Mehnat faoliyatini rag’batlantirish ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot omili
Mehnat faoliyatini rag’batlantirish ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot omili MUNDARIJASI KIRISH………………………………………………………………………9-13 I bob. INSON FAOLIYATINI RAG’BATLANTIRISHNING NAZARIY- METODOLOGIK ASOSLARI 1.1.Rag’batlantirish tushunchasi va mehnat faoliyatini rag’batlantirishning mohiyati………………………………………………………………………..14-30 1.2. Mehnat faoliyatini rag’batlantirishning obyektiv va subyektiv jihatlari….31-34 1.3. Birinchi bob bo‘yicha xulosalar ....................................................................34 II bob. IJTIMOIY BOSHQARISH TIZIMIDA MEHNAT FAOLIYATINI RAG’BATLANTIRISH 2.1. Rag’batlantirish - insonlar faoliyatini boshqarish sifatida………………...35-42 2.2. Moddiy va ma’naviy rag’batlantirish - boshqarish omili sifatida………...43-53 2.2. Ikki nchi bob bo‘yicha xulosalar ………………………………………………53 III bob. RAG’BATLANTIRISH - FUQAROLIK JAMIYATINI MUSTAHKAMLASH OMILI 3.1. Fuqarolik jamiyatini yuksaltirishda moddiy va ma’naviy rag’batlantirishning ta’siri…………………………………………………………………………..54-59 3.2. Mustaqillik va mehnatga yangicha munosabatlar negizi…………………60-71 3.3 . Uchi nchi bob bo‘yicha xulosalar …………………………………………....71 Mavzu yuzasidan foydalaniladigan interfaol usullar va amaliy topshiriqlar i shlanmasi..........................................................................................71-80 XULOSA……………………………………………………………………..81-82 2
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………....83-85 MAVZU YUZASIDAN TAQDIMOTLAR…………………………………86-88 K IRISH Bitiruv loyiha ishi ning dolzarbligi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati qurish sharoitida mehnat munosabatlarini to‘g‘ri izga solish, yangicha fikrlash davrida odamlarda mehnatga yangicha qarashlarni shakl lantirish dolzarb vazifalardan biridir. Masalaning g‘oyat dolzarbligi o‘z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘limizning asosiy mazmunini tashkil etuvchi bozor munosabatlariga o‘tish jarayoni zaminlari, iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlari, ularning ishlash mexa nizmlarini belgilab olishning nihoyatda zarur ekanligidan kelib chiqadi. Bozor iqtisodiyoti jamiyat mavjudligining asosini tashkil qiluvchi mehnat va unga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirib yuboradi. U xalqimizga xos bo‘lgan mehnat qad riyatlarini qayta tiklanishiga, to‘laqonli namoyon bo‘lishiga imkoniyat yaratib beradi. Jamiyatda sodir bo‘layotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar ishlab chiqarish munosa batlarining yangi shakllarini vujudga keltirmoqda, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichi uchun shart-sharoit lar hozirlamoqda. Bu esa o‘z navbatida aholining turmush darajasiga, ijtimoiy hayotiga, ma’naviyatiga, mehnat sharoitiga va jamiyatning turli jabhasida insonning mehnatga bo‘lgan munosabatiga ijobiy ta’sir etmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxs va davlat, iste’molchi va ishlab chiqaruvchi, ishchi va ish beruvchi o‘rtasidagi ijtimoiy birlik mehnatning ijtimoiy tabiatida va unga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘lishi shak-shubhasizdir. Mehnat munosabatlaridagi o‘zgarishlar dunyoqarash va fikrlash, biz qurayotgan jamiyat maqsadlarini qay darajada anglab olinayotganligi bilan chambarchas bog‘liq. Shu nuqtai nazardan ham mehnatga yangicha munosabat tushunchasiga iqtisodiy kategoriya sifatidagina emas, balki inson ma’naviy dunyosining tarkibiy qismi sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. 3
Ushbu bitiruv loyiha ishining inson va jamiyat taraq qiyotidagi o‘rni va roli, xalqimizga xos bo‘lgan mentali tetning mehnat munosabatlariga ta’siri, mehnat jarayonidagi ustoz va shogird munosabatlarining ijtimoiy xususiyatlari, mehnatga yangicha qarashlarning shakllanish jarayoni, mehnatga munosabatning o‘ziga xos ko‘rinishlarini yoritib berishga harakat qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, fuqarolik jamiyatini qurish qadamlaridan biri bo‘lib, fuqarolarimizning tinch-totuv yashashi uchun, to‘kin-sochin hayot kechirishi uchun mehnat qilishning, erkin kasb tanlashning, adolatli mehnat sharoitlarida ishlashning qonuniy belgilab qo‘yilishi edi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganlaridek: “Jonajon Vatanimiz, olijanob xalqimizning ishonchini qozonish, uning orzu- umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun faqat tinimsiz mehnat, izlanish va tashabbus ko‘rsatib yashash kerak. Odamlar buni kundalik hayotda sezishi, ko‘rishi zarur” 1 . Diyorimizda har bir shaxsning mehnat qilish huquqi, avvalo, erkinligimiz kafolati bo‘lmish konstitutsiyada ham alohida moddada bayon qilingan. O‘zbekistonda fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari bo‘lgan mehnat qilish huquqi konstitutsiyamizning 37-moddasida belgilab qo‘yilgan: “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishchizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” 2 . Bitiruv ishining ob y ekti . Mustaqil O’zbekistonimizda bozor iqtisodi chuqur joriy etila borgani sari bugungi kunda yoshlarimizda iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy malaka, ma’naviy-axloqiy komillikning darajalarini ham teran anglab bormoqdamiz. Muhtaram prezidentimiz Sh. M. Mirziyoev ta’kidlaganidek “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” deb ta’kidlagan fikri hozirgi kunda O’zbekistonnning iqtisodiy madaniy rivoji, yosh tadbirkorlarning ma’naviy rivojlanishi uchun muhum omil bo’lib xizmat qilishi tabiiydir. Inson faoliyatini rag’batlantirish moddiy, ma’naviy va ijtimoiy hayotdagi negizini yaxshilash tadqiqot obyekti hisoblanadi. 1 Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Халқ сўзи. 2017 йил 17 январь 2 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. Тошкент. Ўзбекистон, 2014, -16 б. 4
Bitiruv ishining predmeti . Ajdodlarimiz tomonidan necha asrdan buyon amal qilib kelingan bozor munosabatlari to’laqonli amal qilinishining, xalqimiz orzu qilgan adolatli jamiyat qurishning muhim sharti, avvalo komil insonni tarbiya qilish bo’lib qolmoqda. Hozirgi kunda ma’naviy barkamol bo’lgan insongina bozor iqtisodining zarur talabi bo’lgan halollik, poklik, iymon, insof, vijdon umuminsoniy qadriyatlarni chuqur egallay olishi mumkin, toki bu ma’naviy qadriyatlar sharqona oqillikka asoslanib shakllanayotgan bozor munosabatlariga mustahkam ma’naviy poydevor bo’lib xizmat qiladi. Bitiruv ishining maqsadi . Davlat va fuqarolik jamiyatidagi ma’naviy yuksaklik darajasini ijtimoiy taraqqiyot jarayonidagi ma’naviy madaniyat belgilaydi. Ma’naviy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo’lgan munosabatlarda foydalanishi, o’z-o’zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarini o’z ichiga oladi. Bugungi kunda yoshlarning mehnat faolligi shaxs ma’naviy taraqqiyotining muhim belgisi bo’lib hisoblanadi. Zero, yoshlar mehnat faolligi ma’naviy madaniyatning qator elementlarini o’z ichiga olgan tuzilmadir. Bitiruv ishining maqsadi mehnatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va roli, Fuqarolik jamiyatini yuksaltirishda moddiy va ma’naviy rag’batlantirishning ta’sirini o‘rganish. Bitiruv loyiha ishining vazifalari. Ushbu bitiruv loyiha ishining maqsadidan kelib chiqqan holda o’z oldimizga quydagi vazifalarni qo`ydik: Kishilarning mehnat madaniyati kasbiy odobda ham yaqqol ko’zga tashlanadi, chunki yoshlar voyaga etib, bir kasbning boshini tutgach, o’z kasbi doirasida odamlar bilan munosabatda bo’ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasblar doirasida ro’y bersa, ikkinchi tomondan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy- axloqiy madaniyating eng yuksak shakllaridan biri uning jamiyat ma’naviy hayotidagi o’rni sanaladi. Har bir jamiyatda muayyan guruh yoshlari borki, ular o’zlari egallab turgan kasblari orqali jamiyat a’zolarining boshqa qatlamalariga 5
muayyan ma’noda shart-sharoit va imtiyozlar yaratishga intilishlari mumkin. Bu esa ko’pchilik yoshlarning ma’naviy va jismoniy sog’lomligi, huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon bo’lishi kabi omillar muhim ahamiyat kasb etishini, jamiyatda yoshlari o’z kasbiy burch va ma’suliyatini qay darajada his etishlariga, halollik va vijdon yuzasidan ish ko’rishlariga olib keladi. Zero, kishilarning mehnat madaniyatini oshirishga intilishi shaxs va jamiyat ma’naviy mezonlarining rivojlanishiga xizmat qiladi. T adqiqotning asosiy masalalari va farazlari : Ma’naviy qoidalar, qadriyatlar va mezonlarga rioya qilish kishilar ma’naviy kamolotining, faol hayotiy mezonining zarur shartlaridan biridir. Jamiyat, xalq va millatning axloqiy qoidalariga amal qiladigan yoshlar boshqalarga o’rnak bo’ladigan dunyoqarash bilan uyg’unlashib boradi. Bu holat ularning boshqalarga ozor yetkazmaydigan, takaburrlik qilmaydigan, hech kimga nafrat ko’zi bilan qaramaydigan, haromdan hazar qiladigan, nopoklikka, ta’magirlkka, poraxo’rlikka, tengsizlikka nisbatan murosasiz bo’ladigan axloqiy madaniyatni shakllantiradi. Xuddi shu xislatlar fuqarolik jamiyati uchun zarur bo’lgan yoshlar ijtimoiy faolligini namoyon qiladi. Kishilarning ma’naviy va axloqiy tarbiyasining birligi inson tirikliginng qanotidir. Demak ma’naviy tarbiya doimo insonni aql bilan ish yuritishga, farosat bilan tadbirkorlik qilishga, iqtisodiy faollikni bevosita halollikka qaratishganlar. Mehnat motivatsiyasining ichki undovchi kuchlarini shakllantirish - mehnat faoliyati sababini asoslash jarayonining mohiyatidir. Sabab omillari sifatida sababning asosi yoki shart-sharoitlarini aytish mumkin. Ular sababning mazmunli tomonini, uning asosiy belgilari va ustivor yo‘nalishlarini belgilab beradi. Sabab omillari sifatida ijtimoiy va iqtisodiy muhit omillari (rag‘batlar) yoxud barqaror ehtiyojlar va qiziqishlar maydonga chiqadi. Bitiruv ishi natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu muammo hozirning o’zidayoq insoniyatning hozirgi va kelgusi rivojlanishini falsafiy va ilmiy tahlil qilishni taqozo etmoqda. Zero, bu sohada hozirgi voqelikdagi holatni ongli tarzda tushunib yetish uchun ilmiy asoslangan 6