O’SMIRLARDA INTELLEKT DINAMIKASINING PSIXOLOGIK OMILLARI
O’SMIRLARDA INTELLEKT DINAMIKASINING PSIXOLOGIK OMILLARI MUNDARIJA KIRISh .............................................................................................................. 3 I - BOB O’SMIRLIK DAVRIDA INTELLEKT XUSUSIYATLARI .......... 10 1- § . O’smirlarda intellektual qobilyatlar va iqtidor xususiyatlari ............... 10 2- § . O’smir intellektini rivojlantirish omillari…………………………. 22 3 - § . O’smirlarda intellektni erta aniqlash va rivojlantirish samarali shakl va metodlari………………………………………………………….. 27 Birinchi bob bo‘yicha xulosalar ......................................................... .. 29 II - BOB O’SMIRLARDA INTELLEKT DINAMIKASINING EKSPRIMENTAL TADQIQOTI ...................................................... 32 1- § . P. Tyulenevning «Intellektual taraqqiyot metodi» testi va uning natijalari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 32 2- § . IQ ni o’lchash va rivojlantirish metodikalari…………………… 4 0 3 -§. Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar ................................................. .. ........ 45 XULOSA VATAVSIY A LAR ...... .................................................................... 47 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI ........................... . ........ 51 ILOVALAR ...................................................................................................... 54 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Qanchalik qiyin bo’lmasin, biz yoshlar tarbiyasi bo’yicha o’zimizga xos va ta’sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzg’unchi va zararli g’oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz, aziz yoshlar faol bo’lishingiz kerak. Xalqimizning ma’naviy qudrati va boqiy an’analarini asrab-avaylash va butun dunyoga tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz degan edi. Shunday ekan har qanday yoshlar haqida qayg’urish bizning vazifamizdir”. 2022-yilning 28- yanvarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to’g’risida PF-60-son farmoni qabul qilindi. Prezidentning yuqoridagi farmoni bilan 2022-2026-yillarga mo’ljallangan. Yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” quyidagi yetti yo’nalishdan iborat: 1. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; 2. Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; 3. Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish suratlarini ta’minlash; 4. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; 5. Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; 6. Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; 7. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish. Shuningdek, ushbu taraqqiyot strategiyasining “Ma naviy taraqqiyotniʼ ta minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” nomli beshinchi yo nalishida, ʼ ʻ 2
o zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma naviy merosini asrab-avaylash, kengʻ ʼ ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo llab-quvvatlash ʻ ustuvor vazifalardan biri ekanligi ta kidlangan. ʼ Aholi o rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo yicha huquqiy ʻ ʻ ma rifiy tadbirlarni xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy ʼ qadriyatlarni o rgatish bilan uyg un holda tashkil qilish kabi masalalarga alohida ʻ ʻ e tibor qaratilgan. Strategiyaning ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi ʼ bosqichga olib chiqish yo’nalishi bo’yicha Prezidentimiz bir qator vazifalarning ahamiyatini alohida qayd etdi. Xususan, mavjud 12 mingdan ziyod kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanib, kitobxonlikni ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanadigan aholi sonini 33 foizga yetkazish, mamlakatimizda Olimpia va Paralimpia harakatini yanada rivojlantirish kabi vazifalarni ta’kidlab o’tdi. Bu vazifalar yangi O’zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurishdek ezgu maqsadni amalga oshirishning tagzamini hisoblanadi. Albatta, Prezidentimiz ma’naviyat masalasiga bejiz e’tiborni kuchaytirayotgani va jon koyitayotgani yo’q. Avvalo, jahonda globallashuv jarayonlari kuchayib, yangi tahdid va xatarlar tobora ko’payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. Xususan, oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, jamiyatdagi uyushmagan yoshlar bilan maqsadli, g’oyaviy-tarbiyaviy hamda mafkuraviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, radikal ruhdagi harakatlarga adashib qo’shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajrimlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ’ibot ishlarini kuchaytirish har doimgidan ham muhim vazifaga aylanib bormoqda. Ayniqsa, milliy o’zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi g’oyaviy-mafkuraviy xavf va xatarlar tobora ortib bormoqda. Oqibatda, faqat o’zini o’ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati turli yo’llar 3
bilan aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilmoqda. Achinarlisi shundaki, bunday g’oyaviy kurash natijasida ayrim yoshlarda azaliy qadriyatlarga nisbatan bepisandlik va boqimandalik kayfiyati paydo bo’layotir. Shu sababdan ham bugun dunyoda kechayotgan murakkab jarayonlarni tahlil qilishda ularga, avvalo, ma’naviyat ko’zi bilan qarash, hayotimizga kirib kelayotgan, axloqimizga, mentalitetimizga zid g’oyalarni aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o’rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga mos kelmaydigan jihatlarini ochib berish va tabiiyki, zarur choralar ko’rish muhim ahamiyat kasb etadi. Xo’sh, mentalitetimizga zid g’oyalar, axborot xurujlari qayerdan kirib kelyapti? Odamlarni hokimiyatdan norozi bo’lishga chorlayotgan, qildan qiyiq qidirishga intilayotgan kuchlar qanday ish ko’ryapti? Axir, tuppa-tuzuk barqaror davlatlarni beqarorlashtirib, boshi berk ko’chaga kiritgan, “Inson huquqlari va demokratiya” niqobi ostida xonavayron qilganlar internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmadimi? Shuning uchun internet tarmog’ida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ya’ni, global axborot makoniga teran ko’z bilan qarasak, unda mavjud barcha ma’lumotni ham foydali va beziyon deb bo’lmaydi. Demak eng avvalo ma’lum o’tish davri ya’ni krizes davridan o’tayotgan o’smirlar ham bundan mustasno emas. Hozirgi davrda bunday g’oyalarga o’smirlarni ham qo’shilib qolishi achinarli holatdir. O’smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo’lgan davrni tashkil etadi. Aksariyat o’quvchilarda o’smirlik yoshiga o’tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o’smir bola emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta’rif o’smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. Bu yoshda o’smir rivojlanishda keskin o’zgarishlar ro’y bera boshlaydi. Bu o’zgarishlar fiziologik hamda psixologik o’zgarishlardir. Fiziologik o’zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bog’liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o’sishi, xujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o’zgarishlar bevosita o’smir endokrin sistemasining o’zgarishlari 4
bilan bog’liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipoez bezining funktsiyasi faollashadi. O’smirning faoliyati organizm to’qimalarining o’sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak o’sishi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytaradi. Natijada bo’y o’sishi tezlashadi, jinsiy balog’atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo’lishi) amalga oshadi. O’smirlar o’zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o’zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o’rtoqlari va o’qituvchilariga ko’rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo’li bilan ham osongina ko’rish mumkin, o’smirlik yoshiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rgana turib, o’smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo’llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Bu davrda o’smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar taraqiyotida hali o’z o’rnini topa olmagan holatda bo’ladi. O’smirlik davri «O’tish davri», “Krizis davr”, «Qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko’rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o’smirlarning xatti- harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o’z o’rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O’z davrida L.S.Vigotsky bunday holatni «Stenik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. O’smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo’lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo’lmaydi. Jinsiy yetilish o’smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko’rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko’proq bilvositadir. O’smirlik davriga ko’pincha so’zga kirmaslik, o’jarlik, tajanglik, o’z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi xususiyatlar xos. Kattalarga nisbatan yovuz munosabatning paydo bo’lishi, noxush xulq-atvor alomatlari jinsiy yetilish tufayli paydo bo’ladigan belgilar bo’lmay, balki ular bilvosita ta’sir ko’rsatadigan, o’smir yashaydigan ijtimoiy shart- sharoitlar vositasi orqali uning tengdoshlari, turli jamoalardagi mavqei tufayli, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli yuzaga 5