Pragmalingvistika tahlili asoslari
Mavzu: Pragmalingvistika tahlili asoslari Reja: Kirish 1. Pragmalingvistikaning tilshunoslikdagi ahamiyati 2. Pragmalingvistik vositalar 3. Pragmatik presuppozitsiyaning o'rni 4. Pragmalingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH Strukturalizm tilni mustaqil bir sistema sifatida o‘rganar ekan, lisoniy tizimni, lisoniy imkoniyatlarni o‘rganishga ko‘p e`tibor qaratdi va shu bois lisonshunoslik keng rivojlandi. Nutq lingvistikasi esa lisonshunoslik soyasida qoldi va tilshunoslarning asosiy e`tibori tildagi sistemaviy paradigmatik munosabatlarning o‘rganilishiga qaratilib, nutq lingvistikasiga kam e`tibor berildi. Bu strukturalizm asoschisi sanalgan Sossyurning o‘zining ham nutq lingvistikasiga murojaat etmaganligi bilan o‘zviy bog`liq bo‘lsa kerak, chunki Sossyur o‘qigan ma`ruzalarning bayoni sanalgan "Umumiy tilshunoslik kursi"da ham nutq lingvistikasi bo‘limi Sossyur tomonidan o‘qilgan yoki o‘qilmaganligi haqida aniq ma`lumot yo‘q. Strukturalizmning xilma-xil oqim va maktablari keng rivojlanib, lisonshunoslik "XX asr tilshunosligi", "zamonaviy tilshunoslik" sifatida keng ommalashgach, yangilik tarafdorlari Sossyur diqqatidan chetda qolgan sohaga- nutq lingvistikasiga ham e`tibor bera boshladilar. Shunda juda ko‘p tilshunoslar (chunonchi, E.R.Atayan, V.N.Voloshinov, R.T.Yarovikova va boshqalar) Sossyurning "nutq sof xususiy, individual nutqda hech qanday umumiylik yo‘q" degan fikrlariga qarshi chiqdilar va hatto lison-nutq farqlanishi asossiz ekanini isbotlashga intildilar, ya`ni Sossyur eng muhim deb bilgan lison va nutq farqlanishini inkor etishga intildilar. Bu inkorning ham o‘zigaxos asosi mavjud edi. Bu asos shundan iborat ediki, alohida bir shaxs muloqot jarayoniga kirishar ekan, (fikrini, his-tuyg`usini, munosabatini yozma yoki og`zaki shaklda bayon etar ekan) uning oldida maqsad turadi. Bu maqsad so‘zlovchining boshqalar uni tushunishi, anglashidan iboratdir. So‘zlovchi va tinglovchining biri-birini tushunishi va anglashi faqat ular uchun umumiy asos mavjud bo‘lgandagina amalga oshishi mumkin. Shuning uchun lison qanchalik ijtimoiy, so‘zlovchi va tinglovchi uchun umumiy, majburiy bo‘lsa, nutq ham ular uchun shunday umumiy, majburiy va
ijtimoiydir. Ammo lisoniy tizimda ayni bir xil mazmun vamunosabatni ifodalashining yuzlab omillari mavjud. “ Pragmatika ’’ (pragma – ish, harakat) aslida falsafiy tushuncha bo‘lib, u Sokratdan oldingi davrlarda ham qo‘llanishda bo‘lgan va keyinchalik uni J.Lokk E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan o’zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada pragmatizm oqimi yuzaga kelgan. Bu oqimning asosiy taraqqiyot davri XIX-XX
asrlardir. Ayniqsa, XX asrning 20-30- yillarida pragmatizm g’oyalarining keng targ’ibi aniq sezila boshladi. Amеrika va Yevropada bu targ’ibotning keng yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabilarning xizmatlarini alohida qayd etmoq kerak. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Amerikada hukmron bo lgan falsafiy pragmatizm yo’nalishining asoschilaridan biri Charlz Pirs edi. Ushbu falsafiy tizimning asosiy g‘oyasi semiotik belgining ma ’ no mazmunini ushbu belgi vositasida bajarilayotgan harakatning samarasi, natijalari, muvaffaqqiyati bilan bog‘liq holda o‘rganishdir. 1 Bu tamoyil muallifi Ch. Pirs birinchilardan bo‘lib, belgi nazariyasi doirasida kommunikativ faoliyat subyekti omilini inobatga olish lozimligini uqtirdi. Pragmalingvistikatilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatidao‘tgan asrning 60- 70-yillaridashakllandi. 1970- yildaDordrext shahrida “ Tabiiy tillar pragmatikasi ” (Pragmatics of natural languages) mavzusid axalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumandao‘qilgan ma ’ ruzalar to‘plamining muharriri, Tell- Aviv unversitetining professori I.Bar – Hillelning “ So‘z boshi ” da qayd qilishicha, anjuman ishtirokchilari yakdillik bilan “ Tabiiy til vositasida bajariladigan muloqotning pragmatik xususiyatlari ushbu muloqotning sintaktik va semantik xususiyatlari kabi lingvistik nazariyasi doirasida o‘rganilishi lozim ” degan xulosaga kelishdi (Vsr-Hilel 1971: V-VI ). Pragmatikaning “ Qaytatuzilish davri ” deb e ’ tirof etilgan xuddi shu paytdan boshlab, xorijiy tilshunoslikda haqiqiy pragmatik ko‘tarilish yuzaga keldi. Bu mavzuga oid qator anjumanlar, yig‘ilishlar o‘tkazildi, chop qilinayotgan to‘plamlar, ilmiy tadqiqotlarning chegarasi yo‘q, Gournal of Pragmatika tom ma ’ noda xalqaro nashrga aylandi. 1 ? Xakimov M.X O’zbek ilmiy matning sintagmatik va pragmatik xususiyatlari: Filol. Fan n-di ....diss. Toshkaent, 1993. 17,18,21-betlar.
Pragmalingvistikaning predmetini aniqlashga ilk bor ahd qilganlardan biri G. Klaus edi. U pragmatikani ” belgilar va ushbu lisoniy belgilarni yaratuvchi, uzatuvchi hamda qabul qiluvchi shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi ’’ fan sifatida ta ’ riflaydi. Ushbu ta ’ rifdan ko‘rinib turibdiki, pragmatikaning predmetini aniqlashda G. Klaus ham boshqa semiotiklar kabi belgi va uni idrok etuvchi interpretator munosabatidan uzoqlashmaydi, hatto uning “ pragmatika dastlabki o‘rinda lisoniy belgilarning psixologik va sotsiologik tomonlarini o‘rganuvchi nazariyadir ” degan xulosasi ham pragmatika tushunchasini tor ma ’ noda tavsiflashdan boshqa narsa emas. “ Sabab – motiv – maqsad ” zanjiri nutqiy faoliyat rejasini shakllantiradi vauning voqelanishini ta ’ minlaydi. Xuddi shu narsaA.Kasherni pragmalingvistik tahlilning asosiy maqsadini “ qo‘yilgan vositalardan foydalanishni ta ’ minlovchi insonga xos bo‘lgan qobiliyat qoidalarini ” yoritish va tushuntirish deb tasvirlashga undaydi. 2 Pragmalingvistikani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatidaajratish vauning o‘zgarish ob ’ ekti, predmetini aniqlash uchun lisoniy birliklardan turli kommunikativ muhitda pragmatik qiymati, “ bahosi ” , mundarijasining namoyon bo‘lishini ta’minlovchi omillarni izlamoq darkor. Lisoniy birliklardan har qanday sharoitda namoyon bo‘ladigan belgilari ularning ontologik vazifaviy (funksional) xususiyatlari na ’ munasidir. Shunday qilib, pragmatikaning umumiy ta ’ rifini quyidagichatasavvur qilish mumkin: pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib uning tadqiqot doirasid amuloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo‘llash hamda ushbu qo‘llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilarigata ’ siri masalalari o‘rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya 2 Karimova R.A Semantiko-strukturnaya organizasiya teksta (na materiale ustnih spontannih tekstov): Avtoref. diss. …d-ra filol. Nauk.-M., 1992. S. 6,27.