Qisasi Rabg'uziy
Kirish. I Bob. “Qisasi Rabg'uziy” - o'zbek adabiyotining ilk nasriy namunasi. I.1. “Qisasi Rabg'uziy” asari va uning janriy tarkibi. I.2. “Qisasi Rabg`uziy” dagi qissa va hikoyatlarning mavzular olami. II Bob. “Qisasi Rabg`uziy” hikoyatlarining g`oyaviy badiiyati. II.1. Rabg`uziy qissa va hikoyalarida axloqiy ta`limiy qarashlar. II.2. Payg`ambarlar tasvirini berishda adibning tasavvur kuchi va mahorati. III Bob. Xulosa IV Bob. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq haqqoniy tariximizni qayta tiklashga, ma`naviyatimizni yuksaltirishga, milliy san`atimizga, adabiyitimizga alohida urg`u berildi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “Jahon madaniyati yutuqlariga ulkan hissa qo`shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy va ma`naviy merosi teranligi va chuqurligi anglab olinganligi, har bir avlodning o`z o`tmishiga oliyjanob milliy va diniy an`analarga hurmat bilan qarash, ularni asrab avaylash ruhida tarbiyalanayotganligi ayni chog`da hozirgi zamon jahon svilizatsiyasi ma`naviy qadriyatlarini o`zlashtirish va ularga oshno bo`lish zarurligi ravshan anglab yetilganligi mana shularning hammasi hayotbaxsh bir zamindirki bizning yangilanish va xalqimizning milliy o`zligini anglashini oshirish, aholining milliy ma`naviy yetukligi va faolligini kuchaytirish borasidagi siyosatimiz mana shu zaminga tayanadi” 1 degan fikrlari ma`naviyatimizning mustahkam poydevori sanalgan mumtoz adabiy merosimizni chuqur tadqiq etish va unga yangicha yondashishni talab etmoqda. Bizning ushbu ishimizning dolzarbligi XIII-XIVasrlar adabiyotinig eng yirik vakili bo`lgan mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida e`tirof etiladigan adibimiz Nosiruddin Rabg`uziyning bebaho asari “Qissasi Rabg`uziy” (Qissasul-anbiyo ) asari keltirilgan hikoyatlar poetikasini o`rganish. Mavzuning o`rganilish darajasi: Nosiruddin Rabg`uziyning “Qisasi Rabg`uziy” asari ko`plab adabiyotshunoslar tomonidan chuqur tahlil qilinib, qator ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Xususan, filologiya fanlari nomzodi dotsent Safarova Hilola shu asar yuzasidan “Rabg`uziyning “Qissai Yusuf Siddiq 1 I.A.Karimov Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin – “Tafakkur” jurnali 1998 y 7 b.
alayhissalom” asarining manbalari va badiiyati” mavzusida nomzodlik ishini yoqlagan. Shuningdek, Safarova H. asarda keltirilgan Yusuf Siddiq alayhissalom qissasini “Hazrati Yusuf – go`zallilk timsoli” risolalarida yanada kengroq yoritib bergan. Ishning maqsadi: Mazkur asarni mumtoz poetika fani nuqtai nazardan tahlil qilish, asarning janriy xususiyatlari, asar tarkibida keltirilgan turli janrdagi matnlarning asardagi o`rnini ochib berishdan iborat. Ishning vazifalari quyidagilarni o`z ichiga oladi: - “Qisasi Rabg'uziy” asari va uning janriy tarkibini aniqlash; - “Qisasi Rabg`uziy” dagi hikoyatlarning mavzular olamini yoritish; - Rabg`uziy qissa va hikoyalarida axloqiy-ta`limiy qarashlarini o`rganish; - Asarda payg`ambarlar tasvirini berishda adibning tasavvur kuchi va mahoratini yoritish. Kurs ishining ilmiy yangiligi: Hozirgi vaqtga qadar adabiyotshunoslikda “Qisasi Rabg`uziy ” asari ko`plab adabiyotshunoslar tomonidan o`rganilgan, chuqur tahlil qilingan bo`lib, bizning bu kurs ishimizda asarda keltirilgan hikoyatlarning poetikasini o`rganish, uni yoritib berish, mumtoz poetika fani nuqtai nazardan tahlil qilish, asarning janriy xususiyatlari, asar tarkibida keltirilgan turli janrdagi matnlarning asardagi o`rnini ochib berish kabi masalalarni o`rganish ishimizning ilmiy yangiligi hisoblanadi. Kurs ishining obyekti: Nosiruddin Rabg`uziyning “Qisasi Rabg`uziy” asari.
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, II bob, 4 masala, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, hajmi - 22 sahifani tashkil etadi.
I Bob. "Qisasi Rabg'uziy" - o'zbek adabiyotining ilk nasriy namunasi. I.1. “Qisasi Rabg'uziy” asari va uning janriy tarkibi. XIII-XIVasrlar adabiyotinig eng yirik vakili bo`lgan mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida e`tirof etiladigan adibimiz Nosiruddin Rabg`uziy ning hayoti va ijodi haqida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan. Rabg‘uziy (taxallusi; asl ism-sharifi Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li) XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o’g’uz degan joyida yashab ijod qilgan. Bu hozirgi Bog’ot tumanining “Qizilrabot” qishlog’iga to’g’ri keladi. Ushbu qishloq tuman markazidan 20 km sharqda Hazorasp tumaniga 7 km yaqinlikda joylashgan. Bizgacha uning “Qissasi Rabg’uziy”dan boshqa asari ma’lum emas. Mazkur kitobda u o’zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan “...bu kitobni tuzgan, toat yo’lida tizgan, masnaviyat xiyobonin kezgan, oz ozuqliq, ko’p yozuqlik Raboti o’g’uz qozisi Burhon o’g’li Nosiruddin ...” deb yozadi. Rubg’uziy taxallusi ham u yashagan joy nomi bilan bog’liq. Yetuk ulamo va diniy oilada tarbiyalangan Nosuriddinning o’z zamonasida taniqli tarixchi, yetuk shoir va iste’dodli tarjimon sifatida tan olinganligidan dalolat beruvchi bir talay yordamchi manbalar mavjud. Raboti o‘g‘uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og‘zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to‘g‘risidagi qissalarni chuqur o‘rgangan. O‘zi ham ko‘pgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Asar muqaddimasida aytilishicha, qo‘lyozma Xorazmda Raboti o‘g‘uz degan joyning qozisi Burhonuddin o‘g‘li Nosiruddin tomonidan musulmon dinini qabul qilgan, e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan hisoblangan Nosiruddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra, hijriy 709 (milodiy 1309–1310) yilda yozilgan. Nosiruddin Rabg‘uziy asarni deyarli bir yillik tinimsiz mehnatdan so‘ng hijriy 710-