logo

LIDER SHAXSIDA NOTIQLIK QOBILIYATI VA UNI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1468 KB
LIDER SHAXSIDA NOTIQLIK QOBILIYATI VA UNI
TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK
MEXANIZMLARI
MUNDARIJA: 
KIRISH……………………………………………………………………. 3
I.BOB.   LIDER   SHAXSI   HAMDA   NOTIQLIK   QOBILIYATI
MUAMMOSI   VA   UNI   O‘RGANISHNING   ILMIY-NAZARIY
TALQINI
1.1   Lider   shaxsida   notiqlik   qobiliyati   muammosining   psixologiya   va
tilshunoslik sohalarida  o‘rganilishi………………………………………... 9
1.2   Lider,   nutq,   notiqlik   mahoratining   tilshunoslik,   fiziologik   va
psixologik tavsifi…………………………………………………………… 11
I bob bo‘yicha xulosalar………………………………………………….. 28
II.BOB.   LIDER   SHAXSIDA   NOTIQLIK   QOBILIYATI
KOMPONENTLARI VA ULARGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
2.1   Ko‘pchilik   oldida   so‘zlashdan   qo‘rqish.   Jur’atlilik   va   ishonchning
nutqdagi ahamiyati…………………………………………………………. 30
2.2   Lider   shaxsida   nutqning   muvaffaqiyatli   chiqish   shartlari.   Notiqning
psixologik tasviri…………………………………………........................... 38
II bob bo‘yicha xulosalar………………………………………………… 49
III.BOB.   LIDERLARDA   NOTIQLIK   QOBILIYATINI
TAKOMILLASHTIRISHNING SHART-SHAROITLARI
3.1. Talabalarda liderlik va notiqlik mahoratini aniqlash usullari…………. 51
3.2.   Talabalarda   liderlik   va   notiqlik   mahoratini   aniqlashda   empirik
yondashuvni amalga oshirishning shart-sharoitlari……………………....... 54
III bob bo‘yicha xulosalar……………………………………….............. 60
Xulosalar……………………………………………….............................. 61
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………............... 65
Ilovalar……………………………………………………………………. 69
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi :   Xalqimiz   mafkurasiga   xos   bo‘lgan     o‘zgachlik,
ya’ni   jamoa   a’zolariga   qarab   qaror   qabul   qilishdan   iborat   qarashlardan   kelib
chiqib, yoshlarda, liderlarda notiqlik qobiliyatini shakllantirish  katta ahamiyatga
ega.   Davlatimiz   rahbarlari   tomonidan   yoshlarni   barcha   sohalarda   qo‘llab-
quvvatlashga   doir   chora-tadbirlar   ishlab   chiqilgan   bo‘lib,   ular   hayotga   tadbiq
qilinmoqda.   Jumladan,   2014-yil   6-fevralda   birinchi   prezidentimiz   I.A.Karimov
tomonidan   O‘zbekiston   Respublikasida   2014-yilda   yoshlarga   oid   davlat
siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi qabul
qilingan bo‘lib, ushbu dasturning har bir bo‘limi yoshlarning ijtimoiy himoyasi,
ularning   ta’lim-tarbiyasi,   yuksak   ma’naviyatli   yoshlarni   shakllantirishga
qaratilgan. Xususan, dasturning quyidagi boblariga ahamiyat qaratamiz: 
I. “Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish,  demokratik davlat
qurish   va   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   jarayonlarida   ularning   faoliyatini
oshirish;
II. Yuksak   ma’naviyatli,  mustaqil   fikrlovchi,  qat’iy  hayotiy  pozitsiya,
keng   dunyoqarash   va   chuqur   bilimlarga   ega   bo‘lgan   vatanparvar   yoshlarni
tarbiyalash,   ularda   turli   mafkuraviy   tahdidlarga   qarshi   immunitetni
shakllantirish; 
III.   Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta
egallashlari   uchun   munosib   sharoitlar   yaratish,   ularni   ish   bilan   ta’minlash   va
tadbirkorlikka jalb etish; 
IV.   Iqtidorli   yoshlarni   qo‘llab-quvvatlash,   ijodiy   va   intellectual
salohiyatini   ro‘yobga   chiqarishga   qaratilgan   ishlarni   tizimli   yo‘lga   qo‘yish”[1,
PQ] va boshqalar.
Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoyevning   “2017-2021-yillar   -   Harakatlar
strategiyasi” dasturi, shuningdek qator qaror va farmonlari mamlakatimiz o‘g‘il-
qizlarini   har   jihatdan   himoyalash,   ularga   ta’lim   va   tarbiya   berish,   hayotga
2 ijtimoiy   moslashuvi   va   jamiyatda   o‘z   o‘rnini   topishiga   yaqindan
ko‘maklashishda muhim omil bo‘lmoqda.
Hozirgi   kunda   zamonaviy   liderlarga   bo‘lgan   ehtiyoj   oshib   bormoqda.
Ammo   yosh   liderlarimizda   notiqlik   qobiliyatining   yetishmasligi   natijasida   bir
qator qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Shu sababdan mavzu dolzab sanalmoqda. 
Jadallik   bilan   rivojlanib   borayotgan   bugungi   texnologiyalar   davrida
notiqlikning   o‘rni   beqiyos.   Jahon   miqyosida   mafkuraviy   kurash   ketayotgan   bir
paytda   bu   jarayonga   javoban   kuchli   bilim   va   ma’rifat   orqali   javob   bera   olish,
notiqlik   mahorati   orqali   fikr   yetkazish   san’atini   egallashni   davrning   o‘zi   talab
qilib   turibdi.   Barcha   sohada,   yo‘nalishda   butun   jamoani   oldinga   boshlash,
vatanparvarlik   hissini   uyg‘otish   va   insondagi   ayrim   illatlarni   yo‘qotishda
notiqlikning samarasi bebahodir.
Notiqlikni   boshqa   nutq   turlaridan   ajratib   turadigan   bir   necha   asosiy
fazilatlar mavjud.
 1.   Notiq   odamlarga   notiqlik   nutqi   bilan   murojaat   qiladi   –   nafaqat
tinglovchiga axborot yetkazish, balki ishontirish yoki biron bir harakatga undash
tarzida   javob   olish   uchun.   Bunday   nutq   har   doim   hayajonli   xarakterga   ega.
Buning uchun ma’ruzachi nutqining mavzusidan ilhomlanib, unga tinglovchilari
uchun zarur va foydali deb hisoblagan narsalarini kiritishi kerak.
 2. Nutq tinglovchilarga ta’sir qilishi va ularni qiziqtirishi uchun bu juda
muhimdir –   hokimiyat   ma’ruzachi yoki uning o‘ziga xos psixologik munosabati.
Tinglovchilarni   ba’zi   harakatlarni   bajarishga   undash   uchun   notiqning   o‘zi
birinchi   navbatda   maxsus   iroda   harakatini   talab   qiladigan   harakatlarni   amalga
oshiradi. Ushbu  harakat   ma’ruzachi  nutqida  sezilib,  tinglovchilariga  yetkazilib,
ularni harakatga undashadi.
  O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasida,
“Ta’lim   to‘g‘risida”gi   Qonun,   Respublika   Prezidentining   Farmon   va   Vazirlar
Mahkamasining   bir   qator   qarorlarida   Davlat   tili   masalasiga   alohida   e’tibor
qaratilgan. 
3  Notiqlik qobiliyatini takomillashtirish va yuksaltirishda, malakali kadrlar
tayyorlashda Davlat tili –  o‘zbek adabiy tilining o‘ziga xos o‘rni va roli mavjud.
Shu munosabat bilan hozirgi davrda, birinchi navbatda, Davlat tili – o‘zbek tilini
va   kasbga   oid   nutq   madaniyatini   mukammal   egallash   alohida   ahamiyat   kasb
etadi.
Har   bir   soha   egasi   nafaqat   notiqlik   san’atini   qonun   qoidalarini   bilishi,
unga amal qilgan xolda fikrini yetkazib bera olishi lozim. Ayniqsa, lider shaxsi
o‘zida nutq qobiliyatini shakllantirishi juda muhim.
Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi :   Liderlik   masalasi   ham   notiqlik
masalasi ham har bir davrda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va bir qancha nazriyalarga
boy masala sanalanadi.
Liderlik   bo‘yicha   amerikalik   olimlar   K.Berd ,   R.Kettel,   nemis   olimlari
G.Gibsh,   M.Forverg,   rus   olimlari   V.D.Parigin,   L.N.Umanskiy,   E.Jarikov,
E.Krushelniskiy   M.Y.Jukov,   M.I.Magura  va  M.B.  Kurbatova   va  boshqalarning
ishlari     diqqatga   sazovordir.   1940   yilda   amerikalik   olim   K.Berd   tomonidan   79
sifatdan iborat bo‘lgan liderlik   sifat lari ro‘yxatini   tuz a di [52] . Abu Nasr Forobiy
“Fozil odamlar shahri”, Alisher Navoiyning deyarli barcha asarlarida, Kaykovus
“Qobusnoma”   asari,   Ahmad   Yassaviy,   Ahmad   Yugnakiy,   Abdulla   Avloniy
asarlarida   lider   shaxsida   qanday   fazilatlar   bo‘lishi,   notiqlik   qobiliyati,   notiqlik
san’ati haqida zarur ma’lumotlar berilgan.
Hozirga kelib  o‘z ta’siriga ega bo‘lgan liderlik haqidagi bir qancha ishlar
olib   borilmoqda.   Masalan,   mustaqillikdan   keyin   olimlar   liderlik   masalasini
o‘rganishga o‘z diqqatlarini qaratmoqdalar. Bekmurodov M. O‘zbek mentaliteti,
Komilov   N.   Komil   inson   to‘g‘risida   to‘rt   risola,   Mahmudov   I.   Boshqaruv
psixologiyasi, Omonov B. Siyosiy yetakchining notiqlik mahorati, Razzoqov Sh.
Rahbarlik   san’ati,   Raximova   D.,   Bekmurodov   M.   Liderlik   va   tashkilot
madaniyati.   Xolbekov   A.J.   Boshqaruv   sotsiologiyasi,   Xuseynov   B.M.
O‘zbekiston   Respublikasi   Yoshlar   ittifoqi   a’zolarida   zamonaviy   liderlik
qobiliyatlarini   shakllantirish,   kabi   mutaxasislarning   liderlik   haqidagi   kitoblari
asos bo‘ladi[56].
4 R.Jumaniyozov,   B.Husanov,   V.G‘ulomov,   R.Qo‘ng‘urov,   E.Begmatov,
Y.Tojiyev, T.Qudratov, G.Apresyan, S.Aserenseva, I.Golub, S.Ivanovalar   nutq
madaniyati, nutq qobiliyati masalalarini o‘rganishgan.
Lekin   lider   shaxsi   va     notiqlik   qobiliyatini   birgalikda   o‘rganish   darajasi
kam   o‘rganilgan   soha   sanaladi.   Ushbu   ishda   liderlik   va   notiqlik   qobiliyati
birgalikda o‘rhanishga harakat qilingan.
Tadqiqot   obyekti :   Lider   shaxsida   notiqlik   qobiliyatini   yuzaga
chiqaruvchi psixologik aspektlar (1-4-kurs talabalari).
Tadqiqot   predmeti:   Lider   shaxsida   notiqlik   qobiliyati   va   uni
takomillashtirishning   psixologik   mexanizmlarining   mazmuni,   shakl,   metod   va
vositalari.
Tadqiqotning maqsadi:  Yetakchilarda liderlik qobiliyati bilan birgalikda
notiqlik mahoratini ham takomillshtirish va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning vazifalari: 
 Yosh   liderlarda   notiqlik   mahorati   va   uni   takomillashtirishning
psixologik mexanizmlariga oid adabiyotlar bilan tanishish
 Yosh   liderlarda   notiqlik   mahorati   va   uni   takomillashtirishning
psixologik mexanizmlari muammosini aniqlash
 Lider   shaxsida   notiqlik   qobiliyati   va   uni   takomillashtirishning
psixologik mexanizmlari bugungi kundagi ahvolini aniqlash
 Lider   shaxsida   notiqlik   qobiliyati   va   uni   takomillashtirishning
psixologik mexanizmlari omil va mezonlarini aniqlash
 Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish
 Tadqiqot natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilish
 Xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
-   Lider   shaxsida   notiqlik   qobiliyati   va   uni   takomillashtirishning
psixologik mexanizmlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar ishlab chiqildi.
5 - Lider shaxsida notiqlik qobiliyati va uni takomillashtirishning psixologik
mexanizmlari kommunikatsion, motivatsion kabi tarkibiy qismlari lider shaxsini
shakllantiruvchi ko‘rsatkichi sifatida ochib berildi.
- Lider   shaxsida   notiqlik   qobiliyati   va   uni   takomillashtirishda   o‘quv-
tarbiyaviy,   ommaviy   tadbirlar   va   psixotrening   dasturlarining   samarali   shakllari
aniqlandi va belgilab berildi.
Ilmiy tadqiqot farazi:  
1.   Lider   talabalarda   omma   oldida   so‘zlay   olmasliklariga   o‘zlariga
beradigan bahoning pastligi sabab bo‘lishi mumkin. 
2.   Yetakchilarda   mavjud   bo‘lgan   ko‘pchilik   oldida   so‘zlashdan
qo‘rqishning mavjudligi. Bu bolalikdan shakllangan bo‘lishi mumkin.
  3.   Talabalarda   o‘zlari   so‘zlamoqchi   bo‘lgan   mavzu   yuzasidan   kognitiv
bilimlarining yetarli emasligi jamoa oldida so‘zlamasliklarini izohlashi mumkin.
Tadqiqotning   metodologik   asosi:   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Shavkat   Mirziyoyevning   O‘zbekiston   Yoshlari   Forumida   so‘zlagan   nutqi
26.12.2020, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022
–   2026-yillarga   mo‘ljallangan   Yangi   O‘zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi
to‘g‘risidagi   farmoni   PF-60-son   (28.01.2022),     Jumaniyozov   R.[19]   ,
Qo‘ng‘urov   R.[36],   Bekmirzayev   N.[8],     Xo‘jayeva   L.,   Jalolov   H.,
Inomxo‘jayev   S.[18],   Karimova   V.[21],   G‘oziyev   E.[11],   Maxsudova   M.[30],
Karnegi   D.[25]   va   boshqalarning   liderlik   hamda   notiqlik   qobiliyatlari   haqidagi
ilmiy   izlanishlari,     o‘quv   qo‘llanmalari,   yaratgan   darsliklari   hamda   fikr-
mulohazalari olindi.
Tadqiqotning metodlari:
- Ank е ta, suhbat, savol-javob, o‘rganish.
- R.B.Kettelning “Shaxsni 16 omil yordamida o‘rganish so‘rovnomasi”
- E.Jarikov, E.Krushelniskiy “Liderlik qobiliyati diagnostikasi” testi
-   M.I.Magura va M.B. Kurbatovaning “Boshqaruvda liderlik uslubini 
o‘rganish” testi
- V.F.Ryaxovskiy “Muloqotchanlikni aniqlash ” metodikasi.
6 Ilmiy tadqiqotning nazariy ahamiyati: 
1.Mavzuga   oid   nazariy   masalalarning   muayyan   me’zon   asosida
umumlashtirilganligi. 
2.   Qo‘llanilgan   metodikalar   ishonchliligi,     validligi   va   reprezentativligi
mezonlari bo‘yicha tekshirilganligi. 
3.   Nutq   qobiliyatining   nomoyon   bo‘lish   shart-sharoitlari,   vaziyatlari   va
mexanizmlarining izohlanganligi. 
Ilmiy tadqiqotning amaliy ahamiyati: 
1)muammoning   amaliyotdagi   ahvoli   haqidagi   ma’lumotlarning
keltirilganligi; 
2) metodikalardan foydalanish tartibi hamda vositalarining izohlanganligi;
3) empirik materiallar hamda amaliy tavsiyalarning berilganligi.  
Tadqiqot natijalarini amaliyoti va tadbiqi.   Tadqiqot natijasida olingan
ma’lumotlardan   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   o‘quvchilari,   oliy   ta’lim
muassasalari  talabalari, o‘zlarida notiqlik qobiliyatini rivojlantirmoqchi bo‘lgan
shaxslar foydalanishlari mumkin.
Dissertatsiyaning tuzilishi:   Kirish,  uch bob, 6 paragraf, xulosa,  ilovalar
hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, jami 80 sahifadan iborat.
7 I  BOB.   LIDER SHAXSI HAMDA NOTIQLIK QOBILIYATI
MUAMMOSI VA UNI O‘RGANISHNING ILMIY-NAZARIY TALQINI
1.1.  Lider shaxsida notiqlik qobiliyati muammosining psixologiya va
tilshunoslik sohalarida  o‘rganilishi  
Hozirgi   jadallik   bilan   o‘sib   borayotgan   axborot-texnologiyalari   asrida
ommaviy   axborot   vositalari   hamda   aborotlar   ko‘lamining   ko‘pliga   va
turlichaligi,   axborot   olish   va   tarqatishning   rivojlanishi   bilan   bog‘liq   vaziyatda
notiqlik   qobiliyati   va   mahoratiga   talab   keskin   oshdi.   Unga   ta’lim-tarbiya   va
ijtimoiy   hayotda   alohida   o‘rin   berilgan,   sababi   notiqlik   mahoratini   egallan
insonning   har   qanday   faoliyatdagi   muvaffaqiyatining   asosiy   tarkibiy   qismi
sanaladi.   Notiqlik   jamoatchilikni   manipulyatsiya   qilishdir.   Fikr   va   kayfiyat
hamda har bir shaxsning dunyoqarashini shakllantirish jarayonidir.
Bir   qancha   chet   el   mamlakatlarda   notiqlik   san’ati     barcha   o‘quv
dasturlarida   majburiy   fan   sifatida   kiritilgan.   Negaki   zamonaviy   shaxsning
hayotda   biror   bir   muvaffaqiyatga   erishishi,   lavozimining   o‘sishi,   karyeraga
intilishi   kabilarni   ishonchli,   aniq   va   chiroyli   qilib   so‘zlay   olish   qobiliyatisiz
tasavvur qilish qiyin. Har qaysi mamlakatdada jamoa oldida so‘zlash mahorati,
polemika     va   notiqlik   san’ati   mashhurlik,   liderlik,   tan   olinish,   o‘zini   anglash
hamda farovon hayot kechirish kalitidir.
Boshqa tomondan qarasak, tub islohotlar va demokratiya yo‘lini tanlagan
yangi O‘zbekistonning taraqqiyotidagi o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari, har  bir
shaxsning   o‘z-o‘zini   anglashi   va   o‘zini   har   tamonlama   namoyon   qilishi   uchun
keng imkoniyatlar ochib berilgan, dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolarni hal
qilishga qaratilgan jonli va ta’sirchan so‘zga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan talab,
notiqlik mahorati, notiqlik asoslari muammosini dolzarblashtirdi.
Notiqlik   san’ati   haqida   ish   olib   borgan   olimlar   jamoat   oldida   so‘zlash,
«notiqlik»   tushunchasiga   kamdan-kam   murojaat   qilishadi,   shuning   uchun   u   u
qadar   rivojlanmagan   soha   bo‘lib   qolmoqda.   Ta’lim   jihatidan   (bu   ko‘proq
filologiya sohasi bilan bog‘liq) ritorika adabiyotning umumiy tamoyili, notiqlik
8 nazariyasi, muayyan  bir  vaziyatga  mos ravishda yaxshi  so‘zlay olish  qobiliyati
haqidagi fan bo‘lib qolmoqda  [53].
Notiqlik san’atining tub mohiyati, o‘ziga xos jihatlari, ijtimoiy vazifalari,
taraqqiyoti   va   dinamikasi   ijtimoiy   hodisa,   insonning   ma’naviy   va   amaliy
faoliyatining o‘ziga xos turi sifatida alohida ko‘rib chiqish zarur [53]. Muloqot
jarayonida   ijtimoiy   auditoriyaga   samarali   ta’sir   qilish   qonuniyatlarini   ilmiy
asoslashga, shuningdek, ushbu sohadagi  amaliy ko‘nikmalarni tizimlashtirishga
va   notiqlikni   o‘rgatish   metodikasini   ishlab   chiqishga   qaratilgan   dastlabki
urinishlar   notiqlik   san’ati   paydo   bo‘lgan   paytdan   boshlab   vujudga   keldi.
Qadimiy demokratiya negizida tug‘ilgan. Shu nuqtayi nazardan olib qaraydigan
bo‘lsak,   qadimgi   Yunoniston   va   Rimning   taniqli   notiqlari,   mutafakkirlari,
faylasuflarining   asarlari   va   ijodi   alohida   qiziqish   uyg‘otadi:   sofistlar   (Gippiya,
Gorgias,  Prodikus,   Protagor   va  boshqalar),  Aristotel,  Demosfen,  Isokrat,  Lisiy,
Platon,   Plutarx,   Suqrot,   Qaysar,   Sitseron   va   boshqalar.   O‘rta   asrlarda   notiqlik
san’ati ustalari faylasuf-ilohiyotshunoslar bo‘lgan (A. Blazhenny, I. Zlatoust, G.
Nessa   va   boshqalar).   Cherkov   notiqligini   rivojlantirish   uchun   ko‘p   ish   qilgan
Foma   Akvinskiyning   nazariy   tadqiqotlari   alohida   ahamiyatga   ega[53].   O‘rta
Osiyo   mutafakkirlaridan   mahmud   Koshg‘ariy,   Yusuf   Xos   Hojib,   Forobiy,
Alisher   Navoiy   va   boshqalarning   asarlarida   bayon   qilingan.   Uyg‘onish   davri
mutafakkirlari va faylasuflaridan Montayn M,, Mor T., RotterdamE., Petrarx F.
va boshqalar notiqlik san’atining keng miqyosda rivojlanishiga va uning ijtimoiy
hayotdagi ahamiyatini anglashga katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, zamonaviy davr,
notiqlik san’ati muammolari F.Bekon, T.Xobbs, R.Dekart, I.Nyuton, B.Spinoza
asarlarida   o‘ziga   xos   aksini   topdi.   J.Lokk   asarlarida   til   va   san’atning   jamiyat
hayotidagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Notiqlikning nazariy jihatlari Volter, G.Gegel,
I.Gyote, D.Didro, Russo, F.Shellling, D.Xyum I.Kant, boshqalarning falsafiy va
estetik asarlarida o‘ziga xos tarzda ishlab chiqilgan. 
Notiqlik muammolari zamonaviy Bern, D.Boren, P.Valeri, R.Daft, A.Piz,
P.Soper va boshqalar kabi zamonaviy xorijiy mualliflarning asarlarida o‘z aksini
topgan.   Ijodiy   jarayon,   fikrlash   va   nutq   mexanizmlari   taniqli   rus   olimlari:
9 V.M.Bekterev,   L.S.Vigotskiy,   I.P.Pavlova   va   boshqalarning   asarlarida   ochib
berilgan.   Notiqlik   qobiliyati   nazariyasi,   amaliyoti   va   psixologiyasining
rivojlanishida,   ko‘pchilik   oldida,   nutq   paytida   hamsuhbatlar   va   tinglovchilar
bilan   o‘zaro   munosabatlarning   o‘ziga   xosliklarini   aks   ettiruvchi   Adamov   E.A.,
Aleksandrov   D.N,   Aminev   I.I,   Kuznetsova   T.I.,   Mixalskaya   A.K.,   Nikolskaya
S., Daletskiy Ch. kabi mualliflarning asarlarida kuzatish mumkin.
O‘zbekistonda   notiqlik   san’ati   bo‘yicha   olib   borilgan   ilmiy   izlanishlar,
asosan,   tilshunoslik   sohasi   nuqtayi   nazaridan   amalga   oshirilgan,   tadqiqotlar
o‘tkazilgan.   Masalan,   Xo‘jayeva   L.   (“Notiqlik   san’ati”),   Jalolov   H.   (“Notiqlik
san’ati”)   ,   Inomxo‘jayev   S.   (“Notiqlik   san’ati   asoslari”),   O‘rinboyev   B.   va
SoliyevA. (“Notiqlik – mahorat”), Bekmirzayev N. (“Notiqlik san’ati asoslari”)
kabi   olimlarning   tadqiqotlarida   notiqlik   san’ati   umumiy   tarzda,   ma’lum   bir
darajada o‘rganilgan.
1.2 Lider, nutq, notiqlik qobiliyatining fiziologik,  tilshunoslik, 
va psixologik tavsifi
Har   bir   yo‘nalish   va   soha   jadallik   bilan   rivojlanayotgan   hozirgi   davrda
ijtimoiy va madaniy  hodisa sifatida qaralayotgan lider  shaxsidagi    notiqlikning
mohiyati   va   o‘ziga   xos   jihatlarini   anglash   hamda   uning   tamaddun   tarixidagi
kelib   chiqishi   va   rivojlanish   dinamikasini   ochib   berish,   liderlardagi   notiqlik
qobiliyatining   ijtimoiy   hayotdagi   rolini   asoslash   muhim   ahamiyat   kasb   etib
bormoqda. Jumladan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Yoshlar forumida yoshlarda
liderlik   qobiliyatini   shakllantirish   haqida   to‘xtalib   o‘tdilar   “Yoshlarimizning
liderlik   qobiliyatini   kuchaytirish,   ularning   faolligini   oshirish,   har   tomonlama
qo‘llab-quvvatlash   ilg‘or   ish   tajribalarini   ommalashtirish   uchun   “Kamalak
yulduzlari”,   “Yilning   eng   faol   yosh   yetakchisi”,   “Yil   sardori”   kabi   ko‘rik-
tanlovlarni   o‘tkazish,   o‘ylaymanki,   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Shu   bilan   bir
qatorda,   oliy   o‘quv   yurtlari   o‘rtasida   Talabalar   festivali,   Intellektual   o‘yinlar
haftaligi,   “Yil   talabasi”   singari   ko‘rik-tanlov   va   musobaqalarni   o‘tkazish
10 ularning   intellektual   salohiyatini   va   tashkilotchilik   qobiliyatini   yanada
yuksaltirishga xizmat qiladi ” [2]. 
O zbekiston   yoshlari   va   talabalari   forumidaʻ   Davlatimiz   rahbari   iqtidorli
yoshlar   orasidan   yangi   avlod   zahira   kadrlari   –   “Kelajak   liderlari”ni
shakllantirish bo‘yicha taklif bergan edi. 
Falsafa va filologiyaga oid ilmiy lug‘atlarda ingliz tiliga mansub bo‘lgan
“lider”   so‘zining   “rahbar”,   “qo‘mondon”,   “yo‘lboshchi”,   “yetakchi”   degan
ma’nolarni  anglatishi  ko‘rsatiladi  [3 4 , 397-b]. Jamoada ma’lum bir muammoni
hal   qilishda   lider   jamoa   a’zolariga   yordam   beradi.   Lidersiz   hech   bir   guruh
faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Biron-bir   muammoli,   nizoli   vaziyatda   paydo   bo‘lgan   qiyinchilikni
bartaraf   etishdagi   tashabbus,   topqirlik   va   mohirlik   liderga   xos   fazilatlardir.
Muammoni   yechish   bilan   bog‘liq   qiyin   vaziyatda   lider   boshqalarga   nisbtan
o‘zining   ilg‘orligi,   peshqadamligi   bilan   ajralib   turadi[54].   Liderning   asosiy
vazifasi   o‘z   ortidan   insonlarni   ergashtirgan   holda   yagona   maqsad   yo‘lida
birlashtirish va guruh a’zolari o‘rtasida samarali munosabatlarni o‘rnatishdir.
Shu   o‘rinda   savol   tug‘iladi.     Liderlik   o‘zi   nima?   Liderlik   –   dastavval
shaxsning   o‘ziga,   keyin   esa   o‘zgalarga   bera   oladigan   ta’sirida   ko‘rinadigan
fazilatlar   majmuidir[54].   Uchta   zamonaviy     liderlik   modelini   ko‘rib   chiqamiz.
Aslida yetakchilik-liderlikning ko‘plab tushunchalari va modellari mavjud:
1. Atributiv   liderlik       –   (lot.attribution   –   qo‘shib   berilgan,   ta’minlangan
qo‘shimcha  qilingan)   – lider, ya’ni yetakchi  bo‘ysunuvchilarning harakatlarini
kuzatib boradi va kuzatuvlariga asoslanib, ularning har biri bilan munosabatlarni
qanday qilib yaxshiroq o‘rnatishni[54] hal qiladi. 
2. Xarizmatik   liderlik   –   (   yun.charisma   –   muruvvat,   ilohiy   qobiliyat   –
biror   shaxsning   boshqalarga   nisbatan   alohida   xususiyatlarga   egaligi   (donoligi,
qahramonligi,   avliyoligi,   topqirligi)   va   shu   fazilatlar   yordamida   xalqni
boshqarishga   haqli   ekanligini   ifodalaydigan   tushuncha–   ta’sir   yetakchining
shaxsiy sifatlari (xarizmasi) va uning boshqaruv uslubiga asoslanadi.
11 3. Transformativ   liderlik   –   (ing.o‘zgaruvchan)   –   bunda   lider   o‘z
izdoshlari,   deylik   guruhdoshlari,   xodimlarini,   rivojlanishini,   o‘sishini
rag‘batlantiradi,   ularning   ongini   oshiradi   va   ularni   umumiy   vazifalar
muhimligiga ishontiradi [54]. 
L iderlik   haqida   gap   ketganda,   u   yoki   bu   shaxsning   alohida,   boshqalarda
bo‘lmagan   o‘ziga   xos   fazilatlari   nazarda   tutiladi.   Kishi   o‘zida   « lider lik »
sifatlarini shakllantirib, « sardor »ga aylanishi mumkin. Haqiqiy liderda bo‘lishi
zarur bo‘lgan xususiyatlardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz [54].
Yuqori   hissiy   aql   –   lider   jamoaning   his-tuyg‘ularini,   motivatsiyasini,
niyatlarini ko‘rishi va to‘g‘ri talqin qilishi kerak.   Rivojlangan hissiy aql muhim
qobiliyatlardan   biri   sifatida   o‘zingizning   va   boshqalarning   his-tuyg‘ularini
boshqarishga yordam beradi
Motivatsiyaning   yuqori   darajasi   –   lider   tashqi   tomondan   turtki,
yo‘nalish beradiganlarga muhtoj emas, u tashabbuskor, o‘z ishini  boshqalardan
yaxshiroq bajaradi va uning kuchi boshqalarni rag‘batlantirish uchun yetarli.
O‘ziga   bo‘lgan   ishonch   va   optimizm   –   lider   o‘zining   zaif   tomonlarini
ko‘z-ko‘z   qilmaydi,   voqelikni   ob’ektiv   baholaydi   va   o‘ziga   ishonadi.
Qiyinchiliklar uning ishlashga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi[54].
Maqsad   –     lider   shaxsiga   o‘z   tasavvurlarini   aniq   natijalarga   yetkazish
imkonini beradi. Liderning maqsadi juda ham ulkan bo‘lishi kerak. U shunchaki
ketayotgan   ish   haqida   gapirmaydi,   balki   atrofdagilarga   qanday   maqsad   sari
intilishayotganini   eslatib   turadi.   Bu   bilan   u   asosiy   maqsadni   doimo   yodda
saqlashi   va   hamsuhbatlariga   hamkorlikdagi   harakatlari   besamar   emasligini,   bu
aniq natijaga intilish ekanligini yodiga solib keladi.
Qat’iyatlilik   –   qiyinchiliklarga   duch   kelganda   to‘xtab   qolmaslik   uchun
emas,   balki   muammoga   yechim   topib,   davom   ettirishga   imkon   beradigan
yetakchilik fazilati.
Moslashuvchanlik     –     maqsad   sari   harakat   qilish   jaayonida     lider
moslashuvchan   bo‘lishi   kerak. Bu  juda  ko‘p  strategiya  va tanlovga  ega  bo‘lish
imkoniyatidir[54]. 
12 Tashkilotchilik   –   lider,   yetakchi   uchun   o‘z   sohasi   bo‘yicha   birinchi
darajali   mutaxassislar   guruhini   to‘plashi   va   faoliyat   jarayonini   o‘zi   tashkil   eta
olishi juda muhim.
Qo‘llab-quvvatlash   –   odamlar   faqatgina   o‘z   manfaatlari   haqida   emas,
balki   ular   (insonlar)   haqida   ham   qayg‘uradigan   liderni   xohlashadi.   Ushbu   sifat
bo‘lmasa,   rahbar   uchun   o‘z   obro‘sini   saqlab   qolish   qiyin   bo‘ladi.   Maqsadga
o‘tish nafaqat qiyin vazifalar, balki mustahkam munosabatlar hamdir [54].
Ishonch   –   jamoa   a’zolari   liderga   ishonishi   kerak.   Qachonki   ishonsalar,
shunda ortidan ergashadi.
Faollik  – lider har tomondan faol bo‘lishi kerak. Lider vaqtdan bir qadam
oldinga   borishga   harakat   qiladi.   U   birinchi   bo‘lib   harakat   qilish   uchun   so‘nggi
ma’lumotlarga ega bo‘lishi va voqealar oqimining markazida bo‘lishi kerak[54].
Tashabbuskorlik   – faollikning ijodiy namoyon bo‘lishi hamda g‘oyalar,
takliflarni ilgari surish; 
Bilimdonlik  – ishni puxta bilish  va o‘zlashtirish orqali namoyon qilish;
Kirishimlilik   –   o‘zgalar   bilan   muloqotga   tezda   kirishib   keta   olish,
samimiy bo‘lish va insonlararo muloqotga bo‘lgan ehtiyoj; 
  Zehnlilik   –   voqea-hodisaning   mohiyatini   tez   anglash,   uning   sabab   va
natijasini oldindan ko‘ra bilish, eng muhimini aniqlay olishi zarur; 
Qunt-matonatlilik  – iroda kuchini namoyon qila olish, qat’iyatlilik, ishni
yakuniga yetkaza olish; 
Dadillik   –   his-tuyg‘u   va   harakatlarini,   ayniqsa,   qiyin   vaziyatlarda   o‘zini
nazorat qila olish;                                                                                                                         
  Mehnatsevarlik  – bardoshlilik, qiyin vazifalarni bajara olish qobiliyati; 
Kuzatuvchanlik   –   ishni   ko‘ra   bilish,   yo‘l-yo‘lakay   muhimini   ajratish,
mayda-chuyda narsalarni fahmlab ilg‘ay olish; 
Tartiblilik   –   o‘z   xatti-harakatlarini   rejalashtira   olish,   ketma-ketlikni
aniqlay bilish;   
Mustaqillik  – mulohaza yuritishda o‘z fikriga egalik.
13 Mas’uliyatlilik   –   Oddiy   talaba   yoki   xodim   osongina   «Menga   nima?
Kichkina odam bo‘lsam! Qo‘limdan nima ham kelardi?» deb ayta oladi. Lider –
hech qachon!  Hatto o‘zi  yo‘qligida yuz bergan [54]  biron hodisaga  ham  o‘zini
javobgar sezaveradi.
Vazifa topshiradi   –  albatta og‘zaki buyruq yoki yozma murojaat sifatida
emas. Hamisha xushmuomalalik bilan, iltimos yoki maslahat ohangida. Muhimi
– o‘zini atrofdagilar nima qilishi kerakligini yaxshi biladiganday tutishida [54].
Qaror qabul qiladi  – biror harakatning turli variantlarini ko‘rib chiqadi, 
hatto mutaxassislar bilan maslahatlashadi, ammo so‘nggi qarorni faqat  o‘zi  
qabul qiladi.
Baho   beradi.   U   maqtaydi   yoki   tanbeh   beradi.   Lider   o‘zini   «baho
qo‘yishga» haqli hisoblaydi. Va atrofdagilar ham uning bu huquqini tan olishadi
[54].
Yetakchi liderlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni liderlik qobiliyatining
boshqalardan farqli jihatlari qatorida yana quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: –
tashkilotchining ziyrakligi – boshqalarni tushuna olish, ularning ichki dunyosiga
kira   olish,   ajralib   turuvchi   fazilati,   kayfiyatini   hisobga   olgan   holda   masalaga
yondasha olish; 
  – faol tarzda psixologik ta’sir qila olish kuchiga egalik – yuzaga kelgan
vaziyatni   hisobga   olib,   ularning   xususiyatilaridan   kelib   chiqqan   holda,
insonlarga turli vositalar bilan ta’sir o‘tkaza olish;
 – liderlik mas’uliyatni aynan o‘zining zimmasiga olish. 
Liderning   eng   muhim   xususiyatlaridan   yana   biri   –   tengdoshlari   orasida
“bir qadam oldin”da bo‘la olishlaridir. U yangiliklardan doimo xabardor bo‘ladi,
boshqalar   uchun   mavhum   bo‘lgan   axborotga   ham   ega   bo‘lishi   kerak.   Barcha
sohada   axborotga   egalik   qila   olishi   boshqalardan   ustun   bo‘lish   imkoniyatini
beradi. Lider  bunday manbani qachon, qayerdan va qanday topishni juda yaxshi
biladi.
14 Guruhlar   yoki   jamoalarda   o‘ziga   boshchilik   rolini   oluvchi   shaxs   bo‘ladi.
Psixologiyada bunday shaxslar lider deyiladi. Lider asosan guruhni tashkil etish
va boshqarish uchun tayinlanishi yoki belgilanishi mumkin. 
Lider quyidagi vazifalarni bajaradi: 
        Guruhda maqsadga erishishning usul va yo‘llarini rejalashtirish;
        Guruh a’zolari orasida javobgarlikni taqsimlash;
        Muayyan muhitni tashkil eta olish;
        Guruh a’zolarining faolligini oshirish.
O‘zaro aloqalarda liderlarning ikki turi farqlanadi:
        Rasmiy lider;
        Norasmiy lider.
Rasmiy lider – asosan liderlikka saylangan yoki tayinlangan lider bo‘lib,
ushbu jamoaning faoliyatiga rasman javobgar hisoblanadi.
Norasmiy   lider   –   rasmiy   liderlik   mavqeini   egallamaganligiga   qaramay,
ko‘pgina kishilar tomonidan e’tirof etilgan, obro‘ga ega bo‘lgan liderdir. 
Har bir lider o‘z uslubiga ega. Liderlik uslublari quyidagicha:
        Avtoritar uslub;
        Demokratik uslub.
        Liberal uslub [ 29 , 241-b].
Demak,   ayni   bir   jamoada,   guruhda   bir   nechta   liderlar   bo‘lishi   mumkin.
Agar   guruhda   liderlar   ko‘p   bo‘lsa,   bu   yaxshi   holat.   Lekin   bunday   holatda
lider(yetakchi)larning   axloqiy   normalari   bir-biriga   zid   kelmasligi   lozim.
Liderlarning   turli-tumanligi   jamoa,   guruh   hayotining   turlicha   bo‘lishini
ta’minlaydi. 
Liderlar   o‘rtasida   bo‘ladigan   o‘zaro   munosabatlar   jamoadagi   psixologik
vaziyatningning   muhim   jihatidir.   Bundan   tashqari   jamoaning   psixologik
muhitiga   jamoa   a’zolari   bilan   bo‘ladigan   o‘zaro   munosabatlar   ham   katta   ta’sir
ko‘rsatadi. Bu munosabatlarning uch xil bosqichi bor:
 1-bosqich:   Simpatiya   yoki   antisimpatiya   asosida   vujudga   keluvchi
o‘zaro munosabatlar.
15  2-bosqich: ish yoki o‘qish yuzasidan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar.
 3-bosqich:   insoniy   munosabatlar   yoki   chuqur   ishonchga   asoslangan
o‘zaro munosabatlar.
Jamoa   va   guruhlarda   bunday   munosabatni   shakllantirishda   asosiy   vosita
muloqot   sanaladi.   Muloqot   inson   hayoti   va   faoliyatida   muhim   o‘rinda   turadi.
Aynan   muloqot   vositasida   insonlar   tabiatini   o‘zlashtirish   va   o‘z   individual
(yakka) ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar.   Muloqot   vaqtida   inson   xulq-atvorining   ma’lum   obraz   va   modellari
shakllanib,   keyinchalik   ular   insonning   ichiga   kiradi.   Kishining   tafakkuri,
borliqni   va   o‘zining   obrazini   tahlil   qilish   hamda   baholash   qobiliyati   muloqot
jarayonida   shakllanadi.   Mazkur   muammoga   atroflicha   baho   bergan   polshalik
psixolog   Y.Melibruda   quyidagilarni   ta’kidlaydi:   «Muloqot   shaxslararo
munosabatlarda biz uchun havodek ahamiyatga egadir» [52].
A.V.Petrovskiy   muallifligidagi   «Umumiy   psixologiya»   darsligida
muloqot   –   ikki   va   undan   ortiq   kishilar   o‘rtasidagi   axborot   almashish   hamda
o‘zaro   ta’sir   va   bir-birini   tushunishdan   iborat   jarayon   sifatida   e’tirof   etiladi.
M.G.Davletshin   tahriri   ostida   chop   etilgan   «Umumiy   psixologiya»   o‘quv
qo‘llanmasida   muloqot   –   bu   ikki   yoki   undan   ortiq   kishilar   orasidagi   affektiv
baholovchi   xarakterda   va   bilish   bo‘yicha   ma’lumot   almashinishidan   iborat
bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishdir» – deb ta’kidlanadi [52].
Albatta,   muloqotni   nutq   yuzaga   keltiradi.   Lider   shaxsida
muloqotchanlikni shakllantirishda notiqlik mahorati qo‘l keladi. 
Notiqlik mahorati juda qadimiy tarixga ega. Bu san’at g‘arbda va sharqda
juda qadimdan rivojlangan. Har bir davrda notiqlik san’atiga o‘ziga xos e’tibor
qaratilgan,   notiqlik   san’ati   o‘sha   davrning   g‘oya   va   mafkurasiga
bo‘ysundirilgan.   Shunga   qaramasdan,   notiqlik   mahoratini   ifodalovchi   bir   qator
omillar mavjud.
Ma’lumki,   har   bir   kishi   o‘z   nutqining   mazmunli,   chiroyli,   ta’sirchan
bo‘lishini   orzu   qiladi.   Ammo   bu   orzuni   amalga   oshirish   mushkul   va   qiyin,
chunki   har   bir   inson   o‘ziga   xos   bilimlarga,   temperamentga,   imkoniyatga   ega.
16 Bundan   tashqari,     nutq   jarayonidagi   holat   ham   notiqqa   o‘zining   ta’sirini
ko‘rsatadi:   tinglovchilarning   kam   yoki   ko‘pligi,   auditoriyaning   katta   yoki
kichikligi,   qatnashuvchilarning   tarkibi   va   saviyasi,   notiqning   tajribasi   va
mahorati.   Qaysi   kasb   egasi   bo‘lishdan   qat’iy   nazar   har   qanday   kishi   ham
notiqlik   mahoratini   egallashi   mumkin.   Buning   uchun   eng   avvalo,   notiqlik
mahoratini   egallash   uchun   kuchli   qiziqish   va   o‘z   ustida   uzluksiz,   tinimsiz
ishlash lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, mashhur va taniqli notiqlar bu maqsad
yo‘lida tinimsiz mehnat va mashq qilganlar.
Nutqning   mohiyati   uning   madaniyligi,   ommaviyligi   va   ijtimoiy   qimmati
bilan   belgilanadi.   Notiqning   xarakteri   ularning   mohiyatini   bilish   bilan
izohlanadi.   O‘zaro   fikr   almashishdagi   nutqiy   jarayonning   bosqichli   shakllariga
nutq – nutq madaniyati – notiqlik kiradi. To‘g‘ri nutq hozirgi o‘zbek adabiy til
normalariga rioya qilib tuzilgan nutqdir. Yuqori nutq madaniyati esa, S.I.Ojegov
fikricha,   “bu   fikrlarni   til   vositalari   bilan   to‘g‘ri,   aniq   va   ta’sirchan   qilib   bera
olishdir”. Notiqlik esa og‘zaki nutq madaniyatining yuqori darajasi, yetuk nutqiy
san’atdir. Nutq madaniyati aslida, adabiy til mezonlari asosidagi nutqiy faoliyat,
nutqiy   malakanutqiy   ko‘nikma   birligidan   iborat.   «Adabiy   tilsiz   nutq
madaniyatini   tasavvur   qilib   bo‘lmaydi.   Adabiy   til   nutq   madaniyatining   to‘g‘ri
so‘zlash, va yozishning o‘lchovi, mezonidir » [38, 16-b].
Notiqlik   ya’ni   go‘zal   tarzda   fikrini   bayon   eta   olish   mahorati   insonga
tug‘ilganidan   hadya   qilinadigan   narsa   emas.     Shaxs   notiqlik   qobiliyatini
ulg‘ayish   jarayonida   o‘zlashtirib   boradi.   Ammo     hamma   ham   buni   uddasidan
chiqa   olmaydi.   Shu   sababdan     ham   ba’zi   insonlar   chiroyli   so‘zlay   olsa,
boshqalari bunday mahoratga ega emas.
Hozirgi   shiddat   bilan   rivojlanib   borayotgan   davrda   notiqlik   mahoratiga
ega   bo‘lgan   yosh   liderlarga   talab   kuchaymoqda.   Yosh   avlodga   notiqlik
mahoratini o‘rgatish asosiy masala bo‘lib qolmoqda.
Bizning   oldimizda   lider   shaxsida   notiqlik   mahoratini
takomillashtirishning psixologik asoslarini ochib berish vazifasi turibdi.
17 Notiqlik   san’atining   ijtimoiy   mavqei   juda   ham   keng   va   kop‘tarmoqliki,
ularni har bir jabhada me’yori, mazmuni va shakli, o‘ziga xosligi, ta’sir kuchi va
tomonlari   jihatidan   alohida-alohida   ko‘rib   chiqish   uchun   ma’lum   bir   vaqt,
imkoniyat talab qiladi. Notiqlikning quyidagi turlari bor:
I. Siyosiy-ijtimoiy notiqlik:
1. Ijtimoiy-siyosiy va siyosiy-iqtisodiy mavzudagi nutq
2. Sessiya, konfrensiyadagi nutq.
3. Siyosiy nutq.
4. Diplomatik nutq.
5. Siyosiy sharh.
6. Harbiy vatanparvarlik nutqi.
7. Miting nutqi.
II. Akademik notiqlik:
1. O‘quv yurtlari ma’ruzalari.
2. Ilmiy nutq bunga ma’ruzalar kiradi.
3. Ilmiy sharh.
4. Ilmiy axborot.
III. Sud notiqligi:
1. Prokuror (qoralovchi) nutqi.
2. Jamoatchi-prokuror nutqi.
3. Advokat (oqlovchi) nutqi.
4. Jamoatchi-advokat nutqi.
5. O‘z-o‘zini himoya qilishdagi nutq[38, 19].
IV. Ijtimoiy -maishiy notiqlik:
1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi).
2. Ta’ziya (motam) nutqi.
3. Tabrik nutqi.
V.Diniy notiqlik:
1. Xutba.
2. Va’z [38, 20-b].
18   Notiqning   asosiy   quroli   –   nutq   tildir.   Inson   hayvonot   dunyosidan   farqli
ravishda   amaliy   yoki   aqliy  harakat  bo‘lishidan  qat ’ i  nazar,  uni  o‘zi  rejalashtira
oladi.   Faoliyatni   bunday   rejalashtirishning   yechimi   esa   vosita   qidirishning   va
umumiy   fikriy   masalalarni   hal   qilishning   asosiy   quroli   til   bo‘lib   qolaveradi.
Psixologik tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, tilning eng asosiy vazifasi – bu
kommunikatsiya.
Nutq   faoliyati   –   inson   tomonidan   ijtimoiy-tarixiy   tajribani   o‘zlashtirish,
avlodlarga   uzatish   (yetkazish)   yoki   aloqa   o‘rnatish,   o‘z   shaxsiy   harakatlarini
rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nutq   ma’lumot,   xabar,   axborot   va   yangi   bilim   berish   hamda   kognitiv
topshiriqlarni   yechish   faoliyatidan   iboratdir.   Agarda   til   aloqa   vositasi   (quroli)
bo‘lsa, nutq esa aynan o‘sha jarayonning o‘zidir.
Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari.
Nutqni   idrok   qilish   oddiy   reflektor   faoliyatining   qonunlari   asosida   sodir
bo‘lishi mumkin. Chunki uni yuzaga keltiruvchi  turtki (stimul)  birinchi signallar
tipidagi qo‘zg‘atuvchilardan iboratdir (masalan: «Marsh», «Salom»).
Nutqni yuzaga kelishi  va idrok qilinishidan inson «signallarning   signali»
(I.P.Pavlov)   tarzdagi   so‘zlardan   foydalanishi   mumkin.   Mazkur   jarayon   bosh
miya katta yarim sharlarining po‘stida amalga oshadi [51] .
P.Broka   (1861)   miya   po‘stining   ma’lum   qismi   (miya   chap   yarim   shari
peshana qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlanganda,
insonlarda nutq artikulyatsiyasining buzilishini kashf etgan va «so‘z obrazlarini
harakatlantiruvchi markaz» deb nomlagan.
K.Vernike   (1874)   bosh   miya   yarim   sharlari   peshana   qismining   tepa
tomonida   «so‘zlarning   sensor   obrazlari»   joylashgan   deb   dalillashga   harakat
qiladi.   Miya   chap   yarim   sharining   yuqori   chakka   burmasining   orqa   qismida
joylashgan   Vernike   markazi   “nutqni   tushunishini   idora   qiladigan”[17,   18-b]
markaz sanaladi.
P.K.Anoxin   –   nutq   jarayonini   yuzaga   chiqarishda   juda   ham   sodda
elementar   «stimul-reaksiya»   tipidagi   fiziologik   mexanizm   ham,   nutq
19 faoliyatining   yuksak   formalari   uchun   nutq   vositasi   bilan   fikr   bayon   qilishning
ichdan   dasturlashtirish   mexanizmlari   uchun   xarakterli   va   iyerarxik   tuzilishiga
ega bo‘lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadi, deydi.
Nutq mexanizmlari (N.I.Jinkin nazariyasi bo‘yicha).
–   Ma’lum   bir   fikrni   nutq   vositasi   yordami   bilan   bayon   qilishdan   avval,
maxsus   kod   orqali   bu   fikrning   asosini   tuzamiz     –     u   dasturlashtirish
mexanizmidir.
– Keyin esa rejalashtirishdan gapning grammatik tuzilishiga o‘tish orqali
bir guruh mexanizmlar vujudga keladi.
–   Esda   olib   qolishni   so‘zlarning   grammatik   xususiyatlarini   amalda
qo‘llashni ta’minlovchi   mexanizm  [51] .
– Bir xil tipdagi tuzilishdan boshqa tipdagi tuzilishga o‘tish mexanizmi.
– So‘zni ma’nosiga qarab izlashni ta’minlovchi mexanizmlar.
–   Sintagmalarni harakat jihatidan  dastur lashtiruvchi mexanizmlar.
–   Nutq tovushlarini tanlash va harakat  dastur idan tovushlarni to‘ldirishiga
o‘tish mexanizmlari.
– Nutqni amalga oshirishni ta’minlovchi mexanizm[51].
Tadqiqodchi   A.R.Luriya   nutqning   afaziyasini   tekshirib,   ular   quyidagi
turlardan iborat ekanligini bayon qiladi:
1)   dinamik   afaziya   –   bunda   nutq   xotirasi,   artikulyasiya   va   fonematik
eshituv   saqlangan   bo’ladi.   Bunday   holat   kuzatilgan   shaxs lar   tovush,   so ‘ z,
jumlalarni   va   narsalarning   nomini   juda   yaxshi   takrorlashadi.   O‘qish   va   yozish
ham   buzilmagan   bo‘ladi.   Ular   na   to ‘ satdan,   na   mustaqil   ravishda   gapira   oladi,
biron-bir tushunarli so ‘ z yoki gapni ravon ayta olishmaydi. Ma’lumki, nutq faqat
so‘zdan   emas,   balki   gaplardan   tuzilgan.   Odamlar   bir-biri   bilan   faol   tuzilgan
gaplar orqali muloqotda bo‘lishadi, fikrlarini bayon qilishadi.   H ar qanday fikrni
bayon   qilish   ichki   (impressiv)   nutq   yordamida   yaratilgan   dinamik   jarayon
bo ‘ lib,   o ‘ zining     predikativligi   bilan   ta’riflanadi.   Predikativlik   deganda,
h arakatni   ifodalovchi   gaplar   tushuniladi.   Masalan,   «men   kinoga
bormoqchiman»,   «men   kitob   o ‘ qimoqchiman»   va   h okazo.   Bu   yerda
20 «bormoqchiman»,   «o‘qimoqchiman»   so‘zlari   predikat   hisoblanadi.   Demak,
dinamik   afaziyaning   markaziy   mexanizmlari   ichki   nutq   yetishmovchiligi,
predikativligi   va   nutq   faolligining   buzilishidir.   Bu   insonlarda   nafaqat   nutq
faolligining   pasayishi,   balki   harakat   sistemasida   ham   sustlik,   organizmning
umumiy   faolligining   pasayishi,   giponimiya   ham   kuzatiladi,     lekin   o‘z   holiga
tanqidiy   munosabat   saqlangan   bo‘ladi.   Shuningdek,   dinamik   praksisning
buzilishi,   umumiy   harakat   va   hissiyotning     sustligi,   atrofdagilarga  qiziqishning
pasayishi   dinamik   afaziya   uchun   xosdir.   Shunday   qilib,   dinamik   afaziya   –
afaziyaning alohida bir turi bo‘lib, unda nutqning sensor va motor mexanizmlari
saqlanib qoladi, lekin gapirishga qobiliyat yo‘qoladi yoki keskin pasayadi.;
2)   efferent   motor   afaziyasi     –     gapning   grammatik   tuzilishi   buzilishi;
Afaziyaning bu turida bemor ba’zi tovush va bo‘g‘inli so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz
qilishi mumkin, lekin ularni   qo‘shib so‘z yasay olmaydi. Yengil   h olatlarda esa
bir nechta so ‘ zdan jumlalar tuzish   qiyin bo ‘ ladi. Hattoki, o‘ta yengil kechuvchi
efferent motor afaziyalarda xam bemor qiyin artikulyator tuzilishga ega bo‘lgan
so‘z va jumlalarni ayta olmaydi (masalan, tez aytishlarni)[32. 34-b].
3)   afferent   motor   afaziyasi   –   nutq   artikulyatsiyasining   buzilishi;   Ular
so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilishayotganini  tushunishadi, lekin og‘ir tillari go‘yoki
o‘zlariga   bo‘ysunmayotgandek   tuyuladi.   Afferent   motor   afaziyada   kinestetik
nuqson   sababli   nutqning   boshqa   elementlari   xam   ikkilamchi   tarzda   buziladi.
Ularda yozma nutq xam buzilgan bo‘ladi   [32.33-b] .
4) semantik afaziya – gaplar o‘rtasidagi bog‘liqpikning buzilishi;
5)   sensor afaziya – so‘zlarni idrok qilishning buzilishi.
Nutq ning  rivojlanishi davrlari :
1-davr – 2 oydan 11 oygacha.
2-davr – 11 oydan 19 oygacha.
3-davr – 19 oydan 3 yoshgacha.
Nutq rivojlanishining quyidagi xususiyatlari mavjud:
a) gugulash;
b )   g ‘u durlanish (soxta so‘zlar);
21 d )   paradigmatik   fonetika   (1,3-1,5   yoshgacha)   –   buvi,   buva,   o‘tir,   o‘tirdi,
o‘tiradi;
e )   nutqning vaziyatbopligi (J.Piaje  nazariyasi  – situativ nutq);
f )   nutq egotsentrizmi (J.Piaje  nazariyasi  – egotsentrik nutq).
 Nutq vujudga kelishining nazariyalari
Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida yig‘ilgan nazariy
va   amaliy   ma’lumotlar   tahliliga   ko‘ra,   akustik   nutq   signallari   murakkab
muvofiqlashgan   harakatlarning   natijasida   namoyon   bo‘luvchi   majmuaviy
holatlarning birlashuvi nutq apparati deb ataladi.
Nutqni  vujudga keltiruvchi  umumiy apparat  sxemasi  uchta  jihatni  o‘zida
aks ettiradi.
1. Nutqning anatomik tasviri:
Ko‘krak qafasi.
O‘pka.
Traxeya.
Ovoz paychalari (aloqalari).
Tomoq  naychas asi . 
Tanglay pardasi.
X alqum bo‘shlig‘i.
Og‘iz bo‘shlig‘i.
Burun bo‘shlig‘ i [51] .
II. Nu t qning  vazifaviy  elementlari:
Nafas olish tomirlari, muskullarining kuchi.
O‘pka sig‘imi.
Traxeya harakati.
Ovoz paychalari tebranishi yoki harakati.
Tomoq  naych asining funksiyasi . 
X alqum bo‘shlig‘ining organik vazifasi.
Tanglay pardasining holati (torayishi, kengayishi, shilimshi q ligi).
Og‘iz   bo‘shlig‘i   (uning   tarkiblari,   a’zolari:   tish,   havo   harakati,
22 kuchaytirgich, susaytirgichlar va hokazo).
Burun   bo‘shlig‘i   va   uning   tarkibiy   a’zolari   (kataklari,   tuklari,   namligi,
quruqligi)  [51] .
Og‘izdan nur(yorug‘lik) ning  kirib kelishi, ya’ni nurlanishi.
Burundan nurni ng  kirib kelishi.
Og‘iz va burundan havo oqimining kirishi.
Ichki tana a ’ zolaridan havo oqimining chiqib ketishi. 
III. Nutqning ekvivalent blok sxemasi:
1, 2, 3  –  o‘pka va traxeya sig‘imi,
4  –  ovoz (tovush) tebranishining manba y i,
5, 6  –  hiqildoq va tomoq a ’ zolarining sig‘imi,
–  tanglay pardasi mexanizmi,
–  og‘iz bo‘shlig‘i sig‘imi,
–  burun bo‘shlig‘i sig‘imi,
–  og‘iz traktidan chiqish signali,
–  burun traktidan chiqish signali,
–  shovqin manbayi.
A. Tomoq –  havo bo‘shlig‘i  –  konfiguratsiya  –  nutqning paydo bo‘lishi
keskin   ravishda   o‘zgaradi.   Gapning   bo‘lagi,   tarkibiy   qismi   lotincha
«konfiguratsiya»   deyiladi,   frazeologik   jihatdan   ushbu   atamada   o‘z   ifodasini
topadi: «qo‘li gul».
B. Bunda yetakchi rol o‘ynaydi:
a)   tanglay pardasining harakati ;
b)   til ;
d )   lab ;
e )   pastki jag‘  [51] .
Akustik   tebranishning   qo‘zg‘atuvchi   mexanizmlari   tomoq   faoliyati,
shovqin va impulsiv, ya’ni ixtiyorsiz qo‘zg‘atish, tovushlarining paydo bo‘lishi,
havo   oqimining   (massasining)   tor   oralig‘idan   o‘tishi,   nutq   aktining   ayrim
o‘rinlari bilan uzviy aloqadordirlar. Akustika yunoncha   so‘zdan olingan bo‘lib,
23 eshituv,   tovush   nazariyasi   demakdir.   Chastotali   filtratsiya   akustika   manbasi
bo‘lib hisoblanadi. 
Nutq tovushlarning tavsifi:
Har   qaysi   tilda   nutqning   paydo   bo‘lishida   cheklangan   tana   a’zolari
harakati ishtirok etishi mumkin (Artikular imo-ishoralar).
Artikular   imo-ishora   nutq   apparatining   xususiyati   va   holati-ga   mos
tushadi va muayyan nutqtovushining paydo bo‘lishga olib kela-di.
3.   Artikular imo-ishoralar tartib bilan birin-ketin amalga   oshiriladi.
IV. Nutqning xususiyatlari.
Matn  –  ma’no  –  fikr bildirish.
Axborott (xabar, ma’lumot) bayoni.
Og‘zaki   nutqda   ma’lumotning   muayyan   darajada   yo‘qolishi.   Nutqning
fonetik elementi.
VI.   Nutqni idrok qilish nazariyasi  quyidagilar :
1. Shkalalashtirish.
2. Unutish.
H alaqit beruvchi vaziyat  hamda  sharoitda idrok qilish: 
a) akustik ;  b) vizual ;   d ) taktil...
VII.   Dinamik spektogramma:
a)   undosh ;
b)   unli.
VIII.   Nutq faoliyati:
Anglash.
Tushunish.
Qayd qilish  – xotiraga joylash  (fiksatsiya):
a)   nazariy va amaliy  xabar lar ;
b)   takroriy fikrlar ;
d )   diqqatni yo‘naltirish (soxta diqqat) ;
e )   inson   shaxsiyati   (shaxs,   motiv,   motivatsiya,   emotsiya,   hissiyot,
iroda:   emotsional-motivatsion,   shaxsiy,   irodaviy,   kognitiv,   regulativ   va
24 boshqalar)  [51] .
Psixologiyada   nutq   va   nutq   faoliyatiga   bag‘ishlangan   bir   nechta   ilmiy
tadqiqot   natijalari   bor   bo‘lsada,   lekin   bu   borada   umumiylik,   ta’riflar
o‘xshashligi, uning evolyutsion va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga oid qarashlarda
mohiyat hamda shakl jihatidan moslik yo‘q. Nutqning neyropsixologik asoslari,
mexanizmlari,   artikulyatsion   va   fonetik   apparatlari,   psixolingvistik   tuzilishi
(fonema,   fleksiya)   to‘g‘risida   ilmiy-amaliy   xususiyatlari   umulashtirilmagan   .
Shu   sababdan   nutqning   paydo   bo‘lishi,   uning   filogenetik   va   ontogenetik
jihatlari,   paydo   bo‘lishi,   o‘sishi,   o‘ziga   xos   tavsiflanishi,   bosqichlari   bo‘yicha
turlicha   qarashlar   mavjuddir.   Psixologlar   tomonidan   nutqning   psixologik
muammo   sifatida   o‘rganilishi   ham   o‘ziga   xosligi,     shakliy   tuzilishi,   mantiqan
izchil   bayon   qilinganligi,   tasniflanishi   mavjud   bo‘lib,   ilmiy   talqin   jihatidan
o‘zaro   farqlanadi.   Qarashlar   tahliliga   to‘xtalishdan   avval   nutqning   psixologik
tavsiflari yuzasidan mulohaza yuritish, uning tatbiqiy jihati qiymatini oshirishga
xizmat qiladi.
Bizningcha,   nutqning   muayyan   asoslarga   suyangan   holatda   noan’anaviy
tasnif   qilinganligi   uning   qiymatini   yanada   oshiradi,   inson     –     texnika
munosabatini   amaliy   tomondan   namoyish   qilgan   bo‘ladi   (ko‘pincha,   nutq
og‘zaki va yozma turga ajratilar edi): verbal va noverbal.
Genetik   (irsiy)   kelib   chiqish   jihatidan   noverbal   nutq   asosiy   hisoblanadi,
chunki   insonda   dastavval   tovushsiz,   so‘zsiz   nutq   turlarini   paydo   bo‘lgan
bo‘lgan.   Insoniyatda   nutqning   hozirgi   zamon   avlodiga   xos   artikulyatsiyasi
paydo   bo‘lgunigacha   imo-ishora   negiziga   paydo   bo‘lgan.   Bizga   ma’lumki,
qadim   ota-bobolarimizning   nutqi   va   nutq   faoliyati   hozirgi   zamon   kishilarida
qanday vazifani bajarayotgan bo‘lsa, o‘sha davrda ham xuddi shunday vazifani
bajargan.   U   vaqtlarda   axborotlar,   ma’lumotlar   ko‘lami   tor   bo‘lganligi   sababli
insonlar noverbal nutqdan ko‘p aarlar davomida samarali  foydalanib kelganlar.
Avlodlarga ma’lumotlar uzatish noverbal nutq orqali amalga oshirilgan, ijtimoiy
va   xususiy   (shaxsiy)   fikr   uzatish   hamda   qabul   qilish   ana   shu   tarzda   namoyon
bo‘lgan va takomillashib borgan.
25 Nutqning kommunikativ  ya’ni aloqa vositasi ekanligi:
Nutq   so‘zlovchi   tomonidan   shakllantirilgan   matnning   tashqi   ko‘rinishi
bo‘lib,   u   faqatgina   tilshunoslik   hodisasi   bo‘lmasdan,   balki   psixologik,   estetik
hodisa   ham   sanaladi [53] .   Shuning   uchun   ham   yaxshi   nutq   deyilganda,
aytilmoqchi   bo‘lgan   maqsadning   tinglovchiga   to‘liq   yetib   borishi,   ularga
ma’lum ta’sir o‘tkazishi tushiniladi. Bu talablar nutqning kommunikativ sifatlari
bo‘lib,   unda   nutqning   mantiqan   to‘g‘ri,   chiroyli,   aniq   va   maqsadga   muvofiq
bo‘lishi nazarda tutiladi [38, 28-b].
1. Nutqning   to‘g‘riligi.   Uning   eng   muhim   aloqani   ta’minlovchi
fazilatidir.   Agar   nutq   to‘g‘ri   bo‘lmasa,   uning   boshqa   kommunikativ   sifatlari
ya’ni mantiqiyligi, aniqligi va maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi. 
2. Nutqning aniqligi. So‘zning o‘zi ifodalayotgan voqea-hodisaga mos
va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim xususiyati sifatida fikrni yorqin
ifodalash   bilan,   nutq   predmetining   ma’nosi   bilan,   nutqda   ishlatilayotgan     so‘z
ma’nolarini   bilish   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   Agar   notiq   o‘zi   gapirmoqchi   bo‘lgan
nutq predmetini yaxshi bilsa, unga xos so‘zlar tanlasa, o‘zi tanlagan so‘zlarning
ma’nolariga mos vazifalar yuklasa, nutqning aniq bo‘lishi tayin. Shunday qilib,
aniqlik   nutqda   so‘z   qo‘llash   me’yorlariga   amal   qilishdan   iborat.   Bazida   notiq
o‘zi   ishlatadigan   so‘zning   ma’nosiga   u   qadar   e’tibor   bermaydi.   Va   buning
oqibatida   so‘zning   ma’nosi   nutqdan   ko‘zda   tutilgan   maqsadga   mos   kelmaydi.
Ko‘pincha bunga sinonim (ma’nodosh) so‘zlar sabab bo‘ladi [56].
Aniqlik   odatda   ikki   xil   bo‘ladi:   narsaning   aniqligi   hamda   tushunchaning
aniqligi.   Narsa   aniqligi   bu   nutqda   aks   etgan   mavjudlikning   narsalar,   hodisalar
doirasi   bilan   nutq   mazmunining   munosabatida   ko‘zga   tashlanadi.   Nutqda
mavjudlikning   narsa   va   hodisalari   to‘g‘ri   aks   etishi   uchun   notiq   o‘zi
so‘zlayotgan narsalarni yaxshi bilgan bo‘lishi lozim. Nutq predmatini bilmaslik
yoki   chala   bilish,   shuningdek,   ularni   o‘rganishda   loqaydlik   qilish   orqasida
yuzaga kelgan noaniqlik yoqimsiz bo‘lib, tinglovchini ranjitadi [38, 28-b]. 
26 Nutqning har tomonlama to‘g‘ri bo‘lishi  uchun narsalar aniqligining o‘zi
yetarli   emas.   Tushunchaviy   aniqlik   nutq   mazmunining   unda   belgilangan
tushunchalar tizimiga mos kelishini talab qiladi. 
3. Nutqning   tozaligi.   Nutqning   tozaligi     avvalo,   uning   adabiy   til
normasiga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladir. 
4. Nutqning   mantiqiyligi.   Nutqning   mantiqiyligi   uning   to‘g‘riligi   va
aniqligi   bilan   chambarchas   bog‘liq   bo‘ladi.   Negaki,     grammatik   jihatdan   nutq
to‘g‘ri   tuzilmasa   ham,   fikrni   ifodalash   qiyin   bo‘ladi   va   lug‘aviy   birlik   ham
mantiqning buzilishiga olib keladi. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchiga
ifodalanayotgan   fikrning   to‘liq   yetib   bormasligiga,   ba’zan   umuman
anglashilmasligiga   olib   keladi.  Nutqni   tuzishdagi   e’tiborsizlik   oqibatida   ba’zan
mantiqsizlik   yuzaga   keladi.   Nutqda   mantiqiylikka   erishish   uchun   qo‘llangan
so‘zlar bilan ularning predmetlik ma’nolari mos bo‘lishi kerak [38,32-b]. 
5. Nutqning   ta’sirchanligi.   Bunda   asosan   og‘zaki   nutq   jarayoni   nazarda
tutiladi.   Notiqdan   vaziyatga   qarab   ish   tutish   talab   qilinadi   va   ifodalamoqchi
bo‘lgan fikrni to‘laligicha tinglovchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib
qo‘yiladi.   Xo‘sh,   ta’sirchan   nutq   deganda   qanday   nutqni   tushunmoq   kerak?
[38,33-b]   Unga   B.N.Golovin   shunday   [38,33-b]   ta’rif   beradi:   “Ta’sirchan   nutq
deb nutq qurilishining tinglovchi va o‘quvchi e’tibori va qiziqishini qozonadigan
xususiyatlariga   aytiladi,   o‘z   navbatida   shu   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   nutq
ta’sirchan sanaladi”[7, 26-b]. 
6. Nutqning   maqsadga   muvofiqligi   bu   nutq   madaniyati   hamda   adabiy   til
me’yorlarini puxta egallash va ulardan nutqda to‘liq foydalanishdir.  
I BOB BO‘YICHA XULOSALAR
Xullas,   lider   shaxsida   notiqlik   qobiliyati   muammosining     tilshunoslik   va
psixologiya tadqiqotlarida   ilmiy-nazariy o‘rganilishini quyidagicha talqin etish
mumkin :
–   birinchidan,     zamonaviy   notiqlik   muammolari   xorijiy   mualliflar
D.Boren,   P.Valeri,   R.Daft,   A.Piz,   P.Soper   va   boshqalar,   rus   olimlari
27 V.M.Bekterev,   L.S.Vigotskiy,   I.P.Pavlova,   E.A.Adamov,   D.N.Aleksandrov,
I.I.Aminev,   T.I.Kuznetsova,   A.K.Mixalskaya,   S.Nikolskaya,   Ch.Daletskiy ning
asarlarida o‘z aksini topgan;
–   ikkinchidan, O‘zbekistonda notiqlik san’ati bo‘yicha olib borilgan ilmiy
izlanishlar,   asosan,   tilshunoslik   sohasi   nuqtayi   nazaridan   amalga   oshirilgan,
tadqiqotlar o‘tkazilgan. L. Xo‘jayeva, H.Jalolov, S.Inomxo‘jayev, B.O‘rinboyev,
A.Soliyev,   N.Bekmirzayev   kabi   olimlarning   tadqiqotlarida   notiqlik   san’ati
umumiy tarzda, ma’lum bir darajada o‘rganilgan.
Lider,   nutq,   notiqlik   mahoratining   fiziologik,   tilshunoslik,     psixologik
tavsifini quyidagicha talqin etish mumkin :
–   birinchidan,   har   bir   soha   tezlik   bilan   rivojlanayotgan   bugungi
globallashuv   davrida     ijtimoiy   hodisa   sifatida   lider   yoshlardagi     notiqlikning
mohiyati   hamda   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   anglash,   uning   tamaddun   tarixidagi
paydo   bo‘lishi   va   rivojlanish   dinamikasini   ochib   berish,   aynan   liderlardagi
notiqlik   qobiliyatining   ijtimoiy   jarayonlardagi   rolini   asoslash   muhim   ahamiyat
kasb   etmoqda.   Jamoada   ma’lum   bir   muammoni   hal   qilishda   lider   jamoa
a’zolariga yordam beradi. Lidersiz hech bir guruh faoliyat ko‘rsata olmaydi;
–   ikkinchidan,   tashkilotchilik   ziyrakligi,   faol   psixologik   ta’sir   kuchiga
egalik,   tengdoshlar   orasida   “bir   qadam   oldin”da   bo‘lish   yetakchilik
iste’dodining boshqalardan farqli ko‘rsatkichlari qatorida qayd etiladi; 
28 II B OB. LIDER SHAXSIDA NOTIQLIK QOBILIYATI
KOMPONENTLARI VA ULARGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.
2.1  Ko‘pchilik oldida so‘zlashdan qo‘rqish. Jur’atlilik va ishonchning
nutqdagi ahamiyati
Nega ko‘pgina kishilar jamoat oldida so‘zlaganda katta qo‘rquvni his
qilishadi? 
Qo‘rquv     tananing   himoya   reaksiyasi   hisoblanadi.     Differensial
hissiyotlar   nazariyasiga   ko‘ra     qo‘rquv   –   bu   qat’iy   belgilangan   somatik   va
psixologik   tarkibiy   qismlarga   ega   bo‘lgan   tug‘ma,   genetik   jihatdan   berilgan
asosiy   inson   tuyg‘usi:   o‘ziga   xos   fiziologik   alomatlar   va   o‘ziga   xos   sub’ektiv
hislar.   Qo‘rquvning   maqsadi:   organni   uning   faoliyati   uchun   xavf   va   tahdid
to‘g‘risida   xabardor   qilish,   himoya   resurslarini   safarbar   qilish.   Uning
vazifalari:   informatsion,   himoyalovchi,   moslashtiruvchi,   tadqiqot,   izlanish.
Aksariyat   hollarda   qo‘rquv   og‘riqli   alomatlar   bilan   birga   keladi,   garchi   ayni
paytda hissiyot himoya zarurligi uchun signal bo‘lishi mumkin, chunki miyaning
asosiy   vazifasi   inson   tanasining   yaxlitligi   va   hayotiy   funksiyalarini
saqlashdir[52].  
O‘rtacha qo‘rquv, aniqroq aytsak,   yengil hayajon – bu bizning nutqimiz
paytida   foydali   va   zarur   tuyg‘udir.   Bu   bizga   diqqatimizni   jamlashga   va
fikrimizni   yo‘qotmaslikka   yordam   beradi.   Ammo   tizzalarigacha   qaltirash,
haddan   tashqari   qo‘rquv   har   qanday   ma’ruzachi   (so‘zlovchi)ning   asosiy
dushmanidir!
 Xo‘sh, omma oldida gapirganda qo‘rquvning asosiy sababi nima?
Odamlar tanqid qilinishdan qo‘rqib, omma oldida so‘zlay olmaydi. Agar
siz   omma   oldida   gapirishdan   qo‘rqsangiz   –   bu   signal   vazifasini   bajaradi,   siz
boshqalarning   fikriga   juda   bog‘liq   ekanligingizga   va   o‘zingizga   shubhangiz
borligiga kichik qo‘ng‘iroq.
Psixologlar   nutqdan   oldin   vahima   qo‘zg‘atgan   odamda   tasvirlangan
hodisaning quyidagi sabablarini aniqlaydilar.
29      Bolalikdagi   qo‘rquvlar ...   Odamlar   oldida   gapirishdan   qo‘rqish,
uzoq   vaqt   oldin   sodir   bo‘lgan   xijolatning   namoyonidir.   Buning   sababi,
qachonlardir   muvaffaqiyatsiz   o‘qilgan   she’r   bo‘lishi   mumkin,   masalan,   she’rni
yoki mavzuni aytganda tengdoshlari yoki kattalarning kulgusiga sabab bo‘lgan.
 Tinglovchilarning   tanqididan   qo‘rqish ...   O‘z-o‘zini   sevish-bu   har   bir
odamda   bo‘lishi   kerak   bo‘lgan   tuyg‘u.   Biroq,   ba’zida   bu   xususiyat   ruhiy
kasallikka   aylanadi.   Natijada,   tanqid   qilinishdan   qo‘rqib,   ko‘pchilik   oldida
so‘zlay olishmaydi.
 Diksiyadagi   muammolar ...   Hamma   ham   mukammal   talaffuz   va
tinglovchilarga   ma’lumotni   mohirona   taqdim   etish   qobiliyatiga   ega   emas.
Ba’zilar   bu   haqiqatni   xotirjamlik   bilan   qabul   qilishadi,   lekin   shunday   odamlar
borki, ular talaffuzdagi muammolari sabab gapirishdan qo‘rqishadi.
 Me’yoridan   ortiq     uyatchanlik ...   Aytishlaricha,   hamma   ham   yangi
qit’ani   kashf   qilolmaydi,   shuning   uchun   zamonaviy   jamiyatda   taniqli   yoki
haddan tashqari hissiy zaif odamlar ko‘p. Katta auditoriya oldida nutq so‘zlash
kerak degan fikrning o‘zi, bunday odamlarni qo‘rqitadi.
 O‘zingizning   tashqi   ko‘rinishingiz   haqidagi   noto‘g‘ri   qotib   qolgan
fikrlar ...   Ko‘pincha,   bunday   hodisa   o‘ziga   ishonmagan   odam   uchun   odatiy
bo‘rttirishdir. Bunday odamlar, har bir kishi podiumda yoki sahnada, hatto puxta
tayyorlangan hisobot bilan ham, ularni ko‘rishi bilan kuladi deb o‘ylashadi.
 Asab   (ruhiyat)   bilan   bog‘liq   kasalliklar ...   Shu   kabi   kasallikka
chalingan odamga muhim  voqeadan  oldin his  -tuyg‘ularini  nazorat  qilish  qiyin
kechadi. Bunday asabiy shaxslar salga vahima qo‘zg‘ashlari mumkin.
Qo‘rqqanimizda bizning asab tizimimizda nima sodir bo‘ladi?
Qo‘rquv   yuzaga   kelganda,   miyaning   gipotalamus   qismi   faollashadi   va
adrenokortikotrop gormon ishlab chiqarish uchun mas’ul bo‘lgan gipofiz bezini
ishga   soladi.   Bu   gormon   buyrak   usti   bezlarini   rag‘batlantiradi,   bu   esa
adrenalinning qonga tushishiga olib keladi.
30     2.1-rasm: Inson qo‘rqqanida, miyaning gipotalamus qismi 
faollashadi. Natijada gipofis bezi ishga tushadiBo‘yin   va   orqa   mushaklar   qisqaradi   (sizni   boshingizni   egishga   majbur
qiladi),   sizning   holatingizni
buzadi va sizni «homila holatiga»
majburlashga harakat qiladi.
Agar   siz   yelkangizni   to‘g‘rilab,
boshingizni   ko‘tarib   bunga
qarshilik   qilsangiz,   oyoqlaringiz
va   qo‘llaringiz   qaltiraydi,   chunki
tana   mushaklari   instinktiv
ravishda hujumga tayyorlanadi.
Qon   bosimi   ko‘tariladi   va   ovqat
hazm   qilish   tizimi   hayotiy   organlarga   ozuqa   moddalari   va   kislorod   yetkazib
berishni   ko‘paytirish   uchun   to‘xtaydi.   Ovqat   hazm   qilish   to‘xtatilishining
natijasi  –  og‘iz  quriydi  va   qorinda  «kapalaklar»  hissi  yuzaga   keladi   [59].  (2.2-
31 2.3-rasmga   qarang)  
    2.2-rasm: Gavdaning me’yoriy holati               2.3-rasm: Gavdaning itoatkorlik holati
Inson o‘z taqdirining yaratuvchisidir, shuning uchun muvaffaqiyatsizlikka
intilish uchun kimnidir  ayblamash kerak emas. Bunday holda siz  omma oldida
so‘zlash   qo‘rquvi   bilan   kurashishning   quyidagi   usullarini   sinab   ko‘rishingiz
mumkin.
 Xato qilish insonga xos ... Buni to‘g‘ri qabul qilish lozim. Hatto tajribali
ma’ruzachilar ham xato qilishiga o‘zingizni ishontirishingiz kerak. Hech kimga
sir   emaski,   efirda   siz   notiqlik   ustalaridan   juda   ko‘p   xatolarni   qilgalganliklarini
eshitishingiz mumkin. Dunyoda mukammal inson yo‘q va buni to‘g‘ri tushunish
kerak.
32  Meditatsiya ...   Ko‘pchilik   oldida   so‘zlashdan   qo‘rqish   bilan
kurashishning   taklif   qilingan   usulida   murakkab   narsaning   o‘zi   yo‘q.   Dastlab,
iloji   boricha   dam   olishingiz   va   chuqur   nafas   olishingiz   kerak.   Keyin   har   bir
harakatni  besh soniya  cho‘zish bilan nafas  chiqarish  kerak. Tinglovchilar  bilan
muloqot   qilishdan   oldin   5-6   daqiqa   ichida   yuqorida   tavsiflangan   ishni   bajarish
tavsiya etiladi. Shu tarzda, siz bajarilgan manipulatsiyalardan maksimal ta’sirga
erishishingiz mumkin.
 Nutq   mavzusini   aniq   bilish ...   Bunda   ma’ruza   materiali   bilan   tanishib
chiqish   zarur.   Nimalar   haqida   gapirayotganini   biladigan   odamni   kutilmagan
savol   yoki   chetdan   qarash   bilan   chalg‘itish,     tushkunlikka   tushirish   qiyin.
Shuningdek, tinglovchilar ma’ruzachining taklif qilingan materialga ishtiyoqini
ko‘rishlari uchun o‘zlariga yoqadigan mavzuni tanlash kerak.
 Tasvir   yaratish ...   Barkamol   odam   hech   qachon   notiqlikdan   qo‘rqishni
qanday   yengish   haqida   o‘ylamaydi.   U   o‘ziga   ishonganligi   uchun   bunga   hojat
yo‘q.   Gapirishdan   oldin,   tashqi   ko‘rinishingizni   tartibga   solishingiz   kerak,
shunda   notiq   (ma’ruzachi)   nafaqat   tinglovchilar   qulog‘iga,   balki   vizual   idrok
uchun ham yoqimli bo‘ladi.
 O‘z-o‘zini   tarbiyalash ...   Yomon   odatlarni   konferensiya   zali   eshiklari
ortida   qoldirilishi   kerak,   u   yerda   rejalashtirilgan   chiqish   qilinishi   kerak.
Minbarga   chiqishdan   oldin   og‘ir   ovqatlardan   voz   kechish   kerak,   chunki   ularni
hazm qilish sizni uyquga olib kelishi mumkin.
 Stressli  vaziyatlardan  qochish ...  Nutq  so‘zlashga   chiqish  arafasida   siz
kundalik   tashvishlardan   dam   olishingiz   va   yaxshi   uxlashingiz   kerak.   Ko‘z
ostidagi   doiralar   va   ma’ruzachining   noaniq   nutqi   muvaffaqiyatli   nutqni
chippakka chiqarishi mumkin. Asal bilan bir stakan iliq sutni ichgan ma’qul.
 Ijobiy   his   -tuyg‘ularni   uyg‘otish ...   Xotirjam   bo‘lgan   odam,   ko‘pchilik
oldida   so‘zlash   qo‘rquvini   bemalol   yengadi.   Uning   quvnoq   kayfiyati   keng
auditoriya   e’tiboridan   chetda   qolmaydi   va   unga   jamoatchilik   bilan   maksimal
aloqa o‘rnatishga imkon beradi.
33  Psixolog bilan maslahatlashuv ... Bu holatda uyalish kerak emas, chunki
nutq   so‘zlashdan   qo‘rqish   bolalikdan   olingan   ruhiy   jarohatlarning   natijasi
bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda mutaxassis xalaqit beradigan omilni bartaraf
etish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
So‘z   san’ati   bo‘yicha   mutaxassislar   ommaviy   nutq   qo‘rquvidan
qutulishning quyidagi usullarini tavsiya qiladilar:
So‘zga   chiqishdan     oldingi   mashq ...   Bir   kun   oldin   (yoki   ma’ruza
qilishingizdan   biror   soat   avval)   oilangiz   a’zolaringiz   yoki   do‘stlaringizga
nutqingizni aytib berishingiz  mumkin. Bu sizga to‘g‘ri talaffuz qilish, diksiyani
mashq   qilish,   nutq   tafsilotlari   haqida   o‘ylash   va   axborotni   yetkazib   berish
tezligini baholash imkoniyatini beradi.
Nafas   olishni   to‘g‘rilash ...   so‘zlayotganda   bu   jihat   juda   muhim,   shuning
uchun unga alohida e’tibor berish kerak. So‘zlovchining xirillagan yoki bo‘g‘iq
ovozi,   ular   uchun   qimmatli   ma’lumot   olish   uchun   kelgan   tinglovchilarni
asabiylashtiradi.   Taqdimot   arafasida   doimo   chuqur   nafas   olish   kerak   chunki
shunda o‘pka kislorod bilan to‘yingan bo‘ladi.
Diqqatni   bir   joyga   jamlash,   auditoriyaga   e’tibor ...   Har   qanday
ma’ruzachi,   tinglovchilarning   reaksiyasiga   asoslanib,   kim   unga   ijobiy
munosabatda   bo‘lishini   aniqlay   oladi.   So‘zlash   paytida   tinglovchilar   bilan
samimiy aloqa o‘rnatish lozim.
Kelajakdagi   natijaning   taqdimoti ...   Mutaxassislar   faqat   bo‘lajak
nutqning ijobiy tomonlari haqida o‘ylashni tavsiya qiladi. 
Tinglovchilarga   tabassum   va   ijobiy   munosabat ...   Bu   holatda   ma’yus
yoki juda xushchaqchaq yuz tomoshabinlarni o‘ziga jalb qila olmaydi, aksincha,
hayratga soladi  va hatto negativlikni  keltirib chiqaradi. Asosiysi,  his -tuyg‘ular
bilan haddan oshmaslik. Me’yorida bo‘lishi.
Tinglovchilar bilan maksimal  aloqa ... Siz tinglovchilarning savollariga
minbardan   tushgan   holda   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   javob   berishingiz   mumkin.   Bu
psixologik   texnika   tinglovchilar   bilan   aloqa   o‘rnatishga,   ma’ruzachining
ochiqligi va samimiyligini ko‘rsatishga imkon beradi.
34 Bumerang   usuli ...   Nutq   paytida,   ma’ruzachi   (notiq)   berilgan   savolga
javobni bilmasa, bunday hodisa yuz berishi mumkin. Siz vahima qilmasligingiz
kerak,   chunki   bu   xatti-harakatlar   ma’ruzachining   qobiliyatsizligiga   o‘xshaydi.
Bu   yoqimsiz   vaziyatdan   chiqish   yo‘li   –   bu   savolni   tinglovchilarga   yoki
konferensiyada   ishtirok   etayotgan   hamkasblarga   yuborish.   Ya’ni   savolga   savol
bilan   javob   berish.   Bu   munozara   boshlanishi   va   mavzu   qiziqarli   bahsga
aylanishi uchun qilingan.
Ko‘pchilik   oldida   chiqish   qilish   qo‘rquvini   yengish   uchun   amaliy
texnika va mashqlar. «Qisqa muddatli» va «uzoq muddatli» usullar
Bu muammoni hal qilishning faqat ikkita yo‘li bor:
1. Uzoq muddatli.
2. Qisqa muddatli [58].
Masalan.   Siz   sekin   suzishni   o‘rganishingiz   mumkin,   ya’ni   basseynga
borishingiz,   instruktor   bilan   mashg‘ulot   o‘tkazishingiz,   maxsus   suzish   himoya
kiyimini   kiyishingiz   mumkin.   Keyin   siz   asta-sekin,   bir   necha   hafta   ichida
suzishni o‘rganasiz va bu sizning hissiy holatingizga ta’sir qilmaydi.
Ikkinchi usul juda tez, lekin juda stressli.
Suza   olmaydigan   odamni   qayiqda   ko‘lning   o‘rtasiga   olib   borib
tashlaydilar.  Bunday  vaziyatda   o‘zini  himoya  qilish  instinkti  bechorani   darhol
harakat qilishga majbur qiladi degan fikr azaldan bor va u bir necha daqiqada u
suzishni o‘rganadi.
Qanday   qilib   bunday   misolni   omma   oldida   chiqish   qo‘rquvini   yengib
o‘tishda qo‘llash mumkin?
«Uzoq muddatli yo‘l»
1-tamoyil: tanish auditoriya va qiziqarli mavzu
Kichigidan   boshlash   lozim.   Hamma   buyuk   ishlar   mana   shundan
boshlanadi. O‘zingiz bilan hamfikr bir nechta do‘stlaringizni uyda to‘plang. Ular
bilan   umumiy   qiziqishingiz   bo‘lishi   lozim.   Bu   sport,   kompyuter   o‘yinlari,
o‘qish, birorta qiziqarli kitob yoki ish bo‘lsin.
35 Uchrashuv   kuni   siz   ularga   juda   qiziqarli   ma’lumotlarni   taqdim   qilasiz.
Tayyorlaning   va   xuddi   katta   zal   oldida   turganingizda   va   yuzlab   odamlar   sizga
qaragandek tasavvur  qiling.
2-tamoyil.   O‘zingizni   boshqalar   bilan   solishtirmang,   o‘ziga
xosligingizni, o‘z uslubingizni rivojlantiring
Har   bir   ma’ruzachi   (notiq)   ning   o‘z   uslubi   bor.   Har   birining   o‘ziga   xos
qiyofasi   bor.   O‘zingizni,   o‘ziga   xos   tasviringizni   toping.   Do‘stlaringizdan
so‘rang, siz qaysi uslubda yaxshiroq so‘zlaysiz? Ular sizni qanday holatingizda
qabul qilishadi? Va buni tahlil qiling, o‘z his -tuyg‘ularingizga asoslanib, omma
oldida nutq so‘zlash uslubini ishlab chiqing.
3 -tamoyil. Amal qiling!
Ko‘proq   munozaralarda   ishtirok   eting,   omma   oldida   chiqish   imkoniyati
bo‘lgan   joyda   tashabbus   ko‘rsating.   Agar   vaqtingiz   va   xohishingiz   bo‘lsa,
hamfikrlarni   toping   va   munozara   klubini   yarating.   Avvaliga   uni   uyda   qilish
mumkin, keyinroq ish, o‘qish yoki jamoat tashkilotlarida o‘tkazish mumkin.
«Uzoq muddatli yo‘l»
Agar   siz   odamlarning   tanqidiy   bahosiga   dosh   bera   olsangiz   (albatta,
begona   kishilarning),   keyin   siz   bemalol   gapira   olasiz   va   bu   haqda   xavotir
olmaysiz![20]
Tayyorgarlik  – qo‘rquvdan qutulishning asosiy usuli.
Muvaffaqiyatining   90%   tayyorgarlikka   bog‘liq.   Nimani   qachon   va
qayerda aytishni rejalashtirish lozim.
Vizualizatsiya.     Ko‘pchilik   suhbat   chog‘ida   o‘zini   yo‘qotib   qo‘ya
boshlaydi, noaniq narsadan ming‘irlaydi, chunki ular xato qilishdan qo‘rqishadi.
Agar   siz   barcha   qo‘rquvlaringizni   oldindan   o‘ylab   ko‘rsangiz,   o‘zingizga   xato
qilish   huquqini   bering.   Masalan,   siz   nutqingizni   unutib   qo‘yishdan   qo‘rqasiz.
Ushbu   vaziyatni   tuzatish   uchun   nima   qilishingiz   mumkinligini   o‘ylab   ko‘ring
(vizualizatsiya   qiling).   Ushbu   noqulay   vaziyatdan   qanday   chiqib   ketganingizni
tasavvur   qiling.   Agar   siz   bularning   barchasini   ruhiy   jihatdan   boshdan
36 kechirsangiz,   unda   haqiqiy   hayotda,   agar   siz   to‘satdan   shu   kabi   holatga   tushib
qolsangiz, o‘zingizni yo‘naltirishingiz osonroq bo‘ladi.
Tinglovchilar oldida so‘zlashingiz kutilayotgan nutqni tasavvur  qiling va
xayolingizda   takrorlang.   Buni   har   bir   asosiy   sezgingiz   bilan   his   eting.   Har   bir
tafsilot   bilan   tanishtiring,   qanchalik   aniq   bo‘lsa,   shuncha   yaxshi.
Tinglovchilarning   diqqat   bilan   qarashlarini,   energiya   almashinuvini   tasavvur
qiling.   Faqat   muvaffaqiyatli   va   zavqli   odamlarni   tasavvur   qiling.   Eng
muvaffaqiyatli   ssenariyni   tasavvur   qiling:   qanday   hazillashasiz,   tinglovchilar
bunga   qanchalik   ijobiy   munosabatda   bo‘lishadi,   siz   kutilmagan   va   qiyin
savollarga mohirona javob berasiz.
O‘z-o‘zini   gipnoz   qilish.   Nutqqa   tayyorgarlik   ko‘rishda   (so‘zlashdan)
oldin bir nechta iboralarni ayting:
  Men bu yerda bo‘lganimdan juda xursandman.
   Men o‘z imga  ishonaman.
   Men   sizga   aytmoqchi   bo‘lgan   ma’lumotlarni   yaxshi   bilaman   va
bemalol ayta olaman.
  Men to‘liq ma’lumotga egaman .
Qo‘rquvni yengishning yagona yo‘li bor – faqat va faqat mashq qilish. 
Odatda   insonda   o‘z-o‘ziga   ishonmaslik   yoki   o‘zidan   qoniqmaslik
tuyg‘ulari kuchli bo‘lsa qo‘rquv yuzaga keladi. 
Har   bir   inson,   jumladan   lider   ortiqcha   hayajonlanmasdan,   ishonchli   va
dadil   so‘zlashni   istaydi.   Bu   xususiyatlarga   ega   bo‘lish   esa   u   qadar   oson   emas.
Lekin   juda   ham   istagan   va   o‘z   ustida   ishlab,   qattiq   harakat   qilgan   inson   o‘z
maqsadiga erishishi mumkin. Ba’zi bir notiqlar katta auditoriya va omma oldida
mahorat   bilan   so‘zlay   oladilar.   Ammo   individual   suhbatda   ularning   nutqi   u
qadar jozibali bo‘lmaydi. Sababi ko‘pchilikning bo‘lishi ularni jonli va chiroyli
so‘zlashiga   sabab   bo‘ladi.   Har   bir   kishi   nutq   so‘zlashdan   avval   biroz
hayajonlanadi,   negaki   taniqli   notiqlar   ham   vaqtida   hayajonlanishgan.   Ammo
ma’lum   bir   muddat   o‘tganidan   so‘ng,   ya’ni   tajribalari   ortganidan   so‘ng   bu
hayajon yo‘qoladi.  
37 Notiq o‘z maqsadida erishish uchun quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim.
Birinchidan,   notiq   o‘z   nutqini   qat’iyatlilik   bilan   ta’sirchan   boshlashi   shart.
Ikkinchidan,     notiq  o‘z  nutqini   oldindan  puxta  o‘ylagan,   rejalashtirgan   bo‘lishi
shart.  Uchinchidan, notiq o‘ziga ishonishi, dadil bo‘lishi zarur, ya’ni tetiklik va
jur’atlilik alohida ahamiyatga ega. Tinglovchilarning ko‘ziga tik qaragan holda
ishonch bilan gapirishi lozim, asabiylashmaslik va ortiqcha hayajonlanmaslikka
harakat   qilish   kerak.   To‘rtinchidan,   tinimsiz   mashq   qilishdir.   Qo‘rquv   va
ishonchsizlik   tajriba   va   malakaning   yetishmasligidan   kelib   chiqadi.   Tinimsiz
mashq qilish va takrorlash natijasida tajriba hamda mahorat paydo bo‘ladi.
2.2 Lider shaxsida nutqning muvaffaqiyatli chiqish shartlari.
Notiqning psixologik tasviri
Zamonaviy   axborot   dunyosida   yoshlar   juda   ko‘p   muammolarga   duch
kelishmoqda.   Avvalo,   bu   global   oqimdan   kerakli   ma’lumotlarni   tanlashdagi
qiyinchiliklar.   Ikkinchisi,   o‘z   chiqishlari   bilan   tinglovchilar   oldida   so‘zlay
olmaslik,   balki   ularning   qo‘rquvi.   Ya’ni   omma   oldida   gapirishdan,   masxara
qilinishdan qo‘rqish. 
Kuzatishlar  shuni  ko‘rsatadiki, zamonaviy  o‘spirinlar  o‘z  fikrlarini  izchil
va   aniq   bayon   qilishni,   o‘z   fikrini   keng   omma   oldida   bayon   qilishni
xohlashmaydi, balki bilishmaydi.
Ushbu   vaziyatning   sabablari   axborot   texnologiyalaridagi   yutuqlardir.
Hozirgi   zamon   yosh   yigit-qizlari   ko‘p   vaqtini   kompyuterda,   ijtimoiy
tarmoqlarda   o‘tkazadi,   o‘yinlar   o‘ynashni   yaxshi   ko‘radi.   Atrofdagilar   bilan
muloqot kam bo‘lganligi sababli ularga tinglovchilar oldida biror narsani baland
ovozda izhor  qilishdan ko‘ra yozish osonroq. Ushbu turmush tarzi  jismoniy va
psixologik   holatga   salbiy   ta’sir   qiladi.   Ommaviy   nutq   nutqning   og‘zaki   shakli
hisoblanadi.   Jonli   suhbatning   barcha   xususiyatlari   qanchalik   xarakterli   bo‘lsa,
uning tinglovchilarga ta’siri shunchalik  kuchliroqdir. 
38 Omma oldida muvaffaqiyatli nutq so‘zlash uchun bir nechta ko‘nikmalar
kerak:
1. Ta’sirchan nutq.
2. Iboralarni   qurish   va   ularni   amalga   oshirish   jarayonida   nutq   matnida
joylashtirish ketma-ketligi bo‘yicha mantiqiy ko‘nikmalar.
3. Nutq   oxirida   tinglovchilar   savollar   bergan   taqdirda   javob   berib,
munozarali holat yuzaga kelganda baxslashish qobiliyati[57].
4. Notiqning   nutq   paytida   ovozini,   imo-ishoralarini,   mimikasinini
boshqara   olishi.   Bu   yerda   nutqning   mantiqiy   komponenti,   tinglovchilarga
taqdim etilayotgan materialning taqdim etilishining izchilligi ham muhimdir. 
5. O‘zini tutish, etiket qoidalarini bilishi.
Yuqoridagilarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
Nutqning ta’sirchan bo‘lishi ikki xil omilga bog‘liq. Bular nutq sifatlari va
texnikasi.   Agar   so‘zlovchi   o‘zida   shularni   mujassamlashtirmasa   ko‘zlangan
maqsadga erishmaydi (ya’ni auditoriyani jalb qilolmaydi).
Nutqning   to‘g‘riligi,   aniqligi,   mantiqiyligi,   sofligi,   jo‘yaliligi,   boyligi,
ifodaviyligi, soddaligi, qisqaligi uning sifatlarini tashkil qiladi.
  Nutq   texnikasi   bu     nutqning   tinglovchi   yoki   o‘quvchiga   yetkazishda
qo‘llaniladigan vositalardir. Nutq texnikasi ham ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
1) Og‘zaki;
2) Yozma 
Og‘zaki   nutq   texnikasi   tovush,   bo‘g‘in,   so‘zlarni,   uning   shakllarini,
talaffuz qilishni yaxshilash borasida nutq organlarini faollashtiruvchi mashqlarni
anglatadi.   Nafasdan   foydalanish,   tovush   tembrlarini   yaxshilish,   tovushlarning
past-balandligi unli va undoshlarni talaffuz qilish, ohang shular jumlasidandir.
Nutq   ta’sirchan   va   qiziqarli   chiqishi   uchun   ifodali   o‘qishni   o‘zlashtirish
lozim. Ifodali o‘qishda quyidagi fonetik vositalar alohida ahamiyatga ega (ovoz,
artikulyatsiya, diksiya, nafas).
Ovoz   kishining   bo‘g‘zida   ko‘ndalang   joylashgan   elastik   un   paychalarini
o‘pkadan   chiqadigan   havo   kuchi   tebranish   natijasida   hosil   bo‘ladi   va   unli
39 tovushlar, sonorlar va jarangli undoshlar paydo bo‘ladi. Jarangsiz undoshlar esa
havo oqimining til, tanglay, tish, lab to‘sig‘iga uchrashi natijasida sodir bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, burun va yondosh bo‘shliqlar ovozni kuchaytiradi va
o‘ziga   xos   ohang   beradi.   O‘pkadan   chiqadigan   havo   kuchi   un   paychalarining
tebranish holatiga ko‘ra ovoz baland yoki past, kuchli  yoki kuchsiz bo‘ladi.
Artikulyatsiya   –   muayyan   tovushni   hosil   qilishda   nutq   organlarining
harakat holati va ishtirokidir. Nutq organlarining holati va harakatini yaxshilash
uchun uzluksiz mashqlar bajarish kerak.
Diksiya –   nutq mahoratining asosini tashkil etuvchi fonetik vosita bo‘lib,
so‘zlarni hamda tovushlarni aniq va ravshan talaffuz qilish me’yoridir. 
Diksiya   notiq   va   o‘qituvchilar   uchun   muhim   ahamiyatga   ega:   nutq
tovushlarini to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish nutqdagi nuqsonlarni bartaraf qilishga
asos bo‘ladi. 
Nafas  – o‘pkaga kiradigan va undan chiqariladigan havo. Diafgramma va
qovurg‘alararo   muskullarning   qisqarishi   natijasida   ko‘krak   qafasining   hajmi
kattalashib, o‘pka kengayadi. Havo bosimi o‘pka ichidagi bosimdan farq qilgani
uchun o‘pkaga (nafas) kiradi. Ko‘krak qafasi kichrayadi va ba’zi muskullarning
qisqarishi   natijasida   nafas   chiqariladi.   O‘pkaga   kiradigan   havo   miqdori   nafas
hajmini   belgilaydi.   Nutqni   tinglovchiga   yetkazishda   nafas   olish   va   uni
chiqarishning ahamiyati  juda katta [38,58-b]. 
Notiq   va   ko‘pchilik   orasidagi   muloqot   muayyan   mavzu   bo‘yicha
ma’lumot   almashish,   bilim   berish   hisoblanadi.   Oddiy   suhbat   jarayonida,
olimlarning   qayd   etishlaricha,   ma’lumotning   35%   dan   kam   qismi   nutqiy
muloqot,   65%   dan   ziyod   qismi     esa   noverbal,   boshqacha   qilib   aytganda,
paralingvistik   hodisalar   orqali   yetkazilarkan.   Taniqli   psixolog,   professor   Erkin
Sattorov “Omadga erishish psixologiyasi” nomli kitobida shu haqda fikr yuritib,
shunday yozadi  “nutqiy kanal orqali axborot uzatiladi, noverbal kanal bo‘yicha
esa muloqot sherigiga bo‘lgan munosabat uzatiladi” .
40 Nutqning   fonetik   vositalari   nutqning   ifodali,   ta’sirchan,   aniq,   jarangdor,
kuchli,   ravon   va   tiniq   bo‘lishini   ta’minlaydi.   Nutqdagi   kamchiliklar   nutqning
fonetik vositalariga yetarlicha e’tibor bermaslik natijasida kelib chiqadi.
Bekmirzayev   N.   “Notiqlik   san’ati   asoslari”   o‘quv-qo‘llanmasida
notiqning ovozida quyidagi sifatlar bo‘lishi kerakligi haqida ma’lumot beradi:  
–  jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);  
–     keng   diapazonlik   (ovozning   eng   pastlikdan   eng   yuqorigacha   bo‘lgan
darajasi);  
–  havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshitiluvchanlikka ega bo‘lishi);  
–  ixchamlik, harakatchanlik;
–  chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish);  
–   moslashuvchanlik (dinamika, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga
moslasha olishi);  
–     qarshi   shovqinlarga   nisbatan   barqarorlik   (xalaqit   beruvchi   shovqinga
qarshi tembr va tessituaraning o‘zgarib turishi);  
–     suggestivlik   (ovozning   hayajonni   ifodalash   va   bu   orqali,   qanday   so‘z
aytilayotganidan   qat’i   nazar,  tinglovchining  xulqiga   ta’sir   qilish   xususiyati)   [8,
66-b]. 
Nutq texnikasi deyilganda nutqni tinglovchi yoki o‘quvchiga yetkazishda
qo‘llaniladigan   vositalar   tushuniladi   [18,35-b].   Nutq   ikki   xil   ko‘rinishda
bo‘lgani uchun ham uning texnikasini  ikki xil ko‘rsatish mumkin: 
1. Og‘zaki nutq texnikasi. 
2. Yozma nutq texnikasi. 
Og‘zaki  nutq texnikasi – bu   tovush, bo‘g‘in, so‘zlarni, uning shakllarini
talaffuz etishni yaxshilash haqidagi nutq organlarini faollashtiruvchi mashqlarni
anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush tembrlarini yaxshilash, diksiyaga
e’tibor berish va undoshlarni talaffuz etish, ohang kabilar kiradi [18, 36-b]. 
Nutqning ikki turi bor:  og‘zaki nutq, yozma nutq.
Og‘zaki   nutqning   ham   yozma   nutqning   ham   o‘z   talablari   hamda
imkoniyat darajasi bor.
41 Og‘zaki   nutq     individual   faoliyatdir.   Shu   boisdan   ham   fikriy   bahosi   va
nutqiy   uslubi,   ovoz   ifodalari   bir-biriga   o‘xshamaydi.   Og‘zaki   nutq
so‘zlovchining kayfiyati, ruhiyati, temperamentiga, xarakteriga hamda holatiga,
nutq a’zolarining sog‘lom va me’yorida ishlashiga ham bog‘liq.
Og‘zaki   nutq   o‘ziga   xos   grammatik   tuzilishga   va   qurilish   tartibiga   ega
bo‘lib   unda   gap   bo‘laklarining   tushib   qolishi,   qisqarishi,   almashishi,   keraksiz
unsurlarning bo‘lishi, takrorlar kuzatiladi. 
Yozma   nutqda   imloviy   va   punktuatsion   normalar   muhim   rol   o‘ynaydi.
Yozma   nutq   –   bu   manba.   Xohlagan   vaqtda   uni   qayta   o‘qish,   tuzatish,   boshqa
so‘z va so‘z birikmalari bilan almashtirish mumkin. Yozma nutq namunasidagi
maqsadni   to‘la   anglash   uchun   imlo   hamda   tinish   belgilarining   xususiyatlarini
notiq yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi shart. 
So‘zga chiquvchi notiq nima demoqchi bo‘lgan maqsadini to‘la bo‘lmasa-
da,   homaki   tarhini   qog‘ozga   tushirib   rejalashtiradi.   Nimadan   nimaga   o‘tish,
qancha   to‘xtalish,   nimalarni   aytish   yoki   aytmaslik   haqidagi   chizgilar   notiq
so‘zlayotgan   paytda   ham   uning   ko‘z   oldidaqog‘ozdagidek   namoyon   bo‘lib
turadi [53].
Aks holda, nutq me’yori buzilishi, vaqt cho‘zilib ketishi, auditoriya yaxshi
qabul qilmasligi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, notiq o‘zining fikr tizginini
jilovlay olmasdan talmovsirab qolishi mumkin. 
So‘zlarni   joy-joyiga   to‘g‘ri   qo‘yish   va   so‘z   tartiba   rioya   qilish   ham
muhim.     Notiqlikda so‘z  qo‘llash   mahorati   haqida gap  ketganda,  notiq nutqida
uch   bosqich   amalga   oshiriladi.   Bu   topish,   tanlash,   va   qo‘llashdir.   Topish
notiqning   so‘z   boyligiga   tegishli   bo‘lsa,   tanlash   didi,   saviyasiga,   qo‘llash   esa
uning   mahoratiga   xosdir.   Topish   til   boyliklaridan,   sinonimlardan   qanday
foydalana   olishingizga   mezon   bo‘lsa,   tanlash   psixologik,   etik   va   estetik
normalarga amal qilish zaruratini bildiradi[53]. Qo‘llash esa og‘zaki yoki yozma
ravishda   bo‘ladi.   Siz   tinglovchi   yoki   tomoshabin   bilan   yuzma-yuz   bo‘lasiz.
Aytilgan so‘z otilgan o‘qdek keta boshlaydi..
42 Jamoa   oldida   nutq   so‘zlayotgan   lider   suhbat   oxirida   bo‘lishi   mumkin
bo‘lgan baxs va munozaralarga ham tayyor turishi lozim. Bunda unga mavzuni
yaxshi   o‘zlashtirganlik   darajasi   qo‘l     keladi.   Sababi   kognitiv   bilim   va
ko‘nikmaga   ega   bo‘lgan   lider   munozarada   o‘zini   yo‘qotib   qo‘ymaydi.   Har   bir
savolga dadil javob bera oladi.
Notiq   (nutq   so‘zlayotgan   lider)   haqidagi   dastlabki   taassurot   uning   tashqi
ko‘rinishiga   qarab   shakllanadi.   Shunday   maqol   bor   “Kiyimiga   qarab   kutib
olishadi,   odobiga   qarab   kuzatishadi”.   Ya’ni   tinglovchilar   liderning   nutqni
boshlashidan   avval   uning   qiyofasiga   qarab   ijobiy   yoki   salbiy   xulosaga   keladi.
Nutq   jarayonida   qay   darajada   etiket   qoidalariga   rioya   qilib,   auditoriya   bilan
do‘stona muhit yarata olsa tinglovchilarni mavzuga qiziqtira oladi. 
Nutq jarayonida tashqi qiyofa -  kiyinish ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Sababi   toza,   ozoda   va   chiroyli   (o‘ziga   yarashgan)   kiyingan   notiq   o‘ziga
ishongan bo‘ladi va atrofdagilarning hurmat bilan qarashlariga sazovor bo‘ladi.
Aniqroq qilib aytganda notiqning tuflisi tozalanmagan, kiyimi dazmollanmagan
(g‘ijim),   dog‘   bo‘lsa,   u   holda   tinglovchilarning   diqqatini   torta   olmaydi.   Nutq
so‘zlash   oldidan   notiq   yaxshi   kayfiyatda   bo‘lishi,   yuz-ko‘zida   samimiylik   va
xursandchilik   aks   etishi,   chehrasi   ochiq   bo‘lishi   lozim.   Shundagina   u
tinglovchilarning e’tiborini tortib, ularga yoqishi mumkin. 
Notiqning     yurish-turishi,   xatti-harakati,   nutq   jarayonida   muhim
ahamiyatga   egadir.   Chunki   har   bir   xatti-harakat   tinglovchilarning   ko‘z   o‘ngida
sodir   bo‘ladi   va   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatadi.   Notiq   tana   harakatlarining   mosligiga,
to‘g‘riligiga   alohida   e’tibor   qilishi   zarur.   Notiq   o‘z   fikrini   yurakdan   chiqarib
tinglovchilarga   yetkazsagina,   uning   qo‘li   va   oyog‘i   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
beo‘xshov harakatlari sezilmaydi.
Yaxshilab   oldindan   tayyorlangan   nutq   90%   muvaffaqiyatini   ta’minlaydi.
Shuning   uchun   notiq   so‘zlamoqchi   bo‘lgan   mavzusi   haqida   yetarlicha
axborotga,   ma’lumotga   ega   bo‘lsa   o‘z   niyatiga   yetadi.   Ba’zilar   tayyorgarlikka
juda kam vaqt ajratishadi, buning natijasida noqulay holatga tushib qolishadi.
43 Nutqni   shakllantirish,   yuzaga   keltirish   uchun   puxta   tayyorgarlik   ko‘rish
kerak.   Tayyorgarlik   nimalardan   iborat   bo‘lishi   kerak?   Qog‘ozga   so‘z   va
iboralarni yozib qo‘yishdanmi? Haqiqiy tayyorgarlik notiqning o‘zidan chiqqan
fikrlar   asosida   namoyon   bo‘ladi.   Dastlab   nutq   mavzusini   chuqur   va   atroflicha
o‘ylab   ko‘rish   lozim.   So‘ngra   mavzuni   tanlashi,   uni   muhokama   qilishi,   o‘z
fikrlarini   tartibga   solishi   va   tanlashi,   o‘z   matnini   ishlab   chiqishi   va   taxt   qilishi
zarur. Nutqni bir deganda tayyorlab bo‘lmaydi. 
So‘ngra mavzuga doir ma’lumotlarni yig‘ishga to‘plashga  kirishiladi. Bu
reja   asosida   amalga   oshirilishi   kerak.   Nutq   uchun   materiallarni   imkon   qadar
ko‘proq to‘plash lozim. So‘ngra ulardan eng keraklisi , mos keladiganlari ajratib
olinadi.  Olingan  ma’lumotlar   notiq  tomonidan   qayta  ishlanadi  va   o‘z  uslubiga,
maqsadiga moslashtiriladi. Ana shundan keyin har bir notiqning o‘ziga xos nutqi
vujudga keladi[38, 60-b].
Har   bir   notiqning   o‘ziga   xos   uslubi,   bilimi   va     xislatlari   borligi   uchun
uning   nutqi   boshqalarnikidan   farq   qiladi.   Shuning   uchun   ham   taniqli
notiqlarning   nutqiga   ko‘r-ko‘rona     taqlid   qilish   va   takrorlash   yaxshi   samara
bermaydi.   Shunga   qaramasdan,   ulardan   foydalangan   uslub   va   imkoniyatlardan
ongli hamda ijodiy foydalanish mumkin. 
Nutq jarayoni uch bosqichda bo‘ladi: nutqning boshlanishi, nutq, xulosa.
Har   bir   nutqning   boshlanishi   va   yakuni   alohida   ahamiyatli   hisoblanadi.
Negaki,   notiqning   oxirgi   so‘zlari   tinglovchilar   yodida   saqlanib   qoladi.   Shu
sababdan   notiq   nutq   jarayonida   xulosada   aytiladigan   har   bir   so‘z   va   iboraga
jiddiy   e’tibor   qaratishi   zarur.   Tajribasiz   notiqlar   o‘z   nutqini   quyidagicha
tugatishadi:
“Nutqimni   tugatyapman,   sizlarga   aytmoqchi   bo‘lganlarim   shulardan
iborat edi”. “Shu bilan nutqim o‘z nihoyasiga yetdi”.
Nutqni   shunday   tugatish   kerakki,   nutqni   yakunlayotganingizni
tinglovchilar bilmay qolsin, unga alohida urg‘u berish shart emas. 
44 Nutqning   so‘ngi   so‘ziga   diqqatliroq   bo‘lib,   unga   alohida   e’tibor   qaratish
va tayyorlanish shart. Notiq so‘ngi so‘z sifatida aytiladigan yakunga ikki-uch xil
variantda tayyorgarlik ko‘rib qo‘yishi zarur. 
Nutqni quyidagi usullarda yakunlash maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1. Nutqdagi asosiy fikrlarni qisqa va lo‘nda bayon qilish.
2. Nutq mavzusidan kelib chiqib tinglovchilar bilan aloqa o‘rnatish.
3. Tinglovchilarga atalgan qisqa maqtov so‘zlar aytish.
4. Yumorga   boy   va   kulguli   narsani,   voqeani   aytish   bilan   tinglovchilarni
kuldirish.
5. Mavzuga oid she’riy satrlar yoki hikmatli so‘zlar bilan yakunlash.
6. Nutqni   kulminatsion   nuqtaga   yetkazib,     dolzarb   va   qiziqarli   bo‘lgan
narsani aytish bilan tugatish.
Nutqni   shunday   yakunlash   zarurki,   yakunda   tinglovchilar   uning
tugaganini sezmay qolsin. 
Notiq quyidagilarga qarab o‘z chiqishini baholaydi:
a) tinglovchilarning e’tiborini qay darajada torta olgani;
b) mavzuga qay darajada kirib borilgani va uni qanchalik tushuntirilgani;
bunda berilgan savollarning xarakteri va mohiyatiga tayinlanadi;
c) mavzuning qaysi jihati tinglovchilarda ko‘proq qiziqish uyg‘otgani;
d) tinglovchilardan   ayrimlarining   yakka   holda   mavzuning   yoritilishi
xususidagi shaxsiy fikrlarni eshitishi;
e) auditoriya psixologiyasini o‘rganish[19, 75-b].
Agar notiq tinglovchilarning qiziqishini hisobga olsa, uning nutqi jonli va
samarali bo‘ladi. 
Notiq   nutqining   muvaffaqiyatli   bo‘lishining   oltita   sharti   mavjud   bo‘lib,
mohir   notiqgina   qiziqarli   ma’ruza   o‘qiydi.   Notida   bilim,   mahorat,   qiziqish
bo‘lishi   va   muayyan   tinglovchilarga   bevosita   murojaat   qila   olishi   zarur.
Notiqning muvaffaqiyatini ta’minlaydgan  shartlar: 
1.   Minbarga   chiqquncha   ham,   minbarda   turganda   ham   ma’ruza   bilan
yashash kerak. Notiqlar turlicha bo‘lishadi. Ba’zilari ma’ruza  o‘qishsa, ba’zilari
45 minbarda ma’ruza matni bilan yashab tinglovchilar bilan faol aloqa bog‘laydilar
va o‘zlarini yo‘qotmagan holda auditoriya bilan qo‘shilib ketadilar. Bular o‘qib
beruvchilar   emas,   balki   ijodkorlardir.   Qiziqarli   ma’ruza   bu   ilmiy   mavzudagi
mazmunli,   zavqli   suhbatdir.   Bunday   ma’ruza   odatda   uchta   bosqichda   o‘tadi.
Birinchi   bosqich,   material   to‘planadi   va   singdiriladi,   shaklga   solinadi   va   his
etiladi.   Ikkinchi   bosqich,   ma’ruza   ichki   shaklda   va   ichki   monolog   tarzida   o‘zi
uchun   o‘qiladi,   bunda   notiqning   o‘zi   ham   so‘zlovchi   ham   tinglovchi   bo‘ladi,
o‘ziga   savol   berib   o‘zi   javob   qaytaradi.   Uchinchi   bosqich   boshqalar   uchun
tayyorlangan ma’ruza bo‘lib, notiq auditoriyaga kirganida o‘zini auditoriyada va
auditoriyani   o‘zida   ko‘radi   va   his   qiladi.   Bunda   u   oddiy   narsada   qiziqarli
narsani, ma’lum narsada noma’lum narsani, hamma masalalarda hayotiy muhim
narsani topa biladi. 
2. Materialni shunchaki bilish emas, balki  anglagan holda egallab olingan
bo‘lishi kerak. Egallash bu ma’ruzani qat’iyat va mahorat bilan boshlash hamda
asosiy   qismni   aytish   uchun   eng   yaxshi   shaklni   topish   va   ma’ruzani   mohirona
tugallash   demakdir.   Muvaffaqiyatli   ma’ruza   ko‘p   jihatdan   uni   qanday
boshlashga   bog‘liq.   Muqaddima   notiqning   auditoriyadagi   dastlabki
qadamlaridir.   Ular   qiziqarli   bo‘lishi   lozim.   Notiqni   muqaddimaga   qarab   kutib
olishadi, mazmun va shaklga qarab kuzatishadi. Muqaddima jangdagi dastlabki
atakaning   o‘zginasidir.   Birinchi   ataka   juda   katta  ahamiyatga   ega,   albatta,   lekin
birinchi   hujum   jangning   taqdirini   belgilab   bermaganidek,   yaxshi   boshlangan
muqaddimaning   o‘zi   ham   butun   m   a’ruzaning   muvaffaqiyatini   ta’minlay
olmaydi.   Kechirim   so‘rab   boshlanadigan   muqaddima   muvaffaqiyatsiz   chiqadi.
Muqaddimada ma’ruzaning asosiy fikri bayon qilinsa, u ta’riflab berilsa, shu ruh
butun   ma’ruza   jarayonida   bo‘rtib   tursa,   auditoriya   mamnun   bo‘ladi.   Ba’zan
ma’ruzani hatto iqtibos keltirishdan boshlash mumkin. Ammo ko‘chirma o‘tkir
qurol   bo‘lsa-da,   u   hadeb   ishlataverilsa,   o‘tmaslashib   qoladi.   Ba’zan
muqaddimani   biror   harakterli   faktdan   boshlab   shundan   kelib   chiqib   mavzuni
bayon   qilish   mumkin.   Kichkina   tanaga   kattakon   bosh   qanchalik   yarashmasa,
katta muqaddima ham shunchalik kelishmaydi [19].
46   3.   Nutqni   egallash     –     notiqning   nutqi,   so‘zni   tanlay   bilishi,   jumla
tuzishda so‘zlardan to‘g‘ri foydalanishi, obraz yarata olishi, istioradan foydalana
olishi,   esda   qoladigan   o‘xshatishlar   topa   bilishi   g‘oyatda   muhim.   Mopassan
so‘zlarning   jonini   qidirish   kerak,   degan   edi.   U   so‘zlaming   jonli   bo‘lishiga
astoydil   ishonardi,   yozuvchining   vazifasi   esa   shu   jonni   topib,   uni   kitobxonga
ko‘rsatishdan   iborat   deb   hisoblardi.   So‘zlarning   jonini   topa   olsangiz,   so‘zlar
orqali o‘z qalbingizni ham ifodalay olasiz. Emotsionallik – nutqning haroratidir.
U yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Qanday gapirish, qanday qilib aytish ham
muhim.   Yomon   talaffuz   ma’ruza   materialini   idrok   etish   imkoniyatini   yo‘qqa
chiqaradi.   Notiqning   yomon   talaffuz   bilan   o‘qiyotgan   ma’ruzasini   tinglaganda
varaqlari  yirtiq  kitobni  o‘qiyoganday  bo‘lasiz.  Nutqini  o‘z  o‘rnida  qo‘llanilgan
yumor   bilan   bezay   oladigan   kishi   nutqni   yaxshi   egallagan   bo‘ladi.   Yumor     –
nutqning atridir, gulni xidiga qarab ajratish mumkin bo‘lganidek yumoriga qarab
odamning aqlini belgilash mumkin. 
4. Notiqning o‘zini tuta bilishi. O‘zini yo‘qotib qo‘ygan (dovdirab qolgan)
notiq auditoriyadan ham  mahrum bo‘ladi. Eng avval, ma’ruza boshida vujudga
keladigan hayajonni bosib olishi shart. So‘zga chiqish notiqning o‘ziga qiziqarli
bo‘lishi   uchun   ma’ruza   materialini   sistematik   tarzda   yangilab   turish,   yangi
fikrlar,   misollar,   obrazlar,   aforizmlarni   kiritib   turish   zarur.   Hech   narsa   qotib
qolmasligi,   bir   gap   hadeb   takrorlanavermasligi   kerak,   aks   holda   о ’zing   ham
qiziqmay qolasan, tinglovchilar qiziqishi ham yo‘qoladi.
  5.   Auditoriyani   boshqarishni   o‘z   qo‘liga   ola   bilish.   Notiq   bir   vaqtning
o‘zida   ham   muallif,   ham   ijrochi,   ham   dirijor   bo‘lishi   lozim.   U   muallif   sifatida
yaxshi, ijrochi sifatida yomon bo‘lishi yoki ijrochi sifatida yaxshi, dirijor sifatida
yomon bo‘lishi  mumkin. M a’ruza yaxshi  tugallansa, u tinglovchilar  xotirasida
yaxshi   saqlanib   qoladi.   Ma’ruzani   nima   bilan   tugallash   kerak?   Ko‘pincha
yig‘ilishlarda   notiq   o‘z   nutqini   sira   tugallay   olmaydi,   tugallamoqchi     bo‘ladi,
lekin ilojini qilolmaydi. Shu sababli nutqning oxirini avvalroq tayyorlab qo‘yish
zarur. 
47 6.   Vaqtni   suiiste’mol   qilmaslik.   Vaqt   hamma   masalalarda,   shu   jumladan
notiqlik   mahorati   masalasida   ham   jiddiy,   ammo   adolatli   hakamdir.   Qisqacha
ma’ruza notiq muvaffaqiyatining qisqa yo‘lidir. A.P.Chexov qisqacha bayon   –
iste’dod   belg‘isidir,   degan   edi.   Ma’ruzani   cho‘zgan   sari   notiq   tinglovchilar
g‘ashiga   tegaveradi.   Shu   sababli   har   bir   ma’ruzada   belgilangan   vaqtga   rioya
qilish muhimdir. Belgilangan vaqt esa ikki xil bo‘ladi: tashqi belgilangan   vaqt
–  notiqqa oldindan aytilgan vaqt chegarasi, ichki belgilangan vaqt esa notiqning
vijdoni va tinglovchining sabr-toqatidir[8, 108-b].
Yaxshi   nutqni   yaxshi   hit   (mashhur   bo‘lgan   qo‘shiq)   bilan   solishtirish
mumkin.   Yangi   chiqqan   qo‘shiq   ommabop   va   muvaffaqiyatli   bo‘lishi   uchun
nima kerak? Uch narsaning kombinatsiyasi talab qilinadi: yoqimli ohang, yaxshi
matn va mohir ijrochi. To‘g‘rimi?
Muvaffaqiyatli notiqlik uch qismga asoslanadi:
1. Notiqning ovozi.
2. Yaxshi matn. 
3. Tinglovchilar bilan o‘zaro munosabatlar (aloqa).
Qo‘shiqdan ohang yoki so‘zlarni olib tashlang, shunda qo‘shiq bo‘lmaydi.
Amalda   ham   shunday.   Notiqning   ovozi,   faktlarni   taqdim   etishi   va
tinglovchilarning   fikr-mulohazalarini   eshitish   qobiliyati   muvaffaqiyatni
belgilaydi.   Yaxshi   notiq   –   bu   nutqining   mavzusini   mahorat   bilan   taqdim
etadigan va ochib beradigan kishidir. U fikrlarini erkin bayon qiladi va mohirlik
bilan tinglovchilar e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. 
Yosh   liderlarimiz   yaxshi   notiq   bo‘lish   yo‘lidagi   intilishlarini   tez   va
muvaffaqiyatli   ro‘yobga   chiqarishlari   uchun   quyidagi   to‘rtta   qoidaga   amal
qilishlari lozim:
1. Liderlarimiz o‘z nutqini maqsadga erishish uchun kuchli va mustahkam
sababga ega bo‘lgan holda boshlashlari lozim.
2. Nima demoqchi ekanliklarini qat’iy ravishda aniqlab olishlari lozim.
48 3. Ishonchni namoyon etish. Ya’ni, qaddi-qomatni tik tutish, tinglovchilar
ko‘ziga   tik   qarash,go‘yoki   ular   (tinglovchilar)   sizdan   (so‘zlovchidan)
qarzdorday, ishonch bilan bemalol so‘zlash.
4.   Amalda   qo‘llash.   So‘zga   chiqishda   o‘ziga   nisbatan   ishonchni
mustahkamlashning bexato usuli, bu – iloji boricha ko‘proq gapirishdir.
Qo‘rquv o‘ziga nisbatan ishonchning kamligidan ro‘y beradi.
O‘zingiz   biladigan   bitta   mavzuni   oling.   Uch   daqiqalik   ma’ruza
tayyorlang.   So‘ng,   agar   iloji   bo‘lsa   mo‘ljallangan   odamlar   huzurida   yoki
do‘stlaringiz oldida so‘zga chiqing.
II BOB BO‘YICHA XULOSALAR
Xulosa   qilib   aytganda,   omma   oldida   so‘zlashdan   qo‘rqish,   jur’atlilik   va
ishonchning nutqdagi ahamiyati ni quyidagicha talqin etish mumkin :
–  notiq o‘z maqsadida erishish uchun quyidagila r ga e’tibor qaratishi  zarur .
Birinchi dan ,   notiq   o‘z   nutqini   qat’iyatli lik   bilan   ta’sirchan   boshlashi   lozim.
Ikkinchidan notiq nutqi oldindan puxta o‘ylangan, rejalashtirilgan bo‘lishi shart.
Uchinchidan,   notiq   o‘ziga   ishonishi,   dadil   bo‘lishi   kerak,   ya’ni   tetiklik   va
jur’atlilik alohida ahamiyatga ega.  Tinglovchilarning ko‘ziga tik qarab ishonch
bilan   gapirish   kerak,   asabiylashmaslik   va   ortiqcha   hayajonlanmaslik   zarur.
To‘rtinchidan tinimsiz mashq qilish lozim. Qo‘rquv va ishonchsizlik tajribaning,
malakaning yetishmasligidan kelib chiqadi. Tinimsiz mashq qilish va takrorlash
natijasida tajriba va mahorat paydo bo‘ladi.
Lider   shaxsida   nutqning   muvaffaqiyatli   chiqish   shartlari,   notiqning
psixologik tasviri ni quyidagicha talqin qilish mumkin :
–   notiqning   libosi,   yurish-turishi,   xatti-harakati,   nutq   jarayonida   muhim
ahamiyatga   ega.   Negaki   har   bir   xatti-harakat   tinglovchilarning   ko‘z   o‘ngida
bo‘ladi   va   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatadi.   Notiq   tana   harakatlarining   mosligiga,
to‘g‘riligiga   alohida   e’tibor   berishi   kerak.   Notiq   o‘z   fikrini   yurakdan   chiqarib
tinglovchilarga   yetkazsa,   undagi   ba’zi   kamchiliklar   ko‘zga   ko‘rinmaydi.
Yaxshilab tayyorlangan nutq  90% muvaffaqiyatni yuzaga keltiradi. Shu boisdan
49 notiq   mavzu   haqida   yetarlicha   g‘oyaga,   ma’lumotga   ega   bo‘lsa   o‘z   niyatiga
yetadi.   Ba’zilar   tayyorgarlikka   kam   vaqt   ajratishadi,   natijada   noqulay   ahvolga
tushib qolishadi;
–   har   bir   notiq   o‘ziga   xos   uslubga,   bilimga   va     xislatga   ega   bo‘lganligi
tufayli   uning   nutqi   boshqalarnikidan   farq   qiladi.   Shuning   uchun   taniqli
notiqlarning   nutqiga   ko‘r-ko‘rona     taqlid   qilish   va   takrorlash   yaxshi   natija
bermaydi.   Lekin  ular   foydalangan   uslub  va  imkoniyatlardan  ijodiy  foydalanish
mumkin. 
50 III.Bob. Liderlarda notiqlik qobiliyatini takomillashtirishning shart-
sharoitlari
3.1 Talabalarda liderlik va notiqlik mahoratini aniqlash usullari
Tadqiqotimizda   biz   talabalarning   liderlik   sifatlari   va   muloqotga   qay
darajada   kirisha   olishlarini   o‘rganish   maqsadida   R.B.Kettelning   “Shaxsni   16
omil   yordamida  o‘rganish   so‘rovnomasi”,   E.Jarikov,   E.Krushelniskiy   “Liderlik
qobiliyati   diagnostikasi”   testi   va   V.F.Ryaxovskiy   tomonidan   ishlab   chiqilgan
“Muloqotchanlikning   umumiy   darajasini   aniqlash”   so‘rovnomasidan
foydalandik (Ilovalar qismida keltirilgan).
Tadqiqotimizning   obyekti   sifatida   qatnashgan   Samarqand   davlat
universiteti   Psixologiya   va   ijtimoiy   munosabatlar   fakulteti   Psixologiya
yo‘nalishi   101-102-guruh   talabalari   hamda   nazorat   guruhi   sifatida   sotsiologiya
yo‘nalishi   107-“B”   guruh   talabalari.   Liderlik   qobiliyati   diagnostikasi   testi
(Ye.Jarikov,   E.Krushelniskiy) da   taqdim   etilgan   so‘rovnoma   talabalarning   lider
bo‘lish qobiliyatini baholashga imkon beradi. Talabalarga “ha” yoki “yo‘q” deb
javob   berishlari   kerak   bo‘lgan   50   ta   tasdiq   taklif   etiladi.   Tasdiqlar   ustida   uzoq
vaqt o‘ylanmasliklari lozim. Agar ikkilanishsa, ularda ko‘proq moyillik bo‘lgan
javob foydasiga “+” yoki “-” (“a” yoki “b”) belgisini qo‘yishlari kerak. 
Tadqiqotimizda   biz   talabalarning   muloqotga   qay   darajada   kirisha
olishlarini   o‘rganish   maqsadida   V.F.Ryaxovskiy   tomonidan   ishlab   chiqilgan
“Muloqotchanlikning   umumiy   darajasini   aniqlash”   so‘rovnomasidan
foydalandik.   So‘rovnomani   o‘tkazishdan   oldin   respondentlarga   quyidagicha
ko‘rsatma berildi:”Sizning e’tiboringizga bir necha sodda savollar beriladi. Tez
va aniq qilib “ha”, “yo‘q”, “ba’zan” deb javob bering”. Javoblarni baholash esa,
“ha”   –   2   ball,   “ba’zan”   –   1   ball,   “yo‘q”   –   0   ball.   Tekshiriluvchilarda   mazkur
so‘rovnoma o‘tkazilganda ular quyidagicha natijalarni ko‘rsatishdi. 
Umumiy   tahlil.   Muloqotchanlik   darajasi   ancha   pas t   (30   balldan   32
ballgacha)   darajasini   izohlab   turibdi.   Bu   tipdagi   talabalarning   muloqotchanlik
51 darajasi ancha pastligi juda ham jiddiy muammo. Chunki bundan avvalo o‘zlari
aziyat chekadilar. Biroq bunday hollarni yaqinlariga ham oson tutib bo‘lmaydi.
Eng   asosiysi   hamkorlikdagi   faoliyatni   talab   qiluvchi   ishlarni   ularga   ishonib
toshpirib   bo‘lmaydi.   Bunday   talabalarda   muloqotchanroq   bo‘lishga,   o‘zlarini
boshqarishga harakat qilishlariga ko‘maklashish lozim. 
Yolg‘izlanishni   yaxshi   ko‘rish   (25   balldan   29   ballgacha)   darajasini
izohlab   turibdi.   Mazkur   tipdagi   talabalar   yolg‘izlanishni   yaxshi   ko‘radilar,
shuning   uchun   ham   ularning   do‘stlari   kam.   Notanish   odamlar   bilan   tanishish,
notanish  joylarga  borish  zarurati   ularning  halovatini  buzadi.  Bu   xususiyatlarini
o‘zlari   ham   biladi   va   o‘z-o‘zidan   norozi   bo‘ladi.   Lekin   faqat   norozilik   bilan
cheklanmasdan — xarakterni ham o‘zgartirishga erishishlari o‘zlarining qo‘lida
ekanliklarini   tushuntirish   shart.   Eslatib   ko‘ring:   birorta   ishga   qiziqib
ketganlarida ancha muloqotchang bo‘lib qolgan-ku! 
Ma’lum  darajada muloqotchanlik   (19 balldan  24  ballgacha)  darajasini
izohlab   turibdi.   Bu   tipdagi   talabalarga   xos   bo‘lgan   xususiyatlar   deb
quyidagilarni izohlashimiz mumkin: ma’lum darajada muloqotchan va notanish
vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi, yangi muammolar esa ularni qo‘rqitmaydi,
ammo   notanish   shaxslar   bilan   muloqot   qilishda   ancha   ehtiyotkorlik   bilan
yondoshadi   va   bahs   -   munozaralarga   bajonidil   qo‘shilmaydilar.   Ba’zida
gaplarida   asossiz   kinoya   -   kesatiq   so‘zlar   ko‘payib   ketishi   mumkinligini
inobatga olgan holda munosabatga kirishish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Yetarlicha muloqotchanlik   (14 balldan 18 ballgacha) darajasini  izohlab
turibdi.   Bunday   talabalar   yetarlicha   muloqotchan,   qiziquvchan,   suhbatdoshi
qiziq   narsalar   haqida   gapirganda,   uni   diqqat   bilan   tinglaydi.   Muloqotda   ancha
sabrli,   o‘z   nuqtai   nazarini   hissiyotga   berilmay   himoya   qila   oladi.   Notanish
odamlar bilan suhbatlashishga to‘g‘ri kelganida, bezovta bo‘lmaydi, ayni paytda
shovqin-suronli   davralarni   yoqtirmaydi,   birovning   bachkana   qiliqlari   va   ko‘p
gapirishi boshqalarning g‘ashiga tegishi mumkin. 
Muloqotchanlik,   ba’zida   me’yoridan   ortiq   (9   balldan   13   ballgacha)
darajada   deb   topildi.   Bunday   vaziyatda   talaba   juda   muloqotchan   (ba’zida
52 me’yoridan   ortiq),   qiziquvchan,   gapdon,   har   xil   masalalar   bo‘yicha   o‘z   fikrini
bildirishni yaxshi ko‘radigan, bu esa ba’zida atrofdagilarni g‘ashiga tegishi ham
mumkin.   Notanish   odamlar   bilan   bajonidil   tanishadilar   va   odamlarning   diqqat
markazida   bo‘lishni   yoqtirishadi.   Hech   kimning   iltimosini   yerda   qoldirmaydi,
lekin   berilgan   hamma   va’dalarni   ham   bajara   olmasligi   mumkin.   Ba’zida   jahl
ustida   qattiq   gapirib   yuboradilar,   biroq   tezda   jahlidan   tushadi.   Jiddiy
muammolar   bilan   to‘qnash   kelganlarida   ularda   sabr-   toqat   yetishmaydi,   ammo
xohlasa hech qanday muammo oldida taslim bo‘lmasliklari mumkin. 
Muloqotchanlik,   juda   me’yoridan   ortiq   (4   balldan   8   ballgacha)
darajasini izohlab turibdi. Ushbu tipdagi talabalarda muloqotchanlik me’yoridan
ortiq   bo‘lganligi   uchun   gaplari   ichiga   sig‘maydi.   Har   xil   bahs-munozara,
tortishuvlarda   qatnashishni   xush   ko‘radilar,   lekin   jiddiy   mavzular   ularni
zeriktirib   qo‘yishi   mumkin.   Biror   masala   bo‘yicha   to‘liq   tasavvurga   ega
bo‘lmasa   ham,   ushbu   masala   yuzasidan   so‘zga   chiqishga   tayyordirlar.   Hamma
joyda o‘zlarini erkin his etishlari har qanday ishga kirishib ketaverishlari ammo
har   doim   ham   uni   oxirigacha   yetkazmasliklari   oqibatida   yon-atrofdagilar   unga
biroz   xavotir   va   shubha   bilan     qaraydilar.   Talabalarning   bu   kabi   negativ
xususiyatlarini bartaraf etishlari maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
Me’yoridan   ortiq   muloqotchanlik   (3   va   undan   kam   ball)   darajasi
aniqlandi.   Ushbu   talabalarning   muloqotchanlik   darajasi   me’yordan   ortiq.   Juda
sergap,   o‘zlariga   aloqasi   bo‘lmagan   ishlarga   aralashaveradi,   hal   etishga   qurbi
yetmaydigan   muammolarni   bartaraf   etishga   kirishaveradi,   ixtiyoriy   yoki
ixtiyorsiz   ravishda   har   xil   nizolarning   kelib   chiqishiga   sababchi   bo‘lib   qoladi.
Ancha   xafalanuvchan,   jazavaga   moyil   bo‘lganligi   uchun   ularning   zimmasiga
jiddiy   ishlarni   yuklab   bo‘lmaydi.   Bunday   talabalarga   xarakterini   o‘zgartirish
ustida   ishlashlari   tavsiya   etiladi.   Avvalo,   sabr-toqatni,   vazminlik   va   bosiqlikni
tarbiyalash, boshqalarga hurmat ko‘zi bilan qarashni o‘rganish, eng muhimi o‘z
sog‘lig‘i   haqida   qayg‘urishga   harakat   qilinmas   ekan,   bunday   hayot   tarzining
oqibatlari jiddiy bo‘lishi mumkin.
53 3.2. Talabalarda liderlik va notiqlik mahoratini aniqlashda empirik
yondashuvni amalga oshirishning shart-sharoitlari
Muloqotchanlikning   umumiy   darajasini   aniqlash   so‘rovnomasi
natijalari  
2021-yil  may  Eksperiment   guruhidan   olingan   dastlabki  va  2022-yil   mart
oyida takroran olingan metodikalar natijasi: 101-102 (201-202) guruhlar
3.1-jadval: Eksperiment guruhidan olingan dastlabki va takroriy metodikalar tahlili
54 3.1-jadvalda   respondentlar   ichida   muloqotchanilikning   besh   turi
mavjudligi aniqlandi.
3.1-rasm: 101-102 (201-202)-guruhlarda dastlabki va takroriy metodikalar tahlili diagrammasi
Ushbu   diagrammada   eksperiment   guruhining   muloqotchanlikning   besh
turi bo‘yicha ulushi ko‘rsatilgan.
552021 2022 2021 2022
Muloqotga kirishuvchan 9 15 18 30
Ko‘p gapiradi, bo‘lar-
bo‘lmasga aralashadi 3 2 6 4
Muomala me’yorida 16 19 32 38
Muloqotga qiynaladi 17 11 34 22
Yolg‘izlikni yoqtiradi 5 3 10 6
Jami: 50 50 100 100
nafar nafar foiz
foiz        3.2-rasm: 101-102 (201-202)-guruhlarda dastlabki va takroriy metodikalar tahlilining foizlardagi ko‘rsatkichi 
Mazkur   diagramma   orqali   biz   muloqotga   kirishuvchlik   hamda
muloqotchanlik   me’yorida   bo‘lgan   respondentlarimiz   ulushi   foizlar   hisobida
oshganligiga guvoh bo‘lamiz.
Muloqotchanlikning   umumiy
darajalari Talabalarning so‘rovnoma 
savollariga bergan javoblarini 
umumiy foizlardagi ko‘rsatkichlari :
19   balldan   –   24   ballgacha   ma’lum
darajada   muloqotchanlik   –   muomala
me’yorida 38  %
14   balldan   –   13   ballgacha   yetarlicha
muloqotchan   –   muloqotga
kirishuvchan 30  %
4   balldan   –   18   ballgacha
muloqotchanlik juda me’yoridan
ortiq – ko‘p gapiradi 4  %
30   balldan   –   32   ballgacha   –
muloqotchanlik   darajasi   ancha   past   –
muloqotga qiynaladi 22  %
25   balldan   –   29   ballgacha   –
yolg‘izlikni yoqtiradi 6  %
3.2-jadval:Talabalarning   so‘rovnoma savollariga bergan javoblarini umumiy foizlardagi ko‘rsatkichlari  2022-y
3.2-jadvaldan,   ma’lum   bo‘lib   turibdiki,   dastlabki   tajriba-sinov
o‘tkaziliganidan   so‘ng,   repondentlarimiz   bilan   notiqlik   qobiliyatini
takomillashtirishga   qaratilgan   dasturimiz   yordamida   keyingi   qayta   olingan
tajriba-sinovda   yaxshi   natijalarga   erishdik.   Biz   ishlab   chiqqan   dastur   o‘zining
56 ijobiy   samarasini   berdi.   Muloqotchanlik   me’yorida   bo‘lgan   talabalar   38%   ni,
muloqotga   kirishuvchan   talablar   30   %   ni,   ko‘p   gapiradigan   talabalar   4   %   ni,
yolg‘izlikni yoqtiruvchi talabalar 6 % ni tashkil qildi.
2021 2022 2021 2022
Muloqotga kirishuvchan 4 5 16 20
Ko‘p gapiradi, bo‘lar-
bo‘lmasga aralashadi 3 3 12 12
Muomala me’yorida 8 8 32 32
Muloqotga qiynaladi 7 6 28 24
Yolg‘izlikni yoqtiradi 3 3 1
2 12
Jami: 25 25 100 100
nafar nafar foiz foiz
3.3-jadval: Nazorat guruhidan olingan dastlabki va takroriy metodikalar tahlili
Ushbu jadvalda nazorat guruhi hisoblangan Sotsiologiya yo‘nalishi 107-B
(207-B) guruh talabalarida o‘tkazilgan muloqotchanlikni aniqlash bo‘yicha 
sinovimiz natijalari ko‘rsatilgan.
3.3- rasm :  Nazorat   guruhida   o ‘ tkazilgan   dastlabki   va   takroriy   sinov   natijalari   tahlili   
57 Nazorat   guruhidagi   respondentlarimizda   deyarli   o ‘ zgarish   yo ‘ q .  Sababi   ular
nazorat   guruhi   bo ‘ lganligi   uchun   ular   bilan   notiqlik   qobiliyatini
takomillashtirishga   qaratilgan   dastur   bo ‘ yicha   treninglar   olib   bormagandik . 
101-102   (201-202-)   guruhlarda   E.Jarikov,   E.Krushelniskiyning   “Liderlik
qobiliyati diagnostikasi” testi natijalari:
3.4-jadval: eksperiment guruhida o‘tkazilgan “Liderlik qobiliyati diagnostikasi” testi natijalari tahlili
Liderlik
salohiyati Kuchsiz O‘rta Kuchli Jami  
2021-yil 21 24 5 50 nafar
2022-yil 15 27 8 50 nafar
2021-yil 
(%) 42 48 10 100 foiz
2022-yil 
(%) 30 54 16 100 foiz
3.4- jadvalda   “ Liderlik   qobiliyati   diagnostikasi ”   testi   natijalari   asosida
eksperiment   guruh   talabalaridagi   liderlik   salohiyatining   uch   turi   ko ‘ rsatkichlari
ko ‘ rsatilgan .
      3.4-rasm: eksperiment guruhida o‘tkazilgan  “ Liderlik qobiliyati diagnostikasi” testi natijalari tahlili ulushi diagrammasi
58 3.5-diagramma: eksperiment guruhida o‘tkazilgan “Liderlik qobiliyati diagnostikasi” testi natijalari ulushining foiz
ko‘rsatkichlari  diagrammasi
2022-yilda   takroran   o‘tkazilgan   tajriba-sinov   natijalariga   ko‘ra,
eksperiment   guruhi   respondentlarimizda   liderlik   salohiyatining   kuchsiz
ko‘rsatkichi   30   %   ni,   o‘rta   ko‘rsatkichi   54   %   ni,   kuchli   ko‘rsatkichi   16   %   ni
tashlkil qildi. 
107 (207)- B guruh liderlik salohiyati:
Kuchsiz O‘rta Kuchli
2021 11 13 1
Kuchsiz O‘rta Kuchli
2022 10 13 2
3.5-jadval: nazorat guruhining liderlik salohiyat bo‘yicha ko‘rsatkichlari
Nazorat   guruhida   takroran   o‘tkazilgan   tajriba-sinov   natijalariga   ko‘ra,
eksperiment   guruhi   respondentlarimizda   liderlik   salohiyati   kuchsiz   bo‘lgan
talabalar, 10 nafarni,  o‘rta bo‘lgan talabalar 13 nafarni, kuchli bo‘lgan talabalar
2 nafarni tashlkil qildi. 
59 3.6-diagramma: nazorat guruhining liderlik salohiyat bo‘yicha ko‘rsatkichlarining foiz hisobidagi diagrammasi 
Nazorat guruhidagi natijalar u qadar o‘zgarmagan.
III bob yuzasidan xulosa
Eksperiment   va   nazorat   guruhlaridan   2021-yilning   may   oyida   va   2022-
yilning   mart   oyida     R.B.Kettelning   “Shaxsni   16   omil   yordamida   o‘rganish
so‘rovnomasi”,   E.Jarikov,   E.Krushelniskiy   “Liderlik   qobiliyati   diagnostikasi”
testi   va   V.F.Ryaxovskiy   tomonidan   ishlab   chiqilgan   “Muloqotchanlikning
umumiy darajasini aniqlash” so‘rovnomalari olindi. Dastlabki va so‘ngi olingan
natijalar solishtirilganda eksperiment guruhida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Buning
asosiy sababi ularda notiqlikni takomillashtirishga qaratilgan dastur orqali bunga
erishildi (dastur ilovada keltirilgan).
Shunday qilib, muloqotga kirishuvchan respondentlar 18 % dan 30 % ga,
muomala   me’yorida   bo‘lgan   respondentlar   32   %   dan   38   %   ga   oshdi.
Muloqotchanlik   juda   me’yoridan   ortiq   (bo‘lar-bo‘lmasga   aralashuvchi)
respondentlar   6   %   dan   4   %   ga,   muloqotga   qiynaluvchilar   34   %   dan   22   %   ga,
yolg‘izlikni   yoqtiruvchilar   10   %   dan   6   %   ga   pasaydi.   Demak,   dastur   orqali
ko‘zlangan natijaga erishildi.
60 XULOSALAR
Lider     o‘z   kuchiga   ishongan,   jasur   va   xarizmatik   inson   bo‘lishi   lozim.
Negaki,   u   yosh   avlodning   himoyachisi   bo‘la   oladi.   Odatda,   yosh   yetakchilar
tengdoshlari   orasida   ajralib   turadigan   yorqin   xislatlarga   ega   shaxslardir.   Ular
nafaqat   tengdoshlarini   o‘ziga   jalb   qila   oladi,   balki   o‘zidan   katta   yoshdagilar
bilan   ham   tez   til   topisha   oladi.   Bunday   lider   tengdoshlaridan   ko‘ra   ko‘proq
ma’lumotga   ega   bo‘ladi,   bu   esa   unga   muhim   masalalarni   hal   etish   imkonini
beradi.   Bunday   vaqtda   liderlarimizga   notiqlik   mahoratini   egallaganliklari   qo‘l
keladi.   Talabalar     jamoasidagi   har   bir   talaba   guruhda   o‘z   mavqeiga   ega.   Bu
mavqe rasmiy yoki norasmiy tarzda bo‘lishi mumkin. Rasmiy mavqe talabaning
mansab, oliy o‘quv yurtida tutgan   o‘rni va uning qaysi kursda o‘qishidan kelib
chiquvchi   vakolatlari   bilan   ifodalanadi.   Har   bir   talaba   o‘z   kursdoshlari,
tengdoshlari   bilan   o‘zaro   munosabatda   bo‘lar   ekan,   turli   omillar   ta'sirida   bu
munosabatlar samimiy tus ola boshlaydi. Hissiyotga asoslangan munosabat ikki
ko‘rinishda bo‘ladi - yoqtirish (simpatiya) va yoqtirmaslik (antipatiya). Shunday
61 talabalar   ham   borki,   ular   ma'lum   xislatlari   bilan   oliy   o‘quv   yurti   jamoasining
ko‘pchilik a'zolarini o‘ziga jalb qiladi, ular guruhning norasmiy tizimida yuqori
mavqe   egallaydi.   Psixologik   talqin   bo‘yicha   jamoaning   rasmiy   tizimida   yuqori
mavqeni   egallovchi   talaba   guruh   sardori   hisoblansa,   norasmiy   tizimda   yuqori
mavqeni   egallovchi   shaxs   lider.   Lider,   odatda,   guruhning   norasmiy
munosabatlar tizimida namoyon bo‘ladi. Muayyan shaxsning lider darajasida tan
olinishi   unga   ruhan   yaqinlikni,   uning   o‘qish   va   ish   bilan   bog‘liq   qator
fazilatlarini   yuqori   baholashni,   ushbu   shaxsning   guruh   manfaatlariga   e'tibori
kuchliligini anglatadi. Lider - guruhning hamma a’zolari tomonidan tan olingan
shaxs   lider.   Liderning   qadriyatlar   tizimidagi   asosiy   jihati   guruh   manfaatini   har
narsadan ustun qo‘yish, guruh oldiga qo‘yilgan vazifani hal etishga sidqidildan
kirishib,   bu   jarayonga   jamoani   safarbar   eta   bilishidir.   Oliy   o‘quv   yurti
jamoasidagi   lider,   avvalambor,   o‘qishi,   bilimi,   muloqotga   kirishuvchanligi,
notiqlik   qobiliyati   va   ijtimoiy   faolligi   bilan   ajralib   turadi.   Rahbarlik   (guruh
sardori bo‘lish) -   lavozim, lider guruh tomonidan saylangan shaxs. Agar guruh
sardori   va   lider   o‘rtasidagi   farqqa   e'tibor   beradigan   bo‘lsak,   guruh   sardori
talabalarga   ega,   liderning   esa   hamfikr   tarafdorlari   mavjud.   Guruh   sardori
tayinlanib,   boshqaruvda   hokimiyatga   suyansa,   lider   jamoa   a'zolari   orasidan
saylanib,   jamoaga   tayanadi.   Ba’zi   jamoalarda   rasmiy   sardor   va   lider   alohida
shaxs   bo‘ladi.   Bunday   jamoa   guruh   a’zolari   sardordan   ko‘ra   norasmiy   lider
tarafida   bo‘lishi   ko‘p   uchraydi.   Bugungi   kunda   zamonaviy   liderlar   kamayib
boroyotganligi   hammamizga   ma'lum.   Buning   asosiy   sababi   ularda   notiqlik
qobiliyatining yetishmasligi, shuning uchun yosh zamonaviy liderlarni yetkazib
chiqarish dolzarblik kasb etmoqda. 
  –   ayni  bir  jamoada,  guruhda bir  nechta liderlar  bo‘lishini, agar  ularning
axloqiy   normalari   bir-biriga   zid   kelmasa,   ijobiy   holat   deb   baholash   mumkin.
Liderlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jamoadagi psixologik iqlimning muhim
tomonidir.   Bundan   tashqari   jamoaning   psixologik   iqlimiga   jamoa   a’zolari
o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatlarni   shakllantirishda   asosiy   vosita   muloqot
sanaladi.   Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot
62 yordamida   insonlar   tabiatini   o‘zlashtirish   va   o‘z   individual   ehtiyojlarini
qondirish uchun birgalikda harakat  qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Muloqot
jarayonida   inson   xulq-atvorining   muayyan   obraz   va   modellari   shakllanib,
keyinchalik   ular   insonning   ichiga   kiradi.   Shaxsning   tafakkuri,   olamni   va
o‘zining   obrazini   tahlil   qilish   hamda   baholash   qobiliyati   muloqot   jarayonida
shakllanadi;
–   notiqlik   chiroyli   so‘zlay   olish   qobiliyati   insonga   tug‘ilganidan   in’om
qilinadigan   narsa   emas.   Shaxs   notiqlik   qobiliyatini   ulg‘ayish   asnosida
o‘zlashtirib  boradi.  Hozirgi   shiddat  bilan  rivojlanib  borayotgan   davrda  notiqlik
mahoratiga   ega   bo‘lgan   yosh   liderlarga   talab   kuchaymoqda.   O‘sib   kelayotgan
yoshlarimizga notiqlik mahoratini o‘rgatish asosiy masala bo‘lib qolmoqda;
–     notiqlik   san’atining   ijtimoiy   mavqei   shu   qadar   keng   va   sertarmoqki,
ularni har bir jabhada me’yori, mazmuni va shakli, o‘ziga xosligi, ta’sir kuchi va
tomonlari   jihatidan   alohida-alohida   ko‘rib   chiqish   uchun   ma’lum   bir   vaqt,
imkoniyat talab qiladi; 
–   psixologlar   nutqdan   oldin   vahima   qo‘zg‘atgan   odamda   tasvirlangan
hodisaning   bolalik   qo‘rquvlari,   tinglovchilarning   tanqididan   qo‘rqish,
diksiyadagi muammolar, haddan tashqari uyatchanlik, o‘zining tashqi ko‘rinishi
haqida komplekslar, nevrotik kasalliklar kabi  sabablarini aniqladilar;
–   qo‘rquv yuzaga kelganda, miyaning gipotalamus deb ataladigan qismi
faollashadi va adrenokortikotrop gormon ishlab chiqarish uchun mas’ul bo‘lgan
gipofiz bezini ishga soladi. Bu gormon buyrak usti bezlarini rag‘batlantiradi, bu
esa   adrenalinning   qonga   tushishiga   olib   keladi.   Bo‘yin   va   orqa   mushaklar
qisqaradi   (boshni   egishga   majbur   qiladi),   notiqning   holatini   buzadi   va   uni
«homila holatiga»  majburlashga   harakat  qiladi.  Agar   notiq yelkasini  to‘g‘rilab,
boshini   ko‘tarib   bunga   qarshilik   qilsa,   uning   oyoq-qo‘llari   qaltiraydi,   chunki
tana mushaklari instinktiv ravishda hujumga tayyorlanadi;
–   davraga   chiquvchi   notiq   nima   demoqchi   bo‘lgan   maqsadini   to‘la
bo‘lmasa-da,   xomaki   tarhini   qog‘ozga   tushirib   rejalashtiradi.   Nimadan   nimaga
o‘tish,   qancha   to‘xtalish,   nimalarni   aytish   yoki   aytmaslik   haqidagi   chizgilar
63 notiq   so‘zlayotgan   paytda   ham   uning   ko‘z   oldida   qog‘ozdagidek   namoyon
bo‘lib turadi. Aks holda, nutq me’yori buzilib, vaqt cho‘ziliob ketishi, auditoriya
yaxshi   qabul   etmasligi   mumkin.   Boshqacha   qilib   aytganda,   notiq   o‘zining   fikr
tizginini jilovlay olmasdan talmovsirab qolishi mumkin. 
Jamoa   oldida   nutq   so‘zlayotgan   lider   suhbat   oxirida   bo‘lishi   mumkin
bo‘lgan bahs va munozaralarga ham tayyor turishi lozim. Bunda unga mavzuni
yaxshi   o‘zlashtirganlik   darajasi   qo‘l     keladi.   Sababi   kognitiv   bilim   va
ko‘nikmaga   ega   bo‘lgan   lider   munozarada   o‘zini   yo‘qotib   qo‘ymaydi.   Har   bir
savolga dadil javob bera oladi.
Eksperiment   va   nazorat   guruhlaridan   olingan   so‘rovnoma,   test,
metodikalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, eksperiment guruhida biz tomondan ishlab
chiqilgan   notiqlikni   rivojlantirishga   qaratilgan   dastur   o‘zining   ijobiy   natijasini
berdi.
Tavsiyalar   quyidagicha,   dastavval,   har   bir   notiqlik   qobiliyatini
rivojlantirmoqchi bo‘lgan insonlar o‘z ustida ishlashlari zarur. Quyidagi trening
mashqlarini bajarishlari lozim:
–   istalgan   mavzuga   oid   o‘zlari   tayyorlagan     kichik   matnni   diktofonga
yozib   oladilar.   So‘ng   eshitib   ko‘radilar.   Ovoz   tembrlaridagi   kamchiliklarni
aniqlab, tuzatishga harakat qilishadi.
–   ko‘zgu   oldida   istalgan   mavzu   bo‘yicha   kichik   matn   tuzib   so‘zlashlari
kerak.
–  bitta hikoyani uch xil usulda o‘qishlari kerak: 1) hissiyotsiz; 2) mimika,
imo-ishora   bilan;   3)   hissiyotli,   intonatsiya   bilan.   (To‘liq   matn   ilovada
keltirilgan).
64 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston   Respublikasi   birinchi   Prezidentining   06.02.2014   yilda
“O‘zbekiston  Respublikasida   yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  amalga   oshirishga
qaratilgan   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risidagi”   PQ-2124   qaroriga   asosan
ishlab chiqilgan Dasturi
2. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning
O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqi// Xalq so‘zi, 2020-yil, 52-soni
3. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   2022   –
2026-yillarga   mo‘ljallangan   Yangi   O‘zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi
to‘g‘risidagi farmoni PF-60-son // Xalq so‘zi, 2022-yil, 4-soni
QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR:
4.   Aflotun. (Qonunlar). Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2002.160 b.
5. Ahmedov A. Notiqlik san’ati. Toshkent, O‘zbekiston, 1967. 186 b.
6. Begmatov E. Adabiy talaffuz normalari. Toshkent, O‘zbekiston, 1982.
7. Begmatov E. Nutq madaniyati muammosining paydo bo ‘ lishi va 
asoslanishi // Nutq madaniyatiga oid masalalar. -T. :  Fan, 1971-yil.
65 8. Bekmirzayev N. Notiqlik san’ati asoslar.  O ‘quv qo‘llanma, Toshkent . 
“Yangi nashr” .2008. 156 b.
9. Davletshin   M.G.  Umumiy   psixologiya.   O‘quv  	qo‘llanma	.     T.:	
ToshDPU, 2002.	 316	 b.
10. Ergashev P.S. Muloqot psixologiyasi (ma’ruzalar to‘plami).Toshkent.
2003. ToshDPU.
11. G‘oziyev E. Muomala psixologiyasi. Toshkent. 2001 . 189 b.
12.   G‘oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent, 1999. 
13. G‘oziyev E. Umumiy psixologiya. – T.: O‘zMU “Universitet”, 2003.
510 b.
14. G‘oziyev E. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2010. 465 b.
15.   G'oziyev   E.   Psixologiya.   Toshkent.   «0‘qituvchi»   nashriyoti.   2003.
(darslik) 
16.   G'oziyev   E.,   Azizova   Sh.     Tashkiliy   psixologiya.   Toshkent.
«Universitet». 1991.
17. Haydarov F.I.,  Xalilova N.I. Umumiy psixologiya (darslik) T.: 2009.  
18. Inomxo‘jaev S.Notiqlik san’ati asoslar.-T. : 1982.
19. Jumaniyozov R. Nutqiy mahorat. -T.:Adolat, 2005. 136 b. 
20. Jumaniyozov   R.,   Salimov   S.   G‘oyaviy   tarbiyada   notiqlik   san’ati.
Toshkent, 2002. 230 b.
21. Karimova   V.   Ijtimoiy   psixologiya   va   ijtimoiy   amaliyot.   Toshkent.
1999. 188 b.
22. Karimova V. Psixologiya. (o‘quv qo‘llanma).  T oshkent . 2002.  152 b.
23. Karimova   V.,     Akramova   F.   Psixologiya.   (ma’ruzalar   matni)
Toshkent. 2000. 230 b. 
24. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya . – Т.: 2012.  164 b. 
25.	
Karnegi D. 	«Muomala sirlari	». T.: «Navro‘z» nashriyoti,1992.
26. Karnegi D. Iztirob asoratlari. «Farg‘ona» nashr. 2005.
27.   Karnegi   D.   Qanday   qilib   do‘st   orttirish   mimkin.   Toshkent,   Sharq,
1992. 168 b. 
66 28.   Kaykovus. Qobusnoma. Toshkent, O‘qituvchi, 2006. 176 b. 
29. Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. -T.: “Akademiya”, 2006.   170
b.
30. Maqsudova M. Muloqot psixologiyasi. Toshkent, 2006. 158 b.
31. Mo‘min Siddig‘. So‘zlashish san'ati. Farg‘ona, 1997. 98 b. 
32. Musinova   R.   Kognitiv   psixologiya   fanidan   o‘quv-uslubiy     majmua.
Samarqand, 2020. SamDU. 215  b. 
33. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. A.Madvaliyev tahriri ostida. 5 tomlik, 3-
tom. – Toshkent, “O‘zME”, 2002.
34. Omonov   B.   Siyosiy   yetakchining   notiqlik   mahorati.   -T.:
“O‘zbekiston”, 2000. 144 b. 
35.   Ortig‘ov A. Nutq madaniyati va notiqlik san'ati, Toshkent, 2002.168
b. 
36. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev  Y . Nutq madaniyati va uslubiyat
asoslari;T.: O‘qituvchi, 1992 . 196 b.
37. Qudratov T. Nutq madaniyati. Toshkent, O‘qituvchi, 1993. 145 b.
38. Rasulov   R.,   Husanov   N.,   Mo‘ydinov   Q.   Nutq   mahorati   (o‘quv
qo‘llanma) Toshkent – 2006 . 139 b.
39. Raximova  D.,  Bekmurodov   M.  Liderlik  va  tashkilot   madaniyati.  -T.:
“Akademiya”, 2006 . 240 b.
40. Razzoqov Sh. Rahbarlik san'ati. -T.: “Sharq”, 1997. 145 b.
41.   Rustamov A. So‘z xususida so‘z. Toshkent, Fan, 1987. 188 b.
42. Sotsial psixologiya. Ma’ruzalar matni.  SamDU, 2018 .  160 b.
43. Tsitsieron. Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2007. 136 b.
44. Xolbekov A.J. Boshqaruv sotsiologiyasi. -T.: “Akademiya”, 2008.
45. Xuseynov B.M. O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy
harakati a’zolarida zamonaviy liderlik qobiliyatlarini shakllantirish. -T.: 2009.
46. Аннушкин В.А. Первая русская риторика. М ., 1999. 178  стю
47. Введенская   Л.Ф,   Павлова   Л.Г.   Культура   и   искусство   речи.
Современная риторика. 2- e  издание. Ростов на-Дону, Феокс , 1998.  190 ст.
67 48. Волков А. Курс русской риторики.  M ., 2001.  245 ст.
49. Кон И.C. Психология юношеского возраста. М., 1990. 318 ст, 
50.   Ма й ерс Д. Социалная психология . М.,2000.  270  ст.
INTERNET MANBALARI:
51. www.arm.siesuz   
52. www.arm.tdpushf.uz/kitoblar     
53. www.cheloveknauka.com/oratorskoe-iskusstvo-kaksotsiokulturnyy-   
fenomen       
54. www.cyberlinenka.ru/   
HukumovaD.Shaxsdaliderlikning    namoyonbo‘lishi.   
55.   www.fikr.uz
56. www.hozir.org       
57. www.lib.psixology.narod.ru   
58. www.libpsixology.ru   
59. www.orator.ru   
60. www.regionacadem.org   
61. www.    uprav.ru     
62. www.    uz.m.wikipediya.org       
63. www.wikipediya.uz   
68 ILOVALAR
Notiqlik mahoratini takomillashtirishga qaratilgan 12 soatlik dastur
t/r  Trening
mashg‘ulotining
rejasi Davomiyligi O‘quv
vositalari Mashq maqsadi
1. 1)   Tanishuv:
Ismingizning
har   bir   harfiga
o‘zingizda   bor
xislatlarni
yozing; 10 minut Oq
qog‘oz
ruchka Ishtirokchilar bilan
tanishish
2) Predmetga 
ta’rif. (eng 
ko‘p gap 
tuzgan 
ishtirokchi      20
minut Turli
predmetlar
rasmi Ishtirokchilarning
so‘z   boyligini
oshirish
69 g‘olib)
3) Magnitlar  20 minut Ichki   faollikni
uyg‘otish
4) hikoyani 
qayta so‘zlab 
berish 30 minut Hikoya
matni Xotira   va   so‘z
boyligini aniqlash
2. 1) “Avtobus” 15 minut Noverbal
muloqotni
shakllantirish
2)   Sinonimik
qator   tuzish   va
dominant   so‘zni
topish 20 minut A4
format
qog‘oz,
ruchka Ijodiy   fikrlashni
oshiradi
3)   “Yoqimli
doira” 10 minut Empatiyani
rivojlantirish
4) hikoya 
so‘zlarini 
almashtir 25 minut Hikoya
matni   So‘z   boyligini
oshirish
3. 1)   O‘zingiz
qadrlagan   10   ta
narsa   nomini
sanang 15 minut A4
format
qog‘oz,
ruchka Ishtirokchilarni
bir-birlariga o‘rgatish
2) Tez aytish 20 minut Nutqni o‘stirish
3)   “Kimsasiz
orol” 30 minut Guruhda
ustuvorlik   va
boshqaruvchanlikni
oshirish
4)   kim   ko‘p
antonim 20 minut Nutqni o‘stirish
70 so‘zlarni aytadi?
4. 1) “Hushomad” 20 minut Empatiya
malakalarini   tiklash,
pozitiv   ustanovkani
shakllantirish
2)   “Rolli
o‘qish” 20 minut Matn  Ishtirokchilarning 
ovoz tonini 
rivojlantirish
3)
“Gulchambar” 20 minut A4
format
qog‘oz,
ruchka O‘ziga ishonchni
shakllantirish
5. 1) Men… 20 minut A4
format
qog‘oz,
ruchka O‘z   meniga
adekvat baho
2) “Oyna oldida
” 30 minut Ko‘zg
u, matn Ishtirokchilarning
o‘ziga ishonch hissini
oshirish
3) “Sehrli stul” 20 minut stul Quvnoqlik   olib
kirish
4)   Ovozni
yozib ol 30 minut diktof
on Nutqidagi   xató
va   kamchiliklarni
eshitib tuzatish
6. 1)“Orqadagi
yozuvlar” 20 minut
2) “Ertakchi” 30 minut So‘zlash
mahoratini
shakllantirish
71 3) “Gol” 20 minut Kayfiyatni
ko‘tarish
4) “Uch xil” 30
m0inut Hikoy
a matni Bir hikoyani uch
xil   usulda   o‘qish.   1)
hissiyotsiz;   2)
mimika,   imo-ishora
bilan;   3)   hissiyotli,
intonatsiya bilan
7. 1)   “Himoyachi
va
himoyalanuvchi” 20 minut O‘z   nuqtayi
nazarini   faol   himoya
qilish
2)   jumlani
davom ettir  30 minut Gazeta,
jurnal   yoki
biror
hikoyadan
parcha Ijodiy   fikrlash
va   so‘z   boyligini
oshirish
3)   “Avval   va
keyin” 20 minut
8. 1)   Nizoli
vaziyatlarni   hal
qilish 20 minut Vaziyatdan
chiqib ketish 
ko‘nikmasini 
shakllantirish
2) “Qisqartma” 30 minut Uzun
hikoya Eng   kerakli
so‘zlarni   aytish
ko‘nikmasini
shakllantirish
3)   “Buzuq
telefon ” mashqi 30 minut
9.  1) “Olma” 20 minut
2) “Zanjir” 30minut Nutqni 
72 o‘stirishga 
mo‘ljallangan. 
So‘z boyligini 
sinab ko‘ramiz.
3)“Pashsha
tuzoqda” 20 minut Diqqat   va
xotirani jamlash
10
. 1) “Evrika”  20 minut
2)   “Hikoya
Ichida hikoya” 30 minut A4
format
qog‘oz,
ruchka Nutqni   o‘stirish,
so‘z   boyligini
oshirish
3) “Alfavit” 20 minut
4) “Intervyu” 30 minut Muzokara
jarayonida   so‘z
boyligidan
foydalanish
11
. 1) “Chorlash” 15 minut stul Ishtirokchilarnin
g faolligini oshirish
2) “Gapni top” 30 minut Stul,
turli   gaplar
yozilgan
kartalar Notiqlik
mahoratini   yuqori
darajada egallash
3)   “Yuley
Sezar” 25 minut stul Diqqatni
bo‘linuvchanligini
aniqlash
12
. 1) “SWOT” 20 minut
2) “Taqdimot” 30 minut A4
format Notiqlik
mahoratini   yuqori
73 qog‘oz,
ruchka,
kartichkalar darajada
egallaganlikni   sinab
ko‘rish
3)
“O‘rgimchak
to‘ri” 20 minut Har   qanday
muammoni   hal   etish
yo‘li   borligini
ko‘rsatib berish
4)
“Assotsatsiya” 30 minut Har
xil   so‘zlar
yozilgan
kartalar Tanlangan
so‘zga   mos   keluvchi
asotsatsiya   so‘zlarni
ko‘proq   topish.   So‘z
boyligni oshirish
Liderlik qobiliyati diagnostikasi testi
(Ye.Jarikov, E.Krushelniskiy)
Taqdim   etilgan   so‘rovnoma   insonning   lider   bo‘lish   qobiliyatini
baholashga imkon beradi.
Ko‘rsatma:   Sizga   “ha”   yoki   “yo‘q”   deb   javob   berishingiz   kerak   bo‘lgan
50   ta   tasdiq   taklif   etiladi.   Tasdiqlar   ustida   uzoq   vaqt   o‘ylanmang.   Agar
ikkilansangiz, sizda ko‘proq moyillik bo‘lgan javob foydasiga “+” yoki “-” (“a”
yoki “b”) belgisini qo‘ying.
So‘rovnoma:
1. Siz ko‘pincha boshqalarning diqqat markazida bo‘lasizmi?
a. ha;                     b. yo‘q.
74 2.   Sizningcha,   sizning   atrofingizdagi   ko‘plab   odamlar   xizmatda   sizdan
yuqori mavqega ega deb o‘ylaysizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
3. O‘zingizga  teng mavqedagi  odamlar  yig‘ilishida  bo‘lganingizda,  hatto
kerak bo‘lganda ham o‘z fikringizni bildirmaslik istagi paydo bo‘ladimi?
a. ha;                        b. yo‘q.
4.   Siz   bolaligingizda   tengdoshlaringiz   orasida   lider   bo‘lishni
xohlaganmisiz?
a. ha;                        b. yo‘q.
5.   Biror   kishini   nimagadir   ishontirishga   muvaffaq   bo‘lganingizda
mamnuniyat hissini kechirasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
6. Sizni qarorsiz odam deb aytadigan holat bo‘ladimi?
a. ha;                        b. yo‘q.
7. “Dunyoda eng foydali narsalar bu oz sonli taniqli insonlar faoliyatining
natijasidir” degan fikrga qo‘shilasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
8.   Sizning   professional   faoliyatingizga   yo‘nalish   ko‘rsatadigan
maslahatchiga zaruriy ehtiyoj sezasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
9.   Ba zan   odamlar   bilan   suhbatlashayotganda   vazminlikniʼ
yo‘qotganmisiz?
75 a. ha;                        b. yo‘q.
10. Boshqalarning sizdan qo‘rqishini ko‘rish sizga yoqadimi?
a. ha;                        b. yo‘q.
11.   Siz   diqqat   markazida   bo‘lishga   va   vaziyatni   nazorat   qilishga   imkon
beradigan stolda (yig‘ilishda, jamoada v.h.) joy egallashga harakat qilyapsizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
12. Sizningcha, siz odamlarda katta taassurot qoldiryapsizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
13. Siz o‘zingizni orzularga beriluvchan deb hisoblaysizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
14.   Agar   atrofingizdagi   odamlar   sizga   norozilik   bildirsa,   o‘zingizni
yo‘qotasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
15. Siz o‘zingizning shaxsiy tashabbusingiz bilan mehnat, sport va boshqa
jamoalarni tashkil qilish bilan shug‘ullanganmisiz?
a. ha;                        b. yo‘q.
16. Agar siz belgilagan narsa kutilgan natijalarni bermasa, demak siz:
a.   agar   bu   ish   uchun   mas uliyat   boshqa   birovga   yuklansa,   xursandʼ
bo‘lasiz;
b.   mas uliyatni   o‘z   zimmangizga   olasiz   va   o‘zingiz   ishni   yakuniga	
ʼ
yetkazasiz.
76 17. Ikki fikrning qaysi biri sizga yaqinroq?
a. haqiqiy rahbar o‘zi boshqaradigan ishni o‘zi bajarishi va unda shaxsan
ishtirok etishi kerak;
b. haqiqiy rahbar faqat boshqalarni boshqarishni bilishi kerak va ishni o‘zi
bajarishi shart emas.
18. Kim bilan ishlashni afzal ko‘rasiz?
a. itoatkor odamlar bilan;
b. mustaqil va erkin odamlar bilan.
19. Siz keskin munozaralardan qochishga harakat qilasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
20.   Siz   bolaligingizda   otangizning   qattiqqo‘lligiga   ko‘p   duch
kelganmisiz?
a. ha;                        b. yo‘q.
21.   Professional   mavzudagi   munozarada   ilgari   siz   bilan   rozi
bo‘lmaganlarni o‘z tomoningizga qanday jalb qilishini bilasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
22. Ushbu vaziyatni tasavvur qiling: do‘stlaringiz bilan o‘rmonda yurgan
paytingizda   siz   adashib   qoldingiz.   Kechqurun   yaqinlashmoqda   va   qaror   qabul
qilish kerak. Siz nima qilasiz?
a. qaror qabul qilishni orangizdagi eng topqiriga topshirasiz;
b. siz boshqalarga suyanib, hech narsa qilmaysiz.
77 23.   Bunday   gap   bor:   “Shaharda   oxirgi   bo‘lgandan   ko‘ra,   qishloqda
birinchi bo‘lish yaxshiroq”. Bu to‘g‘rimi?
a. ha;                        b. yo‘q.
24. Siz o‘zingizni boshqalarga ta sir qiladigan odam deb hisoblaysizmi?ʼ
a. ha;                        b. yo‘q.
25.   Tashabbus   ko‘rsatishdagi   omadsizlik   sizni   boshqa   hech   qachon
bunday qilmaslikka (tashabbus ko‘rsatmaslikka) olib kelishi mumkinmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
26. Sizningcha, haqiqiy lider kim?
a. eng kompetentli shaxs;
b. eng kuchli xarakterga ega shaxs.
27. Siz har doim odamlarni tushunishga va haqqoniy baholashga harakat
qilasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
28. Siz intizomni hurmat qilasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
29. Quyidagi ikki rahbardan qaysi birini afzal ko‘rasiz?
a. hamma narsani o‘zi hal qiladi;
b. har doim maslahatlashadi va boshqalarning fikrini tinglaydi.
78 30.   Quyidagi   rahbarlik   uslublaridan   qaysi   biri   siz   ishlayotgan   muassasa
uchun eng maqbul deb o‘ylaysiz?
a. kollegial;                                    b. avtoritar.
31.   Sizda   tez-tez   boshqalar   sizni   suiiste mol   qilayotgandek   taassurotʼ
paydo bo‘ladimi?
a. ha;                        b. yo‘q.
32. Quyidagi portretlardan qaysi biri sizga ko‘proq mos keladi?
a. baland ovozli, ifodali imo-ishoralarga ega bo‘lgan dono suhbatdosh;
b. vazmin, sokin ovozli, bosiq, o‘ychan.
33.   Agar   siz   o‘zingizning   fikringizni   yagona   to‘g‘ri   deb   hisoblasangiz,
ammo   boshqalar   siz   bilan   rozi   bo‘lma,   yig‘ilish   va   majlisda   o‘zingizni   qanday
tutasiz?
a. sukut saqlaysiz;
b. o‘z fikringizni himoya qilasiz.
34.   Siz   o‘z   qiziqishlaringizni   va   boshqalarning   xatti-harakatlarini
qilayotgan ishingizga qaratasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
35.   Sizga   muhim   masala   yuzasidan   mas uliyat   yuklansa,	
ʼ
xavotirlanasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
36. Qaysi birini afzal ko‘rasiz?
79 a. yaxshi odam rahbarligida ishlashni;
b. mustaqil ravishda, rahbarsiz ishlashni.
37.   Siz:   “Oilaviy   hayot   yaxshi   bo‘lishi   uchun,   turmush   o‘rtolarning   biri
oilada qaror qabul qilishi kerak”, degan fikrga qanday qaraysiz?
a. to‘g‘ri;                                b. noto‘g‘ri.
38. Siz o‘zingizning ehtiyojingiz asosida emas, balki boshqa odamlarning
fikri ta sirida biror narsa sotib olganmisiz?ʼ
a. ha;                        b. yo‘q.
39. Sizning tashkilotchilik qobiliyatingizni yaxshi deb hisoblaysizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
40. Qiyinchiliklarga duch kelganda o‘zingizni qanday tutasiz?
a. qo‘llaringizni pastga tushirasiz;
b. ularni yengish uchun kuchli istak paydo bo‘ladi.
41.   Agar   odamlar   bunga   loyiq   bo‘lsa,   siz   odamlar   bilan   ularni   tanqid
qilasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
42.   Nima   deb   o‘ylaysiz,   asab   tizimingiz   hayotdagi   muammolarga   dosh
bera oladimi?
a. ha;                        b. yo‘q.
43.   Agar   sizdan   muassasa   yoki   tashkilotni   qayta   tashkil   etish   so‘ralsa,
nima qilasiz?
80 a. darhol kerakli o‘zgarishlarni kiritaman;
b. shoshilmayman va avval yaxshilab o‘ylab ko‘raman.
44.   Agar   zarur   bo‘lsa,   siz   sergap   suhbatdoshingizni   gapini   to‘xtata
olasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
45. “Baxtli bo‘lish uchun odamlarga ko‘rinmasdan yashash kerak” degan
gapga qo‘shilasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
46.  Sizningcha, har bir kishi mashhur ish qilishi kerakmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
47. Siz kim bo‘lishni ma qul ko‘rasiz?ʼ
a. rassom, shoir, bastakor, olim;
b. taniqli rahbar, siyosatchi.
48. Siz qanday musiqani tinglashni yoqtirasiz?
a. kuchli va tantanali;                          b. sokin va lirik.
49. Muhim va taniqli insonlar bilan uchrashishni kutib hayajonlanasizmi?
a. ha;                        b. yo‘q.
50. Irodasi siznikidan kuchli odamlar bilan ko‘p marta uchrashganmisiz?
a. ha;                        b. yo‘q.
81 Kalit:  1a, 2a, 3b, 4a, 5a, 6b, 7a, 8b, 9b,10a, 11a, 12a, 13b, 14b, 15a, 16b,
17a, 18b, 19b, 20a, 21a, 22a, 23a, 24a, 25b, 26a, 27b, 28a, 29b, 30b, 31a, 32a,
33b, 34a, 35b, 36b, 37a, 38b, 39a, 40b, 41a, 42a, 43a, 44a, 45b, 46a, 47b, 48a,
49b,   50b.
Kalitga mos keluvchi har bir javob uchun 1 balldan beriladi, javob kalitga mos
kelmasa ball berilmaydi.
Test natijasi tahlili:
Agar ballar yig‘indisi 25 dan kam bo‘lsa, liderlik sifati kuchsiz
Agar ballar yig‘indisi 26 – 35 oralig‘ida bo‘lsa, liderlik sifati o‘rtacha
Agar ballar yig‘indisi 36 – 40 oralig‘ida bo‘lsa, liderlik sifati kuchli
Agar ballar yig‘indisi 40 dan ortiq bo‘lsa, shaxs lider sifati dikqatga moyil
So‘rovnomani o‘tkazishdan oldin respondentlarga quyidagicha ko‘rsatma
berildi:   “Sizning   e’tiboringizga   bir   necha   sodda   savollar   beriladi.   Tez   va   aniq
qilib “ha”, “yo‘q”, “ba’zan” deb javob bering”. Javoblarni baholash esa, “ha” –
2 ball, “ba’zan” – 1 ball, “yo‘q” – 0 ball. 
Muloqotchanlikni umumiy darajasini aniqlash:
  1.Siz   muhim   yoki   biror   ishingiz   hal   qilinadigan   uchrashuv   arafasidasiz.
Buni kutish sizning kun tartibingizni izdan chiqaradimi? 
2.Sizga   birorta   majlisda,   yig‘ilishda,   tadbirda   ma’ruza   qilish,   axborot
berish yoki nutq so‘zlash topshirilsa, bu narsa sizda norozilik va o‘zini yo‘qotish
hissini qo‘zg‘otadimi?
  3.Siz   vrachning   qabuliga   borishingiz   kerak   bo‘lsa,   bu   ishni   oxirgi
daqiqagacha paysalga solasizmi? 
4.   Sizga   mutlaqo   notanish   bo‘lgan   shaharga   xizmat   safari   bilan   borishni
taklif   etishsa,   siz   bundan   bo‘yin   tovlash   uchun   hamma   choralarni   ishga
solasizmi? 
82 5.Siz o‘z hissiyotlaringiz haqida birovlar bilan o‘rtoqlashasizmi? 
6.Agar ko‘chada begona kishi sizga biror iltimos bilan murojaat etsa (soat
necha   bo‘lganini,   biror   joygacha   bo‘lgan   yo‘lni,   biror   ma’lumotni   aytib
berishni), bu narsa sizning g‘ashingizga tegadimi? 
7.Siz   “kattalar   va   bolalar”   muammosi   borligiga   hamda   turli   avlodga
mansub kishilarning bir – birlarini tushunishlari qiyinligiga ishonasizmi? 
8.Sizdan   bir   necha   oy   burun   qarzga   pul   olgan   kishiga   bu   haqda
ogohlantirishga tortinmaysizmi?
  9.Restoranda   yoki   oshxonada   sifatsiz   taom   berishsa,   siz   faqat
achchig‘ingiz   chiqib   tarelkani   surib   qo‘yish   va   indamay   turaverish   bilan
kifoyalanasizmi?   
10.Notanish kishi bilan yakkama-yakka qolsangiz, siz u bilan gaplashishni
boshlamaysiz   va   agar   u   birinchi   bo‘lib   so‘z   boshlasa,   sizga   malol   keladi.   Shu
to‘g‘rimi? 
11.Sizga   har   qanday   uzun   navbat,   u   qayerda   bo‘lishidan   qat’iy   nazar,
yoqmaydi (poliklinikada, magazinda, kinoteatrda, har qanday kassada). Shunday
vaziyatda   sizga   o‘z   maqsadingizga   yetish   uchun   navbatning   oxirigacha   turib,
qiynalib bo‘lsa ham kutasizmi? 
12.Janjalli komissiyalarning faoliyatida qatnashishdan cho‘chimaysizmi? 
13.Adabiyot,  san’at   va   madaniyat   boyliklarini   baholash   bo‘yicha   sizning
o‘z   mezon   va   me’yorlaringiz   bor.   Shuning   uchun   bu   boradagi   hech   qanday
boshqa fikrlarni tan olmaysiz, shu to‘g‘rimi?
  14.Qayerdadir   bir   chekkada   sizga   yaxshi   ma’lum   bo‘lgan   biror   masala
yuzasidan   mutlaqo   noto‘g‘ri   fikr   bildirilayotganini   eshitib   siz   munozaraga
kirishmay jim turishni afzal ko‘rasizmi? 
  15.Kimdir   sizdan   u   yoki   bu   xizmat   masalasiga   aniqlik   kiritishni   yoki
biror   o‘quv   mavzusini   tushuntirib   berishni   so‘rasa,   sizning   kayfiyatingiz
buziladimi? 
16.Siz   o‘zingizning   nuqtai   nazaringizni   (fikringiz,   bahoingizni)   yozma
holda bayon qilishni og‘zaki bayon qilishga qaraganda afzalroq ko‘rasizmi?
83 84

LIDER SHAXSIDA NOTIQLIK QOBILIYATI VA UNI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………. 3 I.BOB. LIDER SHAXSI HAMDA NOTIQLIK QOBILIYATI MUAMMOSI VA UNI O‘RGANISHNING ILMIY-NAZARIY TALQINI 1.1 Lider shaxsida notiqlik qobiliyati muammosining psixologiya va tilshunoslik sohalarida o‘rganilishi………………………………………... 9 1.2 Lider, nutq, notiqlik mahoratining tilshunoslik, fiziologik va psixologik tavsifi…………………………………………………………… 11 I bob bo‘yicha xulosalar………………………………………………….. 28 II.BOB. LIDER SHAXSIDA NOTIQLIK QOBILIYATI KOMPONENTLARI VA ULARGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR 2.1 Ko‘pchilik oldida so‘zlashdan qo‘rqish. Jur’atlilik va ishonchning nutqdagi ahamiyati…………………………………………………………. 30 2.2 Lider shaxsida nutqning muvaffaqiyatli chiqish shartlari. Notiqning psixologik tasviri…………………………………………........................... 38 II bob bo‘yicha xulosalar………………………………………………… 49 III.BOB. LIDERLARDA NOTIQLIK QOBILIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING SHART-SHAROITLARI 3.1. Talabalarda liderlik va notiqlik mahoratini aniqlash usullari…………. 51 3.2. Talabalarda liderlik va notiqlik mahoratini aniqlashda empirik yondashuvni amalga oshirishning shart-sharoitlari……………………....... 54 III bob bo‘yicha xulosalar……………………………………….............. 60 Xulosalar……………………………………………….............................. 61 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………............... 65 Ilovalar……………………………………………………………………. 69 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi : Xalqimiz mafkurasiga xos bo‘lgan o‘zgachlik, ya’ni jamoa a’zolariga qarab qaror qabul qilishdan iborat qarashlardan kelib chiqib, yoshlarda, liderlarda notiqlik qobiliyatini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarlari tomonidan yoshlarni barcha sohalarda qo‘llab- quvvatlashga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular hayotga tadbiq qilinmoqda. Jumladan, 2014-yil 6-fevralda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 2014-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi qabul qilingan bo‘lib, ushbu dasturning har bir bo‘limi yoshlarning ijtimoiy himoyasi, ularning ta’lim-tarbiyasi, yuksak ma’naviyatli yoshlarni shakllantirishga qaratilgan. Xususan, dasturning quyidagi boblariga ahamiyat qaratamiz: I. “Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarida ularning faoliyatini oshirish; II. Yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish; III. Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish; IV. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellectual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish”[1, PQ] va boshqalar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “2017-2021-yillar - Harakatlar strategiyasi” dasturi, shuningdek qator qaror va farmonlari mamlakatimiz o‘g‘il- qizlarini har jihatdan himoyalash, ularga ta’lim va tarbiya berish, hayotga 2

ijtimoiy moslashuvi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yaqindan ko‘maklashishda muhim omil bo‘lmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy liderlarga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Ammo yosh liderlarimizda notiqlik qobiliyatining yetishmasligi natijasida bir qator qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Shu sababdan mavzu dolzab sanalmoqda. Jadallik bilan rivojlanib borayotgan bugungi texnologiyalar davrida notiqlikning o‘rni beqiyos. Jahon miqyosida mafkuraviy kurash ketayotgan bir paytda bu jarayonga javoban kuchli bilim va ma’rifat orqali javob bera olish, notiqlik mahorati orqali fikr yetkazish san’atini egallashni davrning o‘zi talab qilib turibdi. Barcha sohada, yo‘nalishda butun jamoani oldinga boshlash, vatanparvarlik hissini uyg‘otish va insondagi ayrim illatlarni yo‘qotishda notiqlikning samarasi bebahodir. Notiqlikni boshqa nutq turlaridan ajratib turadigan bir necha asosiy fazilatlar mavjud.  1. Notiq odamlarga notiqlik nutqi bilan murojaat qiladi – nafaqat tinglovchiga axborot yetkazish, balki ishontirish yoki biron bir harakatga undash tarzida javob olish uchun. Bunday nutq har doim hayajonli xarakterga ega. Buning uchun ma’ruzachi nutqining mavzusidan ilhomlanib, unga tinglovchilari uchun zarur va foydali deb hisoblagan narsalarini kiritishi kerak.  2. Nutq tinglovchilarga ta’sir qilishi va ularni qiziqtirishi uchun bu juda muhimdir – hokimiyat ma’ruzachi yoki uning o‘ziga xos psixologik munosabati. Tinglovchilarni ba’zi harakatlarni bajarishga undash uchun notiqning o‘zi birinchi navbatda maxsus iroda harakatini talab qiladigan harakatlarni amalga oshiradi. Ushbu harakat ma’ruzachi nutqida sezilib, tinglovchilariga yetkazilib, ularni harakatga undashadi. O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Respublika Prezidentining Farmon va Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlarida Davlat tili masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. 3

Notiqlik qobiliyatini takomillashtirish va yuksaltirishda, malakali kadrlar tayyorlashda Davlat tili – o‘zbek adabiy tilining o‘ziga xos o‘rni va roli mavjud. Shu munosabat bilan hozirgi davrda, birinchi navbatda, Davlat tili – o‘zbek tilini va kasbga oid nutq madaniyatini mukammal egallash alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir soha egasi nafaqat notiqlik san’atini qonun qoidalarini bilishi, unga amal qilgan xolda fikrini yetkazib bera olishi lozim. Ayniqsa, lider shaxsi o‘zida nutq qobiliyatini shakllantirishi juda muhim. Muammoning o‘rganilganlik darajasi : Liderlik masalasi ham notiqlik masalasi ham har bir davrda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va bir qancha nazriyalarga boy masala sanalanadi. Liderlik bo‘yicha amerikalik olimlar K.Berd , R.Kettel, nemis olimlari G.Gibsh, M.Forverg, rus olimlari V.D.Parigin, L.N.Umanskiy, E.Jarikov, E.Krushelniskiy M.Y.Jukov, M.I.Magura va M.B. Kurbatova va boshqalarning ishlari diqqatga sazovordir. 1940 yilda amerikalik olim K.Berd tomonidan 79 sifatdan iborat bo‘lgan liderlik sifat lari ro‘yxatini tuz a di [52] . Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri”, Alisher Navoiyning deyarli barcha asarlarida, Kaykovus “Qobusnoma” asari, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Abdulla Avloniy asarlarida lider shaxsida qanday fazilatlar bo‘lishi, notiqlik qobiliyati, notiqlik san’ati haqida zarur ma’lumotlar berilgan. Hozirga kelib o‘z ta’siriga ega bo‘lgan liderlik haqidagi bir qancha ishlar olib borilmoqda. Masalan, mustaqillikdan keyin olimlar liderlik masalasini o‘rganishga o‘z diqqatlarini qaratmoqdalar. Bekmurodov M. O‘zbek mentaliteti, Komilov N. Komil inson to‘g‘risida to‘rt risola, Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi, Omonov B. Siyosiy yetakchining notiqlik mahorati, Razzoqov Sh. Rahbarlik san’ati, Raximova D., Bekmurodov M. Liderlik va tashkilot madaniyati. Xolbekov A.J. Boshqaruv sotsiologiyasi, Xuseynov B.M. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi a’zolarida zamonaviy liderlik qobiliyatlarini shakllantirish, kabi mutaxasislarning liderlik haqidagi kitoblari asos bo‘ladi[56]. 4

R.Jumaniyozov, B.Husanov, V.G‘ulomov, R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, Y.Tojiyev, T.Qudratov, G.Apresyan, S.Aserenseva, I.Golub, S.Ivanovalar nutq madaniyati, nutq qobiliyati masalalarini o‘rganishgan. Lekin lider shaxsi va notiqlik qobiliyatini birgalikda o‘rganish darajasi kam o‘rganilgan soha sanaladi. Ushbu ishda liderlik va notiqlik qobiliyati birgalikda o‘rhanishga harakat qilingan. Tadqiqot obyekti : Lider shaxsida notiqlik qobiliyatini yuzaga chiqaruvchi psixologik aspektlar (1-4-kurs talabalari). Tadqiqot predmeti: Lider shaxsida notiqlik qobiliyati va uni takomillashtirishning psixologik mexanizmlarining mazmuni, shakl, metod va vositalari. Tadqiqotning maqsadi: Yetakchilarda liderlik qobiliyati bilan birgalikda notiqlik mahoratini ham takomillshtirish va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning vazifalari:  Yosh liderlarda notiqlik mahorati va uni takomillashtirishning psixologik mexanizmlariga oid adabiyotlar bilan tanishish  Yosh liderlarda notiqlik mahorati va uni takomillashtirishning psixologik mexanizmlari muammosini aniqlash  Lider shaxsida notiqlik qobiliyati va uni takomillashtirishning psixologik mexanizmlari bugungi kundagi ahvolini aniqlash  Lider shaxsida notiqlik qobiliyati va uni takomillashtirishning psixologik mexanizmlari omil va mezonlarini aniqlash  Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish  Tadqiqot natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilish  Xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: - Lider shaxsida notiqlik qobiliyati va uni takomillashtirishning psixologik mexanizmlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar ishlab chiqildi. 5