SHOYIM BO‘TAYEV QISSALARI BADIIYATI’’
“SHOYIM BO‘TAYEV QISSALARI BADIIYATI’’ I.KIRISH………………………………………………………………………… … I.Asosiy qism …………………………………………………………………….. I BOB. ADIB QISSALARIDA XARAKTER VA RUHIYAT BIRLIGI ………. 1-fasl.Xarakter shakllanishida ijtimoiy muhitning ta’siri …………………………... 2-fasl.Ruhiyat talqinida inson istiroblari ifodasi …………………………………… II BOB. YOZUVCHI QISSALARIDA BADIIY KONFILIKT………………... 1-fasl.Badiiy konfliktning adib qissalaridagi talqini.................................................. 2-fasl.Badiiy xarakter va konflikt uzviyligi ………………………………………... III BOB. ADIB QISSALARIDA BADIIY XRONOTOP……………………….. 1-fasl.Badiiylik funksiyasi va xronotop……………………………………………. 2-fasl. Obrazlar olami va tabiat birligi …………………………………………….. XULOSA…………………………………………………………………………... ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………………………………. Ilovalar……………………………………………………………………………...
KIRISH XX asr adog’ida mamlakatimiz uzra g‘oyat keskin ijtimoiy-iqtisodiy evrilishlar yuzaga kelishi O‘zbekiston madaniy-ma’rifiy turmush tarzida ham jiddiy yangilanish yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Ayniqsa, millatning ma’naviy mustaqillikka erishuvi iqtisodiy,siyosiy va madaniy jabhalarni jiddiy isloh ehtiyojiga keng imkoniyatlar ochadi. Tarixga nisbatan qisqa fursat davomiyligida jamiyatimiz barcha sohalarida kuzatilayotgan demokratik yangilanish-millatning ozodlik, o’z taqdirini o’zi belgilash yo’lidagi intilishlari adabiyotshunoslik oldiga ham muhim vazifalarni ko’ndalang qo’ydi. Milliy istiqlol davriga kelib jamiyatda axloqiy mezonlarni yangilash zarurati tobora kuchaya boshladi. Nasrchilik, xususan, milliy romanchilikda qisqa vaqt mobaynida inson ma’naviyati tadqiqi birinchi o’ringa ko’tarildi. Chunki bir tomondan, katta ijtimoiy muammolar kun tartibiga ko’tarilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, mavjud siyosiy andozalar yemirilayotganligi ruhiyat talqiniga zaruratni oshiradi. Tabiiy ravishda, mazkur xususiyat voqealikni tadqiq etishning o’zgacha tamoyillarini yuzaga chiqaradi. Abdug’ofur Rasulov nasr haqida gapirar ekan Shoyim Bo’tayevning qissalari haqida fikr bildirib o’tadi. “...nasr badiiyligi asar to’qimasiga singdirib yuborilgan,billur zarralariday “yalt-yult “yonib turadigan topildiq-detallarda namoyon bo’ladi... Shoyim Bo’tayevning qissalaridagi uvoq timsollarning mag’zi to’q, xalqonaligi yaqqol ko’zga tashlanadi” degan fikri ayni haqiqatdir. Istiqlol davri adabiyoti yangi ohanglar hisobiga boyigani bilan xarakterlidir. Ushbu holat Shoyim Bo’tayev adabiy talqinlarida jahonning ilg’or an’analarini o’zlashtirish va milliy adabiyot tajribalarini davom ettirish hisobiga o’zgacha usullar sintezini barqarorlashtirdi. Ifodaning qabariqligi, tasvirning serqatlamligi, mazmun, ruhiy holat manzaralarining rang-barangligi bilan insonni badiiy tadqiq etishga an’anaviy usullarning o’z o’rnini bo’shatib berayotganligi bilan alohidalik kasb etadi. Shu o’rinda jiddiy izlanishlar olib borgan va ko’plab
qissa,hikoya,maqolalar e’lon qilgan Shoyim Bo’tayevning ijodi ayni diqqatga sazovordir. Ta’kidlash joizki, mahoratning qanchalik yuksakligini yozuvchi-uslubi ham belgilab beradi. Ba’zi bir yozuvchilar ijodida chuqur ruhiy tahlilga moyillik ustuvorlik qilsa, ba’zilarida sodda,jo’ngina dialoglarga ma’no yuklashga ustamon bo’ladi,ba’zilar har ikkisini baravar rivojlantirib boradi. Bunday deyishimizga sabab shuki, Shoyim Bo’tayev badiiy izlanishlarida hayotni oddiy kuzatishdan to murakkablik tomon harakatlanishi kundalik turmush tarzimizda tez-tez uchrab turadigan maishiy muammolarning tomir yoyish sabablarini butun murakkabligicha ochib berishida qabarib ko’rinadi. Yozuvchi uslubining tadrijiy shakllanishiga tashqi omillar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi, albatta! Masalan, har bir yozuvchi yoki shoir boshqa ijodkor yaratiqlaridan nimalarnidir o’qib o’rganadi, ularni ijodiy o’zlashtiradi. Bu o’rganish uning hayot hodisalarini akslantirishi, inson obrazini gavdalantirishiga ta’sir qiladi. Uslub yozuvchi hayolot olamining individual namoyon bo’lish tarzi hamdir. Yozuvchi, shoir voqealarni, qahramonlarni, ular yashayotgan manzil manzaralarini qanday tasavvur qilsa shunday ifodalaydi. Biz ko’rib o’tadigan Shoyim Bo’tayevning qissalarida ham yozuvchi hayotda bo’lib o’tgan va hozirda bo’layotgan nohaqlilar, xalqning hayot kechinmalarini qisqalik va ramzlar bilan ko’rsatib beradi. Dessertatsiyaning umumiy tavsifi . Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Asrlar davomida shakllangan milliy pedagogika tarixi taraqqiyoti, bugungi jarayondagi o’rni, o’qish va o’qitishdagi muammolar, boshlang’ich sinflarni o’qish va o’qitishdagi muammolar, boshlang’ich sinflarni o’qish va o’qitishda ilg’or tajribalarni qo’llash usullarini joriy etish ehtiyoji vujudga kelishida ham zamonaviy tarqqiyotining sezilarli ta’siri mavjuddir. “ Olib borilayotgan islohatlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarni lebrallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish” (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017- yil, 7-fevraldagi PF-4947-sonli, “ O’zbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish
bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni)ga qaratilgan Davlat ahamiyatiga molik hujjatlarning qabul qilinishida ham ta’lim jarayonidagi islohatlar ko’zda tutilganligini alohida qayd etish zarur. Respublikada amalga oshirilayotgan islohatlarning zamirida asosan inson va uning manfaatlarini ro’yobga chiqarishga qaratilganligi, bu jarayonda esa ta’limdagi islohatlarni yuzaga chiqarish zarurati ham mavjudligini alohida ta’kidlash joizdir. Bugungi yoshlarni xalqimizning boy va intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlar hamda zamonaviy fan texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlash har bir millat fidoiysining asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. Ayniqsa, ijodkor yaratgan narsalarning mohiyatini anglash, ulardagi talqinlar zamiridagi ma’noni his etish, falsafiy qarashlar zamiridagi tushunchalarni tahlil qilish vazifasi mavjuddir. Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilganligi, ayniqsa boshlang’ich sinflardayoq anglatish va his ettira olish natijasida, bolalar ruhiyatida Ona-vatanga, bu zaminga nisbatan kuchli vatanparvarlik ruhini uyg’otish mumkin. Buning uchun esa mavjud an’analar bilan bir qatorda bashariyat tan olgan ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’qish va o’qitish jarayonida targ’ib qilish, bu jarayonga singdirish zaruriyatigina bolalar dunyoqarashini yuksaltirishi mumkinligini teranroq anglash bilan bir qatorda, uning asosiy tamoyillarini targ’ib etish, bu jarayonga singdirish zaruratigina bolalar dunyoqarashini yuksaltirishi mumkinligi teranroq anglash bilan bir qatorda, uning asosiy tamoyillarini targ’ib qilish, joriy qilish ham bugunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Ana shuning uchun ham “ Uzliksiz ta’limni yanada rivojlantirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish...; umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talabi yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish” ( O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil, 7-fevraldagi PF-4947-sonli, “ O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni)ga kirishish uchun ham, boshlang’ich sinfdayoq bu harakatni yuzaga chiqarish muhimligini anglash lozim. Shuning uchun ham bugungi kunga kelib xorijdagi eng ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’rganish, uni milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizdan kelib chiqib joriy qilib borish zarur. Bu jarayonga eng avvalo o’qituvchining o’zi tayyor bo’lishi, ana shundagina ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etishgina emas, buni teran anglagan holda qo’llash lozimdir. To’g’ri, asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar zamiridan kelib chiqib, mentaletetimizga xos jihatlarni qabul qilish, joriy etish jarayonida ham boshlang’ich sinf o’qituvchilarining faolliligini talab etiladi. Axir yillar davomidagi tanazzulning ham zamirida ta’lim tizimining izidan chiqishi, bu esa bugungi kunda yanada teranroq sezilib qolganligini unutishga heh kimning ma’naviy haqqi yo’qligini bilishi, anglashi ham zarur. Shuning uchun ham, boshlang’ich sinflardanoq ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etishgina ertamizni, kelajagimizni anglaydigan yoshlarni shakllanishiga xizmat qilishini unutmasligimiz kerak. Bu esa oldimizga qo’yilgan muammoning naqadar dolzarbligini, balki asosiy vazifalardan biri bo’lib qolayotganligini asoslashni ham talab etadi. Mavzuning o’rganilish darajasi. Yillar davomida anglangan haqiqatlarni eng avalo umumta’limning boshlang’ich sinflardan boshlash borasida bir qator olimlarimiz jiddiy tadqiqotlarni yaratganligini alohida qayd etish zarur. Ammo yaratilgan nazariy qarashlarga asoslangan, tayangan holda bugungi dolzarblik kasb etayotganligini ham qayd etish, natijada o’qish va o’qitish jarayonidagi ilg’or pedagogik texnologiyalarning eng samarali jihatlariga to’xtalish va mulohaza yuritishni talab etadi. Shu jihatdan ham, N.J. Isakulova, M.Quronov, B. Sayfullayev, J.Jalolov, U.Hoshimov, A.Zunnunov, A.Munavvarov kabi olimlarning tadqiqotlariga ham tayaniladi. Tadqiqotning maqsadi: Ishning asosiy maqsadi, qo’yilgan muammoning o’rganilish sabablari izohlanadi.