logo

NORMUROD NORQOBILOV QISSALARIDA NABODAT OLAMI TALQINI

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

493 KB
NORMUROD NORQOBILOV QISSALARIDA
NABODAT OLAMI TALQINI
MUNDARIJA
Kirish................................................................................................... ...............3
I BOB.  ADIB HIKOYALARIDA XARAKTER VA MILLIY RUH............7
1.1.Obrazlar olami va milliy xarakter talqini.................................................7
1.2.  Adib asarlarida qahramon tabiati tasviri………………………..…......19
II BOB.  YOZUVCHI QISSALARIDA NABODAT OLAMI TALQINI.....33
2.1.  Inson va nobo da t olamining birligi va ifoda shakli………….. ………..33
2.1.  Yozuvchi qissalarida ruhiy iztiroblar tasviri..........................................46
III BOB. BADIIYLIK VA IJODKOR MAHORATI....................................56
3.1  Obraz yaratish va badiiylik… ………. ......................................................56
3.2 Ramz va majozda hayot talqini................................................................66
XULOSA...........................................................................................................78
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR....................................................... ..80
1 KIRISH
Magistrlik   d issertatsiya   mavzusining   dolzarbligi   va   zarurati.   Jahon
adabiyotshunosligida  badiiylik  mezonlarining  taraqqiyoti  va  izchil  takomillashuvi
badiiy   tafakkurning   tadrijiy   rivoji     bilan   uzviy   bog ‘ liq   bo ‘ lib,   yangi   adabiy-ilmiy
konsepsiyalarning   yuzaga   kelishiga   asos   bo ‘ ladi.   Shu   bois   badiiy   asar   olamining
o ‘ ziga xos poetik xususiyatlarini tadqiq etish, unga tahliliy yondoshish har bir xalq
adabiyoti, uning taraqqiyoti bilan uzviy bog ‘ liqdir. Badiiy  asarlar poetikasini tahlil
etish,   yillar   davomida   shakllangan   an’analarning   ma’lum   bir   ijodkor   asarlarida
mujassamlashishi,   badiiy-estetik   talqin   xususiyatlaridagi   poetik   o ‘ zgarishlarni
ko ‘ rsatib   berish,   asosida   ijodkorning   badiiy   mahoratini   nazariy   asoslash   muhim
ahamiyatga ega . 
Jumladan,   o ‘ zbek   nasri   badiiy   tafakkuridagi   yangilanishlarni,   voqelikni
badiiy-estetik   ifodalash   yo ‘ sinlarini   dunyo   adabiyotshunosligi   dagi     etakchi
tamoyillar asosida bugungi kun talablaridan kelib chiqib, ilmiy va nazariy jihatdan
tadqiq   etish,   to ‘ g ‘ ri   baholash   muhim   vazifa   lardan   biri   bo ‘ lib   sanaladi.   SHu   kabi
jihatlar ushbu dissertatsiya mavzu- sining dolzarbligini belgilaydi.
Dunyo   adabiyotshunosligida   badiiylikning   turfa   xil   ko ‘ rinishlari   mavjud
bo ‘ lib, asar  matnidagi   ifodasi,  muallifning  badiiy munosabati,   obrazlar   olamining
tanlanishi   va   qo ‘ yilgan   muammoni   ular   vositasida   poetik   idrok   etishi-yu,   estetik
ideali,   dunyoqarashi,   badiiy   talqin   muammolari,   umuman   olganda,   yozuvchining
poetik   mahoratining   o ‘ ziga   xos   qirralari   yaratilgan   asarlari   misolida   izchil
o ‘ rganilgan . Muayyan yozuvchining turli yillarda yozgan asarlaridagi ruhiy talqin,
xarakter   yaratish   an’anasining   takomillashuvi,   milliy   xarakterining   talqini,   milliy
ruh   va   milliy   xarakterlarning   yuzaga   kelish,   ruhiy   iztiroblar   talqini   bo ‘ yicha
tadqiqotlar   yaratilgan.   So ‘ nggi   yillarida   milliy   asarlarimizni   xolis   o ‘ rganishga,
2 ularni   yuksak   badiiyat   mezonlari   asosida   tadqiq   qilishga   nazariy   jihatdan   asosli
yondashish holati kuzatilmoqda. 
O ‘ zbek nasri badiiy tafakkuridagi yangilanishlarni, voqelikni badiiy ifodalash
yo ‘ sinlarini   dunyo   adabiyotshunosligidagi   mavjud   etakchi   tamoyillar   asosida
bugungi kun talabidan kelib chiqib ilmiy-nazariy jihatdan to ‘ g ‘ ri baholash muhim
vazifalardan biri bo ‘ lib kelmoqda. “ ... Adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor –
bu,   avvalo,   xalqimizga   e’tibor,   kelajagimizga   e’tibor   ekanini,   buyuk   shoirimiz
Cho ‘ lpon   aytganidek,   adabiyot,   madaniyat   yashasa,   millat   yashashi   mumkinligini
unutishga bizning aslo haqqimiz yo ‘ q” 1
.   Demak, badiiy asarlar poetik tabiatining
o ‘ rganilishi,   ulardagi   inson   obrazi   individual   va   ijtimoiy   borlig ‘ ining   yoritilishini
kuzatish     yosh   avlodning   ma’naviy   kamolotini   ta’minlashda   muhim   ahamiyatga
ega .  
Muammoning   o ‘ rganilganlik   darajasi.   Jahon   adabiyotshunosligida   badiiy
asarga yondashuv va voqelikni anglashga  yordam  beruvchi  badiiy matn poetikasi
haqida bir qator tadqiqotlar yaratilgan. 
Jumladan,   bu   ilmiy   manbalar   Normurod   Norqobilov   asarlarining   poetik
xususiyatlarini   yaxlit   adabiy   jarayon   kontekstida   monografik   yo ‘ sinda   tadqiq
etishga   yordam   beradi.   Shu   bilan   birga   nasriy   asarlar   poetikasi   haqida   nazariy
qarashlarni   ilgari   surgan,   I.Sultonov,   M.Qo ‘ shjonov,   T.Boboev,   I.G ‘ afurov,
N.Xudoyberganov,   O.Sharafiddinov,   B.Sarimsoqov,   B.Nazarov,   Y.Solijonov,
A.Rahimov,   H.Umurov,   N.Rahimjonov,   H.Karimov,   D.Quronov,   U.Qosimov,
B.Karimov, Z.Pardaeva, A.Nasirov 2
  singari adabiyotshunoslarning qarashlari ham
muhim   sanaladi.   Keltirilgan   manbalarda   badiiy   asar   poetikasini   tahlil   qilish
asnosida   G ‘ arb   va   Sharq   estetikasi   hamda   adabiyotshunosligi   ilg ‘ or   nazariy
1
  Ўзбекистон Республикаси Президенти  Ш . Мирзиёевнинг Ўзбекистон ижодкор зиёлилари вакиллари билан 
учрашувдаги маърузаси   Халқ сўзи. 2017 йил, 4 август.
2
  Султонов   И.   Адабиёт   назарияси.   –   Тошкент:   Ўқитувчи,   1986;   Қўшжонов   М.   Моҳият   ва   бадиият.   –
Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977; Ғафуров И. Танланган асарлар. – Тошкент:
Шарқ,   2017;   Худойберганов   Н.   Эҳтирос   тўлқинлари.   –   Тошкент:   Ғ.Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти,   1970;   Шарафиддинов   О.   Ижодни   англаш   бахти.   –   Тошкент:   Шарқ ,   2004 ;   Саримсоқов   Б.
Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Тошкент:  Шарқ , 200t Каримов Б. Абдулла Қодирий: танқид, таҳлил ва
талқин.   –Тошкент:   Фан,   2016;   Пардаева   З.   Бадиий-эстетик   тафакур   ривожи   ва   ўзбек   романчилиги.   –
Тошкент: 2002; А.Насиров. Одил Ёқувов романлари поэтикаси. – Тошкент: Фан, 2012.
3 qarashlari asosida  obrazlar olami, iste’dod, ijodkor  mahorati aks etganligi  qisman
bo ‘ lsa-da, tadqiq etilgan. 
Tadqiqotning   maqsadi   iste’dodli   adib   Normurod   Norqobilov   asarlari
poetikasi,   xususan,   badiiy   obrazlar   olami,   ularning   tabiati,   xarakter   va   ruhiyat
birligi, adabiy makon va zamon, badiiy uslub kabi masalalarni  tadqiq etish orqali
yozuvchining poetik mahoratini ko ‘ rsatishdan iborat.
Tadqiqotning   vazifalari:   Normurod   Norqobilov   yozgan   badiiy   asarlar
misolida o ‘ zbek nasri badiiy tafakkuridagi yangilanishlar, badiiy asar poetikasidagi
o ‘ ziga xos jihatlarni tahlil qilish;
yozuvchining nasriy asarlarining badiiy xususiyatlarini boshqa ijodkorlarning
asarlari bilan qiyosiy o ‘ rganish va asosli xulosalar chiqarish; 
adib asarlaridagi davr muammolarining badiiy ifodasida, milliy xarakterlarni
yaratishda ijodkor mahoratini ochib berish; 
yozuvchi   nasrida   yoritilgan   inson   ichki   olami,   komil   insonga   xos   intilishlar,
shuningdek,   adolat,   ezgulik,   haqiqat   singari   umuminsoniy   g ‘ oyalarning   badiiy
ifodasini tahlil etish; 
milliy nasr taraqqiyotida adib ijodining o ‘ rnini yoritish va jahon adabiyotidagi
etakchi tamoyillarning ta’sirini asoslashdan iborat.
Tadqiqotning   ob’ekti   sifatida   Normurod   Norqobilovning   nasriy   asarlari
hikoya, asosan qissalari asos qilib olindi. 
Tadqiqotning   predmeti ni   adibning   bugungacha   yaratgan   hikoya,   qissalari
bilan bir qatorda, milliy nasr poetikasida namoyon bo ‘ layotgan yangicha tafakkur
tarzi,   ijodiy   konsepsiyalar,   obrazlar   olami,   xarakter,   ruhiyat,   konflikt,     ijodkor
uslubidagi  o ‘ ziga xosliklarni aniqlashdan iborat. 
Tadqiqotning   usullari.   Tadqiqot   mavzusini   yoritishda   qiyosiy-tipologik,
psixologik metod va usullaridan  foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat:  
Normurod   Norqobilov   asarlarining   mustaqillik   davri   o ‘ zbek   nasrida   tutgan
o ‘ rniga baho berilib, adibning obraz yaratish mahorati yangicha tamoyillar, milliy
an’analar va jahon nasri tajribalari asosida o ‘ rganilib umumlashtirildi;
4 badiiy asarning poetik tasvir yo ‘ sinlari jihatidan o ‘ zaro qiyoslanib, zamon va
makon   konsepsiyasidagi   yangilanishlar   aniqlanib,   adibning   badiiy   asarlaridagi
obraz va ruhiyatning badiiy talqinidagi o ‘ ziga xos jihatlari o ‘ rganildi; 
yozuvchining badiiy asarlaridagi zamondosh qiyofasi, erkin tafakkurli kishilar
obrazini   yaratish,   ijtimoiy   muhit   va   qahramon   ruhiyati,   makon   va   zamon
ifodasidagi obrazlar olami tahlil qilindi. 
Tadqiqotning amaliy natijasi  quyidagilardan iborat:
Normurod   Norqobilov   nasri   poetikasini   tashkil   etuvchi   kompozitson   va
badiiy-ifodaviy   unsurlar   tizimi   belgilanib,   talqindagi   etakchi   tamoyillari
aniqlangan; 
tarixiy   globallashayotgan   dunyo   kishisi   botiniy   olamidagi   murakkab   ruhiy
tasvirlari bo ‘ yicha adabiy-nazariy umumlashma xulosalar chiqarilgan; 
o ‘ zbek  va  jahon  adabiyotidagi   etakchi   tamoyillarning  Normurod  Norqobilov
ijodiga   ta’siri     qiyosiy-tipologik   tadqiq   orqali   milliy   obrazlar   talqini   misolida
yoritib berilgan; 
tadqiqot   natijalaridan   adabiyotshunoslik   nazariyasi,   yangi   o ‘ zbek   adabiyoti,
hozirgi adabiy jarayon fanlaridan ilmiy tadqiqotlar, darslik va o ‘ quv-qo ‘ llanmalar
yaratish uchun foydalanish mumkin.
Tadqiqot   natijalarining   ishonchliligi.   Ob’ektga   yondashuv   va   qo ‘ llanilgan
usullarning   tadqiqot   maqsadiga   mosligi,   nazariy   ma’lumotlarning   ilmiy
manbalarga   asoslangani,   tanlab   olingan   muallif   asarlari   tadqiqot   predmetiga
muvofiqligi, nazariy fikr va xulosalar  bilan asoslanganligida ko ‘ rinadi. 
  Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.  Tadqiqot natijalarining
ilmiy ahamiyati shundaki, chiqarilgan nazariy xulosalar, avvalo, adabiyotshunoslik
nazariyasini,   istiqlol   davri   o ‘ zbek   adabiyoti   tarixini   yozishda,   obrazlar   rang-
barangligi va ruhiyat talqini masalalarini o ‘ rganishda foydalanish mumkin.  
Tadqiqot   natijalarining   joriy   qilinishi.   Badiiy   obraz   yaratish,   xarakter   va
ruhiyat   birligi,   poetik   mahorat   masalasini   o ‘ rganish   jarayonida   erishilgan   ilmiy
natijalar 5 ta mqolada o‘z ifodasini topgan. 
5 Magistrlik   d issertatsiyaning   hajmi   va   tuzilishi.   Dissertatsiya   kirish,   uch
bob,   xulosa   hamda   foydalanilgan   adabiyotlar   ro ‘ yxatidan   iborat   bo ‘ lib,   umumiy
hajmi 84 sahifani tashkil etadi.
I BOB
ADIB  QISSALARIDA  XARAKTER VA MILLIY RUH
1.1.Obrazlar   oalmi   va   mailliy   xarakter   talqini .   Tarixga   nazar   solar
ekanmiz,   o ‘ zbek   nasri   umumadabiyotimizning   ajralmas   tarkibiy   qismidir.
Yangicha   milliy-adabiy   tafakkur,   realistik   nasr   rivoji   XX   asr   boshlarida   qalam
tebratgan Abdulla Qodiriy, Cho ‘ lpon, Fitrat va boshqa ijodkorlarga borib taqaladi.
Ijodkorlarimiz   yangi   davr   adabiyotida   Evropa   adabiyoti   mezonlari   bilan
o ‘ lchaganda ham badiiy mukammal asarlar yaratdilar ;  realistik tasvir tamoyillariga
xos xususiyatlar ular yozgan hikoyalar poetikasida ham namoyon bo ‘ ldi. 
Milliy   nasri miz   tarixida haqqoniylik, hayotiylik va milliy o ‘ ziga xoslik kabi
fazilatlar  yillar   davomida  ijodiy  jarayondan   oziqlanib,  sezilarli  darajada  yuksaldi.
20-30-yillar   o ‘ zbek   adabiyoti   tajribasi   shuni   ko ‘ rsatadiki,   milliy   adabiy   tizimda
realizm   shakllanishi   va   taraqqiyoti   izchil   mantiqiy   rivojlanish,   adabiy-estetik
tafakkurning   murakkablashib   borishi,   insonni   anglashga,   his   etishga   bo ‘ lgan
intilish   mahsulidir.   Adabiyotshunos   Q.Yo ‘ ldoshev   qayd   qilganidek:   “Odam   ichki
dunyosi,   ruhiyati,   o ‘ ylarining   badiiy   manzarasi   va   uning   ham   ijtimoiy,   ham
xususiy   asoslari   tasviri   muhim   hisoblanadi” 3
Poetik  mezonlar   talabiga  ko ‘ ra  inson
ruhiyatidagi   ziddiyatlarini   tasvirlash,   badiiy   talqin   etish   zamonaviy   nasrda
etakchilik qila boshladi.
O‘tgan   asr   adog‘iga   kelib,   dunyo   tinimsiz   evrilishlar,   yangilanishlarni
boshidan   kechirmoqda.   Insoniyat   ming   yillar   mobaynida   ko ‘ rmagan   hodisalarni
sanoqli kunlar ichida o ‘ z boshidan o ‘ tkazmoqda. Tabiiy ofatlar, ruhiy tanazzullar,
tabiat   va   inson   birligi   jarayonida   ojizligini   anglatadigan   hodisalar   ro ‘ y   berdi.
Ilohiyotga   taalluqli   so ‘ z   timsolidagi   adabiyot   abadiyat   manzillari   tomon   intilar
3
 Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. 70-бет.
6 ekan, unda inson zoti ko ‘ rib ilg ‘ amagan, anglab ulgurmagan yana boshqa olamlar
haqida   ham   so ‘ z   yuritilmoqda.   Ana   shu   tushunchalar   inson   botiniy   olamiga   o ‘ z
ta’sirini o ‘ tkazmoqda. XX asr o ‘ zbek nasri ko ‘ plab voqealarni, tasvir jarayonlarini,
badiiy   talqin   tajribalarini   o ‘ tkazdi.   Nasriy   tafakkur   hamon   shakllanish,   tajribalar
qo ‘ llash va o ‘ sish jarayonida davom etayotganligini ijodkor insonning yangilik sari
intilayotganidan dalolat beradi. 
O‘tgan asrning 80-yillariga kelib, badiiy adabiyotdagi poetik talqin xususiyati
yanada   teranlik   kasb   eta   boshladi.   To ‘ g ‘ ri,   milliy   adabiyotning   80-yillarida   bo ‘ y
ko ‘ rsatgan poetik xususiyatlarning ba’zi qirralari 70-yillardayoq ko ‘ zga tashlanib,
80-yillarning   birinchi   choragida   yanada   barqarorlashgan   edi.   Davr   adabiyoti   bu
zamonga kelib yangicha poetik talqin xususiyatlarini namoyon qildi. Ayni paytda,
istiqlol   davri   adabiyoti,   xususan,   o ‘ zbek   nasri   uzoq   yillik     milliy   adabiyotning
mantiqiy   davomi   sifatida   ijodiy   an’analardan   oziqlanib   yuksaldi.   Jiddiy   o ‘ zgara
boshlagan   milliy-badiiy   tafakkurdagi   evrilishlarni   yangilanayotgan   adabiy-estetik
tafakkurning hosilasi sifatida yuzaga chiqqanligini qayd etish lozim. Istiqlol davri
adabiyoti   yagona   hukmron   mafkura   tazyiqidan   qutulgan,   olam   hodisalarini   va
odam   ruhiyatini   erkin   anglash,   izohlash,   badiiy   talqin   etish   hamda   ifodalash
imkoniyatiga   ega   bo ‘ lgan   adabiyot   sifatida   maydonga   keldi.   Adabiyotning
hukmron   mafkura   tazyiqidan   xalos   bo ‘ lishi,   olam   hodisalari   va   odam   ruhiyatiga
mansub qirralarni yanada teranroq ifodalash imkoniyatlarini kengaytirish bilan bir
qatorda, badiiy talqin tabiatida ham o ‘ zgarishlar yuz berdi.
Iste’dodli   adabiyotshunos   Ozod   Sharafiddinov   qayd   qilib   o ‘ tganidek:
“Haqiqiy   ijod   erkinligi   fikrni   imkon   boricha   teran   ifodalash   erkinligidir,   jamiyat
rivojiga   imkon   boricha   samaraliroq   ta’sir   ko ‘ rsatish   erkinligidir” 4
.   Shu   nuqtai
nazardan ham  istiqlol  yillariga kelib, millat  kishisining  ruhiyati, hissiyoti, ko ‘ ngli
butun   murakkabliklari   bilan   badiiy   talqin   etildi.   Badiiy   adabiyot   qahramonlari
o ‘ zining murakkab taqdiri, teran o ‘ y-mulohazalari, botiniy olamidagi kechinmalari
bilan o ‘ ziga xos shaxs sifatida o ‘ zlikni anglash yo ‘ lini izlay boshladi. Shu  jihatdan ,
o ‘ zbek   adiblarining   ijod   mahsullarini,   jumladan,   iste’dodli   yozuvchi   Normurod
4
 Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. – Тошкент: Шарқ, 2004. 171-бет.
7 Norqobilov   asarlarini   ham,   undagi   obrazlar   olamini   ham,   soddagina   his   etish,
anglash,   izohlash,   tushuntirish   yoxud   ilmiy   qoliplarga   solish   mumkin   bo ‘ lmay
qoldi.   Bularni   tasvir   predmetining   turfa   xilligi,   tasvirdagi   uslubiy   izlanishlarning
chuqurlashuvi,   kengayishi   va   jahon   adabiyotidagi   etakchi   tamoyillarga   ijodiy
yondashish   hodisasi   sifatida   qarash   imkoni   yaratilganligi   bilan   izohlash   mumkin.
Alohida   ijodkorga   taalluqli   bo ‘ lgan   badiiy   mantiq   va   individual   teran   talqinlar
murakkab   kechinmalarni   ifodalash   jarayonida   inson   botinidagi   ziddiyatlarni
teranroq   anglashga   intilish   mavjudligini   ham   alohida   qayd   etish   zarur.   So ‘ z
san’atkorining   ilk   asarlariga   nisbatan   keyingi   asarlarida   rang-baranglikning
quyuqlashishi,   inson   ruhiyati   va   xarakterini   aks   ettirishdagi   dadil   izlanishlar
ko ‘ plab ijodkorlarning adabiy-ijodiy evolyusiyasida o ‘ z ifodasini topdi.
Darhaqiqat,   Normurod   Norqobilov   o ‘ z   uslubiga,   betakror   tiliga   ega
ekanligini namoyon eta olgan adiblardan sanaladi. Adabiyotshunos Bahodir Karim
ta’kidlaganidek:   “Asrlar   bo ‘ yi   amaliy   tajribadan   o ‘ tgan   haqiqat   shuki,   san’atkor
muayyan   mavzuga   qo ‘ l   urib,   voqelikni   maromiga   etkazib   tasvirlasa,   har   qanday
inson   ko ‘ ngliga   o ‘ tiradi,   ko ‘ pchilikni   o ‘ ylantiradi,   qalbiga   zavq,   tafakkuriga   yuk
beradi” 5
. 
Haqiqatdan   ham,   ta’kidlanganidek,   ijodkor   yaratgan   asarlarda   hayotiylik,
inson qalbidagi tuyg ‘ ular mujassamlashgan bo ‘ lsa, kitobxon qalbini larzaga solishi
tabiiydir.   Normurod   Norqobilov   yozgan   asarlarining   badiiy   xususiyatlari   haqida
bir   qator   ijobiy   fikrlar   alohida   qayd   etilgan.   Badiiy   talqinning   o ‘ ziga   xosligi,
obrazlar   tabiatining   hayotiyligi   yozuvchi   ijodiga   bo ‘ lgan   qiziqishlar   va   ayrim
tahliliy yondashuvlarning yuzaga chiqishiga sabab bo ‘ lmoqda. 
“Inson  mo ‘ jiza , deb   yozadi  adabiyotshunos   A.Rasulov,  –  uni  o ‘ rganishgan,
tadqiq etishmoqda, mudom talqin etishadi. Fanning qanday sohasi  bo ‘ lmasin, alal
oqibat,   inson   muammosiga   kelib   taqalaveradi” 6
.   Haqiqatdan   ham   badiiy   so ‘ z
zahmatkashlari turfa xil vositalar asosida badiiy obraz yaratar ekan, uning zamirida
inson qismati, shaxs ruhiy-ma’naviy olami mujassamlashgan bo ‘ ladi. 
5
 Карим Б. Руҳият алифбоси. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 2016. 41-бет
6
 Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Тошкент: Шарқ, 2007. 22-23-бетлар. 
8 N.Norqobilovning bir qator hikoyalarida milliy xarakterlar talqini juda teran,
badiiy   mukammal   ifodasini   topganini   kuzatish   mumkin.   “Etim   qolgan   gullar”,
“Keksa   tut”,   “Quyosh   tutilgan   kun”,   “Zangori   ko ‘ l”,   “Ro ‘ molcha”,   “Chorraha”
“Kurash”   kabi   hikoyalariga   nazar   tashlar   ekanmiz,   ulardagi   inson   xarakteri,
ruhiyati o ‘ ziga xos tarzda ifodalangani yaqqol ko ‘ rinadi .  
Adibning “Quyosh botmaydigan yurt” hikoyasida o ‘ zbek millati, o ‘ zbekona
tafakkurga xos tasvir va obrazlarni  kuzatamiz. Undagi Anvar va Mirvali obrazlari
milliy qarashlar  asosidagi  shaxslar  timsolini  o ‘ zida mujassamlashtirgan:  “Qishloq
yigitlarining   gurungi   sodda,   tilaklari   ham   shu   xilda.   YArim   oy   burun
davradagilarning   biri   qo ‘ chqorday   o ‘ g ‘ il,   shunchaki   o ‘ g ‘ il   emas,   qo ‘ chqorday
o ‘ g ‘ il   ko ‘ rgan   ekan,   biri   o ‘ sha   o ‘ g ‘ lining   devday   bo ‘ lishi   uchun,   yana   biri   esa
yaqinda uylangan yigitga bir hovli farzand ko ‘ rish uchun tilak bildirdi. SHu tariqa
tun tugayozganda tarqalishdi” 7
.  
Bu kichik parchada bir davra qishloq odamlariga xos xarakterli xisl atlar o ‘ z
ifodasini   topgan.   Bular   orasidagi   Anvar   shaharda   o ‘ sgan,   qishloq   hayotini   faqat
tasavvur   qilar,   lekin   jamlangan   odamlarni   kuzatar   ekan,   qalbida   ularga   nisbatan
iliqlik   uyg ‘ onadi.   S h uning   uchun   Anvar   qishloq   hayotini   suratlarda   ifodalashga
intilardi.   Ana   shunday   bir   jarayonda   Berdivoy   bilan   tanishadi,   uning   qalbidagi
iztiroblar   katta   odamlarnikidek   alamli   ekanliliga   ishonch   hosil   qiladi.   Anvar,
umuman,   qishloqning   odamlari   xarakter   xususiyatlarinigina   emas,   oddiy   qishloq
bolalarining   hayoti   ham   o ‘ zgacha   ekanini   yanada   teranroq   his   qiladi.   Berdivoy
bilan   suxbatlashar   ekan,   uning   ichki   dunyosi   dardu   alamlarni   yanada   teranroq
anglashga   intiladi.   Bolakayning   rasmini   kuzatar   ekan:   “Keyin   hafsalasiz   daftar
varaqlariga tushdi. Ammo varaqlagan sayin qiziqishi orta boshladi: sahifalarda suv
bo ‘ yoqda durustgina rasmlar solingan edi. Mana birinchi rasm: yashil o ‘ tloq, ota-
onasining qo ‘ llaridan tutgan bolakay shodon irg ‘ ishlaydi, tepada quyosh; ikkinchi
rasm:   bolakay   quchog ‘ ini   keng   ochgancha   otasiga   peshvoz   chiqmoqda,   kulib
darvozadan   ona   mo ‘ ralaydi,   tepada   quyosh;   uchinchi   surat:   ota,   ona,   bolakay
hovlida nonushta qilyapti, tepada quyosh – quyosh daraxtga bog ‘ lab qo ‘ yilgan edi!
7
 Норқобилов Н.  Зангори кўл. Ҳикоялар. –Тошкент: Юлдузча, 1987. 11-бет.
9 Boshqa   rasmlar   ham   shu   xilda,   mazmun   bitta   –   ota,   ona,   bolakay   va   quyosh” 8
.
Qayd   etilgan   tasvirdan   shu   narsa   ayonki,   bolakay   qalbida   yorug ‘   kunga   ishonch
hissi   juda   kuchli,   uning   zamirida   ota   va   ona   mehri   mujassamlashgan.   Chunki
bolakay   o ‘ ylarida,   agar   quyosh   botmasa,   onasi   iztirob   chekmaydi,   sog ‘ ayib
otasining   kelishini   kutadi.   Bola   qalbidagi   iztiroblarda   otaga,   onaga   bo ‘ lgan
mehrning cheksizligi jamlab tasvirlanadi. Bola chizgan rasmlarda ota sog ‘ inchi va
uning   qachondir   mehr   istab   oilaga   qaytishiga   umid   borligi   ifodalangan.   Adib   ilk
hikoyalaridanoq   xalqimizning   oddiy   hayot   tarzi,   urf-odatlari,   an’analarini   badiiy
talqin etar ekan, insonning ichki kechinmalari-yu, botiniy olamidagi ziddiyatlariga
e’tibor berib, uni badiiylashtirishga intiladi. 
Adabiyotshunos   Umarali   Normatov   ta’kidlab   yozadi,   “Ma’lum   bo ‘ lyaptiki,
biz bir vaqtlar mensimayroq tilga oladigan oilaviy, maishiy turmush ikir-chikirlari
deb   atalgan   sohada   ham   shaxsning   bisoti,   hayoti   ma’nosini   ochish,   kashf   etish
imkoniyatlari ko ‘ p” 9
. Asosli ta’kidlanganidek, hayotda ezgulik, inson baxti yo ‘ lida
ichki   va   tashqi   to ‘ g ‘ onoqlar   ko ‘ pligidan   o ‘ quvchi   iztirob   chekadi.
N.Norqobilovning “Keksa tut” hikoyasida ham shunga yaqin muammolar qalamga
olinadi; ma’nan qashshoq insonlar qiyofasini chizadi. Hikoyada hayot mazmunini
teran   anglamasdan   hayotni   anglamasligidan,   umrning   g ‘ animat   ekanini   to ‘ liq
tasavvur eta olmasdan hayot kechirayotgan oddiy odamlar qiyofalari jonlantiriladi.
Voqelik ramziy obrazga ko ‘ chirilib, hayot haqiqati bayon qilinadi. “Tepki zarbidan
keksa  tut  daraxti  qattiq seskandi.  Bu  xil  zarbalarga  ko ‘ nikkan bo ‘ lsa-da, bunisiga
chidashi   xiyla   og ‘ ir   kechdi.   Keksa   tut   tanasi   ich-ichidan   zirillab   ketdi.   SHunga
qaramay,   sir   bermaslikka   tirishdi.   Ichki   ingrog ‘ ini   ellar   tortqilab   o ‘ ynayotgan
yaproqlari shovuri ostiga ko ‘ mib, qadini g ‘ oz tutishga urindi” 10
. 
Asardagi   Ashur   uzunning   to ‘ ng ‘ ich   o ‘ g ‘ li   bilan   YOvqoshning   o ‘ rtasidagi
ziddiyat   ifodasi   orqali   bolalikning   beg ‘ ubor   onlarini   besamar   o ‘ tkazayotgan
yoshlar   obrazini   mujassamlashtirgan.   Keksa   tut   bilan   Ashur   uzun   qiyoslanadi.   U
bir   vaqtlar   qo ‘ shnisining   o ‘ g ‘ li   Yovqash   izidan   quvar,   ammo   etolmasdan,   horib
8
  Норқобилов Н. Зангори кўл. Ҳикоялар. – Тошкент: Юлдузча, 1987. 14-бет.
9
 Норматов У. Умидбахш тамойиллар. – Тошкент: Маънавият, 2000.43-бет.
10
 Норқобилов Н. Бўрон қўпган кун: Қисса ва ҳикоялар. – Тошкент: Шарқ, 2007. 197-бет.
10 ortda   qolardi.   Yillar   shamoli   unga   ham   o ‘ z   hukmini   o ‘ tkazdi.   O ‘ g ‘ li   otasini
izlayotganligini sezib, suyilga suyanib asta o ‘ rnidan qo ‘ zg ‘ alib, Yovqashni izlagan
kishi bo ‘ lib, dalaga razm soladi. Otaning qalbidan nelar kechayotganligini farzand
anglamaydi. Yillar  davomida bunday tala-to ‘ plarni  ko ‘ rgan keksa tut, ba’zan o ‘ zi
bilan o ‘ zi suhbatlashardi. Keksa tut – ramz. U jonlantirilgan va odamlar hayoliga
aralashadi.   Tut   ziddiyatli   hodisalar   sababini   jimgina   izlaydi;   kattalar   orasidagi
noma’qul   illat   qachon   bolalar   qalbida   nish   urishga   ulgurganini   o ‘ ylardi.   Bu
muammolarga   javob   topishga   ulgurmasdan,   keksa   tut   bolaning   ikkinchi   tepkisini
ko ‘ tarmoqqa bardoshi etmasdan g ‘ ichirlagancha yiqiladi. Ashur uzunning cheksiz
o ‘ y-kechinmalari va turmushidagi turli tashvishlari negizida milliy ruhni ko ‘ ramiz.
Oila taqdiri bilan bog ‘ liq talqinlarda milliy kolorit ufurib turadi. 
Yozuvchining   “Tungi   mehmon”   hikoyasida   esa   inson   mehri   va   nafrati
mehrga zor bo ‘ lib voyaga etgan Qilichbek obrazi orqali beriladi. Bunda inson qadri
o ‘ zligini   anglashi,   u   ham   inson   ekanligini,   xo ‘ rliklardan   bezgan,   qalbi   mehrga
zoriqqan   va   bir   og ‘ iz   shirin   so ‘ zning   gadosi   bo ‘ lgan,   inson   qismati   qalamga
olingan.   Hikoyadagi   Chamanoy   esa   o ‘ z   hayotini   qo ‘ rqinchli   tush   kabi   o ‘ tkazishi,
ammo   oradan   yillar   o ‘ tib   mehrga   tashna   qalb   egasini   topishi   asosli   talqin   etiladi.
Chamanoy ham inson, u ham boshqalar kabi go ‘ zal hayot kechirishni juda istaydi,
biroq   nosog ‘ lom   muhit   bunga   imkon   bermaydi.   Aslida   har   qanday   inson   mehr-
muhabbat   bilan   hayot   kechirishi,   go ‘ zallik   esa   uning   turmushiga   ma’no
bag ‘ ishlashi   lozim.   Y o zuvchining   “Qabrtosh”   hikoyasida   oilaviy   fojialar,
ziddiyatlar,   mehrsizlik   illatlari   ramziylashtiriladi.   Hikoyadagi   Eralining
ruhiyatidagi   o ‘ zgarishlar,   xarakteridagi   manmanlik   kabi   hislatlar   orqali   yaqin
kishilar   o ‘ rtasidagi   adovat,   insoniylik   fazilatlarining   yo ‘ qolish   sabablari   mahorat
bilan tasvirlanadi. Eralining ma’naviy qashshoqligi, kimligini anglamasligi, ammo
uning   qalbida   ham   insoniylik,   insonga   mehr   bera   olish   hislatlarining   mavjudligi
o ‘ quvchi   qalbini   larzaga   soladi.   “Yonbag ‘ irlikka   sochilgan   qishloqqa,   keng
dashtga,   olisdagi   qirga,   tevaragini   qamish   qoplagan   huv   naridagi   ko ‘ lga   bir-bir
razm   solar   ekan,   xotirasini   kavlashtirib,   ajdodlari   tarixini   titkilay   boshlaydi.
11 Boxabarligi   bobosidan   nariga   o ‘ tmasligini   anglab   jindek   afsuslanadi” 11
.   Eralining
ajdodlari   kimligini   bilishi   shunday   sayoz   va   ayanchli.   Hikoya   voqeligi   davomida
uning   ruhiy-ma’naviy   dunyosi   ochib   boriladi.   S h unday   ruhiy   qiynoqlar   zamirida
otasini yodga oladi. Otasi ko ‘ pincha amakisini gapirar, uzoq madrasalarning birida
tahsil   olgani-yu,   keyinchalik   esa   qishloq   bolalarini   savodli   qilish   maqsadida
maktablar   ochgani,   ammo   kunlarning   birida,   kechasi   kimlardir   kelib,   qo ‘ liga
kishan solib, olib ketganligini   eslaydi. Biroq bu qatag ‘ on davri voqeligini anglab
etishga fahmi kaltalik qiladi. Amakisi bir zamonlarda sibir qilingani, ammo taqdiri
nima   bo ‘ lganini   bilmaydi.   S h u   xayollar   og ‘ ushida   umr   o ‘ tkazardi.   Yillar
davomidagi   ma’nan   iztirob   chekishi   ham   bejiz   emasdi.   Ijodkor   qalb   dramatizmi
orqali uning ruhiy-psixologik portretini jonlantiradi. Uning sodda, kamtarin, ammo
jizzaki   shaxs   sifatidagi   xarakter   qirralari     epizodik  tasvirlar   davomida  teranlashib
boradi. 
Yozuvchini ng asosiy maqsadi inson qismati orqali millat tarixidagi fojialarni
aks   ettirishdan   iboratdir:   “Amakingdan   so ‘ ng   bizning   avlodda   ilmga   qiziquvchi
bo ‘ lmadi. Mening umrim chorvaning ketidan o ‘ tdi. Sen ham shunga ruju qo ‘ yding.
Amakim   bechora   aytganday ,   bu   dunyodan   ko ‘ r   holimizcha   o ‘ tib   ketyapmiz”. 12
Otasi   bilan   xayolan   suhbatlashib,   uning   fikrlarini   xayolan   jonlantirar   ekan,
amakisini To ‘ raboy, Irisboylarga o ‘ xshagan boylardan bo ‘ lmaganidan afsuslanadi.
Aynan   shu   o ‘ y-kechinmalarida   uning   bir   oz   bo ‘ lsa-da,   o ‘ zligiga   intilish   holati
kuzatiladi.   Ammo   qalb   qa’ridagi   ziddiyatlardan   to ‘ g ‘ ri   hayot   yo ‘ lini   tanlay
olmasligi   uni   iztiroblar   iskanjasida   yashashga   majbur   etadi.   Voqealar   rivojida   u
shoir nomi bilan taniladigan Toji bilan suhbatlashishni maqsad qilib oladi. U bilan
suhbatlashar   ekan,   uning   mantiqiy   fikrlariga,   nima   demoqchi   bo ‘ lganiga   ham
tushunmaydi.   Toji   shoir   bo ‘ lmasa-da,   qo ‘ lidan  kitob,   jurnal   va  gazeta   tushmaydi.
Toji   shoirning   qarashlarida   yozuvchining   asosiy   g ‘ oyasi   mujassamlashganligini
kuzatish   mumkin:   “Biz   bandalar   shu   qadar   nodonmizki,   qilgan   ishlarimiz   nuqul
xatolardan   iborat!   Biz   xatolarga   ko ‘ milib-ko ‘ milib   yashaymiz!   Bu   xatolar
shunchalik   totliki,   azobini   asal   yanglig ‘   qabul   aylab,   tamshanib-tamshanib
11
 Норқобилов Н. Бўрон қўпган кун: Қисса ва ҳикоялар. – Тошкент: Шарқ, 2007. 236-бет .
12
 Норқобилов Н. Бўрон қўпган кун: Қисса ва ҳикоялар. – Тошкент: Шарқ, 2007. 237-бет .
12 yashaymiz!   Lab-lunjingizni   artib   oling   “asal   yuqi”   qolibdi” 13
.   Qabilidagi   kinoya
gaplarda anglangan haqiqat mazmuni mavjud, albatta.
Yozuvchi   hikoyalaridagi   badiiy   talqin   zamirida   hayotiy   voqea-hodisalar
qamrovi kengayib borishi natijasida, konfliktning chuqurlashib, shaxsning jamiyat
va   uning   muammolariga   qiziqishi,   ma’naviy-ruhiy   tahlilga   moyilligi   kuchayib
bordi.   Tasvir   jarayonidagi   ziddiyatlarning   ixcham   iboralar   bilan   ifoda   etilishidan,
badiiy   obraz   va   uning   ruhiy   holati   teran   mazmun   kasb   etishi   kuzatiladi.   Bu   ham
N.Norqobilov hikoyalariga xos muhim bir xususiyat sanaladi. 
Yozuvchining  “Dashtda”  hikoyasi  bevosita  adabiy  makon  va zamon  tasviri
bilan boshlanadi: “Ena er mushtlab qarg ‘ andi. 
–   Bundan   ko ‘ ra   o ‘ sha   dashtda   jondor   eb   ketsa   bo ‘ lmasmida   seni!   Erdi
komginasi tortibgina ketsa bo ‘ lmasmidi! Ne degan gap bu, kimga torting sen! Ne
degan   odam   bo ‘ ldik?!   Ne   deb   qishloqda   bosh   ko ‘ tarib   yuramiz   endi” 14
.   Onaning
hasratlarida jon bor edi, farzandi Bekmurodning yuzi ko ‘ kargan holda uyiga kirib
kelishi   va   uning   ortidan   bo ‘ htonlarning   tarqalishi   onani   xarob   qiladi,   qalbida   o ‘ z
farzandiga   achinish   hissi   bilan   birga,   unga   nisbatan   mehr-shafqat   hissi   ham
uyg ‘ onishiga   sabab   bo ‘ ladi.   Bekmurod   onasiga   qanshari   ostidan   asta   qaraydi,
nimadir   deb hayqirishni   ham   o ‘ ylaydi, ammo  onasiga  baqirishni   lozim   topmaydi,
barcha bo ‘ htonlarga chidab turishga majbur bo ‘ ladi. Yo ‘ lga otlanar ekan, onaning
hasratlariga   bardosh   berolmaydi   va   oxiri   qalb   qa’ridan   “bari   yolg ‘ on”,   degan
hayqiriq   keladi.   Bekmurod   onasiga   qanday   baqirganini   bilmay   ham   qoladi.
SHunda   musichaday   beozor   ona,   farzandiga   nigoh   tashlar   ekan:   “Nima   qilay,
kimga   ishonay?”,   –   deb   yig ‘ lab   yuboradi.   Bu   tasvirlarda   esa   onaning   mehri,
farzandiga bo ‘ lgan ishonchi yana qayta jonlangandek bo ‘ ladi. Ammo odamlarning
fikrini   xayolan   jonlatirar   ekan,  kimga   ishonishni   ham   bilmaydi.  Ko ‘ chaga   qadam
tashlar ekan, odamlar orasida mung ‘ ayibgina turgan Suvonqulga ko ‘ zi tushadi-yu,
gap   nimada   ekanligini   payqaydi.   Yuqorida   kuzatilgan   hayotiy   voqea-hodisalar
tasviri zamirida badiiy obraz tabiatining o ‘ ziga xos ravishda shakllanishini anglash
mumkin.   Makonda   yuz   bergan   voqealar   inson   xarakteridagi   ziddiyatlarni   ham
13
 Норқобилов Н. Бўрон қўпган кун: Қисса ва ҳикоялар. – Тошкент: Шарқ, 2007. 238-бет.
14
  Норқобилов Н. Бўрон қўпган кун: Қисса ва ҳикоялар. – Тошкент: Шарқ, 2007. 24-бет.
13 yuzaga   chiqaradi.   “O ‘ z   zamonasining   insonlari   bo ‘ lgan     bu   qahramonlar,   alohida
paytlarda zamon chegaralarini  buzib, kelajakka qarab yo ‘ nalishadi, ammo bunday
yo ‘ nalishlar   ichki   psixologik   zamonga   hamda   real   tarixiy   zamonlarda   harakat
qilishga   olib   keladi” 15
.   Asardagi   voqealar   rivojidan   anglashiladiki,   hikoya   janrida
ham   ma’lum   darajada   bo ‘ lsa-da,   epiklik   xususiyati   mavjud.   SHuning   uchun
muayyan   makon   va   zamonda   harakatlanayotgan   inson   obrazi   bevosita   o ‘ sha
muhitga hamohang bo ‘ lishi tabiiy hamdir.
Shaxs   muhit   ta’siri   ostida   o ‘ z   xarakteri,   imkoniyatlari   doirasida   o ‘ zgaradi.
Mustahkam irodali, kuchli xarakterli shaxs o ‘ tkinchi muhit ta’siriga to ‘ liq ma’noda
bo ‘ ysunmaydi.   Muhitga   qarshilik   ko ‘ rsatish   tuyg ‘ usi   ularda   kuchli   rivojlangan
bo ‘ ladi. Ba’zi insonlar esa muhit ta’siriga tushib, unga bo ‘ ysunadilar, o ‘ zlariga xos
originallik   va   individuallikdan   mahrum   bo ‘ lib,   o ‘ z   muhiti   uchun   o ‘ rtacha
hisoblangan kimsaga aylanadilar.
Yozuvchi   Normurod   Norqobilov   diqqati   murakkab   hayotiy   voqealar,   chin
inson   qalbidagi   poklik,   halollik,   rostgo ‘ ylik   kabi   ko ‘ pgina   go ‘ zal   fazilatlarni
ko ‘ rsatishga   qaratiladi.   Ma’lumki,   ijtimoiy-maishiy   sharoit   inson   xarakterining
shakllanishida   asosiy   omillardan   biridir.   Hikoya   voqeligi   ichida   harakatlanadigan
personajlar   ham   bundan   mustasno   emas.   Adabiyotshunos   H.Umurov
ta’kidlaganidek; “Adabiyotda sharoit obrazi ijtimoiy munosabatlar tasviriga oidligi
bilan   birga   xarakterni   aks   ettiruvchi   obraz,   ayni   paytda,   sharoitni   ham   yaqqol
gavdalantiradi va aksincha bo ‘ ladi. Y a ’ni xarakter va sharoit hamma vaqt dialektik
aloqada   rivojlanadi.   San’atkorlar   ana   shu   dialektikaga   izchil   amal   qilgandagina
xarakterni   yorqin,   tipik   xususiyatlarini   ham,   hayotning,   davrning   mohiyatini   ham
haqqoniy ifodalay oladilar. Darvoqe, badiiy asarning g ‘ oyaviy va badiiy sifati ana
shu   muammoning   aniq   hal   qilinishiga,   asardagi   xarakter   bilan   sharoitning
bog ‘ lanish darajasiga va poetik tahlilning chuqurligiga bog ‘ likdir” 16
. 
Ta’kidlash   kerakki,   bugungi   o ‘ zbek   nasrining   ko ‘ zga   yaqqol   tashlanadigan
yana bir belgisi yakkahokimlikka asoslangan siyosiy mafkuradan holi bo ‘ lib, inson
15
?
  Шодиев Н. Горизонт ы  эпоса. – Тошкент: Издательство литератур ы  и искусства имени Гафура Гуляма, 
1986, стр – 115.
16
 Умуров Ҳ. Таҳлил санъати .-Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1978, 92-бет.
14 ko ‘ ngli   izhorini,   ruhiy   ehtiyojini   ifodalashga   o ‘ tganligi     bilan   izohlanadi.   Milliy
nasrning   qandaydir   ijtimoiy-siyosiy   buyurtmani   bajarish   emas,   ko ‘ ngil   holatlari,
inson   ruhiyatidagi   iztirobu   quvonchlarini   tasvirlashga   o ‘ tishi   jarayoniga   jiddiyroq
e’tibor   qaratgani,   badiiy   talqinlarning   teranlashuviga   olib   kelayotganligini   ham
alohida   qayd   etish   lozim.   Keyingi   yillarda   yaratilayotgan   hikoya   janridagi
asarlarda ham bu holat yanada teranlashdi. Ammo istiqlolgacha yaratilgan asarlarni
ham   inkor   qilish   fikridan   yiroqmiz.   Bu   asarlarda   ham   yorkin   obrazlar,   davrning
murakkab muhitga xos qirralar o ‘ z ifodasini topgan edi. Badiiy   asarda xarakterni
shakllanishi,   uning   o ‘ ziga   xos   muhit   ta’sirida   ifodalanishini     ko ‘ ramiz.   Badiiy
xarakter haqida o ‘ zbek adabiyotshunosligining   yirik bilimdoni, nazariyotchi olim
Izzat Sulton: “Asar mazmuni xarakter tasviri tufayli hayotiy aniqlik kasb etadi va
shu bilan birga, bizning hislarimizga ta’sir etish xususiyatiga ega bo ‘ ladi” 17
, – deb
qayd   etadi.   Xarakter   turfa   xil   ziddiyatlar   zamiridan   oziqlanib   yaratilsagina,
adabiyotga daxldor bo ‘ lgan badiiy asar vujudga keladi. 
Qarashlarni, fikrlarni yanada rivojlantirgan   adabiyotshunos Hotam Umurov
shunday   yozadi:   “Xarakterlar   olamini   yaratish     yozuvchining   o ‘ zligini   tanishga,
ruhiyati   qatlamlaridagi   sirlarni   bilishga,   uni   tadqiq   va   tahlil   qila   olishga   va
g ‘ oyaviy-badiiy niyatini ochib beradigan qilib tasvirlash sifatiga bog ‘ liqdir” 18
. 
Adib   Normurod   Norqobilov   asarlarida   badiiy   obrazning   ildizi   shu   zamin
bilan chambarchas  bog ‘ liqdir. Ular  ruhiyatida ona zaminga, oilaga bo ‘ lgan mehr-
muhabbatning  mavjudligi   yaqqol   seziladi.  Badiiy   adabiyotdagi  an’analar   mohiyat
jihatidan o ‘ zgarib, shakllanib borishi bilan o ‘ sha davrning turfa xil olami ma’lum
darajada bo ‘ lsa-da, badiiy ifodasini  topadi. Adib hikoyalarida davrning murakkab
voqealari silsilasi umumlashtirilishidan tashqari inson shaxsi va ruhiy iztiroblarini
yuzaga   chiqarishga   intiladi.   Badiiy   asarlar   so ‘ z   san’atining   eng   mukammal
namunasigina bo ‘ lib qolmasdan, balki o ‘ zi tasvirga olayotgan davr va jamiyatning
badiiy-estetik manzarasi in’ikosi hamdir. 
H ikoya ham boshqa adabiy janrlar kabi insonga xos bo ‘ lgan ong, ruh, vujud,
aql tushunchalarini  bir - biri bilan uyg ‘ un namoyon qilgan, insonni  shaxs  sifatida
17
 Султон И. Адабиёт назарияси. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 1980. 131-132 .бетлар.
18
 Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. – Самарқанд,: СамДУ нашри, 2001. 51-52.бетлар.
15 shakllanishi   jamiyat   bilan   bog ‘ liqligini   badiiy   aks   ettira   olgan   janrlardan   biri
sifatida   taraqqiy   etadi.   Ijtimoiy   hayot,   jamiyat   taraqqiyoti,   shaxs   ichki   olami,
insonning   botiniy   va   zohiriy   tabiatini   badiiy   aks   ettirish   hikoyaga   xos   tafakkur,
janrning o ‘ ziga xosligini namoyon etuvchi badiiy omil sifatida maydonga chiqadi.
Yuqorida   qayd   qilingan   fikrlarni   asoslash   maqsadida   adibning   “Tovatosh”
hikoyasiga e’tibor berish o ‘ rinlidir. 
Asar   80 - yillarda   yozilgan   bo ‘ lib,   unda   hayotning   murakkab   qirralari,
ijtimoiy   muhitning   inson   tabiatiga   ta’siri   haqqoniy   ifoda   etiladi.   Bu   holat   asar
qahramoni Dilmurod obrazida yorqin ko ‘ rinadi. “Kurashning eng jaydari usullarini
ham   o ‘ zlashtirolmay   trenerdan   dakki   eshitayotgan   ba’zi   talabalarni   ko ‘ rib,
hafsalasi pir bo ‘ ldi. “Institutga ham har kimni olaverar ekan-da?” – dedi tashqariga
chiqishgach,   boshini   sarak-sarak   qilib...   Jo ‘ ralari   uning   gapini   ma’qullashdi.
Jo ‘ shib ketgan Dilmurod shu yil fizkultura institutiga hujjat topshirishni, nasib etsa
kurash tushushni bu mishiqilarga ko ‘ rsatib qo ‘ yishni, xullas, butun orzu-umidlarini
bir-bir   bayon   qila   boshladi” 19
.   Hikoyadagi   bayonlarga   nazar   tashlar   ekanmiz,
Dilmurodning   qalb   kechinmalari   ziddiyatli   davrning   bir   qirrasi,   adolat   va
adolatsizlik, haq va haqsizlik tushunchalari haqidaga muayyan xulosalar chiqarish
imkonini   beradi.   Adib   talabalarning   no ‘ noqligini   maxsus   tasvirlab   o ‘ tirmaydi,
ammo hikoya mazmun-mohiyatidan shunday xulosa chiqarish mumkin, albatta.
Yozuvchining   “Tovatosh”   hikoyasi   davr   muammolarinigina   emas,   inson
tafakkuridagi  evrilishlarni  haqqoniy tasvirlagani  bilan ham  qadrli. Inson  va tabiat
birligining teran talqini Dilmurod qalb kechinmalari orqali beriladi. Uning orzulari
bir dunyo, unda ham  do ‘ stlari kabi o ‘ qish-o ‘ rganish istagi kuchli bo ‘ lib, o ‘ qishni,
bilim olishni niyat qiladi. Ammo qishloqqa kelib o ‘ z hovlisiga qadam qo ‘ yar ekan,
opasining   dard   to ‘ la   mungli   ko ‘ zlaridan   yosh   oqib:   “Otaginamdan   ayrilib   qoldik,
inijon!”, – degan so ‘ zlarini eshitib, “boshiga bexos suyil tushganday gangib qoladi.
Shu   lahzadayoq   barcha   orzulari   chilparchin   bo ‘ lganligini   kitobxon   teran   anglay
boshlaydi.   Uning   qalbidagi   iztiroblari   o ‘ zlikni   anglash,   o ‘ zini   taftish   etish   tomon
yo ‘ naltiradi. Otaning vafotidan so ‘ ng qo ‘ riqxona egasiz qolganday bo ‘ ladi. Cho ‘ li
19
 Норқобилов Н. Зангори кўл. Ҳикоялар. – Тошкент: Юлдузча, 1987. 27-бет. 
16 o ‘ rmonchi   kecha   atay   uni   yo ‘ qlab   kelgani,   gap   orasida   esa :     “Otang   rahmatli   bir
qoya   edi!   –   dedi   Cho ‘ li   o ‘ rmonchi   uzoqdan   gap   boshlab,   –   Shunday   odam-a!..
Esiz!..   demoqchimanki,   bu   otangning   o ‘ rnini   bossa!   To ‘ raqul,   Rahmonberdilarga
qolsa   dunyoni   sel   bossin:   Ular   ko ‘ proq   o ‘ z   tomorqalariga   qayg ‘ urishadi.   Qara
qo ‘ riqxonaga it ham kirayapti, bit ham. YAna o ‘ zi biladi, buniyam o ‘ ziga yarasha
kallasi   bor!” 20
.   Bu   fikrlar   zamirida   keksa   o ‘ rmonchining   unga   ishonchi,   sadoqati
bilan   bir   qatorda,   g ‘ ururi,   ori,   mardligini   tan   olish,   otaning   ishlarini   davomchisi
sifatida ko ‘ rish istagi namoyon bo ‘ ladi. O ‘ sha lahzalarda Dilmurod bu gaplarning
mag ‘ zini   hali   anglab   ulgurmagan   edi.   Qo ‘ riqxonani   aylanar   ekan,   Cho ‘ li
o ‘ rmonchining   gaplarida   haqiqat   mujassamlashganini   anglay   boshlaydi.
Moshinalarning   bemalol   qo ‘ riqxona   hududiga   kirishi,   barcha   narsalarni   payhon
qilishi, eng achinarlisi “...ko ‘ zi butalar ostida o ‘ zaklagan ravoch yaproqlari orasida
xiyol   uchi   chiqib   turgan   yog ‘ ochga   tushdi.   YAproqlarni   oyog ‘ i   bilan   nari-beri
surib,  olib   ketishga   tayyorlab   qo ‘ yilgan  ikkita   archa   yog ‘ ochini   ko ‘ rdi”.   Shundan
so ‘ nggina keksa  chol Cho ‘ li o ‘ rmonchining gaplarida qandaydir  mantiq borligini,
otaning   ishlarini   davomchisi   sifatida   uni   ko ‘ rganligi   bejiz   emasligini   ma’lum
darajada   his   eta   boshlaydi.   Ammo   hali   ham   hayotning   bu   qadar   murakkabligini
anglab   etmagan.   Cho ‘ li   o ‘ rmonchi   uning   qalbidagi   g ‘ ururni,   mardlikni,   eng
muhimi   poklikni,   inson   va   tabiatni   e’zozlay   olishiga   ishonchni   ko ‘ radi.   Insonni
anglashgina   emas,   tabiatni,   uning   mo ‘ jizalari   oldidagi   ojizligini,   ammo   ba’zi
insonlarning   vahshiyligini   ham   kuzatish   mumkin.   Axir   yillar   davomida   qilingan
mehnatning juda tez orada yo ‘ qolishi tayin edi. SHuning uchun Dilmurod To ‘ raqul
o ‘ rmonchinikiga borib, ko ‘ rgan voqealarni aytar ekan, uning til uchidagina “hozir
borib   jazolaymiz”,   deyishi,   ammo   ko ‘ z   qiri   bilan   ortiga   qaraganda,   hali   ham
tomorqasida   ishlab   yotganini   ko ‘ rib   qaysarligi   tutadi.   Ko ‘ z   o ‘ ngida   otasining
“Gurkirab   turgan   archa   o ‘ rnida   judolikdan   shahidlik   beruvchi   kundani   ko ‘ rsa...
bodi   tutgan   kishidek   afti   bujmayib,   qaddi   dol   bo ‘ lib”   qolishining   sababini
anglagandek bo ‘ ladi. Archa yog ‘ ochlarini olib ketishga kelgan yigitlarning jazosini
20
  Норқобилов Н. Зангори кўл. Ҳикоялар. – Тошкент: Юлдузча, 1987. 33 бет. 
17 bergandan so ‘ nggina birinchi  bor yurakdan chiqarib kulishi, qalbining bir  chetida
“ota ruhi”ni shod qilganligini his etadi. 
1.2.Adib   asarlarida   qahramonning   individual   tabiati   talqini.   So‘z
san’atkorlari   hayotni   badiiy   talqin   etar   ekan,   asar   qahramonlarining   turfa   xil
xususiyatlarini   kashf   etib   boradi.   Buning   zamirida   asar   qahramonlarining
induvidial   xarakter   qirrlari   vaoqealar   rivoji   asosida   talqin   etiladiki,   bu   esa   milliy
ruhni shakllanishiga xizmat qiladi.
Shu jihatdan   iste’dodli adibning   “Tovatosh” hikoyasi dagi qahramonlarning
individual xarakerlari yorqin bo‘yoqlarda o‘z ifodasini topgan. Dilmurod q ishloqqa
qaytar ekan, hovliga kirgach, ko ‘ zi tovatoshga tushadi, uni bolaligida otasi soydan
elkasiga ko ‘ tarib chiqqanligi, keyinchalik ko ‘ tarmaganligi, ammo qishloqdan hech
kim joyidan qimirlata olmaganligini angla y di .  Hayotdagi ziddiyatlar inson qalbiga
o ‘ z ta’sirini o ‘ tkazish bilan bir qatorda, uning iztiroblarini  ham yuzaga chiqaradi.
Bu   esa   qahramon   xarakterining   shakllanishi   uchun   zamin   tayyorlaydi.   Ota
tabiatdagi mardlik, haqgo ‘ ylik o ‘ g ‘ li Dilmurod harakterida davom etadi. Adibning
inson   tabiat   go ‘ zalligining   himoyachisi   degan   nazari   ham   ushbu   hikoyada   o ‘ z
aksini topgan. Tabiiyki, badiiy asarda yozuvchi xarakterlar tasviri orqali muayyan
davr voqealarini badiiylashtiradi. 
Iste’dodli adabiyotshunos M. Mahmudov hayotiy voqelik va xarakter talqini
haqida   shunday   yozadi:   “Bir-biriga   o ‘ xshash   hayot   hodisalaridan   yozuvchilar   o ‘ z
g ‘ oyaviy niyati, ijodiy maqsadlariga ko ‘ ra turli syujetlar, turli xarakterlar yaratadi,
ijodkor   maqsadiga   ko ‘ ra,   real   hayot   hodisalari   g ‘ oyat   katta   o ‘ zgarishlarga
uchraydi”   21
.   Qayd   qilinganidek,   hayotni   tasvirlashda   turfa   xil   obrazlar   olami,
ularning badiiy talqinida namoyon bo ‘ ldi. 
Adib   tabiat   manzarasini   talqin   etar   ekan,   unda   insonni   tabiat   bilan   uzviy
birlikda, qalb iztiroblarini tasvirlaydi. Ya’ni tabiat va inson o ‘ zaro munosabati bir
butunlikda real mohiyat kasb etishiga urg ‘ u beriladi. “Kamalak”  hikoyasidagi hali
o ‘ zini   anglab   ulgurmagan,   anglasa-da   ko ‘ p   narsalarning   farqiga   bora   olmaydigan
Nurbek   xarakteri   badiiy   g ‘ oyaning   teranlashuviga   xizmat   qiladi.   Buni   quyidagi
21
  Маҳмудов   М.   Талант   ва   ижод   фалсафаси,   –   Тошкент:   Ғафур   Ғулом   номидаги     Адабиёт   ва   санъат
нашриёти, 1976. 164-бет.
18 tasvirda   ham   ko ‘ ramiz:   “Bog ‘   bolakay   uchun   shunchaki   bog ‘   emas,   ajoyibotlar
olami.  Bog ‘ da  uni   hayratga  soluvchi   narsalar   to ‘ lib-toshib   yotibdi.  Mana   kechagi
g ‘ uncha   bugun   shapaloqday   bo ‘ lib   ochilibdi.   Pushti   rang.   U   onasi   kabi   gulni
bandidan avaylab tutib, hidlab-hidlab ko ‘ rmoqchi bo ‘ ladi. Ammo gulga allaqachon
ega   chiqqan,   gulkosada   g ‘ imirlab   turgan   ari   cho ‘ chib   havoga   ko ‘ tariladi.
Buvisidan,   ari   gulning   sharbatini   ichadi,   deb   eshitgan   emasmi,   gulning   sharbati
qanaqa bo ‘ larkin, degan qiziqishda gulni sinchiklab ko ‘ zdan kechiradi” 22
. Adibning
qayd   qilingan   asarida   voqealar   obraz   va   xarakterlarga   o ‘ zaro   uzviy   bog ‘ lanib,
Nurbek   obrazini   shakllantiradi.   Hayotiy   voqealar   va   xarakterlarning   o ‘ zaro   uzviy
bog ‘ lanishi   hikoyaning   syujet   va   kompozitsiyasini   mukammallik   darajasiga
ko ‘ taradi.
Yozuvchi   asarlaridagi   o ‘ ziga   xos   tasvirlar   qahramon   xarakter   va   ruhiyatini
yoritishga   xizmat   qiladi.   Nurbek   bog ‘ dagi   har   bir   narsaga   e’tibor   qaratadi,   ular
bilan   g ‘ oyibona   gaplashadi,   mulohaza   yuritadi.   Bolakayning   nazarida   dunyoda
nima   yaxshi-yu,   nima   yomonligini   u   his   etadigandek   taassurotni   uyg ‘ otadi.   Bu
tasvirlardan   ko ‘ rinadiki,   bola   ruhiyatiga,   uning   xarakterining   shakllanishiga   ana
shu   voqealar   silsilasi   sabab   bo ‘ ladi.   Olamning   kengligini   ilk   marta   his   etishi
Nurbek   qalbida   o ‘ zgacha   xis-tuyg ‘ ular,   qarashlar   va   mulohazalar   shakllanishiga
zamin  hozirlaydi.   Borliq   haqidagi   qarashlari   shakllanar   ekan,   bolalarga  xos   ruhiy
iztiroblar   uning   olamiga   qarashini   yaxlit   xolga   keltiradi.   Aslida,   bola   hayotda
qadrdon   buvisidan   uzoqlashgan   emas,   qishloqdan   nariga   chiqqan   ham   emas   edi.
Shuning  uchun  Nurbek   notanish  va  sirli  olamga  mahliyo  bo ‘ lib  qaraydi,  olam  va
odamni   anglashga   urinadi.   Bog ‘ chadagi   siqiq   muhitdan   juda   tez   beza   boshlaydi,
buvisining   qiyofasi   ko ‘ z   o ‘ ngida   jonlanadi.   Adib   hikoyalarida   obraz   yaratish
jarayonida   insonning   o ‘ ziga   xos   xarakter   xususiyatlarini   talqin   etish   bilan   bir
qatorda, o ‘ sha davrning voqealarini ham  yoritib berishga diqqat qaratadi. “Badiiy
adabiyotning   markaziy   muammosi   –   xarakter   yaratish,   adabiyotga   yangi   odam
obrazini   olib   kirish.   Yozuvchi   ko ‘ targan   masalaning   jiddiyligi,   pozitsiyaning
aniqligi,   asarning   zamonaviyligi   oqibat-natijada   avtorning   xarakter   yaratishdagi
22
 Ўзбек ҳикоялари антологияси (Танланган ҳикоялар тўплами). – Тошкент: Шарқ, 1997. 263-б.
19 san’atkorligiga   bog ‘ liq.   Asarda   to ‘ laqonli   shaxs,   hayajonli   hatti-harakat,   qiziqarli
insoniy   taqdir   bor   ekan,   demak,   unda   jiddiy   gap   bor.   Realistik   xarakter   o ‘ zining
tabiiyligi, ishontirish kuchi bilangina tirik. Xarakterga ulkan ma’no singdirish bilan
barobar unga jon ato etish ham nihoyatda muhim” 23
. 
Badiiy   obrazni   individual     xususiyatlari   bilan   ko ‘ rsatish   orqali
konkretlashtiradi,   obrazga   jonlilik,   hayotiylik,   tabiiylik   baxsh   etadi,
emotsionallikka   erishadi   –   o ‘ quvchi   hissiyotiga   ta’sir   qiladi,   uni   ishontiradi.
Insonni   davr   va   muhit   voyaga   etkazadi,   shakllantiradi   va   ma’lum   ma’noda
tarbiyalaydi,   shuning   uchun   muhit   inson   xarakterining   shakllanishiga   sezilarli
ta’sirini   o ‘ tkazadi.   Bugungi   milliy   adabiyot,   xususan,   nasrdagi   evrilishlarni   teran
anglash   va   zarur   o ‘ rinlarda   dunyoga   tanilgan   asarlari   bilan   qiyosan   tahlil   qilish
lozim. 
Shu   o‘rinda   Normurod   Norqulovning   “Tovatosh”   hikoyasidagi   obrazlar
olami   bilan   iste’dod   sohibi   Chingiz   Aytmatovning   “Oq   kema”   asaridagi   bola
obraziga nazar tashlash, qiyoslashni lozim topdik: “Oq kema” asarining qahramoni
ham   dunyoning   ishlari   murakkabligidan   lol   qoladi,   shuning   uchun   bolalarga   xos
soddalik bilan hayotning murakkabligiga, odamlarning turfa xilligiga o ‘ zicha javob
izlashi ham bejiz emas edi: “Odamlar nega shunday yashaydi? Nega birovlar qahr-
g ‘ azabli, birovlar  mo ‘ min-muloyim!  Nega  baxtli-baxtsizlar  bor? Nega  shundaylar
borki,   ulardan   hamma   cho ‘ chiydi,   yana   shundaylar   borki,   ulardan   hech   kim
hayiqmaydi” 24
. Iste’dodli adib Chingiz Aytmatov asarlarida bola obrazining o ‘ ziga
xos va betakror talqinlari mavjud. Adib bola psixologiyasini juda yaxshi anglaydi,
uning   dardu   alamlariga   xayotning   eng   murakkab   tomonlarini   ham   singdirib
yuborganligi kuzatiladi. 
Iste’dodli adabiyotshunos, tanqidchi va tarjimon Asil Rashidov alohida qayd
qilib o ‘ tganidek: “Asarda ifodalangan falsafiy muammolar – ertak va hayot, inson
va tabiat, moziy va zamona, go ‘ zallik va badbinlik, ezgulik va yovuzlik, xokisorlik
va   shafqatsizlik,   mehnatsevarlik   va   tekinxo ‘ rlik,   insonparvarlik   va   vahshiylik,
23
 Норматов У. Насримиз анъаналари. Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти: – Тошкент, 1978.
130-бет.
24
 Айтматов Ч. Танланган асарлар. 1-том. – Тошкент,  1988. 291-бет.
20 yozuvchi   va   voqelik   –   bularning   hammasi   adibning   o ‘ tkir   qalami   orqali
zamondoshlarimizning estetik va axloqiy ideallari nuri-la munavvar etilgan bo ‘ lib,
kitobxonni qattiq hayajonga soladi” 25
. Qayd qilinganidek, adib asaridan ma’naviy -
botiniy olamning talqini, inson konsepsiyasini yuzaga chiqaradi.  
Adib   Chingiz   Aytmatov,   Normurod   Norqobilov   asarlarida   bola   obraziga
monand   hayotiy   ziddiyatlarni   badiiy   talqin   etar   ekan,   bolalarning   o ‘ ta   nozik   qalb
kechinmalari  bilan  o ‘ rtoqlashadi.  Natijada  bola  ruhiy  psixologik  ta’sir   kayfiyatini
ko ‘ rsatadi. Bolaning pokiza tuyg ‘ ulariga salbiy ta’sir etish holatlari ifoda etiladi.  
Asardagi adabiy qahramonlarni hayotdagi  u yoki bu voqeaga aralashmagan
holda tasavvur qilishning imkoni mavjud emas, voqea-hodisalar personajlar uchun
o ‘ ziga xos “harakat maydoni” hisoblanadi, yuz berayotgan narsaga nisbatan hissiy
va   aqliy   javoblari,   o ‘ zini   tutishlari   va   qiliqlari   orqali   kitobxonlar   oldida   ularning
to ‘ laqonli obrazi namoyon bo ‘ ladi. Asardagi voqealar rivoji turli odamlar tabiatini
namoyon   qilish   bilan   birga,   bola   ruhiyati   beg ‘ uborlik   tasviri   birinchi   o ‘ ringa
chiqadi.   Har   ikki   asardagi   bola   ruhiyatidagi   o ‘ zgarishlarning   sababini   mualliflar
izlashadi. Muhit ta’siri esa obrazlar ruhiyatida o ‘ z ifodasini topishi aniq. 
B adiiy adabiyotdagi obrazlar ba’zan ma’lum bir ijodkor xayoloti fantaziyasi
o ‘ laroq   tug ‘ iladi.   Uni   to ‘ laqonli   shakllantirish   va   murakkab   hayotiy   voqealar
mazmuniga singdirish uchun ijodkor olamni, borliqni teranroq his eta olishi zarur.
Hayotiy voqelik badiiy asar syujeti uchun asos bo ‘ ladi.  Syujetning badiiy asardagi
funksiyalari   haqida   so ‘ z   ketganda,   avvalo,   uning   asar   muammosini   badiiy   tadqiq
etishga imkon beradigan hayot voqeligining ijodkor tomonidan sintezlashi muhim
sanaladi.   Natijada   badiiy   mukammal   obrazlar   galereiyasi   maydonga   keladi.
Demak,   syujet   hikoyada   mavzuni   atroflicha   shakllantirishga   xizmat   qiladi.   Ijodiy
niyat ijrosi  mazmunga, muallifning poetik tafakkuriga bog ‘ liq holda o ‘ z ifodasini
topib boradi.
Shu   narsa   aniqki,   “shaxsning   ichki   dunyosi   uning   faoliyati   bilan   aynan   bir
narsa   emas   va   uning   faoliyati   bilan   tugamaydi.   Shaxsni   yaxlit   tushunishda   uning
faoliyati (xatti-harakati)gina emas (garchi shaxs o ‘ zini nisbatan faoliyatda ravshan
25
  Рашидов А. Чингиз Айтматов олами. – Т., Ўқитувчи, 2011. 148-бет.
21 ko ‘ rsatsa-da),   shu   bilan   birga   psixika   tahlilida   aniqlanadigan   amalga   oshmagan
xatti-harakatlar   va   bajarilmagan   ishlar   doirasi   ham   muhimdir” 26
.   Bu   tushunchalar
zamirida   shaxs   xarakteri   shakllantirilsa,   turfa   xil   hayot   voqeligiga   munosabat
bildiruvchi   holatlar,   badiiy   konflikt   uchun   asos   bo ‘ ladi.   YUqorida   qayd   qilingan,
tahlil   etilayotgan   hikoyalar   syujetiga   qayta   nazar   tashlasak,   turli   konfliktni
ko ‘ ramiz. 
“Konflikt,   –   deb   yozadi   adabiyotshunos   Dilmurod   Quronov,   –   badiiy   asar
personajlarining   o ‘ zaro   kurashlari,   qahramonning   o ‘ z   muhiti   bilan   ziddiyatlari,
shuningdek,   uning   ruhiyatida   kechuvchi   qarama-qarshiliklar   tushuniladi”. 27
Haqiqatdan ham, badiiy asar qahramonlarining turfa xil xarakter qirralari voqealar
rivoji zamirida yoritiladi. 
Y o zuvchi   Normurod   Norqobilovning   “Kamalak”   hikoyasida   ham   voqealar
rivoji natijasida Nurbekning ruhiy dunyosi, xarakteri yoritiladi. Birgina buvisining
vafotidan   keyingi   ruhiy   iztiroblari   uning   shaxs   sifatidagi   faoliyatini   shakllantirsa,
qishloqdan   chetga   chiqmagan   yigitdagi   o ‘ zgarishlar   uning   xarakterini
shakllantiradi:   “Bolakay   chuvur-chuvur   ichida   gangib,   o ‘ zini   yo ‘ qotib   qo ‘ ydi.
Baliq   qo ‘ lma-qo ‘ l   o ‘ tib,   kimdir   uni   soyga   uloqtirdi.   Bolalar   bir   zumda   undan
uzoqlashdilar. U esa “Baliqcha tirildi!” degancha yana chopqillab ketdi” 28
.   Nurbek
o ‘ sha   kuni   kech   kirganda   uyiga   kirib   boradi,   onasi   uni   quchib,   bag ‘ riga   bosib
achchiq-achchiq   yig ‘ laydi,   ammo   bola   qalbidagi   o ‘ zgarishlarni   hali   anglab
ulgurmagan   edi.   Kunlar   bir-birini   quvib,   shoshib   o ‘ tib   borardi.   Bola   qalbida   esa
olam   –   olam   o ‘ zgarishlar,   ziddiyatlar   namoyon   bo ‘ lardi.   U   devor   ostidan   yana
tashqariga   o ‘ rmaladi.   Olam   uning   ko ‘ ziga   butunlay   o ‘ zgacha   ko ‘ rinadi:   “...kecha
tip-tiniq   oqqan   soy,   bugun   po ‘ rtana   bo ‘ lib   pishqiradi...   o ‘ tkinchi   bulut   yuzini
to ‘ sgan   quyosh   yana   chiroy   ochdi.   U  birdan  anqayib   qoldi   va   bir   nafasdan   so ‘ ng
entikib shivirladi: “E, u nimaydi?!” Nurbek kamalakni ilk marta ko ‘ rishi edi, unga
qarab qadam tashlar ekan, ortidan kimdir chaqirdi. SHu lahzada “Oh, qaniydi, shu
26
 Иезуитов А. Проблема психологизма в эстетике и литературе. В кн.: Проблема психологизма в советской
литературе. – Л.: Наука, 1970. С.56.
27
  Қуронов Д. Адабиёт назарияси асослари. – Тошкент: Навоий университети, 2018.176-б.
28
 Ўзбек ҳикоялари антологияси (Танланган ҳикоялар тўплами).– Тошкент: Шарқ, 1997. 267-б.
22 bog ‘ cha   opasi   buvijonisiga   aylana   qolsa,   uni   kamalak   sari   etaklasa” 29
.   –   degan
armonli   orzular   og ‘ ushida   qoladi.   Kamalakka   e’tibor   berar   ekan,   butun   borlig ‘ ini
unutadi,   olis   xotiralar   girdobiga   sho ‘ ng ‘ iydi.   Buvisini   xayolan   ko ‘ z   o ‘ ngida
jonlantiradi. Taqdiri azalning shafqatsizligidan achchiq-achchiq yig ‘ lagisi, baqirib
dardu   alamlarini   unutgisi   keladi.   Buvisiga   bo ‘ lgan   mehr   bola   qalbini   rom   etadi.
Tasodifiy   o ‘ lim   Nurbekning   ma’nan   iztirob   chekishiga   sabab   bo ‘ ladi.   Asardagi
voqealar rivojidan ko ‘ rinadiki, bola xarakteri, ruhiy olami juda teran talqin etiladi.
Bu   esa   bolalarga   befarq   bo ‘ lmaslikni,   ularning   ham   o ‘ z   olami   va   dardi,   qalb
tebranishida g ‘ aroyib ziddiyatlar mavjudligini anglatadi. 
Adib   N.Norqobilovning   “Ayriliq   quvonchi”   asaridagi   bola   obrazida
mujassamlashgan   xarakter   va   ruhiyat   birligining   jozibadorligi,   mavzuning
ko ‘ lamdorligi   bilan   alohida   farqlanib   turadi.   Hikoya   tarkibidagi   Norboy   cholning
ovunchog ‘ i,   maslakdoshi   bo ‘ lgan   nabirasi,   bobosini   anglab   turar,   uning   qalb
kechinmalarini   to ‘ g ‘ ri   his   etar,   ammo   oilaviy   muhitdagi   kattalar   buni   anglashni
istamaydi. Bolakay xuddi olamni teran anglaganday, momosining vafotidan so ‘ ng,
cholning   yolg ‘ izlanib   qolishiga,   ich-ichidan   achinadi.   Boboning   o ‘ g ‘ li   Muso
otasini   shaharga   olib   ketmoqchi   bo ‘ lganda,   otaning   ketishiga   rozilik   bermasligi,
kengliklar,   tepaliklar,   qirlarni   unuta   olmasligini,   unga   tushuntira   olmas   edi-yu,
shuning uchun qat’iy rad javobini beradi. Yozuvchi maxorati shundaki, insonning
ma’naviy   olamidagi   tanazzulni   oddiy   qishloq   odamlari   hayoti   orqali   talqin   etadi.
Aslida   bu   tanazzul   yaqinlar   o ‘ rtasidagi   mehr-muhabbatning   yo ‘ qolishiga   sabab
bo ‘ lishi va qayta bog ‘ lanishi asardagi voqealar silsilasi asosida yoritib beriladi.
Qozoqboy   Yo ‘ ldoshev   qayd   qilib   o ‘ tganidek:   “Bugungi   o ‘ zbek   adabiyoti
millat   ahlining   ko ‘ ngli,   sezimlari   va   ruhiyatining   tasvirlashga   e’tibor   qaratishi
natijasida   inson   asosiy   badiiy   qadriyatga   aylandi.   Mustaqillik   davri   o ‘ zbek
adabiyoti  chinakamiga xilma-xil  adabiyot  bo ‘ ldi. Unda sinab ko ‘ rish,  ochilmagan
yo ‘ llardan yurish, hatto, xato qilish imkoniyati bor. Bu adabiyotga qanday yozish
kerakligi   to ‘ g ‘ risida   ko ‘ rsatma   berilmaydi” 30
.   Haqli   ravishda   ta’kidlanganidek,
insonni   borlig ‘ icha   tasvirlash,   unga   ishchi   kuchi   sifatida   emas,   inson   qanday
29
 Ўзбек ҳикоялари антологияси (Танланган ҳикоялар тўплами).– Тошкент: Шарқ, 1997. – 268-б.
30
 Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. Адабий ўйлар. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. 192-б.
23 bo ‘ lishidan   qat’iy   nazar,   uning   ruhiy   olamidagi   evrilishlarni   talqin   etish   holati
etakchilik   qiladi.   Balkim,   shuning   uchun   ham,   xilma-xil,   rang-barang   badiiy
asarlarning  vujudga   kelishi,   insonni   teranroq   anglashga   bo ‘ lgan  ehtiyoj   natijasida
vujudga kelayotganligini ham alohida qayd etish joizdir.  
Yozuvchi   asarlaridan   o ‘ rin   olgan   ma’naviy   tanazzul   talqini   ham   shaxs
ruhiyatidagi   iztiroblar   bilan   uyg ‘ un   tasvirlanadi.   Asarda   Norboy   chol   o ‘ z   hayoti
bilan emas, balki bevaqt vafot etgan xotinining borlig ‘ i, o ‘ y-xayollari bilan yashay
boshlaydi:   “Chol   esa   endi   uni   unutgan,   toshlar   oralab   oqayotgan   suvga   xayolan
termulib   qolgan,   go ‘ yo   ularning   o ‘ tkinchiligini,   oqar   suvday   tezobligini   endi
fahmlab   etganday,   mahzun   xayolga   botgan   bo ‘ ladi.   U   aka-ukalar   jiqqalashgan
kezlari   ham   mana   shu   tarzda   xayolga   cho ‘ madi.   Lablari   chetida   esa   ermaklovchi
bir   tabassum   qanot   qoqay-qoqay   deb   turadi.   Biroq   bu   tabassumni   boladan   o ‘ zga
hech   kim   payqamaydi” 31
.   Boboning   qalbidagi   iztiroblar   zamirida,   hayotning
o ‘ tkinchi   ekanligini,   ammo   bu   holni   barcha   ham   birday   anglamasligi   bo ‘ y
ko ‘ rsatadi.  
Yashashning   achchiq   zarbalarini   o ‘ z   boshidan   o ‘ tkazgan   Norboy   chol
keyingi  damlarda  xayolparast,  odamovi  bo ‘ lib qolishiga  ham   asosiy  sabab,   o ‘ zini
ortiqchalik qilayotganligini anglashi bilan izohlash mumkin. Farzandlar o ‘ rtasidagi
chol   uchun   bo ‘ lgan   kurashlar,   nizolar   cholning   dilini   vayron   qiladi.   CHolning
nevarasi   ruhiyatida   yuz   bergan   holat   asosida   uning   atrofdagi   insonlar   haqida
o ‘ quvchida xulosalar chiqarishi mumkin. 
Bola   qalbidagi   iztiroblarni   Norboy   chol   juda   tez   ilg ‘ aydi,   ayni   damda,
choldagi qalb kechinmalarini nevarasi ham teranroq anglashga, his etishga intiladi.
Kattalar   anglashni   istamagan   haqiqatni   bolakay   anglashi   bejiz   emas,   albatta:   “-
Jaholat! Oh-oh, qanchalar jaholat!? Bola bu so ‘ zning neligini anglamasa-da, tusi va
sovuqligini   butun   vujudi   bilan   his   etadi.   Nazarida,   so ‘ zga   jamlangan   harflar
tog ‘ asining   ko ‘ kka   yoyilgan   barmoqlari   orasidan   sitilib,   sochilib,   qishloq   uzra
mahobatli   qoramtir   qoya   yanglig ‘   qad   rostlagandek   tuyuladi” 32
.   Insonni   o ‘ zi
anglamagan   holda   jaholat   botqog ‘ iga   botib   borishini,   Nurbek   ruhiyatidagi
31
 ХХ аср ўзбек ҳикояси антологияси. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2009. – 399-б.
32
 ХХ аср ўзбек ҳикояси антологияси. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2009. 399-б.
24 kechinmalar   orqali   kitobxon   anglay   boshlaydi.   Chol   qalbida   kechayotgan
kechinmalarni   esa   shaharda   yashayotgan   Muso   o ‘ g ‘ li   juda   yaxshi   anglab   turadi.
Oila   va   uning   yaqinlari   boboning   qalbiga   yo ‘ l   topa   olganda   edi,   u   baxtli
insonlardan biriga qaytadan aylangan bo ‘ lar edi. Muso otasidan tez-tez xabar olar,
unga   dalda   bo ‘ lishga   intilardi.   Ammo   oiladagi   ziddiyatlar   bunga   imkon   bermas,
cholning qalbi bilan hisoblashmas edi. 
Adib  hayotining achchiq va murakkab tomonlarini o ‘ zlikni anglashga xizmat
qiladi.   Yillar   shamoli   kabi   o ‘ tayotgan   umrning   oniy   lahzalarini   anglashga   ojizlik
qilayotgan   shafqatsiz   farzandlar   borligi   ham   inkor   etib   bo ‘ lmaydigan   haqiqat.
Farzandlarning   qarashlari   turfa   xil   bo ‘ lib,   otaning   qalbi   bilan   hisoblashmaydi.
Norboy choldagi o ‘ zgarishlarni anglashga intilayotgan bolakay obrazida insoniylik
mujassamlashgan   bo ‘ lsa,   cholning   kuyovi   Yomonqulda   esa   nafrat,   g ‘ ayriinsoniy
hislatlar  uyg ‘ ona boshlaganini   o ‘ quvchi  teran  anglaydi. Asardan  kelib  chiqadigan
asosiy xulosa shuki, insonga bo ‘ lgan muhabbatni to ‘ g ‘ ri anglash va his etish lozim.
Taqdiri   azal   hukmidan   qutilishni   emas,   olam   va   odam   tabiatini,   insonni   teranroq
anglash oqibatida insonlar saodatga erishadi. 
Xullas,   inson   ruhiyati   juda   keng   olam   bo ‘ lib,   undagi   hissiyot   va   tuyg ‘ ular
ham   anglab   bo ‘ lmas   darajada   cheksizdir.   Bu   tuyg ‘ u   insonning   jamiyatga,
odamlarga,  atrof-muhitga  munosabati   va  bular   haqidagi   ma’lum   tushunchaga   ega
bo ‘ lgan qarashlarni ifoda etadi. 
“Oq   kemadagi”   bola,   “Kamalak”dagi   Nurbek,   “Tovatosh”dagi   Dilmurod
obrazlarida o ‘ ziga xos insoniy fazilatlar talqini etakchilik qiladi. Ularning hayotga,
borliqqa   munosabati   orqali,   inson   tafakkuridagi   evrilishlarni,   ziddiyatlarni,   uning
yuzaga   chiqish   sabablarini   anglashga   intilish   jarayonida   hyotni   aks   ettirishning
ifodasi etakchilik qiladi. Dilmurod qalbidagi iztiroblarning yuzaga chiqishi, botiniy
olamidagi zidddiyatlar, o ‘ qish istagidan voz kechishga majbur bo ‘ lishi uning qalb
dialektikasini  ochib berishga xizmat  qilsa, Nurbek momosining vafotidan keyingi
qalb   kechinmalari   va   tuyg ‘ ulari   uning   orzu-umidlaridagi   ziddiyatlarda   namoyon
bo ‘ ladi.   Nurbekda   bolalarga   xos   tafakkur   dunyosi   etakchilik   qilishi   kuzatilsa,
Dilmurod obrazida esa ulg ‘ ayib borayotgan insonga xos xarakter xususiyatlari o ‘ z
25 ifodasini   topgan.   Xullas,   N.Norqobilov   o ‘ z   asarlaridagi   odamlar   obrazini
yaratishda   ruhiy-psixologik   tasvir,   individuallashtirish   usullarini   qo ‘ llash   asar
muvaffaqiyatini   ta’minlovchi   va   yozuvchi   mahoratidan   darak   beruvchi   muhim
poetik omillardan biri ekani ayon bo ‘ ladi. 
Yozuvchi  Normurod   Norqobilovning  Olam va odamga teranroq nazar solish
imkonini beradigan va uning zamirida inson fojiasi mavjudligini anglashga intildi.
“Etim   qolgan   gullar”   hikoyasida   qalamga   olingan   hayotning   achchiq   voqealari
inson   ruhiyatiga   monand   holda   talqin   etiladi.   “Qaynoq   garmsel   har   qutrganda,
shaharcha   quyuq   to ‘ zon   ichida   qoladi.   U   biydek   dashtning   qoq   kindigida   bo ‘ y
rostlagan   bu   shaharchani   er   yuzidan   supurib   tashlamoqqa   ahd   qilgandek,
to ‘ lg ‘ anib,   yulqinib,   quyun   uyurib   esadi...   Garmsel   azaldan   yashil   rangni   yomon
ko ‘ radi.   Dasht   sap-sariq.   Shaharcha   ham   shu   tusda.   Daraxtlar   esa   yashil   dog ‘ dek
juda xunuk ko ‘ rinadi ko ‘ ziga” 33
. N.Norqobilov yozganlariga nazar tashlasak, tabiat
talqini yoki  peyzaj tasviri  bilan boshlanib, inson qalbiga hamohanglik kasb etadi.
Yashil   rang   inson   ruhiyatiga   mehr   taratadi,   xuddi   bahor   fasli   inson   hayotini
yangidan kashf etishga chog ‘ langandek, xarakter ruhiyatiga bog ‘ lanadi. 
Adabiy tanqidchi Damin To ‘ raev yozadi: “Jahon klassik adabiyoti tarixidan
ma’lumki, ijodkor asarida tasvirlangan badiiy g ‘ oya muayyan zamon va makonda
yashagan,   yashayotgan   insonlarning   taqdirlari   vositasida,   voqeada   ko ‘ rinadigan
xarakterlari   orqali   jamiyatga   estetik   ta’sir   ko ‘ rsatadi.   Ba’zi   asarlarda   voqea,
ba’zilarida qahramon xarakteri, ba’zilarida ijtimoiy masala, muammoning o ‘ zi asar
syujetini harakatlantiradi” 34
.  
Qahramon   ruhiyati   voqelikka   kitobxon   diqqatini   qaratishga,   shamoldagi
esishni o ‘ tkinchi, xuddi inson umri kabi ekanligini anglash mumkin.  “Etim qolgan
gullar”   hikoyasida   tasvirlanganidek,   garmsel   qutirishda   davom   etar,   ayniqsa,
atirgullar bilan qasdlashgandek, bastma-bastiga u yoqdan bu yoqqa tebratardi. Ana
shunday talqinlar davomida, olamga, borliqqa nazar solib turgan juvonning nigohi
atirgullar   orasidagi   chiqindiga   tushadi   va   bundan   dahshatga   tushadi.     Juvonning
alamli   ko ‘ zlaridan   o ‘ t   chaqnab   ketgandek   bo ‘ ldi-yu,   ammo   bu   dardni   kimga
33
 Норқобилов Н. Бўрон қўпган кун: Қисса ва ҳикоялар. – Тошкент: Шарқ, 2007. 192-бет. 
34
  Тўраев Д. Маънавий олм талқинлари. – Тошкент: Академнашр, 2020. 67-бет.
26 aytishni   bilmay,   o ‘ nlab   uylardan   biridan   aybdorni   topmoqchidek   atrofga   yana
nazar   tashlaydi.   Juvon   buni   atay   to ‘ kkan,   degan   xayolga   borardi.   Bu   o ‘ rinda,
ijodkor   loqaydlik   botqog ‘ iga   botib   borayotgan,   go ‘ zallik   va   yorug ‘ likni   his   qila
olmaydigan   kimsa   qismatiga   shaxs   qismatini,   uning   dunyoqarashidagi   insoniy
tushunchaning majruh holga kelib qolganiga e’tibor qaratadi. 
Asarga nazar solsak, garmsel va juvon obrazi alohida e’tiborga loyiq. Ammo
shu kichik badiiy talqinda adib tubanlik sari  cho ‘ kayotgan ba’zi insonlar obrazini
umumlashtiradi.   Juvonning   atirgullarga   mehrini,   hatto   garmselga   bardosh
berayotganligini,   ongli   tafakkurli   inson   esa   buni   anglashga,   his   etishga   ojizligi
qayd   etiladi .   “Shu   payt   axlat   to ‘ la   chelak   ko ‘ targan   bir   yigitcha   paydo   bo ‘ ldi.   U
erinchoq   harakat-la   eshikdan   berida   to ‘ xtarkan...   U   naridagi   to ‘ kindixonaga
o ‘ shshayibgina   qarab   qo ‘ ydi-da,   so ‘ ng   chelagini   ko ‘ targancha,   gullar   tomon
zipilladi” 35
. Bu o ‘ rinlarda tasvirga olingan kimsa ichki dunyosini yoritishga xizmat
qiluvchi   talqinlar   zamirida   juda   katta   ma’no   borligini   ko ‘ rish   mumkin.
Shuningdek,   oz   bo ‘ lsa-da,   anglash   va   his   etishdan   qiyofasi   mahrum   kimsalar
qismati ham ko ‘ z o ‘ ngimizda jonlanadi. Ba’zi odamlarning o ‘ z umrining bahorini
ham   anglamasligi,   bu   esa   bir   kun   kelib   qalb   zulmatiga   mahkum   bo ‘ lishini
anglashimiz zarurdek. Bunday  xarakterdagi  insonlarning o ‘ z aqli  bilimidan emas,
nopokligidan   muattar   hid   taratishga   urinayotgan   ramziy   ma’nodagi   gullargina
emas,   bir   kun   kelib   jamiyat   va   tabiat   ham   zarar   ko ‘ rishini   teranroq   his   etishga
chorlaydi.
Yozuvchining   “Kurash”   asari   eng   muhim   o ‘ zbekona   milliyligimiz
ramzlaridan   biri   bo ‘ lgan   kurash   haqida.   Qadimda   o ‘ zbek   to ‘ ylarimiz   povlonlar
yig ‘ inisiz   o ‘ tmagan.   Ana     shunday   yig ‘ inlarda   to ‘ y   egasi   ataganini   o ‘ rtaga
tashlaydi. So ‘ ng polvonlar o ‘ rtaga tushib  bellashadi. Qissa voqeligiga ko ‘ ra Obro ‘
talab   Boyg ‘ ozixonning   to ‘ yi   dabdaba   bilan   o ‘ tgan   bo ‘ lsa-da,   to ‘ yning   ovozini
ertasi   bilan   tarqalgan   shov-shuv   o ‘ z   ortida   qoldirdi.   Barcha     to ‘ yning   dovrig ‘ ini
unutishib,   Hamida   momo   ahvoli   haqida   g ‘ iybatlashadilar:   Hol   so ‘ rab   eshik
qoqqanlar   esa   bu   gap   so ‘ zlarning   mutloqa   teskarisiga   guvoh   bo ‘ lishadi.   Tabiatan
35
  Норқобилов Н. Бўрон қўпган кун. Қисса ва ҳикоялар. –Тошкент: Шарқ, 2007. 197бет. 
27 fe’li   bir   muncha   tor,   to ‘ g ‘ ri   so ‘ z,   qat’iyatli,   To ‘ ra   polvon   deb   nom   qozongan
polvonning qizi Hamida momo obrazi, asarida halollik, to ‘ g ‘ rilik timsolidir go ‘ yo
–   “Ot   izini   toy   bosar”   degan   naql   bor   xalqimizda.   To ‘ ra   polvonning   o ‘ g ‘ li
bo ‘ lmasa-da   bir   o ‘ g ‘ ilga   teng   kelgulik   vijdonli,   oriyatli,   kurashning   bor   sir
sinoatini   biladigan   va   unga   qat’iy   amal   qiladigan,   polvonman   degan   yigitlarning
bir   nechasini   kuragini   erga   tekkizgan,   kurash   degan   tomirlaridagi   qoni   jo ‘ sh
uradigan   alplikni   sevuvchi   qizi   bor   edi.   Zotan   kurash   ayollar   uchun   u   qadar
munosib   bo ‘ lmasada   qadimdan   momolarimiz   ana   shunday   kuch-qudrat   va
mahoratga   ega   bo ‘ lganlar.   Hamida   momo   ana   o ‘ sha   momolar   qatorida   edi.   Har
narsaga qiziquvchan  va talabchan inson  zoti, borliqni  o ‘ z qarichi  bilan o ‘ lchaydi.
Yo ‘ qlovchilar ham shu yo ‘ ldan borishini ma’qul ko ‘ rishdi. Ular o ‘ z bilganlaridan
qolishmaydi,     momoning   gapidan   ko ‘ ra   o ‘ zlarining   tasavvurlariga   ko ‘ proq
ishonishadi.   Asarda   Hamida   momoning   tabiati   yaqin   dugonasi   Mayram   chaqqon
obrazi vositasida ular orasidagi diologlarda ochiladi .
Enaning   qarashida   shunday   bir   istehzo   mavjud   ediki,   bu   na   g ‘ azabga
o ‘ xshardi,   na   pichingga.   Botirning   qo ‘ rqoqqa   mardning   nomardga     qarashiga
o ‘ xshash nimadir edi  bu. Bu xil qarash qarshisida kishi o ‘ zini   mayda va arzimas
his     etardi.   Shomurod     polvon   beixtiyor   ko ‘ zlarini   olib   qocharkan,   yaqindagini
xuddi   shu   xil   qarashga   yana   qaerdadir   duch   kelganini   o ‘ ylaydi”.   Hamida
momoning   S h omurod   polvon   ismli   o ‘ g ‘ li   bo ‘ lib,   u   ham   polvonlardan   sanaladi.
O ‘ g ‘ lining kurashlarda qatnashib sovrindor bo ‘ lib yurganini bilgan Hamida momo
g ‘ ururlanib   qo ‘ yardi.   Kunlarning   birida   dugonasiga   ko ‘ ngil   yorgan   momo,
o ‘ g ‘ lining g ‘ irromligini aytib xasrat  qildi. Erkak kishi uchun bu isnod edi. Momo
tili   bilan   aytganda   bu   sirni   yigit   ko ‘ p   davralarni   ko ‘ rgan   mardlarga   xos   tarzda,
vazminlik   bilan   ko ‘ z   qarashlari   orqali   S h omurod   polvonning   g ‘ irromligini   unga
aytdi.   Er   yigitning   egilgani   o ‘ lgani,   degan   xalqona   naql   bor.   G ‘ irromlik   esa
egilishdan ham yomondir. O ‘ g ‘ lining g ‘ irromligiga guvoh bo ‘ lgan Hamida momo
ko ‘ ksida   nimadir   junbushga   keladi.   Uning   qalbida   uyat   va   nafsoniyat,   oriyat   va
hamiyat,   nafs   va   vijdon   to ‘ qnashdi.   Ularning   g ‘ avg ‘ osi   tog ‘ day   qaddini   sindirdi
qo ‘ ydi. G ‘ am-tashvish insonni ichdan emiradi. Lekin, isnodga qolib o ‘ lishni g ‘ urur
28 xohlamaydi.   S h u   kabi,   Hamida   momo   qalbidagi   hasratlar   asarda   shunday
keltiriladi : “Momo aytmoq istaydi. Ammo hasrati tiliga ko ‘ chmay  dilida charx ura
boshlaydi.   O ‘ lim   bel   olishadigan   bo ‘ lgandan   beri   davralarga   yaqin   bormayman,
dedi tili emas, dili so ‘ zlab, ko ‘ zimdan qo ‘ rqaman, so ‘ ng g ‘ ayratim qo ‘ zib, yuragim
hapqiradi.   Tunov   kuni   falokat   bosib   borib   qopman   desang.   Qarasam,   Shomurod
sorigina   bir   yigit   bilan   bellashayapti.   Birrovgina   tomosha   qilay-chi   debman   men
o ‘ lgo ‘ ram.   Odamlar   orasidan   qarab   turibman.   Ulim   bavosining   qo ‘ lini   qilib   bor,
kishi   ko ‘ zi   ilg ‘ amay   qoladi.   G ‘ irrom   qiliq.   Yomon   qiliq.   Erkakka   xos   bo ‘ lmagan
qiliq. Bu qiliqqa duch kelgan polvonning nafasi ichiga tushib ketadi” 36
.  
U   o ‘ z   o ‘ g ‘ liga   kurashning   halol   olishuv   dunyosini   ko ‘ rsatishni   istab
S h omurod   polvon   bilan   olishadi.   Biroq   Hamida   momoning   o ‘ g ‘ li   S h omurod
polvonga   h ali   bu   dam   sinoatlarning   bilishga   erta   ekanligini   quyidagi   vaziyat
ko ‘ rsatadi .   Mag ‘ lubiyat   alamini   totmagan   momo   uchun   esa   bu   haqiqiy   fojea   edi.
Asarda burgut, o ‘ laksaxo ‘ r qushlar ramziy ma’noda keltirilgan bo ‘ lib, burgut halol,
to ‘ g ‘ ri,   or-nomusli,   ayol   kishi   bo ‘ lsa-da,   yigitlarga   xos   jo ‘ shqinlik   bilan   kurashni
sevuvchi Hamida momo timsolidir. 
O ‘ laksaxo ‘ r esa o ‘ z navbatida yuqorida ta’rifi keltirilgan Hamida momoning
o ‘ g ‘ li Shomurod polvon obraziga paralel timsoli deyish mumkin. Qissada Hamida
momoning   shunday   so ‘ zlari   bor:   “Yomon   polvonning   bo ‘ lguncha...   Otamning
arvohini   chirqillatib   qo ‘ ymayman   men!..”   Momo   kirib   kelgan   o ‘ g ‘ lining   yuzigi
qarashni   istamay   samoda   sokin   qanot   qoqayotgan   burgutni   kuzatadi.   Chunki   u
g ‘ irrom qilmaydi u halol-pok. 
Asar qahramoni Hamida momo ruhiyatidagi ulug ‘ vorlikdir go ‘ yo, shu tobda
o ‘ g ‘ lining   naq   qansharida   tabassum   qilib   turganini   ko ‘ rib,   unga   shunday   nazar
tashladiki,  Shomurod  polvon  beixtiyor  ko ‘ zlarini  olib  qochadi,   chunki   u  bu  taxlit
qarashga   avval   ham   duch   kelgandida   qarshisidan   chiqib   momo   ko ‘ nglini
ko ‘ tarmoq   istagan   Shomurod   polvon   bu   tahlid   onasiga   engilishini   xayoliga   ham
keltirmagan   edi.   Bu   voqelik   asarida   shunday   tig ‘ iz   chizgilar   bilan   ko ‘ rsatiladiki,
Hamida   momoning   kurashchi   ajdodlari,   uni   qo ‘ lladi   deysiz   go ‘ yo :   “O ‘ g ‘ lining
36
 Норқобилов Н. Кураш. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 249 бет.
29 vujudi taranglashayotganini sezarkan, saldan so ‘ ng jiddiy qarshilikka o ‘ tganini his
etadi.Bu qarshi harakatdan momo rohat oladi. Istagi tiyiqsiz bir kuch oladi. Mayib
qo ‘ li rostlanib, o ‘ ng yag ‘ rinini “raqibi” tomon xiyol-xiyol egarkan dimog ‘ ida o ‘ tkir
ter  hidi, otasi  To ‘ ra polvonning davra aylanishlari  ko ‘ z o ‘ ngida bir zum  aks etdi-
da, qizligida so ‘ nggi bor aytgan o ‘ sha xitob bo ‘ g ‘ zidan quchadi. Hovlini   to ‘ ldirib
tashqariga  toshib chiqadi. 
–Yo-yo, pirim! 
O ‘ z   xitobidan   qulog ‘   ochilib,   ko ‘ zi   ravshanlashgan   Hamida   momo   o ‘ g ‘ lini
oyoqlari ostida ko ‘ radi”  37
.
Normurod Norqobilov hikoyalarida inson ruhi, dunyoqarashi va intilishlarini
milliy   zamindan   oziqlangan   obrazlar   olamiga   singdirish   holati   teran   bo ‘ y
ko ‘ rsatadi.   Adabiyotshunos   Bahodir   Sarimsoqov   qayd   etganidek:   “Badiiy
obrazning   o ‘ ziga   xos   belgilari,   betakror   qirralari   borki,   ular   adabiy   turlar,
janrlarning   turli   tarixiy   taraqqiyot   bosqichlarida   o ‘ zlarini   turlicha   namoyon   etib
keldi”. 38
  Zamonaviy   o ‘ zbek   adabiyotida   o ‘ zining   “Yulduzlar   mangu   yonadi”
qissasi   bilan   polvonlarning   mardona   hayot   tarzini   iste’dodli   adib   Tog ‘ ay   Murod
tasvirlab   bergani   barchaga   ma’lum.   N.Norqobilov   “Kurash”   hikoyasida   shu
an’anani davom ettirdi. Obrazlar ko ‘ lamini kengaytirdi. 
Xullas,   iste’dodli   adib   Normurod   Norqobilovning   turli   asarlaridagi
qahramonlarning o‘ziga xos xarakterlari juda teran talqin etilgan. Badiiy asardagi
obrazlar   olamining   yaxlitligi,   uning   tabiati,   xarakter   xususiyatlarining   alohidaligi
bilan   ajralib   turadi.   Shuning   uchun   ham   ijodkorning   har   bir   asarida   o‘ziga   xos
shaxlar olami taliqn etilgan.
I bob bo‘yicha xulosalar: 
1.Normurod   Norqobilovning   hikoyalaridagi   qahramonlarda   milliy   ruh   va
xarakter   talqini   etakchilik   qiladi.   Uning   qalb   istiroblarini,   badiiy   ifoda   shakllarda
namoyon   bo ‘ lishi,   ijodkorning   badiiy   mahoratidan   dalolat   beradi.   Chunki   yillar
davomida   hayotgan   olgan   tassurotlarini   badiiy   asarga   singdirar   ekan,   tabiiyki,   bu
37
 Норқобилов Н. Кураш. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 253 бет
38
 Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари. – Тошкент:, 2009. 8-9-б.
30 ijodning murakkab va o ‘ ziga xos tamoyillarini anglashning mahsuli sifatida e’tirof
etiladi. 
2.Yozuvchining   bir   qator   asarlaridagi   obrazlar   olami   o ‘ zining   individual
xislatlarini   namoyon   etar   ekan,   bu   esa   ijodkorning   qahraom   yaratishdagi   eng
xarakterli jihatlarini asos qilib olish bilan belgilandi. Shuning uchun ham, adibning
badiiy   matndagi   voqealar   rivoji   ularning   xarakter   xususiyatlarini   teranlashirib
boradi. 
3.Har bir ijodkorning hayotdan olgan saboqlari uning badiiy qahramonlariga
singdiriladiki,   bu   esa   ularning   turli   xarakter   xususiytlari   bilan   bir   qatorda   inson
olamidagi   o ‘ zgarishlarni   talqin   etish   imkonini   kengaytiradi.   Ijodkorning
tasavvuridagi   hayot   haqiqati   insonni   kashf   etish   bilan   uzviy   birlikda   namoyon
bo ‘ lganligi tahlillar misolida asoslandi.
4.Asar   qahramonlaridagi   individuallik   xislatini   adibning   “ Kamalak ” ,
“Ayriliq   quvonchi” ,   “Etim   qolgan   gullar” ,   “Kurash”   kabi   asarlarida   milliy   ifoda
shakllarning barchasi, badiiy xarakterlarga sindirilganligi bilan ajralib turadi.
II BOB
YOZUVCHI QISSALARIDA NABODAT OLAMI TALQINI
2 . 1 . Inson va nabodat olamining uzviy birligi va talqini .  Mustaqillik   davri
nasriga   sezilarli   hissa   qo ‘ shib   kelayotgan   iste’dodli   adiblardan   biri   Normurod
Norqobilovdir.   Yozuvchining   o ‘ ziga   xos   badiiy   ifoda   tarzi   jahon   adabiyotining
ilg ‘ or   an’analarini   o ‘ zlashtirishi   va   milliy   adabiyot   tajribalarini   davom   ettirishi
natijasida   poetik   usullar   sintezi   o ‘ laroq   yuzaga   chiqadi.   Yozuvchi   o ‘ z   ijodida
ifodaning qabariqligi, tasvirning teranligi, mazmun va ruhiy holat manzaralarining
rang-barangligi   bilan   insonni   badiiy   tadqiq   etishga   tinimsiz   harakat   qilinmoqda.
“Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo ‘ lsak, inson badiiy asarda barcha qirralari bilan
birdek namoyon bo ‘ lishi lozim. 
31 Zero, inson o ‘ z yashash tarzi va mavjudligiga ko ‘ ra, ham tabiat, ham jamiyat
bilan   mustahkam   aloqada,   ayni   paytda,   eng   avvalo,   shaxs   sifatida   o ‘ ziga   xosligi,
ruhiyati, qalb kechinmalari, orzu-umidlari bilan boshqalardan farq qiluvchi individ
sifatida   o ‘ zligini   namoyon   qiladigan   xilqatdir.   Badiiy   asarda   ko ‘ tarilgan   barcha
global muammolar badiiy asarda ko ‘ proq... namoyon bo ‘ layotgandek ko ‘ rinadi” 39
. 
Qayd   qilinganidek ,   insonning   butun   olamini   badiiy   talqin   etish   jarayonida,
uning   anglab   bo ‘ lmas   murakkab   xilqat   ekani   ko ‘ zga   tashlanadi.   Shu   jihatdan
qaralsa,   N.Norqobilovning   har   bir   asarida   o ‘ ziga   xos   tarzda   inson   qismati,   ruhiy-
psixologik kechinmalarining ifodasi mavjudligini kuzatish mumkin. 
Zamonaviy   o ‘ zbek   adabiyoti   turfa   xil   ohanglarga   yo ‘ g ‘ rilgan   bo ‘ lib,   hayot
voqeligini va inson iztiroblarini o ‘ ziga xos tarzda talqin etishmoqda. Bu esa badiiy-
estetik   tafakkur   tarzining   mohiyatan   o ‘ zgarib   borayotganligidan   dalolat   beradi.
Adiblar   ijodida   tasvir   uslubdan   foydalanish   bilan   bir   qatorda,   noan’anaviy   badiiy
talqin   ham   etakchilik   qila   boshladi.   Badiiy   adabiyotdagi   bunday   o ‘ zgarishlarni
barcha adabiy janrlar tarkibida kuzatishimiz mumkin. O ‘ zining bir qator hikoya va
qissalari   bilan   o ‘ quvchilar   qalbidan   mustahkam   o ‘ rin   olgan   adib   asarlarida
insonning   qalb   qa’ridagi   iztiroblari,   insoniylik,   uning   turli   xil   ko ‘ rinishlari,   ruhiy
ziddiyatlar   juda   teran   talqin   etilgan.   Keyingi   yillar   adabiyotida   shakl   va   mazmun
qamrovi, ma’no-mohiyati bilan badiiy tafakkur olamida turli xil mavzudagi asarlar
bo ‘ y   ko ‘ rsata   boshladi.   Ayniqsa,   yangilanayotgan   badiiy   tafakkurga   sezilarli
hissasini  qo ‘ shib kelayotgan  Normurod Norqobilov nasrida  buning yorqin ifodasi
kuzatiladi. 
Adabiy   tanqidchi   Umrzoq   O ‘ ljaboev   qayd   qilganidek:   “Bu   asarlarni
o ‘ qishdan qoladigan taassurot  shunday:  avvalo, mualliflarning hayotni, odamlarni
bilish   malakasi   ham,   tajribasi   ham   nihoyatda   oshgan;   tasvir   ob’ektining   ichki
qatlamlariga kirib borish mahorati g ‘ oyat mukammallashgan; har bir ijodkorga xos
bo ‘ lgan uslubiy xususiyatlar yanada qat’iylashgan” 40
. 
Darhaqiqat,   70-80-yillar   adabiyotiga   kirib   kelgan   bir   qator   ijodkorlar   kabi
Normurod Norqobilov asarlaridagi rangin tasvirlarda ham ana shu holatni kuzatish
39
 Глобаллашув: бадиий талқин, замон ва қаҳрамон. Монография. – Тошкент: “Фан”, 2018. 26-27-бетлар. 
40
 Ўлжабоев У. Ҳикоячиликда давр нафаси. – Тошкент: Турон замин зиё,  2016. 250-бет. 
32 mumkin.   Bu   davr   ijodkorlari   yaratgan   asarlar   o ‘ zbek   nasrini   xilma-xil   talqini
asosida   hayotni,   insonni,   borliqni   teranroq   anglashga   e’tibor   kuchaydi.   SHunday
ekan, bugungi adabiyotimiz qiyofasini jiddiy tadqiq etishga bo ‘ lgan sa’y-harakatlar
natijasida   nafaqat   ma’naviy-axloqiy   masalalarni   tahlil   qilish,   balki   adib
yaratayotgan   bir-biridan   farq   qiluvchi   xarakterlar,   aniqrog ‘ i,   zamondoshlarimiz
ong   va   qalbida   kechayotgan   ziddiyatlar,   orzu-armonlarining   badiiy   talqinda   o ‘ z
ifodasini   topayotganligiga   e’tibor   qaratish   muhim   sanaladi.   Badiiy   adabiyotdagi
bunday   ifoda   jilolari   o ‘ zbek   hikoyachili   va   qissachiligi   taraqqiyotida   ham   ko ‘ zga
tashlanmoqda. 
S hu   jihatlarni   tahlil   etish,   badiiy   adabiyot   taraqqiyotidagi   poetik
xususiyatlarni   yozuvchi   asarlari   tahlili   orqali   uning   badiiy   mahorati   qirralarini
ko ‘ rsatish juda ham dolzarb, albatta. Bolalik insonning borlig ‘ ini namoyon etuvchi
bir   davrdir.   Bu   davrda   hamma   narsani   bilishga   bo ‘ lgan   qiziqish   insonni   turfa
ko ‘ chalardan   olib   o ‘ tadi.   Oxir-oqibat   tafakkur   tarziga   ega   bo ‘ lgan   inson
bolalikning yorqin xotiralarinigina eslash, undan xulosalar chiqarish imkoniga ega
bo ‘ ladi. 
Yozuvchi   Normurod   Norqobilov   “ Ajal   chorlagan   kun ”   qissasida,
ko ‘ ngildagi  bir qator hislarning   bir   umr davomida hech vaqt so ‘ nmasligini, doimo
jo ‘ shqin   va   uyg ‘ oq   bo ‘ lishini   ko ‘ rsatib   beruvchi   asar laridan   biri dir.   Hikoyani
o ‘ qish mobaynida his-tuyg ‘ ularning kurashiga,   birining ustidan biri g ‘ olib, birining
esa mag ‘ lub bo ‘ lganiga guvoh bo ‘ lish mumkin.  
Adabiyotshunos   olim   Abdug ‘ afur   Rasulov   qayd   qilganidek:   “Normurod
Norqobilov   –   o ‘ ndan   ortiq   qissa,   qanchadan-qancha   hikoyalar   muallifi.   Uning
asarlarida   hayvonot   va   insonaro   murakkab   munosabatlar   tasvirlanadi.   Yozuvchi
goh nabobot (yashil tabiat), goho jamodot (tog ‘ u toshlar, qir-adirlar) olamiga nazar
tashlaydi.   Uning   “Qoyalar   ham   yig ‘ laydi”   qissasida   inson   va   tosh,   tog ‘   va   odam
bog ‘ liqligi   mahorat   bilan   ochilgan.   Hayvonot   olamini   yashil   dunyo   –   nabototdan
ajratish   mumkin   emas.   “Pahmoq”   qissasidagi   ayiq   o ‘ zini   do ‘ lana,   zirak,   olma
singari   mevalarga   uradi.   “Tog ‘   odami”   qissasining   qahramoni   Jondosh   jarlikka
33 qulaydi.   Qoyada   o ‘ sgan   daraxtning   chayir   shoxi   Jondoshni   “tutib”   qoladi.
Yozuvchi hayvonot, nabobot, jamodot aro aloqalarning o ‘ ta tabiiy tasviriga erisha
oladi. Bu, aslida, tabiiy hol: hayvonot, nabotot, jamodot bir ota-ona farzandi. Ular
odamday tug ‘ ilganlar” 41
.
Yozuvchining   “ Ajal   chorlagan kun ”   qissasi   inson qalbidagi go ‘ zallikni kashf
etishga   qaratilgan   bo ‘ lsa-da,   bu   go ‘ zallikning   boisini   his   eta   olganlar   qismatini
asardagi   voqealar   rivojiga   sindirib   yuborish   holati   ko ‘ zga   tashlanadi.   Hayot
haqiqatining   real   talqini   fojialarga   uzviy   bog ‘ lanib   ketgani   uchun   ham   hikoya
badiiy   jihatdan   mukammal   chiqqani   seziladi.   Qayd   qilingan   xususiyatlar   adib
asarlaridagi turli toifadagi obrazlarida o ‘ z ifodasini topganligini kuzatish mumkin.
“Ajal   chorlagan   kun”   boshqa   ba’zi   asarlari   kabi   inson   va   tabiat,   odam   va   borliq
o ‘ rtasidagi   murakkab   hodisalar   bayoniga   bag ‘ ishlanadi.   Asar   qahramoni   haqidagi
quyidagi   tasvirlar   o ‘ quvchi   e’tiborini   tortadi:   “Kampir   qarg ‘ ana-qarg ‘ ana
kovushini   kiyarkan,   imillab   hovliga   tushadi.   Eran-qoran   yuz-qo ‘ lini   yuvib,
so ‘ nggina   darvozani   ochadi.   Orada   hovli   yuzida   tinchgina   yotgan   itga   zahrini
sochib   oladi.   Uning   qarg ‘ ishidan   devor   ustida   cho ‘ nqayib,   o ‘ ziga   oro   berayotgan
targ ‘ il mushugu, chug ‘ urlashayotgan chumchuqlar ham chetda qolmaydi” 42
. 
Keksa   kampirning   hovlidagi   harakatlarini   uzoqdan   kuzatib   turgan   it   ularni
har   kungi   voqeadek   qabul   qilishga   ko ‘ nikib   qolgan.   Bu   itning   nomi   esa   Y o vqur
bo ‘ lib,   insonning   eng   sadoqatli   do ‘ sti   bo ‘ lib,   hikoyada   sadoqat   timsoli   sifatida
namoyon   bo ‘ ladi .   Uning   odamlardek,   xayollar   og ‘ ushida   qolishi,   murg ‘ ak   bir
bolaga   mehr   qo ‘ yishi   kabi   tasvirlar   asosida   itning   psixikasi   shaklllantiriladi.
Asarda   voqelik     Y o vqur   itning     o ‘ z   umri   poyoniga   etayotganini   sezib,   tinchgina
ko ‘ z   yummoq   uchun   x oli   joy   tashvishiga   tushib   hovli   darvozasi   ochilishini   kutib
yotish   tasviri   orqali   ifodalanadi.   Bunday   xoli   joyni   u   o ‘ zi   yashayotgan   shu
kichkinagina shaharchadan topishi amri maxol edi. Uning bir umidi dashtdan  edi.
Asar  boshidayoq berilgan   bu tugunni  voqelar  rivoji  orqali  echimga   tomon siljishi
mobaynida hikoya  mohiyati aniqroq anglashiladi . 
41
  Расулов   А.   Шайдолик.   Қаранг:   Норқобилов   Н.   Бўрон   қўпган   кун.   Қисса   ва   ҳикоялар.   –Тошкент:   Шарқ,
2007. 4-бет. 
42
  Норқобилов Н. Ажал  чорлаган  кун. Қаранг:  Овул оралаган  бўри. Қиссалар.  –Тошкент:  Шарқ, 2005. 202-
бет. 
34 Dasht   –   Y o vqurning   tug ‘ ilib   o ‘ sgan   makoni   hisoblanadi .   Dashtdagi
erkinlik ni , mehr - mu h abbat  nurlariga oshufta, ishonch shabadasi  eladigan, sadoqat
maysalari   unadigan   zaminni   ba’zan   u   qattiq   qumsaydi.   Dasht     istagi   unda   shu
qadar kuchli bo ‘ lsa - da, it fayzli hovli ni ham tashlab ketish   juda qiyin ekanligini his
etib   yashaydi.   Hovlida   g ‘ imirlab   yurgan   odamlarning   birortasini   it   bolachalik
yaxshi ko ‘ rmaydi .   “ Bu hovlida uni   kunda   ikki   bor   yaloqqa to ‘ kiladigan xo ‘ rak
emas,   tiyrakkina   bolakay   tutib   turadi.   Bolakayning   qarashlari   kattalarinikiga   sira
o ‘ xshamaydi, g ‘ oyat   beg ‘ ubor. It uning yuzi-ko ‘ zidan to ‘ yib-to ‘ yib yalagisi keladi.
Ammo   Oysuluv   kampir   bunga     izn     bermaydi.   Bolani     turtkilab,   itni     kaltaklab
qoladi   S h uning  uchun  bo ‘ lsa  kerakki,  bolalarga  xos,   beg ‘ ubor  me h rni  uning  qora
ko ‘ zlaridan   topgan dek   bo ‘ ladi.   Bolakay   doimo   iti   Yovqurni   ko ‘ rganida   ko ‘ zlari
quvonchdan   porlar,   unga   qarab   chopib   borar,   shu   tariqa   it   ham   unga   intilar,
hayotda   topmagan   mehrini   boladan   olishga   intilardi:   “Kattalar   aralashguncha
bo ‘ lmay   bolakayning   yuz-ko ‘ zidan   yalab-yulqashga   ulgiradi.   Oqibat,   bolakay
silkinadi, it tepkilanadi. Bunaqa paytda bolani himoya qilish-qilmasligini bilolmay,
itning boshi qotadi... U ayollarning oh-vohidan yog ‘ och iniga kiribgina qutiladi” 43
. 
Yovqur   bezovtalana   boshlaydi,   u mri   bu   erlarda   tugayotganligini   juda   teran
his   etadiki,   hatto   uning   tushlarida   ham   ma’lum   bo ‘ la   boshlaydi.   Yovqurni   o ‘ z
ajdodlar ining   pok- ruhi   o ‘ ziga   chorla yotgandek   tuyula   boshlaydi.
Anglashilayaptiki,   bu   chorlovning   zamirida   yomon   bir   his   borligini   anglaydi.   Bu
ko ‘ rimsiz   hovlida   it   uzoq   yillik   umrini   o ‘ tkazdi,   shuning   uchun   bundagi   barcha
narsalar tanish, ularga mehr qo ‘ yib ulgurgan edi: “ Kuni bitayotganini bugun tunda
tasodifan     sezib   qoldi.   Ajdodlarining   timsoli   bo ‘ lmish   ulkan   malla   it   boshida
yulduzl a r   g ‘ ujg ‘ on   o ‘ ynagan   tepalikda   cho ‘ nqayib   uzoq   va   uzoq   uvladi.   Uni
yoniga   chorladi.   Y o vqur   ulkan   bu   malla   itni   ilgari   ham   tushida   ko ‘ p   ko ‘ rgan.
Ammo   bu   safarg i   chorlovi   bo ‘ lakcha   edi.   U   tushi   tufayli   emas,   ichdan   kuni
bitayotganini   sezgandi.   Ketmoq   kerak,   imkoni   boricha   tezroq.   Biroq
vidolashmasdan  ketmog ‘ i ham  qiyin edi ”.   Y o vqurning ruhiyatida bolaga nisbatan
mehr   shu   darajada   ediki,   o ‘ rnidan   turib,   derazaga   yaqinlashadi,   bolakayning
43
 Норқобилов Н. Ажал чорлаган кун. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 205-
бет.
35 norastalarga xos guldek nafis isini olgach, ayanchli g ‘ ingshiydi uning qizil tuflisini
uzoq   hidlaydi.   Hovlida   izg ‘ ib   barcha   narsalarni   bir   hidlab   go ‘ yoki
vidolashayotgandek bo ‘ ladi.  Butun hovli ahli bilan   vidolashar ekan ,  tanini ma’yus
bir   horg ‘ inlik   egallab   borayotganini   his   etib,   yo ‘ l   bo ‘ yi   bot-bot   ortiga   boqib
bolakay sog ‘ inchi  dilini  o ‘ rta y di.  Bolaga berilgan mehrni hech narsa bilan o ‘ lchab
bo ‘ lmasdi,   aksincha,   bola   ham   o ‘ z   navbatida,   unga   mehr   qo ‘ ygan   edi.   Atrofdagi
shovqin-suron   esa   ko ‘ ngilni   juda   xira   qiladi.   S h u   tariqa   bir   maromda   yo ‘ rtib
borarkan   iztirobli,   alamli   kunlar   ko ‘ z   oldidan   bir-bir   o ‘ tadi.   A sarda   uning
mashaqqat li  hayoti quyidagi cha   talqin etiladi.  
Asarda   xuddi ongli insondek tasvirlangan Y o vqur botinida katta armoni bor
–   u   dashtlardagi   erkin   hayot.   Ammo   inson   zoti   itni   erksizlikka   mahkum   etadi.
Uning   e rkin   hayotini   do ‘ zaxga   aylantirgan,   borlig ‘ ini,   qalbi ni   sim   to ‘ rlar ga   solib
majruhlagan   edi.   Ikki   mashina   sig ‘ arli   yog ‘ och     ko ‘ prik   ustida   yukxonasi   ochiq
turgan qizil  “ Jiguli ” ga  e’tibor qilar ekan , yuragi ning bir chetida qorong ‘ ulik paydo
bo ‘ lganligini   his   etadi.   Bunday   razolatga   chiday   olmagani   sabablimi,   achchiq-
achchiq g ‘ ingshishga majbur bo ‘ ladi. Buning o ‘ ziga xos sabablari bor edi :   “K eng
dashtdan, baxtli onlardan uni mana shu xildagi qizil  “ Jiguli ” da   tortib olishgandi - da.
Bu   narsa   jonivorning     xotirasida     yaxshigina   saqlanib   qolgandi.   Ungacha   u
baxtiyor edi ” 44
.  
Talqinl arda   tabiat   olamining   inson   hayoti   bilan   chambarchas   bog ‘ liqligini,
insonning   esa   shafqatsizlik   sari   qadam   qo ‘ yganligi   kuzatiladi.   Ta’kidlash   joizki,
hikoyada   insonning   nechog ‘ lik   murakkab   mavjudot   ekanligi   yorqin   namoyon
etilgan.   Bularning   barchasi   adib   poetik   tafakkurining   betakror   mevasi   bo ‘ lgan
Y o vqur itning nigohi, qayta eslash orqali bayon qilinadi. Suvonqul makkor Tal’at
bilan aka-uka tutunib , yillar davomida   asrab kelayotgan,   insondan   qizg ‘ anayotgan
iti dan ham voz kechish darajasiga etadi . Y o vq u r ga nazari tushgan   Tal’atga   sovg ‘ a
tariqasida   berib   yuboradi.   Ungacha   Yovqurni   so ‘ raguvchilar   kelganda   ko ‘ r   va
karga   aylanib   olardi.   Aslida   ularning   aka-ukachiligi   ham   xuddi   shu   manfaat
asosiga   qurilgani   ma’lum   bo ‘ ladi .   “ –   Aka,   shu   sizga   yoqdimi?   –   Suvonqul   ming
4
  Норқобилов Н. Ажал  чорлаган  кун. Қаранг:  Овул оралаган  бўри. Қиссалар.  –Тошкент:  Шарқ, 2005. 209-
бет.
36 qo ‘ yli   boyday   kerildi.   –   Y o qqan   bo ‘ lsa,   oling!   Hech   kimga   bermaganman,   lekin
sizga     beraman.   C h unki   siz   akamsiz.   Siz   uchun   kerak   bo ‘ lsa,   jonimniyam   hadya
qilaman. Bu harom bir jonivor ekan. Oling, aka! Oti Y o vq u r. O ‘ zim qo ‘ yganman
otini.   Bo ‘ ri   oladig a n   kuchuk-da   bu.   Oling,   sizga   hadya   bu,   aka! ” 45
.   Yovqurning
ham bir vaqtlar o ‘ z erki bo ‘ lganligini, ammo yillar davomida erksizlik va tutqunlik
uning ham ichidagi dardlarini isyon darajasiga etkazadi. 
Jahon   adabiyotiga   nazar   tashlar   ekanmiz,   nabobot   olamining   turfa
go ‘ zalligini   talqin   etuvchi   bir   qator   asarlar   ham   yaratilgani   ma’lum   bo ‘ ladi.
Chunonchi, turk adabiyotining etuk vakillaridan biri Aziz Nesinning ijodidan o ‘ rin
olgan “Xaloskor it”, “Shafqatli it” kabi asarlarida ham  jonzotlarning o ‘ y-xayollari,
insonga  qo ‘ ygan mehrining talqini bor. Aziz Nesinning “Xaloskor it” hikoyasidagi
it   obrazida   mujassamlashgan   xislatlarning   ma’lum   bir   qirrasi   Yovqurda   ham
mavjud.   Aziz   Nesin   talqinida   ham   hayotning   murakkabligi   va   insonga   bo ‘ lgan
mehrining   go ‘ zalligi   kitobxonni   o ‘ ylashga,   fikrlashga   majbur   etadi.   Asardagi
voqealar hikoyachi tilidan bayon etiladi. 
Qayd   etilishicha,   ikki   qo ‘ shni   yoqalashib,   janjallashib   qolishadi.   Buning
sabablarini   asta-sekin  surishtiradi.  Bu ikki   qo ‘ shnining  o ‘ rtasidagi  janjal  nimadan
boshlanganligini   hech   kim   bilmas,   ammo   ularning   o ‘ rtasida   nimadir   bo ‘ lganligi,
ularga guvoh sifatida qatnashgan shaxsning voqeadan xabardor bo ‘ lganidan so ‘ ng
lol   qolishi   kitobxonni   o ‘ yga   toldiradi .   “Ikkinchi   farzandimiz   ikki   oylik   chaqaloq
edi,   o ‘ shanda.   Chaqaloq   beshikda   uxlab   yotgan   paytlarda   itimiz   hech   uning
yonidan jilmasdi. Bir kuni ertalab gazeta o ‘ qib yotsam, xotinim yig ‘ i-sig ‘ i ko ‘ tarib
qoldi.   Bola   beshigi   bilan   yo ‘ qolib   qolibdi.   Darhol   izlashga   tushdik,   uy   ichidan
topilmadi.   Yugurib   hovliga   chiqsak,   beshik   o ‘ sha   erda   ekan,   yonida   esa   it.
Chaqalog ‘ imiz   pishillab   uxlab   yotibdi” 46
.   Ana   shu   voqeadan   keyin   bolaga   juda
e’tibor   qaratishadi,   ammo   kechasi   beshikni   yana   it   tashqariga   olib   chiqib   ketadi.
Ular   itni   do ‘ pposlab,   eshikni   mahkamlaydi.   Havo   dim   bo ‘ lganligi   uchun   kechasi
derazani ochishadi, it derazadan kirib yana beshikni tashqariga sudrayotganligining
45
  Норқобилов Н. Ажал  чорлаган  кун. Қаранг:  Овул оралаган  бўри. Қиссалар.  –Тошкент:  Шарқ, 2005. 211-
бет.
46
 Несин Азиз. Ғаройиб болалар. Роман ва ҳикоялар. – Тошкент: Юлдузча, 1988. 198-бет.
37 guvohi bo ‘ lishadi. Uni yana oldiga solib quvib chiqaradi. Eng asosiy voqea tongga
yaqin   yuz   beradi.   Qattiq   zilzila   bo ‘ lib,   uy   egalarini   tom   bosib   qoladi.   Shunda   it
yana   unga   yordamga   kelib,   uning   sharofati   bilan   ular   omon   qoladi.   Chunki
xarobalar   orasida   qolganligini,   kimdir   unga   yordam   bermoqchi   bo ‘ lganligini   his
etadi,  qarasa   it   unga   chiqish   imkonini   yaratadi.   Uyning   bir   nuqtasiga   borib,   yana
g ‘ ingshishni boshlaydi, darhol qazishni boshlaydi, qarasaki, qizini qutqarib qoladi.
Onasi   bilan   xotinini   ham   shu   it   tufayli   qutqarib   oladi.   Eng   so ‘ ngida   beshikdagi
chaqaloqni izlashadi. Xarobalar ichini qazib ko ‘ rishadi, ammo beshik yo ‘ q, it ham
qaygadir g ‘ oyib bo ‘ lgan. Eng so ‘ ngida hovliga chiqib qarasaki, beshik tashqarida,
yonida   it   bemalol   yotgan   bo ‘ ladi.   Beshikning   ichida   bola   bemalol   uxlab   yotgan
edi.   It   zilzila   bo ‘ lishini   oldindan   sezganligi   uchun   ham,   beshikni   tashqariga   olib
chiqqanligi anglashiladi.
S h undan   so ‘ ng   esa,   it   oilaning   qadrdon   vakiliga   aylanadi.   Qo ‘ shnisi   esa
shunday   oilaning   qadrdoniga   aylangan   itning   joniga   qasd   qiladi.   Shuning   uchun
qo ‘ shnisiga   belkurak   bilan   tashlanish   sabablari   bejiz   emas   ekanligini   kitobxon
anglab   oladi:   “Sudda   shu   gapni   eshitganimdan   keyin   jonivorlarda   favqulodda
sezish   qobiliyati   borligiga   ishondim.   Xotinim   itimizni   ko ‘ p   erkalab,
mehribonchilik ko ‘ rsatardi. It uning o ‘ limini sezgan bo ‘ lishi ehtimoldan xoli emas.
Xullas,   o ‘ sha   kundan   keyin   u   uydan   chiqib   ketdi-yu,   qaytib   kelmadi” 47
.
Tasvirlardan  ko ‘ rinadiki,  faqat  o ‘ zbek  adabiyotidagina emas,   hayvonot  olamining
insoniyat hayot tarzi va tuyg ‘ ulari bilan birligi  dunyo adabiyotida ham mavjuddir.
Itning sadoqati hayvonot olamining insoniyat dunyosidagi yaqinligi jahon adiblari
ijodida ko ‘ p uchraydigan mavzular sirasiga kiradi.
Adib   Normurod   Norqobilovning   a sar larida   ham   inson   va   tabiat   birligi   shu
darajada juda tabiiy talqin etiladi. Adibning yuqorida tahlilga tortilgan hikoyasida
Y o vqur va uning xislatlari   juda aniq   tasvirlanadi.   Bu insoniy   x islatlar   Y o vq u rga
xosligi   o ‘ quvchini     hayratga   sola di.   “Kulrang   ona   it   qo ‘ ton   ortidagi   inda
bolalaganda, beshta kuchukcha orasida zumrad yanglig ‘  bir jonivor mavjudligini u
boshida   ilg ‘ amadi.   Kuchuklar   oyoqlab,   yalanglikda   lo ‘ mbillashib   yura
47
 Несин Азиз. Ғаройиб болалар. Роман ва ҳикоялар. – Тошкент: Юлдузча, 1988. 200-бет.
38 boshlaganda, e’tiborini ulardan birining harakati tortdi. Boshqa kuchuklar cho ‘ pga,
xasga   o ‘ ralashib,   ingillashganda,   u   dadil   odimlar,   og ‘ a-inilaridek   duch   kelgan
narsalarga ilakishavermas, gohida cho ‘ nqayib, katta itlardek uzoq-uzoqlarga jiddiy
tikilib qolardi. Qo ‘ tonga yaqinlashayotgan qorani  uzoqdan birinchi  bo ‘ lib payqar,
munosabati   ham   shunga   yarasha   edi.   Butun   vajohatidan   yovqir   fe’li   anglashinib
turardi. Ana shu fe’li Suvonqulning tilida birgina so ‘ zda aks etadi” 48
.  
Tal’at   tomonidan   sim   to ‘ r   ortiga   tashlangan   Y o vqur   ozodligidan   mosuvo
bo ‘ lib, bu taxli simlar qurshovida qolganini tushunmas, Suvonqulning ha deganda
kelavermasligidan,   uni   ozod   qilmayotganidan   dili   vayron   bo ‘ lib,   iztiroblar
iskanjasida   azoblanardi.   Suvonqul   xato   ish   qilganligini   anglab   uni   axtarib
kelgandagi Y o vqurning ruhiy holati esa asarda juda yorqin shakllantirilgan. 
Darhaqiqat ,   i nsonlar     ko ‘ nglidagi   bor   dard-alamlarni   kimgadir   aytib   engil
tortadi.   Biroq   hayvonlar-chi?   Tutqunlik   uning   ruhiyatiga   salbiy   ta’sir   ko ‘ rsatadi.
Ozodlikda   yurgan,   ko ‘ ziga   ko ‘ ringan   har   narsaga   nisbatan   unda   nafrat   hissi
uyg ‘ onadi.   Uning   ongida   yovuzlik,   vahshiylik   illatlari   kurtak   yoza   boshladi :
“Suvonqul   kelib-ketganidan   so ‘ ng   erksizlik   va   bekorchilikdan   yurak-bag ‘ ri   qon
bo ‘ lgan  jonivor   uvlashni   odat   qildi.  Bora-bora   bu   qilig ‘ i   o ‘ ziga   ham   yoqib   qoldi.
Negaki,   uvlagan   kezlari   qandaydir   engil   tortardi.   Ammo   bu   vaqtinchalik   holat,
simto ‘ r   ortidan   hovlida   emin-erkin   yurgan   odamlarga,   mushuklarga,
donlashayotgan   tovuqlaru   daraxtlardagi   qushlarga   ko ‘ zi   tushganda   to ‘ satdan
qutirib   ketardi.   O ‘ zini   simto ‘ rga   urib,   neki   tirik   jon   bor,   barini   bo ‘ g ‘ izlamoq,
tishlamoq qasdida irg ‘ ishlardi, sakrardi. Sekin-asta bu fe’liga singib, u sirkasi suv
ko ‘ tarmaydigan, jizzaki, tajovuzkor itga aylana bordi” 49
.
Uzoq   vaqt   o ‘ tmay   sim   to ‘ rli   qafas   o ‘ rnini   taxtali   devorlar   egallaydi.   Bu
Tal’atning   Y o vq u rni   tarbiyalash   yo ‘ lidagi   bir   bosqich   edi,   xolos.   Undagi
shakllanayotgan   yovuzlik   yanada   tajovuzkor   bo ‘ lishni   xohlagan   Tal’at   uning
ko ‘ nglidagi dasht xayollarini o ‘ chira olmadi. Ular hali hamon uyg ‘ oq, hali hamon
48
  Норқобилов   Н.   Ажал   чорлаган   кун.   Қаранг:   Овул   оралаган   бўри.   Қиссалар.   –Тошкент:   Шарқ,   2005.   213
бетлар.
49
?
  Норқобилов Н. Ажал чорлаган кун. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 221 бет.
39 barhayot   edi :   “S h unga   qaramay,   oydin   tunlari   Y o vqur   baribir   dashtni   qo ‘ msardi.
Dashtdan yagona esdalik bo ‘ lmish ko ‘ kdagi oyga termulgancha, yaylovni sog ‘ inar,
tunni,   gulxanni   istardi.   Erkinligiga   daxl   qilayotgan   bo ‘ ynidagi   zanjirni,   to ‘ rt
devorni, qo ‘ yingki, tevaragidagi  jamiki  narsani  shu qadar  yomon ko ‘ rardiki, jag ‘ i
etgan neki bor, barini burdalab tashlagisi  kelardi. SHu ko ‘ yda o ‘ rtanardi, irillardi,
ingillardi, so ‘ ng tumshug ‘ ini ko ‘ kka cho ‘ zgancha cho ‘ zib-cho ‘ zib uv tortardi”.
Tal’at   tarbiyasida   qolgan   Y o vq u r   jizzakiligi   kun   sayin     ortganidan-ortib
bordi.   Y a gona   qarovchisi   Tal’atni   o ‘ zining     xo ‘ jasi     sifatida   ko ‘ ra   boshladi.   U
Y o vq u rga paxtalik ridoni kiyib gij- gijlar, uning ichidagi g ‘ ayratini jo ‘ shtirar va uni
tiyiqsiz   bir   g ‘ azabga   aylantirardi.   Y o vq u rning   shijoati,   shiddatini   ko ‘ rgan   Tal’at
uni   tayyor   bo ‘ lganini,   dalalarga   olib   chiqish   vaqti   etganini   anglaydi.   Bunday
davralarni   ilk   bor   ko ‘ rgan   Y o vq u r   holatini   adib   shunday   yoritadi :   “O ‘ sha   kuni
Y o vqur   ilk   bor   davraga   ro ‘ baro ‘   keladi.   Qizil   qoniga   belanib   olishayotgan   itlarni
ko ‘ radi. Odamlarning jazavasidan hayratda qotadi. Umri bino bo ‘ lib, bu qadar ko ‘ p
odamu     itlarni   bir   erda   yig ‘ in   holda   ko ‘ rmagani   bois,   dastlab   dovdiraydi.
G ‘ ingshishi ingrashga aylanadi. Bo ‘ layotgan hodisadan emas, manzaraning g ‘ oyat
xunukligidan   vahimaga   tushib,   g ‘ ingshiydi.   So ‘ ng   itoatkorona   bir   chetda
cho ‘ nqayib, kishilarga, olishayotgan itlarga, ko ‘ kdagi qushlarga alahsiydi” 50
.
Bu kabi davralarda bir necha bor g ‘ olib chiqqan Y o vq u r ovozasi har tarafga
yoyiladi. Endi u Tal’atning erkatoyi, hammadan qizg ‘ onadigan gavhari edi. Biroq
baxtli, saodatli va omadli kunlar bir umr davom etmaydi. Y o vq u rga   kelgan dardni
Tal’at sezar, unga qarshi kurashni esa xayoliga ham keltirmas, aksincha, endi iloji
boricha undan tezroq qutulish payiga tushadi. 
Bu   borada   uning   ishi   oson   ko ‘ chadi.   Y o vq u rday   jondorga   anchadan   beri
ko ‘ z   tikib   yurgan   do ‘ sti   Nazar   uzunga   shundoqqina   pullaydi     qo ‘ yadi :   “Itning
vujudiga   chirmashgan   dardni   Tal’at   ilgariyoq   payqagandi.   Payqagan   zahotiyoq
Yovqurga nisbatan bo ‘ lgan munosabati keskin o ‘ zgargan. Sal avval tumshug ‘ idan
o ‘ pmoqqa   hozir   bu   kimsa   endi   itdan   tezroq   qutulmoq   payiga   tushib   qolgandi.
Biroq it jonivor mol emasdiki, semirtirib qassobga  oshirsang. Shunga qaramay, u
50
  Норқобилов Н. Ажал  чорлаган  кун. Қаранг:  Овул оралаган  бўри. Қиссалар.  –Тошкент:  Шарқ, 2005. 225-
226-бетлар.  
40 itning   tomog ‘ iga   qaragan,   yaxshilab   parvarishlagan   va   anchadan   beri   ko ‘ z   tikib,
og ‘ iz   solib   yurgan   Nazar   uzunga   pullab   yuborgandi.   Shunchaki   emas,   go ‘ yo
qadrdonlik hurmati tufayli uning ra’yini qaytarolmagan bir tarzda sotib yuborgan...
Nihoyat,   uzoq   kutilgan   vaqt   etib   keldi.   Kuz     kunlarning   birida   Nazar   uzun   uni
maydonga   olib   chiqdi.   Sovrin   katta   edi.   U   ikki   qur   olishdi   va   uchinchi   qurda
Tal’atning “Chavkar” laqabli yangi itiga ro ‘ baro ‘   keldi. Begona itning tasmasidan
tutib  turgan  sobiq   egasiga     beixtiyor   talpinarkan,  uning   qo ‘ llarini   yalamoq  istadi.
Biroq   Tal’atning   boqishlari   g ‘ oyat   begona   edi.   Vajohati   “C h avkar”nikidan   pesh
emasdi. Ko ‘ zlarida vahshiyona yovvoyi bir zavq o ‘ ynardi. Yovqurga qarshi yangi
itni   gij-gijlardi.   Va   shundagina   Yovqurning   diqqati   sobiq   egasidan   Chavkarga
ko ‘ chdi.   Yuragida     rashkka   o ‘ xshash   nimadir   uyg ‘ ondi   va   raqibiga   o ‘ sha
qizg ‘ anish zaptida tashlandi. Bir hamladayoq uni tap tagiga bosdi” 51
.
Itdek   vafodor   jonzot   mehr   ko ‘ rsatgan   qo ‘ lni   hech   qachon   unutmaydi.   Uni
doimo   qadrlaydi.   Uni   xavfdan   ogohlantirgisi,   himoya     qilgisi   keladi.   Oradan   bir
muncha vaqt o ‘ tgan   bo ‘ lsa-da, Y o vqur  hamon   Tal’atni  esidan chiqarmagan edi :
“S h u   kundan     e’tibordan   Tal’at   uning   g ‘ animiga   aylandi.   Har   safar   yangi-yangi
itlarni   unga   qarshi   qo ‘ ymoqqa   harakat   qila   boshladi.   Ammo   u   jangga   mutlaqo
yaramaydi deb o ‘ ylagan sobiq it har gal g ‘ olib chiqaverardi. Oqibat,   u Y o vqurga
qayta   ega   bo ‘ lmoqni   istadi.   Biroq,   Nazar   uzun   deganlari   Suvonqul   emas,   uning
avrashlariga   uchmadi.   Uning   ko ‘ zini   kuydirib,   Yovqurni   davradan   davraga   olib
yurishda davom etdi” 52
.
Shaxs   o ‘ zi   qiziqqon ,   kezi   kelganda   o ‘ ta   sovuqqon   mavjudotdir.   U   o ‘ z
imkoniyatlari   doirasida   ehtiyojlariga   qarab   ish   ko ‘ radi.   Uning   uchun   har   narsa
keragida   zarur, kerak bo ‘ lmaganida esa hech qanday qimmatga ega emas. Tal’atda
ham xuddi ana shu holat yuz beradi. Bir vaqtlar Y o vqur ortidan foyda ko ‘ rib shon-
shavkatga   ko ‘ milib   yurgan   Tal’at   unga   kelgan   dardni   anglagan   zahoti   hech   bir
ikkilanishsiz, qadrsiz bir narsani  mo ‘ may pulga pullaganday pullab yubordi. Endi
bo ‘ lsa, unga qayta ega bo ‘ lish payiga tushib Nazar uzunni avrash yo ‘ liga o ‘ tadi. 
51
  Норқобилов   Н.   Ажал   чорлаган   кун.   Қаранг:   Овул   оралаган   бўри.   Қиссалар.   –Тошкент:   Шарқ,   2005.229-
230-бетлар. 
52
  Норқобилов Н. Ажал  чорлаган  кун. Қаранг:  Овул оралаган  бўри. Қиссалар.  –Тошкент:  Шарқ, 2005. 230-
бет. 
41 A sarda   inson   bilan   hayvon   taqqoslanadi,   hayvon   sadoqati,   vafosi,
“i nson ” iyligi   ko ‘ rsatiladi.   Voqealar   davomida   asar   qahramonlari   o ‘ sha,
ko ‘ zlarining qorachiqlari katta-katta   yoqimtoy bolakay yashaydigan hovliga tashrif
buyuradi.   Bu   erda   esa   bir   qadar   erkinlik   topganday   bo ‘ ladi.   Biroq   o ‘ lim
sharpasining  u bilan  izma-iz yurishi  bu hovlida uzoq qolmasligidan  darak beradi.
Mana endi alam va iztirob bilan ayriliq   ko ‘ rsatgan ayri yo ‘ ldan yo ‘ rtib bormoqda.
O ‘ sha   ko ‘ zga   tanish   xayolining   bir   burchagida   xamon   berkinibgina   yashab
kelayotgan   dasht   qayda   ekanligini   izlab   ketmoqda.   Bu   vaqtda   esa   baquvvat
oyoqlaridan   quvvat   ketayotganini   sezar,   barcha   sezish   qobiliyatlari   yo ‘ qolib
borayotganini   anglardi.   S h unday   ekan   u   faqat   tezroq   harakat   qilish,   ozroq
sustkashlik   qilsa,   kech   qolishi   mumkinligi   haqida   o ‘ ylardi.   Birgina   tepalik   shu
birgina tepalikni oshsam, u yog ‘ i mening   jonajon dashtim, degan xayol unga kuch
bag ‘ ishlardi.   Biroq   tepalik   ortida   nima   borligi   haqida   o ‘ zi   ham   hech   narsani
bilmasdi. Ammo unga omad kulib boqadi. U  o ‘ z dashtini  topdi . 
Inson   mehri   yovvoyi   hayvonlarni   o ‘ ziga   bo ‘ ysindira   oladigan   bir   sehrdir.
Normurod   Norqobilovning   “ Tog ‘   odami ”   asari   qahramoni   Jondosh   yirtqich
hayvonlarni ham o ‘ z mehrining asiri qila olgan, biroq ularning qo ‘ rasida hech vaqt
tutib   qolishga   ur i nmas   edi :   “U   yirtqich   jonivorlarni   imkon   boricha   uzoq   saqlab
turmaslikka   tirishadi.   Faqat   Chiporgina   bundan   mustasno.   Yag ‘ rinidagi   jarohat
bilan qo ‘ rg ‘ onga   keltirilgan bu jonivor  sog ‘ aygandan keyin   ham  ketmadi.  Xuddi
xonaki   itday,   qo ‘ rg ‘ onda   yashab   qoldi.   Qadam   olishlari   oliftanamo,   fe’li   yaxshi,
duch kelgan narsaga tumshuq suqavermaydi. Lekin juda hushyor, narigi dovondan
tosh yumalasa sezadi” 53
.  
Inson   h ar qanday muhitda ham, har qanday sharoitga ham ko ‘ nikuvchan, o ‘ z
aql-zakovati   bilan   qiyinchiliklarni   qadam-baqadam   engib   bordi.   Muhimi,   undagi
istak va xohish, hayotga bo ‘ lgan qiziqish va ishtiyoq so ‘ nmasa shuning o ‘ zi kifoya .
“Bu yog ‘ iga ona tabiatning o ‘ zi murabbiylik qilib tarbiyalab boradi : “Tovatoshda
non pishirmoq unchalik qiyin emas. Avvaliga tosh obdon qizdiriladi-da, non uning
o ‘ zigagina emas, Cho ‘ li ham juda xush ko ‘ radi. Umuman olganda, C h o ‘ li azaldan
53
 Норқобилов Н. Тоғ одами. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 68-бет. 
42 shirintomoq.   Qo ‘ rg ‘ onga   shishasiz     qadam     bosmaydi.   Ichimlik     undan,     gazagi
Jondoshdan. Qo ‘ rg ‘ onda   go ‘ sht   qahat   emas. Biror   qo ‘ y   so ‘ yilsa,   eti   anchaga
etadi. Bundan  tashqari, Jondosh  vaqti-vaqti  bilan  kaklik  ovlab  turadi. Qisqasi,
qo ‘ rg ‘ onda  tishga  bosgulik  et  hamisha  topiladi”   54
.
Jondosh   tog ‘ ni   o ‘ z   uyi   deb   hisoblab,   unga   begonalarning   qadam   bosishini
xohlamas,   ov   qilishlariga   esa   hech   vaqt   toqat   qila   olmas   edi.   Buning   uchun   dam
yashirin,   dam   oshkora   kurash   olib   borar,   shu   yo ‘ l   bilan   o ‘ z   mulki   deb
hisoblaydigan tog ‘  va tog ‘  jonivorlarini himoyalardi : 
“ Boshda   u   ovchilarga   oshkora   qarshi   chiqib   yurdi.   Ammo   bir   safar   ikki
yigitdan o ‘ lasi  bo ‘ lib kaltak egach, bu xatti-  harakati  g ‘ irt  bema’niligini  fahmlab,
kurashning yashirin yo ‘ liga o ‘ tdi. Panadan turib ularning yuragiga qutqu soladigan
bo ‘ ldi,   ya’niki   yonib   turgan   olovni   yoki   yon-atrofini   mo ‘ ljallab   o ‘ q   uzardi.   Ana
shunda   ko ‘ ring   vahimani.   O ‘ tirganlar   kutilmagan   bu   hujumdan   dovdirab,
sichqonning inini ming tanga sanab qolishardi. Ammo Jondosh ularni “in”da ham
tinch   qo ‘ ymasdi.   Pusib   o ‘ tirgan   joydan   ularni   “in”dan   chiqishga   va   orqa-oldiga
qaramay qochishga majbur   etardi. Bu   ishda   archalar-u, xarsanglar, butalaru o ‘ t-
o ‘ lanlar   ko ‘ makka    kelardi.  Jondosh   panadan  turib  xayoliga  kelganini   qilardi.  Bu
jihatdan   bu   qiziq   ermak   edi.   Keluvchilarning   sarosimada     tipirchilashlari,
vahimaga   to ‘ la   ko ‘ zlarning   olayishlari,   so ‘ ng   dumbalarini   likillatib   qochishlari
barisi juda g ‘ aroyib edi” 55
.  
Hozirda   uning   dilini   o ‘ rtayotgan   narsa   tog ‘ da   bo ‘ lib   o ‘ tayotgan   voqea   edi.
Jondosh shu tobda ham o ‘ zi haqida o ‘ ylanmas, qo ‘ rasidagi hayvonlarning holi ne
kechishi haqida bosh qotiradi. Axir u erda uning uchun eng qadrli, yoshligidan o ‘ zi
parvarishlab, jarohatlariga malham bo ‘ lib boqqan beozor jonivorlari bor edida. 
Ko‘rinadiki,   olamni   anglash,   tafakkur   tarzidan   yiroq   bo‘lsa-da,   inson
xarakterining nobobot olamiga ko‘chirilishi, xuddi inson kabi istirob chekishi bejiz
emasligini   kitobxon   teranroq   anglay   boshlaydi.   Shuning   uchun   ham,   insonning
qalb   istiroblari,   o‘y-xayollari   kabi   ularda   ham   anglash,   his   etish   kabi   xislatlar
54
 Норқобилов Н. Тоғ одами. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 66-бет.
55
 Норқобилов Н. Тоғ одами. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Т., “Шарқ”, 2005. 93-бет. 
43 mujassamlashganki   bu   esa,   insonning   vahsiyligini,   o‘z   manfaati   uchun   hech
narsadan qaytmasligi kabi qator xislatlarni ham namoyon etgan. 
Yozuvchining   “Tog‘   odami”   asaridagi   badiiy   qahramonlarga   nazar   solar
ekanmiz, ularning o‘ziga xos qarashlari, hayotga, atrofga munosabatlarida yanada
teranlashadi.   Buning   boisi   ham,   inson   va   tabiat   o‘rtasidagi   dialektik   birlikning
buzulishi   bilan   izohlanadi.   Shuning   uchun   ham,   asardagi   turli   hayvonlardagi
xarakter   xususiyatlar,   inson   fojiasi   bilan   birlashib   ketgandek,   buning   sababchisi
ham shaxs ekanligi teranlashadi.
2.2.Adib   qissalarida   ruhiy   istiroblar   talqini.   Yillar   davomida   shakllanib
kelgan   inson   qismati,   uning   taqdiri   hayot   va   tabiat   voqealari   bilan   uzviy   birlikda
shakllandi   va   shakllanib   kelmoqda.   Buning   sababi   esa,   insonning   tabiat   bilan
uyg‘unlikda   hayot   kechirishi   bilan   uzviy   bog‘liqlikda   namoyon   bo‘lgan.   Shu
jihatdan, adibning “Tog‘ odami”, “Ovul oralagan bo‘ri” asaridagi voqealar rivojiga
nazar solinsa, buning juda teran, falsiy jihatlari oydinlashadi.
Asardagi   Jondosh   bir   narsadan   hayratlanardi,   nega   inson   zoti   bu   qadar
bee’tibor va loqayd? Nega u borliq bergan ne’matlarni qadrlamaydi? Nega u o ‘ zga
jonni og ‘ ritishdan hech ham og ‘ rinmaydi, kabi savollarga javob topishga qiynalar
ekan,  tog ‘ dagi  to ‘ qnashuvda  unga  nisbatan  nazari     pastlik  qilishganini   ham  hazm
qila   olmas   edi.   Y o lg ‘ izlik   insonni   ruhan   emiradi.   U   kishidagi   qatiyatni   zaiflaydi,
irodani   susaytiradi,   ishonchni   so ‘ ndiradi,   –   umidni   esa   o ‘ ldiradi.   Buni   bilgan
qahramonimiz   Jondosh   iti   Bo ‘ ynoq   va   yovvoyi,   yirtqich   hayvon   qoplonni   o ‘ ziga
hamro h   qilib   olgandi.   Tog ‘ dagi   birinchi   tundanoq   chipor   ko ‘ zdan   g ‘ oyib   bo ‘ ldi.
Jondosh bo ‘ lsa bundan hech  ham ajablanmadi .  Uning dilida hech qanday qo ‘ rquv,
hech qanday hadik yo ‘ q edi. O ‘ z xayollariga g ‘ arq bo ‘ lganicha o ‘ tirar ekan, birdan
to ‘ zg ‘ ib ketgan diqqatini bir joyga to ‘ pladi :   “U mayda-chuyda tashvishli  o ‘ ylarga
erk   bermaslikka   tirishib,   etning   pishishini   kutib   o ‘ tirarkan,   Bo ‘ ynoqning
irillashidan   o ‘ ziga   keldi.   It   tikilgan   tomonga   o ‘ girilib,   kapalagi   uchib   ketdi.   Ne
ko ‘ z   bilan   ko ‘ rsinki,   quyidagi   changalzordan   pogonidagi   yulduzlarni   yiltillatib,
ikki   militsioner   chiqib   kelardi.   Ular   zo ‘ rma-zo ‘ r   odimlashayotgan   bo ‘ lishsa-da,
Jondoshning nazdida shiddatli yugurib kelishayotgandek tuyuldi. 
4 U   ilk   daf’a   qo ‘ rquvni   chuqur   his   qildi.   Bu   shu   qadar   yoqimsiz   va   noxush
tuyg ‘ u   ediki,   bunaqasini   hali   hech   boshidan   kechirmagandi.   “To ‘ xta!”   degan
hayqirig ‘ u,   osmonga   ketma-ket   uzilgan   o ‘ qdan   emas,   yuzaga   kelgan   vaziyatning
mohiyatidan   yuragi   orqasiga   tortib   ketgandi.   Tavba,   uni   ta’qib   etishayapti-ya!
Xuddi   yaralangan   jonivorning   izidan   tushgan   ovchilarday   quvlab   kelishayapti-
ya!” 56
.
Bashir   chandir   anchayin   usta   izquvarlardan   bo ‘ lib   Sadir   nazirni   o ‘ ziga
ergashtirib tinmay harakat qilardi : “O ‘ z kasbiga o ‘ ta sodiq bo ‘ lib, ishga mas’uliyat
bilan yondoshar, shunchaki  qimirlab yurganlarni jini sevmasdi.  U bir  xayoli kasb
mas’uliyati   haqida   og ‘ iz   ko ‘ pirtirib   yubormoqchi   bo ‘ ldi-yu,   lekin   o ‘ zini   tiydi.
Ichidan itini olib kelganidan mamnun bo ‘ lib qo ‘ ydi”. 57
O ‘ z   ortidan   quvib   kelayotganini   ko ‘ rgan   Jondosh   ko ‘ ksida   nimalarningdir
sodir   bo ‘ layotganini   sezar,   o ‘ ziga   sig ‘ may   karaxt   bir   holga   tushib   qolayotganini
sezib,  bu  holatdan  qutilishga  urinardi.  Y o zuvchi   asardagi   bunday ruhiy holatlarni
g ‘ oyat   go ‘ zal   tarzda   peyzaj   tabiat   manzaralari   bilan   uyg ‘ un   tasvirlaydi .   Jondosh
adolat   uchun   kurashgan,   ammo   haqiqatga   etishish   murakkabligini   ham   teran
ilg ‘ aydi.   “Jondosh     ta’qibga   uchrash   g ‘ oyat   noxushligini,   u   kishida   jirkanch   bir
qo ‘ rquvni uyg ‘ otib, dunyoni tor, juda tor ko ‘ rsatib qo ‘ yishini ilk bor his   etmoqda
edi.   Shuningdek,     qo ‘ rquvda     rang   mavjudligini,   bu   rang   tevarakdagi   boshqa
ranglar   bilan   qorishib,   sovuq   bir   tus   olishini   anglab   etgandi.   Bu     qo ‘ rquv   uning
idrokida     formali   kishilar   qiyofasida   shakllanib,   ular   chiqib   kelgan   changalzor
rangi   bilan   uyg ‘ unlashib   ketgandi.   Bu   manzara   nihoyatda   tunda   dahshatli   edi.
Uning qa’ridan   o ‘ pirgan sovuq epkin kishi vujudini muzlatib, qochmoqqa majbur
etardikim, bunday paytda bandasi toshlar bag ‘ riga singisi, biror-bir archaga, yohud
butaga   aylanib   odam   oyog ‘ i   etishi   qiyin   bo ‘ lgan   tog ‘ lar   bag ‘ rida   abadiy   qolib
ketgisi kelardi. Afsus, tirik vujud tosh qotmaydi, shuningdek, archa-yu butaga ham
aylanmaydi.   U   xuddi   yovvoyi   jonivorlardek   qochmog ‘ i,   bekinmog ‘ i     mumkin,
xolos” 58
.  
56
 Норқобилов Н. Тоғ одами. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 80-бет. 
57
 Норқобилов Н. Ажал чорлаган кун. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 81-бет.
58
 Норқобилов Н. Тоғ одами. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005.91-92-бетлар. 
45 Hayot   go ‘ zal   xilqat.   Inson   ham   uning   yaratig ‘ i,   bir   bo ‘ lagi   hisoblanadi.
Uning fusunkorligini, go ‘ zalligini his etish qiyin emas. Biroq Jondosh shu vaqtga
qadar   tog ‘   go ‘ zalliklariga   nazar   solmaganligini,   uning   go ‘ zalligini   his
etmaganligini mana endi tuymoqda edi. 
Inson   har   qanday   yolg ‘ izlikka,   ayriliqqa   bardosh   bermasin,   ko ‘ ngli   hasrat
istaydi. Y o lg ‘ izlik oldida bosh egadi. C h unki yolg ‘ izlik faqat Ollohga xos ekanligi
hech   kimga   sir   emas.   Qiyinchilik,     tashvish,   inson   yuragini   ich-ichidan   emiradi.
Asar   qahramoni   Jondosh   ham   ana   shunday   qiyinchiliklar   to ‘ riga   ilindi :   “Jondosh
shu   ketishda   dovon  tepasida   nafas   rostladi.   Egnidagi   paxtaligini   yassi   tosh   ustiga
tashlab,   bir   chetiga   omonatgina   cho ‘ kdi.   Ko ‘ ngli   shu   qadar   hasrat   istardiki,
yuragini     kimgadir   bo ‘ shatmoq   o ‘ yida   beixtiyor   yonveriga   alanglaganini   sezmay
qoldi.   Ammo   bu   tog ‘ u   toshda   dardkash   topmoq   mushkul   edi.   Toshlar   saltanati
butun borliqqa beparvo holatda sokin mudrar, uning hatto ko ‘ kdagi quyosh ham bu
erga begonadek edi” 59
.
Bashir chandir va Sadir nazir uning ortidan borar, tobora tog ‘  oralab ketardi.
U   yolg ‘ izlik   hissini   ko ‘ nglidan   quvish   uchun   Bo ‘ ynoq   va   C hi porni   doimo   o ‘ ziga
hamroh   qilib   dardlarini   to ‘ kib   solardi.   Bo ‘ ynoq   unga   sodiq   va   vafodor.   C h ipor
bo ‘ lsa,   u   ham   Jondosh   uchun   yaxshi   do ‘ st   va   himoyachi   edi.   Biroq   u   yovvoyi
tabiat   vakili.   Uning   ajdodlari   o ‘ ziga   xon,   o ‘ ziga   bek,   tabiat   qo ‘ ynida   emin-erkin
yashab   kelgan.   U   ham   shu   ajdodlarning   davomchisi,   tog ‘ -u   tosh   egalaridan   biri.
Kuni   kelib   uning   bosh   olib   ketishi   tayin   edi   va   shunday   ham   bo ‘ ldi.     Butazor
oralab   ko ‘ zdan   yo ‘ qolar   ekan   Jondosh   ortidan   qarab   qoladi :   “Ovga   ketdi,   dedi
o ‘ zini chalg ‘ itish uchun. Bunga javoban it g ‘ ingshidi. Keldi,- dedi,  Jondosh itning
g ‘ ingshishini   anglasa-da   o ‘ zini   ishontirishga   tirishib.   Qornini   to ‘ yg ‘ azib   qaytadi.
Ammo   Bo ‘ ynoq   tinchimadi.   Qoplonning   qaytmasligini   sezganday,   g ‘ ingshishda
davom   etdi.   Qaytadi,   Jondosh   itni   turtdi.   Ko ‘ p     g ‘ ingshimay,   ma,   nondan   e!
Bo ‘ ynoq  nonga qayrilib qaramadi. Jondoshning tomog ‘ idan ovqat o ‘ tmay qoldi. -
Nahotki, butunlay ketgan bo ‘ lsa!” 60
.
59
 Норқобилов Н. Тоғ одами. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 100-бет. 
60
 Норқобилов Н. Тоғ одами. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005.107-108-бетлар. 
46 Uning   qaytishini   uzoq   kutgan   Jondosh   qaytmasligini   bilib   yana   yo ‘ lga
ravona bo ‘ ldi. Bundan uning ko ‘ ksi  qattiq og ‘ riqni his qilar va bu og ‘ riqdan yuragi
alamli achirdi. Ko ‘ zlagan manziliga kelgach, quvlovchilari anchayin ortda qolgan,
deb   xayol   qilib   kech   ovqatga   bamaylixotir   o ‘ zgacha   tayyorlana   boshladi.   Bu
vaqtda   esa   Jondosh   va   Bo ‘ ynoqni   bir   hurkitib   o ‘ tgan   bo ‘ rilar   galasi,   izquvarlarni
ancha besaranjom qilgan, tuni bilan uyqusizlikdan aziyat chekib holdan toygan edi.
Hikoya   syujetida   voqealar   rivojlanib   borar   ekan,   inson   va   jonli   tabiatning   o ‘ zaro
ma’naviy ruxiy yaqinligi, o ‘ ziga xos hamdardligi kuzatiladi. 
Tongda   o ‘ q   ovozi   va   iti   Bo ‘ ynoqning   ingrashidan   cho ‘ chib   uyg ‘ ongan
Jondosh, kechki ziyofat quyuq bo ‘ lganligidan boshi gangib tinmay miltiqni izlardi :
“Kutilmagan   bu   talato ‘ pdan   bazo ‘ r   o ‘ ziga   kelgan   Jondosh   g ‘ or   devoriga   behol
suyanarkan,   shundoqqina   tumshug ‘ i   tagida   dum   silkib   turgan   beo ‘ xshov   itni
ko ‘ rdi.   Unga   hov   birda   ko ‘ zi   tushganday   bo ‘ lardi.   So ‘ ng   tepasida   shiftday   bo ‘ lib
turgan ko ‘ lankaga razm soldi. Bashir chandir tantanavor qiyofada iljayib turardi” 61
.
Jondosh   go ‘ r   og ‘ zida   cho ‘ zilib   yotgan   Bo ‘ ynoqning   tanasini   ko ‘ rib   achinmadi
ham. Endi unda hech qanday hatto anglash hissi ham yo ‘ q edi.   U hech vaqt tog ‘ dan
ayro yashashni  o ‘ ylamas va buni tasavvuriga ham sig ‘ dira olmas edi. Mana hozir
qo ‘ li   bog ‘ liq   tutqun   kabi   yurib   borar   ekan   undagi   ruhiy   tushkun   holat   behad   edi .
Tog ‘ lardan   uzoqda   yashash   uning   uchun   o ‘ lim   bilan   barobar   ekanligini   yana-da
teranroq   his   etardi:   “U   hatto   o ‘ zi   tug ‘ ilib   o ‘ sgan   qishloqda   bir   kundan   ortiq
turolmasdi.   To ‘ rtta   odamning   orasida   yuragi   o ‘ z-o ‘ zidan   siqilib   ketaverardi.
Kishilardan   ko ‘ ra   qo ‘ rasidagi   yovvoyi   jonivorlarni   o ‘ ziga   yaqin   ko ‘ rardi.   Yigit
uchun   olam   tog ‘ u-tosh,   tiriklik   deganlari   esa   qo ‘ rg ‘ oni   edi...   Tog ‘ larni   u   inson
qavmidan qattiq qizg ‘ anib keldi” 62
.   
Erkinlik,   tabiatni   asrash   uning   vazifasiga   aylangan   edi.   Insoniyatning
tabiatga qilayotgan tajovuzidan dahshatga tushar edi. Ammo g ‘ addor muhit uning
erkiga chek qo ‘ yishga intilardi. 
Erksiz likdan   qutulishga   uringan   Jondosh   jar   og ‘ ziga   ilinib   o ‘ lim   bilan
yuzma-yuz   keladi.   S h u   dam   uning   ko ‘ zi   ko ‘ kda   parvoz   qilayotgan   burgutga
61
 Норқобилов Н Тоғ одами. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 129-бет. 
62
Норқобилов Н. Тоғ одами. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 138-бет. 
47 tushadi :   “Osmon   sultoni   erdagi   bu   g ‘ alati   ishdan   hang-mang   bo ‘ lganday,   kichik
doira   yasab,   ohista   suzib   yurardi.   Unga   Jondoshning   havasi   keldi.   Qani   endi,
qanoti bo ‘ lsa-yu, manavilarning qo ‘ li etmaydigan   yuksak tog ‘ lar sari uchib ketsa.
Aslida, azaldan u burgutlarga havaslanib boqardi. Ulkan bu qushning  havoda  qilt
etmay suza olishidan  hayratga kelardi” 63
.
Yozuvchi   N.Norqobilov   hikoyada      tutqunlik, pastda esa qoyalar jahannami
uni   bosh   qahramonga   mahorat   bilan   ro ‘ baro ‘   qiladi.   Qay   birini   tanlash   Jondosh
uchun   shu   tobda   hech   qanday   o ‘ ylarli   hol   emasdi.   U   tutqunlikdan   ko ‘ ra
jahannamni   afzal   biladi   va   ko ‘ zlarini   yumdi :   “Jondosh   o ‘ zining   bu   “parvoz”i
hademay   jahannam   tubidagi   toshlar   saltanatida   yakun   topishini   bilgani   bois,
ko ‘ zlarini   qayta   ochmoqni   istamadi.   Uning   tasavvuri   ko ‘ zga   aylangandi.
Tasavvurida   esa   o ‘ sha   burgut   qanotlarini   keng   yozganicha   ohista   parvoz   etardi.
Ammo   burgut   parvozi   uzoq   davom   etmadi...   Jondosh   kuchli   zarbdan   ko ‘ zlarini
ochib,   o ‘ zini   archa   shoxlari   og ‘ ushida   ko ‘ rdi.   U   tik   jarlik   devorini   yorib   chiqqan
archa ustiga borib tushgandi. Sershox archaning baquvvatligini tanida his etarkan,
shuursiz   bir   ravishda   butoqlardan   biriga   yopishdi.   Tasavvuridagi   parvoz   izsiz
yo ‘ qolib,   u   tag ‘ in   hayotga   yuzma-yuz   kelgandi.   Tepadan   mo ‘ ralashayotgan
basharalarga,   oppoq   daydi   bulut   zeb   berib   turgan   ko ‘ m-ko ‘ k   osmonga,   zalvori
ostida   ohista   tebranayotgan   archaning   pishiq   va   yo ‘ g ‘ on   tanasiga   bamisoli
tikondek o ‘ ljasini poylab yotgan pastdagi qirrador toshlarga bir-bir ko ‘ z tashlarkan,
negadir, tik jarlik devorni yorib chiqqan archaning ko ‘ rimsizligi-yu baquvvatligini
o ‘ yladi.  Bu   xil   archalar   negadir   bir-biriga  o ‘ xshash   bo ‘ lishini   xayolidan   o ‘ tkazdi.
SHundan   so ‘ ng   yuragida   tug ‘ ilgan   yashash   ishtiyoqiga   bo ‘ ysunib,   archa   shoxlari
orasiga tuzukroq o ‘ rnashdi” 64
.  
Inson   qazosi   etmasa,   risqi   uzilmasa   o ‘ lmaydi.   Jondosh   –   mard   va   mag ‘ rur
odam. S h uning uchun uning «parvozi»ni adib burgutga qiyosan tasvirlaydi. Umid
yondi, yashashga  bo ‘ lgan ishtiyoq qayta uyg ‘ onadi. Tog ‘   o ‘ z farzandini  qutqardi.
Jondosh     so ‘ qmoq   bo ‘ ylab   qoyalarga   tirmashar   ekan,   archazor   yoqasida   ko ‘ zdan
g ‘ oyib bo ‘ ldi. 
63
 Норқобилов Н. Тоғ одами. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 142-бет. 
64
 Норқобилов Н. Тоғ одами. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 14-бет. 
48 K o ‘ rinib  turibdiki, adib  bosh  qahramonning shaxsiy    inqirozi  omili   sifatida
farzand   tarbiyasini   asos   qilib   ko ‘ rsatadi   va   buni   boshqa   qahramon   tomonidan
e’tirof   etilganligini   isbotlaydi.   Deylik,   yozuvchining   “Quyosh   tutilgan   kun”
hikoyasidagi Sobir polvon yoki “Oriyat” hikoyasidagi Husan polvon kabi obrazlar
xarakterini   maxsus   o ‘ rgangan   adabiyotshunos   olim   Hakimjon   Karimov   shunday
fikrlarni   yozadi:   ”Normurod   har   bir   asarida   tabiat   bilan   insonni   uyg ‘ unlikda
tasvirlaydi.   U   tabiatdan   shunchaki   manzara   yaratmaydi,   undan   mohiyat   qidiradi,
kishi diqqatini o ‘ ziga jalb qiladi” 65
.  
Normurod   Norqobilov   tog‘   bag‘ri   qishloqlarini   rosa   kezadi:   ovchi,   tog‘chi,
o‘qituvchi,   qizu   ayol,   bo‘ri,   it,   ayiq,   qoplon   singarilar   fe’lini   ko‘p   va   xo‘p
o‘rganadi.   Odam   bozorini   kezadi,   imkon   qadar   badiiy   so‘z   vositasida   ularni
baholashga   harakat   qiladi.   Unda   munosabatlar,   chinu   yolg‘on   xatti-harakatlar,
tuslanish   va   turlanishlar   ko‘zga   tashlanadi.   Yozuvchi   hayvonu   inson   aro   rango-
rang duellarga – detektiv munosabatlarga duch keladi. 
Y o zuvchi o‘z asarlarida tiriklik hayot mohiyatiga mos qator his-tuyg‘ularni
go‘zal bir yo‘sinda ochib berishga harakat qiladi.  Badiiy asar ro‘y bergan qiziqarli
voqealar   tasviridan   emas,   balki   inson   ko‘ngli   to‘lg‘amlarining   mikrotahlilidan
iboratdir.   Har   bir   inson   olam   va   odamiyatni   o‘z   fahmi-farosati   darajasidagina
anglay   oladi.   SHuning   uchun   bugungi   adabiyotda   odamdan   tashqaridagi
voqealarga   emas,   inson   ruhiyatida   sodir   bo‘layotgan   ichki   kechinma   va
jarayonlarga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
Adibning   “Ovul   oralagan   bo‘ri”   qissasida   keltirilgan   peyzaj   tasviri   asar
qahramoni   Ch o‘ngkalla   x arakteri   bilan   uyg‘un   ifodalangan.   Y o zuvchi   insondagi
his-tuyg‘u   va   odamiylik   fazilatlari   yo‘qolishini   qish   chillasidagi   qorsiz   dasht
timsoli da  jonli gavdalantiradi. Inson   gohida his-tuyg‘ulariga asir bo‘ladi, boshqalar
qalb   tuyg‘ularini   his   qila   olmaydigan,   bir   ozgina   yutuqdan   havolanib,   atrofida
kechayotgan   hodisalardan   bexabar,   befarq,   loqayd   odamga   aylanadi.   Buni
qarangki,   yozuvchi   asarida   xuddi   shu   haqda   quyidagi   fikrlarni   yozadi :   “Salom
mergan   qishloqdoshlarining   hadyalarini   xushnud   qabul   qilishda   davom   etarkan,
65
 Каримов Ҳ.Истиқлол даври адабиёти. – Тошкент:  Янги нашр нашриёти. 2010 йил, 159-бет.
49 shu   tobda   o‘ziga   ajal   timsoli   ko‘z   tikib   turganini   xayoliga   keltirmasdi.   U
maqtovlardan   mast,     hadyalardan   baxtiyor   edi.   Dashtdagi   tulki-yu   quyonlarga
qiron  keltiruvchi bu kimsa bo‘rini ilk bor qo‘lga tushurishi edi” 66
.   
Tabiat   mahsuli   bo‘lgan   b ir   jonivorning   ayriliq   azobidan   qiynalishi,   fig‘oni
samolarni qaqshatib, mahzun oh chekishi, mag‘rur boshini egishi kishini taajjubga
soladi :   “Yaydoq   dashtda   hidning   saqlanishi   qiyin.   Shunga   qaramay,   Cho‘ngkalla
ayrim   hidlarni   farqlay   bildi.   Ammo   bundan   ko‘ngli   oroyish   topmadi.   Yolg‘izligi
kor   qilib,   ichki   bir   dard   bilan   g‘ingshib   yubordi.   Bu   nidoda   judolik   alami   emas,
yolg‘izlik   mavjud   edi.   Oqyoldan   judo   bo‘lganini   u     hanuz   xayoliga     keltirmasdi.
Oqyol shunchaki bandi, bandini esa qutqarmoq kerak.”   67
.
A zobli   xijrondan   qiynalar   ekan,   qissa   qahramoni   C h o‘ngkalla   hozirda
qavatida bo‘lmagan jufti Oqyol bilan boshidan kechirgan yaxshi, quvonchga to‘la
xushbaxt   kunlarini,   shu   bilan   birga   birdam   ko‘ngilni     g‘ash   qiluvchi,   eslaganda
bag‘rini o‘rtash bilan qandaydir og‘riqni his qilishi  uni  qiynoq gulxanidan otilgan
bir   parcha   cho‘g‘   kabi   kuydirardi :   “Toshliburunda   katta   bir   fojia   yuz   bergandi.
Qoya     etagidagi   uyalarida   ularning   to‘rt   bolasi   nobud   bo‘lgandi.   Ular   cho‘ponlar
tomonidan tutunga dimiqtirib o‘ldirilgandi. Cho‘ponlar ular inini qanday topishgan
bu  yolg‘iz Xudoga ayon. 
Ammo   ovdan   qaytishganda,   to‘rtala   bolasi   ham   tarashaday   qotib   yotardi.
Shundan   beri   u   tutun   hidini   jinidan   battar   yomon   ko‘radi.   O‘shanda   Oqyol   rosa
bo‘zlagandi.   Bir   hafta   bolalarini   yalab-yulqab,   oyoqqa   turg‘izmoqqa   uringandi.
Barcha   harakatlari   besamar   ekanligini   anglagach   esa,   oyga   qarab   uvlagandi.
Cho‘ngkalla ichki bir istakka itoat etib, qator yotqizilgan bolalarning ustiga tuproq
sochgan. Oqyol unga qarshilik ko‘rsatmagan. 
Keyin   tuproq   uyumini   hidlab-hidlab,   boshi   oqqan   tomonga   uloqib   ketgan.
O‘shanda   u   bemaqsad   daydigan,   yo‘lida   uchragan   jonliqlarni   tilka-pora   qilib
tashlagan.   Uning   bu   yurishi   sel   yuvgan   jarlikkacha   davom   etgan.   Oqyol   jar
yonidagi   soz   tuproqda   to‘rt   kun   kuchala   tushib   yotgan.   Cho‘ngkalla   sodiq   yor
sifatida jar tubida uning tinchini qo‘rigan, tunlari ovga chiqib, o‘lja bilan  qaytgan.
66
  Норқобилов Н. Овул оралаган бўри. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 8-бет. 
67
  Норқобилов Н. Овул оралаган бўри. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005.11-бет.
50 Biroq   Oqyol   xo‘rakka   og‘iz   urmagan” 68
.     Bo‘rilar   oilasidagi   fojia   –   C h o‘ngkalla
bilan Oqyolning iztiroblarini adib realistik tasvirlaydi.
Shunday   fojiali yo‘qotishdan butunlay tushkunlikka tushib, o‘zini   yo‘qotib
qo‘ymagan,   qolaversa,   befarq   va   loqayd   tushkun   ruhiy   holati   o‘z   izmiga   sola
olmagan bu  arloni  bo‘rini   asarda  qat’iyat   timsoli  sifatida  ko‘rishi  mumkin. U  har
qanday   sharoit   va   har   qanday   vaziyatda   ham   C h o‘ngkalla   bir   necha   bor   Oqyolni
izlab   qishloq   tomon   yo‘l   soladi.   Uning   sevgisi   shu   darajada   kuchliki,   odamlar
tomonidan   beriladigan   adadsiz   qiynoqdan   ham,   o‘limdan   ham   qo‘rqmaydi.   Uni
faqat  Oqyolning  isi  o‘ziga  chorlaydi.  Biroq bu  is  uni  o‘zi  uchun  mutlaqo begona
bo‘lgan  hidlar tomon etaklar, yuragida xadik va qo‘rquv hislarini uyg‘otar edi. 
Ovul   yoqasida   joylashgan   balandlikda   ulkan   boshini,   baquvvat   oyoqlarigi
qo‘yib,   qishloqni   mahzun   va   jiddiy   kuzatadi.   Asarda   vafodorlik,   mehr-muhabbat,
sadoqat   kabi   insoniy   fazilatlar   yuqori   o‘rinni   egallaydi.   Eng   muhimi,   bu   insoniy
fojialar   bo‘rilar   xarakterining   o‘ziga   xos   qirralarini   namoyon   etish   bilan
ko‘rsatiladi. Qissadagi  voqealar rivojida, nafaqat, insondagi ijobiy fazilatlar, balki
salbiy   jihatlar   ham   juda   jonli   gavdalantiriladi .   Teranroq   nazar   tashlansa,   qissa
muallif hozirgi kun uchun dolzarb bo‘lgan ekologik tarbiyani ham o‘quvchi ongiga
qahramoni   C h o‘ngkalla   orqali,   juda   muhim   ramziy   obraz   vositasida   singdiradi.
C h o‘ngkallaning   jufti   Oqyol   ovchilar   qopqoniga   tushib,   Salom   merganning
qurboniga aylandi.  Vafodorlik timsoli  sifatida berilgan bo‘ri  tabiatida juda go‘zal
his-tuyg‘ular xuddi inson qalbidagi ruhiy holatlarga monand ko‘rsatiladi.
Shaxsda   insonda tuyg‘u bo‘lmasa,  quyosh haroratsiz, tabiat rangsiz,  tiriklik
va   xayol   ruhsizlik   kasb   etadi.   Biz   tahlil   qilishga   urinayotgan   mashhur   "Ovul
oralagan   bo‘ri ”   q issasi   zotan   insonlar   xususida   bo‘lmasa-da,   tabiatning   yaratig‘i
bo‘lgan,   o‘z   dunyosining   mushkulotlari   bilan   kurashib   dasht   va   o‘rmonlarda
yashovchi   bo‘ri   haqida.   Asarda   Salom     mergan     ziddiyatli   obraz.   Bo‘ri   –   obrazi
konseptual obraz darajasiga ko‘tarilmagani kabi Salom mergan obrazi ham badiiy
etilmagan.   Bundan   kelib   chiqadigan   ma’no   asarda   yozuvchi   g‘oyasi   konseptual
darajada   ko‘tarilmagan.   Asarda   Salom   mergan     bir     qator     qat’iyatsiz,       irodasi
68
  Норқобилов Н. Овул оралаган бўри. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 17-бет .
51 bo‘sh,  tez  havolanuvchi,  o‘zgalar  fikriga  tez  og‘ishib  ketuvchi   shaxs   sifatida
tasvirlanadi.   U   tabiatdan     fe’li   yumshoq     inson   sifatida   keltirilgan   bo‘lsa-da,
boylikka   o‘chlik  hissi     uning  bu  hislatlarini    ko‘mib    tashlaydi. Manmanligi,
tajangligi     uning     muvofaqqiyatiga,       erishish     yo‘lidagi     eng     katta     muammoli
to‘siq  ekanligi  asarda  yaqqol  ko‘rsatiladi. Bizga ma’lumki,  hayot so‘qmoqlarini
bosib   o‘tgan   inson   xarakterini   o‘zgartiradi.   Talqinlar   davomida   inson   va   nabobot
olami   haqidagi   talqinlar   tahlil   etildi   va   tabiat   va   inson   dialektik   birlikda   hayot
kechirishiga alohida urg‘u berildi.  
C h o‘ngkalla   Salom   mergan   oldida   –   uning   qarshisida   juda   ojiz   qolgandek
ko‘rinadi. Ayriliq azobi har qanday qat’iyatni, har qanday irodani sekin-asta bilan
emiradi.   Qat’iyat   bir   tog‘   bo‘lsa,   tosh   yo‘nuvchi   uni   bir   chekkadan   yo‘nib   ado
qiladi. Uzoq ayriliq xijroni C h o‘ngkallaning ruhiyatini mahzun  ezmoqda  edi .
“Cho‘ngkalla   bo‘rilarcha   kuldi   va   harakatini   sal   sekinlatdi.   Oqpanjaning
quvib   etishiga   imkon   yarata   boshladi.   Ana   u   oppoq   panjalari   ostidan   namtuproq
sochib   tobora   yaqinlashtirib   kelmoqda.   Uning   hadigi   Malla   itdan   edi.   Agar     itlar
tenglashsa, o‘ylagan  rejasini  amalga  oshirish mushkul kechardi. Baxtiga Oqpanja
yanada   tezlashib,   itlardan   ancha     ilgarilab   ketdi   va   bir   muddatdan   so‘ng
Cho‘ngkallaning   naq   yag‘riniga   og‘iz   soldi.   Biroq   tishi   raqibining   yag‘riniga
etmay, o‘zining bo‘yni bo‘rining dahshatli jag‘lari orasiga tushib qoldi” 69
.  
Salom   merganning   tunlari   poyloqchilikda   o‘tardi.   Y u ragi   qo‘rquv,   hadik
bilan to‘lar, qurol ushlagan qo‘llari o‘ziga bo‘ysinmay sassiz titradi. Bir jon oluvini
poylab o‘tirar ekan, xayolidan turli narsalarni o‘tkazadi, o‘z ahvolidan norozilanib
do‘stlarining issiq ko‘rpada rohat qilib orom olayotganlaridan noliydi : “Ko‘ngliga
insof   inib,   miltiq   tutgan   qo‘li   tamomila   bo‘shashgandi.   Biroq   Go‘ngtepada
Cho‘ngkallaning   qorasini   ilg‘ashi   bilan   yuragidagi   bu   his   izsiz   yo‘qolib,   uning
o‘rnini   o‘sha-o‘sha   ochko‘zlik   egalladi.   Bir   sigirning   puli   har   qanday   yaxshi
o‘ylardan ustuvor keldi” 70
.   
Asardagi   voqealar   rivojiga   nazar   tashlar   ekanmiz,   Salom   merganning   o‘z
olami bilan kurashishi, ammo buning yaxshilik bilan tugamasligini bilsa-da, oriyat
69
  Норқобилов Н. Ажал чорлаган кун. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 36-бет. 
70
 Норқобилов Н. Ажал чорлаган кун. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент:  Шарқ, 2005. 37-бет.
52 uchun   qilayotganligini   istirob   bilan   xayolidan   kechiradi.   Nafsning   qurboniga
aylanib   borayotgan   inson   fojialari   juda   teran   talqin   etilganki,   bu   esa   nabobot
olamining   ayanchli   kurashlarida   teranlik   kasb   etganligini   kitobxon   anglay
boshlaydi. 
II bob bo ‘ yicha xulosa:
1.Xarakterlarni    individuallashtirishda obrazning tashqi  ko ‘ rinish  chizgilari,
ya’ni  portretga ham alohida ahamiyat  berish N.Norqobilov hikoyalari  poetikasiga
xos   xususiyat   sanaladi.   Portret   chizgilarining   tashqi   va   ichki   obrazi     olamni
namoyon   etadi.   Muallif   qahramonini   psixologik   jihatdan   tavsiflaydi   va   uning
kechinmalari   va   ruhiyati   orqali   inson   tabiatining   o ‘ ziga   xosliklarini   ko ‘ rsatib
o ‘ tishga harakat qiladi.
2.Iste’dodli   adib   Normurod   Norqobilovning   inson   obrazini   yaratilishdagi
individuallashtirish usuli asarlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi va adibning poetik
mahoratidan   darak   beruvchi   omillar   sirasiga   kiradi.   Adib   o ‘ z   qissalarida   milliy
xarakterga ega obrazlarni oriyatli, mard va jasur insonlar sifatida tasvirlashi muhim
poetik jihat hisoblanadi.
3.Adibning mahorati, voqea-hodisalar mohiyatini oydinlashtirish jarayonida
inson   va   tabiat   munosabatiga,   ular   o ‘ rtasidagi   parallel   tasvirlarga   urg ‘ u   berishida
kuzatiladi.   Yozuvchi   hikoyalaridagi   Tal’at,   Ashur,   Nurbek,   Dilmurod,   Jondosh
kabi   turli   obrazlarning   ruhiy-psixologik   tasvirida   milliy   o ‘ ziga   xoslik   bo ‘ rtib
ko ‘ rinadi. 
4. Adib   qissalari   jahon  adabiyotining  nodir  namunalari  bilan  taqqoslaganda,
N ormurod   Norqobilov   tabiat   va   inson   munosabatiga   xos   tasvir   tamoyillarida
qaysidir   jihatdan   Ch ingiz   Aytmatovdek   alloma   adibning   adabiy   maktabida   ta’lim
olgani ham seziladi.  Har ikki adib tabiat va inson birligini talqin etar ekan, ularning
talqinidagi yovuzlik sari qadam  qo‘ygan inson fojialari  bir  nuqtada uzviy birlikni
hosil   qilganligiga   amin   bo‘ladi.   Bunday   talqin   xususiyati   ham   ijodkorning
mahoratining belgisidir.
II I  BOB
53 BADIIYLIK VA IJODKOR MAHORATI
2.1.   Obraz   yaratish   va   badiiylik .   Badiiy   adabiyot   markazida   inson   turar
ekan,   mohir   nosirlar   uni   yakka-yolg‘iz   tasvirlamaydi.   Balki   tabiat   hodisalariga
uyg‘un   ravishda   qalamga   oladi.   Shu   jihatdan,   Normurod   Norqobilov   o‘zbek
nasrida   odam,   tabiat,   hayvonot   olamining   o‘zaro   murakkab   munosabatlarini
muqoyasalar asnosida aks ettirishga intilayotgan ijodkordir. 
Yozuvchining   turli   xarakterdagi   asarlarining   barchasida   inson   qismati   va
tabiat uyg‘unligi yuksak talqin etilgan. Shuning uchun ham, “Ovul oralagan bo‘ri”
asarida obrazlar olami insonni, tabiatni, borliqni kengiroq anglash imkonini beradi.
Bu   esa,   inson   va   tabiat   mavjudodlarining   ham   birliogini,   ular   o‘rtasidagi
muvozanatni anglashga, his etishga asos bo‘ladi.
“Ovul oralagan bo‘ri” asarda  Salom mergan obrazi asarda ancha qat’iyatsiz,
irodasi   bo‘sh,   tez   havolanuvchi,   o‘zgalar   fikriga   tez   og‘ishib   ketuvchi   shaxs
sifatida tasvirlanadi. U tabiatan fe’li yumshoq inson sifatida keltirilgan bo‘lsa-da,
boylikka   o‘chlik   hissi   uning   bu   hislatlarini   ko‘mib   tashlaydi.   Manmanligi,
tajangligi   uning   muvafaqqiyatiga   erishish   yo‘lidagi   eng   katta   muammoli   to‘siq
ekanligi   asarda   yaqqol   ko‘rsatiladi :   “S h unga   qaramay,   oxirgi   daqiqada   miltiq
milini atay titratdi. Ichki bir istak so‘nggi lahzada uni shu ishga undadi va oqibat,
yirik qo‘rg‘oshin Cho‘ngkallaning boshi ustidan o‘tib ketdi. 
Qissada Cho‘ngkalla jonholatda dasht tomon qochdi. Salom mergan ikkinchi
o‘qni   bo‘shatmadi.   Otgani   bilan   tekkizishi   qiyin   edi.   U   itlarning   xurujiga   birpas
quloq tutib turarkan, sovuqdan yorilgan lablaridan shu so‘zlar uchdi: – SHeriging
ombortomda.   Endi   meni   o‘sha   erdan   topasan.   Y o   men   seni   tinchitaman,   yo   sen
meni!   U   ombortomga   kirib,   burchakdagi   bo‘sh   qoplarni   erga   tashladi-da,
Oqyolning   qavatiga   yotib   oldi.   Avvalroq   shu   ish   xayoliga   kelmaganidan   ichida
o‘zini so‘kib ham qo‘ydi. U juda tez pinakka ketdi”. 71
  Har qanday janrdagi badiiy
asarda voqelik bayoniga obrazlararo konflikt qiziqarli tus beradi.  Cho ‘ngkalla bilan
Salom mergan o‘rtasidagi zimdan ziddiyat o‘quvchining e’tiborini tortadi. 
71
Норқобилов Н.   Овул оралаган бўри. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 54-бет.
54 “Ovul   oralagan   bo‘ri”   qissa si da   yoritilgan   jondor   –   Ch‘ngkallaning   umri
davomida   ishonib,   sevib,   birga   (to‘dadan   ayro   holda   yashasa - da)   baxtli
umrguzaronlik   qilgan   juftidan,   yupanchidan   judo   bo‘lgan   holati   va   uning
ichkarisi da kechgan zilzilalar silsilasi jondorning ruhiy olamini,  ingroq  nidosini va
juftiga   bo‘lgan   sadoqatini   nihoyatda   teran   aks   ettir adi :   “Axir   dashtda
sanqiganingda,   oyog‘ing   ostida   qorning   g‘irchillashiga   nima   etsin.   Qorga
cho‘milishlarni-ku   asti   qo‘yaverasiz.   Hozir   ayni   qorga   cho‘miladigan   havo   edi.
Biroq u  narsa   Ch‘ngkallaning yuragiga  sig‘mas,   negaki, kutilmaganda  u  urg‘ochi
bo‘ri   Oqyolning   izini   yo‘qotib,   qonli   xalqobga   duch   kelib   turardi-da.   Qon
Oqyolniki,   ammo   jasadi   ko‘rinmasdi.   Ayni   shu   narsa   Ch‘ngkallaning   ortiqcha
bezovtalanishiga   izn   bermasdi.   Nega   deganda,   jonivorlar   to   sherigining   jonsiz
jasadiga   duch   kelmaguncha   judolikka   ishonmaydi” 72
.   Bu   tasvirlarda   ongsiz
jonivorning   xuddi   odamlar   kabi   iztirob   chekishi,   fikrlashi   kabi   talqinlar   asosli
ifodasini   topgan.   To‘g‘ri,   yozuvchi   bu   o‘rinda   majoziy   obraz   orqali   insonga   xos
bo‘lgan va bo‘lmagan xislatlarni talqin etgan.
Asarda   insoniyatga   xos   bo‘lgan   ba’zi   bir   xislatlar   ham   yaqqol   ko‘zga
tashlanadi.   Bu  Salom   mergan   obrazi da  ifodalanadi.   Salom   merganni  obro‘,  shon-
shuhrat   va   qandaydir   mukof o tni   deya   qora   tunda   jondor   poylamoqchiligini   yoki
shu vahimali tunda xayollar iskanjasida qolib, turli o‘y-fikrlarni yozuvchi mahorat
bilan   tasvirlaydi:   “Eng   qizig‘i,   yovvoyi   jondor   juftini   qidiradi,   bu   borada   hatto
o‘limga tik boqadi. Odamzod esa o‘lib ketganing bilan ishi yo‘q. Ana, ayoli holing
qalay   demaydi.   To‘ng‘ib   qolmang,   deganicha   qaytib   qorasini   ko‘rsatgani   yo‘q.
Qo‘shnilari miltiq ovozidan ham uyg‘onishmaydi. Uyg‘onishsa-da, issiq ko‘rpadan
bosh   chiqargisi   kelmaydi.   Salom   mergan   bilan   necha   pullik   ishi   bor   ularning.
Ertalab   jasadini   ko‘rishsa-da,   bir   tuki   qilt   etmaydi,   yo‘liga   achingan   bo‘lishadi.
Yaqinlari   yig‘lab   siqtashadi…   Keyin   Salom   mergan   degan   banda   o‘tganligini
hamma   unutadi.   Y o vvoyi   bir   jondorcha   bo‘lolmas   ekanmiz,   yashashdan   ne
maqsadu, ne ma’ni unda?” 73
. 
72
  Норқобилов Н. Овул оралаган бўри. Қаранг: Овул оралаган бўри. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 2005. 56-бет.
73
  Норқобилов Н. Овул оралаган  бўри. Қаранг: Овул оралаган  бўри. Қиссалар. – Тошкент: Шарқ, 2005. 57-
бет. 
55 Kitobxon   o‘yga   tolar   ekan,   insonlar   o‘rtasidagi   mehrning,   odamiylik   kabi
tushunchalarning   asta-sekin   yo‘qolib   borayotganligini   teranroq   his   etadi,   bundan
iztirobga tushadi. Xuddi shu kabi o‘y-fikrlar asar davomida  Salom merganni tinch
qo‘ymaydi.   Urg‘ochi   bo‘ri   Oqyolning   qaysarligi,   tixirligiga   qaramay,   o‘z   juftini
deya   tunda   mardlarcha   ikki   bor   o‘limga   ro‘para   kelgan   –   Ch‘ngkallani   ko‘rgan
Salom   mergan   bo‘rining   yo‘liga   qopqon   qo‘yishni   taklif   etgan   Norqul   cholning
fikriga   qarshi   turadi .   So‘ng   Ch‘ngkalla   mard   jondor,   u   faqat   mardona   o‘limga
loyiqligini   alohida   ta’kidlaydi.   Bu   o‘lim   esa   faqat   miltiq   bilan   amalga   oshirish
lozimligini qayd etib, o‘zi sezmagan holda arloni bo‘ri Ch‘ngkallaga mehr qo‘yadi.
Mukofot dardida bo‘lgan va buning uchun jondorni o‘ldirishga shay turgan
Salom   merganning   asar   so‘ngida   Ch‘ngkallaga   bo‘lgan   munosabati   o‘zgaradi:
“Jondorning qishloqqa tikilgan ko‘zlarida yosh qotib qolgandi. Bechoraning yuragi
judolikka   bardosh   berolmagandi.   Buni   daf’atan   anglab   etgan   Salom   merganning
tomog‘iga   yong‘oqdek   narsa   kelib   tiqildi.   Egilib   jondorning   boshini   silarkan,
chuqur     xo‘rsindi.   S h unda   u   mukofot   naqdligini   o‘yladi.   Biroq   bundan   zig‘ircha
quvonmadi.   Jondorning   yoshli   ko‘zlariga   qarayolmay,   uzoq-uzoqlarga   termulib
qoldi” 74
.
Salom mergan obraziga o‘zgacha yondoshgan. Asar boshida mansab, obro‘,
shon-shuhratga   o‘ch,   mukofot   dardida   tunni   tun   demay,   kuyib   pishayotgan   odam
syujet   voqeligi   echimida   umuman   boshqa   insonga   aylanadi.   Uning   tosh   qalbida
hayvonot   olamiga   nisbatan   iliqlik   paydo   bo‘ladi.   Inson   va   nabotot   olami
o‘rtasidagi   ziddiyatlar   mahorat   bilan   talqin   qilingan   bu   qissada   jamyatdagi
ijtimoiy-maishiy   fojialar   majoziy   obrazlarga   singdiriladi.   Inson   va   tabiat   birligi,
uning biri ikkinchisiga kerakligini teranroq anglashga undaydi. 
  Salom   mergan   xarakterining   o‘zgarishini   adib   detallashtirib,   odamlar
o‘rtasidagi   mehrning   yo‘qolishi,   ammo   hayvonot   olamidagi   o‘zaro   mehr   qissa
qahramonini   shunday   fikrlashga   majbur   qiladi.   Buni   o‘quvchi   arloni   bo‘ri
Cho‘ngkalla   o‘lganidan   keyin   Norqul   chol   va   Eson   polvonlar   jondorni   tepib,
74
  Норқобилов Н. Овул оралаган  бўри. Қаранг: Овул оралаган  бўри. Қиссалар. – Тошкент: Шарқ, 2005. 58-
бет. 
56 terisini   shilmoqchi   bo‘lganida   bunga   qarshi   chiqqani   Salom   mergan   bo‘rini
izzatlab ko‘mish kerak, degan so‘zlaridan aniq his etadi. 
Normurod   Norqobilov   arloni   bo‘ri   Ch‘ngkalla   va   Salom   merganning   o‘y-
mushohadalari   orqali   insoniyatda   tobora   kamayib   borayotgan   ba’zi   bir   xislatlarni
bir-biriga   bo‘lgan   mehr-muhabbat,   jonkuyarlik,   o‘zaro   ishonch,   odamiylik,
samimiylik, insoflilik kabi qator umuminsoniy xislatlar va shu bilan birga tabiatni
asrab-avaylash,   uni   muhofaza   qilish,   nabotot   olamiga   mehr   qo‘yish   hamda   uning
oldidagi burch va mas’uliyatni yo‘qotmaslik kabi g‘oyalarni ilgari suradi. 
Bunday   umuminsoniy   g‘oyalar,   bevosita   inson   va   hayvonot   olami
munosabatlari   mashhur   qirg‘iz   adibi   Ch.   Aytmatovning   “Oq   kema”,   “Asrga
tatigulik kun”, “Qiyomat” kabi asarlarida juda mahorat bilan badiiy aks ettiriladi.
Badiiy   asarni   o‘rganish   vositasida   muayyan   millat   adabiyoti,   tarixi,   madaniyati
haqida   turfa   xil   taassurotlar   vujudga   keladi.   Insonni   ezgulik,   yaxshilik   ruhida
tarbiyalashda   badiiy   adabiyotning   roli   beqiyos.   S h uning   uchun   adabiyot   millat,
elat, qabila, urug‘ tanlamaydi. Har qanday millat adabiyotida inson va u yashagan
davr   muhiti   o‘z   aksini   topadi.   Insoniyat   yaratilibdiki,   badiiylik   qonuniyatlari
zamirida   insonni   anglash,   his   etish,   tafakkur   dunyosidagi   o‘zgarishlarni   badiiy
talqin etib kelmoqda. 
Badiiylik   zamirida   hayot   va   inson,   uning   badiiy   obrazi   o‘z   ifodasini
namoyon   qilish   orqali   shaxs   qismati,   botiniy   olami,   badiiy   xarakterlar   darajasiga
chiqishini   ta’minlaydi.   “Badiiylik   ijodiy-ruhiy   faoliyat   mahsuli   o‘laroq   dunyoga
kelgan asarning san’atga mansubligini belgilovchi xususiyatlar majmui. Obrazlilik
badiiylikning   birlamchi   sharti   sanalib,   u   voqelikni   badiiy   obrazlar   orqali   idrok
etish, badiiy obrazlar vositasida fikrlash demakdir” 75
.
Darhaqiqat,   badiiylik   obrazlilik   bilan   uzviy   birlikda   mavjud   bo‘lar   ekan,
obrazlilikning   ham   o‘ziga   xos   tamoyillari   mavjuddir.   Bu   haqida   so‘z   yuritgan
adabiyotshunos   To‘xta   Boboev   shunday   muhim   nazariy   qarashni   ilgari   suradi:
“Obrazlilik   –   san’atning   asosiy   xususiyati,   hayotni   o‘zlashtirishning   o‘ziga   xos
75
 Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. 56-б.
57 shakli  va usuli,  uning “tili” va shu bilan birga hayot  hodisalari  ustidan  chiqargan
hukmi”dir. 76
 
O brazlilik   –   badiiy   ijodning   eng   xarakterli   mohiyatini   ochishga   xizmat
qiladi.   Shning   uchun   ham,   asar   poetikasi   badiiy   obraz,   badiiy   til,   tabiat   va   uning
hodisalari,   jamiyat,   insoniyat,   jismlar,   buyumlar,   hayvonat   dunyosi   kabilarning
barchasiga   doir   talqinlarni   o‘z   ichiga   qamrab   oladi.   Bularni   tadqiq   etish
ijodkorning   badiiylik   mezonlariga   qanchalik   amal   qilganini   ko‘rsatadi.
Badiiylikning   o‘ziga   xos   tomonlaridan   biri   shakl   va   mazmunning   dialektik
birligidir.   Ana   shu   birlik   ta’minlansa   etuk   badiiy   mukammal   asarlar   maydonga
keladi.   O‘tgan   asrning   so‘nggi   choragida   adabiyot   maydoniga   bir   qator   navqiron
avlod kirib keldi; ularning barchasi zamonaviy adabiyot taraqqiyoti uchun xizmat
qilishdi. Ular   shunday bir sharoitda adabiyotga kirib keldiki, uning zamirida erkin
so‘z va fikr aytish imkoniyatini ham o‘sha davr muhiti yuzaga chiqarayotganligini
ham alohida qayd etish kerak.   Bu davr ijodkorlari adabiyotning, hattoki, badiiylik
mezonlarini yangilanishiga sezilarli ta’sir o‘tkaza oldi. 
“Adabiyotning   bosh   mavzusi   inson   bo‘lgani   bois   uning   xilma-xil   holat,
harakat,   intilishlari   badiiy   asar   uchun   material   bo‘la   oladi.   Lekin   badiiy   asarda
gavdalantirilgan   voqea-hodisalar   hayotda   ro‘y   bergan   yoki   bo‘lishi   mumkin
voqealarning   shunchaki   bayoni   emas,   balki   ularning   muayyan   nuqtai   nazardan
qayta ishlangan shaklidir” 77
. Hayot voqeligini turli adabiy tur va janrlar ifodalashi
mumkin,   ammo   chinakam   badiiy   asar   iste’dod   sohibining   hayotdan   olgan
taassurotlari   va   saboqlari   mahsuli   hamdir .   O‘z   asarlari   uchun   muallif   hayotdagi
barcha ikir-chikirlarni emas, asar badiiyligiga monand eng xarakterli o‘rinlarnigina
tanlaydi va obrazlar olamiga tayanib talqin etadi. 
Yillar davomida shakllangan xuddi mana shu an’analar, o‘tgan asr davomida
adabiyotni   ma’lum   bir   mafkuraga   xizmat   qildirishga   harakat   qilganligi,   so‘z
san’atkorining   hayotga   va   olamga   teranroq   nazar   solish   imkonini   bermaganligi
bugungi   kunda   hech   kimga   sir   emas.   O‘tgan   asr   so‘nggida   o‘zbek     adabiyotiga
76
 Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент:  Ўзбекистон, 2002. 41-б.
77
 Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. 42-б.
58 kirib   kelgan   ijodkorlarda   inson   va   olamga,   hayot   va   haqiqatga   teran   nazar   solish
an’anasi kuchli edi. 
Adabiyotshunos   Abdug‘afur   Rasulov   ta’kidlaganidek:   “Insonning   barcha
qutirishlariga   tabiat   chidadi,   “sharif-ku,   insofga   kelib   qolar”,   deya   o‘ziga   taskin
berdi. Bo‘lmadi. Tabiat ham insonga qarshi  bosh ko‘tardi. Tabiat va inson ixtilofi
qiyomat   qoyimni   naqd   qilib   qo‘ydi.   Inson   tabiatnigina   emas,   o‘zini-o‘zi   nobud
etishga shitob bilan kirishdi. Qiyomatning aniq ko‘rinishlari ro‘y berdi” 78
.
  Inson   o‘zi   yaratgan   mo‘‘jizalar   oldidagina   emas,   tabiat   oldida   ham   ojiz
qoladi.   Tabiat   insonning   dialektik   birligi   unitilish   darajasiga   kelib   qoldi.   Ammo
o‘shanda   ham   inson   bu   holatning   sabablarini   anglab   etmadi.   Tabiat   insondan
“o‘ch”   olishga   kirishgandan   keyingina   ekologik   fojialarga   yaqinlashganligini
teranroq   his   eta   boshladi.   Shunday   bir   vaqtda   inson   qalbida   iztiroblar   shakllandi,
bu iztirob ijodkornigina emas, kitobxon qalbini ham larzaga sola boshladi. 
Iztirob mavjud joydagina adolat, haqiqat borligicha namoyon bo‘ladi. Inson
o‘z   jismi   oldidagina   emas,   tabiat   mo‘‘jizalari   oldida   ojiz   qola   boshlaydi.   Yillar
davomida   inson   iztiroblarini   tabiat,   nabotot   olami   orqali,   ularning   dialektik
birligini   talqin   etishga   buyuk   iste’dod   sohibi   Chngiz   Aytmatov   tinimsiz   harakat
qildi. Inson va nobotot olami oldidagi uzviy birlik ularning mavjudligi emas, butun
borlig‘ini   namoyon   etadi.   “Negaki   iztirob   hayrat   manbaidir.   U   yuraklarni
g‘ubordan   poklab,   atrofimizni   o‘ragan   olamni   chuqurroq   anglashga   ko‘mak
beribgina qolmay, eng buyuk san’atkor tomonidan olam hodisalarining mukammal
darajada   uyg‘un   va   barkamol   yaratilganligiyu   boshqarilib   turilishiga   tasannolar
o‘qimoqqa rag‘bat uyg‘otadi” 79
. 
Asosli   ta’kidlanganidek,   iztirob   borliqni,   Yaatganni,   olamni   anglashga   olib
keladi.   Iztirobsiz   yozilgan   asar   inson   qalbini   larzaga   sola   olmaydi.   Xuddi   shu
iztirob, insonga o‘zligini anglash, atrof-muhitga teranroq nazar solish va xulosalar
chiqarish imkonini  beradi.  Bu esa  insonni  befarqlik tuyg‘usidan  xalos etib, uning
qalbidagi, shuuridagi dardlarni yuzaga chiqarishga izn beradi. 
78
  Расулов   А.   Бадиийлик   –   безавол   янгилик.   Илмий-адабий   мақолалар,   талқинлар,   этюдлар.   –   Тошкент:
Шарқ, 2007. 83-б.
79
 Ғаниев И., Ибрагимов Р. Чингиз Айтматов ва ХХ аср. – Тошкент: Академнашр, 2013.10-11-б.
59 Haqiqat   achchiq   bo‘ladi,   ammo   uni   anglash,   his   etish   insonni   barkamollik
sari   eltadi.   Qayd   qilingan   fikrlarga   asoslangan   holda,   ijodkorning   eng   asosiy
vazifasi   murakkab   hodisalarni   sodda,   obrazli   qilib   etkazish,   tushuntirish   ekani
ma’lum bo‘ladi. Anglash va his etishni odamlar qalbida nur kabi sochishga intilgan
har   bir   ijodkor   kitobxon   qalbini   ham   zabt   etadi.   Axir,   buyuk   so‘z   sohibi   Chngiz
Aytmatov ham tabiat, inson uning birligini o‘z vaqtida talqin eta olganligini qayd
etmoqchimiz. Bu an’analarni izchillik bilan davom ettirayotgan bir qator ijodkorlar
o‘zbek adabiyotida ham qalam tebratdi va qalam tebratmoqda. Shkur Xolmirzaev,
Normurod   Norqobilov,   Shyim   Bo‘taev,   Luqmon   Bo‘rixon   kabi   nosirlarning
asarlariga nazar tashlansa, qayd qilingan holatlar zamirida ma’lum darajada bo‘lsa-
da, haqiqat mavjudligini his etiladi. Adiblar yozgan asarlarda insonning ma’naviy
olami,   uning   dardu   alamlari,   oddiy   qishloq   kishilari   misolida   ochib   beriladiki,
buning zamirida sodda, to‘pori, bag‘ri keng o‘zbek qiyofasi teranroq gavdalanadi. 
N ormurod   Norqobilovning   “Ovul   oralagan   bo‘ri”   asaridagi   inson   va
hayvonot   olami   tasvirida   kuzatish   mumkin.   Asardagi   asosiy   voqealar   inson   va
tabiat o‘rtasidagi kurashdan iboratdek tuyulsa-da, aslida inson va uning ma’naviy,
botiniy   olamidagi   ziddiyatlar   zamirida   shakllangan   adolat,   adolatsizlik,   haq   va
haqsizlik,   manmanlik   va   tubanlik   tomon   qadam   tashlayotgan   inson   obrazi   ko‘z
o‘ngimizda jonlanadi. Tabiat mo‘‘jizalari oldida lol qolayotgan insonnigina emas,
zulm,   adolatsizlik   sari   qadam   tashlab   ketayotgan   shaxsni   fojialardan
ogohlantirmoqchi bo‘lganligi, ramzlar asosida inson xarakterining turfa ohanglarda
aks ettirish holati kuzatiladi . 
“Qishloq   ahli   ularni   tuzuk   yigitlar   deb   bilishadi   va   shu   vajdan
otlantirishgandi.   Kishilar   nazarida,   ular   o‘lja   bilan   qaytmoqlari   aniq   edi.   Ammo
odamlar   ishongan   bu   otliqlar   bir-biriga   mingashib   ketgan   qirlar   orasida   ojiz
qolishgandi… Bu orada Salom mergan shunday bir gap qildiki, oqibat, ko‘nglidagi
tugun   yumshab,   loqaydlasha   boshlagan   idrok   tiyraklashdi,   erinchoq   nigohlar
jonlandi” 80
.  
80
 Норқобилов Н. Овул оралаган бўри. – Тошкент: Шарқ, 22-б.
60 Asardagi   Salom   merganning   birgina   “Dasht   kesib,   Ko‘hna   qishloqqacha
boramiz-da, birrov Zafarnikiga qo‘nib o‘tamiz”, degan fikri ularni bir oz bo‘lsa-da,
jonlantirdi.   Sovuqdagi   tinimsiz,   eng   achinarlisi   maqsadsiz   yurish   ularning,
qaqragan,   sovuqda   yorila   boshlagan   lablarini   ham   jonlantirdi.   Lekin   ularning
qalbiga   qandaydidir   iliqlik   yugurgan   bo‘lsa,   xuddi   shu   lahzalar   Ch‘ngkalla   o‘z
iztiroblari bilan olishar edi: “Ch‘ngkalla mung to‘la  ko‘zlarini tevarakka tikarkan,
yuragi   yolg‘izlikdan   o‘rtanayotganligini   sezdi.   U   Oqyolning   erkalanishlarini
qo‘msamoqda   edi.   Oqyol   suykalanishlarning   jonini   kiritardi.   Ba’zan   o‘zi   ham
erkalab   qolardi.   Uzun   va   issiq   tilini   eshib,   shunaqangi   yalab-yulqardiki,   bu
lazzatdan sho‘rlik Cho‘ngkallaning esi og‘ib qolay derdi” 81
. 
Hayot   mo‘jizalari   oldida   insongina   emas,   uning   har   bir   mavjudoti-yu
jonivori oh chekadi, ammo bu ohning zamirida qanday dard borligini inson ba’zan
anglab,   ba’zan   anglamay   qoladi.   Ch‘ngkalladagi   iztirobning   zamirida   Oqyolga
bo‘lgan   mehrni,   muhabbatni   ko‘ramiz.   Axir   tafakkur   dunyosiga   ega   bo‘lgan
insonlar   o‘rtasidan   bu   tushunchalar   uzoqlashib   borayotgan   bir   lahzada,   ijodkor
ramzlar, majozlar orqali uni anglatishga, his ettirishga intiladi. 
N.Norqobilovning   tiniq   tasvirlarida   badiiy   adabiyotning   poetik   kuchi,   sehri
namoyon bo‘ladi. Inson  qalbidagi  iztiroblar  kunlik hayot  tashvishlarinigina emas,
xayol   og‘ushidagi   qalblarda   uyg‘onajak   tuyg‘ularni   ham   teranroq   anglaydi.
Ch‘nkallaning Oqyolga munosabati uni jasorat sari eltadi,  u hozir hamma-hamma
narsaga   tayyor   edi,   shiddat   bilan   harakat   etayotgan   odamlar   to‘dasi   ham,   elning
namxush esishi ham unga qiziq tuyulmasdi:
  “U   ich-ichidan   ingramoqqa   tushdi.   Bu   sas   yuragining   tub-tubidan   silqib,
bo‘g‘zi   tomon   qo‘rg‘oshin   yanglig‘   g‘alati   bir   zalvor   va   og‘riq   bilan   siljiyotgan
dard edi. Bu xil dard hamisha jonivorning xohish-irodasidan ustuvor keladi” 82
. 
Og‘ir   damda   ham,   umidga   tayanib,   ilinjga   suyanishni   istaydi.   Bo‘g‘izidan
otilib   chiqmoqchi   bo‘lgan   dardni   qalbiga   yashiradi.   So‘z   san’atkori   badiiy
adabiyotning   qaysi   turida   asar   yaratmasin,   nigohini   umumbashariy   muammolar
echimi,   azaliy   qadriyatlarning   poetik   talqiniga   qaratishga   intiladi.   Poetik   talqin
81
  Норқобилов Н. Овул оралаган бўри. – Тошкент: Шарқ, 11-б.
82
 Норқобилов Н. Овул оралаган бўри. – Тошкент: Шарқ, 13-б.
61 zamirida   yozuvchining   badiiy   g‘oyasi   o‘z   ifodasini   topadi.   Badiiy   asarning
kompozitsion   qurilishi   va   syujetning   ichki   harakati,   voqealar   bayonidagi   marom
ham shu poetika asosini tashkil etadi. 
Yozuvchi  N.Norqobilovning qissa janrida voqelikni teran tahlil qilishi inson
ruhiyatining   puchmoqlariga   nazar   tashlashi,   inson   va   jonivorlar   orasidagi   qalb
munosabatlarni ifodalashda, hayotning mohiyatini, insonning o‘zligini anglatishga
bo‘lgan ehtiyoj kuzatiladi. Borliq kuzatilar ekan, o‘quvchi undagi har bir obrazda
mujassamlashgan,   insoniylashgan   holatlarni   teranroq   anglay   boshlaydi.   “Xuddi
insonlardek,   jonivorlar   ham   bu   dunyo   ikir-chikirlariga   ko‘milgan   holda
umrguzaronlik   qilishadi.   Odamlardek   qo‘shnilari,   ya’ni   qo‘shni   tovdagi   bo‘rilar
bilan “san-man”ga borib turishadi” 83
. 
Hayotni   insoniylashtirish   orqali   ijodkor   tabiatga,   jonivorlarga,   narsalarga
”jon” ato etadi. Buning zamirida juda katta iste’dod ham mujassamlashgan bo‘ladi.
Asardagi   voqealar   rivoji   shundan   dalolat   beradiki,   tasvirdagi   ko‘p   ovozlilikni,
konfliktning   mukammalligini,   ruhiy   talqinning   o‘ziga   xosligini,   badiiy-tasviriy
vositalarning xilma-xilligi, mavzular ko‘lamining kengligini ko‘rish mumkin. Har
bir   ijtimoiy   davr   zamonasining   kishilari   bilan   bir   qatorda,   badiiy   adabiyotda
o‘zining umumlashgan tamoyillari asosida in’ikosini topayotganligidan dalolatdir. 
Normurod   Norqobilov   o‘z   zamondoshlarining   qalb   qa’rida   kechayotgan
kechinmalarni,   botiniy   olamidagi   ziddiyatlarni   mahorat   bilan   talqin   qilishga
intiladiki,   buning  asosida   hayotga,   insoniyatga   yangicha   qarash,   o‘zlikni   teranroq
anglashga   bo‘lgan   ehtiyojni   ham   his   etish   mumkin.   Qishloq   hayoti,   qishloqning
sodda   odamlarining   qalb   kechinmalari   tasviri   so‘zlashuv   jarayonidagi   oddiylik,
tilidagi   joziba,   eng  asosiysi  bag‘rikeng  o‘zbekning   o‘ziga  xos   tabiati,  tasviri   adib
qissalari   poetik   quvvatini   ko‘rsatadi.   Mustaqillik   yillariga   kelib   o‘zbek
qissachiligida   juda   katta   o‘zgarishlar   ro‘y   berdi.   Bu   janrdagi   adabiy
qahramonlarning dunyo qarashi, hayotga bo‘lgan munosabati jiddiy o‘zgarishlarga
uchradi. 
83
 Норқобилов Н. Овул оралаган бўри. – Тошкент: Шарқ, 15-б.
62 Adabiyotshunos   Umarali   Normatov   keyingi   yillar   o‘zbek   qissachiligining
taraqqiyoti haqida shunday yozadi: “Bugungi qissachiligimizga nazar tashlaganda,
birinchi   galda   undagi   mavzu,   muammo,   shakliy,   uslubiy   jihatdan   rang-baranglik
e’tiborni tortadi. Ular orasida tarixiy, zamonaviy, ijtimoiy-siyosiy, oilaviy-maishiy,
ishqiy   mavzulardagi   ham   an’anaviy   romantik,   realistik,   ham   modernistik,   ham
jiddiy,   ham   yumoristik   sarguzasht   –   dedektiv   yo‘nalishdagi   asarlarni   ko‘rish
mumkin” 84
. 
O‘zbek nasrining taraqqiyotida o‘ziga xos uslub egasi bo‘lgan N.Norqobilov
asarlarida   tabiat   va   inson   o‘rtasidagi   birlik   bilan   bir   qatorda,   ularning   asrlar
davomidagi uzviyligidan asosli xulosalar chiqarish mumkin. Youvchining “Yuma-
yuz”, “Oqbo‘yin”, Chngalzor iti”, ayniqsa, yuqorida, batafsil tahlili taqdim etilgan
“Ovul   oralagan   bo‘ri”   kabi   qissalarida   inson   bilan   tabiatning   ro‘baro‘   kelishi,
odamlarning   nabotot   va   hayvonot   olamiga   shafqatsiz   munosabati   badiiy   talqin
qilinadi.   Juda   ko‘p   vaziyatlarda   it   yoki   bo‘ri   kabi   hayvonlarning   “chin   inson”   ga
xos xususiyatlari yuksak bir maromda ko‘rsatiladi.
Chngiz   Aytmatov,   Ernest   Seton   Tompson,   Shkur   Xolmirzaev,   Tog‘ay
Murod ijodida ham inson va tabiat o‘rtasidagi bu kabi talqinlar o‘z ifodasini topgan
bo‘lsa-da,   har   birida   o‘zgacha   bir   dard   mavjudligini,   bu   esa   insonni   o‘zligini
anglashga,   botiniy   olamidagi   ziddiyatlar   bilan   kurashishgina   emas,   ularning
sabablarini his etishga undaydi. 
Etuk   qissa   va   hikoyalar   muallifi   Normurod   Norqobilov     asarlari   mavzu
ko‘lamining   kengligi,  emotsional   ta’sir   bo‘yoqlarga  boyligi   va   nabotot   olamining
siz-u   biz   bilmagan   o‘ziga   xos   qirralarini   hamda   sir-sinoatini   yorqin   aks   ettirish
xususiyati bilan alohida ajralib turadi.
2.2 .   Ramz   va   majozda   hayot   tasviri.   Badiiy   adabiyotda   inson   obrazi
muhim. Chinakam ijodkor hamisha obrazga diqqat qaratadi va uni turli ramzlarda
84
  Норматов У. Қиссадан ҳи с салар. Жаҳон адабиёти // 1997. 3-сон. 157-бет.
63 tasvirlaydi. Ruhiy iztiroblar og‘ushidagi obraz nisbatan murakkab bo‘ladi. Ammo
N.Norqobilov inson tabiatidagi murakkablik bilan tabiat hodisalarini bir butunlikda
ko‘rsatadi.
“Qoyalar   ham   yig‘laydi”   qissasida   qoya,   buloq,   tosh,   archa,   ayiq,   it,   inson
aro uzviy, tabiiy bog‘liqlikda beriladi. Qissada Ernazar polvon borlig‘i, o‘y-fikrlari
bilan tabiat odami. U jamiyat tartibotini biladi, fan-texnika taraqqiyotini anglaydi,
zamon va odamlar o‘zgarib borayotganini ko‘radi. Lekin, baribir, tabiatning azaliy
tartiblari   asosida   yashashni   yoqtiradi.   Ernazar   polvon   katta   oilaning   qoyaday
mustahkam   tayanchi,   qishloqdoshlarining     etakchisi,   G‘aybulla   merganday   aqlli
odamning   do‘sti.   U   zaifayu   ojizalarni   e’zozlaydi,   lekin   ular   bilan   hisoblashishni
xayoliga ham keltirmaydi. Uning qalb tuzuklari bor, ularga qat’iy rioya qiladi. Er
yigitning go‘zalligi qalbida. Ernazar polvonning ayoli o‘g‘illar sonini yana bittaga
orttirganida,   uning   yuragidan   quyosh   chiqqanday   bo‘ldi.   C h aqaloqni   ko‘rdiyu
uning kapalagi uchib ketdi. Yo‘q, bola ta’viya, nogiron emasdi. 
Aksi ncha,   qosh-ko‘zlari   popukday,   kipriklari   to‘sday   qop-qora,   betlari,
dahani   kelishgan.   Ota   ko‘nglidan   zimda   xayol   kechdi:   “Qizbet”.   Shu   beozorgina
fikr ota va o‘g‘il ziddiyatiga, oilaviy fojiaga sabab bo‘ldi. Xushbichim chaqaloqqa
O‘sar   deb   ism   qo‘yishadi.   U   aqlli,   tadbirkor   yigitcha   bo‘ldi,   tuman   markazida
vaqtini   o‘tkazdi.  Aka-ukalariday   kurash   tushmaydi.   Otasi   har   qancha   gapirmasin,
davraga kirmaydi. Tumanda allaqanday sport bilan shug‘ullanadi. Mototsiklda g‘ir
etib qishloqqa  keladi,  g‘ir   etib shaharga  ketadi.  O‘sar  beboshlik  ko‘chasiga  kirib,
nasl-nasabining   tayini   yo‘q   ayol   bilan   tanishadi.   Harom-xarishni   farqlamay
qo‘yadi.   Ota   erinmasdan   markazga   borib,   o‘sha   ayolni   ko‘rib   qaytdi.   Ernazar
polvonning dardi-dunyosi zim-ziyo bo‘ldi.
“Ichki kechinmalar, tuyg‘ular, hislar in’ikosi orqali inson qiyofasining to‘la
namoyon   bo‘lishi   badiiylikning   muhim   mezoni.   Bu   hol,   o‘z   navbatida,   istiqlol
adabiyotining   o‘ziga   xosligini   belgilaydi.   Normurod   Norqobilovning   “Qoyalar
ham yig‘laydi”, ”Tog‘ odami” qissalari buning yorqin misolidir” 85
. 
85
  Каримов Ҳ.Истиқлол даври адабиёти.”Янги нашр” нашриёти.2010 йил.208-бет.
64 “Qoyalar ham yig‘laydi” qissasining qahramoni Ernazar polvonning har bir
harakati,   qadam   bosishi,   o‘tirishi,   atrofiga   nigoh   solishi,   gapirish   yo‘sini   maqsad
sari yo‘naltirilgan, ya’ni bu narsalar u qanday odam ekanligidan dalolat beradi. U
o‘z e’tiqodi va aqidasiga ega shaxs. Uningcha, jo‘mardlikning asosi oila, shundan
unga   qilcha   xiyonat   aralashishi   kerak   emas.   S h undagina   nasl   toza   bo‘ladi.   Nasli
toza   inson   go‘shasiga   mehr   qo‘yadi.   Uni   muqaddas   deb   biladi.   Irodasi   kuchli,
ruhan   sog‘lom   bo‘lib   etishadi.   Uning   etti   pushti   shu   aqidaga   amal   qilgan   va   bu
aqidani   buzish   uning   ajdodlari   ruhiga   xiyonatdir.   Lekin   o‘g‘li   O‘sar   bobolaridan
meros   bu   an’anani   buzadi.   Hatto   otasiga   qo‘l   ko‘taradi.   Bundan   qoyalar   ham
g‘azabga kelib, ko‘chkisini ko‘chiradi, qal’aday toshlardan biri uni yiqitadi, so‘ng,
chog‘roq xarsang belidan bosadi. 
Yozuvchining   bu   asarida   hayotiy   haqiqatning   badiiy   talqini   vositasida
insoniy falsafadan saboq beradi, kishini ko‘p narsadan ogoh qiladi. Qissa nomidagi
ramz   bosh   obraz   tabiatida   kechgan   iztiroblarga   mos   tushadi.   Ernazar   polvon
qoyaga   taqqoslanadi.   Tog‘   qoyalarining   o‘pirilishi   –   tabiat   hodisasi.   Ernazar
polvon oilasidagi noloyiq farzand ham shu holga o‘xshaydi.
Inson   qo‘li   bilan   yaratilgan,   yuzaga   keltirilgan   barcha   narsani   yo‘qotish
mumkin.   Lekin   nohaqlik   va   adolatsizlik   tufayli   insoniy   g‘urur   va   sha’nining
toptalishi   oqibatida,  qalbda  yuzaga  kelgan  suvaydoni   yo‘qotib  ham, o‘chirib  ham
bo‘lmaydi.   C h unki   u   insonning   vujudiga   joylashadi.   Uni   yo‘qotish   o‘zini   ham
jisman yo‘q qilish demakdir. Tabiiyki, suvaydo yurakda bo‘lgach, kishini bezovta
qiladi.   Basharti   insonning   insoniyligini   belgilab   beradigan   shu   tuyg‘u   ustidan
kulinsa, mazax qilinsa,  bu hol  dunyodagi barcha yovuzliklardan ko‘ra ham battar
sanaladi. Ko‘ngil tuyg‘ulari pora-pora qilingan qalb iztirobi esa, barcha azoblardan
ham   azoblidir.   Chunki   unda   insonning   ko‘ngil   mayli   bilan   ma’naviy   olami,
odamiylik va insoniy qismat,  taqdir  yuzma-yuz keladi. Albatta, bunday  xususiyat
barcha   odamlar   uchun   emas,   balki   jo‘mard   insonlargagina   xos   xususiyatdir.   Bu
jihatlar Normurod Norqobilovning “Bekatdagi oq uycha” “Tog‘ odami”,  “Qoyalar
ham yig‘laydi” kabi qissalarida o‘zining badiiy ifodasini topgan.
65 Bu   qissalar   o‘zbekning   oriyati,   milliy   an’ana   va   qadriyatlarining   ehtiromi
to‘g‘risida   bitilgan   “Qoyalar   ham   yig‘laydi”   qissasidagi   Ernazar   polvon   nafaqat
o‘g‘illari,   nabiralarining   pokdomon,   jasur   bo‘lishini   istardi.   Uning   itlari   ham
yovqurlik,   jasurlik   imtihonidan   o‘tardi.   Ernazar   polvon   atay   yilda   bir,   shu   yil
tug‘ilib   voyaga   etgan   sara   itlarini   ayiqqa   ro‘baro‘   qiladi.   Ayiqqa   duch   kelgan
itlarning   saragini   sarakka,   puchagini   puchakka   birdan   ajratadi   va   tabiatan   yovqur
bo‘lgan   itgina   ayiqqa   hamla   qila   oladi.   Jur’atsiz   itlar   esa   nari-berida   akillab
turaveradi.  Va  nihoyat,  kuchlar  teng  bo‘lmagan  bu  to‘qnashuvda,   ayrim   hollarda,
tabiiy ravishda hujumkor it jarohat topadi. 
Asardagi  Ernazar polvon keyinchalik ayni shu itni asrab qoladi, qolganlarini
esa   jur’atsiz   itlar   soni   ko‘paymasligi   uchun   yo‘q   qiladi.   Ernazar   polvon   ushbu
qadimiy   odat   bo‘yicha   itlarini   sinovdan   o‘tkazib   keladi.   Bunaqa   paytda,   ayiqqa
daxl   qilinmaydi,   u   sinovchi   ob’ekt   sifatida   xizmat   qiladi.   To‘qnashuvda   jarohat
topgan   yovqur   it   esa   alohida   parvarishlanadi.   C h unki   u   nasli   toza,   noyob   it
hisoblanadi. Adib tabiat hodisalarini qaysidir ma’noda oilaviy muhiti bilan zimdan
taqqoslaydi. 
Asar qahramoni  Ernazar polvonning kichigi O‘sar bo‘lsa oilaning muqaddas
tartibini   buzmoqchi.   Ota   qishloqqa   sig‘madi,   toqqa   chiqib   ketdi:   kuydi,   yondi,
o‘rtandi.   Uning   holini   ko‘rib   qoyalar   yum-yum   yosh   to‘kdi.   Yana   bir   safar   ota
nobakor   o‘g‘lini   toqqa   olib   chiqdi.   Yuragini   “yordi”.   Gap-gapga   to‘g‘ri   kelmadi.
Ota o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi. Keyin tuyqusdan ich-ichidan qo‘zg‘algan
achchiq   alamga   chidayolmay,   boya   ko‘z   oldiga   olib   qo‘ygan   kalladay   toshni
changallab,   bor   kuchi   bilan   pastga   uloqtirdi.   Tosh   pakana   archa   tanasiga   borib
urilib,   qasir-qusurlaganicha   quyiga   yumalab   ketdi.   Qissada   qiziq   holat   ro‘y   bera
boshladi:   tosh,   daraxt,   atrofdagi   narsalarga   jon   bitadi.   Ernazar   polvon   jon-jahdi
bilan   quyiga   itqitgan   kalladay   tosh   ramz-timsol   darajasiga   etdi.   Ota   va   o‘g‘il
munosabatlari o‘ta keskinlashdi. 
Tabiat   ham   o‘zini   arang   tutib   turibdi.   O‘g‘il   beixtiyor   otaning   quloq-
chakkasiga musht tushirdi. Ota karaxt bo‘lib qoldi. Tabiat quturdi. O‘g‘il borlig‘ini
azobli,   titroq   junbushga   keltirdi.   U   o‘zidanmi,   jonu   jahonini   o‘rtayotgan
66 holatdanmi, tog‘ tomon qocha boshladi. Otaning: “To‘xta, oqpadar!” degan na’rasi
eru   ko‘kni   titratdi,   bunga   yana   vahimali   shovqin-suron   qo‘shilib,   borliq   silkinib
ketdi.   Birdan   hushyor   tortgan   ota   beixtiyor   boshini   ko‘tardi.   Shundoq   tepada
xo‘mrayib   turgan   baland   qoya   qoshidagi   xarsang   toshlar   uyumi   qo‘zg‘alib,
yigitning   ustiga   bostirib   kelmoqda   edi.   Ne   hodisot   ro‘y   berdi,   yo   qodir   egam?
Qattiq iztirob va qo‘rquvga tushgan ota bir lahza qotib qoldi-da, so‘ng bor ovozda:
“–   Chapga   o‘t,   chapga!..   Ernazar   polvon   eng   oldinda   misoli   koptokday
sakrab   kelayotgan   kalladay-kalladay   toshlardan   biri   o‘g‘lini   urib   yiqitganini   aniq
ko‘rdi.   Undan   keyingi   chog‘roq   xarsang   boshidan   bosib,   yanchib   o‘tayotganini
ham ilg‘adi. Saldan so‘ng O‘sar toshlar  oqimi orasida butunlay ko‘zdan yo‘qoldi.
Ota   jonholatda   bo‘kirib   yubordi:   “Uli-im!” 86
.   O‘sarni   urib   yiqitgan   tosh   boya
g‘azab   alangasida   qovrilib,   yurak-bag‘ri   o‘rtanib   turganida   Ernazar   polvon   jon-
jahdi   bilan   pastga   uloqtirgan   “kalladay   tosh”   bo‘lib   tuyulaveradi.   Yozuvchi
qalamning kuchi  tog‘u qoyaga,  asrlar  bo‘yi  qimir  etmay yotgan toshga jon, ya’ni
harakat ato etganday bo‘ldi. 
Yozuvchining   “Qoyalar ham yig‘laydi” qissasida jamodot xilqati va polvon
kelbatli   kishilarning   o‘zaro   munosabati   ifoda   topgan.   Muhimi,   Ernazar   polvon,
Ko‘char polvon, Turkman polvon singari obrazlar tabiati toshlar, xarsanglar bilan
uyg‘unlikda ifoda etiladi. Ernazarning polvonlarga xos tushunchalari oddiy, sodda,
ta’bir   joiz   bo‘lsa,   hatto   eskirib   ketganday.   Aslida   esa,   tabiatning   tuzilishi,   ming-
ming   yillik   hayoti   oddiy,   sodda,   nihoyatda   teran   qonun-qoidalarga   asoslangan.
“Qoyalar   ham   yig‘laydi”   qissasida   borliq   insonlar   fe’li-atvoriga   mengzab
ko‘rsatiladi.
Asarda   Ernazar   polvon   O‘sardan   ranjigan,   uni   yaxshi   so‘z,   pand-nasihat
bilan   haq   yo‘lga   tushirmoqchi   bo‘lgandi.   Kutilmaganda,   voqealar   selday   davom
etdi.   Vaziyat   inson   inon-ixtiyoridan   ustun   keldi.   Qissadagi   ushbu   tasvirda   ong
oqimi   ham,   qudratli   tashqi   kuchning   ta’siri   ham,   sinergetika   qonuniyati   ham
lahzada   o‘zini   namoyon   qildi.   Ta’bir   joiz   bo‘lsa,   chaqilgan   chaqmoq   O‘sarni
yo‘qlik dunyosiga olib ketdi, tabiatni alg‘ov-dalg‘ov qilib tashladi; Ernazar  polvon
86
 Норқобилов Н.Бекатдаги оқ уйча.Тошкент: Шарқ нашриёти, 2000 йил. 378-бет.
67 qalbida   bitmas   ruhiy   jarohatni   boshlab   berdi.   Normurod   Norqobilov   asarlarini
o‘qigan   har   bir   o‘quvchining   qalbiga   nabot o t   olamiga   bo‘lgan   o‘zgacha   bir   mehr
tuyg‘usi   uyg‘onadi.   Uning   qissalarida   obraz   tabiatining   individual   talqini   bilan
hamohang, holda   nabot o t olamining qorong‘u   jiha tlari   namoyon bo‘ladi. Insonlar
orasida   nisbatan   kamayib   borayotgan   mehr-muhabbat,   o‘z   juftiga   vafodorlik,
sodiqlik,   mardlik,   shijoat,   tirishqoqlik   kabi   ezgu   fazilatlarni   maromiga   etkazib
ko‘rsatiladi. 
Adabiyotshunos   U.Normatov   qayd   qilganidek:   “Badiyat   asosidagi   eng
asosiy   o‘zgarish   shundan   iboratki,   san’at,   adabiyot,   adabiyotshunoslik   yakka
hokim   iskanjasidan   xalos   bo‘ldi,   san’at   va   adabiyotning   erkin,   xilma-xil   falsafiy-
e stetik   o‘zanlar   bo‘ylab   rivojlanishi   uchun     keng   yo‘l   ochildi.   Eng   muhimi,
qadimiy   va   ilg‘or   zamonaviy   qadriyatlarni   ardoqlash ,   ularni   yangi   asosda   qaror
toptirish   bosh   masalaga   aylanmoqda” 87
.   Darhaqiqat,   badiiy   adabiyotdagi   tasvir
usulidagi   o‘zgarishlarga   jahon   adabiyotidagi   mavjud   an’analar   ham   o‘z   ta’sirini
ko‘rsat ishi  tabiiy, albatta.
Sakllanib kelgan badiiy nasriy asarlarda inson va ijtimoiy muhit o‘rtasidagi
ziddiyatlar   turfa   xil   ohanglarda   o‘z   ifodasini   topadi.   Badiiy   adabiyot   yaralibdiki,
yaxshilik   va   yovuzlik,   adolat   va   adolatsizlikni   turli   vositalar,   ramzlar,   majozlar
orqali ifodalashga intiladi.  M avjud ziddiyatlar hech bir insonni chetlab o‘tmaydi.  U
ko‘pincha   uzoq   muddat   o‘zaro   birga   bo‘ladigan   inson   va   inson,   inson   va   muhit,
inson   botinidagi   ziddiyatlar   zamirida   sodir   bo‘ladi.   Odatda   shunday   tasav v urlar
mavjudki,   konflikt   –   bu   doim   tahdid,   dushmanlik,   araz,   tushunmovchilik
uyg‘otadigan   salbiy   hodisa   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Aslida   esa,   inson
tafak k uridagi   evrilishlar,   jamiyatdagi   ziddiyatlar   konflikt   vositasida   poetik   ifoda
qilinadi.  
Normurod   Norqobilov   asarlariga   murojaat   qilinganda,   uning   barcha   nasriy
asarlari roman, qissa, hi k oya larida  badiiy konfliktning asar s yuje tiga mahorat bilan
singdirilgani   kuzatiladi.   “G‘animlar”   qissasi   bu   fikrga   yorqin   misol   bo‘ladi.
Asardagi   voqealar   oddiy   qishloq   hayoti   bilan   chambarchas   bog‘liq.   Inson   va
87
 Норқобилов Н. Ғанимлар. Қисса. Қаранг: Бўрон қўпган кун. Қисса ва ҳикоялар. – Тошкент: Шарқ, 2007. 3-
б.
68 nabotot   olami   dialektik   birlikda   yashab   kelgani   singari,   adib   majoziy   obrazlar
orqali   hayotiy   ziddiyatlarni   ifodalashga   harakat   qiladi:   “Suyukli   iti   Dikkiquloq
o‘ldirib   ketilgandan   s o‘ ng,   g‘azabi   ko‘kka   o‘r la gan   Sarvar,   itning   qotili   bo‘lmish
Yoldor   bo‘rining  jonini   olmoqqa   qat’iy  ahd   qildi.  SHu   tog‘da   yo  sen   turasan,   yo
men,   deya   bor   ovozda   baqirdi” 88
.   Sardordagi   nafrat   hissi,   sevimli   itining   Yoldor
bo‘ri   tomonidan   o‘ldirilishidan   boshlanadiki,   bu   esa   har   ikkisi   o‘rtasidagi
ziddiyatni   yuzaga   chiqaradi.   Inson   qalbidagi   iztiroblarni   yozuvchi   asar   syujetiga
mahorat  bilan singdirib yuboradi. Konfliktlar, insonlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir
ko‘rsatishi,   o‘zaro   munosabatlar   jarayonida   vujudga   kelishi   bilan   bir   qatorda,
muhitning ta’sirida obraz tabiatining shakllanishini ham kuzatish mumkin. 
Badiiy   asardagi   konflikt   hodisasi   faqat   insonlar   o‘rtasida   mavjud   bo‘lib
qolmay   balki,   bir   insonning   o‘zida,   ya’ni   botinida   ham   mavjud   bo‘ladi.   SHuning
uchun   badiiy   asar   tarkibida   konfliktning   bir   qancha   ko‘rinishlari   farqlanadi.   Bu
haqida   adabiyotshunos   olim   H.Umurov   quyidagicha   yozadi:   “Psixologik   (ruhiy)
konflikt   qahramon   qalbidagi   hissiyotlar,   tushunchalar,   ojiz   va   kuchli   jihatlar
kurashidir.   Ijtimoiy   konflikt   –   asar   qahramonlari   bilan   ular   yashayotgan   sharoit
o‘rtasidagi kurash. Shaxsiy – intim konflikt – bir-biriga qarama-qarshi xarakterlar,
guruhlar o‘rtasidagi kurash” 89
. 
Badiiyatdagi ijtimoiy konflikt – bu taraflardan biri ikkinchisi bilan qarshilik
yoki   ochiq   kurashga   kirgan   holati   sifatida   qaraladi.   Ijtimoiy   konfliktlar   bilan   bir
qatorda   konfliktning   ijtimoiy-psixologik   va   psixologik   kategoriyalari   ham
ajratiladi.   Konfliktning   asosiy   ko‘rinishlari   yozuvchining   yuqorida   qayd   qilgan
qissasida   mahorat   bilan   o‘z   aksini   topgan:   “Bularda   faqat   jasad   bor,   fahm-
farosatdan   zig‘ircha   yo‘q,   deydi.   Tulkisimon   Dikkiquloqni   esa   dunyodagi   barcha
itlardan   afzal   ko‘radi.   Bunda   bor   yo‘g‘i   zabon   yo‘q,   qolgan   hamma   narsani
odamday   ilg‘aydi,   odamday   fahmlaydi,   ishonmasangiz   sinab   ko‘ring” 90
.   Bu
talqinlardan   ko‘rish   mumkinki,   Sarvar   o‘z   itidagi   xislatlarni   sanar   ekan,   botinida
88
  Норқобилов Н. Ғанимлар. Қисса. Қаранг:  Бўрон  қўпган  кун. Қисса ва ҳикоялар. – Тошкент: Шарқ, 2007.
125-б.
89
 Умуров Ҳ. Сайланма. 4 томлик. 2-том. – Тошкент: 2010. 45-бет. 
90
  Норқобилов Н. Ғанимлар. Қисса. Қаранг:  Бўрон  қўпган  кун. Қисса ва ҳикоялар. – Тошкент: Шарқ, 2007.
125-б.
69 o‘zi   bilan   o‘zi   kurashadi.   Ruhiy   konflikt   asar   obraz   tabiatini   yoritishga   asos
bo‘lgan.
  Yozuvchi   Normurod   Norqobilovning   ko‘plab   asarlarida   hayvonlar   insoniy
fazilat,   fahm-farosat   bilan   ko‘rsatiladi.   Gohida   itlar   yoki   bo‘rilar   bilan   inson
o‘rtasidagi   ziddiyatlarida   ongli   mavjudot   atalmish   odamning   tubanlashgani
ko‘rinadi.   Har   qanday   konfliktning   qamrov   doirasi   juda   keng   bo‘lib,   ichki   va
tashqi   holatlarga,   omillarga,   hayot   voqeligiga   bog‘liqdir.   Bu   holatlar   qanchalik
o‘zgaruvchan   va   o‘ziga   xos   bo‘lishini   asardagi   voqealar   rivoji   namoyon   qiladi.
Shuning   uchun   badiiy   matndagi   konflikt   predmeti   deganda,   tomonlar   o‘rtasida
ob’ektiv   jihatdan   mavjud   bo‘lgan   yoki   biror   maqsadni   ko‘zlab   yuzaga   keltirilgan
muammolar majmuasi tushuniladi. “G‘animlar” qissasidagi voqealar rivojiga nazar
tashlansa, inson va inson, inson va nabotot olami, inson botinidagi turli ziddiyatlar
asosida   yorqin   obrazlar   yuzaga   chiqadi:   “   –   Nima,   tutqich   bermayabdimi,
mehmon?  –   dedi   Suyun   chol   hol-ahvol   so‘ragan   kishi   bo‘lib.   –  Tutishingiz   qiyin
uni.   Ergash   bodigayam   tutqich   bermagan   u.   O‘rta   erda   Ergashning   o‘zi   o‘lib
ketdi...   –   Itimning   xuniga   mana   shuni   tikaman!   –   dedi   iddaoli,   ham   kiborli
ohangda. – Sharti  shu, jasadi  oyog‘im  ostida  bo‘lishi  kerak!  Tepkilab  alamimdan
chiqmoqchiman!” 91
.
Umuman, asardagi  voqealar  rivojlanib borar  ekan, Suyun chol  bilan Sarvar
o‘rtasidagi dialogik nutqda ularning ma’lum darajadagi xarakter qirralarini anglay
boshlaydi.   Chunki   Suyun   cholning   “piching,   kesatiq”   shaklidagi   fikrini   Sarvar
teran   anglagan   holda,   “kibor   va   mag‘rurlik,   shaharlik”ka   xos   xislatini   namoyon
qiladi. Aslida esa, Suyun chol yoldor bo‘rining tarafini oladi, agar unga biror kori-
hol   bo‘lsa,   ularning   to‘dasi   qishloqqa   qirg‘in   keltirishini   juda   yaxshi   anglaydi.
Ammo   Sarvarda   bu   tushuncha   mavjud   emas.   Ma’lum   muddatga   tog‘   etagidagi
qishloqqa   kelgan,   tabiiyki,   o‘z   manfaatini   xalq   manfaatidan   ustun   qo‘yadi.
Kiborlarcha   aytilgan   bu   fikrdan   keyin   har   ikkisi   o‘rtasida   anglanmagan   ziddiyat
vujudga keladi.  
91
  Норқобилов Н. Ғанимлар. Қисса. Қаранг:  Бўрон  қўпган  кун. Қисса ва ҳикоялар. – Тошкент: Шарқ, 2007.
127-б.
70 Adibning   “G‘animlar”   qissasida   syujet   va   badiiy   konflikt   orasida
ikkiyoqlama   aloqa   mavjudligi   kuzatiladi,   syujet   konfliktlarni   umumlashtirib
namoyon   qilsa,   ikkinchidan,   konflikt   syujetni   harakatga   keltiruvchi   asosiy   badiiy
unsurga aylanadi. Ko‘rinadiki, syujet va konflikt badiiy asarda uyg‘unlashadi, biri
ikkinchisini to‘ldiradi va taqozo etadi. Badiiy asar voqelikni aks ettirgani va uning
markazida   inson   obrazi   turgani   uchun   ham,   insonning   real   hayotida   mavjud
ziddiyatlarning bari unda badiiy aksini topadi. Y u qorida qayd qilingan talqinlarda
ham shu xususiyatlar kuzatiladi.
  Birinchidan,   ziddiyatlararo   uyg‘unlik   syujet   takomilini   belgilaydi,
ikkinchidan,  syujet   va   voqealar   rivoji   konflikt   salmog‘iga   tutashadi,   uchinchidan,
xarakter   mantig‘ida   ham   botiniy,   ham   zohiriy   keskinlik   markazlashuvi
ustuvorlashadi,   to‘rtinchidan,   voqealar   tizimi   xalqlararo   yaxlitlik   badiiy
munosabatlar   ziddiyatining   ko‘lamini   uyushtiradi.   Aslida,   syujet   qismlari
vazifadoshligini   ta’minlaydigan   vositalar   qarama-qarshiliklar   hamda   asardagi
tasvir   xususiyatlari   uni   namoyon   qiladi.   Asarda   syujet   va   konflikt   munosabatlari
aloqalantirilgan   badiiy   izchillikni   hosil   qiladi.   Tasvir   ziddiyati   (kinoya,   kesatiq,
piching)   odamzod   fe’l-atvoridagi   keskinlikni   tafovutlasa,   xarakterlararo   ixtilof
ijtimoiy   munosabatlar   raqobatini   ham   yuzaga   chiqaradi.   Sarvar   qayd   qilgan   fikri
o‘rinsiz   ekanini   o‘z   botinida   anglashga,   his   etishga   harakat   qiladi.   Uning   bu
holatini adib quyidagicha beradi: “U, bu kammi, degancha bo‘lmay, kimdir bu yil
qish   erta   kelishi   mumkinligini   aytib   qoldi.   Bir   zum   sukutga   tolgan   davra   birdan
jonlandi.   Qishning   erta   kelish-kelmasligi   haqida   har   kim   o‘z   bilganicha   bashorat
qila boshladi. Sarvar sezdiki, buning hammasi shunchaki gap. Noqulay vaziyatdan
qutulmoq uchun ko‘tarilgan “g‘avg‘o” 92
.
Qissadagi talqinlarni kuzatar ekanmiz, noqulay vaziyatdan asar qahramonini
chiqarish   uchun   gap   boshqa   tomonga   buriladi.   Xalqona   va   ayni   vaqtda   odilona
hukmni  yozuvchi   chiqarishga  intilar   ekan,  kitobxonning  Sarvar   obraziga  nisbatan
achinish   hissini   ham   shakllantiradi.   Uning   esa   xayolida   bu   qishloq   muhitiga,
92
  Норқобилов   Н.   Ғанимлар.   Қисса.   Қаранг:   Бўрон   қўпган   кун.   Қисса   ва   ҳикоялар.   –   Тошкент:
Шарқ, 2007. 128-б.
71 odamlariga   nisbatan   ilk   nafrat   hissini   sezadi.   Ana   shu   voqealar   rivojidan   badiiy
qahramon va muhit o‘rtasidagi ziddiyat shakllanadi. 
Badiiy   asar   –   yaxlit   bir   olam   ekanligiga   e’tibor   qaratsak,   bu   olamga   kirib
borish   adib   yaratgan   ijodiy   voqelikni   badiiy   talqin   etish   jarayonida   teranroq
namoyon   bo‘ladi.   Unda   favqulodda   nafosat   va   estetik   idrok,   ma’rifiy   shaxs
xususiyatlari   ko‘z   o‘ngimizda   jonlanadi.   Shu   ma’noda,   muallifning   o‘ziga   xos
talqini   hayotni   teran   anglashi,   asar   qahramonlarining   har   bir   holatini   juda   go‘zal
talqin etish bilan izohlash mumkin. 
Ijodkor   talqinida   alohida   ahamiyat   kasb   etadigan   holat,   hayotga   ijodiy
yondashuvni taqozo qiladi. Syujetda – badiiy yaxlitlashadigan voqealar silsilasida
yozuvchining hayotga asosli real yondashish namoyon bo‘ladi. Aslida badiiy idrok
shakl   va   mazmun   uyg‘unligini   ta’minlaydigan   muhim   halqa   bo‘lib,   ham   nazariy,
ham   amaliy   mohiyat   kasb   etadi.   To‘g‘rirog‘i,   talqindagi   voqealar   tasvirida   inson
ruhiyatidagi   o‘zgarishlar   o‘z   aksini   topgan.   Suyun   chol   hayotning   ko‘p
murakkabliklarini   ko‘rgan   shaxs   sifatida   jonlansa,   Sarvar   hali   hayot
murakkabliklarini   anglamagan,   ziddiyatlar   zamirida   shakllanmagan   obraz   ekani
ma’lum bo‘ladi. 
Badiiy idrok va poetik tafakkur tabiati yozuvchi hayotining oddiy qirralarini
zo‘r   mahorat   bilan   yoritganida   ham   ko‘zga   tashlanadi.   Badiiy   asar   kichik-kichik
ruhiy   manzaralardan   tashkil   topgan   yaxlit   tizim   sanaladi.   Talqin   va   tasvir
mohiyatida   –   odamzod   orzu-o‘ylari,   istak-intilishlari,   talpinishlari,   sog‘inchu
sevinchlari   o‘ziga   xos   tarzda   tasvirlanadi.   Bunday   xususiyat   Sarvar   obrazida
yorqin ifodalanganini ko‘rish mumkin. Uning botinidagi iztirob, jismidagi kasallik,
odamni   o‘ylashga,   o‘zini   tanishga,   o‘zligini   anglashga   va   shu   jarayonda   o‘zligini
ayon etishga undaydi. 
Adabiyotshunos   A.Rasulov   takidlaganidek:   “Inson   o‘sadi,   o‘zgaradi,
shakllanadi,   ruhan,  ma’nan   boyib  boradi,  lekin   inson   tamoman  o‘zgarib,  ikkinchi
«men» kasb etmaydi, o‘zligini yo‘qotmaydi, ya’ni ijtimoiy munosabatlar  majmui,
inson   mohiyati,   fitrati,   mehvarida   ro‘y   beradi.   Aniqroq   aytsak,   fitrat   mavjudki,
72 inson   o‘zgaradi,   moslashadi,   tuslanadi,   turlanadi” 93
.   Insondagi   moddiy   boyliklar
uning   qalbini   zulmatdan   qutqara   olmasligiga   o‘quvchida   ishonch   hosil   qiladi.
Ma’naviy qashshoqlik esa, shaxsni tubanlik sari qadam tashlashga majbur etsa-da,
ma’naviy   yuksaklik   o‘zlikni   anglashga   asos   bo‘lishini   teranroq   anglay   boshlaydi.
“Siz   nonni   “nana”   deb   yurganingizda,   Shoyim   akangiz   shaharning   ko‘zirlaridan
biri   bo‘lgan.   Vaqtida   ahmoqlikni   ko‘p   va   xo‘p   qilganmiz.   Qisqasi,   gap   bitta,
jondorni   o‘ldirolmasangiz,   suruvni   tashlab   ketasiz.   Aksi   bo‘lsa,   mening   suruvim
sizniki!”   Shoyim   yo‘g‘on   qishloq   odamlariga   xos,   mard,   tanti   shaxs   sifatida,
Sarvarni   ikkilantirib   qo‘yadi.   Xuddi   qat’iy   kelishuvni   o‘rtaga   tashlagandek,
fikrlarni   bayon   etar   ekan,   aslida   qismatda   nima   borligini   anglash   mumkin
emasligini   o‘rtaga   tashlaydi.   Ammo   insonning   sha’ni,   g‘ururi,   bevosita   kiborona
qarashlar sohibi Sarvarni dahshatga soladi. 
Qissada   insonning   jamiyatdagi   o‘rni,   qadr-qimmati   asosiy   o‘ringa   qo‘yilib,
inson   va   tabiat   o‘rtasidagi   muammolar,   asar   syujetiga   singdiriladi.   Bu   jarayon
shiddatli   voqealar   tasvirida   qahramon   xarakterini   shakllanishiga   asos   bo‘ladi.
Badiiy   asar,   qaysi   davr,   qanday   ijtimoiy-adabiy   sharoitda   yozilganidan   qat’iy
nazar,   muallif   nigohi   orqali   umuminsoniy   qadriyatlarni   badiiy   asar   mazmuniga
singdirilishi va o‘quvchi qalbini larzaga solishi, yozuvchining badiiy mahoratidan
dalolat beradi. Asar qahramoni borlig‘ini qamrab olgan ruhiy ziddiyatlar iztirobini
yuzaga   chiqaradi.   U   butun   jamiyat   ruhiyatida   aks   sado   berayotgandek   ko‘rinadi.
Lekin   inson   dunyosi,   o‘zining   yolg‘izligi,   orzu   istak   va   iroda-bardoshi   bilan
alohida-alohida   olam   ekani   ma’lum.   O‘zligini   anglagan   shaxs   sukunatning
iztiroblarini   teran   anglaydi.   Yozuvchi   Normurod   Norqobilov   o‘z   qissalari
mohiyatiga falsafiy mushodahalarni singdirib yuboradi. 
Adabiyotshunos   Bahodir   Karim   ta’kidlab   o‘tganidek:   “Keyingi   yillarda
o‘zbek   adabiyotida   yangi   bir   nafas,   yangi   bir   iqlim   ob-havosini   olib   kirishga
intilayotgan ijodkorlar vujudga keldi. Adabiyotimiz suratidan siyratga, jamiyatdan
insonga,   tashqaridan   ichkariga   qaytayotgandek,   irmoqdan   dengizga
ulanayotgandek.   O‘z   asarlarini   davrning   ijtimoiy-siyosiy   muoammolari   bilan
93
 Расулов А. Бадиийлик–безавол янгилик. –Тошкент:  Шарқ, 2007. 9-б.
73 bezashni   o‘zlariga   ep   ko‘rmagan,   badiiy   adabiyotni   ramzlar   tili,   ezgulik   va
qabohatning mangu janggohi, inson qalbidagi cheksiz iztiroblar chizgisi ekanligini
his   etayotgan   yosh   iqtidor   egalari,   imkoni   boricha   insonlarning   botiniga,   his-
tuyg‘ulari   to‘lqiniga,   orzu-armonlariga   diqqatni   qaratayotgandek   taassurot
beradi” 94
.   Yuqoridagi   mulohazalar   bugungi   nasrdagi   badiiy   o‘zgarishlarni,   inson
tafakkuridagi   bahs-munozaralarni   mohiyatan   o‘zlikni   anglash   yo‘lidagi   hayot
voqealarini va inson tafakkuridagi o‘zgarishlarning badiiy talqini bilan izohlanadi.
Hayot   ziddiyatlaridan   iborat   ekan,   u   insonning   ruhiy   olamiga   o‘z   ta’sirini
o‘tkazadi.   Inson   ruhiy   olamidagi   konflikt   Normurod   Norqobilov   qissalarida
mahorat   bilan   talqin   etiladi.   Shuning   uchun   ham   konflikt   asar   personajlarining
syujetda   badiiy   ifodasini   topadigan   o‘zaro   to‘qnashuv   va   kurashlari   qahramon
bilan   muhit   orasida   yoki   uning   ruhiyatida   kechuvchi   ziddiyatlar,   qarama-
qarshiliklar tarzida beriladi . 
III bob bo‘yicha xulosalar:
1.Ijodkor ramz va majoz asosida hayotning turfa xilda ekanligini juda asosli
talqin   etadi.   Bu   tushunchaning   asosida   ham   inson   konsepsiyasi
mujassamlashganligini   his   etamiz.   Yozuvchi   kompozitsion   vositalardan   biri
bo‘lgan   tabiat   tasviridan   ham   obrazlarning   ruhiy-psixologik   holatini   ko‘rsatishda ,
ramziy-majoziy talqin xususiyatidan  unumli foydalangan. 
2.Muallif   o‘z   qissalarida   obraz   tabiati   va   psixologik   holatini   yoritishda
badiiylik   unsurlaridan,   yani   majoz   va   ramz   asosida   insonning   turfa   xil
xususiyatlarini   ochishga   intiladi.   Har   bir   obraz   tasvirida   badiiy   to‘qima   va   hayot
haqiqatining o‘zaro uyg‘unlashgani kuzatiladi. Xarakter psixikasining yoritilishida
yozuvchi   poetik   parallelizm   peyzaj   tasvir,   personaj   dialogi   kabi   ko‘plab   badiiy
tasvir vositalarini o‘rinli qo‘llaydi. Xarakter psixologiyasi ularning xatti-harakatlari
va holatlari orqali ham tavsiflashga harakat qilingan. Bundan badiiy detalning o‘rni
ham sezilarli darajadadir.
3.Badiiy   adabiyotdagi   inson   konsepsiyasining   ifodasi   va   badiiy   talqinida
turli   xil   poetik   usullarni   qo‘llash   muhim   sanaladi .   Bugungi   kunda   globallashuv
94
  Карим   Баҳодир.   Моҳиятнинг   намоён   бўлиши.   Қаранг:   Мустақиллик   даври   адабиёти.   Адабий-танқидий
мақолалар. – Тошкент: 2006. –  262- б.
74 jarayonida   insoniyat   oldida   turgan   eng   katta   muammo   olam   va   odam,   odam   va
odam   munosabatlarining   badiiy   talqinida   milliylik   bilan   bir   qatorda   insoniyat
oldidagi fojialar, uning zamiridagi qalb iztiroblari teranroq anglash mumkin. 
4.Yozuvchi   “Qoyalar   ham   yig‘laydi”,   “G‘animlar”,   Yuzma-yuz”,   ”Oq
bo‘yin”,   “Ovul   oralagan   bo‘ri”   va   shu   kabi     ko‘plab   qissalari   bilan   ayni   janr
taraqqiyotiga   o‘zining   munosib   hissasini   qo‘shdi.   N.Norqobilov   o‘z   xarakteriga
ko‘ra   tabiatga   yaqin   yozuvchi   ekanligi,   hayvonot   olamini   sinchiklab   o‘rgangani,
nobobot   olamining,   ya’ni   tabiat   mahsuli   bo‘lgan   it,   ayiq   yoki   bo‘riga   xos
xususiyatlar   yuzasidan   etarlicha   bilimga   egaligi   asarlarining   poetik   jihatdan
ta’sirchan, haqqoniy va ishonchli chiqishiga yordam bergan. Bu esa ramz va majoz
asosida insonning ruhiy-ma’naviy olamini asosli talqin etgan.
UMUMIY XULOSA
Ma’lumki,   har   bir   davr   adabiyotining   etakchi   xususiyatlari   o‘sha   davr
etishtirgan   yirik   adabiy   siymolari   ijodida   mujassam   topadi.   Asrimizning   birinchi
choragidagi   o‘zbek   adabiyotini   tom   ma’nodagi   izlanish   adabiyoti   deyish
mumkinki, xuddi shu xususiyat  Normurod Norqobilovning ijodiy faoliyatiga ham
75 xosdir.   Bu   tushunchalarni   yaxlitlashtirgan   holda   quyidagi   xulosalarga   kelish
mumkin:
1.Tabiatan   izlanuvchan   adib   o‘zbek   realistik   prozasining   tasvir   va   ifoda
imkoniyatlarini   kengaytirish   yo‘lida   samarali   izlangani,   xorijiy   adabiyotlarga   xos
poetik vositalarni milliy adabiyotimizga dadil tadbiq qilgani ma’lum. Ayni choqda,
Normurod   Norqobilov   nasriy   ijodida   modern   adabiyotga   xos   tasvir   hamda   ifoda
vositalariga yangicha jilo berishga intildi. 
2.Adib   nasriy   asarlari   poetikasining   shu   jihatdan   tadqiq   qilinishi   milliy
nasrchiligimizning taraqqiyot yo‘llari va omillari haqidagi tasavvurlarini boyitishi
mumkin.   Bundan   tashqari,   har   bir   davr   adabiyotining   poetik   xususiyatlari   ko‘p
jihatdan   o‘sha   davrning   ijtimoiy-madaniy   shart-sharoitlari   bilan   belgilanishi   ham
ayondir. Bu esa adib oldiga qator ijodiy muammolarni hal qilish, g‘oyaviy-badiiy
niyat ijrosi uchun o‘zgacharoq yo‘llarni izlash zaruratini qo‘ydi. Izlanishlar natija-
umumlashmalri shu e’tibordan muhim sanaladi:
3.N.Norqobilovning   mazkur   muammolarni   qay   yo‘sin   hal   qilganini   tadqiq
etish   orqali   “badiiy   asar   va   reallik”,     “ifodalamish   va   ifodalanmish
munosabatlari”,   “ijodkor   shaxs   va   jamiyat”   kabi   qator   umumnazariy
muammolarning   ayrim   qirralarini   oydinlashtirish   imkoniyati   vujudga   keladi.   Boz
ustiga,   bu   o‘rinda   badiiy   asarni   o‘qish   va   uqish,   uni   talqin   qilish   masalalarini
yoritish   zarurati   yuzaga   chiqadiki,   buning   amalga   oshirilishi   badiiy   asarga
yondashish va baholash tamoyillarini o‘zgartirish, badiiy didni qayta shakllantirish
taqozo etilayotgan bugungi kunda bag‘oyat muhimdir. 
4.Yozuvchining   asarlarini   kuzatganimizda   ham   uning   chin   ma’nodagi
ijodkor   shaxs,   izlanuvchan,   yangilikka   o‘ch   inson   bo‘lganiga   amin   bo‘lamiz.
Uning   hatto   bir   janr   doirasidagi   asarlari   ham   turfa   janr   xususiyatlarini   namoyon
etishi, tasvir vositalariyu ifoda yo‘sinining rang-barangligi shunga dalolat qiladi. 
5.Iste’dodli   adib   Normurod   Norqobilovning   ijodiy-poetik   izlanishlarida
shakliy  mundarijaning  o‘ziga  xosligi   va  teran  falsafiy mushahadakorlik  uzviyligi,
tasvir   mahorati,   ruhiy   tahlil   teranligi   va   ifoda   individualligining   o‘zaro   yaxlitligi
etakchilik qiladi.   YOzuvchi  milliy adabiyotimizda endigina qaror topayotgan janr
76 formalarining   imkoniyatlarini   to‘la   namoyon   qilishga   intilganki,   uning   tajribalari
o‘zbek nasri rivoji uchun muhim ahamiyatga molik edi.
6.Adib   tasvirlayotgan   milliy   turmush   va   milliy   psixologiyani   juda   yaxshi
bilgan adib roman yaratishda, jahon adabiyotidagi eng ilg‘or tajribalarga tayangan.
YOzuvchi   romanlarida   makon   va   zamon   tasvirlari   orqali   inson   xarakterini
shakllanishi yoki ruhiy istiroblarini badiiy ifodasining uzviy birligini kuzatamiz.
7.Adib   majov   va   ramzda   asosida   insonni,   davr   va   muhitning   murakkab
qirralarini   badiiy   tasvirlangan   bo‘lsa,   ularning   ruhiy-ma’naviy   olami   orqali
insonning   buyuk   e’tiqld   egasi   ekanligiga   alohida   urg‘u   beriladi.   Unda   inson   va
tabiat   yonma-yon   tasvirlanadi   va   harakatlanadi.   Ular   bir-birini   to‘ldiradi,   taqozo
etadi, hamkorlik qiladi. 
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ :
I. Сиёсий адабиётлар :
1. Мирзиёев   Ш.М.   Миллий   тараққиёт   йўлимизни   қатъият   билан   давом
эттириб, янги босқичга кўтарамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017. 592 б.
2. Мирзиёев   Ш.М.   Адабиёт   ва   санъат,   маданиятни   ривожлантириш-
халқимиз   маънавий   оламини   юксалтиришнинг   мустаҳкам   пойдеворидир   /
Халқ сўзи. 2017. 4 август.
77 3. Мирзиёев   Ш.М.   Адабиёт   ва   санъат,   маданиятни   ривожлантириш   –
халқимиз   маънавий   оламини   юксалтиришнинг   мустаҳкам   пойдеворидир.
Президент   Ш.Мирзиёевнинг   Ўзбекистон   ижодкор   зиёлилари   вакиллари
билан учрашувдаги маърузаси  Халқ сўзи. – 2017. – 4 август.
II.  Илмий адабиётлар :
4. АбдуғафуровА. Қалб қаъридаги қадриятлар.–Т . :Ўқитувчи,1998.–215 б .
5. Адабиёт   назарияси.   Икки   томлик. I   том   (Адабий   асар).   – Т . :   Фан,
1978.–416  б .  
6. Адабиёт назарияси.  Икки томлик.   II  том (Адабий-тарихий жараён). –
Т . : Фан, 1979. –48  б .
7. Аристотель.   Поэтика.   –Тошкент:   Ғафур   Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва
санъат нашриёти, 1980. – 152  б .
8.Бахтин   М.М.   Романда   замон   ва   хронотоп   шакллари.   Тарихий
поэтикадан   очерклар.   Рус   тилидан   У.Жўрақулов   таржимаси.   –Т.,
“Akademnashr”, 2015. – 288 б.
9. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. –Т.: Ўзбекистон, 2002.–540 б.  
10. Давронова Ш. Истиқлол даври ўзбек романчилиги ва шарқ адабиёти.
–Т.:   “ Наврўз ”,  2019.  –  218 б.
11. Ёқубов   И.   Ўзбек   романи   тадрижи.   –   Т.,   Фан   ва   технология,   2006.   -
218 б.
12. Ёқубов   И.   Мустақиллик   даври   ўзбек   романлари   поэтикаси.   –Т.:
“Nurafshon business”. 2021. - 336 б.
13.Жўраев Т. Онг оқими модерн. – Фарғона. Фарғона, 2009. – 204  б .
14. Жўрақулов У. Ҳудудсиз жилва. Илмий-адабий мақолалар. – Т., Фан,
2006. – 204 б.
15. Жўрақулов   У.   Назарий   поэтика   масалалари.   –   Т.,   Ғафур   Ғулом
номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2015. – 356 б.
16.Имомова Г. Миллийлик ва бадиий нутқ. –Т .,   Янги аср авлоди, 2004.
–120  б .
17. Каримов Ҳ. Истиқлол даври адабиёти. –Т.,“Янги нашр”,   2010.–364 б.
78 18. Карим Баҳодир. Абдулла Қодирий. –Т ., “ Фан ” , 2006. –Б. 232.
19. Карим   Баҳодир.   Абдулла   Қодирий   ва   герменевтик   тафаккур.   –Т.,
“Akademnashr”,  2014. – 256 б.
20. Карим   Баҳодир.   Руҳият   алифбоси.   –Т.,   Ғафур   Ғулом   номидаги
нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2016. – 364 б.
21. Мамажонов С. Сайланма: Адабий-танқидий мақолалар. –Т.: Адабиёт
ва санъат, 1981. – 400 б.  
22. Мамажонов   С.   Услуб   жилолари.   –Т.:   Ғафур   Ғулом   номидаги
Адабиёт ва санъат наширёти, 1972. – 220 б.
23.Маҳмудов М. Талант ва ижод фалсафаси.  – Т. :  Ўзфан, 1976.  –  282 б.
24. Мирвалиев   С.   Наср,   давр,   қаҳрамон.   – Т.:   Ғафур   Ғулом   номидаги
Адабиёт ва санъат наширёти,  1983.-240 б.
25. Мирвалиев С. Истеъдоднинг қўш қаноти. –Т.:   Ёзувчи,   1993. –150 б. 
26. Мирзаев И. Тафаккур ва наср. – Самарқанд: Зарафшон, 1993.  – 192  б .
27. Норматов У. Ижодкорнинг дахлсиз дунёси (Адабий суҳбатлар). –Т .:
Мумтоз сўз, 2008. – 316  б . 
28.Норматов У. Умидбахш тамойиллар. –Т. :  Маънавият, 2000 . –  112  б . 
29.Норматов  У. Насрнинг  мунаввар  йўли //  Жаҳон  адабиёти,  2008. 36 -
48-б .
30.Норматов У.  Ижод сеҳри.  –Т. : Шарқ, 2007. – 352 б. 
31. Назаров Ў. Романда бадиий хронотопнинг ўзига хослиги.  –Т. : Турон
замин зиё, 2014. – 140 б.
32. Орипов   А .   Адабиёт   ва   замон   /   Мустақиллик   даври   адабиёти .   –
Тошкент, Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа уйи , 2006.  - 224 б.
33. Пардаева З. Бадиий-эстетик тафаккур ривожи ва ўзбек романчилиги.
Адабий-танқидий мақолалар.  – Т . : Янги аср авлоди, 2002. – 100 б.
34. Рашидов А. Чингиз Айтматов олами.  –Т. : Ўқитувчи, 2-нашри, 2011.–
256 б.  
35. Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. –Т.: Шарқ нашриёт-матбаа
акциядорлик компанияси Бош таҳририяти, 2007. – 336 б. 
79 36. Расулов   А.   Танқидчилик   уфқлари.   –Т.:   Ғафур   Ғулом   номидаги
Адабиёт ва санъат, 1985. – 147 б.
37.Саримсоқов Б. Бадиият асослари ва мезонлари.   –Т. : Фан,2004. – 194 б. 
38.Солижонов Й. Нутқ ва услуб. Адабий-танқидий нашр. –   Т. :   Чўлпон,
2002.  –  128  б .
39. Солижонов Й. Мўъжизалар сеҳри. –Т.:  Adib, 2013, – 148 б.
40. Санжар Содиқ. Янги ўзбек адабиёти тарихи. –Т.: Ўқитувчи. 2019. –
480 б.
41. Содиқ   Санжар.   Ижоднинг   ўттиз   лаҳзаси.   Адабий-танқидий
мақолалар. –Т.: 2005. – 320 б.
42. Тўраев   Д.   Ўзбек   романларида   бадиий   тафаккур   ва   маҳорат
муаммоси. (60-80-йиллар). –Т.: Университет, 2001. – 168 б.
43. Тўраев Д. Рангин тасвирлар жилоси. Адабий-танқидий мақолалар. –
Т.: “Akademnashr”, 2014. – 200 б.
4. Тўйчиев   У.   Ўзбек   адабиётида   бадиийлик.   Мезонлари   ва   уларнинг
маромлари.  –   Т. : “Янги аср авлоди”, 2011. – 508 б.
45. Тўлаганова   С.   Бадиий   асар   морфологияси.   –Т. :   Турон   замин   зиё,
2016. 2016. –176 б.
46.Умуров   Ҳ.   Қаҳрамоннинг   маънавий   олами   ва   эпиклик .   –Т. :   Фан,
1995.   –   48  б .
47. Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси .  –Т. :  Шарқ ,  2002. –256  б .
48. Улуғов   А.   Қалб   қандили.   Адабий-танқидий   мақолалар.   –Т.:
Akademnashr, 2013. – 288 б.
49.Худойберганов   Н.   Ишонч.   –Т. :   Ғ афур   Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва
санъат нашриёти, 1988.  –   248  б .
50. Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти.  –Т. :  Шарқ ,  2004. –640  б .
51. Шарафиддинов О. Довондаги ўйлар.  –Т. :  Маънавият, 2004. –528  б .
52. Шарафиддинов О. Сардафтар саҳифалари .  –Т. :  Ёзувчи, 1999 .– 224  б .
53.Ўлжабоев У.   Замон талаби ва ижодкор мсъулияти.   –Т. : Ўзбекистон,
2012. – 376 б.
80 54. Қуронов Д. Чўлпон насри поэтикаси.  –Т. :  Шарқ, 2004. –   288  б .
55.Quronov   D .  Adabiyotshunoslikka   kirish . –Т. :  Fan , 2007. –228  б .
56. Қўшжонов   М.   Ҳаёт   ва   қаҳрамон.   –Т. :   Ғафур   Ғулом   номидаги
Адабиёт ва санъат, 1979. –   366 б.
57. Қўшжонов М. Ҳаёт ва маҳорат. –Т. : Ғафур Ғулом номидаги  Адабиёт
ва санъат, 1979. –   200 б.
58. Қўчқарова   М.   Бадиий   сўз   ва   руҳият   манзаралари.   –Т. :   Муҳаррир,
2011. – 232 б. 
59. Ҳамдам У. Янгиланиш эҳтиёжи. –Т.: Фан, 2007. – 196 б.
60. Ҳотамов   Н.,   Саримсоқов   Б.   Адабиётшунослик   терминларининг
русча-ўзбекча изоҳли луғати. –Т.: Ўқитувчи, 1983. – 328 б.
III .  Д иссертация ва  авторефератлар:
61. Имомова   Г.М.   Типик   миллий   характерлар   яратишда   бадиий
нутқнинг роли: Филол. фан. номзоди дисс. –Т.:ЎзФА ТАИ, 1994. –134 б.
62. Имомкаримова   М.   Ў.Ҳошимов   асарларида   миллий   қадриятлар
талқини: Филол. фанлари номзоди дисс. –Т.:ЎзФА ТАИ, 2004. –152 б.
IV. Бадиий адабиётларж:
63. Айтматов   Ч.   Асрга   татигулик   кун.   Романлар.   Рус   тилидан
А.Рашидов, И.Ғафуров таржималари. – Т.: 1989. – 560 б. 
64. Несин Азиз. Ғаройиб болалар. Роман ва ҳикоялар. – Т., “Юлдузча”,
1988. 198-бет.
65. Норқобилов   Н.   Бўрон   қўпқон   kун.   Қисса   ва   ҳикоялар.   –   Т.:   Шарқ,
2007. – 304 б.
66. Норқобилов Н. Овул оралаган бўри.Қиссалар.–Т.: Шарқ,2005.–256 б.
67. Норқобилов Н. Зангори кўл. Ҳикоялар. – Т.: “Юлдузча”, 1987.–80 б.
68. Норқобилов Н. Тоғдаги ёлғиз одам. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – 304 б.
81

NORMUROD NORQOBILOV QISSALARIDA NABODAT OLAMI TALQINI MUNDARIJA Kirish................................................................................................... ...............3 I BOB. ADIB HIKOYALARIDA XARAKTER VA MILLIY RUH............7 1.1.Obrazlar olami va milliy xarakter talqini.................................................7 1.2. Adib asarlarida qahramon tabiati tasviri………………………..…......19 II BOB. YOZUVCHI QISSALARIDA NABODAT OLAMI TALQINI.....33 2.1. Inson va nobo da t olamining birligi va ifoda shakli………….. ………..33 2.1. Yozuvchi qissalarida ruhiy iztiroblar tasviri..........................................46 III BOB. BADIIYLIK VA IJODKOR MAHORATI....................................56 3.1 Obraz yaratish va badiiylik… ………. ......................................................56 3.2 Ramz va majozda hayot talqini................................................................66 XULOSA...........................................................................................................78 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR....................................................... ..80 1

KIRISH Magistrlik d issertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon adabiyotshunosligida badiiylik mezonlarining taraqqiyoti va izchil takomillashuvi badiiy tafakkurning tadrijiy rivoji bilan uzviy bog ‘ liq bo ‘ lib, yangi adabiy-ilmiy konsepsiyalarning yuzaga kelishiga asos bo ‘ ladi. Shu bois badiiy asar olamining o ‘ ziga xos poetik xususiyatlarini tadqiq etish, unga tahliliy yondoshish har bir xalq adabiyoti, uning taraqqiyoti bilan uzviy bog ‘ liqdir. Badiiy asarlar poetikasini tahlil etish, yillar davomida shakllangan an’analarning ma’lum bir ijodkor asarlarida mujassamlashishi, badiiy-estetik talqin xususiyatlaridagi poetik o ‘ zgarishlarni ko ‘ rsatib berish, asosida ijodkorning badiiy mahoratini nazariy asoslash muhim ahamiyatga ega . Jumladan, o ‘ zbek nasri badiiy tafakkuridagi yangilanishlarni, voqelikni badiiy-estetik ifodalash yo ‘ sinlarini dunyo adabiyotshunosligi dagi etakchi tamoyillar asosida bugungi kun talablaridan kelib chiqib, ilmiy va nazariy jihatdan tadqiq etish, to ‘ g ‘ ri baholash muhim vazifa lardan biri bo ‘ lib sanaladi. SHu kabi jihatlar ushbu dissertatsiya mavzu- sining dolzarbligini belgilaydi. Dunyo adabiyotshunosligida badiiylikning turfa xil ko ‘ rinishlari mavjud bo ‘ lib, asar matnidagi ifodasi, muallifning badiiy munosabati, obrazlar olamining tanlanishi va qo ‘ yilgan muammoni ular vositasida poetik idrok etishi-yu, estetik ideali, dunyoqarashi, badiiy talqin muammolari, umuman olganda, yozuvchining poetik mahoratining o ‘ ziga xos qirralari yaratilgan asarlari misolida izchil o ‘ rganilgan . Muayyan yozuvchining turli yillarda yozgan asarlaridagi ruhiy talqin, xarakter yaratish an’anasining takomillashuvi, milliy xarakterining talqini, milliy ruh va milliy xarakterlarning yuzaga kelish, ruhiy iztiroblar talqini bo ‘ yicha tadqiqotlar yaratilgan. So ‘ nggi yillarida milliy asarlarimizni xolis o ‘ rganishga, 2

ularni yuksak badiiyat mezonlari asosida tadqiq qilishga nazariy jihatdan asosli yondashish holati kuzatilmoqda. O ‘ zbek nasri badiiy tafakkuridagi yangilanishlarni, voqelikni badiiy ifodalash yo ‘ sinlarini dunyo adabiyotshunosligidagi mavjud etakchi tamoyillar asosida bugungi kun talabidan kelib chiqib ilmiy-nazariy jihatdan to ‘ g ‘ ri baholash muhim vazifalardan biri bo ‘ lib kelmoqda. “ ... Adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor – bu, avvalo, xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, buyuk shoirimiz Cho ‘ lpon aytganidek, adabiyot, madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo ‘ q” 1 . Demak, badiiy asarlar poetik tabiatining o ‘ rganilishi, ulardagi inson obrazi individual va ijtimoiy borlig ‘ ining yoritilishini kuzatish yosh avlodning ma’naviy kamolotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega . Muammoning o ‘ rganilganlik darajasi. Jahon adabiyotshunosligida badiiy asarga yondashuv va voqelikni anglashga yordam beruvchi badiiy matn poetikasi haqida bir qator tadqiqotlar yaratilgan. Jumladan, bu ilmiy manbalar Normurod Norqobilov asarlarining poetik xususiyatlarini yaxlit adabiy jarayon kontekstida monografik yo ‘ sinda tadqiq etishga yordam beradi. Shu bilan birga nasriy asarlar poetikasi haqida nazariy qarashlarni ilgari surgan, I.Sultonov, M.Qo ‘ shjonov, T.Boboev, I.G ‘ afurov, N.Xudoyberganov, O.Sharafiddinov, B.Sarimsoqov, B.Nazarov, Y.Solijonov, A.Rahimov, H.Umurov, N.Rahimjonov, H.Karimov, D.Quronov, U.Qosimov, B.Karimov, Z.Pardaeva, A.Nasirov 2 singari adabiyotshunoslarning qarashlari ham muhim sanaladi. Keltirilgan manbalarda badiiy asar poetikasini tahlil qilish asnosida G ‘ arb va Sharq estetikasi hamda adabiyotshunosligi ilg ‘ or nazariy 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш . Мирзиёевнинг Ўзбекистон ижодкор зиёлилари вакиллари билан учрашувдаги маърузаси Халқ сўзи. 2017 йил, 4 август. 2 Султонов И. Адабиёт назарияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1986; Қўшжонов М. Моҳият ва бадиият. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977; Ғафуров И. Танланган асарлар. – Тошкент: Шарқ, 2017; Худойберганов Н. Эҳтирос тўлқинлари. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1970; Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. – Тошкент: Шарқ , 2004 ; Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Тошкент: Шарқ , 200t Каримов Б. Абдулла Қодирий: танқид, таҳлил ва талқин. –Тошкент: Фан, 2016; Пардаева З. Бадиий-эстетик тафакур ривожи ва ўзбек романчилиги. – Тошкент: 2002; А.Насиров. Одил Ёқувов романлари поэтикаси. – Тошкент: Фан, 2012. 3

qarashlari asosida obrazlar olami, iste’dod, ijodkor mahorati aks etganligi qisman bo ‘ lsa-da, tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi iste’dodli adib Normurod Norqobilov asarlari poetikasi, xususan, badiiy obrazlar olami, ularning tabiati, xarakter va ruhiyat birligi, adabiy makon va zamon, badiiy uslub kabi masalalarni tadqiq etish orqali yozuvchining poetik mahoratini ko ‘ rsatishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: Normurod Norqobilov yozgan badiiy asarlar misolida o ‘ zbek nasri badiiy tafakkuridagi yangilanishlar, badiiy asar poetikasidagi o ‘ ziga xos jihatlarni tahlil qilish; yozuvchining nasriy asarlarining badiiy xususiyatlarini boshqa ijodkorlarning asarlari bilan qiyosiy o ‘ rganish va asosli xulosalar chiqarish; adib asarlaridagi davr muammolarining badiiy ifodasida, milliy xarakterlarni yaratishda ijodkor mahoratini ochib berish; yozuvchi nasrida yoritilgan inson ichki olami, komil insonga xos intilishlar, shuningdek, adolat, ezgulik, haqiqat singari umuminsoniy g ‘ oyalarning badiiy ifodasini tahlil etish; milliy nasr taraqqiyotida adib ijodining o ‘ rnini yoritish va jahon adabiyotidagi etakchi tamoyillarning ta’sirini asoslashdan iborat. Tadqiqotning ob’ekti sifatida Normurod Norqobilovning nasriy asarlari hikoya, asosan qissalari asos qilib olindi. Tadqiqotning predmeti ni adibning bugungacha yaratgan hikoya, qissalari bilan bir qatorda, milliy nasr poetikasida namoyon bo ‘ layotgan yangicha tafakkur tarzi, ijodiy konsepsiyalar, obrazlar olami, xarakter, ruhiyat, konflikt, ijodkor uslubidagi o ‘ ziga xosliklarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotning usullari. Tadqiqot mavzusini yoritishda qiyosiy-tipologik, psixologik metod va usullaridan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Normurod Norqobilov asarlarining mustaqillik davri o ‘ zbek nasrida tutgan o ‘ rniga baho berilib, adibning obraz yaratish mahorati yangicha tamoyillar, milliy an’analar va jahon nasri tajribalari asosida o ‘ rganilib umumlashtirildi; 4

badiiy asarning poetik tasvir yo ‘ sinlari jihatidan o ‘ zaro qiyoslanib, zamon va makon konsepsiyasidagi yangilanishlar aniqlanib, adibning badiiy asarlaridagi obraz va ruhiyatning badiiy talqinidagi o ‘ ziga xos jihatlari o ‘ rganildi; yozuvchining badiiy asarlaridagi zamondosh qiyofasi, erkin tafakkurli kishilar obrazini yaratish, ijtimoiy muhit va qahramon ruhiyati, makon va zamon ifodasidagi obrazlar olami tahlil qilindi. Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat: Normurod Norqobilov nasri poetikasini tashkil etuvchi kompozitson va badiiy-ifodaviy unsurlar tizimi belgilanib, talqindagi etakchi tamoyillari aniqlangan; tarixiy globallashayotgan dunyo kishisi botiniy olamidagi murakkab ruhiy tasvirlari bo ‘ yicha adabiy-nazariy umumlashma xulosalar chiqarilgan; o ‘ zbek va jahon adabiyotidagi etakchi tamoyillarning Normurod Norqobilov ijodiga ta’siri qiyosiy-tipologik tadqiq orqali milliy obrazlar talqini misolida yoritib berilgan; tadqiqot natijalaridan adabiyotshunoslik nazariyasi, yangi o ‘ zbek adabiyoti, hozirgi adabiy jarayon fanlaridan ilmiy tadqiqotlar, darslik va o ‘ quv-qo ‘ llanmalar yaratish uchun foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Ob’ektga yondashuv va qo ‘ llanilgan usullarning tadqiqot maqsadiga mosligi, nazariy ma’lumotlarning ilmiy manbalarga asoslangani, tanlab olingan muallif asarlari tadqiqot predmetiga muvofiqligi, nazariy fikr va xulosalar bilan asoslanganligida ko ‘ rinadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, chiqarilgan nazariy xulosalar, avvalo, adabiyotshunoslik nazariyasini, istiqlol davri o ‘ zbek adabiyoti tarixini yozishda, obrazlar rang- barangligi va ruhiyat talqini masalalarini o ‘ rganishda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy obraz yaratish, xarakter va ruhiyat birligi, poetik mahorat masalasini o ‘ rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar 5 ta mqolada o‘z ifodasini topgan. 5