MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY TARBIYASI



































![xohlagan yerlariga – devorlar, pol, bir-birlariga rasm chizishlari mumkin. Bu yerda
hunarmandchilik, musiqiy va boshqa xonalar ham bor. Bunday bog’chalarda
tarbiyachilar bolalarga faqat atrofdagi joyni o’zlashtirishlarida ko’maklashadilar.
3. Freinet-Kindergarten. Maktabgacha pedagogikaning bu yo’nalishi o’z
nomini bolalar tarbiyasiga o’ziga xos yondashish usulini ishlab chiqqan italiyalik
oilaviy juftlik familiyasidan olingan. Bu yo’nalishning asosiy tamoyili - bolaning
butunlay erkinligi va mustaqilligidir. Fraynet-bog’chasida bolalar nima qilishlari,
qanday o’yin o’ynashlari, nima bilan shug’ul lanishlari, qachon ovqatlanishlari va
uxlashlarini o’zlari hal qiladilar.
«Bolalar konferensiyasi» deb atalmish yig’ilishlarda bolalar MTT doirasida
hulq-atvor qoidalarini o’zlari belgilashadi. Bunday bog’ cha larda ijod qilish,
syujet-rol o’yinlari, eksperimentlar, tabiat qo’yni yoki shaharning korxona va
tashkilotlariga ekskursiyaga borishlarga katta ahamiyat beriladi.
4. Integratsion bolalar bog’chalari. Bunday turdagi MTT larda sog’lom
bolalar bilan birgalikda jismonan va ruhiy nosog’lom bolalar birgalikda
tarbiyalanadi. Bunday sharoit oddiy bolalar uchun chidamlik, bag’rikenglik va
hurmat qilishni o’rganishga ajoyib imkoniyat, deb qaraladi. Imkoniyatlari
cheklangan bolalar jamiyatdan ajralgan holatda bo’lmaydilar, o’z tengdoshlari
bilan muloqot va hamjihatlikda bo’lishni o’rganadilar. Shunday bog’cha va
maktablarning soni ko’pligi Germaniyada nogironlarning yashashi, ta’lim olishi va
o’zini namoyon qilishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. 6.Internatsional bolalar
bog’chalari. Bunday MTT lar emigrantlar uchun yaratilgan bo’lib, ko’pincha ularni
emigrantlarning o’zlari farzandlari uchun tashkil etadilar. Germaniyada turk-nemis,
yahudiy, rus-nemis bolalar bog’chalari juda ko’p. Bu tashkilotlarning konsepsiyasi
bilingvallik[5]tamoyiliga asoslangan. Ya’ni, guruhlarda doimo bolalar bilan ona
tilida so’zlovchi tarbiyachi bilan birga nemis tilida so’zlovchi tarbiyachi ham
bo’ladi. Shuningdek, Germaniyada Valdorf bolalar bog’chalari va Montessori
tizimida ishlaydigan bolalar bog’chalari ham mavjud. Agar o’rta statistik nemis
bolalar bog’chasini olsak, uning faoliyati loyihalar tamoyili asosida tashkil
etilganligi namoyon bo’ladi. Masalan, «Kasb» loyihasi davrida bolalar tarbiyachi
PAGE \* MERGEFORMAT1](/data/documents/4a7e52b5-ca48-4f92-9b0f-4d5b6092fc7a/page_36.png)


















MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY TARBIYASI MUNDARIJA KIRISH I - BOB . MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA AXLOQIY TARBIYANING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berishning ahamiyati va mazmuni .1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida axloqiy tarbiya vositalari I BOB yuzasidan xulosa II - BOB . MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY VA VATANPARVARLIK TARBIYASI PEDAGOGIK TUSHUNCHA SIFATIDA 2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy,axloqiy , estitik jihatdan rivojlanishida ta ’ lim tashkilotda bajariladig a n tadbirlar 2. 2 .Maktabgacha ta’lim tashkilotida axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari va metodlari II BOB yuzasidan xulosa XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR PAGE \* MERGEFORMAT1
KIRISH Maktabgacha ta’lim bosqichi uzluksiz ta’limning eng muhim, mas’uliyatli, bola tarbiyasi va ta’lim olishi poydevori, asoslari shakllanadigan bosqichidir. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy me`rosi va ma’naviy-axloqiy an’analari ruhida tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta’minlashdan iborat. Bu bosqichda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan sanaladi. Aynan shuni e’tiborga olgan holda bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev faol tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror (2016-yil, 29- dekabr), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil 30-sentabr), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori (2017- yil, 19-iyo‘l), “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi” kabi rasmiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida o‘rin egallamoqda. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash o‘zining bir qator mezonlariga ega. Bu jarayonda bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy, irodaviy va PAGE \* MERGEFORMAT1
ma’naviy jihatdan maktabga tayyorlash ularning maktab ta’limida zo‘riqmasligi, ta’limning uzluksizligi va samaradorligini ta’minlovchi asoslardandir. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarning jismoniy xususiyatlari, antropometrik ko‘rsatkichlari, aqliyirodaviy jihatlari, ruhan maktabga tayyorligi ularning intellektual va jismoniy jihatdan maktab ta’limiga moslashishi, fanlarni zo‘riqishlarsiz o‘zlashtirishida ahamiyatli sanaladi. Bitiruv malakaviy ishi dolzarbligi .Maktabda o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha bolalik oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat, iroda, axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy nuqtai nazarni faol egallashiga hamda o‘zining o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishga imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi. Axloqiy irodaviy tayyorlik katta maktabgacha ta`lim yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo‘ladi. Bu munosabatda bolaning maktabgacha tar`lim yoshi davomida rivojlanadigan o‘z xulq-atvorini boshqari qobiliyati: qoidani yoki tarbiyachi talablarini ongli bajarish, daf’atan asabiylashib ketishga erk bermaslik, qo‘yilgan maqsadga erishishda qat’iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o‘ziga tortadigan, ammo maqsaddan chalg‘itadiganiga qarshi o‘larok bajarish ko‘nikmasi va shu kabilar e’tiborga loyiqdir. Bo‘lajak o‘quvchi xulq-atvoridagi ixtiyoriylikning rivojlanish asosini maktabgacha ta`lim yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, o‘zaro buysunuvchilari tashkil qiladi. Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning tarkib topishida, shuningdek, katta maktabgacha ta`lim yoshidagi bola shaxsiy xulq- atvoridagi mustaqillik uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir. Mustaqillik bilan uzviy bog‘langan xulq-atvor qoidalarini bajarish, yangi sharoitlarda harakatning to‘g‘ri, odatiy usullaridan foydalanish, yordam berishga tayyorlik qobiliyatidir. Mustaqillik va xulqatvordagi uyushganlik intizomlilik bilan xulq-atvordagi maqsadga yo‘nalganlikda, o‘z faoliyatini maktabgacha ta’lim tashkilotda qabul qilingan qoidalarga muvofiq ongli tashkil eta bilishda, faoliyat PAGE \* MERGEFORMAT1
natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o‘z xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan muvofiqlashtirish, o‘z xatti-harakatlari uchun shaxsiy ma’suliyatni his qilishda o‘z ifodasini topadi. Maktabga axloqiyirodaviy tayyorlikning boshqa muhim tarkibiy qismi bolaning katta yoshlilar va tengqurlari bilan o‘zaro munosabatlarini qoidalarga muvofiq tashkil eta bilishdir. Tajribaning ko‘rsatishicha, maktabdagi o‘qish sharoitlariga moslashish oldingi yillarda bolalarda «jamoatchilik» sifatlari: do‘stlarga nisbatan xayrixoh, hurmat bilan munosabatda bo‘lish, tashkilotchilik ko‘nikmalari, xushmuomalalik, g‘amxo‘rlik bildirish, o‘zaro yordamga hozirlikning qanchalik muvaffaqiyatli shakllantirilganligiga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola xulq-atvorida jamoachilik hislarida bunday majmuaning mavjudligi uning maktabga axloqiy tayyorgarligining ko‘rsatkichi bo‘la oladi va yangi jamoada tengqurlari bilan muomalada ko‘tarinki, ijobiy ruhni yuzaga keltiradi. Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlik, shuningdek, axloqiy hissiyot va bola ongi rivojining muayyan darajasi bilan ham ifodalanadi. Axloqiy-irodaviy tayyorlik tarkibiga maktabgacha ta`lim yoshidagi bolaning mehnatga munosabatini ifodalovchi sifatlar majmui ham kiradi. Bu mehnat qilish ishtiyoqi, atrofdagilar mehnatiga hurmat, zarur mehnat malakalarini egallashdir. Bitiruv malakaviy ishining оbekti: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini axloqiy tarbiyasi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilоtlarida ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatlarda bolalarni har tamonlamarivojlantirish. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi : Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy sifatlarini takomillashtirishnining shart-sharoitlari. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning ilmiy, nazariy va amaliy asоslarini о‘rganish; -Bolalarni axloqiy tarbiyalashning nazariy jihatlari. -Bolarni axloqiy jihatdan tarbiyalashda didaktik o’yinlardan foydalanishning ahamiyati. PAGE \* MERGEFORMAT1
-Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarini shakllantirishda ertaklarning ahamiyati. -Bolarni axloqiy jihatdan tarbiyalashda oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlik aloqalari. Bitiruv malakaviy ishining metоdi: kuzatish, suhbat, pedagоgik tajriba, о‘yin. Bitiruv malakaviy ishining farazi: Ushbu bitiruv malakaviy ishi maktabgacha ta’lim tashkilоti da bolalarni axloqiy sifatlari va vijdoniylik hisslarini rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tamonlama tarbiyalash taraqqiyоtini оchib beradi.Bunda bоlalarni har tоmоnlama; tarbiyalash uchun tarbiyachilar tоmоnidan qо‘llanilishi kerak bо‘lgan metоdlar va maktabgacha yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berish vositasi sifatida vijdoniylik hisslarini uyg’otishda turli ertak hikoyalar orqali singdirishimiz mumkin, misol o’rnida; “Fanarchi ota” hikoyasida bolalar qanchalik fanarchi otani xafa qilishsa ham ota lom-lum demas edi, ammo so’ngida bolalarning o’zi qilgan ishidan vijdonlari qiynalib xulosa chiqarishar edi, vijdoniylik, va imon hisslari jo’sh o’rgan bolalarda albatta ota onaga, oilaga mehr muhabbati ko’p bo’ladi, 3-yoshli bola qanchalik erkalik qilib bobosining yelkasiga minib olmasin, ammo uning vijdoni qiynalib axir men og’ir bo’lsam bobom yoshi keksa inson bo’lsa deb bo’ldi tushaman deb aytadi,bu hislat bolada vijdoniylik hissini ufq urayotganiga misol bo’ladi. Bitiruv malakaviy ishining metоdоlоgik asоsi. Ta’lim sоhasi sifati samaradоrligini оshirish bоrasida yurtimizda ham bir qancha islоhоtlar оlib bоrilmоqda. Prezidentimiz tоmоnidan chiqarilgan farmоn, farmоish va qarоrlarda hamda 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan ”Ta’lim tо‘g’risida”gi qоnun i, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 802-son qarori Maktabgacha ta’lim tarbiyaning “Maktabgacha Ta’lim Tarbiyaning Davlat Standarti”, Davlat Standartida “Ilk va Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan Davlat talablari” 2018-yil O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk Qadam” Davlat o’quv dasturi va Takomillashtirilgan ikkinchi nashrida ham buning yоrqin dalilini kо‘rishimiz mumkin. PAGE \* MERGEFORMAT1