonlar   xarakterini   mukammalroq   ochishga
64 yo‘naltirilgan   vositadir.   Zamon   o‘zgaradi,   qahramonlarning   nutqi,   yurish-turishi
ham shunga muvofiqlashadi, ammo bu qahramonlarning asl qiyofasi, ruhiy-botiniy
olami, xarakterining tub mohiyati o‘zgarishsiz qolaveradi.
9. Adib qissalaridagi  yangi  inson konsepsiyasi  80-yillarning oxiri, 90-yillar
boshida   jamiyatdagi   turli   ijtimoiy   muammolarning   yuzaga   qalqib   chiqishi,
badiiyatda   esa   turfa   xil   xarakterlarning   namoyon   bo ‘ lishiga   asos   bo’llganligi
ko ‘ rsatildi,   shu   jarayonda   inson   tafakkuridagi   ziddiyatlarning   yuzaga   chiqarish
imkonini berganligi ham tahlilga tortildi.
Davrlar   o ‘ zgaradi,   inson   tafakkuridagi   evrilishlar   asta-sekin   bo ‘ lsa-da   bo ‘ y
ko ‘ rsatadi,   ammo   uning   qalb   kechinmalari,   ularning   insoniy   fazilatlari,   barcha
davrlar   uchun   hamohang   tarzda   yashishiga   jiddiy   e’tibor   qaratildi.   Yozuvchi
qissalarida   umuminsoniy   qadriyatlar,   o ‘ z-o ‘ zini   tahlil   qilishi,   hayotiy   amollar
uchun   kurashishish   tamoyillari   kuchayib   borganligi,   bu   esa   o ‘ zlikni   anglashga
bo ‘ lgan intilishlar samarasi ekanligi yoqrin misollarda tahlil qilindi.
Hayotning   o ‘ tkichi,   inson   umrining   lahzalik   ekanligini   his   eta   boshlagan
inson,   ruhiy-ma’naviy   olamidagi   o ‘ zgarishlarni,   o ‘ z   hayotini   bir   lahza   bo ‘ lsa-da,
tahlil   qilish   imkonini   berganligini   ham   yuzaga   chiqara   olganligi   asoslandi.   Bu
tuahunchalarning   barchasi   ijodkorning   badiiy   mahoratidan   dalolat   ekanligi
isbotlandi.
65 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1.   Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш авкат   Мирзиёевнинг
« Адабиёт   ва   санъат,   маданиятни   ривожлантириш   –   халқимиз   маънавий
оламини   юксалтиришнинг   мустаҳкам   пойдеворидир »   мавзусида   Ўзбекистон
ижодкор   зиёлилари   вакиллари   билан   учрашувдаги   маърузаси   //   Халқ   сўзи.
2017 йил, 4 август.
2. Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
2.   Бобоев   Т.   Адабиётшунослик   асослари.   –Тошкент,   Ўзбекистон,
2002.   560 б.  
3.  Жўраев Т. Онг оқими модерн. – Фарғона :  Фарғона нашриёти, 2009.
–  204 .  
4.   Йўлдошев   Қ.   Ёниқ   сўз.   Адабий   йўллар.   –   Тошкент,   Янги   аср
авлоди, 2006. – 548 б.
5.   Карвонли Ҳ. Илғаб  бораётир  мени фасллар.   – Тошкент,   Янги нашр,
2010.  112 бет.
6. Каримов Ҳ. Истиқлол даври адабиёти. –Т.:  Yangi nashr , 20 10 . – 3 64  б.
66 7. Қурбон Ш. Тоҳир Малик сабоқлари: Адиб шахсияти ҳақида ўйлар. – 
Тошкент:  DAVR PRESS, 2008.  – 17 2  б.
8.   Қуронов   Д.   Адабий   жараёнда   «Мом   синдроми».   –Т.:   Akademnashr ,
2010.  – 75 б.
9.   Назаров Б. Бу сеҳрли дунё. – Т.:   Ғафур Ғулом номидаги   Адабиёт ва
санъат, 1980. 
10.  Норматов У. Умидбахш тамойиллар. –Т.: Маънавият, 2000.  –   112  б.
11.  Норматов У.  Ижод сеҳри . –Т.:  Шарқ , 200 7 . –  352  б.
12.  Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. –Т.: Шарқ, 2007. – 336 б.
13.  Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. –Т.: 2004.  –  128  б.
14. Содиқ С. Ижоднинг ўттиз лаҳзаси. –Т.: Шарқ, 2005. – 320 б.
15.   Султон И. Адабиёт назарияси. – Т.: Ўқитувчи, 1986. – 408 б.
16.  Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. –Т.: Шарқ, 2002.  –  25 6 б.
17.   Умуров Ҳ. Адабиётшунослик назарияси. –Т.: А.Қодирий номидаги
халқ нашриёти , 2004.– 256 б.
18.   Худойбердиев   Э.   Адабиётшуносликка   кириш:   Олий   ўқув   юртлари
талабалари учун дарслик.-  Т.: Шарқ, 2008. - 368  б .
19.   Шарафиддинов   О. Ижодни англаш бахти. –Т.: Шарқ, 2004.640 б.
20.  Шарафиддинов О. Ҳаёт билан ҳамнафас. – Т.: Ёш гвардия, 1983.
21.   Mo‘minov B. Bir qissa tahlili xususida // S h arq yulduzi. – 2005. - № 2-3.
– B.187-190.
22.   Mahmudov   N.   Ziddiyat   va   juft   so‘zlar   (Erkin   A’zam   va   boshqa
yozuvchilar asarlari misolida) // O‘zbek tili va adabiyoti. – 2014. - №5. – B. 3-8.
23.   Normatov U. Kichik mo‘‘jizalar // O‘zAS. – 1982 yil 14 may.
24.   Normatov U. Harakatdagi realizm // O‘zAS. – 1983 yil 22 iyul.
25.   Nazarov   B.   Adabiy   ta’sir   va   tipologik   yaqinlikni   o‘rganishning   ayrim
metodologik  masalalari  doir   /  O‘zbek  adabiyoti.   Ta’sir   va  tipologiya  (Respublika
ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari). – T.:  Muharrir, 2013.  – B.  6-16 .
26.   Otaev R. Dilrabo qo‘shiqlar aytilaversin // S h arq yulduzi. – 1984. №2. –
B. 162-163.
67 27.   Otaev   R.   Qissada   inson   qismati   /   Katta   yo‘l   boshida   (adabiy-tanqidiy
maqolalar). – T.: Yosh gvardiya, 1987. – B. 57-68.
28.   Rasulov A. Tug‘donavor matn // O‘zAS. – 2010 yil 6 avgust.
29.   Rasulov A. S h ovqinot bandalari // O‘zAS. – 2012 yil 6 yanvar.
30.   Rajabova F. Adabiy qahramon yangicha talqinda // Ilm sarchashmalari.
Urganch. – 2010. - №4. – B. 92-94.
31.  Rajabova   F.   Achchiq   qismatli   shaxs   fojeasi   //   Sharq  yulduzi.   –  2016.   -
№2. – B. 130-133.
32.   Solijonov Y. Tushunishning o‘zi baxt // O‘zAS. – 2004 yil 26 yanvar .
33.   Sattorova G. Ruhiyat suvratlari talqini // Ishonch. 2009 yil 28 may.
34.   To‘laganova   S.   Yаngilanayotgan   qahramon   talqini   //   O‘zbek   tili   va
adabiyoti. – 2012. - №4. – B. 95-99.
35.   To‘laganova S. “Quroq”ning ko‘zi // Y o shlik. – 2014. №12. – B. 34-37.
36.   Ulug‘ov   A.   Qissachiligimiz   qirralari.   Monografiya.   –   T.:   O‘qituvchi,
1991. – 136 b.
37.   Xudoyberganov   N.   Zamonaviylik   va   mahorat   (davra   gurungi)   //   Sharq
yulduzi. – 1985. - №6. – B. 161-163.
38. Xolmurodov A. Yangi  qahramonlar talqini // O‘zbek tili va adabiyoti –
2001. - №1. – B. 55-57.
39.   Qo‘chqorova   M.   Badiiy   so‘z   va   ruhiyat   manzaralari.   –   T.:   Muharrir,
2011. – 232 b.
40.   Qarshiboy M. Inson mo‘jiza izlab yashaydi.  – T.: O’zbekiston, 2014. –
352 b.
41.   Баҳодир   Карим.   Руҳият   алифбоси.   Адабий-илмий   мақолалар.   –
Тошкент, Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи,  2016. – 364 б.
42.   Расулова   У.   ХХ   аср   ўзбек   қиссачилиги.   Поэтик   изланишлар   ва
тараққиёт   тамойиллари.   Монография.   –   Тошкент,   “Қамар   медиа”   нашриёти,
2020. – 320 б.
43.   Жўраев   Т.  Онг   оқими  модерн.  Монография.   –  Фарғона,  “Фарғона”
нашриёти, 2009. – 204 б.
68 44.   Йўлдошев   А.   Ишқ   афсунлари.   Қиссалар.   –   Тошкент,   “Янги   аср
авлоди” нашриёти, 2019. – 320 б. 
45.   Йўлдошев   А.   Қайдасан   мўъжиза.   Қисса   ва   ҳикоялар.   –   Тошкент,
Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи,  2019. – 352 б.
69

ABDUQAYUM YO‘LDOSHEV QISSALARIDA SHAXS KONSEPSIYASI MUNDARIJA: KIRISH...................................................................................................................3 I BOB . BADIIY ADABIYOTDA SHAXS KONSEPSIYASI TALQINI………..12 1.1.Abduqayum Yo‘ldoshev qissalarida davr ruhi va xarakter talqini....................12 1.2. Y o zuvchi nuqtai nazari va qahramon tabiati.............................. .... .. . .............. .. 30 II. BOB. XARAKTERLAR IFODASI VA RUHIYAT TASVIRI… …. …………47 2.1. Adib qissalarida badiiy xarakterlar talqini.................................... ........ ..........47 2.2. Xarakter va ijtimoiy muhit talqini.............................................. ... ...................59 III. BOB. ADIB QISSALARIDA BADIIY KONFLIKT.………… . …………….74 3.1. Yozuvchi qissalarida ong va ongosti munosabati…..……… … ……………..74 3.2. Konflikt ifodasi va ijodkor mahorati.......................... ……… .. ………………87 XULOSA................................................................................ . ..............................115 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI..........................................119 1

KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Istiqlol yillarida mamlakatimizda badiiy adabiyotni ijodiy individual uslub nuqtai nazaridan tadqiq etish borasida jiddiy yutuqlarga erishildi. Davr va inson konseptini badiiy obraz yaratish mahorati bilan uzviy aloqada tadqiq etish adabiyotshunoslik oldida turgan dolzarb vazifalardan sanaladi. Hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligida badiiy asarni tahlil qilish, ijokorning poetik mahoratini yoritishda jahon adabiyotshunosligining turli tadqiqot metodlari asosida yondashuv sezilmoqda. Zero, «... adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor – bu avvalo xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, buyuk shoirimiz Cho‘lpon aytganidek, adabiyot, madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo‘q» 1 . Shubhasiz, milliy adabiyotimizning jahonga yuz tutishi badiiy tafakkur rivojida, yosh avlod kamolotida, badiiy barkamollik va etukligini ta’minlashda badiiy asar tahlili muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda, qissalar poetikasi muammolari negizida o‘zbek qissachiligi rivoji va poetik talqin ifodasining boyishiga sezilarli ulush qo‘shgan ijodkor – Shoyim Bo‘taevning badiiy asar poetik strukturasi va individualligini tizimli asosda tadqiq etish, davr va shaxs konsepsiyasining ifodasi bo‘yicha muayyan nazariy umumlashmalar chiqarish dissertatsion tadqiqot mavzusining zaruratini belgilaydi. Jahon adabiyotshunosligi ilmida badiiy nasr, ayniqsa zamonaviy milliy roman yaratish nazariyasi, badiy xronotop ifodasidagi kompozitsion yaxlitlik, janr kompozitsiyasi va syujet mutanosibligi, obrazlar mohiyatini belgilash, ularni tasniflash va tizimlashtirish, yozuvchi poetik individualligi, badiiy mahoratini aniqlash, ijodkor estetik ideali va real voqelikni kompozitsiyaga aylantirish jarayonlarini baholash muhim masalalar sirasiga kiradi. Har qanday milliy 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш авкат Мирзиёевнинг « Адабиёт ва санъат, маданиятни ривожлантириш – халқимиз маънавий оламини юксалтиришнинг мустаҳкам пойдеворидир » мавзусида Ўзбекистон ижодкор зиёлилари вакиллари билан учрашувдаги маърузаси // Халқ сўзи. 2017 йил, 4 август. 2

adabiyot jahon xalqlari badiiy tafakkuri bilan o‘zaro ta’sir, adabiy aloqalar yordamida rivojlanishi, dunyo yagona adabiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy maydonga aylangan globallashuv sharoitida bu jarayonlar o‘zbek adabiyotshunosligi uchun ham bevosita dahldor ekani oydinlashadi. Mustaqillik yillarida o‘zbek adabiyotshunosligida azaldan mavjud ilmiy an’analar bilan bir qatorda, dunyo adabiyotshunosligidagi yangicha uslub yondashuvlarni ijodiy o‘zlashtirish va tadqiqotlarda faol qo‘llash tamoyili shakllandi. Chunki, badiiy adabiyot, xususan, milliy qissalarda ikki qutbli dunyo haqidagi qarashlar yangilandi. Zamonaviy qissalarda kompozitsiyaning vazifasi va prinsiplari, poetik uslub, ijod psixologiyasi, adibning individual ijodiy dunyoqarashi va ijodiy jarayon, janriy kompozitsion yaxlitlik sintezlashuvi, an’ana, adabiy aloqalar, ijodiy individuallik, badiiy asar hayoti va ijtimoiy mavjudligini belgilash yo‘sinlari kabi muammolarning xolis yechimiga daxldor nazariy umumlashmalar chiqarish ustuvorlik qilmoqda. Zamonaviy o‘zbek qissachiligida ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlari, roman janrida badiiy uslub, syujet va kompozitsion yaxlitlikning sintezlashuv jarayonini xalqimizga ajoyib romanlar taqdim etayotgan yozuvchilar ijodi misolida tadqiq etish adabiy jarayonda kechayotgan uslubiy, janriy va kompozitsion yangilanishlar, badiiy ijod jarayoni, konkret ijodkor va adabiy jarayon bilan bog‘liq kategoriya ekanini tasdiqlashga xizmat qiladi. Shuningdek, kompozitsiyaning shakl komponentlari badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirishga qaratilgan amal, shu vazifani amalga oshirish prinsiplari ekanini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Abduqayum Yo‘ldoshev ijodi keyingi yillarda adabiyotshunoslar, tanqidchilar va tilshunoslar tomonidan keng o‘rganilayotgani adib ijodining o‘zbek adabiyotida alohida mavqega ega ekanligidan darak beradi. Adib ilk ijod namunalari bilanoq ilmiy va adabiy jamoatchilik e’tiboriga tushdi. Uning ilk ijodiga U.Normatov, Q.Yo‘ldoshev, H.Karimov, B.Karim, R.Otaevlar 2 munosabat bildirganlar. Adib ijodiga e’tibor va 2 Норматов У. Кичик мўъжизалар // ЎзАС, 1982 йил, 14 май; Q.Yo’ldoshev. Yonoq so’z. – Toshkent, 2006.. 196- 202-betlar; Karimov H. Kechagi o‘zbek nasrida hayot haqiqati va inson konsepsiyasi. Monografiya. –Toshkent, 3

qiziqish, ayniqsa, mustaqillik yillarida tobora ortib bordi. Xususan, adib ijodi haqidagi A.Rasulov, S.To‘laganova, M.Qo‘chqorova U.Rasulovalarning tadqiqotlarini alohida tilga olib o‘tish lozim 3 . Abduqayum Yo‘ldoshev nasrining rang-barangligi, qahramon xarakteri, badiiy-estetik tabiati, obrazlar tili va maishiy hayot tasviri, qahramon va davr konsepsiyasi masalalari, biografik metod tamoyillari, jahon adabiyoti namunalari bilan qiyosiy-tipologik, umumiylik va o‘ziga xoslik kabilar bilan bog‘liq bir qator masalalarning umumlashtirilgan holda maxsus tadqiq etilmaganligi ushbu mavzuni monografik planda o‘rganishni taqozo etadi. Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy- tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Kafedraning “Adabiy tur va janrlar poetikasi” mavzusi doirasida bajarilganligi asoslanadi. Tadqiqotning maqsadi. Abduqayum Yo‘ldoshev badiiy olami, asarlarining badiiy-estetik tabiati, qahramon va davr konsepsiyasi masalalari, xususan, qahramonlar vositasida adib ko‘tarib chiqqan muhit va xarakter, sharoit va shaxs, davr va inson konsepsiyasini o‘rganish, unga ilmiy-nazariy baho berish va badiiy o‘ziga xosligini asoslashdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: - xarakter qiyofasida yozuvchi nuqtai nazari va dunyoqarashining ta’sirini tayin etish; - qahramonlar ruhiyatini tasvirlashda yozuvchining badiiy, tafakkur imkoniyatlaridan foydalanish mahoratini ochib berish; - nasr taraqqiyotida adib ijodining o‘rni; - shaxs konsepsiyasining qo‘yilish sabablari asoslanadi; - nasriy asarlarda ijtimoiy muhitning badiiy xarakterga ta’siri; - badiiy konflikt va ruhiyat talqini; 2018. 272-305-betlar; Отаев Р. Дилрабо қўшиқлар айтилаверсин // Шарқ юлдузи, 1984 йил № 2. – Б.162-163; Болтабоев Ҳ. Ўз сўзини излаб // ЎзАС, 1982 йил, 20 август; Karim Bahodir. Badiiy talqin jozibasi. Qarang: Ruhiyat alifbosi. Adabiy-ilmiy maqolalar. – Toshkent, 2016. 6-30-betlar. 3 Расулов А. Жасур қалам соҳиби // Шарқ юлдузи. – 2010. - №5. – Б. 68-75; Тўлаганова С. Янгиланаётган қаҳрамон талқини // Ўзбек тили ва адабиёти, 2012 йил, 4-сон. – Б. 95-99; Қўчқорова М. Янгиланган реализм: киноя, байтбарак, прототип масаласига доир / Ўзбек адабиётшунослигининг долзарб муаммолари. – Тошкент: Фан, 2018. – Б. 174-183; U.Rasulova XX asr o‘zbek qissachiligi. – Toshkent, 2020.320 bet. 4

- asardagi obrazlar olamining badiiy talqini, uning yaratish yo‘llari, badiiy mahoratning bu jarayondagi o‘rni kabi masalalarga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot ob ‘ ekti: Abduqayum Yo‘ldoshevning “Sunbulaning ilk shanbasi”, “Yulduzning shafqatsiz to‘lovi”, “Shoirning muhabbati”, “Ishq sadolari va gadolari”, “Begona shaharning namozshomlari” kabi qissalari ob‘ekt sifatida tanlangan. Tadqiqotning usullari. Tadqiqot mavzusini yoritishda qiyosiy-tarixiy, madaniy-tarixiy, qiyosiy-tipologik, biografik, psixologik, psixoanalitik, struktural tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: - badiiy adabiyotda shaxs konsepsiyasining ifodasi; - badiiy qahramon yaratish jarayonida yozuvchi mahorati; - muhit va xarakter talqini va uzviy birligi; - xarakterlararo ziddiyat va badiiy konflikt masalasi tahlil qilinadi; - badiiy asar matnida ruhiyat talqini masalasi, psixologik vositalar haqida so‘z yuritiladi va nazariy xulosalar chiqariladi. Disssertatsiyaning amaliy natijalari quyidagilardan iborat : - mavzuning yoritilishi va undan kelib chiqadigan vazifalar tahlilga tortiladi, amaliy ahamiyati ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijalarining ishonchligi. Tadqiqot davomida jahon va o‘zbek adabiyotshunosligidagi adabiy-tanqidiy qarashlarga tayaniladi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. D issertatsiyasining ilmiy-amaliy ahamiyati asosli ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan natijalarning ahamiyati asoslanadi. Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mavzuning yoritilishi davomida bir qator konferensyalarda, ilmiy s e m i narlarda mavzu tahlil qilib boriladi. Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Mavzu yuzasidan respublika va xorijiy vaqtli matbuotida maqolalar chop etiladi. 5