Boshlang‘ich ta’limda tovush va harflarni o‘rgatish metodikasi
Boshlang‘ich ta’limda tovush va harflarni o‘rgatish metodikasi M U N D A R I J A K I R I S H...................................................................................................... I BOB. BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TOVUSH VA HARFLARNI O‘RGATISHNING ILMIY-METDOIK ASOSLARI 1.1. Boshlang‘ich ta’limda tovush va harflarni o‘rgatishning maqsad va vazifalari................................................................................................................. 1.2. Boshlang‘ich ta’limda tovush va harflarning o‘ziga xos xususiyatlari........................................................................................................... 1.3 Boshlang‘ich ta’limda harf va tovushlarning o‘rgatishning yo‘llari................................................................................................................... II BOB. BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TOVUSH VA HARFLARNI O‘RGATISH METODIKASI 2.1. Boshlang‘ich ta’limda tovush va harflar bilan ishlash jarayonida bo‘g‘indan foydalanish yo‘llari................................................................................................................... 2.2 . Boshlang‘ich ta’limda tovush va harflar ustida ishlashda o‘qituvchining tayyorgarlik ishlari..................................................................................................................... 2.3. Boshlang‘ich ta’limda tovush va harflarni o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlar.......................................... Xulosa............................................................................................................ Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati................................................................
K I R I S H Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Bugungi kunda “ Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart! ” degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o‘rin egallagan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarimiz tashkil etadi. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim- tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur. Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor- o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi — yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz. 1 1 Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” nashriyoti, 2017, 14-bet.
Biz yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qildik. Shu asosda yangicha yondashuvlar hayotga faol joriy etilmoqda. Yoshlar haqida gap ketganda, men doim bir narsani o‘ylayman. Mana, bugungi kunda qancha- qancha yoshlarimiz chet ellarda ta’lim olmoqda, mehnat qilmoqda. Albatta, ularning orasida o‘z yo‘lini topib, begona yurtda hech kimdan kam bo‘lmay yashayotganlari ham ko‘p. Lekin Vatan sog‘inchi har qanday odamni ham qiynaydi. Shuning uchun ular bilan doimiy aloqa o‘rnatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yurtimizga qaytish istagida bo‘lganlarni qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirishimiz zarur. Shu maqsadda O‘zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasi ni tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratib berishimiz kerak. Yoshlarimiz xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo‘lishlari maqsadga muvofiq. Bu ularning o‘z salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etishlari uchun katta imkoniyat yaratadi. Biz bundan buyon ham ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni chuqur o‘qitish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Shu bilan birga, biz uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olish va kadrlar malakasini oshirish ishlarini keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yamiz. Bu haqda so‘z yuritganda, aytish lozimki, biz ulug‘ bobolarimizning munosib davomchilari bo‘ladigan yetuk insonlarni tarbiyalash masalasiga, afsuski, yetarlicha ahamiyat bermadik. Holbuki, intellektual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo‘q. Rivojlangan mamlakatlar bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga aynan shuning hisobidan yetgani – bu ham haqiqat. 2 Bugun gap xalqimiz, Vatanimizning taqdiri va kelajagi, jondan aziz bolalarimizning baxti va kamoli haqida bormoqda. Shunday ulug‘ maqsadlar yo‘lida barchamiz belimizni mahkam bog‘lab ishlashimiz, bor aql-zakovatimiz, 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent, “O‘zbekiston” nashriyoti, 2018. 72-bet.
bilim va tajribamizni, jonajon Vatanimizga farzandlik mehrimiz va sadoqatimizni safarbar etishimiz kerak. O‘zimiz o‘zimizga xiyonat qilmasak, o‘zimiz o‘zimizni aldamasak, halol-pok bo‘lib mehnat qilsak, men aminman, ko‘zlagan barcha marralarimizga albatta yetamiz. 3 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga harf va tovushlarni o‘rgatish boshlang‘ich ta’limning poydevori hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash, go‘zallikga intiluvchi, uni yurakdan his qila oladigan, go‘zallikni yaratishga intiladigan o‘quvchi sifatida voyaga yetkazish, kichik yoshdagi o‘quvchilarga harf va tovushlarni o‘rgatish orqali ularning o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirishning usul va yo‘llarini yanada takomillashtirish, Respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining husnixatini chiroyli, talab darajasida bir xil yozish malakalarini shakllantirish asosiy maqsad qilib olindi. Boshlang‘ich ta’limning mazmunini qayta ko‘rib chiqish, ta’limning sifat darajasiga e’tiborni kuchaytirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Zamonaviy boshlang‘ich ta’limning o‘zi nimadan iborat bo‘lishi kerak? Bola 1-4-sinflarda qanday bilimga ega bo‘lishi lozim? Ularning tarbiyasi qanday bo‘lishi kerak? Shu masalalarga javob topishimiz zarur 4 ”. Bola kamolotining shakllanishi ko‘p jihatdan chiroyli yozuvga bog‘liq. O‘quvchilar harf va tovushlarni mukammal o‘rganinsh orqali boshqa fanlarni ham muvaffaqiyatli o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Inson hayotida tovush va harflar muhim o‘rin tutadi, chunki u har kuni turli- tuman ma’lumotlarni o‘qishda va yozishda foydalanadi. Bularning barchasi harf va tovushlarni o‘rganishni taqozo etadi. Tovush va harflarni o‘rgatish uchun bola bilan maktabga qadam qo‘ygan kundan boshlab izchil, mukammal mashqlar olib borish, takomillashtirilgan metodika yordamida vazifani amalga oshirishimiz shart. 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent, “O‘zbekiston” nashriyoti. 2018. 78-bet. 4 Баркамол авлод орзуси.Т.: “Шарқ”. 1998. 13-бет.
O‘qituvchi bitta xatoga yo‘l qo‘ysa, o‘quvchining tovush va harflarni talaffuz qilish, yozish yozuv malakasi talab darajasida shakllanmaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tovush va harflarni o‘rgatish uchun ham tashkiliy ham mazmuniy talablarga birdek rioya qilishi lozim bo‘ladi. O‘quvchining ko‘p vaqti darsxonada o‘tganligi sababli sinf xonasi, parta, sinf doskasi, daftar, ruchkalar gigenik va pedagogik talablarga javob bergan holda tashkillashtirilishi, mazmuniy jihatdan har bir harfni, harf unsurlarini to‘g‘ri bog‘lab yozish, ular orasidagi masofani bir xilda saqlash, sinfdagi barcha o‘quvchilarni bir xil tezlikda ravon qilib yozishga o‘rgatish metodikasini ya’nada takomillashtirish talab etiladi. Asosiy maqsadimiz Respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tovush va harfga o‘rgatishning vosita va usullarini amaliy asoslab berish. Boshlang‘ich ta’lim jarayoni mustaqil O‘zbekiston davlatning ta’lim-tarbiya tizimida umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, amaldagi boshlang‘ich ta’lim fanli o‘qitishga asoslangan ta’lim jarayoni bo‘lib, uning asosiy maqsadi bolalarda elementar tarzdagi o‘qish, yozish, hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilishdan hamda obyektiv olam haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishdan iborat. 5 Inson shaxsini kamol toptirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini singdirishga, milliy tilga, o‘z xalqining an’analariga iftixor tuyg‘usini tarkib toptirishda ona tilining o‘rni beqiyosdir . 6 Ona tili darslarida qo‘llangan pedagogik texnologiya o‘quvchi yoshlarga o‘z ona tiliga mehr – muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish, ularni tom ma’noda savodxon bo‘lishiga erishish; to‘g‘ri, aniq, mantiqli nutq sohibi qilib tarbiyalash; mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, yozma nutqni rivojlantirish, nutq vaziyatiga qarab fikrni to‘g‘ri ifodalay olish malakalarini tarkib toptirish kabi vazifalarni bajarishi lozim. 5 Бошланғич таълим концепцияси. Тошкент, 2015,4-бет. 6 O ‘ zbek maktablarida ona tilini o‘qitish konsepsiyasi. Toshkent. 1993, 3-bet.