MUSULMONLARDA OILA VA NIKOH MUNOSABATLARI
MUSULMONLARDA OILA VA NIKOH MUNOSABATLARI MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………………………...4 I Bob. Shar q xalqlarida oila etikasi masalalari: muammolar va yondashuvlar. 15 1 .1. Markaziy Osiyoda oila va nikoh munosabatlarining ahloqiy jihatlari………....16 1.2 . Musulmon Sharqida oilaviy qadriyatlar ……………………………………….23 1.3 . Sharq va G’arbda oila etikasi: umumiylik va farq..…………………………….29 II Bob. Islom ta’limotida oila va nikoh etikasi …………………………………...41 2.1 . Islom da niko h va oilaning munosabatlarining ahloqiy kodeksi………………42 2. 2. Islom dinida erkakning vazifalari …………………………………………….51 2. 3 .Islomda ayolning vazifalari: ahloq va odob..………………………………….59 III Bob. H ozirgi zamonda niko h va oila munosbatlariga islomiy yondashuv….69 3.1 Qur’oni Karim va h adislar da oila etikasi : tarix va zamon……………………….69 3.2 “ Musta h kam oila” konsepsiyasida islomiy ta’limotning o‘rni va ahamiyati ……76 3.3. Barkamol avlod tarbiyasida islomiy tartib… ………………………………….85 Xulosa va tavsiyalar……………………………………………………………….91 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………94 1
Annotatsiya Ushbu tadqiqot ishida islom talimotida oiladagi ahloqshunoslik masalalari o‘rganilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad har tomonlama barkamol va ma’naviy yetuk yoshlarni tarbiyalashdan iboratdir. Bunda esa oilaning jamiyatda tutgan o‘rni, oilada farzandlarni komil insonlar qilib tarbiyalash masalasi g‘oyat muhimdir. Unda ma’naviy merosimizning birqismi bo‘lgan islom etikasinig oilani mustahkamlashdagi falsafiy ahamiyati ochib berilgan. Islom dinida odob-ahloq qoidalari atroflicha yoritilgan. Musulmon oilasida shakllangan etikaning jamiyat osoyishtaligi va faravonligida tutgan o‘rni hamda afzallik jihatlari haqida fikr yuritilgan. Annotation In this research work, the guide to Islam examines issues of family morality. The goal of the reforms carried out in our country is an indicator of comprehensive and spiritually mature youth education. And in this case, the role of the family in society, the issue of raising children in the family as perfect people is extremely important. It reveals the philosophical significance of Islamic ethics, which is one of our spiritual heritage, in strengthening the family. In the religion of Islam, the rules of etiquette are comprehensively covered. It also emphasizes the idea of the role and advantage of ethics in ensuring peace and prosperity of society, which was formed in the Muslim family. 2
Kirish Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi: Oila jamiyatning fundemantal negizi hisoblanadi. Mustahkam oila fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasi, barqaror va tinch tuzilmasidir. Oila deb atalmish bu muqaddas dargohda nafaqat inson dunyoga keladi, balki u ma’nan va ahloqan tarbiya topadi. Jamiyat taraqqiyoti va ravnaqi oilaning mustahkamliligiga bog‘liqdir. Zero, jamiyat asosi - oilaning moddiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlanib borishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Bunda mustaham oilani barpo etish esa muqaddas dinimiz Islomiy etika, musulmonlik odobi, go‘zal hulq orqali amalga oshadi. Respublikamiz mustaqillikka erishib, huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati shakllanish jarayonida O‘zbekiston xalqi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri oila munosabatlarini hozirga zamon talablari darajasida takomillashtirish, unga asos bo‘lgan dunyoviy, diniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan ijodiy foydalanish yo‘llarini aniqlashdan iborat. Shuning uchun ham davlatimiz siyosatida oilada ma’naviy barkamol, jismoniy sog‘lom yosh avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan har qanday islohotlar mustahkam oila institutini shakllantirish, hamda oilaviy munosabatlarni ahloqiy jihatdan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratilmoqda. «...bugungi tez o‘zgarayotgan ziddiyatli davrda oilaviy masalalarni ilmiy asosda chuqur o‘rganmasdan turib, ijtimoiy hayotdagi ko‘plab murakkab savollarga javob topish qiyin». 1 Shuning uchun, avvalo, jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-madaniy muhitni, sog‘lom tafakkur tarzi, yuksak tarbiya tizimini rivojlanishi, zamonaviylik va islomiy qadriyatlari uyg‘unligiga asoslangan o‘zbek oilasining jamiyatdagi rolini oshirish, oila va oilaviy munosabatlar borasidagi har bir insonning o‘z oilasi va farzandlar kelajagi haqidagi qarashlarini ro‘yobga chiqarish uchun aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid xususiyatlardan kelib chiqqan holda ilmiy izlanishlar olib borish bugungi kunda dolzarbdir. “Eng mu h imi, islo h otlarimiz samarasini yurtimizda 1 Mirziyoev Sh.M. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki // Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2 jild -T.: O‘zbekiston, 2018, 464-bet. 3
yashayotgan h ar bir inson, h ar bir oila bugun o‘z h ayotida h is etishi kerak. Buning uchun barcha bo‘ g‘ indagi ra h barlar foizlar, ra q amlar, q o g‘ ozning ortidan q uvmasdan, h ar bir fu q aro uchun, uning h ayotiy manfaatlarini ta’minlash uchun ishlashi shart. Shunda nuroniy keksalarimiz, mu h taram otaxon va onaxonlarimiz, h urmatli ayollarimiz, aziz farzandlarimiz, jajji nabiralarimiz, ko‘pmillatli butun xal q imiz bizdan rozi bo‘ladi” 2 . Darhaqiqat, o‘zbek xalqi tarixiy taraqqiyotida milliy qadriyatlarning uyg‘unlashuviga asoslangan oilaviy munosabatlarda voyaga yetgan insonning ma’naviy-ahloqiy kamoloti hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Mustahkam oila muhitida shakllangan insof va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik, chiroyli xulqlilik va boshqa insoniy fazilatlar shaxs ma’naviy barkamolligini namoyon qiluvchi sifatlardir. Mazkur dissertatsiya mavzusining dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi: - birinchidan, oilaviy munosabatlarning islom ta’limoti ahloqiy jihatlarini asoslash, mustahkam oila konsepsiyasini yoshlar ongi va tafakkuriga singdirish, yoshlarning ma’naviy dunyosini boyituvchi tarixiy meros va qadriyatlarni falsafiy tahlil qilishga ehtiyoj kuchaymoqda; - ikkinchidan, G‘arb mamlakatlarida demokratiya namunasi deb baholanib, jahonga ommaviy madaniyat niqobi ostida kuchayib borayotgan erkin muhabbat, fuqarolik nikohi, bir jinsli nikohning g‘ayriinsoniy va g‘ayriislomiy mohiyatini ochib berish muhim ahamiyat kasb etmoqda; - uchinchidan, monogamiyaga asoslangan oilaning jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati bilan bog‘liq milliy, islomiy va umuminsoniy qadriyatlarning oilani mustahkamlashga qaratilgan jihatlarini falsafiy tahlil qilish nazariy-metodologik ahamiyatga ega; - to‘rtinchidan, o‘zbek xalqi turmush tarzi va namunali oilaviy munosabatlarini mustahkamlashda islomiy qadriyatlar va musulmonlik ahloqining tarixiy ahamiyatini, undan kreativ foydalanishda vorisiylikka rioya qilish ilmiy yo‘llarini, usullarini tadqiq qilish zaruriyati kuchaymoqda; 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezmidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2020 yil 25 yanvar) .uz.u 4
- beshinchidan, ma’naviy hayotimiz dunyoviylik va diniylik uyg‘unligiga tayanishi lozimligiga e’tiborni jalb qilishi, oilaviy munosabatlarda islom ta’limotidan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganilishi ijtimoiy zaruratdir. Muammoning o’rganilganlik darajasi va metodologik asosi. Islom manbalarida oila munosabatlar etikasi ni takomillashtirishning dunyoviy va diniy muammolarini tadqiq etish masalasi barcha davrlarda faylasuflar va ilohiyotchilar diqqatini jalb etib kelgan. O‘zbekiston islom dini keng tarqalgan mamlakatlardan biri bo‘lib, undan nikoh, farzand tarbiyasi, er va xotin burchi hamda vazifalari kabi oilaviy munosabatlarni o‘rnatish va takomillashtirishda milliy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan shariat dasturlariga, hatto siyosat-ma’muriy ta’qiqlarga qaramasdan amal qilib kelingan. Xususan, oila ahloqiy mezonlarini asoslashda islomning xanafiya shariat asoslaridan kreativ foydalanilgan. Oilaviy munosabatlar etikasini takomillashtirishga oid bo‘lgan dunyoviy va diniy maqomdagi muammolar: ulamolar, qonunshunoslar, hakamlar faoliyatida, olimu fuzalolar, ilm izlanuvchilarning diqqatini o‘ziga jalb etgan. Oila etikasining mohiyatining an’anaviyligi, milliy, diniy va umuminsoniy ahloqiy qadriyatlar tizimida tutgan o‘rni, oila muhitining barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati hozirgi zamon falsafiy tafakkur taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Sharqning bebaho ma’naviy yozma merosi «Avesto» kitobida oilaning muqaddasligi yoritilgan. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafiy-ilmiy va estetik merosi mavzumizni yoritishda dolzarb ahamiyatga ega. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Yassaviy, Abu Bakr Roziy, Bahovuddin Naqshband, Ibn Sino, Kaykovus, Mahmud Kashg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Imom Buxoriy, Abu Abdurahmon an Nasoiy, Hakim Termiziy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Ahmad Yassaviy, Muhammad Huzuriy, Rizouddin Ibn Faxruddin, Amir Temur, 3 kabi allomalar 3 Avesto. Tarixiy-adabiy ѐNdgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. – T.: Sharq, 2001; Platon. Soch. v 3-x tomax. – M., 1871. – T. 3. – Ch.1; Aristotel. Sochineniya. V 4-tomax. – M.: M ы sl, 1983; Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan ѐ N dgorliklar // Beruniy A.R. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.: 1968; Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: A.Qodiriy, 1993; Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 1-jild / Tuzuvchilar: U.Karimov, H.Hikmatullaev. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashri ѐ N ti, 1992. 3-jild; Al-Buxoriy. Al-Jomi as-sahih (ishonarli to‘plam). 4 jildlik. – T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991-1999; At-Termiziy. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabi ѐ N t va san’at nashri ѐ N ti, 1993; Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabi ѐ N t va san’at nashri ѐ N ti, 1992; Rizouddin Ibn Faxruddin. – T.: 5