logo

BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILALARIDA KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

230.98828125 KB
MUNDARIJA:
KIRISH ……………………………………………………………………………3
I   BOB.   BO’LAJAK   BOSHLANG’ICH   SINF   O’QITUVCHILALARIDA
KASBIY   KOMPETENTLIGINI   RIVOJLANTIRISHNING   PEDAGOGIK-
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
1.1   Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarilarning   kasbiy   kompetentligini
rivojlantirishning pedagogik ilmiy asoslari  va uning ta'lim jarayonidagi ahamiyati
……..………………………………………………………………………..……...8
1.2.   Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarilarning   kasbiy   kompetensiyalari   va
sifatlari… … …… ……. ……. ..................................................................................17
II   BOB.   BO’LAJAK   BOSHLANG’ICH   SINF   O’QITUVCHILARIDA
KASBIY   KOMPETENTLIGINI   RIVOJLANTIRISHNING   PEDAGOGIK
IMKONIYATLARI
2.1.   Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarida   kasbiy   kompetentligini
shakllantirish shart sharoitlari……………………………………………………   23
2.2.  Kasbiy   kompetensiyani   rivojlantirish   omillari   va   yo‘llari   ……………………
29
III   BOB.   BO’LAJAK   BOSHLANG’ICH   SINF   O’QITUVCHILARIDA
KASBIY   KOMPETENTLIGINI   RIVOJLANTIRISH  SAMARADORLIGINI
TAHLIL QILISH
3.1.   Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarida   kasbiy   kompetensiyalarini
rivojlantirishning samaradorligi  …………………………………..……………..42
3.2.  Kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga oid o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining
natijalari   va   samaradorligi   ………………..... ………………….
…… …………….52
Xulosa ……………… …………….… ……………………………………………55
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………………56
  KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi .   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020   yil
6 noyabrdagi   “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan
sohalarini   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PF-6108-son   Farmoni   va
mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 6 noyabrda qabul qilingan
“Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi   PQ-4884-son   qarorda   mamlakatimiz   ta’lim-tarbiya   va   ilm-fan
sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy
va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat   e’tiborni yanada oshirish, o‘qituvchilarning
kasbiy   kompetentligi   mahoratini   rivojlantirish,   tizimda   xususiy   sektor   ishtirokini
kengaytirish maqsadida O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va
ilm-fan   sohalarini   yanada   rivojlantirishning   asosiy   yo‘nalishlari   belgilab   berildi.
Bunda davriy malaka oshirishdan farqli  ravishda ijtimoiy va iqtisodiy muvofiqlik
imkoniyatiga   ega   bo‘lgan   «hayot   davomida   o‘qish»   tamoyili   asosida   uzluksiz
malaka oshirish tizimini takomillashtirib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 1
    Uzluksiz ta’lim tizimida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘zining salmog‘i
hamda   boshlang‘ich   asos   ekanligi   bilan   alohida   o‘rin   egallaydi.   Shundan   kelib
chiqqan   holda   maktab   o‘qituvchisining   malakasini   oshirishni   aniq   me’yorlar
asosida   tashxis   qilish   va   uning   imkoniyatlari   hamda   mustaqil   o‘z   ustida
ishlashining   afzalliklarini   tadqiq   qilishni   taqozo   qiladi.   Bu   esa   o‘z   navbatida
o‘qituvchining   kasbiy   mahorati,   umumiy   saviyasini   mutassil   takomillashtirish
uchun sharoit yaratishni talab etad. 
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarining   malakasini   oshirish   tizimida
metodik   tayyorgarligini   takomillashtirish,   uzluksiz   kasbiy   kompetentligini
rivojlantirishning   ko‘p   jihatdan   nazariy   yoritilishiga   qaramay,   jamiyat,   fan   va
ta’limning   yangi   yo‘nalishlari   o‘qituvchini   innovatsion   metodik   tayyorgarligini
1
 
2 takomillashtirish,   uzluksiz   kasbiy   kompetentligini   rivojlantirish   zaruriyatini
kuchaytiradi.
 Shundan kelib chiqib, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining metodik
tayyorgarligini   takomillashtirish,   uzluksiz   kasbiy   kompetentligini   rivojlantirish
muammosini   ilmiy   jihatdan   tahlil   qilish   natijasida   quyidagi   qarama-qarshiliklar
mavjudligi aniqlandi: 
-   zamonaviy   ta’limni   innovatsion   jarayonlarga   yo‘naltirish   va   bo’lajak
boshlang’ich sinf o‘ituvchilarining innovatsion o‘quv jarayonini amalga oshirishga
doir nazariy va uslubiy tayyorgarligi o‘rtasida; 
-   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarisini   uzluksiz   kasbiy
kompetentligini   rivojlantirish   zarurati   va   mavjud   holatda   bu   jarayonga   ilmiy-
metodik yondashuvlar yetarli darajada rivojlanmaganligi o‘rtasida; 
-   o‘qitishning   an’anaviy   bilimga   asoslangan   yondashuvi   va   bo’lajak
boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarining   metodik   tayyorgarligini   takomillashtirish,
uzluksiz   kasbiy   kompetentligini   rivojlantirishda   kompetentlikka   asoslangan,   faol
va   shaxsga   yo‘naltirilgan   yondashuvlarni   talab   qiladigan   ta’limdagi   zamonaviy
innovatsion tendensiyalar o‘rtasida; 
-   o‘qituvchilarning   innovatsion   metodik   tayyorgarligi   sifatini   oshirish
zaruriyati   va   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarini   uzluksiz   kasbiy
kompetentligini rivojlantirish uchun rivojlantiruvchi texnologiyalar va mexanizmni
resursli qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi o‘rtasida. 
Yuqorida   qayd   etilgan   obyektiv   va   subyektiv   ziddiyatlar   pedagogik
hodisaning mohiyatini –   bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarini uzluksiz kasbiy
kompetentligini   rivojlantirish   uchun   pedagogik   shart   sharoitlarni   aniqlashdan
iborat bo‘lgan tadqiqot dolzarbligini o‘rtaga qo‘yadi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   obyekti :   bo’lajak   boshlang’ich   sinf
o‘ituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish jarayoni va shart-sharoitlari.
3 Bitiruv   malakaviy   ishining   predmeti:   bo’lajak   boshlang’ich   sinf
o‘ituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish mazmuni, pedagogik shart-
sharoitlari, omillari va metodlari .
Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsadi:   bo’lajak   boshlang’ich   sinf
o‘ituvchilarining   metodik   tayyorgarligini   takomillashtirish   va   kasbiy
rivojlantirishning   ilmiy   pedagogik   muammo   sifatidagi   ahamiyatini   tadqiq   qilish,
bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarini   kasbiy   kompetentligini   rivojlantirish
tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari.
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarining   kasbiy   kompetensiyasini
rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganish zamonaviy ta'lim
psixologiyasining dolzarb va istiqbolli vazifasidir.
1. Bo‘lajak   sinf   o‘qituvchisining   kasbiy   kompetentligini   o‘stirish   bilan   birga
kasbiy   faoliyatga   tayyorlash   masalasini   pedagogik   muammo   sifatida   nazariy
jihatdan asoslab, uning mazmuni va xususiyatlarini tahlil qilish;
2. Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarida   kasbiy   kompetentlikni
shakllantirishning ahamiyatini ochish;
3. Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarining   kasbiy   kompetentsiyasini
rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganish; 
4. Kasbiy   kompetensiyalarini   shakllantirish   va   rivojlantirishning   ilmiy
asoslarini tahlil qilish;
5. Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarining   kasbiy   va   shaxsiy   sifatlarini
o‘rganish; 
6. Boshlang‘ich   ta’lim   jarayonini   samarali   tashkil   etishda   ilg‘or   pedagogik
tavsiyalar ishlab chiqish.    
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi: 
              1.   Boshlang‘ich   ta’lim   jarayonini   samarali   tashkil   etishda   bo’lajak
boshlang’ich   sinf   o‘qituvchilarning   kasbiy   kompetentligi   kasbiy   shakllanishining
4 tarkibiy tuzilamasining yangi muammolarini aniqlash, muammolarning o‘ziga xos
yechimlarini topish va amalda qo‘llash masalalarini ochib berildi. 
             2. Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarini kompetentiv yondashuv asosida
kasbiy   faolligini   oshirish,   ularning   muloqot,   metodik,   kreativ   kompetensiyalarini
shakllantirishning   omili   hamda   kasbiy   kompetentlikni   shakllantirishda   talab   va
ehtiyoj asosiy vosita ekanligi isbotlandi.
          3. Bo‘lajak bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarida kasbiy kompetentlikni
shakllanishini   baholash   va   kompetentlikni   shakllantirish   bosqichlari   o‘rganildi,
shuningdek, individual rivojlanish bosqichlari ishlab chiqildi.
Tadqiqot   darajasining   o‘rganilish   darajasi.   Ushbu   mavzu   yuzasidan
yurtimiz olimlari tomonidan o‘qituvchilarning kasbiy kompetentli ko‘nikmalari va
metodik   tayyorgarligini   rivojlantirish   bo‘yicha   olib   borilgan   bir   qancha   ilmiy
tadqiqot   ishlarini   ham   tahlil   qildik.   Tadqiqot   muammosiga   oid   olib   borilgan
tahlillar   shuni   ko‘rsatadiki,   o‘qituvchilarni   kasbiy   metodik   tayyorgarligini
takomillashtirish,   kasbiy   kompetentligini   rivojlantirish   masalalari   bo‘yicha
yurtimiz   pedagog   olimlaridan   Z.Artikbayeva   malaka   oshirish   jarayonida   maktab
matematika o‘qituvchilari kasbiy kompetentli ko‘nikmalarini takomillashtirishning
pedagogik asoslari,  rivojlantiruvchi  ta’lim  vositasida  matematika  o‘qituvchisining
metodik   tayyorgarligini   takomillashtirish   yo‘llari,   N.A.Muslimov   bo‘lajak   kasb
ta’limi   o‘qituvchilarini   kasbiy   kompetentligini   shakllantirish   masalalari,
G.E.Karlibayeva   bo‘lajak   fizika   o‘qituvchilarining   metodik   tayyorgarligini
takomillashtirish,   I.Y.Raxmonov   geometriyani   o‘qitish   jarayonida   talabalarning
metodik   tayyorgarligini   rivojlantirish   texnologiyasi,   M.I.Toshpo‘latova   bo‘lajak
bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarining   metodik   tayyorgarligini
takomillashtirish,   T.T.Shaymardonov   pedagog   kadrlar   malakasini   oshirish   va
kasbiy kompetentligi faoliyati monitoringini tashkil etish mazmuni, ko‘rsatkichlari,
infratuzilmasi,   dasturiy   va   metodik   ta’minoti,   axborot   resurslarini   shakllantirish
tizimi,   D.O.Ximmataliyev   pedagogik   va   texnik   bilimlar   integratsiyasi   asosida
5 kasbiy   kompetentligi   faoliyatga   tayyorgarlikni   diagnostika   qilish   yuzasidan   ilmiy
tadqiqot ishlari olib borganlar.
Bitiruv   malakaviy   ishida   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi.   Tadqiqot
muammosini   hal   qilishda   empirik   va   nazariy   tadqiqot   usullaridan   foydalanilgan,
ta’limga   bog‘liq   holatlarini   pedagogik   tahlil   qilish,   talabalar   faoliyatini   kuzatish,
o‘qituvchi,   talabalardan   so‘rovnomalar   o‘tkazish,   pedagogik   tajriba-sinovlarni
amalga   oshirish   uning   natijalarini   matematik-statistik   metodlar   yordamida   tahlil
qilishdan iborat.
Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi.   Bitiruv ishi kirish, uch asosiy bob, 6ta
paragraf,   xulosa   va   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   iborat   bo‘lib,   asosiy
hajmi 60 betdan iborat. 
6 I BOB. BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O‘ITUVCHILARIDA KASBIY
KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
1.1. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarilarning kasbiy kompetentligini
rivojlantirishning pedagogik ilmiy asoslari va uning ta'lim jarayonidagi
ahamiyati
Respublikamizda   yoshlarning   intellektual   salohiyatini   mustahkamlash,
ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish
borasida   ulkan   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Mamlakatimizda   yoshlarning   ta’lim
olishi,   kasb-hunar   egallashi   uchun   zamonaviy   shart-sharoit   va   imkoniyatlar
yaratilgan.   Chunki,   zamonaviy   bilim   va   ko‘nikmalarga   ega,   mamlakatning
munosib kelajagi  uchun  javobgarlikni  o‘z zimmasiga  ola  biladigan  barkamol, o‘z
maqsadga   intiluvchan   va   serg‘ayrat   yoshlarni   tarbiyalash   bugunning   eng   muhim
vazifalaridan   biridir.   Kasbiy   kompetentlik,   kasbiy   o‘z-o‘zini   anglash,   kasbiy
qadriyatlarni hurmat qilish va kasb-hunarga yo‘naltirish–bu o‘sib kelayotgan yosh
avlodning   kasbiy   shakllanishi,   tug‘ma   layoqatini   qo‘llab   quvvatlash   va
rivojlantirish   misolida   namoyon   bo‘ladigan   umuminsoniy   madaniyatning   tarkibiy
qismlaridan   biri   bo‘lgan   umumlashtiruvchi   tushunchadir.   Bo‘lajak
o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish bu – kasbiy masalalarni
hal   etishda   amaliy   tajriba   va   bilim   asosida   muvaffaqiyatli   harakat   qilishini
ta’minlashdir. Kasbiy  kompetensiya va kasbiy o‘zlikni  anglash butun umr  davom
etadigan   jarayon   hisoblanib,   inson   orzu   qilish,   sinash,   tanlash   ularni   amalga
oshirish   bosqichlaridanoq   kasb-hunar   tanlaydi,   so‘ngra   kasb-hunarga   kirishadi
keyinroq   dunyodagi   kasbhunarlarni   o‘zgarishiga,   o‘zidagi   o‘zgarishga,   mehnatga
bo‘lgan   munosabatini   o‘zgarishiga   bog‘lik   ravishda   kasbini   yoki   mutaxassisligini
o‘zgartiradi.   Komil   inson   g‘oyasi   ham   milliy,   ham   umumbashariy   ahamiyatga
7 molik   bo‘lib,   o‘zida   ma’naviy   va   jismoniy   barkamollikni   mujassamlashtirgan,
insonni ezgu maqsadlari sari undaydigan oliyjanob g‘oyadir.
  Zamonaviy o‘qituvchi obrazida komillik mujassamlashishi  lozim. Bugungi
kun   o‘qituvchisining   kasbiy   kompetentligini   shakllantirish   –   bu   uning   kunlik
layoqatini, ish faoliyatini samaradorligini oshirishdan iborat. Ish faoliyatida kasbiy
mahoratni shakllantirish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va hal etish, kasbiy
tayyorgarlikni   shakllantirish   orqali   malakali   mutaxassislarni   tayyorlash   mumkin.
Bo‘lajak   o‘qituvchilarning   pedagogik-psixologik   bilimlarini   oshirish   zaruriyati
ta’lim muassasasiga va o‘qituvchilarga qo‘yilgan ijtimoiy talablarning o‘sishi bilan
asoslanadi.   Oliy ta’lim sohasida ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilash,
undagi   talablarga   javob   beradigan   jihatlarni   hamda   mavjud   kamchiliklarni   va
bo‘shliqlarni   aniqlash   asosida   ta’lim   berishga   bo‘lgan   haqiqiy   ehtiyojlarni
belgilash   amalga   oshiriladi.   Shu   asosida   innovatsiyalarni   hayotga   joriy   etish
maqsadga   muvofiqdir.   Bu   esa   pedagogik   kompetensiyani   rivojlantirishga   olib
keladi.
Pedagogika   oliy   ta’lim   muassasalarida   talabalarni   o‘qitish   jarayonida
kutilayotgan natija umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetensiyalar orqali
taqdim   etilgan   asosiy   ta’lim   dasturlarini   o‘zlashtirishga   qo‘yilgan   talablar
ko‘rinishida   shakllantirilgan.   Davlat   ta’lim   standartlarida   bo‘lajak   o‘qituvchining
mutaxassislik   kompetensiyasi   ham   aniqlangan   bo‘lib,   u   o‘qituvchining   kasbiy
kompetentligining muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda u juda kam
o‘rganilgan   muammolardan   biridir.   Ana   shunday   masalalardan   biri   bo‘lajak
bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarida   kasbiy   kompetensiyalarni
rivojlantirishga   kompetentli   yondoshuvni   aniqlash   va   Davlat   ta’lim
standartlarining   asosiy   qoidalariga   mos   holda   uning   tuzilmaviy   modelini   ishlab
chiqishdan   iborat.[2]   Bo‘lajak   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarisining
kasbiy   kompetentligini   aniqlash   uchun   ushbu   tushunchani   o‘rganishga
bag‘ishlangan   ba’zi   bir   tadqiqotlarga   e’tiborni   qaratamiz.   Kasbiy   kompetensiya
8 pedagogik   muammo   sifatida   o‘rganilgan   tadqiqotlarda   asosan,   o‘qituvchining
xususiyatlari tahlil qilingan. 
V.I.   Baydenko   «kasbiy   kompetentlik»   tushunchasini   quyidagicha
tavsiflagan:                  
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat yuritish uchun zarur bo‘ladigan bilim,
ko‘nikma,   malaka   va   qobiliyatlarga,   kasbiy   muammolarni   qisman   hal   etishda   bir
vaqtda avtonomlik va egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo‘lish; 
- kasbiy shaxslararo muhitda hamkasblar bilan hamkorlikni rivojlantirish; 
- faoliyat mezoni (sifat o‘lchovi), qo‘llash sohasi, talab etiladigan bilimlarni
o‘z ichiga olgan standartlarni loyihalash tuzilmasi; 
-   ish   beruvchi   talablariga   ko‘ra   kasbiy   faoliyatni   samarali   amalga   oshirish
imkonini beruvchi qobiliyatlardan samarali foydalanish; 
-   insonga   hozirgi   zamon   mehnat   muhitida   ish   faoliyatini   muvaffaqiyatli
bajarish   imkonini   beruvchi   bilimlar,   xususiyatlar   va   ko‘nikmalarning
integrallashgan birlashuvi.
Yuqorida   keltirilganlarni   umumlashtirgan   holda   V.I.Baydenko   kasbiy
kompetentlikni   faoliyat   talablariga   mos   ravishda   harakat   qilishga,   masala   va
muammolarni   mustaqil   hal   etishga,   shu   bilan   birga   o‘z   faoliyati   natijalari,   ya’ni
mos ko‘nikmalar, texnik usullarni baholay olishga tayyorligi va qobiliyati sifatida
tushunadi.   O.V.   Xovovning   fikriga   ko‘ra,   kasbiy   kompetentlik   -   bu   nafaqat
malaka,   ya’ni   faoliyat   tajribasi,   ko‘nikma   va   bilimlar   sifatida   kasbiy   malaka
haqidagi,   balki   kasbiy   faoliyatda   mustaqillikni   ta’minlovchi   ijtimoiy-
kommunikativ   va   individual   qobiliyatlar   haqidagi   tasavvurlardan   iborat. 2
  Yu.G.
Tatur   va   V.Ye.   Medvedevlar   bo‘lajak   mutaxassisning   kompetentligini   kasbiy   va
ijtimoiy   sohada   muvaffaqiyatli   ijodiy   faoliyat   yuritish   uchun   o‘z   imkoniyatini
2
  Maksudov, U. K. (2020). issues of national  values and social activity of students in the development  of positive
psychology.  In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества
(pp. 394-396 ). 
9 (bilim,   ko‘nikma,   tajriba,   shaxsiy   sifatlar   va   boshqalar)   amaliyotda   namoyon
qilishga intilish va qobiliyat sifatida, kompetensiyani esa, bo‘lajak mutaxassisning
ma’lum   sohada   muvaffaqiyatli   faoliyat   yurita   olish   uchun   o‘zining   butun
imkoniyatlari   (bilim,   malaka,   tajriba   va   shaxsiy   sifatlar)   ni   qo‘llash   va   uning
natijasiga   ongli   ravishda   mas’uliyatini     anglashga   tayyorligi   sifatida   ta’riflagan.
G.A. Larionovaning fikriga ko‘ra, tayyorlik tuzilmasiga amaliy bilimlar majmuasi
va   shaxsning   faoliyatga   kirishini   ta’minlovchi   xususiyatlari   kiradi.   Mehnatga
tayyorgarlik   esa   ikkita,   ya’ni   operasional   (bilim   va   ko‘nikmalar)   va   shaxsiy
(ko‘rsatma,   mehnatga   yo‘naltirilganlik,   kasbiy   motiv   xususiyatlari,   odat   va
munosabatlar   tizimi,   emotsional   va   irodaviy   funksiyalar,   shaxsning   kasbiy
ahamiyatli   sifatlari)   komponentlardan   iborat   murakkab   tizim   hisoblanadi. 3
Mutaxassisning  kompetensiyalarga ega, ya’ni  faoliyatning qaysi  usulini egallashi,
nimalarni   bajara   olishi,   nimalarga   tayyorligini   aniqlash   -   kompetentli   yondoshuv
deyiladi. Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarini tayyorlash sifatini boshqarishning
konseptual   muhim   usullaridan   biri   -   kasbiy   ta’lim   mazmunini
modernizatsiyalashda kompetentli yondoshuvni amalga oshirishdir.
Erkin va faol fikrlash, ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirish, ta’lim berish
va   tarbiyalashning   yangi   g‘oya   va   texnologiyalarini   ishlab   chiqish   va   amalga
oshirish   qobiliyatlariga   ega   bo‘lgan   boshlang‘ich   o‘qituvchining   kasbiy
kompetentlik   darajasini   oshirish   muammosi   zamonaviy   ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarda   dolzarb   hisoblanadi.   Bo‘lajak   o‘qituvchilarning   kasbiy
kompetentligini rivojlantirishning asosiy sharoitlari quyidagilardan iborat: 
1.   tashkiliy-boshqaruvchanlilik   (o‘quv   reja,   o‘quv   jarayoni   grafigi,   dars
jadvalini   tuzish,   kompetentlik   darajasini   aniqlash   mezonini   ishlab   chiqish,   ta’lim
jarayonini moddiy-texnik ta’minlash); 
3
  Khaitboevich, B. B. (2020). Some features of protection of students from the threat of harmful information in the
educational process. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(10), 69-72. 
10 2.   o‘quv-uslubiy   (mashg‘ulotlar   mazmunini   tanlash,   turli   kurslarning
integrasiyasi, yetakchi g‘oyalarni ajratish); 
3.   texnologik   (nazorat-baholash,   o‘qitishning   faol   shakllarini   tashkil   etish,
kompetentlikka   kiruvchi   bilimlar   guruhlarini   aniqlash,   innovatsion
texnologiyalarni qo‘llash); 
4.   psixologik-pedagogik   (talabalarning   rivojlanish   tashxisini   amalga
oshirish,   o‘qitishga   motivatsiyani   rag‘batlantirish,   kompetentlikning   mezonini
aniqlash, talabalarni hamkorlikda ishlashga yo‘llash). 4
O‘zbekiston   Respublikasining   yangi   tahrirdagi   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi
Qonuni   (2020   yil   23   sentabr)   5-bobida   o‘qituvchilarning   huquqiy   maqomi
belgilangan. Mazkur huquqiy maqomga ko‘ra, bo‘lajak bo’lajak boshlang’ich sinf
o’qituvchilarilari faoliyatga quyidagi asoslarga binoan yo‘naltirilishi kerak: 
- chuqur kasbiy tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish;
 - ta’lim oluvchilar huquqlariga rioya qilish;
 - kafolatlangan ish sharoitidan foydalanish; 
- o‘quv dasturlarini tuzishda mualliflik dasturlarini ishlab chiqishni bilish;
  -   zamonaviy   pedagogik   shakllarni,   o‘qitish   va   tarbiya   vositalarini   erkin
tanlash;
 - innovatsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish; 
- sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish; 
- ta’lim  oluvchilarning huquqlari  va qonuniy manfaatlarini  himoya qilishda
ishtirok etish. 
Oliy   pedagogik   ta’lim   jarayonida   bo‘lajak   bo’lajak   boshlang’ich   sinf
o’qituvchilarilari   ana   shu   huquqlar   asosida   faoliyatga   yo‘naltirilishi   kerak.   Ayni
paytda,   mazkur   Qonunda   o‘qituvchilarning   quyidagi   majburiyatlari   ham   belgilab
qo‘yilgan: 
4
  Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor
(SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-181-190
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 205  www.ares.uz  
11 -   ta’lim-tarbiya   jarayoni   ishtirokchilarining   sha’ni,   qadr-qimmati   va
ishchanlik obro‘sini hurmat qilish; 
- o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi; 
-   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalaridan   o‘qitish   va   tarbiyaning   ilg‘or
hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi; 
-   voyaga   yetmagan   ta’lim   oluvchilar   bilan   ta’lim-tarbiya   ishlarini   ularning
ota-onasi bilan birgalikda olib borishi; 
- o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi; 
- tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi.
Mazkur   majburiyatlar   bo‘lajak   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarini
kasbiy  faoliyatga yo‘naltirishning asoslari bo‘lib xizmat qiladi. 
Zamonaviy   jamiyat   ta’lim   tizimi   oldiga   yuqori   malakali,   intiluvchan,
raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy sog‘lom shaxslarni tarbiyalab
berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish   bo‘yicha   harakatlar   strategiyasida   “yuksak   bilimli   va   intellektual
rivojlangan   avlodni   tarbiyalash,   oliy   ta'lim   muassasalarida   kompetentli   ilmiy
pedagogik kadrlar zaxirasini yaratish’’ vazifasi belgilandi. 
Kompetentli   pedagog   -   u   kim?   Uning   shakllanish   jarayoni   qanday   kechadi
kabi   savollar   tug‘iladi.   Shu   nuqtai   nazardan   “kompetentlik’’   va   “kompetensiya’’
tushunchalar   mazmun   mohiyatini   aniqlashimiz   muhimdir.   Har   qanday   o‘qituvchi
ham “kompetentlik’’nimani anglatishini va u “kompetensiya’’dan nimasi bilan farq
qilishini bilavermaydi.
A. Tashanov fikricha, “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari bir -
biridan   farq   qiladi:   Kompetensiya   –   vakolat;   Kompetentlik   –   qobiliyat.   Izohi
sifatida,  ba`zan  eshitib  qolamiz,   bu  –  mening  kompetentligim  doirasida   (men  uni
hal   qila   olaman),   ammo   bu   mening   kompetentsiyamda   emas   (buni   hal   qilishga
menga vakolat berilmagan). 5
5
A . Tashanov  “Boshqaruv islohotlari va rahbar kompetentligi” O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurish 
akademiyasi. – Toshkent:  “ Ma`naviyat”, 2011.6-b
12 O‘qituvchining  kasbiy   tayyorgarligi  va  komponentlikni   rivojlantirish  ta’lim
jarayoning   ajralmas   bir   bo‘lagi   hisoblanadi.   Chunki,   Didaktik   tayyorgarlikni
takomillashtirish   L.S.Podimova   tomonidan   o‘quv   jarayonini   ilmiy   asoslangan
qurishning   hal   qiluvchi   shartlaridan   biri   sifatida   qaraladi   va   pedagogik   mehnat
unumdorligini   oshiradigan   usul   sifatida   ko‘riladi.   N.A.Shaydenko   didaktik
tayyorgarlikni   o‘qituvchining   o‘qitish   funktsiyasini   muvaffaqiyatli   shakllantirish
omili sifatida tahlil qiladi. 6
"Kompetentlik"   tushunchasi   pedagogning   ma'lumoti,   ko‘nikmasi,   qobiliyati
va   tajribasini   o‘z   ichiga   oladi.   Boshqacha   aytganda,   uning   ma'lum   bir   ish   turini
bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama o‘xshashdir. 
Kompetensiya bilimlarning umumiyligi va ularning odamlarda mavjudligini
anglatsa, kompetentlik - bu bilimlarni ish jarayonida ishlatish darajasini anglatadi. 
Kompetensiyalar ta'rifiga bir qancha yondashuvlar mavjud: 
-   Amerikancha   yondashuvda   kompetensiyalar   xodimlarning   xulq-atvori
namunasi   sifatida  ko‘rib chiqiladi.  Agar  xodim  zarur  ko‘nikma va  bilimlarga  ega
bo‘lsa, yaxshi natijalarni namoyish etadi. 
-   Yevropacha   yondashuvda   kompetensiyalar   ish   vazifalari   va   kutilgan   ish
natijalarining   tavsifi,   ya'ni   qabul   qilingan   standartlarga   muvofiq   harakat   qilish
qobiliyati sifatida ko‘riladi. 
O‘zbekistonda   buning   mazmuni   qonun   hujjatlarida   asoslab   qo‘yilgan.
Vazirlar   Maqkamasining   2017-yil   6-apreldagi   187-son   qarori   bilan   tasdiqlangan
Umumiy   o‘rta   ta'limning   Davlat   Ta'lim   Standartida   kompetensiya   tushunchasiga
mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati
sifatida ta'riflangan.
Yurtimizda   faol,   intiluvchan,   iqtidorli   va   yuksak   ma’naviy-axloqiy
fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan - bugungi va
ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlarni voyaga yetkazish uchun
6
 Muslimov N.A., Urazova M.B., Eshpulatov Sh.N. (2013). Kasb ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. - 
T.: Fan va texnologiya nashriyoti
13 barcha   shart-sharoit   va   imkoniyatlar   yaratilgan.   Bugungi   kunda   fan   va   texnika
rivoji   ta’lim   va   uning   natijalariga   qo‘yiladigan   talablarni   tubdan   o‘zgartirishni
talab etmoqda. Shunga asosan,  yangi  avlod standartlarini  yaratish pedagoglarning
oldiga muhim vazifa qilib qo‘yilmoqda. Hozirgi vaqtgacha yaratilgan davlat ta’lim
standartlari  tizimli-faoliyatli yondashuvga  asoslangan, ya’ni ta’lim maskanlarining
maqsadini   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   o‘zlashtirish   tarzida   aniqlashtirishdan
iborat   edi.   Shu   bois   yangi   davlat   ta’lim   standartlarini   o‘z-o‘zini   rivojlantirishga
qaratilgan   kompetent-faoliyatli   yondashuvga   asoslanishdan   kelib   chiqqan   holda
belgilash   talab   etilmoqda.   Kompetensiya   -   lotincha   «Competencio»   so‘z   bo‘lib,
o‘zbek tilidagi lug‘aviy ma’nosi «inson yaxshi biladigan», «tajribaga ega bo‘lgan»
kabi ma’nolarni bildiradi.
Kompetentlik - biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ishni bajarishda
talablarni   qondira   olish   qobiliyati,   aniq   ishchi   funksiyalarni   bajarishda   talablarni
qondira olish qobiliyati. 7
Kasbiy   kompetentlik   -   mutaxassis   tomonidan   kasbiy   faoliyatni   amalga
oshirish   uchun   zarur   bo‘lgan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarning   egallanishi   va
ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir. 8
7
 Muslimov N.A., Urazova M.B., Eshpulatov Sh.N. (2013). Kasb ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. - 
T.: Fan va texnologiya nashriyoti
8
  Гулбоев А. Т. Формирование профессиональных компетенций экономистов //Вестник науки и образования. – 2020. – №. 5-2 (83)
14 1-rasm. O‘qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning
korporativ asoslari
Bugungi   kunda   mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   va
ularning natijalari, yaratilayotgan yangiliklar va rivojlanishlar, yoshlarga e’tibor va
yaratilayotgan   shart-sharoitlar,   ularning   intellektual   salohiyatining   o‘sib   borishi,
rivojlanib   borayotgan   davlat,   jamiyat,   va   shaxs   ehtiyojlari   tarqqiyotiga   bog‘liq
holda kun sayin o‘zgarib, yangilanib va rivojlanib borayotgan zamonaviy talablarni
inobatga   olib,   o‘qituvchilarda   kasbiy   kompetentlikni   muntazam   rivojlantirib
borishning korporotiv asoslari sifatida yuqoridagilarni keltirish mumkin.
15  
1.2. Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiylari va
sifatlari
O‘qituvchilarni   tayyorlash   sohasida   olib   borilgan   ilmiy   tadqiqotlarda   ilgari
surilgan   o‘qituvchi   kasbiy   professiogrammalarining   tahlili   hamda   jamiyatning
o‘qituvchilik   kasbiga   qo‘yayotgan   talablari   asosida   pedagogik   oliy   ta’lim
muassasalari bitiruvchisining sifatlari ishlab chiqildi. 
Pedagogik   oliy   ta’lim   muassasalari   boshlang‘ich   ta’lim   yo‘nalishi
bitiruvchisining sifatlari quyidagicha guruhlandi: 
1-guruh.   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilariga   DTSda   belgilangan   bilim,
ko‘nikm,   malaka,   kompetensiyalarni   shakllantirishga   psixologik   tayyorgarlik:
jamiyat   hayoti,   yosh   avlod   tarbiyasida   o‘zining   alohida   rolini   anglab   yetish.
Hozirgi   zamon   o‘qituvchisi   oldiga   qo‘yiladigan   talablarni   bilish,   pedagogik
faoliyatga   qobiliyatning   mavjudligi,   o‘qituvchilik   kasbiga   qiziqish,   nerv
sistemasining   egiluvchanligi,   chuqurligi   va   kuchliligi,   undagi   psixik   jarayon   (his
qilish   va   idrok,   diqqat,   tasavvur,   fikrlash,   xotira,   nutq,   iroda)   larning   optimal
holatdaligi pedagoglik kasbiga va o‘quvchilar bilan muloqotga kirishishga bo‘lgan
ehtiyojini anglash. 
2-guruh.   Shaxs   sifatlari:   insonparvarlik,   ma’lumotlilik,   ma’naviy
dunyosining   mazmuni,   madaniyati,   eruditsiyasi   (iqtidori),   o‘z   bilimini   doimo
oshirib   borish,   pedagogik   odobga   egalik,   talabchanlik   va   adolatlilik,   axloqiy
qiyofasi,   o‘z   o‘quvchilariga   o‘qish,   ishlash   va   yashashda   namuna   bo‘la   olish,
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni hurmat qilish. 
3-guruh.   Kasbiy   sifatlar:   o‘quvchi-yoshlarning   o‘ziga   xos   va   yosh
xususiyatlarini bilish, har bir o‘quvchi shaxsini loyihalashtira olish.
16 2-rasm. Kasbiy kompetensiya sifatlari
Ijtimoiy   kompetentlik   –   ijtimoiy   munosabatlarda   faollik   ko‘rsatish
ko‘nikma,   malakalariga   egalik,   kasbiy   faoliyatda   sub’ektlar   bilan   muloqotga
kirisha olish.  
Maxsus   kompetentlik   –   kasbiy-pedagogik   faoliyatini   tashkil   etishga
tayyorlanish,  kasbiy-pedagogik vazifalarni  oqilona  hal   qilish,  faoliyati  natijalarini
real   baholash,   BKMni   izchil   rivojlantirib   borish   bo‘lib,   ushbu   kompetentlik
negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ
kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
     kompetentlik   –   pedagogik   jarayonda   sog‘lom   psixologik   muhitni   yarata
olish,   talabalar   va   ta’lim   jarayoning   boshqa   ishtirokchilari   bilan   ijobiy   muloqotni
tashkil   etish,   turli   salbiy   psixologik   ziddiyatlarni   o‘z   vaqtida   anglay   olish   va
bartaraf eta olish;
     metodik   kompetentlik   –   pedagogik   jarayonni   metodik   jihatdan   oqilona
tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va
vositalarni   maqsadga   muvofiq   tanlay   olish,   metodlarni   samarali   qo‘llay   olish,
vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash; 
17Ijtim oiy
Maxs us
Texn alo gi
kEkstr em alShax siy    informatsion   kompetentlik   –   axborot   muhitida   zarur,   muhim,   kerakli,
foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli,
o‘rinli, samarali foydalanish;
     kreativ   kompetentlik   –   pedagogik   faoliyatga   nisbatan   tanqidiy   va   ijodiy
yondashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish ; 
  innovatsion kompetentlik 
–   pedagogik   jarayonni   takomillashtirish,   ta’lim   sifatini   yaxshilash,   tarbiya
jarayonining   samaradorligini   oshirishga   doir   yangi   g‘oyalarni   ilgari   surish,   ularni
amaliyotga muvaffaqiyatli tadbiq etish; 
   kommunikativ   kompetentlik   –   ta’lim   jarayoning   barcha   ishtirokchilari,
jumladan, talabalar bilam samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga
ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
  Shaxsiy   kompetentlik   –   izchil   ravishda   kasbiy   o‘sishga   erishish,   malaka
darajasini   oshirib   borish   kasbiy   faoliyatda   o‘z   ichki   imkoniyatlarini   namoyon
qilish.    
Texnologik   kompetentlik   –   kasbiy-pedagogik   BKMni   boyitadigan   ilg‘or
texnologiyalarni   o‘zlashtirish,   zamonaviy   vosita,   texnika   va   texnalogiyalardan
foydalanish. 
Ekstremal kompetentlik   – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik
jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul
qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarilari   ushbu   kompetensiyalarni
amalga oshirishda quyidagi xususiyatlarni ham o‘zida namoyon qilishi lozim:
 O‘qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr
yurita olishi zarur.
 Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘qituvchisi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan
fanni   chuqur   egallagan   bo‘lgandagina   o‘quvchilarda   umumiy   kasbiy
18 ta’lim   sifatini   oshira   oladi   va   ularda   fan-texnika   hamda   amaliy
faoliyatga qiziqish va istak hosil qila oladi. 
 O‘qituvchi   hozirgi   zamon   fan-texnika   talabiga   muvofiq   yaxshi   dars
berishi va uning har daqiqasidan unumli foydalanishi zarur.
 O‘qituvchi  yaxshi  kompetentli  o‘qituvchi  bo‘lishi  uchun pedagogika,
psixologiyaga   qo‘shib,   o‘z   fanining   metodikasini   yaxshi   bilmog‘i
lozim. 
 O‘qituvchining   umumiy   madaniyati   yuqori   bo‘lishi   bilan   birga   bu
kasb   adabiyot   va   san’at   sohasidagi   bilimlarga   ega   bo‘lishni   talab
qiladi. 
 O‘qituvchi   pedagogik   odobiga   rioya   qilishi   kerak.   Pedagoglik   odobi
o‘qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, u o‘qituvchining bolalar
bilan ishlashi jarayonida uning tajribasi, mahorati bilan oshadi.
 O‘qituvchi pedagogik kompetentligiga va har tomonlama bilimga ega
bo‘lishi kerak, chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari
mumkin. 
 Zamon   talablaridan   kelib   chiqib   innovatsion   g‘oyalar   bilan
qurollangan bo‘lishi kerak.
O‘qituvchining amaliy tayyorgarligi esa uning innovatsion faoliyatga imkon
beradigan   ko‘nikmalarida   ko‘rinadi.   Bunday   qism   tarkibiga   tashkiliy   va
kommunikativ   ko‘nikmalar   kiradi.   Shaxsiy   tayyorgarlik   uning   motivlari,
refleksiyasi,  moslashuvchanligi,  maqsad  qo‘yishi  va amalga oshirishda  sobitligini
bildiradi.   Yuqoridagi   fikrlar   asosida   boshang‘ich   sinf   o‘qituvchilarining   kasbiy
kompetensiyasini   rivojlantirishga   tayyorgarlik   mezonlari   va   darajalarini
shakllantirdik  ( 1. 1-jadval) .
Jadvaldan   shunday   xulosaga   kelish   mumkinki,   yuqori   daraja   bo’lajak
boshlang’ich  sinf  o‘ituvchilarini ng   kasbiy  kompetensiyasini  rivojlantirishga   to‘liq
19 tayyor gar ligini ,   yaxshi   daraja   tayyor garlikning   yyetarlicha   emasligi ni ,   lekin
jarayonni boshqara olishi mumkinligini, o‘rta   daraja  to‘liq  bo‘lmagan  tayyor gar lik ,
aniq   harakatlar   lozimligini,   past   darajada   esa   o‘z   ustida   jiddiy   ishlash,   uzoq
muddatli mustaqil o‘qish  zarurligini bildiradi .
1.1-jadval.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarining  kasbiy  kompetensiyasini
rivojlantirishga tayyorgarlik darajalari va tarkibiy qismlari
Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga
tayyorgarlik darajalari va tarkibiy qismlari
Darajalar Tarkibiy qismlar
Nazariy Amaliy  Shaxsiy
Past O‘quv   jarayonini
tashkil   etishga   doir
o‘quv   texnikasi ,
dasturlari,   mavjud
innovatsion
texnologiyalarni biladi. Darslarni tashkil etishda
innovatsion   usullar   va
o‘quv   vositalaridan
foydalanadi.   Muloqot
amaliyotiga ega. Innovatsion   faoliyatda
ishtirok   etishdan   bosh
tortish   holati   uchrab
turadi, bunda motivatsiya
hamkasblar i   bilan
m unosabatlardagi
k eskinliklarni ng   oldini
olish ga   yordam   beradi .
Ijodkor ,   o‘zicha   epizodik
ta’lim b era oladi. 
O‘rta O‘quv   jarayonini
tashkil etishga doir turli
darajada gi   innovatsion
dasturlar   va   o‘qitish
usullarini biladi. Dars da   o‘ qitishning
innovatsion   usullaridan
foydalanadi.   Kishi lar
bilan   sifatli   aloqani
tashkil qilishga   qodir. Yangiliklarni   qabul
qilishga   qiziq adi .
Innovatsion   faoliyatda
ishtirok   e t ish ni   istaydi .
Yutuqlari   uchun   rag‘bat
kut a di.   Ijodga   ishtiyoqi
baland.
Yaxshi  O‘quv   jarayonini Rivojlantirish   va Innovatsiya ga   ta’lim
20 tashkil etishga doir   turli
darajadagi   innovatsion
dasturlar   va   o‘qitish
usullarini   biladi.
Amaliyotga   tatbiq   etish
yo‘llaridan xabardor. amalga   oshirish .
Innovatsion   d astur n i
o‘rganish ,   tashkil   et ish,
ifodala sh   va   o‘rtacha
boshqarishga qodir. tizim ini   rivojlan tir ish
mexanizmi   sifatida
qara y di.
Yuqori  O‘quv   jarayonini
tashkil   etishga   doir
o‘qitishning   innovatsion
texnologiyasini   biladi
va ularning qo‘llanilishi
s amarali   ekanini
tushunadi.   Amalga
ta t biq   etish   yo‘llaridan
xabardor. Ulardan   birini   amalga
oshiradi.   Jamoasi   bilan
turli   xil   ijro
vazifalari(rollari) -n i
bajaradi.   Shu   jumladan ,
o‘yin   uskunalarini
qo‘llay oladi. Innovatsiya ni   shaxsiy -
kasbiy   hayotining
bo‘lagi ,   deb  qabul  qil adi .
Innovatsion   faoliyatda
qatnashish   m o tivasiyasi
o‘zining   ijodiy
rivojlanish   potensialini
belgilaydi.
O‘qituvchilarni   qo‘llab-quvvatlash   nuqtai   nazaridan,   past   va   o‘rta   darajali
tayyorgarlikda   ularda   kasbiy   kompetensiyani   rivojlantirish   uchun   muayyan
sharoitlar   yaratish,   ilmiy-metodik   qo‘llab-quvvatlashni   amalga   oshirish   talab
etiladi.
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarisida   kasbiy   kompetensiyasini
rivojlantirishga   tayyor garlikka   nisbatan   past   yoki   o‘rta   daraja   kuzatilsa,   ularga
ilmiy-metodik   yordam   ko‘rsatish,   qo‘llab-quvvatlash   va   samaradorlikka
yo‘naltirilgan   sharoit   yaratish   zarur   bo‘ladi.   Yaxshi   va   yuqori   darajali
tayyor garlikda   o‘qituvchilarni   raqobatbardosh   saqlab   turish,   o‘zlarini   namoyon
qilishlariga  imkon   berish   va   tajribalarini   ommalashtirishga   e’tibor   qaratish   kerak.
O‘qituvchilarning   kasbiy   kompetensiyasini   rivojlantirishga   tayyor gar ligini
muhokama   qilishda   shuni   ta’kidlash   kerakki,   shaxsning   yetakchi   fazilatlari
qatorida   kompetensiya   bilan   bir   qatorda,   innovatsion   faoliyat   ham   muhimdir,   bu
21 intellektual tashabbus darajasida, ijodiy faoliyatning ortib borayotgan dinamikasida
namoyon bo‘ladi. Chunki, uning shaxsiy sifatlari rivojlanishi uchun asos bo‘ladi.
 
22 II BOB. BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O‘ITUVCHILARIDA KASBIY
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK
IMKONIYATLARI
2.1.   Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarida kasbiy kompetentliligini
shakllantirishning shart sharoitlari 
        Pedagogik   shart - sharoitlarni   aniqlash   zarurati   tizimlar ,  hodisalar ,  jarayonlar   va
ob ’ ektlarni   har   qanday   o ‘ rganish   uchun   muhim   metodologik   talab   rolini   o ‘ ynaydi .
“Shart-sharoit” tushunchasini tahlil qilganda, V.A. Oganesov buni “bir tomondan,
biror narsaga bog‘liq bo‘lgan holat sifatida, boshqa tomondan, biror narsa amalga
oshiriladigan muhit sifatida” izohlaydi. A. Naynning yozishicha, “pedagogik shart-
sharoitlar”   atamasi   keng   ma’noda   jamiyat   rivojlanishining   ushbu   bosqichidagi
ijtimoiy-pedagogik  jarayonlarning  yakuniy natijalari  to‘plami  sifatida  ta’riflanishi
mumkin”.   Tizimli   tahlil,   adabiy   manbalar,   me'yoriy   hujjatlar   va   o‘z   tajribalarini
tahlil qilish asosida talabalarni kasbiy faoliyatga kasbiy-pedagogik tayyorlashning
psixologik   pedagogik   shartlari   kompetentsiyaga   asoslangan   yondashuv   asosida
aniqlanadi. Birinchidan bu kelajakdagi mutaxassislarni kasbiy tayyorlashda kasbiy
va   pedagogik   tayyorgarlik   jarayoni   sub’ektlarining   shaxsiy   funktsiyalari   to‘liq
namoyon   qilish   va   rivojlantirishga   imkon   beruvchi   shaxsga   yo‘naltirilgan
yondashuvni   amalga   oshirishdir.   Ikkinchi   sharoit   -   interfaol   ta’lim   shakllaridan
foydalangan   holda   muammoli   ta’lim,   talabalar   tomonidan   bajariladigan   interfaol
mashqlar va topshiriqlarga asoslanadi .[10]
                   Yuqordagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, bo’lajak boshlang’ich sinf
o‘ituvchilarining   kasbiy   kompetentligini   shakllantirish   va   ularni   muntazam
rivojlantirish uchun birinchi navbatda pedagogik shart-sharoitlarni o‘rganish ularni
tashkil maqsadga muvofiqdir.
            Bunday sharoitlardan biri bu o‘qituvchi o‘z qobiliyati va mahoratini ta’lim
jarayonida erkin  qo‘llay olishi  uchun ta’lim muassasi  va uning rahbar  xodimlari
23 tomonidan   yaratilgan   shart-sharoitdir.   Har   qanday   bilim,   malaka   va   mahorat
istalgan   vaziyatda   ham   o`zini   kompetentsiya   sifatida   namoyon   eta   olmaydi.
Masalan,   boshqaruvning   obektiv   sharoitlariga   qarab   o`zgarib   turuvchi   faoliyat
mutaxasisdan yanada yuqoriroq kompetentlikni talab etadi.
Shuni   ta`kidlash   muhimki,   rahbarda   kompetentlik   bor   yoki   yo`qligi   uning
muayyan   natijaga   erishish   uchun   ketgan   kuch   sarfiga   qarab   emas,   balki   uning
faoliyati natijalariga qarab baholanadi. 
Kompetentlik ma`lumotlilikka, intilishga va boshqa narsalarga unchalik ham
bog`liq   emas.   Boshqaruvdagi   mutaxassislarning   aksariyati   lavozim   bo`yicha
o`sishda   kasbiy   samaradorlikka   erishish   malakasini   oshirishga   tayanadi.   Bunda
Maktab   rahbariyati   o‘qituvchi   xodimlarning   salohiyatini   aniq   baholay   olishi,
qobiliyatini   yo`naltirish   va   qo`shimcha   bilim   va   malaka   oshirishni   tashkil   qilishi
ushbu maktab xodimlarining lavozim bo`yicha o`sishiga zamin yaratadi. Ayniqsa,
tashkilot   amaliy   tajribalardan   kelib   chiqqan   holda   xodimlarning   malakasini
oshirish,   oliy   ta`lim   muassasalarida   o`qitilmaydigan   boshqaruv   mahorati   sirlarini
o`rgatib borishi muhim hisoblanadi. 
Amerikalik   mutaxassislar   boshqaruv   doirasida   tadqiqotlar   olib   borib,   eng
yaxshi boshqaruv xodimi kompetentli xodimdir, degan xulosaga kelganlar. Bunday
hodimning   muvaffaqiyati   odamlarga   ta`sir   ko`rsata   olish   qobiliyatida   namoyon
bo`ladi.   Eng   yaxshi   rahbarlar   atrofidagilarga   ta`sir   qilish   bilan   faoliyatida
samaradorlikni   oshiradi   va   o`z   zimmasidagi   vazifalarni   muvaffaqiyatli   bajarib
boradi.  
Kompetentlik eng  yaxshi  rahbar  bo`lishning,  jamoa  bilan  va hamjihatlikda,
boshqalar   bilan   hamkorlikda   ishlashning   muhim   shartidir.   Har   qanday   ishda   ham
jamoaviy   yoki   hamkorlikda   faoliyat   olib   borish,   uning   samaradorligini
ta`minlovchi   muhim   omil   hisoblanadi.   Bugungi   kunda   fan-texnika   rivojlanishi,
umumta`lim   maktablarida   olib   boriladigan   katta   islohotlar   ta`lim-tarbiyaning
24 mazmunini   o`zgartirishni,   shuningdek,   ta`lim   tizimini   bugungi   zamon   talablari
asosida maktab jamoasini samarali boshqarishni talab etadi. 
Bu   o`rinda   rahbar   ma`muriy   qoida   va   ko`rsatmalardan   tashqari   jamoani
ma`naviy   qo`llab-quvvatlash,   ruhlantirish   va   ular   ichida   yuzaga   keladigan
nizolarning   oldini   olishni   ham   bilishi   kerak.   Shuning   uchun   ham   Prezidentimiz
Sh.M.   Mirziyoyev   maktab   ta`limini   rivojlantirish   masalalari   yuzasidan   o`tkazgan
videoselektor   murojaatnomasida:   “Mamlakatimizda   ilm-fanni   yanada   ravnaq
toptirish,  yoshlarimizni   chuqur   bilim,  yuksak  ma`naviyat  va  madaniyat   egasi  etib
tarbiyalash bizning eng oliy maqsadimiz. 
Ta`lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois bu
sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo`q. Har bir rahbar o`z ish uslubini
o`zgartirsa,   maktabda,   qishloqda,   mahallada   o`zgarish   bo`lsa,   davlat   ham
rivojlanadi”-deb ta`kidlaganlar. 9
Buyuk   Britaniya   umumta`lim   maktablarida   va   umuman   barcha
boshqaruvlarda   bir   shior   bor:   bilimlar,   malaka   va   ko`nikmalarsiz   kompetentlik
mavjud   emas.   Haqiqiy   o`z   kompetentiga   ega   boshqaruvchi   biror   ishni
rejalashtirayotganda   barcha   xodimiga   xodim   emas,   shaxs   sifatida   qarab   teng
ishtirokchilar sifatida ishtirok etishini xohlashadi, birgalikda muayyan muammoni
hal   qilishadi.   Ingliz   maktablarida   rahbar   va   hodim   yo`q,   ular   bir-birlariga   faqat
kamkasb   sifatida   munosabatda   bo`lishadi.   Chunki   ular   o`zaro   hurmatdan
zavqlanishni   hoxlashadi.   Bu   maktablarda   rahbar   yoki   unga   qaram   hodim   emas,
“yaxshi”   yoki   “yomon”   odam   bor.   Ingliz   umumta`lim   maktalarida   xodimlaridan
talab qilinadigan yagona hislat: o`ziga bo`lgan ishonchdir. Insonni  o`ziga bo`lgan
ishonchi   yuqori   bo`lsa,   barcha   muvafaqqiyatlar   eshigi   ochiladi   deb   hisoblashadi.
Qolaversa,   Buyuk   Britaniya   umumta`lim   maktablarida   xodimlarning   samarali
usullari,   ko`nikmalari,   o`z   vazifalarini   samarali   bajarish   yo`llarini   almashinish   va
9
  Shavkat   Mirziyoyev .  Xalq   ta ` limi   tizimini   rivojlantirish   pedagogning   malakasini   va   jamiyatda   nufuzini   oshirish , 
yosh - avlod   ma ` naviyatini   yuksaltirish   masalalariga   bag ` ishlangan   videoselektor   yig ` ilishidagi   nutqidan . 2022- yil  8- 
yanvar
25 shu   orqali   malaka   va   ko`nikma   hosil   qilish   uchun   har   kuni   xodimlar   o`rtasida
ma`lum   miqdorda   mashg`ulotlar   (bir   kunlik   konferensiyalar,   yakka   faoliyatlar,
qisqa   kurslar,   mavzu   mutaxassislari   tomonidan   rasmiy   uchrashuvlar,   jamoaviy
faoliyatlar)   o`tkaziladi.   Bu   bilan   xodimni   o`z   iqtidorini   namoyon   etishga   imkon
beriladi.   Bu   mashg`ulotlarda   ta`limni   samarali   va   qiziqarli   tashkil   etish
ko`nikmalari   o`rganiladi,   o`qituvchining   mahorati   namoyish   etiladi.   Maktabni
barqaror   rivojlantirish   uchun   barcha   hodim   bilim   olishi,   o`z   kasbini   chuqur
o`rganishi   muhim   hisoblanadi.   O`qitish,   o`quv   dasturlarini   yozish   o`zaro
hakorlikda amalga oshiriladi. 
Shuning   uchun   bunday   vazifalarda   javobgarlik   o`qituvchilar   orasida   teng
hisoblanadi.   Maktab   boshqaruvidan   tortib,   ta`limning   har   bir   sohalari   mamlakat
ta`limidagi   o`zgarishlar   bilan   bog`liq   va   hamohang   tarzda   amalga   oshiriladi,   bu
tizimi bilan Finlandiya ta`lim tizimiga yaqin hisoblanadi. “Zamonaviy rahbar o`zi
qanday bo`lishi kerak?” 
- O`zida mustaqil fikr bo`lishi, mustaqil qarorlar chiqara olishi; 
- Har bir rahbarda zamonaviy ilm-saviya va tashkilotchilik ko`nikmalarining
bo`lishi; 
-   Jamoaviy   vazifalarni   bajarishda   maktabda   faoliyat   olib   boruvchilar   bilan
hamkorlikni tashkil qila olishi; 
-   O`z   atrofiga   yosh   mutaxasislarni   to`play   olishi   va   ularga   pedagogik,
metodik maslahatlar bera olishi. 10
D.Temirov   “Ta`lim   menejmenti”   jurnalida   nashr   ettigan   maqolasida   ta`lim
muassasasi   faoliyatini   samarali   boshqarishning   quyidagi   tamoyillarin   uzviyligi
asosida tashkil etishni tavsiya qiladi: 
1.   Ong   va   faoliyat   birligi.   Ushbu   tamoyil   rahbarning   ta`lim   muassasasi
boshqaruviga oid bilimlarini o`zlashtirishni va amaliy faoliyatda qo`llashi. 
10
  A .  Nosirov .  Rahbarning   kasbiy   kompitentligi ,  pedagogik   mahorati   va   boshqaruv   madaniyati . / ““ Ta ` lim  
menejmenti ”  jurnali . 2018. N 3 2- b
26 2.   Ta`lim   muassasasini   boshqarishning   ilmiy   va   g`oyaviyligi.   Mazkur
tamoyil boshqaruvda yuksak g`oyaviylik hamda ilmiy asoslangan qoidaga muvofiq
boshqariladi. 
3. Ta`lim  muassasalarida  boshqaruvning izchil va uzviyligi. Ushbu tamoyil
rahbarlar samaradorligining dialektik harakatda kasb etishini anglatadi. 
4.   Ta`lim   muassasasida   rahbar   boshqaruvining   gumanitar   hususiyatlariga
ega  ekanligi.  Mazkur   tamoyil  ijtimoiy  faoliyat   negizida  jamiyat   manfaatlari  bilan
shaxsiy manfaatlar uyg`unligini ifodalaydi.
5.   Ta`lim   muassasalarini   boshqarishga   har   tomonlama   (kompleks)   tizimli
yondoshuv. Ushbu tamoyil o`zida ta`lim muassasa xodimlarini bir ijtimoiy faoliyat
birlashtiradi. 
6.   Ta`lim   muassasasalarini   boshqaruvining   muayyan,   aniq   maqsadga
yo`naltirilganligi.   Mazkur   tamoyil   ta`lim   muassasasining   ijtimoiy   harakatdagi
faoliyati   yo`nalishlaridan   kelib   chiqqan   holda   harakatlarning   tashkil   etishi   bilan
izohlanadi. 
7.   Ta`lim   muassasasini   boshqarishda   ta`lim   jarayoni   suhbatlari   fikri   va
mustaqilliklarini, shuningdek, shaxsiy xususiyatlarini ta`minlash. 
Ushbu   tamoyil   pedagog   jarayon   ishtirokchilari   faoliyatini   ishtirokchilarini
tashkil   etadi,   avtoritar   boshqaruvning   inkor   etilishi   va   demokratik   boshqaruvga
o`tishini ko`rsatadi. 
8.   Ta`lim   muassasalarini   boshqarishda   demokratik   tamoyillarning
ustuvorligi. Ushbu tamoyil boshqaruvda hodimlar shaxsini hurmat qilish, huquq va
maqsadlariga dahl etmaslik qobiliyatini aks ettiradi. 11
                   Adabiyotlar va bildirilgan fikrlarni tahlil qilar ekanmiz ushbu xulosalarga
kelish   mumkin,   maktab   direktori   va   rahbariyati   nafaqat   boshlang‘ich   ta’lim
o‘qituvchilari   balki   butun   maktab   jamoasi   bo‘lajak   boshlang’ich   sinf
11
  Abu   Nasr   Farobiy .  F   ozil   odamlar   shahri . –  Toshkent :  A .  Qodiriy   nomidagi  “ Xalq   merosi ”  nashriyoti . 1998.204- b  
27 o’qituvchilarining   kasbiy   qobiliyat   va   kompetensiyalarini   rivojlantirishi   uchun
qulay shart-sharoitlarni yaratishi kerak:
 Maktab jamoasi o‘rtasida do‘stona muhitni yaratish;
 Har   bir   o‘qituvchini   alohida   shaxs   sifatida   ko‘rib   shaxsiy   obro‘   va
e’tiborini hurmat qilish;
 O‘qituvchilarning   hamkorlikda   ishlashini   ta’minlash   uchun   sharoitlar
yaratish;
 O‘qituvchilarning ijodkorligi va yangi innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga
tatbiq etishlarini qo‘llab-quvvatlash;
 O‘qituvchilarning   individual   qobiliyatlarini   va   intellectual   salohiyatini
namoyish qila olishi uchun sharoitlar yaratishi;
 O‘qituvchilarning o‘ziga ishonchi va g‘ayratini so‘ndirmaslik;
 O‘qituvchining   o‘quvchi   va   ularning   ota-onalari   o‘rtasidagi
munosabatlarni samarali tashkil etishda ularni qo‘llab-quvvatalsh. 
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarisining   kasbiy   kompetentligini
rivojlantirishda   interfaol  ta’lim  shakllarida   foydalangan  holda  muammoli   ta’lim,
talabalar   tomonidan   bajariladigan   interfaol   mashqlar   va   topshiriqlarga
asoslangan shart-sharoitlarni hisobga olish kerak .
Zamonaviy   sharoitda   ta’lim   samaradorligini   oshirishning   eng   maqbul   yo‘li
interfaol   ta’lim   shakllaridan   foydalangan   holda   muammoli   ta’limga   asoslangan
ta’lim-tarbiya   berish   jarayonini   tashkil   qilishdir.   Muammoli   ta’limning   bosh
maqsadi-o‘quvchilarning   o‘rganilayotgan   mavzuga   doir   muammolarni   to‘liq
tushunib   yetishiga   erishish   va   ularni   hal   eta   olishiga   o‘rgatishdan   iborat.
Muammoli   ta’limni   amaliyotda   qo‘llashda   asosiy   masalalardan   biri
o‘rganilayotgan   mavzu   bilan   bog‘liq   muammoli   vaziyat   yaratishdan   iborat.   Turli
o‘quv fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil
qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko‘zda tutishlari kerak.
28 3-rasm.
                    Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   ushbu   ta’lim   jarayoni   yuqori   natija   berishi
shubbhasiz bo‘lib, ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o‘qituvchining
keng bilimga va ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, kasbiy
kompetentlikka ega bo‘lishi kabilardan iborat.
2.2.O’qituvchilarda    kasbiy kompetensiyani rivojlantirish omillari va yo’llari
 
Bo‘lajak   o‘qituvchining   kasbiy   kompetentligi   tuzilmasi   uning   pedagogik
ko‘nikmalari   orqali,   ko‘nikmalar   (nazariy   bilimlarga   asoslangan   va   pedagogik
masalalarni   yechishga   yo‘naltirilgan   bilimlar)   esa,   bosqichma-bosqich
rivojlanuvchi   harakatlar   majmuasi   orqali   aniqlanadi.   O‘qituvchining   kasbiy
faoliyatida   rivojlanishni   ta’minlovchi   asosiy   ziddiyat   inson   qobiliyatlari   hamda
pedagogik   faoliyat   talablari   o‘rtasidagi   tafovut   bilan   belgilanadi.   Pedagogik
jarayonda   yuzaga   keluvchi   ziddiyatlarni   har   bir   o‘qituvchi   o‘z   imkoniyatlari   va
qobiliyatlari   darajasida   hal   qiladi.   Bu   faoliyat   o‘qituvchining   individual   uslubini
belgilab   beradi.   O‘qituvchida   o‘z-o‘zini   boshqarish,   qat’iylik,   jur’atlilik,   jasurlik,
atrofdagi   insonlarga   hurmat   va   e’tibor,   kamchiliklarini   his   qilgan   holda   o‘z
imkoniyatlariga   ishonch,   faoliyatini   baholashda   haqqoniylik,   kuchli   iroda,   o‘z
kuch-quvvatini   maqsadli   yo‘naltira   olish,   faoliyat   va   belgilangan   vazifalarni
29 amalga oshirish yo‘lida imkoniyatlarini jamlay olish, belgilangan maqsadni amalga
oshirishda   faoliyatini   to‘g‘ri   boshqarib   borish,   aqliy   faollik   va   o‘zgaruvchan
sharoitlarga   moslasha   olish,   shaxsni   harakatga   keltiruvchi   kuch   hamda   ijtimoiy
olam   bilan   o‘z   imkoniyatlarini   qiyoslay   olish   sifatlariga   ega   bo‘lsagina   yuksak
kasbiy mahorat darajasiga erisha olishi mumkinligi aniqlangan. 
Shakldan   ko‘rinib   turibdiki,   bo‘lajak   o‘qituvchining   kasbiy
kompetentligining shakllanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatar ekan, bular:
1)   motivatsion   omil   –   o‘quv   hamda   kasbiy   harakatlarni   eski   qarashlardan
holi bo‘lgan holda amalga oshirishga intilish, ijodiy qiyinchiliklarga tayyor bo‘lish
hamda   bu   boradagi   yutuqlarga,   ijodiy   jarayonlarga   intilish,   topilgan   echimlardan
qoniqish hosil qilish. Bunda etakchi motivlar – o‘zining yangi echimlarini topishga
qiziqish,   ijodiy   faoliyatini   tashkil   etishga   intilishdir,   ya’ni   o‘qituvchilarda
ijodkorlik hamda yangilikka intilish motivlari shakllantiriladi; 
2)   intellektual   omil   –   muammoli   ta’lim   ko‘nikmalarini   egallaganligi
(muammoni   ko‘ra  bilish,  uni   shakllantirish,  muammoni  hal   etish  yo‘llarini  topish
va   hokazolar),   fikrlashning   kreativligi   (nostandart   echimlar   qabul   qiluvchi
shaxsning botiniy qobiliyati), moslashuvchanligi hamda tizimliligi, ijodiy tasavvur,
modellashtirish, loyihalash,  bashorat  qilishga,  yangi  g‘oyalarni  topishga moyillik.
Fan   nuqtai   nazaridan   yuzaga   keladigan   muammolarni   to‘g‘ri   hal   qilishda
o‘qituvchiga   berilgan   bilimlardan   ijodiy   tasavvur   qilish   hamda   yangi   g‘oyalarni
topishga intilish seziladi; 
3)   irodaviy   omil   –   izlanish   davomida,   modellashtirish   hamda   o‘quv   va
kasbiy   vazifalarni   hal   qilish   uchun   o‘z   faoliyat   yo‘lini   yaratishda   iroda   sifatlarini
namoyish   qilish.   Fanlarda   berilgan   individual   topshiriqlarni   bajarishda
o‘qituvchining irodaviy sifatlari va izlanish faoliyatlari shakllanadi; 
4)   hissiy   omil   –   izlanuvchanlik,   kashfiyot   va   ixtirolarni   amalga   oshirishga
xos   hissiyotlarning   namoyon   bo‘lishi,   o‘quv   hamda   kasbiy   faoliyatda   kreativ
30 echimlarni   topish   yo‘lida   ziyrak   bo‘lish.   Bunda   o‘qituvchidagi   emotsional   omil
shakllanadi; 
5)   amaliy-predmetli   omil   –   atrofdagilarga   g‘ayrioddiy   bo‘lgan   xulq   egasi
bo‘lish   (yangi   axborotlar   ichida   tez   yo‘nalish   topa   olish,   noan’anaviy   echimlar
izlash, fikrlash, harakat va amallarning atrofdagilar uchun kutilmagan yo‘nalishda
o‘zgarishi). Bunda o‘qituvchidagi individuallik namoyon bo‘ladi; 
6)   o‘z-o‘zini   boshqarish   omili   –   ijodiy   jarayonda   refleksiya   qila   olish
qobiliyati, o‘z fikrlarini zarur yo‘nalishda boshqara olish, yangi echimlar, g‘oyalar
topish   imkonini   beruvchi   manbalarga   intilish,   o‘z   ijodiy   faolligini   ta’minlash
uchun   mustaqil   ravishda   sharoit   yarata   olish.   O‘qituvchining   ijodkorligini,   yangi
echimlar va g‘oyalar topa olishda mustaqil ishlay olishini ko‘rsatadi.
4-rasm. Kasbiy kompetentlikni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar
                      Bo‘lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarisini   kasbiy   tayyorlash
O‘zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans jarayonida bo‘lajak bo’lajak
boshlang’ich sinf o‘ituvchilarini kasbiy tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi. 
Buning uchun quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
- bo‘lajak bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarini pedagogik qonuniyatlar
va texnologiyalar bilan chuqur tanishtirish; 
- bo‘lajak bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarini intellektual va ma’naviy
salohiyati   yuksak   yangi   avlod   kadrlarini   tayyorlash,   ta’lim   tashkilotlari
31omillar
motivatsion	intellektual
irodaviy	hissiy
amaliy-
predmetli	o’z-o’zini 
boshqarish
kasbiy	 	
kompetentlk bitiruvchilari   zamonaviy   kasb   egalari   bo‘lishlari   uchun   ularda   zarur   ko‘nikma   va
bilimlarni shakllantirish; 
- dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy
ta’lim   tizimini   yo‘lga   qo‘yish,   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalarini   zamon   talablari
asosida   takomillashtirish,   ularning   yangi   avlodini   yaratish,   o‘quv   dasturlari   va
standartlarini optimallashtirish; 
-   ta’lim-tarbiya   muassasalarining   rahbar   xodimlari,   pedagog   va
murabbiylari,   professor-o‘qituvchilari   va   ilm-fan   sohalari   vakillarining
jamiyatimizdagi   o‘rni   va   maqomini   oshirish,   ularning   mashaqqatli   mehnatini
munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish; 
-   pedagog   xodimlarning   kasbiy   mahorati   va   faoliyat   samaradorligini
muntazam   oshirib   borish   uchun   zarur   shart-sharoitlarni   yaratish,   malaka   oshirish
tizimini «hayot davomida o‘qish» tamoyili asosida takomillashtirib borish; 
-   ilmiy-tadqiqot   va   ta’lim   xizmatlarini   ko‘rsatish   bo‘yicha   xususiy
sektorning   salmog‘ini   kengaytirish,   hududlarda   nodavlat   ta’lim   tashkilotlarini
tashkil   etish   orqali   raqobat   muhitini   shakllantirish,   ta’lim   sohasida   davlatxususiy
sheriklikni rivojlantirish; 
-   zamonaviy   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini   qo‘llagan   xolda
ta’limni   boshqarishni   avtomatlashtirish   va   har   tomonlama   tahlil   qilib   borish
tizimini   yaratish,   elektron   resurslar   va   masofaviy   ta’limni   yanada   rivojlantirish,
ta’lim oluvchilar o‘rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish; 
                  -   ilm-fanni   iqtisodiyotning   asosiy   harakatlantiruvchi   kuchiga   aylantirish,
ilmiy   tadqiqotlar   ko‘lamini   kengaytirish,   iqtidorli   yosh   olimlarning   innovatsion
faoliyatini   rag‘batlantirish,   mavjud   ilmiy   tashkilotlar   salohiyatini   yanada
mustahkamlash va rivojlantirish.
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarining   metodik   tayyorgarligini
takomillashtirish   va   kasbiy   rivojlantirish   zaruriyatini   belgilovchi   bosh   mezon   bu
inson   oldiga   qo‘yilgan   maqsad   bo‘lib,   unga   erishish   uchun   vazifalar   belgilash,
32 tashkil   etiladigan   faoliyatni   oldindan   rejalashtirish,   amalga   oshirish   yo‘l-
yo‘riqlarini tanlash va loyihalashtirish, maqsad va natijani muvofiqlashtirish zarur
hisoblanadi.   
  Demak,   har   bir   o‘qituvchi   o‘z-o‘zini   kasbiy   rivojlantirish   uchun   ma’lum
darajada o‘z dunyoqarashiga,  tafakkuri, tasavvuri  va mavjud bilimiga, shaxsiy  va
kasbiy   ehtiyojlariga   asoslanadi.   O‘qituvchilarda   o‘z-o‘zini   kasbiy   rivojlantirish
yo‘nalishida   shakllantiriladigan   ehtiyoj   davlat   va   jamiyat   ehtiyojlaridan   kelib
chiqishi   lozim.   Metodik   tayyorgarlikni   takomillashtirish   va   o‘z-o‘zini   kasbiy
rivojlantirishga   bo‘lgan   ehtiyoj   yetarlicha   shakllantirilsa,   o‘qituvchilarda   o‘z
kasbiga oid yangiliklarni, fan-texnika yutuqlarini o‘rganishga qiziqish shakllanadi,
bu o‘z navbatida o‘qituvchilarda mustaqil ta’lim olish ya’ni mustaqil o‘rganish, o‘z
o‘zini   rivojlantirish   ko‘nikmalarini   shakllantirishga,   bu   orqali   o‘qituvchilarda
metodik tayyorgarlikni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, o‘qituvchilarni o‘z faoliyatida ma’lum bir ijobiy natijalarga
erishish,   o‘qituvchilar   jamoasida   obru-e’tibor   qozonish,   o‘zini   o‘zi   boshqarish   va
rivojlantirish   kabi   ko‘nikmalarni   shakllantiradi.   Shuningdek,   o‘qituvchilarning
metodik tayyorgarligini takomillashtirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi
vositalardan   biri   muvaffaqiyatga   bo‘lgan   ehtiyoj   bo‘lib,   bu   ma’lum   bir   vazifani
mas’uliyat bilan bajarish orqali ko‘zlangan natijalarga erishishga xizmat qiluvchi –
o‘qituvchini o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirish ehtiyoji hisoblanadi.
Akmeologik   yondashuv   nuqtai   nazaridan   o‘z   o‘zini   anglash,   o‘zini
takomillashtirish,   ichki   resurslarni   boyitish   va   qiyinchiliklarni   ongli   ravishda
yengib   o‘tish   qobiliyati   (tashqi   va   ichki)   o‘qituvchi   shaxsining   rivojlanish
modellari   va   xususiyatlari   sifatida   ajralib   turadi.[13]   Shunday   qilib,   shaxsiy
rivojlanishning   yetakchi   va   hal   qiluvchi   omili   shaxsning   ijodiy   tashabbusi   va
mustaqilligi   bo‘lib,  bunda  asosiy   rol  o‘qituvchining  shaxsiy   va  kasbiy  rivojlanish
uchun   motivga   egaligi   hisoblanadi.   Shaxsni   takomillashtirish,   shaxsiy   va   kasbiy
rivojlanishida o‘zini o‘zi anglash muhim ahamiyat kasb etadi.
33 O‘qituvchilarning   o‘zini   o‘zi   kasbiy   rivojlantirish   uchun   o‘qituvchiga   xos
bo‘lgan   akmeologik   pozitsiyaning   mavjudligi   (uning   shaxsiy   faoliyati),
moslashuvchanlik   (atrofdagi   voqelik   shartlaridan   shaxsiy   rivojlanish   uchun
foydalanish   qobiliyati),   jamiyatda   o‘z   salohiyatini   amalga   oshirish   istagi,   o‘zini
anglashi va shuningdek, o‘zini o‘zi boshqarish orqali o‘z kasbiy faoliyatini yanada
takomillashtirishga tayyorligi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Demak   har   bir   o‘qituvchi   imkoniyatiga,   asosan   bilimga   bo‘lgan   intilishiga
ko‘ra   o‘zining   axborot   maydoniga   ega   bo‘ladi.   Bu   bilimlar   tuzilmasiga   ko‘ra,
texnik va texnologik mazmundagi, psixologik-pedagogik, falsafiy, fizik-matematik
hamda boshqa ko‘rinishdagi bilimlar to‘plami bo‘lib, o‘qituvchi qaysi yo‘nalishga
mos   bilimlar   kerakligiga   tayangan   holda,   shu   mazmundagi   bilimlarni   axborot
maydonidan   ajratadi.   Bu   bilimlarni   chuqurlashtirib   talab   qilingan   maqsadda
foydalanishga harakat qiladi.
Kasbiy faoliyat  subyekti  sifatida rivojlanishda subyektivlik, mutaxassisning
malakasi   va   uning   shaxsiy   yetukligi   kabi   tendensiyalar   ajralib   turadi.   O‘qituvchi
professionallikni   rivojlantirishga   kasbiy   rivojlanishning   bosqichlari   va   darajasini
(o‘z   taqdirini   o‘zi   belgilash,   moslashtirish,   o‘zini   namoyon   qilish,   o‘zini   o‘zi
anglash) egallash orqali erishadi. O‘qituvchilarga kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishda
tashqi   va   ichki   shart   sharoitlar   ta’sir   qiladi   (o‘qituvchining   o‘zi   qobiliyatlari   va
moyilligi,   atrof-muhitning   xususiyatlari   –   oilaviy,   kasbiy,   o‘zini   anglash
xususiyatlari va aks etuvchi kompetensiya).
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarilari   kasbiy   ehtiyojlaridan   kelib
chiqib,   metodik   tayyorgarlikni   takomillashtirish,   kasbiy   rivojlantirish   uchun
quyidagi vazifalarni tizimli va uzviy amalga oshirishlari muhim hisoblanadi:
– o‘zini o‘zi rivojlantirishga intilish;
– hayotiy va kasbiy tajribalarni o‘zlashtirishga intilish;
–   ta’lim   berish   uchun   yuqori   darajadagi   tayyorgarlik   va   motivatsiyaga   ega
bo‘lish;
34 – kasbiy faoliyatini  innovatsion yondashuv  asosida  tashkil  etish va o‘qitish
jarayonini   takomillashtirish   uchun   zaruriy   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni
amaliyotga tatbiq etish.
Asosiysi,   o‘qituvchini   uzluksiz   kasbiy   rivojlantirish   va   shu   asosda   uning
kasbiy va metodik tayyorgarligini takomillashtirishga erishish mumkin. O‘z-o‘zini
kasbiy   rivojlantirishga   bo‘lgan   ehtiyoj,   bir   tomondan,   o‘qitishning   o‘ziga   xos
xususiyati, uning ijtimoiy roli, ikkinchi tomondan, pedagogik faoliyatning doimiy
o‘zgarib   turadigan   sharoitlari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   “hayot   davomida   o‘qish”
tamoyili   bilan   belgilanadi.   O‘z-o‘zini   rivojlantirish   uzluksizlik,   universallik,
maqsadga   muvofiqlik,   integrativlik,   umumiylik,   individuallashtirish,   o‘zaro
bog‘liqlik   va   doimiylik,   past   darajadan   yuqori   darajaga   o‘tishning   doimiyligi,
o‘zgaruvchanlik kabi tamoyillarga asoslanadi.
                    Buyuk   Britaniya   umumta`lim   maktablarida   kasbiy   rivojlanish   quyidagi
xususiyatlarga ega bo`lishi kerak: 
-   Ta`limni   yaxshilash   va   rivojlantirish   uchun   u   ta`lim   maqsadlari   bilan
birlashtirilishi kerak;
 - U uzoq muddatli reja hamda izchil boshqara olinishi kerak;
 - U birinchi navbatda maktabga asoslangan bo`lishi kerak;
  -   U   maktabni   rivojlantirishga   ta`siri,   samaradorligini   oshirishga   hizmat
qilishi kerak. 
Buyuk   Britaniya   maktablarida   direktor   maktabda   o`quv   jarayonlarini
xodimlarning o`z ixtiyoriy grafigi asosida tashkil etishi, malaka oshirish kurslarida
o`z vaqtiga qarab yoki istalgan jarayon uchungina ishtirok etishiga ruhsat beradi. U
salohiyatli   o`qituvchini   ko`paytishi   uchun   o`qituvchining   o`z   vaqtidan   samarali
foydalanishga  imkoniyat  yaratib beradi. Direktor  maktablarda nafaqat  intellektual
salohiyatli   o`qituvchi,   balki   insoniylik   hislatlariga   ega   muhit   yaratishga   javobgar
shaxs hisoblanadi. 
35 Har qanday murakkab zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari,
integratsiyalar,   fan   sohasidagi   olamshumul   yangiliklar   avvalo   o‘qituvchi
tomonidan   o‘zlashtirilib,   so‘ngra   uning   bilimi,   saviyasi,   qobiliyati   evaziga
o‘quvchilar   ongiga   va   tafakkuriga   yetkaziladi.   O‘qituvchiga   nisbatan
qo‘llaniladigan   “pedagogik   mahorat”   atamasi   hech   qachon   o‘z   mavqeini
yo‘qotmaydi, balki tobora takomillashib, boyib va zamon talablariga mos o‘zgarib
boraveradi.   Barcha   kasb   –   korlar   tizimida   o‘qituvchilik   kasbi   muhim   ijtimoiy
ahamiyat   kasb   etadi.   Zero,   o‘qituvchi   yosh   qalblar   kamolotining   me’moridir.
Bugun u yoshlarni g‘oyaviy – siyosiy jihatdan chiniqtirib, tabiat, jamiyat, tafakkur
taraqqiyoti,   qonuniyatlarini   o‘rgatar   ekan,   avvalo,   u   yosh   avlodni   kelajak   mehnat
faoliyatiga   tayyorlashi,   kasb   –   hunar   egallashlariga   ko‘maklashishi   va   jamiyat
uchun   muhim   bo‘lgan   ijtimoiy   –   iqtisodiy   vazifani   hal   etishga   chog‘lamog‘i
darkor.   Ana   shu   ma’suliyat   o‘qituvchidan   o‘z   kasbining   mohir   ustasi   bo‘lishni,
o‘quvchi   -   yoshlarga   tarbiyaviy   ta’sir   ko‘rsatib,   ularning   qiziqishi,   qobiliyati,
iste’dodi,   e’tiqodi   va   amaliy   ko‘nikmalarini   har   tomonlama   rivojlantirishning
optimal yo‘llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni talab etadi. 
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarisi   o‘z   kasbiy   kompetentligini
quyidagi yo‘llar bilan rivojlantirishi mumkin:
                                            4-rasm. 
36o’z-o’zini 
tahlil qilish	
o’z ustida 
ishlash	
o’z-o’zini 
rivojlantirish    Adabiyotlar   tahlilidan   kelib   chiqib   aytish   mumkinki,   bo’lajak   boshlang’ich
sinf   o’qituvchilarisi   tomonidan   kasbiy   faoliyatda   tashkil   etayotgan   o‘z   amaliy
harakatlari   mohiyatining.   O‘z-o‘zini   tahlil   qilish   orqali   o‘qituvchi   o‘zini   ob’ektiv
baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘qituvchi kasbiy faoliyatida yo‘l qo‘yayotgan
xató   va   kamchiliklarini   muntazam   ravishda   tahlil   qilib   uni   baholab   borish   orqali
keyingi faoliayatini samarali amalga oshirish uchun o‘z oldiga vazifalarni belgilab
olishi   kerak.   Shuningdek.   o‘ziga   baho   berish,   o‘zidan   qoniqishni   ta’minlaydi.
Albatta bu jarayonda o‘qituvchi o‘zini oshirib yoki pasaytirib ko‘rsatish o‘z-o‘zini
baholash ko‘rsatlichlarining noto‘g‘ri bo‘lishiga ilib keladi.
O‘z-o‘zini   rivojlantirish   –   shaxsning   mustaqil   mashq   qilishi,   shug‘ullanishi
orqali   o‘zini-o‘zi   aqliy   va   jismoniy   jihatdan   rivojlantirishi;   shaxsning   hech   bir
tashqi   ta’sirlarsiz   o‘z   kuchi   bilan   o‘zini   o‘zi   rivojlantirishi;   o‘z-o‘zini
takomillashtirishi bo‘lib, unda shaxs o‘z oldiga hayotini yaxshilash, qulay yashash
sharoitini yaratish uchun muayyan vazifalarni qo‘yadi. 
Bundan   tashqari,   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarining   kasbiy
kompetentligini   rivojlantirish   «izchillik»,   «uzluksizlik»,   «muntazamlik»   va
«tizimlilik»   kabilar   bilan   bog‘liqdir.   Ta’lim   mazmunida   uzviylik   izchillik   nuqtai
nazaridan   davomiylikni   nazarda   tutsa,   uzluksizlik   egallanayotgan   kasb-hunar
sirsinoatlari haqida tasavvur, bilim, ko‘nikma va malakalarning mantiqiy dialektik
rivojlanishini,   mukammallashishini   ko‘zda   tutadi.   Rivojlanish   va
mukammallashish o‘z navbatida o‘zaro bog‘liqlik va davomiylik munosabatlarida
namoyon   bo‘ladi.   Ana   shunda   o‘quv   rejasiga   kiritilgan   har   bir   o‘quv   predmeti
tayyorlanayotgan   mutaxassis   shaxsining   tarkib   topishida   o‘zining   munosib
hissasini qo‘shgan bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘quv rejasiga kiritilayotgan o‘quv
predmetlari   mazmunining   mantiqiy   izchilligi,   tutashliligi,   oldingi   o‘zlashtirgan
materialni   keyingisi   uchun   o‘ziga   xos   asos   (zamin)   bo‘lishi   va   natijada   yaxlit
mukammal   tizimli   xarakterga   ega   bo‘lishini   ta’minlash   zarur.   Ta’lim   mazmunida
uzviylikni   ta’minlash   uchun   o‘quv   maqsad   va   vazifalari   ta’lim   oluvchilarning
37 individual   yosh   xususiyatlari   va   hayotiy   tajribalariga   tayanilib,   ta’lim   jarayonida,
bo‘lajak   mutaxassisning   tanlagan   sohasi   bo‘yicha   kasbiy-pedagogik   faoliyat   sir-
asrorlarini mukammal egallashi  bilan tugallanishi lozim. Lekin uzviylik faqatgina
umumilmiy,   umumkasbiy   va   mutaxassislik   o‘zagi   hisoblangan   maxsus   fanlar
orasidagina   emas,   balki   eng   avvalo   bir   turkumga   kiruvchi   o‘quv   predmetlari
orasida   ta’minlanishi   zarur.   Mutaxassis   kadrlar   tayyorlashga   tizimli   yondashish
uzviylikda   o‘zining   aniq   ifodasini   topadi.   Ta’limda   uzviylikning   mohiyati
talabalarda   o‘zlashtirgan   bilim,   ko‘nikma,   malaka   va   shaxsiy   fazilatlarini
kengaytirish,   chuqurlashtirish   va   rivojlantirish   jarayonida   avval   o‘zlashtirilgan,
yangi   va   istiqbolda   o‘zlashtiriladigan   ma’lumotlar   orasidagi   zaruriy  aloqadorlikni
o‘rnatishdan   iboratdir.   Uzviylikning   ta’minlanishi   ta’lim   jarayoniga   dinamik,
istiqbol tavsifini berib, bu jarayon ishtirokchilarining ongli hamkorlik faoliyatlarini
ta’minlaydi, parallellik va takrorlashlarni bartaraf etadi, ma’lum miqdordagi o‘quv
vaqtini   iqtisod   qilib,   bosqichli   oliy   ta’lim   hamda   malaka   oshirish   kurslarining
maqsadi, mazmuni, tashkil etish shakllari, amalga oshirish metodlari va vositalarini
uyg‘un   qo‘llashda   o‘zaro   aloqadorlikni   amalga   oshiradi.   Shuning   uchun   ham
uzviylik   ta’limda   tizimli   yondashuvni   amalga   oshirish   mexanizmi   sifatida   e’tirof
etiladi. Malaka oshirish markazlari buyurtmachining yakka tartibdagi topshiriqlari
yoki   aniq   yo‘naltirilgan   dasturlar   asosida   vazirlik   bilan   kelishgan   holda
tabaqalashtirilgan   o‘quv   rejalari   va   dasturlarini   ishlab   chiqadilar   hamda
o‘qitishning   interfaol   metodlarini,   internetning   global   tarmog‘idan   foydalangan
holda   pedagoglarning   tanqidiy   va   ijodiy   tafakkurini   rag‘batlantirishga,   mustaqil
ma’lumot olishga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini
joriy   etadilar.   Bu   jarayonda   o‘qituvchilarni   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   ular
malakasini   oshirish   tizimining   samaradorligi   bu   tizimni   ehtiyojlarga   asoslangan
holda   tashkil   qilish   yoki   boshqacha   qilib   aytganda,   malaka   oshirish   dasturlari
haqiqiy ehtiyojlardan kelib chiqib tuzilgan bo‘lishi kerakligi bilan belgilanadi. 12
 
12
  .   22-25.   Абдуллаев   С.   Х.   Малака   ошириш   таълим   муассасаларида   ҳамкорликда   бошқарув   //Современное   образование
(Узбекистан). – 2016. – №.  12. –  С . 78-83.
38 O‘qituvchilarning   malakasini   oshirish   jarayonida   ularning   bilim,   ko‘nikma,
malakasini   o‘lchash   mezonlari   va   uni   aniqlash   metodikasining   tashkiliy   -
pedagogik   asoslarini   yangidan   ishlab   chiqishdir.   Buning   uchun   o‘qituvchilarning
kasbiy   bilim   va   mahoratlarini   oshirish   tizimini   quyidagi   o‘ziga   xosliklarga   ega
ekanligini hisobga olish kerak. Bular: 
-   tinglovchilarning   boshlang‘ich   bilim   va   mahoratlari,   tajribalari,
tayyorgarlik darajalari xilma-xilligi; 
- ko‘p tinglovchilarning amaliy ish tajribalari boyligi; 
-   malaka   oshirish   institutlarida   yangi   pedagogik,   ilmiy   axborotlarni
o‘rganishdan   tashqari,   oliy   o‘quv   yurtida   bilib   olishi   zarur   bo‘lgan   materiallarni
ham o‘rganishga to‘g‘ri kelishi; 
-   tinglovchilarning   yoshi   xilma-xil   bo‘lib,   berilayotgan   axborotlarni   qabul
qilish darajasi bir xil emasligi;
Tadqiqot   jarayonida   olib   borilgan   kuzatishlar   va   tadqiqotlar   natijasida
hozirgi   kunda   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktabi   o‘qituvchilarida   quyidagi   pedagogik
mahoratlar yetishmasligi kuzatiladi:
 darsga maqsadni aniq qo‘ya olmaslik; 
  darsni rejalashtirishda qiynalish;
 kundalik reja dars ishlanmasiga ahamiyat bermaslik; 
 ko‘rgazma va tarqatma materiallardan kam foydalanish; 
 tayyorlangan ko‘rgazmalarni to‘la ko‘rsata olmaslik; 
 interfaol usullarni juda kam qo‘llash; 
 savollarni   to‘g‘ri   tuzish,   o‘z   o‘rnida   berish   tartib-qoidalariga   e’tibor
qilmaslik; 
 interfaol metodlarni to‘g‘ri qo‘llay olmaslik; 
 laboratoriya   jihozlari   yetishmaganda   o‘rniga,   multimediya
ko‘rinishida namoyish qilishni bilmaslik; 
39  dars   jarayonida   xorijiy   til   o‘qituvchilarini   ko‘proq   o‘zbek   tilida
so‘zlashishi; 
 barcha o‘quvchilarni darsga jalb eta olmaslik; 
 internetdan foydalana olmaslik; 
 o‘qituvchi ovoz tembrining haddan ziyod balandligi; 
 ta’limdagi innovatsiyalardan xabardor emaslik;
Ushbu   kamchiliklarni   bartaraf   etish   uchun   o‘qituvchi   innovatsion
texnalogiyalardan   foydalanib   o‘z   kasbiy   kompetensiyalarini   rivojlantirishga
erishishi   mumkin.   Innovatsion   texnologiyalarni   hayotga   tadbiq   etish,   sohaga   oid
ilm-fan,   fundamental   va   amaliy   tadqiqotlarni   olib   borish,   belgilangan   ustuvor
yo‘nalishlar asosida ta’lim tizimida ilm-fanning zamonaviy yutuqlarini joriy etish,
sohaga   oid   ishlab-chiqarish   korxonalarida  oliy   ta’lim   muassasalari,   umumiy   o‘rta
va o‘rta maxsus ta’limi hamda professional ta’lim bazasida tadqiqot va o‘quv ilmiy
markazlarni – ya’ni texnoparklarni bosqichma-bosqich tashkil etish orqali fan bilan
ta’lim   hamda   ishlab   chiqarishning   o‘zaro   integratsiyasini   ta’minlash,   nafaqat
rahbar   va   pedagoglarning   balki   malaka   oshirish   jarayoniga   jalb   etilgan   bo’lajak
boshlang’ich sinf o‘ituvchilarini ijodiy-intellektual salohiyatini ko‘tarishdek asosiy
maqsad   etib   belgilanadi.   Bo‘lajak   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarisini
kasbiy tayyorlash O‘zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans jarayonida
bo‘lajak bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarini kasbiy tayyorlash muhim vazifa
hisoblanadi.
Buning uchun quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
-   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarini   pedagogik   qonuniyatlar   va
texnologiyalar bilan chuqur tanishtirish; 
-   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarini   intellektual   va   ma’naviy
salohiyati   yuksak   yangi   avlod   kadrlarini   tayyorlash,   ta’lim   tashkilotlari
bitiruvchilari   zamonaviy   kasb   egalari   bo‘lishlari   uchun   ularda   zarur   ko‘nikma   va
bilimlarni shakllantirish; 
40 - dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy
ta’lim   tizimini   yo‘lga   qo‘yish,   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalarini   zamon   talablari
asosida   takomillashtirish,   ularning   yangi   avlodini   yaratish,   o‘quv   dasturlari   va
standartlarini optimallashtirish; 
-   ta’lim-tarbiya   muassasalarining   rahbar   xodimlari,   pedagog   va
murabbiylari,   professor-o‘qituvchilari   va   ilm-fan   sohalari   vakillarining
jamiyatimizdagi   o‘rni   va   maqomini   oshirish,   ularning   mashaqqatli   mehnatini
munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish; 
-   pedagog   xodimlarning   kasbiy   mahorati   va   faoliyat   samaradorligini
muntazam   oshirib   borish   uchun   zarur   shart-sharoitlarni   yaratish,   malaka   oshirish
tizimini «hayot davomida o‘qish» tamoyili asosida takomillashtirib borish; 
-   ilmiy-tadqiqot   va   ta’lim   xizmatlarini   ko‘rsatish   bo‘yicha   xususiy
sektorning   salmog‘ini   kengaytirish,   hududlarda   nodavlat   ta’lim   tashkilotlarini
tashkil   etish   orqali   raqobat   muhitini   shakllantirish,   ta’lim   sohasida   davlatxususiy
sheriklikni rivojlantirish; 
-   zamonaviy   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini   qo‘llagan   xolda
ta’limni   boshqarishni   avtomatlashtirish   va   har   tomonlama   tahlil   qilib   borish
tizimini   yaratish,   elektron   resurslar   va   masofaviy   ta’limni   yanada   rivojlantirish,
ta’lim oluvchilar o‘rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish; 
-   ilm-fanni   iqtisodiyotning   asosiy   harakatlantiruvchi   kuchiga   aylantirish,
ilmiy   tadqiqotlar   ko‘lamini   kengaytirish,   iqtidorli   yosh   olimlarning   innovatsion
faoliyatini   rag‘batlantirish,   mavjud   ilmiy   tashkilotlar   salohiyatini   yanada
mustahkamlash va rivojlantirish. 
 
41 III BOB. BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O‘ITUVCHILARIDA
KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH 
SAMARADORLIGINI TAHLIL QILIH
3.1 . Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirishning samaradorligi
O‘qituvchining kasbiy kompetentlik bilan bir qatorda metodik kompetentligi
haqida   bir   qancha   tadqiqotchilar   o‘zlarining   ilmiy   tadqiqot   ishlarida   turlicha   fikr
bildirganlar.   O‘qituvchining   metodik   kompetentsiyasining   shaxsiy   tarkibiy
qismlarini   rivojlantirishning   eng   muhim   yo‘nalishi   uning   metodik   fikrlashi   va
metodik   madaniyatini   rivojlantirishdir.   O‘qituvchining   kasbiy   faoliyatini   tahlil
qilish   asosida,   L.V.   Shkerina   tomonidan   taklif   qilingan   kasbiy-pedagogik
kompetensiya   tuzilmasi   asosida.,   o‘qituvchining   metodik   kompetentsiyasi   uchta
tarkibiy qismga ajratilgan: kognitiv, faollik va ijtimoiy-shaxsiy tarkibiy qism.
           Shu bilan birga, o‘qituvchilarni o‘z faoliyatida ma’lum bir ijobiy natijalarga
erishish, o‘qituvchilar jamoasida obro‘-e’tibor qozonish, o‘zini o‘zi boshqarish va
rivojlantirish   kabi   ko‘nikmalarni   shakllantiradi.   Shuningdek,   o‘qituvchilarning
42 metodik tayyorgarligini takomillashtirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi
vositalardan   biri   muvaffaqiyatga   bo‘lgan   ehtiyoj   bo‘lib,   bu   ma’lum   bir   vazifani
mas’uliyat bilan bajarish orqali ko‘zlangan natijalarga erishishga xizmat qiluvchi –
o‘qituvchini o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirish ehtiyoji hisoblanadi .
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarining   metodik   tayyorgarligini
takomillashtirish   va   kasbiy   rivojlantirish   zaruriyatini   belgilovchi   bosh   mezon   bu
inson   oldiga   qo‘yilgan   maqsad   bo‘lib,   unga   erishish   uchun   vazifalar   belgilash,
tashkil   etiladigan   faoliyatni   oldindan   rejalashtirish,   amalga   oshirish   yo‘l-
yo‘riqlarini tanlash va loyihalashtirish, maqsad va natijani muvofiqlashtirish zarur
hisoblanadi.   Demak,   har   bir   o‘qituvchi   o‘z-o‘zini   kasbiy   rivojlantirish   uchun
ma’lum   darajada   o‘z   dunyoqarashiga,   tafakkuri,   tasavvuri   va   mavjud   bilimiga,
shaxsiy   va   kasbiy   ehtiyojlariga   asoslanadi.   O‘qituvchilarda   o‘z-o‘zini   kasbiy
rivojlantirish   yo‘nalishida   shakllantiriladigan   ehtiyoj   davlat   va   jamiyat
ehtiyojlaridan   kelib   chiqishi   lozim.   Metodik   tayyorgarlikni   takomillashtirish   va
o‘z-o‘zini   kasbiy   rivojlantirishga   bo‘lgan   ehtiyoj   yetarlicha   shakllantirilsa,
o‘qituvchilarda   o‘z   kasbiga   oid   yangiliklarni,   fan-texnika   yutuqlarini   o‘rganishga
qiziqish   shakllanadi,   bu   o‘z   navbatida   o‘qituvchilarda   mustaqil   ta’lim   olish   ya’ni
mustaqil   o‘rganish,   o‘z   o‘zini   rivojlantirish   ko‘nikmalarini   shakllantirishga,   bu
orqali   o‘qituvchilarda   metodik   tayyorgarlikni   takomillashtirishga   xizmat   qiladi.
O‘qituvchining metodik kompetentligi o‘z navbatida kognitiv, faollik komponenti
va shaxsiy fazilat kabi tarkibiy qismlarga bo‘linadi.
                      O‘qituvchining   metodik   kompetentligining   kognitiv   tarkibiy   qismi
o‘qituvchining   metodik   bilimlar   tizimiga   egaligini   va   bu   bilimlarning   o‘zi   uchun
ham,   kasbiy   faoliyati   uchun   ham,   kasbiy   o‘sish   uchun   ham   muhimligi   va
ahamiyatini tushunishni o‘z ichiga oladi. 
                     Faollik komponenti metodik faoliyatning asosiy turlarini amalga oshirish,
ularning   faoliyati   natijalarini   tahlil   qilish   va   baholash,   ularning   kutilgan,
43 rejalashtirilgan   natijalarga   muvofiqligi   asosida   o‘zgartirish   imkoniyatini   ham   o‘z
ichiga oladi. 
                    O‘qituvchining   ijtimoiy   va   shaxsiy   kompetentsiyasining   asosini   uning
uslubiy faoliyatida talab qilinadigan va jamiyat bilan yetarli va faol ta'sir o‘tkazish
uchun zarur bo‘lgan shaxsiy fazilatlar tashkil etadi. 
                  Tadqiqotchilarning   ilmiy   izlanishlarini   o‘rganish   natijasida   metodik
kompetentlik   tushunchasining   bir   qancha   vazifalarini   keltirish   mumkin:
akmeologik,   innovatsion,   bashoratlash,   integral,   rag‘batlantiruvchi,   boshqaruvchi,
refleksiv.
           Akmeologik vazifasi  o‘qituvchining kasbiy va shaxsiy kamolotiga erishishga
qaratilgan.   O‘qituvchining   uslubiy   kompetentsiyasini   ta'lim   jarayoni   sub'ektining
o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘qituvchi shaxsini uni yuqori kasbiy mahorat darajasiga
ko‘taradigan yangi kasbiy fazilatlar bilan boyitish natijasi deb hisoblash mumkin.
O‘qituvchining   uslubiy   kompetentsiyasining   akmeologik   funktsiyasining   asosiy
“sa’y-harakatlari’’   ta'lim   sohasidagi   mutaxassisning   kasbiy   salohiyatini,   uning
ijodkorligini, individualligini rivojlantirishga qaratilgan. 
                     Innovatsion vazifasi   o‘qituvchining yuqori darajadagi uslubiy malakasini
shakllantirish   jarayoni   o‘qituvchining   kasbiy   faoliyatidagi   mavjud   salbiy
stereotiplarni   yo‘q   qilish,   fikrlash   va   faoliyatni   qayta   qurish,   maktab
o‘quvchilarining   o‘qitish   jarayonining   mohiyatiga   chuqur   kirib   borishga   imkon
beradigan   tahliliy   ko‘nikmalarni   shakllantirish   bilan   bog‘liq.   Zamonaviy   ta'limni
rivojlantirish   sharoitida   o‘qituvchi   maktabda   yuz   beradigan   innovatsion
jarayonlarning   ahamiyati   va   zarurligini   tushunishi,   o‘qitishning   innovatsion
texnologiyalarini   bilishi   va   ularni   o‘quv   jarayonida   qanday   amalga   oshirishni
bilishi   nihoyatda   muhimdir.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,   o‘tkazilgan   tadqiqotlar
natijasida,   maktab   tizimida   innavatsion   texnologiyalar   hususan,   AKT   dan
foydalanish orqali o‘quvchilarda bilim olish uchun qo‘shimcha motivatsiya paydo
bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin 
44                         Bashoratlash   vazifasi   o‘qituvchining   kasbiy   faoliyatning   kelajakdagi
uslubiy   muammolarini   oldindan   ko‘ra   bilish,   ularni   hal   qilish   modellarini   ishlab
chiqish, qabul qilingan qarorlarning oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish qobiliyatini
rivojlantirish. Integral vazifasi sub'ekt, pedagogik, psixologik, metodik bilimlar va
faoliyat usullari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta'minlaydi. 
                          Rag‘batlantiruvchi  vazifasi   -  bu  o‘qituvchining  kasbiy  motivatsiyasini
rivojlantirish,   uning   mavzusini   to‘ldirishga   intilishi,   samarali   uslubiy   faoliyatni
amalga   oshirish   uchun   zarur   bo‘lgan   pedagogik,   psixologik,   uslubiy   bilimlar,
umuman o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga ijobiy munosabatni ta’minlashga xizmat
qiladi.   
                     Boshqaruv vazifasi , bir tomondan, o‘qituvchining ta'lim jarayonidagi o‘z
faoliyatini   boshqarishni   (rejalashtirish,   tashkil   etish,   sozlash   va   h.k.),   boshqa
tomondan, o‘quvchilarning predmetli bilimlarni o‘zlashtirishdagi faoliyatini va har
bir   o‘quvchining   rivojlanishiga   qaratilgan   faoliyat   usullarini   boshqarishni
ta'minlaydi.
                    Metodik   kompetentlikni   rivojlantirish   bevosita   uning   faoliyatida   ro‘y
beradigan   o‘zgarishlar,   motivlar,   maqsadlar   yangi   vosita   va   usullarni   qo‘llash,
usullar va faoliyat dasturlari bilan birgalikda kechadi.Turli pedagogik o‘zgarishlar
natijasida o‘qituvchining metodik qobilyati shakllanadi. 
45 6-rasm. Metodik kompetensiyalar vazifalari
                     Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni
yengishga   qodir   bo‘lgan   o‘qituvchi,   o‘sib   kelayotgan   yosh   avlodning   o‘ziga   xos
hususiyatlarini   tushuna   oladigan,   ularning   tuyg‘ularini   his   qila   oladigan,   ichki
dunyosi nozik va zaif bo‘lgan, bola hayotidagi turli qiyinchiliklarni ko‘ra oladigan
va ularga mohirlik bilan yondashadigan, bilimlilik va ijodkorlikni o‘zida mujassam
etgan chuqur ilmiy fikrga ega shaxs hisoblanadi.
                  Ilmiy   manbalarni   o‘rganish   va   tahlil   qilish   asosida,   quyidagi   xulosalarga
kelish mumkin: O‘qituvchilarning pedagogik faoliyati davomida yuzaga keladigan
metodik muammolarni  tan olish  va hal  qilish qobiliyatini  ta'minlaydigan metodik
kompitensiya,   kasbiy   kompetensiyaning   asosiy   tarkibiy   qismi.   O‘qituvchining
metodik kompetentligi o‘zining tarkibiy qismlariga ega hisoblanadi va ular asosida
o‘qituvchining   butun   faoliyati   davomida   o‘zidagi   mavjud   bo‘lgan   metodik
kompetentligini   rivojlantirishiga   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Bo‘lajak   bo’lajak
boshlang’ich sinf o’qituvchilarilari o‘zidagi uslubiy bilimlarni rivojlantirishi uchun
metodik   kompetentsiyaning   keltirib   o‘tilgan   vazifalarini   o‘rganishi   hamda   ularni
amaliy tajribada qo‘llanishi orqali erishadi.
46akmeologik	
innovatsion	
rag'batlantiruvchi	
bashoratlash	
boshqaruv
refleksiv                 Bugungi   kunda   hukumat   tomonidan   ham   bir   qator   qonun   hujjatlari   aynan
o‘qituvchi   pegoglaning   kasbiy   malaka   va   mahoratini,   shuningdek   metodik
kompetensiyalarini   rivojlantirish   uchun   ta’lim   jarayoniga   joriy   etilmoqda.   Turli
innovatsion   texnalogiyalardan   samarali   foydalanilmoqda.   Ulardan   biri
“O‘qituvchilarning   ilg‘or   tajribasi   va   faoliyati   davomida   qo‘llab   kelayotgan
zamaonaviy   metodikalarini   ommalashtirish   platformasi’’.   Ushbu   platforma
Maktabgacha   va   maktab   ta’limi   tizimidagi   o‘qituvchilarning   ilg‘or   ish   tajribasi
hamda   faoliyati   davomida   qo‘llab   kelayotgan   zamonaviy   metodikalarni
ommalashtirish   ishlarini   maqbullashtirishga   xizmat   qiladi.   O‘qituvchilar   ta’lim
jarayonida   qo‘llagan   va   samarali   natijaga   erishgan   metod   va   uslublarini   jamlab
platformaga joylashadi. Ulardan ra’lim  tizimidagi barcha o‘qituvchilar o‘z kasbiy
faoliyatida ishlatishlari mumkin.
                   Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ommalashtirishni har bir
maktab   jamoasidan   boshlash   qo‘yilgan   vazifalar   maqsadiga   muvofiq   keladi.
O‘qituvchilarning   metodik   kompetensiyalarini   muntazam   va   uzluksiz   ravishda
boyitib   borishga   erishish   mumkin.   Boshlangich   ta’limda   faoliyat   olib   borayotgan
o‘qituvchilar   muntazam   ravishda   bir-birlari   bilan   o‘z   kasbiy   tajribalarini
bo‘lishishlari,   hamkorlikda   ishlashlari   lozim.   Albatta   bu   jarayonda   yuqorida
keltirilgani   kabi   maktab   rahbariyatining   bunday   faoliayatni   tashkil   etishi
ahamiyatlidir.   Har   oy   ma’lum   belgilangan   vaqt   mobaynida   seminar
mashg‘ulotlarini tashkil etish va ushbu mashg‘ulotlarda o‘qituvchilarning metodik
fikr almashishlariga sharoit yaratish kerak.
                    Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarida   metodik   kompetentsiyani
shakllantirish   ularni   ta'limni   samarali   rejalashtirish,   o‘tkazish   va   baholash   uchun
zarur   bo‘lgan   bilim,   ko‘nikma   va   strategiyalar   bilan   jihozlashni   o‘z   ichiga   oladi.
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarida   metodik   kompetensiyani
rivojlantirishning ba'zi usullari quyidagilardan iborat:
47  Kasbiy   rivojlanish   seminarlari:   Ta'limni   rejalashtirish,   o‘quv   dasturlarini
ishlab   chiqish   va   samarali   o‘qitish   strategiyalariga   yo‘naltirilgan
seminarlarni   taklif   qilish   o‘qituvchilarning   metodik   kompetentsiyasini
oshirishga   yordam   beradi.   Ushbu   seminarlar   o‘qituvchilarga   o‘qitishning
yangi uslub va yondashuvlarini o‘rganish imkonini beradi.
 Mentorlik va murabbiylik: Kamroq tajribali o‘qituvchilarni ko‘proq tajribali
murabbiylar   yoki   o‘qituvchi   murabbiylar   bilan   bog‘lash   metodik
kompetentsiyani   rivojlantirishda   qimmatli   yo‘l-yo‘riq   va   yordam   berishi
mumkin.   Mentorlar   samarali   o‘qitish   amaliyotlarini   modellashtirishlari   va
darsni   rejalashtirish   va   o‘tkazish   bo‘yicha   fikr-mulohazalarini   bildirishlari
mumkin.
 Darsni   hamkorlikda   rejalashtirish:   o‘qituvchilarni   hamkorlikda   dars
rejalashtirish   mashg‘ulotlarida   qatnashishga   undash   g‘oyalar,   manbalar   va
ilg‘or   tajribalarni   baham   ko‘rish   orqali   ularning   uslubiy   kompetensiyasini
rivojlantirishga   yordam   beradi.   Ushbu   hamkorlikdagi   yondashuv   yanada
samarali va qiziqarli darslarni yaratishga olib kelishi mumkin.
 Harakatlarni   tadqiq   qilish   loyihalari:   O‘qituvchilarni   harakat   tadqiqot
loyihalariga jalb qilish ularga o‘zlarining ta'lim  amaliyotlarini  tekshirish va
mulohaza   yuritish   imkonini   beradi.   Bu   jarayon   ularga   takomillashtirish
yo‘nalishlarini   aniqlashga   va   samaraliroq   ta’lim   usullarini   ishlab   chiqishga
yordam beradi.
 Reflektiv   amaliyot:   o‘qituvchilarni   o‘qitish   usullarini,   o‘quvchilarning
javoblarini   va   dars   natijalarini   muntazam   ravishda   tahlil   qilish   orqali
reflektiv   amaliyot   bilan   shug‘ullanishga   undash   ularga   o‘quv
yondashuvlarini   takomillashtirish   va   metodik   kompetentsiyasini   oshirishga
yordam beradi.
 Texnologiyadan   foydalanish:   Texnologiyani   ta'limga   qanday   integratsiya
qilish   bo‘yicha   treninglar   o‘tkazish   o‘qituvchilarning   o‘qitish   vositalari   va
48 usullari   repertuarini   kengaytirish   orqali   metodik   kompetentsiyani
rivojlantirishga yordam beradi.
              Ushbudan   foydalangan   holda,   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarilari
kuchli   metodik   kompetentsiyani   rivojlantirishlari   mumkin,   bu   esa   samaraliroq
o‘qitish amaliyotiga va o‘quvchilarning ta'lim natijalarini yaxshilashga olib keladi.
  Boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarining   kasbiy   kompetentligini   rivojlantirish
uchun  “Individual rivojlanish dasturi” (IRD) ishlab chiqilgan.
                Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarisi   individual   rivojlanish   dasturi-
mutaxassi   sifatida   pedagogning   individual   ravishda   o‘zida   u   yoki   bu   kabi-
pedagogik   sifat,   bilim,   ko‘nikma,   malakalar   kasbiy   kompetentlik   sifatlarini
shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab chiqqan shaxsiy-
amaliy xarakteridagi dasturi ekanligini adabiyotlar tahlili natijasida aniqlab oldik.
                    Pedagog   mutaxassisning   o‘z   kasbiy   kompetentligini   rivojlantirishda
“Individual   rivojlanish   dasturi”ni   ishlab   chiqishi   eng   birinchi   vazifalardan   biri
ekanligi   aniqlandi.   “Individual   rivojlanish   dasturi’’   quyidagi   tarkibiy
elementlardan iborat: 
6-rasm. IRD tarkibiy elementlari
49P e d a g o g i k  v a   P s ix o lo g ik  b i lim la r	
M u t a x a s s is lik  b ilim la r	
D i d a k ti k  b i lim la r
T a r b ia y a v iy  is h la r n i t a s h k il  e ti s h   s h a k lla r i
R u h iy   k a s b i y  a h a m iy a t g a  e g a  x u s u s iy a t la r i  v a  s h a x s iy  s if a t la r i	
O ’ z - o ’ z i n i r i v o j la n ti r i s h   m a q s a d la r i	
O ’ z - o ’ z in i r iv o j la n ti r is h   u c h u n  t o p s h ir i q la r       Quyida bo‘lajak bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarisida kreativ 
kompetensiyasini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan “Individual rivojlanish 
dasturi’’.
Individual rivojlanish dasturi
Bilim, malaka va shaxsiy
sifatlar Maxsus daraja Istiqbol vazifalar
Pedagogik bilimlar -Mustaqil fikrlay 
oladi
-o‘ziga xoslik - murakkab 
vaziyatlardan chiqib 
keta olish
Psixologik bilimlar -Tasavvur kengligi 
kuzatildi
-o‘z imkoniyatlariga 
ishonch  - mantiqiy moslikka 
erishish
-faol izlanuvchanlik
Didaktik bilimlar -kreativ 
mahsulotlardan 
foydalanish -Dars maqsadlariga 
g‘oyalar mos kelishi
Tarbiyaviy ishlarni tashkil 
etish shakllari:  -bildirilgan g‘oyalar 
ijobiy yo‘naltirilgan - bir-biridan uzoq 
fikrlarni bog‘lay olishga
erishiladi
-g‘oyaning asosliligiga 
erishiladi
-g‘oyaning salmpg‘ini 
baholay olishga 
erishiladi
Ruhiy kasbiy ahamiyatga ega 
xususiyatlari va shaxsiy 
sifatlari: -Pedagogik fikrlay 
oladi,
 -kasbiy faoliyatini 
tizimli tashkil eta 
oladi,                
- moslashuvchan-    
lik mavjud
- tug‘ilgan 
vaziyatlarning ketma-
ketligini oldindan 
ko‘rish, hissiy sezish 
qisman shakllangan -Dars 
mashg‘ulotlarinida 
qo‘llayotgan 
metodlardan 
foydalanishda 
ijodkorlikka alohida 
e’tibor qaratiladi
-pedagogik refleksiyani 
shakllantirish
-hissiy sezishni 
rivojlantirshga erishiladi
50 O‘z-o‘zini rivojlantirish 
maqsadlari O’qituvchining 
kasbiy faoliyatida o’z
kasbiy muloqotni 
egallash
O‘z-o‘zini rivojlantirish uchun
topshiriqlar Kasbiy sohasiga 
qo’yiladigan 
talablarni bajara olish
         Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarining kommunikativ kompetentligiga 
ega ekanliklarini aniqlash uchun quyidagi testdan foydalanish mumkin.
              Boshlang‘ich   ta’lim   bosqichida   kompetensiyadan   foydalanish   darslarning
xilma-xil   shakllari   o‘qitishni   takomillashuviga   ta’sir   ko‘rsatadi.   Darslarni
Bumerang” texnologiyasi, “Arra”, “O‘z o‘rningni top”, “FSMU”, “Nima uchun?”,
“Ikki   qismli   kundalik”   m е todlari   “Pinbord”   usuli,   “She’rni   tikla”   kabi
mashqlaridan   foydalanib   o‘tish   dars   samaradorligini   yanada   oshiradi.   Mavzu
bo‘yicha   bahs-munozarali   vaziyatlarda   muammoning   y е chimini   topishga
yo‘naltirilgan .
              “Kamalak   jilosi”   metodini   boshlang‘ich   sinflar   uchun   qo‘llash   maqsadga
muvofiqdir. Mazkur metoddan ona tili va o‘qish savodxonligi, tarbiya, matematika
darslarida   ham   foydalanish   mumkin.   Masalan:   ona   tili   darslarida   so‘zlarni
turkumlarga   ajratishda   qo‘g‘irchoq,   mashina,   kuldi,   yig‘ladi,   sariq,   katta,   kichik,
to‘qqiz kabi so‘zlarni turkumlarga ajratish va ot so‘z turkumiga doir so‘zlarni ko‘k
rangli   chiziqqa   joylashtirish,   sifat   so‘z   turkumidagi   so‘zlarni   havo   rang   chiziqqa
joylashtirish   vazifasi   beriladi.   Matematika   darsida   sonlarni   xona   birliklariga
ajratish   davomida   ushbu   metodni   qo‘llash   mumkin.   Ya’ni,   kamalakning   birinchi
rangini   bir   xonali   son   deb   oladigan   bo‘lsak,   ikkinchi   qatordagi   rangi   ikki   xonali
songa misol  bo‘la oladi. “Kamalak jilosi” metodi orqali bolalarda quyidagi bilim,
ko‘nikma, malakalar va sifatlar shakllanadi:
 O‘quvchi   ranglar   orqali   so‘zlarning   qaysi   turkum   doirasiga   kirishini   eslab
qoladi;
51  O‘quvchida tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlar paydo bo‘ladi, ularda atr 
of-muhit va tabiatga muhabbat, uni asrab-avaylash ko‘nikmalari shakllanadi;
 O‘quvchilarning dunyoqarashi va tasavvur doirasi kengayadi, diqqatni 
jamlash, fikrlash, zehnlilik va topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi.
            Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarilari   o‘zidagi   uslubiy   bilimlarni
rivojlantirishi   uchun   metodik   kompitentsiyaning   keltirib   o‘tilgan   vazifalarini
o‘rganishi   hamda   ularni   amaliy   tajribada   qo‘llanishi   orqali   erishadi.   Turli
pedagogik   o‘zgarishlar   natijasida   o‘qituvchining   metodik   qobiliyati   shakllanadi.
Pedagogik   mahoratga   ega   bo‘lgan   o‘qituvchi   tarbiyadagi   qiyinchiliklarni
yengishga   qodir   bo‘lgan   o‘qituvchi,   o‘sib   kelayotgan   yosh   avlodning   o‘ziga   xos
xususiyatlarini   tushuna   oladigan,   ularning   tuyg‘ularini   his   qila   oladigan,   ichki
dunyosi nozik va zaif bo‘lgan, bola hayotidagi turli qiyinchiliklarni ko‘ra oladigan
va ularga mohirlik bilan yondashadigan, bilimlilik va ijodkorlikni o‘zida mujassam
etgan   chuqur   ilmiy   fikrga   ega   shaxs   hisoblanadi.   Bo’lajak   boshlang’ich   sinf
o’qituvchilarisi mehnatning maqsadi  yoshlarga o‘qish va yozishni o‘rgatish orqali
voqelikdagi   jamiki   narsa   -   hodisalar   haqida   bilim   berish,   ularda   insonga   xos
bo‘lgan   sifat   hamda   fazilatlarni   shakllantirish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi   desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.
3.2 .  Kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga oid o‘tkazilgan tajriba-sinov
ishlarining natijalari va samaradorligi
Har qanday ilmiy izlanishda dastlabki  fara zni sinab ko‘rish, pedagogik shart-
sharoitlarning   o‘zaro   aloqadorlikdagi   qonun-qoidalari   hamda   tamoyillarini
izohlash   muhim   ahamiyatga   ega.   Shu  nuqtai   nazardan,   ishimizda   uzluksiz   kasbiy
rivojlantirish   jarayonida   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarisida   kasbiy
52 kompetensiyani   rivojlantirish   samaradorligini   ko‘rsatish,   tajriba   ishlari
yo‘nalishlarini   aniqlash   uchun   taqdim   etilgan   qoidalar   tadqiqot   farazini   yuzaga
chiqarishi   zarur,   deb   hisobladik.   Shunga   ko‘ra,   tajriba-sinov   jarayonida   ikkita
asosiy yo‘nalishda ish olib bordik:
1.   Pedagogda   kasbiy   kompetensiyani   rivojlantirish,   kasbiy   faoliyatga   ongli
ravishda   kirishish,   amaliyotga   kirib   kelayotgan   yangiliklarga   ochiqlik,   ijobiy
munosabatni shakllantirish.
2.   Boshqaruv   va   pedagogik   shart-sharoitlarni   tasdiqlash,   bo’lajak
boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarining   kasbiy   faoliyatga   tayyorgarligi,
mashg‘ulotlarida   kasbiy   metod,   noodatiy   vaziyat   va   usullardan   foydalanish
darajasini oshirish. 
Yo‘nalishlar   o‘zaro   yaxlitlikka   ega   bo‘lsa-da,   ishimizning   maqsad   hamda
vazifalari asosida biz ularni alohida-alohida ko‘rib chiqdik.
Tajriba-sinov   ishlari   davomida   uzluksiz   kasbiy   rivojlantirish   jarayonida
o‘qituvchida   kasbiy   kompetensiyani   rivojlantirish   modeli   amalga   tatbiq   etildi,
tadqiqot   natijalari   umumlashtirildi.   Tadqiqotimizda   so‘rovnomalar,   davra
suhbatlari,   o‘qituvchilarning   kasbiy   faoliyatga   tayyorgarligi   va
kirishuvchanligining   tahlili   keltirilgan   bo‘lib,   o‘qituvchilar   faoliyati   mahsullarini
kuzatish,   tekshirish,   tahlil   qilish   va   sharhlashni   o‘z   ichiga   olgan.   Tajriba-sinov
ishlarimiz psixologik-pedagogik tadqiqot metodologiyasiga asoslangan.
Biz   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarida   kasbiy   kompetentlikni   shakllantirish
jarayonini   o‘rganish   maqsadida   Samarqanda   shahar   10-maktabda,   ya’ni   “Ona   tili
savotxonligi”, “O’qish savodxonligi”, “Tabiiy fan”, “Matematika” kabi fanlarning
boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarida   kasbiy   kompetentlikni   shakllantirishdagi
imkoniyatlari o‘rganildi, o‘quv jarayonlari kuzatildi hamda auditoriyadan tashqari
tarbiyavi tadbirlarning pedagogik shart-sharoitlari tahlil etildi. 
53   Nazorat   guruhi   1-5   yilgacha   ish   tajribaga   ega   bo’lgan   boshlang’ich   sinf
o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikning shakllanganligini  aniqlash so‘rovnomasi
(1-ilova):
Tajriba sinov guruhi 5-10 yilgacha ish stajiga ega bo’lgann boshlang’ich sinf
o’qituvchilarida   kasbiy   kompetentlikni   shakllantirish   yuzasidan   olib   borilayotgan
ishlarni o‘rganish so‘rovnomasi olib borildi.
Birinchi ilovaga quyidagi savollar kiritildi  (2-ilova) :
1. Kompetentlik deganda nimani tushunasiz?
2. Kasbiy kompetentlik to‘g‘risidagi fikrlaringiz.
3. Kasbiy   kompetentlikka   ega   bo‘lgan   mutaxassis   qanday   sifatlarga   ega
bo‘ladi?
4. Kasbiy kompetentlik qandy holatlarda namoyon bo‘ladi?
5. Qaysi fanlar negizida boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kasbiy kompetentlik
sifatlari shakllaniriladi
6. Oliy   o‘quv   yurtini   yaqin   yillarda   tamomlagansiz,   o‘zingizda   kasbiy
kompetentlik sifatlari shakllanganlik darajasini qanday baholaysiz?
7. Sizningcha   qanday   tadbirlarni   amalga   oshirish   orqali   boshlang’ich   sinf
o’qituvchilarida  kasbiy sifatlarni shakllantirishni yaxshilash mumkin?
Ikkinchi ilovaga quyilagi savollar kiritildi?
1. Boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarida   kasbiy   kompetentlikni   shakllantirishga
zaruriyat bormi?
2. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikning talablar darajasi
emasligining sabablari nimada?
3. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikning talab darajasiga
ko‘tarish   uchun   ularga   saboq   berayotgan   professor-o‘qituvchilarning
o‘zlaridagi kasbiy kompetentlik darajasi qay holatda?
4. Boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarida   kasbiy   kompetentlikni   shakllantirish
uchun o‘quv adabiyotlari, uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar yetarlimi?
54 5. Bu jarayonni takomillashtirish uchun taklif va mulohazalaringiz.
Demak, boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni tarbiyalash
borasida bir qator vazifalarni amalga oshirishimiz lozim ekan.
Biz berilgan javoblarni umumlashtirib tahlil qildik va natijalarni quyidagicha
belgiladik:
Javoblar Nazorat guruhi 10
nafar o’qituvchi
(1-5 yilgacha ish stajiga
ega bo’lganlar) Tajriba-sinov guruhi 1 0
nafar bo‘lajak 
(5-10 yilgacha ish
stajiga ega bo’lganlar )
Qoniqarsiz 7 2
Qoniqarli 4 3
Yaxshi 2 8
Tajriba guruhida sifat ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishiga sabab, ular bilan
tuzilgan   dastur   asosida   tushuntirish   ishlari   olib   borildi,   qo‘shimcha   materiallar
bilan ta’minlandi.
O‘quv  jarayonini  axborot   va  pedagogik  texnologiyalar   asosida  qurish,  shaxsiy
va kasbiy kompetentligi past darajadagi boshlang’ich singf o‘qituvchilarni malaka
oshirish   kurslariga     yuborish   orqali   muammoning   yechimlarini   topish   mumkin.
Boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarida   kasbiy   kompetentlikni   shakllantirish   uchun
o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodlarini yaratish lozim. Tajribali professor-
o‘qituvchilar   tomonidan   uslubiy   qo‘llanma   va   tavsiyalarga   ehtiyoj   bor.
Boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarida   kasbiy   kompetentlikni   talab   darajasida
shakllantirishning yana bir tomoni pedagogik amaliyot davrida bo‘lajak tarbiyachi-
pedagoglarning kasbiy kompetentligiga e’tibor qaratish lozim. Sababi, talaba olgan
nazariy   bilimlarini   amaliyotda   qanday   qo‘llashi   ko‘p   jihatdan   uning   kasbiy
kompetentlik   sifatalarni   puxta   o‘zlashtirib   olganlik   darajasiga   bog‘liq   degan
xulosani beramiz.
55                                                XULOSA
O‘rganilgan   kuzatishlar   natijalari   va   tahlillari   natijasida,   kasbiy   faoliyati
davomida   o‘qituvchilarda   kasbiy   rivojlanishning   quyidagi   komponentlarining
rivojlanishini inobatga olish lozim degan xulosaga keldik:
 pedagogik   faoliyatdagi   boshqaruvchanlik,   texnologik   usul   va   uslublarni
ishlab chiqish;
 pedagogik   faoliyatning   har   bir   aniq   turini   loyihalash,   tashkillashtirish   va
amalga oshirish;
 o‘qitish   jarayoniga   mantiqiy   yakunlangan   pedagogik   texnologiyalarni
loyihalashtirish va amalga oshirish;
 pedagogik masalalarni ilgari surishda o‘quvchilarning ta’limiy ehtiyojlari va
bilim darajasini hisobga olish;
 o‘quvchilarning faoliyati natijalarini baholash va hisobga olish;
 o‘quvchining motivatsiyasini rivojlantirish;
 o‘quvchi bilan ta’lim jarayonida o‘zaro munosabatlarni shakllantirish;
 o‘quvchilarning ta’limiy ehtiyojlarini va jamiyatning talablarini ko‘ra bilish;
 kasbiy   kompetensiyaning   shakllanish   istiqbolini   belgilash   va   uni   amalga
oshirish;
 o‘quvchining samarali ta’lim olishi va natijaga erishishi uchun metodik tizim
yaratish;
 o‘quvchilarning   xalqaro   baholash   tadqiqotlariga   tayyorgarligining   metodik
tizimini yaratish va amaliyotga tatbiq etish.
56                         FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
ASOSIY ADABIYOTLAR
                        I. Ijtimoiy- siyosiy adabiyotlar
1. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020-yil   6-noyabrdagi
“O‘zbekistonning   yangi   taraqqiyot   davrida   ta’lim-tarbiya   va   ilm-fan   sohalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son farmoni. 
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni. O‘RQ-637-son.
23.09.2020. – T., 2020. – 40 b
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi ‘‘O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini  tasdiqlash
to‘g‘risida’’gi Farmoni
II. Darslik, o quv qo llanmalar:ʻ ʻ
4. A.Musurmanova,   X.Ibragimov,   O.Jamoliddinova   “ Umumiy   pedagogika’’
Toshkent – 202 0
5. R.Mavlonov,   D.Abdurahimova   ‘‘Pedagogik   mahorat’’-   o‘quv   qo‘llanma,
Toshkent:2009 
6. N.N.Azizxo‘jayeva   N.N   ‘‘Pedagogik   texnologiyalar   va   pedagogik   mahorat’’
– Toshkent:2002 
7. Гулбоев   А.   Т.   Формирование   профессиональных   компетенций
экономистов //Вестник науки и образования. – 2020. – №.  5-2 (83)
8. A.Tashanov     “Boshqaruv   islohotlari   va   rahbar   kompetentligi”   O`zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Davlat   va   jamiyat   qurish   akademiyasi.   –
Toshkent: “Ma`naviyat”, 2011.6-b
9. M.M.Axmetjanov,   SH.SH.Olimov,   S.S.Avezov   ‘‘Pedagogik   mahorat’’   –
Toshkent:2018 
57 10. 4.   Shodiyeva   M.J.   Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarilari   malakasini
oshirish tizimining o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish: pedagogika fanlari
bo‘yicha falsafa doktori diss. (PhD). –T.:, 2019. – 180 b 
11.   Абдуллаев С. Х. Малака ошириш таълим  муассасаларида  ҳамкорликда
бошқарув //Современное образование (Узбекистан). – 2016. – №. 12. – С. 78-
83.
12. D . Elmuratova ,  N . Misirova  ‘‘ Pedagogik   kompetentlik   va   kreativlik   asoslari ’’ –
o ‘ quv   qo ‘ llanma ,  Guliston :2020
13. Maxmudov   A.X.   Ta’lim   tizimida   kompetentlik   asosida   yondashuvning
didaktik   jixatlari   //   «Ukituvchilarning   kasbiy   maxoratini   oshirishda   innovatsiya
texnologiyalarining   axamiyati»   mavzusidagi   Respublika   ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari. - Toshkent. - 2012.  44-47  betlar
III Qo‘shimcha adabiyotlar
14. Mannonov   J.A.   Innovatsion   yondashuv   asosida   bo‘lajak   kasb   ta’limi
o‘qituvchilarining   metodik   kompetentligini   rivojlantirish   texnologiyalari:
ped.f.f.doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoreferati. – T.: 2020. –
52 b.
15. A.A Xoliqov Pedagogik mahorat T:  “IQTISOD MOLIYA” 2011yil 119-130
bet   
16.   Maksudov,   U.   K.   (2020).   issues   of   national   values   and   social   activity   of
students   in   the   development   of   positive   psychology.   In   Психологическое
здоровье   населения   как   важный   фактор   обеспечения   процветания   общества
(pp. 394-396
17.   Khaitboevich, B. B. (2020). Some features of protection of students from the
threat   of   harmful   information   in   the   educational   process.   European   Journal   of
Research and Reflection in Educational Sciences, 8(10), 69-72. 
18.   Academic Research  in Educational  Sciences  VOLUME  3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN:   2181-1385   Scientific   Journal   Impact   Factor   (SJIF):   5.723   Directory
58 Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-
1385-2022-1-181-190 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic
Research, Uzbekistan 205 www.ares.uz
19. B.   S.   Siddiqov,   Sh.   N.   Mexmonaliyev   Pedagogik   amaliyotning   bo‘lajak
o‘qituvchining kasbiy tayyorgarlik faoliyatida tutgan o‘rni. VOLUME 3 | ISSUE 1
| 2022 ISSN:  2181-1385 Scientific Journal Impact  Factor  (SJIF): 5.723 Directory
Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-
1385-2022-1-10-16 
20. Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS OF
TRAINING   STUDENTS   FOR   PROFESSIONAL,   MORAL   AND
EDUCATIONAL FUNCTION. Scientific Bulletin of Namangan State University,
1(10), 311-317. 
21. Khaitboevich, B. B. (2020). Some features of protection of students from the
threat   of   harmful   information   in   the   educational   process.   European   Journal   of
Research and Reflection in Educational Sciences, 8(10), 69-72. 
22. Maksudov,   U.   K.   (2020).   Issues   of   national   values   and   social   activity   of
students in the development of positive psychology (pp. 394-396). 
23. Pulatova.M.E.   “ Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘ituvchilarining   innova t sion
kompetensiyasini   rivojlantiris h ning   pedagogik   asoslari ”   nomli   pedagogika   fanlari
falsafa doktori PhD dissertatsiyasi.-Samarqand.-2023.129b.
24. Sh.O‘roqov   Oliy   ta’lim   muassasalarida   mutaxassisni   innovatsion
tayyorlashning   didaktik   xususiyatlari//   Ta’limda   innovatsiyalar:   strategiya,
nazariya   va   amaliyot.   Xalqaro   ilmiy   maqolalar   to‘plami.   –   Samarqand:   2018.   I
qism. – B.48-52.
25. O‘zbekiston   uzluksiz   ta’limining   davlat   ta’lim   standarti.   Oliy   ta’lim   davlat
ta’lim standarti 2021-yil 16-iyul. 
26. Махмудов   А . Х .   Таълим   тизимида   компетентлик   асосида   ёндашувнинг
дидактик   жихатлари   //   « Укитувчиларнинг   касбий   махоратини   оширишда
59 иннов atsi я   технологияларининг   ахамияти »   мавзусидаги   Республика   илмий -
амалий   конференцияси   материаллари . -  Тошкент . - 2012. 44-47  бетлар . 
I V .  Elektron ta’lim resurslari
27.        1.  http://www.google.com.uz/         
28.        2. http: // www. Ziyonet. uz/
29.       3. http: //www. Pedagog. uz /
60

MUNDARIJA: KIRISH ……………………………………………………………………………3 I BOB. BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILALARIDA KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK- PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 1.1 Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik ilmiy asoslari va uning ta'lim jarayonidagi ahamiyati ……..………………………………………………………………………..……...8 1.2. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarilarning kasbiy kompetensiyalari va sifatlari… … …… ……. ……. ..................................................................................17 II BOB. BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI 2.1. Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish shart sharoitlari…………………………………………………… 23 2.2. Kasbiy kompetensiyani rivojlantirish omillari va yo‘llari …………………… 29 III BOB. BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH 3.1. Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning samaradorligi …………………………………..……………..42 3.2. Kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga oid o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari va samaradorligi ………………..... …………………. …… …………….52 Xulosa ……………… …………….… ……………………………………………55 Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………………56

KIRISH Mavzuning dolzarbligi . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni va mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 6 noyabrda qabul qilingan “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarorda mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat e’tiborni yanada oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Bunda davriy malaka oshirishdan farqli ravishda ijtimoiy va iqtisodiy muvofiqlik imkoniyatiga ega bo‘lgan «hayot davomida o‘qish» tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 1 Uzluksiz ta’lim tizimida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘zining salmog‘i hamda boshlang‘ich asos ekanligi bilan alohida o‘rin egallaydi. Shundan kelib chiqqan holda maktab o‘qituvchisining malakasini oshirishni aniq me’yorlar asosida tashxis qilish va uning imkoniyatlari hamda mustaqil o‘z ustida ishlashining afzalliklarini tadqiq qilishni taqozo qiladi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchining kasbiy mahorati, umumiy saviyasini mutassil takomillashtirish uchun sharoit yaratishni talab etad. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining malakasini oshirish tizimida metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy kompetentligini rivojlantirishning ko‘p jihatdan nazariy yoritilishiga qaramay, jamiyat, fan va ta’limning yangi yo‘nalishlari o‘qituvchini innovatsion metodik tayyorgarligini 1 2

takomillashtirish, uzluksiz kasbiy kompetentligini rivojlantirish zaruriyatini kuchaytiradi. Shundan kelib chiqib, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy kompetentligini rivojlantirish muammosini ilmiy jihatdan tahlil qilish natijasida quyidagi qarama-qarshiliklar mavjudligi aniqlandi: - zamonaviy ta’limni innovatsion jarayonlarga yo‘naltirish va bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarining innovatsion o‘quv jarayonini amalga oshirishga doir nazariy va uslubiy tayyorgarligi o‘rtasida; - bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarisini uzluksiz kasbiy kompetentligini rivojlantirish zarurati va mavjud holatda bu jarayonga ilmiy- metodik yondashuvlar yetarli darajada rivojlanmaganligi o‘rtasida; - o‘qitishning an’anaviy bilimga asoslangan yondashuvi va bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy kompetentligini rivojlantirishda kompetentlikka asoslangan, faol va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni talab qiladigan ta’limdagi zamonaviy innovatsion tendensiyalar o‘rtasida; - o‘qituvchilarning innovatsion metodik tayyorgarligi sifatini oshirish zaruriyati va bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarini uzluksiz kasbiy kompetentligini rivojlantirish uchun rivojlantiruvchi texnologiyalar va mexanizmni resursli qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi o‘rtasida. Yuqorida qayd etilgan obyektiv va subyektiv ziddiyatlar pedagogik hodisaning mohiyatini – bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarini uzluksiz kasbiy kompetentligini rivojlantirish uchun pedagogik shart sharoitlarni aniqlashdan iborat bo‘lgan tadqiqot dolzarbligini o‘rtaga qo‘yadi. Bitiruv malakaviy ishining obyekti : bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish jarayoni va shart-sharoitlari. 3

Bitiruv malakaviy ishining predmeti: bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish mazmuni, pedagogik shart- sharoitlari, omillari va metodlari . Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirishning ilmiy pedagogik muammo sifatidagi ahamiyatini tadqiq qilish, bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarini kasbiy kompetentligini rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlarini ilmiy asoslashdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganish zamonaviy ta'lim psixologiyasining dolzarb va istiqbolli vazifasidir. 1. Bo‘lajak sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini o‘stirish bilan birga kasbiy faoliyatga tayyorlash masalasini pedagogik muammo sifatida nazariy jihatdan asoslab, uning mazmuni va xususiyatlarini tahlil qilish; 2. Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning ahamiyatini ochish; 3. Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarining kasbiy kompetentsiyasini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganish; 4. Kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy asoslarini tahlil qilish; 5. Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarining kasbiy va shaxsiy sifatlarini o‘rganish; 6. Boshlang‘ich ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda ilg‘or pedagogik tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi: 1. Boshlang‘ich ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda bo’lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi kasbiy shakllanishining 4

tarkibiy tuzilamasining yangi muammolarini aniqlash, muammolarning o‘ziga xos yechimlarini topish va amalda qo‘llash masalalarini ochib berildi. 2. Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarini kompetentiv yondashuv asosida kasbiy faolligini oshirish, ularning muloqot, metodik, kreativ kompetensiyalarini shakllantirishning omili hamda kasbiy kompetentlikni shakllantirishda talab va ehtiyoj asosiy vosita ekanligi isbotlandi. 3. Bo‘lajak bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllanishini baholash va kompetentlikni shakllantirish bosqichlari o‘rganildi, shuningdek, individual rivojlanish bosqichlari ishlab chiqildi. Tadqiqot darajasining o‘rganilish darajasi. Ushbu mavzu yuzasidan yurtimiz olimlari tomonidan o‘qituvchilarning kasbiy kompetentli ko‘nikmalari va metodik tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan bir qancha ilmiy tadqiqot ishlarini ham tahlil qildik. Tadqiqot muammosiga oid olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilarni kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish, kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yurtimiz pedagog olimlaridan Z.Artikbayeva malaka oshirish jarayonida maktab matematika o‘qituvchilari kasbiy kompetentli ko‘nikmalarini takomillashtirishning pedagogik asoslari, rivojlantiruvchi ta’lim vositasida matematika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish yo‘llari, N.A.Muslimov bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirish masalalari, G.E.Karlibayeva bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, I.Y.Raxmonov geometriyani o‘qitish jarayonida talabalarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi, M.I.Toshpo‘latova bo‘lajak bo’lajak boshlang’ich sinf o‘ituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, T.T.Shaymardonov pedagog kadrlar malakasini oshirish va kasbiy kompetentligi faoliyati monitoringini tashkil etish mazmuni, ko‘rsatkichlari, infratuzilmasi, dasturiy va metodik ta’minoti, axborot resurslarini shakllantirish tizimi, D.O.Ximmataliyev pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi asosida 5