INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA PEDAGOGIK TERMINLAR TAHLILI

![FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………..….123
KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi . Fan hamisha rivojlanish va taraqqiyotda.
Bugungi kunda u misli ko‘rilmagan darajada jadal tus oldi. Bunga, bir
tomondan, dunyo miqyosidagi globallashuv, fanlararo integratsiyaning
kuchayishi, innovatsion texnologiyalar amaliy qiymatining o‘sishi ta’sir
qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, milliy manfaatlarning kuchayishi,
geopolitik siyosat qamrovining kengaya borishi kabi qator omillar jiddiy sabab
bo‘lmoqda.
O‘zlikni anglashda tilning roli muhimdir. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev bu
haq i da to‘xtala turib: “ Eng muhim va dolzarb masalalardan biri – yuksak
ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasb- hunarlarga, o‘z mustaqil fikriga ega
bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan
iborat. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot
texnologiyalari kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish doirasini
kengaytirish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab
chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama
rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg’usini anglashdek ezgu maqsadlarga
xizmat qilishi shubhasiz», - deya ta’kidlagan edilar. [1, 350]
Hozirgi paytda jamiyat taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining rivojlanishi
va davlatlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishi natijasida
tillararo so‘z omuxtalashish jarayoni jadallashmoqda. Bunday jarayon o‘zbek tili
leksikasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, tilimizning turli tillardan olingan
o‘zlashma so‘zlar hisobiga boyishiga sabab bo‘lmoqda.
Shunga muvofiq galdagi ishlar o‘zbek tili leksikasidagi pedagogik terminlarni
aniqlab olish, ularni ingliz va o‘zbek tillarida tahlil qilish, lug’atlarga olib kirish,
leksik guruhlar va mikrosistemalarni tizimli o‘rganish, o‘rganilgan ishlarni
kattaroq guruhlarda birlashtirish kabi vazifalardan iborat bo‘ladi.](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_2.png)









![2. Terminlarning morfologik usul bilan yasalishi.
3. Terminlarning sintaktik yo‘l bilan yasalishi.
1. Ko‘pchilik terminologik tizimlarda semantik yo‘l bilan termin yasashdan
unumli foydalaniladi. Chunki semantik so‘z yasash terminologiyada keng
qo‘ llaniladigan doimiy va an’anaviy usuldir. Terminlarni tadqiq etish jarayonida
bir qator leksik qatlamlarning semantik o‘zgarib terminologik tizimdan joy
olganligini ko‘r satdi . Ul a r ,aslida, biror ma’noni ifodalaydigan o‘zbek tilining
odatdagi so‘zlaridir, bu holatda esa ulardan termin sifatida foydalaniladi:
1. Ro‘zg‘or buyumlari nomlari: qozon, cho‘mich, quti, kurak, panjara, pichoq
kabilar.
2. Odam yoki hayvon a’zolarining nomlari: barmoq, tirnoq, quloq, bo‘g‘iz,
qanot kabilar.
3.Maishiy narsa-buyum nomlari: taroq, ko‘zgu, qalpoq kabilar. [14, 59-62]
4. Texnikaga oid bo‘lgan so‘zlar: kalit, pona, payvandlash kabi lar
qo‘llaniladi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan so‘zlar termin deb qabul qilinar ekan, o‘sha so‘z
ifodalaydigan belgilari yoki ma’nolaridan bittasi termin anglatishi lozim
predmetning biror muhim belgisini ifodalashi kerak. Shundan keyingina, yangi
tushunchaga o‘ziga mos bo‘lgan termin nomi beriladi.
So‘zning semantik taraqqiyoti tilda yangi so‘zlarning paydo bo‘ lishiga sabab
bo‘ladi va til terminologiyasini ng salmoqli darajada boyish i ga olib keladi .
2. Morfologik usul bilan termin yasash uchun o‘zakka so‘z yasovchi
qo‘shimchalar ni qo‘shish kerak. Bunday turdagi termin larni yasash o‘zbek tilida
juda keng qo‘llaniladigan usuldir.
Terminlarni yasashda - gich (-qich, -qich, -kich), -soz, -ma, - lik, -sh(-ish), -
lash, -cha, -chi affikslari faol qo‘llaniladi: chang yutgich, mashinasoz,
asbobsoz; moslama, qo‘lanma, temirchilik, O‘qituvchilik, aniqlovchi,
to‘ldiruvchi kabilar.](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_12.png)
![3. O‘zbek tili terminologiyasida yakka so‘zli terminlarga nisbatan sintaktik
usul bilan yasalgan terminlar ancha ko‘p. Chunki sintaktik usul bilan yasalgan
terminlar barcha tillardagi kabi, o‘zbek tilida ham muhim nominativ manba
hisoblanadi.
Ma’lumki, har bir til o‘zining grammatik qonuniyatlar asosida ish ko‘radi.
Terminlar tuzilishiga ko‘ra, ya’ni qandayso‘zlardan tashkil topganiga qarab bir
necha guruhlarga ajratiladi:
Ot+ot turdagi terminlar: samolyot borti, bug‘mashina, shamol tegirmon,
moy juvoz, temir qopqoq, samolyotning parragi kabilar.
Nisbiy sifat+ot turdagi terminlar: motorli qayiq, parrakli samolyot,
tig’izlashtirilgan dars kabilar.
Sifatdosh+ot turdagi terminlar: o‘zi yurar mashina, qirquvchi asbob,
yurgizuvchi aravacha kabilar.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi eng qadimgi turkiy xalqlardan kelib chiqqan. Bundan
kelib chiqadiki, o‘zbek tili ham shu urug‘ va qabilalar tili negizida rivoj topgan.
Markaziy Osiyodagi turli ijtimoiy-siyosiy va tarixiy jarayonlar, xususan,
arablar, mo‘g‘ullar va ruslar bosqini, shuningdek, qardosh xalqlar bilan turli
madaniy aloqalar ham o‘zbek tili taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu
tarixiy jarayonlar natijasida esa, hozirgi o‘zbek tilining lug‘at boyligida ikkita
yirik qatlam — o‘z va o‘zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo‘ladi.
O‘z qatlam — o‘zbek tili leksikasining umumturkiy so‘zlar va sof o‘zbek
so‘zlaridan iborat qismlari.
O‘zlashgan qatlam — o‘zbek tilida qo‘llanilayotgan so‘zlarning boshqa
tillardan o‘zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Masalan: maktab, kitob(ar.),
daraxt, baxt (f-t.), stol, ruchka(r-b.), innovatsiya, kompyuter(ing.) va b.lar.
Bunda ko‘pchilik so‘zlar ingliz, rus, arab va fors – tojik tillaridan o‘zlashtirilgan.
[12,34-35]](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_13.png)

![tilidan ingliz tiliga o‘zlashgan task, comma, branch, small line kabi so‘zlar
aslida fe’l-atvorni bildiruvchi so‘zlar bo‘lgan.
3. Qadimgi yunon va lotin tilining grammatik qoidalari ma’lum emas. Shu
sababli, har bir til bunday terminlarni o‘zlarining grammatik qoidalariga qarab
moslashtirib olishadi.
Yurtimiz o‘z mustaqilligiga, ona tilimiz bo‘lgan o‘zbek tili esa Davlat tili
maqomiga erishgan bugungi kunda ilm-fanning turli sohalari, jumladan,
o‘zbek tilshunosligi ham juda katta rivojlanish jarayonini boshdan
kechirmoqda. Hozirgi jadal suratdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik
o‘zgarishlar va rivojlanishlar davrida yangidan-yangi fanlar va tushunchalar
paydo bo‘lmoqda. Jumladan,o‘zbek tilida ham yangi terminlar yaratilishi
bilan bir qatorda, ilgaridan qo‘llanilib kelingan qator so‘zlar yangi ma’nolarga
ega bo‘lmoqda.
Termin (lot. terminus — chek, chegara) — fan-texnika, qishloq xo‘jaligi,
san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z hisoblanadi.[12,53] U bilim yoki
faoliyatning maxsus sohasiga doir tushunchani ifodalovchi so zʻ yoki so z ʻ
birikmasi . Terminlar tilga muayyan terminologik tizim orqali o tadi, binobarin,
ʻ
terminlar va tilda allaqachon mavjud bo‘lgan so zlar bir-birini to ldiradigan
ʻ ʻ
leksik birliklardir.
Hozirgi kunda «termin» so zi bilan bir qatorda «atama», «istiloh» so zlari
ʻ ʻ
ham qo llanmoqda.
ʻ Ammo bu to‘g’ri emas. Chunki ular «termin» so zining ʻ
hozirgi ma nosini to liq ifoda eta olmaydi. «Atama» so zi keng ma noda bo lib,
ʼ ʻ ʻ ʼ ʻ
geografik obyektlar, atoqli nomlarga nisbatan qo llaniladi. «Istiloh» so zini esa
ʻ ʻ
termin ma nosida tarixiy mavzulardagi matnlar (masalan,
ʼ adabiyot , tarixi, Sharq
falsafasi kabilar)da bemalol qo llash mumkin.[12, 213] Ushbu so‘z arab tilidan
ʻ
olingan va xalq orasida ham keng qo‘llanilmaydi. Terminologiya masalalari
hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Chunki
terminlarning sohalar lug‘aviy qatlamlaridagi o‘rni va vazifasini belgilash,
tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini beradi.](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_15.png)


![terminologiyani shakllantirdi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va
terminlar majmui degan ma’nolarni anglatadi. [13, 1] Terminologiya atamasi
tilda XX asrda kirib keldi.
Terminologiya bu:
1) ilm-fan, texnika va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan so‘zlar jamlanmasi;
2) tilshunoslikda terminlarni o‘rganuvchi soha.
Terminologiya bu ma’lum bir sohada qo‘llanilishi uchun yaratilgan
so‘zlardir. Terminologiyaning lug’at boyligi tilning lug’at boyligidan ajralmagan
holda rivojlanadi va boyib boradi hamda jamiyat va til rivojlanishining barcha
bosqichalaridan o‘tadi. Maxsus terminlar esa qachonki tilda biror fan yoki soha
taraqqiy topgandagina shakllanadi.
Bundan kelib chiqadiki, terminologiya muayyan fanning tushunchalar
tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jamlanmasi sifatida
ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar muayyan terminlar tizimi mos keladi.
Terminologik tizimlar ham fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi.
Bugungi kunda terminologiyani amaliy va nazariy jihatdan yanada
chuqurroq o‘rganish, yangi- yangi terminlar yaratish va ularni qo‘llashda
o‘zbek tili qonuniyatlariga amal qilish juda muhimdir. Shuningdek, hozirda
o‘zbek tilida qo‘llanilayotgan terminlarni o‘z sohalari bo‘yicha yig’ish va
sistemalashtirish juda muhimdir. Chunki hozirgi ilmiy-texnik inqilob davrida,
fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi tushunchalar va
predmetlar paydo bo‘la boshladi. Bu esa til lug‘at boyligining salmoqli
ravishda o‘sishiga olib keladi. Shu sabali ham, terminologiya hozirgi
leksikologiyaning asosiy va muhim masalalaridan biriga aylandi. Shuni ham
alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, terminologiya masalasini hal etish nafaqat
ishlab chiqarish, fan va texnikaning tegishli sohalari uchun, balki tilshunoslik
uchun ham katta ahamiyatga egadir. Shuning sababli ham ona tilimizning turli
terminologik tizimlarini yanada chuqurroq tadqiq etish bugungi kunning
dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_18.png)



![1.2. Pedagogik faoliyat va uning terminlari tizimi rivojida ingliz tilining
xalqaro til sifatidagi ta’siri va uning ilmiy asoslari
Pedagogik faoliyat(pedagogical activity) bu katta avlodlarning ijtimoiy
foydali faoliyatining o‘ziga xos turi; yosh avlodni axloqiy, estetik, iqtisodiy,
siyosiy maqsadlarga muvofiq hayotga tayyorlash.
Pedagogik faoliyat mustaqil ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Rus O‘qituvchisi I.F.
Kozlova ta’riflaganidek, pedagogikfaoliyat "... kattaavlod- ota-onalar,
O‘qituvchilar, maktablar va boshqa ta'lim muassasalarining bolalarni arbiyalash
jarayonini amalga oshirish va nazorat qilishga qaratilgan ongli, maqsadli
faoliyati".
Ta ’ lim va pedagogik faoliyat bir-biriga zid tushunchalardir. Ta ’ lim ob ’ yektiv
ravishda muntazam tarixiy jarayondir. Pedagogik faoliyat ushbu jarayonning
sub ’ yektiv aksi sifatida ta'lim sohalarida vujudga keladi va o'quv amaliyoti
asosida rivojlanadi. Pedagogik faoliyat hayot talablaridan ortda qolishi, obyektiv
o'quv jarayonidan progressiv ijtimoiy tendentsiyalarga zid kelishi mumkin.
Ilmiy pedagogik nazariya tarbiyalash qonuniyatlarini, yashash sharoitlarining
tarbiyaviy ta'sirini va ularning talablarini o'rganadi. [8,5] Shunday qilib, u
pedagogik faoliyatni ishonchli bilimlar bilan ta'minlaydi, chuqur ongli, samarali,
paydo bo'lgan qarama-qarshiliklarni hal qilishga qodir bo'lgan odamga yordam
beradi. [7, 1-2]
Umumiy ta ’ lim va pedagogik faoliyatda ijtimoiy hodisalar (social
phenomenon) quyidagi umumlashmalarda ifodalanadi.
1. Ta ’ lim sifatida pedagogik faoliyatdan oldin insoniyat jamiyati bilan bir
vaqtda vujudga keldi. Bu obyektiv jarayon sifatida bolalar va kattalarning
hayotiy munosabatlari jarayonida malakali mutaxassislarsiz amalga oshirilishi
mumkin. Pedagogik faoliyat esa aksincha.
2. Ta'lim ob ’ yektiv hodisa va tushuncha sifatida pedagogik faoliyatga
qaraganda kengroqdir. Tarbiya pedagogik faoliyat bilan shug'ullanib, u bilan](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_22.png)
![birdamlikda, bolalarni o‘zgaruvchan hayot talablaridan maqsadli tayyorlanishni
o‘rgatadi.
3. Jamiyatdagi ta ’ limning maqsadi odamlarning hayotiy ehtiyojlarini
qondirishdir. Pedagogik faoliyat barcha bolalar hayotining pedagogik
ehtiyojlarini qamrab olishga, o'quvchilar orasida ma'lum bilimni shakllantirishga
qaratilgan hislar, ehtiyojlar, xatti-harakatlar va shaxsiy fazilatlar.
4. Har bir inson tarbiya jarayonida qatnashadi: kattalar va bolalar, narsalar va
hodisalar, tabiat va atrof-muhit. Pedagogik faoliyat ijtimoiy ideallarni amalga
oshirish, tabiat, atrof-muhit va jamoatchilikning ta ’ sirini tashkil qilish uchun
mo'ljallangan maxsus tayyorlangan mutaxassislar, O‘qituvchilar tomonidan
amalga oshiriladi.
5. Jamoatchilik bilan aloqalar yaxshilanishi va ijtimoiy muhitni tashkil qilish
bilan ta'lim va pedagogik faoliyatning yaqinlashishi kuzatilmoqda. Ijtimoiy
O‘qituvchilar, ishlab chiqarish O‘qituvchilari, pedagogik jihatdan tarbiyalangan
ota-onalar, jamoatchilik a ’ zolari va bolalarning o‘zlari ham pedagogik
faoliyatning ongli ishtirokchilari doirasi kengayib bormoqda. [8,9]
Demak, pedagogik faoliyat o‘quv jarayonining organik, ongli va yo'naltirilgan
qismi sifatida jamiyatning eng muhim vazifalaridan biridir. Endi esa pedagogik
faoliyatning tuzilishini tashkil etuvchi asosiy tarkibiy qismlarni(the main
components of the structure of pedagogical activity) ko'rib chiqamiz.
Pedagogik faoliyatning birinchi tarkibiy qismi bu O‘qituvchining ehtiyojlari,
ijtimoiy rivojlanish tendensiyalari, shaxsga qo'yiladigan asosiy talablar
to'g'risidagi bilimdir. Ushbu komponent pedagogik faoliyatning tabiati va
mazmunini, shaxsni shakllantirish maqsadlari va vazifalarini belgilaydi.
Uning ikkinchi tarkibiy qismi turli xil ilmiy bilimlar, ko'nikmalar, madaniyat,
ijtimoiy munosabatlar sohalarida insoniyat tomonidan to‘plangan tajriba va
bilimlar bo'lib, ular umumlashgan holda yosh avlodga yetkaziladi. Ushbu bilim
va ko‘nukmalarni o‘zlashtirish natijasida inson hayotga ongli munosabat
bo‘lmish dunyoqarashni shakllantiradi.](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_23.png)

![O‘quv jarayonidagi pedagogik faoliyatning samaradorligi (effectiveness of
pedagogical activity) jarayon va uning natijalari to‘g‘risida ma'lumotlarni
muntazam ravishda olishni, past natijalar ustida ishlab uni yuksaltirishni talab
qiladi. Pedagogik diagnostika (pedagogical diagnostics) O‘qituvchiga ta'limga
va bilimli shaxsning shaxsiy fazilatlarini shakllantirish uchun qanday ta'sir
qilishini bilib olishga imkon beradi. Bu pedagogik ta ‘ sirlar ( pedagogical
impact) natijalarining ta‘lim maqsadlariga muvofiqligini tekshirish va o'quv
jarayonining mazmuni va metodologiyasiga zarur qo'shimcha va tuzatishlar
kiritish imkonini beradi.
Pedagogik faoliyatda an ‘ anaviy konservatizm(traditional conservatism )
tushunchasi ham mavjud bo‘lib, bu bolalar tabiatining o‘ziga xos xususiyatlari,
tarbiyaviy ishning mazmuni, shakllari va usullarining barqarorligiga bo'lgan
ehtiyojdan kelib chiqadi. O‘qituvchi ishining kasbiy psixologik xususiyatlari
pedagogik muhrlar va shablonlarning paydo bo'lishi va mustahkamlanishida
muhim rol o'ynaydi. [8, 10] Natijada, tarbiyalash va o'qitishning eskirgan
tarkibi, bir tomondan, o‘quv faoliyatining usullari va shakllari, ikkinchi
tomondan jamiyatning yangi talablari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi.
Uning yechimi esa jamiyatimizdagi barcha sohalarni tahlil qilish, inson uchun
yangi talablarni aniqlash va pedagogic ma‘lumotlarni ta'lim jarayoni va ta'lim
mazmuni qayta ko'rib chiqish, pedagogik faoliyatning shakllari va usullarini
takomillashtirish uchun kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni aniqlash asosida amalga
oshiriladi.
Pedagogik faoliyat ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy hayotning boshqa
hodisalari bilan murakkab bog'liqliklar va munosabatlar hosil qiladi. Bu
iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liq. Pedagogik faoliyat, asosan, iqtisodiyot,
ishlab chiqarish va davlat ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat hisobidan
ta'minlanadi, ijtimoiy tartibni bajaradi, mulkining saqlanishi va ko'payishini
ta'minlab beradi. Pedagogik faoliyat bolada inson shaxsiyatini rivojlantirish
vazifalarini ham o‘z zimmasiga oladi.](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_25.png)






![asosiy turlari tarbiyaviy ishlar, o ‘ quv, ilmiy va uslubiy madaniy, ma'rifiy va
boshqaruv faoliyatlarini o‘z ichiga oladi.
O ‘ quv ishlari- o ‘ quv muhitini shakllantirishga yonaltirilgan pedagogik
faoliyat, jamiyat tomonidan qo'yilgan maqsadlarga muvofiq maktab
o'quvchilarining ta'limini tashkiliy, yo'naltirilgan boshqarish.
Tarbiyaviy ish - har qanday tashkiliy shaklda olib boriladi, maqsadga
to ‘ g ‘ ridan -to'g'ri erishishga intilmaydi, chunki uning natijalari unchalik aniq
sezilmaydi va o‘zini, masalan, o ‘ quv jarayonida tez ochib bermaydi. Ammo
pedagogik faoliyatda ma ’ lum xronologik chegaralar mavjud bo'lib, ularda
shaxsni shakllantirish darajasi va sifatlari belgilanadi, o ‘ quvchilarning ongida
ijobiy hissiyotlarda namoyon bo ‘ ladigan tarbiyaning nisbatan yakuniy natijalari
- hissiy reaksiyalar, xatti-harakatlar va harakatlar haqida gapirish mumkin.
Ta ’ lim berish - o ‘ quv jarayonida bilim faoliyatini boshqarish har qanday
tashkiliy shaklda (dars, ekskursiya, individual mashg'ulot, ixtiyoriy va hk)
amalga oshiriladi, qat ’ iy cheklangan, aniq belgilangan maqsad va unga erishish
uchun imkoniyatlarga ega. Ta ’ lim samaradorligining eng muhim mezoni bu
ta'lim maqsadiga erishishdir. [4, 2]
O'qitish va tarbiyalash bir jarayonning ikki tomonidir. Ular o‘zaro bir-birini
to‘ldiradi va ularni bir-birisiz tasavvur etish qiyin. Shu bilan birga, ularning bir
qancha tafovutlari ham mavjud bo‘lib, u quyidagi jadvalda to‘liq tasvirlangan.
Ta'lim berish O'quv ishlari
1. Unda qat'iy vaqt cheklovlari, aniq
belgilangan maqsad va unga
erishish yo'llari mavjud. Cheklangan vaqt oralig'ida erishib
bo'lmaydigan maqsadlarga ega. U
umumiy maqsadlarga yo'naltirilgan
ta'limning aniq muammolarini
faqat izchil hal etishni ta'minlaydi.
2. Ta'lim samaradorligining eng
muhim mezoni - bu o'quvchilar Ta'lim samaradorligining eng
muhim mezoni ta'lim maqsadlari](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_32.png)



![axborot, rivojlanish, yo'naltirish va safarbar qilish funksiyalari birligi sifatida
taqdim etdi.
I.F.Xarlamov esa bir qancha faoliyat turlari orasida quyidagilarni ajratib
ko'rsatadi: diagnostik, yo'naltirilgan va prognostik, tarkibiy dizayn, tashkiliy,
tushuntirish, kommunikativ-rag'batlantiruvchi, tahliliy va baholovchi, tadqiqot
va ijodiy.
N.V. Kuzmina, V.A.Slastenin, A.I.Sherbakov tomonidan o‘tkazilgan
psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o'quv jarayonida O‘qituvchining
pedagogik faoliyatining quyidagi o‘zaro bog'liq turlari mavjudligini
ko'rsatmoqda.
1. Diagnostik (Tashxisiy);
2. Yo'naltirilgan va prognostik;
3. Dizayn;
4. Tashkiliy;
5. Tushuntirish;
6. Kommunikativ-ogohlantiruvchi;
7. Tahlil va baholash;
8. Tadqiqot va ijodiy.
1. Diagnostik (Tashxisiy)(Diagnostic) - o‘quvchilarni o‘qib-o'rganish,
rivojlanishi va tarbiyasini oldindan belgilash. Har bir o'quvchining jismoniy va
aqliy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning axloqiy tarbiya
darajasini, oilaviy hayot va tarbiya sharoitlarini va hokazolarni bilmasdan
tarbiyaviy ishlarni olib borish mumkin emas. Biror kishini har tomonlama
tarbiyalash uchun, avvalambor uni har tomonlama bilishingiz kerak
(K.D.Ushinskiy "Inson ta'lim predmeti sifatida"). [20,6]
Diagnostika faoliyati o‘quvchilarni o'rganish, ularning rivojlanish va tarbiyalash
darajasini belgilash bilan bog'liq. Buning uchun O‘qituvchi diagnostika
usullarini kuzatishi va o‘zlashtirishi lozim.](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_36.png)
![2. Yo'naltirilgan va prognostik faoliyat ( oriented and predicted activities)
- o'quv faoliyati yo'nalishini, uning har biri uchun o‘ziga xos maqsad va
vazifalarini aniqlash, o'quv jarayonining bosqichlari, uning natijalarini bashorat
qilish, ya'ni O‘qituvchi aniq nimaga erishmoqchi, o'quvchining shakllanishi va
rivojlanishida nimalarga erishishni xohlaydi. Masalan, sinfda o‘quvchilarning
uyg'unligi, jamoaviy munosabatlari yo'q yoki o'qishga qiziqish so‘nib bormoqda.
Ushbu tashxisga asoslanib, u o'quv ishlarini jamoaviylikni rivojlantirishga yoki
o'qishga bo'lgan qiziqishni kuchaytirishga qaratadi, uning maqsad va vazifalarini
belgilaydi va sinfdagi sheriklik, o‘zaro yordam, qo'shma faoliyatda yuqori
faollikni jamoaviy munosabatlarning eng muhim belgilari sifatida
mustahkamlashga intiladi. O‘qishga qiziqishlarni rag'batlantirish haqida gap
ketganda, u kuch-g'ayratini ajoyib va qiziqarli dars mashg’ulotlarini o‘tkazishga
qaratishi mumkin. O‘qituvchi ishidagi shunga o'xshash tadbirlar doimiy ravishda
amalga oshiriladi. Busiz ta'lim va tarbiya maqsadlari, usullari va shakllarining
dinamikasi va takomillashishini ta'minlab bo'lmaydi. [5, 4]
Prognozlash faoliyati pedagogik jarayonning aniq maqsadlari va vazifalarini
ma'lum bosqichda doimiy ravishda shakllantirishda, real imkoniyatlarni hisobga
olib, yakuniy natijani bashorat qilishda ifodalanadi.
3. Dizayn faoliyat (design activities) yo'naltirilgan va prognostik faoliyat
bilan uzviy bog'liqdir. Agar O‘qituvchi o‘quvchilar o'rtasidagi jamoaviy
munosabatlarning kuchayishini istasa, unga o'quv jarayonining mazmunli tuzish,
unga qiziqarli shakllar berish vazifasi qo'yiladi. O‘qituvchi o'quv jamoasining
psixologiyasi va pedagogikasini, ta'limning shakllari va usullarini yaxshi bilishi,
ijodiy xayolotni, konstruktiv va dizayn qobiliyatini rivojlantirishi, o'quv va
tarbiyaviy ishlarni rejalashtira olishi kerak.
4. Tashkiliy faoliyat (organizational activities) o‘quvchilarni belgilangan
o'quv ishlariga jalb qilish va ularning faolligini oshirish bilan bog'liq. Buning
uchun O‘qituvchi bir qator bilim va ko'nikmalarni rivojlantirishi kerak.
Xususan, u o'quvchilarni o'qitish uchun aniq vazifalarni belgilashi, birgalikdagi](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_37.png)










![6. Yangi muqobillik аsosidа, аlmаshtirish orqаli yangilikning qo‘llаnish
doirаsining qisqаtirish bosqichi.
2. O‘qituvchining innovаtsion fаoliyati (teacher’s innavation activity) bu -
yangiliklarni tаhlil qilish vа bаho berish, kelgusidаgi hаrаkаtlаrning mаqsаdi vа
kontseptsiyasini shаkllаntirish, ushbu rejаni аmаlgа oshirish vа tаhrir qilish,
sаmаrаdorlikkа bаho berish demakdir.
O‘qitish jаrаyonidа qo‘llаnilаdigаn tа’lim metodlаridаgi innovаtsiyani
quyidаgi metodlаrdа ko‘rishimiz mumkin:
Аktiv metod (active method) – bu metod tаlаbаlarni dаrs jаrаyonidа fаol
bo‘lishiga, mа’lum bir holаt vа voqealikgа nisbаtаn fikr-mulohazа yuritishgа
undаydi.
Pаssiv metod (passive method) – bu metod dаrs jаrаyonidа tаlаbаlаrdа
o‘rgаnilаyotgаn mаvzu bo‘yichа bir tomonlаmа tushunchа хosil bo‘lishigа olib
kelаdi.
Interаktiv metod (interactive method) – bu metod dаrs jаrаyonidаgi
O‘qituvchi vа tаlаbаlаrning birgаlikdаgi fаol xаtti-hаrаkаtlаrigа аsoslаnаdi.
Dаrs shаklidа innovаtsiyani quyidаgi ko‘rinishi mаvjud:
1. Stаndаrt dаrs (standart lesson) – dаrs strukturаsi o‘zgаrmаydi.
2. Nostаndаrt dаrs (nonstandart lesson) – dаrs strukturаsi o‘zgаrаdi.
3. Vertuаl dаrs (virtual lesson) – mаsofаdаn o‘qitish. [15, 79-80]
Pedаgogikаda yangilik dаstlаb аyrim O‘qituvchilаrning fаoliyatigа olib
kirilаdi va sinab ko‘riladi. Sinovdan o‘tib, ijobiy bаho olgаndаn so‘ng pedаgogik
yangilik ommаviy tаtbiq etishgа tаvsiya etilаdi.
Innovаtsion fаoliyatdа eng muhim mаsаlаlаrdаn biri-O‘qituvchi shахsidir.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida ijodiy jihatdan sermаhsul shахs bo‘lishi,
kreаtivlikni, keng qаmrovli qiziqish vа mаshg‘ullikni, ichki dunyosi boy,
pedаgogik yangiliklаrgа o‘ch bo‘lishi lozim. [3,7]
Bunday pedogogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib,
ularga quyidagilar kiradi:](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_48.png)
![ Talabaning dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod
qilish va izlanishga undaydi;
Talabalarni o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan doimiy qiziqishlarini
ta’minlashi;
Talabaning bilimga bo‘lgan qiziqishini ijodiy yondashgan holda
kuchaytirishi;
Pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkilllanishi.
Pedagogik texnologiyalar bilan shug’illanuvchi olimlarning fikricha,
pedogogik texnologiya bu asosan axborot texnologiyalari bilan bog’liq, hamda
o‘qitish jarayonida kompyuter, masofali o‘qish yoki turli xil texnikalardan
foydalanish zarurligini bildiradi. Har bir mavzu va o‘quv predmetining o‘ziga
xos pedagogik texnologiyani talab qiladi, ya’ni ta’lim jarayonidagi pedogogik
texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u talabaning ehtiyojidan kelib
chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan tashkillashtirilgan va
ko‘zlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. [10, 22-23] Ushbu
fikrimizni quyidagi chizma bilan ifodalashimiz mumkin:
Yuqoridagi chizmadan ko‘rinib turibdiki, maqsadni amalga oshishi va
ko‘zlangan natijaga erishish, ham O‘qituvchi, ham talabaning hamkorlikdagi
faoliyati shuningdek, ular qo‘ygan maqsad, metod, shakl, vositaga, ya’ni
texnologiyaga bog’liq.](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_49.png)

![so‘z bilan ifodalanadi. (3 ta fe’l yoki
ravishdosh yoziladi). komillikka intiladi.
4-qator: Mavzuga nisbatan munosabatni
anglatuvchi va to‘rtta so‘zdan iborat
bo‘lgan fikr yoziladi. (4 ta so‘zdan iborat
jumla yoziladi). Naqadar buyuk va
murakkab mavjudot.
5-qator: Mavzu mohiyatini takrorlaydigan,
ma’nosi unga yaqin bo‘lgan bitta so‘z
yoziladi (mavzuga sinonim so‘z yoziladi). Inson
Klaster usuli . Bu usul - o‘quvchilarga biror-bir mavzu to‘g’risida erkin va
ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik metoddir. Bu usul ko‘p
variantli fikrlashni o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o‘rtasida aloqa
o‘rnatish malakalarini rivojlantiradi. “Klaster” so‘zi “g’ujm”, “bog’lam”
ma’nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da’vat, anglash va mulohaza qilish
bosqichlaridagi fikrlashni rag’batlantirish uchun qo‘llash mumkin. U asosan,
yangi fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga yetib borish strategiyasi bo‘lib,
muayyan mavzu bo‘yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi.
Klasterlar tuzishdan yangi mavzuni mukammal o‘rganmasdan oldin
foydalanish maqsadga muvofiq. [19, 10]
Klaster tuzish ketma-ketligi:
5. Katta varog’ qog’ozning o‘rtasiga yoki sinf doskasiga yoxud yozish
uchun foydalanish mumkin bo‘lgan sathga “kalit” so‘z yoki gap yoziladi;
6. Shu mavzuga tegishli deb hisoblangan va hayolga kelgan so‘z va gaplar
yoziladi;
7. Fikrlar paydo bo‘lganda va ularni yozganda fikrlar o‘rtasida mumkin
bo‘lgan bog’lanishlarni belgilash;
8. Fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo‘lgunicha xayolga kelgan
barcha fikrlar yozilaveradi;](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_51.png)







![Bu usullar talabalarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod,
zakovatlarini o‘stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar
bo‘lib yetishishlariga xizmat qilgan.
Har bir O‘qituvchi mavjud vositalar va o‘z imkoniyatlari darajasida
amalga oshiriladi. Bunda har bir o‘quvchi o‘z intellektual darajasiga muvofiq
ravishda turli darajada o‘zlashtiradi.
Bizga ma’lumki, tilimizda aytilishi bir xil, ammo turlicha ma'nolarni
ifodalaydigan so‘zlar va qo'shimchalar shakldoshlar (omonimlar) hisoblanadi.
Shakldoshlik so‘zlar, qo‘shimchalar va iboralar orasida ham mavjud. Keys
[ ingl. case – portfel] so‘zi diplomatga o‘xshash qattiq portfel ma’nosini
ifodalab, zamonaviy pedagogik texnologiyada keys-stadi (case-study) metodiga
omonim hisoblanadi. Bu ikki so‘zning ham o‘zlashish manbasi yagona bo‘lsa-
da, makon va zamon jihatidan farqlanadi. O‘quv vaziyat tushunchasini
ifodalovchi keys (keys-stadi inglizcha case – yig‘ma, aniq, amaliy holat, stadi-
o‘quv) o‘quv uslubi bo‘lib, u tashkilot, shaxslar guruhi yoki alohida shaxslar
hayotidan olingan real vaziyat yoki talabalarni muammoni aniqlash va uni
maqsadga muvofiq yechish variantlarini qidirishga yo‘naltiruvchi, tashkiliy
hayotda vujudga keladigan muammolarni aks ettiruvchi yasama (sun’iy)
vaziyatga asoslanadi. [21, 88]
Zid ma'nolilik so‘z va qo'shimchalarga ham xos jihatdir. So‘zlar orasidagi
zidlik leksik (lug'aviy) antonim, qo'shimchalar orasidagi zidlik esa affiksal
antonimlar deyiladi. Masalan:
Import [ ingl. import < lot. importare – kiritmoq; olib kirmoq] so‘zi iqtisodiyot
sohasida ichki bozorda sotish yoki uchinchi bir davlatga tranzit qilish uchun
mamlakatga boshqa davlatdan tovarlar, xizmatlar, qimmatli qog‘ozlar va
boshqalar olib kirish ma’nosini bildirib, unga qarama-qarshi ma’no ifodalovchi
eksport [ingl. export < lot. exportare – chetga (tashqi bozorga) chiqarmoq] so‘zi
bilan antonimik munosabatga kirishadi.
Ingliz tilidan bizning tilimizga juda ko‘p so‘zlar kirib kelayotgan va faol](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_59.png)
![qo‘llanilayotgan ekan, ayrim o‘zlashma so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini
ifodalovchi etimologik tarixi ham foydalanuvchilar o‘rtasida qiziqish
uyg‘otmoqda. Masalan, mustaqillikkacha bo‘lgan davrda o‘zlashgan kavboy
[ingl. cow-boy < cow – sigir + boy – yigit] so‘zining AQShning g‘arbiy
shtatlarida otliq cho‘pon, podachi; mard, jasur yigit ma’nosini ifodalaydi.
Mustaqillikdan keyin o‘zlashgan, ko‘plarning sevimli ovqati hisoblangan xot-
dog [ ingl. hot – qaynoq, issiq; dog – it] so‘zi esa bir qarashda kishida it
go‘shtidan tayyorlangan taom nomi bo‘lishi mumkinligi haqida fikr uyg‘otadi.
Internet sahifalarida xot-dog 1884-yilda sosiska so‘zining sinonimi sifatida
ishlatilgani, o‘sha paytda sosiska tayyorlovchilarning shiori bo‘lgan “Love me,
love my dog”, ya’ni “Meni sevsang, itimni ham sev” qabilidagi iboraning
ishlatilishi, bu nomning ilk bora Berri Popik tomonidan tilga olina boshlangani,
1906-yilda esa mashhur multfilm yaratuvchisi Tomas Aloysius Dorgan
tomonidan e’tirof etila boshlangani bayon etiladi. Hozirda keng qo‘llanilayotgan
kokteyl so‘zi ham inglizcha cocktail – xo‘rozning dumi lug‘aviy ma’nosida
o‘z etimologik tarixiga ega.
A yrim so‘zlarning tilimizga rus tilining fonetik, leksik, morfologik yoki
sintaktik qoidalariga moslashgan holda o‘zbek tiliga kirib kelganini kuzatish
mumkin. Tilimizda keng qo‘llaniladigan, chempionat [r. chempionat < ingl.
championship] , trenirovka [r. < ingl. training]kabi so‘zlarning oxirida
qo‘shilgan - at , - ka singari qo‘shimchalar ingliz tili so‘z yasalish qoidalariga xos
emas. Misol uchum, trenirovka so‘zini oladigan bo‘lsak, ushbu so‘z ma’lum
sifat yoki xususiyatlarga ega bo‘lish yoki ularni saqlab qolish uchun muntazam
ravishda amalga oshiriladigan mashqlar, mashg‘ulotlar degan ma’noni
ifodalaydi. Bu so‘zning asl tarjimasi mustaqillikdan so‘ng trening [ingl . training
– o‘rgatish, tarbiyalash, mashq qildirish] shaklida o‘zlashtirildi.
Trenirovka Trening
TRENIROVKA [r. < ingl . training]
1 Ma’lum sifat-xususiyatga ega TRENING [ingl. training –
o‘rgatish, tarbiyalash, mashq](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_60.png)
![bo‘lish yoki ularni saqlab qolish uchun
muntazam ravishda amalga
oshiriladigan mashqlar, mashg’ulotlar.
2 Muayyan reja asosida sportchini ,
uning organizmini o‘z kuchini maksimal
namoyon qilishga, chidamlilik, tezlik,
chaqqonlikka va g’alaba uchun
intilishga tayyorlab borish. qildirish] Trenirovka tizimi , mashq,
mashg’ulot rejimi
Asli inglizcha bo‘lib, rus tili orqali
o‘zlashgan To‘g‘rilan to‘g‘ri ingliz tilidan
o‘zlashgan
Rus tilining grammatikasiga
moslashib o‘zlashgan O‘zbek tili tabiatiga mos
Qo‘llanilishi nofaol Qo‘llanilishi faol
Asosan sport sohasiga ishlatiladi Ko‘proq o‘quv, o‘rin bilan
boshqa sohalarda ham ishlatiladi
Ma’nodosh so‘zlar : mashg‘ulot, trenirovka, trening
Trening so‘zining tobora faollash ib borayot ganini hozirgi turli matbuot va
internet sahifalarida , teleko‘rsatuvlarda ham ko‘rish mumkin. Bu so‘z seminar-
trening, o‘quv-trening shaklida ham uchraydi. Yana shuni aytib o‘tish kerakki, bu
so‘z ingliz tilida ancha keng ma’noda ishlatilsa-da, hozirda tilimizda, asosan,
ta’lim sohasida ishlatiladi.
Bilamizki , rus tilida h tovushi mavjud emas. Shunga sababli, rus tilidan
o‘zlashgan xaker [ ingl . hacker < hack – buzmoq; kesmoq, qirqmoq], xuligan
[ ingl. hooligan < irlandcha atoqli ot (Houlihan) dan] va xoll [ ingl. hall – zal]
kabi so‘zlarda ham tarkibidagi h tovushi o‘rniga x tovushi qo‘llangan. [17, 67-
68]
Ingliz tilida fe’lning gerund shakli mavjud bo‘lib, bu fe’l asosiga -ing
qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasaladi va qo‘llanishi jihatdan otga yaqin turadi.](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_61.png)
![Ular o‘zbek tilida harakat nomining –sh, ish qo‘shimchalari bilan birga tarjima
qilinadi. Tilimizda keng ishlatiladigan brifing, doping, reyting,
holding, trening, monitoring, marketing, konsalting shular jumlasidandir.
Ingliz tilida fe’llarga qo‘shilib ot yasovchi -tion qo‘shimchasi ham mavjud
bo‘lib, u ingliz tilidan rus tiliga o‘zlashtirish jarayonida tilning grammatik
qoidalariga moslashgan holda qabul qilingan. Masalan, vulkanizatsiya [ ingl.
vulkanization – kauchukni rezinaga aylantirish] , innovatsiya , [ ingl. innovation –
kiritilgan yangilik, ixtiro] press-konferensiya [ ingl. press-conference < fr .] ,
registratsiya [ ingl. registration < lot. registrum – qayd etilgan, yozib
qo‘yilgan]kabi so‘zlar o‘zbek tili lug’ati tarkibigarus tilidan ayni shu holatda
o‘zlashtirildi.
Ma’lumki, o‘zbek tilida ot so‘z turkumida eng faol so‘z yasovchi -chi
qo‘shimchasi bo‘lsa, u ning ingliz tilidagi muqobili -er
shaklihisoblanadi . broker,mikser , printer , prodyuser, rekorder , server, skaner,
taymer, tender, trener, flomaster, xaker, charter, shuningdek, investor, monitor,
repitetor kabi 100 ga yaqin so‘zlar tilimizga kirib kelgan.
O‘zbek tiliga -vord elementi mavjud bir qancha inglizcha so‘z lar kirib kelgan.
Krossvord [ ingl. crossword < cross – kesishma + word – so‘z] pedagogikaning
eng faol metodlaridan biri bo‘lib, kataklarni kerakli harflar bilan to‘ldirib, shu
kataklarga yashirilgan, izlanayotgan so‘zni topish o‘yini, chaynvord [ingl. chain
– zanjir, halqa + word – so‘z] zanjir uslubida ketma-ket joylashgan kataklarni
harflar bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lgan boshqotirmani ifodalaydi.
2.2. Pedagogik mahorat va uning tarkibiy qismlari. Pedagogik
mahoratga oid asosiy terminlarning kognitiv va konseptual tahlili.
L.N. Kuzmina pedagogik mahorat(pedagogical skill) tushunchasiga
to‘xtalar ekan, shunday ta’rifni keltirib o‘tgan “ O‘z ishining mohir ustasi
bo'lgan pedagog - bu yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan,
fanning yoki san'atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan,
tarbiyalash va o'qitish metodlarini mukammal egallagan mutaxassisdir”.](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_62.png)













![Yogurt asl turkiy so‘z bo‘lib, jem, meva konservasi, shokolod, kakao va
boshqa qo‘shimchalar aralashtirilgan, qaymoqli kremga o‘xshash sut-qatiq
mahsuloti (oddiy ivitilgan qatiq, kefir va boshqalar) ma’nosida ishlatiladi. Bu
ham utyuk (dazmol) so‘zi kabi o‘z shaklini o‘zga til xususiyatlariga mos
ravishda o‘zgartirib tilimizga qaytgan so‘z hisoblanadi.
O‘zbek tiliga o‘zlashgan ba’zi inglizcha so‘z larning bir qanchasi o‘zbek tilida
asl lug‘aviy ma’nosini butunlay yo‘qotib, etimologik ma’no va tushunchasi bilan
aloqador bo‘lmagan boshqa semantik birlikka aylangan. Bunday xarakterdagi
so‘zlar asl fonetik va morfologik qiyofalarini o‘zgartirmagan. Shunday bo‘lsada,
ular ingliz va o‘zbek tilida semantik yaqinlikka ega bo‘lmaydi. So‘zning o‘z
tildagi ma’nosi bilan o‘zlashgan tildagi ma’nolari orasida bog‘liqlik unutiladi.
[17, 33-34]
Masalan:
YUMOR [ingl. humour — hazil, kulgu < lot. humor — namlik, xo‘llik]-
Kamchiliklar, ayrim voqea va hodisalarni kulgili qilib, hazilomuz shaklda
tasvirlash, ularni beg‘araz hajv qilish.
KOKTEYL [ingl. cocktail - xo‘rozning dumi]
1. Spirtli ichimliklarning ba’zan qand, meva va turli ziravorlar qo‘shib
tayyorlanadigan, aralashmasi.
2. Meva sharbati, sut va shunga o‘xshashlarga shakar, rezavor kabilarni
qo‘shib tayyorlanadigan alkogolsiz ichimlik.
KOLLEJ [ingl. college — o‘rtoq, birodar; o‘quv yurti]
1 Buyuk Britaniya, AQSH kabi ba’zi mamlakatlarda: o‘rtadan oliygacha
bo‘lgan turli xil o‘quv yurtlari.
2 Fransiya, Belgiya, Shveytsariya va b. ba’zi mamlakatlarda: o‘rta va
to‘liqsiz o‘rta o‘quv yurti.
3 O‘zbekistonda: o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurti.
Bundan tashqari , tilimizga ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlarning o‘zlashish
jarayonida ularning semantik tuzilishidagi o‘zgarishlari ham turlicha bo‘ladi.](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_76.png)
![Ayrim so‘zlar tilda o‘z ma’nosini saqlab qolgan holda o‘zlashadi, ayrimlari esa
ma’no kengayishi, ma’no torayishi yoki yangi ma’no kasb etishi mumkin.
Barchamizga ma’lumki, ingliz, fransuz, rus, ispan, arab va xitoy tillari
xalqaro tillar sifatida yetakchi darajaga ega bo‘lib, BMTning ish hujjatlari shu
tillarda yuritiladi. Hozirda tilimizga o‘zlashish darajasi ancha baland deb
hisoblanayotgan inglizcha so‘zlarning o‘zbek tili lug‘at boyligidagi o‘rni alohida
ahamiyatga ega. Ayni paytda bunday so‘zlar o‘zga tilga o‘zlashishidan tashqari
qisqa muddat ichida so‘z yasash bazasi sifatida ham faol rol o‘ynamoqda.
Inglizcha o‘zlashma so‘zlar sirasidagi provayder, sammit, imij, reyting,
menejment, menejer kabi so‘zlarning o‘zbek tilining izohi lug‘atidagi ma’nolari
kuzatilganda, bu kabi so‘zlarning o‘zlashishi bilan bog‘liq ma’no o‘zgarishlari
lug‘atlarimizda qayd etilganini kuzatish mumkin. [17, 40]
Tilimizdagi o‘zlashgan so‘zlar semantikasi o‘rganilsa, leksik ma’no
taraqqiyotining natijasi sifatida ikki xil holat – leksik ma’no hajmining
kengayishi yoki torayishini kuzatish mumkin.
Ma’no kengayishi ma’lum bir so‘zning leksik ma’nosining avvalgisidan ko‘ra
kengroq voqelikni bildirishiga nisbatan ishlatiladi .
Ingliz tilidan olingan dizayn so‘zi, avvalo, chizmachilik, tasviriy san’at,
arxitektura soha atamasi sifatidagina ishlatila boshlagan edi. Bu so‘zning
lug’atdagi ta’rifi quyidagicha. Dizayn [inglizcha design – loyiha, chizma, rasm]
– narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga
qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. Dizayn 20-asr
boshlarida paydo bo‘lib, 30-yilllarda G‘arbiy Yevropa va AQShda maxsus
faoliyat turi sifatida shakllandi. 80-yillar 2-yarmidan boshlab dizayn ning faoliyat
doirasi kengaya boshladi. Ya’ni chizmachilik, tasviriy san’at, arxitektura soha
atamasi tushunchasidan tashqari badiiy faoliyat turi – estetik xususiyatlarga ega
bo‘lgan narsalar, sanoat buyumlarini loyihalash, joylashtirish, jihozlash; badiiy
jihatdan loyihalash, darslarni tashkil qilish kabi ma’nolarda ishlatilmoqda.
Yuqoridagilarga asoslanib, bu so‘zni so‘z ma’nosining kengayishi hodisasiga](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_77.png)
![uchragan til birligi deyish mumkin. Shu bilan birga, bu so‘zga bevosita aloqador
hisoblangan dizayner so‘zi ham hozirgi kunda ko‘p ma’nolilik kasb etayotgan
so‘zlar qatoriga kiradi.
Reyting so‘zi [inglizcha rating – baho, daraja] baho berishning ball
sistemasiga asoslangan turini ifodalovchi tushuncha. Bu so‘zning tilimizda
ma’no kengayishi natijasida pedagogik atamadan sport, madaniyat va boshqa
sohalarda erishilgan yutuqlar natijasini belgilovchi me’yor ma’nosida qo‘llana
boshlandi. R eyting so‘z in i quyidagicha izohlash mumkin:
1 . Ta’lim. O‘quvchilar va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash usuli va
tizimi .
2 . S port. Sportning ba’zi turlarida (masalan, shaxmatda) erishilgan
yutuqlarning samaradorligi va nufuzini baholashda raqamlar bilan
ifodalanadigan shaxsiy ko‘rsatkich.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ma’lum yillar ilgari monosemantik xususiyatga
ega bo‘lgan reyting so‘zi tilimizda faol qo‘llanishi natijasida hozirda
polisemantik so‘z ga aylangan .
Bunker [inglizcha bunker – ko‘mir solinadigan quti]
1 Kombayn, paxta terish mashinasi va shu kabilarning yig‘ilgan narsa kelib
tushadigan, to‘planadigan qismi.
2 Qum, shag‘al, sement, don, ko‘mir va shu kabi narsalarni qisqa muddat
saqlash yoki tashishga mo‘ljallangan idish.
3 Mudofaa uchun mo‘ljallangan yer osti inshooti.
Tilning lug’at boyligi jamiyatning siyosiy, madaniy va ma’naviy hayoti bilan
birga rivojlanib boradi. Jumladan, lug‘atlar ham jamiyatdagi siyosiy-ma’naviy
qarashlarga mos holda yaratiladi. Yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli
lug‘ati”da biznes so‘zi [ inglizcha businnes – ish, mashg‘ulot ] daromad
keltiradigan, foyda olish maqsadlari ko‘zlangan va qonunlarga xilof bo‘lmagan
har qanday tashkiliy, xo‘jalik faoliyati; tijorat. [17, 41-43]](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_78.png)
![Xulosa o‘rnida aytish joizki, o‘zbek tili leksikasidan o‘rin olgan ingliz tilidan
olingan so‘zlar semantikasidagi o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lib, ular
polisemantik xususiyatga ega bo‘lishdan tashqari, so‘z ma’nosining kengayishi
yoki torayishi, o‘zbekcha so‘z yasalishida faol qatnashishi kabi til hodisalarida
yetakchi o‘rin egallaydi.
Detektiv [ ingl. detective < lot. detectio - ochish, fosh qilish; aniqlash] so‘zining
tilimizga ot va sifat so‘z turkumlariga xos ma’nolari bilan o‘zlashganini
ko‘rishimiz mumkin. Ot so‘z turkumi sifatida jinoiy ishlarni qidirish, ochish
bo‘yicha mutaxassis; sifatlik xususiyatiga ko‘ra josuslar, yashirin ayg‘oqchilar,
izquvarlar hayoti, sarguzashtlari, murakkab jinoyatlarning ochilishi haqida
hikoya qiluvchi (badiiy asar yoki film) ma’nosini ifodalaydi. Detektiv so‘zi
ma’nolarining ikki so‘z turkumiga oidligi bu so‘zning leksikamizda keng
qo‘llanilishi bilan izohlanadi.
Interfaol so‘zi tilimizda o‘z manbasi bo‘lgan interaktiv [ ingl. interactive]
so‘zi bilan erkin so‘z almashinish i mumkin . Tilimizda ma’lumotlar va bir-biri
bilan aloqa qilish orqali qabul qilish yoki uzatishni ifodalaydi.
Lider [ ingl. leader – yetakchi, boshliq, rahbar] so‘zi biror guruh yoki
tashkilotning asosiy a’zosi ma’nosida yo‘lboshchi, rahbar so‘zlariga ma’nodosh
bo‘lsa, polisemantik xususiyatiga ko‘ra boshqa ma’nosi bilan sport
musobaqalarida oldinda boruvchi shaxs yoki jamoa ma’nosini ifodalaydi. Bu
o‘rinda u yetakchi, peshqadam so‘zlari bilan ham ma’nodosh bo‘ladi.
Metodist [ ingl. methodists < юн. methodos] so‘zi rus tili orqali o‘zbek tiliga
o‘zlashgan inglizcha so‘z hisoblanib, metodika mutaxassisi tushunchasini
ifodalaydi. Qo‘llanilish jarayonida esa uslubchi so‘zi bilan erkin almashina
oladi.
Tilimizga etimologiyasi ingliz tilidan kelib chiqqan, ammo rus tili orqali
tilimizga o‘zlashgan bir qancha juft so‘zlar bor. Masalan, press-
konferensiya[ ingl. press-conference . ] matbuot konferensiyasi so‘zi bilan press-
sekretar [ ingl. press-secretary] so‘zi esa prezident yoki bosh vazirning matbuot](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_79.png)


![Shuning uchun ta’lim muassassalarida talabalarni o‘qitishda zamonaviy
o‘qitish metodlari-interaktiv metodlar va innovotsion texnologiyalarning o‘rni
va roli juda kattadir. Pedogogik texnologiya va pedogog mahoratga oid bilim,
tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega
bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Inovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonga yangilik va o‘zgarishlar
kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to‘liq
foydalaniladi. Interaktiv metodlar-bu jamoa bo‘lib fikrlash ham deyiladi, ya’ni
pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib ta’lim mazmuninng tarkibiy qismi
hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va
talabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Ingliz tilidan o‘zbek tiligatayyor holatda kirib kelgan bo‘ lsa-da , ularning
kelib chiqish tarixi ham kishini beqarq qoldirmaydi. Misol uchun, bezori
ma’nosini ifodalovchi xuligan [ingl. hooligan] so‘zi irlandiyalik atoqli
Houlihan ismli kishi nomidan; juda kichik odam; mitti ma’nosidagi liliput [ingl.
Lilliputian] taniqli yozuvchi J.Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asaridagi
xayoliy Liliputiya mamlakatining fantastik darajadagi mitti odamlari nomidan;
vatman [ingl. Whatman] qog‘oz fabrikasi egasi J.Uotman nomidan;
makintosh [ingl. Mackintosh] nam o‘tkazmaydigan matoni ixtiro qilgan
shotland kimyogari Makintosh nomidan; sport sohasida ishlatilayotgan regbi
[ingl. rugby] Angliyaning Regbi shaharchasi nomidan; badminton [ingl.
Badminton] Angliyadagi Badminton shahri nomidan; siyosiy ma’noda
qo‘llaniluvchi boykot [ingl. Boycott] so‘zi angliyalik katta yer egasi bo‘lmish
Ch.K.Boykot nomidan olingan bo‘lib, atoqli otlarning turdosh otlarga o‘tishi ni –
ma’no kengayishi sifatida ifodalash mumkin.
Shunday qilib, pedagogik mahoratining asosi o‘z ustida doimiy ishlab borish,
ya’ni mustaqil o'qishdir.](/data/documents/07beea6a-db60-45d2-ae25-537753fb2e6b/page_82.png)








































INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA PEDAGOGIK TERMINLAR TAHLILI MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………………………….4 I BOB . ZAMONAVIY PEDAGOGIKA RIVOJIDA TERMINLAR VA XORIJIY TILLARNING TUTGAN O‘RNI. 1.1. Terminlar, ularning mohiyati va yasalish usullari. Pedagogika fani taraqqiyotida terminlarning ta’siri, ularning o‘ziga xos jihatlari.........................10 1.2. Pedagogik faoliyat va uning terminlari tizimi rivojida ingliz tilining xalqaro til sifatidagi ta’siri va uning ilmiy asoslari..…………………………………....24 Bob bo yicha xulosa .………..………………………….………………….......43ʻ II BOB. PEDAGOGIK TERMINLARNING INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI STRUKTURAVIY-SEMANTIK VA KOGNITIV – KONSEPTUAL TAHLILI. 2.1. Pedagogik texnologiyalar va ularning pedagogikada tutgan o‘rni. Pedagogik texnologiyalarga oid terminlarning strukturaviy va semantik tahlili …………………………………………..……………………………………...47 2.2. Pedagogik mahorat va uning tarkibiy qismlari. Pedagogik mahoratga oid asosiy terminlarning kognitiv va konseptual tahlili…………………………….65 Bob bo yicha xulosa………………………………...………………………….82 ʻ III BOB . INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA PEDAGOGIK TERMINLARNI TAHLIL QILISH BO‘YICHA TAJRIBA-SINOV ISHLARINI OLIB BORISH VA ULARNING TAHLILI. 3.1. Oliy o‘quv yurtlarida pedagogik terminlarni amaliyotda keng tadbiq etishni tashkil qilishning nazariy asoslari va asosiy metodlari …………………...…...88 3.2.Pedagogik terminlarni tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijalarining statistik tahlili......................................................................................................96 Bob bo yicha xulosa..........................................................................................115 ʻ XULOSA …………………………………………………………………..…119
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………..….123 KIRISH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi . Fan hamisha rivojlanish va taraqqiyotda. Bugungi kunda u misli ko‘rilmagan darajada jadal tus oldi. Bunga, bir tomondan, dunyo miqyosidagi globallashuv, fanlararo integratsiyaning kuchayishi, innovatsion texnologiyalar amaliy qiymatining o‘sishi ta’sir qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, milliy manfaatlarning kuchayishi, geopolitik siyosat qamrovining kengaya borishi kabi qator omillar jiddiy sabab bo‘lmoqda. O‘zlikni anglashda tilning roli muhimdir. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev bu haq i da to‘xtala turib: “ Eng muhim va dolzarb masalalardan biri – yuksak ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasb- hunarlarga, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg’usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz», - deya ta’kidlagan edilar. [1, 350] Hozirgi paytda jamiyat taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va davlatlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishi natijasida tillararo so‘z omuxtalashish jarayoni jadallashmoqda. Bunday jarayon o‘zbek tili leksikasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, tilimizning turli tillardan olingan o‘zlashma so‘zlar hisobiga boyishiga sabab bo‘lmoqda. Shunga muvofiq galdagi ishlar o‘zbek tili leksikasidagi pedagogik terminlarni aniqlab olish, ularni ingliz va o‘zbek tillarida tahlil qilish, lug’atlarga olib kirish, leksik guruhlar va mikrosistemalarni tizimli o‘rganish, o‘rganilgan ishlarni kattaroq guruhlarda birlashtirish kabi vazifalardan iborat bo‘ladi.
Mazkur ish ingliz va o‘zbek tillarida pedagogikaga oid terminlar va ularning ma’no taraqqiyotini tadqiq va strukturaviy, semantik, kogntiv-konseptual va lingvomadaniy tahlil etish masalasiga qaratilgan. Buning uchun esa ushbu terminlarning o‘zbek tili pedagogikasida tutgan o‘rni , u larning ma’no taraqqiyoti va tarkibi kabi vazifalarni yoritish mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi. Tadqiqotning obyekti. Samarqand viloyati Urgut tumani 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi. Tadqiqotning predmeti. Pedagogikada turli mazmun ko‘lamiga ega bo‘lgan terminlar tadqiqotning obyekti bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, pedagogikada qo‘llaniladigan terminlarning strukturaviy-semantik va kogntiv-konseptual xususiyatlarini ham o’z ichiga oladi. Tadqiqotning maqsadi: Pedagogikada qo‘llaniladigan terminlarni tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish, terminlarning ma’no xususiyatilari va o‘ziga xos jihatlarini aniqlash, ularning tildagi va madaniyatdagi o‘rni hamda ahamiyatini belgilashdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: Yuqoridagi maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilab olinadi: Terminlar yasalishi usullarini aniqlab olish; Pedagogikaning taraqqiyotida terminlar va ingliz tilining ta’sirini oydinlashtirish; Pedagogikaning turli sohalarida ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlarni belgilab olish; Terminlarni tahlil qilish turlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish; Terminlarning sinonimik, antonimik, omonimik, polesemantik kabi munosabatlarini aniqlash; Pedagogikada ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlarning o‘quv lug‘atlarida berilishi o‘rganish;
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. P edagogik terminlarning kelib chiqishi, ingliz tilidan o‘zlashgan terminlar va ularning o‘zbek tiliga tarjimasi tahlil qilindi. P edagogik sohadagi terminlarni o‘ziga xos xususiyatlari belgilandi, kognitiv va konseptual jihatdan tahlil qilindi. Shuningdek, manbalarga ilmiylik nuqtai nazaridan izohlar berib o‘tildi va ikki tildagi ekvivalentlari keltirildi. a. Tadqiqotning nazariy yangiligi : 1. Terminlarning yasalish usullarini oydinlashtirish; 2. Terminlarni semantik - struktur va kognitiv- konseptual tahlil qilish; 3. Pedagogikaning an’anaviy va zamonaviy tushunchalari va nazariyalarini o‘ rganish ; 4. Pedagogik terminlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyatini o‘rganish; b. Tadqiqotning amaliy yangiligi: 1. Tadqiqot natijasida olingan ilmiy natijalardan o‘zbek tili pedagogik terminlari lug’atini mukammallashtirishda, ulardagi tavsif va sharhlarni bir xillashtirishda, ularni o‘zbek tili tabiatiga muvofiqlashtirishda qo‘llash; 2. Tadqiqotda ko‘rsatib o‘tilgan tahlil usullarini boshqa sohadagi terminlarni ham tahlil qilishda qo‘llash; 3. Tajriba – sinov ishining natijalarini ta’lim samaradorligini oshirish uchun qo‘llash; 4. Ushbu ishda ko‘rsatib o‘tilagan terminlar so‘nggi ilmiy tadqiqotlarga asoslanadi. Ushbu dissertatsiya shu sohada yaratilgan darslik va materiallar, maxsus kurslar uchun qo‘shimcha material, o‘zbek tilining zamonaviy lug‘atlari uchun muhim material va manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. O‘rganilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra pedagogik matnlar va ularning tarjimasi, pedagogik terminlar ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Ularning ko‘pchiligi rus va ingliz tillari asosida terminlarni tahlil qilgan. Bizning tadqiqot ishimizda o‘zbek va ingliz tillarida pedagogik terminlarning o‘ziga xos xususiyatlari va muammoli jihatlari tahlil ostiga olinadi. Bu esa ingliz va o‘zbek til terminologiyasida
yangilik hisoblanadi. Mazkur tadqiqot o‘z ichiga hozirgi zamon ingliz va o‘zbek tili pedagogik terminlarini til bilan uzviy bog’lagan holda kognitiv va konseptual tahlil etish, pedagogik terminlarning yasalish va leksik–semantik xususiyatlarini o‘rganish kabi maqsadlarni qamrab olgan. Shu bilan birga, muallif o‘z oldiga ushbu ilmiy tadqiqot natijalari asosida tavsiyanomalar ishlab chiqish va mazkur mavzuning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash vazifasini ham qo‘ygan. Chunki bu yo‘nalishda bir qator ilmiy ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, juda ham kam amaliy ishlar olib borilgan va ular nazariy jihatdan to‘liq va mukammal o‘rganilmagan. Tadqiqot ishining o’rganilganlik darajasi: Muloqot, til va uning imkoniyatlari, madaniyat kabi mavzularga bag‘ishlangan ishlar jahon tilshunosligida juda ommalashgan bо‘lsa-da, о‘zbek tilshunosligida bu masalaga e’tibor va mavzu yuzasidan ilmiy tadqiqotlar qilish endigina boshlanmoqda. O‘zbеkistоn Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 23- sentabrda imzolangan hаmdа аyni dаvrdа amaliyotga kеng miqyosda tadbiq etilayotgan yangi “Tа’lim to'g'risidagi qonun” buning dalili bo’la oladi. Izlanish materiallari sifatida pedagogikaga oid terminlar aks ettirilgan bir va ikki tillik lug’atlar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar , internet saytlari va boshqalardan keng foydalanildi. Bundan tashqari terminologiya va pedagogika sohasi bilan shug’ullangan bir qator chet el olimlari ishlari, jumladan B.N.Golovin,A.V.Kalinin, V.P.Danilenko, R.M. Keesing, R. Langacker, V. Maslova, V. Karasik , V. Telia ishlari o‘rganib chiqildi. Terminlar va ularning о‘ziga xos strukturaviy va semantik xususiyatlari bilan shug‘ullanuvchi sohalarda amalga oshirilgan ishlar yetarlicha, ammo bu soha pedagogika va unda qo‘llaniladigan terminlarni maxsus о‘rganishni maqsad qilib olmagan. Chunki terminlar bilan bog‘liq amalga oshirilgan shu kungacha bо‘lgan tadqiqotlar terminlarning leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini о‘rganishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan. Tadqiqot mavzusi bilan aloqador masalaning о‘zbek tilshunosligida о‘rganilishi deyarli kuzatilmaydi.