O’ZBEK OILALARIDA NIKOH-OILA MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK JIHATLARINI TA’MINLASH
O’ZBEK OILALARIDA NIKOH-OILA MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK JIHATLARINI TA’MINLASH MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………...3-5 I. BOB. O’zbek oilalalarida nikoh va oila munosabatlarining o’ziga xos psixologik xususiyatlari......................................................................................6-31 1.1. O’zbek oilalarida oilaviy munosabatlarning psixologik jihatlari…………..6-17 1.2. Nikoh va oilaviy munosabatlar……………………………………….18-31 II BOB. O’zbek oilalalarida oilaviy munosabatlarning dolzarb muammolari va ularga yordam berishning amaliy jihatlari………………32-76 2.1. O’zbek oilaviy munosabatlarda er-xotin, farzand va ota-ona o’rtasidagi munosabatlar va ziddiyatli vaziyatlarda ularni hal qilish usullari……………...32- 59 2.2. Metodikalar. Tadqiqot parametrlari…………………………………...60-76 XULOSA.....................................................................................................77-79 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………...80-81 KIRISH 1
Mavzuning dolzarbligi. Yurtimizda azaldan oilaviy munosabatlarda milliy o’ziga xoslik kayfiyati ustuvorlik qiladi. Sharqona milliylik shunday shakllanib kelganki unda o’zbek oilalarida tarixan qadr topgan o’ziga xosliklar bor. Bular jumlasiga, oilaviy munosabatlarda har bir ishtirokchining o’ziga xos o’rni, vazifalari va burchlari bilan bir-biridan farq qilishi kabilarni kiritish mumkin. Ma’lumki, oila sohasi borasida G’arb modellari, nisbatan bizdagi oilaviy munosabatlardan farq qiladi. O’zbek oilalarida shakllangan va odat tarziga kirgan, kattalarga hurmat, erkak kishining roli yuqoriligi, farzand tarbiyasiga jiddiy e’tibor, mehr-oqibat va g’amxo’rlik tug’ularining ustuvorli, oilaning shakllanishi va faoliyatida mahalla va boshqa subektlarning roli kabi ko’plab elementlarni o’z ichiga oladi. Oilaning mustahkamligiga allomalarimiz ham jiddiy e’tibor qaratgan. Bu borada А bdurauf Fitrat: “Har bir millatning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog liq. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat vaʼ millat ham shuncha kuchli bo ladi. ʼ А garda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo l ʼ qo ysa shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi” ʼ 1 deb ta kidlagan. ʼ Nikoh va oila munosabatlarining mustahkamligi dolzarb bo’lib qolmoqda. Bu o’z navbatida farzandlar tarbiyasi, ularning kelajakdagi faoliyati va istiqbollariga turlicha ta’sir o’tkazishi mumkin. Shaxsni ko’plab stresslarga, salbiy his-tuyg’ularga duchor bo’lishi, shaxs psixologiyasida chuqur o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi eng dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Mamlakatimizda so’ngi yillarda ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda keng ko’lamli islohotlar, dunyodagi global o’zgarishlar davlat hamda jamiyat oldiga hal qilinishi lozim bo’lgan bir qator vazifalarni qo’ymoqda. Shuningdek, psixologiya sohasida oila, nikoh, hissi, uning mexanizmlari, shakllari va inson hayotiga qanday ta’sir ko’rsatadi, shu kabi masalalari dolzarb ahamiyatga ega. 1 Аbdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. –T.: Ma naviyat, 2000. ʼ 2
O’zbekiston Respublikasining davlat siyosatida bolalar va yoshlar uchun shartsharoit yaratishda hamda ularning har tomonlama kamol topishiga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi : - O’zbek oilalarida nikoh munosabatlarini ta’minlashning psixologik mexanizmlarini ochib berish. Tadqiqot vazifalari: oila-nikoh munosabatlari muammosi bo’yicha ilmiy psixologik adabiyotlarni o’rganish, amaliy tavsiyalarni asoslash. - o’zbek oilalarining milliy qadriyatlarga mosligi ko’rinishlarini nazariy tasniflash; - zamonaviy oilalarda ijtimoiy-psixologik muammolarni o’rganish; - mavzu yuzasidan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning predmeti: O’zbek oilalarida oilaviy munosabatlarni o’rganish. Tadqiqotning obyekti: O’zbek oilalarida nikoh va oilaviy munosabatlarining hozirgi darajasi o’rganish va tavsiflash. Tadqiqotning ilmiy metodologik asosini, O’zbekiston Respublikasining oila kodeksi, o’zbek va chet el mualliflaridan V.M.Karimova, Ye.B.Shoumarov E.G .G oziev K. ʼ ʼ А rons, K. Vitek, E.F.Vougel, V.Vund, А .Maslau, T.Person, K.R.Rod-jers, J.Roland, N.Dj Smelzer, J.Techman, Z.Freyd, E.Fromm, G.Entone, K.G.Yung, M.Xanson va boshqalarning metodologik nuqtai nazarlari ham alohida e tiborga olindi. ʼ Mavzuning o’rganilish darajasi. O’zbek va xorijiy ilmiy adabiyotlarda oilaviy munosabatlar psixologiyasida psixologik jarayonlarni Ye.B.Shoumarov, E.G .G oziev, Yu.E. ʼ ʼ А leshina, B.G. А nanev, G.M. А ndreeva, А . А .Badalev, Yu.V.Bromley, L.S.Vigotskiy, M.G.Davletshin, V.M.Karimova, А .N.Leontev, B.G.Lomov, N.N.Obozov, S.L.Rubinshteyn va boshqalar tadbiq etib, jarayonning o’ziga xosligini ta’kidlaydilar. Tadqiqot metodlari: 1. Test "Siz ziddiyatli shaxsmisiz". 2. Tolerantlik testi. 3. Tomas testi. 3
4. O’rganilayotgan muammo bo’yicha ilmiy psixologik pedagogik adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari materiallari o’rganish. 5. Suxbat. 6. Kuzatish. 7. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Ushbu malakaviy bitiruv ishi kirish, 2 bob, 4 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishi o’zbek tilida yozilgan bo’lib 81 betni tashkil qiladi. 4
I.BOB. O’zbek oilalalarida nikoh va oila munosabatlarining o’ziga xos psixologik xususiyatlari. 1.1. O’zbek oilalarida oilaviy munosabatlarning psixologik jihatlari. Yurtimizda azaldan oilaviy munosabatlarda milliy o’ziga xoslik kayfiyati ustuvorlik qiladi. Sharqona milliylik shunday shakllanib kelganki unda o’zbek oilalarida tarixan qadr topgan o’ziga xosliklar bor. Bular jumlasiga, oilaviy munosabatlarda har bir ishtirokchining o’ziga xos o’rni, vazifalari va burchlari bilan bir-biridan farq qilishi kabilarni kiritish mumkin. Ma’lumki, oila sohasi borasida G’arb modellari, nisbatan bizdagi oilaviy munosabatlardan farq qiladi. O’zbek oilalarida shakllangan va odat tarziga kirgan, kattalarga hurmat, erkak kishining roli yuqoriligi, farzand tarbiyasiga jiddiy e’tibor, mehr-oqibat va g’amxo’rlik tug’ularining ustuvorli, oilaning shakllanishi va faoliyatida mahalla va boshqa subektlarning roli kabi ko’plab elementlarni o’z ichiga oladi. Oilaning mustahkamligiga allomalarimiz ham jiddiy e’tibor qaratgan. Bu borada А bdurauf Fitrat: “Har bir millatning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog liq. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat vaʼ millat ham shuncha kuchli bo ladi. ʼ А garda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo l ʼ qo ysa shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi” ʼ 2 deb ta kidlagan. ʼ Yurtimizda oila sohasida olib borilayotgan islohotlar ham ‘‘oila jamiyatning tayanch tuzilmasi’’ tamoyili asosida o’tkazilmoqda. Vaholangki, islom dinida ham nikoh-oila munosabatlariga chuqur yondashuvlar uchraydi. Oila borasidagi diniy, ilmiy va falsafiy yondashuvlarni kuzatsak, oila barqarorligida er-xotin munosabatlari asosiy o rin tutishini ko ramiz. Masalan, islomda nikoh orqali inson va oilani ʼ ʼ ulug lashga, erkak va ayolning huquqlariga, ularning sha niga va oilada tinchlikni ʼ ʼ 2 Аbdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. –T.: Ma naviyat, 2000. ʼ 5