logo

Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

259 KB
Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari
Reja:
Kirish 
I   BOB   KICHIK   YOSHDAGI   BOLALAR   NUTQINI   O‘STIRISHNING
VAZIFALARI, METODLARI VA  VOSITALARI
1.1. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari
1.2.   Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida dialogning ahamiyati va 
bolalar   nutqining rivojlanish davrlari.
1.3. Ravon nutqini rivojlantirish
II BOB   DIOLOGIK NUTQ VA UNI BOLALARDA SHAKLLANTIRISH
METODIKASI. 
2.1.  Dialog nutqning mazmuni va vazifalari
2.2. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi
2.3. MT T  bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1                                             
                                                      Mundarija:
Kirish..............................................................................................................3
I BOB KICHIK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHNING VAZIFALARI, 
METODLARI VA VOSITALARI.
1.1.   Nutqini rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari.....................................
6
1.2. Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida dialogning ahamiyati va 
bolalar   nutqining rivojlanish davrlari................................................................12
1.3. Ravon nutqini rivojlantirish.............................................................................
23
II BOB  DIOLOGIK NUTQ VA UNI BOLALARDA SHAKLLANTIRISH METODIKASI.
2.1. Dialog nutqning mazmuni va vazifalari............................................................
33
2.2. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar 
tizimi...................................................................................................................40
2.3. MTT bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi..........................................52
Xulosa...........................................................................................................62
Foydalanilgan adabiyotlar.............................................................................64
2                                                                           KIRISH
Jamiyat   rivojlanishining   har   bir   bosqichida   ta’lim   mazmuni   muayyan
maqsad va vazifalarga ega bo‘ladi. Yurtimizda 27.07.2017 yilda qabul qilingan
PQ   3151   “Oliy   ma’lumotli   mutaxassislar   tayyorlash   sifatini   oshirishda
iqtisodiyot   sohalari   va   tarmoqlarining   ishtirokini   yanada   kengaytirish   chora-
tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qarorda   “O‘qitishning   zamonaviy   shakllari   va
metodlarini,   kompyuter   va   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini   ta’lim
jarayoniga joriy etish, oliy ta’lim muassasalarini  zamonaviy o‘quv-laboratoriya
anjomlari   va   o‘quv-metodik   adabiyotlar   bilan   ta’minlash,   ilmiy-tadqiqot   va
innovatsiya   faoliyatini   qo‘llab-quvvatlash   va   rag‘batlantirish,   oliy   ta’lim
muassasalarining   zamonaviy   ilmiy   laboratoriyalarini   tashkil   etish   va
rivojlantirish   choralarini   ko‘rish”   kerakligi   keltirib   o‘tilgan.   Shundan   kelib
chiqib ta’lim mazmuni davr talabi, nazariy bilim va ishlab chiqarish taraqqiyoti
darajasiga   mos   ravishda   o‘zgarib   turadi.   Ta’lim   mazmuni   ijtimoiy   hodisa
sifatida   maydonga   keladi   va   u   o‘zining   boshlang‘ich   davrida   amaliy   ahamiyat
kasb   etgan,   ya’ni   insonlarning   hayotiy   ehtiyojlari   uchun   zarur   hisoblangan
bilimga   bo‘lgan   talabini   qondirgan.   Ijtimoiy   taraqqiyot   ta’limning
madaniyatshunoslik   funktsiyasini   yuzaga   keltirdi.   Ta’limning   rivojlanishiga
boshqa   ijtimoiy   omillar   ham   ta’sir   ko‘rsatdi,   natijada   hukmron   sinflar   umum
madaniy   va   takomillashib   boruvchi   bilimga   o‘z   monopoliyasini   o‘rnata
boshladilar, aholining asosiy qatlamlari esa kundalik turmushda zarur bo‘ladigan
amaliy   bilimlarnigina   egalladilar.   Hozirgi   kunda   ta’limni   tashkil   etishda
interfaol metodlardan foydalanish yuqori samara bermoqda. 
Bitiruv   malakaviy   ishining   mavzusi   bo‘yicha   qo‘yilgan   maqsad   yo‘lidagi
izlanishlar   ,   olingan   natijalar   yuzasidan   tegishli   xulosalar   chiqarish.   Ishning
yangiligi:   Bu   bitiruv   malakaviy   ishida   diologik   nutqning   shakllanish   omillari
mavzusi yuzasidan innovatsion  texnologiyalardan birinchi marta foydalanildi va
3 didaktik   o‘yinli   texnologiyalardan   foydalangan   holda   dars   o‘tish   metodikasi
ishlab chiqildi.
Bitiruv   malakaviy   ishni   dolzarbligi:   Maktabgacha   yoshdagi     bolalarda
interfaol   metodlardan   foydalanib   diologik   nutqini   shakllantirib     dars
samaradorligini   oshirish   bolaning   madaniy   xulq-atvorini   tarbiyalash   va
rag‘batlantirishga, axloq qonunlari va tamoyillarini tushunishga qaratilgan.
Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsadi: Maktabgacha   ta’lim
tashkilotlarida   bolalarni   dialogik   nutqini   shakllantiruvchi   omillarni
takomillashtirish.
            Bitiruv  malakaviy ishining vazifalari: Yuqoridagi maqsaadni amalga 
oshirish uchun  quyidagi vazifalar bajarildi.
- MTTda tarbiyachining mahoratini hisobga olib bolalarni dialog nutqini o‘stirish
bolalarning aqliy rivojlanishining  o‘ziga xos jihatlarini yaratish.
- Bolalarga   ta’lim   tarbiya   berishda     turli   xil   texnologiyalarni   qo‘llagan   holda
nutqini yanada o‘stirish.
Bitiruv   malakaviy   ishining   obyekti:   Bolalarning   diologik   nutqini
shakllantirishda    amalga oshiriladigan jarayonlar.
Bitiruv   malakaviy   ishining   predmeti:   Bolalarning   dialogik   nutqini
shakllantirishda     zamonaviy   usul   hamda   pedagogik   texnologiyalardan
foydalanish.
Bitiruv  malakaviy ishining metodlari:  Tanlangan muammoga oid innova
tsiya   metodik   manbalarni   tahlil   qilish,   kuzatish,   taqqoslash     ilg‘or   pedagogik
tajriba metodlari.
Bitiruv   nalakaviy   ishining   metodologik   asosi : O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitusiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun,   Prezident farmoyishlari   Vazirlar
mahkamasining     maktabgacha   ta’lim     tuzilishiga   oid   chiqarilgan   qarori   “   Ilk
qadam”   davlat   o‘quv   dasturi   hamda   “Ilm   Yo‘li”   variativ   dasturi   va
Komenskiyning   “Buyuk   didaktika”   “Maktabgacha   ta’limda   o‘qitish
texnologiyalari   pedagogik   jarayonni   loyihalashtirish   didaktikaga   oid
4 qo‘llanmalar   . Sharq   mutafakkirlarining   yoshlar   ma’naviyatini   tarbiyalash   va
rivojlantirish   to‘g‘risidagi   ta’limotlari,     ta’lim   to‘g‘risidagi   me’yoriy   hujjatlari,
shuningdek, falsafa, pedagogika va psixologiya sohasidagi  tadqiqotlar va ilg‘or
tajribalardan iborat
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy qismi:  kirish, 3 bob,  6 paragraf, 
tajriba, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
5 I BOB   KICHIK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHNING 
VAZIFALARI , METODLARI VA VOSITALARI.
1.1. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari
                          Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari: til, nutq, nutqiy
faoliyat.   Til   -   bu   ijtimoiy   hodisadir.   O‘zbekiston   Respublikasi   hududida
yashayotgan   har   bir   xalqning   ona   tili   uning   milliy   o‘ziga   xosligi   va   ma’naviy
madaniyatining   yorqin   ko‘rsatkichidir.   Til   tafakkur   bilan   monand   bog‘langani
holda   ongni   shakllantiradi.   Nutq   va   tafakkur   o‘rtasidagi   bog‘liqlik   nafaqat
psixologik   jarayonlarning   chuqur   bosqichlarida,   balki   ijtimoiy   hodisalar
darajasida   ham   namoyon   bo‘ladi.   So‘zning   insonga,   uning   xulq-atvoriga
ko‘rsatadigan   ta’siri   barchaga   yaxshi   ma’lum.   “ 1
Garchi   til   bilan   tafakkur   bir-
birisiz   yashay   olmasa   ham   ular   o‘zida   aynan   bir   hodisani   ifodalamaydi.
Tafakkur   -   obyektiv   borliqning   intihosi,   til   esa   -   ifoda   usuli,   fikrni   boshqa
kishilarga   berish   va   mustahkamlash   vositasi.   So‘z   bilan   tushuncha   dialogik
tarzda   bir-birini   taqozo   etadi.   Hozirgi   paytda   mamlakatimizda   tillar   o‘rtasidagi
o‘zaro   munosabatlarda   ikki   tamoyil   mavjud:   bir   tomondan,   milliy   tillarning
yanada   rivojlanishi   va   takomillashuvi,   o‘zga   tomondan   esa   –   o‘zbek   tilining
davlat   tili   sifatidagi   ahamiyatining   oshishi   ro‘y   bermoqda.   O‘zbekiston
Respublikasining   mustaqillikka   erishishi   va   yuzaga   kelgan   iqtisodiy   ehtiyojlar
mamlakatdagi   ko‘p   sonli   aholining   ona   tili   bo‘lgan   o‘zbek   tilini   davlat   tili
sifatida   o‘rganishni   shart   qilib   qo‘ydi,   bu   esa   ko‘p   millatli   jamiyat   sharoitida
katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi .
Tildan   foydalanish   -   bu   ijtimoiy   faoliyatning   muayyan   turi   sohasida
kishilarning o‘zaro muloqotidir. Hozirgi davr nuqtayi nazaridan olib qaralganda
quyidagilar eng muhim sohalar hisoblanadi: - xo‘jalik faoliyat sohasi; - ijtimoiy-
1
  Babayeva   D.R.   ―Nutq   o`stirish   metodikasi   T.:   TDPU   2016-yil.   O`quv
qo`llanma.
6 siyosiy faoliyat sohasi; - maishiy soha; - uyushtirilgan muloqot sohasi; - badiiy
adabiyot   sohasi;   -   ommaviy   kommunikatsiya   sohasi;   -   estetik   ta’sir   ko‘rsatish
sohasi; - xalq og‘zaki ijodiyoti sohasi; - ilm-fan sohasi; - ish yuritishning barcha
turlari sohasi; - shaxsiy istiqbol sohasi; - diniy soha.  2
Biz ko‘rib chiqayotgan jihatdan olinganda esa eng dolzarbi maishiy soha
va   uyushtirilgan   ta’lim   sohasidir.   Ko‘p   yillik   amaliyot   shuni   ko‘rsatdiki,
bolalikda biling vizm  (ikki  tillilik)  bola hayotida har  bir  tilning tutgan o‘rniga,
uning ikki  tillilikdan qaysi  vaziyatlarda va qay darajada foydalanishiga bog‘liq
holda   shakllanadi.   Maktabgacha   yoshda   ikki   tillilik   shakllanishining   quyidagi
o‘ziga xos holatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: - bola tug‘ilgan paytidan boshlab
ikki   tilli   oilada   bir   tildan   o‘zga   tilga   o‘tib   muomala   qilish   sharoitida
tarbiyalanadi;   -   bola   oilada   ona   tilida   so‘zlashadi,   undan   tashqarida   esa
(qo‘shnilar,   qarindoshlar   va   boshqa   shaxslar   bilan)   o‘zga   tilni   o‘zlashtiradi;   -
bola   o‘zga   tilni   aniq   maqsadga   yo‘naltirilgan   mashg‘ulotlarda   va   ulardan
tashqari vaqtlarda maktabgacha ta’lim muassasasida egallaydi.
  Psixolingvistik adabiyotlarda yozilishicha, haqiqiy ikki tillilik faqat odam
hech   bo‘lmaganda   bitta   tilda   har   qanday   fikrni   mos   tarzda   ifodalashga   qodir
bo‘lgan   taqdirdagina   rivojlanadi.   Agarda   nutq   bironta   tilda   ham   to‘laqonli
shakllanmagan   bo‘lsa,   bu   holda   fikr   tuzilmasi   buzilib   ketadi   va   o‘z   fikrini
ifodalashga   bo‘lgan   intilish   muvaffaqiyatsizlikka   uchraydi,   bu   esa   nafaqat
psixologik ezilishlarga, balki muloqot sifatidagi chuqur yo‘qotishlarga va inson
shaxsiga ziyon yetishiga olib keladi. Yarim tillilik deb ataladigan bunday hodisa,
umuman   olganda,   jamiyat   uchun   ham   ancha   xavflidir,   chunki   bunda   uning
a’zolarining   muayyan   qismi   hissiyotlarini   boshqara   olmaydi   hamda   o‘z
hissiyotlari,   ehtiyojlari,   istak-xohishlarini   tegishli   tarzda   so‘z   shakliga   keltira
olmaydi.   Agarda   inson   xohlagan   narsasini   ayta   olmasa,   u   boshqalar   bilan   teng
ravishda   raqobatlashishga,   kommunikatsiyaning   odatdagi   shakllaridan
foydalanishga   qodir   bo‘lmay   qoladi   hamda   u   o‘z-o‘zini   boshqarishning
2
 www. pedagog. uz
7 qandaydir   boshqa   shakllariga   murojaat   qilishga,   ba’zan   esa   zo‘ravonlik   qilish,
kuch ishlatishga majbur bo‘ladi. 
Shundan   kelib   chiqqan   holda,   ilk   yoshdan   boshlab   individning   nutqiy
rivojlanishini  tuzatishni  to‘g‘ri tashkil etish zarurdir. “Ilk start” ona tilini qabul
qilishga va keyinchalik  har  qanday  boshqa tilni  o‘zlashtirib olishga ham  ijobiy
ta’sir   ko‘rsatadi».   Til   qanchalik   oldin   egallab   olinsa,   bilimlar   ham   shunchalik
oson va to‘liqroq o‘zlashtiriladi» (N.I.Jinkin)1. Bola tug‘ilgan paytidan boshlab
ijtimoiy   mavjudot   hisosblanadi.   Uning   har   bir   yosh   bosqichidagi   ijtimoiy
rivojlanishi o‘z xususiyatlariga, vazifa va mazmuniga ega bo‘lib, bularni amalga
oshirish uchun pedagogika sohasidagi ishlarga tegishli shart-sharoitlarni yaratish
darkor.   2.   Ilk   yoshdagi   bolalar   nutqini   rivojlantirish.   Bola   hayoti   kattalarning
hayoti   va   faoliyatiga   qo‘shilib   ketgan.   Lekin   shunga   qaramasdan,   ayni   paytda
bola   ularga   ta’sir   ko‘rsatishning   o‘ziga   xos   insoniy   vositalarining   birontasiga
ham ega emas. Bu esa rivojlanishning ushbu bosqichidagi asosiy irsiy (genetik)
vazifani,   ya’ni   kichkintoylarda   kattalar   bilan   muloqot   qilishning   metod   va
vositalarini   shakllantirish   vazifasini   belgilab   beradi.   Emotsional-vositasiz
muloqot ushbu yoshdagi asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bolani ajratib qo‘yish,
kattalar bilan emotsional aloqalarning kamligi bola hayotining birinchi oylaridan
boshlaboq uning yetarli darajada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.
Go‘daklik   yoshida   bolaning   ayniqsa   kattalar   bilan   muloqoti   jadal
rivojlanadi, dastlabki mehr qo‘yish shakllanadi, ijtimoiy kutishlar vujudga keladi
(bola   kattalardan   muayyan   hayotiy   vaziyatlarga   mos   keluvchi   harakatlarni
kutadi), bola bilan kattalar o‘rtasidagi sherikchilikning ilk ko‘rinishlari shakllana
boshlaydi. Bola o‘zining qo‘lidan hali hech narsa kelmasa-da, biroq kattalarning
harakatlarini   boshqarishni   o‘rganadi.   Bu   hol   unda   nutqning   hali   mavjud
emasligidan qat’i nazar, ro‘y beradi. Uning ixtiyorida faqat ovoz munosabatlari
va imo-ishoralargina mavjud. Dastlabki so‘zlar emotsional ifodaliligi, vaziyatga
mosligi   va   kommunikativ   yo‘naltirilganligi   bilan   ajralib   turadi.   Bunday   nutq
avtonom yoki vaziyatga oid nutq deb ataladi, u faqat bola atrofidagi muhit bilan
8 yaxshi   tanish   bo‘lgan   yaqinlarigagina   tushunarlidir.   So‘zni   dastlabki   tushunish
muayyan   vaziyatni   qabul   qilish   bilan   uyg‘unlashgandir.   Ilk   so‘zlar   muayyan
narsalarga   taalluqli   bo‘lib,   umumlashtiruvchi   xususiyatga   ega   emas   (soat
deganda faqat devorda osilib turadigan soatlar tushuniladi). So‘z bola xulqining
umumiy   ko‘rinishidan   joy   oladi   va   u   imo-ishora,   qo‘l   harakatlari,   qarash-
nigohlar, ifodali vositalar bilan birgalikda bir so‘zli fikrni bildirishga olib keladi
(“Xayr”,   “Ber”,   “Ol”).   Ilk   so‘zlarning   paydo   bo‘lishi   bolani   rivojlantirishning
ijtimoiy   vaziyati   o‘zgarganidan   dalolat   beradi.   Endi   bolaning   o‘zi   o‘z   istak
xohishlarini   ma’lum   qilishi   mumkin,   kattalar   esa   og‘zaki   ko‘rsatmalar
yordamida uning xulq-atvorini yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bolaning bu
yoshda   o‘zini-o‘zi   anglab   yetishini   unga   nisbatan   kattalarning   munosabati
in’ikosi   deyish   mumkin.  O’ziga   nisbatan   ijobiy  munosabat   -   shaxsning   normal
rivojlanishi   uchun   asos   hisoblanadi.   O‘ziga   nisbatan   salbiy   munosabat   esa     -
bolaning   ilk   yoshda   kattalar   bilan   emotsional-ijobiy   muloqoti   kam   bo‘lganligi
natijasidir. Bola bilan muloqot u bilan hamkorlik asosiga qurilishi lozim. Doimo
kattalarning   biron   narsani   majburlashlari   bolada   faol   tadqiq   etish   va   bilishga
intilishni   emas,   balki   sustlik,   faqat   atrof-muhitga   moslashish   istagini
shakllantiradi.
Bolalar nutqini о‘stirish bо‘yicha ishlarni rejalashtir i sh.
  Bolani   har   tomonlama   rivojlantirish   uning   insoniyat   tajribasi,   bilimlari,
qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo‘lgan kattalar bilan muloqoti tufayli
insoniyatning ko‘p asrlik tajribasini  o‘zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi.
Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi - til orqaligina berish
mumkin. Bolalarga ona tilini o‘rgatish va ular nutqini rivojlantirishga doir ishlar
maktabgacha   tarbiya   muassasasidagi   ta’lim-tarbiya   ishlari   ichida   alohida   o‘rin
tutadi. 
Ushbu ishning maqsadi quyidagilardan iborat:
            - bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli 
9 -   og‘zaki  nutqni  adabiy  til  me’yorlariga  muvofiq  holda egallashni,   to‘liq
ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o ‘ rgatish. Nutqni tushunish. 
Bolaga   eng   oddiy,   uning   o‘ziga   tanish   bo‘lgan   maishiy   vaziyatlar,
jarayonlar  va o‘yin vaziyatlarini  ochib beruvchi  oson tushuniladigan so‘zlar va
oddiy   iboralar   zaxirasini   kengaytirish.   Uch   oylikdan   boshlab   talaffuz   jihatidan
boy   bo‘lgan   asarlardan   foydalanish   tavsiya   etiladi.   3   oylikdan   boshlab   6
oylikkacha   ovoz   xirgoyisiga   ega   bo‘lgan   -   xalq   cholg‘u   asboblariga   taqlid
qilinadigan   (“taka-tum-bak”,   “dili-bom,   tili-bom”   va   boshq.)   asarlar   foydali.
Ular   bolaning   ovoz   imkoniyatlarini   rivojlantiradi.   Bolada   chuldirash   paydo
bo‘lishi   bilan   (5-6   oy)   chuldirashga   ohangdosh   bo‘lgan,   bir   necha   marta
takrorlanadigan   va   ovoz   bilan   ifodalanadigan   bo‘g‘inlardan   iborat   bo‘lgan   his-
hayajonli qisqa iboralar va aytishuvlardan foydalangan ma’qul. 
9   oylikdan   boshlab   bolaga   tanish   bo‘lgan,   u   “o‘rgangan”   vaziyatlarga
tayangan holda nutqiy taqlid va ovoz ifodaliligini rivojlantirish muhimdir. 
12 oylikdan boshlab kichkintoyda kichik folklor janri asarlari elementlari
(bekinmachoq   va   h.)   asosida   nutqiy   muloqotga   kirishishga,   jaranglayotgan
matnga   mos   ravishda   harakatlar   bajarishga   undash   lozim.   Bola   hayotining
ikkinchi   yili.   Bola   bilan   nutqiy   muloqotni   yo‘lga   qo‘yish   va   uning   lug‘atini
boyitish, o‘z harakatlarini so‘zlar bilan birgalikda amalga oshirish, kichkintoyni
tarbiyachi  (kattalar)topshirig‘iga ko‘ra ayrim  oddiy topshiriqlarni  (o‘yinchoqni,
etiklarni,   paltoni   keltirish;   qizil   o‘yinchoqlarini   ko‘rsatish)   bajarishga   undash,
buyumlar,   kiyimboshlar,   idish-tovoqlar,   sabzavotlar   va   mevalarning   nomlari
hamda   ular   bilan   amalga   oshiriladigan   harakatlar   haqidagi   savollarga   javob
berish uchun barcha vaziyatlardan foydalanish lozim. 
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   axloqiy   tarbiyalashning   mazmuni   va
metodlari.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarga   ta’lim-tarbiya   berishning   asosiy
vazifalari   bolalarni   jismoniy,   aqliy   va   ma’naviy   jihatdan   rivojlantirishdan,
ularning   tug‘ma   layoqati,   qiziqishi,   ehtiyoji   va   imkoniyatlarini   hisobga   olgan
holda   milliy   va   umum   insoniy   qadriyatlar   asosida   muntazam   ta’lim   olishga
10 tayyorlashdan   iborat.   Bolada   kattalar   bilan   muloqot   jarayonida   axloqiy   xulq-
atvorning dastlabki tajribalari shakllanadi. 
Muloqotga   bo‘lgan   ehtiyoj   -   muhim   ijtimoiy   ehtiyoj   bo‘lib,   katta   yoshli
kishi   bu   ijtimoiy   ehtiyojni   qondiruvchi   manba   hisoblanadi.   Axloqiy   his-
tuyg‘ular va odatlarni tarbiyalash shunday zaruriy asos hisoblanadiki, usiz bola
shaxsining   murakkabroq   xususiyatlarini,   ma’naviy   kamolotni   ta’minlash,
mamlakatning  ijtimoiy  hayot   hodisalari   hadidagi   tasavvurlarni   va  ularga   ijobiy
munosabatni   shakllantirib   bo‘lmaydi.   Maktabgacha   bolalikning   dastlabki
bosqichlarida   tarkib   toptirilgan   insonparvarlik   asoslari   uning   ijtimoiy
yo‘nalganligi   bolalarda   asta   sekin   shaxsning   jamoatchilik   belgilari:   xulq-atvor
odatlari, munosabatlari va tasavvurlarini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.   Avvalo   bolalar   muassasasida   jamoaning   katta   yoshli   a’zolari   o‘rtasida
to‘g‘ri o‘zaro munosabat uslubini vujudga keltirish kerak.
O‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik, ishga muhabbat, mamlakatning siyosiy va
mehnat   hayotida   ishtirok   etish   -   bularning   barchasi   zarur   uslubni   ta’minlashi
lozim.   Pedagogik   jamoa   va   ota-onalar   jamoalarining   to‘g‘ri   munosabatlari
uslubi   ham   muhim   ahamiyatga   ega.   Bu   uslub   esa   bolalar   bog‘chasining   ota-
onalar   bilan   muntazam   ish   olib   borishi,   oila   tarbiyasi   tajribalarini   o‘rganish
natijasida   tarkib   topadi.   Kattalar   bilan   bolalar   o‘rtasidagi   o‘zaro
munosabatlarning   yuksak   darajasi   -     muvaffaqiyatli   axloqiy   tarbiyaning
majburiy shartidir. 
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   axloqiy   tarbiyalashning   mazmuni   va
metodlari   bu   yoshdagi   bolalarning   xususiyatlariga   mos   kelishi   va   u   eng   yaqin
vaqtdagi   axloqiy   rivojlanish   jarayonini   ko‘zda   tutishi   kerak.   Masalan,   agar   4
yoshli   bolalar   o‘z   tengdoshlariga   asosan   tarbiyachining   maslahati,   ko‘rsatmasi
ta’sirida   baholi-qudrat   yordam   ko‘rsatsalar,   5   yoshga   to‘layotganda   bunday
yordamni   o‘z   xohishlariga   ko‘ra   ko‘rsatishlari   lozim.   Oilaga   xos   bo‘lgan
muhabbat,   o‘zaro   e’tibor,   g‘amxo‘rlik   muhiti   bola   his-tuyg‘usini
shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi.  3
3
 www.inter-pedagogika.ru;
11 Oilada qaror toptiriladigan ijtimoiy his-tuyg‘ular bolaning kichik yoshdan
boshlab   to‘g‘ri   axloqiy   rivojlanishining   muhim   asosi   hisoblanadi.   “Salomatlik
va xayrixohlikni tarbiyalashning chinakkam maktabi – bu oiladir; Otaga, onaga,
buvaga, buviga, aka-ukalariga, opa-singillariga munosabat insoniylikning sinovi
hisoblanadi”,-   degan   allomalarimiz.   Maktabgacha   ta’lim   muassasasi
tarbiyachisining   muhim   vazifasi   –   ota-onalarga   bola   shaxsini   shakllantirishda
ularning   alohida   rol   o‘ynashlarini   tushuntirishi,   zarur   pedagogik   bilim   va
ko‘nikmalarni   egallashlarida   ularga   yaqindan   yordam   berishdan   iborat.
Bolalarning ma’naviy  kamolotini   ta’minlashda   mahallaning o‘rni   ham  kattadir.
Mahalla,   avvalo,   sog‘lom   ijtimoiy   muhitdir.   Bu   yerda   kuchli   ta’sirga   ega
bo‘lgan   jamoatchilik   fikri   mahalla   ahlining   xulq-atvori   o‘zaro   munosabatlarini
adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi. 
Mahalla   ijtimoiy   kelib   chiqishi,   millati,   mijozi   turli   xil   bo‘lgan   va
oilalarni   tashkil   qilgan   odamlardan   iborat.   Mana   shu   oilalarning   boshlarini
biriktirish,   ularni   ma’naviy   va   moddiy-jismoniy   jihatdan   mustahkamlash,
yoshlarni tarbiyalash kabi muhim vazifalar ham mahallada amalga oshadi.
Oilalarni   bir   jamoaga,   ijtimoiy   guruhga,   muassasaga,   aynan   mahalla
birlashtiradi. Ularda ahillik, hamjihatlik, hamkorlik, hamdardlik, his-tuyg‘ularini
shakllantiradi,   kamol   toptiradi.   Har   bir   fuqaroning   hayotida   «Shaxs-oila-
mahalla»  uchligi   katta  ahamiyat  kasb   etadi. Bu  sharqona  turmush  tarzimizning
o‘ziga xos tizimidir va eng muhimi, insonning jamiyat hayotiga singib, ijtimoiy
munosabatlar   ishtirokchisiga   aylanishida   muhim   vositadir.   Insonning   oilada
shakllangan   imon-e’tiqodi,   odobi,   oriyati,   vijdoni,   tafakkuri   mahalla   muhitida
yanada   yuksalib   xalq   manfaatlari,   o‘zaro   inoqlik   va   hamkorlik   his-tuyg‘ulari
bilan   uyg‘unlashib,   jamiyatda   sog‘lom   munosabatlarning   shakllanishiga   olib
keladi.
1.2.   Bolaning   ijtimoiy   va   shaxs   sifatida   shakllanishida   dialogning
ahamiyati va bolalar   nutqining rivojlanish davrlari.
12       Bolaning       nutqi   kattalar       nutqi   asosida   rivojlanib   boradi.       nutqning
to‘g‘ri   shakllanishi   atrofdagilar       nutqiga,      nutqiy   tajribaga,             to‘g‘ri       nutq
muhiti va ta’lim-tarbiyaga   bog‘liq.   Nutq   tug‘ma   qobiliyat emas, balki xayot
davomida bolaning jismoniy va   aqliy rivojlanishi bilan bir   qatorda shakllanib
boradi.   nutq buzilishlarini  o‘rganish, tushunish uchun bola   nutqining normal
rivojlanish   yo‘lini,   bu   jarayonning       o‘ziga   xos   xususiyatlarini,       nutqning
muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni bilishi lozim. Bundan
tashqari bola     nutqining rivojlanish jarayonidagi rivojlanish davrini aniq bilish
zarur.   Bu   esa       nutqning   rivojlanish   jarayonidagi   u   yoki   bu   kamchiliklarni   o‘z
vaqtida   bilish   va   aniqlash   uchun   kerak   bo‘ladi.   Masalan,   1   yoshu   4   oylik   bola
gapirmayapti. 
Pedagog   bolaning   normal   rivojlanishida   birinchi     so‘zlar   qachon   paydo
bo‘lishini   bilsa,   u   xolda   bu   bolaning   normal   yoki   nonormal   rivojlanayotganini
hal   qila   oladi.   Bola   nutqining   rivojlanish   xususiyatlarini   bilish,   nutq
buzilishlariga to‘g‘ri diagnoz  qo‘yishi uchun  ham zarurdir. Ba’zi mutaxassislar
uch yoshli  bolaning tovush   talaffuzuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun
uni logoped qabuliga yuboradilar. Shu to‘g‘rimi? Yo‘q, albatta. Chunki,     nutqi
normal   rivojlanayotgan   bolaga     hali   bu   yoshda   ba’zi   bir   tovushlarni   noto‘g‘ri
talaffuzuz   etish   xos   bo‘ladi.   Bu   ko‘rinish   fiziologik   dislaliya   deb   atalib,   bu
yoshdagi   bolalarda   artikulyatsiya   apparatining     hali   yetarli   darajada
shakllanmaganligini  bildiradi.     Nutq kamchiliklarini  bartaraf  etishda  to‘g‘ri va
aniq   tarbiyaviy-tuzatish   ish   rejasinin   tuzish   uchun   bola       nutqining   rivojlanish
qonuniyatlarinin yana bir karra bilish zarur xisoblanadi. 
                    Mualliflar   bola   nutqining   shakllanish   davrlarini   turlicha
ko‘rsatadilar,   ularni       har-xil   nomlaydilar   va       har   birining   yosh   chegaralarini
turlicha   ifodalaydilar.   4
G.   L.   Rozengrad-Pupko   bolada       nutq   rivojlanishni   2
davrga ajratadi: 1. Tayyorlov davri. ( 2 yoshgacha bo‘lgan davr)         2. nutqning
4
  Qodirova F.R R.M Qodirova. ―Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va 
metodikasi.T.,―Istiqlol,2006.
13 mustaqil   shakllanish   davri.   A.N.   Leontev   bola       nutqining   shakllanishini   4
davrga  bo‘lib  ko‘rsatadi:
Tayyorgarlik davri- 1 yoshgacha.
Bog‘chagacha  bo‘lgan davr- 3yoshgacha.
          Maktabgacha  bo‘lgan davr- 7 yoshgacha.
Maktab davri.
Bu davrlarning  to‘liq tavsifi ustida to‘xtalib o‘tamiz. Shunday  qilib, 
Birinchi davr-tayyorgarlik davri.  
          Bola  tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq
va   yig‘idan   iborat   bo‘ladi.   To‘g‘ri,   bu   ovoz   odam       nutqidan   uzoq.   Lekin,   ana
shu   qichqiriq va     yig‘i     nutq apparatining 3 bo‘limini (nafas olish, ovoz xosil
bo‘lish, artikulyatsion) rivojlanishda katta rol o‘ynaydi. Ikki xafta o‘tgach, bola
gapirayotgan   odamning   ovoziga   e’tibor   bera   boshlaydi.   Unga   gapirayotganda
quloq soladi,   yig‘lashdan to‘xtaydi.  
                  Bir   oyligining     oxiriga   borib,   uni   mayin     qo‘shiq   (ALLA)   ostida
tinchlantirish mumkin   bo‘lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam
tomonga buradi  yoki   uni  ko‘zlari  bilan  kuzatadi. Tez  kunda bola  intonatsiyaga
e’tibor   bera   boshlaydi:   mayin   gapirganda   tinchlanadi,   keskin   intonatsiyaga
yiglaydi.   Ikki   oylik   atrofida   gu-gulash,   uch   oylikning   boshida   bug‘inlarning
talaffuzuzi paydo bo‘ladi.(aga-aga, ta-ta, ba-ba va  boshqadar)  
          Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyatsiya qilinmaydi. Bola  besh
oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyatsion     harakatini
ko‘rib,   unga     taqlid   qilishga       harakat     qiladi.   Bolaning     qandaydir   aniq
harakatlarni   ko‘p   marotaba   takrorlashi       harakat   ko‘nikmasining
mustaxkamlanishiga olib keladi.  Olti oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali
ba’zi bug‘inlarni   talaffuzuz eta boshlaydi: na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-
pa va boshqalar. Keyinchalik   bola     taqlid   qilish   orqali       nutqning   xilma-xil
elementlarini asta-sekin o‘zlashtira boshlaydi. Bunda bola nafaqat  fonemalarni,
balki   nutqning sur’at, ritm, ton, musiqaviyligi, ifodaliligini o‘zlashtiradi.
14            Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila
boshlaydi   va   ularni   predmetlar   yoki       harakatlar   bilan   bog‘laydi.   (bu,   ma,
bey).Bola   yetti  -  to‘qqiz oyligida kattalar  ketidan turli  xil  bo‘g‘inlarni  qaytara
boshlaydi.     O‘n   –   o‘n   bir     oyligida     so‘zlarning       o‘ziga   reaksiya   paydo   bo‘la
boshlaydi. (vaziyat va gapirayotgan kishining intonatsiyasidan qat’iy nazar) Bu
vaqtda   bola       nutqi   shakllanayotgan   shart-sharoitlar   muxim   ahamiyat   kasb   eta
boshlaydi.(kattalarning   to‘g‘ri       nutqi   va   kattalarga     taqlid   qilish   va
xakozolar).Bola xayotining birinchi yilining  oxiriga kelib unda   nutqiy aloqada
bo‘lish   extiyoji   o‘sib   boradi.  U  bir   nimani   olishni,  so‘rashni  aytishni   h ohlaydi.
Bu   extiyoj   bolaning   butun   faoliyatida   ishtirok   etadi   va   unda   aktiv       nutqning
paydo   bo‘lishini   belgilab   beradi.   Bir   yoshning     oxiridan   boshlab   bolada   aktiv
nutq rivojlana boshlaydi. Birinchi  so‘zlar paydo bo‘ladi.
Ikkinchi   davr-bog‘chagacha     bo‘lgan   davr.(1yoshdan   3   yoshgacha)
Bolada   birinchi     so‘zlar   paydo     bo‘lgandan   so‘ng   tayorlov   davri   tugab   aktiv
nutqni   egallash   davri   boshlanadi.   Bu     vaqtda   bola   atrofdagilar
artikulliyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar  orqasidan  so‘zlarni   ko‘p
marotaba   takrorlaydi   va     o‘zi     ham     so‘zlarni     talaffuzuz     qiladi.     Talaffuz
vaqtida   bola   ba’zi   tovushlarni   noto‘g‘ri   talqin   etadi,   o‘rnini   almashtiradi   yoki
o‘z       nutqida   qo‘llamaydi.   Bu     vaqtda   bola   bir     so‘z   yoki   tovushlar   birikmasi
bilan   predmetni     ham,   iltimosni     ham,   xis-tuyg‘uni     ham   ifodalashi   mumkin.
Bola   hayotining   2-3   yiliga   kelib,   uning     lug‘at   boyligi   sezilarli   darajada   boyib
boradi.   Shuni   ta’kidlash   kerakki,       ko‘pgina   xilma-xil   tadqiqotchilar   bola   so‘z
boyligining o‘sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni   ko‘rsatadilar. Eng keng
tarqalgan   ma’lumotga   ko‘ra,   bolalarning     lug‘at   boyligini     bog‘chagacha
bo‘lgan davrda o‘sishi quyidagi raqamlarni  ko‘rsatadi:
1 yosh-u 6 oyda 10-15 ta, 2 yoshning  og‘iriga kelib 300 ta, 3 yoshda 1000
ta     so‘z.     Bola   hayotining   uchinchi   yiliga   kelib,       nutqning   grammatik   tomoni
shakllana boshlaydi. Avval bola o‘z hohishi va iltimoslarini   har bir  so‘z bilan
15 ifodalaydi.   Keyinchalik   1-2   ta     so‘zdan   iborat   sodda   jumlalar   paydo   bo‘la
boshlaydi. 
Uchinchi davr- maktabgacha  bo‘lgan davr. (3 yoshdan 6 yoshgacha).
Maktabgacha     bo‘lgan   davrda   bolalar   birinchi   navbatda   artikulyatsion
jihatidan   oson     talaffuz   etiladigan:   lab-til   undoshlari   (p,   b,   m,   f,   v   )   va
boshqalarni o‘rgana boshlaydilar. Artikulyatsion jixatidan  talaffuzuz etish  qiyin
bo‘lgan: shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch ) va sonor (r, l)   til orqa (k, g)
tovushlarni     talaffuzini   egallashga   qiynaladilar.   Shuning   uchun   bolalar   bu
tovushlarni       nutqda   noto‘g‘ri     qo‘llaydilar   yoki     talaffuz   etmaydilar.   3-7
yoshgacha     bo‘lgan   davrda   bolalarda   eshitish   malakalari   rivojlanib   boradi,   bu
esa bolaning o‘zi  talaffuzini nazorat qilishga  imkoniyat yaratadi. Ba’zi hollarda
bolalar   o‘z   kamchiligini   to‘g‘rilaydilar.   Ularda   fonematik   idrok   shakllanib
boradi. 
Bu   davrda     lug‘at   boyligining   o‘sishi   davom   etadi.   Bolaning   4-6   yoshida
uning   aktiv     lug‘ati   3000-4000   ta     so‘zgacha   yetadi.     Lug‘at   boyligi     o‘sib
borishi   bilan   birgalikda       nutqning   grammatik   tomoni     ham   rivojlanib   boradi.
Bola hayotining 4-yiliga kelib, ular o‘z   nutqlarida sodda va murakkab gaplarni
qo‘llay   boshlaydilar.   5   yoshga   kelib   esa   qo‘shma   gaplardan   erkin   foydalana
oladilar.   5   yoshli   bolalar   qo‘shimcha   savollarsiz   xikoya   va   ertaklarni   aytib
berish   qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada
rivojlanadi. 
    Bola   avval   unli   va   undoshlarni,    so‘ng  sonor,   shovqinli   va    sirg‘aluvchi
tovushlarni   ajrata   boshlaydi.   Normada   4   yoshli   bola   barcha   tovushlarni   ajrata
olishi,   unda   fonematik   idrok   shakllangan     bo‘lishi   lozim.   Bu   vaqtga   kelib,
tovushlarni   to‘g‘ri     talaffuz   o‘zining   shakllanishi   tugallanadi   va   bola       har
tomonlama to‘g‘ri aniq gapira oladi.
T o’ rtinchi   davr-maktab   davri   (7   yoshdan   17   yoshgacha).   Bu   davrning
o‘ziga   xos   tomoni   shundaki,   bolalar       nutqining   rivojlanishi   oldingi   davrlarga
nisbatan   ongli   ravishda   ro‘y   beradi.   Bu   davrda   bolalar   tovushlar   analizi,
16 nutqning   grammatik   qonuniyatlarini   egallaydilar.   Bu   davrda       nutqning   yangi
turi   yozma       nutq   yetakchi   rol     o‘ynaydi.   Grammatik     konstruksiyalar     ham
murakkablashib   boradi,   chunki,   agar,   kachonki   kabi     bog‘lovchilarni   ishlata
boshlaydilar. Bu bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini
va   bu       nutqda   o‘z   ifodasinin   topayotganligini     ko‘rsatadi.   Bola       nutqining
rivojlanish   jarayoni   o‘z     vaqtida   to‘g‘ri   kechishi   uchun   maxsus   sharoitlar
zarurdir.   Buning   uchun:   bola   ruhiy   va   jismoniy   jihatidan   sog‘   bo‘lishi,   normal
aqliy  qobiliyatga ega bo‘lishi normal eshitish va ko‘rishi, yetarli darajada ruhiy
aktivlikka ega bo‘lishi, gaplashish extiyojiga ega bo‘lishi, to‘g‘ri   nutq muhitiga
ega   bo‘lishi   lozim.   Bolada       nutqning   normal   rivojlanishi,   unga   doimo   yangi
tushunchalarni   o‘zlashtirib   olishga,   tevarak-atrof   haqidagi   bilim   va
tasavvurlarini   kengaytirishga   imkoniyat   yaratadi.  Shunday    qilib,      nutq,  uning
rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy  bog‘liqdir.
Maktabgacha   yoshdagi   bola   nutqning   grammatik   to‘g‘riligini
o‘stirish.   Dialogni   rivojlantirish   nafaqat   shunchaki   nutqning   muayyan
kompozitsion   shaklini   o‘zlashtirish,   balki   bolaning   ijtimoiy   va   shaxs   jihatdan
shakllanishining   muhim   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Dialogik   dialog   nafaqat
aloqa   (intellektual   mazmun)   va   o‘z   manfaatlariga   yo‘nalishni,   balki   sherikning
nuqtayi   nazarini,   uning   qiziqishlari,   istaklari,   kayfiyatini   hisobga   olishni   ham
ko‘zda   tutadi.   Bolalar   bunday   tajribani   kooperativ   tusdagi   faoliyat   (birgalikda
yasash, chizish, jamoa o‘yinlarini o‘ynash) natijasida to‘playdilar. 
Tengdoshlari   bilan   dialog   qilishda   bola   nutqi   mazmundorlikka   (dialog
vaziyatidan   qat’i   nazar)   dalolatdir.   Maktabgacha   yoshdagi   katta   bolalarning
dialogik   negizida   nutqning   yangi   shakli   –   monolog   tug‘iladi   va   shakllanadi.   U
bolaning   o‘z   fikrlari,   his-tuyg‘ulari,   atrof-muhit   haqidagi   bilimlarini
o‘rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shakliga
ega   bo‘ladi.   Hikoyada,   albatta,   bolani   lol   qoldirgan   va   uni   hayajonga   solgan
biron-bir   qiziq   hodisa   (tabiat   qo‘ynidagi   qiziqarli   uchrashuv,   ukasining   kulgili
harakatlari va h.k.) aks etadi. 
17 Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni, multfilmlar mazmunini
aytib   berishni,   o‘qiganlarini   so‘zlab   berishni   xush   ko‘radilar.   Maktabgacha
yoshdagi   katta   bolalarning   eng   muhim   yutug‘i   –   jaranglayotgan   nutqqa
qiziqishning   shiddat   bilan   rivojlanishi,   til   faoliyatini   eng   oddiy   anglashning
shakllanishidir.   So‘zga   nisbatan   lingvistik   munosabat   dabdurustdan   tovush,
qofiya,   mazmun   bilan   o‘tkaziladigan   o‘yinlarda,   so‘z   ahamiyati   haqidagi
savollarda,   ularning   jarangdorligi   va   mazmunida   ko‘rinadi.   Til   voqeligini
anglash   uning   barcha   tomonlarini   -   fonetik,   leksik,   grammatik   tomonlarini
qamrab   oladi.   So‘zga   nisbatan   ongli   munosabat   lug‘atni   takomillashtirishga
(antonimlar,   sinonimlar,   ko‘p   ma’noli   so‘zlarni   tushunish),   nutqning   tovush
madaniyatini   rivojlantirishga   (tovush   talaffuzi,   tinglash   qobiliyati,   intonatsiya
ifodaviyligi),   nutqning   grammatik   to‘g‘riligini   shakllantirishga   (morfologiya,
so‘z   yasash,   sintaksis),   ravon   nutqni   rivojlantirishga   ta’sir   ko‘rsatadi.   Lug‘atni
rivojlantirishda uning sifat jihatidan takomillashtirilishi oldingi o‘ringa chiqadi.
Bu   antonimiya   (o‘tkir-o‘tmas,   achchiqchuchuk),   sinonimiya   (o‘tkir,   uchkir,
charxlangan),   ko‘p   ma’nolilik   (o‘tkir   pichoq,   achchiq   qalampir,   o‘tkir   til)   kabi
hodisalarni tushunish va ulardan nutqda faol foydalanishga taalluqlidir. Bolalar
tabiat   hodisalari,   narsalar,   insonlarning  xatti-harakatlarini   taqqoslashda   turlicha
va   umumiy   xususiyatlarni   ajratishni   hamda   aksil   va   yaqin   ma’noli   so‘zlar,
qiyoslashlar,   aniq   fe’llar,   o‘xshatishlar   yordamida   ularni   nutqqa   olib   kirishni
o‘rganadilar.   So‘z   yasashda   sinonim   yoki   antonimni   tanlab   olish   usullari
bolalarni ko‘p ma’noli so‘zlar bilan tanishtiradi. 
Buyumlar   funksiyalarini   taqqoslash   asosida   umumlashtiruvchi   nomlar
shakllanadi (hayvonlar, idish-tovoqlar, transport va h.k.). Maktabgacha davrdagi
katta   yoshda   nutqning   grammatik   jihatdan   to‘g‘riligini   shakllantirish   nutqqa
nisbatan   tanqidiy   munosabatning   paydo   bo‘lganligi   va   rivojlanganligi,   aniq   va
to‘g‘ri  gapirishga  intilish bilan bog‘liqdir. To‘g‘rilikka intilish grammatikaning
barcha   sohalarida,   ya’ni   –   morfologiyada   (shaklning   aniq   shakllanishida,   ko‘p
turdagi   shakllarni   o‘zlashtirishda),   so‘z   yasashda   (non   uchun   –   nondon,   tuz
18 uchun   –   tuzdon),   sintaksisda   (og‘zaki   nutq   tuzilmasini   bartaraf   etish:   «va»
bog‘lovchisini   ko‘p   marta   qo‘llash   orqali   gapni   «cho‘zish»   hamda   bir   gapda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri   va   bilvosita   nutqni   aralashtirib   yuborish)   paydo   bo‘la
boshlaydi.   Nutqning   grammatik   to‘g‘riligiga   intilish   bola   hayotining   yettinchi
yilida ro‘y beradi. Besh yoshli bola hali ham ishtiyoq bilan grammatik shakllarni
o‘ynaydi va aynan so‘z bilan amalga oshirilayotgan ana shu sinovgina nutqning
grammatik to‘g‘riligini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi. 
Lug‘atni   rivojlantirish,   nutqning   tovush   madaniyatini   tarbiyalash,
grammatik   to‘g‘rilikni   shakllantirish   ravon   nutq   tuzish   usullarini   o‘zlashtirish
(bog‘lovchilar,   o‘rin-hol,   leksik   takrorlashlar,   sinonimlar   yordamida   gaplarni
bog‘lash   vositalari;   tavsiflash,   bayon   qilish   tuzilmasi)   bilan   uzviy   bog‘liqdir.
Ko‘p   turdagi   vazifalarni   bajarish   munosabati   bilan   dialogik   nutq   negizida
rivojlangani   holda   nutqning   barcha   jihatlari   tilni   anglashni   shakllantirishga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri   bog‘liq   holda   bo‘ladi   hamda   buning   uchun   bolaning   katta
bilan muayyan shakldagi dialog turiga muhtoj bo‘ladi. Bu nafaqat tashqi dunyo
va   boshqa   odamni   anglashga,   balki   tilning   o‘zini,   uning   tuzilishi   va   faoliyat
yuritishni   anglashga   ham   yo‘naltirilgandir.   Nutqiy   rivojlanishning   o‘ziga   xos
xususiyatlari   kirishuvchanlik   ko‘rinishlarida   hamda   ayni   paytda   til   va   ravon
nutqni egallash sur’atida ifodalanadi.
  Ko‘pchilik   bolalar   o‘z   harakatlarini   sharhlashni,   atrofdagilar   e’tiborini
o‘ziga jalb qilishni xush ko‘radilar. Bunda ayrim bolalarda nutqiy dialog amaliy
faoliyat   bilan   zid   keladi   va   buning   natijasida   bunday   ko‘p   gapiruvchi   bolakay
ish   bajarishda   guruhdagi   boshqa   bolalardan   ortda   qola   boshlaydi.   Unchalik
kirishimli   bo‘lmagan   bolalar   ham   so‘zlaydilar,   lekin   odatda   ular   amaliy
vazifalarni tez va to‘g‘ri hal etadilar. Ravon nutqning paydo bo‘lish muddati va
mahsuldorligi ham farq qilishi mumkin. 
Ilk   turdagi   nutqiy   rivojlanishda   maxsus   tayyorgarliksiz   hikoya   qilib
berish 4–5 yoshdan boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklarni, bo‘lgan voqealarni bir-
birlariga   so‘zlab   beradilar,   o‘yinchoqlardan   foydalangan   holda   o‘ziga   xos
19 hikoyalar   to‘qiydilar.   Agarda   bola   yetti   yoshida   tanish   an’anaviy   ertakni
(«Zumrad   va   Qimmat»)   mustaqil   hikoya   qilib   bera   olsa,   o‘yinchoqlar,   suratlar
asosida   kichik   og‘zaki   insho   to‘qiy   olsa   –   bu   hammasi   me’yoridaligidan
dalolatdir. Bolalarning o‘z tashabbusiga  ko‘ra, yoki  kattalarning taklifiga ko‘ra
hikoya   qilib   berishga   qiziqishini   qo‘llab-quvvatlash,   ertaklar,   suratlar   va   o‘z
shaxsiy   tajribasiga   oid   taassurotlarning   so‘zdagi   mazmunini   qisqa   hikoya,
mulohaza,   tavsiflar   yordamida   ifodalashni   o‘rgatish   ravon   nutqning   paydo
bo‘lish omilidir.
Dabdurustdan   tug‘ilgan   so‘z   ijodkorligida,   tovushlar   va   qofiyalar   bilan
o‘tkaziladigan   o‘yinlarda,   so‘zlar   bilan   amalga   oshiriladigan   sinovlarda,
ularning   jarangdorligi   va   ahamiyati,   so‘zlar   mazmunini   talqin   qilishda   ko‘zga
tashlanadigan   so‘zlarga   qiziqishni   qo‘llab-quvvatlash.   Til   voqeligini   eng   oddiy
anglashni   rivojlantirish,   bolalarni   “tovush”,   “so‘z”,   “gap”   atamalari   bilan
tanishtirish.   Yuqorida   bayon   qilinganlar   asosida   shunday   xulosaga   kelish
mumkinki, maktabgacha bo‘lgan bosqichdagi katta yoshga yetib bola hayotining
eng   muhim   davrlaridan   biri   –   uning   birinchi   “dorilfununi”   nihoyasiga   yetadi.
Ammo   haqiqiy   dorilfunun   talabasidan   farqli   ravishda   bola   birdaniga   barcha
fakultetlarda   ta’lim   oladi.   U   jonli   va   jonsiz   tabiat   sirlarini   o‘rganadi   (albatta,
imkon darajasida), matematikadan dastlabki saboq oladi. Shuningdek, eng oddiy
notiqlik   kursini   ham   o‘taydi,   o‘z   fikrlarini   mantiqan   va   ifodali   bayon   qilishni
o‘rganadi.   Filologiya   fanlarini   o‘rganish   natijasida   nafaqat   badiiy   adabiyot
asarlarini   emotsional   qabul   qilishni,   uning   qahramonlariga   qayg‘urishni,   balki
badiiy   ifodalilikka   oid   til   vositalarining   eng   oddiy   shakllarini   his   qilish   va
tushunish   ko‘nikmalariga   ham   ega   bo‘ladi.   Bola   kichik   tilshunosga   aylanadi,
chunki   u   nafaqat   so‘zlarni   to‘g‘ri   talaffuz   qilish   va   gap   tuzishni,   balki   so‘zlar
qaysi   tovushdan   va   gaplar   qaysi   so‘zlardan   tashkil   topishini   anglab   olishni
o‘rganadi.   Bularning   barchasi   maktabda   muvaffaqiyatli   ta’lim   olish,   bola
shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir.
20 Dialogik   nutqni   rivojlantirishga   doir   maxsus   mashg‘ulotlarning
ahamiyati.   Nutqda   eng   muhim   metod   bu   dialogik   nutq,   ya’ni   bolalar   bilan
so‘zlashishdir. So‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bo‘lib, unda bola
o‘zini tutishi, ko‘z qarashi, xatti harakati, ovozining past-balandligi, tezligi kabi
turli   holatlar   hisobga   olinadi.   So‘zlashish   –   dialogik   nutq,   asosan   kattalar
yordamida   amalga   oshiriladi   va   u   ayniqsa,   tevarak-atrofni   bilish   jarayonida
yaxshi   natijalar   beradi.   Jumladan,   jamoat   joylarida,   ko‘pchilik   o‘rtasida   nutq
madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi. Bunda bir-birining nutqini to‘ldirib
borish,   tuzatishlar   kiritish,   so‘rash,   so‘rab   bilib   olish   dialogik   nutqqa
o‘rgatishning usullari sanaladi.
Dialogik   ravon   nutqni   rivojlantirishga   doir   maxsus   mashg‘ulotlardan
biri suhbat metodi quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
  Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari; 
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish). 
Suhbatning   quyidagi   vazifalari   mavjud:   Bolalarni   t o‘g‘ridan   to‘g‘ri
suhbatlashishga,   ya’ni   suhbatdoshi   so‘zlarini   bo‘lmasdan   tinglash,   luqma
tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun
tushunarli qilib so‘zlash. 
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum
so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish. 
Suhbat   jarayonida   tarbiyachi   savollar,   topishmoqlar,   badiiy   so‘z   kabi
turli usullardan foydalanadi. 
Mashg‘ulot ishlanmasi: 
Mavzu:   Jamoa   hayotidan   hikoya   tuzish:   «Bizning   maktabgacha   ta’lim
muassasamiz». 
Maqsad:   Tarbiyachining   rejasi   asosida   shaxsiy   hayotda   bo‘lgan
voqealarni hikoya qilib so‘zlab berishga o‘rgatish. 
Vazifalar:   Shaxsiy   hayot   (tajriba)dan   tugallangan   hikoya   tuzish
malakasini shakllantirish. 
21 Gapirayotganda  so‘zlarni   bir-biriga   bog‘lab,   jumlalar   tuzish   malakasini
mustahkamlash. 
Aytilgan   jumlani   qanday   holat   (kayfiyat)da   aytilganini   aniqlash   (xafa,
xursand). 
Tovushga xos xususiyatlarni aniqlash. 
Kutilayotgan natijalar:   Shaxsiy hayot  (tajriba)dan tugallangan hikoya
tuzish   malakasi   shakllanadi.   Gapirayotganda   so‘zlarni   bir-biriga   bog‘lab,
jumlalar   tuzishga   o‘rganadilar.   Tovushga   xos   xususiyatlarni   bilib   oladilar.
Kerakli   jihozlar:   Mavzuga   oid   rasmlar.   Stol,   stul,   rangli   qog‘oz   va   qalamlar,
o‘yin ishtirokchilari.
Bolalarga keng yoyilgan fikr  tuzishni  o‘qitishda tarbiyachi  ularda matn
tuzilmasi (boshi, o‘rtasi, oxiri) haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikrning
tarkibiy   qismlari   o‘rtasidagi   aloqalar   haqidagi   tasavvurni   shakllantirishi   zarur.
Aynan   ushbu   ko‘rsatkich   (gaplar   o‘rtasidagi   aloqa   vositasi)   nutqiy   fikrning
ravonligini shakllantirishning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok etadi. Har
qanday   tugallangan   fikrda   iboralarni   bog‘lashning   keng   tarqalgan   variantlari
mavjud   bo‘ladi.   Gaplarni   bog‘lashning   eng   keng   tarqalgan   usuli   –   bu   zanjirli
aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, sinonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur
aloqaning   asosiy   vositalari   hisoblanadi.   Zanjirli   aloqa   nutqni   yanada
moslashuvchan   va   rangbarang   qiladi,   chunki   bola   bu   usulni   egallar   ekan,   bir
so‘zni qayta takrorlashdan qochadi. Pedagog bolalarga gaplarni parallel ravishda
bog‘lashni   o‘rgatishi   zarur,   bunda   gaplar   bir-biriga   ulanmaydi,   balki
taqqoslanadi   yoki   hatto   qarama-qarshi   qo‘yiladi   (Kuchli   shamol   esardi.   Quyon
iniga   yashirinib   oldi).   Maktabgacha   katta   yoshdagi   bolalarga   ravon   matnlar
tuzishni   o‘rgatishda   ularda   mavzuni   va   aytilgan   so‘zning   asosiy   fikrini   ochib
berish,   matnga   sarlavha   qo‘yish   qobiliyatini   rivojlantirishga   alohida   e’tibor
qaratish zarur.
Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni
rivojlantirishning   asosiy   sharti   hisoblanadi.   Endigina   besh   yoshga   to‘lgan
22 bolalar   tanish   ertaklarni   hikoya   qilib   berish,   voqealar   to‘qish,   shaxsiy
tajribasidan   so‘zlab   berishga   qiziqishni   namoyon   qiladilar.   Katta   yoshli   kishi
yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi  savollarni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish
orqali   bola   tashabbusini   qo‘llab-quvvatlashi   darkor.   Pedagogning   sekingina
hikoya mazmunini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib
qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir. 
Axborotni   uzatish   yoki   uni   bayon   qilish   usullariga   ko‘ra   fikr
bildirishning   quyidagi   turlarini   ajratish   mumkin:   Tasvirlash,   bayon   qilish
mulohaza,   ular   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   ravon   fikrlarida
kontaminatsiyalangan   (aralash)   ko‘rinishda   uchrashi   mumkin,   ya’ni   ularda
tasvirlash (mulohaza) usullari bayon qilishga qo‘shilib ketadi (va aksincha). Har
xil   turdagi   matnlar   tuzishni   o‘qitishni   ishlarning   suhbat,   o‘zining   va
begonalarning matnini tahlil (baholash) qilish, reja tuzish va u bo‘yicha hikoya
qilish,   matn   sxemasidan   (modelidan),   turli   xil   mashqlardan   foydalanish   kabi
shakllarda amalga oshirish tavsiya etiladi.
  1. 3 . Ravon nutqini rivojlantirish
Ravon   nutq   –   bu   kishilarning   muloqotini   va   o‘zaro   bir-birlarini
tushunishlarini   ta’minlovchi   mazmunan   keng   yoyilgan   fikrdir.   Ravon   nutqni
fikrlar   dunyosidan   ajratib   bo‘lmaydi:   ravon   nutq   bu   fikrlar   ravonligidir,   unda
bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni
to‘g‘ri   ifodalash   qobiliyati   aks   etadi.   Ravon   nutqni   shakllantirish,   uning
vazifasini o‘zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo‘lib, u
bolaning   atrofdagilar   bilan   muloqotga   kirishish   sharoiti,   muloqot   shakliga
bog‘liq bo‘ladi. 
Maktabgacha  yoshda  u muloqot  va  ta’lim  jarayonida shakllanadi.  Ravon
nutqning   shakllanishi   ilk   yoshdan   boshlab   asta-sekin   ro‘y   beradi.   Bolalar
hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida
23 nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish
zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta
asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichki individual va umuminsoniy. Til
millatning   noyob   xazinasi   bo‘lib,   doimo   og‘zaki   va   yozma   holda,   namoyon
bo‘lgan.   Boy,   yorqin,   maroqli   nutq   so‘zlayotgan   kim   bo‘lishidan   qat’i   nazar,
nuri   hisoblanadi.   Tilning   olijanob   imkoniyatlar   nutq   orqali   nutq   jarayonida
ochiladi.   Nutq   bo‘lmas   ekan   tilning   cheksiz   imkoniyatlari   yuzaga   chiqmay
qolaveradi. 
So‘z   va   g‘azal   sultoni   A.Navoiy   til   va   nutq   munosabatlarini   shunday
izohlaydi.   “Til   shuncha   sharafi   bilan   nutqning   qurolidir.   Agar   nutq   noma’qul
bo‘lib  chiqsa   tilning  manfaatidir".  Demak,  til  qanchalik   zo‘r   bo‘lmasin,   u  nutq
uchun   qurol   sifatida   xizmat   qilar   ekan.   Uning   kuch,   qudrati   nutq   jarayonida
namoyon   bo‘lar   ekan.   Agar   til   o‘q   bo‘lsa,   nutq   kamondir.   O‘qning   qudrati,
kamonning   qudratiga   ham   bog‘liq.   Ma’lumki   til   inson   aqlining,   faoliyatining
eng   oliy   va   asosiy   vositasidir.   Chunki   insonni   boshqa   jonzotlardan   ajralib
turadigan   ham   til   emasmi?!   Shunday   ekan,   inson   aqliy   faoliyatining   eng   oliy
mahsullari   tafakkur   mevalari   til,   nutq   orqali   ro‘yobga   chiqadi.   Til   tafakkur
mahsulining   hayotga   tatbiq   etilish   vositasi   bo‘luvchi   qudratli   quroldir.   Nutq
vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi,
ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egadir: 
1-vazifasi   –   individuallararo   –   kishilar   o‘rtasidagi   muloqot   vositasidir.
Ushbu holatda nutq og‘zaki nutq – monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati
sifatida chiqadi. 
2-vazifasi   –   ichki   individual   –   bu   yerda   nutq   ko‘plab   ruhiy   jarayonlarni
(fikrlash, diqqat-e’tibor, xotira, tasavvur va boshq.) aniq-tiniq anglash darajasiga
ko‘targani   hamda   shaxsga   ruhiy   jarayonlarni   tartibga   solish   va   nazorat   qilish
imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
  3-vazifasi   –   umuminsoniy   –   bu   o‘rinda   nutq   alohida   bir   odamga
umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi.
24   Ushbu holatda u grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir.
5
Ta’lim   muassasalarida   o‘qitish   ikki   shaklda   amalga   oshiriladi:   a)
erkin   nutqiy   muloqotda;   b)   maxsus   mashg‘ulotlarda .   Dialog   ko‘proq   erkin
nutqiy   muloqotda   paydo   bo‘ladi   va   u   bolalar   lug‘atini   boyitishning   talaffuzga
oid   grammatik   ko‘nikmalarini   tabiiy   ravishda   rivojlantirish   bazasi,   ravon   nutq
ko‘nikmalariga   ega  bo‘lish   bazasi   hisoblanadi.   Dialog   maxsus   mashg‘ulotlarda
o‘qitiladi  (oyiga 1–2 ta mashg‘ulot);  Ta’lim muassasalarida  bo‘lib turgan vaqti
mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga
kirishadi.   Uyda   esa   kattalar   bola   bilan   turli   mavzularda   dialogga   kirishishlari
lozim.   Dialogik   nutqni   (yoki   og‘zaki   nutqni)   o‘rgatish   odatda   suhbat   shaklida,
ya’ni   kattalar   bilan   bola   o‘rtasida   hamda   bolalarning   o‘zlari   o‘rtasida   fikr
almashish shaklida ro‘y beradi.
  Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat
metodi   (suhbat)   va   imitatsiya   metodi   asosida   o‘tkaziladi.   Mazkur   metodlar
ko‘pincha   quyidagi   usullar   yordamida   amalga   oshiriladi:   Tayyorgarlik   suhbati
(so‘zlashish)   usullari;   Teatrlashtirish   usullari   (imitatsiya,   qayta   aytib   berish).
Tayyorlangan   suhbatning   quyidagi   vazifalari   mavjud:   To‘g‘ridan-to‘g‘ri
bolalarni   suhbatlashishga,   ya’ni   suhbatdoshi   so‘zlarini   bo‘lmasdan   tinglash,
luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi
uchun tushunarli qilib so‘zlash; Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni
mashq   qilish,   ma’lum   so‘zlar   ma’nosini   aniqlashtirish.   Suhbat   jarayonida
tarbiyachi  savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi  turli  usullardan foydalanadi.
Bu   usullarning   barchasi   suhbat   paytida   bilimlarni   o‘zlashtirish   jarayonini
yo‘naltirish,   nutqiy   muloqotni   ta’minlash,   bolalar   fikrlarini,   ularning   diqqat-
e’tiborlarini,   xotiralarini,   emotsiyalarini   faollashtirishga   yordam   beradi.   2.
Ravon   nutq   mohiyati.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarga   nisbatan   nutqning   ikki
shaklini   –   dialogik   va   monologik   shakllarini   ko‘rib   chiqish   lozim.   Dialog   ikki
5
  Qodirova R.M Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy 
omillari. Qoz.,Sariog‘och, 1998.
25 yoki   bir   necha   so‘zlovchining   biron-bir   vaziyat   bilan   bog‘liq   mavzudagi
fikrlarining almashinuvi bilan tavsiflanadi. 
Dialogda,   yuklamalardan   foydalanilgan   holda,   sintaksik   jihatdan   sodda
bo‘lgan darak, undov (iltimos, talab), so‘roq gaplarning barcha turlari namoyon
etilgan.   Til   vositalari   imo-ishoralar,   mimika   bilan   kuchaytiriladi.Tarbiyachi
shunday   vaziyatni   yaratishi   kerakki,   unda   bolalar   turli   xil   til   vositalaridan
foydalangan   holda   dialog   tuzish–   so‘rash,   javob   berish,   tushuntirish,   iltimos
qilish, luqma tashlash va h.k. zaruratiga duch kelsin. Ushbu maqsadda bolaning
oiladagi, maktabgacha  ta’lim muassasasidagi  hayoti, uning do‘stlari va kattalar
bilan   munosabatlari,   uning   qiziqishlari   va   taassurotlari   bilan   bog‘liq   turli   xil
mavzularda   suhbat   o‘tkazishdan   foydalanish   lozim.   Aynan   dialogda
suhbatdoshni   tinglash,   savollar   berish,   mazmundan   kelib   chiqqan   holda   javob
berish   qobiliyati   rivojlanadi.   Qayd   etilgan   malaka   va   ko‘nikmalar   monologik
nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir. 
Tengdoshlar   bilan   dialogik   muloqotni   yo‘lga   qo‘yish   uchun   kooperativ
tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat astasekinlik bilan
shakllanadi.   Dastlab   bolalar   ro‘y   berayotgan   hodisalarni   sharhlagan   holda,
yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq tengdosh bolaning mavjud
bo‘lishi   va   u   bilan   so‘zlashish   imkoniyati   orqali   rag‘batlantiradi   hamda   u   o‘z
faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot o‘rnatish
funksiyasini   bajaradi.   Bolalar   o‘rtasidagi   muloqot   asosan   amaliy   xususiyatga
ega.   Dialog   ko‘pincha   shunday   shaklga   olib   boriladiki,   bunda   bola   sherigining
qisqa   luqmalariga   harakat   bilan   javob   beradi   yoki   ro‘y   berayotgan   hodisaga
nisbatan o‘z munosabatini  nonutqiy vositalar yordamida ifodalaydi. Ular orqali
bolalar   bir-biriga   e’tibor   berishni,   do‘stlarini   tovushidan   bilib   olishni,   tashqi
ko‘rinish detallarini sezishni, nutqiy muloqot qilishni o‘rganadigan ko‘plab xalq
o‘yinlari mavjud. Dialog muloqotini yo‘lga qo‘yish uchun stol o‘yinlari va chop
etilgan   («loto»,   «domino»)   o‘yinlardan   foydalanish   tavsiya   etiladi.   Juft   bo‘lib
o‘ynashda bolalar dialogik hamkorlik qilish usullarini: navbatga rioya qilish, bir-
26 biriga xushmuomalalik bilan murojaat  qilish, o‘z nuqtayi  nazarini  dalil-isbotlar
bilan   himoya   qilish,   fikrlarini   sherigi   bilan   muvofiqlashtirishni   o‘rganadilar.
Bunday o‘yinlarda biluvchanlikning asosi sifatida nutqiy topshiriqlarning har xil
turlari ishtirok etishi mumkin, masalan: berilgan tovushli so‘zlarni tanlab olish,
akustik   va   artikulatsion   jihatdan   bir-biriga   yaqin   bo‘lgan   tovushlarni
tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlarni tasniflash, rasmlar turkumi asosida
birgalashib hikoya qilish va h.k. 
Maktabgacha   ta’lim   muassasalarida   bolalarni   ravon   nutqqa
o‘rgatish.   Bolalarda   ravon   nutqni   rivojlantirish   maktabgacha   ta’lim
muassasasining   asosiy   vazifasi   hisoblanadi,   maktabgacha   yoshning   nihoyasiga
kelib bola  kattalarga xos  bo‘lgan  og‘zaki   nutqning asosiy   shakllarini  egallashi,
ya’ni  ravon nutqning ikki  shakli  – dialogik va monologik nutqni egallab olishi
shart.   Maktabgacha   ta’lim   muassasasining   vazifasi   bolalarda   ravon   so‘zlashuv
nutqni (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlantirishdan iborat. So‘zlashuv
nutqini   shakllantirish   vazifasi   ko‘p   qirrali.   Maktabgacha   bosqichdagi   kichik
yoshli   bolalarda   ularga   qaratilgan   nutqni   tinglash   va   tushunish,   bir-birini
tinglash,   savollarga   javob   berish   va   o‘zi   ham   savollar   berishi,   suhbat   mavzusi
bo‘yicha  izchil   javob berish  qobiliyati  shakllanadi.  Nutqning  ushbu  ikki  turlari
o‘rtasidagi   farq   matn   ichidagi   gapning   mantiqiy   aloqa   turi   bilan   belgilanadi.
Monolog   doimo   vaqtli   yoki   sabab-oqibatli   aloqada   bo‘ladigan   (bir-biriga
nisbatan) borliq faktlari haqida xabar qiladi. Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama
bo‘lishi   mumkin:   faktlar   haqiqatan   ham   bir   vaqtdalik   yoki   ketma-ketlik
munosabatlarida   bo‘lishi   mumkin.   Bir   vaqtning   o‘zida   mavjud   bo‘ladigan
faktlar   haqidagi   xabarlar   tavsif   deb   ataladi.   Faktlar   ketma-ket   keladigan   xabar
bayon   qilish   deyiladi.   Sabab-oqibatli   munosabatlarda   bo‘lgan   faktlar   haqidagi
xabarlar   esa   mulohaza   deb   yuritiladi.   Ilk   yoshda   bola   ravon   nutqni   eshitadi.
Dastlab   bu   unga   nisbatan   aytilgan   luqmalar,   so‘ngra   esa   ertaklar,   hikoyalar,
kattalarning monologik nutqlari bo‘ladi. 
27 Ravon   nutqdan   til   elementlari   –   tovushlar,   morfemalar,   so‘zlar,   gaplarni
ajratib olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining o‘rnini eslab qoladi,
bu   esa   ilk   yoshdan   boshlab   nutqdan   oldingi   mashqlar   boshlanadigan   til
sezgilarini   rivojlantirish   jarayonini   tashkil   etadi.   Ma’lumki,   ravon   nutqda
bolalarning boshqalar bilan voqeahodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati,
aloqasi   ifodalanadi.   Bu   ifoda   bir   yoki   bir   necha   jumlalarda   o‘z   aksini   topishi
mumkin.   Ravon   nutqning   shakllanishida   bolaning   tevarak-atrof   bilan
munosabati,   muomala   shakli   katta   rol   o‘ynaydi.   Maktabgacha   katta   yoshdagi
bolalarda   ravon   nutqni   rivojlantirishda   ancha-muncha   tajriba,   malaka   va
ko‘nikmalar   mavjud   bo‘lganligini   hisobga   olib,   ularda   ravon   nutqni
shakllantirishda, avvalo, ertaklar matnini tinglashda nimalarga e’tibor berishimiz
kerakligini   aniqlab   olishimiz   zarur.   Bular,   avvalo,   ona   Vatan   haqida   dastlabki
tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. 
Unda «Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur»da bolalarni buyuk
siymolar, sarkardalar, ulug‘  mutafakkirlar  haqida bilim berish nazarda tutilgan.
Ana shularning barchasi  bolalarning milliy qadriyatlarimiz haqidagi  bilimlarini
aniqlash,   mustahkamlash   va   kengaytirish   asosida   ravon   nutqni   rivojlantirishga
yordam beradi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ijodiy hikoya tuzishga
o‘rgatish: 
Mavzu: “Men yoqtirgan fasl”
Maqsad:   Shaxsiy tajribaga asoslanib ravon nutqni rivolantirish mantiqiy
rivojlanib boruvchi hikoya tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish. 
Vazifalar:   Shaxsiy   hayot   (tajriba)dan   tugallangan   hikoya   tuzish
malakasini  shakllantirish, sabzavot  va mevalar bo‘yicha lug‘atini  faollashtirish,
topishmoqlar   mazmuniga   tushunishga   o‘rgatish,   maqoldagi   so‘zlarni   aniq   va
burro aytish. 
28 Kutilayotgan   natijalar:   Shaxsiy   hayot   (tajriba)dan   tugallangan   hikoya
tuzish   malakasi   shakllanadi,   hikoya   to‘qishga   qiziqish   uyg‘onadi,   topishmoq,
maqollar mazmunini tushunib oladilar. 
Kerakli   jihozlar :   To‘rt   faslga   oid   katta   rasmlar,   to‘rt   faslga   oid   qirqma
rasmlar. 
Mashg‘ulotning borishi. Tarbiyachi:   Bolalar hozir qanday fasl? (Qish)
Qish faslida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? Sizga qaysi  fasl  ko‘proq yoqadi?
Nima   uchun   yoqadi?   Bugun   biz   “Men   yoqtirgan   fasl”   mavzusida   qisqa   va
tugallangan   hikoya   tuzishni   o‘rganamiz.   Kelinglar,   bolalar   hozir   biz   kichik
guruhlarga bo‘linib olamiz.
  –   Bir yilda nechta fasl bor? (4ta fasl). 
–   Demak, biz to‘rt guruhga bo‘linamiz. 
Bolalar   guruhlarga   bo‘linish   uchun   bahor,   yoz,   kuz   va   qish   fasllari
tasvirlangan suratlarning qirqma bo‘laklarini oladilar. Ular o‘z fasllariga tegishli
tasvirlarning   qirqma   bo‘laklarini   yig‘ish   bilan   guruhlarga   bo‘linib   oladilar.   1-
guruh   bolalari   bahor   faslini,   2-guruh   bolalari   yoz   faslini,   3-guruh   bolalari   kuz
faslini,   4-guruh   bolalari   qish   faslining   qirqma   bo‘laklarini   yig‘adilar.   Natijada
har bir guruhda katta fasl tasviri hosil bo‘ladi. Har bir guruh o‘z fasllari haqida
hikoya tuzishlari kerak. Hikoya yakunida shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar
aytishlari mumkin.
Bolalar hikoya tuzishda qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini  beradi.
Tarbiyachi:   Men   uchun   sevimli   fasl   kuz.   Kuzda   shamol   g‘ir-g‘ir   esib   turadi.
Osmon   toza   va   beg‘ubor   bo‘ladi.   Bog‘larda   kuzgi   mevalar   pishib   yetiladi.
Paxtazorlarda   paxtalar   oppoq   bo‘lib   ochiladi.   Dala   va   bog‘larda   ish   qizg‘in
bo‘ladi.   Mevalar   teriladi,   kartoshka,   piyoz,   sabzi   kabi   sabzavotlar   birin-ketin
kovlanadi.   Paxtalar   teriladi.   Bolalarning   tuzgan   hikoyalari   bo‘yicha   guruhlar
taqdimoti   o‘tkaziladi.   Har   bir   guruhning   tuzgan   hikoyalari   tinglanadi   va
rahbatlantiriladi. 
Tetiklashtiruvchi mashqlar 
29 Quyosh 
Erta tongda 
Quyosh turib
  Bolalarni erkalaydi, 
Boshlarini silaydi. 
Bilaklar ichki tarafi bilan bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh nurlari
kabi keng yoyilgan holatda bo‘ladi. 
Tarbiyachi   bolalarga   fasllar   haqida   maqollar   ayttirib   mashg‘ulotni
tugatishi mumkin. 
1. Qish g‘amini yozda ye. 
2. Bahorgi harakat - kuzgi barakat. 
3. Yozgi mehnat - qishgi rohat. 
4. Yer haydasang kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda.
  Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 
1. Bir yilda nechta fasl bor? 
2. Siz qaysi faslni yoqtirasiz? 
3. Mehnat haqida maqollar aytib bering. 
4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi. Til millatning noyob xazinasi
bo‘lib, doimo og‘zaki va yozma holda namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli,
nutq   so‘zlayotgan   kim   bo‘lishidan   qat’i   nazar,   uning   nuri   hisoblanadi.   Tilni
olijanob imkoniyatlari nutq orqali, nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan
tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. 
So‘z   va   g‘azal   sultoni   A.   N a voiy   til   va   nutq   munosabatlarini   shunday
izohlaydi.   «Til   shuncha   sharafi   bilan   nutqning   qurolidir.   Agar   nutq   noma’qul
bo‘lib   chiqsa   tilning   manfaatidir».Demak,   til   qanchalik   zo‘r   bo‘lmasin,   u   nutq
uchun   qurol   sifatida   xizmat   qilarkan.   Uning   kuch   qudrati   nutq   jarayonida
namoyon   bo‘lar   ekan.   Agar   til   o‘q   bo‘lsa,   nutq   kamondir.   O‘qning   qudrati,
kamonning qudratiga ham bog‘liq. 
Buyuk bobomiz A. Novoiy so‘zga shunday baho berganlar. 
30 “So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin, 
So‘zdirki, berur jonga xabar jonondin. 
Insonki so‘z ayladi judo hayvondin, 
Balki, guhari sharifroq yo‘q ondin”. 
Qadimgi   sharq   pedagogikasining   ajoyib   asarlaridan  biri   “Qobusnoma”da
ham   til   va   nutqqa   alohida   e’tibor   berilganki,   ular   hozir   ham   o‘z   ahamiyatini
yo‘qotmaganini   ko‘ramiz.   Kaykovus   barcha   hunarlar   ichida   so‘z   hunari   –
notiqlikni   a’lo   deb   biladi:   “Bilinki   hamma   hunardan   so‘z   hunari   yaxshi”.
Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishni ta’kidlaydi. 
Muallif   notiqlikni   egallashning   yo‘lini   tinimsiz   mehnat   va   o‘rganish   deb
uqtiradi. 
Hikoyat:   “Shunday   deb   eshitdimki,   bir   kecha   Xorun   ar-Rashid   bir   tush
ko‘rdi. Ya’ni og‘zidagi hamma tishlari to‘kilib tushgan emish. Ertalab turib bir
ta’birchini   chaqirib   bu   tush   ta’biri   nima   ekanini   so‘radik.   Ta’birchi   dedi:   Ey
amir   al   mo‘min   sening   huzuringda   barcha   qarindoshurug‘laring   o‘ladi,   sendan
boshqa hech kishi qolmaydi”. 
Xorun   ar-Rashid   dedi:   “Mening   yuzimga   shunday   dard   anduh   bilan
to‘lgan   so‘zni   aytasanmi?   Agar   mening   qarindoshlarim   o‘lsalar   men   nima   ish
qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? - deb ta’birchini yuz tayoq urishga
buyurdi.   So‘ngra   boshqa   bir   ta’birchini   chaqirdi   va   tushining   ta’birini   so‘radi.
Ta’birchi   dedi:   Ey   amir   al   mo‘min,   sening   umring   barcha   qarindoshlaringning
umridan   uzun   bo‘ladi.   Xorun   ar   Rashid   dedi:   “Barcha   aqlning   yo‘li   birdir   va
ikkovining   ta’biri   bir   yerdan   chiqadi,   ammo   yuqoridagi   ta’birchining   iborasi
bilan   keyingi   ta’birchining   iborasi   orasidagi   farq   kattadir”,   –   dedi   va   Xalifa
keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi. 
Ey   farzand,   so‘zingni   yuzi   va   orqa   tomonini   bilgin,   ularga   rioya   qilgin.
So‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda
so‘zing qanday ma’noga ega ekanligini  bilmasang, qushga o‘xshaysan,  bunday
qushni  to‘ti deydilar. To‘ti  ham  so‘zlaydi, ammo so‘zining ma’nosi  bo‘lmaydi.
31 Shunday   kishini   notiq   (suxango‘y)   deymizki,   uning   har   bir   so‘zi   xalqqa
tushunarli   bo‘lsin   va   xalqning   har   so‘zi   unga   ma’lum   bo‘lsin.   Bunday   kishilar
oqil (aqlli) lar qatoriga kiradi. 
…Bilgan   so‘zingni   o‘z   joyila   ishlatgin,   vaqtni   bekor   o‘tkazmagin.   Agar
vaqtni   bekor   o‘tkazsang,   donishmandlikka   putur   yetkazgan   bo‘lasan.   Hamma
vaqt   to‘g‘ri   gapir,   be’sanilikni   da’vo   qilguvchi   bo‘lmagin,   bilmagan   ilmdan
gapirmagil, shunda  ilmdan non talab qilma. Har qanday talabing bo‘lsa, bilgan
ilm,   ma’rifat   va   hunardan   hozir   bo‘ladi.   Bilmagan   ilm,   ma’rifat   va   hunarni
bilmagan   deb   da’vo   qilsang   nech   narsa   hosil   bo‘lmaydi   va   behuda   zahmat
chekasan. Har bir so‘zga quloq sol, tezlik qilma. O‘ylamasdan so‘zlama. Har bir
so‘zni   o‘ylab   gapir,   xato   aytgan   gapingdan   pushaymon   bo‘lmagaysan
(Qobusnomadan).
Ma’lumki   til   inson   aqli   faoliyatining   eng   oliy   va   asosiy   vositasidir.
Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham til emasmi?! Shunday
ekan,   inson   aqliy   faoliyatining   eng   oliy   mahsullari   tafakkur   mevalari   til,   nutq
orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi
bo‘luvchi qudratli quroldir.
32 II BOB  DIOLOGIK NUTQ VA UNI BOLALARDA SHAKLLANTIRISH 
METODIKASI.
  2.1.  Dialog nutqning mazmuni va vazifalari
Bolalarni   dialogik   nutqqa   o‘rgatish   muammolari.   Dialogik   nutq   ikki
va undan ortiq kishilar o‘rtasida amalga oshiriladi. Nutqning bu ko‘rinishi o‘ziga
xos  xususiyatlarga  ega,  bu nutq  keng  jumlalarni   talab etmaydi.  Shuning uchun
dialogik nutq tarkibida to‘liqsiz gaplar juda ko‘p bo‘ladi. Bunday nutq tarkibida
so‘roq va undov gaplar ham uchraydi. Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari
Dialog – suhbat bolaning kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy
shakli hisoblanadi 
Bolalar bog‘chasida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: 
a) erkin nutqiy muloqot 
b) maxsus mashg‘ulotlarda 
Dialog   ko‘proq   erkin   nutqiy   muloqotda   paydo   bo‘ladi   va   u   bolalar
lug‘atini   boyitishning   talaffuzga   oid   grammatik   ko‘nikmalarini   tabiiy   ravishda
rivojlantirish, ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi hisoblanadi. Dialog
maxsus   mashg‘ulotlarda   o‘qitiladi   (oyiga   1–2   ta   mashg‘ulot);   Bolalar
bog‘chasida   bo‘lib   turgan   vaqti   mobaynida   bola   erkin   muloqotda   pedagog   va
boshqa   bolalar   bilan   muloqotga   kirishadi.   Uyda   esa   kattalar   bola   bilan   turli
mavzularda   dialogga   kirishishlari   lozim.   Dialogik   nutqni   (yoki   og‘zaki   nutqni)
o‘rgatish   odatda   suhbat   shaklida,   ya’ni   kattalar   bilan   bola   o‘rtasida   hamda
bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi.
Dialogik   nutqni   rivojlantirishga   doir   maxsus   mashg‘ulotlarning
ahamiyati.
Dialogik   ravon   nutqni   rivojlantirishga   doir   maxsus   mashg‘ulotlar   suhbat
metodi   (suhbat)   va   imitatsiya   metodi   asosida   o‘tkaziladi.   Mazkur   metodlar
ko‘pincha   quyidagi   usullar   yordamida   amalga   oshiriladi:   Tayyorgarlik   suhbati
(so‘zlashish)   usullari;   Teatrlashtirish   usullari   (imitatsiya,   qayta   aytib   berish).
Tayyorlangan   suhbatning   quyidagi   vazifalari   mavjud:   To‘g‘ridan-to‘g‘ri   –
33 bolalarni   suhbatlashishga,   ya’ni   suhbatdoshi   so‘zlarini   bo‘lmasdan   tinglash,
luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi
uchun tushunarli qilib so‘zlash; Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni
mashq   qilish,   ma’lum   so‘zlar   ma’nosini   aniqlashtirish.   Suhbat   jarayonida
tarbiyachi  savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi  turli  usullardan foydalanadi.
Bu   usullarning   barchasi   suhbat   paytida   bilimlarni   o‘zlashtirish   jarayonini
yo‘naltirish,   nutqiy   muloqotni   ta’minlash,   bolalar   fikrlarini,   ularning   diqqat-
e’tiborlarini,   xotiralarini,   emotsiyalarini   faollashtirishga   yordam   beradi.
Bolaning   kattalar   bilan   dialogining   dastlabki   belgilari   «jonlanish   kompleksi»,
ya’ni   bolaning   kattalarga   nisbatan   emotsional-ijobiy   munosabati   ko‘rinishida
paydo   bo‘ladi.   2–2,5   oydan   boshlab   kichkintoy   dialogga   kirishishni   faol   talab
qila boshlaydi. 
Dialogning birinchi shakli – emotsional-erkin (vaziyat-shaxs) shakldir. Bu
boshqa   odamga   bo‘lgan   qiziqish,   unga   nisbatan   emotsional   munosabat   bilan
tavsiflanadi.  Dialogning  bunday  shakli   bola  hayotining  birinchi  yarim   yilligiga
xos holatdir. 
Dialogning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni emotsional   vositali
(vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu
dialog predmetlar  orqali  vositali  dialogga aylantiriladi. Ushbu yoshda  bolaning
qiziqishlari   atrofdagi   olamga   yo‘naltirilgandir.   Unda   yangi   taassurotllarga
e’tiyoj   yorqin   paydo   bo‘ladi.   Bu   yoshdagi   rivojlantirish   vazifalari
quyidagilardan   iborat:   Bolalar   muassasalarida,   oilada   bolaga   g‘amxo‘rlik
ko‘rsatayotgan   kattalarga   nisbatan   emotsional   bog‘liqlik   va   ishonch   hissini
tarbiyalash.   Unga   nisbatan   ijobiy   diqqat-e’tiborga   bo‘lgan   ehtiyojni   qondirish.
Kichkintoyning   uni   o‘rab   turgan   atrof-olamga   va   uning   o‘ziga   nisbatan
qiziqishni rivojlantirishga ko‘maklashish.
Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati  va uning genetik vazifasi. Bola
hayotining   birinchi   yili   oxiriga   kelib   erishgan   natijalari   yangi   ijtimoiy
rivojlanish   vaziyatini   qurishni   talab   qiladi.   Bu   bolaning   katta   odam   bilan
34 birgalikdagi   faoliyatiga   oid   vaziyatdir.   Ushbu   birgalikdagi   faoliyat   mazmuni   -
predmetlardan   foydalanishning   jamoatchilik   tomonidan   ishlab   chiqilgan
usullarini   o‘zlashtirishdan   iborat   (bola   qoshiq   bilan   ovqatlanishni,   stakandan
ichishni, rasm chizishni, stulchaga o‘tirish va hokazolarni o‘rganadi). 
Dialog   jadal   rivojlanishda   davom   etadi,   zero,   kattalar   bilan   bevosita
muloqotsiz   predmetli   faoliyat   mumkin   emas.   Predmetli   faoliyat   bilan   bog‘liq
dialog   faqat   emotsionalligicha   qolmaydi,   u   nutqiy   dialogga   aylanadi.   Shunday
qilib,   ilk   yoshdagi   bosh   vazifa   narsalardan   foydalanishning   insoniy   usullarini
o‘zlashtirish   va   nutqni   rivojlantirishdan   iborat   bo‘ladi.   Bola   narsalar   bilan
harakat   qilar   ekan,   hayotining   ikkinchi   yiliga   kelib,   ularning   jismoniy   (hajmi,
shakli,   rangi)   va   dinamik   xususiyatlarini,   masofaviy   munosabatlarini   (yaqin,
uzoq),   butun   narsani   qismlarga   ajratish   va   qismlardan   butun   narsani   yig‘ishni
(piramida,   matrushka   kabi   o‘yinchoqlarni   qismlarga   ajratadi   va   qayta   yig‘adi)
o‘zi   uchun   kashf   qiladi.   Biroq   bola   narsalar   bilan   qanchalik   ko‘p   harakat
qilmasin,   u   baribir   ularni   amalda   qo‘llashning   jamoatchilik   tomonidan   ishlab
chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo‘tqa aralashtiriladi; sochiqqa
qo‘llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.) mustaqil ravishda kashf
qila  olmaydi.   Narsalarning  vazifasi   va   ularni   amalda   qo‘llash   usullarini   bolaga
kattalar o‘rgatadilar. 
  Bolalarga dialogik nutqni o‘rgatish usullari.  Dialogga bo‘lgan ehtiyoj,
predmetli   harakatlarni   o‘zlashtirish   bolaning   o‘z   faol   nutqini   ham   talab   qiladi.
Nutq   asosida   umumlashtirishlar,   fikrlashning   ramziy   vazifasi,   ya’ni   real
narsalarning   o‘rnini   almashtira   olish   hamda   o‘rnini   bosuvchi   narsalar   va   til
belgilari   bilan   amallar   bajarish   qobiliyatlari   rivojlanadi.   Biroq   nutqqacha
predmetli harakatlarni aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli narsalar
bilan   aynan   bir   xil   harakatni   bajarish,   juftlik   o‘yinlarni   rivojlantirish   va
umumlashtirishga oid uzoq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Bola   uchun   katta   yoshli   odam   –   bitmas-tuganmas   ijobiy   emotsiyalar,
qiziqarli   taassurotlar   va   borgan   sayin   so‘z   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lib
35 boradigan   o‘yinlar   manbai   hisoblanadi.   Kattalar   bilan   dialogga   kirishish,
narsalar   va   o‘yinochqlarga   egalik   qilishga   intilarkan,   bola   ushbu   maqsadlarga
erishish   uchun   so‘zdan   foydalanish   haqidagi   chaqiriqqa   javob   beradi,   ba’zida
o‘zi   tashabbus   ko‘rsatib,   fikr   bildiradi.   Katta   yoshli   odam   bola   bilan   dialogga
kirishadi, bolaning bir so‘zli fikrlarini grammatik jihatdan to‘liq shakllantirilgan
iboraga   aylanatirish   orqali   uning   kamchiliklarini   “tuzatadi”   (Temur   dadasining
mashinasini   ko‘rib   qoldi:   “Bi-bi,   dada”.   Ona:   “Dadasining   mashinasi.   Ketdik,
dadaga   boramiz”).   Bola   tilni   faol   o‘zlashtiradi.   So‘z   ortida   turgan   tasavvur
yagona   o‘xshashlikdan   (“lyalya”   -   katta   va   kichik   qo‘g‘irchoq)   ko‘proq
o‘xshatishlargacha,   keyinroq   esa   nisbatan   aniq   umumlashtirmalargacha   (“mol”
so‘zidan sigir, qo‘y, echki va ot-eshaklarni ifodalashda foydalanishdan boshlab
keyinchalik “mol” so‘zini  faqat sigir  va buzoqchalarga nisbatan qo‘llashgacha)
rivojlanadi. 
Ayni   bitta   so‘z   yordamida   ko‘p   obrazli   munosabatlar   ifodalanadi
(“nanna”   so‘zi   bir   vaqtning   o‘zida   “bu   non”,   “non   bering”,   “non   tushib   ketdi”
kabi ma’nolarni anglatishi mumkin va h.k.). Bola asta-sekin bu munosabatlarni
grammatik   jihatdan   rasmiylashtirilmagan   ikki   so‘zli,   keyinroq   esa   uch   so‘zli
gaplar   orqali   ifodalashni   o‘rganadi.   Ikkinchi   yilning   oxiriga   kelib,   dastlabki
grammatik shakllar paydo bo‘ladi. Bolaning so‘z zaxirasi ortadi. 1 yoshu 6 oyda
uning   so‘z   zaxirasi   30–40   ta   so‘zni   tashkil   qilishi   lozim.   Fikrlar   asosan   bir
tarkibli   gaplardan   iborat   bo‘ladi.   Bunda   nonutqiy   dialog   vositalari   (ifodali
harakat,   bevosita   namoyish   qilish,   ko‘zlarning   to‘qnashuvi,   mimikalar,   imo-
ishoralar va boshq) hamon hukmron bo‘ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma’nosini
va ularda qo‘llanilayotgan nutq mazmunini tushunib yetadi. 
2   yoshga   kelib   bolaning   so‘z   zaxirasi   200–300   tagacha   o‘sadi.   Uning
fikrlari   grammatik   jihatdan   rasmiylashtirilmagan   ikki-uch   tarkibli   iboralardan
iborat   bo‘ladi.   Bola   bilan   katta   yoshli   odam   bevosita   dialogga   kirishgan
vaziyatda   esa   nutqiy   dialog   yetakchi   dialog   turiga   aylanadi.   Bola   hayotining
uchinchi   yiliga   kelib   nutq   rivojlanishi   ko‘proq   keng   qamrovli   vazifalar
36 doirasida,   eng   avvalo,   katta   yoshli   yaqin   qa   rindoshlari   va   bolalar   bilan
munosabatga   kirishish   hamda   ular   bilan   birgalikda   harakat   qilish   (nutqning
kommunikativ vazifasi), atrofolamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali
davom   etadi.   Bola   nutqiy   dialogning   asosiy   shaklini   -   dialogik   nutqni
o‘zlashtiradi.   U   tashabbus   ko‘rsatib   fikr   bildirishni,   savollar   berishni,   javob
kutishni,   o‘zi   ham   savollarga   javob   berishni,   atrofdagilarga   iltimos   va   takliflar
bilan   murojaat   qilishni   o‘rganadi.   Bola   o‘z   istak-xohishlari,   hissiyotlari,
fikrlarini   ifodalash,   kutilayotgan   natijalarga   erishish   uchun   so‘zlardan
foydalanadi.   Biroq,   bola   tomonidan   foydalanilayotgan   so‘zlar   fonetik   jihatdan
ancha   nomukammal   bo‘lib,   u   keng   qamrovli   ma’nolarni   anglatadi.   So‘z   va
predmetli   harakatlarni   qo‘llash,   ular   bilan   mos   ravishda   harakat   qilish   orqali
katta   yoshli   kishi   bola   bilan   o‘zaro   bir-birini   tushunishini   va   uning   tilini
boyitishni yo‘lga qo‘yadi. Bola tashabbus ko‘rsatish orqali dialog subyekti, teng
huquqli hamkor sifatida chiqadi. 
O‘zini   tushunishlariga   intilish,   o‘z   istakxohishlarining   bajarilishiga
erishish bolani to‘g‘ri so‘zlashga majbur qiladi. Ushbu yoshda tengdoshlari bilan
dialogga   kirirish   emotsional   aloqa   o‘rnatish   va   o‘z   shaxsiga   e’tiborni   jalb
qilishga   yordam   beradi:   bolalar   bir-birlari   bilan   o‘ynash   jarayonida   o‘z
harakatlarini   nutq   bilan   sharhlab   boradilar,   ammo   hozircha   ular   bir-biriga
to‘g‘ridanto‘g‘ri yuzlanib, murojaat qilmaydilar. Bola hayotining uchinchi yiliga
kelib bolaning til muhitidagi faol yo‘naltiruvchi faoliyati boshlanadi. 
Bu quvonchli kechinmalar ta’siri ostida vujudga keladigan tovushlar bilan
turli   o‘yinlarda   (“shovqinli   qo‘shiqlar”)   va   oddiy   so‘z   ijodkorligida   (“golf-
molflar”,   “o‘yin   po‘yin”   va   boshq.)   ko‘rinadi.   Bu   yoshda   u   kattalar   bilan
dialogda ko‘rgazmali-taassurotli vaziyatga tayanmagan holda o‘z taassurotlarini
nutqda   ifodalay   boshlaydi.   Bolalar   o‘zlari   o‘qib   chiqqan   kitoblari,   tinglagan
ertaklari   va   o‘zlarining   ilgarigi   tajribalari   haqida   (Mustaqillik   maydoniga,
hayvonot   bog‘iga   uyushtirilgan   sayohat,   qorbobo   sovg‘alari   va   boshqalar
haqidagi   xotiralar)   fikr   bildira   boshlaydilar.   Bola   hayotining   ikkinchi   yilida
37 nutqiy   rivojlantirish   vazifalari:   Nutqni   tushunish.   Bolaga   eng   oddiy,   uning
o‘ziga tanish bo‘lgan maishiy vaziyatlar, jarayonlar va o‘yin vaziyatlarini ochib
beruvchi oson tu shuniladigan so‘zlar va oddiy iboralar zaxirasini kengaytirish. 
Odamlar, xonadagi va undan tashqaridagi narsalar, hayvonlar, o‘simliklar,
uyjoylar   va   ularning   vazifasini   ifodalovchi   so‘zlar   zaxirasini   asta-sekin
kengaytirib   borish.   Old   ko‘makchilar   va   ravishlar   yordamida   ifoda   qilinadigan
vaziyatlarni   tushunishni   (ikkinchi   yarim   yillikda),   buyumlar   sifati,   ularning
hajmi   va   rangini   belgilovchi   so‘zlarni   tushunishni   shakllantirish.   Kattalarning
mazmuniga   ko‘ra   bog‘langan   2–3   ta   harakatdan   iborat   bo‘lgan   topshiriqlarini
diqqat bilan tinglash, tushunish va bajarishni o‘rgatish (…koptokni ol va menga
uzat).   Barcha   rejimli   vaziyat   jarayonlarida   ishonch   bildirilgan   his-hayajonli
dialogni yo‘lga qo‘yish. Bola imkoni bo‘lgan har qanday nutqiy ko‘rinishlar va
vokallashuvlarning paydo bo‘lishiga ko‘maklashish. 
Imo-ishoralar va yuz ifodasi  bilan bir  qatorda istak-xohishlarni  ifodalash
va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan
so‘zlardan   foydalanishga;   turli   sabablar   bilan   kattalar   va   bolalarga   murojaat
qilish:   savol   berishga;   ko‘rganlarini   bir   nechta   so‘zlarda   hikoya   qilib   berishni
o‘rganishga (yil oxirida) undash. Bolalarning kishilarni ularning yoshi va jinsiga
mos   holda   belgilovchi   so‘zlardan,   xonadagi   va   xonadan   tashqaridagi
buyumlardan,   ayrim   hayvonlardan   va   o‘simliklardan,   atrofdagi   kishilar   va
hayvonlar   harakatlaridan,   notirik   va   tirik   obyektlardan,   ayrim   mehnat
harakatlaridan   foydalanishlari   uchun   tegishli   holatni   vujudga   keltirish.   Bola
hayotining uchinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari.
  Nutq   funksiyalari   va   shakllari.   Bolaning   imkon   doirasidagi   va   undan
tashqaridagi nutq vositalari bilan faol dialogga kirishish, kattalarning savollariga
va takliflariga javob berish, o‘z istak-xohishlarini, hissiyotlarini, fikrlarini ifoda
qilgan   holda   tashabbus   ko‘rsatib   fikr   bildirishga   intilishini   qo‘llab-quvvatlash;
tengdoshlari   ishlariga   qiziqishini,   o‘z   taassurotlarini   ular   bilan   o‘rtoqlashishni
istashini, o‘yin harakatlarini, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan
38 ifodalashga   qiziqishini   rag‘batlantirish;   shaxsiy   tajribadan   kelib   chiqqan   holda
bolaning   o‘ziga   yaqin   mavzular   bo‘yicha,   hayvonlar   hayoti,   transport   (shahar)
haqida vaziyatdan tashqari dialog qilishga undash. Bolalarni buyumlar, ularning
harakati va sifatini belgilash uchun so‘zlardan foydalanishga undash.
2 . 2.  Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar 
tizimi
6
Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   nutqini   rivojlantirish   qonuniyatlari.
Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini
idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Shunday qilib, til va
nutq   maktabgacha   katta   yoshdagi   bolaning   psixologik   rivojlanishi   hamda
dastavval   xotirasi,   fikrlashi,   idrok   etishi,   hissiyoti   va   ehtirosini   ta’minlaydigan
ikkita muhim vositadir. 
Birinchi   qonuniyat:   Ona   tilidagi   nutqni   idrok   etish   qobiliyati   bola  nutq
organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z,
ibora va gaplarni talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq
qildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir). 
Ikkinchi qonuniyat : Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutqning
leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga bog‘liq. 
Uchinchi   qonuniyat:   Nutq   ifodaliligini   o‘zlashtirish   bolada   fonetika,
leksika   va   grammatikaning   ifoda   vositalarini   tushunishga   bo‘lgan   moyillikka
bog‘liq   (maktabgacha   katta   yoshdagi   bolalarni   nutq   ifodaliligini   tushunishga
o‘rgatish   hamda   bu   hissiyotlarning   bola   tomonidan   o‘zlashtirilishiga   erishish
lozim). 
To‘rtinchi   qonuniyat:   Nutqni   boyitish,   avvalo,   nutq   ko‘nikmalarini
takomillashtirishga   bog‘liq   (agar   oldingi   yosh   bosqichida   maktabgacha   katta
yoshdagi   bola   nutqini   shakllantirish   muvaffaqiyatli   bo‘lgan   bo‘lsa,   undan
keyingi   nutqni   boyitish   jarayoni   hamda   uni   o‘zlashtirish   oson   va   tez   boradi).
6
  Qodirova.F.R  Qodirova R.M Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o`rgatish 
metodikasi.T.Sano-standart, 2004.
39 Bundan   tashqari,   tadqiqotchilar   tomonidan   nutqni   boyitish   jadalligi   tilni   his
etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining
rivojlanishiga ham bog‘liq.
  Beshinchi qonuniyat:   Nutq me’yorlarini o‘zlashtirish tilni his etishning
rivojlanishiga   bog‘liq.   Bolalarning   nutqini   o‘zlashtirishda   tinish   belgilarini
qo‘llash   me’yorini,   eslab   qolish   qobiliyatini   shakllantirish   muhim   o‘rin   tutadi.
Me’yorlangan nutqda ona tili unsurlarini an’anaviy qo‘llashda inson hayotining
asosan   maktabgacha   katta   yoshdagi   davri   samarali   bo‘lishi   ona   tili   metodikasi
ilmida allaqachon o‘z isbotini topgan. 
Maktabgacha   katta   yoshdagi   bolalar   nutqini   rivojlantirish   bilan   bog‘liq
bo‘lgan  masalalar   kompleksini   hal  etishda   quyidagilar   alohida hisobga  olinadi:
1.   Insondagi   bilish   instinkti,   tug‘ma   qiziquvchanlik   nutq   vositasida   amalga
oshiriladi. 
2. Bola nutq ishtirokida olamni bilib boradi. Psixologlarning kuzatishicha,
tevarak-atrof   to‘g‘risidagi   bilimlar   nutq   orqali   o‘zlashtiriladi.   Bundan   shunday
xulosaga   kelish   mumkinki,   bolalarni   tevarakatrof   bilan   tanishtirish   nutqni
rivojlantirishda keng imkoniyatlar tug‘diradi. 
Shunga   ko‘ra   tarbiyachilar   maktabgacha   katta   yoshdagi   bolalarning
nutqini   to‘g‘ri   yo‘naltirishni   tevarak-atrof   bilan   tanishtirish   orqali   amalga
oshiradi.   Bolalar   nutqini   rivojlantirish   samaradorligiga   erishish   uchun   ularning
bilim   darajasi,   qiziqishi   va   shaxsiy   qobiliyati   xususiyatlarini   hisobga   olish
muhimdir.   Shu   narsa   aniqlanganki,   maktabgacha   katta   yoshdagi   bolalarning
barcha harakat va xulqini boshqarishda bosh miya faoliyatining roli ortib boradi.
Ya’ni   bolalar   boshqalarning   xatti-harakatlarini,   atrofda   kechayotgan   voqea-
hodisalarni   bilishga   va   baholashga   intiladilar.   Shunga   ko‘ra   maktabgacha
yoshdagi  bolalar bajaradigan faoliyat  turlari ham  xilma-xil  va mazmunli bo‘lib
boradi. Demak, bolalar faoliyatining sermahsul turlari nutq o‘stirishda katta rol
o‘ynaydi.
40 Bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan
o‘yinlarda   yuqori   darajada   shakllanadi.   Ijtimoiy   foydali   mehnat   va   o‘qish   kabi
faoliyat   turlari   tobora   ko‘proq   rol   o‘ynay   boshlaydi.   Shu   bilan   birga,
tengdoshlariga   nima   bilandir   ko‘mak   berish,   ular   uchun   biron-bir   foyda
yetkazish maqsadida namoyon bo‘ladigan mehnatning ijtimoiy motivlari yanada
ahamiyatliroq, ya’ni sezilarli bo‘lib qoladi. 
Maktabgacha   katta   yoshdagi   bolalar   o‘z   xulqlarini   yanada   asosliroq
boshqara   boshlaydilar.   Bolalar   tarbiyachisi   tomonidan   ular   oldiga   qo‘yilgan
vazifalar ma’nosini aniq biladilar, topshiriqlarni mustaqil va nuqsonsiz bajarish
uchun   astoydil   intiladilar.   Bularning   barchasi   nutqni   rivojlantirishning   muhim
shart-sharoitlari   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Ma’lumki,   ta’limda   biror-bir   yutuqqa
erishish   tarbiyaga   bog‘liq.   Shuning   uchun   ham   maktabgacha   yoshdagi
bolalarning   madaniy   xulqodatlarini   shakllantirishga   muayyan   darajada   e’tibor
berish   lozim.   Ularda   yaxshilik,   kamtarlik,   adolatlilik,   vijdonlilik   to‘g‘risidagi
axloqiy tasavvurlarni tarkib toptirish kerak.
Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari
(kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi)
to‘g‘risidagi   tasavvurlarini   aniqlash   va   izchil,   rejali   tarzda   kengaytira   borish
41 talab etiladi.  Nutqni  rivojlantirishning  samaradorligini  oshirish  rejasida  nafaqat
tevarak-atrof   obyektlari   ustida   oddiy   kuzatishlar   (mushohadalar)   uchun,   balki
ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish muhimdir. Shu o‘rinda
tevarak-atrof   obyektlarini   o‘rganishda   nimalarga   erishish   mumkinligini   aniqlab
olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof
manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqozo etiladi. 
Tevarak-atrofni   o‘rganishda   (tarbiyachilar   yoki   ota-onalar   tomonidan)
bolalar   shunchaki   kuzatmasliklari,   balki   predmetlarni   ularning   qismlari,
elementlarini   ko‘rib,   jarayonlar,   hodisalarni   idrok   eta   borib,   ular   to‘g‘risida
mulohaza   yuritishlari   ham   lozim.   Bunga   erishish   uchun   tarbiyachi   oldiga
qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, tahlil qilish va boshqa shu kabi
usullardan   foydalanish   vazifasi   qo‘yiladi.   Bundan   tashqari,   o‘rganish
jarayonida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay
bo‘lgan   turlari   (ariqchalarni   tozalash,   daraxtlar   tagini   yumshatish,   gullarni
parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan bog‘liqki,
inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va to‘laroq esda saqlaydi.
Mazkur   usul   bilan   maktabgacha   katta   yoshdagi   bolalarning   bog‘lanishli
nutqidagi   kamchiliklar   narsa-predmetlarning   nomlarini   so‘zma-so‘z   va   eslash
orqali to‘ldiriladi. 
Maktabgacha   katta   yoshdagi   bolalar   nutqini   rivojlantirish   ko‘p   jihatdan
quyidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq: 
–   nutqni   rivojlantirishga   doir   didaktik   materiallar   (tarbiyachi   va   ota-
onalarning   ma’lum   maqsadga   qaratilgan   nutqi,   bolalarga   o‘qib   yoki   aytib
beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar); 
–   ta’limning   didaktik   materiallarni   o‘zlashtirish   uchun   foydalaniladigan
metod va usullari; 
–   ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shunga bog‘liq
nutq o‘stirishni rejalashtirish).
42 –   o‘quv  materialining  mazmuni,  uni   o‘rganishning   ayrim  usullari  hamda
ularga   tegishli   tamoyillarga   tayanib,   tarbiyachi   nutq   o‘stirish   bilan   bog‘liq
bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur. 
Biz   ayni   muammoga   oid   tadqiqot   ishlari   olib   borish   jarayonida   nutq
o‘stirish   borasida   quyidagi   didaktik   tamoyillarga   tayanib   ish   ko‘rish   yaxshi
natija beradi degan xulosaga keldik:
  –   nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish uchun nutq materialini tushunish;
–   nutq   ahamiyatini   tushunish   hamda   leksik   va   grammatik   ko‘nikmalarni
rivojlantirish;
  –   nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yoshdagi katta
bolalarda   muayyan   hissiyotni   rivojlantiradigan   didaktik   materiallarni   tanlash
maqsadga muvofiqdir;
  –   ona   tiliga   muhabbat   tuyg‘usini   rivojlantirish   tamoyili   (bu   o‘rinda
bolalarga,   xususan,   nutqda   ona   tili   faktlarini   qo‘llash   an’anasini   o‘zlashtirish
bo‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda tutiladi); 
–   muayyan   mavzuga   oid   yozma   nutqni   og‘zaki   nutq   bilan   qiyoslash;   –
nutqning asta-sekin boyib borishi. 
  «Bolajon»   tayanch   dasturida   bolalar   nutqini   rivojlantirishning   ilmiy
asosi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari
2008-yil   28-sentabrdagi   XTV   hay’at   yig‘ilishining   10/4   qarori   bilan
tasdiqlangan.   Bu   Davlat   talablarini   amaliyotga   joriy   etish   zarurati   O‘zbekiston
Respublikasi   Xalq   ta’limi   vazirligi   Maktabgacha   ta’lim   muassasalari
xodimlarini  qayta  tayyorlash   va  malakasini  oshirish   Respublika   o‘quv-metodik
Markazi   “Bolajon”   tayanch   dasturining   ishlab   chiqilishiga   sabab   bo‘ldi.
“Bolajon” tayanch dasturi yangi takomillashtirilgan dasturning maqsad, vazifasi
bugungi   Davlat   va   jamiyat   boshqaruvining   erkinlashuvi   sharoitida,   fuqarolik
jamiyatining   bo‘lg‘usi   shaxslarini   barkamol   qilib   kamolga   yetkazishga   bo‘lgan
talab   va   ehtiyojini   qondirish,   amaldagi   “Uchinchi   mingyillikning   bolasi”
tayanch   dasturining   samarali   mazmun-mohiyatini   saqlab   qolgan   holda,
43 maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   yangi   Davlat   talablari   asosida   tarbiyalashga
qaratilgan. 7
Dastur   mazmuni   bolalarda   ilk   bora   milliy   o‘zlikni   anglash   tuyg‘usini
shakllantirish,   milliy   urf-odatlar,   milliy   va   umummilliy   qadriyatlarga   hurmat-
ehtiromni kuchaytirish maqsadini ko‘zda tutadi. Ushbu dastur O‘zbekiston Xalq
ta’limi   vazirligi   YUNISEF   xalqaro   tashkiloti   bilan   hamkorlikda   o‘tkazgan   uch
bosqichlik   tajriba-validatsiya   sinovlaridan   samarali   o‘tgan.   “Bolajon”   tayanch
dasturi   bugungi   kunda   maktabgacha   ta’lim   sohasining   barcha   yo‘nalishlari
ushbu   me’yoriy   hujjatlar   bilan   ta’minlanganligi   va   ular   XTVning   elektron
saytlarida   yoritilganligi   bois,   yangi   tayyorlangan   takomillashtirilgan   nashrga
ushbu hujjatlar kiritilmadi. 
“ Bolajon” yangi taomillashtirilgan tayanch dasturi maktabgacha yoshdagi
bolalarga 4 yo‘nalish 3 bosqichda ta’lim-tarbiya berish maqsadini ko‘zda tutgan:
1. Jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena. 
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlantirish. 
3. Nutq, o‘qish, savodga tayyorgarlik. 
4.   Bilish   jarayoni,   atrof-olam   to‘g‘risidagi   bilimlarga   ega   bo‘lish   va   uni
anglash. “Bolajon” tayanch dasturi zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlar
uch yoshgacha bo‘lgan davr, uch yoshdan besh yoshgacha va besh yoshdan yetti
yoshgacha   bo‘lgan   bolalar   psixik   va   yosh   xususiyatiga   ko‘ra   bir-biriga
yaqinligini ilmiy asoslagan. Tahlillarga tayanib, yangi dasturda tug‘ilgandan 24
oygacha   bo‘lgan   rivojlanish   davrlari   (ilk   yosh)   oylar   kesimida,   I   kichik   (2–3
yosh),   II   kichik   (3–4   yosh),   o‘rta   (4–5   yosh),   katta   (5–6   yosh),   maktabga
tayyorlov   (6–7   yosh)   qilib   belgilandi.   Tug‘ilgandan   yetti   yoshgacha   bo‘lgan
davrlarning   xususiyatlari   tavsifi   har   bir   yosh   davr   ta’lim-tarbiyasiga
qo‘yiladigan   talablar   yoritilgan   bandlar   boshiga   joylashtirildi.   Bu   dasturdan
foydalanishda   har   bir   yosh   davr,   uning   o‘ziga   xos   xususiyatlariga   taalluqli
ma’lumotlar bilan yaxlit bir bandda tanishib chiqish imkoni mavjud.
7
 “Bolajon”tayanch dasturi
44 “Bolajon”   yangi   tayanch   dasturida   jismoniy   rivojlanish,   salomatlik,
madaniy-gigiyenik   malakalar   yo‘nalishi   bo‘yicha   asosiy   harakatlar   alohida
yoritildi   va   ular   quyidagicha   tartiblandi:   Asosiy   harakatlarga   doir   mashqlar;
(Yurish, yugurish, sakrash, dumalatish, irg‘itish, ilib olish, emaklash, tirmashish,
muvozanatni   saqlash,   velosiped   haydash).   “Bolajon”   tayanch   dasturida
umumrivojlantiruvchi   mashqlarga   oid:   (Yirik   motorikani   rivojlantirish,   mayda
qo‘l motorikasini rivojlantirish, sensomotorikani rivojlantirish bo‘limlari alohida
yoritildi   (“Sensomotorika”   –   senso   va   motor   so‘zlarining   birgalikdagi   ifodasi
bo‘lib,   lotincha   “sensus”   -   sezish,   “motor”   -   harakat,   birgalikda   nozik
harakatlarni sezish ma’nosida qo‘llanadi). 
Oyoq uchun mashqlar; 
Gavda uchun rivojlantiruvchi mashqlar; 
Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish;
  Ertalabki badantarbiya;
  Saflanish va qayta saflanish; 
Sport mashqlari; 
Raqs mashqlari; 
Harakatli o‘yinlar. 
“ Bolajon”   yangi   tayanch   dasturida   ta’limiy,   voqeaband-ijroli,   harakatli,
teatrlashtirilgan o‘yin faoliyatlarini har bir yosh bosqichi uchun alohida “O‘yin“
bandida mustaqil bayon etish ko‘zda tutilgan. 
Madaniy-gigiyenik malakalar  alohida bandlarda yoritilgan:  taxminiy kun
tartibi;   uxlash   gigiyenasi;   shaxsiy   gigiyena;   ovqatlanish   gigiyenasi;   madaniy-
gigiyenik   ko‘nikmalarni   egallash   va   o‘z-o‘ziga   xizmat   qilish;   o‘ziga   xos
gigiyena;   shikastlanishning   oldini   olish   bandlari.   “Bolajon”   tayanch   dasturida
ijtimoiy-hissiy   rivojlanish   vazifasi   mustaqil   yo‘nalish   sifatida   dasturga   ilk   bor
kiritildi. Uning maqsadi bolada milliy o‘zlikni anglash, o‘zi va o‘zgalar shaxsini
hurmat qilish, his-tuyg‘ularni ifodalash, kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda
milliy   qadriyatlarimizga   xos   muomala   odobiga   tayanishni   tarbiyalashdir.   Bu
45 bolaning   ijtimoiy   hayotga   moslashuvi   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   bo‘lg‘usi   barkamol
shaxs   ega   bo‘lishi   zarur   bo‘lgan   fazilatlarni   tarbiyalashda   poydevor   bo‘lib
xizmat qiladi. 
“Bolajon” tayanch dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishi: 
Ijtimoiy rivojlantirish (kattalar va tengdoshlari bilan muloqot); 
Hissiy   rivojlanish   (bolaning   “men”   konsepsiyasi   va   his-tuyg‘ularini
ifodalashi)ni o‘z ichiga olgan.
  Yangi   dasturda   nutq,   o‘qish   va   savodga   tayyorlash   yo‘nalishi   alohida,
keng ochib berilgan. Ular quyidagicha tartiblangan:  Nutq (Uning ekspressiv va
impressiv muloqot turlari). O‘qish va savodga tayyorlash: Badiiy adabiyot bilan
tanishtirish. Bunda ilk bora bolani harflar bilan tanishtirish, bo‘g‘inlab o‘qish va
o‘z   ismini   bosma   harflarda   yozish   vazifasi   kiritilgan.   “Bolajon”   tayanch
dasturida   bilish   jarayoni,   atrof   olam   to‘g‘risidagi   bilimga   ega   bo‘lish   va   uni
anglash   yo‘nalishiga   quyidagilar:   elementar   matematik   tasavvurlar   (Son   va
sanoq,   kattalik,   geometrik   shakllar,   tevarak   atrofda   mo‘ljal   olish,   vaqtni
chamalash,  qurish-yasash,   ta’limiy  o‘yin  va mashqlar);  atrof  olam   to‘g‘risidagi
bilimga ega bo‘lish va uni anglash (Ona Vatan va tevarak atrof, buyuk siymolar,
kattalar   mehnati,   transport   vositasi,   buyumlar   haqida   bilimlar,   jonli   va   jonsiz
tabiat, yer kurrasi to‘g‘risida tasavvur); tasviriy faoliyat; musiqa; o‘yin faoliyati
(ta’limiy,   harakatli,   voqeaband-ijroli,   teatrlashtirilgan   o‘yinlar)   keng   yoritilgan.
“Bolajon”   tayanch   dasturining   maqsadi   “Maktabgacha   yoshdagi   bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat  talablari”ning bajarilishiga erishishdan, ya’ni
maktabga  jismonan   sog‘lom,  aqlan   va  ma’nan  yetuk,  jamiyatning  turli  a’zolari
bilan   muloqotda   bo‘la   oladigan,   borliqni   aniq   idrok   etadigan,   hayotga   ijtimoiy
jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek,
mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha   tarbiya   muassasasida   nutqini   rivojlantirish   vositalari   va
usullari.   Tilni   to‘g‘ri   o‘rganish,   uning   grammatik   tuzilishiga   e’tibor   berib
so‘zlashish,   bolalarda   erkin   muhokama   yuritish,   savollar   berish,   boshqalardan
46 eshitgan   fikrlari   yuzasidan   xulosalar   chiqarish,   narsa   va   hodisalar   o‘rtasidagi
bog‘lanishning   turli   ko‘rinishlarini   anglab   yetishga   olib   keladi.   Maktabgacha
tarbiya muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, ularning to‘g‘ri muomalaga
kirishishi, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. 
Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga
erishish muhim bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: 
–   dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi; 
–   bolalar   nutqining   grammatik   tuzilishini   aniq   shakllantirishga   e’tibor
berish; 
–   bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash; 
–   dialogik nutq, ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish; 
–   hikoya qilib berish;
  –   bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish; 
–   bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlash va boshqalar. 
Bu   talablar   maktabgacha   tarbiyaning   barcha   bosqichlarida   amalga
oshiriladi.   Lekin   ularning   har   birida   bolalarning   yosh   xususiyati,   shaxsiy
tayyorgarlik   darajasi,   albatta,   hisobga   olinadi.   Bolalarning   tevarak-atrofni
kuzatib   borishi   natijasida   talaffuzi   ham   ijobiy   tomonga   o‘zgara   boshlaydi;
tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi,
grammatik tomondan gapni to‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi.
Bolalarning o‘zlari  kichik-kichik hikoyalar   tuza  boshlaydilar   va  bu hikoyalarni
erkin   bayon   qila   oladilar.  Ularda   kattalar   bilan   muloqotga   kirishish,   o‘z   fikrini
erkin   bayon   etish   kabi   xislatlar   paydo   bo‘la   boshlaydi.   Shunga   ko‘ra   bolalar
nutqida   tovush   madaniyatini   takomillashtirish,   atrofdagi   narsalar,   predmetlar,
hodisalar   nomini   ifodalovchi   so‘z   boyligini   kengaytirish,   faollashtirish,
monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, o‘z fikrini grammatik jihatdan
to‘g‘ri   va   aniq   ifodalay   olish   ko‘nikmalarini   paydo   qilish   muhim   va   zarur
hisoblanadi.   Bu   talablar   bolalarda   borliqni,   tevarak-atrofni   idrok   etish,   uni
tushunish, his etish, hikoyalar tuzish, o‘z fikrini bayon qila olish, ifodali o‘qish
47 faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi. Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalarning
atrofdagilar   bilan   voqeahodisalar   ta’siri   natijasida   o‘zaro   munosabati,   aloqasi
ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki  bir  necha jumlalarda o‘z aksini  topishi  mumkin.
Nutqning   shakllanishida   bolaning   tevarak-atrof   bilan   munosabati,   muomala
shakli katta rol o‘ynaydi.  8
Maktabgacha   katta   yoshdagi   bolalarning   og‘zaki   nutqqa   doir,   malaka   va
ko‘nikmalari   mavjud   bo‘lganligini   hisobga   olib,   ularda   bog‘lanishli   nutqni
shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz
kerakligini   aniqlab   olishimiz   zarur.   Bular,   avvalo,   ona   Vatan   haqida   dastlabki
tasavvurlarni   shakllantirishdan   boshlanadi.   Bunda   “Maktabgacha   tarbiya
muassasasi   uchun   dastur”da   bolalarda   mustaqil   O‘zbekiston   davlati   haqidagi
tushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish,
Samarqand,   Buxoro,   Xiva,   Toshkent,   Qo‘qon   kabi   tarixiy   shaharlar   haqida
ma’lumotlarga ega bo‘lish, “mustaqillik kuni” (1991-yil 1-sentabr), O‘zbekiston
ramzlari:   gerbi,   bayrog‘i,   madhiyasi   bilan   tanishtirish,   O‘zbekiston   Prezidenti,
Prezidentlik   boshqaruvi   haqida   ma’lumotlar   berish,   bolalarning   o‘z   mahallasi,
ko‘chasi,   uyi,   uning   nomlanishi,   nomlanish   sababi;   O‘zbekistonning   tabiati,
yerosti   va   yerusti   boyliklari,   tog‘lari,   cho‘l   va   adirlari,   tog‘u   soylari,   o‘rmonu
bog‘lari,   iqlimi,   buyuk   siymolari,   sarkardalari,   ulug‘   mutafakkirlari,   an’anaviy
bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kattalar
mehnati, bolalarning otaonalari, aka-opalarining O‘zbekiston xalq xo‘jaligining
turli   sohalaridagi   ishtiroki,   ishlab   chiqarishning   muhim   sohalari,   aloqa   vositasi
haqida   bilim   berish   nazarda   tutilgan.   Ana   shularning   barchasi   bolalarning
tevarak-atrofdagi   hodisalar   haqidagi   bilimlarni   aniqlash,   mustahkamlash   va
kengaytirish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Bunda,
birinchi   navbatda,   bolalar   so‘z   boyligini   kengaytirishda   Respublikamiz   tabiati,
kasb-hunarga   oid,   qurilish   va   qishloq   xo‘jaligida   foydalaniladigan   mashinalar,
narsalarning o‘ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi
tushunchalar, nom va so‘zlar bilan boyitish zarur.
8
 . www. edu. uz
48   Shuningdek,   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalarini   o‘rganish;   ona   tilidagi
antonim,   sinonim,   omonim   so‘zlarni   tushunish   va   to‘g‘ri   qo‘llashga   doir
tushunchalar,   so‘zlar   bilan   boyitishga   erishish   lozim.   Bolalarni   narsalarning
nomlarini   to‘g‘ri   aytishga,   ularning   o‘xshash   va   farqli   tomonlarini   tushunish,
shakli,   rangi,   sifati,   xossalarini,   jinsi   va   turiga   oid   yo‘naltiruvchi   lug‘atini
faollashtirish,   nutqning   grammatik   tuzilishini   shakllantirish,   nutq   madaniyatini
shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod
o‘rgatishga   tayyorlash   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Maktabgacha   tarbiya
muassasasida   olib   borgan   kuzatishlar   shuni   ko‘rsatdiki,   ularning   bog‘lanishli
nutqi yoshiga ko‘ra orqada qolib, qator kamchiliklar mavjud. Shuning uchun biz
ularning   nutqini   kuzatishda   odatdagi   hayotiy   faoliyatidan   chetga   chiqmaslikka
harakat qildik. 
Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi: 
1. Ona tili boyligidan unumli foydalanish. 
2. Nutqni rivojlantiruvchi omillarni to‘g‘ri belgilash. 
3. Nutqni rivojlantirish jarayoni. 
4. Nutqni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik. 
5. Nutqni rivojlantirish mazmuni.
  6. Nutqni rivojlantirish shakllari. 
7. Nutqda ijtimoiy-maishiy omillarning o‘zaro aloqasi. 
8. Sayrlar, o‘yin va mehnat jarayoni – nutqni o‘stirishning muhim vositasi
ekanligi. 
Bolalarning   nutqini   rivojlantirish   maxsus   o‘rganilmaydi,   natijalari   ishlab
chiqilib,   mashg‘ulotlar   tizimi   belgilab   olinmaydi,   mashg‘ulotlar   ma’lum
maqsadga   yo‘naltirilgan   holda   muntazam   va   izchil   olib   borilmaydi.
Maktabgacha   tarbiya   muassasalarining   katta   guruhlarida   bolalarning   nutqi   qay
darajada   shakllanganligi   aniqlanib,   maxsus   topshiriqlar   ro‘yxatini   ishlab
chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda mashg‘ulotlar olib boriladi.
49 Til   tafakkur   bilan   monand   bog‘langani   holda   ongni   shakllantiradi.   Nutq
va   tafakkur   o‘rtasidagi   bog‘liqlik   nafaqat   psixologik   jarayonlarning   chuqur
bosqichlarida,   balki   ijtimoiy   hodisalar   darajasida   ham   namoyon   bo‘ladi.
So‘zning   insonga,   uning   xulq-atvoriga   ko‘rsatadigan   ta’siri   barchaga   yaxshi
ma’lum.   “Garchi   til   bilan   tafakkur   bir-birisiz   yashay   olmasa   ham   ular   o‘zida
aynan bir hodisani ifodalamaydi ” . 
Tafakkur – obyektiv borliqning intihosi, til esa – ifoda usuli, fikrni boshqa
kishilarga   berish   va   mustahkamlash   vositasi.   So‘z   bilan   tushuncha   dialogik
tarzda bir-birini taqozo etadi .
  Hozirgi paytda mamlakatimizda tillar o‘rtasidagi  o‘zaro munosabatlarda
ikki   tamoyil   mavjud:   bir   tomondan,   milliy   tillarning   yanada   rivojlanishi   va
takomillashuvi,   o‘zga   tomondan   esa   –   o‘zbek   tilining   davlat   tili   sifatidagi
ahamiyatining   oshishi   ro‘y   bermoqda.   O‘zbekiston   Respublikasining
mustaqillikka erishishi va yuzaga kelgan iqtisodiy ehtiyojlar mamlakatdagi ko‘p
sonli aholining ona tili bo‘lgan o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘rganishni shart
qilib qo‘ydi, bu esa ko‘p millatli jamiyat sharoitida katta ijtimoiy ahamiyat kasb
etadi.
2.3. MTM bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi
Bola   yoshiga   mos   tasviriy   hikoyalar   tanlash.   Hikoya   –   biror   voqea,
hodisani   kengaytirib   bayon   qilishdir.   Hikoya   tasviriy   va   syujetli   bo‘lishi
mumkin.   Tasviriy   hikoya   –   bu   biror   predmet   yoki   voqeaning   o‘ziga   xos
tomonlarini bayon etishdir. 
Masalan,   tarbiyachi   to‘tiqushlar   haqida   mashg‘ulot   o‘tkazib,   bolalarga
hikoya qilib berishni topshirishdan oldin to‘tiqushlar haqida savollar beradi: 
–   To‘tiqushning patlari qanaqa rangda?
  –   To‘tiqush patlari uning hamma yеrida bir xil ko‘rinishdami? 
-   Dumi, boshidagi patlari qanday?
-  Qayerida uzunroq, qayerida kaltaroq?
50   –   Idishga suv solib qafasga qo‘yamiz, qushlar nima qiladi, cho‘miladimi,
ichadimi?
–   Qushlar qanday uchadi, bir-birining patini nega cho‘qiydi, nima uchun
shoxdan-shoxga qo‘nadi?
  –   Qafasning   ichiga   don,   tuxum,   tvorog,   sabzi,   olma   solamiz.
To‘tiqushlarimiz ularning qaysi birini xush ko‘rib yeydi? 
Bu   savollar   vositasida   bolalar   qushlar   bilan   ishlashga   o‘rganadilar,
savollar   natijasida   va   kuzatishlar   asosida   “Men   qushlarga   don   berdim”
mavzusida hikoya tuzish topshiriladi. So‘ng 5–6 boladan hikoyani so‘zlab berish
so‘raladi.   Zebinisoning   hikoyasi   hammaning   diqqatini   tortadi:   Dadam   menga
bozordan   ikkita   to‘ti   sotib   olib   berdilar.   To‘tilar   kichkina   qafaschada   edi.
Ikkinchi kuni ini bor, chiroyli, katta qafas olib keldilar va to‘tilarni unga qo‘yib
yubordilar.   To‘tilar   keng   qafasga   kirgandan   so‘ng   sayray   boshladilar,   ham
yayrab   o‘ynay   boshladilar.   To‘tilarning   pati   yashil,   havorang,   sariq,   kulrang
bo‘lib,   tovlanib   turar   edi.   Ular   bir-birlarining   patlarini   tozalay   boshladilar.
To‘tilarning patlari bosh qismida kalta, dumida, qanotlarida uzun. Kichik-kichik
xolchalari ham bor. Xuddi ataylab chizilgandek. 
Hikoya   tugagandan   so‘ng   tarbiyachi   hikoyalarni   tahlil   etib,   eng   yaxshi
tasviriy lavhalarga, parchalarga bolalar diqqatini tortadi: masalan, to‘tiqushning
patlari rangini Dilnoza sariq, yashil, kulrang, oq, havorang deb tasvirlaydi. 
To‘tiqushlar   nima   uchun   shoxdan-shoxga   qo‘nadi?   -   degan   savolga
Dilbar: “To‘tiqushlar mitti, jonsarak qushlar, o‘ynashni yaxshi ko‘radi”, dedi. 
Sarvar   esa:   “To‘tiqushlar   don   cho‘qiydi,   tuxumni   yaxshi   ko‘radi,   sabzi,
olma bersak ham yеydi. To‘tilarga meva va sabzavotlar juda foydali”, deydi. 
Syujetli   hikoyada   ham   biror   voqea-hodisa   hikoya   qilinadi.   Masalan,
“Bizning   oila”,   “Mening   do‘stlarim”,   “Alla”,   “Do‘kon”,   “Bizning   vrach”,
“Mening   ko‘cham”,   “Ko‘cha   harakati   qoidalari”,   “Men   kim   bo‘lmoqchiman”,
“Sayrda”,   “Paxta   terimida”,   “Mehrjon   bayrami”,   “Bizning   qishloq”   kabi
mavzulardagi   hikoyalar   shakl   jihatidangina   emas,   mazmunan   ham   muhim
51 ahamiyat   kasb   etadi.   Bu   hikoyalarni   tuzishda   bolalarning   nimalarga   e’tibor
berishi tushuntiriladi. 
Hikoya tuzish jarayonida bolalarning narsalarni  ko‘rib idrok etishi, eslab
hikoya qilish, tasavvur etib hikoya qilish kabi qismlarga bo‘linadi. 
Ko‘rgan   narsalarni   idrok   etib   yoki   eslab   hikoya   qilish   aniqmateriallar
asosida  tuziladi. Ulardan tasavvur  etib hikoya qilish – ijodkorlikni talab qiladi.
Bu   hikoyalarning   hammasi   ham   nutqning   bog‘liqligi   va   maqsadga
yo‘naltirilganligi bilan muhimdir.
  Hikoya   qilish   usullari   xilma-xildir.   Jumladan,   tarbiyachi   tomonidan
hikoyaning   qisqacha   namunasi   berilishi   mumkin.   Bunda   hikoyaning   bir   qismi
tuziladi yoki o‘yin tarzida bayon etiladi. 
So‘ng   bolalarning   o‘zlari   hikoya   tuzadilar.   Masalan,   “ Bizning   doktor”
hikoyasi qanday yaratilganligini ko‘rib chiqaylik.
Mashg‘ulotning   maqsadi   tibbiy   yordam   ko‘rsatish   namunasida
bemorlarga   g‘amxo‘rlik   tuyg‘usini   tarbiyalash   orqali   bolalar   nutqini
rivojlantirishdan iborat. 
Hikoya   o‘yin   jarayonida   o‘yinchoqlar   vositasida   bemorga   tibbiy   yordam
ko‘rsatish, “bemor”, “tez yordam” xodimlari bilan muloqot asosida tuziladi. 
Sardorning   hikoyasi:   “ Sanjar   qovunni   ko‘p   yеb   qo‘yib,   qorni   og‘rib
qoladi.   Otasi   “tez   yordam”   chaqiradi.   Doktor   kelib,   bemor   Sanjarga   tezkor
tibbiy   yordam   ko‘rsatadi.   Sanjarning   otasi,   onasi   doktorga   tashakkur
bildiradilar”. 
Mehrinisoning   hikoyasi:   “Gulnoza   dam   olish   kuni   opasi,   singlisi   bilan
hovlida   o‘ynadi.   Oyisi   murabbo   pishirgani   bir   chelak   olxo‘ri   olib   kelgan   edi.
Gulnoza,   opasi,   singlisi   o‘ynab-o‘ynab   chanqadilar.   Olxo‘ridan   yеb   olib,   bir
necha   marta   sovuqsuv   ichishdi.   Uchalasining   ham   qorni   og‘rib,   isitmasi
ko‘tarildi.   Ularni   dadasi   mashinada   poliklinikaga   olib   bordi.   Poliklinikada
bolalar doktori, hamshira opa ularga shoshilinch yordam ko‘rsatdi. Ular kerakli
52 dori-darmonlarni   olib,   tezda   sog‘ayib   ketdilar.   Shundan   so‘ng   ho‘l   meva   yеb,
qaynatilmagan suv ichmaydigan bo‘ldilar”. 
Hikoya   tuzishda   uning   rejasi,   mazmunining   asosiy   qismlari   bolalar
tomonidan muhokama etilib, ma’lum qismi bayon qilinadi. Bolalar yo‘l qo‘ygan
xatolar   tuzatib   boriladi   va   oxirida   xulosa   qilinadi.   Maktabgacha   ta’lim
muassasalarida “Bog‘cha sahnasi uchun saboq” nomli bir pardali, bir ko‘rinishli
pyesa   sahnalashtirilib,   namoyish   etiladi   va   bolalarda   katta   qiziqish   uyg‘otadi.
Spektakldan   so‘ng   tarbiyachi   bolalardan   asar   voqealarini   hikoya   qilib   berishni
so‘raydi. Bolalar ko‘rgan-kuzatganlarini qoldirmasdan hikoya qiladi: 
Sobir.   Katta   ko‘chada   mashinalar   g‘iz-g‘iz   o‘tib   turganda,   birdan
ko‘chaning   o‘rtasida   samokat   uchib   kelayotgan   Bo‘rivoy   ko‘rinadi.   U
mashinalarning ishorasiga ham e’tibor bermaydi. Shunda svetafor uni to‘xtatadi
va   tanbeh   beradi.   Bo‘rivoy   bunga   e’tibor   bermay,   qochib   qoladi.   Sanjar.
Svetafor   va   qayerdandir   paydo   bo‘lgan   Bo‘rivoy   quyonlarni   quvib   ketishadi.
Bo‘rivoy   qo‘lga   olindi.   Dan   mashinasi   yеtib   keladi   va   Bo‘rivoy   qafasga
qamaladi.
Zuhra .   Quyonlar Bo‘ridan qutilganiga xursand bo‘lganidan sakrab o‘ynay
boshlaydilar.   Birdan   mashinalardan   biri   quyonchani   urib   yuboradi.   “Tez
yordam”   mashinasi   yеtib   keladi   va   quyonchaning   oyog‘ini   gipslab   qo‘yadi.
Quyonlar   yo‘l   harakati   qoidasiga   rioya   etmay   ko‘chada   o‘ynaganlari   uchun
shikast   yеydilar.   Har   uchala   tarbiyalanuvchi   ham   yo‘l   harakati   qoidalarini
kuzatganlari asosida esda saqlab qolganlarini to‘g‘ri izchil, gapirib beradilar. 
Ularning hikoyasini boshqa bolalar to‘ldiradilar. Katta guruh bolalarining
kuzatgan voqeani esda saqlashi asosida nutqni rivojlantirishga yordam beruvchi
hikoyasi   ham   samarali   ekanligi   namoyon   bo‘ldi.   Ko‘rganlarini   esda   saqlash
asosida hikoya tuzish bilan bir qatorda, o‘ylab, tasavvur etish, hikoya qilish ham
nutqo‘stirishning   samarali   usullaridan   sanaladi.   Tasavvur   etish   kichik   va   o‘rta
bog‘cha   yoshidagi   bolalarda   o‘yin,   ko‘rish,   rasm   chizish   vositasida   paydo
bo‘lsa,   nutq  faoliyatida   katta  yoshida  tarkib  topa  boshlaydi   va  ijodiy  xususiyat
53 kasb   etadi.   Bola   bunda   hikoyani   o‘zi   yaratadi,   ijod   qiladi,   qahramonlarining
harakatlarini o‘ylab topadi.
  Bu   faoliyatda   “o‘ylash”,   “o‘ylab   topish”,   “ijod   qilish”   muhim   sanaladi.
Bunda dastlab tarbiyachi hikoyani boshlab berishi, so‘ng bolalar davom ettirishi
mumkin. Ana shu davom ettirish, tugallash jarayonida bola o‘ylaydi, ijod qiladi.
O‘ylash,   hikoya   mazmunini   “to‘qish”da   bolalar   voqea   bo‘lgan   joy,   vaqti,
mazmuni,   qahramonlarning   xatti-harakatlariga   alohida   e’tibor   beradilar.
Ayniqsa, mazmun bilan birga bolalarning nutq shakliga e’tibor beriladi. 
Bu usulda ko‘rgazmalilik, kuzatish muhim rol o‘ynaydi. Bolalar o‘zlari va
tengdoshlarining narsalarini taqqoslaydilar, o‘xshash va farqli tomonlarini bilib
oladilar.   Bu   jarayonda   hikoyani   “to‘qish”   oddiydan   murakkabga   qarab   boradi.
“Kim   tez   va   chiroyli   uy   qura   oladi?”   o‘yini   bolalarning   fikrlash   doirasi
nihoyatda kengligini ko‘rsatadi. Mashg‘ulotning maqsadi bolalarni bir qavatli va
ko‘p qavatli uylar qurish, qurilish vositalari, quruvchilar haqida ijodiy tasavvur
etishga, o‘ylashga,  fikr  qilishga yo‘llash, quruvchilar  mehnati  bilan tanishtirish
asosida nutqini rivojlantirishdan iboratdir.
Qurilish   materiallari:   g‘isht,   panel,   bloklar,   ko‘tarma   kranlar,   yuk
mashinalar,   ishchilar   uchun   ish   qurollari,   uy   maketlari,   mashg‘ulot   uchun
ko‘rgazmali   qurollar   vazifasini   o‘taydi.   Bolalar   uch   guruhga   bo‘linib,
tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha turar joy, bolalar bog‘chasi, do‘kon qurishni
boshlab yuboradilar. 
Qurilish   materiallari,   ish   qurollari   har   uch   guruhga   bab-baravar
taqsimlandi.   Bir   guruh   bolalar   rasmga   qarab,   turar   joy   binosi,   ikkinchi   guruh
bog‘cha,   uchinchi   guruh   esa   do‘kon   quradilar.   Bolalar   faqat   rasmdagi   tasvirga
qarab   emas,   o‘zlarining   tasavvurlaridagi   imoratlarni   qurishlari   mumkin.
Masalan,   rasmdagi   turar   joy   binosi   to‘qqiz   qavatli   panelli   bino   bo‘lsada,
kichkintoy   quruvchilar   negadir   besh   qavatli   g‘ishtli   imorat   quradilar.   Do‘kon
rasmda ikki  qavatli  bo‘lsa, ular  bir  qavatli  qilib quradilar. Imoratlarni  qurishda
bo‘sh   qolgan   bolalar   ham   uch   guruhga   bo‘linib,   “quruvchilarga”   yordam
54 beradilar   (og‘zaki).   Turar   joy   hovlisiga   yuk   mashinalari   birin-ketin   kirib   kela
boshlaydi. Bular yangi turar joyga ko‘chib kelayotgan “xonadon”larning yuklari
bo‘lishi mumkin. 
Ta’lim   muassasasida   ham   bayram   -   qabul   marosimi.   Onaqo‘g‘irchoqlar
o‘g‘il-qizlarini, qo‘llarida guldastalari bilan yеtaklab kelmoqdalar. Bog‘cha opa-
qo‘g‘irchoqlar ularni kutib olayaptilar. 
Do‘kon   ham   gavjum.   Hamma   qo‘g‘irchoqlar   xarid   bilan   band.   Nihoyat,
asosiy   muammo,   bolalarning   o‘zlari   qurgan   binolari   haqidagi   hikoyalari
tinglanadi. 
Sadriddin:   Biz   besh   qavatli   turar   joy   binosini   qurib   bitirdik.   To‘qqiz
qavatlik qurmadik, sababi liftlar tez-tez ishlamay qolib, buvalarimiz, buvilarimiz
chiqishga   qiynaladilar.   Uyimizning   kirish   joylarini,   mehmonxona   va
yotoqxonalarini,   bolalar   xonasini   ham   kengkeng   qilib   qurdik.   Hovlisida   turli
bolalar maydonchasi bor. Gulzorlarga joy ajratdik. To‘yxonamiz ham bor. Keyin
har   bir   xonadon   uchun   mevali   bog‘chaga   ham   joy   ajratdik.   Yozda,   issiqda
daraxtlar   soyasida   hordiq   chiqariladi.   Bog‘cha   va   do‘konni   uyimizga   yaqin
joyga qurdik. 
Lutfiniso:   To‘g‘ri,   bog‘cha   turar   joylarga   yaqin   bo‘lgani   yaxshi.   Biz
maslahatlashib,   bog‘chani   turar   joylarga   yaqin   qurdik.   Bog‘chamizning   hovlisi
keng, ko‘rkam, soya-salqin bo‘lishiga, o‘yin maydonlariga e’tibor berdik, ya’ni
rasmdagidan o‘zgartirdik.
Sojida:   Biz   ham   do‘konni   uylarga   yaqin   qurdik.   Onalarimiz   ishdan
qaytayotganda bizni bog‘chadan olib, do‘kondan xarid qilib, shundoq uyimizga
kirib   ketaveradilar.   Haqiqatan   ham   bolalar   qurilishga   ijodiy,   hayotiy
yondoshadilar   va   bu   ijodkorlik   ularning   nutqida   o‘z   ifodasini   topadi.   Shunisi
ham   borki,   yuqorida   bayon   etayotgan   monologik   nutq   usullarining   har   biri
alohida-alohida   yuz   bermaydi.   Ular   ba’zi   hikoyalarga   qo‘shilib   ketib,   ijodiy,
erkin,   bir   butun   hikoyani   ifodalashi   mumkin.   Buni   biz   kundalik   faoliyatda
bolalar  to‘qigan  hikoyalar  turkumidan bilsak  bo‘ladi. Bolalar  to‘qigan ertak  va
55 hikoyalarda   o‘zlariga   xos   o‘y-xayollari,   orzu-istaklari,   tasavvurlari   murg‘ak
qalbdan   tilga   ko‘chadi.   Ishimizning   natijasi   sifatida   ana   shu   hikoyalarning
ba’zilarini namuna tarzida keltiramiz: 
Ruxsora.   Mening   dadam   xurmo   ko‘chati   olib   kelib,   bahorda   hovlimizga
o‘tqazgan   edilar.   Unda   men   juda   kichkina   bo‘lgan   ekanman.   Hozir   men   ham,
xurmo daraxti ham o‘sdik. Uning barglari juda chiroyli. Yozda soyasi qalin, biz
daraxt   salqinida   rosa   o‘ynaymiz.   Mevasi   esa   mazali.   Mevasini   uzganimizdan
so‘ng   biz   qarindoshlarimizga,   qo‘shnilarimizga   tarqatdik.   Ayniqsa,   buvam   va
buvim   duo   qildilar:   “Xurmo   jannatning   mevasi.   Uni   ardoqlang,   kam
bo‘lmaysiz”.   Bu   yil   dadam   daraxtlarni   ko‘paytirmoqchilar”.   Nigina.   “Men
oktabr   oyida   oyim   bilan   Chinozga   –   xolamnikiga   bordim.   Birinchi   marta
paxtazorni   ko‘rdim.   Paxtalar   lo‘ppi-lo‘ppi   bo‘lib   ochilgan.   Oppoq   dala.
Quyoshda ko‘zni qamashtiradi. Bir tomonda mashinalar paxta terayapti. Yoshu
keksa,   bolalar  etak   bog‘lagan.  Men  ham  paxta  termoqchi  bo‘ldim.  Xolam   etak
bog‘lab   qo‘ydilar.   Lekin   tezda   belim   og‘rib   qoldi.   Qishloqdagi   xolamning
bolalariga   qoyilman.   Men   tengi   qizlari   ham   paxta   terdi,   ham   moliga   o‘t   yulib
oldi. Bog‘chaga bormas ekan”. 
Nurxon:   “Biz   oilamiz   bilan   qishloqdan   ko‘chib   kelganmiz.   Qishloqda
men   quyosh   botishini   ko‘p   ko‘rganman.   Quyosh   botganda   ufq   qizarib,   dalalar
qorong‘ilasha boradi. Qorong‘ulik hamma yoqqa birdan o‘rmalab ketadi. Lekin
teraklar   uchi   hali   nurli   ko‘rinadi.   Hamma   yoqqa   birdan   jimlik   cho‘kadi.   Lekin
oqshomda ham odamlar tinmaydilar.
Saharda   issiq   non   hidi   butun   qishloqni   tutib   ketadi.   Daladan   qaytgan
ayollar   sigir   sog‘ib,   xamir   qoradi.   Tong   otmay   tandirga   o‘t   yoqib,   tog‘oradan
toshay-toshay   deb   turgan   xamirdan   non   yasab,   sutga   yo‘g‘rilgan   issiq,
bo‘rsildoq   nonlarni   tandirdan   uzib   oladi.   Qishloq   hayoti   ana   shunday,   issiq,
bo‘rsildoq non hidi ufurgan oppoq tong bilan boshlanadi”. 
Ravshan.   “Olmalar   gullaganda   bog‘   juda   chiroyli   bo‘lib   ketadi.   Quyosh
nurini olmoqchi bo‘lgan oppoq gulbarglar oftobga qaragan. Shabada turib, olma
56 gullarini   silab-siypalaydi.   Shunda   olma   gullari   kuylagandek   bo‘ladi.   Bu
asalarilar   kuyi   ekan.   Shabada   tinadi.   Go‘yo   butun   bog‘   kuylagandek   bo‘ladi.
Asalarilar   gullagan   bog‘   tepasida   g‘ujg‘on   o‘ynaydi.   Yuqoridagi   hikoyalardan
ko‘rinib   turibdiki,   ona   tilining   hissiy,   estetik   ma’no   qirralarini   bir   vaqtning
o‘zida anglay boradilar, til go‘zalligini, boyligini his etadilar. 
  Bolalar   nutqini   rivojlantirish   texnologiyasi.   Badiiy   adabiyot   va   xalq
og‘zaki   ijodiyotiga   oid   asarlar,   shu   jumladan   kichik   folklor   janrlari   (maqollar,
matallar, topishmoqlar, tez aytishlar, sanoq she’rlar va boshq.) bolalar nutqining
ifodaliligini   rivojlantirishning   eng   muhim   manbalari   hisoblanadi.   Agarda
atrofidagi   kattalar   bolani   beshikdan   boshlab   to‘g‘ri   so‘zlashga   o‘rgatsalar,   u
intellektual   jihatdan   normal   rivojlanadi.   Unda   tasavvur   qilish,   so‘ngra   fikrlash
va   xayol   surish   qobiliyati   paydo   bo‘ladi.   Har   bir   yosh   bosqichda   bu   qobiliyat
takomillashib   boradi.   Bola   intellektining   rivojlanishi   bilan   bir   vaqtda   uning
emotsional-iroda sohasi ham takomillashib boradi. 
Nutqni   rivojlantirish   metodikasi   har   qanday   rivojlanishning   umumiy
shakllari,   tomonlari   va   o‘zaro   bog‘liqligini   aks   ettiradigan   dialektika   qonunlari
va   toifalariga   tayanadi.   Bolaning   taraqqiyot   jarayoni   faqat   o‘yin   orqali   olib
borilmay,   balki   qo‘llar   harakati   orqali   ham   olib   borilishi   mumkin.   Bunga   biz
alohida   ahamiyat   beramiz.   M.Montessori   pedagogikasining   asosiy
tamoyillaridan   biri   –   “Barmoqlar   uchining   harakati   inson   intellektining
taraqqiyot   qurolidir”.   Shu   tamoyil   asosida   bolalar   turli   narsalarning
xususiyatlarini: masalan shakarni, tuzni, melni, unni suvga solib, bu narsalarning
erib   ketishini   bilib   oladilar.   Ular   oyoq   kiyimlarini   krem   bilan   tozalaydilar,   uni
yaltiraguncha artadilar, plastmassa pinsetdan foydalanishni o‘rganadilar, paxtani
rulondan   ajratib   olish   orqali   barmoqlarini   harakatga   keltiradilar   va   mashq
qildiradilar,   xamir   bilan   ishlashni,   sabzavotlarni   kesishni,   mahsulotlarning
xususiyatlarini va sifatlarini to‘g‘ri aytishni o‘rganadilar. To‘rlar yordamida bola
yormani   guruchdan   ajrata   olishni   o‘rganadi   va   uni   boshqa   idishlarga
joylashtiradi.   Bu   jarayonlar   bolaning   ko‘z   bilan   chamalash,   diqqatni   jamlash,
57 irodasini taraqqiy ettirishga yordam beradi. Agar bola nimanidir to‘kib yuborsa
yoki sochib yuborsa, shu yerning o‘zida bolaning o‘zi sochiq bilan yoki supurgi
va hokandozda uni tozalab olishni bilishi lozim.
Sensor   rivojlanish   mini-muhitida   M.Montessori   tavsiya   etgan
jihozlardan   boshqa   ta’limiy   jihozlar:   B.   Nikitinning   “Naqsh   yasa”,   “Uni-kub”,
“Qirqma kvadrat” kabi jihozlarini va turli-tuman o‘yinlarni taklif etish mumkin.
Bu   yerga   mualliflik   jihozlarini   joylashtirish   mumkin.   Masalan:   Ko‘rishni
taraqqiy   ettirish   uchun   turli   ranglardan   tashkil   topgan   spektrlar,   rangli   tiniq
plastik   jadvallar,   bo‘yoqlarni   aralashtirish   uchun   jihozlar   va   boshqalardan
foydalanish   mumkin.   Bu   muhitda   bolalar   rangli   “yo‘lakchalarni”   yasaydilar,
ya’ni eng to‘q rangdan eng och rangga tomon yo‘nalib boradilar. 
Eshitish   sezgisini   taraqqiy   ettirish   uchun   “Jaranglaydigan   qutichalar”dan
foydalanishlari   (korobkachalar   ichiga   toshlar,   metall   sharchalar   solinadi),
musiqa asbobida o‘ynashlari mumkin. Harakat  sezgisini  taraqqiy ettirish uchun
shunday   jihozlarni   joylashtirish   lozimki,   ular   barmoqlarning   mayda   qo‘l
motorikasini shakllantirishga yordam bersin (qisqichlar, turli-tuman mozaikalar,
turli hajmdagi qurish-yasash jihozlari); Sezgi organlarini taraqqiy ettirish uchun
yuzasi har xil kartochkalar va matolar, “His etish qopchasi”, g‘adir-budir harflar,
raqamlardan   foydalanish   mumkin.   Bolalar   xohlasalar   ko‘zlarini   yumib
ishlashlari,   maxsus   ko‘zoynaklar   taqqan   holda   notekis   yuzalikni   qo‘l   bilan   his
qilishlari,   nimadan   yasalganini   aniqlashlari   va   tartib   bilan   joylashtirishlari
mumkin.   Ta’m   va   hid   bilishni   ajratish   uchun   alohida   jihozlar   mavjud   bo‘lishi
mumkin.
“Bola va notanish odamlar”.     Insonlar  kiyimi va ularning niyatlarining
bir-biriga mos kelmasligi. Pedagog bolalarga notanish kimsalar bilan muloqotda
bo‘lish qanchalik xavfli ekanligini, chunki bolalar kattalarning qanchalik xavfli
bo‘lishlari   mumkinligini   bilmasliklari   mumkin.   Ko‘pchilik   bolalarning
tasavvurida yomon odamlar faqat yomon kiyim-bosh kiyishlari yoki pala-partish
kiyinishlari mumkin deb o‘ylaydilar. Ba’zi bir bolalar avvalambor soqolli, iflos
58 kimsalargina   xavf   tug‘dirishi,   yaxshi   kiyingan,   kelishgan   ayollar,   qizlar   va
o‘smirlar, har qanday ochiq chehrali, do‘stona kulgisi bor insonlar hech qanday
yomonlik   qilishi   mumkin   emas,-   deb   o‘ylaydilar.   Shuning   uchun   bolalar   bilan
ko‘pincha yaxshi kiyingan odamlar va ularning niyatlari mos kelmasligi haqida
suhbat   uyushtirish   maqsadga   muvofiqdir.   Kichik   va   o‘rta   maktabgacha   ta’lim
yoshidagi   bolalarga   tanish   ertaklar   va   adabiy   asarlardan   namunalar   keltirish
lozim   (masalan:   Guloyim   chuvrindi   kiyimlarga   burkangan,   qora   kuya   bilan
chaplangan   bo‘lsada,   u   juda   mehribon   ekanligini;   “Qizil   gul”   ertagidagi
mavjudot   sehrlangan   mehribon   shahzoda   ekanligini   bilishadi).   Katta
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan esa o‘z hayot tajribalaridan misollar
keltirib suhbat uyushtirish katta samara beradi. 
Hayotda   uchraydigan   tasodifiy   vaziyatlar.   Bolalarning   bunday
sharoitda   telefondan   foydalanish   qonun-qoidalarini,   tanish   va   qadrdon
insonlarning   telefon   raqamlarini   bilishlariga   erishish.   Bu   holatlar   bolalarga
tasodifiy   vaziyatlarda   bola   nimadandir   va   kimdandir   qo‘rqqanida   kerak   bo‘lib
qolishini   tushuntirish.   Pedagoglar   bolalarga   telefon   bilan   o‘ynashni   tasodifan
telefon   qilishdan   farqlashga   o‘rgatish.   Haqiqiy   telefon   orqali   so‘zlashishni
maxsus   treninglar   jarayonida   mustahkamlash   va   ota-onalar   bilan   hamkorlikda
ish olib borish. 
Bolalar   o‘rtasidagi   keskin   vaziyatlar   va   kelishmovchiliklar.
Pedagogning   asosiy   vazifasi–bolalarga   muammoli   vaziyatlardan   tinchgina
chiqib   ketish   usullarini   o‘rgatishdan   iborat.   Bunday   vaqtda   pedagog   bolalarga
kelishmovchilikdan quyidagicha chiqib ketish yo‘llarini:
  –   kelishmovchilik   vaziyatini   keltirib   chiqaruvchi   muammoni   aniq
ifodalashga o‘rgatish;
–   har bir tarafga muammoni izohsiz yechish imkoniyatini yaratish; 
–   qarshiliklarsiz to‘g‘ri xulosa chiqarishga intilishni taklif etishi mumkin.
Nutq   bolalarning   tevarak-atrof   go‘zalligini   ifoda   etish   vositasi   bo‘lib
qolgandagina   kutilgan   natijaga   erishish   mumkin.   Bolalarning   nutqini
59 rivojlantirish,   gap   tuzish   va   ertaklarni   kelgan   joyidan   davom   ettirishni
o‘rgatishda   piktogrammalardan   foydalanish   yaxshi   natijalar   beradi.   Har   bir
mavzuga   mos   ravishda   ishlangan   piktogrammalar   bilan   bolalar   tanishtiriladi.
Mashg‘ulotlar   davomida   yoki   yakunida   rasmlar   chizilgan   ko‘rgazmalar
bolalarga tavsiya etiladi.
                                                  
60                                                            XULOSA:
Maktabgacha   tarbiya   muassasasida   sog‘lom,   tabiiy   muhit   yaratish,
ularning  to‘g‘ri   muomalaga  kirishishi,  boshqalar  bilan  gaplashish  ishtiyoqining
ortishiga   turtki   bo‘ladi.   –   Bolalarni   narsalarning   nomlarini   to‘g‘ri   aytishga,
ularning   o‘xshash   va   farqli   tomonlarini   tushunish,   shakli,   rangi,   sifati,
xossalarini,   jinsi   va   turiga   oid   yo‘naltiruvchi   lug‘atini   faollashtirish,   nutqning
grammatik   tuzilishini   shakllantirish,   nutq   madaniyatini   shakllantirish,   dialogik
va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash
muhim ahamiyat kasb etadi .
Bolaning   nutqi   til   qonuniyatlariga   to‘g‘ri   amal   qilish,   kattalar   nutqini
idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Nutqni samaraliroq
rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti
va   mehnati,   hayvonlar,   o‘simliklar   olami,   suv   osti   dunyosi)   to‘g‘risidagi
tasavvurlarini   aniqlash   va   izchil,   rejali   tarzda   kengaytira   borish   talab   etiladi.
Tilni   to‘g‘ri   o‘rganish,   uning   grammatik   tuzilishiga   e’tibor   berib   so‘zlashish,
bolalarda   erkin   muhokama   yuritish,   savollar   berish,   boshqalardan   eshitgan
fikrlari   yuzasidan   xulosalar   chiqarish,   narsa   va   hodisalar   o‘rtasidagi
bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi. 
Lug‘atni so‘zlar bilan – kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyimboshlar,
mebellar,   uy   hayvonlari   va   ularning   bolalari,   o‘yinchoqlarning   nomlari   bilan,
buyumlar   qismlarining   nomlari   (ko‘ylak   yengi   va   yoqasi;   mashina   kuzovi   va
g‘ildiraklari)   bilan  boyitib borish.  O‘yinlarda  bolalarga  harakatlarning so‘zdagi
ifodasini   o‘z   ifoda   harakatlari   va   o‘yinchoqlar   harakatlari   bilan   taqqoslashni
o‘rgatish.
Tilni   to‘g‘ri   o‘rganish,   uning   grammatik   tuzilishiga   e’tibor   berib
so‘zlashish,   bolalarda   erkin   muhokama   yuritish,   savollar   berish,   boshqalardan
eshitgan   fikrlari   yuzasidan   xulosalar   chiqarish,   narsa   va   hodisalar   o‘rtasidagi
bog‘lanishning   turli   ko‘rinishlarini   anglab   yetishga   olib   keladi.   Maktabgacha
tarbiya muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, ularning to‘g‘ri muomalaga
61 kirishishi,   boshqalar   bilan   gaplashish   ishtiyoqining   ortishiga   turtki   bo‘ladi.
Bolalarni   narsalarning   nomlarini   to‘g‘ri   aytishga,   ularning   o‘xshash   va   farqli
tomonlarini   tushunish,   shakli,   rangi,   sifati,   xossalarini,   jinsi   va   turiga   oid
yo‘naltiruvchi   lug‘atini   faollashtirish,   nutqning   grammatik   tuzilishini
shakllantirish,   nutq   madaniyatini   shakllantirish,   dialogik   va   monologik   nutqini
takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bola uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan dastlabki
kunlar   va   oylar   juda   murakkabdir   –   chunki   bolaning   onasi   o‘rniga   boshqa
notanish   kattalarning   paydo   bo‘lishi,   u   o‘rganib   qolgan   odatiy   turmush-tarzini
izdan chiqaradi. Bu ko‘pchilik bolalarda salbiy emotsiyalar, qo‘rquvni  vujudga
keltirib,   ushbu   holat   butun   organizmni   qamrab   olishi   va   uning   rivojlanishini
anchagacha   susaytirib   qo‘yishi   mumkin.   Bunday   paytda   uyquning,   ishtahaning
buzilishi,   tozalik   ko‘nikmalarini   vaqtincha   esdan   chiqarish,   emotsional
kechinmalar (yig‘loqilik, qo‘rquv, hujumkorlik, o‘jarlik va boshq.), sustlik, o‘zi
mustaqil   ravishda   ovqatlanishdan   bosh   tortish   holatlari   kuzatiladi.   Agarda
pedagog   xushmuomalali   va   sabr-toqatli   bo‘lsa,   bu   holatlar   3–6   haftada   o‘tib
ketadi, ayrim bolalarda esa, bundan uzoqroqqa ham cho‘zilishi mumkin.
62               F O YDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: O'zbekiston, 2023.
2. O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni. Toshkent
2020.
3.O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'risida"gi
Qonuni. Toshkent 2019-yil 16-dekabr.
4.   O'zbekiston   Respublikasining   “Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to'g'risida”gi
Qonuni. 2017.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
“O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar
strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-son Farmoni.
6 .  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi
“Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to'g'risida”gi. PF-5198-sonli Farmoni.
7. Prezident Shavkat Mirziyoevning 2018- yil 19-oktyabr kuni maktabgacha
ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan
selektor yig'ilishi materiallari.
8. O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi
999-sonli qarori.
9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta'lim tizmini
2030-yilgacha Rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi”   qarori
63 PQ-4312 2019-yil 5-may.
10. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi
“Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlan-tirish chora-
tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3276-sonli Qarori.
11.   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   30-sentabrdagi   “O'zbekiston
Respublikasi   Maktabgacha   ta'lim   vazirligi   faoliyatini   tashkil   etish   to'g'risida”gi
PQ-3305-sonli Qarori.
  12.   O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Maxkamasining   2017-yil   19-iyuldagi
“Maktabgacha   ta'lim   muassasalari   faoliyatini   takomillashtirish   to'g'risida”gi
528-sonli Qarori 
13.   Babayeva   D.R.   ―Nutq   o`stirish   metodikasi   T.:   TDPU   2016-yil.   O`quv
qo`llanma
14.    “ILK QADAM” MTT ning Davlat dasturi. T.: 2018.
15.    “Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari”. -T.: 2017
16. Mirziyoev S.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -T.:
O'zbekiston. - 2017.
17 .Qodirova   R.M   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   dialogik   nutqni
rivojlantirishning   ruhiy   omillari.   Qoz.,Sariog‘och,   1998.
18 . Qodirova.F.R  Qodirova R.M Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni
o`rgatish   metodikasi.T.,   ―Sano-standart,   2004.
19 . Qodirova F.R R.M  Qodirova. ―Bolalar  nutqini  rivojlantirish nazariyasi  va
metodikasi.T.,―Istiqlol,2006.
64 20.   .Axler  S.,  F.W.  Gehring:  Graduate  Tehts   in  the  Mathematics. Springer.
March, 2009. 
21.  John.  C.  Sparks:  The  handbook of  Essential  mathematics.  Air Force 
Publication. March, 2006.
22. Researchining effective pedagogy in the eariy ears. Iram Siraj-Blatchford 
and others. June 2002.  
23.The National Strategies Primary: Numbers and Patterns. December , 2009. 
24 .  www.inter-pedagogika.ru ;
  25 .  www.school.edu.ru
  26 . www. tdpu. uz 
27 . www. pedagog. uz 
28 . . www. Ziyonet.uz
29 . www. edu. uz
65

Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja: Kirish I BOB KICHIK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHNING VAZIFALARI, METODLARI VA VOSITALARI 1.1. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari 1.2. Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida dialogning ahamiyati va bolalar nutqining rivojlanish davrlari. 1.3. Ravon nutqini rivojlantirish II BOB DIOLOGIK NUTQ VA UNI BOLALARDA SHAKLLANTIRISH METODIKASI. 2.1. Dialog nutqning mazmuni va vazifalari 2.2. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi 2.3. MT T bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1

Mundarija: Kirish..............................................................................................................3 I BOB KICHIK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHNING VAZIFALARI, METODLARI VA VOSITALARI. 1.1. Nutqini rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari..................................... 6 1.2. Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida dialogning ahamiyati va bolalar nutqining rivojlanish davrlari................................................................12 1.3. Ravon nutqini rivojlantirish............................................................................. 23 II BOB DIOLOGIK NUTQ VA UNI BOLALARDA SHAKLLANTIRISH METODIKASI. 2.1. Dialog nutqning mazmuni va vazifalari............................................................ 33 2.2. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi...................................................................................................................40 2.3. MTT bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi..........................................52 Xulosa...........................................................................................................62 Foydalanilgan adabiyotlar.............................................................................64 2

KIRISH Jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida ta’lim mazmuni muayyan maqsad va vazifalarga ega bo‘ladi. Yurtimizda 27.07.2017 yilda qabul qilingan PQ 3151 “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda “O‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirish choralarini ko‘rish” kerakligi keltirib o‘tilgan. Shundan kelib chiqib ta’lim mazmuni davr talabi, nazariy bilim va ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasiga mos ravishda o‘zgarib turadi. Ta’lim mazmuni ijtimoiy hodisa sifatida maydonga keladi va u o‘zining boshlang‘ich davrida amaliy ahamiyat kasb etgan, ya’ni insonlarning hayotiy ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan bilimga bo‘lgan talabini qondirgan. Ijtimoiy taraqqiyot ta’limning madaniyatshunoslik funktsiyasini yuzaga keltirdi. Ta’limning rivojlanishiga boshqa ijtimoiy omillar ham ta’sir ko‘rsatdi, natijada hukmron sinflar umum madaniy va takomillashib boruvchi bilimga o‘z monopoliyasini o‘rnata boshladilar, aholining asosiy qatlamlari esa kundalik turmushda zarur bo‘ladigan amaliy bilimlarnigina egalladilar. Hozirgi kunda ta’limni tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanish yuqori samara bermoqda. Bitiruv malakaviy ishining mavzusi bo‘yicha qo‘yilgan maqsad yo‘lidagi izlanishlar , olingan natijalar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish. Ishning yangiligi: Bu bitiruv malakaviy ishida diologik nutqning shakllanish omillari mavzusi yuzasidan innovatsion texnologiyalardan birinchi marta foydalanildi va 3

didaktik o‘yinli texnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tish metodikasi ishlab chiqildi. Bitiruv malakaviy ishni dolzarbligi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda interfaol metodlardan foydalanib diologik nutqini shakllantirib dars samaradorligini oshirish bolaning madaniy xulq-atvorini tarbiyalash va rag‘batlantirishga, axloq qonunlari va tamoyillarini tushunishga qaratilgan. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni dialogik nutqini shakllantiruvchi omillarni takomillashtirish. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: Yuqoridagi maqsaadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar bajarildi. - MTTda tarbiyachining mahoratini hisobga olib bolalarni dialog nutqini o‘stirish bolalarning aqliy rivojlanishining o‘ziga xos jihatlarini yaratish. - Bolalarga ta’lim tarbiya berishda turli xil texnologiyalarni qo‘llagan holda nutqini yanada o‘stirish. Bitiruv malakaviy ishining obyekti: Bolalarning diologik nutqini shakllantirishda amalga oshiriladigan jarayonlar. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Bolalarning dialogik nutqini shakllantirishda zamonaviy usul hamda pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Bitiruv malakaviy ishining metodlari: Tanlangan muammoga oid innova tsiya metodik manbalarni tahlil qilish, kuzatish, taqqoslash ilg‘or pedagogik tajriba metodlari. Bitiruv nalakaviy ishining metodologik asosi : O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Prezident farmoyishlari Vazirlar mahkamasining maktabgacha ta’lim tuzilishiga oid chiqarilgan qarori “ Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi hamda “Ilm Yo‘li” variativ dasturi va Komenskiyning “Buyuk didaktika” “Maktabgacha ta’limda o‘qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni loyihalashtirish didaktikaga oid 4

qo‘llanmalar . Sharq mutafakkirlarining yoshlar ma’naviyatini tarbiyalash va rivojlantirish to‘g‘risidagi ta’limotlari, ta’lim to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlari, shuningdek, falsafa, pedagogika va psixologiya sohasidagi tadqiqotlar va ilg‘or tajribalardan iborat Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy qismi: kirish, 3 bob, 6 paragraf, tajriba, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. 5