Jinoyat subyektiv tomonining kvalifikatsiyaga ta’siri va jinoyat huquqiy jihatlari
Jinoyat subyektiv tomonining kvalifikatsiyaga ta’siri va jinoyat huquqiy jihatlari MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………..………...………....3 I. BOB. JINOYATNING SUBYEKTIV TOMONI TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA ..........................................................................................................8 1.1. Jinoyatning subyektiv tomoni tushunchasi va uning belgilari...........................8 1.2. Jinoyatning subyektiv tomoni bilan bog‘liq holatlar........................................1 4 II. BOB. JINOYAT TARKIBI SUBYEKTIV TOMONINING ASOSIY BELGILARI VA ULARNING MOHIYATI ………......................................... 19 2.1 Ayb – subyektiv tomonning majburiy belgisi sifatida undagi o‘rni, mohiyati va ahamiyati………………………………………………………………………….19 2.2 Qasd tushunchasi va uning mohiyati. Qasd aybning asosiy belgisi sifatida jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi o‘rni..............................................................28 2.3 Ehtiyotsizlik oqibatida sodir qilingan jinoyatlarning o‘ziga xos jihatlari.........41 III. BOB. JINOYAT TARKIBI SUBYEKTIV TOMONINING FAKULTATIV BELGILARI VA ULARNING KVALIFIKATSIYAGA TA’SIRI.................. 47 3.1 Motiv, maqsad va shaxsning ruhiy holatini kvalifikatsiyaga ta’siri.................. 47 3.2 Xato va uning kvalifikatsiyaga ta’siri . Faktik xato va uning yuridik ahamiyati………………………………………………………………………….57 XULOSA ................................................................................................................ 63 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ......................................... 66
2
Kirish Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Ma’lumki, shaxs tomonidan jinoyat sodir etish holatlari insoniyat tarixining har qaysi davrida mavjud bo‘lib o‘zining ijtimoiy xavfliligi bilan ajralib turgan. Shu sababli, bugungi kuga kelib dunyo mamlakatlarining barchasida jinoyatchilikka qarshi kurashish masalasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanib qo‘yilgan. Har bir davlatda jinoiy-huquqiy siyosatni amalga oshirishning dastlabki va muhim bosqichi bo‘lib qonun hujjatlarida jinoyat uchun javobgarlikni belgilash masalasi ilgari surilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad shundan iboratki, ijtimoiy hayotimizda sodir etilayotgan real qilmishning belgilarini jinoyat qonuninimizda nazarda tutilgan jinoyat tarkibi belgilariga solishtirish va u orqali uning qanday jinoyat ekanligini hamda unga nisbatan qaysi turdagi jazo tayinlash masalasini aniqlash muhim vazifa hisoblanadi. Aynan mazkur jarayon “qilmishni kvalifikatsiya qilish” deb nomlanadi. Jinoyatni kvalifikatsiya qilishning asosini jinoyat qonunida belgilangan aniq jinoyat tarkibi tashkil etadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ya’ni, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ijtimoiy hayotimizda sodir etilayotgan real qilmishni kvalifikatsiya qilishda Jinoyat kodeksining Maxsus qismi moddalarida nazarda tutilgan jinoyat tarkibiga tayanadi. Sodir etilgan qilmishni kvalifikatsiya qilish amaliyoti barcha mamlakatlar jinoyat huquqi uchun xosdir. Bugungi kunda jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish dolzarb bo‘lib qolmoqda 1 . Hozirgi kunda O‘zbekistonda shaxs va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning asosi – hokimiyatga bo‘lgan ishonch hisoblananishini e’tiborga olgan holda bu ishonch demokratik davlat prinsiplariga so‘zsiz itoat qilishda namoyon bo‘lishi, kuchli sud hokimiyati ularga rioya qilishning haqiqiy kafolati bo‘lib xizmat qilishini inkor eta olmaymiz. Hokimiyatga bo‘lgan ishonch va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mas’uliyatini oshirish masalalari xususida O‘zbekiston 1 28.01.2022 yilda qabul qilingan “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-sonli Farmoni, 14-maqsad 3
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “...bu sohada xizmat qiladigan odamlar o‘zining professional va fuqarolik burchini, o‘z vazifasini qanchalik halol va sidqidildan ijro etishi, hech mubolag‘asiz, butun hokimiyatning obro‘si va kishilarning adolatga ishonchi qay darajada bo‘lishini belgilaydi” 2 – deb ta’kidlab o‘tganlar. Shu bois, keltirilgan ushbu fikrlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarni jinoyat ishlarini ochish va tergov qilish faoliyatida jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga undashi ham bejiz emas albatta. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish – barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar – surishtiruv, tergov, prokuratura va sud tomonidan amalga oshiriladi va shuning uchun ham ular faoliyatini umumiy vazifa va majburiyatlar bilan uyg‘un ekanligini bildiradi 3 . Sodir etilgan jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish, ko‘rsatilgan hokimiyat organlari vakillaridan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish tushunchasi, uning jinoyat huquqi nazariyasidagi o‘rni va roli, shuningdek alohida turdagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning umumiy, xususiy (maxsus) va yagona kvalifikatsiya qilish qoidalarini bilishni talab qiladi. Asosan ushbu qoidalar jinoyat qonunchiligida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarida yoki jinoyat huquqi nazariyasi va sudning boshqa amaliyoti bilan belgilanadi. Ular xususiyatiga ko‘ra jinoyat qonunchiligida, jinoyat huquqi nazariyasining mustaqil bo‘limida alohida nazarda tutilmay, balki yuridik fanning bu sohadagi alohida holatlariga taalluqli ravishda ko‘rib chiqiladi. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish muammolariga bag‘ishlangan monografiyalarda 4 , bu qoidalarning barchasi emas, lekin ko‘pchiligi tahlil qilingan. So‘nggi yillarda jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish qoidalari bilan bog‘liq holatlar tadqiq etilmoqda yoki kvalifikatsiya qilishning alohida qoidalarni o‘zlarida 2 Karimov.I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demok r atlashti r ish va yangilash, mamlakatni mode r nizasiya va i s loh etishdi r // O‘z b ek xalqi hech qachon, hech kimga qapam o’ ylmaydi. T.: 13. – T. 2005. – 189 b 3 Kabulov R. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish: IIV oliy ta'lim muassasalari uchun darslik / R. Kabulov, A. A. Otajonov, I. A. Sottiyev va boshq. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 260 b. 4 Qaran: Кyдpявцeв B.H. Oбщaя тeopия квaлификaции пpecтyплeний. – M., 2004; Кypuнoв Б.A. Hayчныe ocнoвы квaлификaции пpecтyплeний. – M., 1984; Mupeнcкий Б.A. Boпpocы квaлификaции пpecтyплeний opгaнaми внyтpeнниx дeл. – T., 1980; Гayxмaн Л.Д. Kвaлификaция пpecтyплeний: зaкoн, тeopия, пpaктикa. – M., 2003; Кyзнeцoвa H.Ф. Пpo6лeмы квaлификaции пpecтyплeний: Лeкции пo cпeцкypcy “Ocнoвы квaлификaции пpecтyплeний”. – M., 2007. 4
mujassamlashtirgan dissertatsiyalar tayyorlanib, muvaffaqiyatli himoya qilingan 5 . Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish nazariyasini rivojlantirish va samaradorligini oshirishning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish qoidalari mutlaq va o‘zgarmaydigan deb bo‘lmaydi. Ularning mazmuni jinoyat qonun- chiligining o‘zgarishi hamda jinoyat huquqi nazariyasining rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi yangi Jinoyat kodeksining 1995-yilda amalga kiritilishi 1959-yilgi Jinoyat kodeksiga muvofiq bo‘lgan bu qoidalarning bir qatorini o‘zgarishiga olib kelgan. Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida jinoyatlarning subyektiv tomoni zaruriy belgilari va ularning qilmishni kvalifikasiya qilishdagi o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqish hamda unda ayb, motiv va maqsad tushunchasi va belgilari, ularning turlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Jumladan, aybning turli shakllari mavjud jinoyatlarni sodir etishda aybdorning jinoiy niyati, motivasiyasini belgilash muammolari atroflicha ko‘rib chiqilgan. Muallif tomonidan aybning turli shakllari o‘zaro yaqin va farqli jihatlari tahlil qilinib, ilmiy-nazariy xulosalarni shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun o‘z oldimizga quyidagi vazifalarni qo‘yamiz: – jinoyatning subyektiv tomoni tushunchasi va uning mohiyatini yoritib berish; – jinoyatning subyektiv tomonini tashkil qiliuvchi ayb va uning shakllari doirasini tadqiq etish; – subyektiv tomonning fakultativ belgilarining kvalifikatsiyaga ta’siri va uning jinoyatni malakalanishidagi o‘rniga umumiy jinoyat-huquqiy tavsif berish; – jinoyatlarini kvalifikatsiya qilishda subyektiv tomonga bog‘liq muammolarni aniqlash va bu borada e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy 5 Qarang: Maтлюбoв Б.Б. Yгoлoвнo-пpaвoвoe знaчeниe coвoкyпнocти пpecтyплeний. Aвтopeф. диc. ... кaнд. юpид. нayк. – T., 2006; Hauмoв C.C. Қилмишнинг жинoят-ҳуқуқий нopмaлap paқo6aтидa квaлификaция қилишнинг нaзapий вa aмaлий мacaлaлapи. Юpид. фaн. нoм. диc ... aвтopeф. – T., 2007. 5