O‘QUVCHI SHAXSINING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
O‘QUVCHI SHAXSINING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………………...…3-7 I Bob. O‘quvchi shaxsining individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish pedagogik muammo sifatida 1.1.Shaxs individual tipologik xususiyatlariga umumiy tavsif.................................................................................................................. 8-16 .2.O‘quvchilarda individual-psixolgik xususiyatlarini tahlil qilishning pedagogik ahamiyati.......................................................................................................... 17-24 II Bob. O‘quvchi shaxsining individual sifatlari aniqlash metodikalari va ulardan talim jarayonidagi ahamiyati 2.1.O‘quvchi shaxsining qobiliyatlari, qiziqishlari va uning kasb tanlashga munosabatini niqlash....................................................................................... 25-35 2.2. O‘quvchi temperamentini bilishning ahamiyati va uni aniqlash diagnostikasi .................................................................................................... 36 - 47 XU LOSA ………………………………………………………………… 48-50 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ................................................... 39-41 ILOVA ………………………………………………………….………... 51-53 1
KIRISH Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri xalqimizning boy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida barkamol avlodni tarbiyalashdir. Chunki, shaxsning har tomonlama kamol topishi va farovon yashashini ta’minlash, uning manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini yaratish, va yangi sharoitga moslashtirish Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Respublikamizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilinishi, uzluksiz ta’lim jarayonida yetakchi ijrochi bo‘lgan o‘qituvchi faoliyatini tubdan o‘zgartirishga olib kelmoqda. Shuning bilan bir qatorda ijtimoiy jarayonning ajralmas qismi bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimiga, uning maqsadi va mazmuniga, o‘qituvchining pedagogik faoliyati va mahoratiga yangicha talablar qo‘yilmoqda. Bu haqda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil 29 avgust) “Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida so‘zlagan nutqida shunday degan edi: ”O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”. 1 Chunki, uzluksiz ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar, o‘quv-tarbiya jarayonining an’anaviy va noan’anaviy shakllari, mazmuni, amalga oshirish yo‘llari, vositalari, usullari va shart-sharoitlarini tashkil etish o‘qituvchidan yuksak darajadagi kasbiy bilim va mahoratga ega bo‘lishni talab etadi. Ma’lumki, o‘qituvchilik kasbi boshqa kasblardan farqli ravishda ko‘p tomonlama ma’suliyatni o‘zida mujassamlantiradi, birinchidan, u shaxsni shakllantirish, ya’ni inson ruhiyatini chuqur bilishi, ikkinchidan, ta’lim-tarbiyaning barcha vositasi, uslubi va yo‘llaridan samarali foydalanib, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishi ya’ni o‘qitishning samaradorligiga erishmog‘i lozim; uchunchidan, o‘zining fazilatlarini ham jamiyat va tabiat taraqqiyoti jarayonida shakllantirib 1 2
borishi lozim. O‘qituvchi o‘z mehnatining natijalari bilan bog‘liq holda yosh avlod shaxsini jamiyat talablariga binoan har tomonlama shakllantirishdan iborat. Yosh avlodni mustaqil davlat fuqarosi sifatida shakllantirishda ularni hayotga, mehnatga va biror kasbga tayyorlashda barcha o‘qituvchilar zimmasiga katta masuliyat yuklaydi. Shu o‘rinda o‘qituvchilarning o‘quvchi shaxsini psixologik jihatdan o‘rganish, uning bilish jarayonlarini, individual xususiyatlarini aniqlab talim-tarbiya jarayonini tashkil qilish ko‘nikmalarini egallashi ham talim- tarbiya jarayoni natijasining samarali bo‘lishini taminlashga xizmat qiladi. Yangi kishini shakllantirish vazifalarining xilma-xilligi va murakkabligi bo‘lajak pedagoglar tayyorlash masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Maktabga mohir pedagoglar kerak. Pedagoglik maxorati esa o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning barcha turlarini qulaylashtirishni moxirlik bilan udallashdan iborat. Pedagogika va psixologiya fanlari turkumida juda katta bilim xazinasi, tavsiyalar jamlanganki, bo‘lajak o‘qituvchilar ularni egallab olishlari lozim bo‘ladi. Jamiyatga puxta va chuqur bilimli, yuqori malakali kadrlarni yetishtirib berish talim islohatlarining asosiy yo‘nalishlaridandir. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlashning dolzarb va katta istiqbolli yo‘nalishlaridan biri o‘sib kelayotgan yosh avlod orasidan istedodli bolalarni saralash, ularni zamonaviy maktablarda o‘qitish, ularga keng imkoniyatlar yaratib berish va tez fursatda malakali mutaxasislarni yetishtirishdir. Mazkur malakaviy bitiruv ishimizning mavzusini ham yuqoridagi bayon qilingan fikrlardan kelib chiqib, «O‘quvchi shaxsining individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganishning pedagogik ahamiyati» deb nomladik. Hozirgi kunning muhim vazifalaridan biri, jamiyatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning individual-psixologik xususiyatlarini, intellektual rivojlanish va qobiliyatlarini, xarakter va temperamentini hisobga olgan holda talim-tarbiya jarayonini tashkil qilishni talab qilmoqda. Pedagog-psixologlarning fikricha, bu talim-tarbiya natijasining samarali bo‘lishini taminlaydi. Shu nuqtai nazardan o‘quvchi shaxsini har tamonlama psixologik jihatdan o‘rganishga, aniqlashga yo‘naltirilgan metodik 3
topshiriqlarni taqdim qilish, ularni har tamonlama tahlil qilish usullari, metodlari, shakllarini ishlab chiqishni taqozo qilmoqda. Malakaviy bitiruv ishining metodologik nazariy asoslari: Sharq va g‘arb pedagogikasining talim jarayoni, uning samaradorligiga oid talimotlar, nazariy yondashuvlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning talim-tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan asarlari, nutq va maruzalarida ilgari surilgan manaviy-marifiy muammolarga doir yondashuv va qarashlari; «Talim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Pedagogik talim Konsepsiyasi, Xalq talimi vazirlikning meyoriy xujjatlari, shaxsni psixologi o‘rganishga doir tajribalar, ilg‘or g‘oyalardir. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi: O‘quvchi shaxsini pedagogik-psixologik jihatdan har tamonlama o‘rganishning nazariy hamda amaliy asoslarini aniqlash va talim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, uning mazmunini boyitadigan metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Malakaviy bitiruv ishining obekti: O‘quvchilarni bilim o‘zlashtirish jarayonida maktab o‘quvchilarining shaxsini psixologik o‘rganish jarayoni. Malakaviy bitiruv ishining predmeti: O‘quvchi shaxsini psixologik o‘rganishning mazmuni,shakli, usullari, metod va vositalari. Malakaviy bitiruv ishining ilmiy farazi: (gipotezasi) O‘quvchilarning individual psixologik xuusiyatlarini hisobga olgan holda talim jarayonini tashkil etishda quyidagi pedagogik vazifalarni amalga oshrilganda ijobiy natijalarga erishish mumkin: -birinchidan, maktab o‘quvchilarining individual psixologik xususiyatlari, ularning tafakkur va motivatsion doirasida atroflicha o‘rganilib chiqilganda; -ikkinchidan, o‘quvchi shaxsini psixologik jihatdan o‘rganishni taminlaydigan yaxlit metodik majmualar ishlab chiqilganda; 4
-uchinchidan, o‘quvchi shaxsini har tamonlama o‘rganishning aniq dastur va rejalarini ishlab chiqilganda va h.k. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi va ilgari surilgan ilmiy gipotezasiga asoslanib ishimizning vazifalarini quyidagicha belgiladik: 1. Mavzuga oid pedagogik, psixologik, sotsiologik yo‘nalishdagi ilmiy va uslubiy adabiyotlar o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish. 2. Guruh va o‘quv muassasasidagi pedagogik-psixologik muhitni atroflicha o‘rganish. 3. O‘quvchi shaxsi shaxsiy malumotlar xaritasini tuzib chiqish, chuqur tahlil qilish va aniq metodik tizim ishlab chiqish. 4. O‘quvchi shaxsini psixologik o‘rganish usullari va uning pedagogik axamiyatining mazmuni, shakli, vosita va metodlari tizimini yaratish. 5. O‘quvchi shaxsining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiya jarayonini tashkil etishga yo‘naltirilgan metodikaning samaradorlik darajasini aniqlash. Tanlangan metodlar: 1. Anketa, suhbat, savol-javob,o‘rganish. 2. Taxlil, qiyosiy taxlil. 3. Pedagogik diagnostika. 4. Pedagogik-psixologik eksperement. 5. Sotsiologik tadqiqot, ijtimoiy so‘rov. 6. Olingan natijalarini matematik statistika qilish metodlari. Mazkur malakaviy bitiruv ishi, o‘quvchi shaxsini pedagogik-psixologik o‘rganishga doir ko‘plab topshiriqlar va ko‘rsatmalar sistemasini o‘z ichiga olgan bo‘lib ular maktabga psixologik xizmat ko‘rsatish maqsadida bajarilgan va o‘qituvchiga metodik yordam sifatida, o‘quvchi shaxsini, o‘quvchilarning individual xususiyatini amaliy jixatdan bilishga, darsni psixologik jixatdan taxlil qilishni bilib olishga xizmat qiladi deb o‘ylaymiz. 5