logo

BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI TALABALARINI TEXNOLOGIK TA’LIMGA KREATIV YONDASHUVINI SHAKLLANTIRISH

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

842.5 KB
BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI TALABALARINI TEXNOLOGIK
TA’LIMGA KREATIV YONDASHUVINI SHAKLLANTIRISH M ndarijaս
KIRISH  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  3
I BOB. BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI 
TALABALARINI TEXNOLOGIK TA’LIM D A KREATIV 
O’QIT ISHNING  NAZARIY PEDAGOGIK  ASOSLARI
1.1 -§ . O’qituvchilarda   kreativ   faollikni   shakllantirish   pedagogik
faoliyatni rivojlantirishning asosiy omili sifatida. . . . . . . . . . . . . . 9
1.2-§. Boshlang’ich   sinflarda   texnologik   ta’limga   kreativ
yondashuvning didaktik xususiyatlari . . . . . . . . . . . . . . . . ……... 17
I bob  bo’yicha qisqacha x losa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
ս 26
 II BOB. BO’LAJAK BOSHLANG’ICH TA’LIM 
O’QITUVCHILARINI TEXNOLOGIK TA’LIM 
JARAYONIDA KREATIV YONDASHUVGA 
TAYYORLASH NING  MAZMUN MOHIYATI  
2.1 -§ . Boshlang’ich   ta’lim   yo’nalishi   talabalarini   texnologik   ta’limga
kreativ   yondashuvini   shakllantirishning   nazariy   va   amaliy
muammolarini o’rganish ……………………………………….. 27
2.2-§. Kreativ   yondashuv   asosida   texnologik   ta’limni   talabalarga
o’rgatish modeli…………………………………………………. 36
2.3-§. Texnologik   ta’limga   kreativ   yondash gan   holda   bo’lajak
boshlang’ich ta’lim  o’qituvchilarini o’qitish metodikasi ……… 48
II bob  bo’yicha qisqacha x losa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
ս 60
III BOB. BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI 
TALABALARINI TEXNOLOGIK TA’LIMGA KREATIV 
YONDASHUVINI SHAKLLANTIRISH 
TEXNOLOGIYASINI AMALGA OSHIRISH BO’YICHA 
TAJRIBA-SINOV ISHLARI
3.1-§. Boshlang’ich   ta’lim   yo’nalishi   talabalarini   texnologik   ta’limga
kreativ   yondashuvini   shakllantirish   texnologiyasini   amalga
oshirish …………………………………………………………..  61
3.2-§. Boshlang’ich   ta’lim   yo’nalishi   talabalarini   texnologik   ta’limga
kreativ   yondashuvini   shakllantirish   texnologiyasining
samaradorligini baholash bo’yicha tajriba-sinov natijalari . . . . . .  70
III   bob   bo’yicha   qisqacha
x losa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 	
ս 73
X losa 
ս . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
.  75
Adabiyotlar ro’yxati  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 77
2 3 KIRIS H
Magistrlik d issertatsiya si  mavzusining  asoslanishi va uning  dolzarbligi .  
Jahon   ta’lim   tizimi   taraqqiyotining   jadal   suratlarda   rivojlanishi   avvalambor
ta’lim   jarayoniga   innovatsion   va   kreativ   yondashish   lozimligini   taqozo   etib
kelmoqda.   Zeroki,   jahonda   har   bir   jamiyatning   rivojlanish   taraqqiyotini   va
yo’nalishini  begilab beruvchi innovatsion-kreativlik ta’siri ostida yuz berib, inson
faoliyatining   har   bir   sohasida   kreativlikka   bo’lgan   ehtiyojning   ortishi   bilan
belgilanadi.   Xorijiy   rivojlangan   mamlakatlarda,   jumladan   AQSH,   Kanada,
Germaniya,   Rossiya,   Yaponiya,   Koreya   kabi   davlatlarda   o’qitish   jarayonlari
innovatsion-kreativ yondashuv asosida amalga oshirilib kelmoqda. Mazkur holatni
bevosita kuzatib, chuqur tahlil qilgan O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti Sh. M.
Mirziyoyev 2019-yil 23-avgustda xalq ta’limi, oliy ta’lim xodimlari bilan bo’lgan
muloqotda   uzluksiz   ta’lim   tizimida   olib   borilishi   kerak   bo’lgan   dolzarb   vazifalar
haqida   fikr   yuritib,   “   …   bugungi   kunda   ta’lim   muassasalarida   faoliyat   olib
borayotgan   o’qituvchilarning   obro’sini   ko’tarish,   shu   bilan   bir   qatorda   bugun
o’qituvchilarning   o’zlari   ham   ta’lim-tarbiya   jarayoniga   yangicha   ijodiy
yondashishi   lozim”   [10],   -   degan   bir   qator   fikrlarni   bildirib   o’tdi.   Shuningdek,
yurtboshimiz   Sh.   M.   Mirziyoyev   2020-yil   24-yanvarda   Oliy   majlisga   qilgan
murojaatnomasida ham, ta’lim-tarbiyaning uzviy bog’liqligini yanada kuchaytirish
maqsadida “Sharqona qarashlarimizda ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan
ajratib   bo’lmaydi.   Bu   esa   bugungi   kun   o’qituvchisidan   katta   mas’uliyatni   talab
qiladi” [11], - deb ta’kidladilar. Demak, bugungi kunning zamonaviy o’qituvchilari
ta’lim-tarbiya ishlarida faol qatnash bilan birgalikda o’z faoliyatlarini zamon bilan
hamohang   tarzda   tashkil   etishlari   talab   etiladi.   Bundan   tashqari,   umumta’lim
muassasalarida   faoliyat   ko’rsatib   kelyotgan   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilari
umumiy   va   maxsus   kompetentsiyalarga   ega   bo’lishi   va   albatta,   o’z   faoliyatida
kreativlik   qobiliyatlarini   namoyon   eta   olishi   zarur.   Shaxsning   mutaxassis   sifatida
kasbiy   kamol   topishi,   taraqqiy   etishi,   rivojlanishi   o’z   mohiyatiga   ko’ra   jarayon
tarzda   namoyon   bo’ladi.   Kasbiy   yetuklik   inson   ontogenezining   muhim   davrlari
kasbiy   kamol   topish,   rivojlanish   g’oyalarining   qaror   topishi   (14-17   yosh)dan
4 boshlanib,  kasbiy   faoliyatning  yakunlanishi  (55-60  yosh)gacha   bo’lgan  jarayonda
kechadi.   Kreativlik   shaxsning   shakllanishi   va   rivojlanishi   uning   ichki   va   tashqi
olamining  o’zgarishi  o’zaro  mos  kelishi,   ijtimoiy-iqtisodiy  shart-sharoitlar   hamda
inson   ontogenizi   –   tug’ilishidan   boshlab   to   umrining   oxiriga   qadar   uzluksizlik,
vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog’liqdir [68]. 
Mamalakatimizda   amalga   oshirilayotgan   ilmiy   pedagogik   tadqiqotlar
darajasida bo’lajak talabalarni texnologik ta’limda bo’lajak o’qituvchilarni kreativ
yondashuv asosida texnologik ta’lim samaradorligini oshirishga tizimli yondashuv
samarasini   oshirib   borish   uchun   barcha   imkoniyatlar   yaratilganligi,   bu   borada
kreativ   va   texnologik   innovatsion   tafakkurni   shakllantirish   eng   muhim   mezon
bo’lib xizmat qilishi yaqqol ko’rinmoqda. Mamlakatimizda mutloq yangilangan va
yangilanayotgan  me’yoriy-huquqiy  hujjatlar   va  shu  bilan  yangidan  yaratilayotgan
moddiy-texnik baza bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini texnologik ta’limga
kreativ   yondashuvga   tayyorlash   asosida   izlanuvchilik   sifatlarini   shakllantirish
dissertatsiya mavz ս sining   dolzarbligini  belgilaydi . 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining   2017-yil 20-apreldagi  “Oliy ta’lim
tizimini   yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to’g’risida”gi   PQ   2909-son   Qarori,
2017-yil   12-yanvardagi   “Kitob   mahsulotlarini   chop   etish   va   tarqatish   tizimini
takomillashtirish,   kitob   mutolaasi   va   kitobxonlik   madaniyatini   oshirish   hamda
targ’ibot   qilish   bo’yicha   komissiya   tuzish   to’g’risida”gi   Farmoyishi,   2019-yil   8-
oktabrdagi   “O’zbekiston   Respublikasi   oliy   ta’lim   tizimini   2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF- 5847-son Farmoni, 2022-
yil   28-yanvardagi   “2022-2026-yillarga   mo’ljallangan   yangi   O’zbekistonning
taraqqiyot   strategiyasi   to’g’risida”gi   PF-60-son   farmonlari   hamda   pedagogik
faoliyatga   aloqador   bo’lgan   boshqa   me’yoriy-huquqiy   hujjatlarda   belgilangan
vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   ushbu   tadqiqot   ishi   muayyan   darajada   xizmat
qiladi.
Tadqiqot   obyekti:   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarini   texnologik
ta’limga kreativ yondashuvga tayyorlash jarayoni. 
Tadqiqotning    predmeti:      boshlang’ich    ta’lim      yo’nalishi     talabalarini
5 texnologik   ta’limga   kreativ   yondashuvini   shakllantirish   mazmuni,   shakli,   metodi
va vositalaridan iborat.
Tadqiqot   ishining   maqsadi:   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarining
texnologik   ta’limni   o’qitishda   kreativ   yondashuvini   rivojlantirish   orqali   ta’lim
samaradorligini oshirish. 
Tadqiqot vazifalari: 
1.   Kelajak   yoshlarining   kreativ   tafakkurini   o’stirish   bilan   birga   kreativ
faoliyatga   tayyorlash   masalasini   pedagogik   muammo   sifatida   nazariy   jihatdan
asoslab, uning mazmuni va xususiyatlarini tahlil qilish;
2.   Boshlang’ich   ta’lim   ixtisosligi   talabalarini   texnologik   ta’limga   kreativ
yondashuvini   shakllantirish   modelini   texnologik   ta’limga   kreativ   yondashuvning
o’ziga   xos   xususiyatlari,   pedaogik   shart-sharoitlarini   aniqlagan   holda   ishlab
chiqish;
3.   Talabalarni   texnologik   ta’limga   kreativ   yondashuvini   shakllantirish
mexanizmlarini   shakl   va   metodlar,   vositalarni   aniqlashtirish,   ilmiy-pedagogik
tajriba davomida tekshirish, uyg’unligini ta’minlash orqali asoslash; 
  4.   Bo’lajak   o’qituvchilarni   texnologik   ta’lim   jarayoniga   kreativ   yondashuv
asosida tayyorlash metodlari va shakllarini ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1.   Boshlang’ich   ta’lim   ixtisosligi   bo’yicha   “Texnologiya   va   uni   o’qitish
metodikasi”   fanini   o’qitish   jarayonida   talabalarning   kreativ   kompetentligi   kreativ
tafakkurning   tarkibiy   tuzilmasining   yangi   muammolarini   aniqlash,
muammolarning   o’ziga   xos   yechimlarini   topish   va   amalda   qo’llash   masalalari
ochib berildi;
2.   Texnologik     ta’limga     kreativ     yondashuv     modeli     boshlang’ich   ta’lim
ixtisosligi   talabalarida   yaratuvchanlik,   tadqiqotchilik,   kashfiyotchilik   layoqatini
shakllantirishning   omili   hamda   kreativlikni   shakllantirishda   (eshitish,   xis   qilish)
idrokini rivojlantirish birlamchi vositasi ekani isbotlandi;
3.  Talabalarda texnologik ta’limga kreativ yondashuvni rivojlantirish og’zaki-
mantiqiy   va   emotsional-mantiqiy   fikrlashning   tasavvur,   ehtiyojlar   va   qadriyatlar
6 bilan   o’zaro   bog’liqligi   talabaning   tajribasidan   foydalanish   asosida   muqobil
variantlarni sifatli va miqdoriy tahlilni o’z ichiga oldi;
4.   Bo’lajak   boshlang’ich   ta’lim   o’qituvchilari   uchun   texnologik   ta’limga
kreativ   yondashuvini   shakllantirish   texnologiyasining   samaradorligi   mezonlari   va
ko’rsatkichlari aniqlandi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:  boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
talabalarida texnologik ta’limga kreativ yondashuvni shakllantirish mumkin, agar:
- Boshlang’ich   ta’lim   ixtisosligi   talabalarini   texnologik   ta’limga   kreativ
yondashuvini shakllantirishning maqbul usullari ishlab chiqilsa;
- Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarini   o’zining   pedagogik   faoliyatini
kasb   nuqtai   nazaridan   tahlil   qilish   bo’yicha   baholashni   shakllantirish   texnologiya
fanini o’qitish asosida ochib berilsa;
- Boshlang’ich   ta’lim   ixtisosligi   talabalarida   yaratuvchanlik,   kreativlikni
rivojlantirish   uchun   texnologik     ta’limga     kreativ     yondashuv     modeli   ishlab
chiqilsa; 
- Boshlang’ich   ta’lim   yo’nalishi   talabalarini   texnologik   ta’limga   kreativ
yondashuvini   shakllantirish   jarayonini   takomillashtirishda   ilg’or   ta’lim-tarbiya
texnologiyalari   va   jahon   tajribasidan   foydalanish   ko’nikmalarini   mustahkamlash
bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilsa.
Tadqiqot   mavzusi   bo’yicha   adabiyotlar   sharhi(tahlili):   Inson   tafakkuri,
kreativligi va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o’rni nuqtai nazardan kishilik
jamiyati taraqqiyotining barcha darajalarida mutafakkirlar, faylasuflar, tarixchilar,
psixologlar va pedagog olimlar asarlari va tadqiqotlari obyekti bo’lib xizmat qiladi.
Zamonaviy   pedagog   va   psixolog   olimlardan   Abdulloyeva   Sh.,   Arzikulov
D.N., G’oziyev E.   [100, 101, 31]  kabi olimlar shaxs kreativ tafakkurini psixologik
jihatlarini   tadqiq   etgan   bo’lsalar,   R.D.Shodiyev,   N.A.Muslimov,   M.Turdiyeva,
[105,   65,   86]   va   boshqa   olimlar   tomonidan   yoshlarning   ijodkorlik   qobiliyatlarini
uzluksiz rivojlantirish bo’yicha pedagogik va falsafiy izlanishlar olib borganlar.
Sharq   mutafakkirlaridan   Abu   Nasr   Forobiy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Abdulla
Avloniy   [17,   18,   19]   va   boshqalar   tomonidan   yaratilgan   adabiy   va   ilmiy-axloqiy
7 asarlarda   shaxs   ijodkorligi   va   mehnatsevarligi   barkamollik   mezonlari   sifatida
o’rganilgan.
Mustaqil   davlatlar   hamdo’stligi   davlatlarida   shaxs   kreativ   faoliyati   va
innovatsion   mashg’ulotlar   tashkil   etish   muammosining   psixologik   hamda
pedagogik tomonlarini   Vulfov B.Z., Smirnov S.D., Krutetskiy B.A., Leytes N.S.,
Torshina K.A., Drujinin V.N.  [   90,   80,   55,   57,   83, 43]  kabi olimlar tadqiq etganlar.
  Dunyoda kreativlik muammosi pedagogik jarayonda shaxs ijodiy faoliyatini
samarali   tashkil   etish   va   kreativ   mahsulot   yaratishning   asosi   sifatida   qabul
qilingan.   Jumladan,   xorijiy   olimlardan   Fridman   L.M.,   Rou   A.DJ.,     Bono   E.De.,
Gilford DJ., Torrans E., Sternberg S., Lyubard T., Lendri Ch., Xeller K.A.   [46,   75,
39,   49,   85,   81,   58,   59,   92]   kabi   olimlar   kreativ   qobiliyatni   shakllantirish
masalalarini tadqiq qilganlar. 
Ken Robinson “Kreativlik”ni o’z qiymatiga ega orginal g’oyalar majmui  desa,
Ama bayl:   “Muayyan   soha   bo’yicha   o’zlashtirilgan   puxta   bilimlar   bilan   birga
yuqori   darajada   noodatiy   ko’nikmalarga   ham   ega   bo’lish   –   kreativlikdir”   va
Gardner   esa:   “Shaxs   tomonidan   amalga   oshiriladigan   amaliy   harakat   bo’lib,   u
o’zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo’lishi -
kreativlik” deb ta’kidlaydi. 
Shuning   uchun   ham   boshlang’ich   ta’lim   ixtisosligi   talabalarini   texnologik
ta’limga   kreativ   yondashuvini   shakllantirish   muammosini   hal   etish   pedagogik
zaruriyatga aylanganligini ko’rishimiz mumkin.
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi.   Tadqiqot muammosini hal
qilishda   empirik   va   nazariy   tadqiqot   usullaridan   foydalanilgan,   ta’limga   bog’liq
holatlarini   pedagogik   tahlil   qilish,   talabalar   faoliyatini   kuzatish,   o’qituvchi,
talabalardan so’rovnomalar o’tkazish, pedagogik tajriba-sinovlarni amalga oshirish
uning natijalarini matematik-statistik metodlar yordamida tahlil qilishdan iborat.
                  Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Tadqiqot
natijalarining   nazariy   ahamiyati:   shaxs   kreativ   faoliyati   va   integratsion   ta’limni
tashkil etishga tizimlashtirilganligidir. 
Tadqiqot  natijalarining  amaliy  ahamiyati:  ishlab chiqilgan  texnologiyalar 
8   oliy   ta’lim   sharoitida   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarini   texnologiya
fanidan   o’qitish   metodikalari   bilan   ta’minlashga,   kreativ   kompitentligini
takomillashtirishga xizmat qiladi.
Ish tuzilmasining tavsifi:   Dissertatsiya tuzilish jihatdan kirish, uchta bob, 7
ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, asosiy
  hajmi 86 betni tashkil qiladi.
9 I BOB.   BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI TALABALARINI
TEXNOLOGIK TA’LIM D A KREATIV  O’QIT ISHNING  NAZARIY
PEDAGOGIK  ASOSLARI
1.1-§.  O’qituvchilarda kreativ faollikni shakllantirish pedagogik faoliyatni
rivojlantirishning asosiy omili sifatida
Zamonamizda   kundan-kunga   o’zgarib,   tanib   bo’lmas   darajada   rivojlanib
boryapdi   va   h ar   bir   sohada   davr   talabiga   mos   holda   ish   yuritish   talab   etilmoqda.
Shu   jumladan,   bizning   kelajagimiz   bo’lmish   –   yosh   avlod   bilan   ishlaydigan
o’qituvchilarga   ham   ko’plab   talablar   va   mas’uliyat   yuklanmoqda.   O’qituvchi
zamonaviy   o’quvchilarning   nima   bilan   yashayotganini   tushinishi   uchun   ham
bugungi   kunda   ro’y   beryotgan   kashfiyotlarni,   yangiliklarni   o’zlashtirishi,
o’rganishi darkorligi ko’plab vaziyatlarda o’z isbotini topmoqda.
Jamiyatning   maktab   oldiga   qo’yayotgan   talablari   kun   sayin   ortib,   mazkur
talablarga   to’g’ri   yondashgan   holda   ularni   amalda   bajarish   o’qituvchining
zimmasidadir.   Pedagogik   faoliyat   inson   mehnatining   eng   murakkab   sohalaridan
biri   bo’libgina   qolmay,   balki   hozirgi   jamiyatimizda   o’qituvchi   eng   faol
pozitsiyadagi   shaxsdir.   U   zamonaviy   bilimlarni   egallab   borishi,   tinimsiz
izlanuvchan   va   fidoiy   bo’lishi   lozim   zero,   kechiktirib   bo’lmas   jarayon   bo’lmish
shaxsni   intellektual,   ma’naviy   qashshoqlikdan   qutqarib   qoladigan   shaxs   ham
o’qituvchidir.   Hozirgi   zamon   standartlarini   amalga   tadbiq   etish   o’qituvchidan
nafaqat   yuqori   malakani   balki   doimiy   kasbiy   rivojlanishni,   o’z   ishiga   ijodiy
yondashishni  ham  talab etayotganligini  ko’rmoqdamiz. O’qituvchining kreativligi
o’z tajribasini qayta ko’rib chiqishi, yaxshilashi hamda barchaga ma’lum narsalarni
o’zgartira   olishi   va   ijodiy   foydalana   olishi,   sifat   jihatdan   yangiliklarni   yaratishi
juda katta ahamiyatga egadir.
Shaxsda   kreativlik   sifatlarini   rivojlantirish   uchun   dastlab   mazkur
tushunchaning mazmuniga to xtalib o tishimiz kerak. Kreativlik (lot., ing. “create”ʼ ʼ
– yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g oyalarni ishlab	
ʼ
10 chiqarishga   tayyorligini   tavsiflovchi   va   mustaqil   omil   sifatida   iqtidorlilikning
tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish,
muammolarni   yechishga   qaratilgan   ijodiy   qobiliyati   tushuniladi.   Uning
tagzamirida   originallik,   amaliylik,   noodatiylik   va   erkinlik   yotadi   [28;   216-b].
Demakki, kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama keng fikrlash
bilan bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni anglatadi.
Kreativlik   shaxsni   rivojlantiruvchi   kategoriya   sifatida   inson   tafakkuri,
ma naviyatining   ajralmas   qismi   bo’lib,   u   shaxs   ega   bo lgan   bilimlarningʼ ʼ
ko pqirrali   ekanligida   emas,   balki   yangi   g oyalarga   intilish,   o rnatilgan
ʼ ʼ ʼ
stereotiplarni   isloh   qilish   va   o zgartirishda,   hayotiy   muammolarni   yechish	
ʼ
jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo ladi. Berilgan	
ʼ
bilimlarni   takrorlash   orqali   kreativlikka   erishib   bo lmaydi,   ijodiy   fikrlash	
ʼ
jarayonida   yangi   fikr,   yangi   g oyaning   paydo   bo lishi   asosiy   shart   hisoblanadi.	
ʼ ʼ
Ko pincha   noodatiy   fikrlar,   yechimlar   kutilmaganda   inson   xayolotiga   keladi.	
ʼ
Buning   uchun,   eng   avvalo,   fikrlash   jarayonidagi   bir   xillikka,   odatiylikka   barham
berilishi lozim. Jahon ta limi taraqqiyoti tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat	
ʼ
taraqqiyoti   ta limning   takomillashishi   va   taraqqiy   etishi   bilan   chambarchas	
ʼ
bog liqdir.   Bizning   ta lim   tizimimizda   ham   tezkorlik   bilan   islohotlar   olib	
ʼ ʼ
borilmoqda. O zbekiston ta lim tizimiga kreativ yondashuv va qarashlarning kirib	
ʼ ʼ
kelishi uning jahon ta lim tizimi bilan integratsiyalashib borayotganligidan dalolat	
ʼ
beradi. Bugun boshqa sohalardagi kabi ta lim tizimiga ham kreativlik tushunchasi	
ʼ
kirib keldi va mazkur tushunchani ta lim tizimimizning har bir bosqichimizda tilga	
ʼ
olmoqdamiz. 
Farobiy   shaxs   kamolotida   jamoaning   ta siri   alohida   ekanligiga   e tibor	
ʼ ʼ
qaratadi:   “Har   bir   inson   o z   tabiati   bilan   shunday   tuzilganki,   u   yashash   va   oliy	
ʼ
darajadagi   yetuklikka   erishmoq   uchun   ko p   narsalarga   muhtoj   bo ladi,   u   bir   o zi	
ʼ ʼ ʼ
bunday narsalarni qo lga kirita olmaydi, ularga erishish uchun insonlar jamoasiga	
ʼ
ehtiyoj   tug iladi.   Shu   sababli   yashash   uchun   zarur   bo lgan,   kishilarni   bir-biriga	
ʼ ʼ
yetkazib   beruvchi   va   o zaro   yordamlashuvchi   ko p   kishilarning   birlashuvi	
ʼ ʼ
orqaligina odam o z tabiati bo yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday	
ʼ ʼ
11 jamoa   a zolarining   faoliyati   bir   butun   holda   ularning   har   biriga   yashash   vaʼ
yetuklikka erishuv uchun zarur bo lgan narsalarni yetkazib beradi”.	
ʼ
Insonni   kamol   toptirish   jarayonini   inson   o z   hayoti   davomida   ilm,   hunar	
ʼ
o rganish,   axloqiy   qonun-qoidalarni   egallashi   va   san atni   hayotiy   tajribasi   bilan	
ʼ ʼ
boyitishi orqali sodir bo lishini ta kidlaydi [17; 39-b].	
ʼ ʼ  
Аbu   Аli   ibn   Sino   inson   faoliyatida,   dunyoni   o rganishda   aqlga,   ilmga	
ʼ
tayanish   ustuvorlik   beradi   va   muammo   yechimida   mantiq   ilmiga   asoslanish
lozimligini   ta kidlaydi:   “Аql   tarozusida   tortib   ko rilmagan   har   qanday   bilim	
ʼ ʼ
asossizdir.   Shu   bois   mantiq   ilmini   o rganmoq   juda   muhim”.   Allomamizning	
ʼ
fikricha,   ilm   olishdan   to xtash   esa   insonning   halok   bo lishi   demakdir:   “Ruh   -	
ʼ ʼ
shamchiroqqa,   bilim   -   ana   shu   shamchiroqdan   taralayotgan   yog duga,   Аllohning	
ʼ
zakosi   -   moyga   o xshaydi.   Shamchiroq   yonishdan   to xtamas   ekan   -   sen   tiriksan.	
ʼ ʼ
Аgar u o chsa - sen halok bo lasan” [18; 36-b]. 	
ʼ ʼ
Ma rifatparvar   olimlarimizdan   biri   Аbdulla   Аvloniyning   ilm,   ijod   va
ʼ
ma naviy   va   jismoniy   komillikka,   maqsadga   erishmoqlikning   asosiy   shartlari   –	
ʼ
sa y   va   g ayratdir   deb   ta’kidlab,   shunday   deydilar:   “Bir   ishga   mashg ul   bo lgan
ʼ ʼ ʼ ʼ
kishilar   vaqtning   o tganini   bilmas,   yalqov   kishilar   uchun   bir   soat   o tkarmak	
ʼ ʼ
qiyomatdan   qiyindur.   G ayrat   vujudimizga   quvvati   mas ud   va   baxtiyor	
ʼ ʼ
bo lishimizga   sababdur.   Shuning   uchun   har   birimiz   sa y   qilub,   o z   kuchimiz   ila	
ʼ ʼ ʼ
maishatimizga kerak bo lgan narsalarni topub, boshqalarga muhtoj bo lmay rohat-	
ʼ ʼ
rohat yashamoq lozimdur. Sihatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, qanoatimiz, sabrimiz,
fazilatimiz,   alhosil,   butun   hayotimiz   harakatimizga   bog lidur.   Harakatlik   kishilar	
ʼ
tezgina   maqsadlariga   yeturlar.   Yalqov   kishilar   har   narsadan   mahrum,   doim
boshqalarning yordamiga muhtoj bo lub xorlikda qolurlar” [19; 21-b]. 	
ʼ
Demak,   kreativlik   individning   yangi   g oyalarni   ishlab   chiqarishga	
ʼ
tayyorlikni   tavsiflovchi   hamda   mustaqil   omil   sifatida   kreativlikning   tarkibiga
kiruvchi   ijodiy   qobiliyati   ma nosini   ifodalaydi.   Shaxsning   kreativligi   uning	
ʼ
tafakkurida,   muloqotida,   his-tuyg ularida,   muayyan   faoliyat   turlarida   namoyon	
ʼ
bo ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, o tkir	
ʼ ʼ
zehnni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik pedagogik faoliyatni rivojlantirishda eng
12   muhim omil sifatida aks etadi. 
Ken   Robinsonning   fikriga   ko ra,   “kreativlik   –   o z   qiymatiga   ega   originalʼ ʼ
g oyalar   majmui”   sanaladi	
ʼ   [74;   241-b.].   Govard   Gardner   esa   o z   tadqiqotlarida	ʼ
tushunchani   “kreativlik–shaxs   tomonidan   amalga   oshiriladigan   amaliy   harakat
bo lib, u o zida muayyan yangilikni  aks ettirishi  va ma lum  amaliy qiymatga ega	
ʼ ʼ ʼ
bo lishi lozim” [47; 17-b.] deya izohlaydi.
ʼ
Amabaylning   yondashuvida   esa,   kreativlik   “muayyan   soha   bo yicha	
ʼ
o zlashtirilgan   puxta   bilimlar   bilan  birga   yuqori  darajada  noodatiy  ko nikmalarga	
ʼ ʼ
ham   ega   bo lish”   [34;   81-b.]   demakdir.   Ko plab   tadqiqotlarda   intellekt   va	
ʼ ʼ
kreativlik o rtasidagi  aloqadorlik xususida turli  xil  qarashlar  mavjud. Ba’zi  guruh	
ʼ
tadqiqotchilar   ular   o rtasida   hech   qanday   bog liqlik   yo q   ekanligini   uqtirsalar,	
ʼ ʼ ʼ
boshqa guruh vakillari kreativlik va intellekt  darajasi  bir-biriga bog liq ekanligini	
ʼ
ta kidlaydilar. 	
ʼ
“Kreativlik”   tushunchasi   o zida   madaniy   xilma-xillikni   aks   ettiradi.   G arb	
ʼ ʼ
olimlari   kreativlikni   yangilik   yaratish   deb   hisoblanadi.   G’arbliklar   kreativlik
negizida   qiziquvchanlik,   noan anaviylik,   tasavvur,   hazil-mutoyiba   tuyg usi   va	
ʼ ʼ
erkinlik   mavjud   bo lishiga   e tiborni   qaratadilar.   Sharq   olimlari   esa,   aksincha,	
ʼ ʼ
kreativlikni ezgulikning qayta tug ilish jarayoni, deb tushunadilar. Garchi g arb va	
ʼ ʼ
sharq   olimlarining   kreativlik   borasidagi   qarashlari   turli   xil   bo lsa-da,   har   ikki	
ʼ
madaniyat   vakillari   ham   mazkur   sifat   va   unga   egalikni   yuqori   darajada
baholaydilar. 
Ko pgina   kishilar   o zlarida  kreativlik  qobiliyati  mavjud  emas  bilishlarining	
ʼ ʼ
ikki   xil   sababi:   birinchidan,   aksariyat   kishilar   aslida   “kreativlik”   tushunchasi
qanday ma noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik
ʼ
negizida   bevosita   qanday   sifatlar   aks   etishidan   bexabarlardir.   Аyni   shu   inson
kreativlik  qobiliyatiga  ega   deyaolmaymiz.  Xo sh,  bu  borada  pedagoglar  o zlarida	
ʼ ʼ
kreativlik   qobiliyati   mavjudligini   qanday   namoyon   eta   olishlari   mumkin.   Zero,
pedagogik   faoliyatlarida   kreativ   faollik   orqali   qanday   natijalarga   erishadilar.     Bu
o rinda   Patti   Drapeau   shunday   maslahat   beradi:   “Аgarchi,   o zingizni   kreativ	
ʼ ʼ
emasman,   deb   hisoblasangizda,   hozirdanoq   kreativ   tafakkurni   rivojlantirishga
13 qaratilgan   darslarni   tashkil   eta   boshlashingizni   maslahat   beraman.   Аslida,   gap
sizning   ijodkor   va   kreativ   bo lganingiz   yoki   bo lmaganingizda   emas,   balkiʼ ʼ
darslarni   kreativlik   ruhida   tashkil   etishingiz   va   yangi   g oyalarni   amalda   sinashga	
ʼ
intilishingizdadir” [44; 4-b.]. 
  “Kreativ   tafakkur   bir   vaqtning   o zida   ham   alohida   xodimning   tafakkur	
ʼ
shakli   va   butun   jamoaning   faoliyat   printsipi   bo lishi   mumkin   bo lgan	
ʼ ʼ
metodikaning   birligi”   sifatida   Nuaye   Didye   ta riflash   bilan   birga   kreativ	
ʼ
tafakkurning   bir   necha   jihatlari   bilan   tavsiflanishini   bayon   etadi:   an anaviy	
ʼ
rakursni   o zgartirib,   vaziyatga   boshqa   bir   tomondan   yondashish;     doimiy	
ʼ
qo llanilib   kelingan   yondashuv   va   ishlab   chiqilgan   qarorlardan   voz   kechish;	
ʼ
qo yilgan savollarga nostandart javob topish; turli yondashuvlardan foydalanish va
ʼ
natijada yangi mahsuldor g oyalarni ishlab chiqish.	
ʼ
V.V.Moroz   kreativlikni   “hozirgi   davrning   yangi   g oyalar   yaratuvchanligi	
ʼ
bilan   tavsiflanuvchi   muhim   komponenti”   sifatida   ta riflab,   uni   insonlarga
ʼ
jamiyatdagi   doimiy   o zgarishlarga   moslashishi   uchun   xizmat   qiladi,   deb	
ʼ
ta kidlaydi.   Uning   yondashuvicha,   jamiyat   doimiy   o zgarishda,   ayniqsa   so nggi	
ʼ ʼ ʼ
davrlarda   o zgarishlar   o ta   tezkor,   insonlar   esa   taraqqiyot   natijasida   yuzaga	
ʼ ʼ
keladigan muammolar  kreativ yechimlarini  topishlariga yordam  beradi   [64;  8-b.].
Kreativlik (“tafakkurning o ziga xos muhim shakli” sifatida ham ta riflanadi)  	
ʼ ʼ [57;
354-b.]   borasidagi   qarashlar   juda   ko plab   bahslarga   sabab   bo lmoqda.   Аgarda	
ʼ ʼ
kreativlik   bu   insonlar   uchun   normal   holat   bo ladigan   bo lsa,   demak   u   barcha	
ʼ ʼ
insonlarga xos bo lmog i ham lozim. Bunday qarashlarga qo shilgan K.А.Torshina	
ʼ ʼ ʼ
kreativlikni   yana   shaxsiy   sifatlarga   bog laydi.   Ya ni,   “Kreativlik   –   normal   holat,	
ʼ ʼ
ammo   uning   namoyon   bo lish   darajasi   shaxsiy   sifatlar   va   muhit   tavsifiga	
ʼ
bog liqdir” 	
ʼ [83; 12-b.].  
Kreativ   o’qituvchi   muammosi   J.Gilford   tomonidan   kengroq   tadqiq   etilgan
bo lib,   kreativlikni   o’qituvchining   muhim   qobiliyati   sifatida   quyidagi   6   ta
ʼ
parametrlarini ajratib ko rsatadi: 	
ʼ
1) muammoni aniqlash va muammoni qo ya bilish; 	
ʼ
2) g oyalarni generatsiyalash; 	
ʼ
14 3) g oyalarni ishlab chiqish; ʼ
4) nostandart javoblarni qabul qila olish - originallik; 
5) qo shimcha detallarni qo shish asosida g oyani takomillashtirish; 
ʼ ʼ ʼ
6) muammoni noan anaviy va nostandart yechimini topish 	
ʼ [49; 95-b.].  
Kreativ   mutaxassislarning   muhim   xususiyatlari   V.N.Drujinin   qarashicha
quyidagilar: 
1.   Mustaqillik   –   shaxs   standartlari   jamoa   standartlaridan   muhim   bo lib,	
ʼ
qarashlar va baholash ham nokonform. 
2.   Аqliy   jarayonlarning   ochiqligi   –   o zi   va   o zgalarning   fantaziyalariga	
ʼ ʼ
tayyorlik hamda yangiliklar va noan anaviylikni yengil qabul qilish. 	
ʼ
3.   Noaniq   va   hal   etib   bo lmaydigan   masalalarga   nisbatan   tolerantlik,
ʼ
konstruktiv faollik. 
4. Estetik tuyg ularning yuqori darajasi, go zallikni sevish va qadrlash. 	
ʼ ʼ
5. O z qobiliyatlariga bo lgan ishonch hamda kuchli xarakter xususiyatlari. 	
ʼ ʼ
6. Xulq-atvorda kuchlilik va nazokatlilik jihatlarining uyg unligi. 	
ʼ
7.   Yumor   hissi   va   noan anaviy   holatlarda   kulgili   jihatlarini   topa   olish   [43;	
ʼ
35-b.] .
Muni-Shteyn kreativlikni o rganishga nisbatan fundamental qarashlari bilan	
ʼ
kreativlikning   to rtta   aspektini   ajratib   ko rsatadi.   Bular:   kreativ   shaxs,   kreativ	
ʼ ʼ
jarayon, kreativ muhit va albatta, kreativ mahsulot.
Ushbu   keltirilgan   kreativlik   aspektlarining   har   biriga   kengroq   to xtalib	
ʼ
o tamiz.	
ʼ
Kreativ   shaxs .   Muammolar   yechimini   topishga   noan anaviy   yondashuvga,	
ʼ
nostandart yechimlar topishga, mavjud stererotiplardan chekinishga qodir bo lgan	
ʼ
va buning uchun ichki motivatsiyaga ega bo lgan shaxs.	
ʼ
Kreativ   jarayon .   Shaxsga   kreativ   tafakkur   yuritish   va   muammolarning
nostandart   yechimini   topish   jarayoni.   Bu   jarayonda   foydalaniladigan   metod   va
metodikalar, vositalar.
Kreativ   muhit .   Kreativlikni   namoyon   etish   uchun   yaratilgan   shart-sharoit,
muhit, stimul beruvchi vaziyatlar, insonlar hamda tashkiliy tadbirlar.
15            yaratilgan shart-sharoit, muhit, stimul beruvchi vaziyat va insonlar, tashkiliy
tadbirlar.
Kreativ mahsulot . Bu tushunchasi  juda keng  bo lib, innovatsion texnika  vaʼ
texnologiyalarni, g oyalar, yangi paradigmalar, fan va san atga doir yangi uslublar,	
ʼ ʼ
mahsulotlar va sh.k. Xo’sh, kreativ mahsulotni qanday mezonlar asosida aniqlash
mumkin?   Kreativlikning   asosiy   mezonlaridan   biri   bu   nostandartlik   ekan,   demak
kreativ mahsulot avval qo llanilmagan kombinatsiyalar, analiz va sintez natijasida	
ʼ
yaratilishidan aniqlash mumkin.
Yuqorida   bayon   etilgan   kreativlik   aspektlariga   kreativ   tafakkurni   ham
qo shimcha qilish maqsadga muvofiqdir.	
ʼ
Demak,   kreativ   tafakkurning   o’zi   nostandart   va   noan anaviy   fikr   yuritish	
ʼ
shakli hisoblanadi. Kreativ tafakkur atrof-olamdagi narsa va hodisalarga o zgacha	
ʼ
qarash   –   kreativ   idrokdan   boshlanadi.   Kreativ   idrokning   sodir   bo lishi   esa   shaxs	
ʼ
psixologik   holatiga   bevosita   bog liqdir.   Keyingi   bosqichda   idrok   etilgan	
ʼ
ma lumotlar   inson   miyasida   sodir   bo ladigan   nostandart   kombinatsiyalar	
ʼ ʼ
(umumlashtirishlar, analiz, sintez, abstraktsiyalash,  selektiv insayt  va shu kabilar)
asosida nostandart xulosalar, yechimlar va qarashlar yuzaga keladi.
Turli   xil   kompetentsiyalar   bilan   bog liq   bo lgan   kreativlikni   quyidagicha	
ʼ ʼ
klassifikatsiyalangan: 
• anglanmagan kompetentsizlik (bilmasligini bilmaydi); 
• anglangan kompetentsizlik (bilmasligini biladi); 
• anglangan kompetentlik (qanday ishlashni biladi, ammo chuqur o ylab ish	
ʼ
yuritadi va jarayonni doimiy nazorat qiladi);
•   anglanmagan   kompetentlik   (ishni   o ylab   o tirmasdan,   avtomatik   tarzda	
ʼ ʼ
amala oshiradi)  [54; 45-b.].  
Inson   miyasi   duch   keladigan   barcha   jarayonlar   albatta   shu   to’rtta
kompetentlik darajalaridan birida amalga oshadi. 
Kreativlik   esa   kompetentlikning   beshinchi   darajasi   –   anglangan   yuqori
kompetentlik   darajasida   amalga   oshadigan   jarayondir.   Ya ni,   kreativ   shaxs   fikriy	
ʼ
jarayonlarni   bemalol   boshqara   oladi   va   kompetentlikning   turli   darajalariga
16 o zgartira   oladi.   Masalan,   kreativ   shaxs   bir   xil   muammolarga   duch   kelgandaʼ
anglangan   kompetentlik   asosida   ularni   bir   xil   usul   bilan   hal   etishi   yoki   o z	
ʼ
navbatida   anglangan   kompetentsizlik   darajasiga   o tib,   ikkinchi   muammoni	
ʼ
stereotiplarga   tayanmasdan,   yangi   bir   samaraliroq   usulini   izlay   boshlaydi.
Аnglangan   yuqori   kompetentlik   bu   muammo   yechimiga   absolyut   darajada   yangi
bo lgan   rakursda   qaray   olish   qobiliyatidir.   Аynan   ana   shu   anglangan   yuqori	
ʼ
kompetentlik kreativ yondashuvda hal qiluvchi vazifani bajaradi  [83; 89-b.].  
Yuqorida   bildirilgan   ko’plab   olimlarning   fikrlarini   mujassamlashtirgan
holda:   Shaxsning   kreativligi   uning   tafakkurida,   muloqotida,   his-tuyg ularida,	
ʼ
muayyan   faoliyat   turlarida   namoyon   bo ladi,   deya   sharhlash   mumkin.   Kreativlik	
ʼ
shaxsni   yaxlit   holda   yoki   uning   muayyan   xususiyatlarini   tavsiflaydi   va   kreativlik
zehni   o tkirlikni   belgilab   beradi.   Xorijiy   mamlakatlarda   barcha   sohalarning	
ʼ
mutaxassislari   kabi   pedagoglar   ham   o zlarida   kreativlik   sifatlari   mavjudligi   va	
ʼ
uning   darajasini   aniqlab   boradi.   Buning   uchun   ular   E.P.Torrens   testidan
foydalanadilar.   E.P.Torrens   1987-yilda   shaxsning   kreativ   tafakkurga   egaligini
aniqlovchi  testni  ishlab  chiqadi. Mazkur  test  shaxs  kreativligi  va uning darajasini
ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi tezkor fikrlash, faollik, o ziga xos (orginal)lik va	
ʼ
takomillashganlik   kabi   mezonlar   bo yicha   baholash   imkoniyatini   yaratadi.   Olim	
ʼ
bola   tomonidan   tavsiya   etilgan   savollarga   beriladigan   javoblar   aynan   mana   shu
to rtta mezonni qanotlantirishi lozimligini ta’kidlaydi. 	
ʼ
Kreativlik   insonda   mavjud   ma’lumotlarni   qayta   ishlab   chiqarish   va   ularni
cheksiz   yangi   modelini   yaratishga   javob   berar   ekan.   “Kreativlik   otasi”
hisoblanmish   mashhur   olim   Pol   Torrans   to’rtta   kreativlik   ko’nikmasini   ajratgan.
Uning tadqiqotlari natijasiga ko’ra, mazkur kreativ ko’nikmalarni shakllantirish va
ularni baholash imkoni mavjud: 
1-ko’nikma:   ravonlik.   Ko’plab   g’oyalarni   o’ylab   topish   ko’nikmasi   ko’p
degan so’zga asoslanadi. 
2-ko’nikma:   moslashuvchanlik.   Turli   g’oyalarni   o’ylab   topish   ko’nikmasi
o’zgartirish degan so’zga asoslanadi. 
3-ko’nikma: o’ziga xoslik. Boshqalarga o’xshamagan, ajralib turuvchi aniq
17 g’oyani o’ylab topish ko’nikmasi noyob degan so’zga asoslanadi.
4-ko’nikma:   yaratuvchanlik.   G’oyalarni   kengaytirish   ko’nikmasi   qo’shish
degan so’zga asoslanadi. 
Kreativlik   darslarida   pedagoglardan   ajoyib   g’oyalarni   o’ylab   topish   (o’ziga
xoslik); ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa g’oyalar bilan solishtirish
va   ulardagi   bog’liqlikni   topish   (moslashuvchanlik)   talab   etilganda,   mazkur
ko’nikmalar bir-biri bilan kesishadi  [84].
O’qituvchilarning   kreativlik   sifatlariga   ega   bo’lishi   ularning   shaxsiy
qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil
etishga   yo’naltiradi.   Shuningdek,   o’quv   va   tarbiya   jarayonlarini   tashkil   etishga
an’anaviy yondashishdan farqli yangi g’oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik,
o’ziga   xoslik,   tashabbuskorlik,   noaniqlikka   toqat   qilmaslikka   yordam   beradi.
Binobarin,   kreativlik   sifatlariga   ega   pedagog   kasbiy   faoliyatini   tashkil   etishda
ijodiy   yondashish,   yangi,   ilg’or,   o’quvchilarning   o’quv   faoliyatini,   shaxsiy
sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish,
ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar
bilan   pedagogik   yutuqlar   xususida   doimiy,   izchil   fikr   almashish   tajribasiga   ega
bo’lishga e’tibor qaratadi.
1.2-§.  Boshlang’ich sinflarda texnologik ta’limga kreativ yondashuvning
didaktik xususiyatlari
Kreativ   yondashuv   dunyo   bo’ylab   fan   va   texnologiyadan   tortib,   falsafa,
san at   va   ijtimoiy   fanlar   kabi   turli   sohalarda   insoniyat   tamaddunini   ilgariʼ
surayotgan   omillardan   biri   bo’lib   kelmoqda.   U   insonda   ba zan   murakkab	
ʼ
sharoitlarda,   yanada   yaxshiroq   natijaga   erishishga   imkon   beruvchi   bilim   va
tajribaga   asoslangan   real   ko’nikmalar   mujmuini   shakllantiradi.   Butun   dunyoda
jamiyatlar   va   tashkilotlar   muammolarni   hal   etishda   innovatsion   bilim   va
yaratuvchanlikka   tobora   ehtiyoj   sezmoqda,   bu   esa,   o z   navbatida,   innovatsiya   va	
ʻ
kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchayishiga sababchi bo’lmoqda. 
18 Kreativ   fikrlash   ta siri   butun   jamiyatga   sezilarli   innovatsiya   turlariningʼ
ortida   turishi   rost,   lekin   u   ayni   damda   universal   va   tenglashtiruvchi   xususiyatga
ega fenomen hamdir, ya ni har qanday shaxs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash
ʼ
qobiliyatiga ega [94].
Texnologik ta’lim jarayoni davomida o’zlashtiriladigan nazariy ma’lumotlar
yuzasidan   olingan   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   mustaqil   amaliy   faoliyatida
qo’llash,   kasb-hunar   tanlash,   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlar   asosida   ijtimoiy
munosabatlarga   kirisha   olish   kompetensiyalarini   shakllantirishda   yaqqol   ko’zga
tashlanadi.   Texnologik   ta’limda   kreativ   g’oya-texnologik   bilimlar   yuzasidan
tizimlashtirilgan   kreativ   g’oyalar,   didaktik   jarayonini   bashorat   qiluvchi
ma’lumotlar to’plami. Texnologik ta’limda kreativ reja – ijodiy-kreativ yaratilgan
va   ishlab   chiqilgan,   muayyan   ta’lim   muassasasi   tomonidan   tasdiqlangan   o’quv-
tarbiyaviy loyiha. Texnologik ta’limda kreativ muhit – texnologik ta’limda o’quv-
tarbiyaviy   jarayonida   shunday   ijodiy,   samimiy   do’stona   sharoit   tug’iladiki,   unda
pedagog   va   talaba   o’zini   ijodiy   qobiliyatiga   ishonch   ruhida   erkin   his   qilishi
jarayonida ichki intilish, moddiyma’naviy qiziqish yuqori darajada bo’ladi. Kreativ
muhitda   talaba   kreativ   fikr   yuritish,   yaratuvchanlikka   tayyor   bo’ladi.   Kreativ
faoliyat – texnologik ta’limga qo’yilgan yangi ijtimoiy talablari bilan mavjud talab
me’yorlarning   mos   kelmasligi   natijasida   vujudga   kelgan   kompleks   muammalarni
yechishiga qaratilgan kreativ faoliyat. Kreativ faoliyat texnologik ta’limda ijodiy-
tadqiqotchilikni rivojlantirish bilan asoslanadi. 
Boshlang’ich   ta’lim   ixtisosligi   talabalarini   texnologik   ta’limga   kreativ
yondashuvga tayyorlashda:
1. Davlat va jamiyat talablarini hisobga olish; 
2.   Texnologiya   va   uni   o’qitish   metodikasi   fanidan   olib   boriladigan
mashg’ulotlarni   tashkillashtirish   va   o’tkazish   jarayonida   nazariy   va   amaliy
asoslarini alohida e’tiborga olish; 
3.   Texnologiya   va   uni   o’qitish   metodikasi   fanining   boshqa   fanlar   (fan   va
ishlab chiqarish) bilan aloqasini inobatga  olish; kreativ g’oyalar, rejalar,  muhit va 
faoliyatni  bir biri  bilan izchilligi va uzviyligini   ta’minlashga erishish  maqsadga 
19    muvofiqdir [51].
Ta’lim   jarayoniga   texnologik   yondashuv   –   talabaning   bilim   o’zlashtirishini
qulaylashtirish   maqsadida,   avvalo,   o’quv   materialini   (axborotni)   bir-biri   bilan
o’zaro   bog’liq   qismlarga,   bo’laklar   (o’quv   elementlari)ga   ajratishni;   so’ngra
ta’limdan   mo’ljallangan   natijaga   erishish   uchun   bajariladigan   o’quv-biluv
faoliyatini   (harakatlarni,   amallarni)   ketma-ket,   bosqichma-bosqich,   izchil   amalga
oshirishni; loyihalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarishni talab
etadi [25].
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarini   ta lim   jarayoniga   kreativʼ
yondashuvga tayyorlash jarayoni ko’p qirrali va ziddiyatli. Tadqiqotimiz davomida
bu jarayonda bir qator o’ziga xos ziddiyatlarni aniqladik:
ZIDDIYATLAR
Oliy o’quv yurtiga qabul 
qilingunga qadar olingan kuchsiz 
bilim bazasi va oliy ma lumot olish 	
ʼ
istagi o’rtasidagi ziddiyat O’quvchilarning refleksiya 
san atini egallashga intilishi va bu 	
ʼ
masala bo’yicha adabiyotlarning 
kamligi o’rtasidagi ziddiyat
Talabalarning OTMga o’qishga 
kelishdan oldingi boshlang’ich sinf 
o’qituvchisi kasbi haqidagi tasavvuri 
va o’z fikrlarini moslashtirish 
zaruriyati o’rtasidagi ziddiyat O’qituvchining kasbiy o’sishga 
intilishi va bu boradagi mashaqqatlar 
o’rtasidagi ziddiyat
  Turli bilim sohalarini, jumladan, 
badiiy-estetik siklni egallash zarurati 
va boshlang’ich sinf o’qituvchisi bu 
ona tili, matematika va 
tabiatshunoslik o’qituvchisi degan 
qotib qolgan stereotip o’rtasidagi 
ziddiyat O’qituvchining mavjud tajribasini 
qo’l ostidagilarga o’rgatish istagi 
bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar 
uchun yetarli bo’lmagan moddiy baza
o’rtasidagi ziddiyat
Talabaning o’quv amaliyotida 
yetishmayotgan bilimlarni egallashga 
bo’lgan urinishlari o’rtasidagi 
ziddiyat   O’qituvchining maktabda kreativ 
faoliyatni yo’lga qo’yishdagi 
tajribasizligi o’rtasidagi ziddiyat
20 Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarining   kasbiy   va   kreativ   tafakkurini
rivojlantirish   uchun   faoliyatga   undovchi   kuchlar   qatorini   texnologiya   fanini
o’qitish   metodikasi   asosida   ta lim-tarbiya   jarayoniga   kiritish   ushbu   muammoliʼ
tadqiqot   faoliyatida   ishonchli   yordam   bo’ldi.   Shu   nuqtai   nazardan,   faoliyatga
undovchi   kuchlar   sifatida   texnologiya   fani   bo’yicha   o’quvchilarning   sinfda   va
sinfdan   tashqaridagi   tadbirlarining   shunday   sifatlarini   tushunamizki,   har   doim
ta lim-tarbiya   jarayoni   va   yoshlarning   boshqa   rivojlantiruvchi   faoliyati   davomida	
ʼ
mavjud qarama-qarshi tendensiyalarining doimiy kurashida ijobiy o’rin kasb etadi
va   oxir   oqibat   zamonaviy   o’qituvchilarni   pedagogik   mahoratning   yangi   va   yangi
cho’qqilariga chiqishlarini ta minlaydi.	
ʼ
Ushbu   jarayonning   muvaffaqiyatli   amalga   oshishi   pedagogik   ta limning	
ʼ
quyidagi faoliyatga undovchi kuchlari mavjudligi muhim ahamiyatga ega.
Birinchi   faoliyatga   undovchi   kuch   –   boshlang’ich   ta lim   ixtisosligi	
ʼ
talabalarini   kreativlikka   va   kreativ   muhit   yaratishga   tayyorlashning   yuksak
ma naviy   ehtiyojlari   va   motivlari.   Uning   mazmun-mohiyati   shundan   iboratki,	
ʼ
boshlang’ich   ta lim   yo’nalishi   talabalarida   kreativlikni   takomillashtirish   uchun	
ʼ
yuksak   axloqiy   ehtiyoj   va   motivlar   shakllantirilgandagina   texnologiya   fanini
o’qitishda jarayonini kreativ yondashuv asosida tashkil etish mumkin bo’ladi.
Boshlang’ich   ta lim   yo’nalishi   talabalarini   kreativ   yondashuvga   tayyorlash	
ʼ
yo’llarini izlashda talabalarning psixologik tayyorgarligi, ya ni ularning bilim olish	
ʼ
ehtiyojlari va qiziqishlarining motivatsiyasini kasbiy kreativ faoliyatni tashkil etish
uchun   faoliyatga   undovchi   kuch   sifatida   belgilaydigan   shaxs   fazilatlarini
shakllantirish masalalariga e tibor qaratish kerak.	
ʼ
V.D.Shadrikov   kasbiy   faoliyat   motivlarining   shakllanishini   o’rganib,
shunday   xulosaga   kelgan:   “Inson,   kasb   tanlay   turib,   o’zining   motivatsion
tuzilishini   murakkab   motivatsion   jarayondagi   ehtiyojlarni   qondirish   mumkin
bo’lgan   o’zining   kasbiy   faoliyati   bilan   bog’langan   faktorlar   strukturasiga
ko’chiradi,   kasbining   imkoniyatlarini   o’zining   ehtiyojlari   bilan   taqqoslaydi   va
inson   kasbni   qabul   qilish   yoki   qabul   qilmaslik   haqida   bir   qaror   qabul   qiladi.
Kasbni   qabul   qilish   biror   faoliyatni   muayyan   tarzda   bajarishga   intilishni   keltirib
21 chiqaradi,   ma lum   deterministik   moyillik   hosil   qiladi   va   faoliyatning   psixologikʼ
tizimini shakllantirish uchun boshlang’ich nuqta bo’lib xizmat qiladi”  [96; 13-b.].
Kasb   bilan   yanada   yaqinroq   tanishishda,   sinf,   ma ruza,   amaliy   va	
ʼ
laboratoriya   mashg’ulotlari   jarayonida   va   psixologik-pedagogik   amaliyot
jarayonida   «faoliyat   sub ektining   motivatsion   strukturasini   ishlab   chiqish   va	
ʼ
o’zgartirish amalga oshiriladi. Bu rivojlanish ikki yo’nalishda boradi: birinchidan,
shaxsning   umumiy   motivlarining   kreativ   mehnat   faoliyati   motivlariga   aylanishi
kuzatiladi;   ikkinchidan,   kasbiy   faoliyat   motivlarining   dinamikasi   kuzatilib,   u
quyidagilarda ifodalanadi:
‒   bir   qator   eski   motivlarning   evolyutsiyasi   va   kreativ   faoliyatga   undovchi
yangi motivlarning paydo bo’lishida;
‒  ba zi bir motivlarning mutlaq va nisbiy ahamiyatini o’zgartirishda;	
ʼ
‒   motivlar   strukturasining   o’zgartirilishida,   professionalizatsiya   jarayonida
shaxs   ehtiyojlari   o’z   ob ektini   va   faoliyatini   topadi   va   shu   tariqa   kasbiy   motivlar	
ʼ
strukturasini shakllantirish va ularni anglash yuzaga keladi”  [96; 15-b.].
Haqiqiy pedagogik harakatlar strukturalari pedagogik mahorat strukturasini
tashkil   etganidek,   tashqi   omillar   ta sirida   yuzaga   keladigan   kreativ   muhit   va	
ʼ
kreativ   harakatlar   strukturalari   ham   o’z   navbatida   kreativ   muloqot   subyektlari
(o’quvchilar)   o’quv-biluv   faoliyatlari   uchun   yaratiladigan   motivatsion   jarayon
strukturasini   tashkil   etadi.   Ta lim   jarayoni   ishtirokchilarining   kreativ   faoliyatini	
ʼ
ham motivatsion, ham protsessual  tashkil  etuvchilari mana shunday hosil bo’ladi.
Tashqi kreativ muhit kreativ shaxs faoliyatiga o’tadi.
Demak,   kreativ   jarayon   motivatsiyasini   shakllantirish   jarayoni   har   qanday
shaxsda   kreativ   sifatni   shakllantirishning   muntazamligining   alohida   holatidir.
Ularning   asosida   o’zining   harakati   yotadi:   kompyuterni   o’rganish   uchun
kompyuter   sotib   olish;   har   qanday   munosabat,   har   qanday   sababni   shakllantirish
uchun   tegishli   ehtiyoj   paydo   bo’lishi   kerak.   Kreativ   mahsulot   yaratish   uchun
tegishli muhit, xohish va kreativ faoliyatga nisbatan rag’bat mavjud bo’lishi kerak.
Ikkinchi   faoliyatga   undovchi   kuch   -   bo’lajak   boshlang’ich   sinf
o’qituvchisining   texnologiya   fanini   o’qitish   jarayonida   kichik   maktab   yoshidagi
22 o’quvchilarini   kreativ   faoliyatga   undashga   nisbatan   faol   munosabati.   Zero,   faqat
faol   shaxsgina   o’zining   kasbiy   va   kreativ   tafakkurini   rivojlantirish   bilan
shug’ullanadi.   Tom   ma noda   kreativ   faoliyat   yurituvchi   o’qituvchiningʼ
shakllanishi   shaxsning   mayllari,   shaxsiy   xohish-istaklari   va   yuzaga   keluvchi   turli
hayotiy   vaziyatlar   natijasida   shakllanuvchi   muayyan   shaxs   hayotining   holatlariga
qarab tasodifiy jarayon bo’lib qolmoqda.
O’qituvchi   erkin   va   ishonchli   shaxs   bo’lishi   kerak,   shundagina   u   o’zini
kreativ   shaxs   sifatida   ko’rsatadi   va   o’quvchilarda   kreativlikni   tarbiyalash
jarayoniga   ma naviy   javobgarlikni   his   etadi.   Pedagogika   OTMlarining   maqsadi	
ʼ
faqat   oliy   ma lumotli   mutaxassisni   emas,   balki   eng   mas uliyatli   kasb   bo’lmish-
ʼ ʼ
o’qituvchilik   kasbiga   ijodiy   yondashuvchi   mutaxassisni   tayyorlashdir.
O’qituvchiga jamiyatning kelajagi  ishonib topshiriladi, shuning uchun u g’oyaviy
jihatdan   o’ziga   ishongan,   o’z   ishiga   mehr   qo’ygan,   har   tomonlama   rivojlangan,
yuksak   ma naviy-axloqiy   mezonlarga   ega,   chuqur   nazariy   bilim   va   amaliy	
ʼ
ko’nikmalarga ega, har bir ishga psixologik jihatdan tayyor bo’lgan shaxs bo’lishi
kerak.   Texnologik   ta limning   tarbiyaviy   va   ijodiy   yo’naltirilganligini	
ʼ
mustahkamlash, tarmoqni kengaytirish va texnik to’garaklar, fakultetlar va boshqa
birlashmalarning profillari sonini oshirish shaxsning motivatsion sohasiga sezilarli
ta sir   ko’rsatadi.   Maktab   bitiruvchisining   motivlari   tizimida   u   eng   muvaffaqiyatli	
ʼ
ishlayotgan   faoliyat   turiga   yo’naltirilganligi   va   moyilligiga   ko’proq   o’xshash
bo’lganlari ustunlik qiladi.
Uchinchi   faoliyatga   undovchi   kuch   –   fakultetda   texnologiya   fanini   o’qitish
uchun maxsus metodik fan auditoriyasini jihozlanishining zamonaviy xarakteri va
mazmuni.   Bu   vazifa   o’quv   ishlarini   moddiy-texnik   jihozlar   bilan   maksimal
ta minlashdan iborat.
ʼ
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlashda muhim vazifalardan
biri   talabalarning   amaliy   tayyorgarligini   takomillashtirishdir.   Amaliy
tayyorgarlikka   ta sir   etuvchi   eng   muhim   omillardan   biri   -   texnologiya   va   uni	
ʼ
o’qitish   metodikasi   bo’yicha   mashg’ulotlarni   ixtisoslashgan   fan   auditoriyasida
o’tkazish zarurligidir. Barcha mashg’ulotlar, ma ruzalar, amaliy mashg’ulotlar turli	
ʼ
23 ko’rgazmali   qurollar:   jadvallar,   axborot   texnologiyalari,   virtual   ko’rgazmali
qurollar,   illyustratsiya,   texnologik   xaritalar   va   boshqalarni   ko’rsatish   bilan   birga
olib   borilishi   kerak.   Ta lim   jarayonini   tashkil   etishga   bunday   yondashuvʼ
talabalarga   mashg’ulotda   texnologiya   fani   o’qituvchisi   yoki   texnologiya   fani
bo’yicha   dars   olib   boruvchi   boshlang’ich   sinf   o’qituvchisi   ishi,   pedagogik
faoliyatning   ma lum   bir   turi   haqida   tez   tasavvur   hosil   qilish   imkonini   beradi.	
ʼ
Sinfda   har   xil   turdagi   texnik   o’quv   vositalari   (AKTlaridan   tortib   boshqa
jihozlargacha)   ish   holatida   bo’lishi   va   mashg’ulotlar   davomida   ishlatilishi   kerak.
Bu esa ko’zlangan natijada tezroq yetishga imkon beradi.
To’rtinchi   faoliyatga   undovchi   kuch   –   oliy   ta’lim   muassasalarida
texnologiya   fanini   o’qitish   metodikasiga   asoslangan   o’quv-tarbiya   jarayonini
to’laqonli dasturiy-metodik va axborot ta minotining mavjudligidir. Bu faoliyatga	
ʼ
undovchi kuchning mohiyati boshlang’ich sinflarda “Texnologiya” kursini  tashkil
etish   uchun   ham,   oliy   ta limda   “Texnologiya   fanini   o’qitish   metodikasi”   kursini	
ʼ
tashkil   etish   uchun   ham   o’qituvchi   mehnatini   va   talabaning   o’qish   faoliyatini
metodik adabiyotlar bilan dasturiy ta minlashdan iborat.	
ʼ
Bugungi   kunda   boshlang’ich   sinflarda   texnologiya   fani   va   uni   o’qitish
metodikasi  predmetini  o’qitish  uchun kafedrada  bosma va elektron o’quv-uslubiy
majmua   tayyorlanib,   u   o’z   ichiga   ushbu   fanni   o’qitish   uchun   zarur   bo’ladigan
barcha   me yoriy,   metodik   va   dasturiy   materiallarni   qamrab   oladi.   Shuningdek,	
ʼ
talabalarga   bu   fanni   o’qitish   uchun   virtual   didaktik   materiallar   ham
tayyorlanmoqda. Virtual materiallar talabalar va o’qituvchilar uchun foydalanishda
qulayligi,   ijodiy   muhit   yaratishda   turli   internet   materiallaridan   foydalanish
imkoniyati mavjudligi bilan ahamiyatlidir.
Hozirgi kunda pedagog kadrlar tayyorlashda alohida ahamiyatga ega bo’lgan
talabalarning mustaqil ishlari va pedagogik amaliyotni tashkil etish ham professor-
o’qituvchilar tomonidan maxsus metodik tayyorgarlikni talab etadi. Chunki aynan
ana   shu   jarayonda   bo’lajak   o’qituvchilar   uchun   mustaqil   ijodiy   faoliyatni   tashkil
etish   imkoniyati   kengdir.   Talabalarning   texnologiya   fanini   o’qitish   metodikasiga
doir mustaqil ishlari o’quv-kreativ ishlar elementlarini o’z ichiga oladi va ularning
24 ijodiy ishlar bo’lajak o’qituvchilarning ijodiy pedagogik faoliyatni amalga oshirish
qobiliyatini shakllantirish uchun beqiyos imkoniyatlar mavjud. Zero, boshlang’ich
sinflarda   texnologik   ta’limga   kreativ   yondashish   orqali   o’quvchilarning   ijodiy
qobiliyatlari yanada rivojlanadi.
Hozirgi   kunda   maktablar   uchun   ko’plab   o’quv   va   metodik   qo’llanmalar
(asosiy,   sinov,   xorijiy   va   boshqalar)   mavjud   bo’lib,   o’qituvchi   oldida   muammo
paydo   bo’lmoqda:   qaysi   qo’llanmani   tanlash   kerak?   Shuning   uchun   bo’lajak
o’qituvchini   o’quv   va   metodik   qo’llanmani   to’g’ri   baholashga   o’rgatishni
maqsadga   muvofiq,   deb   hisoblaymiz.   Talabalar   mavjud   qo’llanmalarni   mustaqil
tahlil qiladilar va tegishli ma lumotlar jadvalga kiritiladi. To’plangan ma lumotlarʼ ʼ
asosida ular qaysi qo’llanmani asosiy qilib ishlash uchun qabul qilishlari va nima
uchunligi to’g’risida qaror qabul qiladilar.
Talabalarga   texnologiya   ta limi   metodikasi   bo’yicha   ma ruzalar   o’qish   va	
ʼ ʼ
amaliy   mashg’ulotlarni   tashkil   etish   davomida   boshlang’ich   maktab   uchun
malakali mutaxassislarni tayyorlashda kuchli manba bu o’quv, ilmiy-ommabop va
metodik   adabiyotlar   ekanligi   ko’plab   vaziyatlarda   o’z   isbotini   topdi.   Tegishli
xizmatlar,   kutubxona   va   fakultet   o’qituvchilari   sa y   harakatlari   o’laroq   o’quv	
ʼ
jarayonini   o’quv,   ilmiy-ommabop   va   metodik   adabiyotlar   bilan   o’z   vaqtida   va
yetarli   darajada   ta minlash   bo’lajak   boshlang’ich   ta’lim   o’qituvchilarning   kreativ	
ʼ
qobiliyatini rivojlantirish uchun haqiqiy faoliyatga undovchi kuchga aylanadi.
Beshinchi   faoliyatga   undovchi   kuch   –   bo’lajak   boshlang’ich   sinf
o’qituvchilarining texnologiya ta limi metodikasi bo’yicha mashg’ulotlarda va shu	
ʼ
kabi uyda bajariladigan mustaqil ishlari bo’yicha xilma- xil samarali izlanishlari va
ijodiy   faoliyatlaridir.   Mazkur   faoliyatga   undovchi   kuchning   mohiyati   shundan
iboratki:   talabaning   kasbiy   o’sish   yo’lidagi   takomillashuvi   nafaqat
mashg’ulotlarda,   balki   uyga   berilgan   mustaqil   ishlarni   bajarishda   ham   darslarga
tayyorgarlik ko’rishda ham amalga oshirilishi lozim.
Ta lim   sohasida   talabalarni   kreativ   faoliyatga   tayyorlashning   eng   muhim	
ʼ
vazifasini   hal   etish   ta lim   jarayonining   barcha   bosqichlarida   ularning	
ʼ
izlanuvchanlik faoliyatini faollashtirish bilan uzviy bog’liqdir. 
25 Oltinchi faoliyatga undovchi kuch - boshlang’ich ta lim yo’nalishi talabalariʼ
tomonidan   umumta lim   maktablari   va   maktabdan   tashqari   ta lim   muassasalarida	
ʼ ʼ
pedagogik   amaliyotda   kasbiy   mahoratni   maqsadli   o’zlashtirishidir.   Ularning
mohiyati:   turli   ta lim   muassasalarining   barcha   o’qituvchi   va   metodistlari   namuna	
ʼ
bo’lganda to’la tasavvur hosil bo’ladi.
Texnologiya   fani   o’quvchilarni   kreativlikka   o’rgatishda   boshqa   fanlarga
nisbatan bir qancha ustunlikka ega:
1.   Texnologiya   fan   doirasida   yo’lga   qo’yiladigan   o’quvchilarning   mehnat
faoliyati davomida mazmunan ijodkorlik uchun imkoniyatlar juda keng. Umuman,
kreativlik   asosida   inson   mehnati   yotadi.   Bir   topshiriqqa   nisbatan   turlicha
yondashuvlarni   amalga   oshirish,   turli   g’oyalarni   erkin   ifodalash   uchun   ruxsat
beriladi. 
2.   Texnologiya   fani   davomida   bajariladigan   ishlar   aniq   bir   standartlar
asosida baholanmaydi – bu yerda asosan o’quvchilarning kreativligiga yuqori baho
beriladi. 
3.   Texnologiya   fani   kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchilar   o’yin   faoliyatiga
ham   yaqin   bo’lib,   bu   o’quvchilarni   har   bir   daqiqadan   samarali   foydalanishga,
zerikishlarini   oldini   olishga,   qolaversa,   ijodkorlikning   rag’batlantirilishiga   olib
keladi. 
4.   Texnologiya   faniga   oid   ijodiy   mashg’ulotlar   va   yaratilayotgan   kreativ
muhit   o’quvchilarni   juda   tez   o’ziga   jalb   etadi.   Shuningdek,   bitta   muammoning
yoki bitta topshiriqning bir qancha yechimini topishni o’rganadilar.
Yettinchi   faoliyatga   undovchi   kuch   -   boshlang’ich   sinflarda   texnologiya
ta limi metodikasi bo’yicha fakultet o’qituvchilarining pedagogik kasbiy mahorati.	
ʼ
Pedagogik   ta lim   jarayonining   harakatlantiruvchi,   faoliyatga   undovchi   kuchlari	
ʼ
majmuasining   bu   tuzilishi   o’ziga   xosligi   bilan   xarakterlidir.   Uning   samaradorligi
texnologiya   ta limi   usullarini   ishlab   chiqish   va   bo’lajak   boshlang’ich   sinf	
ʼ
o’qituvchilarini   kreativ   faoliyatga   tayyorlashning   rasmiy   ko’rsatkichlari   bilan
tasdiqlanadigan pedagogik mahoratning eng yorqin belgilaridan biri. 
Yuqorida bayon etilgan pedagogik ta limning faoliyatga undovchi kuchlari	
ʼ
26 texnologiya   fanini   o’qitish   metodikasi   predmeti   bo’yicha   tashkil   etiladigan
mashg’ulotlar,   professor-o’qituvchilarning   tajribalari,   talabalarning   o’quv-biluv
faoliyatini   o’rganish   asosida   aniqlandi.   Ular   o’quv   tizimi   kasb-hunar   ta limʼ
usullarini   ishlab   chiqish   paytida   barcha   faoliyat   qismlarini   o’zida   aks   ettirganiga
amin   bo’lish   mumkin:   dastlabki   ikkitasi   –   talabalar   faoliyatiga,   uchinchi   va
to’rtinchilari   -   OTM   metodik   ta minot   mas ullari   va   fakultetdagi   o’quv-tarbiya	
ʼ ʼ
jarayoni  tashkilotchilari, beshinchi, oltinchi hamda yettinchi raqamdagi faoliyatga
undovchi   kuchlar   o’qituvchilar   -   haqiqiy   mutaxassislar,   umumiy   pedagogik   va
metodik   g’oyalarning   malakali   talqinchilari,   o’rnatilgan   intizomning   izlanuvchan
va ijodiy salohiyatini o’z ichiga oladi.
I bob bo’yicha qisqacha xulosa
Ushbu bobda boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalarini texnologik ta’limda
kreativ o’qitishning nazariy pedagogik asoslari tahlil qilinib, bo’lajak boshlang’ich
ta’lim o’qituvchilarining faolliklarini oshirishdagi kreativ yondashuvlar o’rganildi.
Kreativlik,   o’qituvchilarda   kreativ   faollikni   shakllantirish   orqali   pedagogik
faoliyatni   rivojlantirish,   kreativ   o’qituvchining   xususiyatlari,   kreativlik
parametrlari,   klassifikatsiyasi   va   aspektlari,   kreativ   ko’nikmalarni   shakllantirish
yo’llari   keltirib   o’tilgan.   Shuning   bilan   birga   bo’lajak   boshlang’ich   sinf
o’qituvchilarini   texnologik   ta lim   jarayoniga   kreativ   yondashuvga   tayyorlash	
ʼ
jarayonidagi   ziddiyatlar   va   pedagogik   ta’limning   faoliyatga   undovchi   bir   qancha
kuchlari   ko’rib   chiqilgan.  Unda   texnologik  ta’limda  kreativ   g’oya,   reja  va   muhit,
kreativ   faoliyat,   o’quvchilarni   kreativlikka   o’rgatishda   texnologik   ta’limning
afzalliklari ketirib o’tilgan.
Texnologiya   fanini   kreativ   yondashuv   asosida   tashkil   etuvchi   o qituvchi	
ʼ
faoliyatida har bir jarayonni o ziga xos yangiliklar bilan boyitib borish, ijodkorlik,	
ʼ
sezgirlik,   yuzaga   kelgan   muammolardan   zavqlanish   va   ularning   yechimida
noan anaviy uyg unliklardan foydalanish kabi sifatlar namoyon bo ladi.	
ʼ ʼ ʼ
27 II BOB.  BO’LAJAK BOSHLANG’ICH TA’LIM O’QITUVCHILARINI
TEXNOLOGIK TA’LIM JARAYONIDA KREATIV YONDASHUVGA
TAYYORLASH NING  MAZMUN MOHIYATI
2.1-§.  Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalarini texnologik ta’limga kreativ
yondashuvini  shakllantirishning nazariy va amaliy muammolarini o’rganish
Bo lajak   o qituvchilarning   kreativ,   kommunikativ,   ochiqlik,   ma lumotʼ ʼ ʼ
darajasi   hamda   ijtimoiy   mavqega   ega   bo lgan   turli   yoshdagi   shaxslar   bilan	
ʼ
muomala   qilishning   turli   xil   variantlariga   tayyor,   boshqalarga   namuna   bo lishi	
ʼ
kerakligi   ta kidlanmoqda.   Shunga   ko’ra,   mutaxassis   kadrlarni   tayyorlashning	
ʼ
zamonaviy   tizimida   ta’lim   jarayonlarini   loyihalashtirish   ko’nikmasini
rivojlantiradigan   psixologik-pedagogik   va   kasbiy-ijodiy   yo’nalishlarni
integrastiyalash   negizida   bo’lajak   mutaxassisning   kasbiy   kompetentligini
shakllantirishga   alohida   urg’u   berilmoqda.   Bu   esa   bo’lajak   boshlang’ich   ta’lim
o’qituvchilarining   moslashuvchan,   dinamik,   o ziga   xos   ijodkor   bo lishi,	
ʼ ʼ
innovatsion   kasbiy   faoliyat   olib   borishi   uchun   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Dunyoda   innovatsion   rivojlanishning   global   vazifalaridan   biri   insonlarda
kreativlikni   shakllantirishdir.   Bunda   yangi   g’oyalar   ishlab   chiqarish,   murakkab
jarayonlarda   yechim   topa   bilish,   kasbiy   faoliyatga   ijodiy   yondashish,   oqilona
tavakkalchilikka   bo’lgan   qobiliyat,   kasbiy   barkamollik   kabi   harakatlar   nazarda
tutiladi.   Jahon   miqyosida   pedagog   kadrlarining   ijodiy   salohiyati,   texnologik
kompetentligi   va   kreativligini   rivojlantirish,   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari   va   dasturlari   orqali   o’qitishning   innovattsion   texnologiyalardan
kompleks   foydalanish   orqali   ijtimoiy-iqtisodiy   yuksalishning   intellektual
resurslarini hamda ta lim mazmuniga mos o’qitishning zamonaviy o’quv-metodik	
ʼ
ta minotini   ishlab   chiqish,   o’quv   materiallarini   mazmunan   takomillashtirish	
ʼ
zaruriyati   yuzaga   kelmoqda.   Mazkur   zaruriyatdan   kelib   chiqib,   texnologik   ta’lim
jarayonida   bo’lajak   o’qituvchilarning   kreativligini   rivojlantirish   metodikasini
takomillashtirish,   zamonaviy   didaktik   vositalarini   ishlab   chiqish,   elektron   ta lim	
ʼ
28 resurslaridan,   innovatsion   texnologiyalardan   foydalanish   imkoniyatlarini
kengaytirish   hamda   o’quv-uslubiy   ta minot   tizimini   shakllantirish   dolzarbʼ
vazifalardan biridir [79]. 
Kreativ o’qitishdan maqsad – talabalarning kreativligini rivojlantirish orqali
ularni innovatsiyalarni yaratishga yo’naltirish; muammoli faoliyat turlarini amaliy
tahlil   qilish,   muammolarni   mustaqil   anglash,   o’z   imkoniyatlarini   rivojlantirishga
sarflashdir.   Bularning   barchasi   kreativ   o’qitishga   bo’lgan   ehtiyojni   talab   qiladi.  
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarining   texnologik   ta’limga   kreativ
kompetentligini   va   pedagogik   mahoratini   rivojlantirish   hamda   ularning   ijodiy
fikrlashini   kreativ   o’qitish   metodlari   va   innovatsion   texnologiyalari   yordamida
takomillashtirish ahamiyatlidir [70]. 
Ta’lim-tarbiya   va   rivojlanish   birligini   ta’minlash   o’qitish   jarayonining
vazifasi hisoblanadi. Ta’lim beruvchilarning ya’ni o’qituvchilarning ilmiy-nazariy
va   amaliy   bilimlarini   oshirishda   ularning   shu   kasbga   bo’lgan   qiziqishi   va
kreativligini   rivojlantirish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Aslida   olganda,   kreativlik
yangi   original   (o’ziga   xos)   yanada   sayqallangan   moddiy   va   ma’naviy
bog’liqliklarni   o’zgacha   usulda,   holatda   yaratishdir.   Kreativlikni:   ijodga   intilish,
hayotga   ijodiy   yondashish,   o’ziga   doimiy   tanqidiy   nazar   solish   va   tahlil   etish
deyish   mumkin.   Demak,   bo’lajak   pedagoglarda   kreativlikni   shakllantirishning
ahamiyati katta ekan. 
Bo’lajak   pedagoglarda   kreativlikni   shakllantirishning   bir   nechta   shartlari
mavjud: 
‒  qiziqarli, murakkab vazifalar, aniq maqsad va vaqt bilan ta’minlash;  
‒  kreativlik hissini yuzaga keltirishini anglatish; 
‒  bezovtalik va qo’rquv hissidan xalos bo’lishga yordam berish; 
‒   kreativ   fikrlash   ko’nikmalarini   boshqa   ko’nikmalar   bilan   rivojlantirishga
yordam berish.
  Shunday   qilib,   kreativlik   –   ta’lim   jarayonini   tashkillashtirishni   o’zida
mujassamlashtirib,   kreativ   o’qitish   jarayonini   shakllantirish,   kreativ   o’qitish
metodlari va innovatsion texnologiyalari orqali kasbiy-texnologik bilimlar olish va
29 kreativ   salohiyatni   oshirish,   turli   uslublardan   ko’nikmalar   muvozanatini
rivojlantirishda   foydalanish,   talabalarning   ta’lim   dasturlarini   shakllantirishda   faol
ishtirok etishni o’z ichiga oladi. 
Ta’lim   mazmuni   darajasi   insonlarning   tabiat,   jamiyat,   insoniyat   haqidagi
bilimlariga,   inson   imkoniyatlari   natijasida   yaratilgan   faoliyat   turlari   yuzasidan
egallagan   bilimlariga   va   muammolarni   yangicha   yechimini   topish,   dunyoni
anglash   kabi   qobiliyatlariga   qarab   aniqlanadi.   Shuning   uchun   bo’lajak
boshlang’ich   ta’lim   o’qituvchilari   tahsil   olayotgan   boshlang’ich   ta’lim   yo’nalishi
o’qituvchilarining   kreativligini   oshirish   uchun   ularning   professional   kreativligini
rivojlantirishda   motivatsiya   alohida   o’rin   tutadi.   Bo’lajak   o’qituvchilarining
texnologik   ta’limga   kreativ   yondashishini   rivojlantirishda   motivatsiyaning   turli
usullaridan   foydalanadi.   Ularni   tanlab   olishda   fan   va   texnikaning   eng   so’ngi
yutuqlari   va   kashfiyotlaridan   foydalanish   kerak.   Buning   uchun   qilayotgan   ish
mazmunini   yaqqol   tasavvur   qilgandagina   ishga   ongli   ravishda   kirishadi.
Texologiya   ta’limida   izchillik   tamoyili   talabadan   kreativ   yondashishni
rivojlantirishda didaktika qoidalariga amal qilishni  talab etadi: masalan, oddiydan
murakkabga, ma’lumdan noma’lumga va b [79]. 
O’quvchilarga   mavzularni   o’tishda   yoki   texnologik   muammolarni   yechishda
o’qituvchi   darsni   shunday   rejalashtirishi   kerakki,   o’quvchilarning   har   biriga
berilayotgan   bilim,   ma’lumot   tushunarli   bo’lsin.   Shuning   uchun   boshlang’ich
ta’lim   yo’nalishi   talabalarini   texnologik   ta’limda   kreativ   rivojlantirishda   yoshi   va
individual xususiyatlari  hisobga olinishi  talab etiladi. Bu esa o’qituvchi o’z ilmiy
saviyasini   izchil   ravishda   oshirib   borishi   zamonaviy   pedogogik   texnologiyalar,
kashfiyotlar   va   ilmiy   yangiliklardan   xabardor   bo’lishi   lozimligini   isbotlaydi.
Boshlang’ich   ta’lim   yo’nalishi   talabalarini   texnologik   ta’limda   o’rganayotgan
bilimlar,   albatta   nazariy   tasdiqlangan   va   amalda   sinalgan   bo’lishi   kerak.  
Boshlang’ich   ta’lim   yo’nalishi   talabalarini   texnologik   ta’limda   kreativligi:
kreativ o’qitish uchun maxsus tashkiliy - pedagogik shartlar; ta’lim texnologiyalari
va   pedagogik   kompetentlik   moduli   mashg’ulotlarida   bo’lajak   boshlang’ich   sinf
o’qituvchilarining kreativligini rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilsa ortadi. 
30 Tashkiliy-pedagogik   shartlar   –   muayyan   metodologiyani   qo’llash
samaradorligi   bilan   bog’liq   bo’lgan   zarur   va   yetarli   darajada   muhim   shartlar
majmuini nazarda tutiladi. Tashkiliy-pedagogik shartlarning zaruriyati pedagogik-
psixologik,   o’quv   metodik   adabiyotlar,   moddiy   texnik   ta’minoti,   o’quv
laboratoriya   xonalari,   bo’lajak   o’qituvchilarning   texnologik   ta’limga   oid
kreativligini rivojlantirish oliy ta’lim muassasalarida o’quv modullari bo’yicha olib
borilgan   tahlillar   natijasida   ifodalanadi.   Pedagogik   va   texnik   bilimlarning
integratsiyasi asosida bo’lajak o’qituvchilik kasbi egasini tayyorlash, uning kasbiy-
pedagogik   faoliyatini   modellashtirish,   o’z   kasbining   mohir   egasini   tayyorlash
jarayonini   standartlashtirishning   metodologik   asoslari,   kasbiy   pedagogik
shakllanganlik   darajasini   baholash   muhim   omil   hisoblanadi.   Buning   uchun
quyidagi tashkiliy-pedagogik shartlarning bo’lishi talab qilinadi: 
2.1-rasm. Pedagogik faoliyatning tashkiliy-pedagogik shartlari.
Yuqorida berilgan har bir tashkiliy - pedagogik shartlarga alohida to’xtalamiz.
31 Birinchi   shart.   Motivatsiya   -   bu   har   bir   faoliyatga,   jarayonga,   harakatga
sabab   bo’lgan   turtki.   Shuning   uchun   bo’lajak   o’qituvchilar   tahsil   olayotgan
yo’nalishida   texnologik   ta’limga   oid   kreativligini   oshirish   uchun   ularning
professional kreativligini rivojlantirishda motivatsiya alohida o’rin tutadi. Bo’lajak
boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarining   texnologik   ta’limga   oid   kreativligini
rivojlantirishda   motivatsiyaning   turli   usullaridan   foydalanadi.   Har   bir
mashg’ulotda   talabalarning   ijobiy   his-tuyg’ularga   duch   kelishi   muhimdir,
shundagina   u   o’ziga   bo’lgan   ishonchga   ega   bo’ladi   va   ta’limga   bo’lgan   qiziqishi
ortadi. 
Ikkinchi   shart.   Fikrlash   -   bu   ong,   xulq-atvori,   ichki   aqliy   harakatlar   va
davlatlar, o’z tajribasi, shaxsiy tarkibi mavzusida o’z-o’zini tahlil qilish jarayoni va
natijasi.   Fikrlash   orqali   shaxs   o’z   harakatlarini   tahlil   qiladi   (muvaffaqiyatli   yoki
muvaffaqiyatsiz). Bunda o’z - o’zini boshqarish va nazorat qilish mexanizmlari aks
ettirilgan   bo’ladi.   Fikrlash   yordamida   ta’sirning   qanchalik   izchil,   maqsadga
muvofiq   va   samarali   ekanligi   va   oldindan   rejalashtirilgan   natijaga   qanchalik
erishilganligi, yaqin kelgani yoki kelmagani aniqlanadi. 
Uchinchi shart.   Tashkiliy-pedagogik shartlarning uchinchi shartini bajarish
uchun   pedagogik   innovatsiyaga   asoslangan   o’quv   -   metodik   ta’minot   yaratilishi
lozim.   O’quv   jarayonini   o’quv-metodik   ta’minoti   bo’lajak   o’qituvchilarning
texnologik   ta’limga   oid   o’quv   faoliyati   uchun   asosiy   darsliklar,   o’quv
qo’llanmalari   va   axborot   resurslarini   o’z   ichiga   oladi,   ya’ni   o’quv   jarayonini
tashkil   etish   uchun   qo’llanmalar   va   axborot   resurslarining   to’plami,   o’quv
jarayonini amalga oshirish uchun moddiy-texnika shart-sharoitlari majmui. O’quv
jarayonini o’quv-metodik jihatdan qo’llab-quvvatlash, o’quv-metodik ta’minotlarni
ishlab   chiqish,   o’quv   texnologiyalarini   rivojlantirish   va   innovasion   ta’lim
texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadi. O’quv-metodik majmua o’qitishning
barcha me’yoriy va didaktik jihatlarini o’z ichiga qamrab oladi. 
To’rtinchi   shart.   Bo’lajak   boshlang’ich   ta’lim   o’qituvchilari   texnologik
ta’limga   oid   kreativ   sifatlarga   ega   bo’lishlari   uchun   o’quv   faoliyatida,   shaxsiy
sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish,
32 ularning   ilg’or   pedagogik   yutuq   va   tajribalarni   mustaqil   o’rganish,   shuningdek,
texnologik bilim, ko’nikmalarni egallashlariga e’tibor qaratiladi. 
Beshinchi   shart.   Bo’lajak   boshlang’ich   ta’lim   o’qituvchilarining   texnologik
ta’limga   oid   kreativligini   rivojlantirishda   o’qitish   jarayonining   tashkil   etish
sharoitlari   bo’yicha   tushuncha   va   tasavvurlarni   shakllantirish   hamda   texnologiya
ta’limi   praktukumi   fanini   o’qitishda   ma’lum   jihatlariga   tayyorgarlik   ko’rishi
shuningdek,   texnologik   bilim,   ko’nikma,   malakaga   va   moslashishi   muhim
ma’lumotlarni inobatga olishi orqali amalga oshadi. 
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarning   texnologik   ta’limda   kreativ
ijodkorligiga   baho   berish,   ta’lim   sharoiti   bilan   tanishish,   sohani   yaxshi   bilish
shuningdek, texnologik bilim, ko’nikmalarni bilishi: bularning hammasi nazariy va
amaliy mashg’ulotga tegishlilik shart-sharoit haqidagi ma’lumotlar sanaladi.
2.2-rasm. Nazariy va amaliy mashg’ulotlarning shart-sharoitlarini aniqlash tizimi.
1.  Bo’lajak   o’qituvchilarning   texnologik   ta’limga   bo’lgan  ehtiyoji   amaliyot
o’qituvchisi   tomonidan   qondirilishi   lozim.   Bu   bo’lajak   boshlang’ich   ta’lim
o’qituvchilarining kelajakdagi  kasbiy faoliyati uchun kerakli bilim, ko’nikmalarni
rivojlantirishga   va   xulqini   yaxshilashga   bo’lgan   ehtiyojdir.   Amaliyot
o’qituvchisiga   qo’yiladigan   talab   ham   mashg’ulotlar   davomida   uning   o’zi   eng
yaxshi   natijalarga   erishishiga   qaratilishi   lozim.   Uning   mashg’ulotlari   samarali,
sifatli va har bir o’quv jarayoniga iloji boricha moslashtirilgan bo’lishi kerak. Ko’p
hollarda   amaliyot    o’qituvchisi    tomonidan   mashg’ulotlarning   sifati  bo’lajak
33 o’qituvchilarning o’zlashtirgan bilimlarga berilgan baho bilan o’lchanadi.
2. Shart-sharoitlar 3 tomondan tahlil qilinadi: huquqiy, tashkiliy va texnik.
Bo’lajak   o’qituvchilarni   kreativ   rivojlantirishning   huquqiy   shart-sharoitlari
ta’lim jarayoniga taalluqli bo’lgan o’quv rejasi va boshqa me’yoriy hujjatlari bilan
bog’liqdir   [76].   O’qituvchilarni kreativ rivojlantirishning huquqiy shart-sharoitlari
ta’lim jarayoniga taalluqli bo’lgan hujjatlariga quyidagilar kiradi: 
‒  kasbiy yo’nalish yoki mutaxassislik o’quv rejasi; 
‒  o’quv rejasiga mos fan dasturi; 
‒  o’quv rejasiga mos ta’lim kursi; 
‒  mavzu, amaliy ko’nikmalar; 
‒  bilim va ko’nikmalarni baholash mezonlari. 
Mazkur   me’yoriy   hujjatlar   orqali   ko’zlangan   va   o’quv-me’yoriy   hujjatlarida
oldindan belgilab qo’yilgan mavzular  o’rgatilishi  uchun quyidagilar  ta’minlanishi
zarur:
‒  kasb-hunar guruhi;
‒  o’quv-didaktik materiallar;
‒  sinf taxtasi, «flipchart», «Pinvand»lar; 
‒  proektorlar, videoapparatlar; 
‒  jihoz, asbob va uskunalar; 
‒  o’qish joyi o’qish vaqti va davomiyligi ta’minlab berilishi kerak.
3.   O’qituvchilarni   kreativ   rivojlantirishning   tashkiliy   shart-sharoitlari
umumkasbiy   fanlar   bo’yicha   mashg’ulotlarni   tashkil   qilish   borasidagi   zaruriy
talablar: 
‒  o’qitish joyini tanlash; 
‒  dars va amaliy mashg’ulotlar vaqti va davom etishi; 
‒  amaliy namoyishlarga tayyorgarlik ko’rish; 
‒  tashkiliy hujjatlar va ish joyini tayyorlash. 
Boshlang’ich   ta’lim   yo’nalishi   talabalarining   texnologik   ta’limga   kreativ
yondashishini   rivojlantirishning   texnik   shart-sharoitlarga   fan   bo’yicha   jildlar   va
moslamalar,   yordamchi   audiovizual   vositalar,   o’qitish   va   o’rganish   vositalari
34 (doska,   flipchart,   proektor,   videomagnitafonlar)   ning   mavjudligi   va   ularning
yaroqliligi,   shuningdek,   elektr   toki,   suv,   havo   bosimi   va   hokazolarning   borligi
bilan   uzviy   bog’liqdir.   Dars   olib   boruchi   o’qituvchi   zaruriy   shart-sharoitlar
mavjudligiga   va   texnik   moslamalarni   istalgan   paytda   ishlatish   mumkinligiga   har
doim ishonch hosil qilishi kerak.
Mazkur   tahlillar   amaliy   mashg’ulotlarning   mazmunini   tanlash,
mo’ljallangan   maqsadlarga   erishish   va   kerakli   vaqt   doirasini   belgilash   uchun
zarurdir. Maqsad esa mazmunni belgilaydi. Demak, bo’lajak o’qituvchi ko’zlagan
maqsadiga   erishishi   uchun   o’zida   kreativlik   sifatlarini   shakllantirishi   va
rivojlantirishi kerak ekan.
2.1-jadval 
O’qituvchi shaxsiga xos bo’lgan kreativlik sifatlari
Shaxsga xos kreativlik sifatlar
  Ijodkorlik   Mantiqiy fikrlash qobiliyati
  Sezgirlik   Tafakkur va nutqning to’la-to’kis rivojlanganligi
  Tavakkalchilik     Boshqalarnikiga o’xshamaydigan orginal          
  g’oyalarni ilgari sura olish 
  Tashabbuskorlik    Diqqat va xotiraning mustahkamligi
  Noodatiy fikrlash   Tafakkur tezligiga egalik
  Boy tasavvurga egalik   Tavakkal qila olish qobiliyati
His-hayajonga boylik   Tafakkur tezligi asosida yangi qarorlarni qabul   
  qilish malakasi
Mazkur   sifatlarga   ega   bo’lajak   boshlang’ich   ta’lim   o’qituvchisi   kreativlik
orqali o’quvchilarida quyidagi sifatlarni shakllantira oladi:
‒   g oyaviy ijodkorlik, yaratuvchanlik;ʼ
35 ‒   ijodiy fikrlash, dunyoga ijodkorlik nigohi bilan qarash;
‒   eng orginal yechimalar va fikrlarni topish;
‒   mustaqil fikrlash va fikrini dalillay olish qobiliyati;
‒   guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash;
‒   tengdoshlari orasida o z g oyalarini erkin bayon qilish;ʼ ʼ
‒   bilimlarini hech qanday ruhiy to siqlarsiz namoyish etish;	
ʼ
‒   muammoni hal qilishga ijodiy yondashish;
‒   guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy yaqinlikka erishish;
‒   o z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to liq namoyon qila olish;	
ʼ ʼ
‒   fikrlash,   fikrlarini   umumlashtirish   va   ular   orasidan   eng   muhimlarini
saralash;
‒   o z imkoniyatlari va kuchiga ishonch.
ʼ
Yuqoridagilarga   ko’ra   bolalarda   kreativliklikni   qancha   erta   shakllantirishni
erta boshlasak, shuncha maqsadga muvofiq bo ladi. Chunki, kreativlik ham bilim	
ʼ
va   tajribaga   asoslanadi   hamda   kishilarda   bilimlarni,   tajribani   hosil   qilish   uzoq
muddat davom etadigan jarayon.
Texnologiya   fanini   kreativ   yondashuv   asosida   tashkil   etuvchi   o qituvchi	
ʼ
faoliyati quyidagi sifatlarga ega bo ladi:	
ʼ
-   Har   bir   mashg ulotni   o ziga   xos   yangiliklar   (o quvchilar   uchun   “syurpriz”	
ʼ ʼ ʼ
lar) bilan boyitib borish;
- Muammolar yechimiga noan anaviy yondashish;	
ʼ
-Yuzaga   kelgan   muammolardan   zavqlanib,   ularning   yechimida   noan anaviy	
ʼ
uyg unliklardan foydalanish;	
ʼ
- Ba zan mavzuga aloqador bo lmagan savollar, topshiriqlardan foydalanish.	
ʼ ʼ
Demak, bo’lajak boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari uchun texnologik ta’lim
bo’yicha   barcha   zarur   bilim   va   tajribalar   bilan   birgalikda   boshqa   yo’nalishlar
bo’yicha   ham   chuqur   bilimlarga   ega   bo’lishi   muhimdir.   Bilimlarni   yetkazishda
turli   qiziqarli   amaliy   topshiriqlar   va   innovatsion   usullarga   ega   bo’lgan   shaxs
sifatida namoyon bo’ladi. Buning uchun boshqa boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari
oldidagi   obro’-e’tibori   va   doimiy   o’zi   ustida   ishlashi   hamda   “har   sohadan
36 xabardor” bo’lishi talab etiladi. Texnologik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich
sinf   o’qituvchilari   amaliy   mashqlarni   va   muammoli   vaziyatlarni   bilishi   va
vaziyatlardan   kelib   chiqib   to’g’ri   maslahat   bera   olishi   uchun   u   vaqt-vaqti   bilan
ushbu   amaliy   mashqlarni   o’zi   tez-tez   qaytarib   turishi   lozim.   Buning   uchun   esa,
bugungi   davr   boshlang’ich   sinf   o’qituvchisi   soha   bo’yicha   yangi   zamonaviy
adabiyotlarga ega bo’lishi va ko’p o’qish uchun o’zida turtki, shuningdek, qiziqish
his etishi kerak.
2.2-§.  Kreativ yondashuv asosida texnologik ta’limni talabalarga o’rgatish
modeli
Texnologiya   fanini   o’qitish   metodikasi   bo ’ yicha   tuzilgan   ko’plab   dastur lar,
darslik   va   qo’llanmalar   talabalarni   pedagogika,   psixologiya,   umumkasbiy   hamda
maxsus fanlardan olgan bilim va ko’nikmalarini amalga tadbiq etish, umumiy o’rta
ta’lim   maktabi   o’quvchilarida   umummehnat,   kasb   tanlashga   yo’llash   va
umumkasbiy bilim va ko’nikmalarni shakllantirishning metodlari, dars berishning
shart-sharoitlari,   tashkiliy   shakllari   hamda   metodlari,   shuningdek,   o’quvchilarda
kasblarga   oid   bilim   berish   va   ko’nikish,   moslashish   va   tanlash,   kasbni
shakkllantirish   yoki   boshqa   kasbni   tanlash,   tashkiliy   shakllari   hamda   vositalari,
shuningdek,   ularga   oid   rejalashtiruvchi   hujjatlar   mazmuni   bilan   tanishtirish
masalalarini qamraydi.
Kreativ   yondashuv   asosida   texnologik   ta’limni   talabalarga   o’rgatishdan
maqsad   –  talabalarni   har  tomonlama  barkamol  rivojlangan,  hozirgi  zamon   ruhida
tarbiyalangan,   bozor   iqtisodiyoti   davrida   ta’lim-tarbiya   ishini   tashkil   etish   va   uni
amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol
g’oyasi,   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarimizni   chuqur   his   etib,   ularni   ta’lim-
tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs ya’ni to’g’ri kasb tanlashga yo’llovchi
o’qituvchi sifatida shakllantirishdir. Buning uchun bir qancha vazifalarni bajarish:
pedagogik-psixologik   bilimlarni   o’quvchilarda   umummehnat,   kasb   tanlashga
yo’llash va umumkasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq
37 etish;   pedagogik–psixologik   bilimlar,   bevosita   tanlangan   sohalarga   va   yangi
pedagogik,   axborot   texnologiyalari   asosida   metodik   muammolarni   hal   etish;
maktablarda   texnologiya   darslarini   o’qitishni   tashkil   etishda   kreativ   yondashish
hamda uni amalga oshirish metodikasini o’rgatish zarur.
Texnologik   ta’limni   o’zlashtirish   jarayonida   amalga   oshiriladigan   masalalar
doirasida bakalavr:
- Texnologiya   fanini   o’qitish   metodikasi   bo’yicha   ta’lim   mazmunining
uzviyligi   va   o’zaro   bog’liqligi   va   texnologiya   fanining   umumiy   o’rta   ta’lim   fanlari
bilan   o’zaro   aloqasi,   texnologiya   fanining   ishlab   chiqarish   bilan   bog’liqligi   asosida
texnologiya   fanining   rivojlanish   istiqbollari,   texnologiya   va   ishlab   chiqarish
jarayonida   uzluksizlikni   ta’minlash,   texnologiya   fanida   didaktik   tamoyillar,   dars
shakllari,   metodlari,     o’quv   moddiy   bazasini   tashkil   etilishi   va   texnologiya   fanida
tuziladigan   o’quv   me’yoriy   xujjatlar,   davlat   ta’lim   standartlarining   ishlab   chiqilish
mezonlari va unga qo’yiladigan talablarni bilishi kerak; 
- O’quvchilarning mehnat tayyorgarligi bo’yicha o’quv rejasi va dasturlar
mazmunini; o’quv jarayonini tashkil etish va texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi
xujjatlarni   ishlab   chiqish,   texnologiya     darslarini   olib   borish   ko’nikmalariga   ega
bo’lishi kerak; 
- Ta’lim   muassasalari   va   ishlab   chiqarish   korxonalari   o’rtasida   aloqalar
o’rnatishni   bilishi ,   malaka   hosil   qilishi   va   amalda   qo’llay   olishi   bilan   birgalikda
mashg’ulotlarni   o’tkazish,   o’quv   jarayonini   rejalashtirish,   tarbiyaviy   tadbirlarni
o’tkazish, o’quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash bo’yicha turli testlardan
foydalanish, bandlik xizmati bilan ishlash, o’quvchilarning individual xususiyatlarini
aniqlash bo’yicha turli testlardan foydalanish, ota-onalar va jamoat tashkilotlari bilan
ishlash, texnologiya darslarini tashkil etish  bilan bog’liq barcha hujjatlarni tayyorlash,
o’quvchilar   bilimini     baholay   olish,   mahalliy   materiallardan   foydalanish,   dars
ishlanmalarini   tuza   olish   va   tahlil   qila   olish,   darslarni   yangi   pedagogik   va   axborot
texnologiyalardan   foydalanib   tashkil   qilish   va   o’tkazish       malakalariga   ega   bo’lishi
kerak.    
Texnologiya va  uni o’qitish  metodikasi umumkasbiy  fan hisoblanadi va u
38 talabalar ga   7 yo 8 semestrlarda o’qitiladi. Talabalar fanni o’zlashtirish jarayonida
ishlab   chiqarish   bilan   bog’liq   bo’lgan   barcha   sohalar,   ularda   qo’llaniladigan
texnologik   jarayonlar   hamda   ishlab   chiqarish   munosabatlari   to’g’risida   to’liq
tassavurga ega bo’ladi va texnologiya fanini o’qitish metodikasi fani umumiy o’rta
ta’lim   maktablarida   o’quvchilarni   texnologiya   darslarida   mehnat   jarayoni   haqida
dunyoqarashni   shakllantirishga,   umummehnat   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini
egallashlarini ta’minlaydi. Buning natijasida,  kreativ yondashuv asosida texnologik
ta’limni talabalarga o’rgatish modeli  ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Model biror bir obyekt, holat, tizim yoki sistemaning alohida xususiyatlarini
aks   ettiruvchi   obraz   bo’lib,   lotin   tilidan   tarjima   qilganda   “modulus”   –   mezon,
analog,   namuna   ma’nolarini   anglatadi.   Ensiklopediyada   modelga   “biror   obyekt
yoki   obyektlar   tizmining   obrazi   yoki   namunasi”   sifatida   ta’riflanadi   [30;   41-b].  
Model real voqelikni, tizim yoki konsepsiyaning tadqiq etish imkoni beradi.
Tadqiqot vositasi  sifatida model tadqiqot obyekti haqida to’liq ma’lumotlar olish,
uni   real   vaziyatda   sinovdan   o’tkazish   va   natijani   prognozlash   imkonini   yaratadi.
Shu   sababli   turli   sohalarga   oid   zamonaviy   tadqiqotlarda   ham   model   yaratish   va
modellashtirish usulidan keng foydalaniladi.
Bo’lajak   o’qituvchilarni   kreativ   faoliyatga   tayyorlash   borasidagi
tadqiqotimiz   davomida   talabalarda   texnologik   ta’limga   kreativ   yondashuvini
shakllantirish modelini ishlab chiqish zarur ekan. 
Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarini   ta’lim   jarayonida   kreativ   muhit
yaratishga   o’rgatish   modelini   ishlab   chiqishda   ushbu   muammoga   aloqador   bir
qancha   modellarni   ko’rib   chiqdik.   Shaxs   kreativ   faoliyatini   tashkil   etish,   kreativ
xulq-atvor, kreativ muhit yaratish tajribalariga doir qator modellar ishlab chiqilgan
bo’lib,   ushbu   modellarni   o’rganib   chiqish   tadqiqotimiz   maqsadi   bo’lgan
texnologiya fanini o’qitish jarayonida kreativ muhit yaratishga tayyorgarlik ko’rish
muammosi tadqiqida muhim ahamiyatga ega deb hisobladik.
Masalan ,   bolaning   ijodiy   xulq-atvor   modeli   Vilyams   quyidagi   ko’rinishda
ishlab chiqqan:
39 2.2-jadval 
Bolaning ijodiy xulq-atvor modeli
Ijodiy omillar MazmuniK
ognitiv-intellektual ijodiy om
illar
Tafakkurning   ravonligi   (Imkon
boricha   yanayam   ko’p   narsa   o’ylab
topish) Ko’proq   g’oyani   ishlab   chiqish.
Birgina   emas,   balki   bir   nechta
muqobil javoblar topish.
Tafakkurning   moslashuvchanligi.
Turli   xil   yondashuvlardan
foydalanish G’oyalar   turning   ko’pligi.   Turli
xil   kategoriyadagi   g’oyalardan
foydalana   olish   qobiliyati.   Fikrni
to’g’ri yo’naltira olish.
Tafakkurning orginalligi.
  Fikrlashning   yangi   va   noan’anaviy
usullari Noodatiy   javoblar.   Orginal   va
nostandart   g’oyalar.   Odatiylik   va
umumiylikdan chiqish.
Tafakkurning ishlovchanligi G’oyalarni   boyitish.   G’oya   yoki
javobni   boyitish,   kengaytirish,
qiziqarliroq   qilish.   Asosiy   g’oyaga
o’zgartirish   va   qo’shimchalar
kiritish.
Ijodiy omillar Mazmuni
Shaxsiy-intellektual ijodiy om
illar
Tavakkal   qila   olishga   qodirlik.
Qat’iyatli bo’lish Tanqidni   to’g’ri   qabul   qilish,
konstruktiv   jarayonga   yo’naltirish,
omadsizliklarga tayyor turish.
Taxminlar   qila   olish.   O’z
g’oyalarini   himoya   qila   olish,
noqulay   vaziyatlarda   ham   harakat
qilish.
Murakkablilik   (kompleksllik).
Noma’lum narsalarni tadqiq qilish Alternativlarni   izlash.   Mavjud
va bo’lishi mumkin bo’lgan holatlar
o’rtasidagi   farqni   ko’ra   olish.
Fikrlarni   tartibga   solish,   murakkab
muammolarni   hal   qilish,   to’g’ri
qaror yagona bo’lmasligini his etish.
Qiziquvchanlik. 
Xohishning mavjudligi Qiziquvchan   bo’lish.   Yangi
g’oyalarga,   boshqotirma   va
topishmoqlarga qiziqish.
Obyektning yashirin mazmuniga
qiziqish.   Oldindan   ko’ra   bilishga
intilish.
40 Tasavvur qila olish Xayoliy   obrazlar   yaratish.   Hech
qachon   sodir   bo’lmagan   holatlar
haqida   ham   fikrlash.   Intuitsiyaga
tayanish.   Xayolan   real   olam
chegarasidan chiqa olish.
Bu   model   Vilyams   tomonidan   bir   qancha   tadqiqotlar   tahlili   asosida   ishlab
chiqilgan bo’lib, shaxsiy kreativlik xususiyatlarini va kreativ faoliyatini o’zida aks
ettiradi.
Patti   Drapeau   esa   talabalarda   kreativ   fikrlash   ko’nikmasi   va   kreativ   xatti-
harakatlarni   tarkib   toptirish   xaritasini   ishlab   chiqib,   ushbu   xaritada   talabalarni
kasbiy-ijodiy tayyorgarligini asosiy maqsad qilib belgilab olgan.
2. 3 -jadval 
Kreativlik xaritasi (Patti Drapeau)
Kirish:
auditoriya
(talabalar) O’qituvchi   tomonidan   noan’anaviy,   o’ziga   xos   g’oyalarning
qo’llab-quvvatlanishi,   interfaol   metodlarning   qo’llanilishi,
talabalarga   muammoning   bir   necha   yechimini   topishga   imkon
va   tanlov   huquqini   berishi,   ular   faoliyatini   obyektiv   baholash
natijasida qulay ta’limiy muhit yuzaga keladi.
Tayyorlanish Tenglashtirish,   kontent   tahlil,   ko’nikma   va   ahamiyatli
savollarning shakllanishi :
1-qadam.  Kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllantirish.
2-qadam.   Amaliy   kreativ   harakat   ko’nikmalarini
rivojlantirish.
3-qadam.  Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish.
4-qadam.  Kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish.
Natija va
yutuqlar T alabaning kasbiy-ijodiy, kreativ rivojlanishi .
41 Ma’lumki,   texnologik   ta’lim   jamiyatda   amalga   oshirilayotgan   ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar asosida oliy ta’lim mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablarni
keskin ortib borishi bilan modinfikasiyalanadi. Shu sababdan, texnologik ta’limini
amalga oshirish jarayonida quyidagilarga: 
‒   Ta’lim   jarayoniga   milliy,   umuminsoniy   va   ma’naviy   qadriyatlar   asosida
o’quvchilarni   tarbiyalashning   samarali   shakl,   usul   va   vositalarini   keng   joriy
etilishiga;
‒   O’quv-tarbiya   jarayoniga   pedagogik   va   zamonaviy   axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishiga;
‒   Kadrlarni   maqsadli   va   sifatli   tayyorlash   uchun   ta’lim,   fan   va   ishlab
chiqarishning   samarali   integratsiyasi   uzviyligini   ta’minlashga   katta   e’tibor
qaratilayotganligiga;
‒   Ta’lim   sifati   va   kadrlar   tayyorlashga   qo’yiladigan   xalqaro   talablarning
muvofiqligini ta’minlanganligiga;
‒   Rivojlangan   xorijiy   davlatlarning   ta’lim   sohasidagi   me’yorlarni   belgilash,
ularning   tajribasidan   milliy   xususiyatlarni   va   mamlakatda   amalga   oshirilayotgan
islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirilib borilayotganligiga;
‒   Erkin   bozor   munosabatlariga   va   xususiy   mulk   ustuvorligiga   asoslangan
iqtisodiyotning   rivojlanishi   hamda   tadbirkorlik   faoliyatini   keng   joriy   qilishda
o’quvchi   shaxsi,   uning   intilishlari,   qobiliyati   va   qiziqishlari   ustuvorligi   kabi
masalalarga ahamiyat qaratiladi.
Mazkur   masalalarni   hal   etishda   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilariga
kreativ   yondashuvni   o’rgatish   maqsadga   muvofiq.   Bu   borada   avvalo,   mazkur
muammoning o’ziga xosligini anglab yetish lozim.
Texnologiya   ta’limi   ijodiy   kamolotga   yetaklovchi   ta’lim   sifatida   e’tiborli   va
ahamiyatli   hisoblanadi.   Chunki,   texnologik   ta’lim   jarayoni   davomida
o’zlashtiriladigan   nazariy   ma’lumotlar   yuzasidan   olgan   bilim,   ko’nikma   va
malakalarini   mustaqil   amaliy   faoliyatida   qo’llash,   kasb-hunar   tanlash,   milliy   va
umuminsoniy   qadriyatlar   asosida   ijtimoiy   munosabatlarga   kirisha   olish
kompitensiyalarini shakllantirishda yaqqol ko’zga tashlanadi.
42 Texnologik   ta’limni   kreativ   tashkil   etish   –   texnologik   ta’lim   sohasi
pedagogika   bilan   bevosita   bog’liq   ravishda   pedagogning   kasbiy
kompetensiyasining   asosiy   mexanizmlaridan   biri   bo’lib,   texnologik   ta’lim
jarayonini kreativ tashkil etish – kreativ g’oya, kreativ reja, kreativ jarayon, kreativ
muhit   va   albatta   amaliy   ishlab   chiqarishda   kreativ   faoliyatni   anglash,   tushunish,
amalda   qo’llashdagi   texnologik   bilim,   ko’nikma   va   kompetensiyalarni   to’plashni
ta’minlaydi,   texnologik   ta’lim   bilan   bog’liq   jarayonlarga   nisbatan   ijodiy-kreativ
munosabatni   hamda   tadqiqotchilik   qobiliyatlarini   shakllantirish   va   rivojlantirish
jarayonidir.
Texnologik   ta’limga   kreativlikni   rivojlantirishda   o’quv   jarayonini   kreativ
tashkil etish elementlarini quyidagicha tavsiflashga harakat qildik.
Kreativ   g’oya   texnologik   ta’limda   –   texnologik   bilimlar   yuzasidan
tizimlashtirilgan kreativ g’oyalar, didaktik jarayonini bashorat etuvchi ma’umotlar
to’plamidir.
Kreativ   reja   texnologik   ta’limda   –   ijodiy-kreativ   yaratilgan   va   ishlab
chiqilgan,   muayyan   ta’lim   muassasasi   tomonidan   tasdiqlangan   o’quv-tarbiyaviy
loyiha hisoblanadi.
Kreativ   muhit   texnologik   ta’limda   –   texnologik   ta’lim   o’quv-tarbiyaviy
jarayonida shunday ijodiy, samimiy do’stona sharoit tug’iladiki, unda pedagog va
talaba o’zini ijodiy qobiliyatiga ishonch ruhida erkin his qila oladi. Jarayonda ichki
intilish, moddiy-ma’naviy qiziqish yuqori darajada bo’ladi. Kreativ muhitda talaba
kreativ fikr yuritish, yaratuvchanlikka tayyor bo’ladi.
Kreativ faoliyat texnologik ta’limda –   texnologik ta’limga qo’yilgan yangi
ijtimoiy   talablari   bilan   mavjud   talab   me’yorlarining   mos   kelmasligi   natijasida
vujudga   kelgan   kompleks   muammolarni   yechilishiga   qaratilgan   kreativ   faoliyat
hisoblanadi.   Kreativ   faoliyat   texnologik   ta’limda   ijodiy-tadqiqotchilikni
rivojlantirish bilan asoslanadi.
Ushbu tajribalarga tayangan holda, bo’lajak o’qituvchilarni texnologiya fanini
kreativ   yondashuv   asosida   tashkil   etishga   tayyorlash   modelini   ishlab   chiqishga
harakat qildik.
43 Oliy   ta’lim   muassasalaridagi   bo’lajak   o’qituvchilarni   kasbiy   va   kasbiy-
refleksiv   tayyorgarligi   davomida   texnologiya   fanini   kreativ   yondashuv   asosida
tashkil etishga tayyorlash jarayonini modellashtirishning maqsadi quyidagilar bilan
ifodalanadi:
‒    o’quvchilarni, o’qituvchilarni va talabalarni kreativ faoliyatga yo’llash;
‒    shaxsda ijodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatlarini o’stirish;
‒    ta’lim samaradorligini va kadrlarning moslashuvchanligini ta’minlash;
‒     o’quvchilar   va   o’qituvchilar   muvaffaqiyatlarini   ko’paytirish,   turmush
sifatini yaxshilash va boshqalar.
Ilmiy   izlanishlarimiz   asosida   bo’lajak   o’qituvchilarni   kreativ   faoliyatga
tayyorlash   uchun   talabalarda   texnologik   ta’limga   kreativ   yondashuvini   kasbiy   va
kasbiy-reflaksiv   tayyorgarlik   jarayonida   amalga   oshirishga   mo’ljallangan   model
ishlab chiqdik.
44 2.1 sxema.  Bo ’ lajak o’qituvchilarni kreativ faoliyatga tayyorlash  modeli
45Ijtimoiy buyurtma: Bo’lajak zamonaviy boshlang’ich sinf 
o’qituvchilarini tayyorlash 
Maqsad:  Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini texnologik 
ta’limga kreativ yondashuvga tayyorlash
FazalariKreativ g’oya Kreativ reja
Kreativ muhit Kreativ faoliyatM
A	
Q
S	
AD
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini texnologiya 
ta’limiga kreativ yondashuvga tayyorgarlik mezonlariTamoyil
Metod
Shakl Vosita Talab YondashuvBo’lajak boshlang’ich o’qituvchilarini texnologiya ta’limini 
kreativ tashkil etish elementlari
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini texnologiya 
ta’limiga kreativ yondashuvga tayyorlash strategiyasi
Ravonlik Moslashuv
chanlik Orginal
lik Qiziquv
chanlik Tasavvur
boyligi
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini texnologiya 
ta’limiga kreativ yondashuvga tayyorgarlik darajalari
Yuqori O’rta Past
Natija:  Texnologik ta’limga kreativ yondashuvchi 
boshlang’ich sinf o’qituvchisi	
M
A	
ZM	UN	LI 	
ST	RA	TE	G
I	K
 	
BO	SQ	IC	H	
NA	
TIJ	
AV	IY 	
BO	SQ	IC	H Kasbiy   tayyorgarlik   jarayonida   talabalarni   kreativ   yondashuvga   tayyorlash
texnologiya   fanidan   muammoli   ma’ruza   va   kreativ   integratsiyalashgan   amaliy
mashg’ulotlarda o’rgatib boriladi.
Kasbiy-reflaksiv   tayyorgarlik  esa, bo’lajak o’qituvchilar bilan umumiy o’rta
ta’lim   maktablarida   tashkil   etiladigan   malakaviy   amaliyotlar   jarayonida   amalga
oshiriladi.
Modelni amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga tayaniladi:
1. Mashg’ulotlarning ijodiy yo’naltirilganligi;
2. Ma’ruzalarning muammoli xarakterga egaligi;
3. Shaxs individualligiga erishish;
4. Shaxsiy imkoniyatlar va kreativlikning erkin namoyon qila olishi.
5. Yaxlitlik, izchillik va tizimlilik;
6. Shaxs faoliyatlari integrativligi.
Boshlang’ich   sinf   texnologiya   mashg’ulotlarida   o’qituvchi   kreativ   faoliyati
quyidagi belgilarga ega bo’ladi:
‒   Intellektual jihatdan yetuklik.
‒   O’qituvchi tafakkuri tezkorlik va egiluvchanlik sifatiga ega bo’ladi.
‒   Yangi g’oyalarni yaratish qobiliyatiga ega bo’ladi.
‒   Faoliyati o’ziga xos bo’lib, bir qolipda amalga oshirilmaydi.
‒   Mashg’ulot davomida tashabbuskorlik va faollik yaqqol namoyon bo’ladi.
Texnologiya   mashg’ulotlarida   o’quvchilarning   kreativ   amaliy   faoliyati
quyidagi talablar asosida tashkil etilishi kerak:
a. O’quvchilar   tomonidan   ko’p   savollar   berilishini   rag’batlantirish   va   bu
odatni qo’llab-quvvatlash;
b. Ularning mustaqilligini rag’batlantirish va javobgarlikni kuchaytirish;
c. O’quvchilar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat
yaratish;
d. O’quvchilarning qiziqishlariga e’tibor qaratish.
Shaxsning (o’quvchi, talaba yoki o’qituvchining) kreativ faoliyati psixologik
jarayon bo’lib, u quyidagi fazalarga bo’linadi:
46 1. Tayyorgarlik bosqichi – anglangan faoliyat (ish);
2. Yetuklik – anglanmagan faoliyat (ish, jarayon);
3. Ilhomlanish – anglanmagan faoliyatdan anglangan faoliyatga o’tish;
4. G’oyani   rivojlantirish   –   qo’llaniluvchanligi,   hayotiyligi   hamda
moslashuvchanligini tekshirish;
5. Yakuniy bosqich – anglangan ish, kreativ mahsulot.
Bo’lajak o’qituvchi kreativ faoliyatga kasbiy va kasbiy-refleksiv tayyorgarlik
jarayoni quyidagi yondashuvlar asosida amalga oshiriladi:
Maqsadli-motivli yondashuv –   tayyorgarlik jarayoni aniq maqsad doirasida
pedagogning qiziqishlari, ehtiyojlari asosida tashkil etishga intilish.
Muammoli   yondashuv   –   ma’ruza   mashg’ulotlari   muammoli   yondashuv
asosida tashkil etildi va talabalar muammoli-izlanish faoliyatiga jalb etiladi. 
Integratsion   yondashuv   –   amaliy   mashg’ulotlar   davomida   turli
yo’nalishdagi ijodkorlik faoliyatlari integratsiyalashtiriladi.
Mustaqil va individual yondashuv –  talabalarning mustaqil faoliyatiga keng
imkon  beriladi  va  topshiriqlarni   bajarishga  mustaqil   hamda  individual   yondashuv
ko’rsatkichlari yuqori baholanadi.
Refleksiv yondashuv –  shaxsiy ijodiy faoliyat mohiyatini anglash, o’z-o’zini
tahlil qilish va o’z-o’zini baholashda ko’zga tashlanadi.
Kreativlikda   oddiy   fikrlashdan   ko’ra   ko’proq   tafakkur   shakllaridan
foydalanish taqozo etiladi. Odatda original fikrlarni so’z bilan ifodalab bo’lmaydi.
Original   fikrlar   tug’ilishi   uchun   g’oyalar   ustida   ko’plab   eksperimentlar   o’tkazish,
intuitiv his-tuyg’ularni boshqarish va ilhomlanishni talab etadi. Mantiqiy tafakkur
shakli   original   g’oyalar   tug’ilishiga   ba’zan   to’sqinlik   qiladi.   Bu   tasavvurlarning
bloklanishiga olib keladi.
Original   fikrlarning   paydo   bo’lishini   quyidagi   formula   asosida   ifodalash
mumkin: 
M+T+Q=O
Bu   formulada   M= mashaqqatli   mehnat,   T= erkin   tafakkur,   Q= boshqarib
bo’lmaydigan darajadagi qiziquvchanlik va natija  O =original g’oyalar.
47 Bo’lajak   o’qituvchi   texnologiya   mashg’ulotlariga   kreativ   yondashuvga
kasbiy-refleksiv tayyorgarlikni quyidagi bosqichlarda amalga oshiradi:
1. Maqsadni belgilash va anglash;
2. G’oyalarni generatsiyalash;
3. O’z-o’zini rivojlantirish;
4. Eng yaxshi variantni tanlash va amalga oshirish;
5. O’z-o’zini tahlil qilish;
6. O’z-o’zini obyektiv baholash;
1-bosqich:   Maqsadni   belgilash   va   anglash   bosqichida   talaba   faoliyat
yo’nalishidan   kelib   chiqib   aniq   maqsadni   belgilaydi   va   bajarishi   lozim   bo’lgan
vazifalarni aniqlashtiradi.
2-bosqich:   G’oyalarni   generatsiyalash   bosqichida   o’qituvchilar   maqsadga
erishish yo’lidagi alternativ g’oyalar ishlab chiqadilar, g’oyalar generatsiyalanadi,
ya’ni   mashg’ulotni   noodatiy   shaklda   tashkil   etish   uchun   nimadir   yangiliklarni
o’ylab topadilar. Buning uchun esa izlanadilar.
3-bosqich:   O’z-o’zini   rivojlantirish   bosqichida   mavjud   shaxsiy   tajribalar   va
yondosh   ma’lumotlar   (hamkasblarining   tajribalari,   Internet   ma’lumotlar   va   h.k.)
asosida g’oyalar rivojlantiriladi. Bu bosqichda keyingi vazifalarni amalga oshirish
uchun ham zamin yaratiladi.
4-bosqich:   Eng   yaxshi   variantni   tanlash   va   amalga   oshirish.   Bu   bosqichda
ishlab   chiqilgan   va   rivojlantirilgan   alternativ   yechimlardan   (g’oyalardan)   eng
maqbuli va qulayi tanlab olinadi hamda amaliyotga tatbiq etiladi.
5-bosqich:   O’z-o’zini   tahlil   qilish   bosqichida   shaxsiy   faoliyat   davomida
erishilgan natijalar tahlil qilinadi. Ushbu bosqich shaxs refleksiv faoliyatida muhim
ahamiyatga   ega   bo’lib,   tahlilning   chuqur,   tanqidiy   va   obyektiv   bo’lishi
samaradorligini ta’minlovchi omil hisoblanadi.
6-bosqich:   O’z-o’zini   obyektiv   baholash   jarayonida   faoliyat   natijalari
baholanadi, obyektiv qaror qabul qilinadi.
Modelni amalga oshirish natijasida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida
quyidagi kreativ tafakkur belgilari namoyon bo’ladi:
48 1. Muammo yechimiga doir original g’oyalarni bildiradilar.
2. Topshiriqni bajarishning o’ziga xos uslubini va aniq dalillarni tanlaydilar.
3. Yuzaga keladigan muammolardan zavqlanadilar va uni yechimini topishga
noan’anaviy yondashadilar.
4.   O’zlari   va   o’zgalar   yaratgan   kreativ   mahsulotdan   ruhiy   zavq   va   madad
oladilar.
2.3-§.  Texnologik ta’limga  kreativ yondash gan holda bo’lajak  boshlang’ich
ta’lim  o’qituvchilarini o’qitish metodikasi
Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarning   kreativ   qobiliyatini   rivojlantirish   usullari
va   vositalariga   ta’sir   qiluvchi   muhim   omillardan   biri   o’qituvchi-o’quvchilar
hamkorligidir.   Ma’lumki,   ta’lim   jarayoni   ikki   yoqlama   xarakterga   ega   bo’lib,
o’qituvchi va o’quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga
rahbarlik   qiluvchi   o’qituvchi   ta’lim   jarayonining   to’g’ri   tashkil   etilishi,   ta’lim
maqsadlarining to’g’ri amalga oshirilishi va ta’lim natijalari uchun javobgar shaxs
hisoblanadi.   Ammo   bu,   ta’lim   jarayoni   o’qituvchining   to’liq   hukmronligi   ostida
amalga   oshadigan   jarayon,   degan   noto’g’ri   fikrning   tug’ilishiga   asos   bo’la
olmaydi.   Hozirgi   davr   talabi   ham   kimnidir   bo’ysundirish   orqali   emas,   balki
hamkorlik   munosabati   yordamida   ijobiy   natijaga   erishishdir.   Ta’lim   jarayonida
o’quvchilar   faoliyatining   shakllanishi   fan   asoslarini   o’zlashtirishga   oid
mexanizmgina   bo’lib   qolmasdan,   balki   shaxsning   umumiy   ijtimoiy-madaniy
qobiliyatlarini   tarkib   toptirishga   ham   qaratilishini   unutmaslik   lozim.   Bizningcha,
o’quv   vaziyati   ta’lim   jarayonini   tashkil   qiluvchi   o’zgaruvchan   tizim   sanalib,   u
quyidagicha   ikki   qismdan   iborat:   o’qituvchi   bilan   o’quvchilar   hamkorligi;
o’quvchilarning o’zaro bir-birlari bilan hamkorligi.
O’qituvchi   bilan   o’quvchilarning   hamkorligi   o’qituvchining   o’quvchilarga
ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi. U asta-sekin faollashib o’quv harakatlariga
aylanadi.   Natijada,   o’qituvchi   bilan   o’quvchilar   munosabati   hamkorlik
pozitsiyasiga   o’sib   o’tadi.   Materiallar   tahlilining   ko’rsatishicha,   mantiqiy
49 topshiriqlar   hamkorlikda   bajarilgandagina   bilimlarni   o’zlashtirish   mahsuldor
bo’ladi.   Ilmiy   manbalarda   ta’limning   shunday   tashkil   etilishini   hamkorlikdagi
mahsuldor faoliyat vaziyati, deb atash qabul qilingan. Pedagogik adabiyotlar tahlili
va ijodiy tajribalarimiz natijalariga ko’ra hamkorlikdagi mahsuldor o’quv faoliyati
vaziyatini   tashkil   qilishning   2   asosiy   tamoyilini   ko’rsatib   o’tish   maqsadga
muvofiqdir: 
1.Ta’limda mazmunning izchilligi tamoyili. Shaxs o’z faoliyatini muayyan 
  muayyan maqsad asosida tashkil qilishida mazkur faoliyatning uzluksiz holda  
shakllanishi ko’zga tashlanadi. 
2.O’qituvchi-o’quvchilar   hamkorligining   mustaqil   ijodiy   faoliyat   bilan
bog’liqligi   tamoyili.   O’quv   jarayonida   o’quvchilar   bilan   hamkorlik   qilish   katta
ahamiyatga   ega.   O’quvchilarning   ta’limga   qay   darajada   ixlos   qo’yishi
o’qituvchining mana shu hamkorlikni yarata bilish mahoratiga bog’liq. O’qituvchi
bilan   o’quvchilarning   o’quv   faoliyatidagi   muhitning   to’g’ri   uyushtirilishi
o’quvchilarning   fanga   bo’lgan   qiziqishlarini   oshiradi,   ularni   butun   kuch   va
g’ayratini   sarflashga   undaydi.   Bu   o’zaro   muloqotning   shunday   bir   shaklidirki,
bunda o’quvchi o’zini pedagogik ta’lim obyekti deb emas, balki mustaqil va erkin
harakat   qiluvchi   shaxs   deb   biladi.   O’qituvchining   o’rganilayotgan   fan   bo’yicha
qaysidir   bir   ma’lumotga   aniqlik   kiritish   paytida   o’quvchilarga   yordam
so’rayotganday   murojaat   qilishi   hamkorlik   faoliyatini   yanada   chuqurlashtiradi.
O’quvchilarni   o’rganuvchi   va   tarbiyalanuvchiga   aylantirish   o’qish-o’qitish
jarayonini muvaffaqiyatli olib borishninggina sharti bo’lib qolmay, balki ularni har
jihatdan   barkamol   insonlar   qilib   tarbiyalashning   ham   muhim   shartidir   [93].
O’quvchi   o’qitish   va   tarbiyalash   jarayonining   o’zidayoq   bilim   va   tarbiya   oluvchi
shaxsga   aylanadi.   O’quvchining   bilim   egallash   faoliyati   nafaqat   qiziqarli   o’quv
materiali balki uni tushuntirishning turli metodlari vositasi  orqali va pedagogning
ta’lim   jarayonidagi   muomala   xarakteriga   ko’ra   nazorat   qilinadi.   Mehr,   ishonch,
hamkorlik va o’zaro hurmat mavjud bo’lgan muhitda o’quvchi berilgan bilimlarni,
topshiriqlarini   oson   o’zlashtiradi.   Yutuqlari,   mustaqil   fikri,   ijodiy   izlanishlari
yuqori   baholanayotganini,   rag’batlantirilayotganini   ko’rgan   o’quvchi   murakkab
50 bo’lgan   o’quv   topshiriqlarini   bajarishga   harakat   qilib,   yanada   kuchli   intila
boshlaydi. 
Kreativlik   va   o’zaro   hamkorlik   bir-biriga   mustahkam   bog’liq   bo’lib,
faqatgina   yangicha   yondashuv   asosida   hamkorlik   vujudga   keladi   va   mana   shu
hamkorlikda   ijodkorlik   o’z   aksini   topadi.   Pedagogik   kreativlik   faqatgina
yangilikka,   tajribalar   o’tkazishga   intilish   emas.   Bu   intilish   sog’lom   fikrning
rasmiyatchilik   ustidan   g’alabasini   ham   ifoda   etadi.   Demokratiya,   oshkoralik
bo’lmagan joyda, ma’muriyatchilik va o’qituvchining irodasi bilan dars jarayonida
o’quvchilarning   mustaqil   fikrlash   faoliyatiga   to’sqinlik   qilinsa   ijodiy   hamkorlik
barham topadi. 
O’quvchilarda   kreativlikni   rivojlantirishda   o’qituvchi   quyidagilarga   e’tibor
qaratishi lozim: 
‒   ular   tomonidan   ko’p   savollar   berilishini   rag’batlantirish   va   bu   odatni
qo’llab-quvvatlash; 
‒   o’quvchilarning   mustaqilligini   rag’batlantirish   va   ularda   javobgarlikni
kuchaytirish; 
‒  ular tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
‒  o’quvchilarning qiziqishlariga e’tibor qaratish. 
Bundan tashqari, o’quvchilarda kretivlikni rivojlantirishga to’sqinlik qiluvchi
bir nechta omillarni keltirib o’tish joiz deb hisobladik:
‒  o’zini tavakkaldan olib qochish; 
‒  fikrlash va xatti-harakatlarda qo’pollikka yo’l qo’yish; 
‒  bola fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi; 
‒  boshqalarga tobe bo’lish; 
‒  har qanday holatda ham faqat yutuqni o’ylash. 
Boshlang’ich   sinf   darslarida   o’quvchilarning   kreativ   qobiliyatini
rivojlantirishga   xizmat   qiladigan   topshiriqlar   ustida   ishlash   alohida   o’rin   tutadi.
O’quvchi  o’zi uchun qulay sharoitda hayotiy va o’quv tajribasiga tayanib og’zaki
yoki yozma nutqi orqali fikrlash faoliyatini amalga oshiradi. Unda har bir fanning
o’zi   uchun   noma’lum   qirralari   xususida   o’qituvchi   bilan   faol   hamkorlik   qilish
51 uchun   ruhiy   tayyorgarlik   paydo   bo’ladi.   O’quvchi   mavzu   yuzasidan   berilgan
savollarga   tegishli   javob   qaytarish   uchun   mustaqil   ijodiy   izlanishlarga   harakat
qilishi   uchun   o’qituvchi   o’quvchilarning   kreativligini   o’stirish   bilan   birga
diagnostik   vazifani   ham   bajaradi,   ya’ni   o’quvchilarning   qobiliyati,   qiziqish
doirasini   aniqlaydi,   kreativ   iqtidorini   chamalaydi.   Kreativlikni   rivojlantiruvchi
topshiriqlar ustida ishlash jarayonida bu g’oyat muhimdir. 
Boshlang’ich   ta’lim   –   bu   har   bir   bolaning   hayotida   chuqur   iz   qoldiruvchi
ta’lim   turidan   biri   va   ta’limning   bu   bosqichida   pedagog   o’qituvchilarga   katta
mas’uliyat   yuklatiladi.   Bugungi   kunda   boshlang’ich   sinf   o’quvchilarining
kreativlik   qobiliyatlarini   rivojlantirish   metodikasi   hali   yana   maxsus   o’rganishni
talab   etmoqda.   O’quvchilar   albatta   o’z-o’zidan   kreativ   bo’lib   qolmaydi.   Uning
kreativ   qobiliyati   ma’lum   vaqt   ichida   izchil   o’qib-o’rganish,   o’z   ustida   ishlash
orqali shakllantiriladi va asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. O’qituvchilar
o’quvchilar bilan hamkorlikda ish yuritib, ularning har bir fikrini inobatga olishi va
buni   o’quvchiga   sezdirishi   kabi   muhim   vazifalarni   bajarish   orqali   o’quvchilarni
o’zgacha   yondashuvli   ya’ni   kreativ   bo’lishlariga   erishishi   mumkin.   O’qituvchi
o’quvchilarga   muammoli   masala   va   vaziyatlarni   berib,   o’quvchining   masala
yechimini   izlab   topishga   ijodiy   yondashishi   undagi   hissiy-irodaviy   sifatlarni
rivojlanishiga   yordam   beradi.   Bu   o’quvchilarni   o’z   ustida   ishlash,   mustaqil   o’qib
o’rganishiga imkoniyat, ichki ehtiyojning oshishiga turtki bo’ladi. 
Biz   tadqiqotimizda   kreativlikni   –   texnologik   ta’lim   jarayonida   berilgan
vazifaga   hech   kimnikiga   o’xshamas   yo’l   topish   va   uni   ilmiy   asoslay   olish,
yangicha   fikrlash,   uni   tadbiq   eta   olish   qobiliyati   deb   oldik.   Tadqiqotimizda
texnologik   ta’lim   sohasiga   oid   kreativlikni   ya’ni   bo’lajak   boshlang’ich   sinf
o’qituvchilarining   texnologik   ta’limga   kreativ   qobiliyatlarini   rivojlantirish
metodikasini ko’rib chiqamiz. 
Texnologik ta’limga   kreativ yondash gan holda bo’lajak   boshlang’ich ta’lim
o’qituvchilarini o’qitishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur:
1. Texnologik ta’lim jarayonini tashkil etilishida aniqlik bo’lishi. O’qituvchi
talabalarga erkinlikni, albatta, me’yorida ta’minlab berishi lozim; 
52 2.   Bo’lajak   boshlang’ich   ta’lim   o’qituvchilar   ma’suliyatli   va   e’tiborli
bo’lishi zarur. Zero, o’quvchilarning kreativ qobiliyatlari rag’batlantirilsa va ularga
samimiy   muhit   yaratilsagina,   kreativ   fikrlashni   odatga   aylantira   oladilar.   Xato
qilishdan,   muvaffaqiyatsiliklardan   cho’chish,   haddan   tashqari   baholarga   e’tibor
qaratish,   tanqidga   uchrashdan   qo’rqish   hissi   mavjud   o’quvchilarda   kreativlik
odatga aylanmaydi. 
3. Muayyan omillar o’quvchilarda kreativlik sifatlari, malakalarining rivoj-
  lantirishga to’sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda o’qituvchilar ushbu
  omillarni bartaraf etishga e’tibor qaratishlari kerak.
Demak,   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarini   texnologik   ta’limga
kreativ   yondashuvini   rivojlantirish   uchun   tuzgan   kasbiy   va   kasbiy-refleksiv
modelimizni ikki yo’nalishda ko’rib chiqamiz. 
2.2 sxema
Har   bir   yo’nalishdagi   mashg’ulotlarni   tashkil   etish   metodikasini   yoritib
o’tamiz.
Muammoli   ma’ruza   oliy   ta’lim   tizimida   talabalarning   bilim   o’zlashtirish
darajalarini   oshirish,   kasbiy   kompetensiyalarini   rivojlantirish   va   tadqiqotchilik
53Talabalarni texnologiya ta’limini kreativ yondashuv asosida tashkil 
etishga tayyorlash tizimi
Kasbiy-refleksiv 
tayyorgarlik yo’nalishda
 Kasbiy tayyorgarlik  
      yo’nalishda
       Muammoli 
            ma’ruza 
mashg’ulotlarida Malakaviy 
amaliyot 
jarayonida
Kreativ-integratsion 
amaliy 
mashg’ulotlarda ko’nikmalarini   rivojlantirish   maqsadida   keng   foydalanib   kelinmoqda.   Shu   bilan
birga   qator   pedagog   olimlar   tomonidan   muammoli   ma’ruzadan   turli   pedagogik
maqsadlarda   foydalanish   yo’llari   tadqiq   etilgan.   Masalan,   rus   pedagog   olimlari
T.P.Nikolaeva va I.B.Bichevalar  muammoli ma’ruza o’quv jarayoni taraqqiyotiga
xizmat   qilishini   alohida   ta’kidlaydilar.   Ularning   fikricha:   “Muammoli   ma’ruza   -
yaxlit   pedagogik   muhit   va   o’qituvchi-talaba   hamkorligi   uchun   optimal   sharoit
yaratadi.   Talabalarning   tizimli   ravishda   o’quv   predmetlarini   o’zlashtirishlarini,
o’zlashtirilgan   ma’lumotlarni   aniq   bir   hayotiy   faoliyatda   uyg’un   ravishda
foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi”  [69; 36-b.].
O.S.Sareva   muammoli   ma’ruzaning   muhim   belgilaridan   biri   sifatida   o’quv
jarayonini   intensifikasiyalash   jihatini   alohida   ko’rsatib:   “Muammoli   ma’ruzaning
muhim   jihati   shundaki,   bunday   ma’ruzani   tashkil   etish   jarayonida   jamoaviy
hamkorlikning   turli   metodikalarini;   o’qituvchi   va   o’quvchining   o’zaro   axborot
almashinuvini; o’quv jarayonida har bir o’quvchiga ijodkorlik va tashabbuskorlikni
namoyon   qilish;   o’quvchilar   o’quv   faoliyatini   faollashtirish   natijasida   o’quv
materialni   o’zlashtirish   samaradorligini   oshirishni;   o’zgalar   fikrini   hurmat   qilish
tajribasini   qo’llash   natijasida   o’quv   jarayonini   intensifikasiyalashligi   bilan
ahamiyatlidir ” [82; 176-b.].
Muammoli   ma’ruza   muammoli   savol   va   topshiriqlarni   qo’yish   bilan
boshlanadi.   Ushbu   muammo   esa   bevosita   tinglovchilarni   dialog   tarzidagi
muloqotga   jalb   etish,   o’quv-biluv   faoliyatini   faollashtirishga   qaratilgan   yangi
ma’lumotlar bayon etiladigan ma’ruza bayoni davomida hal etib borila di [63; 101-
b.].  Demak, muammoli ma’ruza davomida yangi ma’lumotlar mashg’ulot avvalida
o’qituvchi tomonidan o’rtaga tashlangan bir yoki bir nechta muammolar (savollar)
yechimi atrofida talabalar va o’qituvchilarning faol muloqoti asosida bayon etiladi.
Muammoli ma’ruza quyidagi komponentlarga ega bo’ladi:
1. Muammoli savol va topshiriqlar.
2. Muammoli vaziyat.
3. Muammo yechimi. 
Muammoli ma’ruza davomida qo’yilgan maqsadlarga o’qituvchi va uning 
54 talabalari o’zaro hamkorlikdagi faoliyati natijasida erishiladi. 
Mashg’ulot   davomida   ma’ruza   qilayotgan   o’qituvchi   muloqotning   qulay
uslubini   tanlashga   harakat   qilishi   va   nutqi   ravon,   ta’sirli,   ishonchli,   samimiy
bo’lishi   talab   etiladi.   Ana   shundagina   talabalar   o’qituvchi   bilan   faol   muloqotga
kirishadilar   va   o’zaro   hamkorlikdagi   faoliyat   davomida   talaba   shaxsining   kasbiy
tayyorgarligi samarali amalga oshadi.
Tayyor   axborotni   yetkazish   tarzida   tashkil   etiladigan   ma’ruzadan   farqli
ravishda   muammoli   ma’ruza   davomida   talabalarga   o’quv   materiali   tayyor   holda
yetkazilmasdan,   talabalar   uchun   noma’lum   bo’lgan   barcha   ma’lumotlarni   o’zlari
izlab topishlari uchun sharoit yaratiladi. Talabalar faol ijodiy va tadqiqiy faoliyatga
jalb   etiladi   va   o’zlari   o’quv   materialini   o’zlashtirish   uchun   shaxsan   ishtirok
etadilar.
Ma’ruza   mashg’ulotlarini   muammoli   yondashuv   asosida   tashkil   etilishi
talabalarga   yangi   bilimlarni   tadqiqotchilik   va   ilmiy   izlanish   usullari   yordamida
o’zlashtirishga,   tafakkurini   boyitishga,   ularning   o’quv-biluv   faolligini   oshirishga
yordam beradi. 
Kreativ-integratsion   amaliy   mashg’ulotlar.   Oliy   ta’lim   muassasalarida
boshlang’ich ta’lim ixtisosligi talabalari bilan tashkil etiladigan texnologiya va uni
o’qitish   metodikasi   fanidan   tashkil   etiladigan   kreativ-integratsion   amaliy
mashg’ulotlarda   talabalarni   texnologiya   fanini   boshqa   fanlar   bilan   aloqadorlikda
tashkil   etish   asosida   ijodkorlikka   yo’naltirish   asosiy   maqsad   hisoblanadi.  
“Integratsiya”   atamasi   lotin   tilidagi   “integration”   so’zidan   olingan   bo’lib,
“tiklash,   qaytadan   boshlash,   to’ldirish”   ma’nolarini   anglatadi   [28;   216-b.].
Texnologiya   fanidan   kreativ-integrasion   amaliy   mashg’ulotlarni   tashkil   etishdan
asosiy maqsad – talabalarni texnologiya fanini o’qitish metodikasini boshqa fanlar
bilan   aloqadorlikda   o’rganish,   pedagogika   va   metodika   fanlari   haqida   umumiy
xulosalar   chiqarishga   tayyorlash   va   ushbu   asosda   talabalarni   kreativ   tafakkurini
o’stirish bilan birga kreativ muhit yaratishga o’rgatishdan iborat.
Integratsiyalashgan   mashg’ulotlar   boshqa   an’anaviy   yondashuv   asosida
tashkil  etilgan  mashg’ulotlardan farqli ravishda,  quyidagi vazifalarni hal qilishga
55 yordam   beradi:   mashg’ulotning   noan’anaviy   shakli   ishtirokchilarda   ijodikorlikka
motivasiya   uyg’otishga   yordam   beradi;   talabalar   bir   tushunchani   bir   nechta   fan
sohalari   nuqtai   nazaridan   o’rganishni   boshlaydilar;   shaxs   tafakkurida   bir   nechta
fikriy operatsiyalar bir vaqtda amalga oshadi; mashg’ulot davomida ishtirokchilar
fanlararo   aloqadorlikning   bir   nechta   usullarini       o’rganadilar;       shaxs   tafakkurida
yaxlit   tabiiy   va  ijtimoiy  tushunchalar   tizimi   hosil   bo’ladi;   shaxs   kreativ  tafakkuri
rivojlanadi.
Oliy   ta’lim   tizimida   o’tkaziladigan   integratsiyalashgan   mashg’ulotlar
pedagogik   manbalarda   fanlararo   aloqadorlikdagi   mashg’ulot   yoki   faoliyatlar
integratsiyasiga   asoslangan   mashg’ulot   sifatida   talqin   etiladi.   Masalan,   binar
ma’ruzaga shunday ta’rif beradilar: “Ma’ruza o’qishning alohida bir turi bo’lib, u
ikki   ma’ruzachining   dialogi   tarzida   o’tkaziladi.   Unda   ikki   yondosh   fan
mutaxassislari,   nazariyasi   va  amaliyotchi   yoki   ikki   ilmiy  maktab  a’zolari   ishtirok
etadilar” [22; 104-b.].
Ta’lim tizimida o’tkaziladigan integratsiyalashgan  mashg’ulotlar  pedagogik
manbalarda   fanlararo   aloqadorlikdagi   mashg’ulot   yoki   faoliyatlar   integratsiyasiga
asoslangan   mashg’ulot   sifatida   talqin   etiladi.   Masalan,   T.G.Braje   fikricha
“Maktabda o’qitiladigan fanlar aslida integrativ xarakterga ega: adabiyot fani ham
badiiy   adabiyot   haqidagi   fan   ham   kitobxonlik   amaliyotiga   o’rgatadigan   fan   ham
ijodkorlik ko’nikmasini shakllantiradigan fandir” [40; 150-b.].
Bir   qator   olimlar   intersiyalashgan   mashg’ulotlarga   talabalarda   motivasiya
uyg’otishning   bir   usuli   sifatida   qaraydilar:   “Oliy   o’quv   yurtlarida   binar
mashg’ulotlar   asosan   ma’ruza   shaklida   amalga   oshirilib,   ayni   bir   muammoga
turlicha   qarashlar   mavjudligini   ko’rsatish   maqsadida   tashkil   etiladi.   Binar   amaliy
mashg’ulotlarda   esa   o’yin   texnologiyalari,   muammoli   ta’lim   texnologiyalari,
innovasion   texnologiyalarini   (keys-stadi)   birlashtirish   asosida   tashkil   etiladi”   [52;
171-b.].
Integratsiyalashgan   mashg’ulotlar   o’quv   materiallarining   xilma-xilligi,
kompaktligi va mantiqan o’zaro bog’liqligi, axborotlar doirasining kengligi hamda
uzviyligi va yaxlitligi bilan boshqa mashg’ulot turlaridan farqlanadi.
56 Integratsiyalashgan mashg’ulotlar ma’ruza yoki amaliy mashg’ulot shaklida
tashkil   etilishidan   qat’iy   nazar,   bo’lajak   o’qituvchilarda   kreativ   sifatlarni   tarkib
toptirishda   qulay   ta’lim   shakli   hisoblanadi   va   o’qituvchi   faoliyatida   keng
foydalanilishi   mumkin.   Talabalar   uchun   noan’anaviy   ta’lim   shakli   hisoblangan
bunday   mashg’ulotlar   davomida   kasbiy   kompetensiya,   ko’nikma   va   malakalarni
shakllantirish jarayoni juda mahsuldor kechadi. 
Integrativ mashg’ulotlar talabani qiziqtirib, ularning xohishi va g’ayrati bilan
uyg’unlashadi.   Bu   talabalarning   texnologik   bilimlari   asosida   mavzular,   loyihalar
yoki   ta’lim   yo’nalishlarini   tanlash   va   ularning   qiziqishi   asosida   integrativ   rejani
tuzishni   anglatadi.   Talabaning   savol-javobga   bo’lgan   ehtiyoji   integratsiya
vositasiga   aylanadi   va   o’qituvchining   vazifasi   barcha   talabalar   uchun   qimmatli
ta’lim tajribasini ta’minlash uchun zarur bo’lgan ko’lami va sifatini ta’minlaydigan
rejani   tuzishga   e’tibor   qaratishidir.   Yo’nalish   va   muvozanatni   ta’minlash   uchun
o’qituvchi   yil   davomida   ko’rib   chiqilishi   va   taklif   etilishi   mumkin   bo’lgan
integrativ rejani tuzishda quyidagilarni inobatga olishi kerak:
1. Talabaning kuchli tomonlari va qiziqishlarini e’tiborga olish;
2. Ta'lim mazmuni integrativ dasturning maqsadlari bilan uyg’unligi;
3. Fan va jamiyat resurslari bilan aloqadorligi.
Kreativ-integrativ   dasturni   rejalashtirishda   talabalarni:   adabiyotga
muhabbatni oshirish; fanlarga qiziqish; dam olish faoliyatini samarali tashkil etish;
tasviriy   san’atga   qiziqishi   va   iste’dodini   rivojlantirish   orqali   kasbiy   faoliyatga
tayyorlashga o’rgatish muhim hisoblanadi.
Kasbiy-refleksiv  tayyorgarlik   jarayoni  tahlilidan avval  refleksiya  jarayoni
haqida to’xtalib o’tamiz. Refleksiya lotin tilidagi reflexio so’zidan olingan bo’lib –
“ortga   qaytish”,   “aks   etish”   ma'nolarini   anglatadi.   Refleksiya   kishining   o’z   xatti-
harakatlari   va  ularning  asoslarini   tushunib  yetishi,  fahmlashiga  qaratilgan  nazariy
faoliyati; bilishning alohida shaklidir [29; 380-b.].
Refleksiyaga tayyorgarlik – oliy ta'lim muassasalaridagi kasbiy tayyorgarlik,
xususan   pedagogik   amaliyot   jarayonida   amalga   oshirib   boriladi.   Pedagogik
amaliyot   jarayonida   bo’lajak   mutaxassisning   pedagogik,   metodik   va   texnologik
57 tayyorgarligi   metodist   o’qituvchilar,   talabalar   va   o’zi   tomonidan   tahlil   qilib
boriladi.
Kasbiy refleksiya jarayonida quyidagi mezonlar asos qilib olinishi mumkin: 
- sinf   o’quvchilarining   umumiy   tavsifi   (o’quvchilarning   umumiy   bilim
darajasi,   psixologik   xususiyatlari,   o’quvchiarning   individual   xususiyatlari   va
imkoniyatlari);
-   tanlangan ta’lim shakli va uning o’quv predmeti va mavzuga mosligi; 
-   vaqtdan foydalanish;
-   tanlangan   ta’lim   metodlari   va   uning   o’quvchilar   yosh   xususiyatlariga
mosligi;
-   o’quvchilarning   ta’lim   jarayonidagi   ishtiroki,   faolligi,   o’qituvchiga
munosabati;
-   o’qituvchining faolligi, nutqi, mahorati va kompetentligi;
-   o’qituvchi-o’quvchi munosabatlari;
-   o’quvchilarni   baholash   va   rag’batlantirish   jarayonining   to’g’ri   tashkil
etilishi;
-   ta’lim maqsadiga erishilganlik darajasi;
-   yo’l qo’yilgan kamchiliklar va yutuqlar.
Pedagogik   amaliyot.   Kasbiy   ko’nikma   va   malakalarni   takomillashtirishni
shakllantirish   -   bu   oliy   ta’lim   muassasalarida   va   keyinchalik   o’qituvchi   sifatida
mustaqil pedagogik faoliyat davomida amalga oshiriladigan, uzoq davom etadigan
jarayondir.   Shuning   uchun   talabalarning   pedagogik   amaliyotda   olib   borayotgan
texnologiya   darslariga   refleksiv   munosabatini   rivojlantirish   va   bu   darslardan
taassurotlardan foydalanishni  belgilash juda muhim. Amaliyotga chiqishdan oldin
metodik tavsiyalar  umumiy amaliyot oldi konferensiyalarida talabalar  psixologik-
pedagogik   sikl   fanlari   bo’yicha   va   o’qigan   metodikalari   bo’yicha,   xususan,
texnologiya ta’limi metodikasi bo’yicha vazifalarni oladilar.
Tajriba   shuni   ko’rsatadiki,   birinchi   darsga   tayyorlanayotganda   talabada
albatta   hayajon   bo’ladi   va   bu   odatiy,   tabiiy   hol.   Bu   hayajon   bo’lajak   o’qituvchi
uchun   birinchi   darsga   tayyorgarlik   ko’rishda   ham   ijobiy   ro’l   o’ynaydi,   chunki
58 hayajon   talabani   barcha   shaxsiy   sifatlarni   bir   vazifaga   -   yaxshi   dars   berishga
qaratishga   majbur   qiladi.   Bu   esa   uni   adabiy   manbalar   va   qaydlarga   e’tibor
berishga, o’qituvchi va metodist bilan maslahatlashishga undaydi. Talaba birinchi
darsni   o’tganda   va   darsning   ham   ijobiy   va   ham   salbiy   tomonlarini,   ularning
sabablari   va   kamchiliklarni   bartaraf   etish   yo’llarini   tahlil   qilganda   ko’p   narsa
oydinlashadi.
Pedagogik   amaliyot   davomida   talabalar   mutaxassislikka   oid   turli   faoliyat
turlarini kompleks ravishda amalga oshirishlari uchun imkon beriladi. Shuningdek,
bo’lajak   o’qituvchi   shaxsini   shakllantirishga,   o’z-o’zini   baholash   ko’nikmalarini
tarkib   toptirishga   yordam   beradi.   Talaba   tomonidan   amaliyot   davomida   amalga
oshiriladigan   jonli   muloqot,   kuzatish   va   hayotiy   tajribalar   asosida   kasbiy   va
kasbiy-refleksiv   ko’nikmalar   tarkib   topa   boradi.   Pedagogik   amaliyotning   asosiy
maqsadi   bo’lajak   o’qituvchilarni   umumiy   o’rta   ta’lim   maktablarida   o’quv-
tarbiyaviy   ishlarga   kasbiy   pedagogik   va   psixologik   tayyorlash,   ijodiy   fikrlash,
kasbiy   mahorat   va   qobiliyatlarni   rivojlantirishdan   iborat.   Pedagogik   amaliyot
o’quv   jarayonining   muhim   tarkibiy   qismi   sifatida   quyidagi   xususiyatlari   bilan
tavsiflanadi: 
‒   aniq   pedagogik   jarayonda   talabalarning   ijtimoiy-kasbiy   faollik   ko’rsata
olish qobiliyatining namoyon bo’lishi; 
‒   pedagogik jarayonga va o’z faoliyatida ijodiy faoliyatning shakllanishi; 
‒   tabiiy   pedagogik   vaziyatda   kasbiy   refleksiv   madaniyatning   tarkib   topishi:
shaxsiy faoliyatni tahlil qilish jarayoni amaliyotchi talabaga pedagogik faoliyatida
yuzaga   kelishi   mumkin   bo’lgan   muammoli   vaziyatlarni   taxmin   qilish   va   ulardan
chiqish yo’llarini to’g’ri tanlashga o’rgatadi. 
‒   bo’lajak   o’qituvchilarni   pedagogik   jarayonga   har   tomonlama   yondashuv
asosida   nazariy   va   amaliy   bilim,   ko’nikma,   kompetensiyalar   bilan   birgalikda
tadqiqot qilishga jalb etishi; 
‒   pedagogik   texnologiyalar   mukammal   o’zlashtirish   va   ushbu   bilimlarni
pedagogik tajriba bilan integratsiyalay olish qobiliyatini shakllantirish. 
59 Kasbiy-refleksiv xususiyatlar  malakaviy amaliyot davomidagi o’z pedagogik
faoliyatini  tahlil  qilish va  o’z-o’zini  baholash  jarayonida shakllanib  boradi. Ya’ni
malakaviy   amaliyot   davomida   yuritiladigan   asosiy   ish   hujjatlaridan   biri   bo’lmish
amaliyot kundaligi o’z kunlik faoliyatini tahlil qilish va baholashning eng optimal
yo’li hisoblanadi (biroq talabalar kundalikni bir-birlaridan ko’chirib to’ldiradilar).
Har   bir   mashg’ulot   davomidagi   va   pedagogik   muloqot   jarayonidagi   o’z
yondashuvi,   qarashlari   va   ishtirokini   obyektiv   baholash   bo’lajak   o’qituvchida
kasbiy-refleksiv   xususiyatlarini   tarkib  toptirib  boradi.  Buning   uchun   esa   talabalar
real pedagogik faoliyatga tayyor bo’lishlari va o’qituvchining barcha funksiyalarini
bajarib   ko’rishlari   talab   etiladi.   Bo’lajak   o’qituvchining   bilim,   ko’nikma   va
malakalarining   tarkib   topganlik   darajasi,   kasbiy   rivojlanish   ko’rsatkichlari   va
o’quvchilarning   ijodiy   faolligi   o’quv   jarayoni   sifati   bilan   chambarchas   bog’liq
bo’lib,   ta’lim   samaradorligini   belgilab   beruvchi   asosiy   mezonlardan   biri
hisoblanadi. 
Boshlang’ich   ta’lim   va   sport   tarbiyaviy   ish   yo’nalishi   talabalarining
malakaviy   amaliyoti   umumiy   o’rta   ta’lim   maktablarida   ta’lim   muassasasida
o’qituvchilarning   tashkiliy,   konstruktivlash,   rejalashtirish,   kommunikativ,   tadqiq
qilish   kabi   pedagogik   mahoratini   shakllantirishgagina   emas,   balki   o’qituvchining
kasbiy   va   kasbiy-refleksiv   xususiyatlari   hamda   o’qituvchi   shaxsiga   qo’yilgan
talablardan   kelib   chiqqan   holda   individual   va   insoniy   fazilatlarni   o’zida
mujassamlashtirishga   qaratilgandir.   Agar   talabalar   bilimlarini   amaliyotda
qo’llashni, hayotga tatbiq etishni  o’rgansalar  va bu jarayonda nazariy xulosalarga
kelsalar   ularning   olgan   bilimlari   qat’iy   ishonchga   aylanadi.   Amaliyot   jarayonida
bo’lajak   o’qituvchi   shaxsining   kasbiy   va   kasbiy-refleksiv   xususiyatlari
shakllanishida o’z-o’zini tarbiyalashning kuchayishi, samarasi ham ko’mak beradi.
Pedagogik   amaliyotning   birinchi   kunidanoq   talabalardan   asosiy   ijtimoiy   vazifa,
ya’ni   har   tomonlama   yetuk   insonni   shakllantirish,   yosh   avlodni   hayotga   va   faol
mehnatga tayyorlash talab etiladi.
Pedagogik   amaliyot   paytida   asosiy   kasbiy   malaka   va   ko’nikmalarni
shakllantirish   jarayoni   kechadi.   Malakaviy   amaliyot   bo’lajak   o’qituvchining   o’z
60 hayotini   kelajak   avlod   ta’lim   va   tarbiyasi   kabi   jiddiy,   mas’uliyatli   ishga
bag’ishlashiga,   talabalarning   mehnatga   shayligini   amalga   oshirishga   tayyorligi
tekshiruvining birinchi jiddiy sinovidir. 
Pedagogik   amaliyot   talabaning   o’z-o’zini   kasbiy   tarbiyalash,   o’qitish   va
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib, amaliyotga tayyorgarlik jarayonida har
bir   talaba   pedagogik   tafakkurning   shakllanishi   to’g’risida   tasavvurga   ega   bo’lishi
shart. Pedagogik tafakkurni aniqlash uchun amaliyotchi talaba quyidagi vazifalarni
bajarishi lozim:
a)   amaliyotning   kuzatuv   bosqichida   amaliyotchi   talaba   o’qituvchilar
faoliyatini   o’rganish   bilan   bir   vaqtda   ularda   pedagogik   qobiliyatning
shakllanganlik darajasini aniqlashi;
b)   o’qituvchining   kommunikativ   kompetentligini,   ya’ni   o’qituvchi   va
o’quvchi hamkorlik faoliyatining psixologik negizini o’rganishi va o’qituvchining
shaxsiy pedagogik faoliyatini tahlil qilish qobiliyatiga baho berishi, tafakkurining
kengligini tekshirishi;
v) o’qituvchi tafakkurining tizimliligini tekshirish. 
Mazkur   vazifalarni   bajarish   talabaga   o’z   tafakkurining   kengligi,   tizimliligini
qay   darajada   rivojlanishini   ko’ra   bilishga   va   kasbiy   refleksiyani   shakllantirishga
imkon beradi. 
Pedagogik   amaliyotning   asosiy   maqsadi   bo’lajak   o’qituvchilarning   nazariy
bilimlarini   amalda   qo’llash   orqali   pedagogik   ko’nikma   va   malakalarini
shakllantirish,   shaxsning   kasbiy   muhim   xususiyat   va   sifatlarini   rivojlantirishdan
iboratdir.   Lekin   talabalarning   nazariy   ma’lumotlarga   egalik   darajasi   turli-tuman
bo’lganligi   bois,   umumiy   maqsad   individuallashgan   bo’lishi   lozim   va   bunday
yondashuv, eng avvalo rag’batlantiruvchi ahamiyatga egadir. 
II bob bo’yicha qisqacha xulosa
Ushbu   bobda   texnologik   ta’limga   kreativ   yondashuvni   shakllantirish   tahlil
qilinib,   boshlang’ich   ta’lim   yo’nalishi   talabalarini   texnologik   ta’limga   kreativ
61 yondashuv i ni  shakllantirish ning nazariy va amaliy muammolari o’rganilgan.  Unda
bo’lajak   o’qituvchilarining   texnologik   ta’limga   kreativ   kompetentligini   va
pedagogik   mahoratini   rivojlantirish   hamda   ularning   ijodiy   fikrlashini   kreativ
o’qitish   metodlari   va   innovatsion   texnologiyalari   yordamida   takomillashtirish
masalalari,   kreativlikni   shakllantirish   shartlari,   shaxsga   xos   kreativlik   sifatlar   va
kreativlik   orqali   o’quvchilarda   shakllantiriladigan   sifatlar   o’rganilgan.   Shuning
bilan birga  texnologiya fanini kreativ yondashuv asosida tashkil etuvchi o qituvchiʼ
faoliyati qanday sifatlarga ega bo lishi birma-bir berilgan.	
ʼ
Kreativ   yondashuv   asosida   texnologik   ta’limni   talabalarga   o’rgatish   modeli
ishlab   chiqildi.   Texnologik   ta’limga   kreativlikni   rivojlantirishda   o’quv   jarayonini
kreativ   tashkil   etish   elementlari   ta’riflangan.   Bo’lajak   o’qituvchining   kreativ
faoliyatga   kasbiy   va   kasbiy-refleksiv   tayyorgarlik   jarayoni   qanday   yondashuvlar
asosida amalga oshirilishi berilgan.
Talabalarni   texnologiya   ta’limini   kreativ   yondashuv   asosida   tashkil   etishga
tayyorlash   tizimi   o’rganildi.   Texnologik   ta’limga   kreativ   yondash gan   holda
bo’lajak  boshlang’ich ta’lim  o’qituvchilarini o’qitishda nimalarga ahamiyat berishi
zarurligi yoritib berilgan.  
62 III BOB.   BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI TALABALARINI
TEXNOLOGIK TA’LIMGA KREATIV YONDASHUVINI
SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASINI AMALGA OSHIRISH
BO’YICHA TAJRIBA-SINOV ISHLARI
3.1-§.  Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalarini texnologik ta’limga
kreativ yondashuvini shakllantirish texnologiyasini amalga oshirish
Magistrlik   dissertatsiyasi   bo’yicha   nazariy   izlanishlar   yakunlangandan
so’ng,   texnologiya   fanini   hozirgi   kunda   o’qitish   jarayonini   va   bu   jarayonda
o’quvchilarning   bajarayotgan   ishlarini,   yaratilgan   ijodiy   muhitni   o’rganish
maqsadida   tajriba-sinov   ishlarini   tashkil   etdik.   Tajriba-sinov   ishlari   jarayonida
pedagogik   kuzatish,   qiyosiy   tahlil,   pedagogik   eksperiment,   matematik   statistik
tahlil,   suhbat   va   anketa   so’rovlari   kabi   ilmiy   tadqiqot   metodlaridan   foydalandik.
Tajriba-sinov   obyektlari   sifatida   O’zbekiston-Finlandiya   Pedagogika   instituti
Boshlang’ich   ta’lim   va   sport   tarbiyaviy   ish   yo’nalishi   2-kurs   201-guruh   va   202-
guruh talabalarini  tanlab oldik. Tajriba-sinov guruhi  201-guruh va nazorat  guruhi
202-guruh   deb   belgilab   oldik.   Respondentlar   soni   51   nafar.   Mazkur   guruhlarda
talabalar soni quyidagicha:
201-guruh  – 26 nafar;
202-guruh  – 25 nafar.
Samarqand   shahar  XTB  ga  qarashli  54-umumiy  o’rta  ta’lim  maktabining  25
nafar   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarining   kreativliklarini   aniqlash   maqsadidan
so’rovnoma   o’tkazdik.   O’qituvchilar   bilan   o’tkazilgan   so’rovlar   ularning   kreativ
muhit,   kreativ   fikrlash   haqidagi   tasavvurlari   aniq   va   to’liq   emasligini   ko’rsatdi.
O’qituvchilarning 75 foizi  kreativlikni  ijodkorlik sifatida ta’riflanishini  aniq aytib
o’tishdi,   ammo   shaxs   kreativlik   sifatlari   haqidagi   savolga   o’qituvchilardan   aniq
javob   ola   olmadik.   Ularning   15   nafari   dunyoqarashning   kengligi   va   bilimlilikni
ko’rsatdi, 5 nafari tasavvur va fantaziyaning  boyligini, 3 nafari nutq va  tajribaning
boyligini  kreativlikning  asosiy  sifati  deb  ko’rsatishgan  bo’lsa,  qolgan  2  nafar
63   o’qituvchi aniq javob berishga qiynaldi. 
Bo’lajak   o’qituvchilar   bilan   o’tkazilayotgan   texnologiya   fanini   o’qitish
metodikasi   mashg’ulotlarida   ham   kreativ   muhit   yaratishga   katta   e’tibor
qaratilmasligini hamda umumiy o’rta ta’lim maktablarida kuzatilgan boshlang’ich
sinf   texnologiya   darslarida   ham   o’quvchilarni   kreativ   fikrlashga   undovchi
metodikalardan   juda   kam   foydalanishligini   ko’rsatadi.   Vaholanki,   texnologiya
darslari   o’quvchilarni   ijodkorlikka   yo’llashda   eng   muhim   predmetlardan   biri
hisoblanadi va o’quvchilarning bu fanga nisbatan qiziqishlari juda katta. Bugungi
kunda bo’lajak o’qituvchilarning kreativ yondashuvga tayyorlash dolzarb ahamiyat
kasb etgan holda, bunga juda kam e’tibor qaratilayotganligini ko’rsatadi. 
Talabalar   bilan   olib   borilayotgan   Texnologiya   va   uni   o’qitish   metodikasi
fanidan   tashkil   etilayotgan   24   soat   ma’ruza   va   30   soat   amaliy   mashg‘ulotlarida
talabalar bir qancha mavzularni o’zlashtiradilar.
Ma’ruza mashg’ulotlarida talabalar quyidagi mavzularni o’rganadilar: 
1. Boshlangich sinflarda texnalogiya ta’limining mazmuni;
2. Texnologiya darsining maqsadi va vazifasi;
3. Texnologiya ta’limining shakli va metodlari;
4. Texnologiya darslarida qo’l mehnatining usullari;
5. Boshlang’ich sinflarda texnologiya darsining olib borilishi;
6. Texnologiya darslarida o’quv jarayonini tashkil qilish;
7. Texnologiya darslarida ish unumini oshirish usullari;
8. Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar;
9.O’quvchilarni   kasb-hunarga   qiziqtirishda   mutafakkirlar   merosidan
foydalanish;
10. Boshlang’ich sinflarda texnologiya ta’limini o’qitish metodlari;
11. Texnologiya va kasb ta’limida didaktik tamoyillar;
12. Kanstruktorlik va modellashtirish darslarini tashkl etish metodikasi.
Ma’ruza   mashg’ulotlarini   kuzatish   davomida   professor-o’qituvchilar   AKT
laridan   samarali   foydalanishdi   va   o’quv   dasturida   belgilangan   barcha
muammolarni yoritib berishdi. 
64 Amaliy mashg’ulotlarda talabalar quyidagi mavzularini o’rganadilar:
1. Urug’lardan applikatsiya yasash;
2.   Xona   o’simliklarini   parvarish   qilish.   Gullarni   ko’chat   qilib   ko’kartirish
texnologiyasi; 
3. Mutafakkirlar merosida  texnologik  tarbiyasi.  Kasbga  yo’naltirishga oid
o’yinlarni tashkl etish metodikasi;
4. Ish fartugini tikish va dars ishlanmasini tuzish;
5. Tugma qadash texnologiyasi va dars ishlanmasini tuzish. ;
6. Qog’ozdan mozayka yasash;
7. Tuxum po’chog’idan mozayka yasash;
8. Fasllar mavzusida applikasiya tayorlash;
9. Pape-mashe bilan ishlash texnalogiyasi;
10. Kartondan rasm ramkalarini yasash;
11. Tuxum po’chog’idan hajmdor o’yinchoqlar yasash;
12. Turli materiallardan archa bezaklarini yasash;
13. Plastilin bilan ishlash, plastilindan turli shakllar yasash;
14. Plastilindan turli o’yinchoqlar yasash;
15. Ip va gazlama turlari bilan ishlash.
  Amaliy   mashg’ulotlar   davomida   talabalar   o’quv   dasturida   belgilangan
texnologiya   faniga   doir   amaliy   ko’nikmalarni   egallaydilar   va   boshlang’ich   sinfda
texnologiya fanini tashkil etish metodikasiga doir nazariy va amaliy ma’lumotlarga
ega bo’ladilar. Ammo ushbu mashg’ulotlarni kuzatish davomida talabalarni kreativ
faoliyatga   yo’naltirishga   doir   vazifalar   berilmadi.   Talabalar   o’quv   dasturida
belgilangan mavzuga doir topshiriqlarni faqatgina professor-o’qituvchi tomonidan
ishlab   chiqilgan   amaliy   mashg’ulot   ishlanmasiga   tayangan   holda   yasash,   qurish,
tikish   kabi   amaliy   harakatlarni   amalga   oshirdilar.   Vaholanki,   mashg’ulot
mavzusiga oid amaliy ishlarni bajarish uchun imkon berilganda, talabalar ko’proq
ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etgan bo’lar edilar.
O’qituvchilar  bilan texnologiya fanini  kreativ asosda  tashkil  etish borasidagi
tajribalarini o’rganish maqsadida anketa-so‘rovlarini o‘tkazdik:
65 1. Texnologiya fanining maqsadi?
2.   Hozirgi   zamon   texnologiya   fani   o’qituvchisi   qanday   talablarga   javob
berishi lozim?
3. Texnologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligini yoriting.
4.   Texnologiya   darsida   o’quvchilaringiz   asosan   qanday   muammolarga   duch
kelishadi?
5.   O’quvchi   texnologiya   faniga   qiziqmaydi.   Bunday   holatda   qanday   ish
tutasiz?
6. Texnologiya faniga kreativ yondashuvni qanday shakllantirish mumkin?
7. Kreativlikni shakllantiruvchi omillar nima deb o’ylaysiz?
8. Sizningcha kreativlikni shakllanishiga nima halaqit beradi? 
9. O’quvchilaringiz dars vaqtida   ko’p savol berishadimi?
o Ha,
o Yo’q.
10.O’quvchilar tomonidan berilayotgan har bir savolga javob berasizmi?
o Ha, javob beraman
o Savollarni keyingga qoldiraman 
o Darsdan chalg’imasliklarini so’rayman.
11.Biron br savolning javobni topa olmasangiz, taxmin qila olasizmi?
o Ha,
o Yo’q.
12. Ko’rgazmali qurollardan foydalanasizmi? Qanday turidan? 
o O’zim tayyorlagan qo’l mehnatidan,
o Tayyor ko’rgazmalardan
o Deyarli foydalanmayman.
Bo’lajak   o’qituvchilardagi   kreativlikni   kompleks   aniqlash   uchun   F.Vilyams
testidan   foydalanishga   qaror   qildik.   F.Vilyams   testi   ijodiy   fikrlash   va   shaxsiy
ijodiy xususiyatlar bilan bog’liq sifatlarni baholaydi. 
Test uch qismdan iborat:
1. Turli xil kreativ (ijodiy) fikrlash testi;
66 2. Shaxsiy ijodiy xususiyatlar testi;
3. Vilyams shkalasi.
Mazkur   ijodiy   testlar   kreativlikni   tashxislash   uchun   eng   yaxshi   diagnostik
vositalardan biri hisoblanadi. Chunki, F.Vilyams   testlari ishonchli, qulay va keng
qamrovli   shaxslarga   mo’ljallangan   bo’lib   ravonlik,   moslashuvchanlik,   originallik
va yaratuvchanlik kabi ijodiy xususiyatlarni aks ettiradi.
Vilyams   testining   birinchi   qismini   biz   tadqiqotimiz   davomida   moslashtirgan
holda   talabalarning   kreativ   fikrlash   sifatlarini   aniqlashga   harakat   qildik.   Test
guruhli   shaklda   o’tkazilishi   bilan   tadqiqot   davomida   foydalanishda   qulaylik
tug’dirdi. So’rovnomani to’ldirish uchun vaqt belgilamadik.
Talabalarga   ularning   kreativ   fikrlash   sifatlarini   baholash   uchun   so’rovnoma
tarqatiladi. So’rovnomada quyidagi savollar o’rin olgan:
1. Agar men to’g’ri javobni bilmasam, savolga taxmin qilib bo’lsa ham javob
berishga harakat qilaman.
2.   Avval   ko’rmagan,   bilmagan   detallarni   aniqlashni   va   bunda   buyumlarni
batafsil va sinchkovlik bilan kuzatishni yaxshi ko’raman.
3. Ishlarni avvaldan rejalashtirishni yoqtirmayman.
4.   Agar   biror   ishda   birinchi   marta   natijaga   erisha   olmasam,   qayta   harakat
qilaveraman. Toki, uni amalga oshirgunimcha.
5. Menga biror bir yangi, o’zgacha  faoliyat bilan shug’ullanish yoqadi.
6. Yangi do’stlar orttirishni yaxshi ko’raman.
7. Butun dunyoni unutib, ba’zi g’oyalarga bor diqqatimni qarataman.
8. Yer sayyorasida ishlashdan ko’ra menga kosmik stansiyada yashash, o’qish
ko’proq yoqadi.
9. Noodatiy, o’zgacha bo’lgan  narsalarni yaxshi ko’raman.
10.   Ba’zan   boshqa   insonlar   nima   haqida   o’ylayotganligini   tasavvur   qilishga
harakat qilaman.
11. Menga tarixiy hikoyalar, kinolar va teleko’rsatuvlar yoqadi.
12. Kelajakda hech kim erisha olmagan yutuqlarga erishishni xohlayman.
13. Hamma  narsani  odatiy  usullarda  bajaradigan  insonlarni  do’st  sifatida 
67 tanlayman.
14. Gohida meni amaldagi o’rnatilgan qoidalar qanoatlantirmaydi.
15.   Yechimi   to’g’ri   bo’lmagan   muammolarni   yechishga   urinish   menga
yoqadi.
16.   Hayotda   juda   ko’p   buyumlar   (vaziyatlar)   mavjud   va   men   ularda
eksperiment o’tkazishni xohlayman.
17.   Agar   men   muammoga   bitta   yechim   topsam,   boshqa   yechim   qidirib
o’tirmasdan shunga tayanaman.
18. Men biror badiiy asar o’qisam, badiiy film tomosha qilsam, o’zimni asar
va film qahramonlaridan birining o’rnida tasavvur qilaman.
19.   Men   300   yil   avval   odamlar   qanday   tarzda   yashaganligini   o’zimcha
tasavvur qilishni yoqtiraman.
20. Qat’iyatsiz do’stlarim menga yoqmaydi. 
21. Eski buyum, qutilarning ichida nima borligini bilish uchun tadqiq etishni,
titkilashni yaxshi ko’raman.
22. Ustozlarim va ota-onamning ish tarzini o’zgartirmasligini xohlayman.
23. Men faqat va faqat o’z his-tuyg’ularimga ishonaman.
24.   Biror   muammo   ustida   taxmin   qilish   va   haq   ekanligimni   boshqalarga
isbotlashdan rohatlanaman.
25.   Turli   mexanizmlarning   ichki   tuzilishi   va   ishlashi   qandayligi   meni
judayam qiziqtiradi.
26. Amaliyotga tatbiq etib bo’lmaydigan yangi g‘oyalar izlab topishni yaxshi
ko’raman.
27. Men yangiliklar bilan shug‘ullanishni va ularning natijalari bilishni yaxshi
ko’raman.
28. Menga qiziqarli  bo’lgan o’yinlarni yutish uchun emas,  zavqlanish  uchun
o’ynayman.
29.   Hech   kimning   miyasiga   kelmaydigan   qiziqarli   narsalar   haqida   o’ylashni
yoqtiraman.
30. Men boshqa odamlarning xayoliga ham kelmagan narsalar haqida savollar
68 berishni yoqtiraman.
So’rovnoma savollariga javob berishda talaba ongiga birinchi kelgan javobni
belgilash tavsiya etiladi. Javoblar quyidagicha baholanadi:
Ha – 2 ball;
Ba’zan – 1 ball;
Yo’q – 0 ball.
Vilyams   testi   bo’yicha   talabalarning   kreativlik   ko’rsatkichlari   quyidagi
bo’limlarda qancha ekanligi aniqlandi.
I bo’lim. Ravonlik
1. Talaba bitta savolga bir nechta javob varianti keltira oladi.
2. Bitta topshiriq berilsa, u bir nechta ishni amalga oshirishga harakat qiladi.
3. Unda bir vaqtning o’zida bir nechta g’oya paydo bo’lishi mumkin.
4. Talaba ko’p savol beradi.
5. Talaba fikrini ravon bayon etadi, nutqi ravon va boy.
6. Talaba juda faol va samarali faoliyat yuritadi.
II bo’lim. Moslashuvchanlik
1. Bitta buyumdan foydalanishning bir nechta usulini taklif etadi.
2. Badiiy asarlar namunasi haqida juda ko’p fikr bildira oladi.
3. Talaba bir obyekt xususiyatlarini boshqa buyumga osongina o’tkaza oladi.
4. Biror jarayonga yondashuvni osongina o’zgartira oladi.
5. Talabada ko’plab yangi g’oyalar paydo bo’lib turadi.
6. Muammoning bir nechta yechimini tavsiya etishi mumkin.
III bo’lim. Originallik
1. Talabaga assimetrik tasvirlar yoqadi.
2. U bitta javob bilan qanoatlanmaydi va yana boshqa javob variantlarini ham
izlaydi.
3.   Tayyorlagan   ishlariga   qo’shimcha   detallar,   elementlar   qo’shishni   yaxshi
ko’radi.
4. Birovlarning g’oyalariga tayanmasdan o’zi  qaysi bir usul bilan bo’lsa ham
predmetni o’zgartirishga harakat qiladi.
69 5.Oddiy   predmetlarga   qiziqishi   juda   past,   uni   yanada   takomillashtirishga
harakat qiladi.
6. O’yin (yoki biror vaziyat) qoidalarini o’zgartirishni yoqtiradi.
IV. Yaratuvchanlik
1. Barcha narsalar haqida so’rab, yangi narsalar yaratishga qiziqadi.
2. Mexanik qurilmalar tuzilishini o’rganishni yaxshi ko’radi.
3. Doimo yangiliklarga intiladi.
4. Yangi buyumlar va g’oyalarni o’rganishni yaxshi ko’radi.
5. Muammoning turli yechimlarini qidiradi.
6.Talaba   doimiy   ravishda   bilimlarini   boyitish   uchun   kitob,   internet
materiallarini o’rganib turadi.
7. Topshiriqlarni bajarishda kutilmagan o’zgarishlar qila oladi.
8. Predmatlarning boshqalar ko’ra olmagan jihatlarini ko’radi. 
Har qaysi mezonga mos savollar tanlab olindi.
2-kurs   201-guruh   va   202-guruh   talabalarida   texnologiya   ta’limi   metodikasi
bo’yicha birinchi mashg’ulotlardan birida o’tkazilgan tadqiqot jarayonida ularning
kasbiy-refleksiv   tafakkurni   amalga   oshirish   qobiliyatini   shakllantirishning
dastlabki   –   boshlang’ich   qismi   o’tkazildi.     Bunda   talabalar   individual,   guruh   va
juft-juft   bo’lib   ishlashdi,   o’qituvchi   tomonidan   belgilangan   chegaralar   doirasida
materialni   o’rganish   hajmi   va   tezligini   mustaqil   ravishda   nazorat   qilishga
o’rgatildi.   Talabalarning   kreativlik   qobiliyati   mustaqil   kuzatishlari,   og’zaki
mashqlar,   yozma,   grafik,   amaliy   ishlar   kabi   amalga   oshirish   usullaridan
foydalanildi.
Maqsadlarni   shakllantirish   bosqichida   o’qituvchi,   o’qituvchi   va   talabalar
birgalikda,   talabalar   mustaqil   ravishda   texnologik   ta’limga   kreativ   yondashuvni
shakllantirish ishlari olib borildi.
Axborot   to’plash   bosqichi   zarur   kreativlik   darajasining   haqiqiy   holatini   va
belgilangan   maqsad   bilan   bog’liq   holda   tenologik   ta’limga   yondashishga   imkon
berdi.   Bu   bosqichda   talabaning   zarur   subyektiv   tajribasi   aktuallashtirildi.   Bundan
tashqari   bu   bosqichda   muammo   ham   qo’yildi.   Prognozlash   va   qaror   qabul   qilish
70 bosqichlarining   tartibi   texnologik   ta’limga   kreativ   yondashishni   shakllantirish
darajasi   o’quv   vaziyatiga,   darsning   maqsadiga,   o’quv   jarayoniga   qarab   ham
o’zgartirib turildi. 
O’qituvchi   tomonidan   qaror   qabul   qilish,   kreativlikni   samarali   shakllantirish
va   texnologik   ta’limni   samarali   o’zlashtirish   uchun   ta’lim   holatini
rivojlantirishning   maqbul   variantini   tanlashdan   iborat   bo’ldi.   Boshqaruv   qarori
darsning   turli   bosqichlarida   rejalashtirilgan   kreativlikni   shakllantirishni   amalga
oshirish uchun optimal o’qitish usullarini aniqlashni o’z ichiga oldi.
Yuqoridagi   vazifa,   mezonlar   va   aniqlangan   daraja   asosida   bo’lajak
boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarida   texnologiya   ta’limiga   kreativ   yondashuvni
shakllantiradigan metodika amaliyotda qo’llashga taklif etildi.
3.2-§.  Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalarini texnologik ta’limga
kreativ yondashuvini shakllantirish  texnologiyasining samaradorligini
baholash bo’yicha tajriba-sinov natijalari
Tajriba-sinov   bo’yicha   olib   borilgan   izlanishlarda   bo’lajak   o’qituvchilarning
texnologik   ta’limga   kreativ   yondashuvini   shakllantirish   bo’yicha   ishchi   faraz
aniqlab olindi. 
Tajriba-sinovning   dastlabki   bosqichlarida   talabalarning   texnologik   ta’limga
kreativ yondashuvini  tashkil etishning metodik jihatlari o’rganildi. 
Bo’lajak   b oshlang’ich   ta’lim   o’qituvchilarining   texnologik   ta’limga   kreativ
yondashuvini   shakllantirish   uchun   dars   mashg’ulotlarining   o’qitish   shakli   va
mazmuni ishlab chiqildi hamda shu asosida mashg’ulotlar olib borildi.
Tajriba-sinov   guruhlarida   texnologik   ta’limga   kreativ   yondashuvni
shakllantirish   bo’yicha   o’tkazilgan   mashg’ulotlardan   so’ng   topshirilgan   nazorat
natijalari nazorat guruhlarida an’anaviy uslubda o’tilgan mashg’ulotlar natijalariga
nisbatan qancha farq qildi.
Oldimizga   qo’ygan   vazifaning   shartlarini   bajarish   uchun   tajriba   va   nazorat
guruhlarida   tadqiqot   davomida   ishlab   chiqilgan   metodika   asosida   muammoli
71 ma’ruzalar,   kreativ-integratsion   amaliy   mashg’ulotlar   o’tkazildi.   So’ngra
Vilyamsning kreativlikni aniqlash testi bo’yicha tajriba-sinov natijalarimizni tahlil
qildik.   201-guruh   tajriba   guruhida   talabalarning   texnologik   ta’limga   kreativ
yondashuvini   shakllantirish   texnologiyasi   asosida   o’tkazilgan   darslardan   so’ng
202-guruh nazorat guruhiga nisbatan  quyidagi natijani berdi.
3.1-jadval
Talabalarning texnologik ta’limga kreativ yondashuvini shakllantirish
texnologiyasi asosida guruhlarda texnologiya o’qitish metodikasi fanidan
o’tkazilgan darslardan so’ng  tajriba-sinov natijalari
Tajriba-sinov guruhi
201-guruh Jami Nazorat guruhi
202-guruh JamiRavonlik (10 ball)	
M
oslashuvchanlik (14 ball)	
Originallik (16 ball)	
Y
aratuvchanlik (20 ball)
Soni 6 4 10 6 26 10 6 7 2 25
Foizi 23,08
% 15,38
% 38,46
% 23,08
% 100
% 40
% 24
% 28
% 8
% 100
%
O’rtacha
o’zlashtirish
ko’rsatkichi 15,23
13, 44
72 O’rtacha   o’zlashtirish   ko’rsatkichini   aniqlash   uchun   guruhdagi   hamma
talabalarning olgan ballari qo’shib, talabalar soniga bo’lindi. 
Bundan   kelib   chiqib,   o’quvchilarning   Texnologiya   o’qitish   metodikasi   fani
bo’yicha o’rtacha o’zlashtirish ko’rsatkichini quyidagicha hisobladik.
Bu   yerda,     M   –   talabalar   soni,   T
i   –   i-chi   o’quvchining   fan   bo’yicha
o’zlashtirish ko’rsatkichi,  .
Shuni ta’kidlash kerakki, bizning olib borgan tadqiqotimiz natijalari bo‘lajak
boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarini   pedagogik   jarayonga   kreativ   yondashuvga
yo’naltirilgan   pedagogik   tizimni   takomillashtirishga   ma’lum   darajada   xizmat
qiladi.
Pedagogik   tajriba   davomida   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o‘qituvchilarining
texnologiya   faniga   kreativ   yondashuvga   doir   qarashlari,   kreativ   tafakkur   va
tajribalari   ikki   bosqich   asosida   solishtirilib,   bir-biriga   qiyoslab   o‘rganildi.   Olib
borilgan ilmiy tajriba nazorat va tajriba guruhlari misolida amalga oshirildi, ya’ni
bu   talabalar   har   bir   guruhda   ma’lum   darajada   tayyorgarlikka   ega   edilar.   Har   bir
guruhda   tajriba   ishlarini   olib   borishning   usuli   pedagogik   tajriba   boshidayoq
rejalashtirilib   olindi,   ya’ni   tajriba   guruhlarida   ma’ruza   va   amaliy   mashg’ulotlar
davomida   mavzu   nuqtai   nazaridan   kelib   chiqqan   holda,   tanlangan   maxsus
materiallar   asosida   ish   olib   borildi.   Nazorat   guruhlarda   esa   an’anaviy   dasturlarga
asoslangan   holda   davom   ettirildi.   Tajriba   guruhlar   uchun   tavsiya   etilgan   reja,
dastur   va   nazoratdagi   guruhlar   uchun   tuzilgan   reja   va   dasturdan   bir   muncha   farq
qilibgina qolmay, balki ijodiy ish turlari bilan ham ajralib turadi. Bu holatda tajriba
guruhidagi   talabalarga   ish   turlarini   ijodiy   o’zgartirishlari   uchun   imkon   berildi.
Shunga   ko’ra   tajriba   guruhi   talabalarining   baholarida   ham   o’zgarishlar   kuzatildi,
ijodiy   ishga   doir   tushuncha,   voqea   va   hodisalarga   munosabatlari   yuzasidan
fikrlashlari chuqurroq ekanligi bilan farq qiladilar. 
Tadqiqot natijalari asosida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
73 1.   Boshlang’ich   ta’lim   talabalarini   texnologik   ta’limga   kreativ   yondashuvga
tayyorlash   mexanizmini   takomillashtirishga   qaratilgan   “Kreativ   g’oyalar”   fan
to’garagini tashkil etish maqsadga muvofiq;
2.   Xalqaro   baholash   dasturlariga   asoslangan   kognitiv   va   kreativ   o’quv
topshiriqlarini tizimli ishlab chiqish bilan birgalikda boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
texnologiya fani doirasida keng qo‘llash lozim;
3.   Boshlang’ich   ta’lim   yo’nalishi   talabalarida   texnologik   ta’limga   kreativ
yondashuvga   tayyorlashda   ularning   iqtidori   va   qobiliyatini   uzluksiz   rivojlantirib
boorish zarur. TALIS xalqaro baholash dasturi asosida innovatsion usullarni ishlab
chiqish va joriy etish kerak;
4.   Texnologik   ta’limga   kreativ   yondashuvga   tayyorlashda   o’qituvchining
kasbiy   nuqtai   nazari   muhim   o’rin   tutadi.   Malaka   oshirish   kurslari   o’quv   rejasiga
“O’qituvchining   texnologik   ta’limga   tayyorlashga   kreativ   yondashuv
kompetensiyasi” o’quv modulini kiritish maqsadga muvofiq.
Shuni ta’kidlash kerakki, bizning olib borgan tadqiqotimiz natijalari bo’lajak
boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarini   pedagogik   jarayon da   kreativ   yondashuvga
yo’naltirilgan   pedagogik   tizimni   takomillashtirishga   ma’lum   darajada   xizmat
qiladi.
III bob bo’yicha qisqacha xulosa
Xulosa   qilib   aytganda,   ushbu   bobda   bo’lajak   boshlang’ich   ta’lim
o’qituvchilarini   texnologik   ta’limga   kreativ   yondashuvini   shakllantirish   va
pedagogik tajriba-sinov o’tkazish ishlari bajarildi.
Kreativlik shaxs samarali faoliyatini ta’minlovchi asosiy kategoriyalardan biri
bo’lib, ta’lim jarayoniga kreativ yondashuv o’quvchilar bilim o’zlashtirish sifatini
ularning ijodiy faoliyati asosida rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Kreativlik   muammosini   maxsus   o’rganishga   bag’ishlangan   testlar   va
qo’shimcha   matematik-statistik  metodlar,  metodikalar   jamlanmasidan  foydalanish
tadqiqotning amaliy-tatbiqiy  jihatdan   kengroq   ochib   berish   imkonini   yaratdi .
74 Kreativlik   omillari   talabalar   faoliyati   samaradorligi   uchun   muhim   omillardan
biri   bo ’ lib ,   talabalarda   kreativlik   ko ’ rsatkichlarining   rivojlanishi   shaxslilik
xususiyatiga   ham   bog ’ liq .
Tajriba   natijalari   bo ’ lajak   boshlang ’ ich   maktab   o ’ qituvchilarining   texnologik
ta ’ limga   kreativ   yondashuvini   shakllantirish   talabalarning   faolligini ,   ularning
o ’ zlashtirishining   sifat   ko ’ rsatgichini   oshirdi .
Bo ’ lajak   boshlang ’ ich   sinf   o ’ qituvchilarining   texnologik   ta ’ limga   kreativ
yondashuvini   shakllantirish   asosida   Texnologiya   va   uni   o ’ qitish   metodikasi
fanidan   dars   o ’ tilgan   guruhlarda   an ’ anaviy   metodika   bilan   dars   o ’ tishga   nisbatan
o ’ rtacha   o ’ zlashtirish   ko ’ rsatkichi  10-12%  ga   oshdi .
75 XULOSA
Magistrlik   dissertatsiyasida   ishlab   chiqilgan   nazariy   va   amaliy   natijalar
quyidagi xulosalarga olib keldi:
‒     Kreativlik-shaxsni   rivojlantiruvchi   kategoriya   ekanligi   va   inson
ma’naviyatining   ajralmas   qismiligi,   shaxsni   o’z-o’zini   rivojlantirish   omililigi,
shaxsiy   tashabbuskorlikning   asosi,   shaxs   ega   bo’lgan   bilimlarning   ko’p   qirrali
ekanligida   emas,   balki   yangi   g’oyalarga   intilishidadir.   O’rnatilgan   stereotiplarni
yangilik   yaratish   jarayonini   isloh   qilish   va   o’zgartirish,   hayotiy   muammolarni
yechish   jarayonida   kutilmagan   va   noodatiy   qarorlar   chiqarishda   kreativlik
namoyon bo’ladi.
‒   Tadqiqot   muammosiga   doir   izlanishlarimiz   va   pedagogik-psixologik
qarashlar   tahlili   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarini   texnologik   ta’lim
jarayoniga kreativ yondashuvni o’rgatish kasbiy kompetensiyaga ega bo’lgan yosh
mutaxassislarni tayyorlashda muhimligini ko’rsatdi.
‒   Shaxs kreativligiga doir qarashlar tahlilimizda kreativlik tushunchasi Sharq
mutafakkirlari   qarashlarida   ezgulikning   qayta   tug’ilish   jarayoni,   komillik   belgisi
sifatida talqin etilsa, G’arb olimlari uchun esa kreativlik – yangilik yaratish bo’lib,
uning   negizida   noan’anaviylik,   qiziquvchanlik,   tasavvur,   hazil-mutoyiba   tuyg’usi
va   erkinlik   mavjud   bo’lishiga   e’tiborlarini   qaratganliklari   ma’lum   bo’ldi.
Kreativlik   borasidagi   qarashlari   turlicha   bo’lsa-da,   har   ikki   madaniyat   vakillari
ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholashlari aniqlandi.
‒ Texnologik   ta’lim   ilmiy,   amaliy,   ma’naviy   tushunchalar,   san’at   va   kasb-
hunar   elementlari   integratsiyasini   o’zida   aks   ettiradi.   Shu   sababli   texnologiya
fanini   o’qitish   jarayoni   aniq   pedagogik   shart-sharoitlar   va   faoliyatga   undovchi
kuchlarni inobatga olgan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
‒   Ilmiy   va   amaliy   izlanishlarimiz   asosida   ishlab   chiqilgan   bo’lajak
o’qituvchilarni   texnologiya   fanini   o’qitishda   kreativ   yondashuvga   tayyorlash
modeli   talabalarning   kasbiy   (nazariy   va   amaliy)   hamda   kasbiy-refleksiv
tayyorgarlik jarayonini o’z ichiga oldi. Belgilab berilgan strategiyaga, psixologik-
pedagogik talablarga amal qilinishi ushbu modelning natijadorligini ta’minlaydi. 
76 ‒ Texnologiya   va   uni   o’qitish   metodikasi   fanidan   amaliy   mashg’ulotlarni
kreativ-integratsion yondashuv asosida tashkil etish borliq haqidagi tushunchalarni
yaxlit holda o’zlashtirishga,  tashabbuskorlikka va tasavvurlarni boyitishga xizmat
qiladi. Shu o’rnida o’qituvchilar egallaydigan ushbu amaliy ko’nikma va malakalar
kelajakda   umumiy   o’rta   ta’lim   maktablaridagi   ta’lim   sifatini   oshirishga   xizmat
qiladi.
‒   Pedagogik   eksperiment   jarayonida   sinovdan   o’tkazilgan   va   samaradorligi
aniqlangan boshlang’ich ta’lim ixtisosligi talabalarini texnologiya ta’limiga kreativ
yondashuvga tayyorlash metodikasini oliy ta’lim tizimiga joriy etish ta’lim sifatini
oshirishga xizmat qiladi.
‒ Bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarining   texnologik   ta’limga   kreativ
yondashuvini   shakllantirish   asosida   Texnologiya   va   uni   o’qitish   metodikasi
fanidan   dars   o’tilgan   guruhlarda   an’anaviy   metodika   bilan   dars   o’tishga   nisbatan
o’rtacha o’zlashtirish ko’rsatkichi 10-12% ga oshdi.
77 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
I. Rahbariy adabiyotlar
1. O’zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi.   -T.:   O’zbekiston,
01.05.2023. -49 b.
2.   O’zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to’g’risida”   gi   Qonuni.   O’RQ-
637-son. 23.09.2020. – T., 2020. – 40 b.  https    ://    lex    .   uz    /   docs    /5013007     
3. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O’zbekiston   Respublikasi
oliy   ta’lim   tizimini   2030-yilgacha   rivojlantirish   konsepsiyasini
tasdiqlash to’g’risida”gi 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni.
4. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “2022-2026-yillarga
mo’ljallangan   yangi   O’zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi
to’g’risida”gi 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni .
5. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Oliy   ta’lim   tizimini   yanada
rivojlantirish   chora-tadbirlari   to’g’risida”   gi   2017-yil   20-apreldagi   PQ
2909-son Qarori. 
6. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Oliy   ma’lumotli
mutaxassislar   tayyorlash   sifatini   oshirishda   iqtisodiyot   sohalari   va
tarmoqlarining   ishtirokini   yanada   kengaytirish   chora-tadbirlari
to’g’risida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son Qarori.
7. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Oliy   ta’lim   muassasalarida
ta’lim   sifatini   va   ularning   mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   keng
qamrovli islohotlarda ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775 Qarori.
8. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Kitob   mahsulotlarini   chop
etish   va   tarqatish   tizimini   takomillashtirish,   kitob   mutolaasi   va
kitobxonlik   madaniyatini   oshirish   hamda   targ’ibot   qilish   bo’yicha
komissiya tuzish to’g’risida”gi 2017-yil 12-yanvardagi Farmoyishi.
9. “Oliy   ta’lim   muassasalarida   ta’lim   sifatini   oshirish   va   ularning
mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   keng   qamrovli   islohotlarda   faol
ishtirokini   ta’minlash   bo’yicha   qo’shimcha   chora-tadbirlar   to’g’risida”
78 O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining qarori.   Toshkent shahri,   2018-
yil   5-iyun.   http    ://    uza    .   uz    /   uz    /   documents    /   oliy    -   ta    -   lim    -   muassasalarida    -   ta    -  
lim    -   sifatini    -   oshirish    -   va    -   ularn    -05-06-2018   
10. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Xalq   ta’limi   va   oliy   ta’lim
tizimi   o’qituvchilari   bilan   bo’lib   o’tgan   uchrashuvda   so’zlagan   nutqi.
23.08.2019.
11. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   Oliy
Majlisga Murojaatnomasi matni. 24.01.2020.
12. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. –T.:  O’zbekiston, 2016. – 56 b.
13. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz.  –T.: O’zbekiston, 2016. – 488 b.
14. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta’minlash –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T.: O’zbekiston, 2016.
–488 b.
15. Mirziyoyev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   qat’iy   tartib-intizom   va   shaxsiy
javobgarlik   –   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo’lishi
kerak. –T.: O’zbekiston, 2017. –104 b.
II. Asosiy adabiyotlar
16. Abu Nasr Forobiy. Risolalar. Mas’ul muharrir O‘zbekiston Respublikasi
FA haqiqiy a’zosi M.M.Xayrullayev. – Toshkent, Fan. 1975, 71–72-b.
17. Abu   Nasr   Forobiy.   Fozil   odamlar   shahri.   -   Toshkent:   Abdulla   Qodiriy
nomidagi xalq merosi, 1993. - 122 b.
18. Abu   Ali   ibn   Sino.   Tayr   qissasi.   “Falsafiy   qissalar”   kitobidan.   –
Toshkent, O’zadabiynashr, 1963. – 65 b.
19. Avloniy.   Turkiy   Guliston   yoxud   axloq.   –   Toshkent:   Yoshlar   nashriyot
uyi, 2018. – 97 b.
20. Beruniy. Tanlangan asarlar. I tom. –Toshkent, 1968. – 151 b.
21. Беспалько,   В.П.   Слагаемые   педагогической   технологии/
В.П.Беспалько. - М.: Педагогика, 1989. -192 с.
79 22. Бордовская Н. В., Реан А. А. Педагогика. – М.: «Питер», 2007. – С.
104.
23. Mannopova   I.A.,   Sayfurov   D.M.   Texnologiya.   4-sinf   uchun   darslik.
“O’qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2020. – 112 b .
24. Miraxmedova D.S., Shamsiyeva Z. S. Texnologiya. 1-sinf uchun darslik.
– Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 72 b.
25. Ochilov M., Ochilova N. Oliy maktab pedagogikasi. Darslik. -Т.,
«Aloqachi», 2008, 304 bet.
26. Sanakulov   X.   R.,   Abdiyeva   D.   Texnologiya.   2-sinf   uchun   darslik.     –
Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 80 b.
27. Sanakulov   X.   R.,   Abdiyeva   D.   Texnologiya.   3-sinf   uchun   darslik.     –
Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – 80 b.
28. O’zbek   tilining   izohli   lug’ati.   J.   I.   –   T.:   “O’zbekiston   milliy
ensiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 672 b. 216-b.
29. O’zbek   tilining   izohli   lug’ati.   J.III.   –T.:   “O’zbekiston   milliy
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -688 b. 380-b.
30. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 6-jild. Tahrir hay’ati A.Abduvohitov
va   b.   T.:   “O’zbekiston   milliy   ensiklopediyasi”   davlat   ilmiy   nashriyoti,
2003. -704 b.
31. G’oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: O’qituvchi, 1990. –184 bet.
III. Davriy nashrlar, statistik to’plamlar va hisobotlar
32. Akobirova   M.B.,   Sayfullayeva   D.A.   A   communicative   approach   to
teaching   students   in   english   of   their   specialties.   Oriental   renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences.2022.B.404-408.
33. Алейников   А.Г.   О   креативной   педагогике   /   А.Г.   Алейников   //
Вестник высшей школы. - 2009. - №12. - С. 29-34.
34. Амабайл   Т.М.,   Леонард   Д.,   Рейпорт   Дж.   Креативное   мышление   в
бизнесе. М., 2014. – 232 с.
35. Андреев   В.И.   Педагогика   творческого   саморазвития.
Инновационный курс. – Казань: Изд–во КГУ, 1996. – 566 с.
80 36. Aslanova   O.P.   Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarida   tafakkur   tezligini
shakllantirish texnologiyasi. Qarshi: Nasaf, 2019. - 143 b.
37. Барышева   Т.А.,   Жигалов   Ю.А.   Психолого-педагогические   основы
развития креативности. – СПб.: СПГУТД, 2006. -С.16.
38. Башина   Т.Ф.,   Ильин   Е.П.   Психология   творчества,   креативности,
одаренности. – CПб.: «Питер», 2009. –С.12.
39. Боно   Э.Де.   Серьезное   творческое   мышление   /   Пер.с   англ.
Д.Я.Онацской. Мн.: Попурри, 2005, 416с.
40. Браже   Т.   Г.   Интеграция   предметов   в   современной   школе   //
Литература в школе. – 1996. – № 5. – С. 150.
41. Давлетшин   М.   Г.   Совершенствование   подготовки   учительских
кадров. // Вопросы психологии. –Москва. 2000. №5. – С.133–134.,
42. Дьюи Д. Психология и педагогика мышления. – М.: Совершенство,
1997. – с. 347.
43. Дружинин   В.Н.   Психодиагностика   общих   способностей.   -   М.,
1996.).
44. Drapeau   Patti.   Sparking   student   creativity   (practical   ways   to   promote
innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA:
ASCD, 2014.  P.4.
45. Джураев   Р.Х.   Развитие   исследовательских   умений   в   процессе
педагогической деятельности // Халқ таълими. – Тошкент, 2003.№4.
–с.145–147.
46. Фридман   Л.М.,   Кулагина   И.Ю.   Психологический   справочник
учителя.- М.: Просвещение, 1991. -С. 288.
47. Гарднер   Г.   Структура   разума:   теория   множественного   интелекта.
М., 2007. – 512 с 
48. Гегель   Г.В.Ф.   Феноменология   духа/   Пер.с   нем.   Г.Г.   Шпета,
Коммент. Ю.Р. Селиванова. - М.: Акад. Проект, 2008. - 767 c.
49. Гилфорд Дж. Три стороны интелекта / Дж.Гилфорд // психология
мышления   в   2   т.   /   под.общ.ред.   А.М.Матюшкина.   –М.:
81 Просвешение, 1995. –Т1. С. 443-456с.
50. Hasanova   B .,   Xoldorov   B .,   Po ’ latova   P .,   Yuldashova   M .   Talabalar
malakaviy   amaliyotini   tashkil   qilish ,   nazorat   etish   va   baholash
metodikasi . –  Toshkent , 2007. – 142  b .
51. Igamov   S.   S.,   Markayev   Z.I.,   Nuriddinov   A.E.     Texnologiya   fanini
o’qitish meodikasi fanidan o’quv-metodik   majmua. Samarqand – 2020.
samdu.uz
52. Иванченко   В.   А.,   Козлова   Ю.   А.   Бинарные   занятия,   как   способ
мотивации   обучения   студентов   в   вузе   //   Психология   мотивации:
прошлое,   настоящее,   будущее:   материалы   междунар.   науч.-практ.
конф., посвящ. 85-летию  д-ра психол. наук, почет. проф. НГПУ В.
Г.   Леонтьева   (Новосибирск,   25–   28   дек.   2014   г.).   –   Новосибирск:
Изд-во НГПУ, 2015. – С. 171–174.
53. Креативная   педагогика:   методология,   теория,   практика   /   Под   ред.
Ю.   Г.   Круглова.   –   М.:   МГОПУ   им.   М.   А.   Шолохова,   изд.   центр
«Альфа», 2002. – 276 с.
54. Кривоносова   Ю.   Компетентность?   Креативность!   /   Российский
бизнес: [сайт]. URL:  http://www.rb.ru/community/articles/2008/02/13/
02/02/503. html#comments)
55. Крутецкий   В.А.,   Балбасова   Е.Г.   Педагогические   способности,   их
структура,   диагностика,   условия   формирования   и   развития.   –   М.:
Наука, 1991. – 224 с.,
56. Кукушин   B.C.,   Боuырева-Вараксина   А.В.   Педагогика   начального
образования.  / Под общ. ред. B.C.Кукушина.  — М.:  ИКЦ «МарТ»;
Ростов н/Д: Издательский центр «МарТ», 2005.
57. Лейтес Н.С. Возрастная одаренность и индивидуальные различия. -
М.: МОДЭК, 1997. 448 с.
58. Любард   Т.,   Муширу   К.,   Торджан   С.,   Зенасни   Ф.   Психология
креативности: Пер.с фр. М.: Когито-Центр, 2009. 215с.
59. Лэндри Ч. Креативный город. Пер.с.англ., М.:Классика. –XXI. 2006,
82 -399с.,
60. Mavlonova   R.A.   Boshlang’ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi.   Metodik   qo’llanma.   –   T.:   Nizomiy   nomidagi   Toshkent
davlat universiteti, 2005. http://library.ziyonet.uz/ru/book/33810.
61. Маслоу А.Г. Мотивация и личность. – СПб, 1999, -78с.
62. Маслоу А.Г. Самоактуализация  // Психология личности:  Тексты. –
М.:, 2002. –с. 108-118.,
63. Михайлина   С.   А..   Проблемная   лекция   как   актуальная   форма
интерактивного   обучения.   Экономические   и   социально-
гуманитарные исследования № 1 (13) 2017. стр. 101-106.).
64. Мороз   В.В.   Креативный   подход   к   преподованию   профессинально-
ориентированного   иностранного   языка.   Вестник   Оренбургского
государственного университета 2017 № 2 (202) стр 8-12).
65. Muslimov   N.A.   Bo‘lajak   kasb   ta’limi   o‘qituvchilarini   kasbiy
shakllantirish. – T.: Fan, 2004.
66. Muslimov   N.A.,   N.Karimova.   Kasb   ta’limi   o‘qituvchilarining   amaliy
kompetentligini   shakllantirish   texnologiyasi.   –T.:   “Iqtisodiyot”
nashriyoti, 2012.
67. Muslimov   N.A.,   Usmonboyeva   M.H.,   Sayfurov   D.M.,   To‘rayev   A.B.
Innovatsion   ta’lim   texnologiyalari   –   T.:   “Sano   standart”   nashriyoti,
2015. – 81-b.
68. Ne’matov   B.S.   Boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarida   kreativ   salohiyatni
rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari. Oktabr 2021.  10.24412/2181-
1784-2021-9-899-907
69. Николаева Т.П., Бичева И.Б. Образование как необходимое условие
достижения   устойчивого   развития   и   основа   будущего   прогресса   //
Вестник Мининского университета. – 2014. – № 4.
70. Olimov   K.T,   Sayfullaeva   D.A.,   Khimmataliev   D.O.,   Ashurova   S.Y.,
Gaffarov   F.H.   International   Journal   of   Innovative   Technology   and
Exploring   Engineering   (IJITEE),   Volume-9   Issue-1S,   November
83 2019.B.425-429.
71. Павлова,   Л.Н.   Педагогическое   управление   развитием   школьного
детского   колектива:   дис.   …канд.   пед.   Наук:   13.00.01   /   Павлова
Лариса Николаевна – Челябинск, 2007 – 152 с.
72. Пласкина,   М.   В.   Понятие   «технология   обучения»   в   современной
педагогике / М. В. Пласкина // Педагогика: традиции и инновации:
материалы   V   междунар.   науч.   конф.   (г.   Челябинск,   июнь   2014   г.).
— Челябинск: Два комсомольца, 2014. - С. 9 -11.
73. Рахимов   Б.Х.   Креативные   механизы   в   процессе   формирования
элитарности   человека.   Сб.статей/Под   общей   редакцией
О.В.Красновой и Б.В. Кайгородова.- М.: Издательство Московского
психолого-социального института, 2008. –с.255-259.,
74. Робинсон К. Школа будущего. М., 2016. – 368 с.
75. Роу А.Дж. Креативное мышление / Пер.с.англ. В.А.Островкого. М.:
НТ Пресс, 2007, 176с.  
76. Rustamov   E.T.,   Sayfullayeva   D.A.,   Rayimova   D.D.,   Kamolova   D.O.
Methodology   of   using   autocad   software   in   developing   technical
creativity   of   students.   Galaxy   International   Interdisciplinary   Research
Journal.2022.B.661-67.
77. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003. –
172 b.
78. Saidg’aniyeva S.Y., Abdullayeva Sh.R., Abduqunduzov I.A.  Kreativlik
pedagogik   faoliyatni   rivojlantirishning   asosiy   omili   sifatida
«SCIENTIFIC   PROGRESS»   Scientific   Journal   ISSN:   2181-
1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 4
79. Sayfullayeva   D.A.,   Mirzaqulova   N.I.   Texnologiya   fani   o‘qituvchilarini
kreativ,   kasbiy   kompetentligini   rivojlantirishning   pedagogik   shart-
sharoitlari.  Pedagogik Akmeologiya xalqaro ilmiy metodik jurnal 2022-
yil.
80. Смирнов   С.Д.   Педагогика   и   психология   высшего   образования:от
84 деятельности   к   личности:Учеб.пособие   для   студ.Высш.
Пед.учеб.заведений. –Москва: Изд. центр Академия. –2003. - 304 с.
81. Стернберг   Р.,   Григоренко   Е.   Инвестиционная   теория
креативности. // Психологический журнал. - 1998. - Том 19. - №2. -
С.144 - 161.
82. Царева   О.С.,   Бичева   И.Б.   Проблемная   лекция   как   условие
повышения   качества   образовательного   процесса   в   вузе   //
Индустрия   туризма   и   сервиса:   состояние,   проблемы,
эффективность,   инновации:   сборник   научных   трудов   по
материалам   II   Международной   научно-практической   конференции
(23   апреля   2015   г.).   Нижний   Новгород,   НГПУ   им.   К.   Минина.   –
2015. – С. 176-179.
83. Торшина К.А. Современные исследования проблемы креативности
в   зарубежной   психологии   /   Вопросы   психологии:   [сайт].   URL:
http://www.voppsy.ru/journal_all/issues/1998/ 984/984123
84. Торренс   Э.П.//   Психология:   Биографический   библиографический
словарь / Под ред. Н. Шихи, Э. Дж. Чепмана, У. А. Конроя.  СПб.:
Евразия, 1999. 256 c.
85. Torrance   E.P.   /   Developing   creative   thinking   through   school
experience // -N.V., 2002. –c. 215
86. Turdiyeva   M.   Oliy   ta’lim   muassasalari   talabalarida   pedagogik
tafakkurni shakllantirish. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008. –15-b.
87. Утёмов   В.В.,   Зинковкина   М.М.,   Горев   П.М.   Педагогика
креативности:   прикладной   курс   научного   творчества.   /   Учеб.
пособие. – Киров: АНОО «Межрегиональный ЦИТО», 2013. –С. 16.
88. Васильева   В.   Простая   психология:   креативность.   2000.
https://www.ps-box.ru/blog/prostaya-psihologiya-kreativnost
89. Вишнякова   Н.Ф.   Креативная   акмеология.   Психология   высшего
образования / Н.Ф. Вишнякова. - Мн.: Народная асвета, 2007. - 300
с.
85 90. Вульфов   Б.З.   Учитель:   профессиональная   духовность   //Ж.
Педагогика.-Москва, 1995. № 2. - с. 48-52.
91. Xayrullaеv   M.   Sharq   rеnеssansi   va   Forobiy.   Fan   va   turmush,   Toshket.
1995, 239 –b
92. Хелер   К.А.   Роль   креативности   в   объяснении   одаренности   и
выдающихся достижений // Актуальные проблемы психологии Том
6.   Психология   одаренности   /   Под   ред.   Р.А.   Семеновой-
Пономаревой. - К., 2002. - Вып. 1. - С. 104-120.
93. Yusufaliyeva   G . A .,   Abduraxmonova   N . N .,   To ’ rabekova   A . M .
Boshlang ’ ich   sinf   o ’ quvchilarida   kreativ   qobiliyatlarni   rivojlantirishda
o ’ qituvchining   roli .  Academic research in educational sciences volume 2
|   ISSUE   4   |   2021/   ISSN:   2181-1385/Scientific   Journal   Impact   Factor
(SJIF) 2021: 5.723
94. Zakirova   N.M.   O’quvchilarda   kreativlikni   shakllantirish   mazmuni   va
usullari. Academic research in educational sciences volume 1 | issue 3 |
2020/ISSN:   2181-1385/   Scientific   Journal   Impact   Factor   (SJIF)   2020:
4.804
95. G’afforova   T.   Boshlang’ich   ta’limda   zamonaviy   pedagogik
texnologiyalar. Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2012. 325 b.
96. Шадриков   В.Г.   Психология   деятельности   и   способности   человека.
Москва :  Логос , 1996. – 210  с .
97. Shermuxamedova   N.A.   Falsafa   va   fan   metodologiyasi.   -   Toshkent:
Aloqachi, 2008. 11-b.
98. Shodiyev   N.,   Islomov   B.,   To`lkuniy   M.     O`quvchilarni   kasbga
yo’naltirish.-Uslubiy qo‘llanma.- Samarqand, 2016.,-134b.
99. Sh о diyev   N.,   M а xm а tmur о d о v   Sh.,   А xmed о v а   Sh.   Must а qil   t а ’lim.
Uslubiy q о ‘ll а nm а . – S а m а rq а nd: S а mDU n а shri, 2005. -136 b.
IV. Dissertatsiyalar
100. Абдулаева   Ш.   Педагогические   технологии   развития
познователних   творческих   способностей   младших   школников.   –
86 Т.: UzNIPI .2005. – 120 с.
101. Arziqulov   D . N .   Kasbiy   kamolotning   psixologik   o ’ ziga   xos
xususiyatlari .– T .: 2002. – 22- b .
102. Husniddinova   G.   Bo’lajak   o’qituvchilarni   kasbiy   moslashtirishning
pedagogik shart-sharoitlari. –T. 2014. -87 b.
103. Jo’rayev   Q.B.   O’smirlarning   o’zligini   anglash   va   o’z-o’zini
boshqarishga o’rgatishning pedagogik omillari. - T.: 2006 - 190 b.
104. Madraximova   M . M .   Boshlang ’ ich   sinf   o ’ qituvchilarining   kreativlik
faoliyatini   shakllantirish   muammolari   va   metodlari .   2014-yil.
https://fayllar.org/ajiniyoz-nomidagi-nukus-davlat-pedagogika-v3.html       
105. Шадиев   Р.Д.   Дидактические   основы   реализации   проблемы
понимания в учебно-позновательной деятельности. Ташкент., 2004.
183 с.
106. Sharipov   Sh.S.   O’quvchilar   kasbiy   ijodkorligi   uzviyligini
ta’minlashning nazariyasi va amaliyoti. -T.: 2012, - 307 b.
V. Internet manbalar
107. https://s а mdu.uz/uz/n е ws/22246 
108. www.еdu.uz 
109. www.pedagog.uz
110. www.uzdu.uz
111. www.ziy о n е t.uz
87

BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI TALABALARINI TEXNOLOGIK TA’LIMGA KREATIV YONDASHUVINI SHAKLLANTIRISH

M ndarijaս KIRISH . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3 I BOB. BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI TALABALARINI TEXNOLOGIK TA’LIM D A KREATIV O’QIT ISHNING NAZARIY PEDAGOGIK ASOSLARI 1.1 -§ . O’qituvchilarda kreativ faollikni shakllantirish pedagogik faoliyatni rivojlantirishning asosiy omili sifatida. . . . . . . . . . . . . . 9 1.2-§. Boshlang’ich sinflarda texnologik ta’limga kreativ yondashuvning didaktik xususiyatlari . . . . . . . . . . . . . . . . ……... 17 I bob bo’yicha qisqacha x losa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ս 26 II BOB. BO’LAJAK BOSHLANG’ICH TA’LIM O’QITUVCHILARINI TEXNOLOGIK TA’LIM JARAYONIDA KREATIV YONDASHUVGA TAYYORLASH NING MAZMUN MOHIYATI 2.1 -§ . Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalarini texnologik ta’limga kreativ yondashuvini shakllantirishning nazariy va amaliy muammolarini o’rganish ……………………………………….. 27 2.2-§. Kreativ yondashuv asosida texnologik ta’limni talabalarga o’rgatish modeli…………………………………………………. 36 2.3-§. Texnologik ta’limga kreativ yondash gan holda bo’lajak boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarini o’qitish metodikasi ……… 48 II bob bo’yicha qisqacha x losa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ս 60 III BOB. BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI TALABALARINI TEXNOLOGIK TA’LIMGA KREATIV YONDASHUVINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASINI AMALGA OSHIRISH BO’YICHA TAJRIBA-SINOV ISHLARI 3.1-§. Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalarini texnologik ta’limga kreativ yondashuvini shakllantirish texnologiyasini amalga oshirish ………………………………………………………….. 61 3.2-§. Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalarini texnologik ta’limga kreativ yondashuvini shakllantirish texnologiyasining samaradorligini baholash bo’yicha tajriba-sinov natijalari . . . . . . 70 III bob bo’yicha qisqacha x losa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ս 73 X losa ս . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 75 Adabiyotlar ro’yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 77 2

3

KIRIS H Magistrlik d issertatsiya si mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi . Jahon ta’lim tizimi taraqqiyotining jadal suratlarda rivojlanishi avvalambor ta’lim jarayoniga innovatsion va kreativ yondashish lozimligini taqozo etib kelmoqda. Zeroki, jahonda har bir jamiyatning rivojlanish taraqqiyotini va yo’nalishini begilab beruvchi innovatsion-kreativlik ta’siri ostida yuz berib, inson faoliyatining har bir sohasida kreativlikka bo’lgan ehtiyojning ortishi bilan belgilanadi. Xorijiy rivojlangan mamlakatlarda, jumladan AQSH, Kanada, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Koreya kabi davlatlarda o’qitish jarayonlari innovatsion-kreativ yondashuv asosida amalga oshirilib kelmoqda. Mazkur holatni bevosita kuzatib, chuqur tahlil qilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 2019-yil 23-avgustda xalq ta’limi, oliy ta’lim xodimlari bilan bo’lgan muloqotda uzluksiz ta’lim tizimida olib borilishi kerak bo’lgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritib, “ … bugungi kunda ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarning obro’sini ko’tarish, shu bilan bir qatorda bugun o’qituvchilarning o’zlari ham ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha ijodiy yondashishi lozim” [10], - degan bir qator fikrlarni bildirib o’tdi. Shuningdek, yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida ham, ta’lim-tarbiyaning uzviy bog’liqligini yanada kuchaytirish maqsadida “Sharqona qarashlarimizda ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi. Bu esa bugungi kun o’qituvchisidan katta mas’uliyatni talab qiladi” [11], - deb ta’kidladilar. Demak, bugungi kunning zamonaviy o’qituvchilari ta’lim-tarbiya ishlarida faol qatnash bilan birgalikda o’z faoliyatlarini zamon bilan hamohang tarzda tashkil etishlari talab etiladi. Bundan tashqari, umumta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatib kelyotgan boshlang’ich sinf o’qituvchilari umumiy va maxsus kompetentsiyalarga ega bo’lishi va albatta, o’z faoliyatida kreativlik qobiliyatlarini namoyon eta olishi zarur. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, taraqqiy etishi, rivojlanishi o’z mohiyatiga ko’ra jarayon tarzda namoyon bo’ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g’oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan 4

boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo’lgan jarayonda kechadi. Kreativlik shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olamining o’zgarishi o’zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogenizi – tug’ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog’liqdir [68]. Mamalakatimizda amalga oshirilayotgan ilmiy pedagogik tadqiqotlar darajasida bo’lajak talabalarni texnologik ta’limda bo’lajak o’qituvchilarni kreativ yondashuv asosida texnologik ta’lim samaradorligini oshirishga tizimli yondashuv samarasini oshirib borish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi, bu borada kreativ va texnologik innovatsion tafakkurni shakllantirish eng muhim mezon bo’lib xizmat qilishi yaqqol ko’rinmoqda. Mamlakatimizda mutloq yangilangan va yangilanayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va shu bilan yangidan yaratilayotgan moddiy-texnik baza bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini texnologik ta’limga kreativ yondashuvga tayyorlash asosida izlanuvchilik sifatlarini shakllantirish dissertatsiya mavz ս sining dolzarbligini belgilaydi . O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ 2909-son Qarori, 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi Farmoyishi, 2019-yil 8- oktabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF- 5847-son Farmoni, 2022- yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-son farmonlari hamda pedagogik faoliyatga aloqador bo’lgan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqot obyekti: bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini texnologik ta’limga kreativ yondashuvga tayyorlash jarayoni. Tadqiqotning predmeti: boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalarini 5