QO‘CHQOR NORQOBIL QISSALARIDA RUHIYAT TALQINI
QO‘CHQOR NORQOBIL QISSALARIDA RUHIYAT TALQINI MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………. 3 I BOB. ADIB QISSALARIDA BADIIY XARAKTER VA KONFLIKT TASVIRI ………………………………………………………………….. 9 1-fasl. Xarakter talqini va obrazlar olami………………………………… 9 2-fasl. Adib qissalarida badiiy konflikt ifodasi…………………………… 17 II BOB. YOZUVCHI QISSALARIDA RUHIY IZTIROBLAR TALQINI.………………… ……………………………………………… 33 1-fasl. Ruhiyat talqinida psixologik vositalar………………..…………… 33 2-fasl. Ruhiyat va xarakter birligi………………………….……………….. 39 III BOB. ADIB QISSALARIDA SHAXS FOJIASI VA IJTIMOIY MUHIT. ……..…………… ………………………………………………… 47 1-fasl. Ijtimoiy muhit va badiiy xarakter uzviyligi………………………… 47 2-fasl. Shaxs fojiasi va badiiylik…………………………………………… 57 XULOSA…………………………………………………………………… 65 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………… 69 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bugungi o‘zbek adabiyotida turli xil mavzu va yo‘nalishlardagi asarlar yaratilmoqda. Shu bois ularni tadqiq etish, tahlil qilish borasidagi ishlar ham qizg‘in davom eta boshladi. Bugungi kun adabiyoti deganda, eng avvalo, ham milliy urf-odat, an’analarimiz talabidagi va jahon adabiyoti mezonlariga ham javob bera oladigan asarlarni tushunamiz. Keyingi yillarda bir qator asarlar yaratildiki, yuqorida aytganimiz kabi, ularda ham milliy o‘zligimiz aks etganligini, ham jahon talablariga-da mos kelishini ko‘rishimiz mumkin. Shunday ekan hozirgi kunda bu kabi badiiy adabiyot namunalari bizdan alohida tahlil va tadqiqni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek: “Ayni shu nuqtaiy nazardan qaraganda, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘p qirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar chiqish, elgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga ega”ki 1 , adabiyotshunoslikning barcha yo‘nalishlarida badiiy obraz yaratish, janrlar taraqqiyoti haqidagi mulohazalar o‘z ifodasini topmoqda. Istiqlol arafasi va undan keyingi davr adabiyotida bu xususiyat yanada kuchayganligini qissa janri namunalari misolida ham ko‘rish mumkin. Keyingi davrlar o‘zbek nasri, dramaturgiyasi va she’riyat haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, nasr va lirika bu borada yaqqol ajralib turadi. Mustaqillik davrida bir qator iste’dodlinosir va shoirlarimiz yetishib chiqdi va bu orqali ushbu turga mansub saviyali asarlar ham vujudga keldi. Ayniqsa, mustaqillik davri o‘zbek nasri deganda biz ham tariximizning jonli tasviri berilgan , ham bugungi kunimizdagi mavjud holatlar yoritib berilgan badiiy kashfiyotlarni tushunamiz. 1 Mirziyoev Sh. M. “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalarining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik. https.prezident.uz/uz/lists/view. 2
Umuman olganda, bugungi kun o‘zbek nasri mavzu mundarijasi jihatidan ham , badiiy salmog‘i jihatidan ham alohida mavqega ega. Agar o‘tgan asr adabiyotiga diqqat qaratadigan bo‘lsak, bu davrda sotsilal tuzum haqida yoki dahshatli i kki urush haqida salmoqli asarlar yaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda ham mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi tuzum, xalqning ijtimoiy holati haqida, ham mustaqillikdan keyingi davrdagi farovon va tinch hayot to‘g‘risida asarlar yaratildi. Xususan, istiqlol davri adabiyotida islom diniga bo‘lgan qarashlar ham, milliy o‘zligimizga bo‘lgan munosabat ham butunlay boshqacha tus oldi. Qolaversa, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan bu mavzular o‘quvchilarga yangicha uslub va yangicha metodlarda yetkazib berildi. “Adabiyot bu vazifani inson ruhiyatining ma’naviyatga va ijtimoiy borliqqa o‘zaro ta’sirini o‘rganish, tadqiq qilish bilan amalga oshiradi. Chunki ma’naviyatsiz ijtimoiy borliqni, ijtimoiy borliqsiz insoniyatni tasavvur qilish mumkin emas”. 2 Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi uning ilmiy yangiligi, tarbiyaviy ahamiyati va mustaqillik yillarida olib borilayotgan tinchlikparvarlik siyosatiga mos kelishida ko‘rinadi. XX asrga qaytib ish ko‘rish jihatidan, o‘zbek va G‘arb prozasi o‘rtasidagi tipologik o‘xshashliklar, qolaversa, urush odamlari ruhiyatining o‘rganilganligi ishning dolzarbligini belgilaydi. Shuningdek, urush va inson munosabatlari aks ettirilgan asarlar g‘oyaviy jihatdan urushni qoralash hamda tinchlikning qadrini teranroq anglashga xizmat qiladi. Bu orqali insonning ma’naviy kamolotiga katta yordam beradi. Mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Karimov ma’naviyat haqida shunday deydi: “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat qiladigan, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuchdir”. Badiiy adabiyot birinchi navbatda ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qiladi. Demak, ushbu ishda tahlil etilgan asarlar insonparvarlik, tinchliksevarlik g‘oyalarini ifodalashi bilan ahamiyatli bo‘lib, bu mavzuning dolzarblik darajasini yanada oshiradi. O‘zbek adabiyotida turli xil mavzudagi asarlar uchraydi. Aytish 2 Umurov H . Adabiyotshunoslik nazariyasi . Toshkent , Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti , 2004 3
mumkinki, ijodkor o‘z asarida qo‘llagan uslubi bilan ham boshqalardan farq qilishligi mumkin. Ba’zi yozuvchilar falsafiy-publitsistik yo‘nalishda ijod qilib kitobxon e’tiboriga sazovor bo‘lsa , ba’zilar ijtimoiy-siyosiy mavzudagi asarlari bilan o‘quvchining diqqatini o‘ziga tortishadi. O‘tgan asr adabiyotida ham , bugungi kunda ham juda ko‘p uchraydigan va qalam sohiblari ko‘p bor murojaat qiladigan mavzu bu - urush. O‘zbek adabiyotida bu mavzuda ham juda ko‘p ijodkorlar asarlar yaratishgan. Ammo bu ularning asosiy uslubiga yoki yo‘nalishiga aylana olmagan. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida urush mavzusini alohida darajaga chiqargan va bu bilan o‘z uslubini ham yarata olgan ijodkorlardan bir Qo‘chqor Norqobildir. Ma’lumki, o‘tgan asrda insoniyatga balo-ofatlar olib kelgan bir qator urushlar bo‘lib o‘tdi. Urush ortida , albatta, adolatsizlik yotadi va eng katta xato urush tepasida turgan shaxslar tomonidan qilinsa-da, eng mashaqqatli onlarni oddiy odamlar boshidan o‘tkazishadi. Biz XX asrda butun dunyoga ulkan talafotlar keltirgan I-II Jahon urushini ko‘rdik , ammo o‘zbek millatiga yoki bizga qardosh bo‘lgan afg‘on xalqiga og‘ir judoliklar solgan Afg‘on urushi ham boshimizga sinovlarni, mashaqqatli kunlarni solganligi sir emas. Mavjud davlatning oqibatni o‘ylamasdan yuritgan siyosati ortidan yuzaga kelgan bu urushda asil aybdorlar ham boshliqlar – sho‘rolar davrining o‘sha paytdagi “qahramonlar”i edi. Ular afg‘on xalqining ahvolini, e’tiqodini, an’ana va urf-odatlarini hisobga olishmadi, oqibatda o‘zlarini sharmanda, ko‘p insonni vatangado qildilar. Bu voqea ham , albatta, ko‘pchilik ijodkorlarimiz asarlarida o‘z aksini topdi. Xususan, O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani ham aynan afg‘on urushi oqibatida hayoti baxtsizlik bilan yakunlangan insonlar haqida. Ammo yuqorida aytganimiz - Qo‘chqor Norqobil o‘z asarlari bilan bu urush dahshatlarini yanada ochib bera oldi deyish mumkin. Qo‘chqor Norqobilga ham ana shu qismat, ana shu taqdir nasib etdi. Ijodkorni ijodkor sifatida tanitgan voqeilik ham afg‘on urushi bo‘ldi, yaratgan asarlarini kitobxonlar sevib o‘qishiga sabab bo‘lgan narsa ham aynan afg‘on urushi bo‘ldi. Abdulla Qodiriy: “ Yozuvchini garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini 4
o‘qib , qanday tabiatli kishi ekanini g‘oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u asarlarida asosan o‘z tabiatini , ruhini tasvirlaydi” 3 -, deganda haq gapni aytgan. Haqiqatan ham yozuvchining mahorati ham , turush-turmushi ham , shaxsiyati ham o‘z asarida namoyon bo‘ladi. Xuddi shunday Qo‘chqor Norqobil asarlarida ham bu jihatni kuzatishimiz mumkin. Sababi yozuvchi o‘z hayotini asarida aks ettirgan, o‘z boshidan o‘tkazgan, o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan jarayonlarni qalamga olgan. Darhaqiqat, Qo‘chqor Norqobilning mana shunday yozuvchi bo‘lib yetishishiga qismatning o‘zi yordam berdi. U o‘tgan asrdagi yana bir mash’um hodisa - afg‘on urushi qatnashchisiga aylandi va bu voqeilik uning ijodining boshlanishiga ham, asosiy uslubiga ham aylanishiga ham zamin hozirlab berdi. Yozuvchining bir qator hikoya va qissalarida aynan ana shu mavzu tilga olindi. Ayniqsa, bir qator xalqaro va davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan “Daryo ortidagi yig‘i “qissasi , bundan tashqari “Olislarda osmon yo‘q endi”, “Biz jangdan qaytmadik”, “Osmon ostidagi sir” asarlarida bevosita ana shu urush voqealarining tasvirini kuzatishimiz mumkin. Ijodkorning ko‘pchilik asarlari o‘zining avtobiografiyasidan kelib chiqib yaratilgan. Ularda bosh qahramon Qo‘chqor Norqobilning o‘zi. Ammo ba’zi asarlari borki, ularda umuman ijodkor avtobiografiyasiga bog‘liq bo‘lmagan jarayonlar tasvirlansa-da, urush mavzusi yoki urushning kishilar hayotiga ta’siri ko‘rsatib berilganligi bilan boshqa asarlariga o‘xshash . Shular jumlasiga “Osmon ostidagi sir” qissasini kiritishimiz mumkin. Ma’lumki, Afg‘on urushi 1979-1989-yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan. Bu davr bizning tariximizda mustaqillikka erishish davriga to‘g‘ri kelganligi, Andijon voqealari hisobiga yoki o‘sha davrda bizda avj olgan “paxta ishi” bilan bog‘liq jarayonlar bo‘lganlig tufaylimi - har holda bu hodisaga qayta nazar tashlash bugungi kunda ko‘pam e’tiborga molik ish emas. Ammo bilamizki, o‘sha davrda ham o‘zbek xalqi sho‘rolar davlati tarkibida bo‘lgan. Bundan kelib chiqadiki, sovet davlatining noto‘g‘ri yuritilgan siyosati tufayli yuzaga kelgan bu urushda qardosh 3 Qodiriy A. To‘la asarlar to‘plami. Olti jildlik. Toshkent , Fan, 1995. 5