“O‘ZBEGIM” ASARI VA UNING O‘ZBEK ADABIY TANQIDIDAGI TAHLILI
“O‘ZBEGIM” ASARI VA UNING O‘ZBEK ADABIY TANQIDIDAGI TAHLILI MUNDARIJA KIRISH :… ………………………………………………………………………4 I BOB. ERKIN VOHIDOV IJODI VA ADABIY TANQIDIY QARASHLAR ………………………………………………………………… ..9 1. Ijodkor shaxsiyati va poetik munosabatlar talqini …………………………….9 1. 2. “Erkin Vohidov mangu barhayot” asarida shoir haqidagi adabiy qarashlar tahlili… …………………………………………………………………………19 II bob. SHOIR IJODIDA VATAN MAVZUSINING O‘RNI ……………...29 2.1. “O‘zbegim” qasidasining yaratilish tarixi. . ……………………………....29 2.2. “O‘zbegim” qasidasi tahlili . ………………………………………………38 III bob. “O‘ZBEGIM” QASIDASINING ADABIYOTSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI . ……………………………………………………………..53 3.1. “O‘zbegim” qasidasi va adabiy tanqidiy qarashlar talqini. ………………56 3.2. “O‘zbegim” qasidasiga oid tanqidiy qarashlarning qiyosiy tahlili………...61 XULOSA …………………………………………...………………………….73 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………75 1
KIRISH Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. “Erkin Vohidov jasur va shijoatli adib, chinakam millatparvar inson, ayni paytda o‘zbek xalqining, o‘zbek madaniyatining timsoli edi. Xalqimizning yuragidagi armon va dardlarini, uning quvonch va shukronasini o‘z ijodida yusak mahorat bilan ifoda etardi. O‘zingiz o‘ylang, o‘sha mustabid tuzum davrida “O‘zbegim” deya baralla aytish uchun qanday katta yurak, mardlik va jasorat kerak. O‘zining durdona asarlari bilan adabiyotimiz xazinasiga bebaho hissa qo‘shgan, xalqimizning ma’naviy olamini, milliy g‘urur-iftixorini yuksaltirish yo‘lida unutilmas xizmat qilgan bu ulkan ijodkorni el-yurtimiz hamisha ehtirom bilan yodga oladi”. 1 XX asr zamonaviy o‘zbek adabiyotining yetakchi vakillaridan biri bo‘lgan buyuk ijodkor Erkin Vohidov ijodi o‘ziga xosligi va keng qamrovli ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Shoir ijod mahsullarining asosini tashkil etuvchi milliylik, odamiylik, tarixiylik, falsafiylik kabi kabi asriy g‘oyalar tamoyili beixtiyor kitobxonni mushohadaga chorlamay qolmaydi. Erkin Vohidov she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shunda ko‘rinadiki, shoir she’rlarida o‘zini yozadi. Shoirning o‘zi ta’kidlaganidek “Ijod ahli o‘zi ishongan his-tuyg‘ularni yozsa, boshqalar ham ishonadi. Har qanday badiiy asar zamirida, garchand ijodkorning yozganlari ijtimoiylashgandek taassurot qoldirsa ham, uning ortidagi odam ulkan bir qalb egasi-muallif turgan bo‘ladi”. 2 Darhaqiqat, she’riyat, badiiy adabiyotdagi buyuk kuch bu uning ishontira olish xususiyatidir. O‘quvchisini o‘z olamiga olib kira olmagan asar haqiqiy asar 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-T.:"O‘zbekiston",2017.-46-bet. 2 B. Karim. Erkin Vohidov she’r va hayot haqida. Adabiy fikr javhari. www.kh-davron.uz 2
emas. Badiiy adabiyotdagi obrazlilik hodisasi ham aynan shunda namoyon bo‘ladi. Insonni, uning ma’naviy olamini kashf eta olish qudratiga ega badiiy adabiyot vositasida yoshlarda yuksak tuyg‘ularni shakllantirish mumkinki, bu o‘ta muhim vazifani badiiy adabiyot, xususan she’riyat amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamalakatimiz ziyolilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda be’jizga: “… adabiyot masalasi bu ma’naviyat masalasidir” - degan fikrni ilgari surmaganlar. Mustaqillik yillarida adabiy jarayonda shoir va yozuvchilarimiz hayoti va ijodini o‘rganish jarayonlari yangi bosqichga ko‘tarilganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda yetakchi vazifa qilib holislikni taminlash masalasi olingan. El ardog‘idagi fidoyi, iste’dodli so‘z san’atkorlarini tanitish, ibrat qilib ko‘rsatish, ijod namunalarini tahlil-u talqin qilish orqali ular shaxsiyatiga o‘quvchini yaqinlashtirsh, fazilatlari va o‘ziga xos tafakkur tarzini, ruhiyatini anglatish, har bir ijodkorning betakror badiiy olami, e’tiqodi, dunyoqarashi mohiyatini, kechinma hamda tuyg‘ular zamiridagi ma’nolarni tushunishga ko‘maklashishi eng samarali yo‘l ekanligi o‘z isbotini topa bormoqda. Mazkur magistrlik dissertatsiyasida O‘zbekiston Qahramoni, buyuk shoir Erkin Vohidovdek el hurmatiga sazovor bo‘lgan ulug‘ istedod sohibining ijodiyoti va “O‘zbegim” qasidasida ilgari surilgan g‘oyalar, vataninmiz tarixini haqqoniy yoritish masalalari, bugungi o‘zbek tanqidchiligidagi tahlili, o‘rganilishi haqida so‘z boradi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ishdan kuzatiladigan asosiy maqsad Erkin Vohidov ijodida vatan mavzusining tutgan o‘rni, “O‘zbegim” qasidasining badiiy tahlili, o‘zbek tanqidchiligida tutgan o‘rni, tanqidiy tahliliga oid fikrlardagi umumiy va o‘ziga xos jihatlarni aniqlash hamda tahlilga tortishdan iborat. Bundan tashqari, ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni yuzaga chiqarishni taqazo qiladi. -Erkin Vohidov ijodiyotida asosiy o‘rini egallagan mavzular ko‘lami; 3
-“O‘zbegim” qasidasi haqida muallifning qarashlari; -Ijodkorning “O‘zbegim” qasidasi atrofidagi adabiy tanqidiy mulohazalar haqida fikr yuritish va tahlilga tortish. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Erkin Vohidov ijodini o‘rganish, uni tahlil qilish masalalari haqida aynan Erkin Vohidovga atab adabiyotshunos olim Rahmatilla Inog‘omovning “Shoirlik qismati” nomli kitobi 1999-yilda “Unversitet” nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Ushbu kitobda Erkin Vohidovning shoir, inson bo‘lib shakllanishi jarayoni va shoir ijodi haqida adabiyotshunoslikka ma’lum bo‘lmagan ko‘plab ma’lumotlar o‘rin olgan. Ushbu kitobning biz tadqiq qilishni maqsad qilgan “O‘zbegim” qasidasiga oid tahlillarni o‘rganishda o‘rni nihoyatda beqiyosdir, chunki, “O‘zbegim” qasidasining dunyoga kelishi haqida nihoyatda qimmatli fikrlar keltirilgan. Erkin Vohidovning ijodini, ayniqsa adabiy-estetik fikrlarini o‘rganishda ijodkorga atab yozilgan maqolalarning saralarini to‘plab zamondoshlari kitob holiga keltirganlar. Bu kitob – “To quyosh sochgayki nur” (Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlari nigohida) nomi ostida 2018-yilda chop etilgan. Uning tarkibiga kiritilgan No‘mon Rahimjonovning “Erkin Vohidovning adabiy-estetik qarashlariga doir”, Hamid Ziyoyevning “Qalblarga nur sochgan “O‘zbegim”, Matyoqub Qo‘shjonovning “Men-o‘zbek o‘g‘loniman”, Bahodir Karimovning “Adabiy fikr javhari”, Ozod Sharafiddinovning “El ustozim, men esa tolib” va boshqa ko‘plab maqolalarda ijodkorning adabiy-estetik mulohazalari o‘rganilgan, “O‘zbegim” qasidasining yaratilishi va uning atrofidagi fikrlar tahlil etilgan. Bundan tashqari, 2022-yilda “To quyosh sochgayki nur” to‘plamining mantiqiy davomi sifatida “Erkin Vohidov barhayot” nomli maqolalar, xotiralar va izhorlar to‘plami nashr etildi. Kitobda Erkin Vohidov ijodi, uning avvalo inson sifatidagi xarakteri, ijodidagi o‘ziga xosliklar, shu bilan birgalikda “O‘zbegim” qasidasiga oid ayrim tanqidiy-tahlily qarashlarga ma’lum darajada to‘xtalib o‘tilgan. Biz ham ijodkorning “O‘zbegim” qasidasi atrofdagi adabiy-tanqidiy qarashlari ustida fikr yuritishga, 4
ijodiy jarayonni tushunish, anglash, his etish murakkabliklari haqida mulohaza yuritmoqchimiz. Tadqiqotning metodologik asosi va metodi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasining metodologik asosini “O‘zbegim” qasidasi atrofidagi adabiy- tanqidiy qarashlar, she’r, shoirlik, adabiyot, adabiyotshunoslik muammolarini o‘rganish va adabiy-tanqidiy qarashlariga tayangan holda tahlil qilish tashkil etadi. Mavzuni yoritish jarayonida tadqiqotda badiiy tahlil, qiyosiy-tipologik va tarixiy-qiyosiy metodlardan o‘rni bilan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. XX va XXI asr adabiyotshunosligida Erkin Vohidovning o‘ziga xos o‘rni mavjudligini ko‘rsatib berish bilan bir qatorida, ijodkorning shoh asari hisoblanmish “O‘zbegim” qasidasining o‘zbek adabiy tanqidchiligidagi tahlili, qasida atrofida bildirilgan fikrlar, tahlil va tanqidlardagi umumiylik hamda o‘ziga xosliklarni aniqlash, qasidaning adabiy- estetik jihatlarini tahlil qilish jarayonida yozuvchi va davr munosabatlariga hamda badiiy ijod namunasi yaratish jarayonidagi ijodiy hissiyotlarni yuzaga chiqarishdan iboratdir. Bundan tashqari, Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasiga nisbatan sho‘ro tuzumi davridagi yondashuvlar va mustaqillik davri adabiy jarayonida qasida tahliliga yondashuvlardagi tafovutlar, qasidaning asl mazmun mohiyatini o‘quvchiga to‘g‘ri ma’noda yetkazish masalalari yuzasida olib borilgan ishlar haqida ham atroflicha fikr yuritiladi. Bu borada qasida haqida yozilgan maqola va tahlilllar asos vazifasini o‘taydi. Qasida haqida muallifning o‘z fikrlari, uning dunyoga kelish sababi va qasida yartilgandan keyingi davrda shoir ijodida bo‘lgan tub burilishlar haqida ham so‘z boradi. Bunda shoirning o‘zi bilan zamondosh bo‘lgan ijodkorlar va ularning badiiy asarlarida qasida haqidagi mulohazalariga munosabat bildirish orqali shoirning mahorati va iste’dodining ma’lum bir qirralarini yoritish imkonini beradi. Qasida haqidagi adabiy-tanqidiy qarashlarda she’r, she’riyat, shoirlik iste’dodi, adabiyot va adabiyotshunoslik muammolari, Erkin Vohidov ijodining bosh mavzusi hisoblangan vatanparvarlik ruhi haqidagi qarashlari yetakchilik 5