YANGI O’ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLARI
YANGI O’ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLARI MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………. 3-14 BET I-BOB. YANGI O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHA VA UNING TUZILISHI 1.1. IJTIMOIY SOHA VA UNING TUZILISHI………………………. 15-21 BET 1.2. TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI … …………………………………………….....…… 22-30 BET 1.3. YANGI O’ZBEKISTON IJTIMOIY DAVLAT............................... 31-34 BET II - BOB YANGI O’ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLARI 2.1. IJTIMOIY SOHANI RIVOJIDA KIBERXAVSIZLIK MASALASI..........................................................................................35-40 BET 2.2. IJTIMOIY SOHA ISTIQBOLIDA BELGILANGAN YOSH YETAKCHILAR ROLI VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI..................................................................................... 41-63 BET 2.3. IJTIMOIY SOHANING TARAQQIYOTI VA JURNALISTLARNING KASBIY HIMOYALANISHI MASALASI……………………………………………………..…… 64-73 BET XULOSA……………………………………………………............. 74-75 BET FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………… 76-80 BET 1
Kirish Mavzuning dolzarligi: Mamlakatimizda bugungi kunda ijtimoiy sohani rivojlantirish istiqbollari va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi va aholining turli qatlamlariga yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, jismoniy salohiyatini inobatga olgan holda amaliy yordam ko’rsatish tizimini virtuallashtirish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalish laridan biriga aylanmoqda. “Y u rtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va ertangi kunimizni, yoshlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professor-o’qituvchilar, haqiqiy ziyolilar kerak” 1 . Shu maqsad yo’lida, rivojlangan mamlakatlarning sinovdan o’tgan tajribalari asosida ijtimoiy sohani rivojlantirish va ommaviy axborot vositalarida yoritishning yangicha mexanizmlarini tashkil etish va mamlakatimizda zamonaviy, ijtimoiy sohani rivojlantirish istiqbollari va ommaviy axborot vositalarida yoritilishini shakllantirish borasidagi tadqiqot larga bo’lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bundan kelib chiqib, istiqbolli, ijtimoiy sohani rivojlantirish va ommaviy axborot vositalarida yoritilishini virtuallashtirish qonuniyatlarini nazariy-metodologik tahlil etish obyektiv zaruriyatga aylanmoqda. Jahonda yuz berayotgan globalizasiya hodisasi informasion jamiyatga o’tish fenomenini yuzaga keltirmoqda. Chuqur ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy yangilanishlar, integrasion, transformasion jarayonlar pallasiga kirgan mamlakatlarning salohiyati va taraqqiyot potensiali ko’p jihatdan fan va texnologiyani rivojlanganlik darajasi, ilmiy-amaliy innovasiyalarni jamiyatning turli infrastrukturalarida samarali tatbiq qilinayotganligi bilan belgilanishi ayon 1 Mirziyo y ev Sh.M. 2021 yil 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqi. – Toshkent “O ’ zbekiston ovozi” gazetasi. № 223 (479), 2021 yil 7 noyabr. 2
bo’lmoqda. Bu esa o’z navbatida, har bir fuqarodan informasiyaga bo’lgan ehtiyojni qondirishi jarayonida kreativ tafakkur imkoniyatlari, intellektual me’yorlarga tayangan informasion madaniyatini shakllantirish zarurligini talab etmoqda. Jahon ilm-fanida globallashuv jarayonlari ta’sirida bo’lgan barcha sohalarda fan, ta’lim, texnologiya, madaniyat va san’atda keng miqyosda axborotlashtirish, informasiya massasining oshib borishi, o’z navbatida axborot resursidan oqilona foydalanish, to’g’ri iste’mol qilish va tarqatish muammosi inson tafakkuri rivojlanganlik darajasi bilan belgilanishi ayon bo’lmoqda va bu borada amaliy- fundamental ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, kreativ tafakkur va informasion madaniyat tushunchalarini falsafiy va psixologik talqinda o’rganishda, shaxs informasion madaniyatining axloqiy jihatlarini tadqiq etishda, informasion madaniyatning ijtimoiy-falsafiy tomonlarini yoritishda, kreativ tafakkurning falsafiy-metodologik masalalarini ishlab chiqishda olib borilayotgan tadqiqotlar ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Aytish kerakki, postnoklassik fan va texnologiya rivojlanayotgan davrda, fan-texnikaning inqilobi yangi bosqichga ko’tarilish bosqichida jamiyat rivojiga samara beruvchi informasion hamda media tizimlarining bugungi kundagi roli va ahamiyatini o’rganishda, ayniqsa kreativ tafakkurni shakllantirishda informasion madaniyat fenomenini ilmiy tadqiq qilish obyektiv zaruriyatga aylanmokda. Mamlakatimizda, Yangi O’zbekistonning yuksalish yo’lida so’nggi yillarda samarali islohotlar boshlab yuborildi. “Yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va ertangi kunimizni, yoshlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professor-o’qituvchilar, haqiqiy ziyolilar kerak” 2 . Mamlakatimizda xalqimizning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda olib borilgan va amalga oshirilishi kerak bo’lgan yangi tadqiqotlar dunyo mamlakatlari bilan hamkorlikda jahon iqtisodiyot va fan- 2 Mirziyo y ev Sh.M. 2021 yil 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqi.-Toshkent “O‘zbekiston ovozi” gazetasi. № 223 (479), 2021 yil 7 noyabr. 3
texnika taraqqiyoti tajribasini qo’llash, shu bois kreativ tafakkurni shakllantirish ehtiyojini tadqiq qilishga undaydigan manbaga aylanmoqda. Fuqarolarning kreativ tafakkurini shakllantirish va informasion madaniyat tarzini rivojlantirish borgan sari davr talabi bo’lmoqda. Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko’zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo’lib kelgan. Mustaqillik yillari barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish davri bo’ldi. Istiqlolga erishganimizdan so’ng, birinchi navbatda, sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o’rganish boshlandi. Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu «Inson huquqlari xalqaro umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt», O’zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir. 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining navbatdagi qo’shma yig’ilishida axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi Qonunlarga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikatsiyalar to’g’risida»gi qonunni takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to’g’risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash kafolatlari to’g’risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi va «Teleradioyeshittirishlar to’g’risida»gi Qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi. O’zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash kafolatlari to’g’risida»gi va «Ommaviy axborot vositalari va axborot olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qonunlar loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalar bir qator 4
mintaqaviy va xalqaro konferensiyalarda, seminar va yig’ilishlarda keng muhokamalarda o’tkazilgan. Tegishli vazirlik va idoralardan kelishuvlardan o’tkazilgandan so’ng 2011-yil noyabr oyida loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. O’zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash kafolatlari to’g’risida»gi Qonun loyihasi Prezident Farmoyishiga muvofiq 2012 yil to’rtinchi choragida Hukumatga kiritilgan. Axborot sohasini isloh etish bo’yicha vazifa etib belgilangan choratadbirlarning asl mohiyati fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining mustaqil institut sifatida shakllanishini, siyosiy hokimiyat va fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda ochiqlikni hamda fuqarorlarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini to’liq ta’minlashdan iboratdir. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilinganini ko’rishimiz mumkin: — «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi Qonun (2007-yil 15-yanvar’); — «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida»gi Qonun (1997-yil 24- aprel’); — «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida»gi Qonun (1997-yil 24- aprel’);— «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi Qonun (2002- yil 12-dekabr); — «Noshirlik faoliyati to’g’risida»gi Qonun (1996-yil 30-avgust); — «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida»gi Qonun (2006-yil 20- iyul’); — «Reklama to’g’risida»gi Qonun (1998-yil 25-dekabr); — «Axborotlashtirish to’g’risida»gi Qonun (1993-yil 7-may); — «Telekommunikatsiyalar to’g’risida»gi Qonun (1999-yil 20-avgust). O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanilgan. Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo’l qo’yilmaydi» deb belgilab qo’yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi. 5