O‘SMIRLARDA KREATIV YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH VA UNI RIVOJLANTIRUVCHI PSIXOLOGIK USULLAR


![KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Jahonda t a’lim va tarbiya mazmuni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, fan, texnika,
madaniyatning obyektiv talablariga asoslanadi.
Xalqoro miqyosda hozirgi kunda dunyodagi yetakchi kompaniyalarning
ishga olish talabi kreativ fikrlay olish yangiliklar yaratishga qodirlik ekanligini
hisobga oladigan bo‘lsak, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirish uchun ularga
kreativ madaniyatni o‘rgatish lozim va biz buni maktabgacha bo‘lgan ta’limda va
xalq ta’limida isloh qilishimiz maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “...Yosh avlodni barkamol, ma’naviy va
jismonan sog‘lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalash, ularni mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo
miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib
kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz”,[8, 56] degan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki,
yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning yaratuvchisi sifatida
shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari
darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi va kundalik turmush
yumushlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy vazifalardan biri bo‘lib
qolmoqda. Shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan
bu borada bir qator ishlar olib borildi. Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Makur k onsepsiyaga binoan
O‘zbekistonning 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student
Assessment) o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha
xalqaro dastur reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga
kirishiga erishish belgilangan.](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_3.png)
![Shuningdek, konsepsiyaga muvofiq, quyidagilar amalga oshiriladi:
Xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
va budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;
Yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan
tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida
raqobat muhitini kengaytirish.
Konsepsiya xalq ta’limi sohasidagi mavjud muammolarni aniqlaydi.
Umumiy o‘rta ta’limni boshqarishda qator muammolar mavjud. Jumladan,
maktablar metodik, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash va moliyalashda davlat
tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Kadrlar bilan ta’minlash borasida
ham kamchiliklardan holi emas. Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya
sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Aytish joizki,
kreativlikni rivojlantiruvchi usullar ustida ishlash va uni tadbiq qilish jamiyat va
davlat rivojiga katta hissa qo‘shishga, zamon bilan hamnafas fikrlovchi va ijodkor
yoshlarni yetishib chiqishiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-
sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”,[12] 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son
“2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol
investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid
davlat dasturi to‘g‘risida” [7], 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763-son “Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi [8] farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda mazkur
dissertasiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqot ishining maqsadi : O‘smir yoshidagi bolalarda ijodkorlik
qobiliyatini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi eng samarali metodlarni topish,](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_4.png)

![Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ushbu tadqiqot natijalari o’smirlarda kreativ
yondashuvni shakllantirish va rivojlantirishga ko‘maklashdi. Dissertatsiya ishida
o‘smir yoshidagi bolalarda kreativlikni oshirish uchun samaraliligi aniqlangan va
milliy mentalitetga moslangan metodikalar va ota-onalar uchun tavsiyalar
ko‘rsatildi. Kreativ yondashuvning aynan o‘smir yoshida nima uchun muhim
ekanligi o‘smirlik davrining psixologik xususiyatlariga asoslanib yoritib berildi.
Ilmiy tadqiqot natijasida xalq ta’limida va mustaqil qo‘llanish uchun metodikalar
yaratildi. Kreativ yondashuv uchun shaxsning individual xususiyatlari va atrof-
muhit ta’siri muhim ekanligi aniqlandi va buni aniqlash uchun mos bo‘lgan
kreativlik savolnomasi tarjima qilindi.
Tadqiqotning metodologik asosi. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun
quyidagi metodlardan foydalanildi:
– Tadqiqot muammosi bo‘yicha falsafiy, psixologik va pedagogik va
ilmiy-metodik adabiyotlar, dissertatsiyalar, shu sohada ish olib borgan chet el
olimlarining nazariya va qarashlari, elektron maqolalar, ilmiy yangiliklar, ishlab
chiqilgan metodlar, qo‘llanma va darsliklar tahlili;
– O‘smirlar o‘rtasida test va anketa so‘rovini o‘tkazish;
– Ilg‘or fikrlovchi guruhlarni aniqlash va ularning ta’im va tarbiya
jarayonining boshqa guruhlardagidan ajralib turadigan farqlarini aniqlash;
– Tajriba-sinov ishi natijalarini aniqlashda matematik statistika
metodlaridan foydalanish.
Tadqiqotda qo‘llaniladigan metodlar: test, anketa, kuzatish, matematik
statistika.
Tadqiqot muammosining o‘rganilganlik darajasi . Ijodkorlik atamasi
bilan birgalikda kreativlik tushunchasining ham kirib kelishi sohada yana
izlanishlar olib borilishiga sabab bo‘ldi. Yevropa va rus olimlari bu sohada
dastlabki nazariyalarni asoslashdi. Ularga Paul Torrens [52], Edvard de Bono [20],
Avraam Maslau, Qozon federal universiteti aspiranti S.Chulyokin, L.Bayanova
[24], L.Vigotskiy [55], Merilin Freyer, Erik Erikson, Govard Gardner, Daniel
Vellukslarni misol qilishimiz mumkin. Respublikamizda ham o‘quvchilarning](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_6.png)
![kasbiy ijodkorligi sohasida fundamental tadqiqotlarni amalga oshirgan olimlar
sifatida SH.Sharipov, E.G’oziyev [25], A.M.Jabborov [30], R.A.Mavlonova va
N.X.Rahmonqulova [37]larni ko‘rsatishimiz mumkin. Va shuni alohida ta’kidlab
o‘tishimiz lozimki, Samarqand Davlat Universiteti o‘qituvchilari dots.
M.Salohutdinova va PhD R.Musinovalarning ijod psixologiyasi haqida yozgan
monografiyalari talabalardagi bilim va ko‘nikmalarni oshirishga ulkan hissa
qo‘shmoqda.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqotni puxta olib borish
va uni nazariy va amaliy jihatdan asoslash muhim hisoblanadi. Bu tushuncha
psixologiya sohasida nisbatan yangi hisoblanib, uni fanga kirib kelishi XX asrning
birinchi yarmiga borib taqaladi. Pedagogika, biznes, texnologiya sohasida kreativ
fikrlashni shakllantirishning o‘ziga xos usullari ishlab chiqilgan va ommalashgan
bo‘lishiga qaramay, ular o‘z navbatida bir soha doirasida amal qiladi va aynan
o‘sha sohani rivojlantiradi. Aynan o‘smir yoshidagi bolalarda kreativlikni
rivojlantirishni tatbiq qilish kelgusida o‘smirlar tanlashi mumkin bo‘lgan sohalarga
innovatsiyalar kiritishga va o‘z o‘rnida o‘zbek psixologiyasida ham kreativlikni
shakllantiruvchi isbotlangan metodlar va bilimlarning yanada ortishiga sabab
bo‘ladi.
Dissertatsiyaning tuzilishi . Dissertatsiya kirish qismi, uchta bob, o‘n bir
bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_7.png)


![mumkin. Qiziqishlar bilimlarni ongli, puxta va barqaror anglangan holda
o‘zlashtirishga, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga, shaxsning qobiliyatini
rivojlantirishga, olamni mukammalroq tushunish va bilim saviyasini kengayishiga
yordam beradi. Qiziqish motiv singari borliqning mo‘jizakor tomonlarini bilishga,
fan asoslarini egallashga, faoliyatning turli-tuman shakllariga ijodiy yondashishni
vujudga keltirishga yordam beradi.
Ta’lim sohasidagi mutaxassis va psixologlarning fikriga ko‘ra, ijodiy
faoliyat bilan bog‘liq fikrlash jarayonlarida mashg‘ul bo‘lish deb tushunilgan
kreativ fikrlash bir qator boshqa shaxsiy ko‘nikmalarning ham rivojlanishiga olib
keladi. Shular jumlasiga metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala qilish va
shaxsning o‘zini yaxshiroq anglash ko‘nikmalari, muammolarni hal qilish
ko‘nikmalari kiradi. Shu bilan birga shaxs kamoloti, ta’lim olishdagi
muvaffaqiyati, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obro‘si
ham insonning kreativ fikrlash ko‘nikmasiga bog‘liq.[57]
Kreativ fikrlashda ta’limni asosiy vazifasi o‘quvchida u yashayotgan
jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun uning buguni va kelajagida kerak
bo‘ladigan ko‘nikmalarni shakllantirishidir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega
bo‘lishi lozim bo‘lgan muhim ko‘nikma bolib, bu ko‘nikma ularga doimiy tarzda
va shiddat bilan o‘zgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari yangilanayotgan
davrga xos ko‘nikmalarga ega kadrlarni talab etayotgan makonga moslashishga
ko‘maklashadi. Kreativlik bugungi o‘quvchiga hozir hatto mavjud bo‘lmagan
sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi ko‘nikmasini shakllantirish ularga
tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy
yondashuv orqali hal etish imkonini yaratadi. O‘smirlarda kreativ fikrlashni
rivojlantirishning ahamiyati faqatgina mehnat bozori talablari bilan cheklanib
qolmay, u yoshlar uchun o‘z qobiliyat va ko‘nikmalarini, shu jumladan, ijodiy
iste’dodlarni kashf etish muhim ahamiyatga ega. Kreativ fikrlash o‘quvchilarning
ta’lim olishini hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan
mazmunli usulda talqin etish orqali qo‘llab quvvatlaydi.](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_10.png)






![Intellekni go‘yoki hech narsani yaratmaydigan, tayyor bilimlarni o‘rganish,
unga faqat qaytarish xosdir deb hisoblagan har bir fikr egalariga e’tiroz tug‘iladi.
Psixologlarning fikricha, insoniyatning rivojlanishi bu intellektning rivojlanishi
negizida paydo bo‘lgan deb aytib o‘tilgan. Intellektni kreativlikdan yiroq
tushuncha sifatida qarash insoniyatga xos bo‘lgan yaratuvchanlik, originallik kabi
sifatlarni kreativlikka tenglab qo‘ymoqda. Bu g‘oyalar kreativ bo‘lmagan
shaxslarni boshqa tirik mavjudotlar singari ongli ma’lumotlarni qayta ishlash hukm
va xulosa chiqarish kabi funksiyalarsiz qilib ko‘rsatib qo‘yishi mumkin.
Stenberg va Gardnerlarning fikricha bir necha qobiliyat shaxsni omadli
bo‘lishiga olib kelishi mumkindir:
1. Ijodiylik mezonlaridan biri bu nostandartlikdir.
2. Ikkinchi mezon anglanganlikdir. [45, 485-503]
Stenberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5ta komponentini ishlab
chiqishdi:
1. Shaxsdagi bilimning ko‘pqirraligi. Qo‘lga kiritgan bilimlarimiz
g‘oyalarimizning ko‘p bo‘lishining asosi hisoblanadi. Hayotdagi bilimlarimiz
qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni hal qilish uchun ishlatishimiz mumkin bo‘lgan
variantlar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi.
2. Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarni yangidan ko‘rishga, ularni
qayta yaratishga va bog‘lashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini
tasavvur qilamiz va uni o‘zlashtirib yangi bosqichga olib o‘tamiz.
3. Tavakkalchilik bu yangi taassurotlarni qidirish demakdir. Buni ikki xil
ma’noda ko‘rishimiz mumkin.
a. Tavakkal
b. Muammoni yechishdagi qat’iylik.
Bunday xuxusiyatga ega bo‘lgan shaxslar muammo bilan yuzlashganda
ortga qaytishdan ko‘ra yangi tajribalarga ega bo‘lishni afzal ko‘radilar.
4. Shaxsning ichki motivatsiyasi majburlikdan ko‘ra murakkab
masalalarni yechishda unga qiziqish va bajarayotgan vazifasidan qoniqish xissini
beradi. Ijodkor shaxsga masalaning bajarilish muddati va undan keluvchi daromad](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_17.png)
![mutlaqo qiziq emas. U talabgor haqida o‘ylamaydi. Uning butun e’tibori masalani
yechishdagi qoniqish xissi va stimulga qaratiladi. Isaak Nyutondan siz murakkab
masalar yechimini qanday topgansiz deb so‘ralganda , u shunday javob bergan,
“Men bu muammo haqida tun-u kun o‘ylab yurganman”
5. Shaxsdagi ijodiy g‘oyalarning tug‘ilishida ijodiy muhitning ham o‘rni
beqiyosdir. Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va va ularning ko‘magi shaxsdagi
g‘oyalarning kamol topishiga turtki bo‘ladi. Ba’zi tadqiqotlarda esa ijtimoiy
muhitning shaxsga salbiy ta’siri ham kuzatilgan. Masalan, amerikalik talabalarga
insho yozish topshirig‘i berilgan va ularning inshosini kursdoshlari tekshiri
oldindan ogohlantirilgan. Boshqa guruhga esa shunchaki insho yozish buyurilgan.
Natijalar esa ogohlantirilgan guruhning insholari nisbatan yomon yozilganligini
ko‘rsatgan. Ushbu holat ijtimoiy muhitning ijodkorlikka salbiy ta’sirini yaqqol
ko‘rsatib beradi.
Kreativlik mavzusida butun umri davomida izlanishlar olib borgan va
erishgan muvaffaqiyatlari sababli ham psixologiyada “zamonaviy kreativlikning
otasi” deb nom olgan amerikalik olim Ellis Paul Torrensdir. U 1915-yilning 8-
oktabr sanasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Jorjiya shtatida tug‘iladi. Kasbi
psixolog bo‘lgan bu olim pedagogik psixologiya va kreativ psixologiya sohalarida
izlanishlar olib boradi. U yaratgan kreativlikni o‘lchash testlari ommalashdi.
Psixologiya sohasiga qo‘shgan asosiy hissasi uning kreativlik borasidagi
“Kelajakdagi muammolarni hal qilish ” xalqaro dasturi, “ Inkubatsiya modeli” va
“Torrens ijodiy fikrlash testlari” nomli kitoblaridir. Torrens o‘z karierasini o‘qitish
va ijodkorlikni tatbiq etishga bag‘ishladi. Uning bu sohaga qiziqishi 1937-yilda
ko‘plab shogirdlari hayotda va ishda muvffaqiyat qozonishini kuzatish natijasida
paydo bo‘ldi. AQSH harbiy kuchlari tarkibida ishlagan vaqtida omon qolish uchun
kreativlik ta’rifini ishlab chiqdi, unda jasorat va tavakkal qilish ijodkorlik uchun
muhimligini ta’kidladi. Keyinchalik u kretivlikni “Bo‘shliqlar yoki bezovta
qiluvchi, yetishmayotgan elementlarni sezish jarayoni, ular bo‘yicha gipotezalarni
shakllantirish, bu farazlarni tekshirish va natijalarni yetkazish, ehtimoliy
gipotezalarni o‘zgartirish va qayta sinovdan o‘tkazishdir” deb ta’riflaydi. [50]](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_18.png)
![Torrens o‘z hamkasblari bilan birgalikda 1966-yilda nashr etilgan mashhur
“The Torrence Tests of Creative Thinking” ni ya’ni Torrensning kreativ fikrlashni
tekshiruvchi testlarini ixtiro qildi. [46] U o‘z sinovlarini yaratishda Guilford
tushunchalaridan foydalangan, ammo, Guilforddan farqli o‘laroq, u ham og‘zaki
ham figurali faoliyatni qidirdi va “Torrence Tests of Creative Thinking”ning turli
subtestlarini uchta toifaga guruhladi:
1. Og‘zaki stimullardan foydalanilgan og‘zaki vazifalar.
2. Og‘zaki bo‘lmagan stimullardan foydalangan holdagi og‘zaki
vazifalar.
3. Og‘zaki bo‘lmagan vazifalar. [34, 19]
U ijodkorlikni miqdoriy baholash uchun benchmark usulini ishlab chiqdi.
Dastlab u Guilfordning 4 xil fikrlash omilidan foydalangan:
1. Ravonlik. Rag‘batlantirishga javoban talqin qilinadigan mazmunli va
tegishli g‘oyalarning umumiy soni.
2. Moslashuvchanlik. Turli toifalar soni yoki javoblardagi siljishlar.
3. Originallik. G‘ayrioddiy, ammo tegishli bo‘lgan g‘oyalar soni va
javoblarning statistik nodirligi.
4. Ishlab chiqish. Javobni kengaytirish uchun ishlatiladigan tafsilotlar
miqdori. [27, 110-118]
Keyinchalik Torrens figurali testlarning reytingini oshirishga qaror qildi.
“Torrens Tests of Creative Thinking” kitobining uchinchi nashrida
moslashuvchanlik shkalasini figurali testdan chiqarib tashladi, ammo figurali
mezonlarga asoslangan yangi ball sifatida sarlavhaning muddatidan oldin
yopilishiga qarshilik va mavhumlik qo‘shildi. Ushbu tizimdan foydalangan holda
figurali testlar beshta me’yorga asoslangan ball va 13 mezonga asoslangan ballar
bo‘yicha baholanadi. Shunday qilib Torrensning kreativ fikrlashni baholovchi
testlari figural forma beshta kichik o‘lchamni o‘lchaydi: ravonlik, o‘ziga xoslik,
ishlab chiqish, sarlavhaning mavhumligi va erta yopilishga qarshilik.
Mezonlarda havola qilingan o‘lchovlar hissiy ekspressivlik, hikoyaning
ifodaliligi, harakat yoki harakatlar, sarlavhaning ifodaliligi, to‘liq bo‘lmagan](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_19.png)
![raqamlarning sintezi, chiziqlar bo‘lsa sintez, doira mavjud bo‘lganda g‘ayrioddiy
visualizatsiya, chegaralarni kengaytirish yoki buzish, hazil, tasvir boyligi, rang-
baranglik va fantaziyani o‘lchash uchun xizmat qiladi.
2002-yilda Gof va Torrens tomonidan yaratilgan Torrens kreativ fikrlash
testining eng so‘nggi versiyasi 4ta normaga asoslangan qobiliyatlarni o‘lchadi:
1. Ravonlik. Faoliyat bilan bog‘liq ko‘plab g‘oyalarni ishlab chiqish
qobiliyati.
2. O‘ziga xoslik. Umuman ishlab chiqarilmaydigan g‘oyalarni ishlab
chiqish qobiliyati.
3. Faoliyatga oid fikrlarni ishlab chiqish, bezash qobiliyati.
4. Moslashuvchanlik, o‘xshash stimulni turli yo‘llar bilan izohlash
qobiliyati. [34, 19]
Torrens va uning hamkorlari Minnesota shtatida Minnesota kreativ fikrlash
testlarini o‘tkazdi. Shuningdek, 1958-1964-yillarda Minnepolisdagi ikkita
boshlang‘ich maktabda o‘qigan 215 nafar o‘quvchida o‘tkazilgan ijodkorlik
bo‘yicha 40 yillik tadqiqotni yakunladilar. [52] U bundan tashqari Torrens kreativ
fikrlash testlari hali ham ijodkorlikning mohiyatini o‘lchashga qodir emasligini,
o‘lchangan yuqori qobiliyatlar darajasi insonni o‘zini ijodiy tutish imkoniyatlarini
oshirishini biladi.
Torrens “Kelajakdagi muammolarni hal qilish” dasturini yaratdi va
o‘qitishning inkubatsion modelini ishlab chiqdi. U hozirgi kunda kengaygan va
xalqaro miqyosda 250 mingdan ortiq talabalarni qamrab olgan. Ushbu dastur
tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlaini rag‘batlantiradi, real dunyoni idrok etishni
kengaytiradi, talabalarda kelajakka qarashni rivojlantirishga undaydi,
muammolarni hal qilish o‘quv dasturiga integratsiya qiladi, haqiqiy baholashni
taklif qiladi va talabalarni yetakchi rollarga tayyorlaydi.
Torrens inson ijodkorligi sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Butunjahon
Aql Olimpiadasining Artur Lipper mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning jami 1871ta
nashri bo‘lib, 88 ta kitob, 256 ta kitob yoki kooperativ jildlari, 408 ta jurnal
maqolalari va 538 ta hisobot, 64 ta so‘zboshi, qo‘llanma, test va o‘quv materiallari](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_20.png)
![bo‘lib, ular 32 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Torrens doimo bolalarning
imkoniyatlarini kengaytirishga, ularning ijodiy salohiyatini ochishga qiziqqan.
Lekin birinchi navbatda bu salohiyatni o‘lchash kerak deb hisoblagan.Torrens
ta’rifiga ko‘ra ijodiy energiya ajoyib muvaffaqiyatlar va o‘z-o‘zini amalga
oshirishning eng kuchli manbalaridan biri, go‘yoki orzularimizga, kelajak haqidagi
tasavvurlarimizga oshiq bo‘lish kabi. Ijodkorlik- barcha xulq-atvor sohalarida
inson mukammalligining o‘ziga xos xususiyati. Ajoyib ijodiy yutuq boshqacha
bo‘lishni, ma’lum chegaralarni sinab ko‘rishni, qiyin ishlarni bajarishga harakat
qilishni, xatolarga yo‘l qo‘yish va qiyinchiliklarga javob bera olishni o‘z ichiga
oladi. Kreativlik- bu ma’lumotdagi muammolarni yoki bo‘shliqlarni sezish,
so‘ngra sinov, xato yoki gipotezalarni shakllantirish orqali qiyinchiliklarni aniqlash
va yechimlarini topish jarayonidir. G‘oya tug‘ilishi bilanoq biz ozchilik insonlar
sirasiga kirib qolamiz va g‘oyaning jamiyatda tatbiq etilishi uchun jasorat eng
kuchli rolga ega bo‘ladi.
Sternberg va Gardnerlar ijodiy fikrlash jarayonini bevosita intellekt bilan
bog‘laydi va intellektni uch turga: amaliy, analitik va ijodiy intellektga ajratdi.
Sternberg tomonidan taklif qilingan amaliy intellekt tajribalarga asoslangan
bilimlarni kundalik hayotda qo‘llash demakdir. [45, 485-503] Bu turdagi intellekt
sinovida yaxshi natijaga erishgan shaxsning ijodiy va analitik intellektdan
ko‘rsatgan natijalari mutanosib bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, 2007-yil
Virjinia shtatidagi ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan otishmalardagi talabalarning
harakatlarini tahlil qilamiz. Bir talaba gazlangan ichimlik olib kelish uchun
xonasini tark etadi. Bu talaba darsga qaytishni rejalashtirgan edi, lekin ichimlikni
olib xonasiga qaytganida, xona eshigining ichkaridan zanjirlanganini ko‘radi. Xona
eshigi nega zanjirlangan ekanligini o‘ylash o‘rniga u derazadan oshib kirdi va
o‘zini qurolli odamga tutib berdi. Boshqa tomondan, bir juft talaba oliygoh
kampusida ketayotganida o‘q ovozini eshitadi. Ulardan biri buni tekshirib
ko‘rishga undaydi. Ammo, ikkinchi talaba o‘q ovozidan qochish kerakligini aytadi
va ular shunday qilishadi. Natijada o‘zlarining jonini saqlab qolishadi. Derazadan
oshib o‘tgan talaba kreativ intellektini namoyon qildi, ammo, aql-idrokini](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_21.png)

![“O‘z-o‘zini tashkil etuvchi axborot tizimlarida assimetrik naqshlar
shakllanadi”. Yanal fikrlash - bu bir naqshdan ikkinchisiga o‘tish usuli. Edvard de
Bono “jiddiy ijodkorlik” nomli yangi atamani “Jiddiy ijod” kitobida rasmiy
ijodkorlik texnikasi bilan shunchaki chalkashlik o‘rtasidagi farqni aniqlash va
g‘oyaning amalga oshishiga umid qilish uchun kiritadi. [20] Tomas Edison elektr
ixtirolari bilan shug‘ullanganidek, Edvard de Bono ijodkorlik sohasidagi eng
buyuklardan biridir. U ta’lim tizimlaridan biznesni boshqarishgacha bo‘lgan
mashhur ijodkorlik roliga ega. Uning tizimli yondashuvi "ijodkorlik"ni ko‘pchilik
ishonadigan amaliy ko‘nikmalar emas, balki fikrlash funktsiyasi sifatida
aniqlashga yordam berdi. Edvard de Bono ijodkorlik tug‘ma fazilat emas, balki u
faqat amaliyotda rivojlanganligini aniqladi. U o‘zining ijodiy usullaridan
Psixologiya va Neyrologiya fanlaridan foydalanadi, ammo uning usullaridan har
qanday kontekstda har kim foydalanishi juda oson.
Ijodkorlik narsalarga boshqacha qarash uchun o‘rnatilgan naqshlarni
buzishni o‘z ichiga oladi. Muayyan tajribalar ketma-ketligi bilan o‘rnatilgan
vaqtinchalik tuzilmalardan xalos bo‘lish uchun bizga ijodkorlik kerak. Ijodkorlik
ajoyib motivatordir, chunki u odamlarni qilayotgan ishlariga qiziqtiradi. Ijodkorlik
foydali g‘oya bo‘lishi mumkinligiga umid beradi. Ijodkorlik har bir kishiga
qandaydir yutuqlarga erishish imkoniyatini beradi. Ijodkorlik hayotni yanada
qiziqarli qiladi. Ijodiy fikrlash iste’dod emas, balki o‘rganish mumkin bo‘lgan
mahoratdir. Bu odamlarga tabiiy qobiliyatlariga kuch qo‘shish orqali kuch beradi,
bu esa jamoaviy ish, mahsuldorlikni va tegishli foydani yaxshilaydi. Har doim
to‘g‘ri bo‘lish zarurati yangi g‘oyalar uchun eng katta to‘siqdir.
Muammoni hal qilish. Ba‘zida vaziyat faqat muammo hisoblanadi, chunki u
ma‘lum bir tarzda ko‘rib chiqiladi. Boshqa tomondan qaralsa, to‘g‘ri harakat
yo‘nalishi shunchalik ravshanki, muammo endi mavjud emas. Murakkablik bilan
shug‘ullanish - bu samarasiz va keraksiz vaqt, e’tibor va aqliy energiyani
yo‘qotish. Oddiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning murakkabligini hech
qachon oqlab bo‘lmaydi.](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_23.png)
![Oltita fikrlaydigan qalpoq yondashuvi maltalik shifokor, psixolog va
faylasuf Edvard de Bono tomonidan yaratilgan. U buni davlat idoralariga maslahat
berishda ishlatgan, lekin u kundalik muammolarni hal qilish uchun amaliy vosita
bo‘lishini ham xohlagan. U birinchi marta uning 1985 yildagi xuddi shu nomdagi
kitobida paydo bo‘lgan, keyinchalik u bir necha bor qayta ko‘rib chiqilgan. 2021-
yilda vafot etgan De Bono, shuningdek, muammolarni bilvosita, ko‘pincha ijodiy
va hayratlanarli usullar bilan hal qilish usuli bo‘lgan "lateral fikrlash" ixtirochisi
edi. Xuddi shunday, oltita fikrlash shlyapasi turli xil fikrlash turlarini tushunish va
o‘rganish usulidir.[21]
Qaror qabul qilish uchun oltita fikrlash qalpoqlari
“Oltita fikrlash shlyapasi” texnikasi muammoga olti xil usulda qarashga
imkon beradi. Bu sizni va jamoangizni har qanday instinktiv pozitsiyalardan
tashqariga olib chiqadi, shunda siz turli istiqbollarni o‘rganasiz. Shunday qilib, siz
o‘z ishingiz bilan bahslashmasdan yoki "to‘g‘ri" yoki "noto‘g‘ri" haqida tez qaror
qabul qilmasdan, har birini diqqat bilan ko‘rib chiqishingiz mumkin. Oltita
shlyapaning barchasini sinab ko‘rganingizdan so‘ng, keyingi qadamlaringizni hal
qilishda sizga yordam beradigan boy tushunchalar to‘plamiga ega bo‘lishingiz
kerak.
Oltita fikrlash qalpoqlarining har biri nimani ifodalaydi:
Moviy shapka: "dirijyorning shlyapasi"
Ko‘k shapka rejimida bo‘lganingizda, siz o‘z fikringizni nazorat qilish va
qaror qabul qilish jarayonini boshqarishga e'tibor qaratasiz. Sizda kun tartibi bor,
xulosalar so‘rang va xulosalar chiqaring.
Yashil shapka: "Ijodiy shlyapa"
Yashil shlyapa ijodiy fikrlashni ifodalaydi. Ushbu shlyapani "kiyganingizda"
siz bir qator g‘oyalar va oldinga siljish yo‘llarini o‘rganasiz.
Qizil shapka: "Yurak uchun shapka"
Bu shlyapa hissiyotlar va instinktlarni ifodalaydi. Ushbu turdagi fikrlash
bilan shug‘ullanganingizda, his-tuyg‘ularingizni mantiqiy asoslamasdan ifoda
etishingiz mumkin.](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_24.png)

![V.Shtern, J.Piaje, D.Veksler va bir guruh olimlar ham intellektni insonlarni
yangi turmush tarziga moslashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qaragan. Ular o‘z
tadqiqotlarini longityud metodidan foydalanib minglab amerikalik maktab
o‘quvchilari kuzatish orqali o‘tkazishgan. Tadqiqot avvalida ularning IQ
koeffitsienti aniqlab olinib, ular to‘plagan ballari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi.
Kuzatiluvchilar haqidagi ma’lumotlar 30, 40, 50, 60, yil oralig‘ida to‘plab boriladi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, intellekt koeffitsienti yuqori bo‘lgan
sinaluvchilar hayotda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatadilar. IQ darajasi past
bo‘lgan sinaluvchilar esa boshqalardan 30 marta kamroq muvaffaqiyatga
erishdilar.
Intellekt va kreativlikning bir –biriga bog‘liq emasligi haqidagi qarashlar
boshqa tadqiqotlarda o‘rganildi. Kreativlik insonning hayotga moslashishi emas,
balki uni o‘zgartirishidir deb hisoblagan bir guruh olimlar kreativlikning asosiy
omili sifatida insonning atrof-muhitga bo‘lgan disadaptatsiyani, ya’ni moslasha
olmasligini ko‘rsatishdi. Ba’zi olimlar shaxsning kreativ xususiyatlarini tashqi
olam va jamiyatning boshqa a’zolaridan yolg‘izlanish deya ta’rif berishgan.
Aynan real olamga disadaptatsiyasi mavjud bo‘lgan inson o‘zidagi yolg‘izlikni
yengish uchun ham yangilik yaratishni boshlar ekan.
Sovet makonida ijodkorlik tushunchasi L.S.Vygotskiy [55] va
S.L.Rubinshteyn kabi psixologiya ustalari tomonidan o‘rganilgan. Ular kundalik
hayotda ijodkorlik mavjud bo‘lishning zaruriy sharti ekanligini ta‘kidladilar.
Chunki avtomatik rejimdan biroz tashqariga chiqadigan hamma narsa allaqachon
ijodkorlikning namoyonidir. Ya’ni, yangi va o‘ziga xos narsalarni yaratishga olib
keladigan har qanday faoliyat ijodkorlikdir. Hatto nonushta qilish ham .
Rossiyada bu sohada yanataniqli olimlar A.M.Matyushkin, A.V.Petrovskiy,
M.G.Yarashevskiy, V.N.Drujinin kabi olimlar izlanish olib borgan. L.S.Vigotskiy
va S.L.Rubenshtayn kabi psixologiya ustalari kundalik hayotda ijodkorlik mavjud
bo‘lishning zaruriy sharti ekanligini ta’kidladilar. Chunki avtomatik rejimdan biroz
tashqariga chiqadigan hamma narsa allaqachon ijodkorlikning namoyon
bo‘lishidir. Ya’ni, yangi har qanday o‘ziga xos narsalarni yaratishga qaratilgan](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_26.png)
![faoliyat bu kreativlik aynan o‘zidir. Vigotskiy ijodkorlik muammosini ko‘rib
chiqqan boshqa rus mualliflaridan farqli ravishda shaxsning tasavvuri, faoliyati va
ijodiy salohiyatiga ko‘proq e’tibor qaratadi. Ijodkorlikdagi madaniyatlara’ro
farqlar, pedagogik faoliyat o‘rtasidagi farqlar, fiksatsiyaning ijodkorlikka ta’siri,
ijodkorlik kontekstida divergent fikrlash va boshqalar xalqaro mualliflar e’tiborini
tortadi. Tadqiqotlar kreativlikni 4 tomondan muhokama qiladi:
1. Kreativlikning asosi va uning tuzilishi haqida fikr yuritish. Nazariy
jihatdan ta’minlovchi resusrlarni birlashtiradi.
2. Kreativlikning asosi va uning tuzilishi haqida fikr yuritish.
Ijodkorlikning madaniy kontekstini ko‘rib chiqadi.
3. O‘qituvchilarning kreativligi muhokama qilinadi.
4. Bolalik davri kreativlikning o‘ziga xos empirik tadqiqotlarini aks
ettiradi. [24]
Bu tadqiqotlar ham nazariy ham empirikdir. Izlanishlar natijasi
o‘rganishning dolzarbligini tasdiqlaydi. Chunki, aynan bolalikda shaxsning
rivojlanishi va shakllanishi boshlanadi, shuning uchun muloqotda boshqa
jihatlardan ko‘ra kreativlikning o‘ziga xosligini hisobga olish muhimdir.
V.A.Slastyonin, L.S.Podimova, N.Mgnatgolar kreativlik mexanizmini ikkita
turga bo‘lishni taklif qildilar:
1. Potensial
2. Dolzarb
Mualliflarning fikricha potensial kreativlik kreativlik faoliyatidir,
individning potensial joylashuvi ma’lum tashqi sharoitlarda dolzarb kreativlikni
egallashning asos tayyorgarligini tashkil etadi. Potensial kreativlik- ijodning
subektiv zarur sharoitidir. Kreativlik taqlid qilish, nusxa ko‘chirishdan ijodiy
nusxa ko‘chirish, taqlidiy ijod va haqiqiy ijodkorlikka tomon rivojlanib boradi.](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_27.png)
![1.3 Kreativ yondashuvning mamlakatimiz psixologiyasidagi talqini
Mustaqil fikrlashning yuqori shakli bo‘lib hisoblangan kreativlik muammosi
chet el psixologiyasida chuqur o‘rganilgan, bu asosan qobiliyatlarning kreativ
talqini sifatida namoyon etilgan. Bu ta’rifdan “ijodiy” deb foydalanilmaganligiga
sabab ijodiylik- bu intellektual faollikninh yuksak bosqichi degan tasavvur
uyg‘onmasligidir. Psixologiyada kreativlik muammosi 1950-yillardan beri izchil
ravishda o‘rganilmoqda. Ammo ilmiy adabiyotlarda “kreativlik” atamasi shartli
ravishda aqliy ijodkorlik deb atalgan. Aqliy ijodkorlik haqida mulohaza
yuritilganda fikrlashning nostandartligi, uning mustaqilligi va “kreativligi” nazarda
tutiladi.
Kreativlikning ajratilishiga aqlning an’anaviy testlari va muammoni
yechishning muvaffaqiyati o‘rtasida bog‘lanish yo‘qligi haqidagi ma’lumot turtki
bo‘lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma’lumotlarni, qo‘yilgan
vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo‘sinlardan foydalanish qobiliyatiga
bog‘liqligini ifodalaydi. Hozirgi davrda to‘plangan ijodiylik atamasiga taalluqli
ta’riflar mazmuni, mohiyati va tuzilmasini baholash qiyin. Tadqiqotchilarning
ta’kidlashicha, “ijodiylikning nimaligini tushunishning o‘zi ijodiy harakatni talab
qiladi. So‘nggi yillardagi tadqiqotlar mualliflaridan biri ijodiylikni qandaydir
ahamiyatli va yangi narsaga erishish deb, ya’ni “boshqacha aytganda, bu
insonlarning dunyoni o‘zgartirish uchun qilgan harakatlari” sifatida ta‘riflaydilar.
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish tushunchasini ma’noni tushunib
olish talab etiladi. Ijodkorlik qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi va o‘z navbatida ichki
sezimni rivojlantiradi. Ijodkorlik qobiliyati, ichki sezim va umumiy intellekt
kesishganda ijod mahsuli yaratiladi. [43]
Bu borada mutafakkir Abu Ali ibn Sino qarashlarida ham kreativlikni talqin
etish mumkin. Uning qarashlarida o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining mayl, intilish,
faolligi, qobiliyati, iste’dodi va layoqatini aniqlamasdan turib uni ijodiy fikrlashga
yo‘naltira olmaydi degan.](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_28.png)
![Jaloliddin Davoniy “Axloqi Jaloliy” nomli asarida insoniy fazilatlarda aqliy
qobiliyat va aqliy iste’dodni tarbiyalash uchun zukko, zehnli, fahm-farosatli,
ijodkor bo‘lishi va bilimlarni tez eslab qolishi, ularni anglab yetishi lozimligi
ta’kidlangan.
Mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur qarashlarida ham kreativlikni
ko‘rishimiz mumkin. U inson shaxsini taraqqiy ettirishning asosiy yo‘llaridan biri
deb muammoli vaziyatni, ijodkorlikni tushunadi va o‘z faoliyatida unumli
foydalanadi.
R.A.Mavlanova kreativlikning ijodkorlik bilan bevosita bog‘liq ekanligini
ta‘kidlagan holda ijod –fikrlashning original usulining sinonimi, ya’ni odatdagi,
qabul qilingan chegaralarni buzish qobiliyatidir degan fikrni bildiradi. Ijodiy aql –
bu aktiv, sinchkov, boshqalar muammolarni ko‘rmagan joylarda ularni topa
oladigan aqldir. Ijodkor shaxs o‘zgarib turadigan vaziyatda o‘zini suvda yurgan
baliqday his qiladi, boshqalarga xafv bordek tuyulgan joyda u hechkimga bog‘liq
bo‘lmagan holda mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega. [37]
Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki uni o‘zgartirishidir.
Kreativlikning asosiy omili bu insonning desadaptatsiyasi, ya’ni uni atrof olam va
ijtimoiy muhitga moslasha olmasligida deb qaralgan nazariyalar ham mavjud.
Ba’zi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini tashqi olam va insonlardan
yolg‘izlanish deya ta’rif berishgan. Aynan real olamga desadaptatsiyasi bo‘lgan ,
moslasha olmagan inson o‘zidagi yolg‘izlikni yengish uchun ijod qilish va yangilik
yaratishni boshlar ekan. [25]
Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning
cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Intellekt esa o‘sha ma’lumotni real
amaliyotda qo‘llashga va atrof-muhitga moslashishga javob beradi. Oliy darajadagi
ijodiy qobiliyat inson va ijodkor uchun hayotning oliy mazmuni hisoblanadi. Agar
biz buni ko‘ra bilmasak, atrofimizda yorqin bo‘lmagan, ahamiyatga molik
bo‘lmagan kishilar to‘plangan bo‘lsa, demak bunday jamiyat yomon tashkil
etilgan, u insonning o‘z ligi ni namoyon etishiga imkon bermaydigan jamiyatdir.](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_29.png)


![Guilford buning aksini isbotladi. U o‘zining “Intellektning tuzilishi” deb
nomlangan psixologik modelida kreativ fikrlash qobiliyatlarini boshqalardan
ajratish uchun omil - analitik texnikadan foydalangan. Ushbu modelning bir qismi
sifatida Guilford fikrlashning ikkita aniq shaklini aniqladi: divergent va konvergent
fikrlash. [27, 110-118]
Divergent fikrlash- bu kreativ fikrlar yoki ochiq savollarga noyob, ko‘p
javob olish bilan bog‘liq. Konvergent fikrlash odatda IQ testlari bilan bog‘liq
bo‘lgan har bir savol uchun “bitta to‘g‘ri javob” topishni anglatadi. Guilfordning
ishi boshqalarni kreativ fikrlashni aniqlash va o‘lchash sohasiga olib keldi. 1960-
yildan to bugungi kungacha ijodkorlikni o‘lchash testlari ko‘paydi.
Guilford ishlariga asoslanib Ellis Pol Torrens tomonidan 1966-yilda nashr
qilingan Torrens kreativ fikrlash testlari esa haqiqiy nodir namuna bo‘ldi va jahon
miqyosida yarim asrdan oshiq davr mobaynida foydalanib kelindi. [46] Garchi
E.P.Torrens kreativlik testlarida Guilford tushunchalaridan foydalangan bo‘lsada,
Gulforddan farqli o‘laroq, og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan jihatlarni o‘z ichiga
olgan va ko‘rishdan tashqari his tuyg‘ularga tayangan holda bir nechta omillar
uchun baholanishi mumkin bo‘lgan vazifalarni ishlab chiqdi. Ushbu testlar
Guilford va uning sheriklari tomonidan ishlab chiqilgan faktor tipidagi testlardan
ancha keskin farq qiladi.
Torrans "Kelajakdagi muammolarni hal qilish" dasturini yaratdi va
o‘qitishning inkubatsion modelini ishlab chiqdi, u hozir kengaygan va xalqaro
miqyosda 250 000 dan ortiq talabalarni qamrab olgan. [51,55-62] Ushbu dastur
tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rag‘batlantiradi, real dunyoni idrok
etishni kengaytiradi, talabalarni kelajakka qarashni rivojlantirishga undaydi,
muammolarni hal qilishni o‘quv dasturiga integratsiya qiladi, haqiqiy baholashni
taklif qiladi va talabalarni etakchi rollarga tayyorlaydi.
1958-yilda AQSHning Minnesota shtatida uzoq yilga mo‘ljallangan
tadqiqotlarini boshladi. Bu tadqiqot 22 yillik,[49] 40 yillik [51] va 50 yillik [53,
136-140] kuzatishlarni o‘z ichiga oladi. [41] Torrens kreativlik testi dastlab](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_32.png)
![turlicha fikrlash va boshqa muammolarni hal qilish ko‘nikmalarining oddiy
testlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular to‘rtta shkala bo‘yicha baholangan:
Ravonlik. Rag‘batga javoban talqin qilinadigan, mazmunli va tegishli
g‘oyalarning umumiy soni.
Moslashuvchanlik. Tegishli javoblarning turli toifalari soni.
Originallik. Javoblarning statistik nodirligi.
Ishlab chiqish. Javoblarning tafsilotlari miqdori.
1984-yilda Torrens kreativ fikrlash testlarining uchinchi nashrida
moslashuvchanlik shkalasini chiqarib tashladi, ammo erta yopilishga qarshilikni
qo‘shdi. Yangi ball qo‘yish tartibini tuzdi va unga “streamlined scoring” yani
“zamonaviylashtirilgan hisoblash” deb nom berdi. U mavjud beshta baholash
o‘lchovlariga 13ta mezonga asoslangan o‘lchovlarni qo‘shdi. Jumladan: hissiy
ekspressivlik, hikoyani ifodalash, harakat yoki harakatlar, sarlavhalarning
ifodaliligi, to‘liq bo‘lmagan figuralarning sintezi, chiziqlar sintezi, doiralar,
g‘ayrioddiy visualizatsiya, chegaralarni kengaytirish yoki buzish, hazil, tasvirning
boyligi, tasvirning rang-barangligi va fantaziya.[34, 19]
Torrens Minnesota kreativ fikrlash testlarining turli subtestlarini uch toifaga
guruhladi.
1. Og‘zaki stimullardan foydalangan holda og‘zaki vazifalar.
2. Og‘zaki bo‘lmagan stimullardan foydalangan holda og‘zaki vazifalar.
3. Og‘zaki bo‘lmagan vazifalar.
Og‘zaki stimullardan foydalangan holda og‘zaki vazifalar. Masalan
imkoniyatsizlik vazifasi. Ushbu topshiriqda subektlardan imkoni boricha imkonsiz
narsalarni sanab o‘tishlari so‘raladi. Yoki oqibat vazifasi. Oqibat vazifasi ham
dastlab Guilford va uning sheriklari tomonidan 1951-yilda qo‘llanilgan. Torrens
uni moslashtirishda bir nechta o‘zgartirishlar kiritdi. U uchta mumkin bo‘lmagan
vaziyatni tanladi va bolalar ularning oqibatlarini sanab o‘tishlari kerak edi. Subekt
mumkin bo‘lmagan vaziyatga duch keladi va yangi yoki noma’lum o‘zgaruvchini
kiritish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni bashorat qilishni
so‘raydi.](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_33.png)




![ikkinchi sohaga ham o tkazilishi mumkinligini taxmin qilganlar. Ushbu tadqiqotlarʻ
yo ijodkorlik uchun zarur bo lgan qobiliyat va ko nikmalar domenga bog‘liq
ʻ ʻ
bo lib, domendan domenga ajralib turishini ta kidlamoqda, yoki ikki
ʻ ʼ
yondashuvning qisman jamlagan ijodkorlik modellarini taqdim etmoqda. “Domen”
deganda “san at, adabiyot, tarix yoki astronomiya kabi limning har qanday
ʼ
muayyan sohasi” yoki “muayyan ilm sohasi asosida yotadigan va uni qo‘llab-
quvvatlaydigan reprezentatsiyalar turkumi” tushuniladi.
Tadqiqotchilar tomonidan kreativ yondashuvning quyidagi domenlari sanab
o‘tilgan: kundalik, ta‘limga oid, harakatga oid, ilm-fanga oid va san atga oid
ʼ
sohalar. Ijodiy faoliyat “san atkorlik” va “ilmiy” sohalariga ajratilgan. Ijodiy
ʼ
faoliyat uch umumiy sohaga bo linishi mumkin: verbal, san atkorlik va muammoni
ʻ ʼ
hal qilish.
Kreativlik sohalarini o rgangan amaliy tadqiqotlarning batafsil tahliliga
ʻ
ko‘ra, matematika ilmiy sohasi doimo boshqa ijodkorlik sohalardan yaqqol ajralib
turadi. Har qanday shaxsning ijodiy faolligi uchun to rt zaruriy qismi sanab
ʻ
o‘tiladi:
sohaga bog‘liq qobiliyatlar;
kreativlikka bog‘liq jarayonlar;
vazifa borasidagi ishtiyoq (motivatsiya);
mos, qulay sharoit. [57]
Kreativlikning umumiy konsepsiyasi tushunchasiga asoslangan tadqiqot
Guilfordning g‘ayrioddiy foydalanish testi, Torrens ijodiy fikrlash testlari (TTCT)
va ijodiy fikrlash uchun test-chizmachilik ishlab chiqarish (TCT-DP) kabi
standartlashtirilgan teslardan foydalangan holda divergent fikrlash, TTCT, ayniqsa
maktab yoshidagi bolalar uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan divergent fikrlash
testidir. [22]
Umuman olganda amerikaliklar osiyoliklarga qaraganda yuqori darajadagi
kreativlik bilan chiqishlari aniqlandi. Masalan, TCT-DP dan foydalangan holda o‘n
bir mamlakat bolalari bilan olib borilgan tadqiqotda Angliya, Germaniya va
Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi bolalar Hindiston, Indoneziya va Xitoydan ko‘ra](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_38.png)







![xarakteristikalar bo‘yicha mashg‘ulot paytida bo‘lgani kabi umumiy ravonlikni
oshirish orqali oshirish mumkin. Masalan, ishtirokchilarga obektni tashkil etuvchi
qismlar haqida ma’lumot olish uchun berilgan ijodkorlik treningi samarali bo‘lib
ko‘rindi . [54] Ikkita faol nazorat vazifasining bu rolini muqobil foydalanish va
oddiy xarakteristikalar vazifalarini alohida boshqarish orqali tekshirish mumkin.
O‘smirlar uchun kattalarnikidan ko‘ra o‘qitishning foydalari ko‘proq
bo‘ladimi degan savol tug‘iladi. Qizig‘i shundaki, o‘smirlar uchun o‘ziga xoslik
mashg‘ulotning holatidan qat’iy nazar kattalarga nisbatan sezilarli o‘sish
kuzatiladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, o‘smirlik mashg‘ulot ta’siriga nisbatan
sezgirlikning kuchayishi davridir. Hech bo‘lmaganda ba’zi yuqori kognitiv
funksiyalar uchun o‘smirlar kattalarga qaraganda yaxshilanish uchun ko‘proq
potensialga ega. [31] Rivojlanishdagibu farqlar miya tuzilishi va faoliyatidagi
rivojlanish o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yoshi bilan miya
mintaqalarining ixtisoslashuvi va integratsiyalashuvining kuchayishi o‘smirlarga
nisbatan kattalardagi kognitiv funksiyalarning plastikasini pasayishiga olib keladi.
Bundan tashqari, o‘smirlik – bu prefrontal korteks va tegishli tartibga solish
tizimlarini qayta tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan davr. [33] Ijodiy g‘oyalar,
prefrontal korteks va kognitiv nazorat funksiyalari o‘rtasidagi kuchli aloqalarni
hisobga olgan holda, o‘smirlik kreativ g‘oyalarni rivojlantirish uchun qulay vaqt
deb aytish mumkin.
Yana bir ustun jihat o‘rganishdagi moslashuvchanlikning farqlari bilan
bog‘liq. O‘smirlar kattalarga nisbatan ko‘proq moslashuvchan bo‘ladi. Ular
o‘rgatilgan qat’iylikka kamroq moyil bo‘ladilar va o‘rganilgan assotsatsiyalarni
o‘zgartirishda ko‘proq moslashuvchanlikni namoyon etadi.[32, 540-551] Original
g‘oyalarni yaratish, ayniqsa, moslashuvchanlik yo‘li orqali, uzoq assotsiatsiyalar
o‘rtasida moslashuvchan almashish va kognitiv tarafkashlik yoki “fuktsional
qat’iylik”ning qat’iyatliligini yengish bila bog‘liq. [18, 779-806]
Moslashuvchanlik gipotezasiga ko‘ra, o‘smirlar mashg‘ulotlardan kelib chiqadigan
avtomatizm va qat’iylikka moyil emas yoki kamroq sezgirdir.](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_46.png)
![Yoshga doir tadqiqotlardan namoyon bo‘lgan ikkinchi jihat kattalar va
o‘smirlar uchun o‘qitish paradigmasining turli xil fikrlash ravonligi va
moslashuvchanligiga turlicha ta’siri bilan bog‘liq. Aniqroq aytganda, hozirgi
natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarda vazifalarni almashtirish bo‘yicha treninglar
kattalarnikiga qaraganda ijodiy g‘oyalarning moslashuvchanligiga ko‘proq ta’sir
qiladi. O‘smirlar va kattalar o‘smirlik yoshi guruhi uchun kognitiv
moslashuvchanlik funksiyalariga ko‘proq tayangan holda muqobil foydalanishni
yaratish uchun turli jarayonlar yoki strategiyalardan foydalanadilar. O‘smirlik
beqarorlikning ushbu hayotiy bosqichida adaptiv va kashfiyotchi xatti-harakatlar
uchun optimallashtirilgan moslashuvchanlikni oshirishning rivojlanish bosqichidir.
[32, 540-551]
O‘smirlar tengdoshlarining fikr-mulohazalariga kattalarga qaraganda
boshqacha munosabatda bo‘lishadi. Shuning uchun tengdoshlarining fikr-
mulohazalari ta’sirida rivojlanish farqlarini o‘rganish kreativlikni o‘rgatish
adabiyotiga yana bir qiziqarli qo‘shimcha bo‘lishi mumkin. [14,114-120]
Tez-tez sodir bo‘ladigan portlashlar, iztiroblar cho‘qqisini A. Maslou
anglash, tushunib yetish, ochilish onlari sifatida tavsiflaydi. Bunday holat kishining
o‘z kuchidan ortiq biror qobiliyatga nisbatan oliy darajada diqqatini to‘plash i ,
haqiqatga yaqinlashuvidir. Bunday onlarda kishi yanada yuksakroq darajaga
ko‘tariladi, to‘satdan yaqqolroq tushuna boshlaydi, turmushning asrorlari, mohiyati
ochila boshlaydi. Bunday iztirobni ilmiy ijodkorlik, ijodkorning badiiy ilhomi
bilan tenglashtirish shart emas. Uni sevgi onlari, tabiat, musiqadan zavqlanish,
ilhomlanish keltirib chiqarishi ham mumkin. Eng muhimi, inson bunday paytda
o‘zini yolg‘iz his qilmasdan, balki oliy kuchlar bilan birga his qiladi.](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_47.png)










![3.2. O‘smirlar bilan hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda kreativ
yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari
Kreativlik odatda yangi, ammo amalga oshirish mumkin bo‘lgan g‘oyalar,
yechimlar yoki tushunchalarni yaratish qobiliyatini anglatadi. Ijodiy g‘oyalarni
yaratish qobiliyati bolalikdan kattalikka qadar rivojlanadi va o‘zgaradi.
Oldingi adabiyotlarda chidamlilik odamlarga salbiy his-tuyg‘ular yoki
hodisalardan xalos bo‘lishga yordam beradigan o‘ziga xos xususiyat yoki holat
sifatida aniqlangan. Shanxay va Ji’nan bo‘ylab 241 oilada o‘tkazilgan tadqiqot
shuni ko‘rsatdiki, oilani qo‘llab-quvvatlash o‘smirlarning rivojlanishi va hissiy
barqarorligiga ta‘sir qiladi. Ota-onalarga nisbatan noan’anaviy, tenglik
munosabatlari bolalarga innovatsion strategiyalarni o‘rgatish orqali o‘zgaruvchan
muhit bilan kurashishga yordam beradi. [23, 102-115] XX asrning o‘rtalaridan
boshlab tadqiqotchilar qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan odamlarda
chidamlilikning ijobiy ta’siriga e’tibor qaratdilar. Empirik adabiyotlarni
integratsiyalashgan ko‘rib chiqish chidamlilikning beshta asosiy mavzusini
aniqladi. [13, 980-1000] H issiy chidamlilik stress va yengish uslubi bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lgan o‘z-o‘zini tiklash qobiliyati sifatida
tavsiflanadi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, hissiy chidamlilik moslashuv
mexanizmini nazarda tutadi, unda odamlar salbiy hodisalar yoki salbiy hissiy
holatlardan tezda xalos bo‘lishlari va atrof-muhitga yaxshiroq moslashishlari
mumkin.
Ko‘pgina tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, hissiy chidamlilik odamlarga katta
salbiy hodisalardan xalos bo‘lishga yoki qiyinchiliklarga faol moslashishga
yordam beradi va psixologik reabilitatsiya va ruhiy salomatlikka hissa
qo‘shadi. Misol uchun, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot yuqori hissiy barqarorlikka
ega bo‘lgan o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rganishni boshqarish qobiliyatlari, o‘qish
bilan faolroq ishtirok etishlari va hayotning salbiy hodisalariga duch kelganda
muhimroq o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyatiga ega ekanligini aniqladi. [19, 378-
401]](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_58.png)
![Kreativlik uzoq vaqtdan beri moslashuvchan fikrlash, ekspressivlik, ochiqlik
moslashuvning shunga o‘xshash omillari bilan bog‘liq. Olimlar Katrina dovulidan
omon qolgan 80 kishini o‘rganib chiqdi va ijodiy fikrlash qobiliyati chidamlilikni
bashorat qilishi mumkinligini aniqladi. Topilmalar shuni ko‘rsatdiki,
moslashuvchanlik va o‘ziga xoslik farovonlikni sezilarli darajada bashorat qilishi
mumkin. Aniqrog‘i, o‘ziga xoslik ekstroversiyani bashorat qilishi mumkin edi.
Ushbu tadqiqotda emotsional chidamlilik kreativlik va intruziv fikr yuritish
o‘rtasidagi munosabatlarni mo‘tadillashtirishi mumkinligini taxmin qilish mumkin.
Bundan tashqari, ko‘plab tadqiqotchilar kreativlik hissiy barqarorlik bilan
chambarchas bog‘liq ekanligini aniqladilar. Runko kreativlik chidamlilikning bir
turi ekanligini taklif qildi. Ijodiy fikrlash kabi chidamli fikrlash mavjud resurslar
bilan muammolarni o‘ziga xos usullar bilan hal qilishga xissa qo‘shadi. [42]
Bundan tashqari De Dreu va boshqa olimlar tomonidan taklif qilingan Dual
Pathway Modeliga ko‘ra hedonik ohang kognitiv moslashuvchanlikning yuqori
darajasini osonlashtirish orqali o‘smirlarning ijodkorligini yaxshilaydi. Hissiy
barqaroqlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘smirlar salbiy vaziyatlarni yengishda ko‘proq
moslashuvchan bo‘lishi mumkin va salbiy ma’lumotni ijobiy fikrga aylantirishi
mumkin.
O‘rta maktabdagi o‘smirlar yetuklikdan yetuklikka o‘tish davrida bo‘lib, bu
davrda ularning fiziologiyasi va psixologiyasi tez o‘zgarib turadi. Bundan tashqari,
ularning psixologik rivojlanishi beqaror. Shuning uchun, ular hayotda
muvaffaqiyatsizlik va qiyinchiliklarga duch kelganlarida, ular sarosimaga tushib,
ojiz qolish ehtimoli ko‘proq. Ba‘zilarida jiddiy psixologik muammolar bo‘lishi
mumkin. Biroq, biz ba’zi odamlar jismoniy yoki ruhiy zarar ko‘rmasdan, shunga
o‘xshash muvaffaqiyatsizliklarga duch kelganlarida, undan tezda xalos
bo‘lishlarini aniqladik. Aksincha, boshqalar salbiy his-tuyg‘ularni boshdan
kechirdilar va o‘zlarini bartaraf eta olmadilar, bu psixologik va xulq-atvor
muammolariga olib keldi. Kam sonli odamlar hatto haddan tashqari xatti-
harakatlarni namoyon qiladilar. Masalan, ushbu epidemiya paytida turli xil](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_59.png)
![ijodkorlik darajasiga ega bo‘lgan shaxslar turli darajadagi intruziv mish-mishlarni
boshdan kechirgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kreativ g‘oyaviy xulq-atvor intruziv
ruminatsiyani olib kelishi mumkin, bu esa kreativ o‘smirlarning COVID-19
pandemiyasi kabi travmatik hodisalarning psixologik ta’siriga ko‘proq moyil
bo‘lishini va ko‘proq intruziv ruminatsiyani boshdan kechirishi ko‘rsatadi. Chunki,
kreativlik liberal fantaziya va assotsatsiyalarga asoslanishi mumkin. Divergent
fikrlash darajasi yuqori bo‘lgan o‘smirlar salbiy ma’lumotlarga nisbatan ko‘proq
liberal javob berishlarini aniqladilar. Bu esa ko‘proq intruziv fikr yuritishga olib
keladi. [56]
Kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning har bir tarkibiy bloki faqat ba’zi
funksional cheklovlar va bir vaqtning o‘zida boshqa struktur bloklar bilan
o‘zaro aloqa o‘rnatgandagina o‘z funksional aniqligiga ega bo‘ladi. Odatda,
ajratilgan tarkibiy bloklar to‘la mustaqillikka ega bo‘lmaydi, balki faqat
pedagogning kreativ faolligi va uning faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib,
boshqalari bilan o‘zaro munosabatda ishlaydi. Bundan tashqari, har bir
ajratilgan struktur blok kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning butun jarayoniga
o‘zining muayyan funksional hissasini qo‘shadi. Shu bilan bog‘liq ravishda,
hamkorlikdagi faoliyat va o‘zaro ta’sirni hisobga olib, maxsus asoslangan
tadqiqot strategiyalari va empirik yondashuvlarni qo‘llagan holda
funksional tarkibni tadqiq qilish mumkin.](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_60.png)
![3.3. O‘smirlarda kreativ yondashuvni rivojlantirish – o‘smirlar
ijtimoiy psixologik mexanizmi sifatida
Kreativ muammolarni hal qilish jarayonlarida qo‘llaniladigan asosiy aqliy
operatsiyalarning rivojlanishi va moslashuvchanligi kreativlik ta’lim va yoshga
qarab rivojlanishini anglatadi. Darhaqiqat, ko‘plab tadqiqotlar kreativlikni
takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligini ko‘rsatadi – divergent
fikrlashni o‘rgatish, ayniqsa, o‘ziga xoslik va kamroq darajada ravonlik va
moslashuvchanlik nuqtai-nazaridan ishlash samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. [44,
361-388]
O‘smirlik - bu tez o‘zgaruvchan ijtimoiy landshaftga moslashuvchan
moslashish bilan tavsiflangan rivojlanish bosqichi bo‘lib, qaramlikdan avtonomiya
va individuallikka o‘zgarishlar bilan ajralib turadi. Bu ish xotirasi va kognitiv
nazorat kabi ijodiy idrok bilan bog‘liq bo‘lgan kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirish
uchun hal qiluvchi bosqichni tashkil qiladi. Shunga qaramay, o‘smirlik davrida
divergent fikrlashning moslashuvchanligi va qanchalik moslashuvchanligi haqida
nisbatan kam narsa ma'lum. Ishchi xotira, ijro etuvchi nazorat, munosabatlarga
asoslangan fikrlash kabi boshqa yuqori kognitiv qobiliyatlarni o‘rgatishva
algebraik tenglamalarni yechish o‘smir miyasining plastikligini ta'kidlaydi. [40,
5686-5691]
Bu gipotezani kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish nuqtai-nazaridan
sinab ko‘rish maqsadga muvofiq. Kreativ g‘oyalardan muqobil foydalanish
topshirig‘i yordamida kuzatadigan bo‘lsak, unda ishtirokchilar umumiy ob’ekt,
masalan g‘isht uchun muqobil foydalanishni yaratadilar. Ushbu g‘oyalar odatda
kreativlikning uchta asosiy komponenti bilan kodlangan: o‘ziga xoslik,
moslashuvchanlik va ijodiy ravonlik . AUT bo‘yicha o‘smirlar vakattalarni
taqqoslaydigan tadqiqotlarko‘pincha kattalar uchun afzalliklarni ko‘rsatadi.
Kattalarning AUT yechimlari 12-13 va 15-16 yoshli bolalarnikiga qaraganda
noyobroq ekanligini aniqladi. Tadqiqotlarda qo‘llaniladigan og‘zaki divergent
fikrlash sohasida o‘smirlar odatda kamroq yechimlarni taqdim etadilar va kech](/data/documents/2563f4e9-5de6-4777-be9e-eb022fa9e8ca/page_61.png)










































O‘SMIRLARDA KREATIV YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH VA UNI RIVOJLANTIRUVCHI PSIXOLOGIK USULLAR MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………… ....... ……………… I - BOB. O‘SMIRLARDA KREATIV YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSINING METODOLOGIK ASOSLARI ......................................... 1.1. Kreativ yondashuvning o‘smirlar ijtimoiylashuvidagi rolini o‘rganish va uning tadqiq etish tamoyillari………………… .......................... ……………… 1.2. Jahon va rus psixologiyasi fanida kreativ yondashuv muammosining o‘rganilishi hamda tadqiq etilishi………… ............................ ……………………… 1.3. Kreativ yondashuvning mamlakatimiz psixologiyasidagi talqini……… .......................................................................................................... . Bob yuzasidan xulosalar ......................................................................................... II - BOB. O‘SMIRLARDA KREATIV YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSINING (EMPIRIK) O‘RGANILISHI ........................................... 2.1 . Tadqiqot bosqichlari, metodologik asoslari va metodikalarning psixologik tavsifi…………………………………………………… ................................. ……. 2.2 . O‘smirlar kreativ yondashuvni shakllantirish muammosining empirik o‘rganish tahlili, shakllanganlik holati va xarakterli xususiytlari tavsifi…….. 2.3 . O‘smirlarda kreativ yondashuvga yo‘nalganlikning shaxs sifat va xususiyatlariga bog‘liqligini empirik tadqiq etish…………… ......... ……………….. 2.4. Bob yuzasidan xulosalar………………………………… ............. ……………. III - BOB.O‘SMIRLARDA KREATIV YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH .................................................... 3.1 O‘smirlar xulq-atvorida kreativlik hatti-harakatlari, bilim va tasavvurlarini shakllantirish…………………………………………………………………. 3.2 O‘smirlar bilan hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda kreativ yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari…………………………………………
3.3 O‘smirlarda kreativ yondashuvni rivojlantirish o‘smirlar ijtimoiy psixologik mexanizmi sifatida…………………………………………………….. 3.4. Kreativlik sifatlari, ularning xususiyatlarini rivojlantiruvchi psixologik usullar va tavsiyalar………………………… ................... ………………………….. Bob yuzasidan xulosalar……………………………………………………. XULOSA …………………………………………………………………… ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……………………………………………. ILOVALAR…………………………………………………………………
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahonda t a’lim va tarbiya mazmuni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, fan, texnika, madaniyatning obyektiv talablariga asoslanadi. Xalqoro miqyosda hozirgi kunda dunyodagi yetakchi kompaniyalarning ishga olish talabi kreativ fikrlay olish yangiliklar yaratishga qodirlik ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirish uchun ularga kreativ madaniyatni o‘rgatish lozim va biz buni maktabgacha bo‘lgan ta’limda va xalq ta’limida isloh qilishimiz maqsadga muvofiqdir. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “...Yosh avlodni barkamol, ma’naviy va jismonan sog‘lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalash, ularni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”,[8, 56] degan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning yaratuvchisi sifatida shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan bu borada bir qator ishlar olib borildi. Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Makur k onsepsiyaga binoan O‘zbekistonning 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish belgilangan.
Shuningdek, konsepsiyaga muvofiq, quyidagilar amalga oshiriladi: Xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish; Yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish; Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish. Konsepsiya xalq ta’limi sohasidagi mavjud muammolarni aniqlaydi. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarishda qator muammolar mavjud. Jumladan, maktablar metodik, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash va moliyalashda davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Kadrlar bilan ta’minlash borasida ham kamchiliklardan holi emas. Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Aytish joizki, kreativlikni rivojlantiruvchi usullar ustida ishlash va uni tadbiq qilish jamiyat va davlat rivojiga katta hissa qo‘shishga, zamon bilan hamnafas fikrlovchi va ijodkor yoshlarni yetishib chiqishiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947- sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”,[12] 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” [7], 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi [8] farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda mazkur dissertasiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqot ishining maqsadi : O‘smir yoshidagi bolalarda ijodkorlik qobiliyatini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi eng samarali metodlarni topish,
ularni amaliyotda qo‘llab ko‘rish, olingan natijalarni aniqlashtirib, ilmiy ishda uni nazariy jihatdan asoslash. Tadqiqot vazifalari: Kreativ yondashuvni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi metodlar yordamida o‘smir yoshdagi bolalarda muammolarni noodatiy yechish qobiliyatini rivojlanishi va ushbu metodikalarning mazmunini yoritib berish. Kreativlikni shakllantirish muammosini empirik jihatdan o‘rganish. Kreativlikni rivojlantiruvchi metodikalarning xarakterli xususiyatlari va takomillashtirishga qo‘yilgan talablarni aniqlash. Kreativlikning shaxsning yoshiga, sifat va xususiyatlariga bog‘liqligini o‘rganish. Ijodkorlik sifatlari, ularning xususiyatlarini rivojlantiruvchi psixologik usullar va tavsiyalarni ishlab chiqish. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan uslubiy ishlarning samaradorligini aniqlash. Tadqiqot ob’ekti : Umumta’lim maktablarining o‘smir yoshdagi o‘quvchilarining turli fanlardagi harakatlari, muammoli vaziyatlar yuzaga keladigan reaksiyalari. Tadqiqot predmeti : O‘smirlarda kreativlikni rivojlantiruvchi metodlardan foydalangan holda, ularda sodir bo‘layotdan reaksiyalarni, qiziqishlarni va muammolarni noodatiy yecha olish qobiliyatining oshishini kuzatish, o‘rganish va taxlil qilish. Foydalanilgan metodikalarning samarasini nazariy jihatdan asoslash. Tadqiqot ilmiy farazi shundan iboratki, kreativ yondashuvni rivojlantiruvchi usullar yordamida: – O‘smir yoshidagi bolalarda muammoli vaziyatlarda masalaning nostandart yechimini topish ko‘nikmasi shakllanadi; – O‘smir yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishiga imkon yaratuvchi metodik tizim yaratiladi; – O‘smir yoshidagi bolalarning vazifalarni mustaqil va o‘ziga xos bajarilish sifati oshadi.