logo

JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL BO‘LGAN O‘SMIRLARNI O‘RGANISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

508 KB
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL BO‘LGAN O‘SMIRLARNI
O‘RGANISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
MUN DARIJ A
KIRISh.......................................................................................................... 3
I   BOB.   VOYAGA   YETMAGANLAR   JINOYATCHILIGI
MUAMMOSI   IJTIMOIY-PSIXOLOGIK   TADQIQOT   PREDMETI
SIFATIDA
1.1.Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   muammosining   xorijiy   va
hamdo‘stlik mamlakatlarida o‘rganilishi....................................................... 11
1.2.Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   O‘zbekistonda   o‘rganilish
holati … …………...................................................................................….. 24
Bob yuzasidan xulosa.................................... .......... ............................ ... ....... 33
II   BOB.   VOYAGA   YETMAGANLAR   JINOYATCHILIGINING
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI
2.1.Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   ijtimoiy-psixologik
xarakteristikasi............................................................................................... 34
2.2.   Bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishida
ijtimoiy muhit va oilaviy tarbiyaning o‘rni.................................................. 40
Bob yuzasidan xulosa.............................................................................. ...... 57
III   BOB.   VOYAGA   YETMAGANLAR   JINOYATCHILIGINING
SABABLARI VA MOTIVA T SION ASOSI
3.1.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari................................... 59
3.2.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining motivlari................................... 66
3.3.G‘ayriijtimoiy ustanovka va qiziqishlar – jinoyatchilik xulqini keltirib
chiqaruvchi sabab sifatida.............................................................................. 70
Bob yuzasidan xulosa............................................ ...... ................................. 73
XULOSALAR.............................................................................................. 74
FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR RO‘YXATI............. .................. 80
1 KIRISh
Mavzuning   dolzarbligi.   Jenevada   Millatlar   Ligasining   Beshinchi
Assambleyasida   qabul   qilingan   “Bolalar   huquqi   to‘g‘risidagi   Konvensiya”da
bolalarga   jismoniy   va   ma’naviy   rivojlanishi   uchun   barcha   sharoitlar   yaratib
berilishi”,   “gunoh   qilgan   bola   to‘g‘ri   yo‘lga   solinishi”,   “og‘ir   damlarda   bola
mehr ko‘rib voyaga yetishi va himoya qilinishi” ta’kidlanadi. BMTning Ta’lim,
fan   va   madaniyat   masalalari   bo‘yicha   tashkiloti   –   YuNESKO   ma’lumotlariga
qaraganda,   bugungi   kunda   jahonda   o‘n   millionlab   bolalar   ta’lim   olishdan
mahrumligicha  qolmoqda, 85  millionga yaqin  bola mutlaqo  o‘qish  va  yozishni
bilmas   ekan.   Savodsizlik,   o‘z   navbatida,   o‘smirlarning   kelajagiga   salbiy   ta’sir
ko‘rsatib,   ularning   bilib-bilmay   jinoyat   ko‘chasiga   kirib   qolishiga   sabab
bo‘lmoqda.   Shunday   ekan,   jinoyat   sodir   etishga   moyil   bo‘lgan   o‘smirlarni
o‘rganishning psixologik xususiyatlarining   muhim jihatlarini izohlovchi nazariy
va   metodologik   yondashuvlarning   psixologik   omillarini   aniqlashga   qaratilgan
tadqiqotlar jiddiy ahamiyat kasb etadi. 
Xalqaro   miqyosda   dunyo   mamlakatlarida   demografik   inqiroz,   oila
inqirozi,   alkogolizm,   zo‘ravonlik,   o‘zaro   munosabatlardagi   ziddiyatlar,
yoshlarning   qarovsizligi,   jinoyatchilik   va   boshqa   ijtimoiy   xatarli   hodisalarda
shaklida   namoyon   bo‘lmoqda.   Jamiyatdagi   ma’naviy   muhitning   ta’sirini
kuchaytirish,   yoshlarga   ta’limtarbiya   berish   shaxs   ijtimoiylashuvning   tizimli
amalga oshishiga ko‘maklashadi. Jamiyatda mavjud ma’naviy ahloqiy me’yorlar
yoshlarimizni   jamiyatda   o‘z   o‘rinlarini   topishlariga,   intiluvchan,   vatanparvar
qilib   tarbiyalashda   muhim   ahamiyatga   ega.   Mustaqillikga   erishganimmizdan
so‘ng jamiyatda islohatlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘zgarishlar
jamiyatda  mavjud   eski   muvozanatlarning  o‘zgarishi,   yangi   me’yorlarning   kirib
kelshiga   asos   bo‘ladi.   Dunyo   miqyosidagi   global   ijtimoiy   o‘zgaruvchanlikning
2 kuchayishi   muhtojlik,   jinoyatchilik,   millatlar   o‘rtasidagi   nizolar,   ishsizlik,   kabi
dolzarb ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev   “Ijtimoiy
barqarorlikni   ta’minlash,   muqaddas   dinimizning   sofligini   asrash   –   davr   talabi”
mavzusidagi   anjumanda   so‘zlagan   nutqida   “...bugungi   kunda   mahalladagi,
ayniqsa, uyushmagan yoshlarning taqdiri bilan kim qiziqayapti? Bolalar kimlar
bilan hamsuhbat bo‘layotgani, o‘qishga qachon borib, qachon kelayotganini kim
nazorat qilayapti? Yoshlar, xususan,  o‘smirlar orasida bezorilik, jinoyatlar  soni
ortishiga   qanday   omillar   sabab   bo‘layapti?   Ba’zi   yoshlarimiz   uchun   mehr-
oqibat,   axloq-odob   tushunchalari   butunlay   begona   bo‘lib   borayotgani,   ularda
befarqlik, mas’uliyatsizlik, mehnat qilmasdan kun ko‘rishga intilish kabi illatlar
paydo bo‘layotgani – achchiq bo‘lsa-da, haqiqat” [9]  degan edilar.  Shuningdek,
jamiyatda   huquqbuzarliklarning   oldini   olish   chora-tadbirlarida   “profilaktika
inspektorlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha ishlovchi mas’ul xodimlar va
jamoatchilik   vakillari   uchun   yoshlar,   o‘quvchilar   va   ularning   ota-onalari   yoki
ularning   o‘rnini   bosuvchi   shaxslar   bilan   ishlash   bo‘yicha   axborotnomalar   va
metodik   qo‘llanmalar   ishlab   chiqish”   [8]   kabi   vazifalar   belgilanib,   bu   borada
o‘smirlarda   huquqbuzarlik   va   jinoyat   motivlari   shakllanishining
psixodiagnostikasi   va   psixokorreksiyasining   samarali   metodikalarini   aniqlash,
tashkiliy   chora-tadbirlar   mazmuni,   hamda   barkamol   yoshlarni   tarbiyalashga
yo‘naltirilgan va jinoyat motivlarining oldini olishga qaratilgan ilmiy-psixologik
tavsiyalar   ishlab   chiqishga   oid   ilmiy   tadqiqotlarni   samarali   amalga   oshirishni
talab etadi. 
Mazkur   dissertatsiya   ishi   O‘zbekiston   Respublikasining   2016   yil   14
sentyabrdagi   “Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   to‘g‘risida”gi   O‘RQ-406-sonli
Qonuni   [4],   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi
“O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi
bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   to‘g‘risida”gi   PF4947-son   Farmoni   [6],
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   14   martdagi
“Huquqbuzarliklar   profilaktikasi   va   jinoyatchilikka   qarshi   kurashish   tizimini
3 yanada   takomillashtirish   chora   tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PQ-2833-sonli   va
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2019   yil   7   iyundagi
“Psixologiya sohasida  kadrlarni tayyorlash  tizimini yanada takomillashtirish va
jamiyatda   huquqbuzarliklarning   oldini   olish   chora-tadbirlari   to‘g‘risidagi”gi
472-sonli   Qarorlari   [8]   hamda   mazkur   faoliyatga   tegishli   boshqa   me’yoriy-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada
xizmat qiladi. 
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. 
Psixologiyaning   eng   muhim   kategoriyasi   sifatida   faoliyat   va   xulq-atvor
ayniqsa jinoiy xulq-atvor muammosi uzoq yillardan buyon tadqiq etilmoqda. 
Jahon   psixologiyasi   fanida   jinoyat   sodir   etishga   moyil   bo‘lgan   o‘smirlar
xulq-atvori ning   yuzaga   kelishi,   turlari   va   yo‘nalganligi,   xulq-atvorda
ifodalanishi,   subyekt   faoliyatida   (o‘yin,   o‘qish   va   mehnat)   va   muomala-
munosabat   jarayonlarida   shakllanishi   Z.Freyd   [4 4 ] ,   G.Ollport   [ 40 ]   ilmiy
izlanishlarida keng ko‘lamda tadqiq qilingan. Biroq, mazkur tadqiqotlarda xulq
motivlarining   ijtimoiy   shartlanganligi   va   ijtimoiy-psixologik   mohiyati
tadqiqotlarning diqqat markazidan chetda qoladi.  
MDH   hamda   rus   psixologiyasida   jinoyat   sodir   etishga   moyil   bo‘lgan
o‘smirlarni   jinoiy   xulq-atvorini   o‘rganishning   psixologik   xususiyatlari ning
muammolari   D.N.Uznadze   [4 3 ] ,   S.L.Rubinshteyn   [ 41 ] ,   A.N.Leontyev   [3 8 ] ,
I.A.Vasilyev, M.Sh.Magomed-Eminov  [ 32 ] , A.G.Kovalyov  [ 37 ] , P.M.Yakobson
[ 49 ] , V.D.Shadrikov   [ 47 ] , tadqiqotlarida turli  nuqtai  nazardan o‘rganilganligini
ko‘ramiz. Chunonchi, bilish (kognitiv) jarayonlari motivasiyasi, ularning ilmiy-
metodologik   va   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   mexanizmlari,   faoliyat,   muomala
motivasiyasi   hamda   xulq,   ta’lim   va   kasb   tanlash,   kasb   motivlari   dinamikasi,
kasbga   moslashish   kabi   muammolar   keng   ko‘lamda   o‘rganilgan   bo‘lib,
psixologiya fanida mazkur muammoga doir ilmiy-nazariy va amaliy xususiyatli
boy materiallar to‘plangan. 
O‘zbekistonlik   psixolog   tadqiqotchilar   E.G‘.G‘oziyev   [17],
G‘.B.Shoumarov   [26],   V.M.Karimova   [21],   U.Qodirov   [25],   A.M.Jabborov
4 [19],   N.S.Safoyev   [53],   Sh.R.Barotov   [16],   R.S.Samarov   [42],   Z.T.Nishonova
[23],   O.S.Qodirov   [52]   va   N.G‘.Kamilovalar   [20]   tomonidan   o‘smirlar   xulq-
atvori   muammolari   doirasida   olib   borilgan   qator   izlanishlarni   kiritishimiz
mumkin. 
Ushbu   olimlar   tomonidan   olib   borilgan   tadqiqot   izlanishlari   muhim
ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ammo  jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan  o‘smirlarda
jinoyat motivlari shakllanishi, ularning psixologik xususiyatlari tadqiqiy tahlillar
berilmagan.   Ba’zi   ilmiy   izlanishlarda   bir   tomonlama   munosabatlar
bildirilganligi,   o‘smir   psixik   funksiyasi   va   uning   xususiyatlari   rivojlanishidagi
mavjud   kamchiliklarni   aniqlash   va   bartaraf   etishga   yo‘naltirilgan   kompleks
psixologik ta’sir ko‘rsatish usullari muhim omillar sifatida ko‘rib chiqilmagan.
Ilmiy   tadqiqotning   maqsadi   voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining
sabab va motivlarini, ijtimoiy-psixologik, shaxs va individual-psixologik, yosh,
hududiy, statistik va jinsiy xususiyatlarini o‘rganish hamda voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligini   oldini   olishga   qaratilgan   profilaktik   chora-tadbirlar   tizimini
ishlab   chiqish,   ularning   samaradorlik   darajasini   ilmiy,   psixologik-pedagogik
jihatdan asoslash bo‘lib hisoblanadi.
Tadqiqotning vazifalari:  
- jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan o‘smirlarni   salbiy omillardan himoya
qiluvchi,   ya’ni   huquqiy   ongni   shakllantiruvchi   zamonaviy   psixologik
mexanizmlar tuzilmasini ishlab chiqish;
- jinoiy xulq shakllanishini   oldini  olishga  yo‘naltirilgan  psixologik trening
dasturini ishlab chiqish va samaradorligini baholash;
- o‘smirlarning individual va ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sir
qilishi   mumkin   bo‘lgan   “o‘zini   tasdiqlash”,   “o‘z   manfaatlarini   boshqalardan
ustun   qo‘yish”,   “bezorilik”,   “buzg‘unchilik”,   “o‘g‘rilik”,   “qasoskorlik”,   “o‘z
kuchi va jasoratini ko‘rsatish” kabi    xulq-atvorini  oldini olishga xizmat qiluvchi
uslubiy tavsiyalar majmuini ishlab chiqish.
Tadqiqotning   predmeti   jinoyat   amalga   oshirishga   moyil   bo‘lgan
o‘smirlarni o‘rganishning psixologik xususiyatlari  bilan bog‘liq omillar. 
5 Tadqiqotning ob’yektini   turli xil ijtimoiy demografik guruhlarga mansub
bo‘lgan   jami   223   nafar   sinaluvchi   (jinoyat   sodir   etishga   moyil   o‘smirlar   –   56
nafar   (tajriba   guruhlari   sifatida   tanlandi);   xulq-atvorida   jinoyat   sodir   etishga
moyilligi ifodalanmagan o‘smirlar – 102 nafar (nazorat guruhi sifatida tanlandi);
o‘smirlarga   dars   berayotgan   o‘qituvchilar   –   18   nafar;   o‘smir   yoshlarning   ota-
onalari   –   26   nafar;   o‘smir   yoshlar   bilan   ishlaydigan   mahalla   profilaktika
inspektorlari – 21 nafar) tashkil qiladi.
Tadqiqotning ilmiy farazlari.
Tadqiqotimizning   ilmiy   taxminlariga   ko‘ra,   voyaga   yetmaganlarda
jinoyatchilik   xulq-atvorining   kelib   chiqish   sabab   va   motivlari,   uning   ijtimoiy-
psixologik, individual-psixologik xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi:
-   o‘smirlik   yoshidagi   jinoyatchilar   shaxsiga   xos   bo‘lgan   individual-
psixologik xususiyatlar bilan nosog‘lom ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro moslik
va   ularning   bir-birini   to‘ldirishi   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   sabab
bo‘lishligi ehtimoli mavjud;
-   o‘smirlik   yoshidagilarning   mikro   va   makro   muhitga   nisbatan   ijtimoiy-
psixologik   jihatdan   moslasha   olmasliklari   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqish
ehtimolini oshirishi mumkin;
-   o‘smirlik   yoshi   xususiyatlari   va   o‘tish   davri   inqirozlari   bolalar   va
o‘smirlarda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
-   voyaga   yetmaganlarning   o‘z-o‘zini   baholash   darajasining   pastligi   va
ularda   kelajakka   nisbatan   qat’iy,   mustahkam   intilish   va   qarashlarning   yo‘qligi
jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi degan ehtimol mavjud; 
-   quyidagi   ijtimoiy-psixologik   omillar:   “oiladagi   nosog‘lom   psixologik
muhit”,   “oilada   bolalar   tarbiyasining   o‘z   holiga   tashlab   qo‘yish”,   “yoshlarning
bo‘sh vaqtlarini nazorat qilmaslik”, “moddiy va maishiy shart-sharoitning yetarli
emasligi”, “ijtimoiy muhit va jamoatchilik ta’siri darajasining pasayishi”, “yosh
davri   xususiyatlariga   ko‘ra,   o‘z   xatti-harakatlarini   boshqara   olmay   qolish
(impulsivlik)   va   boshqalar   voyaga   yetmaganlarda   jinoyatchiligining   asosiy
sabablari sifatida namoyon bo‘ladi degan taxmin mavjud;
6 -   voyaga   yetmaganlarda   ijtimoiy   foydali   faoliyatga   nisbatan
qiziqishlarning   yo‘qligi   va   g‘ayriijtimoiy   ustanovkalar   jinoyatchilik   xulqining
kelib chiqishida omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin;
  -   voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   motivlari   sifatida   “moddiy   -
maishiy   sharoitga   ega   bo‘lishga   nisbatan   qiziqishning   haddan   ortiq   namoyon
bo‘lishi”   ya’ni   ochko‘zlik,   “do‘stlari   oldida   obro‘   orttirish”,   “qasos,   o‘ch   olish
va   g‘azab”,   “o‘rtoqlari   va   kattalarga   taqlid   qilish”   va   shu   kabilar   yotadi   degan
taxmin mavjud;
  -   voyaga   yetmaganlar   o‘rtasida   jinoyatchilik   xulqi   kelib   chiqishining
oldini   olishda   ularning   yosh   va   individual-psixologik   xususiyatlarini   hisobga
olish,   jinoyatchilikning   oldini   olishga   qaratilgan   profilaktik   chora-tadbirlarning
ta’sirchanlik darajasi oshishiga xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqotning   nazariy   va   metodologik   asosini   ilmiy   psixologiyaning   -
ongning   faoliyatda   taraqqiyoti,   (A.N.Leontev   [38])   ong   va   faoliyat   birligi
(L.S.Vigotskiy   [33,   34],   B.G.Ananyev   [30,   31])   tamoyillari   hamda   xorij
psixologiyasidagi   shaxs   xulq-atvori   psixologiyasi,   ijtimoiy   muhitning   shaxs
shakllanishiga   ta’siri,   shaxs   kamolotining   ma’naviy,   psixologik,   biologik   va
ijtimoiy   omillari,   sog‘lom   va   nosog‘lom   muhit   to‘g‘risidagi   g‘oyalar,   sharq
allomalarining   (Kaykovus   [21],Abdulla   Avloniy   [14])   odob-axloq,
xushxulqlilik, ma’rifatlilik to‘g‘risidagi qarashlari tashkil etadi. 
Tadqiqot metodlari.
1.G.Ayzenkning   «Shaxs   xarakteri   xususiyatlarini   ekspress   diagnostika
qilish» testi.
2. K.Leongardning «Xarakter xususiyatlarini o‘rganish» testi.
3.   «Ota-onalar   xulq-atvori   o‘smirlar   nazarida»   testining   Mateychik   va
Rjichan hamda o‘zimiz tomonimizdan moslashtirilgan varianti.
4. Ijtimoiy - psixologik so‘rovnoma.
5. Kontent tahlil.
6. Anketa va suhbat 
7 Olingan   natijalarning   statistik   ishonchlilik   darajasi   Styudentning   t
muqarrarlik   mezoni   bilan   tasdiqlandi.   Voyaga   yetmaganlarda   jinoyatchilik
xulqining   kelib   chiqishiga   makro   va   mikro   muhitning   ta’sir   etish   darajalari
Pirsonning korreliyasiya formulasi orqali o‘rganildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat: 
- jinoyat   qilishga   moyil   bo‘lgan   o‘smirlarni   salbiy   omillardan   himoya
qiluvchi,   ya’ni   huquqiy   ongni   shakllantiruvchi   zamonaviy   psixologik
mexanizmlar tuzilmasi ishlab chiqildi;
- o‘smirlarda   jinoiy   xulq   shakllanishini   oldini   olishga   yo‘naltirilgan
“rivojlantiruvchi”   va   “huquqiy   ongni   shakllantiruvchi”   psixologik   trening
dasturi ishlab chiqildi va samaradorligi baholandi;
- o‘smirlarning individual va ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sir
qilishi   mumkin   bo‘lgan   “o‘zini   tasdiqlash”,   “o‘z   manfaatlarini   boshqalardan
ustun   qo‘yish”,   “bezorilik”,   “buzg‘unchilik”,   “o‘g‘rilik”,   “qasoskorlik”,   “o‘z
kuchi va jasoratini ko‘rsatish” kabi    xulq-atvorini  oldini olishga xizmat qiluvchi
uslubiy tavsiyalar majmui ishlab chiqildi.
Tadqiqotning ilmiy ahamiyati  shundan iboratki, tadqiqotimiz natijasidan
yaratilgan   xulosalar   ijtimoiy,   huquqshunoslik   va   pedagogik   psixologiyasi
fanlaridagi   voyaga   yetmaganlarda   xulq   og‘ishi   va   jinoyatchilik   xulqining
ijtimoiy-psixologik omillarini, yosh, etnopsixologik, hududiy, statistik va jinsiy
xususiyatlarini o‘rganish yo‘nalishini ilmiy – nazariy jihatdan boyitadi. Olingan
emperik   ma’lumotlar   voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   oldini   olishga
qaratilgan   profilaktik   chora-tadbirlar   tizimini   ishlab   chiqishda,   ularning   yosh,
individual-psixologik va xarakter xususiyatlarini hisobga olish zarurligini ilmiy
jihatdan asoslashga xizmat qiladi.  
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. 
Tadqiqotdan   olingan   natijalar   va   ilgari   surilgan   g‘oyalar   voyaga
yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik omillari to‘g‘risida muayyan
konseptual   nazariyaning   shakllanishiga   xizmat   qiladi.   Bundan   tashqari   olingan
emperik   natijalar   quyidagi   hollarda   qo‘llanilishi   mumkin:   ichki   ishlar
8 bo‘limining   voyaga   yetmaganlar   bilan   ishlash   xodimlari   faoliyatida;   maktab,
akademik  litsey,   o‘rta maxsus   va  professional  ta’lim  muassasalari  psixologlari,
ijtimoiy,   pedagogik,   huquqshunoslik   psixologiyasi   sohasida   ishlaydigan
tadqiqotchilar faoliyatlarida; o‘qituvchilar va ota-onalarning bolalar va o‘smirlar
bilan   muomala   munosabat   jarayonlarida;   mahalla   fuqarolar   yig‘ini   faollari   ish
faoliyatlarida;   ushbu   yo‘nalish   bo‘yicha   uslubiy   qo‘llanmalar   va   tavsiyalar
ishlab   chiqishda;   ichki   ishlar   bo‘limi   voyaga   yetmaganlar   bilan   ishlash
profilaktika   nozirlari,   o‘qituvchilar,   mahalla   faollarini   qayta   tayyorlash   va
malakasini   oshirish   kurslarini   tashkil   etishda;   ommaviy   axborot   vositalarida
voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   muammosi   bo‘yicha   maxsus   ko‘rsatuvlar,
radioeshittirishlar va ruknlar tashkil etishda samarali foydalanish mumkin.
Dissertasiyaning   tuzilishi.   Dissertasiya   kirish,   3   bob,   7  paragaf,   xulosa,
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
9 I BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGI MUAMMOSI
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TADQIQOT PREDMETI SIFATIDA
1.1. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi muammosining xorijiy va
hamdo‘stlik mamlakatlarida o‘rganilishi
Jinoyatchilik   muammosini   o‘rganish   ishlariga   tadqiqotchilar   juda
qadimdanoq   qiziqib   kelishganlar.   Ammo   qadimda   jinoyatchilik   muammosini
o‘rganish   bo‘yicha   olib   borilgan   tadqiqotlar   o‘zining   bir   yoqlamalilik
xarakteriga   ega   ekanligi   bilan   ajralib   turgan.   Ammo   jinoyatchilikni   o‘rganish
borasida olib borilgan bunday tadqiqotlar bu muammoni keyingi davrlarda ilmiy
tadqiq qilishga ma’lum darajada hissa qo‘shgan.
Ilmiy   manbalardan   ma’lum   bo‘lishicha,   jinoyatchilik   muammosini   ilmiy
jihatdan o‘rganish ishlari XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlariga kelib
keng   yo‘lga   qo‘yilgan.   Chunki   bu   davrga   kelib   turli   mamlakatlarda
jinoyatchilikning,   ayniqca   yoshlar   o‘rtasida   huquqbuzarliklarning   ko‘payib
borayotganligi   hamda   jinoyatchilikning   insoniyat   va   jamiyatga   yetkazayotgan
zarari   darajasining   ortib   ketayotganligi   holati   jinoyatchilik   muammosini   ilmiy
tadqiq qilish zaruratini keltirib chiqardi. 
XIX   asrga   kelib,   jinoyatchilik   muammosini   ilmiy   tadqiq   qilish   ishlari
yanada avjiga chiqdi. Bu davrda jinoyatchilik muammosini o‘rganish ishlari bir
necha yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilganligini kuzatamiz. Germaniyada Kant va
Gegel falsafiy ta’limotlarining paydo bo‘lishi jinoyatchilik xulqi bo‘yicha nemis
kriminalistika   maktabining   shakllanishiga   olib   keldi.   Bu   maktab   vakillari
ta’limotiga   ko‘ra,   jinoyatchilik   xulqi   kishining   xohish-irodasi,   istak   va   ehtiyoji
mahsulidir   –   deb   tushuntiriladi.   Shuning   uchun   ularning   ta’kidlashlaricha,
kishining   istak   va   ehtiyojini   cheklash   bu   noto‘g‘ridir.   Kishilarning   istak   va
ehtiyojlarini   cheklash   orqali   jinoyatchilikning   oldini   olishga   emas   balki,   uning
ko‘payishiga zamin yaratish mumkindir deyiladi 
10 XIX   asrning   birinchi   yarmiga   kelib   Yevropada   «antr o po log ik
kriminalistika» maktabi paydo b o‘ ldi. Bu maktab namoyondalari   qarashlarining
jinoyatchilik b o‘ yicha  o‘ zidan oldingi tad q i q otchilar  q arashlaridan far q li  tomoni
jinoyatchilik   sababini   jinoyatchi   shaxsidan,   uning   ichki   dunyosidan   izlash
lozimdir   degan   ta’limotni   o‘rtaga   tashlaganligidir.   Shu   bilan   bir   qatorda   ushbu
yo‘nalish   vakillaridan   hisoblangan   Chezare   Lombrozo,   Enriko   Ferri,   Marro,
Gorofalo   va   boshqalar   jinoyatchi   shaxsini,   uning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   va
ular   xulq-atvorini   ijtimoiy   munosabatlar   mahsuli   sifatida   emas,   balki   biologik
jarayon   natijasi   sifatida   talqin   qiladilar.   Mazkur   ta’limotga   ko‘ra,   jinoyatchilik
xulqi   ijtimoiy   munosabatlar   va   muhit   ta’siri   natijasida   paydo   bo‘lmaydi,   balki
shaxsning   biologik,   fiziologik   va   psixologik   xususiyatlari   natijasiga   ko‘ra,
yuzaga keladi deb tushuntiriladi 
Chezare  Lombrozoning   fikri   ko‘ra,  jinoyatchilik  xulqi   kelib  chiqishining
asosiy sababi shaxsning anatomo-fiziologik anomalligi va psixik xususiyatlariga
bog‘liqdir.   O‘z   davrida   Lombrozoning   shogirdi   Ferri   shunday   deb   ta’kidlagan
edi:   «Jinoyatchilik   sabablarini   biologik   anomaliyasiz   na   fiziologik,   na   ijtimoiy
nuqtai nazardan izohlash mumkin bo‘ladi» [45].
Yuqoridagilardan   ko‘rinadiki,   bu   davrga   kelib   jinoyatchilik   va   uning
sabablarini   biologik   nuqtai   nazardan   tushuntirishga   uringan   ta’limot   asta-sekin
yuzaga   kela   boshlagan.   Jinoyatchilikni   biologik,   nasliy   nuqtai   nazardan   talqin
qilishga   harakat   qilgan   ta’limotga   italyan   huquqshunosi   va   psixiatri   Chezare
Lombrozo   tomonidan   asos   solingan   bo‘lib,   uning   «Tug‘ma   jinoyatchi
nazariyasi» nomli asari yaratilgandan so‘ng bu yo‘nalish yanada rivoj topdi [46].
Lombrozoning   jinoyatchilikni   nasliy   omillari   to‘g‘risidagi   qarashlari   uning
«Jinoyatchi   odam»   nomli   asarida   batafsil   bayon   etiladi   [ 45 ] .   Uning
ta’kidlashicha, jinoyatchilik - tug‘ilish, kasallik va o‘lim singari tabiiy - biologik
jarayondir.   Kishilar   jinoyatchi   bo‘lib   shakllanmaydilar,   balki   jinoyatchi   bo‘lib
tug‘iladilar. 
Lombrozo   jinoyatchi   shaxsi   tug‘ma   individual,   psixofiziologik   tashqi
ko‘rinishga   ega   bo‘ladi,   deb   ta’kidlaydi.   Masalan,   deydi   u:   -   «o‘g‘rilar   tashqi
11 ko‘rinishiga   ko‘ra,   kichik   jussali,   ko‘zlari   ichiga   botgan,   o‘ynoqi,   qoshlari
betartib, kamsoqol bo‘lsalar, nomusga tajovuz qiluvchi jinoyatchilar esa ko‘zlari
charaqlagan, qalin labli, harakatlari va tana tuzilishi bejirim bo‘ladi» [45]. 
Jinoyatchilikni   biologik   nuqtai   nazardan   talqin   qilishga   harakat   qiluvchi
ta’limot   vakillarining   fikriga   ko‘ra,   jamiyat   va   insoniyat   jinoyatchilikka   qarshi
kurashishga   ojizdir.   Tug‘ma   jinoyatchilik   belgilari   bilan   dunyoga   keladigan
jinoyatchilarga qarshi kurashning birdan bir yo‘li ularni jismonan yo‘qotish yoki
kamdan-kam   holatlarda   qayta   tarbiyalash,   tuzatish   ishlarini   amalga   oshirishdir
deyiladi. Jumladan, “Jinoyatchilik xulqi bilan nasliy muhrlangan holda tug‘ilgan
bolalar  va o‘smirlarni  qayta tarbiyalashda  tarbiya usullari  ojizdir” [45]  deydi  –
Lombrozo. 
Bu yo‘nalishdagi ta’limotlar bugungi kunda ham ayrim mamlakatlarda o‘z
ta’sirini yo‘qotmaganligi kuzatiladi.
Jinoyatchilik   xulqini   biologik   nuqtai   nazardan   talqin   qiluvchi   ta’limot
vakillaridan   yana   biri   Sheldondir.   U   o‘z   tadqiqot   va   kuzatishlariga   asoslanib
jinoyatchilarni  tashqi  belgilariga  (yuz tuzilishi,  bo‘yi, tanasiga)  ko‘ra, quyidagi
guruhlarga bo‘ladi [28]:
1. E ndomorf   ko‘rinishli   jinoyatchilar   -   semiz,   irodasiz,   jismoniy
faolligi sust, kamharakat va beg‘am bo‘ladilar.
2. Mezomorflar   -   gavdali,   suyak   muskul   tuzilishi   rivojlangan,
jismoniy faol, irodali, jur’atli kishilardir.
3. Ektomorflar  -  ozg‘in, uzun bo‘yli, introvert  xususiyatli  va kamgap
odamlardir.
4. Muvozanatli tiplar - atrofdagilar e’tiborini ko‘p ham tortmaydigan,
unchalik ko‘zga tashlanmaydigan kishilardir.
Sheldon   o‘zi   o‘rgangan   jinoyatchilarning   60   foizidan   ortig‘i   mezomorf
xususiyatli   kishilar   ekanligini   ta’kidlaydi.   O‘z   davrida   Sheldon   va   Eleonora
Glyuk 500 ta jinoyatchi va 500 ta jinoyatchi bo‘lmagan kishilar ustida tadqiqot
ishlarini olib borib, ularda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi
12 67   ta   biopsixologik,   42   ta   ijtimoiy-madaniy   omillarni   aniqlashga   muyassar
bo‘ladilar [28].
Shuningdek,   Shilverman   va   Vetterlar   ham   bir   hujayrali   egizaklarga
qaraganda   ikki   hujayrali   egizaklarda   jinoyatchilik   hulqining   kelib   chiqish
darajasi 35 foizga yuqori ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradilar 
Egizaklar   ustida   so‘nggi   yillarda   olib   borilgan   tadqiqotlarda   garchand
jinoyatchilik xulqi  bilan  irsiyat  o‘rtasida  aloqadorlik  mavjudligi  ta’kidlansa-da,
ammo   ularda   bu   aloqadorlik   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishi   uchun
unchalik   katta   ahamiyat   kasb   etmaydi,   degan   g‘oyaning   ilgari   surilganligi
kuzatiladi. 
Jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishi   irsiyatga   bog‘liq   degan   g‘oyani
ilgari suruvchi ta’limotlar va manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu muammoga
nisbatan   qiziqish   keyingi   yillarda   yanada   ortgan.   Bu   sohada   bir-biriga   zid
bo‘lgan   qarashlar,   mulohazalar,   va   g‘oyalar   g‘arb   matbuotlarida   hatto   bugungi
kunda ham ko‘plab uchrab turadi. 
Jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishida   biologik   omilning   o‘rnini   asosiy
omil   sifatida   talqin   qiluvchi   ta’limotlarni   tahlil   qilib   aytish   mumkinki,
jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishida   biologik   omilning   ta’siri   qaysidir
ma’noda   bo‘lsa-da,   biroq   ijtimoiy,   psixologik,   iqtisodiy,   siyosiy   omillarning
o‘rni   kattaligidan   ko‘z   yumib   bo‘lmaydi.   O‘z   davrida   A.N.Leontyev
ta’kidlaganidek:   -   «shaxs   genotipik   jihatdan   u   yoki   bu   xususiyatga   ega   bo‘lib
tug‘ilmaydi,   aksincha   u   ijtimoiy   munosabatlarda   shakllanadi,   tarkib   topadi   va
faoliyat   yuritadi.   Shaxs   ijtimoiy   -   tarixiy   va   ontogenetik   taraqqiyot   natijasi
mahsulidir» [38].
Ko‘rinib   turganidek,   inson   tabiatan   u   yoki   bu   xislat   egasi,   jumladan
jinoyatchi   bo‘lib   tug‘ilmaydi,   aksincha   uning   ijtimoiy-madaniy   xislat   va
fazilatlari   ijtimoiy   munosabatlarda   shakllanadi.   Shuning   uchun   ham
jinoyatchilik xulqining kelib chiqishida nasliy omilni asosiy omil sifatida qarash
noo‘rin bo‘lur edi.
13 XIX   asrning   60-70   yillariga   kelib,   xorijiy   va   hamdo‘stlik   mamlakatlari
ilmiy   jamoatchiligi   orasida   jinoyatchilik   xulqini   psixologik   nuqtai   nazardan
talqin qilishga uringan tadqiqotchilar paydo bo‘la boshladi.
Jinoyatchilik   xulqini   o‘rganishning   psixologik   yo‘nalishi   vakillari   o‘z
ta’limotlarida   individni   jinoiy   harakatga   undovchi   ehtiyojlar,   qiziqishlar   va
atrof-muhit   bilan   individ   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatlar   natijasida   yuzaga
keladigan   psixik   zo‘riqishlar,   ijtimoiy   muhitga,   undagi   ijtimoiy   normalarga
shaxsning moslasha olmasligi kishilarda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga
ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarni ilgari suradilar. 
Jinoyatchilik   xulqini   o‘rganishning   psixologik   yo‘nalishida   Z.Freydning
«psixoanalitik»   nazariyasi   o‘z   davrida   keng   ilmiy   jamoatchilikning   diqqat-
e’tiboriga tushganligi bilan ajralib turadi [44]. Bu nazariyaga ko‘ra, jinoyatchilik
xulqi   shaxsning   tabiiy   instinktiv   mayllariga   bog‘liqdir,   deyiladi.   Ya’ni,   inson
xulq-atvorini harakatlantiruvchi kuchi va jismoniy hayotining mazmunini jinsiy
instinkt belgilaydi.Shuning uchun kishining jinoyatchilik xulqi mazmunida ham
jinsiy  instinkt  yotadi-  deyiladi.  Z.Freyd jinoyatchilik  xulqining kelib  chiqishini
individning   «Id»,   «Ego»   va   «Super-Ego»   rivojlanish   bosqichlarida   yuzaga
keladigan   patologik   o‘zgarishlar   orqali   tushuntirishga   harakat   qiladi.
Z.Freydning   ta’kidlashicha,   birinchidan,   shaxsning   «Id»   rivojlanishidagi
kamchiliklar  «Ego» va «Super-Ego» rivojlanishida nomutanosibliklarni keltirib
chiqarsa,   «Id»   rivojlanishidagi   kamchiliklar   esa   shaxsni   instinktiv   ehtiyojlar
quliga   aylantirib   qo‘yadi.   Natijada   shaxs   jinoyatga   undovchi   instinktlarni
nazorat   qila   olmaydigan   bo‘lib   qoladi.   Oqibatda   esa   «Ego»   va   «Super-Ego»
«Id»ning   hukmi   ostida   qoladi   va   u   istagan   harakatlarni   amalga   oshirishga
majbur   bo‘ladi.   Ikkinchidan,   «Ego»   rivojlanishidagi   nomutanosiblik   o‘z
navbatida   individda   g‘ayriijtimoiy   xulq-atvorni   shakllantiradi.   Kishidagi   ushbu
g‘ayriijtimoiy   xulq-atvor   jinoyatchilikning   amalga   oshirilishi   uchun   turtki
vazifasini  o‘taydi.  Uchinchidan  esa,   «Super-Ego»  rivojlanishida   yuzaga  kelgan
qusurlar,   kamchiliklar   shaxsda   vujudga   kelgan   jinoiy   harakatlarni   bajarish
istagining   amalga   oshirilishiga   turtki   bo‘ladi.   «Super-Ego»   dagi   barqaror,   har
14 tomonlama   rivojlanish   esa   «Id»   ning   ehtiyoj   va   talablari   qondirilishiga
imkoniyat bermaydi. Shu tariqa jinoiy harakatning sodir etilishi shaxsning ongli
faoliyati orqali boshqariladi va uning oldi olinadi [44]. 
Z. Freydning fikri bo‘yicha   shaxs «Id» (U) ,  «Ego» (Men) va «Super-Ego»
(mendan yuqori) tuzilmalardan tashkil topadi. 
Id   -   instinktni   ifodalovchi   insonning   oddiy   va   sodda   tuzilmasidir.
Kishidagi ongsiz, sodda «Id» tuzilmasi ehtiyojlarni qondirish tuzilmasidir. «Id»
talablar i ni   bajarishga   majbur   bo‘lgan   «Ego»   insti n kt   b o‘ yru g‘ ini   bajaruvchi
bo‘lib qoladi. Natijada «Id» ehtiyojiga ko‘ra ,  jinoiy harakat sodir etiladi. 
“ Super-Ego ”   kishilarda   ma’naviy-madaniy   va   a x loqiy   sifatlarni
ifodalovchi   tuzilmadir.   U   kishining   biror-bir   xatti-harakatni   bajarishdan   oldin
uni   o‘ylab   ko‘rish,   oqibatlarini   anglab   yetish   xususiyatini   belgilaydi.   Bu
nazariyaga   ko‘ra,   insonda   «Id»ning   xohish   istaklari   to‘siqlarga,   qarshiliklarga
uchramasa   va   bu   xohish,   istaklar   nazorat   qilinmasa,   kishida   turli   xil   xulq
buzilishlari   kelib   chiqadi.   Insonning   «Id»   rivojlanishida   yuzaga   keladigan
nuqsonlar   kishini   tajovuzkor,   badjahl   qilib   qo‘ysa,   ba’zan   kishida   individual-
psixo-fiziologik   xususiyatga   ko‘ra   passiv,   xayolchan,   tortinchoq,   mustaqil
faoliyat   yuritishning   yetishmasligi   kabi   sifatlarni   namoyon   qiladi.   Faollikning
yetishmasligi kishini ko‘pincha ehtiyoj quliga aylantirib, bee’tibor qilib qo‘yadi.
Natijada   kishi   o‘ylamay,   oqibatlarini   anglab   yetmagan   holda   noqonuniy
harakatlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. 
Z.Freydning   ta’kidlashicha,   shaxs   «Id»,   «Ego»,   «Super-Ego»   rivojlanish
bosqichlarining qay birida bo‘lmasin paydo bo‘ladigan nuqson, yetishmovchilik,
o‘zgarish   va   psixik   asorat   uning   hulq-atvoridagi   og‘ishni   keltirib   chiqarishi
mumkin. Masalan, deydi u: «Ota-onaning o‘z tashvishlari bilan bo‘lib, bolaning
«Id»   rivojlanishida   e’tiborsizlikka   berilishi,   xususan   unga   mehr-muhabbat
bermasligi,   tarbiyada   e’tiborsiz   bo‘lishlik   holati   bolaning   «Super-Ego»
rivojlanishiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Oqibatda   bola   «Super-Ego»   emas   «Id»
tuzilmasi   hukmronligi   ostida   qoladi.   Bunday   holatda   individ   o‘z   ehtiyojini
qondirish   orqasidan   quvib,   o‘zining   yuksak   insoniylik   sifatlarini,   ya’ni   mehr-
15 oqibat, vijdon,  iymon-e’tiqod, sadoqatlilik,  mehr-muruvvatlilik kabi   xislatlarini
rivojlantirish bilan qiziqmaydi» [44].
Z.   Freydning   fikrini   tahlil   qilib   ko‘radigan   bo‘lsak,   inson   qanchalik
yuksak   (Super-Ego)   fazilatlarga,   ma’naviy   barkamollikka   erishar   ekan,   u   o‘z
ehtiyojlari   quliga   aylanmay   boradi.   Jamiyat   va   insoniyat   manfaatini   his   etadi.
Bundaylardan   jinoyatchi   chiqmaydi.   Aksincha,   o‘z   «meni»   atrofida   uymalanib
qolish,   ma’naviy-axloqiy   jihatdan   barkamol   rivojlanmaslik   turli   xil
tubanliklarga, jinoyatchilikka olib keladi, degan qimmatli mulohazalarning ilgari
surilganligini ko‘ramiz. 
Z.Freyd   insonning   ruhiy   olamida   kechadigan   barcha   holatlarni   ongsizlik
va   onglilik   o‘rtasidagi   kurash   natijasidir   deb   qaraydi.   Ya’ni,   u   kishida   onglilik
ustun   bo‘lsa,   aql   bilan   ish   yuritib   baxt   -   iqbolga   erishadi,   ongsizlik   hukmron
bo‘lsa, hayotda to‘siqlarga, omadsizliklarga duch keladi deydi.
Z.Freydning jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillar
xususidagi   qarashlari   jinoyatchilik   muammosini   ilmiy   tahlil   qilishga   qanchalik
hissa   qo‘shmasin,   bizning   nazarimizda   Z.Freyd   nazariyasida   ham   ayrim
chalkashliklar,   ilmiy   asosning   yetishmasligi   holatlari   ko‘zga   tashlanadi.
Xususan,   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishi   shaxsning   jinsiy   instinktiv
mayllariga   bog‘liq   bo‘ladi,   degan   fikri   barcha   ko‘rinishdagi   jinoiy   xatti-
harakatlar   uchun   asosli   emas.   Jinsiy   instinktiv   mayl   yoki   ehtiyoj   faqatgina
nomusga tegishga harakat qilish jinoyat turi uchun turtki bo‘lish mumkin xolos.
O‘g‘irlik, tan jarohati  yetkazish, tovlamachilik, odam  o‘ldirish, bosqinchilik va
shu kabi boshqa bir qator jinoyatlar uchun jinsiy ehtiyojni qondirish emas, balki
moddiy ta’minotni yaxshilash, g‘arazli maqsadlar, o‘ch olish va shu kabi boshqa
bir   qancha   sabab   va   motivlar   jinoyatni   amalga   oshirish   uchun   turtki   rolini
o‘ynashligini ta’kidlash mumkin. 
Shuningdek,   Z.Freyd   nazariyasining   kamchiliklaridan   yana   biri
jinoyatchilik   xulqi   asosan   shaxsning   psixologik   olamiga,   sifatlariga,
dunyoqarashiga   bog‘liqdir   degan   g‘oya   atrofida   aylanib   qolishidir.U
jinoyatchilik xulqini o‘rganish va tahlil qilishga kompleks yondashuv prinsipini
16 inkor qiladi. Shu sababdan jinoyatchilik xulqini tadqiq etishga qaratilgan barcha
ta’limot   va   nazariyalar   tarafdorlari   singari   Z.Freyd   ham   o‘z   nuqtai   nazarini
himoya   qilishga   urinadi.   Oqibatda   jinoyatchilik   xulqini   asoslashda   ayrim
hollarda bir yoqlamalikka yo‘l qo‘yadi. Bu o‘z navbatida Z.Freyd nazariyasining
tanqid va munozaralarga uchrashligiga olib keladi [44].
XX asrning 60-70 yillarida bir qator tadqiqotchilar. jinoyatchilikni talqin
qilishdagi   Freyd   nazariyasini   qattiq   qoralab   chiqadilar.Ular   bu   nazariyani
«normal» jinoyatchilikni tahlil qilishda va uning kelib chiqish sabablarini ochib
berishda mutloq ojizlik qiladi - deb ta’kidlaydilar. Hatto, ular Freyd nazariyasiga
jinoyatchilik xulqini psixologik jihatdan talqin qilishda kishilarni chalg‘itishdan
boshqa narsa emas, deb qaraydilar 
Xullas,   bizning   nazarimizda   jinoyatchilikni   o‘rganishning   psixo-analitik
nazariyasi   jinoyatchilik   xulqini   shaxsning   jinsiy   mayllariga,   ongsizlik
faoliyatiga,   ichki   ruhiy   nizolarga   va   hissiy   muammolarga   bog‘lab   izohlashi
noto‘g‘ri   qarash   bo‘lsada,   biroq   inson   o‘z   ehtiyojarining   quliga   aylansa,
ma’naviy   hamda   axloqiy   jihatdan   qashshoq,   dunyoqarashi   tor,   ma’rifatsiz
bo‘lsa, u tubanliklarga yuz tutadi. Aksincha, shaxs «Super-Ego» tuzilmasiga ega
bo‘lsa, u ko‘p yaxshi ishlarga qo‘l o‘radi. Barkamol inson sifatida kamol topadi,
degan ta’limot bugungi kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan deyish mumkin.
Jinoyatchilik   xulqini   psixologik   yo‘nalishda   tadqiq   qilishga   qaratilgan
ta’limotlardan   biri   jinoyatchilik   xulqi   individning   biologik   tuzilmasi   hamda   u
olgan ta’lim-tarbiyaning o‘zaro mosligi va ta’siri natijasida yuzaga keladi degan
g‘oya hisoblanadi.
Bu   ta’limoga   ko‘ra,   bolaga   beriladigan   tanbeh   va   rag‘batlantirishlar
jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga ta’sir etishi mumkinligi masalasini ochib
berishga   harakat   qiladi.   Tadqiqotchining   ta’kidlashicha,   bola   qandaydir
noqonuniy   xatti-harakatni   bajarganda   unga   oilada   o‘z   vaqtida   tanbeh   berilsa,
tushuntirilsa   bu   keyingi   g‘ayriqonuniy   xatti-harakatlar   takrorlanishining   oldini
olishda   shartli   ta’sir   rolini   o‘ynaydi.   Bunday   ta’sirlar   bolada   noqonuniy   xatti-
harakatlarni   bajarmaslik   uchun   shartli   reaksiyani   paydo   qiladi.   Boshqacha
17 aytganda,   bola   biror   bir   g‘ayriqonuniy   xatti-harakati   uchun   jazo   olsa,   bu   jazo
keyingi marta yana shunday g‘ayriqonuniy harakatni amalga oshirmaslik uchun
shartli   avtomatik   reaksiya   sifatida   xizmat   qiladi,   degan   g‘oya   ilgari   suriladi.
Ushbu   ta’limot   vakillaridan   biri   Ayzenkning   fikriga   ko‘ra,   o‘smirda   biror   bir
voqea-hodisaga,   vaziyatlarga   va   faoliyatga   nisbatan   shartli   reaksiya
ko‘rinishidagi   bog‘lanish   va   ayrim   holatlarda   shartli   bog‘lanishga   nisbatan
tashqi   qarshilik,   to‘sqinlikning   yuzaga   kelishi   jinoyatchilik   xulqining   kelib
chiqishiga olib keladi [29].
Tadqiqotchining   fikriga   ko‘ra,   quyi   ijtimoiy-iqtisodiy   tabaqadan   bo‘lgan
kishilarda bu shartli bog‘lanish turg‘un holatda bo‘lmaydi. Shuning uchun ham
bunday toifadagi kishilarda jinoyatchilik xulqining kelib chiqish darajasi yuqori
bo‘ladi.
Ayzenk   o‘z   tadqiqotlaridan   olingan   xulosalarga   asoslanib,   jinoyatchilar
shaxsining quyidagi turlarini ko‘rsatib o‘tadi [29]:
1. Ekstravert   jinoyatchilar   -   ehtirosli,   shiddatli,   faol,   agressiv,   impulsiv
kishilar bo‘lib, ular o‘zlarining xatti-harakatlaridan xavfli, qaltis faoliyatlaridan
rohatlanib,   boshqalarni   hayratga   solishni   xush   ko‘radilar.   Bundan
huzurlanadilar.
2. Introvert   jinoyatchilar   -   ular   o‘ta   darajada   his-hayajonga   beriluvchi,
osongina   xafa   bo‘ladigan,   bezovta,   faoliyat   darajasi   sust,   behalovat,   tartibli
hayot kechiradigan, his-tuyg‘ularini tashqariga chiqarmaydigan kishilardir.
3. Psixotiklar   -   qo‘pol,   xavotirlanuvchan,   yangi   muhitga,   odamlarga   tez
moslasha   olmaydigan,   urush-janjalni   xush   ko‘radigan,   g‘ayritabiiy   voqyea-
hodisalardan   rohatlanuvchi,   nizoli   vaziyatlarga   tez-tez   tushib   turuvchi,
yolg‘izlikni xush ko‘radigan jinoyatchilardir.
A y z enkning   ta’kidlashicha,   jinoyatchi   shaxsining   bir-biridan   farqlanishi
ikki   omilga   bog‘liq   bo‘ladi.   Ulardan   biri   individning   yangi   aloqa   o‘rnata   olish
faoliyatini   ta’minlovchi   asab   tizimining   javob   berishga   tayyorgarlik   darajasi
bo‘lsa, ikkinchisi asab tizimining javob berish kuchi va quvvatini belgilovchi va
ushbu kuchga qarshi turuvchi tormozlanish reaksiyasidir  [ 29 ] .
18 Ekstravert   jinoyatchilarning   yangiliklarga,   tashqi   ta’sirlarga   javob   berish
reaksiyasi   darajasi   sust   va   tormozlovchi   reaksiyasi   darajasi   yuqori   bo‘lganligi
uchun ular ijtimoiy muhit voqyea-hodisalariga nisbatan moslasha olmaydilar va
oqibatda   g‘ayriqonuniy   xatti-harakatlarni   bajarishga   moyilliklarini   namoyon
qiladilar.   Shuningdek,   ular   biologik   instinktlarini   o‘z   nazorati   ostiga   ola
bilmasliklari tufayli ham jinoiy xatti-harakatlarni sodir etadilar. 
Introvertlar   esa   ijtimoiy   muhitdagi   yangiliklarga   javob   berishga
tayyorgarlik   darajasi   yuqori   bo‘lganligi   sababli   ijtimoiy   moslashish   jarayonini
o‘z   boshidan   yaxshi   kechiradilar.   Tormozlovchi   reaksiya   darajasining   pastligi
esa ularni turli xil g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni bajarishdan tiyadi. 
Nevrotiklar   esa   har   bir   voqyea-hodisaga   emosional   qo‘zg‘aluvchanlik
orqali   qo‘pol,   mantiqsiz   yondashishlari   tufayli   nizoli   vaziyatlarga   ko‘p   duch
keladilar.   Agarda,   nevrotiklar   ekstravertlar   bo‘lsa,   ulardagi   impulsivlik,
agressivlik   xislatlari   boshqa   shaxs   xususiyatlariga   ham   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi
[29].
Ushbu   nazariya   tarafdorlari   jinoyatchilar   shaxsiga   o‘ta   darajadagi
nevrotiklik   va   ekstravertlik   xususiyatlari   xos   ekanligi   to‘g‘risidagi   fikrni
ta’kidlaydilar 
Ayzenk nazariyasini tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, bu nazariya garchand
ma’lum darajada jinoyatchilik xulqi shaxsning ekstravertlik va psixotizm shaxs
xususiyatlari bilan bog‘liqligi darajasini ko‘rsatib bergan bo‘lsada, biroq o‘zidan
oldingi   boshqa   nazariyalar   singari   jinoyatchilik   xulqini   bir   tomonlama,   ya’ni
faqatgina   shaxs   xususiyatiga   bog‘lagan   holda   tushuntirishga   harakat   qilganligi
hamda   yetarli   darajada   tajribaviy   va   ilmiy   aniqlikka   ega   emasligi   tufayli   uni
jinoyatchilik   xulqini   tushuntirishdagi   to‘g‘ri,   ilmiy   va   asosli   nazariya   deya
olmaymiz. 
Voyaga yetmaganlarda jinoyatchilik xulqini psixologik yo‘nalishda tadqiq
qilishga harakat  qilgan nazariyalardan yana biri  «ijtimoiy o‘rganish yoki  taqlid
qilish»   nazariyasidir.   Bu   nazariyaning   asoschilari   hisoblangan   Bundura   va
Walters lar o‘z tadqiqotlarida bolalarning o‘z hayotida nimani va qanday voqyea
19 -   hodisalarni,   holatlarni,   shu   jumladan   jinoiy   harakatlarni   o‘z   ko‘zlari   bilan
ko‘rishliklari ularni unga moslashib, o‘rganib qolishliklariga olib keladi - degan
g‘oyani   ilgari   suradilar.   Ularning   fikricha,   bola   jinoyatchilar   bilan   birga   bo‘lsa
ularning   faoliyatini   o‘z   ko‘zlari   bilan  kuzatsa,   unga   o‘rganib,  erta-indin  u   ham
aynan   shunday   harakatlarni   takrorlashi   mumkin   bo‘ladi.   Bu   nazariyaga   ko‘ra,
bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqini   keltirib   chiqaruvchi   yoki   uning
oldini   oluvchi   omil   jazo   va   mukofotdir   deyiladi.   Bola   tomonidan   amalga
oshirilgan   muayyan   noqonuniy   xatti-harakat   ota-ona   yoki   atrofdagilar
tomonidan   qo‘llab-quvvatlansa,   rag‘batlantirilsa,   jinoiy   harakatlarning   yana
takrorlanishi ehtimoli oshadi. Aksincha, bolaning jazolanishi esa ular tomonidan
amalga   oshirilishi   mumkin   bo‘lgan   noqonuniy   xatti-harakatlarning   qayta
takrorlanish ehtimolini pasaytiradi deb ko‘rsatiladi
Bu   yo‘nalishdagi   tadqiqotlarga   ko‘ra,   bola   xatti-harakatlarining   amalga
oshirilishida   undagi   taqlidchanlik   xususiyatining   o‘rni   kattadir.   Bolaning
boshqalar tomonidan amalga oshirilgan tajovuzkorona faoliyatni kuzatishi unda
shunga nisbatan taqlid qilib ko‘rish istagini keltirib chiqaradi. Ushbu istak ta’siri
natijasida g‘ayriqonuniy harakat amalga oshirilishi mumkin.
Ayrim   tadqiqotchilar   katta   kishilarning   agressivlik   faoliyati
rag‘batlantirilgan holatlarni bolalarning ko‘rishi ularda tajovuzkorona faoliyatga
nisbatan intilishni keltirib chiqaradi deb ta’kidlaydilar. Shuningdek, kattalarning
tajovuzkorona faoliyati jazolangan holatlar ham ba’zan bolalarda tajovuzkorona
faoliyatga taqlid qilish istagini yuzaga keltirishi mumkin. Bu shuni ko‘rsatadiki,
boshqalarning   harakatlari   nafaqat   rag‘batlantirilganda   balki   jazolanganda   ham
bolada   tajovuzkorlik   faoliyati   yuzaga   kelishi   mumkin.   Bundan   ko‘rinadiki,
ushbu   nazariyada   aniqlik,   muayyan   qat’iy   fikr,   xulosa   yetishmaydi.   Shuning
uchun   ham   bu   singari   nazariyalar   keng   ilmiy   jamoatchilik   nazariga   tushmagan
edi.
Ayrim   tadqiqotchilarning   ta’kidlashicha,   bolalar   ayrim   modellarga
boshqalarga   qaraganda   ko‘proq   taqlid   qiladilar.   Masalan,   o‘zlariga   mukofot
beruvchi,   kuchli,   omadli   va   hurmat-e’tiborga   ega   bo‘lgan   hamda   tez-tez
20 ko‘rishib   turadigan   kishilarga   ko‘proq   taqlid   qiladilar.   Bu   xususiyatlar   ota-
onalar   hayotining   dastlabki   yillariga   to‘g‘ri   keladi.   Shuning   uchun   ular   bu
davrda   bolalari   uchun   taqlid   qilish   modeli   bo‘lib   xizmat   qiladilar.Oilada   ota-
onalar bolalarga har tomonlama stimul beruvchi manba va taqlid qilish obyekti
bo‘lib xizmat qilishligi tufayli ular bir-biriga va farzandlariga qanday munosabat
ko‘rsatishlariga ko‘ra, farzandlarining kelajakda tajovuzkorona fe’l-atvorga ega
bo‘lishliklarini belgilab beradilar
Bolalar   va   o‘smirlar   yaqin   munosabatda   bo‘lgan   kishilardan   tashqari
ommaviy   axborot   vositalari,   xususan   televideniya   ko‘rsatuvlari,   internet,
videofilmlar   orqali   ham   tajovuzkorona,   g‘ayriqonuniy   xulq-atvorga   tez
o‘rganadilar.   Shuning   uchun   ham   bolalar   va   o‘smirlar   ommaviy   axborot
vositalarida ko‘rgan obrazlariga ko‘pincha taqlid qiladilar. 
Jinoyatchilik xulqini talqin qiluvchi nazariyalardan yana biri bu – «O‘zaro
ta’sir tahlili» nazariyasidir (transaksional tahlil) [48]. Bu nazariyaning asoschisi
Erik   Bern   bo‘lib,   bunga   ko‘ra,   individ   bilan   uni   qurshab   olgan   atrof-muhit
o‘rtasidagi   munosabatlar   va   ularning   dinamik   o‘zaro   ta’siriga   ko‘ra,
jinoyatchilik   xulqi   kelib   chiqadi   deyiladi.   Ushbu   nazariya   tarafdorlarining
ta’kidlashlariga   ko‘ra,   ijtimoiy   o‘zaro   ta’sir   o‘zgalar   tomonidan   tanilish
ehtiyojiga   tayanadi.   Insonning   tanilish   ehtiyojini   qondirish   yo‘llarini   tanlashi,
uning   shaxs   va   xarakter   xususiyatlarini   tashkil   qiladi.   Bu   ehtiyojlarni   ochiq
munosabatlarda qondira olmagan kishilar turli xil o‘yinlar qilishga kirishadilar.
Bu o‘yinlar orqali ular o‘zlari uchun katta qoniqish oladilar. 
Kishilarning   vaqti-vaqti   bilan   his-tuyg‘u,   o‘y-xayollar   va   amalga
oshirilgan   xatti-harakatlarni   turli   shakl   va   mazmunda   namoyon   etishliklarini
farqlagan   Berne   shaxsdagi   uch   «Ego»   tushunchasini   izohlashga   harakat   qiladi
[48]: 
1. Ota-ona   ta’sirining   «Ego»   holati   -   bu   ota-ona   yoki   uning   o‘rnini
bosadigan   kishilarning   his-tuyg‘ulari,   fikr-xayollari,   xatti-harakatlari   va
bolalarga nisbatan bo‘lgan munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Bunda qanday xatti-
harakatlarni   amalga   oshirish   mumkin,   qandaylarini   esa   mumkin   emasligi   va
21 qanday   usullar   orqali   amalga   oshirish   zarurligi   to‘g‘risidagi   fikrlarini   nazorat
qiluvchi va tanqid qiluvchi «Ego» yuzaga chiqadi.
2. Kishining   qadriyatlari,   iymon-e’tiqodi   va   vijdoniylik   tushunchalarini
aks   etadigan   «Ego»   tuzilmasi.   Bola   bu   tuzilmada   ba’zan   ijodkorlik   va
emosionallik, ba’zan esa isyonkorlik va bo‘ysinuvchanlikni namoyon qiladi. Bu
individning   bolaligiga   oid   his-tuyg‘u,   fikr-xayollari,   xatti-harakat   va
munosabatlarini ifoda etadigan «xohlayman», «amalga oshiraman» degan talab
etuvchi tuzilmasidir.
3. Kishilarning   haqiqatni   talab   etuvchi,   mantiqli,   mulohazali   bo‘lishni
istovchi,   «ego»   tuzilmasidir.   Kishilardagi   bu   «ego»   voqyealarni   xolisona
baholash, haqiqatni tan olish bilan bog‘liq bo‘lgan mustaqil fikr, his-tuyg‘u, fe’l-
atvor va munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Bernening   ta’kidlashicha,   jinoyatchilik   xulqiga   ega   bo‘lgan   bolalar   va
o‘smirlar haqiqatni talab etuvchi, mantiqli mulohazali bo‘lishni istovchi va ota-
ona ta’sirining «Ego» holatlarini tan olmaydigan shaxslardir.
Jinoyatchilik   xulqini   o‘ziga   xos   tarzda   tadqiq   qilishga   uringan   ushbu
nazariyaga munosabat bildiradigan bo‘lsak, unda individga atrof-muhitning qay
darajada   ta’sir   etishi   jinoyatchilik   xulqini   keltirib   chiqarishi   mumkin   degan
nisbatan  to‘g‘riroq  g‘oyaning  o‘rtaga   tashlaganligini  ko‘ramiz.   Shuningdek,  bu
nazariyada   atrof-muhit   va   shaxsning   o‘zgalar   bilan   bo‘ladigan
munosabatlarining   dinamik   rivojlanishi   xulq   og‘ishining   kelib   chiqishiga   olib
keladi   deb   talqin   qilinganligi   ham   kuzatiladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,
tarbiyasi   qiyin   o‘smir   jamiyatdagi   nosog‘lom   muhit   bilan   qanchalik   yaqin
munosabatda   bo‘lsa,   ular   o‘rtasidagi   munosabatlar   dinamikasining   rivojlanish
xususiyatiga ko‘ra, xulq og‘ishi kelib chiqish darajasi yuqori bo‘ladi. 
Bir   qarashda   ushbu   mulohazalar   bir   qadar   to‘g‘ridek   tuyulsa-da,   ammo
jinoyatchilikning   kelib   chiqishida   mazkur   nazariya   namoyondalari   shaxsning
o‘rni,   uning   ruhiy   olami,   jamiyatda   tutgan   mavqei   va   shaxs   «Meni»
tushunchalarini   bir   oz   e’tibordan   chetda   qoldirganliklarini   kuzatamiz.   Ular
ko‘pincha   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishida   atrof-muhit   va   o‘zgalar
22 ta’sirini   birlamchi   omil   sifatida   talqin   etishga   urinadilar.   Shuningdek,   ularning
qarashlarini   mantiqan   tahlil   qilib   ko‘radigan   bo‘lsak,   ular   qandaydir   ma’noda
jinoyatchilikni   ijtimoiy   hodisa,   u   ijtimoiy   muhit   ta’sirida   yuzaga   keladi,   degan
g‘oyani   ilgari   surganliklarini   ham   kuzatishimiz   mumkin.   Bu   ularning
jinoyatchilik xulqini tushuntirishda bir yoqlamalikka berilganliklarini ko‘rsatadi.
Ushbularga qaramasdan, bu nazariya o‘z davrida jinoyatchilik hodisasini tadqiq
etishga,   uni   ilmiy   jihatdan   asoslashga   o‘ziga   xos   tarzda   hissa   qo‘shdi
deyaolamiz. 
Manbalardan   ma’lum   bo‘lishicha,   g‘arb   mamlakatlarida   jinoyatchilik
xulqining   kelib   chiqishiga   sabab   bo‘luvchi   omillar   xususida   turlicha   qarashlar
mavjuddir.Ularning ayrimlarida jinoyatchilik sabablari biologik omilga bog‘lab
tushuntirishga   harakat   qilinsa,   ayrimlarida   shaxsning   individual-psixologik
xususiyatlariga,   ularning   shakllanish   jarayonlariga   va   ijtimoiy   muhitga   bog‘liq
ekanligi to‘g‘risidagi ta’limotlarning ilgari surilganligini kuzatamiz.
U.Djeymsning   fikriga   ko‘ra,   shaxsning   o‘zligi,   ya’ni   uning   individual-
psixologik xususiyatlari hamda tashqi muhitning insonga o‘ziga xos tarzda ta’sir
etishi   natijasida   jinoyatchilik   xulqi   kelib   chiqadi.   Shuningdek   uning
ta’kidlashicha, inson nimani o‘zimniki, menga tegishli deb tasavvur qilsa, ya’ni
o‘zining tanasini, ruhiy olamini, oila-a’zolarini o‘zimniki deb qabul qilishi unda
o‘zlikning shakllanishidan dalolatdir. O‘zlikning, o‘z xatti-harakatlari oqibati va
mazmunining   anglanmasligi   kishida   o‘zi   tomonidan   amalga   oshirilayotgan
jinoiy harakatlar mazmun va oqibatini tushunib yetmaslikni yuzaga keltiradi. 
1.2. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining O‘zbekistonda o‘rganilish  holat i
Umumjahon   muammolaridan   biri   hisoblangan   voyaga   yetmaganlar
jinoyatchiligini   tadqiq   qilish   borasida   barcha   xorijiy   va   hamdo‘stlik
mamlakatlari singari Resublikamizda ham bir qator ilmiy izlanishlar olib borildi.
Ushbu   ilmiy   tadqiqot   ishlarida   voyaga   yetmaganlar   o‘rtasida   sodir   etilayotgan
qonunbuzarlik, alkogolizm  va giyohvandlik singari illatlarning kelib chiqishiga
ta’sir   etuvchi   ijtimoiy-psixologik   omillar,   jinoyachilik   hodisasining   statistik,
23 demografik,   huquqiy   va   hududiy   xususiyatlari   har   tomonlama   tahlil   qilishga
harakat qilinadi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev   “Ijtimoiy
barqarorlikni   ta’minlash,   muqaddas   dinimizning   sofligini   asrash   –   davr   talabi”
mavzusidagi   anjumanda   so‘zlagan   nutqida   “...bugungi   kunda   mahalladagi,
ayniqsa, uyushmagan yoshlarning taqdiri bilan kim qiziqayapti? Bolalar kimlar
bilan hamsuhbat bo‘layotgani, o‘qishga qachon borib, qachon kelayotganini kim
nazorat qilayapti? Yoshlar, xususan,  o‘smirlar orasida bezorilik, jinoyatlar  soni
ortishiga   qanday   omillar   sabab   bo‘layapti?   Ba’zi   yoshlarimiz   uchun   mehr-
oqibat,   axloq-odob   tushunchalari   butunlay   begona   bo‘lib   borayotgani,   ularda
befarqlik, mas’uliyatsizlik, mehnat qilmasdan kun ko‘rishga intilish kabi illatlar
paydo bo‘layotgani – achchiq bo‘lsa-da, haqiqat” [9] degan edilar.   Shuningdek,
jamiyatda   huquqbuzarliklarning   oldini   olish   chora-tadbirlarida   “profilaktika
inspektorlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha ishlovchi mas’ul xodimlar va
jamoatchilik   vakillari   uchun   yoshlar,   o‘quvchilar   va   ularning   ota-onalari   yoki
ularning   o‘rnini   bosuvchi   shaxslar   bilan   ishlash   bo‘yicha   axborotnomalar   va
metodik   qo‘llanmalar   ishlab   chiqish”   [8]   kabi   vazifalar   belgilanib,   bu   borada
jinoyat   sodir   etishga   moyil   bo‘lgan   o‘smirlarni   o‘rganishning   psixologik
xususiyatlari ning   samarali   metodikalarini   aniqlash,   tashkiliy   chora-tadbirlar
mazmuni,   hamda   barkamol   yoshlarni   tarbiyalashga   yo‘naltirilgan   va   jinoyat
motivlarining   oldini   olishga   qaratilgan   ilmiy-psixologik   tavsiyalar   ishlab
chiqishga oid ilmiy tadqiqotlarni samarali amalga oshirishni talab etadi. 
  Ma’lumki,   jamiyat   hayotida   yoshlar   tarbiyasi,   ularning   barkamol   inson
sifatida   shakllanishi   masalasi   har   bir   mamlakatda   o‘z   davrining   asosiy
masalalaridan biri sifatida qaralib kelingan. Sharqda jumladan, yurtimizda ham
bu sohaga qadim-qadim davrlardanoq katta ahamiyat berib kelingan. Jumladan,
XIV   asr   ilm-fanining  yorqin  namoyondasi   hisoblangan   Jaloliddin  Devoniyning
«Bolalar   tarbiyasi   haqida»   va   «Axloqi   Jaloliddin»   (Jaloliddinning   axloqi)
asarlaridagi   odob-axloq   va   yoshlar   tarbiyasiga   bag‘ishlangan   chuqur   falsafiy
g‘oyalari   [13],   Kaykovusning   «Qobusnoma»   asaridagi   bolalarni   axloqiy
24 tarbiyalashga   yo‘naltirilgan   qarashlari   bugungi   kunda   ham   yoshlarni   to‘g‘ri
yo‘lga boshlashda insoniyat va jamiyatga nisbatan turli xil qabihliklarni amalga
oshirmaslikka undashda muhim ahamiyat kasb etmoqda [22].
Devoniyning axloq  haqidagi   fikrlari   ham  diqqatga  sazavordir.  Devoniy -
“muvaffaqiyatsizlik   oldida   o‘zini   yo‘qotib   qo‘ymasdan,   bunday   paytda
zorlanmasdan, o‘zini mardanovor tutish kamtarinlikning muhim belgisidir” [13]
- deydi.
XX asr boshlaridagi pedagogik taraqqiyotning asoschisi Abdulla Avloniy
axloqni   shunday   ta’riflaydi:   “Yaxshi   xulqlarning   yaxshiligini,   yomon
xulqlarning   yomonligini   dalil   va   misollar   bilan   bayon   qiladurg‘on   axloqdir”
[14].
  Islom   dinining   muqaddas   kitobi   hisoblangan   Qur’oni   Karim   va   Hadisi
shariflarda   ham   yoshlar   tarbiyasi,   odob-axloq,   vijdon,   imon   va   e’tiqod
to‘g‘risida   g‘oyat   qimmatli   fikr-mulohazalar   bildiriladi.   Xususan,   «Qur’oni
Karim» dagi “Fotiha” surasi oyatlaridan birida farzandning oqilligi, odob-axloqi,
jamiyat oldidagi burchi va vazifasi xususida juda muhim fikrlar bayon etiladi.
Islom   ilmida   har   bir   noqonuniy   xatti-harakat   uchun   jazo   (had)
muqarrarligi ta’kidlanadi. Jazodan maqsad deyiladi, bandalarni zararli odatlar va
insonlarga zarar keltiradigan narsalardan qaytarishdir .
Mamlakatimiz   psixolog   olimlari   (E.G‘.G‘oziyev,   G‘.B.Shoumarov,
A.M.Jabborov,   Z.T.Nishonova,   N.S.Safoyev,   N.G‘.Komilova,   B.M.Umarov,
R.S.Samarov,   G.Q.To‘laganova,   I.M.Hakimova,   N.T.Norqulova,   F.F.Rasulova ,
O.S.Qodirov,   U.A.Butayeva   va   boshq.)   tomonidan,   xususan   o‘smirlar
tarbiyasida   yuzaga   keladigan   muammolar   va   qiyinchiliklarning   motivasion
asoslarini o‘rganish sohasida bir qator nazariy va amaliy masalalarni hal qilishga
yo‘naltirilgan tadqiqot ishlari olib borilganligini e’tirof etishimiz mumkin. 
Kuzatishlardan   ma’lum   bo‘lishicha,   Respublikamizda   voyaga
yetmaganlar   jinoyatchiligi   muammosini   ilmiy   tadqiq   qilish   masalasiga
mustaqillik   yillarida   yanada   e’tibor   ortdi.   Keyingi   yillarda   respublikamizda
voyaga   yetmaganlar   o‘rtasida   turli   xil   qonunbuzarlik   holatlarining   ortib
25 borayotganligi   keng   ilmiy   jamoatchilikni   bu   muammo   bilan   yanada   jiddiyroq
shug‘ullanishga undaydi. Shu boisdan respublikamizda keyingi yillarda voyaga
yetmaganlar   jinoyatchiligini   ilmiy   tadqiq   etish   borasida   muayyan
muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. 
Respublikamizda   voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   muammosini
o‘rganishga   qaratilgan   ilmiy   izlanishlarni   kuzatar   ekanmiz,   butun   dunyo
mamlakatlarida bo‘lgani singari ushbu muammoni ilmiy tadqiq etish ishlari bir
necha   yo‘nalishlar   bo‘yicha   olib   borilganligining   guvohi   bo‘lamiz.   Voyaga
yetmaganlar   jinoyatchiligining   kriminalistik   yo‘nalishi   bo‘yicha   olib   borilgan
ilmiy   tadqiqotlar   shundan   dalolat   beradiki,   bu   yo‘nalishda   keyingi   yillarda   bir
qator   samarali   ilmiy   izlanishlar   olib   borilgan.   Ushbu   ilmiy   tadqiqot   ishlarida
voyaga   yetmagan   yoshdagi   jinoyatchi   shaxsi,   voyaga   yetmaganlar
jinoyatchiligining   ijtimoiy,   huquqiy   omillari,   sabab   va   motivlari   hamda   uning
oldini olish borasidagi muammolar tadqiq qilinadi.
Xususan, tadqiqotchi A.A.Rasulov o‘z tadqiqotlarida voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligining   oldini   olishda   huquqiy   ong   va   madaniyatni   shakllantirish
muhimligi   to‘g‘risidagi   qimmatli   mulohazalarni   ilgari   suradi.   Shuningdek,
tadqiqotchining   ta’kidlashicha,   bolalar   va   o‘smirlar   o‘rtasida   jinoyatchilikning
oldini olish nafaqat mutasaddi tashkilot xodimlarining, balki keng jamoatchilik,
ota-onalar va o‘qituvchilar zimmasidagi muhim vazifalardan hisoblanadi.
Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligini   huquqiy   va   kriminalistik   yo‘nalish
bo‘yicha tadqiq qilishga qaratilgan tadqiqotlarni kuzatar ekanmiz, ularda voyaga
yetmaganlar jinoyatchiligining huquqiy, kriminalistik omillari  bilan bir qatorda
ijtimoiy,   huquqiy,   statistik   va   ayrim   holatlarda   pedagogik   hamda   psixologik
omillari  ham  ma’lum   darajada   tahlil   qilinganligining  guvohi  bo‘lamiz.  Bunday
holat   tadqiqotchilarning   bu   muammoni   yanada   chuqurroq   o‘rganishga   bo‘lgan
intilishlari   va   harakatlaridan   dalolat   beradi.   Qolaversa,   ularning   bu   xildagi
yondashuvi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi nafaqat huquqshunos- kriminalist
tadqiqotchilar   tomonidan   o‘rganilishi   zarur   bo‘lgan,   balki   psixolog,   pedagog,
biolog, sosiolog va boshqa soha mutaxassislari tomonidan ham tadqiq etishilishi
26 zarur  bo‘lgan muammo ekanligini  ko‘rsatadi. Biroq shunday bo‘lsa-da, voyaga
yetmaganlar   jinoyatchiligini   kriminalistik   yo‘nalish   bo‘yicha   tadqiq   etishga
qaratilgan   tadqiqotlarda   jinoyatchi   shaxsini,   uning   shakllanish   jarayonlari   va
ijtimoiy omillarini tadqiq qilish va voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini
olish,   uning   huquqiy   mezonlarini   ishlab   chiqish   masalasi   ular   tadqiqotining
asosiy maqsad va vazifalari sifatida belgilanganligini kuzatamiz. 
Bolalar   va   o‘smirlar   jinoyatchiligini   tadqiq   qilishning   pedagogik
yo‘nalishi   bo‘yicha   olib   borilgan   tadqiqotlarni   tahlil   qilar   ekanmiz,   ularda
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kelib chiqish sabablari oiladagi tarbiyaga,
ota-onalarning   farzandlar   tarbiyasida   noto‘g‘ri   tarbiya   usullaridan
foydalanishliklariga,   oilaviy   tarbiyadagi   nuqsonlarga,   ijtimoiy   muhitga,
jumladan   maktab,   mahalla,   tengqurlari   davrasida   nosog‘lom   muhitning
mavjudligiga   bog‘liqdir   degan   fikr-mulohazalarning   tahlil   qilinganligining
guvohi bo‘lamiz. 
Professor   E.G‘oziyev   tadqiqotlarida   tarbiyasi   qiyin   o‘smirlarda
jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishi   boshqa   o‘smirlarga   nisbatan   tez   va   oson
kechadi   va   shu   tufayli   voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   oldini   olish
ishlarini   tarbiyasi   qiyin  o‘smirlardan   boshlash   zarur   degan  qimmatli   g‘oyaning
ilgari   surilganligini   kuzatamiz.   Shuningdek,   jinoyatchilik   xulqining   kelib
chiqishida ijtimoiy muhit, ya’ni oila, maktab va tengqurlari davrasi ta’siri bilan
bir   qator   shaxsning   dunyoqarashi,   qiziqishlari,   ustanovkalari,   ma’naviyati   va
individual psixologik xususiyatlari bir xil ishtirok etadi [18] deb ta’kidlaydi.
E.G‘oziyevning   fikriga   ko‘ra,   o‘quvchilarning   bo‘sh   vaqtlarini   to‘g‘ri
taqsimlash   va   uni   samarali   o‘tkazishga   yordam   berish,   bolalarni   maktabdan
tashqari   vaqtlarda   iloji   boricha   turli   xil   to‘garaklarga,   ijtimoiy   foydali
faoliyatlarga   yo‘naltirish   bolalar   va   o‘smirlar   o‘rtasida   qonunbuzarliklarning
oldini olishda muhimdir deb ta’kidlanadi [18].
E.G‘oziyev tadqiqotlarini o‘rganish natijalarining ko‘rsatishicha, tarbiyasi
qiyin   o‘smirlar   va   jinoyatchilik   xulqiga   ega   bo‘lgan   bolalar   va   o‘smirlar   bilan
profilaktik   ishlarni   olib   borishda   ijtimoiy   muhitdan   tashqari   pedagogik-
27 psixologik   qonuniyatlarga   ham   murojaat   qilish   zarurligi   masalasi
respublikamizda   o‘tgan   asrning   70-80   yillaridayoq   tadqiqotchi   tomonidan
ko‘tarib chiqilganligining guvohi bo‘lamiz [18].
Respublikamiz psixologiya fanida bu xildagi qarashlarning paydo bo‘lishi
boshqa   soha   mutaxassislarini   ham   voyaga   yetmganlar   jinoyatchiligi
muammosiga   pedagogik-psixologik   nuqtai   nazardan   yondashish   zarurligi
to‘g‘risidagi   xulosalarga   kelishlariga   olib   keldi   hamda   bu   sohadagi   psixologik
ilmiy tadqiqotlarning keng miqyosda olib borilishiga turtki bo‘lib xizmat qildi.
Professor   G‘.B.Shoumarov   ilmiy   izlanishlarida   oila   va   oilaviy
munosabatlardagi   nosog‘lom   psixologik   muhitning   bola   xulq-atvoriga   ta’siri,
xulq og‘ishining kelib chiqishida shaxsning individual-psixologik xususiyatlari,
ruhiy   tanglik   va   affektiv   holatlarining   bolalar   va   o‘smirlarda   xulq   og‘ishining
kelib chiqishiga ta’siri masalasi batafsil yoritiladi [26].
G‘.B.Shoumarovning ta’kidlashicha, oiladagi nosog‘lom-psixologik muhit
nafaqat er-xotin o‘rtasidagi nizolarni, balki bolalar ruhiyatidagi, xulq-atvoridagi
o‘zgarishlarni   ham   keltirib   chiqaradi.   Oilada   ota-onalarning   o‘z   hayot   va
tashvishlari   bilan   bo‘lib,   bolalar   faoliyatini   nazorat   qilmasliklari   hamda   ularni
ijtimoiy   foydali   faoliyatga   yo‘naltirmasliklari,   bolalarda   xulq   og‘ishining   kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, oilaviy tarbiyaning ta’sirchanlik roli, ota-
onaning shaxs sifatida ibrat ko‘rsata olmasligi, ularning noaxloqiy xulq-atvorga
ega   bo‘lishlari   va   boshqalar   bolalar   va   o‘smirlarda   xulq   og‘ishining   kelib
chiqishiga olib keladi [26].
Sh.R.Baratov tadqiqotlarida ham sog‘lom avlodni shakllantirish, sog‘lom
ruhiyat   masalalari   tahlil   qilishga   harakat   qilinadi.   Tadqiqotchining
ta’kidlashicha,   oilada   shaxslararo   munosabatlarni   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yish,   oila
muhitini sog‘lomlashtirish, oilada oilaviy qadriyatlarning ulug‘lanishiga erishish
va   boshqalar   bolalar   tarbiyasiga   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Qadriyatlarimiz
qadrlanmagan oilalarda noaxloqiy va nosog‘lom xulqli farzandlar voyaga yetadi
[16].
28 O‘zbekiston   ijtimoiy-psixologiya   fanida   bolalar   va   o‘smirlar
jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini nisbatan batafsilroq tadqiq
etgan   tadqiqotchi   E.Qo‘ljonov   hisoblanadi.   U   o‘z   tadqiqotlarida   mahkum
o‘smirlarning   shaxs   va   individual-psixologik   xususiyatlari,   hamda   ular   xulq-
atvorini   tuzatish   masalalari,   o‘smirning   ijtimoiylashuvi   va   bu   jarayonning
jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga ta’siri, ota-ona munosabatlari natijasida
jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishi   va   boshqa   muammolarni   ilmiy   jihatdan
tahlil qilishga harakat qiladi. 
O‘zbekistonda   voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   muammosini   o‘rganish
bo‘yicha   olib   borilgan   ilmiy   izlanishlar   va   manbalar   tahlilidan   kelib   chiqib
xulosa qilish mumkinki, yurtimizda garchand voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi
bir   qator   sohalar   bo‘yicha   ilmiy   tadqiq   etilgan   bo‘lsada   biroq,   bu   sohada
o‘rganilishi   zarur   bo‘lgan   jihatlar   bir   talaydir.Ayniqsa,   voyaga   yetmaganlar
jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yetarlicha o‘rganilmaganligi
tufayli bu sohada keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borish zarurdir.
I.M.Hakimova   o‘z   tadqiqotlarida   deviant   xulq-atvor   psixologiyasini
o‘rganib,   mazkur   xulq-atvorning   shakllanishi   bilan   bog‘liq   omillar,   ularning
turlari,   delikvant   axloq   va   agressiv   xulq   shakllari,   suisidal   axloq   va   shaxs
axloqining   anomal   turlari   psixologiyasi,   ruhiy-jinsiy   rivojlanish   psixologiyasi,
jinsiy   rolli   axloq   sterotipining   buzilish   shakllarini   tadqiq   etgan.   Unda   shaxsda
uchraydigan   “xulq   og‘ishi”   tushunchasi,   uning   turlari,   namoyon   bo‘lishining
sabab  va sharoitlari  psixologik  tahlil  qilingan. Shuningdek, muallif  ichki  ishlar
idoralari   va   xuquqni   muhofaza   qiluvchi   organlar   xodimlarining   turli   toifadagi
shaxslar   bilan   ishlashlarida   muhim   hisoblangan   huquqbuzarliklarni   keltirib
chiqaruvchi   psixologik,   ijtimoiy   va   biologik   omillar   hamda   ularni   yuzaga
keltiruvchi motivlar bilan bog‘liq masalalarni yoritgan. Shaxslarda uchraydigan
deviasiyaning   differinsial   va   gender   farqlari,   ularning   psixologik   qonuniyatlari
ochib berilgan. 
G.Q.To‘laganova tarbiyasi  qiyin o‘smirlar, deviant  xulq psixologiyasi  va
uning korreksiyasi  sohalarida keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib,
29 tarbiyasi   qiyinlik   mohiyatiga   klassik   va   zamonaviy   yondashuvning   ilmiy-
nazariy   jabhalarini   o‘rgangan   [ 54 ].   Muallifning   tadqiqot   tahlillariga   tayanib,
inson   muammolarini   o‘rganuvchi   hamda   oila,   maktab   va   hatto   jamiyatimiz
uchun muayyan qiyiichiliklar tug‘diruvchi xulqiy og‘ishlar, ularning psixologik
diagnostika   va   korreksiyasini   qanday   tezkor   hamda   samarali   usullar   bilan
amalga   oshirish   mumkinligi   xususidagi   zarur   savollarga   ham   javob   topish
mumkin.   Tadqiqotda   xulqiy   og‘ishlarning   nazariy   va   amaliy   metodologik
jihatlari   bilan   birga   uni   belgilovchi   sosial   psixologik   omillar,   insoniyat
jamiyatining   qat’iy   belgilangan   ijtimoiy   xulq-atvor   dasturlari   tizimiga   va
jamoatchilik   fikri,   odatlar,   axloqiy   tamoyillar,   an’analar   kuchiga   tayanuvchi
xulq-atvor   qoidalari   xususida   fikr   yuritiladi.   Qabul   qilingan   me’yorlar   xulq-
atvorning tarixan shakllangan qoidalari sifatida talqin qilinib, uning baholovchi
mazmunga,   shunga   muvofiq   ravishda   xar   qanday   xatti-harakat   tavsiflanishida
me’yorning   tabiiy   korrelyati,   ya’ni   unga   bog‘liq   tushuncha   «og‘ish»   haqidagi
tasavvurlarning   turli   xil   ma’no-mazmun   kasb   etish   xususiyatlarining   tadqiqiy
tahlili keng yoritilgan.
N.T.Norqulova   affiliasiya   motivi–talabalar   ma’naviy   qiyofasini
shakllantiruvchi   ijtimoiy-psixologik   omil   mavzusidagi   ilmiy   izlanishlarida
O‘zbekistonda   ilk   marotaba   talabalar   o‘rtasida   o‘tkazilgan   affiliasiya   motivini
tadqiq qilish orqali ular ijtimoiy xulqi va ma’naviy qiyofasini shakllantirishdagi
o‘zaro   bog‘liqlikning   isbot   qilinganligi,   affiliativ   xulqning   ijtimoiy-psixologik
mexanizmlari   moduli   ishlab   chiqilib,   trening   dasturlarining   taqdim   etilganligi
amaliy jihatdan oliy ta’lim muassasalarida (kasb ta’limi bosqichida ham) yoshlar
xulq-atvorini regulyasiya qilish, ular xulqida kutilishi mumkin turli og‘ishlar va
salbiy   o‘zgarishlardan   saqlash,   shu   orqali   oliy   o‘quv   yurtlaridagi   ma’naviy-
ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarish mumkinligini
ilmiy asoslagan  [ 51 ] .  
F.F.Rasulova   o‘smirlarda   agressiv   xulq-atvor   namoyon   bo‘lishining
psixologik   xususiyatlari   mavzusida   olib   borgan   ilmiy   tadqiqotlarida   mazkur
muammoning   ilmiy-nazariy   asoslari   xorij   tadqiqotchilari   tomonidan   keng
30 yoritilganligi   va   agressiya   fenomenining   turlari,   shakllari,   motivlari,   namoyon
bo‘lish xususiyatlariga oid nazariy yondashuvlar o‘rin olganligini ko‘ramiz   [55] .
Muallif nazariy-metodologik tahlillariga tayanib, agressiya – bu odamlar,
insonlar   guruhiga   nisbatan   jismoniy   hamda   ruhiy   zarar   yetkazishga
yo‘naltirilgan   har   qanday   xulq-atvor   shakli   yoki   xulq-atvor   modeli   deb
izohlaydi.     Agressivlikning  differensial-psixologik   xususiyatlari ga  doir   empirik
tadqiqot   katta,   o‘rta   va   kichik   o‘smirlarda   olib   borilganligi   muallifga   qiyosiy
tahlil   qilish   imkonini   bergan.   Shunga   asoslanib,   a gressivlikka   moyillikni
korreksiya qilishning ilmiy-metodik jihatlari haqida to‘xtalib,  psixologik yordam
amaliyotida   emosional   buzilishlarni   korreksiya   qilishda   xulq-atvor   terapiyasi,
kognitiv   terapiya,   geshtalt   terapiya   va   boshqa   psixoterapevtik   yo‘nalishlarga
xos usullardan foydalanish ahamiyatli ekanligini  e’tirof  etadi  va ularni  o‘zida
jamlagan   “Xulq-atvorni   modifikasiyalash   treningi”   dasturini   ishlab
chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur   ijtimoiy-psixologik   trening   dasturida   agressiv   xulq-atvorni
bosqichma-bosqich   o‘zgartirish   modeli   qo‘llanilgan:   shaxsning   o‘zini-o‘zi   va
o‘z   his-tuyg‘ularini   anglash,   o‘z   shaxsini   qayta   baholash,   hissiyotlar   ustida
ishlash,   agressiv   xulq-atvorni   anglash,   shaxslararo   munosabatdagi
qiyinchiliklar, kognitiv jarayonlarni  rivojlantirish, barkamollikka intilish, ota-
ona va pedagoglar bilan ishlash dasturlari yaratilgan.
O‘smirlar   o‘zlarida   kechayotgan   salbiy   yoki   ijobiy   emosiyalarni   to‘la
ma’noda   nazorat   qila   olish   imkoniyatiga   ega   bo‘lganlar,   ular   o‘zlarida   har
qanday   holatda   namoyon   bo‘lgan   jahl,   g‘azab   kabi   emosional   holatlardan
o‘zlarini   tuta   olgan,   umuman,   ularda   emosiyalarni   nazorat   qilish   imkoniyati
kuchayganligi yaqqol kuzatilgan.
31 Bob yuzasidan xulosa
Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   ilmiy
tadqiqotlar va manbalar tahliliga asoslanib quyidagi xulosalarga keldik:
1.   Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligini   ilmiy   tadqiq   etish   uchun   xulq-
atvor   og‘ishining   bir   ko‘rinishi   sifatida   delinkvent   xulq   atamasini   ilmiy   va
nazariy jihatdan asoslash talab etiladi.
2.   Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   muammosini   o‘rganish   yuzasidagi
ilmiy   tadqiqotlardan   ma’lum   bo‘lishicha,   jinoyatchilik   xulqini   izohlashda   bir
yoqlamalilika   yo‘l   qo‘yilgan.   Masalan,   Ayrim   tadqiqotlarda   jinoyatchilik   xulqi
sof   ijtimoiy,   ayrimlarida   esa   biologik   yoki   psixologik   hodisa   deb   bir   yoqlama
talqin qilinadi. 
3.   Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligini   o‘rganish   o‘z   davrida   bir   qator
yo‘nalishlar   bo‘yicha   olib   borilgan.   Jumladan,   XIX   asrning   birinchi   yarimida
Yevropada   “Atropologik   kriminalistika”   maktabining,   “Psixoanalitik”,
“Sosiologik”,   “Biologik”   ya’ni,   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishini   nasliy
omillarga bog‘lab tushuntirishga harakat qilgan bir qator nazariyalarning paydo
bo‘lganligini ta’kidlash mumkin. 
4.   Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   uzoq   yillar   mobaynida   kattalar
jinoyatchiligining   bir   qismi   sifatida   o‘rganib   kelinganligi   voyaga   yetmaganlar
jinoyatchiligini   keltirib   chiqaruvchi   omillarning   yetarlicha   o‘rganilmay
qolinishiga   sabab   bo‘ladi   va   bu   yo‘nalishdagi   ishlarning   davom   ettirilishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 
5.   Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   muammosi   XX   asrning   ikkinchi
yarimiga kelib, butun dunyo olimlari singari Respublikamiz olimlari tomonidan
ham   har   tomonlama   ilmiy   tadqiq   etishga   kirishilgan.   Biroq,   Respublikamizda
voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligini   tadqiq   qilish   ishlarining   tahliliga   ko‘ra,
bolalar   va   o‘smirlar   jinoyatchiligi   asosan   kriminalistik,   pedagogik   va   huquqiy
yo‘nalishlarda   olib   borilganligi   tufayli   bolalar   va   o‘smirlar   jinoyatchiligining
ijtimoiy-psixologik   omillari   alohida   ilmiy   tadqiqot   mavzusi   sifatida   kam
o‘rganilgan . 
32 II   BOB.  VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI
2.1.  Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik
xarakteristikasi
Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligini   ijtimoiy-psixologik   jihatdan
o‘rganish   maqsadida   tadqiqotimizda   bolalar   va   o‘smirlar   tomonidan   sodir
etilgan   jinoyatlarning   statistik   ma’lumotlari   katanamnistik   tahlil   metodi   orqali
o‘rganildi   hamda   sodir   etilgan   jinoiy   harakatlarning   ijtimoiy   -   psixologik
omillari tahlil qilindi . 
Biz   tomonimizdan   amalga   oshirilgan   tadqiqotda   voyaga   yetmaganlar
jinoyatchiligining   ijtimoiy-psixologik   omillarini   o‘rganishda   hamda   ular
tomonidan   sodir   etilgan   jinoiy   xatti-harakat   va   jinoyatchi   shaxsi   o‘rtasidagi
bog‘liqlikni   o‘rganishga   alohida   e’tibor   qaratildi.   Chunki,   jinoiy   harakat   va
jinoyatchi shaxsi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib berish jinoyatchilikning ijtimoiy-
psixologik   omillarini   izohlashda   muhim   hisoblanadi.   Bunda   biz   quyidagi
prinsiplarga ko‘ra tadqiqot ishlarini olib bordik. Birinchidan, jinoiy harakatning
kelib   chiqishidan   tortib,   uning   amalga   oshirilishi,   maqsad   va   oqibatlari
kompleks   tarzda   o‘rganildi.   Ikkinchidan   esa,   jinoyatchi   shaxsi   va   uning
psixologik,   yosh   xususiyatlari   tahlil   qilindi.   Natijada   jinoiy   harakat   va   voyaga
yetmagan jinoyatchi shaxsi  xususiyatlari hamda ular o‘rtasidagi bog‘liq jihatlar
haqida   muayyan   ma’lumotlar   olishga   erishildi.   Ushbu   tamoyilga   ko‘ra,   biz
dastlab   voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligiga   xarakteristika   berishga   harakat
qilamiz.
Tadqiqotimiz   natijalari   va   statistik   ma’lumotlarning   ko‘rsatishicha,
voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   kattalar   jinoyatchiligidan   ijtimoiy   xavflilik
jihatidan kam xavfliligi bilan ajralib turadi. Ular tomonidan sodir etilgan jinoiy
harakatning   asosiy   qismi,   ya’ni   36,20   %   o‘g‘irlik   va   bezorilik   jinoyatlarini
tashkil   qiladi.   Shuningdek,   ular   tomonidan   ba’zan   bosqinchilik,   zo‘ravonlik
jinoyatlari (21,12%) ya’ni kishilarning sumkalarini qo‘lidan tortib olib qochish,
bosh   kiyimini   olib   qochish,   qo‘rqitib   pulini   olib   qo‘yish   kabi   jinoyatlar   ham
33 sodir   etilayotganligi   kuzatildi.   Juda   kam   darajadagi   jinoyatlar   davlat   va
mulkdorlar   mulkini   o‘g‘irlash   bilan   bog‘liqdir.   Bunda   bolalar   va   o‘smirlarning
asosan   moddiy-tovar   boyliklarni,   ya’ni   shirinliklar,   mevalar,   tamaki   va   spirtli
mahsulotlar,   radio   va   teleapparaturalar,   soat   va   fotoapparatlar,   texnik   asbob-
anjomlar   va   boshqalarni   o‘g‘irlaganliklari   kuzatiladi.   Ushbulardan   kelib   chiqib
aytish   mumkinki,   bolalar   va   o‘smirlarning   jinoiy   harakatlarida   ularning   yosh
xususiyatlari   aks   etishligi   tufayli,   texnik   asbob-ukunalarga   nisbatan
qiziqishlarning ustunligi, jinoiy harakatlari mazmunida aynan shu predmetlarga
bog‘liq bo‘lgan jinoiy harakatlar sodir etilgan. 
O‘smirlar   tomonidan   sodir   etilayotgan   o‘g‘irlik   jinoyatining   tahlili   shuni
ko‘rsatadiki,   sodir   etilgan   o‘g‘irlikning   uchdan   bir   qismi   unchalik   katta
bo‘lmagan   pul   o‘g‘irliklariga   to‘g‘ri   keladi.   Bolalar   va   o‘smirlar   tomonidan
sodir   etilgan   o‘g‘irlikning   kattalar   o‘g‘irliklaridan   farqli   tomoni   shundaki,
ularning o‘g‘irliklari har doim ham g‘arazli maqsadlarga bo‘ysungan bo‘lmaydi
hamda   ularning   jinoiy   harakatlari   mazmunida   u   yoki   bu   ko‘rinishdagi   arzimas
ehtiyojlarni qondirish yotadi.
Bolalar   va   o‘smirlar   tomonidan   sodir   etilgan   jinoiy   harakatlar   orasida
ikkinchi   ko‘rsatgichni   (21,12   %)   bezorilik   jinoyati   tashkil   qiladi.   Bezorilik
jinoyati   ko‘rsatkichi   bir   qator   tadqiqotchilarning   (N.P.Grabovskaya   (1969),
A.A.   Gersenzonlarning   (1970)   ta’kidlashlaricha,   voyaga   yetmaganlar
jinoyatchiligi   umumiy   ko‘rsatgichining   taxminan   15-30   %   ini   tashkil   qiladi.
Bizning   tadqiqotimizda   esa   bu   ko‘rsatgich   voyaga   yetmaganlar   umumiy
jinoyatchiligining 24,30 foiziga teng bo‘ldi. 
Bezorilik   jinoyati   bolalar   va   o‘smirlar   tomonidan   urush-janjal,   bolalarni
kaltaklash, tan jarohati yetkazish, mushtlashish va boshqa ko‘rinishlarda amalga
oshirilganligining   guvohi   bo‘lamiz.   Voyaga   yetmaganlar   tomonidan   sodir
etilgan bezorilik harakatlari kattalarning bezoriliklaridan ko‘chalarda, parklarda,
o‘yingohlarda,   kinoteatrlarda   amalga   oshirilganligi   bilan   farqlanadi.   Kattalar
tomonidan sodir etilgan bezoriliklar esa asosan xonadonlarda, hovlilarda amalga
oshirilishi kuzatiladi. 
34 2.1-jadval
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining jinoyat turlari bo‘yicha
umumiy ko‘rsatgichi  ( foiz hisobida)
№ Jinoyat turlari Voyaga yetmaganlar umuiy
jinoyatchiligi ko‘rsatgichi
12-14
 yosh 15-17
yosh O‘rtacha
1 O‘ g‘i rlik 30,42 31.86 31,46
2 Bezorilik va bosqinchilik 23,64 24,07 24,30
3 Tan jarohati yetkazish 18,99 19,84 19,34
4 Nomusga  te gish  va unga 
harakat qilish 5,86 6,68 6,25
5 Qasddan o dam o‘ldirish  va 
unga harakat qilish 4,21 5,09 4,42
6 Tovlamachilik va firibgarlik 4,96 6.07 5.36
7 Boshqa jinoyatlar 11,95 6,38 8,86
Izoh :   boshqa   jinoyatlarga   spirtli   ichimlik   va   giyohvand   moddalar   ta’siri
ostida va boshqa birovlarning ta’siri ostida sodir etilgan jinoyatlar kiradi. 6	
5	
4	
3	
2	
1	
0
10
20
30
40
50
60
70
80
2.1-rasm.  Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining jinoyat turlari bo‘yicha
taqsimlanish diagrammasi
1.O‘g‘irlik.   2.Bezorilik   va   bosqinchilik.   3.Tan   jarohati   yetkazish.
4.Nomusga   tegish   va   unga   harakat   qilish.   5.Qasddan   odam   o‘ldirish   va   unga
urinish. 6.Boshqa jinoyatlar (boshqa jinoyatlarga ko‘zbuyamachilik, ta’magirlik,
spirtli   ichimlik   va   giyohvandlik   moddalarini   iste’mol   qilish   natijasida   sodir
etilgan jinoyatlar).
35 Kuzatishlarimizga   qaraganda,   voyaga   yetmaganlarning   bezoriliklari
ko‘pincha   o‘zini   ko‘rsatish   va   ermak,   ovo‘nchoq   sifatida,   tengdoshlarini
kuldirish, qiliqlar ko‘rsatish ma’nosida sodir etiladi. O‘smirning bu xildagi xatti-
harakatlari   ba’zan   jamiyatga,   kishilarga   jiddiy   putur   yetkazishi   va   jinoiy
harakatga aylanishi mumkin.
Shaxsga   tajovuz   qilish   jinoyatchiligi   orasida   voyaga   yetmaganlarning
nomusga   tegish   jinoiy   harakatlarini   alohida   ko‘rsatib   o‘tish   lozim.
Kuzatishlarimizdan   ma’lum   bo‘lishicha,   o‘smirlar   tomonidan   bunday   jinoiy
harakatlar   mastlik   holatida,   guruhiy   ko‘rinishda   amalga   oshiriladi.   Bunday
jinoyatlarning   o‘ziga   xos   jihatlaridan   biri   hyech   qachon   o‘ziga   yaxshi   tanish
bo‘lgan   xotin-qizlarda   amalga   oshirmasligidir.   Ya’ni,   bunday   jinoyatlar   asosan
notanish, davraga yangi taklif etilgan yoki ko‘cha-ko‘yda uchratib qolgan xotin -
qizlarda sodir etiladi. 
Voyaga   yetmaganlarning  bunday   jinoiy  harakatlarini   tahlil   qilganimizda,
ular   nafaqat   jinsiy   ehtiyojni   qondirish,   balki   jinsiy   tarbiya   borasida   yo‘l
qo‘yilgan   kamchiliklar   tufayli   sodir   etilayotganligining   guvohi   bo‘lamiz.
Bunday   bolalar   va   o‘smirlar   oilada   jinsiy   tarbiya   borasida   yetarlicha   tarbiya
ko‘rmaganliklari   bilan   ajralib   turadilar.   Ayrim   o‘smirlar   o‘zining   bunday
harakatlarini   «erkak   sifatida   yetilganliklari»   ni   ko‘rsatish,   namoyish   etish
ma’nosida ham sodir etayotganliklari kuzatiladi. 
Bolalar   va   o‘smirlar   tomonidan   garchand   kam   darajada   bo‘lsada
tovlamachilik, firibgarlik jinoyatlari ham sodir etilgandir (7,0%). Bunday jinoiy
harakatlar ko‘pincha noto‘liq oilalarda yoki ota-onasiz tarbiyalangan bolalar va
o‘smirlar   tomonidan   amalga   oshirilganligi   kuzatildi.   Shuningdek,   bunday
jinoyatlar   kattalarning   ishtirokida   ularning   ta’siri,   yo‘l-yo‘riqlari   asosida   sodir
etilayotganligining ham guvohi bo‘lamiz. Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida qanday
jinoyat   turlarining   keng   tarqalayotganligidan   qat’iy   nazar   ularda   yosh   davri
xususiyatlarining ta’siri, o‘rni mavjudligini ko‘ramiz.
Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   kattalar   jinoyatchiligi   bilan
taqqoslanganda   ularning   tor   doira   va   mazmunga   ega   ekanligi,   ya’ni   jinoiy
36 harakat mazmuni  moddiy – tovar  boyliklariga yo‘naltirilganligi hamda turli  xil
mayda  bezoriliklar  bilan  chegaralanayotganligi   kuzatiladi. Shuningdek,  bunday
voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   xiyla-nayranglardan,   mug‘ombirlik   va
ayyorliklaridan   holi   ekanligi   hamda   oddiy,   sodda   usullar   orqali   amalga
oshirilyotganligi   bilan   ham   xarakterlidir.   Jinoiy   harakatni   amalga   oshirish
usullarining   sodda   va   oddiyligi   bunday   jinoyatlar   bevosita   voyaga   yetmagan
jinoyatchi tomonidan amalga oshirilganligidan dalolat beradi. 
Jinoiy   xatti-harakat   va   jinoyatchi   shaxsining   bir-biriga   bog‘liq   holda
o‘rganilishi   va   tushunilishi   tabiiy   hol   albatta.   Chunki,   bunday   yondashuvsiz
jinoiy harakatni tahlil qilish, uning sodir etilish mexanizmini o‘rganish mumkin
bo‘lmas edi. 
Jinoyatchilik xulqi insonning boshqa xulq-atvori singari ikki xil belgining
namoyon   bo‘lishi   orqali   ifodalanadi.   Ya’ni,   subyektiv   motivlar,   maqsad   va
yo‘nalishlar,   e’tiqod   va   g‘oya   hamda   subyektiv   jismoniy   sayi-harakatlar
natijasida   jinoiy   harakat   sodir   etiladi.   Jinoiy   harakatlarning   ijtimoiy   xavfli   tus
olishi   jinoiy   harakatning   eng   avvalo   shaxs   ichki   psixologik   qayta   ishlov
pog‘onasidan o‘tganligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun jinoyatni sodir etishda
o‘smir   o‘y-fikr   qiladi,   amalga   oshirish   usullarini   ishlab   chiqadi.   Shaxsning
jinoyatni   amalga   oshirishi   kerakligini   hal   etishi   psixologik   mazmunga   ko‘ra,
niyat   va   istak   orqali   bajariladi.   Jinoiy   harakatni   qasddan,   oldindan   o‘ylangan
niyat   asosida   sodir   etilishi   shaxsni   o‘z   jinoiy   harakati   xarakteri   va   oqibatlarini
anglab yetganlik holatiga olib keladi. Natijada oldindan o‘ylangan niyat, ma’lum
g‘arazli   maqsadlar   asosida   jinoyat   sodir   etiladi.   Bolalar   va   o‘smirlar
jinoyatchiligida   esa   ko‘pincha   aynan   oldindan   o‘ylangan   niyatlar,   g‘arazli
maqsadlar   to‘la   qonli   aks   etmaydi.   Aksincha,   ular   o‘z   jinoiy   harakatlarining
mazmun   va   oqibatlarini   to‘laqonli   anglab   yetmasdan,   to‘satdan,   dab-durustdan
yuzaga   kelgan   vaziyatlar   tufayli   jinoyatni   sodir   etadilar.   Aytish   mumkinki,
aynan   ushbu   xususiyatlar   bolalar   va   o‘smirlar   jinoyatchiligining   kattalar
jinoyatchiligidan farqlanuvchi eng asosiy belgilaridandir. Bu xususiyat yuqorida
ta’kidlaganimizdek,   voyaga   yetmaganlar   jinoyatchilining   ijtimoiy   xavflilik
37 darajasining   pasayishiga   olib   keladi.   Ammo   voyaga   yetmaganlar
jinoyatchiligining  barchasini   ham   ijtimoiy  jihatdan   xavfli  emas   deb  bo‘lmaydi.
Jinoyatchilik   ko‘chasiga   to‘la   kirib   ketgan,   jinoyatchilik   xulqi   patologik   tus
olgan   voyaga   yetmaganlarning   jinoiy   harakatlari   hamda   kattalar   bilan
hamkorlikda   sodir   etiladigan   jinoiy   harakatlar   ijtimoiy   xavfli   hisoblanadi.
Ba’zan   esa   voyaga   yetmagan   shaxs   o‘z   jinoiy   xatti-harakatlarining   oqibatini
anglab   yetmagan   holda   ijtimoiy   xavfli,   ya’ni   birovning   sog‘ligiga   va   hayotiga
jiddiy zarar yetkazishi, bilmagan va anglab yetmagan holda turli xil guruhlarga,
jumladan diniy oqimlarga ham kirib qolishi mumkin.
Kuzatishlarimizdan   ma’lum   bo‘lishicha,   ko‘pincha   voyaga   yetmaganlar
jinoyatchiligi yashash joyi va yaqin atrofdagi mahallalarda sodir etiladi. Shuning
uchun voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi ular yashayotgan joyning kriminologik
muhitiga   ham   bog‘liq   bo‘ladi.   Ya’ni,   voyaga   yetmagan   o‘smir   yashayotgan
joyda   ilgari   sudlangan   katta   yoshli   kishilar   yoki   hulq   og‘ushiga   ega   bo‘lgan
bolalar   va   o‘smirlarning   yashashligi,   bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik
xulqining kelib chiqishi uchun qulay muhit yaratadi. 
Voyaga  yetmaganlar  jinoyatchiligining  deyarli   teng  yarmi  tungi  soat   22-
23   lardan   keyin   sodir   etilayotganligi   kuzatiladi.   Voyaga   yetmaganlar   jinoiy
harakatlarining   psixologik   tahlilidan   ma’lum   bo‘lishicha,   ulardagi   jinoyatchilik
xulqi   nafaqat   tashqi   omillar,   vaziyatlar   ta’siri   tufayli   balki,   o‘smirning   ichki
psixologik   xususiyatlariga,   dunyoqarashiga,   holatiga,   yo‘nalishi   va   e’tiqodiga
bog‘liq  bo‘ladi.  Shu  boisdan  o‘z  davrida  tadqiqotchi   V.N.Kudryavsev  shunday
deb ta’kidlagan edi: “Jinoyatchilik xulqi  makon va zamonda shakllanadi, u o‘z
mazmuniga   nafaqat   tashqi   muhit   ta’sirlarini,   balki   shaxsning   ichki   psixologik
jarayoni xarakterini ham qamrab oladi”.
Mamlakatimizda   faoliyat   ko‘rsatayotgan   yetakchi   psixolog   olimlarning
motiv va motivasiya masalalariga doir ilmiy-nazariy qarashlari ham yoshlarni
o‘quv-tarbiya   jarayonlarini   ilmiy   asosli   tashkil   etishda,   ularni   hayotga   to‘g‘ri
yo‘nalganligi  va  barkamolligini   ta’minlashda,  kasbiy  tayyorgarligi  va  mehnat
faoliyatini   oqilona   boshqara   olishda,   yoshlarni   oilaviy   hayotga   tayyorlash   va
38 oilaviy   munosabatlar   psixologiyasiga   xos   qadriyatlarni   e’zozlashda,   milliylik
va   milliy   mentalitetimizni   saqlash   hamda   avaylab   asrashda   muhim   ahamiyat
kasb etadi.
2.2. Bolalar va o‘smirlarda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishida ijtimoiy
muhit va oilaviy tarbiyaning o‘rni
Oiladagi   nosog‘lom   psixologik   muhit   va   oilaviy   tarbiyadagi   yo‘l
qo‘yilayotgan   nuqsonlar   hamda   ta’lim   jarayonida   kuzatilayotgan   nuqsonlar,
bolalar   va  o‘smirlar   yashayotgan   mahallalar   hayoti,  ularning  psixologik   muhiti
voyaga   yetmaganlarda   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   o‘z   ta’sirini
o‘tkazmasdan qolmaydi.
Ma’lumki,   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishi   xilma-xil   omillarga
bog‘liqdir.   Shuning   uchun   uni   tadqiq   qilish   ishlari   bu   muammoga   har
tomonlama   yondashuvni   taqozo   qiladi.   Shu   boisdan   tadqiqotimizda   voyaga
yetmaganlarda   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   ta’sir   etuvchi   ijtimoiy
muhitni o‘rganishda bir qator metod va metodikalardan foydalanildi.
1.   Shaferning   “Ota-onalar   xulq-atvori   o‘smirlar   nazarida”   (1965)   test-
so‘rovnomasining Z.Mateychik, Rjichan (1983) va tadqiqot uchun maxsus qayta
ishlangan   variantidan   foydalanildi.   Ushbu   testni   qo‘llashdan   maqsad
o‘smirlarning   ota-onalari   xulq-atvori   va   ularning   farzandlariga   qiladigan
munosabatini o‘rganishdan iboratdir. 
2.   Voyaga   yetmaganlarning   jinoiy   harakatlari   bo‘yicha   prokuratura   va
ichki ishlar organlari tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish hujjatlari katanamnistik
taqlil   qilindi.   Tahlil   jarayonida   jinoyatchilik   xulqiga   ega   bo‘lgan   bolalar   va
o‘smirlarning   o‘qish,   o‘qishdan   tashqari   faoliyatlari,   oiladagi   o‘rni,   oilaviy
shart-sharoitlari va shu kabi ma’lumotlardan foydalanildi. 
3. Tadqiqotda suhbat metodidan ham keng miqyosda foydalanildi. Suhbat
jarayonida voyaga yetmagan yoshdagi jinoyatchilar, ularning ota-onalari ishtirok
etdilar. 
39 4.   Bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   ta’sir
ko‘rsatuvchi   ijtimoiy-psixologik   omillarni   o‘rganish   bo‘yicha   o‘zimiz
tomonimizdan tuzilgan ijtimoiy-psixologik so‘rovnomadan (IPS) foydalanildi. 
Ma’lumki,   voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   kelib   chiqishi   va
ijtimoiy muhit o‘rtasida o‘ziga xos ta’sir doirasi mavjuddir. Ushbu o‘zaro ta’sir
mexanizmi nazarimizda uch xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Birinchidan,   nosog‘lom   ijtimoiy   muhit   bilan   shaxsning   o‘zaro   aloqalari
o‘smirlarda ijobiy qarashlarning salbiylashuviga olib kelsa, ikkinchidan shaxs va
nosog‘lom ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqa kishiga ijtimoiy me’yorlarga
to‘g‘ri   kelmaydigan   muayyan   yo‘l-yo‘riqni,   xususan   g‘ayriqonuniy   vazifalarni
bajarish   bo‘yicha   rollarni   taqsim   etadi.   Uchinchidan   esa   g‘ayriqonuniy   yo‘l-
yo‘riqlar   va   rollar   taqsimoti   o‘smirda   asta-sekin   ijtimoiy   muhit   talab   va
me’yorlariga   nisbatan   deformasiyalashuvning   kelib   chiqishiga   sabab   bo‘ladi.
Ushbu   deformasiyalashuv   shaxs   xulqida   o‘ziga   xos   o‘zgarishlarni   keltirib
chiqaradi.   Shuning   uchun   ham   jinoyatchilik   xulqiga   ega   bo‘lgan   bolalar   va
o‘smirlarning   aksariyat   qismi   ijtimoiy   muhitga   nisbatan   deformasiyalashuv
pog‘onasida bo‘ladilar. 
O‘smirlarda   ijtimoiy   muhitga   nisbatan   bo‘lgan   deformasiyalashuvning
yuzaga kelishi va ularda ijtimoiy pozisiyaning mavjud bo‘lmasligi yoki tusatdan
yo‘qolishligi   (maktabadan   haydalish,   oilada   nosog‘lom   muhitning   mavjudligi,
ishidan,  yaqin kishisidan   mahrum   bo‘lish)   o‘z  navbatida  noqonuniy, noaxloqiy
pozisiyaning shakllanishiga olib keladi. Ya’ni, turli xil g‘ayriqonuniy, noaxloqiy
guruhlarga qo‘shilish, referent guruhlarning tashkil etilishiga sabab bo‘ladi. Shu
boisdan   jinoyatchilik   kuchasiga   kira   boshlagan   o‘smir   ko‘pincha   maktabni
tashlaydi,   o‘zicha   ishga   kirmoqchi   bo‘ladi,   ko‘pchiligi   esa   umuman   foydali
mashg‘ulot bilan shug‘ullanmaydilar.
Shuning   uchun   o‘z   davrida   G.M.   Minkovskiy   -   “ishlamaydigan,
o‘qimaydigan   bolalar   va   o‘smirlar   o‘rtasida   o‘qiydigan,   ishlaydigan   bolalar   va
o‘smirlarga   nisbatan   yigirma   barobar   ko‘p   jinoyatchilik   sodir   etiladi”   deb
ta’kidlagan edi.
40 Kuzatishlarimizga   qaraganda,   o‘rganilgan   jinoyatchilik   xulqiga   ega
bo‘lgan   bolalar   va   o‘smirlarning   aksariyat   qismi   ijtimoiy   foydali
mashg‘ulotlarda   qatnashmaydi,   gazeta,   jurnal   yoki   badiiy   adabiyotlar
o‘qimaydilar.   O‘qiganlarida   ham   o‘ziga   xos   qiziqishlar   (rasmlar,   sud
materiallari,   e’lonlar   va   boshqalar)   bilan   cheklanadilar.   Ularda   teatrga   tushish,
darslik va badiiy kitoblar o‘qish bo‘yicha ko‘rsatgich darajasi ancha pastdir. 
Ushbulardan ko‘rinadiki, ijtimoiy foydali mashg‘ulot bilan shug‘ullanish,
kitob,   gazeta   o‘qish,   teatrlarga   borish   o‘smirlarda   ijtimoiy   foydali,   ijobiy
pozisiyalarning   va   ustanovkalarning   paydo   bo‘lishiga   olib   keladi.   Aksincha
holatlarda  esa  bolalar   va o‘smirlar  xulqida  salbiy  pozisiya  va ustanovkalarning
shakllanishiga   imkoniyat   yaratiladi.   Bundan   kelib   chiqib   aytish   mumkinki,
ijtimoiy muhit voqyea-hodisalari va shart-sharoitlarning o‘smirlarga ta’sir etishi
ular xulq-atvori mazmunini belgilab beradi. Agarda ijtimoiy muhitdagi voqyea-
hodisalar   va   shart-sharoitlar   o‘smirga   ijobiy   ta’sir   etsa   o‘smir   xulqida   ijobiy
xislatlar,   aksincha   holatlarda   esa   salbiy   xislatlar,   g‘ayriqonuniy   ustanovkalar
shakllanadi.
Bizni   qiziqtirgan   masalalardan   yana   biri   jinoiy   hatti-harakatlarni   amalga
oshirgan   bolalar   va   o‘smirlarning   ijtimoiy   foydali   mashg‘ulotlar   bilan
shug‘ullanish   holati   bo‘ldi.   Bunga   ko‘ra,   respublikamizda   5   yil   mobaynida
voyaga   yetmaganlar   tomonidan   sodir   etilgan   jinoyatlarning   statistik
ma’lumotlariga   ko‘ra,   jinoiy   harakatlarni   sodir   etgan   bolalar   va   o‘smirlarning
52,4   foizi   o‘qimaydigan   va   ishlamaydigan,   26,4   foizi   o‘rta   maktabda   va   21,1
foizi   o‘rta   maxsus   kasb-hunar   ta’limi   maskanlarida   o‘qiydigan   bolalar   va
o‘smirlarni tashkil qiladi. 
Kuzatishlarimizdan   ma’lum   bo‘lishicha,   hyech   qayerda   o‘qimaydigan,
ishlamaydigan   bolalar   va   o‘smirlar   voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining
yadrosini tashkil qiladi. Jinoiy harakatni sodir etgan bolalar va o‘smirlar suhbat
jarayonida maktabga bormadim, o‘qishni xo‘sh ko‘rmadim, o‘qishga qiziqishim
bo‘lmadi,   darslarni   tez-tez   qoldirdim,   o‘qishni   tashlaganimda   ahmoq   bo‘lgan
ekanman,   shundan   so‘ng   o‘g‘irlik   qila   boshladim,   o‘qishni   tashlamaganimda
41 o‘g‘irlik   ko‘chasiga   kirmagan   bo‘lar   edim.   O‘zimning   ahmoqligim   tufayli
qamoqqa   tushdim   va   boshqa   shu   singari   afsus   va   nadomatli   gaplarni
ta’kidlaganliklari   ijtimoiy   foydali   mashg‘ulotlar   bilan   shug‘ullanmaslik   holati
bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishida   asosiy
sabablardan biri sifatida namoyon bo‘lishligini ko‘rsatadi.
Kuzatishlarimizdan ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan
bolalar   va   o‘smirlarning   ijtimoiy   muhiti   sog‘lom   xulqli   bolalar   va   o‘smirlar
ijtimoiy   muhitidan   o‘ziga   xos   tor   doiradagi   dunyoqarashga   egaligi,   nizoli
vaziyatlar   doirasining   kengligi,   qat’iy   hayotiy   pozisiyaning,   kelajakka   nisbatan
ijobiy   qarash,   maqsad   va   intilishlarning   yo‘qligi   va   shu   kabi   bir   qator   jihatlar
bilan   farqlanadi.   Quyida   biz   ushbu   jihatlarni   kengroq   tahlil   qilishga   harakat
qilamiz.
1.   Jinoyatchi   bolalar   va   o‘smirlarning   xatti-harakatlari   oila   a’zolari
tomonidan   qo‘llab - quvvatlanish   holati.   Bunda   o‘smirning   noqonuniy   xatti-
harakatiga   oila   a’zolari   va   yaqinlari   tomonidan   ijobiy   munosabat   bildiriladi.
Bunday   ish   qilma,   qilayotgan   harakating   noqonuniy   deyish   o‘rniga   ota-ona   va
atrofdagilar   ularning   noqonuniy   xatti-harakatlarini   ma’qullashadi   yoki   unga
e’tibor   berishmaydi.   Natijada   o‘z   noqonuniy   harakatining   ma’qullanishini   his
etgan   o‘smir   yana   boshqa   bir   noqonuniy   harakatga   qo‘l   o‘radi.   Oqibatda
jinoyatchilik xulqi o‘smirning butun faoliyatini, ongini qamrab oladi.
Jinoyatchilik   xulqiga   ega   bo‘lmagan   bolalar   va   o‘smirlar   muhiti   esa
aksincha  bo‘lib, unda oila a’zolari, o‘rtoqlari, o‘smirning noqonuniy harakatini
qo‘llab quvvatlamaydilar, tanbeh va tushuntirishlar beradilar. Bunday holatlarda
o‘smir xulqida ijobiy xislatlar yuzaga keladi.
2. Sog‘lom  xulqli  bolalar   va o‘smirlarga  qaraganda  jinoyatchilik xulqiga
ega   bo‘lgan   bolalar   va   o‘smirlarga   ijtimoiy   muhitdagi   salbiy   ta’sirlarning   bir
joyga   to‘plangan   holda   (konsentrasiyalashgan)   ta’sir   etishi   holati.   Ya’ni,
jinoyatchilik   xulqiga   ega   bo‘lgan   o‘smirga   ijtimoiy   muhitdagi   salbiy   ta’sirlar
to‘plangan   va   har   taraflama   holda   ta’sir   qiladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,
o‘smirning noqonuniy, noaxloqiy muhit hukm surayotgan muhitga tushib qolishi
42 unga   har   tomonlama   ya’ni,   ham   ma’naviy,   ham   ruhiy,   ham   jismoniy,   ham
ko‘rgazmali tarzdagi ta’sir o‘tkazadi. Bu o‘smirda jinoyatchilik xulqining kelib
chiqishi   uchun   qulay   ijtimoiy   muhit   va   shart-sharoit   bo‘lib   xizmat   qiladi.
Natijada o‘smirda nosog‘lom xulq - atvor psixologiyasi shakllanadi.
Sog‘lom   xulqli   bolalar   va   o‘smirlarda   har   taraflama   salbiy   ta’sir   etish
muhitining   mavjud   bo‘lmasligi   ularda   g‘ayriqonuniy   xulq-atvorning   kelib
chiqishining oldini oladi.
3.   Jinoyatchi   bolalar   va   o‘smirlarning   sog‘lom   xulqli   bolalar   va
o‘smirlarga   qaraganda   tez-tez   nizoli   vaziyatlarga   tushib   qolish   holati.   Bunda
jinoyatchi o‘smir nizoli vaziyatlar muhitiga tez-tez tushib qoladi. Buning sababi
birinchidan,  u  hayot   kechirayotgan   va  faoliyat  yuritayotgan  ijtimoiy  muhitning
nosog‘lomligiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan jinoyatchi bolalar va o‘smirlar xulq-
atvoridagi psixopatologik o‘zgarishlar va ularning yosh davri xususiyatlari nizoli
vaziyatlarning ko‘proq yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. 
Sog‘lom   xulqli   bolalar   va   o‘smirlarda   esa   ular   yashayotgan   va   faoliyat
yuritayotgan ijtimoiy muhitning sog‘lomligi nizoli vaziyatlarning oldini oladi va
shuning uchun ular nizoli vaziyatlarga kam duch keladilar.
4.   Jinoyatchilik   xulqiga   ega   bo‘lgan   bolalar   va   o‘smirlar   tomonidan
amalga   oshirilayotgan   noqonuniy   xatti-harakatlarga   katta   yoshdagi   kishilar   va
ota-onalarning   e’tiborsizligi   holati.   Bunda   o‘z   noqonuniy   harakatlarining
javobsiz   qolishligni,   kattalar   tomonidan   ma’qullanishligini   his   etgan   o‘smir
nizoli   vaziyatlarga   barham   berishda   noqonuniy   yo‘lni   tanlaydi.   Chunki   u   ota-
onasidan,   atrofdagilardan   jazo   olmasligini   biladi.   Bu   esa   o‘smirga   yangi-yangi
noqonuniy harakatlarni bajarishga imkoniyat eshigini ochib beradi.
Sog‘lom   xulqli   bolalar   va   o‘smirlar   esa   o‘zlarining   jazolanishlarini
bilishligi   tufayli   noqonuniy   harakatlarni   bajarishdan   o‘zlarini   tiyadi.   Chunki,
ular muhitida noqonuniy harakatlarni qoralash psixologiyasi mavjud bo‘ladi.
Yuqoridagilardan   kelib   chiqib   aytish   mumkinki,   nosog‘lom   muhitga
tushib qolgan o‘smir asta-sekin ushbu muhitning tartib va qoidalariga bo‘ysina
boshlaydi.   Oqibatda   o‘smirda   ushbu   mikromuhitga   xos   bo‘lgan   salbiy   xislatlar
43 paydo   bo‘ladi.   Bu   bolalar   va   o‘smirlarda   xulq   og‘ishining   kelib   chiqishida
ijtimoiy muhit shart-sharoitlarining o‘rni, ta’siri katta ekanligini ko‘rsatadi.
Kuzatishlarimizga qaraganda, shaxs tipi, uning ma’naviy-axloqiy jihatdan
barkamolligi   ijtimoiy   turmushda   vujudga   kelgan   turli   xil   nizoli   vaziyatlardan
chiqib   ketishiga   yordam   beradi.   Ma’naviy-axloqiy   jihatdan   sust   rivojlanganlik
va   shaxs   tipidagi   o‘ziga   xos   xususiyatlar   (o‘zgaruvchan   xarakterlilik,
qo‘zg‘aluvchanlik,  beqarorlik,  hissiyotga  beriluvchanlik, tobelik,  jur’atsizlik  va
boshqalar) esa bolalar va o‘smirlarda nizoli vaziyatlarda xulq og‘ishining kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi.
Tadqiqotimiz   natijalariga   ko‘ra,   ota-onalar   oilada   farzandlari   bilan
turlicha   muomala   va   munosabatda   bo‘lishliklari   ma’lum   bo‘ldi.Buni
jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning o‘z ota-onalari xulq-
atvorlari   to‘g‘risida   bergan   ma’lumotlari   ham   ko‘rsatib   turibdi.   Bunga   ko‘ra,
jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan bolalar  va o‘smirlar tarbiya ko‘rgan oilalarda
ota-onalar   ko‘pincha   farzandlariga   “erkinlik   berish”   asosida   muomala
munosabatda bo‘lishganliklari kuzatildi (20,32 %). 
Nazarimizda   oilada   bolalarga   haddan   ortiq   erkinlik   berish   ularni   o‘z
bilganicha   ish   tutishga,   qilayotgan   ishining   to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘riligini   anglab
yetmaslikka olib keladi. Ota-ona nazoratidan, so‘rab tergashidan chetda qolgan
o‘smir   o‘zini   erkin   bilib   ko‘ngli   tusagan   ishga   qo‘l   uradi.   Bunday   xatti-
harakatlar ba’zan noqonuniy bo‘lishi ham mumkin.
Ota-onalarning farzandlari hayoti va faoliyati bilan qiziqmasliklari, ularni
nazoratsiz   qoldirishlari   ko‘pincha   o‘smirni   g‘ayriqonuniy   xulq-atvorga   ega
bo‘lgan bolalar va o‘smirlar safiga qo‘shilib ketishga olib keladi. Shuning uchun
ota-onalar   farzandlarining   ayniqsa,   o‘smirlik   yoshi   davridagi   faoliyatlarini,
bo‘sh   vaqtlarida   nimalar   bilan   shug‘ullanayotganliklarini   doimiy   ravishda
nazorat   qilib   borishlari   maqsadga   muvofiqdir.   Qolaversa,   o‘smirlik   yoshi
davridagi psixofiziologik o‘zgarishlar va o‘tish davri xususiyatlari bu yosh ota-
onalar   va  katta  yoshdagi   kishilarning  o‘ziga  xos   alohida  e’tiborini   talab  qiladi.
Oilada   ota-onalarning   bu   yoshdagi   o‘smirlarga   nisbatan   bo‘ladigan
44 e’tiborsizliklari,   tarbiya   shunday   berilishi   kerak   deb   qarashlari   bolalar   va
o‘smirlarda xulq og‘ishinin kelib chiqishiga imkoniyat yaratadi.
Oilada ota-onalarning farzandlariga “mustaqil faoliyat yuritish” asosidagi
munosabati   ham   ularda   xulq   og‘ishining   kelib   chiqishiga   sabab   bo‘lganligi
kuzatiladi (17,42 %).
Yuqorida   ta’kidlanganidek,   bolani   o‘z   holicha   tashlab   qo‘yishlik,   ular
faoliyatini   nazorat   qilmaslik   holatlari   bolalar   va   o‘smirlarda   xulq   og‘ishining
kelib   chiqishiga   sabab   bo‘ladi.   Buni   bolalar   va   o‘smirlar   jinoyatchiligini
ijtimoiy–psixologik   o‘rganish   bo‘yicha   o‘tkazilgan   ijtimoiy-psixologik
so‘rovnoma   natijalari   ham   ko‘rsatib   turibdi.   Bunga   ko‘ra,   bolalar   va   o‘smirlar
o‘rtasida jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi oilaviy omillar
orasida “ota-onalarning oilada farzandlar faoliyatini nazorat qilmasliklari” holati
bolalar   va   o‘smirlar   o‘rtasida   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   sabab
bo‘luvchi asosiy omillar sifatida kuzatiladi (24,30 %). 
Shuningdek   oiladagi   avtoritar,   haddan   ortiq   qattiqqo‘llik   asosidagi
munosabat   ham   bolalar   va   o‘smirlarda   xulq   og‘ishining   kelib   chiqishiga   sabab
bo‘lishi mumkin ( 13,26 %). 
Yuqoridagilardan   kelib   chiqib   ta’kidlash   mumkinki,   oilada   bolalarga
pozitiv,   direktiv,   avtoritar   munosabatlarni   me’yorida   namoyon   qilish   va   bunda
bolalar  va  o‘smirlarning yosh  va  o‘tish  davri   xususiyatlarini   hisobga   olish  ular
xulqida ijobiy fazilatlarning shakllanishiga olib keladi. Aksincha holatlarda esa
bolalar va o‘smirlar xulqida o‘ziga xos o‘zgarishlar kelib chiqadi.
  2.2-jadval
“Ota-onalarning xulq-atvori o‘smirlar nazarida” testi natijalari  ( foiz
hisobida)
№ Baholash shkalalari 11-13   yosh 14-15   yosh 16-17   yosh O‘rtacha
1 Erkinlik   berish   asosidagi
munosabat(RO Z ) 19,62 20,25 22,45 20,45
2 Avtoritar boshqaruvchanlik ( DIR ) 14,61 13,06 12,42 13,26
3 Qahr-g‘azab   asosidagi   munosabat
(HOS) 33,83 31,27 30,40 32,59
4 Mustaqil   faoliyat   yuritish
asosidagi munosabat (AUT) 16,44 18,45 19,47 17,42
5 Tarbiyada izchillikning yo‘qligi  15,50 16,24 15,25 z16,31
45 Oilada ota-onalarning bolalarga nisbatan bo‘lgan muomala munosabatlari
ko‘rinishlarining   korrelyasion   tahliliga   ko‘ra,”erkinlik   berish   asosidagi
munosabat”ning o‘rtacha umumiy qiymati 1.58 ga teng bo‘lgan bo‘lsa, standart
og‘ish   0.19   ni   tashkil   qildi.   “qahr-g‘azab   asosidagi   munosabat”da   o‘rtacha
qiymat   1.68,   standart   og‘ish   0.20   ni   tashkil   qiladi.   ”Tarbiyada   izchillikning
yo‘qligi” munosabat ko‘rinishida esa o‘rtacha qiymat 1.48, standart og‘ish 0.18
ni ko‘rsatdi. 
Ushbudan   ko‘rinadiki,   o‘rtacha   qiymat   va   standart   og‘ish   darajalari   ota-
ona   munosabatlarining   qahr-g‘azab   asosidagi   munosabati   ko‘rinishida
boshqalariga   qaraganda   biroz   yuqoridir.   Bu   shundan   dalolat   beradiki,   ota-ona
munosabatlarining   “qahr-g‘azab   asosidagi   munosabat”i   korrelyasion   tahlilga
ko‘ra   ham   delinkvent   xulqning   kelib   chiqishiga   sabab   bo‘luvchi   asosiy   omil
ekanligi namoyon bo‘ladi.
2.3-jadval
“Ota-onalarning xulq-atvori o‘smirlar nazarida” testi natijalarining
korrelyasion tahlili
Ota-onalar munosabati 12-13 yosh
t 14-15 yosh
t 16-17 yosh
t UmumiyO‘rtacha	
qiymat	
Standart	
og‘ish	
O‘rtacha	
qiymat	
Standart	
og‘ish	
O‘rtacha	
qiymat	
Standart	
og‘ish	
O‘rtacha	
qiymat	
Standart	
og‘ish
Erkinlik berish
asosidagi
munosabat(RO Z ) 1, 6 0 0 , 2 3 - 0. 1 4 1,6 4 0 ,25 0,51 1,50 0 , 1 1 0,4 1,5 8 0,19
Avtoritar
boshqaruvchanlik
( DIR ) 1, 46 0 , 1 9 -0,44 1,62 0 , 2 0 0,89 1,37 0 , 2 0 0,33 1, 48 0,19
Qahr-g‘azab asosidagi
munosabat
(HOS) 1, 68 0 , 1 3 0,25 1,75 0 , 2 4 0,40 1,62 0 , 22 0,24 1,6 8 0,20
Mustaqil faoliyat
yuritish asosidagi
munosabat (AUT) 1, 63 0 , 2 5 0,74 1,43 0 , 1 1 -0,65 1,56 0 , 1 7 0,23 1,5 4 0,17
Tarbiyada izchillikning
yo‘qligi 1, 52 0 , 2 1 0,06 1,50 0 , 10 0,33 1,43 0 , 23 0,29 1,4 8 0,18
46 2.4-jadval
“Ota-onalarning xulq-atvori o‘smirlar nazarida” testi natijalari
(12-13 yoshlilar)
Erkinlik
berish
asosidagi
munosabat(
RO Z ) Avtoritar
boshqaruvch
anlik ( DIR ) Qahr-g‘azab
asosidagi
munosabat
(HOS) Mustaqil
faoliyat yuritish
asosidagi
munosabat
(AUT) Tarbiyada
izchillikning
yo‘qligi
(neposledovatelnost
Erkinlik berish
asosidagi
munosabat(RO Z ) 1 0 ,076 0 ,212 0 ,134 - 0 ,394 *
Avtoritar
boshqaruvchanlik
( DIR ) 1 0 , 4 13 * 0 ,095 0 ,264
Qahr-g‘azab asosidagi
munosabat
(HOS) 1 0 , 1 84 0 , 3 58 *
Mustaqil faoliyat
yuritish asosidagi
munosabat (AUT) 1 - 0 ,218
Tarbiyada
izchillikning yo‘qligi
(neposledovatelnost) 1
2.5-jadval
“Ota-onalarning xulq-atvori o‘smirlar nazarida” testi natijalari (14-15
yosh)
Erkinlik berish
asosidagi
munosabat(R
O Z ) Avtoritar
boshqaruvch
anlik ( DIR ) Qahr-g‘azab
asosidagi
munosabat
(HOS) Mustaqil faoliyat
yuritish asosidagi
munosabat (AUT) Tarbiyada
izchillikning
yo‘qligi
(neposledovatel
nost)
Erkinlik berish
asosidagi
munosabat(RO Z ) 1 -,067 -,149 ,163 ,0 25
Avtoritar
boshqaruvchanlik ( DIR ) 1 ,149 ,423 * ,00 5
Qahr-g‘azab asosidagi
munosabat
(HOS) 1 ,509 * ,289
Mustaqil faoliyat
yuritish asosidagi
munosabat (AUT) 1 ,378 *
Tarbiyada iz-
biizchillikning yo‘qligi
(neposledovatelnost) 1
*  p <0.05 “
47 2.6-jadval
Ota-onalarning xulq-atvori o‘smirlar nazarida” testi natijalari  (16-17  yosh) 
Ota-onalar munosabati Erkin - lik
berish
asosi - dagi
munosa -
bat(RO Z ) Avtoritar
boshqaruv
chanlik
( DIR ) Qahr-g‘azab
asosidagi
munosabat
(HOS) Mustaqil
faoliyat yuritish
asosidagi
munosabat
(AUT) Tarbiyada
izchillikning
yo‘qligi
(neposledovatelnost
Erkinlik berish asosidagi
munosabat(RO Z ) 1 ,000 1 - 0 ,258 0 ,126 - 0 ,126
Avtoritar
boshqaruvchanlik ( DIR ) 1 0 ,067 - 0 ,098 0 ,358 *
Qahr-g‘azab asosidagi
munosabat
(HOS) 1 0 ,358 * 0 ,423
Mustaqil faoliyat yuritish
asosidagi munosabat
(AUT) 1 - 0 ,238
tarbi yada
i zchilli k ning yo‘q -
ligi
(neposledovatelnost) 1
  * p<0.05
2.7-jadval
Ota-onalarning xulq-atvori o‘smirlar nazarida” testi natijalari (umumiy)
Erkinlik
berish
asosidagi
munosabat(
RO Z ) Avtoritar
boshqaruvch
anlik ( DIR ) Qahr-g‘azab
asosidagi
munosabat
(HOS) Mustaqil
faoliyat yuritish
asosidagi
munosabat
(AUT) Tarbiyada
izchillikning
yo‘qligi
(neposledovatelno
st
Erkinlik berish
asosidagi
munosabat(RO Z ) 1 0 ,272 * 0 ,164 0 ,216 * - 0 ,295 *
Avtoritar
boshqaruvchanlik
( DIR ) 1 - 0 ,053 0 ,057 - 0 ,057
Qahr-g‘azab asosidagi
munosabat
(HOS) 1 0 ,256 * 0 ,059
Mustaqil faoliyat
yuritish asosidagi
munosabat (AUT) 1 0 ,022
Tarbiyada
izchilliqning yo‘qligi
(neposledovatelnost) 1
  * p<0.05
48 2.8-jadval
Ota-onalarning xulq-atvori o‘smirlar nazarida” testi bilan bosh qa test
natijalari orasidagi korrelyasiya koeffisiyentlari
Ota-onalar
munosabati Erkinlik
berish
asosidagi
munosabat
(RO Z ) Avtoritar
boshqaruvchanli
k ( DIR ) Qahr-g‘azab
asosidagi
munosabat
(HOS) Mustaqil faoliyat
yuritish asosidagi
munosabat (AUT) Tarbiyada
izchillikning
yo‘qligi
(neposledovat
elnost
Nevrotizm - 0 ,189 - 0 ,019 - 0 ,102 0 ,153 0 ,075
Psixotizm - 0 ,294 0 ,206 0 ,180 0 ,320 * 0 ,109
Depressiya - 0 ,112 0 ,264 0 ,071 0 ,173 0 ,107
Vijdonlilik 0 ,323 * 0 ,210 - 0 ,049 0 ,110 - 0 ,129
Turg‘unlashganlik 0 ,306 0 ,354 - 0 ,135 0 ,153 - 0 ,105
Umumiy faollik - 0 ,057 0 ,230 0 ,017 0 ,239 - 0 ,349 *
Tobelik 0 ,104 - 0 ,401 * 0 ,155 - 0 ,125 - 0 ,214
Muloqotmandlik 0 ,137 - 0 ,035 0 ,292 * - 0 ,055 - 0 ,025
Estetik
taassurotchanlik - 0 ,040 - 0 ,040 0 ,164 0 ,053 0 ,205
Nazokatlilik 0 ,110 - 0 ,121 0 ,368 0 ,216 - 0 ,185
Psixik beqarorlik 0 ,252 0 ,056 - 0 ,108 - 0 ,146 0 ,208
Asosiallik 0 ,119 0 ,155 0 ,203 0 ,262 - 0 ,053
Introversiya 0 ,004 0 ,297 * - 0 ,364 * 0 ,165 - 0 ,004
Nevrotizm - 0 ,312 * - 0 ,108 0 ,176 0 ,154 0 ,038
Gipertimlik 0 ,010 - 0 ,054 - 0 ,219 - 0 ,027 - 0 ,016
Xavotirlanuvchan 0 ,183 0 ,079 - 0 ,284 0 ,126 0 ,137
Distimik 0 ,227 0 ,113 - 0 ,167 - 0 ,011 - 0 ,036
Pedantik ,
sinchkov,  rasmiy - 0 ,144 0 ,082 - 0 ,181 0 ,059 0 ,076
Qo‘zg‘aluvchan,
Jizzaki - 0 ,062 0 ,076 - 0 ,038 - 0 ,155 0 ,185
Emotiv - 0 ,169 - 0 ,265 0 ,385 * 0 ,052 0 ,156
Affektga moyillik 0 ,252 0 ,021 0 ,040 0 ,034 0 ,069
Demonstrativ ,
namoyishkor lik - 0 ,041 0 ,085 - 0 ,097 0 ,053 0 ,230
Siklotomik - 0 ,035 0 ,128 - 0 ,080 - 0 ,036 0 ,244
Ekzaltir - 0 ,236 - 0 ,355 * -, 0 102 - 0 ,290 * 0 ,191
Ekstraversiya 0 ,082 0 ,134 0 ,115 0 ,150 0 ,000 5
Introversiya - 0 ,014 0 ,309 * 0 ,092 0 ,195 0 ,152
Ne v rotizm - 0 ,053 - 0 ,291 * - 0 ,017 - 0 ,070 - 0 ,119
Psixotizm - 0 ,172 - 0 ,215 - 0 ,034 - 0 ,123 0 ,155
Mikromuhit   hisoblangan   oila   muhiti   ham   bolalar   va   o‘smirlarda
jinoyatchilik  xulqining  kelib   chiqishiga   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   Shu  boisdan   biz
quyida   voyaga   yetmaganlarda   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishida   oila
muhitining o‘rni masalasiga kengroq to‘xtalib o‘tamiz.
49 Insondagi   ushbu   xislatlar   oilada,   oila   muhitida   shakllanadi.   Shuning
uchun   ham   oilaning   muhim   vazifalaridan   biri   farzandlarni   har   tomonlama
barkamol   inson   qilib   tarbiyalash   bo‘lib   hisoblanadi.   Xo‘sh   bugungi   o‘zbek
oilasida ana shu muhim vazifa qanday uddalanayapti? Quyida ana shu masalalar
to‘g‘risida batafsil tuxtalib o‘tamiz.
Ma’lumki,   oilaviy   tarbiya   bola   hayotida   muhim   o‘rin   tutadi.   Oilaning
bolalarga tarbiyaviy ta’sir doirasi ijtimoiy ta’sir doirasi singari o‘ta kengdir. Oila
bolalarni Vatanga muhabbat, ota-ona va atrofdagilarga sadoqat, mehnat va xalq
boyliklariga   ongli   munosabat,   nuqsonlarga   murosasizlik,   yuksak   axloqiy   va
ma’naviy   sifatlarni   shakllantirishda,   turmushga,   ijtimoiy   faoliyatga   nisbatan
psixologik   va   amaliy   jihatdan   tayyorlashda   kata   imkoniyatlarga   egadir.   Biroq,
keyingi   yillarda   oilada   farzandlarimizni   tarbiyalashda,   ularni   kamol   toptirishda
bir   qator   muammolar,   nuqsonlarga   duch   kelinmoqda.   Tabiiyki   ushbu
muammolar   bolalar   va   o‘smirlar   xulq-atvoriga,   shaxs   sifatida   shakllanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Tadqiqotimiz   natijalarining   ko‘rsatishicha,   bolalar   va   o‘smirlar   o‘rtasida
jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishida   “oilada   farzandlar   tarbiyasiga
e’tiborning   susayishi   va   ular   faoliyatini   nazorat   qilmaslik”   (24,30   %)   asosiy
omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. 
Kuzatishlarga   qaraganda,   keyingi   yillarda   oilalarda   turli   xil   sabablarga
ko‘ra, xususan yurtimizda kechayotgan islohotlar, bozor munosabatlariga o‘tish,
kishilarda   kundalik   turmush   tashvishlariga   barham   berish,   qiyinchiliklarni
yengib o‘tish va kelajakka nisbatan yangicha qarash layoqatining yetishmasligi
va shu kabilar oilada farzandlar tarbiyasiga e’tiborning biroz susayishiga sabab
bo‘lib,   ota-onalar   farzandlari   bilan   kam   muloqotda   bo‘lishga   to‘g‘ri   kelmoqda.
Shu   boisdan   yurtimizda   oiladan   tashqarida   farzandlar   kamoloti,   tarbiyasi   bilan
mashg‘ul bo‘ladigan turli xil mashg‘ulotlarga, (sport, kasb-hunar) to‘garaklarga
nisbatan bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotganligi kuzatilmoqda. 
Shu   o‘rinda   ta’kidlash   lozimki,   bu   borada   mamlakatimizda   olib
borilayotgan   tadbirlar   maqtovga   sazavordir.   Joylarda   foydalanishga
50 topshirilayotgan  sport   inshoatlari,  zamonaviy   talablarga   javob  beradigan   ta’lim
maskanlarining   bunyod   etilishi,   yoshlarimizning   bo‘sh   vaqtlarida
shug‘ullanishlari   uchun   turli   xil   to‘garaklarning   barpo   etilishi   bu   yo‘nalishda
amalga oshirilayotgan ishlarning namunasidir. Ammo bu sohada hali qilinadigan
ishlar ham bisyordir. 
Oilada   yetarlicha   tarbiya   ko‘rmagan   bolalar   turmush   qiyinchiliklaridan
qoqiladi. Turli xil nizoli vaziyatlarga duch keladi. Tarbiyasizlik o‘smirni yaxshi
o‘rtoqlaridan,   davralardan   ayiradi.   Oqibatda   o‘smir   uchun   birdan-bir   yo‘l
nosog‘lom xulqli o‘smirlar davrasiga qo‘shilib ketish bo‘lib qoladi. Qarabsizki,
o‘smirda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishi uchun shart-sharoit yaratiladi.
Bolalar  va o‘smirlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga  sabab  bo‘luvchi
oilaviy   tarbiyaga   bog‘liq   bo‘lgan   omillardan   yana   biri   “oilaviy   tarbiyada
primetiv   (eskirgan,   noma’qul)   usullardan   foydalanish”   bo‘lib   hisoblanadi.
(8,21%) Bunday tarbiya usulida tarbiya o‘ta qattiqqo‘llik, avtoretar, bolalarning
fikr   va   qarashlarini   inobatga   olmaslik   asosida   olib   boriladi.   Bunday   usulda
bolalarni   tarbiyalashning   noto‘g‘ri   ekanligini   bugun   hayotning   o‘zi   ko‘rsatib
turibdi.   Chunki,   bugungi   yoshlar   mustaqil   fikrlashga   intiluvchan,   o‘z
qarashlariga   ega   bo‘lgan,   aqlan   yetuk   yoshlardir.   Bunday   yoshlar   bilan
hisoblashish, ularning fikr va mulohazalarini eshitish, kerakli joylarda maslahat
berish yaxshi natijalar berishligini unutmasligimiz kerak. 
Oilaviy   tarbiyada   andishasizlik,   haqorat,   do‘q-po‘pisa,   qo‘pollik   va
jismoniy   jazolash   singari   usullardan   foydalanish   ko‘pincha   bolalar   va
o‘smirlarning   uydan   qochishiga,   biron   ish   qilib   qo‘yib   ota-onasidan
qo‘rqqanidan   ko‘chalarda   daydib   yurishiga,   qayerlardadir   tunab   qolishiga   olib
keladi.   Bunday   bolalar   oila   muhitiga   nisbatan   ijtimoiy   psixologik
dezadaptasiyalanish   jarayoniga   duch   keladilar.   Natijada   o‘ziga   ma’qul   bo‘lgan
oiladan   tashqari   guruh   yoki   ko‘cha   muhitini   qabul   qiladi.   Bu   muhit   o‘zining
xarakteriga   ko‘ra,   bolaga   salbiy   yoki   ijobiy   ta’sir   qilishi   mumkin.   Afsuski,
nosog‘lom   muhit   psixologiyasiga   ega   bo‘lgan   kucha   muhiti   bolalarga   ko‘p
holatlarda salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
51 Oilaviy tarbiyada bolalar va o‘smirlarning yosh va individual-psixologik
xususiyatlarini   inobatga   olmasliklari   holati   ko‘pincha   ko‘zlagan   tarbiyada
teskari   natija   beradi.   Aynan   ushbu   xususiyatga   bog‘liq   bo‘lgan   jinoyatlar
tadqiqotimizda - 15,38% ni ko‘rsatdi. 
2.9-jadval
Bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi
oilaviy tarbiyaga bog‘liq bo‘lgan omillar.
(foiz hisobida)
№ Xulq og‘ishining
oilaviy tarbiyaga bog‘liq bo‘lgan omillari 12-13
yosh 14-15
yosh 16-17
yosh O‘rtacha
ko‘rsat-
gich
1 Oilada farzandlar tarbiyasiga e’tiborining 
susayishi va ular faoliyatini nazorat qilmaslik 22,2 0 23,0 6 25, 24 24,3 0
2 Ota-onalar da  farzandlar tarbiyasi bo‘yicha 
bilimlarining yetarli emasligi 7, 66 9,2 6 7, 68 8,4 2
3 Oilaviy tarbiyada samarasiz,eskirgan usullardan
foydalanish 9,2 4 8,3 3 6,3 2 8,2 1
4 Oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlarimiz 
namunalaridan foydalanmaslik 6,4 2 7,2 8 8,1 0 7,4 2
5 Oilaviy tarbiyada bolalar va o‘smirlarning yosh
va individual-psixologik xususiyatlarini 
hisobga olmaslik 19,4 7 15,5 6 14,2 4 1 5 , 38
6 Oila da  bolalar tarbiya si ga qariyalarning jalb 
etilmasligi 6,8 6 6,0 2 4,2 0 5,3 1
7 Oilada bolalarning yolg‘iz tarbiyalanishi (yakka
farzandlilik) 3, 70 4,0 9 5,4 2 4,2 4
8 Tarbiya viy  jarayonda ota ta’siri va o‘rnining 
susayishi. 2,7 4 3,6 2 4,2 6 3,4 6
9 Ota-onalarning jamiyat me’yorlariga zid 
bo‘lgan xulqqa ega bo‘lishliklari 12,4 3 1 3 ,2 4 1 4 ,2 1 13, 62
10 Moddiy-maishiy shart-sharoitining yetarli 
emasligi 9,2 8 9, 48 10,4 1 9,6 1
 
Ma’lumki,   jinsiy   balog‘atga   yetish   yoshi   hisoblangan   (12-14   yosh
davrida)   o‘smirlik   davrida   keskin   psixofiziologik   o‘zgarishlar   sodir   bo‘ladi.
Ushbu   o‘zgarishlar   ko‘pincha   o‘smir   ruhiyatiga   ham   ta’sir   o‘tkazadi.   Bu
o‘smirda   tajanglik,   serzardalik,   injiqlik,   ta’sirlanuvchanlik   holatlarining   kelib
chiqishiga   sabab   bo‘ladi.   O‘smir   ruhiy   dunyosida   paydo   bo‘lgan   bunday
o‘zgarishlar   balog‘at   davri   o‘tishi   bilan   bir   me’yorga   kelib   qoladi.   Shuning
uchun   balog‘at   yoshi   davrida   ota-onalar   o‘smirlar   tarbiyasiga   alohida   e’tibor
berishlari,   ularda   kechayotgan   psixofiziologik   o‘zgarishlarni   hisobga   olishlari
52 maqsadga   muvofiqdir.   Ammo   ba’zan   oilaviy   tarbiyada   bolalarning   yosh   va
individual-psixologik   xususiyatlarining   inobatga   olinmasligi   ularning  noto‘g‘ri,
yomon yo‘llarga kirib ketishlariga sabab bo‘ladi. Shu boisdan ota-onalar oilaviy
tarbiyada,   farzandlari   bilan   bo‘ladigan   shaxslararo   munosabatlarda,   ular   bilan
muomala   qilishda   shaxs   va   yosh   davri   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   ish
tutsalar oilaviy tarbiyaning samarasi yuqori bo‘lishligini ta’minlagan bo‘lur edi. 
Bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   ta’sir
etuvchi   oilaviy   tarbiyaga   bog‘liq   bo‘lgan   omillar   orasida   “ota-onalarda
farzandlar   tarbiyasiga   doir   bilimlarning   yetarli   emasligi”   holati   ham   yaqqol
ko‘zga tashlanadi (8,42 %). 
Ota-onalarda   bolalar   tarbiyasi   to‘g‘risidagi   nazariy   va   amaliy   bilim   va
ma’lumotlarning yetishmasligi  oilaviy tarbiyada nuqsonlarning kelib chiqishiga
sabab bo‘ladi. 
Tadqiqot   natijalariga   ko‘ra,   ota-onalarda   bolalarning   yosh   va   individual
psixologik xususiyatlari va oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalash to‘g‘risidagi
bilimlarning   yetishmasligi   hamda   tarbiya   jarayonida   milliy   qadriyatlardan
foydalanish   borasidagi   kamchiliklar   bolalar   tarbiyasida   jiddiy   nuqsonlarning
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Oilada ota-onalar ko‘pincha farzandlari biron bir yomon ish qilib qo‘ysa,
uni qattiq jazolash, taqiqlash  va ularni uydan chiqarmay qo‘yish usullari orqali
tarbiyalamoqchi   bo‘ladilar.   Farzandi   o‘zlariga   yoqadigan   ishga   qo‘l   ursa   uni
haddan   ortiq   maqtaydilar   va   mukofotlaydilar.   O‘zlari   qo‘llayotgan   usullarning
qay   biri   to‘g‘ri,   qay   biri   noto‘g‘ri   ekanligini   anglab   yetmaydilar.   O‘zlaricha
tarbiya   shunday   beriladi   deb   o‘ylaydilar.   Natijada   o‘zlari   bilmagan   holda
bolalarining   tarbiyasiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadilar.   Shuning   uchun   ota-ona   eng
avvalo oilada bolalarni tarbiyalash to‘g‘risidagi nazariy va amaliy bilimlarga ega
bo‘lishi lozim bo‘ladi. Buning uchun esa ular tarbiya to‘g‘risidagi pedagogik va
psixologik kitoblarni, gazeta va oynomalarni ko‘proq o‘qishlari zarur bo‘ladi.
  Anketa   so‘rovnoma   natijalariga   ko‘ra,   tadqiqotimizda   ishtirok   etgan
jinoyatchilik   xulqiga   ega   bo‘lgan   bolalar   va   o‘smirlar   ota-onalarining   to‘rtdan
53 uch   qismi   tarbiya   to‘g‘risida   bironta   ham   kitob,   gazeta   yoki   oynomalardagi
maqolalarni o‘qimaganliklarini bayon qilishgan. 
Bulardan   ko‘rinadiki,   ota-onalarda   tarbiya   borasidagi   bilimlarning
yetishmasligi,   tarbiya   jarayonida   milliy   qadriyatlar,   urf-odatlar   va   rasm-
rusumlarimizdan   foydalanmaslik   bolalar   tarbiyasining   buzilishiga,   ularda   turli
xil xulq og‘ishlarining kelib chiqishiga olib keladi. 
Ma’lumki,   o‘smirlarni   tarbiyalash   jarayon   murakkab   va   turli   xil
vaziyatlarga   boydir.   Bunda   o‘qituvchi,   ota-ona   va   o‘quvchining   o‘zaro
tushunishi, bir-birini idrok etishi, bir-birini qabul qilish yoki qila olmasligi, yuz
beradigan   vaziyatlarni   haqqoniy   baholay   olmaslik   masalalari,   qadriyatlar
tizimida   anglash   mumkin   va   anglab   bo‘lmaydigan   hollarni   kuzatilishi,
empatiyaning   yetishmasligi,   muloqot   maromini   belgilay   olmas lik,   o‘smirning
motivasion yo‘nalganligi, dunyoqarashi  va maqsadining mos kelmasligi  hamda
oxir-oqibat   shaxsning   kamolot   darajasi   bilan   bog‘liq   ko‘pgina   muammoli
jihatlar   ko‘zga   tashlanadi.   Shu   sababli   ham   o‘qituvchi,   ota-ona   va   o‘quvchi
hamkorligining   psixologik   tavsifini   muayyan   vaqt   uchun   keskin   belgilashning
o‘zi ancha munozarali munosabatni keltirib chiqarishini unutmaslik kerak.
O‘quv-tarbiya jarayonlarini uzluksiz takomillashtirib borish asosida jahon
andozalariga   erishish   barobarida   yoshlar   xulq-atvor ida   hosil   bo‘ladigan   salbiy
o‘zgarishlarni dolzarb muammo sifatida o‘rganish, uni korreksiya qilish ,  bunday
o‘zgarishlarni   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘luvchi   tabiiy-fiziologik,   ijtimoiy-
madaniy va tarbiyaviy- psixologik omillarni hisobga olish  istiqbolda belgilangan
natijalarga erishish uchun  keng  imkoniyat yaratadi.
Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligini   ijtimoiy-demografik,   hududiy,
statistik   va   jinsiy   xususiyatlarini   o‘rganish   voyaga   yetmaganlar
jinoyatchiligining   ijtimoiy-psixologik   xususiyatlari   to‘g‘risidagi   muayyan
ma’lumotlarni   olish   imkoniyatini   beradi.   Shuningdek,   voyaga   yetmaganlar
jinoyatchiligini   yosh   davriga   ko‘ra   qiyosiy   tahlil   qilish   bolalar   va   o‘smirlarda
jinoyatchilik xulqi kelib chiqishining yosh davri xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan
mexanizmini ochib berishga yordam beradi hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida
54 sodir   etilyotgan   jinoiy   xatti-harakatlarning   oldini   olishga   qaratilgan   profilaktik
chora-tadbirlar   turkumini   ishlab   chiqish   va   ular   samaradorligining   oshishiga
yordam beradi.
Tadqiqotimizda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini ijtimoiy-demografik,
hududiy,   statistik,   jinsiy   va   yosh   xususiyatlarini   o‘rganish   maqsadida
respublikamizda 2017-2021 yillar mobaynida sodir etilgan voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligining umumiy ahvoli tahlil qilindi. Shuningdek tadqiqotimizda 593
nafar jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning o‘qish faoliyati,
ularning ijtimoiy ahvoli, oilaviy shart- sharoiti va turmush tarzi o‘rganildi.
Tadqiqotimiz   natijalaridan   ma’lum   bo‘lishicha,   voyaga   yetmaganlar
jinoyatchiligi   respublikamizda   turli   yillarda   turlicha   ko‘rsatgichni   namoyon
qiladi. Ayrim yillarda o‘sish darajasi kuzatilgan bo‘lsa, ayrim yillarda pasayish
holati   namoyon   bo‘ladi.   Jumladan,   2017   yilda   respublikamiz   bo‘yicha   voyaga
yetmaganlar   jinoyatchiligi   1025   nafarga   yoki   umumiy   jinoyatchilikning   23,3
foizini   tashkil   qilgan   bo‘lsa,   2018   yilda   943   nafarni   yoki   umumiy
jinoyatchilikning   21,0   foizini   tashkil   qilgan.   2020   yilda   esa   biroz   oshganligi,
ya’ni   1121   nafarni   yoki   umumiy   jinoyatchilikningn   24,3   foizini   tashkil
qilganligi kuzatiladi. 
Bob yuzasidan xulosa
Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   ijtimoiy-psixologik   omillarini
o‘rganish natijalariga ko‘ra, voyaga yetmaganlarda jinoyatchilik xulqi makro va
mikromuhitdagi, jumladan oila, maktab, mahalla, ishlab chiqarish jamoalaridagi
nosog‘lom psixologik muhit, jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitning va
turmush   tarzining   yomonligi,   bolalar   va   o‘smirlarning   ijtimoiy   mavqye
darajalarining pastligi ta’sirida kelib chiqadi.
Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   kattalar   jinoyatchiligidan   ijtimoiy
xavflilik   jihatdan   kam   xavfliligi,   jinoyatlarni   amalga   oshirish   usullarining
oddiyligi, soddaligi, oldindan o‘ylanmaganligi, yosh davri xususiyatlarining aks
etib turishi bilan farqlanadi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi jinoyat turlariga
55 ko‘ra,   asosan   o‘g‘irlik,   bezorilik,   tan   jarohati   yetkazish   turlariga   to‘g‘ri   keladi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi yashash joyi va yaqin-atrofdagi mahallalarda
sodir   etilib,   ular   asosan   tungi   soat   22-23   larda   amalga   oshirilishligi   bilan
xarakterlidir.
Jinoyatchilik   xulqiga   ega   bo‘lgan   bolalar   va   o‘smirlarda   xarakter
aksentuasiyasining   gipertim,   qo‘g‘aluvchan,   affektga   moyillik   va   siklotomik
ko‘rinishlari   yaqqol   namoyon   bo‘lsa,   nazorat   gurhidagi   bolalar   va   o‘smirlarda
aksentuasiya darajasi yorqin ifodalanmaydi. Shunga qaramasdan bunday bolalar
va   o‘smirlarda   xarakter   aksentuasiyasining   xavotirlanuvchanlik,   emotivlik,
affektga moyillik ko‘rinishlari garchand yuqori darajada bo‘lmasada kuzatiladi. 
Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   kelib   chiqishiga   sabab   bo‘luvchi
oilaviy   omillarga   ko‘ra,   ota-onalarning   oilada   farzandlariga   nisbatan   “qahr-
g‘azab   asosidagi   munosabat”   yuritishlari,   “erkinlik   berish   asosidagi   tarbiya
usulida”,   “tarbiyada   izchillikning   yo‘qligi”,   ”oilada   nosog‘lom   psixologik
muhitning   mavjudligi”,   ”oilada   farzandlar   tarbiyasiga   e’tiborning   susayishi”,
”ota-onalarning  jamiyat  axloq  normalariga  zid  bo‘lgan   xulqqa  ega  bo‘lishlari”,
”oilada   moddiy-maishiy   shart-sharoitning   yetarli   emasligi”   kabilar   sabab
bo‘ladi.   Shuningdek,   oilaviy   tarbiyada   “eskirgan   primitiv   usullardan
foydalanish”,   “bolalar   tarbiyasiga   qariyalarning   jalb   etilmasligi”   va   “tarbiyada
milliy   qadriyatlardan   foydalanilmaslik”   holatlari   ham   bolalar   va   o‘smirlarda
xulq og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onalarning bilim saviyasi
pastligi,   dunyoqarashining   torligi,   pedagogik-psixologik   bilimlarining
yetishmasligi  holatlari ham  bolalar va o‘smirlarda jinoyatchilik xulqining kelib
chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   hududiy,   demografik,   jinsiy,
statistik   va   yosh   xususiyatlariga   ko‘ra,   aholi   qatlami   zich   va   shahar   joylarida
qishloq   joylariga   nisbatan   ancha   yuqoridir.   Yosh   davrlariga   ko‘ra,   voyaga
yetmaganlar jinoyatchiligi asosan 15-17 yoshga, jinsiy xususiyatlariga ko‘ra esa,
o‘g‘il bolalar zimmasiga to‘g‘ri keladi.  Shunga ko‘ra, o‘smirlar ta’limi va ularni
tarbiyalash   jarayonida   zaruriy   holat   sifatida   ota-ona,   o‘qituvchi   va   o‘quvchi
56 hamkorligini  shaxsiy pozisiyadan  bir  qator  munosabat  tizimi orqali baholashga
to‘g‘ri   keladi.   Bunda,   birinchidan,   qaysidir   o‘rinlarda   munosabatning   “obyekt-
subyekt”,   ikkinchidan,   "subyekt-obyekt”   tizimi   ko‘rinish   olishi,   uchinchidan,
"subyekt-subyekt"   tizimi   tarzida   o‘rin   egallashi   lozim.   Ammo   pedagogik
jarayondagi   hamkorlik   faoliyatini   ko‘p   jihatdan   belgilovchi   pedagog   va   unga
muvofiq   o‘z   xatti-harakati   va   xulq-atvorini   aniqlovchi,   nazorat   qiluvchi
o‘quvchining   ma’lum   vaziyatlarda   o‘zini   boщqarishni,   albatta,   tadqiq   etish
maqsadga muvofiq
Ma’lumki,   o‘smirlarni   tarbiyalash   jarayon   murakkab   va   turli   xil
vaziyatlarga   boydir.   Bunda   o‘qituvchi,   ota-ona   va   o‘quvchining   o‘zaro
tushunishi,   yuz   beradigan   vaziyatlarni   haqqoniy   baholay   olmaslik   masalalari,
qadriyatlar   tizimida   anglash   mumkin   va   anglab   bo‘lmaydigan   hollarni
kuzatilishi,   empatiyaning   yetishmasligi,   muloqot   maromini   belgilay   olmas lik,
dunyoqarashlar   va   maqsadining   mos   kelmasligi   hamda   oxir-oqibat   shaxsning
kamolot darajasi bilan bog‘liq ko‘pgina muammoli jihatlar ko‘zga tashlanadi. 
57 III  BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING
SABABLARI VA MOTIVASION ASOSI
3.1. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari
Ma’lumki,   biror   bir   ijtimoiy   va   biologik   hodisaning   sodir   etilishi   uchun
qandaydir sabab va sharoit bo‘lish talab etiladi. Qandaydir bir sabab ikkinchi bir
hodisaning   yuzaga   kelishiga   turtki   bo‘ladi.   Bu   falsafiy   nuqtai   nazardan
qaralganda sababiy bog‘lanishlar jarayoni tarzida tushuntiriladi. Xuddi shunday
jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishi   ham   qandaydir   sababiy   bog‘lanishga
bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
Bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   ta’sir
etuvchi   sabab   va   omillarni   o‘rganishda   ularning   subyektiv   va   obyektiv
ko‘rinishlarini bir-biridan farqlash lozim bo‘ladi.
Jinoyatchilik   xulqining   subyektiv   sabablariga   jinoyatchi   shaxsining
qiziqish va ehtiyojlari, dunyoqarash va ma’naviy olami, maqsad va yo‘nalishlari,
qadriyatlari, huquqiy ongi, hayotiy rejalari, turmush tarzi va motivlari kiradi.
Voyaga   yetmaganlarda   jinoyatchilik   xulqining   subyektiv   shart-
sharoitlariga   esa   aholining   demografik   va   ijtimoiy-psixologik   xususiyatlari,
xususan etnopsixologik jihatlari, xarakteri, temperamenti, yoshi va jinsi kiradi. 
Obyektiv   sabablar   sifatida   jamiyatdagi   nosog‘lom   muhit,   shart-sharoit,
iqtisodiy va siyosiy beqarorlik, kichik ijtimoiy guruhlardagi ijtimoiy-psixologik
muhit,   kishilar   bilan   bo‘ladigan   o‘zaro   shaxslararo   munosabatlar   namoyon
bo‘ladi.
Jinoyatchilikning   obyektiv   shart-sharoitlari   esa,   jamiyatdagi   tashkiliy   va
texnik   xatoliklar,   boshqaruv   tizimidagi   kamchiliklar,   qonun   va   qoidalarning
talabga javob bermasligi va boshqalardan iboratdir.
Quyida   biz   bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqini   keltirib
chiqaruvchi   ijtimoiy-psixologik   sabablar   to‘g‘risida   fikr   yuritishga   harakat
qilamiz.
Jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqish   sabablarini   aniqlash   eng   avvalo   u
yuzaga   kelgan   ijtimoiy   muhit   xususiyatlarini   o‘rganib   chiqishni   taqozo   qiladi.
58 Chunki, jinoyatchilik xulqini umumiy ko‘rinishida oladigan bo‘lsak, u biror bir
shaxsga   xos   bo‘lgan   subyektiv   hulq-atvor   natijasi   emas,   balki   subyektiv   va
obyektiv   jarayonlar,   shart-sharoitlar,   munosabatlar   natijasi   sifatida   yuzaga
keladi.   Shu   nuqtai   nazardan   olib   qaralganda   ijtimoiy   jarayonlarning   individual
xatti-harakatlarga ta’siri masalasiga oydinlik kiritish zarur bo‘ladi.
Ma’lumki   inson   ijtimoiy   munosabatlar   qurshovida   yashaydi.   Ijtimoiy
munosabatlar   va   jarayonlarning   shaxsga   ta’siri   masalasi   ijobiy   yoki   salbiy
ko‘rinishda   bo‘lishi   mumkin.   Individga   ijtimoiy   jarayonlarning   ijobiy   yoki
salbiy   ta’sir   etishi   birinchidan ,   shaxsning   individual-psixologik   xususiyatlariga
bo g‘ liq   bo‘lsa ,   ikkinchidan   ijtimoiy   muhit   voqyea-hodisalari   xususiyatlari   va
shart-sharoitlari   mazmuniga   ko‘ra   namoyon   bo‘ladi.   Ya’ni   ijtimoiy   muhitning
sog‘lom yoki nosog‘lomligi va uning ta’sirchanlik darajasiga ko‘ra, individga u
yoki   bu   ko‘rinishda   ta’sir   etadi   va  jinoyatchilik   xulqining   kelib  chiqishi   uchun
qandaydir ma’noda imkoniyat yaratadi. 
Tadqiqotlarning   ko‘rsatishicha,   muayyan   jinoiy   xatti-harakatni   turli   xil
nuqtai   nazardan   tahlil   qilish   mumkin.   Masalan,   sosiologik   yo‘nalishda   jinoiy
xatti-harakat   to‘rt   elementdan   tashkil   topgan   hodisa   sifatida,   ya’ni   obyekt,
obyektiv   va   subyektiv   munosabatlar   hamda   subyektiv   xatti-harakatlar
jinoyatchilik   xulqini   keltirib   chiqaruvchi   sosiologik   omil   sifatida   o‘rganilsa,
kriminologik   va   psixologik   yo‘nalishda   shaxsning   xulq-atvori,   uning
psixologiyasi,   ijtimoiy   muhitning   shaxs   xulq-atvoriga   ta’siri   hamda   ijtimoiy
muhitda   jinoyatchilik   xulqining   shakllanishi   va   rivojlanishi   masalalari   tahlil
qilinadi.
Quyida   jinoyatchilik   xulqining   shakllanish   pog‘onalarini   alohida-alohida
holda tahlil qilib o‘tishga xarakat qilamiz. 
Jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   asos   bo‘luvchi   omillarni   ko‘rib
chiqar   ekanmiz,   birinchi   navbatda   shaxsning   ma’naviy   jihatdan   qashshoqligi
masalasiga   alohida   to‘xtalib   o‘tish   lozim   bo‘ladi.   Shaxsning   ma’naviy
qashshoqligi ijtimoiy muhit va shaxs o‘rtasidagi murakkab vaziyatlarning kelib
59 chiqishiga   sabab   bo‘ladi.   Ma’naviy   jihatdan   barkamol   bo‘lgan   shaxs   ijtimoiy
muhit voqyea-hodisalariga nisbatan ijobiy munosabatini namoyon qiladi.
Shaxsning   ijtimoiy - psixologik   fazilatlari   sotsial   munosabatlar   doirasida
shakllanadi.   Individ   ijtimoiy   muhit   bilan   aloqaga   kirishi   jarayonida   xulq-atvor
normalarini,  ma’naviy,  ijtimoiy  va  madaniy   tushuncha  va  tasavvurlarni,  yangi-
yangi qiziqish va ehtiyojlarni egallab boradi. Shuning bilan birga shaxs ijtimoiy
muhit   munosabatlari   va   insoniy   taqdirning   sust   kuzatuvchisi   bo‘lmasdan,   o‘z
turmush   tarzini,   shart-sharoiti   va   shaxsiy   hayotini   o‘zi   belgilaydi   va   quradi.
Demak,   shaxs   shakllanishida   insonning   o‘z   qiziqishlari,   intilishlari,   maqsadlari
muhim   o‘rin   tutadi.   Bunday   fazilatlarga   ega   bo‘lgan   shaxs   turli   xil   hayotiy
voqyea-hodisalar   qurshovidan   osonlik   bilan   chiqa   oladi.   Shuning   uchun
shaxsning ijtimoiy fazilatlari, mustahkam va qat’iy hayotiy pozisiyasini, maqsad
va   intilishlarini   shakllantirish   voyaga   yetmaganlar   o‘rtasida   xulq   og‘ishining
oldini olishda muhim ekanligini unutmaslik kerak. 
Shaxsning   ma’naviy   shakllanishiga   ta’sir   etuvchi   omillar   to‘g‘risida
gapirilganda   birinchi   navbatda,   shaxsning   o‘zi   ikkinchidan,   kichik   ijtimoiy
guruhlar, ya’ni oila, maktab, mahalla, uchinchidan esa, ishlab chiqarish jamoasi
va to‘rtinchi  navbatda, jamiyat va undagi  siyosiy, ideologik, madaniy-ma’rifiy,
iqtisodiy  sohalarning  umumiy  holati   katta  ta’sir   o‘tkazilishini   ta’kidlash   lozim.
Mazkur   omillarga   alohida-alohida   to’xtalib   o‘tadigan   bo‘lsak,   insonning
ma’naviy   barkamolligida   shaxsning   o‘z   o‘rni,   uning   qiziqishlari,   ijtimoiy
mavqiye   muhim   va   asosiy   omillardan   biri   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Chunki,
inson   ijtimoiy   munosabatlarning   passiv   kuzatuvchisi   emas   balki   uning   faol
ishtirokchisi   ham   ekan,   u   o‘z   shaxsiy   intilish   va   qiziqishlari,   aql-idroki   bilan
o‘zini-o‘zi   tarbiyalashga,   yuksak   insoniy   fazilatlarini   shakllantirishga   harakat
qiladi.   Individning   ijtimoiylashuvida   shaxsning   o‘rni,   ishtiroki,   intilish   va
qiziqishlari pasaysa,  inson ma’naviy barkamollik sari emas, aksincha ma’naviy
qashshoqlik   tomon   yuz   tutadi.   Demak,   insonning   ma’naviy   barkamollikka
erishishida shaxsning o‘z o‘rni maqsad va qiziqishlari hamda intilishi katta o‘rin
tutadi. 
60   Shaxsning   shakllanishiga   ta’sir   qiluvchi   asosiy   omillardan   yana   biri
kichik ijtimoiy guruhlar, ya’ni oila, maktab va mahalla hisoblanadi. Eng avvalo
bola   oilada   shakllanadi,   ijtimoiy   ustanovkalarni   o‘rganadi,   hayotiy   tajribalarni
egallaydi va milliy qadriyatlarni anglab boradi.
  Bolaning kamol topib rivojlanishida va qanday shaxs bo‘lib yetishishida
oila, maktab va mahallaning o‘rni juda katta hisoblanadi.  Ulardagi vaziyat shart-
sharoit,   ijtimoiy-psixologik   mu h it   bola   shaxsidagi   sifatlarni   belgilab   beradi.
Oila, maktab  va  mahallalardagi  noso g‘ lom  muhit ,   munosabatlar  noso g‘ lomligi,
tarbiyaviy   ta’sir   darajasining   pas ayishi   bolada   salbiy   illatlarni ,   shu   jumladan
jinoyatchilik   x ulqini   keltirib   chiqaradi.   Bola   istiqomat   qilayotgan   va   faoliyat
yuritayotgan   ijtimoiy   tuzumning   xususiyatlari,   olib   borilayotgan   ijtimoiy
tadbirlar ,   jamiyatdagi   iqtisodiy   va   siyosiy   beqarorlik   va   boshqalar   ham   bolalar
va o‘smirlarda  g‘ ayriqonuniy  x ulq - atvorning kelib chiqishiga  ta’sir ko‘rsatadi . 
Bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishini   sxematik
tarzda qo‘yidagicha ifodalanish mumkin. 
Tadqiqotimizda qo‘llanilgan ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma natijalaridan
ma’lum   bo‘lishicha,   bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqining   kelib
chiqishiga   ta’sir   etuvchi   asosiy   omillardan   biri   oilada   “Bolalar   va   o‘smirlar
tarbiyasini   o‘z   holicha   tashlab   qo‘yishlik   va   ularning   bo‘sh   vaqtlarini   nazorat
qilmaslik” bo‘lib hisoblanadi.
Tadqiqotimizda   ushbu   omilga   bog‘liq   bo‘lgan   jinoyatlar   15,60   foizni
tashkil   qiladi.   “Oiladagi   nosog‘lom   muhit”   (13,42%),   «O‘z   xatti-harakatlarini
boshqara   olmaslik   va   impulsivlik»   (18,24%),   “Bolalar   va   o‘smirlarning   zararli
odatlarga   berilishlari”   (9,24%)   kabilar   bolalar   va   o‘smirlardan   jinoyatchilik
xulqining   kelib   chiqishiga   sabab   bo‘luvchi   keyingi   omillar   sifatida   namoyon
bo‘ladi.   Ushbu   foizlardan   ko‘rinadiki,   bolalar   va   o‘smirlar   tarbiyasini   o‘z
holicha   tashlab   qo‘yishlik   va   ular   faoliyatini   nazorat   qilmaslik   holati
jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   sabab   bo‘luvchi   asosiy   omillardan   biri
sifatida namoyon bo‘ladi.
61 Ijtimoiy mu h it
Xulq og‘ishi
Ijtimoiy vaziyatlar Psixologik omillar
Jinoyatchilik xulqi haqidagi o‘y va
niyatlarning paydo bo‘lishi
Amalga oshirilish usullarini
tanlash Shart-sharoit va
vaziyatlarni baholash
Jinoyatchilik xulqi
3.1-chizma. Bolalar va o‘smirlarda jinoyatchilik xulqining paydo bo‘lish
sxemasi (Ikkinchi ko‘rinish)
Shuning uchun ota-onalar bolalar va o‘smirlar tarbiyasi bilan muntazzam
shug‘ullanishlari   va   ular   faoliyatini,   bo‘sh   vaqtlarida   nima   bilan
mashg‘ulliklarini kuzatib, nazorat qilib borishlari zarur bo‘ladi. Tarbiyaviy ta’sir
va   nazoratdan   chetda   qolgan   bolalar   o‘zini   mustaqil   hisoblab,   ko‘ngli   tusagan
nomaqbul   ishlarni   amalga   oshirishga   harakat   qiladi.   Taqlid   qilib   ichish,
chekishni   o‘rganib   oladi.   Natijada   o‘smir   o‘zi   bilmagan,   oqibatini   anglab
yetmagan holda jinoyatga qo‘l o‘radi. 
“Bolalar   tarbiyasining   o‘z   holiga   tashlab   qo‘yishlik   va   ular   faoliyatini
nazorat qilmaslik” motivi asosida sodir etilayotgan jinoyatchilik hodisasini yosh
davrlari bo‘yicha tahlil qilganimizda, 12-14 yoshdagi bolalar va o‘smirlarda 15-
17   yoshdagi   o‘smirlarga   nisbatan   bu   omil   darajasi   biroz   yuqori   (16,60%,
16,42%)   ekanligi   namoyon   bo‘ladi.   Buning   sababi   bizningcha   tarbiyadagi
62 nuqsonlar,  bolaning  ilk  yoshidayoq  namoyon  bo‘la  boshlaganligiga   bog‘liqdar.
Bolaning   yosh   davrida   (12-14   yoshda)   tarbiyaga   muhtojligi   sezilganligi   va
buning   oqibatida,   tarbiyani   o‘z   xoliga   tashlab   qo‘yishlik   va   ular   faoliyatini
nazorat qilmaslik omili asosida jinoyatchilik darajasining oshganligi kuzatiladi. 
Tadqiqotimiz   natijalaridan   ma’lum   bo‘lishicha,   bolalar   va   o‘smirlarda
jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   sabab   bo‘luvchi   omillardan   yana   biri
“Bolalar va o‘smirlarning o‘z xatti-harakatlarini boshqara olmaslik, impulsivlik”
holati bo‘lib hisoblanadi. 
  Jumladan K.Ye.Igoshevning ta’kidlashicha,  bolalar  va o‘smirlar  ayniqsa
o‘smir   va   o‘spirinlarning   yosh   va   o‘tish   davri   xususiyatlari   impulsivlik,
qo‘zg‘aluvchanlik   holatining   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘ladi.   Impulsiv   xatti-
harakat   birinchi   navbatda   o‘ziga   xos   affektiv   kechinmalar   tufayli   yuzaga
keladigan  affektiv  holatni  ifodalaydi.  Bunday   holat   mazmunida  qisqa  muddatli
va kuchayib boruvchi emosional hissiyotlar yotadi .
Haqiqatdan   ham   o‘smirlik   yoshi   davrida   kechadigan   psixofiziologik
o‘zgarishlar,   o‘smirning   shaxs   sifatida   shakllanish   jarayoni   muammoli
vaziyatlarda   ularning   maqbul   qarorlar   qabul   qilishlariga   to‘sqinlik   qiladi.
Buning   boisi   bosh   miya   yarim   sharlari   faoliyatidagi   nazorat   organlarining
kattalarnikidan   sustligi   va   ikkinchi   signal   sistemasining   o‘ziga   xos   faoliyati
bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   individual-
psixologik   jihatdan   shart-sharoit   yaratadi.   Shuningdek,   ulardagi   tormozlanish
reaksiyasining   noturg‘unligi   jinoiy   harakatlarni   amalga   oshirishda   o‘z   xatti-
harakatlarini idora qila olmay qolishga sabab bo‘ladi.
Bolalar   va   o‘smirlarda   boshqalar   va   o‘z-o‘zining   xatti-harakatlariga
nisbatan   tanqidiy   ko‘z   bilan   qarash   faolyatining   sust   rivojlanganligi   ularni
noqonuniy   xatti-harakatlarni   baholashda   xatoliklarga   yo‘l   qo‘yishlikka   olib
kelganligi   kuzatiladi.   Ulardagi   bu   xususiyatlar   noqonuniy   xatti-harakatlarni
birovlarning   ko‘zi   bilan   qarash   va   baholash   qobiliyatini   susaytiradi.   Shuning
uchun ular tez-tez jinoyatchilik mazmuniga ega bo‘lgan harakatlarning ta’siriga
tushib qoladi.
63 Shuningdek,   o‘smirlarning   yosh   davri   xususiyatlariga   xos   bo‘lgan
qo‘zg‘aluvchanlik,   impulsivlik   holatlari,   affektiv   kechinmalar   bilan   bog‘liq
bo‘lgan   turkum   affektiv   qo‘zg‘alishlarni   keltirib   chiqarganligi   kuzatiladi.
Bunday   holatlar   mazmunida   muayyan   shart-sharoitlar   va   turli   xil   voqyea-
hodisalarga   nisbatan   qisqa   muddatli   va   kuchli   namoyon   bo‘luvchi   emosiyalar
sifatidagi qo‘zg‘atuvchilar yotganligining guvohi bo‘lamiz. 
Impulsivlik holati asosida sodir etilgan jinoiy harakatlarda inson o‘z xatti-
harakati   motivlarini   anglab   yetmaydi   va   to‘g‘ri   baholay   olmaydi.   Bunday
impulsiv-affektiv holatlar o‘smirning o‘z faoliyatini ongli boshqarish va nazorat
qilish qobiliyatining izdan chiqishiga olib keladi. 
Bolalar   va   o‘smirlar   shaxsida   salbiy   illatlarning   mavjudligi,   ularning
ma’naviy   dunyosi   ko‘lami   torligi,   kitob,   gazeta   jurnallar   o‘qimasliklari,
shuningdek   shaxsning   ma’naviy   ongini   oshiradigan   mashg‘ulotlar   bilan
shug‘ullanmasliklari   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   o‘z   ta’sirini
o‘tkazadi.
Yoshlar   tarbiyasi   uchun   mas’ul   bo‘lgan   ota-onalar,   o‘qituvchi-
tarbiyachilar   va   jamoatchilik   oldida   barkamol   yoshlarni   tarbiyalashdek   ustuvor
vazifalar   turgan   bir   paytda   ba’zi   yoshlar   tarbiyasida   yuzaga   kelayotgan
muammolar,  kamchiliklar, xususan   xulq-atvorida namoyon  bo‘layotgan jinoyat
motivlari va unga mos xatti-harakatlarning uchrab qolayotganligi tarbiya uchun
mas’ullarni tashvishga solmoqda.
Psixologiya   fanlari   sohasida   erishilgan   jahon   tajribasining   ko‘rsatishicha
motivlarning   yuzaga   kelishi   va   motivasion   yo‘nalganlik   ko‘p   jihatdan   oila
tarbiyasi   bilan   bog‘liqdir.   Oilada   qaror   topgan   o‘zaro   munosabatlar,   uning
ta’sirida yuzaga kelgan tarbiya muhiti va farzandlar  tarbiyasiga  bo‘lgan e’tibor
buning asosini tashkil qiladi.
Yuqoridagilardan   kelib   chiqib   xulosa   qilish   mumkinki,   bolalar   va
o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqini   keltirib   chiquruvchi   sabablar   ijtimoiy-
psixologik xususiyatga ko‘ra obyektiv va subyektiv ko‘rinishlarga egadir;
64 - bolalar va o‘smirlar jinoyatchiligining asosiy sabablari sifatida “Bolalar
va o‘smirlar tarbiyasini o‘z holiga tashlab qo‘yishlik va ular faoliyatini nazorat
qilmaslik”,   “Oilada   nosog‘lom   muhitning   mavjudligi”,   “Bolalar   va
o‘smirlarning zararli odatlarga berilishlari” kabilar namoyon bo‘ladi;
- bolalar va o‘smirlarda jinoyatchilik xulqini keltirib chiqaruvchi ijtimoiy-
psixologik   sabablar   bilan   bir   qatorda   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga
imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlar ham muhim o‘rin tutadi; 
-   bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishi   sababiy
bog‘lanishlar,   ya’ni   sabab-   oqibat   kategoriyasi   asosida   shakllanadi   va   amalga
oshadi.
3.2. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining motivlari 
Jinoyatchilik   xulqining   motivlari   murakkab   va   o‘ziga   xos   o‘rganish
obyekti  bo‘lib, uni   inson  faoliyatini   o‘rganuvchi  birgina  fan  sohasi  bilan  ochib
berib   bo‘lmaydi.   Sotsiologik,   ijtimoiy-psixologik,   umumiy   psixologik,
psixofiziologik,   kriminalistik   va   biologik   fan   yo‘nalishlar   hamkorligida
jinoyatchilik xulqining motivi ilmiy tadqiq etilishi mumkin. 
Tadqiqotimizda   voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   motivini   ijtimoiy-
psixologik va umumiy psixologik jihatdan tahlil  qilishga harakat  qildik. Bunda
jinoyatchilik   xulqini   o‘ziga   xos   voqea-hodisalar,   ya’ni   ijtimoiy   an’analar,
kayfiyat,   qadriyatlar   oriyentasiyasi,   huquqiy   ong   kategoriyalari   va   uning
mexanizmlari,   xususan   ijtimoiy   fikrlar,   shaxslararo   munosabatlar,   psixologik
ta’sirlanishlar,   ishontirish,   ixlos   tug‘dirish,   taklif   qilish   va   konformizm
xususiyatlari   hamda   jinoyatchi   shaxsining   psixik   holatlari,   (aqliy   emotsional
irodaviy)   psixik   xususiyatlari,   shaxsning   murakkab   shakllanish   jarayoni
(yo‘nalishi,   qobiliyatlari,   xarakter   xislatlari)   va   shu   kabilarning   jinoyatchilik
xulqi bilan bog‘liqligi masalalari o‘rganildi.
Ma’lumki, jinoyatchilik xulqi motivi umumiy tarzda shaxsga xos bo‘lgan
xulq-atvorning   bir   ko‘rinishi,   elementi   sifatida   ifodalanadi.   Jinoyatchilik   xulqi
motivasiyasi   shaxsning   ehtiyojlari,   motivlari,   maqsad   va   yo‘nalishlari
65 ko‘rinishida bo‘lib, ijtimoiy-psixologik mazmuni, shakllanish jarayoni va o‘ziga
xos   xususiyatlariga   ko‘ra,   ijtimoiy   foydali   faoliyat   motivi   mazmunidan
farqlanadi.
Jinoyatchilik   xulqining   ichki   mexanizmini   o‘rganish   o‘z   navbatida
shaxsning ichki motivasion sohasi bilan tashqi, ya’ni jinoiy harakatning ijtimoiy
sabablari va shart-sharoitlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ochib beradi.
Psixologiyada   motiv   tushunchasi   insonni   o‘rab  olgan   ijtimoiy   borliqning
aks   ettirilishi   bo‘lib,   u   kishini   faoliyatga,   muayyan   ehtiyojlarni   qondirishga
yo‘naltiruvchi,   stimul   beruvchi   turtki,   ichki   kuch   sifatida   tushuniladi.   Yuzaga
kelish xususiyatiga  ko‘ra motiv psixik hodisa bo‘lib, (shaxsning ichki  holati) u
kishini faoliyatga undovchi mayldir 
O‘z   mohiyati   va   mazmuniga   ko‘ra   motiv   muayyan   sharoitda   kishi
ehtiyojlarining   konkretlashgan   tarzda   faoliyatga   yo‘naltirilishi   hamdir.
A.N.Leontyevning   fikriga   ko‘ra,   motiv   shaxsning   fikr   yuritishi,   tushunchalari,
tasavvurlari,   ideallari   bo‘lib   shaxsni   faoliyatga,   muayyan   ehtiyojlarni
qondirishga yo‘naltiruvchi ichki kuchdir [38].
Motiv   inson   xulq-atvorini   muayyan   faoliyatga   yo‘naltiruvchi   xususiyat
sifatida   shaxsning   jamiyatga,   ijtimoiy   borliqqa   nisbatan   bo‘lgan   munosabatini
aks   ettiradi.   Bu   munosabat   ijtimoiy   foydali   faoliyatga   shaxsni   ongli   ravishda,
ma’lum   maqsad   asosida   bilvosita   yoki   bevosita   undovchi   xususiyat   sifatida
namoyon bo‘ladi.
Bugungi   kunda   ko‘pgina   yuristlar,   psixologlar   va   tarbiyachilar   hamda
keng   ilmiy   jamoachilikni   qiynab   kelayotgan   savol,   ya’ni   nima   uchun   inson
muayyan   vaziyatlarda   boshqa   amallarni   bajarmasdan   aynan   jinoiy   xatti-
harakatlarga   qo‘l   uradi?   Buning   sababi   nimada?   degan   muammolarga   javob
topish   jinoyatchilik   hulqini   ijtimoiy-psixologik   jihatdan   tadqiq   qilishni   taqoza
qiladi. 
Yuqoridagi savolga javob topish uchun istalgan xulq-atvor shu jumladan,
jinoyatchilik   xulqining   amalga   oshishiga   sabab   bo‘luvchi   quyidagi   shart-
sharoitlarni tahlil etish lozim bo‘ladi. Birinchidan, xatti-harakat motivini tanlash
66 uchun   shu   motivga   aloqador   bo‘lgan   bir   qator   imkoniyatlarning   mavjudligi,
ikkinchidan   bu   imkoniyatlarning   reallik   holati   darajasining   yuqoriligi   va
uchinchidan   esa   xati-harakat   motivini   tanlash   uchun   muayyan   ichki   va   tashqi
shart-sharoit   majmuining   ta’sir   etishidir.   Ushbu   holatlar   natijasida   u   yoki   bu
xatti-harakat   motivi   shaxs   tomonidan   tanlanadi.   Shunday   ekan,   subyekt
tomondan   jinoyatchillik   xatti-harakati   motivini   tanlash   uni   tanlashlikka   olib
keluvchi   bir   qator   ichki   va   tashqi   real   imkoniyatlar   va   shart-sharoitlarning
mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.   Xo‘sh, ichki va tashqi real imkoniyatlar va shart-
sharoitlar   nimalar   bo‘lishi   mumkin?   Shaxsdagi   jinoyatchilik   xulqiga   nisbatan
bo‘lgan   ichki   moyillik ,   ya’ni   shaxsning   salbiy   xislatlari,   xususan
qo‘z g‘ aluvchanligi ,   dunyoqarashi,   ma’naviy   olami ,   qadriyatlar   oriyentasiyasi,
turmush   tarzining   o‘ziga   xosligi   hamda   tashqi   omillar   ya’ni,   oilaviy   muhit ,
undagi   shaxslararo   munosabatlar ,   maktab,   ma h alla,   tengqurlari   davrasi ,
jamiyatning   ijtimoiy-psixologik,   iqtisodiy   va   siyosiy   muhiti   va   boshqalar
jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishi   uchun   imkoniyat   va   shart-sharoit   bo‘lib
xizmat  qil adi . Ushbu  shart-sharoit   va imkoniyatlar   realligiga  ko‘ra ,   jinoiy   x ati-
harakat motivining  paydo  bo‘l adi.
Jinoiy   x atti-harakat   odatda   birgina   mustaqil   motiv   bilan   amalga
oshirilmaydi.   Shaxsni   jinoiy   harakatga   undovchi   motivlar   namoyon   bo‘lish
kuchi ,   darajasi   va   mazmuniga   ko‘ra,   turlicha   va   xilma - xil   bo‘l adi .   Motivlar
xilma-xilligi   va   turlichaligi   ularni   muayyan   tizmga   solishni   taqoza   qiladi.
Sistemalashgan   motivlar   orqali   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   sabab
bo‘luvchi motivlar turkumini aniqlash imkoniyati tug‘iladi. 
Tadqiqotimizda voyaga yetmaganlarda jinoyatchilik xulqining motivlarini
o‘rganish   maqsadida,   o‘zimiz   tomonimizdan   tuzilgan   ijtimoiy-psixologik
so‘rovnomadan   foydalanildi.   Shuningdek,   ichki   ishlar   bo‘limi   tomonidan
voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   bo‘yicha   qo‘zg‘atilgan   jinoiy   ish   hujjatlari
hamda   voyaga   yetmaganlar   komissiyalari   tomonidan   tayyorlangan   hujjatlar
katanamnistik tahlil qilindi.
67 Tadqiqotimiz   natijalari   bolalar   va   o‘smirlar   jinoyatchiligining   quyidagi
motivlari mavjudligini ko‘rsatdi:
1. Moddiy   va   maishiy   shart-sharoitga   ega   bo‘lishga   intilish,   ochko‘zlik
mazmuniga ega bo‘lgan jinoyatchilik xulqi motivi.
2. Do‘stlari oldida obro‘ orttirish maqsadidagi jinoyatchilik xulqi motivi.
3. Qasos, o‘ch olish va g‘azab asosidagi jinoyatchilik xulqi motivi.
4. O‘rtoqlari   va   kattalarga   taqlid   qilish   asosidagi   jinoyatchilik   xulqi
motivi.
5. Boshqa   birovni   himoya   qilish   maqsadida   yuzaga   keladigan
jinoyatchilik xulqi motivi.
6. Boshqa jinoyat turini yashirish maqsadidagi jinoyatchilik xulqi motivi.
7. O‘ziga xos sarguzasht qilishga intilish maqsadidagi jinoyatchilik xulqi
motivi.
8. O‘zini   ko‘rsatishga   intilish   (maqtanish)   asosidagi   jinoyatchilik   xulqi
motivi.
9. Boshqa kishilarning ta’siri ostida yuzaga keladigan jinoyatchilik xulqi
motivi.
10.   An glanmagan jinoyatchilik xulqi motivlari.
Voyaga   yetmaganlarda   jinoyatchilik   xulqining   ijtimoiy-psixologik
motivlarini   o‘rganish   natijalaridan   ma’lum   bo‘lishicha ,   sodir   etilayotgan
jinoyatlarning   katta   qismi ,   “Anglanmagan   motiv ”   asosida   amalga
oshirilayotganligi   kuzatiladi.   Bu   motivga   ko‘ra   sodir   etilgan   jinoiy   harakatlar
tadqiqotimizda   –   25,72 %   ni   tashkil   qildi.   Yosh   davrlariga   ko‘ra   esa   bu
ko‘rsatkich   1 2 -14   yoshdagi   respondentlarda -   29,54   %   ni,   15-17   yoshda   esa -
20,33%  ni tashkil qiladi.
Yoshlar   tarbiyasi   bilan   bog‘liq   muammolar,   xususan   yoshlar   xulq-
atvorida yuzaga kelayotgan jinoiy xatti-harakat  motivlari, ularni yuzaga kelishi
va  shakllanish  sabablari,  yoshlar   tarbiyasiga,   ma’naviyatiga  va  dunyoqarashiga
putur   yekazishi   bilan   bog‘liq   oqibatlar   va   boshqa   salbiy   natijalar   salmog‘ini
asoslashga urindik.
68 Shunga   tayanib,   biz   ushbu   paragrafda   o‘smirlarda   jinoyat   motivlari
shakllanishini   ta’minlaydigan   salbiy   omillarni,   jinoiy   xatti-harakatlarning
shakllanganlik   holatini,   yo‘nalganligi   va   ularga   ta’sir   ko‘rsatayotgan   tabiiy,
iqtisodiy,   ijtimoiy-madaniy   va   tarbiyaviy-psixologik   omillar   hamda   shart-
sharoitlar   ta’sirini   o‘rganishni   tadqiqotimizning   muhim   maqsadi   sifatida
belgiladik.
3.3.   G‘ayriijtimoiy ustanovka va qiziqishlar  –  jinoyatchilik xulqini keltirib
chiqaruvchi sabab sifatida
Kuzatishlarga   qaraganada   g‘ayriqonuniy   xati-harakatlarning   psixologik
mazmun va mohiyatida shaxsning ustanovka va qiziqishlari yotadi. Manbalarda
ta’kidlanishicha,   eng   avvalo   ustanovka   inson   xulq–atvori   va   uning   mazmunini
belgilaydi   va   shaxsning   o‘z   oldiga   qo‘ygan   maqsadlarini   amalga   oshirishda
faolligini   ta’minlashda   namoyon   bo‘ladi.   Shu   boisdan   aytish   mumkinki,
ustanovka   bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishida
ishtirok   etadi   va   uni   amalga   oshirilishi   uchun   o‘ziga   xos   ichki   kuch   vazifani
o‘taydi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   o‘smirni   jinoiy   harakatga   yo‘naltiruvchi
ichki   kuch   sifatida   namoyon   bo‘lib,   jinoyatchilik   xulqining   paydo   bo‘lishiga
ta’sir qiladi va uning amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
Ma’lumki, bolalar va o‘smirlarda yuzaga kelgan qonunbuzarlik xulqi o‘z
navbatida o‘smirning jinoiy harakatni amalga oshirish davrida qanday pozisiyani
egallashligi,   uning   huquqiy,   axloqiy   me’yorlari   va   umumjamiyat   manfaatlarini
mustahkamlash   va   himoyalashga   bo‘lgan   munosabatini   belgilaydi.   Bu   xildagi
pozisiya   (nuqtaiy   nazar)   tashqi,   axloqiy,   huquqiy   talab   va   me’yorlarni,
umuminsoniy qadriyatlarni hamda maqsad va vazifalarni mensimaslik, muqarrar
axloqiy   va   ma’naviy   e’tiqodning   mavjud   emasligi   hamda   muayyan   salbiy
hissiyotlarning hukm surishi bilan jinoiy xulq-atvorning paydo bo‘lishiga xizmat
qiladi.
Biroq   ushbu   yondashuv   konkret   qonunbuzarlik   va   jinoyatchi   shaxsini
tahlil   qilishda   yetarli   emas.   Chunki,   sodir   etilgan   har   bir   jinoiy   harakat
69 birinchidan,   o‘smirning   jinoiy   harakatni   amalga   oshirishga   tayorligini   aniqlab
bermasa, ikkinchidan, u jinoyatchining ichki istagi yoki xoxishini har doim ham
ro‘yi-rost   ko‘rsatib   bera   olmaydi.   Uchinchidan   esa   agar   sodir   etilgan   jinoiy
harakat   birinchi   marotaba   sodir   etilayotgan   bo‘lsa,   u   holda   shaxsning
ustanovkalari   unda   yorqin   ifodalanmaydi.   Shuning   uchun   unutmaslik   keraki
shaxs   ustanovkasini   aniqlash   va   tahlil   qilish   bir   qator   zaruriy   qo‘shimcha
omillarni   o‘rganishni   talab   qiladi.   Bunda   birinchi   navbatda   jinoiy   harakat
ixtiyoriy   yoki   boshqa   biror   ta’sir   natijasida   sodir   etilganligini   aniqlash   lozim
bo‘ladi. Tabiiyki, ushbu muammoni hal etish muayyan tadqiqotlarni talab qiladi.
Anketa   so‘rovnoma   natijalaridan   ma’lum   bo‘lishicha,   olingan   natijalar
bolalar va o‘smirlar tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlarning ixtiyoriy yoki
ixtiyorsizligi   to‘g‘risida   to‘laqonli   ma’lumot   bera   olmaydi.   Shuning   uchun
tadqiqotimizda   o‘smirlar   tomonidan   sodir   etilgan   jinoiy   harakatlarning   qay
usulda amalga oshirilganligini yanada oydinlashtirish maqsadida huquq targ‘ibot
organlari   tomonidan   voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   bo‘yicha   qo‘zg‘atilgan
jinoiy   ish   hujjatlari,   ota–onalar,   o‘qituvchilar   tomonidan   berilgan
ma’lumotlarning katanamnistik tahlilidan ham foydalanildi. 
Anketa   so‘rovnoma   natijalaridan   olingan   ma’lumotlarning   ota-ona   va
o‘qituvchilar   tomonidan   olingan   ma’lumotlar   bilan   to‘ldirilishi   bolalar   va
o‘smirlar   tomonidan   sodir   etilgan   jinoiy   harakatlarning   ixtiyoriy   yoki   boshqa
ta’sirlar   asosida   amalga   oshirilganligi   to‘g‘risi   nisbatan   to‘liqroq   ma’lumot
beradi.   Bu   qo‘ydagicha   ko‘rinishni   hosil   qildi.   O‘rganilgan   593   nafar
respondentlarda   56,48   %   jinoiy   harakat   bolalar   va   o‘smirlarning   o‘z   ixtiyori
bo‘yicha   sodir   etilgan   bo‘lsa,   10,64   %   i   tengqurlari   ta’siri   natijasida,   8,24   %   i
kattalarning   ta’sirida,   4,39   %   i   ota-ona   va   yaqinlari   hamda   11,84   %   i   ilgari
sudlangan kriminal xulqli kishilar ta’siri natijasida sodir etilganligi kuzatildi. 
70 3.1-jadval
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ixtiyoriylik yoki boshqa
ta’sirlar natijasida sodir etilish ko‘rsatgichi
(foiz hisobida)
№ Ta’sir ko‘rsatuvchi
omillar 12 - 13
yosh 14-15
yosh 16-17
Yosh O‘rtacha
1 Hech   kimning   ta’sirisiz,   ixtiyoriy
ravishda sodir etilgan 54,86 57,03 55,64 56,48
2 Tengqurlari ta’siri ostida 10,02 10,14 11,46 10,64
3 Kattalarning ta’siri ostida 7,94 8,06 9,89 8,24
4 Ota - ona   va   yaqinlari     ta’siri
natijasida 4,76 4,23 4,92 4,39
5 Delinkvent   xulqli,   ilgari   sudlangan
kishilar ta’sirida 11,74 12,32 10,42 11,84
6 Javob bermaganlar 10,76 8,22 7,66 8,40
So‘rovnoma natijalaridan ma’lum  bo‘lishicha, bolalar  va o‘smirlar  jinoiy
harakatlarni sodir etishda tashqi ta’sirlarning o‘rnini ochiq-oydin tan olmaydilar.
Shuning   uchun   voyaga   yetmaganlar   tomonidan   sodir   etilgan   jinoiy
harakatlarning   ixtiyoriy   yoki   boshqa   ta’sirlar   ostida   sodir   etilganlik   holatini
tahlil qilishda ko‘zg‘atilgan jinoiy ish hujjatlari ma’lumotlaridan foydalanishlik
yaxshi natija berganligi alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz.
Bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik   xulqining   shakllanishiga   muayyan
ustanovkalar bilan bir qatorda, ularning qiziqishlari ham o‘ziga xos tarzda ta’sir
ko‘rsatadi. Qiziqishlarning jinoyatchilik xulqi shakllanishiga ta’siri xususida fikr
yuritishdan avval qiziqishlar tushunchasi to‘g‘risida, ya’ni qiziqishning obyektiv
va   subyektiv   jihatlari,   psixologik   mazmuni   to‘g‘risida   biroz   tuxtalib
o‘tmoqchimiz.
Ta’kidlash   joizki,   biz   o‘rganayotgan   muammo   doirasida   ayrim   olimlar
tomonidan ko‘pgina metodikalar milliy-madaniy muhitda qo‘llanilgan bo‘lsa-da,
lekin ular foydalangan metodlar psixologik tadqiqotlar uchun yetarlicha axborot
bera olmagan . 
71 Bob yuzasidan xulosa 
1.Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   o‘z   motivasion   mazmuniga   ko‘ra,
“anglanmagan motiv”, “qasos va o‘ch olish”, ”moddiy-maishiy sharoitga o‘chlik
va   ochko‘zlik”,   ”do‘stlari   oldida   obro‘   orttirish”,   “o‘zini   ko‘rsatishga
intilish”motivlari asosida sodir etilayotganligi kuzatiladi. Jinoyat turlariga ko‘ra,
motivlarning   ifodalanishi   esa   “moddiy-maishiy   sharoitga   o‘chlik”   va
”anglanmagan   motiv”   asosida   o‘g‘irlik,   bezorilik   va   bosqinchilik,   nomusga
tegish   va   unga   o‘rinish   jinoyat   turlariga   to‘g‘ri   kelsa,   “o‘zini   ko‘rsatishga
intilish”,   “situasion   vaziyatlar:   giyohvandlik   va   alkogolizm”   motivlari   ta’sirida
esa bezorilik va bosqinchilik, nomusga tegish va unga harakat qilish, tan jarohati
yetkazish jinoyatlari sodir etilayotganligi kuzatiladi.
2.   Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   sabablari   sifatida   “oilada
nosog‘lom muhitning mavjudligi”, “ota-onalarning bolalar tarbiyasini o‘z holiga
tashlab   qo‘yishi   va   ular   faoliyatini   nazorat   qilmaslik”   lari,   “bolalar   va
o‘smirlarning   zararli   odatlarga   beriluvchanligi”,   “o‘z   xatti-harakatlarini
boshqara olmay qolish va impulsivlik” va boshqalar namoyon bo‘ladi.
3.   Bolalar   va   o‘smirlarning   psixologik   ustanovkalari   ularda   jinoyatchilik
xulqining kelib chiqishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. G‘ayriqonuniy ustanovkalarni
bolalar va o‘smirlar ijtimoiy muhitdan, oila va oilaviy munosabatlardan hamda
mahalla muhitidan oladi. 
Tabiiyki,   bunday   ustanovkalar   bolalar   va   o‘smirlarda   jinoyatchilik
xulqining   kelib   chiqishiga   ta’sir   ko‘rsatadi.   Shuningdek,   bolalar   va
o‘smirlarning   qiziqishlari   jumladan,   “o‘qishga,   bilim   olishga   nisbatan   bo‘lgan
qiziqishlar”ning   sustligi,   “spirtli   ichimlik   va   tamaki   mahsulotlariga   nisbatan
bo‘lgan   qiziqish”ning   yuqoriligi,   ertangi   hayoti,   kelajagi,   turmushi   haqidaga
qat’iy   qiziqishlarning   yo‘qligi   ularda   xulq   og‘ishining   kelib   chiqishiga   sabab
bo‘lganligi kuzatiladi.
72 XULOSALAR
Magistrlik  dissertasiyasi  bo‘yicha  o‘tkazilgan  tadqiqot  ishi  natijalari
quyidagi umumiy xulosalarni shakllantirish imkonini berdi:
1.   Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   muammosini   o‘rganish   yuzasidagi
ilmiy   tadqiqotlardan   ma’lum   bo‘lishicha,   jinoyatchilik   xulqini   izohlashda   bir
yoqlamalilika   yo‘l   qo‘yilgan.   Masalan,   ayrim   tadqiqotlarda   jinoyatchilik   xulqi
sof   ijtimoiy,   ayrimlarida   esa   biologik   yoki   psixologik   hodisa   deb   bir   yoqlama
talqin qilinadi. 
2.   Tadqiqotimiz   natijalaridan   ma’lum   bo‘lishicha,   voyaga   yetmagan
jinoyatchi shaxsiga xos bo‘lgan xususiyatlar sifatida asosiallik, psixik beqarorlik
impulsivlik, o‘zgaruvchan va yengil xarakterlilik, qo‘zg‘aluvchanlik, hissiyotga
beriluvchanlik,   gipertimlik,   affektga   moyillik   va   shu   kabilar   kuzatiladi.
Shuningdek,   b olalar   va   o‘smirlarning   yosh   davri   inqirozlari   xususan,   o‘smirlik
yoshi   davri   inqirozi,   o‘tish   davri   qiyinchiliklari   ularning   psixo-fiziologik
taraqqiyotidagi noturg‘unlik, akselerasiya  jarayonlari, pubertat davri rivojlanish
xususiyatlari, taqlidchanlik, emansipasiya (kattalar nazorati va kuzatuvidan ozod
bo‘lishga   intilish),   gidonistik   (o‘zgacha   usullardan   zavq-shavq   olish,
lazzatlanish)   psixologiyasi,   guruhlanish   reaksiyasi   va   qarama-qarshi   nuqtai
nazar   reaksiyasining   namoyon   bo‘lishi   va   boshqalar   xulq   og‘ishining   kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi.
 3. Jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlardagi gipertimlik,
namoyishkorlik,   o‘zgaruvchanlik   va   yengil   xarakterlilik,   emotivlik,
xavotirlanuvchanlik   xususiyatlari   ularda   yosh   davriga   xos   bo‘lgan   reaksiya
darajalarining   yuqoriligiga   sabab   bo‘ladi.   Shu   boisdan   bolalar   va   o‘smirlar
jinoyatchiligi   kattalar   jinoyatchiligidan   mazmun   va   mohiyatida   yosh   davri
xususiyatlarining aks etib turishligi bilan farqlanadi.
4.   Voyaga   yetmagan   jinoyatchilar   shaxsi   tipologiyasiga   ko‘ra,   katta
yoshdagi   jinoyatchi   shaxsidan   o‘ziga   xos   jihatlari   bilan   farqlanadi.   Xususan,
impulsivligi,   qo‘zg‘aluvchanligi,   nizoli   vaziyatlarda   o‘z   hatti-harakatlarini
boshqara olmay qolishligi, tajribasizligi, qat’iy hayotiy maqsad va intilishlarning
73 yo‘qligi va shu kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jinoyatchilik xulqiga ega
bo‘lgan   voyaga   yetmaganlarning   o‘z-o‘zini   baholash   natijalariga   ko‘ra,   ularda
o‘z   kuchiga,   iqtidoriga   nisbatan   ishonch   hissining,   o‘z   noqonuniy   xatti-
harakatlariga   tanqidiy   ko‘z   bilan   qarash   layoqatining,   sabr-toqat   va
bardoshlilikning yetishmasligi, o‘z-o‘zini  baholashdagi  beqarorlik va boshqalar
yorqin namoyon bo‘ladi. 
5.   Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   ijtimoiy-psixologik   omillarini
o‘rganish natijalariga ko‘ra, voyaga yetmaganlarda jinoyatchilik xulqi makro va
mikromuhitdagi, jumladan oila, maktab, mahalla, ishlab chiqarish jamoalaridagi
nosog‘lom psixologik muhit, jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitning va
turmush   tarzining   yomonligi,   bolalar   va   o‘smirlarning   ijtimoiy   mavqyei
darajalarining pastligi ta’sirida kelib chiqadi. 
6.   Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   kelib   chiqishiga   sabab
bo‘luvchi oilaviy omillarga ko‘ra, “ota-onalarning oilada farzandlariga nisbatan
qahr-g‘azab asosidagi munosabat” yuritishlari, “erkinlik berish asosidagi tarbiya
usulida”,   “tarbiyada   izchillikning   yo‘qligi”,   ”oilada   nosog‘lom   psixologik
muhitning   mavjudligi”,   ”oilada   farzandlar   tarbiyasiga   e’tiborning   susayishi”,
”ota-onalarning  jamiyat  axloq  normalariga  zid  bo‘lgan   xulqqa  ega  bo‘lishlari”,
”oilada   moddiy-maishiy   shart-sharoitning   yetarli   emasligi”   kabilar   namoyon
bo‘ladi. 
7.   Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   ko‘rsatgichi   hududiy,   demografik,
jinsiy,   statistik   va   yosh   xususiyatlariga   ko‘ra,   aholi   qatlami   zich   va   shahar
joylarida qishloq joylariga nisbatan ancha yuqoridir. Yosh davriga ko‘ra, voyaga
yetmaganlar jinoyatchiligi asosan 15-17 yoshga, jinsiy xususiyatlariga ko‘ra esa
o‘g‘il bolalar zimmasiga to‘g‘ri keladi. 
8 .   Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   sabablari   sifatida   “oilada
nosog‘lom muhitning mavjudligi”, “ota-onalarning bolalar tarbiyasini o‘z holiga
tashlab   qo‘yish   va   ular   faoliyatini   nazorat   qilmaslik”lari,   “bolalar   va
o‘smirlarning   zararli   odatlarga   beriluvchanligi”,   “o‘z   xatti-harakatlarini
boshqara olmay qolish va impulsivlik” va boshqalar namoyon bo‘ladi.  
74 9. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishda ijtimoiy muhitni,
ya’ni   oila,   mahalla,   maktab   muhitini   sog‘lomlashtirish   ham   yaxshi   samara
berishligini   unutmaslik   kerak.   Shuningdek,   o‘smirlarni   qayta   tarbiyalash
jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish orqali ham ular xulqidagi illatlarga
nisbatan   mustahkam   immunitetni   shakllanishiga   va   ijtimoiylashuviga   olib
keladi.
Tadqiqot   natijalari   va   ular   asosida   shakllantirilgan   umumiy
xulosalar quyidagi amaliy tavsiyalarni taklif etish imkonini berdi:
Fuqarolar yig‘ini mahalla faollariga tavsiyalar:
 voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ko‘pincha o‘zi yashayotgan yoki
yashash   joyidan   unchalik   uzoq   bo‘lmagan   joylarda   sodir   etilayotganligi   holati
eng   avvalo   mahallalarda   sog‘lom   muhitni   yuzaga   keltirish   tadbirlarini   olib
borishni taqoza qiladi; 
 voyaga   yetmagan   bolalar   va   o‘smirlarning   tarbiyasiga   salbiy   ta’sir
ko‘rsatuvchi ota-onalarni aniqlab, mahalla yig‘inlarida muhokama qilish, ularga
jamoatchilik   ta’sirini   o‘tkazish,   lozim   hollarda   ushbu   ota-onalar   bilan   tegishli
profilaktik tadbirlarni o‘tkazish va mahalla faollaridan birini unga biriktirish;
 huquqbuzarlik, jinoyat qilishga moyil va tarbiyasi og‘ir bo‘lgan voyaga
yetmaganlarni   aniqlab,   ularning   qiziqishlari,   iqtidorlariga   qarab   har   xil
tugaraklarga jalb qilishga yordam berish;
 mahalla   faollarining   voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligini   oldini   olish
ishlarida mahalla, maktab, oila hamkorligini ta’minlashda faol ishtirok etish;
 mahalla   faollari   har   bir   voyaga   yetmaganlar   oilasining   ijtimoiy-
psixologik muhitidan xabardor bo‘lish;
 voyaga   yetmaganlarni   mahalla   jamoatchilik   ishlariga,   turli   xil
o‘tkaziladigan tadbirlarga, mahalla ijtimoiy hayotiga keng ravishda jalb etish;
 yoshlarni   tibbiy,   psixologik,   tarbiyaviy,   huquqiy,   ma’naviy   –   ma’rifiy
sohalardagi   ma’lumotlar   bilan   qurollantirish   maqsadida   maxsus   tadbirlarni
uyushtirish;
75  sinf   rahbari,   oila   va   mahalla   o‘rtasida   voyaga   yetmaganlar   xususida
o‘zaro axborot almashinuvni yo‘lga qo‘yish;
 maktab   va   “Voyaga   yetmaganlar   ishlari   bo‘yicha   komissiyaning”
ro‘yxatida   turuvchi   tarbiyasi   “og‘ir”,   huquqbuzarlikka   moyil   voyaga
yetmaganlarning   ota-onalarini   maktab-mahalla   va   voyaga   yetmaganlar
komissiyalari bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirish;
 mahallaning  yoshlar   bilan   ishlash   komissiyalari   faoliyatini   oila,   ta’lim
tizimi   muassasalari   va   boshqa   ijtimoiy   institutlar   bilan   hamkorligini   yo‘lga
qo‘yish;
 o‘smirlarning   qiziqishi,   qobiliyati   va   aql-zakovatini   hisobga   olgan
holda   ijtimoiy   faoliyatga   tortish,   ularning   o‘smirlar   guruhlari   va   jamoatchilik
orasida o‘z o‘rinlarini topa olishga ko‘maklashish;
 mahallada   istiqomat   qilayotgan   voyaga   yetmaganlarning   bo‘sh
vaqtlarini   qanday   o‘tkazayotganliklarini   maktab,   ota-onalar   bilan   hamkorlikda
nazorat qilish;
 mahalla oilalari hayotida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
 Moddiy-ma’ishiy   sharoitning   yetarli   emasligi   voyaga   yetmaganlarda
jinoyatchilik   xulqining   kelib   chiqishiga   ta’sir   etishligini   hisobga   olib,   bunday
oilalarga   mahalliy   hokimiyat,   ijtimoiy   ta’minot   va   xayriya   jamg‘armalari
tomonidan moddiy yordamlar berib turishni tashkil etish.
 voyaga   yetmaganlar   bilan   ishlashda   ularning   yosh   va   individual-
psixologik xususiyatlariga e’tibor berish.
Ichki ishlar bo‘limi voyaga yetmaganlar bilan ishlash mahalla profilaktika
nozirlariga tavsiyalar:
 voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligida   ularning   yosh   va   individual-
psixologik   xususiyatlarining   yorqin   namoyon   bo‘layotganligidan   kelib   chiqib,
voyaga   yetmaganlar   bilan   ishlash   mahalla   nozirlarini   psixologik-pedagogik
bilimlar bilan qurollantirish va shu maqsadda maxsus malaka oshirish kurslarini
tashkil etish;
76    Huquqni   muhofaza   qilish   tashkilotlari,   jumladan   mahalla   profilaktika
nozirlari,   mahalla   faollari,   ota-onalar   va   ta’lim   tizimi   xodimlari   bilan
hamkorlikdagi faoliyatni tashkil qilish;
 Voyaga   yetmagan   jinoyatchilarning   ko‘pincha   o‘z   noqonuniy   xatti-
harakatlarining   mazmun   –   mohiyatini   va   bunday   harakatlarning   qonunga   xilof
ekanligini   tushunib   yetmasliklari   holatidan   kelib   chiqib,   maktablarda,
mahallarda huquqiy bilimlarni targ‘ib qilishda faol ishtirok etish;
 Noqobil   va   notinch   oilalarda   tarbiyalanayotgan   voyaga   yetmaganlar
bilan ishlash tadbirlarini kengaytirish;
Ota-onalarga tavsiyalar:
 Jinoyatchilik   xulqiga   ega   bo‘lgan   bolalar   va   o‘smirlar   shaxsida
asosiallik,   ruhiy   beqarorlik,   o‘zgaruvchanlik,   gipertimlik,   affektga   moyillik,
siklotomiklik   xususiyatlarining   yaqqol   ifodalanganligidan   kelib   chiqib,   ular
shaxsini   sog‘lomlashtirishga   harakat   qilish   maqsadga   muvofiqdir.   Bunda   ular
yashayotgan   oila   va   ijtimoiy   muhitni   sog‘lomlashtirish,   shaxslararo   sog‘lom
munosabatni vujudga keltirish ishlarini olib borish yaxshi natija beradi;
 Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   asosiy   sabablari   sifatida
“bolalar   va   o‘smirlar   faoliyatini   nazorat   qilmaslik”,   “   oilada   bola   tarbiyasiga
e’tiborning   susayishi”   kabilar   namoyon   bo‘lganligidan   kelib   chiqib,   oilada   va
oiladan   tashqarida   bolalar   va   o‘smirlar   faoliyatini,   bo‘sh   vaqtlarida   nima   bilan
shug‘ullanayotganligini   nazorat   qilish   va   oilada   bolalar   tarbiyasiga   e’tiborni
kuchaytirish maqsadga muvofiqdir;
 Ota-onalar,   oilaning   boshqa   katta   yoshdagi   a’zolari,   o‘qituvchilar
tomonidan bolalar va o‘smirlarga nisbatan qo‘llanilayotgan qattiqo‘l, qo‘pol va
adaolatsiz munosabatlariga barham berish.
 Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi ko‘pincha ota-onalarning bolalar va
o‘smirlar   psixologisini   bilmasdan   turib   munosabatda   bo‘lishliklari   natijasida
kelib   chiqayotganligidan   kelib   chiqib,   ota-onalarni   psixologik-pedagogik
bilimlar   bilan   qurollantirish   maqsadida   “Ota-onalar   universitetlari”   ni   tashkil
etish.
77 Ta’lim tizimi muassaslari xodimlariga maslahatlar:
 O‘rta   maktablarda   o‘qitilayotgan   “Odobnoma”,   akademik   lisey   va
kasb-hunar   kollejlaridagi   “Oila   psixologiyasi”   kurslari   dasturini   kengaytirish,
unga   “Nizolar   psixologiyasi”,   “Bolalar   va   o‘smirlarda   xulq   og‘ishi   va
qonunbazarlikning   kelib   chiqishi   va   uning   oldini   olishning   pedagogik-
psixologik masalalari” nomli bo‘limlar, yoki kurslar kiritish.
 Xalq ta’limi va Oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish
institutlari   o‘quv   dasturlariga   “Bolalar   va   o‘smirlar   jinoyatchiligining   ijtimoiy-
psixologik muammolari”, “O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarning
psixologik asoslari”. “Voyaga yetmaganlar qonunbuzarliklari va ularning oldini
olishning psixologik-pedagogik masalalari” nomli kurs yoki mavzularni kiritish.
 Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligi   asosan   14-17   yoshga   to‘g‘ri
kelayotganligidan kelib chiqib, o‘qituvchilarning aynan shu yoshdagi bolalar va
o‘smirlar   o‘qiyotgan   ta’lim   maskanlarida   profilaktik   tadbirlarni   olib   borishda
faol ishtirok etishligini ta’minlash.
 Psixolog, sosiolog, pedagog, psixiatr va huquqshunoslarning ommaviy
axborot   vositalarida   voyaga   yetmaganlar   qonunbuzarliklari   va   ularning   oldini
olish,   jinoyatchilik   xulqi   psixologiyasi,   bolalar   va   o‘smirlar   psixologiyasi   kabi
mavzularda   eshittirishlar,   ko‘rsatuvlar   va   maqolalar   bilan   chiqishlarini   tashkil
etishda faol ishtirok etish.
 Voyaga   yetmaganlar   jinoyatchiligining   oldini   olishda   bolalar   va
o‘smirlarning yosh va individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olish.
 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Normativ huquqiy hujjatlar
78 1. O’zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasi.   –   T.:   O’zbekiston,
2017. – 80 b.
2. O’zbekiston   Respublikasi   Jinoyat   kodeksi.   1994   yil   22   sentyabrdagi
2012-XII-son Qonun bilan tasdiqlangan, 01.04.1995 yildan kuchga kirgan.
3. O’zbekiston   Respublikasining   “Bola   huquqlarining   kafolatlari
to’grisida”gi Qonuni, 2008 yil.
4. O’zbekiston   Respublikasining   “Yoshlarga   oid   davlat   siyosati
to’g’risida”gi   Qonuni,   2016   yil   14   sentyabr.   O’zbekiston   Respublikasi   qonun
hujjatlari to’plami, 37-son, 426-modda.
5. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Yoshlarga   oid   davlat
siyosati   samaradorligini   oshirish   va   O’zbekiston   yoshlar   ittifoqi   faoliyatini
qo’llab quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni, 2017 yil 6 iyul.
6. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   PF-
4947-sonli   “O’zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo’yicha
Harakatlar strategiyasi  to’g’risida”gi  Farmoni.   O’zbekiston Respublikasi  qonun
hujjatlari to’plami. 2017. - 6 (766)-son.
7. O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “Respublika
bolalar   ijtimoiy   moslashuvi   markazini   tashkil   etish   to’grisida”gi   419-sonli
Qarori, 2004 yil 7 sentyabr.
8. O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2019   yil   7
iyundagi   “Psixologiya   sohasida   kadrlarni   tayyorlash   tizimini   yanada
takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari
to’g’risidagi”gi 472-sonli Qarori.
9. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 15
iyun   kuni   Toshkent   shahrida   bo’lib   o’tgan   «Ijtimoiy   barqarorlikni   ta’minlash,
muqaddas   dinimizning   sofligini   asrash   –   davr   talabi»   mavzuidagi   anjumanda
so’zlagan nutqi // Xalq so’zi, 2017 yil 15 iyun, № 189 (6883).
10. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat,
2008. – 176 b.
79 11. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O’zbekiston
davlatini   birgalikda   barpo   etamiz.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
lavozimiga   kirishish   tantanali   marosimiga   bag’ishlangan   Oliy   Majlis
palatalarining qo’shma majlisidagi nutq. – T.: O’zbekistan, NMIU, 2016. – 56 b.
12. Mirziyoyev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini
ta’minlash   yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   O’zbekiston
Respublikasi   Konstitutsiyasi   qabul   qilinganining   24   yilligiga   bag’ishlangan
tantanali   marosimdagi   ma’ruza.   2016   yil   7   dekabr.   –   T.:   O’zbekiston   NMIU,
2017. – 48 b.
Monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar.
13. “O ‘ zbek   pedagogikasi   tarixi”.   A.Zunnunov   tahriri   ostida.   –   T.:
«O'qituvchi», 1997 yil.
14. Abdulla   Avloniy.   Turkiy   guliston   yohud   axloq.   –   T.:   A.Qodiriy
nomidagi «Xalq merosi» nashriyoti. 1999,  –  396 b.
15. Abdurasulova Q. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini
olish muammolari. // Qonun himoyasida. 2001, 1- son ,  23-26- b.
16. Barotov Sh.R. Psixologik xizmat. –   T. ,  2018. – 346 b.
17. G’oziyev E.G’. Umumiy psixologiya. – T., 2010.  –   544 b.
18. G’oziyev E.G’., Jabborov A. M. Faoliyat va xulq-atvor motivasiyasi.
–  T., 2003, – 124 b.
19. Jabborov   A.M.   O’qituvchi   etnopsixologiyasi.   –   Qarshi   “Nasaf”
nashriyoti, 2015. – 180 b. 
20. Kamilova   N.G’ .   Xulqi   og’ishgan   yoshlar   psixologiyasi   //   O’quv
qo’llanma .  –  T.: 201 7 . –  176 b.
21. Karimova   V.M.   Yoshlarda   o’zbek   oilasi   to’g’risidagi   ijtimoiy
tasavvurlar. Psix. fan. dok. diss.  –  T.: ToshDU, 1994. – 309 b.
22. Kaykovus.   Qobusnoma   /   Forschadan   Ogahiy   tarjimasi.   –   T . :
O’qituvchi, 2006. - 208 b.
23. Nishanova Z.T,  va boshq.  Psixologik xizmat . – T.: 2014. - 424 b.
80 24. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 3-tom.  –  T.: 2002, – 704 b.
25. Qodirov   U.   Yoshlarni   destruktiv   ta’sirlardan   himoyalashning
psixologik jihatlari. – T., 2013. – 236 b.
26. Shoumarov G’. B., Rasulova Z. A. Oila ensiklopediyasi.   –   T .,   2016.
–   416 b.
27. Абулханова-Славская   К.А.   Проблема   личности   в   психологии   /
Психологическая   наука   в   России   ХХ   столетия:   проблемы   теории   и
истории.  –  М . : ИП РАН, 1997. – 373 с.
28. Абулханова-Славская   К.А.   Типология   активности   личности   //
Психология личности и образ жизни. – М., 1987. –10–11 с.
29. Айзенк Г.   Структура личности.   –  СПб.: Ювента, 1999.   –  464 с.
30. Анан ъ ев Б.Г. Избранные психологические труды. В двух томах.
Т. 1 . – С ПБ : СПбГУ, 2007.  –  232 с.
31. Анан ъ ев   Б.Г.   Человек   как   предмет   познания.   –   СПб.:   Питер,
2000: 288с.
32. Васил ь ев     И.А.,   Магомед-Еминов     М.Ш.     Мотива ц ия   и
контрол ь  за действием.  – М.:  Изд. МГУ, 1991,  –  360   с.
33. Выго тс кий   Л . C .   Динамика   и   структура   личности   подростка:
Хрестоматия   по   возрастной   и   педагогической   психологии.   –   М:
Международная педагогическая академия, 1994.  –  С. 211 - 215.
34. Выго тс кий   Л . C . Психология.   –   М.: ЕКСМО-Пресс, 2000.   –   1008
с.
35. Горанская С.Б. Василев Б.ЖИ. Юридическая психология.  –  СПб.
1997г. С. 414-420
36. Келли   Дж.   Психология   личности:   теория   личностных
конструктов.  –  СП б. , 2000,  –  356 с. 
37. Ковалев В.И. Мотивы поведения и деятел ь ности.  –  М .:  “Наука”,
1988,  –  191 с.
38. Леонт ъ ев А.Н. Проблемы развития психики.   –   М.:  Изд-во АПН
РСФСР, 1959
81 39. Ломброзо   Ч.   Преступление.   Новейшие   успехи   науки.
Анархисты.  –  М., 2004.  –  С. 211.
40. Оллпорт Г. Личност в психологии. – М . : Ювента, 1998.  –  345 с.
41. Рубинштейн   С.Л.   Бытие   и   сознание.   Человек   и   мир.   –   С Пб. :
Питер, 2003.  –  191 с
42. Самаров   Р.С.   Девиантное   поведение:   характеристика   форм   и
мотивов.  –  Т . : ВШСАП, 2004. – 30 с.
43. Узнадзе   Д.Н.   Экспериментальные   основы   психологии
установки.  –  М.: 1949
44. Фрейд З. Психология «Я» и защитные механизмы / Пер. с англ.
–  М.: Педагогика-Пресс, 1993. – 264 с.
45. Чезаре Ломброзо. Преступный человек.   –  Милгард ,  2005 .
46. Чезаре   Ломброзо.   Прирожденный   преступник .   –   М.:   Эксмо ,
2005 .
47. Шадриков В.Д. Происхождение человечности.   –  Москва: Логос,
1999.-200 с
48. Эрик   Берн.   Трансакционный   анализ   в   психотерапии.   –   М.:
Эксмо, 2005. – 368 с
49. Якобсон   П.М.   Психологические   проблемы   мотивации
поведения человека.  –  М., Изд-во “Просвещение”, 1969.  –  137 с
Dissertasiya va avtoreferatlar
50. Abdumadjidova   D.R.   Talabalarda   assertiv   xulqni   shakllantirishning
ijtimoiy-psixologik   xususiyatlari   //   Psixologiya   fanlari   bo’yicha   falsafa   doktori
(PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiya. –T.: 2019, - 151 b.
51. Norqulova   N.T.   Affiliasiya   motivi   –   talabalar   ma’naviy   qiyofasini
shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omil // Psixologiya fanlari bo’yicha falsafa
doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiya. –  T.: 2017,
– 144 b.
52. Qodirov   O.S.   “O’smirlarda   (11-15   yosh)   jinoyat   motivlari
82 shakllanishining psixodiagnostikasi  va psixokorreksiyasi”  //  Psixologiya fanlari
bo’yicha   falsafa   doktori   (PhD)   ilmiy   darajasini   olish   uchun   tayyorlangan
dissertasiya. – T.: 2020, – 155 b.
53. Сафаев   Н.С.   Психологические   особенности   национального
самосознания   студенческой   молодёжи:   Дис.   д-ра.   псих.   наук.   –   Т.:   УзНУ,
2005.  –  159 с.
54. Туляганова   Г.К.   Интересы   «трудных»   подростков   как   отражение
особенностей   мотивационна-потребностной   сферы.   дис....
канд.психол.наук.   Т.: НУУз, 1993.   129 с.‒ ‒
55. Rasulova     F.F.     O’smirlarda     agressiv     xulq-atvor     namoyon
bo’lishining   psixologik   xususiyatlari   //   Psixologiya   fanlari   bo’yicha   falsafa
doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati. – T.: 2018, – 49 b.
83

JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL BO‘LGAN O‘SMIRLARNI O‘RGANISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI MUN DARIJ A KIRISh.......................................................................................................... 3 I BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGI MUAMMOSI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TADQIQOT PREDMETI SIFATIDA 1.1.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi muammosining xorijiy va hamdo‘stlik mamlakatlarida o‘rganilishi....................................................... 11 1.2.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining O‘zbekistonda o‘rganilish holati … …………...................................................................................….. 24 Bob yuzasidan xulosa.................................... .......... ............................ ... ....... 33 II BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI 2.1.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik xarakteristikasi............................................................................................... 34 2.2. Bolalar va o‘smirlarda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishida ijtimoiy muhit va oilaviy tarbiyaning o‘rni.................................................. 40 Bob yuzasidan xulosa.............................................................................. ...... 57 III BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING SABABLARI VA MOTIVA T SION ASOSI 3.1.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari................................... 59 3.2.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining motivlari................................... 66 3.3.G‘ayriijtimoiy ustanovka va qiziqishlar – jinoyatchilik xulqini keltirib chiqaruvchi sabab sifatida.............................................................................. 70 Bob yuzasidan xulosa............................................ ...... ................................. 73 XULOSALAR.............................................................................................. 74 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI............. .................. 80 1

KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Jenevada Millatlar Ligasining Beshinchi Assambleyasida qabul qilingan “Bolalar huquqi to‘g‘risidagi Konvensiya”da bolalarga jismoniy va ma’naviy rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi”, “gunoh qilgan bola to‘g‘ri yo‘lga solinishi”, “og‘ir damlarda bola mehr ko‘rib voyaga yetishi va himoya qilinishi” ta’kidlanadi. BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YuNESKO ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda jahonda o‘n millionlab bolalar ta’lim olishdan mahrumligicha qolmoqda, 85 millionga yaqin bola mutlaqo o‘qish va yozishni bilmas ekan. Savodsizlik, o‘z navbatida, o‘smirlarning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Shunday ekan, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan o‘smirlarni o‘rganishning psixologik xususiyatlarining muhim jihatlarini izohlovchi nazariy va metodologik yondashuvlarning psixologik omillarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar jiddiy ahamiyat kasb etadi. Xalqaro miqyosda dunyo mamlakatlarida demografik inqiroz, oila inqirozi, alkogolizm, zo‘ravonlik, o‘zaro munosabatlardagi ziddiyatlar, yoshlarning qarovsizligi, jinoyatchilik va boshqa ijtimoiy xatarli hodisalarda shaklida namoyon bo‘lmoqda. Jamiyatdagi ma’naviy muhitning ta’sirini kuchaytirish, yoshlarga ta’limtarbiya berish shaxs ijtimoiylashuvning tizimli amalga oshishiga ko‘maklashadi. Jamiyatda mavjud ma’naviy ahloqiy me’yorlar yoshlarimizni jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga, intiluvchan, vatanparvar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Mustaqillikga erishganimmizdan so‘ng jamiyatda islohatlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘zgarishlar jamiyatda mavjud eski muvozanatlarning o‘zgarishi, yangi me’yorlarning kirib kelshiga asos bo‘ladi. Dunyo miqyosidagi global ijtimoiy o‘zgaruvchanlikning 2

kuchayishi muhtojlik, jinoyatchilik, millatlar o‘rtasidagi nizolar, ishsizlik, kabi dolzarb ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida “...bugungi kunda mahalladagi, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning taqdiri bilan kim qiziqayapti? Bolalar kimlar bilan hamsuhbat bo‘layotgani, o‘qishga qachon borib, qachon kelayotganini kim nazorat qilayapti? Yoshlar, xususan, o‘smirlar orasida bezorilik, jinoyatlar soni ortishiga qanday omillar sabab bo‘layapti? Ba’zi yoshlarimiz uchun mehr- oqibat, axloq-odob tushunchalari butunlay begona bo‘lib borayotgani, ularda befarqlik, mas’uliyatsizlik, mehnat qilmasdan kun ko‘rishga intilish kabi illatlar paydo bo‘layotgani – achchiq bo‘lsa-da, haqiqat” [9] degan edilar. Shuningdek, jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarida “profilaktika inspektorlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha ishlovchi mas’ul xodimlar va jamoatchilik vakillari uchun yoshlar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan ishlash bo‘yicha axborotnomalar va metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish” [8] kabi vazifalar belgilanib, bu borada o‘smirlarda huquqbuzarlik va jinoyat motivlari shakllanishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasining samarali metodikalarini aniqlash, tashkiliy chora-tadbirlar mazmuni, hamda barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan va jinoyat motivlarining oldini olishga qaratilgan ilmiy-psixologik tavsiyalar ishlab chiqishga oid ilmiy tadqiqotlarni samarali amalga oshirishni talab etadi. Mazkur dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonuni [4], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF4947-son Farmoni [6], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini 3

yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 472-sonli Qarorlari [8] hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Psixologiyaning eng muhim kategoriyasi sifatida faoliyat va xulq-atvor ayniqsa jinoiy xulq-atvor muammosi uzoq yillardan buyon tadqiq etilmoqda. Jahon psixologiyasi fanida jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan o‘smirlar xulq-atvori ning yuzaga kelishi, turlari va yo‘nalganligi, xulq-atvorda ifodalanishi, subyekt faoliyatida (o‘yin, o‘qish va mehnat) va muomala- munosabat jarayonlarida shakllanishi Z.Freyd [4 4 ] , G.Ollport [ 40 ] ilmiy izlanishlarida keng ko‘lamda tadqiq qilingan. Biroq, mazkur tadqiqotlarda xulq motivlarining ijtimoiy shartlanganligi va ijtimoiy-psixologik mohiyati tadqiqotlarning diqqat markazidan chetda qoladi. MDH hamda rus psixologiyasida jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan o‘smirlarni jinoiy xulq-atvorini o‘rganishning psixologik xususiyatlari ning muammolari D.N.Uznadze [4 3 ] , S.L.Rubinshteyn [ 41 ] , A.N.Leontyev [3 8 ] , I.A.Vasilyev, M.Sh.Magomed-Eminov [ 32 ] , A.G.Kovalyov [ 37 ] , P.M.Yakobson [ 49 ] , V.D.Shadrikov [ 47 ] , tadqiqotlarida turli nuqtai nazardan o‘rganilganligini ko‘ramiz. Chunonchi, bilish (kognitiv) jarayonlari motivasiyasi, ularning ilmiy- metodologik va o‘ziga xos xususiyatlari, mexanizmlari, faoliyat, muomala motivasiyasi hamda xulq, ta’lim va kasb tanlash, kasb motivlari dinamikasi, kasbga moslashish kabi muammolar keng ko‘lamda o‘rganilgan bo‘lib, psixologiya fanida mazkur muammoga doir ilmiy-nazariy va amaliy xususiyatli boy materiallar to‘plangan. O‘zbekistonlik psixolog tadqiqotchilar E.G‘.G‘oziyev [17], G‘.B.Shoumarov [26], V.M.Karimova [21], U.Qodirov [25], A.M.Jabborov 4

[19], N.S.Safoyev [53], Sh.R.Barotov [16], R.S.Samarov [42], Z.T.Nishonova [23], O.S.Qodirov [52] va N.G‘.Kamilovalar [20] tomonidan o‘smirlar xulq- atvori muammolari doirasida olib borilgan qator izlanishlarni kiritishimiz mumkin. Ushbu olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot izlanishlari muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ammo jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan o‘smirlarda jinoyat motivlari shakllanishi, ularning psixologik xususiyatlari tadqiqiy tahlillar berilmagan. Ba’zi ilmiy izlanishlarda bir tomonlama munosabatlar bildirilganligi, o‘smir psixik funksiyasi va uning xususiyatlari rivojlanishidagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishga yo‘naltirilgan kompleks psixologik ta’sir ko‘rsatish usullari muhim omillar sifatida ko‘rib chiqilmagan. Ilmiy tadqiqotning maqsadi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabab va motivlarini, ijtimoiy-psixologik, shaxs va individual-psixologik, yosh, hududiy, statistik va jinsiy xususiyatlarini o‘rganish hamda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish, ularning samaradorlik darajasini ilmiy, psixologik-pedagogik jihatdan asoslash bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotning vazifalari: - jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan o‘smirlarni salbiy omillardan himoya qiluvchi, ya’ni huquqiy ongni shakllantiruvchi zamonaviy psixologik mexanizmlar tuzilmasini ishlab chiqish; - jinoiy xulq shakllanishini oldini olishga yo‘naltirilgan psixologik trening dasturini ishlab chiqish va samaradorligini baholash; - o‘smirlarning individual va ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan “o‘zini tasdiqlash”, “o‘z manfaatlarini boshqalardan ustun qo‘yish”, “bezorilik”, “buzg‘unchilik”, “o‘g‘rilik”, “qasoskorlik”, “o‘z kuchi va jasoratini ko‘rsatish” kabi xulq-atvorini oldini olishga xizmat qiluvchi uslubiy tavsiyalar majmuini ishlab chiqish. Tadqiqotning predmeti jinoyat amalga oshirishga moyil bo‘lgan o‘smirlarni o‘rganishning psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq omillar. 5