JINOYAT ISHLARI BO’YICHA YUQORI INSTANSIYA SUDLARIDA ADVOKAT ISHTIROKI
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA YUQORI INSTANSIYA SUDLARIDA ADVOKAT ISHTIROKI MUNDARIJA Kirish . ......... .............................................................................................5 I BOB. JINOYAT ISHLARI BO’YICHA APELLA T SIYA VA KASSATSIYA ISH YURITUVINING TUSHUNCHASI VA MOHIYATI 1.1. Hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ustidan sud nazorati ......................... ........ ..............................................10 1.2. Jinoyat ishlari bo`yicha sud jarayonida apellatsiya va kassatsiyaning o`rni ..................................................................... ........ ..19 1.3. Himoyachi tomonidan sudning h ukmi ustidan apellatsiya va kassatsiya instansiyalariga shikoyat keltirilishi................... ....... ............28 II BOB. JINOYAT ISHLARINI APELLATSIYA VA KASSATSIYA TARTIBIDA KO’RISHDA HIMOYACHINING ROLI 2.1. Jinoyat ishlari bo’yicha sudlarda himoyachining roli ....... . ... .... ......35 2.2. Jinoyat ishlarida himoyachining etikasi va himoya nutqining ahamiyati ............................................................... ........ .........................49 III BOB. JINOYAT ISHLARINI APELLATSIYA VA KASSATSIYA TARTIBIDA KO’RISHDA HIMOYACHINING ISHTIROKI 3.1. Jinoyat ishlarini apellatsiya tartibida ko’rishning o’ziga xos xususiyatlari ................................................................................... ...... ..59 3.2. Kassatsiya instansiyasida himoyachining ishtiroki ........................ XULOSA ...............................................................................................80 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .............................................83
KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi marralarini zabt etgani sari rivojlanish qonuniyatiga binoan yanada katta va maqomiga yarasha murakkab masalalarni hal qilish pallasiga kira boshladi. Huquqiy-demokratik davlat barpo qilish ana shu vazifalar orasidagi eng muhimi desak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki adolatli va mukammal ishlab chiqilgan qonunlar tizimi jamiyatimizdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa barcha sohalarning barqaror rivojlanishini ta’minlab beradi. Advokatura sohasida ham ana shu strategik masalalarni hal qilishda o‘z oldiga qo‘ygan qator muhim vazifalar mavjud. Fuqarolarning tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqini mustahkamlaydigan konstitutsiyaviy normani amalga oshirish, advokaturaning tashkiliy mustaqilligini ta’minlash, uni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, advokatlarning mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish shular jumlasidandir. Mavzuning dolzarbligi advokatning jinoiy protsessdagi ishtiroki samaradorligiga ta'sir etuvchi muammolarni o'rganish, fuqarolarning malakali yordam olish huquqi, sudining inson huquqlarini himoya qilish organi sifatidagi rolining muhimligi bilan bog'liq. Advokatlik nafaqat professional xizmat turi, balki fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishning asosiy shartidir. Natijada, bu zamonaviy jamiyat sharoitida advokatlarning, xususan, alohida maqomga ega bo'lgan, shuningdek, maxsus kasbiy mahoratga ega bo'lgan advokatlarning jinoiy protsessida muhim ishtiroki sifatida e'tirof etiladi. 2022 yil 28 yanvar kuni qabul qilingan “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi”da ham advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsad qilib 2
ko‘rsatilgan 1 . Mazkur strategik ahamiyatga egan bo‘lgan hujjatda Advokatura institutini to‘laqonli o‘z o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh malakali kadrlarni jalb qilish, advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va institutsional asoslarini shaqllantirish, advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va boshqa bir qator ishlarni amalga oshirish belgilangan 2 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 mayda e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga hamda inson huquqlari va erkinliklarining samarali himoya qilinishini har tomonlama ta’minlashga qaratilgan sud-huquq tizimi sohasidagi islohotlarning bugungi kundagi eng muhim vazifasi – advokaturani yanada isloh qilish deb bejiz aytilmadi, chunki advokatura inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda fuqarolik jamiyatining asosiy institutidir. Mustaqillik yillarida avdvokatura institutini isloh etish, uni fuqarolik jamiyati instituti darajasiga ko‘tarish borasida qator ishlar amalgan oshirilgan bo‘lib qator normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilingan 3 . Bugungi kun voqeligi shundan dalolat beryaptiki, shiddat bilan rivojlanayotgan hayot advokatura oldiga yanada keng ko‘lamli vazifalarni qo‘ymoqda, ularning imkoniyatlarini kengaytirilishini taqozo etmoqda. Bu borada xalqaro amaliyotlarda sinovdan o‘tgan va deyarli barcha rivojlangan davlatlar huquqiy tizimlarida qo‘llanilayotgan qonun-qoidalar bizning qonunchiligimizga 1 “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022 yil 28 yanvar // https://lex.uz/uz/docs/5841063 2 “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022 yil 28 yanvar // https://lex.uz/uz/docs/5841063 3 “Advokatura to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №349-I, Qabul qilingan sana 27.12.1996, Kuchga kirish sanasi 09.01.1997); «Advokatura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini amalga kiritish tartibi haqida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qarori , №350-I, Qabul qilingan sana 27.12.1996, Kuchga kirish sanasi 09.01.1997) ; O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, №PF-3993, Qabul qilingan sana 01.05.2008, Kuchga kirish sanasi 01.05.2008) va boshq. 3
ham tatbiq etilishi mamlakatimiz huquqiy tizimi o‘z taraqqiyot davrining yangi bos qichiga chiqqanidan darak bermoqda. Ma’lumki, advokatlar o‘z kasbiy faoliyatlarini bajarish jarayonida turli qonunlar va qonun osti hujjatlaridagi tafovutlarga duch kelishadi va ayni shu holatlar ba’zan adolatli qaror qabul qilishga to‘sqinlik qiladi. Ana shu masalalarni bartaraf qilish ishida advokatlar boshqa huquqiy institutlar bilan bahamjihat tarzda hamkorlik qilib, ularning hal qilinishiga o‘z hissalarini qo‘shishi lozim. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bu vazifalarni bajarish uchun advokatlarning bilim va kasb mahoratini yuqori darajaga ko‘tarish va ularning muntazam ravishda o‘z malakalarini oshirib borishlarining majburiyligini joriy qilish davr talabi deb belgilandi. Advokaturani halol va kasb mahorati yuqori darajadagi mutaxassislar bilan ta’minlash, advokatlik tuzilmalarining vakolatlarini aniqlashtirish va huquqiy maqomini belgilash, jinoyat protsessida ayblov va himoya taraflarining protsessual huquqlari tengligini ta’minlash, advokatlar tomonidan kasb etikasi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmi va advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritish tizimini, taraflar vakilligi institutini takomillashtirish - advokatura institutining yanada isloh qilinishi lozim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlardan biridir. Advokatura sudga, tergovchiga, prokurorga xolisona yordam berish uchun yaratilgan jinoyat ishini tushunadi va shu bilan ma’lum bir tarzda hissa qo‘shadi qonun ustuvorligi va adolatni mustahkamlash. Jinoiy ishlarda himoya qilish juda jiddiy muammo, shunday bo‘lishi kerak barcha mumkin bo‘lgan tomonlardan o‘rganish, sudlarda jinoiy ishlar barcha holatlarning umumiy sonida muhim o‘rin tutadi. Ularni hisobga olish muayyan qiyinchiliklar va xatolar, aynan sudda ular yeng keskin turishadi advokatlar ishining jinoiy protsessual masalalari, chunki bu yerda berilgan jinoyatni tergov qilishda himoyachining ishini baholash sud tergovining ishtiroki va ish mohiyati bo‘yicha hal yetiladi. Mashhur rus huquqshunosi F.N.Plevako muhim naqshlardan birini ochib berdi advokatning ishi, uni "himoya tomiri" deb ataydi. U shunday dedi: "Kasb ishimizdan kelib chiqadigan ma’lum odatlarni bizga beradi. Temirchi kabi ish uning qotib qolgan 4
qo‘llarida iz qoldiradi, biz ham himoyachilar, himoya tomir har doim bizning mulkimiz bo‘lib qoladi, biz xohlaganimiz uchun yemas barcha haqiqat va jiddiylikni inkor, lekin biz ayblanuvchilarda ko‘rib, chunki biz hamdard bo‘ladigan, kechiradigan va afsuslanadigan odamlarga ustunlik berish, yillar bizni bu odatga aylantiradi. Tadqiqotning ob’ekti sifatida - yuqori instansiya sudlarida advokatning ( himoyachining ) ishtiroki hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti bo‘lib, amaldagi jinoyat-protsessual qonunchilik va jinoyat protsessida himoyachining protsessual maqomiga oid qonunchiligi, huquqiy normalar, ushbu sohaga oid sud amalyoti. Tadqiqodning maqsadi va vazifalari. Yuqori instansiya sudlarida advokat ishtirokini o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish, sud-huquq islo ho tlari davrida apellatsiya va kassatsiya ish yurituvida advokat (himoyachi) rolini o‘rganish va sohani nazariy va amaliy jihatdan o‘rganishdan kelib chiqib tegishli xulosa va ta k liflar ishlab chiqish. Tadqiqot natijalarining ilmiy ji h atdan yangiligi. So'nggi yillarda yuridik amaliyot masalalari faol o'rganilmoqda. Shu bilan birga tegishli ishlarni ko‘p bo‘lishiga qaramay, advokatlarning jinoyat protsessida ishtirok etishi samaradorligi bilan bog‘liq muammolar yetarli darajada o‘rganilmagan. Mazkur tadqiqot sud- huquq islohotlarining yangi bosqichida jinoyat ishlari bo‘yicha yuqori instansiya sudlarida advokat ishtirokini tadqiq etishni o‘rganish bo‘yicha namoyon bo‘ladi. Mavzuni o‘rganilganlik darajasi . Jinoyat protsessida himoyachining protsessual maqomi yuzasidan mamlakatimizda huquqshunos olimlardan D.Bazarova, B.B.Xidoyatov, Z.F.Inog‘omjonova, G.Z.To‘laganovalarning asarlari va ilmiy tadqiqot ishlarida jinoyat protsessida himoyachi lar faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, uning nazariy va amalyotdagi muammolari u yoki bu darajada tahlil qilingan. Xori jlik tadqiqotchilarni olsak, MDH davlatlarida T.V.Trubnikova, S.A.Yesinkulova, V.M.Trofimenko, V.A.Abramov, L.L.Zayseva, A.Ye.Bochkarev 5