O‘zbek tili uslubshunosligining «Grammatik stilistika» sohasi, uning predmeti, maqsad va vazifalari
O‘zbek tili uslubshunosligining «Grammatik stilistika» sohasi, uning predmeti, maqsad va vazifalari R e j a : 1. Stilistikaning ob’ekti hisoblanishi mumkin bo‘lgan vositalar. 2. Grammatik uslubshunoslikning ob’ekti. 3. Grammatik uslubshunoslikning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi. 4. Morfologik uslubshunoslik. 5. Sintaktik uslubshunoslik. 6. Grammatik uslubshunoslikni o‘rganishning maqsad va vazifalari.
Ta’kidlab o‘tilganidek, tildagi deyarli barcha birliklar – fonetik, leksik, frazeologik, morfologik va sintaktik elementlar uslubshunoslikning predmeti bo‘lishi mumkin. Ammo ularning birlamchi ma’nosi kengayib, ma’lum emotsional-ekspressiv ottenkaga va estetik ta’sir kuchiga ega bo‘lsa yoki amal qilish va vazifaviy doirasi kengaysagina shunday bo‘ladi. Bu esa matn bilan bog‘liq bo‘lib, nutq jarayonidagina ulardagi uslubiy imkoniyatlar yuzaga chiqadi. Grammatik uslubshunoslik yo‘nalishida grammatik vositalarning, qurilmalarning ana shu imkoniyatlari tadqiq etiladi. O‘zbek tilshunosligida grammatik uslubshunoslik masalalari bilan shug‘ullanish bevosita o‘zbek tili stilistikasiga oid tadqiqotlarning davomi sifatida maydonga kelgan bo‘lib, hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, bu sohadagi dastlabki umumnazariy xulosalar prof. R.Q.Qo‘ng‘urov qalamiga mansub. Olimning bu sohadagi qarashlari katta-kichik hajmdagi ilmiy maqolalardan tortib, «O‘zbek tili stilistikasidan ocherklar» (Samarqand, 1975), «O‘zbek tili grammatikasi»ning akademik nashri (Toshkent, 1975), «Stilistika imeni su щ estvitelnogo v uzbekskom yaz ы ke» (Tashkent, 1983), hammualliflikda yozilgan «O‘zbek tili stilistikasi» (Toshkent, 1983), «O‘zbek tilining funksional stillari» (Samarqand, 1983), «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari» (Toshkent, 1992) singari alohida nashrlari hamda «O‘zbek tilida otlar shakl yasovchi morfemalarining semantik-uslubiy xususiyatlari» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida o‘z ifodasini topgan. «O‘zbek filologiyasi» to‘plamiga kiritilgan yirik hajmdagi «Grammatik stilistika» (Samrqand, 1976) va «Sub’ektiv baho formalarining semantik va stilistik xususiyatlari» (Toshkent, 1980) monografiyasi esa bevosta o‘zbek tili grammatik uslubiyati muammolarini hal etishga bag‘ishlangan. R.Qo‘ng‘urov sanab o‘tilgan asarlarida «grammatik uslubshunoslik» tushunchasining izohini beradi hamda o‘zbek tili stilistikasidagi mazkur sohaning predmeti, maqsad va vazifalarini belgilab beradi. Bunday murakkab vazifani hal qilish maqsadida asosan chex, rus va o‘zbek tilshunosligida bayon etilgan
qarashlarni sinchiklab o‘rganadi hamda shu qarashlarga tayangan holda o‘z mulohazalarini bayon etadi. Ma’lumki, hozirgi zamon uslubshunosligining mana shu tarmog‘i ikki termin – «uslubiy grammatika» va «grammatik uslubshunoslik» atamalari bilan nomlanib kelinmoqda. Olim bu terminlardan birini - «grammatik uslubshunoslik»ni qo‘llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Bunda u, birinchidan, terminning ishlatilishida «fonetik uslubshunoslik», «leksik uslubshunoslik», «funksional uslubshunoslik», «qiyosiy uslubshunoslik» singari atamalarga muvofiqlikni ko‘radi. Ikkinchidan esa, o‘zbek tilshunosligida bu sohaning deyarli o‘rganilmaganligini ta’kidlab, tildagi morfologik va sintaktik hodisalar va vositalarda nutq jarayonida shakllanadigan uslubiy xususiyatlar ana shu sohaning tadqiqot ob’ekti bo‘lishi lozimligini uqtiradi. SHu tarzda R.Qo‘ng‘urov tomonidan grammatik uslubshunoslik alohida bo‘lim sifatida ajratilishi va o‘rganilishi kerakmi, degan tarzda o‘rtaga qo‘yilgan masala nazariy jihatdan asoslab beriladi. Darhaqiqat, o‘zbek tilidagi grammatik vositalarning juda katta qismi uslubiy bo‘yoqqa va tasviriylikka, sinonimiya va variantlarga ega ekanligi olim qarashlarining to‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi. Ma’no jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan til birliklarini nutqiy vaziyat talabi bilan tanlab va almashtirib ishlatish va shu orqali ma’no nozikliklarini farqlash, bir mazmunni ma’nolari bir-biriga yaqin bo‘lgan bir necha grammatik vositalar bilan ifodalash sabablarini topish va qonuniyatlarini belgilash ham bu sohani alohida yo‘nalish sifatida o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. «Grammatik stilistikaning asosiy vazifalari ham umumiy stilistikaning vazifalaridan kelib chiqadi. – deydi R.Qo‘ng‘urov. – SHu sabali til faktlarining ijtimoiy qo‘llanish sferasi jihatdan qaysi biriga tegishli ekanligini, qaysi stil bilan cheklanganligini, grammatik sinonimiya, ayrim grammatik kategoriyalarning stilistik imkoniyatlarini ochb berish (qo‘shimcha ma’no ottenkalari, ekspressiv- baholash imkoniyatlari), grammatik forma, birikma, gap va boshqa konstruksiyalarning kontekst bilan bog‘liq ravishda hosil qiladigan ma’no
nozikliklarini aniqlash (konnotativ ma’noni aniqlash), hatto ba’zan til faktlariga struktural va funksional modifikatsiya nuqtai nazaridan qarash, o‘rganish (N.Baskakov) grammatik stilistikaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi». 1 Uslubshunoslikda morfologiya doirasidagi grammatik ko‘rsatkichlarda uslubiy imkoniyatlar chegaralangan, degan fikr mavjud. Bu mulohazani hatto V.V.Vinogradov, A.M.Peshkovskiydek taniqli tilshunoslar ham e’tirof etishgan. R.Qo‘ng‘urov ko‘p yillik kuzatishlari natijalariga tayanib, ana shu qarashning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi hamda uning sabablarini o‘zbek tilidagi grammatik shakllarning semantik-stilistik xususiyatlari to‘g‘risida keng miqyosda monografik kuzatishlar amalga oshirilmayotganligi, affikslarning sinonimiyasi, omonimiya, polisemiya va antonimiyasi etarli tadqiq etilmaganligi bilan izohlaydi. 2 Fikrni isbotlash uchun keltirilgan dalillar asosli, albatta. Ammo amalda esa olim ot so‘z turkumining egalik, kelishik, sub’ektiv baho ifodalovchi grammatik shakllari misolidagi kuzatishlari bilan morfologik ko‘rsatkichlarda ham uslubiy imkoniyatlarning keng ekanligini isbotlab berdi. Agar bu tadqiqotlar doirasiga uning olmosh, sifat va ko‘makchilar uslubiyati, 3 M.Sodiqovaning fe’l uslubiyati 4 yuzasidan olib borgan kuzatishlarini ham kiritsak, o‘zbek tili morfologiyasining uslubiy imkoniyatlari haqidagi xulosa biroz shoshilibaytilganday tuyuladi. R.Qo‘ng‘urovning quyidagi fikriga ham munosabat bildirishga to‘g‘ri keladi: «To‘g‘ri, ba’zi olimlar grammatik formalarning qaysi biri qaysi stilda ko‘proq ishlatilishini aniqlash ham stilistikaning vazifasiga kiradi, deyishadi va shundan kelib chiqib, grammatik formalarning stillarda qo‘llanish statistikasi bilan shug‘ullanishni lozim ko‘radilar. Ma’lum darajada bu usul ham ayrim 1 Қўнғуров Р. Субъектив баҳо формаларининг семантик ва стилистик хусусиятлари, 11-бет. 2 2 Қўнғуров Р. Юқоридаги асар, 12-13-бетлар. 3 3 Қўнғуров Р. Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // Ўзбек тили стилистикасидан кузатишлар. – Самарқанд, 1981, 4-21-бетлар; Шу муаллиф. Сифат стилистикаси // Ўзбек тили стилистикаси ва нутқ маданияти масалалари. – Самарқанд, 1982. 3-10-бетлар.Шу муаллиф. Кўмакчилар синонимиясига доир // Ўзбек тили стилистикаси ва нутқ маданияти масалалари. – Самарқанд, 1982. 20-41-бетлар. 4 4 Содиқова М. Феъл стилистикаси. – Тошкент, 1975.
formalarning qaysi stilga xosligini aniqlashga yordam beradi. Lekin bu masalani to‘liq va to‘g‘ri hal qilib berolmaydi». 5 Harqalay, grammatik shakllar o‘rtasida sinonimik munosabatlar mavjud bo‘lishining o‘zi bir boylik. Ularning qo‘llanishida ajralishlar yuz berib, farqlanishlar, nozikliklar sezilib, qaysi vazifaviy uslubda qaysi morfologik birlikning faol qo‘llanilishi tobora aniq bo‘lib borishi esa ona tilimiz uslubiy ko‘lamining yana ham kengayayotganidan dalolat beradi, degan fikr tarafdorimiz. Lekin «grammatik stilistika, xususan morfologik stilistika ko‘proq ma’no masalasi, ingrent adgrent ekspressivlik masalalari bilan shug‘ullanadi», 6 deganda olim mutlaqo haq. O‘zbek tilshunosligida grammatik shakllar o‘rtasidagi sinonimik munosabatlarning yirik tadqiqotchisi prof. YO.Tojiev hisoblanadi. Olim faqatgina shaxs oti yasovchi –chi qo‘shimchasining –gar (sehrchi-sehrgar, holvachi- holvagar), -kor (xizmatchi-xizmatkor, paxtachi-paxtakor), -kash (juvozchi- juvozkash, aravachi-aravakash, pillachi-pillakash), -shunos (tilchi-tilshunos, tarixchi-tarixshu-nos), -furush (eski-eskifurush, do‘ppichi-do‘ppifurush), -soz (mashinachi-mashinasoz, samolyotchi-samolyotsoz), -paz (somsachi-somsapaz, holvachi-holvapaz, kabobchi-kabobpaz), -go‘y (qasidachi-qasidago‘y, maslahatchi-maslahatgo‘y), do‘z (etikchi-etikdo‘z, yamoqchi-yamoqdo‘z), -boz (qushchi-qushboz, kaptarchi-kaptarboz), -dor (ijarachi-ijarador), -xo‘r (qasamchi-qasamxo‘r), -xon (mushtumchi-mushtumxon), -don (siyosatchi- siyosatdon), -navis (g‘azalchi-g‘azalnavis, qasidachi-qasidanavis, hikoyachi- hikoyanavis) hamda rus tili va u orqali kirib kelgan –ist (traktorchi-traktorist, futbolchi-futbolist), -er/-yor (grimchi-grimer), -(i)oner (pensiyachi-pensioner), -ant (muzikachi-muzikant), -graf (fotochi-fotograf), -ator (ekspluatatsiyachi- ekspluatator), -ik/avik (frontchi-frontovik, prozachi-prozaik, satirachi-satirik), - shik (svarkachi-svarshik, ekskovatorchi-ekskovatorshik), -on (pochtachi- pochtalon), -smen (sportchi-sportsmen), -log (rentgenchi-rentgenolog) 7 singari affikslar, yana bu affikslarning o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lishini va bu 5 5 Қўнғуров Р. Субъектив баҳо формаларининг семантик ва стилистик хусусиятлари, 13-бет. 6 6 Қўнғуров Р. Юқоридаги асар, 13-бет.