logo

Uzluksiz filologik ta’limda “Alpomish” dostonini o‘rgatish metodikasi (maktab, OO‘Y misolida).

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

562 KB
Uzluksiz filologik ta’limda “Alpomish” dostonini o‘rgatish metodikasi
(maktab, OO‘Y misolida).
Reja:
Kirish. Ishning umumiy tavsifi
I BOB. Uzluksiz filologik ta’limda “Alpomish” dostonini o‘rgatishning o‘ziga
xos xususiyatlari.
1.1 “Alpomish” dostonining yaratilish tarixi va variantlari.
1.2 “Alpomish” dostonida milliy urf – odatlarning aks etishi.
II BOB.Ta’lim bosqichlarida “Alpomish” dostonini o‘rgatishda interfaol 
metodlardan foydalanish.                                                
2.1 Maktab ta’limida ‘‘Alpomish’’ dostonini mustaqil ishlash uchun 
topshiriqlar berish orqali o‘rgatish.
2.2 OO‘Y larida ‘‘Alpomish’’ dostonining poetik xususiyatlarini nazorat va 
tekshirish topshiriqlari asosida tahlil qilish.
III BOB. Ishning amaliyotga tadbiqi.
3.1 Tajriba-sinov natijalari.
3.2 Ochiq dars ishlanmasi
1 K1R1SH
Mavzuning   dolzarbligi.   O‘zbek   xalqi   boy   merosga   ega.   Adabiy
merosimizning   asosiy   qismini   xalq   og‘zaki   ijodi   tashkil   qiladi.   Og‘zaki   poetik
ijodning badiiy jihatdan mukammali va hajman yirigi o‘zbek xalq dostonlaridir.
O‘zbek   xalq   dostonlari   o‘zbek   folklorshunosligida   ilmiy   ko‘lamda   fanning
nazariy   yo‘nalishi   bo‘yicha   tadqiq   qilingan   bo‘lsa   ham   ulami   ta’lim   tizimida
o‘rganish, ayniqsa, 
umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   darsliklarida   o‘qitish   uslubiyati   monografik
yo‘nalishda   o‘rganilmagan.   Shu   sababli   xalqimiz   ma’naviyati,   qadriyati,   urf-
odatlari,   yashash   tarzi   bilan   bog‘liq   xalq   dostonlarini   umumiy   o‘rta   ta’lim
maktablarida   o‘rganish   va   bu   sohada   biror   ilmiy   innovatsion   texnologiya   joriy
qilish   bugungi   kun   adabiyot   o‘qitish   metodikasining   dolzarb   masalalaridan
sanaladi.
Xalq   og‘zaki   ijodiyotining   gultoji   bo‘lgan   “Alpomish”   dostonidan   ayrim
parchalarning umumiy o‘rta ta’lim maktab darsligiga kiritilishi yosh avlodni ona
Vatanga, ajdodlar qadriyatiga sadoqat, milliy urf-odatlarimizga muhabbat ruhida
tarbiyalashga   xizmat   qiladi.   Zero,   birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimovning
“Alpomish”   dostonining   1000   yilligi   munosabati   bilan   o‘tkazilgan   bayram
tantanalarida   aytgan   quyidagi   fikrlari   barchamiz   uchun   dasturulamal   bo‘lib
xizmat   qiladi:   “Alpomish”   dostoni   bizga   insonparvarlik   fazilatlaridan   saboq
beradi.   Odil   va   haqgo‘y   bo‘lishga,   o‘z   yurtimizni,   oilamiz   qo‘rg‘onini
qo‘riqlashga,   do‘st-u   yorimizni,   or-nomusimizni,   ota-bobolarimizning   muqaddas
mozorlarini  har  qanday tajovuzdan himoya qilishga o‘rgatadi 1
”.
Ma’lumki.   1993-yildan   O‘zbekistondagi   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarida
adabiyot   fani   bo‘yicha   yangi   dastur   asosida   o‘quv   mashg‘ulotlari
uyushtirilmoqda.   1999-yildan   Respublika   Vazirlar   Mahkamasi   “Kadrlar
1
  Каримов  И.А. "Ал помиш"  достойининг  1000 йиллигига багишланган тантанали маросимда сузлаган  нут^и.  // Халк 
сузи,  1999, 9-ноябр.
2 tayyorlash   Milliy   dasturi”   asosida   akademik   litsey   va   kasb-hunar   kollejlarini
ochish   haqida   qaror   qabul   qildi.   Mazkur   qarorning   hayotga   tatbiq   etilishi
natijasida xalq og‘zaki poetik ijodi kursini alohida nazariy kurs sifatida o‘rganish
masalasi amalga oshmoqda. Bu esa bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisiga o‘zbek xalq
og‘zaki   poetik   ijodini   bo‘lg‘usi   yosh   mutaxassisi   sifatida   mukammal   o‘rganish
mas’uliyatini   yuklaydi.   Birinchidan,   O‘zbekiston   Respublikasining   fuqarosi
sifatida og‘zaki ijod janrlari va asoslarini o‘rganadi va shu asosda milliy mafkura
tamoyillarini egallaydi. Ikkinchidan, bir necha yildan so‘ng umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida adabiyot  fani  bo‘yicha ta’lim  beradigan o‘qituvchi  sifatida og‘zaki
ijod namunalarini  tahlil  etish,  badiiy asarlar  mohiyatini  o‘quvchilarga tushuntira
olish ko‘nikmasini hosil qiladi.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   o‘quv   dasturiga   kiritilgan   xalq
dostonlarini   o‘ qitish   yuzasidan   olib   borilgan   o‘quv-uslubiy   ishlar   tahlili
ularning   umumiy   yoki   xrestomatik   yo‘nalishda   yoritilganligidan   dalolat
beradi.   Bugungi   kun   ta’lim   tizimida   ro‘y   berayotgan   global   o‘zgarishlar   esa
xalq   dostonlarini   maxsus   va   har   tomonlama   o‘rganishni   taqozo   qiladi.   Zero,
xalq   dostonlari   xalqimiz   tarixi,   milliy   ma’naviyatining   o‘zagini   tashkil   qilar
ekan,   yosh   avlodni   ta’lim   va   tarbiyasida   o‘ ziga   xos   o‘ringa   egadir.   Birinchi
Prezidentimiz   ta’kidlaganidek:   "...   inson   o‘zini   anglagani,   nasl-nasabini
chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz otib. ulg‘aya
boradi.   Bu   ildiz qanchalik kerak bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat ham
shu qadar yuksak bo‘ladi”.
Mamlakatimiz   mustaqillikka   erishganidan   buyon   boshqa   ko‘plab
sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim sohasida ham bir qator ijobiy islohotlar amalga
oshirilmoqda.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I. Karimovning “Barkamol avlod yili”
davlat   dasturini   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirish   bo‘yicha   tashkiliy   chora-
tadbirlar   to‘g‘risidagi   farmoyishiga   binoan   “...o‘quv   jarayoniga   yangi
kommunikatsiya   va   pedagogik   texnologiyalarini   elektron   darsliklar   hamda
3 multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat  maktablari, kasb-
hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini
tubdan   yaxshilash,   ta’lim   muassasalarining   o‘quv   laboratoriya   uskunalari,
kompyuter   texnikasi   bilan   mustahkamlash,   shuningdek,   o‘qituvchilar   va
murabbiylaming   mashaqqatli   mehnatini   moddiy   hamda   ma’naviy
rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirish... ” ko‘zda tutilgan 2
Shundan kelib  chiqib, umumiy  o‘rta ta’lim  maktablari, akademik  litsey  va
kasb-   hunar   kollejlari,   oliy   o‘quv   yurtlarida   adabiyot   o‘qitishning   yangi
innovatsion   tizimini   yaratish   adabiyot   o‘qitish   metodikasi   fanining   muhim
vazifalaridan   biridir.   Mazkur   BMI   ayni   shu   maqsadni   amalga   oshirish   yo‘lida
xizmat   qiladi.   Jumladan,   “Alpomish”   dostonini   o‘rganishda   interfaol
metodlardan   foydalanishni   ilmiy-nazariy   jihatdan   tadqiq   qilish   mavzuning
dolzarbligini belgilaydi.
Bugungi   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalar   taraqqiy   etayotgan   davrda
“Alpomish” dostonini interfaol usullar orqali yangicha nuqtai nazardan amaliy
tadqiq   etish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Shu   munosabat   bilan   umumiy   o‘rta
ta’lim   maktablarida,   akademik-litsey   va   kasb-hunar   kollejlari,   oliy   o‘quv
yurtlarida   “Alpomish”   dostonini   o‘rgatishda   o‘qitishning   interfaol   usullaridan
foydalanishni maqsad qildik.
Xalq   dostonlarining   sara   namunasi   bo‘lgan   “Alpomish”   dostoni
xalqimizning   bebaho   ma’naviy   boyligi   hisoblanib,   yosh   avlodni   komil   inson
qilib shakllantirishda muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli
o‘rta   maktab   o‘quv   dasturiga   kiritilgan   xalq   og‘zaki   ijodi   janrlarini   chuqur   va
har   tomonlama   o‘rganish   bir   tomondan,   o‘quvchilarga   xalqimiz   tarixi,
ma’naviyati va og‘zaki ijodiga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otsa, ikkinchi tomondan
ajdodlar   kabi   yurtga,   Vatanga,   xalqiga   bo‘lgan   mehr-muhabbatni   yanada
kuchaytiradi.   Atoqli   xalq   baxshisi   Fozil   Yo‘ldosh   o‘g‘lidan   yozib   olingan
“Alpomish”   dostoni   xalqimizning   ana   shunday   noyob   adabiy   meroslaridan
2
 Уша манба, 2009-йил, 10-декабр сони.
4 biridir.
Mavzuning  o‘rganilish darajasi .  Xalq ijodini o‘rganish- xalqning tarixi, urf-
odati,   an’analari,   o‘y-kechinmalari,   buguni   va   kelajagini   tadqiq   etish   demakdir.
Unda   millatning   o‘zini   anglashi,   o‘ zligini   namoyon   qilish   xislatlari,   intilishlari,
hayot   tarzi,   dunyoqarashi   aks   etgan.   Muhtaram   birinchi   Prezidentimiz   Islom
Karimov   ta’kidlaganlaridek:   “Albatta,   har   qaysi   xalq   yoki   millatning
ma’naviyatini   uning   tarixi,   o‘ziga   xos   urf-odat   va   an’analari,   hayotiy
qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy
meros, madaniy boyliklar. ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri
bo‘lib xizmat qiladi”. Ana shunday yuksak ma’naviyatimizning asosi hisoblangan
xalq og‘zaki ijodini tom ma’noda anglash uchun, uning mohiyatini umumiy o‘rta
ta’lim   o‘quvchilariga   tushuntirish   va   singdirish   uchun   uning   g‘oyaviy-badiiy   va
janr xususiyatlari, poetik shakllanishi, tarixiy ildizlari hamda mifologik asoslarini
atroflicha   tadqiq   etish   lozim   bo‘ladi.   Xalq   ijodini   o‘rganishda   bunday   muayyan
yondashuv   uning   jonli   og‘zaki   ijro   sharoitida   o‘ziga   xos   ravishda   yashash,
tarqalish   xususiyatlarini,   uzoq   asrlik   tarixiy   taraqqiyot   jarayonida   xalq
dunyoqarashi   va   ruhiyati   bilan   bog‘liq   ayrim   hodisalarning   aks   etish   darajasi,
aniq   asarlar   syujet   tizimida   tutgan   o‘rni,   badiiy   vazifasi   hamda   mohiyatini
alohida-alohida tadqiq etishni talab qiladi.
Jahon ma’naviyati va madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan, o‘tmishi yuqori
saviyada   o‘tgan   xalqlar   og‘zaki   ijodida   butun   dunyo   folklorshunos   olimlari
muttasil   o‘rganayotgan   asarlar   bor.   Forsaytlar   haqidagi   sagalar,   nardlar,   manas
shular   jumlasidandir.   “Alpomish”   ham   ana   shunday   asarlar   qatorida   munosib
o‘ringa   ega.   Shuning   uchun   ham   folklorshunoslikda   “Alpomish”ning   xalq
qahramonlik   eposi   sifatidagi   tarixiy   ahamiyatini   atroflicha   o‘rganganlar.   Hamid
Olimjon 3
,   Hodi   Zaripov,   M.Saidov 4
,   To‘ra   Mirzayev,   Malik   Murodov,   Bahodir
Sarimsoqov,   Mamatqul   Jo‘rayev   kabi   o‘zbek   olimlari   mazkur   asarni   ijtimoiy
3
3. Хамид Олимжон. Мукаммал асарлар  тў плами.  Ў н томлик.  -  Тошкснт: Фаи. 1981-йил.
4
Саидов М.  Ў збек хал қ  достончилигида бадиий махорат масала л ари.  -  Тошк е нт: Фан. 1969.
5 hayotning  badiiy  ijoddagi   ifodasi   yo‘nalishida   tadqiq  etganlar 5
.  Doston  haqidagi
yangi   fikr   B.Sarimsoqovning   “Alpomish”   eposi   haqida   uch   etyud”   hamda
“Alpomish”   klassik   epos   namunasi”   maqolalarida   qayd   etildi 6
.   Xususan,   bu
maqolada,   avvalo,   turkiy   xalqlar,   jumladan,   o‘zbek   xalqining   mustaqil   xalq
sifatidagi   o‘ziga   xos   belgilari   birinchi   navbatda,   qahramonlik   eposida   aks   etishi
qonuniyati   kashf   etildi.   Natijada   olimlar   tomonidan   doston   o‘rganilar   ekan,
“Alpomish” o‘zbek xalqi  tarixining badiiy ifodasi  san’atda aks etgan va og‘zaki
ijodda muhrlangan hujjat ekani to‘liq isbotlandi. Badiiy san’atda shunday asarlar
borki,   ularni   o‘rganish   ijod   samaralarini   tahlil   qilish   bir   necha   avlodlar   sa’y-
harakatlari   bilan   ham   o‘z   nihoyasiga   yetmaydi.   Millatni   anglash   uchun   uning
ruhiyatini   bilish   lozim.   Millatning   o‘ziga   xosligini   tayin   etadigan   eng   katta   va
asosiy   belgi   til   bo‘lsa,   uni   unutgan   odamda   millat   tuyg‘usi   bo‘lmaydi.
“Alpomish”   dostoni   o‘zbekning   ruhiy   olamini   anglatish   jihatidan   tengsiz   badiiy
obidadir.
“Alpomish”   dostonining   turkiy   dostonlar   qatorida   tutgan   o‘rni,   uning   epik
timsollar   tizimi   tadrijidagi   mavqei,   jahon   mifologik   tafakkur   tajribasining
“Alpomish”   dostoniga   ko‘rsatgan   ta’siri   va   undan   o‘rganilgan   jihatlar,   doston
sujetining   yaratilishiga   sabab   bo‘lgan   ijtimoiy-siyosiy,   tarixiy-falsafiy,   etnik-
maishiy   omillar,   asardagi   timsollar   tizimi   va   boshqalar   tekshirilgan.   Bevosita
doston badiiyatini o‘rganishga qaratilgan ishlar sirasiga M.Saidovning “O‘zbek
xalq   dostonchiligida   badiiy   mahorat   masalalari”   (T.,1969),   I.Yormatovning
“O‘zbek xalq eposi badiiyati (“Alpomish” dostoni asosida)” (T.,1993), yana shu
muallifning   “O‘zbek   xalq   qahramonlik   eposi   badiiyati”   ( 1994),
Q.Yo‘ldoshevning   “Alpomish”   talqinlari   (T.,   2002)   kabi   ishlarini   kiritish
mumkin.   Ammo   dostonni   o‘qimishliligini   ta’minlagan,   xalqimiz   qalbidan
chuqur   o‘rin   olgan   jihati   uning   milliy   ruhiyatimiz   bilan   chambarchas
bog‘liqligidadir.   Holbuki,   “Alpomish”   millat   uchun   faqat   o‘tmish   emas,   hozir
va kelajak hamdir. U-  barcha  badiiy buyuk asarlar  singari  abadiyatga daxldor.
5
Қ аранг: Хамид Олимжон. Асарлар, 10-жилдлик; Х-Зарипов.  Ў збек хал қ   қ ахрамонлик эпоси.; Т.М и рза е в. "Алпомиш"
достонининг  ў збек вариа н тлари.  -  Тошк е нт, 1989.
6
6  Саримсоков Б. “Алпомиш”  -  классик  э пос намуна с и.  Ў збек тили ва адабиёти журнали, 1999, 3-9-бетлар.
6 Shuning   uchun   asarni   o‘qitishda   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalardan
foydalanishni   tadqiq   etish   adabiyotshunosligimizning   kechiktirib   bo‘lmas
masalalaridan biridir.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari.  Ushbu tadqiqotning maqsadi umumiy
o‘rta ta’lim maktab o‘quv dasturiga kiritilgan “Alpomish” dostonini o‘rganishda
ta’lim tizimining noan’anaviy shakllaridan foydalangan holda yangi pedagogik
texnologiyaning turli vositalarini ijodkorlik bilan qo‘llab, xalq og‘zaki ijodining
ijtimoiy-tarbiyaviy   vositaligini,   muhimi,   o‘quvchilarda   estetik   didni
shakllantirishda muhim badiiy ahamiyatga egaligini ochib berishdir. Tadqiqotda
maqsadning bunday qo‘llanishi uning vazifalarini ham aniq belgilab beradi. Bu
vazifalar quyidagilardan iborat:
- “Alpomish”   dostonini   xalqimizning   boy   adabiy   merosi   va   uning
tarkibiy   qismi   dostonning   janr   xususiyatlarini   tushuntirish   va   shu   orqali
o‘ quvchilarga og‘zaki ijod an’analari haqida kengroq tushuncha berish;
- o‘quv dasturiga kiritilgan “Alpomish” dostonini muayyan dostonchilik
maktablari doirasida  o‘ rganish va shu orqali baxshi-shoirlar o‘rtasidagi ustoz-
shogirdlik   munosabatlarini,   barqaror   ijro   an’analarini   va   ijodiy   novatorlikni
o‘rganish;
- “Alpomish” dostonining o‘zbek folklorida tutgan o‘rnini aniqlash;
- xalq   baxshi-shoirlarining   hayoti   va   ijodini   hamda   u   mansub   bo‘lgan
dostonchilik maktabining o‘ziga xos yo‘nalishlarini tahlil qilish;
- doston   badiiyatini,   sujeti   va   kompozitsiyasini   o‘rganishda   yangi
pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
- darsning   jonli   va   qiziqarli   o‘tishini   ta’minlashda   AKT   vositalaridan
unumli foydalanish;
- “Alpomish” dostonini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish;
7 - Dars sifatini oshirish va samaradorligini aniqlashda jadvallar, tarqatma
materiallar va  test  savollari tuzish;
- dostonni   o‘rganishda   zamonaviy   axborot   texnologiyalaridan
foydalanishning ahamiyatini tadqiq etish.
Tadqiqotning   okyekti   va   predmeti.   Mazkur   tadqiqotda   xalq   og‘zaki
ijodini yangicha pedagogik tafakkur tamoyillariga tayanib o‘rganish masalasi
tadqiqot predmeti sifatida o‘rganildi.
Tadqiqot   uchun   asosiy   obyekt   sifatida   Fozil   Yo‘ldosh   o‘g‘li   kuylagan
“Alpomish”   dostoni   hamda   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktabining   9-sinf   adabiyot
darsligida   berilgan   dostondan   parchalar   olindi.   Fikrimizni   rivojlantirish,   ta’lim
samaradorligini   oshirish   maqsadida   oliy   o‘quv   yurtlari   uchun   K.Imomov   va
boshqalar   muallifligida   tayyorlangan   “Xalq   og‘zaki   poetik   ijodi”   darsligi,
O.Madayev   va   T.Sobitova   muallifligidagi   akademik   litseylar   uchun   “Xalq
og‘zaki   poetik   ijodi”   darsligi   va   yangicha   pedagogik   texnologiyalar,   ta’limning
zamonaviy ilmiy-metodik usullaridan foydalanildi.  
Tadqiqotning   metodologik   asoslari   va   metodlari.   O‘zbekiston
Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   va   Sh. M. Mirziyoyevning
ma’naviyat,   ma’rifat,   milliy   va   umumbashariy   qadriyatlar   to‘g‘risidagi   fikr-
mulohazalari,   milliy   adabiyotning   shakllanish   tarixi   hamda   “Alpomish”   dostoni
bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlardagi ilmiy-nazariy qarashlar BMlga metodologik
asos   bo‘lib   xizmat   qildi.   Shuningdek,   zamonaviy   pedagogik   metodlar   va
texnologiyalar asosida tahlillar amalga oshirildi.  
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   “Alpomish”   dostonini   ta’lim   tizimida
o‘qitishda   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalaming   turli   yo‘nalishlaridan
samarali   foydalanish,   ilmiy   tavsiyalar   berish   bilan   belgilanadi.   Tadqiqot   uchun
tanlangan   manbalarga,   folklorshunoslikda   erishilgan   so‘nggi   yutuqlarga,   ilmiy
tadqiqotlarga   tayangan   holda   tahlil   etiladi.   “Alpomish”   dostonini   o‘ qitishning
innovatsion texnologiyalari ishlab chi qiladi.  
8 Bundan   tashqari,   dars   jarayonida   o‘qituvchi   hamda   o‘quvchilarning
ijodkorligi,   faolligini   oshirish,   mashg‘ulot   samaradorligini   kuchaytirish,
o‘quvchilarda   mavzu   uchun   kerakli   bo‘lgan   ma’lumotlarni   internet   tarmog‘idan
izlash   va   topish   borasida   malaka   va   ko‘nikmalami   hosil   qilishga   erishiladi.
Olingan ma’lumotlarni darslikdagi ma’lumotlar bilan solishtirib, xulosa chiqarish,
o‘quvchilarda   mustaqil   fikrlash   voqea   va   hodisalarga   shaxsiy   munosabatini
bildira olishni shakllantiradi.  
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati.   Dissertatsiya dan
chiqarilgan   xulosalar   va   natijalarning   amaliy   ahamiyatini   belgilaydi.   Ishning
yakuniy   xulosalari,   bir   tomondan   dostonni   o‘qitish   uslubiyati   samaradorligini
oshirish   uchun   xizmat   qilsa,   ikkinchi   tomondan   ta’lim   sifatini   yaxshilashga
xizmat   qiladi.   o‘qituvchi   -   pedagoglar   uchun   metodik   qo‘llanma   vazifasini
o‘taydi.   Uslubiy   qo‘llanmalar,   uslubiy   tavsiyalar   yaratish   uchun   manba   bo‘lib
xizmat qiladi.
BIRINCHI BOB. 
UZLUKSIZ FILOLOGIK TA’LIMDA  ALPOMISH” DOSTONINI
O‘RGATISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI .
1.1.“Alpomish” dostonining yaratilish tarixi va variantlari.
Xalq   dostonlari   qadimiyatning   buyuk   bir   ehsoni   ,   o‘zlari   yaratgan   davrning
umumiy dunyoqarashi,ayni  paytda jonli  an’anaviy ijod va ijro sharoitlarida xalq
ruhining   obyektiv   holatini   davrlararo   ifodalab,mazmun   va   shakl   jihatidan   goh
kengayib,goh   torayib,ajdodlardan   avlodlarga   og‘zaki   ravishda   yetib   kelgan
9 adabiy   yodgorliklar   hisoblanadi.Zero,   ular   xalq   milliy   tarixining   afsonalar
qobig‘iga o‘ralgan qahramonlik voqealarining o‘ziga xos badiiy ifodasidir.
O‘zbek   xalq   qahramonlik   dostonlari   ham   asrlar   davomida   yaratildi   va
ularning eng yaxshi namunalari xalq san’atkorlari- baxshilar tomonidan jonli epik
an’analarda og‘zaki ravishda bizgacha olib kelindi.Bunday dostonlarning qadimiy
ildizlari   saklar,massagetlar,sug‘diylar,xorazimiylarga   mansub   urug‘   va
qabilalarning   afsona   va   rivoyatlariga   borib   taqalsa-da,ularning   kattagina   qismi
o‘zbeklarning   yagona   xalq   sifatida   shakllanishida   asos   bo‘lgan   urug‘   va
qabilalarda   patriarxal-urug‘chilik   munosabatlarining   yemirilishi   va   ilk   feodal
tuzumning yuzaga kela boshlashi davrlarida yaratilgan.Chunki ular xalqimizning
o‘zligini  anglashining  buyuk obidalari,uning yagona  xalq sifatida shakllanish  va
birlashish   sari   tashlagan   ulkan   qadami   sifatida   yuzaga   keldi.Dostonlar   gultoji
‘‘Alpomish’’ xalqimiz yaratgan ana shunday epik namunalaridan birinchisidir.
‘‘Alpomish’’   dostonida   bir   oila   taqdiri   tasviri   misolida,taqdir   taqazosi   bilan
bo‘linib   ketgan   qadimiy   bir   o‘zbek   urug‘ining   qayta   birlashishini   badiiy   aks
ettirish   orqali   millat   birligi   g‘oyalari,uning   qahramonona   shon-shuhrati,el-yurt
farovonligi   va   oila   baxti,   vatan   ravnaqi   uchun   kurash   baralla   kuylangan.   Shu
ma’noda   ushbu   doston   xalqimizning   uyg‘oq   xotirasidir.Shuning   uchun   ham
bugun   biz   uni   mustaqillik   davrida   millat   birligi   va   ma’naviy   uyg‘onishi,milliy
g‘urur   va   o‘z-o‘zini   anglash   ramziga   aylangan   doston   sifatida
baholamoqdamiz.O‘zbekiston   Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov
‘‘Alpomish’’dostonining   1000   yilligiga   bag‘ishlangan   tantanali   marosimda
so‘zlagan   1999-yil   6-noyabrdagi   nutqida   alohida   ta’kidlaganidek:”   “Alpomish”-
o‘zbekning   o‘zligini   namoyon   etadigan,mard   va   tanti   xalqimizning   yurak-
yuragidan   chiqqan,ota-bobolarimiz   avlodlardan   avlodlarga   o‘tkazib   kelayotgan
qahramonlik qo‘shig‘idir…
Aslida,xalqimizning   qadimiy   va   shonli   tarixi   tuganmas   bir   doston
bo‘lsa,”Alpomish”ana   shu   dostonning   shohbaytidir.Bu   mumtoz   asarda   tarix
to‘fonlaridan,hayot-mamot   sinovlaridan   omon   chiqib,o‘zligini   yo‘qotmagan
10 xalqimizning   bag‘rikenglik,matonat,oliyjanoblik   kabi   ezgu   fazilatlari   o‘z
ifodasini topgan” 7
.   
 “Alpomish”dostoni xalqimiz orasida juda keng tarqalgan va asrlar davomida
baxshilar   tomonidan   kuylab   kelingan   .   Shu   bilan   birga   u   turkiy   xalqlarning
mushtarak   dostoni   hamdir.Uning   namunalari   o‘zbek,qoraqalpoq,qozoq,oltoy
xalqlari epik  an’analarida doston holida, tatar,boshqird xalqlari orasida esa ertak
va   rivoyat   tarzida,yana   aniqrog‘i   oraliq   shaklda   saqlanib   qolgan   hamda   bu
xalqlarning til xususiyatlariga ko‘ra “Alpomish”, “Alpamis botir”, “Alip-Manas”,
“Alpamisha   va   Barsin   hiluv”   kabi   nomlar   bilan   yuritiladi.Shuningdek,Panjikent
atroflari,Qashqadaryo   viloyatining   Vargonza,Jenov   qishloqlarida   o‘zbek
dostonchilik   an’analari   ta’sirida   yuzaga   kelgan   hamda   jiddiy   transformatsiyaga
uchragan tojikcha va arabcha variantlari ham yozib olingan. Yozma manbaalarda
orqali   bizgacha   yetib   kelgan   o‘rta   asr   o‘g‘uz   eposi   “Dada   Qo‘rqut   kitobi”ning
uchinchi   bo‘yi   (dostoni)   –   “Bamsi   Bayrak”o‘zining   syujeti   voqealari   jihatidan
“Alpomish”ga ancha yaqin turadi 8
.
“Alpomish”dostoni   milliy   versiya   va   variantlarining   fanda   aniqlanishi   va
yozib   olinishi   bir   vaqtda,bir   xil   davrda   ro‘y   bergan   emas.Masalan,dostonning
qozoq va qoraqalpoq variantlari XIX asrlarning oxirlari va XX asrning boshlarida
yozib   olinib,nashr   etila   boshlangan   bo‘lsa,   o‘zbek   variantlari   ancha   kech,   20-
yillarning boshlarida aniqlangan.Oltoy versiyasi esa,ikki variantda 1939 – 1957 –
yillarda yozib olingan.Yoki tojik versiyasi 1956 – 1957 – yillarda to‘rt variantda
yozib   olinib,1959   –   yilda   nashr   etilgan   bo‘lsa,arabcha   ertakni   I.N.Vinnikov
Qashqadaryo   viloyati   Jeynov   qishlog‘ida   1938   –   yilda   yozib   olgan.   Eng   ko‘p
yozib olingani  qoraqalpoq  va o‘zbek  versiyalaridir. Qoraqalpoq versiyasi  sakkiz
variantda,   o‘zbek   versiyasi     esa   o‘ttizdan   ortiq   xalq   dostonchisidan   to‘la
holda,parcha,bayoni tarzida o‘ttiz besh marta yozib olingan. Bu hisob dostonning
7
  Islom   Abdug ‘ aniyevich   Karimov  “ Yuksak   ma ’ naviyat  -  yengilmas   kuch ”. Ma ’ naviyat . –  T .,2010- y .  33-b.
8
 Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B. va boshqalar. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – Toshkent: O‘qituvchi,
1990, 252-bet.
11 O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   Alisher   Navoiy   nomidagi   Til   va
adabiyot instituti folklor arxivida saqlanayotgan nusxalarigagina tegishlidir.
“Alpomish”dostoni   o‘zbek   variantlarining   to‘planishi,   nashr   etilishi   va
o‘rganilish   tarixi   g‘oyatda   qiziqarlidir.   Bu   o‘zbek   folklorshunosligining   fan
sifatida   shakllanishi   va   rivojlanishi   bilan   bevosita   bog‘liqdir.   1922   –   yilning
yozida   birinchi   o‘zbek   professori   G‘ozi   Olim   Yunusov   Turkiston   Maorif
komissariati   Davlat   ilmiy   kengashining   O‘zbek   bilim   hay’ati   yo‘llanmasi   bilan
Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida ilmiy safarda bo‘ldi. Safar davomida o‘zbek
shevalari   va etnografiyasiga  oid materiallar  to‘plash  bilan bir  qatorda  Hamroqul
baxshi   va   Fozil   Yo‘ldosh   o‘g‘lidan   “Alpomish”   dostonining   bir   qismini   yozib
oldi.   Uning   ma’lumotiga   qaraganda,   qo‘lyozma   50   sahifadan   iborat   bo‘lgan.
G‘ozi Olim Yunusov “Bilim o‘chog‘i” jurnalining 1923 – yil 2 – 3- sonida kichik
bir so‘z boshi bilan o‘zi yozib olgan nusxadan parchalar e’lon qildi. Dostonning
boshlanishidan   Boysarining   Kashalga   ko‘chishigacha   bo‘lgan   qismi   Fozil
Yo‘ldosh   o‘g‘li   aytgan   dostondan,   Boysarining   Kashalga   kelganidan
Alpomishning Barchinni izlab yo‘lga chiqishi va mozorotda tunashigacha bo‘lgan
voqealar Hamroqul baxshi kuylagan “Alpomish” dan olingan 9
. G‘ozi Olim yozib
olgan variantlarning qolgan qismi  ma’lum emas. U to‘plagan boshqa materiallar
qatori “ Alpomish ” qo‘lyozmasi ham yo‘qolgan. “Bilim o‘chog‘i” jurnalida e’lon
qilingan parcha dostonning birinchi ommaviy nashri hisoblanadi. 20 – yillarda “
Alpomish”dostoni   haqidagi   mulohazalar   asosan   G‘ozi   Olim   nashri   doirasida
bo‘ldi.   Masalan,   professor   Fitratning   1928   –   yilda   nashr   etilgan   “O‘zbek
adabiyoti   namunalari”   kitobida   mazkur   nashrdan   foydalanilgan.   Unda   Fozil
Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan qism qayta nashr etilgan (33 – 40 – betlar ).
“Alpomish” dostoni  1926 – yildan boshlab yetakchi  xalq baxshilaridan to‘la
ravishda   yozib   olina   boshlandi.   Dastlab   shoir   Abdulla   Alaviy   Toshkent   viloyati
Evalak   qishloqlik   Berdi   baxshidan   dostonning   bir   variantini   yozib   oldi.   Bu
variantdan bir parcha Fitratning yuqorida tilga olingan xrestomatiyasida ( 40 – 43
9
 A.Fitrat,”O‘zbek adabiyoti namunalari”.Toshkent-Samarqand.O‘znashr,40-43-betlar.
12 –   betlar   ),   uning   kattagina   qismi   Miyonbuzruk   Solihov   tomonidan   1935   –   yilda
“Oktabrgacha   bo‘lgan   o‘zbek   og‘zaki   adabiyoti   (   folklor)”   to‘plamida   nashr
etildi(   86   -145   –betlar   ).   Bu   nusxani   to‘la   ravishda   ushbu   satrlar   muallifi
so‘zboshi   bilan   nashrga   tayyorladi   va   u   1969   hamda   1999   –   yillarda   ikki   marta
bosilib   chiqdi.   1926   –   yilda   mashhur   folklor   to‘plovchi   Muhammadisa   Ernazar
o‘g‘li atoqli xalq shoiri Po‘lkan variantni yozib oldi. Hodi Zarifning ma’lumotiga
qaraganda,   bu   variantning   yozib   olinish   jarayoniga   atoqli   xalq   shoiri   Ergash
Jumanbulbul  o‘g‘li ishtirok etgan va uning ayrim o‘rinlari  uning og‘zidan yozib
olingan.   Mazkur   satrlar   muallifi   folklorshunos   Z.Husainova   bilan   hamkorlikda
ushbu   nusxani   to‘la   ravishda   nashrga   tayyorladi   va   u   1999   –   yilda   nashr   etildi.
Shuningdek,   A.K.Borovkov   1928   –   yilda   O‘ratepa   tumani   Qayirma   qishlog‘ida
yashovchi   Mavlon   Pirmat   o‘g‘lidan   dostonning   mazmunini   yozib   oldi   va   uni
1956   –   yilda   “O‘zbekiston   Fanlar   akademiyasi   axborotlari”   ning   11   –   sonida
o‘zbek va rus tillarida nashr etdi ( 77 – 88 – betlar ).
Dostonning  badiiy jihatdan  eng mukammal   variant  Fozil   Yo‘ldosh  o‘g‘lidan
1928   –   yilda   Mahmud   Zarifov   tomonidan   yozib   olingan   nusxasi   hisoblanadi.
Uning   birinchi   qismi   qisqartirilgan   holda   1939   –   yilda   Hodi   Zarifning   “O‘zbek
folklori”  xrestomatiyasida   (  80  -128  –  betlar   )  nashr  etildi 10
.  Xuddi   shu  paytdan
boshlab,   Fozil   Yo‘ldosh   o‘g‘li   variantidan   parchalar   maktab   xrestomatiyalari,
o‘quv   qo‘llanmalari,   turli   adabiyotlarda   muntazam   ravishda   nashr   etilib
kelinmoqda.   Shu   yili   jiddiy   qisqartirilgan   holdagi   Hamid   Olimjon   nashri   ham
yuzaga   keldi.   Shoir   Hamid   Olimjon   dostonni   nashrga   tayyorlashda   uni   qariyb
yarmiga   qisqartirgan.   Ammo   bu   qisqartirish   shu   darajada   bilim   va   san’atkorlik
bilan amalgam oshirilganki, bu holat dostonning yaxlitligiga putur yetkazmagan.
Shoir   doston   matniga   biron   –   bir   so‘z   qo‘shmagan,   doston   tilini   tahrir
qilmagan,balki   undagi   mavjud   imkoniyatlardan   mirishkorlik   bilan   foydalangan,
ya’ni uzundan uzoq monolog va dialoglardan iborat she’riy matndagi badiiy zaif
misralarni   qisqartirish   bilan   doston   syujeti   voqealarini   to‘la   saqlagan.   Nashrga
10
 Hodi Zarif,O‘zbek folklori(xrestomatiya).1939-yil,80-128-betlar.
13 tayyorlovchi  olti  ming misraga yaqin matnni  qisqartirgan bo‘lsa – da, dostonnin
o‘qish davomida bu narsa deyarli sezilmaydi. Shuningdek,shoir nashrga kattagina
so‘zboshi   yozib,   uning   g‘oyaviy   –   badiiy   xususiyatlarini   tahlil   etdi.   Dostonning
yaratilganligiga   1000   yil   to‘lganligi   haqidagi   dastlabki   mulohazalar   ham   Hamid
Olimjonga tegishlidir. Shuning uchun ham bu nashr madaniyatimiz tarixida katta
voqea   bo‘ldi   va   xalq   dostonlarini   nashr   etishdagi   ijobiy   tajriba   sifatida   o‘z
ahamiyatini hanuz yo‘qotgan emas.
1957 – 1958 – yillarda marhum Hamid Olimjon nomidan dostonning ikkinchi
va   uchinchi   nashrlari   chop   etildi 11
.     Hamid   Olimjon   nashri   asosida   shoir
L.M.Penkovskiy   dostonni   rus   tiliga   tarjima   qildi.   Bu   tarjima   Toshkent   va
Moskvada   M.Shayxzoda   va   V.M.Jirmuniskiylar   so‘zboshilari   bilan   alohida   –
alohida kitoblar tarzida bosilib chiqdi. Doston variantlarini yozib olish ishlari 30-
40-   yillarda   ham   davom   ettirildi.   To‘ra   Mirzayev   1962   –   yili   Yangiyer   tumani
Qo‘shqand   qishlog‘ilik   Iso   Yangiboy   o‘g‘lidan   va   1963   –   yilda   Tojikistonning
Dang‘ara   tumani   Jurobqo‘l   qishlog‘ida   yashovchi   To‘la   Haybat   o‘g‘lidan
dostonning   mazmunini   yozib   oldi.   Shu   tariqa   keyingi   90   yil   davomida   doston
variantlari   mamlakatimizning   barcha   viloyatlari   hamda   undan   tashqaridagi
o‘zbeklar yashaydigan hududlardan yozib olingan. Bu variantlar syujet voqealari
jihatidan bir – biriga o‘xshasa – da, ularning badiiy ifodasi turli – tumandir. Shu
o‘rinda   o‘qituvchi   o‘quvchilarga   dostonchilik   maktablarining   o‘ziga   xos
xususiyatlari   va   doston   kuylash   yo‘nalishlari   haqida   ham   tushuncha   bermog‘i
lozimdir.   Dostonchilik   maktabining   har   birida   o‘zlari   mukammal   bilgan   va   shu
maktabning   faxri   bo‘lgan   dostonlari   bo‘lgan.   “Alpomish”   dostoni   “Bulung‘ur”
dostonchilik   maktabi   uchun   aziz   hisoblangan.Odatda,baxshi   –   shoirlar   shogird
yetishtirish   uchun   dastlab   so‘zga   chechan,do‘mbira   cherta   oladigan,dostonlarni
farqlay   biladigan   yoshlardan   eng   iqtidorlilarini   tanlab   olganlar.   Ularga   dastlab
dostonning   mazmunini,   keyin   esa   uning   she’riy   qismlarini   yod   oldirganlar.
O‘zlari   bilan   doimiy   ravishda   dostonchilik   kechalariga   olib   borganlar.   Shunday
qilib,   shogird   ustozdan   dostonning   qaysi   kuyga   mos   holda   aytilishi,   she’riy
11
 Hamid Olimjon,Alpomish.-Toshkent,1938-yil,1-nashr.,1957-1958-yillar,2-3-nashrlari.
14 tizimlarini   o‘z   o‘rniga   qo‘ya   olishni   o‘rgangan   va   o‘zi   ham   5   -6   dostonni
davralarda   bemalol   kuylagandan   so‘nggina   ustozidan   oq   fotiha   olgan,   shundan
keyin baxshi sifatida tanilgan.
O‘qituvchi   ayni   shu   o‘rinlarda   o‘quvchilarga   ta’lim   tizimidagi   farqlarni
ko‘rsatib,   dostonchilikni   o‘rganish   yozuv   bilan   emas,   balki   og‘zaki   muloqot
orqali  amalga  oshganligini  tushuntirib, oddiy baxshilar  5-10 ta, iqtidorli  deb tan
olingan baxshilar 15-20 ta, iste’dodi yuksak darajadagi, quvvayi hofizasi cheksiz
bo‘lgan   baxshi   –   shoirlar   35-40   ta   dostonni   yoddan   aytganlar   degan   ma’lumot
aytib o‘tilishi kerak. O‘qituvchi dastlab dostonning, ya’ni “Alpomish” ning hajm
jihatdan   g‘oyat   ulkanligi,   she’riy   tizimining   o‘zi   ming   –   ming   misradan   iborat
ekanligini o‘quvchilarning   ko‘z o‘nggiga keltirib, shunday dostonlardan 40 dan
ortig‘ini   kuylagan   Fozil   Yo‘ldosh   o‘g‘li,   Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li,Po‘lkan
shoir,Islom   shoirlarning   iste’dodi   tengsiz   ekanligini   ta’kidlashi   lozim.   Doston
kuylash   tartibi   ham   o‘ziga   xos   an’ana   tusiga   kirgan.   Bu   haqida   o‘qituvchi
o‘quvchilarni   xabardor   qilar   ekan,   bugungi   kun   bilan   o‘tmishning   farqini
ko‘rsatib   o‘tmog‘i   lozim.   Dostonchilik   kechalari   elaktr   nuri   bo‘lmagan,   radio,
televideniya   haqida   tushuncha   ham   mavjud   bo‘lmagan   bir   davrda   xalqning
ma’naviy   ozuqa   beruvchi   vositasi   bo‘lgan.   Yosh   avlod   ham   bunday   kechalarda
baxshilar   tomonidan   yaratilgan   badiiyatdan   saboq   olishgan.   O‘qituvchi   darsda
shularni   ta’kidlar   ekan,   bugungi   kunda   ularning   badiiy,   estetik   ahamiyati
o‘zgacha ekanligini dostondan olingan parchalar vositasida dalillaydi.   Baxshilar
mahorati  shu dostonni  ijro etish darajasi  bilan o‘lchanadi.Ustoz  dostonchilar  o‘z
san’atlarini   ko‘pincha   “Alpomish”ni   kuylash   bilan   ko‘rsatganlar,   hurmat
topganlar.   Muhimi   shundaki,o‘zbek   millatining   hayoti   bir   tekis   ravnaq   topgan
paytda   “Alpomish”   dostonini   kuylashga   e’   tibor   katta   bo‘lgan.   O‘quvchilarning
diqqatini darsga jalb etish, doston aytish an’  analari bilan chuqurroq tanishtirish
maqsadida   o‘qituvchi   tomonidan   o‘quvchilarga   “Alpomish”   dostonining
baxshilar tomonidan kuylangan variantlarini audio yoki video shaklda namoyish
qilishi   mumkin.   Bu   esa   o‘z   navbatida   ta’limda   innovatsion   ko‘rsatmalilikni   aks
ettiradi. O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan “Alpomish”ga bo‘lgan munosabat ham
15 o‘zgardi.Avvalo,   Berdi   baxshi   aytgan   doston   qayta   nashr   etildi.   1998   –   yilda
Xushboq   Mardonqul   o‘g‘li   (   yozib   oluvchi   Toshtemir   Turdiyev   ),   1999   –   yilda
Bekmurod   Jo‘raboy   o‘g‘li   (   yozib   oluvchi   Mansur   Afzalov   )   nusxalari   alohida
nashr   etildi.   Shuning   uchun   ham   dostonning   ming   yillik   to‘yida   birinchi
prezidentimiz   I.A.Karimov 12
:   “   “Alpomish”   dostoni   bizga   insonparvarlik
fazilatlaridan   saboq   beradi.   Odil   va   haqgo‘y   bo‘lishga,   o‘z   yurtimizni,   oilamiz
qo‘rg‘onini   qo‘riqlashga,   do‘st   –   u   yorimizni,   or   –   nomusimizni,   ota   –
bobolarimizning   muqaddas   mozorlarini   har   qanday   tajovuzdan   himoya   qilishga
o‘rgatadi”   ,   -   degan   edi.   Bu   fikrda   dostonning   mohiyati,   g‘oyasi,   badiiyati,
millatimiz tarixida tutgan o‘rni mujassam etilgan. Keyingi yillarda prezidentimiz
SH.Mirziyoyevning   2018   –   yil   1-   noyabrdagi   qaroriga   binoan,   yurtimizda   ilk
marotaba   Xalqaro   baxshichilik   festivali   o‘tkazildi.   “Agar   biz   bu   noyob   san’atni
saqlab   qolish   uchun   bugun   barchamiz   birgalikda   harakat   qilmasak,   ertga,
afsuski,kech   bo‘ladi,kelgusi   avlodlar,   tarix   bizni   kechirmaydi”   ,   -   dedi   davlat
rahbari.   Sh.   Mirziyoyev   bu   borada   O‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan   ishlar
haqida to‘xtalib o‘tdi.Ularning amaliy ifodasi sifatida baxshi – shoirlar tomonidan
ijro   etilayotgan   asarlarni   yozib   olish,   ularni   ilmiy   o‘rganish   ishlari   muntazam
davom   etmoqda.   Sohaga   oid   kitob   va   albomlar,   film   va   teleko‘rsatuvlar
yaratilmoqda. 
1.2.“Alpomish” dostonida milliy urf – odatlarning aks etishi.
Millatni   anglash   uchun   uning   ruhiyatini   bilish   lozim.   “Alpomish”   dostoni
o‘zbekning   ruhiy   olamini   anglatish   jihatidan   tengsiz   badiiy   obidadir.   Chunki,
asarda   o‘zbekka   xos   o‘ylash   tarzi,   ta’sirlanish   yo‘sini,   qarorga   kelish   tutumi
g‘oyat   nozik   ilg‘ab   olingan.   Juda   ko‘pchilik   folklorshunoslar,   odatda,
markazlashgan   davlat   tuzish,   bo‘lingan   yurtni   birlashtirish,   sevgi-muhabbat
mavzulari “Alpomish” dostonining syujet rivojini ta’minlaydi deb tushuntirishadi.
Bizning nazarimizda esa doston markazida ma’rifatsizlik, johillik va uning inson
taqdiriga   ta’siri   turadi.   Asar   qissadan   hissa   chiqarish   uchun   emas,   balki
“qissa”ning   o‘zi,   ko‘lami   yirik,   ta’sirli   bo‘lgani   uchun   aytilgan.   Chindan-da.
12
 Karimov I.A.”Alpomish”dostonining1000 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimida so‘zlagan nutq.//Xalq 
so‘zi,1999-yil,9-noyabr.
16 “Alpomish”   yaratilmagan,   balki   aytilgan   yoki   kuylangan.   Chunki   doston
qahramonlariga   xos   tuyg‘ular,   sezimlar,   kechinmalar   buyuk   turkiylarning
tomirida,   qonida   azaldan   mavjud   edi 13
.   Turkiy   xalqlar   tomonidan   kechirilgan,
tuyulgan,   hozirda   ham   qonda   kezib   yurgan   ma’naviy   amallar,   hodisalar   uning
ko‘nglida,   “tili   uchida”   turgandi.   O‘sha   kuylab   yuborildi.   Alpomish   taqdirini
kuylash zarur edi. Kuylamaslik ilojsiz edi.
“Alpomish”   dostonida   xalqimizga   xos   xislatlar   yoritilgan   bo‘lib,   uni
o‘quvchilarga   boshqa   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalari   bilan   solishtirib
tushuntiriladi. “Rustam” dostonini olaylik, unda doston syujeti ham ayni tug‘mas
kundoshlar uyushtirgan tuhmatlar sabab ro‘y bergan voqealar asosida rivojlanadi.
Dostonda   ochiqdan-ochiq:   “Sultonxon   Huroyim   yoriga   aytdi:   “Dunyoda   bir
qo‘rqqan   yomon,   bir   quvongan   yomon”   degan   gap   bor,   Mening   qariganda
ko‘rgan   farzandim:   Men   shu   yerda   yursam,   sen   bir   kun   tug‘ib   qo‘yarsan.   Men
quvonganimdan   yuragim   yorilib   o‘lib   qolarman.   Qurudum   mamlakatiga   safar
qilayin. Oldimga suyunchi  deb chiqqan kishiga ayamasdan  tanga-tilla berarman,
qulog‘idan   dunyoga   ko‘marman,   balki   qo‘rg‘onbegi   qilarman”,-deb   qo‘yilgan.
“Alpomish”   dostonida   ayni   shu   holat   quyidagicha   asoslanadi:   “...biylar   ikkovi
aytdi:   “Bizlar   ham   bir   shohlik   shavkatini   qilsak,   ovga   chiqib   ketsak,   farzandlar
yer yuziga tushsa, suyunchi, deb bir nechalar oldimizga yo‘lga chiqib, bizlardan
tilla-tanga   in’om   olsa”,-deb   o‘ylarni   o‘ylab,   biylar   ovga   jo‘nab   ketdi”.   Demak,
xalqimizga   xos   xislatlardan   biri   -   bu   o‘z   quvonchiga   atrofdagilarni   ham   sherik
qilish ekan.
“Alpomish”   dostoniga   o‘quvchilarda   yanada   qiziqishni   orttirish   maqsadida
o‘qituvchi dostonning xalqimiz tarixida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini
aytib o‘tishi lozim.
Dunyodagi qabila, urug‘, elat tarixda alohida xalq sifatida shakllanar ekan, bu
jarayon, avvalo, qahramonlik eposi hisoblangan maxsus yirik, epik asarda badiiy
13
13.  Йуддошсв   К - “ Алпомиш  " талкинлари   оки   достой   бадииятн  \ амда   мшшат   маьнавняти   хакнда   аирам  
фикрлар ,-  Тошкент :  Маьнаютят . 2002- йил .  28-бет.
17 ifodasini   topadi.   Professor   Bahodir   Sarimsoqov   dostonimiz   o‘zbekning
birlashuvi,   mustaqil   xalq   sifatida   paydo   bo‘lishida   qanday   o‘ringa   ega   ekanini
ta’riflab,   shunday   deydi:   “Dastlab   qabila,   so‘ngra   elat   eposi   sifatida   vujudga
kelgan   “Alpomish”   dostoni   keyinchalik   o‘zbek   xalqining   qahramonlik   eposi
sifatida   tan   olindi” -0
.   Haqiqatan   ham,   doston   matnidan   juda   ko‘p   o‘tmish   hayot
belgilari  o‘rin olgan bo‘lib, ularni izohlash natijasida   asarning   xalq qahramonlik
eposi ekaniga to‘la ishonch hosil qilamiz.
Gap   shundaki,   uzoq   o‘tmish   zamonlarda   biron   yurtning   mustaqilligi   va
daxlsizligi,   u   yurtga   qaram   bo‘lgan   qaysidir   mamlakatning   boyligi   bilan   ham
o‘lchanardi. Xalq ertaklari va dostonlarida asar qahramonining biror yurtga qilgan
safari   o‘sha   yurtni   o‘ziga   qarashli   bo‘lishini   xohlashi   bilan   bog‘liq   ekan,   bu
masalaga   alohida   bosqinchilik   siyosatini   aralashtirish   to‘g‘ri   emas.   Bu   o‘rinda
ko‘proq   o‘z   yurtining   mustaqilligini   ta’minlash   istagi   kuchli   ekanini   ta’kidlash
ma’qulroq   bo‘ladi.   Shuning   uchun   “Alpomish”   ijodkorlari   atayin   Boysaridagi
o‘jarlik   xususiyatini   bo‘rttirib   ko‘rsatadilar   va   shu   bilan   uning   Qalmoq   yurtida
qolishini   asoslaydilar.   Aslida   esa   Boysarining   o‘zga   elda   qolishi   Alpomishning
ikkinchi   safarini   asoslaydi.   Qizig‘i   shundaki,   Alpomish   qalmoq   eli   podshosi
Toychixonning   mamlakatini   to‘g‘ridan-   to‘g‘ri   bosib   olmaydi.   U   Boysariga
o‘tkazilgan   zulm,   o‘ziga   nisbatan   amalga   oshirilgan  xiyonat   uchun   Toychixonni
jazolaydi.   Alpomishning   bu   tutgan   yo‘li   o‘zbek   yigitining   adolat   yo‘lida   hech
ikkilanmay,   har   qanday   xavf-xatarga   tayyor   ekanligini   ifodalaydi.   Ayni   paytda,
Alpomish   qalmoqlar   (Kashal)   yurtiga   o‘zining   odamini   podshoh   qiladi.   Shu
asnoda,   u   go‘yo o‘z yurtining mustaqilligi uchun  
kurashgan bo‘lib chiqadi. Dono
xalqimizning har bir tadbiriga ana shunday, bir qarashda ko‘zga ko‘rinmaydigan
yechimlar   vositasini   topish   mahoratiga   ham   qoyil   qolsa   bo‘ladi.   Alpomishning
o‘z yurtiga qaytishi va Qo‘ng‘irot -Boysundagi adolatsizlikka chek qo‘yishi tabiiy
bir xulosa sifatida baholanishi mumkin 14
.
O‘qituvchi   “Alpomish”   dostonida   juda   ko‘p   lavhalar   bir   qarashda
14
  Саримсоков  Б. "Алпомиш" эпоси  *ацида уч этюд.  -Тошкент: Фан, 1999-йил,  115-бет.
18 ahamiyatsizdek   bo‘lib   ko‘rinsa-da,   aslida   xalq   ular   vositasida   o‘zining   turmush
tajribalarini   ifodalaganligini   ta’kidlab   o‘tmog‘i   hamda   misollar   bilan   tushuntirib
ketmog‘i   lozim.   Masalan,   Barchinoydan   Alpomishga   kelgan   xatni   Boybo‘ri
berkitib qo‘yadi. Bu bilan Boybo‘rining o‘zi boshlagan yo‘ldan, ya’ni Barchinga
o‘g‘lining   uylanishi   va   Boysarining   o‘z   vataniga   qaytishidan   voz   kechgani
ko‘rsatiladi. Voqea rivojida Qaldirg‘och hal qiluvchi vazifani bajara boshlaydi.  U
Barchinning xatini tasodifan sandiqdan topib oladi va akasini  o‘z qaylig‘ini olib
kelish   safariga   otlantiradi.   Bunday   hodisalar   xalq   qahramonlik   eposining   asosiy
xususiyatlaridan biri sifatida baholanadi. Alpomish qalmoqlar yurtiga borganida,
Barchinning to‘qson alp oldiga qo‘ygan shartini bajaruvchilardan biriga aylanadi.
Masalan ,   uning   Boychibor   oti   poygadagi   to‘rt   yuz   to‘qson   to‘qqizta   otga
qo‘shilib,   besh   yuzinchi   tulpor   bo‘lib,   Barchin   uchun   boshlangan   musobaqada
qatnashadi.   Bu   bilan   xalq   Alpomishning   hammadan   baquvvat,   hammadan
mergan,   hammadan   afzal   ekanligini   amalda   ko‘rsatadi.   Shuning   uchun   oti
poygada g‘olib kelganidan so‘ng, u yoy tortish, tanga pulni ming qadamdan urish
va   to‘qson   alp   bilan   kurash   tushish   sinovlarida   qatnashib   o‘zini   ko‘rsatadi.   Bu
sinov ham qahramonlik eposi xususiyatlariga mos keladi.
Dostondagi   Barchinoy   bilan   bog‘liq   voqealar   baxshilar   tomonidan   alohida
mehr   bilan   tasvirlangan.   U   zukkoligi,   tadbirkorligi   jihatidan   Alpomishdan
qolishmaydi.   Surxayl   kampirning   o‘g‘illari   Barchinoyni   zo‘rlik   bilan   xotinlikka
olmoqchi   bo‘lganlarida,   qiz   alplardan   birini   ko‘tarib   yerga   shunday   uradiki,
polvonning   og‘zidan   ko‘pik   sachrab   ketadi.   Shundan   so‘nggina   alplar
Barchinoyga Alpomishni kutish uchun olti oy muhlat berishga majbur bo‘ladilar.
Dostonda   yana   shunday   bir   lavha   borki,   unda   Qaldirg‘ochning   bir   so‘zligi
oqibatida keyingi voqealar davom etadi. Qaldirg‘och sandiqdagi maktubni topib,
Alpomishni   Barchinni   olib   kelishga   undaydi.   Ammo   Alpomish   yoshligi   tufayli
Qultoydan   ot   ololmaydi.   Chorasiz   qolgan   Alpomish   Qalmoq   yurtiga   borishdan
voz   kechadi.   Ana   shu   paytda   Qaldirg‘och   akasining   oriyatiga   tegadigan   gaplar
aytadi   va   unga   dalda   beradi.   Shundan   so‘nggina   Alpomish   Boychiborga   ega
19 bo‘lib, safarga otlanadi. Ma’lum  bo‘lishicha, dostondagi  voqealar  rivojining eng
nozik nuqtasida Qaldirg‘ochning aralashuvi Alpomishga kuch bag‘ishlaydi.
O‘qituvchi   ayni   shu   o‘rinda   O‘ quvchilarga   Barchinoy   va   Qaldirg‘och
obrazlari   orqali   tasvirlangan   o‘zbek   ayoliga   xos   bo‘lgan   mardlik,   jasorat   kabi
fazilatlar,   or-   nomus   va   vijdon   masalasi   xalqimizda   azaldan   qadrlanganligini
hamda   hozir   ham   qadrlanishini,   o‘zbek   ayollari   ana   shunday   xislatlari   bilan
hurmatga loyiq ekanliklarini tushuntirishi lozim.
Dostonni to‘liq o‘qib chiqsangiz, o‘zbek xalqining qadim zamonlardan buyon
o‘ziga   xos   fazilatlarga   ega   ekaniga   guvoh   bo‘lasiz.   Jumladan,   dostonda   har
qanday   mushkul   vaziyatda   ham   inson   o‘z   aql-idrokini   yo‘qotmasligi,   biror
qarorga atroflicha mulohaza yuritgan holda kelishi lozimligi uqtiriladi. Insondagi
mardlik   va   jasorat   alohida   qadrlanadi,   aytilgan   so‘zning   qimmati   yuqori
baholanadi.   Zero,   o‘z   so‘zining   ustidan   chiqadigan   mard   insongina   bunday
fazilatlaming qadriga yetishi mumkin.
Dostonning   tasvir   yo‘sini   rangin.   Undagi   bironta   obraz   ham   jo‘n,   oddiy
tasvirlanmagan. Jumladan, hatto Boysari obrazi ham tasvir vaziyatiga qarab   turli
ko‘rinishlar   kasb   etadi.   U   hamisha   faqat   mantiqqa   zid   o‘jarlik   bilangina   band
emas.  Boysari  tadqiqotchilar  shu vaqtga  qadar  da’vo qilganlari  kabi  faqat  o‘zini
o‘ylaydigan,   o‘jar   odamgina   emas,   nomus   tuyg‘usi   o‘tkir,   otalik   mas’uliyatini
chuqur his qila biladigan shaxs ham. Bu jihat obrazning quyidagi so‘zlarida to‘liq
namoyon bo‘ladi:
             Tong otgancha muhlat olib turaman,
             Qalmoqlarga qizim qanday beraman?!
             Yuragim to‘lgandir diydai g‘amda,
Barchinoydi o‘z tengiga qo‘shmasam
Mashhar kuni Barchin qo‘li yoqamda...
20 Uning   Yortiboy   maslahatidan   so‘nggi   dardchil   holati   asarda   juda   ta’sirli
berilgan   bo‘ib,   o‘qituvchi   Boysarining   ko‘ngli   yuz   рога   bo‘lganligi   lavhasini
darslikdan   ajratib,   o‘quvchilarga   o‘qib   bermog‘i   lozim.   Ishongan   kishilaridan
ko‘ngli qolgan, ruhan yolg‘iz ekanligini endi anglab yetgan chorasiz boy tushgan
holatning izhori quyidagi so‘zlarda ifodalangan deyish mumkin:
Yuragimda ko‘pdir alamli dardlar,
Mening qizim-sening singling, nomardlar.
Qizing ber deb mening ko‘nglim bo‘lasan,
Suyagimni yongan o‘tga solasan,
Qalmoqlardan battar izza qilasan.
Keltirilgan   she’riy   parchada   nomusli   ota   iztiroblari   nozik   berilgan.   Shu
o‘rinda   o‘qituvchi   o‘quvchilarga   farzandining   taqdiri   haqida   qayg‘urayotgan   ota
timsoli vositasida o‘zbek xalqida otaning oila va jamiyatda tutgan o‘rnini izohlab,
qiyosiy tahlil  asosida  xalqimiz ruhiyatida otaning qay darajada yuksak  mavqega
ega ekanligini ta’kidlab o‘tmog‘i lozim.
Dostonning   ayni   o‘rnida   qorin   g‘amidagi   yaloqxo‘rlaming   holati   ham
e’tiborga   loyiq   tasvirlangan.   Olijanob   tuyg‘ular,   yuksak   sezimlar   tanti   va   mard
odamlargagina   tegishli.   Bu   sifatlar   yuksak   insoniy   fazilatli   kishilar   qismati,
nasibasi. Ular shu qismat dardida yashaydilar:
Tong otgan so‘ng bitar alplar muhlati,
Ziyodadir Boysarining kulfati,
Maslahat bermadi turgan ulfati,
Qolmadi Boysaribiyning toqati. -3
Dostonda Barchin ruhiyati g‘oyat teran aks ettirilgan. Uning baland martaba,
21 baland ruh, baland qadr egasi ekanligi, shu bois o‘ziga ham, o‘zgaga ham yuksak
talablar bilan yondashishi juda ta’sirli ifodalangan. Ayni vaqtda odamni anglash,
uning ruhiy holatini  o‘z vaqtida nozik hisobga ola bilishi  asarda ortiqcha izoh-u
tushuntirishlarsiz  asosli  tasvir  etiladi.  Barchin   —   barcha  aqlli   odamlar   singari   15
murakkab   tabiatli.   U   —   turlicha   vaziyatlarda   o‘z   tabiatining   anvoyi   jihatlarini
namoyish eta oladigan favqulodda timsol.  Bir  vaziyatda u  —  mushtipar, chorasiz
odam.   Otasi   Qalmoqqa   ko‘chmoqchi   bo‘lib,   ularni   og‘ir   ahvolga   solganda,
yoshgina Barchin onasidan yozg‘irib deydi:
Bui ko‘chishing,  ena,  mening sho‘rimdir,
Boy otamman biy boboma ne bo‘ldi?
...Xo‘ja kelsa, chiqar murid naziri,
Xotin bo‘lmasmikin erning vaziri?!
Har deganning aqlin olmas bo‘lurmi?
Aldab-suldab yo‘lga solmas bo‘lurmi?!’
Yoki yana bir o‘rindagi holatga e’tibor  qaratamiz:
...Ot abzallab olib keling enajon,
Yana qaytib elni ko‘rmagim gumon.
Yig‘latding, enajon, menday sanamni,
Kelib ko‘rolmayman maktab jo‘ramni,
Bunda turmay Qalmoq elga borarsan,
Qalmoqlardan ko‘p zulmni ko‘rarsan,
Borib so‘ngra ko‘p pushaymon qilarsan. 16
15
 O'sha asar, 26-bet 
16
  O‘sha asar, 27-bet.
22 Erka,   hali   turmush   sinovlariga   duch   kelmagan,   lekin   tabiatan   tiniq   fikrli   qiz
kattalaming   adashayotganliklarini,   ularni   bu   yo‘ldan   ayol   kishigina   qaytarishi
mumkinligini   tuyadi.   Shu   bois   botinib:   “Xotin   bo‘lmasmikin   erning   vaziri”,   —
deya   onasiga   iddao   qiladi.   Lekin   o‘zbekning   qizi   bo‘lgani   bois,   yurak   yutib
noroziligini   otasiga   bildirolmaydi.   Chunki,   u   ota   hamisha   ulug‘   ko‘riladigan,
padardan  kamchilik  axtarilmaydigan   o‘zbek   oilasida  o‘sgan.  Shu  bois,   otasining
og‘ir   holatini   hazm   etolmaydi.   Hech   qachon   shashti   qaytmagan   Boysarining
qalmoqlarga   javob   berolmay   og‘ir   ahvolda   qolganini   ko‘rib,   mas’uliyatni   o‘z
zimmasiga oladi va hech narsadan tap tortmaydigan jasur qiz ekanini ko‘rsatadi.
Faqat   otasiga   og‘angizdan   ortiq   ko‘rib   ergashtirib   kelgan   qarindoshlaringiz   zap
maslahat berdi-ku deganday, gina qiladi:
Juda ham gangidi, boy ota, boshing,
Maslahat berdi-ku qavmi-qardoshing,
Ko‘p yig‘lama, jonim otam, darvishim,
Eshitmagin qarindoshlar so‘zini,
Qarindoshlar bera qolsin qizini!
...Xafa qilma, ota, menday qizingdi,
Qo‘ya ber alplarga mening o‘zimdi...
Bu   o‘rinda   Oybarchin   otasini   hammadan   aziz   ko‘ruvchi,   uning   qiynalishiga
toqat   qilolmaydigan   mehribon   va   oqila   farzand   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Shu
o‘rinda,   o‘qituvchi   o‘zbek   xalqida   farzandning   ota   yuziga   tik   boqib
gapirmasligini, andishani yuqori o‘ringa qo‘yishini, lekin mana shunday qiyin va
murakkab  vaziyatlarda  uni  jim  kuzatib  tura olmaydigan  jasoratga  ega  ekanligini
izohlab,   ulaming   o‘z   shaxsiy   fikrlarini   so‘raydi.   Ota   va   qiz   o‘rtasidagi
munosabatlami alohida ta’kidlab tushuntiradi.
Oybarchin   o‘rni   kelganda   po‘pisani   ham   joyiga   keltiradi.   Uni   olmoq   payida
23 to‘dalashib turgan qalmoqlardan tap tortmay balanddan keladi:
... Meni olarman deb xayol qilmagin,
Ketgin qalmoq, kelgan yo‘ldan qolmagin.
Mening to‘ram, bilsang. Boysun sultoni,
Unga qurbon menday oyimning joni.
Mazkur   so‘zlar   o‘z   qadrini   biladigan,   birovning   zug‘umiga   osonlikcha   bo‘y
bermaydigan,   erkini,   ko‘ngil   istaklarini,   sha’nini   baland   tuta   biladigan   qiz
tabiatini   namoyon   etadi.   U-   chinakam   o‘zbek   qizi,   olti   oylik   yo‘ldagi   qallig‘ini
“to‘ram”   ming   urinib   qilolmaganini   bir   zarb   bilan   hal   etishiga   ishonadi.   O‘ziga
ishonch bunday kishida og‘irlik, qanoat tuyg‘ularini shakllantirgan. Dostonda shu
jihatlar   g‘oyat   nozik   hisobga   olingan.   Dostonda   Boybo‘ri   bilan   Boysarilaming
o‘zaro munosabatlari, kelishmasliklari, johilliklari, bemehrliklari va bu holatning
sabablari   haqida   alohida   to‘xtalmagan.   Ammo,   asardagi   yondosh   tasvirlar
bilvosita   shu   ketayotganda   otasiga   duch   kelishi,   Boybo‘rining   “Ko‘rar   ko‘zim,
bolam, qayda   borasan?”   degan so‘roviga o‘g‘ilning: “Ey, zakot  olmay o‘ling   siz
bir”, —  degani Alpomishda  sal  siljish boshlanganidan dalolat. Bu toifa odamlarga
jikillab   borib-   kelaverish,   qiziqqonlik,   bo‘lar-bo‘lmasga   ta’sirlanaverish,
o‘rgangan   sharoitni   o‘zgartirish   —   og‘ir.   Shu   sabab,   uzoq   yurtga   borish   uchun
yo‘lga   chiqayotgani   haliyam   malol   kelib   turibdi.   Haliyam   badani   tamomila
qizigani   yo‘q.   O‘ta   polvon,   o‘ta   kuchli   odamlar   bir   oz   qo‘rqoq   kelishi   ham   bor
gap. Buni Boybo‘ri juda yaxshi biladi va shu bois Qultoyga: “Alpomish ketyapti,
Kashaldan   kelgan   xabarni   birov   bildiribdi,   bul   ish   yomon   bo‘pti,   o‘zi   zo‘r-ku,
zo‘r   bo‘lsa   ham   juda   qo‘rqoq,   sal   do‘qdan   ham   qo‘rqadi   o‘zi,   urib-so‘kib,   yilqi
bermay,   do‘qlab   qaytarib   yuborgin”.   —   deya   tayinlaydi.   “Alpomish”dostoniga
o‘quvchilarda   mehr-muhabbat   tuyg‘usini   uyg‘otish   uchun   dostonning   badiiy-
estetik   xususiyati   haqida   ham   alohida   to‘xtalmog‘i   lozim.   O‘zbekning   odobi
dostonda yuksak maqomda namoyon bo‘ladi. Quliga qarata: “o‘zimga yor, bobo,
senga   xizmatkor”   keltiraman   deyish   faqat   o‘zbekning   o‘yiga   kelishi   mumkin.
24 Chunki,   bizda   katta,   ulug‘   yoshli   odam   —   har   narsadan-da   katta   va   ulug‘.   Uni
e’zozlash, hurmatlash lozimligi kunning yorug‘ligi singari tabiiy   hol.   Qultoyning
Alpomishga   mehribon   va   ularning   oilasiga   sadoqatli,   lekin   darvesh   tabiat,
quvnoq,   dali-g‘uli   va   biroz   hovliqmaroq   kishi   ekanligi   asarda   chuqur
tasvirlangan. Boybo‘rining gapi bilan yosh Alpomishga ot bermay, uni kaltaklab,
kerilganda   qanchalar   samimiy   bo‘lsa,   yetti   yillik   ayriliq   vaqtida,   Hakimbek
yo‘qligida   azoblar   ko‘rib,   “Armon   bilan   farzandimdan   ayrildim”,-   deb   yig‘lab
yurganda   ham   shunchalar   astoydil.   Alpomish   unga   o‘g‘il   ekanligiga   o‘zi   ham
ishonib qolgan deyish mumkin. Qultoy na ishda va na so‘zda me’yor  tuyg‘usini
biladi.   Alpomishni   dastlabki   safardan   qaytarib,   ayamay   kaltaklaganda   qanchalar
me’yorni   bilmagan   bo‘lsa,   uzoq   ayriliqdan   so‘ng   tutingan   o‘g‘li   bilan
yo‘liqishganda  ham  shunchalar  me’yorga  amal   qilmaydi:   “Alpomish  aytdi:-Men
kimga o‘xshayman,
-Sen   bir   go‘rga   o‘ xshaysan,   sening   o‘xshaganing   bilan   qachon   ishim   bor
mening,   senday   necha   odamlar   Alpomish   kelayotir,   suyunchi   ber,   deb   necha
sarkalarimni   yeb   ketgan.   Alpomish   deb   borsak,   Qultoy   ahmoq   bo‘p   bizga   bir
nima   beradi,   aldab   bir   sarkasini   olamiz,   deb   kepsan,-dedi   ”.   Uning   Alpomish
tomonidan berilgan: “Hayr, bobo, meni tanimadingiz. Alpomishning nima belgisi
bor   edi?”-   degan   so‘rog‘iga   qilgan   javobida   me’yor   avvalgilaridan-da   battarroq
buziladi:
Qultoy   aytdi:   -   “Alpomishning   belgisi   shul   edi,   o‘ng   egnida   Shohimardon
pirning besh panjasining dog‘i bor edi, chap egnida o‘zimning besh panjamning
belgisi bor edi ”.
Alpomish   bilan   Qultoy   o‘rtasidagi   bu   samimiylik   sof   o‘zbekona   turmush
tarzining   mahsulidir.   Chunki,   qadimdan   o‘zbeklarda   eng   avvalo,   yosh   e’tiborga
olingan   va   hamma   vaqt   keksalarga   hurmat   va   muruvvat   yetakchilik   qilgan.
O‘qituvchi   dars   davomida   o‘quvchilarga   bu   samimiy   munosabatning   ildizi   sof
o‘zbekona   ekanligini   tushuntirib,   kim   va   qanday   mansab-mavqega   egaligidan
qat’iy   nazar   kattalarga   hurmatda   bo‘lish   o‘zbekona   odatlardan   ekanligini
25 tushuntiradi. Va shu o‘rinda uni boshqa asarlar bilan qiyoslab, bunday munosabat
boshqa asarlarda ham ko‘p uchrashini  alohida qayd   etib, undagi  o‘zbek xalqiga
xos xususiyatlarni birma-bir sanab bermog‘i maqsadga muvofiqdir:
- ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, el-yurtga cheksiz sadoqat;
- mehmondo‘stlik va mehmon kutish odoblari;
- jo‘mardlik va halollik;
- yoshi ulug‘ keksa insonlar(hatto ular qul bo‘lsa ham)ga hurmat va ularning 
doimo qadrlanishi;
- ayollarning e’zozlanishi;
- do‘st va yorga vafo-sadoqat tuyg‘ulari;
- ishq-muhabbat va do‘stlik kabi tuyg‘ularning qadrlanishi.
O‘qituvchi dostonni o‘qitish jarayonida asarning mana shu tomonlariga 
alohida e’tibor qaratishi, asarning tarbiyaviy jihatini ochib berishga ayricha 
ahamiyat berishi kerak. Zero, shundagina dostonni sinchiklab o‘qigan o‘quvchi 
unda ona Vatan, do‘st-  u  yorga bo‘lgan mehr va sadoqat naqadar chuqur aks 
etganligini his eta oladi.
Bob bo‘yicha xulosa
Inson   yaralibdiki,ibratga   intilib   ,tarbiyalanib   yashaydi.   Tarbiyaning   asosiy
vositasi   esa   diniy   va   dunyoviy   bilim   bo‘lib,   xalq   og‘zaki   ijodi   ana   shu
bilimlarning   tashuvchisidir.   Doston,   ertak,rivoyat,   tez   aytish,   maqol,
matal,qo‘shiq,   qasida,   lof,   askiya   kabi   xalq   og‘zaki   ijodi     janrlari   og‘izdan-
og‘izga   o‘tib,   rivojlanib   kelgan.   Bunday   o‘lmas   asarlar   xalqimizning   ma’naviy
hayotining  badiiy ifodasi o‘laroq yashashda davom etyapti. Xususan,”Alpomish”
– vatanparvarlik, qahramonlik, sevgi va do‘stlik, rostgo‘ylik va to‘g‘rilik haqidagi
o‘zbek baxshilarining zo‘r zavq-shavq bilan kuylab kelingan dostonidir. Dostonda
26 aks   etgan   turli-tuman   o‘zbek   urf-odatlari   va   oilaviy-maishiy   marosimlari
muayyan   badiiy   ifodasi   bilan     doston   syujetini   asosini   tashkil   etadi   va   maishiy
hayotda   o‘z   o‘rnini   yo‘qotmagan.   Shunga   ko‘ra,   ta’lim   tizimida
“Alpomish”dostonini   o‘rgatishning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   uning   yaratilish
tarixi va variantlariga  batafsil to‘xtalib o‘tishni joiz deb topdik.
 
27 IKKINCHI BOB.
Ta’lim bosqichlarida “Alpomish” dostonini o‘rgatishda interfaol
metodlardan foydalanish.
2.1.   Maktab   ta’limida   “Alpomish”   dostonini   mustaqil   ishlash   uchun
topshiriqlar berish orqali o‘rgatish.
Xalqning   ma’naviyati,   barkamol   shaxsni   tarbiyalash   masalasi   hamma
zamonlarda ham dolzarb masala hisoblangan. ”Yuksak ma’ naviyat  – yengilmas
kuch”     kitobida   birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov   ma’naviyatning   ma’no-
mazmuni,   uning   inson   va   jamiyat   hayotidagi   o‘rni,   murakkab,   serqirra
tushunchaning   nazariy   va   amaliy   jihatlarini   har   tomonlama   keng   qamrovli   fikr-
xulosalar   orqali   tahlil   etganlar.   Umuman,   I.A.Karimovning   bu   asaridagi   fikr-
mulohazalariga tayanib aytish mumkinki, bizgacha yetib kelgan ma’naviy meros,
madaniy   boyliklar,   ko‘hna   tarixiy   yodgorliklar,   muqaddas   dinimiz,   tarixdagi
bemisl   ilmiy-ijodiy   kashfiyotlar,   kundalik   hayotdagi   oila   va   mahallaning   roli,
uning samarali  ta’siri, keng qamrovli  ta’lim-tarbiya tizimi, juda boy so‘z san’ati
va   badiiy   adabiyot,   ma’naviy   tarbiyaga   javobgarlik   hissi   va   mas’   uliyat   bilan
yondashish,   shuningdek,   milliy   urf-odatlarimiz,  ajdodlarimizning   tarixiy   xotirasi
“ma’naviyat”   tushunchasini   shakllantiradigan,   uning   ma’no-mazmunini
boyitadigan   asosiy   mezonlar   va   omillar   sanaladi.   I.A.Karimov   ma’naviyat
tushunchasining   inson   hayotida   tutgan   o‘rni   haqida   ham   yaxlit   va   sermazmun
yakuniy   xulosa   berdilar   :   “Ma’naviyat-   insonni   ruhan   poklanish,   qalban
ulg‘ayishga   chorlaydigan,   odamning   ichki   dunyosi,   irodasini   baquvvat,   iymon-
e’tiqodini   butun   qiladigan,   vijdonini   uyg‘otadigan   beqiyos   kuch,   uning   barcha
qarashlarining mezonidir 17
”.
Davlatimizning   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonuni,   “Kadrlar   tayyorlash   milliy
dasturi”   talablari   asosida   mustaqillik   yillarida   milliy   ta’lim   va   tarbiyashunoslik
ham   shaklan,   ham   nazmunan   yangilandi,   ma’nan   barkamol   avlodni   tarbiyalash
17
 Karimov I.A.Yuksak ma;naviyat-yengilmas kuch.-Toshkent,”Ma’naviyat”,2008.-19-bet.
28 maqsadi   ustuvor   ahamiyat   kasb   etdi.   Professor   Q.Yo‘ldoshev   haqli   ravishda
ta’kidlaganidek, “Maktab adabiyoti ta’lim berish vositasi  emas, balki tarbiyalash
vositasidir.   Aslida   adabiyot   tarixga   daxldor   biror   dalilni   sharillatib   aytib   bera
oladigan,   ammo   ma’naviyatida   ezgu   fazilatlar   bo‘lmagan   o‘quvchilardan   ko‘ra,
ayrim   adabiy   ma’lumotlar   tizimini   bilmasa   ham,   badiiy   asarlarning
qahramonlariga xos eng insoniy fazilatlarni o‘z tabiatiga singdira bilgan, sirtdan
qaraganda,   nofaolday   tuyuladigan   o‘quvchilar   jamiyatimiz   uchun   ko‘proq
zarurdir… Badiiy adabiyot go‘zal dunyo ichida go‘zal ruhiy dunyo yaratishdir 18
”.
Olimlarning fikricha, adabiyot o‘qitishning vazifasi har bir xalqni o‘zigagina xos
ma’   naviy   qadriyatlar   majmuida   idrok   etish   mumkin   ekanligini   o‘quvchilarga
singdirish   hamdir.   Zero,   o‘z   ma’naviyatini   qanday   qadriyatlarga   tayanib
shakllantirishni bilmagan shaxs xaritasiz noma’lum yurtga sayohat qilgan kishiga
o‘xshaydiki,   ko‘zlangan   manzilini   aniq   tasavvur   eta   olmay,   uzoq   sargardon
bo‘lish xavfi bor. Professor S.Matchonov “Avlod- ajdodlarimiz asrlar mobaynida
intilib   kelgan   ma’naviy   –   axloqiy   barkamollik,   avvalo,   insonning   o‘z-   o‘zini
anglashi   bo‘lib,   ta’lim-   tarbiya   orqali   amalga   oshiriladi.   O‘z-   o‘zini   anglash   esa
boshqalarni   anglash   demakki,dunyoni   anglash,…uning   sir-asrorlarini
tushunishning   ildizini   kishilik   jamiyatining   ilk   davrlaridan,   xalq   og‘zaki   ijodi
namunalari   ijrosidan   izlamoq   kerak 19
”-   deydi.     Xalq   og‘zaki   ijodi   namunalari
bo‘lgan     dostonlar   markazidagi   insonparvarlik   g‘oyalari   insoniy   baxt,   erkinlik,
ma’naviy-axloqiy barkamollik, vatanni sevish, inson zotini yuksaklikka ko‘tarish,
unga   nisbatan   hurmat-e’tiborli   bo‘lishga   undaydi.   Bu   g‘oyalar   zamirida   esa
ajdodlarimizning   o‘z   ona   yeriga   muhabbati,   vatanparvarligi,   bosqinchilarga
nafrati,   mardona   kurashi,   ayollarga   hurmat   va   muhabbati   qalqib   turadi.
Dostonlarda   vatanparvarlik,   haqgo‘ylik,   yurt   tinchligi,   birdamlik,sevgi-sadoqat,
do‘stlik   g‘oyalari   o‘z   aksini   topgan   bo‘lib,   ularni   tahlil   qilish   turli   ta’lim
metodlaridan   foydalanishni   taqazo   etadi.   Ta’lim   tizimida   yuz   berayotgan
o‘zgarishlar   pedagoglar   zimmasiga   ulkan   vazifalarni   qo‘ymoqdaki,   bugun   o‘sib
18
 Yo‘ldoshev Q.Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari.T.:O‘qituvchi,1996.-30-34-betlar.
19
 Qahramonov Q. An’ana va zamonaviylik. T.:A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
nashriyoti,2007.-20-21-betlar.
29 kelayotgan   yosh   avlodni   ilm-u   ma’rifatli   qilishda   zamonaviy   pedagogik
texnologiyalardan   foydalanib,   darslarni   samarali   tashkil   etish   bugungi   kun
talabiga   aylanib   ulgurgan.   “Metod”   yunoncha   so‘z   bo‘lib,   “usul,   yo‘l-   yo‘riq”
degan   ma’nolarni   anglatadi.   Pedagogik   adabiyotlarda   “Metod-   ta’lim   jarayonida
taqdim etilayotgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash, o‘zlashtirish, o‘rganish,
bilish   uchun   xizmat   qiladigan   yo‘l-   yo‘riqlar,   usullar   majmui   ”   deb   ta’riflanadi.
Ta’lim   metodlari-   o‘quv   jarayonining   majmuaviy   vazifalarini   yechishga
yo‘naltirilgan   o‘qituvchi   va   o‘quvchilarning   birgalikdagi   faoliyati   usuli   bo‘lsa,
ularni  shartli  ravishda  uch guruhga  bo‘lish  mumkin :  an’anaviy, noan’anaviy va
zamonaviy.   Har   bir   metod   og‘zaki,   yozma   va   ko‘rsatmali-amaliy   usullarda   olib
boriladi.   Hozirda   ta’lim   metodlarini   takomillashtirish   sohasidagi   asosiy
yo‘nalishlardan   biri   interfaol   ta’lim   va   tarbiya   usullarini   joriy   qilishdan   iborat.
Barcha   fan   o‘qituvchilari   dars   mashg‘ulotlari   jarayonida   interfaol   usullardan
borgan   sari   kengroq   foydalanmoqdalar.   Multimedia   vositalari,   proyektor,
interfaol   sinf   taxtalari   (doskalar)   va   panellar,   videokonferensiya   aloqa   tizimlari,
ovozlash tizimlari avval mavjud bo‘lgan muammolarning ko‘pchiligini hal etishni
osonlashtirmoqda. Interfaol atamasi lotincha “interakt” so‘z birikmasidan olingan
bo‘lib, “inter” – o‘zaro, birgalikda va “akt” – faoliyat ma’nolarini anglatadi 20
.
Demak,   interfaol   metodlar   ta’lim   mazmunining   to‘liq   o‘zlashtirilishida
o‘quvchilarning   o‘zaro   bir-   birlari   va   o‘qituvchilari   bilan   birgalikda   faoliyat
ko‘rsatishlarini tashkil etishni ko‘zda tutadi. Bu metodlar o‘quvchilarning faolligi,
erkin   fikrlashi,   mustaqil   izlanishi,   o‘zlashtiriladigan   ma’lumotlarga   ijodiy
yondashishiga   tayanadi.   .   Mamlakatimiz   qo‘lga   kiritgan   mustaqilligini
mustahkamlashda va rivojlantirishda o‘quvchi – yoshlarni har tomonlama kamol
toptirish, ularda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni shakllantirish bugungi
kunning   dolzarb   muammosiga   aylanib   bormoqda.   Mehr-   muruvvat,   adolat,
to‘g‘rilik,   vijdon,   or-nomus,   iroda,   tadbirkorlik,   matonat   kabi   ko‘plab   insoniy
xislat   va   fazilatlar   majmui   bo‘lgan   komil   inson   g‘oyasi   asosini   xalqimizning
azaliy   ezgu   orzulari   tashkil   qiladi.   Ana   shu   ezgu   ozularning   ro‘yobini   xalq
20
 Tolipov O‘.Usmonboyeva M. Pedagogok texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. Toshkent,”Fan”,2006,149-bet.
30 og‘zaki   ijodining   gultoji   bo‘lgan   “Alpomish”   dostonida   misolida   ko‘rishimiz
mumkin.   “Alpomish”   dostonidagi   umuminsoniyatga,   milliy   qadriyatlarga   to‘la
badiiyatni   o‘sib   kelayotgan   yosh   avlodga   singdirish   lozim.   Bu   kishini   barkamol
shaxs bo‘lib tarbiyalanishida muhim sanaladi. Shunga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim
“Adabiyot”saboqlari   dasturida   “Alpomish”   dostonini   o‘rgatishga   alohida   e’tibor
berilgan.
O‘rta   maktablarning   to‘qqizinchi   sinflarida   dastlab   o‘rganiladigan   birinchi
badiiy asar  “Alpomish”  dostonidir. Dostonni  o‘rgatish  uchun dasturda besh  soat
dars  ajratilgan.
1.“Alpomish” dostoni
2.” Alpomish” dostonidan o‘qish
3. Doston matni ustida ishlash
4. Doston timsollari tahlili
5. Nazariy ma’lumot. Xalq dostonlari va ularning turlari
Qo‘shimcha   sifatida   dars   yakunida   “   Dostondan   olgan   taassurotim”
mavzusida   insho   va   uning   tahliliga   ikki   soat   dars   ajratilgan.   O‘qituvchi
belgilangan   dars   soatlarida   doston   va   uning   shakllari   haqida   ma’lumot   berishi,
darslikdagi   parcha   bilan   o‘quvchilarni   to‘la   tanishtirishi,   mazkur   parchani
atroflicha tahlil qilishi  hamda dasturda nazarda tutilganiga ko‘ra asardagi  badiiy
obrazlar   haqida   o‘quvchilarda   muayyan   tushuncha   shakllantirishi   kerak   bo‘ladi.
Darsning birinchi soatida ”Alpomish” dostonini sharhlab o‘rganish lozim. Chunki
doston   mazmunini,   baxshichilik   san’atini   yoritib   berishda     katta   yordam
beradi.“Alpomish”   dostoni     bir   oila   taqdiri   misolida   butun   bir   millat   birlashuvi
o‘z ifodasini topgan qahramonlik namunasi bo‘lib, qirqdan ortiq nusxalari olimlar
tomonidan   yozib   olingan.   Shulardan   voqealarining   qiziqarliligi,   ifodaning
ta’sirchanligi,   tasvirning   izchilligi   o‘ziga   xos   badihago‘ylik   va   hofiza   qadratiga
ega   bo‘lgan   Fozil   Yo‘ldosh   o‘g‘li   aytgan   doston   nusxasi   o‘zbek   baxshichilik
31 san’atini yanada rivojlantirgan. Baxshi so‘zi ustod, ma’rifatchi degan ma’nolarni
anglatib,   xalq   qo‘shiqlari   va   dostonlarini   yoddan   kuylovchi   shoirlarga   nisbatan
qo‘llanadi.   Fozil   Yo‘ldosh   o‘g‘li   1872-yilda   hozirgi   Jizzax   viloyatining   Baxmal
tumaniga   qarashli   Loyqa   qishlog‘ida   tug‘ilgan.   Baxshichilik   san’ati   sirlarini
davrining   taniqli   baxshisi   Yo‘ldosh   shoirdan   o‘rgangan.   “Alpomish”   dostoni
shoir   ijodining   gultojiga   aylangan.   Doston   ”Burungi   o‘tgan   zamonda   o‘n   olti
urug‘ Qo‘ng‘irot elida Dobonbiy degan o‘tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o‘g‘il
farzand paydo bo‘ldi. Alpinbiydan tag‘in ikki  o‘g‘il  paydo bo‘ldi: kattakonining
otini   Boybo‘ri   qo‘ydi,   kichkinasining   otini   Boysari   qo‘ydi.   Boybo‘ri   bilan
Boysari- ikkovi katta bo‘ldi. Boysari  boy edi, Boybo‘ri esa shoy edi, bul ikkovi
farzandsiz bo‘ldi ” degan an’anaviy qo‘ng‘irot urug‘larining farzandsizligi tasviri
bilan   boshlanadi.   Boybo‘ri   bilan   Boysarining   chupronto‘yda   bir   chapanitop
boyvachchasidan   eshitgan:   “Ey,   Boybo‘ri   bilan   Boysari!   Bu   to‘y   o‘g‘illining
o‘g‘lidan qaytadi, qizlining qizidan qaytadi, sening nimangdan qaytadi?!  O‘zing
o‘lsang,   molingga   har   merosxo‘r   chiqadi,   og‘ziga   odam   kirib   ketadi   ”   degan
so‘zlari orali el oldida izza bo‘lishi, qahramonlarning farzand tilab Shohimardon
pir   ravzasida   qirq   kun   toat-ibodat   qilganliklarini   musulmon   xalqiga   xos   bo‘lgan
ishonch,   e’tiqod,   iymon   va   ibodat   qiluvchi,   topinuvchi   aziz-avliyolari,   ulug‘
qadamjolari misolida ko‘rsatib o‘tish, ta’bir joiz bo‘lsa, otashyurak shoir Abdulla
Oripovning bu haqda hazin tuyg‘ularga to‘la bir she’rini keltirish joiz bo‘ladi:
Dunyodan roziman, dema hech qachon,
Desang ham so‘ylagil sahroga, toqqa.
Chunki seni tinglab, kimdir o‘sha on,
Nega rozisan, deb tutgay so‘roqqa.
Dunyodan norizo bo‘lsang ham agar,
So‘z dema, bardosh qil azob, firoqqa.
32 Chunki seni tinglab kimlardir battar,
Nega, deb albatta, tutgay so‘roqqa.
Dunyo ishlariga boqma hech hayron,
Jimgina nazar sol ko‘hna bu korga.
Olis kechalari yolg‘iz qolgan on,
Dilingni och faqat Parvardigorga 21
.
Bu   ixlosning   mukofoti   sifatida   aka-uka   farzand   deb   atalmish   ne’matga   ega
bo‘ladilar. Dars davomida farzandlarga ism qo‘yish, beshikkerti marosimlarining
bugungi   kundagi   ahamiyati,  aka-uka   o‘rtasidagi   ziddiyatlarni   yuzaga   keltiruvchi
sabablar   haqida   atroflicha   mulohaza   yuritiladi.   O‘qituvchi   mavzuni
mustahkamlash uchun  “ Klaster” metodida  foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ ladi.
“Klaster”   so‘zi   “g‘uncha”,   “bog‘lam”   ma’nosini   anglatadi.   Eng   ko‘p
qo‘llaniladigan   interfaol   metodlardan   biri   sifatida   har   bir   o‘quvchini   o‘z   fikrini
ifoda   etishga   o‘rgatadi.   O‘quvchilar   “Alpomish”   dostonida   aks   etgan   davr   va
dostondagi   bosh   qahramonlar   shajarasini   aks   ettirish   orqali   mavzu   yuzasidan
bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishadi.
“ Alpomish” dostonida aks etgan davr. 
21
 Mahmud Sattor.O‘zbek udumlari.Cho‘lpon niomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.Toshkent-2016.178-bet.
33 34  
 
Dostondagi bosh qahramonlar shajarasi va kattalar ko‘magida o‘zingiz 
mansub bo‘lgan ajdodlaringiz shajarasini tuzishga harakat qiling.
Darsning   ikkinchi   soatida   doston   matnidan   o‘qish   davom   ettiriladi.O‘zbek
xalqi azaldan chorvador xalq bo‘lib kelgan, buni Boysun- Qo‘ng‘irot yurtini tark
etayotgan   O‘n   ming   uyli   qo‘ng‘irot   elining   ichida   moli   yo‘q   degan
kambag‘alining   qirq   ming   tuyasi   bor,   qo‘ yining   sonini,   adadini   o‘zlari   ham
bilmasligida   ko‘rishimiz   mumkin.   O‘z   yurtidan   Qalmoqqa   ko‘chib   borayotgan
Barchin,   o‘n   ming   uyli   Boysun-   Qo‘ng‘irot   elining   ichki   kechinmalarini   Fozil
Yo‘ldosh o‘g‘li mahorat bilan  shunday tasvirlaydi:
35 Chechanlar eplaydi gapning epini,
Shul zamonda oltmish norni cho‘ ktirib,
Orta berdi Barchin suluv sepini.
Qo‘ng‘irot elning shundaychaqa ko‘pi bor,
Boysarining ikki jildam to‘pi bor,
Har ko‘chganda to‘p bo‘shatib jo‘nadi.
Qatorga tirkalgan lo‘k bilan norcha,
Ustiga yuklangan qirmizi parcha.
Kamlik ko‘rmagan satta boybachcha,
Yo‘l-yo‘lakay uloq chopib boradi.
Oshiqning fahmidir qorong‘u kecha,
Yig‘lasam, holima yig‘lar bir necha,
Xafa bo‘lib borar Barchin oyimcha, 
Jafo tortib borayotir bir necha.
G‘am bilan sarg‘ayib guldayin diydor,
Ko‘rgani yo‘q qanday edi qalmoqlar,
Orasida to‘qson dovon tog‘i bor,
Bellardan oshadi ul zamon boylar.
Qaba falak boshga soldi zulm deb,
Eliboylar bundan ko‘chib boradi,
36 Qoldi endi o‘ynab o‘sgan elim deb.
Ayriliq o‘tiga bag‘rini dog‘lab,
Borayotir   qalmoq   elni   so‘roqlab… 22
.   Shu   tariqa   Qo‘ng‘irotlar   Qalmoq
yerlariga   ko‘ chib,Chilbir   cho‘lini,   Oynali   ko‘lini   o‘zlariga   manzil   aylab,
Qalmoqshoh   himoyatida   yetti   yilgacha   moli   bezakot,betergov   yura   berdi. Bu
orada Barchin ham barkamol bo‘yi yetgan suluv qizga aylanib, ta’rifini eshitgan
Surxayl kampir va uning qalmoq alplari qizga og‘iz solishni maslahat  qilib, goh
biri olmoqchi bo‘ldi,goh hammasi o‘rtada xotinli bo‘lib qolaylik deb Barchinning
ustiga qarab bora berdi.Barchin o‘n to‘rt yoshga yetgan kasb-kamolot hosil qilgan
or-nomusli, qat’iyatli qiz bo‘lib, qalmoq alplarga qarata:
Oti Alpomish yorim bordir,
Elda zo‘raborim bordir,
Qatordagi norim bordir,
Shundayin qaysarim border.
Chilla kirganda mast bo‘lgan,
Xatapga boshini urgan,
Dushmanlarning dodini bergan,
Elda   zo‘raborim   bordir,-   deb   olti   oyga   muhlat   so‘rab,   mendan   umidi
bo‘lsa,Alpomish   kelsin,   bo‘lmasa,javobimni   bersin   degan   mazmunda   arza   yozib
yubordi. Alpomish:
…Aka, senga aytadigan arzim bor,
Talash bo‘pti biyning qizi- zulfakdor.
22
 Qozoqboy Yo‘ldoshev,Valijon Qodirov,Jalolbek Yo‘ldoshbekov.Adabiyot 
darsligi,Toshkent”O‘zbekiston”2019.16-bet
37 …Mard yigitning yori talash bo‘lami,
Er yigitning yorin qalmoq olami?
…Umid tortib senga arza qilibdi,
Xat ko‘tarib o‘n boybachcha kelibdi. в
Anglamay otama xatni beribdi,
Otam xatni bul sandiqqa solibdi.
Endi bilib, singling olib kelibdi,
Qalmoqlardan checham jabr ko‘ribdi.
Aka, aytgan so‘zim og‘ir olmagin,
Narmoda   ishini   bunda   qilmagin…deb   aytgan   singlisi   Qaldirg‘ochning
narmoda so‘zini o‘g‘ir olib, qalmoqlar qo‘lida talash bo‘lgan sevgilisi  Barchinni
qutqarish   uchun   otlanishi   va   qalmoq   alpi   Qorajon   bilan   do‘stlashishi,   raqiblari
bilan   yonma-yon   turib,   Barchinning   shartlarini   bajarib,   o‘z   uyiga   qaytishi   ,
ikkinchi   bor   amakisi   Boysarini   qutqarish   uchun   borganida   yetti   yil   zindonda
bandi   bo‘lib,   Boychibor   tulpori   yordamida   qutulib,   oilasi   va   farzandiga
zo‘ravonlik   qilgan   Ultontozni   yengib   o‘z   hokimiyatini   qaytarib   olish   voqealari
o‘qituvchi   tomonidan   hikoya   qilib   beriladi.   O‘quvchilarni     mustaqil   o‘z   ustida
izlanishlari uchun “Boshqotirma” beriladi 23
.  
 “BOSHQOTIRMA ” ni yeching.
«Alpomish» dostonidagi bosh qahramonlaridan biri.
Hakimbekning singlisi.
23
 Д.Уринбоева 
Халк огзаки ижоди 
асарларини укитишнинг 
илмий-методик асослари.-Самарканд ВХТХКТМОИ,2017.
38 Hakimbekning bobosi.
Surxayl kampirning kichik o‘ g‘ li.
Surxayl kampirning o‘g‘illaridan biri.
Zakotni rad etgan qahramon.
Aka-ukalarning farzand tilab borgan joyi.
Hakimbekning oti.
A
L
P
O
M
I
S
H
39 B
E
K
Voqealar bo‘lib o‘tgan joy nomi.
Surxayl kampirning katta o‘g‘li.
“Limerik” metodi. Bu metod orqali o‘quvchilar “Alpomish” dostonidan olgan
taassurotlarini  savollarga javob berish orqali hikoya qilib beradilar.Bu metod 
o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
1.Kim, qayerdan?
2.Qanday, qanaqa?
3.Nima sodir bo‘ldi?
4.Nima bilan tugadi?
Darsning uchinchi soatida  doston matni ustida ishlanadi.Ishni dostondagi  
bosh g‘oyani izohlashdan boshlaymiz.”Alpomish” dostonida millat birligi, oila 
sha’ni, or-nomusi g‘oyasi yetakchilik qiladi.Vatanni  sevish va  uni asrab-
avaylashni yosh avlodga yuqtiradi. Ona  diyorining qadriga yetish, uning gullab-
yashnashi yo‘lida  qo‘lidan kelgancha harakat qilish fazilatlarini 
shakllantiradi.”Bu mumtoz asar tarix to‘fonlaridan hayot-mamot sinovlaridan 
omon chiqib, o‘zligini doimo saqlagan el-yutimiz bag‘rikenglik, matonat, 
oliyjanoblik, vafo sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan, Shu bois 
“Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi, Odil va 
haqgo‘y bo‘lishga , o‘z yurtimizni,oilamizni qo‘riqlashga, do‘st-u yorimizni,or-
nomusimizni ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan 
40 himoya qilishga o‘rgatadi 24
”. Matn ustida ishlash davomida  doston yaratilgan 
davr tili va  hozirgi adabiy til bilan bog‘liq tafovutlar tushuntiriladi .
Doston ham she’riy, ham nasriy shakllar uyg‘unligida yaratilgan bo‘lib, 
she’rlar yetti, sakkiz , o ‘n bir bo‘g‘inli barmoq vaznida aytilgan.  “Alpomish” 
dostonida ham maydon talashayotgan otlar holati, jang ko‘rinishi , 
qahramonlarning tezkor harakatlarini yetti-sakkiz bo‘g‘inli misralar bilan 
berilgan. Misol uchun, poygada ot choptirayotgan poygachilarning 
borayotgandagi so‘zi: “Ne qalmoqlar sherday bo‘lib,Har yag‘rini qirday 
bo‘lib,Besh yuz otli birday bo‘lib, Qistab yo‘lda to‘bichoqni, Ot boshini qo‘yib 
olar, Yaqin qilmoqqa uzoqni. Ot chopishsa uzoq yo‘lga, Bir-biri kirmaydi tilga, 
Qamchi urib Boychiborga, Qorajon ham borar birga”. Siz 7-sinfda o‘qigan 
“Ravshan” dostonida ham bu holat o‘g‘lini qutqarish uchun ketayotgan 
Hasanxonning: “Qulon yurmas yerlardan, Quvib o‘tib boradi, Bulon yurmas 
yerlardan, Buvib o‘tib boradi” misralari orqali tasvirlab berilgan. O‘n bir bo‘g‘inli
she’rda qahramonlarning o‘y-fikrlari, o‘zaro suhbatlari, tinch ruhiy holat tasvirlari
ifoda etiladi. Aytilgan muhlat tugayotgan paytda Alpomishni kutib bezovta 
bo‘layotgan Barchin kanizlariga qarata: “Dardmanman, dardimni kimga yoraman,
Ayroliq savdoga bag‘ri poraman, Qo‘l ko‘tarib duo qiling, kanizlar, Endi men 
g‘ayridin bo‘lib boraman ” misralari o‘n bir bo‘g‘inli barmoq vaznida aytilgan.
Shundan so‘ng, dostondan dostonga o‘tib yuruvchi epik qoliplar haqida 
tushuncha beriladi.Dostonlarning boshlanishi va tugallanishi, qahramonlar 
nutqi,tulporlarga berilgan ta’riflarda epik qoliplardan foydalaniladi.Akasining 
zakot talab qilganidan qattiq g‘azablangan Boysari o‘n ming uyli Qo‘ng‘irot eli 
oqsoqollariga murojaat qiladi va  javob tariqasida Yartiboyning Boysariga  qarab:
“Ushbu damning damlarini dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema, Sen 
ketar bo‘lsang Qalmoq yurtiga, Bul elatni qolar deb ham g‘am yema ” misralari 
dostonning turli o‘rinlarida turlicha qo‘llangan.O‘quvchilarning matn bilan 
24
  Karimov . I . A . Yuksak   ma ’ naviyat - yengilmas   kuch .- Toshkent ,” Ma ’ naviyat ”,2008.33- bet .
41 ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun o‘qituvchi tomonidan  tushunilishi 
murakkab bo‘lgan so‘zlarning  lug‘atini  tuzish vazifasi topshiriladi. 
“ Tushunchalar tahlili ” metodi
Matn Tushuncha Tahlil
Boysari boy edi,Boybo‘ri
shoy edi. Shoy Shoh
Ana endi o‘n olti urug‘ 
qo‘ng‘irot elida bir 
chupronto‘y bo‘ldi. Chupronto‘y Sunnat to‘yi
Xaloyiqlarni,elatiyalarni 
to‘yga xabar qildi. Elatiya Chorva bilan 
shug‘ullanadigan 
qavmlar
Shu yerdan Shohimardon
pirning ravzasi uch kunchalik
yo‘l kelar ekan, farzandtalab 
farzand tilar ekan, oxirattalab
iymon tilar ekan, qirq kun 
tunagan kishi murodiga yetib
qaytar ekan. Ravza Maqbara
Alpinbiy bobosidan 
qolgan o‘n to‘rt botmon 
birinjdan bo‘lgan parli yoyi 
bor edi. Botmon
Birinj Arabcha, og‘irlik 
o‘lchov birligi.
Bronza
Kishining moli zakotga 
42 yetsa, zakot bersa, bul ham 
saxiy ekan.Agar zakot 
bermasa, bul ham baxil ekan Zakot Arabcha- 
(tozalanish,sadaqa 
berish) – mol-mulk va 
daromaddan beriladigan 
sadaqa, ehson. Islomning 
besh asosiy amallaridan 
biri.
O ‘ z   akama   o ‘ zim   zakot  
berguncha ,  Qalmoq   borib  
juz ’ ya   berib   yuraman Juz’ya G‘ayridinlarga 
solinadigan katta 
miqdordagi soliq.
Ana shunda enasi 
Barchinoyni ham 
jo‘natmoqchi bo‘lib, 
Barchinoy uchun to‘riq 
yo‘rg‘a otni tabladan olib 
kelib, ustiga mayin, toza, 
muloyim baxmal 
parquvlardan solib, tilla 
yuganlarni boshiga solib, 
juda choqlab, otning 
jilovidan ushlab olib keldi. Tabla Ot bog‘lanadigan joy,
otxona.
Qatorga tirkalgan lo‘k 
bilan norcha,Ustiga 
yuklangan qirmizi parcha. Lo‘k
Norcha Yuk tashiydigan tuya.
Yosh erkak tuya.
Choparlar yigirma kun 
yotdi, xo‘p izzat-ikrom qilib, 
qildi ziyofatti, ko‘p qildi 
xizmatti. Bergan arzasidan  Shobir Xabar, ovoza, belgi
43 hech shobir bo‘madi.
Aka, aytgan so‘zim og‘ir 
olmagin, Narmoda ishini 
bunda qilmagin... Narmoda Erkak-urg‘ochiligi 
noma’lum odam, xunasa, 
gey.
Qayda borsang, 
Shohimardon yor bo‘lsin, 
O‘nikimom, chilton jilovdor 
bo‘lsin. O‘nikimom
Chilton O‘n ikki imom
Qirq avliyo
…Yoz bo‘lsa, yaylovim 
Amu yoqasi, Meni bilsang, 
qo‘ng‘irot elning to‘rasi. 
Ko‘kqamish ko‘lidan suqsur 
uchirdim, Suqsurni izlagan 
lochin bo‘laman. Suqsur Makiyon o‘rdak
Tangqa taylab, Olatovni 
joylagan, Kambag‘ali qirq 
ming gala haydagan. Shul 
galada bizning bir moya 
kelgan, Moyaning yo‘qchisi-
nori bo‘laman. Tangqa 
taylab
Gala
Moya Tog‘ni egallab.
Suruv.
Urg‘ochi tuya.
Topshiriqning   davomi   sifatida   Barchinning   Boychiborga   qarata:   “Qurruyo-
qur hayt-a, to‘ramning oti, Oq to‘shim-yayloving, sochim shibirtki. Kuyganimdan
gapni gapga ulayin, To o‘lguncha sayising bo‘p yurayin” ,- degan Barchinoyning
dovushi   Boychiborning   qulog‘iga   boradi.   Suvluq   tishlab   o‘zin   otdi   Boychibor,
44 kalta   qantarib,   tashlagandi   qalmoqlar,   Tizgini   uzilib   ketdi   muqarrar”   satrlarida
tulporga xos xususiyatlarni aks ettirish vazifasi beriladi. Ushbu vazifani bajarish
davomida o‘quvchilardagi shaxsiy qobiliyatlar namoyish etiladi.
 
Darsning   to‘rtinchi   soatida   “Xulosalash”   yoki   “Yelpig‘ich”   metodi   orqali
doston bosh qahramonlari bo‘lgan Alpomish va Barchinga xos xususiyatlar ochib
beriladi.   Bunda   sinf   o‘quvchilari   teng   taqsimlangan   holda   guruhlarga   ajratiladi.
Guruhlarning   barchasi   nomlanib,   bittadan   oq   qog‘oz   va   rangli   qalamlar
tarqatiladi.Har   bir   guruh   belgilangan   vaqt   oralig‘ida   yozuv   taxtasida   namuna
sifatida   keltirilgan   eskizni   chizib,uning   bandlarini   to‘ldirishi   talab   etiladi.
Namuna:
Bu metod o‘quvchilarni mustaqil va mantiqli fikrlashga o‘rgatibgina qolmay, 
doston qahramonlarini turli nuqtai nazardan tahlil qilish, ularning ijobiy va salbiy 
tomonlari, afzalliklari va kamchiliklarini og‘zaki va yozma muhokama qilishga 
45 yo‘naltiradi.
Darsning so‘nggi soatida xalq dostonlarining yozma adabiyot namunasi 
bo‘lgan dostonlardan farqli tomonlari ko‘rsatib beriladi. Ushbu vazifani amalga 
oshirishda “Baliq skeleti” metodidan foydalangan holda, birinchi tomoniga xalq 
dostonlariga xos xususiyatlar ya’ni muallifi noma’lum og‘zaki tarzda yaratilgan, 
turli ijodkorlar tomonidan ijro etilib, avloddan-avlodga o‘tib, sayqallanib, 
an’anaviylik kasb etgan  bu xil asarlar jamoa ijodi deb qaralib, zamonaviy 
folklorshunoslik ularni quyidagicha tasniflaydi: 1)qahramonlik dostonlari; 
2)ishqiy-romantik dostonlar; 3) jangnoma dostonlari; 4) kitobiy dostonlar; 5) 
tarixiy dostonlar. Ikkinchi tomonga yozma adabiyot namunasi bo‘lgan 
dostonlarga oid fikrlar beriladi. Muayyan ijodkor qalamiga mansub bo‘lib faqat 
she’riy shaklda bir xil masnaviy tarzida qofiyalanadi va shu holicha 
saqlanadi.Turkiy yozma dostonchilikning ilk namunasi Yusuf Xos Hojibning 
“Qutadg‘u bilig ” asari hisoblanib, keying yillarda tarixiy va zamonaviy 
mavzularda Usmon Azim, Azim Suyun, Faxriyorlar qalam tebratib kelishmoqda. 
O‘quvchilar doston turlarini zidlash davomida tizimli fikrlash ko‘nikmalarini 
rivojlantiradilar.
“ Baliq skeleti” metodi
46 Dastur rejasiga asosan doston o‘rgatilib bo‘lingandan so‘ng nazorat inshosi 
olinadi.
 Xulosa qilib aytganda, umumta’lim maktablari  adabiyot saboqlari dasturidagi 
“Alpomish” dostonini o‘rgatishda ijodkorlik va izlanishga yo‘llovchi mustaqil 
topshiriqlar zarur nazariy tushunchalar va malakalarni shakllantiradi. Darsning 
samaradorligi, o‘qituvchining bilimi va ijodkorlik qobiliyatini, darsni tashkil 
etishdagi pedagogik mahoratini belgilovchi omil bo‘lib xizmat 
qiladi.O‘quvchining badiiy adabiyot olamiga mehrini hamda ulardan ta’sirlanish 
hissini uyg‘otadi.
47 2.2 OO‘Y larida “Alpomish” dostonining poetik xususiyatlarini nazorat va 
tekshirish topshiriqlari asosida tahlil qilish.
O‘quv   dasturining   “Uqtirish   xati”   deb   nomlangan   kirish   qismida   dasturning
umumiy   tavsifi,   yaratilish   asosi,   akademik   litseylarda   adabiyot   kursining
mazmun-   mohiyati   atroflicha   yoritilgan,   dasturning   maqsad   va   vazifalari   aniq
belgilab   berilgan.   akademik   litseylarda   adabiyot   o‘qitishning   asosiy   maqsadi
o‘quvchilardagi   yuksak   badiiy-estetik   didni   shakllantirishdan   iborat   ekanligi
ta’kidlangan holda, ana shu maqsadni amalga oshirishdagi vazifalar aniq ko‘rsatib
o‘tilgan.   O‘quvchilarning   “badiiy   asarlarni   idrok   etish   qobiliyatini   o‘stirish,
badiiy   asarlar   matnidagi   o‘ziga   xosliklarni   his   etishga   oid   ko‘nikma   va
malakalarini   shakllantirish,   yosh   va   yo‘nalish   xususiyatlaridan   kelib   chiqqan
holda badiiy asarni dastlabki tahlil qilishni o‘rganish, badiiy matn bilan tanishuv,
shuningdek,   tahlil   asosida   og‘zaki   va   yozma   nutq   malakalarini   takomillashtirish
va   rivojlantirish 25
”kabi   muhim   vazifalarning   alohida   ta’kidlab   ko‘rsatilganligi
adabiyot   o‘qituvchisining   ham   har   bir   mavzudan   ko‘zlangan   pedagogik   maqsad
va vazifasini aniq belgilab olishiga yordam beradi. Har qanday adabiy asar tahlili
undagi   qahramonlar   timsolini   o‘rganish   orqali   amalga   oshiriladi.   Adabiyotning
insonshunoslik   ekanligini   yaxshi   bilamiz.   Zero,   badiiy   asarlar   markazida   biri
ikkinchisiga   o‘xshamagan   rang-barang   badiiy   obrazlar   harakat   qiladi.   Ular
hayotdagiday   betakror   inson   olamini,   ruxiyatini,   qiyofalarini   ko‘z   o‘ngimizda
jonlantiradi, ana shu o‘ziga xos insonlarni tushunishga yo‘llaydi. Dars jarayonida
asar tahlilini to‘g‘ri tashkil etish, aniq maqsadli usullarni tanlay olish, darsni ilmiy
-   metodik   asosda   tashkil   etish,   o‘quvchilarni   tahlilga   yo‘llash,   namunaviy   tahlil
darsini   o‘tkazish,   o‘quvchilarni   eng   ko‘pdarajada   mustaqil   fikrlashga   undash   -
adabiy   tahlildan   ko‘zlanadigan   ta’limiy   maqsadlar   hisoblanadi.   Adabiy   tahlil
orqali   o‘quvchilarning   estetik   didlarini   o‘stirish;   ijodkorlik   qobiliyatlarini
rivojlantirishga   erishish   va   ma’naviy   sifatlarni   kamol   too‘dirish   esa   bosh
muddaodir.
25
26 B.To‘xliyev,B.Sarimsoqov.Adabiyot .Akademik litseylar uchun o‘quv dasturi.-T.,2000,4-bet.
48 Q.Yo‘ldoshev   o‘zining   “Alpomish”   dostoni   talqinlariga   bag‘ishlangan
kitobida “Har bir o‘zbekning milliy kitobiga aylanishi lozim bo‘lgan “Alpomish”
dostoni   zamiridagi   badiiy   javohirlarni   izlab   too‘ish,   uning   ko‘rkam   va   umrzoq
asarligini   ta’minlagan   jihatlarini   tayin   etish   dostonning   aqli   millat   tomonidan
tushunib   va   sevib   o‘qilishini   ta’minlagan   bo‘lardi 26
”,   deya   to‘g‘ri   e’tirof   etadi.   .
Olimning   ushbu   kitobida   dostonning   badiiyati   va   millatimiz   ma’naviyati   bilan
bog‘liq   so‘nggi   kuzatishlari,   filologik   ilmimizda   ma’lum   ma’noda   shakllangan
ilmiy-ijodiy yondoshuvlar tizimidagi yangicha fikr-mulohazalari berilganki, buni
muallifning   o‘ziga   xos   sodda   va   ayni   o‘aytda,   teran   tahlillari   tasdiqlay   oladi.
Risolada   keltirilgan   tahlillardan   bevosita   adabiyot   darslarida   foydalanish
imkoniyatlari katta. Ularning asosiy qismidan til va adabiyot o‘qituvchilari o‘z ish
tajribalariga   tatbiq   etishlari   yaxshi   samara   beradi.   “Alpomish”   tahliliga
bag‘ishlangan   bu   ish   andozasidan   boshqa   dostonlarni   ham   tahlil   qilish
qulaylashadi.   “Alpomish”   dostonining   mutolaasi   bo‘yicha   o‘quvchilarda
dostonning   asosiy   g‘oyasi   va   yetakchi   epik   qahramonlar   ruhiyatini   o‘rganish
malakasini   rivojlantirishga   ta’sirini   aniqlash   yuzasidan   bir   turkum   savol-
topshiriqlar berildi.  Ular:
1. Dostondagi   Yortiboy   oqsoqol   bilan   Zokirboylarning   fikr-mulohazalarini
solishtiring,   har   ikkalasining   o‘ziga   xos   ruhiyatga   ega   bo‘lganliklariga   e’tibor
bering va ulardan tegishli xulosalar chiqarib fikr-mulohazalaringizni ayting.
2. Dostonni   o‘qib   tugatgandan   so‘ng   o‘zingizga   ma’qul   bo‘lgan   ma’naviy-
didaktik o‘and-nasihatlarni qayta xotirlang. Ular asosida  mustaqil  va ijodiy fikr-
mulohazalaringizni daftaringizga yozing.
3. Boysaridagi   oriyatlilik   va   mag‘rurlik,   ruhiyatidagi   qaysarlik   va   o‘jarlik,
umuman, uning o‘z yurtidan voz kechganlik taqdiri va qismati qanday oqibatlarga
olib kelishining sabablarini o‘ylab ko‘ring.
4. Boysarining   vatanni   qo‘msashi,   el-yurtnii   sog‘inishi,   musofirchilik
26
27 Yo‘ldoshev Q.”Alpomish” talqinlari yoki doston badiiyati hamda millat ma’naviyati haqida ayrim fikrlar.-
T.:Ma’naviyat,2002.6-bet.
49 natijasida   chekkan   son-sanoqsiz   azob-uqubatlari,   oxir   oqibatda,   o‘z   xatolariga
iqror bo‘lishi bilan bog‘liq o‘rinlarni daftaringizga qayd qiling.
5. Dostonda   tasvirlangan   obrazlar   ro‘yxatini   tuzing   va   ulardan   biriga
xarakteristika bering.
6. Dostonda berilgan didaktik o‘git-nasihatlardan birini tanlang va shu asosda
o‘zingizning fikr-mulohazalaringizni bildiring.
7. Sizga yoqqan epik obrazlar tasviri yuzasidan ixcham insho yozing.
“Alpomish”da oila sha’ni, or-nomusi va millat birligi g‘oyasi yetakchi o‘rinda
turadi.   Shu   bosh   g‘oya   zaminida   xalq   baxshilari   yurt   osoyishtaligi,   obodligi   va
taraqqiyotini yoritadi: Vatanni sevish va e’zozlash namunasini zamondoshlariga,
kelgusi   yosh   avlod   vakillariga   yuqtiradi.   Ona   diyorning   qadriga   yetish,   uning
kamoloti,   gullab-yashnashi,   osoyishtaligi   uchun   qayg‘urish   fazilatlarini
shakllantiradi. «Bu mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan hayot-mamot sinovlaridan
omon   chiqib,   o‘zligini   doimo   saqlagan   el-yurtimiz   bag‘rikenglik,   matonat,
oliyjanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan. . Shu bois
Alpomish»   dostoni   bizga   vatanparvarlik   fazilatlaridan   saboq   beradi.   Odil   va
haqgo‘y   bo‘lishga,   o‘z   yurtimizni,   oilamizni   qo‘riqlashga,   do‘sti   yorimizni,   or-
nomusimizni   ota-bobolarimizning   muqaddas   mozorlarini   har   qanday   tajovuzdan
himoya qilishga o‘rgatadi 27
».
Ajdodlarimiz   xalq   og‘zaki   ijodi   asarlarida   har   bir   yosh   avlodni   ilm   olishga,
ilmli   bo‘lishga   chaqirib,   boshqalarga   har   tomonlama   namuna   bo‘la   oladigan
ma’naviy yetuk, hunarli, kasbkorli farzandlar bo‘lishini ta’kidlaganlar.
«Alpomish»   dostonida   oiladan,   urug‘dan   ajralish   vatandan,   elidan   ayrilish
ekanligi,   bu   judolikning   epik   qahramonlarga   keltirgan   qancha-qancha   azob-
uqubatlari   va   kulfatlari   chuqur   ruhiy   holatlarda   o‘z   aksini   topgan.   Alpomish   va
Barchinning,   ularni   qurshab   turgan   el-yurtning   o‘zaro   munosabatlari,   xatti-
27
 Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.-Toshkent,”Ma’naviyat”,2008.33-bet.
50 harakatlari, tutumlari, qarashlari juda katta o‘rnakdir. Ammo ularni o‘z o‘rni bilan
hozirgi   yoshlar   ongi   va   qalbiga   singdirish,   shu   yo‘l   orqali   yuksak   ma’naviyatli
inson   tarbiyasiga   daxldor   ma’naviy-axloqiy   fazilatlarni   o‘zlashtirib   olishiga
imkoniyat   yaratish   adabiy   mashg‘ulotlarning,   faqat   adabiyot   emas,   balki   barcha
o‘quv predmetlarini o‘rganish jarayonidagi eng muhim vazifalaridan biridir. Shu
o‘rinda yana bir ta’kidni eslatmoqchimiz: komil insonni tarbiyalashda ota- onani
ibrat   qilib   ko‘rsatish   -   milliy   udum   va   qadriyat   ekanligi,   umuman,   oila
ma’naviyati va sog‘lom turmush tarzining xalq dostonlaridagi talqinlarini maktab
o‘quvchilariga   alohida   o‘rgatish;   bu   haqdagi   kuzatishlarni   ilmiy   jamoatchilik
e’tiboriga havola qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa   qilib   aytganda,   adabiy   tahlil   darslarini   tashkil   etishda   izlanish   va
ijodkorlikka   yo‘llovchi   ilg‘or   ta’lim   metodi   hamda   usullaridan   foydalanish
natijasida   zarur   nazariy   tushunchalar   va   malakalar   shakllantiriladi.   Darsning
samaradorlik   darajasini   esa   o‘qituvchining   bilimi,   ijodkorlik   qobiliyati,   darsni
ilmiy-metodik   jihatdan   to‘g‘ri   tashkil   etishdagi   mahorati   belgilaydi.   Zotan,
o‘quvchining   badiiyat   olamiga   mehrini,   badiiy   ijod   namunalaridan   hayratlanish
hissini uyg‘ota olgan o‘qituvchi faoliyatigina samarali yakunlanadi. Bundan ming
yillar   avval   xalq   baxshilari   tomonidan   og‘zaki   ravishda   yaratilgan   hamda
bizgacha kuylab kelingan bu doston o‘zbek-qo‘ng‘irot urug‘i boshliqlari aka-uka
Boybo‘ri   va   Bosqarilarning   farzandsizligi   tasviri   bilan   boshlanadi.   Unda
Hakimbek   va   Barchinning   ajoyib-g‘aroyib   holatlarida   tug‘ilishi,   Hakimbekni
bahodirono   yoshligi   va   birinchi   bor   ‘ahlavonlik   ko‘rsatishi,   Boysaraning
Boybo‘ridan   arazlab,   qalmoq   eliga   ko‘chishi,   qahramonning   yorini   olib   kelishi
uchun   o‘zga   yurtga   safari   va   qalmoq   alpi   Qorajon   bilan   do‘stlashishi,   raqiblari
qalmoq   alplari   bilan   yonma-yon   turib,   Barchinning   shartlarini   bajarishi   va
Barchinni   olib   o‘z   eliga   qaytishi,   qaynotasi   Boysarini   qutqarish   uchun   ikkinchi
marta   safar   qilganda,   yetti   yil   zindonda   qolishi,   asirlikdan   oti   Boychibor
yordamida qutilib, xotini Barchinning zo‘ravon Ultontoz bilan bo‘layotgan to‘yi
ustida   o‘z   eliga   kelishi   hamda   Ultontozni   yengib,   o‘z   hokimiyatini   o‘rtanishi
voqealari   tasvirlanadi.   “Alpomish”   dostonining   bosh   qahramoni   Hakimbek   -
51 Alpomishdir. U xalqning qahramonlik orzularini o‘zida mujassamlashtirgan, el   -
yurt   farovonligi   yo‘lida   mardliklar   ko‘rsata   olgan   bahodir,   xalq   dohasi   yaratgan
quyma obrazdir.
Qadimgi   davrlar   va   o‘rta   asrlarda   inson   beqiyos   kuch-qudrat   egasi
hisoblangan,   chunki   o‘sha   sharoitda   odamlarning   ijtimoiy   hayoti   va   tabiati
hodisalariga qarshi kurashlarida jismoniy kuch hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shuning
uchun   ham   barcha   xalqlarning   qahramonlik   eposlarida   har   ishga   qodir
‘ahlavonlar,   yakkama-yakka   olishuvlarda   g‘olib   chiqqan   bahodirlar,   vahimali
ajdar   va   devlarni   mahf   eta   oladigan   botirlar,   tish-tirnog‘igacha   qurollangan   lak-
lak dushmanni yolg‘iz o‘zi yenggan alplar siymolari yaratilgan, Alpomish xuddi
shunday   qahramondir.   Dostonda   Alpomishning   kuch-qudrati   uning   bahodirlik
salohiyatini   tasvirlashga   alohida   e’tibor   berilgan.   U   yetti   yoshida   bobosi
Alpinbiydan   qolgan   o‘n   to‘rt   botmonlik   sari   yoydan   o‘tib,   Asqar   tog‘ining
cho‘qqichini uchirib yuborganligi uchun ham alp ataladi.
Yakkama   -   yakka   olishuvda   Qultoy   va   Qorajondan   g‘olib   chiqadi.   Uning
kuch   qudrati   Barchin   shartlarini   bajarishda,   qalmoq   alplari   bilan   kurashda,
ayniqsa, yorqin namayon bo‘ladi.
Doston   maishiy   hayot   detallariga   boyligi,   real   e’izodlarni   keng   qamrab
olganligi bilan alohida ajralib turadi. Masalan, yetti baxshi yetti yillik tutqinlikdan
keyin   Alpomishning   o‘z   yurtiga   qaytishida   uni   qarindoshlari,   cho‘ponlar,
yilqichilar,   karvonlar,   turli   toifadagi   kishilar   bilan   uchrashtirish   orqali
mamlakatdagi  ahvol  bilan tanishtiradi, odamlarning qahramonga va uning raqibi
Ultontozga   munosabatini   yaqqol   gavdalantiradi.   Bu   lavhalar   Alpomishni   ideal
qahramon   va   oddiy   inson   sifatida   har   jihatdan   xarakterlab   beradi.   Yo‘ldagi
uchrashuvlarda   Ultontozning   zo‘rlik   bilan   Barchinni   olish   uchun   to‘y
qilayotganini bilgan Alpomish Qultoy qiyofasida to‘yxonaga keladi. To‘yxonada
Alpomish
Ultontoz   tomonidan   kamsitilgan   va   o‘g‘li   hajrida   alam   tortayotgan   ota-
52 onasiga   hamdardlik   qiladi,   haqoratlangan   o‘g‘li   Yodgorning   boshini   silaydi,
Ultontozga   xushomatgo‘ylik   qilgan   bakovul   va   oshpazlarning   ta’zirini   beradi,
o‘zining   kuch-   qudratini,   Barchinga   hamda   oilasiga   sodiqligini   yana   bir   bor
namoyish   etadi.   O‘zbek   xalq   dostonlari   orasida   "Alpomish"   qahramonlik   eposi
baxshilar   repertuaridan   mustahkam   o‘rin   egallagan   bo‘lib,   u   haqda   ko‘p
tadqiqotlar   amalga   oshirilgan,   doston   har   jihatdan   asosli   va   ilmiy   tahlil   etilgani
ma’lum.   Ayniqsa,   dostonning   1000   yilligini   nishonlash   haqida   respublikamiz
hukumatining   1998   yil   13   yanvardagi   tarixiy   qarori   nafaqat   qahramonlik
eposimizni   o‘rganishda,   balki   folklorshunoslikning   keyingi   rivojida   muhim
ahamiyat   kasb   etdi.   Shu   qaror   tufayli   "Alpomish"   dostonining   eng   mukammal
varianti   hisoblangan   Fozil   Yo‘ldosh   o‘g‘li   nusxasi   ilk   bor   to‘liq   holda   va
akademik   nashrda   o‘zbek   va   rus   tillarida   bosmadan   chiqdi.   Ayni   ‘aytda,
dostonning  Berdi  baxshi,  Saidmurod Panoh  o‘g‘li, Xushvakt  Mardonaqul  o‘g‘li,
Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul va Po‘lkan shoir variantlari ham
o‘quvchilarga   yetkazildi.   Ammo   folklorshunoslarniing   "Alpomish"   turkumiga
nisbat   berilgan   va   yozib   olingan   dostonlarga   bir   xil   salbiy   munosabat   bildirishi
ham   to‘g‘ri   emas.  
N.Ochilov   o‘z   izlanishlarida   mavzuni   Qodir   baxshi   repertuari
misolida yoritishi lozim bo‘lgan . 
LABORATORIYA ISHLARI
MAVZU: “ALPOMISH” DOSTONINING POETIK
XUSUSIYATLARI
Ishning ma q sadi:
- muallif   uslubi   va   asar   kompozitsiyasini   tahlil   qilishda   epik   matnning
poetikasi;
- matnni anglash va ba h olash;
53 - o‘quvchiga matn mazmun-mohiyatini singdirish;
- o‘quvchilarda badiiy asarni o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ishning borishi
«Alpomish»   dostonida   o‘zbek   xalqining   azal-azaldan   iymon-e’tiqod,   or-
nomus   va   yurt   birligi   yo‘lida   o‘zini   ayamasligi   yorqin   aks   ettirilgan.   Dostonni
o‘qish   davomida   o‘ziga   atashtirilgan   qizning   qalmoqlar   orasida   talash,
yurtdoshlarining   begonalarga   xor   bo‘lmasligi   uchun   jonini   tikkan   buyuk
qahramon   Alpomish,   iymon   keltirgani   va   do‘st   tutingani   uchun   Hakimbekning
yonida o‘zining insofsiz yaqinlariga qarshi kurashgan Qorajon, insoniy fazilatlari
bilan   ko‘pchilik   erkaklardan   baland   tura   oladigan   Oybarchin   va   Qaldirg‘och
timsollari millatimizga xos baland sifatlarni aks ettirganligini ko‘ramiz.
«Alpomish»   dostonida   o‘zbek   millatiga   xos   eng   yuksak   ma’naviy-   axloqiy
sifatlar,   ayni   vaqtda,   ayrim   millatdoshlarimizdagi   cheklanganlik   va   ojizliklar
buyuk  bir  mahorat  bilan  tasvirlangan.  Bu   asar  shunchaki   bir  doston   emas,   balki
xalqimizning ma’naviy olamini ko‘rsatuvchi ko‘zgudir.
1- topshiriq.   Dostonda   mubolag‘a   elementlarini   toping.   Bunday   tasviriy
badiiy   vositalar   yana   qaysi   adabiy   janrlarga   xos?   Mubolag‘aning   hayotiylik   va
badiiylik   jihatlarini   ayting.   Masalan,   mubolag‘a   orqali   ijobiy   qahramonlarning
fazilat va xususiyatlarini  kulgu ostida tasvirlab, ularning biror xislatini  bo‘rttirib
ko‘rsatadi. Chunonchi: 
Tikilsam quriydi Daryoning qumi,   Na’ra tortsam, kular kurlonning timi.
1-topshiriq.   Qofiyali   sochma   -   saj’   san’ati   haqida   2   xatboshi   ma’lumot
bering. Misollar bilan izohlang.
2-topshiriq.  Fozil Yo‘ldosh haqida internetdan ma’lumotlar toping.
3-topshiriq.   SHe’r   necha   bo‘g‘indan   iborat?   Dostonda   bo‘g‘inlar   soni   oz-
ko‘pligi sababini tushuntiring.
54 Ot chop-sa // gum-bur-lar  TOG ‘ - NING  da-ra-si, 3+8=11
Bo-tir-ni // ing-ra-tar nay-za ya-ra-si, 3+8=11
Kelgan bulsa  Qo‘ng‘irot  elning turasi,
Qirq kunlik yul Boboxonning orasi,
Boboxon tog‘idan poyga solaman.
Kuzdan yoshin munchoq-munchoq tizdirsa,
Boychiborning quyrug‘ini suzdirsa,
Boboxondan poyga qilib uzdirsa,
Oti ildam boyvachchaga tegaman.
Mendayin oyimning uvolin bilganga,
O‘sha yurtdan mehnat tortib kelganga,
Dushmanlarga qora kunni solganga,
4-topshiriq.   Dostonni   qayta   o‘qing.   Asardagi   otlar   va   odamlar   tasviridagi   o
‘xshashlik   va   farqlarga   e’tibor   bering.   Qaysi   tasvirda   baxshilar   Ko‘proq
mahorat ko ‘rsatgan?
5-topshiriq.   Dostonni o‘qing va maqollarni daftaringizga ko‘chiring. Har bir
yozib olgan misolingizni izohlang. Masalan,
Ot chopsa gumburlar tog‘nung darasi,
Urushda bilinar mardning sarasi.
55 6-topshiriq.   Dostonda   qanday   badiiy   tasvir   vositalar   qo‘llanilgan?   Dostonni
qayta o‘qib, badiiy tasvir vositalarni daftaringizga yozib oling.
7-topshiriq.   Dostonda quyidagi parchada kim tasvirlangan?   SHomurtiy shoxalab
har yoqqa ketgan,
Ichida chichkonlar bolalab yotgan
Izidan tushgan pishak oltoyda etgan.
Javob: Boyqashqa, Toyqashqa, Ko‘kaman, Qo‘shquloq.
Dostondan olingan bu parcha qaysi janrda yoritilgan?
Dostondan   olingan   bu   parchada   adabiy   tilga   mos   bo‘lmagan   nechta   so‘z
keltirilgan?
Dostondan olingan bu parchaning har bir bandi necha bo‘g‘indan iborat.
8-topshiriq.  Dostonda “Oq rang yo‘lni ochuvchi, yo‘ldagi to‘siqlarni bartaraf
etuvchi,   himoyalovchi   rang   bo‘lsa,   qora   rang,   aksincha,   yo‘lni   berkituvchi,
56 odamlarning yo‘lini to‘suvchi, ishlarni rivojiga halaqit beruvchi rang sanaladi 10
».
Qora   rangdan   yasalgan   atoqli   otlarning   ayrimlari   (Qoraxon)   salbiy   ottenka,
ayrimlari   (Qorajon,   Qorason)   ijobiy   ottenka   ifodalaydi.   Bunda   personaj   xulk-
atvori,   fazilatlari,   turmush   tarzi   inobatga   olingan   holda,   ismda   ramzlashtiriladi.
Dostonlar   tilida   matn  talabi   bilan   ko‘k   so‘zining  quyidagi   ma’nolari   mavjud:   1)
«osmon»   semasi:   Davlatli   xon   shunday   ko‘k ka   qaradi,   //   Olchi-chikka   bo‘lib
endi   aylanib   (Alp.81).   2)   «Yetti   qat   osmonning   bir   qavati»   semasi:   Osmonda
arvohlar,   ko‘k da   malaklar,   //   Bir   necha   mazgil-joy   sizdan   so‘rayman   (A.90).
Keltirilgan   misrada   kuchli   mifologizm   mavjudday   ko‘rinadi.   CHunki,   tasavvuf
ilmi   va   hatto,   hadislarda   ham   dunyoning   yetti   olami   mavjudligi   va   ularning   har
birida   uzgacha   hayot   borligi   hakida   fikr   yuritiladi.   Kuk   rang   esa,   etti   olamning
mifologik ekvivalenti sifatida qabul qilingan.  3) «yomon odam» semasi:  Ko‘rsin
Alpomish, ko‘nglim yuk edi, // Yaxshimasdir, ko‘rsin ko‘zi  ko‘k  edi (A.119).
Dostonda   yana   qanday   ranglar   qo‘llanilgan,   ularning   ma’nosini   tushunishga
harakat qiling. Misollarini daftaringizga yozib oling va tahlil qiling.
9-topshiriq.   Dostonda   o‘zbek   xalqining   urf-odatlari,   marosimlari   haqida
ma’lumotlar   mavjud.   Masalan,   Beshikirti   qilmoq .   Ana   shunda   Hakimbekka
Oybarchindi atashtirip,  beshikirti Qilip ...(8).  !Qiz suylatar .
Ikki vakil u mulladan keladi, 
Kelip kizdi ixtiyorin suradi,
Uyalgandan qabul qilmay turadi,
«Qiz so‘ylatar»  degan rasm buladi,
Qiz gapirtkan ancha pulni oladi,
Barchin vakilini endi beradi,
Hakimbekti bunda qabul qiladi,
57 Guvohlar jiyinga yana boradi,
Peshini qaytarip mulla suradi,
Bu guvohlar turip javap beradi (160).
CHimildiq .   Baxmal   utovda   chimildiq   tutip,   bir   necha   qatinnar   kuyav
navkarlari   minan   kuyavdi   kirgizmakchi   bo‘p,   bir   nech   qatinnar   “kampir   o‘ldi”
bo‘p,   o   ‘lganiga   bir   nima   op,   “It   irillar”   degan   rasmini   qip,   bug‘anam   bir   nima
berip, har zamon salom sop, iydan ichkari kirip, chimildiqda o‘tiripti (167).
Dostonda   yana   qanday   urf-odatni   anglatadigan   so‘zlar   qo‘llanilgan,  ularning
ma’nosini  tushuntirishga harakat  qiling. Misollarini  daftaringizga yozib oling va
tahlil qiling.
UYGA VAZIFA
1.Agar laboratoriya ishi uchun manba to‘plamoqchi bo‘lsangiz, unda «Doston
va uning qahramonlari» mavzusida sitatalar rejasini tuzib chiqing.
2.Bog‘bon   bo‘lmay,   qizil   gulni   terasan,   //   Lolazor,   bahrli   yerda   yurasan
(Alp.253).   Bog‘bon   bo‘lib   qizil   gulni   terayin,   //   Kanizim   iyartib   mudom
yuraman   (Alp.   119).   Dostondan   olingan   parcha   nimaning   ramzi   sifatida
qo‘llanilgan?
NAZORAT VA TEKSHIRISH UCHUN
TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq.   Mashg‘ulotda   Fozil   Yo‘ldosh   o‘g‘lining   “Alpomish”   dostoni
asosida yaratilgan kinofilmdan mavzuga oid alohida tanlab olingan tasvirlar o
‘quvchilar diqqatiga havola etildi. Lavhani diqqat bilan tomosha qiling. Olgan
58 taassurotingiz   asosida   esse   yozing.   Unda   milliy   qadriyatlarning
umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unlik jihatlari aks etsin.
2-topshiriq.   Doston  kahramonlari   Alpomish,  Barchin, Qorajon,  Ko‘kaldosh,
Surxayl kampir kabi obrazlarni tanlab, ularning fazilat va xislatlarini inobatga
olgan holda insho yozing. “Alpomish - vatanparvar ”, “El-yurtining qo‘rqmas
pahlavoni”,   “Alpomish-mardlik   va   jasurlik   timsoli”,   “Barchin   -   sof   sevgi
egasi”,   “Barchin   -botir   va   qo‘rqmas   qiz   timsoli”,   “Ko‘kaldosh   o‘z   so‘zidan
qaytmas pahlavon” kabi.
3-topshiriq.  Insonda qanday fazilatlarni ijobiy deb hisoblaysiz?
Masalan, Alpomish - vatanparvar, sof sevgi egasi, diyonatli, insofli, rostgo‘y,
do‘stlikni   qadrlaydigan,   xushmuomala,   vafodor,   botir,   jasur,   kamtar,   odobli,
chavandoz, mergan, axloqli.
Oybarchin   –   go‘zal,   aqlli,   dono,   irodali,   kuchli,   matonatli,   sabrli,   sadoqatli,
samimiy, jasur, o‘qimishli, sof sevgi egasi, vafodor.
Oybarchin   botir   va   qo‘rqmas   qiz   timsolida:   Yiqolmasang,   tura,   navbat
tilayin , Erkak libosini o‘zim kiyayin.
Bor kuchimni bilagimga yig‘ayin, Bu qalmoqni pora-pora qilayin.
Insonda qanday fazilatlarni salbiy deb hisoblaysiz?
Ko‘kaldosh   -   zolim,   zo‘ravon,   jallod,   shafqatsiz,   manman,   razil,   munofiq,
qudratli, o‘z so‘zidan qaytmaydigan.
4-topshiriq.   Matnni   bayon   qiling.   Matnga   sarlavha   toping.   O‘z
taasavvuringizdagi   voqealar   (aynan   dostondagi   voqealar   emas,   o‘zingizni
hayotingizdagi voqealar) bilan matnni davom ettiring.
SHunDa Hakimbek yetti yoshga kirgan. Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt
botmon   birichdan   bo‘lgan   parli   yoyi   bor   edi.   Ana   shunda   yetti   yashar   bola
59 Hakimbek   shul   o‘n   to‘rt   botmon   yoyni   qo‘liga   ushlab,   ko‘tarib   tortdi,   tortib
qo‘yib   yubordi.   Yoyning   o‘qi   yashinday   bo‘lib   ketdi.   Asqar   tog‘ining   katta
cho‘qqilarini yulib o‘tdi, ovozasi olamga ketdi. SHunda barcha xaloyiqlar yililib
kelib   aytdi:   «Dunyodan   bir   kam   tuqson   alp   utdi.   Alplarning   boshlishi   Rustami
Doston   edi,   oxiri   bu   Alpomish   alp   bulsin.   Tuqson   alpning   biri   bulib,   sanaga
utdi», - Dedi. Oxiri Alpomishbek alp bulib, tuqson alpning biri bulib, sanaga utib,
alplik otini kutardi, etti yoshida Alpomish ot kuyildi.
5-topshiriq.   Insondagi   kaysi   fazilatlarni   ijobiy   deb   xisoblaysiz?   Matnda
kanday   fazilatlar   xakida   fikr   bildirilgan.   Ijobiy   xislatlarning   tagiga   chizing.
YAna   kanday   misollar   keltirishingiz   mumkin.   Ijobiy   xislatlarni   aks   ettirgan
xolda esse yozing.
KunlarDan   bir   kun   hakimbek   kitob   ukib   utirib,   baxilDan,   saxiyDan   gap
chikib   kolDi.   Boyburibiy   shunDa   uzli   AlpomishDan:   «Kishi   nimaDan   baxil
bulaDi, nimaDan saxiy bulaDi?»- Deb suraDi. SHunDa uzli turib aytDi: «Vakti-
bevakt   birovnikiga   meumon   kelsa,   otini   ushlab,   joy   bor   bulsa,   kunglini   xushlab
junatsa, bul  uam saxiy agar joy bor turib, joy yuk, Deb kunDirmay junatsa, bul
oDam   baxil.   Vakti-bevakt   bir   kishi   mozorotning   sabatiDan   utsa,   chap   oyo^ni
uzangiDan chitsarib, mozorDagi  oDamlarning xatssiga Duo utsib utsa, bul xam
saxiylik; agar xar kim mozorDan utganDa, chap oyoxini uzangiDan chitsarmay,
mozorotning   xatssiga   Duo   silmay   utsa,   bul   uam   baxil.   Kishining   moli   zakotga
etsa, zakot bersa, bul uam saxiy ekan. Agar zakot bermasa, bul uam baxil ekan».
6-topshiriq.  Matnda anglashilgan mazmunni izohlang.
KukalDosh  boshlits   salmotslar  Boychiborning  ilDamligi  va  poygaDa  yutishi
anitsligini   bilib,   nomarDlik   yuliga   kiraDilar.   Kimsasiz   toFDa   Krrajonni   bozlab
tashlab, otning tuyoziga mix sotsishaDi.
7-topshiriq.   “REKLAMA”   usulida   asardan   olgan   xulosalaringizni
umumlashtiring.
60 “Alpomish”   dostonining   Foyasi,   mazmun-moxiyatini,   kaxramonlarini,   uziga
xosliklarini   ukuvchilar   aniklab,   takdimot   xilishlari   kerak   buladi.   Reklamaga
ajratilgan   vaxt   5   daxixa,   shu   vaxt   muobaynida   maxsulot   xaxida   tulik   ma’lumot
berilishi kerak. Masalan,“Dam shu damdir, uzga damni dam dema, Boshing eson,
davlatingni   kam   dema!   Odamlari-u   odamlar!   Eshitmadim   demanglar!   Kokillari
eshilgandir tol-tol, Xar toliga bersa etmas dunyo mol, deb ta’riflangan kizlar, Ot
chopsa, gumburlar toFning darasi, Botirni ingratar nayza yarasi, deb ta’riflangan
yigitlar   xakida   bilmokchimisiz?!   Unda   «Alpomish»   dostonini   uking   va
yakinlaringizga ma’naviyat ulashing!”
8-topshiriq.“O‘Z-O‘ZIGA   REJISSYOR”   usulida   asardan   olgan
xulosalaringizni umumlashtiring.
Bunda   ukuvchilar   asar   kaxramonlarini   xozirgi   kunda   yoki   kelajakda   kanday
bulishini tasvirlab kichik saxna kurinishlari tayyorlashlari kerak buladi.
Alpomishning   kursatgan   jasorati,   Boysari   va   Boyburilarning   soFinch   bilan,
jigarchilik   tuYFulari   bilan   bir-biriga   talpinish   xolatlari,   ruxiy   kechinmalari,
Boysarining ona-yurtga kadam bosishidagi  xis-xayajonli fikr-  muloxazalari, ota-
bolaning   uzok   sukunatdan   sung   orzikib   uchrashishlari   bilan   boFlik   epizodik
laxzalar ukuvchilar talkinida bugun, ertaga kanday bulishii tasvirlanishi kerak.
7- topshirik. “SINIX CHIZIX”  usulida asardan olgan
xulosalaringizni umumlashtiring.
Ukuvchilar   bilimini   kay   darajada   esda   kolganini   tekshirish   uchun   “Sinik
chizik”   usulidan   foydalanish   mumkin.   Bu   usulda   xar   bir   guruxda   bitta   ekspert
tanlanadi.   Ular   uz   guruxining   tutri   yoki   notutri   javob   berayotganini   javob
varakasidan kuzatib boradi. Aloxida kismlarga bulingan yaxlit  mavzu shu tarika
takrorlanadi.   Guruxlar   birma-bir   javob   berganlaridan   sung   ekspertlarga   suz
beriladi.  Ular okilona xulosa yasashlari kerak buladi.
1- topshirik   varakasi.   Dostonlar,   ularning   turlari.   “Alpomish”   dostoninig
61 bizgacha etib kelishi.
2- topshirik varakasi.  Dostonning umumiy syujeti.
3- topshirik varakasi.  Xdkimbekning yangi nomi.
4- topshirik varakasi . “Murodtepa”ning xususiyati.
10-topshirik.  Xulosalaringizni kiskacha izoxlang.
“SINKVEYN” usuli
“Sinkveyn”   metodi   fransuzcha   besh   degan   ma’noni   bildiradi.   Ukuvchiga   5
kator   ok   she’r   yozish   topshiriladi.   K,ofiya   bulmasa-da   ukuvchi   she’rning
mazmunli va jarangdorligini ta’minlashi lozim.
1.   (ot);
2. ,  _______ (sifat);
3. , _______ , __________ (fe’l);
4. , _______ , __________ , __________ (jumla);
5. (birinchi suzning ma’nodoshi);
1. X,akimbek
2. Sabrli, vafodor
3. Engadi, kurashadi, izlaydi
4. Oilasi  l^ypFOHUHU  suritslagan paulavon
5. Alpomish
“LIMERIK” usuli
“Limerik”   metodi   farnsuzcha   oltilik   degan   ma’noni   bildiradi.   Ukuvchiga   6
62 qator   ok   she’r   yozish   topshiriladi.   K,ofiya   bulmasa-da   ukuvchi   she’rning
mazmunli va jarangdorligini ta’minlashi lozim.
1) Kim? yoki Nima?
2) Q anday?  Q ana q a?
3) Q a y erdan?
4) Nima  q ilgan?
5) Nima B o ‘ lgan?
6) Nima bilan tamomladi?
H akimbek
Botir,  qo ‘rq mas
Qo ‘ng ‘irot  elidan
Bobosini kamonini otgan
Dong taratgan Jasorat timsoliga aylanadi
“DIAMANT” usuli
“Diamant” metodi fransuzcha yettilik degan ma’noni bildiradi.
O ‘quvchiga 7 qator oq she’r yozish topshiriladi.
1)   (ot);
2) ,  _____ (sifat);
3) , ______ , __________ (fe’l);
4) , ______ , __________ , __________  (2 ta jumla yoki ibora
biri 1 qator uchun 2 chisi 7 qator uchun);  ___________  (ot);
63 5) ,  _____ (2- jumla uchun sifat);
6) , ______ , __________ (2- jumla uchun fe’l);
7) (birinchi So ‘zning qarama- qarshisi)
Hakimbek
Botir, qo‘rqmas
Dong taratgan, kurashgan, sevgan
Jasorat timsoli - Kungli qora botir
Xudbin, dovyurak
Kurashadi, yengiladi, chekinadi
Ko ‘kaman
Xullas,   o‘quvchilarga   ma’naviy-axloqiy   tarbiya   berishda   zamonaviy
innovatsion   texnologiyalardan   foydalanish   orqali   “Alpomish”   dostoni
o‘quvchilarning   xalq   dostonlarining   boshqa   namunalariga   e’tibor   hissini   yanada
rivojlantirish,   o   ‘zlarida   ma’naviy-axloqiy   tarbiya   asoslarini   o‘zlashtirish   va
yuksak   ma’naviy   fazilatlarni   takomillashtirish,   kundalik   faoliyatlariga
singdirishda muhim omil bo‘ldi.
Bob bo‘yicha xulosa
Zamon   bilan   hamnafas   har   qanday   pedagog   o‘z   oldiga   yangi-yangi   g‘oyalar
va  metodlarni   ta’limda  qo‘llashni  maqsad   qilib  qo‘yadi.  Ayniqsa,   texnika  asrida
bu   mas’uliyat   yanada   ortmoqda.   Xulosa   qilib   aytganda,   dars   jarayonida
zamonaviy   pedagogik   texnologiyalarni   unumli   va   o‘z   o‘rnida   qo‘llash   orqali
ta’lim   tizimidagi   natijalar   anchagina   samarali   bo‘ladi.  Bunday   ta’limning  o‘ziga
xos   xususiyatlari,   vaqtning   unumdorligini   oshishi,   ijobiy   natijalar   berishi,
qolaversa, bir tomonlama dars o‘tishdan cheklanishni taqoza etadi. O‘qituvchi o‘z
64 ishida   axborot   texnologiyalari   talabalarni   mustaqil   fikrlashgadars   davomida
zerikmasdan   faol   ishtirok   etishiga   zamin   yaratishini   ta’kidlaydi.   Slayd,
animatsiya,   multemidiya,   ovozli   roliklar,   interfaol   o‘yinlardan   o‘z   vaqtida,   dars
davomida   o‘rinli   foydalanilsa   kutilgan   maqsadga   erishiladi   Bunda   o‘qituvchi
tomonidan ijodkorlik, tashabbuskorlik, bilimdonlik talab etiladi.
65 UCHINCHI BOB
ISHNING AMALIYOTGA TATBIQI
3.1 Tajriba-sinov natijalari
3.2 Ochiq dars ishlanmasi
III bob. BMI ning amaliyotga tatbiqi va tajriba-sinov ishlari natijalari
3.1.  “Alpomish” mavzusi uchun dars ishlanmasi.
Davlat   ta’lim   standartlari   talabi   bo‘yicha   maktablarimizdagi   hozirgi
darsliklarning   5-6- sinflarida   xalq   og‘zaki   ijodi   kengroq   o‘qitiladi.   Darslikda
maqol,   hikoyat,   ertak,   afsona,   topishmoq,   latifa   va   askiyalar   haqida   keng
ma’lumot   beriladi.   O‘rgatishdan   maqsad   ta’limning   dastlabki   bosqichlaridanoq,
o‘zbek   xalqining   boy,   ma’naviy-madaniy   merosi   -   milliy   qadriyatlari   sifatida
folklorning ijtimoiy-g‘oyaviy mazmuni, janr xususiyatlari va shakllarini, urf-odat
va marosimlari, ularni ifodalash, ijro etish jarayonlarni o‘quvchi ongi - shuuriga
singdirish, ularni e’zozlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Dasturning   yuqori,   7-   9   -sinflarda,   “Kuntug‘mish”,   “Ravshan”,   “Alpomish”
dostonlari kiritilgan.
Ilgari   xalq   og‘zaki   ijodi   haqida   ma’lumot   berishda   ko‘pincha   ishni   xalq
dostonlaridan boshlash an’ana tusiga kirgan edi. Haqiqatdan ham, doston o‘zbek
xalq   xazinasining   bebaho   durdonasi.   Albatta,   ilk   dars   mashg‘ulotlarini
dostonlardan   boshlash   maroqli.   Ammo   kichik   yoshdagi   o‘quvchilarga   yirik
hajmdagi   dostonlar   bilan   to‘liq   tanishish   biroz   murakkablik   qilar   edi.   Shuning
uchun ham hozirgi kunda  dostonlar haqida yuqori sinflarda ma’lumot beriladi.
Har   bir   doston   o‘qitilishiga   kamida   uch   soatdan   besh   soatgacha   vaqt
ajratilgan. Yirik hajmdagi “Alpomish” dostonini o‘rganish uchun 9 -sinf adabiyot
darsida   5   soat   ajratilgan.   Belgilangan   vaqt   oralig‘ida   o‘qituvchi   dostonda   ilgari
surilgan   g‘oyalarni   o‘quvchi   tabiatiga   yuqtirishi,   lozim   bo‘lgan   o‘rinlarda
66 multimedia   vositalari,   interfaol   metodlardan   foydalanishi   lozim.   Ushbu   ilmiy
tadqiqot   ishimizni   9-sinf   o‘quvchilari   uchun   namunaviy   dars   mashg‘ulotlarini
tashkil   etish   davomida   amaliyotga   tadbiq   etdik.   Tajriba-sinov   ishlari   natijalari
shuni   ko‘rsatdiki,   dars   mashg‘ulotlarini   bunday   tashkil   etilish,   o‘qituvchi   va
o‘quvchilarni   ijodiy   faollikka   undash   va   ularning   yaratuvchanlik   salohiyatini
rivojlantirishga dasturamal bo‘lib xizmat qildi.
OCHIQ DARS ISHLANMASI
Fan: “Alpomish”dostoni
DARSNING SHIORI:   Har kuni to‘ldirib borilmaydigan bilim har kuni o‘lib
boradi...
DARSNING MAQSADI:
67 Talimiy maqsad:  O‘zbek xalq dostonlari, dostonchilik maktablari va ularning
o‘ziga   xos   xususiyatlari   haqida   o‘quvchilarni   chuqur   bilimga   ega   bo‘lishga
o‘rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni o‘zbek xalq dostonlari, dostonchilik
maktablari orqali vatanimizga bo‘lgan cheksiz muhabbat tuyg’ularini 
oshirish.
Rivojlantiruvchi   maqsad:   o‘quvchilarda   mantiqiy   fikrlash   tafakkurni
o‘stirish,   o‘qigan   dostonlar   yuzasidan   mustaqil   fikrlar   bera   olish.   O”tilgan
mavzu yuzasidan mustaqil ishlash,malaka ko‘nikmalarni shakllantirish, xulosalar
yuritish va takliflar kirita olishni rivojlantirish.
Darsning   jihozi:   o‘zbek   xalq   dostonlari,   ‘lakat,   dostonlarning   tasnifi
tushirilgan   ‘lakat,   electron   vositalar:   slayd,   dostonchilik   an’analari
tushirilganvedio lavha, darslik.
DARSNING REJASI:
1 .Doston atamasiga izoh
2 .  Doston kuylash tartibi
3 .  Baxshi tayyorlash an’anasi
4 .Dostonchilik   maktablari   va   ularning   taniqli   vakillari   re’ertuariga
xosmuhum belgilari.
TASHKILIY QISM
• Salomlashish, davomat
• Xonaning tozaligi
68 • O‘quvchilarning diqqati darsga qaratib olinadi
• O‘quvchilardan sana so‘raladi
O ‘ quvchilarni   raqamlash   asosida   guruhlarga   bo ‘ lib   olamiz   va   guruhlash
asosida   birlashgan  ‘ artalarga   o ‘ tqizamiz .
O‘TGAN MAVZUNI TAKRORLASH
• Biz o‘tgan darsda qanday mavzuni o‘tgan edik?
• Biz o‘tgan darsda “Alpomish” dostonini o‘tgan edik.
O‘tgan mavzuni takrorlashda quyidagi metodlardan foydalanildi:
1 .Klasster metodi
69 2 .To‘rtinchisi ortiqcha metodi
3 .Baliq sekleti metodi
4.To‘qirlik metodi
O‘quvchilarni baholash maqsadida guruhlarga oldindan tayyorlangan blets 
o‘yinlar tarqatiladi:
1.Klasster
70 2.BALIQ SEKLETI
3.TO‘RTINCHISI ORTIQCHA METODI
1. Ravshan Zulxumor
2. Alpomish Barchinoy
3. Ultontoz Boysari
71 4. Qaldirg’och Qorajon
Mazkur   o ‘ yin   texnalogiyalarini   o ‘ quvchilar   quyidagicha   bajaradi : 1. Klasster
Alpomish   dostoniga   oid   ma ’ lumotlar   bilan   to ‘ ldiriladi   (   to ‘ liq   va   ko ‘’   ma ’ lumot
yozgan   guruh   a ’ lo   baholanadi )
2.   Bunda   baliqning   har   bir   qiltanog ’ iga   bittadan   Alpomish   dostonidagi
qahramon   va   uning   ostiga   o ‘ sha   qahramonning   qisqacha   ta ’ rifi   yoziladi
TO‘RTINCHISI ORTIQCHA METODI
3.Bu metodda guruhlarga kartochka tarqatiladi. Kartochkaning uch qatorida
bitta   doston   qahramonlari   va   bitta   qaysidir   qatorida   boshqa   doston
qahramonlari   keltiriladi.   Guruh   a’zolari   qaysi   doston   qahrasmonlari   ortiqcha
ekanligini aniqlashi lozim.
YANGI MAVZU BAYONI:
“Doston”   atamasi   qiziq   voqealarni   hikoya   qilish   degan   ma’noni   bildiradi.
Dostonni   kuylovchilr   baxshilar   deb   ataladi.   Baxshilar   kechalari   uylarida
baxshilik   kechalarini   o‘tkazishadi.   Bazan   bir   dostonni   kuylash   soat,   kun   va
hattoki   oylab   cho‘zilishi   mumkin.   O‘zbekistonda   baxshichilik   rivojlangan
hududlarga buxoro Samarqand Qaraqalpog’iston Surxandaryo  Qashqadaryo  va
boshqalar   kiradi.   Dostonchilik   maktablari   3ta   ularga:   Xorazim,   Samarqand,
Namangan(   Farg’ona)   dostonchilik   maktablari   kiradi.   Xorazim   dostonchilik
maktablarining   o‘ziga   xos   xususiyatlariga   quyidagilar   kiradi:   ochiq   ovozda   va
jo‘r   bo‘lib   kuylanishi,   hajmi   nisbatan   kichik,   e’ik   ‘archalardan   iborat.
Samarqand   dostonhilik   maktablarida   as’san   katta   hajmdagi   lirik   ‘archadan
iborat dostonlar bo‘g’iz ovozda kuylanadi. Namangan dostonchilik maktablarida
asosan katta hajmdagi e ’ik ‘archalardan iborat dostonlar kuylanadi. Samarqand
dostonchilik   maktablariga   Bulung’ur,   Sherobod,   Xorazm,   Qo‘rg’on,
Turkmaniston,   Nar’ay   dostonchilik   maktablari   kiradi.   Ushbu   maktablar   va
72 ularning eng taniqli ko‘zga ko‘ringan vakillari haqida ma’lumot beriladi. Maktab
vakillari yuksak mahorat bilan kuylagan dostonlar slayd orqali ko‘rsatib o‘tiladi.
Baxshilarning   rasmlari   ko‘rsatilib   ularning   hayoti   va   ijodiga   oid   ma’lumotlar
aytib
73 yozdiriladi. Nazariy ma’lumot bayon qilingandan so‘ng o‘quvchilarga 
Olloberdi baxshining Alpomish dostonidan kuylagan ‘archasi vedio roligi 
namoyish etiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Bolalardan mavzu yuzasidan tushunmagan savollari so‘raladi.
So‘ng mavzuni mustahkamlash uchun Zinama-zina metodi o‘tkaziladi.
74 O‘quvchilar pog’onama pog’ona yangi mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini 
yozadilar. Shu orqali mavzuni tushunganliklarini bilib olamiz.
75 VENN DIAGRAMASI
o‘xshash
jihati
F arqli   jihati      Farqli   jihati  
O ‘ uvchilarga   Venn   diagrammasi   chizilgan   qog ’ zlar   tarqatiladi .   Bunda   ham
guruhlar  bilan ishlash  mumkin. Har bir  guruhga beshtadan diagramma chizilgan
qag’oz   tarqatiladi.   Ushbu   usulning   sharti   quyidagicha;   Diagrammaning   birinchi
tomoniga   malum   bir   asarning   o‘ziga   xos   tarafi   yoziladi,   ikkinchi   tamoniga   esa
keyingi   malum   bir   asarning   birinchi   asarga   o‘xshamagan,   unga   qarama-qarshi
bo‘lgan o‘ziga xos tarafi yoziladi. O‘rtasiga esa ikkala asarning o‘xshash jihatlari,
qarama-qarshi bo‘lmagan fikrlar yoziladi.
Masalan,  “  Alpomish”  ,  “Ravshan” dostonlarini qiyoslash.
76 Talabalarni faollashtirish uchun savollar:
Xalq dostonlari boshqa janrlardan qanday farq qiladi?
Dostonchilik an'analari haqida gapiring.
Dostonlar tasnifi haqida nimalar bilasiz?
Xalq   dostonlari   ijtimoiy   hayotni   tasvirlashda   qanday
ahamiyatga ega?
Doston   haqida   to’liq   tasavvur   hosil   qilish   uchun   uning
qanday tarkibiy qismlari o’lishi kerak?
Doston kuylagan qaysi baxshilarni bilasiz?
Ushbu savollarga o‘quvchilar hikoya doirasida olgan bilimlari va nutqiy
faoliyatlari orqali javob beriladi. Barcha talablarni qoniqtirgan va
qoniqtirilmaganliklariga qarab chuqur tahlil qilinadi. «Alpomish» dostoni «Ravshan» dostoni BIR -BIRIGA O'XSHASH VA FARQLIJIHATLARINI TOPING
Darsni yakunlash:
O‘quvchilardan yana bir bor tushunmagan savollari so‘raladi, so‘ng uyga 
vazifa qilib Dostonchilik maktablari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘qib 
kelish aytiladi. Guruhni yig’gan rag’bat kartochkalari hisoblanadi va guruh 
a’zolari faolligiga qarab baholanadi.

Uzluksiz filologik ta’limda “Alpomish” dostonini o‘rgatish metodikasi (maktab, OO‘Y misolida). Reja: Kirish. Ishning umumiy tavsifi I BOB. Uzluksiz filologik ta’limda “Alpomish” dostonini o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari. 1.1 “Alpomish” dostonining yaratilish tarixi va variantlari. 1.2 “Alpomish” dostonida milliy urf – odatlarning aks etishi. II BOB.Ta’lim bosqichlarida “Alpomish” dostonini o‘rgatishda interfaol metodlardan foydalanish. 2.1 Maktab ta’limida ‘‘Alpomish’’ dostonini mustaqil ishlash uchun topshiriqlar berish orqali o‘rgatish. 2.2 OO‘Y larida ‘‘Alpomish’’ dostonining poetik xususiyatlarini nazorat va tekshirish topshiriqlari asosida tahlil qilish. III BOB. Ishning amaliyotga tadbiqi. 3.1 Tajriba-sinov natijalari. 3.2 Ochiq dars ishlanmasi 1

K1R1SH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbek xalqi boy merosga ega. Adabiy merosimizning asosiy qismini xalq og‘zaki ijodi tashkil qiladi. Og‘zaki poetik ijodning badiiy jihatdan mukammali va hajman yirigi o‘zbek xalq dostonlaridir. O‘zbek xalq dostonlari o‘zbek folklorshunosligida ilmiy ko‘lamda fanning nazariy yo‘nalishi bo‘yicha tadqiq qilingan bo‘lsa ham ulami ta’lim tizimida o‘rganish, ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsliklarida o‘qitish uslubiyati monografik yo‘nalishda o‘rganilmagan. Shu sababli xalqimiz ma’naviyati, qadriyati, urf- odatlari, yashash tarzi bilan bog‘liq xalq dostonlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganish va bu sohada biror ilmiy innovatsion texnologiya joriy qilish bugungi kun adabiyot o‘qitish metodikasining dolzarb masalalaridan sanaladi. Xalq og‘zaki ijodiyotining gultoji bo‘lgan “Alpomish” dostonidan ayrim parchalarning umumiy o‘rta ta’lim maktab darsligiga kiritilishi yosh avlodni ona Vatanga, ajdodlar qadriyatiga sadoqat, milliy urf-odatlarimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Zero, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Alpomish” dostonining 1000 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tantanalarida aytgan quyidagi fikrlari barchamiz uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi: “Alpomish” dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘st-u yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o‘rgatadi 1 ”. Ma’lumki. 1993-yildan O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot fani bo‘yicha yangi dastur asosida o‘quv mashg‘ulotlari uyushtirilmoqda. 1999-yildan Respublika Vazirlar Mahkamasi “Kadrlar 1 Каримов И.А. "Ал помиш" достойининг 1000 йиллигига багишланган тантанали маросимда сузлаган нут^и. // Халк сузи, 1999, 9-ноябр. 2

tayyorlash Milliy dasturi” asosida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini ochish haqida qaror qabul qildi. Mazkur qarorning hayotga tatbiq etilishi natijasida xalq og‘zaki poetik ijodi kursini alohida nazariy kurs sifatida o‘rganish masalasi amalga oshmoqda. Bu esa bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisiga o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodini bo‘lg‘usi yosh mutaxassisi sifatida mukammal o‘rganish mas’uliyatini yuklaydi. Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi sifatida og‘zaki ijod janrlari va asoslarini o‘rganadi va shu asosda milliy mafkura tamoyillarini egallaydi. Ikkinchidan, bir necha yildan so‘ng umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot fani bo‘yicha ta’lim beradigan o‘qituvchi sifatida og‘zaki ijod namunalarini tahlil etish, badiiy asarlar mohiyatini o‘quvchilarga tushuntira olish ko‘nikmasini hosil qiladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv dasturiga kiritilgan xalq dostonlarini o‘ qitish yuzasidan olib borilgan o‘quv-uslubiy ishlar tahlili ularning umumiy yoki xrestomatik yo‘nalishda yoritilganligidan dalolat beradi. Bugungi kun ta’lim tizimida ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar esa xalq dostonlarini maxsus va har tomonlama o‘rganishni taqozo qiladi. Zero, xalq dostonlari xalqimiz tarixi, milliy ma’naviyatining o‘zagini tashkil qilar ekan, yosh avlodni ta’lim va tarbiyasida o‘ ziga xos o‘ringa egadir. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek: "... inson o‘zini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz otib. ulg‘aya boradi. Bu ildiz qanchalik kerak bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo‘ladi”. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon boshqa ko‘plab sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim sohasida ham bir qator ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I. Karimovning “Barkamol avlod yili” davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora- tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishiga binoan “...o‘quv jarayoniga yangi kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarini elektron darsliklar hamda 3

multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb- hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylaming mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirish... ” ko‘zda tutilgan 2 Shundan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb- hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida adabiyot o‘qitishning yangi innovatsion tizimini yaratish adabiyot o‘qitish metodikasi fanining muhim vazifalaridan biridir. Mazkur BMI ayni shu maqsadni amalga oshirish yo‘lida xizmat qiladi. Jumladan, “Alpomish” dostonini o‘rganishda interfaol metodlardan foydalanishni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq qilish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Bugungi zamonaviy pedagogik texnologiyalar taraqqiy etayotgan davrda “Alpomish” dostonini interfaol usullar orqali yangicha nuqtai nazardan amaliy tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik-litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida “Alpomish” dostonini o‘rgatishda o‘qitishning interfaol usullaridan foydalanishni maqsad qildik. Xalq dostonlarining sara namunasi bo‘lgan “Alpomish” dostoni xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi hisoblanib, yosh avlodni komil inson qilib shakllantirishda muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli o‘rta maktab o‘quv dasturiga kiritilgan xalq og‘zaki ijodi janrlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish bir tomondan, o‘quvchilarga xalqimiz tarixi, ma’naviyati va og‘zaki ijodiga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otsa, ikkinchi tomondan ajdodlar kabi yurtga, Vatanga, xalqiga bo‘lgan mehr-muhabbatni yanada kuchaytiradi. Atoqli xalq baxshisi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan “Alpomish” dostoni xalqimizning ana shunday noyob adabiy meroslaridan 2 Уша манба, 2009-йил, 10-декабр сони. 4

biridir. Mavzuning o‘rganilish darajasi . Xalq ijodini o‘rganish- xalqning tarixi, urf- odati, an’analari, o‘y-kechinmalari, buguni va kelajagini tadqiq etish demakdir. Unda millatning o‘zini anglashi, o‘ zligini namoyon qilish xislatlari, intilishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi aks etgan. Muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar. ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”. Ana shunday yuksak ma’naviyatimizning asosi hisoblangan xalq og‘zaki ijodini tom ma’noda anglash uchun, uning mohiyatini umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilariga tushuntirish va singdirish uchun uning g‘oyaviy-badiiy va janr xususiyatlari, poetik shakllanishi, tarixiy ildizlari hamda mifologik asoslarini atroflicha tadqiq etish lozim bo‘ladi. Xalq ijodini o‘rganishda bunday muayyan yondashuv uning jonli og‘zaki ijro sharoitida o‘ziga xos ravishda yashash, tarqalish xususiyatlarini, uzoq asrlik tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq dunyoqarashi va ruhiyati bilan bog‘liq ayrim hodisalarning aks etish darajasi, aniq asarlar syujet tizimida tutgan o‘rni, badiiy vazifasi hamda mohiyatini alohida-alohida tadqiq etishni talab qiladi. Jahon ma’naviyati va madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan, o‘tmishi yuqori saviyada o‘tgan xalqlar og‘zaki ijodida butun dunyo folklorshunos olimlari muttasil o‘rganayotgan asarlar bor. Forsaytlar haqidagi sagalar, nardlar, manas shular jumlasidandir. “Alpomish” ham ana shunday asarlar qatorida munosib o‘ringa ega. Shuning uchun ham folklorshunoslikda “Alpomish”ning xalq qahramonlik eposi sifatidagi tarixiy ahamiyatini atroflicha o‘rganganlar. Hamid Olimjon 3 , Hodi Zaripov, M.Saidov 4 , To‘ra Mirzayev, Malik Murodov, Bahodir Sarimsoqov, Mamatqul Jo‘rayev kabi o‘zbek olimlari mazkur asarni ijtimoiy 3 3. Хамид Олимжон. Мукаммал асарлар тў плами. Ў н томлик. - Тошкснт: Фаи. 1981-йил. 4 Саидов М. Ў збек хал қ достончилигида бадиий махорат масала л ари. - Тошк е нт: Фан. 1969. 5