ERKIN VOHIDOVNING ADABIY-TANQIDIY QARASHLARI
ERKIN VOHIDOVNING ADABIY-TANQIDIY QARASHLARI MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………7 I BOB. ERKIN VOHIDOVNING ILMIY- IJODIY FAOLIYATIGA UMUMIY NAZAR…………………………………………………………………………12 1.1. Adabiy-estetik qarashlar tarixi va tarqqiyotida ijodkorning o‘rni………….12 1.2.“Shoiru she’ru shuur” asarining adabiyotshunoslikdagi o‘rganilishi……….25 Bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………….29 II BOB. SHE’R , SHE’RIYAT HAMDA SHOIRLIK MASALALARI TAHLILI VA TALQINI……………………………………………………………………31 2.1. She’r va she’riyat haqida fikrlar…………………………………………. 31 2.2. Shoirlik mushohadasi……………………………………………………..43 Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………………..55 III BOB. IJODKORNING ADABIYOT VA ADABIYOTSHUNOSLIK MUAMMOLARI HAQIDAGI FIKRLARI ……………………………………..57 3.1. Adabiyot haqidagi mulohazalar…………………………………………...57 3.2. Adabiyotshunoslik masalalari talqini……………………………………..63 Bob bo‘yicha xulosa………………………………………………………………71 XULOSA………………………………………………………………………….72 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………………74 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Adabiyot bor ekan, adabiy tanqid u bilan hamisha yonma-yon, Bir-birisiz adabiyot mukammallikka erishmog‘i mumkin emas. Adabiy- tanqidiy fikrlar taraqqiyoti rivoji uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Har qanday ijodkor, har qanday davrda ham o‘zigacha bo‘lgan ijodkorlar va o‘zi zamondosh bo‘lgan ijod ahli yaratgan durdona asarlarga murojaat etIB kelmoqdaki, bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Ulardan oziqlanib, tushunchalar, qarashlar, mulohaza va bilimlarini boyitib, uzviylikda yashashda davom etadi. Bu haqida u yoki bu darajadagi o‘z qarashlarini, mulohazalarini ifodalashga urinadi. Bu esa adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyotini belgilaydi. Shu jihatdan O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ham badiiy adabiyotning taraqqiyoti, ijod va ijodiy jarayon, she’r, she’riyat, shoirlik, adabiyot, adabiyotshunoslik muammolari haqida o‘zining qarashlarini, adabiy- estetik mulohazalarini bayon etgan. Insonning olamga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati uning ichki “men”idan kelib chiqib paydo bo‘ladi. Bu munosabat insonning axloqi, xarakteri, xulq-atvori, yaqinlariga bo‘lgan munosabati, iymon-etiqodiga, yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baho berishida ko‘rinadi. Zamon qaltis va murakkab. Vatanning ongli fuqorosi bo‘lgan, yurt kelajagi uchun o‘zini mas’ul hisoblagan har bir insonda davr talabidan kelib chiqib fidoyilik qilish talab etiladi.Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan ulug‘vor ishlar ko‘lamini, mazmun-mohiyatini idrok etishga urunsak, shunday to‘xtamga kelish mumkin: buyuklik, ulug‘vorlik, xalq nufuzining kattaligi bilan, yoki harbiy salohiyatimizning balandligi, boylik, jahon bozorida tutgan mavqeyimiz bilangina o‘lchanmaydi. Millatning qadr-qimmati, barkamolligi yetuk ma’naviyatli bo‘lishimizga ham bog‘liq albatta. “Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bir kitobining nomini “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” deb 2
nomlab, yuksak ma’naviyatli bo‘lish haqidagi mulohazalarini bayon etganlar. Yuksak ma’naviyatli avlodi bo‘lgan xalq hamisha peshqadamdir. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuchdir. Chunki ma’naviyat bor joyda hamma soha gurkirab rivojlanadi, yuksaladi. O‘zligini chuqur anglab yetgan jamiyatning turmush tarzida ma’naviyat markaziy o‘rinda bo‘lishi shubhasizdir. Chunki yaqin va uzoq tariximiz ham buni isbotlab turibdi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ma’naviyat haqida shunday deydi: “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”, 1 degan qarashlarining zamirida hayotiy haqiqat mujassamlashgan. Chindan ham biz hayotimizni ma’naviyatsiz tasavvur eta olmaymiz, chunki insoniyat bor ekan ma’naviyat u bilan hamisha yonma- yondir. Agarda bizning ongimiz ma’naviyatdan yiroqlashsa u qashshoqlashib boradi va ongsizlikka duchor bo‘lamiz. Jamiyat hayotini iqtisodiyotsiz, uning rivojisiz yuksaltirish ham muhim, ammo iqtisodiyot yuksalsa, u bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa, hammasi joyida bo‘ladi deb bo‘lmaydi, u bilan birga ma’naviyat ham yuksalsa keyin yuksalish darajamiz baland bo‘ladi. Taniqli shoirimiz Erkin Vohidovning ma’naviyat haqidagi fikrlariga ham e’tiborimizni qaratsak: “Ma’naviyatsiz jamiyat chumolilar, asalarilar, to‘da-to‘da bo‘lib yashaydigan jonivorlar galasidek tirikchilik dardidan balandga ko‘tarila olmaydi” 2 . Bugungi kunda globallashuv jarayonida ma’naviy qadriyatlarning hayotiy zaruriyati oshib bormoqda. Shuning uchun ham adabiy-estetik tafakkur taraqqiyoti davr badiiyatining turli mezonlari asosida tahlil etiladi. Atoqli shoirimiz Erkin Vohidovning adabiy-tanqidiy qarashlarini o‘rganish jarayonida ma’lum bir davr adabiyoti haqidagi tushunchalarimizni kengaytirish bilan bir qatorida, ijod va ijodiy jarayonning o‘ziga xosliklari, nozik jihatlari haqidagi tushunchalarga ham e’tibor qaratiladi. Haqiqiy shoir qanday bo‘lmog‘i, haqiqiy go‘zal she’r qanday yozilmog‘i lozimligi, ilhom haqida, adabiyot va adabiyotshunoslik muammolari 1 Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston. NMIU, 2017. 488-b. 2 Вохидов Э . Э рк саодати , T ў ла асарлар т ў плами .VI- жилд . Тошкент , 2018. 20-bet. 3
yuzasidan, iste’dod haqida, uning qanday namoyon bo‘lishi, uning sifatlariga alohida urg‘u beriladiki, bu esa ijodkorning o‘ziga xos tafakkurini mahsuli sifatida namoyon bo‘lishi, tabiiydir. Erkin Vohidov iste’dodli va yaxshi shoirgina bo‘lib qolmay, balki badiiyatni ham chuqur anglagan shaxs sifatida, nigohi o‘tkir adabiy- tanqidchi ekanligidan dalolat beradi. Uning “Shoiru she’ru shuur” asari, mukammal asarlar to‘plamining oltinchi jildi “Erk saodati” kitobida yuqorida qayd qilingan tushunchalarini asoslovchi fikr mavjudligini kuzatish mumkin. Bu asarlar tarkibidagi bunday qarashlarni tahlil qilish va munosabat bildirish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ishdan kuzatiladigan asosiy maqsad, Erkin Vohidovning ijod jarayoni haqidagi qarashlar, she’r, shoirlik, iste’dod, ilhom haqida, chinakam yaxshi ijod namunasi yaratish jarayonida shoirning o‘ziga xos badiiy mahoratini ochib berish, ijodkorning adabiy-tanqidiy qarashlarining o‘ziga xosliklarini yoritishdan iborat. Bundan tashqari, ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni yuzaga chiqarishni taqozo etadi. - Erkin Vohidovning adabiyotimiz taraqqiyotini belgilovchi adabiy- tanqidiy qarashlariga munosabat bildirish. - Ijodkorning “Shoiru she’ru shuur” asaridagi adabiy-tanqidiy mulohazalari haqida fikr yuritish va tahlilga tortish. - Erkin Vohidovning she’r va she’riyat haqidagi mulohazalarini tahlil qilish. - Erkin Vohidovning shoir, uning zimmasidagi mas’uliyat, haqiqiy shoir qanday bo‘lmog‘i lozimligi haqidagi mushohadalariga tahliliy yonoshiah va xulosalar chiqarishdan iborat. - Ijodkorning adabiyot va adabiyotshunoslik muammolari haqidagi turli xil fikr va tushunchalariga asoslangan holda mulohaza yuritishdan iborat. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek adabiyotshunosligida adabiy- estetik fikrlar rivojiga oid muammolar turli ilmiy aspektlarda o‘rganilgan. Ijodkorlarning adabiy-tanqidiy qarashlari taraqqiyoti tamoyillariga bag‘ishlangan bir qancha nomzodlik, magistrlik dissertatsiyalari yozilgan. Jumladan, “Abdulla 4
Oripovning adabiy-tanqidiy qarashlari” mavzusida magistrlik dissertatsiyasi 2017- yilda yozilgan va Abdulla Oripovning adabiy-estetik fikrlari tahlilga tortilgan. Erkin Vohidovning ijodini, ayniqsa adabiy-estetik fikrlarini o ‘rganishda ijodkorga atab yozilgan maqolalarning saralarini to‘plab zamondoshlari kitob holiga keltirganlar. Bu kitob – “To quyosh sochgayki nur” (Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlari nigohida) nomi ostida 2018-yilda chop etilgan. Uning tarkibiga kiritilga No‘mon Rahimjonovning “Erkin Vohidovning adabiy-estetik qarashlariga doir”, Otanazar Matyoqubovning “Erkin Vohidovning musiqiy qarashlari”, Bahodir Karimovning “Adabiy fikr javhari”, Ozod Sharafiddinovning “El ustozim, men esa tolib” va boshqa ko‘plab maqolalarda ijodkorning adabiy-estetik mulohazalari o‘rganilgan, tahlil etilgan. Bundan tashqari, 2021-yilda taniqli adabiyotshunos olim Hotam Umurov tomonidan taniqli shoirlarimiz Erkin Vohidov va Abdulla Oripovlarning adabiyotshunoslikdagi faoliyatlariga atalgan “Shoir qismati va she’r mehnati” (Shoir bo‘lishni xohlaysizmi? Unda ularning saboqlarini bilasizmi?) nomli adabiy-ilmiy monografiyasi SamDU nashriyoti tomonidan chop etildi. Bu kitobda Erkin Vohidovning adabiy-tanqidiy qarashlariga ma’lum darajada to‘xtalib o‘tilgan. Biz ham ijodkorning adabiy-estetik qarashlari ustida fikr yuritishga, ijodiy jarayonni tushunish, anglash, his etish murakkabliklari haqida mulohaza yuritmoqchimiz. Tadqiqotning metodologik asosi va metodi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasining metodologik asosini adabiy-tanqidiy qarashlarda: she’r, shoirlik, adabiyot, adabiyotshunoslik muammolarini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat. Erkin Vohidovning adabiy-tanqidiy qarashlariga tayangan holda, tahlil qilishga harakat qilinadi. Kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish haqida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning maxsus qarori e’lon qilingan. Bu qaror biz kabi yosh avlodni birmuncha sergaklikka chorlaydi. Mavzuni yoritish jarayonida tadqiqotda badiiy tahlil, qiyosiy-tipologik va tarixiy-qiyosiy metodlardan o‘rni bilan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. XX va XXI asr adabiyotshunosligida Erkin Vohidovning o‘ziga xos o‘rni mavjudligini ko‘rsatib berish bilan bir qatorida, 5