logo

JINOYATCHI ShAXS XULQ-ATVORIDA SALBIY XUSUSIYATLAR NAMOYON BO’LIShINING PSIXOLOGIK OMILLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

668 KB
JINOYATCHI ShAXS XULQ-ATVORIDA SALBIY
XUSUSIYATLAR NAMOYON BO’LIShINING
PSIXOLOGIK OMILLARI  
MUNDARIJA
KIRISH...........................................................................................................3
I   BOB. G’AYRIIJTIMOIY XULQNI KELTIRIB CHIQARUVCHI SHART-
SHAROITLAR
I.1.G’ayriijtimoiy xulq va «normadan chetga chiqish» tushunchasi............. . 6
I.2.Jinoyatchi shaxsi va uning o’ziga xos psixologik xususiyatlari...............16
I.3.Jinoyatchi shaxs tipologiyasi....................................................................23
II   BOB.   ALOHIDA   TOIFADAGI   JINOYATCHI   SHAXSLARNING
PSIXOLOGIK  XUSUSIYATLARI
II.1.G’arazli jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslar toifasi...................................30
II.2.Zo’ravonlik  
jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi............................33
II .3. Terrorchilik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi ............................42
X U L O S A ...................................................................................................7 1
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR......................................................76
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi :   O’zbekiston   Respublikasi   mustaqillikka
erishganidan   so’ng   bozor   iqtisodiyoti   munosabatlariga   asoslangan   h uquqiy
demokratik   davlat   va   adolatli   fuqarolik   jamiyatini   barpo   etishni   maqsad   qilib
qo’ydi. Ushbu maqsadga erishishda, eng avvalo, jamiyatda jamoat tartibini saqlash
va xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish
sohasidagi muammolarni hal qilish asosiy vazifalardan biridir.
Respublikamiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan dasturiy
vazifalarning   o’ta   jiddiyligi   va   mas’uliyatliligiga   ko’ra   tayyorlanayotgan   yosh
mutaxassislarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashda ta’limning sifat darajasini
yanada yuqori bosqichga ko’tarishni taqozo etadi.
Shu   ma’noda,   jinoyatchilikning   sodir   etilishi   demokratik   huquqiy   davlat
qurish   va   erkin   fuqarolik   jamiyatini   barpo   etishga,   jamiyatda   aholining   tinch,
osoyishta,   farovon   hayot   kechirishiga   hamda   jamiyatda   har   tomonlama   yetuk,
bilimli,   mustaqil   fikrlaydigan,   ma’naviy-ruhiy   jihatdan   komil   insonni
shakllantirishga to’sqinlik qiladi.
Mavzuning predmeti : O’zbekistonda bugun jinoyatchilik ustidan ijtimoiy-
huquqiy nazorat shartli ravishda quyidagi uch yo’nalishda amalga oshirilmoqda:
– jinoyatlar   sodir   etilishining   oldini   olishga   qaratilgan   iqtisodiy,   ijtimoiy,
ma’naviy-tarbiyaviy, huquqiy va boshqa tadbirlar;
– sodir   etilgan   jinoyatlar   uchun   jazoning   muqarrarligini   ta’minlash
maqsadida amalga oshirilayotgan operativ-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va
sud tergovini amalga oshirish bilan bog’liq tadbirlar   majmui;
– sodir   etilgan   jinoyatlar   uchun   sud   belgilagan   jazoning   ijrosini
2 ta’minlashga qaratilgan   tadbirlar.[II; 20-3.]
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, jinoiy xatti-harakatlarni kasb qilib olgan
shaxslarning   ruhiy   olamini   o’rganish,   nafaqat   huquqni   muhofaza   qilish   organlari
xodimlarini, balki ko’plab olimlarning ham diqqat-e’tiborini o’ziga qaratmoqda.
Mavzuning   farazlari.   Tadqiqot   ishining   maqsadiga   erishish   va   ilgari
surilgan   ilmiy   farazni   asoslash   maqsadida   ishni   tizimli   amalga   oshirish   uchun
quyidagi vazifalar belgilandi:
1.Jinoiy xulq va unda “normadan chetga chiqish” tushunchasini,  
2.Jinoiy xatti-harakatni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni,
3.Jinoyatchi shaxs psixologiyasi va uning tipologiyasini, 
4.Alohida turdagi jinoyatchilar toifasi, 
5.Professional   jinoyatchilar   va   ularning   o’ziga   xos   bo’lgan   psixologik
xususiyatlari imkon qadar bayon qilish.
Malakaviy   bitiruv   ishining   vazifalari.   Tadqiqot   ishining   maqsadiga
erishish   va   ilgari   surilgan   ilmiy   farazni   asoslash   maqsadida   ishni   tizimli   amalga
oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
- tadqiqot mavzusiga oid adabiyotlarni tahlilni amalga oshirish;
- tadqiqot metodikalarini tanlash va asoslash;
- jinoyatchining ijtimoiy-psixologik qiyofasini yoritib berish;
- zarur ijtimoiy fazilatlarni shakllantirishga mo’ljallangan o’yin mashqlari
ishlab chiqish;
- zarur   kasbiy   va   ijtimoiy   malakalarni   egallashda   jinoyatchilarni
tarbiyalash va qayta tarbiyalash metodlarini qo’llash bo’yicha amaliy tavsiyalarni
ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishda qo’llanilgan metodikalar.
1. Jinoyatchi psixologiyasini tadqiq qilish bo’yicha ma’lumot to’plash.
2.“Refleksiya”   testi   yordamida   tajriba   guruhidagilarning   refleksiv
xususiyatlarini aniqlash
3.A.Bass   va   I.Darkning   “Agressiya   shakllari   va   uning   ko’rsatkichlari”ni
diagnostika   qilish   metodikasi   orqali   sinaluvchi   insonlarning   jinoyatchilikka
3 moyillik darajasini aniqlash
  4.Jinoyatchilikning   oldini   olish   dasturi   yordamida   psixologik   trening
tashkil etish va natijalarni tahlil qilish
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi. 
Inson   xulqida   tashqi   omillar   tizimi   ichki   shart-sharoitlar   tizimi   bilan
belgilanadi.   Shu   bois   har   bir   jinoyatda   obyektiv   va   subyektiv   omillarning   birligi
ko’rinadi, jinoyatchi   shaxsini  aniqlash   barobarida   jinoyatning  oldini   olish   tizimi
yaratiladi. 
Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati. 
Tadqiqot   ishida   jinoyatchining   ijtimoiy   psixologik   xususiyatlari
muammosining   nazariy   tahlilida   keltirilgan   ijtimoiy-psixologik   fikrlar   yuzasidan
to’plangan     materiallar   yuridik   psixologiya,   umumiy   psixologiya,   ijtimoiy
psixologiya,   psixodiagnostik,   psixokorreksiya,   sosial   trening   va   amaliyot
sohalarini nazariy jihatdan boyitishga xizmat qiladi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   amaliy   ahamiyati.   Ishda   jinoyatchi   shaxs
tipologiyasi,   belgilari   bo’yicha   metodikalar   va   yaratilgan   usullar   tizimi   amaliy
psixologlarning   jinoyatga   moyilligi   mavjud   shaxsda   zarur   ijtimoiy   fazilatlarni
zudlik bilan shakllantirish bo’yicha faoliyatlariga tadbiq etilishi mumkin. 
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. 
Ushbu   bitiruv   malakaviy   ishi   kirish,   ikki   bob   olti   paragraf,   xulosa   va
tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilova qismlardan tuzilgan.
Ishning   kirish   qismida   mavzuning   dolzarbligi,   ishning   maqsadi,   ilgari
surilgan   ilmiy   faraz,   vazifalari,   tadqiqotda   qo’llanilgan   metodikalar,   yangiligi,
ishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.
4 I-BOB   .G’AYRIIJTIMOIY XULQNI KELTIRIB CHIQARUVCHI
SHART-SHAROITLAR
I.1.G’ayriijtimoiy xulq va «normadan chetga chiqish» tushunchasi
Inson  xulqi  murakkab  va ko’p qirrali  hodisa  bo’lib, uni  o’rganishda  tizimli
yondashuv   va   ehtimol   tutilgan   jarayonlar   haqidagi   zamonaviy   tasavvurlarga   ega
bo’lish talab qilinadi. Har bir axloqiy hodisaning mohiyati uning shaxs xulqining
umumiy tuzilishidagi o’rni bilan bog’liq. Individual rivojlanish jarayonida axloqiy
tizimlar   individual   axloqiy   strategiyaning   murakkab   majmuiga   aylanadi   va
shaxsning axloqiy tipini hosil   qiladi.
An’anaga ko’ra, g’ayriijtimoiy xulq sabablari ikki guruhga
– ijtimoiy va biologik sabablarga ajratiladi. Biroq, axloq-odob me’yorlari
(qoida)   dan   og’uvchi   xulqning   ko’plab   ko’rinishlarini   tahlil   qilish   mazkur
muammoni   boshqacharoq,   ya’ni   tizimli-integrasiyalashgan   (birlashgan)   holda
o’rganish zarur, degan xulosaga olib   keladi.
Ijtimoiylik yoki biologik omillariga «ruhiylik» nomli tizim hosil qiluvchi
omilni   kiritish   hamda   inson   xulqining   sababiy   bog’lanishlari
(determinasiyasi)   bilan   bog’liq   barcha   muammolar   majmuini   ijtimoiy-
psixologik-biologik   sabablar   deb   atash   zarur.   Bunda   «psixologik»   jihatning
o’rtada joylashgani  uning ham  ijtimoiy, ham biologik omil  uchun birlashtiruvchi
funksiyaga egaligini anglatadi.
G’ayriijtimoiy   xulq   sabablari   haqida   so’z   borar   ekan,   avvalo,
muammoni tahlil qilishning asosiy prinsiplarini keltirib o’tamiz.
1. G’ayriijtimoiy xulq, normadagi xulq kabi, ko’p omillidir, u bir yoki hatto
bir   qancha   sabablarning   oqibati   emas.   Biroq,   alohida   olingan   individual   axloqiy
ko’rinishning   ko’p   omillar   bilan   bog’liqligi   va   ehtimolli   xususiyati   uni   o’rganib
bo’lmasligini   bildirmaydi.   Bu   o’rinda   shaxsning   tipik   individual-psixologik
xususiyatlari   va   axloqiy   qarashlarini   aniqlash   ustun   ahamiyatga   ega.   Ijtimoiy   va
biologik omillar   o’z- o’zicha emas, balki jinoyatchi xulqining tipini hosil   qiluvchi
uning   shaxsiy-psixologik   xislatlarida   birlashgan   holda   g’ayriijtimoiy   xulqning
5 aniqlovchilariga   aylanadi.
2. G’ayriijtimoiy   xulq   ijtimoiy   ijobiy   xulqdan   yo’nalishining   mazmuni
bo’yicha   ham,   psixoregulyasion   xususiyatlari   bo’yicha   ham   ajralib   turadi.   Shaxs
xulqi uning ehtiyojlari, anglangan va anglanmagan mayllari tizimi, oldiga maqsad
qo’yish va unga erishish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Agar uni sxema tarzida
tasvirlaydigan bo’lsak, quyidagicha ko’rinish hosil qiladi.
Aksariyat jinoyatchilarning xulqiga ijtimoiy qadriyatlarga moslasha olmaslik
(dezadaptasiya) va o’zini o’zi boshqarishdagi nuqsonlar xosdir. Individning o’zini
o’zi   boshqarish   imkoniyatlari   past   darajada   bo’lganida,   g’ayriijtimoiy   mayllari,
odatlari  nafaqat nazorat  qilinmaydi, balki  ularning o’zlari  xulqning maqsad hosil
qiluvchi mexanizmlariga aylanadi.
3. G’ayriijtimoiy   xulq   individning   o’z   ijtimoiy   mas’uliyatini   himoya   qilish
(o’zini   oqlash)   motivasiyasi,   umum   qabul   qilingan   ijtimoiy   qadriyatlarning
qadrsizlanishi   asosida   amalga   oshiriladi.   Inson   xulqi   uning   ehtiyojlari   va
yo’nalganlik   sohasi,   qabul   qilgan   qadriyatlar   tizimi,   umuminsoniy   madaniyatdan
bahramandlik darajasi bilan bog’liqdir. Inson hayvondan farqli ravishda qandaydir
yagona   xulq  tizimlariga   mahkum   emas,   u  ko’p  funksiyalidir.  Uning   xulqini   aniq
instinktiv (tug’ma) mayllari emas, balki ijtimoiylashuv darajasi yuzaga   keltiradi.
4. G’ayriijtimoiy   xulq   –   mojaroli   xulq   bo’lib,   doimo   jamiyatda,   ijtimoiy
guruhlarda,   shaxs   bilan   ijtimoiy   guruh,   ayrim   shaxslar   o’rtasida   va,   nihoyat,
shaxsning o’zidagi ichki ziddiyatlarga asoslangan. Inson xulqidagi tashqi holatlar
tizimi unda shakllangan ichki ruhiy shart-sharoitlar tizimi orqali namoyon bo’ladi.
Ushbu ichki ruhiy shart-sharoitlarga quyidagilar   kiradi:
– qadriyatlar   tizimi;
6Ehtiyoj Anglangan va 
anglanmagan
mayllar Maqsad qo’yish 
va unga erishishShaxs – axloqiy   yo’nalganlik;
– xatti-harakatning umumlashgan   usullari;
– o’zini  o’zi  tartibga  solishning psixodinamik  xususiyat lari.
5. Inson   xulqida   na   obyektiv,   na   subyektiv   omillarni   alohida   ajratish
mumkin. 
Ijtimoiy   omillar   odamlar   xulqiga   bevosita   ichki   shaxsiy,   individual-
psixologik   hodisalar   orqali   ta’sir   ko’rsatadi   (va   bu,   ba’zan   «jinoiy   tabiat»
illyuziyasini yuzaga   keltiradi).
6. Shaxs   qanchalik   kam   ijtimoiylashgan   bo’lsa   (bu,   odatda,   jinoyatchi
shaxsning   o’ziga   xos   xususiyatidir),   biologik   omillarning   ustun   (dominanta)
bo’lish  ehtimoli  shunchalik  yuqori  bo’ladi. Inson ongining rivojlanishi  qanchalik
cheklangan   bo’lsa,   uning   xulqida   iyerarxik   jihatdan   quyi   turadigan   motivasiya
darajalari shunchalik katta rol   o’ynaydi.
Kriminolog   olim   Z.S.Zaripov   va   I.Ismailovlar   jinoiy   xulq   shakllanish
jarayonini quyidagi toifalarga ajratishadi: 
a)   shaxs   ehtiyoji   va   manfaatlari   buzilishi   bilan   bog’liq   jinoiy   xulq
shakllanish jarayoni; 
b)   shaxs   ehtiyoji   (manfaati)   va   imkoniyati   o’rtasidagi   farq   (qarama-
qarshilik) bilan bog’liq jarayonlar; 
v)   shaxs   ma’naviy   va   huquqiy   tasavvurining,   qadriyatlar   va   ijtimoiy
yo’nalishining buzilishi bilan bog’liq jarayonlar; 
g)  qaror  qabul  qilish va amalga  oshirishdagi    nuqson  va kamchiliklar  bilan
bog’liq jarayonlar.[III; 36-130]
Jinoiy   xatti-harakat   jarayoni   quyidagi   asosiy   qismlarni   o’z   ichiga   oladi:
motivasiya,   qaror   qabul   qilish   va   uni   amalga   oshirish.   Har   qanday   ijtimoiy
ahamiyatga   ega   bo’lgan   xatti-harakat   bu   shaxsdagi   o’ziga   xos   xususiyatlar   bilan
tashqi   muhitning   o’rtasidagi   aloqaning   natijasi   degan   fikrga   asoslangan   holda
muayyan jinoiy xatti-harakat jarayonini quyidagicha tasvirlasa   bo’ladi:
7 Shaxsning xususiyatlari
Rus   olimi   G.A.Avanesov   inson   xatti-harakatiga   salbiy   ta’sir   etuvchi
quyidagi biologik shart-sharoitlarni ajratadi:
– jinsiy   buzilish   va   jinoyatlarning   sababiga   aylanadigan   biologik   ehtiyojlar
patologiyasi;
– asab   tizimining   qo’zg’aluvchanligini   kuchaytiradigan,   noadekvat
reaksiyani   keltirib   chiqaradigan   va   harakatlarni   ijtimoiy   nazorat   qilishni
qiyinlashtiradigan asab-ruhiy  kasalliklar   (psixopatiyalar,  nevrosteniyalar, kasallik
va sog’liq chegarasidagi   holatlar);
– turli   xil   psixosomatik,   allergik,   zaharvandlik   bilan   bog’liq   kasalliklarga
olib keladigan va qo’shimcha jinoiy omil bo’lib xizmat qiladigan psixofiziologik
zo’riqishlar.[II.7. 226-230]
Ruhiy   anomaliya   (normadan   og’ish)lar   esa   irsiy   (genetik)   ildizlarga   ega
bo’lib,  asabiy-ruhiy  buzilishlar  faqat   noqulay  muhit   ta’siridagina   jinoiy  xulqning
sababi bo’lishi mumkin.
XX   asrning   20-yillaridayoq   psixiatrlar   (Antonyan   Yu.M.,   Borodin   S.A.,
Vinogradov   M.V.,   Golub   S.A.   va   boshq.)   jinoiy   xulq   turi   bilan   ruhiy   anomaliya
o’rtasida bog’liqlik mavjudligini ta’kidlaganlar. 
Masalan,   rus   olimi   Yu.M.   Antonyanning   fikricha,   «...aqli   ojizlar,   kundalik
hayotga   moslasha   olmaydiganlar   o’zlarining   tuban   ehtiyojlarini   qondirish
8Tashqi muhitMotivatsiya Qaror Amalga oshirish maqsadida o’g’rilik, ba’zan esa qotillik jinoyatlarini sodir etadilar. 
Beqaror   va   tashqi   muhit   ta’siriga   tez   beriluvchan   ixtiyorsiz   psixopatlar
odatdagi o’g’rilar safini oson   to’ldiradilar; ma’nosiz ruhiy his-tuyg’ular va kuchli
tuban   mayllarga   ega   bo’lgan   psixopatlardan   esa   banditlar,   g’arazli   qotillar
boshqalarga   qaraganda   osonroq   hosil   bo’ladi;   patologik   qo’zg’aluvchanligi   bilan
ajralib   turadigan   psixopatlar   arzimagan     narsa   tufayli   atrofdagilar   bilan   oson
aytishib qoladilar, jamoat tartibini buzadilar »[II; 9 67-b.]  
.
Ruhiy   anomaliyalarga   chalingan   shaxslarning   ulushi   (koeffisiyenti)   barcha
jinoyatchiliklarning taxminan 70 % ini tashkil   qiladi.
Ma’lum bo’lishicha,  ruhiy anomaliya holatida shaxslar  tomonidan jismoniy
kuch ishlatish (odam o’ldirish, nomusga tegish, tan jarohati yetkazish) va bezorilik
jinoyatlari   sodir   etilgan.   Masalan,   aqli   raso   deb   tan   olingan   va   odam   o’ldirish,
nomusga   tegish,   tan   jarohati   yetkazish   jinoyatlarini   sodir   etgan   voyaga
yetmaganlar   sud-psixiatriya   ekspertizasidan   o’tkazilganda   ularning   har   besh
nafaridan   uch   nafarida   aqli   raso   bo’lgan   holda   o’z   jinoiy   qilmishlariga   yo’l
ochuvchi   turli   anomaliya   holatlari   borligi   aniqlangan.   Ichki   ishlar   organlarining
tegishli   xizmat   sohalari     hisobida     turgan     voyaga     yetmaganlar     sodir     yetgan
huquqbuzarlik   larning   23–43%   ini   ruhiyatida   turli   darajadagi   ruhiy   kamchiliklar
mavjud bo’lgan yoshlar amalga oshirganlar.   Jismoniy   kuch ishlatish orqali og’ir
turdagi jinoyat [III; 52.-156 b]  
sodir etganlarning umumiy   miqdorida anomaliya
holatlarining mavjudligi tahlil etilganda 3 8 % shaxslarda anomaliya holatlari,  23 %
ida markaziy  asab  tizimining organik jarohati,   20 %  ida bosh  miya  jarohati,   19 %
ida surunkali alkogolizm alomatlarining mavjudligi aniqlangan. [II; 25.-91b]
Shu   ma’noda,   aksariyat   jinoyatchi   shaxslarning   xulqida   janjalkashlik,   tez
ta’sirlanish,   salbiy   mayllarning   o’z-o’zidan   paydo   bo’lishi,   o’z   xulqini   ijobiy
qadriyatlar   va   motivasiyalar   bilan   boshqarish   mexanizmining   sustligini   kuzatish
mumkin.   Mazkur   axloqiy   ko’rinishlarning   bari   genetik   anomaliyalar   –   Klayn
Felter   sindromi   (ortiqcha   X-xromosoma   –   47/XXY   sindrom   yoki   ortiqcha   Y-
9 xromosoma – 47/XYY sindrom) deb nomlanadi. 
Bunda ortiqcha X-xromosoma haddan tashqari tajovuzkorlik bilan, ortiqcha
Y-xromosoma   esa   maqsad   qo’yish   va   unga   erishish   sohasidagi   og’ish
(anomaliya)lar,     xulqning   irodaviy   boshqaruvidagi   buzilishlar   bilan   izohlanadi.
[II;20 -80 b]
Hozirgi   genetikaning   yutuqlari   individ   psixikasining   faqat   «muhit»   bilan
bog’liqligi   haqidagi   ilgari   shakllangan   tasavvurlarga   o’zgartishlar   kiritmoqda.
Biologik va ijtimoiy jihatlar inson xulqining murakkab tizimli bioijtimoiy omilini
hosil qiladi.
Shunday qilib,  inson xulqi yagona bioijtimoiy omil bilan bog’liqdir. Biologik
jihatdan   meros   sifatida   olingan   inson   xislatlari   muayyan   ijtimoiy   sharoitlarda
uning ruhiy xislatlari rivojlanishi uchun shart-sharoit hisoblanadi.
Har   bir   jinoyat   g’ayriijtimoiy   yo’nalishdagi   boshqaruv   mexanizmlarga   ega
xulq   natijasidir.   Xo’sh,   bu   subyektiv   ruhiy   omil   jinoyatni   keltirib   chiqarishga
sabab bo’ladimi?
Albatta, ruhiy omillar jinoyat sodir etilishida birinchi o’ringa chiqadi va bu
ularning birinchi sababi  ekanligi xususidagi  fikrni yuzaga keltiradi. Aslida, ruhiy
omillarning   o’zi   jinoyatchi   shaxsi   shakllanishining   haqiqiy   sharoitlarida   yuzaga
keladi.
Hech bir tashqi   omil ham, hech bir ichki holat ham o’z-o’zicha axloqiy aktni
yuzaga keltirmaydi.
Shu   ma’noda,   aksariyat   jinoyatchilarda   o’z-o’zidan   yuzaga   keladigan
mayllarning   tasodifiy   vaziyatlarga   bog’liqligi   xosdir.   Shaxsning   o’zini   o’zi
boshqarish   tizimining   tarqoqligi   aksariyat   jinoyatchilarni   bir-biridan   ajratib
turuvchi   asosiy   psixologik   jihatlardan   biridir.   Jinoyatchilarning   ayrim   xudbinona
intilishlari   g’ayriijtimoiy   tus   olganda   ularning   axloqiy   tizimini   ong   osti   mayllari
darajasida boshqaradi.
Yaqin   o’tmishda   bo’lgan   freydizmning   asossiz   tanqid   qilinishi   bizda   «ong
osti» tushunchasiga salbiy munosabatni yuzaga keltirdi. Hozirgi ilmiy psixologiya
«ong osti  omilini»   «o’z» o’rniga qaytardi.
10 Biroq   «ong   osti   omilining   taqiqlanganligi»   fikri   hali   bizning
huquqshunoslikda   hukmronlik   qilishda   davom   etmoqda.   Huquqshunoslik
dastlabki   bosqichlarida   faqat   ongga   asoslanadi.   Biroq,   ushbu   cheklangan
konsepsiya   asosida   shaxsning   aksariyat   vaziyat   va   impulslar   bilan   bog’liq
harakatlarining ma’nosi  va g’ayriqonuniy mohiyatini  tushunib bo’lmaydi. Garchi
ushbu   harakatlar   mexanizmini   ifodalash   uchun   soxta   ilmiy   surrogat   –   «motivsiz
jinoyat»   tushunchasi   o’ylab   topilgan   bo’lsada,   bu   vaziyatdan   chiqish   yo’li   emas,
chunki sababsiz hodisalar sodir bo’lmaydi.
Ruhiy   boshqaruvlarning   ong   osti   mexanizmlari   barcha   maqsadli
harakatlarda, axloqiy qarashlarning keng miqyosli tizimida namoyon bo’ladi. Ong
darajasi qanchalik past bo’lsa (aksariyat jinoyatchilarga ana shu belgi xos), xulqni
tartibga solishning ong osti mexanizmlari shunchalik katta rol o’ynaydi.
Insonning   asosiy   axloqiy   fondi   umum   qabul   qilgan   me’yorlarga   aylanib
ulgurgan.   Muayyan   shaxs   xulqining   mustahkamlangan,   umumlashgan   usullari
uning tabiatiga xos xislatlardir.
Ijtimoiylashgan   shaxs   barcha   vaziyat   va   sharoitlarda   barqaror   va   yaxlitdir.
Jinoyatchi  shaxs   esa  vaziyatga   tobedir.  Shu  bilan  birga,  ashaddiy   jinoyatchilarga
xos   barqaror   g’ayriijtimoiy   yo’nalganlik   ularda   tegishli   ustunlik   qiluvchi
kriminogen   motivlar,   jamiyat   uchun   xavfli   anglangan,   ularning   hayoti   va
faoliyatidagi   boshqa   barcha   ko’rinishlarni   o’ziga   bo’ysundiruvchi   intilishlar
borligidan dalolat beradi.
O’z   navbatida,   shaxs,   o’zining   ruhiy   xislatlariga   ko’ra   jinoyatchining
ijtimoiy roliga muqarrar  mahkum  etilishi  mumkin emas.  Biroq, har  bir  jinoyatda
uning   subyektiv   tomoni   sifatida   jinoyatchi   shaxsning   ruhiy   holatlari   doimo
namoyon bo’ladi.
Jinoyatchilar   bir-birlaridan   hamda   ijtimoiy   hayotga   moslashgan,   qonunga
itoatkor   odamlardan   «jinoiy   jihatlari»   bilan   emas,   balki   hayoti   va   faoliyatining
turli sharoitlarida shakllangan fe’li-atvoriga xos salbiy jihatlari bilan farq qiladilar.
«Jinoiy   ruhiyat»   ham,   «jinoiy   vorisiylik»   ham   mavjud   emas.   Ayni   vaqtda
ruhiyat   ham,   uning   tabiiy   shart-sharoitlari   ham   har   qanday   axloqiy   aktga,
11 jumladan g’ayriqonuniy harakatlarga «daxldordir».
Ijtimoiy qarashlari qat’iy bo’lmagan insonda hatto uning tabiiy mayllari ham
g’ayriijtimoiy   axloq   shakllarida,   ya’ni   jinsiy   instinkt   –   nomusga   tegishda;   faol
mudofaa refleksi – shaxsga tajovuz qilishda; o’zini saqlash instinkti – dezertirlikda
namoyon   bo’lishi   mumkin.   Huquqiy   belgilariga   ko’ra   bir   xil   jinoiy   qilmish   turli
ruhiy   omillardan   kelib   chiqishi   mumkin.   Masalan,   o’g’rilik   jinoyati   aybdorning
shaxsiy   yo’na lishi   bilan   ham,   irodasining   sustligi   va   ishonuvchanligi   bilan   ham,
patologik xususiyati bilan ham sodir etilishi   mumkin.
Insonning jinoiy qilmishida namoyon bo’ladigan shaxsiy xislatlari «huquqiy
ongdagi   qandaydir   umumiy   nuqsonlar»dan   emas,   balki   aniq   axloqiy-psixologik
qusurlari (baxillik, shafqatsizlik, ijtimoiy negativizm)dan dalolat beradi.
Rus olimi A. R. Ratinovning o’tkazgan tadqiqotida jinoyatchilar va qonunga
itoatkor   fuqarolar   o’rtasidagi   jiddiy   psixologik   farqlar   borligi   kuzatilgan.   Ya’ni
shkalali   tahlilda   tekshiriluvchilarning   qonunga   itoatkor   guruhi   barcha   asosiy
qadriyatlarga   ijtimoiy-ijobiy   munosabatini,   o’z   hayotining   mazmunini   baholashi
bo’yicha   jinoyatchilardan   ancha   ustun   ekanligi   ma’lum   bo’lgan.   Jinoyatchilar
bilan qonunga itoatkor shaxslar o’rtasidagi farqlar ijtimoiy muhit, faoliyat, badiiy
zavq, nikoh, sevgi, farzandlar, oila kabi qadriyatlarda yorqin ko’rinadi.[II; 27 -59
b]
Ayrim   huquqshunoslar   aksariyat   jinoyatlarni   o’z-o’zidan   jinoyatni   keltirib
chiqaradigan, uning amalga oshishi uchun sharoit yaratadigan kriminogen vaziyat
bilan bog’laydilar.
Kriminogen   vaziyat   –   bu   mazmun   bo’yicha   jinoiy   niyatning,   jinoyat   sodir
qilish   maqsadining   shakllanishiga   ijobiy   ta’sir   qiluvchi   jinoiy   natijaga   erishish
uchun qulay hisoblangan, ya’ni jinoyat sodir etishga ko’maklashuvchi vaziyatdir. 
Shuni   qayd   etish   lozimki,   har   qanday   kriminogen   vaziyat   o’z   holicha
mustaqil holda shaxsni jinoyat sodir etishga olib   kelmaydi.
Jinoyat   sodir   etish   vaqtidagi   kriminogen   vaziyat   bu   shaxsning   muhit   bilan
aloqasining   alohida   darajasi   hisoblanadi.   Bu   aloqada   salbiy   xususiyatlarga   ega
bo’lgan   shaxsdagi   jinoyat   sodir   etishga   moyilligi   kriminogen   vaziyat   ta’sirida
12 muayyan   xatti-harakatga   aylanadi.   Aniq   hayotiy   vaziyatning   shaxs   muayyan
jinoyat sodir etishiga ta’siri quyidagi tasvirga ega.III; 36 -155-156]
Jinoyatlar   birdan   yuzaga   kelgan   kriminogen   vaziyatlar   tufayli   emas,   balki
insonning muayyan barqaror shaxsiy xislatlari va qadriyatlari sababli sodir etiladi.
Qonunga   itoat   qiladigan   va   o’zini   o’zi   yuksak   darajada   boshqara   oladigan
halol inson uchun «jinoiy» vaziyatlar yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. Vaziyat
o’z-o’zicha   jinoyatni   keltirib   chiqara   olmaydi,   u   faqat   g’ayriijtimoiy   fe’lga   ega
bo’lgan   shaxsning   muayyan   qarashlari   va   maqsadlarini   amalga   oshirishi   uchun
mos bo’lishi mumkin, xolos.
Har bir insonda ijobiy xulq mavjud bo’lib, bu xulq anglangan bo’lsa hamda
qarorni erkin, to’g’ri qabul qilsa, vaziyatning quliga aylanmaydi, albatta.
Biroq,   inson   xulqining   ruhiy   boshqaruv   darajasi   qanchalik   past     bo’lsa,
uning     xulqida     vaziyat     bilan     bog’liq   holatlar   shunchalik   katta   ahamiyatga   ega
bo’ladi.   Ko’pchilik   jinoyatchilarga   haqiqatan   ham   xulqining   vaziyat   bilan
bog’liqligi xos bo’lib, bu uning fe’liga xos jihatdir.
Inson   o’zi   uchun   muayyan   qiymatga   ega   bo’lgan   narsa,   hodisa   sababligina
faol   harakat   qiladi.   Qadriyatlar   tizimi   individual   bo’lib,   u   insonning   ruhiy
faolligini   belgilab   beradi:   bir   kishi   uchun   hayotiy   muhim   bo’lgan   narsa,   boshqa
shaxs uchun unchalik muhim bo’lmasligi mumkin.
Jinoyatchining   xulqi   ham   qadriyatlar   asosida   yo’nalgan.   Ammo
jinoyatchining   qadriyatlari   buzilgan,   ular   ijtimoiy   qadriyatlarning   umum   e’tirof
etgan tizimga mos kelmaydi.
Ba’zi odamlar notanish insonni o’lim xavfidan o’ylab o’tirmay qutqaradilar,
boshqalar   esa   o’ylab   o’tirmay   pichoqni   qarindoshiga   sanchadilar   –   hammasi   u
13G’ayriijtimoiy yo’nalishga 
ega bo’lgan shaxs
Jinoiy  
xatti-harakat
Aniq hayotiy vaziyat yoki   bu   odamlar   uchun   hayotning   qaysi   tomonlari   muhim   ekanligiga   bog’liq.
Ijtimoiy   jihatdan   ijobiy   qadriyatlar   tizimi   tug’ma   emas,   u   jamiyatdagi   tarbiya
jarayonida shakllanadi.
Jinoyatchining   ijtimoiy-ijobiy   qadriyatlarga   salbiy   munosabati   doimo
jamiyatdagi tarbiya nuqsonlarining natijasidir.
Ijtimoiylashgan   shaxsning   eng   asosiy   ehtiyoji   ijtimoiy-ijobiy   qadriyatlarni
amalga   oshirish   ehtiyojidir.   Ashaddiy   jinoyatchida   bunday   ehtiyojning   yo’qligi
uning asosiy xususiyatidir.
Jinoyatchining ijtimoiy xavfliligi uning alohida
“ jinoiy ”   qadriyatlari   va   ehtiyojlarida   emas,   balki   ijtimoiy   qadriyatlarni   tan
olmasligidadir.   Jinoyatchining   yo’nalishlarini   aniqlash   jinoyatchi   rad   etayotgan
ijtimoiy qadriyatlarni aniqlashdir.
Jinoyatchilar   odatda   o’zini   oqlash   uchun   motivlar,   bahonalar   tizimini
keltiradilar   va   jinoiy   maqsadlariga   erishishlariga   xalal   beruvchi   qadriyatlarni   rad
etadilar. O’z harakatlarini oqlash asosida javobgarlikdan bo’yin tovlash aksariyat
jinoyatchilarga xos xususiyatlardan biridir.
14 I.2.Jinoyatchi shaxsi va uning o’ziga xos psixologik xususiyatlari
“ Jinoyatchi   shaxsi ”   ko’p   qirrali   tushuncha   bo’lib,   bir   qator   fanlarning
o’rganish   obyekti   hisoblanadi.   Uni   nafaqat   psixologlar,   balki   yuristlar   ham
predmet   obyekti   sifatida   o’rganadilar.   Jinoyatchi   shaxs   psixologiyasi   haqida   bir
qator   psixolog   (M.I.Yenikeyev,   O.L.Kochetov,   Yu.V.Chufarovskiy,
Yu.L.Vasilyev va boshq.) olimlar ilmiy adabiyotlarda o’z fikrlarini bildirganlar.
Yuridik   psixologiyada   ham   ushbu   muammo   markaziy   o’rinlardan   birini
egallaydi.   Jinoyatchi   shaxsi   –   jinoyatchining   asosiy   intellektual-ma’naviy
xislatlari,   ruhiy   va   jismoniy   holatining   majmuidir.   Jinoyatchi   shaxsini   o’rganish
shaxs   sodir   etgan   qilmishni   malakali   baholashni,   jumladan   individual   bashorat
qilishni   ta’minlash   uchun   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega.   Jinoyatchi   shaxsi
to’g’risida  har   tomonlama  va  chuqur  tasavvurga  ega  bo’lish  uchun  tahlil  nafaqat
jinoyat   sodir   etilgan   vaqtni   va   uni   tekshirish   davrini,   balki   tekshiriluvchining
rivojlanishini   ham   qamrab   olish   kerak.   Bunda   jinoyat   sodir   etilishining   yashirin
motivlarini  ham, psixologik-psixiatrik xususiyatlarini  ham  baravar  inobatga olish
lozim.   Jinoyatchining   shaxsi   va   jinoyat   o’zaro   bog’liq   bo’lganligi   bois,
kriminalistik ish doirasida jinoyatchining shaxsi to’g’risida tegishli ma’lumotlarni
olish   jinoyatni   tergov   qilish   faoliyatining   muhim   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.
Chunki   O’zR   JK   54-moddasiga   binoan,   sud   jazo   tayinlashda   jinoyatchi   shaxsini
boshqa holatlar bilan bir qatorda inobatga    olishi lozim.[III; 51 -165 b]
Jinoyatchi   shaxsning   ichki   dunyosini   anglash   uchun   uning   hayotda   tutgan
o’rni,   atrof   muhitdagi   voqyelik,   insonlar,   jamiyat,   davlat,   qonun,   mehnat   va
hokazolarga   munosabatini   bilish   lozim.   Buni   esa   uning   ehtiyojlari,   ma’naviy
yo’nalishlari   va   faoliyatining   motivlarini   o’rganmasdan   turib   amalga   oshirish
mumkin   emas.
Ya’ni,   har   qanday   jinoiy   faoliyat   ko’p   jihatdan   jinoyatchining   o’ziga   xos
individual-psixologik xususiyatlariga bog’liq. Jinoyat-prosessual  qonuni isbotlash
predmetini belgilashda ayblanuvchining javobgarlik darajasi va xususiyatiga ta’sir
etuvchi   holatlarni,   shuningdek,   ayblanuvchi   shaxsini   ifodalaydigan   boshqa
holatlarni aniqlashni talab etadi. Shu bois jinoyatchi shaxsining aniqlanishi lozim
15 bo’lgan   belgilarini   ishlab   chiqish   yuridik   psixologiyaning   asosiy   vazifasi
hisoblanadi.
Jinoyatchi shaxsini psixologik jihatdan o’rganishda uni ijtimoiy muhit bilan
o’zaro   aloqadorlikda   tahlil   qilish   kerak   bo’ladi.   Chunki   jinoiy   xulqni   shaxs   yoki
muhit   emas,   balki   aynan   ularning   o’zaro   aloqasi   yuzaga   keltiradi.   Ijtimoiy
muhitning   jinoiy   xulqqa   ta’siri   murakkab   xususiyatga   ega.   Boshqacha   aytganda,
jamiyat   hayotining   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   va   madaniy   jihatlari   jinoyatning
modellashtiriladigan   mexanizmi   shakllanishiga   tashqi   ta’sir   ko’rsatadi,   ayni
vaqtda, modellashtiriladigan jinoyatchining psixologik xususiyatlari uning go’yoki
ichki mazmunini tashkil etib, uni shakllantiradi.
Jinoyatchi shaxsi yuridik psixologiya uchun ham, kriminologiya uchun ham
alohida qiziqish uyg’otadi, zero u muayyan tashqi shart-sharoitlarni oddiygina aks
ettirib qolmay, balki o’zaro aloqaning faol tomonini tashkil etadi.
Binobarin   kriminologiyada   “jinoyatchi”   va   “jinoyatchining   shaxsi”   kabi
atamalar   kategoriya,   ya’ni   har   biri   mustaqil   tushuncha   sifatida   talqin   qilinadi.
“Jinoyatchi   shaxsi”   tushunchasi   o’ziga   xos   ravishda   jinoyatchining   ijtimoiy
belgilarini ifodalaydi, ya’ni shaxsning “ijtimoiy qiyofasi”ni ochib berishga xizmat
qiladi.[II; 25 -84 b]
Ijtimoiy   shart-sharoitlarning   g’ayriijtimoiy   xulq   bilan   aloqasi   murakkabdir,
buning   ustiga   doimo   ijtimoiy   shart-sharoitlar   jinoyatda   muayyan   shaxs   orqali
o’zgargan   holda   namoyon   bo’ladi.   Bir   qator   hollarda   ular   uzoq   vaqt   ijtimoiy
o’zaro munosabatda  bo’lish jarayonida shaxsda  nisbatan  barqaror  iz qoldiradi  va
ayrim   jinoiy   harakatlarni   emas,   balki   barqaror   g’ayriqonuniy   yo’nalishni   yuzaga
keltiradi. Bu yo’nalish jinoyatchiliklar majmuida ko’rinadi.
G’ayriijtimoiy   xulqning   qonuniy   xatti-harakatdan   farqi,   bizningcha,
qadriyatlar,   qarashlar   va   ijtimoiy   maqsadlar tizimidan, ya’ni ongning mazmun
bilan   bog’liq   tomonidan   kelib   chiqadi.   Umum   e’tirof   etishicha,   g’ayriijtimoiy
xulqning   bevosita   sabablarini   aynan   shaxs   va   ijtimoiy   muhitning   qadriyatli-
normativ   tizimlaridan,   ularning   o’zaro   munosabatidan   izlash   kerak.[II;   16   -222-
224 b]
16 Yuridik   psixologiyaga   oid   adabiyotlarni   tahlil   qilish   ham   jinoyatchi
psixologiyasini   o’rganish   masalalariga   katta   e’tibor   qaratilgani   va
qaratilayotganidan dalolat beradi.[II; 27 ]
Shunga   qaramay,   amaliyotning   ko’rsatishicha,   jinoyatchilarning   psixologik
xususiyatlari   borasida   amalga   oshirilgan   nazariy   tadqiqotlar   jinoiy   faoliyatning
manzarasini   yetarlicha   to’liq   aks   ettira   olmayapti,   ya’ni   ko’pgina   savollar
(masalalar)   «kadr   ortida»   qolib   ketmoqda.   Masalan,   jinoyatni   sodir   etish   usulini
tanlashda,   jinoyatchi   ko’p   hollarda   nafaqat   psixologik   xususiyatlarni,   balki   ruhiy
holatlarni   ham   hisobga   oladi.   Ruhiy   holat   esa,   ma’lumki,   psixologiyaning
predmetini tashkil etadi.
Shaxsni   psixologik   tiplashtirish   mazkur   hodisani   bilish   usullaridan   biridir,
ammo muayyan jinoyatchilarning shaxs-larini o’rganishda olingan ma’lumotlarni
tegishlicha nazariy asoslash zarur.
Jinoyatchilikni   ijtimoiy   determinasiyalash   mexanizmi   shaxsni   o’rganishda
ikki   xil   yondashuvni   –   ijtimoiy-tipologi k   va   ijtimoiy-rolli   yondashuvlarni
birlashtirishni talab qiladi. 
Ijtimoiy-tipologik   yondashuvda   avvalo   shaxsning   ijtimoiy   o’rni
(pozitsiyasi),   unga   mos   ijtimoiy   qadriyatlar,   me’yorlar,   ularning   idrok   etilishi   va
bajarilishi   tahlil   qilinadi.   Ikkinchi   holda   shaxsga   faol   arbob,   ijtimoiy
munosabatlarning   subyekti   sifatida   qaraladi.   Ijtimoiy-rolli   yondashuv   obyektiv
jihatdan kriminogen xususiyatga  ega  bo’lgan  pozisiya  va  funksiyalarni  ko’rishga
imkon   beradi,   chunki   ular   shaxs   zimmasiga   amaldagi   qonunlarga   zid
majburiyatlarni   yuklaydi   va   shu   bois   u   ushbu   majburiyatlarni   faqat   jinoyatchilik
sodir   etib   bajarishi   mumkin   bo’ladi,   shaxsga   bir-birini   istisno   etuvchi   talablar
qo’yadi, bu esa ijtimoiy-huquqiy nizolarni keltirib chiqaradi, shaxsni uning uchun
zarur  bo’lgan   ijobiy ta’sirlar majmui amal qiladigan doiradan chiqarib yuboradi.
Yuridik   psixologiyadagi   asosiy   masalalardan   biri,   avvalo,   shaxsning
motivasion   sohasi   tashqi   muhitdagi   muayyan   omillar   bilan   o’zaro   aloqadorlikda
ushbu   shaxs   uchun   kriminogen   vaziyat   yaratishi   mumkin   bo’lgan   ichki   shaxsiy
shart-sharoitlarni ajratib   olishdir.
17 Har bir insonga o’z ehtiyojlarini qondirish, shaxsiy va umumiy maqsadlarga
erishish uchun boshqa odamlar bilan birlashishga intilish xosdir. Qonunga itoatkor
odamlar,   qonunbuzarlardan   farqli   ravishda,   noqulay   vaziyatlarda   guruhdan
chiqish,   o’zlarini   qanoatlantirmaydigan   aloqadan   qochishga   qodirdirlar   yoxud
bunday holatlarga nisbatan o’z pozitsiyasini o’zgartirishga harakat qiladilar.
Amaliyotning   ko’rsatishicha,   jinoyatlarning   har   xil   (g’arazli,   zo’ravonlikka
asoslangan,   ehtiyotsizlik   orqasida   sodir   etiladigan)   turlariga   jinoyatchilarning
motivasion sohasida bo’ladigan turli buzilishlar xosdir.
Shaxsning   aynan   jinoiy   harakatni   sodir   etishi   ham   tashqi   vaziyat   (obyektiv
omil), ham ichki (subyektiv omil) maqsadlar bilan bog’liq.
Jinoyatchilik   sabablari   majmuidagi   muhim   tarkibiy   qismlardan   biri
iste’molning  aholining   to’lovga   qobiliyatli   talabidan   orqada   qolishi   bilan  bog’liq
bo’lgan   ana   shu   iste’mol   sohasi   ishtirokchilari   bo’lmish   odamlar   talablarining
qanoatlantirilmasligidir.   Hozirgi   kunda   moddiy-tovar   boyliklar   va   xizmatlarga
bo’lgan ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi uzilish ijtimoiy
salbiy   oqibatlarni   keltirib   chiqarayotgani   hammaga   ma’lum.   Bu   o’rinda   jinoiy
xulq shakllanishining kamida ikki variantini farqlash lozim.
U   biz   yuqorida   ko’rib   chiqqan   mehnat   va   taqsimot   sohalaridagi   ijtimoiy
ziddiyatning   ta’siriga   o’xshash   tarzda   yuz   beradi,   ya’ni   iste’mol   tovarlari   va
xizmatlarning taqchilligi aholining psixologiyasiga salbiy ta’sir etadi va noadekvat
(nomos)   ijtimoiy   qarashlarni   yuzaga   keltiradi,   bu   esa   aholining   jinoiy   faollik
darajasida ko’rinadi. Xizmat (ish) o’rinlarining yetishmovchiligi jinoyatchilikning
ortib   borishiga   olib   keladi   Maishiy   xizmatlarning   yaxshi   rivojlanmaganligi
odamlar   o’rtasidagi   munosabatlarda   keskinlikning   ortishiga,   nizoli   ijtimoiy-
psixologik   muhit   shakllanishiga   olib   keladi.   Tadqiqotlar   natijalarining
ko’rsatishicha, maishiy xizmatlar kamroq rivojlangan hududlarda ushbu sohadagi
nizolar boshqa joydagilardan ko’proq bo’ladi.[II; 8 -61-67 b]
Ta’kidlash   lozimki,   taqchillik   jinoiy   faoliyat   bilan   shug’ullanishga   shart-
sharoit   yaratuvchi   omillardan   biri   hisoblanadi.   Iste’mol   sohasidagi   taqchillik
buyurtma   qotilliklar,   terrorchilik   harakatlari,   firibgarlik,   odam   savdosi,
18 poraxo’rlik, korrupsiya, narkobizneslarning   tarqalishiga sharoit yaratadi.[II;  39 -
120 b]
Shu   ma’noda   jinoyatchi   shaxsi   –   individ   sodir   etgan   muayyan   turdagi
jinoiy qilmishni keltirib chiqargan uning tipologik xislatlari majmui.
Jinoyat   sodir   etgan   shaxsni   o’rganishda   unda   ustunlik   qiluvchi,   uning
qadriyatlari, hayot-faoliyatining mazmuni, mayllari va qarashlarini aniqlash zarur.
Chunki,   jinoyatchilar   o’zlarining   g’ayriijtimoiy   xatti-   harakatlarining   asl
mohiyatini   ko’proq   yoki   kamroq   darajada   anglagan   holda,   o’zlarini   oqlaydigan
motivlar, bahonalar tizimini axtaradilar va jinoiy maqsadlariga erishishlariga xalal
beruvchi   qadriyatlarni   rad   etadilar.   O’z   harakatlarini   oqlash   maqsadida
javobgarlikdan   bo’yin   tovlash,   o’zini   ruhiy   jihatdan   himoyalash   aksariyat
jinoyatchilarga xos bo’lgan psixologik xususiyatdir.
Oldindan rejalashtirilgan va sodir etilgan jinoyatni oqlash turli usullar bilan
amalga oshiriladi:
– jinoyat qurbonining aybdorligini bo’rttirib   ko’rsatish;
– ijtimoiy   va   huquqiy   normalarni   g’ayriijtimoiy   guruhlar   (banda,   o’g’rilar
to’dasi)ning qoidalariga qarshi qo’yib qadrsizlantirish;
– javobgarlikni   boshqalarning   gardaniga   qo’yish,   yuzaga   kelgan   vaziyat
bilan o’zini oqlash va   sh.k.
Ijtimoiy   qadriyatlardan   begonalashgani   bois   jinoyatchi   ruhiy
dekompensasiyalar   (ichki   ruhiy   muvozanat   hosil   qiluvchi   soxta
«o’rinbosar»lardan   foydalanish)   asosida   o’zining   jinoiy   xulqi   sabablarini   ichki
salbiy   xislatlarida   emas,   balki   tashqi   vaziyatlar,   boshqa   odamlarning   xatti-
harakatlaridan axtaradi.
Jinoyat motivlari jinoyatchining shaxsiy salbiy   xislatlari
– g’araz,   kek   saqlash,   rashk,   shuhratparastlik,   yolg’on   qarashlar   tizimi
(burch, o’rtoqlik kabi xislatlarni noto’g’ri tushunish) orqali   shakllanadi.
Aksariyat jinoyatchilar ko’p narsaga da’vogar bo’ladilar, ammo buni amalga
oshirish   imkoniyatlari   juda   kam   bo’ladi.   Ushbu   holat   deyarli   barcha
19 jinoyatchilarning ichki shaxsiy nizolari asosida yuzaga   keladi.
Ko’pchilik holatlarda jinoyatchi shaxslarning qadriyatlar va normalar tizimi
buzilganini,   ya’ni   voqyelikni   noto’g’ri   idrok   etishini   kuzatish   mumkin.   Ularning
xulqini bir daqiqalik, muayyan vaziyat bilan bog’liq mayllar, eng quyi darajadagi
ehtiyojlar egallab turadi.
Jinoyat   sodir   etgan   shaxslarning   ehtiyojlari   asosan   quyidagi
xususiyatlarga ega:
– ehtiyojlarning   torligi,   cheklanganligi,   moddiy-utilitar   xarakterga   ega
ekanligi;
– ijtimoiy   zarur   ehtiyojlarning   (mehnat,   axloqiy   xulqqa   bo’lgan
ehtiyojlarning)   rivojlanmaganligi;
– shakli   buzilgan,   o’rtacha   standartdan   va   qondirishning   qonuniy
imkoniyatlaridan ortiq bo’lgan   ehtiyojlar;
– buzilgan   ehtiyojlar.
Shu   ma’noda   aksariyat   huquqbuzar   shaxslarda   iste’molchilik   gipertrofiyasi
mavjuddir. 
Iste’molchilik   gipertrofiyasi   deganda   talon-torojlik,   poraxo’rlik,   o’g’rilik,
talonchilik   va   bosqinchilikning   asosiy   shart-sharoitlaridan   birini   tushunish
mumkin.   Aksariyat   odamlarning   ijtimoiy   buzilishi   ularning   yaratuvchilik
xislatlarining   buyumlarga   egalik   borasida   ustunlik   qiluvchi   his-tuyg’ulari
tomonidan siqib chiqarilishida ko’rinadi. Ularda «jamg’arish instinkti» chegaraga
ega   bo’lmaydi.   Falokat   to’planadigan   buyumlarda   emas,   balki   iste’molchi   odam
ishlab chiqaruvchi shaxs sifatida passiv bo’lib qolishi, g’ayriijtimoiy, so’ngra esa
odatda jamiyatga qarshi (firibgar, poraxo’r, mansabni suiiste’mol qiluvchi) bo’lib
qolishidadir.
Ba’zan   salbiy   xulqning   muayyan   shakllari   shaxsning   dastlabki   ehtiyojlari
bilan   bog’liq   shart-sharoitlardan   uzilgan   holda   yakka-yu   yagona   manfaatga
aylanadi. Fitna, g’iybat, tuhmat, boshqalarga ko’ngilsizliklar yetkazish, janjallar –
ko’pincha   shaxsning   o’zini   qaror   toptirish   va   ijtimoiy   faolligini   namoyon
20 etishning buzilgan shakli sifatida yuzaga chiqadi.
Biroq,   hattoki   bir   qarashda   bema’ni   tuyulgan   jinoyatlar   ham   jinoyatchi
uchun   muayyan   ma’noga,   tegishli   shaxsiy   ahamiyatga   ega   bo’ladi.   Har   qanday
jinoyat   jinoyatchi   shaxsining   ehtiyoji,   manfaat   yoki   qarashlari   bilan   muayyan
tarzda bog’liq bo’ladi.
Ba’zi   jinoyatlar   odatdagi   harakatlarning   amalga   oshirilishi   bilan   bog’liq.
Ular   ong   osti   va   yarim   avtomat   xususiyatiga   ega   bo’lib,   javobgarlikni   bekor
qilmaydi,   zero   shakllanishi   jarayonida   to’liq   ongli   nazorat   bosqichidan   o’tgan
bo’ladi.
Aksariyat   jinoyatchilarga   o’z-o’zidan   yuzaga   keladigan   mayllar,   ularning
tasodifiy   vaziyatlarga   bog’liqligi   xosdir.   Bu   esa   ularda   o’zini   o’zi   boshqarish   va
uyushgan qadriyatlar tizimi yo’qligidan dalolat beradi.
Har   bir   jinoyat   nihoyatda   individual   va   ko’p   omilli   hodisadir.   Jinoiy   xulq
genezisini nazariy qamrab olish uchun jinoiy xulqning eng ko’p tarqalgan tiplarini
tahlil   qilish   zarur.     Jinoyatchi     xulqining     mexanizmlarini   tushunish   uchun
«jinoyatchi shaxsining tipi» tushunchasidan kelib chiqish zarur.
Jinoyatchi shaxsining tipi – shaxsning unga xos bo’lgan jinoiy xulq usullari
bilan bog’liq barqaror jinoiy yo’nalganligi. Jinoyatchi shaxsining tuzilishi, albatta,
jinoyatning   dastlabki   sababi   emas.   Uning   dastlabki   sababini   jinoyatchining
shakllanish shart-sharoitlari tashkil qiladi.
21 I.3.Jinoyatchi shaxs tipologiyasi
Jinoyatchi shaxsning tipologiyasida uch darajani farqlash lozim:
1)jinoyatchining umumiy   tipi;
  2)muayyan toifadagi jinoyatchi   shaxs;
3)muayyan   turdagi   jinoyatchi   shaxs.   Bu   darajalar   bir-biri   bilan   umumiylik,
maxsuslik va yakkalik kabi munosabatda bo’ladi.
Shaxsning   ijtimoiy   o’zagini   uning   yo’nalganligi,   hayotiy   munosabatlari
tizimi,   motivli-qadriyatli   mo’ljallari   tashkil   etgani   bois,   bu   o’zakning   o’zi
jinoyatchi shaxsning tipini belgilashi lozim.
Jinoyatchidagi   tipik   xususiyatning   mezoni,   avvalo,   uning   ijtimoiy   xavflilik
darajasi, g’ayriijtimoiy buzilganlik me’yoridir.
Ushbu mezonga ko’ra jinoyatchilarning uch tipini ajratish mumkin:
– g’ayriijtimoiy   (ashaddiy);
– noijtimoiy (kamroq   ashaddiy);
– ruhiy boshqaruv nuqsonlari bo’lgan jinoyatchi shaxs tipi (tasodifiy).
Ashaddiy jinoyatchilar qadriyatlari va mo’ljallarining yo’nalishi mazmuniga
ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi.
            G’ayriijtimoiy g’arazli yo’nalishdagi jinoyatchilar .  Jinoyatchilarning
bu guruhi jamiyatning moddiy boyliklariga, sarflangan mehnat miqdori va sifatiga
ko’ra   taqsimlanishiga   tajovuz   qiladi.   Bunday   jinoyatchilarni   kuyidagi   to’rtta
kichik guruhga ajratish mumkin:
     a)   xo’jalik  sohasida  jinoyat   sodir  etuvchi   (tovarlarni  soxtalashtirish,   soliq
to’lashdan, lisenziya olishdan bo’yin tovlash va h.k.) jinoyatchilar;
    b)   xizmat   vazifasini   suiste’mol   qiluvchi   (xizmat   lavozimini   suiiste’mol
qilish, mijozlarni aldash, pora so’rash orqali talon-toroj qilishlar) jinoyatchilar;
v)  o’g’rilar  – mulkni  yashirincha  talon-toroj  qilish bilan bog’liq tajovuzlar
qiluvchi shaxslar (o’g’riliklar);
22 g)   firibgarlar   (hujjatlarni   qalbakilashtirish,   aldab   tovlamachilik   qilish   va
h.k.).
G’ayriijtimoiy g’araz va zo’ravonlik yo’nalishidagi j i noyatchilar   –   shaxsga
nisbatan zo’ravonlik qilish bilan g’arazli tajovuzlar qiluvchi shaxslar (zo’rlik bilan
tovlamachilik qilish, talonchilik, bosqinchilik hujumlari va hokazo).
Insoniylikka   zid,   tajovuzkorona   yo’nalishdagi   jinoyatchilar   –   boshqa
shaxslarning hayoti, sog’lig’i va shaxsiy qadr-qimmatiga mensimay munosabatda
bo’ladigan shaxslar. Bu guruhda ham quyidagi to’rtta kichik guruh mavjud:
a) bezorilar;
b) ashaddiy bezorilar;
v)haqorat   va   tuhmat   orqali   shaxsning   sha’ni   va   qadr-qimmatiga   ziyon
yetkazuvchi shaxslar;
g)   shaxsga   qarshi  tajovuzkorona  zo’ravonlik  harakatlari   – qotillik, nomusga
tegish, badanga og’ir shikast yetkazish jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar.
O’z   navbatida,   shuni   ta’kidlash   lozimki,   yuridik   psixologiyaning   alohida
bo’limida   ehtiyotsizlik   oqibatida   sodir   etilgan   jinoyatchilikning   psixologik
jihatlari ko’rib chiqiladi, bunda maishiy va kasbiy ehtiyotsizlik tadqiq     etiladi.
Texnikaning jadal rivojlanishi va hayotning turli sohalariga kuchli energetik
manbalarning   kirib   borishi   bilan   ehtiyotsizlik   orqasida   sodir   etiladigan
jinoyatlarning   ijtimoiy   xavfi   keskin   oshganligini   ko’rish   mumkin.   Shu   sababli
bunday jinoyatlarning psixologik mexanizmini ochib berish muhim vazifa bo’lib,
ehtiyotsiz   xatti-harakatlarni   shaxsning   individual   xususiyatlari   bilan   bog’lashga
imkon beradi.
Garchi   ehtiyotsizlikning   psixologik   manbaini     tavsiflashda   «e’tiborsizlik»,
«yengiltaklik»   va   «beparvolik»   kabi   iboralar   ishlatilsada,   biroq   ularning   yuzaga
kelish   mexanizmi   hamon   noma’lumdir.   Shu   bois,   ehtiyotsizlik   oqibatida   sodir
etiladigan   jinoyatlarning   psixologik   mexanizmini   ochib   berish,   ehtiyotsiz   xulqni
subyektning ichki ruhiy olami va u asoslanadigan qadriyatlar tizimi bilan bog’lash
muhimdir.
23 Ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etadigan jinoyatchilar tipini to’rt turga
ajratish mumkin:
– beparvolik, harakatsizlik natijasida jinoyatga yo’l qo’yadigan   shaxslar;
– o’ziga haddan tashqari ishonish natijasida jinoyat sodir etadigan   shaxslar;
– kuchli   ruhiy   hayajon   (affekt   holati)   natijasida   va   boshqa   shaxslarning
g’ayriqonuniy harakatlariga javoban jinoyat sodir etadigan   shaxslar;
– vaziyatga moslasha olmagani bois jinoyat sodir etadigan shaxslar.
Qadriyatli   yo’nalishda   nuqsonlari   mavjud   bo’lgan   individual   jinoyatchi
shaxsni   jinoiy   guruh   a’zosi   bo’lgan   jinoyatchi   shaxsdan   farqlash   lozim.   Jinoiy
guruh  a’zosi   bo’lgan  jinoyatchining muhim   jinoiy  belgisi   uning guruhiy mavqei,
jinoiy guruhdagi rolli funksiyasidir.
Jinoyatchi   shaxsning   tasnifi   –   “jinoiy-huquqiy”   tasnif   bo’lib,   shaxsning
ijtimoiy   xavflilik   darajasi   tushunchasi   bilan   muvofiq   kelishi   kerak.   Jinoyat
qonunchilik   normalarida   ijtimoiy   xavf,   uning   darajasiga   aniq   ta’rif   berilgan.
Jinoyatlar   o’z   xususiyati   va   xavflilik   darajasiga   ko’ra:   ijtimoiy   xavfi   katta
bo’lmagan ;  uncha og’ir bo’lmagan ;  og’ir va o’ta og’ir  jinoyatlarga bo’linadi.
Ijtimoiy   xavfi   katta   bo’lmagan   jinoyatlarga   qasddan   sodir   etilib,   qonunda
uch   yildan   ko’p   muddatga   ozodlikdan   mahrum   qilish   tarzidagi   jazo   nazarda
tutilgan   jinoyatlar,   shuningdek,   ehtiyotsizlik   oqibatida   sodir   etilib,   qonunda   besh
yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda
tutilgan jinoyatlar qiradi.
Uncha   og’ir   bo’lmagan   jinoyatlarga   qasddan   sodir   etilib,   qonunda   uch
yildan  ortiq,  lekin  besh   yildan  ko’p  bo’lmagan  muddatga  ozodlik  mahrum   qilish
tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir
etilib,   qonunda   besh   yildan   ortiq   muddatga   ozodlikdan   mahrum   qilish   tarzidagi
jazo nazarda tutilgan jinoyatlar   kiradi.
Og’ir jinoyatlarga qasdan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o’n
yildan   ko’p   bo’lmagan   muddatga   ozodlikdan   mahrum   qilish   jazosi   nazarda
tutilgan jinoyatlar kiradi.
24                   O’ta   og’ir   jinoyatlarga   qasddan   sodir   etilib,   qonunda   o’n   yildan   ortiq
muddatga   ozodlikdan   mahrum   qilish   yoxud   umrbod   ozodlikdan   mahrum   qilish
jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. [I; 2 15 m]
                  Jinoyatchi   shaxsning   ijtimoiy   xavflilik   darajasi   tavsifi   sodir   etilgan
qilmishning   ko’pligi,   ularning   shakl   va   turlari   bilan   bog’liq   emas.   Bu   jinoyatchi
shaxsga tabaqalashgan holda yondashish imkoniyatini kamaytiradi.
Jinoyatning   og’irligi   bu   o’rinda   shaxsning   qanchalik   chuqur
jinoiylashganligi  bilan bog’lanmaydi.   Baho qilmishni  sodir  etgan shaxsga  emas,
balki qilmishning o’ziga beriladi.
                    Ayni   vaqtda   jinoyatchining   har   bir   tipi   o’ziga   xos   «shaxs   sxemasi»
yo’nalishiga ega.
                      Shuningdek, jinoyatchi shaxs o’zining huquqiy ongi darajasi va jinoyat
sodir   etishga   tayyorligi   mezonlari   bo’yicha   ham   tasniflanadi.   Ushbu   mezon
bo’yicha quyidagi jinoiy tiplarni ajratish mumkin.
                  Jinoiy   qilmishlarni   majburan   sodir   etuvchi,   eng   zarur  ehtiyojlarni
qonuniy   yo’llar   bilan   qondirib  	
bo’lmaydigan   hayotiy   vaziyatlar,   ijtimoiy
shart-sharoitlar   qurboni   bo’lgan
  shaxs tipi .   Bunda jinoyatchi o’zini majburan
yo’l   qo’ygan   xatti-harakati   uchun   qoralashi,   ichki   ziddiyat   holatida   bo’lishi
mumkin.	
 
                    Jinoyatni   yuzaga   kelgan   vaziyatdagi   vasvasa   ta’sirida,   uning	
  uchun
qimmatli bo’lgan natijaga, uningfikricha,  hech 	
qanday  salbiy  oqibatlarsiz erishish
mumkin  bo’lgan   holatda   jinoyat	
  sodir etadigan shaxs  tipi .
                    Huquqiy   ong   darajasi,   noijtimoiy   xulq   bu   yerda   birinchi   holdagiga
qaraganda ancha past.
25Jinoyatchi shaxs
Ehtiyoj-
lar Motiv-
lar Qadriya-
lar	
Maqsad 
qo’yish                  Jinoiy  qilmish  sodir  etishni  doimo qonunga itoatkor xulqqa qaraganda
afzalroq biladigan shaxs tipi.   Bu jinoiy ta’sir yuqqan shaxs tipi.
         Hayot va faoliyatning barqaror jinoiy obrazi shakllangan jinoyatchi shaxs
tipi .  Jinoiy qilmishlarni sodir etish o’z- o’zidan uning uchun ehtiyojga aylanadi.
            Bu – professional jinoyatchi tipi. Bunday jinoiy shaxs doimo jinoiy tajovuz
predmetini   izlash   holatida   bo’ladi.   Uning   jinoiy   xatti-harakat   usullari   ishlab
chiqilgan,   zarur   qurol   va   vositalari   doimo   yonida   bo’ladi.   Bu   jinoyatchilarning
ijtimoiy jihatdan eng xavfli   tipi.
             Impulsiv (g’ayriixtiyoriy) jinoyatchilar tipi .  Ayrim hayotiy vaziyatlar ular
uchun   birdaniga,   to’satdan   noqonuniy   xatti-harakatga   undovchi   hisoblanadi.
Bunday   tipdagilar   asabiy-ruhiy   zo’riqish   kuchaygan   sharoitda   tezda   «o’zidan
ketadi»,   darhol   tajovuz,   g’azab,   rashk,   vaziyat   bilan   bog’liq   nafrat   holatiga
kiradilar.
                      Bunday   jinoiy   tiplar,   ayniqsa,   alkogol   va   narkotik   vositalardan   mast
hollarda   o’zlarini   namoyon   etadilar.   Ularning   ijtimoiy   xavfli   xulqiga   xos   narsa
ularda   g’ayriijtimoiy   xatti-harakat   ko’rinishlarining   shakllanganligi,   ya’ni   o’zini
o’zi nazorat qilish darajasining pastligidir.
                    Shuningdek, jinoyat sodir etuvchi shaxslarning barqaror motivasion
yo’nalganligi   ularning   muhim   tipologik   xususiyati   hisoblanadi.   Shu   asosga
ko’ra, quyidagi jinoiy tiplarni ajratish mumkin:
1) axloqqa zid qarorlari ustunlik qiladigan   jinoyatchilar;
2) barcha   qulay   sharoitlarda   odatiy   tusga   kirgan   jinoiy   xatti-harakat   motivlari
ustunlik qiladigan   jinoyatchilar;
3) muayyan   hodisalar,   muayyan   guruh   shaxslar,   muayyan   huquq   bilan
muhofaza   etiladigan   qadriyatlarga   barqaror   yomon   munosabatda   bo’lgan
jinoyatchilar;
4) jinoiy   xatti-harakati   g’azablanish   holati   (disforiya),   yuqori   ruhiy   hayajon
(affektatsiya), jamiyatdan begonalashuv (autiklik), ijtimoiy begonalik hissi tufayli
yuzaga keladigan jinoyatchilar.
26 5) o’ziga   xos   «majburiy»   jinoyatchilar   –   jinoyatlarni   ular   go’yoki   chorasiz
vaziyatda, subyektiv talqin etiladigan zarurat orqasida sodir   etadilar.
6) gedonistik   (sodda-lazzatlanish)   jinoyatchilarning   jinoyatlari   utilitar
ehtiyojlari   haddan   tashqari   ortib   ketgan   sharoitda   ularni   qonuniy   yo’l   bilan
qondirish mumkin bo’lmaganida yuzaga   keladi.
7) barqaror   g’ayriaxloqiy   mayllar,   ijtimoiy   salbiy   ehtiros   va   intilishlarga   ega
bo’lgan   manyak   jinoyatchilar.   Ko’p   hollarda   ular   alkogolizm   va   narkotiklarga
bog’liqlikka,   psixopatologik   xususiyatlar   va   jinsiy   buzuqlikka   chalingan
bo’ladilar.
             Jinoyatchi shaxsining barcha og’ir motivasion xususiyatlari ularning jinoiy
xatti-harakatiga  xos  barqaror  usullar,  tegishli   uquv va  ko’nikmalari   bilan bog’liq
bo’ladi.
                        Shunday   qilib,   shaxsning   jinoiy   xatti-harakati   muayyan   jinoiy
ahamiyatga ega bo’lgan quyidagi xususiyatlari tizimi orqali hosil bo’ladi:
a) shaxsning jinoyatga berilganlik darajasi;
b) asosan jinoiy harakatlari qaratilgan obyekti;
v) jinoiy motivlarining ustunligi;
         g) jinoyat sodir etishning barqaror, yaxshi ishlangan usullari;
         d) ruhiy o’zini boshqarishning umumiy nuqsonlari (anomaliyalari).
                  Jinoiylashuvning   ushbu   barcha   tarkibiy   qismlari,   garchi   kelib   chiqishi
turlicha   bo’lsa-da,   o’zaro   bog’liqdir.   Individning   jinoiy   harakatlari   uchun   asosiy
turtki   vazifasini   umumijtimoiy   (makromuhit)   va   mikromuhitdagi   sharoitlar
bajaradi.   Mikromuhit   sharoitlari   orasida   esa   shaxsning   jamiyatda   tarbiya
olayotgan   dastlabki   davrlaridagi   jinoyatchilar   muhiti,   jinoiy   submadaniyat   eng
katta   ahamiyatga   ega.   Jinoyatchining   jinoiy   muhitga,   jinoiy   submadaniyatga
«mosligi» ham uning muhim tipologik xususiyatlaridan biridir.
                Jinoiy   submadaniyat   nafaqat   jinoyatchilarning   jinoiy   jipsligi   omili,   balki
jinoiy tajribani yangi avlodlarga berish, salbiy ijtimoiylashuv vositasi hamdir.
          Yengish qiyin bo’lgan jinoiy submadaniyatning ijtimoiy xavfi jinoyatchilar
27 muhitining   jipsligida,   jinoiy   romantika   muhitining   yaratilishida   bo’lib,   u
yoshlarning ijtimoiy beqaror qismini o’ziga tortadi.
Xulosa   o’rnida   shuni   aytish   mumkinki,   jinoiy   yo’nalganlik   ijtimoiy
boshqaruv   va   ijtimoiy   nazoratdagi   kamchiliklar,   jinoiy   tajovuz   obyektlarining
ko’payishi,   huquqni   muhofaza   qiluvchi   organlar   faoliyatidagi   jiddiy   nuqsonlar,
hokimiyat   tepasidagi   amaldorlarning   korrupsiyaga   berilganligi,   umumijtimoiy   va
huquqiy   ijtimoiylashuvning   kamchiliklari   bilan   bog’liq.   Barcha     jinoiy     tiplar
jinoyatchilarning  asosan uchta «klassik» tipi  –  zo’ravonlik bilan ,  g’arazli niyatda
hamda   g’araz   va  zo’ravonlik   bilan jinoyat   sodir  etadigan  shaxslar  tiplariga mos
tushadi.   Ularda   jinoyatchi   shaxsining   jinoiy   qadriyatlari   va   axloqiy   xususiyatlari
birlashadi.
28 II- BOB.  ALOHIDA  TOIFADAGI  JINOYATCHI SHAXSLARNING
PSIXOLOGIK    XUSUSIYATLARI
II.1. G’ arazli jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslar toifasi
G’arazli jinoyatlarni sodir etishga moyil jinoyatchi shaxslar  toifalari har xil
bo’lib,   ular   safiga   o’g’rilik,   xo’jalik   sohasida   g’arazli   jinoyatlarni   sodir   etuvchi
jinoyatchilar   va   xizmat   vazifalarini   g’arazli   niyatda   suiste’mol   qiluvchi
jinoyatchilar   hamda   talon-torojlik   jinoyatlarini   sodir   etuvchi   jinoyatchilarni
kiritish   mumkin.[II; 22 – 80 b]
O’g’rilik   jinoyati   (JKning   169-moddasi)ni   sodir   etuvchi   shaxslar   bir   qator
umumiy tomonlarga ega bo’lib, ular jinoyatchilarning ijtimoiy jihatdan eng tuban
toifasiga   kiradilar.   Ularning   jinoiy   xatti-harakatlari   boshqa   toifadagi
jinoyatchilarnikiga qaraganda ancha oldin yuzaga keladi.
O’g’rilar   katta   jinoiy   tajribaga,   g’ayriijtimoiy   xulqqa   oid   shakllangan
qarashlar   va   ko’nikmalarga   ega   bo’ladilar.   Ularning   bu   xulqi   barqaror   jinoiy
yo’nalishga egaligi bilan ajralib turadi. O’g’rilar odatda bezori va mayxo’r bo’lib,
ehtiyoj   va   manfaatlari   nihoyatda   cheklangan   va   sodda,   ijtimoiy   qadriyatlardan
begona bo’lgan shaxslardir.
O’g’rilarning   ijtimoiy   nomosligi   (dezadaptatsiyasi)   odatda   oilasi,
mutaxassisligi, doimiy ishi va turar joyi yo’qligi, turli xil ruhiy anomaliyalari bilan
chuqurlashadi.   Ularning   jinoiy   xulqi   ko’proq   g’ayriijtimoiy   turmush   tarzi   bilan
chambarchas bog’liqdir.
Jinoyatchi   o’g’rining   shaxsi   odatda   uning   jinoyatchilar   muhitiga   barqaror
kirishi   bilan,   ilk   yoshidayoq   oiladagi   tarbiyasining   nuqsonlari,   asosiy
ehtiyojlarining surunkali ravishda qondirilmasligi, doimo vaziyatga tobeligi bilan
buzilgandir.
O’g’rilar   o’zlarining   psixologik   xususiyatlariga   ko’ra   zo’ravon
jinoyatchilarga   yaqin   turadilar.   Ular   moddiy   muhitdagi   to’siqlarni   yengish
tajribasiga ega bo’lib, talonchilik va bosqinchilik sodir etishga oson o’tadilar.
O’g’ri   –   qonundan   vaqtincha   chekingan   inson   emas,   balki   insofsiz,   odatda oilada   va   mikromuhitda   axloqiy   me’yorlarni   rad   etish,   muhtojlik,   ijtimoiy   rad
etilish va ijtimoiy nazoratning past darajasi sharoitida shakllangan barqaror salbiy
xislatlar tizimiga ega bo’lgan irodasi bo’sh shaxs.
Xo’jalik   va   xizmat   sohalarida   g’arazli   niyatda   jinoyat   sodir   etuvchi
jinoyatchi shaxslar   toifalarini esa alohida guruhga kiritish lozim. Ularga qo’shib
yozish,   aldash,   nohaq   ravishda   olingan   mukofotlar   va   shu   kabilar   orqali   amalga
oshiriladigan   tor   guruhiy   manfaatlar   xosdir.   Bunda   ruhiy   himoyaning   muayyan
toifasi – g’ayriqonuniy firiblarini «ish manfaati», «xizmat burchi» bilan niqoblash
hosil bo’ladi.
Talon-torojlik jinoyatlari   esa  ko’p hollarda mansabdor  shaxslar   tomonidan
sodir   etilib,   poraxo’rlik,   xaridorlarni   aldash,   sifatsiz   mahsulot   ishlab   chiqarish,
qalbaki   hujjatlar   yasash,   firibgarlik   va   boshqa   jinoyatlarda   namoyon   bo’ladi.
Davomli   talon-torojliklar   talon-taroj   qiluvchilarda   nazorat-taftish   xizmatlarini
aldashning   «professional»   usullari   borligidan   dalolat   beradi.   Talon-torojlik
jinoyatlarini   sodir   etuvchi   shaxslar   toifasining   ma’lum   bir   qismining   ma’lumot
darajasi   yuqori.   Ma’lumot   darajasi   jinoiy   xatti-   harakatning   xususiyatida,   talon-
tarojlik   sodir   qilish   usullarida   ma’lum   darajada   namoyon   bo’ladi.   Talon-
torojlikning   nisbatan   yuqori   ma’lumotga   ega   bo’lgan   bunday   toifadagi   shaxslar
tomonidan   sodir   qilinishining   murakkabligi,   amalga   oshirilayotgan   har   bir
harakatni   birma-bir   oldindan   hisob-kitob   qilinishi   va   oldindan   ko’ra   bilish
qobiliyati,   kerakli   aloqalarni   o’rnatish,   ishtirokchilarni   tanlash,   ularni   har   biriga
ajratib berilgan rolni aniq bajarilishini tashkil qilish va ta’minlash bilan bog’liqdir.
Sanab   o’tilgan   holatlar   bajarilayotgan   ishning   barcha   nozik   tomonlarini   chuqur
bilishga   keraklicha   imkon   beradigan   yuqori   darajadagi   professional   bilimning
mavjudligi haqida guvohlik beradi.[II; 19 -21-22 b]
Aksariyat mansab talon-torojliklari norasmiy guruhlar dinamikasi qonunlari
bo’yicha   shakllanadigan   jinoiy   guruh   tarkibida   sodir   etiladi.   Bunda   ko’plab
guruhlararo aloqalar shakllanadi, ichki ruhiy ko’nikmalar hosil bo’ladi,mehnat  
vazifalari   («foydali» va «foydasiz» ish)  va   boshqa   odamlarni	  («kerakli» yoki   «keraksiz»   odam)   tanlash   rejasi   ishlab   chiqiladi.  O’z   jinoyatlarini
yashirishdek   doimiy   zarurat   «ikki   tomonlama   hayot   kechirishga» ,   buzilgan
moddiy   ehtiyojlarni   qondirish	
  usullarini   namoyishkorona   «oddiy»   hayot
ko’rinishlari bilan niqoblashga olib keladi.
Barcha   g’arazli   jinoyatchilarda   umumiy   asos   –   g’arazli   mayllarining
barqarorligi   mavjud.   G’araz   –   eng   barqaror,   yo’q   qilish   qiyin   bo’lgan   insoniy
qusurlardan   biri,   ya’ni   shaxsning   barqaror   salbiy   yo’nalganligining   tizim   hosil
qiluvchi omili hisoblanadi.
G’arazli   jinoyatlar   shaxsning   umumiy   g’arazli   yo’nalganligi   bilan   sodir
etiladi.   Bu   esa   shaxs   xulqining   tizim   hosil   qiluvchi   omili   hisoblanadi.   G’arazli
jinoyatlarning   sabablarini   shaxsning   g’arazli   maqsadlarini   shakllantiradigan
omillardan izlash   lozim.     II.2.Zo’ravonlik  
jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi
Zo’ravonlik 1
  jinoyatlarini   ko’pchilik   hollarda   madaniy   bilim   darajasi   past
bo’lgan   shaxslar   sodir   etadi.   Zo’ravon   jinoyatchi   shaxs   (jismoniy   kuch   ishlatib
jinoyat sodir etishga moyil shaxs) odatda tarbiyaning asosiy sohalari – oila, o’quv
yurti,   ishlab   chiqarish   jamoasidagi   kamchilik   va   nuqsonlarni   aks   ettiruvchi   past
darajadagi   ijtimoiylashuv   bilan   ajralib   turadi.   Ushbu   shaxsning   motivatsion
sohasiga   egosentrizm   (xudbinlik),   jamiyat   vakillarining   bir   qismi   bilan   barqaror
nizolashuv   va   o’zini   oqlashga   bo’lgan   intilishning   mavjudligidir.   Bu   yerda,
aksariyat hollarda, alkogol jinoiy maqsadni faollashtiruvchi omil hisoblanadi.
Jinoiy qasd hosil bo’lish mexanizmini aniqlashda jinoyatchilikning umumiy
qonuniyatlarini   bilish   bilan   bir   qatorda   jinoyatchining   shaxsini   chuqur   o’rganish
ham zarur. Bunga ko’p jihatdan ushbu  individ  kiradigan  ijtimoiy guruhlar   bilan
tanishish   yordam   beradi.   Ushbu   shaxsning   yaqinlari   o’rtasida   hukmronlik
qilayotgan   o’zaro   munosabatlar tarkibini   o’rganish,   bu   shaxs a’zo   bo’lgan ijtimoiy
guruhlar  psixologiyasini  bilish,  shaxs bilan  jamiyat  o’rtasidagi aloqani, individual  va
ijtimoiy ong aloqasini   aniqlash   zarur. Har  qanday   insonning   ijtimoiy   qiyofasi   ko’p
jihatdan   uning   mikro   olami   mazmuni   bilan   bog’liq   bo’lib,   ushbu   mikro   olamning
psixologik   tuzilishi   individual   xulq   uchun   kuchli   katalizator   bo’lib   xizmat   qiladi.
Juda   ko’p   hollarda   xulqning   xususiyati   atrof-muhitdagi   axloqiy   me’yorlarning
mazmuniga bog’liq   bo’ladi.
Zo’ravonlikka asoslangan jinoyatlarning sodir etilishida ijtimoiy muhit bilan
normal   o’zaro   aloqalarning   buzilishi,   kuchli   nizoli   vaziyat   sabab   bo’ladi.
Ko’pincha   nizoli     vaziyatning   «yuqishi»   guruhiy   bezorilik   harakatlari   va   katta
shaxslar   guruhlarining   ommaviy   tartibsizliklarida   ishtirok   etish   jarayonida   yuz
beradi. Nizolarning bunday turi beqaror psixikaga ega bo’lgan, huquqiy ongi past,
1
  Zo’ravonlik – boshqa shaxslarga  nisbatan ularning xohish-istagiga xilof tarzda  sodir etiladigan, ularga  jismoniy
yoki ma’naviy zarar yetkazadigan, jinoiy, qonun bilan taqiqlangan jismoniy yoxud ruhiy ta’sir. umumiy   madaniyat   darajasi   sust,   oson   qo’zg’aluvchan,   olomondagi   shaxslarning
ta’siriga   tez   beriluvchan   shaxslarga   xosdir.   Bir   insonning   bezorilik   harakatlari
boshqa shaxslar uchun emosional signal yoki taqlid uchun namuna bo’lib xizmat
qilishi mumkin.
Shu   sababli   zo’ravonlik   jinoyatlarini   sodir   etuvchi   shaxslarning   asosiy
xususiyati   –   ijtimoiy   qadriyatlarining   nuqsonli   ekanligi,   hissiy   to’mtoqlik,
g’ayriixtiyoriy   tajovuzkorlikda   namoyon   bo’ladi.   Qotillikda,   badanga   shikast
yetkazishda,   qiynash,   nomusga   tegish,   bezorilik   harakatlari   sodir   etishda   aybdor
shaxslar   nihoyatda   ijtimoiylashmaganligi,   g’ayriijtimoiy   xulqiy   ko’nikmalarining
shakllanganligi bilan ajralib turadilar.
Ularning   xatti-harakatlariga   ashaddiy   xudbinlik   (egosentrizm),   qo’qqisdan
yuzaga   keladigan   istaklarni   darhol   qondirishga   intilish   va   surbetlik   xosdir.   Ular
zo’rlikni   nizolarni   hal   etishning   yagona   vositasi   deb   biladilar.   Ularga   psixologik
himoya vositalaridan keng miqyosda foydalanish, ya’ni o’zlarining g’ayriijtimoiy
xatti-harakatlarini   oqlash,   aybni   jabrlanuvchiga   va   tashqi   holatlarga   to’nkash
xosdir.
Ashaddiy   zo’ravonlik   jinoyatlarini   sodir   etuvchi   shaxslar   bir   qator   shaxsiy-
tipologik, psixologik xususiyatlarga ega bo’ladilar. 
Bular:
– atrofdagi shaxslarni doimo o’ziga dushman sifatida qabul qilish;
– eng kichik  shaxsiy   muvaffaqiyatsizliklardan  haddan  tashqari  ta’sirlanish,
ularni ijtimoiy jihatdan mos (adekvat) baholashga   qobiliyatsizlik;
–   jamiyatdan begonalashganlik (autiklik);
– hissiy   jihatdan   nihoyatda   beqarorlik,   patologik   darajadagi   jizzakilik,
qasoskorlik, ruhiy notayinlik, kayfiyatning tez   o’zgarishi;
– da’vogarlik darajasining nihoyatda   yuqoriligi;
– ekstremal vaziyatlarda bo’lishga moyillik, ularni faol yuzaga   keltirish;
– o’zini ko’rsatishga bo’lgan   moyillik; – o’zlariga xos hissiy nuqsonlarni doimo yashirishga  inti lish va   hokazo.
Ushbu   toifadagi   jinoyatchilarning   salbiy   xislatlari   ijtimoiy   nazorat   yetarli
bo’lmagan,   nihoyatda   salbiy   mikromuhit   sharoitida   shakllanadi.   Ushbu   xulq
shakllanishining muhim omillariga quyidagilar kiradi:
– bolalikdagi emosional   zo’riqish;
– oila va ijtimoiy foydali guruhlardan   ajralish.
Shu   nuqtai   nazardan   zo’ravonlikka   asoslangan   jinoyatlarda   ko’pincha
shafqatsiz   tajovuzkorlik   xususiyati   namoyon   bo’ladi,   og’ir   jismoniy   va   ruhiy
shikastlar yetkaziladi. Tajovuzkor xulqning bu tipi shaxsning chuqur buzilganidan,
shaxsda   tajovuzkor   xatti-harakatga   va   odamlarga   zarar   yetkazishga   bo’lgan
moyillikning shakllanganidan, shaxsning o’zini nazorat qilish qobiliyati nihoyatda
past darajada ekanidan dalolat beradi.
Ushbu shaxslarning xulqiga quyidagi xususiyatlar xosdir:
 o’zini tajovuzkor intilishdan tiya   olmasligi;
 nizoning   qay   yo’nalishda   rivojlanishi   va   tajovuzkor   harakatlarining
oqibatlarini ko’ra   olmaslik;
 nizoli vaziyatdan chiqish usullarini   bilmasligi.
Biroq,   voyaga   yetmaganlar   sodir   etadigan   zo’ravonlik   jinoyatlarining
aksariyati   g’ayriixtiyoriy   tajovuzkorlik,   jinoiylashgan   guruh   sharoitida   ruhiy
ta’sirga beriluvchanlik bilan bog’liqdir.
G’arazli  zo’ravonlik jinoyatlarida tajovuzkorlikdan ko’pincha faqat  g’arazli
maqsadga erishish vositasi sifatida foydalaniladi.
Zo’ravonlik jinoyatlarida esa birinchi o’ringa adovatli tajovuzkorlik chiqadi
–   tajovuz,   birovga   ziyon   yetkazish   birinchi   maqsadga   aylanadi.   Zo’ravonlikning
davomiyligi   va   shafqatsizligi   bu   o’rinda   jinoiy   maqsad   –   jinoyat   qurbonini
tahqirlash,   unga   rashk,   qasos,   o’zini   ko’rsatish   maqsadida   og’ir   azob   berish
kabilarga bog’liq bo’ladi.
Guruh  bo’lib  zo’ravonlik  jinoyatlarini   sodir  etish  ko’pincha guruh,  guruhiy
an’analar va ruhiy ta’sirlar natijasida sodir etiladi. Zo’ravon   jinoyatchining   barqaror   ashaddiy   toifasi   doimiy   tajovuzkorlik
yo’nalishi,   qo’pol   kuch   ishlatish   stereotipining   shakllangani   bilan   ajralib   turadi.
Uning uchun tashqi muhitda doimo bahona topiladi.
Zo’ravon jinoyatchilarning ashaddiy toifalari uchun tajovuzkorlik –  o’zini
ko’rsatishida   ustunlik   qiluvchi   usul,   qilmishning   shafqatsizligi   esa   yagona
maqsad.   Xulqning   bu   tipi   jinoiylashgan   mikromuhitda   barqaror   o’z   e’tirofini
topadi.
Zo’ravonlikka  asoslangan   jinoyat   qurbonlarining  g’alamis  xulqi   viktim
xulq   deb   ataladi   (lotincha   viktima   –   qurbon).   Viktim   xulq   –   yengiltak,   haddan
tashqari ishonuvchan yoki axloqsiz, janjalkash, jinoyat sodir etilishi uchun bahona
bo’luvchi xatti-harakatdir.
Viktimlik jinoyat qurbonining jinsi, yoshi, shaxsiy va ijtimoiy mavqyei bilan
bog’liq   umumiy   hamda   shaxsning   individual   psixologik   xususiyatlari   –
ishonuvchanligi,   bilimsizligi,   irodasining   sustligi,   jinoyatchiga   ruhan   tobeligi,
ekssentrikligi,   tavakkalga   moyilligi,   shaxsiy   janjalkashligi   bilan   bog’liq   bo’lgan
maxsus turlarga bo’linishi mumkin.
Bezori   zo’ravonlar  toifasida   jismoniy kuch  ishlatib,  bezorilik sodir   etishga
moyil,   barqaror   salbiy   odatlari   bo’lgan,   jamoat   tartibini   muntazam   buzadigan
yoshlar ustunlik qiladi. Odatda bu shaxslar  axloq va madaniyatga zid tarzda vaqt
o’tkazish, ruhiy kayfiyatini yuqtirish hamda g’ayriijtimoiy misollarga taqlid qilish
sharoitida jinoyat sodir   etadilar.
Ularga   xos   umumiy   ruhiy   xususiyatlar   quyidagilardan   iborat:   beodoblik,
nihoyatda   tajovuzkorlik,   jizzakilik,   mas’uliyatsizlik,   zo’ravonlik   harakatlari
jazosiz qolishiga ishonish, yuqori darajadagi da’vogarlik, o’z harakatlarini oqlash.
Barcha   zo’ravonlik-bezorilik   jinoyatlariga   umumiy   psixologik   va   axloqiy   asos   –
boshqa odamlar hayoti, sog’liqi va qadr-qimmatining qadrsizlanishi xos.
Ayollarning   jinoiy   zo’ravonlik   xatti-harakatlari   o’zining   ba’zi   psixologik
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ayollarning  zo’ravonlikka  asoslangan   jinoyatchiligi
hajmiga   ko’ra   erkaklarnikidan  ancha kam.  Ayollar   xulqi   voqyelikning   ayrim   hodisalarini   keskinroq   qabul   qilishi,   ularga
ko’proq   hissiyot   bilan   javob   berishi,   shaxslararo   munosabatlarning   ayrim
holatlariga  kattaroq  ahamiyat  berishi bilan  ajralib turadi.
Ayollar   keskin   nizoli   vaziyatlarda   ruhiy   shikastlanishga   ko’proq   moyil
bo’ladilar, ular oiladagi kelishmovchilik va nizolarni keskinroq his qiladilar. Ular
xavotirga   ko’proq   tushib   tahdid   solayotgan   xavfni   yuqori   baholashga   moyil
bo’ladilar.   Yuqori   darajadagi   hissiylik   (senzitivlik),   oilaviy   ishlarning   ko’pligi
ularda yuqori darajadagi ruhiy zo’riqishning barqaror fonini hosil qiladi.
Ayollar  orasida ruhiy anomaliyalar  darajasi  yuqoriroq. Aksariyat  jinoyatchi
ayollar   tez   ta’sirlanishlari,   ijtimoiy   o’zaro   munosabat   nuqsonlari,   chiqisha
olmaslik,   asabiylik   jihatlari   bilan   ajralib   turadilar.   Ular   tajovuzkor   harakatlarida
ko’pincha tasodifan qo’l ostida bo’lib qolgan narsalardan foydalanadilar.
Biroq,   ayollar   qasddan   qilinadigan   og’ir   jinoyatlarini   odatda   puxta   o’ylab,
niqoblashga   harakat   qiladilar.   Shaxsga   qarshi   og’ir   jinoyatlarni   ko’pincha   xatti-
harakatlari erkaklarnikiga o’xshash ayollar sodir etadilar.
Zo’ravonlik   jinoyatlariga   jinsiy   jinoyatlar   ham   kiradi.   Bunday   jinoyatlarda
ustunlik qiluvchi ruhiy xislat jinsiy tajovuzkorlik – jinoyat qurboniga jinsiy zo’rlik
va jismoniy zarar yetkazish, ko’p hollarda hayotdan mahrum qilishdir. Bu shaxsda
psixik nuqsonlar borligidan dalolat beradi.
Mazkur   normadan   og’ishlar   jinsiy   jinoyatchilikning   shart-sharoiti
hisoblanadi, ammo uning sababi emas. Bunday shaxslarning aksariyati qonundan
chetga chiqmaslikka harakat qiladilar.
Jinsiy   jinoyat   –   nomusga   tegish,   ayolni   jinsiy   aloqaga   majburlash,   jinsiy
yetuklik yoshiga yetmaganlar bilan munosabatga kirishishdir (JKning 118, 121,
128-moddalari).
Eng   xavfli   jinsiy   jinoyat   –   nomusga   tegish   –   jismoniy   kuch,   tahdid   yoki
jabrlanuvchining   chorasiz   ahvolidan   foydalanib   sodir   etishdir.   Bunday   jinoyat
uchun     yuridik     javobgarlik   14   yoshdan   boshlanadi.   Ushbu   jinoyatning   ijtimoiy
xavfliligi   ayolning   jinsiy   erkinligini   qo’pol   ravishda   mensimaslik,   jinoyatchi harakatlarining   zo’ravonlik   xususiyatiga   egaligi,   jabrlanuvchiga   ma’naviy   va
jismoniy   zarar   yetkazilishi,   ko’p   hollarda   ruhiy   va   jismoniy   sog’lig’ining
buzilishidan   iborat.
Shunday   qilib,   zo’ravon   jinoyatchilar   qadriyatli-motivasion   va   ruhiy
boshqaruv   sohasida   bir   qator   tipik   buzilishlarga   ega   bo’ladilar.   Voqelikni   ular
ijtimoiy taqiqlarga ta’sirchanlik keskin pasaygan sharoitda aks ettiradilar.
Har  bir  zo’ravonlik  jinoyatining asosida   bir   qator  sabab  va  shart-sharoitlar,
individual-biologik, ruhiy va ijtimoiy-psixologik omillarning ulanishi yotadi.
Qotillik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi
Qotillik   jinoyatlarini   sodir   etgan   shaxslar   psixologiyasi   haqida   to’xtalib
o’tadigan bo’lsak ,   ularda boshqa shaxslarga nisbatan nihoyatda tobelikni kuzatish
mumkin.   Qotillar   erkin   hayotga   moslashishi   qiyin   bo’lgan   shaxslar   toifasiga
kiradilar. Jinoyat  fakti  – jinoyat  qurboni  bilan aloqadan chiqish ular uchun xatti-
harakatning deyarli imkoni  yo’q usuli  ekanligini ko’rsatadi. Shuni  nazarda tutish
lozimki, bu tobelik nafaqat jinoyat qurboni bilan aloqada, balki boshqa birov bilan
aloqada   ham   amalga   oshishi   mumkin,   o’shanda   jinoyat   uchinchi   shaxsga   tobelik
bilan bog’liq bo’ladi.
Qotillik   jinoyatlarining   kelib   chiqishidagi   asosiy   omillardan   biri   –
jinoyatchini   boshqa   shaxslarning   rad   etishi   natijasida   uning   mustaqil   bo’lish
qobiliyatini cheklanishi (bloklanishi). [III; 30 ]
 Qotillik jinoyatlarining aksariyati to’g’ri  qasd bilan sodir etiladi, tajribaning
ko’rsatishicha, ularning 1/3 qismi avvaldan rejalashtiriladi.
Qotilligi   uchun   jazoga   hukm   qilingan   (500   nafar)   shaxslarni   o’rganish
quyidagilarni ko’rsatdi. Ularning taxminan yarmi spirtli ichimliklarni yoshligidan
iste’mol   qila   boshlaganlar.   Alkogol   tajovuzkorlikning   namoyon   bo’lishini   bir
necha   baravar   kuchaytirgan   va   og’irlashtirgan.   Tajovuzkor   harakatlar   asosan
qo’rqitish,   do’pposlash,   haqoratlash   va   to’polonlarda   namoyon   bo’lgan,   ya’ni
shaxs   va   jamoat   tartibiga   qarshi   qaratilgan.   Qotillik   jinoyatlarini   asosan   erkaklar sodir   etib,   qurbonlarning   yarmidan   ortig’i   ayollar   bo’lgan.   Ushbu   jinoyatlarning
1/3   holatida   qotil   va   jabrlanuvchi   (jinoyat   qurboni)   bir-biri   uchun   notanish   yoki
bevosita jinoyat sodir etilishidan oldin tanishgan shaxslar bo’lganlar. 30 % holatda
ular   qarindosh,   8–6   %   holatda   er-xotin,   qolgan   holatlarda   tanish,   xizmatdosh,
qo’shni bo’lganlar.   Aksariyat qotilliklarni   20–30   yoshlardagilar   sodir  etganlar.
[III; 38 ]
O’ta og’ir jinoyati uchun hukm qilinganlarning butun guruhiga shafqatsizlik
xos   bo’lib,   bunday   shafqatsizlik   hayvonlar,   bolalar,   qariyalar,   ayollar   bilan
muomalada namoyon bo’ladi.
Tarbiyalanish   sharoitini   tahlil   qilish   shuni   ko’rsatadiki,   qotillik   jinoyatlari
uchun   hukm   qilinganlar   bir   yarim   baravar   ko’p   hollarda   nosog’lom   sharoitlarda
tarbiyalanganlar. Bolalikda ularning 20 %ga yaqini ota-onasiz, 1/3 qismi to’liqsiz
oilada, ayni vaqtda 9 % onasiz, 75 % otasiz o’sgan. Har beshinchi holatda oilaning
to’liqsizligi   ota-onaning   sudlanganligi   bilan   bog’liq   bo’lgan .   Eng   kriminogen
omil – bu onaning sudlanganligidir.
Materiallarni   tahlil   qilish   jarayonida   bolalikdagi   tajovuzkor   xulqning
o’smirlik   va   yigitlik   davrida   g’ayriqonuniy   va   jinoiy   xulqqa   o’tishi   aniqlangan.
Tekshirilganlarning   1/3   qismi   ilk  bor   16–17   yoshlarida  jazoga   hukm   qilinganlar.
Bu   shaxslar   ishga   vijdonan   munosabatda   bo’lmagan,   mehnat   intizomini   qo’pol
tarzda buzgan, ichkilikbozlik qilgan, doimo janjalli vaziyatni yuzaga keltirganlar.
O’ta   og’ir   darajadagi   qotilligi   uchun   jazolangan   500   nafar
tekshirilganlarning   300   nafari   sud-psixiatriya   ekspertizasidan   o’tkazilgan.   180
holatda,   ya’ni   ekspertizadan   o’tgan     har   ikkinchi   shaxsda   aqli   rasolikni   istisno
etmaydigan   turli   nuqsonlar   –   surunkali   alkogolizm,   psixopatiya,   bosh   miyaning
organik kasalliklari, shizofreniya kabilar kuzatilgan.
O’z navbatida qotillik jinoyatlarini quyidagi turkumlarga ajratish mumkin.
Tasodifiy   qotil   jinoyatchilar .   Ular   o’zlarining   ruhiy   holatlarini
boshqarishlarida   nuqsonlari   mavjudligi   bilan   ajralib   turadilar.   Jabrlanuvchini
o’ldirish  ular   uchun  fojiali  tasodifdir.  Lekin,  aslida,  bu  tasodifiy  emas.  Bu  yerda shaxsning   murakkab,   nizoli   vaziyatdan   ijtimoiy   moslashgan   holda   chiqib   keta
olmasligi   namoyon   bo’ladi.   Odatda   bunday   qotilliklar   uzoq   vaqt   to’planib
boradigan salbiy his-tuyg’ular, zo’riqishlar zamirida yuz beradi.
Individ   himoyalanishning   axloqiy-ijobiy   va   qonuniy   usullarini   bilmagan
holda   chidab   bo’lmas   tushkunlik,   juda   og’ir   ahvolining   chorasizligi,   hayotiy
ziddiyatlardan   qonuniy   yo’l   bilan   chiqish   mumkinligiga   ishonmaslik   natijasida
oxirgi choradan foydalanadi. Bunda odatda jabrlanuvchi insoniy munosabatlarning
oddiy   asoslarini   uzoq   vaqt   va   qo’pol   ravishda   buzadi,   jinoyat   sodir   etilishiga
sharoit yaratadi.
Ayrim   tasodifiy   qotilliklar   qo’qqisdan,   favqulodda   vaziyatlarda,   ayniqsa
affekt   (hissiy   portlash)   holatida   sodir   etiladi.   Xalq   ongida   la’natlangan   ashaddiy
qotillar   hamda   ehtiyotsizlik   orqasida   odam   o’ldirish   o’rtasida   katta   axloqiy-
psixologik   farq   borligini   inobatga   olish   lozim.   Ushbu   jinoyatlardagi   ayni   bir   xil
jinoiy   natija   jinoyatchilarning   turli   darajadagi   ijtimoiy   xavfliligi,   axloqiy-
psixologik xususiyatlari bilan bog’liqdir.
Aksariyat   qotilliklar   maishiy   asosda,   g’ayriixtiyoriy,   ba’zan   nihoyatda
arzimas   sabablarga   ko’ra   sodir   etiladi.   Bu   toifadagi   qotillar   ko’pincha   o’ch
olinmagan alamlar uzoq vaqt to’planishining natijasi hisoblanadi.
Shaxsiy   mag’lubiyat   (haqorat,   qo’pol   tarzdagi   xo’rlash,   do’pposlash)
holatlarida shaxs vaziyatga batamom tobe bo’lib, natijada o’zini o’zi boshqarishga
qobiliyatsiz bo’lib qoladi.
Ko’p   hollarda   qotillarning   hayot   yo’li   tajovuzkor   xulq   tajribasining   uzoq
vaqt to’planishi bilan kechgan.
Ashaddiy qotil jinoyatchilar   barqaror g’ayriijtimoiy qarashlari, yo’nalishlari
bilan ajralib turadilar. Ularning axloqqa zid ishlari, salbiy ehtiyojlarining ustunligi
zo’ravonlik harakatlarining nihoyatda qo’pol usullarini keltirib chiqaradi.
Ular,   odatda,   ilgari   sudlangan,   ozodlikdan   mahrum   qilish   joylarida   qayta
ijtimoiylashmagan   (tarbiyalanmagan)   va   sezilarli   ijtimoiy   o’ringa   ega   bo’lmagan
shaxslardir. Ularning kundalik xulqi jinoyatga yaqin turadi, g’ayriijtimoiy, jinoiy submadaniyat sharoitida amalga oshadi.
Ular   tashqaridan   bo’ladigan   har   qanday   ta’sirni   o’ziga   nisbatan   hujum   deb
hisoblaydilar,   «to’g’ri»,   hamma   ishi   joyida   odamlarga   nafrat   bilan   munosabatda
bo’ladilar.   Ular   surunkali   ravishda   hissiy-ruhiy   zo’riqish,   xavotirlarni   his   qilib,
arzimagan  sabablarga  ko’ra  tajovuzkor  harakatlarga tayyor turadilar.
Qo’pol, zo’ravonlik bilan, jinoiy usulda o’zini ko’rsatishga bo’lgan moyillik,
chuqur   g’ayriijtimoiy   buzilishlar   –   ashaddiy   qotilning   asosiy   psixologik
xususiyatidir.
      II.3.Terrorchilik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi
Bugungi   kunda   jamiyatimizga   xavf   solayotgan   hodisalar   ichida   terrorchilik
xavfi   alohida   o’rin   tutadi.   Terrorchilik   eng   murakkab   va   xavfli   holatlarni   o’z
ichiga   qamrab   oladi   hamda   jamiyatga   katta   xavf   tug’diradi.   Terrorchilik
odamlarda yovuzlik va qo’rquv hissiyotini paydo qiladi.
Terrorchilik   (“terror”   lotincha   so’z   bo’lib,   “dahshat”   degan   ma’noni
anglatadi) O’zbekiston Respublikasi  Jinoyat  kodeksining 155-moddasida nazarda
tutilgan   va   portlatishlar,   o’t   qo’yishlar   yoki   odamlarning   halok   bo’lishi,   katta
mulkiy   zarar   keltirish   yoxud   ijtimoiy   xavfli   oqibatlarga   olib   kelish   xavfini
tug’diruvchi   boshqa   harakatlar   sodir   etishdan   iborat   bo’lgan   va   jamoatchilik
xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyat. Mazkur harakatlarning jamoat xavfsizligini
buzish,   aholini   qo’rqitish   yoxud   hokimiyat   organlarining   qaror   qabul   qilishiga
ta’sir   o’tkazish   maqsadida   amalga   oshirilganligiga,   shuningdek,   ana   shu
maqsadlarda   amalga   oshirilish   xavfi   mavjudligi     ushbu   jinoyatning   muhim
jihatlarini tashkil etadi.[III; 50 -434 b]
Shu   muammoni   o’rgangan   professor   D.V.Olshanskiyning   fikricha,
“terrorchilik bu yoki jismoniy, yoki moddiy, yoki ma’naviy ojizlarning qurolidir”.
[III; 40 24 b]
Terrorchilik   psixologik   ta’sir   etish   vositalaridan   biridir.   Terrorchilik jinoyatlarini   sodir   etuvchi   shaxslarning   asosiy   maqsadi   ham   insonlar   ongida
qo’rquv hissini paydo qilish, jamiyatda murakkab vaziyatlarni yuzaga keltirishdan
iborat.   Odamlar   ongida   qo’rquv   hissini   paydo   qilish   uning   asosiy   mohiyati
sanaladi. Ularning asosiy obyekti kim terror qurboni bo’lgani emas, balki kimning
tirik   qolganidir.   Terrorchilikdan   ko’zlangan   asosiy   maqsad   odam   o’ldirish   emas,
tirik qolgan shaxslarni ruhan sindirishdir.
Shu nuqtai nazardan bugungi kunda jamiyatda sodir etilayotgan terrorchilik
aktlari butun insoniyat uchun eng xavfli bo’lgan hodisalardan biri hisoblanadi.
So’nggi   yillarda   aynan   terrorchi   shaxsini   o’rganish   psixologlar   e’tiborini
tortib   kelmoqda.   Chunki   murakkab   psixologik   tuzilishga   ega   bo’lgan   terrorchi
shaxsning   psixologiyasidagi   o’ziga   xoslikni   o’rganish   unga   qarshi   kurashish
muammosini   imkon   qadar   yengillashtiradi,   degan   fikrlar   mavjud.   Biroq,   ushbu
muammo hamon hal qilib bo’lmas muammoga aylanib qolmoqda.
Tadqiqotchi   olim   S.Roshin   terrorchi   shaxsning   uchta   psixologik   modelini
taklif etgan.
  Birinchi   model   –   psixopat-mutaassib   modeli .   U   quyidagicha   izohlangan.
Bu   “o’zining   e’tiqodlari   (diniy,   mafkuraviy,   siyosiy)ga   asoslanadigan   va   o’z
harakatlari natijasi qanday bo’lishidan qat’i nazar, jamiyat uchun foydali ekaniga
samimiy ishonadigan shaxs. Bu ong sohasi  u yoki  bu ta’limotlar  bilan nihoyatda
torayib ketgan va uning o’zi  o’z hissiy sohalariga bo’ysungandir. Shu bois u har
narsaga   qodir.   Siyosiy   tilda   u   mutaassib,   psixologik   tilda   esa   psixopatdir.
Psixopat,   agar   intilish   va   qarashlari   jamiyat   ehtiyojlariga   mos   kelsa,   buyuk   va
ezgu ishlarni bajara oladi; ammo harakatlarining motivlari obyektiv g’ayriijtimoiy
xususiyatga   ega   bo’lsa,   ulkan   yovuzlik   sodir   etish   ham   qo’lidan   keladi.   Har
qanday psixopat-mutaassib terrorchiga    aylanishi mumkin”. Bu to’g’ri gap, ammo
bu muammoning bir qismini izohlaydi, xolos.
Ikkinchi   model   –   frustrasiyalashgan   model   bo’lib,   bixeviorizmning
frustrasiya 2
–tajovuzkorlik   nazariyasiga   asoslanadi.   “U   yoki   bu   talablarga   ko’ra
2
  Фрустра ц ия   (ноиложлик)   –   ўйлаган   режа   амалга   ошмаганда,   кўзланган   мақсадга   еришмаганда   юз
берадиган ҳолат // Психология. Словар / Под ред. А.В. Петровского и М.Г. Ярошевского. – М., 1990. – 434 insonning   o’zi   uchun   hayotiy   muhim   maqsadlarga   yetisha   olmasligi   tufayli
yuzaga kelgan frustrasiya (noilojlik) hissi muqarrar ravishda    unda tajovuzkor
harakatlarga moyillikni yuzaga keltiradi. Ushbu holda ong mazkur harakatlarni
oqilonalashtirish vositasi  rolini o’ynashi mumkin, ya’ni ularni oqlash uchun u
yoki   bu   sabablar   (bahonalar)ni   tanlashda   ...   agar   insonning   tajovuzkor   xatti-
harakatlarini   izohlashning   yagona   va   universal   usuli   sifatida   mazkur
konsepsiya   mutlaqlashtirilmasa,   ayrim   hollarda   uni   insonning   terrorchilik
harakatlariga   moyilligini   tushunish   uchun   qo’llasa   bo’lishini   e’tirof   etish
mumkin” . 
Bu   ham   qisman   to’g’ri.   Uchinchi   model   –   nosog’lom   oiladan   chiqqan
shax s.   “Ota-   onaning   bola   bilan   shafqatsiz   muomalada   bo’lishi,   uning
jamiyatdan   ajralib   qolishi,   yaxshi   munosabatlarning   kamligi   g’ayriijtimoiy
mayllarga ega g’azabnok shaxs shakllanishiga olib kelishi mumkin. Muayyan
sharoitlarda   bunday   psixologik   tarzdagi   odamlar   terrorchilik
tashkilotlarining vositalariga osongina aylanishlari mumkin” , degan. .[III; 46 -
90 b]
Ma’lum  darajada bu ham  to’g’ri. Biroq, umuman  olganda, yagona, aniq va
yaxlit manzara yuzaga   kelmayapti.
S.Yenikolopov,   umuman,   muayyan   umumiy   psixologik   tavsif
(xarakteristika)lar   mavjudligiga   qaramay,   yagona   shaxsiy   terrorchilik   majmui
(kompleksi) haqida so’z yuritish uchun asoslar yo’q deb hisoblaydi. U terrorchilar
orasida   ko’p   uchraydigan   ikkita   nisbatan   aniq   psixologik   tipni   ajratadi.
“Birinchisi   –   yuksak   intellekti,   o’ziga   nisbatan   ishonchi,   o’zini   yuqori
baholashi,   o’zini   qaror   toptirishga   intilishi   bilan   ajralib   turadi,   ikkinchisi   esa
o’ziga   ishonmaydi,   ojiz   “Men”ga   va   o’ziga   nisbatan   past   bahoga   ega   bo’lgan
omadsizlar”,  deydi.[III; 46 -90 b]
 
Terrorchi   shaxs   –   doimiy,   uzluksiz   harakatga   va   beqaror   psixologik
xususiyatga   ega   bo’lgan   individ.   Bunday   yaxlitlik   yoki   maqsadga   intilish
с. psixologik beqarorlikning ba’zan normadan og’ish, es-hushidan ajralish darajasida
namoyon bo’ladi
Shu   nuqtai   nazardan   hozirgi   kunda   terrorchi   shaxsi   va   terrorchilik   xatti-
harakatlarini yuzaga keltiruvchi psixologik mexanizmlar to’liq o’rganilmagan, shu
bois   terrorizmga   qarshi   kurashish   va   uning   oldini   olishda   psixologik   bilimlar
muhim ahamiyat kasb etadi.
Terrorchilik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslarning o’ziga xos xususiyatlari
mavjud bo’lib, bu, odatda, diniy fanatlar, zamonaviy sivilizasiya va madaniyatga
bo’lgan   munosabat,   boshqa   e’tiqodlarga   va   boshqacha   fikrlovchilarga   g’arazlik
bilan qarashda namoyon   bo’ladi. 
Ko’pchilik   terrorchilar   yoshligidayoq   ona   mehridan   mahrum   bo’lgan
shaxslardir.   Ularning   ko’pchiligida   quloq   a’zolari   xastaliklarining   ko’pligi
kuzatilgan, shuningdek, ularga tajovuzkorlik va dushmanlik munosabatida bo’lish,
ruhiy-fiziologik   rivojlanmaganlik,   yoshlikda   olingan   jarohatlar   ta’siri   va   turli
tug’ma   kasalliklar   ham   xosdir.   Ularning   ko’pchiligi   ko’zga   tashlanuvchi
nuqsonlari   bilan   ajralib   turadi   va   shu   qatori,   mohirona   himoyalanishga   qodir
artistlik   qobiliyatlari   ham   shakllangan.   Ko’pchiligida   yuqori   g’oya   ta’sirida
bo’lish   “kasalligi”   mavjud,   shu   bois   terrorchilik   harakatlarini   sodir   etishga   ongli
ravishda   qo’l   uradi   va   uning   oqibatini   juda   yaxshi   anglagan   bo’ladilar.
Terrorchilarning aksariyat ko’pchiligi yoshligida turli ko’rinishdagi mensinmaslik,
kamsitish,   xo’rlik   holatlariga   duch   kelganlar   va   shaxsining   to’liq
shakllanmaganligi bilan ajralib turadilar.[II; 10]
G.Ayzenk   so’rovnomasi   asosida   terrorchi   shaxsning   individual   psixologik
xususiyatlari,   ya’ni   temperamenti   o’rganilganda   terrorchilik   aktlarining   46   %   ini
xoleriklar,   32   %   ini   sangviniklar,   12   %   ini   melanxoliklar,   10   %   ini   flegmatiklar
sodir etganligi kuzatilgan.
Terrorchilik   aktlarini   sodir   etishga   tayyor   bo’lgan   terrorchi   shaxs   dahriylar
bilan  kurashda  o’zlarini  o’zlari   qurbon   qilishga  ruhan  tayyor   bo’ladilar.  Bunday
shaxslarning ruhiyatiga ta’sir etish juda ham qiyin bo’lib, ularni qayta tarbiyalash murakkab  masaladir.  Terrorchi   shaxsni   individual   tarbiyalash   zamonaviy  insoniy
qadriyatlarga suyangan holda amalga oshirilsa, yutuqqa erishish mumkin. Bunday
tarbiyani   esa   insoniy,   barcha   madaniy   qadriyatlar   o’z   aksini   topgan   muhitda
amalga oshirish mumkin.
Terrorchi   shaxs   ma’lum   sabab   va   vaziyatlar   ta’sirida   jinoyat   sodir   etadi.
Bunday   sabablarga   shaxsiy   (fanatik   tarbiya   bazasi   asosida)   motivlar   bo’yicha
yaqin   qarindoshlaridan   (turmush   o’rtog’i,   otasi,   akasi)   biron   birining   o’limi   yoki
qamalishi,   moddiy   boyligini   yo’qotishi,   mahalliy   rahbar   tomonidan   qattiqqo’l
munosabat natijasini (agar ular boshqa millat va boshqa e’tiqodda bo’lsa) kiritish
mumkin.
Terrorchilik   jinoyatlarini   sodir   etuvchi   shaxs   tabiatiga   quyidagi   sifatlar
xosdir:
1) tajovuzkorlik va shafqatsiz   (qattiqqo’l)lik;
2) o’z-o’zini   quyi   baholash.   Terrorchi   guruh   individga   psixo-   ijtimoiy
tenglashtirish   kamchiliklaridan   xalos   bo’lishga   yordam   berish   maqsadida   psixo-
barqaror vazifani   bajaradi;
3) o’zini   oqlash.   Siyosiy   mafkuraviy   motivlar   odatda   shaxsni   yashirin
ehtiyojlarini tashkil etish sifatida namoyon   bo’ladi.
4) shaxsiy   va   emosional   shakllanmaganlik   ko’pgina   terrorchilarga   o’ziga
xos imkoniyatlardan tashqari talablar qo’yish, yakka hokimlik, odatda nazariy va
siyosiy qiziqish, huquqiy yuzaki idrok etish natijasi   hisoblanadi;
5) agressiv   paranoyi,   o’ziga   to’g’ri   baho   bera   olmasligini   tushuntirishni
tashqi   omillardan   qidirish   va   o’z   muvaffaqiyatsizligi,   javobgarlikni   vaziyatga
yuklashga   moyillik;
6) terrorchi tashkilotlarga, uning vazifa va ideallariga ko’r-ko’rona   sodiqlik;
7) yetarli   darajada   aqliy   rivojlanmaganlik,   qiziqishlarning   yetarli   darajada
anglanmaganligi, bilim darajasining pastligi;
8) yuqori   agressivlik,   doimo   o’z   «men»ligini   himoya   qilish,   o’z   fikrini tasdiqlashga   intilish,   boshqa   insonlarning   istak   va   hissiyotlariga   yetarli   e’tibor
bermaslik va   fanatizm;
9) shoshqaloqlik,   o’zgaruvchanlik   va   ikkilanish   va   hokazo.   Terrorchilar
bo’lib, odatda, nosog’lom oilalardan  chiqqan,
shaxsning  ijtimoiy  patologik  rivojlanishiga  ega  bo’lgan,
jamiyatda o’z o’rnini topa olmagan odamlar, ish o’rnini yo’qotgan yoki unga
ega   bo’lmaganlar,   yaqin   kishilarini   yo’qotganlar,   jismoniy   imkoniyati
chegaralangan   shaxslar,   og’ir   psixotravmalarni   boshidan   kechirganlar,   terrorchi
yoki   diniy   an’analarga   rioya   qiladiganlarning   qarindoshlari,   farzandlari   yoki
nevara- lari bo’lishi mumkin.
Yosh   xususiyatlariga   ko’ra,   terrorchi   guruhlar,   odatda,   16–35   atrofidagi
yoshlardan iborat bo’ladi.
Psixolog   olimlar   shaxslarni   terrorchilik   yo’liga   kirishi   uchun   undovchi
motivlarga aylanadigan bir qator shaxsiy moyilliklarni ajratadilar: 
– o’z   «men»ini   doimiy   ravishda   hujumkorlik   –   himoyaga   tayyorgarlik
orqali mudofaa qilishga tayyor   turish;
– yetarli bo’lmagan shaxsiy moslik, o’z-o’zini quyi   baholash;
– guruhga yoki guruhiy aynanlikka bo’lgan kuchli   ehtiyoj;
– o’zining omadsizliklariga jamiyatni aybdor bilib, ijtimoiy adolatsizlikni
boshdan   kechirish;
– ijtimoiy yakkalanish va begonalashuv, jamiyatning bir chekkasida bo’lish
hissi, hayotga va kelajakka qiziqishning so’nishi.
Yuqorida   keltirilgan   fikrlarni   terrorchilik   jinoyatlarini   sodir   etuvchi
shaxslarning umumlashgan psixologik profili deb bo’lmaydi. Shu o’rinda terrorchi
guruhlarga   kirishda   bir   qator   siyosiy-mafkuraviy   motivlar   muhim   ahamiyat   kasb
etishini   ham   unutmaslik   kerak.   Lekin   ular   ko’proq   chuqur   shaxsiy   motivlarni
takomillashtirish shakli hisoblanadi.
Terrorchilik   jinoyatlarini   sodir   etuvchi   individlar,   psixologik   jihatdan qaraganda,   to’liqsiz   yoki   izdan   chiqqan   psixoijtimoiy   moslik   natijasi   ekanligini
ko’rish   mumkin.   Bular   shaxs   uchun   barqarorlashtiruvchi   psixologik   asos   bo’lib,
o’zini   yaxlit   shaxs   sifatida   his   qilish,   hayotiy   fikrlarga  ega   bo’lishi   va   o’z-o’zini
anglashining muhim komponentlari, qudratli mexanizmi hisoblanadi.
Terrorchilik   jinoyatlarini   sodir   etuvchi   shaxslar   uchun   dunyoni   salbiy
jihatdan tushunish   bir   qator   omillar   ta’siri   ostida   vujudga   kelishi     xarakterlidir.
Bunda  o’zini o’zi boshqarish qobiliyatining rivojlanmaganligi va real faoliyatning
ideal   obrazi   orasidagi   mos   kelmaslik   tegishlidir.   Bu   ideal   bilan   subyektning
shaxsiy   va   ijtimoiy   jihatdan   bilishining   qarama-qarshiligidir,   natijada   terrorchi
shaxs     uchun   «Men   yaxshi,   dunyo   yomon»   degan   nuqtai   nazar   shakllanadi.   Bu
pozisiya   turli   xil   destruktiv   harakatlarni   oqlash   va   o’z-o’zini   ruhiy   himoyalash
vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Terrorchilik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslarni quyidagicha klassifikasiya
(turkumlash) qilish mumkin mumkin:
Tashkilotchilar.   Ushbu   kategoriyaga   tegishli   bo’lganlarni   genetik
terrorchilar   yoki   insonlar   deyish   mumkin,   ular   yoshlik   davridan   terrorchilik
faoliyati bilan shug’ullanishga moyil bo’lgan shaxslardir. Hozirgi zamon tibbiyoti
nuqtai   nazardan   olib   qarasak,   genetik   terrorchilar   miya   strukturasining   tug’ma
yoki   yoshligidagi   og’ishlari   natijasida   hokimiyatni   qo’lga   olish,   boshqarish   kabi
illatlarga   mubtalo   bo’ladilar.   Ularda   siyosiy   yoki   ijtimoiy   ko’rinishdagi
hokimiyatga erishish pog’onama-pog’ona emas, balki umuminsoniy qadriyatlarga
zid bo’lgan vahshiyona xatti-harakatlar orqali amalga oshirildi.
Tashkilotchilar o’z navbatida quyidagi tiplarga bo’linadi:
a)   mafkuraviy   fanatlar   tipi .   Bular   terrorchilarning   juda   xavfli   tipi
hisoblanadi,   shaxsiy   e’tiqodlari   (diniy,   mafkuraviy,   siyosiy),   shuningdek,
dunyoqarashlari,   gunohsizligi   hamda   insonlarning   taqdirini   boshqarish
mumkinligiga   ishonadilar.   Ushbu   toifadagilar   notiqligi,   yuqori   aqliy   darajasi   va
boshqa odamlarga samarali psixologik ta’sir eta olish ko’nikmasi mavjudligi bilan
ajralib   turadi; b)  bevosita tashkilotchilar tipi  – ma’lum ma’noda barqaror va sovuqqon tip.
Aniq   teraktlar,   bir   qancha   oldindan   o’ylangan   va   rejalashtirilgan   terrorchilik
faoliyatlarini   g’oyaviy   ta’minlanganlik   va   emosional   qat’iyatlilik   bilan   amalga
oshiradi. Lider, ushbu faoliyatdan tashqarida bo’lishni ma’qul ko’radi;
v)   namoyishkorona tip   –   ochiqchasiga jangovar boshqaruvchi, maqtanchoq
va o’zini yaxshi ko’ruvchi «davyurak-jangchi» tipaj. Barcha narsalar va hammaga
nafrat ko’zi bilan qarab lazzatlanadi, o’zining buyukligiga ishonadi va odamlarni
ishon- tirishga harakat qiladi. 
Ta’minlovchilar   kategoriyasiga   turli   ko’rinishdagi   noqonuniy   yoki   jinoiy
yo’llar   yordamida   moddiy   mablag’   yig’ish   bilan   shug’ullanuvchi   shaxslar
kiradilar. Bular ham quyidagi tiplarga bo’linadi:
a)   yollovchi   tip   –   boshqalarni   terrorchi   tashkilotlarga   jalb   qiluvchi   shaxs.
Yuqori va tez psixologik aloqa o’rnatishga moyil, psixotexnologik ko’nikmalarga
ega,   ishontirib   (gipnoz)   ta’sir   qilishi   bilan   ajralib   turadi.   Ushbu   toifadagilar
terrorchilik   tashkilotlarida   eng   kuchli   bo’g’in   hisoblanib,   ularning   vazifalari
ta’sirga tez beriluvchi odamlarni aniqlash va topish hamda ularga psixologik ta’sir
o’tkazishdan iborat;
b)   teraktlarni   tayyorlovchilar   tipi   asosan   sobiq   maxsus   xizmat   xodimlari
bo’lib, ular ikki yoki undan ortiq davlatlarda maxsus xizmatlarda tayyorgarlikdan
o’tgan   shaxslar   hisoblanadi.   Ularda   uzoq  yillar   davomida   qo’poruvchilik,   ba’zan
esa antiterrorchilik faoliyati bilan shug’ullanish natijasida terrorchi shaxslarga xos
bo’lgan psixologik sifatlar shakllangan. Ular yoshi jihatidan yoki biror-bir boshqa
sabablar   orqali   davlat   xizmatida   olib   borayotgan   xizmatining   ijtimoiy
yo’nalganligini   o’zgartirib   boradilar:   ular   odatiy   faoliyat   bilan   «dushman   tarafi»
bo’lib   shug’ullanadilar.  Bunday   maxsus   xizmat   xodimlarining  ma’naviy-axloqiy,
insoniy   prinsiplari   qo’poruvchilik   faoliyati   bilan   uzoq   yillar   davomida
shug’ullanishi   natijasida   yo’q   bo’lib   ketgan.   Ijtimoiy   yo’nalganlikning
o’zgarishida   asosiy   rolni   «moddiy   manfaat»   o’ynaydi.   Terrorchilikda   ushbu
faoliyat   bilan   shug’ullanuvchilar   uchun   davlat   xizmatiga   qaraganda   bir   necha barobar ko’p haq to’lanadi;
v)   pedagog-murabbiylar   teraktlarni   tayyorlovchilar   bilan   bir   jabhada
faoliyat   ko’rsatadilar.   Bu   shaxslar   terrorchilikning   barcha   mutaxassisliklari
bo’yicha   instruktorlik   faoliyati   bilan   shug’ullanadilar.   Odatda   ular   boylik
girdobiga   tushgan   sobiq   maxsus   xizmat   xodimlaridir.   Pedagog-murabbiy
terrorchilar-   ning   professional   faoliyati   o’zgarmaydi.   Ular   ilgari   terrorchilikka
qarshi   kurashishni   o’rgatgan   bo’lsalar,   endilikda   esa,   o’tmishdagi   tajribalariga
suyangan holda, o’zlarining sobiq shogirdlariga qarshi kurashishni   o’rgatadilar;
g)   texnologlar   ham  terrorchi   tashkilotlarning a’zosi  bo’lib,  ularning asosiy
vazifasi   teraktlarni   sodir   etishning   texnik   jihatlarini   ta’minlash   hisoblanadi.   Ular
aniq terrorchilik xatti-harakatlarini sodir etish uchun shart-sharoitlar tayyorlash va
portlovchi moslamalarni yaratish sohasida texnik hamda boshqa malakalarga ega
bo’ladilar. Kimdir terrorchilar uchun soxta hujjatlar tayyorlaydi, kimdir transport
vositasi   va   samolyot   uchun   chipta   bilan   ta’minlaydi,   boshqalari   esa   uy-joy   va
portlovchi moslamalar uchun omborxonalar   tayyorlaydi.
Bajaruvchilar .   Bu   toifadagi   shaxslar   terrorchi   tashkilot-   ning   eng   quyi
pog’onalarida   turadilar   va   ularning   asosiy   vazifasi   bevosita   teraktlarni   amalga
oshirish   hisoblanadi.   Bular   portlovchi   moslamani   portlash   joyiga   olib   boruvchi,
masofada   turib   portlovchi   moslamani   harakatga   keltiruvchi   va,   o’limdan
qaytmaydigan   yo’l   ko’rsatuvchi,   o’zini   «qurbonlik»   yoki   «shahidlik»   keltiruvchi
ayol va erkak a’zolardir. Bularga quyidagi tiplarni kiritish mumkin:
a)   tajavuzkor   tip.   Ushbu   toifadagi   odamlar   zo’rlashga,   o’ldirishga   hamma
narsani buzishga va hammani qo’rqitishga xos tajovuzkor xulqqa ega. Terror ular
uchun emosional  qoniqishning  asosiy  usuli  hisoblanadi.  Ushbu kategoriyadagilar
«qotib   qolgan»   (otmarozka),   umuman   ma’naviyatsiz,   vahshiy,   rag’batlantirish
uchun  ishlovchilar   bo’lib,   ular   uchun   kimni   so’yish   va   kimni   otishning   umuman
farqi yo’q;
b)   fanatik tip   – terrorchilarning eng xavfli tiplaridan biri bo’lib, teraktlarni
sodir etishga borishida o’z o’limiga oldindan va ongli ravishda tayyorlanadilar; v)   zombilashtirilgan   tip   –   o’z   joniga   qasd   qilish   vazifasini   ideal   tarzda
bajaruvchilar.   Ta’sirga   berilish   natijasida   dasturlashtirilgan   avtomat   sifatida
harakat qila- di. Vazifani bajarishda tez fikrlaydi va qo’rquvni his qilmaydi;
g)  qasoskor tipning  asosiy motivi o’zi uchun, yaqinlari yoki do’stlari hamda
yagona   e’tiqoddoshlari   uchun   qasos   olish   hisoblanadi.   Ushbu   tip   ichida   ko’proq
o’spirinlar va ayollar uchraydi;
d)   avantyurist   tip   –   qattiq   siyosiy   e’tiqod   va   barqaror   siyosiy   yo’nalishga
ega   bo’lmagan   odam.   Ushbu   toifadagi   odamning   boshqalardan   farqi   shundaki,   u
yakka holda harakat qiladi.[II; 13 34-36]
O’z   navbatida,   «bajaruvchilarni»   o’z   joniga   qasd   qiluvchi-   terrorchilar
toifasiga kiritish mumkin. Ushbu toifadagi odamlarda o’lish va o’ldirishga xohish
yuqori bo’ladi, qaysiki o’zini o’zi o’ldiruvchilar o’zini juda kuchsiz yoki «xudo»
sifatida his qilishi lozim bo’ladi.
Terrorchilik   jinoyatining   ichki   motivlaridan   biri   ham   o’z   kuchi   bilan
zaiflikdan   qutilishdir.   Bunday   odamlarda   tobelik   va   xafagarchilik   ekstremal
kechinma hisoblanadi.
O’z   joniga   qasd   qiluvchi   terrorchining   maqsadi   –   odamlar   ko’p   joylarda,
shaharlarning markaziy tumanlarida o’ziga katta e’tibor qaratishni nazarda tutadi.
Agar   u   aholidan   to’sib   qo’yilsa,   ko’proq   huquqni   muhofaza   qiluvchi   organ
xodimlarini   yo’q   qilishga   harakat   qiladi.   Ular   muzokara   olib   borish   jarayonida
ham yon-atrofiga imkon qadar ko’proq odamlarni yig’ish maqsadini ko’zlaydi, o’z
jonini qimmatroqqa sotishga harakat   qiladi.
Terrorchilik   keyingi   paytlarda   turli   ko’rinishlarda   namoyon   bo’lmoqda.
Agar ilgari muayyan maqsadlarga erishish yo’lida uning odamlarni garovga olish,
aholi   o’rtasida   vahima   uyg’otish,   u   yoki   bu   davlat   obyektlarini   portlatish,   davlat
arbobiga   suiqasd   qilish   va   hokazo   ko’rinishlari   kuzatilgan   bo’lsa,   bugun   o’z
g’arazli  maqsadi  yo’lida  to’g’ridan-to’g’ri  inson  resurslaridan foydalanish hollari
ham   ommalashib   bormoqda.   Terrorchilikning   bu   ko’rinishi   «qurbonlik»   yoki
«shahidlik»   terrorchiligi   deb   ataladi.   «Qurbonlik»   yoki   «shahidlik»   terrorchiligi xalqaro   terrorizmning   bir   ko’rinishi   sifatida   turli   ijti-   moiy-siyosiy   tartiblarda
muayyan sabablar va omillar ta’sirida namoyon bo’ladi. Uning bunday ko’rinishi
O’zbekistonni ham chetlab  o’tmadi.  2004  yil  29–30  mart  kunlari    «shahidlik»
terrorchiligining dastlabki ko’rinishi kuzatildi.[III; 53  – № 2. –   16–17-б.]
Odatda, «shahidlik»ka qaror qilgan shaxslar o’z jonini qurbon qilishni taklif
qilmaydilar.   Ularni   «ma’naviy   murabbiyi»   yoki   sardori   tanlab   oladi.   Shundan
so’ng   uzoq   muddatga   rejalashtirilgan   kompleks   va   psixologik   tayyorgarlik
jarayonlari  boshlandi.  «Qurbonlik»  yoki  «shahidlik»  maqomidagi terrorchilarni
odatda Yaqin Sharq, Kavkazorti, Afg’oniston va Pokistonda tayyorlaydilar.
«Qurbonlik»   yoki   «shahidlik»ka   mubtalo   bo’lgan   terrorchilarni
zararsizlantirish juda mushkul, chunki u o’limga tayyor. 
Bunday   nobakor   ishlarga   qarshi   maxsus   xizmat   xodimlarining   samarali
mehnatlari   orqali   natijaga   erishi   mumkin.   Mutaxassislarning   ta’kidlashicha,
terrorchi har soniyada hayot bilan vidolashishga tayyor emas. U doimiy ravishda
barmog’i   bilan   harakatga   keltiruvchi   tugmani   ushlab   turishi   mumkin   emas.
Terrorchi   o’z   joniga   qasd   etishi   uchun   kamida   yarim   daqiqa   vaqt   kerak   bo’lishi
hisoblab chiqilgan. Mana shu yarim daqiqa hal qiluvchi vazifani bajaradi.
Professional jinoyatchilarning o’ziga xos xususiyatlari
Professional   jinoyatchilik   odatda   doimiy   ravishda   g’ayriqonuniy   daromad
olish   bilan   chambarchas   bog’lanadi.   Biroq,   professional   jinoyatchilikni   faqat
«daromad»   tushunchasi   bilan   emas,   balki   yaxshi   ishlangan,   yo’nalish,   izga
tushgan   usullar   bilan   amalga   oshiriladigan   barqaror,   doimiy   mashg’ulot   sifatida
tushuniladigan «professionalizm» degan psixologik tushuncha bilan ham bog’lash
lozim.
Masalan,   o’g’rilik   kasbga   aylanganida   u   bilan   har   qanday   kasb   bilan
bo’ladigan   hodisa   ro’y   beradi:   mehnat   taqsimoti   yuzaga   keladi,   kasb   turmush
tarziga   aylanadi.   Professional   jinoyatchi   o’z   ishini   yaxshi   biladi   va   butun
intilishlarini   unga   bo’ysundiradi,   shuningdek   jinoiy   ixtisoslashuvi   bilan   ajralib
turadi. Professional   jinoyatchilar   o’z   hayotlarida   bir   necha   marta   aybli   ijtimoiy
xavfli   qilmish   sodir   etib,   muayyan   bilim   va   tajriba  to’plagan,   faqat   jinoyat   sodir
etish   tufayli   qo’lga   kiritilgan   moddiy   ne’matlar   evaziga   yashashga   o’rgangan
kishilardir.
Professional   jinoyatchilar   ruhiy   olamining   mohiyati   va   xususiyatlari
ularning   axloqiy   yomonlik   qonunlarida   o’z   ifodasini   topgan.   Jinoyatchilar
dunyosining axloqiy yomonlik qonunlariga quyidagilar kiradi:
1. Har bir jinoyatchining, jinoyatchilar guruhi a’zolarining asosiy vazifasi,
burchi «o’g’rilar g’oyasi»ga sadoqat bilan xizmat qilishdir . Ushbu qonun har bir
jinoyatchidan:
a) jinoyat sodir etish hayotining bosh maqsadini tashkil etishini;
b)   to’plagan   mablag’larini   o’g’rilarning   umumiy   pul   mablag’lari
jamg’armasi   (obshak)ga   topshirishni,   oshiqchasini   esa   har   xil   ko’ngilxushlikka,
qimorbozlikka sarflashini;
v)   maxfiylik   qoidalariga   qat’iy   amal   qilishni,   har   qanday   ahvolda   ham,
ya’ni   qiynoqqa   solinganda,   narkotik   moddalar   ta’sirida,   aqldan   ozganda   ham
«o’g’rilar   birodarligi»   g’oyalariga   sodiq   qolib,   ularni   sotmaslikni,   huquqni
muhofaza qiluv- chilarga hech qanday ma’lumotlarni oshkor qilmaslikni;
g) jamiyat uchun foydali mehnat qilmaslikni, ya’ni umumiy foydali mehnat
faoliyati   bilan   shug’ullanish   –   «frayer   uchun   ishlash»ni   eng   iflos,   hazar
qilinadigan ish deb bilishni;
d)   oila qurmaslik,  qarindoshlar  bilan  aloqada  bo’lmaslikni   talab  qiladi.  Bu
axloqiy yomonlik talablarini buzganlar qattiq jazolanadilar.
Jinoyatchilar   dunyosining   axloqiy   yomonlik   qonunlari   jinoyatchining   o’z
onasi bilan normal insoniy munosabatda bo’lishgagina monelik qilmaydi. 
Biroq, jinoyatchining badaniga yozilgan  «Ne zabudu mat rodnuyu»  degan
tatuirovkaning   onaga   bo’lgan   mehr-muhabbatni   ifodalashga   hech   qanday   aloqasi
yo’q.   Bu   tatuirovka   ularning   faqat   jinoyatchilar   guruhiga   bo’lgan   muhabbatini,
sadoqatini   ifodalab,   jinoyatchilar dunyosini «rodnaya mat» – «jonajon ona» deb bilishlarini ifodalaydi, xolos.
Jinoyatchilar   dunyosining   axloqiy   yomonlik   qonunlari   jinoyatchilarning
ishq-muhabbatlari,   jinsiy   hayoti   borasida   ularga   faqat   «shalavalar»   –   buzuq
ayollar   bilan   ishqiy-intim   munosabatda   bo’lishlariga,   ya’ni   ba’zida   er-xotin
bo’lishlariga   ruxsat   beradi.   Bunda   professional   jinoyatchining   xotini   boshqa
jinoyatchilarni  ham intim  jihatdan ta’minlab yurishi  kerakligi, ayniqsa, «qonuniy
eri»   qamoqqa   tushsa,   uning   boshqa   jinoyatchilar   ixtiyoriga   o’tib   ketishi,   ayni
vaqtda qamoqdagi eridan xabar olib turishi talab qilinadi.
Bunday   «shalava»   xotinlar   garchand   o’z   erki   bilan   o’g’rilarning   xotini
bo’lgan   bo’lsa-da,   o’g’rilar   dunyosiga   kirgandan   keyin   ular   bu   hayotdan   o’z
ixtiyorlari   bilan   chiqib   keta   olmaydilar   va   bir   umr   o’g’rilar   dunyosining   qul
xotiniga   aylanib   qoladilar.   Har   qanday   xiyonat,   jinoyatchilar   dunyosidan   chiqib
ketishga urinish uning uchun fojiali tugashi muqarrar bo’ladi.
Hozirgi   zamon  jinoyatchilari   bola-chaqa  masalasida  ham   axloqiy tarbiyani
jinoyatchilar   dunyosining   axloqiy   yomonlik   qonunlari   asosida   olib   borishga
harakat qiladilar. Ayniqsa, professional jinoyatchining bolasi jinoyat sodir etsa, u
bola   va   uning   otasi   katta   nufuzga   ega   bo’lib,   unga   ishonch   bildiriladi.   Bundan
asosiy   maqsad   ana   shu   jinoyatchilar   ichidan   «qonundagi   o’g’rilarni»   tarbiyalab
yetishtirish hisoblanadi.
2. Har   qanday   professional   jinoyatchining   davlat   organlari,   ayniqsa,
huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlaribilan aloqa qilishlari, munosabatda
bo’lishlari qat’iyan taqiqlanadi.
Bu qonunni joriy qilishdan asosiy maqsad jinoyatchilarning o’z sheriklarini
sotmasligini, ularning ishiga va g’oyasiga sodiq qoldirishni ta’minlashdan iborat.
Shunga   ko’ra,   huquqni   muhofaza   qiluvchi   organ   xodimlari   bilan   qilingan   har
qanday aloqa xiyonat hisoblanadi. Bordi-yu, jinoyatchi davlat organlariga, qamoq
joylaridagi   ma’muriyatga   biror-bir   ma’lumot   bersa,   u   jinoyatchilarning
«qardoshlik» oilasidan chiqariladi va jinoyatchilar sudi tomonidan o’limga hukm
etiladi. Bu   qonunni   amalga   oshirish   uchun   maxsus   «qasamyod»   qabul   qilish
an’anasi   qabul   qilingan.   Har   qanday   yosh,   qobiliyatli   o’g’ri   ma’lum   sinov
tajribalaridan   o’tganidan   so’ng,   jinoyatchilar   dunyosiga   qabul   qilinishi   oldidan
«qasamyod»   qabul   qiladi.     Bu   «qasamyod»da,   masalan,   «men,   yosh   pasan,
o’g’rilar   yo’lini   tanlar  ekanman,   mana   shu   yig’inda   ishtirok   etayotgan   o’g’rilar
oldida	
  butun   umrim   davomida   sadoqatli   o’g’ri   bo’lishga,   chekistlar   bilan	  hech
qanday munosabatda bo’lmaslikka qasam ichaman...», deyiladi.	
 
Bu  qasam   jinoyatchilar  dunyosi  axloqiy  yomonlik   qonunlarining eng  oliy
cho’qqilardan   biri   hisoblanadi.   Ana   shunday   qasamyod   qilganlargagina   o’g’rilar
ishonadilar. «Qasamyod»ni buzganlar, albatta o’limga hukm etiladilar. Bu axloqiy
yomonlik   tilsimotini   ichki   ishlar   idoralarining   har   bir   xodimi   yaxshi   bilmog’i
zarur.
3. Har   qanday   jinoyatchi   o’z   guruhi   a’zolariga   nisbatan   halol   va   to’g’ri
munosabatda   bo’lishi,   xushmuomalalik   bilan   ish   ko’rishi   lozim.   Bu   qonun   teng
toifadagi jinoyatchilarning bir-birlari bilan urishishini, har xil haqoratomuz so’zlar
aytib   so’kinishlarini   taqiqlaydi.   O’g’rilar   «odobi»da   teng   toifadagilar   o’rtasida
«qo’l siltash»ga ruxsat beriladi, xolos. Biroq, bu axloqiy talablar o’zlaridan pastki
tabaqadagilarga   nisbatan   qo’llanilmaydi.   Yuqori   tabaqadagilarning   pastki
tabaqadagilarni   urishi,   so’kishiga   ruxsat   etiladi.   Shuning   uchun   «qonundagi
o’g’rilar» o’zlarini jinoyatchilar dunyosining «knyazlari» deb ataydilar.
4. «Qonundagi   o’g’ri»larning   qamoq   joylaridagi   tartibni   nazorat   qilishi,
jinoyatchilar   orasida   butunlay   o’z   hokimiyatini   o’rnatishi   va   uning   ishlashini
ta’minlashi   shart.   Bu   qonun   qamoq   joylarida   «qonundagi   o’g’rilar»
boshchiligidagi   hoki-   miyatni   o’rnatib,   jinoyatchilar   dunyosining   bir   butunligini
ta’minlash   va   ularni   yangi   a’zolar   bilan   to’ldirish   maqsadiga   xizmat   qiladi.   Bu
ishni   amalga   oshira   olmagan   «qonundagi   o’g’rilar»   o’g’rilar   yig’ini   oldida
javobgar hisoblanadilar va tegishli jazoni oladilar.
5. Har   bir   o’g’ri-jinoyatchining   asosiy   vazifalaridan   biri   jinoyatchilar
dunyosini yangidan-yangi a’zolar bilan to’ldirish ishlari bilan muntazam ravishda shug’ullanishdir.   Bu   qonun   jinoyat   qilishga   moyil   bo’lgan   yoshlar   orasida
«g’oyaviy- mafkuraviy ish» olib borishni, ya’ni jinoyatchilar dunyosidagi erkinlik,
chiroyli   hayot,   har   xil   qo’shiqlar,   tatuirovkalarni   targ’ib   qilish,   ularni   narkotik
moddalar   iste’mol   qilishga,   spirtli   ichimliklar   ichishga   va   buzuq   ayollar   bilan
jinsiy   aloqa   qilishga   o’rgatish;   shantaj   qilish,   qo’rqitish,   ig’vo   qilish,   qimor
o’yinlariga   jalb   qilish,   qarzdor   qilish   orqali   ularni   jinoyat-   chilar   dunyosiga   jalb
etib,   o’z   saflarini   kengaytirishni   va   jinoyatchilar   avlodining   uzluksiz   davom
etishini ta’minlashni talab   qiladi.
6. Har   qanday   professional   jinoyatchining   siyosiy   faoliyat   bilan
shug’ullanishi,   ya’ni   partiyalarga   a’zo   bo’lishi,   gazeta   o’qishi,   tergov   va   sud
ishlarida guvoh sifatida, jabrlanuvchi tarzida qatnashishi   taqiqlanadi.
7. Har   bir   professional   jinoyatchi   qimor   o’yinlarini   yaxshi   bilishi   lozim.
Qimor   o’yinlari   jinoyatchilarning   aqlini   peshlashdan   tashqari,   jinoyatchilar
dunyosining   boshqa   odamlar   bilan   til   topishishining   eng   muhim   usullaridan   biri
hisoblanadi. 
8. Bu   o’yinlar   orqali   ular   boshqa   jinoyatchilar   ustidan   o’zlarining
hukmronligini   o’rnatadilar,   ya’ni   ularning   mol-mulki,   xotini,   bola-chaqasini   va
hatto hayotini ham yutib oladilar. Yutqazib qo’yganlarni o’zlarining xizmatkoriga
aylantira- dilar va eng xavfli topshiriqlarni bajarishga majbur qiladilar.
Professional   jinoyatchilarning   axloqiy   yomonlik   qonunlari   talablarini
buzganlarga va bajarmaganlarga qarshi quyidagi jazolar qo’llaniladi.
1. Oshkora   tarzda   shapaloq   urish.   Bu   jazo   ko’pincha   qilgan   mayda
gunohlari,   xususan   haqorat   qilganligi   uchun   qo’llaniladi.   Uni   amalga   oshirish
chun   jinoyatchilar   yig’iladilar   va     teng   toifadagi   gunohsiz   jinoyatchi   ularning
oldida teng toifadagi gunohkorni bir shapaloq uradi.
2. Jinoyatchilar   guruhidan   chiqarish   yoki   bir   tabaqa   pastga   tushirish.
Bunda   odamlar   yig’ilib,   gunohkorning   qulog’i   tagiga   o’yin   kartasi   bilan   uriladi.
Bu «qulog’ining tagiga tushirish bilan jazolash»   deyiladi.
3. Katta   pul   jarimasini   solish.   Bu   jazo   chorasi   ayni   bozor   iqtisodiyotiga o’tish   vaqtida   kengayib   ketdi.   Ayniqsa,   o’g’ri-   jinoyatchilar   o’g’rilar   yig’iniga
kechikib   kelganliklari   hamda   o’zlari   bo’lib   olgan   hududlardan   chiqib,
boshqalarning   hududida   ish   olib   borganligi   uchun   katta   pul   jarimalarini
to’laydilar.
4. Oliy   jazo   –   o’lim   jazosi.   Bu   jazo   asosan   xiyonat   uchun   qo’llaniladi.
Bunda o’ldirish quroli sifatida ko’pincha pichoq ishlatiladi.
Professional jinoyatchilarning quyidagi to’rt asosiy belgisi mavjud:
1) jinoyatchilik   bilan   shug’ullanishdagi   barqarorlik,   ya’ni   biror-bir   jinoyat
turini sodir etishga   ixtisoslashganlik;
2) ma’lum ko’nikma va malakaga ega   bo’lish;
3) jinoyat tufayli mol-mulk topish hayotining asosini tashkil   etishi;
4) jamiyatdagi   tartibga   xilof   tarzda   hayot   kechiruvchilar   bilan   aloqada
bo’lish.
Jinoyatchilar   dunyosi   jamiyatning   illati   bo’lib,   undan   ajralgan   holda   ish
ko’radi. Shuning uchun ham jinoyatchilar boshqalar bilmasligi yoki tushunmasligi
uchun   o’zlarining   tilini,   har   xil   laqablarini,   belgilarini   ishlab   chiqqanlar.   Bu   til
(jargon), laqab, belgi (tatuirovka)lar orqali ular sirli muloqotda bo’ladilar. Ana shu
sirni bilish va natijada ular sodir etmoqchi bo’layotgan jinoyatlarning oldini olish
va   ularni   fosh   qilish   ichki   ishlar   idoralari   xodimlarining   vazifala-   ridan   biri
hisoblanadi.
Jinoyatchilar dunyosi jinoyatchilardan kishilar orasida va ijtimoiy hayotning
illatlari   bo’lgan   boshqa   qatlamlar   bilan   muloqot   qilishda   muomala   qilish
elementlarini, ya’ni: a) maxsus til, ya’ni jargonlarni; b) jinoyatchilarning belgilari
(tatuirovkalar)ni; v) jinoyatchilarning laqablarini yaxshi bilishlarini talab qiladi.
A .   Jinoyatchilar   dunyosi   «estetik   madaniyati»ning   asosiy   elementlaridan
birini ularning nutq madaniyatiga kiruvchi tili (jargonlari) tashkil   etadi.
Jinoyatchilar   dunyosida   amal   qiluvchi   jargonlarni   uch   guruhga   ajratish
mumkin: 1) oddiy   huquqbuzarlardan   tortib,   professional   jinoyachilargacha
foydalanadigan umumiy   jargonlar;
2) ozodlikdan mahrum etilganlar qamoqxonalarda ishlatadigan   jargonlar;
3) professional jinoyatchilar ishlatadigan maxsus jargonlar.
Jinoyatchilar dunyosining jargonlari ikki xil vazifani: 
birinchidan,   jinoyatchilarning   so’zlarini   oddiy   fuqarolar   tushunmasligi
uchun maxfiylashtirish; 
ikkinchidan,   jargoniga   qarab   jinoyatchining   qaysi   toifaga   kirishi   va
jinoyatchilar dunyosida qanday o’rin tutishini aniqlash, bilish vazifasini bajaradi.
Jinoyatchilar   o’zlarining   tilini   san’at   bilan   qiyoslab,   ularga   estetik   tus
beradilar,   ya’ni   «musiqa   sadolari   ostida   qadamma-qadam   yuradi»   («po   muz ы ke
xodit»)   deb   o’zlarining   til   hunarlarini   maqtaydilar.   Hozirgi   kunda
jinoyatchilarning   lug’aviy   boyligi   10   ming   so’zdan   ortiq   bo’lgan   har   xil
jargonlari   mavjud .   Shulardan   ba’zi   birlarini   keltiramiz:   masalan,   polyak   tilidan
kirib   kelgan   jargonlarga   kapat   –   yetkazish,   chaqish,   ment   –   milisioner,   turma
nazoratchisi;   ukrain   tilidan   kirib   kelgan   jargonalarga   xavat   –   yemoq,   xomka   –
pichoq; lo’lilar tilidan kirib kelgan jargonlarga   chuvixa –   suyuqoyoq; turk tilidan
kirib   kelgan   jargonlarga   yamaniy   –   yomon,   kicha   –   turma;   nemis   tilidan   kirib
kelgan jargonalarga  guten morgen  – ertalabki o’g’rilik; fransuz tilidan kirib kelgan
shpana  – mayda o’g’rilar kabi so’zlar   kiradi.
Shuningdek,   hozirgi   kunda   muomalada   bo’lgan   ba’zi   bir   jargonlarni   ham
keltiramiz.   Masalan,   ayva   –   qoch,   alkash   –   aroqxo’r,   amba   –   tamom,   ampula   –
shisha idish,  balda  – nasha,   ban  – bozor,  baban  – qishloqi,  baruxa  – xotin,  bugor
–   brigadir,   shayba   –   pul,   juk   –   tajribali   o’g’ri,   shaloto   –   tilla,   artist   –   firibgar,
zajigalka   –   to’pponcha,   brodyaga   –   daydi,   basyaki   –   yalangayoq,   shirmoch   –
cho’ntakkesar va boshqalar.[III; 54 146-148]
B . Professional jinoyatchilar olamining o’ziga xos jihatlaridan yana biri bu
jinoyatchilarning   badanlariga   chizilgan   yoki   kuydirib   yozilgan   har   xil
mazmundagi belgalar – tatuirovkalar hisoblanadi. Tatuirovkalar quyidagi ma’nolarni anglatadi:
1. Jinoyatchining   qaysi   tabaqaga   mansub   ekanligani   anglatadi.   Masalan,
badanga   chizib   ishlangan   «xoch»   (krest)   –   kissavurni,   «gladiator»   –   bezorini,
«o’rgimchak inidagi o’rgimchak» – giyohvandni anglatadi va   h.k.
2. Jinoyatchining   qasd   olishga   va   qamoqdan   qochishga   bo’lgan
mayllarining   mavjudligini   anglatadi.   Masalan,   yo’lbars   boshining   tasviri   –
tajovuzkor   jinoyatchini,   «pogonga   sanchilgan   pichoq»   –   huquqni   muhofaza
qiluvchi organ xodimlaridan o’ch olishga qasd qilganligini, «qurollangan echki» –
milisiya   xodimidan   o’ch   olish,   «kallaga   qadalgan   pichoq,   xanjar»   –   yetkazilgan
hamma   musibatlar   uchun   o’ch   olish,   «og’zida   pichoq   tishlash»   –   «faollarni
so’yaman»,   «yurakka   qadalgan   xanjar   va   o’qdon»   –   «qonundagi   o’g’rilar»dan
o’ch olaman, degan ma’nolarni bildiradi.
3. Shunchaki   badanni   «bezash»   uchun   xizmat   qiladi.   Hattoki,   jahonga
mashhur san’at asarlaridan nusxalar chizdirish, ya’ni zavq-shavq olish maqsadida
hamda   o’zining   yuksak   estetik   did   egasi   ekanligini,   madaniyat   sohibi   ekanligani
ko’rsatish   uchun   maxsus   chizilgan   tatuirovkalar   bor.   Masalan,   Vasnesovning
«Uch bahodir», Leonardo Da Vinchining «Sikstin Madonnasi» asarlarini badanga
chizdiradilar.
4. «Qahramonlik»   va   chidamlilikni   namoyish   qilish   uchun   chiziladi.
Masalan,   jon   og’riydigan   nozik   joylarga,   ko’zning   ustiga   va   boshqa   joylarga
chizilgan tatuirovkalar shular jumlasiga   kiradi.
V.   Professional jinoyatchilarda laqablar ularning ikkinchi ismi hisoblanadi.
Jinoyatchilarning   laqablari   asosan   konspirasiya   ya’ni   niqoblash,   yashirish
vazifasini   bajaradi.   Shuning   uchun   ham   har   bir   jinoyatchining   laqabi   mavjud
bo’ladi.   Laqablariga   qarab   ular   bir-birlarining   nima   ish   bilan   shug’ullanishlarini,
qayerda turishlarini, kim bilan aloqa qilishlarini biladilar.
Laqab   uyushgan   jinoyatchilarning   ajralmas   belgilaridan   biri   hisoblanadi.
Ba’zida   laqablar   jinoyatchining   jismoniy   jihatlarini     bildirish     uchun     ham
ishlatiladi.   Masalan,   «Yaponchik»   (V.Ivankov   1940   yilning   2   yanvarida Moskvada   tug’ilgan,   uning   bu   laqabi   haqida   ikki   xil   taxmin   bor:   ba’zilar   uning
tashqi   ko’rinishi   sharqona   bo’lgani   uchun   «Yaponchik»   laqabini   olgan   deyishsa,
ba’zilar   V.Ivankov   «djiu-djitsu»   deb   nomlangan   yapon   kurashining   ustasi   edi,
laqab   shundan   kelib   chiqqan   deyishadi),   «Qora   kardinal»   (Otari   Kvantrishvili
1947   yilda   Gruziyada   tug’ilgan,   «kardinal»   katolik   dinida   Rim   papasidan   keyin
turuvchi   martabasi   ulug’ligi   jihatidan   ikkinchi   shaxs   hisoblanadi)   «qonundagi
o’g’ri»larning   laqabi,   «Masha»   o’g’rilar   bandasiga   boshchilik   qiluvchi   ayolning
laqabi,   «Malina»   o’g’rilar   uchun   maxsus   kvartira   saqlovchilarning   laqabi   va
hokazo.   Surgun   qilingan   jinoyatchilarda   «Ivan»lar   deganda   bosqinchilik,   ig’vo
bilan   shug’ullangan   jinoyatchilar;   «Xrapn»   deganda   o’z   ishlarini   o’zgalar   qo’li
bilan qiladigan jinoyatchilar;  «Igroki» deganda har xil qimorbozlar tushuniladi.
Jinoyatchilar   dunyosining   o’ziga   xos   «san’ati»   ham   mavjud.   Bularga
jinoyatchilar   hayotini   kuylaydigan   qo’shiqlar,   musiqalar,   raqslar   kiradi.   Ularda
jinoyatchilar dunyosi  «romantik» tarzda targ’ib qilinadi. Bu «romantik» targ’ibot
esa jinoyatchilar dunyosiga yangidan-yangi a’zolarni jalb etishga xizmat qiladi.
  Ayni   vaqtda   jinoyatchilik   ruhida   yozilgan   qo’shiqlar,   she’rlar,   kuylar
jinoyatchilarga   zavq   bag’ishlaydi.   Masalan,   Aleksandr   Galichning   «Turma
motivlari» turkumidagi she’rlari shular jumlasiga kiradi.
Jinoyatchilar dunyosidagi axloqiy yomonlik qonunlari, ularning badanlariga
chizilgan   tatuirovkalar,   qo’yilgan   laqablar,   kuylangan   qo’shiqlar   va   boshqalar
qanchalik go’zal ko’rinmasin, ular insoniylikka yot narsalar hisoblanadi.
Professional   jinoyatchilarning tarkibiy tuzilishi   va   toifasi .   Hozirgi   zamon
jinoyatchilar  olamining   tarkibiy  tuzilishini tahlil qiladigan bo’lsak, ularning  bir necha
toifaga   bo’linganligini   va   har   bir   toifadagi   jinoyatchilarning   o’ziga   xos   ichki   va
tashqi  turmush tarzi,  unda amal   qiluvchi   qandaydir  qonunlar   va  axloq,  xulq-atvor
me’yorlari borligini,  ularning  barchasi o’zining  mazmun-mohiyati bilan jinoyatchilar
olamini  takomillashtirishga qaratilganligini ko’ramiz.
Jinoyatchilar   olamining   psixologik   xususiyatlarini   ifoda   etuvchi   o’ziga   xos
yozilmagan xulq-atvor   me’yorlari, ko’rsatmalar,  til  (jargon),  laqab,  qo’shiq,  musiqa, tatuirovkalari   mavjud.   Bularni  bilmasdan   turib,   jinoyatchilar olamida bo’layotgan
o’zgarishlarni  bilish  va  ularga qarshi samarali kurashish mumkin   emas.
Hozirgi kunda jinoyatchilar olami quyidagi toifalardan tashkil topgan:
1) «qonundagi o’g’rilar» (vor v zakone);
2) «obro’lilar» («avtoritet ы »);
3) «ishbilarmonlar» (dels ы );
4) «qimorbozlar» (katal ы );
5) «tilyog’lamachi» («shesterki»);
6) «erkaklar» («mujiki»);
7)   «bolalar, yigitchalar»  («patsan ы »);
8)   «sho’rpeshonalar»  va  «pastkashlar» («obijenn ы ye  i  opu щ yenn ы ye»).
Ulardan   dastlabki   beshtasi   jinoyatchilar   dunyosining   o’zagini   tashkil
qiluvchi professional jinoyatchilar guruhlariga kiradi.
Xo’sh, “qonundagi o’g’rilar” kimlar?
Biz   jinoyatchi   deb   biladigan   olamning   o’ziga   yarasha   odatlari,   an’analari
mavjud. O’ziga yarasha martabayu “unvonlari” ham bor. Bu orlam o’ziga yarasha
ulug’lariyu   xiyonatkorlaridan   ham   xoli   emas.   Jinoyat   olamining   eng   yuqori
tabaqalaridan   biri   o’zbekchasiga   “Toj   guli”   (ruslarda   “Svetnaya   mast”)   deb
ataladi.  Mana  shu  oliy tabaqa  butun  jinoyat   olamini  boshqaradi.  Jinoyat  olamida
“qonundagi   o’g’ri”   (“vor   v   zakone”)   degan   tushuncha   ham   bor.   To’g’rirog’i,   bu
oddiy   tushuncha   emas,   balki   martaba,   unvon   hisoblanadi.   “Qonundagi   o’g’ri”
nomini   olish   uchun,   bu   martabaga   yetish   uchun   ko’p   sinovlardan   o’tish   kerak.
“Qonundagi   o’g’ri”   atamasini   “qonuniy   o’g’ri”   degan   ma’noda   tushunish   kerak
emas. 
Ayrimlar   bu   mavzuda   yozganlarida   “vor   v   zakone”ni   “toza   o’g’ri”   deb
tarjima qiladilar. Bu ham unchalik to’g’ri   emas.
“Qonundagi   o’g’ri”   –   o’g’rilar   olamining   qonun-qoidalarini   hech   bir
og’ishmay   amalga   oshiradigan,   o’g’rilik   odatlariga   sodiq,   o’g’ri   do’stlariga   hech
qachon xiyonat qilmaydigan, butun hayotini shu olamga bag’ishlagan odamdir. Bu nomni ularga NKVD xodimlari XX asrning 20 – 30 yillarida berishgan. U vaqtda
bu ibora “ashaddiy o’g’ri”, “ashaddiy jinoyatchi” degan ma’nolarda  qo’llanilgan.
O’g’rilar    esa    o’zlarining   “haloli”  (chestnyaga)  deb  atashgan.  Ya’ni  eng  yaxshi
o’g’ri – halol o’g’ri. Bu biz uchun bir oz kulguli tuyuladi, albatta. Chunki, jamiyat
ularni jinoyatchi deb hisoblaydi, ulardan nafratlanadi va ularni jazolaydi. 
Ular   esa   o’zlarini   jamiyat   ustidan   hukmronmiz   deb   his   qiladilar   va
jamiyatdagi hech qanday qonun-qoidani tan olmay yashaydilar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin jinoyat olamining tabaqa- lashuvi tezlashdi.
Avvalo,   jarima   batalonlarida   (“shtrafbat”)   jang   qilib   tirik   qaytgan   jinoyatchi-
jangchilar huku- matdan qurol oldilar. O’g’rilarning hukumat bilan murosa qilishi
jinoyat   olamining   qonuniga   mutlaq   zid   bo’lgani   sababli   ularga   “qanjiq”   degan
“martaba” berilgan.
Urush   paytida   G’arbiy   Yevropaga   ketib   qolgan   ayrim   jinoyatchilar
urushdan keyin tijorat bilan shug’ullana boshlashgan. O’g’rilar qoidasiga ko’ra bu
ham   mumkin   bo’lmagani   sababli   ular   “polshalik   o’g’rilar”   deb   nom   olishgan.
Mana shular va shularga o’xshab o’g’ri nomusini qadrlay olmaganlarga “egiluvchi
o’g’rilar” degan nom berilgan va ular bilan ayovsiz urush olib borilgan. Natijada
“qonundagi   o’g’ri”larning   soni   keskin   kamayib,   faqat   3   –   4   %   nigina   tashkil
qilgan.
XX   asrning   70–80   yillarida   sobiq   kompartiyaning   kaltabinligi   tufayli
jinoyat   kodekslaridan   “banditizim”,   “shayka”,   “uyushgan   jinoyatchilik”   kabi
tushunchalar   chiqarib   tashlandi.   SSSRda   go’yo   bunday   xavfli   jinoyatchilar   yo’q
deb ko’rsatishmoqchi bo’lishdi. 
Kompartiyaning bunday nodon siyosatidan jinoyat olami unumli foydalandi
va rivojlandi. Oqibatda avval 300 o’g’ri rasmiy ravishda “qonundagi o’g’ri” tojini
kiygan bo’lsa, to’qsoninchi yillarning boshlarida ularning soni 1500 dan oshdi. Bu
malakalari   oshgan,   o’g’rilik   nomusi   qoidalariga   rioya   qila   oladigan   yoshlar   safi
kengaydi, deganidir.
“O’g’rilik”   deganda   biz   uyga   bostirib   kiradigan,   yo’lda   tunagan   yoki cho’ntak kesgan odamlarni tushunamiz. To’g’ri bu ham o’g’rilik, ammo bu olam
yo’lidagi  birinchi   bosqichlardan  hisoblanadi.   Jinoyat  olami  bizning  halol  olamga
nisbatan   farqli   o’laroq   millat   va   dinga   ahamiyat   bermaydi.   Bugungi   kunga   kelib
sobiq   Ittifoq   hududidagi   “qonundagi   o’g’ri”larning   33   %   ini   ruslar,   32   %   ini
gruzinlar,   8   %   ini   armanilar,   5   %   ini   ozarbayjonlar,   22   %   ini   kurtlar,   abxazlar,
qozoqlar, ukrainlar va boshqa millat vakillari tashkil etishlari   aniqlangan.
“Qonundagi   o’g’ri”lar   odatda   uzoq   yashamaydilar.   Ilmiy   tadqiqotlar   shuni
ko’rsatadiki,   ularning   o’rtacha   umri   ko’pi   bilan   50–55   yoshdan   oshmaydi.
Ayrimlari   kam   hollardagina   60   yoki   undan   sal   ziyodroq   umr   ko’radilar.   65
yoshdan   oshganlari   barmoq   bilan   sanarli,   70   dan   oshganlari   ikkitagina   bo’lgan.
Shulardan   biri   saratovlik   “Mordak”laqabli   “qonundagi   o’g’ri”   bo’lsa,   ikkinchisi
amerikalik “Kas” laqabli “qonundagi o’g’ri” bo’lgan.
Shuningdek, jinoyatchilik olamida 18–20 yoshdagi “qonundagi o’g’ri” larni
ham   ko’rish   mumkin.   Masalan:   “Xudo”   laqabli   Gasoyan   1953   yilda   Tbilisida
tug’ilgan, 1997 yilda o’ldirilgan. “Valter” laqabli Valeryan Djanashiya 1957 yilda
Abxaziyada   tug’ilib,   1997   yilda   o’ldirilgan.   Ular   20   yoshidayoq   “qonundagi
o’g’ri” unvonini olishgan
Ma’lumotlarga   qaraganda,   “qonundagi   o’g’ri”larning   80   %   ini   30   –   35
yoshdagi jinoyatchilar tashkil etar ekan.[III; 46 30-31 b]
«Qonundagi   o’g’rilar».   Jinoyatchilar   olamining   «oliy   tabaqasi»ga   kiruvchi
bu   toifadagi   jinoyatchilarni   o’zining  og’ir  va  o’ta-og’ir  jinoyatlari  bilan kamida  2–
3   marotaba   qamalib   chiqqan,   jazoni   o’tash   joylarida   13–15   yillab   o’tirgan,
jinoyatchilar   olamining   barcha   axloqiy   qonun-qoidalarini   puxta   o’zlashtirib   olgan,
jinoyatchilar   dunyosida   obro’-e’tiborga   sazovor   bo’lgan   hamda   o’g’rilarning
maxsus   yig’inlarida   ushbu   «oliy   unvonni»   olgan   professional   jinoyatchilar   tashkil
qiladi.
«Qonundagi o’g’rilar»ga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
– «o’g’rilar g’oya»siga cheksiz    sodiqlik;
– jinoyat qilishda tajriba va katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega   bo’lish; – o’g’rilarning   «qonunlari»ni   puxta   bilish;
– «obro’sizlantiradigan»   (armiyada   xizmat   qilganligi,   par tiyaga   a’zo
bo’lganligi, davlat  mukofotlari   orden   va   medallar   bilan   taqdirlanganligi   haqidagi)
ma’lumotlarning   bo’lmasligi;
– jinoyatchilar   olamida   nufuzga   ega   bo’lganlardan   og’zaki   yoki   yozma
tavsiyanomaning   bo’lishi. 
Hayotning   o’zgarishi   bilan   «qonundagi   o’g’rilar»ning   turmush   tarzi,   ularga
qo’yiladigan   talablar   ham   o’zgarib   boradi.   Hozirgi   kunda   mavjud   bo’lgan
«qonundagi   o’g’rilar»   50-yillarda gilaridan   quyidagi   jihatlari   bilan   farq   qiladi:
birin chidan,   jinoyatni   bevosita   o’zlari   emas,   balki   boshqalarning
(«pexota»larning)   yordamida   amalga   oshirishi;   ikkinchidan,   katta   tashkiliy   ishlarni
bajarish,   ya’ni   huquqni   muhofaza   qiluvchi   va   ma’muriy   organlar   bilan   aloqa
o’rnatib   ishni   o’zlarining   foydasiga   hal   qilish   bilan   shug’ullanishi;   uchinchidan,
bevosita   o’g’rilik   bilan   emas,   balki   reket,   qimor   o’yini,   giyohvandlik   bilan
shug’ullanishlari.
Shunday qilib, hozirgi kunda «qonundagi o’g’rilar»ning ikki toifasini, ya’ni
eski   o’g’richilik   an’analariga   sodiq   qolib,   ularning   qonunlarini   qat’iy   ravishda
amalga   oshirayotgan   «nepman   o’g’rilar»   hamda   eski   qonun-qoidalarni   zamonga
moslab o’zgartirgan «yangi o’g’rilar»ni kuzatish mumkin.
«Yangi   o’g’rilar»ning   qamoqda   o’tirgan   bo’lishi   shart   emas,   ular   katta   pul
evaziga «qonundagi o’g’ri» rutbasi (tituli)ni sotib olib, eski «nepman o’g’rilar»ga
qarshi kurash olib boradilar. Bu kurash ko’pincha bir-birlarini jismoniy yo’q qilish
bilan   tugallanadi.
Umuman   olganda,   «qonundagi   o’g’rilar»   quyidagi   axloqiy   yomonliklarni
bajaradilar:
– jinoyatchilar   turmush   tarzini,   o’g’rilik   «axloqi»,   xulq-atvori   qonun-
qoidalarini   targ’ib   qilish,   o’z   saflarini   o’g’rilarning   urf-odatlarini   yaxshi   egallab
olgan yoshlar bilan to’ldirish;
– boshqa   uyushgan   jinoyatchi   guruhlar   bilan   aloqa   o’rnatish,   bitim   tuzish, ularga o’zlarining ta’sirini o’tkazish hamda yangi xulq me’yorlarini ishlab chiqish
va jinoyatchilar dunyosiga tatbiq etish;
– umumiy   pul   jamg’armasini   tashkil   etish   va   uni   muntazam   ravishda
to’ldirib   borish;
– o’g’rilar,   firibgarlar   va   boshqa   tekin   tomoqlarni   topish   hamda   ularning
ustidan o’z nazoratlarini   o’rnatish;
– qamalgan o’g’rilarga, ularning oilasiga moddiy yordam ko’rsatish;
– o’g’rilarning   yig’inini   chaqirish   va   unda   ko’riladigan   masalalarni
belgilab olish (O’g’rilar yig’ini o’g’rilar hayotining muhim masalalarini, masalan,
pul   jamg’armasini   tashkil   etish,   uni   to’ldirish,   sotqinlarni   yo’q   qilish,   har   xil
nizolarni hal qilish kabi masalalar bo’yicha ko’pchilik tomonidan «demok- ratik»
asosda qaror qabul qiladigan kengash hisoblanadi);
– jinoyat   qidiruv   xodimlariga   qarshi   ish   olib   borish,   o’zga   jinoyatchi
guruhlar   tomonidan   tarqatilayotgan   gap-so’zlarni   tekshirib   ko’rish,   jinoyatchilar
boshliqlarining xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil   etish;
– jinoyatchilar   o’rtasida   vujudga   kelgan   nizolarni,   ziddiyatlarni   hal   etish,
ularning   axloq   me’yorlariga,   qonunlariga   mos   kelmagan   xatti-harakatlarni   sodir
etganlarni   sud   qilish,   qilmishiga   yarasha   jazo   choralarini   belgilash,   ijro   etilishini
nazorat qilish va   h.k.
Xuddi   shuningdek,   jazoni   ijro   etish   muassasalarida   qamoq   jazosini
o’tayotgan «qonundagi o’g’rilar» quyidagi axloqiy yomonliklarni bajaradilar:
– o’ziga rutbasi to’g’ri keladigan yoki o’g’rilarning oliy tabaqasiga mansub
yoxud shularga yaqin bo’lgan jinoyatchilar bilan aloqa   qilish;
– JIEMda   bajariladigan   g’ayriinsoniy,   axloqqa   zid   ishlarni   bevosita   o’zi
emas,   balki   xizmatkorlari   «tilyog’la-   machilar»,   ularning   qilgan   gunohini   o’ziga
oluvchi   «balogardonar»   («fomootvodlar»),   jazolash   ishlarini   bajaradigan
«buqalar» («b ы ki»), «soldatlar» orqali amalga   oshirish;
– tashqi   dunyo   bilan   maxfiy   yo’llar   orqali   aloqada   bo’lish,   ya’ni   har   xil tovarlar, oziq-ovqat, pul kabilarni olib turishni ta’minlash;
– qamoqdagi   nazoratchilar   ustidan   har   xil   ig’vo   gaplarni   tarqatuvchi
guruhga   rahbarlik   qilish,   qonunlarni   buzib   talqin   etish   kabi   targ’ibot-tashviqot
ishlarini   uyushtirish;
– kamerada,   oshxonada,   yotoqda,   hammomda   o’ziga   yoqqan   joyni   zo’rlik
bilan   egallash;
– JIEM   rahbarlarining,   xodimlarining   xatolarini,   ishdagi   kamchiliklarini
topish va ulardan buzg’unchilik, ig’vo maqsadlarida unumli   foydalanish;
– qiyin   ishlarni   bajarmaslik,   yengil   ishlar   –   brigadirlik,   sartaroshlik   kabi
ishlar bilan   shug’ullanish;
– JIEM   xodimlari   va   harbiy   xizmatchilar   orasidan   g’ayriqonuniy   ish
qiluvchilarni topish va ular bilan aloqa o’rnatish;
– belgilangan shakldagi kiyim-boshlardan ajralib turuvchi kiyim kiyish, har
xil maishiy hojat predmetlariga ega bo’lish va   hokazo.[II; 17 –  С .   175–176.]
«Obro’lilar».   Bular   jinoyatchi   unsurlar   o’rtasida   katta   obro’-   e’tiborga   ega
bo’lgan   professional   jinoyatchilar     hisoblanib,   «qonundagi   o’g’rilar»dan   keyin
turuvchi toifani tashkil qiladi. Bu toifadagi jinoyatchilar ham ikki guruhga
ajraladi.
Birinchi guruhga «qonundagi o’g’rilarga» yaqin bo’lgan, ular bilan bevosita
bog’langan   «obro’lilar»   kirsa;   ikkinchi   guruhga   o’zlarining   moddiy
imkoniyatlariga   ko’ra   mustaqil   bo’lgan   «obro’lilar»   kiradi.   Bu   «obro’lilar»ning
o’z   odamlari,   qo’riqchilari,   maslahatchilari   bo’ladi.   Bunday   «obro’lilar»   odatda
qallob,   tamagir   bo’ladilar   va   ular   bilan   «qonundagi   o’g’rilar»   hisoblashishga,
kelishishga majbur bo’ladilar.
«Obro’lilar» «qonundagi o’g’rilar» amal qiladigan axloqiy qoidalarni, burch
va   vazifalarni   deyarli   bajarsalarda,   biroq   ba’zi   jihatlari   bilan   farq   qiladilar.
«Obro’lilar»   o’g’rilar   yig’inini   chaqirishga,   ozodlikdan   mahrum   etilgan   joylarda
umumiy   pul   jamg’armasini   tashkil   etishga   yoki   tashkil   etilgan
«kassa»dagi   mablag’larni   sarflashga,   o’g’rilar   yig’inida   hal   qiluvchi   ovoz bilan   qatnashishga,   «qonundagi   o’g’rilar»   vakolatlaridan   foydalanib,   har   xil
qarorlar qabul qilishga, sudyalik funksiyasini bajarishga haqli emaslar.
«Ishbilarmonlar»   va   «sexoviklar».   Bu   guruhdagilarga   iqti-   sod   va   xo’jalik
yuritishda jinoyat sodir etganlar kiradi.
«Ishbilarmonlar»ga   olibsotarlar,   mansabdor   jinoyatchilar,   «valyutachilar»
kirsa,   «sexoviklar»ga   xususiy   tadbirkorlik   bilan   yashirincha,   davlat   hisobidan
o’tmagan holda mahsulot ishlab chiqaruvchi jinoyatchilar kiradi. Nima bo’lganda
ham mahsulotni ishlab chiqarish va tezlikda sotib katta foyda olish ularning asosiy
qonuni hisoblanadi.
«Qimorbozlar»   qimor   o’yinlari   bilan   shug’ullanuvchi   professional
jinoyatchilar   bo’lib,   bu   toifadagi   jinoyatchilar   firibgarlar   faoliyatining
davomchilari   sifatida   kelib   chiqqan.   Ularning   asosiy   vazifalaridan   biri
jinoyatchilar dunyosining pul jamg’armalarini to’ldirish hisoblanadi.
«Tilyog’lamachilar»   jinoyatchilar   dunyosining   eng   pastki   tabaqasiga
mansub   bo’lgan   jinoyatchilar   jumlasiga   kirib,   o’g’rilar   boshliqlarining
xizmatkorlari   vazifasini   bajaradi-   lar,   ya’ni   ularning   har   xil   topshiriqlarini
bajaruvchi   mayda   jinoyatchilar   hisoblanadilar.   Masalan,   chaqimchilik,   vositachi-
lik,   aloqachilik,   pul   mablag’larini   yig’ish   kabi   vazifalarni   bajaradilar.
«Tilyog’lamachilar»   ozodlikda   bo’lganida,   o’zlari   jinoyatchi   guruhlarga
boshchilik qilishi, o’z odamlariga ega bo’lishi mumkin, biroq «obro’li»ga qat’iyan
bo’ysungan   holda   ish   ko’radi,   qamoqxonalarda   esa   xizmatkorlik   vazifasini
o’taydi.
«Erkaklar»   va   «bolalar,   yigitchalar».   «Erkaklar»   asosan   xo’jalik   jinoyati
bo’yicha ozodlikdan mahrum  qilinganlar  bo’lib, ular umuman yaxshi  ishlaydilar,
kun   tartibini   bajaruvchan,   ma’muriyat   bilan   yaxshi   munosabatda   bo’lib,
«qonundagi   o’g’rilar»   bilan   aloqasini   uzib,   tezlikda   ozodlikka   chiqishga   harakat
qiladilar.   Yana   shuni   alohida   qayd   qilish   kerakki,   qattiq,   alohida   rejimdagi
turmada   o’tirgan   «erkaklar»   o’zlarining   qadri-sha’nini   himoya   qilish   uchun
birlashib   «qonundagi   o’g’rilar»   va   ularning   gumashtalariga   qarshi   kurashadilar. Ular   o’zlarini   «banditlar»   deb   atagan   holda   «qonundagi   o’g’rilar»ning
yetakchilarini   topib,   ko’pchilik   oldida   nomusiga   tegish   –   besoqolbozlik   qilish
orqali «qonundagi o’g’rilar»ni sharmanda qilib, obro’sini tushiradilar.
«Bolalar,   yigitchalar»   qaroqchiligi,   o’g’riligi   uchun   ozodlikdan   mahrum
qilingan   yosh   jinoyatchilar   bo’lib,   ular   asosan   jinoyatchilar   dunyosida   yaxshi
obro’ga ega bo’lish uchun «qonundagi o’g’ri»larga yaqin bo’lishga, ular o’rnatgan
axloq qoidalarini bajarishga harakat qiladilar.
«Qonundagi   o’g’ri»larni   qo’llab-quvvatlovchilarning   axloq   me’yorlariga
quyidagilar kiradi:
– ozodlikdan mahrum etilganlar orasida mustaqil bo’lish, ya’ni hech kimga
bo’ysunmaslik, ularning axloqiy qoidalarini bajarish;
– o’z haq-huquqlarini boshqa jinoyatchi guruhlar poymol qilsalar, ularning
ustidan «qonundagi o’g’ri»larga arz   qilish;
– jamoat joylarini supurib-sidirish, tozalash ishlaridan bosh   tortish;
– taqiqlangan predmetlarga  ega  bo’lishga harakat  qilish  va   h. k.
«Sho’rpeshonalar»   va   «pastkashlar».   Bularga   besoqolbozlar,
bachchabozlar, balog’at yoshiga yetmaganlarni zo’rlab nomusiga tekkanlar va shu
qilmishlari uchun ozodlikdan mahrum etilib, qamoqda o’tirganlar kiradi. 
Ular   odatda   ana   shu   qilmishlari   uchun   qamoqxonadagi   o’g’ri-
jinoyatchilarning   ham   tegishli   jazosiga   duchor   bo’ladilar,   ya’ni   zo’rlanadilar.
Bundaylardan ko’pchilik jinoyatchilar hazar qiladilar.
O’g’rilar   cho’ntakkesarlar,   uy   o’g’rilari,   do’kon   o’g’rilari,   avtomobil
o’g’rilari, antikvariat o’g’rilari kabi bir necha guruhlarga bo’linadilar.
Firibgarlar   esa   shulerlardan,   folbinlardan,   «qo’g’irchoqboz»lardan,
yolg’onchi olib-sotarlardan tashkil topadi va ularning har bir toifasining o’ziga xos
axloqiy qonunlari bo’ladi.
Jinoyatchilar   dunyosidagi   qonunlar   biror   joyda   yozilgan,   tasdiqlangan   yoki
ro’yxatdan   o’tgan   bo’lmaydi.   Shuning   uchun   ham   ularni   qonun   deb   hisoblash
mumkin emas, ularni faqat jinoyatchilarning «axloq qoidalari» deb atash mumkin. Residivist   jinoyatchi   shaxslar   va   ularning   tipologiyasi.   Residivist 3
jinoyatchilarning   eng   ko’p   qismi   g’arazli   hamda   g’arazli-zo’ravonlik
jinoyatchilari     sodir     etganlar     orasida   kuzatiladi.   Ularning   aksariyati   guruhiy
jinoyatlar ishtirokchilaridir. Ular ushbu jinoyatlarni o’z daromadlarining barqaror
manbaiga va hayotiy faoliyatining asosiy usuliga aylantiradilar.
Bekorchilik, ichkilikbozlik, muloqot doirasining jinoiy muhit, joriy ibtidoiy
istaklar   bilan   cheklanganligi,   vaziyatga   tobelik   ularning   ruhiy   rivojlanish
darajasini   nihoyatda   cheklab   qo’yadi.   Shafqatsiz   urush-to’polonlarda   ijtimoiy
jihat- dan ro’yobga chiqmagan shaxs namoyon bo’ladi.
Residivist   shaxslarning   aksariyatida   ruhiy   buzilishlar   va   anomaliyalar
kuzatiladi. Ularning xulqi yorqin ko’rinib turgan beboshlik, jizzakilik, beadablik,
atrofdagi   odamlarga   nisbatan   dushmanlik   bilan   ajralib   turadi.   «Erkinlikdagi»
hayot   sharoitlarining   nihoyatda   noqulayligi,   «zona»ga   ko’nikib   qolish   uning
jazodan qo’rqish hissi yo’qolishiga olib keladi. Yangi jinoyatni residivist odatdagi
darajada   –   jinoiy   xulqning   afzalligiga   bo’lgan   qarash   tufayli   sodir   etadi.
Ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi odatda eng yuqori maqom, imtiyozli holat
ta’minlangan hayot esa nafaqat qo’rqitmaydi, balki o’ziga tortadi.
Residiv   jinoyatchilik   individning   barqaror   g’ayriijtimoiy   xislatlarining
namoyon   bo’lishidir.   O’zini   boshqarishdagi   nuqsonlari   g’ayriijtimoiy   qadriyatli
mo’ljallari bilan birgalikda vaziyat bilan muhitga bog’liqligi residivistning asosiy
psixologik   xususiyatlaridan   biridir.   Residivistning   jinoiy   xulqida   o’zini
boshqarishining   ongli   va   ong   osti   mexanizmlarining   o’zaro   ta’siriga   xos
xususiyatlar ko’zga tashlanadi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 34-
moddasiga ko’ra, residiv jinoyat deganda, muqaddam qasddan sodir etgan jinoyati
uchun   sudlangan   shaxs   tomonidan   takroran   jinoyat   sodir   etilishi     tushuniladi.
“Residiv”  so’zi  takroran,    boshqatdan bo’lib o’tgan ishga yana qaytish ma’nosini
anglatadi.[II; 25]
Residivist shaxs  – xavfli jinoiy yo’nalishga va o’ta yuqori ongga ega bo’lgan
3
  Рецидивист – жиноят ҳуқуқида суд ҳукми билан ҳукм қилингандан кейин, жазони ўтаб бўлганидан сўнг
ва судланганлик муддати суд ҳукми билан олиб ташланмай туриб, қайтадан жиноятга қўл урган шахс g’ayriijtimoiy   tip.   Ya’ni   kriminal   olamida   noijtimoiy   ko’rinishdagi   yuqori
darajada anglangan jinoiy harakatlarga moyil shaxs.
Residivist   jinoyatchi   shaxsning   barqaror   g’ayriijtimoiy   yo’nalishiga   egaligi
uning   qiyinchilik   va   nizolarni   faqat   kuch   ishlatish   orqali   hal   qilishga   doimiy
tayyorligida namoyon bo’ladi.
Residiv   jinoyatchilik   ruhiy   anomaliyalar,   psixopatiyaning   yengil   darajasi,
xarakterning aksentuasiyalari, alkogolli degradasiya kabilar bilan yuqori darajada
mos keladi. Ayollarda residivlik isterik holat va alkogollashuv bilan birga keladi.
Ular   erkaklarga   qaraganda   ko’proq   hollarda   nevrotik   va   psixopatik   buzilish
holatida jinoyat sodir etadilar.
Residivist   jinoyatchilarning   ijtimoiy-axloqiy   buzilishi   ozodlikdan   mahrum
qilish   joylarida   uzoq   vaqt   bo’lish   jarayonida   chuqurlashadi.   Nevrotizm,
psixopatizasiya,   xarakterning   aksentuasiyalashuvi,   xatti-harakatning
noadekvatligi, tajovuzkor ko’rinishlarga barqaror moyillik nafaqat jinoiy turmush
tarzining,   balki   ozodlikdan   mahrum   qilish   joylarida   uzoq   vaqt   bo’lishning   ham
odatdagi oqibatlaridir.
XX   asrning   20-yillardayoq   mashhur   psixolog   va   psixiatr   A.   F.   Lazurskiy
taklif   etgan   psixologik   tiplashtirishga   asoslangan   holda   residivist   jinoyatchini
shaxsning   buzilgan   tipiga   kiritish   lozim,   ushbu   tipning   turlarini   esa   har   xil
xarakterologik og’ishlarga qarab aniqlash   mumkin.
A.F.Lazurskiy   barqaror   jinoyatchilarni   aqlli,   irodasi   sust,   jizzaki   va   hissiy
beqaror   turlarga   ajratgan.   Masalan,   irodasi   sust   residivistlar   jinoyatlarni   ijtimoiy
hayotga   moslashmaganligi,   nihoyatda   noqulay   hayotiy   vaziyatlar,   turmushining
yo’lga tushmaganligi  sababli  sodir  etadilar. Ular odatda har xil jinoyatlarni sodir
etadigan, vaziyatga bog’liq individlardir.
Residivist jinoyatchi shaxslarni quyidagi tiplarga ajra- tish mumkin:
Impulsiv   (g’ayriixtiyoriy)   residivistlar   tipi   –   eksploziv   (portlovchi)   tiplar,
ya’ni   o’z   harakatining   oqibatlarini   oldindan   ko’rmaydigan   individlar.   Ular
arzimagan   sabablarga   kuchli   ta’sirni   namoyon   etadilar.   Sodir   etilgan jinoyatlarning og’irligi odatda ularning sabablariga mos   kelmaydi.
Ular   o’z   maqsadlari,   qarashlari,   odatlarining   qullaridir.   Ularning   istaklari
(ayniqsa,   alkogoldan   mast   holatda)   darhol   keskin   g’ayriijtimoiy   harakatlarga
aylanadi, yaxshi ko’rgan ishi
–   bezorilik,   zo’rlikka   asoslangan   qilmishlar   hisoblanadi.   Ular   odatda
nevrozlar,   ichkilik   tufayli   buzilishlar,   aqliy   yetishmovchiliklar,   infantivizmga
duchor bo’lgan shaxslardir.
Affektiv   (kuchli   his-hayajon   holati)   residivistlar   tipi   nihoyatda   chuqur
emosional   beqarorligi,   asabiy   holatni   hatto   murakkab   bo’lmagan   nizoli
vaziyatlarda ham  tezlashtirishi, qiyinchilikka bardosh bera olmasligi bilan ajralib
turadilar.
Ular o’zlarining kamchiliklarini o’ta tajovuzkorlik, xulqining umumiy kuchli
energetizmi   bilan   qoplashga   urinadilar.   Ular   doimo   fuqarolarning   hayoti   va
sog’lig’iga   tajovuz   qilishga,   mulkni   ishdan   chiqarish   va   buzishga   moyildirlar.
Ushbu   jinoyatchilarning   residivlari   odatda   bir   xil   yoki   o’xshash   jinoyatlardan
tashkil topadi.
Residivistning   emosional   tipi   qandaydir   barqaror,   ustunlik   qiluvchi   hissiy-
salbiy holat (haddan tashqari kuchli alam, qasos, rashk hissi) bilan ajralib turadi.
Barqaror   g’azab,   qasoskorlik,   shafqatsizlik,   baxillik   uni   uzoq   vaqt   jinoiy
qasd   rejasini   ko’tarib   yurishga,   jinoiy   maqsadga   erishish   vositalari   va   usullarini
puxta o’ylashga undaydi. Jinoiy g’arazni odatda o’ta shafqatsizlik va ustalik bilan
bajaradi. Uning yaxshi ko’rgan ishi – ashaddiy bezorilik, qiynash, nomusga tegish,
qotillik.   Bunday   jinoyatchilar   hissizligi,   achina   olmasligi,   shafqatsizligi   bilan
ajralib   turadilar.   Bu   tipdagi   retsidivistlar   odatda   psixopatiya,   degradasiya   va
alkogollashuvning yengil darajalariga duchor   bo’ladilar.
Ushbu   toifadagi   jinoyatchilarga   xos   jihatlar   orasida   dominantlik   –
atrofidagilardan   ustunlik,   tavakkal   qilish,   soxta   qahramonligi   bilan   o’ziga   bino
qo’yish,   maqtanchoqlik,   savlatga   zo’r   berish   alohida   ko’zga   tashlanadi.
Jinoyatchilar   orasida   ular   shaddodlik,   shafqatsizlik,   nihoyatda   qo’pollik,   kuch ishlatish, shantaj va tahdidlarni namoyon etadilar.
Residivist   jinoyatchilarning   ijtimoiy   xavfliligi   ularning   axloqiy   jihatdan
beqaror   shaxslarga,   ayniqsa   o’smirlar   va   yoshlardan   bo’lgan   ana   shunday
shaxslarga   g’ayriijtimoiy   ta’sirining   kuchi   tufayli   oshib   boradi.   Residivist
jinoyatchilar   tergovga   qarshilik   ko’rsatish   tajribasiga   egaligi   tufayli   o’z
jinoyatchilarini puxta yashiradilar.
    Maxsus residiv (o’xshash jinoyatni   takrorlash)   jinoiy   «ixtisoslashuv»
ning   kuchayib   borishi,   jinoiy   qilmish   usul   larining   takomillashuvi   bilan   bog’liq.
O’ta   xavfli   retsidivistning   belgilaridan   biri   –   jinoyatni   sodir   etishning   og’ir
usulidir.   Uzoq   davom   etuvchi   jinoiy   faoliyat   muayyan   barqaror   sharoitlarning
yaratilishi   –   «ishonchli»   sheriklarning   tanlanishi,   jinoiy   yo’l   bilan   topilgan
buyumlar, qimmatbaho narsalarni o’tkazishning tashkil qilinishi va ko’p hollarda
jinoiy guruhning tashkil etilishi bilan bog’liq.
Bir   turdagi   residivning   ko’payib   borishi   jinoyatchilarning   mahorati   oshib
borayotganidan,   ularning   g’ayriijtimoiy   yo’nalganligi   chuqurlashayotganidan,
jinoiy faoliyatining ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi.
Residivist   jinoyatchilar   jinoyat   olamining   o’zagi,   jinoiy   submadaniyatning
qo’riqchilari,   jinoyat   sodir   etish   va   ularni   yashirishning   nozik   usullarini   ishlab
chiquvchilardir. X U L O S A
Insoniyat   taraqqiyoti   davomida   jinoyatchilikni   oldini   olish,   uni   sodir
etganidan   ko’ra   har   tomonlama   ustun   ekanligi   kuzatilgan.   Hozirgi   kunda   ham
jinoyatlarining  oldini olish  ularni   sodir etgan  shaxslarni jazolash orqali   jinoyat-
chilikka   qarshi   kurashdan   ko’ra   har   tomonlama   yaxshidir.   Bu   borada   mashhur
fransuz   mutafakkiri   Sharl   Lui   Montesko   o’zining   “Qonun   ruhi   haqida”gi
falsafiy-huquqiy   asarida   shunday   fikr   bildirgan:   “Aqlli   qonun   chiqaruvchi
jinoyat   uchun   jazo   berish   haqida   emas,   jinoyatlarining   oldini   olish   haqida
qayg’uradi,   ya’ni   u   jinoyat   uchun   jazolashga   emas,   balki   axloqni   yaxshilashga
harakat qiladi”.[III; 36 5 b]
Jinoyatchilikning   yangi   jamiyat   qurish   uchun   tug’diradigan   xavfi
to’g’risida   birinchi   Prezidentimiz   Islom   Karimov   shunday   yozadi:   «Jinoyatchi
unsurlarning  yangi xo’jalik  munosabatlari tizimini shakllantirish  jarayonida faol
va   xufiyona   ishtirok   etishi   jamiyatda   axloqsizlik   vaziyatini   tug’diradi.   Bu   esa
mamlakat   uchun   ham,   jahon   hamjamiyati   uchun   ham   nomaqbul   jinoiy   bozor
iqtisodiyotining  alohida  turi  shakllanishiga  olib   keladi.
Jamiyatda   jinoiy   «xufiyona   iqtisodiyot»ning   mavjud   bo’lishi   uyushgan
jinoyatchilikni   keltirib   chiqaradi.   Davlat   hokimiyati   tuzilmalarining   turli
bo’g’inlari   va   turli   darajalari   vakillari   ham   uning   yo’ldan   ozdiruvchi   ta’siriga
tushib   qoladi.   Korrupsiya   vujudga   kelib,   u   eng   avvalo   uyushgan   jinoiy
tuzilmalarga   madadkor   bo’lish   yoki   to’g’ridan-to’g’ri   yordam   berish   uchun
davlat   xizmatining   imkoniyatlaridan   foydalanadi.   Bu     esa   jinoyatchilik   va
korrupsiya     jamiyatga   keltiradigan   salbiy   oqibatlar   tufayli   jamiyat   xavfsizligi
va  barqarorligiga to’g’ridan-to’g’ri   tahdiddir.
Mamlakatimizning   kelajagini   va   obro’-e’tiborini   qadrlaydigan   har   bir
vijdonli   fuqaro   bu   tahdidni   esda   tutmog’i   darkor.   Halol   mehnat   qilish,   o’z
bilimi,  kuch-g’ayrati  va  ijobiy qobiliyatini  sarflash uchun  barqaror  shart-sharoit
bo’lishini   istaydigan,   farzandlari   va   yaqin   kishilari   kelajakda   ham
demokratik,fuqarolik   jamiyatida   sivilizat siyalashgan   bozor   munosabatlarining
samaralaridan   to’la- to’kis   foydalanishni   orzu   qiladigan   har   bir   fuqaro, jinoyat chilik   va   korrupsiya   yo’liga   o’z   vaqtida   zarur   to’siq   qo’yil masa,   bu
illatlar   qanday   ayanchli   oqibatlarga   olib   kelishi  mumkinligini   yaxshi   anglab
yetmog’i   lozim». [I;3 87-88 b]
«Agar   hamma   birdek   jon   kuydirib,   oilalar   muammolaridan   to’liq   xabardor
bo’lib, ularni hal etishga ko’maklashgan, jinoyatchilikning barvaqt  oldini olganda
edi,   bugun   natijalar   umuman   boshqacha   bo’lardi.   Afsuski,   jinoyatchilikka   qarshi
kurashishda  haligacha eskicha  ishlash tizimidan voz kecha olmayapmiz. Huquqni
muhofaza   qiluvchi   idoralar   bu   faoliyatga   ko’rsatkichlarni   oldingi   davr   bilan
taqqoslash   orqali   baho   berib   kelmoqda.   Aslida   bitta   bo’lsa   ham   jinoyat   bo’lgani
hammamizni tashvishga solishi kerak»,  dedi Shavkat Mirziyoyev. [I;6]
Shuning uchun jinoyatchilar dunyosiga qarshi kurash, ularni tag-tomiri bilan
tugatish   ichki   ishlar   idoralari   har   bir   xodimining   muqaddas   burchlaridan   biri
sanaladi.                    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
I .  Siyosiy  a dabiyotlar , davlat farmonlari va qonunlari.
1. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.,   2009.
2. Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси. – Т.,   2008.15- м
3.Каримов   И.А.   Ўзбекистон   XXI   аср   бўсағасида:   хавфсизликка
таҳдид,   барқарорлик   шартлари   ва   тараққиёт   кафолатлари.   –   Т.,   1997.   –   87–
88-6.
4.Мирзиёев   Ш.   “Нияти   улуғ   халқнинг   иши   ҳам   улуғ,   ҳаёти   ёруғ   ва
келажаги фаровон бўлади”   Т.2021
5.   Мирзиёев   Ш.   “Қонун   устуворлиги   ва   инсон   манфаатларини
таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови”   Т.2020
  6.Шавкат   Мирзиёев   раислигида   2021   йил   27   июль   куни
жиноятчиликнинг   олдини   олиш,   давлат   идоралари   ва   жамиятнинг   бу
борадаги   масъулиятини   ошириш   масалаларига   бағишланган   видеоселектор
йиғилишидаги нутқи.
II. Asosiy adabiyotlar
7. Аванесов   Г.А.   Криминология   и   социальная   профилактика.   –М.,
2011 . 126-130-с
8 . Алимов   С.,   Антонов-Романовский   Г.   В.   Криминологическое
значение   изучения   конфликтов   в   основн ы х   сферах   жизнедеятелности   //
Актуалн ы е проблем ы  уголовного права и криминологии. – М.,  2008 . – С. 61–
67.
9.   Антонян Ю. М. Преступност и психические аномалии. – М.,   2009 . –
С. 67.
10 .Антонян Ю. М. Криминальная патопсихология. –  М.,   1991.
1 1. Антонян   Ю.   М.,   Еникеев   М.   И.,   Эминов   В.   Е.   Психология
преступника в расследовании преступлении. – М.,   2000.
1 2. Арифходжаева   И.   Х.   Ички   ишлар   идоралари   ходимлари
психологияси. – Т.,   2008.
1 3 .Асямов С. В. Психология современного терроризма // Щит. –   2005.
– № 11. – С. 34–36
14.Barotov Sh.Tarbiyasi qiyin bolalar psixologiyasi.Toshkent.2013y
15.Бурлачук Л.Ф., Психология личности,-К Здоровя,2006.
16. Василев В. Л. Юридическая психология. – М.,  2011 .– С. 222–224.
17. Гуров   А.И.,Прфессиональная   преступность.   Прошлое   и
современность. – М.,   1990.
18. Дашдамиров А.Ф. Нация и личност. Баку, 2003г.
19.Исмиолов   И.   Аҳолидан   қишлоқ   хўжалик   маҳсулотларини   сотиб
олишдаги талон-торожликларнинг тавсифи. – Т., 2013. – 21–22-б.
20.Исмоилов И., Бухаров Д. Уюшган жиноий тузилмалар шаклланиши
ва фаолиятининг олдини олишда ҳамкорликни ташкил этиш. – Т., 2007. – 3-б.
21. Еникополов.С.   Психология   террористов   и   серийных   убийц.– М.,2005.
22. Еникеев М.И. Юридическая психология. – СПб., 20 1 5. – С. 80.
23. Nishanova Z.T. Alimboyeva Sh. Sulaymonov M. Psixologik xizmat .T.
Ta`lim texnologiyalari. 2014
24. Henry   Kellerman,   PH.D.   Anthony   Burry,   PH.D.   Handbook   of
Psychodiagnostic Testing.- Springer Science_Business Media, LLC.2007.
25. Криминология   /   Профессор   З.   С.   Зариповнинг   умумий   таҳрири
остида.–  Т., 2007
29. Криминология: Дарслик / Проф. З.С.Зариповнинг умумий таҳрири
остида.   – Т., 2007. – 91-б.`
27. Ратинов А. Р. Судебная психология для следователей. – М.,   1990.
28. Разинкин В.С. Вор ы  в законе и преступн ы е клан ы . – М., 1995. – С.
30–31.
III. Qo’shimcha adabiyotlar
29. Муҳаммадиев Н. Э. Ички ишлар идоралари ходимларининг касб 
этикаси ва эстетик маданияти. – Т.,   1998
30. Самовичев Е.Г. Убийство:  психологические аспекты преступления
и наказания. – М., 2011.
31. Сулаймонов М. Мирзаев Р. Юридик психология.  Ўқув қўлланма. 
Самарқанд. 2020.
32. Сулаймонов М. Суд-психологик экспертиза.  Ўқув қўлланма. 
Самарқанд. 2020.
33.Sulaymonov M. Dastlabki tergov psixologiyasi. Monografiya. 
Samarqand-2022.
34.Ғозиев Э. Ғ. Умумий психология, 1- китоб. – Т.,   2002.
35. Каримова В. М. Психология. – Т.,   2002.
36. Зарипов З. С., Исмаилов И. Криминология. – Т., 2016 . 130-б
37. Zaripov Z.S., Ismailov I .  Kriminologiya. – T., 1996. – 155–156-b.
38. Чуфаровский   Ю.В.   Психология   оперативно-розыскной   и
следственной деятельности. – М.,   2004.
39. Чуфаровский Ю. В. Юридическая психология. – М., 2003. – С. 120.
40. Ольшанский Д. В. Психология терроризма. – СПб.,   2002
41. Еникеев М. И. Юридическая психология. – М.,   2005.
42. Еникополов   С.   Психология   террористов   и   серийн ы х   убий ц .   –   М.,
2005. – С.100.
43. Ратинов А. Р. Судебная психология для следователей. –   М., 2008 .–
С. 59.
44. Рубинштейн С. Л. Основы общей психологии. – СПб.,   2006.
45. Разинкин В. С. Воры в законе и преступные кланы. – М.,   1995.
46. Рощин. С. Психология террориста. – СПб.,   2004.
47. Қодиров   А.,   Исмоилов   М.   «Қурбонлик»   ёки   «шаҳидлик»
кўринишидаги террорчилик // Ҳуқуқ– Право–Law. –   2004.
48. Стефаненко Т.Г. Этнопсихология. М. 2010 г.
49. Душанов Р. Х., Фарфиев Ё. А. Касбий психология. – Т.,   2010.
50. Юридик   э н ц иклопедия   //   Проф.   У.Таджиханов   таҳрири   остида.   – Т., 2001. – 434-б.
51. Yuridik ensiklopediya / Prof. U.Tadjixanovning umumiy tahriri ostida. –
T., 2001. –   156-b.
52. Yuridik  ensiklopediya  /  Prof.  U.Tadjixanovning umumiy tahriri   ostida.
– T., 2001. –   652-b.
53.Қодиров.А.   Исмоилов.М.   «Қурбонлик»   ёки   «шаҳидлик»
кўринишидаги терроризм //Ҳуқуқ – Право – Лаw. – 2014. – № 2. –   16–17-б.
54.   Империя страха . – M., 1992. – S.146–148.
IV . Internet manba lari
5 5 . www    .   bilimdon    .   uz     
5 6 . www    .   uz     
5 7 . www.ziyouz.uz  
5 8 . www.ziyonet.uz  
5 9 . www.pedagog.uz   
60. www.psixology.ru   
61. www.lib.psixology.msu.ru

JINOYATCHI ShAXS XULQ-ATVORIDA SALBIY XUSUSIYATLAR NAMOYON BO’LIShINING PSIXOLOGIK OMILLARI MUNDARIJA KIRISH...........................................................................................................3 I BOB. G’AYRIIJTIMOIY XULQNI KELTIRIB CHIQARUVCHI SHART- SHAROITLAR I.1.G’ayriijtimoiy xulq va «normadan chetga chiqish» tushunchasi............. . 6 I.2.Jinoyatchi shaxsi va uning o’ziga xos psixologik xususiyatlari...............16 I.3.Jinoyatchi shaxs tipologiyasi....................................................................23 II BOB. ALOHIDA TOIFADAGI JINOYATCHI SHAXSLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI II.1.G’arazli jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslar toifasi...................................30 II.2.Zo’ravonlik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi............................33 II .3. Terrorchilik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi ............................42 X U L O S A ...................................................................................................7 1 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR......................................................76 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi : O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan h uquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishni maqsad qilib qo’ydi. Ushbu maqsadga erishishda, eng avvalo, jamiyatda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi muammolarni hal qilish asosiy vazifalardan biridir. Respublikamiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan dasturiy vazifalarning o’ta jiddiyligi va mas’uliyatliligiga ko’ra tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashda ta’limning sifat darajasini yanada yuqori bosqichga ko’tarishni taqozo etadi. Shu ma’noda, jinoyatchilikning sodir etilishi demokratik huquqiy davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishga, jamiyatda aholining tinch, osoyishta, farovon hayot kechirishiga hamda jamiyatda har tomonlama yetuk, bilimli, mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy-ruhiy jihatdan komil insonni shakllantirishga to’sqinlik qiladi. Mavzuning predmeti : O’zbekistonda bugun jinoyatchilik ustidan ijtimoiy- huquqiy nazorat shartli ravishda quyidagi uch yo’nalishda amalga oshirilmoqda: – jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-tarbiyaviy, huquqiy va boshqa tadbirlar; – sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan operativ-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud tergovini amalga oshirish bilan bog’liq tadbirlar majmui; – sodir etilgan jinoyatlar uchun sud belgilagan jazoning ijrosini 2

ta’minlashga qaratilgan tadbirlar.[II; 20-3.] Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, jinoiy xatti-harakatlarni kasb qilib olgan shaxslarning ruhiy olamini o’rganish, nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini, balki ko’plab olimlarning ham diqqat-e’tiborini o’ziga qaratmoqda. Mavzuning farazlari. Tadqiqot ishining maqsadiga erishish va ilgari surilgan ilmiy farazni asoslash maqsadida ishni tizimli amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: 1.Jinoiy xulq va unda “normadan chetga chiqish” tushunchasini, 2.Jinoiy xatti-harakatni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni, 3.Jinoyatchi shaxs psixologiyasi va uning tipologiyasini, 4.Alohida turdagi jinoyatchilar toifasi, 5.Professional jinoyatchilar va ularning o’ziga xos bo’lgan psixologik xususiyatlari imkon qadar bayon qilish. Malakaviy bitiruv ishining vazifalari. Tadqiqot ishining maqsadiga erishish va ilgari surilgan ilmiy farazni asoslash maqsadida ishni tizimli amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: - tadqiqot mavzusiga oid adabiyotlarni tahlilni amalga oshirish; - tadqiqot metodikalarini tanlash va asoslash; - jinoyatchining ijtimoiy-psixologik qiyofasini yoritib berish; - zarur ijtimoiy fazilatlarni shakllantirishga mo’ljallangan o’yin mashqlari ishlab chiqish; - zarur kasbiy va ijtimoiy malakalarni egallashda jinoyatchilarni tarbiyalash va qayta tarbiyalash metodlarini qo’llash bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishda qo’llanilgan metodikalar. 1. Jinoyatchi psixologiyasini tadqiq qilish bo’yicha ma’lumot to’plash. 2.“Refleksiya” testi yordamida tajriba guruhidagilarning refleksiv xususiyatlarini aniqlash 3.A.Bass va I.Darkning “Agressiya shakllari va uning ko’rsatkichlari”ni diagnostika qilish metodikasi orqali sinaluvchi insonlarning jinoyatchilikka 3

moyillik darajasini aniqlash 4.Jinoyatchilikning oldini olish dasturi yordamida psixologik trening tashkil etish va natijalarni tahlil qilish Bitiruv malakaviy ishining yangiligi. Inson xulqida tashqi omillar tizimi ichki shart-sharoitlar tizimi bilan belgilanadi. Shu bois har bir jinoyatda obyektiv va subyektiv omillarning birligi ko’rinadi, jinoyatchi shaxsini aniqlash barobarida jinoyatning oldini olish tizimi yaratiladi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati. Tadqiqot ishida jinoyatchining ijtimoiy psixologik xususiyatlari muammosining nazariy tahlilida keltirilgan ijtimoiy-psixologik fikrlar yuzasidan to’plangan materiallar yuridik psixologiya, umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, psixodiagnostik, psixokorreksiya, sosial trening va amaliyot sohalarini nazariy jihatdan boyitishga xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Ishda jinoyatchi shaxs tipologiyasi, belgilari bo’yicha metodikalar va yaratilgan usullar tizimi amaliy psixologlarning jinoyatga moyilligi mavjud shaxsda zarur ijtimoiy fazilatlarni zudlik bilan shakllantirish bo’yicha faoliyatlariga tadbiq etilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob olti paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilova qismlardan tuzilgan. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi, ilgari surilgan ilmiy faraz, vazifalari, tadqiqotda qo’llanilgan metodikalar, yangiligi, ishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. 4

I-BOB .G’AYRIIJTIMOIY XULQNI KELTIRIB CHIQARUVCHI SHART-SHAROITLAR I.1.G’ayriijtimoiy xulq va «normadan chetga chiqish» tushunchasi Inson xulqi murakkab va ko’p qirrali hodisa bo’lib, uni o’rganishda tizimli yondashuv va ehtimol tutilgan jarayonlar haqidagi zamonaviy tasavvurlarga ega bo’lish talab qilinadi. Har bir axloqiy hodisaning mohiyati uning shaxs xulqining umumiy tuzilishidagi o’rni bilan bog’liq. Individual rivojlanish jarayonida axloqiy tizimlar individual axloqiy strategiyaning murakkab majmuiga aylanadi va shaxsning axloqiy tipini hosil qiladi. An’anaga ko’ra, g’ayriijtimoiy xulq sabablari ikki guruhga – ijtimoiy va biologik sabablarga ajratiladi. Biroq, axloq-odob me’yorlari (qoida) dan og’uvchi xulqning ko’plab ko’rinishlarini tahlil qilish mazkur muammoni boshqacharoq, ya’ni tizimli-integrasiyalashgan (birlashgan) holda o’rganish zarur, degan xulosaga olib keladi. Ijtimoiylik yoki biologik omillariga «ruhiylik» nomli tizim hosil qiluvchi omilni kiritish hamda inson xulqining sababiy bog’lanishlari (determinasiyasi) bilan bog’liq barcha muammolar majmuini ijtimoiy- psixologik-biologik sabablar deb atash zarur. Bunda «psixologik» jihatning o’rtada joylashgani uning ham ijtimoiy, ham biologik omil uchun birlashtiruvchi funksiyaga egaligini anglatadi. G’ayriijtimoiy xulq sabablari haqida so’z borar ekan, avvalo, muammoni tahlil qilishning asosiy prinsiplarini keltirib o’tamiz. 1. G’ayriijtimoiy xulq, normadagi xulq kabi, ko’p omillidir, u bir yoki hatto bir qancha sabablarning oqibati emas. Biroq, alohida olingan individual axloqiy ko’rinishning ko’p omillar bilan bog’liqligi va ehtimolli xususiyati uni o’rganib bo’lmasligini bildirmaydi. Bu o’rinda shaxsning tipik individual-psixologik xususiyatlari va axloqiy qarashlarini aniqlash ustun ahamiyatga ega. Ijtimoiy va biologik omillar o’z- o’zicha emas, balki jinoyatchi xulqining tipini hosil qiluvchi uning shaxsiy-psixologik xislatlarida birlashgan holda g’ayriijtimoiy xulqning 5