logo

NORMUROD NORQOBILOV QISSALARIDA METAFORA (“OQBO‘YIN”, “OVUL ORALAGAN BO‘RI”, “TOG‘ ODAMI”)

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

536 KB
NORMUROD NORQOBILOV QISSALARIDA METAFORA
( “ OQBO‘YIN ” ,  “ OVUL ORALAGAN BO‘RI ” ,  “ TOG‘ ODAMI ” )
KIRISH 3
I   BOB.   O‘ZBEK   TILSHUNOSLIGIDA   METAFORA
HODISASINING O‘RGANILISHI  10
§1 .1. O‘zbek tilshunosligida metaforalarning o‘rganilishi 10
§ 1.2.  Metafora lisoniy hodisa sifatida 16
Bob yuzasidan qisqacha xulosa 26
II   BOB.   NORMUROD   NORQOBILOV   QISSALARIDA
METAFORADAN FOYDALANISH MAHORATI 28
  §2.1.  Normurod Norqobilov ijodiga bir nazar 28
§2.2.  Normurod Norqobilov  qissalarida  metafora uslubiy vosita sifatida. 34
Bob yuzasidan qisqacha xulosa 44
III   BOB.   YOZUVCHINING   METAFORAGA   YONDOSH
HODISALARDAN FOYDALANISH MAHORATI 46
§ 3.1.   N.Norqobilov   qissalarida   so‘zning   ko‘chma   ma’noda   ishlatilish
imkoniyatlari .   46
§ 3.2.  Normurod Norqobilov qissalaridagi semantik-stilistik vositalar. 49
Bob yuzasidan qisqacha xulosa 61
XULOSA 64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 68
KIRISH
1 Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
XXI   asr   jahon   ilm-fanida   konkret   badiiy   obrazning   metaforik   talqin   bilan
munosabatiga   oid   materiallarga   asoslangan   tadqiqotlar   ko‘lami   kengaydi.
Tilshunoslik   va   adabiyotshunoslikning   turli   aspektlari   negizida   amalga   oshirilgan
mazkur   izlanishlar   sirasida   metaforaga   nisbatan   turli   yondashuvlar   kuzatildi   va
shunga mos tarzdagi xulosalar olindi. Mavjud izlanishlar ko‘lami XXI asr filologik
nazariyalarni   yangi   konsepsiyalar   bilan   boyitibgina   qolmay,   metaforologiya
borasidagi   bilimlarning   optimallashuvida   ham   ma’lum   darajada   xizmat   qildi.
Dunyo   tilshunosligida   olamni   estetik   idrok   etish   va   so‘z   qo‘llash   san’atiga
lingvolkulturalogik,   etnolingvistik   hamda   lingvokognitiv   yondashish   natijasida
badiiy   tafakkur   mexanizmini   ochish,   badiiy   nutqning   obrazli   shakllanishi,   uning
badiiy   hamda   lingvoestetik   ta’sir   darajasini   ochib   beruvchi   tadqiqotlar
yaratilayotgani   e’tiborlidir.   Shuningdek,   “badiiyat   va   metafora”,   “metafora   va
obraz”,   “metafora   va   badiiy   asar   tili”   singari   muammolarga   keng   o‘rin
berilmoqdaki, bu holat  nafaqat adib yoki shoirning olamni idrok etish prinsiplari,
balki butun bir ijtimoiy tuzum xarakterini belgilash imkonini beradi.
O‘zbek   tilshunosligida   adib   va   uning   asarlari   tilida   yetakchi   unsur   bo‘lib
yuzaga chiquvchi tasviriy vositalarning lisoniy xususiyatlarini ochib beruvchi qator
ilmiy izlanishlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida   til, adabiyot va madaniyat
mushtarakligi   masalasining   dolzarblashuvi   mutolaa   madaniyatini   yuksaltirishga,
o‘zbek   xalqining   milliy   o‘zligini   anglashiga,   tafakkurni   yangilashga   bo‘lgan
ehtiyoji   natijasidir.   Binobarin,   “Ona   tilimiz   va   milliy   adabiyotimizni   ulug‘lash,
uning  boy   xazinasi,   tarovati   va   nafosatini   yosh   avlodimizga   yetkazish   maqsadida
yurtimizda   atoqli   shoir   va   adiblarimiz   nomlaridagi   ijod   maktablarini   tashkil
etdik.” 1
.   Normurod   Norqobilovning   badiiy   mahorati,   so‘z   qo‘llashdagi
san’atkorona   uslubi   originalligi   va   favquloddaligi   bilan   alohida   ajralib   turadi.
O‘zida   badiiylik   va   falsafiylik   muvozanatini   uyg‘unlashtirgan   lirikasida,   xalq
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Миллий ўзлигимиз ва мустақил
давлатчилигимиз тимсоли” мавзусида Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз
йиллигига   бағишланган   тантанали   маросимдаги   нутқи   //   Халқ   сўзи,   2019,   22   октябрь.   №218
(7448) 
2 tarixining zalvorli davri, millatning buyuk namoyandalari ibratli faoliyatini badiiy
tarannum   etishning   go‘zal   namunalari   bo‘lgan   qissalarida   o‘zbek   tili   lisoniy
imkoniyatlaridan   yuksak   darajada   foydalanganini   ko‘ramiz.  Lisoniy   imkoniyat	
voqelanishining   yorqin   namunasi   –   uning   badiiy   nutqda   yuzaga   chiqishi.
Ijodkorning   mahorati   ana   shu   imkoniyatdan   qay   darajada   foydalanishi   va
imkoniyat   kengayishi   uchun   qanchalik   hissa   qo‘shishi   bilan   belgilanadi.   Badiiy
nutqda o‘zbek tili lisoniy imkoniyati umumiy me’yor asosida yuzaga chiqar ekan,
bunda   har   bir   ijodkorning   individual   mahorati,   bir   tomondan   badiiy   nutq
imkoniyatining   voqelanishini   kengaytirsa,   ikkinchi   tomondan,   imkoniyat
boyishiga   ham   jiddiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Normurod   Norqobilov   ijodi   bu   borada
alohida xususiyatga ega.  
Binobarin, k eyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida badiiy
matnni   tashkil   qiluvchi   til   birliklarini   har   tomonlama   tadqiq   qilish   masalasiga
e’tibor   kuchaydi.   Chunki   har   qanday   til   birligi   badiiy   matnda   muallifning   badiiy
niyatiga   xizmat   qiluvchi   bebaho   vositaga   aylanishi   hamda   o‘ziga   xos
qonuniyatlarni namoyon qilishi mumkin.  Chunki adabiy tilning rivoji uchun badiiy
adabiyot tili eng boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Binobarin, adabiy tilning badiiy
mukammallikka, milliy xarakterlar yaratishdagi o‘ziga xoslikka erishishida o‘zbek
yozuvchilarining   mashaqqatli   xizmatlarini   alohida   ta’kidlash   lozim.   Shu   nuqtai
nazar   ushbu   magistrlik   dissertatsiyasi   uchun   tanlangan   mavzuning   dolzarbligini
belgilaydi. 
XX   asrning   80-90-yillarida   adabiyotimizga   kirib   kelgan   iste’dodli   adib,
Normurod   Norqobilov   asarlari   bugungi   kun   ma’naviy   qiyofamizni
shakllantirishda,   qalbimizda   milliy   g‘urur,   iftixor,   odamiylik   tuyg‘ularini
yuksaltirishda   beqiyos   ahamiyat   kasb   etadi.   U   o‘z   asarlarida   insonning   ichki
kechinmalarini,   ruhiy   holatini   tasvirlashga   intiladi,   insonni   avaylash,   tabiatni
asrash   kabi   bugungi   hayotimizning   dolzarb   muammolarini   badiiy   obrazlar   orqali
ochib   berishga   harakat   qiladi.   Ayniqsa,   yozuvchining   qissalarida   o‘zbek   tilining
jozibasi, ohangdorligi, ifodaliligi, ta’sirchanligi turfa lingvistik vositalar yordamida
tasvirlab berilgan. Yozuvchining so‘z qo‘llash uslubi, o‘ziga xosligi, mahorati kabi
jihatlar   muayyan   darajada   qaysidir   yo‘nalishda   o‘rganilgan   bo‘lsa-da,   biroq
3 yozuvchi   qissalari   tilining   badiiyatini   ta’minlovchi   lisoniy   vositalar   shu   kunga
qadar   lingvistik   jihatdan   alohida   tadqiq   etilmagan   edi.   Binobarin,   Normurod
Norqobilovga xos individual mahoratni belgilashda mazkur jihat o‘ta zarurdir. 
Tadqiqot   ob’yekti   va   predmeti.   Magistrlik   dissertatsiyasining   ob’ekti
sifatida   Normurod Norqobilovning 1993 yilda Cho‘lpon nashriyotida chop etilgan
“Yuzma-yuz”   to‘plamidan   o‘rin   olgan   “Oqbo‘yin”     va   2005   yilda   “Sharq”
nashriyotida chop etilgan “Ovul oralagan bo‘ri” to‘plamdagi “Ovul oralagan bo‘ri”
va “Tog‘ odami” qissalari tanlangan, badiiy matnda tilning estetik vazifasi va ifoda
imkoniyatlari   kengligini   hamda   yozuvchi   qissalarida   qo‘llangan   lisoniy
vositalarning badiiylikka xizmat qilishini yuzaga chiqaruvchi metaforalarni tadqiq
etish  tadqiqot predmeti  bo‘lib xizmat qildi.
Tadqiqot   maqsadi   va   vazifalari.   Normurod   Norqobilovga   xos   individual
lingvistik   mahoratni   belgilashda   adib   qissalari   tilining   badiiyatini   ta’minlovchi
metaforalarni   tahlil   qilish   mazkur   magistrlik   dissertatsiyasining   asosiy   maqsadini
tashkil etadi.
Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
Normurod Norqobilov ijodining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish darajasini
belgilash va uning bugungi kundagi dolzarb ahamiyatini ko‘rsatib berish;
Normurod   Norqobilovning   so‘z   tanlash   va   qo‘llashdagi   o‘ziga   xos
individual uslubining lingvistik va badiiy-yestetik asoslarini ochib berish;
                    Normurod   Norqobilov   qissalari   tilining   badiiyatini   ta’minlovchi
metaforaning lingvistik va kognitiv xususiyatlarini yoritib berish;
                   Normurod Norqobilov qissalarida   qo‘llangan lisoniy metaforalar va badiiy
metaforalarning semantik xususiyatlarini ochib berish; 
                    Normurod   Norqobilov   qissalarida   metaforalarning   badiiy   san’atlar   hosil
qilish jihatlarini tadqiq qilish va badiiy-estetik vazifalarini yoritish.
yozuvchi   qissalarida   qo‘llanilgan   metaforalarning   konnotativ-yestetik
vazifasini aniqlash .
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
4 Normurod Norqobilovning so‘z tanlashdagi o‘ziga xos individual uslubining
lingvistik va badiiy-yestetik asoslari ochib berildi;
Normurod   Norqobilov   qissalari   tilining   badiiyatini   ta’minlovchi
metaforalarning   semantik-stilistik   va   kognitiv   xususiyatlari   badiiy   matndagi
vazifasi yozuvchining individual mahorati orqali yoritilgan;
Normurod   Norqobilov   qissalarida   qo‘llangan   lisoniy   metaforalar   va   badiiy
metaforalarning   semantik   xususiyatlari   yozuvchining   individual   uslub   qirralari
bilan bog‘liq holda aniqlashtirilgan;
Normurod   Norqobilov   qissalarida   qo‘llangan   birlamchi   va   ikkilamchi
nominativ   metaforik   ma’nolar   aniqlangan,   ularning   tasviriyligi,   estetik-
ta’sirchanligi   faqat   personaj   nutqida   emas,   muallif   nutqida   ham   ifodalanishi
mumkinligi isbotlangan ;
    Normurod   Norqobilov   qissalarida gi   metaforaning   kognitiv   funksiyali   va
obrazli metaforik ma’no turlari ajratilgan va   semantik-stilistik imkoniyatlari ochib
berilgan. 
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
Badiiy   matnda   tilning   estetik   vazifasi   va   ifoda   imkoniyatlari   kengligining
zohir bo‘lishida metaforalarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Zero, ular g‘oyaviy
baquvvatlikning muhim shartlaridan biridir.  
Har bir ijodkorning individual uslub qirralari unga zamondosh ijodkorlarning
bayon   uslubi   bilan   qiyosan   o‘rganilganda   yanada   oydinlashadi.   Jumladan,
N.Norqobilovning   so‘z   tanlash   mahorati,   benazir   uslubi   Erkin   A’zam,   Tog‘ay
Murod,   Shukur   Holmirzaev   va   Murod   Muhammad   Do‘stning   badiiy   til   mahorati
bilan   muqoyasa   qilinganda   ochiq-oydin   namoyon   bo‘ladi.   Yozuvchi   metaforik
ko‘chma   ma’noning   semantik,   semantik-grammatik   tasnifi,   funksional   turlari   va
badiiy-estetik   vazifalariga oid natijalari o‘zbek tilshunosligida muhim ma’lumotlar
bo‘lib xizmat qilishi asoslangan. 
N.Norqobilov   metaforalardan   foydalanishda   so‘zning   semantik
mundarijasiga   kiruvchi   konnotativ-ifoda   semalarga   o‘ziga   xos   badiiy   mazmun
yuklaydi. 
5 Leksik-stilistik   vositalarning   semantik   o‘zgaruvchanligi   metaforaning
lisoniy   va   badiiy-estetik   qimmatini   belgilashda   aktuallik   kasb   etadi.   Ayniqsa,   bu
vositalar   orqali   pragmatik   mazmunning   istifoda   etilishi   bevosita   yozuvchining
badiiy   maqsadi   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   lingvopragmatik   tahlilda   asosiy   omillardan
biri hisoblanadi.
tadqiqot   natijasida   olingan   xulosalar   tilshunoslik   fanini   yangi   ilmiy-nazariy
qarashlar   bilan   boyitishi,   lingvopoetika   sohasi   rivojlanishi   uchun   ahamiyatli
bo‘lgan o‘ziga xos ilmiy qarashlarning shakllanishiga xizmat qilishi aniqlangan;
Tadqiqot   mavzusi   bo‘yicha   adabiyotlar   sharhi.   O‘tgan   asrda   Yozuvchi
Normurod Norqobilov asarlari tilining lingvistik xususiyatlari, uning metaforadan
foydalanish   mahorati   ustida   ayrim   ishlar   qilindi.   Biroq   Normurod   Norqobilov
asarlarining tili xususida yo‘l-yo‘lakay bildirilgan fikrlar, ayrim maqolalar ko‘zga
tashlansa-da,   adib   asarlari   tilining   lingvistik   xususiyatlari,   undagi   metaforaning
qo‘llanilishi  alohida o‘rganilmagan. Shu nuqtai nazardan, yozuvchi  qissalari  tilini
chuqurroq   tekshirish,   uning   o‘ziga   xos   individual   mahorat   sirlarini   ochib   berish,
asarlaridagi   metaforaning   kognitiv   tabiati,   lisoniy   imkoniyat   sifatidagi
xususiyatlari   bugungi o‘zbek tilshunosligining  oldiga turgan   muhim  vazifalardan
biridir.
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi.   Mamlakatimizda   milliy-
ma’naviy   qadriyatlarni   tiklash,   ona   tilimizni   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha
bildirilayotgan   fikr-mulohazalar   magistrlik   dissertatsiyamizga   metodologik   asos
bo‘lib   xizmat   qildi.   Bundan   tashqari,   o‘zbek   tilshunos   olimlari
Sh.Shoabdurahmonov,   U.Tursunov,   A.Hojiev,   R.Qo‘ng‘urov,   e.Begmatov,
B.O‘rinboev,   N.Mahmudov,   S.Karimov,   B.Yo‘ldoshev,   B.Umurqulov,
M.Yo‘ldoshev,   T.Qurbonovlarning   badiiy   asar   tili,   badiiy   matnlarni   o‘rganish
bo‘yicha olib borgan tadqiqotlaridagi ilmiy-nazariy xulosalar ham e’tiborga olindi.
Asosan,  komponent  tahlil,  tavsiflash,   qiyoslash,   lingvopoetik  va   pragmalingvistik
tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Tadqiqotda
erishilgan   natijalardan   oliy   o‘quv   yurtlarida   Normurod   Norqobilov   asarlari   tilini
6 o‘rganish   bo‘yicha   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borishda   foydalanish   mumkin.
Tadqiqotda to‘plangan materiallardan metafora bo‘yicha magistrlik dissertasiyalari
va   bakalavrlik   bo‘yicha   malakaviy   bitiruv   ishlari   yozishda   foydalanish   mumkin.
Ishda to‘plangan metaforalar o‘zbek tili uslubshunosligi va nutq madaniyati, badiiy
asar   tili   bo‘yicha   amaliy   dars   soatlarini   o‘tishda   material   vazifasini   o‘taydi.
Normurod   Norqobilov   ijodi,   uning   asarlari   tilidagi   metaforalar   bo‘yicha   turli   xil
davra   suhbatlari,   ilmiy   anjumanlar   o‘tkazishda   ishda   to‘plangan   materiallardan
foydalanish mumkin.
Ish tuzilmasining tavsifi.    Magistrlik dissertatsiyasi  kirish, uch asosiy bob,
xulosalar   va   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   iborat.   Magistrlik
dissertatsiyasining umumiy hajmi  7 2 sahifani tashkil etadi.
7 I-BOB.
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA METAFORA HODISASINING
O‘RGANILISHI
Metafora   jahon   tamaddunidan   o‘rin   olgan   har   bir   tilda   mavjud   bo‘lgan   til
hodisasi   bo‘lib,   insoniyatning   ongli   hayoti   bilan   chambarchas   bog‘liqdir.
Metaforalar   muayyan   halqning   obrazli   tafakkuri   in’ikosi   sifatida   ming   yillar
davomida   yuzaga   kelgan.     Insoniyat   donoligi   namunasi   sifatida   nomoyon
bo‘ladigan mazkur hodisa  so‘zlarga yangi ma’no  jidlolarini bnrishda xizmat qiladi.
Tildagi   so‘zlarning   metaforik   qo‘llanish   imkoniyatining   kengligi,   o‘sha   til
sohiblarining   teran   tafakkurini   belgilovchi   fenomenal   hodisadir .   Har   bir   ijodkor
asarlari   matnining   ta’sirchanligini,   obrazliligini   oshirish   maqsadida   mohiyatan
rang-barang   metaforalarni   yuzaga   keltiradi.   Shu   nuqtai   nazardan,   metaforalarni
leksik-semantik   jihatdan   o‘rganish   bu   vositalarning   til   tizimidagi   o‘rnini   ochib
beradi.
1 .1. O‘zbek tilshunosligida metaforalarning o‘rganilishi
Tilshunoslikda   metaforalar   borasidagi   dastlabki   qarashlar   antik   davrdan
boshlangan.   Antik   dunyo   mutafakkirlari   metaforani   yaratish   uchun   inson   ruhiyat
va   tabiat   qonuniyatlarini   yaxshi   bilishi,   unda   keng   dunyoqarash,   olam   va   odam
haqida   chuqur   mushohadalash   qobiliyati   bo‘lishi   lozimligini   e’tirof   etishgan.
Masalan, Aristotel  so‘z ko‘chimlari orasida metaforalar eng ko‘p ijodiylikni talab
etishi bilan boshqa badiiy tasvir vositalaridan farq qilishini ta’kidlab, nutqdagi har
qanday   so‘z   metafora   orqali   yuzaga   kelgan   deb   hisoblasa,   sitseron   metaforalarga
qisqartirilgan   o‘xshatishlar,   deb   baho   beradi   va   uni   nutqqa   alohida   bezak
beradigan,   jilolantiradigan,   boyitadigan,   ko‘tarinkilikni   ta’minlaydigan   hodisa
sifatida e’tirof etadi. Kvintilian uni istalgan kishi  foydalananishi  mumkin bo‘lgan
8 tabiat   tufhasi   desa,   s itseron   oddiy   so‘zlar   izohlay   olmaydigan   ma’nolarni
ifodalovchi deb hisoblagan . 2
 
Darhaqiqat,   inson   nutqining   bezagi   bo‘lgan   metaforalar   nozik   muomala   va
ifoda   vositasi   sifatida   muloqot   jarayonida   ming   yillar   davomida   yuksak   estetik
qiymat   kasb   etdi   va     XIX-XX   asrlarda   kelib,   tom   ma’nodagi   lingvistik   ilmiy
muammoga   aylandi.   Badiiy-estetik   lingvistik   kategoriya   sifatida   tadqiqotchilarni
o‘ziga jalb eta boshladi. 
So‘zlarda   hosila   ma’noning   yuzaga   kelishini   tasnif   qilishda   rus   tilshunoslari
A.Reformatskiy, N.Shanskiy, D.Shmelev 3
  ko‘chma ma’no hosil qiluvchi so‘zlarni
metafora,   metonimiya,   sinekdoxa   va   vazifadoshlikka   ajratishgan   va   ko‘chimlar
ichida   badiiy   asar   tilining   obrazliligi,   ta’sirchanligini   oshirishda   eng   faoli,   eng
asosiysi   safatida   metaforani   e’tirof   etishgan.   O‘zbek   tilshunosligida   ko‘chma
ma’no hodisalari tasnifi 4
 ham rus tilshunosligidagi tasniflar bilan deyarli bir xil.
O‘zbek tilshunosligida metafora nutqqa obrazlilik, hissiyot berish maqsadida
narsa   va   hodisalar   o‘rtasidagi   o‘xshashlikka   asoslanib,   so‘zlar   va   iboralarning
ko‘chma  ma’noda ishlatiladigan  turi  tarzida e’tirof  etilgan. Bu  boradagi  dastlabki
ma’lumotlar   R.Qo‘ng‘urov,   M.Mirtojiyev,   M.Mukarramov,   E.Qilichev,
M.Yo‘ldoshev   kabi   olimlarning   ilmiy   risolalarida   uchraydi 5
.   Bundan   tashqari,
metaforaning   yuzaga   kelish   sabablari,   lisoniy   xususiyatlariga   bag‘ishlangan
maqolalar chop qilingan 6
.
2
  Кенгроқ маълумот олиш учун қаранг: Античные теории языка и стиля. – М. –Л., 1936. –С.174,
216–219.
3
  Кенгроқ маълумот олиш учун қаранг: Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. – Тошкент:
Фан, 2010. – Б.89-95.
4
  Мирзаев   М.,   Усмонов   С.,   Расулов   И.   Ўзбек   тили.   –   Тошкент,   1962.   –   Б.20-25;   Турсунов   У.,
Мухторов   Ж.,   Раҳматуллаев   Ш.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили.   –   Тошкент:   Ўзбекистон,   1975.   –
Б.126;   Алиқулов   Т.   Сўз   маъноларини   чегаралаш   масаласига   доир   //   Тилшунослик   ва
адабиётшуносликка оид тадқиқотлар. Тўплам.     − Тошкент, 1965. – Б.6.  
5
 Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. – Тошкент: Фан, 1977. –Б.15-19; Миртожиев
М. Кўрсатилган асар. –Б.51-75;  Мукаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатиш. – Тошкент: Фан, 1976. –
Б.11-15;  Қиличев Э. Бадиий тасвирнинг лексик воситалари. – Тошкент: Фан, 1982. –Б.71-79.
6
  Усмонов С. Метафора // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1964. –№4. –Б.34-36; Миртожиев
М. Лингвистик метафоралар таснифи //   Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1973. – №4. –Б.57-
61; Тохиров З. Метафора лексема-семемасининг прагматик семаси // Ўзбек тили ва адабиёти. –
Тошкент,   1983.   –   №1. –Б.74-77 ;   Қобулжонова   Г.   Метафора   –   номинациянинг   асоси   сифатида   //
(Анъанавий Аюб Ғуломхонлик материал - лари.) 2-чиқиш. – Андижон, 1995. –Б.90-91. 
9 Metafora   nutqning   obrazliligini,   ta’sirchanligini   ta’minlash   maqsadida
ishlatiladigan   ikki   narsa   yoki   hodisa   o‘rtasidagi   o‘xshashlikka   asoslangan
ko‘chimdir.   Tilshunos   olim   R.Qo‘ng‘urov   metaforani   shunday   izohlaydi:
«Metaforani   yashirin   o‘xshatish   deyish   ham   mumkin.   Ammo   u   oddiy   qiyosdan
farq   qiladi.   Agar   oddiy   qiyos   har   doim   asosiy   ikki   a’zodan   tashkil   topsa   (ya’ni
nima   qiyos   qilinadi,   nima   bilan   qiyos   qilinadi   -   qiyos   qilinuvchi   va   qiyos
qilinadigan   predmet),   metaforada   faqat   ikkinchi   a’zo   -   o‘xshatilgan   narsa   qoladi,
o‘xshagan   narsa   tushiriladi,   lekin   u   kontekstdan   ochiq   sezilib   turadi,   demak,
metaforada tasvirlanayotgan predmet ana shu ikkinchi a’zo orqali idrok qilinadi». 7
A.Avelichev quyidagicha izohlaydi: «metafora – bu «so‘zni matnda» qo‘llashning
o‘ziga   xos   hodisasidir.   Matnda   shakllanmagan,   kerakli   kontekstual   aloqadan
mahrum   bo‘lgan   metafora   yo‘q.   Shuning   uchun   ham   metaforani   har   qanday
o‘rganish,   uning   «mexanizmi»   yoki   «vazifasi»ning   har   qanday   nuqtai   nazardan
aniqlanishi   keng   matnning   chinakam   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   amalga
oshirilishi lozim». 8
 A.A.Potebnya: «Metafora qisqargan o‘xshatishdir», − deb ta’rif
bersa,   E.Kassirer   buni   rivojlantirib   «…ko‘plab   o‘xshatishlar   metaforadan   kelib
chiqqan»,   deydi 9
.   M.Mirtojiev:   “Metafora   hosila   ma’no     yuzaga   kelishi
hodisalarining   eng   faoli   hisoblanadi.   U,   tilshunoslikda   qayd   etilishicha,   hosila
ma’no   yuzaga   kelishining   hosil   qiluvchi   va   hosila   ma’no   referentlari   o‘zaro
o‘xshash   kelishiga   asoslanadi” 10
  deb   hisoblaydi.   Darhaqiqat,   muayyan   tildagi
so‘zlarning   ko‘chma   ma’nolar   hosil   qilishi   va   bu   so‘zlar   semantik   mundarijasiga
kiruvchi konnotativ-ifoda semalar hisoblanuvchi metafora, metonimiya, sinekdoxa
kabi   tasviriy   vositalarning   yuzaga   kelishi   mazkur   tilning   imkoniyatlarini
ko‘rsatadi.  
O‘zbek tilshunosligida so‘z ma’nosi ko‘chishi hodisalarining eng sermahsuli
bo‘lgan metafora bo‘yicha dissertatsiyalar yoqlangan. Shunday tadqiqotlardan biri
7
 Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий  воситалари. – Тошкент: Фан, 1977. –Б.15
8
  Авеличев   А.   К.   Метафора   внепоэтического   контекста:   Автореф.   дис...   канд.   филол.   наук.–М
1970. –С.30
9
 Кассирер Э. Сила метафоры // Теория метафоры. – М.: – 1990. –С.33-43.
10
 Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2010 –Б.94.
10 S.Hajiev   tomonidan   bajarilgan 11
.   Dissertatsiyada   tilshunoslik   fani   taraqqiyotining
hozirgi   bosqichidagi   kognitiv-semantik,   sotsiolingvistik   va   kulturologik
yo‘nalishlarda   metaforik   ko‘chish   hodisasining   asosiy   nazariy   masalalari   tadqiq
qilingan.   Xususan,   tilshunoslikning   leksikologiya   bo‘limida   so‘zlar   yangi
ma’nolarning   manbai   sifatida,   stilistika,   ritorika   va   estetikada   metafora   tilning
badiiy   ifoda   vositasi   tarzida,   pragmatikada   metafora   nutqiy   faoliyatning   alohida,
o‘ziga   xos   ko‘rinishi   sifatida,   psixolingvistikada   metafora   odatda   assotsiatsiya
bilan bog‘liq xolatlar va nutqni tushunib olish hamda tahlil qilish ob’ekti sifatida,
mantiq,   falsafa,   gnoseologiya   va   kognitiv   psixologiyada   metafora   tafakkur   va
borliqni   bilish   usuli   sifatida   o‘rganilishi   tahlil   qilingan   va   tilimizdagi   metaforalar
rus, fransuz, ingliz, ispan tillaridagi metaforalar bilan qiyoslangan. 
Metafora   badiiy   matnning   obrazliligi,   ifodaliligi,   ta’sirchanligi,
jozibadorligi, tantanavorligi va ko‘tarinkiligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Tadqiqotchi M.Yaqubbekova badiiy matnda yuzaga keladigan metaforaning
poetik   mohiyati   shaxs,   narsa,   voqea-hodisa,   harakat   va   holatni   o‘ziga   xos   belgi
bilan   nomlashdan   iborat   ekanligini   aytib,   «yangi   metaforik   nom   «gapiruvchi»
bo‘lishi   kerak   va   badiiy   mohiyat   kasb   etishi   uchun:   1)   odatdagi   atalishlardan
maqsadliligi   bilan   farqlanishi;   2)   bu   farq   qabul   qilinishi   va   ma’qullanishi;   3)
metaforizatsiya hodisasi zavq uyg‘otishi kerak 12
« deb hisoblaydi.
Tilimizdagi   metaforalarning   zamonaviy   tilshunoslik   nuqtai   nazaridan
baholashga   bag‘ishlangan   tadqiqot   G.Qobuljonovaning   «Metaforaning   sistemaviy
lingvistik   talqini»   mavzusidagi   nomzodlik   dissertatsiyasidir 13
.   Ushbu   tadqiqotda
metaforaning   lingvistik   mohiyati,   sistem   tabiati   va   yondosh   hodisalar   tizimidagi
o‘rni   keng   yoritilgan.   Tadqiqotda   metaforaning   yuzaga   kelish   sabablari,
sistemaviylik   tabiati   aniqlangan,   metaforaning   unga   yondosh   bo‘lgan   hodisalar
bilan   munosabati   masalasiga   aniqlik   kiritilgan,   metaforaning   vujudga   kelishida
11
 Хажиев С. Сўз маъносининг кўчиши билан боглиқ лингвистик ҳодисалар: Филол. фан. ном. дис…автореф.
– Тошкент, 2007. –Б.8
12
  Яқуббекова М.  Ўзбек халқ қўшиқларининг лингвопоэтик хусусиятлари: Филол.фан.д-ри…дис.
– Тошкент, 2005. –Б.24
13
  Қобулжонова   Г.   Метафоранинг   системавий   лингвистик   талқини:   Филол.фан.ном…   дис.   −
Тошкент, 2000. 
11 asos   bo‘lgan   ob’ektlar   o‘rtasidagi   umumiy   belgilar   chegaralangan.   Ishda
metaforaning   o‘rganilish   tarixidagi   turlicha   qarashlarga   tanqidiy   baho   berilgan,
metaforaning lisoniy mohiyatini  motivatsiya  munosabati  asosida  chuqurroq ochib
berilgan, metaforaning yuzaga kelishidagi sababiyat aniqlangan, metafora tarkibiy
qismlarining   o‘zaro   munosabatini   ko‘rsatilgan.   Olima:   “Metaforani   nom
ko‘chishning   boshqa   usullaridan   farqlovchi   “ob’ektiv   yoki   sub’ektiv
o‘xshashlikka”   asoslanish   belgisi   bir   qarashda   juda   yaqqoldek   tuyulsa-da,   uning
mohiyatiga   nazar   tashlash   murakkab   hodisa   ekanligini   ko‘rsatadi”   va
“...metaforada   ko‘chimning   ko‘chish   bazasi   doim   ham   to‘la   aniq   bo‘lavermaydi;
o‘xshatish   sub’ektiv   hosil   qilinganda   esa,   hosil   qiluvchidan   boshqa   shaxs   uchun
o‘xshashlikni   tiklash   qiyin   kechadi   va   hatto,   umuman,   mumkin   bo‘lmaydi”,   deb
to‘g‘ri xulosa qiladi. 14
 
Metafora bo‘yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda shunday ta’rif
beramiz:   metafora   –   har   bir   ijodkorning   olamni   badiiy   idrok   etishining
fenomenalligini   ko‘rsatuvchi,   borliq   haqidagi   jami   farazlarini   umumlashtiruvchi,
individualligining «cho‘qqisi»ni  yuzaga chiqaruvchi, badiiy va lisoniy tafakkurini
belgilovchi, lingvistik mahoratini va o‘ziga xos tilini, shevasini namoyon etuvchi,
orginalligini ta’minlovchi uslubiy vositadir. 
Ilmiy adabiyotlarda metaforaga keng va tor yondashuv ham kuzatiladi. Tor
ma’noda   biror   narsa   yoki   xodisaga   o‘xshatish   asosida   yasalgan   metarfora
tushunilsa,   keng   ma’noda   tushunishda   so‘zdan   hosil   bo‘ladigan   barcha   ko‘chma
ma’nolar   tushuniladi.   O‘zbek   tilshunosligida   metaforalar   keng   tadqiq   etilgan
ishlardan   yana   biri   A.Hasanovning   d issertatsi on   ishidir .   Dissertatsiyada   Abdulla
Qahhor   hikoyalari   tilining   badiiyatini   ta’minlovchi   leksik-stilistik   vositalar,
xususan   yozuvchining   metaforalardan   foydalanish   mahorati   keng   yoritilgan.
E’tiborlisi, tadqiqotchi bir ijodkor misolida metaforalarni tadqiq etgan. Tadqiqotchi
A.Hasanov   buni   shunday   izohlaydi:   «O‘zbek   tilshunosligida   metaforalar   o‘zining
nazariy   asosini   topgan   bo‘lsa-da,   biroq   alohida   olingan   yozuvchi   ijodida
qo‘llangan   metaforalarning   amaliy   jihati   hali   yetarlicha   o‘rganilgani   yo‘q.   Zero,
14
  Қобулжонова Г. Кўрсатилган тадқиқот. -Б.13.
12 metaforalar yozuvchining individual uslubini, asar badiiyatini ta’minlovchi muhim
tasviriy   vositadir.» 15
  Dissertant   ishda     R.Qo‘ng‘urov,   M.Mirtojiev,
M.Mukarramov,   E.Qilichev,   M.Yo‘ldoshev,   Sh.Abdurahmonov   kabi   olimlarning
fikrlariga   tayangan   holda   metaforalarni   ikkiga   ajratadi:   «metaforalar   o‘z
xususiyatlariga   ko‘ra   doimiy   va   individual   (xususiy   -   muallifiy)   metaforalarga
bo‘linadi. Bizningcha, doimiy   metaforalarga:  a) birlamchi nominatsiya jarayonida
hosil   bo‘lgan   lingvistik   metaforalar;     b)   ikkilamchi   nominatsiya   jarayonida   hosil
bo‘lgan,   biroq   tilda   qayta-qayta   takrorlanishi   oqibatida   uzual   ma’no   doirasida   til
hodisasiga aylangan badiiy metaforalarni kiritish mumkin. Demak, ularni qisqaroq
qilib   lingvistik   metaforalar   va   an’anaviy-badiiy   metaforalar   deb   nomlash
mumkin» 16
 degan fikri biz uchun muhim.
Bu   tasnif   ko‘plab   ilmiy   adabiyotlardan   o‘rin   olgan   bo‘lsada,     lingvistik
metaforalarning   ma’lum   ma’noda   obrazlilik,   ifodaviylik   kasb   etsa-da,   biroq
ekspressivlik,   tasirchanlik   kuchli   emasligi   e’tirof   etiladi.   Shu   nuqtai   nazardan
tadqiqotchilar   badiiy   asarlarda   ijodkorlar   tomonidan   yaratilgan   individual
metaforalarga   ko‘proq   e’tibor   qaratishadi.   Chunki   individual   metaforalar   har
qanday ijodkorning o‘ziga xos takrorlanmas uslubini belgilashga asos bo‘ladi.   
Ta’kidlash   joizki,   metaforalar   badiiy   matnda   asar   badiiyatini   ta’minlovchi
muhim   lisoniy   vosita   hisoblanadi.   «Shuning   uchun   ham   badiiy   uslubda   poetik
metafora faqatgina muhim tasviriy vosita bo‘lib qolmasdan, balki badiiy tafakkur
elementiga, estetik hodisaga aylanib ketadi. U nutqni bezash doirasidan chiqib, his-
tuyg‘uni,   fikrni   obrazli   ifodalash   vositasi   darajasiga   ko‘tariladi.   Metafora
ko‘magida   endi   biz   tasvir   ob’ektini   faqatgina   «ko‘rib   qolmasdan»,   balki   his
qilamiz,   uni   go‘yo   o‘z   boshimizdan   kechiramiz.   U   bizning   hissiyotimizga,
ongimizga   ta’sir   etish   bilan   birga   yozuvchini   ham   uzundan-uzoq   bayondan
qutqaradi» 17
.   Binobarin,   metaforalar   har   bir   ijodkorning   individual   uslubi   va
mahoratini,   asar   badiiyatini   ta’minlovchi   muhim   tasviriy   vositadir.   «Har   bir
15
  Хасанов  А. Абдула Қаҳҳор ҳикоялари  тилининг бадииятини таъминловчи  лексик-стилистик воситалар:
Филол.фан.ном.дис. – Тошкент, 2010. – Б.36.
16
 Хасанов А. Кўрсатилган диссертация. – Б.36.
17
 Каримов С. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари.–Самарқанд: СамДУнашриёти,1994. -Б.18.
13 yozuvchining o‘z ijodiy mulki bo‘lgan individual metaforalar tasviriy vositalarning
eng   yaxshi   namunalari   bo‘lib,   u   badiiy   uslubning   ham   o‘ziga   xos   xususiyati
sanaladi. Yozuvchi ijodida hatto bitta metaforik qo‘llangan so‘z butun bir  matnni
o‘z   atrofida   jipslashtirishi,   tayanch   nuqta   hisoblanib,   metaforik   kontekst   hosil
qilishi   mumkin». 18
  Shu   nuqtai   nazardan,   biz   keyingi   boblarda   Normurod
Norqobilov   qissalarida   qo‘llangan   metaforalarning   amaliy   jihatlarini   ochishga
harakat qilamiz. 
1.2.  Metafora lisoniy hodisa sifatida
 
Metafora barcha nutq uslublarida eng ko‘p uchraydigan funksional-semantik
hodisalardan biridir. 
XX ikkinchi yarmi va XIX asr dastlabki o‘n yilliklari o‘zbek tilshunosligida
metaforik   jarayonlar   asosiy   3   (an’anaviy,   sistem-struktur   va   antropotsentrik)
yo‘nalishda   hamda   8   ta   aspektda   o‘rganilganini   ko‘rsatdi.   Bular:   semasiologik;
leksikologik;   stilistik   (xususan,   lingvopoetik   aspektda),   sistem-struktur,
antropotsentrik   yo‘nalishda   (xususan,   kognitiv,   lingvokulturologik,
sotsiopsixolingvistik, pragmatik yondashuv asosida), leksikografik aspektda. 19
 
Metaforik qo‘llanishlarning kognitiv aspektiga e’tibor qaratar ekanmiz, aslida
u bir ob’ektni boshqa bir ob’ekt xususiyatlari prizmasi asosida ko‘rishni ifodalaydi.
Insonning   kognitsiya   jarayonida   bevosita   kuzatishda   berilmagan   tafakkur   muhiti
metafora   asosida   sodda   va   tushunarli   tus   oladi.   Metaforizatsiya   manbadan
(masalan,   olov ) mo‘ljalga (masalan,   sevgi ) yo‘nalgan jarayon sifatida tushunilishi
lozim. Mo‘ljal bilan qiyoslaganda manba, odatda: 
– hissiy tushunarli; 
–  muayyan;
– fizik mavjudlikka ega;
18
 Тaрасова В.К. Словесная метафора как знак: Автореф дис...канд филол. наук. – Л. 1976. –С.6.
19
  Махмараимова   Ш.   Ўзбек   тили   метафораларининг   антропоцентрик   тадқиқи   (номинатив   аспект).   Филол.
фан. д-ри (DcS) дис. – Cамарқанд, 2020. -Б. 86.
14 – bir   kishidan   ikkinchisiga   osongina   yetkazib   berilishi   (masalan,   “sevgi”
tushunchasiga   nisbatan   “olov”   tushunchasini   boshqaga   osongina   yetkazib   berish
mumkin) bilan xarakterlanadi.
Umuman olganda, metafora noma’lum-ma’lum, mavhum-aniq zidligi orasida
ko‘prik vazifasini bajaradi. 
Nutqning   biror   parchasini   ham   metaforadan   xoli   ko‘rish   va   tasavvur   qilish
o‘ta   mushkul.   Tilshunoslikka   metafora   terminini   meros   qilib   qoldirgan   voizlikda
ham   u  obrazli   nutq  ifodalashning   o‘ta  muhim  va  samarali   vositasi   bo‘lib,  yuksak
darajadagi estetik qiymati bilan ajralib turgan. 
Metafora   tushunchasi   ham   lisoniy,   ham   metatil   unsuri   sifatida   antik   davr
manbalarida uchraydi. O‘z ilmiy ishlarida metafora hodisasini tadqiq etgan birinchi
olim   qadimgi   yunon   faylasufi   Arastu   edi.   Metafora   termini   ilk   bora   Sokratning
“Evagorus”   (eramizdan   avvalgi   383   yilda   yaratilgan)   asari 20
da   tilga   olinsa-da,
uning asosi Arastuning “Poetika”sida ma’noning, zamonaviy terminologik metatil
bilan   aytiladigan   bo‘lsa 21
,   atalmishlardagi   denotativ   va   konnotativ   o‘xshashliklar
asosida berilishi sifatida ko‘rsatilgan. Deyarli tilning o‘zi kabi qadimiy bo‘lgan bu
hodisa   XX   asrga   kelib   esa   ifoda,   muomala   va   anglash   vositasi   sifatida
foydalaniladigan   nutqiy   san’at   vositasi,   til   va   badiiyat   ilmida   fenomenal
kategoriyaga aylandi. 
Kvintilian ning   fikricha,   metafora   tabiatan   yuksak   insoniy   lafziy-ma’noviy
tushuncha   va   hech   bir   narsa/hodisaning   ma’nosiz   qolmasligiga,   shuningdek,
zarurat   bo‘lsa,   obrazsiz   ifodalanmasligiga   xizmat   qiladi. 22
  Manbalarda   qayd
etilishicha, sitseron metaforani oddiy til vositalari izohlay olmaydigan ma’nolarni
anglatadi deb qaragan. 
Mumtoz   voizlik   san’atida   metafora   lisoniy   me’yordan   chetlashish   –   biror
buyumning odatlanilgan nomining boshqasiga ko‘chishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Bunday nom ko‘chirishdan maqsad:
a) leksik “lakunalarni”ni to‘ldirish;
20
Античные теории языка и стиля. – М. – Л., 1936. – С. 217. 
21
Аристотель. Поэтика. – М., 1984. 
22
Античные теории языка и стиля. – М. – Л., 1936.  
15 b) yoki jo‘n nutqni “bezash” bo‘lgan. 
Metafora   hodisasi   ilmiy   muammo   sifatida   voizlikdan   tilshunoslikka   o‘tishi
bilan   metaforik   konsepsiya   vujudga   keldi.   Bu   konsepsiya   qiyoslash   tamoyili
asosiga   qurildi.   Bu   tamoyil   metaforik   ifoda   zamiridagi   ikki   va   undan   ortiq
ob’ektlarni qiyosiy tavsiflash zarurati asosiga qurildi. 
XIX-XX asrlarda til hodisalari tadqiqida semantik nazariya vujudga kelgach,
qiyosiy   konsepsiya   kuchli   qarshilikka   uchradi.   Bu   fikrni   dastlab   J.Serl   va
M.Bleklar ilgari surishgan. 
J.Serl   metafora   verbal   ziddiyat   sababli,   boshqacha   aytganda,   ikki   ma’noviy
birlikning   to‘qnashishi   tufayli   kelib   chiqqanligini   ta’kidlaydi 23
.   M.Blek   esa
birinchilardan   bo‘lib   “metafora   o‘xshashlikni   aks   ettirmaydi,   balki   vujudga
keltiradi” degan fikrni ilgari surdi. 24
 Ko‘plab olimlar M.Blek izidan borib semantik
aloqadorlik   nazariyasi   ustida   ishlay   boshladilar.   Shu   bilan   birga   ular   metafora
o‘xshashlikni   tafsiflamaydi,   balki   ochadi,   hech   kimning   xayoliga   kelmagan
o‘xshashliklarni yuzaga chiqaradi degan fikrni ham ilgari surishadi. 
Qiyosiy   konsepsiya   metaforani   yaratishning   sanoqli   uslublarini   yoritib,
metafora   atamasini   ham   ba’zi   holatlardagina   qo‘llash   bilan   cheklanadi.   Shu
boisdan   bu   nazariya   tarafdorlari   metaforaga   tilning   bir   vositasi,   so‘zlar   o‘rnining
almashishi   yoki   kontekstual   siljish   sifatidagina   qaraydilar,   xolos.   Aslida
metaforada   aks   etgan   nisbatli   ma’nolar   zamirida   g‘oyalarning   bog‘liqligi   yotadi.
Metaforik   ma’noning   o‘ziyoq   qiyoslashdan   paydo   bo‘ladi   va   shundan   tilda
metafora vujudga kelgan. 
Metafora   ob’ektiv   borliqdagi   hodisalarni   anglashda   badiiy   obraz   va
okkazional   ma’nolarni   ishga   soladi.   U   kognitiv,   ifodaviy,   badiiy   va   semantik
vazifalarni   bajaradi.   X.Ortegi-i-Gassetning   so‘zlariga   ko‘ra   “metafora   –
tafakkurning   bebaho   quroli,   ilmiy   tafakkur   shakli…   metafora   –   bu   ismning
ko‘chishidir.” 25
 
Metafora shakllanishi va  tahlilida  to‘rt unsur ishtirok etadi:
23
Серль Дж. Метафора // Теория метафоры. – М., 1990. 
24
Блэк М. Метафора // Теория метафоры.  – М., 1990. 
25
Лингвистический энциклопедический словарь. – М., 1986. 
16 a)  ikki o b ’ ek t;
b)   ob’ektga munosabat;
v)   lisoniy kompetensiya;
g)   lisoniy bilim.
Metafora   bir   sinfga   tegishli   bir-biri   bilan   munosabatga   kirishayotgan   ikki
ob’ektning   belgilarini   o‘ zida   aks   ettiradi ,   ularni   boshqa   sinf ga   mansub   hodisa   –
ifodaning   faol   sub’ektiga ,   ya’ni   so‘zlovchi   shaxsga   bog‘laydi .   Bu   uchlik,   avvalo,
kognitiv   “burchak”   hosil   qiladi.   Masalan,   odamni   tulki   deb   atashganda,   bir
ob’ektga ikkinchi bir ob’ektdagi zotiy belgi – ayyorlik sifatini nisbat beradilar va
bunda   sub’ektning   ushbu   diskursiv   faoliyatida   uning   kognitiv   imkoniyati,   ya’ni
ushbu   sinfga   mansub   hayvonlarning   o‘z   izlarini   yo‘qotishlari   haqidagi   bilimlari
bog‘lanadi.   Odam   odamga   bo‘ri   maqoliga   esa   yirtqichlar   orasida   faqat   bo‘rining
o‘z   o‘ljasiga   yeyish   uchun   emas,   balki,   avvalo,   o‘ldirish   maqsadida   tashlanishi
haqidagi bilim kognitiv poydevor vazifasini bajargan.
Ikki   turli   sinf   ob’ektlarining   aloqaga   kirishishi   va   ularning   xususiyatlari
yordamida   metaforaning   eng   asosiy   belgisi   –   ma’noviy   ikkiyoqlamalik   yuzaga
chiqadi.   Metaforik   ma’noli   leksema   bosh   ma’no   bilan   hosila   ma’noni   o‘zida
noto‘liq   distributiv   asosda   birlashtiradi.   Shu   ma’noda,   N.D.Arutyunovaning
fikricha,   metafora   bu   -   “nutq   tropi   yoki   mexanizmi   bo‘lib,   u   yoki   bu
munosabatdagi   o‘zaro   muqobil,   biror   sinfga   taalluqli   bo‘lgan   ashyolar   va
hodisalarning boshqa sinfga mansub ob’ektni tavsiflashda yoxud mazkur ob’ektga
muqobil   hisoblangan  boshqa   sinfga  mansub   ob’ektlarni   nomlashda   qo‘llaniluvchi
so‘z   ifodasida   namoyon   bo‘ladi.” 26
  Zero,   metafora,   ta’kidlanganidek,   semantik
jihatdan   ikkilangan:   metaforik   ma’noni   leksemaning   asos   ma’nosidan   ayricha
tasavvur   qilib   bo‘lmaydi.   Bu   –   uning   eng   asosiy   belgisi   bo‘lgani   uchun   uni
aniqlanuvchidan   ayro   holda   tasavvur   qilib   bo‘lmaydi.   Til   metaforasida   ma’no
doimiy, u bevosita so‘zlarga o‘z ma’nosini anglatuvchidek aloqadordir.
26
Арутюнова Н. Д. Метафора // Лингвистический энциклопедический словарь. – М., 1990. – С. 
29. 
17 Lisoniy   metafora aslida yangi   leksema manbai bo‘lmasa - da,   yangi so‘z hosil
qilish   vositasi   hisoblanadi.   Chunki   leksemaning   nutqdagi   har   qanday   ko‘rinishi
alohida   so‘z,   qaytarilmas   denotativ   ma’noli   birlikdir.   U   bir   tomondan   tavsiflash,
ikkinchi   tomondan,   atash   xususiyatiga   ega.   Masalan,   ohu,   tulki,   ayiq   (odam
haqida) kabi metaforalar tavsiflash vazifasini bajarsa,   choynakning burni, stulning
oyog‘i   kabi   birikmalardagi   metafora   atash   vazifasini   bajaradi.   Tavsiflovchi
metafora badiiy matnda estetik qiymat ham kasb etadi. 
Metafora   tilning   rivojlanishida,   uning   ifoda   imkoniyatlarining   kengayishida
muhim   unsur.   Aynan   metafora   ko‘plab   lisoniy-nutqiy   jarayonlar   –   sinonimik
vositalarning   shakllanishi   va   rivojlanishi,   yangi   ma’no   va   bo‘yoqlarning   paydo
bo‘lishi,   polisemiyaning   vujudga   kelishi,   emotsional-ekspressiv   leksikaning
boyishiga   xizmat   qiladi.   Shu   bilan   bir   qatorda ,   metafora   insonning   ichki   mental
dunyosiga   aloqador   tushunchalarni   verballashtirishga   imkon   beradi.   Zero,
“ m etaforasiz   ko‘rinmas   olam ”   leksikasi   tilda   mavjud   bo‘lmas   edi”. 27
  Metafora
inson   hayoti   va   faoliyatini   to‘la   qamrab   olgan   va   nafaqat   til ,   hatto   tafakkur   va
faoliyatning   ham   to‘laqonli   birligidir .   Chunki,   N.D.Ar u tyunovaning   fikri cha,
metaforani   tadqiq   etish   tobora   inte n sivlashib,   tafakkur   mahsuli   bo‘lgan
bil i m lar ning   ham   turli   yo‘nalishl a rini   o‘z   ichiga   oladi.   Ilmiy   tafakkurning   turli
yo‘nalishlari   o‘zaro   aloqaga   kirishishi   natijasida   esa   kognitiv   yondashuvlar
vujudga keldi.  Kognitiv tamoyillar asosidagi metafora esa ham lisoniy, ham badiiy
qimmati bilan alohida mavqega ega bo‘lib, tilshunoslik, lingvokognitologik hamda
lingvopoetik nuqtai nazardan o‘rganishda serqirra ob’ekt sifatida namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagi   fikrlarga   xulosa   o‘rnida   kognitolog   Yu.S.Stepanovning   quyidagi
mulohazalarini   keltirish   o‘rinli:   “Metafora   –   tilning   fundamental   xususiyati…   tor
doiradan   o‘ziga   to‘g‘ri   keladigan   va   ayni   nutq   payti   va   vaziyatiga   muvofiq
belgilarni ajratib oladi va mutlaqo yangi qiyofa va shamoyil hosil qiladi.” 28
 
Kognitiv   metafora.   O‘tgan   asrning   so‘nggi   choragida   rivojlanish   pallasiga
kirgan   yangi   lingvistik   paradigmalar   uchun   metafora   birlashtiruvchi   fenomenga
27
Арутюнова Н. Д. Метафора и дискурс // Теория метафоры.  – М., 1990. – С. 5 – 51. 
28
Степанов Ю. С. В трехмерном пространстве языка. – М., 1995. 
18 aylandi,   metaforaning   lingvistik   asosdagi   chuqur   va   atroflicha   tadqiqi   esa
lingvokognitologiyaning   shakllanishiga   turtki   bo‘ldi.   Ammo   XX   asrning   so‘nggi
o‘n   yilliklariga   qadar   yuqorida   zikr   etilgan   konseptual   nazariyadagi   metafora
fenomeni   tilshunoslarning   e’tiborini   jalb   etgan,   bu   borada   yaratilgan   tadqiqotlar
tasodifiy tusda bo‘lib, alohida nazariya sifatida shakllanmagan, kurtak holida qolib
ketgan   edi.   Faqat   E.Makkormakning   “Metaforaning   kognitiv   nazariyasi”
tadqiqotida   metafora   kognitiv   tilshunoslik   doirasida   fikrlash   uslubi   sifatida
ko‘riladi,   xolos.   E.Makkormakning   fikricha,   metaforaning   vujudga   kelishiga   bir
qarashda   kesishmaydigan   semantik   konseptlarning   birlashishi   sabab   bo‘lgan.   Bir
tomondan,   metafora   o‘z   referenti   bilan   o‘xshashlikka   ega.   Zero,   u   tushunarli
bo‘lishi lozim. Boshqa tomondan esa farqlarga ega, chunki metafora yangi ma’no
yaratish   uchun   paydo   bo‘lgan.   Moddiylikka   ega   belgilarni   bevosita   kuzatishda
berilmagan ob’ektlar bilan bog‘lab, kognitiv metafora gnoseologik vazifa bajaradi
va   bunda   mavjud   bilimlar   “yangi”   ob’ektdagi   bilimlar   bilan   birlashadi.   Bu   kabi
kognitiv   metaforalar   nozik   semantik   tafovutlarga   ega   obrazli   tilni   yaratadi,   shu
bilan   birga,   so‘zlararo   semantik   yaqinlashuvni   amalga   oshiradi.   Masalan,   ko‘ngli
sovimoq   metaforik   ifodasi   “muhabbat   so‘nishi”   ma’nosida   kelsa,   bunday
tuyg‘ularning   kuchayishini   ehtiroslar   olovi   metaforik   ma’no   asosidagi   birikma
ifodalaydi.   Metaforaning   obrazliligi   okkazional   ma’noning   uzuallashuvi,   bilimlar
qiyosi natijasining ijtimoiylashuvi natijasida susayadi. 
Konseptual   metafora   masalasi   insonning   tafakkur   jarayonini   tadqiq   qilishga
undadi   va   bu   olimlarning   metaforani   dunyo   haqidagi   inson   bilimlarining
verballashgan ko‘rinishi  sifatida e’tirof  etishlariga olib keldi. Ushbu masala  bilan
70-80   –   yillarda   A.   Xili,   R.Xarris,   A.   Ortoni,   R.Reynolde   va   ko‘plab   boshqa
olimlar   shug‘ullanishgan.   Konseptual   metafora   nazariyasi,   ayniqsa,   J.Lakoff   va
M.Jonson   tadqiqotlarida   aniqroq   ko‘zga   tashlanadi. 29
  Ular   konseptual   metaforani
bir   konseptual   yo‘nalishdagi   bilimning   boshqasi   bilan   kesishuvi   sifatida
ta’riflashadi. 
29
Лакофф Д., Джонсон М. Метафоры, которыми мы живем // Теория метафоры. – М., 1990.
 
19 Zamonaviy   fan   barcha   aqliy   qobiliyat,   ijod   va   obrazli   fikrni   metaforik
tafakkur   va   metaforik   bilimga   bog‘laydi.   Kognitiv   jarayon   davomida   sub’ekt   o‘z
xotiralarini   ishga   soladi,   ko‘pincha   mantiqan   bir-biridan   yiroq   ikki   referentni
aniqlab, ular o‘rtasida ma’noviy aloqani vujudga keltiradi – metaforani hosil qiladi.
O‘z-o‘zidan,   tafakkur   tarzi   nutqda   o‘z   ifodasini   topadi:   muallif   metaforani,
boshqacha   aytganda,  til   obrazini   yaratadi,   u  bilimlar   zamiriga  quriladi.  “Umumiy
psixologiyada til kognitiv jarayonni hosil qiluvchi asosiy manba sifatida qaraladi.
U   inson   tabiatining   boshqa   turlarga   qaraganda   tafakkurni,   qabul   qilishni,   xotira,
masalalar yechimi, aql va qobiliyatni ko‘proq ifodalaydi”.   Bir ob’ekt anglaganda,
har xil ong  turli  axborot oladi,  chunki har bir insonda kognitsiya o‘ziga xosdir . 
Mu h im   metaforik   konstr u ksiyalarning   aksiologik   maqomi   til   tashuvchilar
ongida   mujassamlangan .   Okkazion al   metafora   (umuman,   metafora   ilk   nutqiy
holatida   okkazionaldir)   ishlatilganda   u   til   birligi   maqomi,   metaforik
konstruksiyaning   asosi   sifatida   yuzaga   chiqadi .   Metaforik   ma’no   asosidagi
birikmaning   semantik   qiymati   bir   tekis   st r ukturaga   ega   bo‘lmaganligi   sabab li
metaforik   birlikning   axborot   imkoniyati   signifi k ativ-miqdoriy   semanti k
evrilishlarga   qarab   belgilanadi,   ular ,   o‘z   navbatida ,   til   sohiblari   nutqida   yoki
adresatning nutq qodini ochish  jarayonida faollashadi. 
Predikat darajasidagi konnotatlarga ob’ektiv borliqda, odatda, o‘zaro aloqador
bo‘lmagan   ob’ektlar   obrazi   kiradi:   muz,   suv,   kristall,   sut   va   h.   Ularning   gapdagi
funksiyasi  predikativ ma’nolarning birinigina ifodalash uchun xizmat qiladi:   Olov
–   issiq.   Yomg‘ir   yog‘adi.   Qor   –   oppoq.   Sut   –   qorga   o‘xshash .   Bir   predikativ
birlikda   ikkinchi   bir   ma’no  yuzaga   chiqmaydi.   Omonimik  holatlarda   esa,   albatta,
so‘zlovchining   nimani   nazarda   tutganligi   muammoni   hal   qiladi.   Agar   konnotativ
obraz   til  tashuvchilar   ongida  bir  emas,  bir   nechta  predikat   belgisini  anglatsa   ( oq:
qor, sut ) ham, bu nda ma’no ni  kontekst  reallashtiradi .   
Konnotativ   obraz   birorta   predikatning   belgisiga   mos   kelmay,   bir   qator
qo‘shimcha   jihatlarini   namoyon   qilsa,   konnotativ-predikativ   vazifa   nominativ-
predikativ   vazifaga   aylanadi,   ya’ni   ob’ektning   voqelikdagi   nomini   shartli   nom
bilan   almashtiradi:   mushuk,   maymun,   eshak   va   h.   Konnotativ   obrazli   ifoda
20 nominativ ma’no bildirish uchun qo‘llanganda, unga yuklangan predikativ belgilar
til vaziyati va nutqni sodir qilayotgan sub’ektning o‘ziga xosligi sababli farqlanishi
mumkin.   Demak,   aytish   mumkinki,   kognitiv   nuqtai   nazardan   konnotativ
metaforaning til sistemasida vujudga kelishi asosan ikki vazifa sababli yuz beradi: 
a) atash - predikativ vazifa;
b) konnotativ - predikativ vazifa. 
Bu holat ong ostida ham, ong ustida ham amalga oshishi mumkin.
Agar   predikativ   belgi   ( Odam   –   bo‘ri )   ni   faollashtirish   uchun   ishlatilgan
konnotativ   obraz   ( bo‘ri )   atash-nomlash   vazifasini   ham   bajarsa   (laqab,   ism
vazifasida), metaforizatsiya uchinchi bosqichga ko‘tariladi. 
Ta’kidlash joizki, lisoniy tizimda predikativ asosli konnotatlar mavjud bo‘lib,
ular   alohida   qismlar   va   struktur   uzvlarni   metaforik   asosda   nomlashga   xizmat
qiladi:  somon  (soch),  oltin  (xazonrezgi). 
Konnotatga   aniq   sub’ekt   munosabati   bo‘lmaganda   (masalan,   odatlanilgan
birliklar   ishlatilganda:   havorang   lenta   –   daryo,   oq   xalatli   insonlar   –   vrachlar )
metaforaning   vazifasi   uslubiy   vazifa   bilan   chegaralanadi.   Bu   kabi   metaforik
birikmalar gapda betaraf til birliklarining ma’nodosh muqobillari sifatida namoyon
bo‘ladi yoki nutqqa ayrim estetik “ustama” berish uchun ishlatiladi.
Metaforik   ma’nolar   reallikdagi   voqea-hodisa   va   buyumlarni   emotsional-
ekspressiv   aks   ettirishga   qaratilgan   bo‘ladi.   Har   qanday   metaforik   ko‘chish
giperbolizatsiyaga   olib   keladi.   Ayniqsa,   bu   hol   situativ   metaforik   birikmalarda
yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Belgini metaforik qurilma yordamida kuchaytirish imkoniyati tevarak-atrofni
sub’ektiv   idrok   “ko‘z”i   bilan   ko‘rish   va   ob’ektiv   voqelikning   xolis   ifodalanishi
orasidagi muammoni ko‘taradi. 
Insonni   o‘rab   turgan   voqea-hodisa   va   predmetlar   sifatiy   hamda   miqdoriy
tabiatga   ega.   Bu   xususiyatlar   inson   ongida   ma’lum   bir   kognitiv   strukturaning
ajralmas qismi sifatida  mavjud  bo‘ladi. 
Lakoffning   metafora   haqidagi   nazariyasiga   murojaat   qilar   ekanmiz,   bu
nazariya ajoyib konsept  misolida o‘zini  namoyon qiladi. Masalan,  olim   Love is a
21 journey   (“Sevgi bu sayohat”)  metaforik birikmasida “sayohat” tushunchasini  aniq
kognitiv   jarayonlar   natijasida   muhabbat   konsepti   bilan   bog‘laydi.   Lakoffning
fikricha,   metafora,   avvalo,   konseptual   xususiyatning   namoyon   bo‘lishi,
bilimlarning   reallashuvidir.   Lakoff   ta’kidlaganidek,   muhabbat   va   sayohat
konseptlarining   birlashishi   nafaqat   grammatik,   balki   leksik   uyg‘unliklarga,
qolaversa,   kognitiv   muvofiqlikka   ega.   Ya’ni   uyg‘unlik   “kognitiv   –   leksik   –
grammatik”   aloqa   darajalanishiga   ega.   Konseptual   uyg‘unliklarni   izohlash   uchun
Lakoff  metaforik ssenariy  atamasini fanga kiritdi. Yuqoridagi  muhabbat  konseptini
ifodalash uchun qo‘llangan   sayohat   metaforik ifodasi kognitiv ssenariysi  shunday
ko‘rinishga ega: 1) Sevishganlar birgalikda sayohat qilishadi. 2) Ularning umumiy
hayotiy   maqsadi   sayohatning   so‘nggi   nuqtasidir.   3)Oshiq-ma’shuqlarning
munosabatlari   esa   bir   maqsadga   uyg‘unlashmaguncha   rivojlanib   boraveradi.   4)
Sayohat oson ish emas. Yo‘l davomida ko‘plab to‘siqlar uchraydi, bu holda qaysi
yo‘lni tanlash uchun qaror qilishga to‘g‘ri keladi. 
Mazkur   metaforani   hosil   qilish   uchun   xizmat   qilgan   kognitiv   ssenariy
(bilimlar silsilasi), albatta, konseptlar ifodalovchilarining sinonimik muqobillarida
farqlanadi. Har bir ma’nodosh leksemada semantik qiymat o‘ziga xos bo‘lish bilan
birga,   ular   ifodalaydigan   konseptual   bilimlarda   ham   tafovutlar   borligi   haqidagi
farazni   ham   ilgari   surish   mumkin.   J.Lakoff   metaforologiya   nazariyasini
rivojlantirib va yangi sifat bosqichiga ko‘tarib, juda ko‘plab an’anaviy talqinlarga
o‘z e’tirozini bildirdi. Ulardan ayrimlari sifatida quyidagilarni ko‘rish mumkin:
1) har qanday predmet yoki hodisani to‘g‘ridan-to‘g‘ri, metaforasiz tushunish
mumkin; 
2) metafora eng ko‘p tarqalgan soha she’riyatdir; 
3) metafora – faqat lisoniy ifodadir;
4)   metaforik   ifodalar   mohiyatan   yolg‘onlardir.   Haqiqiy   til   metaforasiz,
“to‘g‘ri” tildir. 30
J.Lakoff va M.Jonson oddiy, jonli nutqdan olingan misollar asosida fikrlarini
dalillab, quyidagi xulosalarga kelishadi: 
30
Лакофф Д., Джонсон М. Метафоры, которыми мы живем // Теория метафоры. – М., 1990.
22 – metafora bizga mavhum tushunchalarni anglashga va ular ustida mulohaza
yuritishga yordam beradigan muhim mexanizmdir; 
–  m etafora  tabiatan   lisoniy emas ,  balki konseptual hodisadir;  
–  m etafori k   ma’no   no metafori k ma’noga tayanadi;
–  odatlanilgan konseptual metaforalar anglanmaydi, balki avtomatik ravishda,
sezilarsiz qo‘llanadi;
–   m etafora   mantiqdan   ko‘ra   ko‘proq   tajribalarga   suyanadi.   Tajribalar
mantiqiy yondashuvning asosidir; 
– metaforik tizim leksikonda ham, til grammatikasida ham mavjud; 
–nazmiy   metafora   umum   metaforik   tafakkurning   kengayishi   va
individuallashuvi mahsulidir. 31
Lingvokognitiv   nuqtai   nazardan,   metafora   nafaqat   lisoniy   vositalar
yordamida,   balki   imo-ishora,   shuningdek,   urf-odatlar,   rasm-rusumlar   vositasida
ham   hosil   qilinadi.   Shu   boisdan,   metaforani   tadqiq   qilish   keyingi   vaqtlarda
tilshunoslik   doirasidan   chiqib,   madaniy   aspekt   bilan   bog‘liq   sohalarda   ham
kengaymoqda.
Zamonaviy   kognitiv   tilshunoslik   metaforani   nutqni   bezash,   tushunarli   qilish
vositasi   bo‘lgan   trop   degan   aqidalardan   voz   kechib,   uni   butun   boshli   tafakkur
shakli sifatida e’tirof etmoqda. Kommunikativ tilshunoslik esa metaforaga aql, his
va   irodaga   ta’sir   qiluvchi   muhim   ta’sir   quroli   sifatida   munosbatda   bo‘lmoqda.
Kognitiv   nuqtai   nazardan   metaforik   obrazlar   mental   jarayonlarni,   milliy,   guruhiy
va   shaxsiy   o‘zini-o‘zi   anglash   faoliyatini   tadqiq   qilish   usulidir.   Aynan   shu
hodisalar   metaforologiyadan   kognitiv   lngvistikaning   o‘zi   uchun   “ajratib
olayotgan” o‘rganish predmetidir.
Kognitiv   metaforalarda   borliqni   anglash   yoki   tushuntirishning   universal
sxemalari   mujassamlashgan   bo‘ladi.   Uni,   ta’bir   joiz   bo‘lsa,   yangi   bilim   hosil
qilishning   muhim   vositalaridan   biri   sifatida   qaramoq   lozim.   J.Lakoff   fikricha,
metaforani   tajribani   tushunishga   jalb   qilish   inson   tafakkurining   eng   ustuvor
31
Лакофф Д., Джонсон М. Метафоры, которыми мы живем // Теория метафоры. – М., 1990.
23 usullaridan   biridir. 32
  Aqliy   tafakkur   ma’lum   ma’noda   metaforik   modellarga
tayanadi.   Idrokka   intilgan   tafakkur   sezgilarga   tayanadi,   hislar   esa   metaforik
fikrlashga olib keladi. 33
Bob bo‘yicha xulosalar
1.  Badiiy matnda  metafora muhim ahamiyat kasb etadi. Metafora inson ongi
rivojining,   tafakkuri   taraqqiyotining  muhim   omili   hisoblanadi.   U  insonning   ilmiy
va badiiy  tafakkuri   o‘sishida   katta  o‘rin tutadi.  Shu  boisdan  metaforani   o‘rganish
boshqa aspektlarda bo‘lgani kabi, lingvokognitiv va lingvopoetik ahamiyatga ham
ega.   N.Norqobilov   insonning   ruhiy   holati,   ichki   kechinmalari,   xarakterini,
o‘zgalarga, atrof-muhitdagi hodisalarga bo‘lgan ijobiy yoki salbiy munosabatlarini
ochib   berish   uchun   bir   qator   metaforalar   qo‘llangan   bo‘lsa,   ayrim   o‘rinlarda
tabiatni,   hayvonlarning   holatini   ochib   berish   uchun   yozuvchining   individual
mahoratiga xos metaforalar qo‘llangan.
2.   Metaforalar   o‘ziga   xos   estetik   qimmatga   ega.   Ular   asar   badiiyatida
tabiiylik,   soddalik,   xalqchillikni   yuzaga   chiqaradi.   N.Norqobilov   qissalarda
voqelikni   real   tasvirlashda,   unga   mahalliy-milliy   ruh   bag‘ishlashda,
personajlarning   dunyoqarashini,   e’tiqodini,   ruhiyatini   jonli   ifodalashda,   qissa
personajlarining   xarakter-xususiyatlari,   nutqini   individuallashtirishda,   intim-ruhiy
kechinmalarni   ifodalashda,   voqelikka   mos   tarzda   ichki   va   tashqi   ma’naviy
olamidagi   dunyoqarashini   yaqqol   aks   ettirishda   tabiiylikka,   soddalikka,
asarlarining   «o‘qishli»   bo‘lishiga   intilgani   uning   metaforalardan   unumli
foydalanganidan ko‘rinib turibdi.  
3.   N.Normurodov   metaforalardan   qissalari   tilining   badiiy-obrazliligini,
estetik   ta’sirchanligini   oshirishda,   personajlar   nutqini,   xarakter-xususiyatlarini
o‘ziga   xos   tarzda   ifodalashda,   jonli   so‘zlashuv   tiliga   xos   milliy-mahalliy   kolorit
32
Лакофф Д. Когнитивная семантика // Язык и интеллект. –   М., 1995.
33
Минский М. Остроумие и логика когнитивного и бессознательного // Новое в зарубежной 
лингвистике. Вып.  XXIII . – С. 291 – 292.
24 bag‘ishlashda,   qolaversa,   o‘zining   individual   uslubiga   xos   tasvir   yaratishda,
xususiy   yashirin   ma’noga   ishora   qilishda,   qahramonlar   portretini,   intim-ruhiy
kechinmalarini   intensiv   usulda   tasvirlashda   o‘ta   mohirlik   bilan   foydalanib,   ularni
asarning   umumiy   g‘oyasiga   xizmat   qiluvchi   obrazli   ta’sirchan   tasviriy   vositaga
aylantira olgan.
4 .   Kognitiv   metafora   tizimli   tabiatga   ega   va   inson   ongida   uning   qator
modellari   mavjud .   Kognitiv   metafora   konnotativ   va   denotativ   shaklda   bo‘lishi
mumkin.   Kognitiv   metafora   bir-biridan   mutlaqo   uzoq   konseptlarni   bog‘lash
imkoniyatiga   ega   va   ularning   birini   boshqasiga   tayangan   holda   anglash   imkonini
beradi.   O‘rganilmagan   ob’ektni   konseptuallashtirishda   kognitiv   metaforaga
tayaniladi.
25 II-BOB. 
NORMUROD NORQOBILOV QISSALARIDA METAFORADAN
FOYDALANISH MAHORATI 
O‘zbek   tilshunosligida   metafora   haqidagi   dastlabki   ma’lumotlar
R.Qo‘ng‘urov,   M.Mirtojiev,   M.Mukarramov,   E .Qilichev   kabi   olimlarning   ilmiy
risolalarida   uchraydi 34
.   Bundan   tashqari,   metaforaning   lisoniy   xususiyatlarini
o‘zida aks ettiruvchi maqolalar e’lon qilingan 35
. Metafora obrazning nafaqat tashqi
qiyofasi,   balki   uning   ruhiy   olamida   kechayotgan   holatlarni   tinglovchi   yoki
o‘quvchi   kutmagan   favqulodda   badiiy   hukm   asosida   tasvirlash   yoki   ifodalashga
yo‘l   ochadi.   Shuning   uchun   metaforalar   eng   ko‘p   ijodiylikni   talab   etishi   bilan
boshqa   badiiy   tasvir   vositalaridan   farq   qiladi.   Metafora   yaratish   ijodkordan   keng
dunyoqarash,   olam   va   odam   haqida   chuqur   fikr   yurita   olish,   ruhiyat   va   tabiatni
yaxshi bilishni talab etadi.
1.1. Normurod Norqobilov  qissalarining tili va uslubi haqida
Yozuvchi   hayotni  xarakterlar   va  kartinalar  vositasida  aks  ettirar   ekan,  jonli
xalq   tili   boyliklaridan   ham,   adabiy   til   normalaridan   ham   keng   foydalanadi:   o‘z
34
 Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. – Тошкент: Фан, 1977. – Б. 15-19;  
Мукаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатиш. – Тошкент: Фан, 1976. – Б. 11-15;  Қиличев Э. Бадиий 
тасвирнинг лексик воситалари. – Тошкент: Фан, 1982. – Б. 71-79.
35
  Усмонов   С.   Метафора   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти.   –   Тошкент,   1964.   –   №4.   –   Б.   34-36;
Миртожиев М. Лингвистик метафоралар таснифи //  Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1973. –
№4. – Б. 57-61; Тохиров З. Метафора лексема-семемасининг прагматик семаси // Ўзбек тили ва
адабиёти. – Тошкент, 1983. – №1 – Б. 74-77; Қобулжонова Г. Метафора – номинациянинг асоси
сифатида  //   (Анъанавий  Аюб   Ғуломхонлик  материаллари.)  2-чиқиш.   –  Андижон,  1995.   –  Б.  90-
91. 
26 navbatida ham jonli tilning, ham adabiy tilning o‘sishiga hissa ko‘shadi. Yozuvchi
hayot   voqealarini   tasvirlar,   obrazlar   yaratar   ekan,   jonli   til   boyliklaridan   xam,
adabiy   tilning   o‘sishiga   ma’lum   hissa   qo‘shadi.   Yozuvchi   asarning   mavzusi,
voqealarning   mohiyati   va   personajlarning   xarakteriga   qarab   so‘z   va   iboralar
tanlaydi,   gap   qurilishi   usullaridan,   dialektlardan,   inversiya,   arxaizm,   neologizm,
jargon va boshqa leksik resurslardan foydalanadi. Bu borada N.Mahmudov yanada
aniqroq fikr bildiradi: «So‘z san’atkori muayyan bir tilda dunyoni badiiy obrazlar
orqali   qayta   gavdalantiradi,   ammo   dunyoni   bunday   badiiy   qayta   gavdalantirish
barcha   ijodkorlarda   aynan   bir   xil,   aynan   bir   yo‘sinda   bo‘ladigan   bo‘lsa,   buning
oddiy  taqlidchilikdan   farqi   qolmaydi.   Shuning  uchun   ham   muayyan   bir   tilda   ijod
qiladigan   ikki   ijodkorning   dunyoni   ko‘rishi,   eshitishi   va   badiiy   idrok   qilishida
o‘ziga   xos   farq   mavjud   bo‘lishi   lozimligi   barkamol   badiiyatning   azaliy   talabidir.
Zotan, ana shu farq ijodkor mahorati, uning til va uslubdagi ustaligi, o‘ziga xosligi
tarozisining shayini bo‘lib keladi. Tabiiyki, dunyoni o‘ziga xos ko‘rish, eshitish va
badiiy idrok etish, eng avvalo, badiiy tilda zuhur etadi.» 36
Mustaqillik   sharofati   bilan   bugungi   kundagi   o‘zbek   millatining   shuhratini
olamga   yoyayotgan,   o‘zining   ijodi   bilan   xalqimizning   ma’naviy   dunyoqarashini
shakllantirishga   munosib   hissa   qo‘shayotgan   allomalar   ko‘pchilikni   tashkil   qiladi
va   ular   xalqimiz   tarixida   o‘zlarining   mustaqillik   mafkurasi   va   aql-idrok   bilan
milliy-ma’naviy   vatanparvarlikni,       ma’naviy     dunyoqarash       bilan       hayotiy
zukkolikni   o‘zida mujassam  etgan buyuk ijodkorlar ko‘p bo‘lgan va ular orasida
Normurod Norqobilovning ham o‘ziga xos o‘rni  bordir. 
Normurod   Norqobilov   1953-yil   7-iyunda   Qashqadaryo   viloyatining
Yakkabog‘   tumanidagi   Qishliq   qishlog‘ida   tug‘ilgan.   Yozuvchi   o‘z   bolaligini
shunday   xotirlaydi:   «…kaminaning   yozuvchilikka   havas   va   ishtiyoqi   bolalikda
ertaklar   tufayli   yuzaga   kelgan   desam   sira   yanglishmayman.   Ne   baxtki,   onam
Hanifa Omon qizi ertakchi ayol edi. U minglab ertaklar bilardi va har oqshom to
yarim tungacha qorachiroq nuridan yoritilgan o‘n bolorli uyimizda ertak aytilardi.
36
  Маҳмудов   Н.   Тилимизнинг   тила   сандиғи.   –   Тошкент:   Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-матбаа   ижодий
уйи, 2012. 110-б.
27 Zamon og‘ir, kitoblar topish qiyin, topilganini ham birpasda o‘qib tashlardik. Boz
ustiga, kattalar  qatori  biz bolalar  ham  mehnatga tortilgandik. Deylik, kuz  va qish
tunlari   oddiygina   ko‘rak   chuvish   biz   bolalar   zimmasida   edi.   Kunduzlari   har   bir
xonadonga aravada qop-qop ko‘rak olib kelib tashlanardi va tonggacha biz ularni
chuvib bo‘lishimiz lozim edi. Bola uchun dunyoda ko‘rak chuvishdek zerikarli va
bema’ni   ish   bo‘lmasa   kerak.   O‘rtada   uyilib   yotgan   ko‘raklarni   ko‘rganda   olam
zimiston   tortib   ketardi,   tashqarida   qora   sovuq,   tunda   boshlanib   tongga   yaqin
tinadigan   shamolning   uvillashi   yurakka   battar   g‘ashlik   solardi.   Bunga   uzoq-
yaqindagi   bo‘rilarning   uvlashi   qo‘shilganda   dunyo   yakkash   xavf-xatardan
iboratdek tuyulardi. Ana shunday paytlarda ertak jonga ora kirardi. Onamiz ertak
boshlashi   bilan   uy   ichi   kengayib,   yorishib   ketganday   bo‘lardi.   O‘rtada   uyilib
yotgan   yoqimsiz   ko‘raklarni   barmoqlarimizgina   sezar,   aql-hushimiz   esa   ertak
voqealariga   og‘ardi.   Bo‘rilarning   uvlashlari   bamisli   hofizning   qichqirig‘idek
tuyulib,   murg‘ak   yuragimizda   ortiq   dahshat   hissini   tug‘dirmasdi.   Negaki,
aytilayotgan ba’zi ertaklarda u qonxo‘r maxluq emas, tanti va mard jonivor sifatida
talqin   etilardi-da.   Umuman   olganda,   ayrim   tunlari   bo‘rilar   qishloq   oralab,
kimningdir   qo‘rasiga   tushgudek   bo‘lsa,   odamlar   bu   hodisani   fojea   o‘rnida   qabul
qilmas, yengilgina qo‘l siltab: “Aka kep, haqini obketdi-da”, deb qo‘ya qolishardi.
Bir tomondan ertak, ikkinchidan esa qishloq kattalarining bo‘rilarga nisbatan bu xil
qarash   va   munosabatlari   biz   bolalar   qalbida   ularga   nisbatan   ozmi-ko‘pmi   hurmat
hissini   uyg‘otmay   qolmasdi.   Tashqarida   shamol   quturar,   ichkarida   esa   onamiz
ertak   aytardi.   Ertak   bahonasida   o‘rtadagi   ko‘rak   chuvilishi   lozim   edi.   Shuning
uchun   ertak   deganlari   bir-biriga   ulanib   ketaverardi.   Uzoq   tunda   aytiladigan
ertakning   sehri   boshqacha   bo‘ladi…   Keyin-keyin   esa   tengqurlarim   orasida   o‘zim
ertak aytishni odat qildim. Ular qolib, katta yoshdagi bolalar og‘zimga tikilganini
ko‘rib   hayron   qolardim   va   bilganlarim   tugab   qolgudek   bo‘lsa,   o‘zim   ertak   to‘qiy
boshlardim.   To‘qigan   ertaklarimda   yovuzlik   va   yorug‘likdan   tashqari,   hayvonot
dunyosiga   nisbatan   bo‘lgan   munosabatimu   muhabbatim   aks   etardi.   So‘ng   menda
ularni   qog‘ozga   tushirish   fikri   paydo   bo‘ldi.   Biron   yerda   chop   ettirish   emas,
shunchaki yozgim kelgani uchun yoza boshladim.  Mashqlarimni biron gazeta yoki
28 jurnalga yuborish tushunchasi yo‘q edi menda. Axir uchinchi sinf bolasida bu fikr
qaydan   bo‘lsin.   Keyinchalik   ertak   to‘qishdan   qoniqmay,   bilib-bilmay   hikoya
janriga qo‘l urdim. Bu holat tafakkur qila boshlaganimni bildirardi. Tafakkur qilish
esa kaminada ertak aytish ishtiyoqini so‘ndirdi, kamgap bo‘lib qoldim. Oqshomlari
maysa ustida o‘mbaloq oshib, bolalar bilan kurash tushish ishtiyoqi tark etdi meni.
Kamina endi borliqqa o‘zga nigoh bilan nazar sola boshlagandi. Tabiat hodisalari
va   fasllar   almashuvidan   o‘zimcha   ma’no   qidiradigan   bo‘ldim.   Uy   burchagidagi
javonda   o‘qigan   kitoblarimning   soni   ortgani   sayin   nafaqat   tafakkurimda,   balki
fe’limda   ham   o‘zgarishlar   sodir   bo‘la   boshlagandi.   Kitoblar   ta’sirida   qishloqqa
sig‘may qoldim. Dala-dashtu qir-adirlarga intila boshladim. Qishloqdan narisi qir-
adirlik,   so‘ng   chek-chegarasiz   tog‘lar   boshlanardi.   Sukunat   bag‘riga   cho‘mib,
istaganingcha   xayol   sur,   xalal   beruvchi   biror   kimsa   yo‘q,   jonivorlar   esa   g‘ij-g‘ij
edi. Bu paytda jonivorlarga ozor berishdan tiyilgandim. Chunki bu dunyoda barcha
narsa tabiiy uyg‘unlik asosiga qurilgani va tabiatga ozor beruvchi yolg‘iz jon odam
bolasi   ekanligini   favqulodda   anglab   yetgandim.   Oqibat,   yovvoyi   tabiat   va
jonivorlar   do‘stimga   aylandi.   Ular   haqida   yoza   boshladim.   O‘quvchilarga   o‘zim
ko‘ra   bilgan   va   his   qilgan   dunyoni   ko‘rsatish,   ularni   ogohlantirish   uchun   yoza
boshladim.   Men   dunyoni   o‘zgartirishni   istardim.   Yozganlarim   bilan   go‘yo   dunyo
o‘zgarib   qoladigandek   edi.   Buning   qarangki,   taqdir   jonivorlarga   nisbatan
munosabatim  o‘zgachiligini   sezganday,  necha   va  necha  bor   meni   bo‘rilarga  duch
qildi. Itlar  haqida gapirmasam  ham  bo‘ladi. Ularning ovozidanoq nima demoqchi
ekanligini   sezadigan   bo‘ldim.   Chunki   ular   menga   shunchaki   it   emas,   tabiiy
uyg‘unlikning   jonli   bir   bo‘lagi   edi.   Sadoqatni   o‘shalarda   ko‘rdim,   mardlikni
bo‘rilarda  uchratdim.  Qishning   qirchillama  kunlaridan   birida   qirning   tor   o‘zanida
ularning to‘rttasiga to‘satdan ro‘paro‘ kelgan va azbaroyi qo‘rqqanidan yelkasidagi
miltiqni   olishga   ham   qurbi   yetmagan   yigitcha   men   edim.   Surishtirib   kelsa,   ular
emas, men bo‘rilarning yo‘lidan chiqib qolgandim. Shunda ular nima qildi dersiz?
Nima   qilishardi,   qorinlari   to‘q   ekanmi,   xuddi   to‘nkani   chetlab   o‘tganday,
yo‘rtishgancha  yonimdan  o‘tib  ketishdi.  Hatto birining quyrug‘i   barimga  surgalib
o‘tganday bo‘ldi. Endi ular o‘rnida xashaki itlarni tasavvur qilib ko‘ring – ular yo
29 tashlangan   bo‘lardi,   yo   izlariga   qaytib   ketardi.   Bo‘rilar   esa   izlariga   qaytishni
xayollariga   keltirmagandek,   menga   e’tibor   ham   berishmadi.   Yirtqichlarning   bu
qilig‘i, ya’ni odamni pisand qilmasligi juda qiziq bo‘ladi. Buni so‘z bilan ifodalash
qiyin. Bunaqa paytda ular sizga nigohini qadamaydi, shunchaki bir qarab qo‘yadi.
Ularning   bu   shunchaki   bir   ko‘z   tashlab   qo‘yishida   ulug‘vorlik,   o‘ziga   ishonch,
maydalikdan yiroqlik va yana ko‘p narsalar borki, bu holatni faqat badiiy asarlarda
tasvirlash mumkin. Shunga o‘xshash holatlarni zoti toza itlarda ham ko‘rganman.  
Hozir   o‘ylab   qolaman.   Nechun   bu   xil   holat   va   hodisalarga   bolalikdayoq
duch   kela   boshlaganman?   Bundan   tashqari,   azim   kentda   yashab   turib,   nechun
hozirda   umrimning   yarmi   tog‘u   toshlarda,   dashtu   sahrolarda   kechmoqda?   Javob
esa   bitta   –   bu   qismat.   Taqdirning   menga   atalgan   in’omi   bu.   Bolalikdan   ertaklar
olamida   ulg‘ayishim   esa   taqdirning   tuhfasidir.   Axir   shu   ertaklar   emasmi,
bolalikdayoq   menda   kitoblarga   havas   uyg‘otib,   dunyoqarashimni   shakllantirgan,
qalbimga   ezgu   tuyg‘ular   baxshida   etib,   tabiat   va   jonivorlarga   nisbatan   muhabbat
hissini   yuzaga   keltirgan.   Shuning   uchun   barcha   onalarga   hayqirib   aytgim   keladi,
bolalarga ertak ayting, onalar! 37
Yozuvchi   bo‘lmoq   uchun   hayotni   o‘rganmoq   kerak,   degan   shiorga   amal
qilib,   zavod   va   fabrikalarda   slesar,   temir   yo‘l   depolarida   vagon   tuzatuvchi,
stansiyalarda yuk tushiruvchi bo‘lib ishlagan va turli toifadagi kishilar bilan yaqin
muloqotda   bo‘lib,   ularning   xarakter   xususiyatlarini,   dunyoqarashlarini   o‘rgangan.
Ozmi-ko‘pmi bu o‘rganganlari asarlariga ko‘chgan. 
Yozuvchining   kechmishnomasiga   murojaat   qilamiz:   «Ijod   haqida   so‘z   yuritar
bo‘lsam,   yozganlarimni   uzoq   vaqtgacha   biron   yerda   chop   ettirishga
oshiqmaganman.   Darvoqe,   bolalikda   yozgan   mashqlarim   –   ertak   va
hikoyalarimning   bari   yo‘qolgan.   Qanday   qilib   yo‘qolgan,   buni   o‘zim   ham
bilmayman.   Shunchaki   mashqlar   bo‘lgani   bois   ularga   hozirda   achinmayman.
Keyin yozganlarimni esa… Qaytamga hayotni yaxshiroq o‘rganish maqsadida turli
37
  Нормурод Нор қ обилов. Адабиёт мангу ёни қ   қ алб нуридир // “Ёшлик” журнали, 2010 йил, 7 (236)-сон.
30 kasblarda,   hatto   o‘zim   yoqtirmagan   ishlarda   ham   ishlaganman.   Endilikda   o‘ylab
qolaman, to‘g‘ri qilganmanmi-yo‘qmi deb. Chamasi, to‘g‘ri qilganga o‘xshayman.
Kasb, kasbga bog‘liq turfa xarakterlarni o‘rganishning o‘zi bo‘lmaydi. Bu katta bir
maktab   hayotimda.   O‘zimcha   hayotni   o‘rganishga   yakun   yasab,   soham   bo‘yicha
matbuotda   ish   boshlashim   bilan   o‘tgan   asrning   saksonchi   yillarida,   go‘zal   bir
ijodiy  muhitga  tushib   qolganman.   O‘tkir   Hoshimov,  Erkin   A’zam,  Usmon   Azim,
Sirojiddin Sayyid, musavvir Odil Bobojon – bularning har biri o‘ziga xos olam edi.
Bu davralarda tafakkur yolqinlanardi, fikr nurlanardi. Adabiyotga o‘zni fido aylash
tushunchasi   qanotlantirilardi.   Ertaklar   meni   oyoqlatgan,   ijodiy   izlanishlar
dunyoqarashimni   shakllantirib,   o‘zligimni   anglatgan   bo‘lsa,   bu   ijodiy   muhit
kaminaga   ustozlik   qildi   desam   sira   xato   qilmagan   bo‘laman.   Turgan   gap,   ijodiy
muhitda gap ko‘p, u kishini mukammallikka yetaklaydi.   So‘zning zalvorli kuchini
teran   his   qilgan   holda,   uning   qatidagi   ranglarni   ilg‘ay   boshlaysiz.   Va   tinimsiz
ijodiy  izlanish   hayot   tarzingizga   aylanadi.   Adabiyot   qismatingiz,   uningsiz   tiriklik
ma’nisiz   va   tussiz   ekanini   anglashga   yordam   beradi.   Muxtasar   qilib   aytganda,
adabiyot   mangu   yoniq   qalb   nuridir.   Xalq   ongining   shakllanishida,   uning   o‘zini
anglashda   adabiyotning   beqiyos   roli   mavjudligini   yanada   teran   tuyganingizdan
so‘ng  esa,   ulkan  bu   adabiy   jarayonning   zanglamas   bir   murvatiga  aylangan   ko‘yi,
uning   azaliy   va   abadiy   harakatiga   o‘z   ulush   va   hissangizni   qo‘shish   ishtiyoqida
yona  boshlaysiz.   Bu   yaratish   ishtiyoqidir.   Afsuski,   ushbu   ishtiyoq   ko‘plarda   juda
tez   so‘nadi.   Adabiyot   esa   qalbi   mangu   yoniq   ijodkorlar   ishidir   va   faqat   ulargina
uning   badiiy   va   ma’naviy   xazinani   yangi   durdonalar   bilan   boyita   oladi.   Xullas,
saksoninchi yillardan qator hikoyalarim “Yoshlik” jurnalida, so‘ng boshqa gazeta-
jurnallarda yuz ko‘rsata boshladi.» 38
Normurod   Norqobilov   hozirgi   O‘zbekiston   Milliy   universitetining
jurnalistika   fakultetida   tahsil   olgan   va   o‘qishni   tugatgach,   O‘zbekiston
televideniesida  kichik muharrir, bo‘lim  boshlig‘i  bo‘lib ishladi. «Shuhrat» medali
sohibi   (1999),   O‘zbekistonda   xizmat   ko‘rsatgan   madaniyat   xodimi   (2006)
38
 Нормурод Нор қ обилов. Адабиёт мангу ёни қ   қ алб нуридир // “Ёшлик” журнали, 2010 йил, 7 
(236)-сон.
31 Normurod Norqobilovning «Chorraha» (1982), «Zangori ko‘l» (1987), «Unutilgan
qo‘shiq»   (1990),   «Yuzma-yuz»   (1993),   «Pahmoq»   (1997),   «Sariq   gul»   (1998),
«Arazchi   chumchuq»   (1999),   «Bekatdagi   oq   uycha»   (2000),   «Jo‘shqin   daryo»,
«Ovul oralagan bo‘ri» (2005), «Bo‘ron qo‘pgan kun» (2007) qissa va hikoyalardan
iborat   to‘plamlari   nashr   etilgan.   Yozuvchi   Normurod   Norqobilov   asarlari   o‘zbek,
qozoq,   qoraqalpoq,   qirg‘iz   tili   darsliklariga   kiritilgan,   bir   necha   tillarga   tarjima
qilingan.   «Quyoshi   botmaydigan   yurt»,   «Shim   yoxud   xotinlar   janjali»   nomli
asarlari   asosida   bir   necha   qismli   videofilm   yaratilgan.   Normurod   Norqobilov
o‘zbek nasrida odam, tabiat, hayvoniy olamning o‘zaro murakkab munosabatlarini
muqoyasalar asnosida aks ettirishga intilayotgan ijodkordir. 
   Uning   asarlarida   hayvonot   va   insonlararo   murakkab   munosabatlar
tasvirlanadi. Yozuvchi goho nabobot (yashil tabiat), gaho jamodot (tog‘-u toshlar,
qir-adirlar)   olamiga   nazar   tashlaydi.   Jumladan,   uning   biz   tahlil   qilayotgan
«Yuzma-yuz»   asarining   bosh   qahramoni   Tog‘ayning   tabiatni   asrash   yo‘lidagi
harakatlari va bu yo‘lda Mamat qassob bilan bo‘lgan «to‘qnashuv» syujeti ostida –
qishloq   odamlarinig   yashash   tarzi,   Samad   chol   va   Bolta   muallim   singari
kishilarning saxiyligi va ochiq qo‘lligi hamda ularning aksi o‘laroq Mamat qassob
va uning oilasi uchun xos bo‘lgan zo‘ravonlik, o‘z manfaati yo‘lida hech narsadan
qaytmaslik, o‘zlarini «qishloqning ustuni» deb bilish  kabi holatlar yuksak badiiyat
bilan   ochib   berilsa,   «Oqbo‘yin»   qissasi   majoziy   xarakterga   ega   bo‘lgan   asar
hisoblanadi.   Unda   insonlarga   xos   xatti-harakatlar   hayvonot   dunyosi   orqali   ochib
beriladi.   Xususan,   asarning   bosh   markazida   turgan   Oqbo‘yin   (itning   oti)   orqali
jamiyat,   undagi   ijtimoiy   qatlam,   tabiat   va   nabotot   olami   hamda   ularning   o‘zaro
munosabatlari   yorqin   bo‘yoqlar,   chizgilar   orqali   tasvirlangan.   Bunda   ijodkorning
hayvonot   olami   va   tabiat   hodisalarini   ziyraklik   bilan   anglay   olishi,   mantiqli
mushohadalari,   tafakkur   olamining   keng   va   teranligi   asar   badiiyatining
haqqoniyligini ta’minlashga xizmat qilgan. 
Asarlarning   badiiy   jihatdan   qurilishini   ta’minlashda   tilimizning   lug‘aviy
birliklarining   ham   ahamiyati   kattadir.   N.Norqobilov   ushbu   asarlarida     yuqoridagi
32 ma’nolarga   bo‘yoq   berishda   umumtilimiz   boyligidan   mahorat   bilan
foydalanganligini ko‘rishimiz mumkin.
2.2.  Normurod Norqobilov  qissalarida  metafora uslubiy vosita sifatida
Birinchi   bobda   metafora   tadqiqiga   bag‘ishlangan   ishlarda   ko‘rdikki,
metaforaga   badiiy   asarning   ekspressivligini,   tasviriylik   va   obrazlilik   darajasini
belgilovchi muhim omil sanal ishi, m etaforalar predmet va   h odisalarni, ularga xos
xususiyatni   qiyoslash   hamda   o‘xshatish   natijasida   yuzaga   kel ishi,   ko‘chma
ma’no ga   asoslangan   nutqiy   hodisa   ekanligi   ta’kidlanib,   “qisqartirilgan   qiyos”,
«belgilar   qiyoslanishining   tugallangan   formasi»,   «o‘xshashli   ko‘chim»,   «o‘ta
kuchli   zakovat   ifodasi»   kabi   qisqa   ta’riflar   berilgan.   Ushbu   tadqiqotlarga
metaforalar eng xarakterli, emotsional-ekspressivlikni ifodalashda sermahsul ifoda
vosita   ekanligi,   ijodkorning     mahorati   va   kuchli   zakovati ni   namoyon   qiluvchi
vosita   sanalishi   ta’kidlangan.   Asosiy   e’tibor   o‘zbek   tilining   leksik   taraqqiyotini
belgilovchi  tilning lug‘at  tarkibini  boyitishga  xizmat qiluvchi  lingvistik metaforalar
hamda   individual   muallif   metaforalarini   ifodalovchi   badiiy   metaforalar ga   ko‘p
e’tibor qaratilgan. 
Darhaqiqat,   iste’dodli   adib   Normurod   Norqobilov   qissalaridagi   badiiy
obrazlar   olami,   ularning   tabiati,   xarakter   va   ruhiyat   birligi,   adabiy   makon   va
zamon,   yo zuvchining   poetik   mahoratini   ochib   berishda   metaforalar   yetakchi
vazifani   bajargan.   Normurod   Norqobilov     badiiy   tafakkuridagi   o‘ziga   xos lik,
asarlaridagi davr muammolarining badiiy ifodasida, milliy xarakterlarni yaratishda
ijodkor mahoratini ochib berish da,  inson ichki olami, komil insonga xos intilishlar,
shuningdek,   adolat,   ezgulik,   haqiqat   singari   umuminsoniy   g‘oyalarning   badiiy
ifodasini tahlil etish da metaforalardan unumli foydalangan.  Qissalarda qo‘llanilgan
metaforaga misollar keltiramiz. Masalan:  Uzo q  cho ‘ zilgan   q    oraso    vu    q    dan      so ‘ ng
e rga   birinchi   q or   tushdi .   (O,   78) .   Bunda   qora   so‘zi   metaforik   ma’noda
qo‘llangan   bo‘lib,   uning   mohiyatini   ob’ektivlik   nuqtai   nazaridan   baholash
33 birmuncha   qiyin.   Qora   leksemasining   genetik   semasi   belgi,   rang   bildiradi,   ifoda
semalarning   bo‘rttirilishi   darajasiga   ko‘ra   mo‘tadil   ifodali   (adgerent
konnotatsiyali)   so‘z   hisoblanadi.   Qora   leksemasi   nutqda   ko‘chma   ma’no   hosil
qilib,   salbiy   uslubiy   bo‘yoqqa   ega   bo‘lishi   mumkin.   Yuqoridagi   kontekstda   qora
leksemasi   sub’ekt   tomonidan   salbiy   okkazional   ma’noda   qo‘llangan,   ya’ni   qora
leksemasi   sememasi   strukturasida   qo‘shimcha   (ijtimoiy   shartlangan)   «sovuq»
semasi   bo‘rttirilgan.   Qora   leksemasining   okkazional   ma’no   hosil   qilishida
sovuqning   darajasini   oshirib,   metaforik   ma’no   hosil   qilgan.   Cholning   kampiri
bog‘idagi   tosholmalarni   sandiqqa   joylab   qishi   bilan   maktab   bolalariga   donasini
yigirma   tiyindan   pullardi.   (Yu,   17)   matndagi   tosh   so‘zi   metaforik   ma’noda
qo‘llangan   bo‘lib,   uning   genetik   semasi   qattiq   jismni   bildiradi.   Olmaning   uzoq
muddat saqluvchi  qattiq turiga nisabatan « tosholma » so‘zi ishlatilib, bu erda   tosh
leksemsi   metaforik   ma’no   hosil   qilgan.   -   Anovi   tur    q    i       sovu    q    ni   ober - chi ,   -   dedi
podachi   Mallani   ko ‘ rsatib .   Temirdek   q atti q   barmo q lariga   tish   botirishdan
o ‘ zini   tiyib ,   jimgina   turib   berdi .   (O,   44)   matnida   sovuq   leksemasi   o‘zining
genetik «past harorat», «past temperatura» yoki “ temperaturasi belgili chegaradan
past   yoki   juda   ham   salqin,   ayoz »   semalaridan   chekinib,   « gap-so‘zi,   tashqi
ko‘rinishi   bilan   kishiga   yoqmaydigan   kimsa   haqida   aytiladigan   ibora »   ko‘chma
mahnosi   asosida   tashqi   ko‘rinishni   bildiruvchi   metaforik   ma’no   hosil   qilmoqda.
Mamat   qassob   zardobini   to‘ka-to‘ka   nevaralaridan   eslirog‘ini   o‘g‘illariga
yubordi . (Yu, 11-b) matnida zardobini so‘zi metaforik ma’noda qo‘llangan. Yana:
1)   Masalan ,   u   q op q on   degan   narsani   yuz   odimdan   sezadi .   Temir        iskanja   
q anchalik   ustalik   bilan   ko ‘ milmasin ,   unda   o ‘ tirib   q olgan   turli   h id   yuzada
q olaveradi - da .   (O,   84);   2)   O    g‘    zidan        o   ‘   t       purkovchi      q    ora        kaltak      uzo q dan
xavfsiz   e kanini   u   alla q achon   fa h mlab   e tgandi .   (O,   86);   3)   Bu   q anotli
maxlu q larni   bir   tomondan  h aydasa ,  ikkinchi   tomondan   yopirilardi .  (O, 96);
4)  -  H a ,  daydi ! Q aerlarda   san q ib   yuribsan , Q orangni   ko ‘ rsatmay  q o ‘ yding ?
H ozir   bir   adabingni   beraymi -   a ?!   (O,   99);   5)   Manzilga   yuz   odimcha
34 q olganda ,  podachining   o   ‘   t       so    ch    uvchi        kaltagini     e slab ,  ta g‘ in   to ‘ xtadi .  Alamli
g‘ ingshidi .   (O,   100);   6)   Sh o‘rlik   hademay   o‘g‘lini   ur   kaltak   -   sur   kaltak
qilishlaridan   mutlaqo   bexabar   -   ko‘zi   rangli   iplarda,   xayoli   oppoq   yo‘ rgakli
chaqaloqda   gursa-gursa   qilich   tortadi.   (Yu,   4);   7)   Jondor   zoti   borki ,   ovozini
e shitishi   bilan   q ir   boshida   mixlanib   q olaveradi .   (O,   44)   kabi   misollarning
birinchi   gapda   temir   iskanja   birikmasi,   ikkinchi   gapda     o g‘ zidan   o ‘ t   purkovchi
q ora   kaltak   birikmasi,   uchinchi   gapda   q anotli   maxlu q lar   birikmasi ,   to‘rtinchi
gapda   daydi   so‘zi ,   beshinchi   gapdagi   o ‘ t   so ch uvchi   kalta k   birikmasi,   oltinchi
gapdagi   qilich   so‘zi,   ettinchi   gapdagi   mixlanmoq   so‘zi   metaforik   ma’no   hosil
qilgan.   Quyida nima  gap, kecha  uning  g‘azabiga  yo‘liqib, qoniga  belanib ketgan
anovu novchaning holi ne kechdi?  (T.o., 61-b.) gapida novcha leksemasi metaforik
ma’no hosil qilgan. 
Inson   mehri   yovvoyi   hayvonlarni   o‘ziga   bo‘ysindira   oladigan   bir   sehrdir.
Normurod   Norqobilovning   “Tog‘   odami”   asari   qahramoni   Jondosh   yirtqich
hayvonlarni ham o‘z mehrining asiri qila olgan, biroq ularning qo‘rasida hech vaqt
tutib   qolishga   urinmas   edi:   “U   yirtqich   jonivorlarni   imkon   boricha   uzoq   saqlab
turmaslikka   tirishadi.   Faqat   Chiporgina   bundan   mustasno.   Yag‘rinidagi   jarohat
bilan qo‘rg‘onga keltirilgan bu jonivor  sog‘aygandan keyin   ham  ketmadi. Xuddi
xonaki   itday,   qo‘rg‘onda   yashab   qoldi.   Qadam   olishlari   oliftanamo,   fe’li   yaxshi,
duch kelgan  narsaga  tumshuq  suqavermaydi.  Lekin juda  hushе?r, narigi   dovondan
tosh   yumalasa   sezadi”.     Har   qanday   muhitda   ham,   har   qanday   sharoitga   ham
ko‘nikuvchan inson o‘z aql-zakovati bilan qiyinchiliklarni qadam-baqadam yengib
bordi.   Muhimi,   undagi   istak   va   xohish,   ha	
е?tga   bo‘lgan   qiziqish   va   ishtiyoq
so‘nmasa,   shuning   o‘zi   kifoya.   Bu   yog‘iga   ona   tabiatning   o‘zi   murabbiylik   qilib
tarbiyalab boradi: “Tovatoshda non pishirmoq unchalik qiyin emas. Avvaliga tosh
obdon   qizdiriladi-da,   non   uning   yuza   qismiga  
е?piladi.   Tovatoshda   pishgan   nonni
uning   o‘zigina   yemas,   Cho‘li   ham   juda   xush   ko‘radi.   Umuman   olganda,   Cho‘li
azaldan   shirintomoq.   Qo‘rg‘onga   shishasiz     qadam     bosmaydi.   Ichimlik     undan,
gazagi     Jondoshdan.   Qo‘rg‘onda     go‘sht     qahat     emas.   Biror     qo‘y     so‘yilsa,     eti
35 anchaga     yetadi.   Bundan     tashqari,   Jondosh     vaqti-vaqti     bilan     kaklik     ovlab
turadi. Qisqasi,  qo‘rg‘onda  tishga  bosgulik  et  hamisha  topiladi”. 39
 
Biz   bu   o‘rinda   aynan   “Tog‘   odami”   qissasida   yozuvchi   tomonidan   hosil
qilingan   metaforalarni   tahlil   qilamiz.   Masalan:   Yugurik   nigohi   ilonizi   tor
so‘qmoqdan   jo‘shqin   soyga,   undan   yuksak   cho‘qqiga,   cho‘qqidan   yana   soyga
sirg‘alib,   muyulishdagi   chog‘roq   yalanglikda   qo‘nim   topdi.   (   T.o.,   62-b.)   gapida
ilonizi   qo‘shma   holda   metafora   hosil   qilmoqda.   Ularning   aksariyati   jarohati
bitguncha   “mehmon”   bo‘lib   turar,   so‘ng   xaloskoriga   xayr-mazurni   nasiya   qilib,
yana tog‘lar bag‘riga singib ketardi. ( T.o., 64-b.) Ushbu gapda mehmon leksemasi
hayvonlarning   vaqtincha   Jondoshning   qo‘rasiga   yashab   turgan   vaqtiga   nisbatan
metafora   hosil   qilmoqda.   Sigirning   suti   bilan   boqib,   oyoqlatgandi.   (   T.o.,   64-b.)
gapida   oyoqlatgandi;   Qisqasi,   qo‘rg‘onda   tishga   bosgulik   et   hamisha   topiladi.
(   T.o.,   66-b.)   gapida   tishga   bosgulik,   ya’ni   yegulik;   Ayniqsa,   kiyik   zotining   el
bo‘lishi  juda mushkul  edi. (  T.o., 68-b.)  gapida  el  bo‘lishi;  Nazarida  kiyiklarning
tagi   serob,  ikki-uchtasini  otgan  bilan  kamayib  qolmaydigandek   edi.  (  T.o.,  68-b.)
gapida   tagi   serob;   Meni   sekin   chetga   imlab,   issig‘i   borida   tovdi   ichkarisiga
jo‘nasin,   degan   ham   u.   (   T.o.,   69-b.)   issig‘i   borida;   Chipor   azaldan   egasiga   yuk
bo‘lmaslikka   tirishardi.   (   T.o.,   74-b.)   gapida   yuk   bo‘lmaslik;   Tog‘da   nima   ko‘p,
tishga   bosgulik   mayda   jonivorlar   ko‘p,   birortasini   tutib,   jig‘ildoniga   uradi-da,
so‘ng   egasini   eslab   qoladi.   (   T.o.,   74-b.)   gapida   jig‘ildoniga   urmoq;   Qachonki,
jaholatu   ochko‘zlikka,   tubanligu   pastkashlikka   ro‘baro‘   kelgachgina,   dil   oynasi
darz   ketdi.   Odamlar   yurak   oldirib   qo‘ydi.   (T.o.,   77-b.)   gapida   dil   oynasi;
Muhabbatga yo‘g‘rilgan qalb ko‘zgusida qiz bamisoli oftobday charaqlardi. (T.o.,
78-b.) gapida qalb ko‘zgusi; Xudoning xohishi bo‘ladi deganlaridek, iliq-issiq yoz
oqshomlaridan   birida   uning   orzular   chig‘iriga   ilashib,   bir   zaylda   aylanayotgan
kunlarning to‘s-to‘polonini chiqarib, xokisorgina turmush tarziga ana shunday bir
qiz kirib keldiki, sodda yigit buni taqdir inomi deb o‘yladi. ( T.o., 78-b.) jumlasida
orzular   chig‘irig‘i;   Jondosh   avtobekatda   ozgina   otib   olgan,   boz   ustiga,   qiz   ham
39
  Базаров С. Нормурод Норқобилов асарларининг поэтикаси: Филол. Фан. фалсафа д-ри (PhD).
Дис. – Жиззах, 2021. -Б.20
36 ochiqqina   ekan,   gap-so‘zlari   tez   qovusha   qoldi.   (   T.o.,   78-b.)   jumlasida
qovushmoq; Chala to‘ygan qursoq bilan uzoqqa borish qiyin. ( T.o., 82-b.) gapida
qursoq; U bir hayoli kasb mas’uliyati haqida og‘iz ko‘pirtirmoqchi bo‘ldi-yu, lekin
o‘zini   tiydi.   (   T.o.,   90-b.)   gapida   og‘iz   qo‘pirtirmoq;   Keyin   naridagi   mashina
yonida   tog‘larni   tomosha   qilib   semiz   serjantga,   o‘choq   biqinidagi   xarsangda
o‘ychan   qiyofada   tish   kavlab   turgan   Sadir   nozirga   zimdan   nazar   solarkan,
miyig‘ida kuldi. ( T.o., 90-b.) gapida uchoq biqini; Bu o‘laksalar bilan tunda yurib
bo‘larkanmi! ( T.o., 90-b.) gapida o‘laksa; Uning vahimasidan Sadir nozirning jini
qurishdi. ( T.o., 91-b.)  gapida jini  qurishmoq;  Bashir  chandir  sudralib kelayotgan
Sadir   nozirga   zahrini   to‘kib   solgach,   yelkasini   toshga   berib,   ko‘zlarini   yumdi.
( T.o., 91-b.) jumlasida zahrini to‘kib solmoq; U tog‘larni hammadan, hatto onda-
sonda   qorasini   bir   ko‘rsatib,   uni   alqab   ketadigan   tog‘begidan   ham   qizg‘anadigan
bo‘ldi.   (   T.o.,   92-b.)   gapida   qorasini   ko‘rsatmoq;   Uning   ta’qibiga   uchraganlarga
erksizlik qutqu solmas, uchragan yalanglik ularning joniga ora kira olardi. ( T.o.,
93-b.)   -   ora   kirmoq;   Jondosh   sabil   qolgan   tandir   kabobga   ichi   achib,   ildamlab
borarkan, do‘ngga chiqqanda tevarakka ayricha bir nazar bilan razm soldi. ( T.o.,
94-b.)   –   sabil   qolgan;   U   shu   vajdan   tog‘lar   bag‘riga   intilarkan,   bu   intilash   taqdir
chizig‘iga tushgan o‘sha birinchi tutunning davomi ekanini bilmasdi. ( T.o., 95-b.)
–   taqdir   chizig‘i,   tugun;   Cho‘l   bilan   bog‘liq   barcha   noxush   xotiralarni   qalbidan
yuvib tashlamoqchi  edi. ( T.o., 95-b.)  – yuvib tashlamoq;  Oqshom  yarim  soatcha
diydiyo qilib olmasa  xotinining yegani ichiga tushmas  edi. ( T.o., 95-b.)  – ichiga
tushmas   edi;   Qamchi   yegan   ayolining   kichik   tog‘asi   edi.   (   T.o.,   96-b.)   qamchi
yegan;   Asorati   qolgan   ekan,   keyingi   dardlariga   tomizg‘i   bo‘ldi.   (   T.o.,   98-b.)   –
tomizg‘i; Har narsadan nam olishni bas qil, uka! ( T.o., 99-b.) – nam olish; Ko‘ngli
shu   qadar   hasrat   istardiki,   yuragini   kimgadir   bo‘shatmoq   o‘yida   beixtiyor
yonveriga   alanglaganini   sezmay   qoldi.   (   T.o.,   100-b.)   –   xasrat   istamoq;
Ta’qibchilar yetib kelmasdan burun qorli qoyalar biqinida joylashgan Yetimg‘orga
olib boruvchi dovon yo‘liga tushib olmoqchi edi. ( T.o., 108-b.) – qoyalar biqini;
Bu xil sarson tentishdan ko‘ra g‘orda bir necha kun qo‘nmoqni ma’qul ko‘ran edi.
( T.o., 108-b.) – qo‘nmoq; Yerning siynasini qanchalik tajovuzkorona toptamaylik,
37 oxir-oqibat,   halovatni   uning   pinjidangina   topamiz...   (   T.o.,   109-b.)   –   yerning
siynasi;   U   egasini   namoyishkorona   tark   etib,   yovvoyi   olam   quchog‘iga   butunlay
singib ketdi. ( T.o., 110-b.) – yovvoyi olam quchog‘i; Uni deb ne-ne kishilar bilan
jiqqamusht   bo‘lmadi.   (   T.o.,   110-b.)   –   jiqqamusht;   Qo‘rg‘on   to‘kiladi,   qo‘ra
to‘ziydi. ( T.o., 111-b.) – to‘kilmoq, to‘zimoq; Shunga qaramay, o‘sha axmoqona
istak - qarshi chiqish fikri qayta xuruj qila boshladi. (T.o., 111-b.) – xuruj qilmoq;
Toqqa   kim   keldi,   kim   ketdi,   bari   uning   nigohida   edi.   (T.o.,   111-b.)   nigohida;
Qarindosh,   siz   u   yerda,   biz   bu   yerda   mahkam   bo‘laylik.   (T.o.,   112-b.)   mahkam
bo‘lmoq;   O‘tni   jonlantirdi.   (T.o.,   116-b.)   –   jonlantirdi;   Egasining   beparvoligidan
pishang olgan it sal olg‘a siljib hurmoqqa tushdi. ( T.o., 119-b.) – pishang olmoq;
Aytgancha, kecha uning qavatida qoplon ko‘rganday bo‘ldimmi? ( T.o., 120-b.) –
qavatida;   Yaroq   boru,   namuncha   qaltiramasangiz?   (   T.o.,   122-b.)   –   yaroq;   U
odatiga   xos   g‘or   og‘ziga   yaqinlashar   ekan,   chog‘roq   qizg‘ish   xarsang   oldida
to‘xtadi.   (   T.o.,   124-b.)   –   g‘or   og‘zi;   G‘or   poyidagi   buloq   bo‘yiga   tushib,
qumg‘onni   suvga   to‘ldirdi.   (   T.o.,   125-b.)   –   g‘or   poyi;   Dum   bo‘lib   kelayotgan
hukumat   odamlari   ko‘ziga   yanada   baloday   ko‘rinib,   agar   ularning   ortidan   qonun
bo‘y  cho‘zib turmaganida,  o‘laqolsa  bu  tahlit  qochib  yurmasligini  o‘yladi. (  T.o.,
126-b.) – dum bo‘lib kelayotgan; Uning nazarida qonunning ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar
edi.   (   T.o.,   126-b.)   –   qonunning   ko‘zi   ko‘r,   qulog‘i   kar;   Bu-ku   mayli,   lekin
o‘shanda   o‘rtada   bo‘lib   o‘tgan   gap-so‘zlar   hanuzgacha   ko‘ksini   o‘tdek   kuydirib
kelmayaptimi? ( T.o., 126-b.) – ko‘ksini ko‘ydirmoq; Tundi ko‘zi ko‘r, deb doim
etagimdan   tortib   keldingiz.   (   T.o.,   130-b.)   etagidan   tortmoq;   Avvalgiday   shisha
og‘zidan   ichmay,  ichimlikni  krujkaga  quygan  va   qisqagina  qadah   so‘zi   aytishdan
ham   erinmagandi.   (   T.o.,   131-b.)   –   shisha   og‘zi;   Sadir   nozir   o‘rnidan   qo‘zg‘olib,
o‘choq   boshiga   keldi.   (   T.o.,   133-b.)   –   uchoq   boshi;   Uni   tuzlashga   imkon
topilganidan   Sadir   nozir   o‘zida   yo‘q   shod   edi.   (   T.o.,   135-b.)   –   tuzlash;   Yigitga
gapini o‘tkaza olganidan quvongan Sadir nozir tanglayini ma’noli taqillatib qo‘ydi-
da,   uning   qorasi   o‘chishi   bilan   Jondoshga   yuzlandi.   (   T.o.,   135-b.)   –   qorasi
o‘chishi;   Anovu   isqirt   iskovuch   bo‘lmaganda,   biz   seni   yetti   dunyodayam
topolmasdik.   (   T.o.,   136-b.)   –   iskovuch;   Sadir   nozirning   ta’biri   bilay   aytganda,
38 karvon   yotoqlamoq   istar,   biroq   bunga   xo‘jayinning,   ya’ni   Bashir   chandirning
royishi   yo‘q,   u   dovonda   nafas   rostlamoqni   rejalashtirgandi.   (   T.o.,   137-b.)     -
karvon;   Kishilardan   ko‘ra   qo‘rasidagi   yovvoyi   jonivorlarni   o‘ziga   yaqin   ko‘rardi.
( T.o., 138-b.) – yaqin ko‘rmoq; Jondosh so‘nggi daqiqada tasodif bir ravishda jar
labidan turtib chiqqan  toshga  osilib qoldi. (  T.o., 141-b.)  – jar  labi;  Bilaklari  tola
boshlagan   Jondosh   ularga   bir-bir   boqarkan,   yuqoridagilarni   tirik   qopqonga
o‘xshatidi. ( T.o., 141-b.) – tirik qopqon; Osmon sultoni yerdagi bu g‘alati ishdan
xang-mang bo‘lganday, kichik doira yasab, ohista suzib  yurardi. ( T.o., 142-b.) –
osmon sultoni; Qoplon g‘oyib bo‘lgan do‘nglik ortidan boyagi burgut ohista suzib
chiqdi. ( T.o., 143-b.) – suzib chiqmoq; Shunda ko‘zi jarlik yuzini tilib o‘tgan ensiz
so‘qmoqqa tushdi.( T.o., 144-b.) – jarlik yuzi kabilar.
N.Norqobilov   diqqati   murakkab   hayotiy   voqealar,   chin   inson   qalbidagi
poklik,   halollik,   rostgo‘ylik   kabi   ko‘pgina   go‘zal   fazilatlarni   ko‘rsatishga
qaratiladi.   Ma’lumki,   ijtimoiy-maishiy   sharoit   inson   xarakterining   shakllanishida
asosiy omillardan biridir.   Normurod Norqobilov asarlarida badiiy obrazning ildizi
shu   zamin   bilan   chambarchas   bog‘liqdir.   Ular   ruhiyatida   ona   zaminga,   oilaga
bo‘lgan   mehr-muhabbatning   mavjudligi   yaqqol   seziladi.   Badiiy   adabiyotdagi
an’analar mohiyat jihatidan o‘zgarib, shakllanib borishi bilan o‘sha davrning turfa
xil   olami   ma’lum   darajada   bo‘lsa-da,   badiiy   ifodasini   topadi.   Adib   hikoyalarida
davrning   murakkab   voqealari   silsilasi   umumlashtirilishidan   tashqari   inson   shaxsi
va   ruhiy   iztiroblarini   yuzaga   chiqarishga   intiladi.   Badiiy   asarlar   so‘z   san’atining
eng mukammal namunasigina bo‘lib qolmasdan, balki o‘zi tasvirga olayotgan davr
va jamiyatning badiiy-estetik manzarasi in’ikosi hamdir. 40
 Y.Solijonov aytganidek:
“Normurod Norqobilov asarlarida tabiatni shunchaki tasvirlabgina qolmaydi, balki
musavvir   sifatida   uning   manzaralarini   aniq   va   quyuq   bo‘е?qlarda   chiza   oladi;
tabiatshunos  olim  qi	
е?fasida  nabotot, hayvonot, jamodotni  ilmiy tomondan  chuqur
tadqiq ham qiladi”.  41
         
40
 Базаров С. Нормурод Норқобилов асарларининг поэтикаси: Филол. Фан. фалсафа д-ри (PhD).
Дис. – Жиззах, 2021. -Б.20
41
  Солижонов Й. Мўъжизалар сеҳри. - Тошкент: Адиб нашриёти. 2013. -Б.62.
39 Professor   Sh.Mamarahimova   nutqiy   metaforalar   haqida   ma’lumot   beradi:
“ Nutqiy   metafora   obrazlilikni   kam   darajada   namoyon   etib,   nutqda   qotib   qolgan,
turg‘unlashib qolgan tabiatni ifoda etadi: nutq egalari mazkur metaforik ifodalarda
ma’noviy   ko‘chimning   mavjudligini   payqamaydilar   ham.   Nutqiy   metaforaning
leksikografik manbalarda qayd etilishi uni ayni vaqtda lisoniy hodisa sifatida talqin
qilishga   sabab   tug‘diradi.   Pirovardida,   bu   toifadagi   metaforalarni   lingvomadaniy
birliklar,   xususan,   frazeologizmlar,   paremiologik   birliklar   misolida   kuzatish
mumkin.” 42
 Masalan:   Cho‘ngkalla hovli etagiga yetib-yetmay, it uni idarrov sezdi.
( O.o.b.,   20-b.)   gapidagi   hovli   etagi   metaforasi   nutqimizda   qotib   qolgan,
turg‘unlashgan   metafora   hisoblanadi.   Yoki:   Cho‘ngkalla   tulkini   quvlab   yuborib,
chuqur   labiga   kelarkan,   Oqyolning   sichqondan   xarob   holdaligini   ko‘rdi.   ( O.o.b.,
26-b.)   gapidagi   lab   so‘zi   hosil   qilayotgan   metafora   haqida   ham   shunday   deyish
mumkin. 
Badiiy matnda, xususan, Normurod Norqobilov asarlarida badiiy metaforalar
katta   qismni   tashkil   qiladi.   Ta’kidlanganidek:   Badiiy   metafora   esa   yuqori
darajadagi   obrazlilik,   ekspressivlik,   emotsionallik   bilan   ajralib   turadi.   Fanda   bu
toifadagi metaforalarni kontekstual hodisa sifatida talqin qilish mavjud 43
. Misollar:
Gar   ayoli   shu   lahzada   shirin   lutf   ila   erining   aytganlarini   ado   etsa,   erkakning
qalbida   bir   paytlar   chechak   otib ,   keyinchalik   yillar   va   adovatlar,   g‘azab   va
loqaydlik   hamda   o‘kinchlar   g‘ubori   ostida   ko‘milib   ketgan   noyob   tuyg‘u   –
muhabbat   qayta   bosh   ko‘tarmog‘i   tayin   edi.   ( O.o.b.,   35-b.);   Bola   chaqam,   qora
qozonim   deb   yelib-yugurgan   ekanu,   ammo   o‘zining   tanholigini   hech   bilmagan
ekan.   ( O.o.b.,   37-b.)   Dasht   kesib ,   ko‘hna   qishloqqacha   boramiz-da,   birrov
Zafarnikiga   qo‘nib   o‘tamiz   ( O.o.b.,   22-b.);   Odatda,   iliqish   paytlarida   bo‘rilar
hushyorlikni   unutishib,   hiyla   bezbetlashadi.Uncha-buncha   qoradan
hayiqishavermaydi.   ( O.o.b.,  23-b.)   Oqpanja   eng  oldinda,   orqaroqda   malla   kelardi
( O.o.b., 27-b.);   Cho‘ngkalla shu qochishda   qir etagiga   yetarkan, toshloq betda bir
zum   to‘xtadi-da,   beixtiyor   uvlab   yubordi   ( O.o.b.,   39-b.);   U   bu   fikrlarini   hanuz
42
  Махмараимова   Ш.   Ў збек   тили   метафораларининг   антропоцентрик   тадқиқи   (номинатив   аспект) .   Филол.
фан. д-ри (DcS) дис. – Cамарқанд, 2020. -Б.64
43
 Скляревская Г.Н. Метафора в системе языка. – СПб.: Наука, 1993.   – С. 21-31.
40 qoshida   ming‘illab   turgan   Norqul   cholga   bildirmadi   ( O.o.b.,   45-b.);   U   qishloq
etagida   paydo   bo‘lganda,   qishloq   zim-ziyo   tun   qariga   butunlay   cho‘mgandi.
( O.o.b., 53-b.).
Obrazli   metafora   asosan   sinonimiya   hodisasi   bilan   aloqadorlikda   yuzaga
chiqadi. Jumladan, o‘zbek tilida farosatsiz va fahmsiz, qo‘pol va qo‘rs, shartaki va
qaysar,   makkor   va   ayyor,   ochko‘z   va   badnafs   odamlarning   shu   illatlarga   nisbat
beruvchi   o‘xshatishlar   evaziga:   qo‘y,   sigir,   echki,   tulki,   ilon,   ajdarho,   yuho,
shayton   lingvomadaniy   qiymatli   metaforik   nominativlari   shakllangan. 44
  Axir
jondor   zoti   to‘nka   emaski,   bir   joyda   qo‘nqayib   tursa.   ( O.o.b.,   21-b.)   Bu   orada
Salom   mergan   shunday   bir   gap   qildiki,   oqibat,   ko‘ngildagi   tugun   yumshab,
loqaydlasha boshlagan idrok tiyraklashdi, erinchoq nigohlar  jonlandi. ( O.o.b., 22-
b.);   Biroq   Cho‘ngkallaning   ayni   vaqtdagi   dushmani   –   quyosh   yeru-ko‘kni   nurga
to‘ldirib falakda sayr etar, uning   ufqqa yonboshlashiga   hali juda erta edi. ( O.o.b.,
24-b.);   Cho‘ngkalla   nochor   tevarakka   ko‘z   soldi .   Dasht   g‘amgin ,   qirlar
ho‘mraygan ,   ko‘kda   o‘laksaxo‘r   qush   paydo   bo‘lgan,   adirlikda   boyagi   tulki
pildirab ketib borar, nishablikda unga qarshi yana bir tulki tushib kelar... Qisqasi,
tiriklik   chuqurda qolgan. ( O.o.b., 26-b.);   Cho‘ngkalla chora qidirib, chuqur labida
o‘ralasharkan,   najotning   o‘zi   bo‘y   ko‘rsatganday   bo‘ldi.   ( O.o.b.,   26-b.);   U   bu
kecha qanday bo‘lmasin Cho‘ngkallani otib o‘ldirish niyatida  yonardi.  ( O.o.b., 28-
b.);   Dashtdan   quruq   qaytgan   uch   otliq   guzarda   to‘planishgan   kishilar   qoshida
xijolatomuz guvranib turisharkan, kechki izg‘irinli havoda tana-yu kesatiqlar  qanot
qoqa boshladi   ( O.o.b., 28-b.);   Oshig‘ich uzilgan o‘q jonivorning yag‘rinini   yalab
o‘tdi .   ( O.o.b.,   33-b.);   Hamma   uyquda,   u   esa   o‘limga   bet   bo‘lib   o‘tiribdi.   ( O.o.b.,
33-b.);   Haybatli  yirtqichga  ro‘baro‘   kelish  uning yuragidagi  qandaydir   tomirlarni
tebratib   yuborgandi   ( O.o.b.,   34-b.) Ammo   yaroq   hidi   uning   hujumkor   shashtini
kesib , kalovlatib qo‘ydi. ( O.o.b., 38-b.);   Yo men seni   tinchitaman , yo sen meni!..
( O.o.b., 39-b.)   Cho‘ngkalla ajdodlari qo‘shig‘ini juda maromiga keltirib ijro etadi
( O.o.b., 40-b.)   U uv tortganda tog‘lar sukutga botib, dasht  qaltirab turadi  ( O.o.b.,
44
 Махмараимова Ш.  Ў збек тили метафораларининг антропоцентрик тадқиқи (номинатив аспект) . Филол. 
фан. д-ри (DSc) дис. – Cамарқанд, 2020. -Б.72.
41 40-b.)  Oxiri bo‘lmadi, Cho‘ngkalla uning jodusiga baribir uchdi. Ko‘zlari mastona
suzilib,   ixtiyorini   unga   berib   qo‘yganini   sezmay   qoldi.   ( O.o.b.,   43-b.);   Ammo
oqibat   deganlari   g‘irt   yolg‘on   ekan,   bir   jondorcha   bo‘lolmaganimizdan   so‘ng,
tiriklikning   og‘ir   aravasini   kuchanib   tortmoqdan   ne   foyda,   a?...   ( O.o.b.,   45-b.);
Ana   shunda   ayoli   uning   atrofida   girdi-kapalak   bo‘ladi.   ( O.o.b.,   46-b.)   Yuragi
Oqyolda, jag‘i o‘ljada, ko‘zi esa tun pardasiga cho‘lg‘anayotgan dashtda, u vujudi
istagini   qondirarkan,   qorong‘u   quyuqlashgani   sari   tomirlarida   navqironlik   qoni
jo‘shib, paylari kuchga to‘la boshlaganini his etdi. ( O.o.b., 53-b.);  Shunga qaramay
bu   hid   uning   oyog‘iga   tushov   bo‘lolmadi.   ( O.o.b.,   54-b.);   Tirik   degani   –   o‘lik,
o‘lik   degani   –   tirik   chiqib   qolganidan   garangsiragan   jonivor   miltiq   ovozidan
hurkib,   o‘zini   eshikka   urdi.   ( O.o.b.,   55-b.);   Tundagi   voqea   o‘rtadagi   loqaydligu
sovuqqonlikni   supurib   tashlaganday,   u   erining   panja   izi   qolgan   aftiga   mehrla
tikilar,   goho-goho   tunda   eriga   hujum   qilgan   bo‘rini   qarg‘ab,   shuncha   churvaqa
bilan keyin men nima qilardim-a, deb qo‘yardi. ( O.o.b., 56-b.)
Ko‘rmoqdamizki,   yozuvchi   matnga   obrazlilik,   ta’sirchanlik   baxsh   etish
maqsadida   ikki   narsa   yoki   hodisa   o‘rtasidagi   o‘xshashlik,   muvofiqlik   asosida
ularning   biri   o‘rnida   xuddi   shu   ma’noni   anglatadigan   so‘z   yoki   iboralardan
metafora   hosil   qilib   unumli   foydalangan.   Umuman,   metaforalar   yozuvchining
individual uslubini, asar badiiyatini ta’minlovchi muhim tasviriy vosita   ekanligini
N.Norqobilov ijodida ham ko‘rish mumkin ekan. 
Bob bo‘yicha qisqacha xulosa
1.   O‘tgan   asrning   50-yillaridan   boshlab   metafora   nutqning   ta’sirchanligini
oshiruvchi   va   uni   ziynatlovchi   hodisa   sifatida   talqin   etila   boshlandi.   Ammo   XX
asrning   80-yillar   oxiri   90-yillari   davomida   metaforani   an’anaviy   tarzda   badiiy
(individual, muallif) va oddiy (odatiy) turlarga bo‘lib o‘rganish  ommalashdi. 
2.   Badiiy   nutqda   barcha   tasviriy   vositalar   katta   ahamiyatga   ega   bo‘lganligi
qatori metaforaning ham ahamiyati katta. Metafora ijodkor g‘oyasini va maqsadini
ochib berishda muhim manba hisoblanadi va jonli tasvir yaratishda, inson ruhiyati
42 olamini, uning ichki hissiyotini  ochib berishda nutqning badiiyligini, obrazliligini
ta’minlashda muhim rolb uynaydi. 
3. Metaforalarning tabiat tasviri yoki ijtimoiy muhit ruhiyati aks etgan ajoyib
namunalari ijodkor uslubidan kelib chiqqan holda rang-baranglik va o‘ziga xoslik
kasb etadi. Yozuvchi asarlarida metaforik tasvirlarning bisyorligi badiiy tasvirning
o‘qimishliligini ta’minlashda asosiy vazifani bajarishi asarlardagn olingan misollar
bilan dalillangan.
Normurod   Norqobilov   qissalari   tilida   xarakterlarni     individuallashtirishda
obrazning   tashqi   ko‘rinish   chizgilari,   ya’ni   portretga   ham   alohida   ahamiyat
berishda   metaforalardan   unumli   foydalangan.   Ayniqsa,   badiiy   metaforalar   orqali
personaj   yoki   biror   tabiat   hodisasi     chizgilarining   tashqi   va   ichki   obrazi   olamni
namoyon etishda yozuvchining individual mahorati yuksakligini ta’kidlash zarur. 
Normurod   Norqobilov   personajlar   ruhiyatini   tavsiflashga   kognitiv
metaforalardan   unumli   foydalangan.   Qahramonlarning   kechinmalari   va   ruhiyati
orqali  inson   tabiatining  o‘ziga   xosliklarini  ko‘rsatib  o‘tishda  kognitiv  metaforalar
qissalar   tilining   muvaffaqiyatini   ta’minlovchi   va   adibning   poetik   mahoratidan
darak   beruvchi   omillar   sirasiga   kiradi.   Binobarin,   N.Mahmudov   ta’kidlaganidek
Zamonaviy   tilshunoslikda   kognitiv   metaforalar   lisoniy   metaforalardan   farqlanadi,
holbuki,   lisoniy   metafora   o‘xshashlik   evaziga   yangi   nomni   hosil   qilsa,   kognitiv
metafora lisoniy metaforani yuzaga chiqaruvchi asosni namoyon etadi 45
.
Normurod   Norqobilov   qissalarida   o‘zbek   milliy   xarakterga   ega   obrazlarni
oriyatli,   mard   va   jasur   insonlar   sifatida   tasvirlashda   yoki   inson   va   tabiat
munosabatiga,   ular   o‘rtasidagi   parallel   tasvirlarga   urg‘u   berishida   yangi     oxori
ketmagan   individual   xarakterli   badiiy   metaforalardan   unumli   foydalanishi
natijasida turli obrazlarning ruhiy-psixologik tasvirida milliy o‘ziga xoslik bo‘rtib
ko‘ringan. 
45
Маҳмудов Н. Тил тилсими тадқиқи. – Тошкент: “Mumtoz so’z”, 2017.   
43 III-BOB
YOZUVCHINING METAFORAGA YONDOSH HODISALARDAN
FOYDALANISH MAHORATI
Yozuvchi   Normurod   Norqobilov   qissalarining   til   xususiyatlarini   o‘rganar
ekanmiz,   uning   ko‘proq   so‘zning   badiiy-tasviriy   vosita   sifatidagi   ta’sirchanlik,
ekspressiv-bo‘yoqdorligiga,   badiiy   tilning   boyishi,   har   jihatdan   jozibador   va
ohangdor   bo‘lishiga   asosiy   e’tibor   qaratganiga   guvoh   bo‘ldik.   Asarlarda   badiiy
g‘oyaviylik,   obrazlilik,   estetik   ta’sirchanlik,   umuman,   badiiyat   talablariga   asosan
ish   ko‘rgani   ma’lum   bo‘ladi.   Yozuvchi   Normurod   Norqobilov   qissalaridagi
metaforaga   yondash   hodisalar:   metonimiya,   snekdoxa,   o‘xshatish,   epitet,
jonlantirish,   takror,   kinoya   kabi   vositalarning   (obrazli-yekspressiv   detallarning)
estetik   birligi,   badiiy   tasvir   vositalarining   qo‘llanilishida   namoyon   bo‘ladigan
yozuvchining   g‘oya,   xarakter,   mavzu,   til   kabi   badiiy   komponentlar   yaratishdagi
mahorati,   o‘ziga   xosligi   (individualligi)   masalalar   ko‘zga   tashlanadi.   Magistrlik
dissertatsiyasining   uchinchi   bobida   ushbu   meaforaga   yondash   hodisalarning
44 semantik-stilistik   xususiyatlarini   yozuvchining   so‘z   qo‘llash   mahorati   orqali
yoritishga harakat qilamiz. 
3.1. N.Norqobilov qissalarida so‘zning ko‘chma ma’noda ishlatilish
imkoniyatlari 
So‘zlarni   ko‘chma   ma’noda   qo‘llash   har   bir   ijodkordan   katta   mas’uliyat,
alohida  mahorat   talab  qiladi.   Mahorat   bevosita   ijodkorning   til   bilishi,   so‘zlarning
ma’no tovlanishlarini chuqur idrok etgan holda go‘zal va betakror obrazli ifodalar
yarata   olishi   bilan   belgilanadi.   So‘z   qo‘llash   va   undan   foydalanishni   san’at
darajasiga   ko‘tara   olgan  ijodkorlardan   biri   Normurod   Norqobilovdir.  Adib   badiiy
nutqning   obrazliligini,   tasviriyligini   hamda   ta’sirchanligini   oshirish   uchun   tilning
turli   tasviriy   vositalaridan     keng   foydalangan.   Shulardan   biri   so‘zning   ko‘chma
ma’nolaridir.   Yozuvchi   qissalari   tilini   bezashda   ko‘chimning   metafora,
metonimiya,   sinekdoxa   kabi   turlaridan   mohirona   foydalanib,   o‘zining   betakror
uslubini yaratdi. N.Norqobilovga xos lingvistik mahoratni belgilashda mazkur jihat
o‘ta muhim va dolzarb hisoblanadi. 
Metonimiya.   O‘zbek   tilshunosligida   metonimiya   bo‘yicha   ilmiy   risola   va
maqolalar   yaratilgan. 46
  Metonimiya   –   narsa-predmetlar,   belgilar,   harakatlar
o‘rtasidagi   aloqadorlikka   (bog‘liqlikka)   ko‘ra   nom   ko‘chishi   hisoblanadi.
Metonimiya   badiiy   asarda   ijodkor   g‘oyasini,   maqsadini   yoritishda   birmuncha
muhim   vazifa   bajaradi.   N.Norqobilov   qissalarida   ham   metonimiya   o‘rinli
ishlatirlgan.   Masalan:   Itlarning   di qq ati   archazorga   q aratilganidan
foydalanib ,   tor   ko ‘ chaga   sho ‘ n g‘ idi .   Q    ishlo    q      mast   uy q uda .   (O, 85).   Berilgan
matn   fragmentida   qishloq   leksemasi   «aholisi,   odamlari»   semasi   bilan   metonimik
jumla   hosil   qilgan.   Ellipsis   natijasida   sodir   bo‘lgan   nutqiy   metonimiya   qishloq
46
 Алиқулов Т. Метонимия ва полисемия // Тилшунослик ва адабиётшуносликка оид 
тадқиқотлар / ФА ТАИ тўплами. 6-кт. – Тошкент: Фан, 1965. – Б. 59-61; Миртожиев М. 
Метонимиянинг содир бўлиши // Ўзбек тили лексикологияси ва грамматикаси масалалари. – 
Тошкент: ТУН, 1978. – Б. 48;  Тохиров З. Метонимик ҳосила маъноларда прагматик семалар // 
Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1985. – № 3. – Б. 28.    
45 aholisi   birikmasining   qisqargan   shaklidir.   Belgisiz   qaratqich   bilan   ifodalangan
metonimiya   ellipsisga   uchragan   qaralmishdan   anglashilgan   o‘rin-joyning   belgi-
xususiyatini   ifoda   etgan.   Matnda   yozuvchi   qishloq   leksemasi   orqali   metonimik
jumla hosil  qilgan. Yoki:   Olapar   q o ‘ shni   q ishlo q lik   Abdurayim   ovchining   iti .
Kuzda   u   bu   tomonlarga   q adam   q o ‘ yganda ,   uning   h aybatli ,   ko ‘ rkam
kelbatini   ko ‘ rib ,   butun   q    ishlo    q      lol   q olgandi .   (O,   45)   matnida   ham   qishloq
leksemasi   «aholisi,   odamlari»   semasi   bilan   metonimik   jumla   hosil   qilmoqda.
Arloni   bo ‘ ri   itlarni   pisand   q ilmaganidek ,   milti    qq    a      h am   osongina   chap
berardi .   Matnida     miltiq     metonimik   qo‘lanilgan   bo‘lib,   uning   to‘liq   birikma
shakli   «miltiq   tutgan   kishiga,   ovchiga»   bo‘lishi   mumkin.   Yana:   -   Yo ‘ q.   Bunisi
o ‘ zimizda   q oladi , -   dedi   Sodi q   aka   q at ’ iy   bosh   chay q ab . -   Q    anji    q    ni      yo ‘ q ot -
mo q chimiz … (O,   44)   matnida   qanjiq   so‘zi,   To ‘ xtab ,   ovozga   q ulo q   tutarkan ,
q    orin      g‘ amini   unutdi .   (O,   85)   matnida   qorin   so‘zi,   Ikki   kundan   buyon
kamardagi   h arom   o ‘ l gan   sigir   bilan   band   e di .   (O,   97)   matnida   sigir   so‘zi,
Ammo qishloqda uning o‘g‘illariga teng keladigan  zo‘r  yo‘q  (Yu, 5) gapidagi  zo‘r
so‘zi metonimiya hosil qilmoqda.   
Snekdoxa.   O‘zbek   tilshunosligida   o‘zaro   ichki   aloqadorlik   asosida   butun-
qism, birlik-ko‘plik munosabatidagi ko‘chim turi sifatida ta’riflanadi. Kvintilian bu
borada   quyidagilarni   aytgan:   «Sinekdoxa   nutqni   rang-barang   qilishga   qodir,   shu
sababli biron-bir narsa asosida  biz ko‘p narsani  fahmlaymiz: qism  orqali butunni,
tur   orqali   –   jinsni,   o‘tgan   orqali   –   bo‘ladiganni.   Yoki   aksincha,   Shoirlar   bu
san’atdan   notiqlarga   qaraganda   erkin   foydalanishlari   mumkin».   Umuman,   butun
o‘rnida   bo‘lak   (yoki   aksincha),   birlik   o‘rnida   ko‘plik   (yoki   aksincha)   ishlatilishi
sinekdoxani   hosil   qiladi.   Masalan:   Tunlari   bo ‘ ri   poylayverib ,   bi q inini
shamollatib   q o ‘ yganidan   so ‘ ng ,   Karim   podachi   q op q on   q o ‘ yib   ko ‘ rdi .   (O,
44) gapida biqin leksemasi orqali   nutqiy sinekdoxa hosil qilinmoqda. Bunda   biqin
sinekdoxa usuli bilan ma’no ko‘chishida qism o‘rnida butun munosabati aks etgan
46 (biqindagi ta’na a’zolariga nisbatan butun hisoblanadi).  Yomon   ko ‘ rgani  –  sirtlon
it .   Agar   oyo q lari   e pchil   bo ‘ lmasa ,   bu   balodan   q utulmo q   mushkul .   (O,   84)
matnda   « chaqqonlik »   hosila   ma’nosini   beruvchi   oyoqlari   leksemasidan   nutqiy
sinekdoxa hosil qilgan.
Ma’lumki,  tilimizda   tabiatdagi   jamiyki,   joni   bor   narsalarga   nisbatan   jonliq,
jonivor,   jondor   so‘zlari   qo‘llanadi.     Yozuvchi   bu   so‘zlarni   mahalliy   qo‘llanilish
xususiyatidan   kelib   jiqib,   individual   snekdoxa   hosil   qiladi.   Masalan:   Karim
podachi  -  sinchi ,  itni   far q lay   biladi .   Negaki , q ish   kezlari  q ir   oshib   keladigan
bo ‘ rilardan   kuygan   -   jondor   desa   e tmish   e tti   tomiri   tortishadi ,   bo ‘ rilarga
e mish   bo ‘ lgan   tomday - tomday   novvoslari   ko ‘ z   oldiga   kelib ,   ichi - tashi
baravar   yonadi .   (O,   44).   Bugun   tongda   Abdi   usta   ertapeshinda   bizdi   jonliqni
yiqitib   bering,   qassob,   deb   ketgandi.   (Yu,   19)   O q bo ‘ yinning   bo ‘ rilarga   nis -
batan   g‘ azabi   boshda   shunchaki   o ‘ chakishish   tufayli   e di .   Q achonki ,   jar
tubida   e shak   jasadiga   duch   kelgandan   keyingina   unda   nafrat   uy g‘ ondi .
Kuni - kecha   fermaxona   tevaragida   o ‘ ralashib ,   mollarning   nishxo ‘ rdiga
q anoat  q ilib   yurgan   bu   beozor ,  beziyon   jonivorni   xomtalash   ko ‘ rib ,  dastlab
g‘ oyat   h ayratga   tushdi .   (O,   81).   Ushbu   uchta   matnni   ko‘zdan   kechiradigan
bo‘lsak, birinchisida jondor bo‘riga nisbatan, ikkinchisida jonliq bog‘ib semirtirib,
so‘yiladigan   qo‘y,   echkiga   nisbatan,   uchinchisida   jonivor   eshakka   nisbatan
snekdoxa sifatida ishlatilganini ko‘rishimiz mumkin.  
Umuman, yozuvchining sinekdoxadan  foydalanish mahorati  tahsinga  loyiq.
Adib sinekdoxalardan obrazli, ta’sirchan ifodalar yaratishda hamda badiiy matnda
jonli   so‘zlashuv   tiliga   xos   tabiiylikni,   soddalikni,   qolaversa,   qissalari   tilining
xalqchilligini   ta’minlashda   individual   foydalanib,   o‘zining   betakror   mahoratini
namoyon eta olgan. 
3.2.  Normurod Norqobilov qissalaridagi semantik-stilistik vositalar
47 O‘xshatish.   O‘xshatishlar   borasida   o‘zbek   tilshunosligida   birmuncha
tadqiqotlar   bajarilgan   bo‘lsada, 47
  o‘tgan   asrning   50-yillaridan   boshlab   shoir   yoki
yozuvchilarning badiiy asarlari tilida qo‘llangan o‘xshatishlarning uslubiy jihatlari
hamda   so‘z   san’atkorlarining   undan   foydalanish   mahoratini   o‘rganishga   e’tibor
qaratildi   va  hozirgi   kunga qadar   bu borada  sezilarli  ishlar   amalga  oshirildi 48
. Shu
kunga   qadar   amalga   oshirilgan   qator   ishlarda   o‘xshatishlarning   tarkibiy
komponentlari, qo‘llanish uslubi, obraz yaratish funksiyalari haqida qator qimmatli
fikrlar maydonga keldi. 
O‘xshatish   insonlarning   narsa   yoki   hodisa   haqidagi   tasavvurlarini
voqelantirish   uchun   ifodalanuvchi   vositadir.   Bundan   yozuvchi   mohirona
foydalangan   holda   asar   qahramonlarini   tipiklashtirishda,   ularning   o‘ziga   xos
individual xususiyatlarini ochishda, ruhiy (intim) holatlarini aks ettirishda, makon
va   zamon   tasvirini   berishda   o‘zining   betakror   uslubini   yaratadi.   Prof.   S.Karimov
bu   borada   shunday   fikr   bildiradi:   «O‘xshatish   narsa   va   hodisalar   hamda   ularni
ifodalovchi   tushunchalarning   nutq   jarayonida   ayrim   jihatlar   va   sabablarga   ko‘ra
yaqinligidan kelib chiqib amalga oshiriladigan sub’ektiv qiyoslashdir.» 49
Normurod   Norqobilov   qissalari   tilini   bezashda,   nutqning   ta’sirchanligi   va
ifodaviyligini   kuchaytirishda,   tasvirning   aniqligi   va   obrazliligini   ta’minlashda
o‘xshatish vositasidan mohirona foydalana olgan ijodkordir. U har bir o‘xshatishga
47
  Мукаррамов   М.   Ўзбек   тилида   ўхшатиш.   –   Тошкент:   Фан,   1976.   –   88   б;   Қўнғуров   Р.   Ўзбек
тилининг тасвирий воситалари. – Тошкент: Фан, 1977. – Б. 41-80. 
48
  Шоабдураҳмонов Ш. Ойбек романларининг тили // Шарқ юлдузи. – Тошкент, 1955. – №10. –
Б. 106-116;  Расулов Т. Бадиий образ ва образли тасвирий воситалар // Ўзбек тили ва адабиёти.
–   Тошкент,   1965.–   №5.   –   Б.   5-12;     Маҳмудов   Н.   Ойбек   шеъриятидаги   ўхшатишларнинг
лингвопоэтикаси // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1985. – №6. – Б. 48-49; Каримов С. Ўзбек
тилининг бадиий услуби: Филол.фан.док… дисс. – Самарқанд, 1993. – Б. 183- 190; Йўлдошев М.
Чўлпоннинг   бадиий   тил   маҳорати:   Филол.фан.ном…   дисс.   –   Тошкент,   2000;     Нормуродов   Р.
Шукур   Холмирзаев   асарларининг   тил   хусусиятлари:   Филол.фан.ном…   дисс.   –   Тошкент,   2001;
Боймирзаева   С.   Ойбек   прозасининг   лингвостилистик   тадқиқи:   Филол.фан.ном…   дисс.   –
Самарқанд,   2004.   Қосимова   М.   Бадиий   нутқ   индивидуаллигининг   лингвистик   хусусиятлари:
Филол.фан.   ном...   дисс.   –   Тошкент,   2007;   Ёқуббекова   М.   Ўзбек   халқ   кўшиқларида   ўхшатиш.–
Тошкент: Фан, 2003. – 95 б.
49
 Каримов С.А. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. Ўқув қўланмаси. – Самарқанд: 
СамДУ нашриёти. 1994. 8-б.
48 befarq   qaramaydi,   uni   ustalik   bilan   asar   mazmuniga   singdirib   yuborib,   misli
ko‘rilmagan, betakror obrazli tasvirlarni yaratadi.
O‘xshatishlarni   yuzaga   keltiruvchi   vositalarni   tilshunosligimizda   ikkiga
ajratiladi: 1) leksik vositalar; 2) grammatik vositalar. 
Leksik vositalarga:   kabi, singari, qadar, yanglig‘, bamisoli, bamisli, misoli,
misli,   monand,   xuddi,   naq,   go‘yo,   teng,   o‘xshatmok,   eslatmoq,   demoq,   bo‘lmoq,
bir, aynan, o‘zi, tus, ibrat, holatda, chu, andoqki   va boshqalar kiradi.   Grammatik
vositalar:  – day  (-dek) -dak -(tak) -dag‘ (-dog‘) -dayin, -dan, -dir, -namo, -simon,-
ona, -omuz, -li, -cha, (-larcha, -chalik, -chasiga)  kabilar. 
Dastlab   leksik   vositalar   yuzaga   keltirgan   o‘xshatishlarga   misollar   keltiramiz:
Qishloqda duv-duv gap. Go‘yo siz qonsirab qolganmishsiz  (TO, 71),  To ‘ rtinchi   yo
beshinchi   ulishidan   so ‘ ggina   To ‘ rtko ‘ z   yalto q lanib   javob   q aytardi .   Keyin
unga   bosh q a   itlar   q o ‘ shildi .   Go    ‘   yo      ular   yangi   «h ukmdor»ni   ol q ishlashar
e di .  (O, 72);  O q bo ‘ yinning   chumchu q  poylagan   mushuk   s   ingari     e r   ba g‘ irlab
g‘ alati   alpozda   h arakatlanayotganini   ko ‘ rib   kuldi ,   uni   tez   q utirtirmo q
niyatida   Q oplonni   battarro q   tayo q lay   boshladi .   (O, 101);   Uzo q   yili   dashtda
bo ‘ rilarga   e m   bo ‘ lgan   q aynisining   fojiasi   xayolidan   cha q mo q   yan    gli    g‘   
o ‘ tarkan ,  ko ‘ ziga   kenja   nevarasi   ko ‘ rinib   ketdi .  (O, 91)
Grammatik   vositalar   yuzaga   keltirgan   o‘xshatishlarga   misollar   keltiramiz:
Qadam   olishlari   olifta namo ,   fe’li   yahshi,   duch   kelgan   narsaga   tumshuq
suqavermaydi .(TO,   68);     Otasi   ertalab   rayon   markaziga   tushib   ketgancha   hali
qaytmagan, ukasi ishda, yolg‘iz enasi o‘rmak u st iga muk tushgan cha  gilam to‘qish
bilan   band (Yu,   4);   O g‘ ri q dan   h am   ko ‘ ra   kutilmagan   bu   h odisadan   q o ‘ r q ib
ketgan   O q bo ‘ yin   ra q ibining   ayovsiz   talovlari   ostida   sharmanda larcha
q ochdi .   (O,   68);   Sh odiyor   uni   mutlaqo   kutmagan,   dovdirab   qoldi.   Q o‘lidagi   bir
tutam   novdani   qaerga   yashirishini   bilmagan day   bir   muddat   garangsib   turdi-da,
so‘ng   ularni   bir   chetga   uloqtirib,   kaftlarini   bir-biriga   urib,   qoqdi.   (Yu,   7);   Ko‘z
yoshiday  miltillab oqayotgan buloq bo‘yidagi tosh ustida cho‘zilib yotgan qoplon -
49 Chipor qimirlamadi (TO,62);   Temir dek   q atti q   barmo q lariga   tish   botirishdan
o ‘ zini   tiyib ,   jimgina   turib   berdi .   (O,   44);   Axir   va q ti   kelib ,   tengsiz   q udratga
e ga   bo ‘ ladigan   jimit dek   vujudning   q ayno q     q onini   h ovli q may ,   oshi q may
ichmo qq a   nima   e tsin .   (O,   85);   Bolalar   q uyun dek   e lib   kelayotgan   itni
ko ‘ rishlari   bilan   tumtara q ay   bo ‘ lib   ketishdi .   (O,   97);   Tog‘ay   qo‘rquvdan
baqa dek   qotib   qolgan.   (Yu,   19);   -Hechqisi   yo‘q,-dedi   bir   ozdan   so‘ng.   -   To‘g‘ri
gap   tentak namo   tuyulgan   doim.   (Yu,   30);   O q bo ‘ yin   unga   nisbatan   yaxshi
munosabatda   e di ,   o g‘ a - inilariga   tegajo q lik   q ilgandek ,   u   bilan   o ‘ ynashgisi
keladi   (O, 46);   Ya g‘ iriniga   cho ‘ g‘ dek   q adalgan   zarbdan   O q bo ‘ yin   yi q ildi   (O,
68);   Ko ‘ cha   va   daladan   o ‘ q dek   uchib   o ‘ tib ,   tepalikka   intildi   (O,   79);   Ikki
h aftacha   burun   sutdek   oydin   tunlarning   birida   O q bo ‘ yin   o ‘ z   tasarrufidagi
e rlarni   aylanib   yurib ,   tasodifan   otasiga   duch   kelib   q oldi   (O,   79);   Q urigan
o qq uraylar   oralab   do ‘ nglikka   ko ‘ tarilarkan ,  to ‘ satdan   mixlangandek  q otib
q oldi .   (O, 79);   Zo ‘ r   oldida   dum   q isishdek   itlarga   xos   zaiflik   bo ‘ rilarga   h am
yot  e mas .  (O, 84);  Oldin xotinini yo‘qotish kerak! Qornini meshday qilib turishini
qara buni… (Yu, 38);   Tunlari   dashtda   q ora   q uyunday   iz g‘ ib   yuradigan   to ‘ da
orasidan   fa q at   Yoldornigina   ko ‘ zi   ko ‘ rar ,   shuningdek ,   to ‘ dani   h arakatga
keltiruvchi   asosiy   kuch   Yoldor   e kanini ,   agar   u   ma h v   e tilsa ,   q olganlari
q aytib   bu   tomonlarga   dorimasligini  h is  e tardi .  (O, 83).
Yozuvchi   asarda   o‘ziga   xos   individual   o‘xshtishlar   yasaydi.   Binobarin,
« individual   o‘xshatishlar   yozuvchining   xalq   tilidan   mohirona   foydalanishi   orqali
qo‘llangan o‘xshatishlardir» 50
. Masalan:  -Kigizga tushgan kuyaday, tog‘dagi jamiki
narsani   kemirganing   kemirgan…hech   vijdoning   qiynalmaydimi   a?   (Yu,   8);   -
Ammang o‘lganday so‘ljayib o‘tirishing nimasi, tur o‘rningdan, - dedi Shodiyorga.
(Yu, 11);   Malla   ketidan   q olmadi ,   chotidan   olgudek   bir   vajo h atda   e rgashib
50
 Мукаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатиш. – Тошкент: Фан, 1976.  – Б. 28.
50 kelaverdi .   (O,   71).   Ikinchidan   esa,   jondorlar   odam   bolasiga   hadeganda
qotinavermaydi.(199)   Qiziq   jihati,u   kelsa   tomdek   juvon   yosh   qizaloqlarday
erkalanadi,kuyov   ipakdek   eshiladi   (D,121).   Ko‘rmoqdamizki,   yozuvchi
o‘xshatishlarni hosil qilishda ko‘proq   so‘zlashuv uslubiga xoslangan – day   hamda
badiiy uslubga moyillashgan  - dek  qo‘shimchalaridan unumli foydalangan. 
                      Epitet .   Ma’lumki,   epitet   badiiy   nutqning   eng   muhim   tasviriy-ifodaviy
vositalaridan   biri   hisoblanadi.   Epitetlar   borasida   ham   ayrim   tadqiqotlar   mavjud. 51
«Yepitet   shaxs,   narsa   yoki   voqea-hodisalarning   oddiy   aniqlovchisi   emas,   balki
ularning   poetik   obraz   darajasidagi   mohiyatini,   qimmatini   ado   etuvchi   vazifasini
belgilovchi   badiiy   aniqlovchidir» 52
.   O‘zbek   tilshunoslari   tomonidan   amalga
oshirilgan   ayrim   ishlarda   epitetlar   ko‘chim   turlaridan   biri   sifatida   e’tirof   etiladi
yoyinki   ko‘chim   turlari   qatorida   sanab   o‘tiladi 53
.   «Yepitet,   deydi   S.Karimov,   -
nutq   jarayonida   kishilarning,   predmet   yoki   boqea-xodisaning   ma’lum   sifatini
alohida   bo‘rttirib   ko‘rsatadi.   Shu   orqali   butun   predmetni   ham   aniqlab   keladi.   U
predmet   yoki   voqea-hodisaning   belgisini   ajratib   ko‘rsatish   yoki   o‘zini   aniqlab
kelish   bilan   birga,   o‘sha   predmet   yoki   voqea-hodisaga   badiiy   bo‘yoq   beradi,
obrazlilikni   tug‘diradi.   Bir   so‘z   bilan   aytganda,   epitet   –   badiiy   aniqlovchidir.» 54
Darhaqiqat,   epitet   uchun   so‘zning   o‘z   yoki   ko‘chma   ma’nodaligi   muhim   emas,
balki   narsa   yoki   hodisadagi   alohida   olingan   belgining   kuchaytirilishida,
ta’kidlanishida   va   uning   estetik   maqomida   deb   tushunish   lozim.   «Yozuvchi   o‘z
g‘oyaviy   pozitsiyasi,   estetik   didi   va   poetik   maqsadlariga   ko‘ra   tasviriy   ob’ektni
baholayotganda unga xos bo‘lgan ob’ektiv belgilarni bo‘rttirib tasvirlashi mumkin.
Bunday tasvir  ko‘pincha sifatlash  orqali  amalga oshadi» 55
. Normurod Norqobilov
51
 Мукаррамов М. Ўзбек тилида сифатлаш // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1973. – №6. – Б.
37-39;     Хўжаева   Д.   Эпитет   ва   уларнинг   турлари  //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти.   –  Тошкент,   1995.   –
№5,6. – Б. 25-27. Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний таҳлил. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. – Б. 26-
27.   Karimov   S .   Ko ’ rsatilgan   doktorlik   dissertatsiyasi .   –   B .   195-198;     Normurodov   R .   Ko ’ rsatilgan
nomzodlik   dissertatsiyasi . –  B . 73-79.     
52
 Болтаева И. Ўзбек халқ достонларида эпитет табиати: Филол.фан.ном… дисс. – Тошкент, 
2000. – Б. 10.
53
 Qarang: Karimov S. Ko’rsatilgan doktorlik dissertatsiyasi. – B. 195-198. 
54
 Каримов С.А. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. Ўқув қўлланмаси. – 
Самарқанд: СамДУ нашриёти. 1994. 8-б.
55
 Қиличев Э. Бадиий тасвирнинг лексик воситалари. – Тошкент: Фан, 1982. – Б. 10.
51 «Yuzma-yuz»   va   «Oqbo‘yin»   qissalari   tilini   boyitishda,   personajlar   nutqining
ta’sirchanligini   oshirishda,   ifodalanayotgan   tasvirning   aniqligi   va   obrazliligini
ta’minlashda   epitetlardan   unumli   foydalangan.   Masalan:   Sho‘ring   qurg‘urning
peshonasiga   tuzukqurali   eshik   ham   bitmagan.   (Yu,   18);   Arloni         bo    ‘   ri      itlarni
pisand  q ilmaganidek ,  milti qq a  h am   osongina   chap   berardi .   Xashaki        it    larni
pisand   q ilmaganidek ,   h    avasmand         ov    chi    lardan   h am   sira   cho ‘ chimaydi .
Yomon   ko ‘ rgani   –   sirtlon        it    .   (O, 84);   Ikkinchisi   –   Mallaga   o ‘ xshash   badxul q
ma h lu q lar ,   ularni   yo   ma h v   e tmo q   lozim ,   yo   bo ‘ ysundirmo q.   (O, 82);   Q aysi
ko ‘ z   bilan   ko ‘ rsinki ,   q arshisidan   h ov   birda   oyo g‘ ini   sindirgan   ba h aybat
ma h lu q  kelardi .  (O, 67);  Vujudidan   kuch   yo g‘ ilib   turgan   bu   nav    q    iron        it      unga
sira   yo q masdi .   (O,   88);   -   e ndi   siz …   ayolmijoz        odamsiz    - da ,   boboy ,   -   dedi
podachi   kulib .   –   H ech   zamonda   e rkak   kishiyam   o ‘ lgan   jondordan
q o ‘ r q adimi ?   (O,   93)   Tog‘ay   kim   -   yolg‘izqo‘l   bir   yigit.   (Yu,   10)   Hovlini
qo‘rg‘onsifat   qurib,   tor   joyda   dimiqib   yashashni   jini   sevmaydi.   (Yu,   3)   Azbaroyi
siqilgan kezlari   xomsemiz o‘g‘li ni hovli yuzidagi kelitoshga o‘tirg‘izib qo‘yarkan-
da, o‘zi har tomondan o‘tib kuzatar, so‘ng birdan tizzasiga  urib:”Ay, birodarlar,
shu bola mening pushti kamarimdan bo‘lganmi-a?!” To‘ra polvon shunday deya-
deya armonda ketdi.  (Yu, 13)  Ushbu misollardagi  tuzukqurali eshik,   arloni   bo ‘ ri ,
xashaki   it ,     h avasmand   ov chi ,     sirtlon   it ,   ayolmijoz   odam ,   yolg‘izqo‘l   yigit,
qo‘rg‘onsifat hovli, xomsemiz o‘g‘il  kabi epitetlar qo‘llanilgan.
Yana   shuni   ta’kidlash   o‘rinliki,   har   bir   ijodkorning   o‘z   sevimli   epitetlari
bo‘lgani   kabi   Normurod   Norqobilov   ham   individual   uslubiga   xos   epitetlar
yaratgan. Masalan:   Tog‘ay kim - yolg‘izqo‘l bir yigit. O‘larmon otasi-yu, puf desa
dovonga borib tushadigan qiltiriq ukasini demasa, boshqa suyanadigani yo‘q.  (Yu,
10);   Qishda bir chaqsa qorni birovga ravo ko‘rmaydigan shunday bir odam qo‘y
vada qilyaptimi, demak bu kuchukda bir gap bor.  (O, 45). Ushbu misollardagi   puf
desa dovonga borib tushadigan qiltiriq  yoki   qishda bir chaqsa qorni birovga ravo
ko‘rmaydigan   e pitetlari   yozuvchining   individual   uslubiga   xosdir.   Umuman,
52 yozuvchi   Normurod   Norqobilov   ijodini   kuzatar   ekanmiz,   uning   epitetlardan
unumli foydalanganiga guvoh bo‘ldik. 
Jonlantirish.   O‘zbek   tilshunosligida   bir   guruh   olimlar   va   tadqiqotchilar
jonlantirishni   metaforaning   maxsus   turi   sifatida   izohlaydilar 56
.   R.Qo‘ng‘urov
apostrofa   va   allegoriyani   jonlantirishga   o‘xshab   ketsa-da,   ular   bir-biridan   farqli
hodisa   deb   izohlaydi.   S.Karimov   hayvon   va   jonsiz   narsalarga   xos   xususiyatning
insonlarga   ko‘chishini   ham   jonlantirishning   bir   ko‘rinishi   sifatida   baholab,
jonivorlarga   ham   huddi   insonlarday   murojaat   qilish   -jonlantirishning   doirasi
kengaya borayotganidan  dalolat beradi , deydi 57
.
Jonlantirish   badiiy   asarda   ijodkor   g‘oyasini,   maqsadini   amalga   oshirishda
muhim   omil   sanalib,   betakror   obrazli   ifodalar   yaratadi.   Jumladan,   N.Norqobilov
ijodida   jonlantirishlarning   eng   yaxshi   namunalarini   uchratish   mumkin.   Ayniqsa,
yozuvchi   «Oqbo‘yin»   qissasida   insonlarga   xos   xususiyatlarni   itga   va   bo‘riga
ko‘chiradi.   Masalan:   Q il g‘ ili q ni   O q bo ‘ yin   q ilib ,   gapni         O    q    to    ‘   sh      e    shitadi    ,
bo    ‘   shashmay    ,   ket ,   lapashang !   (O,   46);   Turgan   gap ,   Yoldor   uning
nodonligidan   bo ‘ rilarcha   kuladi ,  go h ida  e sa   bu   xil   vaziyatdan   ustalik   bilan
foydalanadi .   (O,   83);   Olapar   kalta   g‘ ingshib ,   tajo vuzkorona   irilladi .   Bu
safargi   g‘ ingshishi   h am   e rkalanish ,   h am   zorlanish   o h angiga   yo ‘ g‘ rilgan
bo ‘ lib ,   u   Yoldordan   shikoyat      q    ilgan      e    di    .   (O,   87);   O q bo ‘ yin   –   sodda ,   firibni
sezmadi .   (O, 68);   Shunda   O q bo ‘ yinning   ko    ‘   ngliga        shumlik        oraladi    .   (O, 71);
To ‘ rtko ‘ z  g‘ ajib   turgan   suyagini   tashlab ,  dumini   likillatgancha   uni   do ‘ stona
q arshiladi .   Yalto q lanib   iskalandi .   O q bo ‘ yin   uni   yo q tirmasdi ,   ortidan
e rgashgandi ,  irillab   berdi :  yo    ‘   q    ol        ko    ‘   zimdan    !   (O, 70);  To ‘ g‘ ri   bosib   borishga
yuragi        chopmadi    .   Tadbir      q    idirdi    .   Ammo   ming        bosh      q    otirmasin    ,      miyasiga   
jo    ‘   yali         bir         fikr         kelmadi    .   (O,   70);   Q uv g‘ inga   uchragan   kezlari   Yoldor
56
Qarang:  Karimov S. Ko’rsatilgan doktorlik dissertatsiyasi. – B. 215.
57
 Каримов С. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. Ўқув қўлланмаси. – 
Самарқанд: СамДУ нашриёти. 1994. 40-б.
53 tabiatning   bu   q adar   tentakligidan   xafa         bo    ‘   lib         ketardi    .   Mislsiz   kuch -
q udratini   O q bo ‘ yinga   berguncha   o ‘ ziga   bermaydimi .   (O,   84);   O q bo ‘ yin
xavfli   joydan   uzo q lashar   e kan ,   daf ’ atan   xayoliga        kelgan        o   ‘   ydan        sergak   
tortdi .   Yoldorning   izidan   bekordan   bekorga   iz g‘ iyvermay ,   biror   pana    -  
past    q    amda        poylab      q    o   ‘   lga        tushirsa    -   chi    ?     (O,   87)   kabilar.   Ushbu   misollardagi
gap eshitmoq, kulmoq, shikoyat qilmoq, sodda, firibni sezmaslik, ko‘ngliga shumlik
oralamoq,   yoqtirmaslik,   yo‘qol   ko‘zimdan,   yuragi   chopmadi,   tadbir   qidirdi,   bosh
qotirdi,       miyasiga   jo ‘ yali   bir   fikr   kelmadi ,     xafa   bo ‘ l moq,   xayoliga   kelgan
o ‘ ydan   sergak   tort moq,  pana - past q amda   poylab  q o ‘ lga   tushir moq  harakatlar
insonlarga xos bo‘lib mahorat bilan hayvonlarga ko‘chirgan va ushbu jonivorlarni
insonlar kabi ruhiyatini ochib bergan. 
Takror .   Asar   badiiyatini   ta’minlashda   takrorning   ham   o‘z   o‘rni   bor.   Unda
emotsionallik,   tasviriylik   hamda   ekspressivlikning   ifodalanishi   uning   oddiy
takrordan   farqini   ko‘rsatib   turadi.   So‘z   san’atkorlari   badiiy   takrorlardan   ma’noni
kuchaytirish,   ta’kidlash,   hissiyotni   bo‘rttirish   hamda   tasvir   ob’ektiga   kitobxon
diqqatini jalb qilish maqsadida o‘rni bilan foydalanadilar. Zero, «takror hodisasi til
stilistik   resurslarining   boyish   manbalaridan   biridir» 58
.   Badiiy   prozada   ham   o‘rni
bilan   qo‘llangan   takrorlar   asar   badiiyatiga   estetik   ruh   bag‘ishlaydi   hamda
«g‘oyaviy   baquvvatlikning   ham   muhim   sharti   bo‘la   oladi» 59
.   Shuning   bilan   bir
qatorda,   takrorlar   «muallifning   yoki   asar   qahramonining   voqelikka   sub’ektiv
munosabatini   ham   bera   olishi   kerak» 60
.   Ana   shundagina   ular   o‘zining   haqiqiy
estetik kuchini namoyon qiladi.
O‘zbek   tilshunosligida   takrorlar   o‘tgan   asrda   ma’lum   darajada   o‘zining
nazariy   hamda   amaliy   asoslarini   topdi 61
.   Shunday   bo‘lsa-da,   alohida   olingan
58
 Мамажонов А. Такрор ва унинг синтактик-стилистик функцияси // Ўзбек тили ва адабиёти. – 
Тошкент, 1986, – №6. – Б. 60.
59
 Тўхлиев Б. Ўзбек адабиёти. – Тошкент: Ўқитувчи, 2007. – Б. 268. 
60
  Karimov   S .  Ko ’ rsatilgan   doktorlik   dissertatsiyasi . –  B . 224.
61
 Ўзбек тили стилистикаси / Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р., Рустамов Ҳ. – Тошкент: 
Ўқитувчи, 1983. – Б. 232-233;  Дониёров Х., Мирзаев С. Сўз санъати.  – Тошкент: Ўздавнашр, 
1962; Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. – Тошкент: Фан, 1977. – Б. 125-146;  
Абдуллаев А. Ўзбек  тилида экспрессивликнинг ифодаланиши.  – Тошкент: Фан, 1983.  – Б. 81-
54 yozuvchi va shoir asarlarida qo‘llangan takrorlar tahliliga bag‘ishlangan ishlar esa
hali barmoq bilan sanarli  darajada. Yozuvchi N.Norqobilov ham qissalarda ayrim
o‘rinlarda takrorlardan foydalangan. Masalan:   Adashib kirib qolgan jonliqqa falon
so‘m  ishtraf , so‘roqsiz o‘tin kessang -  ishtraf , nomiga miltiq ko‘tarsang -  ishtraf …
(Yu, 12);   Sodi q   aka   uchun   h amma   it   bir   it   e di .   (O, 45);   Xullas , e ng   yaxshisi ,
ular   bilan   pachakilashmagani   ma ’q ul .   Tegmasang ,   tegmaydi .   (O,   72);
Ko ‘ rdiki   u   o ‘ zga  h id   istab , h archand   iskalan ma sin ,  bo ‘ ri  h ididan   bo ‘ lak  h id
ololmadi .   (O, 81);   O q bo ‘ yinda   tabiiy   kuch ,   jasorat   bisyorlikka   bisyor   e diyu ,
lekin   h iyla   kam ,   Yoldorning   xilma - xil   nayranglari   oldida   dovdirab   q olardi .
(O, 82);   Yoldorni   nomarddan   olib ,   nomardga   solgancha ,   uni   ochi q   jangga
chorlaydi .   (O,   83);   U   bunday   bo ‘ lishini   kutmagan ,   kutmagani   uchun   h am
inti q om   zav q idan   yuragi   toshib   borardi .   (O,   83);   Na ’ raga   o ‘ xshab
ketadigan   ovozni   e shitgandan   so ‘ nggina   o   ‘   girildi    ,   o   ‘   girildi    - yu ,   shu
da q i q ani   kutgan   bo ‘ lishiga   q aramay ,   o ‘ q dek   uchib   kelayotgan   O q bo ‘ yin -
ning   vajo h atini   ko ‘ rib ,   dabdurustdan   va h imaga   tushib   q oldi .   (O,   101);
e gang   o ‘ lgur   it   kishiga   avvalo   me    h    r     q    o   ‘   ymasin    ,   me    h    r     q    o   ‘   ydimi    ,   q atti q
q    o   ‘   yadi    .  (O, 93)
Ko‘rmoqdamizki,   yozuvchi   matnda   muayyan   so‘zni   takrorlash   orqali
matnga   muayyan   emotsional   bo‘yoq,   alohida   ohang,   joziba   berishga   erishmoqda.
Ya’ni,   takrordan   ma’noni   ta’kidlashga,   voqelikni   alohida   ajratib,   ba’zi   o‘rinlarni
bo‘rttirib   ko‘rsatishda,   ma’lum   o‘rinlarda   diqqatni   jalb   qilishda   foydalangan.
Demak,   takrorning   badiiy   matndagi   vazifasi   birmuncha   mas’uliyatli.   Shuning
uchun   ham   ijod   jarayonida   takrorlarga     murojaat   qilish   yozuvchidan   mukammal
lisoniy   sezgi   va   saviyani   talab   qiladi.   Ana   shundagina   takror   badiiy   matnda
chinakam stilistik vazifa bajaradi. 
88;  Лапасов Ў.П. Диалогик нутқда субъектив модалликнинг ифодаланиши: Филол.фан.ном… 
дисс. – Тошкент, 1996.  – Б. 43-51  
55 Kinoya.   Kinoya   tasviriy   vosita   sifatida   badiiylikda   muhim   o‘rin   egallaydi.
Ayniqsa, asar badiiyatida xalqchillik ruhini ta’minlashda uning ahamiyati benihoya
katta.   So‘z   san’atkorlari   undan   foydalanar   ekan,   badiiylik   mezonini   o‘ziga   xos
tasvirlashda unga alohida e’tibor bilan qaraydilar.
Yevropa   adabiyotshunosligida   «ironiya»   termini   ostida   umumlashtiriluvchi
kinoya   vositasi   shakl   va   mazmun   zidligiga   asoslangan,   zamirida   tanqidiy   kulgi
yotuvchi, so‘zlovchining salbiy munosabatini piching, qochirim, kesatiq yo‘li bilan
ifodalovchi   uslubiy   vositadir.   Uning   lingvistik   hamda   stilistik   belgilari   o‘zbek
tilshunosligida ham tadqiqot ob’ekti bo‘lgan 62
. 
So‘nggi   yillardagi   lingvopoetik   tadqiqotlarda   muayyan   yozuvchi   ijodida
qo‘llangan   kinoya   vositasini   tadqiq   qilishga   e’tibor   qaratildi 63
.   Chunki   kinoya
badiiy asar tilida fikrning o‘ta ta’sirchanligini ifoda etuvchi uslubiy vosita sifatida
muhim   ahamiyatga   molik.   Kinoya   vositasining   badiiy   asar   tili,   uning   estetik
qimmatini   oshirishdagi   ahamiyati   xususida   hali   atroflicha   izlanishlar   olib   borish
mumkin. Ayniqsa, uning mohiyatiga pragmalingvistik nuqtai nazardan yondashib,
asar badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini muayyan yozuvchi asarlari misolida tadqiq
qilish   o‘zining   dolzarblik   darajasini   saqlab   turibdiki,   bu   tanlangan   mavzuning
nechog‘lik ahamiyatli ekanligini belgilaydi.
Pragmatika   til   birliklaridan   foydalanuvchi   shaxs   yoki   so‘zlovchining   til
belgilariga   munosabatini   o‘rganuvchi   tilshunoslik   aspektlaridan   biri   hisoblanar
ekan,   biz   N.Norqobilov   qissalarida   qo‘llangan   kinoya   vositalarini   lingvistik
pragmatikaning   implikativ   mazmun   turlaridan   biri   bo‘lgan   tagma’no
ko‘rinishlaridan biri sifatida talqin etamiz. Chunki «kinoya va uning ko‘rinishlarini
62
  Миртожиев   М.  Ўзбек   тилида  полисемия.   –  Тошкент:  Фан,   1975;    Абдуллаев   А.  Ўзбек  тилида
экспрессивлик   ифодалашнинг   синтактик   усули.   –   Тошкент:   Фан,   1983;   Karimov   S .   Ko ’ rsatilgan
doktorlik   dissertatsiyasi .  –  B . 207-211;  Тоҳиров З.Т. Ўзбек тилида прагматик семаларнинг ҳосил
бўлиши ва уларда субъектив муносабатнинг юзага чиқиши: Филол.фан.ном… дисс. автореф. –
Тошкент,   1994.   –   Б.   13;       Абдураҳмонов   Ш.   Ўзбек   бадиий   нутқида   кулги   қўзғатувчи   лисоний
воситалар:   Филол.фан.ном…   дисс.   –   Тошкент,   1997.   –   Б.   65-104;     Ибрагимова   Э.   Ўзбек   тилида
ирония ва ироник мазмун ифодаланишининг усул ҳамда воситалари: Филол.фан.ном… дисс. –
Фарғона,   2001.   –   Б.   120;     Шералиева   М.   80-йиллар   ўзбек   насридаги   киноя   хусусида   //   Ўзбек
тили ва адабиёти. – Тошкент, 2002. – №1.    – Б. 40-42.  
63
  Qarang :  Хасанов А. Абдула қаҳҳор ҳикоялари тилининг бадииятини таъминловчи лексик-стилистик 
воситалар: Филол фан. номз. дисс… Тошкент, 2010. –Б.128-132.
56 to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib uni pragmatika sohasi bilan bog‘lamay turib, undagi yashirin
mazmun   ko‘rinishlarini   aniqlamay   turib,   u   haqda   fikr   yuritib   bo‘lmaydi» 64
.
Matnlardagi   kinoya tahliliga  o‘tamiz.   Mamat   qassob  Tog‘ayning hovlisi  tomonga
qush   qarash   qilib   oldi:   -   Molimni   sonini   ololmay   yurganimda   Chorining   egnida
tuzikroq   to‘niyam   yo‘q   edi.   (Yu,   12)   matnda   asar   personajlaridan   biri   bo‘lgan
Mamat   qassobning     Tog‘ayning   otasi   Choriga   bepisand   munosabati   uning   gap
ohangidan   sezilmoqda.   Yoki:   -Yo‘-yo‘q,   siz   menga   ayting,   qaytib   qirqni   ellikka
aylantirdingiz? Bundan chiqdi… g‘irromlik qipsizda, a?
  –   Qanaqa   g‘irromlik!   –   Mamat   qassob   elka   uchirdi.   –   Bu   ishning   taomili
shu… sizning foydangizni ko‘zlab…Tavba, odamlarga yaxshilik ham yoqmaydi. 
–   Bunaqa   foyda   bizga   kerakmas,   inim,   Samad   chol   etak   qoqib,   o‘rnidan
turdi. – Harom pul hech kimga yuqmagan…Buytib non egandan ko‘ra chim quchib
yotgan afzal, qassob!(Yu,  22)
Matnda   Mamat   qassobning   Samad   chol   bilan   bilan   suhbatidan   parcha
keltirilgan.   Samad   chol   Mamat   qassobning   burdoqi   quyni   so‘yib   sotish
jarayonidagi g‘irromligini, ya’ni qirq kilo go‘shtni ellik kiloga aylantirib sotganini
bilganidan   keyin   « buytib   non   egandan   ko‘ra   chim   quchib   yotgan   afzal ,   qassob »
degan kinoyasi yaqqol misol bo‘la oladi.    
Boshqalar  uchun uzoq,  juda uzoq tuyulgan rayon  markazi  uning uchun bir
odim - na qish izg‘irinini biladi, na saraton jaziramasini; elkasida taroqi xurjunini
tashlagancha   zippillab   ketgani-ketgan.   (Yu,   25)   Matnda   «Yuzma-yuz»   qissasi
qahramoni   Tog‘ay   otasining   g‘alati   odati   yuzasidan   kinoya   qilayotgani
anglashilmoqda. 
Yoki:   - Solining nosi bizga to‘g‘ri kelmaydi, bolam, - Ota uzun cho‘p bilan
shisha tubini kavlashtira turib, unga savolomuz tikildi. – Sen nima ish bilan rayon
bormoqchisan?   -   Beshik…Mehrining   bolasiga…   -   Tog‘ay   muhim   bir   habardan
ogoh   etayotganday   dedi.   –   O‘tgan   hafta   Mamadiyor   ustaga   buyurib   kelganman.
Tolyog‘ochdan ishlab beradigan bo‘lgan. 
64
  Ҳакимов   М.   Ўзбек   тилида   матннинг   прагматик   талқини:   Филол.   фан.док…дисс.   –   Тошкент,
2001.– Б.191.
57 Otaning qovoqlari birdan osilib ketdi. Shisha tubidagi to‘rt-besh otim nosni
oppoq qog‘ozga to‘kib, gina to‘la nigohini unga qadadi.
- Otangni qachon ko‘ma qolding, bolam?!
Tog‘ay   bu   gapdan   dovdirab   qoldi.   (Yu,   25)   Ushbu   matnda   ota   o‘g‘lining
o‘zidan   so‘roqsiz   qilgan  ishidan   ranjib,  « Otangni   qachon   ko‘ma  qolding,   bolam »
jumlasi orqali kinoya qilmoqda. 
Mamat  qassobning  so‘ramasdan  ketgan o‘g‘illariga   «- Teshiktoshda  pishirib
qo‘yibdimikan   ularga   (Yu,   11) »   deb   kinoya   qilishi,   Tog‘ayning   qo‘shnisi   Cho‘li
chavandoz ustidan «- O‘-o‘, ukag‘ar!  Nomard!  Joning chiqib o‘l-a! Hali kelarsan
ko‘ngil   so‘rab,   qo‘shni   ko‘rmay   qopman,   deb .   (Yu,   36)   Samad   cholning   Cho‘li
chavandozga   «- Q och!   Itmijoz   bo‘lma!   Chorasini   ko‘raylik   deganimda   g‘iyq
etmaganding?!   Nari   tur!   (Yu,   40)»   mazmundagi   pichingi   kinoyaga   misol   bo‘la
oladi. 
Tog‘ay   bilan   Shodiyor   o‘rtasidagi   suhbatda   ham   kinoyali   mazmun
anglashilgan o‘rinlar mavjud:   -Joni qattiq emish!-Tog‘ay etigi qo‘njiga zarb bilan
qamchi tushirdi.-Axir sen bularning jonini olyapsan-ku, joning chiqqur!  (Yu, 7);   -
Nimaga irshayasan? Nima, ochib qo‘yibdimi ? (Yu, 8); - Kigizga tushgan kuyaday,
tog‘dagi jamiki narsani kemirganing kemirgan…hech vijdoning qiynalmaydimi a ?
(Yu, 8) kabilar. Har bir jumladagi personaj nutqida kinoya mazmuni mavjud.    
Badiiy   matnda   o‘rni   bilan   qo‘llangan   kinoya   vositasi   personajning   xulq-
atvorini   xarakterlab,   baholash   vazifasini   bajarishi   mumkin.   Jumladan,   yuqoridagi
leksik   qurshovda   buning   tasdig‘ini   ko‘rish   mumkin.   Berilgan   kinoyalar   vositasi
situativ   xarakterga   ega.   Shning   uchun   bunda   so‘zlovchining   ichki   maqsadi   aniq
sezilib  turadi.  Chunki  kinoya  vositasining  ishora  qilish   vazifasi  sub’ektning  ichki
maqsadini yuzaga chiqarishda aktual vazifa bajargan. Yozuvchi yuqoridagi situativ
xarakterga   ega   bo‘lgan   kinoyani   dialogik   nutqda   qo‘llab,   personajlar   nutqiga
jonlilik,   tabiiylik   bag‘ishlaydi.   Buning   pirovardida   asar   badiiyatiga   xalqchillik
ruhini   olib   kiradi.   Yozuvchi   tomonidan   «Oqbo‘yin»   qissasi   personajlari   nutqida
ham   kinoya   ishlatiladi.   Masalan:   Qishda   bir   chaksa   qorni   birovga   ravo
ko‘rmaydigan shunday bir odam qo‘y vada qilyaptimi, demak bu kuchukda bir gap
58 bor.   (O,   45)   matnida   gap   Karim   podachining   xarakterini   yoritish   uchun   ana
shunday kinoyadan foydalangan. 
Quyidagi   matnda   keltirilgan   personajlar   o‘rtasidagi   suhbatga   e’tibor
qaratamiz:   Nordonro q   gap   aytmo q chi   bo ‘ lib   so ‘ z   q idirarkan ,   oraga
Mamarajab   juvozkash   su q ildi .
-   Unda   teri   pulida   mening  h am  h a q im   bordir - a ,  Karimboy ?  Axir   ularni
birinchi   bo ‘ lib   men   ko ‘ rdim - ku !
-   Bo ‘ lmasam - chi ,   -   dedi   ovchi   q ut q uli   o h angda .
- H ay ,  unda   biz  h am   kechdik ,  olgan   puli  h aloli   bo ‘ lsin , -  juvozkash   shunday
deya   Karim   podachi   tomon   o ‘ girildi .   –   Siz ,   Karimboy   inim ,   buytib   yo ‘ q
e rdagi   gapni   kovlamang .   Uyat   bo ‘ ladi .   Go ‘ ng   titmo q   tovu qq a   yarashadi .
Yurak   yutib   boribdimi , q andini   ursin .   Mana ,   biz   ya q inigayam   yo ‘ lolmadik -
ku …
- e ndi   siz …   ayolmijoz   odamsiz - da ,  boboy , -  dedi   podachi   kulib . – H ech
zamonda  e rkak   kishiyam   o ‘ lgan   jondordan  q o ‘ r q adimi ?  
           -  Til  q ur g‘ ur   besuyak ,  o g‘ izga   kelganini   aljimang ,  inim , -  dedi  
juvozkash   o g‘ rinib . –  Shu - u ,  sizga  q arab   turib   fikr  q ilsam ,  Sodi q boyni   iti  
sizdan  e sliro q mi ,  deyman …
-  Mengzamang ,  boboy !  
-   Unda   siz   h am   sal   e ga   bo ‘ ling .   Teng q uringiz   e masman !   Ko ‘ p   oldida
buytib   be h urmat  q ilmang .  (O, 93).
Matnda   dastlab   Karim   podachi   nutqida   Q a hh or   ovchi ga   qaratilgan
kinoyani,   keyingi   o‘rinda   qissa   personajlaridan   biri   Mamarajab   juvozkashning
Karim podachiga qaratilgan kinoyasini payqash mumkin.
Yozuvchi   tomonidan   «Oqbo‘yin»   qissasi   personajlari   nutqida   ishlatilgan
kinoyali o‘rinlarga misollar keltiramiz: 
59 -     Menga   q arang ,   -   it   e gasi   podachiga   q atti q   tikildi .   –   Q o g‘ ozi   bor   o ‘ sha
nomard   nega   sizning   itingizga   tegmaydi ,  a ?  Yo   itingizda   shoxi   bormi ?  Balki
oyi   bordir ?  Yo  h ar   safar   tomo g‘ ini   moylab   yuborasizmi ?  
-   Mening   itim   kolxoz   mulkini  q o ‘ riydi ,  nodon .
-   Nima ,  meniki   ammamning   chorbo g‘ ini  q o ‘ riyaptimi ?!   Kechalari   dashtdan
beri   kelmaydi .   Gir   aylanib   q ishlo q ni   q o ‘ riydi .   Uch   birdan   jondor   buning
isboti .   Q o g‘ ozi   bor   o ‘ sha   uka g‘ arga   bu   gaplarni   aytsak ,   tushunar ,   axir .
Kallasi   bordir , h o ‘ l -q uru qq a   barobar   o ‘ t  q o ‘ ymas .  Gapning   sirasini   aytsam ,
h adigim   sizdan .   Bilaman ,   anchadan   buyon   tish   q ayrab   yuribsiz .   Ta g‘ in
uyalmay - netmay   menga   ber   deganingizga   o ‘ laymi !  (O, 94) .
-   Sodi q  seniyam   yosh   bola   fe ’ ling   bor - a ,  -   dedi  Q odir   traktorchi   uning
q o ‘ lidan   kosani   tortib   olarkan ,   bi q iniga   turtib .   –   Axir   it   sigir   e mas - ku ,
buncha   iching   kuymasa ,   berib   yubor .   Bermasang ,   baribir   boshini   e ydi .
K inoyani   pay q ab ,  kimdir   kuldi ,  unga   bosh q alar  q o ‘ shildi .  (O, 94).
Ushbu   matnlarning   birinchisida   it   egasi   bo‘lgan   Sodiqning   Karim   podachi
qaratgan   kinoyasi   sezilsa,   keyingi   matnda   Qodir   traktorchining   Karim   podachi
tomonidan   zaharlab   o‘ldirilgan   sigirini   eslatuvchi   kinoyasini   tushunish   mumkin.
Umuman,   yozuvchi   qissalarda   personajlar   nutqini   tabiiyligini   ta’minlashda
kinoyadan unumli foydalangan. 
    Mubolag‘a.   Normurod   Norqobilov   qissalarida   qo‘llangan   mubolag‘ali
tasvirlar favqulodda betakrorligi, obraz yaratish funksiyasi bilan alohida e’tiborga
molik.   Yozuvchi   mubolag‘alardan   foydalanishda   ularning   hayot   haqiqati   va
situatsiya bilan bog‘liqligiga, sentimental xarakteriga, asarning umumg‘oyasi bilan
uyg‘unlashuviga sinchkovlik bilan yondashib ish ko‘radi. Masalan: 1)  Tog‘ay kim -
yolg‘izqo‘l bir yigit. O‘larmon otasi-yu,  puf desa dovonga borib tushadigan  qiltiriq
ukasini demasa, boshqa suyanadigani yo‘q . (Yu, 10); 2)    Bolalari xiyol xato qilsa,
ish   o‘rgatgan   bo‘ldi-da,   so‘ng   koyish   ohangida   takidlab   qo‘yadi:   ”Sening
60 yoshingda   men   huv   anovi   tepani   berman   keltirardim ”.   (Yu,   12);   3 )   Olapar
q o ‘ shni  q ishlo q lik   Abdurayim   ovchining   iti .  Kuzda   u   bu   tomonlarga  q adam
q o ‘ yganda ,   uning   h aybatli ,   ko ‘ rkam   kelbatini   ko ‘ rib ,   butun      q    ishlo    q      lol   
q    olgandi    .   (O,   45);   4)   Q aysi   ko ‘ z   bilan   ko ‘ rsinki ,   q arshisidan   h ov   birda
oyo g‘ ini   sindirgan   ba    h    aybat        ma    h    lu    q      kelardi .   (O,   67);   5)   O ‘ n   kun   ichida
avvalgi   kelbatidan        asar     h    am     q    olmadi    .    (O, 68); 6)  Q aysi   ko ‘ z   bilan   ko ‘ rsinki ,
q arshisida   o ‘ zi   o ‘ ylaganchalik   jo ‘ ngina   it   e mas ,   ba    h    aybat        maxlu    q      savlat
to ‘ kib   turardi .   Jismi   go ‘ yo   po ‘ latdan   q uyilgandan ,   h    ar         mo    ‘   yidan         kuch   
yo    g‘    iladi    .   (O,   79);   7)   Biron   tomon   jindek   q o ‘ pollikka   yo ‘ l   q o ‘ ysa ,   tamom -
o ‘ rtada   na    q q    ir    g‘    inbarot        yuz        beradi    .     (O, 80); 8)   Bunday   itlar   yuzdan , h atto
mingdan         bitta      bo ‘ ladi .   (O,   84);   9)   Vujudidan         kuch         yo    g‘    ilib         turgan      bu
nav q iron   it   unga   sira   yo q masdi .  (O, 88); 10)  Azbaroyi   zo ‘ ri qq anidan   paylari
bo ‘ rtib , e lkasiga        tegib        turgan        yul    g‘    un        novdasi        titrab        ketdi    .  (O, 90)
Yuqorida   qissalardan   mubolag‘a   ishlatilgan   10   ta   misol   keltirildi.   Bunday
misollarni   yana   keltirish   mumkin.   Yozuvchi   asarlar   badiiyligini   oshirishda
mubolag‘adan o‘rinli foydalangan.
Uchinchi bob yuzasidan qisqa xulosalar
1.   Tildagi   barcha   tasviriy   vositalar   singari   metonimiyaning   ham   badiiy
adabiyotda o‘ziga xos o‘rni bor. Metonimiya tilning estetik funksiyasini oshirishda
muhim   omillardan   hisoblanadi.   Metonimiya   badiiy   asarda   ijodkor   g‘oyasini,
maqsadini yoritishda ta’sirchan vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, N.Norqobilov
ijodida   ellipsis   natijasida   hosil   qilingan   metonimiyalarning     badiiy-yestetik
salmog‘i anchayin keng.
2.   Yozuvchining   sinekdoxadan   foydalanish   mahorati   tahsinga   loyiq.   Adib
sinekdoxalardan obrazli, ta’sirchan ifodalar yaratishda hamda badiiy matnda jonli
so‘zlashuv   tiliga   xos   tabiiylikni,   soddalikni,   qolaversa,   hikoyalari   tilining
61 xalqchilligini   ta’minlashda   individual   foydalanib,   o‘zining   betakror   mahoratini
namoyon eta olgan. 
3.   Normurod   Norqobilov   qissalarida     o‘xshatishlardan   individual
foydalanish   mahorati   tahsinga   loyiq,   chunki   adib   bunday   o‘xshatishlarga
kutilmaganda   kuchli   ekspressivlik,   yangilik   bo‘yog‘ini   bera   olgan.   Qissalarda
o‘xshatishlar   qo‘shimchalar,   yordamchi   so‘zlar,   leksik-grammatik   vositalar   bilan
yuzaga   chiqqan   va   yozuvchi   badiiy   niyatining   to‘la-to‘kis   ifodalanishiga   xizmat
qilgan.
4. Jonlantirish insonlarga xos  xususiyatning  hayvonlarga, narsa-hodisalarga
ko‘chishini   ifodalovchi   hodisadir.   Normurod   Norqobilov   qissalaridagi
jonlantirishlar muallifning badiiy maqsadi bilan uyg‘un holda yuzaga chiqqan. 
5.   Normurod   Norqobilov   qissalarida   epitetlar   badiiy   matnga   badiiy   bo‘yoq
berishda,   uning   ta’sirchanligi,   obrazliligini   oshirishda,   ijodkor   ideolektiga   xos
pragmatik   maqsadlarni   implitsit   ifodalashda   eng   muhim   tasviriy   usullardan   biri
sifatida   istifoda   etilgan.   Yozuvchi   epitetlarning   so‘zlar,   so‘z   qo‘shilmalari,
kengaygan   birikmalar,   iboralar   bilan   ifodalangan   turlarini   badiiy   mahorat
darajasida qo‘llagan.
6. Yozuvchi qissalarida holatning intensivligini tasvirlashda, jumlaning ifoda
ta’sirchanligi, ekspressivligini ta’minlashda takrorlardan unumli foydalangan.
7.   Kinoya   lingvistik   pragmatikaning   implikativ   mazmun   turlaridan   biri
bo‘lgan tagma’no ko‘rinishlaridan biridir. Normurod Norqobilov qissalarida o‘rni
bilan   qo‘llangan   kinoya   vositasi   personajlar   xulq-atvori,   ichki   va   tashqi   portret
ko‘rinishlarini   tasvirlashda,   jumla   ta’sirchanligini   oshirishda,   badiiy   matnning
jonlilik,   tabiiylik   sharti   bilan   xalqchilligini   ta’minlashda   alohida   ahamiyat   kasb
etadi.  
8.   Normurod   Norqobilov   qissalarda   mubolag‘ali   nutq   orqali   voqelikning
ta’sirchanligini   oshirishda,   asarning   hayotiyligi,   xalqchilligini   ta’minlashda
mohirona foydalanganini ko‘rish mumkin.  
9.  O‘zbek tilshunosligida ko‘chimlar leksik ma’no taraqqiyot yo‘llaridan biri
bo‘lib, so‘zning uzual yoki okkazional ma’no doirasida hosil qilinadi. Ko‘chimlar
62 badiiy   matn   doirasida   talqin   qilinganda   ko‘proq   ularning   mohiyatiga   sub’ektivlik
nuqtai   nazaridan   yondashish   maqsadga   muvofiq.   Chunki   yozuvchi   (sub’ekt)ning
ob’ektga shaxsiy munosabati, dunyoqarashi, baholashdan kutilgan badiiy niyati va
maqsadi ko‘chimlarda o‘z in’ikosini topadi.
XULOSA
1.   XX   asrning   80-90-yillarida   adabiyotimizga   kirib   kelgan   iste’dodli   adib,
Normurod   Norqobilov   asarlari   bugungi   kun   ma’naviy   qiyofamizni
shakllantirishda,   qalbimizda   milliy   g‘urur,   iftixor,   odamiylik   tuyg‘ularini
63 yuksaltirishda   beqiyos   ahamiyat   kasb   etadi.   U   o‘z   asarlarida   insonning   ichki
kechinmalarini,   ruhiy   holatini   tasvirlashga   intiladi,   insonni   avaylash,   tabiatni
asrash   kabi   bugungi   hayotimizning   dolzarb   muammolarini   badiiy   obrazlar   orqali
ochib   berishga   harakat   qiladi.   Yozuvchining   qissalarida   o‘zbek   tilining   jozibasi,
ohangdorligi,   ifodaliligi,   ta’sirchanligi   turfa   lingvistik   vositalar   yordamida
tasvirlab berilgan. Yozuvchining so‘z qo‘llash uslubi, o‘ziga xosligi, mahorati kabi
jihatlar   muayyan   darajada   qaysidir   yo‘nalishda   o‘rganilgan   bo‘lsa-da,   biroq
yozuvchi   qissalari   tilining   badiiyatini   ta’minlovchi   lisoniy   vositalar   shu   kunga
qadar   lingvistik   jihatdan   alohida   tadqiq   etilmagan   edi.   Binobarin,   Normurod
Norqobilovga xos individual mahoratni belgilashda mazkur jihat o‘ta dolzarbdir. 
2.   N.Normurodov   qissalari   tilining   badiiy-obrazliligini,   estetik
ta’sirchanligini  oshirishda, personajlar  nutqini, xarakter-xususiyatlarini  o‘ziga xos
tarzda   ifodalashda,   jonli   so‘zlashuv   tiliga   xos   milliy-mahalliy   kolorit
bag‘ishlashda,   qolaversa,   o‘zining   individual   uslubiga   xos   tasvir   yaratishda,
xususiy   yashirin   ma’noga   ishora   qilishda,   qahramonlar   portretini,   intim-ruhiy
kechinmalarini   intensiv   usulda   tasvirlashda   ma’nodosh,   zidma’noli   so‘zlardan   va
jonli so‘zlashuv tiliga xos leksik birliklardan o‘ta mohirlik bilan foydalanib, ularni
asar g‘oyasiga xizmat qiluvchi obrazli ta’sirchan tasviriy vositaga aylantira olgan.
3.   Tilimizdagi   ko‘pgina   metaforalar   uchun   ekspressiv-yemotsional
bo‘yoqdorlik   ajralmas   xususiyat   hisoblanadi.   N.Norqobilov   qissalarida   insonning
ruhiy   holati,   ichki   kechinmalari,   xarakterini,   o‘zgalarga,   atrof-muhitdagi
hodisalarga   bo‘lgan   ijobiy   yoki   salbiy   munosabatlarini   ochib   berish   uchun,
tabiatni,   hayvonlarning   holatini   ochib   berish   uchun   yozuvchining   individual
mahoratiga xos metaforalar qo‘llangan. 4.   Normurod   Norqobilov   qissalarida   lisoniy   metaforaning   turli	
ko‘rinishlaridan   unumli   foydalanib,   go‘zal   obrazlar   yaratishda   tilning   nozik
semantik   imkoniyatlarini   o‘z   badiiy   niyatiga   yo‘naltiradi.   Okkazional
bog‘lanishlar asosidagi matniy silsila  va badiiy hamda mantiqiy mahorat so‘zlar
metaforik   ma’nosining   quyma   va   original   holatli   bo‘lishini   ta’minlagan.   Badiiy
niyat,   lisoniy   asos   va   nutqiy   erkinlik   omixtaligi   va   mushtarakligi   go‘zal
64 ko‘chimlar hosil qilish imkonini bergan. Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, badiiy
metafora   so‘z   semantik   strukturasidagi   ifoda   semalarining   kuchayishi,   buning
evaziga atash semalarining kuchsizlanishiga asoslanadi. 	
5. Metaforik ma’noning qaysi turkumga xosligi uning qanday badiiy san’atni	
voqelantirishini ham belgilab beradi. Masalan, ot turkumiga mansub so‘zlarning
metaforik   ko‘chma   ma’nosi   asosidagi   badiiy   san’atda   konnotativ   semaga
ustuvorlik   qilsa,   fe’l   turkumiga   xos   so‘zlar   badiiy   san’atlar   hosil   qilganda   esa,
ko‘proq denotativ semasiga asoslanish kuzatiladi.6.   Normurod   Norqobilov   qissalarida   o‘xshatishlardan   individual   foydalanish
mahorati  tahsinga loyiq, chunki  adib bunday o‘xshatishlarga kutilmaganda kuchli
ekspressivlik,   yangilik   bo‘yog‘ini   bera   olgan.   Qissalarda   o‘xshatishlar
qo‘shimchalar,   yordamchi   so‘zlar,   leksik-grammatik   vositalar   bilan   yuzaga
chiqqan va yozuvchi badiiy niyatining to‘la-to‘kis ifodalanishiga xizmat qilgan.
7. Jonlantirish insonlarga xos  xususiyatning  hayvonlarga, narsa-hodisalarga
ko‘chishini   ifodalovchi   hodisadir.   Normurod   Norqobilov   qissalaridagi
jonlantirishlar muallifning badiiy maqsadi bilan uyg‘un holda yuzaga chiqqan. 
8.   Normurod   Norqobilov   qissalarida   epitetlar   badiiy   matnga   badiiy   bo‘yoq
berishda,   uning   ta’sirchanligi,   obrazliligini   oshirishda,   ijodkor   ideolektiga   xos
pragmatik   maqsadlarni   implitsit   ifodalashda   eng   muhim   tasviriy   usullardan   biri
sifatida   istifoda   etilgan.   Yozuvchi   epitetlarning   so‘zlar,   so‘z   qo‘shilmalari,
kengaygan   birikmalar,   iboralar   bilan   ifodalangan   turlarini   badiiy   mahorat
darajasida qo‘llagan.
9. Yozuvchi qissalarida holatning intensivligini tasvirlashda, jumlaning ifoda
ta’sirchanligi, ekspressivligini ta’minlashda takrorlardan unumli foydalangan.
10. Normurod Norqobilov qissalarida o‘rni bilan qo‘llangan kinoya vositasi
personajlar   xulq-atvori,   ichki   va   tashqi   portret   ko‘rinishlarini   tasvirlashda,   jumla
ta’sirchanligini   oshirishda,   badiiy   matnning   jonlilik,   tabiiylik   sharti   bilan
xalqchilligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi.  
65 11.   Normurod   Norqobilov   qissalarda   mubolag‘ali   nutq   orqali   voqelikning
ta’sirchanligini   oshirishda,   asarning   hayotiyligi,   xalqchilligini   ta’minlashda
mohirona foydalanganini ko‘rish mumkin.  
12.   O‘zbek   tilshunosligida   ko‘chimlar   leksik   ma’no   taraqqiyot   yo‘llaridan
biri   bo‘lib,   so‘zning   uzual   yoki   okkazional   ma’no   doirasida   hosil   qilinadi.
Metaforalar   ko‘chim   turlari   orasida   juda   keng   tarqalgan   bo‘lib,   ular   o‘z
xususiyatiga   ko‘ra   doimiy   va   individual   metaforalarga   bo‘linadi.   Normurod
Norqobilov   qissalarda   individual   metaforalar   yaratish   orqali     ta’sirchanlikni
oshirgan,   qissalardagi   voqelikning   tasviriyligini,   badiiy-yestetik   quvvatini
oshirishga erishgan. 
13.   Tildagi   barcha   tasviriy   vositalar   singari   metonimiyaning   ham   badiiy
adabiyotda   o‘ziga   xos   o‘rni   bor.   Metonimiya   badiiy   asarda   ijodkor   g‘oyasini,
maqsadini yoritishda ta’sirchan vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, N.Norqobilov
ijodida   ellipsis   natijasida   hosil   qilingan   metonimiyalarning     badiiy-yestetik
salmog‘i anchayin keng.
14.   Yozuvchining   sinekdoxadan   foydalanish   mahorati   tahsinga   loyiq.   Adib
sinekdoxalardan obrazli, ta’sirchan ifodalar yaratishda hamda badiiy matnda jonli
so‘zlashuv   tiliga   xos   tabiiylikni,   soddalikni   ta’minlashda   individual   foydalanib,
o‘zining betakror mahoratini namoyon eta olgan. 
15.   Umuman,   bugungi   kunda   o‘zining   ijodi   bilan   xalqimizning   ma’naviy
dunyoqarashini   shakllantirishga   munosib   hissa   qo‘shayotgan   buyuk   ijodkorlar
orasida Normurod Norqobilovning ham o‘ziga xos o‘rni  bordir. 
16.   Ma’lumki,   nutq   kishi   ko‘rki   sanaladi,   kommunikantlarga   xos   ijobiy
hamda   salbiy   xarakter-xususiyat   ularning   nutqida   muayyan   vositalar   asosida
yuzaga   chiqadi.   Kishi   fe’l–atvoriga   xos   bo‘lgan     xulq   ifodasi,   albatta,   nutq
jarayonida ishtirok etayotgan so‘zlar vositasida ham o‘zini namoyon qiladi. 
17.   Kommunikantning   ijobiy   va   salbiy   sifatlarini   namoyon   qiluvchi
birliklarga   uning   ko‘rinishi,   xatti-harakatini   ifodalovchi   so‘zlar   ham   kiradi.
Normurod   Norqobilov   qissalarida   muloqot   vaqtida   kommunikantlarning   o‘zaro
murojaati orqali ularning fe’l-atvoridan xabar topamiz. Ijobiy ma’noga ega bo‘lgan
66 so‘zlar   qatorida   erkalash   ma’nosidagi   so‘zlar   ijobiy   munosabatni   ifodalash
maqsadida  nutqda qo‘llanilgan. Qissalarda  kommunikantlarning salbiy xarakterga
egalik   holatini   ko‘rsatish   maqsadida   uning   nutqida   qo‘pol,   haqorat   so‘zlar
qo‘llanilgan.   Ijodkor   o‘z   asarlarida   umumxalq   tili   boyligidan   ustalik   bilan
foydalangan,   umumxalq   tilidagi   so‘kish,   qarg‘ish   va   haqoratga   oid   til   birliklarini
keng   qo‘llagan   va   erkak   hamda   ayol   nutqining   jinsiy   farqliligi   bu   birliklarda
namoyon bo‘lgan.    
18. Tadqiqotimiz bo‘lgan Normurod Norqobilov qissalarida  kommunikantlar
nutqiy muloqotida qo‘llangan murojaat shakllarining faol qo‘llanilganligi bilan bir
qatorda,   ayrimlari   hozirgi   o‘zbek   muloqotida   ham   iste’foda   etilayotganligiga
guvoh bo‘lish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
67 I. Normativ huquqiy hujjatla r va metodologik ahamiyatga molik
nashrlar:
 
1.   “Ўзбекистон   Республикаси   давлат   тили   ҳақида”ги   Қонуни.–Т.:
Ўзбекистон, 1989.
2.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   “Ўзбек   тилининг   давлат
тили   сифатидаги   нуфузи   ва   мавқеини   тубдан   ошириш   чора-тадбирлари
тўғрисида”ги Фармони / Халқ сўзи, 2019 йил, 22 октябрь.
3.   Мирзиёев   Ш.М.   Эркин   ва   фаровон,   демократик   Ўзбекистон
давлатини   биргаликда   барпо   этамиз   //   Ўзбекистон   Республикаси
Президенти   лавозимига   киришиш   тантанали   маросимига
бағишланган   Олий   Мажлис   палаталарининг   қўшма   мажлисидаги
нутқ. – Тошкент: Ўзбекистон, 2016. – 56 б.
4.   Мирзиёев   Ш.М.   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб
халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 488
б.
5. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва
шахсий   жавобгарлик   –   ҳар   бир   раҳбар   фаолиятининг   кундалик
қоидаси бўлиши керак.– Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 104 б.
6. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг
“Миллий   ўзлигимиз   ва   мустақил   давлатчилигимиз   тимсоли”
мавзусида   Ўзбек   тилига   давлат   тили   мақоми   берилганининг   ўттиз
йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи / Халқ сўзи,
2019, 22 октябрь. №218(7448).
I I . M o n o g r a f i y a ,   i l m i y   m a q o l a ,   i l m i y   t o ’ p l a m l a r
68 7 .   Абдураҳмонов   Х,   Маҳмудов   Н.   Сўз   эстетикаси.   –Тошкент:
Фан, 1981. – 59 б. 
8 .   Арутюнова   Н.   Д.   Метафора  и   дискурс   //  Теория   метафоры.   –
М., 1990. – С. 5 – 51. 
9 .  Аристотель. Поэтика. – М., 1984. 
1 0 .  Античные теории языка и стиля. – М. – Л., 1936. – С. 217. 
1 1 . Арутюнова Н.Д. Языковая метафора (Синтаксис и лексика) //
Лингвистика и поэтика. – М.:Наука, 1979. – 147-174. 
1 2 .   Бегматов   Э.,   Бобоева   А.,   Асомиддинова   М.,   Умурқулов   Б.
Адабий норма ва нутқ маданияти.  –Т .: Фан , 198 3. -151 б. 
13. Э.Бегматов., А.Бобоева, М.Асомиддинова, Б.Умурқулов. Ўзбек нутқи
маданияти очерклари. – Т.: Фан, 1988. – 190 б. 
1 4 .   Бегматов Э., Маматов А. Адабий норма назарияси. 1 - қисм.  –
Тошкент:Фан, 1997. – 156
1 5 . Бегматов Э., Маматов А. Адабий норма назарияси. 2-қисм. –
Тошкент: Фан, 1998. – 168 б. 
16 . Бегматов Э., Маматов А. Адабий норма назарияси. 3-қисм. –
Тошкент: Фан, 2000. -194 б. 
17 . Блэк М. Метафора // Теория метафоры. – М., 1990. – 178 с.
18 .   Зикриллаев   Ғ.З.   Истиқлол   ва   адабий   тил:   монография.   –
Т.:Фан, 2004. 
19 . Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. Т.: “Фан”, 2008.
– 110 б.
20.   Каримов   С.   Тил   таълими   ва   меъёр:   В220100   ва   5220100
филология   (ўзбек   филологияси)   бакалаври   йўналишида   таҳсил
69 олаётган   талабалар   учун   ўқув   қўлланма:   -Т.:   Абдулла   Қодирий
номидаги халқ мероси нашриёти, 2002. 
21.   Каримов   С.   Ўзбек   тили   функционал   стилистикаси.   –
Самарқанд: СамДУ нашри, 2010.  –  Б. 112.
22 .  Кожевникова Н.А. Метафора в языке и тексте. –М., 1988. 
23 .   Лакофф   Д.,   Джонсон   М.   Метафоры,   которыми   мы   живем   //
Теория метафоры. – М., 1990.  – 226 с. 
24 .   Миртожиев   М.,   Маҳмудов   Н.   Тил   ва   маданият.   –
Т.:Ўзбекистон,   1992.   25.   Маҳмудов   Н.   Тилимизнинг   тилла
сандиғи.   –   Т.:   Ғафур   Ғулом   номидаги   нашриёт-матбаа   ижодий
уйи, 2012. - 152 б.
26. Миртожиев   М.   Кўчма   маъно   ҳосил   қилувчи   ҳодисалар
классификация-сига доир // Ўзбек филологияси масалалари.
– Т.: ТУН, 1970.  – Б.91-99.
27. Миртожиев М. Лингвистик метафоралар таснифи // Ўзбек
тили ва адабиёти. – Т., 1973. − №4. – Б. 57-61. 
28.    Мукаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатиш. – Т.: Фан, 1976. –
88 б.
29. Тохиров З. Метонимик ҳосила маъноларда прагматик семалар
// Ўзбек тили ва адабиёти. – Т., 1985. − № 3. – Б. 28.
30. Турсунов   У.,   Мухторов   Ж.,   Раҳматуллаев   Ш.   Ҳозирги   ўзбек
адабий тили. – Т.: Ўқитувчи, 1975. – 260 б.
31. Умурқулов Б. Бадиий адабиётда сўз. – Т.: Фан, 1993. – 132 б.
32. Шералиева   М.   80-йиллар   ўзбек   насридаги   киноя   хусусида   //
Ўзбек тили ва адабиёти. – Т., 2002. − №1. – Б. 40-42.
70 33.   Сайфуллаева   Р.,   Менглиев   Б.,   Қурбонова   М.,   Боқиева   Г.,
Юнусова   З.,   Абузалова   М.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили:   5220100   –
филология   (ўзбек   филологияси)   бакалаври   йўналиши   учун
қўлланма. – Т.:Университет, 2006. 
34.  Серль Дж. Метафора // Теория метафоры. – М., 1990.  238 с.
35. Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р.,.Рустамов Ҳ. Ўзбек тили 
стилистикаси. – Т., 1983. 
36.  Ҳожиаҳмедов А. Шеър санъатларини биласизми? –Т.: “Шарқ” НМК, 
1999.- 126 б.
37. Қиличев Э. Ўзбек тилининг амалий стилистикаси. – Т., 1993. – 186 б.
38. Қиличев Э. Ўзбек тилининг практик стилистикаси. – Т., 1985. – 156б.
39. Қудратов Т. Нутқ маданияти асослари. -Т., 1993. 
40 .   Қўнғуров   Р.   Ўзбек   тилининг   тасвирий   воситалари:
монография.  – Т.: Фан, 1977. 
41. Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият 
асослари. – Т., 1992.
III. Dossertatsiya va avtoreferatlar :
42 .   Абдиев Э. Язык и стиль драм Камила Яшина: автореф. дисс.
…   канд.   филол.   наук. – Ташкент, 1982. –  48 б.
43 .   Абдурахманов   Х.   Особенности   синтаксиса   узбекского
устного народного творчества :   Автореф. дисс. .. .   докт. филол. наук.
–   Ташкент, 1977. –   48 с. 
44 .   Анданиязова   Д.Р.   Бадиий   матнда   ономастик   бирликлар
лингвопоэтикаси:   Филол.фан.   фалсафа   док.   (PhD)   автореф.   –
Тошкент, 2017;-48 б.
71 45.   Боймирзаева   С.У.   Ойбек   прозасининг   лингвостилистик
тадқиқи:   филол.фан.номз.   ...дисс.   автореф.   –   Самарқанд,   2004   –   42
б.
46.   Йўлдошев   М.   Чўлпоннинг   бадиий   тил   маҳорати:
филол.фан.номз. ...дисс. автореф. – Тошкент, 2000. – 24 б.
47 .   Каримов   С.   Язык   и   стиль   произведений   Зулфии:   автореф.
дисс.…канд.филол.наук. –   Т ашкент,  1983.  –  24 с.
48.   Келдиёрова   Г.   Ўзбек   бадиий   нутқида   антитеза:
филол.фан.номз. ...дисс. автореф. – Т., 2000. – 24 б.
49.   Махмараимова   Ш.Т.   Оламнинг   милий   лисоний   тасвирида
теоморфик метафоранинг когнитив аспекти:   Филол.фан. фалсафа док. (PhD)
автореф. –  Қарши,  2017. – 46 б.
50.   Муҳаммаджонова   Г.   80-йиллар   охири   ва   90-   йиллар
бошлари   ўзбек   шеъриятининг   лингвопоэтик   тадқиқи:
филол.фан.номз. ...дисс. автореф. – Тошкент, 2004. –36 б.
51.   Нормуродов   Р.   Шукур   Холмирзаев   асарларининг   тил
хусусиятлари:   филол.фан.номз.   ...дисс.   автореф.   –   Тошкент,   2000.   –
24 б.
52.Тошхўжаева   Ш.Ғ.   Эркин   Аъзам   асарлари   лингвопоэтикаси:
Филол.фан. фалсафа док. (PhD) автореф. – Тошкент, 2017.  - 24 
53.   Чориев   Т.   Садриддин   Айний   публицистик   асарларининг
тили   ва   услуби   (лексика   ва   фразеология):   филол.фан.номз.   ...дисс.
автореф. – Самарқанд, 2001. – 24 б.
54.   Каримов   С.А.   Ўзбек   тилининг   бадиий   услуби:   Филол.   фан.   д-ри...
дисс. – Тошкент., 1993. – 46 б.
72 55. Каримов   С.А.   Ўзбек   тилининг   бадиий   услуби:
Филол.фан.док… дисс. – Самарқанд, 1993. – 293 б.
56.   Нормуродов   Р.У.   Шукур   Холмирзаев   асарларининг   тил
хусусиятлари: Филол. фан. номз... дисс. автореф. – Тошкент, 2000. – 26 б.
57. Сувонова   Р.   Ўзбек   тилида   метонимия:   Филол.фан.ном…
дисс. – Самар-қанд, 2001. – 112 б.
58. Юлдашев   М.М.   Бадиий   матннинг   лингвопоэтик   тадқиқи:
Филол.фан. док… дисс.автореф. – Т., 2009. – 48 б.
59. Ўзбек   тили   стилистикаси   /   Шомақсудов   А.,   Расулов   И.,
Қўнғуров Р., Рустамов Ҳ. – Т.: Ўқитувчи, 1983. – 248 б.
60 .   Қосимов   М.   Бадиий   нутқ   индивидуаллигининг   лингвистик
хусусиятлари.   (Т   оғай   Мурод   асарлари   мисолида):
филол.фан.номз. ...дисс. автореф. – Т., 2007. - 24 б.
61.   Қўчқортоев   И.   Абдулла   Қаҳҳорнинг   фразеологик
новаторлиги:   филол.фан.номз.   ...дисс.   автореф.   –   Тошкент,   1975.   –
22 б.
IV. Lug’atlar
62.   Раҳматуллаев   Ш.   Ўзбек   тилининг   изоҳли   фразеологик
луғати. – Т.:Ўқитувчи, 1978
63 .   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   5   жилдли.–   Тошкент:
«Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси»   Давлат   илмий   наштирёти,
2006. // www.ziyouz.com kutubxonasi   
64 .   Лингвистический энциклопедический словарь. – М., 1986. 
73 65 .   Ҳожиев   А.   Ўзбек   тили   синонимларининг   изоҳли   луғати.   -Т.:
“Ўқитувчи”,1974. -166 б. 
66. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Т.: ЎзМЭ,
2002. – 168 б.
V.  Internet resurslar
http://www.ziyo    net    .uz/   
http://www.ziyouz.uz/
http://superlinguist.ru
http://www.krugosvet.ru.  
http://www.twirpx.com/files/languages/linguistics/
VI. Badiiy  adabiy ot
Норқобилов Нормурод. Юзма-юз  (қиссалар). - Т.: Чўлпон,  1993. - 175 б.
Норқобилов   Нормурод.   Бекатдаги   оқ   уйча.   (қисса   ва   ҳикоялар).   –   Т.:
Шарқ, 2000. - 173 б. 
Норқобилов Нормурод.   Қоялар ҳам йиғлайди . (қисса ва ҳикоялар). – Т.:
Шарқ, 2000. - 173 б. 
Норқобилов   Нормурод.   Бўрон   қўпган   кун.   Қиссалар.   Тоғу   тошларда.
Тоғдаги ёлғиз одам. Т.: Шарқ. 2007. -178 б.
Норқобилов   Нормурод.   Овул   оралаган   бўри.   Қиссалар.   Тоғ   одами.   –
Шарқ, 2011. 
VII.  Qisqartmalar
O – «Oqbo‘yin» qissasi;
O.o.b. – «Ovul oralagan bo‘ri» qissasi
T.o. – «Tog‘ odami» qissasi
74

NORMUROD NORQOBILOV QISSALARIDA METAFORA ( “ OQBO‘YIN ” , “ OVUL ORALAGAN BO‘RI ” , “ TOG‘ ODAMI ” ) KIRISH 3 I BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA METAFORA HODISASINING O‘RGANILISHI 10 §1 .1. O‘zbek tilshunosligida metaforalarning o‘rganilishi 10 § 1.2. Metafora lisoniy hodisa sifatida 16 Bob yuzasidan qisqacha xulosa 26 II BOB. NORMUROD NORQOBILOV QISSALARIDA METAFORADAN FOYDALANISH MAHORATI 28 §2.1. Normurod Norqobilov ijodiga bir nazar 28 §2.2. Normurod Norqobilov qissalarida metafora uslubiy vosita sifatida. 34 Bob yuzasidan qisqacha xulosa 44 III BOB. YOZUVCHINING METAFORAGA YONDOSH HODISALARDAN FOYDALANISH MAHORATI 46 § 3.1. N.Norqobilov qissalarida so‘zning ko‘chma ma’noda ishlatilish imkoniyatlari . 46 § 3.2. Normurod Norqobilov qissalaridagi semantik-stilistik vositalar. 49 Bob yuzasidan qisqacha xulosa 61 XULOSA 64 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 68 KIRISH 1

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. XXI asr jahon ilm-fanida konkret badiiy obrazning metaforik talqin bilan munosabatiga oid materiallarga asoslangan tadqiqotlar ko‘lami kengaydi. Tilshunoslik va adabiyotshunoslikning turli aspektlari negizida amalga oshirilgan mazkur izlanishlar sirasida metaforaga nisbatan turli yondashuvlar kuzatildi va shunga mos tarzdagi xulosalar olindi. Mavjud izlanishlar ko‘lami XXI asr filologik nazariyalarni yangi konsepsiyalar bilan boyitibgina qolmay, metaforologiya borasidagi bilimlarning optimallashuvida ham ma’lum darajada xizmat qildi. Dunyo tilshunosligida olamni estetik idrok etish va so‘z qo‘llash san’atiga lingvolkulturalogik, etnolingvistik hamda lingvokognitiv yondashish natijasida badiiy tafakkur mexanizmini ochish, badiiy nutqning obrazli shakllanishi, uning badiiy hamda lingvoestetik ta’sir darajasini ochib beruvchi tadqiqotlar yaratilayotgani e’tiborlidir. Shuningdek, “badiiyat va metafora”, “metafora va obraz”, “metafora va badiiy asar tili” singari muammolarga keng o‘rin berilmoqdaki, bu holat nafaqat adib yoki shoirning olamni idrok etish prinsiplari, balki butun bir ijtimoiy tuzum xarakterini belgilash imkonini beradi. O‘zbek tilshunosligida adib va uning asarlari tilida yetakchi unsur bo‘lib yuzaga chiquvchi tasviriy vositalarning lisoniy xususiyatlarini ochib beruvchi qator ilmiy izlanishlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida til, adabiyot va madaniyat mushtarakligi masalasining dolzarblashuvi mutolaa madaniyatini yuksaltirishga, o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashiga, tafakkurni yangilashga bo‘lgan ehtiyoji natijasidir. Binobarin, “Ona tilimiz va milliy adabiyotimizni ulug‘lash, uning boy xazinasi, tarovati va nafosatini yosh avlodimizga yetkazish maqsadida yurtimizda atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablarini tashkil etdik.” 1 . Normurod Norqobilovning badiiy mahorati, so‘z qo‘llashdagi san’atkorona uslubi originalligi va favquloddaligi bilan alohida ajralib turadi. O‘zida badiiylik va falsafiylik muvozanatini uyg‘unlashtirgan lirikasida, xalq 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Миллий ўзлигимиз ва мустақил давлатчилигимиз тимсоли” мавзусида Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи // Халқ сўзи, 2019, 22 октябрь. №218 (7448) 2

tarixining zalvorli davri, millatning buyuk namoyandalari ibratli faoliyatini badiiy tarannum etishning go‘zal namunalari bo‘lgan qissalarida o‘zbek tili lisoniy imkoniyatlaridan yuksak darajada foydalanganini ko‘ramiz. Lisoniy imkoniyat voqelanishining yorqin namunasi – uning badiiy nutqda yuzaga chiqishi. Ijodkorning mahorati ana shu imkoniyatdan qay darajada foydalanishi va imkoniyat kengayishi uchun qanchalik hissa qo‘shishi bilan belgilanadi. Badiiy nutqda o‘zbek tili lisoniy imkoniyati umumiy me’yor asosida yuzaga chiqar ekan, bunda har bir ijodkorning individual mahorati, bir tomondan badiiy nutq imkoniyatining voqelanishini kengaytirsa, ikkinchi tomondan, imkoniyat boyishiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Normurod Norqobilov ijodi bu borada alohida xususiyatga ega. Binobarin, k eyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida badiiy matnni tashkil qiluvchi til birliklarini har tomonlama tadqiq qilish masalasiga e’tibor kuchaydi. Chunki har qanday til birligi badiiy matnda muallifning badiiy niyatiga xizmat qiluvchi bebaho vositaga aylanishi hamda o‘ziga xos qonuniyatlarni namoyon qilishi mumkin. Chunki adabiy tilning rivoji uchun badiiy adabiyot tili eng boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Binobarin, adabiy tilning badiiy mukammallikka, milliy xarakterlar yaratishdagi o‘ziga xoslikka erishishida o‘zbek yozuvchilarining mashaqqatli xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. Shu nuqtai nazar ushbu magistrlik dissertatsiyasi uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi. XX asrning 80-90-yillarida adabiyotimizga kirib kelgan iste’dodli adib, Normurod Norqobilov asarlari bugungi kun ma’naviy qiyofamizni shakllantirishda, qalbimizda milliy g‘urur, iftixor, odamiylik tuyg‘ularini yuksaltirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. U o‘z asarlarida insonning ichki kechinmalarini, ruhiy holatini tasvirlashga intiladi, insonni avaylash, tabiatni asrash kabi bugungi hayotimizning dolzarb muammolarini badiiy obrazlar orqali ochib berishga harakat qiladi. Ayniqsa, yozuvchining qissalarida o‘zbek tilining jozibasi, ohangdorligi, ifodaliligi, ta’sirchanligi turfa lingvistik vositalar yordamida tasvirlab berilgan. Yozuvchining so‘z qo‘llash uslubi, o‘ziga xosligi, mahorati kabi jihatlar muayyan darajada qaysidir yo‘nalishda o‘rganilgan bo‘lsa-da, biroq 3

yozuvchi qissalari tilining badiiyatini ta’minlovchi lisoniy vositalar shu kunga qadar lingvistik jihatdan alohida tadqiq etilmagan edi. Binobarin, Normurod Norqobilovga xos individual mahoratni belgilashda mazkur jihat o‘ta zarurdir. Tadqiqot ob’yekti va predmeti. Magistrlik dissertatsiyasining ob’ekti sifatida Normurod Norqobilovning 1993 yilda Cho‘lpon nashriyotida chop etilgan “Yuzma-yuz” to‘plamidan o‘rin olgan “Oqbo‘yin” va 2005 yilda “Sharq” nashriyotida chop etilgan “Ovul oralagan bo‘ri” to‘plamdagi “Ovul oralagan bo‘ri” va “Tog‘ odami” qissalari tanlangan, badiiy matnda tilning estetik vazifasi va ifoda imkoniyatlari kengligini hamda yozuvchi qissalarida qo‘llangan lisoniy vositalarning badiiylikka xizmat qilishini yuzaga chiqaruvchi metaforalarni tadqiq etish tadqiqot predmeti bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Normurod Norqobilovga xos individual lingvistik mahoratni belgilashda adib qissalari tilining badiiyatini ta’minlovchi metaforalarni tahlil qilish mazkur magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadini tashkil etadi. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: Normurod Norqobilov ijodining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish darajasini belgilash va uning bugungi kundagi dolzarb ahamiyatini ko‘rsatib berish; Normurod Norqobilovning so‘z tanlash va qo‘llashdagi o‘ziga xos individual uslubining lingvistik va badiiy-yestetik asoslarini ochib berish; Normurod Norqobilov qissalari tilining badiiyatini ta’minlovchi metaforaning lingvistik va kognitiv xususiyatlarini yoritib berish; Normurod Norqobilov qissalarida qo‘llangan lisoniy metaforalar va badiiy metaforalarning semantik xususiyatlarini ochib berish; Normurod Norqobilov qissalarida metaforalarning badiiy san’atlar hosil qilish jihatlarini tadqiq qilish va badiiy-estetik vazifalarini yoritish. yozuvchi qissalarida qo‘llanilgan metaforalarning konnotativ-yestetik vazifasini aniqlash . Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 4

Normurod Norqobilovning so‘z tanlashdagi o‘ziga xos individual uslubining lingvistik va badiiy-yestetik asoslari ochib berildi; Normurod Norqobilov qissalari tilining badiiyatini ta’minlovchi metaforalarning semantik-stilistik va kognitiv xususiyatlari badiiy matndagi vazifasi yozuvchining individual mahorati orqali yoritilgan; Normurod Norqobilov qissalarida qo‘llangan lisoniy metaforalar va badiiy metaforalarning semantik xususiyatlari yozuvchining individual uslub qirralari bilan bog‘liq holda aniqlashtirilgan; Normurod Norqobilov qissalarida qo‘llangan birlamchi va ikkilamchi nominativ metaforik ma’nolar aniqlangan, ularning tasviriyligi, estetik- ta’sirchanligi faqat personaj nutqida emas, muallif nutqida ham ifodalanishi mumkinligi isbotlangan ; Normurod Norqobilov qissalarida gi metaforaning kognitiv funksiyali va obrazli metaforik ma’no turlari ajratilgan va semantik-stilistik imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Badiiy matnda tilning estetik vazifasi va ifoda imkoniyatlari kengligining zohir bo‘lishida metaforalarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Zero, ular g‘oyaviy baquvvatlikning muhim shartlaridan biridir. Har bir ijodkorning individual uslub qirralari unga zamondosh ijodkorlarning bayon uslubi bilan qiyosan o‘rganilganda yanada oydinlashadi. Jumladan, N.Norqobilovning so‘z tanlash mahorati, benazir uslubi Erkin A’zam, Tog‘ay Murod, Shukur Holmirzaev va Murod Muhammad Do‘stning badiiy til mahorati bilan muqoyasa qilinganda ochiq-oydin namoyon bo‘ladi. Yozuvchi metaforik ko‘chma ma’noning semantik, semantik-grammatik tasnifi, funksional turlari va badiiy-estetik vazifalariga oid natijalari o‘zbek tilshunosligida muhim ma’lumotlar bo‘lib xizmat qilishi asoslangan. N.Norqobilov metaforalardan foydalanishda so‘zning semantik mundarijasiga kiruvchi konnotativ-ifoda semalarga o‘ziga xos badiiy mazmun yuklaydi. 5