INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA QURILISH VA ARXITEKTURAGA OID TERMINLARNING KOGNITIV VA LINGVOKULTOROLOGIK XUSUSIYATLARI
INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA QURILISH VA ARXITEKTURA GA OID TERMINLARNING KOGNITIV VA LINGVOKULTOROLOGIK XUSUSIYATLARI MUNDARIJA KIRIS H …………………………………………………………………………….3 BIRINCHI BOB . DUNYO TILSHUNOSLIGIDA KONSEPT VA TERMIN O LOGIYANING NAZARIY JIHATLARI ………………………….8 1.1. Dunyo tilshunosligida termin tushunchasi… ……………………….…………8 1.2. Termin tushunchasining lingvistik va kognitiv tomonlari ……………………16 1.3. Konseptning tarkibiy xususiyatlari va ularning verballashuvi………………..24 Birinchi bob bo‘yicha xulosa ……………………………………………………....31 IKKINCHI BOB . INGLIZ VA O ‘ ZBEK TILLARIDA QURILISH VA ARXITEKTURA GA OID TERMINLARNING L E KSIKOLOGIK TAHLILI …………………………………………………………………………..32 2.1. O‘zbek tilida qurilish va arxitektura ga oid terminlarning semantik jihatlari ………………………………………………………………………….......32 2.2. Ingliz tilida qurilish va arxitektura ga oid terminlarning semantik jihatlari ……………………………………………………………………………...38 2.3. Ingliz va o‘zbek tillarida arxitektura va qurilish sohasiga oid leksik birliklarni tarjima qilish masalalari. ……………………………………………….…………...45 Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa …………………………………………………….....50 UCHINCHI BOB. INGLIZ VA O ‘ ZBEK TILLARI MATNLARIDA QURILISH VA ARXITEKTURA TERMINLARINING TALQINI ………......51 3.1. Ingliz va o ‘ zbek tillari paremiologiyasida qurilish va arxitektura ga oid maqollarning tahlili. …………………………………………………………………51 3.2. Ingliz va o‘zbek tillari badiiy asarlarida qurilish va arxitekturaga oid leksemalarni tarjima qilish masalalari……………………………………………….60 3.3. Ingliz va o ‘ zbek tillarida arxitektura va qurilish terminlarining tarjimasida denotativ-konnotativ omillar …………………………………………………....…...71 Uchinchi bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………….79 1
XULOSA ……………………………………………………………………………81 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………………….83 GLOSSARIY ……………………………………………………………………….90 2
KIRIS H Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunda dunyoda arxitektura va qurilish sanoati jadal rivojlanishi bilan birga ishlab chiqarish jarayonida kam energiya sarflanadigan arzon, ekologik toza qurilish materiallariga bo’lgan talab ortib bormoqda. Shu jihatdan qurilish materiallari sanoatining ustuvor vazifalaridan biri mahalliy ko’p tar q algan past sifatli xom ashyo materiallaridan foydalanish bo’lib, me’morchilik va qurilish materiallarini ishlab chiqarishning mavjud texnologiyalarini takomillashtirish, ishlab chiqariladigan mahsulot tan narxini arzonlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Jahon miqyosida arxitektura va qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchu n kamyob bo’lmagan tabiiy resurslarni qidirib topish, ulardan quyiladigan talablarga javob beruvchi yangi q urilish va me’moriy materiallarini yaratishga yo’naltirilgan ko’plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmokda. Bu borada mahalliy past sifatli ashyolardan foydalanib mineral boglovchilarni yaratish, mineral va kimyoviy qo’shimchalardan foydalanib struktura hosil bo’lishini boshqarish va ularning qurilish va me’morchilik bo’yicha te xnik xossalarini yaxshilash, yaratilgan bo g’ lovchilar asosida standartlar talablariga javob beruvchi, tan narxi arzon, ekologik toza q urilish materiallarining tarkiblari va ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda qurilish materiallari sanoatida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni takomillashtirish va rivojlantirish, mahalliy xomashyo manbaalaridan ra t sional foydalanish, qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholiga arzon qurilish materiallari yetkazib berish bilan bog’liq holda keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmo q da. O’zbekiston Respubikasining yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan “... ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishda energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, import o’rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlarni tayyorlash…” [3, 50] muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish, jumladan, 3
qurilish tarmog’ini binolarning energiya samaradorligini oshiruvchi sifatli material va konstruksiyalar bilan ta’minlash va ularga me’moriy bezaklar berish maqsadida qurilish va me’moriy qorishmalarni ishlab chiqarishning energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqarishga yo’naltirilgan ilmiy-tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi» to’g’risidagi Farmonida va 2017 yil 18 yanvardagi PQ-2731-sonli «2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to’g’risida»gi, 2018 yil 24 noyabrdagi PQ-4028-sonli «Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi va 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli «Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga doir qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida»gi Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu disserta t siya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi [1; 2; 3]. Muammoning o’rganilganlik darajasi. Terminologiyaning tarixiy ildizlari, taraqqiyot bosqichlari, terminlarning milliy o’ziga xosligi , ularning tasnifi va tavsifi kabi masalalari tadqiqi borasida jahon hamda o’zbek tilshunos olimlarining o’rni benihoya katta. Bu yo’nalishda A.Rey, J.K.Seyjer , O.Vyuster , Yu.N.Marchuk, J.Kornyu, R.Temmermen, V.M.Leychik, S.I.Omarova, M.A.Parjeva, Sh.D.Shelov, O.S.Axmanova, shuningdek, A.Hojiyev, H.Dadaboyev, G’.M.Ismailov, Z.A.Abdullayeva, A.Nurmonovning tadqiqotlari alohida e’tiborga molik [ 6, 58 ]. Arxitektura va qurilish yo’nalishida S. Lotte, Reformatskiy, V. V. Vinogradov, Yu. S. Stepanov, D. N. Shmelev, S. D. Kasnelson, Yu.D. Apresyan, I.N. Suxova, V. V. Gak, A. M, Kuznesov, Yu. I. Karaulov, N. I. Karaulov, N. Ma’sumi, D.T. Todjiyev, Yu, M.N. Kasmova, B. Kamoliddinov, D. Saymiddinov, D. Xodjayev, O.X. Kasimov,M. Sulton, S. Nazarzoda, T. Djurayev, P. Nurov, S. Djamatov, X. Saidov M.Roziqberdiyev (1995 y.), X..Po’latov (2000 y.), D.Asqarova (2005 y.), A.Uralov (2000 y.), A.Uralov (2005 y.), B.Saidova (2007 y.) kiradi [7, 180]. 4
Tilshunoslikda terminologik masalalarga oid ko’pgina izlanishlar olib borilgan bo’lsa-da, o’z yechimini kutayotgan juda ko’plab muammolar, jumladan, ingliz va o’zbek tillarida qurilish va arxitektura terminlarini qiyosiy tipologik tadqiq qilish masalasi dolzarblik kasb etadi. Magistrlik dissertasiyasining maqsadi ingliz va o’zbek tillaridagi qurilish va arxitektura terminlarining tipologik xususiyatlarini chog’ishtirma tadqiq qilishdan iborat. Dissertasiyaning vazifalari: -arxitektura va qurilish terminlariga oid lingvomadaniy aspektda olib borilgan ilmiy- nazariy tadqiqotlarni o’rganish, tahlilga tortilgan qurilish va arxitektura terminlarning semantik, nominativ-funksional xususiyatlarini asoslash; -ingliz va o’zbek tillaridagi qurilish va arxitektura terminlarning diaxron aspektda tarixiy tadrijiy taraqqiyoti (shakllanishi va takomillashuvi), ularning struktur modellaridagi o’ziga xos o’zgarishlar va yangilanishlar tadqiq qilish; -ingliz va o’zbek tillari qurilish va arxitektura terminologik tizimida qo’llaniladigan terminlarning ustuvor va sermahsul derivatsion modellari (morfologik, semantik) ni aniqlash va ishlab chiqish, o’ziga xos xususiyatlarini chog’ishtirma tadqiq qilish; -ingliz va o’zbek tillaridagi qurilish va arxitektura terminlarning chog’ishtirma - tipologik o’rganilishida o’ziga xos lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berish, ularning zamonaviy taraqqiyoti bosqichida shakllanish, hosil bo’lish usullarini chuqurroq o’rganish va soha terminologiyasining ichki hamda tashqi manbalar hisobiga boyib borish yo’llarini aniqlash; Dissertasiyaning obyekti sifatida ingliz va o’zbek tillariga xos materiallar asosida qurilish va arxitektura terminlarining qiyosiy talqini. Dissertasiyaning predmetini ingliz va o’zbek tillaridagi qurilish va arxitektura terminlarining semantik-struktur va tipologik xususiyatlarini qamrab oladi. Tadqiqotning obyekti sifatida ingliz va o’zbek tillaridagi qurilish va arxitektura terminlari tanlangan. 5