Erkin A’zam hikoylarining psixolingvistik tahlili
Erkin A’zam hikoylarining psixolingvistik tahlili Mundarija Kirish………………………………………………………………………………. I Bob. Psixolingvistika tilshunoslikda yangi fan, soha sifatida o’rganilishi. 1.1. Antroposentrizm va o’zbek tilshunosligi. 1.2. Nutq yaratilishining psixolingvistik talqini. II Bob. Erkin A’zam hikoyalarining psixolingvistik tadqiqi masalalari. 2.1. Hikoyalarda keltirilgan nutq faoliyati subekti bo’lgan shaxs tilini o’rganish. 2.2. Hikoyalarda shaxs ruhiy holatining ifodalnishi. III Bob. Erkin A’zam hikoyalarining kognitiv semantik xususiyatlari. 3.1. Hikoyalarda lingvistik geshtaltlarning o’rni. 3.2. Hikoyalarda shaxs omili, vaziyat omili va eksperemental omili masalalari. Xulosa………………………………………………………………………. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati ……………………………… 1
Kirish Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati . Bugungi kunda tilshunoslik taraqqiyotida , jumladan jahon tilshunosligi bosqichida kommunikativ munosabatlar antroposentrik tamoyillar asosida o’rganilib, lisoniy hodisalar va ularning ifoda imkoniyatlari keng talqin etilmoqda. Tilshunoslikning lingvokulturalogiya, etnolingvistika, pragmalingvistika,kognitiv tilshunoslik, matn tilshunosligi, kompyuter lingvistikasi, psixolingvistika va boshqa yo’nalishlarida inson omili tadqiqot obektiga aylanib bormoqda. Badiiy matnda inson omili va uning nutqini psixolingvistik jihatdan tadqiq etilishi bugungi kun tilshunosligini sifat bosqichiga ko’tarilmoqda. Bu esa XXI asr tilshunoslik nazariyasini yangi konsepsiyalar bilan boyitib, psixolingvistik bilimlarning optimallashuviga ma’lum darajada xizmat qilmoqda. Jahon tilshunosligida badiiy matnning psixolingvistik tahlili, matnda qo’llanilgan uslubiy-tasviriy vositalarning o’ziga xos xususiyatlari, matnga lingvopaetik yondashuv kabi muammolar tahliliga keng o’rin berilmoqda, bu holat butun bir ijtimoiy tizim xarakterini aniqlash, shu bilan bir qatorda, ijodkor yoki uning bir olamni idrok etish tamoyillarini belgilash imkonini beradi. Shuningdek, badiiy matn tahliliga bunday yondashuv tilshunoslikda yuzaga kelgan zamonaviy tahlil usullari bilan aloqadorlikda namoyon bo’lmoqda. Har bir fan kabi tilshunoslik han doimiy rivojlanishdadir. Jahon tilshunosligida badiiy matn va uning tahlil etishda psixolingvistik yondashuvning keng tadbiq etilishi mavzuni yoritish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Jamiyatimiz ilm- fanda yuzaga kelgan o’zgarishlarning tilshunoslik sohasida adiblar asarlari tili, badiiy asar kompazitsiyasi hamda uning ichki qurilishidagi yetakchi unsur hisoblangan tasviriy vositalarning lisoniy xususiyatlari psixolingvistik tadqiqiga doir masalalariga oid ko’plab izlanishlar maydonga kelmoqda. Bu esa mustaqillik yillarida til, adabiyot va madaniyat birligi masalasini ta’minlab, mutoola madaniyatini yuksaltirishga bo’lgan ehtiyojini kuchaytirdi. “Adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor- bu, avvalo, xalqimizga 2
e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, adabiyot, madaniyat yashasa , millat yashashi mumkinligini unitishga also haqqimiz yo’q”.(O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” mavzusida O’zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi// Xalq so’si,2017,4-avgust.) Shu bois, o’zbek ijodkorlari o’zining badiiy mahorati, so’z qo’llashdagi san’atkorona uslubi bilan alohida ajralib turadi. Zamonaviy o’zbek nasrining yorqin namoyondalaridan biri Erkin A’zam hikoyalari tili va uning psixolingvistik xususiyatlarini maxsus o’rganish ishning dolzarbligini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o’quv yurtidan keying ta’limni yanada takomillashtirish to’g’risida”, 2017- yil 13-sentabrdagi PQ-3271-son “Kitob mahsulotlarinin nash etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son “O’zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o’zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi ushbu qaror va farmonlarga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti ma’lum darajada xizmat qiladi. Dissertatsiyaning o’rganilganlik darajasi. Lisoniy til imkoniyatining ma’lum bir adib ijodida voqealanish xususiyati tadqiqotchilar tomonidan har xil aspektda, turli metod va metodologik asosda o’rganilib kelinmoqda. Bunda badiiy asar tilining leksik-grammatik xususiyatini o’rganish, til birligining lingvostilistik, lingvopsixologik hamda lingvopoetik xususiyati tadqiqi tarzida uch guruhga bo’lish mumkin. Bunda dissertatsiya ishiga tegishli ikki muammo yuzaga chiqadi: Birinchidan, olib borilgan ilmiy- tadqiqotlarda badiiy asar qahramonlari nutqi formal-funksiyonal asosida tadqiq etilmagan ; 3
Ikkinchidan, O’zbek prozasining yorqin namoyondasi Erkin A’zamning o’zbek tili lisoniy imkoniyatidan foydalanish mahorati, ya’ni adib personajlari nutqining psixologik xususiyatlari maxsus lingvistik tekshirish manbayi bo’lmagan. Bu esa adib hikoyalarining psixologik xususiyatlarini formal-funksional aspektda o’rganishning maqsad va vazifasini belgilashga asos bo’ladi. Adibning iste’dodi lisoniy kompitensiyasi (til bilimi) dan kelib chiqqan holda, nutqning boshqa ko’rinishidan farqli ravishda, til imkoniyatlaridan, shuningdek rang-barang lisoniy vasitalardan keng va o’rinli foydalanishida ko’rinadi. O’zida badiiylik va mushohadaviylik muvozanatini uyg’unlashtirgan, xalq hayoti va faoliyatini badiiy tarannum etishning betakror namunalari bo’lhan hikoyalari va boshqa asarlarida o’zbrk tili lisoniy imkoniyatlaridan yuksak darajada foydalanilgan. Badiiy asarda personajlar nutqining psixologik xususiyatlari umumiy me’yor asosida yuzaga chiqar ekan, bunda ijodkorning individual mahorati, bir tomondan, til lug’at boyligi hajmining oshishiga ma’lum darajada hissa qo’shadi. Erkin A’zam hikoyaqlarining bu borada alohida xususiyatga ega ekanligi mavzuning dolzarbligtini belgilaydi. Tadqiqotning maqsadi. Yozuvchi Erkin A’zamning hikoyalaridagi qahramonlar nutqini psixolingvistik aspektda o’rganish va ijodkorning o’zbek tili lisoniy imkoniyatidan foydalanish mahoratini ochib berishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari. Psixologik nutqning o’ziga xos xususiyatlarini lison- nutq tamoyili asosida o’rganish; Erkin A’zam hikoyalari orqali badiiy nitq va uning uslubiy- psixologik xususiyatini aniqlash; Hikoyalarda personajlar nutqining psixologik xususiyatlarini ochib berishda umumlisoniy qonuniyatga asoslangan tasviriy vositalarning baqdiiy matndagi o’rni va ahamiyatini asoslash. 4
tasviriy vositalar va ularning lingvokulturalogik xususiyatlari, hikoyalar matnida qo’llanilgan ko’chim va psixologik struktura, shuningdek takroriy lingvistik birliklar va psixolingvistik xususiyatlarini dalillash. Tadqiqotning obekti sifatida Erkin A’zamning “Ko’k eshik”, Anoyining jaydari olmasi”, ” Navoiyni o’qigan bolalar” hikoyalari tanlangan. Tadqiqotning predmetini Erkin A’zam hikoyalaridagi stilistik-psixologik vositalar hamda konnatativ strukturaning psixolingvistik xususiyatlari tashkil etadi. Tadqiqotning usullari. Tadqiqot mavzusini yoritishda tavsiflash, kontekstual, differensial-semantik , psixolingvistik tahlil usullaridan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat. Erkin A’zam hikoyalaridagi qahramonlar nutqi hududiy milliy qadriyatlarga ko’proq urg’u berilganligi sababli sheva, ibora, maqol,matallarning lisoniy nutqda voqealanganligi ochib berilgan. Yozuvchi hikoyalarida xalqona ohang, dialektizm kabi personajlar nutqiga xos jarayonlar, erkin nasrning sintezlashuvi, rang tasvirining voqelikka uyg’unlashuvi kabi yozuvchi uslubiga xos grammatik vositalar, hikoyalar mazmunini boyitganligi kabilar dalillangan; adibning jonlantirish, mubolag’a, kinoya,metafora, metanimiya,senekdoxa, o’xshatish, tagma’no kabi uslubiy mahorati hikoyalarda estetik va ekspressivlik kasb etganligi ochib berilgan; Ijodkor nutq muloqatining ifada etilishida hikoyalarida keng qo’llanilgan qaray- qaray,kir-kir,miriqib-miriqib, sho’x-sho’x, vaqti-vaqti (“Ko’k eshik”), to’rt tiyin- to’rt tiyin,turib-turib,yo’q-yo’q, sarak-sarak,qila-qila, jo’nay-jo’nay, qayta-qayta, (“Anoyining jaydari olmasi”), yura-yura,bari-bari,g’o’ng’ir-g’o’ng’ir,qarab- qarab,kichik-kichik,iymana-iymana,ho’ng-ho’ng, kelib-kelib (“Navoiyni o’qigan 5