KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TARBIYACHILARNING TARBIYAVIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING USULLARI





![I BOB. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA
TARBIYACHILARNING TARBIYAVIY FAOLIYATGA
TAYYORLASHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasida tarbiyachi faoliyatini tashkil etishning
nazariy-metodologik asoslari
Yosh avlodning barkamol, komil inson bo‘lib yetishishida pedagog,
tarbiyachi va o‘qituvchilarning roli benihoyat kattadir. Yurtboshimiz
SH.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, “Birovni o‘qitadigan, tarbiya beradigan inson,
avvalo, o‘zi har tomonlama barkamol bo‘lmog‘i shart”.[10] Shuningdek,
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Pedagog-tarbiyachi
bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy
bilim berish uchun, avvalo tarbiyachi-pedagogning o‘zi shunday bilimga ega
bo‘lishi kerak”[16] ayniqsa, “bolaning dunyoqarashi, tafakkuri, fikr te’ranligi
shakllanadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga eng zukko, tajribali, bilimli
tarbiyachi-pedagoglarni biriktirib qo‘yilishini oddiy mantiqning o‘zi talab
etadi”. Bu muammoni oqilona hal qilishning eng muhim omillaridan biri
maktabgacha ta’lim tashkilotlari kasbiy tayyorgarligi jarayonini maqsadgaa
muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan, mamlakatimizning uzluksiz ta’lim
tizimining birlamchi shakli bo’lgan maktabgacha ta’lim tizimi sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlarning ustivor yo‘nalishlaridan biri ham kadrlar
tayyorlash sifatini jahon talablari darajasiga yetkazish bugungi kun dolzarb
muammolaridan hisoblanadi.
Tarbiyachilik kasbiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, kishilik jamiyati taraqqiy
etishi bilan ta’lim va tarbiyaga ehtiyojning oshishi va bu orqali ustoz-
murabbiylarga bo‘lgan hurmat ehtiromning yuksak bo‘lishini ko‘ramiz.
Rivoyat qilishlaricha, kunlardan birida sulton Husayn Boyqaro ovga
chiqishni ixtiyor etdi. Unga hazrat Alisher Navoiy hamroh bo‘ldi. Ovdan qaytar
ekanlar, bir qishloqdan o‘tdilar. Ko‘cha chetida turgan olti- y etti yoshlardagi
bolakay salom berdi. Sulton Husayn qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, alik oldiyu o‘tib
ketaverdi. Alisher Navoiy esa bolani ko‘rib, otini to‘xtatdi. Pastga tushib, bola
6](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_6.png)
![bilan qo‘shqo‘llab ko‘rishdi. Keyin tag‘in otiga minib, yo‘lda davom etdi.
Navoiyning bu ishi shahanshohni hayron qoldirdi.
– Mavlono, – dedi u Navoiyga yuzlanib, – siz saltanatning vaziri bo‘lsangiz,
buning ustiga, jahonga taniqli shoir bo‘lsangiz, nainki go‘dak bir bolaga
shunchalar muruvvat ko‘rsatursiz?
– Olampanoh, – dedi Navoiy jilmayib. – Gap bolada emas. Gap shundaki, bir
vaqtlar shu bolaning otasi manim savodimni chiqazgan erdi. Men ustozimning
yetti pushti oldida hamisha qarzdormen…[47]
Eng oldin gi davrlarda ham mudarrislar (tarbiyachilar) ta’lim va
tarbiyaning samarali ta’sir usullarini izla b topib, hayotga qo’llay boshlaganlar.
Buning evaziga eramizdan oldingi vaqtlardanoq ta’lim-tarbiyaning yaxshi natija
berishi uchun tarbiyachiga bo‘lgan talablar kuchayib bordi. Tarbiyachi
taakkurini, uning tajribasini takomillashtirish yuzasidan turli g‘oyalar, nazariya
va tavsiyalar hosil bo‘la boshladi.
Kelajak avlodni mustaqil hayotga tayyorlashda yillar davomida qo‘llanib
kelingan, har bir millatning o‘ziga xos urf – odati,qadriyati va an’analariga mos
ravishda tatbiq qilingan ta’lim va tarbiyaning noyob metod va vositalari, tadbir
va ko’rinishlari vujudga kela boshladi. Oldin maktablar bo‘lmagan, pedagogik
fikrlar vujudga kelmagan vaqtdayoq qabila tarkibidagi insonlarning bolalarida
mehnatsevarlik, mehr-shafqat,axloq-odob, do‘stlik, insonparvarlik,nafosat
shakllarini tarkib toptirish sohasidagi aql idroki va metodlari yillar davomida
hayot tajribasi va bosqichlaridan o‘tib, ishlanib o‘sha davrning eng shirin mevasi
sifatida bizning eramizgacha yetib keldi.
VII asr davrlariga kelib Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat
sohasidagi yuksalish bevosita ta’lim-tarbiya beruvchi mudarrislarning qizg‘in
faoliyati hamda ularga qo‘yiladigan talablarning nihoyatda rang-barangligi va
xilma-xilligi bilan diqqatga sazovordir.
Biroq mudarrislarning o‘zi bolaga ta’lim-tarbiya berish uchun mukammal
amaliy va nazariy bilimga ega bo‘lishi kerak edi. Shu sababli mudarrislar
savodli madrasa toliblari orasidan tanlangan va ma’lum muddat tayyorgarlikdan
7](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_7.png)

![pedagogik tafakkurni shakllantirishda bo‘lajak murabbiylarga muhim manba
bo‘lib hisoblanadi. Ular avlodlardan avloddarga o‘tib, o‘z qimmatini
yo‘qotmagan mudarrislarni, tarbiyachilarni tayyorlash tajribalarini
umumlashtirib, boyitib borishgan. Zero, insoniyat kelajagi va kurrai zaminning
gullab yashnashi faqat ta’lim va tarbiyaga bog‘liq ekanligini buyuk
mutafakkirlar chuqur his qilishgan. Shuning uchun muallimlar kuchi va g‘ayrati
bilan barkamol avlodni tarbiyalash ularning eng yorqin orzusi bo‘lib kelgan.
O‘zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashab o‘tgan allomalarning
bu borada o‘z o‘rni va hurmati bor. Barkamol avlodni tarbiyalash, bunda
muallimning o‘rni to‘g‘risida allomalarimiz ijodiy merosidan juda ko‘p misollar
keltirishimiz mumkin.[39]
Abu Nasr Forobiy (873-930) O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatini
rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan olimdir. Forobiy o‘rta asrda fanni birinchi
bo‘lib klassifikatsiya qilib chiqqan. U arifmetika, geometriya, astronomiya va
musiqani muhim tarbiyaviy fanlar deb atadi. Ushbu fanlarni o‘rgatuvchi
tarbiyachini har tomonlama mukammal bilimga va tajribaga ega bo‘lishi
lozimligini ta’kidlaydi. Chunonchi, o‘z asarlarida “...ustoz qo’l ostidagi
shogirdlariga kuchli zulm ham, haddan ziyod mehribonlik ham qilmasligi
lozim. Chunki, ortiqcha qattiq qo’llik, shogird yuragida ustozga nisbatan yomon
tuyg’u uyg‘otadi, mobodo ustoz juda ham mehrli bo‘lsa, shogird uni pisand
qilmay qo‘yadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi. Shuning uchun tarbiyachi
bolalarning fe’l-atvori, xarakter-tempramentiga qarab ta’lim-tarbiyaning “qattiq”
yoki “yumshoq” metodlaridan foydalanishi mumkin” deydi. Bunda ustoz
mudarrisga quyidagi talablarni qo‘yadi:
- tarbiyalanuvchilar o‘qish va o‘rganishga ishtiyoqmand bo‘lsalar ta’lim-
tarbiya jarayonida yumshoq usullar qo‘llaniladi;
- tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatsiz bo‘lsalar, qattiq, ya’ni
majburlovchi usullar qo‘llaniladi.[23]
Unsurul Maoliy Kaykovusning «Qobusnoma» asarida ilk bor notiqlik
san’ati maktablarining Sharq mamlakatlarida rivojlanishi tarixi bayon etilgan
9](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_9.png)
![hamda o‘sha davr notiqlari haqida ma’lumotlar berilgan.Ushbu asar hozirgi
global o‘zgarishlar davrida insonni ma’naviy jihatdan kamolotga yetkazishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kamyob asar judako‘plab Sharq va G‘arb
tillariga o’girilib shuhrat qozongan. Kaykovus asarida barcha yosh-avlodni
aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasida turmush tajribasi juda katta ahamiyat kasb
qilishini aytadi. Bolalarni faqat yaxshi mudarris tarbiyani hayot bilan bog‘lagan
holda kamolotga yetkazishi mumkin deb, uning yo‘llarini va usullarini bayon
etgan. Kitobda, javonmardlar egallashi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda
ta’lim-tarbiya berish nazariyasi ko‘zda to‘tilgan:
1. Kaykovus bilim haqida.
2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy yetuklik haqida.
Kaykovus mudarrislarni axloqli ekanligining birinchi belgisi, uning
suxandonligida deb biladi va “Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq
qobiliyatidir” deydi. Suxandonni shogirdlarga notiqlikda rost so‘zlash
kerakligini ta’kidlaydi. U so‘zlarni to‘rt xilga bo‘ladi: birinchisi - bilinmaydi va
aytilmaydi, ikkinchisi aytiladigan va biladigan, uchinchisi - ham bilinadi, ham
aytishga, bilishga zaruriyati yo‘q, ammo aytsa ham bo‘ladi. To‘rtinchisi -
biladigan va zaruriyat bo‘lmasa aytilmaydigani. Eng yaxshisi to‘rtinchisi, ya’ni
biladigan va aytilmaydigani, deydi. So‘zlaganda andishalik bo‘lish, sovuq
so‘zlik bo‘lmaslik, kamtarlik, maqtanmaslik, birovning so‘zini diqqat bilan
eshitish odoblarini ta’kidlab o‘tadi. Odamlarni ham to‘rt xilga bo‘ladi: birinchi
xil kishilar ko‘p narsani biladi va yana bilgisi kelaveradi. Bular olim va fozillar
bo‘lib, ularga bo‘ysunish kerak, deydi. Ikkinchisi, bilmagan narsani bilishga
harakat qiladi, ular qobil kishilar bo‘lib, bunday kishilarni o‘qitish va o‘rgatish
kerak. Uchinchisi, bilganini ham bilmaydi, go‘yo uyquda yashagandek, ularni
uyg‘otish kerak. To‘rtinchisi, bilmaydi va bilmaganini ham tan olmaydi. Bular
johil kishilar bo‘lib, ularni o‘qitish befoyda, ulardan qochish kerak, deydi.[18]
10](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_10.png)


![chin ko‘ngli bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalga ado etishdir deb
ayt”.[39]
Yunon faylasuflari asarlarida tarbiyachilarning kasbiy mahorati haqidagi
g‘oyalar Antik davrdagi maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining
muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. Qadimgi Yunonistonda
bunday joylar akademiya deb nomlangan.«Akademiya» so‘zi afsonaviy
qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi V asrda Afina
yaqinidagi Akadema so‘zi bilan nomlanuvchi joyda Platon o‘z shogirdlariga
ma’ruzalar o‘qigan bo‘lib, keyinchalik ta’lim-tarbiya berish uchun tashkil
etiluvchi maskanlar ham shunday nom bilan atala boshlangan. Qadimgi
Yunonistonda bolalarga ta’lim-tarbiya berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Ular notiqlik san’atining yetuk namoyandalari bo‘lib, o‘zlarining chiroyli
so‘zlari, baland va ta’sirchan ovozlari bilan ta’lim oluvchilarning tafakkuriga,
ongiga kirib borganlar, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu
sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining nazariyasiga, uning cheksiz
tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yunonistonda asos solinganligi
ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonistonda epos, lirika, drama,
haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik san’ati bilan birga notiqlik san’ati ham
murakkab va muhim san’at asari sifatida tan olingan. Notiqlik san’atini
davlatning muhim ijtimoiy-siyosiy ishlariga talluqli faoliyatdagi ahamiyati
uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizgin ta’sir
etuvchi murakkab vosita sifatida rivojlantirganlar. Eramizdan avvalgi V asr
Yunonistonda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni vatanparvarlik ruhda
tarbiyalashning eng takomillashgan davri bo‘lgan. Shu sababli “Notiqlik san’ati”
ham qizg‘in rivojlangan davr hisoblanadi.
“Notiq ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda o‘quvchilarga, ya’ni
“tinglovchilarga halovat bag‘ishlash” orqali ularni ezgulikka, adolatparvarlikka,
vatan oldidagi burchga sadoqatli bo‘lishga, yaxshi amallarni bajarishga, axloq
va odob qoidalariga rioya qilishga chorlar edi. Bu uning jamiyat oldidagi asosiy
vazifasi hisoblanardi. Notiqlik san’atini chuqur egallagan, o‘zlarining go‘zal
13](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_13.png)
![vachiroyli nutqlari bilan jamiyatda hurmat va e’tibor qozongan Dinarx, Giperid,
Gorgiy, Isokrat, Isey, Esxil, Demosfen kabi namoyandalar mashhur davlat
arboblari bo‘lib yetishganlar. Yunon faylasuflari tarbiyachilarning ta’lim va
tarbiya berishda og‘zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot
kabi mantiq ilmi qoidalarini chuqur o‘zlashtirishlari lozimligini qat’iy talab
qilganlar. Shuning uchun pedagog tarbiyachilar o‘z fikrlari va tuyg‘ularini
o‘quvchilar hamda tinglovchilar tafakkuri va ongiga chuqur singdira olganlar va
keskin ta’sir o‘tkazganlar. Har bir pedagog o‘zlarining notiqlik san’ati ustida
tinimsiz mashg‘ulotlar olib borganlar, sehrli ovoz sohibi bo‘lish uchun nutq
texnikasining barcha qonuniyatlariga amal qilganlar. Ular o‘z nutqlarini
mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni tarbiyalash quroli deb
hisoblaganlar. Mashhur faylasuf olim Suqrot (eramizdan avvalgi 469 - 399)
o‘quvchilar bilan savol-javob usuli orqali ta’lim-tarbiya bershining suhbat
metodiga asos solgan. Suqrotning shogirdi Platon o‘z ustozi g‘oyalarini davom
ettirib, o‘quvchilar bilan savol-javob usulini notiqlik san’atining bir shakli
sifatidagi ahamiyati cheksiz ekanligini bayon etadi hamda uni inson tafakkuri va
ongini, dunyoqarashini og‘zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida
baholaydi. Yunonistonda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda notiqlik san’atining
ahamiyatini yoritib berish hamda uning rivojlanishi faylasuf olim Demosfen
(eramizdan avvalgi 384 - 322) nomi bilan uzviy bog‘langan.U yoshlik
yillaridanoq notiqlik san’atiga qiziqdi. Tug‘ma duduq bo‘lishiga qaramasdan,
o‘quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bardosh berib, qizg‘in va shiddatli
mehnati bilan notiqlik mahoratini namoyish eta olgan. Barcha dunyoviy
bilimlarni faqat notiqlik san’atining olijanob qudrati asosida tinglovchilar
tafakkuriga yetkazish mumkin deb ta’kidlagan edi faylasuf. Faqat Demosfen
Yunonistonda notiqlik san’atining yetuk namoyandasi, ya’ni elitasi sifatida
mashhur bo‘ldi. U davlat tribunasini siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga
aylantirdi.[18]
Ye vropa olimlar i tarbiyachilarning kasbn i mahoratn i takomillashtirish
to‘g‘risida t arbiyachilarning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi
14](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_14.png)


![Har bir guruhlarga tarbiyachilar rahbarlik qilar ekan ulardan mahorat talab
qilinadi.
Tarbiyachilardan quyidagilar talab qilinadi: o‘z - o‘zini tarbiyalash,
dunyoqarashining kengligi, o‘zini tarbiyalashi uchun ko‘proq ilm
olishi,intellektual qobiliyatini rivojlantirishi, estetik jihatdan tarbiyalanganligi,
mehnatsevarligi va mehnatga layoqatliligi. Tarbiyachilar har qanday
muammoli vaziyatdan chiqa olishi, tarbiyalanuvchilar bilan samimiy
munosabatda bo‘lishi lozim. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarning yosh
xususiyatlarini, ularning har biridagi o‘ziga xos xarakterini doimo hisobga
olishi kerak. Tarbiyachi tarbiyanuvchilari bilan muomala qilganda o‘ta
ehtiyot bo‘lishi va samimiy bo‘lishi lozim. Tarbiyachi va
tarbiyanuvchilarining muomalasi muammosini ham dolzarb muammo deyish
mumkin. Ko‘p hollarda muomala madaniyatiga ega bo‘lmaslik tarbiyachi va
tarbiyanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.[19]
Tarbiyachilarning o‘z tarbiyanuvchilarini: ularning xulq-atvori, o’z
tengqurlari va o’zidan kattalar bilan munosabatlarini, turli xildagi hodisalarga,
muammo va vaziyatlarga munosabatlarni har doim o‘rganib, bilib borishga
intilishi judayam muhimdir. Tarbiyachi bolalarni qanchalik yaxshi bilib
olsa, unda bolalar bilan munosabatlarida xushmuomala bo‘lish imkoniyatlari
shu qadar ko‘proq bo‘ladi. Lekin tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilari bilan
yaqinroq bo‘lishga harakat qilar ekan, ba’zan tegishli daqiqalarda o‘zi
eshitmasligi lozim bo‘lgan narsalarni eshitmasdan o‘tib ketishni bilishi
lozim. Bunga sabab eshitish odobsizlik bo‘lishi mumkinligi, yoki vaziyat
noaniq bo‘lib turganda, eshitish darhol aniqlik kiritish zarurligini taqozo
qilishidir. Tarbiyalanuvchilar bilan o‘z muomalasini shovqin va boshqa xildagi
mayda-chuyda narsalarga aralashishga yo’l qo’ymaslik uchun kundalik
hayotimizda nimanidir sezmay qolishni o‘rganish ham muhimdir. Va nihoyat,
ba’zan biror narsani anglolmay qolish ham foydali bo‘ladi. Bularning
hammasi tarbiyachining tarbiyalanuvchi bilan bo‘ladigan kichik ixtiloflariga
barham beradi, unga tarbiyanuvchilar bilan bo‘ladigan kelishmovchiliklarga
17](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_17.png)

![Tarbiyachilar bilan munosabatlar sohasidagi juda kerakli ijtimoiy yo‘l
yo‘riqlarning ba’zilari mana shulardan iboratdir. Tarbiyachida bularning
borligi uning pedagogik nazokatga amal qilishining zamini va sharti
sanaladi.Endi tarbiyachilarning tarbiyalanuvchilar bilan muomalasi sohasida
namoyon bo‘ladigan ayrim bir qolipdagi fikrlarni qarab chiqamiz. Bir
qolipdagi fikrlar umuman pedagogik faoliyatda va xususan tarbiyalanuvchilar
bilan munosabatlar sohasida ijobiy rol o‘ynashi mumkin. Ular pedagogning
g‘ayratini tejaydi, ancha tez pedagogik ta’sir etishga yordamlashadi va hokazo.
Shuning uchun ham tarbiyachiga tegishli bir qolipdagi fikrlarning
muayyan sistemasi bo‘lishi muhimdir, shu tufayli ko‘p hollarda deyarli
avtomatik ravishda ta’sirlarga javob bera oladi. Gap birinchi navbatda
tarbiyachida hosil bo‘lgan shunday fikrlar, chunonchi tarbiyachilar bilan
albatta xushmuomalada bo‘lish, tarbiyalanuvchi shaxsiga prinsipial
yondashuvining yuqori darajasini o‘zining birorta ham tarbiyalanuvchisi yomon
bo‘lishi, buning ustiga ishonchsiz bo‘lishi mumkin emasligiga ishonch bilan
qo‘shilib ketishi va hokazolar haqida boradi.Lekin bir qolipdagi fikrlar
salbiy rol o‘ynashi ham mumkin.[37]
Tarbiyachilarda ko‘pincha shunday fikr ayniqsa tez - tez uchrab
turadiki, u ularning tarbiyalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarini yo‘lga
qo‘yishga halaqit beradi, bu bolalar bilan o‘zining maxsus tarzda
tutishining, ya’ni hamkasb yoki boshqa kishilar kabi muomala qilmasligi
kerakligiga ishonch haqidagi fikrdir. Masalan, mashg‘ulotda kulgili vaziyat
vujudga kelganida kulib, unga barham berish o‘rniga ba’zi tarbiyachilar
«tarbiyalanuvchisiga» bunga jiddiy, qat’iy javob beradilar hamda ahvolni,
shu tariqa murakkablashtirib yuboradilar. Yoki hamkasbi tarbiyalanuvchilar
bilan haqiqatda nazokatsiz munosabatda bo‘lganiga qarshi turish o‘rniga,
tarbiyachi uni himoya qila boshlaydi va hokazo. Ayrim tarbiyalanuvchilarga
bir xil munosabatda bo‘lish ham tarbiyachiga halaqit beradi. U yoki bu
tarbiyalanuvchiga beriladigan baho (ijobiy yoki salbiy) tarbiyachining bu
tarbiyalanuvchiga nisbatan va uning tarbiyachiga nisbatan munosabatiga
19](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_19.png)


![kabi masalalarni yechishda MTTlari pedagog-tarbiyachilaridan yuqori saviya,
mahorat va albatta, kasbiy kompetentlik zarur bo‘ladi.[40]
1.3. Kompetensiya – tarbiyachi faoliyatining muhim asosi
H ar tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning
kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Pedagogika fanida psixologik-
pedagogik kompetentlik tushunchasi pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida eng
yuqori darajada natijaga erishishi, yuqori kasbiy salohiyat, shuningdek,
muloqotchanlik va ijobiy fazilatlarga ega bo‘lish degan xulosaga kelinadi.
Pedagogik-psixologik adabiyotlarda “kompetensiya” tushunchasi nisbatan
yaqindan boshlab keng qo‘llanila boshlandi. 1960 yillarning oxiri va 1970
yillarning boshlarida G‘arbda, 1990 yillarning o‘rtalariga kelib zamonaviy
ta’limda kompetensiyali yondoshuv yo‘nalishi kirib keldi.[37]
Hozircha “kompetensiyali yondashuv” tushunchasini ochib beruvchi
yagona ta’rif yo‘q. Bu masala yuzasidan ko‘p sonli olimlar turlicha taxminlarni
ilgari surmoqdalar. Biz shunday taxminlarning bir nechtasini ko‘rib chiqamiz.
Kompetensiya lotincha compete so‘zidan olingan bo‘lib, erishaman,
muvofiqman, mos kelaman ma’nolarini anglatadi. SHu bilan bir qatorda kishi
egallagan muayyan bilim, ko‘nikma, malakalar majmuasi ham kompetensiya
sanaladi. Kompetensiya so‘zi muayyan vazifani bajarish uchun biror shaxs yoki
tashkilotga berilgan vakolat va huquq ma’nosida ham qo‘llaniladi.
Kompetensiya – ma’lum bir sohada sifatli produktiv faoliyat olib borish
uchun zarur bo‘lgan mutaxassisning ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yilgan talabdir.
Kompetensiya shaxsning murakkab, ta’limiy tuzilishi bo‘lib, u o‘zida
shaxsning inttellektual, irodaviy, kreativ, emotsional sifatlarini o‘zida
jamlaganki, ular faoliyatdan ko‘zlangan maqsadga uning o‘zgarib boruvchi
sharoitida amalga oshuvini ta’minlaydi. SHunday qilib, kompetensiya shaxsning
yuksak sifatiy xislati bo‘lib, uning shakllanishi ta’limning hal qiluvchi oqibat,
natijasi hisoblanadi.
22](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_22.png)
![“Kompetentlik” so‘zining ma’nosi xabardorlik, obro‘, o‘z sohasi bo‘yicha
keng qamrovli tushuncha va tajribaga ega bo‘lish bilan belgilanadi.
Kompetensiya – shaxsiy sifat bo‘lib, turli xil vaziyatda pedagogik faoliyat
va ijtimoiy hayotda ifodalanadigan qobiliyat, bilim, ko‘nikma va malaka
hisoblanadi.
Mavzu mohiyatidan kelib chiqib aytish joizki, bugunki kunda pedagogik
atamalar lug‘atida “kompetent”, “kompetentli yondashuv”, “kompetentli
pedagog” terminlarini juda ko‘p uchratamiz.
Ilmiy adabiyotlarda “kompetensiya” hamda “kompetentlik” tushunchalari
qo‘llaniladi. I.V.Lyoxina hamda F.N.Petrovalar “Kompetensiya” tushunchasi
lotin tilidan olingan bo‘lib, competentsia – “tegishli”, “bilgili bir sohani
biluvchi”, “to‘liq huquqga ega”, “muayyan bir shaxs yoki korxonaning to‘liq
huquqga egaligi”, “shaxsning bilimlari va tajribalari atrofidagi masalalar” -
degan ma’nolarni bildirsa, kompetentlik tushunchasi o‘z bilimlari va
huquqlariga suyangan holda muayyan bir masalalarni hal etish va yecha olishga
loyiqligi, fikr yurita olish malakasiga ega ekanligini bildiradi.[37]
Psixologik nuqtai nazardan yondashganda esa kompetentlikni
mutaxassisning bilimlilik, kasbiga mos bo‘lish, malakasi, boy tajribaga ega
bo‘lish, javobgarlikni, pedagogik faoliyatga singdirib borish, o‘z sohasining
ustasi bo‘lish va uning sirlarini chuqur bilish bilan bog‘liq ekanligi haqida
fikrlar mavjud.
V.S. Merlin nuqtai nazarida kompetentlik bu – yo‘naltirilgan, uddalay
oladigan motivatsiyadir , deb ifodalansa, A.A. Leontev fikricha, kompetentlik
munosabati ilg‘or pedagogik jarayon hisoblanadi.
Kompetentlikning psixologik aspektlari V.I.Baydenko tomonidan
quyidagicha tavsiflanadi:
1. Shaxsning pedagogik jarayonga birinchi salohiyatli tayyorligi, ya’ni,
kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, ko‘nikma, malakalar, zaruriy sifatlar
hamda shaxsning zarur bo‘lgan kasbiy imkoniyatlari darajasi.
23](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_23.png)
![2. Shaxsning pedagogik faoliyatga biror vositasiz ayni vaqtdagi tayyorligi,
ya’ni, mutaxassisning ruhiy va jismoniy holati, tezkorligi, har qanday holat va
sharoitda aniq masalalarni yechishga yo‘nalganligi, o‘zgaruvchanligi bilan
ifodalanadi.[38]
U razova M.B. fikricha, bo‘lajak kasbiy ta’lim pedagogini loyihalash
faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish kompetentlik va
kompetensiya quyidagi ko‘rinishlarni namoyon qiladi:
Kompetensiya – shaxsiy xususiyatlarning o‘zaro yig‘indisi (bilim, idrok,
malaka, faoliyat usullari), belgilangan jarayon va predmetga tegishli qarashlar
tushunchasi bo‘lib, samarali faoliyat sifatini belgilaydigan zaruriyatdir.
Kompetentlikda kompetensiyaga ega insonni boshqarish tushuniladi,
professionallik faoliyati predmetiga tegishli xususiyatlarni o‘z ichiga oladi .
N.M.Muslimov “kompetensiya-qobiliyat” demakdir, biroq kompetensiya
atamasi bilim, ko‘nikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi,
degan g‘oyani ilgari sursa , K.Riskulova “Kompetensiya tushunchasi u yoki bu
kasb egasiga zarur bo‘lgan sotsiolingvistik qonuniyatlar, tamoyillar, talablar,
qoidalar, burch, vazifa hamda majburiyatlar, shuningdek, shaxsiy deontologik
me’yorlar yig‘indisini anglatadi deb, kompetentlikni shaxs amaliy faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lib, kompetensiya me’yorlarini jamiyat talablaridan kelib chiqqan
holda kreativlik asosida ish tajribasida namoyon etish mahoratidir” deya
izohlaydi.
Shuni aytish mumkinki, kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish masalalariga
yetarlicha urg‘u berilgan. Masalan: E.Zeyer va N.SHaxmatovalar muayyan bir
soha mutaxassissining kasbiy kompetentligidagi turli ko‘rinishlar, ya’ni kasbiy
kompetentlikning turlari o‘zaro integrallashib borishini bildirgan. SHuningdek,
kasbiy tayyorgarlik bilan uning amaliy tajribasi, shaxs va mutaxassis sifatida
o‘z-o‘zini anglashi, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch, boshqalar tomonidan
bildirilgan kamchiliklarni to‘g‘ri qabul qilish kasbiy kompetentlikning asosiy
darajalari sifatida tahlil qilingan.
Pedagog olimlar V.A.Slastyonin bilan I.Isayevlar esa pedagogning kasbiy
24](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_24.png)



![II BOB. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BO`LAJAK
TARBIYACHILARNING TARBIYAVIY FAOLIYATGA
TAYYORLASHNING AMALIY ASOSLARI
2.1. Tarbiyachining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning mazmuni,
shakl, metodlari
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha
ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi 595-sonli Qonunining 39-moddasida
m aktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquq va majburiyatlari
belgilangan bo‘lib, unda pedagogning kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik
obro‘sini himoya qilish, ijodiy tashabbus ko‘rsatish, ta’lim va tarbiya
uslubiyotlarini, o‘quv qo‘llanmalari hamda ta’lim vositalarini erkin tanlash,
maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ishtirok etish, maktabgacha ta’lim
tashkilotining ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, pedagogik
faoliyatidagi muvaffaqiyatlar uchun ma’naviy va moddiy rag‘batlantirilish,
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy, innovatsion, xalqaro faoliyatda
ishtirok etish huquqiga ega.[2]
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini o‘z kasbiy
majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan ish turlariga jalb etishga yo‘l
qo‘yilmaydi, bundan qonun hujjatlarida nazarda to‘tilgan hollar mustasno.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari:
bolalarga professional darajada ta’lim va tarbiya berishi;
pedagogik etikaga rioya etishi, bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya
qilishi, bolalarni zo‘ravonlik ko‘rinishlaridan himoya qilishi, ularni
vatanparvarlik, mehnatga, qonuniy vakillariga hurmat bilan va atrof-muhitga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashi;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini bajarishi;
o‘z malakasini oshirishi;
o‘z kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini takomillashtirishi
shart.[2]
28](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_28.png)
![Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib
tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi.
Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan
hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy
faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati
va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak.
Shuningdek, pedagog-tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai
nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini
amalga oshirishga imkon beradi.[38]
Bugungi kunda ta’lim beruvchilarning kasbiy kompetentligining samarali
olib borilishini ta’minlash ham dolzarb masalaga aylandi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va
ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning
egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar
va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. SHuningdek, kompetensiya
mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni,
muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish,
ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi: -
murakkab jarayonlarda; - noaniq vazifalarni bajarishda; - bir-biriga zid
ma’lumotlardan foydalanishda; - ko‘tilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega
bo‘la olishda Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis: - o‘z bilimlarini izchil
boyitib boradi; - yangi axborotlarni o‘zlashtiradi; - davr talablarini chuqur
anglaydi; - yangi bilimlarni izlab topadi; - ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy
faoliyatida samarali qo‘llaydi.
29](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_29.png)

![metodik kompetentlik – pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil
etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va
vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish,
vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash; 3) informatsion kompetentlik – axborot
muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash,
qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish; 4) kreativ
kompetentlik – pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o‘zining
ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish; 5) innovatsion
kompetentlik – pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash,
tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari
surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish; 6) kommunikativ kompetentlik –
ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy
muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
3. Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka
darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon
qilish.
4. Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik bilim, ko‘nikma va
malakalarini boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita,
texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
5. Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar,
texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda
oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.[51]
Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va
uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Bunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova
vaB.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin.
Tarbiyachining k asbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida
ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Pedagoglarning o‘z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga
loyihali yondasha olishlari qo‘l keladi.
31](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_31.png)



![tizimlilikni ta’minlaydi. Ta’lim oluvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini, aqliy
qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi.
Hozirgi zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanish asrida
tarbiyachidan katta mahorat talab etilmoqda. Tarbiyachi kasbiy kompetentligiga
bolalar talabining o‘sishi , axborot texnologiyalarining rivojlanishi , jamiyat
ehtiyoji hamda talabning o‘sishi , tarbiyachi rolining o‘zgarishi, ta’lim sohasida
xalqaro tajribalar va q iyosiy tahlil natijalari ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi .
Axborot texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlaridan shu ma’lum
bo‘ladiki, tarbiyachi kasbiy kompetenligini, kasbiy mahoratini oshirishda
axborot texnologiyalaridan foydalanish nafaqat ta’lim samarasini, balki
tarbiyachi ish faoliyati natijasini ham ijobiy tomonga o‘zgartiradi.[38]
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya
jarayonlarini ilmiy asoslarda tashkil etish, tarbiyanuvchilar faolligini
ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish asosida pedagogik jarayonlarning
sifat va samaradorligini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlarga
asoslanadigan, yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, o‘zini-o‘zi va o‘z
faoliyatini o‘zi tahlil qiladigan va ob’ektiv baholay oladigan, boy falsafiy
va ma’naviy dunyoqarashga, psixologik-pedagogik va tashkiliy-texnologik
salohiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, axborotlar to‘plash, tahlil qilish,
ob’ektiv baholash, qayta ishlash va axborotlar almashinish, pedagogik
jarayonlarda vujudga kelgan muammoli vaziyatlarda ta’lim oluvchilar
faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish, pedagogik jarayonlar
samaradorligiga va tarbiyanuvchilar faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni oldindan aniqlash asosida ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini
oldindan ko‘rish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan hamda ta’lim-tarbiya jarayoni
sub’ektlari faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish,
muvofiqlashtirish, faolligini ta’minlash yo‘nalishida zaruriy bilim, ko‘nikma
va malakalarga ega bo‘lgan pedagogni kompetentli deyishimiz mumkin.
Demak, ta’lim muassasalari pedagoglarining o‘z funksional
vazifalarini amalga oshirish jarayoni pedagogik jarayonlarni tashkil etish va
35](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_35.png)
![boshqarishga yo‘naltirilgan vazifalarni amalga oshirish jarayoni bo‘lib,
pedagogik jarayonlarda ko‘zlangan natijalarga erishish uchun belgilangan
maqsadlar yo‘nalishidagi sub’ekt (tarbiyachi-tarbiyanuvchi)lar faoliyatini
rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash,
pedagogik jarayonlarda bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatish orqali
sub’ektlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. Yuqoridagi qayd
etilgan fikrlardan bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan
talablarning naqadar muhimligini anglash lozim. Demak, tarbiyachi –
maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilimli
va yuksak fazilatli shaxs sanaladi.
Shuning uchun kompetentli tarbiyachi o‘zi da quyidagi fazilatlarni
namoyon eta olishi kerak :
Kompetentli tarbiyachi o‘zini mutaxassisligi bo‘yicha chuqur puxta
bilimga ega bo‘lish, o‘z ustida tinimsiz ishlashi kerak ;
Kompetentli tarbiyachi maktabgacha tarbiya pedagogikasi va
psixologiya, fiziologiya fanlarining asoslarini bilish, ta’lim-tarbiya
jarayonida bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan
holda faoliyatni tashkil etishi kerak ;
Kompetentli tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl,
metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak ;
Kompetentli tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga,
chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo‘lish, pedagogik texnika, nutq,
yuz, qo‘l, oyoq va gavda harakatlari, mimika, jest, pantomimika)
qonuniyatlarini chuqur o‘zlashtirib olish lozim.
Kompetentli tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan, ularni xulqi, xatti-
harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qo‘llay
oladigan bo‘lishi kerak. [37]
Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi jamiyat va davlat uchun har
tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan,
o‘z ustida ishlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Demak, har tomonlama
36](/data/documents/b68750cc-77b2-44a5-8de5-e2773fd2bbe5/page_36.png)










































KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TARBIYACHILARNING TARBIYAVIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING USULLARI MUNDARIJA Kirish....................................................................................................4-7 I.BOB. KOMPETENSIYAVIYYONDASHUVASOSIDATARBIYACHILARNING TARBIYAVIYFAOLIYATGATAYYORLASHNINGNAZARIY ASOSLARI …..............................8-29 1.1-§. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasida tarbiyachi faoliyatini tashkil etishning nazariy-metodologik asoslari…………………………………………….8-18 1.2-§. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari va ularning jamiyatda tutgan o‘rni.............................................................................................................18-24 1. 3 -§. Kompetensiya – tarbiyachi faoliyatining muhim asosi................24-28 Birinchi bob bo‘yicha xulosa................................................................. 28-29 II.BOB. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TARBIYACHILARNING TARBIYAVIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING AMALIY ASOSLARI…………………… …30-51 2.1-§. Tarbiyachining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning mazmuni, shakl, metodlari………………………………………………………….30-39 2.2-§. Kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiyachining tarbiyaviy faoliyatini tashkil etish t exnologiyasi.......................................................... .........39-50 Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa.............................................................. 50-51 III BOB. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TARBIYACHILARNING TARBIYAVIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING TAJRIBA-SINOV ISHLARI NATIJALARI VA SAMARADORLIGI…………………………………………………..52-71 3.1 -§ . Ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish orqali tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi..52-59 3.2-§. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari kasbiy kompetentligini aniqlash va baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari…59-70 Uchinchi bob bo ‘ yicha xulosa………………………………………70-71 XULOSA ……………………………………………………………72-75 FOYDALANILGANADABIYOTLARRO‘YXATI ……………76-80 1
Kirish Dissertatsiya ishining dolzarbligi. Xalqaro miqyosda pedagoglarning tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir kompetentlilik darajasini rivojlantirish va metodik tayyorgarligini takomillashtirish ustuvor ahamiyat kasb etib, uzluksiz tarbiya tizimini takomillashtirish, o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetensiyasini tarkib toptirishning pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish muhim dolzarblik kasb etmoqda. Ayniqsa, tarbiyachilarniqadriyatga yo‘nalganlikni tarkib toptirishga tayyorlash, ma’naviy- axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtimizda ta’lim-tarbiya jarayonini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish, pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonlari sifat darajasini umume’tirof qilingan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq tubdan yaxshilash ustida keng ko‘lamli, samarali ishlar amalga oshirildi. SHu bilan birga zamonaviy shart- sharoit oliy pedagog ta’limni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy pedagogik ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan holda pedagog kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etishni talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar stra te giyasida “Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish” 1 kabi muhim vazifalar belgilandi. Bu esa, kompetensiyaviy yondashuv asosida Tarbiyachilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimining komponentlari, shakl, metod va vositalarini takomillashtirishni taqozo etadi. 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сонли Фармони. // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда. 2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘z be kiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strate - giyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsep siyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son, 2018 yil 5 iyundagi “ Oliy ta’lim muassasa larida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirila yotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘ shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida ”gi PQ- 3775-son qarorlari hamda mazkur sohaga taalluqli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifa larni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Kompetensiyaviy yondashuv, kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish masalasining pedagogik mahorat bilan bog‘liqligi N.Azizxodjaeva, R.Jo‘raev, J.Yo‘ldoshev, U.Mahkamov, YU.Maxmudov, O.Musurmonova,S.Sanayeva, X.Ibragimov, J.Tolipova, SH.Qurbonov, M.Quronov, N.SHodiev, J.Hasanboev, O.Hasanboeva, SH.SHaripov, M.Urazova, B.Xodjaev, M.Mirsolievalar tomonidan tadqiq etilgan. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan V.M.Azarova , V.A.Glebov , A.I.Kozachok, A.V.Kutuzov, D.V. Mesheryakov , O.B.Suxanovlartomonidan tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga metodik kompetentlilik, pedagog kadrlarni tayyorlash ning ilmiy-pedagogik, psixologik asoslari esa, A.A . Bodalev, O.E.Gavrilova, N.V.Grishina, V.G.Mixaylovskiy, YA.V.Podolyak, A.V.Tarasova kabilar tomonidan o‘rganilgan. Tadqiqotning maqsadi: Kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiyachilarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashnin usullarini takomil- lashtirish dan iborat. Tadqiqotning vazifalari: -tarbiyachilarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirish ketma-ketligi va pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirish; 3
- tarbiyachilarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish ; -kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiyachilarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish ; -tarbiyachilarningtarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish darajasini baholash mezoni ishlab chiqish. Tadqiqotning ob’ekti sifatida tarbiyachilarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash jarayoni belgilanib,tajriba-sinov ishlariga respondent-tarbiyachilar ishtirok etdi . Tadqiqotning predmeti kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiyachilarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash mazmuni, shakl, metod va vositalari . Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida suhbat,qiyosiy-taqqoslash,test, pedagogik kuzatuv, so‘rovlar, anketa, pedagogik eksperiment, intervyu va matematik-statistik tahlil hamda tajriba-sinov usullaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: -kompetensiyaviy yondashuv tarbiyachi pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish bosqichlari aniqlashtirilgan; -tarbiyachilarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishningtashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari metodik kompetentlik bilan integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan; -kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiyachilarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning axborot-metodik ta’minoti (bayram, tadbirlar), individual faoliyat asosida takomillashtirilgan; Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ; oliy ta’lim muassasalarida, qayta tayyorlov institutlarida maktabgacha pedagogika, maktabgacha ta’limni o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kurslari mazmunini boyitishga, malaka oshirish kurslari dasturlarini takomillashtirishga, maktabgacha ta’lim pedagog xodimlari ish tajribasini takomillashtirishga xizmat qiladi. 4
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo’yicha jami 3 ta maqola nashr etildi, jumladan 1 ta jurnalda, va 2 ta respublika konferensiyalarida nashr etildi. Dissertatsiya ishining hajmi: kirish, 3 bob, 7 paragraf, boblar bo’yicha xulosalar, umumiy xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 5