MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARINING IJTIMOIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARINING IJTIMOIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH 1
MUNDARIJA KIRISH .......................................................................................................... 3 I - BOB. TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARI MALAKA O SHIRISH TIZIMI NI O‘RGANISHNING ILMIY–NAZARIY ASOSLARI 1 1 1.1.§. Uzluksiz ta’limda malaka oshirishning nazariy-metod ologik tizimi ....................................................................... 1 2 1.2. §. Tarbiya fani o‘qituvchilari kasbiy bilim va k o‘n ikmalarini yangilashda kompetensiyaviy yondashuv . .............. ...... .................... .............. 27 1.3. §. O‘qituvchi kompetentligini takomillashuvida kvalifikatsiya va kompetensiya (xususiy va tayanch kompetensiyalar) ................ .................... 4 3 Birinchi bob bo‘yicha xulosalar ...................................................... ............. 5 3 II- BOB. TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARINING IJTIMOIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 55 2.1. § . Tarbiya viy faoliyatni tashkil etishga doir umumkasbiy kompetensiyalar.............................................................................. 56 2.2. § «Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi»ni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarning pedagogik xususiyatlari… ………………………. 67 2.3. § Y a ngi texnologi k vo s italar orqali malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli . ................................................................ ........... 78 Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar …………………………………………… 9 1 III- BOB. MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARINING IJTIMOIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH GA OID O‘TKAZILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLAR TAHLILI 9 2 3.1. § . Malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishni yangi texnologiyalar a s o s ida takomillashtirish .................................. ..................................... 98 3.2. § . Tarbiya fani o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyasini shakllanishning holati ............................. ................................................ 10 9 3.3. § . O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari va tahlili ............................................................................................ ......... 11 8 Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar ........................................................ ............ 1 19 UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR ………………………………... ........ 12 3 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………... ........... 12 4 ILOVALAR ………………………………………………………………... ........ 131 1 48 2
KIRISH (dissertatsiyaning annotatsiyasi (PhD ) Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati . Jahonda jamiyat taraqqiyoti ta’lim sifati va samaradorligiga bog‘liqligi e’tirof etilib, gnoseologik qonuniyatlarga asoslangan o‘qitish tizimlarini takomillashtirish va ularni izchil joriy qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim va ishlab chiqarish munosabatlari ingtegratsiyasi raqamli texnologiya asosida ta’lim berish amaliyotiga ilmiy va innovatsion texnologiyalarni joriy qilishning samarali mexanizmlarini rivojlantirish uchun o‘ziga xos imkoniyat yaratmoqda. Ayniqsa, ta’lim tizimida tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yangilashda kompetensiyaviy yondashuv, o‘qituvchi kompetentligini takomillashuvida ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirib borish ustuvor vazifalarga aylanmoqda. Jahon ilm-fanida kasbiy kompetentlilikni va ijtimoiy kompetensiyalarni takomillashtirish bo‘yicha turli xalqaro loyihalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, ta’lim tizimini ilmiy metodik darajada ta’minlash, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratni uzluksiz rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyaviy jihatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan qatorda, dunyoning ilg‘or tajribalarini o‘zida aks ettirgan kompetensiyalarga asoslangan ta’lim rivojlanishining konseptual asoslariga qaratilgan tadqiqotlar zaruriyati yuzaga kelmoqda. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimi modernizatsiyasi o‘qituvchi va o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari sifatini oshirishga ham qaratilgan. Malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlikni rivojlantirib borish maqsadga muvofiq. Harakatlar strategiyasida “uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim 3
xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” 1 ustuvor vazifalari belgilanib, bu borada kasbiy kompetentlilikni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini aniqlash, ularni ta’lim jarayoniga joriy qilishning ilmiy-metodik jihatlarini tadqiq etish dolzarb vazifalardan sanaladi. Xususan, tarbiya fani o‘qituvchisining ijtimoiy kompetensiyalari kasbiy faoliyat jarayonida bola shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi . Bu esa malaka oshirish jarayonida tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini uzluksiz yangilab borish kerakligini taqozo qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni, PQ-3289-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2019 yil 31 dekabr 1059-son Qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyuldagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarbiya fanini bosqichma- bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 422-sonli qaroriga asosan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtiri lmoqda. Ushbu masalaning dolzarbligi Xalq ta’limi vazirligining bayonotlarida « kompetensiyaga asoslangan yangi o‘quv programmaga o‘tish» zarurligi tarzida kun tartibiga qo‘yildi. Ushbu tadqiqot ishi mazkur farmon va qarorlar hamda sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi . Tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7-февралдаги ПФ-4947-сонли «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами , 2017 йил , 6- сон , 70- модда . 4
g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari» ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Inson, uning fazilatlari, shaxsning jamiyatdagi axloqiy sifatlari, tarbiyaning shaxsni shakllanishidagi o‘rni haqidagi fikrlar qadimgi yunon faylasuflari Suqrot, Platon, Aristotel, Epikur, Anaksimen va boshqalarning asarlarida yoritilgan. Sharq mutafakkirlarining qarashlarida shaxsning ijtimoiy fazilatlarini rivojlantirish borasida Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Homid G‘azzoliy, Ar-Roziy, Kaykovus, Sa’diy Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Husayn Voiz Koshifiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqa allomalarning fikr va g‘olarida bayon qilingan. Shuningdek, kasbiy va ijtimoiy kompetensiyalar muammolari xorijlik olimlardan Z.Bolshakova, N.Konovalova, S.Korolkova, A.Silyarenko, N.Xomskiy, S.Vittmann, A.Markova, I.Zimnyaya, R.Xinsh, V.Kunitsina, V.Simonenko, M.Rijakov, S.Krasnokutskaya, V.Lednev, N.Nikandrov, N.Rajinov N.Malyutkin va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Maktab, mahalla va oila hamkorligi, tarbiyaviy ishlar metodikasi, tarbiya fani o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda kompetentli yondoshuv, ta’lim metodikasi masalalari pedagogik olimlardan M. Q uronov, O.Musurmonova , N.Muslimov, Y.Asadov, R.Mavlonova, K.Riskulova, M.Abdullaeva, T. H asanov, M.Vahobov, N.Turdiev, M.Usmonboeva, D.Sayfurov, A.To‘raev, M.Abdujabbarova, A.Ismanova, U.Mahkamov , H . H amraeva, A.Abdumannopov , R. Ni yozmetova, O.Davlatov va boshqalar tomonidan amalga oshiril gan. Dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Samarqand viloyati pedagoglarga yangi metodikalar o‘rgatish milliy markazi «Ijtimoiy va amaliy fanlarni o‘qitish metodikasi» kafedrasining «Pedagogika va psixologiyani o‘qitishning zamonaviy metodikasi» mavzusidagi ilmiy tadqiqot rejasi doirasida bajarilgan. 5