Mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllari
Mavzu: Mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllari. Reja: I. Kirish. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik tushunchasi. II. Asosiy qism . 1. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sherikchilikning asosiy prinsiplari. 2. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllari. 3. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sherikchilik darajalari. 4. Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi tushunchasi III. XULOSA.
I.KIRISH O’zbekiston Respublikasida ham dunyo mamlakatlari singari yildan-yilga mehnat sohasida ham keng imkoniyatlar va ishchilarning huquqlari kafolatlari o’z ifodasini topa boshladi. Mehnat huquqi mamlakatimizda nafaqat mehnat sohasiga doir bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarda, balki bizning qomusimiz hisoblangan konstitutsiyamizda ham belgilanib o’tilgan. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik o‘z vakillari timsolida xodimlar, ish beruvchilar, ularning vakillari, davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi bo‘lib, bu tizim yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish masalalari yuzasidan xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlashga qaratilgan bo ladi.Mehnat jamoasiʻ Ish beruvchida mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan barcha xodimlar mehnat jamoasini tashkil etadi. Mehnat jamoasi ijtimoiy sheriklik sohasidagi o‘z vakolatlarini umumiy yig‘ilish (konferentsiya) o‘tkazish orqali amalga oshiradi. Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi, agar unda ish beruvchida mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Mehnat jamoasining konferentsiyasi, agar unda tashkilot bo‘linmalari delegatlarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining (konferentsiyasining) qarori, agar umumiy yig‘ilishda (konferentsiyada) ishtirok etayotgan xodimlarning (delegatlarning) ellik foizidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferentsiyasi): Xodimlarning mehnat jamoasi manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan vakillik organini belgilaydi; Jamoa shartnomasini ma’qullash yoki ma’qullamaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Amal qilishi tegishli xodimlarga va ish beruvchiga nisbatan tatbiq etiladigan jamoa kelishuvlarining, shuningdek jamoa shartnomasining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Jamoa kelishuvining, jamoa shartnomasining taraflar tomonidan ijro etilishi samaradorligiga baho beradi; Qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning mehnat huquqi normalarini o‘z ichiga olgan huquqiy hujjatlari Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning huquqiy hujjatlari quyidagilardan iborat: Jamoa kelishuvlari; Jamoa shartnomasi; Tashkilotning ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilingan boshqa ichki hujjatlari. Jamoaviy muzokaralar olib borishga bo‘lgan huquq Ijtimoiy sheriklikning har qanday tarafi jamoaviy muzokaralar tashabbuskori bo‘lishi mumkin. Avvalgi jamoa kelishuvining, jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugaguniga qadar uch oy ichida ijtimoiy sheriklikning har qanday tarafi boshqa tarafga yangi jamoa kelishuvini, jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar boshlash to‘g‘risida yozma xabar yuborishga haqlidir. Ijtimoiy sheriklik taraflari tegishli so‘rov olingan kundan e’tiboran ikki haftadan kechiktirmay jamoaviy muzokaralar olib borish uchun zarur bo‘lgan o‘zidagi mavjud axborotni bir-biriga taqdim etishi kerak. .Jamoa shartnomasi
Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakli Jamoa shartnomasi tashkilotda yoki yakka tartibdagi tadbirkorda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan o‘z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjatdir. Jamoa shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Jamoa shartnomasini tuzish masalasi bo‘yicha jamoaviy muzokaralar boshlash to‘g‘risidagi taklif istalgan tarafdan berilishi mumkin. Jamoaviy muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash uchun ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya tuziladi. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi Jamoa shartnomasining mazmunini va tuzilishini uning taraflari belgilaydi. Jamoa shartnomasiga ish beruvchining va xodimlarning quyidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin: Mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar; Narxlarning o‘zgarishidan, inflyatsiya darajasidan, jamoa shartnomasida belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishidan kelib chiqqan holda mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi; Xodimlarning bandligi, ularni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ishdan bo‘shatish shartlari; Ish vaqti va dam olish vaqtining, ta’tillarning davomiyligi; Xodimlarning, shu jumladan ayollarning, nogironligi bo‘lgan shaxslarning va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari hamda mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash; Tashkilotni, idoraga qarashli uy-joyni xususiylashtirish chog‘ida xodimlarning manfaatlarini hisobga olish;
Ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan xodimlar uchun imtiyozlar; Ixtiyoriy tibbiy va ijtimoiy sug‘urta; Tashkilotning iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olingan holda boshqa shartlar ham bo’lishi mumkin. Jamoa kelishuvlari Jamoa kelishuvlarining tushunchasi va shakli Jamoa kelishuvi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, xodimlar uchun hududiy, tarmoq va respublika darajalarida taraflarning mehnat sharoitlarini, bandlikni hamda ijtimoiy kafolatlarni belgilashga doir majburiyatlarini o‘z ichiga olgan, xodimlar va ish beruvchilarning ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini kelishib olish maqsadida tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjatdir. Jamoa kelishuvini tayyorlash, tuzish yoki o‘zgartirish yuzasidan jamoaviy muzokaralar o‘tkazish uchun komissiyalar tuziladi. Jamoa kelishuvlari yozma shaklda tuziladi. Hududiy jamoa kelishuvlari Hududiy jamoa kelishuvlari xodimlar va ish beruvchilarning tegishli vakillik organlari o‘rtasida, taraflarning taklifiga ko‘ra esa mahalliy ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari bilan tuziladi. Hududiy jamoa kelishuvlari xodimlarning tegishli hudud uchun umumiy bo‘lgan mehnat shartlarini, kafolatlari va imtiyozlarini belgilaydi. Tarmoq jamoa kelishuvlari Tarmoq jamoa kelishuvlari xodimlar va ish beruvchilarning tegishli vakillari o‘rtasida, shuningdek taraflarning taklifiga ko‘ra tegishli tarmoqdagi davlat boshqaruvi organlari bilan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tegishli tarmoqdagi davlat boshqaruvi