logo

ZAMONAVIZ SHAXS IMIDJINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

233.919921875 KB
ZAMONAVIZ SHAXS IMIDJINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
MUNDARIJA
KIRISh . .. ......................................................................................................................
I BOB. IMIDJ   MUAMMOSINING   PSIXOLOGIK   TADQIQOTLARDA
O‘RGANILGANLIK HOLATI  ..............  
1.1 Psixologik   tadqiqotlarda   imidj   muammosiga   oid   yondoshuvlar
masalasi ............................................................................................. 
1.2. Shaxsda o‘z-o‘zini rivojlantirish va boshqarish imidji.............
1.3. Shaxs   imidjini   belgilovchi   psixologik   omillarning  
tahlili ..............................................................................................
II   BOB. ZAMONAVIY   SHAXS   IMIDJINING   PSIXOLOGIK
JIHATLARINI TADQIQ ETISH METODOLOGIYASI .....
2.1.
Shaxs imidjini belgilovchi psixologik profilning tahlili.....
2.2.
Zamonaviy   shaxs   imidjini   belgilashning   psixodiagnostik
imkoniyatlari.....................................................................................
2.3.
Zamonaviy   shaxs   imidjining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   aniqlash   va
tadqiqot natijalari tahlili.....................................................
XULOSALAR VA TAVSIYOLAR ...................................................  
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ...........
ILOVALAR . xxxxxxx ............................................................................
.  KIRISh
Mavzuning   dolzarbligi.   Mamlakatimizda   demokratik   qadriyatlar,   inson
huquq   va   erkinliklari   hamda   qonuniy   manfaatlarini   samarali   himoya   qilinishini
ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat
va jamoat tashkilotlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular fuqarolik jamiyatining
eng   muhim   instituti   sifatida     demokratik   qadriyatlar,   fuqarolarning   huquq   va
erkinliklarini   himoya   qilishdek   vazifani   bajarmoqda.   Bu   esa,   bugungi   kun
zamonaviy shaxsi imidjida (qiyofasida) fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ifoda
etish,   ularning   ijtimoiy,   siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy   huquqlari   hamda
erkinliklarini   ro‘yobga   chiqarish,   davlat   va   jamoat   ishlarini   boshqarishdagi
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ehtimoldan holi emas.
Jahon   psixologiyasida   shaxsning   psixologik   imidjining   (qiyofasining)
muammosi   doirasida   qator   izlanishlar   olib   borilmoqdaki,   ularda   shaxsning
psixologik   moslashuvi,   kasbiy   xususiyatlari,   shaxsning   kasbga   xos   psixologik
qiyofasi,   xodimning   ish   unumdorligini   ta’minlovchi   psixologik   komponentlar,
yoshlar   tasavvuridagi   zamonaviy   shaxs   timsolining   ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari, shaxsning ijrochilik faoliyatining psixologik xususiyatlari kabi qator
yo‘nalishlarda   izlanishlar   olib   borilmoqda.   Yuqorida   e’tirof   etilgan   izlanishlar
natijasi,   mamlakatimizning   dunyodagi   rivojlangan   davlatlar   reytingida   o‘zining
munosib o‘rinni egallashida lozim darajada xizmat qiladi. 
Davlatimiz   rahbari   Sh.M.Mirziyoev   tomonidan   “Yangi   O‘zbekiston”ni
qurish siyosatining ilk kunlaridayoq “Asosiy vazifa – bu yuqori kasb mahorati va
zamonaviy   tafakkurga   ega,   puxta   o‘ylangan,   har   tomonlama   to‘g‘ri   qaror   qabul
qila   oladigan,   belgilangan   maqsadlarga   erishadigan   shaxslarning   yangi   tarkibini
shakllantirishdan   iborat” 1
  ekanligini   ta’kidlab   o‘tdi   va   ushbu   yo‘nalishda   faoliyat
olib   boruvchi   barcha   oliy   ta’lim   muassasalari   va   mazkur   sohaga   mutasaddi
rahbarlar   oldiga   aniq   vazifalar   belgilab   qo‘yildi.   Natijada,   amalga   oshirilayotgan
1
  Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан
бирга   қурамиз//   Шавкат   Мирзиёевнинг   Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   лавозимига   киришиш
тантанали   маросимига   бағишланган   Олий   Мажлис   палаталарининг   қўшма   мажлисидаги   нутқи.   “Жамият”
газетаси, 2016 йил 16 декабрь . huquqiy-demokratik   islohatlar,   fuqarolik   jamiyati   barpo   etish   borasidagi   chora-
tadbirlar,   jamiyatimiz   hayotining   barcha   jabhalarini   yanada   erkinlashtirish   kabi
ustuvor   masalalar   –   fuqarolarimizning   kasbiy   mahorati   va   ma’naviy   qiyofasidagi
ahloqiy-ruhiy   jihatlar   masalalarining   mavqeini   oshirdi   desak,   hech   mubolag‘a
bo‘lmaydi.   Albatta,   buning   uchun   jamoatchilik   ongida   hozirgi   zamon   shaxsi
namunaga   aylanishi   zarur.   Bugungi   kun  zamonaviy   shaxsi   nafaqat   aniq   bir   kasb-
hunarning   egasi,   avvalo,   o‘zining   faoliyati   va   shaxslilik   fazilatlari   bilan
atrofdagilarning  ishonchiga   munosib   bo‘lishi,   yuksak   intellektual   tafakkur   sohibi,
uzoqni   ko‘ra   oladigan,   doimo   yangilikka   intilib,   zamon   bilan   hamqadam   bo‘lib
yashaydigan,   qat’iyatli   shaxs   bo‘lishi   lozim.   Bu   esa,   bizning   “Zamonaviy   shaxs
imidjining   psixologik   jihatlari”   mavzusidagi   bitiruv   malakaviy   ishimizning
dolzarbligini ta’minlaydi.  
Muammoning  o‘rganilganlik  darajasi.   Psixologiya  fanida  imidj   va  shaxs
imidji,   tashkilot   imidji,   rahbar   imidji,   harbiy   faoliyat   imidji ,   harbiy   xizmatchi
imidji,   kasbiy   faoliyatning   psixologik   jihatlari   kabi   masalalarning   ilk   tadqiqotlari
xorij psixolog va ayrim sotsiolog olimlari izlanishlarida aks etgan bo‘lib, shaxsga
xos   imidj   va   imidjning   turli   tasniflarining   o‘rganilishida   Dji.Bobbi,   P.Berd
L.Braun,   F.Deyvis,   A.Panasyuk,   G.Pochepsov,   M.Spillein,   E.Utlik   va   boshqa
tadqiqotchilarning turli ilmiy ishlarida asosiy o‘rin egallaydi 1
.  
Mamlakatimiz olimlaridan E.G‘oziev, M.Mamatov, A.Rasulov, L.Tursunov,
L.Ravshanov, N.Qosimova, F.Rahimova larning  shaxs psixologiyasi, shaxs modeli,
amaliy-nazariy  psixologiya,   kasb   psixologiyasi,  boshqaruv   psixologiyasi,  ijtimoiy
psixologiya,   harbiy   xizmatchi   imidji,   nodavlat   notijorat   tashkilotlar   imidjini
shakllantirishga oid tadqiqotlari va ilmiy monografiyalari ham bu borada e’tiborga
molikdir 2
.   Bitiruv malakaviy ishi ana shu va boshqa shu yo‘nalishdagi tadqiqotlar
1
  Бобби  Джи. Имидж  фирмы.  Планирование,  формирование, продвижение.  -   СПб.,  2000. -  224  с. ;   Берд   П.
Продай себя. Тактика совершенствования вашего имиджа. – Минск, 1997. -187 с. ;  Браун Л. Имидж - путь к
успеху.   -   СПб.,   1996.   -   98   с. ; Дейвис   Ф.   Ваш   абсолютный   имидж.   Книга   для   политиков   и   бизнесменов,
мужчин  и  женщин. М.,1997.-295 с. ;   Панасюк  А.Ю. Вам нужен  имиджмейкер. Или  о том, как  создать  свой
имидж. – М., 1998. – 239 с. ;   Почепцов Г.Г. Имиджелогия – М., 2000. –768 с. ;   Спиллеин  М. Создайте  свой
имидж.   Руководство   для   женщин.   -   М.,   1996.   –   172   с. ;   Утлик   Э.П.   Практическая   психология   имиджа   //
Вестник университета.   Сер.   Социология и психология управления.   М.:   ГУУ, 1999.   С.47.
2
  Ғозиев   Э.Ғ.,   Мамедов   К.Қ.   Касб   психологияси.–Тошкент,   «Ўқитувчи»   нашриёти,   2003.-34   б.,
Л.С.Турсунов, А.И.Расулов,  Ф.А.Чориев,     А.Девяткин.   П сихологларни тайёрлаш модели.–Т.:  ЎзМУ, 2016.-
49   б. ;   Л.Равшанов   Замонавий   ҳарбий   хизматчи   имижининг   психологик   жиҳатлари.   дисс.,   Т-   2019.   8-б.; mazmuniga   tayanadi   hamda   unda   asosiy   e’tibor   zamonaviy   shaxs   imidjining
psixologik jihatlariga qaratiladi.
Tadqiqotning maqsadi.   Zamonaviy  shaxs   imidjining  psixologik jihatlarini
nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish dan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
mavzuga   oid   adabiyotlarni   tahlil   etish   va   nazariy   materiallarni
umumlashtirish; 
shaxs   imidjining   psixologik   jihatlarini   tadqiq   etishda   qo‘llaniladigan
metodikalarni tanlash va asoslash;   
zamonaviy shaxs imidjini psixologik nuqtai nazardan tadqiq etish;
shaxs   imidjining   psixologik   tabiati   va   uning   shakllanish   shart-sharoitlarini
aniqlash;
imidjning   psixologik   jihatlari   tahlilida   “shaxs”,   “kasb”   va   “profil”
tushunchalari bilan aloqadorligini aniqlash;
zamonaviy   shaxs   imidjini   tadqiq   etishda   psixologik   tarkiblar   va
umumpsixologik fenomen tushunchalar tabiatini ilmiy asoslash.
Bitiruv malakaviy ishining metodlari:
1. Kuzatish;
2. Suhbat;
3. Anketa;
4.   R.Kettelning   “O‘n   olti   omilli   shaxsni   o‘rganish   so‘rovnomasi  
(16 RG‘)” (A variant) ;
5.   Matematik statistika.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti.  Sharof Rashidov nomidagi Samarqand
davlat universitetining Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar  fakulteti Psixologiya
nazariyasi   va   amaliyoti   kafedrasi   Psixologiya   (faoliyat   turlari   bo‘yicha)
yo‘nalishining 42 nafar 3-bosqich talabalari .
Қосимова Н, Раҳимова Ф. Нодавлат  нотижорат  ташкилотлар имижини шакллантириш: назария ва амалиёт.
Ўқув-амалий қўлланма. Т: 2015. 14 б. Bitiruv   malakaviy   ishining   predmeti.   Zamonaviy   shaxs   imidjining
psixologik   jihatlarni   diagnostika   qilish   va   psixologik   xususiyatlarini   tadqiq
etishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi: 
bitiruv malakaviy ishida, zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlari ilk
bor bakalavr darajasini olish uchun o‘rganildi;
R.Kettelning “O‘n olti omilli shaxsni  o‘rganish so‘rovnomasi (16 RG‘)” (A
variant)   psixologik   metodikasi   orqali   zamonaviy   shaxs   imidjini   o‘rganishning
metodik tizimi ilmiy asoslandi; 
Zamonaviy   shaxs   imidjini   tavsiflovchi   “reguliyativlik   qobiliyati”,
“ kommunikativlik   qobiliyati”,   “mas’uliyatlilik”,   “ijtimoiy   dadillik”,   “faollik   va
analitik tafakkur” singari yetakchi omillar aniqlandi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
Bitiruv   malakaviy   ishining   nazariy   ahamiyati   shaxs   imidjining   psixologik
jihatlarini   asoslovchi   nazariy   ma’lumotlarning   to‘plangani,   tadqiqot   vazifalariga
mos   keluvchi   metodlarning   qo‘llanilgani,   empirik   qiymatlar   matematik-
statistikaning ishonchli  usullari  yordamida tahlil qilinganligi, xulosa va tavsiyalar
ishlab chiqilganlig bilan izohlanadi. 
Bitiruv   malakaviy   ishining   amaliy   ahamiyati   oliy   ta’lim   muassasalarida
o‘tiladigan   Psixologiya   yo‘nalishi   fanlarini   amaliy   manbalar   bilan   boyitishda
hamda   zamonaviy   shaxs   imidjining   psixologik   jihatlarini   diagnostika   qilish
bo‘yicha faoliyatlarga tatbiq etiladi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi:   kirish, ikki bob, olti paragraf, xulosa
va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat.
I BOB.  IMIDJ MUAMMOSINING PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA
O‘RGANILGANLIK HOLATI 1.1.   Psixologik tadqiqotlarda imidj muammosiga 
oid yondoshuvlar masalasi
  Xorij   psixologiyasiga   oid   qator   ilmiy   manbalarda   “imidj”   muammosini
aniqlashga   doir     ko‘plab   bahsbop   qarashlar   mavjud.   Biroq,   bu   fenomenni
o‘rganishga nisbatan noaniq yondashuvlar va qarama - qarshi fikr-mulohazalar ham
ko‘zga   tashlanadi.   Sabab   shundaki,   mualliflar   “imidj   nima”   degan   savolga   javob
berishda, o‘z idrokidan kelib chiqishi yoki shaxs sifatlarini taqqoslashi tushuniladi.
Mazkur   izohda   tadqiqotchi   S.F.Lisovskiyning   qarashlari   maqbul   sanaladi.   Ya’ni
imidj shaxs va omma o‘rtasida vositachi obrazdir 1
.
Imidj   tushunchasining   haqiqiy   va   mukammal   mazmunini   tushuntirishda
tadqiqotchi   E.Manyakin   qarashlari   ahamiyatli   sanaladi.   Uning   fikricha,   “imidj”-
o‘ziga xos xususiyatlarga asoslanmagan, har xil ijtimoiy-siyosiy, shaxsiy-estetik va
boshqa   qadriyatlarga   ega   bo‘lgan   kishining   yoki   biror   narsaning   birlashtiruvchi
tasviri   va   g‘oyasidir.   Bir   so‘z   bilan   aytganda,   imidj   shaxs   va   jamoa   o‘rtasida
ijtimoiy-psixologik   munosabatni     namoyon   etadi” 2
.   Misol   uchun,   rahbar   imidji   -
uning xodimlariga, tinglovchilarga, mijozlarga e’tibor qaratishida ko‘rinadi. Imidj
mezonlarini ko‘rsata olmagan kasb uzoq davom etadigan mavqe’ga ega bo‘lmaydi.
Psixologik mazmunda  kengroq aytganda,  imidj   nafaqat  e’tiborni   jalb qilish
vositasi,   balki   tinglovchilarning   talablariga   javob   berishning   tezkor   bir   yo‘li
hamdir.   Tashkilotning   da’vo   qilgan   joylari   qanchalik   baland   bo‘lsa,   ommaviy
axborot   vositalarida   uning   mavqe’i   shuncha   yuqori   bo‘ladi.   Zamonaviy   rahbar
obrazi ikki asosiy mezondan:
1. Noverbal muloqot   kanalining idealligi (kiyim, nutq, soch, qiyofa, o‘zini
tutish qobiliyati, imo-ishoralar, yuz ifodalari);
2.   Qo‘l   ostidagilar   uchun   eng   muhim   bo‘lgan   xususiyatlar   (ishonch,
avtoritet, professionallik) tashkil topishi kerak.
Bunday tahlildan farqli o‘laroq, G.Pochepsov shunday dedi: “Imidj bu ko‘p
qirrali hodisadir, chunki inson uni bir necha kanallar orqali amalga oshiradi 3
.
1
 Лисовиский С.Ф. Политическая реклама. – М.: ИВЦ Маркетинг, 2000.  -  256 с. 
2
 Манякина Е.И. Политический лидер: процесс формирования имиджа: Дис…Канд. полит. наук. –М.: 1994. -
62 с.
3
 Поцепцов Г.Г. Имиджеология. – М.: Ваклер. 2000.- 766 с. Muallifning   bunday     yondashuvi   odatda   barqarorlik   tamoyiliga   mos   keladi
va u shaxsdagi ko‘p bosqichli imidjni nazarda tutadi. Bunda u ikkita komponentni
birlashtiruvchi sifatida ko‘rib chiqiladi:
1.   Imidj   ma’lum   bir   individual   (kasbiy,   uslubiy,   shaxsiy)   sifatlarni
boshqaruvchida mavjud;
2.   Imidj   uni   qabul   qiluvchilar   tarafidan     alohida   ravishda   mavjud   emas,
shuning uchun u axborot birligi hisoblanadi.
Imidjning tuzilishi va tasnifi. Imidj turlarini tasniflashda turli yondashuvlarni
ko‘rib chiqish mumkin. 
Imidjni   izohlashga   oid   tipologik   yondashuv.   Tipologik   tahlilga   asoslanib,
imidj   muammosini   o‘rganayotgan   ko‘plab   rus   tadqiqotchilari   muammoni   empirik
tarzda   o‘rganganlar.   Shuningdek,   imidjning   shakllanishida   rolga   asoslangan
yondashuvni   taklif   qiladilar.   Ularning   tushunishida   muvaffaqiyatga   erishish
jarayoni  juda oddiy: boshqaruvchi ma’lum bir turdagi vazifani ishonchli  bajarishi
boshqalarning   nazarida   shaxs   obro‘sining   oshishiga   olib   keladi.   Psixolog
A.Kovalchuk   imidjga   rolli   yondashishni   taklif   etib,   shaxs   bajarayotgan   kasbdagi
rol va mavqe’ uning butun bir imidjini belgilashini ta’kidlaydi 1
. 
Tadqiqotchi   G.Pochepsov   bu   borda   quyidagi   ijtimoiy   tiplarni   taklif   qiladi:
“rahbar”, “usta”, “mutafakkir”, “romantik”, “professional”.  Bu tipologik qarashga
ko‘ra,   tasniflash   bu   hodisaning   chuqurligini   aks   ettirmaydi.   Ushbu   modellarning
mualliflari muayyan rolda doim har xil vazifalar bajarib boradi. Tipologiya tipidan
foydalanib, menejer vaziyatga qarab bir vaqtning o‘zida professional, strategik va
axloqiy fazilatlarini namoyon qilishi kerak. Ehtimol, bu yondashuv boshqaruvning
uslubiy   xususiyatlarini   baholashda   ishlatilishi   mumkin,   ammo   murakkab   va
integral psixologik hodisa sifatida imidjning mohiyatini ochib bera olmaydi.
  Funksional   yondashuv.   Zamonaviy   izlanishlarda   aytilgandek,   imidjning
tavsifi   uning   funksional   xususiyatlarini   hisobga   olish   nuqtai-   nazaridan,   imidj
xususiyatlariga   asoslangan   tasnif   sifatida   tahlil   etish   osonroq     sanaladi.   Imidj   bu
siyosiy   va   biznes   obrazidir.   Bundan   tashqari,   imidj   ob’ekt   va   ob’ekt   tasviri
1
 Ковальчук А.С. Основы имиджеологии и делового общения.  –  Ростов - на - Дону:Феникс,  -  2004.  - 245   с. mumkin.   (Ob’ektlar,   masalan,   ma’lum   bir   tovar   belgisi,   ob’ekt   tasvirining
nomlanishi).   Rasm   shaxsiy,   korporativ,   shuningdek,   bo‘lishi   mumkin.   Bularning
barchasi tasvir turlarining xususiyatlariga mos keladi. 
Shaxsni   ifod alovchi   rasm   –   bu   o‘z-o‘zini   tasvirlash,   uning   “ men ”
tuzilishining   sub’ektiv   ramzi . Oynali tasvir insonning ongida, u o‘zini   “ ko‘zguda ”
ko‘rganida shakllanadi. 
Mavjud imidj - bu  muloqot  guruhi vakillari  qarashlari dan olingan  baho yoki
shaxs   qiyofasidir.   Bunday   baho,   ba’zan   tanqidning   eng   yuqori   darajasiga   ega
bo‘lishi   mumkin,   chunki   mutaxassislar   “ baholovchi ”   bo‘lishi   mumkin   (misol
uchun psixologlar).
Istalgan imidj:  -  maqsadli auditoriya tomonidan eng yaxshi qabul qilinadigan
imidjdir. 
Ushbu tahlil muallifi F.Jefkins fikricha, istalgan imidjning ta’rifi, hali rasmiy
jamoa   fikri   shakllanmagan   odamlar   uchun   juda   muhimdir.   Muallifning   fikriga
ko‘ra,   yangilanish   paytidan   foydalanib,   kutilgan   narsa   haqiqiy   berilishi   mumkin.
Ehtimol,   istalgan   imidjning   muvaffaqqiyatga   erishish   mazmunida,   uning   ichki
o‘sish istiqboli salohiyati yotadi 1
. 
Tadqiqotimizda   “Istalgan   imidj”   ning   ta’rifi   “Ideal   imidj”   ning   kengroq   va
bahsbop   ilmiy   konsepsiyasi   bilan   almashtirildi.   Bundan   tashqari,   uning   tahlilida
imidjning bir necha funksional jihatlari mavjud. 
Muallif  imidjni  boshqa   bir   jihatlar   bilan  ham   o‘rganadi   va uni   quyidagicha
ajratadi:
Korperativ   imidj   bu   -   tashkilotning   obrazi.   Ya’ni   bunda   kompaniyaning
obro‘- e ’tibori , tashkilot mavqe’i,   kasbning jamiyatdagi roli va  raqobatbardoshliligi
bilan izohlaydi.
Bir   nechta   imidj   -   iqtisodiyotning   butun   bir   sohasining   obrazi   yoki   butun
inson   faoliyati   faoliyatining   imidji dir .   Biz   bu   yerda,   misol   qilib,   aviatsiya   kabi
uyushmalarning   jamiyatdagi   o‘rnini   olish   mumkin .   Ko‘plikning   imidjini
1
  Джефкинс Ф. Паблик рилэйшнз.–М .: ЮНИТА-ДАНА, 2003. - 122 с. baholashda tizimning barqarorligi asosan hisobga olinadi. Barcha tarkibiy qismlar
(masalan,  “ avi atsi ya ”  vakolat i ga kiradigan aviakompaniyalar)  nazarda tutiladi.
Ingliz  tadqiqotchisi   E.Simpson  izlanishlari   davomida imidjni  tasniflashning
ikki jihatini aniqlaydi 1
:
1.   O‘z - o‘zini   namoyon   qilish   imidji   (o‘z-o‘zini   his   qilish,   u   asosida   inson
faqatgina boshqalarning nazarida ko‘rinadigan narsalarni qabul qiladi).
2.   Qabul qilingan imidj (rahbarlarga yoki boshqa shaxslarga berilgan baho). 
Bunda   ijtimoiy   daraja   ma’lum   bir   imidj   doirasiga   rioya   qilishni   nazarda
tutadi.
Yuqoridagilardan   farqli   o‘laroq,   mashhur   sotsiolog   K.Xilman   imidjning
o‘ziga xos turlarini taklif etadi 2
:
1.   Umumiy   imidj   -   Muayyan   shaxs   obrazidan   qat’i   nazar,   o‘ziga   xos
shaxslar. Ya’ni mamlakat  hududining butun bir obrazi.
2.   O‘z - o‘zini   namoyon   qilish   -   insonning   o‘z-o‘zini   anglashi,   boshqalarga
nisbatan ijtimoiy aniq anglashi.
3.   Shaxsiy   imidj   –   boshqalar   tomonidan   berilgan   baho,   qarorlar   qabul
qilishni belgilovchi   mezon. Shuningdek, insonning asl  obrazi u haqdagi  obe’ktiv
ma’lumotlardan   mustaqil   ekanini   ta’kidlaydi.   Inson   imidjining   g‘oyasi   subektiv
jihatdan ko‘proq baholanadi. 
Imidjga   oid   kommunikativ   yondashuv.   Shaxsga   ta’sir   etuvchi   psixologik
xususiyatlarini o‘rganuvchi  A.Yu.Panasyuk imidjni ijobiy va salbiy deb ajratishni
taklif qiladi. Shu bilan birga, muallif: “Ko‘pchilikning fikri har doim ham  fikrning
xolisligini     ko‘rsatuvchi   holat   emas,  ya’ni  ikki,  uch  va  hatto  o‘nlab  insonlar   fikri
boshqa bir insonning haqiqiy ichki dunyosini  tushuntirib bera olmasligi mumkin”.
Imidj   fenomeni   tadqiqotchilarning   fikriga   ko‘ra,   tizimli   ta’sir   kuchiga   egadir.
Rahbarning   muayyan   harakatlari,  so‘zlari,   xatti-harakatlari   majmui   bilan   muloqot
guruhi a’zolarining ongiga chuqurroq tasavvur olib kelishi mumkin, bu esa, hislar
to‘g‘risidagi ijobiy yoki salbiy tavsiflarni nazarda tutadi. Ko‘pincha, qabul qiluvchi
sherikning,  suhbatdoshning   og‘zaki   va  og‘zaki   bo‘lmagan  xulq-atvorida  noto‘g‘ri
1
  Сэмпсон Э.Управление имиджем или как создать свой стиль. М.: 1989.- 47 с.
2
 Hillman K.H. Worterbuch der Soziologie.  Stuttgart. Kroner , 1994.-64  s. ma’lumotlarning signallari namoyon bo‘ladi. Ya’ni shaxsning muloqot madaniyati
ma’lum bo‘ladi: 1
.
Tasniflar   qatorida   G.Nikifirova,   imidjni   funksional   xususiyatlariga   ko‘ra
ham ajratadi: professional va shaxsiy, shuningdek, imidjning tashqi xususiyatlariga
ham katta e’tibor beradi. Shu asnoda imidjning yana bir boshqa turini ham keltirib
o‘tadi: 2
 
1.   Ekologik imidj (bunday imidj o‘z mazmunida   -   yashash joylari, ekologik
hudud, xonaning ichki qismi, mashina dizayni va boshqalarda yaqqol ko‘rinadi);
2.   Jadvalli   imidj   (tashqi   ko‘rinish:   bosh   ko‘rinishi   -   kiyimning   uslubi,   soch
turmagi va boshqalar);
3.   Insonning qiyofasi - bu imidjning  mazmunini  baholash asosida yaratiladi.
Siyosatchi   uchun   bu   muvaffaqiyatli   siyosiy   faoliyat,   advokat   uchun,   korxona
direktori uchun g‘olib bo‘lgan jarayonlar, ishlab chiqarishning yuqori  rentabelligi
va xodimlar uchun yuqori turmush daraja  bilan;
4.   Og‘zaki   imidj   bu   -   shaxsdagi   muloqot   ko‘nikmalarini,   fikrlarni   ochiq
ifoda etish,  yorqin va oqilona tarzda ifoda etishdir;
5.   Vokal   yoki   kinetik   imidj   (imo-ishoralar,   yuz   ifodalari,   jestlar   va
pantomimika, yurish uslublari bilan izohlanadi;
6.   Vizual   imidj   -   bu   ongimizda   biror   insonning   qiyofasi   shakllangan   va
mustahkamlanganligi sanaladi.
Har bir kasbda ijobiy imidjni yaratishning eng yaxshi usuli   -   bu shaxsiy va
maqbul xususiyatlarga rioya qilishdir.
Imidjning ijtimoiy ahamiyati tadqiqotchi K.Xilmann taklif etgan tasniflashda
aks   etgan.   U   shaxsning   ijtimoiy   faoliyati   uchun   imidjning   rolini   quyidagicha
tushuntiradi:
1.   Qayd   qilish   funksiyasi   (ya’ni   idrok     qilish   ma’nosini   anglatadi):   bir
narsaga   alohida   baho   berish,   yakuniy   qaror   yoki   fikrini   o‘zgartirishga   moyil
bo‘lmagan shaxslar;
1
  Панасюк А.Ю. Формирование имиджа: стратегия, психотехнологии, психотехники.-М.: Омега, 2007.-87 с.
2
 Никифорова Г.С. Психология менеджмента :   У чебник . -СПб.: Изд-во .  Петер. ун-та,   2000. -168  с.  2.   Stereotipik   funksiyasi.   Bir   marta   inson   ongiga   xos   bo‘lgan   stereotip
imidjni qabul qilish uchun qulaydir;
3.   Bo‘ysunuvchanlik   funksiyasi.   Rasm   muqobil   yechimlar   ko‘lamini
qisqartiradi, xatti-harakatga ta’sir qiladi va hokazo. 
B.Dji   imidjning   turlari   haqida   o‘z   nuqtai - nazarini   bildirib,   muammoni
soddalashtirish uchun yana ayrim tasniflarni keltirib o‘tadi 1
:
tashqi   imidj   -   “imidj”   dan   ko‘ra,   bir   oz   boshqacha   mazmunda.   Bu   jamiyat
tomonidan   bir   kishining   kompleks   hissi   bo‘lib,   u   jamoatchilik   fikri   ham
hisoblanadi;
ichki   imidj   -   Amerika   tadqiqotchisining   fikriga   ko‘ra,   bu   imidjning   asl
mazmuni ichki noqulaylik tushunchasi bilan bog‘liq ya’ni bezovtalik;
ob’ektiv imidj - Sezgilarimiz tomonidan qabul qilingan imidj. ko‘rilayotgan
va eshitiladigan imidj ham sanaladi;
nomoddiy   bo‘lmagan   imidj   -   javob   tuyg‘ulari   aniq   bir   munosabatga   ichki
reaksiyamizdir.
Bunday   imidj   turlarini   tadqiq   etishda,   rang   barang   psixodiagnostik
metodikalardan foydalanish mumkin. 
Ba’zi   mualliflar   masalan,   Ye.Fadeeva   imidjga   ega   bo‘lish   uchun   shaxs
umumiy   va   ijtimoiy   madaniyat   darajasiga   javob   berishi   kerakligini   ta’kidlaydi 2
.
Tadqiqotlardagi   bunday   bahsbop   qarashlar   oxir-   oqibat   shaxsga   oid   imidj   turlari
bilan bog‘liq bo‘lgan “real imidj”, “o‘z-o‘zini imidjlash”, “mukammal imidj” kabi
tasniflarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
E .Perelgina fikricha, shaxsiy tasvir  - bu shaxsning psixologik tasviri, oddiy
bir   shaxs,   guruh,   tashkilot   obraziga   qaraganda   kengroq     mazmundagi   fenomen
tushuncha sanaladi 3
.
Shaxsning   individual   obrazini   yaratish   uchun   quyidagi   ikki   omil   hisobga
olinishi shart sanaladi:
1
  Джи Б. Имиж ферм ы. Планирование, формирование, продвижение. СПб. Питер, 2000.- 162 с.
2
 Фадеева   Е.И. Тайны имиджа .   У чебно-методическое пособие  . – СПб.: Питер ,  2002.  - 87 с.
3
 Перелыгина, Е.Б. Психология имиджа. – М.: Аспект Пресс, 2002.- 49 с. 1.   Odamning   o‘z-o‘zini   hurmat   qilishi   va   o‘zini   yaxshilashga   muhtojligi
bilan bog‘liq psixologik motivatsiya, ya’ni bu psixologik qulaylik;
2.   Samarali   ijtimoiy   ta’sir   ko‘rsatish   uchun   imidjdan   to‘g‘ri   foydalanish   va
uning   yordami   bilan   bir   yoki   boshqa   tashqi   maqsadlarga   erishishdir.   Shu   orqali
insonlar jamiyatda farqlanadi.
Yuqorida  ajratib ko‘rsatilgan  ushbu ikki  turdagi  motivatsiya shaxs  obrazini
yaratish bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar faoliyatida birlashtirilishi mumkin .
E.Perelыgina   imidjni   yaratishda   asosiy   motivatsiya   turiga   qarab,   tasvirni
yaratish strategiyasi  va ushbu jarayonda qo‘llaniladigan usullar va mexanizmlarni
farqlab chiqdi.  Shu asosda, bu ikki turdagi individual imidj, o‘z-o‘zini his qilishga
qaratilgan tasvir sifatida farqlandi. 
Yuqoridagilardan ko‘rish mumkinki,   shaxsning har bir timsoli, rassomning
obrazi, tashkilot rahbarining obrazi - bu his-tuyg‘ularga qaratilgan tasvirdir. Biroq,
bir   xil   tasvirni   o‘z-o‘zini   anglaydigan   shaxslar   ya’ni     pedagoglar,   harbiylar,
yuristlar   va   rahbarlar   ko‘proq   namoyon   etadilar   va   ular   ishlashda   eng
muvaffaqiyatli shaxslar sanaladi.
Tadqiqotlarda   fikrlashga   yo‘naltirilgan   imidjdan   farqli   o‘laroq,   o‘z-o‘zini
anglashga   asoslangan   imidjni   ta’riflash   jarayoni   ko‘pincha   o‘z-o‘zidan   paydo
bo‘ladi,   ko‘proq   u   noqulay   harakatlardan   iboratdir.   Zamonaviy   jamiyatda   o‘zini
yaxshi   his   qiluvchi   shaxslarning   individual   imidji   ko‘proq   ijtimoiy   ahamiyatga
egadir 1
.
Imidjologiya   sohasidagi   adabiyotlarni   tahlil   qilish   quyidagicha   xulosa
chiqarishga imkon beradi:
Birinchidan,  odamda  o‘z-o‘zini  hurmat   qilishini   kuchaytirish   motivatsiyasi,
bu ishda va hayotda psixologik qulaylikka erishishga olib keladi;
Ikkinchidan,   shaxs   ijtimoiy   ta’sirga   ega   bo‘lish   uchun   o‘z   individual
imidjidan oqilona foydalanishi va hurmatga ega bo‘lish motivatsiyasi.
1
 Перелыгина Е.Б. Социально-психологическая природа индивидуального имиджа.– М.: Мир психологии, 
2004. №4. С.154 – 167 . Bundan   tashqari,   individual   imidjni     tadqiq   etgan   psixolog   I.Fedorov
ta’kidlashicha,   insonda   shaxsiy   tasvir   yoki   individual   imidj     hayotda   boshqa
funksiyalarni ham bajaradi 1
:
ijtimoiy-madaniy   funksiya:   ya’ni   shaxsning   guruh   ichidagi   tasviri   bo‘lib,   u
shaxsning   ongli   ravishdagi   yoki   o‘z   ko‘rinishini   to‘g‘rilash,   guruhdagi   ayrim
rollarni bajarishidagi moslashuvini ta’kidlaydi;
kompensatorlik   (to‘ldiruvchilik)   funksiya   -   “Shaxs   tomonidan   oddiy
hayotning   stereotiplarini   saqlab   qolish,   shu   bilan   birga   o‘zlikni   saqlab   qolish
hamdir;
ijtimoiy   identifikatsiya   funksiyasi   -   shaxsning   o‘z  imidji     yordamida  guruh
ichidan o‘ziga mos va emotsional yaqin bo‘lgan sherikni tanlashini nazarda tutadi 2
.
Ayrim tadqiqotlar mazmunicha, ba’zan shaxsda va guruhda individual imidj
ham   namoyon   bo‘lmasligi   mumkin.   Tadqiqotchi   M.Rober   fikricha,   bunday   holat
shaxsdagi   ba’zi   ruhiy   kasalliklar,   uyqusizlik,   intuitiv   harakatlar,   ehtiroslar   va
dasturlashtirilgan   xatti-harakatlar   kabi   ijtimoiy   bo‘lmagan   holatlarni   bilan   ham
belgilanadi.   Individual   imidj   va   psixologik   tasvir   tushunchalari   mazmunan   bir
biriga   yaqin   bo‘lsada.   Ammo   imidj   tushunchasi   mazmunida   ko‘proq   psixologik
mexanizmlar   va   xususiyatlar   yotadi.   Individual   imidj   har   bir   insonning   kasbiy
qiyofasi   bilan   ham   bog‘liq   sanaladi.   Har   bir   kasb   shaxsda   o‘ziga   xos   imidjni
shaklltantiradi.   Individual   imidj   har   bir   insonga   xos   bo‘lgan   faoliyat   sifatlari,
individual   psixologik   xususiyatlar,   motivaison   soha,   emotsional   soha,   ma’naviy
kabi sohalar mazmuni bilan tushuntiriladi.
Demak,   shaxs   imidji   va   imidj   fenomenini   tahlil   etish   qator   masalalar   ya’ni
shaxsning   asl   ichki   va   tashqi   qiyofasi,   oliy   va   yuksak   maqsadlari   va   ideallari
haqida   shuningdek,   shaxsning   jamiyatdagi   o‘rni,   jamiyat   va   davlat   obro‘si,
boshqaruv   va   uning   milliy   xususityalarini,   yuksaklik   hamda   ishlash   salohiyatida
boshqalarga   andoza   bo‘lish   madaniyati   kabi   ijtimoiy-psixologik   holatlarni   tahlil
etish ham sanaladi.
1
 Федоров И.А. Имидж как программирование повидения людей. Рязань, 1997.- 21 с. 
2
 Робер М. А., Тильман Ф.Психология индивида и группы – М.: Прогресс, 1988. - 126 с. 1.2.   Shaxsda o‘z-o‘zini rivojlantirish va boshqarish imidji
Shaxsda   o‘z-o‘zini   rivojlantirish   va   boshqarish   imidji   muammosi   sof
psixologik   masasalalardan   biri   bo‘lib,   uni   tadqiq   etish   nafaqat   imidj   tushunchasi
tabiatini, balki boshqaruv psixologiyasi, boshqaruv madaniyati, rahbar shaxsi, ideal
rahbar,   ijobiy   imidj   shuningdek,   shaxsga   xos   qator   psixologik   sifatlarini   tadqiq
etish ham sanaladi. 
Jamiyat   sohalarida   xizmat   qilayotgan   har   bir   kasb   egasi   jumladan,
pedagoglar,   rahbarlar,   sportchilar,   murabbiylar,   menejerlar   hamda   harbiy
xizmatchilar   va   ofitserlarning   zamonaviy   jamiyatdagi   imidji,   imidjning   shaxsga
ta’siri,   kasb   va   imidj,   boshqaruvda   imidjning   roli   kabi   masalalarni   tadqiq   etish
psixologik tadqiqotlarda keng ko‘zga tashlanmoqda. 
A.Panasyuk   fikricha,   boshqaruv   imidji   tushunchasida   rahbar   shaxsga   xos
psixologik   qiyofa,   zamonaviy   shaxs   obrazi,   shaxs   tasviri   tushunchalari   bilan
birlashadi va shu yerda shaxs mukammalligi aniqlanadi 1
. 
Ana shu jihatdan olib qaralganda, biz tadqiq etayotgan ushbu muammo ilmiy
jihatdan   ahamiyatli   sanaladi.   Imidj   tushunchasini   kengroq   yoritishdan   oldin,
shaxsda   o‘z-o‘zini   rivojlantirish   va   boshqarish   imidji   qonuniyatining   ayrim
tahlillariga e’tibor qaratmoqchimiz.
Ye.Orlova   o‘z-o‘zini   rivojlantirish   va   boshqarish   imidjini   quyidagi
psixologik ichki qonuniyatlar asosida tushuntiradi 2
:
1. O‘zgarish zarurligini anglash;
Bu   shaxsdagi   ongli   rag‘bat   -   bu   ichki   o‘zgarish   va   o‘zgarish   zaruratini
oqlash haqidadir. O‘zgarishlar insondan katta yukni talab qiladi, bu o‘zgarishning
sababi hissiy - irodalilik sohani qo‘llab-quvvatlovchi asosdir. 
2.   Maxsus maqsadlarni belgilash;
1
 Панасюк А.Ю. Вам нужен имиджмейкер? Или о том, как создать свой имидж. –М.: Дело, 2001. – 240 с.
2
 Орлова Е.А. Формирование позитивного имиджа государственного деятеля. Дисс… канд. псих. наук. – М.: 
1997.-123   Globallashuv   sharoitida   aniq   maqsadga   erishish   uchun   inson   ma’lum
o‘zgarishlar   qilish   kerak.   Aniq   va   kuchli   maqsadlarni   shakllantirish   o‘ziga   xos
rag‘batdir;
Ayniqsa,   dinamik   va   faol,   natija   yo‘naltirilgan   rahbarlar   uchun   aniq
maqsadlarni   aniqlash   juda   muhimdir.   Misol   uchun,   menedjer   direktorlar
kengashini   qayta   saylashda   muvaffaqiyatli   ishtirok   etish   uchun   jamoatchilik
oldidagi nutq qobiliyatini yaxshilash kerak;
3.   Shaxsning   haqiqiy   qiyofasini   angalash   va   o‘zini   o‘zi   baholash.   “Qaerga
borish   kerakligini   tushunish   uchun   siz   qaerda   ekanligingizni   aniqlashingiz   kerak
(ya’ni   qanday   kasbdasiz)”.   Ob’ektiv   haqiqatning   ta’rifi   ko‘pincha   “imidj
egasining”   kuchidan   tashqariga   chiqadi.   Bunday   holda,   sub’ektiv   baholashning
o‘zi   yetarli   emas,   u   turli     shaxs   komplekslari   va   psixologik   himoya   vositalariga
asoslangan   bo‘ladi.   Bu   muammoni   psixodiagnostik   metodikalar   yordamida   hal
qilish o‘rinli sanaladi. 
Psixodiagnostik tekshiruvda rahbarning quyidagi sifatlarini aniqladi:
a)   Boshqaruvchining   shaxsiy   va   rahbarlik   sifati   va   individual   xususiyatlari
(haqiqiy imidj);
b)   O‘zini o‘zi hurmat qilish va “o‘z-o‘zini tasvirlashi”;
c)   Ekspert     guruhi   vakillari   tomonidan   o‘z   imidjini   idrok   etishning   o‘ziga
xos   xususiyatlarini   o‘rganish,   ular   taklif   qilayotgan   rahbarning   ideal   qiyofasini
aniqlash.
4.   “Mukammal   imidj”.   Ushbu   bosqichda   “Fikr   yetakchilari”   (masalan,
ommaviy axborot vositalari vakillari) maxsus guruhining tashxisi qo‘yilgan. Bunda
shaxdagi   “Men”   jamoatchilik   idrokiga   bog‘liq.   “Fikr   rahbarlari”,   ma’lumotni
“o‘zlari   orqali”   ataylab,   uni   o‘zgartiradilar.   Agar   teatr   hayotning   ko‘zgusi   bo‘lsa,
unda   ommaviy   axborot   vositasi   -   bu   buzilish   va   giperbolizatsiya   ta’sirini
kuchaytiradi, ya’ni magnitafon stakan kabi; 
Ushbu   bosqichda   buzilish   va   giperbolizatsiya   ta’sirini   ko‘rsatuvchi   stakan
bo‘lishi  kerak. Ushbu bosqichda menejerning ijobiy va salbiy imidjini jurnalistlar
nuqtai nazaridan xarakterlovchi xususiyatlarni aniqlash kerak. 5.   Istalgan o‘zgarishlarning ta’rifi - haqiqiy tasvirning idealga yaqinlashishi.
Tadqiqot   natijasi   kasb   egasning   “ideal   imidj”   ni   belgilaydi,   bu   esa   unga   erishish
kerak   bo‘lgan   tasvir   hamdir.   Buning   uchun   haqiqiy   va   mukammal   tasvirni
taqqoslash   va   ularning   yaqinlashuvi   uchun   maxsus   uslublar   ishlab   chiqish   kerak.
Shuni yodda tutish kerakki, ideal tasvir dinamik bir stereotipdir. Ushbu bosqichda
aniqlangan shaxs tasviri “zamon sinovi”ga chidash kerak;
6.  Shaxs “i deal  obrazi”  va  “ichki meni”  ni taqqoslash .
Ushbu   bosqichda,   shakllanayotgan   imidj   “shaxsiy   tasavvurlar”   zonasida
joylashganligini   aniqlash   kerak.   Agar   menejer   bir   sababga   ko‘ra,   harakat   qila
boshlagan   istalgan     maqsad   bo‘lsa,   uning   ijobiy   harakati   ichki   tushunishiga   mos
kelmasa,   ichki   qarshilik   faollashadi   (barcha   rahbarlar   uchun).   Shunday   qilib,
Shaxsning to‘liq, dinamik va barqaror qiyofasini yaratish uchun imidjning ko‘roq
sotsial psixologik komponentlariga e’tibor qaratish zarur;
7. Maqsadga erishish yo‘llarini aniqlash. Tekshiruv natijalari.
Shaxs imidjini tuzatish (shaxsiy o‘sishni) dasturini ishlab chiqishda ma’lum
bir   vaqt   va   metodik   aparatni   tanlab   olish   kerak.   Natijalarni   baholashda   birinchi
navbatda   eng   diqqat   markazda   -   ma’lumot   yaqin   atrofdagi   odamlar   guruhidan
olinishi   kerak.   Biroq,   individual   yondashuv   doirasida   umumiy   mezonlar   mavjud
emas.   Ba’zilar   uchun   baho   berishda   hamkasblar   ijobiy   “fokus-guruh”   bo‘lsa,
boshqalari uchun - kasbiy sheriklar, boshqalar uchun esa professional psixologdir;
8.   Ommaviy   axborot   vositalari   orqali   kasbga   xos   imidj   haqida   ma’lumot
berish;
Aytish   joizki,   shaxs   imidji   borasidagi   adabiyotlarning   aksariyati   shu
muammoga bag‘ishlangan. 
Bizning fikrimizcha, harbiy xizmatchi shaxsi obrazining individual-tipologik
xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda,   uni   tadqiq   etishda   qator   psixologik
uslublardan   foydalanish   mumkin.   Qolaversa,   ayrim   afsonalar   tizimini   yaratish
mumkin.  Ehtimol,  bu  bosqich  shaxs  falsafasining   eng  muhim   aspektlarini  oshkor
qilish va aniqlashdir. 9.   Katta   muloqot   maydoniga   chiqish.   Media   guruh   bilan   keng   qamrovli
aloqa bog‘lash. Bosh miya marafoni uchun to‘liq tayyorlik. Shaxsning o‘ziga xos
xususiyatlariga   moslashtirilgan   “ichkaridan   faollik”,   hatto   “bo‘ronli   vaziyat”   da
ham   chidash.   Bu   holatdagi   imidj   boshqaruvchining   ichki   salohiyatiga   tegishli
bo‘lib, tasodifiy noto‘g‘ri yo‘l bilan yo‘q bo‘lishi mumkin emas;
10.   O‘z-o‘zida n atijalarni tekshirish va yangi o‘zgarishlar kiritish zarurligini
anglab olish .
Hayot   hamon   to‘xtamaydi.   Ertaga   eng   yaxshi   ijobiy   imidj   ham   tuzatishni
talab   qilishi   mumkin.   Kognitiv   psixologiya   tamoyillariga   asoslanib,   haqiqiy
professional psixolog   shaxsda o‘z-o‘zini tuzatishning yetakchilik ko‘nikmalari va
usullarini o‘rgatish vazifasini o‘z zimmasiga olishi kerak.
N.Makiavelli   davlat   odamining   ideal   ijobiy   imidjini   tavsiflab,   uni   shunday
misol   bilan   izohlaydi:   “U   barcha   insonlarga   tegishli,   ayniqsa   qirolliklarning
harakatlariga yakun yasaydi, shuning uchun hukmdorlar hokimiyatni saqlashga va
g‘alaba   qozonishga   harakat   qilsinlar”.   Imkoniyatini   shakllantirishda
muvaffaqiyatga   erishish   uchun   lider   haqiqatdan   ham   g‘olib   chiqadi   deb
ta’kidlaydi 1
.
Imidj   borasidagi     ko‘plab   izlanishlar   “psixologik   qiyofa”   masalasiga   ham
oydilik kiritdi. Tadqiqotchilar   yetakchi va ilg‘or menejerlarning ijobiy qiyofasini
aniqladilar.   Ayni   shu   holat   shaxs   imidji   va   psixologik   qiyofasi   o‘rtasidagi
uyg‘unlikni   o‘ziga   xosligi   haqida   ta’kidlaydi.   L.Averchenko   fikricha,   shaxsda
ijobiy imidj quyidagilarni qamrab olishi kerak 2
:
1.   Kuch;
2.   Raqobat;
3.   Innovatsiyalar;
4.   Ishonch;
5.   Yuqori muloqot qobiliyati;
6.   Fidoiylik va hokazo.
1
 Макиавелли Н. Государь. Астрель.2011. 65 с.
2
 Аверченко Л.К. Психология управления .  – М. :  1997. -  с .67. L.Averchenkoning   shaxsning   ijobiy   imidji   turlarida   ta’kidlab   o‘tilgan
“Ishonch” xususiyatini harbiy xizmatchilarda tadbiq etishda dushmanning hiyla va
nayranglariga ishonib qolmasligini ta’minlab, dushman ustidan g‘alaba qozonishga
ishonchini oshirishga ustanovka berish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
D.V.Berezina   shaxs   imidjining   ijobiy   xususiyatlariga   quyidagi   ro‘yxatini
taqdim etadi 1
:
1.   Komunikativlik;
2.   Yangilik yaratish qobiliyati (kreativlik);
3. Yetuklik;
4.   Siyosatdan, yangiliklardan  yuksak xabardorlik;
5.   Sabrlilik;
6.   Amaliylik;
Keltirib   o‘tilgan   sifatlardan   sabrlilik   va   amaliylik   sifati   shaxs   faoliyatida
muhim   bo‘lgan   sifatlar   sanalib,   turli   sharoitlarda   malakaviy   mashg‘ulotlarni   olib
borish,   turli   vazifalarni   bajarishdagi   tezkorlik   sifatlarini   ta’minlovchi   psixologik
jihatlar  hisoblanadi. Bundan farqli  o‘laroq, I.Sinyaeva rahbarlik fazilatlarini tahlil
qilishni quyidagicha taqdim etadi 2
: 
kasb etikasi haqida bilish; 
yuqori boshqaruv ko‘nikmalari; 
kasbiy kompitentlilik; 
o‘z jamoasini shakllantira olish; 
kreativ korporativ uslubga ega bo‘lish va hokazo.
Yuqoridagi   mezonlar   bilan   birga   zamonaviy   rahbarning   ijobiy   qiyofasi
o‘ziga xos, milliy xususiyatlar bilan ham shakllangan bo‘lishi shart.
Tasvirolog   B.Dji   fikricha,   boshqaruvda   ideal   shaxs   qiyofasi   quyidagilarda
ko‘rinadi 3
:
Qat’iylik;
Izchillik;
1
    Березина, Д.В. Психологические условия формирования имиджа        руководителя учреждения 
образования.   Новосибирск, 2006. – 40   с.
2
   Сеняева И.М. Маркетинговые коммуникации.М.: 2005.-223 с.
3
 Джи Б. Имидж фирмы. Планирование. Формирование, продвижение. –  СПб . : Изд-во Питер, 2000. -  45   с. Kompitentlik;
Altruizm;
Rejalilik;
Tolerantlilik;
Rivojlanish va maqsadlarni aniq ko‘ra olish qobiliyati va hokazolar. 
Keltirilgan   tasniflardan   fidoiylik   va   qat’iylik   sifatlari   ham   shaxs   uchun
muhim   bo‘lib,   u   rahbarlik   lavozimlarida   qat’iy   qaror   qabul   qilish,   topshiriqlarni
fidoiylik bilan bajarishda muhim sanaladi. 
Ingliz   psixologi   E.Sempson   shaxsdagi   muvaffaqiyatli   professional
qiyofaning beshta mukammal komponentini aniqladi 1
. Ularga:
Muvaffaqiyatlilik;
O‘ziga ishonchning yuqoriligi;
Sobit qadamlilik;
Sub’ektiv nazoratning kuchligi.
Keltirilgan   shaxs   sifatlaridan   o‘ziga   ishonch   va   sobitqadamlik   rahbar
shaxslar   uchun   muhim   bo‘lgan   xarakter   sifatlari   sanalib,   ular   faoliyatni   amalga
oshirish mobaynida doimo muhimdir.
Imidj xususiyatlarini o‘rganish bu boshqaruv imidji xususiyatlarini o‘rganish
hamdir.   Shunday   ekan,   imidjda   namoyon   bo‘luvchi   shaxs   sifatlar   tahlili   o‘z-
o‘zidan rahbarga xos bo‘lgan boshqaruv sifatlari tahlili hamdir. Shuning
uchun   boshqaruvda   biz   qattiqo‘l   rahbar,   yuvosh   rahbar,   befarq   rahbar,   qo‘rqoq
rahbar kabi toifalar ajratamiz.
Qattiq   qo‘l   rahbar   imidji   –   tez   qo‘zg‘aladigan,   hissiy   holati   juda   agressiv,
ichki   va   tashqi   to‘siqlarni   tez   yengish   yo‘li   bilan   hokimiyatga   keladi.   Ya’ni   jang
maydonida   jang   qiluvchi   jangchiga   o‘xshatiladi.   Individual   psixologiya   ta’limoti
asoschisi A.Adler tili bilan aytganda, bunday rahbar, o‘z kamchiliklarini hokimiyat
istagiga   singdiradi 2
.   Odatdagidek,   o‘z-o‘zida   qattiq   nazorat   o‘rnatadi   va   buni
jamoaviy   boshqaruvda   ham   tezda   qo‘llashadi.   Bunday   rahbar   avtoritar   uslubdagi
rahbardir.
1
  Сэмпсон Э. Имиджелогия.М.,1995,-22 с.
2
   Адлер А. Очерки по индивидуальной психологии.М.: Когито –Центр.2002.-115 с. E.Erikson ta’limotiga ko‘ra, ular tezda o‘z “men” ni anglab yetadi. Hattoki,
o‘smirlik davridayoq o‘zining shaxsiy  qadriyatlarini tushunib, hayotiy maqsadlari
va   uni   amalga   oshirish   yo‘llari   haqida   keng   ma’lumotga   ega   bo‘ladilar.   Shunday
qilib,   avtoritar   rahbarda   ikki   fikr   bor:   uning   o‘zi   va   boshqalar.   Yoki   u   dunyoni
qora-oq,   dushman   va   do‘stlarga   ajratadi.   Avtoritar   liderning   boshqaruvdagi   sifati
xuddi   oiladagi   “ota-ona”   roli   bilan   tushuntiriladi.   U   hech   qachon   o‘z
o‘rinbosarlariga   o‘z   rolini   egallashiga   ruxsat   bermaydi.   Harbiy   faoliyatda   farqli
tarzda, harbiy bo‘linmalarda “jamoaviy men”ni rivojlantirish talab etiladi. Demak,
jangovar vazifalarni bajarish vaqtida komandir (boshliq) o‘z bo‘ysunuvchilari bilan
o‘zaro hamjihatlikda haraktlanishi guruhni g‘alabasini ta’minlaydi. 
Boshqaruv   tipologiyasi   va   nazariyasi   tadqiqotchilari   fikricha,   demokratik
boshqaruv   uslubiga   ega   shaxslar   o‘z   faoliyatlarini   o‘rganishni   yaxshi   ko‘radilar
hamda qo‘l ostidagi xodimlarining yutuqlarini doimiy tarafdori sanaladi 1
. 
G.Nikifirova   izlanishlarida   boshqaruvning   liberal   uslubdagi   turi   farqlanib,
bunday  rahbarlar   o‘z-o‘zini   tashkil   qilish,   tashkilotni   shu   kabi   murosaga   keltirish
va   o‘zlarini   boshqarishda   mos   kelmaydigan   tarzda   boshqarish   munosabatlarini
o‘rnatadilar 2
.   Bunday   rahbarlarda   o‘z-o‘zini   baholashi   avvalo,   vaziyatga   bog‘liq
bo‘ladi.   Ushbu   turdagi   rahbarlar   hokimiyatni   tubdan   ko‘zdan   kechirishadi.
Ko‘pincha   liberal   uslubdagi   rahbarlar   tashqi   ko‘rinishlarini,   imo-ishoralarini   va
nutq   shakllarini   boshqalardan   ko‘chirib   o‘tkazadi.   Liberal   tipdagi   yetakchilar
ayrim   harakatlarga   qattiq   turtki   bermaydilar,   shuning   uchun   jamoani   ayrim
muammolarni   hal   qilishga   undamaydi.   Bunday   tashkilotlarda   xodimlar
“favqulodda   vaziyatlar”   rejasiga   muvofiq   ish   olib   borishadi,   aniq   maqsadlar
qo‘yilmaydi   va   qat’iy   rejalashtirish   tizimi   yo‘q.   Ammo,   shaxslararo
munosabatlarda odamlarni yaxshi tushunishadilar. 
Yu.Gippenreyter   ham   boshqaruv   imidjida   farqlanadigan   rahbarlik   tiplarida
kreativ   rahbarni   farqlab,   bunday   yetakchilar   o‘z   faoliyatlarida   boshqaruvning
1
   Эриксон Э. Идентичность: Юность и Кризис. Прогресс, Флинта, МПСИ. 2006.- 67 с.
2
 Психология менеджмента: учебник / под ред. проф. Г.С. Никифорова. - СПб.: Изд-во С. - Петер. ун-та, 
2000. -1 32  с.  barcha   usullarini   qo‘llay   oladilar 3
.   Bunday   rahbarlar   turi   juda   kam.   Ayrim
tadqiqotlarda  liberal lider, kreativ rahbar turi sifatida qabul qilinadi. 
Kreativ   uslubdagi   rahbarning   do‘stlari   va   izdoshlari   yo‘q,   u   bilan   ishlash
yoqimlidir.   Boshqacha   aytganda,   qo‘l   ostidagi   xodimlar   bunday   rahbarlar
munosabatlaridan to‘liq hissiy qoniqishga ega. Buning sababi ular doim muloqotda
muloyim, o‘zgalar dunyosi va hissiy olamini tez anglovchi shaxslardir. 
Demak,   shaxsda   o‘z-o‘zini   rivojlantirish   va   boshqarish   imidji   faqat   tashqi
sifatlarga emas, shaxsning individual psixologik xususiyatlari, kasbiy ko‘nikma va
malakalari,   kasbiy   kiyofa,   shaxsning   ma’naviy – axloqiy   qiyofasi,   kasbdagi
fidoiylik, kasb etikasi, kasbiy mas’uliyat shuningdek, shaxsga xos psixologik tasvir
tushunchalariga ham aloqador sanaladi. 
1.3.   Shaxs imidjini belgilovchi psixologik 
omillarning tahlili
Biz bitiruv malakaviy ishimizda shaxs imidjining fenomeni va uning ta’rifi,
imidjning   psixologik   komponentlari,   uni   shakllanish   rivojida   ijtimoiy-psixologik,
sotsiologik,   madaniy - tarixiy   va   ilmiy-nazariy   asoslarini   xronologik   tizimda   tahlil
etishga harakat qildik.
Imidjning   paydo   bo‘lishi,   shakllanishi   va   taraqqiyoti   tarixini   nazariyotchi
olim Ye.Yakovlevning ilmiy qarashlariga asoslanib, shartli uch davrga ajratishimiz
mumkin 1
: 
1) tarixiy davr (miloddan avvalgi 9-7 ming yillik-XVIII asr); 
2) tizimlash (tartibga solish) davri (XVIII-XX asr o‘rtasi); 
3) axborotlashgan davr (XX asr o‘rtasi-xozirgi vaqtgacha) . 
Tadqiqotlarda   qaysi   vaqtda   imidjni   yaratishga   zaruriyat   paydo   bo‘lganini
taxmin qilishning imkoni yo‘q. Aynan qaysi bir mamlakatda ilk bora unga ehtiyoj
tug‘ilganini   va   uning   asoschisi   kim   ekanligini   aytish     ham   mushkul.   Imidjni
shakllantirishning ibtidoiy ko‘rinishlarini dastlabki jamoaviylik tuzumi bosqichida
paydo   bo‘la   boshlagan,   degan   farazni   ilgari   surishimiz   mumkin.   Imidjelogiyaga
3
 Психология личности. Тексты / под ред. Ю.Б. Гиппенрейтер.– М.: Изд-во Моск. ун-та, 19 99 . – 194 с. 
1
Яковлев Е.В.  Педагогическая концепция:   методологические аспекты построения. –  М.:   2006. -   212 с. zaruriyat sabab shakllantirilgan qiyofa va joziba yordamida insonlarni ishontirish,
ta’sir o‘tkazish, ularning hayot tarzini o‘zgartirishga asoslanadi. Imidj XX asrning
favqulodda   hodisasi,   biroq   uning   tub   ildizi   uzoq   o‘tmishga   borib   taqaladi.
Jamoatchilik fikriga ta’sir etish vositasi sifatida hali ta’riflanmagan termin qadimgi
zamonlardayoq faoliyatda mavjud bo‘lgan.
Mutafakkir Aristotel o‘z asarida hukmdorga xos imidj tushunchasini ilk bor
Moiseyning   yordamchisi   ruhoniy   Aaron   (miloddan   avvalgi   1445   yil)     tomonidan
qo‘llanilganligini   e’tirof   etadi.   Moisey   duduq   bo‘lganligi   sababli   uning   o‘rniga
xalq   oldida   Aaron   gapirishga   majbur   bo‘lgan.   Shu   sabab   ham   uni   hukmdorning
og‘zi va bashoratchisi deb atashgan 1
.
  Qadimgi Rimning davlat va siyosiy arbobi, ajoyib notiq Sitseron (miloddan
avvalgi   106-43   yillar)   ommaning   psixologiyasi,   qiziqishlari   va   didini   o‘rganish
hukmdor uchun muhim ekanligini aytib o‘tgan 2
. Uning fikricha, notiqning vazifasi
tinglovchilarni   estetik   ko‘nglini   olish,   ularning   axloqi   va   irodasiga   ta’sir
o‘tkazishdir. 
Insoniyat tarixi shuni isbotlaydiki, imidjni shakllantirish asrlar davomida o‘z
samarasini   berib   kelayotgan   turli   xil   usul,   uslub   va   omillarni   o‘z   ichiga   qamrab
oladi.  Notiqlik   mahoratidan   tashqari   ramzlar,   imidjning   har   xil   atributlari   (kiyim,
hidlar,   bezak,   imo-ishora,   mimika   va   boshqalar).   Tarixiy   manbalarga   asoslanib
shuni   aytishimiz   mumkinki,   jamoatchilikka   ta’sir   etish   asoslari   janglarga
tayyorgarlik ko‘rish, siyosiy saylovlar jarayonida, mahsulotni savdoga olib chiqish,
mablag‘ yig‘ish, odamlar va hodisalarni ommalashtirishda keng qo‘llanilgan.
N.Makiavelli   imidjning   ilk   nazariyachilardan   biri   hisoblanib,   unga   yuqori
darajadagi   “imidj   tuyg‘usi”   yoki   yuksak   “imidj   tafakkuri”   xos   bo‘lgan.   Bunday
tafakkurning   ahamiyatli   tomoni   shuki,     shaxslararo   munosabatlarda   mulohaza
qilish va ta’sir ko‘rsatish, atrofdagilarning harakatini taxmin qilish, odamlar bilan
iliq munosabatlarni o‘rnatishni uddalashdan iborat edi 3
.
1
 Аристотель .   Поэтика   //   Аристотель. –   Соч.   В   4   т.   М. : ,  2006 . -78   с.
2
Цицерон.Диалоги.М.,1994.-64 с.
3
Макиавелли Н.  Государь.   –  Минск .:  1998 . -35с. Bu   davrda   imidjmeyking   professional   faoliyat   turi   sifatida   qonunlar,
qadriyatlar   va   jamiyatning   ehtiyoji   bilan   o‘zaro   bog‘liqligi,   shuningdek,   imidjni
idrok   qilishga   tayyorgarlik  orqali   paydo  bo‘ldi.  Bu   faoliyat   AQShda   professional
soha tariqasida shakllantirildi va  rasmiylashtirildi. 
Keyinchalik,   AQShda   yuzaga   kelgan   iqtisodiy   inqiroz   oqibatida   jamiyatda
mamlakat   obrazi   salbiy   ko‘rinishga   ega   bo‘lib   bordi   va   bu   uning     xalqaro
maydondagi   biznes   harakatiga   halaqit   bera   boshladi.   Va     ilk   bor
“Imidjmeyker”larga   dunyo   madaniyatini   o‘rganish   va   jahonda   andoza   bo‘la
oladigan   mamlakatning   ijobiy   imidjini   yaratish   vazifasi   yuklatiladi.   Ayni   shu
paytdan   boshlab,   “amerikacha   hayot   tarzi”   tushunchasi   paydo   bo‘ldi   va
imidjmeykerlarda   “butun   dunyoni   egallash”   falsafasini   yuzaga   keldi.   Oxir-oqibat
shaxs imidjini shakllantirish texnologiyasi ishlab chiqildi. 
“Imidj”   tushunchasi   dastlab   ishlab   chiqarish   sohasida   iste’molchilarga
psixologik   ta’sir   o‘tkazish   vositasi   bo‘lganligi   bois,   tijorat   reklamalarida
mahsulotlarni farqlashda faydalanilmagan.
XX   asrning   30-yillarida   “Nyu-York   Tayms”   gazetasida   chop   etilgan
maqolalarning   asosiy   qismini   imidjni   yaratish,   taraqqiy   ettirish   kabi   mavzudagi
mutaxassislar tomonidan nashrga tayyorlangan materiallar tashkil etgan.
XX   asrning   boshlarida   Rossiyada   ham   imidjni   shakllantirishning   ijtimoiy
roliga bag‘ishlangan izlanishlar olib borilgan.  
Tadqiqotlarda badiiy obrazni yaratish usullari o‘rganilib, u orqali imidjning
ijtimoiy-psixologik   jihatlari   e’tibor   yoritilgan.     K.Stanislavskiyning   yozishicha,
imidj – inson faoliyati, muloqoti, xulq-atvori va tafakkurining yaqqol obrazidir 1
.
  XX   asr   davomida   shakllangan   ko‘plab   “Imidj”   tushunchasi     ta’riflari   turli
talqinlarga ega bo‘lib, ularning ayrimlari shakllari foydalanish jarayonida bir-birini
inkor   qiladi.   Biz   nufuzli   adabiyotlar   va   ensiklopedik   nashrlarni,   shuningdek,   bir
guruh   mualliflarning   ta’riflarini   tahliliga   ko‘ra,   imidj   –   ommalashtirish,   reklama,
e’tirof etilish maqsadida   kimgadir hissiy-ruhiy ta’sir o‘tkazadigan biror bir shaxs,
hodisa, buyumning maqsadli shakllantirilgan obrazidir.
1
Станиславский К.С.  Работа актера над собой. –   М.:   Артист.   Режиссер.   Театр, 2002. -  488   с.   “Imidj” tushunchasi  ostida nufuzli va yuqori  ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan
inson obrazi ham tushuniladi. 
Ye.Vlasova fikricha, imidj – shaxsning odamlar nazaridagi obrazidir 1
. 
Ammo, G.Andreeva talqinicha, imidj  – bu idrok etish hodisasining maxsus
obrazidir.   Shuning   uchun   ham   ob’ekt   yoki   hodisaning   hayoliy   tasviri   hissiy
murojaatlar asosida yaratiladi 2
. 
D.Yager   imidj   -   psixologik   xususiyatlardan   tashqari   shaxsga   xos     tashqi
ma’lumotlarini   ham   o‘z   ichiga   oladi.   Yoki   imidj   –   tashqi   qiyofaning   o‘ziga   xos
majmui,   nutq,   xulq-atvordan   hosil   qilinadi,   deb   yozadi.   Uningcha,   imidj   –
“taassurotlarni boshqarish” san’atidir 3
.
Demak, “imidj” tushunchasi   ilmiy tushuncha sifatida ishlatilayotganiga hali
ko‘p   bo‘lmaganligi   bois,   aniq   talqinga   ega   emas.   Bu   tushuncha   psixologik
bilimlarning   ko‘p   qirralarini   o‘zida   birlashtirib,   psixologiya,   siyosatshunoslik,
pedagogika   kabi   fanlarning   turli   tarmoqlarida   ishlab   chiqilgan.   Imidj   nafaqat
ko‘riladigan   obraz,   balki   shakl   va  mazmun   jihatidan  ichki   va   tashqi   yaxlitlikning
bir   ko‘rinishi   sifatida   ham   tushuniladi.   Bu   borada,   bir   qator   tadqiqotchilar
o‘zlarining fiklarini bildirishgan:
E .Sempson   fikricha,   sizning   shaxsiy   imidjingiz   bu   -   sizning   suratingizdir.
Insonda   imidj bo‘lmasligi mumkin emas. Hohlaysizmi-yo‘qmi, boshqalarga nima
namoyish etsangiz, shuni ko‘rishadi. O‘z   imidjingizga   reklama   sifatida   qarang.
Surat   ichki     dunyoni     reklama     qiladi.     Tashqi     imidj   esa,   u   reklama   qilayotgan
qadriyatlar, malaka, mahoratni taqdim etadi 4
;
G.Pochepsov     ta’birida   imidj   bu   –   shakl   va   mazmundan     iborat     bo‘lgan
belgi   xarakteristikalari   majmui   bo‘lib,   u   omma   bilan   muloqot   qilish   vositasi
hamda  ongli  faoliyat  mahsuli  hisoblanadi 5
;
1
  Власова Е, Нефедова И. Яи мой имидж.-М.:Язуа.ЭКСМО-Пресс,1997.-56 с.
2
Андреева   Г.М.   Социальная   психология.   Учебник   для   высших   учебниых   заведении. – М. :   Аспект   Пресс,
2001 .- 84 с.
3
 Ягер Д. Имидж и этикет делового человека.М., 1997.-128 с.
4
  Сэмпсон Э.Управление имиджем или как создать свой стиль. М.: 1989.- 25 с.
5
  Поцепцов Г.Г. Имиджеология. – М.: Ваклер. 2000.- 423 с. B.Bryuse   fikricha,  imidj   –  ommani     tushunishda,     malakali   imidjmeykerlar
tomonidan  yaratilgan  inson,  guruhlar,  tashkilotlar  hayoliy  qiyofasining hodisa,
jarayon yoki holatlaridir 1
;
V.Shepel   ta’rificha,   imidj   –   bu   muloqotimizni   qulaylashtirishning   ajoyib
vositasi,   insonlarning   shaxs   sifatlarini   yaxshiroq   ko‘ra   bilish     borasidagi
kattalashtiruvchi oynadir kabi mazmunlarda ta’riflashganlar 2
.
Yuqoridagilardan   xulosa   qilib   aytganda,   ijobiy   imidjni   shakllantirish   ko‘p
mamlakatlar   hukumatining   muhim   bir   bo‘lagi   bo‘lib   qolmoqda.   Bugungi   kunda
imidjga barcha sohalarda talab kuchaymoqda. Jumladan, Qurolli Kuchlar sohasida
ushbu tushunchaga keng e’tirof etilmoqda.
Ta’kidlash  kerakki, armiyaning imidji  odamlar  ongida stixiyaviy  (tasodifan
paydo   bo‘lib   qoluvchi)   tarzda   shakllangan   siymo   emas,   balki,   alohida   sub’ektlar
tomonidan   maxsus   yaratilgan   va   singdirilgandir.   Imidj   abstrakt-nazariy   darajada
emas,   balki   hissiy   darajada   ommaviy   ongga   ta’sir   o‘tkazishga   qaratiladi.   Bu
mafkuraning   bir   elementi   hisoblanadi,   negaki   ma’lum   bir   siyosiy   sub’ektlarning
qiziqishini ifodalaydi 3
. 
Falsafa   fanlari   doktori,   general-leytenant   V.Serebryannikov   bu   borada
shunday   yozadi:   “Davlat   tomonidan   armiya   xususida   yaratiladigan   imidj   katta
ijtimoiy kuchga ega. Ishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi davlat imidjini ko‘taradi,
armiyaga nisbatan hurmat va harbiy xizmatchilarga ishonchni uyg‘otadi, harbiylar
va   fuqarolarning   jipsligini   ta’minlaydi,   aholining   harbiy   xizmatga   hurmatini
oshiradi.   Bir   so‘z   bilan   aytganda,   armiya   va   mamlakatning   xavfsizligini   har
tomonlama   mustahkamlaydi” 4
.   Davlat   imidji   doirasida   Qurolli   Kuchlarning
quyidagi jihatlari aks etiladi:
1)   mavjudligi;
2)   maqsadi;
3)   vazifalari;
4)   ma’naviy va axloqiy-psixologik;
1
 Bruce B.Images of power :  How the image makers shape our leaders London, 1992.P.87.
2
  Шепель В. Имиджелогия: секрет ы личного обояния. М.: Народное образование. 2002.-67 с.
3
  Самаров Р. Мудофавий фаолият: Назарий ёндошувлар.Т. 2017.-164 б.
4
Серебянников В.В. Социология войн ы.  – М.:Ось, 1998. - 92 с. 5)   zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan ta’minlanganligi;
6)   jangovar tarixi;
7)   harbiy-jangovar an’analari;
8)   istiqboli;
9)   harbiy xizmatchilarning ijtimoiy ahvoli;
10)   yuqori harbiy kasb tayyorgarligi;
11)   harbiy qo‘shinlarga xos belgi va nishonlarning ma’no-mazmuni.
V.Suvorov   ta’kidicha,   armiyaning   asosiy   richagi   va   ob’ekti   harbiy
xizmatchilar   (ofitser,   serjant,   askar)   hisoblanadi.   Demak,   hozirgi   kunda   harbiy
xizmatchilarning   imidjini   psixologik   jihatdan   o‘rganish   muhim   hisoblanadi.
Chunki,   harbiy   xizmatchining   ijobiy   imidj   bilan   shakllanganligi,   o‘z   navbatida
Qurolli Kuchlar imidjini yetukligi bilan baholanadi 1
.
Har   bir   kasb   o‘z   rivojlanish   tarixiga   ega   bo‘lib,   unda   bir-biridan   farqli
jihatlar   mavjud.   Masalan,   harbiylik,   jurnalistika,   tibbiyot   va   uchuvchilik   kabi
ixtisosliklar zo‘riqish (stress)ning kuchli darajada namoyon bo‘lishi tufayli boshqa
kasblardan   ajralib   turadi.   Bu   kasb   egalari   turli   vaziyat,   holat   va   hududlarda,
vaqtning   chegaralanganligida   faoliyat   yuritishi   zarurligi,   xavf   bilan   bevosita
yuzma-yuz   bo‘lgan   davrda   ham   o‘z   vazifalarini   bajarishlari   zarur   ekanligi   bilan
ajralib turadi. 
Yuqorida   berilgan   tasniflardan   ko‘rinib   turibdiki,   barcha   sohalar   kabi
armiyaning   imidji   ham   qisqa   vaqt   davomida   yaratib   bo‘lmaydigan,   balki   yetarli
darajada tarixiy asoslarga ega va doimiy rivojlanib borilayotgan holatdir. Shuning
uchun,   mazkur   masala   toki   Qurolli   Kuchlarning   to‘liq   imidji   yetarli   darajada
yaratilmaguncha   muntazam   tarzda   tadqiq   etishni   talab   etadi.   Ta’kidlash   kerakki,
armiyaning imidji uni alohida okrug, qo‘shilmalar, harbiy qismlar va bo‘linmalarni
hamda   barcha   turdagi   komandirlar,   ofitserlar,   shartnoma   asosidagi   harbiy   xizmat
serjantlari   va   oddiy   askarlar   toifasi   hamda   muddatli   harbiy   xizmatchi   (askarlar)
faoliyatini targ‘ib etish asosida shakllanadi.
1
Суворов В., Чебан.  А. Социально - психологический портрет воинского коллектива //   Войсковой вестник.  –  Москва,
2005.   № 3 .   -  40 - 65 с . Shuningdek, imidjni yaratish va izohlashda shaxs tiplari bo‘lgan introversiya
va   ekstroversiya   tushunchalarini   ham   hisobga   olish   ahamiyatlidir.   Oddiy
ko‘rinadigan ushbu  yondashuv rahbar  shaxslarda  imidjni  izohlaydigan  shaxsiy  va
boshqaruv   sifatlarini   nazarda   tutadi.     Fikrimizcha,   bu   ikki   tushunchaning     o‘zaro
aloqasi   rahbar   shaxslardagi   imidj   va   uning   individual   xususiyatlarini   baholash
imkoniyatini beradi. 
Ko‘plab   tadqiqotchilar   fikricha,   shaxsning   martabasi   o‘sishida   introvert
kishilar   bilan   ekstrovertlar   o‘rtasida   sezilarli   farq   yo‘q.   Ammo,   bir   va   boshqa
shaxslarning   yo‘nalganligida   afzalliklar   va   o‘ziga   xos   xususiyatlar   mavjud.
Shaxsning   yo‘nalishiga   qarab,   taniqli   yetakchilar     ya’ni   ekstravert   rahbarlar
xususiyatlarini   o‘rganish   mumkin.   L.Averchenkoning   ehtiyotkorlik   nazariyasiga
ko‘ra,   introvert   rahbarlardan   farqli   ravishda   ekstrovertlar   ko‘proq   usullarni
qo‘llaydilar va biror  xavf yoki   qarama - qarshilikni oldindan sezishadilar 1
. Beznes
faoliyatini   tadqiq   etish   jarayonida   “etakchilik”   fenomenini   tahlil   etish   muhim
sanalib,   bu   yerda   shaxs   obro‘si   va   uning   o‘sishida   muloqot   qobiliyatlari   hisobga
olinadi   va   bu   ikki   tushuncha   imidjni   shakllantiruvchi   muhim   tarkibiy   qismlardan
sanaladi.   D.Berezina   ta’rificha,   rahbar   shaxslar   muloqotga   sezgirlik   qobiliyati
sababli   professional   muloqot   va   ommaviy   nutqqa   ega   bo‘lgan   ijobiy   imidjga   ega
bo‘ladi 2
. 
Odatda, bolalikdan bunday rahbarlar boshqalarning diqqatiga tez tushishadi
yoki     turli   hissiyotlarga     boy   bo‘lgan   muhitda   o‘sib-ulg‘ayadilar.   Demak,   faol
muloqot   ichida   bo‘lish   rahbarning   ishdagi   zavqini   ta’minlaydi.   Majlislar   va
konferensiyalarda   ishtirok   etish   bu   -   rahbarlarda   barcha   turdagi   jamoatchilik
aloqalarining   amalga   oshirish   sanaladi.   Ekstravert   rahbarlar   omma   oldida   nutq
so‘zlash nuqtai - nazaridan introvertlardan ancha farqlanadi. Bu holat tadqiqotlarda
aniqlangan   bo‘lib,   ekstravert   rahbarlar   qatnashchilar   bilan   tezda   til   topishganlar.
Ya’ni   ular   turli   jalb   etuvchi   so‘zlar,   iboralar   orqali   erkin   muloqotni   amalga
oshirishganlar.   Introvertlar   esa,   bir   xil   qolipdagi   so‘lar   bilan   muloqot   oli   borib,
1
 Аверченко, Л.К. Психология управления / Л.К. Аверченко. – М.:, 1997. – 86 с.
2
  Березина, Д.В. Психологические условия формирования имиджа руководителя учреждения образования.    
Новосибирск, 2006. - 40 с. tinglovchilar   bilan   til   topishda   ancha   qiynalilshganlar.   Demak,   ijobiy   imidjni
namoyon bo‘lishida shaxslarda muloqotchanlik qobiliyati ham shart sanalarkan.
J.Boduan   fikricha,   ekstrovert   rahbarlar   ba’zan   keraksiz   ravishda   tashvishga
tushadilar.   Bu   ulardagi   odob-axloq   nutq   ritimining   umumiy   ma’nosi   bilan   ham
bog‘liq.   Bunday   harakatlarning   o‘zaro   uyg‘unligi   empatiyaning  paydo   bo‘lishiga,
aloqa guruhlari o‘rtasida ishonch bag‘ishlaydi 1
.
Ekstravert  rahbarlar sifatlarini ish xona ichidagi holat bilan ham ajratib olish
mumkin.   Xonadagi   yorqin   ranglar,   gullar,   chiroyli   stol   va   stullar   yoki   estetik
didning ustunligi yaqqol qo‘rinadi.
Ekstrovert   shaxs   uchun   ijobiy   imidjni   namoyon   etishning   yagona   omili   bu
yuqori motivatsiyalilikdir. U deyarli har doim shaxsda ichki senzura mexanizmini
saqlaydi. Boshqalarning ko‘ziga qanday qarash haqidagi ongli tashvish ham ijobiy
imidjni   shakllanishiga   hissa   qo‘shadi.   Chet   elga   borgan,   hatto   eng   ahamiyatsiz
ijtimoiy   munosabatlarga   ega   bo‘lgan   lider   ham   o‘zini   “tashqi   tomondan”   yaxshi
baholashga harakat qiladi. 
B.Dji   talqinicha,   lider   –   ekstrovertlar   o‘z   faoliyatida   hissiy   kechinmalarni
yuqori   aks   ettirishlari   mumkin.   Hatto   qiyin   vaziyatni   ham   shu   kechinmalar   bilan
yengib   o‘tishi   mukin.   Umuman   olganda,   bu   holatda   “jamoatchilik”   kuchli
to‘xtatuvchi, tuzatuvchi, xatti-harakatlarni yo‘naltiruvchi omil ham hisoblanadi 2
. 
Lider - i ntrovert  rahbar  o‘z qiyofasini boshqacha asosda  shakllantiradi .  Bunda
asosiy   rol   tanishtiruvchilarga   o‘tadi.   Introvert   liderlar   xolistik   shaxslar   sanaladi.
Ularda   juda   ko‘p   ijobiy   fazilatlar   bor.   Faqat   ular   o‘z   vaqtida   ulardan   foydalana
olishmaydi   va   bu   ulardagi   orqada   qolish   holati   bilan   izohlanadi.   Ekstrovert
rahbarlarning   ijobiy   qiyofasi   so‘z   bilan   bilansa,   introvert   rahbarlarning   ijobiy
qiyofasi   o‘zini   tutishi   va   axloq   qoidalariga   rioya   etishi   bilan   belgilanadi.
Shuningdek,   ularning   nutqlari   juda   hayajonli   emas,   ammo   og‘ir   va   mantiqiy
sanaladi. Introvert shaxslar imo-ishoralardan kamroq foydalanadilar.
1
 Бодуан, Ж-П. Управление имиджем компании. Паблик Рилейшнз: предмет и мастерство – М.: Имидж-
Контакт. 2001.  -76  с.
2
 Джи Б. Имидж фирмы. Планирование. Формирование, продвижение. - СПб: Изд-во Питер, 2000.  -69  с.  Introvert rahbar obrazi - muammoli vaziyatlarni hal qilishda muvozanatli va
pragmatik   yondashishadilar.   Nafaqat   kompaniya   harakatining   maqsadi,   balki   uni
strategik   rejalari,   unga   erishish   vositasi   va   vositalarini   yuqori   darajada   tasavvur
qila oladilar. Introvert liderlar qarorlarni ham ishonch bilan qabul qilishi mumkin,
chunki bu jarayon faqat o‘zi bilan “uchrashuv” bilan cheklangan, hamkasblar bilan
keyingi   maslahatlashuvlar   faqat   rasmiy   xarakterga   ega   bo‘ladi.   Faqat   introvert
liderlar va ularga berilgan jamoaviy baho ishonchsiz bo‘ladi. 
Demak,   imidj   fenomenini   tushuntirishda   shaxs   tiplari   sanalgan
“ekstroversiya”   va   “introversiya”   tushunchalari   tahlili   ham   ahamiyatli   sanalar
ekan. Bu esa, o‘z-o‘zidan shaxsga xos bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy-psixologik sifatlar
mazmunini yoritish zaruratini yuzaga keltiradi.  II BOB. ZAMONAVIY SHAXS IMIDJINING PSIXOLOGIK
JIHATLARINI TADQIQ ETISH METODOLOGIYASI
2.1. Shaxs imidjini belgilovchi psixologik 
profilning tahlili
Sir   emaski,   hozirgi   rivojlangan   barcha   jamiyatda   yoshlar   asosiy   o‘rinni
egallab   turibdi.   Shuningdek,   iqtisodiyot   va   siyosatda,   jamiyatning   ijtimoiy   va
ma’naviy   sohalar   islohotida   fidokor   yoshlar   ham   keng   hissa   qo‘moqda.   Ushbu
yoshlar   boshqa   yosh   guruhlaridan   farqli   ravishda   o‘z   hayotiy   tajribasi,   kasb
tanlashdagi   ustunligi,   jamoat   ishlarida   faolligi,   yangi   sharoitlarga   tez   moslasha
olishi,   ilg‘or   innovatsion   usullardan   keng   foydalana   olishi,   ijtimoiy   ongning
rivojlanganligi, shaxslararo munosabatlarda yetakchiligi, jismoniy va aqliy faolligi
bilan  farqlanishi tabiiydir.
Bugungi   kunda   jamiyatning   yangi   iqtisodiy   munosabatlarga   o‘tishi
yoshlarning   kasbiy   tayyorgarligini   tubdan   o‘zgartirishga   olib   kelmoqda.   Bu   esa
yoshlarning kelajagi bilan bog‘liq ayrim masalalarni ustuvor ishlar sifatida amalga
oshirilishini  yuzaga  keltirdi. Misol   uchun hozirda  yoshlarni  kasbga   yo‘naltirishda
kasb-hunarga   yo‘naltirish   markazlari   va   boshqarmalar   tomonidan   qo‘llab-
quvvatlanayotganligi,   zamonaviy   korxona   va   firmalarning   malaka   talablari
bo‘yicha olib borayotgan shartnoma ishlari diqqatga sazovordir. 
Bozor munosabatlariga o‘tish va iqtisodiyotni qayta qurish oqibatida yuzaga
kelgan inqiroz oqibatlari ushbu mexanizmning ayrim qismlarini yo‘q bo‘lishiga va
har   bir   elementni   qayta   tashkil   qilishga   olib   keldi.   Oxir-oqibat   ushbu   ishlarda
davlat tomonidan homiylikdan voz kechildi, endi yoshlarning o‘zi jamiyatda   faol
bo‘lishi,  o‘zini  o‘zi  boshqarishi, davlat  ravnaqi  uchun  o‘z hissasini  qo‘shishi  oliy
burch sanaldi 1
.
Ammo,   mehnat   bozoridagi   barcha   kasb-hunarlar   har   doim   ham   yoshlar
uchun ma’qul emas. Hozirda yoshlar uchun kasb bu – ijtimoiy   harakatlanishning
eng   muhim   kanali,   moddiy   farovonlik   manbai   va   jamiyatda   nufuzga   ega
bo‘lishning   yagona   bo‘lib   qolmoqda.   Yoshlarning   ayrim   qismida   da’vogarlik
1
  Лазуткин В.П Профотбор Вооруженных Силах России // М.: Военные знания 11/ 1998.- 23   с. darajasi   va   ular   qobiliyatining   yuqori   ko‘rsatkichlari   o‘rtasida   katta   farq   qayd
etilmoqda.
Tadqiqotchi   V.Lazutkin   fikricha,   yoshlarda   da’vogarlik   darajasini
shakllantirish   muvaffaqiyat   yoki   qobiliyatlar   bilan   emas,   balki,   jamiyatdagi   eng
muhim   kasblar   to‘g‘risida   erta   tasavvurlarni   uyg‘otish,   kabs   imidji   to‘g‘risida
ko‘proq   ma’lumot   berish   bilan   bog‘liq   sanaladi.   Ana   shundagina   o‘zini-o‘zi
hurmat qilish mexanizmi yuqori insonda o‘z-o‘zini anglash, da’vogarlik va kelajak
yutuqlariga nisbatan yuqori sezgirlik mavjud bo‘ladi. 
Shaxs va uning imidji borasidagi turli nazariy tadqiqotlar oxir-oqibat “ijobiy
imidj” tushunchasining paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Qolaversa, bu borada xorij
psixologiyasi   va   imidjeologiya   sohalarida   ko‘plab   ilmiy   monografiyalar,   ilmiy
ommabop nashrlar chop etildi. Ammo, psixolog olimlar tadqiqotlari ancha qiziqarli
va bahbop kechgan. Chunki imidj tushunchasining butun bir ijtimoiy - psixologik va
umumpsixologik   fenomenologiyasi   tadqiqotlar   mazmunida   aks   eta   bordi.   Har   bir
keltirilgan fikr-mulohazalar boshqa fan tadqiqotchilari e’tiboridan chetda qolmadi. 
J.Servan-Sichreyber eng muvaffaqiyatli biznes rahbarlarining imidjini tahlil
qilib,   imidj   fenomenologiyasida   aks   etgan   shaxga   xos   ko‘plab   sifatlarni   aniqladi.
Uning fikriga ko‘ra ijobiy imidj:
1.   Muloqotchanlik;
2.   O‘zgartirishga moyillik;
3.   Qattiq qo‘llik;
4.   O‘ziga bo‘lgan kuchli hurmat;
5.   Saxovatlilik va hokazo 1
.
Demak,   yuqoridagi   besh   muhim   sifat   ijobiy   imidjni   tushuntiruvchi
psixologik   mezon   bo‘lib   xizmat   qiladi   va   ishdagi   muvaffaqqiyatlarning   garovi
sanaladi.
B.Uorren   ishlarida   rahbar   shaxslarga   xos   ijobiy   qiyofa   omillari   va   uning
emotsional   kechinmalar   hamda   iroda   sifatlari   bilan   bog‘liq   jihatlarni   ko‘rish
mumkin. Uning fikricha, rahbarga xos ijobiy qiyofa o‘zida:
1
 Г. Поцепцов Имиджеология.  – М.:Ваклер, 2000.  -  266 с.  1.   Strategiklikni;
2.   Boshqalarga ilhom berishga qodirlikni;
3.   Qo‘l ostidagilarga kishilarga yordam berishga qodirlikni;
4.   Ochiq chehralilik, istaralilikni;
5.   Bashoratlilikni;
6.   O‘zini o‘zi boshqarishdagi yuqorililikni;
7.   Har bir narsaga sezgirlikni;
8.   Qat’iylikka intiluvchanlikni;
9.   Kreativlikka moyillikni va hokazolarni qamrab oladi 1
.
Yuqorida   e’tirof   etilgan   ijobiy   imidjning   belgilovchi   muloqotchanlik,
strategiklik,   qo‘l   ostidagilarga   kishilarga   yordam   berishga   qodirlik   va     kreativlik
kabi   sifatlarni   harbiy   bo‘linmalarga   rahbarlik   qilayotgan   komandir   va
boshliqlarning xizmat faoliyatlari uchun ahamiyatli hisoblanadi. 
A.Panasyuk mulohazasiga ko‘ra, tasvir bu – insonning ko‘p qirrali faoliyati
bo‘lib,   unda   so‘z   eng   muhim   psixologik   omildir.   Shu   asosda   u   o‘zining   shaxs
ijobiy   qiyofasiga   oid   psixologik   tasnifini   yaratadi.   Muallif   fikricha,   tasvirni
shakllantirishga   bo‘lgan   yondashuvlardan   kelib   chiqqan   holda,   har   bir   psixolog
turli   kasb   egasining   ya’ni   ijobiy   “qahramon”ning   psixologik   portretini   yaratishi
mumkin. Ijobiy tasvir sifatlari:
1.   O‘zini tuta olishda;
2.   Tabiiylikda;
3.   Tolerantlilikda
4.   Aqllikda;
5.   Mas’ullikda;
6.   Empatiyaga qobiliyatlilikda;
7.   O‘z muloqotiga egalikda;
8.   Hurmatlilikda;
9.   O‘z-o‘ziga baho berishda;
10.   Do‘stonalikda 2
.
1
А.С. Ковальчук Основы имиджеологии и делового общения.– Ростов - на - Дону. – Феникс, 2004.  -  89 с.
2
 Панасюк А.Ю. Вам нужен имиджмейкер? Или о том, как создать свой имидж. –М.: Дело, 2001. - 109 с.  Yuqoridagi psixologik portretga xos sifatlar mazmunidan kelib chiqib, ushbu
sifatlar shaxsning ijobiy imidjini tavsiflash mumkin. Ular quyidagicha:
1.   Professionallik;
2.   Axloqiy va ma’naviy yetuklik;
3.   Hissiy irodalilik;
4.   Shaxsiy yo‘nalganlik;
5.   Fidoiylik va hokazo.
Demak, shaxs faoliyati nafaqat ijtimoiy-psixologik omillarga balki, ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan ham ko‘plab sabablarga bog‘liq faoliyat sanaladi. Uning birgina
psixologik jihatini o‘rganish, shaxsning bir butun psixologik loyihasini tadqiq etish
ham sanaladi. 
2.2.  Zamonaviy shaxs imidjini belgilashning 
psixodiagnostik imkoniyatlari
Zamonaviy   psixodiagnostik   usullar   orqali,   zamonaviy   shaxs   imidjini
belgilash   ishlari,   o‘ziga   xos   tadqiqot   jarayoni   sanalib,   bu   borada   xorijda   va
mahalliy psixologik tadqiqotlarda talaygina ishlar amalga oshirilgan. 
Ushbu   tajribalar   orqali   biz   bitiruv   malakaviy   ishimizning   psixodiagnostik
qismini   takomillashtirishga   harakat   qildik.   Bir   qarashda   ko‘plab   tadqiqotlarda
shaxs   imidji   masalasi   o‘rganilganga   o‘xshaydi,   ammo   qayd   etilgan   izlanishning
maqsadi   boshqa   jihatlarga   qaratilganligini   ko‘rish   mumkin.   Shunga   qaramasdan
mahalliy   psixologik   tadqiqotlarda   shaxs   imidjini   o‘rganishga   oid   o‘ziga   xos
yondoshuvlar   mavjud   deb   aytsak,   mubolag‘a   bo‘lmaydi.   Bitiruv   malakaviy
ishimizning   tadqiqot   usullaridan   kelib   chiqib,   empirik   tadqiqotimizni   amalga
oshirish bosqichlariga alohida e’tibor qaratdik. 
Psixodiagnostik qoidalardan kelib chiqib aytganda, har qanday tajribani qay
tarzda   tashkil  etish,   unda  qaysi  psixodiagnostik  mezonlar  mavjud  kabi  savollarga
javob topish har bir izlanuvchining asosiy burchlaridan biridir. Shu bosqichlar qay
jihatda tashkil etilishini ko‘rib chiqamiz. Ular quyidagicha: 1.   Bosqich – muammoli vaziyatni aniqlash ya’ni tadqiqot mavzusini tanlash
va uning dolzarbligini asoslash;
2.   Bosqich   –   tanlangan   tadqiqot   mavzusiga   doir   ilmiy   adabiyotlar   tahlilini
amalga oshirish;
3.   Tadqiqot   maqsadi   va   vazifalarini   ilgari   surish,   shuningdek,   mavzu
bo‘yicha masalalarning ahvolini tahlil qilish;
4.   Tushunchalar   operatsionalizatsiyasi   –   mavzudagi   tushunchalar   aynan
nimani ifodalanishini aniqlash;
5.   Farazni ilgari surish;
6.   Tadqiqot loyihasini ishlab chiqish;
Tadqiqot   metodlarini   tanlash,   tanlanmani   asoslash,   metodika   darajasidagi
instrumentlarni   ishlab   chiqish,   dastlabki   tadqiqotni   o‘tkazish,   ma’lumotlarni
yig‘ish va olingan natijalarni  matematik qayta ishlash va hokazo. Bunda natijalar
interpritatsiyasi ya’ni olingan natijalarni qayta ishlash, umumlashtirish va tadqiqot
natijalari bo‘yicha sharhlar yozish bosqichi ham asosiy vazifalardan biridir.
Yuqoridagilarni   hisobga   olib,   malakaviy   ishimizni   tashkil   etishda   avvalo,
muammoning   yuqoridagi   barcha   xususiyatlarini   e’tiborga   olgan   holda,   mavzuga
mos tadqiqot ob’ektini tanlab oldik. Ya’ni, Sharof Rashidov nomidagi SamDUning
4-kurs   talabalari   tashkil   etadi.   Empirik   tadqiqotimizni   o‘tkazishda   4   bosqichga
tayandik. Quyida ular haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Birinchi   bosqich   –   tayyorgarlik   bosqichi   sanaladi.   Bunda   tadqiqotning
nazariy   materiallari   to‘planib   olindi   va   boshqaruv   kompetentligiga     doir
yondashuvlar tanlab olindi hamda nazariy va metodologik jihatlarni yoritish uchun
ma’lumotlar   tizimlashtirildi.   Tayyorgarlik   bosqichida   tekshiruvchi   sinaluvchilar
bilan   tegishli   aloqalar   o‘rnatildi.   Bu   aloqalar   esa,   tadqiqotchida   shaxs   imidjini
ta’minlovchi   psixologik   jihatlar   haqidagi   farazlarni   vujudga   keltirishiga   yordam
beradi.   Tadqiqotimiz   zamonaviy   shaxs   imidjining   psixologik   jihatlarini   miqdor
jihatdan emas, balki sifat jihatdan qay darajada ekanligini aniqlashni maqsad etgan.
Ikkinchi   bosqich   –   empirik   bosqich   hisoblanadi   va   tadqiqotimiz   uchun
tanlab olingan metodikalarni o‘tkazish jarayoni amalga oshadi. Uchinchi bosqich –tadqiqotdan olingan natijalarning interpritatsiyasi amalga
oshirildi va  natijalar umumlashtirildi va qayta ishlandi.
To‘rtinchi   bosqich   –   olingan   natijalarni   izohlash   va   psixologik
qonuniyatlarga   asoslangan   holda   talqin   etish.   Oxir - oqibat   qo‘yilgan   farazning
to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini isbotlash va aniqlash ko‘zda tutildi.
Tadqiqotlarda   psixologiyaning   obektiv   metodlaridan   keng   tarzda
foydalanish,   psixometrik   talablarga   javob   beradigan   yuqori   imkoniyatli
metodikalarni   qo‘llash   hozirgi   zamonaviy   tadqiqotlarni   yuksak   darajada
o‘tkazilishiga   imkoniyat   yaratib   beradi.   Yuqoridagi   xususiyatlarni   inobatga   olgan
holda zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlarini tadqiq etuvchi eng ilg‘or,
metodikadan foydalanildi. Ya’ni, R.B.Kettell tomonidan ishlab chiqilgan “Shaxsni
16 omil yordamida o‘rganish” so‘rovnomasidan foydalanilgan. 
Quyida   bitiruv   malakaviy   ishimizning   tadqiqot   usuli   sanalgan   va   tanlab
olingan shaxs so‘rovnomasi to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
R.B.Kettellning «Shaxsni 16 omil yordamida 
o‘rganish so‘rovnomasi»
Yo‘riqnoma:   Qo‘lingizda   sizning   qarash   va   qiziqishlaringizni   aniqlovchi
savollar   turibdi.   Har   bir   savolga   javob   bera   turib,   javoblar   blankasining   mos
keluvchi   katakchasiga     berilgan   3ta   javobdan:   “a”   (ha),   “?”   (bilmayman),   “b”
(yo‘q) birini ko‘rsating. Javob uchun vaqt sarflamang, miyangizga kelgan birinchi
tabiiy javobni belgilang.   
Haqqoniy   va   aniq   javob   bering.   Bunda   “to‘g‘ri”   yoki   “noto‘g‘ri”   javoblar
yo‘qligini, har bir odam o‘zining shaxsiy fikriga ega ekanligini esda tuting.
So‘rovnoma  faktorlari (omillari tahlili)  
1. Muloqotga moyillik.
Ballar yig‘indisi: 1, 11, 21, 31, 41, 51, 61, 71, 81, 91
1-3 ball- moslashuvchan emassiz, atrofingizdagi hodisalarga sovuqqonlik va
loqaydlik   bilan   qaraysiz,   odamovisiz,   odamlarga   nisbatan   qog‘ozlar   bilan
qiziqibroq   ishlaysiz,   yolg‘izlikda   ishlashni   yoqtirasiz,   kompromissiv   qarashlar, nuqtai   nazarlar,   hukmlardan   qochasiz   Bunday   shaxslar   muloqotga   moyillik
sezmaydi va o‘z faoliyatida avtoritar uslubida ish tutadi.
4-7 ball. Bunday shaxslar boshqalar bilan hamkorlik qilishga tayyor,  diqqat
e’tiborli, qattiq g‘azablanish yoki xursand bo‘lish holatlariga (ichki hayajonlanish,
ehtiros) tushmaydilar, hulqini boshqara olish qobiliyatiga ega, rahmdil va samimiy,
lekin talabchandir. 
8-10   ball   (7.5   ball)   –Sizdagi   muloqotga   moyillik   yuqori   darajada.   Siz
hislaringizin   yorqinligi   bilan   harakterlanasiz.   Tez   qaror   qabul   qilasiz,   kun
mobaynida   kayfiyatingiz   tez   o‘zgarib   turadi.   Siz   odamlarga   diqqat   etiborlisiz,
rahmdilsiz,   jonkuyarsiz.   Shuningdek,   yumshoq   tabiatlisiz,   bu   xususiyatingizdan
hammadan   ham   o‘zingiz   jabrlanasiz.   Yana   istaqlaringiz   va   intilishlaringiz
o‘rtasidagi   qarama-qarshilikni   keskinlashib   ketishidan   ehtiyot   bo‘lishingiz   kerak.
Shu bilan birga, muvaffaqiyatga bo‘lgan intilishingizni susaytirmang, shuningdek,
jamoat   ishlarida   faol   qatnashishni   davom   ettiring,   chunki   odamlar   sizga   to‘la
ishonishadi.
2. Hissiy barqarorlik-beqarorlik.
Ballar yig‘indisi: 2, 12, 22, 32, 42, 52, 62, 72, 82, 92
1-3   ball   (3.5   ball).   Bunday   kishilarning   asablari   charchagan,   injiq,
charchagan,   tez   hayajonlanadi,   o‘z   sog‘ligi   haqida   qayg‘uradi.,   kuydi-pishdi,
qiziqishlari   o‘zgaruvchan   va   beqaror.   Holatlarni   boshdan   kechirishda   chidamsiz
bo‘lib,   bu   uning   faoliyatiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi,   natijada     “Men”ini   zaifligini
namoyon   qiladi.   Siz   uchun   maktabda   ishlash   qiyin,   lekin   kim   bilan
ishlayotganingizni o‘ylab ko‘ring.
5-6   ball   (4,   4,5.   6,   7   ball)   Umuman   olganda   siz   o‘z   hislaringizni   va
kayfiyatingizni   boshqara   olasiz.   Agar   sizni   “   Men”   ingizin   “kuchli   yoki   zaifligi”
haqida fikr  bildirish kerak bo‘lsa, u holda sizning “Men” ingizni  kuchi  yuqoriroq
bo‘lib, “Men” konsepsiyasini ijobiy bo‘lshiga olib keladi. Siz pedagogik faoliyatda
ma’lum   darajada   muvaffaqiyat   bilan   ishlashingiz   mumkin.   Agarda   sizda,   hissiy
barqarorlik yanada yuqori darajada bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘lur edi. 8-10   ball   (7,5   ball).   Bu   saranjomlik,   kuchli   iroda,   xotirjamlik.   Bunday
shaxslar   asabiylashishdan   ozodlar,   qiziqishlari   barqaror,   hayotga   real   qaraydilar,
qat’iylar. Sizdagi o‘z holatingizni tartibga keltira olish qobiliyatingiz, ba’zi salbiy
psixologik xususiyatlaringizga qaramay,   faoliyatingizni muvaffaqiyatli bo‘lishiga
yordam beradi.
3.Hukmronlikka intilish-tobe’lik.
Ballar yig‘indisi: 3, 13, 23, 33, 43, 53, 63, 73, 83, 93.
1-3   ball   (3,5ball).   Siz   odatda   atrofingizdagi   odamlarning   xohish   va
istaqlariga   yon   berasiz;   itoatkor   va   moslashuvchansiz   (bu   odamning   tendensiyasi
o‘zgalar ta’sirida hulqini o‘zgartirish). Ko‘proq siz tobe’siz, ochiq ko‘ngilsiz, sizga
qo‘yilayotgan va bajarilishi  zarur  bo‘lgan va talablarning to‘g‘ri  bajarilayotganini
havotirlanib, zo‘r etibor berib tekshirib borasiz. O‘zini nuqtai nazarini himoya qila
bilmaslik, o‘ziga va o‘zini imkoniyatiga yetarli ishonmaslik ko‘proq ish jarayoniga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
5-6   ball   (4,5   ball).   Sizni   atrofingizdagi   odamlar   ta’siriga   to‘la   beriladi   deb
aytib   bo‘lmaydi.   Ko‘proq   sizni   tutgan   yo‘lingiz   “Men   konsepsiyasi”   ni   ijobiy
namoyon   bo‘lishini   talab   qiladigan   kasbingiz   ta’siri   bilan.   Shu   bilan   bir   vaqtda
atrofdagilar   talabini   ham   hisobga   olasiz.   Mustaqilligingizni   belgilovchi
huquqingizni   himoya   qilishda   siz   agressiv   emassiz,   shu   bilan   birga   sizda   juda
yuqori turuvchi shaxslar oldida quldek bo‘lishni ham xohlamaydi.
8-10   ball.   Siz   da’vogar   odamsiz,   o‘zingizga   ishonasiz,   fikrlashingiz
mustaqil,   qattiqqo‘lsiz,   o‘z   qonunlaringizni   o‘rnatasiz,   har   doim   o‘z   holingizcha
ish   tutasiz.   Deyarli   har   doim   ustunlikni   yaxshi   ko‘rasiz.   Obro‘lisiz,   lekin   odatda
rahbarlarga bo‘ysunmaysiz. Humronlikka intlish yuqori darajada bo‘lgan shaxslar
odatda,   dadil,   faol   va   g‘ayratli   bo‘ladilar.   Boshqa   shaxslarga   qaraganda   bunday
shaxslar   janjalkash   bo‘lib,   agressiv   holatlarni   ko‘proq   boshdan   kechiradilarki,   bu
o‘z   navbatida   ularning   sog‘ligiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Bunday   shaxs   o‘z
obro‘sini   doim   saqlab   qolsada,   bu   holat   oxir   oqibatda   undagi   “Men-
konsepsiyasi”ning pasayishiga olib keladi. 
4. Ijtimoiy yetuklik, onglilik. (Yuqori   darajadagi   vijdoniylik-vijdonsizlik,   ongsizlik).   Ballar   yig‘indisi:   4,
14, 24, 34, 44, 54, 64, 74, 84, 94.
1-3   ball   (3,5   ball)   –Vaqtdan   foydalanib   vaziyatdan   foyda   izlaysiz.
Qoidalardan   o‘zingizni   olib   qochasiz.   Jamoat   topshiriqlarini   bajarish   uchun   kup
kuch sarflamaysiz, tez-tez o‘zingizni jamoaga qarshi qo‘yasiz va ko‘pincha undagi
janjallarning   boshlovchisi   bo‘lib   qolasiz.   Umuman   olganda,   sizga   o‘zingiz
haqingizda yuqori fikrlar halal bermaydi, aksincha, Ehtimol, siz o‘zingizni “Men”
ingizni faol himoya qilsangiz kerak. Onglilikni ko‘rsatish ustida ishlash kerak. 
5-6   ball   (4;   4,5;6,5;7).   Afsuski,   siz   hayotga   va   ishga   yengil   qarash,
javobgarlikni   his   qilmaslik,   tejamsizlik   kabi   hislatlardan   to‘la   ozod   emassiz.
Ammo, bunday holat “Men-konsepsiyasi” ni salbiy ekanligini ko‘rsatmaydi, balki
o‘z   hulqini   boshqara   olish   va   qa’tiylikni   yetarli   emasligining   oqibati   bo‘lib
hisoblanadi.   Har   qalay,   siz   umuminsoniy   qadr-qimmatlarni   tan   olishga   va   ahloq
qoidalariga rioya qilishga intiluvchi shaxs sifatida mavqega egasiz.
8-10 ball (7,5 ball) – Siz vijdonlisiz, sizga ishonsa bo‘ladi, burchingizni his
qilasiz,   o‘zingizga   talabchansiz,   javobgarlikni   his   qilasiz,   qat’iysiz,   rejalar   bilan
to‘lib-toshasiz,   vaqtingizni   bekorga   o‘tkazmaysiz,   quvnoq   odamlar   davrasida
vijdonan   ishlashni   ma’qul   ko‘rasiz.   Shuning   uchun   boshqalar   sizga   ishonishadi,
vijdonli   bo‘lganingiz   uchun   hurmat   qilishadi,   lekin   oldingizda   biroz   hadiksirab
turishadi.
5. Ijtimoiy mardlik (dadillik-tortinchoqlik).
Ballar yig‘indisi: 5, 15, 25, 35, 45, 55, 65, 75, 85, 95.
1-3ball   (3,5).   Siz   tortinchoqsiz,   uyatchansiz,   o‘zingizga
ishonmaysiz;,qo‘rqoqsiz,   doim   o‘zingizni   chetga   olasiz,   odatda   o‘zingizdan
ko‘nglingiz to‘lmaydi, sizdagi nerv sistemasi  ta’siriga o‘ta beriluvchan bo‘lib, har
qanday xavf-xatarga kuchli reaksiya qilasiz. Odamlar bilan birgalikda ish qilishni
yoqtirmaysiz,   sekin   qiynalib   gapirasiz.   Ijtimoiy   dadillik   ko‘rsatkichi   past
odamlarning  “Men-konsepsiyasi” ko‘pincha, salbiy bo‘lib uning ishiga va ijtimoiy
mavqeiga salbiy ta’sir etadi.. 5-6 ball (4; 4,5; 6,5;7 ball) –Sizni ijtimoiy dadillik bo‘yicha ko‘rsatkichingiz
pedagogik   faoliyat   uchun   eng   maqbul   ko‘rsatkich.   Siz   yetarli   darajada   botirsiz,
odamlar   bilan   aloqaga   erkin   kira   olasiz,   muomaladagi   qiyinchiliklarni   yenga
olasiz, kutilmagan holatlarga tushib qolganingizda o‘zingizni yo‘qotmaysiz. 
8-10 ball (7,5 ball). Siz to‘la erkinsiz, ijtimoiy botirsiz, ehtiyotkor emassiz,
yangi   narsalarni   tekshirib   ko‘rishni   yaxshi   ko‘rasiz.   Shuningdek,   “teringizning
qalinligi”   detallar   bilan   ehtiyotsizlik   bilan   muomalada   bo‘lishingizda,   xavfli
belgilarni   e’tirof   etishda,   zo‘riqish   vaziyatini   yengil   boshdan   kechirishda   muhim
rol   o‘ynaydi.   Uddaburonsiz,   shu   bilan   birga   o‘z   faoliyatingizda   xavf-xatardan
qo‘rqmaslik holatini oqlamaydi.
6. Ishonuvchanlik – shubhalanish.
Ballar yig‘indisi: 6, 16, 26, 36, 46, 56, 66, 76, 86, 96.
1–3   ball   (3,5   ball)   –   Siz   ishonuvchansiz,   bu   xususiyatingizdan   atrofdagilar
foydalanishadi.   Rashk   yoki   ko‘ra   olmaslikdan   butunlay   ozodsiz.   Quvnoqsiz,
raqobatga intilmaysiz, boshqalar haqida qayg‘urasiz, guruhlarda yaxshi ishlaysiz.
Sizning bu xususiyatingiz hamkasblaringizga ma’qul keladi. O‘ylab ko‘ring
va o‘zingiz xulosa qiling.
5–6   ball   (4;   4,5;   6,5;   7   ball)   –   Siz   aqlingizga   asoslanib   ishonasiz,   bu
faoliyatingizni samarali bo‘lishiga olib keladi. 
8–10   ball   (7,5   ball)   –   Siz   shubhalanuvchansiz,   deyarli   har   doim   alohida
fikringiz   bo‘ladi,   sizni   aldab   bo‘lmaydi,   siz   ishonuvchan   emassiz,   ikkilanasiz,
harakatlaringizda   ehtiyotkorsiz,   ko‘proq   ichki   kechinmalarga   berilasiz.   O‘zini
“Men”ini   va   “Men–konsepsiyasi”ni   bunday   agressiv   shaqlda   himoya   qiladigan
shaxs   “Meni   muvaffaqiyatlarimga   yetarli   e’tibor   berishmaydi   va   yetarli
baholashmaydi”, deb hisoblaydi. Shuni bilingki, qanchalik kasbiy qobiliyatlaringiz
shaqllangan bo‘lsa, shunchalik shubhalanish kam bo‘ladi. 
7. O‘ziga ishonch – ishonma-slik.
Ballar yig‘indisi: 7, 17, 27, 37, 47, 57, 67, 77, 87, 97.
1–2   ball   (3,5   ball)   –   Qat’iy   o‘zingizga   ishonasiz,   sizni   “o‘zdan”   chiqish
holatiga   olib   kelish   qiyin.   Siz   atrofdagilar   va   hamkasblaringiz   ta’siriga berilmaysiz,   oqibatda   ularga   yoqmaysiz.   Haddan   tashqari   o‘ziga   ishonish   va
ta’sirga berilmaslik, sizning faoliyatingiz uchun maqsadga muvofiq emas. 
5–ball (4; 4,5; 6,5; 7 ball)– Sizni o‘zingizga bo‘lgan ishonch darajangiz o‘z
muvaffaqiyatsizliklaringizni   boshqarish   imkoniyatini,   bo‘layotgan   voqealarni
to‘g‘ri   baholash   va   ularga   munosib   javobni   bera   olishni,   o‘z   imkoniyatlarga
ishonchni yuzaga keltiradi. Sizda o‘zini kamsitishga moyillik bo‘lmasada, lekin bir
muncha   yuqori   darajadagi   tez   xafa   bo‘lish,   ta’sirchanlik   bor.   O‘zingizga   bo‘lgan
ishonchni   mustahkamlashga   harakat   qiling.   Kasbiy   sifatlaringizni
takomillashtirishga alohida e’tibor bering.
8–10  ball   (7,   5  ball   )–   Sizda   ortiqcha   vahima,  ta’sirga   tez   berilish   mavjud.
Siz   deyarli   har   doim   bezovtasiz,   sizda   oldindan   nohush   fikrlar   va   xislar   vujudga
keladi, o‘z imkoniyatlaringizni yetarli baholaysiz. Jamoatchilik orasida o‘zingizga
ishonmaslikni   xis   qilasiz,   o‘zingizni   haddan   tashqari   jiddiy,   kamgap   tutasiz.   O‘z
kuchlaringizga   ishonchni   rivojlantiring.   Hayotda   va   ishda   o‘zingizni   aybdor   deb
xis   qilishga   moyillik,   o‘zini   to‘g‘ri   baholashni   va   umuman   obro‘yingizning
pasayishiga olib keladi. 
8. Mustaqillik – tobe’lik.
Ballar yig‘indisi: 8, 18, 28, 38, 48, 58, 68, 78, 88, 98. 
1–3   ball   (3,   5   ball)–   Siz   guruhga   tobesiz,   mustaqil   emassiz,   doimiy
suyanchiqqa,   qo‘llab-quvvatlashlarga   muhtojsiz.   Faoliyatda   (umuman   hayotda)
sizga   tashabbuskorlik,   shaxsiy   fe’l-atvor   yo‘nalishini   tanlashda   dadillik
yetishmaydi. 
5–6   ball   (4;   4,5;   6,5;   7   ball)–   Siz   hamma   narsani   o‘zingiz   qilishni   ma’qul
ko‘rsangiz   ham,   atrofingizdagilar   tavsiyasi   va   takliflarini   ham   rad   etmaysiz.   Siz
mustaqil   bo‘lishni   ham,   atrofdagilarga   tayanishni   ham,   ularni   qo‘llab-
quvvatlashlarini   ham   hohlaysiz.   Ushbu   mustaqillik   faoliyatingizning   samarali
bo‘lishini ta’minlaydi.
8–10   ball   (7,5   ball)–O‘zingizdan   ko‘nglingiz   to‘q,   shaxsiy   qarorlaringizni
tavsiya qilasiz, lidersiz, uddaburonsiz. O‘z yo‘lingizni tutishga moyilsiz, mustaqil
harakat   qilasiz.   Odamlar   fikri   bilan   hisoblashmaysiz.   Sizni   “odamlarni yoqtirmaydi”, deb bo‘lmaydi, siz faqat ularning maslahatiga, qo‘llab-quvvatlashiga
muhtoj   emassiz.   O‘zgalar   fikrini   hisobga   olmasligingiz   ko‘pincha   jamoadagi
obro‘yingizga   salbiy   ta’sir   o‘tkazadi.   Ba’zi   hollarda   boshqalar   fikriga   ham   quloq
solish kerak.
9. O‘zini o‘zi nazorat qilish.
Ballar yig‘indisi: 9, 19, 29, 39, 49, 59, 69, 79, 89, 99.
1–3   ball   (3,5   ball)–Sizdagi   iroda   zaif   bo‘lib,   o‘zingizni   nazorat   qilish   ham
yetarli emas. Ko‘pincha bir tekisda harakat qilmaysiz, o‘z vaqtingizni va ishingizni
tartibli   tashkil   qilishni   bilmaysiz.   Sizda   intizomsizlik   tez-tez   uchrab   turadi,   faqat
o‘z fikrlaringiz bilan hisoblashasiz.  Shu bilan birga siz o‘zingizni hayot  va uning
talablariga to‘la moslashganman deb hisoblaysiz.
5–6   ball   (4;   4,5;   6,5;   7   ball)–Umuman   olganda,   ijtimoiy   va   ahloq
normalarini bajarishda siz qat’iysiz. Ko‘pchilik holatlarda tartibli va rejali harakat
qilasiz.   Lekin   har   doim   ham   qiyinchiliklarni   yengib,   boshlagan   ishni   oxirigacha
yetkazavermaysi. Siz o‘z faoliyatingizni samarali tashkil qila olsangizda, har qalay
o‘zingizni nazorat qilishingizga ko‘proq e’tibor berganingiz ma’qul. 
8–10 ball (7, 5 ball )–Sizda o‘zini nazorat qilish yuqori darajada bo‘lib, sizni
uyushganligingiz,   ijtimoiy   aniqligingiz,   e’tiborligingizdan   dalolat   beradi.
O‘zingizni   hurmat   qilish   bilan   birga   o‘z   obro‘yingiz   haqida   doim   g‘amxo‘rlik
qilasiz.   Sinchkovsiz,   ba’zan   qaysarlikka   moyilsiz.   Sizda   bu   xususiyatlar   “Men–
konsepsiyasi” ni kuchli nazorat qilishini natijasidir.
10. Qo‘zg‘aluvchanlik, zo‘riqish-bo‘shashish
Ballar yig‘indisi: 10, 10, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90, 100.
1–3 ball (3, 5 ball)– Siz bo‘shashgansiz, murakkab maqsadlardan o‘zingizni
olib   qochasiz.   Ba’zi   bir   vaziyatlarda   haddan   tashqari   o‘zidan   qoniqish
dangasalikka olib keladi. Kamroq xatolarga yo‘l qo‘yish uchun kichik maqsadlarni
qo‘yasiz.   Muvaffaqiyatga   ham,   muvaffaqiyatsizlikka   ham   loqayd   va   xotirjam
qaraysiz.   Agar   sizda   o‘zgarishga,   muvaffaqiyatga   erishishga   intilish   bo‘lmasa,
“Men” ingizni kuchi zaif bo‘lsa, “Men – konsepsiyasi” salbiy bo‘lsa, faoliyatingiz
samarasi ko‘rinmaydi. 5–6 ball (4; 4,5; 6,5; 7 ball)–Ehtiyojlaringiz miqdori ko‘pligi tufayli sizda bir
muncha   zo‘riqish   bor,   harakteringiz   notinch,   asabiy   ruhiy   olamingiz
qo‘zg‘aluvchan. Murakkab maqsadlardan o‘zini olib qochish va zo‘riqish birinchi
navbatda   kasbiy   faoliyat   natijasi   bo‘lib,   bunga   o‘z   navbatida,   temperament
tiplarining   o‘ziiga   xos   xususiyatlari   ma’lum   darajada   o‘z   ta’sirini   o‘tkazadi.   Shu
bilan birga qo‘zg‘alish va zo‘riqishni namoyon bo‘lgan darajasi sizda “tolerantlik”
shaqllanganligini ko‘rsatadi.
8–10   ball   (7,5   ball   )–Siz   haddan   tashqari   zo‘riqqansiz,   me’yordan   ortiq
faolsiz,   sabr-toqatingiz   yo‘q.   Siz   uchun   hissiy   barqarorlik   harakterli   bo‘lib,   past
kayfiyat va qo‘zg‘aluvchanlik ustunlik qiladi. Siz ko‘pincha o‘zingizni toliqqan his
qilasiz.
2.3.   Zamonaviy shaxs imidjining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va
tadqiqot natijalari tahlili 
Ushbu   paragrafda   tavsiflangan   malakaviy   ishimizning   asosiy   natijalari
“Zamonaviy   shaxs   imidji”   tushunchasini   psixologik   tadqiq   etish,   uning   tarkibiy
qismlari,   mexanizmlari   va   uni   xarakterlovchi   psixologik   omillar   tizimi   o‘rnini
tahlil etishdan iboratdir. Zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlari va undagi
shaxslilik xususiyatlarini empirik tahlil natijalari keltiriladi.
R.Kettellning   “Kattalar   shaxsini   o‘rganish   so‘rovnomasi”   (A-variant)   dan
olingan   natijalarni   taqdim   etmoqchimiz.   Quyidagi   jadvalda   4-kurs   talabalaridan
olingan   umumiy   o‘rtacha   ko‘rsatkichlar   qayd   etilgan  
(1-jadval).
1-jadval Ko‘p omilli  kattalar shaxsini o‘rganish so‘rovnomasining 
statistik ko‘rsatkichlari (talabalar misolida)
shkalalar M
 (n=40) Standart
og‘ish
( n=40)
s h izotimiya (yopiq)-affektotimiya (ochiq) 5,98 1,45
kuchsiz-kuchli intellekt 5,28 0 ,81
men zaif-men kuchli 4,03 1,64
bo‘ysunish-hukmronlik 4,45 1,39
desurgensiya (tortinchoq)-surgensiya (dadil) 3,65 1,64
quyi-yuqori men 4,15 1,27
trektiya (mas’uliyatli)-parmiya (mas’uliyatsiz) 6,00 1,13
xarriya (qat’iyatsiz)-premsiya (qat’iyatli) 7,13 1,78
alaksiya (shubhalanish)-protensiya (ishonish) 6,28 1,61
prakserniya (amaliy)-autiya (hayolchan)   6,35 1,68
soddalik-ziyraklilik 2,95 1,30
gipertimiya (xotirjam)-xavotirli (gipotimiya) 7,00 1,67
qotib qolgan (konservatizm)-egiluvchan (radikalizm) 6,95 1,64
to’belik-mustaqillik 5,20 1,34
o‘zini kuchsiz-kuchli nazorat qilish 6,15 1,42
bo‘shashish-zo‘riqish 6,95 1,03
Zamonaviy   shaxs   imidjining   psixologik   xususiyatlaridan   olingan   natijalar,
shaxsning   ko‘p   omilli   xususiyatlariga   bo‘lgan   munosabati   bo‘yicha
ko‘rsatkichlaridan quyidagicha natijalar aniqlangan. 
Talabalarning   ko‘p   omilli   shaxs   so‘rovnomasi   bo‘yicha   birinchi   faktorda
umumiy   o‘rtacha   ko‘rsatkichlari   ochiqlik   omiliga   5,98   nisbatda   birlashgan.
Talabalarda shaxslar bilan muloqotda hamkorlikda ishlashda oson moslashadigan,
insonlar   o‘rtasidagi   noxush   vaziyatlarni   oldini   olishda,   yaxshi   xulqli,   qulaylikka
moyil,   vaziyatlarga   yengil   moslashuvchanligi   shakllanganligidan   dalolat   beradi.
Yopiqlik omilida esa,   ma’lum   bir   holatlarda  yopiq  shaxs  sifatida,  har  bir  narsaga
shubha   bilan   qaraydigan,   insonlar   bilan   munosabatga   kirisha   olishda   tanqidiylik
kuchli   ekanligidan,   befarq   va   odamlarni   baholashda   ehtiyotkorlik   bilan   harakat
qiladigan shaxslarni o‘z ichiga olgan. Kuchsiz   va   kuchli   intellekt   shkalasi   bo‘yicha   ofitserlar   tarkibining   me’yor
ko‘rsatkichlari kuchli intellektning boshlanishi 5,28 bilan namoyon bo‘ldi. Kuchli
intellekt   xususiyatining   aks   etishi   muayyan   tafakkurdagi   qonuniyatlarning
rivojlanganligi, mavhum vaziyatlarni baholashda qulay yo‘lni topa olishi, tafakkur
darajasining   yuqori   ekanligi   va   aqliy   intellektual   faoliyatlar   shakllanganligining
borligi   bilan   ajralib   turadi.   Ushbu   faktorning   past   darajada   rivojlanganligi   bir
qancha   omillarga   bog‘liq   sanaladi.   Kuchsiz   intellektning   namoyon   bo‘lishi
shaxslardagi   egallagan   bilim   va   ko‘nikmalarga   bevosita   aloqador   bo‘lishi
natijalardan ko‘rinishi mumkin. 
Uchinchi omil bo‘yicha talabalarning statistik me’yor ko‘rsatkichlari “men”
zaifligi   4,03   bilan   xarakterlandi.   Bu   faktor   hissiy   jihatdan   beqaror,   ma’lum   bir
hislar   ta’sirida   tez   o‘zgaruvchan,   umidsizlikka   tez-tez   tushib   turadigan,   tezda
bezovtalik   holatining   namoyon   bo‘lishi   va   muammoli   vaziyatlarda   tortishuvlarga
bormasligi bilan farqlanadi. 
Keyingi faktor bo‘ysunish-hukmronlik omili bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar
bo‘yicha   talabalarda   bo‘ysunishga   intilish   faktori  
4,45   darajada   bir   ozgina   farq   bilan   namoyon   bo‘ldi.   Bu   ularda   hukmronlikka
nisbatan   tajovuzkorlik   mavjud   emasligi   bilan,   shuningdek,   boshqalar   ustidan
nazoratni qo‘lga olishda birmuncha qiyinchiliklarga duch keladigan, o‘zining xatti-
harakatlarini doimo bir holatda yuzaga chiqarishi bilan farqlanib turadi.
Keyingi   faktor   bo‘yicha   talabalardagi   statistik   ko‘rsatkich   me’zonlari
tortinchoqlikni   3,65   qiymat   bilan   tashkil   etgan.   Tortinchoqlik   faktorida   shaxslar
muloqotdosh   sherigini   tanlashda   ehtiyotkorlik   bilan   munosabatda   bo‘lishi,
murakkab   vaziyatlarni   tushunishga   qiynaladigan   va   ichki   kechinmalarda
qiyinchiliklarni   yuzaga   kelishi   bilan   alohida   xarakterlanishi   mumkin.   Dadillik
darajasidagi   shaxslar   esa,   tezkor   harakatlarni   amalga   oshiradigan,   guruhiy
holatlarda   hissiy   va   emotsionallikning   samimiy   kechishi   yuqoriligi   bilan   ajralib
turadigan shaxslar hisoblanishadi. 
Quyi men-yuqori men omili bo‘yicha olingan natijalar talabalarda quyi men
4,15   bilan   kuzatilgan.   Quyi   men   ko‘rsatkichi,   noxush   vaziyatlarga   beqaror munosabatda   bo‘lish,   turli   hil   sharoitlarda   belgilangan   topshiriqlarni   bajarishga
mas’uliyatning sustligi,  axloq  va  ijtimoiy  me’yorlarga nisbatan  moslashuvchanlik
darajasi   etishmaslikni   keltirib   chiqarishi   mumkin.   Yuqori   men   esa,   axloqiy
jihatdan intizomli, muvozanatlashgan, vazifalarni bajarishda jiddiy yondashadigan
talabchan   shaxslardir.   Shu   bilan   bir   qatorda,   umumiy   qabul   qilingan   me’yorlarga
rioya qiladigan insonlarni tashkil etgan.
Navbatdagi   faktor   mas’uliyatli-mas’uliyatsizlik   bo‘yicha   talabalarning
statistik   ko‘rsatkichlari   mas’uliyatli   faktoriga   5   darajaga   mos   keladi.
Mas’uliyatlilik   faktorida   shaxslar   boshqalarning   oldida   o‘zini   xijolat   tortadigan,
xavf-xatarlarga   tez   javob   beradigan   va   boshqalarga   ehtiyotkorona   munosabatda
bo‘ladigan   shaxslar   hisoblanishadi.   Mas’uliyatsiz   faktorida   hissiy   jihatdan
barqaror,   tangli   vaziyatlarni   ham   bardosh   bilan   enga   oladigan   xususiyatlarni
mujassam   etadi.   Shu   bilan   birgalikda,   bu   omil   genetik   kelib   chiqish   va   nerv
xususiyatlari kuchining faolligini ham aks ettiradi. 
Keyingi   shaxslilik   faktori   qat’iyatsiz-qat’iyatlidir.   Bu   omil   bo‘yicha
ofitserlar   tarkibining   statistik   ko‘rsatkich   darajasi   qat’iyatlilikni   7,13   darajada
tashkil   etgan.   Bu   xususiyat   natijalaridan   ma’lum   bo‘lishicha,   ularda   tirishqoqlik
rivojlanganligi,   empatiyaga   moyilroq,   boshqalarni   tushunishga   intilishga   qodir
ekanligi   bilan   farqlanadi.   Qat’iyatsizlik   esa   tajovuzkorlik,   munosabatlarda   qat’iy
turish va boshqalarga nisbatan qattiqqo‘llik kabi sifatlarni o‘z ichiga olgan.
Shubhalanish-ishonish bo‘yicha olingan natijalar talabalarda ishonish faktori
6,28   bilan   bog‘langanligini   ko‘rish   mumkin.   Ishonishni   Kettell   “himoya   va   ichki
taranglik”   deb   atagan.   Ishonish   faktori   talabalarda   shuni   ko‘rsatadiki,
atrofdagilarga   shubha   bilan   qarash,   ba’zida   o‘zgalarni   noto‘g‘ri   talqin   qilish   va
mustaqillikka   igtilishni   anglatadi.   Shubhalanishda   odamlar   simpatiyaga   moyil   va
ortiqcha   ta’sirlardan   holi   bo‘lishi   mumkin.   Ishonishda   haddan   tashqari
himoyalanish va hissiy kuchlanish yuqori bo‘ladi.
Amaliy-hayolchan faktori bo‘yicha natijalar 6,35 daraja bilan hayolchanlikni
ko‘rsatgan.   Hayolchanlikda   shaxslarning   g‘ayritabiiy   tasavvurlarga   ega   bo‘lishi,
o‘z g‘oyalarini doimiy ravishda amalga oshirishi, ijodkorona munosabatda va o‘z meni   atrofida   harakatda   bo‘lishini   namoyon   qiladi.   Amaliylikda   odamlar   ko‘proq
tashabbuskorlik,   tashqi   tomonga   yo‘nalgan,   yaqqol   tasavvurlarga   ega   shaxslar
sanaladi.
Keyingi   soddalik-ziyraklilik   faktori   bo‘yicha   statistik   ko‘rsatkichlar
ofitserlarda   soddalikni   2,95   darajada   tashkil   qilgan.   Soddalik   faktori   bo‘yicha
shaxslarda   tavakkalchilikka   moyillik,   jonkuyarlik,   hissiy   kechinmalarga   moyillik,
boshqalarning   kechinmalarini   his   qilish   qobiliyatining   past   ekanligi   bilan,
shuningdek, talabalarda bu omil keskin qarorlarni qabul qilishi va ish faoliyatlarida
to‘siqlarga   duch   kelishda   tez   qarorlar   qabul   qilishi   mumkin.   Ziyraklilik   faktorida
qiyin   vaziyatlardan   chiqish   yo‘lini   biladigan,   ayyorroq,   hissiy   barqaror   va   tahlil
qilishga moyil shaxslar hisoblanishadi. 
Xotirjam-xavotirli   faktori   bo‘yicha   talabalarning   natijalari   xavotirlilikni
tashkil   etgan.   Xavotirlilikda   shaxslar   tashvishga   beriluvchan,   o‘zidan   ko‘ngli
to‘lmaydigan   va   o‘zini   shubha   ostiga   qo‘yadigan,   shuningdek,   noqulay
vaziyatlardan tezda chiqib keta olmaydigan shaxslardir. Xotirjam  tipdagi odamlar
esa, xotirjam, muvozanatlashgan, moslashuvchan va o‘ziga ishongan shaxslardir.
Navbatdagi   omil   qotib   qolgan-egiluvchan   bo‘yicha   olingan   statistik
ko‘rsatkichlar   egiluvchanlikni   6,95   bilan   tashkil   qilgan.   Egiluvchanlikka   xos
xususiyatlarda   tafakkur   tezligi   rivojlangan,   o‘z   ustida   ko‘p   ishlaydigan,   lekin,
axloqiy-ma’naviy qadriyatlar sustroq shakllanganligini ko‘rsatishi  mumkin. Lekin
bu   omilni   o‘zida   mujassam   etganlarda   yangiliklarga   nisbatan   qiziqish   va
munosabat   kuchli   rivojlanganligini   ham   ko‘rish   mumkin.   Qotib   qoluvchi
xarakterga   ega   insonlarda   boshqalar   bilan   tez   kelisha   oladigan,   yuklatilgan
vazifalarni  qabul  qilish  istagi  yuqori  va boshqalar  bilan kelisha  oladigan shaxslar
sanaladi. 
Tobe’lik-mustaqillik   shkalasi   bo‘yicha   talabalarda   to’belik   darajasi   yuqori
chiqqan.   To’belik   faktorida   o‘z   fikrlarida   qat’iy   turmaydigan,   o‘z   qarorlarini
boshqalarga   taklif   qila   olmaydigan   va   boshqa   shaxslarni   boshqarishga
intilmaydigan   sifatlarni   jamlagan.   Mustaqillik   darajasida   esa,   jamoatchilik   fikrini ma’qullamaydigan,   qarorlarni   qo‘llab-quvvatlamaydigan   va   guruhlarda
hukmronlikni shakllantirib qo‘yadigan omildir.
O‘zini   kuchsiz-kuchli   nazorat   qilish   faktori   bo‘yicha   olingan   natijalar
talabalarda kuchli nazorat qilish faktori 6,15 bilan bog‘langan. Bu faktorda kuchli
nazorat   va   hissiy   holatlarni   nazorat   qilishning   yuqoriligi   bilan   va   o‘zining   xulq-
atvorini   boshqara   oladigan   shaxslar   sanaladi.   Kuchsiz   nazorat   esa,   o‘zini   nazorat
qilishning sust ekanligini ko‘rsatadi. 
Bo‘shashish-zo‘riqish   omili   bo‘yicha   talabalar   statistik   ko‘rsatkichi
zo‘riqishni 6,95 nisbat bilan keltirib chiqargan. Bunday munosabatning yuqoriligi,
ulardagi   qat’iy   xatti-harakatlarni   amalga   oshirishi,   topshiriqlarni   to‘la-to‘kis
bajarishi   bilan,   hissiy   zo‘riqishning   kuchayishi   va   energiyaning   yuqoriligi   kabi
omillarga   bog‘liqdir.   Bo‘shashish   esa,   bo‘shashish,   muvaffaqiyatga   erishishning
past   darajada   ekanligi   bilan   xarakterlanishi   mumkin.   Talabalar   tarkibida
zo‘riqishning   kelib  chiqishi,   ularda   muvozanatli   xulq-atvorning   ustunligi   bilan   va
hissiy   xulq-atvorning   pastligi   bilan   farqlanishi   mumkin.   Shunga   o‘xshash
tadqiqotlardan   tadqiqotchi   N.N.Shurupov   o‘zining   “Kasallardagi   qo‘rquv   va
xavotirni   davolashda   gipnoterapiya   va   ongsizlik   usullarini   qo‘llash”   mavsuzidagi
tadqiqot   ishida   tekshiriluvchilarning   Kettel   testi   bo‘yicha   natijalari   7   ball
ko‘rsatkichini qayd etgan. Ushbu tadqiqotdan ko‘rish mumkinki, natijalar standart
ko‘rsatkich bo‘yicha o‘rtachadan yuqorini tashkil etgan 1
.
Umuman   olganda   talabalarning   ko‘p   omilli   shaxs   so‘rovnomasi   bo‘yicha
ko‘rsatgan natijalari faktorlar orasida asosan hissiy barqarorlikdan ko‘ra, kognitiv
xulq-atvorning   ustunligi   bilan   farqlandi.   Faktorlar   orasida   shu   narsa   yaqqol
sezildiki, talabalarda intellektning kuchli ekanligi alohida ko‘zga tashlandi.
Endilikda zamonaviy harbiy xizmatchi imidjining psixologik xususiyatlarini
baholash   uchun   Strelyau   tomonidan   ishlab   chiqilgan   so‘rovnoma   natijalarining
statistik ko‘rsatkichlarining umumiy o‘rtacha qiymatlari aniqlangan.
1
  Шурупов   Н.Н.   Историческое   и   этиопатогенетическое   обоснование   применения   психоаналитического
подхода   в   психотерапии   больных   тревожными   фобическими   расстройствами.   Вопросы   ментальной
медицины и экологии. Москва-Павлодар. Том VII, № 4, 2001год, стр. 32 – 43. Umuman   olganda   tadqiqot   natijalari   shuni   ko‘rsatadiki,   shaxs   imidjining
psixologik   jihatlariga   ko‘ra,   shaxs   imidjini   yaratishda   shaxslilik   tiplariga   ko‘ra
talabalarda   introvert,   murosakor   va   muvozanatlashgan   tip   ustunlik   qilayotgani
namoyon   etgan.   Talabalarda   bu   tiplarning   kelib   chiqishi,   ulardagi   ta’lim   olish
faoliyatidagi   jarayonlar   va   ijtimoiy   munosabatlardagi   faollik   kabi   xususiyatlar
o‘zining ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.
Zamonaviy   shaxs   imidjining   psixologik   jihatlari   mavzusidagi
izlanishlarimizdan kelib chiqqan holda R.Kettellning “Kattalar shaxsini o‘rganish”
so‘rovnomasidan   olingan   natijalar   orqali   shaxsga   xos   bo‘lgan   ijobiy,   salbiy
psixologik   sifatlar   hamda   imidjning   tipologik   modelini   keltirib   o‘tish   o‘rinli
sanaladi.
Zamonaviy shaxs imidjining ijobiy psixologik jihatlari:
R.Kettellning “Kattalar shaxsini o‘rganish” so‘rovnomasiga oid xususiyatlar:
• Mas’uliyatlilik ;
•  Jamoaviy men;
• Qat’iyatlilik ;  
• Sabr-bardoshlilik ;  
• Faollik ; 
• Jasoratlilik.   Zamonaviy harbiy xizmatchi imidjining salbiy psixologik jihatlari:
R.Kettellning “Kattalar shaxsini o‘rganish” so‘rovnomasiga oid xususiyatlar:
• xavotirlilik ;
• o‘zini nazorat qila olmaslik ;
• chorasizlik ;  
• murosasiz ;  
• mas’uliyatsiz ; 
• tortinchoqlik .   Замонавий  ҳарбий 
хизматчига хос  
ижобий имиж 
компоненттлари  Масъулиятлилик 
Жамоавий мен
Қатъиятлилик 
Сабр-бардошлилик Фаоллик  Жасоратлилик Замонавий  ҳарбий 
хизматчига хос  
ижобий имиж 
компоненттлари  Хавотирлилик
Ўзини назорат қила 
олмаслик
Чорасизлик
Муросасиз Масъулиятсиз Тортинчоқлик XULOSALAR
Zamonaviy   shaxs   imidjining   psiologik   jihatlarini   tadqiq   etish   va   uni
amaliyotda   joriy   etilishining   psixologik   nuqtai   nazardan   asoslanishi   tadqiqot   ishi
natijalariga   xizmat   qiladi.   Bundan   tashqari,   imidjni   psixologik   jihatdan   talabalar
misolida   o‘rganish,   ulardagi   shaxslilik   xususiyatlari   qay   darajada   ekanligi
aniqlandi.   “Zamonaviy   shaxs   imidjining   psixologik   jihatlari”   mavzusi   bo‘yicha
bitiruv malakaviy ishi yuzasidan quyidagi umumiy xulosalarni berish mumkin:
1.   Shaxsda imidjni namoyon bo‘lish shakllari imidjologiyada shaxs haqidagi
ijtimoiy,   psixologik,   estetik   va   shaxsiy   sifatlarni   birlashtiradigan   obrazlarga
asoslanib farqlanishi mumkin.
2.   Talabalarda   imidj   bilan   bog‘liq   xususiyatlarning   yuqoriligi,   psixologik
jihatdan   o‘zgalarni   tushunish,   to‘g‘ri   tasavvur   qila   olish   va   yaxlit   obrazlarni
shakllanishida   muhmi   omil  ekanligi,   aksincha,  bu  xususiyatning  pastligi,   shaxsda
noto‘g‘ri   tushunchalarning   paydo   bo‘lishi,   astenik   ko‘rinishdagi   kechinmalarning
mavjudligi,   kasbiy   mas’uliyatda   jur’atsizlik   va   faollikning   pasayishi   kabi
xususiyatlarga ishora qiladi.
3.   Shaxs   imidjining   psixologik   jihatdan   barqarorligi   va   shaxslilik
xususiyatlarining   o‘sishi   vazifalarni   muvaffaqiyatli   amalga   oshirishiga   va   kasbiy
sifatlarning o‘sishiga asos bo‘ladi.
4.   Shaxslilik sifatlarining turli xil omillari talabalarda aniqlanib, ularning har
xil darajalari aks etib, ayniqsa, intellekt  faktorining yuqoriligi va shaxslilik tiplari
bo‘yicha   introvert   tipiga   bog‘liqlik   darajasi   yuqori   ekani   bilan   alohida
xarakterlanadi.
Olingan   tadqiqot   natijalari   yuzasidan   berilgan   xulosalar   bilan   bir   qatorda
quyidagicha  tavsiyalarni  ham berib o‘tishimiz o‘rinli sanaladi:
1.   Oliy   ta’lim   muassasalarida   faoliyat   yurituvchi   talabalarga   mazkur   mavzu
doirasida imidj bilan bog‘liq tadqiqot ishlarini psixodiagnostik jihatdan baholashga
doir metodikalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
51 2. Soha xodimlarini kasbiy tanlov asosida ishga olish jarayonida, ularning qay
darajada   bu   kasbga   moslik   darajasini   aniqlashda   imidj   bilan   bog‘liq   jihatlarini
hisobga olish.
3.   Shaxs   imidjini   barqaror   ravishda   kechishi   uchun,   ularda   shaxslilik
xususiyatlarini tushunishga yordam beruvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish.
4. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi talabalar bilan imidj bilan bog‘liq
mavzularni joriy etish.
52 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.   O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni // O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatilari to‘plami. 2017.-(766)-son.B.36-37.
2.   Averchenko L.K. Psixologiya upravleniya. – M.: 1997. - s.67.
3.   Ananev B.G. O problemax sovremennogo chelovekoznaniya. - M., 1977. - S.
380.
4.   Andreeva G. M. Psixologiya sotsialnogo poznaniya - M., 1997. -239 s.
5.   Aristotel. Poetika // Aristotel.– Soch. V 4 t. M.:, 2006.-78 s. 
6.   Arredonto L. Iskusstvo delovoy prezentatsii. Chelyabinsk, 1998. – 513s.
7.   Artemeva   Ye.Yu.,   Strelkov   Yu.K.   Professionalnaya   sostavlyayuщaya   obraza
mira.   V   kn.   «Mыshlenie   i   obuchenie:   aktivnoe   vzaimodeystvie   s   mirom».   –
Yaroslavl, 1988. – S. 37 -49.
8.   Asmolov A. G. Lichnost kak predmet psixologicheskogo issledovaniya. – M..
1988.-109 s.
9.   Afanasev V.G. Nauchnoe upravlenie obщestvom. - M., 1993. - S.305.
10.   Bazarov   T.Yu.   Osobennosti   mejlichnostnogo   vospriyatiya   v   sisteme
«rukovodstvo   i   podchinenie»   v   usloviyax   proizvodstvennogo   kollektiva.   V   kn.:
Mejlichnostnoe vospriyatie v gruppe. - M., 1981. – S.57 - 68.
11.   Berd   P.   Proday   sebya.   Taktika   sovershenstvovaniya   vashego   imidja.   –
Minsk, 1997. – 187 s.
12.   Berezina,   D.V.   Psixologicheskie   usloviya   formirovaniya   imidja
rukovoditelya uchrejdeniya obrazovaniya.   / D.V. Berezina. – Novosibirsk, 2006. –
40 s.
13.   Birkenbil V. Yazыk intonatsii, mimiki, jestov. - SPb., 1997 – 230 s.
14.   Bobbi   Dji.   Imidj   firmы.   Planirovanie,   formirovanie,   prodvijenie.   -     SPb.,
2000. – 224 s.
15.   Boduan,   J-P.   Upravlenie   imidjem   kompanii.   Pablik   Rileyshnz:   predmet   i
masterstvo – M.: Imidj-Kontakt. 2001. - 98 s.
16.   Braun L. Imidj - put k uspexu. - SPb., 1996. – 98 s.
53 17.   Pochepsov G.G. Professiya: imidjmeyker. – SPb.: Aleteyya, 2001.- 94s.
18.   G‘oziev E.G‘., Mamedov K.Q. Kasb psixologiyasi.–Toshkent, «O‘qituvchi»
nashriyoti, 2003.- 45b.
19.   Gofman E. Sovremennaya zarubejnaya psixologiya. – M., 1986. – 379 s.
20.   Deyvis   F.   Vash   absolyutnыy   imidj.   Kniga   dlya   politikov   i   biznesmenov,
mujchin i jenщin. – M., 1997. – 295 s.
21.   Dell D., Linda G. Uchebnik po reklame. Kak stat izvestnыm, ne tratya deneg
na reklamu. - Minsk, 1996. – 275 s.
22.   Dermanova   I.B.,   Sidorenko   Ye.V.   Psixologicheskiy   praktikum.
Mejlichnostnыe otnosheniya. – SPb., 1996. – 231 s.
23.   Dji   B.   Imidj   firmы.   Planirovanie.   Formirovanie,   prodvijenie.   -   SPb:   Izd-vo
Piter, 2000. -75 s. 
24.   Kriksunova I. Sozday svoy imidj – SPb., 1997. – 121 s.
25.   Orlova   Ye.A.   Formirovanie   pozitivnogo   imidja   gosudarstvennogo
deyatelya. \ Diss... kand. psix. nauk. – M., 1997. - 265 s. 
26.   Panasyuk A.Yu. Vam nujen imidjmeyker? Ili o tom, kak sozdat svoy imidj. –
M.: Delo, 2001. – 240 s.
27.   Perelыgina   Ye.B.   Sotsialno-psixologicheskaya   priroda   individualnogo
imidja.– M.: Mir psixologii, 2004. №4. S.154 - 167
28.   Perelыgina, Ye.B. Psixologiya imidja. – M.: Aspekt Press, 2002.- 49 s.
29.   Potsepsov G.G. Imidjeologiya. – M.: Vakler. 2000.- 766 s.
30.   Potsepsov G.G. Professiya: imidjmeyker.– SPb.: Aleteyya, 2001.- 144 s. 
ILOVALAR
54 R.B.Kettellning “Kattalar shaxsini o‘rganish” so‘rovnomasi
Hurmatli respondent!
Mazkur tadqiqot ilmiy maqsadlarda o‘tkazilib, turli xil holatlarda insonlarning
xulq-atvori xususiyatlarini o‘rganish bilan bog‘liq sanaladi.  Sizlarga savollar qatori
va har bir savolga 3 (uch) xil javob varianti taklif etiladi («a», «v»,«s»).
Savollarga  q uyidagicha javob berish lozim:
Avval   savolni   va   unga   beriladigan   javoblarni   o‘qing   so‘ngra   sizning
fikringizni   aks   ettiradigan   javob   variantlaridan   birini   tanlang   javoblar   varag‘iga
belgilashingiz lozim bo‘ladi.
Javob berayotganingizda, o‘ylashga ko‘p vaqt sarflamang. Chindildan javob
bering.   Javoblaringiz   bilan   yaxshi   taassurot   qoldirishga   intilmang,   javoblaringiz
haqiqatga   yaqin   bo‘lishi   lozim.   Tadqiqotda   ishtirok   etganingiz   uchun
minnatdorchilik bildiramiz!
1.   Men ushbu so‘rovnoma yo‘riqnomasini yaxshi tushundim:
a) ha;                             
v) ishonchim yo‘q;                          
s) yo‘q.
2.   Men savollarga iloji boricha samimiy javob berishga tayyorman:
a) ha;                             
v) ishonchim yo‘q;                           
s) yo‘q.
3.   Mening dala hovlim quyidagi joyda bo‘lishini ma’qul ko‘rardim:
a) ko‘pgina dala hovlilar qurilgan qishloq joyda 
v) o‘rta javobni ma’qul ko‘raman           
s) alohida, o‘rmon joyda
4.   Ish davomiyligi va maoshi bir xil bo‘lgan taqdirda men quyidagi kasb 
bo‘yicha ishlashni ma’qul ko‘rardim:
a) duradgor yoki oshpaz;
v)   nimani talashni bilmayman;          
s)   yaxshi restoranda ofitsiant bo‘lib.
5 . Mening hayotimda:
a) saylanuvchi mansablarda kam ishlaganman;
v) oraliq javob;                                          
 s) saylanuvchi mansablarda ko‘p ishlaganman.
6 .   Tug‘ilgan kun, bayramlarga men:
a)   sovg‘a berishni yaxshi ko‘raman;                
v)   javob berishim qiyin;
s)   sovg‘a sotib olish men uchun unchalik xush bo‘lmagan mas’uliyatdir 
7.   Agar shunday imkoniyat bo‘lib qolsa, quyidagi soha egasi bo‘lishni 
hohlardim:
a)   o‘rmonchi bo‘lishni;
v)   tanlashim qiyin;              
s)   yuqori sinflar o‘qituvchisi bo‘lishni.
8.   Agar xo‘jalik sohasida ishlaganimda quyidagi ishlar bilan shug‘ullanish men 
uchun qiziqarli bo‘lardi:
55 a)     buyurtmachi va mijozlar bilan suhbatlashish;
v)     o‘rtacha javobni tanlayman;       
s)     hisob kitob yuritish va xujjatlar bilan ishlash.
9.   Agar oylik bir xil bo‘lsa, men quyidagi sohalardan birida ishlashni 
hohlardim:
a) advokat; 
v) tanlashda qiynalayapman;           
s) shturman yoki uchuvchi;  
10.   Agar kimgadir sovg‘a sotib olish yoki yubiley tufayli pul yig‘ish bilan 
bog‘liq tadbirni amalga oshirishni so‘rashsa men:
a)   rozi bo‘lar edim;
v)   bunday taklifga ikkilanaman;        
s)   afsuski hozir bandman, deb javob berardim.
11.   Agar men biron foydali kashfiyot yaratganimda quyidagini ma’qul 
ko‘rardim:
a)     laboratoriyada bu kashfiyot ustida ishni davom ettirishni;
v)     tanlashim qiyin;             
s)     uni amaliyotga tatbiq etishga harakat qilardim.
12.   Menimcha quyidagi kasb sohibi bo‘lish qiziq:
a)   rassom;                 
v)   qaysini tanlashimni bilmayman;
s)   teatr yoki kinostudiya direktori bo‘lish.
13.   «Taajjub» so‘zining «g‘aroyib» so‘ziga bog‘liqligidan kelib chiqib, 
«qo‘rqinch» so‘zini quyidagi   so‘zlardan biri bilan bog‘lar edim:           
a) jasur;               
v) tashvishli;              
s) vahimali.
14.   «Belkurak» so‘zi «qazish» bilan qanday bog‘liq bo‘lsa, «pichoq» so‘zi 
quyidagilar bilan shunday bog‘langan:
a) o‘tkir;              
v) kesmoq;                
s) charxlash.
15.   Qaysi so‘z keyingi ikkitasiga mos kelmaydi: 
a) qandaydir;                    
v) bir nechta;                   
s) ko‘p qismi.
16.   Quyidagi so‘zlarning qaysinisi keyingi ikkitasiga mos kelmaydi:
a) keng;            
v)  egri-bugri ;               
s) to‘g‘ri.
17.   «Charchoq» so‘zining «ish» so‘ziga bog‘liqligidan kelib chiqib 
«faxrlanish» so‘zini quyidagi so‘zlardan biri bilan bog‘lar edim:
a) tabassum;                 
v) muvaffaqiyat;               
s) baxtli.
56 18.   «Razmer» so‘zining «uzunlik» so‘ziga bog‘liqligidan kelib chiqib, 
«insofsiz» so‘zini quyidagi   so‘zlardan biri bilan bog‘lar edim:
a) qamoq;                
v) gunohkor;                
s) o‘g‘irlik qilgan.
19.   «Yaxshiroq» so‘zi «eng yomon» so‘ziga to‘g‘ri kelganidek, «eng sekin» 
so‘zi quyidagilarning qaysi biriga to‘g‘ri keladi: 
a) tez;                 
v)  eng yaxshi;                 
s) juda tez.
20.   Quyidagi so‘zlarning qaysi biri qolgan ikkitasiga to‘g‘ri kelmaydi:
a) sham;                  
v) oy;                
s) chiroq.
21. Qaysi bir nisbat qolgan ikkitasiga mos kelmaydi:
a) 3/7;                   
v) 3/9;                    
s) 3/11.
22.   «Yaqinda» so‘zi «hech qachon» so‘ziga mos kelganidek, «yaqin» so‘zini 
quyidagilardan biri bilan bog‘lar edim:
a) hech qaerda;                      
v) uzoq;                      
s) yo‘qolsin.
23.   «Alanga» so‘zining «issiq» so‘ziga bog‘liqligidan kelib chiqib, «atirgul» 
so‘zini quyidagi  so‘zlardan biri bilan bog‘lar edim:
a) tikan;                   
v) qizil yaproqchalar;                 
s) hid.
24.   Alfavitdagi harflar ketma-ketligida AB ning GV bilan bog‘liqligi, xuddi SR
ning quyidagilar   bilan bog‘liqligi kabidir:
a) PO;                              
v) OP;                             
s) TU.
25 . Quyidagi belgilardan qaysi biri X000 0 XX000XXX …  qatorni davom 
ettirishi kerak
a) 0XXX                        
v) 00XX                        
s)  X000
26.   Yovvoyi hayvonlarni ko‘rsam, negadir vahimam keladi, garchand ular 
yaxshilab berkitib qo‘yilgan bo‘lsa ham:
a) ha, shunday;                   
v) ishonchim yo‘q;                 
s) yo‘q, bu noto‘g‘ri.
27.   Ba’zan ayrim fikrlar menga uyqu bermaydi:
a) ha, bu to‘g‘ri;          
57 v) ishonchim yo‘q;          
s) yo‘q, bu noto‘g‘ri.
28.   Men hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tishga o‘zimda yetarli kuch-g‘ayrat 
topa olaman:
a) doimo;                           
v) odatda;                             
s) kamdan-kam.
29.   Hayotimda, odatda men, o‘zim ko‘ygan maqsadlarga erishaman:
a) ha, bu to‘g‘ri;                      
v) ishonchim yo‘q;                    
s) yo‘q, bu noto‘g‘ri .
30 .   Mening do‘stlarim:
a)   mening ishonchimni oqlashgan;
v)   ba’zan ishonchimni oqlashmagan;           
s)   ko‘p marta ishonchimni oqlashmagan.
31.   Biron kimsa aqlsiz va farosatsiz harakatlar qilsa:
a)     bunga xotirjam munosabatda bo‘laman;
v)    oraliq javob to‘g‘ri;                               
s)     unga nisbatan jirkanish his etaman.
32.   Ba’zi odamlar negadir mendan o‘zlarini olib qochishadi, lekin nega 
shundayligini bilmayman:
a) ha, to‘g‘ri;                 
v) ishonchim yo‘q;                
s) yo‘q, bu noto‘g‘ri.
33.   Boshqalarga mexribonlarcha munosabatda bo‘lishimga qaramay, ular 
menga nisbatan kamroq mehribonlik ko‘rsatadilar:
a) tez-tez;                    
v) ba’zan;                  
s) hech qachon.
34.   Ba’zan  oldindan rejalab qo‘ygan ishlarni bajarish vaqti kelganida ularni 
amalga oshira  olmasligimni sezaman:
a) qo‘shilaman;                
v) o‘rta javob to‘g‘ri;               
s) qo‘shilmayman.
35.   Men shunday hayajonli tushlarni ko‘ramanki, uyqumdan uyg‘onib 
ketaman:
a) tez-tez;                 
v) kamdan-kam;                  
s) deyarli hech qachon.
36.   Men musiqa tinglayotgan bo‘lsam-u, yonimda qattiq ovozda 
gaplashayotgan bo‘lishsa:
a)     bu menga halaqit bermaydi va e’tiborimni buzmaydi;
v)     oraliq javob to‘g‘ri;           
s)     rohatimni  buzadi va jaxlimni chiqaradi.
58 37.   O‘z ishim ustida diqqatimni jamlab, atrofdagi odamlar shovqiniga e’tibor 
bermay ishlay olaman:
a) ha;                  
v) oraliq javob to‘g‘ri;                  
s) yo‘q.
38.   Agar odamlar orasida biron xato harakatga yo‘l qo‘ysam bu haqda tezda 
unutaman:
a) ha;                           
v) o‘rta javob to‘g‘ri;                         
s) yo‘q.
39.   Men o‘zgalarni va ularning qarashlarini tanqid qilishdan o‘zimni tiyaman:
a) ha;                                 
v) ba’zan;                             
s) yo‘q.
40.   Eskirgan qonunlar quyidagi tarzda o‘zgartirilishi lozim:
a)   faqat batafsil muhokamadan so‘ng;
v)   o‘rta javob;                
s)   shu zahotiyoq o‘zgartirilishi kerak.
41 .   Agar kimdir shunga loyiq bo‘lsa men unga keskin, tanqidiy fikrimni 
aytishim mumkin:
a) odatda;                          
 v) ba’zan;                             
s) hech qachon bunday qilmayman.
42 .   Menda shunday xislatlar borki, ular orqali boshqalardan ustun turaman:
a) ha;                  
v) ishonchim yo‘q;                
s) yo‘q.
43.   Ba’zan men notanish odamlar bilan (ularni bu qiziqtiradimi yoki yo‘qmi) 
o‘zim uchun muhim bo‘lgan turli narsalarni gaplashaman:
a) ha;                   
v)  o‘rtaga yaqin javob;                    
s)  yo‘q.
44.   Agar harakatlarim atrofdagilarga ta’sir o‘tkazsa, men o‘zimni noqulay his 
etaman:
a) ha, bu to‘g‘ri;                     
v) ishonchim yo‘q;                    
s) yo‘q, bu noto‘g‘ri.
45.   Biron ishning boshlanishi muvaffaqiyat haqida dalolat bermasada, 
tavvakkal qilish kerak deb o‘ylayman:
a) ha;                    
v) o‘rta javob to‘g‘ri;                      
s) yo‘q.
46.   Kayfiyatim yomon bo‘lganda o‘z hissiyotimni atrofdagilardan yashirishga 
intilaman:
a) ha, bu to‘g‘ri;           
59 v) o‘rtacha holat bo‘lsa kerak;              
s) bu noto‘g‘ri.
47.   Uyatsiz so‘zlarni aytish men uchun doimo yoqimsiz (o‘sha damda hatto 
o‘zga jins vakillari bo‘lmasa   ham):
a) ha;                       
v) o‘rta javobni tanlardim;                        
s) yo‘q.
48.   Men beixtiyor tarzda rahbar rolida bo‘lib qolaman, chunki kollektiv nimani 
qilishi kerakligini hammadan ko‘ra yaxshi bilaman:
a) ha;                       
v) o‘rta javob to‘g‘ri;                                     
s) yo‘q.
49. O‘ylashimcha, men haqimdagi quyidagi fikr to‘g‘ri bo‘lardi:
a)   muloyim va xotirjam;
v)   o‘rta javob to‘g‘ri;               
s)   g‘ayratli va shijoatli.
50.   Atrofdagilar mening fikrga boyligimni bilishadi va men hohlagan paytda 
biron muammoni hal etish bo‘yicha taklif berishim mumkin:
a) ha;                      
v) o‘rta javob to‘g‘ri;                   
s) yo‘q.
51 .   Ha, menga quyidagi xislat tegishli:
a)   yangi qiyinchiliklar paydo bo‘lganda xayajonlanish;
v)   nimani tanlashimni bilmayman;
s)   boshqalarning hohishi va talabiga chidamli munosabatda bo‘lish.
52.   Ko‘pchilik tanishlarim meni qiziqarli suhbatdosh deb hisoblashadi:
a) ha;                   
v) ishonchim yo‘q;                  
s) yo‘q.
53.   Zamonaviy ommabop muzikadan ko‘ra yengilroq, klassik kuyni ma’qul 
ko‘raman:
a) ha, shunday;                   
v) ishonchim yo‘q;                 
s) yo‘q, bu noto‘g‘ri.
54 .   Mening kinoga, kafega va boshqa ko‘ngil ochar joylarga borgim keladi:
a)   haftasiga bir marotabadan ko‘p (ko‘pchilikka nisbatan ko‘proq);
v)   haftasiga bir marotaba (ko‘pchilik kabi);
s)   haftasiga bir marotabadan kam (ko‘pchilikka nisbatan kam).
55.   Haqiqatan ham, ko‘pchilik odamlarga qaraganda mening do‘stlarim kam:
a) ha;                        
v) o‘rta javobni tanlardim;                 
s) yo‘q.
56.   Hech kim bilan gaplasholmaydigan joylarda bo‘lishni juda yomon 
ko‘raman:
a) to‘g‘ri;               
60 v) ishonchim yo‘q;                  
s) noto‘g‘ri.
57.   Men ko‘pincha do‘stlarim bilan qachonlardir bo‘lib o‘tgan qiziqarli 
hodisalar haqida gaplashaman:
a) ha;               
v) o‘rtaga yaqin;                   
s) yo‘q.
58. Faqat qiziqarli bo‘lgani uchun tavakkal qilish menga zavq baxsh etadi.
a) ha;               
v)  o‘rtaga yaqin javob;             
s) yo‘q;
59.   O‘ylashimcha quyidagi fikr to‘g‘ri:
a)   «yashab qolguncha ishlab qol» prinsipi bo‘yicha yashash kerak;
v)   a   va   v   o‘rtasidagi oraliq javob;
s)   ertangi kun haqida ko‘p qayg‘urmay, quvnoqlik bilan hayot kechirish lozim.
60.   Oldindan quvonib, hali bo‘lmagan g‘alaba nashidasini his etgandan ko‘ra, 
ehtiyot bo‘lib, zaruridan   kamrog‘iga umid qilib turish kerak: 
a) qo‘shilaman;                    
v) ishonchim yo‘q;                 
s) qo‘shilmayman.
61.   Men o‘ziga xos va yorqin tarzda kiyinishdan ko‘ra, boshqalar kabi, 
kamtarona kiyinishni ma’qul ko‘rardim:
a) qo‘shilaman;               
v) ishonchim yo‘q;             
s) qo‘shilmayman.
62.   Kechada yaxshi ko‘rgan ish bilan mashg‘ul bo‘lish, quvnoq davradan ko‘ra 
meni ko‘proq o‘ziga jalb etadi:
a) qo‘shilaman;                  
v) ishonchim yo‘q;                      
s) qo‘shilmayman .
63 .   Meni har narsadan hayratlanuvchi odam deb hisoblashadi:
a) ha;                      
v) o‘rta javob to‘g‘ri;                      
s) yo‘q.
64.   Menga yangi sharoitlar va safarlar bilan  bog‘liq ish yoqadi, garchi u bir oz 
xavfli bo‘lsada:
a) ha;                 
v) o‘rta javob to‘g‘ri;                
s) yo‘q.
65.   Ishimdagi bo‘lajak qiyinchiliklar haqida o‘ylasam:
a)   ularni qanday yechish haqida oldindan reja tuzishga harakat qilaman;
v)   o‘rta javob to‘g‘ri;                  
s)   ular paydo bo‘lganda bartaraf etaman, deb o‘ylayman.
66 .   Yig‘ishtirilmagan xona mening g‘ashimni  keltiradi:
a) ha;              
61 v) o‘rtaga yaqin javob javob;              
s) yo‘q.
67.   Biron qaror qabul kilarkanman, «nima yaxshi-yu, nima yomonligi» ga oid 
me’yorni doimo yodda tutaman:
a) ha;                
v) o‘rta javob to‘g‘ri;                
s) yo‘q.
68 .   Agar ikki qo‘shni bolalar urishayotganini ko‘rib qolsam, men:
a)   o‘zlari hal qilib olishar, deb aralashmasdim;
v)   nima qilishimni bilmayman;
s)   ularning janjallari sababini aniqlashga harakat qilardim.
69.   Men besaranjom va o‘z ko‘rinishiga e’tiborsiz  odamni ko‘rsam:
a)   bu meni tashvishga solmaydi;
v)   o‘rtacha javob;                    
s) ular menda ko‘ngilsizlik va inkor etish hissini uygotadi.
70.   O‘ylashimcha, erkin bo‘lish jamiyatdagi axloq odob me’yorlariga rioya 
qilishdan ko‘ra muhimroq:
a) ha;                   
v) ishonchim yo‘q;                   
s) yo‘q.
71.   Atrofdagilar meni yaxshi odam deb hisoblaganlari bilan ba’zan menga 
yengiltaksan deb aytishadi:
a) ha;                
v) o‘rta javobni tanlardim;                
s) yo‘q.
72.   Men aniqlikka rioya qiluvchi odamman va har narsa o‘z vaqtida bo‘lishini 
talab qilaman:
a) ha;                
v) o‘rta javob to‘g‘ri;                
s) yo‘q.
73 .   Men vijdonan va mahorat bilan bajariladigan ish bilan shug‘ullansam rohat 
olaman:
a) ha;               
v) o‘rta javob to‘g‘ri;                  
s) yo‘q.
74.   Ba’zan odamlarning mehribon maslahatlarini qabul qilmayman, garchand 
shunday qilishim kerakligini bilgan taqdirimda ham:
a) kamdan-kam;                 
v) bunday bo‘lmasa kerak;                    
s) hech qachon.
75.   Ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lib qolsam, o‘zimni salgina yo‘qotib 
ko‘yaman:
a) ha;                      
v) ikkalasining o‘rtasi;                   
s) yo‘q.
62 76 .   Yig‘ilishlar va turli anjumanlarda men:
a)   odamlar oldiga chiqishga uyalmayman va bemalol gapiraman;
v)   o‘rtacha javobni tanlardim;                     
s)   chetda, aralashmay turishni ma’qul ko‘raman.
77 .   Men doimo katta davralarga xursandchilik bilan qo‘shilaman, masalan, 
do‘stlar bilan uchrashish, tug‘ilgan kunlar, to‘ylarda va shu bilan birga, biron 
qiziqarli jamoa tadbirida ishtiroq etishni yaxshi ko‘raman:
a) ha;                      
v) ikki javobning o‘rtasi;                     
s) yo‘q.
78.   Men o‘zimdan mavqei yuqori odamlar oldida (hayot va ish tajribasi katta, 
yoki lavozimi baland)   o‘zimni kamtarona tutishga harakat qilaman:
a) ha;              
v) o‘rtacha javobni tanlardim;               
s) yo‘q.
79.   Mening ko‘p odamlar oldida yoki katta auditoriyada so‘zga chiqishim 
qiyin:   
a) ha;              
v) o‘rta javobni tanlardim;              
s) yo‘q.
80 .   Men har qanday jamoaga tez moslashib ketaman:
a) ha;                   
v) ishonchim yo‘q;                     
s) yo‘q.
81.   Ozgina ziyraklilik va o‘zgalarni ishontirish kerak bo‘lib qolsa, odatda 
menga murojaat etishadi:
a) ha;                   
v) o‘rta javob to‘g‘ri;                      
s) yo‘q.
82 .   Men o‘zimni  muomalali (ko‘ngli ochiq) odam deb hisoblayman:
a) ha;                
v) o‘rtaga yaqin javob javob;                  
s) yo‘q.
83.   Odamlar orasida turli vaziyatlarda, xuddi katta sahnaga chiqayotgandek 
hayajonlanishni his etaman:   
a) tez-tez;          
v) kamdan-kam;            
s) bunday bo‘lmagan bo‘lsa kerak.
84 .   Odamlar bilan suhbatlashganda:   
a) o‘z hissiyotlarimni jilovlashim mumkin;
v) o‘rtaga yaqin javob;           
s) men o‘zimning tuyg‘ularimni ochiq oydin bayon etaman;
85 .   Men doimo biron narsa bilan band bo‘lgan g‘ayratli odamlar qatoriga 
kiraman:
a) ha;                   
63 v) ishonchim kam;                   
s) yo‘q.
86.   Katta bo‘lmagan jamoada o‘zimni chetga olaman va boshqalarning 
gapirishiga imkon beraman:
a) ha;               
v) o‘rtacha javobni tanlardim;                
s) yo‘q.
87.   Mening qanday ishlayotganimni odamlar tomosha qilishlari menga 
yoqmaydi:
            a) ha;                      
v) o‘rta javob to‘g‘ri;                      
s) yo‘q;
88.   Ko‘chada ketayotib sodir bo‘layotgan janjalni tomosha qilgandan ko‘ra, 
ko‘chada rasm chizib turgan rassomning ishini ko‘rishni ma’qul ko‘raman:
a) ha, shunday;                            
v) ishonchim yo‘q;                    
s) yo‘q, bu noto‘g‘ri.
89.   Menimcha, quyidagi kasb sohibi bo‘lish qiziqarli bo‘lardi:
a)   injener-konstruktor;          
v)   qaysini tanlashni ham bilmayman;          
s)   dramaturg.
90.   Maktabda o‘qigan chog‘imda quyidagi darsni ma’qul ko‘rardim:
a)   Musiqa (ashula) darslarini;
v)   aytishim qiyin;                                
s)   ustaxonadagi darslar - mehnat darsi.
91.   Menga quyidagi ish qiziqarliroq bo‘lardi:
a)   yoshlarga maslahat berish va ularga ish tanlashga yordam berish;
v)   javob berishim qiyin;           
s)   injener-iqtisodchi bo‘lib ishlash.
92.   Men notanish joylarga tez moslashaman, qiynalmay shimol qayoqda-yu, 
janub qaerda, g‘arb yoki sharq qaerdaligin aniq ayta olaman: 
a) ha;                    
v) o‘rtacha javobni tanlardim;                  
s) yo‘q.
93.   Meni ko‘proq  kurol-yaroqning go‘zalligidan ko‘ra, boy mazmunga ega 
she’r zavqlantiradi:    
a) ha;               
v) ishonchim komil emas;               
s) yo‘q;
94 .   Maktabda men quyidagi fanni ma’qul ko‘rardim:
a)   ona tilini;                
v)   aytishim qiyin;              
s)   matematika yoki arifmetikani.
95.   Men ko‘proq quyidagi mavzularni o‘qishni yaxshi ko‘raman:
a)     harbiy va siyosiy o‘tkir nizolar bilan bog‘liq hodisalar haqida;
64 v)     qaysini tanlashimni bilmayman;
s)     hayolim va hissiyotimni ko‘zg‘atib yuboruvchi romanlarni.
96.   Men quyidagicha musiqani yaxshi ko‘raman:
a) yengil,  jonli, mazmunsiz bo‘lsa ham; 
v) o‘rtaga yaqin javobroq;             
s) hissiyotga boy va  sentimental .
97.   Har narsani ham astalik bilan bajarib bo‘lmaydi, ba’zi hollarda kuch ham 
ishlatish zarur:
a) qo‘shilaman;                  
v) o‘rtacha javob to‘g‘ri;                
s) qo‘shilmayman.
98.   Agar meni biron ishga mas’ul qilib tayinlashsa, topshiriqlarim qat’iy 
bajarilishini talab qilaman, aks holda men bu vazifadan bosh tortaman:
a) ha;                  
v) ba’zan;                 
s) yo‘q.
99.   Odatda, man-manga berilgan odamlarga chidam bilan qarayman, garchand 
ular o‘zlarini ko‘z-ko‘z qilib maqtanayotgan bo‘lsalar ham:
a) ha;                         
v) o‘rtacha javob to‘g‘ri bo‘lardi;                     
s) yo‘q.
100.   Meni buyruq berib boshqarishmokchi bo‘lishsa, ataylabdan hamma 
narsani teskari qilaman:
a) ha;              
v) o‘rta javobni tanlardim;             
s) yo‘q.
101.   Agar boshqa odam haqqoniy bo‘lmagan tarzda yoki egoistik ravishda ish 
tutsa, menga noxush bo‘lsa ham bu haqda unga aytishni lozim topaman:
a) ha;              
v) oraliq javob to‘g‘ri;             
s) yo‘q.
102 . Agar kimningdir menga nisbatan jahli chiqsa:
a)   uni tinchlantirishga harakat qilaman;
v)   nima qilishimni bilmayman;
s)   bu mening g‘ashimni keltiradi yoki jahlimni chiqaradi.
103.   Agar men biron nohaq maqolani ko‘rib qolsam muallifga norozi 
javobimni aytgandan ko‘ra, bu   xolni tezda unuta olaman:
a) ha, shunday;            
v)shunday deyishga ishonchim yo‘q;            
s) yo‘q, bunday emas.
104.   Agar rahbariyat yoki oila a’zolarim menga ta’na qilishsa, odatda bu 
faqatgina ish yuzasidan bo‘ladi:
a) to‘g‘ri;            
v) a  va  v ning oraliq javobi;           
s) noto‘g‘ri.
65 105.   Ba’zan hazil tariqasida biron yengil gapni gapirib ko‘yaman va 
atrofdagilar bunga qanday javob berishlarini kuzataman:
a) ha;              
v) oraliq javob to‘g‘ri;             
s) yo‘q.
106.   Ba’zan odamlar mening orqamdan asossiz ravishda bo‘lmagur gaplarni 
gapirishgan va bundan men xafa bo‘lganman:
a) ha;                   
v) javob berishim qiyin;                  
s) yo‘q.
107.   Agar mening tanbehim inobatga olinmay qolsa, men o‘zimni quyidagicha 
tutaman:
a) boshqa qaytarmaslikka harakat qilaman;
v) javob berishga qiynalayapman;             
s) bergan tanbehimni boshqatdan takrorlayman;
108 .   Agar odam aldayotgan bo‘lsa, men deyarli doimo uning yuziga qarab buni
bilib olaman:
a) ha;                     
v) o‘rta javob;                     
s) yo‘q.     
109.   Eng zerikarli kundalik ishni ham oxirigacha yetkazish kerak, garchand 
bunda zarurat bo‘lmasa ham:
a) roziman;                        
v) ishonchim yo‘q;                      
s) rozi emasman.
110.   Ota-onalar farzand tarbiyasida quyidigiga e’tibor qaratishlari lozim:
a)   bolada nozik hislarni shakllantirishga;
v)   oraliq  javob;                   
s)   bolaning o‘z hissiyotini boshqarishga o‘rgatish.
111.   Jamoa ishida qatnashar ekanman, men quyidagini ma’qul ko‘rardim:
a)   tashkiliy ishlar bilan shug‘ullanishni; 
v)   o‘rta javob;
s)   yozuv bilan shug‘ullanish va tartib qoidalar bajarilayotganini tekshirib 
borish.
112.   Ba’zi bir odamlarning ko‘chada yoki magazinda boshqalarga tikilib qarab 
turishi menga yoqmaydi:
a) ha;           
v) o‘rta javobni tanlardim;             
s) yo‘q.
113 .   Arzimas narsalar, masalan ko‘chalar, magazinlarning nomini xotiramda 
saqlamayman:
a) ha;            
v) oraliq javobni tanlardim;            
s) yo‘q.
114.   Uzoq davom etuvchi sayohatda men quyidagini ma’qul ko‘rardim:
66 a)     biron murakkab, lekin qiziqarli narsani o‘qishni;
v)     nimani tanlashimni bilmayman;         
s)     yo‘ldoshim bilan gaplashib vaqt o‘tkazishni.
115 .   Men uchun quyidagi muhimroq:
a) odamlar bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish;
v) o‘rtacha javob;                     
s) o‘z hissiyotlarimni bemalol ayta olish .
116 .   Men jon dilim bilan teatr, konsertlar va shu kabilarni sharxlovchi sifatida 
gazetada ishlay olardim:
a) ha;               
v) ishonchim yo‘q;             
s) yo‘q.
117.   Agar menga majlisda uzoq vaqt davomida gapirmay va harakat kilmay 
o‘tirish zarurati tug‘ilsa, biron narsani chizib o‘tirish yoki stulda qimirlab o‘tirish 
odatim yo‘q:
a) roziman;           
v) ishonchim yo‘q;           
s) noroziman.
118.   Iqtidorli va o‘ziga xos odatga ega odamlar bilan muloqotda bo‘lish:
a)   ko‘pincha qiziqarli va mazmundor bo‘ladi;
v)   oraliq javobni tanlayman;
s)   meni jaxlimni chiqaradi, chunki suhbat bekorchi gaplardan iborat bo‘ladi va 
chuqur mazmunga yetib bormaydi.
119.   Ayrim narsalar mening shunchalik jahlimni chiqaradiki, ular haqida 
mutlaqo gaplashgim kelmaydi:
a) ha;                   
v) oraliq javobni tanlayman;                  
s) yo‘q.
120.   Men otaliqqa olinib ozod etilgan, voyaga yetmagan  qonunbuzarlar bilan 
ishlashni hohlardim: 
a) ha;                      
v) o‘rtaga yaqin javob javob;                       
s) yo‘q.
121.   Men o‘z hissiyotlarim haqida quyidagi hollarda gapiraman:
a) Faqat zarur bo‘lib qolganda;
v) O‘rta javob;                             
s) Qachon imkon bo‘lib qolsa, bemalol gapiraveraman.
122.   Men qo‘rs va to‘g‘ri odamlar bilan muloqotda bo‘lgandan ko‘ra, muloyim 
va mulozamatli odamlar bilan muloqotda bo‘lishni ma’qul ko‘raman:
a) ha;                  
v) oraliq javob;                
s) yo‘q.
123 .   Men quyidagi ishni ma’qul ko‘rardim:
a)   Ish doimiy bo‘lmasada, lekin ko‘p pul ishlab olish imkoni bo‘lsa;
v)   Nimani tanlashni bilmayman;       
67 s)   Maoshi nisbatan katta bo‘lmasa ham doimiy ishni.
124.   Vaqti-vaqti bilan men jismoniy zo‘riqish talab qiluvchi ishlar bilan 
shug‘ullanishni ma’qul ko‘raman:
a) ha;                  
v) oraliq javob;                
s) yo‘q.
125 .   Menga hayvonlarni da’volovchi veterinarlik kasbi to‘g‘ri kelardi:
a) ha;           
v) javob berishim qiyin;             
s) yo‘q.
126 .   Agar men bilgan narsani boshqa birov o‘zgartirib gapirsa, u holda men 
quyidagi fikrga boraman:
a)     «u – yolg‘onchi»;           
v)   o‘rtacha javob;            
s) «unga noto‘g‘ri ma’lumot berishgandir».
127.   Turistik sayohatlarda o‘z ixtiyorim bilan harakatlanish emas, balki 
mutaxassislar tomonidan tuzilgan dasturdan foydalangan ma’qul deb hisoblayman:
a) ha;                       
v) o‘rtaga yaqin javob;                       
s) yo‘q.
128.   Men maza qilib ovqatlanaman va ovqatlanish chog‘ida boshqalar kabi o‘z 
harakatlarimni sinchkovlik bilan kuzatmayman:
a) ha, shunday;                  
v) ishonchim yo‘q;                
s) yo‘q, bunday emas.
129.   O‘lim haqidagi hazillarning  didga mos kelmaydigan va axmoqona tomoni
yo‘q:
a) ha, qo‘shilaman;           
v) o‘rtacha javob;            
s) yo‘q, qo‘shilmayman.
130 .   Tarbiyada muhimi:
a)   bolani muhabbat va g‘amxo‘rlik bilan qurshab olish;
v)   o‘rta javobni tanlayman;     
s)   bolada kerakli ko‘nikma va qarashlarni shakllantirish.
131 .   Nimadanligini o‘zim ham bilmagan holda, ba’zan qo‘rqinch yoki 
tashvishlanishni his etaman:
a) ha;                                 
v) o‘rta javob;                                 
s) yo‘q
132 .   Meni odamlar oldida tanqid qilishganda, men juda aziyat chekaman:
a) ha, bu to‘g‘ri;                 
v) ishonchim yo‘q;                 
s) yo‘q, bu noto‘g‘ri.
1 33 .   Meni aybsiz tanqid qilishganda, menda:
a)   Hech qanday aybdorlik hissi uyg‘onmaydi;
68 v) O‘rtacha javob;                                
s) O‘zimni sal bo‘lsa ham aybdor his etaman. 
134 .   Agar meni rahbar o‘z oldiga chakirsa, men:
a)   bu vaziyatdan o‘zimga kerakli narsani so‘rab olishga imkoniyat topaman;
v)   o‘rtacha javob;        
s)   biron narsani noto‘g‘ri qilib qo‘ydimmikan, deb havotirlanaman.
135.   Shunday paytlar bo‘ladiki, hech kim bilan ko‘rishgim va gaplashgim 
kelmaydi:
      a) juda kamdan kam;                 
v) o‘rtacha javob to‘g‘ri;                
s) tez tez shunday bo‘ladi.
136.   Aytishlaricha, hayajonlanishim qiyofam va ovozimdan yaqqol sezilib 
turadi:
a) ha;             
v) o‘rta javobni tanlardim;                 
s) yo‘q.
137.   Meni maqtab, sha’nimga chiroyli gaplar aytishsa o‘zimni noqulay his etib 
ketaman:
a) ha, bu to‘g‘ri;             
v) o‘rta javob to‘g‘ri;            
s) yo‘q, bu noto‘g‘ri.
138.   Agar mening tanishlarim men bilan yomon munosabatda bo‘lib, o‘zining 
yoqtirmasligini namoyon qilishsa, u holda:
a)     bu menga hech kanday azob bermaydi;
v)     o‘rta javob to‘g‘ri;                 
s)     mening ko‘nglim tushib ketadi.
139.   Hech narsa qilmagan bo‘lsam ham, xuddi meni biron chora kutayotganday
hissiyot menda bo‘ladi:
a) ha, tez-tez bo‘ladi;                
v) ba’zan;                
s) hech qachon bo‘lmaydi.
140.   Agar odamlar mening munosabatimni suiiste’mol qilishsa, men ulardan 
xafa bo‘lmayman va buni tezda unutaman:
a)  roziman;                
v) ishonchim komil emas;                
s) rozi emasman.
141.   Kasallik kelib chiqishida ruhiy sabablar ham jismoniylari kabi ahamiyatli 
degan fikr   me’yoridan ko‘ra ancha oshirma:
a) ha;            
v) o‘rta javob to‘g‘ri;              
s) yo‘q.
142.   Odamlar meni xotirjam, muvozanatli va har qanday vaziyatda o‘zini 
yo‘qotib qo‘ymaydigan deb hisoblaydilar:
a) ha;                       
v) o‘rta javob to‘g‘ri;                       
69 s) yo‘q.
143.   Meni qat’iy va mehnatsevar, lekin ba’zida omadi yurishmaydigan odam, 
deb hisoblashadi:
a) ha;                       
v) ishonchim komil emas;                    
s) yo‘q.
144.   Qaror qabul qilishda men ko‘proq quyidagiga asoslanaman:
a) qalbimga va yuragimga;               
v) aqlimga va qalbimga ham teng;           
s) aqlimga.
145. Quyidagi toifa odamlar tashkilot hayotida qiyinchilik tug‘diradi:
a)   zamonaviy uslublardan foydalanishni hohlamaydigan;
v)   qaysi javobni tanlashni bilmayman;
s)   shunday ham ravon ketayotgan ishni o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar.
146. Biron narsani o‘qir ekanman, kitob muallifi meni nimagadir ishontirishga 
bo‘lgan yashirin niyatini doimo sezib turaman:
a) ha;               
v) ishonchim yo‘q;             
s) yo‘q.
147.   O‘ylashimcha, odamlar o‘tgan yillar va o‘tgan davr tajribasidan voz 
kechishni juda jiddiy o‘ylashlari lozim:
a) ha;               
v) ishonchim yo‘q;             
s) yo‘q.
148 . O‘smirlik paytimda, fikrim ota-onamnikiga to‘g‘ri kelmasa, men:
a)     o‘z fikrimda kolardim;  
v)     a va v o‘rtasidagi oraliq javob;    
s)    ularning salobatini tan olib yon berardim.
149.   Men quyidagi ish bilan shug‘ullanishni ma’qul ko‘rardim:
a)   aniq va doimiy maoshga ega bo‘lgan ishni;
v)   o‘rta javob to‘g‘ri;
s)   harakatim va samaradorligimdan kelib chiqib kattaroq pul ishlash imkonini 
beruvchi ishni.
150 .   Agar guruhda bahs boshlanib ketsa:
a) bu bahsda kimning g‘olib chiqishi menga qiziqarli bo‘ladi;  
v) o‘rtaga yaqin javob;
s) men hammasi tezroq tugashini hohlardim;
151 .   Har qanday davlat anjumanlarida rang-baranglik va tantanavorlik 
saqlanishi lozim:
a) ha;            
v) o‘rta javob to‘g‘ri;             
s) yo‘q.
152.   O‘ylashimcha, jamiyatimiz eski odat va an’analarni tashlab yuborib, 
yangilarini kiritib borsa maqsadga muvofiq bo‘lardi, deb hisoblayman:
a) ha;                       
70 v) o‘rta javob to‘g‘ri;                       
s) yo‘q.
153.   Men ba’zan biron masala yuzasidan o‘ylanib qolib, atrofga sal e’tiborsiz 
bo‘lib qolishim natijasida hayotimda noxushliklar sodir bo‘lgan:
a)   hech qachon bunday bo‘lmagan;
v)   o‘rta javob to‘g‘ri;                 
s)   bir necha marta shunday bo‘lgan.
154 .   Yuqori sinflarda o‘qiganimda men maktabdagi sport anjumanlarida 
ishtirok etardim:
a) tez-tez;            
v) ba’zan;              
s) juda kam.
155.   Men hamkasblar bilan bir xonada ishlagandan ko‘ra alohida xonada 
ishlashni ma’qul ko‘raman:
a) ha;                   
v) ishonchim yo‘q;                
s) yo‘q.
156.   Agar odamlar do‘stlari davrasida ko‘proq vaqt o‘tkazganida ular baxtliroq 
bo‘lardidar:
a) ha;                  
v) o‘rta javob;                 
s) yo‘q.
157.   Kamtarona yashashni afzal ko‘raman, inson o‘z muvaffakiyatlari bilan 
o‘ta faxrlanishi noto‘g‘ri:      
a) ha;                  
v) o‘rta javobni tanlardim;                 
s) yo‘q.
158.   Quyidagi vaziyatlarda qiyin masala yoki muammoni hal qilishim 
yengilroq:
a)     agar buni boshqalar bilan muhokama qilsam;
v)     o‘rtacha javob to‘g‘ri;               
s)     agar uni yakka o‘zim o‘ylab yechsam.
159.   Men ijtimoiy hayotda ishtiroq etishni, turli kommissiyalarda ishlashni 
yaxshi ko‘raman:
a) ha;              
v) o‘rtacha javobni tanlardim;             
s) yo‘q.
160.   Men  ishlarimni boshqalarning aralashuvisiz o‘zim rejalashtirishni  ma’qul
ko‘raman:          
a) ha;                     
v) o‘rtaga yaqin;                       
s) yo‘q.
161.   Agar odamlar meni asabiylashgan va odob-axloq me’yorlariga rioya 
qilmaydigan deb hisoblashsa, bu menga yoqmaydi:
a) juda ham;               
71 v) qisman;             
s) mutlako bezovta kilmaydi.
162 .   Men quyidagi usul orqali materialni yaxshi tushunib olaman:
a)   yaxshi yozilgan matnni o‘qish orqali;
v)   o‘rta javob to‘g‘ri;                 
s) guruh bilan muhokama etish orqali.
163.   Biron ish ustida ishlar ekanman, men buni quyidagicha bajarishni ma’qul 
ko‘rardim:
a)   kollektivda;
v)   nimani tanlashni ham bilmayman;
s)   mustaqil ishlab .
164 .   Men uyda doimo tartib saqlayman va nima narsam qaerda yotganini doim 
yaxshi bilaman:
a) ha;             
v) oraliq javob to‘g‘ri;             
s) yo‘q.
165.   Kelajak ishlarimni rejalashtirar ekanman, men omadim yurishib qolishiga 
ko‘p umid qilaman:
a) ha;                    
v) javob berishga kiynalaman;                    
s) yo‘q.
166.   Ko‘p masalalarda o‘zimni yetuk shaxsman deb hisoblayman:
a) ha, bu to‘g‘ri;                 
v) ishonchim yo‘q;                 
s) yo‘q, bunday emas.      
167 .   Gapirayotib, men quyidagiga moyillik sezaman:
a)   boshimga kelgan fikrni darhol aytish;
v)   o‘rta javob;                                          
s)   oldin yaxshilab fikrimni jamlab olishni.
168.   Biron ishni bajarar ekanman, hatto mayda narsalar hisobga olinmaguncha 
o‘zimni xotirjam his qilolmayman:
a) ha;               
v) o‘rtacha javobni tanlardim;              
s) yo‘q.
169. Men qat’iy aytishim mumkinki, rahbar doim ham xaq bo‘lmaydi, lekin u 
o‘zining aytganida qat’iy turishga xaqlidir:
a) ha;                    
v) ishonchim komil emas;                  
s) yo‘q.
170.   Ba’zan o‘z-o‘zimga rahmim va xo‘rligim kelgan paytlar bo‘lib qoladi:
a) tez-tez;                
v) ba’zan;              
s) hech qachon.
171.   Ba’zan mendagi hasad hissi hatti-harakatlarimga ta’sir qiladi:
a) ha;                    
72 v) o‘rtaga yaqin javob;                      
s) yo‘q.
172.   O‘z fikrimni aytishdan avval, xaqligim haqida butkul ishonch hosil 
qilmagunimcha kutib turaman:
a) doimo;                  
v) odatda;                  
s) agar bunga imkoniyat va zarurat bo‘lsa .
173.   Umumiy qabul qilingan qoidalarga rioya qilgandan ko‘ra, o‘zim 
bilganimcha harakat qilishni ma’qul ko‘raman:
a) to‘g‘ri;                 
v) ishonchim yo‘q;                
s) noto‘g‘ri .
174.   Biron narsadan o‘ta asabiylashsam ham, men tezda yupanaman:
a) ha;                    
v) o‘rta javob;                  
s) yo‘q.
175 .   Men doimo o‘z hissiyotlarimni nazorat qila olaman:
a) ha;                 
v) o‘rta javobni tanlardim;                
s) yo‘q.
176.   Kun bo‘yi nima bo‘lib o‘tganligini eslasam, ko‘pincha bezovtalik hissi 
meni chulg‘ab oladi:
a) ha;             
v) oraliq javob to‘g‘ri;             
s) yo‘q.
177.   Men bilan gaplashayotgan odamlar men gapirayotgan narsalarga qiziqib 
qarashmayapti degan xayolga ba’zan boraman:
a) ha;               
v) oraliq javob to‘g‘ri;              
s) yo‘q.
178.   Ko‘pchilik odamlar qo‘llovchi tanqid uslubi menga yordam bergandan 
ko‘ra, menga ko‘proq halaqit beradi:
a) doimo;                    
v) kamdan-kam;                 
s) hech qachon.
179. Men qattiq uxlayman, uyqumda gapirmayman:
a) ha;                
v) o‘rtacha javobni tanlardim;                
s) yo‘q.
180 .   Men, kerak bo‘lsa, eski odatlarimni tark etishim va ularga boshqa 
kaytmasligim mumkin: 
a) ha;             
v) o‘rta javob to‘g‘ri;              
s) yo‘q.
73 181.   Biron o‘yinda ishtirok etayotgan bo‘lsam-u, atrofdagilar menga o‘z 
fikrlarini qattiq ovozda aytishsa, bunday vaziyat meni muvozanatdan chiqaradi:
a) qo‘shilaman;                
v) ishonchim yo‘q;             
s) qo‘shilmayman.
182.   Ba’zan arzimas to‘siqlar ham meni jaxlimni chiqaradi:
a) ha;                
v) o‘rtacha javobni tanlardim;                
s) yo‘q.
183.   Ko‘p hollarda odamlar mening asabimga qattiq tegishadi: 
a) ha;           
v) o‘rtacha javob to‘g‘ri;            
s) yo‘q.
184 .   Meni nimalar kutishini o‘ylasam asabiylasha boshlayman:
a) ha;                        
v) ba’zan;                       
 s) yo‘q .
185.   Ba’zan mayda narsalar asabingga tega boshlaydi, hatto ularning 
arzimasligini bilgan taqdiringda ham:
a) ha;                       
v) o‘rta javob to‘g‘ri;                     
s) yo‘q.
186.   Menda vaziyat taqozosi bilan biron narsani gapirib qo‘yish va keyinchalik 
afsuslanish holatlari kam bo‘ladi:
a) qo‘shilaman;                
v) oraliq javob to‘g‘ri;            
s) qo‘shilmayman.
187.   Men barcha savollarga chin ko‘ngildan va birontasini ham qoldirmay 
javob berdim:
a) ha;                     
v) ishonchim kam;                     
s) yo‘q.
74

ZAMONAVIZ SHAXS IMIDJINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI MUNDARIJA KIRISh . .. ...................................................................................................................... I BOB. IMIDJ MUAMMOSINING PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA O‘RGANILGANLIK HOLATI .............. 1.1 Psixologik tadqiqotlarda imidj muammosiga oid yondoshuvlar masalasi ............................................................................................. 1.2. Shaxsda o‘z-o‘zini rivojlantirish va boshqarish imidji............. 1.3. Shaxs imidjini belgilovchi psixologik omillarning tahlili .............................................................................................. II BOB. ZAMONAVIY SHAXS IMIDJINING PSIXOLOGIK JIHATLARINI TADQIQ ETISH METODOLOGIYASI ..... 2.1. Shaxs imidjini belgilovchi psixologik profilning tahlili..... 2.2. Zamonaviy shaxs imidjini belgilashning psixodiagnostik imkoniyatlari..................................................................................... 2.3. Zamonaviy shaxs imidjining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va tadqiqot natijalari tahlili..................................................... XULOSALAR VA TAVSIYOLAR ................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ........... ILOVALAR . xxxxxxx ............................................................................ .

KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilinishini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular fuqarolik jamiyatining eng muhim instituti sifatida demokratik qadriyatlar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdek vazifani bajarmoqda. Bu esa, bugungi kun zamonaviy shaxsi imidjida (qiyofasida) fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ifoda etish, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquqlari hamda erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, davlat va jamoat ishlarini boshqarishdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ehtimoldan holi emas. Jahon psixologiyasida shaxsning psixologik imidjining (qiyofasining) muammosi doirasida qator izlanishlar olib borilmoqdaki, ularda shaxsning psixologik moslashuvi, kasbiy xususiyatlari, shaxsning kasbga xos psixologik qiyofasi, xodimning ish unumdorligini ta’minlovchi psixologik komponentlar, yoshlar tasavvuridagi zamonaviy shaxs timsolining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, shaxsning ijrochilik faoliyatining psixologik xususiyatlari kabi qator yo‘nalishlarda izlanishlar olib borilmoqda. Yuqorida e’tirof etilgan izlanishlar natijasi, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan davlatlar reytingida o‘zining munosib o‘rinni egallashida lozim darajada xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev tomonidan “Yangi O‘zbekiston”ni qurish siyosatining ilk kunlaridayoq “Asosiy vazifa – bu yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, puxta o‘ylangan, har tomonlama to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga erishadigan shaxslarning yangi tarkibini shakllantirishdan iborat” 1 ekanligini ta’kidlab o‘tdi va ushbu yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi barcha oliy ta’lim muassasalari va mazkur sohaga mutasaddi rahbarlar oldiga aniq vazifalar belgilab qo‘yildi. Natijada, amalga oshirilayotgan 1 Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз// Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. “Жамият” газетаси, 2016 йил 16 декабрь .

huquqiy-demokratik islohatlar, fuqarolik jamiyati barpo etish borasidagi chora- tadbirlar, jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini yanada erkinlashtirish kabi ustuvor masalalar – fuqarolarimizning kasbiy mahorati va ma’naviy qiyofasidagi ahloqiy-ruhiy jihatlar masalalarining mavqeini oshirdi desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta, buning uchun jamoatchilik ongida hozirgi zamon shaxsi namunaga aylanishi zarur. Bugungi kun zamonaviy shaxsi nafaqat aniq bir kasb- hunarning egasi, avvalo, o‘zining faoliyati va shaxslilik fazilatlari bilan atrofdagilarning ishonchiga munosib bo‘lishi, yuksak intellektual tafakkur sohibi, uzoqni ko‘ra oladigan, doimo yangilikka intilib, zamon bilan hamqadam bo‘lib yashaydigan, qat’iyatli shaxs bo‘lishi lozim. Bu esa, bizning “Zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligini ta’minlaydi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Psixologiya fanida imidj va shaxs imidji, tashkilot imidji, rahbar imidji, harbiy faoliyat imidji , harbiy xizmatchi imidji, kasbiy faoliyatning psixologik jihatlari kabi masalalarning ilk tadqiqotlari xorij psixolog va ayrim sotsiolog olimlari izlanishlarida aks etgan bo‘lib, shaxsga xos imidj va imidjning turli tasniflarining o‘rganilishida Dji.Bobbi, P.Berd L.Braun, F.Deyvis, A.Panasyuk, G.Pochepsov, M.Spillein, E.Utlik va boshqa tadqiqotchilarning turli ilmiy ishlarida asosiy o‘rin egallaydi 1 . Mamlakatimiz olimlaridan E.G‘oziev, M.Mamatov, A.Rasulov, L.Tursunov, L.Ravshanov, N.Qosimova, F.Rahimova larning shaxs psixologiyasi, shaxs modeli, amaliy-nazariy psixologiya, kasb psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, harbiy xizmatchi imidji, nodavlat notijorat tashkilotlar imidjini shakllantirishga oid tadqiqotlari va ilmiy monografiyalari ham bu borada e’tiborga molikdir 2 . Bitiruv malakaviy ishi ana shu va boshqa shu yo‘nalishdagi tadqiqotlar 1 Бобби Джи. Имидж фирмы. Планирование, формирование, продвижение. - СПб., 2000. - 224 с. ; Берд П. Продай себя. Тактика совершенствования вашего имиджа. – Минск, 1997. -187 с. ; Браун Л. Имидж - путь к успеху. - СПб., 1996. - 98 с. ; Дейвис Ф. Ваш абсолютный имидж. Книга для политиков и бизнесменов, мужчин и женщин. М.,1997.-295 с. ; Панасюк А.Ю. Вам нужен имиджмейкер. Или о том, как создать свой имидж. – М., 1998. – 239 с. ; Почепцов Г.Г. Имиджелогия – М., 2000. –768 с. ; Спиллеин М. Создайте свой имидж. Руководство для женщин. - М., 1996. – 172 с. ; Утлик Э.П. Практическая психология имиджа // Вестник университета. Сер. Социология и психология управления. М.: ГУУ, 1999. С.47. 2 Ғозиев Э.Ғ., Мамедов К.Қ. Касб психологияси.–Тошкент, «Ўқитувчи» нашриёти, 2003.-34 б., Л.С.Турсунов, А.И.Расулов, Ф.А.Чориев, А.Девяткин. П сихологларни тайёрлаш модели.–Т.: ЎзМУ, 2016.- 49 б. ; Л.Равшанов Замонавий ҳарбий хизматчи имижининг психологик жиҳатлари. дисс., Т- 2019. 8-б.;

mazmuniga tayanadi hamda unda asosiy e’tibor zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlariga qaratiladi. Tadqiqotning maqsadi. Zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish dan iborat. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: mavzuga oid adabiyotlarni tahlil etish va nazariy materiallarni umumlashtirish; shaxs imidjining psixologik jihatlarini tadqiq etishda qo‘llaniladigan metodikalarni tanlash va asoslash; zamonaviy shaxs imidjini psixologik nuqtai nazardan tadqiq etish; shaxs imidjining psixologik tabiati va uning shakllanish shart-sharoitlarini aniqlash; imidjning psixologik jihatlari tahlilida “shaxs”, “kasb” va “profil” tushunchalari bilan aloqadorligini aniqlash; zamonaviy shaxs imidjini tadqiq etishda psixologik tarkiblar va umumpsixologik fenomen tushunchalar tabiatini ilmiy asoslash. Bitiruv malakaviy ishining metodlari: 1. Kuzatish; 2. Suhbat; 3. Anketa; 4. R.Kettelning “O‘n olti omilli shaxsni o‘rganish so‘rovnomasi (16 RG‘)” (A variant) ; 5. Matematik statistika. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishining 42 nafar 3-bosqich talabalari . Қосимова Н, Раҳимова Ф. Нодавлат нотижорат ташкилотлар имижини шакллантириш: назария ва амалиёт. Ўқув-амалий қўлланма. Т: 2015. 14 б.

Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlarni diagnostika qilish va psixologik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining yangiligi: bitiruv malakaviy ishida, zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlari ilk bor bakalavr darajasini olish uchun o‘rganildi; R.Kettelning “O‘n olti omilli shaxsni o‘rganish so‘rovnomasi (16 RG‘)” (A variant) psixologik metodikasi orqali zamonaviy shaxs imidjini o‘rganishning metodik tizimi ilmiy asoslandi; Zamonaviy shaxs imidjini tavsiflovchi “reguliyativlik qobiliyati”, “ kommunikativlik qobiliyati”, “mas’uliyatlilik”, “ijtimoiy dadillik”, “faollik va analitik tafakkur” singari yetakchi omillar aniqlandi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati shaxs imidjining psixologik jihatlarini asoslovchi nazariy ma’lumotlarning to‘plangani, tadqiqot vazifalariga mos keluvchi metodlarning qo‘llanilgani, empirik qiymatlar matematik- statistikaning ishonchli usullari yordamida tahlil qilinganligi, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilganlig bilan izohlanadi. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan Psixologiya yo‘nalishi fanlarini amaliy manbalar bilan boyitishda hamda zamonaviy shaxs imidjining psixologik jihatlarini diagnostika qilish bo‘yicha faoliyatlarga tatbiq etiladi. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, olti paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. I BOB. IMIDJ MUAMMOSINING PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA O‘RGANILGANLIK HOLATI