logo

O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisining shaxsiy va kasbiy maydoni

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

113 KB
O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisining shaxsiy va kasbiy maydoni
Reja:
I. Kirish
I.1. Filolog o‘qituvchisining elektron portfoliosi
II. Asosiy qism:
II.1. Portfolio va uning tarkibiy qismlari.
II.2. Shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashtirish.
II.3. Elektron portfolio bilan ishlash va uni shakllantirish.
III. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Taklif va ilovalar
Mundarija
1 1.1. Filolog o‘qituvchisining elektron portfoliosi
Ta`lim-tarbiya   jarayonlarini   modernizatsiyalashtirish   ijodiy   fikrlovchi,   ta`limning
zamonaviy   metod   va   texnologiyalarini,   pedagogik-psixologik   diagnostika   usullarini,
aniq   amaliy   faoliyat   asosida   pedagogik   jarayonni   mustaqil   loyihalash   usullarini
qo‘llay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirishni talab etadi. 
Hozirgi   kunda   pedagoglarga   nisbatan   o‘zining   samarali   faoliyatini   tashkil   qilishda
o‘quv,   ilmiy   hamda   madaniy-ma`rifiy   tadbirlarni   to‘g`ri   rejalashtirishi   va   amalga
oshirishi,   kasbiy   pedagogik   mahoratini   uzluksiz   oshirib   borishda   o‘zgarib   boruvchi
zamonaviy   talablarga   tezkor   ravishda   moslashib   borish   kabi   talablar   qo‘yilmoqda.
Chunonchi,   pedagog   kadrlarning   ta`lim-tarbiya   jarayonlaridagi   raqobatbardoshligi
uning   ilg`or   ta`lim   texnologiyalarini   o‘zlashtirish   qobiliyati,   o‘zgaruvchan   hamda
oshib borayotgan kasbiy talablarga moslasha olishiga bog`liq.  
Bugungi   kunda   zamonaviy   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini   pedagogik
faoliyat hamda kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi sifatida shakllantirish ustuvor
yo‘nalish   sifatida   qaralmoqda.   Shu   sababdan   pedagoglarning   kasbiy   ma`lumotlar
bazasi  va  talabalar  bilan  o‘quv  muloqotlarini   elektron  resurslar  asosida  tashkil  etish
pedagogik   jihatdan   muhim   vazifalar   qatoriga   kiradi.   Bunday   vazifalar   pedagog
kadrlarning elektron portfoliosini ishlab chiqishni taqozo etadi.  
“Portfolio”   tushunchasi   XV-XVI   asrlarda   G`arbiy   Yevropadan   kirib   kelgan   bo‘lib,
uyg`onish davrida arxitektorlar o‘z buyurtmachilariga qurilish loyihalarini tayyor va
homaki   variantlarini   "portfolio"   deb   nomlangan   alohida   papkada   taqdim   etishgan.
Ushbu   papkada   taqdim   etilgan   hujjatlar   talabgorda   qurilish   loyihasining   kasbiy
sifatlari haqida taassurot hosil qilgan. 
Hozirgi   vaqtda   esa   biznes   olamida   portfolio   firmaning   yutuqlarini   ko‘rsatish,
fotosuratchi va fotomodellar sohasida esa – suratlar albomi sifatida ishlatiladi. 
Portfolioni ta`lim sohasida qo‘llash g`oyasi, 80-yillarning o‘rtalarida AQSHda paydo
bo‘ldi.   AQSH   va   Kanadadan   so‘ng,   portfolio   g`oyasi   Yevropa   va   YAponiyada
ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g`oya Rossiyada keng tarqaldi va hozirgi
kunda bu g`oya O‘zbekistonda ham keng yoyilmoqda. 
Portfolio   ( ingl .   –   portfel,   zarur   ishlar   va   hujjatlar   uchun   papka.   frans .   –   bayon
qilmoq,   ifoda   etmoq,   tashimoq.   ital .   –hujjatlar   solingan   papka)   –   bu   hujjatlar,   ish
namunalari,   fotosuratlar,   taqdim   etilayotgan   imkoniyatlarni   tasavvur   eta   olish
imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari to‘plamidan iborat. 
Pedagogning portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga ega:  
• pedagogning   ma`lum   bir   vaqt   oralig`ida   erishgan   kasbiy   yutuqlari   va   faoliyat
natijalarini qayd etish  usuli ; 
• faoliyati   davomida   kasbiy   sohadagi   erishilgan   yutuqlarini   namoyish   etuvchi
majmua ; 
• pedagogning   dars   berayotgan   fani   bo‘yicha   o‘quv   materiallarini   talabalarga
yetkazib beruvchi  vosita ; 
2 • pedagog   va   talabalar   o‘rtasidagi   o‘quv   muloqotini   ta`minlashga   xizmat   qiluvchi
tizim ; 
• talabalar   bilan   teskari   aloqani   o‘rnatishga   xizmat   qiluvchi   hamda   bilimlarni
o‘zlashtirish jarayonini monitoring qilish  tizimi.
Pedagogning   portfoliosi   ta`lim   muassasalari   rahbariyati   uchun   o‘qituvchilarning   ish
faoliyati   unumdorligini   monitoringini   olib   borish   va   yana   ham   muhim   tomoni
o‘qituvchilarni   o‘z-o‘zini   kuzatish   va   o‘z   ustida   ishlashi   uchun   muhim   vosita
hisoblanadi.   Turli   manbalardagi   ma`lumotlarga   ko‘ra   pedagog   portfoliosi   –   bu
o‘qituvchining   aniq   faktlar   asosida   yozilgan   pedagogik   sifati   va   yutuqlari
hisoblanadi.   Bundan   tashqari   portfolioda   o‘qituvchining   individual   yutuqlari,   turli
loyihalarda   qatnashganliklari,   talabalarining   fan   olimpiadalari,   tanlovlar,
musobaqalarda   g`olib   bo‘lganliklari   qayd   etib   boriladi.   SHu   bilan   birga   pedagog
portfoliosi   pedagogik-psixologik   diagnostika   natijalari,   talabalar   uchun   fanlar
bo‘yicha nazorat qilish topshiriq va testlarini qamrab oladi.  
Portfolio   joriy   etilishi   bilan   pedagogik   faoliyatni   baholashning   va   o‘zo‘ziga   baho
berishning   ko‘p   funktsiyali   vositasi   shakllanadi.   Bunda   portfolio   qator   pedagogik
masalalarni yechishda yordam beradi[3]: 
• ta`lim berishda yuqori motivatsiyani rivojlantirish; 
• talabalarning mustaqil ta`limi va o‘z ustida ishlashga intilishni oshirish; 
• uzluksiz rivojlanishni rag`batlantiruvchi omilni joriy etish; 
• bilimlarning samarali o‘zlashtirilishiga intilish; 
• pedagogik faoliyat natijalarini tashhis qilish.  
Bundan tashqari portfolio o‘qituvchiga o‘z yutuqlarini yanada kengroq va xilmaxil 
taqdim etish imkonini beradi.  
http://www.uchportal.ru/
«The   Teaching   Portfolio»   kitobi   muallifi   Piter   Zeldin   fikriga   ko‘ra   o‘qituvchi
portfoliosi,   kasb   mahoratini   shakllantirishdagi   navbatdagi   bosqich   hisoblanadi.
Portfolio – o‘qituvchining kasbiy faoliyatida turli pedagogik masalalarni hal eta olish
malakalarini   ko‘rsatuvchi,   shuningdek   o‘qituvchining   professionallik   darajasini
baholashga qaratilgan materiallarni qamrab oladi.  1
Portfolio quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: 
• portfolio sayti (sayt ko‘rinishidagi portfolio); 
• veb sahifa (biror sayt tarkibidagi shaxsiy sahifa); 
• elektron taqdimot; 
• natijalar papkasi. 
1
  Peter Wallet. Information and communication technology in education in Asia.
–Montreal: UNESCO UIS. 2014. – 35 p.
3 Elektron portfolio ko‘rgazmaliligi, qulayligi, resurslarining aniq tuzilishiga egaligi 
bilan bir qatorda yana bir qancha o‘ziga xos xususiyatlar va afzalliklarga ega: 
• zamonaviyligi; 
• tezkorligi (kerakli o‘zgarishni tezda kiritish imkoniyati); 
• funktsionalligi   (katta   sondagi   ekspertlarga,   hamkasb-mutaxassislarga,
qiziquvchilarga   o‘z   tajribasini   namoyish   etish   ikmoniyati)   hamda   o‘z
muvaffaqiyatlarini   qayd   etib   borish,   bir   vaqtning   o‘zida   doimiy   ravishda   to‘ldirib
borish  mumkin  bo‘lgan  raqamli   ta`lim   resurslarining tizimlashtirilgan mediatekasini
yaratish imkoniyatining mavjudligi; 
• effektivligi   (o‘qituvchini   o‘z-o‘zini   baholashi,   boshqaruvchi   hamda   talabalarga
ijobiy ta`sir ko‘rsatish); 
Portfolioning   taqdimot   shakli   ma`lumotlarni   ko‘rgazmali   tarzda   namoyish   etishni
amalga   oshirsa,   sayt-portfolio   shakli   esa   ko‘proq   ma`lumot   olish   va   izlash
imkoniyatini   beradi.   Internet   izimining   o‘quv   jarayoniga   keng   joriy   etish   bo‘yicha
yaratilgan   imkoniyatlar   portfolioning   sayt-portfolio   shaklida   yaratish   va   uning
resurslarini   doimiy   yangilanib   borishini   markazlashgan   holda   tizimli   yo‘lga   qo‘yish
orqali   samara   berishi   mumkin.   Shuning   uchun   portfolioni   tarmoqda   saytportfolio
sifatida joylashtirilishi maqsadga muvofiq. 
Portfolioning   muhim   jihati   –   pedagogning   kasbiy   kompetentligini   baholash   uchun
amaliy   faoliyatdagi   natijalarini   (bajargan   loyihalari,   talabalarining   olimpiada   va
tanlovlarda   qatnashganligi,   olib   borgan   ilmiy   izlanishlari   kabilarni)   namoyish
etishdan   iborat.   Portfolio   o‘qituvchiga   o‘z   ishlari   natijalarini   tahlil   etish,
umumlashtirish,   tizimlashtirish,   o‘z   imkoniyatlarini   ob`ektiv   baholash   va
qiyinchiliklarni   bartaraf   etishni   rejalashtirish   hamda   yuqori   natijalarga   erishish
imkoniyatini beradi. 
Portfolio resurslarini shakllantirishda quyidagi jihatlarga ahamiyat berish maqsadga 
muvofiq: 
• tizimlilik; 
• taqdimotlilik; 
• yutuqlarni haqqoniy, to‘g`ri baholash; 
• taqdim etilayotgan axborotlarning to‘liqligi, aniqligi va ishonchliligi;
ma`lumotlarning ob`ektivligi. 
Shunday qilib, portfolio pedagogik faoliyatning turli xil ko‘rinishlarida (o‘quv, 
tarbiyaviy, ijodiy, metodik, tadqiqot) o‘qituvchi tomonidan erishilgan yutuqlarini 
yuzaga chiqarish imkonini beradi. 
Bir qancha mualliflar o‘z maqolalarida elektron portfolioni bir nechta variantlarini 
taklif etishgan[4]: 
• yutuqlar portfoliosi – ushbu portfolioda ahamiyat faoliyatdagi yutuqlarni 
tasdiqlovchi hujjatlarga qaratiladi; 
4 • taqdimot portfoliosi – o‘qituvchining eng yaxshi ishlari to‘plami, ushbu portfolio 
yangi ishga kirayotganda, suhbatdan o‘tish uchun yoki turli tanlovlarda qatnashish 
uchun kerak bo‘ladi; 
• hisobot ko‘rinishidagi portfolio – biror-bir loyiha ishini tugatayotgan vaqtda 
bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida ma`lumot beradi; 
• majmuaviy portfolio – yuqorida ko‘rsatilgan portfolio ko‘rinishlarini qamrab oladi 
va o‘qituvchi portfoliosini namoyish etishga xizmat qiladi.
2.1. Portfolio va uning tarkibiy qismlari .
  Umumta’lim   maktabi   o‘qituvchisining   tadqiqotchilik   faoliyati   boshlanishida
portfolio muhim rol o‘ynaydi.   “Portfolio”   italyan tilidan tarjima qilganda “xujjatlar
yig‘ma   jildi,   mutaxassis   yig‘ma   jildi”-   degan   ma’noni   beradi.   Portfolio   bu,   asosan,
o‘qituvchining   o‘z   imkoniyatlarini   namoyish   qilish   uchun   mo‘ljallangan   ishlar
to‘plami   bo‘lib,   un ing   asosiy   mazmuni   –   o‘qituvchiga   barcha   imkoniyatlardan
foydalanish, uning kasbiy va aqliy o‘sishiga ko‘maklashishdan iborat.
Portfolioning   bir   qancha   turlari   mavjud   bo‘lib,   birinchi   turi   –   o‘qituvchining
erishgan   natijalari     portfoliosidir.   U     uch   qismdan   iborat   bo‘lishi   mumkin:   1.
“Hujjatlar”, 2. “Bajarilgan ishlar”,  3. “Bajarilgan ishlar to‘g‘risida fikrlar”.  
  Hujjatlar   q ismiga   o‘qishdagi   va   ish   jarayonidagi   shaxsiy   yutuqlari   kiradi   (yorliq,
diplom,   sertifikat,   guvohnomalar).   Bu   o‘qituvchining   erishgan   natijalariga   baho
berish imkoniyatini beradi.
Ishlar   qismi   –   bu   o‘qituvchining   ijodiy,   tadqiqot   va   loyiha   ishlarining   to‘plami,
uning o‘quv va ijodiy faoliyatining yo‘nalishlari ifodalanadi. 
Bajarilgan   ishlar   to‘g‘risida   fikrlar   qismi   –   bu   o‘qituvchining   turli   faoliyatga
bo‘lgan   munosabatining   yozma   tahlili   (test   xulosalari,   retsenziyalar,   rezyume   va
boshqalar) yig‘ib boriladi.
Portfolioning   ikkinchi turi –   refleksiv portfolio , u o‘qituvchining kasbiy rivojlanish
dinamikasi   o‘zida jamlaydi. Unda o‘qituvchining o‘z ishiga bergan bahosi va o‘quv
ishlarining   natijalari,   jarayoni   va   maqsadlari   thlillari   o‘rin   oladi.   O‘z   ish   faoliyatiga
baho   berish   ko‘nikmalarini   rivojlantirish   uchun   kuzatish   kundaliklarini   olib   borish
samarali vosita hisoblanadi. 
Portfolioning   uchinchi   turi   –   muammolar   portfoliosidir.   Unda     ma’lum   bir
muammoni yechish maqsadida to‘plangan ma’lumotlar, muammoni yechish jarayoni
va   natijalari   yig‘ib   boriladi.   Portfolioning   bu   turi   o‘qituvchining     tahlil   –   sintez   –
baho   berish   darajasida   anglatadi.   Bunday   portfolioda   ma’lumotlarni   quyidagi
yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ib borish tavsiya etiladi:
•  muammoni o‘rganish uchun adabiyot ro‘yxati;
• kichik mavzular, muammo doirasi, tadqiqot rejasi;
• muhokamadagi nuqtai nazarlar;
• tsitatalar, aforizmlar;
• boshqa fanlar doirasiga integratsiya;
• tadqiqot natijalari asosida xulosalar;
• tadqiqot usullari;
• bashoratlar va istiqbol;
5 Bunday portfoliolarga material yig‘ish va   uni tizimga keltirish o‘qituvchiga nafaqat
ishni   etarli   darajada   bajarishga   imkoniyat   beradi,   balki   ularning   qiziqishlarini   ilmiy
darajagacha ko‘taradi.
Portfolioning   to‘rtinchi  turi   –   mavzuviy,  biron  katta   mavzuni   o‘rganish   jarayonida
yaratiladi.   Bunday   portfolioda   asosan   o‘rganilayotgan   mavzu   bo‘yicha   qo‘shimcha
adabiyotlardan olingan ma’lumotlar, qo‘shimcha manbalar,  mavzuga oid muammoli
vaziyatlar yaratish uchun to‘plangan ma’lumotlar o‘rin oladi.
Ona   tili   va   adabiyot   o‘qituvchisi   quyidagi   mavzular   bo‘yicha   portfolio   tayyorlashi
mumkin: “O‘tkazilgan mashg‘ulot to‘g‘risida mulohaza”  portfolio (mavzusi bo‘yicha
o‘quv mashg‘ulotlarning refleksiv tahlili joylashtiriladi);   “Javobsiz qolgan savollar”;
“Grafik-organayzer”;     “Sitata   va   aforizmlar”;   “Mening   kashfiyotlarim”;
“O‘quvchilarimning   ijodi”;     “Men   buni   qachon   va   qaysi   darsda     ishlatishim
mumkin”;   “Qiyosiy   tahlil:   o‘quvchilar   qanday   foydalanishadi,   men   darsda   qanday
foydalanaman”;   “G‘oyalar   banki”;     “Diversant :   Mavzu   bo‘yicha   dalillar   va   ularga
qarshi dalillar ”;     “Muvaffaqiyat rag‘bati : ish jarayonida kasbiy rivojlanishga yordam
berdigan ma’lumotlar ” ;   “Parallel dunyolar : fanlararo va fan ichidagi aloqalar”.
Xulosa   sifatida   shuni   aytish   mumkinki,   portfolio   o‘qituvchining   shaxsiy   yutuqlarini
to‘plash va baholash vositasi bo‘lish bilan birgalikda, o‘qituvchining  bilim, ko‘nikma
va   malakalarini   monitoringi   uchun   maxsus   tashkil   etilgan   tizimiy   dalillar   to‘plami ,
o‘zini   o‘zi   bilish   vositasi ,   nisbiy   o‘sishni   aniqlash   (o‘ziga   nisbatan   o‘sish),   fikrlash
darajasining o‘zgarishini o‘lchash,  o‘quv jarayoni bo‘yicha hisoboti hamdir.
Shaxsiy kompyuter afzalliklari  quyidagilarda namoyon bo`ladi:
–   atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus talablar qo‘yilmagan tarzda muxtor 
ishlatilishi;
–   ishining o‘ta ishonchliligi (5 ming soatdan ortiq ishlashi);
–   arxitekturaning o‘zgaruvchanligi, ya’ni fan, ta’limot, boshqaruv va maishiy 
turmush sohalarida turlicha qo‘llanilishga moslasha oladigan o‘zgaruvchanligi;
–   foydalanuvchining maxsus professional tayyorgarliksiz ishlay olishini ta’minlovchi
qulay operatsion tizim va shu kabi dasturiy ta’minotlarning mavjudligi.
Klaviatura   –   (nem.   klaviatur ,   lat.   clavis   –   kalit),   muayyan   tartibda   joylashtirilgan
klavishlar   to‘plami   bo‘lib,   kompyuter   ichiga   sonli,   matnli   axborotni   va   boshqarish
axborotini kiritish uchun mo‘ljallangan.
 
2.2. Shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashtirish.
Mazkur   jarayonda   p e dagoglarning   el e ktron   portfolio   yaratishdagi   faoliyatini
quyidagicha   tashkil   etish   maqsadga   muvofiq :   birinchidan ,   p e dagoglar   portfoliosi
dasturiy   platformasi   yaratiladi   va   uning   imkoniyatlari   bilan   barcha   p e dagoglar
tanishtiriladi ; 
ikkinchidan ,   p e dagoglar   o‘zlariga   t e gishli   kasbiy   ma ` lumotlar   va   ta ` lim   r e surslarni
shakllantirib   dasturiy   platformaga   joylashtirishlari   tashkillashtiriladi ; 
uchinchidan ,   el e ktron   portfolioning   a x borot   x avfsizligini   ta ` minlagan   holda   uning
doimiy ,   uzluksiz   faoliyatini   yo‘lga   qo‘yish ,   r e surslarini   muntazam   yangilanib
borishini   ta ` minlash ,  foydalanuvchilar   uchun   ma x sus   kirishlarni   tashkillashtirish . 
6 Yuqoridagilardan   k e lib   chiqib ,   Oliy   va   o‘rta   ma x sus   ta ` lim   vazirligi   huzuridagi   oliy
ta ` lim   tizimi   p e dagog   va   rahbar   kadrlarini   qayta   tayyorlash   va   ularning   malakasini
oshirishni   tashkil   etish   Bosh   ilmiy - m e todik   markazi   portali   tarkibida   “ P e dagog
portfoliosi ”   dasturiy   platformasi   ishlab   chiqildi   va   amaliyotga   joriy   etildi
(   http    ://    portfolio    .   bimm    .   uz    /   )    (1- rasm ). 
Mazkur   platformaning   vazifasi   oliy   ta ` lim   muassasalari   p e dagoglarining   yagona
markazlashgan   portfoliosini   joriy   etish ,   ular   uchun   kasbiy   faoliyat   natijalari   va
t e gishli   fanlari   bo‘yicha   ta ` lim   r e surslarini   yaratish   imkoniyatini   yaratish   va
p e dagogik   faoliyatning   kompl e ks   monitoringini   tashkil   etishdan   iborat .  Portfolio   uch
qismdan   tashkil   topgan : 
Birinchi   qismda   p e dagogning   malaka   oshirish   jarayonlari   bilan   bog ` liq   ma ` lumotlar
joy   olgan .   Bu   ma ` lumotlar   p e dagog   tomonidan   kiritilmaydi .   Oliy   ta ` lim   tizimi
p e dagog   kadrlarini   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   mintaqaviy   va   tarmoq
markazlarida   tinglovchi   sifatida   ro‘y x atdan   o‘tgan   p e dagoglarning   ma ` lumotlar
bazasini   shakllantirish   jarayonida   ma ` lumotlar   tizimga   avtomatik   tarzda   yig ` ilib
boriladi .   Bu   ma ` lumotlarga   tinglovchi   ank e tasi ,   uning   kunlik   davomati ,   kirish   va
chiqish   t e sti   natijalari ,   malakani   himoya   qilish   ishi   mavzusi   va   bali ,   qoldirilgan   dars
soatlari ,   olingan   diplom ,   s e rtifikat   yoki   ma ` lumotnoma   nom e ri   va   hokazolar   kiradi
(2- rasm ). 
Rasm   2.   Pedagogning   malaka   oshirganligi   to‘g`risidagi   ma`lumotlar
Portfolioning   ikkinchi   qism   pedagogning   kasbiy   faoliyatini   yoritishga   qaratilgan
bo‘lib,   bu   qismdagi   ma`lumotlar   berilgan   login   va   parol   asosida   uning   shaxsiy
kabinetida tegishli bo‘limlarga shaxsan pedagog tomonidan davriy to‘ldirilib boriladi
(3-rasm).  
Rasm 3. Kasbiy faoliyat natijalarini kiritib borish sahifasi
Bu   ma ` lumotlar   asosiy   va   qo‘shimcha   ma ` lumotlarga   bo‘lingan .  Asosiy   ma ` lumotlar  
p e dagogning   kasbiy   faoliyatida   erishgan   yutuqlarini   aks   ettiruvchi   quyidagi  
bo‘limlardan   tashkil   topgan : 
 O‘quv va o‘quv - m e todik faoliyati: 
o o‘quv jarayonining me`yoriy hujjatlarini ishlab chiqishdagi ishtiroki; dars 
beradigan fanlari ro‘yxati; fanlarning namunaviy dasturlarini yaratishdagi ishtiroki; 
o o‘quv jarayoniga zamonaviy p e dagogik va a x borot t ex nologiyalarini joriy 
o etishdagi faoliyati; 
o nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarining mavjudligi. 
 Ilmiy - tadqiqot faoliyati: 
o ilmiy daraja va unvonining mavjudligi; monografiya va ilmiy maqolalar chop 
etilganligi; 
o Respublika va xalqaro miqiyosdagi ilmiy konferentsiyalardagi tezislari mavjudligi;
7 o mablag` bilan ta`minlangan ilmiy-tadqiqot ishlaridagi ishtiroki; patentlar, ixtirolar 
va ratsionalizatorlik takliflarining mavjudligi; 
 Tashkiliy - metodik faoliyati: 
o umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo‘yicha Respublika va Xalqaro olimpiadasi,
sport musobaqasi va badiiy ko‘rgazmalarda g`olib va sovrindor bo‘lgan talabalarinig 
mavjudligi; ochiq ma`ruzalar tashkil etilganligi. 
 Qo‘shimcha ma`lumotlar portfoliodagi sahifaning personallashtirilishi bilan 
bog`liq bo‘lib, quyidagilardan tashkil topgan: 
o portfolio sahifasidagi parolni o‘zgartirish; 
o portfolio sahifasidagi rasmni o‘zgartirish; 
o portfolio sahifasidagi anketa ma`lumotlarini o‘zgartirish; 
Portfolioning uchinchi qismida pedagoglar o‘zlarining fanlari bo‘yicha sillabus va 
boshqa o‘quv materiallarini kiritib boradilar (4-rasm).  
Rasm  4.  P e dagogning   ta ` lim   r e surslari   sahifasi   ko‘rinishi
Bu mat e riallardan faqatgina ru x sat etilgan talabalargina foydalana oladilar. Buning 
uchun talabalar ham albatta tizimga ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari talab etiladi. 
SHuningdek, talaba va pedagog o‘rtasida virtual muloqotni yaratish maqsadida 
“chat” (yozishmalar) tizimi ham joriy qilingan (5-rasm). 
Rasm 5. “Chat (yozishmalar)” oynasi ko‘rinishi
2.3. Elektron portfolio bilan ishlash va uni shakllantirish.
Professor-o‘qituvchilar   o‘zlarining   elektron   portfoliolariga   (ularga   berilgan   maxsus
login) kirganida quyidagi ishlarni amalga oshiradilar: 
1. “ Pedagog ”   menyusining   “ Sozlovlar ”   qismiga   o‘tadilar.   “ Sozlovlar ”   qismi   olti
punktdan iborat bo‘lib, unda o‘qituvchilar quyidagi amallarni bajaradilar: 
a. “ Parolni o‘zgartirish ” – elektron portfolio tizimidagi shaxsiy parolni o‘zgartirish.
Buning   uchun   “ Joriy   parol ”   maydoniga   joriy   parolni,   “ YAngi   parol ”   va   “ Parolni
takrorlang ” maydonlariga o‘rnatilmoqchi bo‘lgan yangi parolni ikki marta kiritiladi
hamda tasdiq kodini kiritib “ Parolni saqlash ” tugmasi bosiladi; 
b. “ Rasmni   o‘zgartirish ”   –   portfolioda   aks   etadigan   rasm   blankasining   o‘rniga
o‘zining rasmini o‘rnatish.  Bunda ikki usul mavjud: 
1. “ Rasmni yuklash ” qismini tanlanadi va hajmi 512 Kb dan oshmaydigan “.jpg” 
formatdagi rasmni ma`lumot tashuvchi (kompyuter xotirasi, CD yoki DVD disk, 
flesh xotira) dan tanlab, “ saqlash ” tugmasini bosiladi; 
8 2. Agar kom p yuter yoki noutbukda veb-kamera mavjud bo‘lsa “Veb kameradan rasm
tushirish” qismini tanlab, “ Capture ” so‘ng “ Upload ” tegmalarini bosib rasm 
o‘zlartiriladi. 
c. “ Shaxsiy ma`lumotlarni tahrirlash ” – portfoliodagi anketa 
(anketa, kasbiy va qo‘shimcha) ma`lumotlarini tahrirlash. Bunda har 
bir maydonni diqqat bilan tanishib, xato yoki o‘zgargan ma`lumotlar mavjud bo‘lsa 
uni tahrirlab tasdiq kodi kiritiladi va “ Saqlash ” tugmasi bosiladi; 
“Sozlovlar” menyusining keyingi uch qismi professor-o‘qituvchining kasbiy 
faoliyati natijalari asosida to‘ldiriladi. 
d. “ O‘quv va o‘quv-metodik faoliyat ” – bu bo‘lim to‘rtta tarkibiy qismdan iborat 
bo‘lib, ular: 
1. “Petentlar, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari”; 
2. “Model va dasturlar yaratishdagi ishtiroki”; 
3. “Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishga doir o‘quv-me`yoriy 
hujjatlar ishlab chiqishdagi ishtiroki”; 
4. “Nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar”. 
e. “ Ilmiy tadqiot faoliyati ” – bu bo‘lim uchta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, ular: 
1. “Monografiya va ilmiy maqolalar chop etilganligi”; 
2. “R e spublika va holqaro miqiyosdagi ilmiy konf e r e ntsiyalardagi t e zislar”; 
3. “Mablag`  bilan  ta`minlangan  ilmiy-tadqiqot  ishidagi ishtirok”. 
f. “ Tashkiliy-metodik faoliyat ” – bu bo‘lim iikita tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, 
ular: 
1. “Umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo‘yicha Respublika va halqaro olimpiada, 
sport musobaqasi va badiiy ko‘rgazmalarda g`olib va sovrindor bo‘lgan talabalar”; 
2. “Ochiq ma`ruzalar tashkil etilganligi”. 
Professor-o‘qitvchida yuqoridagi faoliyat natijalaridan qaysilari mavjud bo‘lsa o‘sha 
qismni tanlaydi va shu faoliyat natijasi haqidagi ma`lumotlarni kiritish formasi hosil 
bo‘ladi. Unda faoliyat turilaridan kelib chiqib birbiridan biroz farq qiluvchi 
ma`lumotlarni (Manba nomlanishi, nashr yili, hammualliflar soni) va tasdiqlovchi 
hujjat nushasini kiritish maydonlari mavjud bo‘ladi. Ma`lumotlar va hujjat nushasini 
kiritib “ Saqlash ” tugmasini bosish orqali kasbiy faoliyat natijasi haqidagi 
ma`lumotlar to‘ldirib boriladi. 
2. “ Pedagog ”   menyusining   “ Fanlarim ”   qismida   professor-o‘qituvchilar   o‘zlari   dars
berayotgan   fanlari   haqidagi   ma`lumotlar,   fan   sillabusi   va   turli   elektron   mabalarni
kiritishlari   mumkin.   Buning   uchun   dastlab   “ Fan   qo‘shish ”   tugmasini   bosish   orqali
yangi fan haqidagi ma`lumotlarni kiritish formasiga o‘tiladi. Ushbu formada “ OTM ”,
“ Kafedra ”,   “ Yo‘nalish ”,   “ Fan   o‘qitiladigan   til ”,   “ Fanning   nomlanishi ”   va
“ Fanning sillabusi ”ni kiritilib “ Saqlash ” tugmasi bosiladi. 
9 Fan haqidagi ma`lumotlar kiritilgandan so‘ng, fanlar ro‘xatidan yangi kiritilgan fanni
tanlanadi.   Bunda   ikkita   “ Sillabus ”   va   “ Manbaalar ”   nomli   qismlardan   iborat   oyna
ochiladi.   Bu   oynaning   “ Manbaalar ”   qismiga   o‘tib   “ Manbaa   qo‘shish ”   tugmasi
bosiladi va fanga elektron formatdagi manbaalar (fanning o‘quv va ishchi dasturlari,
nazorat savollari, taqdimotlar, ma`ruza matnlari va h.) kiritiladi. 
“ Pedagog ” menyusining “ Yozishmalar ” qismida professor-o‘qituvchilar o‘zlarining
talabalari   tomonidan   berilgan   savollarga   javob   berishlari   yoki   fikr   almashishlari
mumkin. 
SHunday qilib, taklif etilayotgan elektron portfolio pedagoglarning kasbiy faoliyatlari
monitoringini  olib  boorish,  ilg`or   pedagogik tajribalarni  ommalashtirish,  pedagoglar
va   talabalarning   virtual   muloqotini   tashkillashtirish,   ta`lim   resurslaridan   samarali
foydalanish   imkoniyatlarini   yaratilishi   bilan   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Bundan
tashqari   pedagoglarda   ahamiyatli   kasbiy   natijalarni   namoyish   etish   va   tahlil   qilish
imkoniyatlari   yaratiladi   hamda   portfolioda   to‘plangan   ma`lumotlar   pedagogning
kasbiy guvohnomasi sifatida shakllanadi. 
Xulosa.
Hozirgi   kunda   pedagoglarga   nisbatan   o‘zining   samarali   faoliyatini   tashkil   qilishda
o‘quv,   ilmiy   hamda   madaniy-ma`rifiy   tadbirlarni   to‘g`ri   rejalashtirishi   va   amalga
oshirishi,   kasbiy   pedagogik   mahoratini   uzluksiz   oshirib   borishda   o‘zgarib   boruvchi
zamonaviy   talablarga   tezkor   ravishda   moslashib   borish   kabi   talablar   qo‘yilmoqda.
Chunonchi,   pedagog   kadrlarning   ta`lim-tarbiya   jarayonlaridagi   raqobatbardoshligi
uning   ilg`or   ta`lim   texnologiyalarini   o‘zlashtirish   qobiliyati,   o‘zgaruvchan   hamda
oshib borayotgan kasbiy talablarga moslasha olishiga bog`liq.  
Bugungi   kunda   zamonaviy   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini   pedagogik
faoliyat hamda kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi sifatida shakllantirish ustuvor
yo‘nalish   sifatida   qaralmoqda.   Shu   sababdan   pedagoglarning   kasbiy   ma`lumotlar
bazasi  va  talabalar  bilan  o‘quv  muloqotlarini   elektron  resurslar  asosida  tashkil  etish
pedagogik   jihatdan   muhim   vazifalar   qatoriga   kiradi.   Bunday   vazifalar   pedagog
kadrlarning elektron portfoliosini ishlab chiqishni taqozo etadi.  
Portfolioni ta`lim sohasida qo‘llash g`oyasi, 80-yillarning o‘rtalarida AQSHda paydo
bo‘ldi.   AQSH   va   Kanadadan   so‘ng,   portfolio   g`oyasi   Yevropa   va   YAponiyada
ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g`oya Rossiyada keng tarqaldi va hozirgi
kunda bu g`oya O‘zbekistonda ham keng yoyilmoqda. 
10 Pedagogning   portfoliosi   ta`lim   muassasalari   rahbariyati   uchun   o‘qituvchilarning   ish
faoliyati   unumdorligini   monitoringini   olib   borish   va   yana   ham   muhim   tomoni
o‘qituvchilarni   o‘z-o‘zini   kuzatish   va   o‘z   ustida   ishlashi   uchun   muhim   vosita
hisoblanadi.   Turli   manbalardagi   ma`lumotlarga   ko‘ra   pedagog   portfoliosi   –   bu
o‘qituvchining   aniq   faktlar   asosida   yozilgan   pedagogik   sifati   va   yutuqlari
hisoblanadi.   Bundan   tashqari   portfolioda   o‘qituvchining   individual   yutuqlari,   turli
loyihalarda   qatnashganliklari,   talabalarining   fan   olimpiadalari,   tanlovlar,
musobaqalarda   g`olib   bo‘lganliklari   qayd   etib   boriladi.   SHu   bilan   birga   pedagog
portfoliosi   pedagogik-psixologik   diagnostika   natijalari,   talabalar   uchun   fanlar
bo‘yicha nazorat qilish topshiriq va testlarini qamrab oladi.  
Portfolio   joriy   etilishi   bilan   pedagogik   faoliyatni   baholashning   va   o‘zo‘ziga   baho
berishning   ko‘p   funktsiyali   vositasi   shakllanadi.   Bunda   portfolio   qator   pedagogik
masalalarni yechishda yordam beradi[3]: 
• ta`lim berishda yuqori motivatsiyani rivojlantirish; 
• talabalarning mustaqil ta`limi va o‘z ustida ishlashga intilishni oshirish; 
• uzluksiz rivojlanishni rag`batlantiruvchi omilni joriy etish; 
• bilimlarning samarali o‘zlashtirilishiga intilish; 
• pedagogik faoliyat natijalarini tashhis qilish.  
Bundan tashqari portfolio o‘qituvchiga o‘z yutuqlarini yanada kengroq va xilmaxil 
taqdim etish imkonini beradi.  
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. I.Aldjanova “O‘quv portfoliosi – bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompitentlikni 
shakllantirish vositasi sifatida” Pedagogik ta`lim jurnali, 2012- yil 4-son, 46-bet. 
2. S . Musaeva .  Portfolioning   maqsad   va   mohiyati  || « Pedagogik   ta ` lim »  jurnali , 2013 
yil  1- son , 20- bet . 
3. www.portfolio.bimm.uz    –  elektron  portfolio tizimi.
4. Aripov   M.M.,   Muxammadiyev   J.U.   Informatika.   Axborot   texnologiyalari.   Oliy
o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. – T . , 2005.
5. Adilova S. O‘zbek tilini o‘qitishda kompyuter  texnologiyalaridan foydalanish. –
T.: TDPU ,  2006. -   96 b.
6. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy
etishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: Fan, 2007. – 159 b.
7. Yusupova   Sh.,   G‘oziyeva   O.   Ona   tili   o‘qitishda   interfaol   usullar   va   kompyuter
dasturi. – T.: Bayoz, 2013. -134 b. 
8. Yo‘ldoshev Q. va boshq.  Adabiyot o‘qitish metodikasi. -T., 1994.
11 9. Abduqodirov A., Xayitov A. Axborot texnologiyasiga oid atamalarning izohli 
lug‘ati. – T.: TDPU, 2002. – 27 b. 
10. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. –T.: Yangi asr avlodi, 2007.
11. Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti. – 
T.: Fan, 2009. – 145 b. 
12. To‘xliyev  B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi.– T.: 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ,   2010.
13. A.Okal. A Global Simulation. The University of Arizona. -Tucson, CERCLL. 
2012. -87 p.
14. Jim Burke.  The English Teacher's Companion.   -Heinemann; 4th edition.  2012. –
392 p.
15. Peter Wallet. Information and communication technology in education in Asia. –
Montreal: UNESCO UIS. 2014. – 65 
Mundarija:
I. Kirish
I.1. Filolog o‘qituvchisining elektron portfoliosi ……………….1-4
II. Asosiy qism:
II.1. Portfolio va uning tarkibiy qismlari……………………………..4-6
II.2. Shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashtirish…………..6-8
II.3. Elektron portfolio bilan ishlash va uni shakllantirish…………….8-9
III. Xulosa…………………………………………………….
…………………………………..10
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………......11
Taklif va ilovalar
12

O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisining shaxsiy va kasbiy maydoni Reja: I. Kirish I.1. Filolog o‘qituvchisining elektron portfoliosi II. Asosiy qism: II.1. Portfolio va uning tarkibiy qismlari. II.2. Shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashtirish. II.3. Elektron portfolio bilan ishlash va uni shakllantirish. III. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Taklif va ilovalar Mundarija 1

1.1. Filolog o‘qituvchisining elektron portfoliosi Ta`lim-tarbiya jarayonlarini modernizatsiyalashtirish ijodiy fikrlovchi, ta`limning zamonaviy metod va texnologiyalarini, pedagogik-psixologik diagnostika usullarini, aniq amaliy faoliyat asosida pedagogik jarayonni mustaqil loyihalash usullarini qo‘llay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirishni talab etadi. Hozirgi kunda pedagoglarga nisbatan o‘zining samarali faoliyatini tashkil qilishda o‘quv, ilmiy hamda madaniy-ma`rifiy tadbirlarni to‘g`ri rejalashtirishi va amalga oshirishi, kasbiy pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishda o‘zgarib boruvchi zamonaviy talablarga tezkor ravishda moslashib borish kabi talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, pedagog kadrlarning ta`lim-tarbiya jarayonlaridagi raqobatbardoshligi uning ilg`or ta`lim texnologiyalarini o‘zlashtirish qobiliyati, o‘zgaruvchan hamda oshib borayotgan kasbiy talablarga moslasha olishiga bog`liq. Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini pedagogik faoliyat hamda kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi sifatida shakllantirish ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Shu sababdan pedagoglarning kasbiy ma`lumotlar bazasi va talabalar bilan o‘quv muloqotlarini elektron resurslar asosida tashkil etish pedagogik jihatdan muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bunday vazifalar pedagog kadrlarning elektron portfoliosini ishlab chiqishni taqozo etadi. “Portfolio” tushunchasi XV-XVI asrlarda G`arbiy Yevropadan kirib kelgan bo‘lib, uyg`onish davrida arxitektorlar o‘z buyurtmachilariga qurilish loyihalarini tayyor va homaki variantlarini "portfolio" deb nomlangan alohida papkada taqdim etishgan. Ushbu papkada taqdim etilgan hujjatlar talabgorda qurilish loyihasining kasbiy sifatlari haqida taassurot hosil qilgan. Hozirgi vaqtda esa biznes olamida portfolio firmaning yutuqlarini ko‘rsatish, fotosuratchi va fotomodellar sohasida esa – suratlar albomi sifatida ishlatiladi. Portfolioni ta`lim sohasida qo‘llash g`oyasi, 80-yillarning o‘rtalarida AQSHda paydo bo‘ldi. AQSH va Kanadadan so‘ng, portfolio g`oyasi Yevropa va YAponiyada ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g`oya Rossiyada keng tarqaldi va hozirgi kunda bu g`oya O‘zbekistonda ham keng yoyilmoqda. Portfolio ( ingl . – portfel, zarur ishlar va hujjatlar uchun papka. frans . – bayon qilmoq, ifoda etmoq, tashimoq. ital . –hujjatlar solingan papka) – bu hujjatlar, ish namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari to‘plamidan iborat. Pedagogning portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga ega: • pedagogning ma`lum bir vaqt oralig`ida erishgan kasbiy yutuqlari va faoliyat natijalarini qayd etish usuli ; • faoliyati davomida kasbiy sohadagi erishilgan yutuqlarini namoyish etuvchi majmua ; • pedagogning dars berayotgan fani bo‘yicha o‘quv materiallarini talabalarga yetkazib beruvchi vosita ; 2

• pedagog va talabalar o‘rtasidagi o‘quv muloqotini ta`minlashga xizmat qiluvchi tizim ; • talabalar bilan teskari aloqani o‘rnatishga xizmat qiluvchi hamda bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini monitoring qilish tizimi. Pedagogning portfoliosi ta`lim muassasalari rahbariyati uchun o‘qituvchilarning ish faoliyati unumdorligini monitoringini olib borish va yana ham muhim tomoni o‘qituvchilarni o‘z-o‘zini kuzatish va o‘z ustida ishlashi uchun muhim vosita hisoblanadi. Turli manbalardagi ma`lumotlarga ko‘ra pedagog portfoliosi – bu o‘qituvchining aniq faktlar asosida yozilgan pedagogik sifati va yutuqlari hisoblanadi. Bundan tashqari portfolioda o‘qituvchining individual yutuqlari, turli loyihalarda qatnashganliklari, talabalarining fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalarda g`olib bo‘lganliklari qayd etib boriladi. SHu bilan birga pedagog portfoliosi pedagogik-psixologik diagnostika natijalari, talabalar uchun fanlar bo‘yicha nazorat qilish topshiriq va testlarini qamrab oladi. Portfolio joriy etilishi bilan pedagogik faoliyatni baholashning va o‘zo‘ziga baho berishning ko‘p funktsiyali vositasi shakllanadi. Bunda portfolio qator pedagogik masalalarni yechishda yordam beradi[3]: • ta`lim berishda yuqori motivatsiyani rivojlantirish; • talabalarning mustaqil ta`limi va o‘z ustida ishlashga intilishni oshirish; • uzluksiz rivojlanishni rag`batlantiruvchi omilni joriy etish; • bilimlarning samarali o‘zlashtirilishiga intilish; • pedagogik faoliyat natijalarini tashhis qilish. Bundan tashqari portfolio o‘qituvchiga o‘z yutuqlarini yanada kengroq va xilmaxil taqdim etish imkonini beradi. http://www.uchportal.ru/ «The Teaching Portfolio» kitobi muallifi Piter Zeldin fikriga ko‘ra o‘qituvchi portfoliosi, kasb mahoratini shakllantirishdagi navbatdagi bosqich hisoblanadi. Portfolio – o‘qituvchining kasbiy faoliyatida turli pedagogik masalalarni hal eta olish malakalarini ko‘rsatuvchi, shuningdek o‘qituvchining professionallik darajasini baholashga qaratilgan materiallarni qamrab oladi. 1 Portfolio quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: • portfolio sayti (sayt ko‘rinishidagi portfolio); • veb sahifa (biror sayt tarkibidagi shaxsiy sahifa); • elektron taqdimot; • natijalar papkasi. 1 Peter Wallet. Information and communication technology in education in Asia. –Montreal: UNESCO UIS. 2014. – 35 p. 3

Elektron portfolio ko‘rgazmaliligi, qulayligi, resurslarining aniq tuzilishiga egaligi bilan bir qatorda yana bir qancha o‘ziga xos xususiyatlar va afzalliklarga ega: • zamonaviyligi; • tezkorligi (kerakli o‘zgarishni tezda kiritish imkoniyati); • funktsionalligi (katta sondagi ekspertlarga, hamkasb-mutaxassislarga, qiziquvchilarga o‘z tajribasini namoyish etish ikmoniyati) hamda o‘z muvaffaqiyatlarini qayd etib borish, bir vaqtning o‘zida doimiy ravishda to‘ldirib borish mumkin bo‘lgan raqamli ta`lim resurslarining tizimlashtirilgan mediatekasini yaratish imkoniyatining mavjudligi; • effektivligi (o‘qituvchini o‘z-o‘zini baholashi, boshqaruvchi hamda talabalarga ijobiy ta`sir ko‘rsatish); Portfolioning taqdimot shakli ma`lumotlarni ko‘rgazmali tarzda namoyish etishni amalga oshirsa, sayt-portfolio shakli esa ko‘proq ma`lumot olish va izlash imkoniyatini beradi. Internet izimining o‘quv jarayoniga keng joriy etish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar portfolioning sayt-portfolio shaklida yaratish va uning resurslarini doimiy yangilanib borishini markazlashgan holda tizimli yo‘lga qo‘yish orqali samara berishi mumkin. Shuning uchun portfolioni tarmoqda saytportfolio sifatida joylashtirilishi maqsadga muvofiq. Portfolioning muhim jihati – pedagogning kasbiy kompetentligini baholash uchun amaliy faoliyatdagi natijalarini (bajargan loyihalari, talabalarining olimpiada va tanlovlarda qatnashganligi, olib borgan ilmiy izlanishlari kabilarni) namoyish etishdan iborat. Portfolio o‘qituvchiga o‘z ishlari natijalarini tahlil etish, umumlashtirish, tizimlashtirish, o‘z imkoniyatlarini ob`ektiv baholash va qiyinchiliklarni bartaraf etishni rejalashtirish hamda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini beradi. Portfolio resurslarini shakllantirishda quyidagi jihatlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq: • tizimlilik; • taqdimotlilik; • yutuqlarni haqqoniy, to‘g`ri baholash; • taqdim etilayotgan axborotlarning to‘liqligi, aniqligi va ishonchliligi; ma`lumotlarning ob`ektivligi. Shunday qilib, portfolio pedagogik faoliyatning turli xil ko‘rinishlarida (o‘quv, tarbiyaviy, ijodiy, metodik, tadqiqot) o‘qituvchi tomonidan erishilgan yutuqlarini yuzaga chiqarish imkonini beradi. Bir qancha mualliflar o‘z maqolalarida elektron portfolioni bir nechta variantlarini taklif etishgan[4]: • yutuqlar portfoliosi – ushbu portfolioda ahamiyat faoliyatdagi yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlarga qaratiladi; 4

• taqdimot portfoliosi – o‘qituvchining eng yaxshi ishlari to‘plami, ushbu portfolio yangi ishga kirayotganda, suhbatdan o‘tish uchun yoki turli tanlovlarda qatnashish uchun kerak bo‘ladi; • hisobot ko‘rinishidagi portfolio – biror-bir loyiha ishini tugatayotgan vaqtda bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida ma`lumot beradi; • majmuaviy portfolio – yuqorida ko‘rsatilgan portfolio ko‘rinishlarini qamrab oladi va o‘qituvchi portfoliosini namoyish etishga xizmat qiladi. 2.1. Portfolio va uning tarkibiy qismlari . Umumta’lim maktabi o‘qituvchisining tadqiqotchilik faoliyati boshlanishida portfolio muhim rol o‘ynaydi. “Portfolio” italyan tilidan tarjima qilganda “xujjatlar yig‘ma jildi, mutaxassis yig‘ma jildi”- degan ma’noni beradi. Portfolio bu, asosan, o‘qituvchining o‘z imkoniyatlarini namoyish qilish uchun mo‘ljallangan ishlar to‘plami bo‘lib, un ing asosiy mazmuni – o‘qituvchiga barcha imkoniyatlardan foydalanish, uning kasbiy va aqliy o‘sishiga ko‘maklashishdan iborat. Portfolioning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, birinchi turi – o‘qituvchining erishgan natijalari portfoliosidir. U uch qismdan iborat bo‘lishi mumkin: 1. “Hujjatlar”, 2. “Bajarilgan ishlar”, 3. “Bajarilgan ishlar to‘g‘risida fikrlar”. Hujjatlar q ismiga o‘qishdagi va ish jarayonidagi shaxsiy yutuqlari kiradi (yorliq, diplom, sertifikat, guvohnomalar). Bu o‘qituvchining erishgan natijalariga baho berish imkoniyatini beradi. Ishlar qismi – bu o‘qituvchining ijodiy, tadqiqot va loyiha ishlarining to‘plami, uning o‘quv va ijodiy faoliyatining yo‘nalishlari ifodalanadi. Bajarilgan ishlar to‘g‘risida fikrlar qismi – bu o‘qituvchining turli faoliyatga bo‘lgan munosabatining yozma tahlili (test xulosalari, retsenziyalar, rezyume va boshqalar) yig‘ib boriladi. Portfolioning ikkinchi turi – refleksiv portfolio , u o‘qituvchining kasbiy rivojlanish dinamikasi o‘zida jamlaydi. Unda o‘qituvchining o‘z ishiga bergan bahosi va o‘quv ishlarining natijalari, jarayoni va maqsadlari thlillari o‘rin oladi. O‘z ish faoliyatiga baho berish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun kuzatish kundaliklarini olib borish samarali vosita hisoblanadi. Portfolioning uchinchi turi – muammolar portfoliosidir. Unda ma’lum bir muammoni yechish maqsadida to‘plangan ma’lumotlar, muammoni yechish jarayoni va natijalari yig‘ib boriladi. Portfolioning bu turi o‘qituvchining tahlil – sintez – baho berish darajasida anglatadi. Bunday portfolioda ma’lumotlarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ib borish tavsiya etiladi: • muammoni o‘rganish uchun adabiyot ro‘yxati; • kichik mavzular, muammo doirasi, tadqiqot rejasi; • muhokamadagi nuqtai nazarlar; • tsitatalar, aforizmlar; • boshqa fanlar doirasiga integratsiya; • tadqiqot natijalari asosida xulosalar; • tadqiqot usullari; • bashoratlar va istiqbol; 5