logo

O’zbekiston va jahon hamjamiyati. Yangilanayotgan O’zbekiston milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

163.9599609375 KB
O’zbekiston va jahon hamjamiyati.   Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy
tiklanishdan - milliy yuksalish sari
Reja
1. Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon hamjamiyatiga 
qo’shilishi
2. O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan aloqalari
3. Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari
4. O’zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalari
5. O’zbekistonning AQSh va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi
6. O’zbe k iston taraqqiyotining yangi bosqichi
7. Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi
8. Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish
9. Yangi O’zbekistonda – yangi saylovlar
10. Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari. E-hukumatni amalga
oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari.
1 Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon hamjamiyatiga
qo’shilishi
XXI asr bo’sag’asida jahon taraqqiyotining mazmuni o’zgardi. Ilgari dunyo
ikki   qutbli   bo’lib,   bir-biriga   qarama-qarshi   bo’lgan   kuchlar   nisbati   ikki   joyda   –
SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy
kuchlarning   qo’lida   edi.   Dunyoning   tinchligi   va   xavfsizlik   tizimi   shu   ikki
sistemaning,   ikki   blokning   o’zaro   muholiflik   muvozanatiga   asoslangan   edi.
Dunyoda   “sovuq   urush”   siyosati   hukmronlik   qilardi.   Butun   dunyo   yadro   urushi
xavfi   ostida   yashardi.   XX   asrning   90-yillariga   kelib   sosialistik   dunyoning
yetakchisi   bo’lgan   ulkan   imperiya   –   SSSR   parchalanib   ketdi,   Varshava
Shartnomasi  bloki tarqalib ketdi. Birgina SSSRning parchalanishi  natijasida 15 ta
davlat, jumladan, O’zbekiston davlati paydo bo’ldi. “Sovuq urush” siyosati barham
topdi.   Xalqaro   vaziyatning   o’zgarishi   jahon   taraqqiyotining   holatini   tubdan
o’zgartirib   yubordi.   Endi   dunyo   ko’p   qutbli   bo’lib   qoldi.   Biroq   dunyo   hamon
mo’rt,     murakkab   muammoli   bo’lib   turibdi.   Dunyo   tinchligiga   tahdid   soluvchi
xavf-xatarlar,   ziddiyatlar,   ayniqsa,   xalqaro   terrorizm,   diniy   ekstremizm,
fundamentalizm xavfi  saqlanib qoldi.
Bugungi kunda insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro
munosabatlarga bog’liq bo’lib turibdi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tangliq
mojaro   barcha   mamlakatlar   xalqlari   manfaatiga   dahldor   bo’lib   qoldi.   Shu   bois
O’zbekistonning   xalqaro   maydonda   olib   borayotgan   siyosatini,   uning
mamlakatimiz   milliy   manfaatlariga   javob   beradigan   strategik   ustuvor
yo’nalishlarini   aniq   belgilab   olish   nihoyatda   dolzarb   masalalardan   biriga   aylandi.
Shu   maqsadda   2012   yil   sentyabr   oyida   qabul   qilingan   “O’zbekiston
Respublikasining   tashqi   siyosiy   faoliyati   konsepsiyasini   tasdiqlash   to’g’risida”gi
Qonunda   belgilab   berilgan   prinsiplar   muhim   voqyea   bo’ldi.   Bu   prinsiplar
quyidagilar:   O’zbekistonning   turli   harbiy   bloklardan   uzoq   bo’lishi;   o’zining
suvereniteti   va   hududiy   yaxlitligini   himoya   qilish   bo’yicha   qat’iy   pozisiyaga   ega
bo’lishi   va   o’z   hududida   xorijiy   davlatlarning   harbiy   bazalarini   joylashtirilishiga
yo’l qo’ymaslik; ochiq, izchil va faol tashqi siyosat olib borish.
O’zbekiston   Respublikasining   davlat   mustaqilligini   qo’lga   kiritishi   yosh
davlatimizni   jahon   hamjamiyatiga   qo’shilish   uchun   imkoniyat   yaratdi.   Shu   bois
mamlakatimiz   rahbariyati   istiqlolning   dastlabki   kunlaridan   e’tiboran
O’zbekistonning   milliy   manfaatlariga   mos   keladigan   puxta   siyosiy   yo’lini
belgilash,   jahon   hamjamiyatiga   qo’shilish,   xorijiy   mamlakatlar   bilan   aloqalar
o’rnatish   kabi   dolzarb   masalalarni   hal   qilishga   kirishdi.   Istibdod   davrida
mamlakatimiz   to’la   mustaqil   ravishda   tashqi   siyosat   va   diplomatik   faoliyat
yuritish, xorijiy davlatlar va xalqaro nufuzli  tashkilotlar  bilan aloqalarni  o’rnatish
kabi huquqlardan mahrum etilgan edi. 
Birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov   o’zining   “O’zbekistonning   o’z   istiqlol
va   taraqqiyot   yo’li”   va   boshqa   asarlarida   mustaqil   tashqi   siyosat   yuritish
qoidalarini   nazariy   va   amaliy   jihatdan   asoslab   berdi.   O’zbekiston   Respublikasi
Konstitusiyasining 17-moddasida Respublika mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining
huquqiy asoslari, prinsiplari, maqsad va vazifalari o’zining qonuniy aksini topdi.
2 O’zbekiston   Respublikasi   tashqi   siyosatining   asosiy   tamoyillari
quyidagilardan iborat:
 mafkuraviy   qarashlardan   qat’i   nazar   hamkorlik   uchun   ochiqliq
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va havsizlikni saqlashga sodiqlik;
 davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahsizligini hurmat qilish;
 boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
 nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish;
 kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
 inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
 ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum
e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;
 davlatning,   xalqning   oliy   manfaatlari,   faravonligi   va   havfsizligini
ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan chiqish;
 tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
 davlatlararo   aloqalarda   teng   huquqlilik   va   o’zaro   manfaatdorliq   davlat
milliy manfaatlarining  ustunligi;
 tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar
asosida   rivojlantirish,   bir   davlat   bilan   yaqinlashish   hisobiga   boshqasidan
uzoqlashmaslik.
Istiqlolning   dastlabki   yillaridan   boshlab   O’zbekiston   Respublikasi   tashqi
siyosiy   va   tashqi   iqtisodiy   aloqalarini   ta’minlab   beruvchi   davlat   organlari
shakllantirildi.   Tashqi   ishlar   vazirligi   funksiyalari   va   faoliyatining   yo’nalishlari
tubdan   o’zgartirildi.   1991   yil           sentyabrda   O’zbekiston   Respublikasi   Tashqi
iqtisodiy   faoliyat   milliy   banki   tashkil   etildi.   1992   yil   21-fevralda   O’zbekiston
Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimovning   “O’zbekiston   Respublikasi
tashqi   iqtisodiy   aloqalar   vazirligini   tashkil   etish   to’g’risida”gi   Farmoni   qabul
qilindi.   O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 oktyabrdagi “Tashqi
iqtisodiy   aloqalar   sohasida   boshqaruv   tizimini   yanada   erkinlashtirish   va
takomillashtirish   to’g’risida”gi   Farmoniga   asosan   bu   vazirlik   O’zbekiston
Respublikasi  tashqi  iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil  qilindi. 2005 yil
iyul   oyida   O’zbekiston   Respublikasi   tashqi   iqtisodiy   aloqalar   agentligi
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi
etib   qayta   tashkil   qilindi.   O’zbekistonda   tashqi   savdo   bilan   shug’ullanuvchi
firmalarning   maxsus   tizimi   shakllantirildi.   Respublikada   diplomatik   ishlar   uchun,
xalqaro   huquq   va   tashqi   iqtisodiy   aloqalarda   faoliyat   yuritadigan     mutaxassislar
tayyorlash yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda,
uning   jahon   hamjamiyati   bilan   integrasiyalashuvida   xalqaro   moliyaviy,   iqtisodiy
tashkilotlar   –   Xalqaro   valyuta   fondi,   Jahon   banki,   Xalqaro   moliya   korporasiyasi,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko’maklashmoqda.
O’zbekiston   mustakil   davlat   maqomiga   zga   bulgan   dastlabki   kunla-ridan
xalqaro   xamjamiyat   bilan   teng   huquqli,   suveren   xamkorlik   olib   borish   yulidan
bordi. Kiska tarixiy davr mobaynida mamlakat jaxon xamjamiyatida uz urniga zga
davlatga   aylandi.   O’zbekiston   jahonning   ko’plab   mamlakatlari   va   yirik   xalkaro
3 tashkilotlari   bilan   turli   sohalarda   xamkorlik   qilib   kelmokda   O’zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.   Mirziyoyev   ta’kidlaganlarideq   «Birlashgan
Millatlar   Tashkiloti,   Shanxay   xamkorlik   tashkiloti,   Mustakil   Davlatlar
Xamdustligi,   Islom   hamkorlik   tashkiloti   va   boshka   xalkaro   tuzilmalar   bilan   faol
munosabatlar   o’rnatilgan   va   ular   bilan   hamkorlik   olib   borish   Uzbekistonning
milliy manfaatlariga xizmat qiladi».
2018   yil   holatiga   ko’ra   O’zbekistonni   180   ga   yakin   davlat   tan   olgan.
Ularning   134   tasi   bilan   diplomatik   munosabatlar   o’rnatilgan.   Toshkentda   45   ta
davlatning   elchixonalari,   9   ta   faxriy   konsulxona,   11   ta   xalkaro   tashkilot,   5   ta
xalkaro   moliyaviy,   3   ta   diplomatik   mavkedagi   savdo   vakolatxonalari   faoliyat
yuritmokda.
O’zbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarining o’rnatilishi va
rivojlanishi   mustakdllik   davri   tarixining   muhim   sahifalaridan   biridir.   Uzbekiston
bu   yiriq   global   tashkilot   va   uning   ixtisoslashgan   muassasalari   bilan   xalkaro   va
mintakaviy xavfsizliq barkaror tarakqiyot, ijtimoiy-iktisodiy, ekologik muammolar
kabi ma-salalar yuzasidan uzaro hamkorlik olib bormokda.
Shuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   zamonaviy   xalkaro   munosabatlar-da
BMT   uziga   xos   uringa   ega   bulib,   global   darajadagi   masalalarda   muhim
ahamiyatgaega.   Mazkur   tashkilot   butu   n   dun   yodagi   siyosiy   vaziyatlardajahon
mamlakatlari   muammolarini   xalqaro   hamjamiyatga   olib   chiqishda   uziga   xos
minbar - «jaxrn uyi» vazifasini ham bajaradi, 2017 yil «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik
markazi   YuNESKO   hamkorligida   «Yoshlar   dunyo   v   a   uzi   haqida»   mavzusida
Toshkent,   Samarkand,   Fargona   viloyatlari   ukuvchi   yoshlari   urtasida   surovnoma
utkazadi.   Ushbu   surovnomada   ularga   «Siz   jamiyat   hayotini   boshkaradigan,
Markaziy   Osiyo   mintaqasi   aholisining   ijtimoiy   muammolarini   xal   kila   oladigan
qanday   institut   yoki   tuzil-malarni   bilasiz?»,   degai   savolga   respondentlarning
19,5% BMT, 13,8% ShXT, 7,1% YuNESKO, 2,9% YuNISEF, 66,2% bilmayman
deb   javob   berishgan.   «Siz   jaxrn   hamjamiyatidagi   turli   muammolarni   hal   etishda
asosiy   urin   tutadigan   qanday   tashkilotlarni   bilasiz?»,   degan   savolga   yoshlarning
67,1%   BMT,   43,8%   YuNESKO,   26,7%   YuNISEF,   10,5%   NATO,   3,3%   ShXT,
2,9%   Inson   xukukdari   umumjaxrn   Deklarasiyasi,   20,5%   bilmayman   deb   javob
berishgan.Kurinib   turi   bdi   ki,   yoshlarning   kupchiligi   mintakaviy   va   global
muammolarni   xal   etishda   asosiy   tashkilot   sifatida   BMT   va   uning   tuzilmalarini
kursatishgan.   Bu   esa   BMTning   boshqa   xalqaro   va   mintakaviy   tashkilotlarga
nisbatan kulami, axamiyati nixoyatda katta ekanligining bir dalili sifatida tashkilot
faoliyatini yanada rivojlantirishni ham talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 mart kuni jaxon hamjamiyatining teng
xukukli   a’zosi   sifatida   BMTga   a’zo   bo’ldi.   O’zbekistonni   BMTga   qabul   kilish
to’grisidagi   qaror   BMT   Bosh   Assambleyasining46-sessiyasida   yakdillik   bilan
ma’kullash asosida kabul kilindi.
Shundan   so’ng   1993   yil   24   oktyabrda   Toshkentda   Xolid   Malik   boshchi-
ligida BMTning vakolatxonasi ish boshladi. Mazkur vakolatxona O’zbekistondagi
BMT   tizimining   ixtisoslashgan   muassasalari   va   das-turlari   faoliyatini
4 muvofikdashtiradi,   uzaro   xamkorlik   masalalari   va   mamlakatdagi   isloxrtlarga
ko’maklashadi.
BMT   Uzbekistonga   jaxonda   tinchlik   va   barkarorliq   iqtisodiy   va   ijtimoiy
rivojlanish, madaniy va ilm-fan taraqqiyotining yorqin misolidagi tobora rivojlanib
borayotgan yosh mamlakat  sifatida karaydi. Shu bois mazkur  nufuzli tashkilot  va
uning   ixtisoslashgan   muassasalari   Uzbekiston   bilan   xamkorlikda   turli   xalkaro
anjumanlar   tashkil   etishdan   manfaatdor.   Bu   esa   O’zbekiston   uchun   tashkilot   va
uning   tuzilmalari   bilan   ko’p   tomonlama   hamkorlikni   yanada   mustahkamlash,
mustaqillik sharoitida erishilgan yutuqlarni, O’zbekiston tarixi, madaniyati, san’ati
va boshqalarni jaxon miqyosida targ’ib etish, global va mintakaviy muammolarga
birgalikda yechim topish imkoniyatini beradi.
Uzbekiston   Respublikasining   BMT   bilan   munosabatlarida   2016   yilning
ikkinchi   yarmidan   boshlab   yangi   tendensiyalar   ko’zga   tashlanib,   uzaro
munosabatlarda   yangi   boskich   boshlandi.   Jumladan,   Uzbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2017   yil   7   fevralda   qabul   qilingan   «O’zbekiston   Respublikasini
yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi tug’risida»gi Farmoni asosida
mamlakat   tashki   siyosati,   jahonning   rivojlangan   mamlakatlari   va   xalkaro
tashkilotlari   bilan   hamkorligini   yangi   boskichga   ko’tarishning   «yo’l   xaritasi»
belgilab   olindi.   «Harakatlar   strategiyasi»   O’zbekiston   tashki   siyosiy   faoliyatida
yangi   omillar,   resurslar   va   uzaro   hamkorlikni   yanada   rivojlantirish,   siyosiy   va
iktisodiy   diplomatik   munosabatlarni   chukurlashtirish   uchun   asos   yaratdi.   Xalqaro
ekspertlarning ta’kidlashicha, Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar
BMTning   Barqaror   rivojlanish   maqsadlari   global   dasturi   bilan   uyg’undir.
Harakatlar   strategiyasi   -   bu   BMT   Barkaror   rivojlanish   maqsadlarini   amalga
oshirish   bo’yicha   O’zbekistonning   yo’l   xaritasidir.   Shunga   asosan,   O’zbekiston
tashki   siyosiy   faoliyatida,   jahonnning   rivojlangan   mamlakatlari   va   xalkaro
tashkilotlari xususan, BMT bilan munosabatlarida yangi sahifa ochildi.
2017   yil   19   sentyabrda   Uzbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.   Mir-
ziyoyev   AKShda   bulib,   BMTning   72-sessiyasida   nutk   suzladi.   Mazkur   nutk
Uzbekistonning   BMT   doirasidagi   xalkaro   tashabbuslarida   yangi   tenden-siyalarni
namoyon   qildi.   Uzbekiston   Prezidenti   uz   nutkida   mamlakat   ijtimoiy-iktisodiy,
siyosiy v a madaniy xayotidagi uzgarishlar xam da anik va asosli manbalarga ega
bir   nechta   tashabbuslarni   ilgari   surdi.   Ya’ni   globallashuv   va   axborot
kommunikasiya   texnologiyalari   jadal   rivojlanib   borayotgan   bugungi   sharoitda
yoshlarga   oid   siyosatni   shakllantirish   va   amalga   oshirishga   karatilgan
umumlashtirilgan   xalkaro   xuku   kiy   xujjat   -   BMTning   Yoshlar   xukuklari
to’g’risidagi  xalkaro konvensiyasini  ishlab chikish, BMT  Bosh Assambleyasining
«Ma’rifat   va   diniy   bag’rikenglik»   deb   nomlangan   maxsus   rezolyusiyasini   kabul
kilish,   BMT   Xavfsizlik   Kengashini   boskichma-boskich   isloh   kilish,   kabi   global
xarakterdagi   takliflari   jaxrn   jamoatchiligida   katta   kizikish   uyg’otdi.   Xususan,
O’zbekiston   Prezidenta   Sh.Mirziyeyovning   mazkur   nutki   mavjud   muammolarga
maxalliy,   mintakaviy   va   global   darajada   axamiyat   qaratilib,   ularning   yechimiga
pragmatik yondashilganligi bilan aloxida ahamiyat kasb etdi.
5 O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan aloqalari
Xozirda jahonda  turli   xil  xalqaro va  mintaqaviy  tashkilotlar  mavjud  bo’lib,
ularning   orasida   Mustaqil   Davlatlar   Hamdo’stligi   (MDH)   o’ziga   xos   ko’rinishga
ega.1991   yil   8-dekabrda   Minskda   –   Rossiya,   Ukraina   va   Belorus   rahbarlarining
uchrashuvida   Mustaqil   Davlatlar   Hamdo’stligi   (MDH)   ni   tuzish   to’g’risida
shartnoma   imzoladilar.   Shartnomada1922   yil   30-dekabrda   tashkil   topgan   SSSR
tugatilganligi   va   Mustaqil   Davlatlar   Hamdo’stligi   (MDH)   tashkil   etilganligi
rasman e’lon qilindi. 1991 yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti sifatida
barham   topdi   va   M.S.Gorbachyov   Bosh   kotib   va   Prezident   lavozimlaridan
iste’foga chiqdi.
1991   yil   21-dekabrda   Almatida   11   davlat   –   Rossiya,   Ukraina,   Belorus,
Qozog’iston,   O’zbekiston,     Qirg’iziston,   Tojikiston,   Turkmaniston,   Ozarbayjon,
Armaniston,   Moldova   davlatlari   boshliqlarining     Kengashida   Belovejskoye
Pushche   shartnomasi   yuzasidan   protokol   imzolanib,   “Teng   huquqli   va
ahdlashayotgan   oliy   tomonlar”   maqomida   MDH     muassisi   bo’ldilar.   Kengashda
Almati Deklarasiyasi qabul qilindi.
1991-2001   yillarda   MDH   davlatlari   boshliqlarining   30   ga   yaqin   kengashi
bo’lib, ularda hammasi bo’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy,  tashkiliy umumiy
sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilgan, tegishli 1400 dan ortiq
masalalar   muhokama   etilib   tegishli   normaviy,   tavsifiy   hujjatlar,   bitimlar,
shartnomalar   imzolangan. MDHda hamjihatlikni mustahkamlash va rivojlantirish
jarayoni   davom   etmoqda,   yilda   bir   necha   bor   sammitlar   o’tkazilib   kelinmoqda.
2000   yilning   o’zida   Moskvada   ikki   marta,   ya’ni   24-25-yanvar   hamda   21-iyun
kunlari   MDH   davlat   boshliqlarining   sammiti   bo’lib   o’tdi.   2001   yil   29-30-noyabr
kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag’ishlangan yubiley
sammiti bo’lib o’tdi. Sammitda MDH tuzilganligining 10 yilligi munosabati bilan
Bayonot imzolandi. Sammit qatnashchilari Afg’oniston voqyealari to’g’risida ham
Bayonot   imzoladilar.   2004   yil   sentyabr   Astanada   bo’lib   o’tgan   MDH   sammitida
hamdo’stlikning strukturasini o’zgartirish masalasi ko’rildi. Sammitda terrorizmga
qarshi kurash borasida MDXning “Xavfsizlik kengashi”ni tuzishga qaror qilindi.
Shu   bilan   bir   qatorda   MDH   a’zolari     hamdo’stlikning   boshqa   yo’llarini
topmoqdalar.   MDH   doirasida   bir   necha   xalqaro   tashkilotlar   vujudga   keldiki,
ularning faoliyati umumiy maqsadlar va muammolarga qaratildi. Bunga Kollektiv
xavfsizlik   to’g’risidagi   shartnoma   tashkiloti   (ODKB)   va   Yevrosiyo   Iqtisodiy
Hamjamiyati (YevrAzES)ni misol qilish mumkin.
1992-yil 20-martda Kiyev shahrida O’zbekiston Respublikasi  bilan Rossiya
Federasiyasi   o’rtasida   diplomatik   munosabatlar   o’rnatish   to’g’risida   Protokol
imzolangan   bo’lsa,1992-yil   5-mayda   Moskvada   O’zbekiston   Respublikasi   bilan
Rossiya   Federasiyasi   o’rtasida   davlatlararo   munosabatlar   asoslari   to’g’risidagi
Shartnoma   imzolandi,1992-yil   22-iyulda   esa   Toshkentda   Rossiya   Federasiyasi
Bosh   vaziri   A.Shoxin   boshchiligidagi   Rossiya   Federasiyasi   va   O’zbekiston
delegasiyalarining   muzokaralari   bo’lib   o’tdi.   Muzokaralar   yakunida   O’zbekiston
Rossiya munosabatlarni rivojlantirishga aloqador qo’shma axborot imzolangan edi.
6 1993-yil   26-may   kuni   I.A.Karimov   “Trud”   gazetasi   muxbirlarining
savollariga   qaytargan   javoblarida   Rossiyaga   munosabatini   bildirib,   quyidagilarni
ta’kidladi: "Rossiya biz uchun suv va havodek zarur. Men rejalashtirish idoralarida
ko’p   yillar   ishlaganman.   Aloqalarimiz   naqadar   kengligini   bilaman.Ma’naviy
yaqinligimiz ham juda muhim.   Rossiyaning kelajagi buyuk. Azaldan buyuk davlat
bo’lib kelgan,   tarix uning o’rnini ana shunday belgilab qo’ygan".
Ikki   mamlakat   o’rtasida   iqtisodiy,   ijtimoiy,   siyosiy,   parlamentlararo,
samolyotsozlik   va   madaniyat   sohalarida   teng   huquqli   va   o’zaro   manfaatli
hamkorlik yo’lga qo’yila boshlandi.
O’zbekiston   Respublikasi   va   Rossiya   Federasiyasi   o’rtasidagi   iqtisodiy
hamkorlik   alohida   ahamiyatga   ega   bo’lib   mamalakatlarimiz   o’rtasida   bu   sohani
rivojlantirishga oid bir qator amaliy qadamlar tashlandi. 
2004   yilda   ikki   mamlakat   o’rtasida   mahsulot   ayirboshlash   2003   yilga
nmsbatan   42,9   foizga   oshib,   1641,9   mln   AQSh   dollarini   tashkil   etdi.
O’zbekistondan Rossiya Federasiyasiga eksport hajmi 57,8 foizga oshib, 724,8 mln
AQSh dollarini tashkil etdi, Rossiyadan imtort esa 33,7 foizga ko’payib, 917,1 mln
AQSh dollarini tashkit qildi.
2004 yilda savdodagi ijobiy savdo tufayli 2003 yildagi salbiy saldoni qariyb
38   mln   AQSh   dollari   miqdorida   qisqartirilishiga   erishildi.   2004   yilda   eksport
tarkibi   asosan   xizmatlar   (ko’proq   energozaxiralarni,   yo’lovchilarni   tashish,
temiryo’l   orqali   mahsulot   tashish)   25,9   foizni   yoki   187,5   mln   AQSh   dollarini,
energozaxiralar  -   17,7  foiz   yoki   128,6  mln  AQSh  dollari,  paxta  tolasi   -  10,1  foiz
yoki 72,3 mln AQSh dollari, qayta ishlangan meva va yong’oq - 2,8 foiz yoki 20,4
mln AQSh dollari, qayta ishlangan sabzavot va boshqa o’simliklar - 2,1 foiz yoki
15,0  mln   AQSh  dollari,  mato   va  jun   mahsulotlar   -   1,8   foiz   yoki   13,1   mln  AQSh
dollari, elektr mashinalar va asbob-uskuna - 1,8 foiz yoki 12,7 mdn AQSh dollari,
gtaxta va noto’qima materiallar - 1,6 yoki 11.2 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
Import   tarkibi   esa   kuyidagicha   bo’ldi:   qora   metall   va   ulardan   ish-langan
mahsulot - 24,6 yoki 225,8 mln AQSh dollari, mexanik asbob-uskuna — 13,7 yoki
125,8 mln AQSh dollari, yog’och va yogoch mahsulotlari -9,8 fosh yoki 89,8 mln
AQSh dollari, xyumatlar — 6,2 foiz yoki 56,4 mln AQSh dollari, elekgr mashina
va asbob-uskuna — 6,0 foiz yoki 54,6 shn AQSh dollari, yerda yuradigan transport
vositalari - 4,9 foiz yoki 44,99 mln AQSh dollari, kauchuk va rezina mahsulotlari -
4,0 yoki 37,0 mln AQSh dollari, farmasevtika mahsulotlari - 3,9 foiz yoki 35,7 mln
AQSh dollari, optik pribor va apparatlar - - 3,1 foiz yoki 28,2 mln AQSh dollari,
plastmassa va ulardan ishlab chikrrshgan mahsulot -2,7 foiz yoki 25,0 mln AQSh
dollarini tashkil etgan.
Uzaro   savdodagi   eksport   va   import   tarkibi   asosan   mahalliy   ishlab
chiqaruvchilar   uchun   raqobat   qilmaydigan   mahsulotlardan   tashkil   topgan   (odatda
ichki bozorlarda talab yuqori bo’lgan avtomobillar bundan mustasno).
Yuqoridagilardan   xulosa   qilib,   ikki   tomonlama   savdo   istiqbolda   savdo
to’siklariga   yo’l   qo’ymaydigan   o’zaro   manfaatli   asosda   amalga   oshirilayotganini
qayd   etish   mumkin.Mamlakatimizda   Rossiya   sarmoyasining   ishtirokida   tashkil
etilgan   korxonalar   hamda   Rossiya   kompaniya   va   firmalarining   akkredetasiya
7 qilingan   vakolatxonalari   soni   ko’payib   bormokda.   Masalan,   2003   yilda   Rossiya
sarmoyasi   ishtirokida   mamlakatimizda   309   ta   korxona   faoliyat   yuritgan   bo’lsa,
2004   yilda   ularni   soni   390   taga   yetgan.   Ulardan   54   foizi   Rossiya   investisiyasi
asosida faoliyat yuri-tadi, 295 tasi esa qo’shma korxonalardir.
Rossiya   sarmoyasi   ishtirokida   tashkil   etilgan   korxonalarning   nizom
jamg’armasi   88,5   mln   AQSh   dollarini   tashkil   etgan.   2004   yil   natijalariga   ko’ra
ushbu   korxonalarning   tashqi   saddo   ayirboshlash   ko’rsatkichi   81,8   mln   AQSh
dollarini, 2005 yilning avgustiga qadar esa bu ko’rsatkich 76,5 mln AQSh dollarini
tashkil   qildi   (ya’ni   2004   yilning   shu   davriga   nisbatan   o’sish   1,7   barobar   ortiq
bo’lgan).   O’zbekiston   mintaqalari   nuqtai   nazaridan   olinadigan   bo’lsa,   faoliyat
yuritayotgan   korxonalar   asosan   Toshkent   shahri,   Toshkent,   Samarqand,   Buxoro,
Andijon   hamda   Farg’ona   viloyatlari   ulushiga   to’g’ri   keladi.   Mazkur   korxonapar
faoliyatining   asosiy   yo’nalishlari   quyidagi   sohalarni   qamrab   oladi:   oziq-ovqat,
tekstil,  yog’ochni   qayta  ishlash,  kimyo-farmasevtika,  metallurgiya, mashinasozliq
avtomobilsozliq   yoqilg’i-energetika,   qishloq   xo’jaligi   hamda   O’zbekiston
iqtisodiyotining   boshqa   tarmoqdarida   birgalikda   mahsulot   ishlab   chiqarish,   savdo
vositachilik faoliyati.
Keyingi   vaqtda   qishloq   xo’jalik   mahsulotlarini   qayta   ishlash   so-hasida
kooperasiyani   mustahkamlash   jarayonlari   ko’zga   tashlanmoqsa.   Ayni   payt d a   bu
sohada "Baltimor", "Cherkizovo" va boshqa mashhur Rossiya komianiyalari bilan
tashkil   etilgan   to’qqizta   qo’shma   korxona   faoliyat   yuritmoqda.   "Bim   Bill   Dan"
kompaniyasi   "Toshkentsut"   birlashmasining   77   foiz   aksiyasini   sotib   olish
to’g’risidagi   shart-nomani   imzolab,   sut   mahsulotlari   va   meva   sharbatini   ishlab
chiqa-rishga 20 mln AQSh dollari mikdorida investisiya kiritishni mo’ljallamoqda.
2004   yil   oktyabrda   Moskva   shahrida   Rossiya   Federasiyasi   va   O’zbekiston
Respublikasi  o’rtasida iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiyaning
yettinchi   majlisi   bo’lib   o’tdi.   Uni   Rossiya   tomonidan   Sanoat   bo’yicha   federal
agentlik rahbari Boris Alyoshin, O’zbekiston tomonidan O’zbekiston Respublikasi
Bosh vaziri o’rinbosari O’tkir Sultonov boshqardi. 
Bu   uchrashuvi   natijasida   ikki   tomonlama   protokol   imzolandi.   Shuningdeq
O’zbekiston   Milliy   Banki   tomonidan   "Osiyo   invest   bank"ka   sarmoyaviy
loyihalarni   moliyalashtirish   va   O’zbekistondan   Rossiyaga   eksportni
rag’batlantirish uchun 60 million dollar miqdorida kredit linyasi ochish to’g’risida,
"O’zbekneftgaz"   va   "Lukoil   Oversis   Xolding"   kompaniyalari   o’rtasida   o’zbek
konlarini o’zlashtirishda mahsulot taqsimoti to’g’risida bitimlar qabul qilingandi.
2005   yil   11   oktyabrda   esa   O’zbekiston   Respublikasi     Birinchi   Prezidenti
Islom   Karimov   Oqsaroyda   Rossiya   Federasiyasining   Sanoat   bo’yicha   federal
agentlik   rahbari   Boris   Alyoshinni   qabul   qildi .   Uchrashuvda   O’zbekiston   bilan
Rossiya o’rtasidagi savdo iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog’liq
masalalar   yuzasidan   fikr   almashildi.   2005   yil   2   dekabr   kuni   mamalakatimizga
Rossiya   Federasiyasining   "RUSAL"   kompaniyasi   direktorlar   kengashi   raisi   Oleg
Deripaskani   tashrif   buyurdi.   "RUSAL"   kompaniyasi   2000   yilda   tashkil   topgan
bolib   alyuminiy   ishlab   chiqarish   bo’yicha   jahondagi   kuchli   uchlikka   kiruvchi
yagona   yagona   xususiy   sanoat   majmuidir.   Dunyoda   ishlab   chiqaradigan
8 alyuminiyning o’n foizi "RUSAL" hissasiga to’g’ri keladi.kompaniya o’z faoliyati
davomida 2004 yilgi malumotlarga ko’ra 12,7 million tonna alyumini oksidi  12,6
million   tonna   xomaki   ishlov   berilgan   alyuminiy   xomashyosini   ishlab   chiqargan.
Tojikistonda   faoliyat   olib   borayotgan   alyuminiy   zavodidan   atmosferaga   zaharli
moddalar chiqariladi va mamalaktimizning janubiy viloyati, viloyati  Surxandaryo
aholisi   ham   shundan   aziyat   chekmoqda.Oleg   Derepaska   tashrif   doirasida
Surxandaryoda   ham   bo’lgandi.   Uchrashuvda   O’zbekiston   korxonalari   bilan
"RUSAL" o’rtasidagi aloqalarga oid masalalar yuzasidan fikr almashilgandi. 
Rossiya   Federasiyasida   "O’zbekiston"   savdo   uyining   ochilishi   ikki
mamlakat   o’rtasida   savdo-iqtisodiy   hamkorlikni   mustahkamlash   yo’lidagi   muqim
qadam bo’ldi. 2005 yilning 19 dekabrida Toshkentda Rus Savdo uyining ochilishi
marosimi   bo’lib   o’tdi.   Uning   asosiy   faoliyati   RF   Sibir   mintaqasining   iqtisodiy
salohiyatini   O’zbe-kistondan   keltirilayotgan   mahsulotlar   bilan   o’zaro   manfaatli
jihatlarini namoyish etishdir
2007   yilda   Rossiyalik   sarmoyadorlar   bilan   hamkorlikda   tashkil   qilingan
qo’shma   korxonalar   soni   to’rt   yuz   yellikdan   oshadi,   Rossiyada   esa   O’zbekiston
sarmoyasi   bilan   tuzilgan   korxonalar   284   tani   tashkil   etgan.   2007   yilda
O’zbekistonda   132   ta   Rossiya   firma   va   kompaniyalari   o’z   vakolatxonalarini
ochganlar.Jumladan,  "Vim   Bil-Dan-Toshkent   (sut  mahsulotlari), "Petromaruzgaz"
(kimyoviy   mahsulotlar),"Baltimor-Chelak"   (konserva),   "Elimpeks"(to’qimachilik)
kabi korxonalar faoliyat olib bormoqda. 2007 yil 14 may kuni Toshkent shahridagi
Xalqaro   hamkorlik   markazida   O’zbekiston   Rossiya   biznes   forumi   bo’lib   o’tdi.
Mazkur forumga ishtirok etgan Rossiya delegasiya safida to’qsonga yaqin federal
va mintaqaviy miqyosdagi firma va kompaniya vakillari ishtirok etishdi.
Toshkentda   2008   yil   fevral   oyida   Rossiyaning   blok-konteyner   shaklidagi
mamuriy   inshootlar,yotoqxona   va   oshxonalarni   loyihalash   va   qurish,neft-
gaz,oltinqazish,shuningdektog’-kon   sanoati   uchun   yuqori   texnologiyalar   ishlab
chiqarish   bilan   shug’ullanuvchi   yirik   kompaniyalaridan   biri   "Ribinskkompleks"
moliya   sanoat   kompaniyasi"   yopiq   aksionerlik   jamiyatining   taqdimot   marosimi
bo’lib   o’tdi.2008   yil   5-6   fevral   kunlarida   O’zbekiston   Respublikasi     Birinchi
Prezidenti   Islom   Karimov   rasmiy   tashrif   bilan   Rossiya   Federasiyasida
bo’ldi.Mazkur   tashrif   O’zbekiston   Respublikasi   va   Rossiya   Federasiyasi
Prezidentlarining   qo’shma   bayonoti,   O’zbekiston   Respublikasi   hukumati   bilan
Rossiya Federasiyasihukumati o’rtasida 2008-2012 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy
hamkorlik   dasturi   hamda   Aviasozlik   sohasida   hamkorlik   to’g’risidagi   bitim,
O’zbekiston  Respublikasi   tashqi  ishlar  vazirligi   bilan  Rossiya  Federasiyasi  tashqi
ishlar   vazirligi   o’rtasida   2008   yilga   mo’ljallangan   hamkorlik   dasturi   imzolandi
bilan   ahamiyatlidir.   Rossiya   Federasiyasi   Prezidenti   V.Putin   mazkur   tashrif
yuzasidan   quyidagicha   fikr   bildirdi:   "O’zaro   tovar   ayriboshlash   ko’lami   tobora
kengaymoqda   O’zbekistonga   eksportning   uchdan   bir   qismi,   O’zbekistondan
importning   qaryib   yarmini   sanoat   mahsulotlari   tashkil   etayotir.Biz   O’zbekistonni
Markaziy Osiyodagi eng muhim strategik sheriklardan deb dilamiz". 
2003   yil   22   iyul   kuni   O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi     Prezidenti   Islom
Karimov Oqsaroy qarorgohida Rossiyaning «Gazprom» ochiq turdagi aksiyanerlik
9 jamiyati   boshqaruv   raisi   Aleksey   Millerni   qabul   qildi.   2002   yil   dekabrda
"O’zbekneftgaz"   milliy   holding   kompaniyasi   bilan   "Gazprom"   o’rtasida   "Gaz
sohasida   strategik   hamkorlik   to’g’risidagi   bitim"imzolangan   edi.   Shu   kelishuv
doirasida 2003 yil may oyidan O’zbekiston tabiiy gazining eksporti boshlangandi.
Mazkur   uchrashuvda   Islom   Karimov   "Ushbu   hujjat   "Gazpram"   bilan   yangicha
munosabatlarimizga tamal toshini qo’ydi", - deb takidlagan edi. 
2004   yilning   14   aprelida   O’zbekneftgaz"   milliy   holding   kompaniyasi   bilan
"Gazprom"   ga   qarashli   "Zarubejneftgaz"   yopiq   aksionerlik   jamiyati   o’rtasida
Shahpaxta konini o’zlashtirishning yakuniga yakuniga yetkazish loyihasi bo’yicha
Mahsulot   taqsimoti   to’g’risidagi   bitimga   imzo   chekildi.2004   yilning   ikkinchi
yarmida   kondan   gaz   olish   qayta   yo’lga   qo’yildi,kompressor   stansiyalarning
qurilishi va infratuzilmani yangilash ishlari tugallandi.Buning natijasida 2004 yilda
200 millin kub metr gaz qazib olindi. 
2003   yilning   sentyabrdan   2004   yilning   iyuligacha   bo’lgan   mudatda
"Gazprom   o’quv   markazida   9000   nafar   o’zbekistonlik   mutaxassislar   malaka
oshirilishi kelishib olindi ."
2014-yilning   10-dekabrida   Rossiya   Federasiyasi   Prezidenti   V.Putinning
O’zbekistonga rasmiy tashrifi bo’lib o’tdi. Ushbu tashrifga binoan Sh. Mirziyoyev
2017   yil   4-5   aprel   kunlari   RF   ga   tashrif   buyurdi.   Ushbu   tashrifda   ikki   mamlakat
Prezidentlari  mamlakatlar   o’rtasida   turizm,  neft   vd  gaz  sohasida   o’zaro  manfaatli
hamkorliq   sog’liqni   saqlash,   tibbiyot   va   fan   sohasida   16   mld   lik   50   dan   ortiq
hujjatlarni   imzoladi.   2017   yil   O’zbekiston   Respublikasi   bilan   RF   o’rtasida
diplomatik musobatlar o’rnatilganiga 25 yil to’ldi. Hozirgi kunda mamlakatimizda
Rossiyaning   64   ta   firma   va   kompaniyalarning   vakolatxonasi   ochilgan.
O’zbekistonda   Rossiyalik   ishbilarmonlar   bilan   hamkorlikda   961   ta   qo’shma
korxonalar   faoliyat   ko’rsatmoqda.   O’zbekiston   va   Rossiya   o’rtasida     madaniy-
gumanitar   sohalarida   o’zaro   hamkorlik   izchil   rivojlanmoqda.   Adabiyot   va   san’at
uyg’unligini   biz   Moskva   shahrida   buyuk   o’zbek   shoiri,   mutafakkir   Alisher
Navoiyga,   Toshkent   shahrida   esa   Pushkin   haykalini   o’rnatilganligidan   bilishimiz
mumkin.   Ikki   mamlakat   o’rtasida   qishloq   xo’jaligi   sohasidagi   tovar   ayrboshlash
2019   yilda 20 % o’sib 398 mln ga yetdi.  
Ozarbayjon   Respublikasi   bilan   O’zbekiston   Respublikasi   o’rtasidagi
munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko’tarilgan.
1991-yildan   buyon   O’zbekiston   Respublikasi     Prezidenti   Ozarbayjonga   3
marotaba va Ozarbayjon Prezidenti O’zbekistonga 3 marotaba tashrif buyurgan.
Mazkur tashriflar chog’ida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik munosabatlarini
sifat   jihatdan   yanada   yuqori   pog’onaga   ko’tarishga   xizmat   qiladigan   muhim
kelishuvlarga   erishildi.   Xususan,   atrof-muhitni   muhofaza   qilish,   informasion   va
kommunikasion   texnologiyalar,   temir   yo’l   transporti,   soliq,   maxfiy   ma’lumotlar
daxlsizligini ta’minlash sohalarida hamkorlikka oid, shuningdeq gumanitar, savdo-
iqtisodiy   va   ilmiy-texnikaviy   aloqalarni   rivojlantirishga   doir   qator   hujjatlar
imzolandi.
O’zaro   tovar   aylanmasi   hajmi   2016-yil   yakunlari   bo’yicha   21,2   million
AQSh dollarini tashkil etdi.
10 Ukraina   ham   O’zbekiston   Respublikasining   yetakchi   tashqi   iqtisodiy
sheriklaridan   sanaladi.   O’zbekiston   bilan   Ukraina   o’rtasidagi   ikki   tomonlama
munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega bo’lib, turli sohalardagi hamkorlikni
tartibga soluvchi 142 shartnoma, bitim va boshqa hujjatlardan iborat.
1991-yildan   buyon   O’zbekiston   Respublikasi     Prezidenti   Ukrainaga   6
marotaba tashrif buyurgan va Ukraina Prezidenti O’zbekistonga 4 marotaba tashrif
buyurgan.
1994   yili   Ukraina   Prezidenti   L.Kuchma   davlat   tashrifi   bilan   O’zbekistonga
keldi. Davlat rahbarlari o’rtasidagi o’zaro muloqotda iqtisodiy hamkorliq transport,
sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  fan-texnika  taraqqiyotidagi   yutuqlarda o’zaro xamkorlik
olib borish bo’yicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish asosiy o’rin egalladi. O’z
navbatida   O’zbekiston   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   ham   Ukrainaga   uch
marotaba   safar   qildi.   Bu     ikki   davlat   o’rtasidagi   aloqalar   xozirgi   kunda   ham
rivojlanib   bormoqda.   O’zbekiston   Ukrainaga   rangli   metall,   gazlama   va   boshqa
turdagi   mahsulotlarni   yetkazib   berayotgan   bo’lsa,   Ukrainadan   O’zbekistonga
texnika   asbob-uskunalari,   ayrim   oziq-ovqat   mahsulotlari   yetkazib   berilmoqda.
Bugungi   kunda   O’zbekistonda   20   dan   ortiq   O’zbekston   –Ukraina   qo’shma
korxonalari ishlab turibdi.
O’zaro   tovar   aylanmasi   hajmi   2016-yil   yakunlari   bo’yicha   qariyb   254,1
million AQSh dollarini tashkil etdi.
O’zbekiston   Respublikasi   Belarus   Respublikasi   bilan   har   tomonlama
hamkorlikni   mustahkamlashga   alohida   e’tibor   qaratadi.   Mamlakatlarimiz
iqtisodiyoti   bir-birini   to’ldiradi.   So’nggi   ikki   yilda   Toshkent   va   Minskda
Hukumatlararo   komissiyaning   (HK)   ikkita   yig’ilishi   bo’lib   o’tdi.   O’zbekiston
Respublikasi   bilan   Belarus   Respublikasi   o’rtasida   2008-2017-yillarga
mo’ljallangan   iqtisodiy   hamkorlik   to’g’risidagi   shartnoma   va   uning   ijrosi
yuzasidan   Dastur   imzolangan.   O’zbekiston   va   Belarus   hukumatlari   o’rtasida
jinoyatchilikka   qarshi   kurash,   Favqulodda   vaziyatlar   vazirliklari   o’rtasida
favqulodda   vaziyatlarning   oldini   olish   va   oqibatlarini   bartaraf   etishda   hamkorlik
to’g’risidagi hujjatlar imzolangan.
1994-yil   dekabrda   Belarus   Respublikasi   Prezidenti   A.Lukashenkoning
O’zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.
2015-yil   11-12-mart   kunlari   Toshkent   shahrida   O’zbekiston   Respublikasi
hamda   Belarus   Respublikasi   o’rtasida   ikki   tomonlama   hamkorlik   bo’yicha
Hukumatlararo qo’shma komissiya uchinchi majlisi bo’lib o’tdi.
MDH   mamlakatlari   boshliqlari   majlisi   doirasida   Minsk   shahrida   2014-yil
oktyabrida   O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   va   Belarus
Respublikasi Prezidenti A.Lukashenko uchrashishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama
hamkorlikni rivojalantirishning asosiy masalalari muhokama qilindi.
O’zaro   tovar   aylanmasi   hajmi   2016-yil   yakunlari   bo’yicha   qariyb   113,4
million AQSh dollarini tashkil etdi.
Gruziya   O’zbekistonning   eng   muhim   tashqi   iqtisodiy   hamkorlaridan   biri
hisoblanadi.
11 Ikki   mamlakat   o’rtasidagi   munosabatlarni   tartibga   soluvchi   asosiy   hujjat   –
1995-yilning   4-sentyabrida   O’zbekiston   va   Gruziya   o’rtasida   imzolangan   do’stlik
va hamkorlik to’g’risidagi kelishuv hisoblanadi.
Ikki   tomonlama   savdo-iqtisodiy   munosabatlarni   iqtisodiy   hamkorlik
bo’yicha   o’zbek-gruzin   Qo’shma   komisiyasi   tartibga   soladi.   2014-yilning   20-
oktyabrida Toshkent  shahrida mazkur komisiyaning navbatdagi yetinchi  yig’ilishi
bo’lib o’tdi.
2016-yil   yakunlari   bo’icha   ikki   davlat   o’rtasidagi   umumiy   tovar   aylanmasi
hajmi 90,8 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Yuqorida   etirof   etilgan     uchrashuvlar,   siyosiy,     iqtisodiy,   madaniy   sohada
amalga   oshirilgan   hamkorlik   O’zbekistonning   MDH   davlatlari   bilan   har
tomonlama aloqalarini yanada mustahkamladi.
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari
O’zbekiston   tashqi   siyosatining   ustuvor   yo’nalishlaridan   biri   Markaziy
Osiyodagi   yangi   mustaqil   davlatlar   –   Qozog’iston,   Qirg’iziston,   Tojikiston,
Turkmaniston   bilan   hamkorliq   do’stlik   aloqalarini   mustahkamlashga   qaratilgan.
Markaziy   Osiyodagi   beshta   davlat   o’rtasida   o’xshash   jihatlar   ko’p.   Tariximiz,
madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu
mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirish zaminidir.
O’zbekiston Respublikasining tashqi aloqalarida, Markaziy Osiyo davlatlari
bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishida Markaziy Osiyo Hamkorlik (MOH) tashkiloti
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu   tashkilot  1994 yil  iyul  oyi boshida O’zbekiston,
Qozog’iston,   Qirg’iziston   Prezidentlarining     Almati   shahrida   bo’lib   o’tgan
uchrashuvi asosida tashkil topgan Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati (MOIH)
zaminida   2002   yil   28-fevralda   tashkil   topgan.       2002   yil   28-fevral   kuni   Almati
shahrida   Markaziy   Osiyo   davlatlari   rahbarlarining   uchrashuvi   bo’lib   o’tadi.
Muzokaralarning   yakunlari   bo’yicha   prezidentlar   Markaziy   Osiyo   Hamkorlik
(MOH)   tashkilotini   ta’sis   etish   to’g’risidagi   shartnomani   imzolaydilar.
Tashkilotning   raisi   etib   I.A.Karimov   saylanadi.   Bu   tashkilot   endi   iqtisodiy
munosabatlarni   rivojlantirish   bilan   birga   siyosiy-ijtimoiy,   madaniy   texnikaviy   va
boshqa aloqa turlarini kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadigan bo’ldi. MOH
tashkilotining   tashkil   etilishi,   uning   a’zolari   bo’lgan   O’zbekiston,   Qozog’iston,
Qirg’iziston,   Tojikiston   o’rtasidagi   o’zaro   manfaatli   aloqalarni   yanada
kuchayishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Mustaqil   O’zbekiston   Respublikasining   Markaziy   Osiyodagi   mustaqil
davlatlar bilan aloqalarida   Qozog’iston Respublikasi  bilan yo’lga qo’yilgan ko’p
tomonlama   o’zaro   manfaatli   aloqalari   katta   ahamiyatga   ega.   O’zbekistonning
Qozog’iston   bilan   ikki   tomonlama   munosabatlari   1992   yil   24-iyunda   imzolangan
O’zbekiston   bilan   Qozog’iston   o’rtasida   do’stlik   va   hamkorlik   to’g’risidagi
shartnoma   asosida   mustahkamlanib   bormoqda.   Qozog’iston   va   O’zbekiston
Prezidentlari     N.Nazarboyev   va   I.A.Karimovlarning   1994   yil   10-12-yanvardagi
Toshkentdagi   rasmiy   uchrashuvida   ikki   respublika   o’rtasida   tovarlar,   xizmatlar,
12 sarmoyalar va ishchi kuchlarini erkin o’tib turishini nazarda tutuvchi hamda o’zaro
kelishilgan   kredit,   hisob-kitob,   byudjet,   soliq,   narh   boj   va   valyuta     siyosatini
ta’minlash   to’g’risidagi   shartnoma   imzolandi.   1998   yil   31-oktyabrda   O’zbekiston
bilan Qozog’iston o’rtasida abadiy do’stlik shartnomasi imzolandi.
O’zbekiston   va   Qozog’iston   Prezidentlarining   2000   yil   20-21-aprelda
Toshkentda   ikki   davlat   chegaralarini   aniq   belgilashga   bag’ishlangan   uchrashuvi
bo’ldi.   Uchrashuv   yakunida   “O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti
I.A.Karimov   va  Qozog’iston   Respublikasi   Prezidenti   N.Nazarboyevning   qo’shma
bayonoti” imzolandi. 2001 yil 17 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov   rasmiy   tashrif   bilan   Qozog’istonda   bo’ldi.   Ikki   davlat   Prezidentlari
O’zbekiston-Qozog’iston   davlat   chegarasi   to’g’risida   shartnomani   imzoladilar.
2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi.  Qolgan qismi kelishuv
asosida belgilashga kelishildi. 2002 yil 9-sentyabrda Prezidentlar N.Nazarboyev va
I.A.Karimovlar   Ostona shahridagi uchrashuvida “O’zbekiston-Qozog’iston davlat
chegaralarining   alohida   uchastkalari   to’g’risida   bitim”   imzolandi.   Ikki   davlat
o’rtasidagi chegaraga oid masalaar huquqiy jihatdan o’z yechimini topdi.
O’zbekiston   va   Qozog’iston   o’rtasida   iqtisodiy   aloqalar   rivojlanib   bordi.
2002 yilning birinchi yarmida ikki mamlakat o’rtasidagi  tovar ayirboshlash hajmi
124   million   AQSh   dollarini   tashkil   etdi.   2002   yilda   O’zbekistonda   38   ta   o’zbek-
qozoq qo’shma  korxonasi,  Qozog’istonda  92 ta  o’zbek-qozoq  qo’shma   korxonasi
faoliyat yuritdi. Ijtimoiy sohada ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar ham kengayib
bordi. 1994 yilda O’zbekistonda Qozog’iston kunlari o’tkazildi, madaniy aloqalar
an’anaviy   tus   oldi.   O’zbekiston   Yozuvchilar   uyushmasi   qoshida   qozoq   adabiyoti
Kengashi, 1992 yildan boshlab   qozoq tilida “Nurli jol” respublika gazetasi  nashr
qilina boshlandi.
2017   yil   23-24   mart   kunlari   O’ zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.
Mirziyoyev Qozog’iston Respublikasi N. Nazarboyev taklifiga binoan Qozog’istpn
Respublikasida   bo’ldi.   Uchrashuvda   Afg’oniston   muammosi,   uni   tinch   yo’l   bilan
hal   etish   zarurligi,   transchegaraviy   daryolar   suvlaridan   oqilona   foydalanisjh,
siyosiy   savdo-sotiq   masalalari   muhokama   qilindi.   O’zbekistonda   hozirgi   kunda
Qozog’iston   kapitali   ishtirokida     230   dan   ortiq,   Qozog’istonda   o’zbekistonlik
ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 130 dan ortiq korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda.
Toshkent   Samarqandni   bog’lovchi   Maxtaral   tumanidan   o’tuvchi   avtomobil
yo’lining oichilishi, Toshkent- Olmata tezyurar poyezdi va ikki mamlakat o’rtasida
avtobus   qatnovining   yo’lga   qo’yilishi,   hududlararo     aloqalar   savdo   va   turizm
rivonlanishiga xizmat qiladi. 
O’zbekistonning  Qirg’iziston  bilan ikki tomonlama hamkorligi  O’zbekiston
Respublikasi   bilan   Qirg’iziston   Respublikasi   o’rtasida   Toshkentda   1992   yil   29-
sentyabrda   imzolangan   do’stliq   hamkorlik   va   o’zaro   yordam   haqida   shartnoma
asosida yo’lga qo’yildi va rivojlandi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi  Prezidenti
I.A.Karimovning   1993   yil   avgustda   Qirg’izistonga   qilgan   davlat   tashrifi   paytida
ikki   mamlakat   o’rtasida   1994-2000   yillarga   mo’ljallangan   iqtisodiy   integrasiyani
rivojlantirish   to’g’risida   Bayonot   imzolandi.   Bu   hujjat   ikkala   respublikada   ishlab
chiqilgan   milliy   dasturlarni   muvofiqlashtirishga,     xomashyo   va   ishchi   kuchidan,
13 ilmiy   salohiyatdan   unumli   foydalanishga   qaratilgan.   Ikki   davlat   o’rtasida   turli
sohalarda   hamkorlikni   mustahkamlash   haqida   bitimlar   imzolangan.   1994   yil   16-
yanvarda   I.A.Karimov   Qirg’izistonda   bo’ldi,   tovarlar,   xizmatlar,   sarmoyalar   va
ishchi   kuchlarini   erkin   o’tib   yurishini   nazarda   tutuvchi   hamda   o’zaro   kelishilgan
savdo-sotiq,  byudjet, soliq, narh boj va valyuta  siyosatini belgilovchi shartnomani
imzoladi.   Bu   hujjatlar   asosida   ikki   respublika   o’rtasida   qardoshlik   aloqalari,   ikki
tomonlama   hamkorlik   rivojlanib   bormoqda.   2000   yilda   O’zbekistonda   22   ta
o’zbek-qirg’iz   qo’shma   korxonasi,   Qirg’izistonda   61   ta     qirg’iz-o’zbek     qo’shma
korxonasi faoliyat yuritdi.
Tojikistonda   1992-1996   yillarda   davom   etgan   birodarkushlik   urushi
Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo’shni mamlakatlar,
shu jumladan, O’zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi. O’zbekiston
Respublikasi  Birinchi   Prezidenti  I.A.Karimov taklifiga binoan 1998 yil 4-yanvar
kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov  O’zbekistonga amaliy tashrif bilan
keldi.   Ikki   mamlakat   rahbarlari   tashrif   yakunlari   bo’yicha   qo’shma   axborot
imzoladilar.Uchrashuv   paytida   ikki   davlat   o’rtasida   ijtimoiy-iqtisodiy   sohalarda
hamkorlik   bo’yicha   bitimlar   imzolandi.   O’zbekiston   va   Tojikiston   munosabatlari
o’zining   yangi   mustahkamlanish   va   taraqqiyot   davriga   o’tdi.   O’zbekiston   bilan
Tojikiston   o’rtasidagi   tovar   ayirboshlash   hajmi   1997   yilda   50   million   AQSh
dollaridan oshdi. 2000 yilda O’zbekistonda 15 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi,
Tojikistonda 3 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi faoliyat ko’rsatdi.
Mustaqillik   yillarida   O’zbekiston   va   Turkmaniston   Respublikalari   o’rtasida
ham   do’stlik   va   ikki   tomonlama   hamkorlik   aloqalari   yo’lga   qo’yildi   va   hozirgi
davrda bu hamkorlik  rivojlanib bormoqda. 
2017   yil   23-24   aprel   kunlari   Turkmaniston   Prezidenti   Gurbanguli
Berdimuhammedov   davlat   tashrifi   bilan   O’zbekistonda   bo’ldi.   Uchrashuvda   ikki
mamalakat   o’rtasida   savdo   uylari   ochish,   ishbilarmonlar   kengashi   tashkil   etish,
transport, tranzit, qishloq xo’jaligi, fan texnika, sport va boshqa sohalarga doir 17
ta   hujjat   imzolandi.   Oliy   o’quv   yurtlari   o’rtasida,   axboroyt   komunikatsiyta
sohasida   15   ta   hujjat   imzolandi.   Toshkent   shahrida   turkman   shoiri   Maftunquliga
atab   ko’cha   va   unga   me’moriy   yodgorlik   ochildi.   Toshkent   shahrida   10   gektar
maydonni egallagan Ashqabot saylgohi ochilib, unda Turkmaniston ramzi bo’lgan
ahalteki otlarining haykallari o’rnatildi. 
O’zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalari
Mustaqil   O’zbekiston   birinchi   navbatda   Yaqin   va   O’rta   Sharq   hamda   arab
mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlar o’rnatish va rivojlantirishga kirishdi. 
Turkiya   O’zbekiston   Respublikasi   mustaqilligini  1991  yil   16 dekabrda  tan
olgan.   Diplomatik   aloqalar   1992   yil   4   martda   o’rnatilib,   shu   yil   aprel   oyida
Turkiyaning   Toshkentda   elchixonasi   ochilgan.   1993   yil   may   oyidan   Anqarada
O’zbekiston   elchixonasi   faoliyat   ko’rsatib   kelmoqda.   O’zbekiston   Respublikasi
Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   4   marotaba   Turkiyaga   tashrif   buyurgan   (1991,
1994, 1997 va 1998 yy.).
14 2017   yil   25-26   oktyabr   kunlari   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi amalga oshirildi.
Turkiya  prezidentlari  T.Ozal  (1993y.),  S.Demirel  (1996y.,  1996y.,  1999y.),
N.Sezer   (2000y.)   R.Erdog’an   (2016y.),   bosh   vazirlari   S.Demirel   (1992y.),
T.Chiller   (1995y.),   M.Yilmaz   (1998y.)   va   R.Erdog’an   (2003y.)   O’zbekistonga
rasmiy tashrif buyurgan.
O’zbekistonga   Turkiya   Tashqi   ishlar   vazirlari   X.Chetin   (1994y.),   I.Jem
(2000-2001yy.),   A.Davutoglu   (2014y.),   M.Chavushog’lu   (2017   va   2018yy.),
Turkiyaga O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri (2003y.) tashrif buyurgan.
2014   yil   avgust   oyida   O’zbekiston   Respublikasi   Tashqi   ishlar   vaziri   A.Komilov
Anqara   shahrida   o’tkazilgan   Turkiya   Prezidenti   R.T.Erdog’anning   inaugurasiya
marosimida ishtirok etdi.
O’zbekiston   va   Turkiya   tashqi   ishlar   vazirliklari   o’rtasida   siyosiy
maslahatlashuvlarning 9 ta raundi o’tkazilgan (oxirgisi 2018 yil 20 martda Anqara
shahrida).
2017   yil   14   oktyabrda   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Turkiya
Respublikasi   Buyuk   Millat   Majlisi   bilan   hamkorlik   bo’yicha   parlamentlararo
guruhi   tuzildi.   Uning   rahbari   Oliy   Majlis   Senati   raisining   birinchi   o’rinbosari
S.Safoyev hisoblanadi.
Turkiya   O’zbekistonning   yirik   savdo-iqtisodiy   hamkorlaridan   biri
hisoblanadi   (Rossiya,   Xitoy   va   Qozog’istondan   keyin   4-o’rinda).2017-yil
yakunlariga ko’ra, o’zbek-turk savdo aylanmasi hajmi 1,5 milliard AQSh dollarini
tashkil etdi.
1991   yil   16-19-dekabr   kunlari   I.A.Karimov   boshliq   O’zbekiston   davlat
delegasiyasi   Turkiyada   bo’ldi.   Safar   chog’ida   O’zbekiston   Respublikasi   bilan
Turkiya jumhuriyati o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari
to’g’risida   shartnoma,   konsullik   vakolatxonalarini   ayirboshlash   to’g’risida
Protokol   imzolandi.   Shu   bilan   bir   qatorda   safar   chog’ida   iqtisodiyot,   savdo,
madaniyat,   fan,   ta’lim,   sog’liqni   saqlash,   sport   va   turizm,   transport   va
kommunikasiyalar   bo’yicha   hamkorlik   qilish   haqida   bitim,   protokol   va   hujjatlar
imzolandi.   O’zbekiston   bilan   Turkiya   o’rtasidagi   munosabatlar   keyingi   yillarda
ancha   kengaydi.1992   yil   28-aprel   kuni   O’zbekistonda   Turkiya   elchixonasi,
Turkiyada esa O’zbekiston elchixonasi ochildi va faoliyat yuritmoqda. Ikki davlat
o’rtasida   hamkorlik   gazlama   va   tayyor   kiyim-kechak   ishlab   chiqarish,   qishloq
xo’jalik   mahsulotlarini   qayta   ishlash,   qo’shma   korxonalar   qurish,   kadrlar
tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar bermoqda.
O’zbekistonda   Turkiya   sarmoyadorlari   ishtirokida   200   dan   ortiq   qo’shma
korxonalar barpo etildi. Ikki mamalakat o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlash hajmi
1992 yilda 75 million AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 1998 yilda 275 million
dollarga ko’paydi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017 yil 25-26 oktyabr
kunlari   Turkiya   Respublikasi   Prezidenti   Rejep   Tayyip   Erdug’onning   taklifiga
binoan   Turkiya   davlatiga   tashrif   buyurdi.   Uchrashuvda   ikki   mamlakat   o’rtasida
savdo-   iqtisodiy,   siyosiy,   turizm,   transport,   logistika,   madaniy-   gumanitar   va
15 boshqa   sohalarda,   jami   3.5   mld   dollar   hajmidagi   30   dan   ortiq   loyihalar   bo’yicha
bitimlar   imzolandi.   Tashrif   chog’ida   ikki   mamalakat   o’rtasida   tovar   ayrboshlash
hajmi 2020 yillarga borib 3-4 mld dollarga yetkazishga kelishuvga erishildi. 
Pokiston  Islom Respublikasi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-
yil  20  dekabrda tan  oldi. Ikki  mamlakat   o’rtasida  diplomatik munosabatlar  1992-
yil   10-mayda   o’rnatilgan.   Pokistonning   Toshkentdagi   Elchixonasi   1992-yilning
iyun   oyida   ochildi.   O’zbekistonning   Islomoboddagi   Elchixonasi   1994-yil   iyul
oyidan boshlab faoliyat ko’rsatmoqda.
1992-yil   martidan   2001-yil   oktyabriga   qadar   Karachi   shahrida
O’zbekistonning Bosh konsulxonasi faoliyat yuritdi.
O’zbekiston   Respublikasining   Birinchi   Presidenti   Islom   Karimov
Pokistonga 1992-yilning avgusti va 2006-yilning may oylarida tashrif buyurdi.
Hozirgi   vaqtga   qadar   quidagi   ikki   mamlakatlar   o’rtasida   tashriflar   bo’lib
o’tdi;  bosh   vazir  N.Sharif   (1992-yil   iyun),  bosh   vazir  B.Bhutto  (1995-yil  may  va
noyabr),   president   F.Legari   (1996-yil   oktyabr),   president   P.Musharraf   (2005   yil
mart),   bosh   vazir   Sh.Aziz   (2007-yil   mart),   bosh   vazir   Y.Giloniy   (2011-yil   mart),
bosh vazir N.Sharif (2015-yil noyabr).
2010-yil iyun oyida Pokiston Prezidenti A.Zardari Toshkentda bo’lib o’tgan
ShHT sammitida ishtirok etdi. 2016-yil iyun oyida Pokiston Prezidenti M.Husayn
Toshkentda o’tkazilgan ShHT sammitida qatnashdi.
2017-yil   8-iyunda   Ostona   shahrida   bo’lib   o’tgan   ShHT   sammiti   doirasida
O’zbekiston   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev   Pokiston   Bosh   vaziri   N.Sharif   bilan
uchrashdi.
2017-yil 17-sentyabrda Ostonada o’tkazilgan islom hamkorlik tashkilotining
(IHT)   Fan   va   texnologiyalar   bo’yicha   sammitida   O’zbekiston   Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev Pokiston Prezidenti M.Husayn bilan uchrashuv o’tkazdi.
2018-yil   iyun   oyida   ShHTning   Sindao   sammiti   doirasida   O’zbekiston
Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev   va   Pokiston   Prezidenti   M.Husaynning   uchrashuvi
bo’lib o’tdi.
Ikki   tomonlama   munosabatlarning   shartnoma-huquqiy   asosini   42
davlatlararo,   hukumatlararo   va  idoralararo  hujjatlar   tashkil   etib,   ular   ekstradisiya,
jinoiy   ishlarda   o’zaro   yordam,   terrorizmga   qarshi   kurash,   havo   qatnovi,   yuklarni
transit tashish, savdo-iqtisodiy hamkorliq kichik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-
quvvatlash,   ikkiyoqlama   soliqqa   tortishdan   voz   kechish,   giyohvand   moddalar
savdosiga qarshi kurash va boshqa sohalarni qamrab oladi.
O’zbekiston va Pokiston hukumatlararo savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy
hamkorlik bo’yicha qo’shma komissiyasi 1993-yilda tuzilgan bo’lib, uning so’nggi
5-yig’ilishi 2011-yil mart oyida Islomobadda bo’lib o’tgan.
Imzolangan   Savdo-iqtisodiy   hamkorlik   to’g’risidagi   bitimga   ko’ra,   ikki
davlat o’rtasidagi o’zaro savdoda imtiyozlar berish joriy etilgan.
2018-yil yanvar-noyabr oylarida o’zaro savdo ko’rsankichi 92,4 mln.ga etdi,
eksport 28,7 mln., import 63,7 mln.
2017-yil 5 apreldan boshlab “Toshkent-Lahor-Toshkent” yo’nalishi bo’yicha
haftasiga ikki parvoz qayta tiklandi.
16 O’zbekistonda   Pokiston   kapitali   ishtirokida   tuzilgan   81   korxona   ishlab
turibdi.  Ularning  4  tasi  100  foiz  Pokiston  sarmoyasi   asosida  faoliyat   yuritmoqda.
23   qo’shma   korxona   2018-yilda   tashkil   etilgan.   Ular   asosan   savdo,   to’qimachiliq
qog’oz,   charm,   oziq-ovqat   mahsulotlari   ishlab   chiqarish,   transport   va   sayyohlik
xizmatlari kabi sohalarda ishlaydi.
Eron   Islom   Respublikasi   1991-yilning   25-dekabrida   O’zbekiston
Respublikasining mustaqilligini rasman tan oldi.
1992-yil   10-mayda   O’zbekiston   va   Eron   o’rtasida   diplomatik   aloqalar
o’rnatildi.
Eronning   Toshkentdagi   elchixonasi   1992-yil   noyabr   oyida   va
O’zbekistonning Tehrondagi elchixonasi 1995-yil may oyida ochilgan.
O’tgan   muddat   davomida   O’zbekistonning   birinchi   Prezidenti   Islom
Karimovning   Eronga   to’rt   bor   tashrifi   amalga   oshirildi.   (1992   va   2003-yillarda
rasmiy, 1996 va 2004-yillarda EKO sammiti doirasida).
O’z   navbatida   Eron   prezidentlari   A.Rafsanjoni   (1993-yil   oktyabr)   va
S.Hotamiylarning (2002-yil aprel) O’zbekistonga rasmiy tashriflari bo’lib o’tgan.
Islom   hamkorlik   tashkilotining   (IHT)   2017-yil   sentyabrda   Ostonada
o’tkazilgan fan va texnologiyalar bo’yicha birinchi sammiti doirasida O’zbekiston
Prezidenti   Sh.   Mirziyoyevning   Eron   Islom   Respublikasi   Prezidenti   H.Ruhoniy
bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Tashqi   ishlar   vazirining   orinbosari   darajasida   muntazam   ravishda
O’zbekiston-Eron   siyosiy   maslahatlashuvlari   o’tkaziladi.   Siyosiy
maslahatlashuvlarning 5-davrasi 2017-yilning 13-martida Toshkentda o’tkazildi.
Hozirgi   kunda   O’zbekiston   va   Eron   munosabatlarining   shartnomaviy-
huquqiy   asosini   siyosiy,   iqtisodiy   madaniy   sohalarda   imzolangan   55   ta   hujjat
tashkil etadi.
O’zbekiston   Respublikasi   va   Eron   Islom   Respublikasi   o’rtasida   savdo-
iqtisodiy   va   ilmiy-texnikaviy   hamkorlik   bo’yicha   Hukumatlararo   qo’shma
komissiya  tashkil  etilgan.  2018-yilning  aprel   oyida Tehron shahrida  O’zbekiston-
Eron qo’shma komissiyasining 12-yig’ilishi bo’lib o’tdi.
2018-yil natijalariga ko’ra, o’zaro tovar ayirboshlash ko’rsatkichlari  $306,5
mln,   shu   jumladan   O’zbekison   eksporti   –   $172,5   mln.,   import   esa   $133,9   mln.
hajmida qayd etildi.
O’zbekistonda   Eron   sarmoyasi   ishtirokida   tashkil   etilgan   116   dan   ortiq
korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan 19 tasi to’liq Eron sarmoyasi asosida ish
olib bormoqda.
O’zbekistonning Eronga eksporti paxta, paxta tolasi, qora va rangli metallar,
mineral   o’g’itlar,elektomexanik   jihozlar,   mevalar,   quruq   mevalar   va   plastmassa
mahsulotlaridan iborat bo’lmoqda.
2011-yilning   25-aprelida   Ashxabodda   tashqi   ishlar   vazirlarining   to’rt
tomonlama   yig’ilishida   O’zbekiston-Turkmaniston-Eron-O’mon   temir   yo’l
koridorini shakllantirish bo’yicha hujjat imzolandi.
Hozirgi   davrda   O’zbekistonning   Misr   Arab   Respublikasi ,   Isroil,   hamda
Quvayt  dalatlari bilan har tomonlama aloqalari kengayib bormoqda. 
17 Misr   Arab   Respublikasi   O’zbekiston   Respublikasi   mustaqilligini   1991-yil
26-dekabrda   tan   olgan.   2017-yilda   O’zbekiston   va   Misr   o’rtasida   diplomatik
aloqalar o’rnatilganiga 25 yil to’ldi (1992-yil 23-yanvar).
Misrning   Toshkentdagi   elchixonasi   1993-yil   may   oyidan,   O’zbekiston
diplomatik   vakolatxonasi   esa   1994-yil   dekabrdan   Qohirada   o’z   faoliyatlarini
boshladilar.
Ikkitomonlama   aloqalar   rivojiga   O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi
Prezidenti   I.A.Karimovning   1992-yil   dekabr   va   2007-yil   aprel   oylarida   Misrga
amalga oshirgan rasmiy tashriflari sezilarli turtki bo’ldi.
2018-yil   4-5-sentyabr   kunlari   Misr   Prezidenti   A.as-Sisining   O’zbekistonga
tashrifi bo’lib o’tdi. Tashrif davomida O’zbekiston-Misr hamkorligini rivojlantirish
bo’yicha   istiqbolli   yo’nalishlar   muhokama   etilib,   12   ta   ikki   tomonlama   hujjatlar
imzolandi.
O’zbek-misr   munosabatlari   halqaro   va   mintaqaviy   tashkilotlar,   xususan,
Birlashgan   millatlar   tashkiloti   va   Islom   hamkorlik   tashkiloti   doirasida   olib
borilmoqda.
Hozirda,   ikki   mamlakat   shartnoma-huquq   bazasini   62   ta   davlatlar,
hukumatlar va idoralararo hujjatlar tashkil etadi.
Hozirga   qadar   O’zbekiston   va   Misr   savdo-iqtisodiy   hamkorlik   bo’yicha
hukumatlararo qo’shma komissiyasining oltita yig’ilishi bo’lib o’tgan.
O’zbekiston   Respublikasi   Misr   Arab   Respublikasi   Tashqi   ishlar   vazirligi
huzuridagi   Hamkorlikni   rivojlantirish   agentligi   bilan   yaqindan   ishlab   kelmoqda.
1993-yildan   bugungi   kunga   qadar   mazkur   muassasa   tomonidan   tashkil   etilgan
diplomatiq   sayyohliq   arab   tilini   o’rganish   va   boshqa   o’quv   kurslarida   mingdan
ziyod mamlakatimiz vakillari ishtirok etdilar.
Ijtimoyi-madaniy sohada ham muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan,
1997-yilda   “O’zbekiston-Misr”,   2000-yilda   esa   “Misr-O’zbekiston”   do’stlik
jamiyatlariga   asos   solingan   va   hozirda   muvaffaqiyatli   faoliyat   ko’rsatib
kelmoqdalar.
2018-yilning  10-13-oktyabr   kunlari   Misr   Bosh   imomi,  Al-Azhar   majmuasi
shayxi Ahmad at-Tayyibning O’zbekistonga tashrifi amalga oshirildi.
Isroil   Davlati   O’zbekiston   Respublakasi   mustaqilligini   1991-yil   25-
dekabrda   tan   oldi.   1992-yil   21-fevralda   ikki   tomonlama   diplomatik   aloqalar
o’rnatildi.
1998-yil 14-16-sentyabrda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Islom Karimov Isroilga davlat tashrifini amalga oshirdi.
1994-yil   iyulda   Isroil   Tashqi   ishlar   vaziri   Sh.Peres   O’zbekistonga   tashrif
buyurdi,   1997-yil   aprelda   esa   O’zbekiston   Tashqi   ishlar   vaziri   A.Komilovning
Isroilga javob tashrifi amalga oshirildi.
Tomonlar muntazam ravishda ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida
siyosiy   maslahatlashuvlarni   o’tkazib   boradi.   Hozirgi   kunga   qadar   ikki   mamlakat
tashqi   ishlar   vazirliklari   o’rtasida   siyosiy   maslahatlashuvlarning   4   ta   davrasi
o’tkazilgan.   Siyosiy   maslahatlashuvlarning   oxirgi   to’rtinchi   davrasi   2016-yil   30-
mart kuni Toshkentda bo’lib o’tgan.
18 O’zbekiston-Isroil   munosabatlarining   huquqiy   bazasi   19   ta   hujjatlardan
iborat (14 tasi davlatlararo va hukumatlararo, 5 tasi idoralararo hujjatlar).
Ikki   davlat   o’rtasida   savdo-sotiq   aloqalarida   eng   qulay   rejim   o’rnatilgan.
2018-yil   yanvar-noyabr   oylari   yakuni   bo’yicha   umumiy   savdo   aylanmasi   $51.4
mln. (eksport - $16.1 mln., import - $35.2 mln.) tashkil etdi.
Hozirgi   kunda   O’zbekiston   Respublikasida   Isroil   sarmoyasi   ishtirokida   37
korxonalar   va   shulardan   7   tasi   100%   xorijiy   sarmoyasi   bilan   mavjud.   Ushbu
korxonalar   xorijiy   kapital,   turizm,   ulgurji   savdo,   oziq-ovqat   ishlab   chiqarish,
moliyaviy   va   boshqaruv   masalalari   bo’yicha   maslahat   xizmatlari   yo’nalishida
faoliyat yuritib kelmoqda.
2018-yil   10-fevraldan   Isroil   fuqarolari   uchun   30   kunlik   vizasiz   rejimi
qo’llanishi   munosabati   bilan   O’zbekistonga   ushbu   davlatdan   keladigan   turistlar
soni ikki baravariga oshdi va 10 mingdan ortiqni tashkil etdi.
Quvayt   Davlati   O’zbekiston   Respublikasi   mustaqilligini   1991-yil   30-
dekabrda   tan   olgan.   Davlatlar   o’rtasida   diplomatik   munosabatlar   1994-yil   iyul
oyida o’rnatilgan.
2001-yilda   Kuvayt   Davlati   Toshkent   shahrida   o’z   elchixonasini   ochdi.
O’zbekiston   Respublikasining   Kuvayt   Davlatidagi   elchixonasi   2004-yilning
noyabr oyidan boshlab faoliyat olib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2004-yilning
19-20-yanvarida Kuvayt Davlatiga uyushtirgan rasmiy tashrifi davlatlar o’rtasidagi
munosabatlarning rivojlanishiga turtki berdi va tashrif chog’ida yaratilgan huquqiy
baza ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga asos soldi.
2008-yilning   iyul   oyida   Kuvayt   amiri   shayx   Sabah   al-Ahmad   al   Jaber   as-
Sabah O’zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif amalga oshirdi. Tashrif chog’ida
o’zbek-kuvayt   munosabatlarini   mustahkamlashga,   savdo-iqtisodiy   va   sarmoyaviy
hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolandi.
2017-yil   iyun   oyida   O’zbekistonda   Kuvait   Milliy   assambleyasi   bilan
hamkorlik bo’yicha parlamentlararo guruh tashkil etildi.
2018-yil   4-dekabr   kuni   al-Kuvayt   shahrida   O’zbekiston   va   Kuvayt   Tashqi
ishlar vazirliklari o’rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 2-davrasi o’tkazildi.
2018-yilning   6-10-sentyabr   kunlari   Shahrisabz   shahrida   bo’lib   o’tgan
Xalqaro   maqom   san’ati   anjumanida   Kuvayt   madaniyat,   san’at   va   adabiyot   milliy
kengashi   Bosh   kotibining   o’rinbosari   Badr   ad-Duveysh   boshchiligidagi   hay’at
ishtirok etdi.
2018-yilning 25-26-oktyabr kunlari Al-Kuvayt shahrida O’zbekiston yoshlar
simfonik   orkestrining   konsertlari   hamda   milliy   hunarmandchilik   ko’rgazmasi
tashkil etildi.
Mustaqillik   yillarida   O’zbekistonnnig   Yaqin   Sharq   va   Afrika   davlatlari
xususan,   Saudiya   Arabistoni   hamda   Ummon   Sultonligi   bilan   aloqalari   tobora
mustahkamlanmoqda
Saudiya   Arabistoni   Podshohligi   O’zbekiston   Respublikasining   davlat
mustaqilligini   1991-yil   30-dekabrda   tan   oldi.   1992-yil   fevralda   mamlakatlarimiz
o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi.
19 O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   1992-yil   aprel
oyida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.
1992-yil   noyabrda   Jiddada   O’zbekistonning   Bosh   konsulxonasi,   1995-yil
mayda   O’zbekistonning   Riyozdagi   elchixonasi   o’z   faoliyatini   boshladi.   1997-yil
martdan Toshkentda Saudiya Arabistonining elchixonasi faoliyat ko’rsatmoqda.
2012-yil   aprel   oyida   Saudiya   Arabistoni   Sho’ro   kengashi   (parlament)   raisi
Abdulla Ol ash-Sheyx boshchiligidagi delegasiya O’zbekistonga tashrif buyurdi.
2017-yil   21-may   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol-Saudning taklifiga binoan
Saudiya   Arabistonida   bo’lib,   arab-musulmon   va   Qo’shma   Shtatlar   sammitida
ishtirok etdi. Sammit doirasida O’zbekiston Prezidenti bir necha davlat rahbarlari,
jumladan, Saudiya Arabistoni Podshohi bilan uchrashdi.
2018-yil   27-mart   Saudiya   Arabistoni   tashqi   ishlar   vazirining   o’rinbosari
A.Mirdad   boshchiligidagi   delegasiya   Afg’oniston   bo’yicha   "Tinchlik   jarayoni,
xavfsizlik   va   mintaqaviy   hamkorlik   sohasidagi   hamkorlik"   deb   nomlangan
Toshkent konferensiyasida ishtirok etdi.
2018-yil   3-dekabr   kuni   Riyoz   shahrida   O’zbekiston   va   Saudiya   Arabistoni
Tashqi   ishlar   vazirliklari   o’rtasida   siyosiy   maslahatlashuvlarning   3-davrasi
o’tkazildi.
2011-yil iyun oyida Toshkent shahrida ikki davlat o’rtasidagi Hukumatlararo
qo’shma komissiyaning 3-yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish natijalari asosida tegishli
protokol   hamda   investisiyalarni   rag’batlantirish   to’g’risidagi   hukumatlararo   bitim
imzolandi.
2018-yil   11-16-dekabr   kunlari   Saudiya   Arabistoni   Savdo-sanoat   palatalari
kengashi   rahbari   Somi   al-Ubaydiy   boshchiligidagi   delegasiyaning   O’zbekistonga
tashrifi bo’lib o’tdi.
2019-yil   20-26-yanvar   kunlari   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   qoshidagi   Din   ishlari   bo’yicha   qo’mita   raisi   J.Akramov
boshchiligidagi   hay’at   Saudiya   Arabistoniga   tashrif   buyurdi.   Tashrif   chog’ida
Saudiya   Arabistoni   Podshohligi   Haj   va   Umra   ishlari   vaziri   Salih   Bintayn   bilan
uchrashuv o’tkazildi.
O’mon Sultonligi  O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 1991-
yil dekabrda tan olgan. 1992-yil 22-aprelda mamlakatlarimiz o’rtasida diplomatik
munosabatlar o’rnatilgan.
2009-yil   oktyabr   oyida   O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti
I.A.Karimov davlat tashrifi bilan O’mon Sultonligida bo’ldi. Tashrif chog’ida 19 ta
hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.
2010-yil aprel oyidan Toshkentda O’mon Sultonligining elchixonasi faoliyat
yurita   boshladi.   2018-yil   iyul   oyidan   boshlab   O’zbekiston   Respublikasining
Masqat shahridagi elchixonasi faoliyat ko’rsatmoqda.
2014-yilning   6-avgustida   Tashqi   ishlar   vaziri   Abdulaziz   Komilov
boshchiligidagi   O’zbekiston   delegasiyasi   O’zbekiston-Turkmaniston-Eron-O’mon
transport   yolagini   yararish   bo’yicha   to’rt   tomonlama   vazirlar   uchrashuvida
20 qatnashdi   (Masqat,   O’mon).   Uchrashuv   doirasida   Tashqi   ishlar   vaziri   Abdulaziz
Komilov O’mon Tashqi ishlarga mas’ul vaziri Yusuf bin Alaviy bilan uchrashdi.
2018-yil   15-mart   kuni   O’zbekiston   Respublikasi   Bosh   vaziri   A.Aripov   va
Ummon meros va madaniyat vaziri Haisam ibn Tariq al-Said Ummon tomonining
moliyaviy yordami bilan qurilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
institutining yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etdi.  
Sovet   tuzumi   davrida   mamlakatlarimiz   xalqlari   vakillari   qanchalik
intilmasinlar,   qanchalik   harakat   qilmasinlar,   O’zbekiston   –   Xitoy   hamkorligi
cheklanganligicha   qolib   ketavergan   edi.   O’zbekiston   Respublikasi   mustaqillikni
qo’lga   kiritgandan   keyin   ko’p   asrlar   davomida   shakllanib   kelgan   o’zbek   va   xitoy
xalqlari   o’rtasidagi   do’stliq   hamkorlik   aloqalarini   tiklash,   umuman,   ko’p
tomonlama faol tashqi siyosat yuritish imkoniyati paydo bo’ldi. 
Xitoy   O’zbekiston   Respublikasining   mustaqilligini   tan   olgan   dastlabki
davlatlardan biri hisoblanadi (1991 yil 27 dekabr). 1992 yil 2 yanvarda XXR tashqi
savdo   va   iqtisodiy   hamkorlik   vaziri   Li   Lyansinning   O’zbekistonga   tashrifi
davomida  ikki   mamlakat   o’rtasida  diplomatik munosabatlarni  o’rnatish  to’g’risida
Bayonnoma imzolangan.  
1992   yil   12 – 14   mart   kunlari   O’zbekiston     Respublikasining   Birinchi
Prezidenti   Islom   Karimov   boshchiligidagi   hukumat   delegasiyasi   XXR   raisi   Yan
Shankunning  taklifiga  binoan  Xitoyga   tashrif   buyurdi.   Tashrif   davomida   XXR   va
O’zbekiston   Respublikasi   o’rtasidagi   hamkorlik   to’g’risidagi   yigirmaga   yaqin
muhim hujjatlar imzolangan.   O’zbekiston   Respublikasi   va   XXR   o’rtasidagi
o’zaro   munosabatlarning   tamoyillari   to’g’risidagi   Shartnoma,   O’zbekiston
Respublikasi   va   XXR   qishloq   xo’jaligi   vazirliklari   o’rtasidagi   hamkorlik
to’g’risidagi   Bitim,   O’zbekiston   Respublikasi   va   XXR   tashqi   ishlar   vazirliklari
o’rtasida   konsultasiyalar   o’tkazish   to’g’risidagi   Bayonnomalar   o’zaro   hamkorlikni
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 
Ikki   davlat   xukumatlarining   o’zaro   kelishuviga   va   imzolangan   bitimlariga
asosan,   1992   yilda   Xitoyning   O’zbekistondagi   elchixonasi   rasman   o’z   faoliyatini
boshladi.   O’z   navbatida,   O’zbekiston   Respublikasining   XXRdagi   elchixonasi
1 9 9 5   y i l   6   m a y d a   Pekin   shahrida   ochildi.   Shuningdeq   savdo-tijorat   ishlari
bo’yicha   vakolatxonamiz   Xitoyning   15   eng   yirik   shaharlaridan   biri   hisobangan
Shanxay shahrida o’z  faoliyatini bugungi kunga qadar samarali olib bormoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Birinchi  Prezidenti I.A.Karimovning 1994 yil 24 –
26 oktyabr kunlari Xitoyga tashrifi davomida imzolangan O’zbekiston Respublikasi
bilan XXR o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning asosiy prinsiplari, o’zaro manfaatli
hamkorlikni   rivojlantirish   va   chuqurlashtirish   to’g’risidagi   Bayonnoma   o’zaro
munosabatlar   tarixidagi   yangi   sahifani   ochib   berdi.   Ushbu   tashrif   doirasida
imzolandgan   “O’zbekiston   Respublikasi   bilan   XXR   o’rtasida   o’zaro
munosabatlarning   asosiy   prinsiplari   to’g’risida”   qo’shma   Deklarasiya   muhim   rol
o’ynadi.
O’zbekiston va Xitoyning savdo–iqtisodiy hamkorligi .
21 O’zbekiston   va   Xitoy   savdo-iqtisodiy   aloqalarining   rivojlanish   bosqichlari
tahlillariga ko’ra, biz ikki mamlakat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojini 3
ta muhim bosqichga bo’lib olishni lozim topdik:
1-bosqich 1992-1996 yillar;
2-bosqich 1997-2005 yillar; 
3-bosqich esa 2006- yildan keyingi davrni o’z ichiga oladi. 
Ikki   mamlakat   o’rtasidagi   savdo   aylanmasi   1993   yilda   71,9   million   AQSh
dollarini  tashkil  etgan. O’zbekistondan Xitoyga umumiy qiymati 36,6 mln .   AQSh
dollari bo’lgan mahsulotlar eksport qilingan bo’lsa, Xitoydan O’zbekistonga import
35,3 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.   O’zaro savdo aylanmasidagi musbat saldo
1,3 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan. 1994 yilda ikki mamlakat o’rtasidagi savdo
aylanmasi, deyarli ikki baravarga oshgan va 165 mln.  AQSh dollarini tashkil et gan .
Jumladan, eksport   76,9 mln. AQSh dollarini, import esa 88,1 mln. AQSh dollarini
tashkil et gan . O’zaro savdo aylanmasida 11,2 mln. AQSh dollari miqdorida  manfiy
saldo qayd etil gan .   Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aloqalari keyingi yillarda   ham
rivojlanib bordi va 1995  –  1996 yillarda o’zaro savdo aylanmasi 218 , 6 mln. AQSh
dollarini tashkil etdi.  
O’zbekistonning   1995-yildagi  eksport hajmi  3   719.9 mln. AQSh $ ni tashkil
etgan bo’lsa, undagi  Xitoy ulushi  bor – yo’g’i 1,0   % dan iborat  bo’lgan. Ammo
yildan – yilga bu ko’rsatkich o’sib borgan. 1996-yilga kelib ikki davlat o’rtasidagi
tovar   ayirboshlash   hajmi   2.8   martaga   o’sdi.   Lekin   1998,   1999,   2000-yillarda   bu
ko’rsatkich   yana   pasayib   1,0,   0,5,   0,7%   ni   tashkil   etgan.   2000-yilda
O’zbekistonning   eksport   hajmi   3264.7   mln.   AQSh   $   ni   tashkil   etgan.   2004-yilga
kelib,   O’zbekistonning   tashqi   savdosidagi   Xitoyning   ulushi   2.1   %ga   ko’tarildi.
Eksportning   26.2   %   (974.4   mln.   AQSh   $)   Osiyo   qit’asiga   to’g’ri   kelgan   bo’lsa,
shundan   0.7   %   i   Xitoyga   to’g’ri   kelgan.   Bu   juda   ham   past   ko’rsatkichdir.
Solishtirish   maqsadida,   O’zbekistonning   Gollandiya   bilan   tashqi   savdosini   ko’rib
chiqadigan   bo’lsaq   1995-yilda   O’zbekiston   Gollandiyaga   156,8   mln.   AQSh   $
miqdorida mahsulot  eksport qilgan. Uning mamlakat  umumiy eksportidagi  ulushi
4.2 % ni tashkil etgan. 2000-yilga kelib bu ko’rsatkich 2.6 %ga pasaygan.
2006   yilda   O’zbekiston   va   Xitoy   o’rtasidagi   tashqi   savdo   aylanmasi   2005-
yilga   nisbatan,   -   43.8   %   ga   o’sib   deyarli   698   mln.   AQSh   $   ni   tashkil   etgan.   Bu
davrga   kelib   O’zbekiston   tashqi   savdo   aylanmasida   Xitoyning   ulushi   deyarli   6.5
%ga o’sgan. 2008 yil yakunlariga ko’ra, ikki mamlakat o’rtasidagi tovar aylanmasi
1,3   mlrd.   AQSh   dollariga   yetdi   (2007   yilga   nisbatan   43   %   ortdi),   shu   jumladan,
eksport 257,4 mln. AQSh dollarini, import 1.040 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.
O’zbekiston   bilan   Xitoy   o’rtasida   iqtisodiy   sohada   eng   ko’p   qulaylik
yaratish   tartibi   amal   qilmoqda.   O’zaro   tovar   ayirboshlash   xajmi     2012   yilda   3,4
milliard   AQSh   dollariga   yetdi.   2013   yilning   birinchi   yarmi   yakunlariga   ko’ra,
mazkur   ko’rsatkich   2,3   milliard   dollarni   tashkil   etdi.   Bu   o’tgan   yilning   shu
davridagiga   nisbatan   59   %   ko’pdir.   O’zbekistonda   (2013   yilda)   Xitoy   sarmoyasi
ishtirokida tuzilgan 455 qo’shma korxona faoliyat  yuritdi. Ularning 70 tasi  100%
Xitoy   sarmoyasi   asosida   tashkil   etilgan.   Yurtimizda   Xitoyning   71   kompaniyasi
vakolatxonasi   ishlab   turibdi.   Tashkil   qilingan   qo’shma   korxonalarning   asosiy
22 ulushi   Farg’ona   vodiysiga,   jumladan,   Andijon,   Farg’ona   va   Namangan
viloyatlariga to’g’ri keladi. 
   1.2-jadval 
Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan berilayotgan foizsiz
kredit mablag’laridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari
Komponent nomi                      Kredit mablag’i
mln yuan ming AQSh
dollari
Laboratoriya asbob-uskunalari   17,59 2124
Davolash-tashhis qo’yish asbob-
uskunalari 9,63 1163
Jarrohlik asbob-uskunalari   0,9 109
O’quv asbob-uskunalari   1,88 227
Hammasi:   30,0 3623
O’zbekistonning   mustaqillik   sharoitidagi   Janubiy   Koreya   bilan
hamkorligining huquqiy asoslarining shakllantirilishi 1991-yil 31-dekabrga to’g’ri
keladi.   Mazkur   sanada   Koreya   Respublikasi   O’zbekistonning   mustaqil   davlat
sifatidagi   suverenitetini   e’tirof   etdi.   Ikki   mamlakat   o’rtasidagi   rasmiy   diplomatik
aloqalar 1992-yil 29-yanvar kuni o’rnatildi.
23 O’zbekiston Respublikasi  Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992-yilning 16-
iyunda rasmiy ravishda Janubiy Koreyaga birinchi tashrifini amalga oshirdi. Ushbu
tashrif   davrida   imzolangan   kelishuv   va   shartnomalarda   ikki   davlat   o’rtasidagi
hamkorlinking   huquqiy   asoslariga   dastlabki   poydevorni   qo’ydi   deb   hisoblash
mumkin.   Sababi   tashrif   doirasida   keyingi   aloqalarning   asosiy   tamoyillari   va
yo nalishlarini belgilab beruvchi qo’shma Deklarasiya imzolandi. Unda ikki tomonʻ
yana bir karra bir-birini mustaqil davlat ekanligini tan olishdi, bir-birlarining ichki
ishlariga aralashmasliq kelishmovchiliklarni tinch yo l  bilan va BMT  Nizomidagi	
ʻ
tamoyillari   asosida   hal   qilish,   davlatlar   o’ratisda   o’zaro   do’stlik   munosabatlarini
kengaytirish,   sanoat,   investisiya,   savdo,   tabiiy   resurslarni   o’zlashtirish,   fan   va
texnika,   transport   sohalarida   hamkorlikni   rivojlantirish,   madaniyat,   fan,   ta’lim,
OAV,  sport, turizm  sohalarida  aloqalarni  kengaytirish  kabi   jihatlar   ilgari   surilgan
edi.   Undan   tashqari   ushba   tashrif   doirasida   fan   va   texnika,   savdo,   madaniyat,
sayyohlik   va   boshqa   qator   sohalarda   hamkorlik   qilishga   haqida   kelishuvlar
imzolandi.Undan   tashqari   ikki   davlat   rahbarlari   davlatlar   o’rtasidagi   aloqalarni
kengaytirish uchun birinchi navbatda elchixonalar tashkil etishga kelishib olishdi.
Shunga   asosan   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1994-yil   7-
apreldagi   qaroriga   muvofiq   Janubiy   Koreya   poytaxti   Seul   shahrida   O’zbekiston
Respublikasining Konsullik vakolatxonasini tashkil etildi.Vazirlar Mahkamasining
1996-yil   21-sentyabrdagi   qaroriga   muvofiq   Koreya   Respublikasida   O’zbekiston
Respublikasi elchixonasi faoliyati yulga qo’yildi.
O’zbekiston   Respublikasi   Davlat   statistika   qo’mitasining   ma’lumotlariga
asosan,   2014-yilda   ikki   davlat   o’rtasidagi   tovar   aylanmasi   2016,4   mln.   AQSh
dollarini   tashkil   etdi,   ulardan   eksport   143,7   mln.   AQSh   doll.,   import   –   1872,7
mlrd.   AQSh   doll.   tashkil   qildi.   Janubiy   Koreya   tomonidan   O’zbekiston
iqtisodiyotiga kiritilgan investisiyalarning hajmi 5 mlrd. AQSh doll.dan oshgan.
O’zbekiston-Janubiy Koreya tovar ayirboshlash miqdorida O’zbekistonning
eskportining   asosini   paxta   tolasi   tashkil   qilishini   yuqorida   aytgan   edik   (umumiy
eksportning   69%ni   tashkil   qiladi   ).   Undan   tashqari   O’zbekiston   Koreya
Respublikasiga   uran,   teri   va   qishloq   xo’jalik   mahsulotlarini   eksport   qiladi.
O’zbekiston   bo’lsa   Janubiy   Koreya   importida   asosiy   urg’uni   zamonaviy   ilg’or
texnologiyalarni   olishga   qaratgan.   Chunki   O’zbekiston   iloji   boricha   tayyor
mahsulot   olishdan   ko’ra   uni   o’zimizda   ishlab   chiqarishni   yulga   qo’yishni   asosiy
maqsad deb biladi. Shuning uchun ham ko’pincha raqobatdardosh mahsulot ishlab
chiqarishga qodir bo’lgan texnologiyalarni sotib olishga harakat qiladi. Bu borada
Koreya   Respublikasi   asosiy   o’rinlardan   birini   egallab   kelmoqda.   Janubiy   Koreya
tomoni   2020-yilga   borganda   o’zaro   tovar   ayirboshlash   hajmini   10   mlrd   AQSh
dollarini yetkazishni mo’ljal qilgan. (Solishtirish uchun Qozog’istonda bu raqam 2
mlrd   AQSh   dollarini   tashkil   etishi   rejalashtirilgan)Bu   raqam   Janubiy   Koreyaning
O’zbekiston   bilan   strategik   hamkorlikka   katta   e’tibor   qaratayotganligini   va
o’zining asosiy savdo sherigi sifatida qarayotganligini ko’rsatadi.
Hamkorlikda   tashkil   etilgan   qo’shma   korxonalar .   Mustaqillik   yillarida
O’zbekiston   Respublikasi   rahbariyati   tomonidan   dunyoning   sanoati   zamonaviy
texnologiyalar asosida rivojlangan mamlakatlari bilan hamkorlik qilishga, ularning
24 sarmoyasi   ishtirokida   O’zbekistonda   korxonalar   tashkil   etishga   katta   e’tibor
qaratila   boshlandi.   Ayniqsa   bu   sohani   rivojlantirish   uchun   birinchi   navbatda
qonunchilik bazasi boyitildi. 
Bugungi   kunda   mamlakatimizda   qulay   investisiya   muhiti   shakllantirilgan,
eng ilg’or xalqaro tajribalar asosida xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini
himoya   qilish   kafolatlarining   mustahkam   qonunchilik   bazasi,   shuningdeq   chet   el
kapitali   ishtirokida   tashkil   etilgan   korxonalar   uchun   imtiyoz   va   preferensiyalar
tizimi   yaratilgan.   Chunonchi,   Prezidentimizning   2005   yil   11   apreldagi
“To’g’ridan-to’g’ri   xususiy   xorijiy   investisiyalarni   jalb   etishni   rag’batlantirish
borasidagi   qo’shimcha   chora-tadbirlar   to’g’risida”gi   farmoniga   muvofiq,
to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investisiyalar hajmi 300 ming dollardan 3 million
dollargacha bo’lgan korxonalar 3 yil, 3 milliondan 10 million dollargacha bo’lgan
korxonalar   5   yil,   10   million   dollardan   ortiq   bo’lgan   korxonalar   7   yil   muddatga
yuridik   shaxslar   foydasidan   olinadigan   soliq,   mulk   solig’i   va   boshqa   qator
majburiy to’lovlardan ozod qilinadi.  
Mustaqillik   yillarida   O’zbekistonning   iqtisodiyotini   shartli   ravishda   ikki
guruhga   bo’lish   mumkin.   Ulardan   birinchi   guruhiga   (I.A.Karimov   bularni
“bazovoy” deb ataydi) foydali-mineral xom ashyolarni (tog’-kon va neft-gaz) qazib
olish   va   qayta   ishlash   bilan   bog’liq   bo’lib,   ularga   barcha   jalb   qilingan   xorijiy
investisiyalarning 30-40% to’g’ri keladi. Ikkinchi guruhga mehnat talab qiladigan
va   yakuniy   sikl   bilan   tugaydigan   ishlab   chiqarish   kirib   (avtomobilsozliq
to’qimachilik va tikuvchiliq oziq-ovqat  boshqalar), ularda ishlab chiqarish import
o’rnini   bosishi   kerak.   O’zbekistonag   bu   sohaga   jami   jalb   qilingan   xorijiy
investisiyalarning yarmi to’g’ri keladi.
Koreya   Respublikasi   bilan   1992-yildan   boshlab   qulay   sarmoyaviy   muhim
doirasida   aloqalar   yo lga   qo’yilganligi   ikki   davlat   ishtirokida   va   qolaversa   100%ʻ
Koreya   investisiyasi   ishtirokida   tashkil   etilayotgan   korxonalar   sonining   muttasil
ravishda o’sib borishiga xizmat qildi. 
Birgina misol qilib o’tgan asrning 90-yillarida O’zbekiston Rahbariyati hali
MDH   davlatlarining   ko’pchiligi   iqtisodiyotini   barqarorlashtirishga
erishaolmayotgan   bir   paytda   Asaka   shahrida   Koreya   sarmoyasi   ishtirokida
avtomabil   ishlab   chiqarishni   yo lga   qo’ydi.     1992-yilning   noyabrida   Koreya	
ʻ
Respublikasining   “DEU”   kompaniyasi   bilan   O’zbekistonda   “UzDEUavto”
qo’shma korxonasini ishga tushirish haqida kelishuv imzolandi. Ushbu loyihaning
umumiy   qiymati   1   mlrd   AQSh   dollarini   tashkil   etgan.   Asaka   avtomobilsozlik
korxonasi 1996-yil iyul oyida avtomobillarni ishlab chiqarishni boshladi. 
Avtomobilsozlik   –   janubiy   koreyalik   sheriklar   bilan   birgalikda
O’zbekistonda   o’zlashtirilgan   yuqori   texnologiyali   eng   mashhur   ishlab   chiqarish
sohasi.   Ayni   paytda   Andijon   va   Xorazm   viloyatlari   hamda   Toshkent   shahrida
avtomobilsozlik   korxonalari   faoliyat   ko’rsatmoqda.   O’zbekistonda   sanoatning   bu
sohasiga   Janubiy   Koreyaning   20   kompaniyasi   jalb   qilingan,   18   qo’shma   korxona
tuzilgan.
O’zbekistonning Sharqning eng rivojlangan mamlakati –   Yaponiya,   janubi-
sharqiy   Osiyo   va   Okeaniya   mintaqasidagi   Malayziya,   Indoneziya,   Vyetnam,
25 Avstraliya   kabi   mamlakatlari   bilan   siyosiy,   diplomatik   aloqalari   yo’lga   qo’yildi,
o’zaro manfaatli iqtisodiy va madaniy hamkorlik rivojlanib bormoqda. 
Keyingi   yillarda   O’zbekistonning   Yaponiya   bilan   ham   munosabatlari
rivojlanmoqda
1991-yil   28-dekabrida   Yaponiya   O’zbekistonning   mustaqilligini   tan   oldi.
1992-yil-26 yanvarda diplomatik munosabatlar o’rnatildi.
O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   3   marotaba   –
1994,   2002   va   2011   yillarda   Yaponiyaga   tashrif   buyurdi.   O’zbekistonga   javob
tashriflari 2006 yilning avgust oyida Yaponiya bosh vaziri J.Koidzumi va 2015-yil
oktyabrda Yaponiya bosh vaziri S.Abe tomonidan amalga oshirildi. 2010 va 2014-
yillarning mayida Yaponiya bosh vaziri o’rinbosarlari, moliya vazirlari N.Kan va
T.Aso O’zbekistonga tashrif buyurdi.
2002   yildan   boshlab   ikki   davlatning   tashqi   ishlar   vazirliklari   o’rtasida
doimiy   ravishda   siyosiy   maslahatlashuvlar   o’tkazib   kelinmoqda.   2017-yil   martda
siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi uchrashuvi Tokio shahrida o’tkazildi.
Mintaqa   bilan   hamkorlikni   chuqurlashtirish   maqsadida   2004   yilda   Tokio
tashabbusi   bilan   tashkil   etilgan   «Markaziy   Osiyo+Yaponiya»   Dialogi   o’zaro
munosabatlarni   rivojlantirishda   muhim   ahamiyatga   ega.   2010   yil   7   avgustda
Toshkentda   Dialog   doirasida   tashqi   ishlar   vazirlarining   3-kengashi   o’tkazildi.
Unda   Yaponiya   tashqi   ishlar   vaziri   K.Okada   ishtirok   etdi.   2017-yil   1   mayda
Ashxobot   shahrida   Dialog   doirasida   bo’lib   o’tgan   tashqi   ishlar   vazirlarining   6-
kengashida O’zbekiston delegasiyasi ishtirok etdi.
1994   yilda   tashkil   qilingan   O’zbek-Yapon   va   Yapon-O’zbek   iqtisodiy
hamkorlik   qo’mitalari   savdo   va   iqtisodiy   munosabatlarni   rivojlantirishda   muhim
o’ringa   ega.   Ushbu   qo’mitalarning   12-qo’shma   yig’ilishi   2017-yil   aprelda
Toshkent shahrida o’tkazildi.
2008   yil   avgustda   «Investisiyalarni   erkinlashtirish,   himoya   qilish   va
rag’batlantirish»   to’g’risida   Hukumatlararo   shartnoma   imzolanib   2009   yil   24
sentyabrda kuchga kirdi.
O’zbekistonda   10   ta   qo’shma   korxona   mavjud   bo’lib,   shundan   bittasi   100
foiz   yapon   sarmoyasi   ishtirokida   tuzilgan.   13   ta   yapon   kompaniyalarining
vakolatxonalari akkreditasiyadan o’tgan.
2017-yil   yanvar-oktyabr   oralig’ida   o’zaro   tovar   aylanmasi   138,5   million
dollarni tashkil qildi.
Yaponiyaning   O’zbekistonga   ko’rsatgan   moliya-texnikaviy   yordami   4,1
milliard   dollardan   oshdi.   Ushbu   yordam   tufayli   O’zbekistonda   sog’liqni   saqlash,
maorif,   energetika,   transport,   telekommunikasiya   va   boshqa   sohalarda   qator
ijtimoiy ahamiyatli va infratuzilma loyihalari amalga oshirildi.
2002   yilda   O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimovga
Vaseda   va   Soka   universitetlarining   «Faxriy   doktori»   unvoni   berildi.   2004   yilda
Tokiodagi Soka universiteti hududida buyuk o’zbek mutafakkiri Alisher Navoiyga
haykal o’rnatildi.
26 2000   yildan   buyon   Yaponiya   xalqaro   hamkorlik   markazi   (JICE)   ning
Toshkentdagi   ofisi   bilan   hamkorlikda   inson   resurslarini   rivojlantirish   loyihasi
asosida 300 dan ziyod odam Yaponiyada ta’lim oldi.
O’zbekistonning   2000   dan   ziyod   mutaxassisi   JICA   yo’nalishi   orqali
Yaponiyada   amaliyot   o’tadi.   O’zbek-Yapon   markazi   kadrlar   tayyorlash   ishiga
munosib   hissa   qo’shmoqda.   Ushbu   markazga   700   mingdan   ortiq   kishi   tashrif
buyurdi.
1999 yilda «O’zbekiston-Yaponiya» do’stlik jamiyatiga asos solindi. Uning
asosiy   hamkorlari   «Yaponiya-O’zbekiston»   do’stlik   jamiyati   va   «Fukushima-
O’zbekiston» madaniy-iqtisodiy hamkorlik uyushmasi hisoblanadi. 2002 yili «Ikuo
Xirayama   madaniyat   karvonsaroyi»   nomli   o’zbek-yapon   ilmiy-ijodiy   markazi
ochildi.
2017-yil   2-5   avgustda   Yaponiya   Bosh   Vaziri   rafiqasi   Akie   Abe
boshchiligida   madaniyat   va   san’at   namoyondalaridan   iborat   delegasiyaning
O’zbekistonga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif doirasida Alisher Navoiy nomidagi
Davlat akademik katta teatrida “Dram TAO” ijodiy jamoasi konserti o’tkazildi.
Vyetnam   Sosialistik   Respublikasi   (VSR)   O’zbekiston   Respublikasi
mustaqilligini   1991-yil   27-dekabrda   tan   oldi,   1992-yil   17-yanvarda   diplomatik
aloqalar o’rnatildi. 1993-yil Toshkentda Vyetnam elchixonasi ochildi, 2009-yildan
buyon Xanoyda O’zbekiston Respublikasining faxriy konsulxonasi faoliyat yuritib
kelmoqda.
1996-yil   O’zbekistonning   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   rasmiy   tashrif
bilan   Vyetnamda   bo’ldi.   Tashrif   davomida   davlatlararo   munosabatlar   asoslari,
hamkorlik to’g’risida Kelishuv va hukumatlararo bitimlar imzolandi.
2010-yilda   O’zbekistonning   Indoneziyadagi   Favqulodda   va   Muxtor   elchisi
O’zbekiston Respublikasining VSRdagi elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Jakarta
shahrida).
2011-yil   oktyabr   oyida   Vyetnam   Bosh   vaziri   Nguen   Tang   Zungning
O’zbekitonga rasmiy tashrifi bo’lib o’tdi.
Vyetnam   bilan   ko’p   tomonlama   munosabatlarni   rivojlantirish   maqsadida
O’zbekistonga VSR Xalq yig’ini raisi o’rinbosari Uong Tu Liuning (2008-yil iyul),
VSR   Bosh   vaziri   o’rinbosari   Xoang   Chung   Xayning   (2010-yil   aprel),   Jamoat
xavfsizligi   vaziri   Le   Xong   Anning   (2010-yil   sentyabr),   Xanoy   shahri   Xalq
kengashi   raisi   Ngo   Txi   Zoan   Txanning   (2012-yil   avgust),   Bosh   prokuror
o’rinbosari   Chan   Kong   Fanning   (2012-yil   dekabr),   Adliya   vaziri   o’rinbosari   Din
Chung Tungning (2013-yil iyun), Oliy xalq sudi raisi Chiong Xoa Binning (2014-
yil iyun) tashriflari tashkillashtirildi.
2013-yil   avgustda   O’zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi
delegasiyasining Vyetnamga tashrifi bo’lib o’tdi.
2014-yilning   mart   oyida   Xanoy   shahrida   O’zbekiston   va   Vyetnam   Tashqi
ishlar   vazirliklari   o’rtasida   ikki   tomonlama   siyosiy   maslahatlashuvlarning
to’rtinchi davrasi. bo’lib o’tdi. O’zbekiston va Vyetnam o’rtasidagi savdo-iqtisodiy
va   ilmiy-texnik   hamkorlik   bo’yicha   hukumatlararo   qo’mitaning   6ta   yig’ilishi
27 o’tkazilgan. Shularning eng oxirgisi 2013-yil dekabr oyida Xanoy shahrida bo’lib
o’tdi.
2017-yil   fevralida   bosh   vazir   o’ribosari   –  qishloq   xo’jaligi   va   suv   ho’jaligi
vaziri boshchiligidagi O’zbekiston Respublikasi hukumat delegasiyasi Vyetnamga
tashrif buyurdi.
Davlat   statistika   qo’mitasi   ma’lumotga   ko’ra   davlatlar   o’rtasidagi   o’zaro
savdo   aylanmasi   ko’rsatkichlari   2017-yil   yakuni   bo’yicha   $33,8   mln.ni   tashkil
qilgan. O’zbekistonda hozirgi kunda Vyetnam sarmoyasi ishtirokida 19 ta korxona
faoliyat   yuritib   kelmoqda.   Ulardan   3   tasi   100   foiz   Vyetnam   sarmoyasi   asosida
tashkil etilgan.
Indoneziya   1991-yil   28-dekabr   oyida   O’zbekiston   Respublikasi
mustaqilligini tan oldi, va 1992-yil 23-iyunda diplomatik aloqalar o’rnatildi.
Indoneziya   o’zining  Toshkentdagi   elchixonasini   1994-yil   may   oyida  ochdi.
1996-yilning   dekabr   oyidan   e’tiboran   Jakarta   shahrida   O’zbekiston   Respublikasi
elchixonasi faoliyat yuritib kelmoqda.
1992-yil   iyun   oyida   O’zbekiston   Respublikasining   Birinchi   Prezidenti
I.A.Karimovning   Indoneziyaga   davlat   tashrifi   amalga   oshirildi,   1995-yil   aprel
oyida   Indoneziya   Respublikasi   Prezidenti   X.M.Suxarto   O’zbekistonga   davlat
tashrifi bilan keldi.
2005-yil   dekabr   oyida   Toshkentda   “O’zbekiston   va   Indoneziya   Tashqi
ishlari   vazirliklari   o’rtasida   ikki   tomonlama   maslahatlashuv   bo’yicha   qo’mita
tashkil   etish   to’g’risida   o’zaro   Anglashuv   Memorandumi”   imzolandi   hamda
siyosiy   maslahatlashuvning   birinchi   davrasi   bo’lib   o’tdi.   Hozirgi   kunga   qadar
uning 6 davra uchrashuvlari o’tkazilgan. (oxirgisi 2014-yil martda Jakartada bo’lib
o’tdi.)
Parlamentlararo   aloqa   turli   darajadagi   tashriflar   almashinuvi   orqali   izchil
tarzda   rivojlanib   bormoqda.   Shu   jumladan   2007-yilda   Indoneziya   Xalq   Vakillari
palatasi   Spikeri   Agung   Laksono   O’zbekistonga   tashrif   buyurdi.   2008-yilda   esa
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri muovini Indoneziyaga safar uyushtirdi.
2013-yilda   Indoneziya   Xalq   Vakillari   palatasi   Parlamentlararo   hamkorlik
qo’mitasi Raisi S.Hidoyat O’zbekistonga tashrif buyurdi.
2015-yil  aprel  va may oylarida Indoneziya Respublikasi  Milliy Konsultativ
kongresi   raisining   o’rinbosari   Mahyudin   hamda   Indoneziya   Respublikasi
Mintaqalar   vakillari   kengashi   Parlament   yuqori   palatasi   raisi   Irman   Gusmanning
O’zbekistonga tashrifi bo’lib o’tdi.
2013-yilda   Toshkent   Davlat   Sharqshunoslik   Institutida   qoshida   Indoneziya
tili markazi ochildi.
Malayziya   O’zbekiston   mustaqilligini   1992-yil   1-yanvar   kuni   tan   olgan.
Ikki mamlakat o’rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 21-fevralda o’rnatilgan.
Ikki   tomonlama   do’stona   va   o’zaro   manfaatli   hamkorlik   munosabatlarini
rivojlantirishda   tamal   toshi   O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidentining
1992-yilgi va Malayziya Bosh vaziri Moxatxir Moxammadning 1993-yilgi rasmiy
tashriflari   chogida   qo’yildi.   2003-yil   esa   O’zbekistonga   Malayziya   qiroli   Tuanku
Sayyod Sirajuddin Jamalullayl tashrif buyurdi.
28 Ikki   tomonlama   munosabatlardagi   so’nggi   muhim   yangiliklar   sifatida
O’zbekiston   davlat   Rahbarining   2005-yil   oktyabr   oyidagi   Malayziyaga   va   unga
javoban   2008-yil   noyabrda   ushbu   davlat   Bosh   vaziri   Ahmad   Badavining
O’zbekistonga   davlat   tashriflari   qayd   etildi   va   bu   tadbirlar   chog’ida   o’zaro
manfaatli   hamkorlikning   istiqbolli   yu nalishlarida   bir   necha   hukumatlararo
shartnomalar imzolangan.
Davlat   statistika   qo’mitasi   bergan   ma’lumotga   ko’ra   davlatlar   o’rtasidagi
o’zaro   savdo   aylanmasi   ko’rsatkichlari   2017-yil   yakuni   bo’yicha   $64,8   mln.ni
tashkil qilgan (eksport-$4,2 mln., import-$60,6 mln.).
O’zbekistonning AQSh va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi
O’zbekiston   Respublikasining   tashqi   siyosatida   AQSh   va   Yevropa   mamlakatlari
bilan o’zaro manfaatli  aloqalarni yo’lga qo’yish va tobora chuqurlashtirish alohida
o’rin   tutadi.   O’zbekiston   va   AQSh   o’rtasidagi   hamkorlik   va   davlatlararo   aloqalar
mustaqillikning   dastlabki   yillaridayoq   yo’lga   qo’yildi.     1992   yil   15-16-fevral
kunlari   AQSh   davlat   kotibi   Jeyms   Beyker   O’zbekistonga   tashrif   buyurdi   va   ikki
davlat   o’rtasida   diplomatik   aloqalar   o’rnatildi.   1992   yil   16-martda   Toshkentda
birinchi   bo’lib   AQShning   elchixonasi   ochildi.   O’zbekistonda   1996   yil
boshlarigacha   Amerikalik   sarmoyadorlar   ishtirokida   200   ta   o’zbek-amerika
qo’shma   korxonasi   tashkil   topdi   va   faoliyat   ko’rsatdi.   Bular   orasida   Navoiy
viloyati   Zarafshon   vodiysidagi   Muruntovda   AQShning   Nyumont   Mayning
Korporasiyasi   bilan   hamkorlikda   tog’   jinslaridan   oltin   va   kumush   ajratib   oluvchi
“Zarafshon   -   Nyumont”   qo’shma   korxonasi   bor.  Bu   korxonada  2002   yilgacha   83
tonna oltin tayyorlandi.
O’zbekiston Respublikasi «Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi»ga muvofiq,
respublika   tashqi   siyosatining   ustivor   yo’nalishlardan   biri   Amerika   Qo’shma
Shtatlari   bilan   hamkorlik   hisoblanadi.   Joriy   O’zbekiston-AQSh   munosabatlari
o’zining kompleksliliq uzoq muddatli va ko’p qirrali jihatlari bilan ajralib, xalqaro
huquqning   umum   e’tirof   etilgan   tamoyillari   va   normalari,   o’zaro   hurmat   va   bir-
birining manfaatlarini inobatga olishga asoslangan.
Tomonlar  bir  qator   xalqaro  va  mintaqaviy  muammolar  bo’yicha mushtarak
pozisiyaga   ega   bo’lib   xavfsizlik   tahdidlari,   ya’ni   giyohvand   moddalarining
noqonuniy   aylanishi,   ommaviy   qirg’in   qurollarining   tarqalishiga   qarshi   kurash,
shuningdeq   Markaziy   Osiyo   va   Afg’onistonda   tinchlik   va   barqarorlikni
mustahkamlash sohalarida o’zaro faol hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston-AQSh   munosabatlari   doirasidagi   barcha   yo’nalishlarda   sifat
jihatidan   yangi   va   o’zaro   manfaatli   aloqalarni   yo’lga   qo’yishni   belgilab   bergan
asosiy   hujjat   bu   ikki   mamlakat   o’rtasida   2002-yil   martda   imzolangan   Strategik
sherikchilik va hamkorlikning asoslari to’g’risidagi Deklarasiya hisoblanadi.
Ikki   tomonlama   hamkorlikni   muntazamlashtirish   hamda   qayd   etilgan
kelishuvlarni   amalga   oshirish   maqsadida   AQSh   bilan   o’zaro   manfaatli   va   barcha
sohalarda   hamkorlikni   rivojlantirishga   qaratilgan   keng   qamrovli   «Yo’l   xaritasi»
amalga oshirilmoqda.
2017-yil   dekabr   oyida   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.Mirziyoyev
va   AQSh   Prezidenti   D.Tramp   o’rtasida   bo’lib   o’tgan   telefon   orqali   muloqotida
29 o’zaro   hurmat,   ishonch   va   bir-birining   manfaatlarini   hisobga   olish   tamoyillari
asosida   ikki   tomonlama   strategik   sheriklik   munosabatlarini   yanada
mustahkamlashga sodiqligi ta’kidlandi.
Ikki   tomonlama   siyosiy   muloqotlar   o’zaro   tashriflarning   yuqori
muntazamligi   bilan   ham   ajralib   turadi.   O’zbekistonga   AQSh   ma’muriyatining
asosiy idora vakillari  va turli darajadagi  delegasiyalari  muntazam  ravishda tashrif
buyuradi   va   O’zbekiston   -   AQSh   munosabatlarining   dolzarb   masalalari   bo’yicha
fikr almashish mexanizmi - yillik siyosiy maslahatlashuvlar tashkil etiladi.
2017-yilda   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   delegasiyasi   AQShga   va
Vakillar   palatasi   a’zosi   T.   Kelli   boshchiligidagi   bir   guruh   kongress   a’zolari
O’zbekistonga tashrif buyurdi.
O’zbekiston   va   AQSh   o’rtasida   ustuvor   ahamiyatga   ega   bo’lgan   savdo-
iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik faol rivojlanmoqda.
Mamlakatlar   o’rtasidagi   ishbilarmonlik   aloqalarini   qo’llab-quvvatlash   va
rivojlantirishda   AQSh-O’zbekiston   savdo   palatasi   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
AQSh   va   Markaziy   Osiyo   davlatlari   o’rtasida   imzolangan   TIFA   savdo   va
investisiyalar   to’g’risidagi   bitimning   amalga   oshirilishi   Amerika   bilan   savdo
aloqalarini rivojlantirishga hissa qo’shmoqda.
O’zbekistonda   AQShning   dunyoda   taniqli   bir   qator   yirik   kompaniyalari
faoliyat   ko’rsatmoqda.   Xususan,   «General   Motors»   korporasiyasi   ishtirokida
yengil   avtomobillar   uchun   dvigatellar   ishlab   chiqarishga   mo’ljallangan   «General
Motors Powertrain Uzbekistan» zavodi faoliyat ko’rsatmoqda.
«Boeing»   kompaniyasi   «O’zbekiston   havo   yo’llari»   Milliy
aviakompaniyasini zamonaviy avialaynerlar, xususan «Boeing-787-8 Dreamliner»
rusumidagi  yangi avlod samolyotlari bilan ta’minlovchi asosiy  va doimiy hamkor
sanaladi.
«General   Electric»   korporasiyasi   O’zbekistonning   neft-gaz   va   aviasiya
sektorlarida,   shuningdeq   salomatlik   va   qayta   tiklanadigan   energiya   manbalarini
rivojlantirish sohasidagi muhim hamkori hisoblanadi.
AQShning O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan boshqa kompaniyalari ichida
«Exxon   Mobil»,   «CNH   Industrial»,   «Coca-Cola»,   «Hyatt»,   «Hilton»,   «John
Deyere», «Honeywell», «Caterpillar» va boshqalar ham mavjud.
Madaniy-gumanitar   sohadagi   munosabatlar   muntazam   ravishda
rivojlanmoqda. So’nggi yillarda ilm-fan va ta’lim sohalarida hamda yangi aloqalar
o’rnatish   va   erishilgan   kelishuvlarni   amalga   oshirish,   eng   avvalo   madaniy   -
gumanitar   va   ilmiy-ma’rifiy   hamkorlikni   yanada   mustahkamlash   borasida   amaliy
ishlar amalga oshirildi.
O’zbekistonga   AQShning   ixtisoslashtirilgan   muassasalari   va   tashkilotlari
ekspertlari   muntazam   ravishda   muzokaralar   va   amaliy   tadbirlar   o’tkazish
maqsadida tashrif buyuradi hamda o’zbek mutaxassislari AQShning turli-xil ilmiy
va   ta’lim   dasturlarida   ishtirok   etadilar.   AQShning   bir   nechta   universitetlari,
jumladan Texas A&M va Missisipi universitetlari bilan qo’shma loyihalar amalga
oshirilmoqda.
30 Universitetlararo   hamkorlikni   yanada   rivojlantirish   doirasida
O’zbekistonning   bir   qator   oliy   ta’lim   muassasalari   hamda   AQShning   Ogayo   va
Michigan universitetlari, Boston yuridik kolleji, Amerika va Jorjtaun universitetlari
kabi   oliy   ta’lim   muassasalari   bilan   aloqalarni   kengaytirish   bo’yicha   ishlar   olib
borilmoqda.   Xususan,   Toshkentda   Vebster   universiteti   filialini   ochish   to’g’risida
kelishuvga   erishildi.   AQSh   tibbiyot   muassasalari   va   O’zbekiston   ixtisoslashgan
klinika   va   shifoxonalari   o’rtasida,   jumladan   jarrohliq   kardioxirurgiya,   urologiya,
akusherlik va ginekologiya ko’z mikroxirurgiyasi yo’nalishlarida to’g’ridan-to’g’ri
aloqalar o’rnatildi.
O’zbekiston   Kanada   bilan   keng   qamrovli   hamkorlik   aloqalarini
rivojlantirishga   muhim   e’tibor   qaratmoqda   va   siyosiy,   savdo-iqtisodiy,
investisiyaviy va gumanitar sohalardagi o’zaro foydali hamkorlikni rivojlantirishga
intilmoqda.
Davlatlar   o’rtasida   diplomatik   munosabatlar   1992-yilning   7-aprelida
o’rnatilgan.   Ikki   tomonlama   aloqalar   O’zbekiston   Respublikasining   qarorgohi
Vashington   shahrida   bo’lgan   Kanadadagi   Elchixonasi   hamda   Kanadaning
qarorgohi Moskva shahrida bo’lgan O’zbekistondagi Elchixonasi darajalarida olib
borilmoqda. 1997 yildan buyon Toshkentda Kanadaning Fahriy Konsulligi faoliyat
yuritib kelmoqda.
Ikkitomonlama   munosabatlarda   tashqi   siyosat   mahkamalari   o’rtasida   olib
borilayotgan   muntazam   siyosiy   maslahatlashuvlar   muhim   ahamiyatga   ega.
Ikkitomonlama   hamkorlikni   mustahkamlash   uchun   “Yo’l   xaritasi”ni   birgalikda
amalga   oshirish   o’zaro   muloqotlarga   tizimli   tus   berilmoqda.   Davlatlaro’rtasidagi
o’zaro tashriflar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
Tomonlar   o’rtasida,   xususan,   Kanadaning   Rossiya   va   Yevroosiyodagi
ishbilarmonlar   assosiasiyasi   (CERBA)   orqali   o’zaro   savdo-iqtisodiy   hamkorlik
bosqichma-bosqich rivojlanishda davom etmoqda. Jumladan, Kanada delegasiyasi
Toshkent   shahrida   o’tkazilgan   «UzMining   Expo-2017»   Xalqaro   ko’rgazmasida
eng   faol   ishtirokchilaridan   bo’ldi,   diplomatik   munosabatlarining   25   yilligi
arafasida esa, Toshkentga tog’-konsanoati sohasida faoliyat olib boruvchi Kanada
biznes-jamiyati   vakillaridan   iborat   ikki   davlat   hamkorligi   tarixidagi   eng   ulkan
biznes-delegasiyaning tashrifi amalga oshirildi.
O’zbekiston   Lotin   Amerikasi   davlatlari   bilan   faol   aloqalarni   qo’lab-
quvvatlashga   intilmoqda.   Braziliya,   Kuba,   Chili   va   Argentina   mamlakatlari   bilan
munosabatlarda muntazamlik kuzatilmoqda.
Ishchi   muloqot   muntazam   ravishda   xabar   almashish   va   delegasiyalarning
o’zaro   tashriflari   ko’rinishida   amalga   oshirilmoqda.   Xususan,   2017-yil   fevralida
O’zbekiston Qishloq va suv xo’jaligi vaziri o’rinbosarining Braziliyaga soya ishlab
chiqarish va qayta ishlash sohasida amaliyotlarni o’rganish bo’yicha tashrifi tashkil
etildi.
O’zbekiston   Tashqi   ishlar   vazirligida   siyosiy,   savdo-iqtisodiy,   madaniy-
gumanitar,   ilmiy   sohalarda   hamkorlikni   rivojlantirish   hamda   turizm   va   xalqaro
tashkilotlar   bilan   hamkorlik   qilish   masalalarini   muhokama   qilish   doirasida
O’zbekistonga   tashrif   buyurayotgan   Lotin   Amerikasi   mamlakatlari
31 delegasiyalarining vakillari bilan muntazam ravishda ikki tomonlama uchrashuvlar
o’tkazilmoqda.
Mustaqil   O’zbekiston   Respublikasining   jahon   hamjamiyatiga
integrasiyalashuvida   Yevropa   Ittifoqi   davlatlari   bilan   o’zaro   manfaatli   aloqalarni
yo’lga   qo’yish   va   tobora   rivojlantirish   alohida   o’rin   tutadi.   1996   yil   21-iyunda
O’zbekiston   bilan   Yevropa   Ittifoqi   o’rtasidagi   “Sheriklik   va   hamkorlik
to’g’risidagi   bitim”   mamlakatimizning   Yevropa   Ittifoqi   bilan   o’zaro
munosabatlarining   huquqiy   negiziga   aylandi.   O’zbekistonning   Yevropa   Ittifoqi
bilan   hamkorlik   aloqalari   yildan-yilga   chuqurlashib   bormoqda.   Mamlakatimizda
Yevropa   Ittifoqiga   a’zo   mamlakatlarning   145   firma   va   kompaniyasi
vakolatxonalari   akkreditasiya   qilingan.   Yevropalik   sarmoyadorlar   ishtirokida   491
ta korxona ishlayapti. 1995-2002 yillarda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining firma
va   kompaniyalari   umumiy   qiymati   qariyb   8   mlrd   dollarlik   yirik   sarmoyaviy
loyihalarni amalga oshirishda qatnashdi.
O’zbekistonning   Yevropa   Ittifoqining   a’zosi   Germaniya   bilan   o’zaro
manfaatli aloqalari kengayib bormoqda. Bu davlat bilan mamalkatimizning o’zaro
aloqalari o’tmishga borib taqaladi. Davlatning aholisi 82,3 mln kishi , umumiy yer
maydon   357   ming   kv.km.Oliy   vakillik   organi   sifatida   709   deputatdan   iborat
parlament-Bundestag faoliyat yuritmoqda. Mamlakat YaIM 3 trillion yevroga teng.
Bu   ko’rsatkich   orqali   Germaniya   jahonda   AQSh,   XXR,   Yaponiyadan   so’ng   4-
o’rinda   turadi.   YaIM   tarkibida   xizmatlar   69%,   sanoat-30%,   qishloq   xo’jaligi   1%
tanshkil   etadi.   YaIM   kishi   boshiga   taqsimlaganda   40   ming   yevroga,   infilyasiya
darajasi 0,4% teng. 
O’zbekiston   Germaniya  munosabatlari   1992 yildan  boshlangan.  Germaniya
mamlakati   O’zbekiston   mustaqilligini   1991   yil   31-dekabr   kuni   tan   olgan.
O’zbekiston Respublikasi bilan GFR o’rtasida diplomatik munosabatlao 1992 yil 6
yanvarda o’rnatilgan. 1992 yil 6 martda o’zaro elchixonalar va konsulliklar ochish,
diplomatik   aloqalarni   yo’lga   qo’yish,   siyosiy   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy
sohalarda   hamkorlik   qilishga   kelishib   olindi.   Shu   kungacha     ikki   davlat   o’rtasida
140   dan   ortiq   turli   bitm   va   shartnomalar   imzolangan.   2017   yil   30   noyabrda
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   “O’zbekiston
Respublikasi   va   Germaniya   Federativ   Respublikasi   o’rtasida   ikkitomonlama
hamkorlik   aloqalarini   yanada   kengaytirish   chora-tadbirlari   to’g’risida”gi   qarori
qabul qilindi. 
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   2019   yil   20
yanvarda GFR federal kansleri  Angela Merkel taklifiga binoan ushbu mamlakatda
bo’ldi.   Uchrashuvda   asosiy   e’tibor   ikki   mamlakat   o’rtasida   savdo-iqtisodiy
ivestitsiyaviya   va   texnalogik   hamkorlikni   rivojlantirish   masalalariga   qaratildi.
O’tkazilgan   Biznes   forumda   8   mlrd   yevroga   teng   qiymatdagi   yangi   loyihalarni
amalga   oshirishga   kelishib   olindi.   2018   yilda   ikki   mamlakat   o’rtasidagi   tovor-
ayrboshlash hajmi 700 mln yevrodan oshgan bo’lsa,2019 yil bu ko’rsatkich 1 mlrd
yevrodan oshishi ko’zda tutilagn.
Fransiya   O’zbekistonning   Yevropadagi   muhim   hamkorlaridan   biri
hisoblanadi.
32 O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimovning   Fransiyaga
davlat   va   rasmiy   tashriflari   (1993   va   1996-yillar)   hamda   Fransiya   Respublikasi
Prezidenti   F.Mitteranning   O’zbekistonga   davlat   tashrifi   (1994-yil)   bo’lib   o’tgan.
1996-yil   iyun   oyida   Florensiya   shahrida   o’tkazilgan   Yevropa   Ittifoqi   davlatlari
rahbarlari   sammiti   va   2002-yil   noyabr   oyida   Praga   shahrida   bo’lib   o’tgan
NATO/YeAHK   sammiti   doirasida   O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti
I.A.Karimovning Fransiya Prezidenti J.Shirak bilan uchrashuvlari ham o’tkazilgan.
Ikki   tomonlama   aloqalarni   rivojlantirishda   Fransiya   Tashqi   ishlar   vazirlari
L.Fabiusning   2013-yil   mart   oyida   va   J.-M.Eroning   2017-yil   aprel   oyida
O’zbekistonga   amalga   oshirilgan   tashriflari   hamda   2012-yil   oktyabr,   2014-yil
noyabr   va   2017-yil   mart   oylarida   o’tkazilgan   O’zbekiston   Respublikasi   Tashqi
ishlar vaziri A.Kamilovning Fransiyaga tashriflari muhim ahamiyat kasb etdi.
Ikki   davlat   Tashi   ishlar   vazirliklari   o’rtasidagi   10   ta   siyosiy
maslahatlashuvlar   bo’lib   o’tgan.   Oxirgisi   2017-yilning   aprel   oyida   Toshkent
shahrida o’tkazildi.
2008-yil   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatida   parlamentlararo
hamkorlik guruhi tuzildi, 2010-yildan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
«O’zbekiston – Fransiya» do’stlik guruhi faoliyat yuritmoqda.
Fransiya   Senatida   «Fransiya   –   Markaziy   Osiyo»   parlamentlararo   guruhi,
Milliy   assambleyasida   «Fransiya   –   Markaziy   Osiyo»   do’stlik   guruhlari   faoliyat
yuritmoqda.
2008-yil   iyun   oyida   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Inson
huquqlari   bo’yicha   vakili   (Ombudsman)   hamda   Fransiyaning   inson   huquqlari
himoyachisi o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi.
Fransiya   O’zbekistonning   Yevropadagi   muhim   savdo-iqtisodiy
hamkorlaridan   biridir.   2017-yil   yakunlari   bo’yicha   ikki   tomonlama   savdo
aylanmasining hajmi 251,6 mln. AQSh doll. tashkil etdi.
Fransiyada   Temuriylar   davri  tarixi  va  madaniyatini  o’rganish   Assosiasiyasi
hamda «Avisenna – Fransiya» Assosiasiyasi faoliyat yuritib kelmoqda.
O’zbekistonning bir qancha yetakchi universitetlari hamda Fransiyaning oliy
o’quv yurtlari o’rtasida hamkorlik bitimlari va protokollari imzolangan.
O’zbekiston-Buyuk   Britaniya   munosabatlarining   asosi   1993-yil   noyabr
oyida   O’zbekiston   Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   tomonidan
ushbu mamlakatga amalga oshirilgan tashrif chog’ida yaratilgan.
Ayni paytda ikki tomonlama hamkorlikning ijobiy dinamikasi kuzatilmoqda.
Mamlakatlar   o’rtasida   muntazam   ravishda   turli   darajadagi   tashriflar   amalga
oshirilmoqda. Oxirgi bir necha yil davomida O’zbekistonga Britaniyaning 50 dan
ziyod delegasiyalari tashrif buyurgan. Tomonlar tashqi siyosiy idoralar o’rtasidagi
maslahatlashuvlar   hamda   Afg’oniston   bo’yicha   muloqotni   amalga   oshirib
kelmoqda.
O’zbekiston   Respublikasi   Tashqi   ishlar   vaziri   A.Kamilov   rahbarligidagi
delegasiyaning 2013-yil 20-22-noyabr kunlari Buyuk Britaniyaga amalga oshirgan
tashrifi davlatlararo aloqalarni faollashtirishdagi muhim voqyea bo’ldi.
33 Parlamentlararo   hamkorlik   o’zaro   aloqalarning   istiqbolli   yo’nalishlaridan
sanaladi.   Ikki   davlat   parlamentlarida   o’zaro   hamkorlik   bo’yich   guruhlar   mavjud
bo’lib,   2010-yil   22-sentyabrda   imzolangan   Oliy   Majlis   guruhi   bilan   “Britaniya-
O’zbekiston”   Umumpartiya   parlament   guruhi   o’rtasida   imzolangan   Anglashuv
memorandumi ular faoliyatining huquqiy asosini yaratib bergan.
O’zbekiston-Britaniya   Savdo   va   sanoat   kengashi   savdo-iqtisodiy
munosabatlarning samarali mexanizmi bo’lib, uning 23-majlisi Toshkentda
2016-yil 16-18-noyabr kunlari bo’lib o’tdi.
2016-yilning   oktyabrida,   2017-yilning   yanvar-dekabr   oylarida   Oliy   Majlis
Senati   raisining   Birinchi   o’rinbosari   S.Safoyev   London   shahriga   tashrif   buyurdi.
Tashriflar   doirasida,   jumladan   rivojlanishga   va   respublikaning   ustuvor
yo’nalishlariga   bag’ishlangan   brifinglar,   Yevropa   Tiklanish   va   Taraqqiyot   Banki,
TIV,   Buyuk-Britaniya   Parlamenti   va   Britaniyanig   bir   qator   yirik   kompaniyalari
hamda ilmiy doiralari bilan uchrashuvlar o’tkazildi.
2017-yil yanvar-sentyabr oylari yakunlariga ko’ra O’zbekiston bilan Buyuk
Britaniya   o’rtasidagi   savdo   aylanmasi   115,9   million   AQSh   dollarini   tashkil   etib,
shundan   eksport   33,5   million   AQSh   dollari,   import   82,4   million   dollarga   teng
bo’ldi.
Madaniy-gumanitar   hamkorlik   ham   izchil   rivojlanmoqda,   jumladan   ta’lim
sohasida. Toshkentda 2002-yildan buyon Xalqaro Vestminster universiteti faoliyat
yuritib   kelmoqda,   Kembridj   universiteti   bilan   hamkorlikda   esa   poytaxtimizda
Yuqori texnologiyalar o’quv-eksperimental markazi tashkil etilmoqda.
O’zbekistonning   Yevropadagi   va   umuman   xalqaro   miqyosdagi   istiqbolli
hamda   umidli   sheriklaridan   biri   hisoblangan   Ispaniya   bilan   munosabatlari   jadal
rivojlanmoqda.   2003-yil   yanvar   va   2009-yil   may  oyida   O’zbekiston   Respublikasi
Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Ispaniyaga tashriflari bo’lib o’tdi.
Ispaniya   Tashqi   ishlar   vaziri   X.M.Garsiya   Margalio   taklifiga   ko’ra,   2013-
yilning   4-7-noyabr   kunlari   O’zbekiston   Respublikasi   Tashqi   ishlar   vaziri
boshchiligidagi   delegasiya   Ispaniyaga   tashrif   buyurdi.   Tashrif   davomida   Tashqi
ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlari o’tkazildi. Ispaniyaning Tashqi ishlar
vaziri   X.M.Garsiya   Margalio   2014-yil   20-22-aprelda   O’zbekistonga   tashrif
buyurdi.
2017-yil   12-15   noyabrda   Ispaniyaga   O’R   Tashqi   ishlar   vazirinig   javob
tashrifi o’tkazildi.
O’zbekiston   Davlat   jahon   tillari   universiteti   qoshida   ispan   tili   fakulteti
faoliyat yuritmoqda. Mazkur universitetning Madrid, Granada, Alkala de Enares va
Malagi universitetlari bilan hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda.
2009-yildan   boshlab   Toshkent   shahrida   Turin   politexnika   universiteti
faoliyat yuritib kelmoqda.
2013-yil   yanvar   oyida   Samarqand   shahri   hokimiyati   va   Florensiya
provinsiyasi ma’muriyati o’trasida Do’stlik va hamkorlik shartnomasi imzolangan.
Xulosa   qilib   aytganda,   O’zbekistonda   tarixiy   jixatdan   qisqa   bir   davrda
xalqaro munosabatlarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan
ishlar   amalga   oshirildi.   O’zbekiston   o’zining   tinchliksevar,   yaxshi   qo’shnichiliq
34 o’zaro   foydali   hamkorlikka   qaratilgan   siyosati   va   faoliyati   bilan   butun   dunyoga
tanildi, jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egalladi.
Izohli lug’at
Xalqaro   terrorizm   –   odamlarning   behuda   halok   bo’lishiga   olib   keluvchi,
davlatlar   va   ular   vakillarining   normal   diplomatik   faoliyatini   buzuvchi   hamda
xalqaro   aloqalar,     uchrashuvlarni   qiyinlashtiruvchi   xalqaro   miqyosdagi   ijtimoiy
qilmishlar   yig’indisi.   O’zbekiston   Respublikasi   xalqaro   bitimlarning,   chunonchi,
xalqaro   terrorizm   ko’rinishlariga   qarshi   kurashga   qaratilgan   bitimlar   va
konvensiyalar ishtirokchisi.
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   (BMT)   –   yer   yuzida   tinchlikni   va
havfsizlikni   ta’minlash,   davlatlar   va   millatlarning   o’zaro   hamkorligini
rivojlantirish   maqsadida   1945   yilda   ikkinchi   jahon   urushida   fashizm   ustidan
g’alaba   qozongan   davlatlarning   ixtiyoriy   birlashishi   natijasida   tuzilgan   xalqaro
tashkilot. O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 2-martda BMTga qabul qilingan.
UNESKO   –   Birlashgan   millatlar   tashkilotining   ta’lim,   fan   va   madaniyat
bilan   shug’ullanuvchi   xalqaro   tashkiloti.   O’zbekiston   Respublikasi   1993   yil   29-
oktyabrda ushbu tashkilotga a’zolikka qabul qilingan.
Shimoliy   Atlantika   shartnomasi   tashkiloti   (NATO)     –   1949   yilda   4-
aprelda tashkil topgan xalqaro davlatlararo xarbiy-siyosiy tashkilot.
EKO   –   Turkiya,   Pokiston,   Eron   tomonidan   tuzilgan   iqtisodiy   hamkorlik
tashkiloti. 1992 yildan O’zbekiston ushbu xalqaro tashkilotning a’zosi.
MOH (Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti) –  1994 yil iyul oyi boshida
O’zbekiston,   Qozog’iston,   Qirg’iziston   Prezidentlarining     Almati   shahrida   bo’lib
o’tgan   uchrashuvi   asosida   tashkil   topgan   Markaziy   Osiyo   Iqtisodiy   Hamjamiyati
zaminida   2002   yil   28-fevralda   tuzilgan.                     Markaziy   Osiyoda   iqtisodiy
munosabatlarni   rivojlantirish,   siyosiy-ijtimoiy,   madaniy   texnikaviy   va   boshqa
aloqa   turlarini   kengaytirish   masalalari   bilan   shug’ullanadigan   tashkilot.   MOH
tashkilotiga O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston davlatlari a’zo.
Qo’shilmaslik   harakati   –   ikkinchi   jahon   urushidan   keyin   tashkil   topgan
xalqaro   tashkilot.   O’zbekiston   bu   tashkilotga   1992   yil   1-sentyabrda   a’zo   bo’lib
kirgan.
Shanxay   hamkorlik   tashkiloti   –   submintaqaviy   xalqaro   tashkilot   bo’lib,
uning   tarkibiga   dastlab   asoschilar   sifatida   6   ta   davlat(Qozog’iston,   Xitoy,
Qirg’iziston,   Rossiya,   Tojikiston   va   O’zbekiston)   kirdi.   1996   yilda   yilda
Shanxayda   Xitoy,   Rossiya,   Qozog’iston,   Qirg’iziston   va   Tojikiston   davlat
rahbarlarining   sammitida   Shanhay   hamkorlik   tashkiloti   vujudga   keladi.   Lekin,   u
“Shanxay   beshligi”   nomi   bilan   shakllanadi.   2000   yil   5-iyundagi   Dushanbedagi
sammitda   “Shanxay   beshligi”   “Shanxay   forumi”ga   aylantirildi.   2001   yil   14-15-
iyun   Xitoyda   navbatdagi   Shanxay   sammitida   O’zbekiston     “Shanxay   forumi”ga
to’la   huquqli   a’zo   bo’ladi.   Ushbu   sammitda   “Shanxay   forumi”ning   nomi
“Shanxay hamkorlik tashkiloti – SHHT”- deb o’zgartirildi. Hozirga qadar   SHHT
doirasida   ko’plab   amaliy   tadbirlar   bo’lib   o’tdi.   Jumladan,   davlat   va   hukumat,
tashqi ishlar va mudofaa vazirligi, huquq-tartibot, xavfsizlik organlari rahbarlari va
ekspertlarining   mintaqada   tinchliq   havfsizlik   va   barqarorlikni   mustahkamlash
35 terrorizm   va   ekstremizm,   ijtimoiy,   iqtisodiy,   madaniy   va   boshqa   sohalardagi
hamkorlikni   yanada   yaxshilashga   qaratilgan   uchrashuvlar,   maslahatlashuvlar
muntazam ravishda o’tkazilib kelinmoqda.
GUUAM   –   mintaqaviy   tuzilma.   Unga   1996   yilda   Gruziya,   Ukraina,
Ozarbayjon,   Moldova   davlat   rahbarlari   tomonidan   asos   solingan.1999   yil   aprel
oyida   O’zbekiston   ham   bu   tashkilotga   qo’shilgan.   Tashkilotning   asosiy   maqsadi
1993 yilda Bryusselda asos solingan Osiyo – Kavkaz – Yevropa transport yo’lagini
barpo   etishni   ko’zda   tutuvchi   TRASEKA   dasturini   amalga   oshirish,   iqtisodiy
hamkorlikni kengaytirishdir.
MDH  – Mustaqil davlatlar hamdo’stligi. MDH mintaqaviy tashkiloti – davlat yoki
federasiya   emas,   harbiy   blok   ham   emas.   Balki   u   o’zining   mohiyatiga   ko’ra
ixtiyoriy   iqtisodiy   uyushma   sifatida   vujudga   kelgan   davlatlar   hamkorligining
yangicha   shakli   va   ko’rinishidir.   1991   yil   8-dekabrda   Minskda   (Belovejskoye
Pushche)   uch   slavyan   respublikalari   –   Rossiya,   Ukraina,   Belorus   rahbarlari
uchrashuvida   MDH   tuzish   to’g’risida   Shartnoma   imzolandi.   Unda   SSSRning
mavjudligi   va   SSSR   Konstitusiyasi   to’xtatildi   deb   e’lon   qilindi.   1991   yil   21-
dekabrda   Almatida   11   davlat   –   Rossiya,   Ukraina,   Belorus,   Qozog’iston,
O’zbekiston,     Qirg’iziston,   Tojikiston,   Turkmaniston,   Ozarbayjon,   Armaniston,
Moldova   davlatlari   boshliqlarining     Kengashida   Belovejskoye   Pushche
shartnomasi yuzasidan protokol imzolanib, “Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy
tomonlar” maqomida MDH  muassisi bo’ldilar.
ODKB   –   Kollektiv   xavfsizlik   to’g’risidagi   shartnoma   tashkiloti.   1992   yil
15-mayda   Armaniston,   Qozog’iston,   Qirg’iziston,   Rossiya,   Tojikiston   va
O’zbekiston   Toshkentda   “Kollektiv   havfsizlik   to’g’risidagi”   shartnomani
imzoladilar.   1993   yilda   shartnomaga   Ozarbayjon,   Gruziya   va   Belorussiya   imzo
qo’yadi.   Shartnoma   5   yilga   mo’ljallangan   edi.   1999   yil   shartnoma   keyingi   besh
yilga   uzaytiriladi.   Lekin,   O’zbekiston,   Ozarbayjon,   Gruziya   shartnomani   davom
etdirishdan   voz   kechdi.   2002   yil   14-mayda   “Kollektiv   havfsizlik   to’g’risidagi
shartnomasi” tashkilotining Moskvada bo’lib o’tgan sessiyasida uni yaxlit xalqaro
tashkilotga   –   “Kollektiv   havfsizlik   to’g’risidagi   shartnoma   to’g’risidagi   tashkiloti
(ODKB)”ga   aylantirishga   qaror   qilindi.   2006   yil   16-avgustda   O’zbekiston
ODKBga a’zolikka qabul qilingan.
Yevrosiyo   Iqtisodiy   Xamjamiyati   (YevrAzES)   –   1992   yilda   bojxona
to’siqlarini   pasaytirish   maqsadida   “Bojxona   ittifoqi”   shaklida   vujudga   kelgan.
2005 yil 6-oktyabrda  O’zbekiston YevrAzESga a’zo bo’ldi.  Xozirgi kunda uning
tarkibiga   Belorus,   Ozarbayjon,   Qirg’iziston,   Rossiya,   Tojikiston,   O’zbekiston
kirgan.
Yevropa   ittifoqi   –   1992   yilda   imzolangan   Yevropa   Ittifoqi   haqidagi
shartnomaga   asosan   tuzilgan   Yevropa   hamjamiyatlariga   a’zo   davlatlarning
davlatlararo   birlashmasi.   YeI   Yevropa   iqtisodiy   va   siyosiy   integrasiyasining   eng
yuqori   darajasidir.   Unga   xozirgi   kunda   28   davlat     –   Avstriya,   Belgiya,   Buyuk
Britaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gresiya,   Daniya, Irlandiya, Ispaniya,
Italiya,   Kipr,   Latviya,   Litva,   Lyuksemburg,   Malta,   Portugaliya,   Niderlandiya,
36 Polsha,   Sloveniya,   Slovakiya,   Ruminiya,     Finlyandiya,   Fransiya,   Xorvatiya,
Chehiya, Shvesiya, Estoniya davlatlari a’zo.
UNESKO (YuNESKO) – Birlashgan Millatlar Tashkilotining maorif, fan va
madaniyat   masalalari   bilan   shug’ullanadigan   tashkiloti.   YuNESKO   ning   bosh
qarorgohi Parij shaxrida joylashgan.
1.O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   asarlarining
“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” deb nomlangan to’rtinchi jildi o’zbek
va   rus   tillarida   “O’zbekiston”   nashriyot-matbaa   ijodiy   uyida   nashrdan   chiqdi.
Ushbu   kitob   to’rt   bo’limdan   iborat   bo’lib,   uning   birinchi   bo’limi   “Xalqimizning
hayot  darajasi  va  sifatini  yangi   bosqichga  ko’tarish  –  eng  muhim   vazifamiz” deb
nomlangan.   Unga   davlatimiz   rahbarining   mamlakatimiz   siyosiy-ijtimoiy
hayotidagi  eng  muhim  voqyealar   munosabati   bilan so’zlagan  nutq  va ma’ruzalari
kiritilgan.
“El-yurtimizning   mustahkam   irodasi   va   matonatiga   tayanib,   sinovlardan
munosib   o’tamiz”   deb   nomlangan   ikkinchi   bo’limdan   esa   koronavirusga   qarshi
kurashga bag’ishlangan ma’ruza, nutq va murojaatlar joy olgan.
Kitobning   “Do’stona   amaliy   hamkorlik   –   barqaror   rivojlanish   kafolati”   deb
nomlangan   uchinchi   bo’limini   xorijiy   davlatlar   va   nufuzli   xalqaro   tashkilotlar
rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalar tashkil etadi.
Kitobning   to’rtinchi   –   “Tabrik   va   qutlovlar”   bo’limiga   esa   yurtimizda   keng
nishonlanib   kelayotgan   umumxalq   bayramlari,   tarixiy   sanalar,   turli   xalqaro
anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati  bilan yo’llangan tabrik va qutlovlar
kiritilgan.
  Bugun   xalqimiz,   Vatanimiz   intilayotgan   milliy   taraqqiyotning   yangi
bosqichiga   xos   asosiy   xususiyatlar,   maqsad   va   vazifalar   O’zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Miromonovich   Mirziyoyev   boshchiligida
ishlab   chiqilgan   va   izchil   amalga   oshirilayotgan   Harakatlar   strategiyasi   va
boshqa   muhim   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   hujjatlarda   aniq   belgilab   berildi.
Ularda   jahondagi,   Markaziy   Osiyo   mintaqasidagi   vaziyat,   rivojlanish
tendensiyalari, istiqboldagi taraqqiyot yo’llari chuqur tahlil etilgan.
O’zbekistonda   ayni   shu   asosda   inson   huquq   va   erkinliklarini   ta’minlash,
jamiyat   hayotining   barcha   sohalarini   yanada   liberallashtirish   borasida   keng
ko’lamli   islohotlar   amalga   oshirilmoqda.   Xalq   davlat   hokimiyatining   birdan-
bir   manbai   ekani   haqidagi   Konstitusiyaviy   tamoyil   asosida   xalq   bilan
muloqot davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Mamlakatni   innovasion   rivojlantirish,   odamlarda   faol   fuqaroliq
pozisiyasi   va   tashabbuskorlikni   kuchaytirish,   mustaqil   dunyoqarash   va
fikrlash   ko’nikmasini   shakllantirish,   jamiyatda   adolat   ustuvorligini
ta’minlash,   xuquqiy-demokratik   davlat   asoslarini   mustahkamlash,
korrupsiyaga   qarshi   kurash,   jaholatga   qarshi   ma’rifat   bilan   kurashish
bo’yicha muhim vazifalar amalga oshirildi.
Jamiyat   hayotining   barcha   bo’g’inlarida   xalq   bilan   muloqotning   turli
shakl va vositalari, jumladan, Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonalar, Bosh
vazir   qabulxonasi,   mas’ul   va   mutasaddi   rahbarlarning   xalq   deputatlari
37 mahalliy kengashlaridagi hisobotlari, sayyor qabullar, ijtimoiy muammolarni,
odamlarning   yashash   sharoitlarini   bevosita   joylarga   chiqib   o’rganish   kabi
usullar   keng   qo’llanayotgani   milliy   davlatchilik   asoslarini   mustahkamlash
orqali   milliy   g’oya   tamoyillarini   takomillashtirishga,   pirovard   natijada   aholi
manfaatlari va farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Iqtisodiyotda   davlat   ishtirokini   kamaytirish,   bozor   munosabatlariga
to’liq o’tish, xususiy  mulk, xususiy  tadbirkorlik erkinligiga yanada  keng yo’l
ochish,   barcha   sohalarda   davlat-xususiy   sheriklik   munosabatlarini   faol
qo’llashga   alohida   e’tibor   berilmoqda.   Yer   osti   va   yer   usti   boyliklaridan,
inson   resurslaridan   to’la   foydalanish   uchun   barcha   sharoit   va   imkoniyatlar
yaratilmoqda.
O’zbekiston  taraqqiyotning yangi bosqichida fuqarolar  qalbi  va ongidagi
yangi   sifat   o’zgarishlari   hayot   darajasining   yuqsalishi   bilan   uyg’un   holda
kechmoqda.
O’zbekiston   fuqarolarining  xuquq va  manfaatlarini  ular  dunyoning  qaysi
burchagida   bo’lmasin,   davlat   tomonidan   ishonchli   himoya   qilish   reallikka
aylanib borayotgani, bu borada barcha zarur mexanizmlar ishga solinayotgani
jamiyat   a’zolarining   o’z   xalqi   va   Vatanidan   faxrlanish   tuyg’usini,   davlatning
adolat va qonuniy huquqlar kafolati sifatidagi salohiyatiga bo’lgan ishonchini
oshirmoqda.
Harakatlar   strategiyasi   asosida   kechayotgan   shiddatli   islohotlar   xalqning
kelajakka   ishonchini   mustahkamlash,   uni   bunyodkorlik   ishlariga   safarbar
qilish,   jamiyatda   uchrayotgan   illatlar,   xususan,   loqaydlik,   boqimandalik   va
korrupsiya kabi holatlarga qarshi faol kurashishga da’vat etmoqda.
“Xalq   davlat   organlariga   emas,   davlat   organlari   xalqqa   xizmat   qilishi
kerak”.   “Inson   manfaatlari   xamma   narsadan   ulug’”,   “Xalq   boy   bo’lsa,   davlat
ham   boy   va   qudratli   bo’ladi”.   “Xalq   bizdan   rozi   bo’lsa,   ishimizda   unum   va
baraka   bo’ladi”,   “Adolat–qonun   ustuvorligida”,   “Ma’naviyat   bo’lmagan
joyda   xech   qachon   adolat   bo’lmaydi!”,   “Insonlarning   dardu   tashvishlarini
o’ylab   yashash–odamiylikning   eng   oliy   mezonidir”   singari   tamoyillar
hayotga   joriy   qilinmoqda.   Bu   esa   milliy   g’oyaning   xalq   irodasi   sifatidagi
maqomini oshirishga xizmat qiladi.
Eng   muhimi,   bugun   O’zbekistonda   amalga   oshirilayotgan,   jahon
hamjamiyati   tomonidan   e’tirof   etilayotgan   demokratik   islohotlar   ortga
qaytmaydigan   muqarrar   tus   olgani   xalqimiz,   ayniqsa,   yoshlarimiz   ongida
ertangi kunga mustahqam ishonch uyg’otmoqda.
2.Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi
.Insoniyat tarixida asrlar mobaynida davlat hokimiyatining odamlar manfaati,
jamiyat   ravnaqi   yo’lida   xizmat   qilishiga   harakat   qilindi.   Biroq,   legitimlik   yo’li
bilan   dastlabki   hokimiyat   bo’linishi   kabi   siyosiy-huquqiy,   zamonaviy-nazariy
qarashlar amaliyotga kirib kelmaguncha faoliyat maqsadi insoniyat baxt-saodatiga
qaratilgan   hokimiyat   tizimi   kuzatilmadi.   Hokimiyatni   tartibga   soluvchi   ushbu
nazariya  davlat   hokimiyati   va   boshqaruvini   demokratlashtirish   jarayonida   amalga
38 oshirilgan   islohotlarning   eng   barqarori   bo’lib,   unda   hokimiyatlar   bo’linishi
tamoyilini   hayotga   izchil   tadbiq   etish,   ular   o’rtasida   o’zaro   va   manfaatlar
muvozanatining   samarali   tizimini   shakllantirish   kabi   dolzarb   chora-tadbirlarni
ko’rishga   qaratilgan   edi.   Hokimiyatlar   bo’linishi   klassik   tamoyilining   mazmun   -
mohiyatini   «bir-birini   tiyib   turish   va   muvozanatda   ushlash»   mexanizmining
mavjudligi   bilan   birga,   uning   real   ishlashi   tashkil   etadi.   O’zbekistonda   davlat
hokimiyatini   tashkil   etishda   hokimiyatni   taqsimlanishi   tamoyilining
konstitusiyaviy asosda qo’lanilishi bizda demokratik tuzumning o’rnatilganligidan
dalolat beradi. Shu jihati bilan konsepsiya davlatning boshqaruvdagi barcha amaliy
harakatlari   va   doirasini   belgilaydi   hamda   mamlakatning   siyosiy   hayotida
barqarorlik, hokimiyat organlari o’rtasida muvozanat mexanizmini yaratadi.
Istiqlol   yillarida   amalga   oshirilgan   keng   miqyosli   islohotlar   evaziga   tajriba
to’plandi,   tizim   yangilandi:   totalitar   rejimga   barham   berilib,   davlatchilik   usul   va
uslubida   rasional   yondoshuvlar   shakllandi.   Demokratik   tamoyillarga   keng   yo’l
ochildi.   Shu   nuqtai   nazardan   qat’iy   ishonch   bilan   aytish   mumkinki,   “Buyuk
kelajagimizni   oliyjanob   va   mard   xalqimiz   bilan   birga   quramiz...”.   Darhaqiqat,
bugungi   sharoitlar   butunlay   yangi   davr   davlatchiligiga   asos   solindi   deyishimiz
mumkin.   Albatta,   hozirgi   jadal   taraqqiyot   jarayonining   tayanchi   yurtimiz
O’zbekistonda, davlat boshqaruvning demokratik uslubi sifatida hokimlik organlari
vakolatlarining   qonuniy   me’yorlarini   optimallashtirish,   o’z   xizmat   vazifalarini
bajarish chog’ida qonun talablari hamda mahalliy sharoitdan kelib chiqib, mustaqil
qarorlar   qabul   qilishga   yo’l   ochadi.   Bularning   bari   O’zbekiston   jamiyati
amaliyotda sifat jihatidan mutlaqo yangi davrni boshlaganini bildiradi. Gap, davlat
rahbarining   saylov   oldi   dasturi   asosida   ishlab   chiqilgan   va   bugun   hayotga   tadbiq
etilgan   Harakatlar   strategiyasining   mohiyati   borasida   borar   ekan,   shuni   alohida
ta’kidlaymiz,   Strategiyaning   bugungi   kun   uchun   xos   bo’lgan   ma’nosi   hozirgi
murakkab   davrda   O’zbekistonning   erkin   va   farovon   davlat   bo’lishiga   erishish,
odamlar   hayotini   tubdan   yaxshilash,   baxtli   turmushini,   kafolatli   tinchligini
ta’minlash, har bir insonning ertangi kuniga bo’lgan ishonchini mustahkamlashdan
iborat.   Haqiqatdan   ham,   fuqarolarning   zamonaviy   tafakkuri   davlat   borasida   o’z
tushunchasi,   boshqaruv   xaqida   shaxsiy   fikri,   uning   rivojlanishiga   alohida
yondoshuvi   borligi,   ijtimoiy-siyosiy   jarayonga   munosabati   kardinal   o’zgarganligi
bilan   xarakterlanadi.   Endilikda   ijtimoiy   xayotning   barcha   jabhalarini   isloh   qilish
jarayonlari, fuqarolar ongida fundamental o’zgarishlar, jamiyatni tashkil qilishning
demokratik   shakllari   -   inson   va   jamiyat,   fuqaro   va   davlat   o’rtasidagi
munosabatlarni  soddalashtirilgan   tartibi  sharoitida  ro’y  bermoqda.  Ijtimoiy  adolat
tamoyili   nuqtai   nazaridan   islohotlarning   shu   zayilda   borishi   xalqni,   demokratik
ko’pchilikni   davlatni   xalqchil   boshqarish   jarayonlaridagi   faol   ishitirokini
ta’minlaydi. Bundan davlat hokimiyati organlarining joriy vazifasi – xalqqa xizmat
qilish bilan belgilangan. Bu borada Prezident Sh. Mirziyoyev shunday degan edi:
“Bundan   keyin   vazirlik   va   idoralar,   xo’jalik   birlashmalari   rahbarlari   va
hokimlarning   faoliyati   natijasi   ularning   odamlar   bilan   qanday   muloqot   olib
borayotgani va ishni tashkil etgani, fuqarolarning muammolarini qay darajada hal
qilayotganiga   qarab   baholanadi   va   tegishli   xulosalar   chiqariladi”.   Bularning   bari
39 to’g’ri,   albatta.   Chunki,  istiqlolning   asl   mohiyati,  O’zbekistonning   bosh   maqsadi,
takomillashtirishning ustuvor yo’nalishi ham – xalq davlatning yagona va birdan-
bir   manbai   sifatida   qaratilganligida.   Buning   uchun   boshqaruv   mexanizmidagi
davlat hokimiyati
organlari   faoliyatining   ochiqligini   ta’minlash   muhim   masaladir.   Albatta,
hozirgi   jadal   taraqqiyot   jarayonining   tayanchi   O’zbekistonda,   davlat
boshqaruvning   demokratik   uslubi   sifatida   hokimlik   organlari   vakolatlarining
qonuniy   me’yorlarini   optimallashtirish,   o’z   xizmat   vazifalarini   bajarish   chog’ida
qonun   talablari   hamda   mahalliy   sharoitdan   kelib   chiqib,   mustaqil   qarorlar   qabul
qilishga yo’l ochadi. Bularning bari O’zbekiston jamiyati amaliyotda sifat jihatidan
mutlaqo   yangi   davr   boshlaganini   bildiradi.   Shu   qatorda   davlat   boshqaruv
organlarini optimallashtirish aholiga sifatli va xolisona xizmat ko’rsatish bo’yicha
ularning   ma’suliyat   hissini   kuchaytirishga   qaratilgan   davlat   boshqaruvini
modernizasiya  qilish zarurligi masalasi  ayniqsa dolzarb bo’lib qolmoqda. Hozirgi
zamonda   inson   omili   hisobga   olingandagina,   umumiy   va   xususiy   maqsadlar,
manfaatlar   bir-biriga   qarama-qarshi   kelib   qolmagan   taqdirdagina   modernizasiya
muvaffaqiyat   qozonishi   mumkin   .   Shu   o’rinda,   albatta,   rivojlantirishning   beshta
yo’nalishi   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasida   ham   aynan   adolatli   va   insonparvar
jamiyat qurishning oddiy, sodda, xalqchil tamoyili ilgari surildi, hamda xalq bilan
samarali muloqotni ta’minlash dasturlari ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq ijti-
moiy-siyosiy   hayotni   modernizasiya   qilish,   davlat   hokimiyati   tizimini
demokratlashtirish,   ular   faoliyati   uslubini   xalqchillashtirish   tendensiya   lari
xalqchillik   tamoyili   asosida   barqaror   ishlash   mexanizmini   yaratadi.   Shu   o’rinda,
davlat   rahbarining   “Xalq   davlat   idoralariga   emas,   davlat   idoralari   xalqimizga
xizmat   qilishi   kerak”   degan   talabning   qo’yilishi   jamiyatda   ijtimoiy   adolat
prinsiplarining   barqaror   bo’lishiga,   qonun   ustuvorligiga   erishishga,   qonun   oldida
barchaning tengligi ta’minlanishiga
olib keladi. Bu haqqoniy tendensiyaning amaliy ifodasi sifatida tashkil etilgan
xalq bilan muloqot qilish mexanizmlari ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
portali, O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti ning Xalq qabulxonalari, xokimliklar
huzuridagi   dastlab   “yagona   darcha”   va   keyinchalik   “davlat   agentligi   xizmati”ga
takomillashtirildi,  joylarda  sayyor  qabullar  yo’lga  qo’yildi.  Ma’lumki,  yurtimizda
shakllangan   yangi   tarixiy   sharoitlarda   aholidan   kelib   tushgan   ariza   va   takliflarni
chuqur   o’rganilganligi,   umumlashtirilganligi   evazida   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   «O’zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo’yicha
Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi va aholining
keng   qatlamlari   orasida   qizg’in   muhokamalar   olib   borildi.   Loyihani
joriylashtirilishida,   yuridik   shaxs   maqomiga   ega   bo’lmagan   –   O’zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   Xalq   qabulxonasi   va   O’zbekiston   Respublikasi
Muhimi,   davlat   boshqaruvi   tizimini   isloh   qilishda   davlat   hokimiyati   faoliyatining
mohiyati,   shakli   va   uslubi   jamiyatning   milliy   –   madaniy   va   ijtimoiy   -   siyosiy
rivojlanishining tarixiy sharoitlari, xalq siyosiy va xuquqiy madaniyatining o’ziga
xosligi, hukmron elitaning professionalligi va irodasi, davlatning tuzilish shakli va
siyosiy tartibi bilan belgilanadi. Biroq tashqi muhit ta’siri har bir davlatning sodir
40 bo’layotgan   global   o’zgarishlarga   javob   beradigan   o’zining   ma’muriy   tizimini
isloh   etishini   talab   etadi.   Bu   o’zgarishlar   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   davlat
chiqimining   kamayishiga,   davlat   funksiyalarining   bajarilishiga   olib   keladi.
Shuningdek,   davlat   xizmatlari   sifatining   oshishiga,   to’laqonli   fuqarolik   jamiyati
bunyod etilishi va, albatta, aholi asosiy ko’pchiligida davlat hokimiyati organlariga
bo’lgan   ishonchini   mustahkamlanishiga   olib   keladi   .   Shu   o’rinda,   Prezident
Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi qabul qilgan “O’zbekiston Respublikasini
yanada   rivojlantirish   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasi   to’g’risida”gi   farmonida
davlat   va   jamiyat   qurilishini   takomillashtirishga   yo’naltirilgan   demokratik
islohotlar   va   mamlakatni   modernizasiya   qilishda   parlamentning   rolini   yanada
kuchaytirishga,   davlat   boshqaruvi   tizimini   takomillashtirish   masalalariga   ustuvor
ahamiyat   qaratilgani   ayniqsa   e’tibor   molik.   Mamlakatning   yangi   istiqboldagi
rivojlanish   yo’nalishini   belgilab   bergan   bu   tarixiy   xujjat   albatta,   ko’p   yillar
davomida konstruktiv-dasturiamal sifatida xizmat qiladi.
Yuqorida   keltirilgan   fikrlarni   mulohoza   qilib   shunday   xulosaga   kelish
mumkinki,demokratiya   talablari,   inson   mafaatlari   nuqtai   nazaridan   jamiyatning
hukumat   oldiga   qo’yadigan   talablari   ancha   yuqori.   Albatta,   jamiyat   davlat
hokimiyati tarmoqlari faoliyatidagi boshqaruvni har jihatdan samarali deb bilishni
istaydi.   Shuningdek,   ijtimoiy  muammolarni   samarali   xal   etish   va  jamiyatni   izchil
rivojlantirishni   ta’minlashga   imkon   beradigan   obyektiv   va   subyektiv   omillarni
o’rganishga asoslangan,  intuitiv boshqarishni  keng joriy qilish zaruriyati borligini
eslatadi.
3.   Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish
Yurtimizda   ijtimoiy   rivojlanish   bo’yicha   o’ziga   xos   tizim   shakllandi.   Bu
borada   2017-2021   yillarda   O’zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor   yo’nalishi   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasida   belgilangan   vazifalarni
amalga   oshirilayotgani,   “Obod   qishloq”,   “Obod   mahalla”,   “Yoshlar   –
kelajagimiz”,   “Besh   ijobiy   tashabbus”   kabi   dasturlar   aholini   yangicha   fikrlash   va
ishlashga safarbar etishda muhim rol o’ynamoqda. Sog’liqni saqlash, madaniyat va
sport,   ilm-fan,   ayniqsa,   ta’lim-tarbiya   sohalarida   bo’layotgan   ulkan
o’zgarishlarning barchamiz guvohi bo’lib turibmiz.
Shu   o’rinda   Prezidentimiz   tashabbusi   bilan   mamlakatimizda   umumta’lim
maktablarida   11   yillik   tizim   tiklanganini,   maktab   ta’limini   rivojlantirish   masalasi
buyuk   umummilliy   maqsadga,   umumxalq   harakatiga   aylanayotganini   alohida
ta’kidlash   joiz.   Ayniqsa,   bugungi   kunda   mamlakatimizda   oliy   ta’lim   sohasi   ham
jadal   rivojlanmoqda.   So’nggi   uch   yilda   35ta   yangi   oliy   o’quv   yurti   tashkil
qilingani,   ularning   umumiy   soni   112   taga   yetgani,   e’tiborlisi,   bularning   13   tasi
nufuzli   xorijiy   universitetlarning   filiallari   ekani   sohada   amalga   oshirilayotgan
islohotlarning yorqin isbotidir.
 Yangi o’quv yilining ilk – “Mustaqillik” darslarida istiqlol yillarida, ayniqsa,
keyingi   uch   yilda   amalga   oshirilgan   islohotlar,   Harakatlar   strategiyasida
belgilangan   “Milliy   tiklanishdan   –   milliy   yuksalish   sari”   degan   ustuvor   g’oya,
41 Prezidentimiz   nutqi   mazmun-mohiyati   xususida   o’quvchi-yoshlarga   keng
tushunchalar berildi. 
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018   yil   25   yanvardagi   “Umumiy
o’rta,  o’rta  maxsus  va   kasb-hunar   ta’limi   tizimini   tubdan   takomillashtirish   chora-
tadbirlari   to’g’risida”gi   farmoniga   muvofiq   2018/2019   o’quv   yilidan   boshlab
majburiy umumiy o’rta ta’lim  uzluksiz 11 yillik ta’lim  negizida  amalga oshirildi.
11   yillik   ta’limning   joriy   etilishi   munosabati   bilan   tezkor   davr   talabidan   kelib
chiqqan   holda   olimlar,   amaliyotchi   o’qituvchilar   hamda   keng   jamoatchilikning
fikriga tayanib, 10-11-sinflar uchun 12 ta umumta’lim fani bo’yicha o’quv rejalari
qaytadan tayyorlanib, ularga bir qator o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 11-sinfda
kasb ta’limi orqali 50 ga yaqin kasbni o’rgatish bilan birga, “Tadbirkorlik asoslari”
fani   ham   o’qitiladi.   O’quv   dasturlari   asosida   10-sinf   o’quvchilariga   umumta’lim
fanlaridan   18   nomdagi   darsliklar   7   tilda,   jami   9   million   53   mingdan   ortiq   tirajda
chop etilib, joylarga yetkazildi. 
      Vazirlar   Mahkamasining   2017   yil   24   oktyabrdagi   “Umumiy   o’rta   ta’lim
muassasalarining   10-11-sinflari   o’quvchilariga   kasbiy   ta’lim   berishga
ixtisoslashgan   o’quv-ishlab   chiqarish   majmualarini   tashkil   etish   chora-tadbirlari
to’g’risida”gi   qarori   10-11-sinf   o’quvchilarining   ta’lim   olishi   bilan   birga,   ularga
kasb-hunar   o’rgatish,   yoshlarning   qiziqish   va   qobiliyatini   nazarda   tutgan   holda
kelajakda   ularni   ta’limni   davom   ettirishi   yoki   egallagan   kasbi   bo’yicha   mehnat
faoliyati bilan shug’ullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi. Kasb-
hunar   kollejlarida   o’quv-ishlab   chiqarish   majmualari   tashkil   etildi.   Kasblar
ro’yxatini   tayyorlashda   hududlarning   sharoiti   hamda   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish   dasturlari   inobatga   olinib,   mutasaddilar   va   ish   beruvchi   tashkilotlar
mutaxassislari   bilan   birgalikda,   real   vaziyatni   xolis   baholagan   holda   ish   olib
borildi. Ya’ni 11-sinf o’quvchisi maktabni tamomlagandan keyin egallagan hunari
bo’yicha o’z ishini topa olishiga jiddiy e’tibor qaratildi.
Oilada va kundalik turmushda hamisha zarur bo’lgan kichik tibbiy hamshira,
oilaviy kichik hamshira, tarbiyachi yordamchisi, ijtimoiy soha kichik mutaxassisi,
dasturchi,   tarmoq   boshqaruvchisi,   veb-sayt   dizayneri,   kompyuter   grafikasi
mutaxassisi   va   shu   kabi   boshqa   kasblarning   o’rgatilishi   jamiyatga,   ham   davlatga
bir   xil   naf   keltiradi.   E’tiborlisi,   joylarda   tashkil   etilgan   o’quv-ishlab   chiqarish
majmualarida   kasblar   murakkabligiga   qarab   1   yoki   2   yil   davomida   o’rgatiladi   va
mehnat bozoridagi ehtiyojga ko’ra kasblarning turi o’zgarib turadi.
10-11-sinf  o’quvchilariga haftasiga  bir  kun 6 soatdan  2 yil  davomida kasbiy
ta’lim o’qitiladi. Bitiruvchilarga o’rta ma’lumot to’g’risida attestat bilan birga kasb
malakasi   bo’yicha   davlat   namunasidagi   diplom   beriladi.   Shu   bilan   birga,
o’quvchilarda   kasblarga   bo’lgan   qiziqishni   oshirish,   kasblar   to’g’risidagi
ma’lumotlarni   uzluksiz   yetkazish   maqsadida   ular   umumta’lim   maktablarining   1-
sinfidan boshlab kasbga yo’naltirilib boriladi. 8-9-sinflarda esa kasbga yo’naltirish
alohida fan sifatida o’qitiladi.
Ilgari   9-sinfni   tamomlayotgan   o’quvchilarda   qaysi   kollejda   o’qishni   davom
ettirish   borasidagi   savol   ko’ndalang   turardi.   Ba’zilari   majburlikdan   u,   yoki   bu
kollejlarga   “adashib”   borib   qolardi.   Oxir   oqibat   ularning   bilim   olishida,   ham
42 tarbiyasida   salbiy   holatlar   paydo   bo’la   boshlardi.   Bu   esa,   o’z   navbatida,   voyaga
yetmaganlar   orasida   turli   huquqbuzarliklar,   jinoyatlar   ortishiga   sabab   bo’ldi.
Pedagog   sifatida   shuni   ishonch   bilan   aytamanki,   o’quvchilar   11   yillik   ta’lim
sistemasida chuqur bilim oladi, bu ertamiz egalarining bilimli,   kasb-hunarli   bo’lib
ulg’ayishi,   ma’naviyati,   odob-axloqi,   bo’sh   vaqti   ustidan   mahalla-ko’y   va
jamoatchilik nazoratining o’rnatilishiga keng imkoniyat yaratdi.
O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrda   “ Professional
ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirishga   doir   qo’shimcha   chora-tadbirlar
to’g’risida”gi   Farmoni   qabul   qilingani   ta’lim   tizimidagi   islohotlarning   mantiqiy
davomi bo’ldi. Ushbu hujjatda nazarda tutilgan maqsadlar barchamizni quvontirdi,
desam mubolag’a bo’lmaydi.
Farmonga   muvofiq,   2020/2021   o’quv   yilidan   boshlab   O’zbekistonda
Ta’limning   xalqaro   standart   tasniflagichi   darajalari   bilan   uyg’unlashgan   yangi
boshlang’ich,   o’rta   va   o’rta   maxsus   professional   ta’lim   tizimi   hamda
tabaqalashtirilgan   ta’lim   dasturlari   joriy   etiladigan   ta’lim   muassasalari   tashkil
etilib, mazkur dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari
ro’yxatlari tasdiqlandi.
Bundan   tashqari,   Farmonga   ko’ra ,   jami   388   ta   kasb-hunar   kollejlari   binolari
tegishli ro’yxatga asosan maktab sifatida foydalanilishi belgilandi.
Boshlang’ich,   o’rta   va   o’rta   maxsus   professional   ta’lim   tizimida   tegishli
ta’lim   dasturlari   joriy   etilgan   kasb-hunar   maktablari,   kollejlar   va   texnikumlardan
iborat professional ta’lim muassasalari tarmog’i tashkil etiladi.  Bunda:
A) kasb-hunar maktablarida:
Maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik kunduzgi ta’lim beriladi;
Ta’lim   olayotgan   o’quvchilar   Davlat   byudjeti   hisobidan   bazaviy   hisoblash
miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan
ta’minlanadi.
B) kollejlarda:
Kamida   umumiy   o’rta   ma’lumotga   ega   bo’lgan   shaxslarga   kasblar   va
mutaxassisliklarning   murakkabligidan   kelib   chiqqan   holda   2   yilgacha   muddatda
kunduzgi,   kechki   va   sirtqi   ta’lim   shakllarida   davlat   buyurtmasi   hamda   to’lov-
kontrakt asosida ta’lim beriladi.
V) texnikumlarda:
Umumiy   o’rta   ma’lumotga   ega   bo’lgan   shaxslarga   kasblar   va
mutaxassisliklarning   murakkabligidan   kelib   chiqqan   holda   2   yildan   kam
bo’lmagan   muddatda   kunduzgi,   kechki   va   sirtqi   ta’lim   shakllarida   davlat
buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi;
Texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar o’z sohasiga mos bakalavriat ta’lim
yo’nalishlari   bo’yicha   kirish   imtihonlarisiz   yakka   tartibdagi   suhbat   orqali   oliy
ta’lim muassasalarida 2-kursdan o’qishini davom ettirish huquqiga ega bo’ladi.
Xulosa o’rnida aytganda, amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi  yosh
avlodning   puxta   va   sifatli   bilim   olishiga   davlatimiz   tomonidan   ko’rsatilayotgan
katta e’tiborning amaldagi ifodasidir. Zero, hyech bir davlatda O’zbekistondagidek
43 bepul ta’lim tizimi mavjud emas. Bu islohotlarning tag-zamirida MUSTAQILLIK
bergan cheksiz imkoniyatlardir.
4.  Yangi O’zbekistonda – yangi saylovlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga
taqdim   etgan   Murojaatnomasida,   Mamlakatimiz   siyosiy   hayotida   muhim
ahamiyatga   ega   bo’lgan   saylov   qonunchiligi   bir   qator   qonun   va   qonunosti
hujjatlaridan   iborat   bo’lsada,   afsuski,   hanuzgacha   yaxlit   bir   hujjat   shakliga
keltirilmaganligini   ta’kidlab,   xalqaro   norma   va   standartlarga   javob   beradigan
O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish
vazifasini   qo’ygan   edilar.Ushbu   vazifaning   ijrosi     2019   yilning   25-   iyunida   18
bob,103   moddadan   iborat   Saylov   kodeksi   qabul   qilinishida   hamda   2019   yil   22-
dekabrdagi   saylovlarda   va   2020   yil   5-yanvarda   o’tkazilgan   takroriy   ovoz   berish
jarayonlarida   ta’minlandi.Ushbu   muxim   siyosiy   tadbirni   o’tkazish   uchun
O’zbekiston   Respublikasi   Markaziy   saylov   komissiyasi   tomonidan   10253   ta
uchastka   hamda   xorijdagi   fuqarolarimiz   ovoz   berishi   uchun   55   ta   uchastkalar
tuzildi.O’zbekistonning   yangi   tarixida   birinchi   marta   MSK   tomonidan   180
mingdan   ortiq   a’zolar   saylov   qonunchiligidagi   yangiliklar   bo’yicha
o’qitildi.Shuningdek   MSK   ning   2019   yil   11-oktyabrdagi   qarori   bilan   o’tkazilgan
20-oktyabrdan-20 noyabrgacha saylov qonunchiligi targ’ibot oyligi doirasida davra
suxbatlari,debatlar   va   ommaviy   axborotlarda   chiqishlar   orqali   keng   xalqimiz
“YaNGI   O’ZBEKISTON   –   YaNGI   SAYLOVLAR”   shiori   ostidagi   saylov
qonunchiligi   bo’yicha   yangiliklar   xabardor   qilindi.Saylovlarning   shaffof
o’tkazilishini   xamda   xalqaro   standartlarga   mosligini   10   dan   ortiq   xalqaro
tashkilotlardan   800   dan   ortiq   xalqaro   kuzatuvchilar   kuzatdilar.   Shuningdek  
Qonunchilik   palatasi   deputatligiga,   mahalliy   Kengashlar   deputatligiga
nomzodlar   ko’rsatgan   siyosiy   partiyalardan,   fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish
organlaridan   mahalliy   kuzatuvchilar   hamda   ommaviy   axborot   vakillari,blogerlar
ham   faol   kuzatdilar.Ular   joylarda   saylov   jarayonlarini   kodeks   talablari   doirasida
o’tkazilishini   ta’minladilar.Bundan   tashqari   respublikamizda   60   ta   saylov
uchastkasidagi   saylov   jarayoni     to’g’ridan   to’g’ri   jaxon   ommasiga   transilyasiya
qilindi.Bu jarayon jaxonda O’zbekistondagi saylovlar demokratik prinsiplarga mos
holda o’tganligini ko’rsatdi.Prezidentimizning 2018 yil 4-oktyabrda qabul qilingan
“Saylov   jarayoniga   zamonaviy   axborot-kommunikasiya   texnologiyalarini   joriy
etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori milliy saylov tizimiga Saylov jarayonini
boshqarishda   axborot   tizimi   va   Saylovchilarning   yagona   elektron   ro’yxatini   joriy
qilishning xuquqiy asoslarini yaratishda muhim omil bo’ldi.
Saylovchilarning   yagona   elektron   ro’yxati   (SYaER)   tegishli   davlat   organlari
tomonidan   taqdim   qilingan   ma’lumotlar   asosida   shakllantirildi   va   yangilandi,
ushbu   ro’yxat   joylardagi   saylov   komissiyalari   tomonidan   aniqlashtirildi.  Aholini
uyma-uy yurish natijasida saylov komissiyasi tomonidan saylovchilarning yagona
elektron   ro’yxatiga   saylovchining   JSIR   yoki   uning   pasport   ma’lumotlari
yordamida   saylovchini   izlab   topdi   va   familiyasi,   ismi,   otasining   ismi,   tug’ilgan
sanasi   va   yashash   manziliga,   uning   ovoz   berish   huquqiga   o’zgartirish
kiritdi.Shuning   uchun   yuqorida     aytilganidek   xorijda   yashayotgan   fuqarolarimiz
44 xorijdagi   55ta   uchastkalarda   ovoz   berdilar.Xorijdagi   fuqarolarimiz   O’zbekistonda
ovoz bergani yo’q.  
Saylov kodeksidagi yangiliklar:
 Qonunchilik   palatasida   Ekoharakat   vakillari   uchun   kvota   ajratish   instituti
tugatildi;
 Nomzodlarni  xalq deputatlari  tuman (shahar)  Kengashlariga  fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan ko’rsatish tartibi bekor qilindi;
 Saylovchilarning   yagona   elektron   ro’yxatini   yuritish   tartibi   qonunan
tartibga solinadi;
 Siyosiy   partiyalar   tomonidan   imzo   yig’ishda   saylovchilar   tomonidan   bir
qancha partiyalarni yoqlab imzo qo’yish imkoniyati berildi;
 Saylov   uchastkalarida   uchastka   saylov   komissiyasining   ovozlarni   sanash
to’g’risidagi   bayonnomasining   zudlik   bilan   jamoatchilik   muhokamasi   uchun   48
soatdan kam bo’lmagan vaqtga ilib qo’yish tartibi o’rnatildi;
 Uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish jarayoni tugagandan keyin
amalga   oshiradigan   aniq   harakatlari   nazarda   tutilmoqda   (ovozlarni   sanash,
bayonnomalarni tuzish, okrug saylov komissiyalari bilan o’zaro aloqalari va x.k);
 Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko’pi bitta tashkilotdan
tavsiya etilishi mumkin emasligi belgilab qo’yildi;
 Xalq   deputatlari   tuman   (shahar)   Kengashlarida   muhokama   etiladigan   va
tavsiya   etiladigan   uchastka   saylov   komissiyalari   a’zolari   nomzodlari   bo’yicha
jamoat birlashmalari va tashkilotlarining takliflari olinishi tartibi o’rnatildi;
 Saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yo’l
qo’yiladigan eng ko’p chetga chiqishi o’n foizdan oshmasligi tartibi o’rnatildi;
 fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlariga   saylovlarda   kuzatuvchi
sifatida ishtirok etish huquqi berildi;
 Qonunchilik   palatasiga,   mahalliy   Kengashlarga   saylov   bir   vaqtda
o’tkazilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o’tkazuvchi okrug
saylov komissiyalari tomonidan yagona saylov uchastkalari tuzish tartibi o’rnatildi;
 Saylovlarda ovoz berish vaqti 08:00 dan 20:00 gacha etib belgilandi;
 Saylovchilar   Markaziy   saylov   komissiyasining   rasmiy  
veb-saytida   saylovchilarning   ro’yxati   to’g’risidagi   o’zi   uchun   kerakli
ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo’ladi   va boshqalar.
    O’zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo’yicha   Harakatlar
strategiyasi,   “Insonlarning   dardu   tashvishlarini   o’ylab   yashash   –   odamiylikning
eng   oliy   mezonidir”,   “Xalq   davlat   idoralariga   emas,   davlat   idoralari   xalqimizga
xizmat qilishi kerak”, “Odilona qonunlarni qabul qilish, jamiyatda qonunga hurmat
ruhini   qaror   toptirish   –   demokratik   huquqiy   davlat   qurishning   garovidir”,
“Xalqimiz   o’z   hayotida   ijobiy   o’zgarishlarni   ertaga   emas,   uzoq   kelajakda   emas,
aynan   bugun   ko’rishi   kerak”,   “Xalq   boy   bo’lsa,   davlat   ham   boy   va   qudratli
bo’ladi”   kabi   hikmatlarda   “Yuksalish”   g’oyasi   tayanch   paradigmalarining
mazmun-mohiyati o’z ifodasini topgan. Ular jamiyatimiz hayoti, xalqimiz qalbi va
ongidan chuqur joy oldi, butun mamlakatimiz, barcha soha va tarmoqlarda amalga
oshirilayotgan   islohotlarni   harakatlantiruvchi   kuchga,   ta’bir   joiz   bo’lsa,   g’oyaviy
45 o’zagi va ma’naviy tayanchiga aylandi. Bunday tarixiy o’zgarishlar silsilasida xalq
bilan   muloqot   qilish,   murojaatlar   bilan   ishlash   bo’yicha   tamomila   yangi   tizimga
asos   solingani   va   buning   xalqaro   miqyosda   noyob   tuzilma   sifatida   keng   e’tirof
etilayotgani esa ushbu jarayonning samarali amalga oshayotganidan dalolat beradi.
5.  Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari. E-hukumatni 
amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari.
Elektron hukumat tushunchasi
Keng   ma’noda,   elektron   hukumatning   vazifalari   va   xizmatlar   ko’rsatishi
hamda   faoliyatini   rivojlantirish   uchun   AKTni   qo’llash   sifatida   belgilanishi
mumkin.
O’ziga   xos   ravishda,   elektron   hukumatni   ―davlat   oganlari   ko’rsataѐWtgan
hizmatlarning   shaffofligi,   samaradorligi   va   sifatini   oshirish   maqsadida   raqamli
texnologiyalardan   foydalanish   deb   tushunish   mumkin.   Shuningdek,   elektron
hukumat   AKTni   ko’llagan   holda   davlat   organlarining   yanada   samarali   faoliyat
ko’rsatishi   hamda   fuqarolar   va   tadbirkorlik   subyektlariga   sifatli   xizmatlar
ko’rsatishidir
Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi
1. AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoqlari, internet, faks va telefon).
2.   Hukumat   faoliyatini   qo’llab-quvvatlash   (axborot   bilan   ta’minlash,
xizmatlar, mahsulotlar, mamuriy boshqaruv).
3.   Fuqarolar   bilan   hukumat   munosabatlarini   rivojlantirish   (yangi   aloqa
kanallarini   yaratish,   si	
ѐWsiy  	ѐWki   ma’muriy   jara	ѐWnlariga   fuqarolarni   targ’ibot   va
tashviqotlar orqali jalb qilish)
4.   Belgilangan   strategiyalarga   mos   ravishda   ishtirokchilarni   jara	
ѐWnlarda
qatnashish qiymatini belgilash.
Elektron hukumat ta’riflari:Birlashgan Millatlar Tashkiloti-Elektron hukumat
fuqarolarga   davlat   organlari   tomonidan   axborot   va   xizmatlarini   etkazib   berish
uchun Internet foydalanish deb ta’riflangan
Jahon   banki   -   Elektron   hukumat   davlat   organlari   axborot   texnologiyalaridan
foydalanib   fuqarolar,   tadbirkorlik   subyektlari   va   boshqa   davlat   organlari
o’rtasidagi   o’zaro   munosabatlarni   yaxshilashni   nazarda   tutadi.   Ushbu
texnologiyalar   turli   maqsadlarga   xizmat   qilishi   mumkin:   fuqarolarga   davlat
xizmatlarini   yaxshiroq   etkazib   berish,   biznes   va   ishlab   chiqarish   bilan   o’zaro
muloqotni   takomillashtirish,   kerakli   ma’lumotlarni   olish   orqali   fuqaro   huquq   va
imkoniyatlarini   kengaytirish,  	
ѐWki   yanada   samarali   davlat   boshqaruvini   amalga
oshirish
Iqtisodiy   hamkorlik   va   taraqqi	
ѐWt   tashkiloti   -   Elektron   hukumat   termini
xukumat tomonidan AKTdan foydalanib, bir qator amaliy funksiyalarini to’laqonli
bajarishi nazarda tutadi
• Xususan, Internet va tegishli texnologiyalar tomonidan taklif etilgan tarmoq
salohiyati   tuzilmalari   va   hukumatning   ishlash   jara ѐ	
W nini   transformasiyasi
tushuniladi
Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
46 -davlat   organlari   faoliyatining   samaradorligini,   tezkorligini   va   shaffofligini
ta’minlash,   ularning   mas’uliyatini   va   ijro   intizomini   kuchaytirish,   aholi   va
tadbirkorlik   subyektlari   bilan   axborot   almashishni   ta’minlashning   qo’shimcha
mexanizmlarini yaratish
-Elektron   hukumatning   asosiy   vazifalari   quyidagilardan   iborat:   ariza
beruvchilar   uchun   mamlakatning   butun   hududida   davlat   organlari   bilan   o’zaro
munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo’yicha imkoniyatlar
yaratish
-o’z   zimmasiga   yuklatilgan   vazifalar   doirasida   davlat   organlarining
ma’lumotlar   bazalarini,   Yagona   interaktiv   davlat   xizmatlari   portalini   va   Elektron
davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantirish
-aholi   va   tadbirkorlik   subyektlari   bilan   o’zaro   munosabatlarni   amalga
oshirishda   elektron   hujjat   aylanishi,   davlat   organlarining   o’zaro   hamkorligi   va
ularning   ma’lumotlar   bazalari   o’rtasida   axborot   almashinuvi   mexanizmlarini
shakllantirish   hisobiga   davlat   boshqaruvi   tizimida   «bir   darcha»   prinsipini   joriy
etish
-tadbirkorlik   subyektlarini   elektron   hujjat   aylanishidan   foydalanishga,   shu
jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, lisenziyalar,
ruxsatnomalar,   sertifikatlar   berish   jaraѐWnlarida,   shuningdek   davlat   organlaridan
axborot olish jara	
ѐWnlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o’tkazish
-tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog’i
orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini,
shuningdek   kommunal   xizmatlarni   hisobga   olishning,   nazorat   qilishning   va   ular
uchun haq to’lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish
-naqd   bo’lmagan   elektron   to’lovlar,   davlat   xaridlarini   amalga   oshirish,
masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi  faoliyatning boshqa
elektron shakllarini rivojlantirish
Elektron hukumatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;
elektron   davlat   xizmatlaridan   ariza   beruvchilarning   teng   ravishda
foydalanishi; «bir darcha» prinsipi bo’yicha elektron davlat xizmatlari ko’rsatish;
davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish; elektron hukumatning yagona
identifikatorlaridan foydalanish;
elektron   davlat   xizmatlari   ko’rsatish   tartibini   muntazam   takomillashtirib
borish;
axborot xavfsizligini ta’minlash.
Elektron hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari
Elektron   hukumat   tizimining   mamlakatda   muvaffaqiyatli   amalga
oshirilganligini   quyidagi   4   ta   maqsadlarning   bajarilganligi   asosida   baho   berish
mumkin:
Onlayn hukumat xizmati
Qog’ozsiz hukumat
Bilimga asoslangan hukumat
 Shaffof hukumat
47 Ushbu   to’rtta   maqsadlarga   erishish   uchun   elektron   hukumat   tizimi
hukumatning bir necha darajalarida tashkillashtirilgan bo’lishi lozim
Hukumat boshqaruvining har bir darajasida bajariladigan 3 ta asosiy vazifalar
mavjud:
(1) innovasion fuqaro xizmatlari (G2C); 
(2) innovasion biznes xizmatlari (G2B);
(3) innovasion hukumat ichidagi ishlari (G2G, G2E).
Elektron   hukumatining   bir   necha   qirralari   mavjud   va   foydalanuvchilar   va
ularning o’zaro munosabatlari asosida quyidagicha xarakterlanadi
Davlat   fuqarolarga   (G2C)-   fuqarolar   turli   ma’lumotlar,   xizmatlar   va   boshqa
imkoniyatlar bilan ta’minlanadilar
Davlat   biznesga   (G2B)-   hukumat   va   biznes   o’rtasidagi   munosabatlar   va
o’zaro bir qator aloqalarni ta’minlaydi
Davlat   davlatga   (G2G)-   davlat   ichida  ѐWki   davlat   idoralari   o’rtasidagi   turli
axborotlarni almashish va hamkorlikni qo’llab-quvvatlashni ta’minlash
Elektron hukumatning muvaffaqiyat omillari
Elektron   hukumatning   muvaffaqiyat   omillari   beshta   asosiy   guruhlarga
bo’linadi: 
•Kelajakni ko’rish qobiliyati, strategiya va aniq maqsadlar
•Qonun va yo’riqnomalar
•Tashkilotlararo kelishuv
•BPR - Biznes jara	
ѐWnlarni maqbullashtirish
•Axborot texnologiyalari
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishning me’ ѐ	
E riy-huquqiy asoslari
Mamlakatimizda   milliy   axborot   tizimini   shakllantirish,   iqtisodi	
ѐWt   va   jamiyat
faoliyatining   barcha   sohalarida   zamonaviy   axborot   texnologiyalari   hamda
telekommunikasiya   vositalaridan   foydalanish   ko’lamini   kengaytirish,   elektron
xukumatini shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda
Soha rivojini tartibga soluvchi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari:
-“Aloqa to’g’risida” /1992 yil 13 yanvar/;
-“Axborotlashtirish to’g’risida” /2003 yil 11 dekabr/;
-“Elektron raqamli imzo to’g’risida” /2003 yil 11 dekabr/;
-“Elektron hujjat almashinuvi to’g’risida” /2004 yil 29 aprel /;
-“Elektron tijorat to’g’risida” /2004 yil 29 aprel /;
-“Telekommunikasiyalar to’g’risida” /2011 yil 31 dekabr/
Elektron   xukumat   ishtirokchilarining   munosabatlarini   tartibga   soluvchi
qonunchilik,   davlat   xizmatlarini   sifatli   ko’rsatilishiga   xizmat   qiluvchi
markazlashgan   ma’lumot   bazalarini   to’liq   shakllantirish,   davlat   organlarining   o’z
ishida   zamonaviy   axborot-kommunikasiya   texnologiyalarini   yetarli   darajada   joriy
qilish,   aholi   va   tadbirkorlarga   davlat   xizmatlarini   ko’rsatishda   "bir   darcha
tamoyilidan   to’liq   foydalanishdagi   muammolarni   bartaraf   etish   uchun   "Elektron
xukumat to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari.
48 1. Yangilanayotgan   O’zbekistonning   milliy   yuksalish   davri   qaysi   davrdan
boshlanadi?
2. 2017   yil   mamalakatimizda   “Xalq   bilan   muloqot   va   inson   manfatlari   yili”   deb
e’lon   qilinishi   va   unda   amalga   oshirish   lozim   bo’lgan   asosiy   vazifalar   xaqida
so’zlang.
3. 2017-2021   yillarda   O’zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   5   ustuvor
yo’nalishi   buyicha   Harakatlar   strategiyasining   4-chi   yunalishi   nimaga
bag’shlangan?
4. “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik sari” konsepsiyasini izoxlab bering.
5. “Elektron xukumat” nima?
6.  “Xalk davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”
degan ulug’vor g’oyani tushuntirib bering.
7.  Maxalla instituti deganda nimani tushunasiz?
8.  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalarni tashkil
etishdan asosiy maqsadi.
9.  Keyingi yillarda sud-xuquq tizimini islox qilish buyicha qanday chora-tadbirlar
amalga oshirildi?
10.     “Xalq   boy   bo’lsa,   davlat   xam   boy   va   qudrati   bo’ladi”   degan   oliyjanob
so’zlarning moxiyatini tushuntiring.
11.   2019   yil   dekabr   oyida   bo’lib   o’tgan   Oliy   Majlis   Qonunchilik   palatasi   va
Senatga   xamda   maxalliy   Kengashlarga   bo’lib   o’tgan   saylovlar   yakinu   buyicha
fikringizni bildiring.
Адабиётлар рўйхати:
1. Жўраѐв Н.Тамаддунга даъвi (Пр	ѐзид	ѐнт Ш.М. Мирзиё	ѐвнинг жад’ 
тараққиёт стрi	
ѐгияси ҳақида мулоҳоз’ар). Тошк	ѐнт. “Ўзб	ѐкистон”. 2018. Б.
6
2. Ш.Мирзиё	
ѐв. Эркин ва обод, д	ѐмокрiик жамиятни барчамиз 
бирг’икда барпо этамиз. Миллий тараққиёт йўлимизни қiъият билан давом
эттириб, янги босқичга кўтарамиз.-Т.:“Ўзб	
ѐкистон”НМИУ, 2017.153-б.
3.   Ўзб	
ѐкистонда   сиёсий   ислоҳотлар   жараёни.   Ўзб	ѐкистон   р	ѐспубликаси
Пр	
ѐзид	ѐнти ҳузуридаги Давлi бошқаруви акад	ѐмияси. Акад	ѐмия”.Тошк	ѐнт,
2011. Б. 20
4. Жўра	
ѐвН.Тамаддунга даъвi (Пр	ѐзид	ѐнт Ш.М. Мирзиё	ѐвнинг жад’ 
тараққиёт стрi	
ѐгияси ҳақида мулоҳоз’ар). Тошк	ѐнт. “Ўзб	ѐкистон”.2018. Б. 
26.
49

O’zbekiston va jahon hamjamiyati. Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari Reja 1. Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon hamjamiyatiga qo’shilishi 2. O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan aloqalari 3. Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari 4. O’zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalari 5. O’zbekistonning AQSh va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi 6. O’zbe k iston taraqqiyotining yangi bosqichi 7. Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi 8. Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish 9. Yangi O’zbekistonda – yangi saylovlar 10. Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari. E-hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari. 1

Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon hamjamiyatiga qo’shilishi XXI asr bo’sag’asida jahon taraqqiyotining mazmuni o’zgardi. Ilgari dunyo ikki qutbli bo’lib, bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan kuchlar nisbati ikki joyda – SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy kuchlarning qo’lida edi. Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, ikki blokning o’zaro muholiflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda “sovuq urush” siyosati hukmronlik qilardi. Butun dunyo yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90-yillariga kelib sosialistik dunyoning yetakchisi bo’lgan ulkan imperiya – SSSR parchalanib ketdi, Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta davlat, jumladan, O’zbekiston davlati paydo bo’ldi. “Sovuq urush” siyosati barham topdi. Xalqaro vaziyatning o’zgarishi jahon taraqqiyotining holatini tubdan o’zgartirib yubordi. Endi dunyo ko’p qutbli bo’lib qoldi. Biroq dunyo hamon mo’rt, murakkab muammoli bo’lib turibdi. Dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar, ayniqsa, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, fundamentalizm xavfi saqlanib qoldi. Bugungi kunda insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog’liq bo’lib turibdi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tangliq mojaro barcha mamlakatlar xalqlari manfaatiga dahldor bo’lib qoldi. Shu bois O’zbekistonning xalqaro maydonda olib borayotgan siyosatini, uning mamlakatimiz milliy manfaatlariga javob beradigan strategik ustuvor yo’nalishlarini aniq belgilab olish nihoyatda dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu maqsadda 2012 yil sentyabr oyida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Qonunda belgilab berilgan prinsiplar muhim voqyea bo’ldi. Bu prinsiplar quyidagilar: O’zbekistonning turli harbiy bloklardan uzoq bo’lishi; o’zining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo’yicha qat’iy pozisiyaga ega bo’lishi va o’z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalarini joylashtirilishiga yo’l qo’ymaslik; ochiq, izchil va faol tashqi siyosat olib borish. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi yosh davlatimizni jahon hamjamiyatiga qo’shilish uchun imkoniyat yaratdi. Shu bois mamlakatimiz rahbariyati istiqlolning dastlabki kunlaridan e’tiboran O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta siyosiy yo’lini belgilash, jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar o’rnatish kabi dolzarb masalalarni hal qilishga kirishdi. Istibdod davrida mamlakatimiz to’la mustaqil ravishda tashqi siyosat va diplomatik faoliyat yuritish, xorijiy davlatlar va xalqaro nufuzli tashkilotlar bilan aloqalarni o’rnatish kabi huquqlardan mahrum etilgan edi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 17-moddasida Respublika mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari, prinsiplari, maqsad va vazifalari o’zining qonuniy aksini topdi. 2

O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:  mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik uchun ochiqliq umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va havsizlikni saqlashga sodiqlik;  davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahsizligini hurmat qilish;  boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;  nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish;  kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;  inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;  ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;  davlatning, xalqning oliy manfaatlari, faravonligi va havfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan chiqish;  tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;  davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorliq davlat milliy manfaatlarining ustunligi;  tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini ta’minlab beruvchi davlat organlari shakllantirildi. Tashqi ishlar vazirligi funksiyalari va faoliyatining yo’nalishlari tubdan o’zgartirildi. 1991 yil sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. 1992 yil 21-fevralda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 oktyabrdagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoniga asosan bu vazirlik O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi. 2005 yil iyul oyida O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi. O’zbekistonda tashqi savdo bilan shug’ullanuvchi firmalarning maxsus tizimi shakllantirildi. Respublikada diplomatik ishlar uchun, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy aloqalarda faoliyat yuritadigan mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, uning jahon hamjamiyati bilan integrasiyalashuvida xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar – Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporasiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko’maklashmoqda. O’zbekiston mustakil davlat maqomiga zga bulgan dastlabki kunla-ridan xalqaro xamjamiyat bilan teng huquqli, suveren xamkorlik olib borish yulidan bordi. Kiska tarixiy davr mobaynida mamlakat jaxon xamjamiyatida uz urniga zga davlatga aylandi. O’zbekiston jahonning ko’plab mamlakatlari va yirik xalkaro 3

tashkilotlari bilan turli sohalarda xamkorlik qilib kelmokda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlarideq «Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay xamkorlik tashkiloti, Mustakil Davlatlar Xamdustligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshka xalkaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar o’rnatilgan va ular bilan hamkorlik olib borish Uzbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi». 2018 yil holatiga ko’ra O’zbekistonni 180 ga yakin davlat tan olgan. Ularning 134 tasi bilan diplomatik munosabatlar o’rnatilgan. Toshkentda 45 ta davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalkaro tashkilot, 5 ta xalkaro moliyaviy, 3 ta diplomatik mavkedagi savdo vakolatxonalari faoliyat yuritmokda. O’zbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarining o’rnatilishi va rivojlanishi mustakdllik davri tarixining muhim sahifalaridan biridir. Uzbekiston bu yiriq global tashkilot va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan xalkaro va mintakaviy xavfsizliq barkaror tarakqiyot, ijtimoiy-iktisodiy, ekologik muammolar kabi ma-salalar yuzasidan uzaro hamkorlik olib bormokda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, zamonaviy xalkaro munosabatlar-da BMT uziga xos uringa ega bulib, global darajadagi masalalarda muhim ahamiyatgaega. Mazkur tashkilot butu n dun yodagi siyosiy vaziyatlardajahon mamlakatlari muammolarini xalqaro hamjamiyatga olib chiqishda uziga xos minbar - «jaxrn uyi» vazifasini ham bajaradi, 2017 yil «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi YuNESKO hamkorligida «Yoshlar dunyo v a uzi haqida» mavzusida Toshkent, Samarkand, Fargona viloyatlari ukuvchi yoshlari urtasida surovnoma utkazadi. Ushbu surovnomada ularga «Siz jamiyat hayotini boshkaradigan, Markaziy Osiyo mintaqasi aholisining ijtimoiy muammolarini xal kila oladigan qanday institut yoki tuzil-malarni bilasiz?», degai savolga respondentlarning 19,5% BMT, 13,8% ShXT, 7,1% YuNESKO, 2,9% YuNISEF, 66,2% bilmayman deb javob berishgan. «Siz jaxrn hamjamiyatidagi turli muammolarni hal etishda asosiy urin tutadigan qanday tashkilotlarni bilasiz?», degan savolga yoshlarning 67,1% BMT, 43,8% YuNESKO, 26,7% YuNISEF, 10,5% NATO, 3,3% ShXT, 2,9% Inson xukukdari umumjaxrn Deklarasiyasi, 20,5% bilmayman deb javob berishgan.Kurinib turi bdi ki, yoshlarning kupchiligi mintakaviy va global muammolarni xal etishda asosiy tashkilot sifatida BMT va uning tuzilmalarini kursatishgan. Bu esa BMTning boshqa xalqaro va mintakaviy tashkilotlarga nisbatan kulami, axamiyati nixoyatda katta ekanligining bir dalili sifatida tashkilot faoliyatini yanada rivojlantirishni ham talab qiladi. O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 mart kuni jaxon hamjamiyatining teng xukukli a’zosi sifatida BMTga a’zo bo’ldi. O’zbekistonni BMTga qabul kilish to’grisidagi qaror BMT Bosh Assambleyasining46-sessiyasida yakdillik bilan ma’kullash asosida kabul kilindi. Shundan so’ng 1993 yil 24 oktyabrda Toshkentda Xolid Malik boshchi- ligida BMTning vakolatxonasi ish boshladi. Mazkur vakolatxona O’zbekistondagi BMT tizimining ixtisoslashgan muassasalari va das-turlari faoliyatini 4

muvofikdashtiradi, uzaro xamkorlik masalalari va mamlakatdagi isloxrtlarga ko’maklashadi. BMT Uzbekistonga jaxonda tinchlik va barkarorliq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, madaniy va ilm-fan taraqqiyotining yorqin misolidagi tobora rivojlanib borayotgan yosh mamlakat sifatida karaydi. Shu bois mazkur nufuzli tashkilot va uning ixtisoslashgan muassasalari Uzbekiston bilan xamkorlikda turli xalkaro anjumanlar tashkil etishdan manfaatdor. Bu esa O’zbekiston uchun tashkilot va uning tuzilmalari bilan ko’p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, mustaqillik sharoitida erishilgan yutuqlarni, O’zbekiston tarixi, madaniyati, san’ati va boshqalarni jaxon miqyosida targ’ib etish, global va mintakaviy muammolarga birgalikda yechim topish imkoniyatini beradi. Uzbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarida 2016 yilning ikkinchi yarmidan boshlab yangi tendensiyalar ko’zga tashlanib, uzaro munosabatlarda yangi boskich boshlandi. Jumladan, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi tug’risida»gi Farmoni asosida mamlakat tashki siyosati, jahonning rivojlangan mamlakatlari va xalkaro tashkilotlari bilan hamkorligini yangi boskichga ko’tarishning «yo’l xaritasi» belgilab olindi. «Harakatlar strategiyasi» O’zbekiston tashki siyosiy faoliyatida yangi omillar, resurslar va uzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, siyosiy va iktisodiy diplomatik munosabatlarni chukurlashtirish uchun asos yaratdi. Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari global dasturi bilan uyg’undir. Harakatlar strategiyasi - bu BMT Barkaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha O’zbekistonning yo’l xaritasidir. Shunga asosan, O’zbekiston tashki siyosiy faoliyatida, jahonnning rivojlangan mamlakatlari va xalkaro tashkilotlari xususan, BMT bilan munosabatlarida yangi sahifa ochildi. 2017 yil 19 sentyabrda Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mir- ziyoyev AKShda bulib, BMTning 72-sessiyasida nutk suzladi. Mazkur nutk Uzbekistonning BMT doirasidagi xalkaro tashabbuslarida yangi tenden-siyalarni namoyon qildi. Uzbekiston Prezidenti uz nutkida mamlakat ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy v a madaniy xayotidagi uzgarishlar xam da anik va asosli manbalarga ega bir nechta tashabbuslarni ilgari surdi. Ya’ni globallashuv va axborot kommunikasiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga karatilgan umumlashtirilgan xalkaro xuku kiy xujjat - BMTning Yoshlar xukuklari to’g’risidagi xalkaro konvensiyasini ishlab chikish, BMT Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini kabul kilish, BMT Xavfsizlik Kengashini boskichma-boskich isloh kilish, kabi global xarakterdagi takliflari jaxrn jamoatchiligida katta kizikish uyg’otdi. Xususan, O’zbekiston Prezidenta Sh.Mirziyeyovning mazkur nutki mavjud muammolarga maxalliy, mintakaviy va global darajada axamiyat qaratilib, ularning yechimiga pragmatik yondashilganligi bilan aloxida ahamiyat kasb etdi. 5