MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING GENDER TENGLIK SIYOSATI MUAMMOLAR, ISLOHOTLARNING TARIXIY TAHLILI
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING GENDER TENGLIK SIYOSATI: MUAMMOLAR, ISLOHOTLARNING TARIXIY TAHLILI MUNDARIJA KIRISH……………………..…………………......................................………….3 ASOSIY QISM 1-BOB Mustaqillik yillarida O'zbekistonda gender tenglik siyosatining huquqiy asoslarining yaratilishi.............................................................................8 1.1. O'zbekistonda xotin-qizlarga oid davlat siyosati qonunchilik tizimi…….........8 1.2. O'zbekistonda xotin-qizlar huquqlarining himoyasiga oid tashkiliy tuzilmalar ...............................................................................................................26 2- BOB. O'zbekiston Respublikasi gender tenglik siyosati sohasida islohotlarning tarixi ..............................................................................................36 2.1. O'zbekistonda xotin-qizlarga oid davlat siyosati tahlili (1991-2016)...............36 2.2. Yangi O'zbekistonda amalga oshiriliyotgan gender tenglik siyosatidagi o'zgarishlar .......................................................................................................... . ...44 3-BOB O'zbekistonda xotin-qizlar demografiyasi: ko'rsatkichlar va muammolar ...........................................................................................................56 3.1 O'zbekistonda xotin-qizlarga oid demografik tahlillar......................................56 3.2. O’zbekistonda xotin-qizlarga oid muammolar va ularning yechimlari ...........62 XULOSA................................................................................................................78 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ......................................82 1
2
KIRISH Mavzuning dolzarbligi va asoslanishi: Hozirgi kunga kelib, jahon miqyosida gender teng huquqliylikni qaror toptirishga ijtimoiy taraqqiyotning, jamiyatni barqaror rivojlantirishning asosi sifatida qaralmoqda. Shuning uchun ham inson huquqlari sohasidagi barcha xalqaro huquqiy hujjatlarda teng huquqliylik va kamsitmaslik prinsiplari izchil rivojlanib va mustahakamlanib bormoqda. Bu borada, BMT ning 1996-yildan boshlab insoniylik mezonlarining yana bir indeksi sifatida, ayollar va erkaklar o'rtasidagi aniq teng huquqliylikni ta'minlash hamda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, gender notengligini bartaraf etish bilan bog'liq 1 ko’rsatkichi e’lon qilindi. 2019-yilda O'zbekiston Respublikasi Qonuniga ko’ra, "Gender" xotin- qizlar va erkaklar o’rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura, va madaniyat sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy jihatidir 2 , deb izoh beriladi. Ayni vaqtdagi dunyo siyosati markazida teng huquqiylik gavdalanmoqda. Tenglik bor yerda adolat mavjuddir. Xususan, 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”da “ hamma odamlar o'z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo'lib tug'uladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo'lishlari kerak” 3 deb aytiladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekistonda ko'p sonli ijtimoiy muammolari orasida ayollarning ahvolini yaxshilash, ularni mamlakat ijtimoiy- siyosiy hayotida faol ishtirok etish jarayoniga keng jalb qilishga muhim e'tibor qaratilib, sohadagi siyosatni amalga oshirishda mustahkam huquqiy asoslar ham yo'lga qo'yildi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, huquq va 1 O’zbekiston Respublikasi Oila va Mehnat kodekslarining gender ekspertizasi. -Toshkent, 2008. 6-b 2 O'zbekiston Respublikasi Qonuni O'RQ 562-son. 02.09.2019 3 Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi. 1948- yil. 1-modda. 3
qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash 4 , onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, ularning barchasi inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqligidan dalolat beradi. Xususan, 1992-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida: “erkaklar va ayollarning teng huquqiyligi” tamoyili bilan mustahkamlab qo'yilgan. Ayni vaqtda mamlakatimiz aholisining yarmini (51%) tashkil etuvchi xotin-qizlarning kundalik turmush sharoitlari, ularning muayyan muammolariga katta ijtimoiy ahamiyatga molik masala sifatida qaralmoqda. Ta'kidlash lozimki, keyingi besh yildagi yangilanayotgan O‘zbekistonning insonparvarlik siyosati bobidagi ulkan yuqtuqlaridan biri ham, xotin-qizlarga oid davlat siyosati tubdan o'zgarganligidir. Bu boradagi siyosat mohiyati to'g'risida Prezident Sh. Mirziyoyev "Xotin-qizlarning huquq va manfaatlari ta'minlangan jamiyatda, albatta, tinchlik, adolat, erkinlik va farovonlik bo'ladi" deb ta'kidladilar. O'zbekistonda yuritilinayotgan islohotlar inson manfaatlari ustunligini ta'minlash borasida jamiyatda xotin-qizlar mavqeyini oshirish, ularning huquq hamda imkoniyatlarini ustuvor qadriyatlardan biri sifatida himoya qilishga qaratilgan. Bunda, ayniqsa ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qaralib kelinmoqda. Erkak va ayolning teng huquqliyligi xalq farovonligi yo’lida, jamiyat tinchligi hamda iqtisodiy barqarorlikda muhim o'rin tutadi 5 . Shu jihatdan, ayollarning bandligini ta'minlash, ularning o'z intilish va qobiliyatini to'laqonli ro'yobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasi davlatimizning doimiy diqqat markazida. Jumladan, davlat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini oshirish maqsadida 6 mingdan ziyod faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi 4 Гендерное равенство и роль женщин в обществе. 5 http://rus.gateway.kg/gender_government 4
shakllantirildi. Hozirgi kunda ularni turli rahbarlik lavozimlariga tayyorlash bo'yicha tizimli o 'quvlar tashkil etilmoqda. Tadqiqotning obyektini mustaqillik yillarida O‘zbekistonda gender tenglik siyosatining mohiyati tashkil etadi. Tadqiqotning predmeti O'zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy, demografik, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi o'rni va roli kabi masalalarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotning maqsadi: Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi gender tenglik siyosatining tarixiy tahlili, bu sohada amalga oshirilgan islohotlarni ochib berish hamda xotin-qizlarga oid muammolar va ularning yechimlarini o'rganib, xotin-qizlarga oid demografik ko'rsatkichlarni o'rganib chiqishdan iborat. Tadqiqotning asosiy vazifalari: Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda gender tenglik siyosatining huquqiy asoslarini o'rganish - O'zbekistonda xotin-qizlarga oid davlat siyosatining qonunchilik tizimi, tashkiliy tuzilmalarini yoritish; - O'zbekiston Respublikasi gender tenglik siyosati sohasida davlat siyosatining 1991-2016-yillar oralig'idagi tarixini ochib berish; - Yangi O'zbekistonda amalga oshiriliyotgan gender tenglik siyosatidagi o'zgarishlarni ko'rsatib berish; - O'zbekistonda xotin-qizlar demografiyasi: ko'rsatkichlarini o’rganish; - O’zbekistonda xotin-qizlarga oid muammolar va ularning yechimlarini tahlil qilish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasining gender tenglik siyosatini o'rganish asosida: O'zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga oid davlat siyosti huquqiy asoslarini mustahkamlanishi va tashkily tuzilmalarning bu sohada olib borayotgan faoliyati o'rganildi. O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlarga oid davlat siyosati islohotlar (1991- 2016) tarixiy tahlil etilib, Yangi O'zbekistondagi amalga oshirilayotgan gender tenglik siyosatidagi o'zgarishlar aniqlandi. 5