BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MAQOLLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARINI O‘RGATISH METODIKASI
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MAQOLLARNING LEKSIK- SEMANTIK XUSUSIYATLARINI O‘RGATISH METODIKASI MUNDARIJA KIRISH ...........................................................................................................3 I BOB. O‘ZBEK XALQ MAQOLLARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI 1.1. Maqol – xalqning borlig‘ini aks ettiruvchi ibratli so‘z…………….…...6 1.2. O‘zbek xalq maqollarining komponent tarkibi....................................24 II BOB. BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MAQOLLARNI O‘RGATISH USULLARI 2.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga maqollarning leksik-semantik xususiyatlarini o‘rgatish usullari ……………………………………………….45 2.2. O‘zbek xalq maqollarining uslubiy imkoniyatlarini o ‘rgatish usullari…………………………………………………………………………….52 2.3.Dars ishlanma……………………………………………………………58 XULOSA……………… ………………………...………………………….65 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .. ……………..…………….……68 ~ 1 ~
KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Mustaqillik yillarida ta’lim jarayonini mazmunan boyitish, zamonaviy dars shakllarini joriy etish, ularni zamon talablariga mos holda qo‘llash, ilmiy tahlil qilish va haqqoniy yoritish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019- yil 15- iyun kuni O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi quriladigan hududga tashrif buyurganida, “Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak” [I.7.3-b], - deb ta`kidlagan edi. Nazarimizda, bu fikrlar merosimizning bir bo‘lagi hisoblangan xalq og‘zaki ijodi janrlarini boshlang‘ich ta’limda o‘rganish va o‘rgatish,shu maqsadda yangicha usul va vositalarni qo‘llash,ularni ta’lim jarayoniga dadillik bilan olib kirish, targ‘ib qilish masalalariga ham daxldor. Zero, bugungi kunda yoshlar tarbiyasi, ma`naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining ustivor vazifasiga aylangan ekan, adabiyot namunalarini chuqurroq o‘rganish, aholining barcha qatlamlari ichida targ‘ib etish dolzarb masala hisoblanadi. Hozirgi ijtimoiy hayotimizda ta`limga, ayniqsa, uning poydevori hisoblangan boshlang‘ich ta`limga alohida e`tibor qaratilayotgan paytda adabiy asarlarni , birinchi navbatda, xalq og‘zaki ijodi janrlarini o‘rganish va o‘rgatish metodikasi juda ham muhim. Ayniqsa bu borada xalq maqollarning ahamiyati katta. Maqollar o‘quvchi shaxsini tarbiyalabgina qolmasdan, balki uning dunyoqarashini, fikrlash doirasini o‘stiradi; xalqimizning boy ma’naviy qadriyatlarini bola ongiga singdiradi. Milliy qadriyatlar doirasida xalq maqollarining ham alohida o‘rni bor. O‘zbek tilshunosligida xalq maqollarining leksik-semantik xususiyatlari masalasiga yetarli e’tibor qaratilmagan. Bitiruv malakaviy ish mavzusi shunga ko‘ra dolzarbdir. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi . Xalq tafakkuri durdonasi bo‘lmish maqollar o‘quvchi shaxsini tarbiyalash, kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqol so‘zlovchi nutqini bezabgina qolmasdan, uning tafakkurini, ~ 2 ~
dunyoqarashini boyitadi, insonni yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu davrgacha folklor janrining go‘zal namunasi bo‘lmish maqollar ustida qator izlanishlar olib borilgan. Jumladan, bu borada Sh.Shorahmedov[II.39.], Sh.Rahmatullayev[II.20.], Y.Pinxasov[II.19.], G‘.Salomov[II.22.], Q.Samadov[II.23.], M.Sadriddinova[II.25.]larning bu borada olib borgan ishlarini e’tirof etish mumkin. So‘nggi yillarda o‘zbek tilshunosligida xalq maqollarining ma’noviy, uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada H.Sulaymonov, Sh.Shomaqsudov, S.Mirzayev, S.Asqarov, A.Jo‘raxonov, M.To‘ychiyev, M.Hakimov, A.Rustamov, Sh.Shorahmedov, B.Abdullayev, A.Xolmuhammedov, B.Jo‘rayeva kabi tilshunos olimlarimizning ishlari misol bo‘la oladi. Ammo o‘zbek tilshunosligida maqollarning leksik-semantik xususiyatlari masalasiga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Ushbu Bitiruv malakaviy ishi orqali xalq maqollarining leksik va semantik hamda uslubiy xususiyatlarini o‘rganib chiqildi. Shuningdek, o‘rganilgan natijalar, bilimlarni boshlang‘ich ta’limda qo‘llash usullari ustida ish olib borildi. Tadqiqotning obyekti va predmeti . O‘zbek xalq maqollari va ularning izohli lug‘ati, sinonimik va antonimik lug‘atlar. Boshlang‘ich sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi, “O‘qish kitobi” darsliklari. Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Ushbu bitiruv malakaviy ishi orqali xalq maqollarining leksik-semantik xususiyatlariga e’tibor qaratildi. Hamda boshlang‘ich ta’lim tizimida maqollarning leksik va semantik xususiyatlarini o‘rgatishning usullari o‘rganildi. Tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari . Tadqiqotda o‘rganilayotgan muammoni hal etishda ilmiylik, xolislik, qiyosiy-tahliliy o‘rganish, tizimlilik tamoyillariga amal qilindi. Tadqiqotning metodologik asosini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev asarlari va ta’limga doir ~ 3 ~
n о rm а tiv huquqiу hujj а tl а r da ilgari surilgan ilmiy-nazariy ko‘rsatmalar muhim rol o‘ynadi. Tadqiqot metodlari . Ilmiy tadqiqot ishini yozish jarayonida qiyosiy tahlil nazariyadan amaliyotga emas, balki amaliyotdan nazariy xulosalar chiqarish usuliga tayanildi. Tadqiqotning aprobatsiyasi . Bitiruv malakaviy ishi SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida bajarildi. Ishning natijalari haqida talabalarning ilmiy anjumanida chiqish qilingan, muhokamadan o‘tkazilgan, tegishli fikr- mulohazalar bildirilgan. Ilmiy ishning mavzusiga daxldor 2 ta ilmiy maqola e`lon qilingan. Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi va hajmi . Tadqiqot kirish, ikki bob, dars ishlanma, umumiy xulosalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishning umumiy hajmi 70 betni tashkil qiladi. ~ 4 ~
I BOB. O‘ZBEK XALQ MAQOLLARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI 1.1. Maqol – xalqning borlig‘ini aks ettiruvchi ibratli so‘z Maqollar tilning ko‘rki hisoblanadi. Ulardagi ixcham ma’no va hajm xalq ma’naviyati, zakovati mahsulidir. Maqollar – bu xalqning donoligini, millatning ruhini, uning madaniyatini ko‘rsatadigan xalq og‘zaki ijodining gavharidir. Maqollarni, xususan, xalq ijodiyotini o‘rganish, tadqiq qilish bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu “gavhar” nafaqat tilshunoslar, balki boshqa turli soha vakillarini ham qiziqtirib qo‘ygan: etnograflar, madaniyatshunoslar, folklorshunoslar, adabiyotshunoslar, tilshunoslar, psixologlar, faylasuflar va boshqalar. Maqollar – bu xalq tajribasi, uning nafasi, yig‘isi, shodligi va sevinchi, qayg‘usi va ovunchi, bu xalq haqiqati, uni to‘g‘ri yo‘lga eltuvchi mayoqdir. “Xalq asrlar mobaynida to‘plagan hayotiy tajribasini turli vositalar yordamida kelajak avlodlarga meros qilib qoldiradi. Maqollar ana shunday bebaho meros namunasi hisoblanadi. Ular zamonlarosha xalq donishmandligining muhim manbai sifatida, og‘izdan – og‘izga o‘tib, sayqallanib kelgan. Maqollar xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlari singari har bir xalqning milliy adabiy va madaniy boyligi hisoblanadi. Ular xalqning milliy – madaniy xususiyatlari va uning qirralarini, dunyoqarashi, axloqiy me’yor va prinsiplarini, millatning ruhiy holatini to‘liq ifodalaydi”. O‘zbek maqollarining o‘rganilish tarixi: o‘zbek xalq durdonalarini, o‘zbek xalq ijodining ommaviy janrlaridan biri bo‘lgan maqollarni to‘plash va o‘rganish tarixi ham, ulardan yozuvchi va olimlarning o‘z asarlarida foydalanishi ham uzoq davrlarga borib taqaladi. Xususan, XI asrning buyuk olimi M. Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” asarida turk tili oilasiga kiruvchi xalqlarning maqollaridan keng foydalangan. Bu asar yolg‘iz o‘sha davr tilidagi so‘zlarni izohlovchi kitobgina emas, balki shu vaqtda butun Markaziy Osiyo ~ 5 ~