logo

“KUNTUG‘MISH” DOSTONINING TARIXIY ASOSLARI VA LINGVOPOETIK TAHLILI

Yuklangan vaqt:

13.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

416.5 KB
“KUNTUG‘MISH” DOSTONINING TARIXIY ASOSLARI VA
LINGVOPOETIK TAHLILI 
M U N D A R I J A
KIRISH (Ishning umumiy tavsifi )....................................................................6-10
I. BOB.  “Kuntug‘mish’’ dostonining o‘rganilish tarixi va o‘ziga xos 
xususiyatlari.  ………………………………………………….......... ................11-41
1.1 Dostonning yozib olinishi, nashr etilishi va ilmiy tadqiq qilinishi tarixi….11-17
1.2  “Kuntug‘mish” dostonining baxshilar epik repertuarida tutgan o‘rni va 
variantlari ...........................................................................................................18-40
I. bob bo‘yicha xulosa.............................................................................................41
II. BOB.  .“Kuntug‘mish’’ dostonining tarixiy asoslari …………….42-63 
2.1  Dostonning syujeti va motivlar tarkibining genezis i ..................................42-46
2.2. Dostonning obrazlar tizimi……………….................................................47-63
II. bob bo‘yicha xulosa..........................................................................................64
III. BOB.  .“Kuntug‘mish’’ dostonining lingvopoetik tahlili ............64-79
3.1. Dostonning fonopoetik va leksik-semantik xususiyatlari...........................64-72
3.2.  “Kuntug‘mish” dostonning lingvostatestik tahlili………  .........................73-79
III. bob bo‘yicha xulosa......................................................................................80
XULOSA ...........................................................................................................81-83
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ....................................84-88
ILOVALAR........................................................................................
1 ISHNING UMUMIY TAVFSIFI
Mavzuning dolzarbligi . O`zbek xalqining  boy epik merosi nafaqat miqdor
jihatidan,   balki   mavzu   qamrovining   kengligi   bilan   ham   alohida   ajralib   turadi.
Alpomish, Go`ro`g`li kabi   epik qahramonlar xalq idealining timsollariga aylanib,
bu   qahramonlarni   kuylovchi   dostonlar   esa   xalq   ma`naviy   hayotining   tarkibiy
qismiga   singishib   ketgan.   Bugungi   kunga  kelib,   asrlar   davomida   kuylab  kelingan
xalq dostonlari turli nashrlarda chop qilinib, kitob shaklida o`qilmoqda. Ommaviy
dostonxonlik   xalq   o`rtasida   allaqachon   urf   bo`lganligini   ham   alohida   qayd   etish
lozim.   «Alpomish»   va   «Go`ro`g`li»   dostonlari   qatorida   sevib   tinglanib,   ommaviy
ravishda   o`qilib   kelinayotgan   asarlardan   biri   «Kuntug`mish»   dostoni   hisoblanadi.
«Kuntug`mish»ning   qayta-qayta   nashr   etilayotganligi,   turli   jurnal   va   gazetalarda
dostondan   olingan   parchalarning   chop   qilinayotganligi,   ijod   ahlining   doston
qo`shiqlariga   naziralar   bog`lab,   diqqat   qaratayotganliklari   ham   fikrimizni
tasdiqlaydi.   «Kuntug`mish»   bugungi   ma`naviy   hayotimiz   va   adabiy   jarayonlarda
faol   harakatda   bo`lgan   asarlardan   hisoblanadi.   Ayni   holat   bu   asarni   alohida,   har
jihatdan   o`rganish   masalasini   talab   etadi.   Qolaversa,   «Kuntug`mish»   dostoni,
ayniqsa, uning Ergash Jumanbulbul o`g`li varianti yuksak badiiy asar sifatida ham
alohida   e`tiborga   loyiq.   Dostondagi   go`zal   obrazlar,   serjilo   tashbehu   timsollar,
jozibali   ohangga   ega   bo`lgan   qo`shiqlarni   yosh   avlodlarga   yaqindan   tanitish,
ularning   badiiy   qimmatini   tushuntirish   umumbadiiy   saviyaning   yanada
ko`tarilishiga, kelajak avlod tarbiyasining kamolot sari yo`nalishiga   olib keladiki,
uning   dissertatsiy   obyekti   sifatida   olinishining   ma`rifiy,   tarbiyaviy,   badiiy-estetik
ahamiyati,   bir   tomondan,   ana   shu   jihatlar   bilan   ham   belgilanadi.   «Kuntug`mish»
kabi   umuminsoniy   qadr-qimmatlarni   ulug`lovchi   dostonlar   targ`ib-tashviq   etilishi
har   jihatdan   foydali.   Zero,   o`zbek   xalqining   dunyoqarashi,   ezgulik   va   yovuzlik
bilan bog`liq xalqona falsafiy talqinlari, tabiat, jamiyat haqidagi tushunchalari, bir
so`z   bilan   aytganda,   milliy   g`oyalari   epos   voqealari   mag`zida,   xalq   ideallarining
2 poetik ifodasi shaklida namoyon bo`lgan. Milliy g`oya jamiyat taraqqiyotini olg`a
yetaklovchi, doimiy harakatdagi kuchdir. Shu sababli ham milliy g`oya zimmasida
hamisha ulkan vazifalar turadi.
«Milliy  g`oya,  -  deydi  Prezidentimiz,  -   birinchi  navbatda   yosh  avlodimizni
vatanparvarlik,   el-yurtga   sadoqat   ruhida   tarbiyalash,   ularning   insonparvarlik   va
odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo`lishi
zarur». [1;30]
Shunday   ekan,   xalq   dostonlarini   har   tomonlama   tadqiq   etish   birgina
folklorshunoslik   fani   uchungina   foydali   bo`lmay,   umum   ma`naviy   taraqqiyot
uchun ham ahamiyatlidir.
Ma`lumki,   folklorshunoslikda   ham   birlamchi   manbalarni   o`rganish   shu   fan
sohasidagi   nazariy   muammolarning   to`g`ri   yechilishida   muhim   rol   o`ynaydi.
Folklor asarlari tabiatiga xos variantlilik hodisasi shunday muammolardan biridir.
Bu   hodisa   har   bir   janrda   o`ziga   xos   ravishda   namoyon   bo`lib,   alohida,   keng
ko`lamli   ilmiy   ishlarni   talab   etadi.   Aksariyat   dostonlar   qatorida   «Kuntug`mish»
dostoni   ham   bizgacha   bir   qancha   variantlarda   yetib   kelgan   hamda   eng   iqtidorli
baxshilardan yozib olingan. Shunday bo`lishiga qaramay, shu vaqtga qadar ushbu
variantlar  monografik planda  tadqiq etilgan emas. Bu  masalaning  ilmiy asoslarda
yoritilishi   dostonning   g`oyaviy-badiiy   qimmatini   ko`rsatishda,   uning   genezisi,
tadrijiy   rivojlanish   bosqichlari,   tarqalish   chegaralarini   o`rganishda     katta
ahamiyatga ega bo`lib, mazkur dissertatsiyaning dolzarbligini ham belgilab beradi.
Tadqiqotning   obyekti   va   predmeti.   Dissertatsiyada   Ergash   Jumanbulbul
o`g`lining   «Kuntug`mish»   va   Bekmurod   Jo`raboy   o`g`lining   «Xolbeka»
dostonlarining   kitob   nusxalari   hamda   Islom   Nazar   o`g`lining   «Kuntug`mish   va
Xolbeka»  dostonlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning   maqsad   va   vazifalari .   asosiy   maqsadi   «Kuntug`mish»
dostonining   mavjud   variantlari   orasidan   g`oyaviy-badiiy   jihatdan   yuksak
namunalarini aniqlash, saralangan variantlarni o`zaro qiyosiy o`rganish barobarida
doston   sujeti,   asosiy   obrazlari   va   yetakchi   motivlar   talqinida   yuz   bergan
3 o`zgarishlar   sabablarini   ko`rsatish,   har   bir   variant   badiiyatidagi   o`ziga   xosliklarni
ochib berishdan iborat.
Ana shu maqsadni amalga oshirish uchun dissertatsiyaning oldida quyidagi
vazifalar turadi:
- «Kuntug`mish» dostonining tarqalish hududlari, bu tarqalishning obyektiv
va subyektiv sabablarini ko`rsatish;
-     dostonning   mavjud   variantlarini   o`rganib,   qiyosiy   tavsif   etish   asosida
mukammal namunalarni aniqlash;
-   mukammal   variantlardagi     sujet,   yetakchi     motivlar   va     asosiy   obrazlarni
qiyosiy tadqiq qilish va ularga xos jihatlarni yoritish; 
-   Ergash   shoir   va   Bekmurod   baxshi   variantlarining   badiiy-estetik
ahamiyatini   tadqiq   etish   barobarida   baxshilar   ijrosi   va   ijodidagi   an`ana   va
individuallik hodisasini o`rganish;
- doston tilini fonopoetik, lingvostatistik jihatdan tahlil qilish;
- variantlardagi she`r tuzilishi, qofiya tizimidagi umumiyliklar va o`ziga xos
jihatlarni tadqiq etish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi 
- “Kuntug‘mish”   dostonidagi   yordamchi   birliklar   lingvostatistik   jihatdan
tahlil qilindi;
- “Kuntug‘mish”   dostoni   tilining   fonopoetik   hamda   leksik-semantik
xususiyatlari aniqlandi;
-“Kuntug`mish”   dostonining   mavjud   variantlari   aniqlanib,   ular   ilmiy
tavsiflandi. Barcha variantlar orasidan  mukammal, badiiy jihatdan yuqori bo`lgan
Ergash   Jumanbulbul   o`g`li,   Bekmurod   Jo`raboy   o`g`li   va   Islom   Nazar   o`g`li
variantlari atroflicha tahlil qilindi; 
- -dostonning Ergash shoir, Bekmurod baxshi  va Islom  shoir variantlarining
sujetidagi   mushtarak   tomonlar     va   mavjud   farqlar   aniqlanib,   qiyosiy   o`rganildi.
Sujet   yo`nalishi   bo`yicha     yuz   bergan   o`zgarishlar,   ularning   badiiy   jihatdan
asoslanishi  yoritildi;    
4 - -dostonning   yetakchi   obrazlari   alohida-alohida,   har   bir   variant   misolida,
qiyosiy tahlil orqali o`rganib chiqildi;  
Mavzuning   o`rganilish   darajasi.   Folklor   asarlarining   jonli   ijro   jarayonida
voqea   bo`luvchi   variantlilik   hodisasi   hamisha   folklorshunoslarning   diqqat
markazida   bo`lib   kelgan.   Aslida,   folklor   namunalarining   har   bir   ijrosi   o`ziga   xos
bir variantni paydo qiladi. Lekin folklorshunoslik   o`z imkonida mavjud manbalar
asosidagina   variantlar   haqida   fikr   yurita   oladi.   o`zbek   folklorshunosligida
variantlilik   masalasi   nazariy   va   amaliy   jihatdan   tadqiq   etilgan.   Bu   borada
folklorshunosla   H.T.Zarifov,   T.Mirzayev,   M.Saidov,   M.Murodov,   K.Imomov,
B.Sarimsoqov,   M.Qo`shmoqov   va   boshqalarning   turli   yo`nalishdagi     fikrlari   va
mulohazalarni keltirib o`tish mumkin. 
Tadqiqot   usullari ..Dissertatsya   mavzusini   yoritishda   tavsifiy,   qiyosiy-
tarixiy, statistik, lingvopoetik usullardan foydalanildi.
Tadqiqotningning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati .   Ilmiy  ishda bayon
etilgan   ilmiy–nazariy   xulosalardan   bevosita   og`zaki   ijodda   variantlilik   hodisasini
va   bunda   xalq   baxshilarining   epik   an`ana   doirasidagi   individual   mahoratlarining
ahamiyatini   yoritish   masalalarida   keng   foydalanish   mumkin.   «Kuntug`mish»
dostonining   variantlari,   genezisi   va   badiiyatini   o`rganish   misolida   aytilgan
mulohazalar   epik   ijod   tabiati,   o`zbek   folklori   tarixini   yanada   chuqurroq
tushunishga   yordam   beradiki,   bu   dissertatsiyaning   ilmiy-nazariy   ahamiyatini
belgilaydi, deb o`ylaymiz. 
Ishimizdagi   qiyosiy   tahlillardan   «Kuntug`mish»   dostonning   akademik   va
ommaviy   nashrlarini   amalga   oshirishda   foydalanish   mumkinligi   uning   amaliy
ahamiyatga ham molikligini ko`rsatadi. Shuningdek, uning natijalaridan oliy o`quv
yurtlari   filologiya   fakultetlarida   maxsus   kurs   va   tanlama   fanlar   o`qitishda,
maktablar,   kollejlar,   akademik   litseylar   uchun   darslik   hamda   qo`llanmalar
yaratishda,   malakali   bitiruv   ishlari,   magistrlik   ishlarini   yozishda   ham   foydalanish
mumkin.   Bundan   tashqari   mazkur   mavzuda   maktabning   8-   sinf   va   litsey,
kollejlarning  I kurslarida o`tiladi.
5 Tadqiqot   natijalarining   aprobatsiyasi.   Dissertatsiya   mavzusi   bo‘ yicha
quyidagi ilmiy ishlar e’lon qilindi.
T\
r Kitob, maqola tezis nomi Sahifasi Maqola   chop   etilgan
jurnal,gazeta,   to‘plam
nomi Sanasi
1 “Kuntug‘mish’’   dostonida
qo‘llanilgan   omonimlar
semantikasi   “Muallim’’ jurnali 2021-yil
iyun
2 “Kuntug‘mish’’   dostonining
yozib   olinishi,   nashr   etilishi
va   ilmiy   tadqiq   qilinishi
tarixi 53-62     “  Pedagogs’’   xalqaro
jurnali 2022-yil
31-may
3 “Kuntug‘mish’’   dostonining
lingvopoetik tahlili “Ustozlar   uchun”
jurnal 2022-yil
iyun
Dissertatsiyaning   tulishi   va   hajmi.   Dissertatsiya   kirish,   uch   asosiy   bob,
xulosa va foydalanilagan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi
6 I. BOB. “KUNTUG‘MISH” DOSTONINING O‘RGANILISH
TARIXI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
I.1. DOSTONNING YOZIB OLINISHI, NASHR ETILISHI VA ILMIY
TADQIQ QILINISHI TARIXI
Ma’lumki,   o‘zbek   xalq   baxshilari   epik   repertuarida   muhim   o‘rin   tutadigan
ishqiy-romantik   dostonlarda   sevgi   mojarolari,   sarguzashtli   voqealar   tasviriga
alohida   e’tibor   beriladi.   Ularda   voqea-hodisalarni   lirik   yo‘nalish   asnosida
tasvirlash   an’ansi   ustuvorlik   qiladi.   Baxshilar   badiiy   dahosining   nodir
mo‘jizalaridan biri  “Kuntug‘mish”  dostoni  shunday  asarlardandir. “Kuntug‘mish”
dostonida, bir tomondan, ko‘ngilda muhabbat g‘unchasi gul ochgan ikki yoshning
achchiq   qismati,   boshidan   o‘tkazgan   ruhiy   iztiroblari   yorqin   dramatik   lavhalarda
gavdalantirilsa, ikkinchidan, ana shu og‘ir qismat sinovlarida ham yoqin kelajakka
ishonch   yog‘dusi   nur   taratib   turadi.   O‘zining   syujet   tuzilishi   va   kompozitsion
qurilishi   jihatidan   o‘zbek   xalq   dostochiligida   favqulotda   o‘rin   tutgan   bu   doston
Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li,   Nurmon   Abduvoy   o‘g‘li,   Islom   shoir   Nazir   o‘g‘li,
Bekmurod   Jo‘raboy   o‘g‘li,   Egamberdi   Ollomurod   o‘g‘li,   Zohir   shoir   Qo‘chqor
o‘g‘li,   Alim   baxshi   Haqqulov,   Ro‘zimbek   Murodov,   Qodir   baxshi   Rahimov   kabi
baxshilardn yozib olingan. Umumiy epik rivoya, syujet va motivlari jihatidan bir-
biriga   o‘xshash   bo‘lgan   bu   variantlar   orasida   Ergash   shoir   nusxasi   badiiy
go‘zalligi, kompozitsion pishiqligi bilan ajralib   turadi. Zulm va zo‘rlik bilan bir-
biridan ajratilgan oshiq-mashuqlar taqdiri, adolatsiz zamon to‘fonida ota-onasidan
va   bir-biridan   ajralib   qolgan   egizaklar   sarguzashti   Ergash   shoir   variantida   turli-
tuman ijtimoiy hodisalar fonida nihoyatda konkret va real tasvirlangan. Bu variant
O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy tadqiqot instituti Folklor arxivida 11-inventar raqami
ostida  saqlanadi. Bu dostonni mashhur folklor to‘plovchi Muhammad Isa Ernazar
7 o‘g‘li 1926-yilda yozib olgan. Doston 22 х 35   o‘lchamdagi sarg‘ish   tusli yo‘l-yo‘l
qog‘ozga   arab   alifbosiga   asoslangan   eski   o‘zbek   yozuvida   siyoh   bilan   yozilgan
bo‘lib, hajmi 80 sahifadan iborat.
Doston   qo‘lyozmasining   oxirgi   sahifasida   mazkur   asarni   yozib   olish   ishi
tugallangan 1926- yil 5- avgust sanasi ko‘rsatilgan. Shu sahifada yozib oluvchining
ushbu   izohi   mavjud:   “Ushbu   dostonni   Zarafshon   viloyatining   Nurota   tumanining
Jo‘sh   kentining   Qorakisa   urug‘i   Qo‘rg‘on   qishloq   fuqarosi   Ergash   Jumanbulbul
o‘g‘lining   og‘zidan   1926-yil   5-aprel   oyidan   boshlab,   1926-   yil   5-avgust   oyinda
mazkur kishining og‘zidan eshitib yozdim. Mazkur kishining otasi bir avom bo‘lib,
o‘zi   shoirlikda   mumtoz   bo‘lgan   bir   kishi   ekan.   Ammo   o‘g‘illarining   so‘zlari   asli
o‘zbek tilinda bo‘lib, lekin bazi birlarida, ehtimoli bor, siyoyi til aralashib ketgan
bo‘lsa   avfu   karam   bilan   yuvib   ketmoqlarini   so‘raymiz”,   deb   Muhammad   Isa
Ernazar o‘g‘li. 1926-yil”. [15;497]
Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li   repertuaridagi   “Kuntug‘mish”   dostonidan   ayrim
parchalar dastlab atoqli olim Hodi Zarifovning “O‘zbek folklori” xrestomatyasida
chop ettirildi.[51;207-218] Mazkur doston 1949-yilda xassos olim Buyuk Karimiy
tamonidan alohida nashrga tayyorlanib, H.Zarifovnining so‘zboshisi  bilan alohida
kitob holida nashr etilgan.[47;34] 1955-ylda dostonning Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
va Nurmon Abduvoy o‘g‘li variantlari asosida folklorshunos H.Zarifov tomonidan
tayyorlangan   yig‘ma   variant   bosib   chiqarildi.   Bu   na’muna   1958-   yilda   alohida
kitob shaklida, shuningdek, ‘‘O‘zbek xalq dostonlari’’ ikki jild tarkibida ham qayta
chop   etildi.   Bundan   tashqari,   Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘lidan   yozib   olingan
“Kuntug‘mish”   dostoni   baxshi   asarlarining   “Bulbul   taronalari”   nomli   besh
jildligiga [14;178-345] , “O‘zbek xalq ijodi” ko‘p jildligining “Orzigul” nomi bilan
nashr   etilgan   jildiga[31;1131-265]   ham   kiritilgan.   2011-   yilda   bu   doston   Ergash
Jumanbulbuldan   yozib   olingan   “Ravshan”   dostoni   bilan   birgalikda   chop   ettirildi
[22;162-277].
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li ijro etgan “Kuntug‘mish” dostonining1949-yilda
nashrga   tayyorlanib   chop   ettirilgan   matni   shoira   S.Somova   tarafidan   rus   tiliga
tarjima   qilinib,   uning   parchalari   “ Антология   узбкской   поэзии ”   va   “ Народная
8 поэзия   Узбекистана ”   to‘plamlarida   bosib   chiqarildi.   Mazkur   dostonning   rus
tilidagi   to‘liq   matni   esa   “ Узбекские   народные   поэмы ”,   “ Лукавая   царевна ”,
“ Песни   Булбуля ”   majmualarida   chop   ettirildi.   Shuningdek,   Ergash   Jumanbulbul
o‘g‘lining   og‘zidan   1926-yil   fidoiy   folklor   to‘plovchi   Muhammad   Isa   Ernazar
o‘g‘li yozib olgan hozirda O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy tadqiqot instituti Folklor
arxivida   11-inventar   raqami   ostida   saqlanayotgan   asl   nusxasi   asosida   2016-yilda
folklorshunos Mamatqul Jo‘rayev, Hodi Zarifov ,Zubayda Husanovalar tomonidan
nashrga   tayyorlanib   “O‘zbek   xalq   ijodi   yodgorliklari”   100   jildligining   9   jildida
nashr etildi[15;20-162].
Dostonning   boshqa   variantlaridan   “Kuntug‘mish   polvon”   dostoni   1927-yil
10-   sentabrda   Samrqand   viloyatining   Kattaqo‘rg‘on   tumanida   yashovchi   Nurmon
Adivoy o‘g‘lidan folklor to‘plovchi zarif Qodriy yozib olgan. Mazkur doston jami
36   sahifadan   iborat.   U35x21   o‘lchamdagi   sarg‘ish-oq   qog‘ozga   arab   alifbosiga
asoslangan   eski   o‘zbek   yozuvida   yozilgan.   Qo‘lyozmaning   ilk   sahifasida   ‘‘el
dostonlaridan   “Kuntug‘mishbek-Xolbeka”   dostoni.   Aytuvchi:   xalq   shoirlaridan
Nurmon   Abdivoy   o‘g‘li.   Yozuvchi:   Zarif   Qodiriy.   Kattaqo‘rg‘on,1927-yil   10-
sentabr” deganyozuv bitilgan[15;321-497].
“Kuntug‘mish”   dostonining   Nurmon   Abdivoy   o‘g‘lidan   yozib   olingan
varianti   ilk   bor   2016-yilda   folklorshunos   Mamatqul   Jo‘rayev,   Hodi   Zarifov,
Zubayda   Husanovalar   tomonidan   nashrga   tayyorlanib   “O‘zbek   xalq   ijodi
yodgorliklari”   100   jildligining   9   jildida   nashr   etildi.   To‘g‘ri,   1955-yilda   mazkur
epik   asarning   yig‘ma   matnini   tayyorlab,   chop   ettirishga   kirishgan   H.Zarifov
dostonning   Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li   va   Nurmon   Abdivoy   o‘g‘li   variantlariga
tayanib,   ish   ko‘rgan   bo‘lsa-da,   keyinchalk   uning   o‘zi   bu   asarning   “Bulbul
taronalari”   besh   jildligida   e’lon   qilinish   munosabati   bilan   xalq   dostonlarining
og‘zaki   namunalari   asosida   yig‘ma   matn   tayyorlash   maqbul   emasligini   e’tirof
etgan[32;384-385]. 
“Kuntug‘mish”   dostonining   yana   bir   variant,   “Xolbeka”,   dostoni   Nurota
tumanining Qo‘ir qishlog‘ida yashagan chechan baxshi  Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li
repertuarida mavjud bo‘lgan “Kuntug‘mish” (“Xolbeka”) dostonining qo‘lyozmasi
9 O‘zbek   tili   va   adabiyoti   ilmiy   tadqiqot   instituti   Folklor   arxivida   1010-inventar
raqami   ostida     saqlanadi.   Mazkur   doston   1946-yil   30   avgust   kuni   Toshkent
shahrida folklorshunos olima Z.Husainova tomonidan yozib olingan Doston 30x21
o‘lchamdagi   sariq   tusli   qog‘oz   varag‘ining   har   ikki   tarafiga   kiril   alfbosida   siyoh
bilan yozilgan qo‘lyozmaning umumiy hajmi 245 sahifadan iboratdir[15;521]. 
Folkor arxivida saqlanayotgan sar nomi “Kuntug‘mish”deb yozilgan Ammo
ushbu doston 1967- yilda Z.Husainova tomonidan “Xolbeka” nomi bilan “O‘zbek
xalq  dostonlari”   ruknida  alohida   kitob  holida   ma’lum   qisqartirishlar   bilan  ilk   bor
nashr etilgan[20;125].
Atoqli   dostonchi   Islom   shoir   Nazar   o‘g‘lidan   yozib   olingan   “Kuntug‘mish
va   Xolbeka”   dostoni   O‘zbek   tili   va   adabiyoti   ilmiy   tadqiqot   instituti   Folklor
arxivida 1142-inventar raqami ostida saqlanadi. Doston 1951- yilda baxshiga kotib
qilib   tayinlangan   Yaxyo   Yo‘ldosh   tomonidan   har   biri   50   varaqlk   albom   tipidagi
yo‘l-yo‘l   daftar   hamda   yo‘l-   yo‘l   chiziqli   o‘quvchi   daftari   varaqlariga   kiril
alifbosida   siyoh   bilan   yozib   olingan.   S huni   takidlab   o‘tish   joizki,   doston   birinchi
albom   daftarining   hamma   varaqlariga,   ikkinchi   daftarning   esa   24-varag‘igacha
yozilgan. Shundan keyin dostonning davomi o‘quvchi daftari varaqlariga yozilgan.
Dostonning umumiy hajmi 126 sahifadan iborat. Islom shoir Nazar  o‘g‘lidan yozib
olingan  mazkur doston 126-sahifadagi:
Enaning nolishi yetmay falakka,
Otamni kofila tutdi qotil araqqa,
Karvon enamni Ob ketdi yiroqqa,
Rahmi kelmay ikkigina go‘dakga,
Navbat keldi yan bu kebanakka,
Oling, kebanak aka, sundim sizlarga, - bandidan keyin noma’lum sabablarga
ko‘ra uzilb qolgan.
“Kuntug‘mish”   dostonining   ushbu   varianti   2016-yilda   folklorshunos
Mamatqul   Jo‘rayev,   Hodi   Zarifov   ,Zubayda   Husanovalar   tomonidan   Islom
shoirning   shogirdi,   baxshining   epik   an’analarini   sadoqat   bilan   davom   ettirgan
Zohir shoir Qo‘chqor o‘g‘lidan 1953-yilda yozib olingan manba asosida to‘ldirilib
10 nashrga tayyorlandi va “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligining 9- jildida
nashr etildi.
Bundan   tashqqari,   “Kuntug‘mish”   dostonining   quyidagi   variantlari   ham
mavjud:   Alim   Haqqulov   varianti.   Nomlanishi:   Kuntug‘mish   va   Xolbeka.   Yozib
oluvchi:Siddiq   Asqarov   va   abbos   Tursinqulovlar.   Yozi   olingan   vaqti:   1979yil,
mart.   Krill   yozuvida.   256   bet.   Saqlanish   raqmi:   papka   №   66 .   Inventar   №7242 ,
Ro‘zimbek   Murodov   variant.   Nomlanishi:   Kuntug‘mish.   Baxshining   o‘zi   yozib
bergan. Yozilgan vaqti ko‘rsatilmagan. Kirill yozuvida. 15 bet. Arxivda saqlanish
raqami: Papka  №  219. Inventar  №724 , Islom shoir Nazar o‘g‘li variantidan parcha.
Nomlanishi:Kuntug‘mish.   Yozib   oluvchi:   G‘ani   Bozorov.   Yozib   olingan
vaqti:1949-yil.   Kirill   yozuvida.   2   bet.   Arxivda   saqlanish   raqami:   Papka   №   12.
Inventar  №4 8. 
Ma’lum   bo‘lmoqdaki,   “Kuntug‘mish”   dostonining   sakkizta   to‘liq,   bitta
ixchamlashtirilgan   variant,   bitta   parchasi   Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li ,   Bekmurod
Jo‘raboy  o‘g‘li , Islom shoir Nazar o‘g‘li, Nurmon Abduvoy o‘g‘li kabi atoqli xalq
baxshilari   hamda   Zohir   qo‘chqorov,   Alim   Haqqulov,   Ro‘zimbek   Murodov   kabi
mashhur   baxshilardan   yozib   olingan.   Bulardan   tashqari,   Egamberdi   Ollomurod
o‘g‘lidan   1962-yildaT.   Mirzayev   magnitafon   tasmasiga   yozib   olgan   variant   ham
bor.   Shuningdek   Qashqadaryolik   folklorshunos   A.   Ergashev   Qodir   shoir
variantidan   ayrim   parchalar   yozib   olgan.   Ushbu   variantlar   “ Kuntug‘mish ”
dostonini har tamonlama tadqiq etishga imkon beradi.
“ Kuntug‘mish ” dostoniga bag‘ishlangan maqola va tadqiqotlar orasida Hodi
Zarifning “ Kuntug‘mish ” dostoni haqidagi maqolasi[15;43-50] dostonga so‘zboshi
sifatida   yozilga   bo‘lishiga   qaramasdan,   hozirgacha   o‘z   ilniy   qiymatini
yo‘qotmagan.   T.Mirzayevning   “Xalq   baxshilarinig   epik   reprtuari”
monografiyasining   “ Kuntug‘mish ”   dostoni   qismini[27;118-129]   esa   ushbu   asar
syujeti,   yaratilish   davri,   g‘oyaviy-badiiy   xususiyatlari   haqida   imkon   qadar   to‘la
qamrab olgan yagona tadqiqot sifatida ko‘rsatish mumkin.
Aksaryat o‘zbek xalq dostonlari qatorida, “ Kuntug‘mish ” eposining syujeti,
asosiy   qahramonlari,   yetakchi   motivlari   hamda   tub   ildizlari   haqidagi   dastlabki
11 fikrlar   V.M.   Jirminskiy   va   H.T.   Zarifovlarning   “ Узбекиский   н ародный
героический   епос ” kitobida aytlgan. T. Mirzayev esa, “ Kuntug‘mish ” dostonining
kompozitsio   qurilishi   motivlar   talqinidagi   o‘ziga   xoslikni   boshqa   romanik
dostonlarga   qiyosan   tahlil   etgan.   Muallif   Kuntug‘mish,   Xolbeka,   Buvraxon,
Gurkiboy   va   Mojhiboy,   Azbarxo‘ja   obrazlari,   ularning   xarakterli   jihatlari   haqida
mulohaza   yuritar   ekan,   folklorshunoslikning   nazariy   masalalaridan   biri-   folklor
qahramonlarida individuallik bor-yo‘qligiga to‘xtaladi va shunday xulosani bayon
etadi:   ‘‘Ba’zi   tadqiqotlarda   folklorda   qahramonlar   individuallashtirilmaydi,   ular
asosan bir xil bo‘ladi asardan-asarga ko‘chib yuradi, degan mulohazalar uchraydi.
Bu   fikrlar   bir   yoqlama   bo‘lib,   folklorning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini,   undagi
individuallashtirish   darajasini   hisobga   olmaslik   natijasidir.   Bunday
mulohazalarning   bir   yoqlama   ekanligini   “ Kuntug‘mish ”   dostonidagi   egizaklar
obrazi   ham   tasdiqlaydi”[27;127].   Ko‘rinib   turibdiki,   “ Kuntug‘mish ”   dostoni,
undagi obrazlar, syujeti va yetakchi motivlar tahlili haqidagi mulohazalar umuman
eposimizning dolzarb muammolari, nazariy masalalari bilan bog‘lab talqin qilgan.
T.   Mirzayev   dostondagi   barcha   motivlar   va   epizodlarning   yaxlit   kompozitsion
birlikka   egaigi   va   undagi   har   bir   detal   muhim   badiiy   vazifa   o‘tashligiga   ham
alohida   e’tibor   qaratgan.   Bu   o‘rinda   Kuntug‘mish,   Xolbeka   va   bolalarning   to‘rt
tomonga   tarqab   ketganiga   guvoh   bo‘lib   ishtirok   etuvchi   cho‘pon   obrazi   misol
tariqasida keltirilgan [27;119] .
Keyinchalik   Hodi   Zarifning   o‘zi   1949-yil   yozgan   so‘zboshisida
“ Kuntug‘mish ” dostoni syujetining ayrim motivlarini (masalan epik qahramonning
ajdaho bilan kurashuv lavhasi ) qadimgi Talas tevaragidan yozib olingan afsona va
naqllar   bilan   qiyosan   o‘rganib,   mazkur   asar   syujetining   shakllanish   tarixiga   doir
qiziqarli   fikrlarni   o‘rtaga   tashlagan[16;3-9].   Dostonning   g‘oyaviy-   badiiy
xususiyatlari,   asosiy   obrazlarining   tabiati   va   talqini   kabi   masalalar   M.Afzalov,
M.Saidovlarning   maqolalarida[42;56-57]   tahlilga   tortilgan.   Bundan   tashqari,
dostonning   tarixiy   asoslarini   folklorshunos   Sh.   Turdimov   ‘‘Kuntug‘mish’’
dostonining   yaratilishiga   doir’’   maqolasida   yoritishga   harakat   qilgan.
Folklorshunos   o‘z   obyekti   bilan   bog‘liq   Kuntug‘mish,   Xolbeka,   Buvraxon,
12 Gurkiboy   va   Mojhiboy,   Azbarxo‘ja   obrazlar   mohiyati   haqidagi   maqolasida   T.
Mirzayevning   xulosalariga   tayanib,   dostonining   mukammal   variant   o‘zi   asos
bo‘lgan   joyda   anch   uzoqda-   Samarqand   viloyati   Qo‘rg‘on   dostonchilik   maktabi
vakillari yashovchi joylar va unga tutash hududlarga tarqalish sabablarini Qo‘rg‘on
dostonchilari   mansub   urug‘   tarixi   bilan   izohlab,   dostondagi   bir   qator   obraz   va
motivlar   tarixiga   yanada   aniqlik   kiritib,   qiziqarli   fikr-mulohazalarni   bayon
etgan[42;79-83].
Folklorshunos  M.   Qo‘shmaqov   ham   “Baxshilar   xazinasi”   (Toshkent,  1981)
kitobida   Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li   ijodidagi   an’anaviylik   va   individuallik
masalasini   tadqiq   etar   ekan,   baxshining   “Kuntug‘mish”   dostoniga   ham   alohida
to‘xtaladi. 
“Kuntug‘mish”   dostoni   variantlarining   o‘rganilish   darajasi   ham   dastlabki
bosqichlarda   turibdi.   Bir   qator   ishlarda   dostonning   ma’lum   variantlari   mavjudligi
aytilgan   bo‘lsada,   ular   haqida   to‘liq   ma’lumotlar   keltirib   o‘tilmagan.   Bu   o‘rinda,
avvalo, folklorshunoslikning u yoki bu nazariy masalalari xususida to‘xtalinganda
misol tariqasida “Kuntug‘mish” dostoniga murojaat qilingan o‘rinlar mavjudligini
aytish   lozim.   Jumladan,   M.   Saidov   “Xolbeka”   nashriga   yozgan   so‘zboshisida:
“Kuntug‘mish” nomi bilan atalgan dostonlar  matnini qiyosiy o‘rganilganda, bular
o‘rtasida syujetda aytarli o‘zgarishlar, tofovutlar yo‘qligi darhol ko‘zga tashlanadi.
Faqat   xalq   og‘zaki   badiiy   ijodi,   xususan,   dostonchilik   doirasidagi   variantlik
tushunchasi  saqlanib qolgan”,-deb yozadi. H. Zarifov, T. Mirzayev   maqolalarida
ham   ‘‘Kuntug‘mish’’   dostoniga   nisbatan   saosan   “variant”   atamasi   qo‘llanib,
“versiya”   atamasi   tilga   olinmagn.   Buning   sababini   T.  Mirzayevning   doston   tarixi
bilan   bog‘liq   tadqiqoti   xulosalaridan   biri-   uning   tarqalish   hududi   haqidagi   fikri
aniq izohlashini ham qayd etishi lozim. 
O‘zbek   folklorshunosligida   har   bir   xalq   og‘zaki   ijodi   na’munasini   yozib
olish, to‘plash, saqlash hamda ularni saralab nashr etishda, asosan, eng mukammal
va   badiiy   jihatdan   yuksak   namunaga   tayanib   ish   yuritilganligini   ‘‘Kuntug‘mish’’
dostonining   Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li   variantiga   munosabatda   aniq   ko‘ramiz.
Ayni   paytda,   keng   qamrovli   tadqiqotlar   uchun   har   bir   dostonning   barcha
13 variantlarini   qiyosiy   o‘rganish   ushbu   doston   tarixi,   ma’lum   motivlar,   syujet
yo‘nalishlari va boshqa jihatlarini atroflicha tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega.
I.2.   “KUNTUG‘MISH” DOSTONINING BAXSHILAR EPIK REPERTUARIDA TUGAN
O‘RNI VA VARIANTLARI
  Baxshi   o‘zlashtirgan   va   ijodiy   tarzda   qo‘llab   kelgan   barcha   asarlar   uning
repertuarini   tashkil   etadi.   O‘zbek   xalq   baxshilari   repertuari   janr   e’tibori   bilan
nihoyatda   cheklangan.   Ular   folklorning   ikki   janridagi   asarlarini,   ya’ni   terma   va
dostonlarni   qo‘llab   kelganlar.   Baxshilar   terma   va   dostondan   boshqa   janrdagi
asarlarni   (ertak   qo‘shiq,   latifa   va   shu   kabilar)   bilsalar   ham,   ularni   aytmaganlar.
Mabodo   ular   biror   dostonning   mazmunini   turli   sabablarga   ko‘ra   hikoya   qilib
bersalar,   uni   “ertak   qilib   aytmoq”   deb   hisoblaganlar.   Biroq   bunday   aytish
professional dostonchi uchun odatdagi hol emas. Shuni ham aytish kerakki, ayrim
dostonlar bizgacha faqat mazmunlari orqaligina yetib kelgan. 
Baxshilar repertuarining hajmi ham bir xil emas. Odatda oddiy baxshilar besh-
o‘nta   doston   bilganlar.   Shundan   ham   bir   ikki   dostonni   yaxshi   kuylaganlar.   Enga
qoblyatli,   talantli,   yuksak   hofiz   quvvatiga   ega   bo‘lgan   ijodkorlar   repertuarida
o‘ttiz-qirq   va   hatto   undan   ortiq   dostonlar   bo‘lgan.   Ergash   shoir,   Islom   shoirlar
shunday   dostonchilardan   edilar.   Ular   bir   qator   epik   asarlarni   el   orasida   kuylab
kelishadi   va   ularni   folklorshunoslar   tomonidan   yozb   olingan   paytda   shu   darajada
dostonchilik   mahoratini   namayon   qilganlarki,   bunday   dostonlarning   ko‘pchiligi
ularning   nomi   bilan   abadiymuhirlanib   qoldi.   Masalan   “Kuntug‘mish”   deganda,
beixtiyor ko‘z o‘ngimizda Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, “Alpomish” deganda, Fozil
yo‘ldosh   o‘g‘li,   “Orzigul”   deganda,   Islom   Nazar   o‘g‘li   namoyon   bo‘ladi.
Favqulodda xotira qudratiga ega bo‘lgan improvizator kuychilar yetmishtacha xalq
dostonini   kuylab   kelganlar.   Davrimizning   atoqli   dostonchisi   Po‘lkan   shoir     va
uning repertuari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. U yetmishdan ortiq dostonni yod
bilar edi. Har bir doston ikki-uch ming satrdan tortib, o‘n- o‘n besh, hatto yigrma
ming   misragacha   she’rni,   qariyb   shuncha   prozaik   qismni   ham   o‘z   ichiga   olishini
hisobga olsak, xalq baxshilarining salohiyati, hayratomuz yodlash va esda saqlash
qobilyati, ijod qilish qudrati o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi. 
14 Yodlash,   esda   saqlash   va   ijod   qilish   salohiyati   baxshilarning   har   birida   har
xildir. Bu narsa ularning professional tayyorgarligi, qobilyati va shoirlik iqtidoriga
bog‘liq. O‘ta talantli ijodkorlarning o‘zlashtirishi va esda saqlashi uchun bir asarni
bir-ikki o‘qib berishning o‘zi kifoyadir. Masalan, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li 1992-
yilda   Toshkentda   bosilib   chiqqan   qozoqcha   “Qiz-Jibek”   dostoni   ikki   marta   o‘qib
chiqqach,   bir   oydan   keyin   unga   ijodiy   yondashgan   holda   qaytadan   o‘zbek   tilida
deyarli aynan aytib va yozib bergan. 
Xalq baxshilarining repertuari juda ham murakkabdir. Garchi ular janr e’tibori
nuqtai   nazaridan     terma   va   doston   bilan   cheklansa-da,   sostavi   va   tematikasi
jihatidan nihoyatda ko‘p qirrali va rang-barangdir. Baxshilar biografik va didaktik
termalardan   tortib   zamonaning   dolzarb   masalalarini   tasvirlovchi   asarlargacha,
qadimiy   qahramonlik   eposidan   romanik   dostonlargacha   bo‘lgan   barcha
namunalarni qo‘llab keladilar. 
Baxshining   epik   repertuari   yildan-   yilga   boyib  boradi.   Repertuarning   asosini
ustozdan   o‘rgangan   asarlar   tashkil   qiladi,   yani   repertuarning   hajm   e’tibori   bilan
muayyan bir sistemaga kirishida ustoz kuylab kelgan asarlar asosiy va hal qiluvchi
faktordir. Shu bilan birga baxshi ustozidan boshqa yirik dostonchilardan o‘rganish,
turli-tuman   manbalardan   o‘zlashtirish   orqali   o‘z   repertuarini   to‘ldirib   va   boyitib
boradi.   Yozma   adabiyot   namunalari   bilan   tanishish,   qissaxonlarni   tinglash   va
kitobxonlik   yig‘inlarida   ishtirok   etish,   hofizlar,   ashulachilar   va   muzikachilar
davrasida   bo‘lish,   o‘zlari   yashab   turgan   davrning   ijtimoiy-maishiy   masalalarini
tasvirlovchi yangi-yangi asarlar yaratishga intilish kabilar epik repertuarning boyib
borishida   asosiy   omillar   hisoblanadi.   Talantli   baxshilar   o‘z   epik   repertuarlarining
yildan-yilga   boyitib   borishga   harakat   qilganlar.   Shuning   uchun   ham   bir-biridan
go‘zal,   bir-biridan   sara   terma   va   dostonlar   o‘zining   butun   salobati   va   malohati
bilan bizgacha yetib kelgan.
        Baxshilar   epik   repertuarida   “Kuntug‘mish”   eposi   alohida   o‘rin   tutadi.   Ushbu
asar,   avvalo,   o‘zining   qiziqarli   voqealarga   boyligi,   inson   ruhiyati,   ichki
kechinmalarini o‘ta nozik ifodalaganligi, badiiy go‘zalligi bilan qimmatlidir. Ayni
jihatlar   dostonning   Ergash   shoir   variantida   mukammal   ko‘rinishda
15 mujassamlashgan. Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi namoyondalarining necha-necha
avlod   vakillari,   qolaversa,   Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li,   Bekmurod   Jo‘raboy   o‘g‘li,
Islom   shoir   Nazar   o‘g‘li,   Nurmon   Abduvoy   o‘g‘li   kabi   baxshi-shoirlar   talanti
“Kuntug‘mish”ni   eng   go‘zal   dostonlardan   biri   sifatida   bizgacha   yetkazib   elgan.
‘‘Kuntug‘mish’’  o‘z vaqtida turli  davrlarda kuylanib , omma tamonidan tinglanib
kelingan bo‘lsa, keyinchalik kitob holida nashr etilgach, qo‘ldan tushmay o‘qilgan.
Hozirgi   kunda   ham   ‘‘Kuntug‘mish’’ning   sevimli   dostonlar   qatorida   turganligini
undagi   she’riy   parchalaga   zamonamiz   shoirlarining   bo‘lgan   tatabbulari   yorqin
misol  bo‘ladi. Xususan, doston qo‘shiqlari vaznida R. Parfi, Y. Eshbek, U. Azim
kabi   shoirlarning   ilhomlanib   yozgan   she’rlarini   keltirib   o‘tish   mumkin.   Bu   esa
“Kuntug‘mish”   dostonining badiiy-estetik,  ilmiy-amaliy  jihatdan hamisha   folklor,
adabiyot,   san’at   ixlosmandlri,   mutaxssislr   nazarida   turgan   epik   asarlardan   biri
ekanligini ko‘rsatadi.
  Aksaryat   xalq   dostonlari   kabi   “Kuntug‘mish”   dostoni   ham   XX   asrning
birinchi   choragida  mutaxassislar   diqqat   e’tiboriga  tushdi.   Bu   o‘rinda   O‘zbekiston
Xalq   Maorifi   komissariati   Ilmiy   markazining   o‘zbeklarni   o‘rganish   komiteti
tashabbuskor   bo‘ldi.   “Kuntug‘mish”   dostonining   dastlabki   variant   ham   ana   shu
komitet   topshirig‘I   bilan   yozib   olindi.   Keyinchalik   boshqa   variantlari   ham
aniqlanib,   diqqatga   sazovor   namunalar   yig‘ildi.Ushbu   variantlar   qo‘lyozmalari
Alisher   Navoiy   nomidagi   Til   va   adabiyot   institutining   folklor   arxivida
saqlanmoqda. Yuqorida qayd etganimizdek, ushbu dostonning sakkizta to‘liq, bitta
ixchamlashtirilgan   variant,   bitta   parchasi   Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li,   Bekmurod
Jo‘raboy   o‘g‘li,  Islom   Nazar   o‘g‘li,  Nurmon  Abdivoy  o‘g‘li  kabi  atoqli  baxshilar
hamda   Zohir   Qo‘chqorov,   Alim   Haqqulov,   Ro‘zimbek   Murodovlar   ijrosida
bittadan varianga, Islom Nazar o‘g‘lining bir to‘liq va ikki betlik parcha nusxasiga,
Zohir   Qo‘chqorovning   uchta   to‘liq   variantlari   hamda   Qodir   baxshi   Rahimovning
ijrosidagi   bir   parchaga   ega.   Ushbu   materiallar   “Kuntug‘mish”   dostonini   har
jihatdan tadqiq etishga keng imkoniyat beradi.  
16 U   yoki   bu   asar   variantlari   o‘zaro   qiyoslanganda   birinnchi   galda   syujetdagi
umumiylik   va   tafovutlar,   so‘ngra   motivlar,   obrazlar   va   nihoyat,   uslubiy,   badiiy
jihatlari solishtirilib, tegishi xulosalar chiqariladi.
“Kuntug‘mish”   dostonining   nisbatan   mukammal   variantlari   tadqiqi   ular
o‘rtasida syujet nuqtai nazaridan keskin tofovutlar yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu holat,
avvalo, ushbu dostonning, asosan, bir-biriga deyarli qo‘shni hududlarda joylashgan
dostonchilik   maktablari   vakillari   tamonidan   ijro   etilib   kelingani   bilan   ham
izohlanadi.   E’tiborlisi   shundaki,   “Kuntug‘mish”   dostonining   tahlil   qilayotgan
variantlarning   bayon   uslubi   o‘zaro   solishtirilganda,   ular   o‘rtasida   aynan   mos
keluvchi archalar biz kutgan darajada ko‘p emasligiga amin bo‘ldik. U ham bo‘lsa,
kalavachi   momo   qizi   bilan   bog‘liq   o‘rinda,   Kuntug‘mishning   Zangar   shahriga
brogan   vaqti   bozorchilardan   Xolbekani   so‘rashi   va   har   uchala   variantlarda   ham
uyg‘un   holda   tushgan   sayyor   parcha,   Xolbekaning   karvonlar   olb   ketayotganida
bolalariga qilgan murojaatida keladi. 
Har uchala variantning ushbu o`rinlarini keltirib tahlil etamiz.
Ergash shoir variantida:
...Bolalarim, eminglar-da, to`yinglar,
Bu kundan kay ena derni qo`yinglar,
Bu kundan kay ena senga qaydadir,
Oxirat libosin endi kiyinglar.
Bir vaqtida zarrin ro`mol o`radim,
Oyna olib oq yuzimga qaradim,
Go`daklarim, ena bo`lmay ketayin,
Ena bo`lib ne kuningga yaradim?!
Oyim qizman, ishim haqdan ko`raman,
Suvsiz cho`lda bolam, deb chinqiraman,
Ena bo`lib ne kuningga yaradim,
Ko`zim bilan tirik tashlab boraman!
17 Enang ketdi karvonlarning qo`lida,   
Qolding endi Zarchamanning cho`liga,
Shu ko`rganim endi qaytib ko`rmayman,
Sensiz qaytib yurar Zargar eliga... 
Bekmurod baxshi variantida:
Otang qoldi Zarchamanning cho`lida,
Onang ketdi zolim karvon qo`lida,
Rozi bo`ling endi mendan, ikki qo`zim,
Ko`rarmiz-da qiyomatning yo`lida!
          Bu savdoni soldi boshga, ko`narman,
Hasratingdan kuya-kuya o`larman.
Armon bilan ikkovingdan ayrildim,
Endi, bolam, qiyomatda ko`rarman.
Sadag`a bo`lmadim sening bo`yingdan,
Ikki bolam, to`yib-to`yib eminglar!
Onang ketdi zolim karvon qo`linda,
Bugundan so`ng ona demay qo`yinglar!.. 
Islom shoir variantida:
Bo`yla savdo ayrilishdir, bilinglar,
Tuyg`unning bolasi fikr qilinglar,
Go`daklarim, eminglar-da, to`yinglar,
Ertadan so`ng ena deyishni qo`yinglar.
Ayriliq savdosi tushdi boshimga,
Hech kim rahm aylamas ko`zda yoshimga,
Mehribonlar, bosdim ikki to`shimga, 
Eminglar-da, go`daklarim, to`yinglar,
18 Ertadan so`ng ena deyishni qo`yinglar.
Termulib yig`laysiz mani yuzima,
Omon bo`lsang qolar eding izimga,
Rahm etib yig`layman  ikki qo`zima
Yig`lamanglar, go`daklar, to`y so`zima... .
Keltirilgan parchalar dostonning barcha variantlarida asarning kulminatsion
nuqtasida   aytilmoqda.   Bu   o`rinda   nafaqat   tasvir   yoki   so`zlar,   balki   ohang   va
ohangning bir nafasligi ham muhim rol o`ynaydi. 
Uchala variantda ham qo`shiq o`n bir bo`g`inli, demak, baxshilar qahramon
ruhiy   holatini   berishda   bir   xil   ohang   yo`lini   tanlashgan.   Yanada   aniqroq   aytilsa,
baxshilar   yagona   an`anaga   sodiq   qolishgan.   Endi   bevosita   qo`shiqlardagi   sayyor
misralarga e`tibor qarataylik.
Ergash shoir variantida  dastlabki sayyor misralar quyidagi shaklda kelgan:
...Bolalarim, eminglar-da, to`yinglar,
Bu kundan kay ena derni qo`yinglar...”
Bekmurod baxshi variantida :
...Ikki bolam, to`yib-to`yib eminglar!
Onang ketdi zolim karvon qo`linda,
Bugundan so`ng ona demay qo`yinglar!..
Islom shoirda:
...Go`daklarim eminglar-da, to`yinglar,
Ertadan so`ng, ena deyishni qo`yinglar... 
Ayni murojaat navbatdagi to`rtlikda:
...Eminglar-da, go`daklarim, to`yinglar,
Ertadan so`ng ena deyishni qo`yinglar... 
tarzida qaytariladi.
Barcha   variantlarda   mazmun   deyarli   bir   xil   bo`lsa-da,   sayyor   misralarning
navbatdagi   bandga   bog`lanib,   yagona   to`rtlikni   tashkil   etishidagi   ohang   birligiga
qarab baholansa, Ergash shoir variantidagi to`rtlik ravonligi bilan ajralib turadi.
19 Navbatdagi sayyor misra  Ergash shoir variantida  shunday kuylangan: 
...Enang ketdi karvonlarning qo`liga,
Qolding endi Zarchamanning cho`liga.
Bekmurod baxshi variantida  esa bu misralar quyidagi ko`rinishda kelgan:
Otang qoldi Zarchamanning cho`lida,
Onang ketdi zolim karvon qo`lida...
Dostonning  Islom shoir variantida  ayni misralar aytilmagan.
Mazmunan olib qaralsa, Ergash shoirda Xolbeka bolalariga o`zining karvon
qo`lida   ketib,   ularning   Zarchaman   cho`lida   qolayotganini   aytib   kuyinayotgani
anglanadi.   Bekmurod   baxshida   esa   Xolbeka   o`zining   ketib,   Kuntug`mishning
Zarchaman   cho`lida   qolganligini   bildirayotgani   ma`lum   bo`ladi.   Bizning
nazarimizda, Bekmurod baxshi variantidagi “Otang qoldi” degan xabar mazmunan
va   ohang   jihatidan   afzalroq.   Fikrimizni     Ergash   shoir   variantidagi       sayyor
banddagi  “Qolding endi” murojaati o`rniga Bekmurod baxshi variantidagi “Otang
qoldi” jumlasini qo`yib, tasdiqlashimiz mumkin.   E`tibor qilaylik:
Enang ketdi karvonlarning qo`liga,   
Otang qoldi Zarchamanning cho`liga,
Shu ko`rganim endi qaytib ko`rmayman,
Sensiz qaytib yurar Zangar eliga.
“Kuntug`mish”   dostonidagi   sayyor   she`riy   misralarning     har   bir   variantda
o`ziga   xos   ravishda   kuylanishi,   biz   murojaat   qilayotgan   bu     uchta   atoqli   ijodkor
baxshining ayni dostonni, avvalo, o`z dostonchilik maktablari an`analari  doirasida,
qolaversa,   o`z   indvidual   mahoratlari   imkoni   qamrovida   kuylashganliklaridan
dalolat beradi.
Ushbu   o`rinda   yana   shuni   qayd   etish   kerakki,   boshqa   bir   qator   mumtoz
eposlarimiz, masalan, “Alpomish”, “Go`ro`g`li” dostonlarining turli yo`llarga ega,
bir-biridan   geografik   joylashuvi   jihatidan   uzoq   hududlardagi   dostonchilik
maktablarining   vakillari     tomonidan   ijro   etilgan   variantlaridagi   sayyor   to`rtlik   va
qo`shiqlarni     “Kuntug`mish”   dostonidag     sayyor   qo`shiqlarga   nisbatan   ko`proq
uchratamiz   (Biz   bu   o`rinda   barcha   dostonlarda   keng   qo`llanuvchi   epik   klishe   va
20 doimiy uslubiy formulalarni e`tiborda tutmayapmiz).   Jumladan,   “Alpomish”dagi
alplar   ta`rifi,   o`lan   aytimlari,     “Go`ro`g`li”dagi   G`irko`k   va   Chambil   ta`riflarini
keltirib o`tish mumkin. 
Ayni   holat   birinchi   galda   “Kuntug`mish”ning   biz   tadqiq   etayotgan
variantlarini ijro etgan baxshi-shoirlar mahorati va ijro uslubi bilan bog`liq. Chunki
Ergash  Jumanbulbul  o`g`li, Islom  Nazar  o`g`li  va Bekmurod Jo`raboy o`g`li  ham
so`zga   chechan,   ijodkor   baxshilar   hisoblanadi.   Ular   bilganlarini   quruq
takrorlashmaydi. Balki har bir ijroda nimalarnidir yangilab, asarning yanada sayqal
topishiga   xizmat   qilishadi.   Fikrimizni     dostonning   Ergash   shoir   va   Bekmurod
baxshi   ijrosidagi   variantlarda   yetakchi   motivlarning   qanday   badiiy   yechim
topganligini  solishtirib, tahlil qilish orqali kuzatishimiz mumkin. Doston sujeti va
voqealar   mazmunining   mavjud   variantlar   o`rtasida   umumiyligi   bizga   ayni
imkoniyatni tug`diradi.
“Kuntug`mish”da   oshiqning   ma`shuqani   izlab   yo`lga   otlanishiga   asos
yaratuvchi   motiv   ma`shuqaning   daryo   orqali   maktub   jo`natishi   va   maktubning
egasiga aniq yetishidir.
Ergash shoir variantida bu holat shunday tasvirlangan:
“...Xolbekm   oyim   o`zining     suratini   qog`ozga   naqqoshga   soldirib,   bir
sandiqcha tayyor qilib, ichini mumlab, sirtini tillo bilan berkitib, o`zining sochidan
bir   tola   soch   olib,   to`raning   uzugini   o`zining   suratiga   o`rab,   necha   arzi   hollarini
ham   arz   qilib,   sandiqni   qulflab,   kalitini   sandiqqa   bog`lab   (bir   katta   daryo
shaharning   ichidan   o`tar   edi),   Xolbeka   shahardan   chiqib,   shu   sandig`ini   suvga
solib:   “Shu   ko`rgan   tushim   rahmoniy   bo`lsa,   oshiq-ma`shuqlik   avvaldan   pok
bo`lsa,   xudoyo   xudovando,   shu   sandig`im   senga   omonat,   to`radan   boshqaga
tegmasin”,   -   deb   daryoga   ravona   qildi.   Falakning   sinoati   bilan   necha   kun,   necha
vaqtlar oqib, hech kimning qo`liga tushmay, No`g`oyga doxil bo`ldi. Endi to`radan
so`z eshiting.
To`ra qirq yigiti bilan daryoning yoqasida shikor qilib yurib edi. To`raning
ko`ziga bir sandiq ko`rindi. Yigitlariga aytdi:- Ot solib olib chiqinglar.
21 Yigitlar   Kuntug`mishga   arz   qildiki:   -   Daladan   har   narsa   qo`limizga   tushsa,
siz podsholik deb olib qo`yasiz, biz xizmatkorlaringiz quruq qolamiz. Bu molni bir
shart bilan olib chiqamiz, taqsir, shu sandiqni bo`lamiz, ichini olasizmi, yo tashini?
To`ra aytdi: - Sizlar saylab olinglar.
Yigitlar bir-biriga qarab, ittifoq qilib: - Tashi tilla ekan, bizlar tashini olamiz,
- dedi.
To`ra aytdi: - Biz ichini olamiz.
Bir   yigit   ot   solib   olib   chiqdi.   Kaliti   ham   og`zida   ekan,   ochib   ko`rdilar.
Ichidan   bir   qog`oz   chiqdi,   qog`ozni   yozib   ko`rsa,   Xolbeka   oyimning   to`lgan
kamoli, oyday jamoli munavvar bo`lib turibdi. Shahzoda ko`rgan hamono tushida
ko`rgan  mahbubini  tanib,  ichki  dardini   hech  kimga  aytolmay  yurgan  edi,  suratini
ko`rgandan   kay,   osang,   ustiga   posang,   hazor   ustiga   ponsad   bo`lib,   bir   ishqi   yuz
bo`lib,   toqat   keltirolmay,   behush   bo`lib   yiqildi.   Qirq   yigit   shoshib,   dami   ichiga
tushib,   aqlidan   adashib,   barisi   chuvlashib,   to`rani   o`rtaga   olib,   hay-hayni   solib:-
Ko`zingni   och!-dedi.   To`rani   aslo   o`ziga   keltirolmadi.   Oxir   ikki   otga   sarja   qilib,
manzilga olib keldilar” .
Bekmurod baxshi variantida:
“Xolbeka kanizlari bilan sayrga chiqdi, bir ulug` daryoning yaqiniga bordi.
“Bir   sandiq   topib   kelinglar!”   -   deb   kanizaklariga   buyurdi.   Shu   on   sandiqni   topib
keldilar. Qo`liga qog`oz, qalam olib, Xolbekaning yozgan xati:
Qo`limga men olib xatti-qalamni,
Yurakdan tarqatay dog`u alamni
Yozsam umid bilan sizga salomni,
Xiyonat bo`lmay tekkaymu qo`linga!
Ko`rsataman o`zimning ham otimni,
O`qib ko`rar bo`lsa yozgan xatimni,
Ko`z solib ko`rarsiz, andog` bilarsiz,
Zangar der turish-mamlakatimni.
Bobomning otini der Buvraxon,
22 Anga tobe erur ko`p bir jahon.
So`rgan joyidir Zangarning taxti
Ko`p shaharlardan bo`lar ulug` bu taxti.
Nazar solmay yana sog`i-so`limga,
Salomnomam soldim sandiq ichiga.
Ikki ko`zim kecha-kunduz yo`lingda... ”
“...Xatni sandiqqa solib, sandiqning og`zini qulflab (suvga tashladi). Sandiq
uch   oy   kechayu   kunduz   barobar   oqdi.   Bu   so`z   bu   yerda   tursin,   endigi   so`zni
Kuntug`mishdan eshiting.
Otasining ismi Qoraxon edi. Davlati farovon, hech kamchiligi yo`q, hamma
ishi saranjom edi. Kuntug`mish Qoraxon podshoning yolg`iz o`g`li, balki jonu dili,
bog`da ochilgan guli, qafasda bulbuli edi. Kuntug`mish hech narsadan kam emas,
har ishga qo`yardi havas. Bir kun navkarlar bilan daryo labiga chiqib dobil cholib,
qush solib, o`rdak-so`nalar olib, yuragi toshib, bexos daryoning labiga borib qoldi.
Daryoning   yuziga   oqib   kelayotgan   sandiqni   ko`rib,   daryoning   bo`yida   turgan
odamlariga:   “Oling   sandiqni!”   -   deb   buyurdi.   Navkarlar   sandiqni   daryodan   oldi.
Shunda Kuntug`mish navkarlariga qarab bir so`z deb turgani:
Yig`ilib keling barcha xaloyiq,
Na savdolar bo`lar bizlarga loyiq!?
Shikor aylab kelib daryo bo`yiga,
Keling, bahodirlar kengash qilayiq!
Bexosdan daryoga nazar solibman,
Ushbu sandiq ko`rib hayron qolibman.
Maslahat sizlarga shuldir, yoronlar,
Bir sandiq daryodan topib olibman.
Botir topganini barcha yer ekan,
Nokas topganini bosib yer ekan.
23 Bu sandiqni topib oldim bu suvdan,
Sandiq ichra, qani, nima bor ekan?
Bir-biringga o`zing kengash solinglar,
Xohlagan tomonni sizlar olinglar.
Yoki ichin, yoki sirtin tanlangiz,
Nima bordir naq oldiga boringlar...
 Bir kishi turib:
-   Ey   to`ram,   agar   ruxsat   etsangiz,   sandiqni   bir   ko`tarib   ko`rsak,   -   dedi.
Kuntug`mish   ruxsat   etdi.   Otdan   tushib,   ko`tarib   qarasa,   quruq   sandiq.   Yonidagi
turgan kishilar astagina “sandiqning ichini har kim olsa kuyadi” deyishdi.
- To`ram, bizlar sirtini olsak, - dedilar.
-   Xo`p,     ochinglar!   -   dedi.   Sandiqni   ochsa,   bir   xatdan   boshqa   narsa   yo`q.
“Ichida bori shu ekan” - deb qog`ozni olib ko`rsatdi.
-   Har   nimaiki   bo`lsa   bizniki-da,   -   deb   Kuntug`mish   qo`liga   olib,   qog`ozni
ochib,   yozilgan   xatni   ko`rdi.   Ustiga   yozilgan   salom   xati   bor,   qancha   qilgan   arzi-
dodi   bor,  olamga   sig`mas   ta`rifoti   bor,  Zangar   degan   mamlakati   bor.   Xatni   o`qib
ko`rib,   qaytadan   buklab   yoqasiga   soldi,   hamma   ish   joyida   qoldi.   Boqmadi   sog`u
so`liga, Xolbekaning xati tegib shohzoda qo`liga, hech kimdan hech so`z so`ramay
urdi   qamchi   otiga,   hech   kimga   qaramay,   ishq   o`ti   tushib   yurakka,   kuyib   dog`i
firoqqa, bu xat kelgan tarafga chiqar bo`ldi so`roqqa. Belini mahkam boyladi, qora
otni   haydadi,   to   yetguncha   shaharga   yuraklari   toshdi,   qaynadi.   Darvozadan
Kuntug`mish yakka o`zi kelib, Qoraxon podsho otasiga salom berib to`xtadi” .
Doston   voqealigi   nuqtai   nazaridan   kelib   chiqadigan   bo`lsak,   tush   bu   ichki
sezish   edi.   Yanada   aniqroq   aytilsa,   taqdir   hukmining   belgisi   edi.   Odatda,   inson
taqdirida   ne   kechishini   oldindan   bilishi   o`ta   mushkul.   U   sezishi,   nimalarnidir
ilg`ashi   mumkin.   Lekin   taqdiri   azaldagi   bo`ladi,   deb   ishonadi.   Shu   sababli   tush
ko`rsa, nima bo`lar ekan deb o`ylaydi. o`zini ruhan anglagan holatiga tayyorlashga
harakat   qiladi.   Epik   voqealikda   bu   holat   shartli,   badiiy   ko`rinishda   aytiladi.
Kuntug`mish va Xolbekaning tushdan keyingi xatti-harakatlari ham ayni shu bilan
24 izohlanadi. Xolbekaning: “Shu ko`rgan tushim rahmoniy bo`lsa, oshiq-ma`shuqlik
avvaldan   pok   bo`lsa,   xudoyo   xudovando,   shu   sandig`im   senga   omonat,   to`radan
boshqaga tegmasin” (Ergash shoir variantida), “Yozsam umid bilan sizga salomni,
Xiyonat   bo`lmay   tekkaymu   qo`linga!”   (Bekmurod   baxshida),   –   deb   daryoga
ravona qilishi taqdir ishoratiga javob edi.
Dostonning   Ergash   shoir   variantida   qahramonlar   harakati   nasrda   berilgan.
Bekmurod baxshida esa, nasr va nazm aralash keladi. Ushbu variantdagi Xolbeka
xatining boshlamasi bo`lgan:
Qo`limga men olib xatti-qalamni,
Yurakdan tarqatay dog`u-alamni
Yozsam umid bilan sizga salomni
Xiyonat bo`lmay tekkaymu qo`linga! -
satrlari dostonning eng go`zal she`riy namunalaridan biri ekanligini alohida
ta`kidlash kerak.
Har   ikki   variantda   ham   xatning   Kuntug`mish   qo`liga   tegishi   taqdir   ishi
ekanligi   aytmay   aytilgan.   Kuntug`mishning   o`z   yigitlari   bilan   suvdagi   sandiqni
“savdolashishi”   bunga   dalolatdir.   Har   ikki   variantda   ham   yigitlar   sandiqning
o`zini, Kuntug`mish tavvakkaliga sandiq ichidagi “narsa”ni olishga rozi bo`ladi.
Sandiqdagi   xatning   Kuntug`mish   qo`liga   tekkandan   keyingi   holat   ikkala
variantda   ikki   xil   tasvirlangan.   Ergash   shoir   variantida   Kuntug`mish   hushidan
ketadi.   Bekmurod   baxshida   esa   qahramon   otasidan   Zangarga   ketishga   ruxsat
so`raydi.
Ruhiy   jihatdan   olib   qaralganda   g`ayritabiiy   ishoratdan   keyingi   real   belgi
kishiga  qattiq ta`sir  etib,  uni  muvozanatdan  chiqarishi   ishonarliroq. Ushbu  badiiy
sathda   olib   qaralsa,   Ergash   shoir   variantidagi   talqin   asosli.   Bekmurod   baxshi
variantidagi   qahramonning   dab-durustdan   kelib   Zangarga   talab   aylash   tasviriga
nisbatan   Ergash   shoirdagi   ota-onaning   yolg`iz   o`g`il   dardi   nimada   ekanligini
o`ylab,   butun   arkoni   davlatning   ushbu   muammoga   safarbar   qilish   tasviri   doston
dramatizmini   yanada   kuchaytirish   bilan   birga   Qoraxon   va   Kuntug`mish   ruhiy
holatini mukammal ifodalash uchun badiiy imkon yaratgan.
25 Qoraxon   o`g`lining   dardi   ishq   ekanligidan   xabar   topgach,   uni   yupatishga
intiladi:
Falak peshtoqidan uchgan yulduzim,
Ulug` daryolardan chiqqan qunduzim,
Har so`zingdan tandagi jon aylansin,
Ne tilovman tilab olgan yolg`izim.
Ot chopmoqqa qoyim Xizirning dashi,
Xizir Ilyos doim mardning yo`ldoshi,
Och ko`zing, boshingni ko`tar, yolg`izim, 
Bir yor uchun yotarmikan mard kishi?
Dam shu damdir, o`zga damni dam dema,
Shukur qilgin, davlatingni kam dema,
Bir yor uchun yotarmikan mard kishi,
Bir yor bo`lsa, bolam, yordan g`am yema .
Bekmurod baxshi variantida  ham ota Zangarga talab aylagan o`g`lini ayni
mazmunda yo`ldan qaytarmoqchi bo`ladi:
Bir yor uchun o`zingni ovora qilma,
Oson deb bu ishni ko`nglinga olma!
Taxti-baxtdan kechib bir yor yo`lida,
Do`st-dushmanga otangni ta`na qilma!
Sen mening ko`kdagi cho`lpon yulduzim,
Quloq solib eshit mening bu so`zim,
So`rog`larga og`a-ining yo`q senda,
Ko`zimning oqi-qorasi - bir qo`zim.
Ko`zimning ravshani, sensan obodim,
Sensiz bo`lmas menda zarra toqatim.
26 Bir yor uchun kechib eli-yurtingdan,
Oxir choqda sindirmagil qanotim! .
Xatarli   yo`lga   otlanmoqchi   bo`lgan   yolg`iz   farzandini   har   qanday   ota–ona
qaytarishga urinadi. Turli vaj, sabablarni ko`rsatadi. Unga va`dalar beradi. Mavjud
vaziyatni   tushuntirishga   harakat   qiladi.   Qoraxon   ham   Kuntug`mishga   shunday
demoqda.   Lekin   aytilayotgan   fikr   bir   xil   bo`lsa-da,   uning   ifoda   shakllari   har   bir
variantda  o`zgacha ko`rinishda namoyon bo`lmoqda.
Ergash shoir variantidagi parchani tahlil qilib chiqaylik:
Qoraxonning   Kuntug`mishga   “Falak   peshtoqidan   uchgan   yulduzim,   ulug`
daryolardan   chiqqan   qunduzim”,   -   deb   qilgan   murojaatini,   ohang   va   qofiyani
ta`minlovchi   an`anaviy   formula     sifatidagina   baholash   matnni   o`ta   jo`n   talqin
etishga   olib   keladi.   Aksincha,   ushbu   an`anaviy   takror   zamirida   Kuntug`mishning
dunyoga   kelishi   bilan   bog`liq   hodisalarga   ishorat   mavjud.   Yani   uzoq   vaqtlar
farzandsizlik   alamini   tortgan   Qoraxonning   aziz   avliyolarni   vosita   qilib   (Ulug`
daryolardan chiqqan  qunduzim), Yaratgan dargohidan (Falak peshtoqidan uchgan
yulduzim)   Kuntug`mishni   so`rab   olganligi   (Ne   tilovman   tilab   olgan   yolg`izim)
aytilmoqda.   Lekin   dostonning   barcha   variantlarida   Qoraxon   bilan   bog`liq
farzandsizlik   motivi mavjud emas. Ayni paytda Kuntug`mishning yolg`iz farzand
ekanligi   va   boshqa   bir   qator   o`rinlar   dostonning   qadimiy   asoslarida   ushbu   motiv
bo`lgan   bo`lishi   kerak,   degan   xulosaga   olib   keladi.   Biz   yuqorida   tahlil   etgan
qo`shiq   ham   buni   ochiq   tasdiq   etmoqda.   Demak,   “Kuntug`mish”ning   birlamchi
manbasida   sujetning     Qoraxon   bilan   bog`liq   yo`nalishida   farzandsizlik   motivi
bo`lgan.     Shu   sababli   ham   ota   tilab   olingan   yolg`iz   o`g`lining   ko`nglini
og`ritmoqchi   emas   (Har   so`zingdan   tandagi   jon   aylansin),   ayni   paytda   aytganiga
yurgizmoqchi   (Och   ko`zing,   boshingni   ko`tar,   yolg`izim,   Bir   yor   uchun
yotarmikan mard kishi?).
Ushbu   parchada   umumo`zbek   eposi,   xususan,   Qo`rg`on   dostonchilik
maktabi   vakillari   ijro   etgan   dostonlarda   keng   qo`llaniluvchi   so`fiyona   “Dam   shu
damdir, o`zga damni dam dema” an`anaviy takrori bilan boshlanuvchi navbatdagi
27 to`rtlikda   poetik   takrorga   qiyosan   kelayotgan   misraga   diqqatimizni   qarataylik.   U
quyidagi ko`rinishda: 
Shukur qilgin, davlatingni kam dema. 
Misradagi ma`no urg`usi tushayotgan so`z “davlatingni” hisoblanadi. Aslida,
bor   mol-mulk,   mamlakatu   toj-taxt   egasi   Qoraxon,   lekin   u   barcha-barchasini
o`zidan   soqit   qilib,   Kuntug`mishga   o`tkazmoqda.   Shu   bilan   ham   Kuntug`mishni
fikridan qaytarmoqchi bo`lmoqda. 
Bir yor uchun yotarmikan mard kishi,
Bir yor bo`lsa, bolam, yordan g`am yema, -
deb dilidagini aytmoqda.
Bekmurod Jo`raboy  o`g`li  variantidagi  parchada  bu  qadar  serqatlam   ma`no
qamrovini ko`rmaymiz. Dostonning Ergash shoir variantidagi aksariyat qo`shiqlar
ham     ana   shu   jihati   bilan   boshqa   variantlardan   ajralib   turadi.   Misol   tariqasida
Kuntug`mishning   Zangarga   tunda   yetib   borib   darvozabon   bilan   uchrashuvi
sahnasini olib ko`raylik.
“To`ra   qirq   yigitini   birga   olib,   xachirlarini   yo`lga   solib,   necha   vaqt,   necha
soatlar   yo`l   yurib,   Zangarga   doxil   bo`ldi.   Kelsa   darvoza   berkilgan   ekan.   To`ra
darvozani och, - deb darvozabon bobo qo`rboshiga qarab  bir so`z dedi:
Tog`laringni boshin chalgan tuman-a,
Tiriklik barchaga besh kun gumon-a,
Ot horitib uzoq yo`ldan kelaman,
Och darvozangni, darvozabon-a.
Falakning dastidan keldim omon-a,
Bu dunyoda tirik ayrilgan yomon-a,
Ot horitib uzoq yo`ldan kelaman,
Och darvozangni, darvozabon-a.
Beklar minar bedov oting tolmasin,
Bemahalda mol dalada qolmasin,
28 Ochgin darvozangni, bobo qo`rboshi,
Molim qolib, o`g`ri zolim olmasin” .
Bekmurod   baxshi   variantida   esa   Kuntug`mish   ayni   vaziyatda   qo`rboshiga
shunday murojaat qiladi:
Otga yo`l bermaydi tog`larning toshi,
Har savdoga tushar bandaning boshi.
Darvozaga karvon kelibdi,
Kel, darvozang ochgin, bobo qo`rboshi!
Har kishining qabul bo`lsa ko`z yoshi,
Yolg`iz karvon, yonida yo`q yo`ldoshi.
Tong otguncha turmoqqa yo`q bardoshi,
Kelgin, darozangni ochgin, qo`rboshi!
Yolg`iz karvon tashqarida qolmasin,
o`g`rilar qo`limdan molim olmasin,
Yomon kunni bir boshima solmasin,
Kelib darvozangni ochgin, qo`rboshi!.. 
Ergash   shoir   variantida   keltirilgan   har   bir   to`rtlikda   an`anaviy   she`riy
takrorlarni   qo`llaganining   guvohi   bo`lamiz.   Bular:   “Tog`laringni   boshin   chalgan
tuman-a, Tiriklik barchaga besh kun gumon-a”, “Falakning dastidan keldim omon-
a,   Bu   dunyoda   tirik   ayrilgan   yomon-a”,   “Beklar   minar   bedov   oting   tolmasin”.
Umuman   olganda,   Ergash   shoir   an`anaviy   she`riy   takrorlar,   uslubiy   formulalarni
ko`plab   qo`llashini   kuzatishimiz   mumkin.   Qo`llanilgan   uslubiy   formulalar   hech
qachon ohang va qofiya uchun mexanik ravishda  keltirilmaydi. Bu o`rinda ma`no
uyg`unligi   ham   hamisha   nazardan   qochirilmaydi.   Aksariyat   o`rinlarda   an`anaviy
she`riy   takrorning   yangi-yangi   qirralari   ochilib,   botiniy   ma`no   qamrovi   kengayib
boradi.
Kuntug`mish   darvozabonga:   “Tog`laringni   boshin   chalgan   tuman-a”,-deb
murojaat   qilar   ekan,   bu   o`rinda   baxshi   asosiy   urg`u   tushayotgan     “tog`lar”
29 so`zining birgina egalik qo`shimchasini o`zgartirish orqali ma`no o`zanini qarama-
qarshi   obyektga   buradi.   Natijada   “tuman”li   tog`   darvozabonga   tegishli   mazmun
kasb   etadi.   Yani,   tog`ning   ramziy   ma`nosi   “suyanchiq   qudrat,   himoyachi   kuch,
madadkor   ajdodlar   ruhi”   sifatida   kelishini   inobatga   olsak,   keltirilgan   an`anaviy
takror  navbatdagi    “Tiriklik barchaga  besh kun gumon-a” misrasi  bilan  qo`shilib,
“Bu   o`tadigan   dunyoda   nimalar   bo`lishini   bilmaysan,   sen   ishonib   xizmat
qilayotgan   kuchlardan   ham   endi   quvvat   ketdi.   Qo`rqmay   darvozangni   ochaver”
deyilayotganini   anglaymiz.   Keyingi   to`rtlikdagi   she`riy   takror   ushbu     tezisni
yanada   rivojlantiradi:   “Falakning   dastidan   keldim   omon-a,   Bu   dunyoda   tirik
ayrilgan yomon-a”. Kuntug`mish aytmoqdaki, meni bu yerlarga taqdirning hukmi
boshlab   keldi,     yaratganning   o`zi   omon   saqlamoqda,   shunday   ekan,   maqsadimga
yetaman!   Ey,   qo`rboshi   sen   ham   murodu   maqsadingga   yet   (Beklar   minar   bedov
oting tolmasin), darvozangni och.
Bekmurod   baxshi   variantida   ham   dastlabki   to`rtlik:   “Otga   yo`l   bermaydi
tog`larning   toshi,   Har   savdoga   tushar   bandaning   boshi”   an`anaviy   she`riy   takrori
bilan   boshlangan.   Keyingi   qo`rboshiga   qarata:   “Darvozaga   karvon   kelibdi,   Kel,
darvozang   ochgin,   bobo   qo`rboshi!”   -   deb   aytilgan   murojaat   yuqoridagi   she`riy
takrordagi “tog`larning toshi” ramziy birikma ma`nosini o`ziga qaratadi. 
Tog`ning   ramziy   “suyanchiq   qudrat,   himoyachi   kuch,   madadkor   ajdodlar
ruhi”   ma`nolarini   she`riy   takrordagi   “tosh”   yanada   aniqlashtiradi.   Bu   o`rinda
“tog`ning   toshi”   -   Zangar   uchun   qudratli   kuch   Buvraxonga   tegishli   “tosh”,   yani
uning   qo`riqchisi   -   qo`rboshi   obrazini   ifodalayotgani   ma`lum   bo`ladi.   Demak,
Kuntug`mish   qo`rboshiga   qarata:   “Bandaning   boshiga   har   xil   savdolar   tushishi
mumkin. Bugun mening ishim senga tushdi, bobo, darvozangni och”, - demoqda.
Bekmurod   baxshi   variantidagi   navbatdagi   to`rtliklarda   ma`no   ochiq   matn   bilan
hech bir timsollarsiz aytilgan.
“Kuntug`mish”   dostonining   har   ikki   varianti   ayni   nuqtalarining   qiyosiy
tahlili ham qaysi bir variant badiiy jihatdan ustunroq ekanligini aniq ko`rsatadi. 
Aksariyat   “Kuntug`mish”   dostoni   badiiyati   haqida   fikr   bildirganlarida,
asosan,   ikki   epizod   -   Kuntug`mishning   cho`pon   bilan   uchrashuvi   va   dor
30 epizodlarini   misol   tariqasida   keltirishadi(Ergash   shoir   varianti   tahlilida).   Chindan
ham,   ayni   epizodlar   dostonning   badiiy   jihatdan   eng   mukammal   o`rinlaridan
hisoblanadi.   Biz   quyida   Ergash   shoir   variantidagi   ana   shu   epizodlarni   Bekmurod
baxshi variantiga qiyosan tahlil qilishga harakat qilamiz.
Ergash   shoir   variantida   Kuntug`mishning   Xolbeka   va   bolalaridan   ajralib
qolgandan keyingi ruhiy holati shunday tasvirlanadi:
“Anda   shahzoda   ikki   bolasidan   umid   uzib,   bolalaridan   ayrilib,   qanotidan
qayrilib,   ikki   bolasining   firoqidan   Xolbekani   ham   esidan   chiqarib:   “Ey   zamona,
qish-yozingni,   ko`p-ozingni,   o`rdak-g`ozingni,   kecha-kunduzingni,   oy,   oftob,
yulduzingni,   osmon,   yeringni,   harna   boringni   bor   enangni...”,   -   deb   shahzoda
dilovarning qaddi bukilib, har bir ko`zidan oltmish qatra yoshi(to`kilib), bir dardi
ming   bo`lib,   falak   kajraftordan   shikoyat-shikvalar   qilib,   o`z   holi-ahvoliga   na`ra
tortib aytgan so`zi:
 Xoni monim bo`ldi chun barbod dastingdan, falak,
Bo`lmadi g`amgin bu ko`nglim shod dastingdan, falak,
Qilmading aslo dilim obod dastingdan, falak,
To qiyomat dod etarman, dod dastingdan, falak,
Dod dastingdan,  falak, bedod dastingdan, falak!
.Otimni Kuntug`mish deydi, men No`g`oyning xoniman,
Dilbaridan ayrilib, men bir ajab sarsoniman,
Oldirib ikki qo`zimni diydayi giryoniman,
Onadan baxti qaro tug`dim, shuning hayroniman,
Dod dastingdan,  falak, bedod dastingdan, falak!” 
Bekmurod baxshi variantida:
“Ikki   boladan   ayrilib,   o`zi   bo`sh   daryodan   o`tdi.   Daryoning   yoqasida   bir
g`orga kirib yig`lab yotib, bir so`z degani:
Tor qilding ko`zima mening olamni,
Kundan-kunga bo`ldi kunim qorong`u.
31 Yig`lov bilan o`tar bo`ldim jahondan,
Ham oldirib ikki birday bolamni.
...Uchdi baxtim, qayta boshdan qo`nmadi,
Dunyodan mening ko`nglim to`lmadi.
Kundan-kunga badtar bo`lib ahvolim,
Hech ko`nglimda bir maqsadim bo`lmadi” .
Ergash   shoir   variantida  she`r  avvalida   berilgan    qahramon  ruhiy  holatining
nasriy   bayoni   Kuntug`mish   ko`nglida   junbushga   kelgan   tug`yonni,   uning   qaysar
isyonini   tinglovchiga   juda   ta`sirli   tushuntirib   beradi.   Yanada   aniqroq   aytilsa,
tinglovchi   qahramonni   o`z   girdobiga   olgan   alamning   portlashini   ichki   hayajon
bilan   tuyadi.   Portlash   esa   “Xoni   monim   bo`ldi   chun   barbod   dastingdan,   falak”,
degan shoir Mashrab she`rlaridan ilhomlanib aytilgan muxammas qo`shiq so`zlari
bo`lib yuzaga chiqadi. Muxammas bandlarining oxiridagi “Dod dastingdan,  falak,
bedod dastingdan,  falak!” deb takrorlanuvchi misra esa Kuntug`mish sho`ng`igan
o`zga bir ta`rifsiz olam girdobiga boshqalarni ham olib kirib ketadi. Bu chinakam
san`atning,   san`atkorning   mo`jizasidir.   Bekmurod   baxshi   variantini   hech   bir
kamsitmagan  holda   aytishimiz  mumkinki,  Ergash  shoir  variantidagi  bu  xil   badiiy
yuksaklik kamdan kam san`atkorga nasib etadigan ilhom mevasidir.
E`tiborli   jihati   shundaki,   Ergash   shoirning   ilhom   nafasi   ayni   nuqtada
to`xtamaydi. Aksincha, pog`onama-pog`ona yuksalib boradi. Avj nuqtadan keyingi
dastlabki   ko`tarilishni   Kuntug`mish   holatini   ko`rgan   cho`ponning   u   bilan
uchrashuvi va savol-javobida kuzatamiz.
“Shahzoda farzand dog`iga toqat keltirolmay, nolishiga osmon-yer tebranib,
yig`lab   turib   edi.   Shu   vaqtda   to`raning     nolasini   eshitib,   bir   cho`pon   kelib   qoldi.
Qarasa,   bir   odam,   sher   haybatli,   yo`lbars   sifatli   bir   kishi,   falakdan   shikoyat   qilib
yig`laganiga   tog`u   toshlar   suv   bo`lib   turibdi.   CHo`pon   bechora   qo`yni   qo`yib,
to`raning oldiga kelib: - Nega muncha yig`laysan? - deb bir so`z dedi:
E, yor, alam ko`rgan, qaydin kelasan, ayg`il,
Ko`p ranju sitam ko`rgan, qaydin kelasan, ayg`il
32 Kim erding guli so`lgan, shum paymonasi to`lgan,
Yoki bolasi o`lgan, qaydin kelasan, ayg`il.
Diyoridan ayrilgan, qanotidan qayrilgan,
Yo yoridan ayrilgan, qaydin kelasan, ayg`il.
Sen muncha bo`lib shaydo, muncha qilib vovaylo,
Yusufmisan, Zulayho, qaydin kelasan, ayg`il.
Sen muncha bo`lib purxun, ko`z yoshing oqar Jayhun,
Yo Laylimisan, Majnun, qaydin kelasan, ayg`il.
Yig`laysan bozi-bozi, ko`kka chiqar ovozi,
Yo Zebomisan, Yozi, qaydin kelasan, ayg`il.
Mazmun   va   ohang   jihatidan   dostonning   ushbu   o`rniga   juda   mos   tushgan
ayni g`azal Ergash shoir tomonidan folklorga yozma adabiyotni payvand etishning
o`ziga xos mevasi hisoblanadi. Aslida bu yo`l nafaqat Ergash shoir, balki Qo`rg`on
dostonchilik   maktabiga   xos   xodisa   ekanligini   T.Mirzayevning   quyidagi   fikrlari
yana bir bor tasdiqlaydi: “...o`zbek folkloridagi ishqiy-romanik dostonlar janrining
yuzaga   kelishi   va   taraqqiyotini   yozma   adabiyot   ta`sirisiz   tasavvur   qilish   mumkin
emas...   Shunday   romantik   dostonlarning   klassik   namunalarini   bergan   baxshilar
asosan  Qo`rg`on qishloq dostonchilik maktabining vakillaridir. o`ziga xos chuqur
lirizm,   chiroyli   tasvirlar,   she`riy   bezaklar,   tafsilotlarni   keng   va   atroflicha   ishlash,
noziklik   va   yoqimlilik   bu   maktab   uslubining   asosiy   belgilari   sifatida   ko`ringan
ekan,   bu   bevosita   yozma   adabiyotning   ta`siridir.   Shu   dostonchilik   maktabining
so`nggi   talantli   vakili   Ergash   Jumanbulbul   o`g`li   bo`lib,   undan   yozib   olingan
yoxud   o`zi   yozib   topshirgan   doston   va   termalar   dostonchilikka   yozma   adabiyot
ta`sirini yoritish uchun ancha qiziqarli materiallar beradi.” 
33 Folklor   va   yozma   adabiyotning   o`zaro   ta`siri,   u   yoki   bu   asardagi   ta`sir
manbalarini   aniqlash,   ta`sir   manbasi   va   hosilani   solishtirib,   bu   jarayonda
baxshining   ijodiy   yondashuvini   aniqlash   nafaqat   folklorshunoslik,   balki
adabiyotshunoslik   uchun   ham   muhimdir.   Shu   nuqtai   nazardan   olib   baholaganda,
T.Mirzayevning     biz   yuqorida   keltirgan   g`azal   manbalarini   aniqlash   borasidagi
kuzatish va xulosalari o`ta muhimdir.
T.Mirzayev g`azal matnini to`liq keltirib, Ergash shoir kimdan ilhomlangan,
degan savolga javob izlaydi va yozadi:“Ma`lumki, Sobir Sayqaliyning “Bahrom va
Gulandom”   dostonidagi   Bahromning   gado   qiyofasida   Gulandom   qasri   oldida
turganda,  uning kimligini bilish uchun Gulandom noma yozib, kanizi Davlat bilan
berib   yuboradi.   Shu   nomada   yuqoridagi   g`azal   keltirilgan.   Bizning   nazarimizda,
Ergash   shoir   uchun   ana   shu   g`azal   asosiy   manba   bo`lgan.   Bu   fikrni   har   ikki
g`azalni   oddiy   qiyoslash   ham   tasdiqlaydi”   .   Muallif   har   ikki   g`azal   o`rtasidagi
o`xshash   va   farqli   baytlarni   aniqlab,   ushbu   g`azalning   boshqa   manbalarda   ham
farqli   variantlari   mavjudligini   qayd   etar   ekan,   sayramlik   Nasriddin   qoridan   yozib
olingan   og`zaki   variantni   keltiradi.   Ushbu   variantni   yuqoridagi   namunalarga
solishtirib,   quyidagi     mulohazani   bildiradi:   “Bundan   chiqadigan   xulosa   shuki,
yuqoridagiga o`xshash g`azal boshqa manbalarda ham bo`lishi kerak. Ularni izlab
topish   Ergash   shoir   g`azaliga   asos   bo`lgan   manbalarni   yanada   oydinlashtiradi.
Lekin   shuni   aytish   kerakki,   Ergash   ota   mavjud   manbalardan   ilhomlanib,   shular
asosida  yuqoridagi g`azalni  yaratgan bo`lsa-da, mazmun va uslub jihatidan jiddiy
originallikka erishgan” . 
Xalq og`zaki ijodida, xususan, dostonlar ijrosida umumiylik individuallikka
nisbatan ustun tursa-da, an`anaviy yo`lni meyoriga yetkazib ijro etishda baxshining
individiual   mahorati   va   iqtidori   o`ta   muhim   rol   o`ynaydi.   Bunga   yorqin   misol
tariqasida   “Kuntug`mish”ning   Ergash   shoir   va   Bekmurod   baxshi   variantlarini
keltirish mumkin. 
Ergash   shoir   an`ana   doirasidagi   individual   mahoratini   “Kuntug`mish”
dostonida   yanada   yorqin   namoyon   etgan.   Baxshi   bu   o`rinda   qahramonlar   ichki
dunyosini   ochishda,   ularning   ruhiy   holatlarini   tasvirlashda   yangi   yo`llar
34 qidirishdan cho`chimaydi. Hatto folklorga yozma adabiyotga xos shakl va uslubiy
vositalarni   dadillik   bilan   olib   kiradi   va   ularni   og`zaki   an`analar   bilan   mutanosib
ravishda   payvand   eta   oladi.   Natijada   o`ziga   xos   badiiy   uyg`unlik   paydo   bo`lgan.
Bekmurod   baxshi   esa,   bir   tekisda   an`anaviy   yo`ldan   boradi.   Uning
dostonchilikdagi izlanishlari ko`zga tashlanmaydi.
Ergash   shoir   varianti   she`r   tuzilishi,   qofiya   tizimi   va   takrorlanib   keluvchi
so`z hamda misralari bilan ham boshqa variantlardan farqlanadi. Bu o`rinda she`riy
qurilma, qofiyalanuvchi so`z va takrorlar har bir o`ringa xos alohida poetik vazifa
bajarishi o`ta muhimdir. Bir so`z bilan aytganda, Ergash shoir varianti har jihatdan
mukammal namuna ekanligi bilan qimmatga ega.
Xalq   dostonlarida   variantlilik   tradidsiya   va   improvizatsiya   bilan,   folklor
barqarolik   va   o‘zgaruvchanlik   bilan   mahkam   bog‘liqdir.   Variantlilik   folklor
tabiati,   uning   estetikasi,   yaratilinsh   va   jonli   og‘zaki   ijroda   yashash   qonuniyatlari
hamda   funksiyasidan   kelib  chiqqan   xususiyatdir.   U   folklorning  hamma   tamonlari
va   elementlarini-   syujeti,   obrazliligi,   stilistikasi,   umuman,   poetikasi   va   janr
xususiyatlarini qamrab olubvchi universal belgidir.[62;28-31] 
O‘zbek   folklorshunosligida   variantlilik   masalalariga   XX   asrning   20-30-
yillaridan ya’ni xalq og‘zaki asarlarini yozib olish, to‘plash, nashr qilish va tadqiq
etishga kirishilgan vaqtdan boshlab e’tibor qaratilgan. 
O‘zbek   folklorshunosligida   variantlilikni   nazariy   jihatdan   yoritilgan   asosiy
tadqiqot   sifatida   T.   Mirzayevning   “Alpomish   dostonining   o‘zbek   variantlari”
hamda   “Xalq  baxshilarning  epik repertuari”  monagrafiyalarini  keltirish  mumkin.
Bundan   tashqari,   folklorshunos   N.Saidovning   “O‘zbek   dostonchiligida   badiiy
mahorat”   deb   nomlangan   kitobida   ham   variantlilik   masalasiga   o‘z   mavzusi
doirasida to‘xtalib o‘tgan. 
T.Mirzayev   o‘zining   monografiyasida   variant   nima   degan   savolga   javob
berib,   folklor   ijodiy   jarayoniga   xos   barqarorlik   va   takroriylik,   kanoniklik   va
o‘zgaruvchanlik   u   yoki   fikrni   turlicha   ifodalashga   keng   imkoniyatlar   yaratishiga
e’tibor   qaratadi.   Variantlarning   yuzaga   kelishining   subektiv   va   obektiv   omillar
haqida   to‘xtalib,   subektiv   sababini   quyidagicha   izohlaydi:   aytuvchining
35 dunyoqarashi   va   mahorati,   ijodchi   va   ijrochiligi,   traditsiyaga   munosabati   va
improvizatorligi,   qisqasi,   “ijodkorlik   shaxsi”   bilan   belgilanadi.   Su   ma’noda   turli
ijodiy variantlarda     yetib kelgan  har  bir  folklor   asari  og‘zaki   ijod traditsiyasining
teng   huquqli   namunasi   hisoblanadi.   Bu   masalada   yetakchi   prinsiplardan   kelib
chiqib,   oddiy   ijrochi   varianti   bilan   badihago‘y   dostonchi   variant   bir-biridan   farq
qilishi kerak bo‘ladi”[15;119].
O‘z   navbatida,   muallif   variantlarning   paydo   bo‘lishida   obektiv   sababni
quyidagicha   ifodalaydi:”Avvalo,   xalq   og‘zaki   poetic   ijodining   tabiatida
turganligini   ko‘rsatsa,   ikkinchi   sababni   tarixiy   voqeylik   bilan   izohlaydi   va
folklorda variantlarning yuzaga   kelishidagi obektiv sabab birinchi pilanda turadi,
chunki variantlikning mohiyati ham ana shu orqali tushuntiriladi”[15;73].
“Kuntug‘mish”   dostonining   variantlari   o‘zaro   qiyoslansa,   yuqorida
ko‘rsatilgan   sabablar   natijasi   o‘laroq   paydo   bo‘lgan   na’munalarni     ko‘ramiz.
Xususan,   Ergash   shoir   variantini   yana   bir   Qo‘rg‘on   dostonchilik   maktabi   vakili
alim   Xaqqulov,   hamda   Sherobod   dostonchilik   maktabi   vakili   Qodir   Rahimov   va
Xorazim   dostonchiligining   namoyondasi   Ro‘zimbek   Murodovlar   variantlari   yoki
Islom   shoir   hamda   uning   shogirdi   Zohir   shoir   variantlari   bilan   qiyoslanganda,
variantlarning paydo bo‘lishi  subektiv  sababining o‘ziga xos  ayricha  ko‘rinishlari
ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.
Avvalo,   Alim   Xaqqulojv   ijrochi   baxshi   bo‘lganligidan   uning   variantini
badiiy   jihatdan   Ergash   shoir   variant   bilan   solishtirish   anchayin   mushkul.   Shu
o‘rinda bu fikrni Islom shoir hamda Zohir shoir variantlariga nisbatan ham aytish
mumkin.   Bundan   tashqari,   Qodir   Rahimov   va   Ro‘zimbek   Murodovlar   Ergash
shoirning ‘‘Kuntug‘mish’’ dostonining nashr nusxasi  asosida o‘z variantlarini ijro
etishgan.   Ro‘zimbek   Murodov   “Kuntug‘mish”   dostonini   ixchamlashtirilgan
shaklda   Ergash   shoir   variantiga   uyg‘un   holatda   Xorazim   dostonlari   ijro   yo‘liga
solib kuylagan.
36 Bob yuzasidan qisqacha xulosa .
O‘zbek   folklorshunosligida   har   bir   xalq   og‘zaki   iodi   na’munasini   yozib   olish,
to‘plash,   saqlash   hamda   ularni   saralab   nashr   etishda,   asosan,   eng   mukammal   va
badiiy   jihatdan   yuksak   namunaga   tayanib   ish   yuritilganligini   ‘”Kuntug‘mish”
dostonining   Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li   variantiga   munosabatda   aniq   ko‘ramiz.
Ayni   paytda,   keng   qamrovli   tadqiqotlar   uchun   har   bir   dostonning   barcha
variantlarini   qiyosiy   o‘rganish   ushbu   doston   tarixi,   ma’lum   motivlar,   syujet
yo‘nalishlari va boshqa jihatlarini atroflicha tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega.
“Kuntug‘mish”   dostonining   variantlari   o‘zaro   qiyoslansa,   yuqorida
ko‘rsatilgan   sabablar   natijasi   o‘laroq   paydo   bo‘lgan   na’munalarni     ko‘ramiz.
Xususan,   Ergash   shoir   variantini   yana   bir   Qo‘rg‘on   dostonchilik   maktabi   vakili
alim   Xaqqulov,   hamda   Sherobod   dostonchilik   maktabi   vakili   Qodir   Rahimov   va
Xorazim   dostonchiligining   namoyondasi   Ro‘zimbek   Murodovlar   variantlari   yoki
Islom   shoir   hamda   uning   shogirdi   Zohir   shoir   variantlari   bilan   qiyoslanganda,
variantlarning paydo bo‘lishi  subektiv  sababining o‘ziga xos  ayricha  ko‘rinishlari
ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.
37 II.BOB. “KUNTUG‘MISH” DOSTONINING TARIXIY ASOSLARI
II.1. DOSTON SYUJETI VA MOTIVLAR TARKIBI GENEZISI
Xalq   dostonlari   bizgacha   har   xil   xarakterdagi   juda   ko‘p   o‘zgarishlar   bilan
yetib kelgan,  ularda turli  davrlar  va  zamonlar  o‘z izini   qoldirgan.  Shuning uchun
ham   ularning   yaratilish   davri   va   yuzaga   kelgan   joyini   aniqlash   nihoyatda   qiyin.
Bunda biz turli xarakterdagi qiyosiy materiallarga, u yoki bu dostonning bizgacha
yetib   kelgan   tekistidagi   relektlarga,   dostonchilikning   umumiy   taraqqiyoti
xususiyatlariga   suyanishimiz   lozim.   Shunda   ham   uning   qarashlarida   muayyan
farazlarga   yo‘l   qo‘yiladi.   “Kuntug‘mish”   dostoni   ham   bundan   mustasno   emas.
Tekshiruvchilar   ba’zi   naqllar,   ayrim   tarixiy   faktlar   va   jug‘rofiy   nomlarini
“Kuntug‘mish”   dostonining   barcha   motivlari   bilan   aloqador   ekanligini
ta’kidlaydilarki,   bular   asarning   yaratilish   o‘rni   va   tarixiy   asoslarini   belgilashda
muhim qimmatga ega. 
Doston   “No‘g‘oy   podshlaridan   avliyoyi   Qoraxon   degan   bor   ekan,   laqablari
qilichxon ekan, shu vaqtning odamlari Avliyo ota deydi”, degan muhim bir xabar
bilan   boshlanadi.   Bu   faktning   o‘ziyoq   bizni   yuqori   Chindan   tortib,   Kasbiygacha
bo‘lgan keng maydonni o‘z tasarrufiga olgan, X asrdan boshlab Shaqiy Turkiston
va movaraunnahrda ikki asrdan ko‘proq hukumronlik qilgan qoraxoniylar davriga
yetaklaydi. Dostonda uchrovchi Avliyo ota, Qoraxon, Buvraxon ismlari ham ayrim
tarixiy   shaxs   va   joy   nomlarini   eslatadi.   Asarning   bosh   qahramoni   Kuntug‘mish
nomi   esa,   turkiy   tilda   yaratilgan   ilk   yozma   doston,   XI   asrning   ulkan   yodgorligi
bo‘lmish   Yusuf   Xos   Hojibning   “Qutadg‘u   bilig”   asarida   Kuntug‘di   shaklida
uchraydi.   Qadimiy   Talas   yaqinidagi   xarobalardan   biri   “Kuntug‘mish’’   deb
atalganligi ham ma’lum.[21;42] 
Qoraxoniylar   davri   va   sulolasi   bilan   bog‘liq   bir   qator   og‘zaki   va   yozma
rivoyatlar   ham   “Kuntug‘mish”   dostonining   ayrim   epizodlariga   o‘xshash   keladi.
Tekshiruvchilarning   ta‘kidlashicha,   bunday   afsona   va   rivoyatlar   Avliyo   ota
38 atroflarida   ancha   keng   tarqalgan. [22;140-142]   Sof   turkiycha   bo‘lgan   Kuntug‘mish
ismini   bolalarga  qo‘yish   xalq  orasida  keng  rasm   bo‘lmagan  bo‘lsa-da,  “Qutadg‘u
bilig”   obidasining   qoraxoniylar   davrida   yaratilganligini   va   uning   tavg‘ach   Ulug‘
Bug‘ra Qoraxon Abo Ali Hasan binni Arslonxonga taqdim etilganligini e’tibordan
soqit  qilish mumkin emas[23;61]. Shunday bir  rivoyatlarga ko‘ra, qoraxon 95 yil
umr   ko‘rgan,   40   yil   podsholik   qilib,   umrining   so‘nggi   o‘n   besh   yilini   toat-ibodat
bilan o‘tkazgan. “Kuntug‘mish’’ dostonining oxirida ayni fikr sal o‘zgargan holda
qaytarildi:   “Qoraxon   podsho   necha   yillardan   beri   o‘zining   o‘rniga   qushbegisini
qo‘yib   Kuntug‘mishning   o‘tiga   kuyib,   tagizaminga   kirib,   toat-ibodat   mashg‘ul
bo‘lib   yotib  edi”.[24;342]   Yana   shunisi   muhimki,  afsonada   aytilishicha,   Qoraxon
Talasda   ko‘milgan.   Unga   avliyo   deb   sig‘inganlar,   keyinchaik   esa,   Talas   Avliyo
ota, deb atalgan. “Qadimdan mashhur bo‘lgan Talas, - deb yozadi Hodi Zarifov, -
VI sardan boshlab sharqiy Turkiston bilan G‘arb orasidagi savdo munosabatlarida
muhim   o‘rinlardan   biri   edi.   Sharq   bilan   g‘arb   orasida   qatnovchi   karvon   to‘dalari
Talas   orqali   o‘tar,   tizma   tog‘larning   etaklari   bilan   yurar   edilarki,   dostonda   ham
buning izlari ko‘lrinib turibdi[21;44].
“Kuntug‘mish”   dostonidagi   markaziy   epizodlardan   biri,   ya’ni   qahramonning
biri   karvon   yo‘lidagi   chashmaning   ko‘zini   egallab,   unga   hech   kimni   yo‘latmay,
yaqinlashganni   yutib   yuboradigan   ajdarga   qarshi   kurashi   va   uni   o‘ldirishi   tasviri
ham   bir   qancha   ayfsona   va   naqillar   bilan   o‘xshashdir.   Bunvday   afsona   va
rivoyatlar   yana   Talas   atroflari   va   unga   yaqin   joylar   bilan   bog‘lanadi.   Akademik
B.B   Bartolidga   1890-yilda   Tulkiboshda   shunday   bir   naqilni   so‘zlab   beradilar:
qishloqdan besh chaqirim narida bir g‘or bo‘lib, uning ichidagi bir toshga odamni
yutib   turgan   ilon   surati   o‘yilgan   emish,   g‘ordan   doim   tutun   chiqib
turarmish[25;115]. Lekin bu g‘orni hech kim tekshirmagan va o‘sha toshni ko‘rgan
emas.   Hozirgi   paytda   bunday   naqil   o‘sha   yerda   yashovchi   kishilarning   yodidan
ko‘tarilib   ketgan.   Har   holda,   bu   haqiqatdan   ko‘ra,   ajdarga   qarshi   kuashuvchi
qahramon obrazini yaratish yo‘lida to‘qilgan afsonalardan biri bo‘lishi kerak. Zero,
xalq   o‘rtasida   bunday   afsona   va   rivoyatlar   anchaginadir.   1969-yil   19-iyunda
Chimkent   viloyati   Langar   tumani,   Sultanbarot   qishog‘ida   yashovchi   72   yoshli
39 Tumak  Yo‘ldoshev   shu  qishloq  chekkasidagi  Ilonbuzgan  tepaligi  haqida   shunday
bir   afsonani   so‘zlab   bergan   edi:   Bir   vaqtlar   Ilonbuzgan   obod   shahar   bo‘lib,   unda
qirq xonadon yashagan. Ularning boshlig‘I bir kampir bo‘lgan. Kampirning biroq
echkisi  bo‘lib,  kunlarning  birida  undan  sog‘ilgan  bir   kosa  sutn   tokchaga  qo‘yadi.
Tokcha   burchagidagi   yoriqdan   bir   oq  ilon   kirib,  sutni   ichadi   va   bitta   tilla  tashlab
ketadi. Bu hol har kuni takrorlanadi. Ikki-uch yilda kampir juda ham boyib ketadi.
Mamlakat   podshosi   buning   sabi   topibabini   so‘raganda   kampir   yashiradi.   O‘lim
bilan   qo‘rqitilgach,   kampir   voqeani   aytishga   majbur   bo‘ladi.   Podsho   avval
ishonmay,   so‘ng   poylab,   voqeaning   rostligini   bilgach,   ilon   inini   topib,   oltinlarni
olishni buyurdi. Bir joydan ilon qo‘rasini topadilar. Podsho qirq uydan qirq chorak
moy yig‘dirib, uni katta doshqozonda qaynatib, ilon qo‘rasiga to‘ktiradi. Moy yetib
borgan   yergacha   ilonlar   o‘lib,   qolganlari   osmonga   ko‘tarilib,   odamlarning
boshidan kirib, oyog‘idan chiqadi. Buning natijasida ko‘pchilik halok bo‘ladi. Biro
dam   qochib   qutuladi.   Shunda   bir   ilon   qo‘y   haydab   ketayotgan   savdogarlar
serkasining   shoxiga   ilinib,   qochgan   odam   brogan   joyga   boradi   va   uni   chaqib
o‘ldiradi. Ilon bir odamni ham qo‘ymay qirib yuborgani uchun bu joy Ilonbuzgan
deb   atalgan   va   qadimdan   obod   bo‘lgan   shahar   vayrona   bir   tepalikka   aylangan
emish.
Ilonbuzgan tepaligi haqidagi afsonaning sal boshqacharoq variantini akademik
V.V.Bartold ham yozib olgan edi.[25;112]
“Kuntug‘mish”   dostonining   birinchi   tadqiqotchisi   H.T.Zarifov   va   shunga
o‘xshash tarixiy faktlar va afsonalarni qiyosiy tahlil qilib, shunday xulosaga kelgan
edi: “Ba’zi tarixiy va jug‘rofiy faktlar qadim naqllar bilan “Kuntug‘mish” dostoni
ma’lum   darajada   yaqinlashadi   va   ayrim   detallarda   birlashadi.   Lekin   bu   hol
dostonning   qoraxoniylar   davrida   yaratilganligiga   dalil   bo‘la   olmasa   ham,   dastlab
qadim   Talas   tevaragida   mahalliy   naqllar,   afsonalar   yaratilgani,   ajdar   bilan
kurashuvchi   qahramaon(Kuntug‘mish)   obrazi   ishlagani,   keyinchalik   tarixiy
faktlardan   material   olib,   ‘‘Kuntug‘mish’’   dostoniga   asos   solinganidan   darak
beradi.’’[21;45]
40 Bunday   xulosa   uchun   muayyan   asos   bor.   Chunki   muntazam   epik   an’anada
xalq   dostonlari   doimo   harakatda   bo‘lganlar,   o‘zlarining   dastlabki   asoslarini
saqlaganlari   holda   epiklashtirish   tomon   rivojlanishda   davom   etganlar.   Bu   narsa
folklor jarayoni uchun g‘oyatda xarakterli bir holatdir. Ayni holni “Kuntug‘mish”
dostonining   ijodiy   tarixida   ham   kuzatish   mumkin.   Xuddi   shu   fikrlarga   tayangan
holda T.Mirzayev esa, o‘zi ushbu hududdan yozib olgan yangi ma’lumotlar orqali
“Kuntug‘mish”   dostonining   yaratilishiga   doir   quyidagi   fikrlarni   keltiradi:
“Dostonning dastlabki asosi mo‘g‘illar istilosidan ancha keyin, xalqning mo‘g‘illar
zulmiga   qarshi   noroziligi   kuchaygan   hamda   ularga   qarshi   kurashlar   avj   olgan
davrlarda   qadimiy   Talas   atroflarida   yaratilgan.   Bunda   qoraxoniylar   davrida
mamlakat   iqtisodining   avvalgi   davrlarga   nisbatan   yuksalganligi,   fan   va
madaniyatning   yanada   rivojlanganligi,   eng   muhimi,   turkiy   tilda   yuksak   badiiy
adabiyot yuzaga kelganligining aks sadosi umumiy tarixiy fon vazifasini bajargan.
Bundan   “Kuntug‘mish”   dostoni   qorxoniylar   davridagi   tarixiy  voqealarning   aynan
aksi ekan, degan xulosaga kelish to‘g‘ri emas. Uning yaratilish asoslaridagina juda
oz   miqdorda   bo‘lgan   tarixiy   voqealar   qo‘llanish   va   qayta   ijod   davomida   doimiy
ravishda   epiklashib   brogan.   XVI   asr   oxrlaridan   boshlab   doston   romanik   planda
jiddiy  ravishda   qayta   ishlangan.   Bunda   Qo‘rg‘on  dostonchilik   maktabiga   mansub
baxshilarning   xizmati   katta   bo‘lgan.   Doston   o‘zi   yaratilgan   hududda   saqlanib
qolmagan. Bu yrelarda uning u yoki bu motivi bilan bog‘liq yuqorida qayd etilgan
ayrim   afsonalarigina   mavjud.   ostonning   tarqalish   doiralari   Samarqand   viloyati,
shunda   ham   asosan   sobiq   Buxoro   amirligi   hududiga   kiruvchi   joylar   bilangina
chegaralanadiki,   bu   ham   bejiz   bo‘lmasa   kerak.   Demak,   “Kuntug‘mish”
dostonining   yaratilishi   va   va   uning   dastlabki   zaminiga   muayyan   tarixiy   voqealar
bilan birga xalq orasida mavjud afsona va rivoyatlar asos bo‘gan[1;9].
Dostonning yaratilishiga doir bunday qarashlarni folklorshunos Sh. Turdimov
ham   o‘zining   “Kuntug‘mish”dostonining   yaratilishiga   doir”   maqolasida   yanada
rivojlantirgan.   Ushbu   maqolada   bu   dostonning   yaratilish   o‘rni,   davri,   unda
tasvirlangan   voqealarni   Nurota   turkmanlari   bilan,   undagi   Avliyoyi   Qoraxonni   X
asrda   hukumronlik   qilgan   o‘g‘uz   xonlaridan   bir   Jo‘nonxon   bilan   bog‘lab   tadqiq
41 qilinadi. ‘‘Kuntug‘mish’’dostoni va uning syujetini Qo‘rg‘on va Nurota atrofi bilan
bog‘laydi hamda Talas, Turkiston atroflaridagi qoraxon haqidagi tarixiy rivoyatlar,
Kuntug‘mish   haqidagi   va   boshqa   afsonalar   ko‘chmanchi   o‘g‘uz   urug‘lari   bilan
Nurotaga   kelgach,   umumiy   bir   syujetga   birlashib,   o‘sha   davrdagi   mavjud   epik
an’analar   asosida   XII   asrdan   keyin   doston   sifatida   shakllangan,   degan   xulosaga
kelgan.   Bunday   farazlar,   rivoyatlar,   afsonalar   Kuntug‘mish   dostonidagi   ayrim
motivlariga yaqin bo‘lishi  mumkin ammo dostonning aynan qoraxoniylar davrida
yaratilaganligiga asos bo‘la olmaydi.
Dostonda   yanabir   xarakterli   motiv   –   qahramonlarning     tush   ko‘rib,   bir-
birlarini sevib qolib va chiltonlar yordamida o‘zaro uzuk almashishi mavjud.
Bizga   ma’lumki,   chiltonlar   ibtidoiy   tasavvurga   ko‘ra,   g‘ayritabiiy   qudratga
ega   bo‘lgan,   ilohiy   tanlanishga   uchragan,   oddiy   kishilarnng   ko‘ziga
ko‘rinmaydigan, to‘rt qutib va yeti iqlimga hukumdor qirq kishidan iborat bo‘lib,
ular   ko‘pincha   insonga   zarar   yetkazuvchi   yomon   ruhlarga   qarshi   kurashadilar.
Biroq   jamyatdagi   mavjud   e’tiqodlarni   oyoq   osti   qiluvchi   kishilarga   ular   zarar
yetkazishlari ham mumkin. Chiltonlar haqidagi bunday dual qarashlar O‘rta Osiyo
xalqlarida juda qadimdan keng tarqalgan.
Demak   epik   qahramonlarga   chiltonlarning   hamisha   homiylik   qilishi   epik
traditsiyadsa   mustahkam   o‘rnashib   qolgan.   Bu   o‘rinda   shuni   ta’kidlash   lozimki,
“Kuntug‘mish”   dostonidagi   tush   ko‘rish   motivi   real   voqeylik   tarzida   emas,   balki
ibtidoiy   kishilarning   real   qarashlari   sifatida   tarixiy   ahamiyat   kasb   etadi.[62;29]
Dostonda shuni ham takidlab o‘tish kerakki, dostonda o‘zini Kuntug‘mishga yaqin
do‘st tutib, keyin xiyonat yo‘liga o‘tgan Azbarxo‘ja va uning maslakdoshlari bilan
bilan bog‘liq obraz hamda epizodlar  ma’lum darajada tarixiy shartlanganlikka ega.
Bu shartlanganlikham konkret makon va zamon tarixiyligi nuqtai nazaridan enmas,
balki zamon jihatdan nisbatan kengroq masshitabdagi  tarixiylik nuqtai nazaraidan
amalga   oshgan.   Azbarxo‘ja   va   uning   maslakdoshlari   obrazlar   bilan   bog‘liq
dostondagi epizodlar xiyonat, xudbinlik va zulm hukumronlik qilgan feodal muhit
bilan shartlanganligi kishini shubhaga solmaydi.
42  
2.2.Dostonning obrazlar tizimi
Folklorshunosligimizda   “Kuntug`mish”   ishqiy   romanik   turdagi   doston
sifatida   qaraladi.   Odatda,   romanik   epos   bosh   qahramoni   oshiq   hisoblanadi.
Kuntug`mish obrazi ham ushbu an`anadan chetga chiqmaydi. “Kuntug`mish”ning
barcha   variantlarida   ayni   talqin   ustuvorlik   qiladi.   Kuntug`mish     Alpomish   va
Go`ro`g`li   singari   yor   yo`lida     raqiblar   bilan   jangu   jadal,   kurashlar   qilmaydi.
Yanada   aniqroq   aytilsa,   Kuntug`mish   yorga   yetishish   uchun   yorning   o`zi   bilan
bellashadi. 
“Kuntug`mish”da   qahramonning   yor   bilan   bellashuvi   yangicha   ko`rinish,
yani   nard   (kishti   mot)   o`yini   shaklini   olgan   bo`lsa-da,   shart   qadimiy   motiv
mohiyatini  saqlab  qolgan.  Dostonning  Ergash  shoir   variantida   bu  jihat  juda  aniq
tasvirlangan.     Xolbeka   nardda   yengilgan   talabgorlarni   o`lim   bilan   jazolaydi.
Aslida, qiz va yigitning bellashuvi qadimda turkiylar o`rtasida   nikoh shartlaridan
biri   bo`lganligini   turli   tarixiy   manbalar   va   folklor   materiallari   isbot   etadi.   Bu
o`rinda,   asosan,   qiz   va   yigitning   kurash   tushishi,   yoy   otishuvi,   otda   poyga
qo`yishlari   shart   etib   belgilangan.   Jumladan,   “Alpomish”   dostonining   o`g`iz
versiyasi   sifatida   qaraluvchi   “Kitobi   Dadam   Qo`rqut”ning   “Bomsi   Bayrak”
haqidagi   qo`shig`ida   qiz   va   yigit   uchrashib,   ana   shu   shartlar   bajarilganligi   badiiy
tasvirlangan.   “Alpomish”   dostonida   esa   shartlar   qahramonlik   eposi   mohiyatidan
kelib   chiqqan   holda   yoy   tortish,   ming   qadamdan   tanga-pulni   urish,   poyga   va
kurash shaklida kelgan.
“Kuntug`mish”   dostonidagi   nikoh   bellashuvining   romanik   dostonlarga   xos
yangicha   ko`rinish   olganligini   o`z   vaqtida   folklorshunosligimiz   darg`alari
H.T.Zarifov va V.M.Jirmunskiylar ham qayd etishgan: “Bu yerda ham mashaqqatli
nikoh motivi xuddi «Alpomish»dagidek qahramonlik variantida emas, balki ertak-
romanik   shaklda   namoyon   bo`ladi:   bunday   ertak   tip   sujetlarda   kuyovni   sinash
43 qahramonlik   kurashi   sifatida   emas,   balki   qiyin   vazifani,   bosh   qotiradigan
jumboqni, va nihoyat, nisbatan keyingi shakl sifatida qayliq bilan o`yin (shaxmat,
nard va h.k.) san`atida musobaqalashish sifatida ko`rinadi». Professor T.Mirzayev
dostondagi   shart   qo`yishning   o`ta   xarakterli   motiv   ekanligini   ta`kidlab,   shunday
yozadi:   “Nikoh   shartlari   va   bahodirlik   musobaqalari   qahramonlik   eposi   uchun
xarakterli   bo`lib,   romanik   doston   “Kuntug`mish”da   nard   o`yini   tarzida   namoyon
bo`lgan   bu   motiv   qahramonning   fahm-farosatini,   aql-zakovatini   sinash   vositasi
bo`lishligi   bilan   birga   muhim   ijtimoiy   funksiyani   ham   o`taydi.   Gap   shundaki,
Xolbekaga   mamlakat   podshosi   Buvraxon   ham   oshiq.   Ust-ustiga   sovchi   qo`yadi.
Lekin qizning sharti hammaga barobar”.
“Kuntug`mish”ning Islom shoir variantida ushbu voqealar ishtirok etmaydi.
Bu   dostonada   Xolbeka   kanizlari   yordamida   Kuntug`mish   bilan   ko‘rishib,   birga
bo‘lshadi.   Kuntug`mish   Xolbekaning   ko`shkiga   yashirincha   tunda   yetti   oy
davomida   kelib-ketib   yuradi.   Islom   shoirdagi   ushbu   talqin   baxshining   an`anaga
individual   yondashuvining   mahsuli   bo`lishi   kerak.   Chunki   individual   talqinga
moyillik Islom shoir variantida an`anaviy formulalarni qo`llashi  va bayon usulida
ham aniq ko`zga tashlanadi. 
Kuntug`mishning avliyolar shajarasiga yoki favqulodda g`ayritabiiy kuchga
egaligi dostonda aniq aytilgan emas. Qahramon otasining   Avliyoyi Qoraxon deb
atalishidagi   “avliyo”   sifatini   inobatga   olmasa,   boshqa   holatlarda   avliyolarga     xos
holatlar   deyarli   uchramaydi.   Lekin   qahramon   shajarasi   va   doston   voqealari
davomida   uning   xatti-harakatlari   bilan   bog`liq   bir   qator   qirralar   mavjudki,   ayni
faktlar   doston   sujetining   ibtidosida,   mifologik   kuchlar   bilan   bog`liq   motivlar
Kuntug`mish obrazi yo`nalishida mavjud bo`lganligini ko`rsatadi. Ushbu vaziyatda
Bekmurod Jo‘raboy  o‘g‘li  variantidagi qahramonning tug`ilishi tasviridagi ushbu:
“Kuntug`mishning   onasi   tuqqan   vaqtida   ikki   yuzi   uyga   shu`la   berib   ketgan   edi.
Shu   sababdan   ismini   Kuntug`mish   qo`ygan   edi”   degan   ta`rifni   hamda   barcha
variantlarda   mavjud   bo`lgan   qahramonning   ajdar   bilan   jangini   eslash   kifoya.
Qolaversa,   dostonning   Ergash   shoir   varianti   asosida   ilmiy   ish   olib   borgan
T.Mirzayev   baxshining   Kuntug`mish   sifatlari   va   portreti   ta`riflanishiga   alohida
44 e`tibor   qaratib  quyidagi   xulosani  chiqaradi:  “Qahramonning  darvozabon,  bozorda
kalava   sotuvchi   kampir,   Xolbekaning   kanizi   Zamongul   bilan   uchrashuvi
epizodlarida   uning   mardligi,   ahdiga   vafodorligi   ta`kidlanadi.   Kanizlar   bazzoz
qiyofasidagi  noma`lum kishi  - Kuntug`mishdan xabar berganlarida, avvalo, uning
bahodirlik sifatlarini  so`zlaydilar:
O`zi sardor ekan, sardor saboqli,
Ot ustiga mingan kuni o`moqli,
Xaloyiqqa yomon kuni kerakli,
Qarchig`ay kelbatli, burgut qoboqli,
Yigitning lochinin ko`rdim, buvishim .
Bu   satrlar   Kuntug`mish   portretini   chiroyli   chizish   bilan   birga   uning   kuch-
quvvatini ham  yorqin ifodalaydi. Chindan ham  mushkul  ishlarni  xuddi     shunday
“bilagi   temirdan,   tirnog`i   po`latdan”   bo`lgan   bahodirlargina   bajara   oladi.
Kuntug`mish shunday mard yigitlardan. 
Odatda,   ko`pchilik   romanik   dostonlarda   qahramon   yorini   izlab   yolg`iz
safarga   otlanadi.   Kamdan-kam   o`rinlarda   qahramonga   qirq   yigit   yoki   biror   bir
sherik   hamrohlik   qiladi.   “Kuntug`mish”   dostonining   biz   misollarda   ko‘rayotgan
variantlarida   ham   qahramon   bilan   uning   qirq   yigiti   birgalikda   Zangar   yurtiga
borishadi.   Lekin   ularning   missiyasi   deyarli   shahar   darvozaboni   bilan   uchrashish
pallasida   tugaydi.   Ammo   Islom   shoir   va   Bekmurod   baxshi   variantlarida   ular
keyinchalik eslanib, sujetning bu halqasi yopiladi. Aslida esa ularning bor-yo`qligi
doston   voqealari   tizimida   deyarli   sezilmaydi.   Ma`shuqaga   yetishish   yo`llarini
bevosita oshiqning o`zi amalga oshiradi.
Kuntug`mish   va   Xolbekaning   sirlari   fosh   bo`lgach,   ular   tomonidan   amalga
oshirilgan   xatti-harakatlar   bir   qarashda   ojiz   kishilarning   holatini   yodga   soladi.
Aslida   esa   dostonlardagi   bunday   holatlar   asarning   hayotiyligini   ta`minlashga
xizmat qiladi.
Dostonning   Ergash   shoir   va   Bekmurod   baxshi   variantlarida   Kuntug`mish
Xolbeka   bilan   birga   kampir   ko`magida   somonxonaga   bekinadi.   Islom   shoir
variantida esa to`g`ridan-to`g`ri asirga olinadi. 
45 Qahramonning   somonxonaga   yashirinish   motivi   Kuntug`mishning
keyinchalik   ajdar   bilan   olishib,   g`olib   kelishidagi   jasoratiga   qiyoslaganda
birmuncha   jo`n   badiiy   yechim   ekanligi   izohlarsiz   ham   oydin   haqiqat.   Ehtimol,
“yashirinuv”   motivi   doston   tarkibiga   keyinchalik   kiritilgan   bo`lishi   mumkin.
Ushbu   motivning   Islom   shoir   variantida   yo`qligi   ham   fikrimizni   tasdiqlaydi.
Folklorshunos   M.Qo`shmoqov   dostondagi   bu   xil   vaziyatlarga   to`xtalib,   shunday
yozadi.   “...ba`zi   dostonchilar   ijodida   epik   xarakterlarga   nisbatan   o`zboshimcha
munosabatda   bo`lish,   qahramonlarga   o`z   xarakteri   mantiqiga   zid   ishlarni
bajartirish, voqealar rivojini boshqa o`zanga burib yuborish hollari ham  uchraydi.
Bu   kamchiliklar   baxshining   dostonchilik   an`analarini   yetarli   darajada   o`zlashtirib
olmagani bilan izohlanadi.
Ammo   Ergash   Jumanbulbul   o`g`li   “o`tni   chaqmoqtoshida   saqlaydi”,   yani
uning g`oyaviy maqsadi va badiiy mahorati uyg`un. Lekin u ba`zan soddalik qilib,
o`tni   ma`lum   muddat   paxta   ichida   saqlashga   urinadi...”.   Muallif   dostondagi
qahramonning “yashirinish” motivini misol tariqasida keltirib, fikrini quyidagicha
davom   ettiradi:   “Shundan   keyin   Kuntug`mish   bilan   Xolbekani   somonxonadan
topib olgunlaricha, ular haqida biron og`iz gapirilmaydi. Bosh qahramonlarni eng
kolliziyali daqiqalarda doston voqealaridan ajratib qo`yish joiz emas edi, albatta.”
Lekin   bu   o`rinda   bizga   nuqsondek   ko`rinayotgan   tasvirning   yozma   adabiyot
mezonlari   nuqtai   nazaridan   kelib   chiqib   baholanayotganligini   ham   e`tibordan
qochirmasligimiz   kerak.   Mohiyatan   ayni   holatga   uyg`un   tasvirni   “Alpomish”
dostonining   yetakchi   variantlari   tarkibida   ham   uchratamiz.   Masalan:
“Alpomish”ning     mumtoz   namunasi   bo`lgan   Fozil   shoir   variantida   bolalarning
maktabni   yakunlaganlaridan   keyin     otalarining   tadbirlari   haqida     shunday   izoh
beriladi: “...Boybo`ribiy: “Endi o`g`lim savodi chiqib, mullo bo`ldi, o`g`limga endi
shohlik,   sipohilik   ilmini   o`rgatayin”,   -   deb   mulladan   chiqarib   oldi.   Boysari   ham
Boybo`riga   taassub   (qildi).   Bul   ham   oy   Barchin   qizini   maktabdan   chiqarib   oldi.
Chiqarib olib, “... qizimga Ko`kqamish ko`lida qo`y sog`dirib, charvadorlik ilmini
o`rgatayin,   qo`y   sog`moqqa   usta   bo`lsin”,   -   dedi”.   Bugungi   kun   kishisining
dunyoqarashlari   va   umuman   shohlik   saltanati   etiketlari   nuqtai   nazaridan   qaralsa,
46 baxshining   Boysariga   ayttirayotgan   so`zlari   g`ayritabiiy   tuyuladi.   Chunki   qirqin
kanizlari bo`lgan Barchin uchun chorvachilik ilmini  bilish lozimdir, ammo mohir
sog`uvchi bo`lish shart  emas. Deyarli barcha dostonlar tarkibida uchrovchi  bu xil
izohlarni o`z davri va shu davr vakili bo`lmish baxshi dunyoqarashi bilan izohlash
kerak. 
Doston   avvalida   Xolbeka   qahramonlik   eposidagi   obrazlarga   xos
xususiyatlarda   namoyon  bo`ladi.  U  qat`iyatli,  bir  so`zida   turuvchi,  o`ta  qattiqqo`l
qiz sifatida tasvirlanadi. 
Birinchidan: Xolbeka o`z hohish-istagini aniq bayon etib, barchaga barobar
shart qo`yishda Buvraxondan qo‘rqmaydi.
Ikkinchidan:   Xolbeka   nardda   yutqazgan   da`vogarlarni   tap   tortmay   o`lim
jazosiga buyuradi. 
Uchunchidan:   Ko`shk   oldiga   kelib   turgan   Kuntug`mishning   kimligini
aniqlashga jo`natilgan kanizlar to`rani maqtab:
Kokilingning bandin tuygin, buvishim,
Yarashiqqa turli kiygin, buvishim,
Bir ta`rif aylayin, kuygin, buvishim,
Meni desang, shuni suygin, buvishim,
Dunyodan bearmon o`tayin desang,
Olmaday iskalab yotayin desang,
Erga tegsang, shunga teygin, buvishim .-
deb ta`rif etishganlarida, Xolbekaning birdan qahri kelib, qilgan harakatini oqlaydi.
Xolbeka:   “Men   senga   mato   olib   kel   desam,   sen   menga   er   topib   kelar
ekansan. Mencha bo`ldi-yu, bo ziyoda ham qoldimi? - deb qahr bilan Chaqqonga
bir   changal   solib,   qirq   zinalik   ko`shkidan   siltab   otib   yubordi.   Bechora   Chaqqon
yerga tushgancha bo`lak-bo`lak bo`lib ketdi”.
Uchinchidan:   Xuddi   oy   Barchin   Alpomish   kelganida   “-   Alpomish   kelsa,
kepti-da, Alpomish keldi, deb men Alpomishning etagidan ushlab keta berayinmi?
Bul alplar ham umid bilan olti oyga muhlat bergan. Har kim maydonga ot soladi.
Otini o`zdirgan odam oladi. Har kimning o`z ko`ngli o`zidan qoladi. Mening to`rt
47 shartim   bor,   shul   to`rt   shartimni   qilgan   kishiga   tegaman”,   -   deganidek,   Xolbeka
ham   Kuntug`mish   bilan   tushida   ko‘rishadi,   uzuklarini   almashtirib,   uning   o`zi
Kuntug`mishga   maktub   jo`natib,   kutayotgan   bo‘lsa   ham,   ammo   Kuntug`mish
kelganida   to`raning   etagidan   tutib   ergashib   ketmaydi.   Aksincha,   hamma   qatorida
nard o`ynaydi. Ushbu o`rinda shuni ta`kidlash kerakki, Islom shoir variantida epik
shart motivi o`rin olmaganligi sababli, Xolbekaning   o`zi Kuntug`mishning oldiga
izlab kelishi va kanizlari orqali to`rani chaqirtirib, inon-ixtiyorini unga topshirishi
tarzida   tasvirlanadi.   Bu   hol   ushbu   obrazning   to`laqonli   chiqishiga   putur
yetkazgandek tasavvur uyg`otadi. 
Ergash shoir va Bekmurod baxshi variantlaridagi Xolbeka narddan yengilib,
o`z   taqdirini   to`ra   ixtiyoriga   topshirgach,   Islom   shoir   variantidagi   talqinga   yaqin,
avvalgi   Xolbekaning   aksi,   shartli   ravishda   aytganda,   “oddiy”   qizga   aylanadi.
Qahramon   qizning   bahodirlik   shartlarini   bajarishda   yengilgach   yoki   qizlik
holatidan   ayollik   olamiga   o`tgach,   avvalgi   jangovarlik   xususiyatlarini,   alplik
salohiyatini   «yo`qotishi»   tasvirlari   jahon   xalqlari   epik   ijodiyoti   uchun   tipologik
hodisadir.   To`qson   alpga   mardona   javob   bera   olgan   «alp   qiz»   -   Barchinning
Ultontozning   oddiy   asirasiga   aylanib   qolishi   sabablari   ham   eposga   xos   ana   shu
qonuniyat   bilan   izohlanadi.   Shunga   ko`ra,   Xolbeka   ham   endi   osongina
Shohdorxonning   hukmiga   bo`ysunadi,   Azbarxo`ja   zug`umiga   qarshi   hech   bir
harakat qilmaydi. “...falakdan shikoyat, zulm va zo`rlikka qarshi alamli nidolar...”
aks   etgan   “Ona   qalbi   va   muhabbati   butun   to`laligi   bilan   namoyon...”   bo`lgan
monologlar   aytadi.   Ushbu   monolog   yoki     qo`shiqlarni   ayni   qahramon   holatiga
tushgan inson tuyg`u va kechinmalarining eng go`zal in`ikosi deyish mumkin:
...Qizil gulim so`lganiga yig`layman,
Paymonamning to`lganiga yig`layman,
Baxtim qaro bo`lganiga yig`layman,
Mard to`ramning o`lganiga yig`layma n.
Bolam yetim qolganiga yig`layman.
Qodir mavlon, dargohingga ne yozdim, 
48 Muncha alam solganiga yig`layman,
Bu dunyoning yolg`oniga yig`layman...
Yoki: 
...Bolalarim, eminglar-da, to`yinglar,
Bukundan kay ena derni qo`yinglar,
Bukundan kay ena senga qaydadir.
Oxirat libosin endi kiyinglar.
Keltirilgan   misollar   dostonning   Ergash   Jumanbulbul   o`g`li   varianti   badiiy
jihatdan yetuk namuna ekanligiga yana bir bor guvohlik beradi.
  Xolbeka   bolalari   bilan   topishib,   ularning   qo`lga   tushganini   bilgandan
keyingina chinakamiga “isyon” qiladi. Endi bu isyon ma`shuqa isyoni emas, balki
jafokash   onaning   bolalariga   bo`lgan   muhabbati   mevasining   isyoni,   faryodi   bo`lib
maydonga   chiqadi.   Shu   ma`noda   T.Mirzayev   to`g`ri   qayd   etganidek:
“Kuntug`mish”   dostonini   ona   muhabbatini   ko`klarga   ko`tarib   maqtovchi,   ona
qalbini   yuksak   darajada   ulug`lovchi   yangroq   qasida   desa   bo`ladi”.   Xolbeka
obrazidagi   tadrijiy   rivojni   M.Qo`shmoqov   quyidagicha   ifodalagan:   “Xolbeka
obrazi   qalban   ma`shuqalikdan   onalikkacha   bo`lgan   mashaqqatli   ma`naviy   yo`lni
bosib   o`tgan   ayol   bo`lib   gavdalanadi”.   Chindan   ham,   Xolbeka   obrazining   asl
mohiyati   uning   onalik   kechinmalari   tasvirlangan   o`rinlarda   yanada   teranroq   aks
etadi.
Xolbeka bolalarini ilk   bor ko`rgan vaqtidayoq, uning ichki onalik tuyg`usi
shu yetimlar o`zining bolalari ekanligini bildirgani  Ergash shoir variantida yanada
ta`sirchan tasvirlangan:
“Xolbeka oyim chechasiga aytdi: - O` yanga, akam sira yetimni yetim demas
edi,   ikki   yetimim   bor,   deb   og`zidan   tushirmaydi.   Shu   yetimlarni   bir   ko`rsak,
qaytadi?
Xolmo`minning   xotini aytdi: - Akangiz bo`lsa chiqib ketdi,   ko`rsang,   yur
esa,   ko`rsatib   kelayin,   -   deb   bitta   non,   bir   kosa   suv   olib   mehmonxonaning
eshigidan uzatib edi, Mohiboy kelib qo`lidan olib ketdi. Anda o`tirib nonni o`rtaga
qo`yib   yemoqchi   bo`lib   turib   edi.   Xolbeka   oyim   mehmonxonaning   takcha
49 teshigining ichidan qarab, ikki go`dakni ko`rdi. Ikkovini ko`rgan hamono, uvuz eti
uv bo`lib, to`la badani suv bo`lib, jamiy a`zosiga larza paydo bo`lib, emchagiga sut
kelganday   bo`ldi.   Qaddi   bukilib,   ko`zidan   yoshi   to`kilib,   dovushining   boricha
chinqirib   yig`lab   qo`ya   berdi”.   Xolbekaning   ko`nglida   shular   mening   bolalarim
emasmi,   degan   gumon   tug`ildi.   Ayni   shu   ta`sirchan   sahnaning   Bekmurod   baxshi
variantida qanday aytilganligini ham kuzataylik.
Xolbeka   bilan   bolalarining   ilk   uchrashuviga   ushbu   variantda   sharob   kosasi
sabab bo`ladi. Mohiboy:
...Xizmatingga kelib yuragim jo`shdi,
Boshqa yerda alamim haddan oshdi,
Bir kosa deb keldim sizga, bibijon,
Bir sharobxo`rlikka xayolim qochdi,
deb Xolbekadan kosa so`raganida Xolbeka shunday javob qaytaradi:
“Ey badbaxt, o`zing ovqating bilan kiyimingga yursang, yana ham bu yerda
sharobxo`rlik   qilasan.   Bilasanmi,   axir   bu   joy   qanday   joy?   Xolmo`min   bilsa,
ikkoving   ham   bekorga   o`lasan.   Bunday   buzuqlik   ishni   qilmay,yo`lingda   bo`lib
yurgin!   o`zingning   joningga   jabr   qilma!   Kosa   berib   senga,   zomin   bo`lmayman
qonima. Qo`y, bunday ishni havas qilma, -deb urishib yubordi”. Mohiboy yig`lab
ketdi.   Ana   shundan   keyin     Xolbeka:   “...   mening   bolalarim   ham   bir   joyda   tirik
yurgan   bo`lsa,   shularning   ham   bir   kishi   rayini   qaytarmasin,   podsholikdan   kim
yemagan, kim ichmagan”, - deb bir kosani bolalarga uzatadi.
Ergash   shoir   variantidagi   tasvir   Xolbeka   obrazi   mohiyatiga   uyg`un,
Bekmurod baxshi talqinidagidek kundalik   kechinmaga urg`u berilmagan. Chunki
Xolbeka   uchun   bolalari   va   ularning   taqdiri   hayot-mamot   masalasi   edi.   Shunday
ekan,   uning   o`z   bolalarini   ko`rib   tanimagan   holatida   ham   ichki   onalik   tuyg`usi
o`zini   ko`rsatishi   tabiiy   edi.   Ko`pchilik   qatori   yetimlarga   rahm-shafqat   qilib,
so`ngra bolalarini yodga olish obraz botinidagi kolliziyani nisbatan sustlashtiradi.
Ergash   shoir   variantidagi   talqinga   ko`ra,   Buvraxon   Zangar   shahrining
podshosi, Xolbekaning oshiqi beqarorlaridan biri. Lekin boshqa oshiqlardan farqli
o`laroq   Buvraxon   imkonida   Xolbekaga   bevosita   ta`sir   eta   oladigan   kuch   bor.
50 Buvraxon Xolbekani ko`shkida ko`rib, ishqi tushib, “...bostirib sovchi qo`yganida”
Xolbeka:   “Podsho   nomardlik   qilmasin,   o`ziday   podsholarga   ta`na-malomat
bo`lmasin.   Mening   shu   shartim,   eshitmagan,   bilmagan   odam   yo`q.   Ayol   bo`lsam
ham   qavlimdan   qaytmayman.   Shohingdan   qo`rqmayman.   Bizga   oshiq   bo`lgan
bo`lsa,   kelsin,     nard   o`ynasin,   utsa,   tegaman;   utdirsa,   podsho   deb   siylamayman,
so`yaman, jonidan kechsa bizga kelsin”, - deb sovchilarni qaytaradi”. Ana shunda
Buvraxon  arkonu davlatining: « -... buning iloji shulki, baxtini bog`lang, hech kim
Xolbeka   deb   otini   aytolmasin,   balki   bu   shaharga   kelolmasin,   o`zi   ham   to`rt-besh
yil o`tgandan kay, er talab bo`lib, sizga tegmay kimga tegadi”, - degan maslahatiga
quloq osib,   shaharda  Xolbeka otini  tutishni  ta`qiqlab,  Xolbekaga har  kun kechki
choshgohga   dovur   qirq   zinalik   nog`oraxonaga   chiqib,   bir   ko`rinish   berishni   shart
qilib   qo`ydi.   Buvraxonning   ayni   tadbiri   Kuntug`mishning   Xolbekani   oson   topish
yo`lini   chigallashtiradi.   Uning   bozorchilarga   murojaat   qilishiga,   va   nihoyat,
kalavachi kampir bilan duch bo`lishiga badiiy zamin hozirlab, doston dramatizmini
kuchaytiradi.   Kuntug`mish   va   Xolbeka   o`zaro   topishgach   esa,   Xolbekaning
nog`oraxonaga   uch   kun   davomida   chiqmasligi   Buvraxonda   shubha   uyg`otib,
oshiq-ma`shuqlar sirining ochilishiga sabab bo`ladi. 
Bekmurod   baxshi   variantida   Buvraxon   Kuntug‘mishga   raqib   emas,   balki
Xolbekaning   ona   tomondan   katta   bobosi   hisoblanadi.   Buvraxonning   o`z
mamlaktida Xolbeka nomini aytishni ta`qiqlab qo`yishiga quydagilarni sabab qilib
keltiradi:   “Bu   qiz   saltanatida   bo`lmadi.   Ko`rgan   bilan   kishtimot   o`ynab,   bu
qimorboz   bo`ldi.   Har   kim   Xolbeka   deb   otini   aytsa,   tanasini   dorga   osaman.
Xolbekani  hech kimga bermasdan o`tkazib yuboraman”. Folklorshunos M.Saidov
“Xolbeka”   dostoniga   yozgan   so`zboshisida   Buvraxon   obraziga   to`xtalar   ekan,
Buvraxonning     ushbu   qarorini   quyidagicha   baholaydi:   “Buvraxon   o`z   davrining
farzandi va o`z davrining etika hamda huquq normalaridan chetga chiqishi mumkin
emas. Jamoatchilik fikri esa o`sha davr etika normalaridan kelib chiqadi yoki o`sha
etika   normalarini   o`zida   aks   ettiradi.   Buvraxon   Xolbekaga   “kishtimot”   o`yini
o`ynashni   man   etarkan,   bu   bilan   ma`lum   maqsadni   nazarda   tutadi...   “ko`ringan
kishi bilan kishtimot o`ynab, bu ham qimorboz bo`ldi”, - dedi. Bundan ko`rinadiki,
51 Buvraxonning   Xolbekaga   bergan   jazosi   asossiz   emas.   Shuningdek,   buni
adolatsizlik deyish  ham  to`g`ri  bo`lmas  edi”. Bekmurod baxshi  varianti  voqealari
qamrovida olib qaralsa, ushbu talqin o`zini to`liq oqlaydi. Lekin bizni masalaning
boshqa jihati, yani doston variantlarining qaysi biridagi badiiy yechim asosliroq va
doston dramatizmiga ko`proq xizmat qilishini aniqlashdir.
Bu   o`rinda   Xolbeka   bilan   Kuntug`mishning   o`zaro   topishuvi   ruhiy
tomonlardan   kimga   ko`proq   ta`sir   etib,   uning   sha`nu   shavkatini   tahqir   qiladi   va
g`azab   otiga   mindiradi?   degan   savolga   javob   berish   masalani   birmuncha
oydinlashtiradi.
Xolbekaga   da`vogar   va   Kuntug`mishga   asosiy   raqib   –   Buvraxongami   yoki
qaysar   nevarasini   axloq   mezonlarini   buzishda   ayblab   jazolagan   qattiqqo`l   bobo   -
Buvraxongami?   Albatta,   bunga   Kuntug`mishga   raqib   Buvraxonga,   deb   javob
berishga   to`g`ri   keladi.   Chunki   Ergash   shoir   variantidagi   Buvraxon   obrazi
Bekmurod   baxshi   variantidagi   Buvraxonga   nisbatan   voqealar   keskinligining
yanada shiddatli kechishini ta`minlay olgan. o`z navbatida dostonning Islom shoir
variantidagi   Bo`ronxon   obrazi   nafaqat   podsho,   balki   hokimiyatni   noqonuniy
egallab   olganligi   sababli   ham   uning   zimmasidagi   badiiy   yuk   birmuncha   yengil
ekanligi aniq sezilib qoladi.
E`tiborli   jihati   shundaki,   Ergash   shoir   ham,   Bekmurod   baxshi   ham   butun
doston   davomida   har   bir   obrazga   uning   xarakteri,   tabiati   va   zimmasidagi   badiiy
missiyani   inobatga   olgan   holda,   navbatdagi   voqealarni   bayon   etishgan.   Bu   holat,
ayniqsa,   Buvraxonning   Kuntug`mish   va   Xolbekaga   jazo   tayinlashi   tasvirida
yanada aniq ko`rinadi.
Ergash  shoir   variantidagi   Buvraxon    alamzada,  u  Xolbekadan  quruq  qolish
barobarida,   o`zini   podsho   sifatida   ham   tahqirlangan   sezadi.     Doston   voqealari   va
ushbu obraz rivojining badiiy mantig`i podsho ko`nglida, zarracha bo`lsa-da, rahm-
shafqat   uyg`onishiga   imkon   qoldirmaydi.   Shunday   ekan,   Buvraxonning   jazo
buyurishida   podsho   ham,   tinglovchi   ham   zarracha   shubhaga   bormaydigan   yo`l-
badiiy yechim topishi kerak edi. Qo`rg`on baxshilari va Ergash shoir ana shunday
yo`lni topa bilganlar.
52 Buvraxonning   aybdorlarni   to`g`ridan-to`g`ri   o`limga   buyurmay   jazo   turini
vazirlariga,   oxir-oqibat   Xolbekaning   otasi   va   pochchasiga   havola   qilishi   bevosita
bobolik   tuyg`ulariga   aloqadorligi   bilan   o`z   izohini   topadi.   Shu   jihatdan   olib
qaralsa,   Bekmurod   baxshining   ayni   talqini   ushbu   variant   voqealigi   ko`lamida
o`zini to`la oqlaydi.
Ergash   shoir   variantida   Buvraxon   Xolbekani,   avvalo,   bir   paytlar   ko`ngli
tushgan   ayol   sifatida   qarab   baholaydi:   “Podsho   qarasa,   Xolbeka   oyimning   qaddi
bukilib,   ranglari   sarg`ayib,   qovog`i   tortib,   tayoqday   qotib,   qizil   ola   qoniga   botib,
ilgarigi   husni   jilvalaridan   yuzdan   biri   ham   qolmabdi.   Shunda   Buvraxon   podsho:
“Hay     attang,     esiz   Xolbeka,     sop   bo`pti-ya”[24;276],   -deb   undan   hol-ahvol
so`radi».   Ayni   munosabatni   tasvirdagi   ruhiy-psixologik   holat   va   badiiy   obraz
tabiati to`la ravishda oqlaydi.
Buvraxon   va   arkoni   davlat   Xolbekaning   arz-dodini   tinglaydi.   Buvraxon
odilona hukm chiqaradi:
“E,   yoronlar,   shu   ikki   go`dak   o`lmas,   qasos   qiyomatga   qolmas.   Shu
Xo`jadan   shu   go`daklar   otasining   qasosini,   o`zlarining   qasosini   olmay   qo`ymas.
Men   shu   bachchag`ar   Xo`jaga   Xolbekani   olib   kelib   ber,   degan   ekanmanmi?
Azbarxo`jani tagizamindagi zindonga olib borib tashlanglar, mollarini pechat qilib
qulflab tashlanglar”[24;279]. Buvraxondagi qahr mehrga aylanadi.
Bekmurod   baxshi   variantida   Buvraxon   Aldarxo`janing   qilgan   ishidan
g`azablanib:
“Ey,   Aldarxo`ja,   har   kim   qilgan   ishini   o`zi   biladi.   Karvon   karvon   yo`lida,
cho`pon   cho`pon   yo`lida...   Xon   degan   bir   gunohga   bir   jazo   beradi,   ikkinchi   bir
gunohga   ikkinchi   jazo   beradi.   Xolbeka   boshda   menga   bir   odobsizlik   qildi,   men
unga   vaqtida   jazo   berdim.   Shundan   xoh   o`lsin,   xoh   qolsin   edi.   Kuntug`mishni
Zarchamanning   cho`liga   tashlab,   ikki   bolasini   karvonning   yo`liga   tashlab,
Xolbekani  olib kelish kimga kerak   edi. Avval  qiyomatlik do`st  bo`lib, do`stlikni
qo`yib   qasd   bo`lib,   dunyo   olaman,   deb   shu   ishni   qilgansan-da,   -   dedi.   Buvraxon
zargarni olib kelishni buyurdi. Zargar ikki chorak tillani eritib, Aldarxo`jaga: - Ol
emasa,   sen   dunyo   degansan.   Har   kimki   do`st   bo`lib   turib,   do`stlikdan   qaytsa,
53 buning jazosi shu bo`lsin,- deb erigan tillani Aldarxo`janing og`ziga quyib yubordi.
Aldarxo`janing og`zi-burni  tillaga to`lib, tishlari  jiq-jiq bo`lib, ikki  qulog`i  tip-tik
bo`lib, o`z mollari talon bo`lib, armon bilan qoldi o`lib”. 
Buvraxonning   Aldarxo`jaga   munosabatida,   bir   tomondan,   adolat   tarozusi
asos bo`lsa, ikkinchi tomondan, boboning nevarasiga qayg`urish tuyg`usi va unga
o`tkazilgan noo`rin sitamga javob ham mavjud. Buvraxonning: “Xolbeka boshida
menga   bir   odobsizlik   qildi,   men   unga   vaqtida   jazo   berdim...”,   -   deyishi   zamirida
uning   nevarasini   jazolagandan   so`ng   o`tgan   qancha   vaqtlardan   beri   o`zini   qiynab
kelayotgan   o`y-kechinmalari,   afsus-armonlari   ham   mujassam.   Shu   sababli   ham   u
Aldarxo`jani o`limga buyurdi.
Ergash   shoir   va   Bekmurod   baxshi   variantlaridagi   ikki   xil   ko`rinishga   ega
Buvraxon   obrazining   qiyosiy   tahlili   shuni   ko`rsatmoqdaki,   Buvraxonning   raqib,
da`vogar   mavqeida   turishi     bobo   holatidan   ko`ra   doston   dramatizmining   keskin
kechuvini   ta`min   etmoqda.   Lekin   har   ikki   variantda   ham   Buvraxon   obrazi   bilan
bog`liq   motivlar     u   egallab   turgan   mavqe   mezonlariga   mos   ravishda,   ishonarli
tarzda badiiy asoslab berilgan. 
Ergash shoir variantida muddat aniq qilib shunday ko`rsatilgan: “To`ra aslo
el-yo`l topolmadi. Alhol, bachchalar uchga kirdi”.
Bekmurod   baxshida   vaqt   aniq   aytilmagan   bo`lsa-da,   taxmin   etishga   imkon
beruvchi  ma`lumot  mavjud:  “Shu chorboqning ichida bir  egiz  bola  tug`di. Ikkovi
ham o`g`il  edi. Shunda bolalarning ustiga kiyim qilsa, kiyim  yo`q. Yoz o`tib kuz
kelayotir. Kunduzi issiq bo`lgan bilan kechasi salqin bo`ladi. To`shamakka to`shak
yo`q, yopinmoqqa ko`rpa yo`q. Bu bolalar yig`lasa, Kuntug`mishning ichi dardga
to`ladi.   Kechasi   yotdi,   kunduzi   bo`lsa   chorboqning   u   boshiga   borib   kelayin   deb,
chiqib   ketdi”.   Kuntug`mish   shu   ketishda   borib   karvonga   yo`liqadi.   Demak,
matndan ayon bo`lmoqdaki, bu payt bolalar taxminan to`rt-besh oyliklar arafasida
bo`lishgan.   Islom   shoirda   bolalar   tug`ilgandan   keyin   Kuntug`mish   yo`l   axtarib
karvonlarni   uchratadi.   Bu   variantda   ham   bolalarning   necha   oylik   ekanligi   aniq
aytilmagan.   Lekin   oradan   ko`p   vaqt   o`tmaganligi   aniq.   Uzog`i   bilan   bir-ikki   oy
o`tgan bo`lishi mumkin.
54 Bolalarning ota-onasidan ajralgan vaqtida to`rt-besh oylik bo`lgandan ko`ra
uch   yashar   ekanligi   muhimroq,   chunki   ularning   yangi   sharoitda   yashab   ketishlari
uchun   suyagi   qotgan   bo`lishi   shart   edi.   Ergash   shoirning   bolalar   yoshini   alohida
uch,   deb   ta`kidlab   ko`rsatishiga     ana   shu   badiiy   mantiq   asos   bo`lmoqda.
Bolalarning yoshi bilan bog`liq yana bir muhim jihat ularning   bir-birlari va onasi
bilan   topishuvida   amalga   oshirgan   ishlari,   xatti-harakatlarini   badiiy   dalillashda
ham   kerak   bo`ladi.   Har   uchala   baxshi   ham   topishuv   arafasida   bolalarning   yoshi
nechada ekanligini u yoki bu tarzda aniq ko`rsatishgan.
Bekmurod   baxshi   va     Islom   shoir   talqiniga   ko`ra,   bolalar   onalari   yoniga
borishganida yetti yoshda bo`lishadi. Bekmurod baxshi variantida bolalarning yetti
yoshga   kirganligini   Kuntug`mishning   olti   yil   qalandar   bo`lib   Buvraxon
mamlakatiga   aylanib   borib,   davlat   qushi   boshiga   qo`nib,     podsho   saylangani
aytilganligidan   bilamiz.   Islom   shoir   variantida   esa,   Xolbeka   o`zini   olib   ketgan
qofilaboshidan yetti yil aza muddati so`raganligidan bilish mumkin. Chunki bolalar
muddat tugashi arafasida Xolbeka yoniga borishadi.
Ergash shoirning bolalar yoshini doston davomida bir necha bor ta`kid bilan
keltirishi bejiz emas. Chunki bolalar onasidan duo olib, ota yurtiga otlanib, yo`lga
chiqib, Mohiboyning qutqusi bilan Zangar yilqilarini No`g`oyga olib ketishmoqchi
bo`lganlarida,   avvalo,   yilqibonlar   bilan,   so`ngra   podsho   askarlari   bilan   jang
qilishadi. Ergash shoir XX asr kishisi dunyoqarashlarini ham inobatga olgan holda
yetti   yashar   bolalarning   bunday   ishlarga   qodir   bo`lishi   mushkul,   degan   o`yda
bolalarning yoshini o`n ikkida, deb ko`rsatgan.
Bizning   nazarimizda   Islom   shoir   va   Bekmurod   baxshi   variantlarida
kelayotgan   yetti   yosh   ko`rsatkichi   ko`hna   an`analarga   mos   keladi.   Chunki   epik
an`anaga ko`ra, epik qahramonning balog`at yoshi hamisha o`n to`rt, deb aytiladi.
Gurkiboy   bilan     Mohiboy   hali   balog`atga   yetmagan.   Shu   sababli   epik   an`ana
ularning   yoshini   yetti   deb   belgilagan.   Lekin   davrlarning   o`tishi,   tinglovchi
dunyoqarashining   o`zgarishi   ba`zan   baxshini   an`ana   o`lchamlaridan   chekinishga
majbur   etadi.   Ergash   shoirning   bolalar   yoshini   o`n   ikki   deb   alohida   ta`kidlab
ko`rsatishi   ana   shu   so`nggi   davr   badiiy   mantiqining   mahsuli   hisoblanadi.   Odatda
55 epik asarlar tarkibidagi g`ayritabiiy asoslanuvchi motivlarning o`rnini real talqinlar
egallashi shu tariqa ro`yobga chiqadi.
Ergash shoir variantida cho`pon nafaqat guvoh, balki boshqa cho`ponlardan
ajratib talqin etilgan to`laqonli obrazga aylangan.  Bekmurod baxshi variantida esa,
guvohlik missiyasini hisobga olmasa, u ham boshqa cho`ponlarning biri. Bu holat
nimalarda ko`rinadi?
Ergash   shoirda   cho`pon   voqealikka   faol   aralashadi.   U     Kuntug`mish   bilan
sirlashib,   bolalarning   kimligini   va   qaysi   joydan   ekanligini   bilgach,   ularning
hayotiga   befarq   qarab   turmaydi.     Boshqa   cho`ponlar   qo`y   boqish   navbatini
Gurkiboyga yuklab, o`zlari dam olishsa, bu esa bolaga mehribonlik qilib, qo`ylarni
birgalashib   boqadi.   Shaharga   tushganida   Mohiboyning   holidan   ham   xabar   olib
turadi.   Cho`pon   bu   ishlarni   shunchaki   qilayotgani   yo`q.   Baxshi   uning   maqsadini
shunday   izohlaydi:   “Shu   bachchalar   yigirmaga   borsa,   No`g`oy   mamlakatiga   olib
borib,   Avliyoyi   Qoraxonga   bir   tanishtirib,   nabira   ekanligini     bildirsam,   men-ku
hech nima emasman, shu bachchalar tufayli bir narsa bo`lib qolarman, degich edi”.
Bekmurod   baxshi   variantida   bu   xil   tasvirni   uchratmaymiz.   Unda   cho`ponning
Gurkiboyga munosabati boshqalarnikidan farq qilmaydi.
Har  ikki  variantda   ham  Gurkiboy oilasiga  tegishli  sirni  boshqa  cho`ponlar
Kuntug`mishni   ko`rgan   cho`ponni   majburan   so`zlatishi   orqali   bilib   oladi.   Lekin
mavzuning qo`zg`alishi va sirdan xabar topgan Gurkiboyning cho`ponlar qo`shini
tashlab ketishi  turlicha izohlangan.
Bekmurod baxshi variantida mohiyat Ergash shoir variantiga uyg`un bo`lsa-
da, holatlar bir oz boshqacha tasvir topgan.
“Bir   kuni   qo`yga   bo`ri   tegdi.   Besh-olti   qo`ra   qo`yning   qo`zisini   bir-biriga
qo`shib yubordi. Ko`p qo`ylarni o`ldirib ham ketdi. Gurkiboy kechgacha qo`ylarni
haydab   keldi.  Cho`ponlar   ko`rib,   Gurkiboyni   har   urdi,  tayoqdan   esi   ketib  yiqildi.
Ne   vaqtlardan   keyin   esiga   kelib,   yig`lab   o`tirib,   tamog`ini   yeb,   qo`yning   ichiga
borib   yotib   qoldi.   Gurkiboy   qo`y   ichida   yotib   fikr   qilib,   ko`ziga   uyqu   kelmay
“Hammaning   ota-onasi   bor,   mening   ota-onam   kim   bo`ldi   ekan,   men   osmondan
tushdimmi, yo yerdan chiqdimmi?”. Gurkiboy o`zicha o`ylab “Dunyoni yo ko`rgan
56 oladi,   yo   ko`ngan   oladi”,   degan.   Meni   avvalda   bo`rining   og`zidan   shular   olgan,
yana   shularning   o`zidan   eshitaman-da”   deb,   bularning   so`zini   anglay   boshladi”.
Kunlarning   birida   “Shu   Gurkiboyning   ota-onasi   chiqmay   qoldiyov”,   deb   aytdi
boyagi cho`ponlarning birovi. “Sen bilasanmi?” - deb cho`ponlar bir-biridan so`ray
boshladi. Hammasi “Bilmayman” dedi. Shunda bir cho`pon turib:
- Men bilaman, bilsam ham aytmayman, - dedi.
- Nimaga aytmaysan? - deb boshqa cho`pon so`radi.
-   Men   senga   aytsam,   sen   yana   birovga   aytasan,   so`z   ovoza   bo`ladi,   buni
Gurkiboy   biladi,   so`g`in   boylab   tursang   ham   turmay,   bu   yerdan   ketadi,   -   dedi.
Cho`ponlar   “Ayt”   deb   qo`ymadi   o`rtaga   olib.   Axir   aytmagandan   keyin   buni
o`ldirmoqchi   bo`lishdi.   U   cho`pon   Kuntug`mish   ikki   bolasini   oldirgan   vaqtda
to`qayning   ichida   so`ylashib   kelgan   cho`pon   edi”.   Cho`pon   bor   gapni   aytdi.
Gurkiboy   eshitib   bildi,   sahar   turib   bu   yerdan   ketdi.   Bozorda   qimorga   borini
yutqazgan Mohiboyni topib, u bilan do`st kirishib, Zangar shahriga jo`naydi.
Har   ikki   variantda   ham   motivni   o`ziga   xos   asoslash   bor.   Lekin,   yuqorida
ham   ta`kidlaganimizdek,   Ergash   shoir   variantidagi   cho`pon   obrazi   va   qo`ylarga
bo`ri   tegishi   motivining   Gurkiboy   ketishiga   sabab   qilinishi   badiiylik   nuqtai
nazaridan o`rinli tasvirlanganligini kuzatamiz. 
Egizaklarning bir-biriga fe`l-atvorda antipod sifatida tasvirlanishini yuqorida
qayd   etgan   edik.   Lekin   Ergash   shoir   ayni   qarama-qarshilikni   saqlagan   holda
Mohiboyga   xos   fazilatlarga   ham   alohida   e`tibor   qaratadi.   Masalan,   dostonda
tasvirlanishicha,   “U   ham   kashishlik,   nuronalik,   martabalik   bachcha   bo`lgan   edi.
Bekmurod   baxshi   esa   uni   birmuncha   noshud   qilib   ko`rsatadi:   “Gurkiboyning   oti
ilgari qarab semirsa, Mohiboyning oti keyin qarab semiradi. Goh kuni yem bersa,
goh   kuni   bermay   qoladi.Goh   sug`orilsa,   goh   sug`orilmay   qoladi.   Vaqtida   xom   ot
deganni   chopmasa,   joyga   kelmaydi,   deb   suvga   chiqqan   vaqtida   ham   ko`chalarda
chopib-chopib keladi”.
  “Kuntug`mish”   dostonidagi   Azbarxo`ja   (Bekmurod   baxshi   variantida
Aldarxo`ja,   Islom   shoir   variantida   qofilaboshi)   obrazi   doston   dramatizmining
yanada   kuchayishiga   xizmat   qilgan.  Avvalo   shuni   ta`kidlash   kerakki,   Islom   shoir
57 variantida   karvonboshi   obrazi   dostonning   Ergash   shoir   va   Bekmurod   baxshi
variantlaridagi   talqindan   xiyla   farq   qiladiki,   bu   xususda   variantlar   sujeti   qiyos
etilganda qisman to`xtalgan ham edik.
Islom   shoir   variantidagi   qofilaboshi   obrazi   Azbarxo`ja   (Aldarxo`ja)
obrazidan keskin farq qiluvchi jihatlarga ega.
Ergash   shoir   va   Bekmurod   baxshi   talqinidagi   Azbarxo`ja   (Aldarxo`ja)
obrazi, bir so`z bilan aytganda, nafs bandasi  sifatidagina namoyon bo`ladi, xolos.
Uni   sheriklari   qanchalik   “olamning   shaytoni”   deb   ta`riflashmasin,   Buvraxonning
bir og`iz hukmi oldida ojiz qolaveradi.
Qofilaboshi mustaqil harakat qiladi. U Xolbekani qo`lga kiritgach, Zangarga
Bo`ronxonning oldiga mol-davlat ilinjida borgani yo`q. Aksincha, Bag`dodga - o`z
eliga ketdi. Xolbekaga o`z talabini bayon etdi.
Umuman   olganda,   Islom   shoir   variantidagi   qofilaboshi   obrazi   va   u   bilan
bog`liq   yo`nalish     dostonning   boshqa   variantlaridagi   ayni   yo`nalishlarga   qiyos
etilganda, badiiy jihatdan puxta ishlanganligiga yana bir bor amin bo`lamiz.
“Kuntug`mish”   dostonining   asosiy   variantlaridagi   yetakchi   obrazlar   o`zaro
taqqoslab   talqin   etilganda,   har   bir   variantning   ushbu   yo`nalishdagi   yutuq   va
kamchiliklari haqida muayyan tasavvur paydo bo`ladi. 
58 Bob yuzasidan qisqacha xulosa
Ushbu bobda aytilgan fikr va mulohazalarni quyidagi tarzda umumlashtirish
mumkin:
Barcha   variantlarda   Kuntug`mish   obrazi,   hamma   ishqiy-   romanik
dostonlarda   bo`lgani   kabi,   oshiq   sifatida   tasvirlangan.   Kuntug`mishning   yorga
yetishuv yo`lidagi bellashuvi, yani epik shart motivi ham ishqiy-romanik dostonlar
tabiatiga mos  nard o`yini shaklida kelgan. Bu o`rinda qahramonning kuch-qudrati
emas,   aqlu   zakovati   sinovdan   o`tadi.   Ergash   shoir   va   Bekmurod   baxshi
variantlarida ayni talqin mavjud. Lekin Islom shoir variantida ushbu motiv tushib
qolgan. 
“Kuntug`mish”ning   barcha   variantlarida   uning   tug`ilish   motivi   va   u   bilan
bog`liq ota-onaning farzandsizlik motivi unutilgan bo`lsa-da, (Bekmurod baxshida
bu   motivlar   Xolbeka   yo`nalishiga   ko`chgan),   Ergash   shoir   va   Bekmurod   baxshi
variantining bir qator o`rinlarida bunga ishoralar mavjud. Ayni holat Kuntug`mish
obrazi ibtidosida ushbu motivlarning bo`lganligini bildiradi.
Kuntug`mish   Buvraxonga   nisbatan   passiv   holatda   bo`lsa-da,   u   ajdarni
o`ldirib,   o`z   jasoratini   ko`rsatadi.   Uning   yori   va   bolalaridan   ayrilib   qalandar
suvratida   darbadar   yurishi   taqdir   sinovidan   o`tishi   edi.   U   bu   og`ir   sinovdan   oson
o`tib, yana  podsho bo`ladi. Ergash shoir  variantida bu voqealar  bayoni  nihoyatda
badiiy   yuksak   darajada   chiqqan.   Ergash   shoir   ushbu   o`rinda   folklor   an`anasiga
yozma   adabiyot   usullarini   payvand   qilib,   dostonni   mumtoz   namuna   darajasiga
ko`tara olgan. Bekmurod baxshi esa an`anaviy yo`ldan borgan.
Dostonda   Xolbeka   obrazi   ikki   bosqichda   namoyon   bo`ladi.   U,   avvalo,
qattiqqo`l   ma`shuqa   bo`lsa,   keyinchalik   munis,   mehribon,   jafokash   ona   sifatida
namoyon bo`ladi. Barcha variantlarda Xolbeka obrazi  mohiyatan umumiy bo`lsa-
da, Ergash shoir variantida badiiy asoslash ancha ustun berilgan.
59 III.Bob. “ Kuntug‘mish” dostonining lingvopoetik tahlili
3.1. Dostonning fonopoetik va leksik-semantik xususiyatlari.
Badiiy   asar   tiliga   kategorial   yondashuvning   shakllanishi,   badiiy   so‘zni
ijodning   shakl   va   mazmun   xossalari   birligida   o‘rganishga   harakat   badiiy   asarni
estetik   va   falsafiy   nuqtai   nazardan   tushunish   uchun   asos   bo‘ldi.   Jumladan,
G.E.Lessing,   F.Shiller,   Gumboldt,   A.A.Potebnya,   V.V.Vinogradov,
V.M.Jirmunskiy,   V.Ya.Zadornova,   O.S.Axmanova,   G.O.Vinokur,   L.V.Shcherba
ishlari   o‘rganildi,   muhim   ilmiy   xulosalaridan   foydalanildi.   A.Xolodovichning
«Adabiy   til   uslubshunosligi»,   «Poetikada   lisoniy   usul»   asarlarida,   nemis   olimi
E.Koseriuning poetik tilning yangi izohi kabi tushunchalarida, fransuz tilshunoslari
D.Delas   va   J.Fiyollarning   lingvistika   va   poetika   bo‘yicha   yangi   qo‘llanmalarida,
Ye.B.Artemenkoning   lingvofolkloristika   bo‘yicha   olib   borgan   tadqiqotlarida
lingvopoetikaning   filologiya   ilmida   alohida   fan   sifatida   o‘rganilishi   yuzasidan
qarashlar bayon qilingan. Zamonaviy rus tilshunosligida lingvopoetikaning nazariy
masalalari   tadqiqi   bilan   shug’ullangan   olimlardan   biri   A.Lipgartdir.
Tilshunoslikning   lingvopoetika   sohasi   davrning   dolzarb   ilmiy-nazariy   masalalari,
muammolari,   tadqiqiy   vazifalari   bilan   xarakterlanadi.Xususan,   adabiy   ijodlar,
yetuk   badiiyat   namunalarini   lingvopoetik   xususiyatlar   nuqtai   nazaridan   kuzatib,
o‘rganib   borish,   bu   yo‘nalishdagi   tahlil,   talqin,   baholashni   izchil   yo‘lga   qo‘yish
bugungi o‘zbek tilshunosligining muhim vazifalaridan biridir.
          Badiiy   asarning   lingvopoetik   tahlili   tilning   nazariy   tomonlari,   ijtimoiy
funktsiyalari   va   inson   ma’naviyatining   in’ikosi   ekanini   bir   butun   holda   tasavvur
etishimizga   imkon   yaratadi.   Chunki   lingvopoetika   o‘z   mazmun-mohiyatiga   ko‘ra
filologiya   sohasi   tarmoqlarini   o‘zida   mujassamlashtirishga,   uning   bir   butunligini
ta’minlashga qaratilgandir. Lingvopoetik tahlil jarayoni faqat yozuvchining tili va
uslubi   haqida   ma’lumot   berish   bilan   chegaralanmaydi,   balki   asar   yaratilgan   davr
tilining   o‘ziga   xosligi,   yozuvchining   so‘z   boyligi.   til   vositalarining   ifodalanish
usullari,  badiiy   tasvir   vositalarining   til   faktlari   vositasida   aks   ettirilishi,   umuman,
60 tilni   uning   barcha   sathlari   yuzasidan   tahlil   qilishdan   iborat   bo‘ladi.   Professor
I.K.Mirzayev   haqli   ravishda   ta’kidlaganidek,   “…lingvopoetika   bugungi   kunda
filologiyaning   yaxlitligini   tiklashi   mumkin   bo‘lgan   soha   deb   e’tirof   etilayogan
ekan,   uning   maqsad   hamda   vazifalarini,   tadqiqot   obektini,   boshqa   tarmoq   fanlari
bilan   munosabatini   aniqlab   olish   va   bu   yo‘nalishdagi   ishlarni   jadallashtirish
kerak…   Bu   sohadagi   tadqiqotlarni   ko‘paytirish   zaruriyati   keyingi   yillarda
filologiya ilimning eng dolzarb vazifalaridan sanalmoqda”.
O‘zbek tilshunosligida lingvopoetikaning oyoqqa turishida va rivojlanishida
I.Mirzaev   X.Doniyorov,   S.Mirzaev,   Q.Samadov,   I.Qo‘chqortoev,
X.Abdurahmonov,   N.Mahmudov,   B.Umurqulov,   M.Yo‘ldoshev   kabi   olimlarning
xizmatlari  katta bo‘ldi. Ular  badiiy asar  tilining stilistik, badiiy -estetik jihatlarini
yozuvchining   so‘z   tanlashi,   uning   o‘ziga   xos   tili,   umumxalq   tiliga   bo‘lgan
munosabati,   yangi   so‘z   va   iboralar   yaratishi   kabi   omillar   nuqtai   nazaridan
tekshirdilar.
Badiiy   matnni   tahlil   qilish   jarayonida   fonetik   birliklarning   estetik
xususiyatlariga   ham   alohida   e‘tiborni   qaratish   zarur.   She’riy   matnda   nutq
tovushlarining   estetik   imkoniyatlari   tez   va   qulay   idrok   etiladi.   Chunki   she‘rda
o‘ziga xos jozibador ohang bo‘ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo‘llash
natijasida erishiladi. She‘riyatda asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans
(unlilar   takrori),   geminatsiya   (undoshlarni   qavatlash)   kabi   fonetik   usullardan
foydalaniladi.   Nasrda   unlilarni   cho‘zish,   undoshlarni   qavatlash,   tovushlarni
takrorlash, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, tovush orttirish yoki tovush tushirish
kabi   fonetik   usullar   yordamida   ekspressivlik   ta‘minlanadi.   Tovushlarni   uslubiy
qo‘llash   bilan   bog‘liq   qonuniyatlarni   yozuvda   «aynan»   ifodalash   imkoniyati
cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga fonografik vositalar yordamida
erishish   mumkin.   Badiiy   asarlarda   ruhiy   holatni   yozuvda   ifodalash   o‘ziga   xos
murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand
bo‘lish,   xafa   bo‘lish,   rozilik,   taajjub,   yalinish,   hayratlanish,   kinoya,   piching,
kesatiq,   olqish,   so‘roq,   ta’kid,   qoniqmaslik,   norizolik,   tilak-istak,   qo‘llab-
61 quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan
ortiq yozish usulidan foydalanadilar. Masalan:
Undoshlarni   birdan   ortiq   yozish .   Aslida   orfoepik   me’yor   bo‘yicha   bir
undosh   talaffuz   qilinishi   kerak   bo‘lgan   so‘zlar   muayyan   vaziyatlarda   ekspressiya
va   estetik   maqsad   talabi   bilan   atayin   qavatlab   talaffuz   qilinadi.   So‘zlovchining
ichki   ruhiyati   (siqilish,   xursandlik,   karaxtlik,   ikkilanish,   achchig‘lanish,   biror
voqea-hodisadan   qattiq   ta‘sirlanish   kabilar)   va   maqsadini   kitobxonga   «aynan»
yetkazish   uchun   yozuvchilar   badiiy   matnda   bu   holatni   undoshlarni   birdan   ortiq
yozish   orqali   ifodalashga   harakat   qiladilar.   Bunda   belgining   me‘yordan   ortiqligi,
harakatning   davomiyligi   yoki   oniyligi   (bir   onda   ro‘y   berganligi),   takroriyligi,
tovush kuchining balandligi yoki pastligi kabi ma‘nolar ifodalangan bo‘ladi. 
Rus va Yevropa filologik an‘anasida bu hodisa   geminatsiya   nomi bilan yuritiladi.
«Tilshunoslik   terminlarining   izohli   lug‘ati»da   mazkur   hodisa   «qo‘sh   undoshlik   –
ikki   aynan   bir   xil   undoshli   holatning   yuzaga   kelishi»   sifatida   izohlanadi[26;143].
«O‘zbek   tili   tarixiy   fonetikasi»   o‘quv   qo‘llanmasida   esa   bu   hodisa
«Qo‘shoqlanish»   yoki   «ikkilangan   undosh»   deb   yuritiladi:   «qo‘shoqlanish   –
undoshlarning cho‘zilishi, ikkilanishi hodisasini fonetik o‘zgarishlar sirasida ko‘rib
chiqish   o‘ta   shartlidir.   Lekin   bu   hodisa   faqat   ikki   unli   orasidagi   yakka   undoshda
sodir   bo‘la   olishi   bilan   fonetik   o‘zgarishlarga   o‘xshaydi.   Qo‘shoqlanish,   asosan,
ikki   unli   orasida   kelgan   k,   q,   t,   l   tovushlarida   va   faqat   2,   7,   8,   9,   30,   50   sanoq
sonlarini nomlashda sodir bo‘ladi. Bu sonorlarni bir undosh bilan ham, ikkilangan
undosh   bilan   ham   talaffuz   etish   mumkin   bo‘lgan.   Sanoq   sonlar   nomidagi   bu   xil
qo‘shoqlanish   sabablari   haligacha   ochilmagan.   Lekin   katta,   latta,   yakka,   yalla,
chakki,   ukki   kabi   so‘zlardagi   ikkinchi   t,   l,   k   lar   tarixan   morfologik   ko‘rsatkich
bo‘lib,   ulardagi   qo‘shoqlanish   singish   (adaptatsiya)   natijasidir   degan   fikr
mavjud.»[27;86]   Adham   Abdullayev   esa   «undoshlarni   qavatlash»   atamasini
ishlatgan.   Undoshlarni   qavatlab   qo‘llash   orqali   badiiy   asarda   qahramon
ruhiyatidagi   xursandlik va xafalik holatlari tugal tasvirlashga erishiladi. Masalan, 
Bir ne chch a xesh-u toborim bo‘lmadi,
Men shuningday bandi bo‘lgan kunimda,
62 Enam bebaxt ul nochorim bo‘lmadi, 
Armon bilan o‘lar bo‘dim men endi, 
Hay attang, tayin mozorim bo‘lmadi.
Kuntug‘mish dostonidan olingan ushbu parchada –  “nechcha”  so‘zidagi ch undosh
tovushining takrori bir tomondan me’yordan ortiqlik ma’nosini ifodalasa, ikkinchi
tomondan oxirgi misradagi-  “hay attang”  so‘ziga ohangdoshlikni taminlash uchun
xizmat qilgan.
Eshitib ol, bu otangning so‘zini,
Do‘st-dushanga tuban qilma yuzini,
Yig‘dirayin No‘g‘ayning u ll i-qizini,
Obberay qizlarning jodu ko‘zini. 
Ushbu  parchada  keltirilgan  ― ‘‘ ulli-qizini’’   so‘zidagi   l   undoshi  ham   qavatlangan
bo‘lib, u ham badiiylikni ta’minlash uchun, ya’ni ma’noni bo‘rttirish, kuchaytirish,
takidlash uchun xizmat qilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, undoshlrning qavatlanishi alohida uslubiy vositadir.
Har   qanday   tovushni   qavatlab   qo‘llab   bo‘lmaganidek,   so‘zda   turli   sabablar   bilan
yonma   yon   kelgan   hamma   undoshlar   ham   lingvopoetik   jihatdan   ahamiyatga   ega
bo‘lavermaydi. Masalan: 
Ikki ko‘zdin oqqan qonli jolamdan,
Bu falakka chiqqan ohu nolamdan,
Boz ayrildim ikki birday bolamdan,
So‘zlar tilim ham jolamdan ayrildim.
“Kuntug‘mish”   dostondan   olingan   mazkur   parchada   “ oqqan ”   (oq   +   gan)’
“ falakka”   (falak   +   ga),   so‘zlaridagi   k   hamda   q   htovushlarining   qavatlanishi
grammatik   me’yor   hisoblanadi,   ya’ni   –ga,   -gan   qoshimchalari   oxiri   k   undosh
tovushi   bilan   tugagan   so‘zarga   qo‘shilish   natijasida   jarangsiz   talaffuz  qilingan   va
fonetik me’yorga ko‘ra shundayligicha yozilgan.
Alliteratsiya .   Badiiy   nutqning   ohangdorligini   va   ta’sirchanligini
ta’minlashda   alliteratsiyaning   o‘rni   beqiyosdir.   She’riy   nutqda   misralar,   undagi
so‘zlar hamda bo‘g‘inlar boshida yoki oxirida bir xil undosh tovushlarning takror
63 qo‘llanishiga  alliteratsiya  deyiladi. Tovushlar  zamiridagi  musiqiylikka asoslangan
bu   usul   qadimdan   Sharq   she’riyatida   keng   qo‘llanilib   kelingan.   Ko‘hna
badiiyatshunoslik(«ilmi   bade‘»)da   alliteratsiya   «tavzi’   san’ati»   deb   yuritilgan.
Bugungi   kunda   o‘zbek   tilshunosligida   tadqiqotchilar   muayyan   tovushlarning
poetik   nutq   uchun   xoslanishi,   tovushlarning   poetik   salmog‘i,   ularning   turli   hissiy
assotsiatsiyalar   bilan   bog‘lanishi   masalalarini   lingvostatistik   metod   asosida
o‘rganib, poetik fonetika yuzasidan qiziqarli fikrlarni o‘rtaga tashlamoqdalar. Nutq
tovushlari   sistemasida   ekspressivlikni   ifodalash   jihatidan   unli   tovushlarning
imkoniyati   katta   ekanligi   ham   ta’kidlanmoqda.   Biroq   badiiy   tafakkur   ifodasi,   bu
ifodaning   ta’sir   quvvatini   kuchaytirishda   undoshlar   asosida   yuzaga   keladigan
alliteratsiyaning   o‘rni   juda   qadim   zamonlardayoq   anglab   yetilganligini   ham
alohida   qayd   etish   lozim.   Qadimgi   turkiy   yozma   yodgorliklar   yuzasidan   jiddiy
ilmiy   tadqiqotlar   olib   borgan   N.Rahmonov   o‘zining   ‘‘Kultegin   yodnomasining
poetikasi’’   nomli   asarida   alliteratsiya   Kultegin   yodnomasida   ham   badiiylikni
ta’minlovchi asosiy vositalardan biri ekanligini alohida ta’kidlagan. Badiiy matnda
tovushlarning   xilma   xil   kutilmagan   kombinatsiyalari   ham   petik   aktuallashishi
mumkin.   Bunda   tasvir   o‘ziga   xos   yangilik,   ohorlilik   va   ohangdorlik   kasb   etadi,
matn   komponentlarining   zich   ham   mazmuniy,   ham   shakliy   integrativligi   badiiy
matnning   estetik   butunlik   sifatidagi   mohiyatini   yaqqol   namoyon   etadi.
‘‘Kuntug‘mish’’   dostonining   Ergash   Jumanulbul   variantida   ham     alliteratsiyadan
keng foydalanilgan. Masalan:
Ko‘zlari  q oradir,  q oshi  q alamdi(r),
Ko‘kragimga slogan qayg‘u alamdi.
Yurtingda bormikan Xolbeka oyim,
Izlab keldim Xolbekaday sanamdi.
Yoki,
Mard o‘g‘longa davron ikki kelmasdi,
Mard o‘lmay haqqini dushman yemasdi.
B ilganimni  b ir- b ir  b ayon aylayin,
Kelgan odam sira bazzos emasdir.
64 Yoki,
T ilim  t opshirib  t ovbaga,
Boshimni ursam ravzaga,
Qadam qo‘ysam Kabaga
Qalandar bo‘lganim bo‘lgan.
Ushbu   misollarda   shoir   ifodalilikni   bo‘rtirish   maqsadida   alliteratsiyadan   unumli
foydalangan, natijada poetik aktuallashuv yuzaga kelgan. 
Assonans . Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional –
ekspressivlik   bag‘ishlash   maqsadida   qo‘llaniladigan   fonetik   usullardan   biri
assonansdir.   Adabiyotlarda   assonans   aynan   yoki   yaqin   unlilarning   takrorlanib
kelishidan hosil bo‘ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. 
Qarorim yo‘q, turay desam,
Madorim yo‘q, yuray desam,
Uyim yo‘qdir, boray desam,
Vatanim yo‘q, kiray desam,
Yorim yo‘qdir, ko‘ray desam,
Qo‘zim yo‘q, o‘rgilay desam,
Ajal yetmas, o‘lay desam,
Cho‘po, boshim sarson bo‘ldi.
Ushbu parchada assonans qofiyadosh so‘zlar tarkibida kelib, she’riy nutqqa
ko‘tarinki ruh va o‘ziga xos musiqiylik baxsh etgan. 
Alliteratsiya   va   assonans   saj’   li   nasrda   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Saj’
istilohi ilmiy adabiyotlarda nasrda ikki yoki undan ortiq so‘zning qofiyada yoxud
vaznda (ba’zan har ikkisida ham) kelishiga nisbatan ishlatilishi ta’kidlanadi 1
.
        Demak,   takror   “Kuntug‘mish”   dostonida   yetakchi   tasvir   vositalaridan   bo‘lib,
fikrni   lo‘nda   va   ixcham   ifodalash,   tasvirni   yanada   teranlashtirish,   ta’kidni
kuchaytirish,   kitobxon   diqqatini   jalb   etish   kabi   turli   maqsadlarda   mohirlik   bilan
qo‘llanilgan. 
“Kuntug‘mish” dostonining leksik-semantik xususiyatlari
1
 Саримсоқов Б. Ўзбек адабиеxтида сажъ.-Тошкент, «Фан»,1978, 15-бет.  
65 “ Kuntug‘mish”   dostonida   ma’nodosh   so‘zlarni   qo‘llanishi.   Ma’nodosh
so‘zlar   tilning   lug‘aviy   jihatdan   boylik   darajasini   ko’rsatib   beruvchi   o‘ziga   xos
vositadir.   Tilda   ma’nodosh   so‘zlarning   ko‘p   bo‘lishi   tilning   estetik   vazifasini
yanada   to‘liq   bajara   olishini   osonlashtiradi.   Bu   juda   qadim   zamonlardan   beri
anglangan, idrok etilgan va o‘rganilgan hodisadir. O‘zbek tili ma’nodosh so‘zlarga
juda boy. Yozuvchilar tilimizdagi ma’nodosh so‘zlar ichidan tasvir maqsadiga eng
munosibini   topib   ular   orqali   qahramonlar   ruhiyati   hamda   tasvir   obyektining   eng
kichik   qirralarigacha   ifodalashga   harakat   qiladilar.   Badiiy   matndagi   ma’nodosh
so‘zlar   tahlilida,   asosan,   ikki   jihatga   e’tiborni   qaratish   zarur.   Ulardan   biri
muallifning   ikki   yoki   undan   ortiq   ma’nodosh   so‘zdan   ifodalanayotgan   mazmun
uchun   eng   maqbul   birini   tanlashi   bo‘lsa,   ikkinchisi   ayni   bir   matn   tarkibida   ikki
yoki   undan   ortiq   ma’nodosh   birliklarni   badiiy   tasvir   maqsadiga   uyg‘un   holda
qo‘llashi masalasidir.  
Tilshunoslikda   ma’nodoshlikning,   asosan,   uch   turi   farqlanadi,   ya’ni:   1)
leksik   ma’nodoshlik;   2)   frazeologik   ma’nodoshlik;   3)   leksik-frazeologik
ma’nodoshlik[28;29].
  M a’nodosh   so‘zlar dan   turli   xil   maqsadlarda   foydalanish   mumkin..   Masalan,
“Kuntug‘mish” dostonidagi ma‘nodoshlik quyidagi maqsadlar uchun qo‘llanilgan:
1) Til   birliklarining   takrori   natijasida   yuzaga   keladigan   ifoda   kambag‘alligi   va
rangsizligidan qochish uchun: …Xolbeka o‘n to‘rtga kirgandan keyin xudoyi taolo
bir husni jamolini berdi,  ovozasi  olamga ketdi,  dong‘i  Dog‘istondan o‘ti.
2) Tasvir obyektiga e’tiborni jalb qilish uchun …Bir vaqt qarasa, Xolbeka  qirqin qizi
bilan,   necha   sarvinozi   bilan,   qancha   jodu   ko‘zi   bilan   ko‘shkiga   chiqib
borayotibdi…
3) Salbiy   holatning   kuchayib   borishini   ifodalash   uchun:   boboning   aqli   shoshib ,
damidan adashib, hisobi ketib, qulog‘i bitib,  burnining suvi oqib, betiga yoyilib,
iyagi qaltirab, ko‘zi yaltirab: ‘‘Har darvozadan qirq yigitdan kisa, tong otmay arkni
olib   qo‘yadi’’,-   deb   to‘raning   jilovini   juppay   ushlab,   ko‘zini   yoshlab,     ‘‘Qaydan
bo‘lasan?’’ – deb do‘stiga bir so‘z aytdi 
66 Tilda   zid   ma’noli   so‘zlarning   mavjudligi   badiiy   nutqning   ifodaliligi,
ekspressivligi,   ta’sirchanligini   ta’minlashda   qulay   vositalardan   biridir.   Sharq
adabiyotida   juda   qadim   zamonlardan   buyon   tildagi   bu   ifoda   imkoniyatidan   keng
foydalanib   kelingan.   Alisher   Navoiy   asarlari   badiiyatini   teran   tadqiq   etgan   A.
Rustamov   bu   haqda   mana   bunday   deb   yozadi:   «Shoir   uchun   juda   zarur   bo‘lgan
san’atlardan   biri   tazoddir.   Bu   san’at   yana   «mutobaqa»,   «tiboq»,   «tatbiq»,
«muttazod»,   «ittizod»   va   «takofu»   deb   ham   ataladi.   Bu   san’atda,
badi’shunoslarning   aytishicha,   zid   ma’noli   so‘zlardan   foydalaniladi».   Yevropa
filologik   an’anasida   bu   san’at   «antiteza»   deb   yuritiladi.   Badiiy   matnning
lingvopoetik   tahliliga   bag‘ishlangan   ishlarda   zidlantirish,   qarshilantirish
atamalaridan   foydalaniladi.   Zid   ma’noli   so‘zlarni   yonma   –yon   qo‘llash   orqali
tushunchalar,   holatlar,   belgilar,   obrazlar   zidlantiriladi.   Odatda,   lisoniy   va
kontekstual yoki nutqiy zid ma’noli so‘zlar farqlanadi.
“Kuntug‘mish”   dostonida   zid   ma’noli   so‘zlardan   juda   unumli   foydalangan.
Jumladan,
Baland bo‘lma ,  past bo‘laylik ,
G‘anim bilan  qasd bo‘laylik .
Daryodan o‘tgin beryoqqa,
Kel ikkovimiz  do‘st bo‘laylik
Dostondagi Ushbu   parchada ‘‘baland bo‘lmoq’’ so‘zi bilan ‘‘past bo‘lmoq’’,
“qasd   bo‘lmoq’’   so‘zi   bilan   ‘‘do‘st   bo‘laylik’’   sozlari   o‘zaro   zid   ma’noda
qo‘llangan. Yana quyidagi misollarda ham Ergash Jumanbulbul o‘g‘li zid ma‘noli
so‘zlardan unimli foydalangan:
Ot chopilar  baland  tog‘ning  past dan, 
Jon qutilmas Azroilning qasdidan.
Qayda qoldi qoshingdagi shahzoda
Yolg‘on  dema, so‘zla deyman  rost idan
Yoki,
Xonim, sizga deyin gapning bo‘lagini
Oraga solmayin so‘zning yolg‘onin.
67 Sahar vaqti ikki qo‘lim bog‘landi,
Bilmayman to‘ramning  tiri-o‘lgini
Ushbu   misollarda   baxshi   sof   antonimlarni   qo‘llagan   bo‘sa,   quyidagi
parchada esa kontekstual antonimlardan foydalangan:
…Chechasi   kelib   aytdi:   -   E   siyohbaxt,   men   sening   ko‘ngling   ochilsin   deb
olib kelsam, sen qayta dardi-alamingni  ziyoda qilding -ku.
Kontekstual antonimlardan badiiy asarda tasvirning ta’sirchanligini oshirish
maqsadida ishlatiladi. Keltirilgan misolda ko‘rinib turibdiki, baxshi o‘zbek tilining
imkoniyatlaridan   unimli   foydalangani   holda   “ ko‘nglini   ochm oq”   so‘zi   bilan
“ ziyoda   qilmoq”   so‘zlarining   ma’nolardagi   qarshilantirish   va   boshqa   nozik
jihatlarni ham ilg‘ay olgan. 
 
                
68 3.2. “Kuntug‘mish” dostonning lingvostatestik tahlili
Matnni   o‘rganishning   yana   bir   usuli   –   lingvostatistik   usul   hisoblanadi.
Matnni   tadqiq   qilishda   statistik   metodlardan   foydalanilar   ekan,   bunday   metodlar
muayyan   bir   matnda   so‘z   yoki   ibora,   bo‘g‘in   yoki   gap   singari   til   birliklarining
qo‘llanishida     o‘ziga   xos     qonuniyatlarni   aniqlashga   qaratiladi.   Til   o‘ziga   xos
sistemaga   ega   bo‘lgan   ijtimoiy   hodisa   bo‘lganligi   tufayli   til   birliklari   muayyan
sistemada   joylashgan   bo‘ladi.   Ularni   o‘lchab,   hisoblab,   ularning   ma’lum   bir
matnda tarqalish darajasini, chegarasini aniqlash mumkin. Og‘zaki va yozma nutq
jarayonida har bir til belgisi  muayyan qo‘llanish chastotasiga ega. 
  Nutq   oqimida   takrorlanuvchi   til   birliklarining   bo‘lishi   til   va   nutq
muammolarini     o‘rganishd     statistik   vositalardan     foydalanishga   imkoniyat
yaratadi.   Lingvostatistik   tahlil   imkoniyatlari   til   birliklarining   qonuniyatlarini
kuzatish   va   shu   kuzatish   natijalarini   qayta   ishlash   jarayonida   aniqlanadi.   Bunda
tabiiy   fanlarning   metodlaridan   foydalaniladi.   Shuning   uchun   lingvostatistik
metodlar tabiiy-ilmiy metodlar tarkibiga kiradi. 
Til   muammolari   statistik   jihatdan   axborot   nazariyasi   metodlari   yordamida     ham
o‘rganiladi. R.G. Piotrovskiy “Yozma matnni informatsion o‘lchash” nomli asarida
bu haqda quyidagilarni ta’kidlagan edi:” Til  aloqa vositasi  bo‘lgani uchun   uning
birliklari   lingvostatistik   metodlar   yordamida   hamda   informatsion   usullar     orqali
baholanadi va o‘lchanadi”. 
Rus   tilshunosligida     XX   asr   boshlarida   sitatistik   metod   yordamida   tilning
tovush   tarkibini   o‘rganish   ilk   bor   yo‘lga   qo‘yildi.   Masalan,   rus   tilshunoslari
V.Petrov   va   P.Aleksandrovlar   1911-yil   Qozon   shahrida   fransuz   va   nemis
tillarining   tovush   sastavini   statistik   jihatdan   o‘rganishga   bag‘ishlangan
maqolalarini e’lon qilan. Bu maqolalarda har bir mingta tovush oqimida fransuz va
nemis   tillaridagi   unli   hamda   undosh   tovushlarning   qo‘llanish   darajasini   aniqlab
chiqilgan edi.
69 N.A.Marozov   1915-yilda   badiiy   asarning   haqiqiy   muallifi   va   ko‘chirmachi
(plagiat)ni   farqlash   maqsadida   matnni   o‘rganishning   statistik   metodidan
foydalanadi. Bu ishni u   << Lingvistik spektr>>   deb nomlaydi. Muallif u yoki bu
yozuvchi asarlari matnida yordamchi so‘zlarning qo‘llanish chastotasini gafiklarda
aks   ettiradi,   bu   grafiklarni   o‘zaro   qiyoslab,   har   qahday   matnning   kimyoviy
tarkibini,   uning   haqiqiy   muallifini   aniqlash   mumkin.   Bu   usulni   N.A.Marozov
<< stilemetrik   etyud>>   deb   nomlagan   edi.   Olim   N.Karamzin,   A.S.Pushkin,
L.N.Tolstoy,   I.I.Turgenov   asarlarining   birinchi   ming   so‘zi   tarkibida   yordamchi
so‘zlar   miqdorini   aniqlaydi.   N.A.Marozov   tadqiqotlaridan     shu   narsa   ma’lum
bo‘ladiki, yozuvchilarning asarlarida eng ko‘p qo‘llanadigan, chastotasi eng yuqori
bo‘lgan yordamchi so‘zlar v, na, s predloglaridir.
Tilshunos   olim   B.Bafoevning   Alisher   Navoiy   asarlari     l eksikasiga   oid
monografiyasining   dastlabki   bobi   "Alisher   Navoiy   asarlari   leksikasini   statistik
o‘rganish natijalari" deb  nomlanadi.
B .Bafoev   Alisher   Navoiy   asarlari   tilida   forscha-tojikcha   va
arabcha   so‘zlar   miqdori   haqida   aniq   tasavvur   hosil   qilish   uchun
shoirning   "G‘aroyib   us-sig‘ar"   devoniga   kiritilgan   bir   g‘azaldagi
100   ta   so‘zni   olib,   ularning   55   tasi   o‘zbekcha,   20   tasi   arabcha,   19   tasi
forscha-tojikcha   ekanligini   qayd   etadi   hamda   bu   ma’lumotlarni   ulug‘
shoirga   yaqin   zamondosh   bo‘lgan   Gadoiy,   Atoiy,   Lutfiy,   Sakkokiy,
Husayniy   she’riyatidan   olingan   xuddi   shunday   miqdoriy
ko‘rsatkichlar bilan qiyos an o‘rganadi.
O‘zbek   tili   materiallari   bo‘yicha   statistik     tadqiqotlar   olib   borgan   yana   bir
olimlar S.Rizayev va S.Muhamedovlardir. Mazkur olimlar ham asosan kompyuter
lingvistikasining   statistik   tahlil   yo‘nalishi   bo‘yicha   ishlarni   amalga   oshirishgan .
Yuqorida   keltirilgan   ma’lumotlardan   foydalanib   biz   ushbu   dissertatsiyada
“ Kuntug‘mish ”   dostoni   tilida   qo‘llanilgan   yordamchi   birliklar ni   lingvostatistik
tahlil   asosida   o‘rgan dik .   Ushbu   tahlilda   “Kuntug‘mish ”   dostonida   foydalanilgan
551   ta   yordamchi   birliklar   tahlil   qilindi.   Ulardan   234   tasi   ko‘makchi,   110   tasi
70 bog‘lovchi,   207   tasi   esa   yuklama.   Buni   foiz   miqdorida   ko‘rsatadigan   bo‘lsak
quyidagicha raqamlar hosil bo‘ladi:
  Yordamchi birliklar – 100%
Yuklamalar – 38%
Ko‘makchilar – 43%
Bog‘lovchilar – 19%
Bunda   yuklamalar   orasida   ham   faol   qo‘llangani   mavjud.   Xususan,   207   ta
yuklamalar   tarkibida   eng   ko‘p   –mi?   so‘roq   yuklamasi   qo‘llangan.   Buni   foizlarda
ifodalasak, quyidagi raqamlar hosil bo‘ladi:
Yuklamalar – 100% (207)
        - mi – 66% (137)
        - da – 14,9% (31)
        - a --  8,2% (17)
        - dir – 2,8% (6) va h.
Ko‘makchilar orasida ham faol qo‘llanilgan birliklar mavlud. Xususan, 234
ta   ko‘makchilar   tarkibida   eng   ko‘p   bilan   ko‘makchisi   qo‘llangan.   Buni   foiz
misolida keltiradigan bo‘lsak quyidagi raqamlar hosil bo‘ladi:
Ko‘makchilar – 100%(234)
Bilan – 74,35%(174) 
Uchun – 8,5%(20)
Keyin – 5,9%(14)
Qarab – 4,7%(11)
Dovur – 2,13%(5) va h.
          Bog‘lovchilar  orasida   ham   faol   qo‘llangan  birliklar  mavjud.  Xususan,   110  ta
bog‘lovchilar tarkibida ham eng ko‘p  agar  shart bog‘lovchisi qo‘llangan. Buni foiz
miqdorida ko‘rsatadigan bo‘lsak, quyidagi raqamlar hosil bo‘ladi:
Bog‘lovchilar – 100%(110)
Agar – 37,27%(41)
Lekin – 18,1%(20)
Yo – 12,72%(14)
71 Va – 11,8% (13)
Balki – 8,1%(9)
Goh – 7,72%(8) va h.
Tadqiqodan     shu   narsa   ma’lum   bo‘ladiki,   doston   tilida   eng   ko‘p
qo‘llanadigan,   chastotasi   yuqori   bo‘lgan   yordamchi   so‘zlar   –mi,   bilan   agar,   lekin
kabilar hisoblanadi.
Bundan   tashqari,   biz   dissertatsiyamizda   “Kuntug‘mish”   dostonida   asar
qahramonlari   nomlaridan   tashqari   qo‘llangan   tarixiy,   mifologik,   adabiy   shaxs
nomlarining   hamda   geografik   nomlarning   lingvostatistikasini   o‘rganishga   harakat
qildik.   Bunday   nomlar   asarda   84   tani   tashkil   etadi.   Bu   nomlarning   83.3%   ini
tarixiy   adabiy,   mifologik   shaxs   nomlari   tashkil   etadi,   absolut   chastotaga   ko‘ra
70tani tashkil  etadi. Geografik nomlar  esa  16.6%ni tashkil  etadi, ularning absolut
chastotasi esa 14 tadir.
Tarixiy, adabiy, mifologik shaxs nomlari
№ Nomlar Absolut chastota Nisbiy chastota
1 Abu Bakr 2 2.85%
2 Ali 5 7.14%
3 Azroil 3 4.28%
4 Azozil 2 2.85%
5 Bahouddin 1 1.42%
6 Bilqis 1 1.42%
7 Boyazid 1 1.42%
8 Burqi sarmast 1 1.42%
9 Doniyol 1 1.42%
10 Dovud 1 1.42%
11 Fotima 3 4.28%
12 Hamza 1 1.42%
13 Hasan 3 4.28%
14 Havo(momo) 1 1.42%
15 Hobil 1 1.42%
72 16 Husan 1 1.42%
17 Husayn 2 2.85%
18 Ibris 1 1.42%
19 Ibrohim 2 2.85%
20 Ilyos 3 4.28%
21 Is’hoq 1 1.42%
22 Ismoil 2 2.85%
23 Iso 1 1.42%
24 Isrofil 1 1.42%
25 Jabroil 1 1.42%
26 Jabbor 3 4.28%
27 Jirjis 1 1.42%
28 Karbalo 1 1.42%
29 Layli 1 1.42%
30 Luqmoni sarvar 1 1.42%
31 Majnun 1 1.42%
32 Mansur 4 5.71%
33 Maryam 1 1.42%
34 Mavlon 12 17.14%
35 Jalil 1 1.42%
36 Mikoil 1 1.42%
37 Muhammad 3 4.28%
38 Murtazo 3 4.28%
39 Muso 1 1.42%
40 Mustafo 2 2.85%
41 Nuh 2 2.85%
42 Odam Ato 5 7.14%
43 Ofaq 1 1.42%
73 44 Oybibi 1 1.42%
45 Hojar 1 1.42%
46 Oysha 1 1.42%
47 Qobil 1 1.42%
48 Rasul 2 2.85%
49 Rustam 2 2.85%
50 Siddiq  1 1.42%
51 Sora 1 1.42%
52 Sulaymon 1 1.42%
53 Umar 3 4.28%
54 Usmon 2 2.85%
55 Vaysil Quron 1 1.42%
56 Xadicha  1 1.42%
57 Xizr 4 5.71%
58 Yahyo 1 1.42%
59 Yazdon 1 1.42%
60 Yaqub 2 2.85%
61 Yunus 2 2.85%
62 Yusuf 1 1.42%
63 Yozi 1 1.42%
64 Zangi 2 2.85%
65 Zebo 1 1.42%
66 Zikriyo 1 1.42%
67 Zulayxo 1 1.42%
68 Shaydullo 1 1.42%
69 Shish 1 1.42%
70 Shohimardon 3 4.28%
Nisbiy hamda absolut  chastotalarning ko‘rsatkichiga ko‘ra Mavlon nomi  eng faol
chastotaga ega birlik ekanliki ma’lum bo‘ldi.
74 Geografik nomlari
№ Nomlar Absolut chastota Nisbiy chastota
1 Dog‘iston 1 7.14%
2 Madina 2 14.28%
3 Makka 2 14.28%
4 Mug‘ol 7 50%
5 No‘g‘ay 68 485.7%
6 Olatog‘ 7 50%
7 Oqsuv 8 57.14%
8 Qatag‘on 6 42.85%
9 Tajan 3 21.42%
10 Zangar 44 314.28%
11 Zarchaman 6 42.85%
12 Chin 1 7.14%
13 Ka’ba  1  7.14%
14 Jayxun 1 7.14%
Nisbiy   hamda   absolut   chastotalarning   ko‘rsatkichiga   ko‘ra   No‘g‘ay   nomi
eng faol chastotaga ega bo‘lgan birlik ekanligi ma’lum bo‘ldi. 
Tahlillardan   ko‘rinadiki,   bugungi   kunda   lingvostatistik   jihatdan
o‘rganiladigan,   tadqiq   etiladigan   noyob   asarlarimiz   bisyor.   Lingvostatistik   tahlil
yordamida baxshi nutqida faol qo‘llanuvchi birliklar haqida  talaygina ma’lumotga
ega   bo‘lishimiz   mumkin.   Bugungi   kunda   tilshunosligmizda   bu   sohada   ham   bir
qancha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. 
                         
                          
75 Bob yuzasidan qisqacha xulosa
“Kuntug‘mish” dostonini lingvopoetik tahlil jarayoni faqat yozuvchining tili
va uslubi haqida ma’lumot berish bilan chegaralanmaydi, balki asar yaratilgan davr
tilining   o‘ziga   xosligi,   yozuvchining   so‘z   boyligi,   til   vositalarining   ifodalanish
usullari,  badiiy   tasvir   vositalarining   til   faktlari   vositasida   aks   ettirilishi,   umuman,
tilni uning barcha sathlari yuzasidan tahlil qilish haqida ma’lumot beradi.
“ Alliteratsiya   (undoshlar   takrori),   assonans   (unlilar   takrori),   geminatsiya
“Kuntug‘mish”dostonida   yetakchi   tasvir   vositalaridan   bo‘lib,   fikrni   lo‘nda   va
ixcham   ifodalash,   tasvirni   yanada   teranlashtirish,   ta’kidni   kuchaytirish,   kitobxon
diqqatini jalb etish kabi turli maqsadlarda mohirlik bilan qo‘llanilgan. 
Matndagi   omonimik,   sinonimik,   antonimik   birliklar   o‘zbek   tilining   hissiy-
ta’siriy   va   leksik-   semantik   imkoniyatlari   g‘oyat   kengligi   hamda   bu   imkoniyatlar
har   bir   ijodkor   badiiy   tafakkurida   yangi-yangi   qirralarni   namoyish   etishi
mumkinligini   ko‘rsatadi.   Ayniqsa,   antonimlarning   zidlantirib   qo‘llanilishi
natijasida   yuzaga   kelgan   favqulodda   badiiy   ifodalar   Ergash   shoir   poetik
individulligining yorqin namoyondasidir. 
                                                
                                         
76 Umumiy xulosa
O`zbek   xalq   epik   ijodi   namunalari   orasida   “Kuntug`mish”   dostoni   alohida
mavqega   ega.   Bu   kunga   qadar   keng   omma   orasida   dostonning,   asosan,   Ergash
shoir   variantigina   mashhur.   “Kuntug`mish”ning   Bekmurod   baxshi   varianti   nashr
qilingan   bo`lsa-da,   u   ilmiy-adabiy   jamoatchilikkagina   ma`lum.   Ushbu   holatning
o`ziga   xos   sabablari   bor.   Ayni   paytda,   dostonning   faqat   tor   doiradagi
mutaxassislargagina   ma`lum   yana   bir   qancha   variantlari   mavjud.   Biz   o`z   ilmiy
ishimizda,   avvalo,   ana   shu   variantlar   haqida   ma`lumotlarni   berdik.   Ular   orasidan
g`oyaviy-badiiy va ilmiy jihatdan e`tiborli deb topilgan uch namunani ajratib olib
tadqiq etdik. Bular: Ergash shoir, Bekmurod baxshi va Islom shoir variantlari.
Ma`lumki, folklorning asosiy xususiyatlaridan biri bo`lgan variantlilik og`zaki
ijodkorlik va ijrochilik jarayonining barcha bosqichlari  bilan mahkam  bog`langan
bo`lib,   uning  tabiati,   og`zaki   an`analarda  yashash   sharoitlaridan   kelib  chiqqandir.
Shu   sababli   bu   masalaning   o`rganilishi   folklorshunoslikning   amaliy   va   nazariy
rivoji   uchun   o`ta   muhimdir.   O`zbek   folklorshunosligida   variantlilik   masalasining
amaliy va nazariy jihatdan o`rganilishida muayyan natijalarga erishilgan bo`lsa-da,
folklor namunalarini ilmiy va ommaviy nashr etishda to`plangan tajribalar asosida
bu   yo`nalishdagi   ilmiy   ishlarni   izchil   davom   ettirish   zarur.   Bizning
dissertatsiyamizdan quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin:
1.O`tgan   asrning   oltmishinchi   yillaridan   boshlab   variantlilikni   nazariy
jihatdan tadqiq etishga kirishildi. Jumladan, T.Mirzayevning bu sohadagi maqolasi
va   “Alpomish”   dostoni   versiya   va   variantlariga   bag`ishlangan   monografiyasi
alohida e`tiborga molik. Ommaviy nashrlar borasidagi amaliy faoliyatlar va yig`ma
matnlar   tuzish   borasidagi   urinishlar   ham   variantlilik   masalasi   bilan   chambarchas
bog`liq   bo`lib,   folklorshunosligimizda   bu   yo`nalishda   ham   ma`lum   tajribalar
to`plandi. Lekin hozirgi vaqtda xalq eposi namunalarini ayrim olingan eng yaxshi
variant   asosida   nashr   etish   prinsipi   birdan-bir   to`g`ri   yo`l   sifatida   qarab
77 kelinmoqda. Biz ham ushbu yo`nalishni ma`qul yo`l deb qaraymiz. Shu bilan birga
har   bir   variant,   har   bir   ijro   mustaqil   ijodiy   akt   hisoblanar   ekan,   bizning
nazarimizda,   badiiy   jihatdan   «ikkinchi»   darajali   deya   qaralib   kelinayotgan
variantlar   va   baxshilarga,   shuningdek,   yig`ma   variantlar   tuzishga   ham   e`tibor
qaratish zarur.
2,   Xalq   dostonlarining   amaldagi   jonli   ijro   jarayonida   variantlilikni   paydo
qiluvchi   obyektiv   va   subyektiv   sabablar,   ko`pchilik   epik   namunalar   qatori,
“Kuntug`mish”   dostoni   misolida   ham   ro`y   berganligini   ko`ramiz.   Dostonning
Ergash   Jumanbulbul   o`g`li,   Bekmurod   Jo`raboy   o`g`li,   Islom   Nazar   o`g`li
variantlari   obyektiv   sabablar   natijasida   paydo   bo`lgan   bo`lsa,   keyinchalik   o`tgan
asrning ikkinchi yarmidan so`ng yozib olingan Qodir Rahim  o`g`li va Ro`zimbek
Murodov variantlari subyektiv sabablar mevasi hisoblanadi.
3 , “Kuntug`mish”  dostonining mavjud variantlari orasida Ergash shoir, Bekmurod
baxshi   va   Islom   shoir   variantlari   g`oyaviy-badiiy   jihatdan   boshqa   namunalarga
nisbatan keskin ajralib turadi.
Ergash   shoir   va   Bekmurod   baxshi   variantlarini   sujet,   voqealar   tafsiloti   va
yetakchi motivlar talqiniga ko`ra qiyoslansa, ular o`rtasidagi tafovut u qadar ko`p
emasligi   ma`lum   bo`ladi.   Asosiy   farq   bayon   uslubi   va   an`anaga   yondashuvda
hamda   motivlarni   badiiy   asoslashdagi   baxshi   mahoratidagina   yaqqol     ko`zga
tashlanadi.   Bu   namunalarni   sujet   yo`nalishi,   yetakchi   motivlari   va   asosiy
qahramonlari bo`yicha qiyosan o`rganish ularni bir asar variantlari sifatida qarash
to`g`ri ekanligini  to`la tasdiqladi.
4. “Kuntug‘mish’’ dostoni tili materiali folklor konseptini o‘zida mujassam
qilgan,   ayni   paytda,   o‘zbek   lingvomadaniy   konseptining   dostonlar   uslubiga   xos
ko‘rinishi   sanaladi   va   milliy   o‘zlikning   tarixiy   ildizlarini,   umummadaniy
konseptdan farqli jihatlarini aniqlashga yordam beradi
5.   Buvraxon obrazi doston variantlarida ayricha talqin etilgan yagona obraz
deyish   mumkin.   U   Ergash   shoir   variantida   -   Kuntug`mishga   raqib,   Bekmurod
baxshida   -   Xolbekaning   bobosi,   qattiqqo`l   hukmdor,   Islom   shoirda   vazirning
78 o`g`li, noqonuniy taxtni egallagan va Xolbekaga da`vogar. Epik mantiq va doston
dramatizmi Ergash shoir talqini to`g`ri ekanligini ko`rsatadi.
6 .   Egizaklar-  Gurkiboy bilan Mohiboy  obrazlari  uchala  variantda  ham  mohiyatan
bir     xil,   bir-biriga   qarama-qarshi   xarakterli   qilib   talqin   etiladi.   Lekin   Bekmurod
baxshiga nisbatan Ergash shoir egizaklarni keng qamrovda olib tasvirlaydi.
7.     “Kuntug‘mish  dostonini  lingvopoetik tahlil  jarayoni  faqat  yozuvchining
tili va uslubi haqida ma’lumot berish bilan chegaralanmaydi, balki asar yaratilgan
davr tilining o‘ziga xosligi, yozuvchining so‘z boyligi, til vositalarining ifodalanish
usullari,  badiiy   tasvir   vositalarining   til   faktlari   vositasida   aks   ettirilishi,   umuman,
tilni uning barcha sathlari yuzasidan tahlil qilish haqida ma’lumot beradi.
8 . Qo‘rg‘on   dostonchilik   maktabining   atoqli   namoyondasiErgash
Jumanbulbul   o‘g‘li   kuylagan   “Kuntug‘mish”   o‘zbek   xalq   og‘zaki   badiiy
merosining   nodir   namunasi   sifatida   alohida   fonopoetik,   leksik-semantik   hamda
lingvostatistik xususiyatlarga ega.
9.   Alliteratsiya   (undoshlar   takrori),   assonans   (unlilar   takrori),   geminatsiya
‘‘Kuntug‘mish’’dostonida   yetakchi   tasvir   vositalaridan   bo‘lib,   fikrni   lo‘nda   va
ixcham   ifodalash,   tasvirni   yanada   teranlashtirish,   ta’kidni   kuchaytirish,   kitobxon
diqqatini jalb etish kabi turli maqsadlarda mohirlik bilan qo‘llanilgan. 
10.   Matndagi   omonimik,   sinonimik,   antonimik   birliklar   o‘zbek   tilining
hissiy-ta’siriy   va   leksik-   semantik   imkoniyatlari   g‘oyat   kengligi   hamda   bu
imkoniyatlar   har   bir   ijodkor   badiiy   tafakkurida   yangi-yangi   qirralarni   namoyish
etishi   mumkinligini   ko‘rsatadi.   Ayniqsa,   antonimlarning   zidlantirib   qo‘llanilishi
natijasida   yuzaga   kelgan   favqulodda   badiiy   ifodalar   Ergash   shoirpoetik
individulligining yorqin namoyondasidir. 
11.   “Kuntug‘mish’’   matnida   chastotasi   11   tadan   174   martagacha   bo‘lgan
15ta yordamchi birliklarning 551 marta qo‘llanilganligi va ular orasida bilan (174),
-mi   (137),   agar   (40),   -da   (31),   uchun   (20)   yordamchi   birliklar   chastotasining
nisbatan   yuqoriligi   ularning   umumxalq   tilida   faolligi,   kuylovchining   so‘z   boyligi
ko‘lami kengligi, doston kuylangan davr tilining o‘ziga xosligi bilan izohlanadi .
79 I. F OYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR VA METODOLOGIK
AHAMIYATGA MOLIK NASHRLA
1. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi.-T.: Sharq, 1999.-38 b
2. Karimov I.A. Asarlar. Bizdan ozod va obod yurt qolsin. – T.: O‘zbekiston, 1996. –
382 b
3. Kаrimоv   I.А.   Аdаbiyоtgа   e’tibоr     mа’nаviyаtgа,   kelаjаkkа   e’tibоr.   -   Tоshkent:
О‘zbekistоn,  2009.22-bet
4. Mirziyоyev   Sh.M.   Qоnun   ustuvоrligi   vа   insоn   mаnfааtlаrini   tа’minlаsh     yurt
tаrаqqiyоti vа xаlq fаrоvоnligining gаrоvi. - Tоshkent: О‘zbekistоn, 2017
5. Mirziyоyev Sh. M. Erkin vа farоvоn, demоkrаtik О‘zbekistоn dаvlаtini birgаlikdа
bаrpо etаmiz. - Tоshkent: О‘zbekistоn, 2017.
6. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017-2021-йилларда «Ўзбекистон
Республикасини   янада   ривожлантириш   бўйича   Ҳаракатлар   стратегияси
тўғрисида»ги Фармони // Халқ сўзи. – 2017. – 8 февраль.
7. Ўзбекистон   Республикасининг   Таълим   тўғрисидаги   Қонуни   //   Баркамол
авлод  –  Ўзбекистон   пойдевори . –  Т .:  Шарқ , 1997.
II. MONOGRAFIYA, DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALARI
8. Абдураҳмонов   Х.   Ўзбек   халқ   оғзаки   ижоди   асарларининг   синтактик
хусусиятлари бўйича кузатишлар. Тошкент: Фан, 1971.
9. Afzalov.M “Kuntug‘mish” dostoni haqida qisqacha ma’lumot // O‘zbek poeziyasi
antologiyasi. – Toshkent, 1948 56-57 betlar;
10.   «Alpomish» – o`zbek xalq qahramonlik eposi. – T.: Fan, 1999. – 180 b
11. Aсқарова   М.,     Қосимова   М.,   Жамолхонов     Ҳ.   Ўзбек   тили.-Тошкент,
«Ўқитувчи», 1989, 29-бет. 
12. Bartolid B.B Сочинения. Т.IV.-M.,1967.-C.115.
13. Bozorov A. Baxshi ijodining ayrim qirralari. – T.: Fan, 1991. – 56 b.
80 14. Bulbul   taronalari.1-jild.   Nashrga   tayyorlovchi:   Hodi   Zarifov.-   Toshkent,   1971.
178-345-betlar
15. Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li.   Kuntug‘mish(doston)/O‘zbek   xalq   ijodi
yodgorliklari(nashrga tayyorlovchilar: Hodi Zarifov,Zubayda Husanova,Mamatqul
Jo‘rayev). –Toshkent,2016. 497-bet
16. Ergash   Jumanbulbul   o‘g‘li.   Kuntug‘mish(doston).   Nashrga   tayyorlovchi:   Buyuk
Karimiy.- Toshkent, 1949.
17. Гўрўғлининг туғилиши/ достонларю Ўзвек халқ ижоди.- Тошкент, «Адабиует
ва санъати», 1967 5-6-бетлар.
18. Imomov K, Mir zayev T, Sarimsoqov B. va boshqalar. O‘zbek xalq og‘zaki poetik
ijodi.   Toshkent:O‘qituvchi, 1990.
19. Ишаев   И.   Халқ   достонлари   лексикасига   оид   кузатишлар   //   Ўзбек   тили   ва
адабиёти. 1970, №5. Б.56-63.
20. Jirmuniskiy B.M.,  
Zarifov.H.T. Узбекский нароодный героический  эпос. – M.,
1947. –C. 140-142.
21. Jo‘rayev M., Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish.- Toshkent,   « Barkamol fayz
media » , 2011.
22. Kuntug‘mish.   Ravshan   dostonlari.-Toshkent,   «ShARQ»   nashriyoti   –matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyat, 2011.
23. Madayev O., Sobirova B. Xalq og‘zaki ijodi (akademik litseylar uchun). Toshkent,
2003
24. Mahmud   Sattor.O‘zbek   udumlari.Cho‘lpon   niomidagi   nashriyot-matbaa   ijodiy
uyi.Toshkent-2016.178-bet.
25. Маматқул Жўраев. Фолклоршунослик асослари. - Toshkent , «Фан» nashriyoti.
2009.
26. Mirzayeva S. O`zbek xalq romanik dostonlari poetikasi. – T.: Fan, 2004.
27. Mirzayev T. Xalq baxshilarrining epik repertuari. Toshkent, 1979. 119-bet
28. M.Jumaboyev.   Bolalar   adabiyoti   va   folklore.   T.   Adabiyot   va   san`at   nashriyoti.
2006
81 29. Мухаммадиев   Р.   Узбек   халк   ижоди.   Аския.   -Тошкент:   F.Fулом   номли
Адабиёт ва санъат нашриёти, 1970.
30. Неъматов   Х.   Ўзбек   тилининг   тарихий   фонетикаси.-Тошкент,   «Ўқитувчи»,
1992, 86-бет
31. Orzigul/dostonlar. O‘zbek xalq ijodi.- Toshkent:G‘ofir G‘ulom nomidagi Adabiyot
va san’at nashriyoti,1975.131-265-betlar
32. Песни Булбудяю Изобрфннқе в трех томахю Т.З – Ташлентб 1997.С.384 – 385
33. Кодиров В. Мумтоз адабиёт: муаммо ва йечимлар. Тошкент, 2009.
34. Rustamxon:Doston/[Aytuvchi   Fozil   Yo‘ldosh   o‘g‘li;nashrga   tayyorlaovchi
H.Zarifov;   to‘ldirib   qayta   nashrga   tayyorlovchilar:J.Eshonqul,Selami   Fidokor].-
T.:Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2007.-7-bet.
35. Ro`zimboyev S. Xorazm dostonlari. – T.: Fan, 1985. – 96 b.
36. Saidov.   M   Ishq,   Vafo   dostoni   //   Xolbeka   (doson).-   Toshkent   :   Fan,   1967.   3-9-
betlar.
37. Саидов   М.   Ў збек   хал қ   достончилигида   бадиий   махорат   масала л ари.   -
Тошк е нт: Фан. 1969.
38. Turdimov Sh. ‘‘Kuntug‘mish’’ dostonining yaratilishiga doir//Adabiy meros, 1983,
№ 1(25)б 79 - 83- betlar
39. Тўйчибоев Б. «Алпомиш» ва халқ достонлари тили. – Тошкент, 2001. – Б.158.
40. Хожиев.   А.   Тилшунослик   терминларининг   изохли   луғати. -   Тошкент.
«ЎзМЭ», 2002, 143-бет .
41. ХХ   аср   Ўзбек   Фолклоршунослиги   анталогияси.   -   Тошкент,   «O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi», 2017.
42. Якуббекова   М.М.   Ўзбек   халқ   қўшиқларининг   лингвороэтик   хусусиятлари.
АДД. Тошкент. 2005.
43. Yusuf Xos  Hojib. Qutadg‘u bilig (transkripsiya va hozirgi  o‘zbek tiliga tavsiflab,
nashrga tayyorlovchi: Q.Karimov).-Toshkent, 1971.
44. Йўлдошев М. Бадиий матннинг лингвопоэтик тадқиқи: ДДА. – Т.: 2009.
45. Йўлдошев   Б.,   Ўринбаева   Д.   Ўзбек   халқ   достонларининг   частотали   изоҳли
фразеологик луғати. Тошкент, 2008.
82 46. Zarifov   T.   Kuntug‘mish   dostoni   haqida//Ergash   shoihr   va   uning   dostonchilikdagi
o‘rni. Tadqiqotlar. 2-kitob. Toshkent, 1971. 43-50-betlar .
47. Zarifov.H.   “ Kuntug‘mish ”   dosoni   haqida   //   Kuntug‘mish   (doson).   Nashrga
tayyorlovchi: B.Karimiy. –Toshkent, 1949. 3-9-betlar.
48. Зуннунов А. “Бадиий асар таулили методикаси” Тошкент: “Укитувчи” 1983.
49. Ўринбоев   Б.,   Бозорбоев   К.   «Алпомиш»   достони   фразеологизмларининг
таъбири. Самарқанд, 1998 .
50. Ўринбаева Д. Ўзбек халқ достонларининг қисқача изоҳли луғати. Самарқанд,
2004.
51. O‘zbek folklori. Hodi Zarifov. – Toshkent, 1939.  207-218 betlar.
52. Ўзбек Фолклорининг эпик жанрлари.- Тошкент, «Фан» 1981.
53. О‘zbek   xаlq   og‘zaki   ijоdi   bо‘yichа   tаdqiqоtlаr.   7-kitоb.   О‘zbek   fоlklоrining   epik
jаnrlаri. –  Tоshkent:  Fаn, 1981. B. 62-97.
54. Шомирза Турдимов. Этнос ва эпос. - Тошкент, «O‘zbekiston», 2012.
55. Чориев Б. Ўзбек халқ достонларида қўлланган синонимлар // ТошДПИ илмий
асарлари. № 167. Тошкент, 1976. Б.52-56. Чориев Б. Ўзбек халқ достонларида
қўлланган   синонимлар   //   ТошДПИ   илмий   асарлари.   №   167.   Тошкент,   1976.
Б.52-56.
II. DISSERTATSIY VA MAQOLALAR
56. Аъзамов   С.   «Кунтуғмиш»   достонининг   тили   ҳақида.   СамДПИ   профессор-
ўқитувчиларининг   VI   илмий-назарий   конференцияси   тезислари.   Самарқанд,
1972. Б. 57-58.
57. Боймухамедов   К.   Вариантлилик   муаммоси   ва   ‘‘Кунтуғмиш’’//   ЎТА.   –   Т.,
2006, №4. – Б. 60-64.
58. Бобоев М. ‘‘Кунтуғмиш’’достонининг тарихийлиги хақида// ЎТА. – Т., 1986,
№3. – Б. 28-31.
59. Ишаев   И.   Халқ   достонлари   лексикасига   оид   кузатишлар   //   Ўзбек   тили   ва
адабиёти. 1970, №5. Б.56-63.
83 60. Очилов   Н.   “ Кунтуғмиш ” достонининг   икки   варианти   хусусида//   ЎТА.   –   Т.,
2006, №5. – Б. 51-54.
61. Раҳимов   А.С.   Ўзбек   халқ   достонлари   лексикасининг   қиёсий-тарихий
таҳлили: Фил. фан. номз. дис. автореф. Самарқанд, 2002.
62. Саримсоқов Б. Халқ достонлари таснифи ва шакллар масаласи. // ЎТА. – Т.,
1981, №3. – Б. 37-47.
63. Собитова Т.  “ Кунтуғмиш ” да севги ва садоқат талқини// ЎТА. – Т., 1979, №4.
– Б. 3-9.
64. ХаджимусаеваН. ‘‘ Орзигул ’’ достонининг   статистик,   семантик   стилистик   ва
лингвопоэтик тадқиқи: Филол. фан. докт. ...дисс.  -  Тошкент, 2020
65. Холиқов   А.   «Гўрўғлининг   туғилиши»   достони   тилининг   лексик-семантик
хусусиятлари: Филол. фан. номз. ... дисс. –Тошкент, 2008.
66. Холманова   З.   «Шайбонийхон»   достони   лексикаси   (Пўлкан   шоир   варианти
асосида): Фил. фан. номз… дис. автореф. Тошкент, 1999
67. Шоабдураҳмонов Ш. «Равшан» достонининг бадиий тили ҳақида: Фил. фан.
номз. дис. автореф. Тошкент, 1949
68. Йўлдошев М. Бадиий матннинг лингвопоэтик тадқиқи: ДДА. – Т.: 2009.
69. Йўлдошева   С.   “Алпомиш”   достонидаги   ўхшатишларнинг   ғоявий-эстетик
функцияси // Ўзбек тили ва адабиёти. – Т., 1986, №1. – Б. 47-52
IV.  INTERNET RESURSLARI
1. http://www.ziyonet.uz/
2. http://www.ziyouz.uz/  
3. www.o'zbek adabiyoti. com
4. www.literatura.uz   
5. www. pedagog. uz
6. www. Arxiv.uz
84  
85

“KUNTUG‘MISH” DOSTONINING TARIXIY ASOSLARI VA LINGVOPOETIK TAHLILI M U N D A R I J A KIRISH (Ishning umumiy tavsifi )....................................................................6-10 I. BOB. “Kuntug‘mish’’ dostonining o‘rganilish tarixi va o‘ziga xos xususiyatlari. ………………………………………………….......... ................11-41 1.1 Dostonning yozib olinishi, nashr etilishi va ilmiy tadqiq qilinishi tarixi….11-17 1.2 “Kuntug‘mish” dostonining baxshilar epik repertuarida tutgan o‘rni va variantlari ...........................................................................................................18-40 I. bob bo‘yicha xulosa.............................................................................................41 II. BOB. .“Kuntug‘mish’’ dostonining tarixiy asoslari …………….42-63 2.1 Dostonning syujeti va motivlar tarkibining genezis i ..................................42-46 2.2. Dostonning obrazlar tizimi……………….................................................47-63 II. bob bo‘yicha xulosa..........................................................................................64 III. BOB. .“Kuntug‘mish’’ dostonining lingvopoetik tahlili ............64-79 3.1. Dostonning fonopoetik va leksik-semantik xususiyatlari...........................64-72 3.2. “Kuntug‘mish” dostonning lingvostatestik tahlili……… .........................73-79 III. bob bo‘yicha xulosa......................................................................................80 XULOSA ...........................................................................................................81-83 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ....................................84-88 ILOVALAR........................................................................................ 1

ISHNING UMUMIY TAVFSIFI Mavzuning dolzarbligi . O`zbek xalqining boy epik merosi nafaqat miqdor jihatidan, balki mavzu qamrovining kengligi bilan ham alohida ajralib turadi. Alpomish, Go`ro`g`li kabi epik qahramonlar xalq idealining timsollariga aylanib, bu qahramonlarni kuylovchi dostonlar esa xalq ma`naviy hayotining tarkibiy qismiga singishib ketgan. Bugungi kunga kelib, asrlar davomida kuylab kelingan xalq dostonlari turli nashrlarda chop qilinib, kitob shaklida o`qilmoqda. Ommaviy dostonxonlik xalq o`rtasida allaqachon urf bo`lganligini ham alohida qayd etish lozim. «Alpomish» va «Go`ro`g`li» dostonlari qatorida sevib tinglanib, ommaviy ravishda o`qilib kelinayotgan asarlardan biri «Kuntug`mish» dostoni hisoblanadi. «Kuntug`mish»ning qayta-qayta nashr etilayotganligi, turli jurnal va gazetalarda dostondan olingan parchalarning chop qilinayotganligi, ijod ahlining doston qo`shiqlariga naziralar bog`lab, diqqat qaratayotganliklari ham fikrimizni tasdiqlaydi. «Kuntug`mish» bugungi ma`naviy hayotimiz va adabiy jarayonlarda faol harakatda bo`lgan asarlardan hisoblanadi. Ayni holat bu asarni alohida, har jihatdan o`rganish masalasini talab etadi. Qolaversa, «Kuntug`mish» dostoni, ayniqsa, uning Ergash Jumanbulbul o`g`li varianti yuksak badiiy asar sifatida ham alohida e`tiborga loyiq. Dostondagi go`zal obrazlar, serjilo tashbehu timsollar, jozibali ohangga ega bo`lgan qo`shiqlarni yosh avlodlarga yaqindan tanitish, ularning badiiy qimmatini tushuntirish umumbadiiy saviyaning yanada ko`tarilishiga, kelajak avlod tarbiyasining kamolot sari yo`nalishiga olib keladiki, uning dissertatsiy obyekti sifatida olinishining ma`rifiy, tarbiyaviy, badiiy-estetik ahamiyati, bir tomondan, ana shu jihatlar bilan ham belgilanadi. «Kuntug`mish» kabi umuminsoniy qadr-qimmatlarni ulug`lovchi dostonlar targ`ib-tashviq etilishi har jihatdan foydali. Zero, o`zbek xalqining dunyoqarashi, ezgulik va yovuzlik bilan bog`liq xalqona falsafiy talqinlari, tabiat, jamiyat haqidagi tushunchalari, bir so`z bilan aytganda, milliy g`oyalari epos voqealari mag`zida, xalq ideallarining 2

poetik ifodasi shaklida namoyon bo`lgan. Milliy g`oya jamiyat taraqqiyotini olg`a yetaklovchi, doimiy harakatdagi kuchdir. Shu sababli ham milliy g`oya zimmasida hamisha ulkan vazifalar turadi. «Milliy g`oya, - deydi Prezidentimiz, - birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo`lishi zarur». [1;30] Shunday ekan, xalq dostonlarini har tomonlama tadqiq etish birgina folklorshunoslik fani uchungina foydali bo`lmay, umum ma`naviy taraqqiyot uchun ham ahamiyatlidir. Ma`lumki, folklorshunoslikda ham birlamchi manbalarni o`rganish shu fan sohasidagi nazariy muammolarning to`g`ri yechilishida muhim rol o`ynaydi. Folklor asarlari tabiatiga xos variantlilik hodisasi shunday muammolardan biridir. Bu hodisa har bir janrda o`ziga xos ravishda namoyon bo`lib, alohida, keng ko`lamli ilmiy ishlarni talab etadi. Aksariyat dostonlar qatorida «Kuntug`mish» dostoni ham bizgacha bir qancha variantlarda yetib kelgan hamda eng iqtidorli baxshilardan yozib olingan. Shunday bo`lishiga qaramay, shu vaqtga qadar ushbu variantlar monografik planda tadqiq etilgan emas. Bu masalaning ilmiy asoslarda yoritilishi dostonning g`oyaviy-badiiy qimmatini ko`rsatishda, uning genezisi, tadrijiy rivojlanish bosqichlari, tarqalish chegaralarini o`rganishda katta ahamiyatga ega bo`lib, mazkur dissertatsiyaning dolzarbligini ham belgilab beradi. Tadqiqotning obyekti va predmeti. Dissertatsiyada Ergash Jumanbulbul o`g`lining «Kuntug`mish» va Bekmurod Jo`raboy o`g`lining «Xolbeka» dostonlarining kitob nusxalari hamda Islom Nazar o`g`lining «Kuntug`mish va Xolbeka» dostonlaridan foydalanildi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari . asosiy maqsadi «Kuntug`mish» dostonining mavjud variantlari orasidan g`oyaviy-badiiy jihatdan yuksak namunalarini aniqlash, saralangan variantlarni o`zaro qiyosiy o`rganish barobarida doston sujeti, asosiy obrazlari va yetakchi motivlar talqinida yuz bergan 3

o`zgarishlar sabablarini ko`rsatish, har bir variant badiiyatidagi o`ziga xosliklarni ochib berishdan iborat. Ana shu maqsadni amalga oshirish uchun dissertatsiyaning oldida quyidagi vazifalar turadi: - «Kuntug`mish» dostonining tarqalish hududlari, bu tarqalishning obyektiv va subyektiv sabablarini ko`rsatish; - dostonning mavjud variantlarini o`rganib, qiyosiy tavsif etish asosida mukammal namunalarni aniqlash; - mukammal variantlardagi sujet, yetakchi motivlar va asosiy obrazlarni qiyosiy tadqiq qilish va ularga xos jihatlarni yoritish; - Ergash shoir va Bekmurod baxshi variantlarining badiiy-estetik ahamiyatini tadqiq etish barobarida baxshilar ijrosi va ijodidagi an`ana va individuallik hodisasini o`rganish; - doston tilini fonopoetik, lingvostatistik jihatdan tahlil qilish; - variantlardagi she`r tuzilishi, qofiya tizimidagi umumiyliklar va o`ziga xos jihatlarni tadqiq etish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi - “Kuntug‘mish” dostonidagi yordamchi birliklar lingvostatistik jihatdan tahlil qilindi; - “Kuntug‘mish” dostoni tilining fonopoetik hamda leksik-semantik xususiyatlari aniqlandi; -“Kuntug`mish” dostonining mavjud variantlari aniqlanib, ular ilmiy tavsiflandi. Barcha variantlar orasidan mukammal, badiiy jihatdan yuqori bo`lgan Ergash Jumanbulbul o`g`li, Bekmurod Jo`raboy o`g`li va Islom Nazar o`g`li variantlari atroflicha tahlil qilindi; - -dostonning Ergash shoir, Bekmurod baxshi va Islom shoir variantlarining sujetidagi mushtarak tomonlar va mavjud farqlar aniqlanib, qiyosiy o`rganildi. Sujet yo`nalishi bo`yicha yuz bergan o`zgarishlar, ularning badiiy jihatdan asoslanishi yoritildi; 4

- -dostonning yetakchi obrazlari alohida-alohida, har bir variant misolida, qiyosiy tahlil orqali o`rganib chiqildi; Mavzuning o`rganilish darajasi. Folklor asarlarining jonli ijro jarayonida voqea bo`luvchi variantlilik hodisasi hamisha folklorshunoslarning diqqat markazida bo`lib kelgan. Aslida, folklor namunalarining har bir ijrosi o`ziga xos bir variantni paydo qiladi. Lekin folklorshunoslik o`z imkonida mavjud manbalar asosidagina variantlar haqida fikr yurita oladi. o`zbek folklorshunosligida variantlilik masalasi nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Bu borada folklorshunosla H.T.Zarifov, T.Mirzayev, M.Saidov, M.Murodov, K.Imomov, B.Sarimsoqov, M.Qo`shmoqov va boshqalarning turli yo`nalishdagi fikrlari va mulohazalarni keltirib o`tish mumkin. Tadqiqot usullari ..Dissertatsya mavzusini yoritishda tavsifiy, qiyosiy- tarixiy, statistik, lingvopoetik usullardan foydalanildi. Tadqiqotningning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati . Ilmiy ishda bayon etilgan ilmiy–nazariy xulosalardan bevosita og`zaki ijodda variantlilik hodisasini va bunda xalq baxshilarining epik an`ana doirasidagi individual mahoratlarining ahamiyatini yoritish masalalarida keng foydalanish mumkin. «Kuntug`mish» dostonining variantlari, genezisi va badiiyatini o`rganish misolida aytilgan mulohazalar epik ijod tabiati, o`zbek folklori tarixini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradiki, bu dissertatsiyaning ilmiy-nazariy ahamiyatini belgilaydi, deb o`ylaymiz. Ishimizdagi qiyosiy tahlillardan «Kuntug`mish» dostonning akademik va ommaviy nashrlarini amalga oshirishda foydalanish mumkinligi uning amaliy ahamiyatga ham molikligini ko`rsatadi. Shuningdek, uning natijalaridan oliy o`quv yurtlari filologiya fakultetlarida maxsus kurs va tanlama fanlar o`qitishda, maktablar, kollejlar, akademik litseylar uchun darslik hamda qo`llanmalar yaratishda, malakali bitiruv ishlari, magistrlik ishlarini yozishda ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari mazkur mavzuda maktabning 8- sinf va litsey, kollejlarning I kurslarida o`tiladi. 5